logo

Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

225.0234375 KB
Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
MUNDARIJA
Kirish ....................................................................................................................6
1-BOB. OILANING IJTIMOIY MAQOMI, TIPOLOGIYASI VA ASOSIY 
VAZIFALARI.
1.1. “Oila, mahalla, maktab hamkorligi'’ kontsepsiyasini o rni va ʻ
ahamiyati.......................................................................................................16
1.2. Oila tarbiya asosi va pedagogik faoliyat.......................................................21
1.3. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari............................................29
2-BOB.   OILA   BILAN   OLIB   BORILADIGAN   IJTIMOIY-PEDAGOGIK
FAOLIYAT MAZMUNI
2.1           Ijtimoiy   pedagogning   oilaga   ko rsatadigan   ijtimoiy-pedagogik   yordam	
ʻ
shakllari...............................…................................................................................40
2.2     ,,Homiylik'' va ,,Vasiylikka olish'' tushunchalarining mohiyati. Homiylik va 
Vasiylikka olishga muhtoj bolalarning toifalari……............……………………48
Xulosa ....................................................................................................................50
 Foydalanilgan adabiyotlar 
ro'yxati......................................................................52
KIRISH
1 Mavzuning dolzarbligi . Yosh avlodni  tarbiyalashda asosiy ta‘lim  - tarbiya
o‘chog‘i   bu-oila   va   maktabdir.   Oilada   bola   tarbiyasi   g'oyat   nozik   va   murakkab
masala hisoblanib , bu ota-onadan odob , bilim , tarbiyani talab qiladi. Tarbiya ishi
ta‘lim   muassasalari   bilan   oila   hamda   mahalla   hamkorligida   amalga   oshiriladigan
murakkab   ,   ma’suliyatli   vazifadir.   Bolaning   mustaqil   va   erkin   inson   sifatida
rivojlanishi   uchun   birinchi   navbatda   oila   mustahkamligini   ta'minlash   lozim.   Oila
jamiyat   tayanchi   ekanligini   unutmasligimiz   kerak.   Oiladagi   ta‘lim   -   tarbiyani
to‘ldiruvchi   bu   maktab   va   mahalla   hisoblanadi.   Ta‘lim   muassasalari   ,   oila   va
mahalla o‘zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi, ayniqsa uning barkamol shaxs
tarbiyasi uchun zarur .O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov
tashabbusi   bilan   qabul   qilingan   "Mustahkam   oila   yili"   davlat   dasturini   amalga
oshirish   jarayonida   oila,   mahalla,   ta‘lim   muassasalari   o'rtasidagi   hamkorlikni
yanada kuchaytirish, har tomonlama sog'lom, yetuk va barkamol yoshlarni voyaga
yetkazish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
Hozirgi   kunda   mamlakatimizda   chuqur,   keng   qamrovli   iqtisodiy,
siyosiy,ijtimoiy  islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  Jamiyat   yuksalish   va  yangilanish
sari   yuz   tutgan.   Jamiyat   ma’naviyatini   yuksaltirish   –   davlat   siyosatining   ustuvor
yo’nalishi   hisoblanadi.   O’zbekiston   Respublikasining   birinchi   Prezidenti   Islom
Karimovning   1993-yil   3-sentabrdagi   “Respublika   ma’naviyat   va   ma’rifat
kengashini   qo’llab-quvvatlash   to’g’risida’’   gi   Farmoni   zamiridagi   g’oyalar,
ulardan   kelib   chiqadigan   asosiy   maqsadlar   ma’naviyatning   ustuvorligi   yana   bir
tasdiqlaydi.
O’zbekiston   Respublikasi   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov   birinchi
chaqiriq,   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   XVI   sessiyasidagi   nutqida,
“Erkin   fuqaro   ma’naviyatini,   ozod   shaxsni   shakillantirish   masalasi   oldimizda
turgan   eng   dolzarb   vazifadir.   Boshqacha   aytganda,   biz   o’z   kuchi   va
imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalargamustaqil
munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va
xalq,   manfaatlari   bilan   uyg’un   holda   ko’radigan   erkin,   har   jihatdan   barkamol
insonlarni   tarbiyalashimiz   kerak.   Barchamiz   yaxshi   anglab   olishimiz   kerakki,
2 hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohatlarimizning
samaradorligi avvalo xalq , ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning
keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi  madaniyat va san’at, fan va ta’lim
rivoji bilan uzviy bog’liqdir’’, deb ta’kidladi.
Respublikamiz   hukumati   tomonidan   mustaqillikning   ilk   yillaridayoq,
jismonan   sog’lom,   ma’nan   yetuk   shaxs   yaratishgab   e’tibor   berila   boshlandi.   Bu
boradagi  ishlarni  aniq, maqsadli  amalga  oshirish uchun davlat  ahamiyatiga  molik
dasturlar,   rejalar   ishlab   chiqildi.   Zero,   ta’lim-tarbiyani   takomillashtiruvchi   ham
davlat   bosh   islohatchidir.   Prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyev   ta’kidlaganlaridek,
birinchidan,   yosh   avlodga   o’zligimizning   ,   muqaddas   an’analarimizni   anglash
tuyg’ularini,   xalqimizning   ko’p   asrlar   davomida   shakllangan   ezgu   orzularni,
jamiyatimiz   oldiga   bugun   qo’yilgan   oliy   maqsad   va   vazifalarini   singdirish;
ikkinchidan,   jamiyatimizda   bugun   mavjud   bo’lgan   hurfikirlikdan   qat’iy   nazar
yoshlarni   jipslashtiradigan,   xalqimiz   va   davlatimiz   daxlsizligini   asraydigan,   el-
yurtimizniebg   yuksak   maqsadlar   sari   chorlaydigan   yagona   g’oya   –   milliy
mafkuraga   sadoqat   ruhida   tarbiyalash;uchinchidan,   yoshlarni   baynalminal   jahon
hamjamiyatida,   xalqaro   maydonda   O’zbekistomga   munosib   hurmat   tug’dirish
uchun   intilish   ruhida   tarbiyalash;   tortinchidan,   yosh   avlodni   vatanparvarlik,   el-
yurtga   sadoqat   ,   yuksak   odamiylik   va   insoniy   fazilatlar   ruhida   tarbiyalash;
beshinchdan,   yosh   avlodni   ulug’   ajdodlarimizning   munosib   vorislari   ekanliklari,
ayni   vaqtda   jahon   va   zamonning   umumbashariy   yutuqlarini   egallash   ruhida
tarbiyalash   O’zbekistonda   o’quvchi   yoshlarni   tarbiyalshning   eng   dolzarb
masalasidir.
  Mavzuning   o'rganilish   darajasining   qiyosiy   tahlili.   Respublikamiz
hukumati   tomonidan   mustaqillikning   ilk   yillaridanoq,   jismonan   sog'lom,   ma’nan
yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli
amalga   oshirish   uchun  davlat   ahamiyatiga   molik   dasturlar,  rejalar   ishlab   chiqildi.
Birgina o’tayotgan yillarning atalishida ham buning isbotini ko’rishimiz mumkin.
1997-yil   —   ,,Inson   manfaatlari’’yili.   Mening   fikrimcha   jamiyatdagi   fuqarolar
3 manfaati   himoya   qilinmagan,   ularning   ehtiyojlari   qondirilmagan   davlat   hech
qachon   qudratli   bo’lolmaydi.   SHu   bois   ham   avvalo   inson   qadr-qimmati   oliy
darajaga   ko’tarildi.   1998-yil   —   ,,Oila’’   yili,   xalqimiz   azaldan   oilani   muqaddas
bilib,   uni   «Vatan   ichra   Vatandir»   deya   ulug’lab   kelgan.   Unda   ulg’aygan   har   bir
farzand,   avvalo   o’z   oilasi   aksini,   ular   birlashib   esa   mamlakat   qiyofasini   butun
dunyoga   tanitadi.   1999-yil-   ,,Ayollar’’yili.   Ona   xayotning   boshi,   shunday   ekan
jamiyatda ayollar ahvoli uning kelajakni belgilovchi asosiy omil bo’ladi. U nafaqat
kelajakni   dunyoga   keltiradi,   balki,   uning   tarbiyasida   muhim   o’rin   tutadi.   Ona
tarbiyasi o’rnini hech bir narsa bosolmaydi. 2000 -yilni —,,   Sog’lom avlod   yili,ʼʼ
deya e’lon qilindi. Bu bilan yuqorida sanab o’tilgan barcha maqsadlar, niyatlar bir
narsaga ya’ni, buyuk kelajak barpo etishga qaratilganligi kunday ravshan bo’ladi.
Jamiyatda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar  "Oila, mahalla, o’quv bilim
yurti   hamkorligi"   yo’nalishidagi   shaxs   tarbiyasida   oila,   ota-ona,   mahalla,   o’quv
bilim   yurtining   asosiy   vazifalarini   mazmunan   yangilab   hayotga   tatbiq   etishni
taqozo   qiladi.   Ayniqsa,   sinf   rahbari   bilan   oila   o’rtasidagi   bu   xildagi   o’zaro
xabarlashuvlar   o’quvchini   to’la   o’rganishga,   ta’lim   va   tarbiyada   shu   o’quvchi
uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari
o’z   kuzatishlari,   oiladan   olgan   axborotlari   natijasini   kundalikka   yozib   borsa,
undagi   to’plangan   ma’lumotlarni   vaqti-vaqtida  o’rganish   bilan   shularga   asoslanib
tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi
rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib
borilsa,   tarbiya   albatta   samarali   natija   beradi.   Oilada   olib   boriladigan   ijtimoiy
pedagogic faoliyat va ijtimoiy pedagogika yuzasidan juda ko’plab olimlar ish olib
borishgan   va   o’rganishgan.   Xususan,   ijtimoiy   pedagogika   muammolari   xususida
A.   V.Mudrik,   V.D.   Semyonova,   G.N.Filova   singari   olimlar   tadqiqotlar   olib
borganlar.   Ijtimoiy   pedagogik   g’oyalarning   rivojlanishiga   fransuz   faylasufi,
yozuvchisi   J.J.Russo   ulkan   hissa   qo’shgan,   buyuk   pedagog   Iogann   Genrix
Pestalotssi ham o’z faoliyati davomida ijtimoiy pedagogik faoliyatni   tadqiq etadi,
shuningdek   u   o’z   faoliyatida   ijtimoiy   pedagogic   nazariyani   va   amaliyotini
4 birlashtirgan   va   o’z   mablag’lari   evaziga   yetimlar   uchun   uylar   ochgan.   Ingliz
faylasufi   Gebert   Spenser   oilaningshaxs   shakllanishidagi   o’rnini   o’rgangan   holda,
ijtimoiy   pedagogik   g’oyalar   bilan   to’ldirilgan   asarlar   yozgan.   Shuningdek,
K.Mager,   P.Natorp,   E.Bornemann,   F.Shliper,   D.Pegeler,   E.Meyman,   S.Xoll,
Torondayk kabi olimlar ham o’rganishgan va ilmiy ishlar olib borishgan.
Bitiruv   loyihaviy   ishning   maqsadi .   Talabalarda,   oilada   olib   boriladigan
ijtimoiy-pedagogik   faoliyat   yuzasidan   tushuncha,   ko nikmalar   shakillantirish   vaʻ
rivojlantirish, shuningdek ularda yangi g oyalar paydo bo lishiga turtki berish.	
ʻ ʻ
Bitiruv loyihaviy ishning vazifalari:
-   “Oila,   mahalla,   maktab   hamkorligi'’   kontsepsiyasini   o rni   va   ahamiyati	
ʻ
tahlil etish;
-   Talabalarga   oila   tarbiya   asosi   ekanligi   va   oilada   pedagogik   faoliyatning
ahamiyatini,o’rnini ko’rsatish;
- Oila turlarini ijtimoiy pedagog nuqtai nazaridan tadqiq etish;
-   Shaxsning   tarbiyasida   ijtimoiy   pedagogning   oilaga   ko rsatadigan   yordam
ʻ
shakillarini tahlil etish ;
-Homiylik va Vasiylikka olish mumkin bo lgan bolalar turlarini o rganish;	
ʻ ʻ
Bitiruv   loyihaviy   ishning   ob'ekti :   Ijtimoiy   pedagogning   oilada   olib
boradigan faoliyati va bu faoliyat bilan bog liq jarayonlar.	
ʻ
Bitiruv   loyihaviy   ishning   predmeti :   Oilada   olib   boriladigan   ijtimoiy-
pedagogik faoliyat.
Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi:   kirish, ikki bob, beshta paragraf , 
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
5 I-BOB. OILANING IJTIMOIY MAQOMI, TIPOLOGIYASI VA ASOSIY
VAZIFALARI.
1.1 “Oila, mahalla, maktab hamkorligi” kontsepsiyasini o rni va ahamiyatiʻ
Tarbiya   jarayoni   ishtirokchilari   sa‘y-harakatlarini   birlashtirish   maqsadida
1993-yilda   ishlab   chiqilgan   ―,,Oila,   mahalla,   maktab   hamkorligi’’   Konsepsiyasi
yoshlarni   istiqlol   g`oyalariga   sadoqatli,   ma‘naviy   barkamol,   vatanparvar   etib
tarbiyalashda   keng   jamoatchilik   faoliyatini   muvofiqlashtirish   borasida   muhim
dlasturilamal   bo`ldi.   Mamlakatimizda   keying   yillarda   qabul   qilingan   ta‘lim   va
tarbiya   to`g`risidagi   qator   me‘yoriy   hujjatlar,   jumladan   O`zbekiston
Respublikasining 
―Ta‘lim to`g`risidagi qonuni,
  ―Kadrlar   tayyorlash   Milliy   Dasturi   bozor   iqtisodiyoti   sharoitlarida
muvaffaqiyatli   ishlay   oladigan,   mustaqil   fikrlovchi   kadrlarni   tayyorlashda   oila,
mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.
6 Zero,   ta‘lim-tarbiyani   takomillashtirishda   ham   davlat   bosh   islohotchidir.
Birinchi   navbatda,   yosh   avlodga   o`zligimizni,   muqaddas   an‘analarimizni   anglash
tuyg`ularini,   xalqimizning   ko`p   asrlar   davomida   shakllangan   ezgu   orzularini,
jamiyatimiz   oldidagi   oliy   maqsad   va   vazifalarni   singdirish;   ikkinchidan,
jamiyatimizda   bugun   mavjud   bo`lgan   hurfikrlikdan   qat‘iy   nazar   yoshlarni
jipslashtiradigan,   xalqimiz   va   davlatimiz   daxlsizligini   asraydigan   yagona   g`oya   –
milliy mafkuraga sadoqat  ruhida tarbiyalash;  uchinchidan, yoshlarni  baynalminal,
jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish
uchun   intilish   ruhida   tarbiyalash;   to`rtinchidan,   yosh   avlodni   vatanparvarlik,   el-
yurtga   sadoqat,   yuksak   odamiylik   va   insoniy   fazilatlar   ruhida   tarbiyalash;
beshinchidan,   yosh   avlodni   ulug`   ajdodlarimizning   munosib   vorislari   ekanliklari,
ayni   vaqtda   jahon   va   zamonning   umumbashariy   yutuqlarini   egallash   ruhida
tarbiyalash   O`zbekistonda   o`quvchi-yoshlarni   tarbiyalashning   eng   dolzarb
masalasidir.   Davlatimiz   rahbari   ko`rsatib   berganidek,   ta‘lim-tarbiya   sohasidagi
islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga, umuman
mamlakatdagi   mavjud   muhitni   butunlay   o`zgartirishga;   ikkinchidan,   insonning
hayotda   o`z   o`rnini   topishini   tezlashtirishga;   uchinchidan,   jamiyatda   mustaqil
fikrlovchi   erkin   shaxsni   shakllantirishga;   to`rtinchidan,   insondagi   mavjud
salohiyatni   to`la   ro`yobga   chiqarishga,   beshinchidan,   umumiy   va   maxsus
bilimlarga   ega,   ongli,   tafakkuri   ozod,   zamonaviy   dunyoqarash,   milliy   va
umuminsoniy   qadriyatlarga   voris   bo`lgan,   kuchli   fuqarolik   jamiyatini   barpo
etadigan   komil   insonlarni   tarbiyalashga   qaratilgan.   Mazkur   Konsepsiyada
taraqqiyotimizning   ma‘naviy   –   axloqiy   negizi   –   milliy   va   umuman   insoniy
qadriyatlar   uyg`unligi   ekanligi   e‘tirof   etiladi,   milliy   va   umuminsoniy   tarbiyaning
quyidagi o`zaro aloqalar uyg`un yo`nalishlari belgilab olingan: 
 Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash,
 vatanparvarlik, 
 milliy g`urur, 
 millatlararo muloqat madaniyati, 
 milliy mafkuraviy onglilik, 
7  milliy odob, 
 fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. 
Umuminsoniy yo`nalishda 
 huquqiy, 
 iqtisodiy, 
 jismoniy, 
 aqliy, 
 estetik, 
 ekologik, 
 gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. 
Bu   Konsepsiyaning   milliy   davlatchilik   va   jamiyat   qurilishi   talablariga
mosligini   ta‘minlaydi.   Sog’lom   oilada   barkamol   avlod   voyaga   yetadi.
Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar
uchun   qulay   turmush   sharoitini   yaratish   borasida   amalga   oshirilayotgan   keng
ko’lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda. 
