logo

XIX ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA ELCHILIK MUNOSABATLARI MANBASHUNOSLIGI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

82.869140625 KB
XIX ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA
ELCHILIK MUNOSABATLARI MANBASHUNOSLIGI
MUNDARIJA
Kirish: ..................................................................................................... betlar
1 Bob   XIX   asr   ikkinchi   yarmida   xonliklarning   diplomatik   munosabatlari
manbashunosligi...-bet
1 .1  §.   Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi va qo`shni davlatlar bilan elchilik 
munosabatlari …………………………….betlar
1.2.§.   XIX- А SRNING 50-YILL А RID А  XIV А  XONLIGI BIL А N ROSSIYA 
O’RT А SID А GI MUNOS А B А TL А RG А  DOIR BOSILIB CHIQQ А N B А `ZI 
M А NB А L А R
1.3 § XIX-XX asr Buxoro amirligining savdo-iqtisodiy aloqalari ........... betlar
1.4. §.   QO’QON XONLIGINING TOSHKENT, BUXORO XONLIGI V А  
HINDISTON BIL А N S А VDO  А LOQ А L А RI
1.5.§. Qo`qon xonligi va Rossiya imperiyasi munosabatlari
2 Bob XX asr boshlarida Xonliklarning diplomatik munosabatlarining o`ziga
xos xussiyatlari…………………….bet
2. 1  §.  Buxoro amirligining XX asr boshlarida xalqaro munosabatlari………………
betlar
2. 2   §.Xiva   xonligi   va   uning   XX   asr   boshlarida   diplomatik   aloqalari
tahlili….betlar
2. 3 §…………………………………………………………………………betlar
3Bob Markaziy Osiyo davlatlarining XX asr boshlarida diplomatik 
tamoyillaridagi o`zgarishlar……bet
3.1 §. Yevropa davlatlarining Markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalarining o`ziga
xos xususiyatlari…………………………………………………….. betlar 3 .2§.   XX asr boshlari Markaziy Osiyo xalqlari xalqaro munosabatlarining chet el
tadqiqotchilari tomonidan o`rganilishi o`rganilishi .................................. betlar
Xulosa .................................................................................................... betla
KIRISH
XX   asrning   oxirgi   o’n   yilligida   elchilik   munosabatlarining   rivojlanishida
g’oyat muhim voqealar sodir bo’ldi. Sotsialistlik sistema parchalanib Yevropaning
qator mamlakatlari mustabid tizim zulmidan qutilib demokratik rivojlanish yo’liga
o’tdi.   Sobiq   SSSR   o’rnida   mustaqil   davlatlar   paydo   bo’lib   ular   jahon
hamjamiyatiga bevosita  qo’shilib   elchilik munosabatlar ning   alohida subyektlariga
aylandilar.   Shu   o’rinda   O’rta   Osiyo   hududi   qadim   zamonlardan   to   hozirgi
kungacha mavjud bo’lgan davlatlarning ko’p ming   yillik davr mobaynida   elchilik
aloqalari   tarixini   o’rganilishi   mumkun   bo’lgan   ko’plab   jo’mboqli   materiallar
mavjud.
O’zbekiston Respublikasi keyingi yillarda faol tashqi siyosat olib bormoqda.
Respublika   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoyev   tomonidan   tashqi   siyosat   konsepsiyasi
ishlab   chiqildi.   2017   –   yilda   “ O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonida   quyidagilar   belgilab   berildi.   Jumladan,   davlat   mustaqilligi   va
suverenitetini   mustahkamlash,   mamlakatning   xalqaro   munosabatlarning   teng
huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar
qatoriga   kirish,   O‘zbekistonning   yon   –   atrofida   xavfsizlik,   barqarorlik   va   ahil
qo‘shnichilik   muhitini   shakllantirish;   O‘zbekiston   Respublikasining   xalqaro
nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon
hamjamiyatiga   xolis   axborot   yetkazish;   O‘zbekiston   Respublikasining   tashqi
siyosiy   va   tashqi   iqtisodiy   faoliyatining   normativ   –   huquqiy   bazasini   hamda
xalqaro hamkorlikning shartnomaviy – huquqiy asoslarini takomillashtirish;  davlat chegarasini   delimitatsiya 1
  va   demarkatsiya 2
  qilish   masalalarini   hal   etish   kabi
strategik vazifalarni tashqi siyosat masalasida belgilab berdi . 3
 
Shu   o’rinda   ta’kidlash   lozimki,   mamlakatimiz   xalqaro   aloqalarda   hamma
zamonlarda ham huquqiy, nazariy hamda ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Jumladan,
“O zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja vaʻ
martabalari   belgilash   to g risida	
ʻ ʻ 4
”gi   qonunda   (1992   –   yil   3   –   iyul),   O zbekiston	ʻ
Respublikasi   Prezidenti   farmonlari 5
,   konstitutsiyasi     bilan,   O’zbekiston
Respublikasi   tashqi   iqtisodiy   faoliyat   to’g’risida   qonun   boshqa   qonun   hamda
normativ hujjatlar diplomatiyamizning huquqiy asoslarini ta’minlab beradi. 
O’zbekiston   Respublikasi   birinchi   prezidenti   I.A.Karimov   tomonidan
mustaqilligimizning   dastlabki   kunlaridan   boshlab   mamlakat   hududiy   yaxlidligi
uchun faolik ko’rsatilgan edi. I.A.Karimov o’z ma’ruzasida “davlat mustaqilligiga
erishish, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirish O’zbekistonga
o’zining   tashqi   siyosatini   mustaqil   ravishda,...   O’zbekistonning   milliy
manfaatlariga   mos   keladigan   ko’p   tomonlama   faol   tashqi   siyosatini   amalga
oshirish – davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni
bartaraf   etish   va   xalq   turmushini   yaxshilashning   zarur   sharti   va   g’oyat   muhim
vositasidir”   –   degan   fikrida   tashqi   siyosatning   davlatlar   taraqqiyotidagi   o’rniga
baho bergan edi 6
.
1
  Delimitatsiya   –   Davlat   chegarala-rini   tuzilgan   shartnomaga   muvofiq   tavsiflash   va
xaritalashtirish asosida belgilash ,  belgilangan chegaralarni qayta ko rib chiqish.	
ʻ
2
  Demarkatsiya –  Qoʻshni davlatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga, bitimga asosan mamlakatlar orasidagi 
chegarani aniqlash, belgilash. Demarkatsiya chizigʻi   harb., siyos.   1) vaqtincha sulh paytida urushuvchi 
tomonlarning qoʻshinlarini bir-biridan ajratib turgan muvaqqat chegara;   2 ) urushda yengilgan mamlakat 
hududini ishgʻol qilingan zonalarga boʻluvchi chiziq, doyra.
3
“ O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar   strategiyasi
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. Toshkent.: “Adolat”. 2017. 6-bet.
4
“O zbekiston   Respublikasining   diplomatiya   xodimlari   uchun   diplomatiya   daraja   va	
ʻ
martabalari belgilash to g risida”gi qonuni 1992. 	
ʻ ʻ
5
  O’zbekiston   Respublikasi   tashqi   ishlar   vazirligi   tizimini   tubdan   takomillashtirish   hamda
tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda uning
ma’sulyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prizedenti
farmoni.  Xalq so’zi.  62 (22.578)  2018. 
6
  Karimov   I.   O’zbekiston:   milliy   istiqlol,   iqtisod,   siyosat,   mafkura.   1   –   Tom   “Milliy
manfaatlar   ustuvorligi   va   teng   huquqli   hamkorlikka   asoslangan   tashqi   siyosat”.   Toshkent .:
“ O ’ zbekiston ” 1996. 50- bet . Qadimiy   turkiy   atamalarni   to’plab,   ular   yuzasidan   keng   ko’lamli   izlanishlar   olib
borgan taniqli turkshunos – lug’atshunos L.Z.Budagovning ta’kidlashicha, “elchi”
atamasi aslida “el” ya’ni xalq, qabila, jamoa so’zidan kelib chiqqan. Buning isboti
uchun   u   “ellanmoq”   –   yarashmoq,   do’stlashmoq,   moyil   bo’lmoq,   “el   turmoq”   –
tinch, osoyishta, bo’ysunib yashamoq, “el bo’lmoq” – itoatkor, sadoqatli bo’lmoq
kabi atamalarga to’xtaladi 7
. 
Ko’rinib   turibdiki,   xalqaro   aloqalar   bu   –   davlatlar   taraqqiyotining   muhim   bir
ko’rinishi   hisoblanib,  qadim  tariximizda  ham   diplomatiya o’z  ahamiyati  jihatidan
muhim   bir   soha   hisoblangan   va   uni   tadqiq   etish   tarixchilar   oldida   turgan
vazifalardan   hisoblanadi.   Jumladan,   Birinchi   Prezidentimiz   I.   A.   Karimov   milliy
mafkuraning   shakllanish   jarayonida   tarix   fanining   o’rniga   g’oyat   yuksak   baho
berdi:   “Milliy   mafkurani   shakllantirishdagi   eng   katta   manba   –   bu   haqqoniy
yoritilgan tarixdir,” – deb aytib o’tdilar 8
.
XIX   asr   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlarida   T urkistonda   elchilik   munosabatlari
manbashunosligi   mavzusi   Sobiq   ittifoq   davrida   ham   ko’plab   tadqiqotlar   uchun
asos   bo’lgan   edi.   XX   asrning   so’nggi   o’n   yilligida   esa   “elchilik   munosabatlar”
yo’nalishidagi  tadqiqotlar   ahamiyati  davrimiz  keskin  siyosiy  o’zgarishlari   tufayli
yanada   dolzarblashdi.   Elchilik   munosabatlarning   mafkuradan   xoli   bo’lishi,   sobiq
Ittifoq   o’rnida   o’nlab   mustaqil   davlatlarning   paydo   bo’lishi,   xorij   bilan   teng,
vositachilarsiz   siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy   hamkorlikka   kirishish,   bizning
Respublikamiz oldiga ham ancha mas’uliyatli vazifalar qo’ydi. 
O’zbekiston Respublikasi joylashgan, O’rta Osiyo deb ataluvchi hudud bir paytlar
xalqaro   hamkorlik   markazlaridan   biri   bo’lgan.   O’tmishimizda   ota   bobolarimiz
xorijiy   mamlakatlar   bilan   qizg’in   savdo   –   sotiq   va   elchilik   aloqalarini   o’rnatgan.
Xususan, antik davr mualliflaridan biri Kvint Kursiy Ruf ma’lumotiga ko’ra, “skif
(saklar)larning nutqi  qat’iy va jozibador  bo’lganligini  alohida ta’kidlagan... Kvint
7
  Будагов   Л.З.   Практическое   рукаводство   турецко   –   татарского     азербайджанского
наречия М. 2014. с тр -45
8
  Karimov.I.A.   Milliy   istiqlol   mafkurasi-   xalq   e’tiqodi   va   buyuk   kelajakka   ishonchdir.   T:
O’zbekiston, 2000. B.26. Kursiy  Ruf   20 nafar  skif   elchilarining Aleksandr   huzurida o’zini  tutishiga  e’tibor
qaratgan”ligi to’g’risidagi ma’lumot ham ko’rsatib turibdi 9
.  
Yurtimizda   turli   davrlarda   bo’lgan   xorijlik   elchi,   sayyoh,   ayg’oqchi   kabilarning
xotiralari   ham   manba   sifatida   yordam   beradi.   Ayniqsa,   Ispaniya   sayyohi   Ryu
Ganzales de Klavixo, arab sayyohi Ibn Battuta, ingliz ayg’oqchilari Mir Izzatullo,
Antoniy   Jenkinson,   Mungo   Grem,   Elton   Faks,   vengir   olimi   H.   Vamberi,   rus
vakillari   F.Nazarov,   Meyndor,   polkovnik   Ignatiyov,   Danilevskiy   kabilarning
esdaliklari qimmatli ma’lumotlar keltiriladi 10
.
Rossiyadagi   oktyabr   voqealariga   qadar   bo’lgan   davrdagi   hamkorlik   aloqalarini
o’rganishda   H.Ziyoyev,   Ilyos   Isomiddinov,   A.Muhammadjonov,   A.Asqarov,
N.Baykova,   N.A.Xalfin   kabi   olimlar   tomonidan   olib   borilgan   tadqiqotlarning
ahamiyati benihoya katta hisoblanadi 11
.
Sovet   ittifoqi   davrida   “ XIX   asr   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlarida   T urkistonda
elchilik   munosabatlari   manbashunosligi ”   mavzusi   bilan   Ch.Abutalipov,
U.Rustamov,   X.Shukurova,   I.To’xtaxo’jayeva,   A.Isoxo’jayev,   Sh.A.Xaitov   kabi
ko’plab olimlarning ilmiy taqdiqotlarida mavzuni yoritish bo’yicha tahliliy asoslar
yetarli   darajada   o’rganilgan.   Bundan   tashqari   O’zbekistonning   xalqaro
aloqalardagi   ishtiroki   bilan   bog’liq   voqealarni   bayon   qilishda   O’zbekiston
Respublikasi   davlat   arxivi,   hamda   bir   qator   tashkilotlarning   joriy   arxiv   hujjatlari,
davriy matbuot materiallari muhimdir. 
Mustaqilligimizning   dastlabki   yillaridan   e’tiboran   O‘zbekiston   Respub likasida
tarix fanini  rivojlantirishga, tarixiy o‘tmishni  ob’ektiv, xolisona  o‘rganishga  katta
9
 Otaxo’jayev.A. Antik davrda diplomatik munosabatlar, “Tarixiy xotira – ma’naviyat asosi”
mavzusidagi ananaviy respublika ilmiy – nazariy anjumani matreallari. – Buxoro, 1995. – 46
– bet.
10
  Нематулла   Ибрагимов.   Ибн   Баттута   и   его   путешествия   по   Средней   Азии   «Наука»,  
1988.     148 стр,   Путешествие  Антония Дженкинсона в  Бухару (1558–1559)   //   Тожибаев
Ш.А .   Молодой   учёный   №6   (86)   март-2   2015   г.   Голубевой   З.Д.   Арминий   Вамбери.
Путешествие по Средней Азии. М. Восточная литература. 2003  
11
  Ziyoyev  H. O’rta  Osiyoning  Sibir, Volga va  Ural  bo’yi xalqlari  bilan  aloqalar.  Toshkent,
2014.   –   573-b et ,   Nizomiddinov   I.   O’rta   Osiyo   va   Hindiston.   -   Toshkent.1991.   –   200 -bet,
A.R.Muhammadjonov,   T.Ne’matov.   Buxoro   va   Xivaning   Rossiya   bilan   munosabatlari
tarixiga   doir   ba’zi   manbalar.   Toshkent.   “O’zbekiston   SSR   FA   nashriyoti”   1957.   211   bet,
A.Muhammadjonov,   A.Asqarov,   N.Baykova   “Ipak   yo’li   orqali   savdo   va   Rossiya   hamda
sharq   mamlakatlari   bilan   munosabatlar” ,   Хаlfin   N.А.   Rоssiya   i   хаnstvа   Srеdnеy   Аzii
(pеrvаya pоlоvinа XIX v.). M., 1974. ahamiyat   berilmoqda.   Ma’naviyatni   tiklashda,   dav latimizni   ma’naviy
rivojlantirishda   tarix   fanining   o‘rni   beqiyosdir.   Har   bir   xalq,   har   bir   millat   uzoq
tarixiy   taraqiyot   bosqichlarini,   murakkab   etnik   va   madaniy   jarayonlarni   boshdan
kechirib, asrlar osha bugungi daraja va maqomlarga erishgan. Biroq, milliy o‘zlikni
anglash, sog‘lom etnik tuyg‘u, etnosga xos ma’naviy dunyoning mohiyatini bilish
uchun   muhim   omillardan   biri   tarixni   bilishdir.   O‘z   navbatida   tarixni   bilishning
omillari,   ayniqsa,   manbaviy   asoslaridan   xabardorlik   o‘zlikni   bilishning
poydevorini   yanada   mustahkamlaydi.   Zero,   haqqoniy   tarixni   bilmasdan   turib   esa
o‘zlikni   anglash   mumkin   emas 12
.   Shu   ma’noda   ushbu   dissertatsiya   Turkiston ning
XIX asr oxiridan XX asrning boshlarigacha bo’lgan davrdagi   savdo – iqtisodiy va
elchilik aloqalari bo’yicha, ularning o’tmishimizni o‘rganishdagi ahamiyati haqida
fikr yuritamiz.
Mavzuning   dolzarbligi:   Bugungi   kundagi   globallashuv   sharoitida   elchilik
munosabatlar i   mamlakat   rivoji   uchun   asosiy   omil   bo’lib   xizmat   qiladi.
Tarixshunosligimizda   yangi   yo’nalish   sifatida   elchilik   munosabatlar   tarixi,
manbashunosligi   masalalarini   yoritish   yangi   yo’nalish   sifatida   tadqiqotchilar
tomonidan tahlil qilinmoqda.  Turkistonn ing  XIX asr oxiridan XX asrning boshlari
elchilik   munosabatlar   manbashunosligi   masala sini   o’rganish   va   uni   tahlil   qilish
manba va adabiyotlar bilan ishlash mavzuning dolzarbligini tashkil qiladi. 
Tadqiqotning   o’rganilish   darajasi.     Turkiston   xalqlarining   olib   borgan   savdo
iqtisodiy munosabatlardan tortib elchilik aloqalari tarixi bo’yicha manbalar, hamda
ularni   o’rgangan   tarixshunoslar:   A.   Muhammadjanov,   I.   Nizomiddinov,   G.
Sultonova,   Xolbekov,   H.   Ziyayev,   O’rinboyev,   Halimov,   Bakayeva   F.   Rustamov
va. boshqalar 13
.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari.   Tadqiq о tda   elchilik munosabatlarning XIX
asr oxiridan XX asrning boshlarigacha bo’lgan davrdagi manbalarning ilmiy tahlil
12
 Karimov I. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.  Toshkent “Sharq” 1998. 29-bet.
13
  Ziyoyev  H. O’rta  Osiyoning  Sibir, Volga va  Ural  bo’yi xalqlari  bilan  aloqalar.  Toshkent,
2014.   –   573-b et ,   Nizomiddinov   I.   O’rta   Osiyo   va   Hindiston.   -   Toshkent.1991.   –   200 -bet,
A.R.Muhammadjonov,   T.Ne’matov.   Buxoro   va   Xivaning   Rossiya   bilan   munosabatlari
tarixiga   doir   ba’zi   manbalar.   Toshkent.   “O’zbekiston   SSR   FA   nashriyoti”   1957.   211   bet,
A.Muhammadjonov,   A.Asqarov,   N.Baykova   “Ipak   yo’li   orqali   savdo   va   Rossiya   hamda
sharq   mamlakatlari   bilan   munosabatlar” ,   Хаlfin   N.А.   Rоssiya   i   хаnstvа   Srеdnеy   Аzii
(pеrvаya pоlоvinа XIX v.). M., 1974. bergan holda tarixshunoslik ilmi asosida o’rganishni maqsad qilib qo’yildi.  Ushbu
maqsaddan k е lib chiqqan h о lda quyidagi vazifalar b е lgilandi: 
- O’rta   Osiyoda   mavjud   bo’lgan   davlatlar   tomonidan   olib   borilgan   elchilik
munosabatlar tarixini o’rganish;
- Davlatlararo   boshqa   munosabatlarning   mahalliy   tari х chilari   asarlarining
b о shqa manbalar bilan qiyosiy tahlilini ko’rish; 
- Tadqiq о t bo’yicha amaliy  х ul о salar chiqarish.  
Tadqiqot ob’ekti.   XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida  T urkistonda elchilik
munosabatlari   manbashunosligi ni   yoritgan   asarlar   va   ularning   tarixshunoslik
masalasini   yoritish.   Ushbu   manbalar   yuzasidan   yozilgan   monografiya,   ilmiy
adabiyotlar dissertatsiya hamda avtoreferatlar bilan tanishib chiqqan holda mavzu
yoritilgan.
Tadqiqot predmeti . Turkiston hududida olib borilgan elchilik munosabatlarga oid
manba   va   asarlarning   ilmiy-nazariy   va   qiyosiy   tahlili   manbalar   asosida   o’rganish
maqsadga muvofiq. Bular: mahalliy tarixchilar: I. G’. Nizomiddinov, B Ahmedov,
A.   Muhammadjonov,   H.   Ziyayev   va   boshqalar.   Rus   tarixchilaridan:   Bartold,
Yakubovskiy,   Rtvladze,   G.   Pugachenko   va   boshqa   xorij   tadqiqotchilari   H.
Roulinson, P. Hopkrik, P. Bruni va boshqalar 14
.
Tadqiqotning   metodlari.   Tadqiq о tda   о b е ktivlik,   tari х iylik,   tari х iy   –   qiyosiy   va
muamm о li   х r о n о l о gik   usullardan   f о ydalanildi.   Ushbu   tadqiq о tni   yaratishda
muamm о ni   yangi   tari х iy   tafakkurning   k о ns е ptual   nuqtai   nazaridan   idr о k   etishga
e’tib о r   qaratildi.   Ko’rilgan   masalani   yoritishda   ko’pgina   ilmiy   asarlar
mualliflarining  х ul о salaridan f о ydalanildi.    
Magistrlik dissertatsiyasining natijalari e’lon qilinganligi.
Magistrlik   dissertatsiyasi   bo’yicha   amalga   oshirilgan   izlanishlarning   samarasi
sifatida ikkita maqola, shu jumladan, birinchisi Journal of Academic Research and
Trends   in   Educational   Sciences   xalqaro   jurnalida,   ikkinchisi   OAK   tassarufidagi
Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasida   e’lon qilingan.
14
  Nizomiddinov   N.   O’rta   Osiyonin g   chet   el   sharqi   bilan   munosabatl ari,   Toshkent.
O’zdavrnashr.   1961,   Ziyayev   H.   Sibir,   Volga   va   Ural   bo’ylaridagi   o’zbeklar.   –   Toshkent.
Sharq , 2003. 64  bet . Bajarilgan   ishning   asosiy   natijalari.   Magistrlik   dissertatsiyasining   mavzusi
bo’yicha   “ XIX   asr   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlarida   Turkistonda   elchilik
munosabatlari   manbashunosligi ”,   “XIX   asr   ikkinchi   yarmi   XX   asr   boshlarida
Turkiston   iqtisodiy   va   siyosiy   aloqalari”   mavzularidagi   ilmiy   maqolalar   nashr
qilingan.
Magistrlik   dessertatsiyasining   tuzilishi   va   hajmi.   Magistrlik   dessertatsiyasiga
kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
Tadqiqot ishi o’zbek tilida yozilgan bo’lib  90   betni  tashkil qiladi.
Bob XIX asr ikkinchi yarmida xonliklarning diplomatik munosabatlari 
manbashunosligi.
1.1 §.   Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi va qo`shni davlatlar bilan
elchilik munosabatlari
XIX   asrning   50-yillariga   kelib,   Buxoro   xonligi   va   Rossiya   o’zaro   diplomatik
aloqalarida   ayrim   masalalar   yuzasidan   kelisha   olmaganliklariga   va   bu   voqea
natijasida   Rossiya   hokim   doiralari   orasida   Buxoroga   nisbatan   norozilik   paydo
bo’lishiga   qaramasdan,   bu   ikki   davlat   o’rtasidagi   iqtisodiy   aloqalar   hamon
kengaymoqda edi.
