logo

OILADA OLIB BORTLADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYaT MODULINI UKITIShDA INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

5657.3974609375 KB
 
«OILADA OLIB BORTLADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK
FAOLIYaT MODULINI UKITIShDA INNOVATSION TALIM
TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh  »
   mavzusidagi
               BITIRUV MALAKAVIY  IShI 
1 BITIRUV  MALAKAVIY   IShINING 
MUNDARIJASI
Kirish ..............................................................................................................
1   BOB.   XALQ   PEDAGOGIKASIDA   OILA   TARBIYaSINING
IFODALANIShINING  NAZARIY MASALALARI.
1.1.  Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarining ustuvor yo‘nalishlari.
1.2.     Xalq   pedagogikasida   oila   tarbiyasining   ifodalanishiga   oid   innovatsiyalar   va
ilg‘or xorijiy tajribalar. 
2   BOB.   XALQ   PEDAGOGIKASI   FANIDAN   ELEKTRON   O‘QUV   MODULI
IShLANMASI
2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus)
2.2. Ma’ruza matni
2.3. Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar.
2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar.
2.5. Fan mavzulari yuzasidan taqdimotlar.
2.6. Xulosa va tavsiyalar
Kirish.
2 Mavzuning   dolzarbligi.   Insoniyat   paydo   bo‘libdiki,   farzandlar   tarbiyasi
jamiyatda muhim  muammo sifatida qarab kelinadi. Chunki  jamiyat mavjud ekan,
insonga   xos   bo‘lgan   barcha   sifatlar,   mafkuraviy   qarashlar   uning   xarakteriga,
ongiga,   tafakkuriga   singdirib   boriladi.   Jamiyatning   o‘zgarishi,   davr   o‘tishi   va
zamon rivojlanishi bilan tarbiyaning maqsadi, mavzuga qo‘yiladigan talablar ham
o‘zgarib   boraveradi.   Aynan   shu   farzandlar   tarbiyasi,   eng   avvalo,   oiladan
boshlanadi,   chunki   oilada   oilaviy   an’analar,   urf-odatlar,   marosimlar   insonning
ma’naviy-axloqiy   shakllanishini   ta’minlaydigan   asosiy   zamin   sifatida   xizmat
qiladi. 
Yurtboshimiz   I.A.Karimov   mustaqillikning   dastlabki   kunlaridanoq   oila
masalasiga  katta e’tibor  berib, shunday  deydi:  “Yurtimizdagi  har  bir  inson uchun
Vatan   tushunchasi   avalo   oiladan   boshlanadi.   Shu   bois   oila   va   mafkura
tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmatini
anglab   yetmasdan   oilaga   millat   manfaati   nuqtai   nazaridan   yondashmasdan   turib,
xalqchil mafkura yarata olmaymiz”.  
Bu fikrning tasdig‘ini biz 1998 yilni “Oila yili”, 1999 yilni “Ayollar yili”,
2000   yilni   “Onalar   va   bolalar   yili”,   2012   yilni   “Mustahkam   oila   yili”     deb   e’lon
qilinganligidan ham bilsak bo‘ladi.
Barchamizga   ma’lumki,   BMT   Bosh   Assambleyasining   1993   yil   20   sentyabrdagi
yalpi   yig‘ilishida   1994   yildan   boshlab   15   mayni   “Xalqaro   oila   kuni”   sifatida
nishonlashga   kelishildi.   Maqsad   insoniyat   diqqat-e’tiborini   inson   o‘z   orzu-
umidlari,   baxtu-saodati   hamda   tinchligin   bog‘laydigan   maskan   –   oilaning
mustahkam bo‘lishiga qaratishdir.
Barcha   davrlarda   ham   davlat   va   jamiyat   g‘amxo‘rligi   oilalarning
mustahkamligiga   asos   bo‘lgan.   Zero,   inson   hayoti   oiladan   boshlanadi,   hayotiy
qarashlarimiz ham oila bahrida o‘sib chiqadi.
 