O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoyevning   2018-yil   7-ʻ
fevraldagi   ,,Xotin-qizlarni   qo llab-quvvatlash   va   oila   institutini   mustahkamlash	
ʻ
sohasidagi   faoliyatni   tubdan   takomillashtirish   chora-tadbirlari   to g risida   gi	
ʻ ʻ ʼʼ
farmoni aynan shu maqsadda qabul qilindi.
       ,, Xotin-qizlarga e tibor hamma vaqt barcha harakatlarimiz markazida bo lishi	
ʼ ʻ
kerak.   Oilaga   e tibor   bu-   o zligimizga   e tibordir''   ,   degan   fikrlarni   bildirib   o tadi	
ʼ ʻ ʼ ʻ
rahbarimiz. 
Yig ilishda   xotin-qizlar   qo mitasi   faoliyati   qoniqarsiz   ekani,   og ir   ijtimoiy	
ʻ ʻ ʻ
vaziyatga   tushib   qolgan   ayollarga   ko mak   berish,   erta   nikohlar,   ajralishlar   va	
ʻ
ayollar   jinoyatchiligini   oldini   olishga   yetarlicha   e tibor   berilmagani   aytilgan.	
ʼ
Oxirgi   yillarda   ajralishlar   soni   har   yili   10-11   foizga   oshib   borayotgani
tashvishlanarlidir.   2017-yilda   31   mingdan   ziyod   ajralishlar   holati   qayd
etilgan. Buning oqibatida asosan ayollar va bolalar jabrlanmoqda.
Yurtimizda   amalga   oshirilayotgan   keng   ko’lamli   tibbiy-ijtimoiy   islohotlar
aholiga   zamonaviy   tibbiy   xizmatni   yaqinlashtirish,   reproduktiv   salomatlikni
8 mustahkamlash,   ekstragenital   kasalliklarni   kamaytirishga   xizmat   qilmoqda.
Skrining   xizmati   qamrovining   kengayayotgani,   perinatal,   pediatriya,   akusher-
ginekologiya   sohalarida   erishilayotgan   natijalar   onalik   va   bolalik   muhofazasida
yaxshi samara berayotir. Bu borada yana bir muhim loyiha – homilador ayollarni
polivitaminlar   bilan   ta‘minlash   chora-tadbirlari   amalga   oshirilmoqda.   Bundan
ko’zlangan   maqsad   –  oilada   sog’lom   farzandlar   tug’ilishini   ta‘minlash   va  tug’ma
nogironlikning   oldini   olishdir.   Yurtimizdagi   oilalarning   demografik   holati,   yosh
oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, oilalarda tibbiy
madaniyatni   oshirish,   reproduktiv   salomatlikni   mustahkamlash,   birlamchi   tibbiy-
profilaktika   ko’rigi   qamrovini   kengaytirish,   istalmagan   homiladorlikning   oldini
olishda   zamonaviy   tibbiyot   yutuqlaridan   samarali   foydalanish   masalalariga
bag’ishlangan   tadbirlar   sog`lom   oilada   barkamol   avlodni   voyaga   yetishini
ta‘minlaydi.
Oila   jamiyatning   ajralmas   zarur   qismidir.   Unda   inson   dunyoga   keladi.   Shu
paytda   oila   insoniyatning   uzluksiz   naslini   davom   ettiruvchi   bo`lib   qolaveradi.
Shundan   kelib,   oila   ikkita   ulkan   ijtimoiy   vazifani   farzandlarni   dunyoga   keltirish
hamda   ularga   to`g`ri   tarbiya   berishni   yo`lga   qo`yish   muhim   ahamiyatga   ega.
Chunki   oilada   katta   yoki   kichik   narsa   bo`lmaydi.   Hamma   narsa,   xatto   eng   oddiy
bo`lib ko`ringan oilaviy munosabatlar bolaga katta ta`sir ko`rsatadi.
Shunga muvofiq ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasini amalga
oshirish   jarayonida   oilaning   quyidagi   vazifalari   belgilab   qo`yilgan:   -   oilada
sog`lom   muhitni   yaratish,   milliy   ruh   va   turmush   tarzini   hisobga   olish,   farzandlar
uchun   ota-ona   har   tomonlama   o`rnak   bo`lishi,   farzandlarning   ota-onasiga,
Vataniga muhabbat tuyg`usini shakllantirish, o`zaro g`amxor bo`lishni ta‘minlash; 
oilada   huquqiy   tarbiyani   yaxshilash,   oila   a‘zolarining   o`z   huquq   va
burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta‘minlash;
farzandlariga   chuqur   dunyoviy   bilim   asoslarini   berish,   ma‘rifatli   va
ma‘naviyatli kishilar bo`lib yetishishlarini ta‘minlash;
bozor   munosabatlariga   mos   bo`lgan   kasb-hunar   o`rgatish,   iqtisodiy
tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
9 bolalarning   ma‘naviy   barkamol   va   jismonan   sog`lom   bo`lishlari   uchun
iqtisodiy muhitni yaratish;
bolalarni mustaqil fikrlashga o`rgatish; istiqlol g`oyalari va milliy mafkuraga
sadoqat ruhida tarbiyalash;
bolalarning bo`sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli
tashkil qilish, ularga qo`shimcha ta‘lim berish; 
farzandlariga mavjud bo`lgan iste‘dod kurtaklarini yaratish; 
o`z  farzandlarining  maktab, mahalla,  davlat   va jamiyat   oldidagi  burchlarini
to`la ado etishlari uchun oilada mas‘uliyatli bo`lish;
ota   –   onalar   o`zlarining   pedagogik   va   psixologik   bilim   saviyalarini   doimo
oshirib borish;
bolalarda   tejamkorlik   va   ishbilarmonlikning   ma‘naviy-axloqiy   tomonlarini
shakllantirish; 
oilada   milliy   va   umuminsoniy   tarbiyaning   barcha   yo`nalishlarini   uyg`un
holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas‘ullikni ta‘minlash; 
sanitariya-gigiyenik, ekologik ko`nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik,
giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish; 
oila,   maktab   va   mahalla   oldida   o`z   farzandlarining   barcha   xatti-harakatlari
uchun javobgardir;
  sog`lig`ida va aqlida nuqsonlari bo`lgan farzandlarga hayot talablariga mos
ravishda bilim va kasb-korlik berishdan iborat.
  Ota-onaning   farzand   oldidagi   burchi,   o`zbekona   ta‘bir   bilan   aytganda
farzandga   yaxshi   nom   qo`yish,   yaxshi   muallim   qo`liga   topshirib   savodini
chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.
Shu o`rinda 2012-yilni ―,,Mustahkam oila yili -, deb nom berilishi va shu asosdaʼʼ
azal-azaldan   hayotimizning   tayanchi   va   suyanchi   bo'lib   kelgan,   jamiyatimizning
hal   qiluvchi   bo'g'ini   bo'lmish   oila   institutini   yanada   rivojlantirishga   qaror   qilishi
hayot abadiyligini, har qaysi  insonning baxt-u saodati, kelajagi, orzu-intilishlarini
mujassam   etadigan   oilani   yanada   mustahkamlash   va   farovonligini   oshirish,   bu
borada olib borayotgan barcha ishlarimizni  yangi bosqichga  ko'tarishdek olijanob
10 rejalarni   amalga   oshirish   ko'zda   tutilgani   hammamizga   yaxshi   ayon.   Ta'kidlash
kerakki,   ―,,Mustahkam   oila   yili -   jamiyatimizning   ma'naviy   negizlarini   yanadaʼʼ
rivojlantirish,   azaliy   qadriyatlarni   asrab-avaylash,   yuksak   ma'naviy   muhitni   qaror
toptirishda,   milliy   mentalitetimizga   yod   bo'lgan   zararli   ta'sirlarga   qarshi   turishda
beqiyos kuch bo'lgan oilaning o'rni va nufuzini oshirishga qaratilgan oila, maktab
va   jamoatchilik   hamkorligida   tashkil   etilgan   ko'plab   tadbirlarga,   jumladan,   turli
ko'rik-tanlovlar, festivallar, ko'rgazma va ijodiy kechalarga boy bo'ldi.
Ushbu   xayrli   ishlarning   davomi   sifatida   2013-yil   ,,Obod   turmush
yili ,   ,,2014-yil   ,,Sog lom   bola   yili ,   2016-yil   ,,Sog lom   ona   va   bola   yili deb	
ʼʼ ʻ ʼʼ ʻ ʼʼ
e‘tirof etilishi ham bejizga emas.
Oilalarning mustahkamligi va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson
bo`lib   yetishi   uchun   tayanch   hisoblanadi.   Ushbu   yillarda   ham   ishlab   chiqilgan
Davlat Dasturi asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham,
makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o`zaro hamjihatliligi talab etiladi. 
Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir.
Vatanimiz   tarixi   guvohlik   beradiki,   o‘zbek   jamiyatida   jamoa   bo‘lib   yashashning
sinalgan shakli mahalladir. 
„Mahalla"   so‘zi   arabcha   „Mahallun"   so‘zidan   kelib   chiqqan   bo‘lib,   aholi
yashaydigan   joy,   guzar,   uy-joy   mavzelari   degan   ma'noni   anglatadi.   Mahalla
shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda.
―Bir bolaga   yeti mahalla – ota – ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni
tarbiyalash va unga ta‘lim berish jarayonini amalgaoshirish borasida kichik Vatan
bo`lmish mahallaning oldida quyidag vazifalar turadi:  mahalla faollari tomonidan
tarbiya   muassasalari   bilan   birgalikda   ta‘lim-tarbiya   jarayonida   amalga   oshirilishi
kerak bo`lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini
topishda   faollik   ko`rasatilishi;   mahalla   o`z   hududidagi   ijtimoiy   va   iqtisodiy
yordamga   muhtoj   oilalarni   aniqlab,   ularni   qo`llab-quvvatlab   va   farzandlarining
bilim   va   tarbiya   olishlariga   bosh-qosh   bo`lishi;   ma‘nan   nosog`lom   oilalarni
mahalla   yig`inlarida   muhokama   qilish,   ularga   nisbatan   jamoatchilik   choralarini
ko`rish;mahalla   hududidagi   o`quv-tarbiya   muassasalariga   iqtisodiy   va   ijtimoiy
11 yordam   ko`rsatilishini   qo`llab-quvvatlash;   ota-onalar   orqali   bolalarni
tashabbuskorlik,   mehnatsevarlik,   milliy   g`urur,   vatanparvarlik,   milliy   odob,
mafkuraviy   onglilik,   baynalmilallik   kabi   xislatlarni   singdirishni   har   tomonlama
rag`batlantirish;    aqidaparastlikning mohiyatini  to`g`ri anglab yetishiga ota-onalar
orqali   ta‘sir   ko`rsatish,   ulug`   ajdodlarimizning   tarbiyaviy   o`gitlarini   singdirib
borishga jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig`inlarida milliy davlatchilik va
milliy   mafkura   g`oyalarini,respublikamizda   iqtisodiy   va   ijtimoiy   sohalarda
erishilgan turli tadbirlar tashkil qilish; 
―Ma‘naviyat va ma‘rifat, 
―Sog`lom avlod uchun,
―Mahalla,
―Ekosan,
―Umid,
―Ulug`bek,
―Nuroniy,
―Kamolot
jamg`armalari,   xotin-qizlar   qo`mitalari,   turli   jamiyatlar,   birlashmalar   va   ijodiy
uyushmalarni   yosh   avlod   milliy   istiqlol   g`oyalari   asosida   tarbiyalash   ishiga
muammoli   masalalarning   yechimini   topishga   faol   jalb   qilish;mahalla   hududidagi
ishlab   chiqarish   korxonalari   va   tashkilotlarining   imkoniyatlarini   o`quv-tarbiya
muassasalari   moddiy   negizini   mustahkamlashga   jalb   qilish   mahalla   hududida
o`quv-tarbiya   muassasalari   bilan   birgalikda   turli   ko`rik-tanlovlar,   sport
musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil  qilish;  turli yo`nalishda
iqtidorli   bo`lgan   o`quvchi   bolalarni   maktablar   tavsiyasiga   ko`ra   ijtimoiy   va
iqtisodiy   jihatdan   qo`llab-quvvatlash;   -   ilg`or   pedagog   xodimlar,   tarbiyachilarga
mahalla   imkoniyatlaridan   kelib   chiqib,   har   tomonlama   yordam
ko`rsatish;farzandlariga  ta‘lim   va  tarbiya   berishda   ijobiy  natijalarga   erishayotgan,
namunali   oilalar   hayot   tajribasini   ommalashtirib,   mahalla   hududida   ―Oila
saboqlari mashg`ulotlarini tashkil qilish;
12 - mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san‘atkorlar, ziyolilar va barcha ijod
ahlining   imkoniyatlaridan   foydalanib,   turli   to`garak   va   ―Usta-shogird   rusumida
billim va kasb berish faoliyatini tashkil qilish;
mahalla   hududidagi   ishlab   chiqarish   korxonalari   tomonidan   mahallada   istiqomat
qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga
erishish;  har bir yosh fuqaroda O`zbekistonda, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga
qiziqish,   mahalla   obodonchiligi,   ahilligi   uchun   javobgarlik   ruhini   shakllantirish.
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   ushbu   ulkan   va   mas‘uliyatli   vazifalarni   amalga
oshirishda ―Kichik biznes va tadbirkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor,
xalqimiz   uchun   munosib   turmush   sharoitini   yaratish,   aniq   maqsadlar   ko`zlangan
istiqbolli   rejalarni   amalga   oshirishda   hal   qiluvchi   kuch   va   ta'sirga   ega   bo`lib
bormoqda.
Ishbilarmonlikning   faol   qo`llab-quvvatlanishi   xalqimiz   turmush
farovonligini   oshirish   omili   bo`lib   qolmoqda.   Mamlakatimizda   olib   borilayotgan
islohotlar   strategiyasida   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   har   tomonlama
qo`llab-quvvatlash,   oilaviy   biznesni   tashkil   etish,   yoshlarni   tadbirkorlikka   jalb
etish,   doimiy   ish   ơrinlari   yaratish   orqali   oilalar   turmush   farovonligini   oshirishga
alohida e'tibor berilishi, tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi.
Mamlakatimizda   oilaviy   biznesni   tashkil   etish,   oilalarning   farovonligini   oshirish
bơyicha   amalga   oshirilgan   chora-tadbirlar   natijasida   ajratilgan   kreditlar   miqdori
956 mlrd. sơmdan,  jumladan xotin-qizlarni  tadbirkorlik sohasiga  faol  jalb etishga
yơnaltirilgan   kreditlar   hajmi   451   mlrd.   sơmdan   kơproqni   tashkil   etdi.   Natijada
minglab oilalar o`zlarining oilaviy bizneslarini yơlga qo ydilar, shaxsiy yordamchiʻ
xơjaliklarini   tashkil   etish   imkoniga   ega   bơldilar.   Yuzlab   bog'dorchilik   va
sabzavotchilik,   parrandachilik,   asalarichilik,   baliqchilik   bilan   shug'ullanadigan
yangi   xususiy   tadbirkorlik   tuzilmalari   faoliyat   yurita   boshladi.   Kichik   biznes   va
xususiy   tadbirkorlik   mamlakatimiz   iqtisodiy   taraqqiyotida,   avvalambor,   xalqimiz
uchun   munosib   turmush   sharoitini   yaratish,   aniq   maqsadlar   kơzlangan   istiqbolli
rejalarni   amalga   oshirishda   hal   qiluvchi   kuch   va   ta'sirga   ega   bơlib   bormoqda.
13 Ishbilarmonlikning   faol   qơllab-quvvatlanishi   xalqimiz   turmush   farovonligini
oshirish omili bơlib qolmoqda. 
O`quvchi   yoshlarning   sport   turlari   bilan   shug`ullanishlariga   yordamberish,
ularning   bo`sh   vaqtlarini,   imkoniyatlarini   hisobga   olgan   holda   to`garak
mashg`ulotlarini tashkil qilish; 
Bolalarga ta‘lim berishni ilg`or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o`quv
uslubiy   dasturlar   asosida   tashkil   etish,   o`quv-tarbiya   jarayonlarini   jahon
andozalariga mos ravishda tayyorlash;
o`quvchilarning   imkoniyatlari   va   qiziqishlarini   tahlilidan,   iqtisodiy   va
ijtimoiy   muhitdan   kelib   chiqib,   ularni   turli   soha   bo`yicha   kasb   asoslariga
yo`naltirish va ta‘limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;
yosh   oilalar   bilan   ishlash,   tibbiy-tarbiyaviy,   huquqiy,   ma‘naviy-ma‘rifiy,
ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish; 
o`z   hududidagi   mahalla   jamoalarining   faoliyatini   tarbiyaviy   maqsad   yo`lida
muvofiqlashtirish; 
tarbiyasi   og`ir,   qarovsiz   qolgan   bolalarning   ota-onalari   bilan   ishlash,   oilalarga
pedagogik yordam berish;
bola   tarbiyasi   yaxshi   yo`lga   qo`yilgan   oilalarni   tegishli   idoralar   hamkorligida
o`rganib, tajribalarini ommalashtirish; 
o`qishni  va ishlashni  xohlamaydigan, bezorilik yo`liga kirib ketgan o`smirlarni
hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda  zarur choralar ko`rib, ota-
onalar yig`ilishlarida muhokama qilish; 
tarbiya   sub‘yektlari   bo`lmish   huquqiy,   tibbiy,   ijodiy   uyushmalar,   yoshlar,
tabiatni   muhofaza   qilish   va   ―Ekosan,   ―Qizil   yarim   oy,   barcha   jamg`arma   va
jamoatchilik   markazlari,   ommaviy   axborot   vositalari,   inson   huquqlari,   ommaviy
axborot   vositalari,   inson   huquqlari,   nodavlat   tashkilotlari,   ishlab   chiqarish
korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo`lgan mas‘uliyat
va   javobgarligini   muvofiqlashtirish;turar   joyda   va   mahallada   olib   borilayotgan
tarbiyaviy,   ma‘naviy,   ma‘rifiy,   madaniy-ommaviy   va   sport   tadbirlari   markazi
maktab   bo`lishiga   erishish   o`quvchi-yoshlar,   ota-onalar,   jamoatchilik   bilan
14 huquqiy   tarbiyani   amalga   oshirish,   tarbiya   jarayonining   barcha   ishtirokchilari
orasida   milliy   mafkurani   targ`ib   qilish,   aqidaparastlik   va   milliy   taraqqiyotimizga
zararli g`oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashni tashkil qilish; 
makatb negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma‘naviy va ma‘rifiy bilimlar
beruvchi ―Ota-onalar unversitetlari faoliyatini tashkil qilish.
