logo

XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatiga aholini ko’chirish siyosati va uning oqibatlari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

174.064453125 KB
1 XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya
imperiyasining Sirdaryo viloyatiga aholini ko’chirish siyosati va
uning oqibatlari
M U N D A R I J A
 
KIRISH…………………………………………………………….3-13 
I       BOB.           ROSSIYA   IMPERIYASINING   SIRDARYO   VILOYATINING
MUSTAMLAKAGA   AYLANTIRILISHI   VA   AHOLINI   KO’CHIRISH
SIYOSATINING   ROLI   VA   DASTLABKI   DAVRDAGI   MOHIYATINING
XUSUSIYATLARI.
      
            1.1.   Rossiya   imperiyasining   Sirdaryo   viloyatidagi   strategik   maqsadlari
………………..……….……………..…...14-16
            1.2.   Rossiya   imperiyasining   Sirdaryo   viloyatiga   aholini   ko’chirish
siyosatining   bosqichlari   va   uning   mustamlakachilik   mohiyati   …..
………………………………………………..………….…..16-20 
II   BOB.   ROSSIYA   IMPERIYASI   TOMONIDAN   AHOLINI   KO’CHIRISH
SIYOSATINING ISHLAB CHIQILISHI VA AMALGA OSHIRILISHI (XIX
ASR IKKINCHI YARMI).  
      
              2.1.   Chor   Rossiyasining   Sirdaryo   viloyatiga   aholining   ko’chiruvchilik
siyosatining   dastlabki   davrdagi   xususiyatlari   ….
…………………………………………………………….....…21-31 
              2.2   .   Rossiyadan   aholining   Sirdaryo   viloyatiga   ko’chirish   munosabati
bilan   ijtimoiy   sohada   va   soliq   tizimida   sodir   bo’lgan   o’zgarishlar.
………………………………………………………...………31-46
III BOB.  ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO VILOYATIGA 
AHOLINI KO’CHIRISH SIYOSATINING AVJ OLDIRILISHI: 
SABABLARI, MOHIYATI VA OQIBATLARI (XX ASR BOSHLARI).
     
          3.1.  Rossiya   imperiyasi   tomonidan  aholini   Sirdaryo  viloyatiga  ko’chirish
siyosatining   ommaviy   tus   olish   sabablari   va   buyuk   davlatchilik
mohiyati...............47-53
     3.2.  Ko’chiruvchilik siyosatining Sirdaryo viloyati tub xalqlarining siyosiy,
fuqarolik ahvoliga ta’siri ……………………..………...53-61
           3.3. Rossiya imperiyasining ko’chiruvchilik siyosatining Sirdaryo viloyati
tub   aholisining   iqtisodiy-ijtimoiy   va   madaniy   hayotiga   ta’siri….
………………...……61-73
XULOSA…………………………………………………………74-80  2 FOYDALANILGAN   MANBA   VA   ADABIYOTLAR
RO’YXATI…………………………………………………………………81-84 
 
Kirish
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi . Jahonda bugungi kunda 
globallashuv tendentsiyalari ta'sirida millatlararo, davlatlararo munosabatlarning 
tarixiy ildizlari, o'tmishda xalqlarning o'zaro ta'sirini o'rganish va yonma-yon 
istiqomat qiluvchi xalqlarni o'zaro madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, 
madaniyatiga ta'siri masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Lekin, shular 
barobarida har bir xalq va millatlarning o'zini taraqqiyot yo'li, o'ziga xosligi, asrlar 
davomida turmush sharoitlari, urf-odat va an'analarini saqlanayotganligi hamda 
bugungi globallashuv sharoitida moziyga murojaat, o'zlikni anglash tushunchalari 
tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan vaqtda O'zbekiston tarixini bilishga 
e'tibor kuchayib bormoqda. Bu borada o'z fikrini bayon etarkan O'zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tarixiy merosni asrab-avaylash, 
o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim 
ustuvor yo'nalishlardan biridir,”   1
deb ta'kidlagan edilar.  Shuningdek 
Prezidentimiz 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 
O'zbekiston tarixiga katta e'tibor berish kerakligini ta'kidlab, televideniyada 
“O'zbekiston tarixi” kanalini ishga tushirish   
kerakligi to'g'risida fikr bildirgan edilar 2
.  Hozirgi kunda “O'zbekiston tarixi” 
telekanali muntazam eshitirishlar olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasida 
mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy, xotirasini tiklash, 
tarix faniga doir tadqiqotlarni   har tomonlama takomillashtirish masalalari davlat 
siyosati darajasiga ko'tarildi. Ilgarilari  soxtalashtirib kelingan  Vatanimiz  tarixini  
chuqur qayta  tafakkur qilish,  o'tmishimizni  tadqiq  etish  mutlaqo  yangicha  
nazariy va  metodologik  yondashuvlarni ishlab  chiqishga   katta   ehtiyoj  borligi  
xususida  davlatimiz   rahbarining qator asarlari  hamda nutqlarida  bir necha  bor   
1
  Shavkat   Mirziyoev.   Milliy   taraqqiyot   yo'limizni   qat'iyat   bilan   davom   ettirib,   yangi   bosqichga   ko ' taramiz .   T .:
“ O ' zbekiston ”-2017. 1- jild , 29  bet .
2
  Shavkat   Mirziyoev.   Niyati   ulug'   xalqning   ishi   ham   ulug',   xayoti   yorug'   va   kelajagi   farovon   bo'ladi.   T.:
“O'zbekiston”-2019, 39 bet.   3 eslatib  o'tiladi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining  1998- yil  27 - 
iyulda  qabul qilingan “O'zbekiston  Fanlar  Akademiyasi Tarix instituti   
faoliyatini takomillashtirish haqida”gi  qarorida   tarix  fani  muammolariga,  
tarixni  milliy istiqlol mafkurasi nuqtai  nazaridan  o'rganishning  falsafa   va  
uslubiyatini  egallash  masalalariga  jiddiy e'tibor  qaratilgan. Bu hujjatda birinchi 
navbatdagi vazifalar sifatida “o'zbek xalqi va davlatchiligining haqiqiy tarixini 
o'rganish:  jumladan, bizning hududimizda eng qadimdan   hozirga qadar, 
davlatchilikning   turli tarixiy bosqichlarida yashab kelgan xalqlarning ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti masalalarini tadqiq etish” ko'rsatib o'tiladi. 
Mintaqaning tub millatlari  va  elatlarining  hamda  ko'chirib keltirilgan aholining 
ham  hayot - faoliyati  tajribasining  turli  jihatlarini   tarixiy va  boshqa ijtimoiy-
gumanitar   fanlar  yo'nalishlarida  tadqiq  qilishning   dolzarbligi,  shuningdek, 
uning   katta  tarixshunoslik  va  siyosiy  ahamiyati sobiq  sovet respublikalarining 
mustaqilligi  davrida,  xususan,   O'zbekistonda  istiqomat   qilayotgan   millatlar 
va elatlarni  rivojlantirishning  butun  jarayonini  takomillashtirish   borasidagi 
ob'ektiv ehtiyojlari  bilan  izohlanadi.Aslida  biror-bir  respublikaning   milliy  
tarkibi  ob'ektiv ravishga demografik  omillar  hamda urbanizatsiya tufayli  
kengaysa,  buning  hech  qanday  zararli  tomoni  yo'q.  Lekin mustamlakachilik 
davrida Turkistonga, jumladan Sirdaryo viloyatiga metropoliyadan ko'plab aholini 
ko'chirib keltirish   yo'li bilan   mintaqa   aholisining milliy   tarkibini mexanik 
tarzda kengaytirish siyosati ijtimoiy va mafkuraviy sohalarda jiddiy oqibatlarni 
keltirib chiqaradi. Sirdaryo viloyatining tub xalqlari uchun mustamlakachilik 
davridagi ko'chiruvchilik amaliyotining salbiy oqibatlarini, uning mintaqadagi 
ijtimoiy-siyosiy ahvolga, shuningdek millatlararo munosabatlarga ta'sirini 
o'rganish muhimligi va zaruriyati shubhasizdir. O'zbekiston Respublikasida 
mustaqillikning dastlabki kunlaridan fuqarolar tinchligi hamda millatlararo 
totuvlikni ta'minlash bo'yicha qonunlar qabul qilinib, siyosiy, tashkiliy choralar 
ko'rildi.  Shu bois bu yerda xalqlar ijtimoiy tartibsizliklardan omon qoldi.  
Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev respublika 
rahbariyatining milliy masala bo'yicha tutgan mavqeini ta'riflab, “Mustaqillik  4 yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich 
boshlandi.  Bag'rikenglik   va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, 
millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni
shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O'zbekistonda davlat 
siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.  Bularning 
barchasi hayotda  o'zining  to'liq ifodasini topdi”  deb  ta'kidlab o'tdilar. 3
 Shu bois, 
Rossiya chorizmi va mustamlaka  ma'muriyatining  Turkistonga, jumladan  
Sirdaryo viloyatiga  aholini  ko'chirish  siyosatining  mohiyatini  va  oqibatlarini 
o'rganishning  dolzarbligini mavjud  va  paydo  bo'layotgan  etnik-siyosiy,  etnik-
ijtimoiy muammolarni,  davlatlararo  munosabatlar  masalalarini barcha 
tomonlarga  maqbul  tarzda hal etish  bilan  bir  qatorda  mintaqa   
tarixshunosligidagi  bo'sh  sahifalarni  to'ldirish yoki  soxtalashtirilgan voqealarni   
to'g'ri  va  asosli  ta'riflash  uchun  foydali  bo'lgan ilmiy  xulosalar, saboqlar  
chiqarish  zarurligini  ham  taqozo  etmoqda. O'zbekistonning yangi tarixidagi tub 
yo'nalishlardan biri chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi va bu yerdagi 
hukmronligi bilan bog'liq murakkab tarixiy davrni xolisona yoritish hamda 
mustamlaka rejimining o'lka xalqlari ijtimoiy tuzumi va hayot tarziga o'tkazgan 
ko'p taraflama siyosati masalasini sistemali o'rganishdir. Bugungi kunda shu narsa 
ma'lumki, O'zbekiston mustaqillikga erishgunga qadar aynan ana shu davr 
soxtalashtirilgan. Mustamlaka davrining rasmiy tarix fanida Rossiya davlatining 
“tsivilizatorlik missiyasi” haqidagi kontseptsiya hukmronlik   qilib keldi, unga 
ko'ra o'lkamizning avval chor, so'ngra sovet imperiyasi tarkibida zo'rlik bilan 
ushlab turilishi, mustamlakachilikning barcha ziyon-zahmatlarini uzoq muddatga 
xizmat qiladigan natijalar bemalol qoplar emish. Bu natijalar O'rta Osiyo 
xalqlarining jadal iqtisodiy taraqqiyoti, ularning “asriy qoloqlik” dan “tarixiy 
taraqqiyot cho'qqilariga” chiqishi kabi hollarda namoyon bo'lar ekan.  Ana 
shunday kontseptual yondashuvlarning ta'siri hozirgi zamon chet el 
tarixshunosligining   ba'zi qismida, jumladan, Rossiya tarixchiligida tutqunlikdagi 
hayoti ob'ektiv manzaralarning qayta tiklash ehtiyoji davrining dolzarb talabi 
3
  Shavkat   Mirziyoev .   Milliy   taraqqiyot   yo ' limizni   qat ' iyat   bilan   davom   ettirib ,   yangi   bosqichga   ko ' taramiz .   T .:
“ O ' zbekiston ”-2017. 1- jild , 295  bet . 5 sifatida namoyon bo'ladi. O'lkani mustamlakaga aylantirish bilan bog'liq holda yuz 
bergan va ichki qarama-qarshiliklarga ega o'zgarishlar mazmun va mohiyatini 
yangi metodologik pozitsiyalardan turib ochib berish, ob'ektiv ravishda diqqatga 
sazavor o'zgarishlar bilan mustamlaka hukmronligining salbiy oqibatlari nisbatini 
aniq-ravshan belgilash muhimdir. Qayd etish kerakki, mustaqillik yillarida  
mustamlaka  o'tmishini  tadqiq etishda  zalvorli  ilmiy - tadqiqot   ishlari   amalga  
oshirildi.  Ammo tarix  fanining ushbu  jabhasida  zamonaviy tadqiqotlar  
doirasidan  chetda  qolib   kelayotgan   ko'pgina masalalar   mavjud. Ular  
jumlasiga  chorizmning  aholini  ko'chirish  siyosati   bilan bog'liq  izlanishlar   
ham  kiradi. Mazkur   muammo   so'ngi  paytlarga  qadar sistemali ilmiy  
o'rganishning  alohida  ob'ekti   sifatida   namoyon bo'lganicha  yo'q.  Uni  
o'rganishga bo'lgan  ijtimoiy  talab   esa  juda  yuqoridir.  Bu  hol  avvalo  
chorizmning   aholini ko'chirish  siyosati  O'rta  Osiyo  jumladan  Sirdaryo viloyati 
mintaqasini   mustamlakaga  aylantirish  strategiyasining  qoq  markazida    
turganligi   bilan   bog'liq.  Chorizmning aholini  ko'chirish   siyosati  mafkurasi  va
amaliyotining  keng  doiradagi   masalalarini maxsus   tanqidiy-tahliliy  tekshirish: 
birinchidan,  ko'chirib  kelganlarning  ko'p sonli armiyasi  timsolida  mustamlaka   
rejimining  ijtimoiy  tayanchini   shakllantirish  va mustahkamlash   
mexanizmlarini   to'laroq  tushunib  olishga, ikkinchidan,  aholini  ko'chirish 
siyosatining  uzoq  muddat  ta'sir  o'tkazuvchi  oqibatlari,  jumladan,  uning   
milliy, demografik tomonlari   xususidagi  bilimlarni chuqurlashtirishga   xizmat  
qiladi. Jumladan,  bu  xususda yirik  podsho   amaldori,  rus  senatori  K.K. Palen 
quyidacha  yozgan:  “…rus  aholisi Turkistonda o'lkada  imperiya   hukmronligini  
to'la  o'rnatish   va  uni  Rossiyaga  abadiy, mahkam  bog'lamoq  uchun   iloji  
boricha  ko'proq  bo'lishi  lozim. 4
 Chorizm   hukmronligi   davrida  paydo  bo'lgan  
ushbu  jarayon  sovet  totalitarizmi yillarida  yanada  mustahkamlandi.  Bu  yo'l  
mazkur   davrda  turli  xil   mafkuraviy niqoblar   bilan  o'tkazilgan bo'lsa-da,  
uning  dasturiy   mohiyati  o'zgarmasdan qolaverdi. O'zbekiston  mustaqillikka   
4
  Пален   К.К.   Преложение   к   отчету   ревизии   Туркестанская   края:   Материалы   к   характеристика   народного
хозяйства Туркестана.Ч.1.отд 4.-Спб., 1911.- с 408.504.  6 erishgandan  so'ng  bu  siyosat  o'tmish  mulkiga aylandi.  O'zbekiston   davlat   
mustaqilligini  e'lon  qilgan  birinchi kundan  boshlab fuqarolar  tinchligi  va   
millatlararo  totuvlikni  ta'minlash   borasida   qonunchilik  aktlari  qabul  qilindi,  
tashkiliy-siyosiy  tadbirlar  ko'rildi,  bunday  choralarning natijasi  o'laroq  
respublikadagi  xalqlar  boshqa  qator  sobiq   sovet   respublikalarida  yuz  bergan 
va  ildizlari  totalitar - mustamlaka   merosiga  borib  bog'lanadigan  noxush 
hodisalardan  saqlandilar.  Shunga  qaramay  millatlar  o'rtasidagi  totuvlikka  xavf 
soluvchi  omillar   hozirda ham saqlanib   qolmoqda. Yuqorida  aytib  o'tilgan  
shart-sharoitlarni   hisobga  olganda  chorizmning aholini  ko'chirish  siyosati  
tajribasini,  uni  Turkiston  jumladan  Sirdaryo viloyati jamiyati  milliy-ma'naviy  
sohasiga  ta'sirini,  chor  va  sovet  rejimlarining  aholini ko'chirish  siyosatidagi  
o'ziga  xoslik  va  umumiy  taraflarni  o'rganish   katta ilmiy  - amaliy   va siyosiy  
ahamiyatga  ega bo'ladi.  Mazkur  masalalarni  kompleks  o'rganish  o'tmish 
saboqlari  asosida  ilgarilari   jiddiy  ziyon  yetkazilgan millatlararo munosabatlarni
kelgusida  yanada takomillashtirish  bo'yicha  tavsiyanomalar  ishlab  chiqish  
hozirgi paytda mavjud va paydo  bo'layotgan etnosiyosiy, etnoijtimoiy 
muammolarni  va   shu  bilan   birga davlatlararo  munosabatlarni  hal  qilishga  
ko'maklashadi.Va  nihoyat,  mavzuning  dolzarbligi  ham  O'zbekiston  hamda 
Markaziy Osiyo   mamlakatlari   tarixshunoslik  fanida bu  boradagi   mavjud  
bo'shliqlarni  to'ldirish  ehtiyoji  bilan  ham izohlanadi.
Tadqiqot ob’ekti. Mavzuning ob’ekti  Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatiga 
aholini ko’chirish siyosati va uning oqibatlari.
Tadqiqot predmeti. Sirdaryo viloyatiga aholini ko’chirish siyosatini,uning 
ijtimoiy,siyosiy,iqtisodiy,madaniy va ma’naviy oqibatlarini izchil o’rganish va 
tahlil etish mavzuning predmetini tashkil etadi.
Tadqiqotning  o'rganilish  darajasi . Aholini  ko'chirish   masalalariga   maxsus 
bag'ishlangan  yoki   ular  qisman  ko'rib  chiqilgan  mustamlaka   davriga oid 
ijtimoiy-siyosiy nashrlarni   o'rganish  ushbu  mavzuda  1865-1917- yillarda  asar  
yozgan  mualliflar   asosan metropoliya  hamda  Turkiston, Orenburg,  G'arbiy 
Sibir general-gubernatorliklari ma'muriyati  amaldorlari  bo'lganligidan  dalolat   7 beradi. Ushbu mavzudagi  sovet   davri asarlari  esa  asosan  Rossiyalik   
tadqiqotchilar   tomonidan  yaratilgan.  Faqat  bir necha ish  mahalliy  mualliflar  
qalamiga  mansub. Chorizmning ko'chiruvchilik  siyosatining   sabablari,  jarayoni 
va  oqibatlari, Rossiya  hukmron  doiralari  yoki  Turkistonning   Rossiyaga 
“qo'shilishi” nuqtai  nazaridan yoritilgan  bo'lib,  bu  siyosat  “tsivilizatorlik”  
missiyasi   sifatida  baholangan. Shunday  bo'lsa  ham  mustamlakachilik   davriga  
oid  asarlar   o'z  mazmuni  va yo'nalishi  jihatidan  keyingi   davrlarda  ushbu   
mavzuga  bag'ishlangan  asarlardan   farq qiladi.  Shularni  nazarda tutgan  holda,  
metropoliya  aholisining   bir  qismini  qozoq xonliklarining  zabt etilgan  va  
Rossiyaga  qo'shib  olingan  hududlariga  hamda  1876-yilda uzil-kesil tugatilgan  
Qo'qon xonligini Turkiston general-gubernatorligining  tarkibiga kiritilgan  
hududlariga,  shuningdek,  Buxoro  amirligi,  Xiva  xonligi hududlarining 
mustamlakachilar tomonidan  zo'rlik  bilan tortib  olingan  qismiga  ko'chirish  
tarixiga bag'ishlangan  adabiyotlarning  xususiyatlarini   tahlil  qilish  uchun  ushbu
mavzuga  talluqli nashrlar  quyidagi  guruhlarga  ajratilib  o'rganildi.
1. O'rta  Osiyoni  chor  hukumati  tomonidan  mustamlakaga  aylantirish  
davriga  oid nashrlar;
2. Sovet davriga oid  nashrlar;
3. O'zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyingi  o'tkazilgan  tadqiqotlar;
4. Chet  el  mualliflarining  asarlari
Shuning  uchun  siyosiy  va mafkuraviy  maqsadlarda   Rossiya  harbiy-siyosiy 
doiralarining Turkistondagi –jumladan Sirdaryo viloyatidagi  buyuk davlatchilik  
harakatlarini  ko'proq  “asoslash”   uchun  masala ataylab  bo'rttirilib   talqin 
etilganini eng  avvalo hujjatli  to'plamlar  va hisobotlar misolida  ko'rish  mumkin. 
Tahlil etilayotgan adabiyotlarning birinchi guruhida Rossiyaning O'rta Osiyodagi 
siyosatiga, amaliy chora tadbirlariga bevosita aloqador bo'lgan mualliflarni, asosan
mustamlakachilik ruhida yozilgan asarlari katta o'rin egallaydi. XIX  asr oxiridan  
boshlaboq  rasmiy tarixshunoslik  doirasida  Rossiyadan aholi ko'chirib keltirish  
hollarini  tahlil etishga  urinish aks etgan  tadqiqotlar ham  vujudga kela boshladi. 5
 
5
 Исаев А.А. Переселение Русском народном хозяйства.- Спб.,1891; Гейер И.Крестянская колонизация Сыр-
Дарьинской области.-Т.,1892; Григорьев В. Крестьянская колонизации.//.Русская мысль.-1895- №2 с. II .12 ва 8 XX asr  boshida  Rossiyada o'tkazilgan  agrar islohatlar  jarayonida dehqonlarni 
mustamlakalarga  ko'chirish  avj olgan  bir paytda aholini ko'chirish  siyosati 
masalalari bilan  aloqador asarlarning miqdori  ayniqsa oshdi.  6
A. Kostenko,  I. 
Geyer,  A.N. Vasilchikovlarning asarlarida  Turkistonni jumladan, Sirdaryo 
viloyatini  mustamlakaga  aylantirish  borasida  Rossiya  amaliyotida bo'lgan 
qonunlarni,  fuqarolikni,  yer mulkchiligini o'lkada  joriy etish  zarurligi  
ta'riflangan. Faqat  A.Middendorf   va V. Nalivkin  Sirdaryo  viloyatida  tub  
millatli  aholining savodxonligi   yuqori darajada  ekanligini,  maktab  va 
madrasalarning  ko'pligini,  ularda diniy  ta'lim  bilan  birga  bir  qator  dunyoviy  
fanlar  bo'yicha   ham  bilim berilayotganligini o'z  davridayoq   qayd  etishgan 
A.G.Galuzoning   7
Qozog'istonning janubiy qismida o'ziga ajratgan holda Yettisuv 
viloyatida va Sirdaryo viloyatining  Kazalinsk, Perovsk, Avliyo-Ota, Chimkent 
uyezdlarida 1867- 1914 yillardagi  agrar munosabatlar  tahlil qilingan asarida esa 
Rossiyadan aholini asosan Yettisuv viloyati va Sirdaryo viloyatining  Kazalinsk, 
Chimkent uezdlari orasidagi hududlarga ko'chirish jarayoni ko'rsatilsada va 
afsuski, buni oqibatlari ham ijobiy baholangan. Xullas, sovet davri nashrlarida 
ko'chirish siyosati ma'lum bir hududiy chegaralar doirasida aniq tarixiy dalillar 
misolida umumiy tarzida yoritilib, bu siyosatning sabab va oqibatlari ob'ektiv tahlil
etilmaydi, aksincha bir yoqlama aksariyat holda noxolis yoritiladi. Ko'chirish 
siyosati chuqur va atroflicha tahlil etilmaydi. 80-yillar oxiriga qadar davom etgan 
yangi tarixiy bosqichda  tadqiq etilayotga mavzuga  u yoki  bu  darajada aloqador 
бош қ алар
6
  Кауфман А.А. К  вопросу о русской  колонизации  Туркестанского края.- Спб.,1903;  Он  же. Переселения и
колонизации.-   Спб.,1905;     Витте   С.Ю.   Запискы   по   крестьянскому   делу.-   Спб.,1905;   Скрыплев   П.А.
Материалы   об   обследованию   переселенческого   хозяйства   в   Туркестане.-   Т.,1909;   Отчет   по   ревизии
Туркестанского   края,   произведеной   по   височайшему   поведению   сенатором     гофмейстором   графом
К.К.Паленом.   Переселенческое   дело   в   Туркестане.-   Спб.,1910;   Турчанинов   И.   Итоги   переселенческого
движения   за   время   с   1896-по   1909   гг.-   Спб.,1910;   Гаврылов   Н.А.   Переселенческие   дело   в   Туркестанском
края   (Области.   Сырдарьинская,   Самаркандская   и   Ферганская).   Чиновники   особых   поручения   при
переселенческом   управлении   отчет   по   служебней   поездке   в   Туркестан   осенью   1910   г.,-   Спб.,1911;   Язмин
И.Л. Переселенческие движение в России с момента освобождения крестьян.-Киев.1912;  Кривошенин А.В.
Записки   главноуправлящего   землестройством   и   земледелиям   о   поездке   в   Туркестанский   край.   в   1912.
Приложение к всеподданнейщему докладу. Спб.,1912; Вощинин В. Очерки нового Туркестана. Свет и тены
колонизации.- Спб.,1914; Турчанинов А. Итоги переселенческого движения за время с 1910-по 1914 гг.- Пг.-
1916; ва бош қ алар.
7
 Галузо.А.Г. Аграрная отношения на юге-Казахстана 1867-1914 гг.-Алма-Ата,1965. 9 ko'plab tadqiqotlar e'lon qilindi. Ular orasidan, eng avvalo fundamental akademik 
asarlarni va yirik monografiyalarni ajratib olib ko'rsatish lozim. Bu tadqiqotlarda  
marksistik uslubiyat nuqtai nazaridan Turkiston- Sirdaryo viloyati va umuman  
O'rta Osiyoning chor hukumati tomonidan  mustamlakaga aylantirishi tarixining 
eng muhim masalalari tahlil etildi. XX asrning 50-yillaridan boshlab sovet 
tarixshunosligida chorizmning O'rta Osiyodagi bosqinchilik harakatlarini  
xaspo'shlash tendentsiyasi paydo bo'lib toboro mustahkamlanib borgan edi. Hatto 
“bosib olish” atamasi “qo'shib olish” tushunchasi bilan almashtirilgan edi. Markaz 
hamda partiya tashkilotlarining xushyor  mafkuraviy nazorati, siquvi ostida 
tadqiqotchilar chor rejimining shavqatsizligini xaspo'shlashga, mintaqa xalqlarini 
ozodlik va mustaqillik uchun  kurashi ahamiyatini yerga urishga, sun'iy ravishda 
faqat Rossiya imperiyasi homiyligi ostida  ular “tarixiy taraqqiyotining ilg'or 
marralariga erishgani” haqidagi kontseptual xulosani sun'iy  asoslashga majbur 
etildilar.  Buning natijasida chorizm mustamlakachilik siyosatining  tabiati ob'ektiv
ravishda ochib berilmadi, o'lkaning mustamlakaga aylantirishda  aholini ko'chirib 
keltirishning roli ko'rsatib berilmadi. O'zbekistonda ilmiy tadqiqotlarni harakatlari 
va uslubiyatidagi keskin o'zgarishlar  mamlakat mustaqillikga erishgandan so'ng  
maydonga keldi. Davlat mustaqilligi e'lon qilingach, Vatan tarixini o'rganish 
yo'lida yaratilgan  sun'iy to’siqlar olib tashlandi. Natijada tarixiy tafakkurni 
poklash, mustamlaka o'tmishning haqiqiy ahvolini yoritib berishning kuchli 
jarayonlari boshlandi. Mustaqillik yillarida respublikada ko'pgina qiziqarli ilmiy 
ishlar vujudga keldi. Ularda sifat jihatidan  yangicha nazariy-uslubiy  nuqtai-
nazardan, milliy mafkura va ilmiy bilishning umumjahon tamoyillari asosida O'rta 
Osiyo  va Qozog'istonni chorizm tomonidan mustamlakaga aylantirishning eng 
muhim ko'rinishlari qayta ko'rib chiqildi. G.A.Hidoyatov, A.I. Ginzburg, 
R.A.Yuldoshev, A.A.Kamilov, X.SH.Avezov, N.Abdurahimova, G.Rustamova, 
X.Ziyoyev, G.A.Axmedjanov. F.Is’hoqov, N.Musayev, S.A.A'zamxo’jayev, 
D.Ziyayeva, SH.S.G'afforov, R.Xoliqulova, B.Ergashev kabi iste'dodli 
tarixchilarning  mustamlaka davri tarixiga doir tadqiqotlari  shular jumlasidan 
bo'lib, ularda Rossiyadan Turkistonga -jumladan Sirdaryo viloyatiga aholini  10 ko'chirish siyosati va uning oqibatlariga talluqli ayrim masalalarga to'xtalib o'tilgan
. SH.G'afforovning monografiyasida   8
XIX asrning ikkinchi yarmi- XX asr 
boshlarida  podsho Rossiyasining Turkistonga aholini ko'chirish, jumladan 
Sirdaryo viloyatiga aholining ko'chirish siyosatining Rossiyada ishlab chiqilishi va 
amalga oshirilishi, uning mustamlakachilik mohiyati va oqibatlari, bu jarayonning 
Turkiston- jumladan Sirdaryo viloyati xalqlari taqdiriga ta'siri masalalari tahlil 
etiladi. 
Tadqiqotning  maqsad va vazifalari.  Konseptual niyatga ko'ra  dissertatsiyaning  
maqsadi yangi yondashuvlar  va  milliy istiqlol mafkurasi  talablaridan  kelib 
chiqib, Rossiya imperiyasining  Sirdaryo viloyatidagi aholini ko'chirish  
siyosatining shart-sharoitlari  va  mohiyatini, turli tarixiy bosqichlarda uning 
namoyon bo'lgan ko'rinishlarining  xarakterini  aniqlash, shuningdek, Rossiyadan  
aholini ko'chirish  harakatining  har xil  oqibatlarining butun spektrini  
umumlashtirish  kabilardir. Qo'yilgan maqsadga ko'ra qo'yidagi masalalarni  hal 
qilish  nazarda tutildi:
-Chorizmning aholini ko'chirish  siyosati  mafkurasi  va uning Sirdaryo viloyatini 
mustamlakaga aylantirishdagi  o'rnini belgilash;
-Zamonaviy tarixiy tafakkur  nuqtai nazaridan Rossiyadan  aholini ko'chirish  
harakatining shart-sharoitlarini  tavsiflash;
¬-Ko'chirib keltirilganlarning  ijtimoiy tarkibini aniqlash;
- Sirdaryo viloyatini  mustamlakaga  aylantirishning  boshlang'ich davrida 
metropoliyadan nasroniy aholi  vakillarini ko'chirishning o'ziga xos  taraflari  va 
usullarini ko'rsatish;
-XX asr boshida  mintaqada  ko'chiruvchilik  amaliyotining  kuchayishi  sabablari  
va faktorlarini  tahlil qilish;
- Sirdaryo viloyatidagi rossiyalik ko'chkinlarni joylashtirish  jarayonlari va  
ularning turmushini yoritib berish;
8
  G'offorov  SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 11 -Chorizmning Sirdaryo viloyatidagi ko'chiruvchilik   siyosatining ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlarini mahalliy  aholining soliq tizimida yuz bergan  o'zgarishlarini 
hisobga olgan holda ochib berish;
-Ko'chiruvchilik  siyosatining Sirdaryo viloyati  milliy demografik  tuzilishiga 
ta'siri xarakterini  ta'riflash;
-Ko'chiruvchilik  harakatining Sirdaryo viloyati xalqlari  siyosiy va madaniy  
hayotiga  ta'siri dialektikasidagi  manfiy  va musbat  taraflarini  aniqlash;
-O'rganilgan material  va uni nazorat jihatdan  umumlashtirish  asosida  Rossiya 
mustamlakachiligi  sharoitida  viloyat tarixiy  taraqqiyotining  o'ziga xos 
muammolarini  yanada chuqurroq  o'rganish  bo'yicha  amaliy tavsiyalar  berish;
Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi.  Mazkur ishda  mustamlakachilik  va sovet 
davrlarida  yaratilgan  ilmiy ishlardan  farqli ravishda  Sirdaryo viloyatining 
mustamlakaga  aylantirishning  asosiy  shart-sharoitlari, chorizmning  aholini 
ko'chirish  siyosati  va amaliyoti  misolida  tahlil etishdir.  Bu siyosatning 
mohiyati,  o'ziga xos xususiyatlari  hamda  mahalliy  aholi hayotidagi shu bilan 
bog'liq, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy  o'zgarishlar  mantiqan  bog'liq holda  tadqiq  
qilinadi. Ishda yangi tarixiy  tafakkurga, yangi O'zbekiston mafkurasiga  asoslanib 
chor va sovet  davri tarixshunosligida  qaror topgan  Kaspiyorti, Yettisuv 
viloyatlarini, (jumladan Turkiston  va boshqa viloyatlarni)  kazaklar  ishtirokida  
mustamlakaga  aylantirish siyosati  va amaliyoti, shuningdek, XIX asrning  
ikkinchi  yarmi  XX asr boshlarida dehqonlar, shahar  kambag'allarini Rossiyadan  
ommaviy  ravishda  ko'chirib  keltirishning  sabab va oqibatlari xususidagi rasmiy 
konsepsiyalar va dunyoqarashga oid yondashuvlar katta tanqidiy nazardan 
o'tkaziladi. Dissertatsiyada ilgari hukmron bo'lib kelgan konseptual  tasavvurlardan
farqli o'laroq, chor mustabid hokimiyatining  viloyatni mustamlakaga 
aylantirishdek umumiy strategiyasi tarkibiy qismi bo'lgan  ko'chiruvchilik 
siyosatini asl sabablari  yoritib beriladi, uning boshlang'ich metodologik asoslari 
aniqlanadi. Ishning  ilmiy yangiligining sezilarli belgisi muammoning kam 
yoritilgan qirralarini, ayniqsa, ko'chiruvchilik siyosatining  tub joy aholisi ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoli va hayotiga  ta'siri masalalarining  ochib berilishidir. Ilmiy  12 yangilikning boshqa bir ko'rsatkichi dissertatsiyada  tahlil etilgan jarayonlarning 
O'zbekiston xalqi milliy manfaatlariga,uning mentaliteti va tarixiy rivojlanishining 
ob'ektiv ehtiyojlariga mos keluvchi yondashuvlar bilan qarab chiqilganligidir. 
Mazkur tadqiqot ilgarilari foydalanilmagan arxiv va statistik  ma'lumotlarni ilmiy 
muomalaga kiritishga ko'maklashadi.
  Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari. Ilmiy ishning umumjahon 
tamoyillari va milliy mafkura falsafasiga xizmat qiladi. Ishda o'rganilayotgan 
masalalarni yangicha tarixiy tafakkurning konseptual pozitsiyalari nuqtai nazaridan
turib fikrlash  hamda tarixiy  hodisalar va ularni ilmiy baholashda haqqoniyatga 
tayanish, ularni ma'naviy- milliy tiklanish manfaatlaridan kelib chiqib talqin 
qilishga prinsipial ahamiyat beriladi. Tadqiqotning metodologik yondashuvlari va 
konsepsiyasini ishlab chiqishda  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat 
Mirziyoyevning yangi O'zbekiston mafkurasining asosiy tamoyillari asosida 
yoritib berishga qaratilgan. Uslubiy yondashuvlar  orasidan  ishda  asosan 
foydalanilganlari muammoviy xronologik, qiyosiy-tahliliy, retrospektiv-tarixiy 
usullardir, ular ishda nazariya va amaliyotning  birligini, tarixiylik va 
zamonaviylikning uyg'unlashishini, ob'ektivlik, aniqlik va taraqqiyotning sintezini 
berishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki,  ishda 
sistemalashtirilgan tadqiqot materiali, chiqarilgan nazariy umumlashmalar 
mamlakatimiz tarixshunosligidagi va Sirdaryo viloyatini chorizm tomonidan 
mustamlakaga aylantirish tarixini yoritishdagi yetishmovchiliklarni to'ldiradi. 
Tadqiqot natijalari yangi O'zbekiston va umuman O'rta Osiyoning mustamlakaga 
aylantirish
tarixini yoritishdagi yetishmovchiliklarni to'ldiradi, o'tmish haqidagi 
umumlashtiruvchi tarixiy asarlarni tayyorlashda, Respublika o'quv yurtlarida 
gumanitar fanlar bo'yicha ma'ruza va maxsus kurslarni o'qitishda foydalanishi 
mumkin. Ular jamiyatni ma'naviy sog'lomlashtirish, millatlararo munosabatlarni 
takomillashtirish borasidagi vazifalarni hal qilishda ham foydali bo'lishi mumkin. 
Ishning tarkibiy tuzilishi.  Mazkur dissertasiya kirish, uch bob, 7   paragraf, xulosa, 13 foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan 85 betdan iborat tarkibiy 
tuzilishga ega.
   
