logo

Xayriddin Sultonovning hikoyachilikdagi mahorati

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

99.4541015625 KB
Xayriddin Sultonovning hikoyachilikdagi mahorati
                                     MUNDARIJA
Ishning umumiy tavsifi............................................
I BOB. Istiqlol yillari hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar.
I.1. Istiqlol davri hikoyachiligida uslub va mahorat………………………..….
I.2. XayriddinSultonningqahramonyaratishmahorati………………………
II.BOB. Xayriddin Sulton hikoyalarining kompozitsion  о ‘ziga xosligi…..…
II.1.Ijodkorning sujet, konflikt yaratish mahorati………………………........
II.2. Adib  hikoyalarida muallif va qahramon nutqidagi individualliklar……
III BOB.Yozuvchi uslubi, tasvirlash san ‘ ati.
III. 1 .Ijtimoiy muhitning psixologik tasviri.........................................................
III.2.Voqealar rivojining hayotbaxsh yechimi……………………………………
Xulosa……………………………………...…………………….…………..
Foydalanilgan adabiyotlar r о ‘yxati…………………………………….……
1                                                                                  KIRISH
Mavzuning dolzarbligi .     Jahon  adabiyotshunosligida   epik turning kichik
janrlaridan biri hikoya janri va uning o‘ziga xosliklari, tabiati, spisifikasi xususida
bir   talay   ishlar   amalga   oshirilgan.   G‘arbda   novella   deb   ataluvchi   bu   janr
inkoniyatlari   butun   dunyo   adabiyotshunosligida   muayyan   tarzda   o‘rganilib
kelinmoqda.   Janrning   qisqaligi,   hajman   kichikligi   uning   kitobxonlari
aud i toriyasini   kengayib   borishiga   sabab   bo’lmoqda.   Amerika   adabiyotida   XX
asrning so‘nggi choragida romanlar o‘z o‘rnini  novellalar (hikoyalar)ga bo‘shatib
berishi  janrning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi. Mazkur jarayon istiqloldan
keyin   o‘zbek   adabiyotida   ham   bir   muncha   jonlandi.   Xuddi   shu   davr
hikoyachiligiga   sezilarli   ta’sir   ko‘rsatgan   yozuvchilardan   biri   Xayriddin
Sultonovdir.   Davr   adabiy   jarayonida   Xayriddin   Sultonovning   qo‘shgan   hissasini
har jihatdan asoslash ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.
  Istiqlol bergan ulkan imkoniyatlardan biri sifatida biz ma’naviy erkinlikni
alohida   e’tirof     eta   olamiz.   Mustaqilligimiz     bergan   mana   shunday   beqiyos
erkinlikni   alohida e’tirof etmog‘imiz darkor. Shunday ekan, bugungi kunda davr
bilan   hamnafas   tarzda   yozilayotgan   va   ma’naviy   yuksalishga   xizmat   qilayotgan,
milliy o‘zlikni o‘zida aks ettirgan asarlarni tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Ilm-
fan   rivoji   –   taraqqiyot   garovi .   Darhaqiqat,   “...ma’rifat   fidoyilarining   qoldirgan
o‘lmas   merosi   bugungi   kunda   ham   ma’naviyatimizni   yuksaltirish,   yoshlarimizni
milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   ruhida   tarbiyalashda   muhim   manba   bo‘lib
xizmat qiladi”. 1
         Binobarin, yozuvchi uslubi va badiiy mahorati masalasiga bag‘ishlangan tom
ma’nodagi ilmiy tadqiqotlar yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Chunki busiz milliy
badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib b о ‘lmaydi. Bunda, ayniqsa,
hayotni   badiiy   yorqin   tasvirlash,   betakror   obrazlar   yaratish,   milliy   adabiyotimiz
xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq b о ‘lgan yozuvchilar
ijodini   tadqiq   etish   beqiyos   о ‘rin   tutadi.   Adabiyotshunoslik   va   uning   tadrijida
1
 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб хал қ имиз   билан  қ урамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 
2017. – Б.178
2 badiiy   mahorat   masalasi   azaldan   muhim   ahamiyat   kasb   etib   keladi.   Aynan   shu
nuqtai   nazardan   qaraganda,   taniqli   yozuvchi,   k о ‘rkam   asarlari   bilan   milliy
adabiyotimiz   rivojiga   salmoqli   hissa   q о ‘shib   kelayotgan   Xayriddin   Sultonning
badiiy mahorati, uslub borasidagi izlanish hamda erishgan natijalarini tadqiq etish
maqsadga muvofiqdir.  
Mamlakatimiz     Prezidentining   2017 - yil  12 -yanva rdagi  «Kitob mahsulotlarini
chop   etish   va   tarqatish   tizimini   rivojlantirish,   kitob   mutolaasi   va   kitobxonlik
madaniyatini   oshirish   hamda   targ‘ibot   qilish   bo‘yicha   komissiya   tuzish
to‘g‘risida»gi   F-4789 -son Farmoyishi, 2017 - yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy
o‘quv   yurtlaridan   keyingi   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish   to‘g‘risida»gi
Farmoni,   2017-yil   18   apreldagi   PQ   –28-29-son   Alisher   Navoiy   nomidagi
O‘zbekiston   Milliy   bog‘i   hududida   Adiblar   xiyobonini   barpo   etish   to‘g‘risida”gi
q arori,   2017-yil   17 fevraldagi   PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-
tadqiqot   ishlarini   tashkil   etish,   boshqarish   va   moliyalashtirishni   yanada
takomillashtirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi,   2017   yil  
13   sentyabrdagi   PQ-3271-son   «Kitob   mahsulotlarini   nashr   etish   va   tarqatish
tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda
targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaror lar i va
mazkur   faoliyatga   tegishli   boshqa   me’yoriy-huquqiy   hujjatlarda   belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. 
Mavzuning   o‘ganilish   darajasi.   Adabiyot   olamida   paydo   b о ‘lgan   yangi
iste’dod    egasi, uning  о ‘ziga xos asari hech qachon adabiy jamoatchilik e’tiboridan
chetda   qolmaydi.   Ularga   o‘z   vaqtida     baho   beriladi,   yutuqlari   e’tirof   etilib,
kamchiliklariga   nisbatan   tanqidiy   fikrlar   bayon   qilinadi.   Tadqiqot   maqsadimiz
b о ‘lgan   yozuvchi   Xayriddin   Sulton   ham   ilk   asarlari   bilanoq   adabiy   jamoatchilik
nazariga   tushgan:   bir   talay   yetuk   adabiyotshunoslar   uning   ijodiga   munosabat
bildirgan.   Xususan,   U.Normatov,   N.V.Vladimirova,   B.Nazarov,   I.G‘afurov,
A.Rasulov,   H.Boltaboyev,   B.Karimov,   shuningdek,   M.Qarshiboy,   N.Shukurov,
3 I.Hasanov   1
  lar   adib   asarlari   haqida   yozgan   maqola   va   taqrizlarni   misol   keltirish
mumkin.   Bir   qator   yosh   tadqiqotchilar   esa   yozuvchi   asarlaridan   u   yoki   bu
ma’noda, yani qiyosiy-tipologik nuqtayi nazaridan  o‘rganishgan.
O‘zbek   adabiyotida   X.Sultonov   hikoyachiligi   aynan   monografik   planda
o‘rganilmagan.   Masalan,   H.   Boltaboyev   yozuvchining   uslubiy   jihatlarini   ,   Ilhom
Hasanov mahorat masalasini o‘rganga. B.Nazarov esa, qissalari poetikasiga oid bir
qator tadqiqotlar olib borgan.
Tadqiqotning   maqsadi.   Magistrlik   dissertatsiyasining   asosiy   maqsadi
istiqlol yillari hikoyanavisligida yangi tamoyillar va Xayriddin Sulton hikoyalarini
tahlil   qilish   asosida   yozuvchining   hikoya   yaratishdagi   individual   uslubi,   badiiy
mahoratini   aniqlash,  sujet,  kompozitsiya,  til  kabi   muhim  poetik  komponentlardan
foydalanishdagi   о ‘ziga   xosligi   haqida   mushohada   yuritish,   uning   о ‘zbek
hikoyachiligi taraqqiyotiga q о ‘shgan hissasini k о ‘rsatishdir.
Tadqiqotning vazifalari:
Magistrlik   dissertatsiyasi   ishi   maqsadidan   kelib   chiqib   quyidagi   vazifalarni
amalga oshirish k о ‘zda tutildi:
- Istiqlol yillari hikoyanavisligidagi yangicha ta’limotlarni tahlil qilish;
-   yozuvchi   hikoyalarida   mavzu   va   qahramon   masalasi,   badiiy   g‘oya   va   shakl
xususiyatlarini tadqiq etish;
1
1
Normatov U.   Umidbaxsh tamoyillar. T. Ma’naviyat. 2000. Normatov U. Ijod sehri. T. Sharq. 2007. Vladimirova
N.   Ot   slova   k   knigi.   T.   Literature   i   iskustva.   1983.   Vladimirova   N.   O‘zbek   hikoyalarida   g’oya   va   obraz.   T.
G‘.G‘ulom   nomidagi   Adabiyot   va   san’at   nashriyoti.   1969.   Nazarov   B.   Adash   karvon   iztiroblari.   T.   G‘.G‘ulom
nomidagi   adabiyot   va   san’at   nashriyoti.   2005.   G‘afurov   I.   O‘ttiz   yil   izhori.   T.   G‘.G‘ulom   nomidagi   adabiyot   va
san’at  nashriyoti.  1987. G‘afurov  I.  Mangu  latofat.  T. Sharq.  2006.  Shukurov  N.  Bu olam  sahnida.  T.  G‘.G‘ulom
nomidagi   adabiyot   va   san’at   nashriyoti.   1982.   So‘z   mas’uliyati.   Maqolalar   to‘plami.   T.   G‘.G‘ulom   nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti. 1986. Rasulov A. Betakror o‘zlik. T. Sharq. 2009. Boltaboyev H. Iste’dod va uslub.
T. G‘.G‘ulom  nomidagi adabiyot  va san’at  nshriyoti. 1982. Boltaboyev H. Nasr va uslub. T. G‘.G‘ulom nomidagi
adabiyot   va   san’at   nashriyoti.   1992.   Karimov   B.   Ruhiyat   alifbosi.   T.   Sharq.   2018.   Hasanov   I.   Biri   kam   dunyo.
Buxoro. . Buxoro nashriyoti. 2004. M.Qarshiboy. Inson mo’jiza izlab yashaydi. T. O‘zbekiston. 2014. Doniyorova
Sh.  Sh.Xolmirzayev  hikoyalarining  badiiy-uslubiy  o‘ziga   xosligi.  Filol.  Fan.  Diss.  T.  2000.  Kenjayeva  P.  Hozirgi
o‘zbek   hikoyalarida   qahramon   ruhiyatini   tasvirlash   tamoyillari.   Filol.fanlari.nom.   diss.   T.   2008.   Matyaqubov   S.
Hozirgi   o‘zbek   hikoyalarida   inson   konsepsiyasi   va   shaxs   badiiy   talqini.   T.2006.,Sattorova   G.   90-yillar   o‘zbek
hikoyachiligida milliy xarakter muammosi. Filol. Fanlari. Nomz. Dissertatsiya. T.2002.
4 -   adibning   obraz   yaratish   mahorati,   hikoya   sujeti,   kompozitsiyasi,   konflikt,
kolliziya va til masalalarida olib borgan badiiy izlanishlari va erishgan yutuqlarini
ilmiy-nazariy asosda yoritish;
- yozuvchining istiqlol davri  о ‘zbek hikoyachiligida tutgan  о ‘rnini aniqlash.
Tadqiqot   ob’yekti.   Tadqiqotning   asosiy   obyekti   uchun   Xayriddin
Sultonovning   ,,Odamlardan   tinglab   hikoya''(2020)   h ikoyalar   to‘plami   asosiy
manba b о ‘ldi. 
Tadqiqotning   predmeti ni   70-yillar     avlodiga   mansub   bo‘lgan,   nasrda
o‘ziga   xos  ovozga,  uslubga  ega  bo‘lgan  Xayriddin  Sultonovning  adabiy   merosini
ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi.