1.2 Oila tarbiya asosi va pedagogik faoliyat
 Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh
bo‘lib,   biologik,   ijtimoiy,   axloqiy,   mafkuraviy   va   ruhiy   munosabatlarning
birlashuvi   natijasida   vujudga   keladi.   Oila   tor   maishiy   tushuncha   emas,   balki   u
ijtimoiy jamoadir. Shu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi.
    Jamiyatdagi   o‘zgarishlar   oilaga   ta’sirini   ko‘rsatganidek,   oiladagi   o‘zgarishlar
ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
      Birinchi   Prezidentimiz   I.A.Karimov   aytganlaridek:   ”Xalqimiz   qadim-
qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Oila axil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik
va hamjixatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila
farovonligi   - milliy farovonlik asosidir”.
15       Shuni   unutmaslik   lozimki,   farzandlarimizning   har   tomonlama   kamol   topishi
uchun qulay sharoitlar yaratilsagina oila tarbiyasi muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Yosh   avlod   xayotining   ko‘p   qismi   oilada   o‘tadi.   Shu   boisdan   turmushning
murakkab   muammolari   bilan   oilada   tanishadilar.   Oiladagi   mavjud   an’analar,   urf-
odatlar,   rasm-rusumlar   va   marosimlarning   ijobiy   ta’sirida   yigit-qizlar   asta-sekin
kamol   topib   boradilar.   An’ana   va   marosimlar   tarbiyaning   qudratli   quroliga
aylanadi.
     Kelajagimizning qanday bo‘lishi xozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga
bog’liq. Bu qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham bog’liq. Oilaviy
tarbiyaning   murakkabligi   shundaki,   har   bir   oila   o‘ziga   xos   bir   olam.   U   tarbiya
ishida ham o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, o‘sib kelayotgan
yosh   avlod   farovonligini   ta’minlash   mumkin.   Oila   tarbiyasidagi   yutuqlar   ota-
onalarga pedagogik bilimlar berish, oilaviy tarbiya bo‘yicha tajribalar  almashishi,
ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizg’in jalb qilishga ham bog’liqdir.
        Har   bir   ota-ona   o‘z   farzandlarini   tarbiyalash   borasidagi   burch   va
mas’uliyatlarini   chuqur   anglashlariga   bog’liqdir.   Bundan   tashqari   normal   oilaviy
muhit,   ota-onaning   obro‘si,   to‘g’ri   kundalik   rejim,   bolani   kitobga   va   o‘qishga,
mexnat qilishga o‘z vaqtida jalb qilishlari ham muvaffaqiyat garovidir.
       Ko‘rinib turibdiki, qadimdan ham, bugun va ertaga ham, bundan keyin ham
aqlli,   farosatli,   tafakkuri   chuqur   -   bir   so‘z   bilan   aytganda   kamolotli   farzand
tarbiyalash   muammosi   dolzarbdir.   Xalq   bunday   fazilatli   insonlarni   sevadilar,
e’zozlaydilar va hurmat qiladilar.
16             Bunday   tafakkurga   boy   kamolotli   farzand   tarbiyasining   sarchashmasi
oiladan boshlanadi. Oila ana shunday tabarruk qal’adir. U qanday qurilishi lozim?
Oila o‘zi nima va uning maqsad, vazifalari nimalardan iborat?
      Oila   –  voyaga   yetgan   ikki   jinsning   sevish,   ardoqlash,   hurmat   qilish   asosida,
ixtiyoriy ravishda, qalb hohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.
Mo’jazgina   bir   qal’a   qurildi.   Endi   bu   qal’ada   bekinmachoq   o‘ynalmaydi.
Yoshlikdagi   o‘yinqaroqlik,   beboshlik,   erkalik,   beparvolik   o‘rnini   sezgirlik,
mas’uliyat,   andisha,   javobgarlik   kabi   fazilatlar   egallay   boshlaydi.   Bunga   har   bir
yosh   tayyorlanib,   mas’uliyat   ko‘nikmasini   his   qilib,   oila   maqsad   va   vazifalarini
tushunib, uqib bormog’i lozim.
      Oila   maqsadi   –   ikki   jinsning   o‘zaro   kelishuvi   asosida   farzandni   dunyoga
keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
17       Oila   vazifasi   –   er-xotinning   birgalikda   xo‘jalik   yuritish   asosida   oilani   ham
ma’naviy, ham iqtisodiy jihatdan   ta’minlash   hamda   jamiyatga   sog’lom,   aqlli,   har
tomonlama barkamol farzand tarbiyalash.
Ota-onaning   farzand   oldidagi   va   aksincha   farzandning   ota-ona   oldidagi
burchlari
Komil   farzandli   bo‘laman,   baxtli   oila   quraman   degan   maqsad   bilan   oila
qurdingiz. Ammo bu maqsadga erishish farzand tarbiyalashdagi muhim omillarni,
farzand oldidagi burchlarni bilib ish ko‘rishni takozo etadi.
18 Ota-onaning farzand oldidagi burchlari
farzandga   chiroyli   ism   qo‘yish   (farzandingiz   o‘z   ismini   o‘zgalarga   aytganda
orlanmasin);   savodini   chiqarish,   iqtidoriga   qarab   bilim   berish,   imkoniyatiga
yarasha o‘qitish va kasb-hunar o‘rgatish;
-   uylantirish. turmushga chiqarish;
-   uyli-joyli qilish;
-   farzandlar orasidagi meros taqsimotida adolatli bo‘lish.
Farzandning ota-ona oldidagi burchlari
-   Ota-onaning   pand-nasihatlariga   qulok   solish,   ularga   har   doim   yordam   berish,
mexribon,   e’tiborli   bo‘lish,   oila   ishlariga   ham   ma’naviy,   ham   iqtisodiy   yordam
berish;
-   har   bir   farzand   o‘z   singil   va   ukalariga   mehribon,   yo‘lboshchi   va   yo‘ldosh,
odobda, axloqda, ishda, ilm-hunar o‘rganishda o‘rnak bo‘lish;
-   ota-onalarining nimaga muxtoj ekanliklarini qalban his qilish, ularga bu borada
amaliy mexribonlik ko‘rsatish;
-oilaga berayotgan ma’naviy va iqtisodiy yordamini minnat qilmaslik;
-   tavallud, bayram va xayit kunlarida yo‘qlab turishni kanda qilmaslik;
-   keksa   ota-onalariga   aloxida   gamxo‘rlik   qilishi,   shirin   muomalada   bo‘lishi,
orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam berish;
-   vaqti-soati   yetib,   bandalikni   bajo   keltirsalar,   izzat-ikrom   bilan   oxirgi   manzilga
kuzatish,   ma’rakalarini   kamtarona,   dabdabasiz,   qarindosh-urug lar,   uni   bilgan,ʼ
xurmat qilgan eng yaqin odamlar bilan o‘tkazish.
1.3. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari
Oila   shaxs   tarbiyasida   boshqa     ijtimoiy   institutlar   bilan   taqqoslaganda
birinchi   darajali   rolni   bajaradi.   Chunki,   aynan   oilada   individual   qobiliyatlar,
shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy normalar shakllanadi. Oila omili insonga butun
u mri   davomida   ta’sir   etadi.     Ijtimoiy   jihatdan   oila   inson   turli   ijtimoiy   rollarni
19 egallaydigan jamoa hisoblanadi. Oila insonning o’z-o’zini  belgilab olishga, uning
ijtimoiy-ijodiy faolligini oshishiga yordam beradi.
Oilaviy   munosabatlar   oliy   qadriyat   hisoblangan   bizning   O’zbekistonda
oilaning ijtimoiy maqomi nihoyatda balanddir va o’z mavqe’ini   h ozirgacha ushlab
turibdi.   Biroq   bu   holatdagi   oila   inqirozi   ko’pgina   oilalar,   shu   jumladan,   o’zbek
oilalariga   ham   ta’sir   qiladi.   Ko’p   bolali   o’zbek   oilalarida   patriarxal     tartibning
saqlanishi   oiladagi   munosabatlarning   barqarorligini   ta’minlagan,   chunki   o’zbek
oilasida zaruriy tarbiyaviy omil va ko’nikmalar avloddan-avlodga o’tib keladi. Oila
a’zolari   sonining   qisqarishi,   avlodlarning   uzoqlashuvi   muammosining   kuchayishi
munosabati   bilan   oilaviy   munosabatlarni   shakllantirish   masalasi   borgan   sari
muhim   ahamiyatga   ega   bo’lib   bormoqda.   Oila   bugungi   kunda   yuksak   malakali
psixolog,  ijtimoiy pedagog,  ijtimoiy ishchilar yordamiga nihoyatda muhtoj bo’lib
qolgan.
Oila   ikki   yo’nalishda   mavjud   bo’ladi:   kichik   ijtimoiy   guruh   sifatida   va
ijtimoiy institut sifatida. Birinchi holatda u qarindoshlik asosida tuzilgan va birga
yashash bilan birlashtirilgan hamjamiyatdir. Ikkinchisida esa insonlarning kundalik
hayoti kechadigan  ijtimoiy institutdir.
Oilaning   ijtimoiy   nufuzi ,   obro’si   otaning,   erning,   o’g’ilning   iqtisodiy
maqomidan   kelib   chiqadi,   ayolniki   esa   –   farzandlar   soni   bilan   belgilanib,   uning
professional   maqomi   ko’p   hollarda   oilaning,   turmush   o’rtog’ining   ijtimoiy
maqomiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi,   farzandlar   ko’z   o’ngida   otaning   avtoriterti
pastlaganday   bo’ladi,   ayrim   holatlarda   erning   oila   ta’minotidagi   ulushi   tushib
ketishi ham ayolning oila moddiy ta’minotiga bevosita aralashishiga sabab bo’ladi.
Monogam oila   – bola manfaatiga yo’nalgan oila (detotsentrik) XIX asrning oxiri –
XX   asrning   boshlarida   paydo   bo’lgan   hodisadir.   U   xotin-qizlarning   ijtimoiy
hayotdagi rolining ortishi hamda bola huquqlarining oshib borishi bilan izohlanadi.
Bunday   holatlarda   gap   ko’proq   oilada   farzandlar   soni   haqida   emas,   balki   oilada
umuman   bola   borligining   qadrlanishi   to’g’risida   boradi.   Ota-onalar   bunday
sharoitda   ko’proq   bolaning   kelajakda   kim   bo’lishi,   u   egallashi   lozim   bo’lgan
20 martabalar, uning istiqboli xususida qayg’uradigan, shu bois ham oila budjetining
asosiy   qismi   uni   ta’minlash,   unga   zarur   ta’lim   va   tarbiyani   berish,   g’amxo’rlik
qilishga   sarflanadi.   Bolalar   bilan   bog’liq   ehtiyojlarning   o’sib   borishi   oqibatida
mamlakatda ham bolalar ta’minoti, ularning ozuqasi, kiyim-kechagi, o’yinchoqlar,
bolalarning   madaniy-ma’rifiy   maskanlarini   rivojlantirishga   ixtisoslashgan   sanoat
korxonalari   ko’payadi,   rivojlanadi.   Bolalar   va   yoshlarning   turli   ma’rifiy
o’choqlarining   kengayishi,   yangi   texnika   va   texnologiyalarning   asosan   bolalar
manfaatiga   bevosita   bog’lanishi,   yoshlarning   kasb   ta’limini   takomillashtirish
ishlari,   ular   o’qishi   va   bilim   olishi   muddatlarining   uzaytirilishi   ularning   mehnat
sohasiga   kechroq   kirib   borishiga   olib   keladi.   Ya’ni,   ilgarigiga   nisbatan   bolalar
kechroq   mustaqil   hayotga   kirishadi.   Buning   oqibatida   nikoh   yoshi   ham   tobora
kattalashib   boradi.   Kattalar   tomonidan   bolaga   e’tiborning,   shu   bilan   bir   qatorda
tashvishlarning   ortishi,   o’z   navbatida   bolalarning   tug’ilish   soni   kamayishiga   olib
keladi.   Bolalar   erka   bo’lib,   ular   erkinligi   ortib   boradi,   ota-onaning   butun   diqqat-
e’tibori ularga qaratiladi. Bu toifa oiladagi bola manfaati shu qadarki, ba’zan ona
faqat   bolani   o’ylash,   unga   e’tibor   qilishni   afzal   bilganidan,   eridan   ham   voz
kechishi holatlari ham kuzatiladi.
Bola   manfaatiga   yo’nalgan   oilaning   ham   turli   ko’rinishlari   bo’lib,   ulardan
biri   avtoritar   tip dir.   Bunda   bola   soni   bittami   yoki   ikkitami   ota-onaning   cheksiz
g’amxo’rligi,   ular   obro’si   bilan   parallel   tashkil   etiladi.   Masalan,   ko’pgina
amaldorlarning oilasi shunday. Ota-ona bola nazarida eng nufuzli, aqli har narsaga
yetadigan,   shuning   uchun   bola   ham   xuddi   otasi   yoki   onasiday   bo’lib   etishish
motivatsiyasi kuchli bo’ladi.
Ambivalent   detotsentrik   oiladagi   bola   ko’proq   ota-onaning   hissiy-
emotsional g’amxo’rligi ta’sirida bo’ladi. Masalan, bu agar qiz bo’lsa, u faqat otasi
yoki onasi, yoki ikkisining doimiy erkalashlari og’ushida katta bo’lib, oxir-oqibat
shunday   holatga   ko’nikib   ketadi.   Oilaviy   munosabat   faqat   shunday   bo’lsa   kerak,
degan fikr ba’zan o’zi mustaqil oila qurganda, uning yangi xonadonga ko’nikishiga
jiddiy xalaqit beradi.
21 Kvaziavtonom   detotsentrik   oila da   bola   huquqlari   kattalarniki   bilan   deyarli
tenglashtiriladi, ularga kattalar bilan bir qatorda oilaviy yumushlarni bajarish erki,
o’z   holicha   qarorlar   qabul   qilish   huquqlari   berilgan   bo’ladi.   Buning   albatta,   ham
ijobiy, ham salbiy jihatlari bor.
Er-xotin   oilasi     XX   asrning   60-chi   yillarida   paydo   bo’lib,   u   ham   ayollar,   ham
bolalar   emansipatsiya   jarayonlarining   oqibati   sifatida   qaraladi.   Bunday   oiladagi
o’zaro   munosabatlar   asosan   erkak   va   xotin   o’rtasidagi   muomalaga,   uning
qanchalik samimiy, iliqligiga bog’liq bo’ladi. Ayolga o’z xohish-irodasini mumkin
qadar   namoyon   etish,   unga   ma’lum   ma’noda   mustaqil   erishish   imkoniyati
yaratiladi.   U   ko’p   holatlarda   turmush   o’rtog’iga   suyukli,   erka   va   zarur   yor   rolini
o’ynaydi.   Golod   er-xotinning   bir-birlariga   yaqin   bo’lishlarining   4   xil   jihatini
farqlaydi:   simpatiya   (yoqtirish),   samimiyat,   minnatdorlik   va   erotik   jihatdan
bog’liqlik.
Monogam   bo’lmagan   oila   toifasi   chin   ma’noda   nikoh   munosabatlariga
tayanmaydi.
Bundan oilaning uch xil ko’rinishi mavjud: Ajrimlar tufayli paydo bo’lgan noto’liq
oila   –   XX   asrning   oxirlarida   ko’payib   ketgan   noto’liq   oila   turi.   Golod ning
ma’lumotlariga ko’ra, Rossiyadagi  oilalar ajrimi shu qadar ko’paydiki, har 100 ta
nikohga   51   ta   oila   ajrimi   to’g’ri   keldi.   Bunga   sabablardan   biri   ota-onalik
rollarining   bajarilmasligi,   otaning   bola   tarbiyasidan   sovuqqonlik   bilan
chetlashishidir,   chunki   ko’pgina   otalar   ajralishgandan   so’ng   ma’lum   muddat
o’tgach,   farzandlari   bilan   umuman   yuz   ko’rmas   bo’lib   ketishadi.   Afsuski,
O’zbekistonda   oila   va   nikoh   nechog’li   qadrlanmasin,   oilaviy   ajrimlar   ham   qayd
etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, oxirgi yillarda yiliga o’rtacha 14,5 mingdan
15   mingacha   oila   ajrimlari   qayd   etiladi,   ajrimlarning   sudlar   orqali
rasmiylashtiriladigan   turlari   FXDYO   orqali   rasmiylashtiriladiganidan   ko’proqdir.