 I   BOB.   ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO VI      
LOYATINING MUSTAMLAKAGA AYLANTIRILISHI VA 
AHOLINI KO’CHIRISH SIYOSATINING ROLI VA DASTLABKI 14 DAVRDAGI MOHIYATI, XUSUSIYATLARI.
1.1. Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatidagi strategik                                 
maqsadlari
XIX asr o'rtalariga kelib, Rossiya imperiyasining hukmron doiralari O'rta Osiyoni 
bo'ysundirish, mustamlakaga aylantirish bo'yicha harbiy-ma'muriy choralarni faol 
hamda tajovuzkorona amalga oshira boshlagan pallada rus hukumati Kaspiy va 
Qora dengizlardan Tinch va Muz okeanlarigacha bo'lgan ulkan hududda 
hukmronlik qilib turgan edi. Imperiyaga tobe bo'lgan Polsha, Finlyandiya ham 
Rossiya imperatorining hukmi ostida edi. Rossiyaning boyligini ko'paytirishga 
xizmat qiladigan Uzoq Sharq hamda bepoyon Sibirni chorizm va savdo-sanoat 
doiralar o'zlashtirish, qolaversa rivojlantirish bo'yicha xarajatlar, tashkiliy  choralar
ustida bosh qotirmay, bu yerda mustahkamroq ildiz otishga, shuningdek, tayyor 
boyliklar (o'rmon, mo'yna, baliq va h.k.) dan foydalanishga imkon qadar harakat 
qildilar. Biroq, hokimiyatning bironta ham tuzilmasi yoki sanoat, moliya egalari 
shakllanib kelayotgan kapitalizm maqsadlarida bu hududlarning iqtisodiyotini 
rivojlantirish bilan astoydil shug’ullanmagan edilar. Rossiya qishloq aholisi esa 
Sibir, Uzoq Sharqda kam o'troq bo'lib qolgandilar, shunda ham yirik shaharlarda 
va ularga yaqin joylarda joylashganlar. Lekin ularning ko'pchiligi Rossiya 
tomonidan XIX asrning 20-30 yillaridayoq harbiy harakatlarsiz, siyosiy hiyla-
nayrang bilan qozoqlarning O'rta va Kichik juzlaridan tortib olingan yerlarga 
o'zboshimchalik bilan ko'chib kelib joylashgandi. Shu sababli o'lkaning birinchi 
general-gubernatori K.P. Kaufman, masalan, Ukraina mintaqalaridan kazaklarning 
ko'chirib keltirilishiga norozilik bildirgan va asosan rus qishloq aholisini ko'chirib 
keltirishni talab qilgan 9
 . Va, nihoyat, aholini  Sirdaryo  viloyatiga ko'chish 
harakatining turli yillardagi xususiyatlari  Sirdaryo viloyat ida rus aholini 
joylashtirish shartlari imperiya hukumati uchun aholini  ko'chirish siyosatining 
9
  G'offorov  SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 15 harbiy-siyosiy maqsadlari ustun bo'lganidan dalolat beradi. So'ng, istilo etilgan 
hududlarni hamda uning aholisini samarali boshqarish va ekspluatatsiya qilish 
maqsadida, shuningdek, mintaqadagi xonliklarning ustidan o'z hukmronligini 
o'rnatish yoki ularni imperiyaga qaram qilish uchun Turkiston viloyatini shu 
nomdagi general-gubernatorlikka aylantirib, uni Harbiy vazirlikka bo'ysundirish 
zarur deb topildi. Bu borada qonun 1867-yil iyulda qabul qilinib, imperator yangi 
general-gubernatorlikning birinchi boshlig’i etib Samarqand istilochisi fon 
Kaufmanni tayinladi. Bu general-gubernatorlik o'sha paytda Sirdaryo va Yettisuv 
viloyatlaridan iborat edi 10
. Keyingi yillarda rus qo'shinlari Buxoro amirligi, Xiva 
xonligi va Turkistonning bosib olgan hududlarida, Sirdaryo, Yettisuv 
viloyatlaridan tashqari, Zarafshon okrugi (1868-yil.), Amudaryo bo'limi (1873-
yil.), Farg’ona viloyati (1876-yil.), Kaspiyorti viloyati (1881-yil.) tuzildi. 
Keyinchalik,  Sirdaryo  viloyati ma'muriyati o'lkadan qishloq xo'jaligi 
mahsulotlarini, eng avvalo, paxtani, ipakni, mevalarni hamda mineral xom ashyoni
Rossiyaga ko'proq hajmlarda tezroq olib chiqib ketish va metropoliyadan tayyor 
mahsulotni, qo'shinlarni, ko'chmoqchi bo'lgan aholini o'lkaga yetkazish maqsadida 
Orenburg-Toshkent-Andijon temir yo'lini o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Keltirilgan 
ma'lumotlar, bayon etilgan mulohazalar quyidagi xulosalarni chiqarishga asos 
bermoqda: 
- Dastavval O'rta Osiyoni, ayniqsa uning eng boy va strategik jihatidan eng muhim 
mintaqasi -  Sirdaryo  viloyatini zabt etish, mustamlakaga aylantirish Rossiyaning 
kelajakka mo'ljallangan keng strategik rejalarining bir qismi bo'lgan. Faqatgina 
Sharq va G’arb davlatlarining, xususan, Avstro-Vengriya, Germaniya, Fransiya va 
ayniqsa, Buyuk Britaniyaning keskin qarshiligiga uchrashdan xavfsiragan hamda 
bosib olingan hududlarda tub xalqlarning kurashi bilan mashg’ul bo'lishini bilgan 
chorizm qulay payt kelguncha shu eng katta mustamlaka bilan kifoyalanishni 
lozim topdi. Boshqa imkoniyatlari yo'q edi; Rossiyaning boshqa mustamlakalariga 
va undan qaram mamlakatlarga nisbatan  Sirdaryo  viloyatining strategik, iqtisodiy, 
10
  Проект положения  об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областях.- СПб.,1867.
С.66. 16 ijtimoiy ahamiyati ancha yuqori bo'lgan.  Sirdaryo  viloyatida chorizm o'rnatgan 
harbiy-ma'muriy tizim, bu yerda joylashtirilgan ko'p sonli rus qo'shinlar va 
ko'chirib keltirilayotgan rus, umuman, nasroniy diniga mansub aholi imperiyaning 
strategik mavqeini mustahkamlashga, tashqi siyosiy intilishlarini qo'llab-
quvvatlashga, mustamlakadan olib ketiladigan nafaqat moddiy, balki madaniy 
boyliklarni metropoliya manfaatlariga ko'proq foyda berishiga xizmat qilishlari 
kerak edi. Rossiya imperiyasining ko'chiruvchilik siyosatini asosiy maqsadi, 
ko'chib keltirilgan rus aholisiga tayangan holda  Sirdaryo  viloyatida o'z mavqeini 
mustahkamlash, mahalliy aholini ruslashtirishdan iborat edi.
1.2. Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatiga aholini ko’chirish siyosatining
bosqichlari va uning mustamlakachilik mohiyati
Turkistonni bosib olish borasidayoq rus qo'shinlari ketidan Sibir va Uraldan 
kazaklar ko'chirilib Yettisuvning va Issiqko'l havzasining Xitoy bilan chegaradosh 
hududlarida joylashtirildi. Shuning uchun ham Sirdaryo viloyati tashkil 
qilinishidan ilgari kazaklar bu hududlarda 14 stansiyani barpo etishdi hamda 
Yettisuv kazaklarining qo'shinini shakllantirish faol olib borildi. Shu bilan birga 
Qo'qon xonligining Uzunyog’och, Oqmachit, Turkiston, Marki, Pishpak, 
Avliyoota, Chimkent, Toshkent kabi tayanch shaharlar rus qo'shinlari tomonidan 
ishg’ol qilinganidan keyin o'lkaning ichki hududlariga kazaklarni ko'chirib 
keltirishning hojati yo'q edi. Shundan foydalanib, chorizm bu yangi qaram 
hududga ham bir necha ming rus va   arman millatiga mansub shaxslarni 
ko'chirishga kirishdi. Tashkiliy vazifalarni bajarish Sirdaryo viloyati 
ko'chiruvchilik bo'limiga topshirilgan edi. Bu haqda xabar topgan ruslar, kazaklar 
Kaspiyorti viloyatiga emas, balki Samarqand, Sirdaryo viloyatlariga, Amudaryo 
bo'limiga qarashli hududga ko'chishga harakat qilishgan edi 11
. Yettisuv yerlariga, 
11
  G ' offorov   SH .   Tarix   va   taqdir ;   Rossiya   imperiyasidan   Turkistonga   ko ' chirilganlar   ( XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   –
XX   asr   boshlarida ). T ., “ Fan ”-2006; 17 Sirdaryo bo'yidagi hududlarga 60-yillarda o'z xohishi bilan ko'chib kelgan rus aholi
orasida shaharlik kambag’allar, mayda savdogarlar va qashshoq krestyanlar 
aksariyatni tashkil qilishgan. Ular mahalliy aholiga nihoyatda qo'pol, jinoyatkorona
munosabatda bo'lishgan. Mahalliy dehqonlarning, chorvadorlarning yerlarini tortib
olish hollari juda ko'p bo'lgan. Harbiy ma'muriyat mavjud sharoitlarga ko'ra emas, 
balki ko'chib kelayotgan rus aholini ehtiyojlarini hisobga olib harakat qilgan va 
natijada mahalliy aholiga nisbatan tajovuz, adolatsizlik, shovinistik yondashuvlar 
ommaviy tus olgan edi. Turkiston general-gubernatori K.P.fon Kaufman ilgarigi 
amaliyotdan farqli o'laroq, Rossiyadan birinchi navbatda rus, umuman, provoslav 
mazhabiga mansub aholini tashkiliy ravishda ko'chirib keltirishga harakat qilish 
lozimligini qayd etib, qaysi yo'nalishlardagi hududlarga rus krestyanlarini 
joylashtirish maqsadga muvofiq bo'lishini ko'rsatdi.  Imperiya devoni 1873-yilda 
Turkiston general-gubernatorining    1) Orenburgdan Toshkentgacha va 2) 
Toshkentdan Chimkent, Avliyoota va Verniy orqali Semipalatinskgacha bo'lgan 
yo'nalishlardagi hududlarga eng avvalo ruslarni ko'chirish, joylashtirish takliflariga
rozi bo'ldi 12
 . Tez orada ikkinchi yo'nalish ancha maqbul deb topildi, chunki bu 
yo'nalishdagi hududlarda yer iqlimi yaxshiroq edi. Mustamlakachi ma'muriyat, 
xususan, general-gubernator K.P.fon Kaufmanning o'zi Rossiyadan Sirdaryo 
viloyatiga ko'chirib keltirilayotgan aholining sonini, ijtimoiy va milliy tarkibini, 
siyosiy ishonchliligini nazorat qiladigan bo'lishdi. Birinchi navbatda, xizmat 
muddatini o'tab bo'lgan harbiylar oilalari bilan o'lkada doimiy yashab qolishlariga 
rag’batlantiradigan choralar belgilandi. 60-yillar oxiri 70-yillarda Sirdaryo 
viloyatiga aholi, asosan, Astraxan, Xarkov, Voronej, ayniqsa, Orenburg, Samara 
guberniyalaridan ko'chirib keltirilganligi, ularning ko'pchiligi qashshoq bo'lgani 
uchun hukumat ularning ko'chishi yo'nalishini manzillarini oldindan aniqlashga 
qaror qildi 13
. Ayni mahalda mazkur mezonlar tegishli ravishda tanlab olingach, 
ko'chishga tayyor bo'lganlarga «o'tish guvohnomasi» deb atalgan hujjat berilishi va
12
  Гинзбург А.И. Русское население в Туркестане, С.30.
13
G'offorov  SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan  Turkistonga ko'chirilganlar  (XIX  asrning ikkinchi  yarmi  –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
  18 shu hujjatga asosan ularning joylashuvida ma'muriyat ko'maklashishi nazarda 
tutilgandi. Bu tartib o'zboshimchalik bilan ko'chib keluvchilar oqimini eng kam 
darajaga yetkazish uchun yo'lga qo'yilgandi, chunki ular ko'chib kelgan joylarida 
tub qishloq aholisining yeri, qoramoli va hatto, uy-ro'zg’or buyumlarini ham zo'rlik
bilan tortib olishardi. Garchi hukumat bunday hodisalarga ko'pincha e'tibor 
bermagan bo'lsa-da, dehqonlarning ommaviy g’alayonlarining oldini olishni 
istagandi. Undan tashqari, Sirdaryo viloyati ma'muriyatining aholini ko'chirish 
amaliyotini tartibga solishga qaratilgan choralari doim ham samara beravermadi. 
Bu boradagi masalalarni hal etish yo'llarini belgilovchi birorta ham qonun-qoidalar
to 1881-yilgacha mavjud emas edi. Shu sababli imperiya hukumati, mustamlaka 
ma'muriyati taklifi bilan 1881-yil 10-iyulda «Dehqonlarni bo'sh davlat yerlariga 
ko'chirish bo'yicha muvaqqat tartib-qoidalar»ni tasdiqladi 14
. Masalan, 1889-1891-
yillarda Sirdaryo viloyatida ko'chish guvohnomalari 17289 oilaga berildi, ko'chib 
kelgan oilalar soni esa aslida 28911 taga yetdi 15
. Imperiyaning g’alla 
yetishtiriladigan ko'plab guberniyalarida ro'y bergan ocharchilik sababli 1892-yilda
ko'chuvchilar oqimi keskin ko'payib, 100 ming kishidan ortiqni tashkil qildi 16
. 
Oqibat shunday bo'ldiki, Sirdaryo viloyatining o'zida 1892-1893-yillarda ko'chib 
kelganlar 17 ta yangi qishloqni barpo etishdi 17
. Bu esa tub aholi uchun ham juda 
og’ir bo'lgan. 1914-yil avgustning oxiri – sentyabrning boshida Rossiyaning 
Harbiy va Ichki ishlar vazirliklari Sirdaryo viloyati ma'muriyati bilan birgalikda 
Avstro-Vengriya, Germaniya armiyalariga mansub harbiy asirlarni Toshkent, 
Samarqand, Avliyoota, Jizzax, Turkiston, Chimkentga joylashtirish va asirlar 
tarafidan bajariladigan ishlarning hajmi, turlari rejalashtirilgan edi 18
. «Tugatilishi 
lozim bo'lgan qishloqlar o'rnida rus qishloqlarni» barpo etish vazifasi ham Sirdaryo
14
  Закон от 10 июля 1881 г. – СПб., 1881.
15
  Кауфман А.А. Переселение и колонизация. Т. II . – СПб., 1905. С. 20.
16
  Вощинин В.П. Переселение. – «О земле» китобида. Вып .I.- М ., 1921.  С . 127. 
17
G'offorov  SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan  Turkistonga ko'chirilganlar  (XIX  asrning ikkinchi  yarmi  –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
 
18
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 19 viloyati aholisi uchun g’oyat fojiali bo'ldi. Hukumat bu borada alohida 
shafqatsizlik ko'rsatgani diqqatni tortadi. Rus amaldorlarining ayrimlari guvohlik 
berishicha, jazoga tortilgan qishloqlar aholisi «ko'chishga majburligi muqarrarligi 
to'g’risidagi fikrga butunlay ko'nikkan, lekin qayerga ko'chishga to'g’ri kelishini 
bilmaydi»  19
. Ruslar va ko'plab ko'chib kelgan nasroniy diniga mansub boshqa 
aholining soni keskin ko'paydi. Bu holatni, eng avvalo, Rossiyadan nasroniy, 
asosan pravoslav aholining bir qismini Sirdaryo viloyatiga ko'chirish siyosati va 
amaliyotiga imperiya hukmron doiralarining hamda mustamlaka ma'muriyatining 
yondashuvlaridagi o'zgarishlarning sabablarini va mohiyatini o'rganish natijalari 
yaqqol tasdiqlaydi. Chorizmning hamda Sirdaryo viloyati ma'muriyatining o'lkaga 
kazaklarni, krestyanlarni, shahar ishchilarini ko'chirish masalasiga katta ahamiyat 
bergani bilan birga yangi mustamlakaning yer osti boyliklarini aniqlash, qazib 
olish, qayta ishlashni tashkil qilish uchun, qishloq xo'jaligini takomillashtirib, 
metropoliyaga tobora ko'proq xomashyo yetkazish va o'lkaga Rossiyadan sanoat 
mahsulotini keltirish maqsadlarida bu yerga geologlar, sanoatchilar, agronomlar, 
savdogarlar kelishini ta'minlashga intilishgan. Bu borada birinchi navbatda xususiy
yer mulkchiligini qisqartirib, yerlarning anchagina qismi davlat (amlok) mulkiga 
aylantirildi, vaqf mulki hisoblangan yerlarning ham bir qismini egalaridan turli 
bahonalar bilan tortib olish yo'li bilan davlat yer fondi tashkil qilindi. Biroq, 
Rossiyadan 70-80-yillarda ko'chib kelgan krestyanlarning ko'pchiligi shu fonddan 
berilgan yerlar bilan kifoyalanmasdan, mahalliy dehqonlarni shuningdek vaqflarga 
qarashli yerlarini zo'ravonlik bilan o'zlashtirgani ham ma'lum. Masalan, 
o'zboshimchalik bilan ko'chib kelgan krestyanlar aynan shunday yo'l bilan 
joylashishga intilishgan, ma'muriyat esa bunga deyarli qarshilik qilmagan. Misol 
uchun aytish mumkinki, 1889-1891-yillarda tegishli ruxsatnoma bilan ko'chib 
kelgan 17289 oiladan tashqari, 11622 oila hech qanday ruxsatnomalarsiz ko'chib 
kelgan 20
.  Bunday hollar keyin ham ko'p bo'lgan. Shuning uchun ba'zi yillarda 
o'zboshimchalik bilan tashkiliy ravishda ko'chib kelgan krestyanlar birdaniga 17 ta 
19
  Гинзбург А.И. Русское население в Туркестане,  С.57.
20
  Кауфман К.П. Переселение и колонизация. Т . II . –  СПб ., 1905,  С . 20.  20 (Sirdaryo viloyati), boshqa viloyatlarda 20-36 ta (Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari) 
rus qishloqlarni barpo etishgan 21
.  Metropoliyadan ko'chib kelgan aholiga bir qator 
imtiyozlar berilgan bo'lib mahalliy aholining zavod, fabrikalarda, boshqa 
korxonalarda ishlovchi vakillariga to'lanadigan mehnat haqi rus ishchilariga 
qaraganda 40-50 foizga kam edi 22
, ayrim korxonalarda esa bu farq 3-3,5 barobarga 
yetgan 23
. Sirdaryo viloyatiga metropoliyadan aholini ko'chirish siyosati chinakam 
mustamlakachi mohiyatiga ega bo'lganligi kazaklarni, rus krestyanlarni oddiy 
(berdanka) miltiqlari bilan qurollantirish, 1892-yil Toshkent, 1898-yil Andijon 
qo'zg’olonlari, 1916-yil umumturkiston qo'zg’oloni bilan bog’liq voqealar 
ko'rsatdi.
II   BOB.   ROSSIYA   IMPERIYASI   TOMONIDAN   AHOLINI
KO’CHIRISH   SIYOSATINING   ISHLAB   CHIQILISHI   VA
AMALGA OSHIRILISHI (XIX ASR IKKINCHI YARMI).  
      