 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008.
Aynan   shu   qadriyatlarga   har   bir   rivojlangan   jamiyat   suyanadi.   Oila   tufayli
davlat   mustahkamlanadi   va   rivojlanadi,   xalqning   esa   farovonligi   oshadi.
3 Yurtimizda   oilalar   manfaati,   uning   rivojlanishi   uchun   muhim   hujjatlar   qabul
qilingan, vazifalar belgilangan. Jamiyat tayanchi bo‘lgan oilalarni asrash, ma’naviy
hayotimizda   oilalarning   o‘rnini   muhim   ekanligini   ko‘rsatib   berish,   oilalarni   har
tomonlama   himoya   qilish   maqsadida   muhim   davlat   dasturlari   amalga
oshirilmoqda.   Yurtboshimiz   ta’biri   bilan   aytganda,   “Oila   qurish   faqat   ikki
yoshning   o‘rtasida   bo‘ladigan   kelishuv   emas,   balki   bu   jamiyat   hayotiga   aloqador
masaladir.”  
Jamiyatda   mustahkam   oilalarning   mavqeini   oshirish   davlat   siyosati
darajasiga   ko‘tarilgan   bir   paytda   xalq   pedagogikasining   oila   ma’naviyatini
yuksaltirishda   o‘rni   va   ahamiyatini   o‘rganish     muhim   masala   bo‘lib   hisoblanadi.
Shu   bois   ham   xalq   pedagogikasi   manbalaridan   foydalanib,   yoshlarga   oila
ma’naviyati va tarbiyasini tushuntirish, ularni  oilaviy hayotga tayyorlashni dolzarb
masala deb hisobladik
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
    Oilada   farzand   tarbiyasi,   yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlash   masalasi
hamma   vaqt   dolzarb   bo‘lib   kelgan.   Buyuk   mutafakkiroarimizning   oila,   oilaviy
tarbiya haqidagi ma’lumotlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va
hanuzgacha   oilada   farzandlarni   tarbiyalashga   xizmat   qiladi.   Shuningdek,
ma’rifatparvar adiblar, faylasuf olimlarning oilada farzand tarbiyasi muammosi va
komil inson haqidagi g‘oyalari hozirgi kunda ham ahamiyatlidir. 
Xalq pedagogikasi manbalari, ularda aks etgan ta’lim-tarbiya masalalari bilan qator
olimlar shug‘ullanganlar. M.Murodov, Z.Mirtursunov, A.Bobo-
jonov,   S.Temurova,   K.Xoshimovlar   xalq   pedagogikasini   chuqur   tadqiq   qilganlar.
O.Jo‘raeva,   M.Inomova,   A.Minavvarov,   J.Qozoqboev,   M.Quronov,
O.Musurmonovalar   oilada   farzand   tarbiyasining   u   yoki   bu   jihatlarini   tadqiq
qilganlar. N.Egamberdieva oilada farzandlarning turli sharoitlar-
 Karimov I.A. Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik. –T.: O‘zbekiston, 1993.
da ijtimoiylashuv jarayonlari haqida to‘liq ma’lumot bergan bo‘lsa,  M.Mutalipova
xalq   pedagogikasi   manbalarini   keng   yoritib   bergan.   M.Xolmatova   “Oilaviy
4 munosabatlar   madaniyati   va   sog‘lom   avlod   tarbiyasi”   qo‘llanmasida   oila   va
ularning o‘ziga xosliklari haqida gapirib o‘tganlar. 
Tadqiqotning maqsadi.  Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarining
ifodalanishini ochib berish.
Tadqiqot   ob’ekti:         Xalq   pedagogikasida   oila   tarbiyasi   masalalarining
ifodalanishini ochib berish jarayoni.
Tadqiqot   predmeti:     Xalq   pedagogikasida   oila   tarbiyasi   masalalari
mazmuni.
Tadqiqot vazifalari: 
1.   Xalq   pedagogikasida   oila   tarbiyasi   masalalarini   pedagogik   muammo   sifatida
tadqiq etish.
2.   Xalq   pedagogikasida   oila   tarbiyasi   masalalarining   ustuvor   yo‘nalishlarini
yoritish.
3. Xalq pedagogikasi fanidan (mavzuga oid) o‘quv modulini yaratish.
                        Tadqiqotning ilmiy farazi:   agar oila ma’naviyatini yuksaltirishda xalq
pedagogikasi manbalaridan foydalanilsa:
- yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligi ortadi;
- oilaviy   hayotga   oid   xalq   pedagogikasi   manbalari   haqida   ma’lumotga   ega
bo‘ladi;
- yoshlarda oilaviy tarbiya, oilaviy hayotga nisbatan mas’uliyat hissi kuchayadi.
      Tadqiqotning amaliy ahamiyati: 
-     xalq   pedagogikasi   manbalarida     oila   tarbiyasi   masalalarining   mazmuni
yoritildi,  tavsiyalar ishlab chiqildi;
-   mavzu   yuzasidan   amaliy   va   nazorat   topshiriqlari,   ishlanmalar,   taqdimotlar,
mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar taqdim  etildi.
-   tadqiqot mazmunidan akademik litsey va kasb - xunar kolleji o‘qituvchilari,
umumta’lim   maktab   o‘qituvchilari,   magistrlar   va   talabalar   foydalanishlari
mumkin.
5 1 BOB. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA TARBIYaSINING
IFODALANIShINING  NAZARIY MASALALARI.
1.1.  Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarining ustuvor yo‘nalishlari.
Mumtoz   pedagogika   tarixini   ko‘zdan   kechirsak,   oila   va   uning   muhim
masalalari,   uni   pokiza   saqlash,   burch   va   vazifalari,   uning   jamiyat   taraqqiyotidagi
6 o‘rni   va   salmoqli   ishlari   haqida   qimmatli   fikrlar   aytilgan.   Demak,   o‘zbek   oilasi
tarixi va pedagogika tarixi, xalq pedagogikasi juda qadimiydir. 
  “Xalqimiz   qadim-qadimdan   oilani   muqaddas   deb   bilgan.   Oila   ahil   va   totuv
bo‘lsa,   jamiyatda   tinchlik   va   hamjihatlikka   erishiladi,   davlatda   osoyishtalik   va
barqarorlik   hukm   suradi.   Oila   farovonligi   milliy   farovonlik   asosidir”,   -   deb
ta’kidlaydi   yurtboshimiz   I.A.Karimov.   Darhaqiqat,   oila   ma’naviyati   asosida
yoshlarni   tarbiyalashda,   birinchi   navbatda   Sharq   mutafakkirlarining   qimmatli
ma’naviy   meroslari   muhim   dasturil   amal   sifatida     ahamiyatga   ega   bo‘ladi.
Muhammad   al-Xorazmiy,   Abu   Nasr   Farobiy,   Abu   Ali   Ibn   Sino,   Abu   Rayhon
Beruniy,   Axmad   al-Farg‘oniy,   Imom   Ismoil   al-Buxoriy,   Axmad   Yassaviy,
Bahovuddin   Naqshband,   Amir   Temur,   Muhammad   Tarag‘ay   Ulug‘bek,   Alisher
Navoiy   va   Zahiriddin   Muhammad   Bobur   singari   olamga   mashhur   allomalarining
ijtimoiy,   siyosiy   va   falsafiy   qarashlari   barcha   zamonlar   uchun   muhim   ahamiyat
kasb etadi. O‘z o‘tmish madaniy merosini  chuqur  o‘rganmagan va e’zozlamagan,
ajdod-avlodlari   bosib   o‘tgan   tarixiy   yo‘lni   idrok   etmagan,   milliy   mustaqillik
yo‘lida   jon   fido   qilgan   buyuk   ajdodlar   faoliyatidan   habardor   bo‘lmagan   inson
o‘zligini,   milliy   g‘ururini   hech   qachon   anglab   yetolmaydi.   O‘tmish   madaniy
merosini   o‘rganish   murakkab   jarayon   sanaladi.   Madaniy   meros   namunalari   va
ularda ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni yosh avlod ongiga singdirish uzluksiz, izchil,
tizimli hamda maqsadga muvofiq amalga oshirilishi zarur.
Bu   o‘rinda   ilgari   surilayotgan   pedagogik   g‘oyaning   tub   mohiyati   oila
tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mustahkamlash va yanada chuqurlashtirish bilan
bog‘liqdir.  Xalq pedagogikasida  yo shlarni oila ma’naviyati asosida tarbiyalash
deganda  ota-ona, oiladagi   katta kishilar,  buvi   va buvalar, aka-opalar va  shu
kabilar   tomonidan   bolalarning   to‘g‘ri,   milliy   ahloq-odob   normalari   asosida
tarbiyalanishini   tushunish   lozim.   Zotan,   bolalarning   kelajakda   qanday   inson
bo‘lib   yetishishi   ota-ona,   aka-opa   va   boshqalarning   o‘zaro   muomala-
munosabatlari,   xulq-atvoriga,   tartib-intizomiga   bevosita   bog‘liqdir.   Xalqimiz:
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi” deb bejiz aytmagan.
7 Oila   ma’naviyati   asosida   farzand   tarbiyasi   kabi   katta   mas’uliyat   birinchi
navbatda   ota   va   ona   zimmasiga   tushadi.   Shu   o‘rinda   bir   narsani   alohida   uqtirish
kerakki, bolalar tarbiyasida asosiy ta’sirchan kuch-qudrat, bu – Onadir. Darhaqiqat
ota   ko‘pchilik   xalqlarda   oilaning   moddiy   ehtiyojlarini   qondirish   va   ta’minlash,
qolaversa oilaning xo‘jalik ishlari bilan band bo‘ladi. Bu o‘zbek oilalari tarixidan
ma’lum   bo‘lgan   haqiqat   va   ota-bobolarimizdan   meros   bo‘lib   qolgan   an’anadir.
Shunga   ko‘ra   bola   bilan   ko‘proq   ona   birga   bo‘ladi.   Axir,   xalqimiz:   “Sut   bilan
kirgan   –   jon   bilan   chiqadi”   deydi-ku!   Oila   ma’naviyati   asosidagi   tarbiya,   ya’ni
yuksak axloq-odob aqidalari bola joniga (ruhiga) ko‘proq ona suti (tarbiyasi) bilan
kiradi. 
Oila   ma’naviyati   asosida   qurilgan   tarbiyada   hikmat   (falsafiy-pedagogik
yo‘nalishlar) ko‘p. Yangi o‘tkazilgan niholning to‘g‘ri yoxud egri o‘sishi bog‘bon
mehnati   va   mahoratiga   bog‘liqdir.   Egri   o‘sayotgan   niholning   qaddini   rostlab
qo‘yilmasa u noto‘g‘ri rivojlanadi. Yangi tug‘ilgan go‘dak tarbiyasi bilan shu yosh
nihol holati o‘rtasida qandaydir tabiiy o‘xshashlik mavjud. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, mehnat tarbiyasi, ma’naviy-axloqiy tarbiya, axloq-
odob   normalari,   Vatan   tuyg‘usi   va   vatanparvarlik   tarbiyasi,   ma’naviy-estetik
tarbiya,   jismoniy   tarbiya,   kattalarga   hurmat,   kichiklarga   shafqat,   milliy   g‘urur   va
iftixor   tarbiyasi,   ijtimoiy   tarbiya   va   shu   kabilar   oiladan   boshlanadi.   Shu   zikr
qilingan   pedagogik-falsafiy   tushunchalar   oila   rahbarlarining   dunyoqarashi   bilan
chambarchas   bog‘liqdir.   Deylik,   dehqon   dunyoqarashi   uning   halol   mehnat   qilib,
dastlab oila to‘kinligi va so‘ngra xalq farovonligini ta’minlashda ko‘rinadi. Uning
barcha   faoliyati   shu   olijanob   tuyg‘u   bilan   uyg‘unlashgan.   Bu   oilada   bola
mehnatsevarlik   ruhida   tarbiyalanadi.   Hayot   va   turmushning   hamma   nuqta   va
qirralari   mehnat   bilan   ravshanlashadi.   Zotan,   mehnatkash   inson   har   sohada   o‘z
yo‘lini topa oladi.
Xalq   mehnatkash,   yuksak   axloq-odobli   yigitchani   ko‘rsa,   “otangga   rahmat”,
xush   qiliqli,   go‘zal   xulq-atvorli,   shirinsuxan,   muloyim,   chevar,   pazanda   qizni
ko‘rsa “onangga rahmat” deydi. Bu oila tarbiyasining shirin mevasi tufaylidir.
8 Yana   bir   narsani   unutmaslik   kerakki,   bir   oilaning   ikkinchi   oila   bilan
munosabati ham oila tarbiyasi bilan uyg‘unlashib boradi. Boshqacha aytganda, bir
oila   o‘g‘il   uylantirib,   kelin   tushiradi.   Ikkinchi   oila   esa   qizini   chiqarib,   kuyovlik
bo‘ladi.   Bu   quda-andalar   oilasi   deb   aytiladi.   Oilalar   ichida   yangi   oilalar   vujudga
keladi.   Avvalroq   aytganimizdek,   yosh   nihollar   (kelin   va   kuyov)   taqdiri   dastlab
ularning   o‘zlariga,   qolaversa   ota   va   ona,   qayin   ona   va   qayin   ota   muomala-
munosabatlariga   bog‘liq   bo‘ladi.   Bu   o‘rinda   yosh   oilalarning   mustahkamlanishi
uchun ota va ona, qayin ota va qayin ona tadbirkor dehqon kabi tarbiya mahoratiga
ega bo‘lishlari kerak. Zotan, ota va ona, qayin ota va qayin onalar farzandlarining
oilasini,   ya’ni   yosh   nihollar   oilasini   parvarish   qilishni   bilsalar   va   shunga   harakat
qilsalar   ajralish   degan   xunuk   hodisa   umuman   ro‘y   bermaydi.   Oila   ichidagi   oila
ravnaq topadi, mustahkamlanadi. 
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   umuman   olganda,   oila   ma’naviyati   va
uning   mohiyati,   oilaning   har   tomonlama   ravnaqi   va   jipsligini   ta’minlash   shart-
sharoitlari, oila tarbiyasi – milliy iftixor, uning jamiyat negizi ekani, oila ichidagi
oila kamolotini ta’minlash singari muammolarni tadqiq etish hamda ularni xalqqa
sodda va tushunarli tarzda yetkazish shu kunning dolzarb vazifasidir. 
Xalqimiz   oila   ma’naviyatiga   yuksak   qadriyat   sifatida   alohida   e’tibor   bilan
qaraydi.   Oila   doimiy   mehru-muhabbat,   izzatu-hurmat   mujassam   bo‘lgan,   oila
a’zolari   bir   –birlarini   sevadigan,   suyanadigan   bir   maskan   sifatida
e’zozlangan.Chunki   aynan   oilada   mehr-shafqat,   muhabbat,   muruvvat   va   oqibat
tushunchalari  farzand  ongiga murg‘akligidanoq singdiriladi, shu bois  ham  har  bir
inson   uyiga,   oilasiga   talpinadi.   Ma’naviy   komillik,   milliy   tarbiyaning   bosh   va
betakror   o‘chog‘i   ham   bolani   doimiy   o‘rab   turgan   ijtimoiy   muhitning   bir   bo‘lagi
bo‘lgan oiladir. Bu haqda Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” asarida shunday yozgan
edi: “Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham
qanday   muhitda   bo‘lsalar,o‘sha   muhitning   har   qanday   odat   va   axloqini   qabul
qiladilar.  Axloqiy tarbiyaning eng  buyuk  sharti  shundan  iboratki, bolalar   ko‘proq
yaxshi   va   yomon   ahvolni   o‘z   uylaridan,   ko‘chadagi   o‘rtoqlaridan,   maktabdagi
o‘quvchilardan qabul qiladilar”.
9 Ma’rifatchilardan   biri   Rizouddin   ibn   Faxriddinning   “Insonlarning   dinu-
dunyolarini   tuzatmoq   matlub   bo‘lsa,   eng   avval   go‘zal   xulqqa   ega   bo‘lmoq   ila
oilalarni   tuzatingiz.     Oilalar   tuzalganidan   so‘ng   din   ham,   dunyo   ham   tuzaladi”,-
degan gaplarida katta bir xaqiqat ifodalangan.
Dono xalqimiz uzoq asrlar davomida yaratgan oila ma’naviyati bilan bog‘liq
farzandlarni axloqiy tarbiyalash usul va vositalari, insoniy fazilatlar qoidalari xalq
pedagogikasi manbalarida o‘z aksini topgan.
O‘zbek   xalq   pedagogikasida   bolalarda   ijobiy   fazilatlarni   shakllantirish
uchun   birinchi   navbatda   oila   a’zolari   –   ota-ona,   aka-uka,   opa-singil   va   oiladagi
kattalarga   bo‘lgan   mehr-   muhabbat   hissini   tarbiyalash   zarurligiga   amal   qilingani
ko‘rinadi. Oilada bolalarning kattalarga bo‘lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina
tarkib topadigan ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi.
  Oilada   bolalarni   axloqiy   tarbiyalashda   xalq   donishmandlarining   odob   va
axloq   haqidagi   hikmatli   so‘zlari   hamda   xalq   og‘zaki   ijodining   turli   janrlaridan
o‘rinli foydalana bilish katta ahamiyatga egadir. Xalqimiz yaratgan maqol, matal,
ertak,   afsona,   qo‘shiq,   rivoyatlarda   farzand   tarbiyasiga   oid   qator   maslahat,   pand-
nasihatlar mavjud.
Oilada ota-onalar o‘z farzandlariga ma’naviy merosimiz bo‘lgan milliy urf-
odatlar,   an’analar,     marosimlar,   udumlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ularning
ijtimoiy,   madaniy,   tarbiyaviy   ahamiyati   va   mohiyatini   tushuntirib   borishi   ham
barkamol   shaxs   tarbiyasida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Yana   shuni   ta’kidlash
joizki, milliy ong, milliy ruh aynan oilada ona tili orqali shakllanadi, bunga esa eng
avvalo ota-ona mas’uldir.
Yuqoridagilarni muxtasar qilib aytganda, xalq pedagogikasining
barcha   manbalarida   oila   tarbiyasi,   unda   ota-ona,   farzandlarning   o‘rni,   oilada
tarbiya turlari, usullari va vositalari, oila ma’naviyatiga xalqona 
qarashlar   juda   keng   va   atroflicha   yoritilgan   bo‘lib,   hanuzgacha   o‘z   ahamiyatini
yo‘qotmagan.   Demak,   biz   bu   bebaho   qadriyatimiz   –   xalq   pedagogikasi
manbalaridan farzandlarimiz tarbiyasida foydalanishimiz zarurdir. 
10 Zero,   yurtboshimiz   ta’kidlaganlaridek,   “Odobli,   bilimdon   va   aqlli,   mehnatsevar,
iymon-   e’tiqodli   farzand   nafaqat   ota-onaning,   balki   butun   jamiyatning   eng   katta
boyligidir”.  2
1
Jabborov I. O‘zbeklar.140-bet. 
2
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008, 56-bet.
  Yoshlarni sog‘lom oila qurishga tayyorlashda zararli odatlardan saqlanishiga
o‘rgatish   ham   katta   ahamiyatga   ega   bo‘ladi.   Zero,   ichkilikbozlik,   kashandalik,
giyohvandlik   sog‘lom   oilaning   kushandasidir.   Shu   bilan   birga   ayrim   oilalarda
mavjud bo‘lgan psixologik muammolarni hal etish zarurati ham bor. Buning uchun
yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlashda   ularni   aynan   oilada   sog‘lom   psixologik
muhit yaratish mazmuni, shakl va metodlari bilan tanishtirish lozim. 
      Yoshlarning   pedagogik-psixologik   savodxonligini   oshirish   maqsadida   ularni
shaxslararo   munosabatlar,   oila   pedagogikasi,   xalq   pedagogikasiga   doir   bilimlar
bilan qurollantirsh zarur. Shu tariqa yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari
o‘rganilib,   ularga   o‘rnida   muhim   yo‘nalishlar   berib   borish   zarur.   Bunda   xalq
pedagogikasi   yoshlarni   oilaiy   hayotga   tayyorlashning   muhim   poydevori
hisoblanadi.
    Xalq pedagogikasi manbalaridan biri bo‘lgan xalq og‘zaki ijodining har bir janri,
har bir asari ota-bobolarning ulkan hayotiy tajribasi samarasidir. Ularning negizida
tarbiya   mujassam   bo‘lib,   bu   bitmas-tuganmas   xazinadan   oilada   farzand   tarbiyasi,
uni   oilaviy   hayotga   tayyorlash   uchun   foydalanishda   o‘ziga   xos   tarbiya   shakllari,
metod   va   usullarini   o‘rinli   qo‘llash   taqozo   etiladi.       Jumladan,   bolalar   o‘yinlari,
bolalarning   kattalar   bilan   to‘y-marosimlarda,   aza   va   ma’rakalarda   qatnashishi,
11 bolalik  paytida  xalq  sayllarida  ishtirok  etishi,   uloq,  ko‘pkarilarni  tomosha   qilishi,
bazmlar,   tug‘ilgan   kunlarning   oila   davrasida   nishonlanishi,   bolalarning   kattalar
bilan oilaviy safarlarga chiqishi, ommaviy bayramlarda qatnashishi, har xil ko‘rik-
tanlovlarda   ishtirok   etishi,   ota-onalarning   farzandlarini   bolalar   bog‘chalari   va
maktablardagi   tadbirlarga  tayyorlashi  va  ularda  qatnashishi  kabilarni  sanab   o‘tish
mumkin.   Mazkur   tarbiya   shakllarining   har   biri   u   yoki   bu   darajada   xalq   og‘zaki
ijodi bilan uzviy bog‘lanib ketadi. 
            Oilalarda azal-azaldan  boshqa  turkiy xalqlarda  bo‘lgani   kabi  to‘y va  boshqa
marosimlar farzandlar bilan bog‘lanadi: “ Beshik to‘y” va boshqa shu kabi kichik
to‘ylar,   “Nikoh   to‘yi”,   “Hovli   to‘yi”   va   boshqalar.   Tabiiyki,   ularning   har   biri
bolalarning   aralashuvi   bilan   o‘tadi.   Marosimlar   bilan   bog‘liq   xalq   og‘zaki   ijodi
namunalari   yoki   bolalarning   o‘yinlari   bilan   uzviy   bog‘lanadigan   qo‘shiqlar,
topishmoqlar,   tez   aytishlar,   tug‘ilgan   kunlar   va   bazmlarda   aytiladigan   laparlar,
olqishlar,   xalq   sayllarida   va   ommaviy   bayramlarda   aytiladigan   ashulalar,   teatr
tomoshalari,   askiyabozlik,   diniy   bayramlarimiz   bo‘lmish   xayitlarda   pishiriladigan
taomlarning   tayyorlanishi,   bularning   barchasida   milliy   urf-odatlarimizning   aks
etishi   yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlashning   eng   samarali   yo‘llari   desak
bo‘ladi.. Turli ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlarning tarbiyaviy ta’siri
beqiyosdir.   Bola   hayotining   ko‘p   qismi   oilada   o‘tadi.   Oiladagi   mavjud   an’analar,
urf-odatlar,   rasm-rasum   va   marosimlar   farzandlar   kamolotida,   ularni   oilaviy
hayotga   tayyorlashda     qudratli   qurol   vazifasini   o‘tashi   uchun   ularning   bu   xildagi
tadbirlarda   faol   ishtirokini   ta’minlash   zarur.   Zero,   oila   tarbiyasi   ijtimoiy   tarbiya
bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. 
            Albatta   tarbiya   shakllarining   barchasi   to‘g‘ri   va   o‘rinli   tatbiq   qilinadigan
tarbiya  metodlari  va usullari  uyg‘unligida tashkil  etilsagina  ko‘zlangan  maqsadga
erishish   mumkin.   Odatda,   xalq   pedagogikasi   manbalarida   oilada   bolalarni
ma’naviy   –   axloqiy   shakllantirish,   ularni   oilaviy   hayotga   tayyorlashga   doir
tarbiyaviy   metodlar:   tushuntirish   (o‘rgatish,   odatlantirish,   mashq   qildirish),
namuna   ko‘rsatish   (maslahat   berish,   uzr   so‘rash,   yaxshiliklar   haqida   so‘zlash,
o‘rnak   bo‘lish),   nasihat   berish   (undash,   ko‘ndirish,   iltimos   qilish,   tilak-istak
12 bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash), jazolash metodining
ayrim   ko‘rinishlari   va   boshqalar   qo‘llaniladi.   Mazkur   usullar     ota-bobolarimiz
tomonidan   turmush   tajribasida   qay   yo‘sinda   foydalanilganligi,   ularning
samaradorligi, ijobiy yoki salbiy xususiyatlar kasb etishi haqida xalq og‘zaki ijodi
asarlari   mazmuninig   o‘zi   ham   dalolat   beradi.   Jumladan,   tarix   asrlar   guvohi
bo‘lganidek,   xalq   milliy   ruhining   ifodasi   hisoblanmish   maqollar   ota-
bobolarimizning   muqaddas   so‘zi   sifatida   avloddan-avlodga   o‘tib   kelgan   xalq
og‘zaki   ijodi   durdonalaridair.   Asardagi   qahramonlarning   xatti-harakati   farzandlar
uchun   ibrat,   o‘rnak   maktabini   o‘taydi.   Xalq   og‘zaki   ijodi   janrlari   qahramonlari
timsolida   bolalarda   ish   va   so‘z   birligi,   lafz   va   nafs   halolligi,   sog‘lom   e’tiqodni
qaror toptirish mumkin. 
  Oila   mustahkamligini   ta’minlashda   ayolning   o‘rni   katta   ahamiyatga   ega
ekanligini   yana   bir   jihati   bu   ularning   oiladagi   “psixoterapevtik”   rolidir.   Chunki
oiladagi   psixologik   iqlimning   xarakteri   shu   oiladagi   ayollar   (kelin,   qaynona)ning
o‘zaro   munosabatlari   xarakteriga   bog‘liq   bo‘ladi.   Agar   oilaning   shu   ikki   a’zosi
ahil-inoq   bo‘lsa,   bu   oilaning   boshqa   a’zolari   munosabatiga   ham   ta’sir   qiladi.
Ma’lumki,   oilada,   ayniqsa   o‘zbek   oilasida   uy   ishlari   aksariyat   hollarda   ayollar
zimmasida   bo‘ladi,   ularni   kelin-qaynona   bajaradi.   Uy   ishlarini   bajarishga
yondashish,   bajarish   sifati,   xarakteri   kabilardagi   tafovutlar   ham   oiladagi   ayollar
o‘rtasidagi   kelishmovchiliklarni   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘lishi   mumkin.   Bu
o‘rinda   oilaning   katta   yoshli   ayollari   mazkur   oilada   qabul   qilingan   urf-odatlar,
munosabatlar   tizimi,   tartibni   yosh   avlodga   uzatuvchi,   o‘rgatuvchi   ko‘prik
vazifasini   bajarishlari   lozim   bo‘ladi   va   ular   bu   ko‘priklik   vazifasini   sabr-toqat,
chidam,   oqilalik   bilan   o‘tashlari   lozim.   Aks   holda   bu   oilani     nizo-janjal,
kelishmovchilik, inqirozlardan na er, na qaynota, va na jamiyatda ro‘y berayotgan
ijobiy   o‘zgarishlar   himoya   qila   olmaydi.   Agar   ayollarimiz   yaxshi,   oqila   bo‘lsalar
nafaqat u yoki bu oila, balki butun insoniyat baxtli bo‘ladi. 
Yurtboshimiz “Xudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot – ayoldir”
degan   so‘zni   aytganlar.   Ayolning   oilani   oila   qilish   uchun   sharoit   yaratish   bu   uy
13 egasi hamda uy bekasi bo‘lgan ikki juftlikning ittifoqida, dalat va jamoatchilikning
e’tiborida amalga oshiriladi. 
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyyorlash hamda oilaviy ajrimlarning oldini olish
borasidagi   ishlarda   javobgarlik   ko‘rsatish   nafaqat   davlat   va     jamiyat,   balki   keng
jamoatchilik, ta’lim-tarbiya tizimida pedagoglarning vazifasi hamdir.
Sharq   mutafakkirlarining   ta’lim   –tarbiya,   oila   va   oilaviy   tarbiya   haqidagi
qarashlari   islom   mafkurasi   va   uning   qobig‘ida   shakllangan.   Sharq   mutafakkirlari
ijodida aks etgan umuminsoniy hoyalar islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir.
Sharq   mutafakkirlarining   ilmiy   merosida   oila   va   oilada   farzand   tarbiyasi
masalalariga katta e’tibor berganlar. Muhammad in Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr
al-Forobiy,   Abu   Rayhon   Beruniy,   Abu   Ali   ibn   Sino,   Muhammad   Qoshg‘ariy,
Yusuf   Xos   Xojib,   Kaykovus,   Alisher   Navoiy,   Xusayn   Voiz   Koshifiy   kabi
mutafakkirlarning   qator   asarlarida   bolalarni   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalash
masalalari o‘rtaga qo‘yilgan va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. 
Oilada bola tarbiyasi masalasi Muhammad in Muso al-Xorazmiy qarashlarida
ham   mavjuddir.   Uning   aytishicha,   “Ota-onalar   ikki   xil:   tug‘ilish   otasi   va   ta’lim
berish   otasi:   birinchisi   jismoniy   hayot   sababli,   ikkinchisi   ruhiy   hayot   sababli.
Shunga   ko‘ra   ularni   uzviy   birlikda   olib   qarash   tarbiya   ishida   muhim   ahamiyatga
molikdir. Uning quyidagi so‘zlari anchayin ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim
beruvchi   muallimni,   insondan   yaxshiroq   ta’lim   oladigan   o‘quvchini   ko‘rmadim”
uning bu so‘zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchunal qiluvchi
ta’sirini   anglasak,   ikkinchi   tomondan   yaxshiroq   ta’lim   oladigan   o‘quvchini
ko‘rmadim”.   Unig   bu   so‘zlaridan   bir   tomondan   ijtimoiy   muhitni   bola   tarbiyasi
uchun   hal   qiluvchi   ta’sirini   anglasak,   ikkinchi   tomondan   inson   shaxsi   ta’lim
natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.
Abu   Rayhon   Beruniy   insonning   axloqiy   fazilatlarini,   umuman   axloqiy
tushunchalarini  insonning tabiati  bilan bog‘laydi. Inson tabiati  esa, avvalo, oilada
shakllanishi haqidagi fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga taalluqlidir.
1.2.   Xalq pedagogikasida oila tarbiyasining ifodalanishiga oid  innovatsiyalar.
14 Oilada balalarni axloqiy tarbiyalash usullarni xalq pedagogikasi manbalarida
o‘rganishimiz   lozimligini   yuqorida   qayd   etdik.   Jumladan,   tushuntirish,   namuna
ko‘rsatish,   iltimos   qilish,   odatlantirish,   istak-tilak   bildirish,   undash,   ma’qullash,
rahmat aytish, duo qilish, olqish aytish, nasihat qilish kabi tarbiya metodlari ham
shular   jumlasidandir.   Bularning   ichida   eng   kuchli   tarbiya   vositasi   sifatida   o‘git-
nasihat,   ibrat   ko‘rsatish,   maqtash   va   ma’qullash,   mukofotlash   kabilardan
foydalanish   samarali   natijalar   berishi   tajribadan   ma’lum.   Xalq   pedagogikasi
manbalari asosida oila ma’naviyatini yuksaltirishga oid qator metod, innovatsion
texnologiyalardan   foydalanish   mumkin.   Bunda     xalq   pedagogikasi   manbalari
asosida yoshlarni oila tarbiyasiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish,  mavzuga oid
mustaqil   ishlarni   tashkil   etish   kabi   vazifalarning   hal   qilinishi   nazarda   tutilgan.
Oilada har bir bolaning xatti-harakatiga nisbatan rag‘batlantirish yoki qattiqqo‘llik
bilan   munosabatda   bo‘lish,   tanbeh,   jazodan   qo‘rqmaydigan,   yolg‘on   so‘zlovchi,
ona-onaning har ikkalasini ham hurmat qilmaydigan, obro‘siz qilib qo‘yadi:
Oilada   bola   tarbiyasida   oilaning   har   bir   a’zosi,   ya’ni,   bobo,   buvi,   ota-ona,
opa,   aka,   amma,   hola,   tog‘a,   qo‘yingki,   qo‘ni-qo‘shni,   mahalla,   maktab,
jamoatchilik   birdek   mas’uldir.   Xalqimizda   “Bir   bolaga   yetti   qo‘shni   ota-ona”,
“Bir   tog‘a   yetti   ota   o‘rnida”,   “Mahallang   –   otang-onang”   kabi   maqollar   bejiz
aytilmagan shuning uchun  bola  tarbiyasida  barchaning talabi, munosabati  bir  xil
bo‘lmog‘i zarur. Tarbiyachilar o‘rtasidagi tarbiya usullarining, talab va fikrlarning
har xilligi bolani tarbiyasizlikka olib keladi. 
Oilada   farzand   tarbiyasida   sinalgan   tarbiya   metodlaridan   biri   –
namunadir.   Bobo,   buvi,   ota-ona,   atrofidagi   katta   yoshdagi   kishilarning   xatti-
harakatlari,   yurish-turishlari,   muomalasi,   o‘zlarini   tutishlari,   jamiyatga,   tabiatga
munosabatlari namuna sifatida juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bolaga
aqliy, ahloqiy, estetik, diniy, mehnat  tarbiyasi  asoslari  ota-ona namunasi  asosida
sindirib   boriladi.   Ota-ona   farzand   oldida   o‘z   aql-zakovati,   muomalasi,   kiyinishi
shirin so‘zligi, qatiyatligi, yolg‘on gapirmasligi, mehnat sevarligi, oila yuritishda
adolatparvarligi, ilmparvarligi bilan namuna bo‘lmog‘i zarur.
15 Bola   xarakteriga   ota-onaning   o‘zaro   janjallari,   oilaga,   jamiyatga,   atrof-
muhitga salbiy munosabati, yolg‘on so‘zlashi, qat’iyatsizligi, kiyinishda, ro‘zg‘or
yuritishdagi   pala-partishligi,   mehnatni   sevmasligi   tezda   o‘zining   salbiy   ta’sirini
ko‘rsatadi.
Ota-onaning bir-biriga nisbatan yuksak axloqiy munosabatini ko‘rgan, bilgan
bola kelgusida oila qurganda ham  o‘z turmush o‘rtog‘i bilan shunday yashashga
tayyor bo‘lib boradi. Hayot ilmida ona qiz bola uchun, ota esa o‘g‘il bola uchun
ustoz, murabbiydir. “Onasini  ko‘rib qizini ol, raxini ko‘rib bo‘zini ol”, deb bejiz
aytilmaydi. 
Ota-onaning,   avlod-ajdodlarining   nojo‘ya   xatti-harakatlaridan,   nopok
ishlaridan farzand ham aziyat chekadi, shunday odamlarning farzandi bo‘lganidan
ruhan   afsuslanadi.   Ba’zi   ota-onalar   farzandining   kelajagini   faqatgina   moddiy
ta’minlashdan   iborat   deb   biladi.   Shuning   uchun   ham   turli   yo‘llar   bilan   uzoq
avlod-ajdotlariga   yetadigan   mol-dunyo   to‘plashga   harakat   qiladi,   ochko‘zlik
kasaliga   mubtalo   bo‘ladi.   Inson   jismi-jonidagi   kasalliklarni   davolash   mumkin,
lekin   bu   kasallikni   davolash   juda   murakkab.   U   insonni   insoniylikdan   mahrum
etadi, turli jinoyatlarga, noahloqiy xatti-harakatlar sodir etishga yetaklaydi, el-yurt
ichida obro‘sizlantiradi. Bunday boylik farzandga baxt emas, baxtsizlik keltiradi.
Ota-onadan   behisob   molu   dunyo   emas,   ilmu   ma’rifatga   intilish,   insofu
diyonatga   sadoqat,   mehr-shafqat,   hayotga   muhabbat,   xalq,   millat,   Vatan   uchun
jon fidolik sifatlari meros bo‘lib qolmog‘i zarur.
Bola   uchun   o‘z   millati,   madaniyati,   san’ati,   dini,   axloqiy-ma’naviy
qadriyatlari,   oila   an’analari,   urf-odatlarini   chuqur   bilish   va   ulardan   ma’naviy
ozuqa olish, g‘ururlanish tarbiyaviy xarakter kasb etadi.
O‘tmish   allomalar,   avlod-ajdodlardan   fahrlanish,   ular   merosini   mukammal
o‘rganish,   olg‘a   surilgan   hayotiy   g‘oyalardan   jamiyatimiz   gullab-yashnashi
yo‘lida foydalanish, davlat ramzlari (Konstitutsiya, madhiya, gerb, bayroq, milliy
valyuta)ning   mohiyatini   anglash   aynan   oilada   amalga   oshirila   boshlanadi.   Bu
o‘rinda   ota-onaning   bilim   saviyasi,   mafkuraviy   yetuklik   darajasi,   dunyoqarashi,
jamiyatda tutgan o‘rni muhim rol o‘ynaydi.
16 Oilada   farzandni   tejamkorlikka,   tadbirkorlikka,   tashabbuskorlikka   o‘rgatish,
dunyoviy   ilmlar   va   hayot   ilmidan   voqif   etish,   kasb-hunar   sirlarini   qunt   bilan
egallashlari   uchun   shart-sharoit   yaratib   berish,   ularning   hayot   so‘qmoqlarida
adashib qolmasligi va ravon yo‘ldan borishida yordam boradi.
Shunday qilib, oila tarbiya maskani  bo‘lib, shaxsning  kelajagi  shu maskanda
tarbiyaning  qanday   amalga  oshirilishiga,  tarbiyachi  hisoblanmish  ota-onaning  o‘z
burch   va  vazifalariga  qanday   munosabatda   bo‘lishiga   bog‘liqdir.  Oiladagi   har  bir
kishining   o‘z   burch   va   vazifalariga   mas’uliyat   bilan   yondashishi   oila
mustahkamligi, jamiyat farovonligiga erishishning omilidir.
Xullas,   barkamol   insonni,   ya’ni   avvalo   oila   uchun,   qolaversa   o‘zi   yashab
turgan jamiyat, xalq uchun fidoyi shaxsni tarbiyalash oiladan boshlanadi. Shuning
uchun   maktab   o‘qituvchi-tarbiyachilari,   mahalla,   jamoa,   davlat   xo‘jaligi   hamda
tuman   rahbarlari   oila   ravnaqiga   va   ayni   chog‘da   oila   tarbiyasiga   diqqat-e’tiborni
qaratishlari zarur. 
Zotan,   har   bir   kishi   oila   va   jamiyat   dialektik   birlik   ekanini   hech   qachon
unutmasligi   va   ularning   doimiy   jipsligi   uchun   qayg‘urishi,   g‘amxo‘rlik   qilishi
lozim.   Bu   tushunchani   barcha   ziyolilar   yoshlar   ongi   va   tafakkuriga   singdirishlari
muhim vazifadir.      
Xalq   pedagogikasida   oila   tarbiyasining   ifodalanishiga   oidquyidagi   metod   va
texnologiyalardan foydalanish mumkin:
1. Pedagogik adabiyotlar, lug‘atlar, ma’lumotnomalarni o‘qib-o‘rganish orqali
«oila   ma’naviyati»,   «xalq   pedagogikasi»,   «oila   pedagogikasi»   tushunchalarining
mohiyatini ochib berish.
2. Pedagogik   fanlar   ro‘yxatini   tuzish   va   har   biridan   oila   tarbiyasiga   oid
fikrlarni qiyosiy tahlil qilish.
3. «Oila   tarbiyasi   xalq     pedagogikasi   manbalarida»   mavzusida   o‘ң   minutlik
esse yozish.
4. “Oila   pedagogikasi”   va   “Xalq   pedagogikasi”   fanlarning   mazmunini
yorituvchi me’yoriy hujjatlarni o‘rganish va tahlil etish.
17 5. “Xalq   pedagogkasi”   fanini   o‘qitish   jarayonida   o‘quvchilarning   bilim,
ko‘nikma va malakalarini baholashga uchun oila tarbiyasiga oid vaziyatlar yaratish
va vaziyatlarga shaxsiy baho berish.
                                              