Buxoro   va   Rossiya   savdo   munosabatlariga   Rossiyada   sanoatning,   jumladan
to’qimachilik   sanoatining   tobora   rivojlanishi   va   uning   xomashyoga   paxtaga
bo’lgan   ehtiyojining   orta   borishi   katta   ta’sir   etadi.   Rossiya   sanoatining   paxtaga
bo’lgan   ehtiyoji,   ayniqsa   А merikada   grajdanlar   urushi   davomida   (1861   —   1865)
juda   ham   oshib   ketadi.   Chunki   Rossiya   sanoati   uchun   paxta   asosan   А merikadan
keltirilib,   urush   natijasida   bu   vaqtlarda   yerdan   olib   kelinadigan   paxta   tamoman
to’xtab qolgan edi. Masalan, agarda 1860 yillarda Rossiya yarmarkalarida Buxoro
paxtasining bir puti 4 so’m bo’lsa, 1864 yilga kelganda uning bahosi 22 so’mgacha
oshadi. 15
15
  Заметки о Бухаре и её торговле с Россией. Журнал «Современник», 1864, 95-96  betlar . O’sha   vaqtlardagi   matbuotda   Buxoro   paxtasiga   bo’lgan   ehtiyoj   to’g’risida
quyidagilar   bayon   qilingan:   «Buxoroda   paxta   yetishtirish   va   uning   eksporti
xonlikning   butun   ishlab   chiqarishini   qoplab   olib,   uning   chetga   chiqariladigan
barcha   mahsulotlari:   kanaus   (ipak   gazlama),   sus   (qizil   miya   o’simligining   ildizi),
viboyka   (mahalliy   ip-gazlama-bo’z),   tayyor   to’nlar   va   hatto   quruq   mevalarning
o’rnini egallagan edi. 16
Bu   ma’lumotlar,   birinchidan,   Rossiyada   bu   vaqtlarda   paxtaga   bo’lgan   talabning
qanchalik oshganligini ko’rsatsa, ikkinchidan, Buxoro va Rossiya o’rtasidagi savdo
aloqalarining   tobora   kengayib   borayotganligidan   darak   beradi.   Mana   shu
sabablarga   asosan,   Buxoro   va   Rossiya   o’rtasidagi   savdoni   Rossiyadan
chiqariladigan   mollarning   ichida   tayyor   mahsulot,   Buxorodan   olib   kelinadigan
mollarning orasida esa xom paxta tamoman egallab bormoqda edi.
Buxoro   va   Rossiya   o’rtasidagi   iqtisodiy   aloqalarning   rivojlanishi   Buxoro
xonligining   ekonomikasiga   ham   katta   ta’sir   qila   boshladi.   Chunki,   Rossiyaga
chiqariladigan  paxta hajmining ortishi,  o’z navbatida,  paxta ekiladigan yerlarning
kengayishini talab etar edi. Shuning uchun ham bu vaqtlarda Buxoro territoriyasida
paxta ekiladigan maydonlar juda tez sur’at bilan kengaya boshlaydi,
Demak, XIX asrning 50-yillarida Buxoro xonligi  va Rossiya  o’rtasidagi  iqtisodiy
aloqalarning   rivojlanishi   natijasida   xonlikning   ekonomik   jihatdan   Rossiya
bozorlariga   tobeligi   anchagina   oshgan   edi.   Shu   bilan   birga,   Rossiyada   sanoatniig
rivojlanishi   bnlan   xomashyoga   bo’lgan   ehtiyojning   ortishi   va   buning   ustiga
А merikadan   olinadigan   paxtaning   tamoman   to’xtab   qolishi   O’rta   Osiyoning,
jumladan   Buxoro   xonligining   Rossiya   sanoati   uchun   paxta   bazasi   sifatida
ahamiyatini juda ham oshirib yuboradi.
Shuning   uchun   XIX   asrning   50-yillarida   ham   rus   diplomatiyasining   O’rta
Osiyodagi asosiy vazifasi bu paxta bazasini qo’ldan bermasdan va u yerga boshqa
chet davlatning kirib kelishiga yo’l qo’ymasdan, Rossiya ta’sirini kuchaytirishdan
iborat edi.
Bu   vaqtlarda   O’rta   Osiyoda   ingliz   tajovuzkorlarining   agressiv   harakatlari   tobora
kengayib   borishi   va   buning   ustiga,   XIX   asrning   30-40-yillari   davomida
16
  O ’ sha   asar ,  95-96  betlar . Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari, jumladan Buxoro bilan olib borgan diplomatik
aloqalari   kerakli   natijalar   bermaganligi,   Rossiyaning   Qozog’istonga,   shuningdek
O’rta   Osiyoga   nisbatan   bo’lgan   munosabatlarida   yuzaga   kelgan   vaziyatni
keskinlashtirib   yubordi.   Endilikda   Rossiya   Qozog’istonni   tamoman   o’ziga
bo’ysundirib, xonliklarni u bilan kerakli shartnoma tuzishga majbur etish siyosatini
tuta boshladi.
1847   yilda   Sirdaryoning   o’rta   oqimida   Raimskiy   istehkomi   qurilib,   1853   yilga
kelganda   Sirdaryogacha   bo’lgan   rayonlar   Rossiya   qo’l   ostiga   o’tadi.   Lekin,   bu
vaqtlarda   paydo   bo’lgan   xalqaro   vaziyat   Rossiyani   o’zining   bu   planlaridan
vaqtinchalik   voz   kechishga   majbur   etdi.   Rossiya   ayni   zamonda   Qrim   urushn
(1853- 1856) bilan band edi.
А mmo,   XIX   asrning   50-yillarida   Rossiyaning   O’rta   Osiyoga   nisbatan   tutgan
siyosatida  bunday  keskin  o’zgarish  paydo bo’lishiga  qaramasdan,   Buxoro xonligi
Rossiya   bilan   aloqani   yaxshilashga   va   ikki   o’rtada   nizo   kelib   chiqishiga   yo’l
qo’ymaslikka   harakat   qila   boshlaydi.   Hatto   Buxoro   xonligi   bu   vaqtlarda
Rossiyaning Qozog’istonni tamoman o’z qo’l ostiga olishiga ham tarafdor edi.
1848   yilda   Rossiyaga   yuborilgan   Buxoro   elchisi   Mirza   Xayrullaga   berilgan
yorliqda,   Xiva   xoni   Sirdaryoda   ruslar   tomonidan   qurilayotgan   maxfiy   istehkom
to’g’risida   Xiva   bilan   Rossiya   o’rtasida   vositachilik   qilishni   Buxoro   hukmron
doiralaridan so’ragan vaqtida, Buxoro amiri savdo yo’lini mudofaa qilishda va bu
istehkomning   ahamiyatini   yaxshi   tushunib,   o’z   yerida   istehkom   qurayotgan   rus
hukumatining   ishlariga   aralashishning   Xiva   xonligiga   hech   qanday   taalluqli   yeri
yo’q, deb javob berganligi haqida yozilgan. 17
Shuningdek, Buxoro elchisi, ingliz agentlari Buxoroga kelib, amirni   А ngliya bilan
aloqa   bog’lashi   uchun   zo’r   berib   harakat   qilayotganliklari   va   ularning   takliflarini
amir Nasrullo qaytarganligi to’g’risida Rossiya hukumatini ogoh qilgan edi. 18
17
  А. Г. Серебренников. Туркестанский край. «Сборник материалов для истории его 
завоевания»,  t .  IV , 138-139  betlar .
18
  А. Г. Серебренников. O ’ sha   asar ,  t .  IV , 137-139  betlar . Buxoro elchisi Mirza Xayrullaga berilgan yorliqda ikki davlat o’rtasida qadimdan
davom   etib   kelayotgan   do’stlik   munosabatlarini   mustahkamlash   uchun   Buxoro
amiri rus hukumatidan Buxoroga o’z vakilini yuborishini iltimos qilgan edi. 19
Bulardan   ma’lumki,   Buxoro   xonligi   XIX   asrning   40-yillarida   Rossiya   bilan   olib
borgan   diplomatik   aloqalarida   uning   ba’zi   bir   takliflarini   qabul   qilmagan   va
natijada   Rossiya   hukmron   doiralari   orasida   o’ziga   nisbatan   norozilnk   tug’dirgan
bo’lsa ham, lekin u bilan aloqani tamoman uzib yuborish tarafdori bo’lgan emas.
Chunki,   birinchidan,   Rossiya   bilan   bo’lgan   iqtisodiy   aloqalardan   Buxoro   xonligi
juda   ham   manfaatdor   bo’lib,   bu   aloqalarga   putur   yetkazilishini   xohlamasa,
ikkinchidan,   ingliz   tajovuzkorlarining   O’rta   Osiyoda   agressiv   harakatlarining
tobora   kuchayishi   Buxoroning   mustaqilligiga   xavf   solib   kelmoqda   edi.   Shuning
uchun ham Buxoro hukmron doiralari Rossiyaga uzluksiz o’z vakillarini yuborib, u
bilan   do’stona   aloqada   bo’lish   va   bu   aloqalarni   mustahkamlash   uchun   Buxoroga
rus vakillarini yuborishini Rossiya hukumatidan iltimos qilar edilar. Hatto Buxoro
hukmron   doiralari   ikki   davlat   o’rtasidagi   munosabatlarni   mustahkamlashni
belgilash uchugn bir qancha rus qullarini ozod etib, o’z vatanlariga yuborgan ham
edilar. 20
1857   yilda   Buxoro   xonligi   Rossiyaga   elchi   yuborib,   o’zaro   munosabatlarni
mustahkamlash   uchun   rus   hukumatidan   o’z   vakilini   yuborishini   ikkinchi   marta
so’raydi. 21
Buxoro   hukmron   doiralarining   bunday   iltimoslariga   javoban   Rossiya   ham   1858
yilda   polkovnik   N.   Ignat’ev   boshliq   diplomatik   missiya   yubordi.   А mmo,   1858
yilda   rus   hukumatining   Buxoroga   elchilik   yuborishining   asosiy   sababi   Buxoro
hukmron   doiralarining   iltimosi   bo’lmay,   balki   o’sha   vaqtlarda   bu   ikki   davlat
o’rtasidagi   munosabatlarda   paydo   bo’lgan   vaziyatga   bog’liq   edi.   Bu   vaqtlarda
Rossiya   Qozog’iston   yerlarini   tamoman   o’z   ta’siriga   olib,   O’rta   Osis   xonliklari
bilan   bevosita   qo’shni   bo’lib   qolgan   edi.   Endilikda   Rossiyaning   O’rta   Osiyo
19
  O’sha asar, t. IV, 135-136 betlar.
20
  А. Шепелев. Очерк военных и дипломатических отношений России в Среднюю Азию
до начала  XIX  века, 83- bet .
21
  Н.   Залесов.   Посольства   в   Хиву   и   Бухару   полковника   Игнатьева   в   1858   г.   «Русский
вестник», 1871, №2, 422-450  betlar . xonliklari,   jumladan   Buxoro   bilan   olib   borayotgan   diplomatik   munosabatlari
muvaffaqiyatli   natijalar   berishiga   u   yerda   yuz   berayotgan   iqtisodiy   va   siyosiy
ahvol   hamda   xonlik   to’g’risida   mukammal   va   aniq   ma’lumotlarning   bo’lishi
anchagina ta’sir etar edi.
XIX   asrning   40-yillarida   Buxoro   va   unga   qo’shni   bo’lgan   xonliklar   to’g’risida
to’plangan ma’lumotlar bu vaqtga kelib eskirib qolgan va rus hukumatining hozirgi
vaqtlardagi   talablariga   to’la   javob   bera   olmas   edi.   Shu   bilan   birga,   Rossiyaning
O’rta   Osiyo   xonliklari   bilan   olib   borayotgan   savdo   munosabatlari   ham   aytarlik
yaxshi   yo’lga   qo’yilmagan   bo’lib,   avvalgidek,   rus   savdogarlari   O’rta   Osiyo
bozorlariga   bemalol   borolmas   va   borganlarida   ham   ortiqcha   bojlar   olinib,   ularga
to’sqinlik   qilinar   edi.   Bulardan   tashqari,   А mudaryo   bu   vaqtlarda   Rossiya   uchun
iqtisodiy   va   siyosiy   jihatdan   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,   uning   diqqatini   o’ziga
tortmoqda   edi. 22
  Mana   shularning   hammasi   1858   yilda   Rossiyadan   mazkur
missiyaning yuborilishiga sabab bo’ladi.
XIX   asrning   50-yillarida   Rossiya   va   Buxoro   xonligi   o’rtasidagi   munosabatlarga
oid   manbalar   unchalik   ko’p   bo’lmasdan,   ularda   ko’proq   1858   yilda   Rossiyadan
Xiva   va   Buxoro   xonliklariga   yuborilgan   diplomatik   missiya   to’g’risida
ma’lumotlar   berilib,   ammo   bu   missiyagacha   bo’lgan   davr   ichida   Buxoro   va
Rossiyaning o’zaro munosabatlariga oid ma’lumotlar juda ham oz keltiriladi.
1858   yilda   N.   Ignat’ev   boshliq   Rossiyadan   Buxoroga   yuborilgan   missiya,   uning
sostavi,   oldiga   qo’ygan   vazifalari,   missiya   boshlig’ining   Buxoroda   olib   borgan
muzokaralari   hamda   Buxoro   hukmron   doiralarinipg   rus   elchiligiga   nisbatan
munosabatlari,   shuningdek   ularning   missiya   boshlig’i   tomonidan   taklif   etilgan
shartlarga   bergan   javoblari   to’g’risida   bizga   Ignat’ev 23
  va   N.   Zalesov 24
  asarlari
ma’lumot beradilar. Har ikki muallif ham mazkur missiyaning ishtirokchisi bo’lib,
ular o’z asarlarini ko’rgan va eshitgan ma’lumotlari asosida yozgan edilar.
22
  А .  Шепелев . O’sha asar, 83-bet.
23
  Н.   Игнатьев.   Миссия   в   Хиву   и   Бухару   в   1858   г.   флигель-адьютанта   полковника   Н.
Игнатьева, СПб, 1897, 278- bet . 
24
  Н.   Залесов.   Посольство   в   Хиву   и   Бухару   полковника   Игнатьева   в   1858   г.   «Русский
вестник»,   1871,   т.   91,   №2,   421-440— betlar .   Н.   Залесов.   Письмо   из   Бухары.   «Военный
сборник». 1860, т.  XII , 235-348  betlar . N. Ignat’evning asari 1897 yili Peterburgda nashr etilgan.  А sar, asosan, 1858 yilda
Rossiyadan Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilgan missiyaga bag’ishlanib, unda
muallif ko’proq Rossiya va Xiva munosabatlari ustida to’xtalib o’tadi. Shuni aytib
o’tish   kerakki,   N.   Ignat’evning   asari   boshidan   to   oxirigacha   «rus   shovinizmi»
ruhida yozilgan.   А sarda muallif qaysi bir masala yoki voqea ustida to’xtamasin, u
har   doim   O’rta   Osiyo   xalqlariga   shovinistik   nazarda   qarab,   ularni   kamsitadi   va
oyoqosti qiladi.
Hatto,   N.   Ignat’ev   Buxoro   va   Xiva   xonliklari   bilan   olib   borilgan   muzokaralar
muvaffaqiyatli   patija   berishi   uchun   ular   bilan   tinchlik,   o’zaro   hamjihatlik   yo’li
bilan emas, balki zo’rlik yo’li bilan muomala qilishni tavsiya qiladi.  А sarda muallif
bu haqda quyidagilarni yozadi: «Biz tavsiya  qilayotgan shartnomaga rozi  bo’lishi
va uni tasdiqlash kerakligiga amirni ishontirishda, uni qo’rqitish, bularni qaytargan
vaqtda esa, biz Osiyo mahsulotlarisiz qanoatlanishimiz mumkin, deb ogohlantnrib,
hozirgi vaqtlargacha mavjud bo’lib kelayotgan savdo imtnyozlarini osiyoliklardan
tortib olmoq kerak». 25
Muallif   Rossiya va O’rta Osiyo xonliklari o’rtasidagi munosabatlarga baho berar
ekan,   bu   aloqalarga   o’z   sinfi   nuqtai   nazaridan   qarab,   ular   Rossiya   uchun   hech
qanday   foyda   keltirmaydi,   deb   bayon   qiladi.   N.Ignat’evning   fikricha,   O’rta
Osiyodan keladigan foydasiz elchilarni kutib olishda sarflanadigan va Rossiyadan
u   yerga   yuboriladigan   elchilarga   xarajat   qilinadigan   bekorchi   mablag’   maqsadga
erishish   uchun   boshqa   yo’lga   (ya’ni   xonliklarni   bosib   olishga)   ishlatilishi   kerak
edi. 26
Muallif, Buxoro xonligi va Rossiya o’rtasidagi munosabatlar to’g’risidagi o’zining
bu fikri bilan, birinchidan, O’rta Osiyo xalqlarining Rossiya bilan asrlar davomida
mustahkamlanib   kelayotgan   iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy   aloqalarini   hamda
ulardan   har   ikki   davlatning   manfaatdor   ekanini   inkor   etsa,   ikkinchidan,   O’rta
Osiyo   yerlariga   kolonizatorlarcha   qarab,   u   yerlarni   tezroq   bosib   olish   planlarini
olg’a suradi.
25
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 57-bet.
26
  O’sha asar, 188-bet. Garchi   N.   Ignat’ev   o’z   asarida   Rossiya   va   O’rta   Osiyo   xonliklari   o’rtasidagi
munosabatlarni   yoritishda   o’z   sinfi   manfaatlarining   tor   ramkasidan   chiqolmay,
kolonizatorlik   pozitsiyasida   turgan   bo’lsa   ham,   ammo   uning   bu   munosabatlar
to’g’risida   bergan   faktik   materiallari   XIX   asrning   50-yillarida   Rossiya   va   O’rta
Osiyo,   jumladan   Buxoro   xonligi   o’rtasidagi   diplomatik   munosabatlarni
o’rganishda ahamiyatlidir.
Ignat’ev   o’z   asarida   1858   yilda   Rossiyadan   Xiva   va   Buxoro   xonliklariga
diplomatik   missiya   yuborilishining   asosiy   vazifalarini   to’g’ri   ko’rsatadi.
Muallifning   yozishicha,   avvalgi   asrning   ikkinchi   yarmidan   boshlab,   Rossiya   va
O’rta   Osiyo   o’rtasidagi   iqtisodiy   munosabatlarning   yuksalishiga   qaramasdan,
o’zaro savdo  juda og’ir  bir  sharoitda olib borilishi:  chunonchi,  savdo yo’llaridagi
qiyinchiliklar,   xonliklarda   rus   savdogarlaridan   ortiqcha   boj   olinishi,   ularning   bu
savdoda   erkin  ishtirok   etishiga   to’sqinlik   qilinishi   va,  buning   ustiga,   ruslarning   u
yerda   qullikda   tutilishi   hamda   bu   masalalar   yuzasidak   rus   hukumatining   Xiva   va
Buxoro   bilan   olib   borgan   diplomatik   aloqalari   to   oxirgi   vaqtlargacha   kerakli
natijalar   bermaganligi,   1858   yilda   Rossiyadan   diplomatik   missiyaning
yuborilishiga sabab bo’lgan edi. 27
Haqiqatan   ham,   Rossiyaning   O’rta   Osiyo   xonliklari   bilan   olib   borgan   diplomatik
munosabatlarining asosida uning O’rta Osiyo bozorlaridagi manfaatlari yotsa ham,
lekin 1858  yilda Xiva  va  Buxoro xonliklariga yuborilgan missiyaning   yuborilishi
faqat   N.   Ignat’ev   ko’rsatganlarining   o’zidan   iborat   bo’lmay,   balki   bu   sabablarga
yuqorida qayd qilingan masalalar ham kirar edi.
А sarda   ko’rsatilishicha,   1858   yilda   Rossiyadan   O’rta   Osiyo   xonliklariga
diplomatik missiyaning yuborilishidan faqatgina savdo maqsadlarigina emas, balki
siyosiy-harbiy maqsadlar ham ko’zda tutilib 28
, unga quyidagi vazifalar topshirilgan
edi:
a)   xonliklarda   rus   savdogarlaridan   olingan   bojlarni   qisqartirish   va   o’zaro
aloqalarning olib borilishi hamda rus savdogarlarining ishlari ustidan nazorat qilib
27
  Н .  Игнатьев . O’sha asar,  9-10 -betlar.
28
  O’sha asar, 18-bet. turish   uchun   vaqtinchalik   xonliklarga   rus   savdo   vakillarini   yuborish   masalalarini
o’z ichiga olgan savdo shartnomasini bog’lash;
b)   А mudaryoda   rus   savdo   kemalarining   bemalol   suzishiga   Buxoro   xonlarining
ruxsatini olish; 29
v)   А mudaryo   to’g’risida,   imkoni   boricha,   har   xil   to’liq   va   aniq   ma’lumotlar
to’plab, uni xaritaga tushirish; 30
g)   xonliklar   to’g’risida   geografik   va   boshqa   xarakterdagk   sistematik   ma’lumotlar
to’plash; 31
d) O’rta Osiyoda inglizlarning qo’poruvchilik harakatlarini aniqlash.
Missiyaga   yuklangan   topshiriqlar   to’g’risida   keltirilgan   bu   ma’lumotlar   shuni
ko’rsatadiki,   ayrim   masalalardan   tashqari,   1858   yilda   Xiva   va   Buxoro
xonliklarmga   yuborilgan   diplomatik   missiyaning   asosiy   vazifalari   1841   yilda
mazkur   xonliklarga   yuborilgan   missiyalarga   topshirilgan   vazifalarni   tashkil   qilar
edi.
N.   Ignat’ev   o’z   asarida   missiya   sostavi   ustida   to’xtar   ekan,   uning   har   bir   a’zosi,
ularga   berilgan   topshiriqlar   va   bu   topshiriqlarni   bajarish   uchun   berilgan   ba’zi   bir
qo’llanmalarni birma-bir bayon qiladi.
Polkovnik N. Ignat’evning o’zi  missiyaning  boshlig’i  bo’lib, unga xonliklar  bilan
muzokaralar olib borib, savdo shartnomasini bog’lash masalasi topshirilgan edi. 32
Missiyaning sostavida N. Ignat’evdan tashqari, sekretar’, ikki tarjimon, generalniy
shtabdan   ikki   ofitser,   ikki   vrach,   topograf   korpusidan   ikki   ofitser,   astronom,
naturalist,   monax   va   boshqalar   bor   edi.   Missiyani   kuzatish   uchun   konvoy
belgilangan   bo’lib,   uning   sostavida   qatnashgan   kishilarning   soni   117ga   yetgan
edi. 33
Missiyaning   sostavida   qatnashgan   P.   Nazarov   o’zining   asarida 34
  missiyaning
hay’atida   Ignat’evdan   tashqari   16   mutaxassis   bo’lib,   Rossiyadan   O’rta   Osiyo
29
  O’sha asar, 135-136, 213-214-betlar.
30
  O’sha asar, 30-bet.
31
  O’sha asar, 240-bet.
32
  O’sha asar, 21-bet.
33
  O’sha asar, 32-35-betlar. xonliklariga   to   shu   vaqtgacha   bunday   katta   saforat   yuborilmaganligi   to’g’risida
yozadi.
А sarda yozilishicha,  missiyada  sekretarlik vazifasini  Tashqi  Ishlar  ministrligining
xodimi   Ye.Ya.Kileveyn   olib   borib,   unga   diplomatik   xatlar   jurnali   tutish
topshirilgan   edi.   General   shtabning   ofitseri   K.   V.   Salatskiy   boshliq   topografiy
korpusning   ofitserlari:   Yakovlev,   Zelenin   va   ikki   topograf:   Nedorezov,
Chernishyovlarga   missiyada   topografik   ishlarni   olib   borish,   missiya   bo’lgan
rayonlar   to’g’risida   har   xil   ma’lumotlar   to’plash   vazifalari   yuklangan   edi.
Generalniy   shtabning   kapitani   N.   Zalesovga   kundalik   tuzish   va   missiya   borib
yetgan mamlakatni harbiy va statistik jihatdan tasvir etish vazifasi topshirilgan, M.