Ajrim   bo’lgan  oialalrning  70 foizi   yosh  oilalar   bo’lib,  ularda  o’rtacha  2,5  ta bola
chala   etim   bo’lib   qoladi.   Bu   kabi   noto’liq   oilalarda   o’ziga   yarasha   ijtimoiy-
iqtisodiy   muammolar   paydo   bo’ldiki,   shu   bois   ham   davlatimizning   oila
siyosatining   mazmuni   noto’liq   oilalar   sonini   kamaytirishga   qaratilgandir.   Bunda
22 masalaning   moddiy   tomonidan   ham   uning   ma’naviy-ahloqiy   tomonlari   bizni
ko’proq tashvishga soladi.
Beva   bo’lib   qolish,   yoki   turmush   o’rtog’ining   vafoti   munosabati   bilan
noto’liq   bo’lgan   oila   ham   ko’proq   onaning   farzandi   bilan   yolg’iz   qolishidir.
Bunday   oilalardagi   ma’naviy   muhit   ajrim   tufayli   paydo   bo’lgan   noto’liq
oilanikidan farq qiladi. O’zbek onalari bunday holatlarda otasining ruhi hurmatidan
farzandlarida   yuksak   insoniy   fazilatlarni   tarbiyalashga   intiladi.   Bunday   o’ziga
xoslik qator tadqiqotlarda alohida qayd etilgan.
Nikohdan   tashqari   oila   90-chi   yillarda   ko’paygan   oila   turi,   unda   asosan
yolg’iz   qolgan   ayol-ona   oilani   tebratadi.   Bunday   oilalar   o’sha   davrda   Rossiyada
20-21 foizni, Buyuk Britaniyada va Frantsiyada – 32-35 foizni tashkil etgan bo’lib,
ko’proq   yoshgina   bo’la   turib   ona   bo’lganlar   (15-19   yoshlilar)   yoki   aksincha ,
reproduktiv   yoshdan   o’tib   qolganlar   –   40-44   yoshlilar   tashkil   etadi.   Bu   o’rinda
ikkala   holatda   xotin-qizlarning   nikohga   kirmasdan   tug’ish   motivlari   turlicha
bo’ladi.
Alternativ   oila   turlari   –   kam   uchraydigan   oila   turlari   bo’lib,   ular   ayrim
jihatlari  bilan  boshqalardan   farqlanib  turadi   va  o’z   navbatida  toifalarga  bo’linadi.
Masalan,   ulardan   biri   –   fuqarolik   nikohi   deb   atalib,   unda   erkak   va   ayol   o’z
ixtiyorlari bilan rasmiy nikohni qayd etmay yashayveradi. Ba’zan bunday qarorga
ular   kutilmagan   homiladorlik   paydo   bo’lganda   ham   kelishlari   mumkin.   Bunday
nikoh   bizning   sharoitimizga,   musulmonchilikka   sira   ham   to’g’ri   kelmaydi.
Alternativ   nikohlar   ko’proq   g’arb   mamlakatlariga   xosdir.   Lekin   Golod ning
ta’kidlashicha,   hozirda   Rossiyada   mavjud   oilalarning   7%   shunday   nikoh   asosida
tashkil   topgan.   Oilaning   muqaddasligini   tinimsiz   targ’ib   etishimiz   azaliy
qadriyatlarni   ardoqlab   kelayotgan   yurtimizda   bunday   salbiy   holatlarning
bo’lmasligiga xizmat qiladi.
Alternativ   nikohning   yana   bir   ko’rinishi   qayta   nikohlardir.   Odatda   bunday
nikoh   turi   beva   yoki   tul   qolgan   shaxslarda   uchraydi.   Aslida   ham   birinchi   qayta
nikohlar XVI asrda Angliyada qayd etila boshlagan. Hozirda esa bunday nikohlar
23 odatda   beva   qolganlar   yoki   ajrashib   ketganlar   o’rtasida   qayd   etilishi   mumkin.
Bunday oila turi ham ajrimlar ko’payishiga mos tarzda ortib bormoqda.
Aralash   oilalar   yoki   begona   ota-onalar   bilan   yashaydiganlar   oilasi.   Bu   –
etimlarni boqib olish hisobiga paydo bo’ladigan, otalikka olish, o’gay ota yoki ona
bilan   yashaydiganlar   oilasidir.   Ming   afsuski,   turli   hayotiy   vaziyatlar   tufayli
shunday oila ham bor, ular nisbatan ko’p bo’lmasa-da, O’zbekistonda ham mavjud.
Inson jamiyatida oila bir nechta vazifalarni bajaradi:
reproduktiv - oilani   davom   ettirish   bilan   bog’liq   O’zbekistonda   ko’p   bolali
oilalarning   mavjudligi   bilan   bir   qatorda   oila   a’zolari   sonining   qisqarishi   ham
kuzatilmoqda.   Bu   hodisalar   asosan   moddiy-iqtisodiy   qiyinchiliklar,   ma’naviy
inqiroz,   yosh   oilalarning   ota-ona   uyidan   ajralib   chiqishi,   tibbiy   xizmatning   past
darajasi, noqulay ekologik holat bilan izohlanadi.
Iqtisodiy - oilaning bir a’zosi tomonidan boshqalar uchun moddiy mablag’lar
topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larini
to’plash.   Zamonaviy   bozor   munosabatlari   mulk   to’plash,   mulkka   ega   bo’lish,
meros masalalarida oilaning iqtisodiy vazifasini faollashuvini talab qiladi.
Ijtimoiylashuv   vazifasi-oila   bola   shakllanishiga   ta’sir   qiluvchi   birinchi   va
asosiy     ijtimoiy   guruh   hisoblanadi.   Oilada   ota-onalar   va   bolalarning     tabiiy-
biologik   va   ijtimoiy   aloqalari   uzviy   bog’lanib   keladi.   Oila   mikromuhit   sifatida
bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilaning
vazifasi   bolani   asta-sekinlik   bilan   jamiyatga   tayyorlashdir.   Oilada   insonga   ta’lim
va tarbiya beriladi, uning aqliy, ijodiy qobiliyatlarining rivoji sodir bo’ladi. Aynan
oilada bola mehnat va mustaqillikka o’rganadi.
Xo’jalik-maishiy - oila   jamiyatning   asosiy   va   doimiy   xo’jalik   negizidir.
Unda   oila   a’zolarining   jismoniy   holatini   bir   maromda   ushlab   turish,   kasallar   va
qariyalarga g’amxo’rlik qilish amalga oshiriladi.
24 Tarbiyaviy   vazifa    -     bolaning   ilk   ijtimoiylashuvi   jarayonida   muhim   rol
o’ynaydi. Bola shakllanishiga shuningdek, atmosfera va iqlimning ta’siri ham bor.
Tarbiyaning eng muhim vositalaridan biri shaxsiy namunadir.
Rekreatsion   va   psixoterapevt   funksiyasi .   Bu   funksiya   shunda   namoyon
bo’ladiki,   oilada   hamma   o’zini   qulay   sezishi   lozim.   Ruhshunoslar,   sotsiologlar,
pedagoglarning kuzatishlariga ko’ra inson kuchlari oila sharoitida jadal tiklanadi.
O’zbekistonda   ko’p   bolali   oilalarning     mintaqaviy   xususiyatlari    
O’zbekistonda   yuqori   tug’ilish   darajasi   quyidagi   mintaqaviy   omillari   bilan
izohlanadi:
-inson   organizmiga   geografik   va   iqlim   sharoitlarining   ta’siri,   ayollarda   homila
davrining uzunligi,
-erta nikohdan o’tish an’anasi,
-ijtimoiy   omillar-ayolning   jamiyat   va   oiladagi   o’rni.   Hozirgi   kungacha   oilaviy
tarbiya amaliyotida ko’p bolalikning ijobiy va salbiy xususiyatlari borasida ba x slar
olib   borilmoqda,   chunki   bu   muammoning   ahamiyatli   ekanligiga   qaramay   bu
masala yetarli darajada o’rganilmagan. 
Ko’p   bolali   oila-kattalar   va   bolalardan   iborat,   o’ziga   xos   jamoadir.   Unda
shaxsning ijtimoiylashuvi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bunaqa oilada tarbiya
jarayonini   tashkil   etish   muammosi   bilan   shug’ullanuvchi   olimlar   ham   turli
qarashlarga   egadirlar.   Ularning   ba’zilari   ko’p   bolali   oilada   bola   jamoa
munosabatlari   orqali   tajriba   to’playdi   deyishadi,   chunki   ko’p   bolali   oila   tarbiya
uchun   qulay     sharoitlar   yaratadi   va   ota-onalarning   bolalari   haqida   qayg’urishlari
teng taqsimlangan  bo’ladi. Boshqa tadqiqotchilar esa,  aksincha ko’p bolali  oilada
bola har tomonlama yetarli rivojlanmaydi, deb hisoblashadi.
Agar   oilaviy   tarbiya   bola   individualligini   aniqlash   va   uning   qobiliyatlarini
rivojlantirish   kerak     degan   qoidadan   kelib   chiqsak,   bu   uchun   oila   nihoyatda
rivojlangan bo’lishi kerakligiga amin bo’lamiz. 
25 Ba’zi nohush tarbiyaviy omillar o’zbek oilasida, xususan ko’p bolali o’zbek
oilasida uy xo’jaligini yuritish bilan bog’liq. Ko’p o’zbek oilalarida uy ishlarini qiz
bolalar   bajarishadi,   o’g’il   bolalar   esa   bu   vazifalardan   deyarli   ozod   etilganlar.   Bu
holat   keyinchalik   o’g’il   bola   xarakterida   oiladagi   muomalasiga   xalaqit   beruvchi
odatlarni paydo qilishi   mumkin. Ba’zan   esa bolalar uy yumushlariga haddan ortiq
vaqt   ajratishadi.   Bu   ham   ularning   ta’lim   olishiga   salbiy   ta’sir   ko’rsatadi.   Ba’zan
o’zbek   oilalarida   ota-onalar   bolalarining   o’qishiga   umuman   befarq   bo’lishadi,
ularga   uy   vazifalarini   bajarishda   amaliy   yordam   barishmaydi.   O’zbek   oilalarida
bola   uy   vazifalarini   kechqurun-barcha   oila   a’zolari   to’planishganda   qilish   odat
bo’lgan. Bu vaziyatda ko’pgina chalg’ituvchi omillar ham paydo bo’ladi-televizor
ko’rish,   oila   a’zolarining   o’zaro   suhbatla ri ,   uy   yumushlarini   bajarish   talabi.
Ko’pgina   oilalarda   bolalarning   o’qishi   uchun   sharoitlar   bor,   biroq   ular   har   doim
ham   yaxshi   jihozlanmagan   bo’ladi.   Bu   borada   aksariyat   ota-onalar   pedagogik
maslahatlarga   ehtiyoj   sezadilar.   Ularni   bolalarga   yordam   berishning   aniq   usullari
bilan tanishtirish lozim.
O’zbek oilalaridagi yigit-qizlarning   ijtimoiy moslashuvig a   xalaqit beruvchi
omillarga qizlarni oilaviy hayot uchun yigitlarni esa mehnat, kasb uchun noto’g’ri
tayyorlashni   kiritsak   bo’ladi.   Ayol   kishidan   malakaviy   va   kasbiy   faollikni,   erkak
kishidan esa o’z xizmat va oilaviy majburiyatlarini bajarishni talab qiluvchi hozirgi
kunda   bu   an’analarning   saqlanib   qolishi   zamonaviy     ijtimoiy   talablarga   zid
keluvchi   hodisadir.   Bu   hodisa   ijtimoiy   tarbiya   va   oilaviy   tarbiya   o’rtasida
kelishmovchiliklar   borligidan   guvohlik   beradi.   Bunaqa   oilalarning   salbiy   ta’sirini
bartaraf   etish   oilani   shaxs   ijtimoiylashuvining   asosiy   omili   sifatida
mukammallashtirishni   talab   qiladi.   Bu   masalaning   muhimligi   kadrlar   tayyorlash
milliy dasturida  ilgari  surilgan ta’lim-tarbiya jarayoni  talablari  bolalar  tarbiyasiga
nafaqat   maktabda   balki,   oilada   ham   o’z   talablarini   qo’yganligi   bilan   katta
ahamiyatga ega bo’lmoqda. 
Shu bilan birga bir qator o’zbek pedagog olimlari aynan ko’p bolali oilalarda
bolalar   tarbiyasi   uchun   qulay   sharoitlar   mavjud   deb   hisoblashadi.   Avvalo,   ko’p
26 bolali oila pedagogik munosabatda qulay bo’lgan yosh tuzilmasiga ega. Bir nechta
bola   mavjud   bo’lganida   ota-onalarning   g’amxo’rligi   ham   ular   orasida   teng
taqsimlanadi. Katta oilada bola yoshligidanoq jamoaviy munosabatlarga kirishadi.
Katta   va   kichik   bo l alar   o’rtasida   turli   o’zaro   munosabatlar   shakllanadi.   Ko’pgina
ota-onalar   ko’pbolali   oilalarda   bolalarni   tarbiyalash   oson,   chunki   bunda   katta
farzandlar   yordam   berishadi   deyishadi.   Ko’p   bolali   oilalardagi   tarbiyaning   eng
muhim   omillari   muhit,   birgalikdagi   mehnat,   jamoaviy   tashabbus,   ota-onalarning
talabchanligi,   bolalar       yoshini   inobatga   olish   hisoblanadi.   Bunaqa   oilalar
farzandlari   axloqiy   hislatlarining   shakllanganligi,   mehnatsevarligi,   mehribonligi,
to’g’riligi,   mustaqilligi,   ishbilarmonligi   bilan   ajralib   turishadi.   Katta   oilada
mustahkam va tabiiy bolalar jamoasi shakllanib, unda bu jamoa a’zolari birgalikda
g’amxo’rlik   ko’rsatishadi,   boshqa   a’zolar   oldida   mas’uliyatli   ekanliklarini   his
etishadi.
27 2-BOB.   OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK
FAOLIYAT MAZMUNI
2.1     Ijtimoiy pedagogning oilaga ko rsatadigan ijtimoiy-pedagogik yordamʻ
shakllari..
Oilaning   moddiy   faravonligi,   uning   ta’minlanganligi   bir   necha   miqdor   va
sifat   ko’rsatkichlari   bilan   baholanadi.   Bular   oilaning   daromad   darajasi   ,   uning
hayotiy   sharoitlari,   buyumlar   mavjudligi   hamda   oila   a’zolarining   ijtimoiy-
demografik xususiyatlaridan iborat, bu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil
etadi.   Oilaning   daromadlari   darajasi,   hamda   turar   joy   sharoitlari   belgilangan
normadan   past   bo’lsa,   buning   oqibatida   oila   eng   kerakli   hisoblangan   oziq-ovqat,
kiyim,   turar   joy   uchun   haq   to’lash   talablarini   qondira   olmaydi,   bunda   oila
kambag’al   hisoblanadi.   Agarda   oilaning   moddiy   ta’minlanishi   ijtimoiy   me’yorlar
minimumiga mos  kelsa,  ya’ni  agarda oila hayot  kechirish  uchun asosiy  talablarni
qondira   olsa,   lekin   moddiy   mablag’I   dam   olish,   ta’lim   va   boshqa   talablarni
qondirishga   yetmasa   unda   bunday   oila   kam   ta’minlangan   hisoblanadi,   uning
ijtimoiy-iqtisodiy mavqei – o’rtacha hisoblanadi.
Daromad darajasi va yashash sharoiti yuqori bo’lib, faqatgina yashash asosiy
talablarini   qondirib   qolmay,   yana   turli   xil   xizmatlardan   foydalanish   imkoni   ham
bo’lsa,   bu   oila   moddiy   ta’minlangan   hisoblanadi,   yuqori   ijtimoiy-iqtisodiy
mavqega   ega   bo’ladi.   Oilaning   ijtimoiy   moslashishi   ikkinchi   tashkil   etuvchisi   –
oila psixologik muhiti – oila a’zolari kayfiyati, ularning hayotiy kechinmalari, bir-
biriga   munosabati,   boshqa   odamlarga,   ishga,   atrofdagi   hodisalarga   qarashlari
natijasi sifatida yuzaga keladigan barqaror emotsional kayfiyat hisoblanadi.
Oilaning psixologik kayfiyati holati ko’rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
emotsional   erkinlik   darajasi,   bir-birini   tushunish,   hurmat   qilish,   qo’llash,   yordam
ko’rsatish, hamdardligi, bir-biriga ta’sir  darajasi, oilaning yaqin atrofdagilar bilan
munosabatlarining ochiqligi.