2 BOB. XALQ PEDAGOGIKASI FANIDAN ELEKTRON O‘QUV MODULI
IShLANMASI
2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus)
OTMning nomi va
joylashgan manzili: Sharof Rashidov nomidagi
Samarkand davlat universiteti   Universitet xiyoboni-15 
uy
Kafedra: Pedagogika – psixologiya Pedagogika fakulteti
Ta’lim sohasi va
yo‘nalishi: Pedagogika -
psixologiya 5110900 – Pedagogika va psixologiya 
Fanni (kursni) olib
boradigan
o‘qituvchi
o‘g‘risida
ma’lumot:  Yunusova
Shaxloxon
Bobomurod kizi  e – mail  yunusovashahlo @mail.ru  
18 Dars   vaqti   va   joyi : 1 -bino  5 - 17
auditoriya  Kursning
davomiyligi: 02.0 2 .201 5 -20.0 6 .201 5
Individual grafik
asosida ishlash
vaqti:  Seshanba, chorshanba va juma kunlari 14.00 dan 18.00 gacha
Fanga ajratilgan 
soatlar Auditoriya soatlari Musta q il
ta’lim: 60
Ma’ruza:
36 Seminar
40 Laboratoriya:
-
F a nning boshq a
f a nl a r bil a n
bog‘liqligi
(prerekvizitl a ri): X a lq ped a gogik a si  kursi  f a ls a f a ,  sotsiologiya, umumiy
pedagogika, oila pedagogikasi, ijtimoiy pedagogika va
pedagogik texnologiyalar fanlari bilan mantiqan bog‘langan.  
19 Fanning mazmuni
Fanning
dolzarbligi va
qisqacha
mazmuni : Bo‘lajak o‘qituvchilarni nazariy pedagogik bilimlar bilan
qurollantirishda   “Xalq   pedagogikasi”   fani   alohida   ahamiyatga
yega.   Mazkur   dastur   O‘zbekiston   Respublikasi   «Ta’lim
to‘g‘risida»gi   Qonun,   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   va
Davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan. “Xalq pedagogikasi
fani   bo‘lajak   o‘qituvchilarda   tarbiyaviy   imkoniyatlarga   boy
milliy   urf   –odatlarimiz,   an’analarimiz,   xalq   og‘zaki   ijodi   va
milliy   merosimizdan   kelajakdagi   ish   faoliyatlarida   amaliy
ahamiyat   kasb   yetuvchi   pedagogik   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarni   shakllantirish   va   rivojlantirishdan   iborat.   Shu
orqali   ta’lim-tarbiya   jarayonini   yaxshilash,   ta’lim   mazmunini
rivojlantirish,   uni   jahon   talablari   darajasiga   olib   chiqish   va
yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari yoritiladi.
Mazkur   fan     barkamol   shaxs   tarbiyasida   xalq
pedagogikasining o‘rni, uning manbalari, maqsad va vazifalari,
predmeti,   shaxs   rivojlanishiga   ta’sir   yetuvchi   omillari,   xalq
pedagogikasida   tarbiya   turlari,   mazmuni,   mohiyati,   xalq
pedagogikasining didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlarini o‘quv-
tarbiyaviy jarayonga tadbiq yetish yo‘llarini o‘z ichiga qamrab
oladi.
  Fanni   o‘qitishdan     maqsad   -   bo‘lajak   o‘qituvchilarni
tarbiyaviy   imkoniyatlarga   boy   milliy   urf-odatlarimiz,
an’analarimiz,   xalq   og‘zaki   ijodi   namunalari   bilan   tanishtirish
va   mutafakkirlarimizning   ijodiy   va   milliy   merosidan
bahramand   yetish   bilan   birga   ularning   kelajakdagi   ish
faoliyatlarida amaliy ahamiyat  kasb yetuvchi  pedagogik bilim,
ko‘nikma   va   malakalarni   shakllantirish   va   rivojlantirishdan
iborat. 
           Fanning  vazifasi  –   xalq pedagogikasining ta’lim-
tarbiyaga oid tajribasi asosida ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy, 
ilmiy-amaliy tasavvur va tushunchalar hamda ko‘nikma va 
malakalar hosil qilish, ularga fanning umumiy nazariy asoslari, 
tadqiqot metodlari, taraqqiyot bosqichlari va bir qator ilmiy-
amaliy vazifalari kabi ma’lumotlarni berishdan iborat.
«Xalq   pedagogikasi»   fanining   boshqa   fanlar   bilan
bog‘liqligi.
«Xalq   pedagogikasi»   fani   o‘zining   taraqqiyot
bosqichlaridagi   turli   xil   qarashlari   bilan   birgalikda   barcha
ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy   fanlar   bilan   aloqador,   xususan,   bu
fanning   ilmiy-nazariy   asoslari   falsafa,   odobnoma,   pedagogika,
pedagogika   tarixi,   yetnopedagogika,   ijtimoiy   pedagogika,
umumiy psixologiya kabi fanlar bilan bevosita bog‘liq.
20 Talabalar uchun
talablar  -   o‘q ituvchiga   va   guru h doshlarga   nisbatan   h urmat   bilan
munosabatda b o‘ lish;
- universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida
va sifatli bajarish;
- ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man yetiladi;
-   darslarga   qatnashish   majburiy   hisoblanadi,   dars   qoldirilgan
holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart; 
-  darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok yetish;
-     talaba   o‘qituvchidan   so‘ng,   dars   xonasiga   –   mashg‘ulotga
kiritilmaydi;
- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa   ye’lon qilingan vaqtdan
boshlab   1   kun   mobaynida   apellyatsiya   komissiyasiga   murojat
qilishi mumkin 
E l e ktron pochta
orqali
munosabatlar
tartibi  Professor-o‘qituvchi   va   talaba   o‘rtasidagi   aloqa   yelektron
pochta   orqali   ham   amalga   oshirilishi   mumkin,   telefon   orqali
baho   masalasi   muhokama   qilinmaydi,   baholash   faqatgina
universitet   hududida,   ajratilgan   xonalarda   va   dars   davomida
amalga oshiriladi.   Ye lektron pochtani ochish va q ti soat  15.00
dan 20.00 gacha 
  “Xalq   pedagogikasi”   o‘quv   fanini   o‘zlashtirish   jarayonida   amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
 «Xalq pedagogikasi» fani bo‘yicha nazariy bilimlarga yega bo‘lishi;
  o‘zbek xalq pedagogikasi asoslarini o‘rganishi;
  xalq tarbiya an’analaridan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanishi;
   o‘zbek   xalqining   milliy   madaniyati,   san’atining   o‘ziga   xos   jihatlarini   va
tarbiyaviy ahamiyatlarini  bilishi kerak;
  o‘zbek xalqining milliy tarbiya madaniyatini o‘rganishi ;
 “xalq   pedagogikasi”ning   didaktik   va   tarbiyaviy   imkoniyatlarini   o‘quv-
tarbiyaviy   jarayonga   tadbiq   yetish   yo‘llarini   aniqlash   ko‘nikmalariga   yega
bo‘lishi kerak;
 pedagogik-psixologik   adabiyotlar   bilan   ishlash,   ta’limning   axborot
texnologiyalaridan   foydalana   olish,   yerkin   fikrlovchi   barkamol   shaxsni
shakllantirishni amalga oshirish  malakalariga yega bo‘lishi kerak.
Fanning hajmi :Фан бўйича талабаларнинг билим, кўникма ва малакасига қўйиладиган
талаблар :
21 № Mashg‘ulot turi Ajratilgan soat Semestr
1 Nazariy ( ma’ruza ) 36 4
2 Amaliy mashg‘ulot - -
3 Laboratoriya mashg‘ulot - -
4 Seminar 40 4
5 Kurs ishi - -
6 Mustaqil  ta’lim 60 4
Jami:                136  
Nazariy mashg‘ulotlar mavzulari va ularga ajratilgan soatlar:
№ Mashg‘ulotlar  mavzu lari Ajratilgan
soat
1 «Xalq pedagogikasi» fanining maqsadi, vazifalari, mazmuni. 
2
2 Xalq pedagogikasi  m a nb a l a ri.  Xalq pedagogikasi ning  didaktik va 
tarbiyaviy imkoniyatlari. 2
3 «Xalq pedagogikasi» va O‘rta osiyo buyuk mutafakkirlarining 
pedagogik g‘oyalari. 2
4 Xalq og‘zaki ijodi xalq pedagogikasining muhim manbai sifatida. 
2
5 Dostonlarning x alq pedagogikasi dagi ahamiyati va o‘rni.
2
6 «Xalq pedagogikasi»da milliy urf-odatlar, an’analar, udumlar, bayram 
va maro-simlarning tarbiya vositasi sifatidagi o‘rni.  2
7 X alq  milliy  o‘yinlari va  ularning  tarbiyaviy ahamiyati.
2
8 Oila tarbiyasining xalq pedagogikasi manbalarida aks yetishi. 2
9 O‘zbek oilalarining o‘ziga xos xususiyatlari.   
2
10 «Xalq pedagogikasi»da yoshlarni tarbiyalashning metod, usul va 
vositalari. 2
11 Diniy ta’limotlar xalq pedagogikasining muhim tarbiya vositasi.
2
12 Hadislarning maz-mun mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati.
2
13 «Xalq pedagogika-si»da xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy
me’morchilik tarbiya manbai sifatida.  2
14 M illiy musiqa, qo‘shiqchilik, raqs va milliy teatrlar  x alq pedagogikasida  
yestetik   tarbiy  omili sif a tid a . 2
15 O‘zbek xalqininng ahloqiy me’yorlari, yuksak insoniy fazilatlari,  
2
22 muomala madaniyatining xalq pedagogikasi manbalarida  aks yetishi.
16 X alq pedagogikasi manbalarida  ustoz o‘qituvchi kasbining ulug‘lanishi
2
17 Xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari.
2
18    Xalq tabobati va sog‘lom turmush tarzining  x alq pedagogikasida 
ifodalanishi   2
  Jami
3 6
Seminar mashg‘ulotlar mavzulari va ularga ajratilgan soatlar:
№ Mavzular nomi Ajratilga
n soat
1 Xalq pedagogikasi milliy tarbiyaning asosi sifatida: mazmun, maqsad, 
vazifa va manbalari. 2
2 Xalq og‘zaki ijodi janrlarining tarbiyaviy ahamiyati.
2
3 D ostonlar ning  xalq pedagogikasi dagi o‘rni va ahamiyati. . 
2
4 Milliy urf-odatlar, an’analar, bayramlarning mazmun mohiyati va 
tarbiyaviy ahamiyati. . 2
5 X alq  milliy  o‘yinlari va t a np a rv a rlik v a  jismoniy t a rbiya vosit a si sif a tid a .
2
6 Xalq pedagogikasida yoshlarni oilaga tayyorlash masalalari: metod, usul 
va vositalari 2
7 Oiladagi milliy qadriyatlarning x alq og‘zaki ijodi da aks yetishi.
2
8 Ta’lim-tarbiya jarayonida diniy ta’limotlarning o‘rni. 
2
9 Hadislarda ilm o‘rganish masalalarining yoritilishi.
2
10 Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik va qo‘shiq-
chilikning vatanparvarlik, mehnatsevarlik, nafosat tarbiyasidagi  
ahamiyati. 2
11 Xal q  amaliy san’ati muzeyiga tashrif .
2
12   O‘zbek xalq pedagogikasida  axloqiy madaniyat, zohiriy va botiniy 
go‘zallik uyg‘unligi. 2
13 O‘zbek xalqi muomala madaniyatining xalq pedagogikasida aks yetishi.
2
14 Xalq pedagogikasida  yuksak insoniy fazilatlar ning ulug‘lanishi.
2
15 Sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga oid xalq tajriba maktabi.
2
16 Atrof – muhit va tabiatni asrashga oid azaliy qadriyatlar.
2
17 Xalq pedagogikasida vatan-parvarlik mehnatsevarlik va insonparvarlik 
g‘oyalari. 4
23 18 Hozirgi kunda xalq pedagogikasini o‘rganishga bo‘lgan shart – sharoitlar .  
4
Jami: 40
Mustaqil ta’lim topshiriqlari bo‘yicha tavsiyalar :
Mustaqil   ta’lim   mavzusi   talabalar   mustaqil   o‘rganadigan   amaliy   va   amaliy
mashg‘ulotlardan   iborat   bo‘ladi.   Mustaqil   ta’lim   talabalarni   nazariy   bilimlarini
mustaxkamlashga   mavzularni   tushunish   qobiliyat-larini   maksimal   darajada
rivojlantirishga   umumiy   dunyoqarashlarini   kengaytirishga   yordam   beradi.
Mustaqil ta’limga fan bo‘yicha 60 soat ajratilgan bo‘lib, b unda mustaqil ishning bir
necha turlaridan foydalaniladi: 
1) adabiyotlar bilan ishlash; 
2) ijodiy ish;
3) ba’zi mavzular bo‘yicha referatlar tayyorlash;
4) internet va axborot manbalaridan doimiy foydalanish.
Tavsiya yetilayotgan mustaqil ta’limlarning mavzulari:
№              M ustaqil  ta’lim  mavzulari
1. Xalq pedagogikasida mehnat tarbiyasi.  
2. Xalq hayotidagi hodisalarga yetnopedagogik yondashuv  
3. Xalq pedagogikasida tarbiya uslubi 
4. Xalq pedagogikasi manbalarining tarixiy ifodasi  
5. Etnopedagogika urf-odatlarning yangicha sharoitlarini talqini sifatida  
6. Xalq pedagogikasida jismoniy tarbiyaning ifodalanishi  
7. Mustaqillik xalq pedagogikasining taraqqiyotida muhim omil sifatida   
8. Xalq pedagogikasida oila va oilaviy tarbiyaning aks yetishi   
9. Xalq pedagogikasida tarbiya vositalari. 
10. Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. 
11. Xalq tarbiyasi va avlodlar vorisligi. 
12. Xalq pedagogikasida diniy tarbiyaning ifodalanishi.
13. Xalq pedagogikasida ota-ona va farzandlarning o‘zaro munosabatlari.  
14. Xalq pedagogikasida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari.  
15. Xalq qo‘shiqlari va ularning tarbiyaviy ahamiyati. 
16. Xalq pedagogikasining t a ’limiy-tarbiyaviy g‘oyalarini aks yettiruvchi diniy
t a ’limotlar.  
17. Hozirgi davrda xalq pedagogikasini o‘rganishga bo‘lgan shart-sharoitlar 
18. Xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati.
19. Marosimlar va ularning xalq hayotidagi o‘rni.  
20. Xalq pedagogikasida xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati.  
21. Xalq pedagogikasida  ta
22. Xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan adabiy  -  badiiy 
janrlar.  
24 23. Xalq pedagogikasida dostonlarning tarbiyaviy ahamiyati.  
24. Maqollar – dono fikrlarning ixcham ifodasi.  
25. O‘zbek xalqining an’anaviy bayramlari .
Baholash mezonlari:  
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi 
mezonlarga asoslaniladi:
A) 86 – 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- xalq   pedagogikasi   fanining   maqsadi,   vazifalari,   manbalari   haqida   to‘liq
tasavvurga yega bo‘lish;
- xalq   pedagogikasida   yoshlarni   tarbiyalashning   metod,   usul   va   vositalari
haqidagi bilimlar mohiyatini tushunish;
- xalq og‘zaki ijodi xalq pedagogikasining  muhim manbasi yekanligini bilish
va xalq og‘zaki ijodi janrlari haqida ma’lumotga yega bo‘lish;
- barkamol   shaxs   tarbiyasida   xalq   pedagogikasining     o‘rni   haqida   mustaqil
fikr yurita olish;
- xalq   pedagogikasida   milliy   urf-odatlar,   an’analar,   udumlar,   bayram   va
marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati haqida ijodiy fikrlay olish;
- xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar haqida tanqidiy fikr yurita olish;
- xalq   pedagogikasida   o‘zbek   xalqining   axloqiy   me’yorlari,   turmush
an’analarining ifodalanishi xaqida xulosa qabul qila olish;
- xalq   pedagogikasida   xalq   amaliy   san’ati,   xalq   o‘yinlari,   milliy
me’morchilikning ahamiyati haqida to‘liq tushunchaga yega bo‘lish;
- xalq   pedagogikasining   didaktik   va   tarbiyaviy   imkoniyatlari   haqida   olgan
bilimlarni amalda qo‘llay olish.
-
B) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- barkamol   shaxs   tarbiyasida   xalq   pedagogikasining     o‘rni   haqida   mustaqil
fikr yurita olish;
- xalq og‘zaki ijodi xalq pedagogikasining  muhim manbasi yekanligini bilish
va xalq og‘zaki ijodi janrlari haqida ma’lumotga yega bo‘lish;
- xalq   pedagogikasida   yoshlarni   tarbiyalashning   metod,   usul   va   vositalari
haqidagi bilimlar mohiyatini tushunish;
- xalq   pedagogikasi   fanining   maqsadi,   vazifalari,   manbalari   haqida   to‘liq
tasavvurga yega bo‘lish; 
- xalq   pedagogikasida   milliy   urf-odatlar,   an’analar,   udumlar,   bayram   va
marosimlarning tarbiyaviy ahamiyati haqida ijodiy fikrlay olish;
- xalq   pedagogikasining   didaktik   va   tarbiyaviy   imkoniyatlari   haqida   olgan
bilimlarni amalda qo‘llay olish.
25 V) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: 
- xalq   pedagogikasi   fanining   maqsadi,   vazifalari,   manbalari   haqida   to‘liq
tasavvurga yega bo‘lish;
- xalq   pedagogikasida   yoshlarni   tarbiyalashning   metod,   usul   va   vositalari
haqidagi bilimlar mohiyatini tushunish;
- xalq og‘zaki ijodi xalq pedagogikasining  muhim manbasi yekanligini bilish
va xalq og‘zaki ijodi janrlari haqida ma’lumotga yega bo‘lish.
G) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:
- aniq tasavvurga yega bo‘lmaslik;
- bilmaslik.
Reyting  jadvali :
Maksimal ball – 100 b.                                                   Saralash ball – 55 b.
JN (joriy nazorat) – maks.  50 b                                         86-100 ball – “5” baho
Mustaqil ta’lim -10 b                                                         71-85 ball – “4” baho
ON (oraliq nazorat) – maks. 20 b                                          55 -70 ball – “3” baho.                       
YaN (yakuniy nazorat) – maks. 30b                                      0-54  ball – “2” baxo.                   
     
