Zamonaviy o'qituvchining pedagogik mahorati
ZAMONAVIY O’QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI MUNDARIJA KIRISH……………………………………………………………………………….4 1- BOB. PEDAGOGIK MAHORAT VA UNING O'QITUVCHI FAOLIYATIDA TUTGAN O 'RNI …………......................................................6 1.1. Pedagogik mahorat va uning mohiyati …………................................................6 1.2. Pedagogik mahorat fanining vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari .................14 1.3. O’qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan о 'rni……...24 2 - B O B . H O Z I R G I D A V R D A O ’ Q I T U V C H I L A R N I N G K A S B I Y M A H O R A T I N I T A K O M I L L A S H T I R I S H Y O ’ L I V A S H A R T - S H A R O I T L A R I … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … . 3 5 2.1. Pedagogik mahoratni shakllantirishning asosiy tamoyillari. Pedagogik faoliyatni tashkil etishda metodlarni maqsadga muvofiq tanlash………………………………35 2.2. Pedagogik faoliyatni rejalashtirish. Reja shakllari, ish kunini to’g’ri tashkil etish …………………………………………………………………………………….....44 2.3. Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida ishlash. Shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi………………………………………………….…54 XULOSA VA TAVSIYALAR……………………………………………………..69 FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………....73 1
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O ‘zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlaming ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘zimizga keladigan yoshlaming ma’naviy dunyosini shakllantirishda ulaming xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablaming mazmun va mohiyati anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo'lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat-e’tiborida bo‘ldi. O'qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan metodik va o ‘quv qo'llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo'yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan- texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, pedagogik- psavodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali boiishni talab qiladi. O'zb е kiston R е spublikasi Pr е zid е ntining 2017 yil 7 f е vraldagi PF-4947-son “O'zb е kiston R е spublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strat е giyasi to'g'risida”gi, 2019 yil 4 apr е ldagi PF-4947-son “O'zb е kiston R е spublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kons е psiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 d е kabrdagi “Uzluksiz ma'naviy tarbiya kons е psiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1059-son qarori hamda boshqa m е 'yoriy-huquqiy hujjatlarda b е lgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilar o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish 2
nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi va tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko'p jihatdan bog'liq. Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o‘qitish shakllarida foydalanil digan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariy bilimlar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vataj bo'lib kelgan O'zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o'zgacha ma’no kasb etishi muqarrar. O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davorchisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi vazifasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro’ e ’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart. O'qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga о 'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olish yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlami tayyorlash ishiga o'zini munosib hissasini qo'shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta’lim-tarbiyani samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish: pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan xalos bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabat muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi. 3
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: O 'z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sherziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy va boshqalar o'qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, o'qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo'lgan sifatlar xususida qimmatli ma’lumotlami o'z asarlarida qizg'in bahs qilishgan. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamaga bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ham ega bo'lmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi bolani tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimol bo'lgan ziddiyatlami o'z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyat hamisha ilg'orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayont o'quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g'oyalami hayot bilan bog'la olishi lozim. Tadqiqot maqsadi ;bo’ lajak mutaxassis sifatida talabalarda pedagogik madaniyatni shakllanti rish, pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga oid uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish Tadqiqot obyekti: oliy o`quv yurtlarida talaba-yoshlarni o’qituvchilik kasbiga tayyorlash jarayoni. Tadqiqot predmeti: oliy o`quv yurtlarida talaba-yoshlarni o’qituvchilik kasbiga tayyorlashning mazmuni, shakl va metodlari. Tadqiqot vazifalari: - talabalarni pedagogik mahoratning tarkibiy qismlariga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish; -ularda pedagogik faoliyatni oqilona tashkil etish, pedagogik jarayonni samarali yo‘lga qo‘yish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish; - a labalarning pedagogik hamkorlikni qaror toptirish texnologiyasiga oid bilimlarni egallashlarini ta’minlash; - auditoriyadan tashqari o`tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda talabayoshlarni har tomonlama pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish; 4
Tadqiqot ishining tuzilishi va hajmi: tadqiqot ishi kirish, 2 bob, 6 fasl, xulosa, adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat. 5