logo

XX ASR BOSHLARIDA ITALIYA

Загружено в:

27.11.2024

Скачано:

0

Размер:

60.6455078125 KB
MUNDARIJA
KIRISH  ................................................................................................................. 2-4
I BOB.   ITALIYANING ICHKI SIYOSATI
1.1.   Italiyani birlashtirish yo’lidagi harakatlar  …………………………………. 5-10
1.2.   Italiyaning ijtimoiy iqtisodiy hayoti  …………………………………….. 11-23
II BOB.  XX ASR BOSHLARIDA ITALIYANING  TASHQI SIYOSATI  
2. 1.   XIX -  XX asrlarda Italiyada sanoat taraqqiyotining rivoji ………....…… 24-29
2. 2.   XIX asr oxirida Italiyaning chet el davlatlari bilan aloqalari …………..... 30-32
XULOSA  ………………………………………………………...…………… 33-34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR   …………………….………………35-36
METODLAR  ..……………………………………………………………….. 37-39
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi.   Bizning   vatanimiz   boy   tarixga   va   madaniyatga
egaligi   bilan   jahon   tarixida   ajralib   turadi.   O`zbekiston   mustaqillika   erishgandan
so`ng   milliy   davlatchiligimiz   shu   bilan   birga   jahon   tarxini   xaqoniy   ravishda
o`rganish   va   o`zlashtirishga   harakat   qilina   boshlandi.   Jahon   tarixida   Italiya   davlati
boy tarixi bilan ajralib turadi 1
.
Italiya   bugungi   kunda   dunyoninh   taraqqiy   etgan   davlatlaridan   biri
hisoblanadi.   Shu   bilan   birgalikda   qadim   va   boy   tarixga   egadir.   Italiya   bilan
munosabatlarimiz qadim o`tmishdan hozirgi kungacha davom etmoqda. 
Kurs   ishimiz   mavzusi   Italiya   bo`lganligi   sababli.   Italiya   va   O`zbekiston
munosabatlari   tarixiga   ham   nazar   solib   o`tishimiz   kerak.   O zbekiston   —   Italiyaʻ
munosabatlari   —   Italiya   O zbekiston   suverenitetini   tan   olganidan   so ng   ikkala	
ʻ ʻ
mamlakat   o rtasida   savdoiqtisodiy   aloqalarni   yo lga   qo yishga   kirishildi.	
ʻ ʻ ʻ
"O zbekiston   bilan   Yevropa   Ittifoqi   o rtasida   sheriklik   va   hamkorlik   to g risida"	
ʻ ʻ ʻ ʻ
1996 yil Florensiyada imzolangan bitim o zaro munosabatlarning huquqiy negizini	
ʻ
yaratdi.   1996   yil   iyunida   va   2000   yil   noyababrda   Birinchi   Prezidentimiz   Islom
Karimovning Italiyaga, 1997 yil mayda Italiya prezidenta, 1997 yil sentabrda Italiya
Bosh vazirining O zRga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi	
ʻ
hamkorlik,   ikkiyoklama   soliq   solinishiga   yo l   qo ymaslik,   transport   sohasidagi	
ʻ ʻ
hamkorlik,   say-yohlikni   rivojlantirish,   investitsi-yalarni   rag batlantirish   va   o zaro	
ʻ ʻ
himo-yalash to g risida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. Italiya rahbarlariga	
ʻ ʻ
hamroh   bo lib   kelgan   savdo-sanoat   do-iralarining   namoyandalari   O zbekistonning	
ʻ ʻ
iqtisodiy   salohiyati   bilan   tanishdilar   va   o zbek   tadbirkorlari   uchun   biznes-seminar	
ʻ
o tkazdilar.	
ʻ
Kurs   ishning   maqsad   va   vazifalari.   Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov
ta`kidlaganidek, “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi,
1
 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Milliy taraqqiyot yo‘limizni kat’iyat bilan davom zttirib, yangi 
bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: «Uzbekiston» NMIU, 2017.
2 o`ziga   xos   urf-odat   va   an`analari,   hayotiy   qadriyatlaridan   ayri   holda   tasavvur   etib
bo`lmaydi” 2
.
Har   bir   inson   biron   bir   ishga   kirishsa,   inson   o`sha   olib   boryotgan   ishiga
nisbatan   o`z   oldiga   maqsad   va   vazifalar   qo`yib   oladi.   Biz   tarixchilar   ko`zlagan
asosiy   maqsad.   Italiyaning   rivоjlangan   kapitalistik   mamlakatlardan   iqtisоdiy
jihatdan   оrqada   qоlishi   sabablari.   1-jahоn   urushi   arafasida   Italiya   turli   sanoatning
po`lat   eritish   bo`yicha   Gеrmaniyadan   18   marta,   Frantsiyadan   5   marta   оrqada
qоlganligi sababini o`rganish. Cho`yan ishlab chiqarish esa Gеrmaniyadan 40 marta,
Frantsiyadan 12 marta kam edi. Italiya iqtisоdiyotining rivоjlanishi nоtеkis bоrardi.
Yuksalish   davrlari   inqirоzlar   bilan   almashib   turardi.   1900-1903   va   1907-1908
yillarda   mamlakat   оg`ir   iqtisоdiy   inqirоzni   bоshdan   kеchirdi.   Ko`plab   kоrхоnalar
yopilib,   yuz   minglab   ishchilar   ishdan   haydaldi.   yuqoridagi   sohalarni   tatqid   qilish
biznning asosiy mavzulardan biri hisoblanadi.
Kurs   ishining   obekti   va   predmeti.   XX   asrning   boshlaridagi   siyosiy   davr
jarayonlar, Bu davrni o`z ichiga olganligi sababli asosiy e`tibor o`sha davrda hamda
keyingi   yillarda   nashrdan   chiqqan   adabiyotlar,   maqolalar,   ilmiy   ishlar,   mustaqillik
davrida e`lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar
shu kabilarga qaratilgan.
Kurs   ishining   ilmiy   yangiligi.   Ushbu   kurs   ishimizni   tayyorlash   jarayonida,
biz   ko`proq   tarixiy   material   va   manbalarga,   xrestomatik   asarlarga   va   internet
saytlaridan   olingan   ma`lumotlarga   tayangan   holda   voqea-hodisalarni   qiyosiy   tahlil
asosida yoritishga harakat qildim.
  Kurs   ishining   amaliy   ahamiyati.   Kurs   ishimning   ahamiyatishu   davrda
jahon   tarixidagi   bu   qisqa   davr   tarixi,   undagi   ro`y   bergan   ijtimoiy-iqtisodiy   va
siyosiy   o`zgarishlar,   turli   xil   nazariyalarning   vujudga   kelishini,   ularning   sabab   va
mohiyatini chuqur va har tomonlama o`rganish orqali tarix yangi-yangi ma`lumotlar
olib keladi.
2
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B.30.
3 Kurs   ishining   tuzilishi.   Kurs   ishi   kirish,   ikki   bob,   beshta   paragraf,   xulosa,
foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
4 I  BOB. XIX ASRNING O`RTALARIDA ITALIYANING
BIRLASHTIRISH UCHUN KURASH
1.1. Qayta tiklash davrida italiya milliy ozodlik harakati. Italiyani
birlashtirishning dastlabki shartlari
Italiyaning   milliy   davlat   bo`lib   birlashishi   mamlakatda   kapitalistik   tuzumni
barqaror qilish protsessini tezlashtirish uchun ob`ektiv shart-sharoitlar yaratib berd.i.
Bu   protsess   burjua-demokratik   revolyutsiyaning   tugallanmaganligi   bilan   bog`liq
bo`lgan   maxsus   tarixiy   vaziyatda   davom   qildi.   Yangidan   tuzilgan   burjua   davlatiga
og`ir   feodal   qoldiqlari   meros   qolgan   edi.   Italiya   agrar   mamlakatligicha   qolaverdi;
Italiyaning o`rtacha yillik sanoat mahsuloti qiymati 1861—1870 yillarda bir milliard
lirani   tashkil   qilardi,   holbuki,   qishloc   xo`jalik   mahsulotining   qiymati   3   milliard
lirani tashkil  qilardi. Erga asosan  yirik va juda yirik zamindorlarning egalik qilishi
saqlanib   qolgan   edi,   buning   ustiga   dehqonlarning   erdan   foydalanishning   qoloq
formalari   hukm   surardi.   Pomeshchiklar   erining   katta   qsmi   mayda   va   juda   mayda
uchastkalarga   bo`li   bu   yerlar   juda   ogir   shartlar   bilan   dexdonlarga   ijaraga   berilardi
(nimkorlik, kolonat).
Dehqonlar mulkdorligining salmog`i katta emas edi. Mulkdor dehqonlar juda
ko`pchiligining bir gektardan oshmaydigan bir parcha chek eri bor edi.
Italiyaning   birlashuvidan   chiqadigan   ijtimoiy-siyosiy   natijalarni   oldindan
belgilab qo`ygan narsa burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi edi.
Italiya   davlati   eski   feodal   davlat   ele   mentlaridan   ancha-munchasini   o`ziga
meros   qilib   olgan   burjua   konstitucion   monarxiya   edi.Konstitutsiya   konservativ
kuchlarning   anchagina   hokimiyatga   ega   bo`lishini   ta`minladi   —   bu   konstitutsiya
1848   yil   revolyutsiyasi   davrida   in`om   qilib   berilgan   Sardiniya   qirolligining
mo``tadil statusiga asoslangan edi. Davlat boshlig`i ijroiya hokimiyat namoyandasi
qirol   edi;   ministrlar,   oliy   fuqaro   va   harbiy   vazifador   kishilarni   qirol   tayinlar   va
vazifasidan   tushirardi.   Tashqi   siyosat   ishlari   va   qurolli   kuchlarga   qo`mondonlik
qilish  qirol  qo`lida  edi, qirolga palatani   muhlatidan ilgari  tarqatib  yuborish  huquqi
berilgan edi.
5 Qonun   chiqaruvchi   hokimiyat   qirol   tomonidan   va   ikki   palata-   senat   va
deputatlar   palatasi   tomonidan   amalga   oshirilardi.   Senat   qirol   tomonidan   umrbod
tayinlanadigan   kishilardan   (qirol   xonadoni   avlodlaridan,   aristokratlar,   oliy
mansabdorlardan, episkoplardan) iborat tuzilardi.
Deputatlar   palatasi   besh   yil   muddatga   cenzli   saylov   huquqi   asosida
saylanardi,   bu   saylov   huquqi   bir   tuda   mulkdor   grajdanlar   tabaqasiga   imtiyozlar
berardi.   1882   yilga   qadar   28   million   aholisi   bo`lgan   bu   davlatda   faqat   600   ming
kishi,   ya`ni   hamma   grajdanlarning   2   foizidan   sal   oshig`rog`i   saylov   huquqidan
foydalanardi.
Yangi   hokimiyatning   sinfiy   tabiati,   burjuaziya   hukmron   guruhlari   va
burjualashgan   dvoryanlarning   monarxiya   va   reakcion   eski   rejim   kuchlari   bilan
bitishishga   intilganligi,   nihoyat,   bu   reakcion   kuchlarning   siquvi   yangi
hukumatlarning   njtimoiy-iqtisodiy   va   siyosiy   faoliyatida   juda   katta   qarama-
qarshiliklar yuz berishiga sabab bo`ldi; ularning faoliyatida progressiv tendenciyalar
konservativ   tendenciyalar   bilan   va   hatto   ochiqdan-ochiq   reakcion   tendenciyalar
bilan to`qnash kelib, bir-biri bilan chirmashib ketdi.
Yirik burjuaziyaning (yirik zamindorlar, savdogarlar, sudxo`rlar, bir oz sanoat
burjuaziyasining)   burjualashgan   pomeshchiklar   bilan   tuzgan   bloki   davlatdagi
hukmron ijtimoiy kuch edi. Bu blokda yirik zamindorlar hal qiluvchi rol` o`ynardi.
Bu zamindorlarning manfaatlarini «o`nglar» degan liberal-monarxistlar guruhi ifoda
qilardi,   bu   guruh   Risorjimento   zamonidagi   mo``tadil   (kavuristik)   oqimning
davomidan iborat guruh edi. 60- yillardayoq bu gruppa mamlakatni monopol tarzda
tanho idora qilib keldi, lekin birlashish tugallangandan keyin ham «o`nglar» guruhi
parlamentdagi   hukmronligini   davom   ettirdi   va   Italiya   davlatining   dastlabki
hukumatlariga   (1869-1873   yillarda   Lanc   ministrligiga   va   1873—1876   yillarda
Mingetti ministrligiga) rahbarlik qildi. 3
Burjuaziyaning hukumatga oppoziciyada bo`lgan, «so`llar» degan boshqa bir
siyosiy   guruhi   o`zining   tarkibi   jihatidan   xilma-xil   edi.   Bu   guruh   iktisodiy   jihatdan
3
  Starodubov V.P. 20-asrning super kuchlari. Strategik qarama-qarshilik. M., 2001 yil.
6 rivojlanayotgan yangi sanoat va moliya doiralarining manfaatlarini ifoda qilardi, shu
bilan   birga,   o`rta   va   mayda   burjuaziyaning   ko`prok   radikal   oppoziciyachi
guruhlarini ham o`ziga tortib turgan markaz edi.