21
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
22
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
23
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 21        2.1. Chor Rossiyasining Sirdaryo viloyatiga aholining ko’chiruvchilik 
siyosatining dastlabki davrdagi xususiyatlari
Ma'lumki, Rossiya chorizmi Turkiston tomon harbiy harakatlarini boshlagan XIX 
asrning 20-yillaridayoq Sibir va Ural kazaklarining qozoq va keyinchalik 
qirg’izlarning hududlariga majburiy tarzda ko'chirilishi va mahalliy aholidan tortib 
olingan yerlarda joylashtirilishi boshlangan edi. Turkiston general-gubernatorligi 
tashkil qilinguncha qadar K.P. Kaufmanning yozishicha, «Kazaklarga xo'jalik 
jihatidan eng yaxshi yerlar berilgan va qirg’iz, qozoqlarning huquqlari, 
ehtiyojlariga e'tibor berilmagan... Kazaklar daryochalarni ham o'z nazoratiga olib, 
qirg’iz, qozoqlarning yerlariga suvni berish yoki bermaslikni hal qiladigan 
bo'lishdi va ularning hisobiga osongina boy bo'la boshlashdi» 24
. Kazaklarni tez 
tayyor bo'ladigan harbiy kuch sifatida inkor etmagan holda Turkiston ma'muriyati, 
ularni ko'chirib keltirgandan ko'ra krestyanlar, savdogarlar, sanoatchilarning 
o'lkaga ko'proq kelishlarini foydaliroq deb hisoblaydi. Avvalo, Xitoy bilan 
chegaradosh qozoq, qisman qirg’iz hududlariga joylashtirilganidan keyin kazaklar 
shovinistik kayfiyatdagi doimo tayyor harbiy politsiya kuchi bo'lib qolaverdi; 
ikkinchidan, Qo'qon xonligi hududlari (Pishpak, Avliyoota, Oqmachit, Chimkent) 
dagi strategik punktlarni birlashtiruvchi yo'llar bo'ylab ko'plab kazaklarning 
stanitsalari, krestyanlarning qishloqlariga asos solindi. Ular Sirdaryo viloyatida 
soliq-o'lpon, katta yer maydonlari berish, krestyanlarni harbiy xizmatdan 5 yilga 
ozod qilish kabi imtiyozlar bilangina emas, balki oziq-ovqat, pul bilan yordam 
ko'rsatish shartlari bilan ko'chirilganlar. Shuning uchun qashshoq rus, ukrain 
krestyanlarigina emas, balki qalmoqlar, cho'qintirilgan tatarlar ham kazaklarga 
tenglashtirilib joylashtirilgan. Bunday amaliyot aholini ko'chirish tartibini, turli 
shartlarini to belgilovchi birinchi rasmiy qoidalar qabul qilingan 1881-yilgacha 
hukm surdi. Rossiya martabali amaldorlarining Sirdaryo viloyatiga aholining qaysi
ijtimoiy guruhlarini ko'chirib keltirish yoki keltirmaslik haqidagi mulohazalari 
24
  Кауфман К.П.  Проект  всеподданнейшего  отчета  генерал-адъютанта  К.П.  фон Кауфмана  1-го
по   гражданскому   управлению   и   устройству   в   областях   Туркестанского   генерал-
губернаторства. 7 ноября 1867 – 25 марта 1881 гг. – СПб.,, С.157-158.  22 mohiyatiga ko'ra mustamlakachi, buyuk davlatchilik xarakteriga ega edi. 1867-
yilda yangi tuzilgan Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarini o'z tarkibiga olgan Turkiston
general-gubernatorligi tashkil etilgach 25
, rus aholining bir qismini ko'chirish 
siyosatiga yondashuv bo'yicha o'z mulohazalarini general-gubernator K.P. 
Kaufman va Yettisuv viloyatining harbiy gubernatori general Kolpakovskiy 
birinchi bo'lib izhor etishgan. Ularning takliflari o'sha vaqtda qabul qilinmadi, 
lekin Yettisuv, Sirdaryo, keyinchalik Farg’ona, Kaspiyorti va Samarqand 
viloyatlarida 1881-yilgacha ham metropoliyadan asosan dehqon aholisini ko'chirib 
keltirishga moyillik kuchliroq bo'lgan. Biroq, rus dehqonlari Turkistonda asosan 
g’alla yetishtirishga intilgani sababli ular paxtachilik rivojlangan hududlarga, 
masalan, Farg’ona viloyatiga, nisbatan kamroq keltirilgan. Shuni ham qayd etish 
joizdirki, K.P. Kaufman 1867-yil iyulda Turkistonga general-gubernator etib 
tayinlanishi arafasida «Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridagi boshqaruv to'g’risida 
nizom» loyihasini ko'rib chiqish uchun imperatorga taqdim qilgandi. Bu loyihada 
ham ko'chiruvchilik masalasi qo'yilgan edi. Kaufman shundan kelib chiqib, eng 
avvalo, Sirdaryo viloyatiga ko'chib kelgan rus aholiga zarur bo'lib qolganda yer 
sotib olishga ham ruxsat berilishi mumkinligini belgilagan edi, lekin ruslarni 
asosan davlat yerlariga hamda tub aholidan tortib olingan yerlarga joylashtirish 
ko'zda tutilgandi. U, shuningdek, kazaklarni Yettisuv viloyatiga, keyinroq esa 
Sirdaryo viloyatiga ham, faqat qisman, cheklangan ko'lamda ko'chirish mumkin, 
deb hisoblagandi. Hosilsizlikdan ko'p azob chekayotgan Astraxan, Voronej, 
Orenburg, Samara va Xarkov guberniyalaridan Sirdaryo viloyatiga, ayniqsa, 
ko'plab kambag’al krestyanlar kela boshlagandi. Sirdaryo viloyati ma'muriyatining 
o'zboshimchalik bilan ko'chib kelganlarni dastlab belgilangan joylarga jo'natib 
yuborish borasidagi harakati ko'pincha samara bermasdi. Natijada ancha murakkab
vaziyat yuzaga kelardi, chunki aholisi zich joylashgan, asosan, dehqonlardan iborat
bo'lgan Sirdaryo viloyatida mustamlakachi idoralar va ko'chib kelgan rus 
25
  Turkiston ,  O ' zbekiston   va   Qozog ' iston   tarixchilariga   o ' zicha  « ta ' lim   bergan »  P . G .  Galuzo   nima   uchun  «1867- yilda ,
11- iyulda ,   Semipalatinsk   oblastining   janubiy ,   Turkiston   qismidan   Turkiston   general - gubernatorligi   tashkil   qilingan
edi ...»   deb   yozganini   tushunib   bo ' lmaydi . (П.Г.Галузо.   Аграрные   отношения   на   Юге   Казахстана,   347-
бет).  23 dehqonlari yerlarni o'zlashtirish bilan shug’ullanmas, shu sababli, hatto tub aholi, 
shu jumladan, ko'chmanchi aholidan ham yer ayovsiz tortib olingan holda tashkiliy
ravishda ko'chirib keltirilayotgan ruslarga bo'lib berish uchun yetarlicha yer 
zaxirasi barpo etmasdi. Natijada, beruxsat ko'chib kelganlar esa tub dehqonlarning 
yerlarini zo'rlik bilan tortib olib joylashar edilar. Bunday ahvol Sirdaryo viloyati 
dehqonlarining g’azabini qo'zg’atibgina qolmay, jismoniy qarshiligini yuzaga 
keltirishi kerak edi va 60-yillar oxiri – 70-yillar boshida xuddi shu hodisa ro'y 
berdi. Mustamlakachi ma'muriyatning ayrim amaldorlari ko'chirib keltirilgan 
ruslarning qo'pol o'zboshimchaligining oldini olish, bu hodisaning ijtimoiy-siyosiy 
oqibatlarini yumshatish maqsadida mahalliy aholining qo'lidan ketgan yer-mulk 
o'rnini imkon qadar to'ldirish taklif qilgandi, metropoliyadan dehqonlarni ko'chirib 
keltirishni bir muncha me'yorida va puxta tashkil etishga harakat qilgandi. 
Binobarin, rus amaldorlarining tub aholiga nisbatan bedodligi Sirdaryo viloyatiga, 
keyinchalik esa Dasht o'lkasiga ham ko'chirib keltirilgan rus, ukrain, belorus 
krestyanlari uchun ibrat bo'lgan edi. Metropoliyadan ko'chib kelganlarning 
mahalliy aholiga nisbatan qilgan beboshliklari, xususan, eng yaxshi yerlarni 
dehqonlardan, yaylovlarni ko'chmanchilardan tortib olish, ma'muriyat tomonidan 
oqibatsiz qoldirilganligining sabablaridan biri shunda ediki, tub joy aholiga 
qarashli yerlarni davlat tasarrufiga o'tkazish haqidagi qonunlashtirilgan qoidalar 
80-yillargacha mavjud bo'lmagan. Ilk bor qoidalar 1881-yil 10-iyulda, 
«Krestyanlarni bo'sh davlat yerlarga ko'chirish vaqtincha qoidalar»  26
 shaklida 
qabul qilindi. Ko'chiriluvchilarga ularning chiqish joyidan yo'l hujjati berish 
bo'yicha 70-yillar boshida joriy etilgan majburiy tartibga nopisandlik bilan 
qaralishi ko'chib kelayotganlar, ayniqsa, o'zboshimchalik bilan, beruxsat ko'chib 
kelayotganlar orasida kambag’allarning salmog’i katta bo'lishiga olib keldi. 
Ko'chirib keltiriluvchilar tarkibi quyidagi asosiy toifalardan: 1) xizmat muddatini 
o'tab bo'lib, bu yerda katta imtiyozlar evaziga qolgan askarlardan. Ularning 
ko'pchiligi oila boshiga 7 desyatinadan yer olib, uni yersiz dehqonlarga teng 
26
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 24 sherikchilik asosida ijaraga berardi; 2) 1861-yil islohoti oqibatida 
qashshoqlashgan, dastlab Primore, Sibirga, boshqa mintaqalarga jo'natilgan, lekin 
u yoqlardan Sirdaryo viloyatiga hamda Dasht o'lkasiga beruxsat ko'chib kelgan 
dehqonlardan; 3) tashkiliy ravishda, yo'l hujjatlari asosida ko'chib kelgan, shu 
sababli yangi joyda yetarli miqdorda yer bilan ta'minlangan, harbiy xizmatdan, 
soliqlar va to'lovlardan 3-5 yilga ozod qilingan krestyanlardan iborat edi. Shuni 
ham qayd etib o'tish lozimki, Turkiston endigina mustamlakaga 
aylantirilayotganda Yettisuv va Sirdaryo viloyatlarida rus armiyasida xizmatini 
o'tab bo'lgan askarlarning, metropoliyadan ko'chib kelgan krestyanlarning 
oilasidagi har bir erkak nafariga 30 desyatinagacha yer berilgan. Yangi ko'chib 
kelgan krestyanlar barcha soliqlar va to'lovlardan ozod etilgan. Bundan tashqari, 
moddiy yordamga muhtoj bo'lgan krestyanlarning har bir oilasiga 100 rubl uzoq 
muddatli qarz (ssuda) berilgan edi 27
. Qat'iy qoidalar va mahalliy aholini ko'chib 
kelayotganlarning zulmidan himoyalash choralari bo'lmagan sharoitda 1864-1881-
yillarda Yettisuvga deyarli 40 ming kazaklar va rus krestyanlari 28
 ,1865-1881-
yillarda Sirdaryo, Farg’ona viloyatlariga, Zarafshon okrugiga va Amudaryo 
bo'limiga 95 mingdan 29
 ko'proq rus krestyanlari va shahar kambag’allari ko'chib 
kelishdi. Undan tashqari, o'lkada 50 mingdan ortiq askarlar joylashgan edi, 
shulardan 15 ming kishi Kaspiyorti viloyatida va Chorjo'yda, yangi Buxoroda 
edi 30
. Rossiyadan ko'chirib keltirilganlarning deyarli hammasi, ba'zi istisnolar 
bilan, tub aholiga, ayniqsa, qishloq aholisiga nisbatan buyuk davlatchilik-
shovinistik munosabatda va jangarilik kayfiyatida edi. Boz ustiga, metropoliyadan 
ko'chirib keltirilganlarning nemislar, nasroniy sektalardan boshqa, hammasi 
jangovar miltiq bilan ta'minlangandi. Ayniqsa, ikkinchi toifaga kiritilganlarning 
aksariyati o'zini yovuzlarcha va surbetlarcha tutardi. Shuni ta'kidlash lozimki, 
27
  Пален К.К. Переселенческое дело в Туркестане. – Спб., 1910, С. 9.
28
  Леденев Н.З. История Семиреченского казачьего войска., («Б» жадвали ва иловалар асосида
ќисоб бизники – Ш. Қ .).
29
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
30
  Фомченко А.П. Русские поселения в Бухарском эмирате. – Т., Госиздат, 1958. С. 12 . 25 noqulay yerlarga joylashtirilgan nasroniy sektalarining muxlislari – mennonitlar, 
baptistlar va boshqalar tub aholi bilan ancha chiqishib yashasa-da, harbiy 
majburiyatdan ozod qilish, e'tiqod erkinligini kafolatlash va hokazo talablari bilan 
mustamlakachi ma'muriyatga ancha tashvish keltirishardi. Shuning uchun asosan 
nemislardan iborat bo'lgan mennonitlar ommasi Amerikaga jo'nab ketib, keyin 
Rossiyaga qaytib kelishga majbur bo'lganida ularning talablari rad etilgandi. 
Shunday bo'lsa-da, imperiya hukumati mennonitlarga (nemislarni bir diniy 
ayirmachi oqimi) joylashishda ancha yengil sharoit yaratib berilishini va'da qilib, 
Sirdaryo viloyatiga ko'chishni taklif qilgan. Shundan keyin, 1879-1882-yillarda 
yuzlab nemis oilalari bu o'lkaga ko'chib kela boshladi. 1882-yilda Sirdaryo 
viloyatining Avliyoota uyezdida 7 nemis qishlog’i bo'lib, aholisi 1400 kishidan 
oshiq edi. Biroq, mennonitlar jamoalarining katta qismi chorizm va mustamlakachi
ma'muriyati tomonidan Buxoro amirligidan (Zirabuloq, Kattaqo'rg’on), Xiva 
xonligidan (Amudaryoning o'ng sohili) tortib olingan hududlargagina emas, balki 
Rossiya imperiyasiga qaram ushbu davlatlar tasarrufidagi yerlariga ham ko'chishga
majbur etildi. Mohiyatiga ko'ra, buyuk davlatchilik ruhida bo'lgan shunday faktlar 
sodir etilgani holda, mennonit-nemislarning Sirdaryo viloyatiga ko'chirilishi 
muammosini hozir o'rganayotgan ayrim tadqiqotchilarning noxolisligi kishini 
hayratga soladi. Masalan, Rossiyada nemis va rus tillarida chop etiladigan «Noyes 
Liben» gazetasida tarixchi V. Chebotaryova, jumladan, bunday deb yozgan edi: 
«General-gubernator Kolpakovskiy (u K.P. Kaufman betobligi sababli general-
gubernator vazifasini bajaruvchi bo'lgandi – SH.Q.) ... ularga Sirdaryo viloyatining
Avliyoota uyezdida Talas daryosi havzasidan yer taklif etdi. Yakob Yansen 
boshchiligida oilalarning bir qismi Talasga jo'nadi, boshqalari esa o'zlarini ta'qib 
qilayotgan harbiy majburiyatdek qismatdan qochib, butun Sharqda mashhur 
bo'lgan zolim – Buxoro amiri qaramog’idagi yerlardan panoh izlab ketdi. Amir 
huzuriga butun bir vakillar hay'ati yo'l oldi. Mennonitlarning vakillari Buxoro 
amiri tomonidan qabul qilingan-qilinmaganligini aniqlash iloji bo'lmadi. Biroq, 
«Turkestanskie vedomosti» gazetasidagi maqola muzokaralar olib borilganidan 
dalolat beradi. Muzokaralar diplomatlar darajasida olib borilgan». Amir  26 mennonitlarning 31 oilasini fuqarolikka olishga roziligini bildirgan, biroq 
Toshkentda bunday oilalar ko'pligini bilgach, qaroridan qaytgan. «Shunda amir 
mennonitlar tub aholi tilini bilmasliklarini, yerga ishlov berishni bilmasliklarini, 
yuzi ochiq xotinlari bu yerlik (xotin) larga yomon ibrat bo'lishini aytdi» 31
. Lekin 
Kattaqo'rg’on va Zirabuloqda ancha mennonitlar qolgandi. V.Chebotaryova 1882-
1883-yillardagi voqealar munosabati bilan Sirdaryo viloyatining Amudaryo bo'limi
Xiva xonligiga qaraydi, deb noto'g’ri hisoblaydi, lekin Muhammad Rahimxon 
mennonitlarni fuqarolikka olishga rozi bo'lib, Amudaryo yaqinidagi Lavdonga 
ularning 52 oilasi joylashtirganligini ko'rsatadi 32
. Shu tariqa, u zolim deb ta'riflagan
Buxoro va Xiva hukmdorlari mennonitlarga Rossiyaning «ma'rifatli» imperatoriga 
qaraganda ancha insonparvarlik ko'rsatishgan. Biroq, V. Chebotaryova bu ishning 
insonparvarlik ekanini anglamaydi. Ayni mahalda beruxsat ko'chib kelganlar 
mahalliy aholi orasida o'g’irlik, talonchilik bilan shug’ullanayotgan, berilgan yer 
maydonida mehnat qilishni xohlamaganlarga qarshi hatto tegishli chora 
ko'rilayotgan sharoitda Rossiyadan Sirdaryo viloyatiga ko'chib keluvchilar oqimi 
kuchayib bordi. Imperiya shu maqsadda 1881-yil 10-iyulda «Krestyanlarni bo'sh 
davlat yerlariga ko'chirish to'g’risida muvaqqat qoidalar»ni tasdiqladi 33
. Ilk bor 
qabul qilingan bu qoidalar, bo'sh yerlar deyarli yo'qligiga qaramay, metropoliyadan
mustamlakalarga, ayniqsa, Sirdaryo viloyatiga ko'chib keluvchilar oqimi 
ko'payishiga sabab bo'ldi. Krestyanlar qatori shahar kambag’allarining ham ko'chib
kelishi kuchaydi. Ayni mahalda, o'zboshimchalik bilan ko'chib keluvchilar soni 
ham ortdi, bu esa mintaqada, ayniqsa, tub aholi uchun ijtimoiy-siyosiy vaziyatni 
jiddiy ravishda keskinlashtirib yubordi. Masalan, mahalliy hunarmandchilikni 
qisish, dehqonlarga nisbatan zo'ravonlik, adolatsizlik kuchaydi. Garchi bo'sh davlat
yerlari bo'lmagan va mahalliy dehqonlar kam yerli, anchasi esa umuman yersiz 
bo'lgani holda bu yerga Rossiyadan krestyanlarni ko'chirib keltirish uchun yangi 
31
  Чеботарёва   В.   Меннониты:   поиски   земли   обетованной.   –   « Neues     Leben »   газетаси,   №50,   9
Desember , 1992.
32
  Чеботарёва В. Меннониты: поиски земли обетованной. – « Neues    Leben » газетаси, №50, 9
Desember , 1992.
33
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 27 yerlarni irrigatsiyalab, melioratsiyalab keng o'zlashtirish, sanoat, transport, yo'l 
qurilishini rivojlantirish zarurligini Sirdaryo viloyati ma'muriyati hamda 
imperiyaning hukmron doiralari yaxshi bilishsa-da, 1883-yildan boshlab imperiya 
hukumati yangi metropoliyadan mustamlakaga aholini ko'chirish bo'yicha 
qoidalarni joriy etdi. Bu qoidalarga muvofiq, bundan buyon faqat pravoslav 
e'tiqoddagi ruslarga Sirdaryo viloyatiga ko'chib kelishga ruxsat beriladigan bo'ldi. 
Boshqa odamlar ko'chish uchun hukumat organlaridan ruxsat olishga majbur edi. 
Yangi joyda har bir rus oilasiga 9 desyatina (10 gektarga yaqin) yer ajratilib, 
soliqlar, o'lponlar va hokazolar bo'yicha jiddiy imtiyozlar berilgandi 34
. Bunda 
ko'chirish amaliyotida ilk bor 1883-yil qoidalariga muvofiq har bir qishloqdagi 
ko'chib kelganlar umumiy yaylovdan foydalanishi, haydalma yer bo'lagi esa 10 
yildan keyingina, shunda ham bu yerdan qishloq xo'jalik mahsulotini yetishtirish 
uchun har yili foydalansagina, ko'chib kelganlar mulkiga aylanishi nazarda 
tutilgan 35
. Toshkent, Chimkent, Avliyoota uyezdlariga va Sirdaryo viloyatining 
Amudaryo bo'limi, Farg’ona viloyatining Qo'qon, Yangi Marg’ilon, Andijon, 
Namangan shaharlariga, Kaspiyorti viloyatining shahar, qishloqlariga ko'chirib 
keltirilgan aholi faol joylashtirilardi 36
. Imperiya hukumati 1881-1885-yillarda 
Turkiston shaharlarini bog’laydigan yo'llar bo'ylab rus qishloqlari barpo etishga 
katta ahamiyat bergandi. Bu joyda yer, eng avvalo, iste'fodagi askarlarga 
ajratilardi, ulardan keyingina krestyanlarga berilardi. Tub aholi g’alayonlari, 
qo'zg’olonlari sodir bo'lgan holatlarda bunday qishloqlar foyda beradi, deb taxmin 
qilinardi 37
. Ayni mahalda Turkistonda F.K. Girs (1881-yil.), graf Ignatev (1884-
yil.) tomonidan olib borilgan taftishlar Rossiyadan Sirdaryo viloyatiga ko'chirib 
keltirilganlarning soni ko'payishi bilan birga tub aholiga nisbatan ularning 
bedodligi, ijtimoiy va milliy zulmi kuchayganini ko'rsatdi. Biroq hukumat qabul 
34
  Гинзбург А. Русское население в Туркестане, С. 30-31.
35
  Гинзбург А. Русское население в Туркестане, С. 30-31.
36
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
37
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 28 qilgan 1881-yilgi hamda 1883-yilgi aholini ko'chirish qoidalari o'zboshimchalik 
bilan ko'chib kelishni to'xtatish u yoqda tursin, hatto qisqartirishga ham yordam 
bermadi. Imperiya hukumati avvalgi yillarda rus aholini va umuman slavyan aholi 
sonini ko'paytirish bo'yicha tajribasi ko'chib kelganlarga beriladigan yer 
maydonlari endi keskin kamayishiga olib kelganini tushunardilar. Aleksandr III 
tomonidan 1886-yil 12-iyulda tasdiqlangan ko'chirish bo'yicha uzoq muddatga 
mo'ljallangan qoidalarda bularning barchasi va ayrim yangi shartlar ham o'z aksini 
topgandi. Bu qoidalarda, eng avvalo, rus qishloq obivatellarini (asosan 
o'rtahollarni) ko'chirilishigagina yo'l qo'yish va shuni rag’batlantirish zarurligi 
ta'kidlangandi. Ko'chirib keltirilgan rus aholi sug’orma dehqonchilik tajribasini 
yomon o'zlashtirayotganliklarini, hatto «bug’doy sepilgan yerni... sug’orish 
zarurligi»ni ularning aqli bovar qilmasligi, shu bois oila boshiga 9 desyatinadan 
yerga ega bo'la turib, o'z xo'jaliklarini yaxshi rivojlantirmaganliklarini hisobga 
olib, imperiya hukumati Sirdaryo viloyatiga ko'chirib keltirilgan rus oilalaridagi 
mehnatga yaroqli har bir ishlovchi xodim hisobiga 10 desyatinadan yer ajratish 
zarurligini nazarda tutgan 38
. Rus krestyan oilalarida esa ishlovchi xodimlar, ya'ni 
erkak shaxslar 3-4 kishidan iborat edi. Binobarin, shu qoidaga muvofiq, ko'chirib 
keltirilgan oila 20 desyatinadan 40 desyatinagacha yer olishi mumkin edi. Bu esa 
Turkiston mustamlakaga aylantirilgan dastlabki yillarda Rossiyadan ko'chirib 
keltirilganlar uchun ajratilgan yer maydonidan ancha ko'p edi 39
. Avvalgi yillardagi 
kabi, 80-yillarda Turkiston va Dasht general-gubernatorliklariga ko'chib 
kelayotgan rossiyaliklar orasida o'zboshimchalik bilan kelganlar 50 foizni, ba'zida 
esa hatto undan ziyodni tashkil qilgani uchun mustamlaka ma'muriyatining na 
ularni qaytarib yuborishga, na joylashtirishga qurbi yetmasdi. Biroq chorizm 
Sirdaryo viloyatiga kelib qolganlarning ortiga qaytishini imperiya obro'siga putur 
yetkazuvchi, yo'l qo'yib bo'lmaydigan hol deb hisobladi. Boz ustiga, imperiya 
hukmron doiralari Sharqiy mustamlakalarda, ayniqsa, Sirdaryo viloyatida, rus 
38
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
39
  Масальский В.И. Туркестанский край. С . 322. 29 aholisi hissasini yanada ko'paytirib borish har tomonlama foydali ekanligiga 
ishonardilar. Shu sababli, hukumat Senati 1889-yil 13-iyulda,1886-yil 12-iyuldagi 
qoidalarda ko'zdan tutilganidek, faqat qishloq obivatellarining emas, balki 
meshchanlarning davlat yerlariga ko'chishiga, shuningdek, 1889-yil 13-iyulgacha 
bo'lgan davrda Sirdaryo viloyati va Dasht o'lkalariga ko'chirilgan barcha rus 
dehqonlari va hunarmand kishilarni obivatellar va meshchanlar tabaqasiga 
qo'shishga ruxsat beruvchi qonun qabul qildi. Shu paytdan boshlab ko'chib 
kelayotgan ruslar oqimi ancha kuchaygani qayd etildi, 1891-1892-yillarda esa 
Rossiyaning bir qator ichki guberniyalarida ro'y bergan qurg’oqchilik, ommaviy 
ocharchilik sababli o'zboshimchalik bilan, ruxsatsiz ko'chib keluvchilar soni keskin
ko'paydi-ki, ular orasida o'n minglab Volgabo'yi nemislari ham bor edi. Ayni shu 
ikki yil ichida Rossiyadan ko'chib kelganlar tomonidan Sirdaryo viloyatining 
o'zida 17 ta qishloq barpo etildi 40
. Ruslarning va Rossiyaning boshqa 
fuqarolarining Turkistonga, jumladan, uning eng yirik viloyati – Sirdaryo 
viloyatiga ko'chirib keltirilishining ko'lamlari shu qadar ediki, 1886-1890-yillarda 
bu viloyatda 42 ta qishloq, shu jumladan, Toshkent uyezdida 9 ta qishloq yuzaga 
keldi 41
. Sirdaryo viloyatidagi, shuningdek, Dasht o'lkadagi xalq qo'zg’olonlaridan 
jiddiy tashvishga tushgan, mazkur mustamlakalardan barcha narsani imperiyaning 
ichki, tashqi muammolarini hal etish uchun oxirigacha foydalanishga intilgan 
Rossiya hukmron doiralari pravoslav e'tiqoddagi ruslarni, hamda... Ichki ishlar 
vazirligi ruxsati bilan – diniy ayirmachi (staroobryadchi)larni ham ko'chirish va 
joylashtirishning yangi qoidalarni yana ishlab chiqdi, imperator esa ularni 1903-yil
10-iyunda ma'qulladi. To'g’ri, endi har bir ishlovchi odam hisobiga yer bo'lagi 3 
desyatinani tashkil etishi lozim edi; soliq-o'lpon imtiyozlari ham qisqartirilgandi 42
. 
Rossiyadan ko'chirib keltirilganlarni Sirdaryo viloyatida joylashtirish imtiyozlari 
40
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
41
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
42
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 30 keyinroq ancha kamaygan bo'lib borgan bo'lsa-da, baribir metropoliyadan O'rta 
Osiyoga, ayniqsa, Sirdaryo viloyatiga aholi ko'chib kelish harakati kengayib bordi. 
Chunonchi, agar 1896-1902-yillarda Rossiyadan Sirdaryo viloyatiga 45 foizi 
o'zboshimchalik bilan, ya'ni yo'l guvohnomalarisiz ko'chib kelgan bo'lsa, 1906-
1909-yillarda ko'chib kelganlarning o'rtacha soni yiliga 500 ming kishidan oshib 
ketdi, shu jumladan beruxsat ko'chib kelganlar 60 foizdan ziyodni tashkil qilardi 43
. 
Shunday bo'lsa-da, imperiya hukumati va mustamlaka ma'muriyati o'lkaga aholini 
ko'chirish siyosatini kuchaytirish Sirdaryo viloyatini «Rossiyaning ajralmas 
tarkibiy qismiga»  44
aylantirish maqsadlariga xizmat qilishiga qat'iy ishongan edi. 
Chorizmning Sirdaryo viloyatiga aholini ko'chirish siyosatining dastlabki davrdagi 
xususiyatlarini va usullarini ta'riflovchi ko'pgina hujjatli va boshqa manbalar 
guvohlik berishicha, Rossiya chorizmi imperiyacha tashqi siyosiy, 
mustamlakachilik maqsadlarni ko'zlab O'rta Osiyoda bosqinchilik harakatlarini 
olib borayotgandayoq zabt etilgan hududlarga harbiylashgan kazaklarni, rus 
fuqarolarini imkon qadar ko'proq ko'chirishga turli imtiyozlar bilan ta'minlashga 
katta ahamiyat bergan edi. Bu masala Rossiyaning ichki guberniyalaridagi ijtimoiy
ahvolni yengillashtirish vazifasi bilan bevosita bog’liq bo'lmagan, chunki XIX 
asrning birinchi yarmida ham (qozoq xonliklarini yo'q qilish, Qo'qon xonligiga 
qarashli Sirdaryoning quyi qismini bosib olish vaqtlarda), keyinchalik ham 
mintaqada zabt etilgan hududlarga eng avval pravoslav e'tiqodiga mansub aholini 
ko'chirish siyosati imperiya hukmron doiralarining geostrategik harbiy-siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy rejalarining tarkibiy qismi bo'lgan. Masalan, 
Yettisuv, Sirdaryo viloyatlariga bu davrda mahalliy aholidan tortib olingan, 
musodara qilinib davlat mulkiga aylantirilgan yerlarga metropoliyadan aholini 
ko'chirishda ma'muriyat tomonidan asosiy e'tibor ko'chib keluvchilarni ruslar, 
umuman, pravoslav e'tiqodiga mansublar va mustamlakachi tuzumning tayanchi  
bo'la oladiganlar tashkil etishi zarurligiga qaratilgan edi. O'rta Osiyoga, xususan, 
Sirdaryo viloyatiga Rossiyadan aholini ko'chirish usullari esa dastlabki davrda yoki
43
  Гинзбург А.И. Русское население в Туркестане. С. 24.  (ќисоб бизники – Ш.Ђ.).
44
  История Узбекской ССР. Т.2.-Т.,1968.- С . 326 . 31 keyingi vaqtda ham deyarli bir xil bo'lgan va mustamlaka ma'muriyatining harbiy-
politsiyachi, buyuk davlatchilik boshqaruv tizimining mohiyati bilan belgilangan. 
Metropoliyadan ko'chib kelganlar esa, ayniqsa, kazaklar va ruslarning aksariyati, 
o'zlarini bu yerda qolib mamlakatning vakillaridek his etishib mahalliy aholiga 
nisbatan ko'pincha qo'pol muomala qilishgan. Bunday ta'rif birinchi navbatda 
kazaklarga, boshqaruv, harbiy-politsiya organlaridagi mansabdorlarga hamda hech 
qanday ruxsatsiz, o'zboshimchalik bilan ko'chib kelganlarga taaluqlidir.
2.2. Rossiyadan aholining Sirdaryo viloyatiga ko’chirish munosabati bilan
ijtimoiy sohada va soliq tizimida sodir bo’lgan o’zgarishlar.
  