   Har bir  joriy nazorat uchun belgilangan ball taqsimlanadi:
Maksimall –1,7
Yuqori - 1,5 –1,7
O‘rta - 1,3–1,4
P ast - 1,1–1,2
Nazorat turi   Nazorat shakllari Har bir
nazorat uchun
belgilangan
maksimal ball  Nazorat soni Nazorat
shakllari
bo‘yicha
belgilangan
maksimal
ball
Joriy nazorat O g‘zaki va yozma 25 2 5 0
Jami : 50 2 50
Oraliq nazorat Ijodiy yozma ish
(assisment) 20 1 20
J a mi: 20 1 20
Yakuniy
nazorat 1.Yozma ish 
YaN shakli fakultet
kengashi bilan kelishib
rektor buyrug‘i bilan 30 1 30
26 tasdiqlanadi
Jami : 100 5 100
27  O‘quv-uslubiy adabiyotlar va yelektron ta’lim resurslari ro‘yxati.
 Asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar:
№ Muallif Adabiyot
nomi Nashr yili   Adabiyotning
A RM   dagi
shifri   Adabiyotning
ARM   dagi
inventar
raqami
1 Munavvaro
v A. Oila
pedagogikasi. T.:
«O‘qituvchi»,
1994. 74.90
M-87 U-5048
2 Xoshimov
K., Ochil S. O‘zbek
pedagogikasi
antologiyasi T.:
“O‘qituvchi”,
1995. 74.03 (5 O‘z)
O‘ 16 U-7135
3 Mutalipova
M.J. Xalq
pedagogikasi T.:   Alisher
Navoiy nomi-
dagi O‘zbekis
ton   milliy
kutubxonasi
nashriyoti,
2011. 74.00
M-98 922722
Q o‘shimcha adabiyotlar:
1. Sattorov M. O‘zbek udumlari - T.: «Fan», 199 3 .
2. Xayrullaev M.  Buyuk iste’dod sohiblari -  T. :  “Adolat”, 2002
3. O‘zbek xalq yertaklari, afsona va asotirlari - T.: 1991.
4. O‘zbek xalq maqol va matallari - T.: 1994.
5. Murodov M. va b. Yetnomadaniyat – T.: “Adolat”, 2003.
Yelektron ta’lim resurslari:
1. www.tdpu.uz   
2. www.pedagog.uz   
3. www.ziyonet.uz   
4. www.edu.uz   
5. tdpu-INTRANET.Ped 
28 2.2. Ma’ruza matni.
       2.2.1.    Xalq pedagogikasida oila tarbiyasining aks etishi.
Reja:
1. Oila ma’naviyatiga xalqona qarash.
2. Oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq pedagogikasining o‘rni.
3.   Xalq   pedagogikasi   manbalarida   oilada   farzandlarni   barkamol   shaxs   qilib
tarbiyalash masalalri.
  Xalqimiz   oila   ma’naviyatiga   yuksak   qadriyat   sifatida   alohida   e’tibor   bilan
qaraydi.   Oila   doimiy   mehru-muhabbat,   izzatu-hurmat   mujassam   bo‘lgan,   oila
a’zolari   bir   –birlarini   sevadigan,   suyanadigan   bir   maskan   sifatida
e’zozlangan.Chunki   aynan   oilada   mehr-shafqat,   muhabbat,   muruvvat   va   oqibat
tushunchalari  farzand  ongiga murg‘akligidanoq singdiriladi, shu bois  ham  har  bir
inson   uyiga,   oilasiga   talpinadi.   Ma’naviy   komillik,   milliy   tarbiyaning   bosh   va
betakror   o‘chog‘i   ham   bolani   doimiy   o‘rab   turgan   ijtimoiy   muhitning   bir   bo‘lagi
bo‘lgan oiladir. Bu haqda Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” asarida shunday yozgan
edi: “Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham
qanday   muhitda   bo‘lsalar,   o‘sha   muhitning   har   qanday   odat   va   axloqini   qabul
qiladilar.  Axloqiy tarbiyaning eng  buyuk  sharti  shundan  iboratki, bolalar   ko‘proq
yaxshi   va   yomon   ahvolni   o‘z   uylaridan,   ko‘chadagi   o‘rtoqlaridan,   maktabdagi
o‘quvchilardan qabul qiladilar”. 1
Ma’rifatchilardan   biri   Rizouddin   ibn   Faxriddinning   “Insonlarning   dinu-
dunyolarini   tuzatmoq   matlub   bo‘lsa,   eng   avval   go‘zal   xulqqa   ega   bo‘lmoq   ila
oilalarni   tuzatingiz.     Oilalar   tuzalganidan   so‘ng   din   ham,   dunyo   ham   tuzaladi” 2
,-
degan gaplarida katta bir xaqiqat ifodalangan.
Davlatimiz rahbari oilaning muqaddasligi haqida quyidagi fikrni bildirganlar:
“Har   qaysi   millatning   o‘ziga   xos   ma’naviyatini   shakllantirish   va   yuksaltirishda,
hech shubhasiz,  oilaning o‘rni  va  ta’siri  beqiyosdir. Chunki  insonning  eng sof  va
pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida
1 31
Ибн Фахруддин, Ризоуддин. Оила. – Т.: Меҳнат, 1991.
2
29 shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy
mezon  va  qarashlar  –  yaxshilik   va  ezgulik,  olijanoblik  va  mehr-oqibat,  or-nomus
va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi
tabiiydir.   Shuning   uchun   ham   aynan   oila   muhitida   paydo   bo‘ladigan   ota-onaga
hurmat,   ularning   oldidagi   umrbod   qarzdorlik   burchini   chuqur   anglash   har   qaysi
insonga   xos   bo‘lgan   odamiylik   fazilatlari   va   oilaviy   munosabatlarning   negizini,
oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi.” 3
Dono xalqimiz uzoq asrlar davomida yaratgan oila ma’naviyati bilan bog‘liq
farzandlarni axloqiy tarbiyalash usul va vositalari, insoniy fazilatlar qoidalari xalq
pedagogikasi manbalarida o‘z aksini topgan.
O‘zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlarni shakllantirish uchun
birinchi navbatda oila a’zolari – ota-ona, aka-uka, opa-singil va oiladagi kattalarga
bo‘lgan   mehr-   muhabbat   hissini   tarbiyalash   zarurligiga   amal   qilingani   ko‘rinadi.
Oilada   bolalarning   kattalarga   bo‘lgan   mehribonligi   tarbiya   natijasidagina   tarkib
topadigan ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi.
  Oilada   bolalarni   axloqiy   tarbiyalashda   xalq   donishmandlarining   odob   va
axloq   haqidagi   hikmatli   so‘zlari   hamda   xalq   og‘zaki   ijodining   turli   janrlaridan
o‘rinli foydalana bilish katta ahamiyatga egadir. Xalqimiz yaratgan maqol, matal,
ertak,   afsona,   qo‘shiq,   rivoyatlarda   farzand   tarbiyasiga   oid   qator   maslahat,   pand-
nasihatlar mavjud.
Jumladan,   “Oqillik”   rivoyatida   oiladagi   ahillik   –   rohat-farog‘atning   garovi
ekanligi ta’kidlanadi:
Bir   shaharda   piru-badavlat,   nihoyatda   ittifoq   bir   oila   yashar   ekan.   Oilaning
butun   tasarrufi   tabarruk   Bobo   ixtiyorida   bo‘lib,   farzandlar,   nevara-chevara,   jami
qirq jon bir hovlida yashab, bir qozondan ovqatlanishar, hammalari oila boshlig‘ini
tavof etarkanlar. Ittifoqlik tufayli oila nihoyatda boyib ketibdi, kundan-kun davlati
ziyoda bo‘laveribdi, xonadon ahli rohat-farog‘atda yashayveribdilar.
Shaharda bir olijanob donishmand yashar ekan. Kunlardan bir kun oila sarkori
–   Boboni   ana   shu   donishmand   sinamoqchi   bo‘libdi-yu,   atayin   uning   o‘zi   uyida
3
  Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.  Тошкент: Маънавият, 2008.-52-бет.
30 yo‘qligida kelib, hovli darvozasini qoqibdi. Boboning nevaralaridan biri darvozani
ochib, mo‘ysafid qariyaga ko‘zi tushib, unga hurmat bilan salom beribdi, uni uyga
taklif etibdi.
- Bobongiz uydamilar?- debdi donishmand.
- Yo‘q edilar. Ichkariga kirib tura qoling, balki hozir kelib qolarlar!- debdi 
nevara iltifot bilan.
- Rahmat, bolam! Vaqtim ziqroq! Senga bir omonat gapim bor, shuni Bobong
kelsalar,   albatta   aytgin   va   javobini   olib   qo‘ygin!     Aytginki:   “Ittifoqjon   va
Davlatjonning   birlari   ketadigan   bo‘lib   qolishibdi.   Davlatjon   qolib,   Ittifoqjon
ketsinmi   yoki   Ittifoqjon   qolib,   Davlatjon   ketsinmi?”-   deb   so‘radilar,   degin.   U
kishiga   mana   shu   gapning   javobini   aytarkansiz,   deysan,   uqdingmi?   Men   yana
kelaman,- debdi donishmand.
Nabira o‘z bobosi kelishi bilan donishmand kishi tayinlab ketgan gapni unga
aytibdi. Bobo bir lahza mushohada qilgach, nabirasiga debdi:
o Agar   o‘sha   mo‘ysafid   bobo   yana   men   yo‘qligimda   kelib   qolsalar,
“Davlatjon   ketsalar   bosh   ustiga   ekan,   lekin   Ittifoqjon   aslo   ketmasin   ekanlar”,
deb aytgin, deya tayinlabdi.
Kunlardan bir kun o‘sha donishmand bobo yana kelib darvoza zulfini qoqibdi.
Darvozaxonada   yana   o‘sha   nevara   paydo   bo‘libdi.   Donishmand   undan   omonat
gapining   javobini   so‘rabdi.   Nevara   ko‘zlari   yonib:   “Bobom   aytdilarki,   Davlatjon
ketsa ketaversinlaru, lekin Ittifoqjon aslo ketmasinlar ekan.” - debdi. Donishmand
javobdan xursand bo‘lib, mamnuniyat bilan soqollarini silabdi.
o Bobongga   ayt!   –debdi   u  viqor   bilan.-   Davlatjon   ham,  Ittifoqjon   ham
endi   hech   qaerga   ketmaydigan   bo‘libdilar,   degin.   Ittifoqjon   hukmron   bo‘lgan
yerdan   hech   qachon,   hech   kim   hatto   qo‘liga   kaltak   olib   haydasa   ham
Davlatjonni ketkaza olmaydi! Buni sen ham yodingda tut!
Donishmand   kishi   oila   sardorining   oqilona   javobidan   ko‘ngli   yayrab,   unga
tahsinlar   o‘qib,   qutli-barakali   hovliga   mehr   bilan   boqa-boqa,   o‘z   yo‘liga   ravona
bo‘libdi.  Bu rivoyatdan “Qaerda ittifoqlik xukmron ekan, Bil davlat ziyoda, hayot
ham ko‘rkam”, - degan xulosaga kelishimiz mumkin.
31 Oila,   oilada   farzandning   o‘rni   haqida   ham   qator   xalq   maqollarini   aytib
o‘tishimiz mumkin:    “Oila tinch - yurt tinch”, “Oila qo‘sh ustunli  ayvon”, “Bol  -
shirin, boldan bola shirin”, “Bola ko‘ngli - podsho”, “Bola o‘nga kirsa, otasi songa
kirar”,   “Davlatning   boshi   -   farzand”,   “Bola   xondan   ulug‘”,   “Farzand   baxti   -   ona
taxti”,   “Farzand   -   belning   quvvati”,   “Farzand   kamoli   -   ota   jamoli”,   “Farzand
boqqan ota, jonni qoqqan ona”, “Farzand - dilband, farzand - qanot”, “Farzanding -
davlating, fazilati - ziynating” va h.
Shuningdek, oilada ota va onaning o‘rni haqida ham qator maqollar mavjud:
“Ota - aql, ona - idrok”, “Ota - bilak, ona - yurak”, “Ona - daraxt, bola - meva”,
“Onangni quyosh bilsang, otangni oy bil”, “Ota bola uchun taxt yasar, baxt yasay
olmas”, “Otangga qilganingni bolangdan ko‘rarsan”, “O‘g‘il-qiz yaxshi bo‘lsa, ota-
ona xursand. O‘g‘il-qiz dono bo‘lsa, elu-yurt xursand”.
Har bir o‘zbek oilasida qarindosh – urug‘chilik munosabatlariga katta e’tibor
qaratiladi, yoshlarga qarindoshlar bilan quvonchli kunlarni baham ko‘rish, qayg‘uli
kunlarda   hamdard   bo‘lish   kabi   munosabatlar   bolaligidanoq   singdiriladi.   Buni
quyidagi xalq maqollarida ko‘rishimiz mumkin: “Borsang – qarindosh, bormasang
–   begona”,   “Do‘st   safarda   bilinar,   og‘a-ini   –   kulfatda”,   “Oziqli   ot   horimas,
qarindoshli qarimas”, “Eb-ichganda yot yaxshi, qayg‘u kunda -  qarindosh”, “Inisi
borning   irisi   bor”,   “Onangni   kaftingda   tutsang,   singlingni   boshingda   tut”,   “Ota   –
xazina,   aka-uka   –   tayanch”   va   h.   Ertaklarda   ham   ushbu   masala   keng   yoritiladi.
Masalan,   “Aka   –   uka”   ertagida   hikoya   qilinishicha,   “Aka-uka   dehqonchilik
qilishadi.   Kech   kuzda   hosil   yig‘im-terimini   teng   ikkiga   bo‘lishadi.   Kechasi   uka
o‘yga toladi: “Akam menga qaraganda katta ro‘zg‘or, kel, o‘z ulushimdan bir ozini
akamnikiga   qo‘shib   qo‘yay”.   Shunday   qilib,   kechasi   akasiga   bildirmay,   o‘z
ulushidan anchasini  akasinikiga qo‘shib qo‘yibdi, so‘ngra ko‘ngli tinchib, uyquga
ketibdi.
Bir   vaqt   akasining   uyqusi   qochib   ketibdi.   U   o‘ylabdi:   “Ukam   kambag‘al,
mendan   boshqa   yordamchisi   yo‘q.   Biz   ko‘pchilik   bo‘lsak   ham,   bor-yo‘qchilik
unchalik   bilinmaydi.   Kel,   ukam   qiynalmasin   –   g‘allamdan   bir   ozini   uning
g‘allasiga qo‘shib qo‘yay”.
32 Aka   o‘z   ulushining   anchasini   ukasinikiga   qo‘shib   qo‘yibdi.   Shundan
keyingina ko‘ngli tinchib, uyquga ketibdi.”
Bu ertakning mazmunidan aka-ukaning bir-biriga bo‘lgan cheksiz mehrini his
qildik   va   xalq   pedagogikasida   oilada   farzandlar,   aka-ukalarning   bir-biriga
mehribonligi,   g‘amxo‘rligi,   bir-birini   qadrlashi   eng   avvalo   oila   tarbiyasining
natijasi   ekanligini   isbotlovchi   yuqoridagi   kabi     misollar   juda   ko‘pligiga   amin
bo‘ldik.
Oilada   bolalarni   ma’naviy-axloqiy   tarbiyalashda   xalq   pedagogikasi
manbalariga   kiruvchi   milliy   musiqa,   qo‘shiqlar,   raqs,   tasviriy   san’at   turlari   ham
muhim   ahamiyatga   ega.   Bola   yoshligidan   alla   qo‘shig‘ini   tinglab,   o‘z   ota-onasi,
Vatani, xalqiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalanadi.
Shuningdek, oilada farzandlarga yog‘och, ganch, mis o‘ymakorligi, zargarlik,
zardo‘zlik,   kashtado‘zlik,   kulolchilik,   milliy   liboslarni   tikish   kabi   xalq   amaliy
hunarmandchiligi   turlarini   o‘rgatish   orqali   ularda   mehnatga   muhabbat   uyg‘ota
olgan,   va   buning   natijasi   o‘laroq,   oilada   nafosat   va   mehnat   tarbiyasi   amalga
oshirilgan.
Taniqli   etnograf   olim   I.Jabborovning   ta’kidlashicha,     “Qadimdan   o‘zbek
oilalarida   yoshiga,   jinsiga   va   tabiatiga   qarab   bola   tarbiyasiga   alohida   e’tibor
berilgan.   Masalan,   o‘g‘il   bolalarga   yoshligidan   otalar   urug‘ining   davomchisi,
merosxo‘ri,   oila   or-nomusi   va   iftixori,   himoyachisi,   qizlarga   nisbatan   ustun
turadigan   erkaklik   fazilatlarini   ongiga   singdirib,   qizlarga   esa   bo‘lajak   ona   va   uy
bekasi   vazifasini   ado   etuvchi   shaxs   sifatida   tarbiya   berishgan.   Asta-sekin   voyaga
yetishi   bilan   o‘g‘il   bola   ota   ta’sirida,   qiz   bola   ona   ta’sirida   muayyan   tartiblarga
o‘rgatila   boshlangan.   Odat   bo‘yicha   bolalar   6-7   yoshidan   mehnatga   o‘rgatilib,
dastavval   yengil   ishlarni,   10-12   yoshidan   boshlab   og‘ir   xo‘jalik   ishlarini   bajara
boshlaganlar.   Bola   tarbiyasiga   ota-ona,   mahalla,   jamoatchilik,   alohida   e’tibor
bergan,   ayniqsa,   ularning   odob-ikromli   bo‘lishi   ko‘pchilikning   diqqat   markazida
turgan.”   4
4
 Жабборов И. Ўзбеклар. – Т.: Шарқ , 2008,140-бет. 
33 Demak, xalq pedagogikasida hunar yuksak baholangan, xalq og‘zaki ijodining
barcha janrlaridagi qahramonlar faqat ma’lum bir kasb egasi bo‘lib qolmay, balki
aqliy,   jismoniy   va   ma’naviy   kamolotga   erishgan,   o‘z   davrining   yetuk   kishilari
sifatida tasvirlanishi bunga yorqin dalildir.
Oilada   ota-onalar   o‘z   farzandlariga   ma’naviy   merosimiz   bo‘lgan   milliy   urf-
odatlar,   an’analar,   marosimlar,   udumlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlari,   ularning
ijtimoiy,   madaniy,   tarbiyaviy   ahamiyati   va   mohiyatini   tushuntirib   borishi   ham
barkamol   shaxs   tarbiyasida   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Yana   shuni   ta’kidlash
joizki, milliy ong, milliy ruh aynan oilada ona tili orqali shakllanadi, bunga esa eng
avvalo ota-ona mas’uldir.
Yuqoridagilarni   muxtasar   qilib   aytganda,   xalq   pedagogikasining   barcha
manbalarida   oila   tarbiyasi,   unda   ota-ona,   farzandlarning   o‘rni,   oilada   tarbiya
turlari,   usullari   va   vositalari,   oila   ma’naviyatiga   xalqona   qarashlar   juda   keng   va
atroflicha yoritilgan bo‘lib, hanuzgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
  Demak,   biz   bu   bebaho   qadriyatimiz   –   xalq   pedagogikasi   manbalaridan
farzandlarimiz   tarbiyasida   foydalanishimiz   zarurdir.   Zero,   yurtboshimiz
ta’kidlaganlaridek,   “Odobli,   bilimdon   va   aqlli,   mehnatsevar,   iymon-e’tiqodli
farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”. 5
Mavzu bo‘yicha nazorat savollari :
1. Oila ma’naviyati tushunchasini ta’riflang.
2.  Barkamol avlod tarbiyasida oilaning o‘rni va ta’siri nimada?
3. “Oila – milliy tarbiyaning o‘chog‘i” deganda nimani tushunasiz?
4. Oilada farzand tarbiyasiga oid xalq og‘zaki ijodidan misollar keltiring.
2.2.2.   X alq pedagogik asida farzand t arbiy alashning met od, usul  v a
v osit alari.
Reja:
1. Xalq pedagogikasida insoniy fazilatlarning ulug‘lanishi.
2. Oilada farzand tarbiyasidagi metodlarning xalq pedagogikasida aks etishi.
5
 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.  Тошкент: Маънавият, 2008.-56-бет.
34 Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid
barcha   masalalarni   o‘zida   mujassam   etgan.   Shunga   ko‘ra   barkamol
shaxs   vatanparvarlik,   insonparvarlik,   mehnatsevarlik,   ahillik,   ilm   va
kasb-hunarga   mehr-muhabbat,   adolatlilik,   ziyraklik,   tashabbuskorlik,
e’tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi,
shu   bilan   birga   chuqur   ilm   egallashi,   vaqtning   qadriga   yetishi,   xalq
udumlari   va   milliy   urf-odatlarini   yaxshi   bilishi   va   qadrlashi,   diniy
ta’limotlarni   to‘g‘ri   tushunishi,   muomala   odobi   va   kiyinish
madaniyatiga rioya qilishi lozimligi  uqtirilgan.
Bu   fazilatlarning   aksi   bo‘lgan   nodonlik,   badxulqlilik,   manmanlik,
qo‘rqoqlik, yolg‘onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik, kibru-
havo,   hasadgo‘ylik,   farosatsizlik   kabi   illatlardan   xoli   bo‘lishi   talab
etilgan.   Ana   shu   ijobiy   fazilatlarni   yoshlar   tarbiyasiga   singdirish     va
illatlardan   yiroq   tutish   yoki   xoli   qilish   bo‘yicha   xalq   pedagogikasida
qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud.
O‘git-nasihat   qilish,   ibrat-o‘rnak   ko‘rsatish,   rag‘batlantirish   va
qoralash   kabi   metodlarni   xalqimiz   asrlar     davomida   qo‘llab   kelgan
bo‘lib, uning quyidagi ijobiy  shakllari ma’lum: 
o tushuntirish;
o o‘rgatish, mashq qildirish;
o odatlantirish;
o kun tartibini rejalashtirish;
o yaxshi xislat va ishlarga undash;
o iltimos qilish;
35 o istak bildirish;
o maqtash;
o rahmat aytish, minnatdorchilik bildirish;
o ma’qullash;
o olqish aytish;
o duo qilish;
o alqash;
o tasalli berish;
o mukofotlash, taqdirlash;
o ishonch bildirish;
o oqlash;
o vasiyat qilish va h;
Shuningdek,   xalq   pedagogikasida   o‘sib   kelayotgan   yosh   avlodni
tarbiyalashda quyidagi holatlar qoralanadi:
- ta’qiqlash, ma’n etish;
- buyurish;
- ta’na, o‘pka-gina qilish;
- talab qilish;
- uyaltirish;
- yolvorish va ko‘ndirish;
- tanbeh berish;
- majbur qilish;
- nafrat bildirish;
- masxara qilish;
- duoyibad qilish;
36 - koyish va qarg‘ash;
- ayblash va uyaltirish;
- oq qilish;
- ont-qasam ichirish;
- aybiga iqror qildirish;
- ishonchsizlik bildirish;
- zarda qilish;
- ko‘r-ko‘rona ishonish;
- yomonlash va vaysash;
- urishish;
- qo‘rqitish;
- gapirmasdan qo‘yish;
- jismoniy jazo berish va h.
Hayotning   mazmunini   to‘g‘ri   tushuntirish,   farzandlarga   odob-
axloqni o‘rgatish, ezgu ishlarga odatlantirishda xalq pedagogikasining
yuqorida   ta’kidlangan   tarbiya   metodlaridan   foydalaniladi.   O‘git   va
nasihat   metodi   xalq   og‘zaki   ijodining  turli   janrlarida   o‘z  aksini   topgan.
Masalan, xalq maqollari o‘git va nasihat shaklida beriladi:
-    Yaxshi bo‘lsang kelinchak, bo‘la ko‘rma erinchak.
- Eling senga cho‘zsa qo‘l, unga doim sodiq bo‘l.
- Ko‘kka boqma, ko‘pga boq.
- Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan.
- Yo‘qni borday qil, borni bolday qil.
- Yaxshilik qilsang, yashir, yaxshilik ko‘rsang, oshir.
- Obro‘ topaman desang – kamtar bo‘l.
37 Ko‘rib   turganimizdek,   maqollardagi     odob-axloq   mazmuni   o‘git-
nasihat   tarzida   berilgan.     Xalq   dostonlarida   ham   tarbiyaning   bu
shaklini ko‘plab uchratamiz. Masalan, “Erali va Sherali” dostonida ustoz
o‘z shogirdlariga quyidagicha nasihat qiladi:
  