N.   Galkin   chegara   kompaniyasi   bilan   aloqa   olib   borish,   savdo   to’g’risida
ma’lumotlar to’plash va Orenburg general gubernatori uchun kundalik tuzish kabi
vazifalarni   o’z   ustiga   olgan   edi.   Lerxe   ko’rgan,   eshitgan   va   surishtirib   bilgan
ma’lumotlari   asosida   etnografik,   lingvistik,   arxeologik,   tarixiy   materiallar   bilan;
doktor   Pikar   meditsina   jurnalini   olib   borish   bilan;   doktor   Batershin   tatar   tilini
bilganligi uchun mahalliy xalqlar bilan aloqa olib borish va ularni davolash usullari
bilan; Struve esa, astronomik kuzatishlar bnlan mashg’ul bo’lganlar. 35
А sarda bulardan tashqari, rus missiyasining boshlig’i O’rta Osiyo xonliklari bilan
borgan muzokaralari muvaffaqiyatli natijalar berishi uchun unga berilgan ba’zi bir
qo’llanmalar   keltirilgan.   Qo’llanmada   ko’rsatilishicha,   Rossiya   vakili   xonliklar
bilan   yozma   shartnoma   tuzishda,   agarda   Xiva   va   Buxoro   xonlari   Rossiya   bilan
yaxshi   munosabatda   bo’lib   tursalar,   Rossiya,   iloji   boricha,   ularni   tashqi
davlatlarning xavfli aralashishlaridan mudofaa qiladi, degan fikr ta’kidlab o’tilishi
kerak edi. 36
Muallif   Buxoro   va   Rossiya   o’rtasidagi   diplomatik   munosabatlar   ustida   to’xtar
ekan,   1858   yilda   Xiva   va   Buxoro   xonliklariga   yuborilgan   missiyaning   Buxoro
hukmron   doiralari   tomonidan   juda   iltifot   bilan   qarshi   olinganligi,   hatto   ularning
34
  П .  Назаров .  Воспоминания о степном походе миссии флигель-адъютанта Игнатьева в 
ханства Хиву и Бухару. «Военный сборник», 1864, №4, 375- bet .
35
  Н. Игнатьев.  O ’ sha   asar , 32-34  betlar .
36
  O ’ sha   asar , 25- bet . Buxoro chegarasiga yetib kelishi munosabati bilan mahalliy o’yinlardan «uloq» va
«poyga» uyushtirilganligi to’g’risida yozadi. 37
«18-sentyabr’  kuni Qorako’ldan o’tishda, - deb yozadi muallif, - elchilikni  faxriy
ravishda  kuzatnb  borish  uchun   А bdulaziz  tomonidan  yuborilgan   amaldorlar  bizni
qarshi oldilar... Ular bizni to Buxorogacha kuzatib keldilar...» 38
.
N.   Ignat’ev   missiyaning   Buxoroga   yetib   borishini   juda   mufassal   ravishda   bayon
qilib,   amir   Nasrullo   Qo’qon   xonligiga   Qarshi   yurishda   bo’lganligi   uchun,   uning
vaziri   А bdulaziz bilan olib borilgan birinchi muzokaralar, chunonchi, missiyaning
kelishidan maqsad va rus hukumatining Buxoro xonligiga tavsiya qilgan shartlari
ustida birma-bir to’xtab o’tadi. 39
Rus missiyasining boshlig’i Buxoro vaziri bilan olib borgan muzokaralarda, uning
Buxoro amiriga quyidagi shartlarni yetkazishini bayon qilgan: 
1. Buxoroda   rus   qullarining   bo’lishi   o’zaro   do’stlik   va   qadimdan   davom   etib
kelayotgan   iqtisodiy   munosabatlarga   to’g’ri   kelmasligi   uchun   ularni   ozod
etish.
2. Rus savdogarlaridan olinadigan bojni ikki baravar qisqartirish. 
3. Rus savdogarlari tomonidan Buxoroga olib kelinadigan mollarni narxlashda
noto’g’ri baho berish ular uchun ortiqcha boj olishdan ham og’ir bo’lganligi
sababli, rus mollari ustidan haqiqiy narxlash usulini joriy etish.
4. Rossiya   va   Buxoro   savdo   aloqalarining   olib   borilishi   ustidan   nazorat   qilib
turish   hamda   Buxoro   hukumati   orqali   rus   savdogarlarining   huquqlarini
belgilab   turish   uchun   Buxoroda   rus   savdo   vakilining   bemalol   kelishiga
ruxsat etish.
5. Rus   savdo   vakili,   savdogarlari   va   ularning   mollari   uchun,   Buxorodagi
xivaliklar   va   hindlarning   alohida   karvonsaroylari   singari,   maxsus
karvonsaroy   joriy   etish,   hamda   qulay   sharoitlar   paydo   bo’lib   qolgan
vaqtlarda, xomashyo chiqadigan joyning o’zidan paxta va boshqalarni sotib
37
  O’sha asar, 197-198 betlar.
38
  O’sha asar, 198-199, 206-betlar.
39
  O’sha asar, 210-215 betlar. olish   uchun   rus   savdogarlariga   Samarqand,   Karmana   va   Qorako’l
shaharlariga borishga ruxsat etish.
6. Rossiyadan Buxoroga va, aksincha, Buxorodan Rossiyaga yuk tashish uchun
А mudaryoda rus kemalarining bemalol suzishiga ruxsat etish. 40
Missiya   boshlig’i   N.   Ignat’ev   Buxoro   vaziri   А bdulaziz   bilan   olib   borgan
muzokaralari davomida mazkur masalalarni bayon qilar ekan, ularning ikki davlat
uchun ham adolatli ekanligi va Buxoro amiri bu masalalarni qabul qilgan vaqtda,
Buxoro   xonligi   uchun   katta   foyda   kelishi   to’g’rnsida   yozadi.   А yniqsa,   u
А mudaryoda rus kemalarining suzishiga ruxsat etilishi masalasini juda diqqat bilan
tushuntirib, bu bilan ikki davlat o’rtasidagi savdo yo’llarining qisqarishini va savdo
qiyinchiliklarining   kamayishini,   natijada   Rossiya   bilan   Buxoro   o’rtasidagi
iqtisodiy   aloqalarning   yuksalishi   mumkinligini   juda   mukammal   qilib   tasvnrlab
beradi.
Bulardan   tashqari,   muallif   inglizlarning   O’rta   Osiyoda   olib   borayotgan   agressiv
harakatlarn ustida to’xtab o’tadi. 41
 
А sarda berilgan ma’lumotlarga qaraganda, N.Ignat’ev  А bdulaziz bilan olib borgan
muzokaralarida   ayrim   natijalarga   erishgan   edi.   Chunonchi,   rus   savdogarlari
Buxoroda   bemalol   savdo   qilishi   uchun   А bdulaziz   rus   prikazchigi   Panfilovga
shaxsan   o’zi   kelib,   Buxoro   qishloqlarida   hamda   Qarmana   shaharda   savdo-sotiq
qilish uchun ruxsat etgan edi. 42
Ignat’ev   o’z   asarida   amir   Nasrulloning   Qo’qon   xonligiga  qarshi   yurishidan
qaytgandan so’ng, rus missiyasini  qabul qilishi  va Rossiya  bilan asosiy masalalar
yuzasidan olib borgan muzokaralarini juda mukammal ravishda tasvirlaydi.
«11-oktyabrda   tush   vaqtiga   yaqin,   -   deb   yozilgan   asarda,—   amir   Buxoroga   yetib
keldi   va   o’sha   vaqtdayoq   bizni   o’z   huzuriga   taklif   etish   uchun   kishi   yubordi...
Bizni amir juda yaxshi qabul qildi». 43
40
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 214 bet.
41
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 210-212 betlar.
42
  O’sha asar, 220 bet.
43
  O’sha asar, 221-222, 231-233 betlar. А sarda   rus   missiyasining   boshlig’i   bilan   Buxoro   amiri   o’rtasida   olib   borilgan
muzokaralar   bayon   qilinar   ekan,   rus   hukumatining   barcha   shartlarini   amir
Nasrulloning qabul qilgani to’g’risida yozilgan.
Buxoro   vaziri   А bdulaziz   o’z   hokimi   nomidan   rus   elchisiga   bergan   maktubining
mazmuniga   qaraganda,   amir   Nasrullo   to   shu   vaqtlargacha   Buxoroga   rus
savdogarlarining   juda   ham   kam   kelayotganliklari   va   ulardan   10   protsentdan   boj
olinayotganligiga   iqror   bo’lib,   o’zaro   munosabatlarni   mustahkamlash   uchun   rus
savdogarlarining   foydasiga   ulardan   besh   protsentli   boj   olish,   maxsus
karvonsaroylar ajratib berish, Buxoroda rus savdo vakilining kelishiga ruxsat etish
va rus savdogarlarining bemalol, har qancha bo’lsa ham, Buxoroga kelishiga ijozat
berganligi to’g’risida farmon chiqargan edi. Hatto u  А mudaryoda rus kemalarining
bemalol  suzishiga  ham   ruxsat  etgan  edi.   А garda Xiva  xoni  Rossiya  kemalarining
А mudaryo bo’ylab Buxoroga kelishiga to’sqinlik qilsa, Buxoro amiri rus hukumati
bilan birgalikda xivaliklarning bu to’sqinliklariga qarshi  kurashga  tayyor  ekanligi
to’g’risida  А bdulaziz rasmiy ravishda rus elchisiga va’da qiladi. 44
Qullar   masalasi   ham   juda   osonlik   bilan   muvaffaqiyatli   ravishda   yechilib,   hatto
amir   audientsiya   tamom   bo’lishn   bilan   Buxorodagi   barcha   rus   qullarini   to’plab,
missiya boshlig’i ixtiyoriga berilishini buyuradi. 45
Haqiqatan ham  N. Ignat’evning bergan ma’lumotlariga qaraganda, bir qancha rus
qullari o’sha kunlarning o’zidayoq to’planib, missiya ixtiyoriga topshirilgan edi. 46
Hatto   amir   Nasrullo   o’zining   muntazam   armiyasi   sostavida   bo’lgan   rus
askarlarini ham missiya ixtiyoriga qaytarib bergan. 47
Ignat’ev   asarida   berilgan   bu   ma’lumotlar   1858   yilda   savdo
shartnomasi   bog’lash   uchun   Rossiyadan   Xiva   va   Buxoro   xonliklariga   yuborilgan
diplomatik missiya o’z oldiga qo’yilgan barcha vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda
bajarishga erishganligini ko’rsatadi. Muallif o’z asarida: «Tashqi Ishlar ministrligi
tomonidan berilgan qo’llanmada nima ko’rsatilgan bo’lsa hammasini, hatto ulardan
44
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 227-228 betlar.
45
  O’sha asar, 225 bet.
46
  O’sha asar, 225 bet.
47
  O’sha asar, 226 bet. ham   ortiqroq   qilib,   buxoroliklardan   talab   qilib   atdim»,   -   deb   bekorga   yozmagan
edi. 48
Demak, XIX asrning 50-yillariga kelib, Buxoro xonligi Rossiyaning tavsiya
qilgan hamma shartlarini qabul   qilgan   edi.   Uzoq   vaqtlardan   beri   Rossiya   va
Buxoro   o’rtasidagi   davom   etib   kelayotgan   diplomatik   munosabatlarda
yechilmasdan   kelgan   ayrim,   lekin   Rossiya   uchun   eng   zarur   masalalarning   1858
yilga   kelib   hal   bo’lishi   bu   ikki   qo’shni   davlatning   olib   borayotgan   aloqalarining
muvaffaqiyatli   natijalari   bo’lib,   ularning   o’zaro   iqtisodiy   aloqalardan   manfaatdor
ekanini yana bir marta namoyish qiladi.
Shunday qilib, N. Ignat’evning asari XIX asrning 50-yillarida Buxoro xonligi bilan
Rossiya   o’rtasidagi   diplomatik   aloqalarni,   jumladan   1858   yilda   Rossiyadan   Xiva
va   Buxoro   xonliklariga   yuborilgan   diplomatik   missiyani   o’rganishda   birinchi
darajali bosh manba asardir.
1858   yilda   Rossiyadan   Buxoro   xonligiga   yuborilgan   diplomatik   missiyaning
ishtirokchilaridan   bo’lgan   N.   Zalesov   Buxorodan   qaytgach,   mazkur   missiya
to’g’risida   o’zining   xotiranomasini   yozib   qoldiradi.   N.   Zalesovning   bu   asari
«Russkiy vestnik» jurnalining 1871 yil, 91 va 92-sonlarida bosilib chiqadi.
Zalesovning   asari 49
  ham   N.   Ignat’evning   asari   singari,   1858   yilda
Rossiyadan  Buxoroga yuborilgan missiyaning bergan natijalaridan bo’lib, muallif
unda   missiyaning   yuborilish   sabablari,   uning   oldiga   qo’yilgan   vazifalar,   sostavi,
Xiva va Buxoro xonliklarida olib borilgan muzokaralar hamda bu muzokaralarning
keltirgan natijalarini snstematik ravishda birma-bir bayon qiladi.
N. Zalesovning asarida berilgan ma’lumotlar   asosan,   Ignat’evning
keltirgan ma’lumotlari bilan juda ham bir xilda bo’lib, lekin muallif har bir masala
va   voqea   ustida   to’xtar   ekan,   N.   Ignat’ev   singari   ularni   sochib   bermasdan,   balki
to’liq va mufassal qilib, sistematnk ravishda bayon qiladi.
Masalan,   muallif   missiya   boshlig’iga   berilgan   instruktsiya   ustida   to’xtar
ekan,   missiyaning   asosiy   vazifalarini   quyidagicha   birma-bir   qayd   qiladi:
48
  O’sha asar, 226 bet.
49
  Н .   Залесов .   Посольства   в   Хиву   и   Бухару   полковника   Игнатьева   в   1858   г.   «Русский
вестник», 1871, т. 91, №2, т. 92, №3 «Missiyani   yuborishda   Xiva   yoki   Buxoro   to’g’risidagina   emas,   balki,   qozoq
cho’llariga   oid   mumkin   qadar   ko’proq   topografik   ma’lumotlar   to’plash,   avval
olingan   topografik   planlarni   tekshirib,   qayta   tuzish,   yurnsh   vaqtida   topografik
jurnal   olib   borib,   bosib   o’tilgan   mamlakatlarni   geotrafik   va   sistematik   jihatdan
tasvirlab   berish,   А mudaryoning   Kaspiy   dengiziga   bo’lgan   qadimgi   oqimi,
turkmanlar,   ularning   harbiy   quvvati,   qo’shni   davlatlar   bilan   olib   borgan
munosabatlari,   bir   xonlikdan   ikkinchi   xonlikka   o’tgan   yo’llar,   O’rta   Osiyo
xonliklarining   va   ularga   qo’shni   bo’lgan   davlatlarning   harbiy   quvvatlari   haqida
ma’lumotlar   yig’ish,   xususan   А mudaryoni   har   tomonlama   o’rganish   vazifalari
ko’zda tutilgan edi». 50
Bulardan   ma’lumki,   N.   Zalesovning   missiya   vazifalari   to’g’risida   bergan
ma’lumotlari,   birinchidan,   N.   Ignat’evga   qaraganda   sistematik   ravishda   tasvir
qilingan bo’lsa, ikkinchidan, uning bu hahda bergan ma’lumotlarini aniqlab beradi
va ko’pgina faktik dalillar bilan anchagina to’ldiradi.
N.   Zalesov   ham   o’z   asarida   Rossiya   va   Buxoro   xonligi   o’rtasidagi
diplomatik   aloqalar   ustida   to’xtar   ekan,   1858   yilda   yuborilgan   rus   missiyasining
Buxoroga   yetib   borishi,   buxoroliklar   tomonidan   kutib   olinishi,   amir   bilan   olib
borgan   muzokaralari   va   ularning   muvaffaqiyatli   natijalar   bilan   tamom   bo’lishini
juda mufassal qilib tasvir etadi.
Muallif rus vakili bilan Buxoro amiri o’rtasidagi muzokaralar juda muvaffaqiyatli
tugaganligi   to’g’risida   quyidagilarni   yozadi:   «Bizning   hamma   shartlarimiz   amir
tomonidan darhol qabul qilinib, uning buyrug’i bo’yicha, hatto islom dinini qabul
hilgan rus qullarnnn ham oilalari bilan missiyaga topshirish boshlandi» 51
.
Muallif   o’z   xotiranomasida   1858   yilda   Rossiyadan   Buxoroga   yuborilgan
missiyaning  Buxoroda otib borgan muzokaralari  va keltirgan natijalari  to’g’risida
bergan   ma’lumotlari   Ignat’evning   yuqorida   qayd   qilingan   asarida   keltirilgan
materiallariga   juda   ham   o’xshaganligi   uchun,   ular   ustida   mukammal   to’xtab
o’tirmasdan,   balki   N.   Ignat’ev   asarida   keltirilmagan   va   bu   ikki   davlat   o’rtasidagi
munosabatlarni yoritishda yangi bo’lgan ma’lumotlari ustida to’xtab o’tdik.  А sarda
50
  O’sha asar, 430-bet.
51
  O’sha asar, 455-bet. Rossiya va Buxoro xonligi o’rtasidagi aloqalarga oid bir qancha diplomatik aktlar
keltiriladi. Bu aktlar mazkur missiyaning» Buxoroga yuborilishigacha bo’lgan davr
ichida   ikki   davlat   o’rtasidagi   diplomatik   aloqalarning   ayrim   tomonlarnni
aniqlashda bizni har xil faktik ma’lumotlar bilan ta’min etadi.
А sarning ilovasida 1857 yilda Buxorodan Rossiyaga yuborilgan elchilikka berilgan
yorliq   va   Buxoro   elchisi   orqali   rus   hukumati   tomonidan   Buxoro   amiriga
yuborilgan   yorliq,   hamda   Rossiya   Tashqi   Ishlar   ministrinnng   Buxoro   vaziriga
yuborgan   xati   keltiriladi.   Birinchi   dokumentda   Buxoro   amiri   Rossiya   bilan
qadimdan   davom   etib   kelayotgan   aloqalarni   mustahkamlash   uchun   rus
hukumatidan   Buxoroga   vakil   yuborilishini   iltimos   etib,   1857   yilda   Miroxir
Mullajon boshliq elchilikni yuborgani to’g’risida bayon qilingan.
Ikkinchi   va   uchinchi   dokumentlarda   esa,   Buxoro   elchisiga   javoban   berilgan
mazkur  yorliqlar  bo’lib, ularda Buxoro hokim  doiralarining iltimosini  bajarish va
o’zaro   munosabatlarni   yaxshi   yo’lga   qo’yib   yuborish   uchun   rus   hukumati   yaqin
vaqtlar   ichida   o’z   vakilini   Buxoroga   yuborishi   to’g’risida   bayon   qilnngan.
Bulardan tashqari, muallif o’z asarida missiya boshlig’i
Ignat’evning   1858   yil,   24   mayda   general   Kovalevskiyga   yozgan   xatini   keltiradi.
Bu xatda missiya boshlig’i xonlikda olib borgan muzokaralarida ba’zi bir shartlarni
yechish uchun berilgan qo’llanmalar keltirilgan. Bu qo’llanmalar bo’yicha, agarda
Buxoro   amiri   rus   hukumatining   hamma   shartlarini   qabul   qilsa,   missiya   boshlig’i
1858   yilda   Rossiyada   bo’lgan   Buxoro   elchisining   talablarini   bajarish   ga   va’da
qilishn kerak edi. Chunonchi, bu:
a) Rossiyaning deyarlik hamma shaharlarida va yarmarkalarida erkin savdo qilish
uchun Buxoro savdogarlarnga ijozat berish;
b)   Nijegorod   yarmarkasida   Buxoro   savdogarlarn   uchun   maxsus   bir   qancha
do’konlar ajratib berishdan iborat edi.
Buxoroga   rus   savdo   vakilini   yuborish   masalasi   muhokama   qilinayotgai   vaqtda
missiya boshlig’i, o’z navbatida, Buxoro xonligi ham  Orenburgda o’zining savdo
vakilini tutishi mumkin, deb va’da qilishi lozim edi. Bulardan   ma’lumki,   rus   hukumati   Buxoro   bilan   o’zaro   savdo   aloqalarini
mustahkamlash   uchun   tavsiya   qilgan   shartlari   har   ikki   davlat   uchun   ham   teng
huquqli bo’lgan.
1860   yilda   «Voyenn’y   sbornik»ning   to’rtinchi   sonida   N.   Zalesovning   «Pis’mo   iz
Buxari;» nomli maqolasi nashr etilib, u faqat 1858 yilda Rossiyadan   O’rta Osiyo
xonliklariga   yuborilgan   missiyaning   Xiva   xonligidan   Buxoroga   o’tishi   va   uning
buxoroliklar   tomonidan   kutib   olinishi   to’g’risida   ma’lumotlar   beradi.   Demak,   N.
Ignat’ev   va   N.   Zalesov   asarlari,   XIX   asrning   50-yillarida   Rossiya   va   Buxoro
o’rtasidagi diplomatik munosabatlarning umumiy holatini belgilashda nashr etilgan
qimmatli manbalardandir.
Shunday   qilib,   bu   ishda   XIX   asrning   20-50-yillarida,   ya’ni   O’rta   Osiyoning
Rossiyaga   qo’shilishigacha   bo’lgan   davr   ichida   Buxoro   xonligi   bilan   Rossiya
o’rtasidagi   aloqalar   tinchlik   bilan   olib   borilgan   bir   vaqtda,   bu   ikki   davlat
o’rtasidagi   munosabatlarga   doir   nashr   etilgan   asosiy   manbalar   birma-bir
xarakterlab   o’tildi,   XIX   asrning   60-70-yillarida   Rossiyaning   O’rta   Osiyoga
nisbatan  tutgan siyosatida  qat’iy o’zgarish  paydo bo’lib, unga  qarshi  aktiv  yurish
boshlangan bir vaqtda olib borilgan aloqalar va ularga oid manbalar Rossiyannng
O’rta Osiyoga nisbatan tutgan mana shu siyosatiga qarab xarakterlashni talab etadi. 1.2 XIX- А SRNING 50-YILL А RID А  XIV А  XONLIGI BIL А N ROSSIYA
O’RT А SID А GI MUNOS А B А TL А RG А  DOIR BOSILIB CHIQQ А N B А `ZI
M А NB А L А R
XIX   asrning   50-yillarida   Xiva   xonligi   bilan   Rossiya   o’rtasidagi   diplomatik
aloqalarda   biroz   kelishmovchiliklar   bo’ldi.   Xiva   hukmdor   doiralari   ikki   o’rtada
tuzilgan   shartnomaga   rioya   qilmasdan,   Rossiya   noroziligiga   sabab   bo’ladigan
ishlar   qildilar.   Chunonchi,   qozoklarning   ichki   ishlariga   aralashish,   savdoning
taraqqiyotiga xalal  yetkazish, rus savdogarlaridan ortiqcha boj  talab qilish singari
ishlar sodir bo’lib turdi.
Bu   voqealar   Rossiya   hukmron   doiralari   orasida   Xiva   hukumatining   siyosatiga
nisbatan   norozilik   tug’dirishga   qaramay,   ikki   davlat   o’rtasidagi   qadimgi   davom
etib   kelayotgan   iqtisodiy   aloqalar   hamon   rivojlanmoqda   va   O’rta   Osiyoda
Rossiyaning ta’siri tobora kuchayib bormoqda edi.
Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga sabab,
yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   Rossiya   sanoatining   kundan-kun   taraqqiy   etib,
uning   paxta,   marena   va,   shuningdek,   boshqa   xomashyo   mahsulotlariga   bo’lgan
talabining oshib borishida edi. Bu   vaqtlarda   Rossiya   bilan   Xiva   xonligi   o’rtasida   savdoda   Rossiyadan   Xivaga
chiqariladigan   mollarning   ichida   tayyor   mahsulotning   va   Xivadan   Rossiyaga
kiritiladigan mollar ichida xomashyoning salmog’i yildan-yilga orta boradi.
O’rta Osiyo xonliklari bilan Rossiya o’rtasidagi iqtisodiy aloqaning rivojlanishi bu
xonliklar ekonomikasining ko’tarilishiga ta’sir qildi.