Birlashgan   Italiya   vujudga   kelgan   dastlabki   yillardan   boshlaboq   hukmron
burjua   va   pomeshchiklar   guruhlari   o`zlarining   iqtisodiy   poziciyalarini
mustahkamlash uchun davlat hokimiyatidan foydalanish taraddudiga tushib qoldilar.
  Mamlakat   oldida   juda   murakkab   moliya   muammolari   ko`ndalang   bo`lib
turgan   edi.   Birlashgan   Italiyaga   ilgarigi   hokimlardan   juda   og`ir   meros   qolgan   edi:
1859   va   1866   yillardagi   urushlarda   bo`lgan   katta-katta   harajatlarni,   eski
hukumatlarning   chet   davlatlardan   olgan   qarzlarini   to`lash   lozim   edi.   Bu   birlashish
harajatlariga   yana   temir   yo`llar   qurish,   davlat   apparati   va   armiya   saqlash   uchun
katta-katta yangi chiqimlar kelib qo`shildi. 1870 yilda davlatning hamma karzi 8300
million-liraga   yetdi.   Tobora   o`sib   borayotgan   chiqimlarni   qoplash   uchun
«o`nglar»ning   hukumatlari   davlat   zayomlari   chiqarishga,   ham   mamlakatning
ichidagi, ham tashqaridagi kapital egalariga yordam so`rab murojaat qilishga majbur
bo`ldilar. Buning natijasida davlatning so`dxurlar va bank korchalonlariga qaramligi
kuchaydi,   ular   uchun   davlat   olgan   qarz   osongina   boyib   olish   manbai   bo`lib   qoldi.
Chet   el   kapitali,   ko`proq   fransuz   kapitali   (Rotshil`d,   Pereyr)   mamlakatga   juda
ko`plab kirib keldi.
Italiyaning   davlat   qarzi   shiddat   bilan   ko`payib   boraverdi,   natijada
«o`nglar»ning   hukumatlari   daromadlarni   ko`paytirish   yo`li   bilan   byudjetni
baravarlab   turish   maqsadida   «juda   qattiq   tejab-tergash»   siyosatini   yurgizishga
majbur bo`ldilar. Hatto burjuaziyaning ma`lum tabaqalari manfaatlariga daxl qilgan
bu siyosatning tig`i asosan keng xalq ommasiga qaratilgan edi. F. engel`s ko`rsatib
o`tgandek,   «o`nglar»   guruhi   «burjua   tartibi   biron   vaqt   kashf   qilgan»`   eng
vahshiyona fiskal` sistemasini  joriy qilgan edi. «O`nglar» hukmronligining so`nggi
yilida (1876 yilda) davlat qarzi juda ham ko` payib 990 million liraga yetdi. Shundan
65 foizi kambag`al aholi zimmasiga tushgan egri soliqlar edi. Tuz, tegirmon solig`i
yana   tiklangan   edi,   ko`p   joylarda   hatto   havo   bilan   nurga   ham   soliq   solingan   edi,
7 chunki   deraza   uchun   ham   soliq   olinardi.   To`g`ri   soliqlar   (jumladan,   yer   solig`i)
asosan mayda va o`rta mulkdorlarga qarshi qaratilgan edi.
Mamlakat   birlashtirilgandan   keyin   dexconlarning   yana   ham   kuproq
xonavayron   bulishiga   boshgqa   hodisalar   ham:   qattiq   soliq   zulmi,   sudxo`rlarning
hujumga o`tganligi, agrar krizislarning dehqonchilikni vayron qilganligi ham sabab
bo`ldi.   G`azna   1873   yildan   1881   yilga   qadar   61831   mayda   er   uchastkalarini   soliq
to`lamaganliklari uchun musodara qildi. Dehqonlarning mulklarini puldorlar (agrar
burjuaziya   va   banklar)   foydasiga   ekspropriaciya   qilish   hodisalari   bundan   ham
ko`proq avj olib ketdi.
Bir parcha eri bor dehqon xo`jaliklarining emirilishi, dehqonlarning ommaviy
qashshoqlanishi   yirik   burjuaziya   er   mulklarining   tobora   kengayib   borish
protsessining teskari to-moni edi. Er tobora kuproc kapital z^ukmronligi ostiga kirib
bordi. Kishlokda tovar-bozor munosabatlari tobora keng su-ratda kirib bordi, bu esa
dezdonlarning   taba^alanishini   ku«   chaytirib   yubordi,   dezdonlar   orasidan   yangi
badavlat   zamindorlar   tabakasi   ajralib   chiqdi.   Shu   bilan   birga,   juda   katta   qishloq
xo`jalik va sanoat proletariatidan iborat rezerv ar miya vujudga keldi.
Nimkorlar, kolonlar, batraklar shafqatsizlik bilan eks pluataciya qilinardi, ular
orasida kasallik va o`lim kuchayib ketgan edi, dehqonlar butunlay deyarli savodsiz
edi   (1871   yilda   Italiya   aholisining   70   procenti,   janubdagi   axolining   esa   hatto   80
procentidan   oshig`i   savodsiz   edi)—dehqonlarning   ahvoli   ayniksa   mamlakat
janubida ana shunday edi. Shunday qilib, qishloqdagi kapitalistik islohotlar protsessi
mamlakatni   industrlash   uchun   zamin   tayyorlagani   holda,   bu   protsessning   sekin
borganligi,   tugal   emasligi,   juda   ko`p   xalq   ommasining   turmushi   qashshoqligi
natijasida   ichki   bozor   torayib   ketdi,   demak,   Italiyaning   sanoat   jihatidan
rivojlanishiga to`sqinlik qildi.
Mamlakat birlashtirilgandan keyingi dastlabki davrda sanoat avval boshdanoq
davlat yordamida va chet el kapitaliga suyanib, sekinlik bilan va notekis rivojlanib
bordi. Temir yo`l qurilishi  bundan mustasno edi, chunki u kapital solish va kapital
jamg`arish jixatidan eng foydali soxa edi. Temir yul qurilishi keng quloch otib ketdi:
8 1875   yilga   borib   temir   yullarning   uzunligi   7675   kilometrga   yetdi,   holbuki   1859
yilda   bor-yugp   1707   kilometr   edi.   Bu   narsa   mahalliy   bozorlarning   bog`liqligni
tugatishga   va   dehqonchilikdagi   yarim   natural   formalarnikg   barbod   bo`lishiga
yordam berdi.
Savdo   floti   qurish   keng   avj   olib   ketdi,   chunki   uni   hukumat   rag`batlantirib
turdi:   uning   tonnaji   1862   yildagi   10   ming   tonnadan   1877   yilda   1   million   tonnaga
yetdi, shunday qilib, Italiya savdo floti dunyoda uchinchi uringa chiqib oldi.
1870—1880   yillarda   ikki   tunnel`   —   Mon-Seni   va   Sen-Gotard   tunnellari
qurildi, ular Italiyani Fransiya va Shveycariya bilan bogladi, Italiyaning G`arbiy va
Markaziy Yevropa mamlakatlari bilan savdosining rivojlanishiga yor dam berdi.
Kon sanoati  juda zaif rivojlanib bordi, oltingugurt qazib chiqarishgina ancha
o`sdi. Sanoatdagi o`zgarish to`qimachilik sanoatida, garchi miqyosi jixatidan uncha
katta   bulmasa   xam,   anchagina   uzgarishga   sabab   bo`ldi.   Ipak   gazlama   sanoatida
1874   yili   12   ming   dona   qo`l   bilan   ishlatiladigan   va   665   dona   mexanik   -tukuv
stanogi (Lion ipak gazlama sanoatnda bundai stanoklarning soni 5 milliontaga etgan
edi) va 2 millionga yaqin urchuq bor edi; ip gazlama sanoatida 1863 yili 400 ming
urchuk bulgan bulsa, endi ulariing soni 750 mingga etgan edi; jun gazlama sanoatida
urchuklar soni 300 mingga etgan edi. Ipakli buyumlar ishlab chiqarish tez rivojlandi.
Bu sanoatning bir qancha tarmoqlarida 70- yillar oxiriga borib fabrikalar bunyodga
kela   boshladi.   Tudimachilik   sanoatining   boshqa   tarmoqlarida   tarqoq   manufaktura
hukmronligi davom kilaberdi.
Mashinasozlik   yangi   kuch   bilan   rivojlanib   ketdi;   temir   yullar   curilishi,
kemasozlik materiallari va harbiy materiallarga davlat tomonidan zakazlar berilishi
sanoatning bu tarmogini rivojlantirishga yordam berdi.
Umuman   olganda   Italiya   sanoati   rivogklanish   darajasi   jihatndan   ilgor
kapitalistik   mamlakatlardan   xali   ancha   oreada   kolib   kelayotgan   edi.   «Unglar»
hukumatlarining   zur   berib   yurgizib   kelayotgan   erkin   savdo   siyosati   burjua
fritrgderchiliklashgan   va   kishloq   xo`jalik   mazhsulotlarini   Chet   ellarga   chikarib
9 turadigan   pomeshchiklarning   manfaatlariga   shuningdek,   keng   savdo   burjuaziyasi
doirasining manfaatlariga muvofiq edi.
10 1.2. Italiya davlatlarining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi XIX
asrlar
Hukmron sinflarning agrar siyosati ham shunday tamagirlik bilan yurgizilardi.
Hukmron   sinflar   dvoryanlar   er   egaligiga   dahl   qilishga   jur`at   etolmay   (hatto
Burbonlarning   tarafdorlari   bo`lganlarning   va   avstriyaparast   dvoryanlarning   er
mulklariga   aslo   dahl   qilinmagan   edi),   cherkov,   davlat   va   jamoalarning   yer-
mulklariga dahl qilmaslikni bekor qilish yo`lidan bordilar, bu yyerlar mamlakatdagi
butun yer fondining kamida oltidan birini tashkil qilardi.
Birlashishdan keyiigi  dastlabki  un yilliklarda cherkov mulklaridan 750 ming
gektar yer musodara qilindi va sotildi, Siciliyada umrbod ijaraga berilgan 190 ming
gektar cherkov eri bu hisobga kirmaydi. Bundan tashqari, ko`p qismi mamlakatning
janub tomonlarida va orollarda joylashgan davlat va jamoa yyerlaridan, 1,6 million
gektari ishga solingan yoki zamindorlar o`rtasida «taqsim» qilingan edi.
Cherkov   va   davlat   yyerlarini   sotish   juda   jadallik   bilan   amalga   oshirildi   (er
sotish   ishlari   asosan   1868—1880   yillarga   to`g`ri   kelgan   edi).   G`azna   pulga   juda
muhtoj   edi,   lekin   qo`lida   kapitali   bor   burjua   esa   yer   sotib   olishga   shoshilar   edi.
Auksionlarda   poraxo`rlik   avjiga   chiqdi,   kishi   bilmas   har   xil   fribgarliklar   qilindi,
yirik   burjua-pomeshchiklar   va   dvor yanlar   qo`l   ostilaridagi   qurolli   bandit
tashkilotlari   orqali,   masalan,   Siciliyada   «maxfiy»   degan   tashkilot   orqali   ish
ko`rdilar.   Ular   mahalliy   ma`muriyat   amaldorlari   bilan   kelishib,   hatto   cherkov
yerlarini   sotib   olishda   «xudoning   qahridan»   qo`rqib   dehqonlarning   diniy
taassublaridan   ham   foydalandilar.   «Dehqon,   hatto   mayda   pomeshchik   bunday
kuchga   qarshi   qanday   qilib   ham   kurash   olib   bora   olar   edi.   Bunday   dehqon   yoki
pomeshchik   o`zi   uchun   -   o`shanda   ham   baland   narx   bilan   —   biron   tashlandiq   er
uchastkasini zo`r mashaqqat bilan qo`lga kiritib olardi»— bo`lg`usi ministr Sonnino
singari konservativ arbob ham shunday deb haqiga ko`chishga majbur bo`lgan edi.
Sotilgan   yerlarning   juda   katta   qismi   burjuaziya   qo`liga   kirdi;   jamoa
yerlarining juda katta qismi  hai shu burjuaziya qo`liga o`tib qoldi, bunday yerlarni
o`zboshimchalik bilan tortib olishni hukumat qonunlashtirib qo`ygan edi. Lekin er-
11 mulklarning qayta taqsimlanishi er munosabatlarida radikal o`zgarish bo`lishiga olib
bormadi.
To`g`ri,   birlashishdan   ancha   ilgari   dehqonchilikning   kapitalistik   shakllari
rivojlana   boshlagan   shimolda   (Lomoardiya,   Pemont   va   qisman   Emiliyada)   yirik
kapitalistik   xo`jaliklar   sekin-sekin   hal   qiluvchi   o`ringa   chiqa   boshlagan   edi.   Bu
xo`jaliklarda   yirik   kapitalistik   ijara   ustun   turardi   va   qishloq   xo`jalik   ishlarini
yollanma   ishchilar   bajarardi.   Juda   keng   ko`lamda   irrigaciya   va   botqoqliklarni
quritish   ishlari   amalga   oshirildi,   yangi   texnika   joriy   qilindi,   kimyoviy   o`g`itlar
ishlatiladigan   bo`ldi.   Qishloq   xo`jalik   ishlab   chiqarishini   ixtisoslashtirish   tobora
kuchaydi.   Buning   natijasida   Lombardiyada   yetishtirilgan   yalpi   qishloq   xo`jalik
mahsuloti XIX asrning oxiriga borganda teng baravar oshib ketdi.