Yaxshilikdan ajratmasin dilingni,
Ham yaxshilik ustun qilar qo‘lingni,
Miskinlarga sarf ayla, ber pulingni,
Men sening qurboning bo‘lay, Erali.
Kuch-quvvating g‘oyiblardan tilagin,
G‘ariblarning manglayini silagin,
Sen ulardan oltin-duo tilagin,
Duo oltin bo‘lar, bilgin  Erali.
Mulla Haydar berdi shu nasihatni,
Sen ham bo‘lding mening bir farzandim,
Qulog‘ingda tursin shu nasihatim,
Ming yashagin, aslo o‘lma, Erali.
Tarbiya   metodlari   ichida   eng   ko‘p   qo‘llanadigan   turi   bu     namuna,   ibrat
ko‘rsatish,   ya’ni   o‘rnak   bo‘lishdir.     Buni   ikki   xil   yo‘nalishda   amalga   oshirish
mumkin.   Birinchisida,   yaxshi   fazilatlarga   ega   bo‘lgan   insonlarning   ibratli
jihatlarini   ko‘rsatish   orqali   undan   o‘rnak   olishga   undalsa,     ikkinchisida   salbiy
axloqli   kishilarning   nojo‘ya   ishlarini   ko‘rsatish   bilan   undan   nafratlanishga
o‘rgatiladi.   Buyuk   allomalar   va   mutafakkirlarning   hayot   yo‘li   bizga   doim   ibrat
maktabi   bo‘lib   qoladi.   Chunonchi,   oiladagi   kattalar     ham   o‘z   farzandlari   uchun
doimo   o‘rnak   ko‘zgusi   bo‘lmoqliklari   kerak.   Chunki   bola   barcha   yaxshi
38 fazilatlarni ham, yomon illatlarni ham eng avvalo oiladan o‘rganadi, zero xalqimiz
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deb bejiz aytishmagan.
Xalq pedagogikasidagi rag‘batlantirish metodiga maqtash, ma’qullash, alqash,
mukofotlash   kabi   shakllarni   kiritishimiz   mumkin.   Bolalarning   yaxshi   fazilat   ila
amalga   oshirgan   ibratli   ishlari   kattalar   tomonidan   ma’qullansa,   maqtalsa,
olqishlansa,   rahmat   aytilsa,   alqansa   va   imkon   doirasida   taqdirlansa,   ular   yanada
yaxshi xislatlarga ega bo‘lishga, yaxshi ishlarni bajarishga harakat qiladilar. Bunga
o‘zbek   xalq   og‘zaki   ijodidan   ko‘plab   misollar   keltirishimiz   mumkin.   Asar
qahramonlari   xalqni   zolimning   zulmidan   qutqarib   xalqning   olqishi     va   rahmatiga
sazovor   bo‘lganlagi,   munosib   taqdirlanganligi   haqidagi   ertak,   rivoyat,   afsona,
asotir va dostonlar behisob.  Maqtash, alqash paytida:
- “Tarbiya bergan ota-onangga rahmat”;
- “Ta’lim bergan ustozingga rahmat”;
- “Ustozdan ibrat olgan aqllaringga rahmat”;
- “Barakalla, o‘g‘lim, qizim”;
- “Aqlu-hushing, idrokingga ofarin”;
- “Oqilaligingga tahsinlar bo‘lsin” kabi jumlalar ishlatiladi.
Asosan  yoshi  ulug‘lar, ota-onalar  farzandlarining ijobiy ishlaridan minnatdor
bo‘lishganda   o‘zlarining   chuqur   ichki   istak   va   niyatlarini   alqash   orqali   amalga
oshirganlar.   Keyinchalik   bu   istak-niyatlarini   Ollohdan   so‘raydigan   bo‘lganlar   va
shu   tariqa   alqash-duolar   yuzaga   kelgan,   alqashdan   oldin   “ilohim”   so‘zi   ishlatila
boshlangan. Quyida alqash-duolarga misollar keltiramiz:
- (ilohim) umringdan baraka top;
- qo‘ling dard ko‘rmasin (dard ko‘rma);
- tani-joning sog‘ bo‘lsin;
- tuproq olsang oltin bo‘lsin;
- uying bug‘doyga to‘lsin;
- topganing to‘yga buyursin;
- fayz-barakangni bersin;
- farzandlaringni huzur-halovatini ko‘r;
39 - baxtiyor bo‘l (baxtli bo‘l);
- ilohim niyatingga yet;
- ulug‘ martabalar nasib qilsin;
- qasd qilganlar past bo‘lsin, yer bilan yakson bo‘lsin;
- do‘stga zor, dushmanga xor qilma;
- o‘ylagan niyatlaringga yet;
- boshing toshdan bo‘lsin;
- to‘y bo‘lsinu, g‘am bo‘lmasin;
- yaxshi kunlarga yetkazsin;
- ko‘p bersin, ko‘l bersin, keng fe’l, ketmas davlat bersin;
- biring ikki, ikking tuman bo‘lsin;
- yegan noning halol bo‘lsin;
- yomonning yuzini teskari qilsin;
- farishtalar omin desin va h.
Xalq   og‘zaki   ijodining   ko‘plab   janrlarida   xalq   orzu   qilgan,   el-yurt   va
hukmdorlar topshirig‘ini o‘zining mardligi va matonati, donishmandligi  bilan ado
etgan   obrazlarning   mukofotlanganliklari   haqida   bayon   qilinadi.   Bu   asarlardagi
“...Barakalla,   seni   o‘stirgan   ota-onanga   rahmat”,-   deb,   ustidan   tillo,   javohirlar
sochibdi;     “Podsho   uch   kunu-uch   tun   to‘y-tomosha   qilib,   qizini   bahodirga
uzatibdi”;     “...Uni   jasorati   va   mardligi   uchun   shaharga   hokim   (yoki   vazir)   etib
tayinlabdi”;   “Tila   tilagingni,-   debdi   va   barcha   tilaklarini   bajo   aylabdi,”-   kabi
jumlalarda o‘z aksini topgan.
Farzandlarni   yaxshi   xulqi   –   odobi,   yaxshi   o‘qishi,   umuman,   yaxshi   inson
bo‘lib yetishi uchun alqash, maqtash, rahmat aytish, duo qilish, yaxshi tilak-istak,
niyat bildirish, rag‘batlantirish va mukofotlash hozirgi kunda ham keng qo‘llanadi,
chunonchi   yoshlarni   shunday   chiroyli   alqash-duolarga   mos   qilib   tarbiyalash
bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Xalq pedagogikasida bola tarbiyasida qarg‘ish asosan xotin-qizlar tomonidan
ishlatiladigan zararli  tarbiya metodi hisoblanib kelingan.
40 “Qarg‘ishlar  duch   kelgan  katta  –  kichikni   goh  suvda   cho‘ktirib  o‘ldirsa,  goh
do‘zaxning   yetti   kundasida   kuydiradi.   Ba’zilari   odamxo‘r   devlarga   duch   keltirsa,
ba’zilari ona sutini og‘zidan keltiradi.”   6
Xalqimizda qarg‘ish va duo – olqishning ta’siri, ya’ni uning “tegishi” haqida
ham   qator   iboralar   bor.   Qarg‘ish   olganlar   haqida   “Falonchini   qarg‘ish   urgan”;
alqash   olganlar   haqida   esa   “Falonchi   kam   bo‘lmaydi,   chunki   ota-onasining
(xalqining,   ustozining)   duosini   olgan”   deyishadi.   Qarg‘ishning   zarari   va   olqish   –
duolarning ahamiyati quyidagi maqollarda o‘z aksini topgan:
- qarg‘ish yaralaydi, olqish davolaydi;
- kiyim dog‘i ketar, qarg‘ish dog‘i ketmas;
- otilgan o‘qdan qo‘rqma, qarg‘ishdan qo‘rq;
- olqish yaxshiga, qarg‘ish yomonga;
- dili to‘g‘ridan olqish chiqadi, dili qing‘irdan qarg‘ish;
- el qarg‘asa, tog‘ qulaydi, el alqasa bog‘ bo‘ladi;
- ota-ona olqishi o‘t - suvga oldirmas,
ota-ona qarg‘ishi chohga tiqmay qoldirmas.
Demak, xalq an’anaviy tarbiya usulining bosh shiori: “Olqish olgan omondir,
qarg‘ish olgan yomondir.”
Darhaqiqat, qarg‘ish ishlatgan ota-ona va kattalarning obro‘si yo‘qoladi, ota-
ona   va   farzandlar   o‘rtasidagi   mehribonlikka   putur   yetadi,   oila   ahilligiga   darz
ketadi. Ayniqsa,   ota-ona  qarg‘ab,  oq qilsa,  uning  oqibati  har   ikkala  tomon  uchun
yomon bo‘ladi. Xalqimizning “Ura bersang  eti  qotar, qarg‘ay bersang beti  qotar”
degan maqoli ham qarg‘ishning zararini ta’kidlaydi. Demak, qarg‘ishlarni umuman
nutqdan chiqarib tashlash va ayniqsa bola tarbiyasida ishlatmaslik zarur.
Xalq   pedagogikasida,   uning   manbalarida   jismoniy   jazo   tarbiyaviy   ta’sir
ko‘rsatuvchi   vosita   sifatida   aslo     uchramaydi,   aksincha   jismoniy   jazo   yomon
oqibatlarga   olib   kelishi   ta’kidlanadi.   Lekin   xalq   pedagogikasi   tarixida   tarbiya
nuqtai   nazaridan   jismoniy   jazoning     shapaloq   urish   va   quloq   cho‘zish   shakllari
ishlatilgani ma’lum.
6
 Йўлдошева С. Халқ урф-одатлари ва анъаналари. Т. Ижод дунёси. 2003й.88-б.
41 Xalqimiz   tarbiyaning   turli   metod   va   shakllarini   amalga   oshirishda   xilma-xil
tarbiya vositalaridan foydalanganlar. Xususan, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlar, xalq
og‘zaki ijodi, tabiat va inson munosabatlari, xalq tabobati xususiyatlari, turli to‘y-
tomosha   marosimlari,   sayil,   yig‘in,   bazm,   bayramlarda   kattalar   va   bolalarning
birgalikdagi   ishtiroki,   gap-gashtak   va   ulfatchilik,   choyxona   gurungi,   aza
ma’rakalari, uzoq safarga va ovga chiqish va h.
Tarbiya vositalaridan biri bo‘lgan bolalar o‘yinlarining o‘z qoidalari bo‘lgan.
Shu qoidaga rioya qilmagan bolalarni  “o‘yin buzuqi” deb o‘yindan chetlatishgan.
Ya’ni   o‘yin   jarayonida   bolaning   yaxshi   va   yomon   jihatlari   namoyon   bo‘lgan.
E’tibor   bersangiz,   tarbiya   vositalarining   barchasi   ko‘pchilik   ishtirokida   amalga
oshiriladi   va   shubhasiz,   bu   juda   muhim   tarbiyaviy   ahamiyat   kasb   etadi.   Bunday
bayram, sayil, gap-gashtak, yig‘inlarda bolalarning yaxshi va yomon xatti-harakati
ko‘pchilikning   ko‘z   o‘ngida   namoyon   bo‘ladi   va   shu   ko‘pchilik   tomonidan
baholanadi.   Ota-onalar   o‘z   farzandlari   tarbiyasiga   oid   xulosalar   chiqaradilar.
Farzandlarning odob-axloqi haqidagi yaxshi fikrlar ota-onani quvontirsa, aksincha
farzandining   xulqi   haqidagi   ta’na     va   isnodlar   ularni   tashvishga   soladi.     Bunda
keksalar,   ota-onalar:   “Bolam,   bu   yurish-turishingni   ko‘rganlar,   gap-so‘zingni
eshitganlar   nima   deydi?”,   “Mahalladagilardan   uyat   emasmi?”,   “Bizni
uyatga(isnodga)   qo‘ydingku   (sharmanda   qildingku)”,-   deb   aziyat   chekishadi.
O‘smir   yoshdagi   bolalarning   choyxona   gurungi,   gap-gashtaklarining   ham   o‘ziga
yarasha   qoidasi   bor.   Bu   choyxonaga   navbat   bilan   taklif   qilish,   o‘rtoqlari   bilan
samimiy   muomalada   bo‘lish,   so‘zlovchi   gapini   bo‘lmaslik,   navbat   bilan   gapirish,
navbat   bilan   choy   quyish,   choyni   o‘ng   qo‘l   bilan   uzatish,   noz-ne’matlarni   teng
baham   ko‘rish,   dasturxonga   undash   va   hokazolardir.   O‘smirlarning   yaxshi
fazilatlari   ham,   yomon   xulqi   ham   bu   yig‘inlarda   namoyon   bo‘ladi.   Kattalarning
o‘git-nasihatlarini olib, ulfatchilikda qatnashgan o‘smirlar odob qoidalarini yaxshi
o‘zlashtirib oladilar.
            Xalq pedagogikasida   tarbiya vositalaridan  yana  biri   mehmondorchilikdir.
Marosim,   yig‘in,   to‘y-tomosha,   gap-gashtak,   choyxona   gurungining   barchasi
mehmondorchilikni   o‘z   ichiga   oladi.   Mehmondo‘stlik   xalqimiz   hayotiga   singib
42 ketgan   eng   yuksak   kishilik   fazilatlaridan   iborat   bo‘lib,   yoshlar   tarbiyasida   eng
muhim   tarbiya   vositasi   sifatida   xizmat   qiladi.   Xonadon   mezbonlari   mehmonning
ko‘nglini   olish,   xursand   qilish   uchun   eng   yaxshi   idish-tovoqlarni   ishlatadilar,
tansiq   taomlar   pishiradilar.   Mehmondo‘stlikning   o‘ziga   xos   qoidalari   bolalarga
pand- nasihat, maslahatlar berish orqali, shaxsiy ibrat-o‘rnak ko‘rsatib yoshligidan
o‘rgatib kelinadi.   Shu tariqa xalqimiz yuqoridagi kabi tarbiya metodlari, shakllari
va vositalari orqali yosh  avlodni ahloqiy tarbiyalab, insoniy fazilatlarga o‘rgatgan.
                   Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Barkamol shaxs qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?
2. Xalq pedagogikasida qanday tarbiya metodlari mavjud?
3. Tarbiya metodlarining ijobiy va salbiy shakllarini ayting.
4. O‘git-nasihat metodi haqida gapiring.
5. Ibrat-namuna metodining o‘ziga xosligi nimada?
6. Rag‘batlantirish metodining qanday shakllarini bilasiz?
7. Alqash va alqash-duolarga misollar keltiring.
8. Zararli tarbiya metodlariga nimalar kiradi?
9. Xalqimiz qanday tarbiya vositalaridan foydalangan?
2.3. Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar.
                             (Seminar mashg‘ulotlarida joriy nazorat uchun)
1.  Amaliy topshiriq.  Ushbu kichik matnlarning mazmunini tahlil qiling, hayotiy
misollar keltiring va xulosangizni “FSMU” metodi orqali bayon eting.
1)   “Suv ketar, tosh qolar, o‘sma ketar, qosh qolar”   maqolining ma’nosini
bilasizmi? 
“Bu surayotgan davru – davroning, amalu – martabang, mol – dunyong yoinki
husnu – jamoling ham o‘tar – ketar, oddiy odamlar qatoriga tushib ham qolarsan.
43 Bas   shunday   ekan,   bu   bahosi   bo‘lmagan,   o‘tkinchi   ustunliklaring   bilan   kerilma,
mag‘rurlanma, boshqalarga past nazar bilan qarama, kamtar bo‘l,” – deyilmoqchi.
2)   Odamzod   tanasida   olti   a’zo   borkim,   ularning   uchtasi   o‘ziga
bo‘ysinmaydi,   uchtasi   esa   o‘zining   hukmida.   Ko‘z,   quloq,   burun   odamga
bo‘ysinmaydi. Ko‘rgisi kelmagan narsani ko‘rishga, eshitgisi kelmagan gaplar yoki
tovushlarni tinglashga, xush yoqmaydigan islarni hidlashga majbur bo‘ladi. Oyoq,
qo‘l, til esa odamning hukmida. Til bilan ilohiy kalomlarni, shirin so‘zlarni aytishi
yoki   aksincha   buning   o‘rnini   g‘iybat,   ig‘vo,   yaramas   gaplar   bilan   band   etmog‘i
mumkin.   Qo‘llari   bilan   go‘zal   buyumlar   yaratishi   yoki   go‘zallik   obidalarini
qo‘porishi   yoinki   shu   qo‘l   bilan   ehson,   hadya   berishi,   yoki   o‘zgalar   mulkini
o‘zlashtirib   olishi   o‘z   ixtiyorida.   Oyoqlari   esa   istasa   uni   ibodatga,   istamasa   –
g‘urbatxonaga olib borishi mumkin. (Tohir Malik. “Imonlashish umidi”).
3)   “Qo‘shnining   qo‘shnida   yettidan   bir   haqqi   bor”   naqlining     ma’nosini
bilasizmi?
Oilada har bir ota-ona fazandimni men zo‘r qilib tarbiyaladim, uning yutuqlari
sababchisi  ham o‘zimiz deb, kibru-havoga berilmasligi kerak. Sababi farzandning
kamida   30%   yurib-turishlari   yaxshi   qo‘shnilardan   ibrat   olgani   tufaylidir.
Qo‘shnining sizdagi haqqi shu! 
2. FSMU  metodi  orqali  jadvalni  to‘ldiring.
1-guruh
Savol Oila ma’naviyatini shakllantirishda
xalq pedagogikasining  o‘rni...
(F) – fikringizni  bayon  eting
(S) – fikringiz  bayoniga  sabab  
ko‘rsating
( M) – ko‘rsatgan  sababingizni  
isbotlovchi  misol  keltiring
( U) – fikringizni  umumlashtiring
Jadvalni  to‘ldiring
2-guruh
Savol Farzand tarbiyasida oila eng muhim
omildir, chunki...
(F) – fikringizni  bayon  eting
44 (S) – fikringiz  bayoniga  sabab  
ko‘rsating
( M) – ko‘rsatgan  sababingizni  
isbotlovchi  misol  keltiring
( U) – fikringizni  umumlashtiring
Jadvalni  to‘ldiring
3-guruh
Savol Oilada o‘g‘il bolalar va qiz bolalar
tarbiyasidagi farqni izohlang...
(F) – fikringizni  bayon  eting
(S) – fikringiz  bayoniga  sabab  
ko‘rsating
( M) – ko‘rsatgan  sababingizni  
isbotlovchi  misol  keltiring
( U) – fikringizni  umumlashtiring
3. 10. Insert jadvalini to‘ldiring...
V
Oila ma’naviyati
haqidagi
bilimlarimga javob
beradi –
Oila
ma’naviyati
haqidagi
bilimlarimga
qarama-qarshi + 
Yangi
ma’lumotlar ?
Tushunarsiz
(aniqlashtirish,
to‘ldirishni talab
qiladi) ma’lumot
I N S Ye R T  U S U L I
 (texnikasi)
Инсерт   –   самарали   ўқ иш   ва   фикрлаш   учун   матнда   белгилашнинг
интер фаол  тизими.
Инсерт   – аввалги билимларни фаоллаштириш ва матнда белгилаш учун
саволларнинг   қў йилиш   муолажаси.   Шундан   с ў нг   матнда     учрайдиган,
ҳ ар турдаги ахборотларнинг белгиланиши. 45  Matnda belgilash tizimi
(      )       -       m    en bilaman deganni tasdi q lovchi belgi;  
(       )       -       yangi axborot belgisi ;
(      )       -       m    en i  bilgan larimg a,  zid  belgisi;     
(      )       -       meni   o‘ ylantirib   qo‘ ydi. Bu b o‘ yicha menga   qo‘ shimcha axborot kerak
belgisi.
4.   Amaliy   topshiriq.   Quyidagi   savollarga   javob   bering   va   x alq   pedagogikasi
manbalaridan nechog‘li xabardorligingizni aniqlang. 
1. Xalq pedagogikasining mazmun mohiyatiga ta’rif bering.
2. Xalq pedagogikasi manbalariga nimalar kiradi?
3. XOI janrlarini sanab bering.
4. Maqol va matal, ertak va masalning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
5. Afsona va rivoyatlarning farqi nimada?
6. Milliy urf-odatlar, an’analar, udumlarga ta’rif bering.
7. Nima uchun diniy ta’limotlarni xalq pedagogikasi tarkibida o‘rganamiz?
8. Nima uchun san’at, musiqa, ma’morchilik XPning manbalariga kiradi?
        9. Xalq pedagogikasining didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlari nimada? Инсерт   –   самарали   ўқ иш   ва   фикрлаш   учун   матнда   белгилашнинг
интер фаол  тизими.
Инсерт   – аввалги билимларни фаоллаштириш ва матнда белгилаш учун
саволларнинг   қў йилиш   муолажаси.   Шундан   с ў нг   матнда     учрайдиган,
ҳ ар турдаги ахборотларнинг белгиланиши.
46  5.   Amaliy   topshiriq.   “Oila   ma’naviyati”   haqidagi   quyidagi   savollarga   javob
bering.
1.  Oila ma’naviyatiga ta’rif bering.
2.  Oila, oilada farzand tarbiyasi haqida qanday maqollarni bilasiz?
3.  Oilada kattalarning o‘rni, oilaviy hayot haqida nimalarni bilasiz?
4.   Oilaviy   hayotga   tayyorlashda   XPning   qaysi   manbalaridan   ko‘proq   foydalanish
o‘rinli deb hisoblaysiz?
6.   Amaliy   topshiriq.   Berilgan   maqol   va   matallar   ichidan   oila   tarbiyasi,   oila
ma’naviyati,  yoshlarni   oilaviy  hayotga  tayyorlashga   oid namunalarni  ajratib  olish
va mazmunini tushuntirish.
7.   Ijodiy   topshiriq.   Oilada   farzandni   axloqiy   tarbiyalashga   oid   “Maqollar
bilimdoni”   texnologiyasini   o‘tkazish.     Bunda   talabalar   axloqiy   tarbiya,   oila
tarbiyasi haqida maqollar aytadilar. Eng ko‘p maqol ayta olgan talabaga “Maqollar
bilimdoni” unvoni beriladi.
8.   Amaliy   topshiriq.   Guruh     kichik   jamoalarga   bo‘linadi,   ularga   “Namuna”,
“Nasihat”, “Olqishlash” nomlari beriladi. Turli oilaviy vaziyatlar beriladi va ularni
izohlash so‘raladi, jumladan:
-oilada o‘qishga borishni hoxlamaydigan bola;
-mehnatdan bo‘yin tovlaydigan bola;
-ota-onani behurmat qiladigan bola;
- oilaviy hayot masalalariga yengil qaraydigan o‘qil-qizlar;
-umuman hech kim bilan do‘stlasha olmaydigan bola tarbiyasi bilan uchala jamoa
o‘z nomlaridan kelib chiqib shug‘ullanishlari kerak.
9.     Kreativ   topshiriq.   Har   qaysi   jamoa   o‘zi   tanlagan   oiladagi     tarbiya   metodi
boshqa metodlardan afzalligini misollar bilan isbotlashi lozim.
10.   Kreativ   topshiriq.   Guruhdagi   “Rivoyat”,   “Ertak”,   “Asotir”   jamoalari   xalq
og‘zaki  ijodi janrlarida oilaviy tarbiyaga oid rivoyatlar, asotirlar, ertaklarni   qisqa
vaqt   ichida   sahnalashtirishlari   kerak.   Bu   esa   ushbu   janrlarning   tarbiyaviy
ahamiyatini yanada oshiradi.
47 11.   Amaliy topshiriq.  Faqat o‘zbek oilasigagina xos bo‘lgan fazilatlarni “Klaster”
metodi orqali ko‘rsatib bering.  
12.   1-keys   savoli:   Turmush   qurishda   sovchilar   yordamida,   qarindoshlar
yordamida,   sevgi-muhabbat   tufayli   yoki   manfaat   ustun   bo‘lishi   kerakmi,   degan
munozarali  savolga  javob  bering. 4  xil   yo‘l   bilan turmush  qurishning  afzalligi   va
kamchiliklari  haqida mulohaza yuriting, hayotiy misollar  keltiring. Har  biriga oid
sahna ko‘rinishi tayyorlang.
              2-keys:   Hozirgi   kunda   oila   ma’naviyatiga   “Ommaviy   madaniyat”
unsurlarining ta’sir etmasligi uchun nimalar qilinishi kerakligini bayon eting. 
       3-keys:  Siz farzandingizga yaxshi o‘qiganligi uchun kompyuter olib berdingiz.
Lekin   shu   kundan   e’tiboran   uning   o‘qishlari   susayib   ketdi,   xarakterida   ham
o‘zgarishlar seza boshladingiz. Sizni xatti-harakatingiz. 
2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar. 
                Mustaqil ish uchun o‘quv topshiriqlari:
1.Sharq  mutafakkirlarining oila  ma’naviyati,  yoshlarni  oilaviy  hayotga  tayyorlash
haqidagi g‘oyalarini o‘rganing va fikrlar debatiga tayyorlaning. 
2.   Yurtimizda   hukumatimiz   tomonidan   oilaga   nisbatan   e’tibor,   uning   davlat
hujjatlarida aks etishi    haqida ma’lumotlar to‘plang. Jumladan, Asosiy qonundagi
qator   moddalar,   Oila,   Fuqarolik,   Uy-joy   kodekslari,   1998   yilning   “Oila   yili”   deb
e’lon   qilinishi,   oila   qadriyatlarini   ulug‘lovchi   “El-yurt   tayanchi”   degan   muazzam
yodgorlikning barpo etilishi va h.
3.   5.   I.A.Karimovning   “Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch”   asaridan   oila
tarbiyasi   haqidagi   fikrlarini   daftarga   yozib,   o‘qib-o‘rganing,   qisqa   mazmunini
gapirib bering.     
4. “Xalq pedagogikasi va oilaviy hayot” mavzusida esse yozing.
                       Nazorat topshiriqlari:
TEST SAVOLLARI:
1. Xalqning tarbiya tajribasi va empirik pedagogik qarashlarini o‘rganuvchi fan... 
A) qiyosiy pedagogika 
V) oila pedagogika si
48 S) xalq pedagogika si    
D) taqqoslash pedagogika si
Ye) sanalganlarning barchasi
2. Hayit bayramining yana bir nomi qanday?
A) muborak 
V) iyd 
S) musta q illik
D) ramazon
3. «Avesto» da tasvirlangan ezgulik xudosini belgilang.
A) Kolomars  
V) Gershaps 
S) Xurmo‘zd
D) Axriman
Ye) Arjaps
4.   Q adimgi   afsonalarda   xal q   va   vatan   ozodligi   uchun   o‘zini   q urbon   q ilgan
q a h ramonning ismi nima?
A) Alpomish 
V) Go‘ro‘ g‘ li
S) Rustamxon
D) Shiro q
Ye ) To‘maris
5. Abdulla Avloniyning yangi maktablari uchun yaratgan darslik va qo‘llanmalari
to‘g‘ri kayd etilgan javobni toping.
A) «Birinchi muallim», «Advokatlik osonmi?», «Qiroat kitobi», «Adabiyot yohud
milliy she’rlar» 
V)   «Turkiy   guliston   yohud   axloq»,   «Engil   adabiyot»,   «Padarkush»,   «O‘qish
kitobi»
S)   «Birinchi   muallim»,   «Adabiyot   yohud   milliy   she’rlar»,   «Ikkinchi   muallim»,
«Turkiy guliston yohud axloq» 
D)   «Adabiyot   yohud   milliy   she’rlar»,   «Turkiy   guliston   yohud   axloq»,   «Milliy
she’rlar uchun milliy ashulalar»
6. . « Q unt bilan o‘rgan  h unar…» ma q ol davomini toping.
A) hunar to‘ygizar 
V) hunar tugammas xazina
S) har kimning kasbi o‘ziga
D) hunarli kishi och  q olmas
7 .   O‘zbek   adabiyoti   yirik   janrlaridan   bo‘lgan   «Aytishuv»   ning   xalq   ijodida
qo‘llaniladigan nomini toping.
A) faxriya 
49 V) alla
S) qo‘shiq
D) ba g‘ ishlov
Ye) lapar
8 .  M avzu ji h atidan «se h rli – fantastik» turkumiga kiruvchi ertaklarni belgilang.
A) «Susanbil», «Guli q a hq a h », «To‘rt   yal q ov»  
V) «To h ir va Zuxra», «Uch o g‘ ayni botirlar», «Zumrad va  Q immat»
S) «Bo‘ri bilan tulki», «Yozi bilan Zebo»
D) «Xu s niyabonu», «Guli q a hq a h », «Gulshamol»
9 . Bir ishga jazm qilish, yangi faoliyatni boshlash, polvonlik, kurash tushish kabi
la h zalarda qanday xitoblar ishlatiladi?
A) «Yo ali» 
V) «Yo pirim»
S) «Yo rabbim»
D) Barchasi to‘g‘ri
10 . Adolatsizlik oldida ojiz  q olib, yi g‘ lab–zorlanib turgan odamni xalqimiz qanday
so‘zlar bilan ovutadi?
A) «Kuymang, keng bo‘ling» 
V) «U xudo bexabarga xam bo qq an – tikilgani bordir»
S) «Xudoning  g‘ azabiga uchraydi»
D) A, V, S
11 . O‘zbek xalqining yaxshi niyat, tilaklari aytilgan  q atorni belgilang.
A) xush kelibsiz; xush ko‘rdik 
V) yaxshi boring; yaxshi  q oling
S) yaxshi yotib turing; shirin tushlar ko‘ring
D) A, V, S
12 .   Xalq   o‘yinlari   orasida   eng   murakkabi,   jasorat   va   ziyraklikni   talab   q iladigani
qaysi?
A) kurash 
V) darbozlik
S) nard
D) ko‘pkari
13 . Bolalar o‘yinlarining nomlari qaysi  q atorda berilgan?
A) xamm om pish 
V) loysuvok
S) chillak
D) A, V, S
50 14 .  H alollik so‘zi yana qanday ma’nolarni o‘z ichiga oladi?
A) to‘g‘rilik 
V) rostgo‘ylik
S) ma’naviy mardlik
D) barcha javoblar to‘g‘ri
15 . Birovga   q arz berib, ololmagan kishiga nisbatan xalqimiz qanday jumla, ibora,
na q llar  q o‘llaydi?
A) «Yigit kishining boshi omon bo‘lsa, mol - dunyo topiladi» 
V) «Davlat, pul  q o‘lning kiri»
S) A, V, D
D) «Mol topiladi, jon topilmaydi»; «Boshingiz omon, joningiz so g‘  bo‘lsin»
16 . Ko‘pkari qanday o‘yin?
A) chavandozlar ba h si 
V) ommaviy musoba q a
S) chavgon o‘yini
D) kurash tushish
 
