Ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari
Ijtimoiy pedagogning oila lar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari MUNDARIJA KIRISH 3 I BOB IJTIMOIY PEDAGOGNING OILA BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARINING MAZMUN-MOHIYATI 6 1.1 Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash jarayonining mazmuni 6 1.2 Oilada ijtimoiy pedagogik yordam shakllari 14 II BOB OTA-ONA QARAMOG’IDA BO’LMAGAN BOLALAR BILAN ISH OLIB BORISHNING SHAKL, METOD VA VOSITALARI 17 2.1 Ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritish shakllari 17 2.2 Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalari 22 XULOSA 33 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 35 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, yangi hayot, yangi jamiyat qurishga kirishdi. O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin – demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori barpo etildi. Siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda ulkan o`zgarishlar amalga oshirildi. Davlatimiz dunyodagi taraqqiy yetgat mamlakatlar qatoridan mustahkam o`rin egallay boshladi. XXI asrning dastlabki yilidanoq ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etish – O`zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo`lidagi bosh g`oyasiga aylandi. Asosiy maqsad yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qilish, jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O`zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etish, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida mustaqillik g`oyalariga sadoqat va o`zaro hurmat tuyg`usini qaror toptirish bo`lib qoldi. Albatta, milliy istiqlol mafkurasining bosh g`oyasi va uning maqsadlarini bola – yoshlar ongiga singdirishda ta’lim – tarbiya bilan bir qatorda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, oila mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Oila – jamiyat negizi bo`lib, ko`p asrlik mustahkam ma’naviy manbalarga ega. O`zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyat hayotida milliy qadriyatlarni tiklash va ular asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustivor yo`nalishiga ko`tarildi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida turish huquqiga ega” deb ta’kidlanishi bilan birga ota-onalar o`z farzandlarini voyaga yetgatlariga qadar boqish va tarbiyalashga, voyaga yetgat, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amho`rlik qilishga majbur ekanliklari 64, 66 – moddalarda ko`rsatilgan. Darhaqiqat, oilada bolalarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash kelajagimiz garovidir. Shuning uchun ham bolalarda yoshligidanoq bolalarni muvaffaqiyatli 2
tarbiyalash, urf-odatlar, udumlar, an’analar va ahloqiy madaniyat haqidagi tushunchalarni ularda shakllantirish oilaga bog`liq. Bolaning pok va sof sadoqat, ma’naviy jihatdan yuksak bo`lib o`sishi, oilaga oiladagi mustahkam, tinch va totuvligiga bog`liq. Chunki, unda tarbiyalanayotgan yosh avlod ham ma’naviy jihatdan yetuk, sog`lom, mustaqil fikrli komil inson bo`lib voyaga yetadi. Albatta bolaning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasi oila totuvligi, uning davomiyligi oila a’zolarining ruhiyatiga o`zligini qanchalik darajada anglaganligida, o`z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo`lgandagina to`laligicha ta’minlanadi. Oila – tarbiya maskani. Tarbiya uning eng muhim vazifalaridan sanaladi. Shu maskanda dunyoga kelgan farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarini, balki ulardagi xatti-harakat, ahloq-odob, muomala qoidalarini ham o`zlashtirib boradi. Ota-ona o`rtasidagi o`zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy maqom qadriyatlar ona suti, oila a’zolarining mehri va namunasi bilan bola xulqi, ongiga singiydi. Bolaning aqliy, ahloqiy, estetik, iqtisodiy, ekologik, jismoniy, ma’naviy, gigienik, jinsiy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Bu o`rinda misoli ota-ona – san’atkor, bola – san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o`zidir. O`zbek oilalariga xos yana boshqa xarakterli xususiyatlar ham mavjud. Ular uzoq yillar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko`tarilgan