Yevropaning mustamlakachi davlatlarining ko'pchiligidan farqli ravishda Rossiya 
imperiyasi hukumati bosib olingan va olinayotgan yangi hududlarda ko'chirib 
keltirilgan ruslarning sonini ko'paytirishni u joylarni mustamlakaga aylantirishning
eng muhim omillaridan biri, deb hisoblardi. Rossiyaga qaram bo'lgan Polsha bilan 
Finlyandiyada bunga deyarli amal qilinmadi, chunki chorizm, birinchidan, bu 
hududlarga rus fuqarolarini joylashtirish Yevropa davlatlari bilan shusiz ham 
keskin munosabatlarini yanada og’irlashtirib yuborishini; ikkinchidan, Rossiyaning
mazkur mamlakatlar ustidan hukmronligi g’oyat omonat bo'lib, uzoq davom 
etmasligini tushunardi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkiston va Dasht 
general-gubernatorliklariga o'n minglab Volgabo'yi nemislari ko'chirildi, oliy 
pravoslav ruhoniylari qistovi bo'yicha nasroniy mazhabchilar (staroobryadchilar, 
molokanlar va boshqalar) ham metropoliyadan chiqarib yuborildi. Lekin kazaklar, 
rus harbiy-politsiya ma'muriyatidan so'ng, mustamlakachilar tayanchi, ifodachisi 
sifatida tub xalqlarni bevosita ekspluatatsiya qiluvchi kuch bo'lib xizmat qilmog’i 
lozim edi. Mintaqaga istilo paytidayoq, ko'chirib keltirilgan dastlabki ming-
minglab kazaklar va ruslarni joylashtirish, haydalma yer, yaylovlar hamda farovon 
yashash vositalari bilangina emas, balki katta soliq-o'lpon, fuqarolik imtiyozlari,  32 siyosiy ustunliklarini namoyon qilish zarur edi. Bularning barchasi asta-sekinlik 
bilan tub aholi hisobiga amalga oshirildi. Chunonchi, mustamlakachilikning ilk 
kunlaridanoq yerni, qishloq xo'jalik mehnati qurollarini va qoramolni harbiy-
politsiya uslublari bilan musodara etish, tub qishloq aholisiga zulm o'tkazish 
bo'yicha boshqa qo'pol harakatlar amalga oshirilganligini yuqorida qayd etib o'tgan
edik. Rus dehqonlari va kazaklarni imkoni boricha ko'proq yer-mulk bilan 
ta'minlash uchun ko'chmanchilik mintaqalarning katta qismi musodara etilar, 
ajratib olinar, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari ko'chmanchi (asosan qozoq va 
qirg’iz) aholisini o'troq hayot kechirishga majburlash choralari qo'llanardi. 
Natijada, o'zlarining imkonlari yanada kengayardi. Sirdaryo viloyati 
ma'muriyatining tub aholiga nisbatan buyuk davlatchilik - shovinistik munosabati 
keyinchalik soliq va o'lponni muntazam oshirib borishdan, turli-tuman bir yo'la 
yig’imlarni joriy etishdan, birinchi jahon urushi davrida esa, tub aholiga yalpi 
solingan harbiy soliqdan tashqari, qishloq aholisidan qoramol, arava, oziq-ovqat 
mahsulotlari, kiyim-kechak, hatto, o'tovni ham zo'rlik bilan majburlab tortib 
olishda yanada aniqroq namoyon bo'ldi. Masalan, birinchi jahon urushi yillarida 
harbiy frontdagi rus armiyasi ehtiyojlari uchun 300 ming pud go'sht, 70 ming ot, 
deyarli 13 ming tuya, 270 arava va 13441 o'tov olib ketilgan 45
. Sirdaryo viloyati 
ma'muriyati butun mustamlaka davrida uzoqni ko'zlovchi niyatlarda vaqf mulkini, 
ayniqsa, vaqf yerini musodara etish, qisqartirish choralarini ko'rdi. Vaqf mulkini 
tashkil etuvchi yerdan, savdo do'konlaridan, bog’lardan, tegirmonlardan va 
hokazolardan olinadigan daromad hisobidan madrasalar, maktablar, katta 
bo'lmagan qishloqlarda esa masjidlar ham ta'minlanardi. Zero, yuzaki qaraganda, 
mustamlakachi ma'muriyatning Rossiyadan ko'chirib keltirilganlar manfaatlari 
yo'lida amalga oshirilgandek bo'lib ko'ringan bu choralar, aslida islom ta'sirini 
kamaytirish, musulmon muassasalari rolini zaiflashtirish siyosatining tarkibiy va 
eng asosiy qismi bo'lib qoldi. Vaqf mulkining tortib olinishi, uning miqdori zo'rlik 
bilan kamaytirib borilishi mahalliy dehqonlar orasida yersizlar va ishsizlar sonini 
oshib borishiga olib keldi, natijada, ular ko'pincha batraklar armiyasiga qo'shilib 
45
 O'zbekiston SSR tarixi. 4 tomli. II tom. – Toshkent, 1968, 524-bet. 33 ketardi.  Imperiya hukmron hamda sanoat-moliya doiralarining Turkistonning 
tabiiy, mehnat zaxiralaridan foydalanish, ijtimoiy sohadagi siyosati, tub aholi 
uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Mustamlakachilar Turkistondagi 
sanoat ishlab chiqarishiga aralashuvni aroq, vino va pivo chiqaradigan zavodlarni 
qurishdan boshlagani diqqatni tortadi. Bu o'lkada general-gubernatorlik tashkil 
etilishidan oldin, 1867-yil martda rus savdogarlari I. Pervushin, A. Xrennikovlar 
Toshkentda vino-aroq zavodlari qurishga ruxsat so'rab Orenburg general-
gubernatoriga murojaat etishgan 46
. Toshkentga bosqinchilar bilan birga 1865-yilda 
kelgan tadbirkor savdogar D. Filatov esa o'sha vaqtning o'zida spirtli ichimlik 
sotadigan do'konlar ochgan. Tezda boyib ketgan bu savdogar, Samarqand bosib 
olingach, o'sha yoqqa jo'nab, u yerda spirtli ichimliklar bilan savdosini yo'lga 
qo'ygan, 1870-yilda esa vino-aroq zavodi qurgan 47
. Toshkentda esa o'sha yilda 6 ta 
shunday zavod ishlab turganligi ma'lum 48
. Ichimlik sotuvchi do'konlarining 
ochilishi, vino-aroq zavodlarining qurilishi, ichkilikbozlikning Rossiya 
mustamlakachiligi bilan bog’liq boshqa illatlarning yoyilishi musulmon aholining 
qahr-g’azabini qo'zg’atdi. Xo'janddagi vino-aroq zavodlaridan biri u yerga bostirib 
borgan Qo'qon xonligi qo'shini tomonidan yoqib yuborilgani tasodif emas 49
. Lekin 
mustamlaka ma'muriyati ko'proq rossiyalik va qisman xorijiy sanoatchilar bilan 
qishloq xo'jalik xom ashyosi (paxta, pilla) ni, chorvachilik va bog’dorchilik 
mahsulotlarini qayta ishlash, yer osti boyliklarini qazib chiqarish bo'yicha 
korxonalar ochishga ko'maklashdi. Xom ashyoni  Sirdaryo viloyati dan 
metropoliyaga tez va tejamli tashib ketish, o'lkaga Rossiya tovarlarini olib kelishni 
ancha ko'paytirish maqsadida nisbatan qisqa muddat ichida temir yo'l o'tkazildi. 
To'g’ri, bundan chorizm  Sirdaryo viloyati ga qo'shinlarni hamda qurol-aslahani 
darhol yetkazib keltirish masalasiga ham birinchi darajali e'tibor bergan. Temir yo'l
46
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
47
  Терентьев М.А. Статистические очерки Среднеазиатской России. Т .4. –  СПб ., 1874.  С . 41.
48
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
49
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 34 stantsiyalari, razyezdlar yaqinida posyolkalar qurish to'g’risida imperiya hukumati,
mustamlakachi ma'muriyat qarorlari  50
avvalgi sahifalarda tavsiflab o'tilgan va 
ularga muvofiq mahalliy aholi yo'latilmagan. Biroq iqlim sharoitlari va boshqa 
sabablarga ko'ra ayrim, ayniqsa, dasht, suvsiz joylarda o'tgan temir yo'lga 
ma'muriyat tub joy aholi jumlasidan ishchilarni yollashga majbur bo'lgandi. Bu 
amaliyotdan harbiy temir yo'l batalonlari avval yollanma ishchilardan ajratilgan, 
so'ng esa, umuman,  Sirdaryo dan olib ketilgan 1906-1910-yillar   oralig’idagi 
davrda keng foydalanilgan. O'lka ma'muriyati uchun bu juda foydali va tejamli edi,
chunki mahalliy millat ishchilari mehnati uchun rus ishchilari mehnatiga 
qaraganda ancha kam haq to'lanardi. Bu, ayniqsa, paxta tayyorlash, paxtani qayta 
ishlash, pillani qayta ishlashda, moy ishlab chiqarish, ko'nchilik sanoatida yaqqol 
ko'zga tashlanadi. Bu tarmoqlarda, jumladan, I. Pervushin, N. Ulyanov, I. 
Pisarevskiy, M. Xludov, D. Filatov, A. Abramov, S. Morozov, N. Kudrin singari 
va boshqa ko'plab rus hamda aka-uka Vadyaevlar, Potelyaxov, Simxaev kabi 
yahudiy kapitalistlari ustun mavqeni egallagan edilar. Ayni mahalda, tub aholi 
badavlat qatlamlariga azaldan xos bo'lgan tadbirkorlik an'analari saqlanib 
qolganligi tufayli uning ko'plab vakillari ma'muriyat to'siqlari hamda Rossiya 
sanoatchilari, bank sohiblarining qattiq raqobatini yengib, ko'p sonli 
korxonalarning egasi bo'la oldilar. Masalan, 1912-yilda  Sirdaryo viloyat ida 160 
paxta tozalash zavodidan 106 tasi mahalliy millat sanoatchilariga qarashli hamda 
Buxoro yahudiylari firmalari bilan hamkorlikda qurilgan edi 51
. Shundan 7 ta paxta 
tozalash zavodi Ahmadbek Temirbekovga, 4 ta zavod Mirkomilboy 
Mirmo'minboyevga qarashli edi. Sirdaryo  viloyat ida Badalboy Karimboyev, 
Azamat Shayxov, Murot Aminov, Maxsum Safoyevlar 27 ta paxta tozalash 
zavodiga egalik qilishardi. Ko'plab kunchilik zavodlari, pilla quritiladigan va pilla 
yigiruv fabrikalari, sovun pishiradigan va yog’ ishlab chiqaradigan korxonalar ham
50
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
51
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 35 mahalliy millat sanoatchilariga tegishli edi 52
. Shuni alohida qayd etish lozimki, 
mustamlakachilik sharoitida, Rossiyadan nisbatan arzon sanoat buyumlari o'lkaga 
tobora ko'proq keltirilayotgan vaziyatda tub aholi tarixiy xo'jalik an'analarni 
saqlashga astoydil harakat qilgani tufayli Turkistonda xalq hunarmandchiligining 
deyarli barcha turlari va anchagina korxonalar 1917-yilgacha saqlandi. Masalan, 
1916-yilda  Sirdaryo   viloyat ida hunarmandchilik buyumlarni ishlab chiqaruvchi 
ixtisoslashgan (shoyi to'qish, sandiq yasash, aravasozlik, temirchilik, 
qandolatchilik va h.k.) korxonalarning soni 13095 edi, ular bir yilda 4 mln. 536792
rubl. buyumlar ishlab chiqarar edi. Bu korxonalarda 17514 ishchi mehnat qilgan. 
Bunday korxonalardan tashqari mazkur  viloyat da zargarlik, telpakchilik, 
kulolchilik, ko'nchilik, etikchilik, yog’-moy, sovun, bo'yoq ishlab chiqaruvchi 
korxonalar, nonvoyxonalar, tegirmonlar, juvozlar va boshqa o'rta, mayda 19738 
hunarmandchilik korxonalari bor edi. Ularda 33208 hunarmand bir yilda 8 mln. 
244488 rubl. mahsulot ishlab chiqargan 53
. Toshkent shahrida o'sha yilda 
hunarmandchilikka asoslangan 352 turli korxona, ustaxonada 770 kishi mehnat 
qilgan va har biri kuniga o'rta hisobda 45-70 tiyin mehnat haqi olgan 54
. O'zbek, 
tojik sanoatchilarining ko'pchiligi va Buxoro yahudiylari jumlasidan bo'lgan ayrim 
sanoatchilar turli yillarda yangi usul maktablari ochishda, milliy vatanparvarlik 
gazetalarni chiqarishda moddiy yordam ko'rsatganlar, Turkiston (Qo'qon) 
Muxtoriyati hukumati faoliyatini mablag’ bilan ta'minlab turganlar. Shunday 
insonlardan Mirkomilboy Mirmo'minboyevni, Muhammadrahim Hasanovni, 
Ahmadbek Temirbekovni, Badalboy Karimboyevni, Yusufboy Matmusaboyevni, 
Nosirxonto'ra Mirjalilovni, Buxoro yahudiysi R. Potelyaxovni alohida ko'rsatib 
o'tish darkor. Ayni mahalda, shuni xolisona ta'kidlash zarurki, Rossiya 
sanoatchilarining tub aholini ekspluatatsiya qilishga buyuk davlatchilik - 
shovinistik nuqtai nazaridan yondashuvi ta'siri ostida Buxoro yahudiylari 
52
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
53
  Обзор состояния Туркестанского края за 1916 год. (Таблицы). – Тошкент, 1917,   XXVII  жадвал. 
54
  Ўша асар, ХХХ жадвал. 36 birlashmalari – «Aka-uka Vadyayevlar», «Yusuf Davidov», «R.Potelyaxov va 
Simxayev» savdo uylari hamda mahalliy millat fabrikachilari va zavodchilari ham 
o'z korxonalarida rus va chet el tarbirkorlari hamda banklariga tegishli zavodlar, 
fabrikalarda hukmron bo'lib turgan tartibga amal qildilar – tub aholiga mansub 
ishchilar mehnatiga haq to'lashda ularni kamsitdilar. Mahalliy aholini temir 
yo'lgagina emas, balki ilg’or texnika bilan jihozlangan korxonalarga ham ishga 
olish taqiqlangani shundan dalolat beradi.  Sirdaryo   viloyati  ma'muriyati Rossiya 
sanoatchilariga tub millatli aholi ko'p bo'lgan joylarda zavodlarni, shu jumladan, 
paxta tozalash zavodlarini qurmaslikni tavsiya etgan. Zotan, birinchidan, mahalliy 
mehnatkashlarning asosiy ko'pchiligi sanoat va qurilishda yordamchi va malakasiz 
mehnat bilan band edi; ikkinchidan, umuman olganda, ishchining o'rtacha yillik ish
haqi Rossiya imperiyasi bo'yicha o'rtachasidan 60 foiz kam edi  55
, lekin shunda 
ham tub aholiga mansub ishchilar hajman va mazmunan teng mehnat uchun 
Rossiyadan ko'chirib keltirilgan ishchilarga nisbatan ikki - uch baravar kam haq 
olishardi (masalan, rus kon ishchisi bir kunlik ishi uchun o'rtacha 90 tiyin, o'zbek, 
tojik millatlariga mansub bo'lgan kon ishchisi esa bor-yo'g’i 30-60 tiyin haq olardi)
56
; uchinchidan, Rossiya va chet el kapitalistlariga tegishli ko'plab zavod va 
fabrikalarda mahalliy ishchilarga mehnat haqi to'lash oylab to'xtatib qo'yilardi, rus 
ishchilariga nisbatan esa o'lka ma'muriyati bunday holga yo'l qo'ymasdi 57
 ; 
to'rtinchidan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarishda  jarohatlanish hollari ko'plab 
sodir bo'lib turardi 58
; beshinchidan, sanoat korxonalarining bor-yo'g’i 22 foizida 8-
9 soat, 17 foizidan ortig’ida esa 12 soatlik ish kuni joriy etilgandi. Ayni chog’da 
xususiy, aksiyadorlik korxonalarining ko'pchiligida, ularning ichki ish tartibida 
aytib o'tilganidek, ishchilar «o'zlarining kundalik ishlariga bog’liq bo'lmagan 
55
  Мельникова   Т.С.   Формирование   промышленных   кадров   в   Узбекистане.   –   Ташкент,   1956.   С .
21.
56
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
57
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
58
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 37 holda, hafta davomida, o'zlarining eng yaqin boshliqlarining buyrug’iga ko'ra, 
yakshanba va bayram kunlari, kunduzgi va tungi paytda ish vaqtidan tashqari 
ishlash majburiyatini bajarishga» majbur bo'lganlar  59
; oltinchidan, Rossiya va chet
el sanoatchilarining qo'yilgan kapitaldan imkoni boricha ko'proq foyda olishga 
intilishi ular ishchilar, ayniqsa, zavod va fabrikalarda ishlab pul topish uchun o'z 
qishloqlarini tark etganlar uchun, chidasa bo'ladigan darajadagi uy-joy maishiy 
sharoit yaratishga mablag’ ajratmasliklarini oldindan belgilab bergan edi. Shu 
munosabat bilan, mustamlakaning tub aholisiga aslida xayrixoh bo'lmagan 
tadqiqotchilar V. Zaorskaya hamda K. Aleksandr: «Ishchilar uchun chinakam 
kazarmalar umuman yo'q, ishchilar zavod    yaqinida     yoki    zavodning   o'zida, 
yoxud shu yerda joylashgan katta bo'lmagan bostirmalarda yashashadi; uchinchi 
holatda ular  Sirdaryo viloyati  iqlimi yilning katta qismida qulay bo'lgani uchun 
butunlay ochiq havoda istiqomat qiladilar. Ko'pincha tub joy aholining shunday 
yashashi kuzatiladi» 60
, - deb xolislik bilan yozishgan. Lekin Rossiya 
buyumlarining raqobati, baland soliqlar, hunarmandning ishlab chiqaruvchiga, 
buyumni olibsotarga topshiruvchiga aylanib qolishi kabi holatlar shunga olib 
keldiki, 1917- yilda Farg’ona, Samarqand va Sirdaryo  viloyat larining qishloq 
joylarida   52796, shaharlarida esa 28445 kosib-hunarmandlar qolgan edi. 31353 
hunarmandlik ustaxonalaridan 7501 tasi badavlat kosiblarga, 23852 tasi o'rta hol 
va kam ta'minlangan kosiblarga tegishli edi 61
. Ip gazlama, moy, un, qog’oz, 
yog’och buyumlar, sopol idishlar tayyorlovchi hunarmandlar Rossiya tovarlari 
raqobatidan ko'p zarar ko'rdilar. Bu esa o'n minglab kosiblar odat bo'lib qolgan 
ishdan mahrum bo'lganliklarini yoki tirikchilik uchun mablag’ning kamayganiga 
chidashga majbur bo'lganligini bildirardi.  Boshqaruv organlarini saqlab turish, 
ruslar istiqomat qiluvchi yangi shahar qismlarini obodonlashtirish uchun yirik va 
o'rta shaharlar eski shahar qismi aholisidan muntazam pul yig’imlarini olish 
59
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
60
  Заорская В.В. и Александер К.А. Промышленные заведения Туркестанского края. – Пгр. 115,
С. 57.
61
  Вахабов М.Г. Формирование узбекской социалистической нации, Т.Госиздат, 1964, С.115. 38 oqibatlarni keltirib chiqardi. Masalan, senator F. Girs taftishi tomonidan 
ta'kidlanishicha, Toshkent shahrining ruslar yashaydigan qismini ta'minlash uchun 
eski shahar qismida istiqomat qiluvchi har bir oila 1879-yilda o'rtacha 31 tiyindan 
to'lashga majbur etilgan. Hatto mahalliy millatlar farzandlari va yoshlarini 
ruslashtirishga yo'naltirilgan rus-tuzem maktablarini ochish va ta'minlash uchun 
ham 1884-yilda tub shahar aholisidan mablag’ yig’ib olinganligini aytib o'tish 
joizdir. Ana shunday usullar orqali Turkistonning moddiy boyliklarini, xalq 
ommasini ekspulatatsiya qilish, ularga ijtimoiy va ma'naviy zulm o'tkazish 
siyosatini amalga oshirib keldi. Natijada, 1917-yilga kelib tub joy aholining ahvoli 
g’oyat og’irlashib qoldi. Farg’ona, Samarqand, Sirdaryo  viloyat larining paxtakor 
hisoblangan Toshkent, Chimkent uyezdlarida ko'chirib keltirilgan ruslarga berilgan
yer bo'laklari maydoni kamayishi munosabati bilan, doimo buyuk davlatchilik-
shovinistik ruhda ish olib borgan Turkiston ma'muriyati bu yerlarda rus 
krestyanlarini tub qishloq aholisi hisobiga qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rardi. 
Bunda mahalliy dehqonlarga, ko'chmanchi aholiga solingan umumiy soliqlar emas,
balki paxtakor hududlarda sug’orma dehqonchilik sirini bilmaydigan rus 
krestyanlariga moddiy yordam ko'rsatish, ularning turmush darajasini oshirish 
uchun belgilangan qo'shimcha soliqlar nazarda tutilmoqda. Mustamlakachi 
amaldorlar, haqiqatga zid o'laroq, «turmush farovonligi tobora oshib borayotgan 
tub aholi bilan ruslarning ahvoli o'rtasidagi farq katta» 62
, deb hisoblashardi va buni 
dehqonlar shug’ullanayotgan paxtachilik g’allachilikka nisbatan serdaromadroqligi
bilan izohlashardi. Keyinchalik ko'chirib keltirilganlarning paxta yetishtirish 
bo'yicha majburiyatlari tobora oshirib borildi, biroq ular muntazam ravishda 
bajarilmadi. Mustamlaka ma'muriyati, XX asr boshiga kelib ko'chib kelgan ruslar 
paxta maydonlarini, shu jumladan Mirzacho'lda ham, kengaytira boshlagani aniq 
ko'zga tashlanib qolgan bo'lsa-da, baribir qanoatlanmadi.  Shuning uchun  viloyat lar
va uyezdlar boshliqlari ko'chirib keltirilgan ruslarni barcha alomatlari bo'yicha 
paxtachilikka mos bo'lgan yerlarga joylashtirmaslik uchun bor imkoniyatdan 
62
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 39 foydalanishdi. Uyezd boshlig’i rus krestyanlarini ular asosan g’alla, kartoshka, 
karam va hokazolarni ekish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan bu yerlarga 
joylashtirishga qarshi o'z fikrini shu tariqa asoslagandi. qo'shin ortidan bu yerga 
kelgan rossiyalik savdogarlar, tadbirkorlar Turkistonda paxtaga mablag’ sarflash 
foydaliligini darhol tushunib qolishdi. Masalan, shunday savdogarlardan biri D. 
Filatov bo'lib, u 1865-yildayoq, Toshkent bosib olinishi bilanoq bu yerda spirtli 
ichimliklar savdosini boshlab yuborgandi. 1870-yilda u paxta olib-sotish bilan bir 
qatorda Samarqand yaqinidan uzumzorlarni sotib olib, bu ko'hna shaharda birinchi 
vino-aroq zavodini qurdi 63
. Bu zavodning mahsuloti Zarafshon okrugida Rossiya 3 
ming kishilik harbiy qismlar va ko'chirib keltirilgan rus aholiga mo'ljallangan edi. 
O'sha yillarda Sirdaryo  viloyat ining Toshkent, Chimkent, Avliyoota, Pishpak 
uyezdlarida I. Pervushin, A. Xrennikov, V. Kuznetsov, N. Ivanov (uni endigina 
bosib olingan o'lkadagi «rus savdosi va sanoatining birinchi kashshofi» deb 
atashgandi 64
.) va boshqa ko'plab ilgari mayda, o'rta savdogar bo'lganlar 
mustamlakachilik xususiyatiga ega bo'lgan savdo-sanoat faoliyatini keng avj 
oldirib yuborishdi. Bu yerda savdo operatsiyalari va boshqa sohalariga 
to'xtalmasdan, shuni aytib o'tamizki, Turkistonga, ayniqsa, Sirdaryo, Farg’ona 
viloyat lariga, Zarafshon okrugiga kelgan rossiyalik savdogarlar va tadbirkorlar 
paxta, pillani qayta ishlash, ulgurji sotish, shuningdek, to'qimachilik sanoati bilan 
qisman bo'lsa-da shug’ullanishgan. Ular o'lkada qanchalik mustamlakachilarcha 
ish olib borganliklari to'g’risida masalan, sibirlik savdogarlardan birining sobiq 
xodimi – N. Ivanovning faoliyati guvohlik beradi. U Kazalinskda 1865-yilda, 
yonida 3-4 ming so'm bilan paydo bo'lgandi. Ishni rus qo'shinlari   garnizoni uchun
oziq-ovqat, yem-xashakni chayqov bahosida yetkazib berishdan hamda aroq, vino 
sotishdan boshlab, 8 yil ichida 100 ming so'm kapital egasiga aylandi. 1879 yilda 
N. Ivanov Sirdaryo  viloyat idan Yettisuv  viloyat iga ko'chib o'tib  65
, Turkistonda 
63
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
64
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
65
Добросмыслов А.И. Города Сырдарьинской области. – Ташкент, 1912. С . 40.
  40 ishlab turgan banklar vositachiligida Chimkent uyezdida paxtani ulgurji sotib 
olishni, Toshkentda tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni to'la ravishda 
monopoliyaga aylantirib oldi, shuningdek Toshkent, Verniy, Pishpak, Avliyoota, 
Kazalinskda, boshqa ba'zi shaharlarda pivo zavodlarini qurdi, Xo'jand yaqinida 
ko'mir konlarini sotib oldi 66
. N.I. Ivanov Rossiyaning boshqa savdo-sanoat 
firmalari bilan bir qatorda Turkistonning deyarli barcha shaharlarida mol, asosan 
metropoliyada chiqarilgan manufaktura va galantereya mollari bilan savdo 
qiladigan do'konlar ochdi 67
. Imperiya va Turkistonning mustamlakachi boshqaruv 
doiralari ko'chirib keltirilgan ruslarga ayniqsa, Farg’ona, Samarqand, Sirdaryo 
viloyat ining ko'plab uyezdlarida, Amudaryo bo'limida yerning bir qismini paxta 
yetishtirish uchun ajratish majburiyatini yuklagani holda, paxtachilik bilan 
shug’ullanuvchi rus dehqonlarga ayrim yengilliklarni joriy   etishdi.  Masalan, 80-
yillarning boshida qarz beruvchi maxsus banklar orqali ularga bank stavkalari katta
bo'lmagan pul qarz berishga urinib ko'rildi. Biroq Rossiya davlat banklarining 
bo'limlari, ayniqsa, xususiy banklar imtiyozli qarzlarni istab-istamay oz miqdorda 
berishardi. Shuning uchun paxta ekish daromadli ish ekanligiga ishongan 
dehqonlar ko'pincha rus va mahalliy sudxo'rlarga yordam so'rab murojaat qilishga 
majbur bo'lardilar. Natijada qarzini, shu jumladan, rossiyalik va ozgina mahalliy 
savdo-vositachi firmalari paxtaga belgilagan narxlar past   bo'lganligi sababli 
vaqtida to'lash imkoniyatiga ega bo'lmay qolgan ko'plab dehqonlar xonavayron 
bo'lib, yersizlar qatorini to'ldira boshlashdi 68
. Ayni damda dehqonlarning 
xonavayron bo'lib, yersiz qolishidan ularning yerini davlat hisobiga o'tkazib, 
ko'chirib keltirilgan ruslarga bo'lak qilib bergan mustamlakachi ma'muriyatgina 
emas, balki  Sirdaryo viloyati ning tub aholisi jumlasidan bo'lgan qishloq hamda 
shaharlik o'ziga to'q va boy kishilar ham foydalanib qolishgandi. Biroq agar, 
6
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
67
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
68
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 41 g’alladan tashqari, paxta, pilla va boshqa  qishloq xo'jalik mahsulotlari 
yetishtirishda mahalliy millatlarga mansub dehqonlar, chorvadorlar hal qiluvchi rol
o'ynagan bo'lishsa, metropoliya uchun zarur qishloq xo'jalik xom ashyosini sotib 
olish, qayta ishlashda rus, yahudiy va (90-yillardan boshlab) chet el tadbirkorlari, 
banklari, firmalari birinchi darajali rol o'ynay boshlagandilar.Rossiya va 
Turkistonlik tadbirkorlar bilan qo'shma savdo-sanoat shirkatlari, firmalarini 
ochishga intilish Toshkentning bosib olinishi va Turkiston  viloyat ini tuzish 
arafasidayoq boshlangan edi. Rossiya Davlat banki bo'limlari, metropoliyaning 
turli mintaqalardagi yer banklari  Sirdaryo viloyati da g’oyat muhim 
mustamlakachilik rolini o'ynadi. Ular o'z kapitalini  Sirdaryo viloyati  iqtisodiyotini 
muayyan maqsadni ko'zlab, eng avvalo paxta, pilla yetishtirishni, boshqa 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko'paytirish, aholini ko'chirish amaliyotini 
kengaytirish manfaatlari yo'lida ekspluatatsiya qilish uchun faol joriy etishga katta 
e'tibor berishgan. Aleksandr III ning farmoni bilan 1874-yil dekabrda Toshkentda 
Rossiya Davlat bankining bo'limi ochildi. 1881-yilda ochilgan O'rta Osiyo tijorat 
banki singari, bevosita paxta yetishtiruvchilarni, ayniqsa, rus savdo-sanoat 
tuzilmalarini kreditlash, veksellarini hisobga olish, qimmatbaho metallarni olib-
sotish ishini ancha kuchaytirdi. XX asr boshiga kelib, Nijegorod, Samara, Poltava 
yer banklari ham qo'shilib, banklar kapital aylanishidan, ya'ni sof moliya-kredit 
operatsiyalaridangina emas, balki paxta tozalash va ko'nchilik zavodlari, pilla 
quritish korxonalari, pillakashlik fabrikalari qurilishida, foydali qazilmalarni qazib 
olishda, sug’orma yerlarni olib-sotishda,   ko'chirib  keltirilgan ruslarni xo'jalik 
nuqtai nazaridan qo'llab-quvvatlashda hamda yuz minglab mahalliy dehqonlarni, 
chorvadorlarni asoratga solishda qatnashib ham yirik daromad olishdi. Shu bilan 
bir qatorda chorizm  Sirdaryo viloyati dagi rus paxtachilik firmalari va banklarining 
yer, umuman ko'chmas mulk sotib olish huquqini vaqti-vaqti bilan kengaytirib 
turardi 69
. Shunday bo'lsa-da, anchagina chet el firmalari, yahudiy boylarga qarashli 
tashkilotlar rus banklariga va aktsiyadorlik jamiyatlariga kapital qo'yish yo'li bilan 
69
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 42 Sirdaryo viloyati  iqtisodiyotida, ayniqsa, uning sanoatida jiddiy pozitsiyani 
egalladi. Bularning bari, eng avvalo, Rossiyaning harbiy-siyosiy hukmronligi 
Sirdaryo viloyatida  ko'zlangan asosiy maqsadlardan biriga – uni metropoliya 
sanoati uchun paxta, pilla va boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi 
va yetkazib beruvchiga aylantirishga erishishda ko'maklashgandi. 1902-yilda 
metropoliya sanoatining paxta tolasiga bo'lgan talabining deyarli 50 foizi uni 
Turkistondan yetkazib berish hisobiga qondirilgandi 70
. Lekin bu davrda ayniqsa 
Farg’ona va Sirdaryo  viloyat larida ko'chirib keltirilganlar soni jadal ko'payib bordi.
O'shanda Sirdaryo  viloyat ida 48 rus qishlog’i barpo bo'ldi, shundan 17 tasi 1891-
1892-yillarga to'g’ri keladi 71
. Bundan keyingi 15 yil davomida ko'chkinlarning 
qishloqlari Farg’ona viloyatida 60 dan, Samarqand viloyatida – 14 dan, Sirdaryo 
viloyatida 147 tadan ziyodni tashkil etdi 72
. Umuman olganda, XX asr boshida 
o'lkaning tog’-kon sanoatida band bo'lganlarning soni 8 ming kishidan ortiq bo'lib, 
bu sanoatning eng yirik tarmog’i – paxtachilikdagidan 2,5-3 ming kishiga kam 
edi 73
. Qishloq xo'jalik mahsulotlari, mineral xom ashyo, neft mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, ularni Rossiyaga tashib ketish hamda metropoliyadan  Sirdaryo 
viloyati ga qishloq xo'jalik mehnati qurollari, xo'jalik anjomlari, kiyim-kechak, 
poyabzal, boshqa iste'mol mollarini keltirish ko'payib borayotgan sharoitda o'lka 
ma'muriyati Rossiya buyumlariga mahalliy an'anaviy hunarmandlik ishlab 
chiqarishining raqobatini bosish uchun ko'p choralar ko'rdi. Bu choralar shahar va 
qishloq hunarmandlariga solinadigan soliqni oshirish, hunarmandlik buyumlari 
sotilishining yirik hunarmandlik ustaxonalari sohiblari bo'lgan olibsotarlar qo'lida 
jamlanishi 74
, Rossiya mollarini vaqtincha arzon narxda sotishdan iborat edi. 
Bunday mustamlakachilik tajribasi o'n minglab hunarmandlarning xonavayron 
70
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
71
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
72
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
73
  Социально-экономическое и политические положение Узбекистана накануне Октября, С. 58.
74
  Сухарева О.А. К истории городов Бухарского эмирата. – Ташкент, 1958. С . 106. 43 bo'lishiga, an'anaviy hunarlarning ko'plab turlari tugatilishiga hamda tub aholiga 
odatli bo'lgan arzon mollar o'rniga Rossiyaning qimmatroq mollarini sotib olishga 
majbur bo'lishiga olib keldi. Rus aholisini  Sirdaryo viloyati ga ko'chirib keltirib, tub
aholi hisobidan har tomonlama joylashtirish, shuningdek mustamlaka siyosati bilan
belgilab berilgan, mahalliy xalqlarga ijtimoiy, iqtisodiy, milliy zulm o'tkazish, 
o'lka ma'muriyatini joylardagi boshqaruv tuzilmalarini, 50 ming kishilik armiyani 
va shaharlarning yangi, rus qismlarini tub aholi hisobidan ta'minlashni ko'zlagani 
mustamlakachilikning dastlabki davridayoq soliqlar miqdori oshirilib, ularni 
yig’ish usullarining keskinlashuviga olib keldi.Masalan,  Sirdaryo   viloyat i mavjud 
bo'lgan davrdayoq mustamlakachi ma'muriyat davlat hisobiga o'tkazilgan bo'lib tub
aholidan natural soliq tarzida olingan qishloq xo'jalik mahsulotlaridan rus 
armiyasini ta'minlash uchun foydalangandi. Turkiston general-gubernatorligi 
tuzilib, Toshkent, Avliyoota, Pishpak, Verniy, Samarqand, Xo'jand, Yangi Buxoro,
Chorjo'y, Kattaqo'rg’on, Ashxabodda garnizonlar qurish, shuningdek qator 
shaharlarda rus qismlarini bunyod etish zarurati tufayli mustamlaka boshqaruv 
tizimi barpo etilgach, tub aholiga yangi soliqlar, bir yo'la pul yig’imlarini solish, 
shu jumladan, ilgari hech qachon soliq va o'lponga tortilmagan vaqf mulklaridan 
ham soliq olish boshlandi. Imperiya amaldorlari  Sirdaryo viloyati ni ta'minlash 
uchun metropoliya katta xarajatlar qilayotgani haqida tez-tez gapirib, hatto 1868-
1881-yillarda bu xarajatlar mustamlakadan olingan daromadlardan 100 million 
so'mga oshib ketganini ham ta'kidlashgandi 75
. Senator F. Girs, keyinchalik graf N. 
Ignatyev komissiyasi ham mustamlakachi ma'muriyat soliqlar sohasida qilgan 
yangiliklari adolatsizlikdan iboratligini tushungan holda, ilgari natural tarzda 
mavjud bo'lgan ko'plab soliqlar o'rniga tub o'troq qishloq aholisidan, ko'chirib 
keltirilgan ruslardan esa ular yer bo'laklarini olgach, besh yildan keyin pul bilan 
olinadigan yagona davlat yer solig’ini joriy etish to'g’risida taklif kiritishdi 76
. 
Bunda  Sirdaryo viloyati ning tub musulmon aholisi, xuddi ilgaridek, mahalliy 
75
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
76
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 44 ma'muriyatni, qozilarni, biylarni ta'minlash uchun zakot, o'lpon to'lashda, 
shuningdek sug’orish kanallari, ariqlari, to'g’onlar, ko'priklarni va shu kabilarni 
tozalash, tuzatish, qishloq mahallalarni obodonlashtirish ishlarini majburiyat 
sifatida bajarishda davom etardi. Mustamlakachi ma'muriyat o'lkaning 
ko'chmanchi, yarim ko'chmanchi aholisidan olinadigan soliq va o'lponni qisqa 
muddatda oshirib yubordi. Agar 1865-1867- yillarda har bir o'tovdan olinadigan 
o'lpon yiliga 1,5 rubl bo'lgan bo'lsa, 1868-1881-yillarda 2,75 rublga chiqdi, 1882-
yildan esa 4 rubl miqdorida olina boshlandi 77
. Bundan tashqari ko'chmanchilarning 
har bir oilasidan (aslida yagona oila bo'lgan katta va kichik avlod oilalarini ajratgan
holda) mahalliy (zemskiy) ehtiyoj uchun (shu jumladan ma'muriyat maoshi uchun 
ham) 1,25 rubl va ko'pchiligi mutlaqo aloqador bo'lmagan rus-tuzem maktablarini 
ta'minlash uchun 0,5 rubldan olinardi 78
. Soliq va o'lponlar to'lash masalasida istisno
yo'q edi. Rossiya uchun og’ir bo'lgan davrlarda (1891-1892-yillardagi) hosilsizlik 
va qurg’oqchilik, Rus-yapon urushi hamda Birinchi jahon urushidagi mag’lubiyati)
Sirdaryo viloyati  ma'muriyati rus aholini o'lkaga yoppasiga joylashtirishdan 
tashqari, rus armiyasiga yordam uchun mahalliy aholidan oziq-ovqat, arava, qo'y, 
ot, tuyalarni zo'rlab tortib olib, ilgarigi soliqlar miqdorini oshirib, yangi soliqlarni, 
ya'ni harbiy soliqni joriy etdi. Mustamlakachilik yo'li og’ishmay amalga 
oshirilganidan, yuqorida keltirilgan faktlardan tashqari, keyingi imperiya Vazirlar 
Kengashining Samarqand, Sirdaryo va Farg’ona  viloyat larida sug’orma yerlardan 
olinadigan soliqni 100 foiz, lalmi yerlardan olinadiganini 50 foiz oshirish 
to'g’risida chiqargan farmoyishi ham dalolat beradi. General-gubernatorlikning 
Kaspiyorti va Yettisuv  viloyat lariga mazkur farmoyish taaluqli bo'lmadi, chunki u 
yerlarda sug’orma va ishlanma yerlarning asosiy qismi podsholikka, kazaklarga, 
mustamlaka amaldorlariga, armiya zobitlariga hamda ko'chirib keltirilgan ruslarga 
qarashli edi 79
. Shunday qilib, Rossiya aholisining bir qismini  Sirdaryo viloyati ga 
77
  Отчет  по ревизии Туркестанского  края,  произведенной  графом  К.К.Паленом.  Т.8.– Ташкент,
1910. С. 10;
78
  Аминов А.М. Экономическое развитие Средней Азии (колониальный период),  С. 98.
79
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 45 olib kelish mezonlarini va o'lka tub aholisining iqtisodiyotini, shu aholini soliqqa 
tortish tizimidagi o'zgarishlarni tadqiq etish quyidagi asosiy xulosalarni chiqarish 
imkonini beradi: 
- metropoliyadan  Sirdaryo viloyati ga asosan rus, ukrain, belorus millatlariga, 
pravoslav (nasroniy) diniga mansub Rossiya fuqarosi bo'lgan siyosiy jihatdan 
ishonchli, o'lkada mustamlakachilik manfaatini ta'minlashda qatnashish uchun 
fuqarolik va xo'jalik qobiliyatiga ega bo'lgan, imperiya manfaatlari uchun kurashga
tayyor turadigan kishilar ko'chirib keltirildi;
- krepostnoylik huquqning bekor qilinishi Rossiyaning keyingi ijtimoiy, siyosiy 
islohotlari singari chala, imperiya hukmron doiralari esa kuchayib borayotgan 
ichki, tashqi siyosiy muammolarni hal qila olmasdi. Shu bois mazkur mezonlardan 
ba'zi chekinishlarga yo'l qo'yildi. Bu chekinishlar, eng avvalo, ko'chirib 
keltirilganlar orasida qashshoq rus dehqonlari hamda  shahar lyumpenlari 
ko'pchilikni tashkil qilganidan, shuningdek, Volgabo'yi, Sibir nemislari, nasroniy 
ayirmachilar (molokanlar, staroobryadchilar)ning ham ko'chirilishiga rasman 
ruxsat berilganidan hamda XX asr boshida ayrim (asosan, Yettisuv va Sirdaryo) 
viloyat larga Boltiqbo'yidan polyaklarning ko'chirilishida namoyon bo'ldi ;               
 - 50 ming kishilik rus armiyasini saqlab qolish, oshkora mustamlakachi, buyuk 
davlatchilik-shovinistik hokimiyat tizimini yaratish, tub aholi yuqori qatlami 
muayyan qismining loqaydligi sababli chorizm deyarli 600 ming desyatina 
sug’orma yerni hamda deyarli 2 million desyatina ishlanmaydigan lalmi yerlarni 
zo'rlik bilan tortib olib, bu yerlarga hamda Turkiston shaharlariga metropoliyadan 
800 mingga yaqin rus dehqonlarini, kazaklarni va shahar kambag’allarni ko'chirib 
keltirib joylashtirishga erishdi;                                                                                    
- imperiya hukmron doiralarining mustamlakachilik, buyuk davlatchilik siyosati 
Sirdaryo viloyati ning tub aholisini ko'p ming kishilik rus armiyasi, hokimiyat va 
boshqaruv organlari apparatini, ko'chirib keltirilgan ruslarning imtiyozli ijtimoiy 
ahvolini ta'minlaydigan darajadagi hajmga, xususiyatga ega bo'lgan soliq tizimiga 
tortishda yanada chuqurroq namoyon bo'ldi.
          46
    III BOB.  ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO 
VILOYATIGA AHOLINI KO’CHIRISH SIYOSATINING AVJ 
OLDIRILISHI: SABABLARI, MOHIYATI VA OQIBATLARI
                          (XX ASR BOSHLARI).
     