17 . O‘ q itish ma q sadlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan  q atorni belgilang.
A) didaktik 
V) rivojlantiruvchi
S) tarbiyaviy
D) barchasi to‘g‘ri
18 . Xalq amaliy san’ati va  h unarmandchilik so h alariga nimalar kiradi?
A) o‘ymakorlik, kulolchilik 
V) zargarlik, zardo‘zlik
S) maishiy buyumlar yasash
D) A, V, S
19.   Xalq   amaliy   s a n’ati   va   hunarmandchiligi   yoshlarda   qanday   xislatlarni
tarbiyalaydi?
A) o‘zbek xalqi o‘tmishining ulu g‘ lash va tarixini o‘rganish 
V) nafosat xis - tuy g‘ ularini shakllantirish
S) milliy o‘zligimizni anglash 
D) barcha javoblar to‘g‘ri
20 . O‘zbek xalq o‘yinlarining xususiyatlari ko‘rsatilgan  q atorni toping.
A) serharakatligi 
V) chidamlikka o‘rgatuvchanlik
S) chini q tirish
D) barcha javoblar to‘g‘ri
21 . Madaniyat bayramlari berilgan  q atorni toping.
51 A) san’at bayrami 
V) folklor bayrami  
S) sport bayrami
D) A, V, S
22 . Milliy marosimlar qaysi katorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) cha q alo q ni beshikka belash 
V) beshik to‘yi, tushov kesish
S) sunnat to‘yi, kiz uzatish
D) barcha javoblar to‘g‘ri
23  Milliy urf – odatlar, an’analarning tarbiyaviy a h amiyati nimada?
A) yoshlar milliy madaniyatni o‘rganadilar 
V) o‘zbek xalqining axlo q iy me’yorlarini o‘rganadilar
S) xalq orasida turmush kechirish tartib – koidalarini o‘rganadilar   
 