28 Oilada   teng   huquqlilik   va   hamkorlik   prinsiplarida   qurilgan   munosabatlar
ma’qul   hisoblanadi.   Oilada   bir-birlarini   huquqlarini   hurmat   qilishadi,   bir-biriga
bog’langanlik   mavjud,   emotsional   yaqinlik   his   etiladi.   Oilaning   har   bir   a’zosi
o’zaro   munosabatlar   sifatidan   xursand.   Bularning   hammasi   bo’lgan   holatda
oilaning   ijtimoiy-psixologik   mavqei   yuqori   deb   baholasa   bo’ladi.   Oilada
nosog’lom psixologik muhit er-xotinlar yoki ota-onalar va bolalar o’rtasida doimiy
qiyinchiliklar   va   janjallar   bo’lgan   hollarda   yuzaga   keladi,   oila   a’zolari   doim
xavotirda   bo’ladilar,   o’zlarini   erkin   his   eta   olmaydilar.   Bularning   hammasi
oilaning   asosiy   vazifalaridan   biri   bo’lgan   –   psixoterapevtik,   ya’ni   stressni   va
charchoqni yo’qolish, jismoniy va ma’naviy kuchlarini tiklab olishi kabi vazifasini
bajarishga har bir oila a’zosiga halaqit  qiladi. Bunday holatda ijtimoiy-psixologik
muhit   –   past   darajali   bo’ladi.   Shu   bilan   birga   yomon   munosabatlari   inqirozli,
butunlay   bir-birini   tushunmaslik,   bir-biriga   dushmanlik,   jahl   bilan   kuch   ishlatish,
ajrashish   istagi   paydo   bo’lishi   bilan   ifodalanuvchi   holatlarga   aylanishi   mumkin.
Inqirozli   munosabatlarga   misollar:   ajralish,   bolaning   uydan   qochib   ketishi,
qarindoshlari bilan munosabatlari, aloqalarning to’xtatilishi. Yomon munosabatlar
bo’sh   ifoda   etilganda,   doimiy   bo’lmasa,   oilaning   ijtimoiy-psixologik   mavqei
o’rtacha   hisoblanadi.   Ijtimoiy   moslashish   tuzilishi   uchinchi   tashkil   etuvchisi   –
ijtimoiy-madaniy   moslashishdir.   Oilaning   umumiy   madaniyatliligini   aniqlashda
uning   katta   yoshdagi   a’zolari   bilim   darajalarini   hisobga   olish   zarur.   Kattalarning
bilim darajalari bolalarni tarbiyalashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bundan
tashqari   oila   a’zolarining   turmush   va   o’zini   tutish   madaniyatlarini   ham   hisobga
olish   kerak.   Agarda   oila   odatlar   va   an’analarni   davom   ettiruvchisi,   saqlovchisi
rolini bajara olsa oilaning madaniy darajasi yuqori hisoblanadi; qiziqishlari doirasi
keng bo’ladi;  ma’naviy talablari rivojlangan bo’lsa:  oilada turmush to’g’ri  tashkil
etilgan,   dam   olish   turli   xillarda   bo’ladi,   shu   bilan   birga   dam   olish   va   turmush
faoliyati   birgalikda   olib   boriladi;   oila   bolani   har   tomonlama   tarbiyalash   bilan
mashg’ul   bo’ladi   va   sog’lom   turmush   tarzini   ta’minlaydi.   Agarda   oilaning
ma’naviy   talablari   rivojlanmagan,   qiziqishlari   doirasi   tor   bo’lsa,   turmushi   tashkil
etilmagan, uyushmagan, oilani birlashtiruvchi birgalikda madaniy hordiq chiqarish
29 va   mehnat   faoliyati   bo’lmasa,   oila   a’zolarining   odobini   boshqarish   bo’sh   bo’lsa;
oila   nosog’lom   turmush   tarsi   olib   borsa,   unda   uning   madaniyati   darajasi   –   past
bo’ladi.   Agarda   oila   madaniyati   yuqori   darajaliligining   to’la   to’plamga   ega
bo’lmasa,   lekin   o’zining   madaniy   darajasi   muammolarini   tushunib   yetsa   va
unioshirish   yo’nalishida   faollik   ko’rsatsa   unda   oilaning   ijtimoiy-madaniy   mavqei
o’rtachaligi haqida gapirish mumkin bo’ladi.
Chet   el   amaliyotida   ijtimoiy   pedagogik   yordam   uzoq   muddatli   va   qisqa
muddatli ish shakllaridan iborat bo’ladi.
Qisqa muddatli ish shakllarni olimlar o’zaro munosabatlarining intervent va
muammoli modellarini ajratishadi.
Oila   bilan   ish   yuritishning   intervent   modeli   inqirozli   holatda   bevosita
yordam ko’rsatishni  ko’zda tutadi. Bu inqirozlar oila hayotidagi o’zgarishlar yoki
tasodifiy   noxush   holatlarga   bog’liq   bo’lishi   mumkin.   Inqirozli   holatga   qaysi
muammolar sabab bo’lganidan qat’iy nazar ijtimoiy pedagogning vazifasi bevosita
emotsional yordam ko’rsatish orqali stress holatining ta’sirini yumshatishi  va oila
kuchlarining   inqirozini   bartaraf   etishga   qaratishdir.   Bu   holatdagi   yordam
psixologik, axborot va vositachilik xarakteriga ega bo’lishi mumkin.
Muammoli   model   ham   qisqa   muddatli   ish   shakliga   tegishli   bo’lib,   uning
muddati   to’rt   oydan   oshmaydi.   Muammoli   model   oiladagi   amaliy   vazifalarni
yechishga   qaratiladi,   ya’ni   model   markazida   shunday   talab   turadiki,   yordam
ko’rsatuvchi   mutaxassis   shaxslar   o’z   harakatlarini   oiladagi   muammolarini
yechishga   yo’naltirishlari   kerak.   Bu   model   muayyan   holatlarda   aksar
muammolarni   odamlarni   o’zlari   hal   qilishlariga   asoslanadi.   Ijtimoiy   pedagogning
asosiy   vazifasi   aynan   shunday   holatlarni   yaratishdir,   muammoli   modelning
yetakchi metodi yordam ko’rsatuvchi ijtimoiy pedagog va oila o’rtasida shartnoma
tuzilishidir.   SHartnoma   tuzilayotganda   oilaning   vazifasi   oldinda   turgan
faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir. Ijtimoiy pedagogning vazifasi esa
bu   maqsad   va   vazifalarning   amalga   oshishi   uchun   yetarli   bo’lgan   muddatni
belgilash.
30 SHuni   ta’kidlash   joizki,   ijtimoiy   pedagog   va   oila   o’rtasidagi   shartnoma
biznes yoki nikoh shartnomasiga o’xshamaydi. Bu holatda tomonlar moddiy emas,
balki axloqiy majburiyatlarga ega bo’lishadi va bu rasmiy hujjat bilan tasdiqlanadi.
SHartnoma   bo’yicha   hamkorlik   oilani   shartnoma   shartlarini   ishlab   chiqishda,
qarorlar   qabul   qilishda   faol   ishtirok   etishini   ta’minlaydi.   O’smirlar   va   o’spirinlar
bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning mutaxassis bilan munosabatlariga
jiddiy xarakter berishi bilan ijobiy jihatlarga ega.
Asosan   xorij   amaliyotida   qo’llaniladigan   uzoq   muddatli   ish
shakllari   psixoijtimoiy   yondoshuvga   asoslanadi   va   to’rtoydan   ortiq   vaqtni   talab
qiladi.
Psixoijtimoiy   yondashuvning   asosiy   vazifalari   biror   bir   vazifani   bajarishga
odatlantirish qilish orqali oilaviy tizimni o’zgartirish, oilaga ta’sir qiluvchi boshqa
ijtimoiy   tizimlardagi   holatlarni   o’zgartirishdan   iborat.   Aynan   ijtimoiy   pedagogik
yordam sharoitida patronajning qo’llanilishi maqsadga muvofiq.   Patronaj- ijtimoiy
pedagogik   ish   shakllaridan   bo’lib,   unda   ijtimoiy   pedagog   tashxis,   nazorat   va
reabilitatsiya maqsadlarida oilaga tashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli
aloqalarni ushlab qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani uning tabiiy sharoitlarida
kuzatishga   imkon   beradi.   Patronajning   o’tkazilishi   bir   qancha   tamoyillarga   amal
qilishni   talab   qiladi.   Bular:   yordamni   ixtiyoriy   qabul   qilish,   konfidensiallik   va
boshqalar. SHuning uchun oilani avvaldan tashrif to’g’risida xabardor qilish lozim.
Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va bir martalik bo’ladi.
Doimiy   patronajlar   avvalambor   g’ayri-ijtimoiy   oilalarga   nisbatan   qo’llanilishi
lozim.  CHunki  ularni   doimiy  nazorat  qilish   intizomga   chaqiradi.  SHu  bilan   birga
vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniqlash imkonini beradi.
Patronaj   bilan   bir   qatorda   ijtimoiy   pedagogik   faoliyatda   oila   bilan   ish   olib
borishning   muhim   shakllaridan   biri–bu   konsultativ   suhbat   o’tkazishdir.
Konsultatsiya   asosan   hayotiy   masalalarni   hal   qilishda   qiyinchiliklarga   duch
kelayotgan sog’ odamlarga mo’ljallangan. Yakka tarzdagi  konsultatsion suhbatlar
bilan   bir   qatorda   oila   bilan   ishlashning   jamoaviy   shakllari-treninglar   ham
o’tkazilishi mumkin.
31 Ijtimoiy pedagogik trening amaliy psixologiyaning jamoaviy psixologik ish
olib   borishni   faol   metodlaridan   foydalanishga   asoslangan   sohasi   sifatida
ta’riflanadi.
SHuni   ta’kidlash   joizki,   bugungi   kunda   o’tkazilayotgan   trening
dasturlarining maqsadlari kengaydi va trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi
bo’libgina   qolmay,   ijtimoiy   pedagogika,   ta’lim   tizimida   ham   o’z   o’rniga   ega
bo’ldi.   Trening   bir   qancha   indevidual   va   jamoaviy   ish   olib   borish   usullarining
uyg’unlashuvi   bo’lib,   ota-onalarning   psixologik,   pedagogik   savodxonligini
oshirish   muammosini   xal   qilishning   eng   istiqbolli   usullaridan   biriga   aylandi.   Bu
muammo   so’ngi   o’n   yilliklar   davomida   o’z   global   ahamiyatini   yo’qotmayapti.
Ayniqsa   ruhiy   va   jismoniy   nuqsonli   farzandli   oilalarda   bu   muammo   nihoyatda
keskindir.
Jamoaviy   usullar   ota-onalarga   bir-birlari   bilan   tajriba   almashishi,   savollar
berishi va guruhda qo’llab-quvvatlanish imkonini beradi. Bundan tashqari axborot
almashinuvida   yetakchilik   rolini   bajarish   faollikni   oshiradi.   Yuqoridagi   usullar-
konsultativ   suhbat,   trening   ommabop   hisoblanib   ham   qisqa   muddatli   ham   uzoq
muddatli shakllarda qo’llaniladi.
Oiladagi   ijtimoiy   pedagogik   faoliyat   tizimli   yondashuvga   asoslangan
taqdirdagina   samarali   bo’lishi   mumkin.   U   demografiya,   ijtimoiy   psixologiya,
pedagogika (oilaning tarbiya funksiyasi), huquq, iqtisod (oila byudjeti),   etnografiya
tarix va falsafa ma’lumotlarini o’rganishni va ulardan foydalanishni ko’zda tutadi.
SHunday   qilib,   zamonaviy   sharoitlarda   oila   turli   bilim   sohalari:   ijtimoiy
pedagogika,   ijtimoiy   ish,   sog’liqni   saqlash   va   boshqalarning   markaziy
ob’ektlaridan   biriga   aylanmoqda.   CHunki   har   bir   jamiyatning   kelajagi   o’sha
jamiyatdagi oilalardagi muammolarni xal qilishga bog’liq.
Har   qanday   davlatda,   har   qanday   jamiyatda   ham   ota-onasi   qaramog’isiz
bolalar bo’lgan, bor va bo’ladi  ham. Bu holatda jamiyat  va davlat  bu bolalarning
rivojlanishi va tarbiyalanishi mas’uliyatini o’z bo’yniga oladi.
Internat   turidagi   muassasalarda   bola   muammolarining   o’rganish   bilan
shug’ullanayotgan   pedagog   va   psixologlar   shuni   aniqlashdiki   hayotning   ilk
32 davrlaridanoq   yaqinlaridan   ajralib   qolish   bolaning   keyingi   taqdirini   oldindan
belgilab   berar   ekan.   Onasidan   ayrilish   va   umuman   yaqinlaridan   ayrilib   qolish
bolalar rivojida katta ta’sir ko’rsatadi.
Bolalik   insonning   ruhiy   bardoshliligi,   hayotga   qiziqishini,   maqsadga
intiluvchanligini   ta’minlovchi   asosiy   xislatlarning   shakllanish   davridir.   Bu
ma’naviy   xislatlar   betartib   shakllanmaydi,   ular   ota-ona   mehri   sharoitida,   bolaga
o’zi   va   boshqalar   uchun   mas’ul   bo’lish,   birovga   kerakligini   sezish   sharoitida
shakllanadi.
Ota-onasini   yo’qotgan   bola   bu   haqiqatdan   ham   fojeali   olamdir.   Ota-onaga
ega bo’lish ehtiyoji bolaning eng kuchli ehtiyojlaridan biri.
Ijtimoiy   yetimlik   muammosi   aksariyat   rivojlangan   va   rivojlanayotgan
davlatlarga xos muammo hisoblanadi.
Yetimlikning   barcha   sabablarini   sanab   o’tish   mushkul,   chunki   bu   turli   fan
sohalari   olimlari   shug’ullanayotgan   ko’p   aspketli   muammodir.   Biroq   asosiy   3   ta
sababni ajratib ko’rsatsak bo’ladi:
Ota-onalarning   (odatda   onalarning)   o’z   voyaga   yetmagan   bolasidan   voz
kechish   asosan   go’daklik   davridagi   boladan,   uning   ota-onasidan   ota-onalik
huquqini olib qo’ygandan so’ng bolani oiladan majburan ajratib olish
Ota-onalarning turli sabablar natijasida hayotdan erta ko z yumushlari.ʻ
  “Yetim”   va   “   ijtimoiy   yetim”   degan   tushunchalar   bir-biridan   farqlanadi.   Yetim
bolalar bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkovi vafot etgan bo’ladi. ijtimoiy
yetim-biologik   ota-onaga   ega   bo’lgan,   biroq   ular   turli   sabablar   tufayli,   uning
tarbiyasi   bilan   shug’ullanmaydigan   bolalar.   Bu   holatda   unga   g’amxo’rlik   qilishni
davlat va jamiyat o’z bo’yniga oladi.
SHunday qilib ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalarga ota-onalari:
-vafot etgan;
-ota-onalik huquqidan mahrum bo’lgan;
-bedarak yo’qolgan;
-muomalaga layoqatsiz;
-axloq tuzatish koloniyalarida jazo o’tayotgan;
33 -jinoyat sodir etishda ayblanib, xibsda bo’lgan;
-bola tarbiyasidan bo’yin tovlayotgan;
-bola   vaqtincha   joylashtirilgan   shifo,   ijtimoiy   maskanlardan   uni   olib
ketmayotgan bolalar kiradi.
Ularni   boqish,   ta’lim   berish,   himoyalash   uchun   qonun   bilan   belgilangan
vasiylik shakllari mavjud.
Vasiy   deganda   muomalaga   layoqatsizlarni   shaxsiy   va   mulkiy   huquqlarini
qo’riqlovchi shaxs tushuniladi.
Yetim   bolalarga   vasiylik   qilish   ikki   yo’l   bilan   amalga   oshiriladi-bolalaikka
olish yoki davlat qaramog’iga topshirish.
Davlat   qaramog’iga   olish   -   bolalikka   olinmagan   yetim-bolaga   uni   maxsus
muassasalarga joylashtirish orqali tarbiyasi va rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib
berish.   Bola   vaqtinchalik   qabul   qiluvchi   oila,   bolalar   va   go’daklar   uyi,   maktab-
internetga joylashtirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat yuritish.
Bolalikka   olingan   bola   turli   xildagi   qabul   qiluvchi   oilalarga-bolalikka
oluvchi   oila   yoki   vasiy   oilaga   borib   qolishi   mumkin.   Ular   o’rtasidagi   farq   shuki
birinchi   holatda   bolani   qarindoshlari   topib   olishadi,   ikkinchisida,   oila   vazifasini
bolaga qarindoshlik aloqalari bo’lmagan shaxslar bajaradi.
Vasiy   oila   sud   qarori   asosida   aniqlanadi.   Vasiy   vazifalariga
bolani   tarbiyalash va rivojlantirish uni huquqlarini himoya qilish kiradi. Vasiy bola
egaligida   bo’lgan   ko’char   va   ko’chmas   mulklardan   foydalanish   va   ularni   saqlab
qolishni ta’minlaydi. Biroq o’zi bu mulkdan foydalanish huquqiga ega emas.
Bolalikka   oluvchi   oila   bolaning   yuridik   jihatdan   yangi   oilasi   hisoblanadi.
Bola  u oilaning  familiyasini  olishi   mumkin. U  oila unga  boshqa  ism   ham  berishi
mumkin.   Bolalikka   olingan   bolaning   barcha   huquq   va   majburiyatlari   o’z
bolalarining huquq va majburiyatlariga tenglashtiriladi.
Bolalikka   olish   bir   nechta   bosqichda   o’tishi   mumkin:   avval   bolaga   shu
mintaqada yangi ota-ona topishga harakat qilishadi, agar buning imkoni topilmasa
unda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashqarida qidirishadi.