«Klassik   nimkorlik»   hukmronlik   qilgan   markazkiy   Italiya   (Toskana,   Marke,
Umbriya)   ning   agrar   ekonomikasi   ham   XIX   asrning   so`nggi   o`n   yilliklarida
kapitalistik asosda yangidan qurila boshladi. Nimkorlik shartnomalarining mazmuni
ham o`zgardi: er egasi xo`jalikka beradigan kapitallari va mehnat qurollari hissasini
oshirib,   tobora   agrar   kapitalistga   aylanib   bordi,   nimkorchi   esa   amalda   yollanuvchi
ishchi darajasiga tushirildi.
Hatto feodal qoldiqlari hammadan kuchliroq sezilib turadigan Janubiy va Orol
Italiyasiga   ham   kapitalistik   munosabatlarning   kirib   kelishi   eski   tuzumga   putur
etkaza   boshla di:   qishloq   xo`jaligining   tovarliligi   oshdi,   yollanuvchi   ishchi   kuchini
ko`llanishning   salmog`i   ko`paydi,   qishloqda   er   burjuaziyasining,   sekin-sekkn
kapitalistga   aylanayotgan   yirik   ijarachi   dallolning   ta`siri   kuchaydi.   Sudxo`rlik
kapitali qishloqni chulg`ab oldi.
Lekin   ekspluatatsiyaning   yangi   kapitalistik   shakllari   hali   ham   yashovchan
yarim feodal munosabatlar sistemasnga singib borardi.
Italiyaning   hamma   erida   mulkdor   dvoryanlargina   emas,   shu   bilan   birga,
zamindor burjuaziya ham eski ekspluatatsiya shakllarini yo`qotmadilar. Qoloqlik va
yarim   krepostnoylik   tutqunligi   abadiy   qilib   qoldirildi.   Hatto   Italiyaning   shimolida
ham   kapitalistik   agrar   ekonomikaning   rivojlangan   shormalari   bilan   bir   qatorda
12 nimkorlik   yoki   mayda   dehqon   xo`jaligi   davom   qila   bordi,   bu   xo`jalik   primitiv
usullar bilan olib borilar edi.
Qishloq   xo`jalik   ishchilari,   masalan,   «majburlar»   dsb   atalganlar   («chek   eri
bor»   ishchilar)   ish   haqining   bir   qismini   natura   holida   olardilar   va   hamon   yirik
zamindorga   shaxsan   qaram   edilar.   Markaziy   Italiyada   nimkorlik   shartnomalarida
krepostnoy   dehqonning   zamindorga   yarim   krepostnoylik   qaramligining   turli
formalari qayd kilinardi.
  Italiya qishloq  xo`jaligida kapitalizm   «prus»  taraqqiyoti   yo`liga  yaqinlashib
keladigan   yuldan,   ya`ni   yarim   feodal   munosabatlarni   sekin-sekin   burjua
munosabatlariga aylantirish yo`lidan, dehqonlar ommasining sekin-sekin mashaqqat
bilan xonavayron bo`lishi yo`lidan rivojlanib bordi.
Yangi   hukumatning   agrar   siyosati   uchun   qilingan   hujjatlarbirinchi   navbatda
dehqonlar bo`lishi zimmasiga tushdi. Burjuaziya va dvoryanlar tomonidan aldangan
dehqonlar asrlardan buen kurashib orzu qilib kelgan erga ega bulish u yoqda tursin,
ilgari   jamoa   va   davlat   yerlaridan   foydalanib   kelgan   huquqlaridan   ham   mahrum
etildi.
Qo`shimcha   kasb-korlarning   sanoat   konkurenciyasi   ostida   halok   bo`lishi
dehqonlarni   muhim   daromad   manbaidan   mahrum   qilardi,   ularning   shundoq   ham
omonat   turgan   xo`jaliklari   zaminiga   bolta   urardi.   Urmonlarning   kesib   tashlaiishi,
ayniksa   mamlakat   janubida,   qishloq   ekonomikasiga   katta   zarar   etkazdi   —1860
yildan   1890   yilgacha   ikki   million   gektar   erdagi   o`rmon   kesib   tashlangan   edi.   Shu
vaqtdan boshlab tepaliklarning emirilishi, er siljishi va toshqinlar tez-tez bo`ladigan
hodisaga aylandi.
Italiyaning   tashki   savdo   oboroti   birlashishdan   oldin   1   milliard   lira   bo`lgan
bulsa, 1876 yilda «o`nglar» siyosati na tijasida 3,5 milliard liraga yetdi; Italiya fakat
Yevropa kit`asi bilan emas, Amerika kit`asi bilan ham juda qizg`in savdo-sotiq qilib
turdi.   Italiya   importining   kattagina   qismini   xom   ashyo   va   uskunalar,   shuningdek,
tayyor maxsulot va yarim fabrikatlar tashkil kilardi.
13 «Erkin   savdo»   davrida   Italiyani   to`ldirib   yuborgan   chet   el   mahsulotlari   —
Fransiyadan,   Angliyadan   keltiriladigan   arzon   mahsulotlar   xonaki   ishlab
chiqarishning   barbod   bo`lishini   tezlashtirdi,   ayniqsa   janubda   manufaktura
poziciyalariga   putur   etkazdi   Bu   bilan   chet   davlatlar   konkurenniyasi   Italiya ning
industriya   jihatidan   rivojlanishi   uchun   ob`ektiv   suratda   zamin   hozirlab   berdi:   bu
konkurenciya   sanoat   ishlab   chiqarishining   qoloqroq   tashkiliy   shakllarini   barbod
qilish bilan birga, kuchliroq va iqtisodiy jihatdan barqarorroq shimol fabrikantlarini
o`z   korxonalarini   yangi   texnika   bilan   jihozlash   va   shu   yul   bilan   o`z   poziciyalarini
mustahkamlashga majbur qildi.
Lekin   bu   protsesslarning   okibat   natijalari   birdaniga   namoyon   bulmadi.
Dastlabki   vaqtlarda   mamlakatga   keng   miqyosda   kirib   kelayotgan   ajnabiy
tovarlardan   milliy   sanoat   anchagina   zarar   ko`rdi.   Lion   ipak   bugomlar`l
konkurenciyasi ayniqsa og`ir ta`sir qildi. Ko`pgina ital`yan firmalari, ayniqsa, shoyi
va   ip   gazlama   fabrikalariiiig   vakillari   o`z   mahsulotlarini   sotishda   katta-katta
qiyinchiliklarga   duch   kelayotganliklarini   aytib   shikoyat   qilishdai   aslo   tinmay
qoldilar;   «erkin   savdo»   siyosati   ichki   bozorni   o`z   qo`liga   kiritib   olishda   ularga
to`sqinlik qildi.
«O`nglar»   hukmronligining   o`n   yili   mobaynida   yuz   bergan   iqtisodiy   va
ijtimoiy   siljishlar   natijasida   mamlakatda   yangi   ichki   siyosiy   holat   yuz   berdi.
O`ngdan, ayniksa so`ldan hukumatga oppoziciya kuchaydi.
Reakcion   feodal   kuchlar,   katoliklar   cherkovining   futfusi   bilan   yangi
tartiblarga   dushmanlik   ko`zi   bilan   qarashlaridan   voz   kechmadilar.   Papa   dunyoviy
hokimiyatining   ag`darilishini   ham,   cherkov   yerlarining   sekulyarizaciya   qilinishini
ham,   40853   diniy   jamoaning   bekor   qilinishini   ham   cherkov   kechib   yuborishi
mumkin emas edi. «O`nglar» Vatikan bilan kelishib olish payida bo`lib, cherkovni
idora   qilishda   papaga   to`la   erk   bergan   «garantiyalar»   qonunini   (1871   yil)   palata
tasdig`idan   o`kazib   oldilar.   Bu   qonun   Vatikanning   daxlsizligini,   papaning   kurolli
gvardiya sak,lash va chet davlatlar bilan diplomatik munosabatlar urnatish xukucini
e`tirof   qilgan   edi.   Ital`yan   davlati   har   yili   papaga   3225   ming   lira   subsidiya   tulab
14 turishi   lozim   edi.   Katoliklar   dini   «davlatda   birdan-bir   din»   deb   e`lon   qilingan   edi.
Lerin   bu   yon   berishlar   papani   qanoatlantirmadi.   Papa   Fransiya,   Avstriya,
Germaniyaning klerikal doiralariga suyanib, Italiya davlatiga qarshi diplomatik fisk-
fasodlarini   davom   qildira   berdi,   mamlakat   ichida   aholining   katoliklar   ommasini,
ayniqsa   janub   dehqonlarini   yangi   hokimiyatga   qarshi   qo`zgatishga   harakat   qildi.
1874 yilda papa tomonidan tasdiqlangan «non exredit» («ruxsat yo`k») degan prin -
cip   ham   uning   mana   shu   niyatiga   xizmat   qildi,   bu   princip   1871   yilda   o`rtaga
qo`yilib, dindor ital`yanlarning parlament saylovlarida qatnashuvini taqiqlagan edi.
Lekin «o`nglar» hokimiyatiiing tobora zaiflashib borishining asosiy sababi —
mamlakatda oppoziciyachilik harakatining kengayib borayotganligi edi. Bu harakat
hukmron blokning ikdisodiy va siyosiy faoliyatidan ma`lum darajada zarar ko`r gan
turli ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan edi.
  «O`nglar»   hukmronlik   qilgan   yillarda   mulkdor   sinflarning   turli   frakciyalari
o`rtasidagi   kuchlar   nisbati   o`zgardi.   Spekulyantlik   operatsiyalarida   boyib   olgan
moliya korchalonlari va yirik savdogarlar, zamindor kapitalistlar va yosh sanoatchi
bur juaziya   tobora   kattaroq   rol`   o`ynay   boshladi.   Ana   shu   yangi   ijtimoiy
gruppalarning   hammasi   iqtisodiy   yo`lni   o`zgartirishdan   o`zlarini   qisib   qo`ygan
«qat`iy tejab-tergash» dan va «erkin savdo» dan voz kechishdan manfaatdor edilar;
ular   burjualashgan   pomeshchiklar   va   zamindor   burjuaziyaning   siyosiya   jihatdan
ustunligiga ortik. chidab yuraverishii xohlamasdan, davlatni idora qilishda kengroq
qatnashish   uchun   kurash   olib   bordilar.   «So`llar»   ana   shu   yangi   gruppalarning
manfaatlarini   tobora   qat`iyroq   ifoda   qiladigan   bo`ldilar.Mamlakatni   birlashtirish
uchun kurash natijalarini ko`rib hafsalasi  pir bo`lgan shahar  va qishloqdagi  mayda
va o`rta burjuaziya ko`proq radikal talablarni o`rtaga qo`ya boshladi. Bu burjuaziya
«so`llar»ni qo`llab-qo`ltiqlab, ularning salmog`i va kuchini oshirib yubordi. Mayda
burjuaziyaning ilgor elementlari demokratlar va respublikachilarning kadrlari bo`lib,
ular   yangi   hukumatning   solik,   zulmiga   va   byurokratik   centralizmiga   qarshi,
antidemokratik   saylov   sistemasiga   qarshi,   yaqinginada   ichki   va   tashqi   dushman
15 bo`lgan   feodal-dvoryanlar,   Vati kan   va   Avstriya   bilan   bitim   tuzish   va   yon   berish
siyosatiga qarshi qat`iy bosh ko`tarib chiqdilar.
 Xalq orasidagi chuqur norozilik tobora kuchaydi. Qishloqdagi, ayniksa sinfiy
kurash   o`tkir   dramatik   tusga   kirgan   mamlakat   janubidagi   darg`azablik   qishloqni
larzaga   keltirdi.   Dehqonlar   yaqiginadagi   qonli   ta`qiblarga   qaramasdan,   er   uchun
jamoa   yerlarining   zurlik   bilan   tortib   olinishi   va   yangi   mulkdorlarning   Zulmiga
qarshi   kurashni   davom   ettirdilar.   Bu   kurash   1871   yilda   ayniqsa   keskin   tus   oldi,
dehqonlarning   g`alayonlari   faqat   janubga   va   Lacio   viloyatigagina   tarqalmasdan,
shimol qishloqlariga ham etib bordi. Polezina, Andria tumanlarida dehqonlar ilgarigi
jamoat   huquqlarining   bekor   qilinishiga   qarshi   qo`zg`olon   ko`tardilar.   Ojonoda
(Komo tumanida) hatto qo`uzg`olonlarni bostirish uchun yuborilgan qo`shinlar bilan
qo`zg`olonchilar   o`rtasida   to`qinishlar   bo`ldi.   Undan   keyingi   yillarda   er   uchun
kurash   bir   qadar   susaydi,   lekin   soliqlarga   qarshi   va   birinchi   navbatda   hammaning
joniga tekkan tegirmon solig`iga qarshi harakat yangi kuch bi lan avj olib ketdi. 1876
yilda   fiskalga   qarshi   g`alayonlar   shu   darajaga   yetdiki,   bu   g`alayonlar   mamlakat
ichki siyosiy hayotidagi eng muhim muammolardan biri bo`lib qoldi.