24. Quyidagi javoblardan qaysi birida xalq ertaklari tasnifi to‘g‘ri sanalgan?
A) sehrli, maishiy va novel l a ertaklar
V) hayvonlar haqidagi, sehrli va topishmoq ertaklar.
S) sehrli, maishiy va hayvonlar haqida ertaklar
D) maishiy, topishmoqli va novella ertaklar
Ye) topishmoqli, majoziy va sehrli ertaklar
25 . Xalq og‘zaki ijodida hamda yozma adabiyotda qo‘llaniladigan adabiy janrlar 
qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) latifa, qasida, marsiya.
V) topishmoq, bag‘ishlov, o‘lan.
S) doston, ertak, latifa.
D) matal, yo‘qlov, ertak.
Ye) lapar, ovunmachoq, doston.
26 . «Yog‘ yeganda yot ya x shi,
     Qon  yu tganda - qarindosh».
Ushbu maqol g‘oyasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) janjalkashlik
V) mehr - oqibat
S) sevgida vafodorlik
D) ota – onaga hurmat
Ye) yaxshi qo‘shnichilik
27. «Sehr, makr, avrash» ma’nolarini anglatadigan so‘z orqali ifodalangan janrni 
belgilang?
A) rivoyat
V) hikoya 
S) afsona 
52 D) qissa
Ye) qasida
28 . Xalq orasida «jumboq», «ushu k » degan nomlar bilan xam yuritiladigan janr 
qaysi? 
A) qo‘shiq
V) maqol
S) ertak
D) doston
Ye) topishmoq
29 . Xalq turmushi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan adabiy – badiiy janrni 
belgilang?
A) maqol
V) topishmoq
S) ertak 
D) sanalganlarning barchasi
Ye) bunday janr yo‘q
30 . Quyidagi maqolning davomini toping? 
Betashvish bosh qayda...
A) qup - quruq tosh qayda
V) mehnatsiz osh qayda
S) o‘smasiz qosh qayda
D) kurmaksiz osh qayda 
Ye) sabzisiz osh qayda
31. Yagona qaxramonga ega bo‘lgan, kulgi va hazilga asoslangan janrning nomini 
toping? 
A) askiya 
V) lapar
S) aytishuv
D) latifa 
Ye) o‘lan
32 . Xalq og‘zaki ijodining qaysi janrida xalqning dono,  p urxikmat va lo‘nda 
qarashlari uzoq davrlar mobaynida ham o‘zgarishsiz i f odalanib kelinadi? 
A) masal
V) maqol
S) topishmoq
D) hikmatlar
Ye) ertaklar
33.  O‘zbek xalqi orasida tar q algan «varso q i», «masala» so‘zlari nimani anglatadi?
A)  «alla» qo‘shiqlari 
53 V) ertaklarni
S) topishmoklarni
D) tez aytishlarni
Ye) maqollarni
34.  Diniy bayramlar qaysilar?
A) Xotira va qadrlash kuni
V) Konstitutsiya kuni
S) Ro‘z a  hayiti
D) Qurbon hayiti
Ye) s, d.
35 . «Doston» so‘zi yana qanday ma’nolarda ishlatiladi?
A) qissa, hikoya
V) shonu - shuhrat
S) sarguzasht
D) ta’rif, maqtov
Ye) sanalganlarning barchasi
36 . Ma’lum tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga, nutqni o‘stirishga 
mo‘ljallangan janr bu...
A) masal
V) maqol
S) matal
D) tez aytish
Ye) alla 
37 . Xalq og‘zaki ijodida eng yirik janr qaysi? 
A) ruboiy 
V) g‘azal 
S) lapar
D) doston
Ye) ertak
38 . Latifaning xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping? 
A) yagona qaxramonga ega bo‘ladi
V) ixcham syujetga ega bo‘ladi
S) asardagi muloqot dialog shaklida bo‘ladi
D) a, v, s.
Ye) Baxsh i lar tomonidan aytiladi.
39 . Xalqning tarixiy o‘tmishi haqidagi badiiy yodnomalari bu ...   
A) maqollar 
V) rivoyatlar
S) asotirlar
54 D) maqollari
Ye) lirik qo‘shiqlar
40 . Dostonlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlang?
A) qahramonlik dostonlari
V) lirik dostonlar
S) epik va dramatik dostonlar
D) jangnoma dostonlar 
Ye) v, s
41 . «Temirni qizig‘ida bos», «Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin» majoziy 
iboralari qaysi janrga xos?
A) matal 
V) maqol
S) masal
D) terma
Ye) sanalganlarning barchasi
42 . Dostonlarning mazmuniga ko‘ra turlarini aniqlang?
A) lirik dostonlar
V) qahramonlik, jangnoma dostonlar
S) tarixiy, kitobiy dostonlar 
D) epik, dramatik dostonlar
Ye) v,s 
43 . Xalq pedagogikasining ta’sir kuchi, ahamiyati nimada? 
A) umuminsoniy yo‘nalishga, umumbashariy g‘oya - maqsadlariga qaratilganligida
V) uning hayotiyligi, ta’sirchanligida 
S) uning serqirraligi va serma’noligida
D) hayot, inson muammolarini qamrab olishi.
Ye) barcha javoblar to‘g‘ri
44 . «Har bir inson (zardo‘sht) kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshni 
olqishlab sig‘inishi shart» qaysi asardan olingan?
A) «Sab’ai - sayyor»
V) «Avesto»
S) «Qutadg‘u bilig»
D) «Devoni hikmati»
Ye) «Al – Jome’ as-sahih»
45 . «Ichirib elga  qoshiq  birla sho‘rva, 
      Cho‘mich sopi bilan ko‘zni chiqarma» 
Baytda qanday illat qoralangan?
A) beparvolik
V) takabburlik
55 S) minnat 
D) zo‘ravonlik
Ye) ochko‘zlik
46 . Oyto‘ldi, O‘zg‘urmish, O‘gdulmish, Kuntug‘mish - qaysi asarning 
qahramonlari?
A) A.Yugnakiy «Hibatul - haqoyiq»
B) Yu.X.Xojib «Qutadg‘u bilig»
S) Rabg‘o‘ziy «Qissasi Rabg‘o‘ziy»
D) S.Saroiy «Guliston bit turkiy»
Ye) Durbek «Yusuf va Zulayho»
47 . «Xatna qilish» marosining ikkinchi nomi?
A) beshik to‘yi.
V) sunnat to‘yi
S) fotiha to‘yi
D) nikoh to‘yi
Ye) charlari to‘yi
48 . O‘zbek milliy musiqa asboblari berilgan qatorni toping? 
A) g‘ijjak, karnay, skripka.
V) nog‘ora, doira, bala la yka.
S) dutor, nay, rubob, tanbur, g‘ijjak.
Ye)  gi t a ra, fleyta, do‘mbira
49 . Rus tilidagi quyidagi maqolning o‘zbek tilidagi muqobilini toping?
«Xoroshee slovo i slona na put napravit»
A) «Yaxshi gap – jon ozig‘i»
V) «Yaxshi gap bilan ilon qinidan
      Yomon gap bilan pichoq qinidan»
S) «Yaxshi otga bir qamchi,
     Yomon otga ming qamchi»
D) «Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga,
     Yomon bilan yursang qolarsan uyatga»
Ye) sanalganlarning barchasi
50 . Hashar nima?
A) Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan udum.
V) ko‘pchilikning bir kishiga ko‘magi
S) bir kishining ko‘pchilikka ko‘magi
D) ko‘chilikning bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda birgalashib harakat 
qilishi.
Ye) sanalganlarning barchasi to‘g‘ri.
                                   Yakuniy nazorat savollari: 
56     
                                                               VARIANT №1
1. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi va muhim xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
2. Xalq og‘zaki ijodi janrlariga nimalar kiradi va ularning xalq pedagogikasi 
manbai sifatidagi o‘rni.
3. Xalqimiz hayotida ishlatiladigan yaxshi tilaklar, olqishlarga misollar keltiring.
                                      VARIANT №2
1. Xalqimizga xos bo‘lgan nutq madaniyati, so‘zlashish odobi haqida fikr bildiring.
2. Masallarda voqelik nimalar orqali tasvirlanadi: ta’rif bering, misol keltiring, 
tarbiyaviy ahamiyatini tushuntirng.
3. O‘zbeklarda ota-onaga hurmat odobini ta’riflang va izohlang.
VARIANT №3
1. Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 
2.“Alpomish” dostonining axloqiy tarbiyadagi ahamiyati nimada? 
3. Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi, milliy me’morchilik, milliy teatr va 
musiqa, qo‘shiqchilik va xalq raqs san’ati nima uchun xalq pedagogikasi 
manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi?
VARIANT №4
1. Etnopedagogika fanining o‘rganilish maqsadi va vazifalari haqida gapiring.
2.   Yurtimizdagi   tarixiy   obidalar,   milliy   me’morchilik   namunalarining   yoshlar
tarbiyasidagi ahamiyati nimada?
3. Barkamol shaxs qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak?
VARIANT №5
1. Pedagogik madaniyat tushunchasini ta’riflang.
2. Milliy urf-odatlarning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
3.“Amir al-mo‘miniyn” degan sharafga ega bo‘lgan muhaddis haqida gapiring.
VARIANT №6
1. Gegel o‘tmishdagi ma’rifiy boyliklar haqida qanday fikrlar bildiradi? Siz 
o‘zingiz bu haqda nima deya olasiz?
2. O‘zbek milliy mentalitetiga xos jihatlar haqida gapiring.
3. “Alpomish” dostonida qanday masalalar, tarbiyaviy tushunchalar va 
munosabatlar aks etadi? 
VARIANT №7
1.  Xalq pedagogikasiga ta’rif bering.
      2.     O‘zbek   xalqi   o‘yinlar   merosi   qanday   guruhlarga   bo‘linadi   va   ularning
tarbiyaviy ahamiyati nimada?
57       3.     “Sog‘lom   turmush   tarzi”   tushunchasiga   ta’rif   bering,   o‘zbek   xalqi   hayotidan
misollar keltiring.
VARIANT №8
1.Xalq pedagogikasi qanday fanlar bilan o‘zaro aloqada o‘rganiladi va sababi 
nimada?
2.Hunarmandchilik sohalarining mehnatsevarlik tarbiyasidagi ahamiyati.
3.  Asotirlarning qanday turlarini bilasiz, ularning har biriga misollar keltiring.
VARIANT №9
1.  Xalq pedagogikasi manbalarini tushuntiring.
2.     Mavsumiy   bayram   va   marosimlarning   ekologik   tarbiyadagi   ahamiyati   haqida
gapiring.
3. O‘git-nasihat metodi haqida gapiring, misollar keltiring.
VARIANT №10
1. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda nimalarni tushunamiz?
2. Islom dinida qaysi fazilatlar ulug‘lanadi va qaysi illatlar qoralanadi?
3. Sizning shahringizda olov bilan bog‘liq urf-odatlar saqlanib qolganmi? Ularning
tarbiyaviy ahamiyati nimada deb o‘ylaysiz?
VARIANT №11
1. Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda nimalarni tushunamiz?
2.   Ekologik   tarbiya   va   sog‘lom   turmush   tarzi   haqida   xalq   og‘zaki   ijodi   janrlaridan
misollar keltiring.
3. Islom dunyosida hadislarning tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.
VARIANT №12
1. Milliy ta’lim-tarbiya nima va u nimadan boshlanadi?
2. Imom at-Termiziyning  “Sunan” hadislar to‘plamidan misollar keltiring, 
hadislarning tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiring.
3. Bayramlar, ommaviy xalq sayillarida qanday san’at turlari namoyish etilgan?
VARIANT №13
1. Aniq   va   gumanitar   fanlarni   o‘qitishda   xalq   pedagogikasi   manbalaridan
foydalanishning tarbiyaviy ahamiyati nimada?
2. Usta-shogirdlik odobini ta’riflang va tarixiy manbalarga asosan izohlang.
3. Xalq pedagogikasida qanday tarbiya metodlari mavjud ekanligin  tushuntiring.
VARIANT №14
1. Pedagogika   –   psixologiya   fanlarini   o‘qitishda   xalq   pedagogikasining   qaysi
manbalaridan foydalanish mumkin?
2. Nima uchun diniy ta’limotlarni xalq pedagogikasi bilan bog‘lab o‘rganamiz?
3. An’ana, urf-odat, marosim tushunchalarining farqi nimada? Misollar keltiring.
58 VARIANT №15
1. Oilaviy qadriyatlarga nimalar kiradi?
2. Nima uchun mehmondorchilik madaniyatimizning ko‘hna manbalari bo‘lib 
hisoblanadi?
3. Qo‘shiqlarning turlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida gapiring.
VARIANT №16
1. Sog‘lom turmush tarziga oid qadriyatlarga ta’rif bering.
2. Shifobaxsh o‘simliklarning mo‘jizaviy xosiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
3. Afsona va rivoyatlar ta’rifini misollar bilan tushuntiring.
VARIANT №17
1.Badiiy-estetik qadriyatlar va  ma’naviy-ruhiy qadriyatlarga nimalar kiradi?
2. Ibrat-namuna metodining o‘ziga xosligi nimada?
3. Turli diniy oqimlarning zararli oqibatlari haqida gapiring.
VARIANT №18
1. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va mehnat qadriyatlari haqida tushuncha bering.
2. Hunarmandchilik sohalariga oid xalq maqollaridan misollar keltiring.
3. “Doston” va “baxshi” so‘zlariga ta’rif bering, dostonlarning tuzilishi, 
mazmuniga ko‘ra turlari, tarbiyaviy ahamiyatini tushuntiring.
VARIANT №19
1. Madaniy-ma’rifiy va ilmiy-ma’naviy qadriyatlarni ta’riflang.
2. Ilm o‘rganishga da’vat qiluvchi hadislardan misollar keltiring.
3.   Xalq   tabobatida   va   tarbiyada   musiqa   va   qo‘shiqning   ahamiyatiga   oid   nimalarni
bilasiz?
 