Rossiyaga   paxta   chiqarishning   ortishi   paxtaning   tovarlik   xususiyatini   olishiga,
O’rta Osiyoda paxta maydonlarining kengayishiga sabab bo’ldi.
Rossiya   uchun   o’z   sanoatini   xomashyo   mahsulotlari   bilan   ta’minlashda   O’rta
Osiyoning ahamiyati ortdi Shuning uchun XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab,
Rossiya  O’rta Osiyoning boy paxta makonini qo’lga kiritish va bu yerlarga biron
ikkinchi bir davlatning kirib kelishiga qarshi O’rta Osiyoga nisbatan aktiv siyosat
yurita boshladi.
O’rta   Osiyoda   ingliz   kolonizatorlari   agressiv   harakatlarining   kuchayishi   va
ularning Osiyo xonliklarida o’z hukuronliklarini o’rnatish uchun turli yo’llar bilan
harakat qilishlari Rossiyaning O’rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosatida bir burilish
yasashni talab qilar edi.
1847 yili Sirdaryoning o’rta oqimida istehkom qurilib, 1853 yilga kelganda
Sirdaryogacha bo’lgan rayonlar Rossiya qo’liga o’tgan edi.
Biroq,   bu   vaqtlardagi   xalqaro   vaziyatda   Rossiya   O’rta   Osiyoga   nisbatan   aktiv
harakat   qila   olmas   edi.   Chunki,   Rossiya   (1853-   1856   yillarda)   Qrim   urushi   bilan
band edi.
Qrim urushidan so’ng,  А leksandr II ning hukumati Kavkazdagi urushlar bilan band
bo’ldi.   Shuning   uchun   O’rta   Osiyoga   nisbatan   ochiqdan-ochiq   aktiv   harakat   qila
olmadi. Biroq O’rta Osiyodagi ahvol Turkiyaning diqqatini tortdi.
O’rta Osiyo xonliklarini Rossiyaga qarshi birlashtirishga harakat qildi. Buni
sezgan   Rossiya   hukumati   Xiva   va   Buxoro   hukumatlari   bilan   alohida-alohida
shartnoma tuzishga qaror qildi.
1857   yil,   20   iyulda   Xiva   xoni   Saidmuhammad   imperator   Nikolay   Pavlovichning
o’limi   munosabati   bilan   Rossiya   hukumatiga   ta’ziya   bildiradi   va   yangi   imperator
А leksandr   Nikolaevichning   taxtga   chiqishi   bilan   tabriklash   uchun   shayxulislom
Fozil Xo’ja Islom Xo’jani elchi qilib yuboradi. Rossiyaga   Xiva   elchilarining   yuborilishi   to’g’risida   N.   Zalesov   o’zining
«Posol’stva   v   Xivu   i   Buxaru   polkovnika   N.   Ignat’eva   v   1858   g.»   nomli   asarida
ma’lumot   beradi. 52
  Bu   asarni   biz   N.   Ignat’ev   missiyasi   haqida   so’zlaganimizda
to’la sharhlab o’tamiz.
Zalesovning yozishicha, Xiva elchilarining sostavi 16 kishidan iborat bo’lib,
rus imperatoriga tortiq qilish uchun xon tomonidan ikki arg’imoq taqdim qilingan.
Muallif   so’zini   davom   etdirib   aytadiki,   Xiva   xoni   tomonidan   elchiga   berilgan
yorliqda   faqat   taxtga   chiqqan   rus   imperatorini   tabriklashdan   boshqa   hech   narsa
bo’lmagan.   А mmo   elchiga   berilgan   Xiva   hukmdorlari   xatlarining   hammasida
Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasida chegarani Sirdaryo bo’ylab belgilashga rozilik
berilganligi ko’rinadi 53
, deydi.
9-sentyabrda Xiva elchilari Peterburgga kelganlar va tez fursatda ularni imperator
qabul qilgan. Rossiya hukumati tomonidan Xiva elchilariga in’omlar, Xiva xoni va
uning amaldorlariga taqdim etish uchun yorliqlar berilgan. 1856 yili Xiva elchilari
Rossiyadan   o’z   yurtlariga   qaytganlar.   А yni   shu   vaqtlarda   Buxoro   xonligi   ham
Rossiyaga elchilar yuborgan.
Xiva   va   Buxorodan   Rossiyaga   elchilar   yuborilishi   bu   xonliklarga   Rossiya
hukumati tomonidan polkovnik N. Ignat’ev boshchiligida missiya yuborish uchun
bahona bo’ldi.
N.   Ignat’ev   boshliq   missiyaning   Xiva   xonligiga   kelishi,   kelishdan   maqsad,   xon
bilan olib borgan muzokaralari, Xiva hukumatining missiyaga va missiyaning Xiva
hukumatiga   nisbatan   munosabatlari   va   umuman   Xiva   xonligi   bilan   Rossiya
o’rtasidagi   shu   vaqtlardagi   diplomatik   aloqalarni   o’rganishda   Ignat’ev 54
,   N.
52
  Н. Залесов. Посольство в Хиву и Бухару полковника Н. Игнатьева в 1858 г., «Русский
вестник», 1871.
53
  Н .  Залесов . O’sha asar, 422-24-betlar.
54
  Н. Игнатьев. Миссия в в Хиву и Бухару в 1858 году флигель-адъютаната полковника
Н. Игнатьева. СПб, 1879. Zalesov 55
,   А .   Butakov 56
,   P.   Nazarov 57
,   Ye.   Kliveyn 58
  va   Muhammadyusuf
Bayoniyning asarlari birinchi darajali manba sifatida xizmat qiladi.
Bu   manbalarning   ko’pchiligi   rus   tilida   yozilgan   bo’lib,   mualliflarning   o’zlari   shu
missiya   hayatida   qatnashganlar.   Ular   o’z   asarlarini   o’z   ko’zlari   bilan   ko’rgan   va
so’rab bilib olgan ma’lumotlar asosida yozganlar.
Ignat’evning   bu   kitobi   275   betdan   iborat   bo’lib,   1897   yili   Peterburgda
bosilib chiqqan. Kitobning yarmidan ko’pida so’z Xiva xonligi ustida boradi.
Muallif Xiva va Buxoro xonliklariga yuborilishidan ilgari bu xonliklarning tarixiga
va   ularning   Rossiya   bilan   olib   borgan   munosabatlariga   oid   materiallar   bilan
tanishib   chiqqanligini   so’zlasa   ham,   mazkur   kitobida   Xiva   xonligining   tarixi   va
geografiyasiga   oid   N.   Murav’ev   va   Danilevskiylar   singari   ma’lumot   bermaydi.
Shuningdek, N. Ignat’ev Xiva xonligi bilan Rossiya o’rtasidagi savdo va iqtisodiy
aloqa,   Rossiyadan   Xivaga,   Xivadan   Rossiyaga   chiqariladigan   va   kiritiladigan
mollar,   savdo   yo’llari   va   bu   savdoning   Xiva   xonligi   hayotidagi   ahamiyati   ustida
mutlaho   to’xtamaydi.   U   faqat   shartnoma   loyihasida   ko’rsatilgan   savdoga   oid
moddalar ustida bir oz gapiradi.
Muallif   Xiva   xonligi   bilan   Rossiya   o’rtasidagi   diplomatik   aloha   ustida   so’zlar
ekan,   u   bu   aloqaga   bir   tomonlama,   dvoryan   burjuaziyasi   nuqtai-nazaridan,   o’sha
davrdagi   tajovuzkor   harbiy   doiralar   nuqtai-nazaridan   qaraydi.   U   O’rta   Osiyo
xalqlarining Rossiya bilan asrlardan beri davom etib kelayotgan iqtisodiy, siyosiy
va   savdo   munosabatlarini   va   bunda   Rossiyaning   progressiv   rol’   o’ynaganligini
ko’rmaydi. U O’rta Osiyo xonliklari bilan hech handay shartnoma tuzishning hojati
yo’q, deb bu xonliklarni tezroq bosib olish planini olg’a suradi.
55
  Н. Залесов. Посольства в Хиву и Бухару полковника Игнатьева в 1858 году. «Русский
Вестник»,  1871.   Shuningdek , Н. Залесов.  Письмо из Хивы. «Военный Сборник»,  1858,
t . IV ,  II   bo ’ lim , 491-497- betlar , «Вооенный сборник» 1859,  t . V ,  II   bo ’ lim , 273-295- betlar .
56
  А.   Бутаков.   Несколько   страниц   из   истории   Хивы   «Материалы   для   статистики
Туркестанского   края».   Н.   А.   Маев   tahriri   ostida   ikkinchi   nashri ,   СПб,   1873,   408-414-
betlar .
57
  П. Назаров. Воспоминания  о степном походе в ханстве в Хиву и Бухару, «Военный
Сборник», 1864.  T .  XXXVI ,  II   bo ’ lim , 375-390- betlar .
58
  Е.   Кливейн.   Отрывок   из   путешествия   в   Хиву   и   некоторые   подробности   во   время
правления   Саид   Мухаммед   хана   в   1856-1860   гг.   Записки   Русского   Географического
Общества, 1860. №1, 95-108  betlar . Xiva   bilan   bo’ladigan   munosabatlar   ustida   to’xtab,   quyidagilarni   yozadi:
«Mana shunday yaramas kishilardan bo’lgan xivaliklar bilan muomala qilishga va
ular   bilan   barobar   bo’lishga   rus   vakilini   majbur   etish,   xo’rlik   va   bema’nilikdir.
Bunday   mamlakatlarga   elchi   yubormasdan,   balki   biror   haybatliroq   narsani
otlantirmoq kerak.» 59
.
Hatto,   N.Ignat’ev   Xiva   va   Buxoro   xonliklari   bilan   olib   boriladigan
muzokaralarning   muvaffaqiyatli   natija   berishi   uchun   ular   bilan   tinchlik,   o’zaro
hamjihatlik   yo’li   bilan   emas,   balki   zo’rlik   yo’li   bilan   muomala   qilishni   tavsiya
qiladi va quyidagilarni yozadi: «biz taqdim qilayotgan shartnomaga rozi bo’lish va
uning   tasdiqlash   kerakligiga   amirni   ishontirishda   uni   qo’rqitish,   basharti   bu
shartnomani rad etgan vaqtda, biz Osiyo mahsulotlarisiz qanoatlanishimiz mumkin
deb ogohlantirib, hozirgi vaqtgacha mavjud bo’lib kelayotgan savdo imtiyozlarini
osiyoliklardan tortib olishimiz kerak» 60
.
N. Ignat’ev Rossiya va O’rta Osiyo xonliklari o’rtasidagi munosabatga baho berar
ekan,   u   bu   aloqalarga   o’z   sinfi   nuqtai-nazaridan   qaraydi.   O’rta   Osiyo   xonliklari
Rossiya uchun hech qanday foyda keltirmaydi, deb bayon qiladi. N. Ignat’evning
fikricha, O’rta Osiyodan keladigan foydasiz elchilarni kutib olishda va Rossiyadan
O’rta   Osiyoga   elchilar   yuborishda   sarf   qilinadigan   mablag’ni   maqsadga   erishish
uchun   boshqa   yo’lga   (ya’ni   O’rta   Osiyo   xonliklarini   bosib   olish   ga.)   ishlatish
kerak. 61
Garchi N. Ignat’ev o’z asarida Rossiya va O’rta Osiyo xonliklari o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarga oid masalalarga o’z sinfi manfaatini ko’zlab, kolonizatorlik nuqtai-
nazarida   yondashgan   bo’lsa   ham,   ammo   uning   bu   munosabatlar   haqidagi   bergan
faktik materiallari XIX asrning 50-yillarida Rossiya bilan Xiva xonligi o’rtasadagi
diplomatik munosabatlarni o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Manbalarning ko’rsatishicha, O’rta Osiyoga missiya yuborishda faqat savdo
masalalarigina   emas,   shuningdek,   siyosiy   va   harbiy   maqsadlar   ham   ko’zda
tutilgan.   Missiya   Xiva   va   Buxoro   xonliklarida   rus   savdogarlari   uchun   manfaatli
59
  Н. Игнатьев.  O ’ sha   asar , 137- bet .
60
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 57-bet.
61
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 188-bet. bo’ladigan savdo ahdnomasini  tuzish va ikki xonlik bilan Rossiya  o’rtasida yaqin
aloqa bog’lash lozim edi.
Bundan   tashqari,   missiyaga   quyidagi   vazifalar   ham   topshirilgan   edi:   a)   Xiva,
Buxoro,   Qozoq   cho’llari   haqida   mumkin   qadar   ko’proq   ma’lumotlar   yig’ish;   b)
oldin olingan kartalarni  tekshirib, tuzatib chiqish;  v)  safar  vaqtida kundalik yozib
yuborish;   g)   А mudaryoning   Kaspiy   dengiziga   bo’lgan   eski   yo’li   to’g’risida
ma’lumot  to’plash;  d)  turkmanlar  va ularning harbiy quvvatlari, qo’shni  davlatlar
bilan   olib   borgan   aloqalari,   bir   xonlikdan   ikkinchi   bir   xonlikka   o’tgan   yo’llar
haqida   hamda   O’rta   Osiyo   xonliklari   va   ularga   qo’shni   bo’lgan   davlatlarning
harbiy   quvvatlari   haqida   ma’lumotlar   to’plash;   ye)   А mudaryoni   har   taraflama
o’rganish.
Savdo   masalasida   N.   Ignat’ev   va   N.   Zalesovlarning   yozishlaricha,   missiya   Xiva
hukumati   bilan   olib   boradigan   muzokaralarida   rus   savdogarlaridan   olinadigan
bojni   mazkur   molning   haqiqiy   bahosining   2,5   protsenti   miqdorida   yiliga   bir
martaba   olishga,   shuningdek,   savdo   ishlari   ustidan   nazorat   qilib   turish   hamda
Xivada   rus   savdo   agentining   doimiy   turishiga   Xiva   hukumatini   ko’ndirishdan
iborat bo’lgan. 62
Missiya   N.Ignat’evdan   tashqari   sekretar’,   2   tarjimon,   general’niy   shtabdan   2
ofitser, 2 doktor, topograf korpusidan 2 ofitser, astronom, Fanlar akademiyasidan
sharq lahjalarini o’rganish uchun yuborilgan bir amaldor, Peterburg universitetidan
bir   student,   monax   va   boshqa   harbiy   ham   grajdan   amaldorlaridan   iborat   bo’lib,
faxriy qorovul va xizmatchilar bilan birga jami 117 kishi va ularning ixtiyorlarida
204 ot, 559 tuya bo’lgan. 63
Rossiya   hukumati   tomonidan   Xiva   xonligida   missiyaga   yordam   ko’rsatish   uchun
kapitan   А .   Butakov   boshchiligida   ikki   kema   tayinlanib,   А .   Butakov   missiyaga
yordam berish uchun Orol dengizidan   А mudaryoga ko’tarilishi lozim edi. Missiya
15 mayda Orenburgdan yo’lga chiqib, 16 iyulda Xiva xonligiga yetib keladi.
  Ignat’ev   Xivaga   kelgan   vaqtda   xonlikda   siyosiy   vaziyag   ancha
keskinlashgan   edi.   Bu   vaqtda   Saidmuhammadxon   endigina   taxtga   o’tirib,
62
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 18-bet.
63
  Н .  Игнатьев . O’sha asar, 3, 33, 35-betlar. mamlakat   idorasini   o’z   qo’liga   olgan   va   o’ziga   qarshi   bo’lgan   norozi   guruhlarni
hali   tinchitib   ulgurmagan   edi.   Bundan   tashqari,   qo’ng’irotliklar   va   ularga
qo’shilgan yovmut, qoraqalpoqlar Xiva xoni Saidmuhammadga qarshi qo’zg’olon
qo’tarib,   Qo’ng’irot   hokimi   Qutlug’murodni   va   Qo’ng’irotga   soliq   yig’ish   uchun
yuborilgan   Muhammadkarim   devonbegini   mulozimlari   bilan   o’ldirib,   mol-
mulklarini   tortib   oladilar   hamda   Balg’ali   urug’idan   bo’lgan   Olloberdi   bekning
o’g’li   Muhammadpanohni   xon   qilib   ko’taradilar.   Bu   vaqtda
Sayidmuhammadxonga   qarshi   bo’lgan   guruhlar   Muhammadpanoh   atrofiga
to’planadilar.
1858   yilda   N.   Ignat’ev   boshliq   rus   missiyasi   Xiva   xonligiga   yetib   kelgan   vaqtda
Qo’ng’irotda  yuz  bergan voqealar   va qo’ng’irotliklar   bilan   А .Butakov  o’rtasidagi
munosabatlar haqida Xiva tarixchisi  Muhammadyusuf Bayoniy asarida juda qiziq
va   tekshiruvchilarni   jalb   etadigan   ma’lumotlar   beradi.   Bayoniyning   bu
ma’lumotlari   ustida   biz   alohida   to’xtamasdan,   balki   Qo’ng’irot   voqealarini
yoritishda   ularni   keltiramiz   va   muallifning   aytgan   ba’zi   bir   ma’lumotlari   ustida
to’xtab o’tamiz.
Xiva   tarixchisi   Bayoniyning   yozishicha,   Panohxon   boshliq   o’zbakiya,
yovmudiya   boshliqlari   xat   yozib   va   xatga   o’z   muhrlarinn   qo’yib,   xatni
Sirdaryoning   quyi   qismi   va   Xorazm   dengizining   qirg’og’ida   qal’a   solib,   maskan
tutgan Rossiya tavoyifiga yuborganlar. Xatning mazmuni quyidagicha bo’lgan.
«Bizlar o’z xonimizdan yuz qaytardik, alardin iltimosimiz bulki, bir miqdor
Rossiya   lashkari   madad   uchun   kelib,   bizlarning   qal’amizda   bo’lsa,   bizlar
ixtiyorimiz   anonini   aning   qabzi   iqtidoriga  topshirsak   va   sizlar   bilan  borish-kelish
etib   himoyatingiz   soyasida   bo’lib,   Rossiya   lashkarining   harna   muanisi   (talabi)
bo’lsa o’z muddaolaricha alarga yetkursak».
Ignat’ev   va   N.   Zalesov   o’zlarining   yuqoridagi   asarlarida   qo’ng’irotliklar
tomonidan ruslarga yuborilgan mazkur xat to’g’risida hech narsa yozmaydilar.
N.   Ignat’ev   o’z   kitobida   А .   Kateninning   Rossiya   elchilarining   Xiva   xonligiga
yuborilganligi to’g’risida turkmanlarni ogohlantirish uchun turkman qabilalarining
boshlig’i   Otamurodga   yuborgan   qandaydir   bir   xati   ustida   so’zlaydi.   N.
Ignat’evning   so’zicha,   u   bu   xatdan   butunlay   bexabar   bo’lgan.   Bu   xat   tasodifan xivaliklarning qo’llariga tushib, xivaliklar go’yo G. А .Katenin Otamurodni xon deb
tanib, bu xatni yuborgan ekan, degan mish-mishlar tar-qatganlar.
Bayoniy   esa   o’z   asarida   na   ruslar   tomonidan   yuborilgan   xat   va   na   Otamurod
xususida hech narsa yozmaydi.
Bayoniyning   so’zicha   xon   Qo’ng’irotga   yurish   qilish   uchun   daryodan   kemalar
bilan   o’tayotgan   vaqtda   unga   А mudaryoda   rus   kemalarining   paydo   bo’lganligi
haqida   xabar   berganlar.   Xon   o’z   elchisini   yuborib,   kemalarning   nima   maqsadda
kelganliklarini   so’raganda,   ular   «rus   podshohi   ushbu   podshoh   (Xiva   xoni)   bilan
elchi   yuborishib,   do’stlik   etib  yurur   edilar,  bizlar  ul  jihatdan  ikki  yurtni   bir  fahm
etib,   sayr   tariqasida   bu   tarafga   o’tdik,   hech   kimga   daxlimiz   yo’h»,   deb   javob
berganlar.
Bundan ma’lum bo’ldiki, ular Xiva xonligiga kelishdan va   А mudaryoga kirishdan
qanday maqsad va nima muddaoda bo’lganliklarini nima sababdandir xivaliklardan
yashirganlar.   Shunga   ko’ra,   ikkala   manbaning   ikki   xil   ma’lumot   berishiga
qaramay,   А .Butakovniig   qo’ng’irotliklar   bilan   aloqasi   bo’lgan,   deb   ishonish
mumkin.
Bayoniy   so’zini   davom   etdirib   aytadiki,   kemalar   «Qo’ng’irot   qal’asining
yoniga kelib, ihomat langarini tashladilar  va qal’aga kirmoq taqozosi  bilan bir
necha kun borish-kelish rasmin boshladilar».
Demak,   А .Butakovning   oldiga   qo’yilgan   vazifa   faqat   missiyani   kuzatish   va,
shuningdek, Xiva xonligida missiya xavfsizligini ta’minlash bilan chegaralanmay,
shuning   bilan   bir   qatorda,   Qo’ng’irotga   yurish   va   qo’ng’irotliklarga   yordam
berishdan iborat bo’lgan.
Garchi Bayoniyning so’zicha, xon Saidmuhammad rus kemalarini ko’rib, ularning
hech   kishiga   daxlsiz   ekanliklarini   eshitib,   orqaga   ketsa   ham,   bizningcha,   xon   bu
voheaga e’tiborsizlik bilan qarab turgan bo’lmasa  kerak. Xon Xivaga qaytgandan
so’ng,   Qo’ng’irotning   o’zida   Muhammadpanohga   qarshi   bo’lgan   reaktsion
kuchlarni   ishga   sola   boshlagan.   Chunki,   voqealarning   borishicha,   garchi
qo’ng’irotliklarning o’zlari ruslardan yordam so’rab murojaat qilgan bo’lsalar ham,
so’ngra   ular   rus   kemalarining   Qo’ng’irotga   kirishiga   yo’l   qo’ymaganlar.
Bayoniyning   so’zicha,   hatto   «Qal’a   ahli   (Qo’ng’irot   qal’asining   ahli.)   alarni (ruslarning)   ichkariga   kirishiga   rozilik   bermay,   balki,   alarni   tutmoq   va   mollarini
talamoqning   fikrida   bo’ldilar.   Ruslar   bulardan   ogohlik   topib,   filhol   uchonlariga
kirib, qaytib ketdilar».
H.Ignat’evning   yozishicha,   Xiva   xonligining   savdogarlari   ‘a   Buxoro   amiri
Xiva   xonidan   rus   kemalarining   А mudaryoga   kirishiga   ruxsat   bermaslikni   talab
qilganlar.
Bayoniy   ham   o’z   asarida   1857-1858   yillarda   Xivaga   Buxoro   va   Qo’qon
xonliklaridan   odatdan   tashqari   juda   ko’p   elchilarning   kelib   ketganlarini   so’zlasa
ham, ularning nima maqsadda kelganliklarini aytmaydi.
Bayoniy   o’zining   yuqoridagi   asarida   N.Ignat’evning   1858   yili   Xiva   xonligiga
kelganligini eslatib o’tadi, xolos. U elchining nima maqsadda kelganligini va ikki
o’rtadagi   muzokaralar   to’g’risida   hech   narsa   yozmaydi.   Bayoniy   o’z   asarida
А .Butakovni   missiya   bilan   birga   kelgan   deb   qaramasdan,   uni   biz   yuqorida   aytib
o’tganimizdek,   missiyadan   ajratib,   go’yo   Qo’ng’irotga   yordam   uchun   yuborilgan
bir kuch deb biladi.
Butakov 7 betdan iborat bo’lgan maqolasida shu vaqtda, ya’ni missiya Xiva
xonligiga   kelgan   davrda   Qo’ng’irotda   bo’lib   turgan   voqealar   to’g’risida   ancha
ma’lumotlar   beradi.   Uning   bergan   ma’lumotlari   Muhammadyusuf   Bayoniyning
shu masalalar yuzasidan bergan ma’lumotlaridan juda oz farq qiladi.