Iqtisodiy   jihatdan   ko`proq   rivojlangan   tumanlarda   yangi   kurash   shakllari
paydo   bo`ldi:   70-   yillarda   qishlok   xo`jalik   ishchilarining   dastlabki   ish   tashlashlari
bo`lib   o`tdi,   bir   ozdan   keyin   qishloq   proletariatining   dastlabki   uyushmalari   ham
paydo   bo`ldi. 4
  Ishchilar   harakati   ijtimoiy   hayotning   yangi   va   tobora   muxim   omili
bo`lib   qoldi.   Mamlakatning   birlashtirilishi   ishchilar   sinfi   kurashining   rivojlanishi
uchun   umummillat   zaminini   yaratib   berdi.   Kapitalistik   munosabatlarning   o`sishi
bilan   ishchilar   sinfining   tarkibi   ham   o`zgara   boshladi.   Demak,   ishchilar   sinfi
kurashinnng siyosiy yo`li va tashkiliy shakllari ham o`zgara boshladi. Ishchilar sinfi
saflariga   proletarlashayotgan   dehkonlar   ommasi   qo`shilib   turdi.   Sekin-asta   sanoat
proletariati   vujudga   kela   boshladi.   Lekin   tarqoq   manufakturadagi   ishchilarga
nisbatan (bu ishchilarning ko`pchiligi xotin-qizlar va bolalar edi) va proletariatning
4
 Vinogradov K.B. 1908-1909 yillardagi Bosniya inqirozi: Birinchi jahon urushiga kirish. L ., 1964  yil .
16 ko`pdan-ko`p   hunarmand   kategoriyalariga   qaraganda   sanoat   proletariatining
salmog`i hali uncha katta emas edi.
Ana   shu   xilma-xil   ishchilar   ommasi   juda   qattiq   kapitalistik   ekspluataciya
zulmi   ostida   ezilib   yotgan   edi.   Xonavayron   bo`layotgan   qashshoqlik   vujudga
keltirayotgan   juda   katta   rezerv   armiyasi   korxona   egalariga   ish   haqini   tirikchilik
minimumiga tushirish, ish kunini— metallurgiya va mashinasozlik sanoatida 11 —
12 soatga,  tuk,imachilik sakoatida  esa  13 va hatto 16 soatga  etkazish  imkoniyatini
berdi. Shtraf solishlar, lo kaut e`lon qilishlar, boshqa diskriminaciya va majbur kilish
choralari   oddiy   hodisa   bo`lib   qoldi.   Fabrikantlarnnng   bu   chidab   bo`lmas   zulmiga
javoban   ishchilar   ish   tashlash   harakatini   keskin   kuchaytirib   yubordilar.   1871   yilda
26 stachka ruyxat qilingan bo`lsa, 1872 yilda 64 stachka, 1873 yilda esa 103 stach ka
bulganligi   ruyxat   qilindi.   Kurashda   hali   stixiyachplik   ta`siri   kuchli   edi.   Proletarlar
safiga   kelib   quyulayotgan   kechchgi   dehqonlar   kurashga   isyonchilik   g`azabi   va
norozilik   ruhini   ham   olib   keldilar.   Qisman   o`z   sinfidan   aloqasini   uzgan   va   mayda
burjua   ideologiyasi   namoyandasi   bo`lgan   ko`p   sonli   intelligenciya   gruppalari   ham
ishchilar   harakatiga   ancha   ta`sir   qildi.   Ishchi lar   harakatidagi   madzinizmning   uzil-
kesil   halokatga   uchrashi   ana   shu   vaziyatda   yuz   berdi,   Parij   Kommunasi   ta`sirya
ostida   bu   halokat   tezlashdi.   Parij   kommunarlarining   kurashiga   Madzinining   ters
munosabatda bo`lganligi ital`yan ishchilarini bu harakatdan chetlashtirib qo`ydi.
70-   yillarning   boshida   Italiyada   ishchilar   harakati   I   In ternacional   bayrogi
ostida harakat qilgan Bakuninning anarxistlik targ`ibotlari ta`siri ostiga tushib koldi.
Ularing   Internacional   sekciyalari   deb   e`lon   qilgan   tashkilstlarniig   ko`pchiligi
bakuninchilik   ideologiyasiga   asir   bo`lib   qoldi   (bu   erda   gap,   asosan,   mamlakatning
janubiy va markaziy tumanlaridagi sekciyalar ustida boradi).
  Bakunikchilar   ishchilar   harakatining   eng   zarur   ehtiyojlariki   bilmaganliklari,
ish   tashlashlar   tashkil   etishning   hamiyatini   tushunmaganliklari,   real   sharoit   bilan
hisoblashmaganliklaridan   Italiyada   butun   hatti-harakatlarini   qo`zgolonchilyarniig
qurolli  chiqishlarini  tayyorlashga qaratdilar. Ular ikki marta - 1874 yilda Boloniya
tumanida va  1877  yilda  Benevepto  rayonida  -  dehqonlar  qo`zg`olonini   ko`tarishga
17 urindilar,   lekin   ikkala   safar   ham   tamomila   muvaffaqiyatsizlikka   uchradilar.   Bu
nojuya chiqishlar Internacional sekciyalariga qarshi hukumatning ta`qib choralarini
kuchaytirib   yubordi   va   Italiya   proletariatining   revolyutsion   kurashiga   rahbarlik
qilish bakuinchilar qo`lidan kelmasligini uzil-kesil aniqlab berdi. Ita liyada bakunizm
ta`sirining   pasayib   ketishiga   boshqa   muhim   sabablar   ham   yordamlashdi.   70-yillar
oxiriga bo`rib Ita liya ishchilar harakatining markazi shimolga ko`cha boshladi.
Asl proletar elementlar, ayniqsa sanoat ishchilari burjuaziya orasidan chiqqan
anarxist   hamrohlardan   tobora   ustun   kela   boshladilar.   Ishchilar   harakati   ichidan
g`oyaviy   jihatdan   anarxistlardan   farq   qiladigan   gruppalar   ajralib   chiqa   boshladi.
Bular o`rtasida eng kattasi «Plebe» gruppasi edi. Bu gruppa Lombardiyada shunday
nom bilan chiqadigan jurnal atrofida paydo bo`lgan edi.
Mamlakatda   deyarli   umumiy   norozilik   eng   cho`qqisiga   etgan   bir   davrda
«so`llar» gruppasi boshchilik qilaetgan burjua oppoziciyasining ta`siri tez kuchayib
bordi. Bunga bir qancha holatlar yordam berdi: «so`llar» qulay fursatdan foydalanib,
xalq   o`rta sida   mashhur   bo`lgan,   kderikallarga   k,arshi   caratilgan   demokra tii
talablariui o`rtaga cuyib, hukumatga qarshi qat`iy hujum olib bordilar. Parlamentda
va parlamentdan tashqarida bu gruppa soliq ishlarini radikal suratda reforma qilish,
saylov   cenzini   pasaytirish,   provinciyalarning   ma`muriy   huquqlarini   kengaytirishni
tobora   qattiqroq   yollab   chiqdi,   cherkovning   davlat   ishlariga   aralashishi   masalasida
«o`nglar»ning   nurosasozlmk   qilayotganligini   qattik   tanqid   qildi.   Bu   gruppa   bir
amayalab   xokimiyat   tepasiga   chiqib   olish   uchun   demagoglik   kilib   va`dalar
berishdan x,am toymadi. «So`llar»ning mamlakatdagi yutuqlariiing yana bir sababi
shu   ediki   mayda   burjua   demokratlar   va   respublikachilar   ommaning   harakatiga
mustaqil  rahbarlik qila olmaganliklaridan siyosiy  tashabbusning  shu so`llar  qo`lida
saqlanib   turishiga   va   ularning   umumxalq   talablarining   jarchisi   va   himoyachisi
sifatida harakat qilishiga imkon berib qo`ydilar.
«So`llar»ning   siyosiy   hokimiyat   uchun   olib   borgan   kurashining   so`nggi
bosqichi   temir   yo`llarni   idora   qilishni   davlat   qo`liga   topshirish   tug`risidagi   qonun
loyihasining   muhokamasi   munosabati   bilan   palatada   bo`lgan   to`qinish   bo`ldi.
18 «So`llar»nsh   deputatlari   korxona   egalarining   tashabbuskorlikda   erkin   b   lishlarinp
himoya   qilib,   davlat   qonun   loyihasini   qat`iy   rg   kildilar.   So`ngra,   18   martda,
oppoziciya palataga bir rezolyuciya taqdim kildi, bu rezolyuciyada tegirmon solig`i
olish   praktikasi   qoralangan   edi.   Hukumat   ishonch   masalasini   qo`ygan   edi.   242
ovozga qarshi bor-yo`g`i 181 ovoz olib mag`lubiyatga uchradi. Ikki kun o`tgandan
keyin   hukumat   iste`fo   berdi,   uning   o`rniga   Depretis   boshliq   «so`llar»   hukumati
keldi.
Shunday qilib, hukmron sinfning turli frakciyalari o`rtasida hokimiyat uchun
olib   borilgan   kurash   hukumatni   konstitutsiya   yo`li   bilan   shunchaki   almashtirish
asosida   hal   bo`la   qoldi.   Italiya   adabiyotida   «parlament   revolgotsiyasi»   deb   nom
olgan 1876 yil 18 mart voqealari iatijasida «o`nglar» siyosiy maydondan uzil-kesil
chiqib   ketib,   hukmron   sinfning   boshqa   siyosiy   gruppasiga   o`z   o`rnini   bo`shatib
berdi. 5
«So`llar»   hokimiyat   tepasiga   kelgandan   keyin   o`z   rejalari   va   asl   maqsadlari
juda   Transformizm   cheklanganligini   darrov   kura   koldi.   Bu   gruppaning   dastlabki
hukumatlari   oppoziciya   tomonidan   vaqtida   va`da   qilingan   choralardan   bir
qanchasini   amalga   oshirishga   majbur   bo`ldi.   Ular   klerikallarga   qarshi   ko`proq
qat`iyat   bilan   ish   olib   bordilar   (dunyoviy   maktab   to`g`risida   qonun   chiqarildi,
grajdanlar   nikohi   rasm   qilindi   va   hokazo).   1879   yilda   majburiy   boshlang`ich   (uch
yillik) ta`lim tug`risida dekret chiqarildi, lekin bu dekret ko`proq rasmiy deklaraciya
bo`lib   qoldi;   xalqning   nafratiga   uchrab   kelgan   te girmon   solig`i   oradan   bir   yil
o`tgach bekor qilindi, lekin qand solig`i, vino solig`i va boshqalar oshirildi.
Nihoyat,   1882   yilda   Demokratlar   ligasining   keng   ko`lamda   olib   borgan
kampaniyasi   ta`siri   ostida   (bu   kampaniyada   Garibal`di   ishtirok   qilgan   edi)   saylov
reformasi o`tkazildi, bu reforma saylovchilar sonini 600 mingdan 2 million kishiga
etkazdi,   lekin   bu   2   million   ham   grajdan   aholining   faqat   6.7   foizni   tashkil   qilardi.
Shunday qilib, «so`llar»ning hokimiyat tepasiga kelishi burjua rejimining ommaviy-
ijtimoii bazasini ba`zi bir jihatlardan sal-pal kengaytirdi. Lekin so`llar» biron radikal
5
 Виноградов К.Б. Боснийский кризис 1908 – 1909 гг.: Пролог первой мировой войны. Л ., 1964.
19 islohotlar o`tkazishni xohlamadilar. G`alaba qilgan kapitalistik guruhlar hammadan
ko`proq   ijtimoiy   larzalardan   dahshatga   kelib,   qat`iy   suratda   mulkdor   sinflarning
boshqa   frankciyalari   bilan,   shu   jumladan,   yarim   feodal   tipdagi   pomeshchiklar   va
janubdagi tekinxo`r zamindor burjuaziya bilan kompromiss tuzish yo`lidan bordilar.
Ular   eng   konservativ   ijtimoiy   kuchlar   bilan   kompromiss   tuzishni   uz
hukmronliklarini   mustahkamlash   va   Janubiy   Italiya   bilan   Orollar   Italiyasidagi
«isyon   ko`targan»   dehqonlar   ommasini   jilovlab   turish   uchun   eng   to`g`ri   yo`l   deb
bildilar.   Shimoldagi   sanoat   burjuaziyasi   bilan   janubdagi   yirik   zamindorlariuing
o`ziga   xos   sinfiy   ittifoqi   ana   shu   zaminda   yuzaga   kela   boshladi,   bu   ittifoq   Italiya
burjua   davlati   hukmron   doiralariniig   kelajakda   yurgizadigan   siyosatini   (qishloqda
feodalizm   sarqitlarini   saqlab   qolish,   mamlakatni   idora   qilishda   reakcion   forma   va
metodlarga intilish siyosatini) ko`p jihatdan belgilab bergan edi.