va bugungi kunda ham o`z qimmatini saqlab qolmoqda. Ya’ni, bolajonlilik, serfarzandlik, mehnat taqsimotining qat’iyligi, oila byudjetining ota-ona tomonidan boshqarilishi, kichiklarning kattalarga izzat-ikromi, oila g`ururi, sha’nini himoya qilish uning har bir a’zosi uchun burchga aylanib qolganligi, tug`ilib o`sgan joyga alohida mehr- muhabbat tuyg`usini rivojlantiradi. Oilada amalga oshiriladigan tarbiyaning mazmuni farzandlarda o`z ota- onasidan, oilasi, ajdodlari, tug`ilib o`sgan o`lkasi, Vatani, millati, xalqi, tili, dini, an’analaridan g`ururlanish hissini uyg`otishdan iborat. Xullas, insonning dastlab oila sharoitida shakllanib yetiladigan barkamol ma’naviyati yuksak ma’naviyatli 3
jamiyat barpo etishda muhim rol o`ynaydi. Ma’lumki, bola o`z tarbiyasiga ko`ra g`oyat ta’sirlanuvchan bo`ladi. Ota-onalar o`z bolalarini bilishlariga nisbatan bolalar o`z ota-onalarini yaxshiroq biladilar. Bola ilk yoshligidanoq kattalarning harakatlariga taqlid qiladi, ularning so`zlarini takrorlaydi. Kishi ulg`aygach, bolaligida ko`rgan hamma narsani takrorlamaydi, ammo ana shu narsalarning barchasi uning qalbida, ongida o`zidan qandaydir iz qoldirgan holda saqlanib qoladi. Shuning uchun ham oilada bolalarga beriladigan nasihat va o`gitlar, ma’rifiy g`oyalar shaxs tarbiyasi kabi masalalar muhim ahamiyatga ega. Kurs ishning maqsadi: ijtimoiy pedagogning oilalar bilan olib boradigan ishlari shakl, metod va vositalari ilmiy nazariy asoslarini o`rganish Kurs ishning vazifalari: - oila tarbiyasining ijtimoiy-pedagogik asoslari bilan tanishish; - ajdodlarimizning oila tarbiyasi borasidagi qarashlarini to`plash va tahlil etish; - oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash jarayonining mazmuni bilan tanishish; - oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalarini aniqlash. Kurs ishining obyekti : Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash jarayoni. J amiyatimizdagi oilalar, ularning turmush tarzi, oilaviy ahvoli, oilaviy madaniyati va jamiyatda tutgan mavqeyi. Kurs ishning predmeti . Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash yo`llari, usul va vositalari. Kurs ishining hajmi: kirish asosiy qism,xulosa va foydalanilgan dabiyotlar ro’yxatidan iborat 4
I BOB. IJTIMOIY PEDAGOGNING OILA BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARINING MAZMUN-MOHIYATI 1.1. Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash jarayonining mazmuni O`zbek oilasidagi bola tarbiyasida mehnat va turmushdagi ijobiy milliy an’analar katta rol o`ynaydi. Uzoq tarixga ega bo`lgan mehmondo`stlik an’anasi keyingi paytlarda ijtimoiy tushuncha va shakllar bilan boyib bormoqda. Yosh avlodni tarbiyalash - murakkab va ko`p qirrali jarayon. Darhaqiqat, yoshlarni har tomonlama, ham aqlan, ham jismonan barkamol, ahloqan yetuk, ma’naviy pok qilib tarbiyalash shu kunning muhum va dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldiki, bu davr va bugungi turmushimizni taqozosidir. Inson va uning baxt-saodati haqida, uning qadriyatlari haqida g`amho`rlik qilish, qayg`urishni hayriyatki, hechdan ko`ra kech bo`lsada tushunib angladik. Bu yo`qotib qo`ygan milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz yana qaror topdi. Bu albatta kelgusi avlod uchun katta baxt. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. SHu paytda oila insoniyatning uzluksiz naslini davom ettiruvchi bo`lib qolaveradi. Shundan kelib, oila ikkita ulkan ijtimoiy vazifani farzandlarni dunyoga keltirish hamda ularga to`g`ri tarbiya berishni yo`lga qo`yish muhim ahamiyatga ega. CHunki oilada katta yoki kichik narsa bo`lmaydi. Hamma narsa, hatto eng oddiy bo`lib ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta’sir ko`rsatadi. Ayniqsa, rostgo`ylik, samimiylik, sadoqatli, shirinsuhan bo`lish bola kamolotida beqiyos hayotiy muhim vositadir. Bu borada ahloq–odobga oid “Hadis” namunalarida shunday deyiladi: Gaplarning yomoni bu yolg`onchilikdir. Yolg`onni hazil bilan ham jiddiy, ham gapirib bo`lmaydi. Ota o`z bolalariga biron narsani va’da qilib so`ng uni bajarmay qo`ymasin! Rostgo`ylik ezgulikka boshlaydi, yovuzlik esa jahannamga. Rostgo`y odamga yaxshi baho, yomon odamga yomon baho beriladi. 5