34 Bolalikka oluvchi oilaning yana bir turi mavjud:
-vaqtinchalik   qabul   oilasi.   Bu   bizning   jamiyatimiz   uchun   yangi   hodisadir.
Bunaqa  oila  bola  shoshilinch  tarzda  oilasidan  judo qilinsa (turli  sabablar  asosida;
o’z oilasida inqirozli vaziyat, o’lim va boshqalar) zarur bo’lib qoladi.
Vaqtinchalik   qabul   qiluvchi   oila   bolalikni   himoya   qilish   shakllaridan   biri
sifatida   bir   qator   rivojlangan   davlatlarda   keng   tarqalgan.   Biroq   bizning   davlatda
bunday oila keng tarqalmadi. Bu bizning davlatda kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy
va   siyosiy   islohatlar   bilan   bog’liq.   Aholining   turmush   darajasi   yetarli   darajada
yuqori emas. SHuning uchun kamdan-kam holatlarda oilalar o’zlariga bu vazifani
olishadi.
Qabul qiluvchi ota-ona bolali oilalar, bolasiz oilalar, to’liqsiz oilalar, yakka
shaxslar   bo’lishi  mumkin.  Odamlarni   bolani   o’z  oilasiga  qabul  qilishga   undovchi
bir qator sabablar mavjud. Ular:
-fiziologik   sabablarga   ko’ra   o’z   bolasi   bo’lmagan   holatda   bolali   bo’lish
xohishi;
-o’z bolasining vafot etishi;
-yaqin qarindoshlarining vafot etishi;
-o’z bolalari ulg’aygach yana bolali bo’lish xohishi;
-jamiyatda muhtoj   bolalarga rahmdillik hissi;;
-yolg’izlik hissi;
-diniy sabab va boshqalar.
Vaqtinchalik   qabul   oilasi   professional   mutaxassislar   oilasi   bo’lgani   bilan
vasiylik   oilasidan   farq   qiladi.   Agar   xorij   tajribasiga   murojaat   qilsak,   uning   bir
nechta   belgilarini   aniqlasak   bo’ladi;   bunday   oilaning   psixologik-pedagogik
tayyorligiga   mos   tushuvchi   malakaning   mavjudligi,   bu   oila   xizmatlariga   haq
to’lanishi;   bolaning   oilada   bo’lish   vaqti   qabul   qiluvchi   ota-onaning   ish   staji
muddati hisoblanishi va boshqalar.
Bola   vaqtincha   qabul   qiluvchi   oilada   uning   keyingi   taqdiri   xal   bo’lgunga
qadar yashaydi: o’z oilasiga qaytishi, bolalar uyi, internat yoki boshqa muassasaga
yuborilishi.   Bolaning   o’z   oilasiga   qaytib   kelishi   bola   oiladan   ajratib   olingan
35 sabablarning bartaraf etilishini ko’zda tutadi. Bular ota-onasining davolanishi, oila
inqirozining tugashi va boshqalar.
Bolaning bu oilada bo’lish bir oydan bir necha yilgacha cho’zilishi mumkin.
Bolaning   qabul   qiluvchi   oilada   qisqa   muddatli   bo’lish   o’z   oilasida   inqirozli
holatda,   to’satdan   ota-onasidan   judo   bo’lganda   bolaga   shoshilinch   yordam
ko’rsatilishini anglatadi. Bolaning qabul qiluvchi oilada uzoq muddat bo’lishi bola
o’z   oilasining   uzoq   reabilitatsiya   jarayoni   yoki   boshqa   sabablar   bilan   izohlanishi
mumkin.
Vaqtinchalik   qabul   oilasiga   kelayotgan   bolalar   kontingentining
murakkabligini (ijtimoiy qarovsiz, kasallik, jismoniy va ruhiy nuqsonlar) inobatga
olib   oilalarda   bu   bolalarning   normal   rivojlanishi   uchun   alohida   sharoitlar,
g’amxo’rlik yaratilishi lozim. Bular bolaga boshdan kechirgan qiyin vaziyat bilan
bog’liq stress holatidan chiqishga yordam beradi. Bunday oilaning asosiy maqsadi-
biologik   ota-onalar   bilan   aloqalarni   ushlab   turish   va   bolani   o’z   oilasiga   qaytarib
berish.   Agar   bolani   o’z   oilasiga   qaytarishning   imkoniyati   bo’lmasa   unda   uning
keyingi   taqdiri   borasida   sud   qarori   chiqmaguncha   vaqtinchalik   qabul   oilasida
bo’lib turadi. Aslida bunday oila biologik oilada biror-bir inqirozli vaziyat yuzaga
kelganda “tez tibbiy yordam” vazifasini bajaradi.
Qabul qiluvchi oila institutining joriy qilinishi avvalambor bunday oilalarni
tanlab   olish,   ularni   bu   faoliyatga   tayyorlashning   effektiv   mexanizmini
ta’minlaydigan normativ-huquqiy bazaning yaratilishini talab qiladi.
Qabul qiluvchi oilalar va ular vazifalarining farqlanishiga qaramay ijtimoiy
pedagogning   bu   oilalar   bilan   ish   yuritishini   belgilab   beruvchi   bir   qator   umumiy
qoidalarni   ajratsak   bo’ladi.   Bu   faoliyatni   bir   qator   bosqichlarga   ajratsak   bo’ladi:
oilalarni   tanlash,   ota-onalarni   o’qitish,   bolalar   ta’lim-tarbiyasi   masalasi   bo’yicha
faoliyatlarining   patronajini   o’tkazish   va   boshqalar.   SHuningdek,   ijtimoiy
pedagogning   faoliyati   doim   boshqa   mutaxassislar-   ijtimoiy   ishchilar,   shifokorlar,
psixologlar, defektologlar bilan hamkorlikda bo’ladi.
ijtimoiy   pedagogik   faoliyat   har   qanday   boshqa   faoliyat   kabi   faoliyat
maqsadi, sub’ek va ob’ekti, funksiyalari, tashkil  qilish metodlari  va usullari bilan
36 aniqlanadi. Qabul qiluvchi oila bilan ijtimoiy pedagogik ish yuritishning maqsadi-
oilada  bolani   normal   tarbiyasi   va  rivojlantirish.  Uning  sub’ektlari   yuqorida   sanab
o’tilgan mutaxassislardir.
Faoliyat   ob’ekti  oila  va  bola   hisoblanadi.  qabul  qiluvchi  oila  bilan  ijtimoiy
pedagogik   ish   yuritishni   bir   nechta   bosqichlarga   ajratib,   bu   bosqichlarda   ijtimoiy
pedagog faoliyatining funksiyalarini belgilasa bo’ladi.
Ijtimoiy pedgogning faoliyat bosqichlari:
1.   Qabul   qiluvchi   oilani   qidirish.   Bunda   Ijtimoiy   pedagogning   vazifasi
axborot berish hisoblanadi.
2.   Bo lgusu   qabul   qiluvch   ota-onalarni   o rganish.   Ijtimoiy   pedagogningʻ ʻ
vazifasi tashxis qo yish hisoblanadi.	
ʻ
3.  Bola bo lgan muassasa va oilalarga tashrif yuritish.Ijtimoiy pedagogning
ʻ
vazifasi - Vositachilik.
4.   Bo’lg’usi   qabul   qiluvchi   oilani   o’rganish.   Ijtimoiy   pedagogning   vazifasi
tashxis qo’yishdan iborat.
5. Ilk ta’lim. Ma’ruza, hikoya, suhbat, videofilmlar.
6. Bolani oilaga joylashtirish, ota-onalarga chuqur ta’lim berish. 
37 2.2.  “Homiylik” va ,,Vasiylikka olish” tushunchalarining mohiyati. Homiylik 
va Vasiylikka olishga muhtoj bolalarning toifalari
Homiylik   —   14   yoshdan   18   yoshgacha   bo‘lgan   etim   bolalarni   va   ota-
onasining   qaramog‘idan   mahrum   bo‘lgan   bolalarni,   shuningdek   sud   tomonidan
muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish,
ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish   maqsadida   joylashtirishning   huquqiy   shakli.   Sog‘lig‘ining   holatiga   ko‘ra
mustaqil   ravishda   o‘z   huquqlarini   amalga   oshira   olmaydigan   va   o‘z
majburiyatlarini bajara olmaydigan   voyaga etgan muomalaga layoqatli   fuqarolarga
bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra   homiylik belgilanishi mumkin.
Vasiylik   —   muomalaga   layoqatsiz   fuqarolarning   huquq   va   manfaatlarini
himoya   qilish.   Voyaga   yetmaganlarga   vasiy   ularni   tarbiyalash   maqsadida   ham
belgilanadi.  Vasiylar   o z   himoyalaridagi   shaxslarning   huquq  va   manfaatlarini   harʻ
qanday   shaxslar   bilan   munosabatlarda,   shu   jumladan,   sudlarda   ham   maxsus
vakolatsiz   himoya   qiladi.   Voyaga   yetmaganlarga   vasiy   ularning   ota-onasi,
farzandlikka   oluvchilari   bo lmagan,   ota-onasi   sud   tomonidan   ota-onalik	
ʻ
huquqlaridan   mahrum   qilingan   taqdirda,   shuningdek   boshqa   sabablarga   ko ra	
ʻ
bunday farzandlar otaona himoyasidan mahrum bo lib qolgan, xususan, ularni ota-	
ʻ
ona   tarbiyalashdan   yohud   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilishdan   bo yin	
ʻ
tovlagan  hollarda  belgilanadi.  14  yoshga   to lmagan  fuqarolar,  ruhiy  kasal  va   aqli	
ʻ
zaiflar nomidan vasiy harakat qiladi  
Vasiylikdagi   yoki   homiylikdagi   shaxs   —   o‘ziga   nisbatan   vasiylik   yoki   homiylik
belgilangan shaxs.
38 Vasiylik   va   homiylik   majburiyatlarini   bevosita   amalga   oshirish   uchun
vasiylik va homiylik organi tomonidan vasiy yoki homiy tayinlaydi.
Vasiy   va   homiy   etib   voyaga   yetgan   har   ikki   jinsdagi   fuqarolar   ularning
roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.
Vasiylik   va   homiylik   tayinlash   lozimligi   vasiylik   va   homiylik   organlariga
ma`lum   bo`lgan   vaqtdan   boshlab   bir   oydan   kechiktirmay   vasiy   yoki   homiy
tayinlanishi lozim.
Vasiy   yoki   homiyni   tayinlash   vaqtida   uning   shaxsiy   fazilatlari,   tegishli
majburiyatlarni   bajarishga   qobiliyati,   mazkur   shaxs   bilan   vasiylik   va   homiylikka
muhtoj   shaxs   o`rtasidagi   munosabatlar,   shuningdek   vasiylik   va   homiylikka
olinuvchining o`z xohishi e`tiborga olinishi lozim.
Vasiylik va homiylik ota-onasining qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga
ta`minot   berish,   ularni   tarbiyalash   va   ularga   ta`lim   berish,   shuningdek,   bunday
bolalarning   shaxsiy   hamda   mulkiy   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilish   uchun
belgilanadi.
Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
O`zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   1999-   yil   12-apreldagi
171-sonli   qarori   bilan   tasdiqlangan   «O`zbekiston   Respublikasida   vasiylik   va
homiylik   to`g`risidagi   Nizom»ga   ko`ra,   vasiylik   va   homiylik   vazifalarini   amalga
oshiruvchi   organlar   tavsiyasiga   ko`ra   tuman   yoki   shahar   hokimining   qarori   bilan
belgilanadi.
O`n   sakkiz   yoshga   to`lmagan   ota-ona   qaramog`idan   mahrum   bo`lgan
vasiylik va homiylikka muhtoj voyaga yetmagan bolalarni aniqlash, hisobga olish,
joylashtirish,   ularning   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilish   singari   vasiylik   va
homiylik   vazifalarini   amalga   oshirish   –   xalq   ta`lim   bo`limlariga,   sud   tomonidan
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga
nisbatan   -   sog`liqni   saqlash   bo`limlariga,   sog`lig`ining   yomonligi   sababli   homiy
39 tayinlanishiga muhtoj muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan – ijtimoiy ta`minot
bo`limlari zimmasiga yuklatiladi.
Farzandlikka   olish   —   bu   o’zganing   farzandini   o’z   farzandiga   tеnglashtirib
olishdir,   bu   bolalarga,   ayniqsa   e'tiborga   zor   bolalarga   mеhr - muruvvat
ko’rsatishning yorqin timsolidir. Bunda farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka
olinganlar   o’rtasida   tuqqan   ota-ona   bilan   bolalar   o’rtasidagi   kabi   huquqiy
munosabatlar vujudga kеladi.
Farzandlikka   olish   farzandlikka   oluvchi   (va   uning   qarindoshlari)   hamda
farzandlikka   olinganlar   (va   ularning   bo’lg’usi   avlodlari)   o’rtasida,   qonunda,   ota-
ona va bolalarga nisbatan bеlgilangan qonun hujjatlarida maxsus ko’rsatilgan yoki
ko’rsatilmaganligidan   qat'i   nazar,   barcha   shaxsiy   va   mulkiy   huquq   hamda
majburiyatlarni vujudga kеltiradi.
Farzandlikka   olish   juda   qadimiy   huquqiy   institut   bo’lib,   hozirgi   zamon
huquq   tizimida   o’z   ifodasini   topgan,   ota-ona   vasiyligidan   mahrum   bo’lgan
bolalarni oilaga joylashtirishdan iboratdir.
Farzandlikka   olish   shartlari   dеyilganda,   farzandlikka   olish   uchun   qonun
bilan   bеlgilangan   shaxslarning   roziliklari   tushuniladi.   Ular   doirasiga   quyidagilar
kiradi: 
a) bolaning ota-onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning roziligi; 
b) o’n yoshga to’lgan bolaning o’zining roziligi; 
v)   agar     er-   xotindan   bittasi   tomonidan   farzandlikka   olinayotgan   bo’lsa,
farzandlikka olayotganning  eri yoki  xotini. 
Oila   kodеksining   159   moddasiga   binoan,   bolani   farzandlikka   olish   uchun
farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.
Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi yozma shaklda bayon
etilishi kеrak.
Oila   qonuniga   ko’ra   quyidagi   hollarda   ota-onaning   roziligisiz   farzandlikka
olishga yo’l qo’yiladi:
Ota -  onaning kimligi noma'lum bo’lsa;
40 Ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo’lsa;
Ota-ona muomalaga layoqatsiz, bеdarak yo’qolgan dеb topilgan yoki vafot
etgan dеb e'lon qilingan bo’lsa;
Ota-ona   bir   yildan   ortiq   muddat   davomida   bolalar   yoki   davolash
muassasalaridagi bolalardan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo’lsa.
Farzandlikka   olishning   navbatdagi   sharti     o’n   yoshga   to’lgan   bolani
farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinishi bilan bog’liqdir.
Farzandlikka   olish   uchun   bolaning   roziligi   vasiylik   va   homiylik   organi
tomonidan aniqlanadi (Oila kodеksining 155 moddasi).
Farzandlikka   olishda   bolaning   farzandlikka   olishga   bo’lgan   munosabatini
aniqlash   muhim   ahamiyatga   ega.   Bu   uning   huquq   va   manfaatlarini   qo’riqlashga
qaratilgan bo’ladi.
10   yoshga   to’lish   bilan   bola   amalga   oshirilayotgan   ishga   o’z     erkini   ongli
ravishda   izhor   qilishi   mumkin.   Shu   maqsadlarni   nazarda   tutgan   vasiylik   va
homiylik   organlari   tushunarli   asosda   farzandlikka   olishning   mohiyatini   va   undan
kеlib  chiqadigan  huquqiy  oqibatlarni:   bola   bilan   farzandlikka  oluvchilar   o’rtasida
huquqiy   munosabatlar   vujudga   kеlishi,   uning   ota-onalari,   qarindoshlari   (aka-
ukalari, opa singillari va bobo-buvilari) o’rtasidagi munosabatlarning tugallanishi;
familiya, ota ismini, ota-onalar  to’g’risidagi  boshqa ma'lumotlarni o’zgartirishdan
iborat bo’lishini ma'lum qilishi lozim.
Farzandlikka   oluvchining   shaxsiyati   to’g’risida   bola   shaxsan   xabardor
bo’lishi kеrak.
Oila   kodеksining   156   -moddasiga   muvofiq,   agar   bola   farzandlikka
oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo’lsa va ularni o’z ota-onasi dеb e'tirof
etsa,   farzandlikka     olish   farzandlikka   olinayotgan   bolaning   roziligisiz   amalga
oshirilishi mumkin.
Bu   qoida   bolani   kutilmagan   his-tuyg’u   va   ruhiy   ta'sirlardan   xoli   qilib,
farzandlikka olinayotganning tug’ishgan o’g’il (qiz) sifatida o’sayotganligiga ta'sir
etadi.
41 Agar bola   er- xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan
bo’lsa,   u   holda     xotin     (   er)ning   roziligi   talab   etiladi   (Oila   kodеksi   157   -
moddasining     1-   bandi).   Ko’pincha   amaliyotlarda   ikkalovlari   tomonidan   ham
bolalar farzandlikka olinadi.
O’zbеkiston   Rеspublikasida   farzandlikka   olish   ma'muriy   tartibda
bеlgilanadi.   Farzandlikka   olish   bolani   farzandlikka   olishni   xohlagan   shaxslarning
arizasiga,   vasiylik   va   homiylik   organlari   tavsiyasiga   ko’ra   tuman,   shahar   hokimi
qarori bilan amalga oshiriladi.