3.1. Rossiya imperiyasi tomonidan aholini Sirdaryo viloyatiga ko’chirish
siyosatining ommaviy tus olish sabablari va buyuk davlatchilik mohiyati.
         XIX asrning oxiri – XX asrning boshlari Rossiya imperiyasi uchun og’ir davr
bo'ldi. Chorizmning   tashqi siyosati Sharqda Xitoy va Yaponiya, G’arbda 
Germaniya va Avstro-Vengriya bilan munosabatlarni murakkablashishiga, AQSH  47 bilan esa munosabatlarning, umuman, yomonlashishiga olib kelgan edi. Shu 
munosabat bilan alohida qayd etish zarurki, agar o'lka zabt etilgan vaqtdan XX 
asrgacha o'lkada rus aholi salmog’ini oshirish, asosan, Rossiya Turkiston general-
gubernatorligi va Buxoro amirligi, Xiva xonligida strategik harbiy-siyosiy 
hukmronligini mustahkamlash bilan izohlangan bo'lsa, yangi asrda birinchi o'ringa 
metropoliyadan mumkin qadar ko'proq krestyanlarni mustamlakaga ko'chirish 
hamda Turkistonning resurslarini Rossiyadagi kapitalizm rivojiga xizmat qildirish 
vazifasi chiqdi. Turli g’oyalar, yondashuvlardan qat'iy nazar, bu vazifani hal etish 
uchun eng avvalo agrar masala o'z yechimini topishi kerak edi. Rossiyada ko'p 
yillar mobaynida mavjud bo'lgan amaliyot yangi sharoitda ham aholini chetga 
ko'chirishni taqozo etganday edi. Sirdaryo viloyat i ga alohida urg’u berilganining 
sabablari esa – Rossiya sanoati paxta, ipak, teri, jun va boshqa qishloq xo'jalik 
xom-ashyosiga muhtojligi va bu yerda tub aholining hisobidan ruslarni 
joylashtirish, ayniqsa, Andijon qo'zg’olonidan keyin ko'rilgan ayovsiz choralardan 
so'ng ishlab chiqilgan rejalar bilan belgilanar edi. Turkiston 1895-yildan 
ko'chiruvchilik uchun yopiq hisoblansa ham, 1901-1903-yillarda Rossiyadan bu 
yerga ko'p shaharlik kambag’allar va krestyanlar hech qanday ruxsatsiz ko'chib 
kelishdi. Birgina, Sirdaryo viloyatida o'sha yillarda 8 rus posyolkalari paydo 
bo'ldi 80
.  Keyingi davrda Samarqand, Sirdaryo, Farg’ona viloyatlariga 
metropoliyadan birinchi navbatda baquvvat qishloq aholisini ko'chirish ancha 
kengaydi. Rossiya Harbiy vazirligi qoshida 1900-yilda tuzilgan maxsus komissiya 
o'lka iqtisodiyotidan, ijtimoiy imkoniyatlaridan Rossiyaning ichki iqtisodiy, 
ijtimoiy muammolarini hal etishda faolroq foydalanishga qaratilgan turli 
loyihalarni ishlab chiqqan edi. Shulardan biri, Turkistonda paxta yetishtirishni 
yanada oshirish, rus aholining mavqeini mustahkamlash masalasi bilan bog’liq 
bo'lib, 1903-yil 10-iyunda qabul qilingan «Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand 
viloyatlariga davlat yerlariga rus qishloq obivatellarini (oddiy krestyanlarni – 
80
G'offorov  SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan  Turkistonga ko'chirilganlar  (XIX  asrning ikkinchi  yarmi  –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
  48 SH.Q.) va meshchanlarini ixtiyoriy ko'chirish qoidalari»ga asos bo'ldi 81
. Qonun 
kuchiga ega bo'lgan bu «qoidalar» mazkur oblastlarda ochiqdan-ochiq buyuk 
davlatchilik ruhidagi agrar va ijtimoiy amaliyotga keng yo'l ochib berdi, chunki tub
aholining son boshiga faqat Toshkent va Xo'jand uyezdlarida 1,1 desyatina, boshqa
uyezdlarda 0,5-0,7 desyatina sug’oriladigan yer to'g’ri kelgan sharoitda 82
 Sirdaryo, 
Farg’ona va Samarqand viloyatlariga ko'chib keladigan ruslarga (har bir erkak 
hisobiga) 3 desyatina sug’oriladigan hamda jamoatchilik asosida foydalanish 
uchun keragicha va imkoniyatlarga ko'ra boshqa yerlar berilishi rejalashtirilgan 
edi. Shuning uchun ham ko'chiruvchilik harakati kengayib boraverdi. Masalan, 
1907-yilda Sirdaryo viloyatiga 427339 nafar ko'chirilganlar yetib kelgach va 
o'lkada 15 yangi rus qishloqlari paydo bo'lgach 83
, Turkiston harbiy okrugining 
Bosh shtabi 1908-yil 13-yanvarda Rossiya harbiy vaziriga yo'llagan 
ma'ruzanomada, xususan, quyidagilarni bildirdi: «Yer tuzish va dehqonchilik Bosh
boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi ko'chirish siyosati yo'nalishi bilan 
Turkiston general-gubernatorining fikri o'rtasidagi tub ziddiyat shundan iboratki, 
mazkur Boshqarma Rossiyaning ichki, asosan Yevropa qismi guberniyalaridan 
aholini Sirdaryo viloyatiga bag’oyat jadallik bilan  ko'chirib keltirib joylashtirishni 
mumkin bo'lgan va juda muhim ish deb va Sirdaryo viloyati ma'muriyati bu ishga 
ko'maklashishni, yumshoq qilib aytganda, aslo istamayotganini bu ishga yagona 
to'siq deb hisoblaydi. General-gubernator esa, o'z tomonidan, o'lkadagi 
ma'muriyatning boshqa vakillari singari, bunday joylashtirish davlat ahamiyatiga 
egaligini to'liq anglagani holda, ayni mahalda o'lkada bo'sh sug’orma yerlar 
yo'qligini (ta'kid bizniki – SH.Q.) amalda isbotlamoqda» 84
. Turkistonda 1906-
yilgacha kazaklar va rus krestyanlari uchun mahalliy dehqonlardan va ko'chmanchi
81
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
82
  Абдурахимова   Н,   Рустамова   Г.   Колониальная   система   власти   в   Туркестане   во   второй
половине  XIX  -  I  четверти ХХ вв., С. 64.
83
G'offorov  SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan  Turkistonga ko'chirilganlar  (XIX  asrning ikkinchi  yarmi  –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
 
84
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 49 aholidan 1 mln. 100 ming desyatina yer tortib olingan edi 85
.  Amalga oshirilgan 
choralar natijasida Turkistonning nafaqat Kaspiyorti va Yettisuv viloyatlariga, 
balki asosiy hamda eng boy hisoblangan Farg’ona, Samarqand, Sirdaryo 
viloyatlariga ruslarni ko'chirish ancha faollashdi. Masalan, Farg’ona, Sirdaryo va 
Samarqand viloyatlarida ko'chirib keltirilayotgan va o'zboshimchalik bilan ko'chib 
kelayotgan rus aholini ta'minlash uchun 1906-1910-yillarda 4432 desyatina 
sug’oriladigan yerlar tub aholidan tortib olindi 86
.  Bu yerlarda 8 mingdan ko'proq 
ruslar yangi posyolkalarni barpo qilishdi 87
. Boz ustiga, Sirdaryo viloyatiga ko'chib 
borgan va borayotgan rus (belorus, ukrain) aholining ahvolini yaxshilash, tub 
aholiga nisbatan milliy, ijtimoiy zug’umni kuchaytirish maqsadlarida 1910-yil 19-
dekabrda «Ko'chirish uchastkalariga aylantirish maqsadida, boshqa davlat 
ehtiyojlari uchun Sirdaryo viloyati ko'chmanchilarining ortiqcha yerlarini ularning 
tasarrufidan chiqarib, musodara qilish to'g’risida» qonun qabul qilindi 88
. Bu qonun,
aslida, ko'chirib keltirilganlar, asosan pravoslav e'tiqodidagilar tomonidan tub 
qishloq aholi yerlarining, mehnat qurollarining va ko'pincha mol-holining ham 
tortib olinishini rasmiy ravishda rag’batlantirib borganligini manbalarda uchratish 
mumkin. Ko'chib kelgan Rossiya krestyanlari shaharlar yaqiniga, shu shaharlarni 
bog’lovchi yo'llar chetiga, daryo bo'ylariga joylashib oldilar, ko'chmanchilarning 
qulay yaylovlarini bosib olib, ularni o'zlashtirish bilan cheklandilar. Sug’orma 
dehqonchilik mintaqalarida mahalliy dehqonlarning bo'sh yerlarigina emas, balki 
ozgina bo'lsa-da, ortiqcha yerlari ham bo'lmagani sababli hukumat minglab rus 
krestyanlarini joylashtirish uchun tub aholidan o'zi dehqonchilik qiladigan yerning 
bir qismini yoki hammasini tortib olish yo'lini tutgan bo'lsa, ko'pincha esa bu ishni 
ko'chib kelganlarning o'zlari hech qanday ko'rsatmasiz amalga oshirar edi. Biroq, 
85
  Пален  К.К.   Материалы  к  характеристике  народного  хозяйства   в  Турк.  Ч.   II   (таблицы).  –СПб.,
1911, С. 68.
86
  Переселение и землеустройство за Уралом в 1906-1910 гг. – Спб, 1911. С. 51.
87
  Гаврилов   Н.   Переселенческое   дело   в   Туркестанском   крае   (области:   Сырдаринская,
Самаркандская и Ферганская). -С. 133. 
88
G ' offorov   SH .   Tarix   va   taqdir ;   Rossiya   imperiyasidan   Turkistonga   ko ' chirilganlar   ( XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   –
XX   asr   boshlarida ). T .,   “ Fan ”-2006;   Вощинин   В.П.   Переселение   и   землеустройство   в   Азиатской
России. Сборник законов и распоряжений. – СПб, 1915.  С. 82-83.  
  50 Sirdaryo viloyatida tub aholidan tortib olingan «ortiqcha» yerlarga o'ziga to'q 
krestyanlar emas, balki yana qashshoqlashgan odamlar ko'chuvchilarning 
ko'pchiligini tashkil qilardi. Shunday vaziyatni hisobga olgan imperiya hukumati 
tayyorlagan va 1914-yil 28-iyunda podsho tomonidan tasdiqlangan qonunga ko'ra, 
Sirdaryo viloyatiga «moddiy ta'minlangan, eng kami 1000 rubl turadigan mulkka 
ega nasroniylargina ko'chishi mumkin» edi 89
. Farg’ona, Samarqand va Sirdaryo 
viloyatlariga esa 1901-1917-yillarda Rossiyaning ichki guberniyalaridan va 
Kavkazdan nasroniy aholini ko'chirish ilgarigi davrga qaraganda ancha faolroq va 
keng miqyosda amalga oshirilishini quyidagi sabablar orqali asoslash mumkin. 
Birinchidan, boshqa hech qanday hududlarda paxtani, ipakni yetishtirish imkoni 
yo'qligi bo'lsa, ikkinchidan, ayni shu oblastlarda sanoat, hunarmandchilik, qishloq 
xo'jaligi va savdo juda rivojlangan bo'lib, mahalliy aholining iqtisodiy, xo'jalik 
mavqei mustamlakachi tadbirkorlarga kuchli raqobat qilayotgan edi. Uchinchidan, 
ayni shu oblastlarda sug’oriladigan va o'zlashtirilishi mumkin bo'lgan, masalan, 
Mirzacho'lda, Markaziy Farg’onada, Zarafshon vohasida yerlar ko'p edi. Bu esa 
Rossiyaning to'qimachilik sanoati qayta ishlashga ixtisoslashganligi bois paxtaning
amerikalik navlarini ko'plab yetishtirish istiqbollarini kengaytirardi. To'rtinchidan, 
Samarqand, Sirdaryo, ayniqsa, Farg’ona viloyatlarida ko'pgina qazilma boyliklar 
mavjudligi ma'lum edi. Rossiya kapitalistlari esa bu boyliklarni o'z manfaatlarini 
qondirish uchun sarflashga intilgan, shuning uchun tog’-kon, neftni, turli 
ma'danlarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etgan. Misol sifatida bir qancha 
ma'lumotlarni keltirish mumkin. Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona, Kaspiyorti 
viloyatlaridan va Buxoro amirligidan 1911-yilning o'zida temir yo'llar orqali 
Rossiyaga olib ketildi: qo'y va qoramol – 146817 bosh, otlar – 4804 bosh, tirik 
parranda – 320 pud, yog’ – 24316 pud, teri – 703616 dona, qorako'l – 5606 dona, 
go'sht – 31031 pud, jun – 255 ming puddan ortiqroq 90
. Shuni ham qayd etish 
mumkinki, Rossiyadan ko'chib kelayotgan krestyanlarga beriladigan 
sug’oriladigan yerlar bo'lmagani va 2 mingdan ortiq oilalar yersiz bo'lgani uchun 
89
  Вощинин В.П. Переселение и землеустройство в Азиатской России. -С. 123. 
90
  Обзор состояния Туркестанского края за 1911 год. – Ташкент, 1913. С.  18-21. ( ќисоб бизники
– Ш. Қ .) 51 Turkiston o'lkasiga 1907-yildan aholini ko'chirish taqiqlandi. Lekin yana 
metropoliyadan aholi ko'chib kelaverganligini ko'ramiz. Masalan, Sirdaryo 
viloyatining Avliyoota uyezdida 1906-1910-yillarda 18, Chernyaev uyezdida 19, 
Toshkent uyezdida – 19, Perovsk uyezdida – 3 yangi rus posyolkalari, Samarqand 
viloyatida 5 posyolkalar, Kaspiyorti viloyatida 10 posyolkalar, Farg’ona viloyatida
12 posyolkalar bo'ldi 91
. 1910-yil 19-dekabrda qabul qilingan qonunga ko’ra 
Turkistonga ko'chirib keltirilayotgan, aksariyat hollarda o'zboshimchalik bilan 
kelayotgan rus aholi tub millatli dehqonlardan, ko'chmanchi chorvadorlardan 
zo'rlik bilan tortib olish yo'li bilan yerlik bo'lgan. Shu bilan birga, Mirzacho'lning 
Xo'jand uyezdiga qarashli qismida, 1913-yilda Romanov kanali ishga tushirilgach, 
bu yerga ko'chib keluvchi har bir oilaga 8-10 desyatinadan sug’oriladigan yer 
berilishi tufayli tez orada 6 rus posyolkalari tuzildi 92
.  Keltirilgan raqamlarga temir 
yo'l stansiyalari yonidagi posyolkalar, baliqchi posyolkalari va harbiy 
garnizonlardagi rus aholining hamda jahon urushi boshlanganidan keyin o'lkaga 
keltirilgan harbiy asirlarning va qochoqlarning soni kirmagan. Sirdaryo viloyati 
Toshkent uyezdida 30 ta posyolka, 1571 ta xo’jalik, 9520 nafar aholi; Chimkent 
(Chernyayev) uyezdida 69 ta posyolka, 3750 ta xo’jalik, 22015 nafar aholi; 
Avliyoota uyezdida 84 ta posyolka, 5233 ta xo’jalik, 32599 nafar aholi; Perovsk 
uyezdida 7 ta posyolka, 294 ta xo’jalik, 1615 nafar aholi: Jami: 190 ta posyolka, 
10848 ta xo’jalik, 65749 nafar aholi istiqomat qilgan. Shu bilan birga qayd etish 
lozimki, Rossiyadan Sirdaryo viloyatiga ko'chib kelgan aholining juda katta qismi 
shaharlarda, harbiy garnizonlar, temir yo'l stansiyalarida atrofidagi posyolkalarda 
va baliqchilar posyolkalarida muqim yashay boshlagan. Masalan, Toshkentning 
yangi (rus) qismida 1910-yilda rus, ukrain, belorus, yahudiy millatlariga mansub 
70462 kishi, Samarqandda, Xo'jandda, Kattaqo'rg’onda 22001 kishi bo'lgan 93
. 
Shunga ko'ra aytish mumkinki, A.P. Fomchenko Toshkentda 1914-yilda rus aholi 
91
G ' offorov   SH .   Tarix   va   taqdir ;   Rossiya   imperiyasidan   Turkistonga   ko ' chirilganlar   ( XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   –
XX   asr   boshlarida ). T ., “ Fan ”-2006;
 
92
  Сельскохозяйственный обзор Туркестанского края за 1915 год. – Ташкент, 1916, С.22.
93
  Обзоры Сырдарьинской, Самаркандской областей за 1910 год, С. 11-16. 52 50 ming kishini tashkil qilgan  94
deb ko'rsatishi xatodir. Bundan tashqari, 1914-yil 
sentabridayoq Turkistonga, ayniqsa, Samarqand, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlariga
Avstro-Vengriya, Germaniya, Polsha, Serbiya armiyalariga va chexlar, 
slovaklarning qo'shinlariga mansub asirlar jo'natila boshladi. Turkiya armiyasining 
Sibir lagerlaridan qochgan harbiy asirlari kela boshladi. 1917-yil fevralida o'lkada 
200 ming nafardan ziyod harbiy asir bor edi 95
. Ularni moddiy jihatdan ta'minlash 
tub aholining zimmasiga tushgandi. Turkiston ma'muriyati rus aholini o'lkaga 
yoppasiga joylashtirishdan tashqari, rus armiyasiga yordam uchun mahalliy 
aholidan oziq-ovqat, arava, qo'y, ot, tuyalarni zo'rlab tortib olib, ilgarigi soliqlar 
miqdorini oshirdi, yangi soliqlarni, shu jumladan, harbiy soliqni joriy etdi. 
Mustamlakachilik yo'l og’ishmay amalga oshirilganidan, yuqorida keltirilgan 
faktlardan tashqari, imperiya Vazirlar Kengashining Samarqand, Sirdaryo va 
Farg’ona viloyatlarida sug’orma yerlardan olinadigan soliqni 100 foiz va lalmi 
yerlardan olinadiganini 50 foiz oshirish to'g’risida 1914-yil 24-dekabrda chiqargan 
farmoyishi bundan dalolat beradi. Shunday qilib, Rossiya aholisining bir qismini 
Sirdaryo viloyatiga olib kelish sabablarini va shart-sharoitlarini va o'lka tub 
aholisining iqtisodiyotini, shu aholini soliqqa tortish tizimidagi o'zgarishlarni 
aniqlash ko'chiruvchilik manzarasini yaqqolroq ko'rish imkonini bermoqda. Eng 
asosiysi, chorizm va mustamlaka ma'muriyati 50 ming kishilik rus armiyasini 
saqlab qolish, oshkora mustamlakachi va buyuk davlatchilik-shovinistik hokimiyat
tizimini yaratish chorizm deyarli 600 ming desyatina sug’orma yerni deyarli 2 
million desyatina ishlanmaydigan lalmi yerlarni zo'rlik bilan tortib olib, bu 
yerlarga Sirdaryo viloyati shaharlariga metropoliyadan 750 mingga 96
 yaqin rus 
krestyanlarini, kazaklarni va shahar kambag’allarini ko'chirib keltirib 
joylashtirishga erishdilar. Bularning barchasi Sirdaryo viloyatida jiddiy iqtisodiy, 
94
  Фомченко А.П. Русские поселения в Туркестанском крае, С. 72.  
95
G ' offorov   SH .   Tarix   va   taqdir ;   Rossiya   imperiyasidan   Turkistonga   ko ' chirilganlar   ( XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   –
XX   asr   boshlarida ). T .,   “ Fan ”-2006;   История   народов   Узбекистана.   Т. II .   –   Т.,   1947;   Шипек   А.
Военнопленные   и   их   использование   в   мировой   и   гражданской   войне.   //Война   и   революция.
М.,   1928,   №2;   Матвеев   А.М.   Из   истории   иностранных   интернационалистов   в   Средней   Азии
(1918-1920 гг.). //Труды ТашГУ, вып. 169. – Т., 1960.
 
96
  Фомченко А.П. Русские поселения в Туркестанском крае, С. 71.  53 ijtimoiy va ma'naviy o'zgarishlarga, tub aholining hayotiga sezilarli va salbiy ta'sir 
qiluvchi oqibatlarga olib keldi.                                                                                    
       