Butakov   o’zining   maqolasida   ruslarning   Muhammadpanoh   boshchiligidagi
Qo’ng’irot   qo’zg’olonchilari   bilan   bo’lgan   aloqalari,   shuningdek,   N.Ignat’ev
missiyasn haqida hech narsa yozmaydi. Uning bu maqolasi juda kichik bo’lishiga
qaramay, shu vaqtdagi Xiva xonligining Qo’ng’irot bilan bo’lgan munosabatlarini
va Qo’ng’irotdagi voqealarni o’rganishda katta ahamiyatga ega.
Muallif   o’z   maqolasida   Xiva   xonligining   Rossiya   bilan   olib   borgan   savdo,
iqtisodiy va diplomatik aloqalari haqida hech narsa yozmaydi. Shuning uchun biz
bu asar ustida ortiqcha to’xtab o’ltirmaymiz.
Manbalarning   ko’rsatishicha,   xon   1-avgustda   N.Ignat’evni   qabul   qilgan.   Elchi
Rossiya hukumati tomonidan topshirilgan yorliq va xatlarni xonga taqdim qilgan. 2
avgustda   rasmiy   muzokaralar   boshlanib,   N.Ignat’ev   Rossiya   hukumatining   amri bilan quyidagi  6 moddadan iborat shartnoma loyihasini  xonning imzosiga taqdim
qilgan.
Bundan   so’ng   Rossiyaga   qarshi   ochiq   va   yashirin   dushmanlik   munosabatida
bo’lmaslik,   Xiva   o’lkasiga   yaqin   bo’lgan   yerlarda   yashovchi   turkman,   qirg’iz
(qozoq),   qoraqalpoq   qabilalarining   oralarida   turli   ig’volar   tarqatib,   ularni   bir-
birlariga va, shuningdek, Rossiyaga qarshi oyoqlantirmaslik.
Hech   qanday   talon-tarojlarni,   rus   tabaqalarini   tutib,   asirlikka   olishni   himoya
qilmaslik;   agarda   Xiva   hukumati   qo’l   ostidagi   qabilalar   tomonidan   talonchilik
ishlari sodir  bo’lgan taqdirda, ularga darhol  jazo berib, talangai mollarni qonuniy
vorislariga topshirishni Rossiya hukumatiga topshirish.
Xiva   o’lkasida   bo’lgan   rus   fuqarolarining   shaxsiy   va   mulkiy   amniyatlari
uchun bo’lgan mas’uliyatni ustiga olish, Rossiya fuqarolariga hech qanday zarar va
monilig’ ko’rsatmaslik, Rossiya tabaqalaridan Xivada vafot etgan taqdirda, holgan
mollarini   ularning   qonuniy   vorislariga   topshirish   uchun   rus   chegara   komissariga
qaytarish.
Rossiya   kemalarining   А mudaryoda   erkin   yurishlariga   ruxsat   etish.   Xivaga
keltirilgan   rus   savdogarlarining   mollaridan   molning   haqiqiy   sotilish   bahosini
e’tiborga olib, doimiy suratda yiliga bir martaba 2,5 protsentdan ortiq boj olmaslik.
Bu bojni faqat bir martaba, molning haqiqiy bahosi yuzasidan olish.
Savdo ishlariga nazorat hamda rus fuqarolarining ishlarini idora qilish uchun
Xivada doimiy rus savdo agentining turishiga ruxsat etish.
N.Ignat’ev   ham   o’z   navbatida,   agar   Xiva   xoni   yuqoridagi   talablarni   qabul   hilsa,
Xiva   xonligiga   nisbatan   Rossiya   hukumati   nomidan   7   moddadan   iborat
shartnomani   qabul   etajagini   bildirgan.   Bu   shartnomaning   mazmuni   asosan
o’tmishda   Xiva   hokimlari   tomonidan   Rossiyaga   nisbatan   qilingan   dushmanlik
harakat-larni butunlay unitish, boshqa Osiyo savdogarlari Rossiyada qanday huquq
va   imtiyozlardan   foydalansalar,   Xiva   savdogarlariga   ham   shunday   huquq   va
imtiyozlar berish, Orenburgda Xiva xonligining doimiy savdo agentining turishiga
ruxsat etishdan iborat bo’lgan.
Ignat’ev   tomonidan   Saidmuhammadxonga   taqdim   qilingan   shartnoma
loyihasining   birinchi,   ikkinchi,   uchinchi   moddalari   yuzasidan   Nikiforov   va Danilevskiyning   Xiva   hukumati   bilan   muzokara   olib   borish   natijasida,   bu
shartlarni   bajarishni   Xiva   hukumati   o’z   ustiga   olgan   bo’lsa   ham,   biroq,   oradan
ikki-uch   yil   o’tib,   bir   xon   o’lib,   uning   o’rniga   ikkinchisi   o’ltirgandan   so’ng,
mazkur   shartlarga   rioya   qilinmasdi.   Rus   fuqarolarini   tutib   asir   etish,   savdo
karvonlarini   talash   voqealari   ro’y   berib   turardi.   Rossiya   tobeligiga   o’tgan
qozoqlarning   ichki   ishlariga   aralashish,   ulardan   majburiy   suratda   zakot   olish,
qozoq isyonchi qochqinlariga xonlikdan boshpana berish ishlari Xiva hukmronlari
tomonidan   sodir   bo’lib   turardi.   Shuning   uchun   ham   N.Ignat’ev   Xiva   xonligiga
yuborilar   ekan,   unga   yuqoridagi   masalalar   1842   yilgi   shartnomaga   binoan   hal
qilingaa   bo’lishiga   qaramay,   amalda   buning   aksi   bo’lganligi   uchun   Rossiya
hukumati   tomonidan   yana   shu   masalalar   yuzasidan   Xiva   hukumati   bilan
muzokaralar olib borish topshirilgan edi.
Shartnomaning   5-moddasiga   kelsak,   ya’ni   boj   masalasida   xon   rus
savdogarlaridan olinadigan bojni mazkur molning haqiqiy bahosining 2,5 protsent
miqdorida   yiliga   bir   marotaba   olishga   rozi   bo’lgan,   hatto   bu   ish   missiya
Xivadagidayoq   amalda   tatbiq   qilinganligi   to’g’risida   N.Ignat’ev   quyidagi   misolni
keltiradi:
«Xiva   boj   oluvchi   amaldorlari   rus   savdo   prikazchigi   Panfilovdan   520   so’m   Xiva
chervoni   (1040   so’mga   yaqin)   boj   talab   qilganlar.   N.Ignat’eviing   xon   bilan   olib
borgan   muzokarasida  xon  rus  savdogarlaridan  2,5  protsent  miqdorida  boj   olishga
rozi   bo’lganidan   so’ng,   yuqoridagi   prikazchik   Panfilovdan   105   so’m   Xiva
chervoni,   ya’ni   210   so’m   kumush   hisobida   boj   olingan.   Boj   oldingiga   qaraganda
qariyb 5 martaba arzonlashgan».
Bundan   tashqari,   N.Ignat’ev   xonga   mollarni   sotib   bo’lgandan   so’ng,   molning
sotilgan narxi yuzasidan boj olishni taklif hilganda, xon elchining bu taklifini ham
qabul qilgan.
N.Ignat’evning   bu  taklifidan  rus   savdogarlari   juda   manfaatdor   edilar,  chunki   mol
sotilmasdan   ilgari   Xiva   boj   oluvchi   amaldorlari   bojni   ko’proq   olish   maqsadida
molga ortiq baho  qo’yishlari   mumkin edi.  Mol   sotilgandan  so’ng esa   boj  mazkur
molning haqiqiy bahosi yuzasidan to’lanar edi. Xiva xonligida rus savdo agenti holdirish masalasiga  kelganda, xon bu agentning
savdo karvonlari bilan birga kelib vaqtincha turishini, qachonki savdo operatsiyasi
tamom   bo’lgandan   so’ng,   chiqib   ketishi   lozimligini   bildirgan.   А gentning   Xivada
doimiy turishiga u rozilik bermagan.
Chegara   masalalarida   esa,   garchi   Rossiya   hukumati   tomonidan   N.Ignat’evga   bu
xususida   xon   bilan   muzokara   olib   borish   yuklatilgan   bo’lmasa   ham,   Xiva   xoni
agentdan   Sirdaryoning   chap   qirg’og’ini,   butun   Orol   dengizi,   Ust-Urtni   Xiva
xonligiga qarashlik deb bilishni talab qilgan.
Ignat’ev   va   N.Zalesovning   yozishlaricha,   2   avgustdan   28   avgustgacha
bo’lgan   muzokaralar   davomida   Xiva   xoni   Saidmuhammad   elchiga   yon   berib,
yuqoridagi   taqdim   qilingan   shartnoma   loyihasining   hamma   moddalariga   rozi
bo’lsa   ham,   shartnomaning   4-moddasiga,   ya’ni   «Rossiya   kemalarining
А mudaryoga erkin yurishlariga» rozilik bermagan. Chunki, birinchidan, Buxoro va
Qo’qon   xonliklarining   rus   kemalarini   А mudaryoga   kirgizmaslikni   Xiva   xonidan
talab   qilgan   bo’lsalar,   ikkinchidan   А mudaryodan   rus   kemalarining   erkin
yurishlariga Xiva savdogarlari ham rozi bo’lishni istamas edilar. Ular rus kemalari
А mudaryoga   kirgan   taqdirda,   Xiva   bilan   Rossiya   o’rtasidagi   savdodagi   ustunlik
o’z   qo’llaridan   rus   savdogarlarining   qo’llariga   o’tib   ketadi,   deb   qo’rqqan   edilar.
Buni N.Ignat’ev va N.Zalesov o’z asarlarida to’g’ri ko’rsatib o’tadilar.
Xiva   savdogarlari   Rossiyaning   O’rta   Osiyo   bilan   bo’ladigan   aloqasida   vositachi
edilar. Ular ana shu savdodagi ustunlikni qo’ldan berishni istamas edilar. Shuning
uchun   ham   missiyaning   kelishi   munosabati   bilan   chaqirilgan   kengashda   Xiva
savdogarlarining aktiv ishtirok etganliklarini N.Ignat’ev o’z asarida aytib o’tadi.
Muzokaralar   davomida   Saidmuhammadxon   N.Ignat’evga   yon   bera
boshlashiga   qaramay,   21   avgustdagi   voqea   xonning   missiyaga   nisbatan   bo’lgan
shubhasini yana oshirdi.
21   avgustda   xonga   yasovulboshi,   «Perovskiy»   kemalaridan   qayiqlar   yuborilib,
ruslar   daryoni   va   uning   qirg’oqlarini   rasmga   olayotirlar,   shuningdek,
Qo’ng’irotdan   Eron   asirlari   paroxodga   qochdilar   va   bularga   ruslar   homiylik
qilmoqda, degan xabar yetkazdi. Eron   asirlarining   qochishi   va   ularga   ruslarning   homiylik   qilishlari   xivaliklarni
sarosimaga   solib   qo’ydi,   deb,   N.Ignat’ev   to’g’ri   yozadi.   Chunki,   Xiva   xonligida
Eron asirlaridan xo’jalikning har turli sohalarida foydalanar edilar. Ular o’zlarining
qo’llaridagi ishchi kuchini yo’qotishdan xavfsiray boshladilar.
Bundan   tashqari,   N.Ignat’ev   so’zicha,   21   avgustda   Qo’qon   xoni   ham
Saidmuhammaddan   rus   kemalarining   А mudaryoda   erkin   yurishlariga   ruxsat
etmaslikni so’ragan.
Bu   voqealardan   so’ng,   Xiva   hukumati   N.Ignat’evdan   rus   paroxodlarini
А mudaryodan   olib  ketishni   va   Eron   asirlarini   qaytarishni   talab   qilgan.   Endilikda,
N.Ignat’ev   Xiva   xonligida   turishdan   biror   foyda   chiqmasligini   bilib,   1858   yili
avgust oyida Buxoroga ketgan.
Xon tomonidan rus imperatoriga hadya tariqasida elchiga 2 arg’imoq va
boshqa   in’omlar   topshirilgan.   N.Ignat’ev   Xiva   xonligida   o’z   oldiga   qo’yilgan
vazifann amalga oshira olmadi. U turli yo’llar bilan harakat qilsa   ham,   uning
tashabbuslari  samarasiz qoldi. N.Ignat’ev missiyasining natijasiz tugashiga sabab,
missiya   sostavida   askariy   kuchlarning   ko’pligi   va   bunga   nisbatan   Xiva   xonining
zo’r   shubha   bilan   qarashi,   shuningdek,   ikki   o’rtada   kelishmovchilikka   sabab
bo’lgan,   biz   yuqornda   so’zlab   o’tgan   shartnomaning   4-moddasi,   ya’ni   «rus
kemalarining  А mudaryoda erkin yurishlariga ruxsat etish masalasi» edi.
Biroq,   N.Ignat’ev   o’z   asarida   «Missiya   o’z   oldiga   qo’ygan   asosiy   maqsadga
erishdi,   ya’ni   bizning   А mudaryoda   olib   borgan   topografik   s’emkalarimiz   juda
muvaffaqiyatli chiqdi», deb yoeadi.
Yuqorida   aytib   o’tganimizdek,   N.Ignat’ev   o’z   asarida   Xiva   xonligi   bilan  Rossiya
o’rtasida   savdo   va   iqtisodiy   aloqalar   to’g’risida   deyarli   hech   narsa   yozmaydi.
Shuning uchun biz bu masalalar ustida to’xtab o’tirmadik.
1 858   yili   missiya   sostavida   qatnashgan   N.Zalesov   o’zining   «Voenn’y
Sbornik»   da   1858-1859   yillarda   bosilib   chiqqan   «Pis’mo   iz   Xivn»   nomli
maqolasida   missiyaning   marshruti   Ust-Urtdan   Qo’ng’irotgacha   bo’lgan   safar,   u
yerdagi   xalqlar,   missiyaning   Oybug’irdan   o’tish   voqealari,   Xiva   shahri,   uning
iqlimi,   xalqi,   ko’chalari,   bozorlari,   karvon   saroylari,   shaharning   devor   va
darvozalari,   Xiva   xonligidagi   asirlar   ustida   so’zlab,   qisman   bo’lsa   ham   Xiva xonligining   Eron,   Buxoro   va   Rossiya   bilan   olib   borgan   savdosi   ustida   to’xtab
o’tadi. Shuning uchun ham N.Zalesovning bu maqolasi katta ahamiyatga ega.
Muallif  o’z  maqolasida Xiva xonligining Eron, Buxoro bilan olib borgan savdosi
juda   ahamiyatsiz   ekanligini   so’zlab,   o’zining   Xivadalik   vaqtida   Mashhaddan   30
tuyadan iborat ikki kichik karvon, Buxorodan 8 tuyadan iborat ikki kichik karvon
kelganligini aytadi.
Zalesovning yozishicha, Eron savdogarlarining mollarn asosan doka, gilam,
Buxoro   savdogarlarining   mollari   esa   ipak,   mata,   xitoy   chinnisi   va   qorako’ldan
iborat bo’lgan.
Zalesov   Xiva   xonligining   Eron   va   Buxoro   bilan   savdosining
rivojlanmasligiga   sabab,   yo’ldagi   alomonlar   tomonidan   karvonlarning   talanishi,
yo’llarning nihoyat darajada notinch ekanligida edi, deydi. Uning bu so’zi to’g’ri,
bundan   tashqari,   mamlakat   ichida   o’zaro   urushlarning   kuchayishi   natijasida
markaziy   hokimiyatning   zaiflashishi   Xiva   xonligining   tashqi   savdosini
tushkunlikka olib kelgan edi.
Zalesov   o’z   maqolasida   Xiva   xonligi   o’zida   ishlab   chiqariladigan
mahsulotlardan   tashqari,   asosan,   o’zining   butun   ehtiyojini   Rossiya   mollari   bilan
ta’minlaydi,   deb   juda   to’g’ri   yozadi.   Xiva   Rossiya   mollarini   o’z   ehtiyoji   uchun
ishlatish bilan. birga qo’shni davlatlar bilan savdo qilishda ham bu mollarni» ishga
solar   edi.   Xiva   xonligining   o’zi   mahsulotni   juda   kam   ishlab   chiqarishi   tufayli,
qo’shni   davlatlar   bilan   olib   borgan   savdosida,   xom   teridan   tashqari,   Rossiya
mollarining salmog’i katga edi.
Masalan,   N.Zalesovning   yozishicha,   Xiva   Buxoroga   Rossiya-dan   olgan   temir
buyumlarni chiqargan.
N.Zalesov   so’zini   davom   etdirib   aytadiki,  «...Biz   butun   shaharni   aylanib  chiqdik,
shahardagi   do’konlarda   juda   oz   miqdorda   Erondan   o’tgan,   ingliz   savdosiga
mansub   bo’lgan   doka   va   choydan   tash   qari   hech   qanday   Yevropa   mollarini
uchratmadik. Unda rus fabrikasiga mansub bo’lmagan biror narsa ham topmadik».
Bundan Xiva xonligining hayoti uchun Rossiya bilan savdoni kuchaytirish naqadar
katta ahamiyatga ega bo’lganligi ravshan ko’rinadi. Zalesov o’zining mazkur maqolasida Xiva xonligi bilan Rossiya o’rtasidagi
diplomatik   aloqa   haqida   hech   narsa   yozmaydi.   U   faqat   28   iyulda   N.Ignat’evning
Xiva xoni bilan uchrashganligi haqida eslatib o’tadi, xolos.
Zalesov Xiva xonligi bilan Rossiya o’rtasidagi diplomatik aloqa to’g’risida,
ya’ni   N.Ignat’ev   missiyasi   haqida   1871   yili   «Russkiy   Vestnik»   jurnalida   nashr
etilgan «Posol’stva v Xivu i Buxaru v 1858 godu polkovnika N.Ignat’eva» nomli
maqolasida   N.Ignat’evning   Xiva   xonligiga   kelishi,   missiya   sostavi,   N.Ignat’evga
topshirilgan   vazifa,   Xiva   xoni   bilan   olib   borilgan   muzokaralar   haqida   ko’pgina
ma’lumotlar   beradi.   Uning   bergan   ma’lumotlari   N.Ignat’evning   shu   masalalar
xususida bergan ma’lumotlaridan deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biz bu asar
ustida   alohida   to’xtab,   uni   sharhlashni   lozim   topmadik.   Umuman   N.Ignat’ev
missiyasi haqida so’zlanganda bu ikki maqola ustida gapirildi.
Muallif   o’z   maqolasida   Xiva   xonligining   tarixi,   g’eografiyasi,   shuningdek,   uning
Rossiya bilan olib borgan savdo aloqalari haqida hech narsa yozmaydi.
1858   yilgi   N.Ignat’ev   missiyasi   haqida   shu   missiya   sostavida   qatnashgan
P.Nazarov   juda   qisqa   bo’lsa   ham   so’zlab   o’tadi.   Uning   bu   maqolasi   16   betdan
iborat bo’lib, muallif unda missiya hayati, missiyaning yo’lga chiqishidan oldingi
tayyorgarlik   ishlari,   missiya   marshruti,   missiyaning   kun   tartiblari,   bosib   o’tgan
yo’llari va u yo’llardagi xalqlar haqida so’zlaydi. Uning bu maqolasi missiyaning
aososan   Xiva   xonligi   chegarasiga   «kelgungacha   bo’lgan   masofadagi   voqealarni
ichiga oladi.
P.Nazarov o’z maqolasida O’rta Osiyoga hech hachon bunchalik Katga safar
hayati   yuborilmaganligini,   bu   hayatda   missiya   boshlig’idan   tashqari   turli   sohaga
mansub bo’lgan 16 mutaxassis bo’lganligini aytadi.
Muallif o’z asarida Xiva xonligining Rossiya bilan olib borgan savdo va iqtisodiy
alohalari   to’g’risida   hech   narsa   yozmaydi.   Shuning   uchun   biz   bu   asar   ustida
to’xtab, uni xarakterlab o’tirmadik.
Ignat’ev missiyasi hahida shu missiya hayatida qatnashgan Ye.Kliveyn ham
o’zining maholasida ma’lumot beradi. Uning bu maqolasi 14 betdan iborat.
Muallif o’z maqolasida missiyaning  А ybug’irdan o’tishi, Xiva elchilari tomonidan
kutib   olinishi,   N.Ignat’evning   xon   bilan   birinchi   martaba   uchrashishi,   missiya kelgan vaqtda Xiva xonligidagi siyosiy ahvol, Xiva xonligida yashaydigan xalqlar,
ularning soni, urf-odatlari to’g’risida ma’lumotlar beradi.
Ye.Kliveyn   maholasida   N.Ignat’evning   Xiva   xonligidagi   diplomatik   faoliyati   va
Xiva   xonligining   Rossiya   bilan   olib   borgan   savdo   aloqalari   ustida   to’xtamaydi.
Shuning uchun biz uning maqolasi ustida fikr yuritib o’tirmadik.
Xulosa qilib aytganimizda, mazkur mualliflarning asarlari hajmi jihatdan unchalik
katta   bo’lmasligiga   va   ularda   xato   va   kamchiliklar   mavjud   bo’lishiga   qaramay,
XIX   asrning   50-yillarida   Xiva   xonligi   bilan   Rossiya   o’rtasidagi   diplomatik
munosabatlarni o’rnatishda katta ahamiyatga ega bo’lib, birinchi darajali manbalar
hisoblanadilar.   Tarix   fanini   yangi   materiallar   bilan   boyitishda   bu   keyingi
mualliflarning   xizmatlari   katta.   Chunki   ular   o’z   asarlari   bilan   Xiva   xonligining
tarixi,   uning   Rossiya   bilan   olib   borgan   munosabatlar   tarixini   o’rganishda
N.Murav’ev,   G.I.Danilevskiy   va   boshqa   mualliflar   bergan   ma’lumotlarni   bir
muncha   to’ldiradilar   va   bu   ma’lumotlarni   so’nggi   davrlarga   oid   yangi-yangi
materiallar bilan boyitadilar.
Ularning   asarlari   tarixchilar   uchun   XIX   asrning   50-yillarida   O’rta   Osiyo   bilan
Rossiya   o’rtasidagi   munosabatlarni   o’rganishda,   Xiva   xonligining   tarixini
yoritishda asosiy manba sifatida xizmat qiladi.
XIX   asrning   20-50-yillarida   Xiva   xonligi   bilan   Rossii   o’rtasidagi   o’zaro
munosabatlarni   o’rganishda   Rossiyadan   Xiva   xonligiga   yuborilgan   elchi,   missiya
boshliqlari, shu missiya sostavida qatnashgan kishilar tomonidan yozilgan asarlar,
Xiva xonligidan asirlikdan qochgan rus kishilarining hikoyalari, ayrim kishilarning
og’zaki va yozma holda bergan ma’lumotlari asosida yozilgan asarlar, shuningdek
Xiva   xonligi   bilan   Rossiya   o’rtasidagi   munosabatlarga   oid   bosilib   chiqqan
dokumentlar,   hamda   ba’zi   bir   Sharq   qo’lyozma   asarlarida   berilgan   ma’lumotlar,
birinchi darajali manba sifatida xizmat qiladi.
Bu   manbalarda   Xiva   xonligining   Rossiya   bilan   olib   borgan   savdo   va   iqtisodiy
aloqalari, savdo yo’llari, savdo buyumlari va savdoning ikki mamlakat hayotidagi
ahamiyati,   xususan   Rossiya   bilan   bo’lgan   savdo   aloqalaridan   Xiva   xonligining
manfaatdorligi,   Rossiyadan   Xiva   xonligiga   yuborilgan   elchi   va   missiyalar   va ularning vazifalari, Xiva hukumati bilan olib borgan muzokaralari haqida juda ko’p
ma’lumotlar bor.
Bu   manbalarning   ahamiyati   yana   shundaki,   ularning   mualliflari   ikki   o’rtadagi
savdo   va   diplomatik   aloqalar   ustida   so’zlash   bilan   kifoyalanmasdan,   balki   Xiva
xonligining   etnografiyasiga,   tarixi   va   geografiyasiga   oid   juda   ko’p   qimmatli
ma’lumotlar berganlar.