Kutilayotgan   ilmiy   yangiligi.   Ushbu   tadqiqot   ishida   Xayriddin
Sultonovning   hikoyachilikdagi   mahorati   ilk   bora   o‘rganilmoqda.   Uning   sujet
yaratishdagi,   konflikt   bobidagi,   kompozitsion     mahoratlari   hikoyalari   misolida
ochib berilgan. 
Zamonaviy   inson     ruhiy   dunyosini   tasvirlash,   uning   o‘ziga   xos
dunyoqarashi, ya’ni xarakterini namoyon etishi, yozuvchining bu boradagi uslubiy
o‘ziga   xosliklari   “Yo   Jamshid”,   “Umr   esa   o‘tmoqda”,   “Do‘stim   Esonboy”
hikoyalari tahlili orqali dalillangan. 
                   Hikoyalarda o‘zbek xalqining azaliy urf-odatlari, an’anaviy yashash tarzi,
diniy-falsafiy   bilimi,   xalqlar   o‘rtasidagi   teng   huquqlilik   jarayonlari   obrazlar
tasvirida berilgan.
Dissertatsiyaining   ilmiy-tadqiqot   ishlari   rejalari   bilan   bog’liqligi.
Samarqand   davlat   universiteti   Istiqlol   davri   adabiyoti   va   adabiyot   nazariyasi
kafedrasining “Adabiy tur va janrlar poetikasi” mavzusi doirasida bajarildi.
Tadqiqotning metodologik asosi ni   Milliy istiqlol mafkurasi hamda   milliy
mafkuraga   doir   dasturiy   ko‘rsatmalar,   ilmiy   tadqiqot   ishlarining   ustuvor
yo‘nalishlariga oid qarashlar ushbu magistrlik ishining metodologik asosini tashkil
etadi..   Adabiyotshunoslik   sohasida   zamonaviy   adabiy   jarayon   mavzusi
yo‘nalishiga bevosita aloqador bo‘lgan U. Normatov, H.Umurov, B.Karimov kabi
olimlarning ilmiy ishlaridagi tadqiqotlarga tayanildi.
5 Tadqiqot   metodi.   Mavzuni   atroflicha   yoritish   uchun     qiyosiy-tarixiy,
qiyosiy-tipologik va sharh metodlaridan foydalanildi .
                  Dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati.   Ushbu magistrlik ishida
tadqiq   etilgan   manbaga   adabiyotshunoslikda   ko‘p   marotaba   murojaat   etilgan
bo‘lsa-da, Xayriddin Sultonovning hikoyalari, ayniqsa, istiqlol yillarida yaratilgan
hikoyalarining   o‘zi   alohida   tadqiq   etilmagan.   Bu   esa   ishning   amaliy   ahamiyatini
belgilaydigan dastlabki omillardandir. Tadqiqot materiallari, unda bildirilgan fikr-
mulohaza  va xulosalar  oily ta’lim  bakalavriat   bosqichining  “Filologiya  va  tillarni
o‘qitish”   yo‘nalishi   o‘quv   dasturlariga   kiritilgan   “Adabiyot”   fani   yuzasidan
yaratiladigan o‘quv adabiyotlarining ”Hikoyalar poetikasi”ga oid bob va fasllarini
to‘ldirish,   takomillashtirish   imkonini   berishi   mumkin.   Ushbu   tadqiqot   ishi
kelajakda   Xayriddin   Sultonov   ijodini   hikoyanavis   ijodkorlar   ijodi   bilan   qiyosan
tadqiq va tahlil qilishda ilmiy manba vazifasini o‘tashi shubhasiz.
Dissertatsiyaning   tuzilishi:   Dissertatsiya   kirish,   uch   bob,   xulosa   va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 84  sahifani tashkil qiladi.     
 
6    I BOB.  Istiqlol yillari hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar.
  I.1. Istiqlol davri hikoyachiligida uslub va mahorat
Mustaqillik tufayli ijodkor  ahliga berilgan keng imkoniyatlardan unumli  va
samarali   foydalangan   holda   Xayriddin   Sultonov   ham   boshqa   bir   qator
qalamkashlar  singari  xalqning asrlar  osha  dilida uyum-uyum  bo‘lib yotgan, biroq
bu   “ tugunlar”ning   barchasini   ”tole”dan,   ”peshona”dan   deb   bilib   bariga   ”sajda
qilib” yashab kelayotgan ma’lum bir qahramonlar timsolida butun boshli mana shu
obrazlarning ”qofiyadoshlar”ining rangin manzaralarini  badiiy bo‘yoqlarda chizib
berdi.   Xayriddin   Sultonov   badiiy   adabiyot   maydonida   ilk   marotaba   yaratgan
asarlarining   mavzusi,   yo‘nalishi   va   o‘z   navbatida   badiiy,   g‘oyaviy   xususiyatlari
bilan bugungi kunda yaratgan asarlari o‘rtasida bir talay farqli xususiyatlar mavjud
desak sira mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Darhaqiqat, har  bir  davrning ”tabiiy”va
original   asarlari   yaratilishi   uchun   adabiy   muhit,   so‘z   erkinligi   adib   uchun   ikki
qanot   vazifasini   o‘tab   kelgan.O‘zida   gumanizmni   jo   eta   olmagan   har   qanday
siyosat,   mafkura   va   tuzum   uzoq   hukmronlikni   o‘z   qo‘lida   saqlab   qola   olmaydi.
Shu jumladan bu boradagi fikrlarni adabiyotdagi oqim va metodlar to‘g‘risida ham
aytsak bo‘ladi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng adabiyotda ilgari mavjud bo‘lgan
hamda   adabiyot   uchun   ”bosh   qomus”   sanalgan   bir   qancha   mafkura   va   metodlar
adabiyotning emas, aslida hukumatning ”posbonlari” ekanligi sababli adabiyotdan
tabiiy ravishda surib chiqarildi. Shu bois tanqidiy realizm ruhidagi asarlar yaratila
boshlandi   va   ijodda   yangicha   uslub   va   y о ‘nalishlardagi   asarlar   maydonga   keldi.
Chinakam   badiiy   tafakkur   mahsuli   bo‘lgan   asarlar   miqdori   mustaqillikka
erishganimizdan   so‘ng   oshdi   desak   haq   gapni   aytgan   bo‘lamiz.   Istiqlol   davrida
yaratilgan   asarlar   u   xoh   nasrda   bo‘lsin   xoh   she’riyat   unda   biz   erkinlik     shukuhi
yaqqol   namoyon   bo‘lganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Yozuvchi   Ulug‘bek   Hamdam
istiqlol   davri   insonlar   ma’naviy   olami   va   takkurida   ro‘y   bergan   tub   o‘zgarishlar
xususida   shunday   yozadi:   ” Binobarin,  bugun   yurtimizda   istiqomat   qilayotgan   har
bir   kishining   ongida   Istiqlol   mafkurasidan   kuchliroq,   ta’sirliroq,   ko‘lamliroq   va
ahamiyatliroq o‘zga bir mafkura yo‘q. Ana shu omillarning barchasi birlashib esa,
7 ijodkor   badiiy   tafakkurida   ham   jiddiy   evrilishlarni   sodir   etib   ulgurdi.” 2
. Kichik
janrlarda ham samarali asarlar maydonga keldi. Bu boradagi fikrlarni biz nasrning
kichik janrlaridan bo‘lmish hikoya haqida ham bemalol ayta olamiz. Biroq hikoya
janri orqali ijodkor ko‘zlagan maqsadini ifoda etib berishi biroz murakkab jarayon
hisoblanadi.   Yosh   olima   Abdullayeva   Dilafruz     hikoya   janri   borasida   shunday
fikrlarni aytadi:  ” Epik janrlar orasida hikoya, xususan psixologik hikoyaning o‘rni
bugungi kun adabiy jarayonlarida yetakchilik qilmoqda. Hikoya – hayotning kichik
bir   parchasini   aks   ettirganidan,   epizodik   tarzda   unda   bir   yoki   bir   necha   hayotiy
voqea   qalamga   olinganidan   bu   janrda   qahramon   ruhiy   dunyosi   izchil   ravishda
batafsil   yoritish,   “qalb   dialektikasi”ni   chuqur   va   to‘liq   ochib   berish   yozuvchidan
katta   mahorat   va   iste'dod   talab   qiladi.   Roman   va   qissa   kabi   katta   yoki   o‘rta
hajmdagi   nasriy   asarlarda   qaxramon   xarakteri,   uning   ruhiyati,   botiniy   hayoti   va
ichki   kechinmalarini   ochib   berish   uchun   yozuvchida   imkoniyat   va   vaqt   ko‘proq
bo‘ladi”. 3
Ko‘p   asrdan   buyon   xalqimizning   azaliy   orzusi   sanalgan   erk,   ozodlik
haqidagi mavzular yetakchilik qildi. Hatto shunday asarlar e’lon qilindiki, ularning
aksariyati mustaqillikdan ilgari yaratilgan bo‘lsada mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum
manfaatlariga   zid   bo‘lganligi   sababli   o‘z   vaqtida   nashr   etilishiga   ruxsat
berilmagan.     Istiqlol   davrida   maydonga   kelgan   asarlarda   adabiyotning   asl
vazifasinamoyon bo‘la boshladi. Bir inson k о ‘ngil kechinmalarini asarlarda badiiy
tarzda   ifodalash   orqali   unga   butun   jamiyatning   orzu-o‘ylari   singdirib
yuborilganligining   guvohi   bo‘lamiz.   Bu   jarayonning   ibtidosi   XX   asr     boshlarida
yangi   davr   о ‘zbek   adabiyotiga   tamal   toshini   q о ‘ygan   Abdulla   Qodiriy,   Abdurauf
Fitrat,   Abdulhamid   Ch о ‘lpon,   shu   avlod   an’analarini   davom   ettirishga   harakat
qilgan Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor kabi mumtoz adiblar ijodiga  borib
taqaladi.   Bu   yozuvchilar   voqeiy   hikoya   janrini   milliy   adabiyotimizga   olib   kirdi,
mazkur janrning yuksak namunasi  b о ‘lib qolgan asarlarni  yaratdi.   О ‘tgan asrning
ikkinchi   yarmida   Asqad   Muxtor,   Said   Ahmad,   Odil   Yoqubov,   Saida   Zunnunova,
О ‘lmas   Umarbekov,   Uchqun   Nazarov,   О ‘tkir   Hoshimov,   Shukur   Xolmirzayev
2
Hamdam U.”Istiqlola dabiyoti – ozod tafakkur adabiyoti. “Sharq yulduzi” jurnali, 2013-yil 5-son.
3
Abdullayeva D. “Adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm tushunchasi va masalaning tarixi”  VOLUME 1 | ISSUE 
6  Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
8 singari   yozuvchilar   milliy   hikoyachilik   an’analarini   davom   ettirib,   samarali   ijod
qildilar. O‘tgan asrning so‘ngi yillariga kelib esa Erkin A’zam, Murod Muhammad
D о ‘st,   Xayriddin   Sulton,   Alisher   Ibodinov,   Nodir   Normatov   singari   yosh   adiblar
hikoya janriga yangicha nafas olib kirishga harakat qildilar va bunga ozmi-k о ‘pmi
muvaffaq b о ‘ldilar.
Modomiki, Xayriddin Sultonning hikoyachilik mahoratini  о ‘rganar ekanmiz,
hikoya janri va adabiy tanqidchilikning unga munosabati t о ‘g‘risida ham t о ‘xtalib
о ‘tishni   lozim   topdik.   Chunki   bu   о ‘rganayotgan   obyektimizni   xolis   baholashga
yordam beradi.
O‘zbekiston   xalq   shoiri   Sirojiddin   Sayyid   Xayriddin
Sultonovning”Odamlardan   tinglab   hikoya”   kitobidan   o‘rin   olgan   ”Monolog”,
”Birinchi million”, ”Otabekning janozasi”, ”Ikki karra qahramon”, ”Millatchining
jazosi”, ”Bir umrning uch fasli” hikoyalari haqida shunday fikrlarni yozadi: 
”...   hikoyalaridagi   quyma,   yombi   xarakterli   badiiy   siymolar   ham   qaysi   bir
jihatlari bilan hayotda o‘zingiz ko‘rgan, uchratgan, suhbatidan bahramand bo‘lgan
insonlarni yodingizga soladi.