3.2.  Ko’chiruvchilik siyosatining Sirdaryo viloyati tub xalqlarining siyosiy,
fuqarolik ahvoliga ta’siri.
Turkistondagi mustamlakachilik tajribasi haqida shuni ta'kidlash lozimki, Rossiya 
imperiyasi siyosiy doiralarining o'lkadagi xo'jalik va ijtimoiy hayot sohasida 
qadimiy an'analariga ega bo'lgan xalqlarning tilini, etnik va tarixiy o'ziga xosligini 
tugatish vazifasini qo'ymaganligi ma'lum. Volgabo'yi va Sibirni, so'ng boshqa 
hududlarni zabt etish bilan birga, u yerdagi aholining ko'pchiligini zo'rlik bilan 
pravoslav dinini qabul qildirish, qo'pol ravishda ruslashtirish siyosati olib borilgan 
Ivan Grozniy davridan boshlab nafaqat geostrategik va iqtisodiy jihatdan, balki 
ulug’rus, shuningdek, musulmonlarga qarshi ekspansiya rus mustamlakachiligining
jiddiy belgisi edi. Rossiya imperiyasining hukmron doiralari, mafkurachilari islom 
diniga, musulmonlarga qarshi ekspansiyani islom diniga e'tiqod qiluvchi xalqlarni 
siyosiy va g’oyaviy parokanda qilish uchun zarur, deb hisobladilar, chunki busiz 
hokimiyatning mustamlakachi tuzumini hamda Sirdaryo viloyatiga 
ko'chirilayotgan rus aholining iqtisodiy, siyosiy mavqeining hukmronligini 
ta'minlab bo'lmaydi. Milliy madaniyatni esa, iqtisodiyot singari, buyuk davlatchilik
maqsadlariga bo'ysundirish nazarda tutilgandi. O'lka, viloyat, uyezd boshliqlari, 
turli idoralar amaldorlari, an'anaviy ravishda asosan, Rossiya harbiylaridan 
tayinlanar edi. Shu bilan birga Rossiyaning hukmron doiralarida, Sirdaryo 
viloyatidagi imperiyacha istilochilik, mustamlakachilik siyosatini qo'llab-quvvatlab
chiqqan rus ziyolilari muhitida ko'p millatli tub aholining madaniy, ma'naviy 
boyligi hamda an'analarining mafkuraviy ta'sirini zaiflashtirish usullari, 
shuningdek, islomni inkor etish va ruhoniylarning mashhur vakillarini mustamlaka 
hokimlari tarafiga og’dirish yoki pravoslav ruhoniylarining missionerlik faoliyatini
tashkil qilish bilan barobar musulmonlik salohiyatiga qarshi oshkora ta'sir  54 ko'rsatish to'g’risidagi bahs-munozaralar tinmay davom etardi. Turkiston general-
gubernatorligi tuzilgandan keyingi birinchi davridanoq o'lka va oblastlar 
ma'muriyati, jumladan, birinchi general-gubernator fon Kaufman, Yettisuv 
viloyatining harbiy gubernatori N. Kolpakovskiy, Sirdaryo viloyatining harbiy 
gubernatori A. Abramov musulmon ruhoniylari iyerarxik tuzilmasini o'zgartirish, 
madrasa va maktablar ustidan ma'muriy, siyosiy nazorat o'rnatishga darhol kirishib
ketishdi. Yirik shaharlar (Toshkent, Samarqand, Xo'jand, Chimkent, Avliyoota, 
Pishpek) da shayxulislom, qozikalon lavozimlari bekor qilindi, an'anaviy sudlar - 
o'troq aholidagi qozi va ko'chmanchi aholidagi biy sudlari faoliyat sohasi 
cheklandi va hokazo. Mahalliy qishloq aholisining ekin maydonlari, yaylovlarining
katta qismini bosib olish, ekspropriatsiya qilish, chorvadorlar ko'chib yuradigan 
mintaqani qat'iy ma'muriy-hududiy chegaralash, qishloq, ovul ko'chmanchi urug’-
qabila jamoalarida boshqaruvning yangicha tartibini o'rnatish orqali hukmron 
doiralar jamoa ichki va jamoalararo aloqalarini, qishloq jamoasining an'anaviy 
ijtimoiy tuzilishini jiddiy ravishda zaiflashtirishga erishdilar. Bularning hammasi 
ko'chirib keltirilgan rus krestyanlarini imtiyozli joylashtirish bilan bir qatorda, ular 
hukmron bo'lishi uchun iqtisodiy, siyosiy va ma'muriy sharoitlarni yaratardi.  Ayni 
mahalda tub o'troq va ko'chmanchi aholining huquqsiz ahvolini doimo namoyish 
etib turishi zarur edi.Tub millatga mansub xalq ommasini siyosiy, fuqarolik 
huquqlaridan mahrum etish, mustamlakachi ma'muriyat, shuningdek, ko'chirib 
keltirilgan Rossiya aholisi ko'pchiligining tub aholiga, ayniqsa, qishloq aholisiga 
munosabatidagi qo'pollik, mensimaslik illatlari  bilan bir qatorda, tub joy xalqlarni 
talash, iqtisodiyotni ekspluatatsiya qilish ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, 
ma'naviy hayoti uchun zararli oqibatlarni keltirib chiqargani tabiiydir. Mahalliy 
aholi huquqlarining ayanchli toptalishidan dalolat beruvchi va shaxsan birinchi 
general-gubernator bilan bog’liq bir misol keltiramiz. 1870-yilda Sirdaryo 
viloyatining harbiy gubernatoriga yuborgan farmoyishida K. Kaufman: 
«...Toshkent shahri osiyoliklar qismining ayrim aholisi shaharning yevropaliklar 
qismida yoki unga yaqin joyda (ta'kid bizniki – SH.Q.) bu joylarni band etib, ularni
o'zinikidek o'rab olgan. Tub joy aholini ruslar tomonida egallab olgan yerlardan  55 chiqarib yuborish choralarini ko'rishingizni... so'rayman... » 97
O'lka va oblastlar 
darajasidagi hokimiyat boshqaruv tizimiga to'xtalmay 98
, shuni qayd etish kerakki, 
Rossiyaning Turkistondagi mustamlakachi hukmronligi, tub xalqlarni siyosiy va 
ijtimoiy jihatdan ezish, shuningdek ko'chirib keltirilgan ruslarning xo'jalik jihatdan
ta'minlanishi, ularning mahalliy aholidan fuqarolik ustunligi ko'proq 
hokimiyatning uyezd organlari, volost, qishloq, ovul ma'muriyati tomonidan 
ta'minlanardi.Binobarin, 1865-yil 6-avgustda tasdiqlangan «Turkiston viloyatini 
boshqarish to'g’risida muvaqqat Nizom»ga muvofiq joylarda ma'muriyatga bo'lim 
boshliqlari, shuningdek harbiy komendantlar, ularga bo'ysunuvchi rus amaldorlari 
toifasidan tayinlanadigan mahalliy aholini boshqaruvchilari rahbarlik qilishar edi. 
Bevosita qishloq, ovullarida oqsoqollar, zakotchilar, mirshablar, ko'chmanchi 
hududlarda esa mannoplar, biylar mahalliy aholini boshqaruvchilari tomonidan 
tayinlanardi. Bunda o'troq aholi uchun qozilik sudlari, ko'chmanchi aholi uchun 
biy sudlari saqlab qolindi. Ammo ular majburiy ravishda uch yilga saylanar va 
o'lim jazosi yoki tan jarohati yetkazish to'g’risida qarorni uzil-kesil qabul qila 
olmasdi. Biroq ular ko'rayotgan nizo, jinoyatlar mustamlakachi hokimiyat 
manfaatlariga yoki rus fuqarolariga taalluqli bo'lsa, bunday ishlar barcha uyezd 
markazlarida hamda Toshkent shahrida tuzilgan Rossiyadagi kabi sudlarga 
oshirilardi 99
. Toshkentda 1877-yilda duma saylanib, unda «Shahar qoidasi»ga ko'ra
ovoz berish vakolatiga ega bo'lganlarning umumiy sonining 3/2 qismini ruslar, 3/1 
qismini esa tub aholi vakillari tashkil qilishi lozim edi 100
. Biroq dumaga saylangan 
mahalliy zodagonlarning vakillari ushbu aholi manfaatlari va huquqlarini himoya 
qilmas, bu bilan ushbu aholining kamsitilishiga ko'maklashardilar. General-
gubernatorlik tuzilgach, ayniqsa, ko'chirib keltirilgan ruslarni xo'jalik, fuqarolik 
97
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 
98
 Bu tizim N.A. Abduraximova tomonidan bir qator asarlarda hamda doktorlik dissertatsiyasida  
mafkuradan holi, yangicha pozitsiyada turib, keng hujjatli manbalar asosida tadqiq etilgan.
99
  G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 
100
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;  56 jihatidan imtiyozli joylashtirish uchun imkoni boricha ko'proq qulay sharoit 
yaratish maqsadida, shuningdek mustamlakachi hukmdorlarning tub aholiga 
munosabatini yanada qat'iylashtirish uchun mahalliy boshqaruv va an'anaviy sudlar
tizimini o'zgartirish bo'yicha choralar amalga oshirildi. Shaharlarda qozilik sudlari,
ko'chmanchi hududlarnining biy sudlari butkul rasmiy bosqichga aylantirildi, 
ularga olinadigan pul 100 so'mdan oshmaydigan da'volarnigina ko'rib chiqishga 
ruxsat berilgan edi. Bu sudlar, avvalgidek, nikoh va ajrashish bilan bog’liq ishlarni 
ko'rar, tub aholi bunday masalalarni ko'proq an'anaviy jamoa-urug’ usulida hal 
etardi. Umuman, tub aholining deyarli 90 foizi nizo, da'vo va hokazolar bilan 
uyezd, oblast, o'lka hokimiyatlariga to'la hisob beradigan an'anaviy sudlarga 
murojaat qilardi. Endi barcha qozi va biylar, 1865-1867-yillardagi kabi 
tayinlanmasdi, balki, hokimiyatga ma'qul nomzodlardan saylanardi. Bunda rus 
harbiylaridan iborat uchastka pristavlari, uyezd sudlari, viloyat boshqaruvlarining 
hamda general-gubernator devonining sud bo'limlari, shuningdek harbiy-sud 
komissiyalari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan 101
. Harbiy sud komissiyalari, 
ayniqsa, Sirdaryo viloyatida tez-tez joriy etilib turadigan favqulodda yoki harbiy 
holatlar davrida, tub aholining hokimiyat boshboshdoqliklariga qarshi ko'targan 
isyoni ishtirokchilarining ishini ko'rib chiqishda shafqatsiz ish olib borardi. Shu 
bilan bir qatorda chorizm va mustamlakachi ma'muriyat qamoqxonalar, 
hibsxonalar va gaupavaxtalar (harbiylar va politsiyachilar uchun) tarmog’ini ham 
o'z ichiga olishi lozim, deb hisoblashardi. Shuning uchun 1868-yildanoq bunday 
muassasalar qurilishi uchun imperiya byudjetidan muntazam ravishda katta 
mablag’ ajratila boshlagan. Verniydagi qamoqxona va gauptvaxta, Pishpek, 
Avliyoota va Chimkentdagi hibsxonalardan keyin 1872-yilda Toshkentda 
Turkistondagi eng yirik qamoqxona qurilishi tugallandi 102
. 90-yillar boshiga kelib 
Farg’ona, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 13 qamoqxona, shuningdek shahar 
101
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;   Абдурахимова   Н . А .   Колониальная   система   власти   в   Туркестане ...
Автореф .  дисс . докт . истор . наук ,  С .  37-39. 
102
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 57 politsmeysterlari huzurida (Toshkent, Andijon, Yangi Marg’ilon, Qo'qon, Xo'jand, 
Chimkent, Pishpek, Verniyda) va deyarli barcha uyezd boshqarmalarida 
hibsxonalar mavjud edi 103
. Chorizmning Sirdaryo viloyati harbiy-politsiyachi 
ma'muriyatining shafqatsizlikda eng mash'um yirik aksiyasi 1916-yil qo'zg’olonida
ishtirok etgan yuzlab erkaklar va hatto, ayollarni ham Sibirga surgun qilganligidan 
ham teranroq anglash mumkin. Rossiya chorizmi, yuqori harbiy doiralari Sirdaryo 
viloyatida abadiy o'rnashib olishga intilib, yangi hududlarni bosib olgani sari 
hokimiyatning mustamlaka organlarini, harbiy tayanch bazalarini hamda qatag’on-
jazo muassasalarining keng tarmoq otgan shaxobchalarini tuza borganidan 
guvohlik berib turibdi. Bu borada ko'p ishlar imperiya hukmron doiralari Volga 
bo'yini ayniqsa, Kavkazni mustamlakaga aylantirishda qilgan ishlariga juda 
o'xshardi. Chorizm Sirdaryo viloyati aholisining ko'p millatliligini, soni ancha 
ko'pligini, uning tarixiy o'zligini anglash, xo'jalik faoliyati darajasi ancha 
yuqoriligini, shuningdek, Rossiya imperiyasining o'lka barqaror hukmronligiga 
to'sqinlik qilishi mumkin bo'lgan boshqa xususiyatlarni hisobga olib, 
hokimiyatning harbiy-politsiyachi tizimini, ya'ni rus aholining mavqeini muntazam
mustahkamlashga, tub xalqlar iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy faoliyatini tobora 
ko'proq cheklashga jiddiy e'tibor berdi. Imperiya hukmron doiralari mustamlaka 
ma'muriyati tomonidan o'lkani boshqarish bo'yicha ko'zda tutilgan shartlar, 
ko'chirib keltirilgan ruslar uchun beriladigan xo'jalik, moliyaviy, ijtimoiy 
imtiyozlar va ularning o'q otar qurolga ega bo'lishi esa tub aholining huquqsizligini
yanada kuchaytirdi. Turkiston ma'muriyati ko'chirib keltirilgan ruslarning mavjud 
qishloqlari aholisi uchun chek yer hamda jamoa bo'lib foydalaniladigan yer 
maydonlarini kengaytirish zarur deb hisoblagan chog’larda ham tub aholiga 
nisbatan shunday shafqatsiz choralar ko'rilgan. Masalan, 1913-yil fevralda 
Sirdaryo viloyatidagi ko'chiruvchilik bo'limining mudiri Avliyoota uyezdi 
boshlig’iga yo'llagan maktubida: «Maksimalovka qishlog’ini yer bilan ta'minlash 
uchun... 1911-yil dekabr oyida Alekseevka qishlog’ining aholi dehqonlari xususiy 
ijara sifatida foydalanib turgan qirg’izlarga qarashli yerlarning 120 desyatinaga 
103
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 58 yaqin maydoni tortib olindi. Buning o'rniga, o'sha vaqtdayoq, Alekseyevka 
qishlog’iga noqonuniy bitim bo'yicha ijaraga olingan yer o'rniga, ushbu 
qishloqning chek yerlarini yaxshilash maqsadida 100 desyatinaga yaqin yerni 
qo'shib berishga qaror qilingandi» 104
, - deb yozgandi. Ko'rinib turibdiki, hokimiyat 
tub aholidan tortib olingan 120 desyatina yerni Maksimalovka qishlog’ida 
istiqomat qiluvchi ruslar manfaati uchun ajratib bergan, Alekseevka qishlog’ining 
aholisi uchun esa yana 100 desyatina yerni ajratganligini qayd qilgan. Shunday 
qilib, Sirdaryo viloyatining ma'muriy-hududiy bo'linishi, barcha hokimiyat (davlat-
boshqaruv, sud va boshqa) funksiyalarining yaxshi qurollangan rus armiyasiga, 
politsiya kuchiga, kazaklarga, ya'ni miltiqlarga ega bo'lgan rus aholisiga, 
shuningdek shovinistik xarakterdagi shafqatsiz qonunlarga hamda tub aholi 
orasidan chiqqan gumashtalarga tayangan rossiyalik harbiylar qo'lida jamlanishi 
mustamlakachi ma'muriyatga tub xalqlarni ma'naviy, jismoniy ezish bo'yicha 
chorizm belgilab qo'ygan muayyan siyosatni amalga oshirish imkonini bergan. 
Binobarin, bu siyosatning ilk oqibati, tub aholining tarixan tarkib topgan istiqomat 
hududlarini ma'muriy-hududiy jihatdan oblastlarga, uyezdlarga, volostlarga, 
shaharlarda esa eski va yangi shahar qismlariga ajratib tashlash bo'lib, o'troq 
qishloq jamoalari, ko'chmanchi aholining va qarindosh-urug’chilik xo'jalik 
aloqalari, ham bo'lingan edi. Biroq yuqorida aytib o'tilganidek, ko'chirib keltirilgan
ruslarni ma'muriy, hatto, tabaqaviy joylashtirish bilan bog’liq muammolar yuzaga 
kelganida mustamlakachi ma'muriyat Sirdaryo viloyati tub aholisi huquqlari, 
manfaatlarini oshkora oyoqosti qilgani holda lozim darajada tez va aniq ish olib 
borardi. Ushbu mulohazamizni tasdiqlovchi diqqatga loyiq misol keltiramiz. 
Rostov guberniyasidagi rus krestyanlari istiqomat qiladigan Podka qishlog’i 
yerlarini Kepinskaya stansiyasi kazaklariga berish zarurati yuzaga kelganligi, 
Sirdaryo viloyati ko'chiruvchilik boshqarmasi (uning vakolati Turkistonning 
Amudaryo bo'limi, Kaspiyorti, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlariga yoyilardi) Don 
qo'shinlari Nakaznoy atamanining iltimosiga ko'ra mazkur krestyanlarni ko'chirib 
keltirishga rozilik berdi. Metropoliya va Turkiston general-gubernatorligining 
104
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 59 islomga qarshi kayfiyatdagi yuqori doiralari shunday vaziyatni vujudga 
keltirdilarki, oqibatda muborak haj ziyoratiga borish uchun mablag’ga ega 
musulmonlarning soni keskin kamayib ketdi. Shunda ham, hajga borish 
imkoniyatiga ega bo'lganlar uyezd boshlig’i orqali, Samarqand va Yangi 
Marg’ilonda esa – harbiy gubernatorlar orqali, Toshkentda – shahar boshlig’i 
orqali general-gubernatorning ruxsatini olishga majbur edilar. Shunday ruxsat olish
qiyin bo'lganligiga birgina misol keltiramiz. 1888-yil 11-yanvarda Toshkentning 
Sebzor dahasida istiqomat qiluvchi Saidumarxo'ja Mirzahojinov Shayxontohur 
dahasidagi qatorterak mahallasida istiqomat qiluvchi Mulla Olimxon maxsum 
Muhammadyusuf Domullinov (hujjatda ruscha shunday yozilgan – SH.Q.) 
Toshkent shahar boshlig’iga arznoma taqdim etishdi. Ularning mazmuni, manzilini
istisno etganda, bir xil. Arznomada quyidagilar bitilgan: «Ushbu bilan Siz 
oliyhazratga Shayxontohur (boshqasida – Sebzor – SH.Q.) dahasi oqsoqoli bergan 
guvohnomani hamda kafolat xatini taqdim etar ekanman, menga Makka shahriga 
ziyoratga borish uchun bir yil muddatga chet el pasportini olishga guvohnoma 
berishingizni itoatkorlik bilan so'rayman. 1888-yil yanvar, 11 kuni. – Toshkent 
shahri» har ikki iltimosnoma rus tilida yozilib, arabcha yozuvda imzolangan. 
Shahar boshlig’i o'sha yilning 18-fevralidagina har ikki arzgo'yga chet el pasportini
berish uchun ruxsat bergan, lekin ular pasportni qachon olishganini aniqlab 
bo'lmadi. Shuni ham qo'shimcha qilamizki, mustamlakachi ma'muriyat tub aholi 
vakillarining Sirdaryo viloyatidan chiqishi va Sirdaryo viloyatiga kirishini 
yetarlicha qattiq nazorat qilardi. Bu haqda, masalan, eski shahar dahalari, 
qishloqlar oqsoqollarining kafolat xatlari, boshqa hujjatlar guvohlik beradi. 
Chunonchi, kafolat xatlarida oqsoqollar daha, qishloqda istiqomat qiluvchi biron-
bir odamning Sirdaryo viloyatidan chiqishiga «to'siq yo'qligi» uchun javobgarlikni 
o'z zimmalariga olishardi 105
. Quyidagilar esa o'lka bilan qo'shni xonliklar 
fuqarolarining Sirdaryo viloyatida vaqtincha bo'lishi qanday tartibga ko'ra 
belgilanligi va nazorat etilganining dalilidir. Mustamlaka tub aholisining ko'plab 
105
G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
  60 isyonlari, bir necha kuchli qo'zg’olonlari shafqatsizlik bilan bostirilgach, Sirdaryo 
viloyatidagi rus hukmronligining mustahkamligiga ishonch hosil qilgan imperiya 
hukumati 1914-1916-yillarda bu yerga G’arbiy frontdan Avstro-Vengriya, 
Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlar armiyalarining askarlari va zobitlarini 
asir sifatida deportatsiya qildi. Turk harbiy asirlari Sharqiy Sibirdagi 
konslagerlarda saqlandi, biroq ularning ko'pchiligi Turkistonga qochib kelib, 
musulmon aholi orasiga yashirindi. Bu holatlar – mustaqil ilmiy-tarixiy tadqiq 
qilib, yoritishga arzigulik mavzudir. Biz bu mavzuga murojaat qilganimizning 
boisi shuki, chorizm va Turkiston ma'muriyati tub aholidan harbiy soliq, boshqa 
yig’imlar olish yordamida, bu qadar ko'p sonli harbiy asirlarni ta'minlash, eng 
avvalo, ularni boqishdek og’ir yukni uning yelkasiga ag’darishni mo'ljallagandilar, 
harbiy asirlarni arzon ishchi kuchi sifatida sanoat va qurilishda ishlatish esa 
mahalliy millatlar aholisi orasida ishsizlik kuchayishiga sabab bo'ldi 106
. Umuman, 
Sirdaryo viloyati tub xalqlariga qo'llanilgan xatti-harakatlar oblastlarning harbiy 
gubernatorlari, uyezd boshliqlari nisbatan qo'pol shaklda davom ettirdilar. So'nggi 
general-gubernator A.N. Kuropatkin e'tirofiga ko'ra, hukumat «tub joy aholini 
rivojlanishdan chetda tutib kelgan» 107
 bo'lsa-da, bu borada chorizm jiddiy natijani 
qo'lga kirita olmadi. Aksincha, tub millatlari xalq ommasining fuqarolik, siyosiy 
huquqsizligi o'z-o'zidan norozilik va qahr-g’azab uyg’otibgina qolmay, balki qattiq
qarshilikka qaramay, ilg’or tub aholi ma'lum bir qismining siyosiy ongini va 
faolligini oshirishga sabab bo'ldi, deb qayd etish lozim.                             
3.3. Rossiya imperiyasining ko’chiruvchilik siyosatining Sirdaryo viloyati tub 
aholisining iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotiga   ta’siri.                                   
106
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
107
  «Красный архив». Т. I . – М., 1925, С. 65. 61 Mustamlakachilik, xususan, eng avvalo hukmron doiralarning, 
armiyaningmetropoliyadan ko'chirib   keltirilganlarning istilo etilgan mamlakat 
hatto, dominion tub aholisiga nisbatan zo'rligini bildiradi. Binobarin, (harbiy, 
siyosiy, xo'jalik, mafkuraviy) zo'rlik biron-bir mamlakatdagi mustamlakachilik 
siyosati, amaliyoti sifatida, barcha G’arb va Sharq metropoliyalariga xos bo'lib, 
naqd moddiy boyliklarni talon-taroj qilish, mustamlaka boshqaruvining qattiq, 
buyuk davlatchilik tizimini yaratish, mustamlakaning tabiiy, ishlab chiqarish, 
mehnat zaxiralaridan, madaniy salohiyatidan foydalanishdan iborat edi. Biroq 
Rossiyaning hukmron siyosiy va harbiy doiralari Sirdaryo viloyatida 
mustamlakachilik, buyuk davlatchilik hukmronligini qaror toptirar, harbiy 
yurishlar vositasida Buxoro amirligi, Xiva xonligi ustidan imperiya protektoratini 
o'rnatar ekanlar, bu mintaqada ijtimoiy rivojlanish darajasi bo'yicha istilochilardan 
qolishmaydigangina emas, balki ma'naviy, madaniy rivojlanish tajribasi bo'yicha 
ulardan ustun ham turadigan tub xalqlar vaqt yetilib, o'zlariga qarshi kurashishini 
yaxshi anglashar edi. Sirdaryo viloyati ma'muriyati butun mustamlaka davrida 
uzoqni ko'zlovchi niyatlarda vaqf mulkini, ayniqsa, vaqf yerini musodara etish, 
qisqartirish choralarini ko'rdi. Vaqf mulkini tashkil etuvchi yerdan, savdo 
do'konlaridan, bog’lardan, tegirmonlardan va hokazolardan olinadigan daromad 
hisobidan madrasalar, maktablar, katta bo'lmagan qishloqlarda esa masjidlar ham 
ta'minlanardi. Zero, yuzaki qaraganda, mustamlakachi ma'muriyatning Rossiyadan 
ko'chirib keltirilganlar manfaatlari yo'lida amalga oshirilgandek bo'lib ko'ringan bu
choralar, aslida islom ta'sirini kamaytirish, musulmon muassasalari rolini zaiflash 
siyosatining tarkibiy va eng asosiy qismi bo'lib qoldi. Vaqf mulkining tortib 
olinishi, uning miqdori zo'rlik bilan kamaytirib borilishi mahalliy dehqonlar 
orasida yersizlar va ishsizlar sonini oshib borishiga olib keldi, natijada, ular 
ko'pincha batraklar armiyasiga qo'shilib ketardi. Umuman, rus krestyanlarga 
nisbatan mahalliy dehqonlar egalik qilgan ekinga yaroqli yer bilan ancha kam 
ta'minlangan edi. Buni 1910-1911-yillarda Sirdaryo viloyati bo'yicha bo'lgan 
raqamlar misolida ko'rish mumkin 108
. Rus dehqon xo’jaliklari soni 7360 tani, don 
108
  Обзор состояния Туркестанского края за 1911 год, С.   42.   62 ekiladigan yer maydoni 5760 desyatinani tashkil qilgan. Har bir xo’jalikka 
hisoblaganda 1910-yilda 7.1 desyatinani, 1911-yilda esa 7.8 desyatinani tashkil 
qilgan. Mahalliy dehqon xo’jaliklar soni 263235 tani, don ekiladigan yer maydoni 
esa 104995 desyatinani tashkil etgan. Har bir xo’jalikka hisoblaganda 1910-yilda 
3.2 desyatinani, 1911-yilda esa 3.4 desyatinani tashkil etgan. Shuning o’zi ham 
masalaning asl holatini ochib beradi. 1910-1911-yillarda rus krestyanlari mahalliy 
dehqonlarga qaraganda ancha ko'p ekin maydonlariga ega bo'lganligi Sirdaryo 
viloyati uyezdlar misolida namoyon bo'ladi 109
. Toshkent uyezdida har bir 
xo’jalikning yer maydoni 1910-yilda 11.9 desyatinani, 1911-yilda 9 desyatinani 
tashkil etgan. Chimkent uyezdida har bir xo’jalikning yer maydoni 1910-yilda 5.6 
desyatinani, 1911-yilda esa 8.2 desyatinani tashkil etgan. Avliyoota uyezdida har 
bir xo’jalikning yer maydoni 1910-yilda 6.8 desyatinani, 1911-yilda esa 7.4 
desyatinani tashkil etgan. Perovsk uyezdida har bir xo’jalikning yer maydoni 1910-
yilda 1.7 desyatinani, 1911-yilda esa 1.6 desyatinani tashkil etgan. Sirdaryo oblasti
bo’yicha har bir xo’jalikning yer maydoni 1910-yilda 7.8 desyatinani, 1911-yilda 
esa 7.1 desyatinani tashkil etgan. Shuni ham aytib o'tish mumkinki, Perovsk 
uyezdida atigi 275 rus krestyanlari yashagan. Mustamlaka davri va sovet yillari 
adabiyotida Turkiston Rossiya tomonidan istilo qilinishidan oldin uning qishloq 
xo'jaligi endi-endi tovar xarakterini kasb etayotganligi qayd qilinadi. Bu kabi 
mulohazalarga qisqacha to'xtalib, o'lka mustamlaka qilinishidan ancha oldin uning 
o'troq aholisigina emas, balki ko'chmanchi aholisi ham, dehqonchiligi, ayniqsa, 
sug’orma dehqonchiligi, tovar munosabatlar asosida rivojlangan edi. XIX asrda 
Turkiston qoramol va qo'y tuyog’i bo'yicha jahonda yetakchi o'rinlardan birini 
egallagani ham fikrimizni isbotlaydi. Birgina misol: keyingi davrda tuzilgan Jizzax
uyezdiga kirgan hududlarda 1860-yilda yashagan 150 mingga yaqin aholi deyarli 
680 ming qora mol, ot, qo'y, echki, tuya va ho'kizlarga ega bo'lgan. 1910-yilga 
kelib bu uyezddagi mahalliy aholining soni 220 mingga yetdi, uning ixtiyoridagi 
109
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006; 63 chorvaning soni esa 1350 mingdan ortiqroq edi 110
. Tarixiy fakt uchun shuni qayd 
etib o'tish zarurki, qishloq xo'jalik mahsulotini qayta ishlovchi, tayyor mahsulot 
chiqaruvchi tarmoqlar yetarli bo'lmagani sababli uning ko'p qismi xom ashyo: 
paxta tolasi, ipak tola, ko'n, mo'yna, qoramol teri, quruq mevalar va hokazolar 
tarzida sotib yuborilardi.  Bu davrda qishloq xo'jalik, mehnat qurollari, 
dehqonchilik agrotexnikasi ancha oddiy bo'lganligi, ko'chirib keltirilgan ruslarni 
joylashtirishga erishilmagan bir qancha olis tog’ va tog’oldi joylarda esa yerdan 
an'anaviy jamoa bo'lib foydalanish saqlanib qolganligi bizga ma'lumdir. Imperiya 
hukmron doiralarining Turkistonning tub qishloq aholisini boshqa xom ashyolar 
singari past narxda sotib olinadigan paxta yetishtirishga majbur qilish hisobiga, 
Rossiya to'qimachilik sanoatini rivojlantirishni ta'minlashga intilishi natijasida, 
1867-1916-yillar oralig’ida Rossiya sanoati qayta ishlaydigan paxtaning umumiy 
hajmida Turkiston hissasi 6,6 foizdan 70 foizga ortdi 111
. Bu yillar ichida 
Turkistondan metropoliyaga tashib ketiladigan paxta natural ifodada 639193 
puddan 112
 20 million pudga 113
, ya'ni deyarli 30 baravar ko'paydi. Turkistonda paxta 
yetishtirish uchun ajratilgan yerlarning maydoni 1870-1916-yillarda 54 ming 
desyatinadan deyarli 681 ming desyatinagacha oshdi 114
. Shu munosabat bilan 
o'lkada g’alla yetishtirish yil sayin kamaydi. Rossiyadan g’allani ulgurji yetkazib 
beradiganlar bu ahvoldan foydalanib, bug’doy bilan paxta narxidagi nisbatining 
buzilishi hisobiga katta daromad oldilar. Chunonchi, 1 pud paxta 8,5 rubl turgani 
holda, 1 pud bug’doy 7 rubl va undan ortiq baholangandi, vaholanki ularni 
yetishtirish uchun sarflanadigan mehnat va mablag’ butunlay turlicha edi 115
. 
Paxtachilik ko'lami kengayishi, Sirdaryo viloyatida don yetishtirishning kamayishi 
hamda o'lkaga Rossiyada ishlab chiqarilgan keng iste'mol mollarini keltirishning 
110
  Сельскохозяйственный обзор Самаркандской области за 1911 год. – Самарканд, 1912. С. 21-
22. 
111
  Социально-экономическое и политическое положение Узбекистана накануне Октября, С. 31.
112
  Зияев Ќ. Ўзбекистон пахтачилиги тарихидан. – Тошкент, 1980, 18-бет.
113
  Социально-экономическое  и политическое положение Узбекистана. С. 33.
114
  Социально- экономическое и политическое положение Узбекистана. С. 29.
115
  Социально- экономическое и политическое положение Узбекистана. С. 30. 64 ko'payishi, ayni mahalda, zakot saqlanib qolgani holda hunarmandchilik solig’i 
joriy etilishi vositasida an'anaviy hunarmandchilik ishlab chiqarishining siqib 
qo'yilishi tufayli yuzaga keladigan og’irlik tub aholi yelkasiga tushardi. Tub 
aholining 2/3 qismidan ortiqrog’ini qishloq aholisi tashkil qilgani bois shuni 
ta'kidlash mumkinki, imperiya senatori F.K.Girs taklifi asosida mustamlakachilar 
tomonidan kiritilgan, ko'chmanchi o'tovidan va o'troq qishloq aholisi oilasi yoki 
xonadonidan emas, umuman, har bir volostdan pul shaklida davlat yer solig’i olish
116
, yer rentasi (xiroj) o'rniga dehqonchilikdan keladigan daromaddan olinadigan 
soliqni kiritish, metropoliyadan keltiriladigan ip-gazlama mato narxi nazoratsiz 
oshib borgani holda paxta tolasiga me'yorlangan baho belgilash, irrigatsiya 
tarmog’ini yaxshi holatda tutib turish uchun vaqti-vaqti bilan (1904 hamda 1914-
1916-yillarda) soliq to'plash, harbiy soliq singari yangi tartib-qoidalar ham 
mahalliy aholi zimmasiga tushgan. Mustamlakachi ma'muriyat tub qishloq 
aholisidan oladigan soliq, qanday sur'atlar bilan oshirib borgani to'g’risida shu 
holat dalolat beradi-ki, 1917-yilga kelib soliqlar miqdori (pul bilan ifodalaganda) 
1869-yildagiga nisbatan deyarli 20 baravar ortgan 117
. Rossiya O'rta Osiyoning katta
qismini bosib olishi va Turkiston general-gubernatorligini tashkil qilishidan ancha 
oldin uning hukmron doiralari hamda ilmiy jamoatchiligiga tub xalqlar ko'hna 
tarixga, boy ma'naviy merosga, an'anaviy ta'lim tizimiga hamda madaniyatning 
an'anaviy shakllariga egaligi yaxshi ma'lum edi. Sirdaryo viloyati hududida 
istiqomat qiluvchi xalqlarning insoniyat madaniyatini rivojlantirishga qo'shgan 
hissasi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotining muhim omili sifatida baholab 
kelingandi. Yirik markazlashgan davlat bo'lgan Movarounnahrning yemirilishi, 
Buxoro amirligi, Qo'qon xonligi, qisman, Xiva xonligi o'rtasida tinmay davom 
etgan kurash, bu davlatlardagi ichki feodal o'zaro kurash iqtisodiyotga, xalq ta'limi,
ko'p millatli tub aholi madaniyatiga ham jiddiy ziyon yetkazgan bo'lsa-da, bu 
xalqlar hayotining ushbu sohalari ko'proq islom madaniyati va mafkurasining 
qadriyatlari hamda an'analariga, shuningdek Ibn Sino, Beruniy, al-Xorazmiy, 
116
  Гирс Ф.К. Отчет о состоянии Туркестанского края. – СПб., 1883. С. 112.
117
 Социально-экономические и политические положение Узбекистана, С. 35. 65 Ahmad al-Farg’oniy kabi va ko'plab boshqa qomusiy allomalar dahosi, asarlari 
bilan boyitilgan dunyoviy fanlarga asoslanardi. Shuning uchun ham ushbu 
masalani Sirdaryo viloyatiga sharqiy slavyan aholini ko'chirish siyosatini iqtisodiy-
ijtimoiy va madaniy hayotiga bog’liq holda tadqiq etishimizning sabablarini 
quyidagicha deb izohlash mumkin:                                                                             
- birinchidan, Sirdaryo viloyati eng yirik va metropoliyadan ancha uzoq joylashgan
mustamlaka bo'lgan holda ko'p sonli tub aholisi, chuqur tarixiy ildizlarga, yuksak 
madaniyatga, o'zining an'analariga kuchli e'tiqodiga ega bo'lganligi imperiyaga 
hukmronligini barqarorlashtirishga to'sqinlik qilishi aniq edi.                                   
- ikkinchidan, imperiyaning hukmron doiralariga va pravoslav ruhoniylariga Sibir, 
Volgabo'yida ayrim boshqa hududlarida ilgari amalga oshirilgan siyosat mahalliy 
aholini (ruslashtirish, pravoslav e'tiqodiga majburan jalb etish, tarixiy xotirasini 
yo'q qilish va h.k.)  ma'qul bo'lib ko'ringan va biroz o'zgartirishlar bilan bunday 
siyosat Sirdaryo viloyatida ham qo'llanishi mumkin degan rejalar tuzilganligi 
ma'lum. Biroq, Sibir, Volgabo'yi hududlaridan farqli o'laroq Sirdaryo viloyatida na 
ruslashtirish, na umuman, mustamlakachilik siyosatni eskicha usullar bilan olib 
borish mumkin emasligini tushungan Rossiya imperiyasining amaldorlari yangi 
mustamlakada kuchli armiya bilan birga pravoslav mazhabiga mansub aholini ham
joylashtirishni afzal deb bilishdi.                                                                                 
- uchinchidan, o'lkada ko'plab rus aholini imtiyozli sharoitlarda joylashtirish va tub
aholiga nisbatan ulug’ rus, shovinistik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosatni 
amalga oshirish tub millatlarning mustamlakachilikka qarshi kurash borasida tub 
xalqlarning milliy o'zligini anglash, siyosiy ijtimoiy faolligi ortdi, shu tufayli yangi
usul maktablar, milliy matbuot, milliy siyosiy tashkilotlar paydo bo'ldi. O'rta Osiyo
tarixining g’oyat yirik bilimdoni bo'lgan V.V. Bartold sobiq sovet davridayoq 
(1922-yil.) «mavjud shaharlar va manzillarning eng dastlabkilari ham arab fotihlari
milodiy VII asrda kelib qurgan Turkistongagina taalluqlidir», deb hisoblaganini, 
bizningcha, faqat shunday munosabat ta'siri, deb izohlash mumkin. To'g’ri, V.V. 
Bartold, bu yerda «shaharlar, har holda miloddan avvalgi IV asrda va, ehtimol,  6 undan ham ancha oldin bo'lgan», deb qo'shib qo'ygan 118
. Aholidan tortib, sotib 
olingan ko'plab qo'lyozma kitoblar, tangalar, haykalchalar va shu kabilar, 
Rossiyaga jo'natilgan va (Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasidan olingan) 
shamdonlar haqida gapirmay qo'ya qolib, shuni ta'kidlashimiz yetarli-ki, K. 
Kaufman 1869-yilda Turkiston musulmonlari uchun tabarruk tarixiy yodgorlik 
bo'lgan Usmon Qur'oni (Mus’hafi Usmon) ni imperiya maorif vaziri orqali 
imperatorlik xalq kutubxonasiga tuhfa etib jo'natdi. Mustamlakachi amaldor A.L. 
Kun tomonidan «Usmon Qur'oni haqida Xoja Ahror masjidi ulamolaridan yozib 
olingan ma'lumotlari» Qur'onga ilova qilindi. Shundan keyin bu tabarruk yodgorlik
Imperatorlik xalq kutubxonasiga tegishli deb hisoblandi. Tub aholining ta'lim va 
madaniyati sohalariga, ma'naviy hayotiga buyuk davlatchilik, harbiy-ma'muriy 
aralashuv amaliyoti qo'llandi. Bunday aralashuv namunasini general-
gubernatorning o'zi ko'rsatib berdi: u 1868-yilda Samarqanddagi, 1876-yilda esa 
Jizzaxdagi bir nechta madrasa binosini harbiy kazarma uchun egallash to'g’risida 
ko'rsatma berdi. Bundan tashqari u madrasa bitiruvchilarini hatto volost darajasida 
ham ma'muriy xizmatga qabul qilishni taqiqladi, madrasa o'quv dasturida dunyoviy
bilimlar sonini qisqartirishni hamda unga rus tili, geografiya, Rossiya tarixi va 
hokazo fanlarni kiritishni yoqlab chiqdi 119
. Ayni mahalda mustamlakachi 
ma'muriyat o'lkada jadal ko'payib borayotgan rus aholisi uchun maktablar, 
gimnaziyalar, o'qituvchilar seminariyalarini ochishga birinchi darajali ahamiyat 
berardi. Tub millatlar farzandlari uchun ta'limning yangi tizimini tashkil qilish 
masalalari esa ikkinchi darajali deb hisoblanardi. Bu yerda barcha zamonlarda, 
hatto mustamlaka ostida o'tgan o'n yilliklarda ham nafaqat ishq-muhabbatni, balki 
Vatan o'tmishini tarannum etgan ajoyib shoiralar, xalq og’zaki ijodi asarlarini, 
qo'shiqchilik, raqs san'atini va hokazolarni avloddan-avlodga o'zatgan ayollar 
118
  Бартольд В.В. Ближайшие задачи изучения Туркестана. Соч. Т. IX . – М., 1977. С. 548.
119
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX   asr   boshlarida).   T.,   “Fan”-2006;   Bunga   eslatma   tariqasida   aytib   o'tish  kerak-ki,  1877-yil   sentyabrda   yuqorida
zikr  etilgan  N.Ilminskiy Qozon   diniy  akademiyasida  ta'lim  olgan   shogirdi,  Turkiston  o'quv yurtlari  muboshiri  N.
Ostroumovga madrasa dasturiga dunyoviy, ilmiy fanlarni kiritmaslikni tavsiya etishni; ta'limni takomillashtirish tub
xalqlarning   milliy   o'zligini   anglashining   o'sishiga   yordam   berishi   hamda     ularning   Rossiyaning   mustamlakachilik
hukmronligiga   qarshi   kurashi   kuchayishiga   xizmat   qilishi   bois   maktab     va   madrasalarni   zamonaviylashtirishga
norozi   ekanligini   yozgandi   (Qarang:     Znamenskiy   P.V.   Uchastie   N.I.Ilminskogo   v   dele   inorodcheskogo
obrazovaniya v Turkestanskom krae. – Kazan, 1900.76 bet.) 67 ko'plab o'tganini, Sirdaryo viloyati xalqlarining badiiy, ma'naviy an'analarining 
vorisiyligini shu bilan izohlash ham mumkin. Shu bois, o'lka Rossiya tomonidan 
istilo etilganidan keyin bu yerda ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-ruhiy vaziyat jiddiy 
ravishda yomonlashganiga qaramay, tub aholi xotin-qizlarining savodini chiqarish,
ularga qo'shiqchilikni, raqsni, kashtachilik san'atini ma'naviy an'analarni, uy-
ro'zg’or hunarlarini o'rgatishning tashabbuskor shakllari mustamlaka davrida ham 
saqlanib qolgan. Bu davrda tarixan tarkib topgan maktablar, diniy va badiiy 
asarlarni ko'chirib yozuvchi ko'p sonli xattotlar, shoirlar, tarixchi, faylasuf olimlar, 
qo'shiqchilik, musiqa va xalq tomoshalari san'ati ustalari, savdogarlar, oliy va o'rta 
darajadagi musulmon ruhoniylarining milliy-vatanparvarlik kayfiyatidagi vakillari 
Sirdaryo tub aholisi madaniy va ma'naviy hayotini qo'llab-quvvatlash hamda 
boyitishda asosiy rolni o'ynadi. Mustamlakachi ma'muriyat esa, o'z bolalarini rus 
maktablariga topshirgan ota-onalar uchun pul mukofoti to'lashga ham rozi edilar, 
haqiqatan ham, 70-yillarning boshidanoq to'lay boshladilar ham. Bu ish, pirovard 
natijada, tub aholi yoshlarini ruslashtirish, binobarin, ularning milliy 
psixologiyasini, ongini o'zgartirish, faqat Rossiyadan ko'chirib keltirilganlar 
orasida emas, balki mahalliy aholi orasida ham mustamlakachi hukumat 
pozitsiyasini mustahkamlash maqsadlariga javob berardi. Shunday sharoitda 
mustamlakachi ma'muriyat 80-yillar o'rtalarida mahalliy yugurdaklarning qo'llab-
quvvatlashi bilan shaharlarda hamda yirik qishloq aholi punktlarida rus-tuzem 
maktablari ochishga kirishdi. Bunday maktablarning «tuzem» sinflarida tub joy 
aholi farzandlari faqat rus tilini, Rossiya geografiyasi va tarixini emas, balki 
Rossiya madhiyasi – «Yo xudo, podshoni saqla»ni, «Uzoq umr tilash» duosini 
o'rganishlari, imperator xonadoni a'zolarining ismlari, unvonlarini yoddan bilishi 
zarur edi. Garchi, aholining kamchilik qismi o'zining moddiy ahvolini ozgina 
bo'lsa-da, yaxshilab olish niyatida farzandlarini rus-tuzem maktablariga bergan, 
shu bois bunday maktablar tarmog’i juda sekin kengaygan bo'lsa-da, tub millat 
ziyolilarningancha ilg’or vakillari, asosan dehqonlarning ko'plab stixiyali ijtimoiy 
norozilik chiqishlarini qayd etish bilangina cheklanib qolmay, xalq ommasini 
mustamlakachilikka qarshi anglangan, uyushgan kurashga tayyorlashni boshlash  68 zarurati va mavridi keldi, deb hisobladilar. Uning hisobi bo'yicha 1890/91 o'quv 
yilida Sirdaryo viloyatida 21 madrasa; Farg’ona viloyatida 1891/92 o'quv yilida 
118 hamda Samarqand viloyatida 1892/93 o'quv yilida 50 madrasa bo'lgan. Bu 
viloyatlarda ishlab turgan madrasalarning soni jami 189 ta bo'lgan 120
. Samarqand 
va Sirdaryo viloyatlarining qator shaharlarida badavlat odamlar va tub aholining 
xayr-ehsonlari hisobiga tegishli ravishda 17 ta va 11 ta madrasa qurilgan 121
. 
Bundan tashqari kichik shahar va yirik qishloqlarda ruhoniylar, dindorlar 
tomonidan ko'plab madrasalar ochilgan. Ularning bir qismi masjidlarda joylashgan.
Madrasalar orasida yangi usul madrasalari deb nomlanganlari oz bo'lmagani 
e'tiborga loyiqdir 122
. Buxorodagi «Mir – Arab» madrasasini tugatgan, 
Chimkentning sobiq muftiysi Sattorxon Abdulg’afforxonov shu yili o'zi tug’ilgan 
shaharda shunday maktab ochdi. O'sha vaqtning o'zida Toshkentda milliy 
zodagonlarning taniqli vakillari (Solixo'ja Kichkinahojinov, Muhitdinxo'ja, 
Orifxo'ja, Sharifxo'ja Podshohojinov va boshqalar) ko'magida Saidg’ani 
Saidazimboyevning xonadonida rus-tuzem maktabi tantanali ochildi. O'zbek va 
tojik tillarini yaxshi bilgan V.P. Nalivkin bu maktab mudiri va rus tili o'qituvchisi, 
Shayxontohur masjidining imomi Solixo'ja Kichkinahojinov esa musulmon 
o'qituvchisi etib tayinlandi. Rus o'qituvchisining yillik maoshi 1000 rubl, 
musulmon o'qituvchisiniki esa 400 rubl, ya'ni roppa-rosa 2,5 baravar kam (!) 
belgilandi 123
. Shundan keyingi yillarda rus-tuzem maktablari o'lka ma'muriyati va 
qisman mahalliy milliy elita tomonidan, asosan majburlash yo'li bilan hamda 
o'qishga jalb etilgan bolalarning ota-onasiga pul mukofoti berish vositasida 124
 