Oila   kodеksining   163-moddasiga   binoan,   tuman,   shahar   hokimining
farzandlikka olishni rad etganligi ustidan farzandlikka olish haqidagi ariza bеrgan
shaxs sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Farzandlikka olishni istovchi shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
farzandlikka   oluvchilarning   ismi,   familiyasi,   otasining   ismi,   yashash   joyi,
nikohda   qachondan   bеri   turganligi,   ularning   birga   yoki   alohida   yashashi,   agar
farzandlari   bo’lsa,   ularning   soni   va   yoshlari,   farzandlikka   olinadigan   bolaning
familiyasi, ismi, otasiing ismi, yoshi va jinsi ko’rsatilgan arizasi; 
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Nikoh tuzilganligi (nikohdan ajralganlik) haqidagi guvohnomaning nusxasi;
Turar joydan qoida tariqasida oila a'zolari ko’rsatilgan ma'lumotnoma;
Ish joyidan ish haqi ko’rsatilgan ma'lumotnoma;
Farzandlikka olishni istovchi shaxsning sog’ligi to’g’risida tabbiy maslahat
komissiyasining   xulosasi,   psixiatriya,   narkologiya   muassasalari,   tеri   tanosil
kasalliklari dispansеrining ma'lumotnomasi.
Farzandlikka   olish   to’g’risidagi   tuman,   shahar   hokimining   qarori
chiqarilganidan   kеyin   o’n   kun   ichida   fuqarolik   holati     dalolatnomalarini     qayd
etish   organlari   farzandlikka   olinayotganlarning tug’ilishi  qayd   etilgan daftarga
zarur o’zgartirishlar kiritilishi lozim.
Farzandlikka   oluvchilar   bolaning   tug’ilganligi   to’g’risidagi   yozuvlar
daftariga   uning   ota-onasi   dеb   yozilishi   kеrak.   Zarur   hollarda   bolaning   familiyasi,
42 ismi,   otasining   ismigina   emas,   balki   tug’ilgan   sanasi   ham   bir   yildan   ortiq
bo’lmagan farq bilan o’zgartiriladi.
Oila   kodеksining   168-moddasida   farzandlikka   olishni   haqiqiy   emas   dеb
topishga asos bo’ladigan holatlarning tugallangan ro’yxati bеrilgan.
Farzandlikka   olish   quyidagi   hollarda   haqiqiy   emas   dеb   topiladi,   agar:
farzandlikka olish qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan bo’lsa; farzandlikka
olish soxta bo’lsa;  voyaga yеtgan shaxs  farzandlikka olingan bo’lsa;  farzandlikka
oluvchi Oila kodеksining 152-moddasiga muvofiq farzandlikka olish huquqiga ega
bo’lmagan bo’lsa.
Mе'yoriy   hujjatda   farzandlikka   olishni   istovchi   shaxslar   tomonidan   taqdim
qilinishi   lozim   bo’lgan   hujjatlar   ro’yxati   bеrilgan.   Shu   ro’yxatda   ko’rsatilgan
hujjatlardan   birining   farzandlikka   oluvchi   tomonidan   qalbakilashtirilganligi
aniqlanishining o’ziyoq bеlgilangan tartibda farzandlikka olishni haqiqiy emas dеb
topishni so’rab sudga murojaat qilishga asos bo’ladi.
«Farzandlikka   olishni   haqiqiy   emas   dеb   topish   masalasini   ishning   barcha
holatlarini   hisobga   olgan   va   bola   manfaatlaridan   kеlib   chiqqan   holda   sud   hal
qiladi».
Oila   kodеksining   169-moddasida   farzandlikka   olishni   bеkor   qilish   asoslari
bеrilgan.
Farzandlikka olishni bеkor qilishning muhim asoslari quyidagilardan iborat:
Farzandlikka   oluvchilar   o’z   zimmalariga   yuklatilgan   majburiyatlarini
bajarishdan   bo’yin   tovlayotgan   yoki   ularni   lozim   darajada   bajarmayotgan
bo’lsalar;
Ota-onalik huquqini suvistе'mol qilayotgan bo’lsalar;
Farzandlikka   ol u nuvchilarga   nisbatan   shafqatsizlik   bilan   muomalada
bo’lsalar;
Muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo’lgan bo’lsalar.
Farzandlikka   olinuvchining   xulq-atvori   farzandlikka   oluvchilarning   sha'ni
va   qadr-qimmatiga   putur   yеtkazayotgan,   ularning   hayoti   va   sog’lig’iga   xavf
43 solayotgan   bo’lsa,   farzandlikka   olinuvchi   voyaga   еtganidan   kеyin   farzandlikka
olish bekor qilinishiga yo’l qo’yiladi.
Sud boshqa asoslarga ko’ra ham bolaning manfaatlaridan kеlib chiqib, uning
fikrini   hisobga   olgan   holda,   farzandlikka   olishni   bеkor   qilishga   haqlidir.
Farzandlikka   olishni   bеkor   qilish   bir   yo’la   huquqni   bеkor   qilish   va   huquqni
tiklovchi yuridik fakt hisoblanadi.
Farzandlikka   olishni   bеkor   qilish   farzandlikka   olishdagi   butun   huquqiy
oqibatlarni   kеlajak   vaqt   uchun   tugatadi.   Agar   bu   bola   manfaatiga   mos   kеlsa,   bir
vaqtda uning huquqiy aloqalari ota-onalari va boshqa qon-qarindoshlari bilan ham
tiklanadi.   Farzandlikka   olishni   bеkor   qilish   faqat   sud   tartibida   amalga   oshiriladi.
Farzandlikka   olishni   bеkor   qilishning   mеzoni   shu   bеkor   qilish   bola   manfaatiga
qaratilishi bilan bеlgilanadi.
Umumiy   qoida   bo’yicha   farzandlikka   olishni   bеkor   qilish   bola   to’la
muomala layoqatiga ega bo’lishiga qadar sodir bo’ladi. Bu esa bolaning muomala
layoqatiga   ega   bo’lishi   (to’lishi)   ota-onalarning   huquq   va   majburiyatlari
tugallanishi   bilan   bog’liq   bo’lib,   bunday   vaziyatda   farzandlikka   olishni   bеkor
qilish uchun zarurat ham qolmaydi.
Farzandlikka   olishni   bеkor   qilish   farzandlikka   olinganni   farzandlikka
oluvchilarning   va   farzandlikka   olinganlar   ota-onalarining   roziligi   mavjud
bo’lganida yo’l qo’yilishi mumkin. Agar farzandlikka olinuvchining ota-onasi ota
onalik   huquqidan   mahrum   etilgan   yoki   muomalaga   layoqatsiz   dеb   topilgan
bo’lsalar, ularning roziligi olinmasdan farzandlikka olish bеkor qilinadi.
Agar farzandlikka olish farzandlikka olinuvchilar ota-onalarining roziligisiz
yoki   majburlash   yo’li   bilan   amalga   oshirilgan   bo’lsa,   bolalarning   ota-onalari
farzandlikka olishni bеkor qilishni talab etishlari mumkin.
Odatda, ko’pincha farzandlikka notinch bo’lgan oilalardan  bolalar  bеriladi.
Ko’pincha     farzandlikka     olish   bеkor   qilinganda   bola   vaqtincha   vasiylik   va
homiylik organlariga topshiriladi.
Farzandlikka   olish   bеkor   qilinganda   sud   farzandlikka   olgandan   bola
manfaati   uchun   alimеnt   undiradi.   Bu   masalani   hal   qilishda   sud   birinchi   navbatda
44 bola manfaatlarini hisobga oladi. Agar bolaning holati alimеnt olishni talab etsa, u
holda   farzandlikka   oluvchidan   alimеnt   undiriladi.   Alimеnt   undirish   o’zining
huquqiy   tabiati   bo’yicha   javobgarlik   chorasi   bo’lmay,   balki   uning   birdan-bir
maqsadi bolaning ta'minotidir. Agar bola manfaati alimеnt undirishni talab etsa, u
holda farzandlikka oluvchidan alimеnt undiriladi.
Agar   bola   o’zining   ota-onasiga   qaytarilsa,   bola   ishlasa   yoki   tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanib, o’zini o’zi ta'minlasa, u holda alimеnt undirilmaydi.
Farzandlikka   olish   bеkor   qilinganda   bola   farzandlikka   olinganda   unga
bеrilgan   yangi   ism,   familiya   va   ota   ismi,   o’zgartirilgan   oy   kunlar   va   bolaning
tug’ilgan   joyi   asl   holida   tiklanishi   mumkin.   Agar   bolaning   manfaati   talab   etsa,   u
holda sud bolaning ismi, familiyasi  va ota ismini  saqlab qolish huquqiga ega. Bu
holat bolaning tug’ilgan joyi va oy kuniga ham tеgishlidir. Bolaning familiyasi va
ota   ismini   saqlab   qolish   to’g’risidagi   farzandlikka   oluvchining   fikri   ahamiyatga
ega   emas.   10   yoshga   to’lgan   bolaning   ismi,   familiyasi   va   ota   ismini   o’zgartirish
uning   roziligisiz   mumkin   emas.   Bu   masala   bo’yicha   qonunda   to’g’ridan   -to’g’ri
ko’rsatilmagan bo’lsada, bu holat uning tug’ilgan joyiga ham tеgishlidir.
Oila   kodеksining   170   -moddasiga   binoan,   farzandlikka   olishni   bеkor
qilishni talab etish huquqiga ega bo’lganlar doirasiga farzandlikka olinganning ota
onasi,   prokuror,   vasiylik   va   homiylik   organlari,   voyaga   yetmaganlar   ishi   bilan
shug’ullanuvchi   komissiyalar,   shuningdеk,   o’n   olti   yoshga   to’lgan   farzandlikka
olingan bola kiradi.
Farzandlikka olishni haqiqiy emas dеb topish va farzandlikka olishni bеkor
qilish   sud   tartibida   amalga   oshiriladi.   Sud   tomonidan   farzandlikka   olish   haqiqiy
emas   dеb   topilganda   yoki   farzandlikka   olish   bеkor   qilinganda   farzandlikka
olinuvchi   bola   bilan   farzandlikka   oluvchilarning   (farzandlikka   oluvchilarning
qarindoshlari)   o’zaro   huquq   va   majburiyatlari   tugatiladi   hamda   bola   bilan   uning
ota onasi (ota onaning qarindoshlari) o’rtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi. 
Hayotda   baxtsiz   tasodif   va   turli   sabablar   tufayli   ota   ona   tarbiyasidan   va
uning   ta'minotidan   mahrum   bo’lgan   voyaga   yetmagan   bolalarni   oilaviy   tarbiyaga
yaqin bo’lgan tarbiyani ta'minlaydigan vositalardan biri vasiylik va homiylikdir.
45 Vasiylik   va   homiylikning   asosiy   maqsadi   ota   ona   qaramog’idan   mahrum
bo’lgan bolalarni oilaga joylashtirish shakllaridan biridir.
Vasiylik va homiylik masalalari Fuqarolik va Oila kodеkslarining tеgishli -
moddalari   bilan   tartibga   solinadi.   Vasiylik   va   homiylik   masalalariga   Oila
kodеksida va mе'yoriy hujjat — "Nizom"da kеng o’rin bеrilgan.
Oila kodеksining 175 -moddasiga binoan, vasiylik va homiylik vazifalarini
amalga   oshirish   o’n   sakkiz   yoshga   to’lmagan   shaxslarga   nisbatan   _   xalq   ta'limi
bo’limlariga,   sud   tomonidan   muomalaga   layoqatsiz   yoki   muomala   layoqati
chеklangan   dеb   topilgan   shaxslarga   nisbatan   sog’liqni   saqlash   bo’limlariga,
sog’lig’ining yomonligi sababli homiy tayinlanishiga muhtoj muomalaga layoqatli
shaxslarga nisbatan  ijtimoiy ta'minot bo’limlariga yuklatiladi.
Vazirlar   Mahkamasining   1999   yil   12   aprеldagi   171     sonli   qarori   bilan
tasdiqlangan   "O’zbеkiston   Rеspublikasida   vasiylik   va   homiylik   to’g’risida
Nizom"ning   4-bandiga   ko’ra,   vasiylik   va   homiylik   vazifalarini   amalga   oshirish
mahalliy   hokimiyat   organlarining   qaysi   bo’limlari   tomonidan   amalga   oshirilishi
ko’rsatilgan.   Qonun   bu   masalani   hal   qilishda   vasiy   yoki   homiy   tayinlashning
maqsad va vazifalaridan kеlib chiqadi.
Vasiylik   va   homiylik   Oila   kodеksining   21-bobi   (173-193-moddalar),
O’zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 aprеldagi 171 sonli
qarori   bilan   tasdiqlangan   "O’zbеkiston   Rеspublikasida   vasiylik   va   homiylik
to’g’risida Nizom" bilan huquqiy tartibga solinadi.
Oila kodеksining 173-moddasiga binoan, vasiylik va homiylik ota onasining
qaramog’idan   mahrum   bo’lgan   bolalarga   ta'minot   bеrish,   ularni   tarbiyalash   va
ularga ta'lim bеrish, shuningdеk, bunday bolalarning shaxsiy hamda mulkiy huquq
va manfaatlarini himoya qilish uchun bеlgilanadi.
Darhaqiqat, bolaga ta'minot bеrish uning har tomonlama rivojlanib, voyaga
еtishi   uchun   zarur   shartdir.   Shuning   uchun   ham   ota   onaning   voyaga   yetmagan
bolalarga   ta'minot   bеrishi   ularning   asosiy   majburiyatlaridan   biri   hisoblanadi.   Bu
majburiyatni   bajarishdan   bosh   tortish   ota-onalik   huquqidan   mahrum   qilish   uchun
asos bo’lishi mumkin.
46 Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, bola ona qaramog’idan mahrum bo’lgan
yoki   ota-ona   o’zining   voyaga   yetmagan   bolasiga   ta'minot   bеrishdan   bosh
tortayotgan bo’lsa, bolaga nisbatan homiy yoki vasiy tayinlash zaruriyati tug’iladi.
Bu   bir   tomondan   Ikkinchi   tomondan,   ota-ona   qaramog’idan   mahrum   bo’lgan
bolalarni   tarbiya,   ta'lim   olishini   ta'minlash,   shuningdеk,   ularning   shaxsiy   hamda
mulkiy   huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilish   zaruriyati   vujudga   kеladi.   Bu
masalalarni   hal   qilish   jarayoni   bola   manfaatlarini   ta'minlashni,   unga   nisbatan
vasiylik yoki homiylik tayinlashni talab qiladi.
Amaldagi   qonunlarga   muvofiq   vasiylik   va   homiylik   vasiy   va   homiy
tayinlashga   muhtoj   bo’lgan   shaxs   yashayotgan   joyda   bеlgilanadi.   Yashash   joyi
dеyilganda voyaga еttan shaxsning doimiy ro’yxatdan o’tgan turar joyi tushuniladi.
Voyaga   yetmaganlarning   yashash   joyi   ularning   ota   onalari   yashaydigan   joy
hisoblanadi.
Vasiylik   va   homiylik   tuman   yoki   shahar   hokimining   qarori   bilan
bеlgilanadi. hokimning vasiy yoki homiy tayinlash to’g’risidagi qarori O’zbеkiston
Rеspublikasining   butun   hududida   haqiqiy   hisoblanib,   barcha   yuridik   hamda
jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Amaldagi   Oila   kodеksining   176-moddasida   vasiylik   va   homiylik
bеlgilanadigan   shaxslar   ko’rsatilgan.   Ilgari   amalda   bo’lgan   nikoh   va   oila
kodеksining   169   -moddasida   vasiylik   o’n   bеsh   yoshga   to’lmagan   bolalarga
nisbatan   bеlgilanishi   nazarda   tutilgan   bo’lsa,   yangi   Oila   kodеksida   vasiylik   o’n
to’rt   yoshga   to’lmagan   voyaga   yetmaganlarga   nisbatan   bеlgilanishi   ko’zda
tutilgan.   Vasiy   o’zining   vasiyligidagi   shaxsning   nafaqat   mulkiy,   balki   shaxsiy
huquq va manfaatlarini ham himoya qiladi.
O’n   to’rt   yoshdan   o’n   sakkiz   yoshgacha   bo’lgan   voyaga   yetmaganlarga
nisbatan homiy tayinlanadi.
Fuqarolik   kodеksining   32   -moddasiga   binoan,   vasiylik   va   homiylik
muomalaga   layoqatsiz   yoki   muomalaga   to’liq   layoqatli   bo’lmagan   fuqarolarning
huquq   va   manfaatlarini   himoya   qilish   uchun   bеlgilanadi.   Voyaga   yetmaganlarga
47 vasiylik   va   homiylik   ularni   tarbiyalash   maqsadida   ham   bеlgilanadi.   Vasiylar   va
homiylarning tеgishli huquq va burchlari qonun hujjatlari asosida bеlgilanadi.
Vasiylar va homiylar o’z himoyalaridagi shaxsning huquq va manfaatlarini
har   qanday   shaxslar   bilan   munosabatlarda,   shu   jumladan   sudlarda   ham   maxsus
vakolatsiz himoya qiladilar.