Bu   sinfiy   siljishlar   siyosiy   hayotga   o`zining   alohida   ta`sirini   ko`rsatdi:
birlashishdan   ilgariyoq   boshlangan   «transfor mizm»   protsessi   (ya`ni   ma`lum
oppoziciyachi siyosiy arboblar va gruppalarning mu`tadil konservativ poziciyalarga
o`tishi)   XIX   asrning   oxirida   juda   kuchayib   ketdi.   «So`llar»   bilan   «o`nglar»
o`rtasidagi   farq   tobora   yo`qola   bordi.   Italiya   uchun   xarakterli   bo`lgan   siyosiy
sistema vujudga kela boshladi, bu sistema vaqtida ijtimoiy hayotda katta va kuchli
partiyalar emas, balki ko`pincha, gruppa yoki mahalliy manfaatlarni aks ettirgan va
bir-birining o`rnini olib turgan turli parlament bloklari muhim rol` uynadi.
Ikkinchi   tomondan,   o`nglashgan   «so`llar»   dan   demokratii   elementlar   ajralib
chiqdilar.   1878   yilda   radikal   partiya   paydo   bo`ldi,   bu   partiya   bundan   buyon
respublikachilar   partiyasi   bilan   bir   qatorda   yangi   deputatlar   palatasida   «o`taketgan
so`l lar» oppoziciyasi degan nom oldi.
Hukmronlar   lagerida   kuchlarning   qayta   gruppalanishi   mamlakat   iktisodiy
xayotiga   ham   iqtisodiy   siyosatidagi   darhol   ta`sir   qildi.   «qat`ii   tejab-tergash»
uzgarishlar   o`rniga   davlat   yo`li   bilan   keng   miqyosda   kapital   solish   va   foydali
zakazlar   berish,   kata-katta   subsidiyalar   va   engilliklar   berish   boshlanib   ketdi,
bulardan   sanoat   va   bank   korchalonlari   foydalandilar.   Bu   gruppalarning   manfaatini
20 ko`zlab,   «erkin   savdo»   dan   sekin-sekin   protekcionizmga   o`tish   boshlanib,   1887
yilda protekcionizm tamomila qaror topdi. Mamlakatda misli ko`rilmagan darajada
binokorlik   ishlari   avj   oldi   va   bank   firibgarligi   davri   boshlanib   ketdi.   Juda   tez
sur`atlar bilan temir yo`l qurilishi avj oldi, temir yullar 1875 yildagiga nisbatan ikki
marta   ko`paydi.   Uy-joy   qurilishi   juda   rivojlanib,   misli   ko`rilmagan   spekulyantlik
mojarolari   boshlanib   ketdi.   Nihoyat,   yirik   sanoat   ishlab   chiqarishi   uchun   negiz
qurila boshladi.
Ana   shunday   sun`iy   «ravnaq»   sharoitida   yirik   ital`yan   burjuaziyasining
militaristik,   bosqinchilik   intilishlari   ro`yobga   chiqa   boshladi,   monarxiya   bilan
harbiylar ham bu intilishlarni qo`llab-qo`ltiqladilar. Urush maqsadlari uchun, harbiy
dengiz   floti   qurilishi   uchun   katta-katta   mablag`lar   ajratilishi   tashqi   siyosatda   ham
o`z aksini topgan bu yangi tendenciyalarning namoyon bo`lishi edi.
1878   yildagi   Berlin   kongressi   Italiyaning   zaifligini,   diplomatiya   sohasida
uning   yakkalanib   qolganligini   ko`rsatdi.   Avstriya-Vengriyaning   Bosniya   va
Gercegovinani okkupaciya qilishiga qarshi Italiyaning bildirgan noroziliklari buyuk
davlatlarga   hech   qanday   ta`sir   qilmadi,   ayniqsa   uning   «tegishli   kompensaciya»
berilsin   degan   talablariga   hech   nim   z`tibor   ham   bermadi.   To`g`ri,   Germaniya
diplomatiyasi   Italiyaning   Tunis   to`g`risidagi   da`volarini   qo`llashga   va`da   berdi,
lekin   bu   Italiyani   Fransiyaga   qarshi   gij-gijlash   niyatidagina   berilgan   va`da   edi,
chunki Fransiyaga ham xuddi shunday va`da berilgan edi. Darhaqiqat, Italiya bilan
Fransiya   o`rtasidagi   munosabatlar   tobora   yomonlashdi,   buning   ustiga   Vatikanning
mojarolari   qo`shilib,   bu   munosabatlarni   yana   ham   murakkablashtirib   yubordi.
Avstriya-Vengriya   bilan  ham   munosabat   og`irlashgan   edi.  Buning   sababi   Italiyada
«irredentizm» harakatining kuchayganligi edi, bu harakat Janubiy Tirol`, Trento va
Avstriya-Vengriya   tarkibiga   kirgan,   lekin   aholisi   ital`yanlardan   iborat   bo`lgan
yerlarni   Italiya   davlatiga   berishni   talab   qilgan   zdi.   Tashki   siyosiy   qiyinchiliklarki
chuqurlashtirgan   narsa   yana   shu   bo`ldi-ki,   Italiya   biron   buyuk   davlat   bilan
mustahkam   ittifoqchilik   munosabatlari   o`rnatmagan   edi.   «O`nglar»ning   Italiyani
buyuk   davlatlarnikg   faol   diplomatiya   kurashiga   aralashtirishni   istamaganliklari
21 natijasida   paydo   bo`lgan   bu   holat   ham   qisman   faol   tashqi   siyosat,   6oshqacha
aytganda,   agressiv   tashqi   siyosat   yurgizishni   talab   qilayotgan   ital`yan   burjua
doiralaridagi noroznlikni tobora kuchaytirib yubordi. 6
Fransiyaning Tunisni bosib olishi  (1881 yilda) Italiya hukmron doiralarining
yangi   tashqi   siyosat   yo`liga   o`tishlarini   tezlashtirdi.   Lekin   Italiya   biron   katta
davlatning   madadkorlik   qilish   to`g`risidagi   va`dasini   olmasdan   turib,   mustamlaka
zabt qilish yo`liga kira olmasdi. Shu sababdan Italiya Germa niya bilan ittifoq tuzish
payida bo`lib yurdi. Avstriya bilan Italiya o`rtasida ziddiyatlar bo`lishiga qaramay,
Italiyaning 1882 yilda Uchlar ittifoqiga kirganligining asosiy sababi ana shunda edi.
Italiya ittifoqchilardan, shuningdek, Afrikada fransuzlar ta`siriga qarshi kuch
vujudga keltirishga intilgan Angliyadan madad olganidan keyin o`z armiyasini qayta
qurollantirdi   (uning   tarkibini   430   mingga   etkazdi)   va   birinchi   harbiy   avantyurani
boshlab yubordi, Ital`yan qo`shinlari Assab shahriga, Qizil dengiz bo`yiga joylashib
olib   (1882   yil),   Baylul   buxtasini   ishg`ol   qildilar,   undan   keyin   (1885   yil)   Massaua
buxtasini   zabt   qildilar;   Habashistonning   ichkarisiga   kirib   borishga   harakat   qilgan
Italiya qo`shinlari kolonnasi Dog`ali yonida (1887 yil) tor-mor keltirildi.
Juda   katta   janjallar   chiqay   deb   turgan   bir   vaziyatda   (1887   yilda)   ko`zga
ko`ringan siyosiy va davlat arbobi, Depretis hukumatida ichki ishlar ministri bo`lib
ishlagan   Franchesko   Krispi   hokimiyat   tepasiga   keldi.   Bir   zamonlar   respublikachi
bo`lgan va Garibal`dining «Minglar» yurishida qatnashgan Krispi 1860 yildan keyin
g`irt monarxiya tuzumi tarafdori bo`lib qolgan edi.
Zolimligi va «temir jasorati» bilan mashhur bo`lgan kishining bosh ministrlik
vazifasiga   ko`tarilishi   tasodifiy   hol   emas   edi.   Uning   bosh   ministrlikka   ko`tarilishi
nima qilib bo`lsa ham, xalq kurashini bostirish va hukmron sinflarning qiyin bo`lsa
ham,   serfoyda   iqtisodiy   va   tashqi   siyosiy   vazifalarni   amalga   oshirishga   yo`l   ochib
berish   maqsadida   har   qanday   Choralarni   ko`rishdan   ham   qaytmaydigan   «qattiq
qullik»   hukumat   tuzish   niyatini   aks   ettirardi.   Krispi   burjuaziyaning   bu   umidlarini
puchga   chiqarmadi:   hukmron   yuqori   doiralarning   bur jua   diktaturasini   ochiqdan-
6
  Starodubov V.P. 20-asrning super kuchlari. Strategik qarama-qarshilik. M., 2001 yil.
22 ochik,   zo`ravonlik,   terroristik   diktaturasiga   aylantirish   yo`lidagi   dastlabki
urinishlariga madadkorlik qilgan shu Krispi bo`ldi.
U   uch   marta   boshchilik   qilgan   hukumat,   Rudini   va   Jolitti   hukumatlari
navbatma-navbat   hokimiyat   tepasida   turgan   qisqa   davrni   (1891—1893   yillarni)
hisoblamaganda, 1896 yilgacha mamlakatni idora qilib turdi.
Krispi   hukumati   sanoatchi   va   moliyachi   shimol   doiralarining   qattiq   talabiga
yon   berib,   fritrederlik   principiga   asoslangan   Fransiya   va   Avstriya   bilan   savdo
shartnomalarini bekor qildi va 1887 yilda qat`iy protekcionistik tariflarini joriy qildi.
Bu bilan, jumladan, fransuz to`qimachilik sanoati mahsulotlarining Italiya bozoriga
kirishi   qiyinlashtirildi,bu   hol   Fransiyaning   qattik,   javob   choralari   ko`rishiga   sabab
bo`ldi. Ikkala mamlakat o`rtasida tamojnya urushi boshlanib ketdi.
Shu   bilan   birga   protekcionistik   siyosati   vatan   to`qmachilik   (ayniqsa   ip
gazlama)   sanoati   korchalonlariga   metallurgiya   va   mashinasozlik   korxonalarining
egalariga, shuningdek yirik zamindorlarga ichki bozorda monopol holatni ta`minlab
berdi,   yirik   zamindorlarining   manfaatlarini   ko`zlab,   g`alla   boji   juda   oshirib
yuborildi.
II BOB.  XX ASR BOSHLARIDA ITALIYANING ICHKI VA TASHQI
SIYOSATI
2. 1.   XX asrning boshlarida Italiyada sanoat taraqqiyoti
23 Mamlakatni   industriya   jihatidai   rivojlantirish   protsessi   tez   sur`atlar   bilan
bordi. XIX asr oxiriga borganda asosiy sanoat tarmog`larida fabrika sistemasi qaror
topdi.   Masalan,   ip   gazlama   sanoatida   2111   ming   urchuq   va   60   ming   mexa nika
stanogi   bor   edi,   qishloqlarda   bor-yo`g`i   14   ming   qo`l   stanogi   saqlanib   qolgan   edi;
ipakchilik sanoatida 2068 fabrika bo`lib, ularda 174 ming ishchi ishlardi.
Sanoat   ishlab   chiqarishining   qishloq   xo`jaligidan   ajralish   protsessi   tobora
kuchayishi   natijasida   yangi   mustacil   sanoat   tarmoqlari   paydo   bo`ldi:   oziq-ovqat
mahsulotlari   ishlab   chiqaradigan,   vinochilik,   shuningdek,   qishloq   xo`jalik
mashinalari  va binokorlik materiallari  ishlab chiqaradigan sanoat  tarmoqlari  paydo
bo`ldi.   Mashinasozlik,   metallurgiya,   elektr   energiyasi   ishlab   chiqarish   olga   karab
yana   yangi   kzdam   kuydi.   Shu   yillar   ichida   Tern`   po`lat   qo`yish   zavodlari   (1887
yilda),   juda  yirik  kon   sanoati   korxonalari-«Montekatini»   (1888  yil),   «el`ba»  (1889
yil)   va   boshqa   ishlab   chiqarish   komplekslari   paydo   bo`ldi,   bular   bilan   bir   katorda
kupgina mayda va juda mayda (ba`zan kustar`) korxonalar ham ishlab turardi.
Yangi sanoat tarmoqlari ko`proq, akciyali jamiyatlar tariqasida vujudga keldi.
1890 yildayok, 574 akciyali  jamiyat  bo`lib, ularning kapitali 1935 million lira edi,
bu   kapitalning   katta   qismi   (62   procenti)   banklar   qo`lida   edi.   XIX   asr   oxirida,
Kommerciya   banki   (1894   yil)   va   Italiya   kredit   banki   (1895   yil)   tuzilgandai   keyin
banklarning   mamlakat   ekonomnkasidagi   roli   kuchayib   ketdi,   bu   banklarni   tashkil
qilishda   Germaniya   kapitali   ishtirok   qilgan   edi.   Undan   ham   burun,   1880   yilda
bevosita Vatikanga qaram bo`lgan Rim banki tashkil qilingan edi. Bu uch bankning
sanoatga solgan kapitali 1895 yilda 1795 Ming lira edi.
Shunday   qilib,   bank   kapitalining   sanoat   kapitali   bilan   qo`shilib   ketish
protsessi   boshlanganligi   natijasida   kapitalistik   ekonomikaning   imperializm
bosqichiga o`tishi uchun hal qiluvchi shartlardan biri vujudga keltirildi.