Bu   asarlar   XIX   asrning   birinchi   yarmida   Xiva   xonligining   sotsial,   iqtisodiy   va
siyosiy ahvolidan, unda yashaydigan xalqlarning urf-odatlaridan, Xiva xonligining
qo’shni   davlatlar   bilan   olib   borgan   munosabatlaridan,   Xiva,   Buxoro   va   Eron
hukumatlarining   talovlari   ostida   qolgan   turkman   va   qoraqalpoq   qabilalarining
ayanch ahvollaridan xabar beruvchi yagona manbalardir.
Mazkur   manbalarning   qimmati   ana   shundaki,   ularda   XIX   asrning   30-40-
yillarida  ingliz kolonizatorlarining  O’rta  Osiyoda,  shu  jumladan  Xiva xonligidagi
tajovuzkorlik   ishlarining   kuchayishi,   ularning   turli   yo’llar   bilan   O’rta   Osiyoga
suqilib   kirishga   intilishlari   hamda   O’rta   Osiyo   xonliklarining   Rossiya   bilan
qadimdan   davom   etib   kelayotgan   aloqalarini   buzish,   O’rta   Osiyoda   А ngliya
ta’sirini joriy qilish uchun olib borgan agressiv ishlarining barbod bo’lishi haqida,
umuman   ingliz   tajovuzkorlarining   agressiv   muddaolarini   fosh   etishda   ajoyib
ma’lumotlar bor.
Bu   manbalarning   mualliflari   o’z   asarlarini   o’z   ko’zlari   bilan   ko’rgan   va   so’rab
bilgan   ma’lumotlari   asosida   yozganlar.   Juda   ko’p   masalalarda   ularning   bergan
ma’lumotlarining   to’g’riligini   Sharq   qo’lyozma   asarlari   va   Xiva   xonligidagi
asirlikdan qochgan rus kishilarining bergan ma’lumotlari tasdiqlaydi.
Garchi Sharq qo’lyozma asarlarida, shuningdek, rus asirlarining hikoyalarida
mamlakatning   ekonomikasi   va   Xiva   xonligining   Rossiya   bilan   olib   borgan
aloqalari   haqida   ma’lumot   juda   oz   bo’lsa   ham,   ammo   asarda   sharhlangan
N.Murav’ev,   Ivanin,   G.I.Danilevskiy   va   boshqa   mualliflarning   asarla-rida,
N.Zalesov,   P.Nazarovlarning   maqolalarida   bu   masalalar   to’g’risida   juda   ko’p
ajoyib ma’lumotlar berilgan.
Bu asarlarning qimmati yana shundaki, unda  А mudaryo va Sirdaryolar, Kaspiy va
Orol dengizlari, Xiva xonligi bilan Orenburg o’rtasidagi Qozog’iston cho’llari, bu yerlarning   o’simlik   va   hayvonot   dunyosi,   iqlimi,   fizik-geografik   xususiyatlari   va
bu yerlarda yashaydigan xalqlar to’g’risida qimmatli ma’lumotlar bor.
Garchi bu ma’lumotlar Xiva xonligining tarixi va uning Rossiya bilan olib borgan
aloqalarini   o’rganishda   juda   katta   ahamiyatga   ega   bo’lsa   ham,   shu   vaqtga   qadar
bizning   manbashunoslarimiz   tomonidan   alohida   tekshirilmadi.   Bu   asarlarning
bosilib   chiqqaniga   bir   asrdan   ortiqroq   davr   o’tib,   ular   hozirgi   kunda   nodir
bibliografik asar bo’lib qolganlar.
Yuqoridagi asarlarning mualliflari qaysi bir sotsial gruppaga mansub bo’lishlari va
ularning asarlarida ayrim kamchiliklar sodir bo’lib turishidan qat’iy nazar, ular o’z
asarlari   bilan   rus   sharqshunosligini   O’rta   Osiyo   xalqlari   haqida   yangi-yangi
ma’lumotlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega.
Mavjud   ishda   sharhlangan   manbalar   Xiva   xonligining   tarixini   va   uning
Rossiya   bilan   olib   borgan   aloqalarini   o’rganishda   katta   ahamiyatga   ega   bo’lib,
O’rta   Osiyo   xalqlarining   boy   tarix   xazinasini   bezatuvchi   bebaho   madaniy
yodgorlik hisoblanadi.
1.3 § XIX-XX asr Buxoro amirligining savdo-iqtisodiy aloqalari
Rus  tadkikotchilari  uchun 1868-1873 yillarda Buxoroning Rossiyaga  vassal  bulib
kolishi bilan Buxoro xonligini xom ashyo bazasi va kengayayotgan rus kapitalistik
tovarlarini   sotadigan   bozor   sifatida   foydalanishni   baxolaydigan   yangi   vaziyat
vujudga keladi. Rossiyaning Urta Osiyoni bosib olishi va uzbek xonliklarini uziga
xaram kdlib olishi masalasini rus davlatining ulkada olib borgan siyosati okibatlari
nukgai   nazaridan   boxolash   talab   etiladi.   Bu   xolatni   esa   tarixiy   asarlardagi
ma ъ lumotlarni   chuxur   taxdil   xilish   yuli   bilan   anixlash   mumkin.   Urta   Osiyoda
Rossiya   bosxinidan   keyin   paydo   bulgan   asarlardagi,   statistic   xisobotlardagi
dalillarni   urganish   orxali   Buxoroning   Rossiya   va   Sharx   davlatlari   bilan   savdo
aloxalarining rivojlanish dinamikasini kuzatish mumkin. Rossiya davlatining Urta
Osiyoga xarbiy yurishlari va uning istilo xilinishi davrining xaxxoniy tarixini xayta
tiklapsha   Isxoxxon   Tura   Ibratning   “Fargona   tarixi”,   Mirza   Olim   Toshkandiyning
“Ansob   as-salotin   va   tavorix   al-xavokin”,   Mulla   Olim   Maxmud   Xojining   “Tarixi Turkiston”,   Maxmud ь   X,akim   Yayfoniyning   “Tarixi   salotini   Fargona”,
Muxammad
Solix   Toshkandiyning   “Tarixi   jadidayi   Toshkand”   (“Toshkentning   yangi   tarixi”),
Muxammad   Yusuf   Bayoniyning   “Shajarayi   Xorazmshoxiy”   va   bonsha
mualliflarning asarlari muxim manba bulib xizmat xiladi. Aynan mazkur asarlarda
Chor
•Rossiyasining   Urta   Osiyoda   olib   borgan   bosxinchilik,   xirgin   barot   yurishlari
batafsil   bayon   kdpingan   edi.   XIX   asr   oxiri   va   XX   asr   boshlarida   Turkistondagi
ijtimoiy-ixgisodiy   va   siyosiy   muammolarini   urganishda   davriy   matbuot
materiallari   aloxida   urin   tutadi.   Chunki   ularda   Turkistondagi   ijtimoiy-   siyosiy   va
ixtisodiy   masalalarga   oid   materialpar   berilishi   bilan   birga   mazkur   masalalarga
nisbatan   mualliflarning   munosabatlarini   xam   anglash   mumkin.   Shu   urinda   arxiv
xujjatlari muxim manba ekanligi dikkat markazimizda turishi lozim. Yurtimizdagi
Markaziy   davlat   arxivi   fondlarida   sakdanayotgan   xujjatlar   xali   uzining
ukuvchilarini   kutib   turibdi.   Nixoyatda   katta   xujjatlar   jamgarmasiga   ega   mazkur
arxiv   tadxix   xilinayotgan   davr   buyicha   etarli   ma ъ lumotlarni   uzida   jamlagan   .
Buxoroning   Shark;   davlatlari   bilan   aloxalari   amirlikning   Rossiya   imperiyasi
bojxona   chizigiga   kiritilgandan   keyin,   1894   yilga   kelib   uzining   burilish   pallasi
kirdi2. Oxibatda Urta
Osiyoga   xushni   davlatlardan   keltiriladigan   tovarlardan   olinadigan   boj   soligi
mikdori oshiriladi. 1894 yili bojxona nizomining ulkada joriy kdlinishi va Rossiya
chegara   chizigining   Buxoro   amirligi   xududlarini   xamrab ь   olishi   amirlikning
nazorati   masalalari   bilan   shugullanadigan   rus   ma ъ muriyati   vakillari   tomonidan
xizgin   kutib   olindi.   Jumladan,   1898   yilda   Buxorodagi   rus   siyosiy   agenta   V.
Ignat`ev,   endi   Buxoro   bozorlarida   rus   tovarlarining   ingliz   tovarlaridan   ustun
kelishi uchun sharoit yaratildi, deb e ъ tirof etgan edi . Bu chora rus burjua matbuoti
vakillari   tomonidan   xam   xullab   xuvvatlangan   edi.   Sharkda   ingliz-rus   raxobati
muammolari   bilan   shugullangan   M.P.Fedorov   Buxoroning   Rossiya   bojxona
tizimiga   xushib   olinishi   rus   kapitalistlarining   buxoro   bozorlarini   egallashi   uchun xulay sharoit tugdirdi, deb ta ъ kidlagan edi. Xdtto, u podsho xokimiyatining ingliz
tovarlarining   boj   soligisiz   Kavkaz   (Batum-Baku)   orxali   Eronga   kiritilishini
ta ъ xixlovchi   xujjat   ishlab   chikkanligini   ijobiy   baxolagan   edi.   Xususan,   u   mazkur
ingliz tovarlarining katta xismi Buxoroga xam kirib kelishi mumkinligini ilgari
surgan edi .
XX asrning boshlarida rus publitsistikasi markazida Urta Osiyo va Sharkda ingliz-
rus   rakobati   muammosi   turgan-ki,natijada   Rossiyaning   ishbilarmon   tabakalari
tomonidan   “buxoro   muammosi”ga   yangicha   e ъ tibor   karatila   boshlandi.   Xatto,
ba ъ zi   siyosiy   doyra   vakillari   Buxoro   amirligining   vassal   davlat   sifatida   sakdanib
kolish   yoki   kolmaslik   masalasini   urtaga   tashlay   boshladi.   Xususan,   ular   xonlikni
tugatib, uni Turkiston ulkasining bir bulagiga aylantirish masalasini kugarib chika
boshladilar.
Rossiya   davlati   polkovnigi   M.V.   Grulev,   Buxoroda   xozircha   amirlik   bopsharuv
tizimini   sakdab   kolishini,   ammo   uning   kushni   davlatlar   bilan   savdosi   ustidan
kdtpsh   nazoratni   kuchaytirish   lozimligini,   toki   ingliz   tovarlarining   Afgoniston
ork;ali   xonlikka   kirib   kelishining   oldini   olish   choralarini   kurish   zarurligini   talab
kilib chikdi. Xatto, M. V. Grulev Buxoroga Xindistondan talabgor tovarlar, ya ъ ni
indigo   va   mal-mal   kabi   tovarlarni   olib   keltirilishi   zaruriyati   borligini   anglagan
xolda, bu savdoni xam russlarning kuliga utishi tarafdori ekanligini ma ъ lum kildi .
Bu   davrdagi   Buxoro   xonligi   xakidagi   kuplab   nashrlar   D.N.Logofet   kalamita
mansub bulib, u uz asarlarida Chor Rossiyasini  Buxoro ustidan nazoratda bushlik
kilayotganliklari uchun tankid kilib, rus kapitalistlarini Buxoro boyliklarini
faol egallashga chakirgan. U Buxoroning kushni davlatlar bilan tashki iktisodidan
katta foyda kurish mumkinligini tushungan. Muallif uzining  ≪ Strana bespraviya ≫
nomli   asarida   Buxoroning   Afgoniston   bilan   savdosining   axamiyatini   aloxida
ta ъ kidlagan   edi.   U   Rossiya   bojxona   chegara   chizigiga   Buxoro   xonligi   kushib
olinganligini   ma ъ kullab,   Buxoroning   mustakil   savdosining   -   saklanib   kolinishi-
Rossiya   uchun   foydasiz   ekanligini,   bu   savdodan   keladigan   katta   daromad   fakat
amirlik xazinasiga tushushini ta ъ kidlagan. Shuning uchun Afgoniston chegarasida Buxoro   bojxonasini   tugatish   va   undan   keladigan   daromadni   podsho   amaldorlari
kuliga   utishini   talab   kilgan.   Xattoki   D.N.   Logofet,   kullanilayotgan   bu   tadbirlar
Afgoniston   erlariga   Rossiya   tovarlarining,   jumladan   manufaktura   tovarlari,
kerosin, kand, gugurt kabi mollarning kuplab mikdorda kirib borishidan va ingliz
tovarlari   bilan   muvaffakiyatli   rakobatda   bulishidan   manfaatdor   ekanligini   e ъ tirof
etgan1.   U   yana   shu   narsani   ta ъ kidlaydiki,   Buxoro-Afgoniston   chegarasida   x,am
rus,   x,am   buxoro   boj   soligi   olinishi   tizimi   mavjud   ekan,   u   xolda   bu   tizim   uzini
tulik, namoyon kila olmaydi, deb Buxoroda Rossiya savdosi manfaatlarini ximoya
kilgan   edi.   Shu   bilan   birga   D.N.   Logofet,   rus   tovarlari   Buxoro   orkali   afgon
bozorlarini   egallashi   mumkin,   deb   xisoblagan.   D.N.Logofet   Buxoro   amirligining
Turkiston   general-gubernatorligi   tarkibiga   zudlik   bilan   kushib   olish   tarafdori
ekanligini   sir   tutmagan.   Uning   bu   goyasi   1910   yilda   chop   etilgan   ≪ Buxarskoe
xanstvo  pod russkim  protektoratom ≫   nomli   asarida  uz aksini  toptan  edi. Muallif
asarda   Buxoro   iktisodiyotining   Rossiya   uchun   foydali   soxalarini   kursatib   bergan
edi.   U   1894   yildagi   joriy   kilingan   bojxona   chizigi   natijasida   Buxoro   bozorlarida
ingliz   tovarlari   mivdorining   keskin   kamayganligini   kayd   kiladi.   D.N.Logofet
asarda   Buxoroga   import   kilingan   va   u   orkali   Afgonistonga   eksport   kilingan   rus
tovarlarning   ruyxatini   sanab   utgan2.   XX   asrning   dastlabki   un   yilliklarida   rus
mualliflarining buxoro masalasi bilan boglik kator makolalari chop etilgan. Ularda
Buxoroning kushni davlatlar bilan savdo alokalari masalalari xam kurib utilgan va
xonlikga xind choyi, mal-malmatolari va indigo kabi tovarlari kirib kelayotganlini
ta ъ kidlangan.   Ba ъ zi   makolalarda   Shark   mamlakatlaridan   Buxoroga   turli   yullar
orkali   olib   kelinayotgan   ba ъ zi   tovarlardan   boj   soligi   olinmay   kolayotganligi
kuyinib   tilga   olingan.   Xususan,   Afgonistonda   Buxoroga   chorva   mollari   bojsiz
xaydab  kirilayotganligi, agarda  ulardan xam   boj  soligi  yigilsa,  podsho  xazinasiga
katta daromad kiritilishi eslatiladi . XIX asr oxiri — XX asr boshlaridagi Turkiston
general-   gubernatorligida,   uzok   yillar   amirlik   xududida   xizmat   kilgan   va
amirlikning   xujalik   va   savdo-sotik   masalalari   bilan   shugullangan   A.   F.
Gubarevich-Radob ы l`skiy   uzining   ≪ Ekonomicheskiy   ocherk   Buxar ы   i   Tunisa ≫
nomli asarida xonlikning iktisodiy axdoli va Rossiya tomonidan uni ekspluatatsiya kilish   masalalarini   tadkik   kilgan1.   Ayniksa,   Buxoro   amirligining   Rossiya   boj
tizimiga   tortilishi   va   uning   Rossiya   uchun   manfaatli   tomonlarini   kursatib   bergan.
Shunday   kilib,   Buxoro   masalasida   kapam   tebratgan   rus   tadkikotchilari,   jumladan
M.   A.   Terent`ev,   L.   F.   Kostenko,   D.N.   Logofetlar   uz   asarlarida   Buxoro
boyliklaridan   samarali   foydalanishning   turli   yullarini   taklif   kipishtan.   Ularning
aksariyati   amirlik   boyliklari   Buxoro   mustakilligini   tulik   tugatish   orkali,   ya ъ ni
amirlikni   tulik   Turkiston   general-   gubernatorligi   tarkibiga   kiritilishi   natijasida
podsho xazinasiga tushishi mumkinligi goyasini ilgari surgan edilar.
1.4. QO’QON XONLIGINING TOSHKENT, BUXORO XONLIGI V А
HINDISTON BIL А N S А VDO  А LOQ А L А RI
Qo’qonning asosiy savdo sheriklaridan biri Toshkent hisoblangan. O’rta Osiyoning
Sharq davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarida Toshkent shahri azaldan alohida
mavqega   ega   bo’lgan.   Tashkent   2000   yildan   ortiq   tarixga   ega   bo’lib,   dastlabki
ma’lumotlar   qadimgi   Sharq   manbalarida   miloddan   avvalgi   II   asrdan   tilga   olina
boshlaydi.   Toshkent   shahri   XVI   asrda   Rossiyada   ham   ma’lum   bo’lib,   Tashko’ra
nomi   bilan   “Kniga   Bol’shogo   Cherteja   Tashkenta”   ham   kiritilgan.   XVI   asrning
ikkinchi   yarmida   Tashkent   Buxoro   xonligiga   qo’shib   olingan.   O’rta   asrlarda
Toshkent o’z tovarlari bilan mashhur bo’lgan. Mahmud ibn Vali Toshkentdan olib
ketiladigan   tovarlar   haqida   yozib,   qalmik   asirlari,   dorivor   o’simliklar,   jumladan,
qon   ketishini   to’xtatishda   qo’llaniladigan   o’simliklar   haqida,   eslatadi.   Bu   dori
Xitoyga   ham   eksport   qilingan.   Mahmud   ibn   Vali   o’z   asarida   darmana   deb
ataluvchi   ko’p   yillik   yarim   buta   haqida   ma’lumot   berib,   uning   barglarida   va   gul
tudasida   terpenoid   santonin   bo’lib,   uning   gijjani   yukotadigan   xususiyatga   ega
ekanligini bayon qilgan. Darmana Toshkentdan ko’plab Yevropa mamlakat-lariga
olib   borilgan.   Ma’lumotlarga   ko’ra,   XVIII   asrning   30-yillarida   savdogarlar
Toshkentda   usadigan   darmana   urugini   Eron   va   Turkiyaga,   Turkiyadan   esa   nemis
davlatlariga olib borishgan.  XVII-XVIII   asrlardan   boshlab   Toshkentning   Rossiya   bilan   savdo-iqtisodiy
aloqalari rivojlana boshlaydi. Tashkent savdogarlari tez-tez Sibir shaharlariga borib
turishgan. 1739 yilda Orenburgdan Toshkentga birinchi rus savdo karvoni kelgan.
XVIII   asrning   2   yarmida   mustaqil   Toshkent   bekligi   tashkil   topgan.   XIX   asrda
Toshkent   o’z   mustaqilligini   yo’qotib   Qo’qon   xonligiga   bo’ysindirilgan.   XUSh
asrning  2-yarmida O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya va Qozog’iston bilan savdo
aloqalari   rivojlangan   sari   Toshkent   shahri   savdo   aloqalari   markazita   aylanib   qola
boshlaydi.   Shu   davrda   Tashkent   shahri   hunarmandchilik   sohasiga   qarab   quyidagi
mahallalarga   bo’lingan:   pichoqchi,   misgarlik,   sogbon-itboqar,   o’qchi,   konchi,
degrezon-qozon   yasovchilar.   Taxta-pul,   Sebzor,   Labzak,   Qorasaroy   mahallalari
aholisi   bog’dorchilik,   hunarmandchilik   va   boshqalar   bilan   shug’ullanganlar.
Oxunguzar, Parchabof, Jangoh aholisi hunarmandchilik, tikuvchilik va savdo bilan
shug’ullangan. Toshkentlik to’quvchilar bo’z, beqasam, olacha, baxmal to’qishgan
va savdogarlar bu tovarlarni qo’shni mamlakatlarga olib borib sotishgan.
Toshkentda   bir   necha   karvon   saroylar   bo’lib,   unda   turli   mamlakatlardan   kelgan
savdogarlar   to’xtashgan,   jumladan   Sayidazim,   Nurmuhammad   Qushbegi,
Namangan   va   boshqalar.   А .P.Xoroshxin   Toshkent   shahrida   29   ta   karvonsaroy
borligini eslatadi. U shahar bozoridagi tovarlar sotiladigan rastalar sonini ham qayd
etgan.
Tarixdan   ma’lumki,   O’rta   Osiyodagi   shaharlar   kabi   Toshkent   ham   Sharq   bilan
G’arbni   bir-biriga   bog’lab   turuvchi   Buyuk   ipak   yo’li   ustida   joylashgan.   Karvon
yo’li   Koshg’ardan   O’sh   orqali   Toshkentga   kelgan.   Toshkent   O’rta   Osiyoning
muhim shaharlaridan biri hisoblanib, Qo’qonning Rossiya bilan savdo aloqalarida
vositachilik rolini ham o’tagan. Shu bilan birga rus hukumati Toshkent orqali O’rta
Osiyo xonliklari bilan va hattoki u orqali Xitoy bilan savdo qilishga harakat qilgan.
Rossiya davlati Toshkent orqali Qo’qon xonligi bilan savdo va diplomatik aloqalar
o’rnatishdan   manfaatdor   bo’lgan.   Chunki   Rossiya   Toshkent   va   Qo’qon   orqali
Koshg’arga ham chiqishi mumkin edi. Rossiya Sharqiy Turkiston bilan bo’ladigan
savdo  aloqalarida toshkentlik  savdogarlarning  vositachilik  rolini   ko’ra bilgan  edi.
Ruslar   toshkentliklarning   Koshg’ar   tovarlarini   Qo’qon   orqali   Rossiyaga   yetkazib
berishlaridan   katta   foyda   ko’rgan.   Ma’lumotlarga   ko’ra,   XUSh   asr   oxirlarida Semipalatinsk   bojxonasi   hujjatlarida   Rossiyaning   Sharqiy   Turkiston   bilan
aloqasida   toshkentlik   savdogarlar   rolining   ortib   borganligini   aks   ettiruvchi
ma’lumotlar   uchraydi.   Fikrimizning   tasdig’i   sifatida   XVIII   asr   oxirlarida,   ya’ni
1791   yil   noyabr’   oyida   Yamishevga   quyidagi   tovarlar   olib   borilgan:   612   rub.   50
kop.lik 19 pud 30 funt toshkent ok qog’ozi, 814 rub. 70 kop.lik 894 arshin guldor
va   yo’l-yo’l   toshkent   matosi,   9735   arshin   toshkent   pardasi,   799   dona   Toshkent
choponi, chakmon, ko’k zenden.
1792   yil   oktyabr’   oyida   Yamishevga   quyidagi   tovarlar   keltirilgan:   22   rub.   64
kop.lik   38   (o’lchov   birligi   ko’rsatilmagan)   tuya   juni,   1.479   rub.   20   kop.lik   1301
bosh   qo’y,   3902   rublik   344   bosh   ho’kiz,   4   bo’lak   toshkent   oq   bo’zi,   119   bo’lak
ko’k bo’z va boshqalar. O’sha yili Toshkent tovarlari bilan birga Xitoy va Sharqiy
Turkiston tovarlari ham, jumladan, 17 rublik 17,5 (og’irligi no’malum) dur, 1 rub.