Yozuvchi   oddiy   odamlarning   oddiy   hayotiga   juda   sinchkovlik   bilan   teran
nazar tashlaydi, ularning dard-u dunyosini ich-ichidan anglashga, jo‘ngina hayotiy
voqealardan   jiddiy   badiiy-falsafiy   umumlashmalar   kashf   etishga   intiladi.   Dehqon
yoki   usta   bo‘ladimi,   tergovchi   yoki   muallim,   shifokor   yoki   tadbirkor   bo‘ladimi,
shofyor   yoki   sug‘urta   agenti   bo‘ladimi   –   ular   tabiatining   shu   paytgacha   biz
sezmagan, ko‘rmagan yangi qirralarini ochib beradi.” 4
Mamlakatimiz mustaqillikka
erishgandan   keyingi   davrlarda   yaratilgan   nasrga   mansub   asarlarda   hikoya   janri
o‘zining   e’tibordan   chetda   qolmaydigan   darajadagi   o‘rniga   ega   bo‘ldi.Qolaversa,
romanlar   ham   hatto   Abdulla   Qahhor   ”metodi”da   yoziladigan   bo‘lib   qoldi   desak
yanglishmaymiz   va   bunga   bir   qancha   misollar   ham   topiladi.   Hajmga   emas,   balki
mazmunga   asosiy   etibor   qaratilgaligini   Istiqlol   davri   adabiyotining   xarakterli
xususiyatlaridan   deb   e’tirof   etishimiz   mumkin.   O‘zbekiston   xalq   shoiri   Abdulla
4
Sultonov X. “Odamlardan tinglab hikoya”. –T.: “Adabiyot” 2020 7-bet
9 Oripov   “Adabiyot   va   zamon”   deb   nomlangan   maqolasida   esa   quyidagi   fikrlarni
bayon   qiladi:   “Sho‘rolar   davrida   milliy   qadriyatlarimiz,   moziydagi
qahramonlarimiz   qariyb   qalamga   olinmas,   olinganda   ham   ular   sinfiylik   va
partiyaviylik   nuqtai   nazaridan   tahlil   etilar,   qoralanardi,   xolos.   Diniy   e’tiqod   esa
butunlay   manfiy   tushunchaga   aylantirilgan   edi.   Bir   yoqlamalik,   yuzakilik
adiblarimizni bir xil ovozda, bir xil ohangda kuylashga o‘rgatib qo‘ygan edi. Faqat
baxtni   va   saodatni   kuylash,   aslida   yo‘q   yorqin   kelajakni   ulug‘lash   odat   tusiga
aylangan edi. Inson hayotidagi turl i  iztiroblar, ziddiyatlar,   mag‘lubiyatlar   qatag‘on
mavzu   hisoblanar,   ular   also   rag‘batlantirilmasdi”. 5
  Iistiqlol   davri   adabiyotida
tarixiy   shaxslar   haqida   real   asarlar   y aratish   im koniyati   paydo   bo‘ldi   v a   o ‘z
navbatida   ijodkorlar   t omonidan   t urli-tuman   mavzu   hamda   yo‘nalishlarda   t arixiy
s haxslar   obrazi   y aratildi.   Jumladan,   Xayriddin   Sultonov   ham   xalqimizning   asl
farzandalaridan   sanalgan   t arixi y   s haxslar   h aqida   tarixiy   a sarlar   yaratdi.   Uning
“Boburning  t ushlari” (1992) va “Boburiynoma” (1997, 2019) asarlar i b unga   misol
b o‘la   o ladi.   Biz   istiqlol   davrida   real   hamda   t arixiy   mavzuda   yaratilgan   y ana
k o‘plab   asarlarni   keltirib   o‘tishimiz   mumkin.   Tarixiy   mavzuda   yaratilgan
asarlarning   asl   maqsadi   v a   g‘ oyasi   xa lqning   haqiqiy   h amda   bo‘yab - bejalmagan
o‘tmishini   o chib   berishdan   iborat   edi. Bunday   mavzudagi   a sarlarda   faqat   v a   faqat
o damlarning   hujjatlarda   rasman   risoladagidek   a joyib   tarzda   q ayd   e tilgan   hamda
a malda   esa   ulardan   asar   ham   bo‘lmagan   kunlari   emas,   balki   e zgu   v a   uqubatli
k unlari ham o‘zining   yorqin   aksini   topgan. Haq  v a   haqiqatni   kuylash   istiqlol   davri
a abiyotining   y etakchi   bo‘lgan   j ihatlaridandir. Chunki   i stiqlolgacha   bo‘lgan   davrda
so‘z   er kinligi,   i od   erkinligi   m avjud   bo‘lmagan   va   ijodkorla r m a’lum   b ir   ra mkadan
chiqmay   yozishdan   charchagan   edi. To‘g‘rida, ijodkorda   haqqa, haqiqatga   xiyonat
q ilmaslik,   vijdon   m asalasi   birinchi   o‘rinda   t urishi   kerak   bo‘lgan   bir   d avrda
vijdoniga   qarshi   c hiqib, o‘zi   yo‘q   b axt   va   s hodlik   h aqida   kuylashni, yozishni   o‘zi
bo‘ladimi?! 
5
Oripov A. Adabiyotvazamon. Mustaqillikdavriadabiyoti. Adabiy-tanqidiymaqolalar, badialar. – 
Toshkent, G’afurG’ulomnomidaginashriyot-matbauyi, 2006.  5-bet. 
10 Adabiyotshunos   olim   N.   Rahimjonov   istiqlol   davr   adabiyotida   ro‘y
berayotgan   ijobiy   o‘zgarishlar   xususida   shunday   yozadi:   ”   XX   asr   oxiri   XXI   asr
boshlari   mustaqillik   davri   badiiy-estetik   taffakkuri   siyosiylashmagan,   bashariy
qadriyatlarga   tayangan   azaliy   va   abadiy   o‘zanlariga   qaytishida   shoir-
yozuvchilarimiz   faoliyati   ham   salmoqli   mavqega   ega...   adabiyotning   har   bir
taraqqiyot   bosqichida   estetik   konsepsiyalarning   ishlab   chiqilishida   so‘z
san’atkorlarining badiiy ijod falsafasi va adabiy jarayon psixologiyasiga doir fikr-
mulohazalari,   shaxs   va   jamiyat   ruhiyatini   tozartirishda   badiiy   asarning   ijtimoiy-
estetik ahamiyatiga oid nuqtai nazarlari hamisha diqqat-e’tiborda bo‘lib kelgan”. 6
Adabiyotshunos     Hakimjon     Karimov     Istiqlol     davri     adabiyoti     haqida  
fikr     yuritib:     “Har     bir     davr     o‘z     muammosi,     konsepsiyasi,     poyeziyasi     va  
qiyofasiga   ega   bo‘ladi.   Bu   hol   nafaqat   odam,   balki   jamiyat   faoliyatiga   ham  
ta’sir     qilib,     uning     yo‘nalishini     ham     belgilaydi…     inson     tafakkuridagi  
o‘zgarish   davr   va   jamiyatdagi   o‘zgarish   ta’sirida   bo‘lishi   tabiiy   hol,   o‘z    
navbatida,     jamiyatning         to‘g‘ri     yo‘nalishini     belgilash     bilan     birga,  
o‘zining     hayotdagi     o‘rni     va     mavqei     ham         insoniyat   diqqatini   jalb   qiladi. ..” 7
   
Adabiyotshunos   H.Boltaboyev   80-yillar   adabiy   jarayoni,   xususan,   nasr
janrida   qalam   tebratgan   yosh   adiblarning   ijoddagi   о ‘ziga   xosligi   haqida   fikr
bildirar   ekan,   odatda   uslub   haqida   s о ‘z   ochilganda   k о ‘proq   ijodda,   adabiyotda
xiylagina tajriba orttirgan, ma’lum bir mavqega ega b о ‘lgan ustoz adiblar, ularning
ijodiy   xususiyatlari   t о ‘g‘risida   mulohaza   yuritilishini   ta’kidlaydi.   Holbuki,
adabiyot   —   jonli   jarayon,   bir   joyda   t о ‘xtab   turmaydi,   qolaversa,   uning   maydoni
keng, yangi-yangi  ijodkorlar kirib kelaveradi. H.Boltaboyev boshqa tengqurlariga
nisbatan   uslub   borasida   ancha   muvaffaqiyatli   izlanishlarga   erishgan   adiblardan
M.M.D о ‘st, E.A’zam, X.Sulton, A.Ibodinov kabi ijodkorlarni sanab  о ‘tadi. 
H.Boltaboyev shu  о ‘rinda E.A’zam, X.Sulton, A.Ibodinovlar ijodida ma’lum
darajada   yaqinlik   borligini,   bu   mushtaraklik   qahramonlar   tabiatida,   asar
kompozitsiyasining   aksariyat   ma’naviy-axloqiy   muammolar   asosiga   qurilishi,
6
 N.     Rahimjonov.     Istiqlol     va     bugungi     adabiyot.     –T.:     “O’qituvchi”,  
2012.   -328   bet.
7
Karimov H. Istiqloldavriadabiyoti. “Yanginashr” nashriyoti. Toshkent 2010 17-bet
11 yetakchi   personajlarning   hayotda   uchraydigan   soxtalik   va   loqaydliklarga   qarshi
oshkora   kurashida   namoyon   b о ‘lishini   ta’kidlaydi.   Ayni   chog‘da   shuni   ham
ta’kidlash kerakki, kitobxon diqqatini jalb etish uchun ehtirosli tasvirning  о ‘zigina
yetarli   emas.   Bizning   nazarimizda,   E.A’zamning   ham,   ijodiy   tamoyillari   unga
birmuncha   yaqin   b о ‘lgan   X.Sultonning     ham   asarlarida   voqealarning   jonli   va
hayotiy asosga ega ekani;  qahramonlarning qandaydir favqulodda fazilat  va xatti-
harakatlari emas, balki   о ‘ziga xos fe’l-atvori, jaydari xarakteri kitobxonni k о ‘proq
jalb etadi.
Albatta,   о ‘zbek   adabiyotida   hikoyaning   mumtoz   namunalarini,   о ‘lmas
durdonalarini   yaratgan,   voqeiy   hikoyachiligimizning   asoschilaridan   deya   haqli
ravishda   tan   olingan   buyuk   adib   Abdulla   Qahhordan   keyin   bu   borada   yangilik
qilishga   erishgan   ijodkor   Shukur   Xolmirzayev   edi.   Adibning   voqealar   tafsilotiga
emas,   psixologik   tahlil,   milliy   xarakterlarga   asoslangan   hikoyalari   adabiyotni   asl
vazifasiga — inson va uning taqdiri, k о ‘nglini tadqiq etishga y о ‘naltirish y о ‘lidagi
izlanishlar   edi.   Keyinroq   bu   janrda   barakali   mehnat   qilib,   uning   yangi
imkoniyatlarini   ochishga   uringan   Xayriddin   Sulton   ijodi   ana   shunday
izlanishlardan   oziqlandi.   Bu   adiblar   adabiyot,   avvalo,   insonshunoslik   ekanini
isbotlashga   harakat   qildi.   Zero,   hikoyachilik   ustasi   Sh.Xolmirzayev
ta’kidlaganidek,   «Muammolarning   muammosi   —   odam.   Badiiy   asarda   odamni
chinakamiga   aks   ettirish   orqali   uning   qilmish-qidirmishlaridan   muammolar   kelib
chiqaveradi. Bu muammolarni hal qilish esa yozuvchining ishi emas. Uni hayot hal
etadi.  О ‘sha hal etilish jarayoni esa yana adabiyotda  о ‘z aksini topishi mumkin» . 