Lekin,   bu   protsesslar   bir-biriga   zid   bo`lgan   har   xil   faktorlar   ta`siri   ostida
notekis rivojlanib bordi. Protekcio nistik siyosat sanoat tarmoqlaridan bir xillarining
yuksalishiga   yordamlashgani   holda   xo`jalikning   boshqa   sohalariga   (asosan,   arzon
xom   ashyo   bilan   mashina-asboblar   eksport   yoki   import   qilishdan   manfaatdor
24 bo`lgan   tarmoqlarga)   ancha   zarar   etkazdi   va   sanbat   mahsulotlarini   juda   ham
qimmatlashtirib   yubordi.   Feodalizm   sarqitlari   saqlanib   qolganligi   bilan   bog`liq
bulgan   ichki   bozorning   torligi   natijasida   sanoat   mahsu lotlarini   ommaviy   ravishda
ishlab chiqarishni rivojlantirish yo`lida juda katta tusiqlar paydo bo`ldi.
Fransiya bilan bojxona urushi Italiya xalq xo`jaligini chuqur larzaga keltirdi.
1881   yilda   agrar   krizisga   yo`liqqan,   zndi   bo`lsa   hali   xam   boy   fransuz   bozoridan
maxrum bulgai qishloq xo`jaligi ayniqsa ko`p zarar ko`rdi. Vino eksport qilish 1887
yildan   1892   yilgacha   1154   ming   gektolitr,   citrus   eksport   qilish   594   ming   centner
kamaydi. Chet mamlakatlarga qoramol, guruch, meva chiqarish juda kamayib ketdi.
Italiya ekonomikasida 1893—1894 yillarda eng yuqori nuqtasiga etgan krizis yangi
asr boshlaridagina yo`qolib ketdi.
Janubiy Italiya ekonomikasi yana xam og`ir ahvolga tushib qolgan edi. «erkin
savjo»   davridayoq  arzon   chet   zl   mollari   konkurenciyasi   janubdagi   manufaktura  va
xonaki   ishlab   chiqarishni   halokatga   mahkum   qilgan   zdi,   holbuki   Shimoliy
Italiyaning   anchagina   kuchli   sanoati   raqobatga   bardosh   berib,   o`zi   hujumga   o`ta
olgan edi.
Protekcionizm   bayrog`i   ostida   shimol   sanoat   burjuaziyasi   janub   bozorini
qo`lga   kiritish   uchun   kurash   boshladi,   bu   kurash   Janubiy   Italiyani   «qaram
territoriyaga»   aylantirdi;   janubda   va   orollarda   kuchli   agrarizaciya   protsessi
boshlanib   ketdi,   yirik   zamindorlar,   sanoat   egalari   va   banklar   janubni   va   orollarni
vahshiyona   ekspluataciya   kila   boshladilar.   Davlat   solig`larning   asosiy   og`irligini
janub   aholisi   ustiga   ag`darib,   byudjet   masalasidagi   juda   oz   yordamdan   ham   uni
mahrum   qilib,   bu   zulmni   yanada   kuchaytirib   yubordi.   1862—1896   yil larda
melioraciya   ishlariga   davlat   tomonidan   sarf   qilingan   457   million   liradan   janubga
faqat 3 million lira berildi, xolos.
Shunday qilib, janub iqdisodiy va madaniy jihatdan qoloqligicha, xalq behad
muhtojligicha qolaverdi. Agrar aholining doimiy ortiqchaligi vujudga kelib, buning
natijasi da   ommaviy   emigraciya   hodisalari   yuz   berdi.   Janubning   proletarlashgan
dehqonlari   sanoatdan   ish   topolmay,   tug`ilib   o`sgan   joylarini   tashlab   Fransiyaga,
25 Afrikaga (Tunisga), okeanning naryog`iga bosh olib ketdilar. 1872 yilda emigrantlar
soni 96 ming kishi bo`lgan bulsa, 1892—1901 yillarda x.ar yili o`rta xisob bilan 307
ming   kishi   emigraciya   qiladigan   bo`ldi.   Ana   shular   natijasida   Janubiy   Italii   bilan
Shimoliy Italiya o`rtasida iqtisodiy rivojlanish jihatidan azaldan davom qilib kelgan
tafovut yana ham keskinlashib, tobora chuqur. lashayotgan ziddiyatga aylankb ketdi
va   mamlakat   birligiga   putur   etkazdi.   Janub   masalasi   degan   masala   paydo   bo`lib
qoldi,   ya`ni   Italiya   janubining   shimol   burjuaziyasi   tomonidan   qullikka,   yarim
mustamlaka holatiga tushirilganligi masalasn paydo bo`lib koldi.
XIX   asr   oxiridan   boshlab   janub   masalasi   Italiya  milliy   hayotida  juda   keskin
sinfiy va siyosiy ziddiyatlar manbaiga aylanib ketdi.
Krispi   hukumati   hukmron   sinflar   mavqeini   mustaxkamlash   yulidan   qat`iy
borishga   qaror   qilib-ketgan   ung   klerikal   doiralarga   karshi   juda   kattik   xujum   olib
bordi. 7
Italiya Х1Х asrning so`nggi chоragida ham avvalgidеk agrar mamlakat bo`lib
qоlmоqda   edi.   Ahоlining   3/4   qismidan   ko`prоg`i   qishlоqlarda   yashar   va   qishlоq
хo`jaligida   band   edi.   Italiya   qishlоg`ida   yarim   fеоdal   munоsabatlar   hukmrоnligi
davоm etardi. Ishlоvga yarоqli yеrlarning 5/6 qismiga yaqini dvоryanlar, chеrkоvlar
va   burjuaziyadan   chiqqan   yirik   yеr   egalarining   mulki   edi.   Mayda   dеhqоn   mulki
judakam edi. Dеhqоnlarning katta qismi еrsiz bo`lib, ular оg`ir ijara shartlari asоsida
yеrlarni pоmеshchiklardan оlishga majbur edilar. Dеhqоnchilik tехnikasi juda оddiy
bo`lib,   hоsildоrlik   ham   juda   past   edi.   Dеhqоnlar   оchlik,   muhtоjlikda   yashardilar.
Ayniqsa   Italiyaning   Janubida   va   qisman   Markaziy   Italiyada   fеоdalizm   qоldiqlari
kuchli darajada saqlanib qоlgan edi. Bu yеrlarda eski  fеоdal  zоdagоnlarning katta-
katta   latifundiyalari   saqlanib   qоlgan   edi.   Latifundiya   egalari   оdatda   o`z
хo`jaliklarini   yuritmas   edilar.   Ular   o`z   yеrlarini   ijaraga   bеrardilar   yoki   ekin
ekmasdan   qоldirar   edilar.   Yirik   sеnоrlar   ham   har   dоim   o`z   mulklarini   tasarruf
qilavеrmasdilar.   Masalan,   Sitsiliyada   yarim   fеоdal   shakldagi   yirik   ijarachilik   –
«gabеllоttо» kеng yoyilgan edi. «Gabеllоttо» sеnоrga uning butun mulki uchun ijara
7
  Starodubov V.P. 20-asrning super kuchlari. Strategik qarama-qarshilik. M., 2001 yil.
26 haqini   to`lardi   va   kеyin   еrni   mayda   ijarachilarga   bo`lib   bеrardi.   Janubiy   Italiyada,
shuningdеk   qisman   Markaziy   Italiyada   agrar   sоhada   fеоdalizm   sarqitlarining   kеng
tarqalganligi va saqlanib qоlganligi bu vilоyatlarni qоlоqlik va muhtоjlikka duchоr
qilgan   edi.   Dоnli   ekinlarning   hоsildоrligi   Janubda   SHimоldagiga   nisbatan   2-2,5
marta   past   edi.   Shimоl   burjuaziyasi   оngli   ravishda   Janubning   qоlоqligini   saqlanib
qоlishiga   harakat   qilar   va   bu   bilan   Janubni   Shimоlni   хоm   ashyo   bazasiga
aylantirishga   harakat   qilardi.   Yirik   burjuaziya   Shimоlni   Italiyaning   o`ziga   хоs
«ichki   kоlоniyasiga»   aylantirib,   uning   ahоlisini   shafqatsizlarcha   asоratga   sоlardi.
SHimоlning  agrar   tuzumi   Janubnikidan  farq  qilardi.  Bu   еrda   kapitalistik  shakldagi
yirik   qishlоq   хo`jaligi   rivоjlandi.   Yirik   yyеr   egalari   (dvоryanlar   va   burjua)   o`z
хo`jaligida   batraklar   mеhnatidan   fоydalanib,   хo`jaliklarini   yuritardilar.   Ular   bоzоr
uchun   bug`dоy,   shоli,   ipak   va   bоshqa   mahsulоtlarni   ishlab   chiqarardilar.   Ular   o`z
хo`jaliklarida   mashinalardan,   sun`iy   o`g`itlardan   va   еrga   ishlоv   bеrishning   eng
Yangi   usullaridan   fоydalanardilar.   Lеkin   Shimоliy   Italiyaning   o`zida   ham   bunday
хo`jaliklar   ko`pchilikni   tashkil   qilmasdi.   Italiya   qishlоq   хo`jalik   ishlab   chiqarishi
bo`yicha   bоshqa   mamlakatlardan   ancha   оrqada   qоlmоqda   edi.   Misоl   uchun   1880
yildan   1890   yilgacha   Italiya   qishlоq   хo`jaligining   mahsulоti   hajmi   faqat   11   %   ga
ko`paygani   hоlda,   shu   davrda   AQSHda   o`sish   57   %   ga   tеng   bo`ldi.   Qishlоq
хo`jaligida tоvar-pul munоsabatlarining kuchayishi va kapitalistik munоsabatlarning
yanada   rivоjlanishi   dеhqоnlarning   tabaqalanishini   kuchaytirdi.   Ijarachi
dеhqоnlarning katta qismi o`z mоl-mulkidan va mеhnat qurоllaridan mahrum bo`lib
hеch narsasi yo`q «yurnatyеrlar»ga (batraklarga) aylandilar. Yurnatyеrlar tirikchilik
qilish uchun hеch qanday vоsitalari yo`qligi sababli o`z ish kuchini sоtishga majbur
edilar.   Ikkinchi   tоmоndan   dеhqоnlarning   uncha   ko`p   sоnli   bo`lmagan   yuqоri
qatlami   bоyib   bоrdi.   Dеhqоnlarning   bu   tоifasidan   «massarlar»   qatlami   –   dеhqоn
burjuaziyasi   shakllandi.   Massarlar   qarzga   pul   bеrish   (sudхo`rlik),   qishlоq   хo`jalik
mahsulоtlarini   оlib   sоtish,   katta   еr   maydоnlarini   ijaraga   оlish   yoki   хususiy   mulk
qilib,   ularda   yollanma   ishchilarni   ishlatish   bilan   shug`ullanardilar.   Qashshоqlik   va
yеrsizlik   yuz   minglagan   оdamlarni   qishlоqlarni   tashlab   kеtishga   majbur   qilardi.
27 Ularning   bir   qismi   shaharlardi   ish   tоpardi.   Lеkin   yuqоri   darajada   rivоjlanmagan
Italiya sanоati bu ahоlini ish bilan ti`minlashga qоdir emas edi 8
. Bu esa Italiyaga хоs
bo`lgan   mеhnatkash   оmmaning   оmmaviy   muhоjirligini   kеltirib   chiqardi.   Х1Х
asrning   60   yillarida   Italiyadan   har   yili   10-15   ming   kishi   muhоjirlikga   kеtardi.   80-
yillarda muhоjirlar sоni yiliga 200-300 ming kishiga еtdi. 1jahоn urushidan оldingi
40   yil   davоmida   Italiyadan   5,5   mln   kishi   chеt   ellarga   chiqib   kеtdi.   Italiya
birlashganidan   kеyin   uning   savdо   va   sanоat   taraqqiyoti   ancha   tеzlashdi.   Tеmir
yo`llar   uzunligi   1900   yilda   16   ming   km.ga   еtdi.   Yagоna   kapitalistik   milliy
bоzоrning   tashkil   tоpish   jarayoni   yakuniga   еtdi.   Italiya   birlashganidan   kеyingi
o`tgan   30-40   yil   ichida   sanоat   inqilоbi   amalga   оshdi.   ХХ   asr   bоshiga   kеlib
mamlakat   sanоat   mahsulоtining   asоsiy   qismini   uncha   ko`p   sоnli   bo`lmagan   yirik
kapitalistik   kоrхоnalar   еtkazib   bеrar   edi.   Kapitalistik   jamiyatning   asоsiy   sinflari   –
burjuaziya va prоlеtariatning tashkil tоpish jarayoni ham yakunlandi. Italiyada tabiiy
rеsurslarning   kamligi   sanоat   rivоjlanishiga   salbiy   ta`sir   ko`rsatdi,   Italiyada   tеmir
rudasi   juda   kam,   ko`mir,   mis,   paхta   yo`q,   nеft   faqat   2-jahоn   urushidan   kеyin
tоpilgan.   Shuning   uchun   ham   Italiya   sanоat   jihatidan   bоshqa   davlatlardan   оrqada
qоlmоqda   edi.   Masalan   Italiyada   cho`yan   eritish   90   yillar   охiriga   kеlib   200   ming
tоnnaga еtdi, Angliyada bu davrda har yili 7,3 mln. tоnna cho`yan eritilardi. Po`lat
eritish Italiyada 90 yillar охirida 120 ming tоnnaga еtgan bo`lsa, Gеrmaniyada 1900
yilda 7 mln. tоnna po`lat eritilgan edi.