VARIANT №20
1. Abu Nasr Forobiyning pedagogik g‘oyalari va xalq pedagogikasi g‘oyalari bilan 
uyg‘unligi.
2. Xalq pedagogikasida axloqiy tarbiya usullari va vositalariga nimalar kiradi?
3. Mehmondorchilikda ishlatiladigan tavozeli jumlalarni ayting.
59 2.5. Fan mavzulari yuzasidan taqdimotlar.
                                             
60 Umumiy xulosalar.
Bugungi   kunda   oila   ma’naviyati,   yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlash
masalalari   nafaqat   bizning   respublikamizda,   balki   butun   jahonda   dolzarb   mavzu
sifatida   qaralmoqda.   Chunonchi,   keyingi   paytlarda   yoshlar   o‘rtasida
qonunbuzarlik,   axloq-odob   doirasiga   zid   harakatlar   va   shunga   o‘xshash   noxush
holatlar   tobora   o‘sayotganligi   jamiyatning   barcha   a’zolarini   tashvishlantirmay
qolmaydi.   Shu   sababli   bunday   qusurlarning   oldini   olish,   oila   va   oilada   bola
tarbiyasiga   munosabatni   tubdan   o‘zgartirish   talab   etiladi.   Buning   uchun,   avvalo
asrlar   davomida   katta   sinov   yo‘lini   bosib   o‘tgan   sharqona   tarbiya   usulini   joriy
etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, xalq pedagogikasi manbalarini kundalik
turmush tarziga singdirish lozim. 
Mazkur   bitiruv   loyixa   ishida   aynan   shu   masalaga   oid   ma’lumotlar
yoritilgan   bo‘lib,   asosiy   e’tibor   xalq   pedagogikasida   oila   ma’naviyatining
ifodalanishi,   yoshlarni   xalq   pedagogikasi   manbalari   asosida   oilaviy   hayotga
tayyorlash masalasiga qaratilgan. BLI mazmunida:
- xalq pedagogikasida oila ma’naviyati  pedagogik muammo sifatida tadqiq etildi;
- xalq pedagogikasida oila ma’naviyatining mazmun mohiyati yoritildi;
-   fan   va   mavzuga   oid   keyslar   to‘plami,   amaliy   va   ijodiy   topshiriqlar   nazorat
topshiriqlari, mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. 
-mavzu bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
                                                 Tavsiyalar:
1. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda aynan oilada sog‘lom psixologik muhit
yaratish mazmuni, shakl, metodlari bilan tanishtirib borish.
2.Yoshlar   bilan   barcha   oilaviy   muammolar   bo‘yicha   davra   suhbatlari,   seminarlar
tashkil etish.
3. Xalq pedagogikasi manbalari bilan muntazam  tanishtirib borish.
4.   Yoshlarni   oilaviy   hayotga   tayyorlashda   oila   ma’naviyatiga   oid   mavzularni
yoritishda    ta’lim muassasalarida uzviylikka e’tibor berish.
61

«OILADA OLIB BORTLADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYaT MODULINI UKITIShDA INNOVATSION TALIM TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh » mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY IShI 1

BITIRUV MALAKAVIY IShINING MUNDARIJASI Kirish .............................................................................................................. 1 BOB. XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA TARBIYaSINING IFODALANIShINING NAZARIY MASALALARI. 1.1. Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarining ustuvor yo‘nalishlari. 1.2. Xalq pedagogikasida oila tarbiyasining ifodalanishiga oid innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar. 2 BOB. XALQ PEDAGOGIKASI FANIDAN ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI 2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus) 2.2. Ma’ruza matni 2.3. Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar. 2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar. 2.5. Fan mavzulari yuzasidan taqdimotlar. 2.6. Xulosa va tavsiyalar Kirish. 2

Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat paydo bo‘libdiki, farzandlar tarbiyasi jamiyatda muhim muammo sifatida qarab kelinadi. Chunki jamiyat mavjud ekan, insonga xos bo‘lgan barcha sifatlar, mafkuraviy qarashlar uning xarakteriga, ongiga, tafakkuriga singdirib boriladi. Jamiyatning o‘zgarishi, davr o‘tishi va zamon rivojlanishi bilan tarbiyaning maqsadi, mavzuga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib boraveradi. Aynan shu farzandlar tarbiyasi, eng avvalo, oiladan boshlanadi, chunki oilada oilaviy an’analar, urf-odatlar, marosimlar insonning ma’naviy-axloqiy shakllanishini ta’minlaydigan asosiy zamin sifatida xizmat qiladi. Yurtboshimiz I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq oila masalasiga katta e’tibor berib, shunday deydi: “Yurtimizdagi har bir inson uchun Vatan tushunchasi avalo oiladan boshlanadi. Shu bois oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‘rni, qadr-qimmatini anglab yetmasdan oilaga millat manfaati nuqtai nazaridan yondashmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz”. Bu fikrning tasdig‘ini biz 1998 yilni “Oila yili”, 1999 yilni “Ayollar yili”, 2000 yilni “Onalar va bolalar yili”, 2012 yilni “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinganligidan ham bilsak bo‘ladi. Barchamizga ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994 yildan boshlab 15 mayni “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlashga kelishildi. Maqsad insoniyat diqqat-e’tiborini inson o‘z orzu- umidlari, baxtu-saodati hamda tinchligin bog‘laydigan maskan – oilaning mustahkam bo‘lishiga qaratishdir. Barcha davrlarda ham davlat va jamiyat g‘amxo‘rligi oilalarning mustahkamligiga asos bo‘lgan. Zero, inson hayoti oiladan boshlanadi, hayotiy qarashlarimiz ham oila bahrida o‘sib chiqadi. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat, 2008. Aynan shu qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va rivojlanadi, xalqning esa farovonligi oshadi. 3

Yurtimizda oilalar manfaati, uning rivojlanishi uchun muhim hujjatlar qabul qilingan, vazifalar belgilangan. Jamiyat tayanchi bo‘lgan oilalarni asrash, ma’naviy hayotimizda oilalarning o‘rnini muhim ekanligini ko‘rsatib berish, oilalarni har tomonlama himoya qilish maqsadida muhim davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, “Oila qurish faqat ikki yoshning o‘rtasida bo‘ladigan kelishuv emas, balki bu jamiyat hayotiga aloqador masaladir.” Jamiyatda mustahkam oilalarning mavqeini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bir paytda xalq pedagogikasining oila ma’naviyatini yuksaltirishda o‘rni va ahamiyatini o‘rganish muhim masala bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanib, yoshlarga oila ma’naviyati va tarbiyasini tushuntirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlashni dolzarb masala deb hisobladik Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Oilada farzand tarbiyasi, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasi hamma vaqt dolzarb bo‘lib kelgan. Buyuk mutafakkiroarimizning oila, oilaviy tarbiya haqidagi ma’lumotlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va hanuzgacha oilada farzandlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Shuningdek, ma’rifatparvar adiblar, faylasuf olimlarning oilada farzand tarbiyasi muammosi va komil inson haqidagi g‘oyalari hozirgi kunda ham ahamiyatlidir. Xalq pedagogikasi manbalari, ularda aks etgan ta’lim-tarbiya masalalari bilan qator olimlar shug‘ullanganlar. M.Murodov, Z.Mirtursunov, A.Bobo- jonov, S.Temurova, K.Xoshimovlar xalq pedagogikasini chuqur tadqiq qilganlar. O.Jo‘raeva, M.Inomova, A.Minavvarov, J.Qozoqboev, M.Quronov, O.Musurmonovalar oilada farzand tarbiyasining u yoki bu jihatlarini tadqiq qilganlar. N.Egamberdieva oilada farzandlarning turli sharoitlar- Karimov I.A. Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik. –T.: O‘zbekiston, 1993. da ijtimoiylashuv jarayonlari haqida to‘liq ma’lumot bergan bo‘lsa, M.Mutalipova xalq pedagogikasi manbalarini keng yoritib bergan. M.Xolmatova “Oilaviy 4

munosabatlar madaniyati va sog‘lom avlod tarbiyasi” qo‘llanmasida oila va ularning o‘ziga xosliklari haqida gapirib o‘tganlar. Tadqiqotning maqsadi. Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarining ifodalanishini ochib berish. Tadqiqot ob’ekti: Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarining ifodalanishini ochib berish jarayoni. Tadqiqot predmeti: Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalari mazmuni. Tadqiqot vazifalari: 1. Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarini pedagogik muammo sifatida tadqiq etish. 2. Xalq pedagogikasida oila tarbiyasi masalalarining ustuvor yo‘nalishlarini yoritish. 3. Xalq pedagogikasi fanidan (mavzuga oid) o‘quv modulini yaratish. Tadqiqotning ilmiy farazi: agar oila ma’naviyatini yuksaltirishda xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanilsa: - yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash samaradorligi ortadi; - oilaviy hayotga oid xalq pedagogikasi manbalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi; - yoshlarda oilaviy tarbiya, oilaviy hayotga nisbatan mas’uliyat hissi kuchayadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: - xalq pedagogikasi manbalarida oila tarbiyasi masalalarining mazmuni yoritildi, tavsiyalar ishlab chiqildi; - mavzu yuzasidan amaliy va nazorat topshiriqlari, ishlanmalar, taqdimotlar, mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar taqdim etildi. - tadqiqot mazmunidan akademik litsey va kasb - xunar kolleji o‘qituvchilari, umumta’lim maktab o‘qituvchilari, magistrlar va talabalar foydalanishlari mumkin. 5