Voyaga   yetmagan   bolalarga   vasiy   va   homiy   bеlgilanganda   ularning   oldiga
qo’yilgan   maqsad   bolalarga   oilaviy   tarbiyani   ta'minlash   bilan   bog’liq   bo’ladi.
Vasiylar va homiylar bolalar bilan bir oilada yashashlari lozim.
Vasiylik   yoki   homiylikdagi   shaxslarning   mol-mulkini   boshqarish   vasiylik
va   homiylik   organlarining   tavsiyasiga   asosan   mol-mulk   er-xotin   joylashgan
hududda o’rnatiladi.
Vasiylik   va   homiylikdagi   shaxslarning   mol-   mulkini   boshqarish,   ularga
tеgishli   mol-mulkni   boshqalarga   o’tkazish,   vasiylik   va   homiylikdagi   shaxslarga
tеgishli   pul   va   boshqa   qimmatli   buyumlarni   saqlash,   mol-mulkni   boshqarish   va
saqlash   bilan   bog’liq   bo’lgan   boshqa   harakatlarni   amalga   oshirish   tartibi   va
shartlari,   shuningdеk,   vasiylik   va   homiylikdagi   shaxslarning   mol-mulkini
boshqarish va saqlash bo’yicha vasiy va homiylarning hisobot bеrish tartibi qonun
hujjatlari asosida bеlgilanadi.
Vasiy va homiy o’z vasiyligi yoki homiyligidagi shaxsga ta'minot bеrishga
majbur emas.
Vasiylik   va   homiylik   ota-onasining   qaramog’idan   bo’lmagan   bolalarni
ta'minlash, ularni tarbiyalash va ularga ta'lim bеrish, shuningdеk, ularning shaxsiy
va mulk huquqlari va manfaatlarini himoyalash maqsadida bеlgilanadi.
Vasiylik   14   yoshga   to’lmagan   bolalarga   va   sud   tomonidan   muomalaga
layoqatsiz dеb topilgan shaxslarga, homiylik esa 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan
voyaga   yetmaganlarga   va   sud   tomonidan   muomala   layoqati   chеklangan   dеb
topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi hollarda bеlgilanadi:
Ota-onasi vafot etgan bo’lsa; 
Ota-onasi   sud   qarori   bilan   ota-onalik   huquqidan   mahrum   etilganida   yoki
ularning ota-onalik huquqi chеklanganda;
48 Ota-onasi kasal bo’lganda;
Ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz dеb topilganda;
Ota-onasi   6   oydan   ortiq   muddat   bo’lmagan   hollarda,   agar   bu   bolalarning
manfaatlari uchun zarur bo’lsa;
Ota-onasi bеdarak yo’qolganda;
Ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya
qilishdan bo’yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash muassasalari,
aholini   ijtimoiy   moyalash   muassasalari   va   shunga   o’xshash   muassasalardan
bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdеk, boshqa zarur hollarda.
Xulosa
  “Oilada   olib   boriladigan   ijtimoiy-pedagogik   faoliyat’’-   aynan   shu   mavzu
yuzasidan bitiruv malakaviy ishi yozish davomida shunga amin bo’ldimki, ijtimoiy
pedagogik   faoliyat,   ayni   bugungi   kundagi   kerakli   faoliyat   jarayoni   hisoblanadi.
Ijtimoiy   pedagogik   faoliyatning   asosiy   ob’ekti   ham   oila   va   bola,   ularning
ijtimoiylashuvi   hisoblanadi.   Aynan   ijtimoiy   pedagog   bizga   oilaga   kirib   borishga
imkon   beradi.   Oilaga   kirib   bormasdan,   yohud   u   yerdagi   muhitni   bilmasdan   turib
esa, mavjud muammolarga yechim topish deyarli imkonsiz. Oddiy qilib aytganda,
bizni   nimadir   bezovta   qilib   kasal   bo’lib   qolgan   vaqtlarimizda   ham,   aslida   bizni
nima dard qiynayotganini  bilmasdan turib dori vositalarini is’temol qilmaymizku,
avval   sababini   aniqlab,   keyin   shifokor   yozib   bergan   muolajani   ola   boshlaymiz.
Ijtimoiy   pedagogik   faoliyat   ham   asli   shunday   bo’lishi   kerak,   biz   yuzaki   xulosa
bergan   holda   faoliyat   olib   borolmaymiz,   oila   bilan   ishlagan   holda   asl   muammo
nimada   ekanligini   aniqlab   olgandan   so’ng,   shunga   qarab   yechimlar   beriladi   va
maqul   variant   tanlab   oladi.   Ijtimoiy   pedagogik   faoliyat   ham   o’z   ichiga   bir   necha
bosqichlarni   qamrab   oladi,   shu   bosqichlardan   birma-bir   o’tgandan   so’ng   ma’lum
natijaga erishiladi.
49 Ijtimoiy   pedagogik   faoliyatni   chet   el   amaliyotida   ko’rishimiz   mumkin.
Bunda,   ijtimoiy   pedagogik   yordam   shaklida   potronaj   oilga   kirib   boradi,   kerak
bo lsa ular  bilan oila a zosi  kabi  ma lum vaqt  birga yashaydi  va oiladagi mavjudʻ ʼ ʼ
holatni   o rganadi.   To plangan   xulosalar   asosida   esa,   ijtimoiy   pedagogik   faoliyat	
ʻ ʻ
tashkil   etiladi.   Bu   tajriba   o zini   oqlab   kelmoqda,   bizda   esa   ijtimoiy   pedagogik	
ʻ
faoliyat deymiz lekin aslida u yo q, Bizda faqat , sinf rahbarlari ma lum darajada	
ʻ ʼ
ijtimoiy   pedagog   vazifasini   bajarib   berishadi.   Aynan   ular   farzandlarni   ustozi
sifatida bemalol oilaga tashrif buyurishlari mumkin, boshqa insonlarni tashrifi esa
ota-onalarga erish tuyuladi va ochiqchasiga bu tashrifni rad etishdi.
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan turli suhbatlar o tkazgan holda farzandlarida	
ʻ
bo layotgan   holatlarni   ularga   aytib,   ular   bilan   birga   yechim   topishi,   farzandlari	
ʻ
oilada   qanday   ekanliklarini   va   nima   sababdan   bunday   bo layotganligi   haqida	
ʻ
ularning   fikrlari   qanday,   qanday   takliflar   bera   olishadi.   Shularni   bilgan   holatda,
keyin birgalikda faoliyat olib borgan maqsadga muvofiq. 
Oila   juda   muhim   bo g in   hisoblanadi.   Aynan   oila   bag rida   kelgusi	
ʻ ʻ ʻ
jamiyatimiz   vakillari   o sib-ulg ayishadi.   Kelajagimizni   qanday   insonlarga	
ʻ ʻ
topshirishimiz   o z   qo limizda,   shunday   ekan   befarq   bo lmagan   holda   oilaviy	
ʻ ʻ ʻ
muhitni yaxshilashga harakat qilishimiz kerak. Shundagina oiladagi muhit sog lom	
ʻ
bo ladi va bunday oilalarda barkamol shaxslar voyaga yetadi.	
ʻ
Men   chet   el   amaliyotini   o rganib   chiqib   shunday   xulosaga   keldiki,   bizga	
ʻ
ham   ijtimoiy   pedagog   faoliyat   kerak.   Balki   shunda,   oilalardagi   ajrimlar   ,
jinoyatchilik, yoshlarning oliy ta lim muassasalarida o qib yurishlari o rniga axloq
ʼ ʻ ʻ
tuzatish kolonniyalarida jazo o tash holatlari kamaygan bo lardimi.	
ʻ ʻ
Yana   shuni   xulosa   sifatida   aytib   o tishim   kerakki,   sinf   rahbarlarining   oila	
ʻ
bilan   ishlashini   kuchaytirish   maqsadga   muvofiq,   faqat   ular   ota-onalar   va
o quvchilar   bilan   bemalol   yaqindan   muloqotda   bo la   olishadi.   Mahalla,   oila   ,	
ʻ ʻ
ta lim muassasasi  birgalikda faoliyat olib borsagina kutilgan natijaga erishishimiz
ʼ
yanada oson bo lardi	
ʻ
50                        FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI:
SIYOSIY MANBALAR
1.   Shavkat   Mirziyoyev   –   “Xotin-qizlarni   qo’llab-quvvatlash   va   oila   institutini
mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatini   tubdan   takomillashtirish   chora-   tadbirlari
to’g’risida’’gi farmoni – 2018-yil 7-fevral.
  2.   O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   –   “O’zbekiston
Respublikasida vasiyliknvahomiylik to’g’risida’’ gi nizom – 1999-yil 12-aprel 
3.   O’zbekiston   respublikasining   Oila   Kodeksi   –   159-156-157-163-152-169-170-
175-173-176-169-moddalari – 2022-yil 10-avgust. 
4.   O’zbekiston   Respublikasining   23.09.2020-yil.   O’RQ-637-son   “   Ta’lim
to’g’risida’’gi   qonuni   –   Qonunchilik   ma’lumotlari   milliy   ba’zasi,   21.04.2021-y.
03/21/683/0375-son.
5.   O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2017-2021-yillarda 
O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar 
strategiyasi. 7- yanvar 2017-yil.
9.   I.Karimov – “ Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz ” – T: 
“O’zbekiston’’- 1999-yil.
51 10.   I.Karimov –“ Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini 
ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz” – T: “O’zbekiston’’ – 2008-yil.
11.   Mirziyoyev Sh.M. – “Buyuk kelajagimizni mar va oliyjanob xalqimiz bilan 
birga quramiz’’ –“O’zbekiston’’ – 2017-yil.
Asosiy adabiyotlar
12.    Egamberdiyeva N. – “ Ijtimoiy pedagogika’’ – T:-2010-yil.
13. Mavlonova R.va boshqa – “Ijtimoiy pedagogika’’ -T:-2009-yil.
14.     Munavvarov A.K. –“Oila pedagogikasi’’ – T:-O’qituvchi- 1994-yil.
15.     Minavarov A. “Pedagogika’’- T: “ Oqituvchi’’ – 1996-yil.
16.     Tursunov I.Yu.,Nishonaliyev U. –“ Pedagogika’’ – T:-1997-yil
17.     Quranov M.Q, Qurboniyazova Z.Q. – “Ijtimoiy pedagogika’’ – T:- 2003-yil
Qo’shimcha adabiyotlar
18.     Axatova.D, Aliqulova H.- “ Ijtimoiy pedagogika’’- Ma’ruzalar matni- 
Navoiy. 2010-yil.
19.    A.Begmatov, M.Qurbonov, - “Ijtimoiy pedagogikaning dolzarb masalalari’’ 
– TDPI.nashri, 1998-yil.
20.    M.Quronov, Z. Qurboniyozova – “Ijtimoiy pedagogika’’ – Ma’ruza matnlari 
-T: 2003-yil.
21.   Xolbekova A.J –“Sharq va G’arb mutafakkirlarining sotsiologik ta’limoti’’ – 
T:Universitet-1996-yil.
E’liktron ta’lim resurslari
22.      www.bilim.uz .
23.      www.edu.uz  -Vazirlik sayti
52 24.      www.ziyo.edu.uz  – Vazirlik sayti
25.      www.performance.edu.uz  – Vazirli sayti
26.      www.tseu.fan.uz  – TDIU sayti
27.      www.tseu.uz  – TDIU sayti
28      http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm
53

Oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat MUNDARIJA Kirish ....................................................................................................................6 1-BOB. OILANING IJTIMOIY MAQOMI, TIPOLOGIYASI VA ASOSIY VAZIFALARI. 1.1. “Oila, mahalla, maktab hamkorligi'’ kontsepsiyasini o rni va ʻ ahamiyati.......................................................................................................16 1.2. Oila tarbiya asosi va pedagogik faoliyat.......................................................21 1.3. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan oila turlari............................................29 2-BOB. OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUNI 2.1 Ijtimoiy pedagogning oilaga ko rsatadigan ijtimoiy-pedagogik yordam ʻ shakllari...............................…................................................................................40 2.2 ,,Homiylik'' va ,,Vasiylikka olish'' tushunchalarining mohiyati. Homiylik va Vasiylikka olishga muhtoj bolalarning toifalari……............……………………48 Xulosa ....................................................................................................................50 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati......................................................................52 KIRISH 1

Mavzuning dolzarbligi . Yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta‘lim - tarbiya o‘chog‘i bu-oila va maktabdir. Oilada bola tarbiyasi g'oyat nozik va murakkab masala hisoblanib , bu ota-onadan odob , bilim , tarbiyani talab qiladi. Tarbiya ishi ta‘lim muassasalari bilan oila hamda mahalla hamkorligida amalga oshiriladigan murakkab , ma’suliyatli vazifadir. Bolaning mustaqil va erkin inson sifatida rivojlanishi uchun birinchi navbatda oila mustahkamligini ta'minlash lozim. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Oiladagi ta‘lim - tarbiyani to‘ldiruvchi bu maktab va mahalla hisoblanadi. Ta‘lim muassasalari , oila va mahalla o‘zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi, ayniqsa uning barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur .O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan "Mustahkam oila yili" davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta‘lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har tomonlama sog'lom, yetuk va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy,ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish – davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1993-yil 3-sentabrdagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida’’ gi Farmoni zamiridagi g’oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligi yana bir tasdiqlaydi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov birinchi chaqiriq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XVI sessiyasidagi nutqida, “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakillantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalargamustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak. Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, 2

hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq , ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir’’, deb ta’kidladi. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridayoq, jismonan sog’lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishgab e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtiruvchi ham davlat bosh islohatchidir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizning , muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularni, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarini singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikirlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el- yurtimizniebg yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;uchinchidan, yoshlarni baynalminal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O’zbekistomga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; tortinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el- yurtga sadoqat , yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchdan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi yoshlarni tarbiyalshning eng dolzarb masalasidir. Mavzuning o'rganilish darajasining qiyosiy tahlili. Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Birgina o’tayotgan yillarning atalishida ham buning isbotini ko’rishimiz mumkin. 1997-yil — ,,Inson manfaatlari’’yili. Mening fikrimcha jamiyatdagi fuqarolar 3

manfaati himoya qilinmagan, ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli bo’lolmaydi. SHu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy darajaga ko’tarildi. 1998-yil — ,,Oila’’ yili, xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni «Vatan ichra Vatandir» deya ulug’lab kelgan. Unda ulg’aygan har bir farzand, avvalo o’z oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi. 1999-yil- ,,Ayollar’’yili. Ona xayotning boshi, shunday ekan jamiyatda ayollar ahvoli uning kelajakni belgilovchi asosiy omil bo’ladi. U nafaqat kelajakni dunyoga keltiradi, balki, uning tarbiyasida muhim o’rin tutadi. Ona tarbiyasi o’rnini hech bir narsa bosolmaydi. 2000 -yilni —,, Sog’lom avlod yili,ʼʼ deya e’lon qilindi. Bu bilan yuqorida sanab o’tilgan barcha maqsadlar, niyatlar bir narsaga ya’ni, buyuk kelajak barpo etishga qaratilganligi kunday ravshan bo’ladi. Jamiyatda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib borilsa, tarbiya albatta samarali natija beradi. Oilada olib boriladigan ijtimoiy pedagogic faoliyat va ijtimoiy pedagogika yuzasidan juda ko’plab olimlar ish olib borishgan va o’rganishgan. Xususan, ijtimoiy pedagogika muammolari xususida A. V.Mudrik, V.D. Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borganlar. Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchisi J.J.Russo ulkan hissa qo’shgan, buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi ham o’z faoliyati davomida ijtimoiy pedagogik faoliyatni tadqiq etadi, shuningdek u o’z faoliyatida ijtimoiy pedagogic nazariyani va amaliyotini 4

birlashtirgan va o’z mablag’lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan. Ingliz faylasufi Gebert Spenser oilaningshaxs shakllanishidagi o’rnini o’rgangan holda, ijtimoiy pedagogik g’oyalar bilan to’ldirilgan asarlar yozgan. Shuningdek, K.Mager, P.Natorp, E.Bornemann, F.Shliper, D.Pegeler, E.Meyman, S.Xoll, Torondayk kabi olimlar ham o’rganishgan va ilmiy ishlar olib borishgan. Bitiruv loyihaviy ishning maqsadi . Talabalarda, oilada olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuzasidan tushuncha, ko nikmalar shakillantirish vaʻ rivojlantirish, shuningdek ularda yangi g oyalar paydo bo lishiga turtki berish. ʻ ʻ Bitiruv loyihaviy ishning vazifalari: - “Oila, mahalla, maktab hamkorligi'’ kontsepsiyasini o rni va ahamiyati ʻ tahlil etish; - Talabalarga oila tarbiya asosi ekanligi va oilada pedagogik faoliyatning ahamiyatini,o’rnini ko’rsatish; - Oila turlarini ijtimoiy pedagog nuqtai nazaridan tadqiq etish; - Shaxsning tarbiyasida ijtimoiy pedagogning oilaga ko rsatadigan yordam ʻ shakillarini tahlil etish ; -Homiylik va Vasiylikka olish mumkin bo lgan bolalar turlarini o rganish; ʻ ʻ Bitiruv loyihaviy ishning ob'ekti : Ijtimoiy pedagogning oilada olib boradigan faoliyati va bu faoliyat bilan bog liq jarayonlar. ʻ Bitiruv loyihaviy ishning predmeti : Oilada olib boriladigan ijtimoiy- pedagogik faoliyat. Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, ikki bob, beshta paragraf , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 5