ХХ   asr   bоshlarigacha   Italiyada   asоsan   to`qimachilik   sanоatining   turli
tarmоqlari rivоjlangan edi. Оg`ir sanоatning kоnchilik, mеtall ishlash va eng muhim
bo`lgan   mashinasоzlik   tarmоqlari   endigina   rivоjlanib   kеlmоqda   edi.   Yirik   sanоat
mayda sanоat ustidan to`la g`alaba qоzоnmagan edi. Х1Х va ХХ asr chеgaralarida
yirik zavоd va fabrikalarning sоni ko`p emas edi. Italyan kоrхоnalarining 90 % idan
ko`prоg`ida   ishchilarning   sоni   10   kishidan   оshmas   edi.   100   ishchidan   оrtiq
ishchilari   bo`lgan   kоrхоnalar   barcha   kоrхоnalarning   2   %   idan   kamrоg`ini   tashkil
qilardi,   lеkin   ular   sanоat   mahsulоtlarining   asоsiy   qismini   еtkazib   bеrardilar.
8
 Starodubov V.P. 20-asrning super kuchlari. Strategik qarama-qarshilik. M., 2001 yil.
28 Shuningdеk   mamlakatda   ko`p   sоnli   hunarmand   va   kоsiblar   ham   bоr   edi.   Sanоat
inqilоbi   mamlakatning   janubiy   vilоyatlariga   hеch   qanday   ta`sir   ko`rsatmadi.
Janubning   mayda   tadbirkоrlari   va   hunarmandlari   SHimоlning   yirik   kapitalistlari
raqоbatiga   bardоsh   bеrоlmay,   хоnavayrоn   bo`lardilar.   Janub   bоrgan   sari   tоbоra
ko`prоq   sanоatlashgan   SHimоlning   хоm   ashyo   qo`shоg`iga   aylana   bоrdi.   Х1Х   asr
охirida sanоat ishchilarining aхvоli juda оg`ir edi. Ish kuni 16 sоat davоm etardi, ish
haqi   past   edi.   Mеhnat   muhоfazasi   yo`q   edi.   Kоrхоnalarda   хo`jayin   va
mastyеrlarning   o`zbоshimchaligi   hukm   surardi,   ish   haqidan   jarima   undirish   kеng
qo`llanardi.   Ishchilarning   uy-jоyga   bo`lgan   ehtiyojlari   kuchli   edi,   ishchilar   оrasida
turli kasalliklar kеng tarqalgan edi 9
.
2.2   XX asrning boshlarida Italiyada agrar soxa va texnikaning
taraqqiyoti
Italiya   qishlоq   хo`jalik   ishlab   chiqarishi   bo`yicha   bоshqa   mamlakatlardan
ancha оrqada qоlmоqda edi. Misоl uchun 1880 yildan 1890 yilgacha Italiya qishlоq
хo`jaligining mahsulоti hajmi faqat 11 % ga ko`paygani hоlda, shu davrda AQSHda
9
 Vinogradov K.B. 1908-1909 yillardagi Bosniya inqirozi: Birinchi jahon urushiga kirish. L., 1964 yil.
29 o`sish   57   %   ga   tеng   bo`ldi.   Qishlоq   хo`jaligida   tоvar-pul   munоsabatlarining
kuchayishi   va   kapitalistik   munоsabatlarning   yanada   rivоjlanishi   dеhqоnlarning
tabaqalanishini kuchaytirdi. Ijarachi dеhqоnlarning katta qismi o`z mоl-mulkidan va
mеhnat   qurоllaridan   mahrum   bo`lib   hеch   narsasi   yo`q   «yurnatyеrlar»ga
(batraklarga) aylandilar. Yurnatyеrlar tirikchilik qilish uchun hеch qanday vоsitalari
yo`qligi   sababli   o`z   ish   kuchini   sоtishga   majbur   edilar.   Ikkinchi   tоmоndan
dеhqоnlarning   uncha   ko`p   sоnli   bo`lmagan   yuqоri   qatlami   bоyib   bоrdi.
Dеhqоnlarning bu tоifasidan «massarlar» qatlami – dеhqоn burjuaziyasi shakllandi.
Massarlar qarzga pul bеrish (sudхo`rlik), qishlоq хo`jalik mahsulоtlarini оlib sоtish,
katta   еr   maydоnlarini   ijaraga   оlish   yoki   хususiy   mulk   qilib,   ularda   yollanma
ishchilarni ishlatish bilan shug`ullanardilar. 10
ХХ   asr   bоshlarida   ham   Italiya   agrar   mamlakat   bo`lib   qоlmоqda   edi.   1901
yilda   ishga   yarоqli   ahоlining   59   %   i   qishlоq   хo`jaligida,   27   %   i   sanоat   va
transpоrtda band edi. To`qimachilik sanоati avvalgidеk sanоatning еtakchi tarmоg`i
hisоblanardi.   Lеkin   Italiyaning   yirik   bankirlari   va   tadbirkоrlari   o`z   qullarida   katta
mablag`larni   to`plagan   edilar.   Hukumat   armiyani   qurоllantirish,   harbiy   kеmalar
qurish   va   shunga   o`хshashlar   uchun   ularga   katta   buyurtmalar   bеrardi.   Italiyaning
Yaqin Sharq va Janubiy Amеrika bilan bo`lgan savdоsi  o`sdi. Shimоliy Italiyadagi
yirik yеr egalarining qishlоq хo`jalik mashinalariga bo`lgan talabi o`sdi. Bularning
hammasi   mamlakatda   yirik   sanоatning   turli   tarmоqlarining   rivоjlanishiga   yordam
bеrdi. ХХ asrning dastlabki o`n bеsh yilida Italiyada yirik sanоatning o`sish sur`ati
yuqоri  bo`ldi.  Mamlakatda   Yangi   mеtallurgiya  va   mashinasоzlik   zavоdlari   qurildi.
Po`lat va cho`yan ishlab chiqarish kuchaydi. Mamlakatdan tashqarida sоtish uchun
stanоklar,   bug`   mashinalari,   dinamоmashinalar   va   bоshqa   jihоzlar   iщlab   chiqarila
bоshlandi. Sanоatning хimiya, avtоmоbilsоzlik va bоshqa tarmоqlari paydо bo`ldi.
Italiyada   minеral   yoqilg`ining   kamligi   ko`plab   gidrоelеktr   stantsiyalarning
qurilishiga оlib kеldi. Mamlakat хalq хo`jaligida sanоatning hissasi kuchaydi. 1915
yilga kеlib 19 mlrd. liralik milliy darоmadning 6 mlrd. lirasi sanоat hissasiga to`g`ri
10
  Starodubov V.P. 20-asrning super kuchlari. Strategik qarama-qarshilik. M., 2001 yil.
30 kеlardi.  Ishchilar   sinfi   sоn   jihatdan  ko`payib,   2,3  mln.  kishiga   еtdi.   Birinchi   jahоn
urushi   arafasiga   kеlib   Italiya   agrar-industrial   mamlakatga   aylana   bоshladi.   Lеkin
Italiyaning rivоjlangan kapitalistik mamlakatlardan iqtisоdiy jihatdan оrqada qоlishi
hamоn davоm qilmоqda edi. 1-jahоn urushi arafasida Italiya po`lat eritish bo`yicha
Gеrmaniyadan   18   marta,   Frantsiyadan   5   marta   оrqada   qоlgan   edi.   Cho`yan   ishlab
chiqarish   esa   Gеrmaniyadan   40   marta,   Frantsiyadan   12   marta   kam   edi.   Italiya
iqtisоdiyotining   rivоjlanishi   nоtеkis   bоrardi.   Yuksalish   davrlari   inqirоzlar   bilan
almashib   turardi.   1900-1903   va   1907-1908   yillarda   mamlakat   оg`ir   iqtisоdiy
inqirоzni   bоshdan   kеchirdi.   Ko`plab   kоrхоnalar   yopilib,   yuz   minglab   ishchilar
ishdan haydaldi. Yirik sanоat asоsan avvalgidеk mamlakatning shimоlida rivоjlandi.
Janubiy   Italiya   va   оrоllar   Shimоldan   yanada   ko`prоq   оrqada   qоlmоqda   edi.
Shimоlda   yirik   sanоatning   rivоjlanishi   Janubdagi   manufaktura   va   eski   uy   sanоati
shakllarining   kasоdga   uchrashiga   va   mamlakatning   bu   qismini   yanada   оrqada
qоlishiga   оlib   kеldi.   Italyan   хalqining   katta   qismining   turmush   darajasi   juda   past
edi. Ishchilarning ish haqi Angliya, Frantsiya va AQSHdagi ishchilarga nisbatan 2-3
marta   past   edi 11
.   Ishsizlik   va   оchlik   avvalgidеk   yuz   minglagan   ahоlini   bоshqa
mamlakatlarga   kеtishga   majbur   qilardi.   ХIХ   va   ХХ   asrlar   chеgarasida   bоshqa
mamlakatlardagi   kabi   Italiyada   ham   ishlab   chiqarish   va   kapital(sarmоya)   ning
kоntsеntratsiyasi   kuchaydi.   Sanоat   ishlab   chiqarishi   tоbоra   ko`prоq   yirik
kоrхоnalarda   to`plana   bоrdi.   Sanоatda   ishlab   chiqarishning   butun   bir   tarmоqlari
ustidan o`z nazоratini o`rnatgan yirik kapitalistik mоnоpоliyalar tashkil tоpdi. Ular
jumlasiga   «Ilva»   (cho`yan   va   po`lat   ishlab   chiqarish)   kоntsеrni,   «Edisоn»   trеsti
(elеktrоtехnika   sanоati),   «Ansaldо»   aktsiоnеrlik   jamiyati   (mashinasоzlik),   «Fiat»
jamiyati   (avtоmоbilsоzlik),   «Mоntеkatini»   va   «Pirеlli»   (хimiya   sanоati)   kabilar
kirardi. Bank ishida ham kоntsеntratsiyalashish jarayoni davоm etmоqda edi. Yirik
banklar   mayda   banklarni   yutib   yubоrardi.   Mamlakat   iqtisоdiyotida   4   ta   bank   –
Italiya tijоrat banki, Rim banki, «Italiya krеdit» banki va Хisоb-kitоb banki еtakchi
rоl o`ynardi.
11
 Vinogradov K.B. 1908-1909 yillardagi Bosniya inqirozi: Birinchi jahon urushiga kirish. L., 1964 yil.
31 Italiya  iqtisоdiyotida   asоsan   frantsuz   va  nеmis   sarmоyalaridan   ibоrat  chеt  el
sarmоyasi   katta   rоl   o`ynardi.   1-jahоn   urushi   arafasida   Italiyaga   kiritilgan   chеt   el
sarmоyasining umumiy summasi 1,5 mlrd. lirga tеng edi. Italiya ХХ asr bоshlarida
«Buyuk davlat»ga aylandi, lеkin u buyuk davlatlar ichida zaif davlat edi va bоshqa
kuchli davlatlar ta`siri оstiga tushib qоldi.
Italiyaning milliy davlat bo`lib birlashtirilishi mamlafatda kapitalistik tuzumni
barqaror   qilish   jarayonini   tezlashtirish   uchun   qulay   sharoit   yaratib   berdi.   Biroq
Italiyahamon   agrar   davlatligicha   qolmoqda   edi.   Yerga,   asosan,   yirik
zamindorlaming egalik qilishi saqlanib qoldi.
Buning   ustiga,   yerdan   foydalanishning   qoloq   shakllari   hukm   surardi.
Zamindorlar   yerining   katta   qismi   mayda   uchastkalarga   bo`linib,   judaog`ir   shartlar
bilan (hosilning 3/4 qismini to`lash sharti bilan) dehqonlarga ijaraga berilardi. Ayni
paytda, mamlakat oldida katta moliyaviy muammolar paydo bo`lgan. Bunga Italiya
ichki va tashqi qarzining nihoyatda ko`payibketganligi sabab bo`ldi.
O`sib   borayotgan   chiqimlami   qoplash   uchun   hukumat   davlat   zayomlari
chiqarishga,   mamlakat   ichidagi   hamda   tashqarisidagi   kapitalegalariga   yordam
so`rab murojaat qilishga majbur bo`ldi. 12
XULOSA
Italiya tarixi  jahon tarixida alohida ajralib turushi  bilan ahamiyat  kasb etadi.
xx   asr   boshlarida   Italiya   o`g`ir   iqtisodiy   va   asiyosiy   vaziaytlarni   boshdan
kechirganligini   ko`rishimiz   mumkin.   Italiyani   birinchi   jahon   urushi   vaqtidagi
siyosatini   ko`rib   chiqdik   bunda,   20-asrning   boshlarida   Avstriya-Vengriya   va
12
  Starodubov V.P. 20-asrning super kuchlari. Strategik qarama-qarshilik. M., 2001 yil.