Turkistonning boshqa yirik va o'rta shaharlarida tashkil topdi. Volostlarda esa 
bunday maktablarni faqat Toshkent uyezdida (To'ytepa, Piskent, Chinoz, Koriz, 
120
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida). T., “Fan”-2006;
121
  Бендриков К,Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане. С.  51.
122
  Бендриков К,Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане. С.  49.
123
  Бендриков К,Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане, 186-бет; Остроумов
Н. Сарты. Этнографические материалы. – Ташкент, 1896. С. 179.
124
  G ' offorov   SH .  Tarix   va   taqdir ;  Rossiya   imperiyasidan   Turkistonga   ko ' chirilganlar  ( XIX   asrning   ikkinchi   yarmi  –
XX   asr   boshlarida ).  T ., “ Fan ”-2006; 69 Tillov, Obliq) hamda Jizzax, Pishpek, Avliyoota uyezdlaridagina ochishga 
erishildi. Mustamlaka ma'muriyati rus-tuzem maktablari tarmog’ini kengaytirish, 
o'quvchilar kontingentini tub aholi jumlasidan ko'paytirish maqsadida har yili 
butun mahalliy millat aholisidan mablag’ yig’ishni amalga kiritdi. Bunday 
maktablar bo'lmagan, lekin ochilishi mo'ljallangan volostlar aholisi esa, bu 
siyosatni faol o'tkazib kelgan. V.P. Nalivkin ta'kidlaganidek, bunday maktab 
solig’ini to'lamagan, shuning uchun rus-tuzem maktablari ochilishiga yo'l 
qo'ymaslikka harakat qilgan 125
. Xolislik uchun shuni ta'kidlash zarurki, mahalliy 
zodagonlarning toshkentlik 1-gildiya savdogarlari Saidboy, Saidkarim va Saidg’ani
Saidazimboyevlar, ularning kuyovi Orifxo'ja, Sebzor dahasi qozisi Muhiddinxo'ja, 
Chimkent muftiysi, keyin esa Qo'qon qozisi Sattorxon Abdug’afforxonov kabi 
shaxslar mustamlakalarning bu boradagi choralarini maqullashga majbur 
bo'lishganigina 30 yildan ortiqroq vaqt ichida Turkistonda bor-yo'g’i 167, shu 
jumladan markazi Toshkent bo'lgan Sirdaryo viloyatida 65 rus-tuzem maktabining 
ochilishida yordam berdi. Biroq bu maktablarni bitirib chiquvchilar doimo 
ozchilikni tashkil etardi, chunki ko'pchilik o'quvchilar rasman ro'yxatga olingan 
bo'lib, mashg’ulotga bir-bir qatnashib qo'yishardi. Shu munosabat bilan, Ismoil 
Gaspirali va uning «Tarjimon» gazetasining Turkistonda, qisman Buxoro va 
Xivada yangi usul maktablarining shakllanishi jarayonini rag’batlantirishdagi 
rolini kamsitmagan holda, to'la asos bilan ta'kidlash mumkinki, milliy ziyolilar 
vakillari tomonidan (ular orasida Muqimiy, Furqat, Toshkentning Sebzor dahasi 
qozisi Hakimxo'ja, yirik tijoratchi, tadbirkor Saidazimboy Muhammadboyev, 
Samarqand muftiysi Behbudiy, Buxoroda esa Ahmad Donish va boshqalar bor edi)
an'anaviy maktablar, madrasalarni isloh qilish, ularning ta'lim-tarbiya dasturlarini 
dunyoviy fanlar  126
, nisbatan ilg’or uslubiyat bilan boyitish g’oyalari va boshqalar 
XIX asrning 70-80-yillaridayoq olg’a surilgan edi. Biroq bu g’oyalar 
mustamlakachi ma'muriyat va mutaassib musulmon ruhoniylari tomonidan inkor 
125
  Наливкин В.П. Туземцы раньше и теперь. – Ташкент, 1913. С . 11-12.
126
  Mustamlakachi   ma'muriyat   yuqori   doiralari   bilan   ko'p   jihatdan   hamkorlik   qilgan   Saidazimboy
Muhammadboyev1870-yildayoq   ruslashtirish   xarakteridagi   maktablar   ochishni,   shuningdek   an'anaviy   maktablarni
vaqf va ruhoniylarga qaramlikdan xalos qilishni taklif etgandi. 70 qilingan. Mustamlakachi ma'muriyat va milliy yuqori doiralar hamda musulmon 
ruhoniylari orasidagi mutaassiblar jumlasidan bo'lgan uning gumashtalari bu haqda
Munavvarqori Abdurashidxonov 1907-yilda «Shuhrat» gazetasida ushbu masalada 
bayonot bermasdan oldin bilishgan edi. Masalan, Toshkentda Eshonqul 
(Shayxontohur) madrasasi chinakam yangi usul madrasasi sifatida faoliyat 
yuritgan.  22 yoshli Munavvarqori Abdurashidxonov ayni shu madrasa 
bitiruvchilarini 1900-yilda (Toshkent shahrining rus qismiga qarashli bo'lgan 
Gospital bozori yaqinida) o'zi ochgan yangi usul maktabiga ishga jalb etgan 127
. Bu 
vaqtga kelib Turkistonning qator shaharlarida, Buxoro amirligi va Xiva xonligida 
mavjud bo'lgan yangi usul maktablari ko'p emasdi. Biroq ona tilida ovoz chiqarib 
o'qitish usuli, asosiy diniy fanlarning saqlanib qolishi hamda hayotiy muhim 
dunyoviy fanlarning o'qitilishi bunday maktablarni tub aholi nazarida jozibador 
qilib qo'ydi. O'lka mustamlakachi ma'muriyati yangi usul maktablari ochilishiga 
butun choralar bilan to'sqinlik qilganini quyidagi voqea tasdiqlaydi: 1901-yil 
sentyabrda general-gubernator nomiga Toshkent eski shahari Ko'kcha dahasining 
o'zbek aholisidan arznoma kelib tushdi. Aholi shahar boshlig’i ularga yangi usul 
maktabini ochishga ruxsat bermaganini yozgan. Maktabni barcha sharoitlar 
muhayyo bo'lgan xususiy xonadonda ochish mo'ljallangandi. Biroq bu haqda 
Sirdaryo viloyati harbiy gubernatorining fikri so'ralganida u Toshkentning 
musulmonlar zich yashaydigan Ko'kcha dahasida yangi usul maktabi ochilishiga 
qarshi chiqqan 128
. Shunga qaramay, A. Avloniy va M. Abdurashidxonov 
rahbarligidagi eski shahar jadidlari 1902-yilda maktabni ochishdi, keyin bunday 
maktablar Toshkentning Sebzor, Shayxontohur va boshqa dahalarida ham ochildi. 
Turkistondagina emas, balki Buxoro, Xivada ham yangi usul maktablari ochish, 
ularni takomillashtirish hamda tarmog’ini kengaytirish ishiga Mahmudxo'ja 
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abduvohid 
Burhonov, Mo'min Aminov, Olimxonto'ra va boshqa taniqli jadidlar bebaho hissa 
127
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida). T ., “ Fan ”-2006;
128
 G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida). T., “Fan”-2006; 71 qo'shishgandi. Abdulla Avloniy ikkita ajoyib darslik: «Adabiyot» va «Muallimi 
avval»ni yozdi, bu darsliklar 1912-yildan 1917-yilgacha har yili qayta nashr etilib 
turdi. M. Abdurashidxonov tomonidan yozilgan «Adibi avval», «Adibi soniy» 
darsliklari hamda diniy fanlar bo'yicha qator qo'llanmalar rus-tuzem maktablari 
o'qituvchilari va o'quvchilari tomonidan ham foydalanilgandi. XIX asrning 80-
yillarida diniy o'quv yurtlarini zamonaviylashtirish, musulmon mafkurasini undagi 
eski va zotan bo'lmagan, tub aholi ijtimoiy faolligining, ijtimoiy ongining o'sishiga 
xalal beradigan narsalardan tozalash zarurligini tushungan ancha nufuzli va ko'p 
sonli guruh vujudga keldi. Bu guruhning buyuk yetakchisi, keyinchalik Turkiston 
jadidlarining milliy-vatanparvarlik harakatini shakllantirish tashabbuskorlaridan 
biri Samarqand muftiysi Mahmudxo'ja Behbudiy edi. «Alifbo maktabi islomiya», 
«Majali jug’rofiya umroniy», «Kitob ul-atfol», «Amaliyoti islomiya» singari ham 
yangi usul maktablar, ham barcha turdagi musulmon o'quv yurtlari uchun yaroqli 
bo'lgan darsliklar va xususan «Sadoi Turkiston» gazetasida, «Oyna» jurnalida chop
etilgan ko'plab pedagogik maqolalar uning qalamiga mansubdir. Bu nashrlarning 
hammasi Behbudiyning o'z mablag’iga chop etilgan, lekin maktab va madrasalarda
qiymatidan 25 foiz chegirma bilan sotilgan 129
. Turkistonda, shuningdek Buxoro 
amirligi va Xiva xonligida yangi usul maktablari va an'anaviy musulmon o'quv 
yurtlari tarmog’i mavjud bo'lishi va rivojlanishida o'z davridayoq katta ahamiyat 
kasb etdi. 1909-yilda general-gubernator Mishchenko imperiya xalq ta'limi 
vaziriga «butunlay maxfiy» ma'ruzasida, xususan, bunday deb yozgandi: 
«...Turkiston o'lkasi, xususan, uning uch tub oblasti – Sirdaryo, Farg’ona va 
Samarqand viloyatlarining tub aholisi savod chiqarishni yoyish ma'nosida, 
masalan, Rossiyaning Yevropa qismi aholisiga nisbatan o'lchab bo'lmas darajada 
yaxshi ahvolda. Ko'psonli boshlang’ich bilim yurtlari (maktablar) hamda o'rta va 
oliy o'quv yurtlari (madrasalar)ning zich tarmog’i o'lkaning keng hududini 
butunlay qoplab olgan» 130
. 1917-yilga kelib o'lkada rasman ish olib borayotgan 
yangi usul maktablari 100 dan ortiq edi, deb qayd qilish mumkin. Shuningdek, 
129
 «Samarqand» gazetasining 1913-yil iyul-sentyabr sonlari.
130
G'offorov SH. Tarix va taqdir; Rossiya imperiyasidan Turkistonga ko'chirilganlar (XIX asrning ikkinchi yarmi –
XX asr boshlarida). T., “Fan”-2006;
  72 doimiy ravishda o'sib borgan. Mustamlakachi ma'muriyat yangi usul maktablarini 
to'la aniqlashga va nazorat qilishga erisha olmagan. Chunonchi, Farg’ona 
viloyatida 55 dan ziyod (faqat Andijon va Qo'qonning o'zida 33 maktab), 
Samarqandda – 5, Sirdaryoda – 40, Yettisuvda – 18, Kaspiyortida – 4 ta shunday 
maktab bo'lgan 131
. Toshkentdan tashqari barcha shaharlarda esa eng yaxshi 
madrasalar binolari maxfiy ravishda kazarma va harbiy omborlarga aylantirildi; 
islomga va musulmon muassasalariga bepisand munosabatda bo'lish yo'lini rasmiy 
ravishda e'lon qilgan mustamlakachi ma'muriyat aslida vaqf mulkini musodara 
etish orqali masjid, maktab va madrasalarni moddiy mablag’dan mahrum etdi, 
shuningdek o'zlari uchun ma'qul bo'lmagan ruhoniylarning ta'sirini kesishga, bir 
qancha taniqli muftiylar, qozilar, biylarni ko'pini o'z tomoniga og’dirib,  musulmon
o'quv yurtlari faoliyatini cheklab, ularning o'quv dasturiga rus tili, Rossiya tarixini,
geografiyasini, maktablarda esa Rossiyaning madhiyasini ham kiritishga urindi; 
hukumat metropoliyadan rus aholining bir qismini Sirdaryo viloyatiga ko'chirish 
borasidagi amaliyoti bilan chambarchas alohada mustamlaka mamlakatda tarixiy 
boyliklar: arxeologik topilmalar, ko'hna qo'lyozmalar, zargarlik buyumlari, 
gilamlar va hokazolarni topib, bu yerdan olib chiqib ketishga va o'zlashtirishga faol
ko'maklashdi. Bunda Rossiya ilmiy va madaniy doiralarining hatto ko'zga 
ko'ringan vakillari oshkora manfaatparastlik ruhida bo'lganligini qayd etish lozim. 
Ularning bu faoliyatiga, afsuski, milliy madaniyat tarixining ayrim mahalliy 
bilimdonlari qo'lyozmalar, tangalar, xalq ijodiyoti buyumlarini to'plovchilar 
anchagina ko'maklashishganligini ham ko'rsatish zarurdir. Bu kabi ijobiy 
o'zgarishlarni, tub xalqlarning ta'lim tizimida nihoyatda muhim o'zgarishlarni 
amalga oshirganini ko'ramiz. Mahalliy aholini milliy ongini oshirishga, ijtimoiy 
faolligini uyg’onishiga, tarixiy o'zligini saqlab qolishga fidokorona xizmat 
qilganlarning orasida Samarqand muftiysi, ma'rifatli vatanparvar, publitsist va olim
Maxmudxo'ja Behbudiy (to'la ismi sharifi-Al-xo'ja Mahmudxo'ja voladi qori 
Behbudxo'ja), Samarqandda birinchi yangi usul maktabini ochish tashabbuskori 
131
  Журн.   «Наука   и   просвещение».   –   Ташкент,   1922,   №2.   С.   31-33.;   Бендриков   К.Е.   Кўрсатилган
асар. С. 260 - 261. 73 bo'lgan Abduqodir Shakuriy (Abdushukurov), yangi usulchi yirik pedagog, 
Toshkentdagi ilk yangi usul maktablarining asoschisi Munavvarqori 
Abdurashidxonov (to'la ismi sharifi-Munavvarqori Abdurashid Sotiboldixon 
Olimxon o'g’li), ajoyib olim, noshir va ma'rifatchi Abdulla Avloniy, taraqqiyparvar
yozuvchi Abdulla Qodiriy kabi o'nlab, yuzlab ziyolilar juda ulkan hissasini 
qo'shganlar.
                                                  