Tadqiqot obyektimiz b о ‘lgan  hikoyalarda jamiyatdagi yirik ijtimoiy-siyosiy
masalalar,   yetakchi,   faol   qahramonlar   hayotidan  tortib,  siyosatga   mutlaqo  aloqasi
bo‘lmagan   kishilargacha   qalamga   olinadi.Biz   Xayriddin   Sultonov   hikoyalarida
deyarli   barcha   ijtimoiy   qatlamga   mansub   kishilarning   vakillarini   uchratishimiz
mumkin.Xayriddin   Sultonovning   hikoyalaridan   nafaqat   dunyoviy,   balki   diniy-
falsafiy  mazmunga yo‘g‘rilgan jihatlar  ham  yetakchi  o‘rinnni  egallaydi. Masalan,
uning   ”Har   ish   bo‘lsa   –   Xudodan”     hikoyasini   tahlil   qilsak   ushbu   hikoyaning
12 yuqoridagi   aytilgan   fikrlar   uchun   isbot   bo‘lishiga   amin   bo‘lamiz.   Mana   hikoya
qahramoni, Zokirjon Mashrabov nutqidan parcha keltiramiz:
”Mendan   ko‘pincha,   bu   safarlar   xatarli   emasmi,   deb   so‘rashadi.   Hatto,
ba’zan   orqavarotdan   bu   avantyurist   chol   nafaqat   o‘zining,   balki   ekspeditsiya
a’zolarining   ham   hayotini   xavf   ostiga   qo‘yib   yuribdi,   degan   ta’na-dashnomlarni
eshitib qolaman.
Bunaqa   gaplarga   mening   javobim   bitta   :   albatta,   safar   bexatar   bo‘lmas,
lekin   har   ish   bo‘lsa   –   Xudodan.   Yaratganning   o‘ziga   tavakkal   qilib,   O‘zidan
madad so‘rab, xolis boshlangan har qanday ish xayrli bo‘ladi. 
Men   bunga   mana   shu   o‘ttiz   yillik   safarlar   davomida   qayta-qayta   ishonch
hosil qilganman. Endi,   avantyura masalasiga kelsak, jahon tarixidagi eng buyuk
ixtiro  va kashfiyotlar ham o‘z vaqtida odamlarga avantyura bo‘lib tuyulgan. Agar
ozgina   avantyurist   bo‘lmaganida   Kolumb   hech   qachon     Amerikani   kashf
qilmagan, Gagarin kosmosga uchmagan bo‘lardi.” 8
Darhaqiqat,   mustaqillikdan     ilgari   yaratilgan   asar   qahramonlari   nutqida
diniy-falsafiy   fikr     va     mushohadalar   deyarli   uchramaydi.   Insonlarning     diniy-
falsafiy ruhda  fikrlamasligi  yoki dilida shunday o‘y-fikrlar  mavjud  bo‘lsa-da uni
tiliga     chiqarib   ayta   olmasligi,   ijodkorning   esa     falsafiy   fikrlay     oladigan
qahramonlarning   falsafiy nutqlarini     asarlarida   ketirmasliklaridavr   siyosatining
”xohish”  va  ”istak”lari  ro‘yobi uchun bo‘lgan.
Hayotdagi,   jamiyatdagi   har   qanday   hodisa   va   о ‘zgarishlar,   bir   s о ‘z   bilan
aytganda,   ijtimoiy   muhit,   sharoit   adabiyotga   ta’sir     etmay     qolmaydi.     Shunga
ishora qilib, adabiyotshunos H.Boltaboyevquyidagi  fikrlarni bayon qiladi: «Hayot
sharoitining   о ‘zi   ma’naviy-axloqiy   masalalarga   har   doimgidan   k о ‘ra   izchilroq
yondashishni,   inson   qalbini   butun   murakkabliklari,   jarohat   va   iztiroblari   bilan
tadqiq   etish,   uning   qatidagi   g о ‘zal   va   xunuk   sifatlarni   «yorib»   k о ‘rsatishni   talab
etmoqda» 
Istiqlol   davrida     yaratilgan   hikoyalarning   talay   qismi     davr   talabi   yanglig‘
adabiyot   bo‘stonida   paydo   bo‘ldi.   Realizm   ruhida   asar   yaratilishiga   jamiyat
8
Sultonov X. “Odamlardan tinglab hikoya”. –T.: “Adabiyot” 2020 325-326-bet
13 ehtiyoji ilgaridan mavjud edi, biroq  erkin ijod qilish uchun ijtimoiy-siyosiy muhit
yetarlicha emas edi.   Taniqli yozuvchi Ulug‘bek Hamdam istiqlol davri adabiyotida
yuz   bergan   o‘zgarishlarning   o‘ziga   xos   jihatlari   xususida   to‘xtalib   quyidagi
fikrlarni   bayon   etadi :   ”...   O‘zgarishlarning   mohiyati   shundaki,   ijodkor   tafakkuri
millat   mentalitetiga   yot   mafkura   asoratidan   ozod   bo‘ldi .   Ayni   damda,   u   bir
tomondan,   sobiq   Ittifoq   zamonida   taqiqlangan   Qur’on,   Injil,   Tavrot,   Zabur   kabi
muqaddas   kitoblarni,   muazzam   Sharq   durdonalarini,   boshqa   tomondan,   G‘arb   va
umuman,   butun   dunyo   falsafasi   va   adabiyotining   noyob   bitiklarini   o‘qib
o‘zlashtirdi, o‘zlashtirmoqda. Qolaversa, mavzu tanlash va ifoda qilish erkinligini
his etdi. Natijada, Istiqlol davri ijodkorlari Mustaqillik bergan ulug‘ ne’mat – ozod
tafakkur mevasi hisoblanmish asarlarini yoza boshladilar.” 9
Istiqlol   davri   adabiyotida   hayotni   bor   ziddiyat   va   murakkabliklari   bilan
k о ‘rsatishga   intilish   kuchaydi.   Jumladan,     hozirjavob   janrlardan   biri   bo‘lmish   —
hikoyachilik   orqali   jamiyat   va   zamonning   ma’naviy-ruhiy   muammolari   badiiy
jihatdan   aks   ettirildi.   Bizningcha,   istiqlol   davri     nasri,   xususan,   hikoyachiligiga
xos asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat: 
— hikoyalarda real voqelikni real tasvirlash yetakchi o‘rin tutadi;
— Insonlarning     k о ‘ngil   kechinmalari,   ruhiyatini   tasvirlash   orqali   jamiyatda
kechayotgan  ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga urg‘u berila boshladi;
— oddiy   turmush   voqeligining   umuminsoniy   ahamiyatga   daxldor   jihatlarini
k о ‘rsatish,   odamzod   erki,   qadr-qiymati   bilan   bog‘liq   muammolar   hamisha
dolzar ekanligini ta’kidlash tamoyili yetakchilik qiladi; 
      — real voqeani bayon etish orqali k о ‘proq xarakter yaratishga e’tibor qaratish,
xarakter talqin etilgan hikoyalarning k о ‘payishi;
—   hayotdagi,   jamiyatdagi   ba’zi     nohaqlik   va     kamchiliklarga   nisbatan   zohiriy
norozilik kayfiyatining ifodalanishi;  
— obraz  yaratishda didaktika,  о ‘rniga badiiy tahlil usulidan samarali foydalanish;
erkin   bayon   usulining   faollashuvi,   talqinni   kitobxon   e’tiboriga   havola   etish,
9
Ulug’bek Hamdam Istiqlol adabiyoti – ozod tafakkur adabiyoti. “Sharq yulduzi” jurnali, 2013-yil, 5-son
14 qahramonlar   tafakkuridagi   о ‘sish   va   о ‘zgarishning   voqea-hodisalarga   aqlan
yondashish   orqali   о ‘z   qadr-qiymatini   anglab   yetishi,   yuksak   saviyaga   ega
qahramonlarning k о ‘payishi.
Odatda   havaskor   yozuvchi   ijodni   hikoya   qoralashdan   boshlaydi.   Chunki
hikoya   janri   b о ‘lajak   yozuvchiga   mashq   qilish,   malaka   oshirish,   ijodkor   sifatida
shakllanish, muayyan bir y о ‘nalishga    tushib olib,   о ‘ziga xos uslubga ega b о ‘lish
uchun   har   jihatdan   qulay.   Ammo   bu   janrning   ham   murakkab   qonun-qoidalari,
meyor- о ‘lchovlari borki, ular yozuvchidan chuqur bilim, teran mushohada, s о ‘zga
e’tibor va talabchanlikni,  fikrni aniq-ravshan va ravon ifodalashni, qisqasi, doimiy
izlanishni talab etadi. Hikoyaning janr xususiyatlarini belgilaydigan asosiy jihatlar
—   qisqalik,   aniq   va   l о ‘nda   fikr,   teran   tuyg‘ularni   muxtasar   ifodalash,   shirali   va
ravon   tilda   bayon   etishdan   iborat.   Shuningdek,   hikoya   —   hozirjavob   va   tezkor
janr.   U   tayin   syujetsiz   yoki   falsafiy,   yengil   ohangli   yoki   g‘amgin,   ba’zan   esa
yakunsiz ham b о ‘lishi mumkin. Shu   о ‘rinda ta’kidlash joizki, nasrdagi izlanish va
tajribalar   samarasi   о ‘laroq   bugungi   kunda   hikoyaning   hajmi,   mavzu   doirasi,
badiiy-estetik   tasvir   vositalari   kengaydi.   Romanga   xos   vazmin   va   keng   k о ‘lamli
tasvirning   hikoyaga   k о ‘chishi,   ichki   psixologik   tahlilning   kuchayishi,   hozirgi
murakkab   fan   va   texnologiyalar   zamonida   inson   dunyoqarashi,   tuyg‘u   va
kechinmalari chigallashib borayotgani bunga sabab b о ‘ldi.
Istiqlol   davri   adabiyotida   sifat   о ‘zgarishi   k о ‘zga   tashlanadi.   Bu   davr
hikoyachiligida   faqat   xayolot   mahsuli   bo‘lgan   voqea-hodisalar   yoki   har   qanday
xato   va   kamchiliklardan   xoli   qahramonlar   emas,   balki   realizm   ruhi   bilan
sug‘orilgan   asarlar   maydonga  keldi.   Bugun   hikoyachilikda  ijodkor   o‘zi     bilan  bir
davrda   yashovchi   haqiqiy   jonli   insonlar,   ularning   turmushi,   ichki   kechinmalari,
ruhiyatini  о ‘zgacha bir samimiyat bilan tasvirlash tamoyili ustunlik qiladi. 
Shu   о ‘rinda   ta’kidlash   joizki,   X.Sulton   о ‘zi   ustoz   deb   bilgan   Abdulla
Qodiriydek,   asarlarida   hamisha   hayotdan   о ‘ziga   xos   bir   «shoirona,   darveshona
ma’no»   axtaradi.   Va   bunda   teran   hikmat   borligini,   hayot   har   qancha   og‘ir,   har
qancha   uqubatli   b о ‘lmasin,   baribir   g о ‘zalligini,   g о ‘zallik   esa   —   she’riyat,   sof,
yuksak insoniy xayol va orzu ekanini e’tirof etadi. 