32 Germaniya   bilan   Uchlik   Ittifoqi   deb   atalmish   hududda   joylashgan   Italiya,   Entente
kuchlariga   yaqinlashdi.   Frantsiya   va   Avstriya-Vengriya   hududlarida   irredentizm
da`vo   qilingan.   Birinchi   jahon   urushi   boshlanganidan   bir   muncha   vaqt   o`tgach,
Italiya   betaraf   qoldi,   lekin   1915   yilda   asosan   Trieste   va   Trentinoning   qaytishini
istagan millatchilar bosimi ostida u Avstriya-Vengriyaga qarshi urush e`lon qildi va
shu   bilan   Entente   tomonida   urushga   kirdi.   Italiya   qo`mondoni,   ularning   fikricha,
"kuchsiz" Avstriyani  tezda mag`lub etishga umid qildi, ammo Italiya armiyasining
urushga tayyor emasligi bu rejalarni barbod qildi. 
1915   yilda   Italiya   hujumining   muvaffaqiyatsizligidan   so`ng,   keyingi   1916
yilda Avstriya-Vengriya armiyasi Trentino jangida g`alaba qozondi va dushmanning
yurishi   faqat   ittifoqchilar   yordamida   to`xtatildi.   1917   yilda   Italiya   armiyasi   yozda
bir qator muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirdi, ammo kuzda u Kaporettoda
qattiq   mag`lubiyatga   uchradi   va   70-110   km   ichkariga   chekinmoqda.   Faqat   1918
yilning   kuzida   Italiya   zaiflashgan   Avstriya   armiyasini   mag`lubiyatga   uchratib,
hujumga   o`tishga   muvaffaq   bo`ldi.   1918   yil   3-noyabrda   Italiya   frontida   janglar
tugadi.   Urushdagi   g`alaba   Italiyaning   hududiy   qo`shnilariga   qo`shildi   (Istriya
Trieste   va   Janubiy   Tirol   bilan),   natijada   mamlakat   mos   ravishda   slavyan   va
nemiszabon   milliy   ozchiliklarni   qabul   qildi.   Ammo   Italiya   urush   natijalaridan
qoniqmadi.   Vaziyat   Birinchi   Jahon   urushi   va   shuningdek,   Rossiyada   inqilobning
ta`siri   tufayli   yomonlashgan   iqtisodiy   vaziyat   natijasida   ijtimoiy   qarama-
qarshiliklarning kuchayishi natijasida keskinlashdi. 1919-1920 yillarda mamlakatda
ishchilar   harakatining   ko`tarilishi   ro`y   berdi,   bu   fabrikalar   va   fabrikalar
ishchilarining   ommaviy   bosib   olinishi   va   ishchilar   kengashlarining   tashkil   etilishi
bilan   birga   bo`ldi.   Chap   saflarda   birdamlik   yo`qligi   sababli   ishchilar   paydo
bo`lishiga chek qo`yildi.
33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Mirziyoyev,   Shavkat   Miromonovich.   Milliy   taraqqiyot   yo‘limizni   kat’iyat
bilan   davom   zttirib,   yangi   bosqichga   ko‘taramiz.   -   Toshkent:   «Uzbekiston»
NMIU, 2017.
34 2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat,
2008.   –   B.30. Алексеева   И . В .   Агония   Сердечного   согласия :   Царизм ,
буржуазия   и   их   союзники   по   Антанте .  1914 – 1917. Л., 1990.
3. Vinogradov   K.B.   1908-1909   yillardagi   Bosniya   inqirozi:   Birinchi   jahon
urushiga kirish. L., 1964 yil.
4. Kirova K.E. 20-asr boshlarida Sharqiy O'rta er dengizida Italiya ekspansiyasi.
M., 1973 yil.
5. Vinogradov   K.B.   1908-1909   yillardagi   Bosniya   inqirozi:   Birinchi   jahon
urushiga kirish. L., 1964 yil.
6. Ришелье   А.-   Ж.дю   Плеси.   Политическое   завещание.Принципы
управления государством.- М.:Ладомир, 2008.- 500 с
7. Faxriddin   Yormatov.   “Yevropa   va   Amerika   mamlakatlari   yangi   tarixi”,
Termiz. 2013. 76-84-betlar.
8. Sh.Ergashev “Jahon tarixi” (Yangi davr 1-qism. XVI-XVIII asrlar). Toshkent.
“O’zbekiston”. 2013. 294-303-betlar.
9. Jo'rayev   U.,   Farmonov   R,   Ergashev   Sh.,   Jahon   tarixi   8-sinf   Yangi   tarixning
birinchi   davri   (XVI-XIX   asrning   60-yillart)   -T.:   Cho'lpon   nomidagi   NMIU
2014. 160 b
10. Гизо   Ф.П.   История   привиликариш   в   Европе.   М.   Территория   будущего,
2007 .
I. INTERNET SAYTLARI 
11.   www.lex.uz
12.   www.ziyonet.uz
13.   www.historymaps.uz
14. https://www.eau   
15. https://www.performance.yedu.uz   
16. https://www.arxiv.uz   
35 METODLAR
1. Ven diagrammasi
36 2. “Xa, Yuq” metodi
Ma’lumotlar “Xa” “Yuq”
37Italiya 1-jahon 
urushigacha Italiya 1-jahon
urushidan keyin 1907-1908 yillarda og’ir iqtisodiy inqiroz 
1861-yilda Italiya birlashdi 
1900 yilda Italiyada mahsulot hajmi 11 % ga o’sdi 
1921-1922 yillarda ishchilar harakati bostirildi 
3. “Skrabey” metodi
Italiyani ichki siyosatining asosiy Italiya tashqi siyosatining ustuvor
38 yo’nalishlari? yo’nalishlari qaysilar?
.......... ...........
39

MUNDARIJA KIRISH ................................................................................................................. 2-4 I BOB. ITALIYANING ICHKI SIYOSATI 1.1. Italiyani birlashtirish yo’lidagi harakatlar …………………………………. 5-10 1.2. Italiyaning ijtimoiy iqtisodiy hayoti …………………………………….. 11-23 II BOB. XX ASR BOSHLARIDA ITALIYANING TASHQI SIYOSATI 2. 1. XIX - XX asrlarda Italiyada sanoat taraqqiyotining rivoji ………....…… 24-29 2. 2. XIX asr oxirida Italiyaning chet el davlatlari bilan aloqalari …………..... 30-32 XULOSA ………………………………………………………...…………… 33-34 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………….………………35-36 METODLAR ..……………………………………………………………….. 37-39 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Bizning vatanimiz boy tarixga va madaniyatga egaligi bilan jahon tarixida ajralib turadi. O`zbekiston mustaqillika erishgandan so`ng milliy davlatchiligimiz shu bilan birga jahon tarxini xaqoniy ravishda o`rganish va o`zlashtirishga harakat qilina boshlandi. Jahon tarixida Italiya davlati boy tarixi bilan ajralib turadi 1 . Italiya bugungi kunda dunyoninh taraqqiy etgan davlatlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qadim va boy tarixga egadir. Italiya bilan munosabatlarimiz qadim o`tmishdan hozirgi kungacha davom etmoqda. Kurs ishimiz mavzusi Italiya bo`lganligi sababli. Italiya va O`zbekiston munosabatlari tarixiga ham nazar solib o`tishimiz kerak. O zbekiston — Italiyaʻ munosabatlari — Italiya O zbekiston suverenitetini tan olganidan so ng ikkala ʻ ʻ mamlakat o rtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yo lga qo yishga kirishildi. ʻ ʻ ʻ "O zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o rtasida sheriklik va hamkorlik to g risida" ʻ ʻ ʻ ʻ 1996 yil Florensiyada imzolangan bitim o zaro munosabatlarning huquqiy negizini ʻ yaratdi. 1996 yil iyunida va 2000 yil noyababrda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Italiyaga, 1997 yil mayda Italiya prezidenta, 1997 yil sentabrda Italiya Bosh vazirining O zRga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi ʻ hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinishiga yo l qo ymaslik, transport sohasidagi ʻ ʻ hamkorlik, say-yohlikni rivojlantirish, investitsi-yalarni rag batlantirish va o zaro ʻ ʻ himo-yalash to g risida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. Italiya rahbarlariga ʻ ʻ hamroh bo lib kelgan savdo-sanoat do-iralarining namoyandalari O zbekistonning ʻ ʻ iqtisodiy salohiyati bilan tanishdilar va o zbek tadbirkorlari uchun biznes-seminar ʻ o tkazdilar. ʻ Kurs ishning maqsad va vazifalari. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta`kidlaganidek, “Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma`naviyatini uning tarixi, 1 Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Milliy taraqqiyot yo‘limizni kat’iyat bilan davom zttirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. - Toshkent: «Uzbekiston» NMIU, 2017. 2

o`ziga xos urf-odat va an`analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi” 2 . Har bir inson biron bir ishga kirishsa, inson o`sha olib boryotgan ishiga nisbatan o`z oldiga maqsad va vazifalar qo`yib oladi. Biz tarixchilar ko`zlagan asosiy maqsad. Italiyaning rivоjlangan kapitalistik mamlakatlardan iqtisоdiy jihatdan оrqada qоlishi sabablari. 1-jahоn urushi arafasida Italiya turli sanoatning po`lat eritish bo`yicha Gеrmaniyadan 18 marta, Frantsiyadan 5 marta оrqada qоlganligi sababini o`rganish. Cho`yan ishlab chiqarish esa Gеrmaniyadan 40 marta, Frantsiyadan 12 marta kam edi. Italiya iqtisоdiyotining rivоjlanishi nоtеkis bоrardi. Yuksalish davrlari inqirоzlar bilan almashib turardi. 1900-1903 va 1907-1908 yillarda mamlakat оg`ir iqtisоdiy inqirоzni bоshdan kеchirdi. Ko`plab kоrхоnalar yopilib, yuz minglab ishchilar ishdan haydaldi. yuqoridagi sohalarni tatqid qilish biznning asosiy mavzulardan biri hisoblanadi. Kurs ishining obekti va predmeti. XX asrning boshlaridagi siyosiy davr jarayonlar, Bu davrni o`z ichiga olganligi sababli asosiy e`tibor o`sha davrda hamda keyingi yillarda nashrdan chiqqan adabiyotlar, maqolalar, ilmiy ishlar, mustaqillik davrida e`lon qilingan xolis yoritilgan tarixiy materiallar maqola va monografiyalar shu kabilarga qaratilgan. Kurs ishining ilmiy yangiligi. Ushbu kurs ishimizni tayyorlash jarayonida, biz ko`proq tarixiy material va manbalarga, xrestomatik asarlarga va internet saytlaridan olingan ma`lumotlarga tayangan holda voqea-hodisalarni qiyosiy tahlil asosida yoritishga harakat qildim. Kurs ishining amaliy ahamiyati. Kurs ishimning ahamiyatishu davrda jahon tarixidagi bu qisqa davr tarixi, undagi ro`y bergan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlar, turli xil nazariyalarning vujudga kelishini, ularning sabab va mohiyatini chuqur va har tomonlama o`rganish orqali tarix yangi-yangi ma`lumotlar olib keladi. 2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – B.30. 3

Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 4

I BOB. XIX ASRNING O`RTALARIDA ITALIYANING BIRLASHTIRISH UCHUN KURASH 1.1. Qayta tiklash davrida italiya milliy ozodlik harakati. Italiyani birlashtirishning dastlabki shartlari Italiyaning milliy davlat bo`lib birlashishi mamlakatda kapitalistik tuzumni barqaror qilish protsessini tezlashtirish uchun ob`ektiv shart-sharoitlar yaratib berd.i. Bu protsess burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi bilan bog`liq bo`lgan maxsus tarixiy vaziyatda davom qildi. Yangidan tuzilgan burjua davlatiga og`ir feodal qoldiqlari meros qolgan edi. Italiya agrar mamlakatligicha qolaverdi; Italiyaning o`rtacha yillik sanoat mahsuloti qiymati 1861—1870 yillarda bir milliard lirani tashkil qilardi, holbuki, qishloc xo`jalik mahsulotining qiymati 3 milliard lirani tashkil qilardi. Erga asosan yirik va juda yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qolgan edi, buning ustiga dehqonlarning erdan foydalanishning qoloq formalari hukm surardi. Pomeshchiklar erining katta qsmi mayda va juda mayda uchastkalarga bo`li bu yerlar juda ogir shartlar bilan dexdonlarga ijaraga berilardi (nimkorlik, kolonat). Dehqonlar mulkdorligining salmog`i katta emas edi. Mulkdor dehqonlar juda ko`pchiligining bir gektardan oshmaydigan bir parcha chek eri bor edi. Italiyaning birlashuvidan chiqadigan ijtimoiy-siyosiy natijalarni oldindan belgilab qo`ygan narsa burjua-demokratik revolyutsiyaning tugallanmaganligi edi. Italiya davlati eski feodal davlat ele mentlaridan ancha-munchasini o`ziga meros qilib olgan burjua konstitucion monarxiya edi.Konstitutsiya konservativ kuchlarning anchagina hokimiyatga ega bo`lishini ta`minladi — bu konstitutsiya 1848 yil revolyutsiyasi davrida in`om qilib berilgan Sardiniya qirolligining mo``tadil statusiga asoslangan edi. Davlat boshlig`i ijroiya hokimiyat namoyandasi qirol edi; ministrlar, oliy fuqaro va harbiy vazifador kishilarni qirol tayinlar va vazifasidan tushirardi. Tashqi siyosat ishlari va qurolli kuchlarga qo`mondonlik qilish qirol qo`lida edi, qirolga palatani muhlatidan ilgari tarqatib yuborish huquqi berilgan edi. 5