80 koplik 18 funt qora choy, 1 rub. 50 kop.lik 10 funtlik taxta choy, 5 rub.lik 15
funt   kuk   choy   va   boshqalar   olib   kelingan.   Semipalatinskda   toshkentliklarning
hovlilari   bo’lib,   unda   olib   kelingan   xitoy,   Koshg’ar,   toshkent   tovarlari   rus
tovarlariga   ayirbosh   qilingan.   Savdo-sotiq   mol   ayirboshlash   yo’li   bilan   amalga
oshirilgan va nakd pulga ham sotilgan.
XIX   asr   o’rtalariga   taalluqli   ma’lumotlarga   ko’ra,   Qo’qondan   va   xonlikning
boshqa   shaharlaridan   har   yili   Toshkentga   16   ming   tuya   mol   kelgan.   Shundan   4
ming tuya paxta, 200 tuya yigirilgan ip, 10 ming tuya ip gazlama,  yarim  ipak va
ipak   matolar,   chapon,   ko’rpa,   chalvor   (teridan   tikilgan)   va   boshqalar,   qolgan   2
ming tuyada ho’l mevalar keltirilgan. Har yili chetdan mol kiritish ming rub.gacha
yetgan.
Qo’qonga   va   xonlikning   boshqa   shaharlariga   Toshkentdan   ko’proq   rus   tovarlari
keltirilgan. Chunki Rossiya bilan savdo Toshkent orqali amalga oshirilgan. Qo’qon
bilan Toshkent o’rtasidagi savdo aylanishi bir yilda taxminan 7 mln. rub.ni tashkil
qilgan.
Toshkent  bilan  Qo’qon oraligidagi  masofaning  yaqinligi  Toshkent   savdogarlariga
jo’shqin   savdo  qilishlariga  katta   imkoniyat  bergan.  Yillik  tovar   aylanishi  hisobga
olinsa, Toshkent savdogarlarining Qo’qon bilan aloqalari muhimrok bo’lgan. Shuni   ta’kidlamok   joizki,   Qo’qondan   Toshkentga   mol   ko’prok   jo’natilgan,   va
aksincha,   Toshkentdan   Qo’qonga   tovar   kamroq   keltirilgan.   Bu   esa   Qo’qon
tovarlarining   Toshkent   orqali   qozoq   dashtlari   va   Rossiyaga   olib   borilganligini,
ikkinchidan   esa,   Qo’qon   savdogarlari   maahlliy   tovarlardan   tashqari   tranzit   yo’li
bilan xitoy va hind tovarlarini kam Toshkentga chiqarganligidan dalolat beradi.
Qo’qon   xonligi   azaldan   Qozog’istonning   janubiy   va   janubiy-Sharqiy   tumanlari
bilan an’anaviy savdo aloqalari o’rnatgan. Qo’qon savdogarlari chopon, ko’rpa va
turli   xil   matolarni   qozoq   ko’chmanchilarining   chorva,   teri,   yog’,   jun   va
mo’ynalariga ayirbosh qilgan.
XIX asrning 20-30 yillarida Qo’qon hukmdorlari Janubiy Qozog’istonda bir qator
qal’alar,   jumladan,   Yangi-Qo’rg’on,   Julek,   Din-Qo’rg’on,   Oq-Machit,   Qamish-
Qo’rg’on,  А vliyo-Ota va boshqalar qurgan edi. Ularning har birida harbiy qismlar,
machitlar,   ombor   va   temirchilik   ustaxonalari,   savdogarlar   uchun   uylar,   do’konlar
va bozorlar bunyod qilgan.
Qo’qon   savdogarlarining   qozoq   cho’llariga   keltiradigan   tovarlarining   aksariyatini
ip  gazlama   va   quritilgan   mevalar   tashkil   qilgan.   Meva   qoqilari   cho’l   hududlariga
har   yili   15   minggacha   tuyada,   ip   gazlama   esa   3   minggacha   tuyada   keltirilgan.
G.Kolmogorovning ma’lumotlariga ko’ra, har bir qozoq oilasi tayyor kiyim boshni
Buxoro, Qo’qon va Xitoydan sotib olgan.
Ma’lumotlarga   ko’ra,   O’rta   Osiyo   savdogarlari   o’z   tovarlarini   mayda   va   yirik
doramollariga   ayirbosh   qilgan.   Masalan:   har   yili   Toshkentga   200   ming   bosh,
Qo’qonga   100   ming   atrofida   va   Buxoroga   100   ming   bosh   qo’y   haydab   borilgan.
Mol   ayirboshlashda   qo’y   muomala   vositasi   (pul   o’rnida)   hisoblangan.   Mol
ayirboshlashda qo’y narxi 1 rub. 50 dop.dan 20 rub. kumush pulgacha baholangan.
1852   yil   fevral-may   oylarida   Rostovlik   savdogar   S.Ya.Klyucharev   Toshkentda
bo’lib,   o’zi   shohidi   bo’lgan   voqealarni   kundaligiga   yozib   borgan.
V.V.Vel’yaminov-Zernov   kundalikdan   foydalanib,   uni   izohlar   va   qo’shimchalar
bilan boyitib “Istoricheskiya izvestiya o Kokandskom xanstve, ot Muxammeda- А li
do   Xudayar-Xana”   asarini   yozgan.   Kundalikda   keltirilgan   dalillar   ko’proq
xonliklar o’rtasidagi  siyosiy aloqalar va savdo munosabatlarini yoritishga yordam
beradi. Jumladan: 3 va 29 aprelda Buxorodan Toshkentga savdo karvonlari kelgan. 3-aprelda   kelgan   karvondagi   tovarlarning   aksariyati   opium   bo’lgan.   Kundalikda
«savdogarlar,   Yeulja,   Chuguchak,   Koshg’ar   va   Xitoyning   barcha   chegara
shaharlarida   bu   tovardan   foyda   ko’pligini   bilganliklari   uchun   hamma   opiumni
o’sha zahotiyoq nakd pulga sotib olishdi”, - deb yozilgan edi.
O’sha   kezlarda   Toshkentda   qo’qonlik   savdogarlar   ham   bo’lishgan.   Toshkentga
qozoqlar   cho’ldan   chorva   mollari   haydab   kela   boshlashgan   va   bir   kunda   20.000
qo’y sotilgan. 8 aprelda Toshkentdan Troitsk va Guljaga karvon jo’nagan. Fuljaga
ketgan karvonda oltin (quyma va pul holida) va opiumdan boshqa tovar bo’lmagan
ekan.   13   aprelda   Toshkentdan   Troitsk,   Petropavlovsk,   Buxoroga,   15   aprelda   esa
Petropavlovsk va Semipalatinskga karvon jo’nagan.
V.V.Vel’yaminov-Zernov   asaridan   shu   narsa   aniqlandiki,   Toshkent   O’rta   Osiyo
xonliklari   o’rtasidagi,   qolaversa,   Rossiya   bilan   Qo’qon   O’rtasidagi,   Qo’qon
xonligining   Xitoy   bilan   savdo   aloqalaridagi   markaziy   vositachi   shahar
hisoblangan.   А mmo   Toshkentdagi   notinchlik   oqibatida   Toshkentga   kelayotgan
karvonlar kam tovar keltirib, va aksincha ko’proq tovarlar olib ketishgan.
А .P.Teterevnikov   XIX   asrning   60   yillarida   savdogarlar   Toshkentdagi   umumiy
savdo   mablag’ini   10.000.000   rub.   bo’lishi   mimkin   deb   taxmin   qilganligini   xabar
bergan.   Bu   esa   yuqorida   eslatilgan   keltiriladigan   va   olib   ketiladigan   tovarlar
haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlovchi dalil hisoblanadi.
XIX   asr   o’rtalarida   Rossiyaning   O’rta   Osiyo   xonliklariga   qaratilgan   faol   harbiy
harakatlari   natijasida   bosib   olingan   hududdarda   1867   yil   14   iyulda   Turkiston
general-gubernatorligi   tuzildi.   Unga   ikki   viloyat:   markazi   Toshkent   bo’lgan
Sirdaryo   hamda   markazi   Verniy   shahri   bo’lgan   Yettisuv   viloyati   kirgan.   Shu
davrdan   boshlab   Toshkent   shahri   nafaqat   mustamlaka   boshqaruv   tizimining
tayanch   punktiga,   balki   Rossiyaning   o’lkadagi   iqtisodiy,   siyosiy   va   madaniy
manfaatlarining   markazita   aylantirildi.   Rossiya   davlati   Turkistonni   xom   ashyo
manbaiga   va   uni   rus   mollari   sotiladigan   bozorga   aylantirish   uchun   barcha
vositalarni   ishga   soldi.   Toshkent   tarixiga   oid   ma’lumotlar   ilmiy   va   tarixiy
asarlarda,   davriy   matbuot   materiallarida   hamda   arxiv   hujjatlarida   uchraydi.
O’zbekiston   Respublikasi   Markaziy   davlat   arxivi   fondlarida   saqlanayotgan hujjatlarda   Turkiston   general-gubernatorligining   markazi   sifatida   Toshkentning
mavqei oshib borganligini kuzatish mumkin.
Rossiya   Toshkentni   egallagach,   rus   tovarlarining   Toshkent   orqali   O’rta   Osiyo
xonliklariga   kirib   borishi   tezlashdi.   Hattoki,   1870   yilda   Turkiston   general-
gubernatori   Kaufman   bu   shahardagi   savdo-sotiqni   rivojlantirish,   rus   tovarlarini
sotish uchun bozorga ega bo’lish maqsadida Toshkentda har yili ikki marta, bahor
va   kuzda   yarmarkalar   tashkil   qilgan.   1885   yil   12   noyabrda   Turkiston   general-
gubernatori,   general-ad’yutant   Rozenbaxning   imperatorga   topshirgan   hisobotida
Toshkent   yarmarkasini   ko’rish   uchun   1870   yilda   yer   uchastkasi   ajratilganligi,
Toshkent   kelajakda   Rossiyaning   O’rta   Osiyo   hududidagi   ma’muriy   va   savdo-
sanoat markazi sifatida muhim ahamiyatga ega bo’lishini ta’kidlagan.
Sirdaryo   viloyati   harbiy   gubernatorining   hisobotlarida   Toshkent   uezdidan
tushayotgan foyda butun viloyat foydasining aksariyat yarmini tashkil qilganligini
ko’rish   mumkin.   Sirdaryo   viloyati   maydoni   459000   kv.versg   bo’lib,   6   ta   uezdga
bo’lib   boshqarilgan,   aholisi   1479848   kishini   tashqil   etgan.   Shundan   Toshkent
uezdi  40380 kv verst  maydonni  egallagan, aholisi  1901 yil ma’lumotlariga ko’ra,
462112   kishidan   iborat   bo’lgan.   Viloyat   markazi   Toshkent   shahri   edi.
Ma’lumotlarda   Toshkent   shahri   aholisining   soni   turlicha   ko’rsatilgan.   Masalan,
1868   yilda   76053   kishi,   1870   yilda   78981   kishi,   1897   yil   akolini   ro’yxatga   olish
natijalariga   ko’ra,   155673   kishini   tashqil   qilgan.   Ma’lumotlarga   asoslanib   aytish
mumkinki, Toshkent  shahri aholisi soni  yil sayin ko’payib borgan. Shahar aholisi
tabiiy   ko’payish   hisobiga   o’smadi,   balki   Rossiyadan   ko’chirib   keltirilganlar
evaziga   oshib   borgan.   А holining   ko’chib   keluvchilar   hisobiga   o’sishi   podsho
hukumati   mustamlakachilik   siyosatining   natijasi   edi.   Shu   siyosat   tufayli   o’lkaga
ko’plab   harbiylarning   oilalari   ko’chirilib,   yangi-yangi   qishloqlar,   shaharchalar
barpo etildi.
Toshkent   Sirdaryo   viloyatining   siyosiy   tayanch   nuqtasi   bo’lish   bilan   birga,
iqtisodiy   manfaatlar   markazi   ham   bo’lib,   uning   nufuzi   oshib   borgan.   1867   yilda
Toshkentdan   Rossiyaga   867870   rub.   tovar   chiqarilgan.   1871   yil   ma’lumotlariga
ko’ra,   Toshkentning   Rossiya   bilan   savdo   aylanmasi   15039631   rub.,   1882   yilda
15669724   rub.   bo’lib,   shundan   Toshkentning   hissasi   7   mln   rub.ni   tashqil   qilgan. 1893   yil   Sirdaryo   viloyati   savdo   aylanmasi   29609700   rub.,   shundan   Toshkent
shahri hissasi 22178000 rub.dan iborat bo’lgan.
O’zbekiston   MD А   hujjatlarida   1898   yilda   Sirdaryo   viloyatining   savdo   aylanmasi
45300000   rub.   ekanligi   qayd   qilingan.   Shundan   30900000   rub.   import   tovarlar
hisobiga   va   14400000   rub.   eksport   qilingan   tovarlar   hisobiga   to’g’ri   keladi.
O’lkaga   olib   kirilayotgan   tovarlarning   aksariyat   katta   qismini   20000000   rub.
manufaktura   mahsulotlari   tashkil   qilgan,   qolganlari   choy,   temir   va   boshqa
tovarlardan   iborat   bo’lgan.   Viloyatdan   esa   3000000   rub.   paxta,   4000000   rub.
chorva mahsulotlari olib chiqilgan. Viloyatning yillik savdo aylanmasi yildan yilga
o’sib   borgan.   Masalan,   agarda   1898   yilda   umumiy   savdo   aylanmasi   45300000
rub.ga tent bo’lgan bo’lsa, 1899 yilda 69700000 rub.ga yetgan. Shundan 40000000
rub.   Toshkent   shahrining   hisobiga   to’g’ri   kelgan.   Savdo   aylanmasining   3
millionini paxta tashqil qilgan.
1900   yilda   viloyatning   umumiy   savdo   aylanmasi   hajmi   62240000   rub.   bo’lib,
shundan viloyatga 48700000 rub. tovar keltirilgan, viloyatdan 13540000 rub. tovar
olib   chiqilgan.   Eslatib   o’tilganidek,   chetdan   asosan   manufaktura   mahsulotlari,
choy,   temir   va   boshqa   tovarlar   keltirilgan.   1901   yilda   savdoning   umumiy
aylanmasi   85   mln.   rub.   bo’lib,   shundan   yarmi   Toshkent   shahri   xissasiga   to’g’ri
kelgan.   1902   yilda   savdo   aylanmasi   34042000   rub.ni   tashqil   qilgan,   shundan
25040000   rub.   tovar   olib   kirilgan,   9001830   rub.   tovar   olib   chiqilgan.   1903   yilda
viloyatga   65750000   rub.   tovar   chetdan   olib   kirilgan,   55675000   rub.   tovar   olib
chiqilgan. Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, viloyatga kiritilayotgan tovarlarning
summasi   baland,   bu   esa   kiritilayotgan   tovarlar   qimmat   narxlarda   olib
kelinayotganligidan dalolat beradi. O’z navbatida o’lkadan tovarlar arzon narxlarda
olib ketilgan.
Shu   o’rinda   ta’kidlash   joizki,   Turkiston   o’lkasida   Umumrossiya   monopolistik
birlashmalarining   mavqei   kuchayadi.   O’lkadan   Rossiyaga   xom   ashyo   arzon
narxlarda   olib   ketilib,   Rossiyadan   keltirilgan   sanoat   mollari   esa   qimmat   bahoda
sotilgan.
Rossiya  imperiyasining O’rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosati  oqibatida
Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiyaning vassaliga aylantirildi, Qo’qon xonligi esa   tugatilib,   uning   o’rnida   Farg’ona   viloyati   harbiy   gubernatorligi   tashkil   etildi.
Turkiston   o’lkasi   Rossiyaning   arzon   xomashyo   yetkazib   beruvchi   manbaiga
aylantirildi.   Imperiya   to’qimachilik   sanoati   uchun   paxtachilikni,   chet   davlatlarga
eksport   qilish   orqali   katga   daromad   oladigan   ipakchilikni   rivojlantirish
istiqbollarini ko’zlay boshladi.
Birgina   pillachilik   sohasini   misol   tariqasida   ko’rib   chiqsak   quyidagi   manzara
ko’zga   tashlanadi.   Ipakchilik   katta   daromad   manbai   bo’lganligi   tufayli   Chor
Rossiyasi hukmron doiralari Turkiston general-gubernatorligida bu sohaga alohida
e’tibor bera boshladilar. Ipakchilikni rivojlantirish maqsadida 1887 yilda Farg’ona
viloyatida   ipak   qurti   stantsiyasi   ochiladi.   Harbiy   gubernator   general   Mayor
Chaykovskiy   Farg’ona   viloyati   bo’yicha   hisobotida   pilladan   ipak   kalavalar
tayyorlashdagi   texnik   kamchiliklar,   ya’ni   tekis   yigirilmagan   ipak   kalava   yevropa
bozorlarida   ikki   barobar   arzon   sotilayotganligini   kuyunib   yozgan.   Bu   esa   savdo
firmalarining   tayyor   ipak   kalavalarni   sotib   olishdan   ko’ra,   xom   pillalarni   xarid
qilishiga sabab bo’layotganligi va ularni yigirilmagan holatda olib chiqib ketishiga
yo’l ochib berilayotganligini tashvishlanib yozgan. 1899 yil ma’lumotlariga ko’ra,
1898   yildan   buyon   tayyor   ipak   kalavaga   nisbatan   xom   pilla   ko’proq   olib   chiqib
ketilgan,   jumladan,   500000   rubllik   8800   pud   pilla   eksport   qilingan.   Xom   pilla
ko’prok Frantsiyaga olib ketilgan.
1890   yillarning   oxirlarida   viloyatda   har   yili   700000   zolotnik   ipak   qurti   urug’i
tayyorlangan. Pillani chetga olib chiqish jadallashgan sari pilla urug’iga talab oshib
borgan va u 2 million zolotnikka yetishi mo’ljallangan. Bu holat 6-8 million rubllik
200 ming pudgacha quruq pillani yetishtirish imkonini beradi.
Hujjatlarda   1900   yilda   ipak   narxining   ko’tarilganligi   ko’zga   tashlanadi.   Xususan,
shu yili xom ipakni tashqi bozorga eksport qilish o’tgan yilga nisbatan 1736 pudga
oshgan, foydasi 700 ming rublga ko’tarilgan. So’nggi yillarda chet elga 2,5 million
rublgacha ipak sotilayotganligi e’tirof qilingan.
1910   yil   hisobotida   Farg’ona   viloyatida   250.000   pud   xom   ipak   yoki   70.000   pud
quriq pilla yetishtirilganligi e’tirof qilingan. 1913 yilda Turkiston o’lkasida 4 ming
t   ga   yaqin   pilla   yetishtirilgan   bo’lsa,   uning   90   %   i   Farg’ona   vodiysiga   to’g’ri
kelgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar ko’rilayotgan choralar va amalga oshirilayotgan
ishlar   asosan   pilladan   ko’p   hosil   yetishtirish   va   undan   katta   daromad   olishga
qaratilganligini   tasdiqlaydi.   А mmo,   pilla   boquvchi   aholining   turmush   sharoitini
yaxshilash   borasida   amalga   oshirilgan   tadbirlar   yoki   pillaning   aholidan   xarid
narxini ko’tarish to’g’risida hech qanday ma’lumotga duch kelmadik.
Xulosa   qilib   aytish   mumkinki,   Qo’qon   xonligi   tugatilib,   uning   o’rnida   tashqil
etilgan Farg’ona viloyatida Rossiya hukumati manfaatlaridan kelib chiqqan holda,
pillachilikni rivojlantirish uchun naslchilik ipakchilik stantsiyalarini qurish va ipak
qurtining   sermahsul   zotlarini   yaratish,   kasalliklarga   qarshi   kurashish   maqsadida
ilmiy-tadqiqot   institutlarini   ochish,   tutzorlarni   kesilib   ketishdan   asrash   va
tutzorlarni ko’paytirish, tut  daraxtining serbarg navlarini  yaratish masalalarini  hal
qilishga katta e’tibor qaratgan.
Qo’qon xonligi  Buxoro bilan ham  yaqin savdo  aloqalari o’rnatgan edi. Qo’qonga
Buxorodan quyidagi karvon yo’llari kelgan:
1. Buxoro - Samarqand - Jizzax - Zomin - O’ratepa - Xo’jand
- Mahram - Besharik -Qo’qon.
2. Buxoro   -   Samarqand   -   Yangiqo’rg’on   -   Jizzax   -   Ravot   -   Jom   -   O’ratepa   -
Xo’jand- Mahram - Beshariq - Qo’qon.
Buxorodan   Qo’qonga   oziq-ovqat   mahsulotlari   ham   keltirilgan.   P.I.Demezonning
yozishicha,   Buxoroda   yetishtirilayotgan   guruch   aholi   ehtiyojini   qondirmayotganli
uchun, uni Qo’qondan keltirishga to’g’ri kelgan.
Buxorodan   Qo’qonga   ipak   matolar,   qorako’l   terisi,   hind   baqqollik   mollari,   mal-
mal,   Qobul   kamarlari   va   sallalari   keltirilgan.   Qo’qon   aholisi   orasida   asosan   tilla
yoki kumush bilan to’qilgan kimxob ipak matosiga talabgor bo’lgan. Uning eni bir
arshin bo’lib, 10 tillodan 45 tillogacha sotilgan.
Qo’qon   bilan   Buxoro   o’rtasidagi   savdoda   Qo’qonda   yashayotgan   70   ga   yaqin
afg’onlar va hindlar faol rol o’ynagan. Qo’qon faqat Buxoro bilan savdo qilibgina
qolmay,   Buxoroning   Toshkent   va   Koshg’ar   bilan   savdo   aloqalarida   tranzit   joy
rolini   ham   o’tagan.   Buxoroda   Qo’qon   ipagi   mashhur   bo’lgan.   Ma’lumotlarga
ko’ra, har yili Qo’qon va Buxorodan Hindistonga 1000 tuyada ipak jo’natilgan. Qo’qondan borish qiyin bo’lgan Krrateginga matolar, egarlar, metal taxtacha, oyoq
kiyim,  taroq  va  boshqa  tovarlar  keltirilgan.  Qorategindan  esa   Qo’qonga   qoramol,
terilar va tillo olib kelingan. Qorategin tillosi Qo’qonda sof oltin haqida bo’lsa bir
misqoli 16,5 tanga, mayda tillo kukuni esa 14,5 tanga bo’lgan.
Savdo aloqalarining doimiy, bir me’yorda davom etishi va rivojlanishi transport va
karvon   yo’llarining   ahvoliga   bog’liq   bo’lgan.   Bu   o’rinda   Qo’qon   bilan   Buxoro
o’rtasidagi  savdo aloqalari aloqada mavqega ega bo’lgan. Ular o’rtasidagi karvon
yo’li tekis bo’lib, tovarlarni tashishda aravalardan foydalanilgan. N.V.Xanikovning
bergan   ma’lumotlariga   ko’ra,   ikkita   asosiy   Qo’qon   karvonining   birinchisi
Buxoroga yozning boshida va ikkinchisi ko’zning oxirida kelgan, kichik karvonlar
esa yil davomida qatnab turgan. Qo’qonliklar Buxoroga mahalliy hunar mandchilik
buyumlaridan tashqari, xitoy tovarlari - choy, kumush yombi, chinni buyumlar va
marjoy hamda boshqa rus tovarlarini olib kelgan.
Qo’qondan Buxoroga eksport qilinadigan asosiy  tovarlar ipak va ipak gazlamalar
bo’lib, har yili 8 ming pudgacha keltirilgan. Eng sifatli ipak «chilla» deb atalib, u
Qo’qonda ishlab chiqarilgan.
Qo’qon bilan Buxoro o’rtasida yaxshi savdo aloqalari o’rnatilgan. Qo’qon tovarlari
na   faqat   Buxoro   bozorlarida,   hattoki   Buxorodan   Qobulga   olib   borib   sotilgan.
Qo’qon ipagi sifati jihatidan Buxoro ipagidan ustun turgan. Shuning uchun uning
narxi bir pudi 16 tillo, Xo’jand ipagi esa 15 tillo turgan.