                                                       X U L O S A                                                         
O'zbekiston mustaqilligi sharoitida milliy mafkurani shakllantirish, tarixiy 
haqiqatni va xalqning tarixiy xotirasini tiklash ehtiyojlarni vatan 
tarixshunosligining juda kam o'rganilgan yoki tadqiq  qilingan, noto'g’ri yoritilgan 
mavzularni rostnoma ta'riflash zaruriyati ilmiy tarixiy tadqiqotlarning miqyosini 
ancha kengayishini tarix haqiqatini borlig’iga o'rganilishini taqazo etmoqda. Bu 
xususiyatlar keyingi yillarda paydo bo'lgan jiddiy imkoniyatlar (tashkiliy, 
metodologik va h.k.) ham ilmiy ijodni, turli tadqiqotlarni yanada faollashtirishga 
asos bo'lib xizmat qilmoqda. O'zbekiston tarixi fanida sodir bo'layotgan 
yangilanish jarayoni bilan bevosita bog’liq holda mazkur dissertatsiyada ilgari 
sinfiy va buyuk davlatchilik nuqtai nazardan yoritilgan muammo- chorizmning 
mustamlaka Sirdaryo viloyatiga aholini ko'chirish siyosatini tarixiy nuqtai 
nazardan tadqiq qilingan. Ma'lumki, rus krestyanlari, shahar kambag’allari va 
kazaklarning  metropoliyadan Sirdaryo viloyatiga, Buxoro amirligi va Xiva 
xonligidan tortib olingan hududlarga, chorizm alohida general-gubernatorlikka  74 aylantirgan mustamlaka, qaram bo'lib qolgan o'lkaga aylantirilishi uning asosiy 
sabablari tahlil va tadqiq qilinishi natijasida Dasht o'lkasiga aholini ko'chirib 
keltirish masalasi to'liq va asosli tadqiq qilingan mustamlaka va sovet davrlari 
ijtimoiy- siyosiy adabiyotda, hamda vaqtli matbuotda, ilmiy ishlarda garchi 
Rossiyaning mintaqadagi ko'chirib keltirish siyosati,  umuman, hukmronlikdagi 
ayrim illatlar ko'rsatib o'tilgan bo'lsa-da, O'rta Osiyodagi «sivilizatorlik» 
missiyasining tarkibiy qismi sifatida talqin qilingan. Bunda rus aholisini kattagina 
qismining Sirdaryo viloyatiga ko'chib kelishi Rossiyada krepostnoylik huquqining 
bekor qilinishi,  ichki guberniyalarida ortiqcha qishloq aholisi soni ko'payib 
ketganligi, qurg’oqchilik yillarida Volgabo'yi, Orenburg guberniyasi aholisining 
najot istab kelishi natijasi sifatida ta'riflanib, aholini ko'chirib keltirish borasidagi 
harakatlar esa sobiq sovet amaliyotiga monand tarzda tahlil qilinib o'lkada boshqa 
mintaqalardan qochgan  aholi soni ko'payib ketishi, uning industriyalash, qishloq 
xo'jaligining jamoalashtirish madaniy o'zgarishlardagi ishtiroki «zarur» bo'lganligi 
bilan izohlandi. Mustamlaka davridagi ko'chiruvchilik siyosatining, shu jumladan, 
kazaklar koloniyalarini tashkil qilishdagi salbiy hodisalarni, ularning tub aholi 
uchun siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy oqibatlarini ko'rsatish haqida esa 
fikrlar bo'lishi mumkin bo'lmagani tushunarli, albatta. To'g’ri, bunday yondashuv 
40-yillargacha adabiyotda, asosan, Turkistonning Rossiyaga «qo'shib olingani» 
emas, balki «bosib olingani» bilan izohlansa, yanada aniqroq tasavurga ega 
bo'lamiz. Mazkur dissertatsiyada, nazarimizda, turli itimoiy-siyosiy holatlarni 
hisobga olgan holda, ko'plab arxiv materiallari hamda boshqa manbalar asosida 
tanlangan mavzuning asosiy masalalari tadqiq etildi. Tarixiy tajribaning 
o'rganilishi, aholini ko'chirib keltirish amaliyotining, Rossiyadan ko'chirib 
keltirilganlarning Turkistonni har tomonlama mustamlakaga aylantirishdagi, ko'p 
millatli tub aholiga siyosiy, ijtimoiy va milliy zulm o'tkazishdagi bevosita 
ishtirokining mazmunan muhim va uzoq muddatli oqibatlarining tahlil etilishi tub 
xalqlar hayotidagi ko'plab voqealarni, chuqur o'zgarishlarni chinakam manzarasini 
imkoni boricha to'la va haqqoniy ko'rsatish uchun xizmat qildi. Dissertant 
tadqiqotning mazmunidan, uning asosiy yakunlaridan kelib chiqib, bir qator ilmiy- 75 tarixiy mulohazalar, takliflar, tavsiyalar hamda umumlashgan xulosalarni ta'riflab 
yaxlit umumiy xulosalar chiqarishni lozim ko'rdi. Asosiy qoidalar, 
mulohazalarning mohiyati quyidagilardan iborat:                                                       
- chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lgan, aholining ko'p sonliligini hamda islomning 
xalqlarni birlashtiruvchilik rolini, shuningdek Sirdaryo viloyatining tabiiy 
boyliklarini, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatini hisobga olib, chorizm o'lkani 
istilo qilishdan ancha oldinroq, bo'lajak mustamlakaga son jihatdan ko'p, siyosiy 
jihatdan ishonchli, asosan pravoslav e'tiqodga ega bo'lgan  aholini ko'chirishni 
Rossiyaning imperiyacha hukmronligini qaror toptirish va saqlashning hamda 
mahalliy aholining mustamlakachilikka qarshi chiqishlariga yo'l qo'ymaslikning 
muhim sharti deb hisoblagan edi. Rossiya hukmron doiralari o'zlarining boshqa 
bironta ham mustamlakalarida va qaram mamlakatlarda, Sirdaryo viloyatidagi 
kabi, bosib olingan hududni metropoliyadan ko'chirib keltirilganlar bilan bu qadar 
to'ldirishdek keng ko'lamdagi siyosatini o'tkazishmagan;                                           
- Rossiya imperiyasining istilochilik siyosatining tarixiy vorisiyligiga amal qilgan 
chorizm XIX asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyoni istilo qilishni davom etdi. 
Sirdaryo viloyati esa buning uchun strategik jihatdan qimmatli mintaqa edi. Aynan 
shuning uchun ham chorizm Turkiston, Buxoro amirligidan va Xiva xonligidan 
zo'rlik bilan egallab olgan hududlarda harbiylashgan kazaklar stanitsalarini harbiy 
garnizonlarni va asosan rus (ukrain, belorus) aholi istiqomat qiladigan qishloqlarni 
ko'plab barpo etishga katta e'tibor berganligi faktlar asosida tadqiq qilindi. 
Kazaklar Sirdaryo viloyatining, Dasht va Orenburg general- gubernatorliklarning 
amaldagi chegaralari bo'ylab ham joylashtirilganligi ko'rsatildi;                                
- Rossiyaning boshqa barcha mustamlakalaridan farqli ravishda, Sirdaryo 
viloyatidagi mustamlakalarcha hukmronligi faqat ko'p ming kishilik rus 
armiyasiga, jazo organlarigagina emas, balki o'lkada muntazam ko'payib 
borayotgan nasroniy, birinchi navbatda pravoslav, aholisiga ham tayanardi. 
Hokimiyatning bu tizimi Sirdaryo viloyati tub aholisini eng oddiy fuqarolik va 
insoniy huquqlardan va erkinliklardan mahrum qildi, hatto, tub xalqlarni siyosiy, 
ijtimoiy va milliy kamsitish, ularning ma'naviy hayotiga,  ta'lim tizimiga  76 aralashishi bo'yicha ko'plab choralarni amalga oshirishga harakat qildi. Toshkent, 
Samarqand va boshqa qator viloyat hamda uyezd markazlarining yangi shahar 
(rus) va eski shahar (mahalliy aholi yashaydigan) qismlarga sun'iy tarzda ajratib 
tub aholi uchun tegishli ta'qiqlar, cheklashlarning joriy etilishi shular 
jumlasidandir. Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki Sirdaryo viloyatida (1882-
yildan boshlab) vaqti-vaqti bilan kuchaytirilgan, favqulodda qo'riqlash, harbiy 
holat e'lon qilinishi, pravoslav aholini vintovkalar, ov miltiqlari bilan qurollantirish
va boshqa choralar bunday kamsituvchilik amaliyotning dalil-isbotlaridir. 
Shularning birini, ayniqsa, tub aholining butkul haq-huquqsizligini, chorizmning 
hamda mustamlakachi ma'muriyatning ruslashtirish va islomga qarshi siyosatini 
nazarda tutgan holda, fikrimizcha, muhim siyosiy va ilmiy-tarixiy qoida sifatida 
quyidagicha yakun chiqarish mumkin:                                                                        
- mahalliy ziyolilar tub xalqlarning ma'naviy salohiyati, tarixan vujudga kelgan 
an'analarining sobitligi tufayli, tub aholi mentalitetining progressiv, gumanistik 
mohiyatini teran tushunib, uyusha oldi hamda xalq ommasi ko'pchilik qismining 
ijtimoiy va siyosiy faolligining o'sishiga, ularning mustamlakachilikka qarshi 
intilishi  kuchayishiga ko'maklashgan madaniy-ma'rifiy harakatni tashkil eta 
olishdi. XX asrning 80-yillari oxirida qaytadan yuzaga kelgan shu kabi, biroq 
mohiyatan boshqacha mayllar, kayfiyatlar O'zbekiston mustaqilligini e'lon qilish 
hamda  mustahkamlashning muhim omillari bo'lib xizmat qildi.                               
- Chorizmning Sirdaryo viloyatidagi ko'chiruvchilik siyosati va amaliyoti imperiya
va mustamlakachi ma'muriyatning o'lka tabiiy, ishlab chiqarish va mehnat 
zaxiralarini Rossiyaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga butkul 
bo'ysundirish bo'yicha o'z chora-tadbirlarini ishlab chiqdi, uning strategik 
maqsadlari bilan bevosita bog’liq ko'p qirrali jarayon sifatida tadqiq qilindi. Shu 
bois kazaklar, rus krestyanlari, Rossiyaning yuz minglab boshqa fuqarolarini 
ko'chirish va joylashtirishning asosiy shakl va uslublarini, ularning ezilgan 
mahalliy aholining hayotiga qiyosan oshkora imtiyozli siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy ahvoli masalalarini, shuningdek ko'chiruvchilik siyosati oqibatlarini 
tadqiq qilish yakunlari quyidagi umumlashma xulosalarning asosli yuzaga  77 chiqaruvchi vosita bo'lib xizmat qildi.                                                                         
- 1867-1990-yillarda rasmiy hujjatlarda, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-tarixiy 
adabiyotlarda, vaqtli matbuotda Rossiyaning markaziy guberniyalaridan aholining 
bir qismini Sirdaryo viloyatiga ko'chirishga imperiyada krepostnoylik huquqning 
bekor qilinishi, ortiqcha deb hisoblangan dehqon aholining soni ko'payib ketgani, 
1891-1892-yillardagi qurg’oqchilik oqibatidagi hosilsizlik, so'ng esa Stolipin 
islohotlari sabab bo'lganligi to'g’risidagi mulohazalar Rossiyaning Turkiston, 
Buxoro va Xivaga nisbatan imperiyacha siyosatini bir tomonlama yoritishdir. 
Mulohazalarning asossizligi shundaki, Rossiyaning o'zida bepoyon Sibir, Uzoq 
Sharq, Orenburg atrofi, shuningdek XIX asrning II yarmiga qadar qo'shib olingan 
Kichik va O'rta qozoq juzlari xonliklarining hududlari mavjud edi. Agar Sirdaryo 
viloyati bu qadar boy bo'lmaganida, strategik jihatdan joylashuvi bu qadar muhim 
bo'lmaganida, ma'naviy jihatdan bu qadar sobit va ko'p sonli aholisi bo'lmaganida, 
nazarimizda, bu yerda ko'chiruvchilik amaliyoti boshqacha xarakterga ega bo'lardi.
Ko'chiruvchilik siyosati asosan kazaklarni joylashtirishdan iborat bo'lgan Kavkaz 
noibligi buning misoli bo'lib xizmat qilishi mumkin;                                                 
- chorizm tomonidan 1867-1917 yillarda Turkiston general-gubernatorligini 
boshqarishga doir o'ndan ortiq farmon, «Nizom...» hamda metropoliyadan 
ko'chirib keltirilayotganlarning sonini ko'paytirish va tarkibini boshqarishga, 
ularning xo'jalik, fuqarolik ahvolini tub aholi hisobiga yaxshilashga qaratilgan 
undan ham ko'proq qonunlar, qoidalar qabul qilingani, Sirdaryo viloyati tub 
aholisining mustamlakachilikka qarshi mavqei sababli siyosiy ma'noda sertashvish 
mustamlaka bo'lganidan dalolat beradi;                                                                      
- Sirdaryo viloyatidagi ko'chiruvchilik siyosatida va amaliyotida tez-tez ro'y berib 
turgan o'zgarishlarning asosiy sabablari, birinchidan, Rossiya hukmron doiralariga 
xos bo'lgan ko'p mablag’ sarflamay,   yangi hududlarni istilo qilish, qo'shib olish 
hisobiga katta iqtisodiy foydani qo'lga kiritishga intilish; ikkinchidan, 
metropoliyaning arzon xom-ashyo, ayniqsa, paxta, ipak va boshqa mahsulotlarni 
talab qiluvchi sanoatini faol rivojlantirish; uchinchidan, Rossiyaning AQSH, 
Xitoy, Yevropa mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalari yomonlashuvi,  78 natijada imperiya hukumatining mustamlakalar iqtisodiyotini hamda tub aholisini 
ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish hisobiga talofatlarning o'rnini to'ldirishga 
majbur bo'lgani; to'rtinchidan, qo'shni mamlakatlar bilan tez-tez sodir bo'lgan 
urushlar natijasida, shuningdek, rus-yapon va birinchi jahon urushidagi 
mag’lubiyat oqibatida metropoliyaning iqtisodiy, siyosiy ahvoli og’irlashgani; 
o'lkada rus aholining soni ko'payishi doimo mustamlakachilikka qarshi kurashning 
oldini olish, uni bostirish omili deb hisoblab kelingandi, shu bois 
mustamlakachilikning ilk davrida, shuningdek xalq qo'zg’olonlari bilan bog’liq 
holda ko'chiruvchilik harakatining kuchayishi kuzatilgan;                                         
- chorizm Rossiya va Sirdaryo viloyatidagi konkret - tarixiy vaziyatlardan kelib 
chiqib, o'lkaga ko'chiriladiganlarning ijtimoiy, milliy va diniy mansubligi 
masalalari bo'yicha ayrim talablarni, ularni o'lkada joylashtirish shartlarini vaqti-
vaqti bilan o'zgartirib turardi (beriladigan yer maydoni, bank beradigan qarz 
miqdori ba'zan ko'paytirilar, ba'zan esa qisqartirilardi, soliq muddati va bu 
boradagi imtiyozlar o'zgartirilardi va h.k). Shunday bo'lsa-da, eng avvalo xo'jalik 
jihatidan baquvvat, pravoslav diniga e'tiqod qiladigan rus aholini ko'chirib 
keltirish, yahudiylar, muhojirlar,  tub aholi vakillarining sanoat-savdo va bank-
moliya sohalaridagi faoliyatini cheklash bo'yicha  choralar ko'rish davom etaverdi. 
Rossiyadan ko'chirib keltirilayotgan aholining asosiy ko'pchiligi mulksiz 
krestyanlar hamda shahar kambag’allari ekanligidan qat'i nazar, hukumat tub 
aholining hisobiga ularning turmushini yo'lga qo'yishda yordam berardi. Ayni 
mahalda Xitoy (Sharqiy Turkiston)dan ko'chib kelgan yuz minglab musulmonlar 
va Erondan, Turkiyadan kelgan minglab armanilar mustamlaka ma'murlaridan 
hech qanday yordam ko'rmagandi;                                                                              
- o'z zulmini dehqonlarning yerlarini dag’allik va o'zboshimchalik bilan tortib 
olish,  musodara etishdan, madrasalar binolarini zo'rlik bilan egallab, ularni 
kazarma va harbiy omborlarga aylantirishdan, vaqf mulkini anchagina qismini 
davlat hisobiga o'tkazish va mustamlaka soliqlari, yig’imlarini joriy etishdan 
boshlagan istilochilar Sirdaryo viloyatini mustamlakaga aylantirishning ilk  
pallasidayoq uning qishloq xo'jaligini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini,   79 metropoliyaga tashib ketilayotgan xom ashyoga, shuningdek Rossiyadan 
keltirilgan tovarlarga ulgurji narxlarni o'zlaricha belgilash imkoniga ega bo'ldilar. 
Paxta bo'yicha ixtisoslashuvga hamda mustamlaka bilan metropoliya o'rtasidagi 
nomuqobil savdo ayirboshlashga, tub qishloq aholisi, ahvolining asta-sekin 
yomonlashuviga olib kelgan bo'lib, qishloqda shaharda ham an'anaviy 
hunardmandchilikni tanazzulga uchratishga aynan shu davrda asos solindi. Ayni 
mahalda sanoat sohasidagi o'z tajribasini, eng avvalo, vino-aroq va pivo 
zavodlarini qurish bilan namoyish etgan mustamlaka ma'muriyati, imperiyaning 
savdo-sanoat, bank-moliya doiralari tez orada o'lka hududini, ayniqsa, Farg’ona, 
Samarqand, Sirdaryo viloyatlarini chet el kapitali yordamida zavodlar,  fabrikalar, 
kon-ruda va neft-undirma korxonalari tarmog’ini yanada rivojlantirish uchun 
harakat qildi. Bunda tub aholi orasidan chiqqan sanoqli bo'lsa-da qator 
tadbirkorlar, paxta yetishtirish va uni qayta ishlash xususiyatlarini mukammal 
bilganliklari bois Turkiston bozorida katta mavqega ega bo'lishgan. Shunday 
bo'lsa-da, o'lka sanoati sohasida Rossiya va chet el kapitali ustun bo'lib, sanoatni, 
ayniqsa, metropoliyani Sirdaryo viloyati bilan bog’lagan temir yo'llar qurilgach, 
imperiya manfaatlariga muvofiq rivojlantirishni  ta'minladi;                  - mehnatga 
haq to'lashdagi tahqirlovchi amaliyot sanoat va boshqa tarmoqlarda band bo'lgan 
ruslarga katta moddiy foyda keltirdi; bu amaliyot oqibatida mahalliy ishchilar teng 
mehnat uchun rus ishchilariga nisbatan 2-3 barobar kam haq olishardi. Ayni 
mahalda, Rossiya hukumatidan tashqari, Sirdaryo viloyati iqtisodini ekspluatatsiya 
qilishining ko'lamini va mohiyatini belgilab bergan jarayon sanoat, qishloq 
xo'jaligida ishlab  chiqaruvchi kuchlar,  ishlab chiqarish texnologiyasini ma'lum 
darajada  takomillashtirishga ob'ektiv ravishda ko'maklashdi; 80 Foydalanilgan manba va adabiyotlar 
ro’yxati
1.Shavkat Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
ko'taramiz. T.:                   “O'zbekiston”-2017. 1-jild.                                                                                    
2. Shavkat Mirziyoev. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', xayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. T.: 
“O'zbekiston”-2019.                                                                                                                                         
3.   Shavkat   Mirziyoev.   Milliy   taraqqiyot   yo'limizni   qat'iyat   bilan   davom   ettirib,   yangi   bosqichga
ko'taramiz. T .:                   “ O ' zbekiston ”-2017. 1- jild .
4.   Пален   К.К.   Преложение   к   отчету   ревизии   Туркестанская   края:   Материалы   к   характеристика
народного хозяйства Туркестана.Ч.1.отд 4.-Спб., 1911. 
5 .   Исаев   А.А.   Переселение   Русском   народном   хозяйства.-   Спб.,1891;   Гейер   И.Крестянская
колонизация   Сыр-Дарьинской   области.-Т.,1892;   Григорьев   В.   Крестьянская
колонизации.//.Русская мысль.-1895- №2 с. II .12 ва бош қ алар
6.   Кауфман   А.А.   К   вопросу   о   русской   колонизации   Туркестанского   края.-   Спб.,1903;   Он   же.
Переселения и колонизации.- Спб.,1905;  Витте С.Ю. Запискы по крестьянскому делу.- Спб.,1905;
Скрыплев  П.А.   Материалы  об   обследованию   переселенческого  хозяйства  в   Туркестане.-  Т.,1909;
Отчет   по   ревизии   Туркестанского   края,   произведеной   по   височайшему   поведению   сенатором
гофмейстором графом К.К.Паленом. Переселенческое дело в Туркестане.- Спб.,1910; Турчанинов
И.   Итоги   переселенческого   движения   за   время   с   1896-по   1909   гг.-   Спб.,1910;   Гаврылов   Н.А.
Переселенческие   дело   в   Туркестанском   края   (Области.   Сырдарьинская,   Самаркандская   и 81 Ферганская). Чиновники особых поручения при переселенческом управлении отчет по служебней
поездке в Туркестан осенью 1910 г.,- Спб.,1911; Язмин И.Л. Переселенческие движение в России с
момента   освобождения   крестьян.-Киев.1912;   Кривошенин   А.В.   Записки   главноуправлящего
землестройством   и   земледелиям   о   поездке   в   Туркестанский   край.   в   1912.   Приложение   к
всеподданнейщему   докладу.   Спб.,1912;   Вощинин   В.   Очерки   нового   Туркестана.   Свет   и   тены
колонизации.-   Спб.,1914;   Турчанинов   А.   Итоги   переселенческого   движения   за   время   с   1910-по
1914 гг.- Пг.-1916; ва бош қ алар.
7.   Пален   К.К.   Отчет   по   ревизии   Туркестанском   края.   Переселенческое   дело   в   Туркестана.-
Спб.,1910.-с.67-68.
8.   Гаврылов   Н.А.   Переселенческие   дело   в   Туркестанском   края   (Области:   Сырдарьинская,
Самаркандская   и   Ферганская).   Чиновники   особых   поручения   при   переселенческом   управлении
отчет по служебней поездке в Туркестан осенью 1910 г.,- Спб.,1911; А.А. Кауфман. К вопросу о
русской колонзации Туркестанского края.- Спб.,1903;
9. Гирс. Ф.К. Отчет по состоянии Туркестанского края.- Спб.,1883.
10.   Малоховский   Н.И.   Производительный   силы   Туркестана.-Вып.   1-Пгр.,1919;   Сафаров   Г.И.
Колониальная   революция   (опыт   Туркестана).-М.   1921;   Муравейский   С.   Очерки   по   истории
революционного  движения  в Средней Азии.-Т.1926;  Вощинин  В.П.  О термине “Колонизация”. В
кн:.   О   земле:   -   Пгр.1922;   Вып. II ;   Рыскулов   Т.Революция   и   коренное     население   Туркестана:
(Сборник главнейших статей, докладов и речей и статей).-Ч 1..1917-1919 гг.Тошкент,1926; Галузо
П.Г.Туркестань-колония.   Очерк   истории   Туркестана   от   завоевания   русскими   революция.1917:-
М.,1926.   Он   же.   Вооружение   русских     переселенцев.//.   Коммунистическая   мысль.-1926;   Он   же.
Троцкистского -колонизаторская   концепсия   истории   Российского   господства   в   Средней   Азии.//
Революция   и   культури   в   Средней   Азии.Сборник   3.,Т.,1932;   Чокай   М.   Туркестан   под   Советской
властию.-   Париж.1935;   Силонов   А.К.   Вопросы   монополитического   капитализма   в   сельском
хозяействе   Средней   Азии.-Т.,1926;   Лавреньтев   В.   Капитализма   в   Туркестане.   Буржуазная
колонизация в Средней Азии.-Л.,1930; Гуревич А. О положения на историческом Фронте Средней
Азии//.Революция и культури в Средней Азии.- Сб.1.,Т.,1934;      
11. Сафаров Б.Колониальная революция.(Опыт Туркестана).-М.1921; Муравейский С. Материалы
по   истории   октябрьской   революции   в   Туркестане.Т.,1922;   Вощинин   В.П.   О   термине
“Колонизация”   //   О   земле-   Пгр.1922.-Вып   II ;   Федоров   Е.   Очерки   национально-освободительного
движения   в   Средней   Азии.-Т.,1925;   Рыскулов   Т.Революция   и   коренное     население   Туркестана:
(Сборник главнейших статей, докладов и речей и статей).-Ч 1..1917-1919 гг.Тошкент,1926; Галузо
П.Г.Туркестань-колония.   Очерк   истории   Туркестана   от   завоевания   русскими   революция.1917:-
М.,1926.   Он   же.   Вооружение   русских     переселенцев.//.   Коммунистическая   мысль.-1926;
Лавреньтев В. Капитализма в Туркестане. Буржуазная колонизация в Средней Азии.-Л.,1930 и др:
1 2. Фомченко А.П. Русские поселения в Бухарском Эмирате.-Т.,1958; Он же Русские поселения в
Туркестанском крае.конец Х IX - начало ХХ вв.(Социально-экономический аспект).Т.,1983.  
13. Галузо.А.Г. Аграрная отношения на юге-Казахстана 1867-1914 гг.-Алма-Ата,1965. 82 14.  Мусаев  Н.  Туркистонда капиталистик ишлаб чи қ ариш  муносабатларини пайдо б ў лиши. ( XIX
асрнинг охири –  XX  аср боши).Т.,1995;  
15. Гинзбург А.И. Русский население в Туркестане.-М.,1991
16.   O'zbekiston   mustaqilligi   uchun   kurashlarining   tarixi   (Miloddan   oldingi   asrlardan   to   1991   yil   31
avgustgacha).T.:     Sharq.   2001;       Ziyoev   X.   Tarix   shohidligi   va   saboqlari:   Chorizm   va   sovet
mustamlakachiligi davrida O'zbekiston milliy boyliklarining o'zlashtirilishi.T.: Sharq.2001;   
17.   G'offorov   SH.   Tarix   va   taqdir;   Rossiya   imperiyasidan   Turkistonga   ko'chirilganlar   (XIX   asrning
ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida).T., “Fan”-2006;
.   .-Т.,1997;   Чориев   З.У.   Усиление   колониальной   политика   в   Туркестане   начале   XX   века   (На
примере   18.   Эргашев     Б.   Э.   Делопроизводственная   деятельность   канцелярие     Туркестанского
генерал-губернаторства   (историко-источниковедческий   анализ.)   Монография.   Изд-во
“Фан”.,Ташкент.,2015;
19.   Абдурахимова   Н,   Рустамова   Г.Колониальная   система   властей   в   Туркестане     во   второй
половине   XIX - I -четверг   XX   вв.-Отв.   ред.   док.   истор.   наук   Х.З.Зияев,   канд.истор.   наук.   доц.
Х.Г.Гулямов.-Т.,1999.
20.   Исхаков   Ф.   Национальная   политика   царизма   в   Туркестане   (1867-1917гг).
Отв.ред.акад.Б.А.Ахмедов, гл.-корр.Н.Ибрагимов.-Т.,1997.
21.   O'zbekistonning   yangi   tarixi.1-kitob   (Turkiston   chor   Rossiyasi   mustamlakachiligi   davrida).-T.,
Sharq,2000.
22. Абдурахимова Н.А.Колониальная система власти в Туркестане   (второй половине   XIX -начало
XX   вв)   Автореф.   дисс…докт.   ист.   наук.   .-Т.,1994;   Юлдашев   Р.А.Формирование   национальной
буржуазии   в   Туркестане   (   конце   XIX -начало   XX   вв.):   Автореф.   дисс…канд.   ист.   наук.   .-Т.,1994;
Худайкулов А.М. К просв ит ительской деятельности джадидов Туркестана ( конец  XIX -начало  XX
вв.):   Автореф.   дисс…канд.   ист.   наук.   .-Т.,1995;   Авезова   Х.Ш.   Развитие   банков   и   ф о рм   в
Туркестане   во   второй   половине   XIX -   начало   XX   вв.   Автореф.   дисс…канд.   ист.   наук.   .-Т.,1997;
Суюнова   О.   Национально-освободительская   борба   1916   года   в   Туркестане   (на   примере
Сырдарьинский   области):   Автореф.   дисс…канд.   ист.   наук   мобилизации     тыловие   работы)   ):
Автореф.   дисс…докт.   ист.   наук.   .-Т.,1999;   Рустамова   Г.К.   Колониальная   сущность   царской   и
большевистской   власти   в   Туркестане   (1867-1924   гг)   :   Автореф.   дисс…канд.   ист.   наук.   .-Т.,1999;
Курахмедов   А.А.   Экономическая   и   культурная   жизнь   Самаркандская   области   второй   половины
XIX -   начало   XX   вв   (По   материалам   “Туркестанского   сборника”):   Автореф.   дисс…канд.   ист.
наук.   .-Т.,2001;   Комюкова   Т.В.   Проблемы   Туркестана   в   центральных   законадательных   органах
власти Российской   империи (1905-1917 гг) : Автореф. дисс…канд. ист. наук. .-Т.,2001; Потапова
Н.Ю.   История   предпринимательства   в   Туркестане   (вторая   половины   XIX -начало   XX   вв.)   :
Автореф.   дисс…канд.   ист.   наук.   .-Т.,2002;   Исмаилова   Ж.Х.   Национально-освободительное
движение в Туркестане в начале ХХ века (На примере восстания 1916 года в Ферганской долине) :
Автореф.   дисс…докт.   ист.   наук.   .-Т.,2002;   Эргашев   Б.Э.   Туркистон   генерал-губернаторлиги
ма ҳ камасининг иш юритиш фаолияти (Тарихий-манбавий та ҳ лил) Тарих фанлари буйича фалсафа 83 доктори   ( DSc )   диссертацияси   автореферати.   -   Тошкент,2018;   Хамраева   Т.Р.   Создание
статистические службы в Туркестане и её деятельности (конец   XIX - начало ХХ вв.) (На примере
Ферганской   области)   :   Автореф.   дисс…канд.   ист.   наук.   .-Т.,2011;   Лисн и цкая   О.В.   История
катологических   общин   в   Туркестане   (Вторая   половина   XIX   века-   1917   года):   Автореф.   дисс…
канд.   ист.   наук.   .-Т.,2004;   Маллабоев   Б.Б.   Чоризмнинг   Туркистонда   ва қ ф   мулкчилик   сиёсати
(Х ў жа   Ахрор   авлодлари   ва қ ф   мулклари   мисолида).   Автореф.   тарих   фанлари.   номзод.-Т.,2004;
Зо ҳ идова   С.А.     XIX   аср   охири   –   XX   аср   бошларида     Бухорода   шахар   маданияти   тара ққ иёти
(Носируддин     ибн   Амир   Музаффарнинг   “Тухфат   уз-зоирийа”       асари   маълумотлари   асосида).
Автореф.   дисс…тарих   фанлари   номзод.   -Т.,2008;   Остонов   О.А.   Зарафшон   во ҳ асидаги
хунармандчилик,   тадбиркорлик   ва   савдо-соти қ   ( XIX   аср   охири   –   XX   аср   бошларида):   Автореф.
дисс.тарих   фан.   номзоди.   -Т.,2009;   Ирис қ улов   О.Ж.   XIX   аср   иккинчи   ярми   –   XX   аср   бошларида
Самар қ анд ша ҳ рида ижтимоий-и қт исодий ва маданий жараёнлар. Тарих фанлари буйича фалсафа
доктори   ( PhD )   дисс.   автореферати.   -Т.,2019;   Мухиддинов   С.Х.   XIX   аср   иккинчи   ярми   –   XX   аср
бошларида   Самар қ анд   вилояти   маорифи.   Тарих   фанлари   буйича   фалсафа   доктори   ( PhD )   дисс.
автореферати. -Т.,2019; Рахматов М. Ғ . Туркистондаги очарчилик ва унинг о қ ибатлари. (1917-1924
йй). Тарих фанлари буйича фалсафа доктори ( PhD ) дисс. автореферати. -Т.,2019; Орзиев М.З.  XIX
асрнинг  охири  –   XX   аср биринчи  чорагида Бухорода  босмахоначилик,  нашриёт ва  матбуот  иши.
Тарих фанлари буйича фалсафа доктори ( PhD ) дисс. автореферати. -Т.,2020.
23.   Проект   всеподданейщего   отчет   генерал-адьютанта   К.П.Кауфмана   по   гражданскому
управлению   и   устройству   в   областях   Туркестанского   генерал-губернаторства   7-ноября   1867-25
марта 1881 гг.- Спб.,1885;
24.   Обзоры   Самаркандской   области   за   1885-1913   гг.-Т.,1886- до   1916;   Обзоры   Самаркандской
области за 1888-1910 гг.- Самарканд-Тошкент,1888-1912 гг; Обзоры Ферганской области за 1889-
1913 гг.- Новый Маргилан, 1889-1916. 
25. Голость.-1879; Новости.-1886; Туркестанские ведомость-1897-1908 и др.  
26.Проект положения об управлении в Семиреченской и Сырдарьинской областях.- СПб.,1867. 
27. Гинзбург А.И. Русское население в Туркестане, 
28. Кауфман К.П. Проект всеподданнейшего отчета генерал-адъютанта К.П. фон Кауфмана 1-го по
гражданскому   управлению   и   устройству   в   областях   Туркестанского   генерал-губернаторства.   7
ноября 1867 – 25 марта 1881 гг. – СПб.,, С.157-158. 
29. Фомченко А.П. Русские поселения в Бухарском эмирате. – Т., Госиздат, 1958. 
30. Обзор состояния Туркестанского края за 1916 год. (Таблицы). – Тошкент, 1917,   XXVII  жадвал.
31. Заорская В.В. и Александер К.А. Промышленные заведения Туркестанского края. – Пгр. 115,  
32. Добросмыслов А.И. Города Сырдарьинской области. – Ташкент, 1912.
33. Пален К.К. Материалы к характеристике народного хозяйства в Турк. Ч.   II   (таблицы). –СПб.,
1911, 
34. Обзоры Сырдарьинской, Самаркандской областей за 1910 год, 
35. Фомченко А.П. Русские поселения в Туркестанском крае,  84 36. Гирс Ф.К. Отчет о состоянии Туркестанского края. – СПб., 1883.
37. Гартвельд В.Н. Путевые очерки Туркестана. – М., 1914.
38.   Знаменский   Н.И.   Участие   Н.И.   Ильминского   в   деле   инородческого   образования   в
Туркестанском крае. – Казань., 1900, 
39. Наливкин В.П. Туземцы раньше и теперь. – Ташкент, 1913. 
40. Бендриков К.Е. Очерки по истории народного образования в Туркестане, 
41. «Samarqand» gazetasining 1913-yil iyul-sentyabr sonlari.
42. Журн. «Наука и просвещение». – Ташкент, 1922, №2.

1 XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatiga aholini ko’chirish siyosati va uning oqibatlari M U N D A R I J A KIRISH…………………………………………………………….3-13 I BOB. ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO VILOYATINING MUSTAMLAKAGA AYLANTIRILISHI VA AHOLINI KO’CHIRISH SIYOSATINING ROLI VA DASTLABKI DAVRDAGI MOHIYATINING XUSUSIYATLARI. 1.1. Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatidagi strategik maqsadlari ………………..……….……………..…...14-16 1.2. Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyatiga aholini ko’chirish siyosatining bosqichlari va uning mustamlakachilik mohiyati ….. ………………………………………………..………….…..16-20 II BOB. ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN AHOLINI KO’CHIRISH SIYOSATINING ISHLAB CHIQILISHI VA AMALGA OSHIRILISHI (XIX ASR IKKINCHI YARMI). 2.1. Chor Rossiyasining Sirdaryo viloyatiga aholining ko’chiruvchilik siyosatining dastlabki davrdagi xususiyatlari …. …………………………………………………………….....…21-31 2.2 . Rossiyadan aholining Sirdaryo viloyatiga ko’chirish munosabati bilan ijtimoiy sohada va soliq tizimida sodir bo’lgan o’zgarishlar. ………………………………………………………...………31-46 III BOB. ROSSIYA IMPERIYASINING SIRDARYO VILOYATIGA AHOLINI KO’CHIRISH SIYOSATINING AVJ OLDIRILISHI: SABABLARI, MOHIYATI VA OQIBATLARI (XX ASR BOSHLARI). 3.1. Rossiya imperiyasi tomonidan aholini Sirdaryo viloyatiga ko’chirish siyosatining ommaviy tus olish sabablari va buyuk davlatchilik mohiyati...............47-53 3.2. Ko’chiruvchilik siyosatining Sirdaryo viloyati tub xalqlarining siyosiy, fuqarolik ahvoliga ta’siri ……………………..………...53-61 3.3. Rossiya imperiyasining ko’chiruvchilik siyosatining Sirdaryo viloyati tub aholisining iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri…. ………………...……61-73 XULOSA…………………………………………………………74-80

2 FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………………………81-84 Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va dolzarbligi . Jahonda bugungi kunda globallashuv tendentsiyalari ta'sirida millatlararo, davlatlararo munosabatlarning tarixiy ildizlari, o'tmishda xalqlarning o'zaro ta'sirini o'rganish va yonma-yon istiqomat qiluvchi xalqlarni o'zaro madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga, madaniyatiga ta'siri masalalariga katta e'tibor qaratilmoqda. Lekin, shular barobarida har bir xalq va millatlarning o'zini taraqqiyot yo'li, o'ziga xosligi, asrlar davomida turmush sharoitlari, urf-odat va an'analarini saqlanayotganligi hamda bugungi globallashuv sharoitida moziyga murojaat, o'zlikni anglash tushunchalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan vaqtda O'zbekiston tarixini bilishga e'tibor kuchayib bormoqda. Bu borada o'z fikrini bayon etarkan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlardan biridir,” 1 deb ta'kidlagan edilar. Shuningdek Prezidentimiz 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida O'zbekiston tarixiga katta e'tibor berish kerakligini ta'kidlab, televideniyada “O'zbekiston tarixi” kanalini ishga tushirish kerakligi to'g'risida fikr bildirgan edilar 2 . Hozirgi kunda “O'zbekiston tarixi” telekanali muntazam eshitirishlar olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab xalqning tarixiy, xotirasini tiklash, tarix faniga doir tadqiqotlarni har tomonlama takomillashtirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Ilgarilari soxtalashtirib kelingan Vatanimiz tarixini chuqur qayta tafakkur qilish, o'tmishimizni tadqiq etish mutlaqo yangicha nazariy va metodologik yondashuvlarni ishlab chiqishga katta ehtiyoj borligi xususida davlatimiz rahbarining qator asarlari hamda nutqlarida bir necha bor 1 Shavkat Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko ' taramiz . T .: “ O ' zbekiston ”-2017. 1- jild , 29 bet . 2 Shavkat Mirziyoev. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', xayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. T.: “O'zbekiston”-2019, 39 bet.

3 eslatib o'tiladi.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 27 - iyulda qabul qilingan “O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqida”gi qarorida tarix fani muammolariga, tarixni milliy istiqlol mafkurasi nuqtai nazaridan o'rganishning falsafa va uslubiyatini egallash masalalariga jiddiy e'tibor qaratilgan. Bu hujjatda birinchi navbatdagi vazifalar sifatida “o'zbek xalqi va davlatchiligining haqiqiy tarixini o'rganish: jumladan, bizning hududimizda eng qadimdan hozirga qadar, davlatchilikning turli tarixiy bosqichlarida yashab kelgan xalqlarning ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayoti masalalarini tadqiq etish” ko'rsatib o'tiladi. Mintaqaning tub millatlari va elatlarining hamda ko'chirib keltirilgan aholining ham hayot - faoliyati tajribasining turli jihatlarini tarixiy va boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlar yo'nalishlarida tadqiq qilishning dolzarbligi, shuningdek, uning katta tarixshunoslik va siyosiy ahamiyati sobiq sovet respublikalarining mustaqilligi davrida, xususan, O'zbekistonda istiqomat qilayotgan millatlar va elatlarni rivojlantirishning butun jarayonini takomillashtirish borasidagi ob'ektiv ehtiyojlari bilan izohlanadi.Aslida biror-bir respublikaning milliy tarkibi ob'ektiv ravishga demografik omillar hamda urbanizatsiya tufayli kengaysa, buning hech qanday zararli tomoni yo'q. Lekin mustamlakachilik davrida Turkistonga, jumladan Sirdaryo viloyatiga metropoliyadan ko'plab aholini ko'chirib keltirish yo'li bilan mintaqa aholisining milliy tarkibini mexanik tarzda kengaytirish siyosati ijtimoiy va mafkuraviy sohalarda jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Sirdaryo viloyatining tub xalqlari uchun mustamlakachilik davridagi ko'chiruvchilik amaliyotining salbiy oqibatlarini, uning mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy ahvolga, shuningdek millatlararo munosabatlarga ta'sirini o'rganish muhimligi va zaruriyati shubhasizdir. O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan fuqarolar tinchligi hamda millatlararo totuvlikni ta'minlash bo'yicha qonunlar qabul qilinib, siyosiy, tashkiliy choralar ko'rildi. Shu bois bu yerda xalqlar ijtimoiy tartibsizliklardan omon qoldi. Chunonchi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoyev respublika rahbariyatining milliy masala bo'yicha tutgan mavqeini ta'riflab, “Mustaqillik

4 yillarida mamlakatimizda millatlararo munosabatlar rivojida yangi bosqich boshlandi. Bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni shu asosda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O'zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri etib belgilandi. Bularning barchasi hayotda o'zining to'liq ifodasini topdi” deb ta'kidlab o'tdilar. 3 Shu bois, Rossiya chorizmi va mustamlaka ma'muriyatining Turkistonga, jumladan Sirdaryo viloyatiga aholini ko'chirish siyosatining mohiyatini va oqibatlarini o'rganishning dolzarbligini mavjud va paydo bo'layotgan etnik-siyosiy, etnik- ijtimoiy muammolarni, davlatlararo munosabatlar masalalarini barcha tomonlarga maqbul tarzda hal etish bilan bir qatorda mintaqa tarixshunosligidagi bo'sh sahifalarni to'ldirish yoki soxtalashtirilgan voqealarni to'g'ri va asosli ta'riflash uchun foydali bo'lgan ilmiy xulosalar, saboqlar chiqarish zarurligini ham taqozo etmoqda. O'zbekistonning yangi tarixidagi tub yo'nalishlardan biri chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi va bu yerdagi hukmronligi bilan bog'liq murakkab tarixiy davrni xolisona yoritish hamda mustamlaka rejimining o'lka xalqlari ijtimoiy tuzumi va hayot tarziga o'tkazgan ko'p taraflama siyosati masalasini sistemali o'rganishdir. Bugungi kunda shu narsa ma'lumki, O'zbekiston mustaqillikga erishgunga qadar aynan ana shu davr soxtalashtirilgan. Mustamlaka davrining rasmiy tarix fanida Rossiya davlatining “tsivilizatorlik missiyasi” haqidagi kontseptsiya hukmronlik qilib keldi, unga ko'ra o'lkamizning avval chor, so'ngra sovet imperiyasi tarkibida zo'rlik bilan ushlab turilishi, mustamlakachilikning barcha ziyon-zahmatlarini uzoq muddatga xizmat qiladigan natijalar bemalol qoplar emish. Bu natijalar O'rta Osiyo xalqlarining jadal iqtisodiy taraqqiyoti, ularning “asriy qoloqlik” dan “tarixiy taraqqiyot cho'qqilariga” chiqishi kabi hollarda namoyon bo'lar ekan. Ana shunday kontseptual yondashuvlarning ta'siri hozirgi zamon chet el tarixshunosligining ba'zi qismida, jumladan, Rossiya tarixchiligida tutqunlikdagi hayoti ob'ektiv manzaralarning qayta tiklash ehtiyoji davrining dolzarb talabi 3 Shavkat Mirziyoev . Milliy taraqqiyot yo ' limizni qat ' iyat bilan davom ettirib , yangi bosqichga ko ' taramiz . T .: “ O ' zbekiston ”-2017. 1- jild , 295 bet .

5 sifatida namoyon bo'ladi. O'lkani mustamlakaga aylantirish bilan bog'liq holda yuz bergan va ichki qarama-qarshiliklarga ega o'zgarishlar mazmun va mohiyatini yangi metodologik pozitsiyalardan turib ochib berish, ob'ektiv ravishda diqqatga sazavor o'zgarishlar bilan mustamlaka hukmronligining salbiy oqibatlari nisbatini aniq-ravshan belgilash muhimdir. Qayd etish kerakki, mustaqillik yillarida mustamlaka o'tmishini tadqiq etishda zalvorli ilmiy - tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Ammo tarix fanining ushbu jabhasida zamonaviy tadqiqotlar doirasidan chetda qolib kelayotgan ko'pgina masalalar mavjud. Ular jumlasiga chorizmning aholini ko'chirish siyosati bilan bog'liq izlanishlar ham kiradi. Mazkur muammo so'ngi paytlarga qadar sistemali ilmiy o'rganishning alohida ob'ekti sifatida namoyon bo'lganicha yo'q. Uni o'rganishga bo'lgan ijtimoiy talab esa juda yuqoridir. Bu hol avvalo chorizmning aholini ko'chirish siyosati O'rta Osiyo jumladan Sirdaryo viloyati mintaqasini mustamlakaga aylantirish strategiyasining qoq markazida turganligi bilan bog'liq. Chorizmning aholini ko'chirish siyosati mafkurasi va amaliyotining keng doiradagi masalalarini maxsus tanqidiy-tahliliy tekshirish: birinchidan, ko'chirib kelganlarning ko'p sonli armiyasi timsolida mustamlaka rejimining ijtimoiy tayanchini shakllantirish va mustahkamlash mexanizmlarini to'laroq tushunib olishga, ikkinchidan, aholini ko'chirish siyosatining uzoq muddat ta'sir o'tkazuvchi oqibatlari, jumladan, uning milliy, demografik tomonlari xususidagi bilimlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Jumladan, bu xususda yirik podsho amaldori, rus senatori K.K. Palen quyidacha yozgan: “…rus aholisi Turkistonda o'lkada imperiya hukmronligini to'la o'rnatish va uni Rossiyaga abadiy, mahkam bog'lamoq uchun iloji boricha ko'proq bo'lishi lozim. 4 Chorizm hukmronligi davrida paydo bo'lgan ushbu jarayon sovet totalitarizmi yillarida yanada mustahkamlandi. Bu yo'l mazkur davrda turli xil mafkuraviy niqoblar bilan o'tkazilgan bo'lsa-da, uning dasturiy mohiyati o'zgarmasdan qolaverdi. O'zbekiston mustaqillikka 4 Пален К.К. Преложение к отчету ревизии Туркестанская края: Материалы к характеристика народного хозяйства Туркестана.Ч.1.отд 4.-Спб., 1911.- с 408.504.