PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI O‘QITIShGA TEXNOLOGIK YoNDAShUV
“PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI O‘QITIShGA TEXNOLOGIK YoNDAShUV MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY IShI
BITIRUV MALAKAVIY IShINING MUNDARIJASI KIRISh ........................................................................................ 3 I BOB. “UMUMIY PEDAGOGIKA” FANINI O‘QITIShNING NAZARIY MASALALARI....................................................... 8 1.1. Ta’lim sifatiga erishish “Umumiy pedagogika” fani taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari sifatida...................... 8 1.2. Bolonya jarayoni – o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajriba........ 13 II BOB. “PEDAGOGIK MAHORATNING O‘QITUVChI FAOLIYaTIDAGI O‘RNI” MODULINI O‘QITIShGA TEXNOLOGIK YoNDAShUV ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI .... ............................................... 24 2.1. “Umumiy pedagogika” fani dasturining qisqacha tavsifi..... 24 2.2. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusidagi mashg‘uloti uchun tayyorlangan ma’ruza matni...... 28 2.2.1. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusi bo‘yicha keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar ................................................................................... 49 2.2.2. “Talabalarda pedagogik tafakkurni shakllantirish” mavzusida tadqiqot xarakteridagi amaliy mashg‘ulot ishlanmasi............ 56 2.2.3. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusi bo‘yicha glossariy.......................................................... 69 2.4. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusidagi nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar.................................................................. 72 2.5. “Pedagogik mahoratning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni” mavzusidagi taqdimot.................................................................. 81 Xulosa va tavsiyalar ................................................................... 94 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………...... 96 2
3
KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Zamonaviy sharoitda har bir jamiyatning taraqqiyotida ijtimoiy omillardan biri ta’lim tizimining rivoji deb e’tirof etilgan. Binobarin, yosh avlodning kamoloti bevosita ta’lim tizimining mazmuni va uning o‘zida qay darajada aks etishiga bog‘liq. O‘qitish tizimining sifat va samaradorlik holatini ta’minlashda esa yetakchi asos o‘qituvchi shaxsining ma’naviy-axloqiy qiyofasi, tafakkuri va kasbiy mahorat sanaladi. O‘qituvchining ma’naviyati va mahorati kishilik jamiyatining pedagogik soha shakllangan deyarli barcha bosqichlarida shaxs kamolotini belgilovchi yetakchi mezon sifatida e’tirof etib kelinmoqda. Darhaqiqat, o‘qituvchining bilimdonligi, boy madaniyati, hissiy yetukligi, ta’lim oluvchilarga nisbatan ijobiy yondashuvi va albatta, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat bilan tashkil eta olishi yosh avlodni har tomonlama kamol topishini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda mahoratli o‘qituvchilarni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy talab yanada oshdi. Zero, bu yillar umumbashariy globallashuv jarayoniga to‘g‘ri keldi. Axborotning katta oqimi, shaxslararo munosabatlarda axborot almashinuvining tezkorligi o‘z-o‘zidan bugungi kun o‘qituvchi zimmasiga turli ijtimoiy to‘siqlarga nisbatan bardoshli, immunitetga ega yoshlarni tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda. Ta’lim maqsadlariga erishish, ta’lim oluvchilarning turli (bilish, tadqiqotchilik, ijtimoiy va b.) faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatkash, ishbilarmon, barkamol shaxs etib tarbiyalash o‘qituvchilar zimmasiga ulkan mas’uliyatni yuklaydi. Yosh avlod kamoloti timsolida jamiyat ravnaqi, yurt istiqboli ta’minlanadi. Shunday ekan, jamiyatning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasi, kasbiy tayyorgarligi, fidoyiligi, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalashdan iborat faoliyatiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. 4
O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘kituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariya asoslarinigina o‘zlashtirishning o‘zi yetarli emas. Zero, pedagogik nazariya shaxsni o‘qitish va tarbiyalashning umumiy qoidalari, qonuniyatlari, tamoyillari, metodik g‘oyalarini nazariy jihatdan yoritib beradi. Ta’lim jarayonini tashkil etish esa amaliy xarakter kasb etadi. Bu jarayonda kutilmagan tasodif tufayli ba’zan nazariy jihatdan asoslangan g‘oyalar bo‘yicha ish ko‘rish ijobiy natijani kafolatlay olmaydi. Ta’lim amaliyotida har bir voqea, hodisa, jarayonga uning mohiyatidan kelib chiqqan holda individual yondashish talab etiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan o‘qituvchining bilimdon, mahoratli, tadbirli bo‘lishini zarurligini taqozo etadi. Pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli, samarali olib borish uchun o‘qituvchi o‘z kasbining ustasi bo‘la olishi zarur, qolaversa, u soha muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladigan sifatlar, pedagogik qobiliyat, jismoniy, ruhiy va amaliy tayyorgarlikka ham ega bo‘la olishi zarur. Mavzuning o‘rganilish darajasi. Kishilik tarixi taraqqiyotidan yaxshi ma’lumki, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi hamda keng ko‘lamga ega bo‘lib borishi bilan birga yosh avlod ta’limi va tarbiyasini tashkil etish, bu borada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga alohida e’tibor qaratila boshlagan. Yosh avlod kamolotini ta’minlashda muhim rol o‘ynovchi sub’ektlar sirasida o‘qituvchi va uning roli behad qadrlangan. Asrlar davomida o‘qituvchi shaxsiga nisbatan alohida hurmat ko‘rsatilib qolmasdan, o‘z navbatida uning ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilgan va yuksak talablar qo‘yilgan. Ana shunday talablar mohiyati ilk yozma manba sanaluvchi «Avesto», Islom dinining muqaddas manbalaridan biri bo‘lgan «Hadis», shuningdek, ulug‘ mutafakkirlar – Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar tomonidan yaratilgan asarlar mazmunida ham o‘z ifodasini topgan. 5