Buxoro bozorlarida choy, chinni idishlar, qisman xitoy va Qo’qon ipak gazlamalari
va   ko’plab   rus   temir,   cho’yan   va   po’lat   buyumlari   sotilgan.   Toshkentning   Sibir
chegaralariga   yaqinligi,   toshkentlik   savdogarlarga   qisqa   muddatda   tovarlarni
Buxoro   bozorlariga   yetkazib   berishga   imkoniyat   bergan.   Bu   temir,   cho’yan   va
po’lat   buyumlarning   kattagina   qismi   Hisor,   Badaxshon,   Xulm,   Maymand   va
boshqa joylarga toshkentlik va xivalik savdogarlar tomonidan olib borib sotilgan.
Qo’qondan   Hindistonga   va   А fg’onistonga   «chilla»   deb   ataluvchi   ipak   gazlamasi
olib   ketilgan.   Shuni   ta’kidlab   o’tish   kerakki,   xuddi   Buxoroda   bo’lganidek
Qo’qonda   ham   hindlar   va   afg’onlar   yashagan   bo’lib,   ular   Qo’qon-Buxoro
aloqalarida muhim rol o’ynagan. Ma’lumotlarga ko’ra, ular Buxoroda 70 ga yaqin
bo’lishgan. Qo’qon Buxoro orqali  Hindiston bilan ham  savdo  qilgan. Jumladan, Peshavordan
Buxoro   orqali   Qo’qonga   ingliz-hind   tovarlari   keltirilgan.   Peshavordan   Qobul,
Qarshi,   Samarqand   va   Qo’qon   yo’li   orqali   O’rta   Osiyoga   har   yili   10-15   ming
tuyada   tovarlar   keltirilgan.   Keltirilgan   tovarlar   asosan   oq   mal-mal,   gul   tiqilgan
ko’ylaklik matolar, shahar, indigo, qalin surp va chitlardan iborat edi. Peshavordan
O’rta   Osiyoga   keltirilgan   10-15   ming   tuya   tovarlardan   1000   tuyasi   bombey
choylari   bo’lgan.   Hindistonda   Qo’qon   ipagiga   talab   katta   bo’lgan.   Har   yili
Qo’qondan, Buxoro va Hindistonga 1000 tuyada ipak jo’natilgan.
XIX   asrda   O’rta   Osiyo   xonliklaridagi   savdoni   qo’lga   kiritish   maqsadida   inglizlar
tovarlarini   Buxoro   va   Qo’qon   xonliklariga   tarkatish   yo’llaridan   biri   sifatida
Shimoliy Hindistondagi Peshavor yaqinida yashaydigin Hindistonlik musulmonlar
yordamidan   foydalangan.   Ular   parachlar   deb   atalgan.   Ingliz   savdogarlari   o’z
tovarlarini uch yil muddat bilan parachlarga qarzga bergan, o’z navbatida parachlar
mollarini Buxoro va Qo’qonda nasiyaga sotishgan. Parachlarning ba’zilari Buxoro
va   Qo’qonda   joylashib   olganlar   va   shu   yo’l   bilan   ingliz   tovarlarini   kengroq
yoyishga harakat qilganlar. Ingliz tovarlari O’rta Osiyoga ikki yo’l, ya’ni Qobul va
Mashhad orqali kirib kelgan. Toshkentga esa u yer bilan doimiy muomalada bo’lib
turgan   hindlar   olib   kelganlar.   Hindlar   ingliz   tovarlari   bilan   birga   mahalliy   hind
tovarlarini ham keltirishgan. Muallifning aytishicha, ularning asosiy ishi sudxo’rlik
bo’lgan.   А .N.Teterevnikov,   keyingi   vaqtda   Toshkentga   ingliz   tovarlari   kam
keltirilayotganligi,   ular   faqat   ilgari   olib   kelingan   tovarlardan   qolganlarinigina
sotilayotganligini ko’rganligini yozadi.
Demak,   hindlar   nafaqat   Buxoro   yoki   Samarqandda,   balki   Toshkentda   ham
sudxo’rlik   bilan   shug’ullangan   bo’lishi   mumkin.   Muallif   1865   yili   Toshkentning
Rossiya   tomonidan   ishgol   qilinganidan   so’ng   ingliz   tovarlarini   keltirilganligini
ko’rmagan bo’lishi mumkin.
Teterevnikov   А ngliyadan   ingliz   tovarlarining   keltirilish   yo’llari   haqida   ma’lumot
berib,   bir   tomondan,   tovarlarning   suv   yo’llari   orqali   juda   qulay   olib   kelinishini
ta’kidlasa,   va   aksincha,   Peshavordan   Buxoro   va   Qo’qonga   juda   qiyinchilik   bilan
kirib   kelishini   ma’lum   qiladi.   Muallif   mayda   hokimlar   tomonidan   hududidan
o’tganligi   uchun   olinadigan   soliqlar   oqibatida   savdogarlar   ko’p   mablag’larini yo’qotishlarini   haqli   ravishda   e’tirof   qilgan.   Peshavordan   Qobulgacha   bitga   tuya
tovarni olib kelishi 2 tillo(8r.20 k.) ga, Qobuldan Buxorogacha 16 tillo (60r.80 k.)
ga tushgan. Nazarimizda muallif  yo tillo, yoki so’m hisobida adashgan  ko’rinadi.
А garda 2 tillo (8r.20 k.) bo’lsa, 1 tillo Zr.28k.ga to’g’ri keladi, unday holda 16 tillo
52r.48k.   bo’lishi   kerak,   vaxolanki   asarda   ko’rganimizdek   60r.80k.   tushgan   deb
belgilangan.   А .Teterevnikov   savdo   karvonining   yo’nalishini   quyidagicha
belgilagan:   Peshavor-Jalolobod—Qobul—Sarichashma-Xulm—Bamian—   Balx   -
Kerki.   Kerkida   savdo   karvonlari   ikkiga   bo’linadi;   ya’ni   Qo’qon   va   Toshkentga
boradigan karvonlar Samarqandga, qolganlari esa Buxoroga yo’l oladi. Zakot ikki
barobar   oshirilgani   uchun   bu   yo’l   noqulaylik   tug’diradi.   Shu   yo’l   bilan   O’rta
Osiyoga   har   yili   10-15   ming   tuyaga   yaqin   tovarlar   olib   kelinadi.   Bu   tovarlar
ko’proq: salla uchun ishlatiladigan oq doka, gulli ko’ylaklik mato, shahar, indigo -
nil   buyog’i,   kolenkor   (oqartirilgan   dahal   surp)   va   chitlar   bo’lgan.   Teterevnikov
savdogarlarning   ma’lumotiga   tayanib,   Peshavordan   keltirilgan   tovarlarning   yarmi
Xo’jand   orqali   Qo’qon   xonligiga   qarashli   shaharlarga,   2000   tuyadan   oshmagan
tovarlar   esa   Toshkentga   keltiriladi,   deb   yozadi.   Demak,   agar   O’rta   Osiyoga
jo’natilgan 10-15 ming tuya molning yarmi 5-7 ming tuya bo’lsa, shundan 2 mingi
Toshkentga   jo’natilsa,   u   holda   Qo’qon   xonligi   shaharlariga   3-5   ming   tuya   mol
keltirilgan bo’ladi.
Keltirilgan 10-15 ming tuya tovarning 1 minggi bombey choylari hisoblangan. Bu
choy  Toshkentga   ham   keltirilgan   bo’lib,   aholi   choyning   tami   haqida   yaxshi   baho
berishmagan.   Choy   ko’rinishi   jihatidan   Yeulja   va   Chuguchak   choylaridan   farq
qilmagan, lekin tami unga nisbatan pastroq, ya’ni bemaza bo’lgan. Shuning uchun
uning   narxi   boshqa   choylarga   qaraganda   uch   barobar   past   yurgan.
Teterevnikovning   fikricha,   O’rta   Osiyoga   keladigan   ikki   savdo   yo’lidan   faqat
Qobul   yo’li   orqali   tovarlar   Qo’qonga  keltirilgan  bo’lsa,   Mashhad   yo’li   orqali   esa
Buxoroga keltirilgan.
O’rta   Osiyo   va   Buxorodan   Hindistonga   ipak,   echki   tiviti,   nasha   va   tillo,   hamda
otlar   haydab   ketilgan.   “ А vvallari   Qo’qon   va   Buxorodan   Hindistonga   1000
tuyagacha ipak olib ketilgan, lekin endilikda deb yozadi Teterevnikov, - ipak narxi
tushib   ketganligi   sababli   umuman   kam   olib   ketilmokda».   Muallif   Toshkentdan jo’natilgan   rus   tovarlarining   Qobulga   yetib   bormayotganligidan   tashvishlanadi,
chunki  bu tovarlar  ularning talabiga javob bermagan.   А lbatta Qobulda va boshqa
joylarda   juda   tez   sotilgan   turonliklarning   “latta”   deb   ataladigan   ipak   matolari   va
tillo   parchasi   bundan   istisno.   Rus   misi   Qobulda   yaxshi   xarid   qilingan.   Lekin
Buxoro amiri afg’onlar bilan janjallashib qolgani sababli mis va otlarni afg’onlarga
o’tkazmay   qo’ygan.   Ipakdan   keyingi   o’rinda   Qobulga   jo’natiladigan   tovar   nasha
bo’lib, bir yilda O’rta Osiyodan 200 tuyagacha nasha ortilgan karvonlar jo’nagan.
Nasha   Hindistonga   kontrabanda   yo’li   bilan   keltirilgan   va   asosan   nasha   savdosi
bilan   Qo’qon   xonligi   shug’ullangan.   O’z   navbatida   Qo’qon   xonligi   nashani
Koshg’ar va Yorkenddan olgan. Qo’qondan Hindistonga 100 tuyagacha echki tiviti
jo’natilgan.
Hindiston bilan O’rta Osiyo o’rtasidagi savdo balansi quyidagicha bo’lgan. har yili
Hindistonga   12   lak   tillo   (lak   -   100000   zolotix)   jo’natilgan.   Ipak   og’irligi   -   400
chervon, echki tiviti - 25 chervon, bir pud nasha narxi - 50 r.gacha turgan.
Yuqorida   ko’rib  o’tganimizdek,   А .Teterevnikov  e’tiborini  O’rta   Osiyo  xonliklari,
jumladan,   Qo’qon   xonligining   ichki   va   tashqi   aloqalarini   yoritishga   qaratgan.   U
ko’proq   ingliz   tovarlarining   O’rta   Osiyo   bozorlariga   turli   yo’llar   bilan   kirib
kelayotganligidan,   va   aksincha,   rus   tovarlarining   А fg’onistonga   yetib
bormayotganligidan tashvishlangan. Teterevnikov O’rta Osiyo bozorlaridagi ingliz
va rus tovarlari o’rtasidagi raqobatni ruslar foydasiga hal qilish yo’llarini qidirgan.
А .Sh.Shomansurovaning yozishicha, xar yili Buxoro, Qo’qon, Toshkentdan Qobul
orqali   10-15   ming   tuyada   yuklar   160-200   ming   pud   turli   xil   tovarlarni   ortib
Hindistonga   olib   ketilgan.   Bu   savdoda   asosan   afg’onlarning   loxaniy   qabilasidan
bo’lgan povinda muhim rol o’ynagan. Povinda bu savdodan katga foyda ko’rgan.
Qo’qon  savdogarlari  savdo   karvonlari  bilan  Turxiya  va arab  mamlakatlariga  ham
yetib  borgan.   А .Vamberi   ziyoratga   borgan   ziyoratchilar   o’zlari   bilan   «40   dyujina
(12 dona) ipak, buxoro ro’mollari, 2000 atrofida pichoq, 30 bo’lak namangan ipak
matosi, ko’plab Qo’qon do’ppilarini olib borganligini ko’rganligini yozadi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlamoq lozimki, Qo’qon xonligi O’rta Osiyo xonliklari,
Xitoy, jumladan  Sharqiy Turkiston,  Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya  va boshda
mamlakatlar   bilan   savdo-iqtisodiy   aloqalari   o’rnatgan.   Qo’qon   xonligi   ayniqsa, Xitoy,   jumladan,   Koshg’ar   bilan   yaqin   savdo   munosabatlariga   kirishgan.   Qo’qon
Koshg’ar   bilan   to’g’ridan-to’g’ri   savdo   qilishdan   tashqari   Xitoyning   O’rta   Osiyo
xonliklari, Hindiston, Eron va Rossiya bilan savdo aloqalarida vositachi rolini ham
bajargan.  Qo’qon  karvonsaroylarida  Hindiston,   Tibet,  Koshg’ar,  Buxoro  amirligi,
А fg’oniston,   Rossiyadan   olib   kelingan   mollar   to’plangan.   Mazkur   savdo
aloqalarida   Toshkent   alohida   mavqega   ega   bo’lganligi   hm   alohida   ta’kidlanishi
lozim.

XIX ASR IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDA ELCHILIK MUNOSABATLARI MANBASHUNOSLIGI MUNDARIJA Kirish: ..................................................................................................... betlar 1 Bob XIX asr ikkinchi yarmida xonliklarning diplomatik munosabatlari manbashunosligi...-bet 1 .1 §. Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi va qo`shni davlatlar bilan elchilik munosabatlari …………………………….betlar 1.2.§. XIX- А SRNING 50-YILL А RID А XIV А XONLIGI BIL А N ROSSIYA O’RT А SID А GI MUNOS А B А TL А RG А DOIR BOSILIB CHIQQ А N B А `ZI M А NB А L А R 1.3 § XIX-XX asr Buxoro amirligining savdo-iqtisodiy aloqalari ........... betlar 1.4. §. QO’QON XONLIGINING TOSHKENT, BUXORO XONLIGI V А HINDISTON BIL А N S А VDO А LOQ А L А RI 1.5.§. Qo`qon xonligi va Rossiya imperiyasi munosabatlari 2 Bob XX asr boshlarida Xonliklarning diplomatik munosabatlarining o`ziga xos xussiyatlari…………………….bet 2. 1 §. Buxoro amirligining XX asr boshlarida xalqaro munosabatlari……………… betlar 2. 2 §.Xiva xonligi va uning XX asr boshlarida diplomatik aloqalari tahlili….betlar 2. 3 §…………………………………………………………………………betlar 3Bob Markaziy Osiyo davlatlarining XX asr boshlarida diplomatik tamoyillaridagi o`zgarishlar……bet 3.1 §. Yevropa davlatlarining Markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalarining o`ziga xos xususiyatlari…………………………………………………….. betlar

3 .2§. XX asr boshlari Markaziy Osiyo xalqlari xalqaro munosabatlarining chet el tadqiqotchilari tomonidan o`rganilishi o`rganilishi .................................. betlar Xulosa .................................................................................................... betla KIRISH XX asrning oxirgi o’n yilligida elchilik munosabatlarining rivojlanishida g’oyat muhim voqealar sodir bo’ldi. Sotsialistlik sistema parchalanib Yevropaning qator mamlakatlari mustabid tizim zulmidan qutilib demokratik rivojlanish yo’liga o’tdi. Sobiq SSSR o’rnida mustaqil davlatlar paydo bo’lib ular jahon hamjamiyatiga bevosita qo’shilib elchilik munosabatlar ning alohida subyektlariga aylandilar. Shu o’rinda O’rta Osiyo hududi qadim zamonlardan to hozirgi kungacha mavjud bo’lgan davlatlarning ko’p ming yillik davr mobaynida elchilik aloqalari tarixini o’rganilishi mumkun bo’lgan ko’plab jo’mboqli materiallar mavjud. O’zbekiston Respublikasi keyingi yillarda faol tashqi siyosat olib bormoqda. Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan tashqi siyosat konsepsiyasi ishlab chiqildi. 2017 – yilda “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida quyidagilar belgilab berildi. Jumladan, davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon – atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish; O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ – huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy – huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat

chegarasini delimitatsiya 1 va demarkatsiya 2 qilish masalalarini hal etish kabi strategik vazifalarni tashqi siyosat masalasida belgilab berdi . 3 Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz xalqaro aloqalarda hamma zamonlarda ham huquqiy, nazariy hamda ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Jumladan, “O zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja vaʻ martabalari belgilash to g risida ʻ ʻ 4 ”gi qonunda (1992 – yil 3 – iyul), O zbekiston ʻ Respublikasi Prezidenti farmonlari 5 , konstitutsiyasi bilan, O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida qonun boshqa qonun hamda normativ hujjatlar diplomatiyamizning huquqiy asoslarini ta’minlab beradi. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov tomonidan mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat hududiy yaxlidligi uchun faolik ko’rsatilgan edi. I.A.Karimov o’z ma’ruzasida “davlat mustaqilligiga erishish, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lib kirish O’zbekistonga o’zining tashqi siyosatini mustaqil ravishda,... O’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko’p tomonlama faol tashqi siyosatini amalga oshirish – davlatimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g’oyat muhim vositasidir” – degan fikrida tashqi siyosatning davlatlar taraqqiyotidagi o’rniga baho bergan edi 6 . 1 Delimitatsiya – Davlat chegarala-rini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash , belgilangan chegaralarni qayta ko rib chiqish. ʻ 2 Demarkatsiya – Qoʻshni davlatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga, bitimga asosan mamlakatlar orasidagi chegarani aniqlash, belgilash. Demarkatsiya chizigʻi   harb., siyos.   1) vaqtincha sulh paytida urushuvchi tomonlarning qoʻshinlarini bir-biridan ajratib turgan muvaqqat chegara;   2 ) urushda yengilgan mamlakat hududini ishgʻol qilingan zonalarga boʻluvchi chiziq, doyra. 3 “ O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni. Toshkent.: “Adolat”. 2017. 6-bet. 4 “O zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va ʻ martabalari belgilash to g risida”gi qonuni 1992. ʻ ʻ 5 O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda uning ma’sulyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prizedenti farmoni. Xalq so’zi. 62 (22.578) 2018. 6 Karimov I. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 – Tom “Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat”. Toshkent .: “ O ’ zbekiston ” 1996. 50- bet .

Qadimiy turkiy atamalarni to’plab, ular yuzasidan keng ko’lamli izlanishlar olib borgan taniqli turkshunos – lug’atshunos L.Z.Budagovning ta’kidlashicha, “elchi” atamasi aslida “el” ya’ni xalq, qabila, jamoa so’zidan kelib chiqqan. Buning isboti uchun u “ellanmoq” – yarashmoq, do’stlashmoq, moyil bo’lmoq, “el turmoq” – tinch, osoyishta, bo’ysunib yashamoq, “el bo’lmoq” – itoatkor, sadoqatli bo’lmoq kabi atamalarga to’xtaladi 7 . Ko’rinib turibdiki, xalqaro aloqalar bu – davlatlar taraqqiyotining muhim bir ko’rinishi hisoblanib, qadim tariximizda ham diplomatiya o’z ahamiyati jihatidan muhim bir soha hisoblangan va uni tadqiq etish tarixchilar oldida turgan vazifalardan hisoblanadi. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov milliy mafkuraning shakllanish jarayonida tarix fanining o’rniga g’oyat yuksak baho berdi: “Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba – bu haqqoniy yoritilgan tarixdir,” – deb aytib o’tdilar 8 . XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida T urkistonda elchilik munosabatlari manbashunosligi mavzusi Sobiq ittifoq davrida ham ko’plab tadqiqotlar uchun asos bo’lgan edi. XX asrning so’nggi o’n yilligida esa “elchilik munosabatlar” yo’nalishidagi tadqiqotlar ahamiyati davrimiz keskin siyosiy o’zgarishlari tufayli yanada dolzarblashdi. Elchilik munosabatlarning mafkuradan xoli bo’lishi, sobiq Ittifoq o’rnida o’nlab mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi, xorij bilan teng, vositachilarsiz siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikka kirishish, bizning Respublikamiz oldiga ham ancha mas’uliyatli vazifalar qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi joylashgan, O’rta Osiyo deb ataluvchi hudud bir paytlar xalqaro hamkorlik markazlaridan biri bo’lgan. O’tmishimizda ota bobolarimiz xorijiy mamlakatlar bilan qizg’in savdo – sotiq va elchilik aloqalarini o’rnatgan. Xususan, antik davr mualliflaridan biri Kvint Kursiy Ruf ma’lumotiga ko’ra, “skif (saklar)larning nutqi qat’iy va jozibador bo’lganligini alohida ta’kidlagan... Kvint 7 Будагов Л.З. Практическое рукаводство турецко – татарского азербайджанского наречия М. 2014. с тр -45 8 Karimov.I.A. Milliy istiqlol mafkurasi- xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T: O’zbekiston, 2000. B.26.

Kursiy Ruf 20 nafar skif elchilarining Aleksandr huzurida o’zini tutishiga e’tibor qaratgan”ligi to’g’risidagi ma’lumot ham ko’rsatib turibdi 9 . Yurtimizda turli davrlarda bo’lgan xorijlik elchi, sayyoh, ayg’oqchi kabilarning xotiralari ham manba sifatida yordam beradi. Ayniqsa, Ispaniya sayyohi Ryu Ganzales de Klavixo, arab sayyohi Ibn Battuta, ingliz ayg’oqchilari Mir Izzatullo, Antoniy Jenkinson, Mungo Grem, Elton Faks, vengir olimi H. Vamberi, rus vakillari F.Nazarov, Meyndor, polkovnik Ignatiyov, Danilevskiy kabilarning esdaliklari qimmatli ma’lumotlar keltiriladi 10 . Rossiyadagi oktyabr voqealariga qadar bo’lgan davrdagi hamkorlik aloqalarini o’rganishda H.Ziyoyev, Ilyos Isomiddinov, A.Muhammadjonov, A.Asqarov, N.Baykova, N.A.Xalfin kabi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ahamiyati benihoya katta hisoblanadi 11 . Sovet ittifoqi davrida “ XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida T urkistonda elchilik munosabatlari manbashunosligi ” mavzusi bilan Ch.Abutalipov, U.Rustamov, X.Shukurova, I.To’xtaxo’jayeva, A.Isoxo’jayev, Sh.A.Xaitov kabi ko’plab olimlarning ilmiy taqdiqotlarida mavzuni yoritish bo’yicha tahliliy asoslar yetarli darajada o’rganilgan. Bundan tashqari O’zbekistonning xalqaro aloqalardagi ishtiroki bilan bog’liq voqealarni bayon qilishda O’zbekiston Respublikasi davlat arxivi, hamda bir qator tashkilotlarning joriy arxiv hujjatlari, davriy matbuot materiallari muhimdir. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran O‘zbekiston Respub likasida tarix fanini rivojlantirishga, tarixiy o‘tmishni ob’ektiv, xolisona o‘rganishga katta 9 Otaxo’jayev.A. Antik davrda diplomatik munosabatlar, “Tarixiy xotira – ma’naviyat asosi” mavzusidagi ananaviy respublika ilmiy – nazariy anjumani matreallari. – Buxoro, 1995. – 46 – bet. 10 Нематулла Ибрагимов. Ибн Баттута и его путешествия по Средней Азии «Наука», 1988. 148 стр, Путешествие Антония Дженкинсона в Бухару (1558–1559) // Тожибаев Ш.А . Молодой учёный №6 (86) март-2 2015 г. Голубевой З.Д. Арминий Вамбери. Путешествие по Средней Азии. М. Восточная литература. 2003 11 Ziyoyev H. O’rta Osiyoning Sibir, Volga va Ural bo’yi xalqlari bilan aloqalar. Toshkent, 2014. – 573-b et , Nizomiddinov I. O’rta Osiyo va Hindiston. - Toshkent.1991. – 200 -bet, A.R.Muhammadjonov, T.Ne’matov. Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlari tarixiga doir ba’zi manbalar. Toshkent. “O’zbekiston SSR FA nashriyoti” 1957. 211 bet, A.Muhammadjonov, A.Asqarov, N.Baykova “Ipak yo’li orqali savdo va Rossiya hamda sharq mamlakatlari bilan munosabatlar” , Хаlfin N.А. Rоssiya i хаnstvа Srеdnеy Аzii (pеrvаya pоlоvinа XIX v.). M., 1974.