15 Xulosa qilishimiz mumkinki, X.Sulton   ijodi, xususan, u yaratgan hikoyalar
istiqlol   davri   adabiyotida     nasr   janrining   о ‘ziga   xos   xususiyatlarini   belgilovchi
ahamiyat   ega   asarlardan   b о ‘ldi.Shuningdek,   milliy   hikoyachiligimiz   rivojiga
salmoqli   hissa   q о ‘shdi.   Ammo   shuni   ham   alohida   ta’kidlab   о ‘tish   lozimki,
Xayriddin   Sultonning   so‘ngi   yillarda   yaratgan   hikoyalarida   real   voqelikni   real
tasvirlash   tamoyili   yetakchi   o‘rinda   turishinibugungi   kundagi   hikoyachilikning
alohida   yutuqlaridan   biri   sifatida   e’tirof   etsak   arziydi.Tadqiqot   ishimizda   biz
asosan   e’tiborni   yozuvchi   tomonidan   yaratilgan   hikoyalarning   xususiyatlariga
qaratdik.Qolaversa, biz tahlilga tortgan hikoyalar realizm ruhida yozilganligi bilan
istiqlol davri hikoyachiligida alohida o‘rin tutadi.Hikoyalar ozod zamonda va ozod
adabiyotda   dunyoga   kelganligini   namoyon   etib   turadi.Chunonchi,   voqelikka
yondashuvda,   xarakterlar   tasvirida   goho   hayotning   murakkab   jihatlarini,   davr
nuqtai   nazaridan   muhim   sanalgan   muammolarni   hamda   shaxslardagi   botiniy
kechadigan   kechinmalarni   ham   e’tibordan   chetda   qoldirmaydi. Deylik,   «Birinchi
million»   hikoyasida   Temur   Ashurqulov   o‘zining   o‘qituvchilik   faoliyati   va   shu
bilan birgalikda  hayotidagi ilk marotaba boshpanaga qanday ega bo‘lgani jarayoni
bilan   bog‘liq   bo‘lgan   voqeani   so‘zlab   beradi.   Asar   qahramoni     oliy   ma’lumotli,
zamonasining   ziyoli   kishilaridan   bo‘lishiga   qaramay,   u   boshpana   masalasida
muammoga   duch   keladi.   Biroq   qahramon   shu   qadar   andishaliki,   u   o‘zi   ishlagan
oliygohni   katta   bir   oliygoh   deb   qo‘ya   qoladi,   nomini   ham   keltirishni   o‘ziga   ep
bilmaydi:
”Bu   voqeaga   ancha   bo‘ldi,   o‘tgan   asrning   yetmishinchi   yillari   edi,   men   u
vaqtda   leningradda   oldin   besh   yil   institutda,   keyin   uch   yil   aspiranturada   o‘qib,
endi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab kelgan edim. Toshkentdagi, keling, nomini
aytmay   qo‘ya   qolay,   sal   noqulayligi   bor-da,   katta   bir   oliygohga   o‘qituvchi   qilib
tayinlangan edim .” 10
   Hikoya davomida qahramon xalqimiz orasida tez-tez uchrab
turadigan bir maqolni qo‘llash orqali butun boshli hikoyaning ijtimoiy mazmunini
ochib yuboradi:
10
O’sha asar 150-bet
16 ” Leningradda  o‘qib  kelgan,  degan  oti   -   ulug‘,  suprasi  -  quruq   nomim  bor,
sal   o‘zimga   qarab   kiyinib   yurmasam,   boyvachcha   studentlar   bir   tiyinga
olmaydi .” 11
Bugungi   kunda   ham   ziyoli   insonlardan   tortib   dehqonu   cho‘ponni   ham
muhokamasiga   aylanib   ulgurgan   moliyaviy   masalaga   va   atrofdagilarning
shaxslararo kechayotgan o‘zaro munosabatlarida ham shu masala nazardan chetda
qolmasligi   hamda   ijtimoiy   munosabatlarda   u   yoki   bu   tomonlama   rol   o‘ynashiga
alohida   urg‘u   berib   o‘tadi.   Odamlar   siz   bilan   bo‘lgan   munosabatlarda   faqat   va
faqat   sizning     insoniy   fazilatlaringiz   va   xususiyatlaringizni   hisobga   olib   emas,
balki   moliyaviy   ahvolingiznida   inobatga   olishini   ta’kidlaydi.(   Kitobxonni
balandparvoz   gaplar   bilan   ensasini   qotirib   o‘tirmaydi,   bor   haqiqatni   aytadi-yu
qo‘yadi.   To‘g‘rida,   kitobxonni   qachongacha   hayotga   to‘g‘ri   kelmaydigan   havoyi
gaplar   bilan   aldashadi.   Hayotga   to‘gri   keladigan   gaplarni   ham   kimdir   aytishi   va
yozishi   kerak   edida!   Mana   asarni   nega   bu   qadar   ko‘klarga   ko‘targanimizning
sababi nimada?!). Yoshlarni ilmga egallashga da’vat etadigan ustozga qarata ayrim
davrimiz   kishilarining   javobi   tayyor.   Ular   yaxshi   yashash   uchun   o‘qish   shart
emasligini, falon falonchilar o‘qimagan bo‘lsada ustozlardan yaxshi yashab, yaxshi
maosh olayotganligini  iddao qilishadi. Ushbu hikoya bugungi  kun uchun naqadar
dolzarb masalani o‘rtaga tashlaganligi bilan yuksak bahoga sazovordir. Masalaning
achinarli jihati shundaki bu holat ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlarga ham
g‘ayritabiiy   tarzda   ta’sir   qilayotganligini   diqqat   markazidan   qochirmaydi.   Biz
ushbu munosabatlarni faqat o‘tgan asrda emas bugungi hayotimizda ham bevosita
guvoh   bo‘lyapmiz.   Muallifning   hikoyasi   qahramoni   o‘tgan   asr   muammosidan
so‘zlasa-da, bu muammo bugun ham muammoligicha qolmoqda va o‘z yechimini
to‘la qonli topgan emas. 
Tahlil uchun tanlab olganimiz yuqoridagi hikoyalar asosida X.Sulton ijodiga
xos quyidagi muhim jihatlarni ta’kidlab k о ‘rsatishimiz mumkin:
—   yozuvchi   odatda   о ‘zi   sevgan,   k о ‘ngliga   yaqin   mavzuga,   о ‘zini   zavqlantirgan
voqea   va   xarakterlarga   murojaat   etadi.   U   xoh   zamonaviy   hayotni,   xoh   tarixiy
11
O’sha asar 151-bet
17 о ‘tmishni   aks   ettirsin,   hamisha   mavzuga   ruhiy-estetik   ehtiyoj,   ma’naviy   zarurat
asosida yondashadi; 
—   muallif   о ‘zi   guvoh   b о ‘lgan,   goho   ishtirok   etgan,   boshidan   kechirgan   voqea-
hodisalar   t о ‘g‘risida   yozadi;   g‘ayritabiiy,   о ‘quvchi   hazm   qilishi   qiyin   sanalgan
xususiyatlar   uning   hikoyalarida   deyarli   uchramaydi;   ularga   asos   b о ‘lgan   har
qanday voqea-hodisa — hayotning, tiriklikning bir b о ‘lagi;
—   muayyan   hikoya   syujeti   bir   qarashda   u   qadar   ahamiyatga   ega   b о ‘lmagan,
kundalik turmushda har qadamda uchraydigan oddiy voqeadek tasavvur tug‘diradi.
Ammo   muallifning   muvaffaqiyati   shundaki,   ana   shu   oddiy   hayot   voqealaridan
chuqur mantiqqa asoslangan ibratli badiiy xulosa chiqara biladi;
— adib qanday mavzuni yoritishga kirishmasin, badiiy mazmunni real voqelikdan
oladi,   avvalo   insonni,   uning   k о ‘nglini   tadqiq   etadi;   aynan   inson,   inson   taqdiri,
qadr-qiymati masalasi hikoyalarida yetakchilik qiladi; 
— uning barcha hikoyalarida milliy asos mustahkam;  
—   adib hikoyalariga k о ‘pincha hayotdagi biror muhim voqea-hodisa yoki keskin
burilishlarni asos qilib olmaydi. U butun e’tiborini insonning ichki olamiga, uning
axloqiy-ma’naviy   jihatlariga   qaratadi,   hayotning   k о ‘pchilik   ahamiyat
beravermaydigan   nozik   tomonlariga,   inson   yuragining   tub-tubiga   nazar   soladi   va
dardli nuqtalarini  topadi;
—   aksariyat   hikoyalari   qat’iy   xulosa   bilan   yakunlanmaydi,   kitobxonni   о ‘ylashga,
fikrlashga undaydi.
Badiiy   ijodning   murakkab,   ayni   damda   muhim   masalasi   uslubdir.
Yozuvchining   « о ‘z   ovozi»,   ya’ni   uslubi   «uning   о ‘ziga   xos   boy   hayotiy   tajribasi,
narsalarga,   voqea-hodisalarga   b о ‘lgan   о ‘z   qarashi,   nuqtai   nazari,   g о ‘zallik   va
xunuklikka   nisbatan   tushunchalari,   simpatiya   va   antipatiyasi,   ta’bi,   didi   va
intilishlari»  orqali namoyon b о ‘ladi.
Yozuvchi uslubi haqida gap ketganda, bu masalaga uning hayotni kuzatishi
va   voqelikni   anglashi,   ijodiy   his   etishi   hamda   q о ‘llagan   ifoda   usullari   asosida
yondashish   muhim.   Aynan   shu   jarayonda   yozuvchining   ziyrak   nigohi   k о ‘rgan-
kuzatganlari   orasidan   eng   zarur   deb   hisoblagan   voqealarni   saralaydi   va   badiiy
18 tahlil   etadi.   «Adabiyotda   hammabop   tayyor   qolip   y о ‘q.   Ijodkor   har   safar   mavjud
voqelikdan va  о ‘z tasavvuridan kelib chiqib, ana shu real voqelikning teranliklarini
ochib   beradigan   insoniy   munosabatlarning   yangi   shaklini   kashf   etishi   kerak»   ,
deganida mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov avvalo, ijodkor mahoratini, adabiy
iqtidorini nazarda tutgan. 
Xayriddin   Sultonning   fikricha,   о ‘z   uslubiga   ega   b о ‘lish   uchun   yozuvchi
shaxs   sifatida   shakllanishi   zarur.   «Uslub   bu   —   insondir»,   degan   mashhur   ta’rif
ham aynan shu fikrni ifodalaydi. Shuningdek, X.Sulton yozuvchining uslubi uning
tabiati,   fe’l-atvoridan,   olgan   insoniy   va   adabiy   tarbiyasidan,   mavjud   badiiy
an’analardan   kelib   chiqishini,   qolaversa,   yozayotganda   qanday   kitobxon   k о ‘zda
tutilgani ham bu borada muhim ahamiyatga ega ekani, bundan tashqari, har qaysi
asarning materiali  о ‘ziga xos uslubni talab qilishini ta’kidlaydi  . 
Uning   fikri   Asqad   Muxtorning   «Uslub   doimiy   narsa   emas.   Har   bir   kitob
avtorni  о ‘zicha t о ‘lqinlantirishi mumkin. Bir avtorning barcha kitoblari bir uslubda
yozilsa, yaxshi b о ‘lmasdi», degan mulohazalariga hamohang keladi. 
Rus   yozuvchisi   Y.Kazakovning   uslub   haqidagi   mulohazalari   ham     shunga
yaqin.   Uning   fikricha,   asar   uchun   tanlangan   syujet   uning   uslubini   ham   belgilab
beradi.   Uslub   muallifning   nima   haqda   yozayotgani   va   о ‘sha   vaqtdagi   holatidan
ham kelib chiqadi  . 
Akademik   Izzat   Sultonning   fikriga   k о ‘ra,   uslub   yozuvchining   hayotiy
tajribasi   bilan   uzviy   bog‘liq   hodisadir.   Turli   yozuvchilar   tomonidan   yozilgan
asarlar,   uningcha,   turlicha   hayotiy   materialni,   turlicha   kishilarni   adabiyotga   olib
kiradi; bu hayotiy material va qahramonlar esa   о ‘ziga xos tasvir vositalarini talab
qiladiki, bu uslubning birinchi muhim belgisidir  . 
Demak,   xulosa   qilish   mumkinki,   uslub   yozuvchi   ijodida   muntazam
shakllanib,   rivojlanib,   mukammallik   kasb   etib   boradi.   Bu,   tabiiyki,   yozuvchining
mudom yangilikka intilishini, izlanishda b о ‘lishini taqozo etadi.
Ijodkor   uslubini   aniqlash   tadqiqotchidan   muayyan   ijod   qamragan   g‘oya,
mavzu,   xarakter,   syujet,   kompozitsiya,   til   masalalaridan   hech   birini   nazardan
chetda   qoldirmay   yondashishni   talab   etadiki,   bu   ancha   murakkab   ishdir.   Uslub
19 tasvir   vositalari   ifoda   etadigan   poetik   obrazlarda,   ana   shu   poetik   obrazlar   orqali
anglashiladigan   ijodkor   shaxsiyatida   yaqqol   namoyon   b о ‘lishi   e’tiborda   tutilsa,
obrazlar tahliliga estetik hamda psixologik jihatdan yondashish muhimdir. 
I.2. XayriddinSultonningqahramonyaratishmahorati
Hikoyada   obraz   yaratish  m asalas i h aqida gap borar   ekan, uning  b oshqa  e pik
ja nrlardan, avvalo, hajm   nuqtai  n azaridan ham farq   qilishi  e‘ tiborga  o linishil   ozim.
Chunki   hik oyada,   qissa   yoki   romanlardagidek,   qahramon   ob razin i   t urli   vaziyat,
turlicha   sharoitlardan   kelib   chiqib   har   tomonlama, mukammal   ochib   berish  im koni
y о ‘q.   Hikoyada   kichik   bir   detal,   holat,   badiiy   l avha   yoki   q ahramon   nutqi   o rqali
ham   obrazning   xarakterli   jihatlari   n amoyon   b о ‘lishi   mumkin.   Demak,   obra z,
yaratishda   xarakter,   ayniqsa,   muhim   о ‘rin   tutadi.  Shu   bois   badiiy   asarda   xarakter
masalasiga   katta   e’tibor   beriladi. Qahramonning   xatti-harakati, yurish-turishi, biror
i shni  q ay   y о ‘sin   amalga  o shirishi, gap-s о ‘zi   va   qiziqishlari   asarda   tasvirlanayotgan
hayotiy   manzaraga   mos   k elishi,   ya’ni   mantiqiy   i zchillik   muhim   ahamiyatga   ega.
Bularning   barchasi   qahramon   xarakterini   o ydinlashtirish,   uning   ichki   dunyosini
tabiiy   t arzda   ochishga   yordam   beradi.   Shuningdek,   bu   borada   xarakterni   yuzaga
chiqaradigan   vaziyatning   ham   ahamiyati   katta.   Chunki   u   qahramonning   ichki
olami, xarakter qirralari ochilishiga ma’lum ma’noda imkon yaratadi.
Istiqlol   davri   badiiy   adabiyoti   uchun   xarakterli   xususiyatlar   «asarlarda
gumanistik   pafos   doirasining   kengayishi,   inson   konsepsiyasining   chuqurlashuvi,
insonni   tushunish   teranlashib   borayotgani,   inson   shaxsi,   tabiati   va   qalbining
murakkab,   sirli-sehrli   tomonlarini   anglashga,   kashf   etishga   intilish   ortayotgani»
bilan belgilanadi. Shu ma’noda X.Sulton ham xarakter yaratar ekan, inson qalbini
bor   murakkabliklari   bilan   tasvirlaydi.   Qolaversa,   nohaqliklarning   guvohi   va
qurboni   bo‘lavergandan   yuragi   dard-qayg‘uga   to‘lib   toshgan     hamda   bu   haqda
gapirishdan   cho‘chimaydigan   hurfikrli,   samimiy   insonlardir.Adabiyotshunos
U.Normatov ta’kidlaganidek, bir vaqtlar nazardan chetda qolgan, aslida esa asrash,
ardoqlashga   munosib   odat   va   tamoyillarimizni   k о ‘z-k о ‘z   qilishga,   shu
tamoyillarimizni   о ‘zida   mujassam   etuvchi   kishilar   obrazlarini   adabiyotga   olib
20 kirishga mayl ortdi. X.Sulton  о ‘z hikoyalarida bir toifa qahramonlar yaratdiki, ular
tabiatida   ana   shu   sifatlarni   kuzatish   mumkin.   Ularning   bugungi   shiddatli   hayotni
anglashi, unga k о ‘nikishi qiyin kechadi. Chunonchi, ”Siyosat” hikoyasida shunday
o‘rinlar mavjud:
” Negaki, siyosat doim vaziyatga qarab o‘zgarib turadi, vijdoningga, hayotiy
prinsiplaringga   to‘g‘ri   keladimi-yo‘qmi,   sen   ham   turlanib-tuslanib   yashashga
majbur bo‘lasan.” 12
Xayriddin Sultonov yaratgan obrazlar kechagi kun haqida ham bugun haqida
ham   bo‘yab   bejamasdan   gapiradigan   chinakamiga   dili   va   tili   bir   bo‘lgan
insonlardir.   Ularning   har     biri     g о ‘yoki     kechagi     hayot,   kechagi   mezonlar   bilan
bugungi hayot va taraqqiyotga baho bermoqchi b о ‘ladi. 
”Uy   sotiladi”   hikoyasida   Vagiz   Samatovich   Zaitov   obrazi   tasviri   orqali
o‘tgan asrda ta’lim oqsab qolganligi hamda o‘qituvchilar yetishmasligi tufayli har
bir fan o‘z mutaxassisi tomonidan olib borilmaganligiga alohida  urg‘u beriladi:
”...Vagiz   Samatovich   Zaitov   maktabda   bizga   tarix,   mehnat   bilan   harbiy
ta’limdan,   umuman,   qaysi   fandan   o‘qituvchi   bo‘lmasa,   shundan   dars   bergan,
vajohatidan   butun   sinf   titrab   turadigan,   qo‘li   qattiq,   savlatli   o‘qituvchi   edi.   Ismi-
familiyasi   o‘zbekchaga   o‘xshagani   bilan   o‘zi   bizning   qavmdan   emas,   ko‘p   yillar
burun Qozondanmi, Qozog‘istondanmi  qishlog‘imizga yo‘llanma ishga  kelib, shu
yerda qolib ketgan, yevropavor qiyofali, daroz bir kishi edi.” 13
Xayriddin   Sultonovning   hikoyalarida   biz   nafaqat   dunyoviy   balki,   teran
diniy-falsafiy mushohada yuritadigan va insonlarni faqat va faqat   o‘tkinchi amal-
mansabga,   qolaversa   bu   o‘tkinchi   dunyoga   aldanib   qolmaslikka   chorlovchi
qahramonlarga   ham   duch   kelamiz.   ”Ichki   ishlar   vazirining   oshga   borgani”
hikoyasida   ichi   ishlar   vaziriga   sobiq   sinfdoshi   tomonidan   to‘yga   odatdagidan
tashqari mazmundagi taklifnoma yuboriladi: 
”Senda o‘zi odamgarchilikdan ”O” harfi ham qolmabdi, -degan dag‘dag‘a
bilan boshlanardi xat. – Odam deb seni to‘rt marta to‘yimga aytdim, birontasiga
12
O’sha asar 348-bet
13
O’sha asar 52-bet
21 ham   kelmading.   Bizga   o‘xshagan   kambag‘al-faqirlarni   nazaring   ilmaydi-da,
bilmasang,   bilib   qo‘y,   dunyoda   ikkita   narsaning   egasi   yo‘q   –   tobut   bilan
kresloni...” 14
Xayriddin   Sultonov   yaratgan   yoki   duch   kelgan   qahramonlar   har   qadamda
uchrayveradigan,   odatdagi   gaplarni   gapiradigan   odatiy   qahramonlar   sirasidan
emas. Hikoya qahramonlari gaplarni qopib emas , balki shunday haq gaplarni topib
gapiradiki, shubhaga mutlaqo o‘rin qolmaydi. Odatdagi qahramonlar bo‘lganda edi
yuqoridagi   to‘y   uchun   kelgan   taklifnomani   adyutant   o‘qib   aslo   xijolat   tortmagan
bo‘lar edi. Axir to‘y uchun yozilgan taklifnoma insonning xursandchiligiga sherik
chaqirish uchun yozilardida odatda. Ichki ishlar vaziri xatni o‘qib hayratga tushadi
va  shunday so‘zlarni aytadi:
”... O‘zingiz  o‘ylang, kattakon bir  davlatning ichki  ishlar vaziriga,  general-
mayorga   bunaqa   xat   yozish   uchun   odam   yo   qip-qizil   jinni   bo‘lishi   kerak,   yo
adresatga juda bir o‘tkazib qo‘ygan joyi bo‘lishi kerak .” 15
Darhaqiqat,   hikoya   qahramonlari   yangi   tafakkur   egalaridan   bo‘lgan
shaxslardir.  Ular   ”Gap  kelganda  otangni  ham   ayama”  qabilida mushohada   qiladi.
Kimsan ichki ishlar vaziridek shaxsga xat yozyapman deb haqni, haqiqatni chetlab
o‘tmaydi.   Balandparvoz   gaplar   bilan   xushomad   qilib   o‘tirmaydi.   Hayotga   va
haqiqatga   to‘g‘ri   keladigan   gaplarni   gapirib   qo‘ya   qoladi.   Bu   hol   ichki   ishlar
vazirining   ko‘ngliga   ham   aqliga   ham   zarra   ma’qul   kelmaydi,   dag‘dag‘a   bilan
shunday gaplarni aytadi:
”Sobiq   sinfdoshimning   tomi   ketganmi-yo‘qmi,   bilmayman-u,   lekin   menda
enasining haqqi yo‘qligi – bu yuz protsent aniq . ” 16
 Ichki ishlar vazirixatni o‘qishda
davom etarkan Toshpo‘lat o‘rtog‘i ko‘z o‘ngidan o‘ta boshlaydi. Toshpo‘latni biz
nafaqat   hikoya   qahramoni,   balki   zamona   qahramoni   desak   ham   yanglishmagan
bo‘lamiz.Toshpo‘latning   o‘ziga   xos   fazilatlaridan   biri   uning   haq   gapni   aytishida
bo‘lsa, yana masalaning bir tomoni u mansabdorlarning xalq borasidagi amaldorlik
14
O’sha asar 99-bet
15
O’sha asar 100-bet
16
O’sha asar 100-bet
22 fikrlari qanday ekanligini ham anglashida,  bu borada ham aniq va mantiqan to‘g‘ri
bo‘lgan tasavvur va tushunchalarga ham ega ekanligidadir. 
”...Boshqa sinfdoshlar qatori seniyam odam deb to‘yga aytayapman. ...Hech
birimizni bu dunyoga bog‘lab qo‘ymagan, o‘rtoq. Qo‘rqma, menda ham, sinfdosh
do‘stlarimizda   ham   sening   oldingga   qo‘yadigan   hech   qanday   problema   yo‘q,
negaki,   biron   narsani   iltimos   qilganimizda   ham   baribir   bajarmasligingni   yaxshi
bilamiz. Bir hisobda, shunaqa ishlarga aralashmaganing ham tuzuk, mana, necha
yillardan   beri   qoqilmay   ishlab   yuribsan,   hammamiz   faxrlanamiz   sen   bilan,
o‘rtoq...” 17
  Ichki   ishlar   vazirining   endi   ”hushi   joyiga”   kela   boshlaganda,   ya’ni
Toshpo‘lat ”xatosi”ni anglab yetibdi va shuni ”to‘g‘rilash” uchun shunday gaplarni
ilova   qilibdi,   qo‘rqoqlikdan   buning   bari   deb   qaror   chiqargan   bir   vaqtda,   o‘yi
yanglish ekanligini xatning so‘ngi jumlalarini o‘qigach anglab yetadi.  
”Kelmasang   –   katta   ko‘cha,   sensiz   ham   to‘rtta   to‘yim   o‘tgan,   beshinchisi
ham o‘taveradi. Lekin bilib qo‘y, bu dunyoyi qo‘tirda eng sadoqatli, sotmaydigan
do‘st – yoshlikdagi do‘stdir. Bugun soyangga salom berib, atrofingda girdikapalak
bo‘lib yurgan oshnolaring sening emas, amalingning do‘sti, manfaat do‘stidir...” 18
Asar   qahramonlaridan   biri   bo‘lgan   Toshpo‘lat   samimiy   inson.   U
insonlarning aksariyat hollarda amaldorlarga qilgan munosabatlari ortida ”nimalar”
yotishini   do‘stiga   do‘stona   ohanglarda   eslatib   o‘tyapti   xolos.   Modomiki,
Toshpo‘lat    to‘yiga ichki   ishlar   vazirini       beg‘araz  taklif  qilyapti, uni   ichki  ishlar
vaziri   ekanligi   uchun   emas,   balki     yoshlikda   birga   ta’lim   olgan   sinfdoshi,   do‘sti
ekanligini   inobatga   olib   to‘yiga   taklif   qilyapti.   Toshpo‘lat   ichki   ishlar   vazirini
emas,   amaldorni   emas,   do‘stini   taklif   qilayotganligini   ”odam”   deb   taklif
qilayotganligini   xatning   deyarli   barcha   o‘rinlarida   ta’kidlab   o‘tadi.   Biz
Toshpo‘latning biror manfaat umidida emasligini sezishimiz qiyin emas.
Xullas, Toshpo‘lat  e’tiqodini   о ‘zgartirmaydiganlar toifasidan. U amaldorlar
har   qadamda   uchrataveradigan   ”girdikapalaklar”   turkumidan   emas.   U   o‘zi   bilan
yoshlikda   birga   ulg‘aygan   do‘stiga   sadoqati   boqiyligi   sababo‘ziga   yaqin   inson
17
O’sha asar 100-bet
18
O’sha asar 100-bet
23 hisoblab,   har   qanday   rasmiyatchiliklarni   chetlab   do‘stona   xat   yozadi.   U   yozgan
xatning   uslubi   ham   qahramon   dunyoqarashining   naqadar   yuksak   ekanligidan
dalolat   beradi.  Toshpo‘lat  diniy  tomondan  ham  dunyoviy  tomondan  ham  saviyali
ekanligi hamda mana shu egallagan ilmini amalda qo‘llay oladiganlardanligini his
qilish qiyin emas. Toshpo‘lathech bir ta’masiz, soddadillik bilan do‘stlik burchini
ado  etadi.   U   odamiylik  tuyg‘usidan,   tarixiy   xotiradan   uzilmagan.   Shu   jihati   bilan
ichki ishlar vaziridan ustun turadi.
Toshpo‘lat   obrazi   orqali   yozuvchi   bu   dunyoda   hamisha     hamma   ham
ma’lum bir manfaatlar yuzasidan amaldorlar bilan munosabatda bo‘lavermasligini,
bunday   munosabat   beg‘araz   va   samimiy   bo‘lishi   ham   mumkinligini,   yer   yuzida
hayotning ko‘rkam bo‘lishi uchun Toshpo‘lat kabi insonlar mavjudligini ko‘rsatib
bergan. Hikoyaning kishini hayajonga soladigan jihatlaridan biri shuki, Toshpo‘lat
hattoki   amaldor   do‘stining   samimiy   maktubini   qanday   va   qay   darajada   qabul
qilishigacha   avvaldan   javob   tayyorlab   jo‘natgandek   go‘yo.   Yozuvchi   bu   obraz
orqali   kishilar   mansabga   erishgach   ularning   ruhiy   olamida   yuz   berayotgan
o‘zgarishlar hamda atrofdagilarning ular bilan kechadigan munosabatlari doimo bir
xilda bo‘lmasligini ochib berarkan, avvalo, odamiylik yo‘qolib ketmasligini, uning
saqlanib   qolishining   tarafdori   ekanligini   e’tirof   etadi.Toshpo‘lat   va   ichki   ishlar
vaziri   o‘rtasidagi   bir   maktub   orqali   mansabdorlar   hayotidagi   barcha   pallalar   ham
ular o‘ylaganchalik bo‘lib chiqavermasligini ko‘rsatib beradi.
X.Sultonning   ayrim   qahramonlari   о ‘zinining   tarjimai   holini   ham   yozib
olinishini istamaydigan va bunga o‘zini munosib deb bilmaydigan nihoyat darajada
xokisor odamlar. Bu kabi obrazlar yaratish orqali har qanday odam e’tiborga loyiq
ekani,   asar   qahramoni   b о ‘la   olishi   isbotlanadi.”Tarjimai   hol”   hikoyasida   kampir
tarjimai   holini   yozib   olinishiga   qarshilik   ko‘rsatib,   e’tiroz   bildiradi.   Kampirning
fikricha   bu   dunyoga   kelib   faqat   karomat   ko‘rsatganlarninggina   tarjimai   holi
yozilishga munosibdir:
”Men   bor-yo‘g‘i   uch   sinf   o‘qigan   bir   kampir   bo‘lsam,   menda   tarjimai   hol
nima   qiladi.   Umrim   bino   b’lib,   idora-pidorada   ishlash   u   yoqda   tursin,   loaqal
boshlang‘ichda ham dars bermagan bo‘lsam... Ana, artistlarni, olimlarni, har xil
24 amaldorlarni radiodan, televizordan gapiradi, endi ular haqiqatda ish ko‘rsatgan,
gapgayam   usta,   eshitib   qoyil   qolasan.   Men   dunyoga   kelib   nima   karomat
qilibmanki, qariganimda valfajr  o‘qib o‘tirsam...” 19
O‘zini hech qanday buyuk ishlarga qo‘l urmagan inson sifatida tanishtirgan
kampir   hikoya   davomida   butun   boshli   o‘tgan   asrning   ijtimoiy-siyosiy   manzarasi
qanday kechganligini o‘zining boshidan kechirgan voqealari orqali jonli ifoda etib
beradi. Nisoxon Ahmedova vositasida yozuvchi bu dunyoda  hech bir insonjamiyat
siyosiy   hayotidan   ajralgan   holda   shunchaki   yashamasligini,   davr   shiddatli
bo‘ronlari   faqat   ma’lum   bir   mansabdorlarga   aloqador   bo‘lib   qolmasligini,   shu
davrda yashovchi barcha insonlarga daxldor ekanligini aytib o‘tadi.
Hikoya   qahramoni   tomonidan   o‘tgan   asrning   suronli   damlari   shunday
tasvirlanadi:
”Otam   -   yoshi   ellikdan   oshgan   mo‘ysafid,   har   kimlarning   eshigida
mardikorlik   qila  boshladi...Oxiri   rayondagi  yangi  ochilgan  istalvoyga   supuriqchi
bo‘lib   ishga   kirdi...   Otam   bechora   qo‘lida   burgan   supurgi,   changga   botib   yer
supurardi,   stollarda   qolgan   burda-surda   bo‘lka   nonlarni   o‘g‘rincha   yig‘ib,
xaltasiga solardi. Keyin zinapoyaga o‘tirib:
”Gado qilding, sho‘ro,
Ado qilding, sho‘ro,”
deb pichirlab yig‘lardi. 20
Hikoya   qahramoni   so‘zlab   bergan   voqeadan   keyin   o‘tgan   asrda   turli
bo‘htonlar avj olgan bir davrda yashagan ijodkorlardan biri Usmon Nosir xalqning
ayanchli hayot qismati xususida yozgan baytlari bevosita yodga keladi.
”Nil va Rim” she’rida Usmon Nosir shunday degan edi:
O‘lim yaxshi, odam agar shunday xor bo‘lsa!
 Bir parcha non nima o‘zi! Shunga zor bo‘lsa” 21
Hikoya   qahramonlari   shu   qadar   metin   irodali   insonlarki,   ular   hayot   bergan
qiyinchiliklarni   yengib,   ”o‘limlardan   hatlab”   ezgu   kunlarga   erishadilar.   Davr
19
O’sha asar 160-bet
20
O’sha asar 162-bet
21
Rashidova N. Usmon Nosir: “Men hayotga qaytishim kerak...” “Yoshlik” jurnali, 1988-yil 9-son 
25 qiyinchiliklariga   bo‘yin   egib,   taslimchilik   siyosatini   yuritishni   xayollariga   ham
keltirmaydilar.   Hamisha   Xudoga   tavakkal   qilib,   ezguliklar   sari   talpinib,   mehnat
qilib   yorug‘   kunlarga   erishadilar.   O‘tgan   asrda   ziyoli   insonlarni   jamiyatdan   yo‘q
qilib   tashlash   hukumatning   bosh   vazifalaridan   biriga   aylanib   ulgurgan   bir   davrda
yashagan hikoya qahramoni shunday deydi:
”...Chunki   shu   kunlarda   kimki   o‘ziga   to‘q   bo‘lsa,   mulla   bo‘lsa,   namoz
o‘qisa,   oborib   qamayotgan   edi.”   O‘tgan   asr   mustamlaka   tuzumi   davrida
mustamlakachilar   hur   fikrli   insonlarning   soni   ortishini   o‘zlarining   chirkin
manfaatlariga   zid   jarayon   sifatida   bilganlar   va   shu   sababli   ziyoli   insonlarni
jamiyatdan   qirib   tashlashga   astoydil   bel   bog‘laganlar.   Sho‘ro   hukmron   kuchlari
uchun   o‘z   so‘ziga   va   mustaqil   fikriga   ega   insonlarning   mavjudligi   ularning
fojiasini   keltirib   chiqishi   muqarrar   ekanligi   ularni   qayg‘uga   solgan.   Mana   hikoya
qahramonining   karomati   bir   jumlada   butun   boshli   davr   ijtimoiy-siyosiy   ahvolini
ochib tashlashga xizmat qilgan.
Kuzatishlarimizdan ma’lum b о ‘ldiki, yozuvchi odatda qahramonning tashqi
qiyofasi   —   portreti,   kiyinishi   va   yurish-turishiga   e’tibor   qaratavermaydi,   k о ‘proq
uning gap-s о ‘zi, atrofidagilar bilan munosabat-muomalasi,   о ‘y-fikrlarini tasvirlash
orqali   xarakter   yaratadi.   Yozuvchini   qahramonning   ichki   dunyosi,   qalbini   tahlil
etish k о ‘proq qiziqtiradi. 
Ma’lumki,   janr   tabiatiga   k о ‘ra   aksariyat   hikoyalarda   muayyan   bir   voqea
tasvirlanadi.   Undagi   qahramon   asar   boshidayoq   shakllanib   ulgurgan   xarakter
b о ‘lishi   mumkin.   X.Sulton   ayrim   hikoyalarida   qahramonni   asar   boshida   tayyor
xarakter sifatida k о ‘rsatadi. Ammo keyin ma’lum bir sabab, ta’sir natijasida uning
xarakteri dinamik tarzda  о ‘zgarib borishi kuzatiladi. Qahramon ongida r о ‘y bergan
ziddiyatlar   oqibatida   hikoya   s о ‘ngida   u   mutlaqo   teskari   evrilib   ketishi   ham
mumkin. Muallif k о ‘pincha asosiy e’tiborni qahramonning voqea tasvirlanayotgan
paytdagi  ruhiy olamini tadqiq etishga qaratadi. 
Qahramonning  о ‘zini tutishi, har bir harakatlariga  nisbatan yozuvchining bir
oz kinoyali, bir oz dramatik tarzdagi  munosabati  seziladi. (Har qanday hodisadan
katta   fojia   yasaydigan,   shu   barobari,     о ‘z   hayotini   ham   fojiaga   aylantirish
26 darajasiga   yetgan   odam   k о ‘z   о ‘ngimizga   keladi.)   Bu   jihatdan   muallifning   obraz
yaratishda   A.Chexov   va   A.Qahhor   tajribalaridan   bahramand   b о ‘lgani   k о ‘rinadi.
Odatdagi   maishiy   hayot   hodisalarida   umuminsoniy   ahamiyatga   molik   jihatlarni
k о ‘ra bilish, qahramon obrazini  uning ziddiyat  va iztiroblarga t о ‘la ruhiy olamini
tasvirlash orqali aks ettirish — X.Sultonga xos xususiyat.
Ma’lumki,   psixologik   tahlilda   turli   usullardan   foydalaniladi.   U   muallifning
bevosita   mulohaza-mushohadalari   tarzida   yoki   qahramonlarning   ichki
kechinmalari, yoxud bilvosita — ularning muallif tomonidan oldindan «tayyorlab»
borilgan   kitobxon   tahliliy   tadqiq   eta   biladigan   xatti-harakatlari,   qiliqlari   orqali
yuzaga keladi. Bu kabi barcha tahlil usullari orasida personajlarning tashqi va ichki
nutqi   alohida   о ‘rin   tutadi...   Adabiyotshunos   L.Y.Ginzburg   ta’kidlaganidek,
«Qahramonlarning bevosita nutqida ularning ruhiy holatini nisbatan aniq, r о ‘y-rost
aks   ettirish   imkoniyati   mavjud.   Personajning   gap-s о ‘zida   uning   xarakteri,
kechinmalari,   maqsad-xohishi,   qolaversa,   obrazning   badiiy   talqiniga   doir   asosiy
mohiyat   о ‘ta   muxtasar   tarzda   ifoda   topishi   mumkin.   Biroq   s о ‘zning   bunday
imkoniyatlariga   uzoq   taraqqiyot   jarayoni,   k о ‘plab   buyuk   s о ‘z   san’atkorlarining
izlanishlari tufayli erishilgan». 
Obraz   yaratish,   uning   xarakter   belgilarini   tasvirlashda   ba’zan   yozuvchi
qahramonning   tashqi   qiyofasi,   ya’ni   portretini   chizishdan   ham   foydalanadi.
Ma’lumki, portret tasviri orqali personajlarning tashqi qiyofasi, hayotiy qarashlari,
tabiatiyu   odob-axloqi,   yoshi   va   boshqa   xususiyatlari   ham   oydinlashadi.   Ammo,
yuqorida   zikr   etilganidek,   adib   hech   qachon   qahramonlari   portretini   bir   boshdan,
mukammal tasvirlamaydi. Aksincha, y о ‘l-y о ‘lakay matn ichida,   о ‘rni kelganda yo
biror   vaziyatdagi   holatini   ifodalay   turib   qahramon   portretini   ham   uch-t о ‘rt   og‘iz
s о ‘z bilan, ammo aniq chizib ketadi. 
X.Sulton   qahramonlari   obrazini   tiniq,   mukammal   tasvirlashga   moyil.
Yuqorida tilga olingan hikoyalardagi  obrazlar, xoh  bosh qahramon, xoh kichik bir
personaj  b о ‘lsin, nimasi  bilandir esda   qoladi. Hatto   qahramon   t о ‘g‘risida    uch-
t о ‘rt     og‘izgina     gap   aytilganda   ham,   u   haqda   yetarli   tasavvurga   ega   b о ‘lasiz.
Chunki u hayotiy va ishonarli tarzda k о ‘rsatilgan.
27 Xulosa   tariqasida   shuni   ta’kidlash   kerakki,   hikoyachilikdagi   ijodiy
izlanishlar,   tabiiyki,   yangi   qahramonlarning   tug‘ilishini   ham   taqozo   etadi.   Shu
ma’noda,   Xayriddin   Sulton   hikoyalarida   har   biri   о ‘zicha   bir   olam   b о ‘lgan
qahramonlar anchagina. 
Yozuvchining   qahramon   yaratish   borasidagi   izlanishlari   quyidagi
xususiyatlarda k о ‘rinadi: 
—   X.Sultonni   inson   qalbi,   ruhiyati,   bir   s о ‘z   bilan   aytganda,   ichki   olami   k о ‘proq
qiziqtiradi.   U   inson   qalbining     tub-tubidagi   ezgulik,   poklik   va   samimiyat
tuyg‘ularini shoirona bir y о ‘sinda ifodalashni yoqtiradi. Ba’zan birgina ixcham va
l о ‘nda   tasvir,   kichik   detal   orqali     xarakterni   yorqin   ochib   beradi   (masalan,   «Olis
«Artek»   haqida   xotiralar»   hikoyasida   A’lochi   bolaning   Sabriye   xolaga     uyidan
b о ‘sh shishaga suv t о ‘ldirib olib chiqib berishi). 
— X. Sultonning obraz yaratishda insonga mehri va samimiyati (goh oshkor, goh
yashirin   b о ‘lsa-da)   mudom   aks   etib   turadi,   uning   har   xarakterdan   avvalo   о ‘zi
zavqlanishi   seziladi.   Yozuvchi   ijodidagi   bu   xususiyatlar,   bunday   ruhiyat
A.Qodiriydan   ta’sirlanish   natijasi   ekanini   his   etish   qiyin   emas   (masalan,   Qori,
Esonboy, Sanoqul bobo singari qahramonlar obrazi). 
  —   X.Sulton   qariyalar   obraziga   bot-bot   murojaat   qilishining   muhim   bir   axloqiy
jihati   bor.   Adib   hikoyalarida   qariyalar   hayoti   k о ‘pincha   ma’naviy-ma’rifiy   ibrat
hamda milliylik, vorisiylik, an’ana va qadriyatlar ramzi b о ‘lib xizmat qiladi. Shuni
ham   alohida   ta’kidlash   lozimki,   qariyalar   obrazi   yaratish   borasidagi   (hikoya
janridagi) izlanishlari samarasi   о ‘laroq X.Sulton ijodida insonning tashqi  va ichki
dunyosi   bor   murakkabliklari   bilan   tasvirlangan     yorqin   obraz   —   Adash   Karvon
kashf etildi.  
Umuman   olganda,   yozuvchi   hikoyalarida   о ‘taketgan   razil,   xudbin   kimsalar
obrazi   deyarli   uchramaydi.   Bundan,   u   faqat   hayotning   ijobiy   tomonlarini,   yaxshi
insonlarnigina   tasvirlar   ekan,   degan   fikr   kelib   chiqmasligi   kerak.   Buni,   avvalo,
adib   ijodidagi   tabiiylik   bilan   izohlash   mumkin.   U   qahramonlarni   real   hayotdan
tanlab oladi. Inson mukammal etib yaratilmagan. Bir haqiqatni tan olishimiz kerak:
hayotda,   ayniqsa,   xalqimiz   orasida   bir   umr   razillik   yoki   yovuzlik   bilan
28 shug‘ullanadigan kimsalar deyarli y о ‘q. Bu hol xalqimiz mentalitetiga yot. Ammo
har qanday odam yaxshi  xislatlar  bilan birga   о ‘ziga yarasha kamchiliklardan ham
xoli   emas.   Yoki   adashgan,   boshi   berk   k о ‘chaga  kirib  qolgan,   k о ‘pchilik   nazarida
xudbin  b о ‘lib   k о ‘ringan   odamda  ham   qalb,  ruhiyat,   hech  b о ‘lmaganda   о ‘z  oilasi,
bola-chaqasiga   nisbatan   mehr   b о ‘ladi.   X.Sulton   uchun   aynan   shu   kabi   holatlarni
tadqiq etish,  insonni  inson  sifatida,  xom  sut  emgan  osiy  banda  sifatida k о ‘rsatish
xosdir. 
Asarga   bosh   qahramon   qilib   kimni   tanlash   yozuvchining   inon-ixtiyori,
qolaversa,   uning   badiiy   g‘oyasi,   niyatiga   ham   bog‘liq.   X.Sulton   ba’zan
qahramonlariga   xayrixohdek   tuyulsa-da,   me’yorga   amal   qilishi   (yuqorida
aytganimiz   samimiyat   masalasida   ham),   umuman,   qahramonlariga   nisbatan
munosabatda   muvozanatni   buzmasligini   ta’kidlamoqchimiz.   Shu   bois   ham   uning
adabiy qahramonlari, rus yozuvchisi V.Rasputin ta’kidlaganidek, q о ‘g‘irchoq kabi
jonsiz qiyofalar emas, balki tirik insonlardir.
Atoqli   adabiyotshunos   Izzat   Sulton   uslubning   о ‘ziga   xos   xususiyatlarini
qayd   etib,   bunday   yozgan   edi:   «Yozuvchi   shaxsiyati   о ‘ziga   xos   bir   qancha
xususiyatlarga   (masalan,   hayotni   boshqalar   bilmagan   yoki   kam   bilgan   tomondan
bilishi,   о ‘quvchini  hayajonga  soladigan asar  yozishning   о ‘ziga  xos usullarini  ijod
etish   va   mavjud   usullarni   mukammallashtira   borish   kabi)   ega   b о ‘lsagina,   asar
muvaffaqiyatli   chiqadi.   Yozuvchi   hatto   bir   asarida   q о ‘llagan   vosita   va   usullarni
boshqa   asarlarida   ishlatish   imkoniyatiga   har   vaqt   ham   ega   b о ‘lavermaydi.   Yangi
hayotiy   material   k о ‘pincha   yangi   vositalar   topishni   zarur   qilib   q о ‘yadi.   Shunday
sabablarga k о ‘ra, badiiy ijod xilma-xil izlanishlar maydonidir». 
II.BOB. Xayriddin Sulton hikoyalarining kompozitsion o‘ziga xosligi
II.1.Ijodkorning sujet, konflikt  yaratish mahorati
Ma’lumki,   hikoyada   bitta   qahramon   ishtirok   etmaydi.   Har   bir   qahramon
xuddi   hayotdagidek   muayyan   bir   muhitda,   odamlar   orasida   yashaydi   va,   albatta,
turli   insonlar   bilan   munosabatda,   muloqotda   b о ‘ladi.   Ya’ni   qahramonlar   harakati
29 syujet orqali ifodalanadi. Mudom rivojlanishda b о ‘lgan hayot, unda r о ‘y beradigan
voqea-hodisalar   badiiy  syujet  uchun   asosiy   manbadir.  Syujet  —  badiiy  shaklning
dinamik tomoni b о ‘lib, u harakat, rivojlanish va  о ‘zgarishlarni ta’minlaydi  . Syujet
yaratish   ham   о ‘ziga   xos   bir   san’at,   ya’ni   «hayot   haqiqatini   badiiy   haqiqatga
aylantirishning   muhim   qonuniyati»   sanaladi.   «Syujet   y о ‘q   joyda   badiiylik   ham
b о ‘lmaydi». (N.Chernishevskiy).
Yozuvchi   uslubi,   badiiy   mahoratini   baholashda   syujet,   konflikt,   kolliziya
masalalari  muhim ahamiyatga ega. Bu boradagi tadqiqot, avvalo, yozuvchi  ijodiy
ustaxonasiga   kirish,   ijod   jarayonini   kuzatish,   uning   badiiy   olamidan   ma’lum
darajada voqif b о ‘lishni talab etadi. 
XX asr   о ‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining shakllanishida beqiyos
о ‘rin tutgan Abdulla Qahhor ijodiy ustaxonasi kuzatilganda, adib ikkita yon daftar
tutgani,   bittasi   umumiy   daftar   b о ‘lib,   unga   s о ‘z,   ibora,   tasvir,   syujetlar,   faktlaru
turli   voqea-hodisalarni   yozib   yurgani   va   biron-bir   asar   ustida   ishlash   jarayonida
ulardan foydalangani ma’lum b о ‘ladi. «Ikkinchi daftar — ayrim asarga doir b о ‘lib,
bunga ana shu asarga tegishli nima narsa esga kelsa, shuni yozib boraman: detallar,
qahramon   va   personajlarning   s о ‘zlari,   xarakterlariga   oid   gaplar...   Men   asarni   shu
daftar t о ‘lgandan keyin, ya’ni xarakterlar yetilgandan keyin yozishga kirishaman»,
degan edi ustoz adib. 
Ma’lumki,   har   qanday   asarning   dunyoga   kelishiga   nimadir   turtki   b о ‘ladi.
Yozuvchi   uni   butkul   t о ‘qib   chiqarmaganidek,   hayotdan   boricha   k о ‘chirib   ham
olmaydi.   Masalan,   k о ‘pgina   mumtoz   adiblarning   mashhur   asarlariga   hayotiy
voqealar asos b о ‘lgan. Viktor Gyugoning «X о ‘rlanganlar» romani yaratilishiga bir
yepiskop   hayotidagi   real     voqea   sabab   b о ‘lib,   yepiskopning   g‘ayrioddiy   bir
mehribonlik,   insoniylik   fazilatlari   yozuvchini   qiziqtirib   qolgan.   Yoki
Turgenevning   «Mumu»   hikoyasidagi   «barinya»   obrazida   yozuvchining   onasi
tasvirlangani  ma’lum.  Gerasim   va  uning  kuchukchasi   bilan  bog‘liq  voqealar  ham
aynan hayotdan olingan. Gogolning «Shinel»ni yozishiga esa d о ‘stlaridan eshitgan
bir   kambag‘al   chinovnik   t о ‘g‘risidagi   latifa   bahona   b о ‘lgan.   (U   vaqtlarda   latifa
deganda   hayotda   b о ‘lib   о ‘tgan   qiziqarli   biror   voqea   tushunilgan.)   Demak,   badiiy
30 asarning  hayotiy  haqiqatga  asoslanishi  k о ‘pincha   uning  ommalashishini,  muhimi,
о ‘lmas durdonaga aylanishini ham ta’minlagan. 
Misol   tariqasida   «Grajdan   mudofaasi»   hikoyasi   qahramoni   —   Hikmat
obraziga   t о ‘xtalib   о ‘tamiz.  Asar   uning  xarakteriga  oid  chizgilar  bilan  boshlanadi:
«G о ‘dakning oddiy xarxashasi ham unga Shekspir tragediyalaridan k о ‘ra kuchliroq
ta’sir   qilardi»   tarzidagi   bir   oz   mubolag‘ali   ta’rif   Hikmatning   tabiatan   nihoyatda
ta’sirchan,   k о ‘ngilchanligidan   darak   beradi.   Farzand   k о ‘rgach   esa   u   batamom
tinchini y о ‘qotadi — endi uning hayotidan xavotirga tushadi. Hikmatning bu fe’li
о ‘zi   t о ‘qnash   kelgan   har   qanday   hodisaning   xunuk   oqibatlarini   tasavvur   qilishi,
xayolan   ularni   boshdan   kechirishi,   farzandi   va   yaqinlariga   zarar   yetkazishi
mumkinligini   о ‘ylab siqilishiga sabab b о ‘ladi. Uning shu holatini yozuvchi andak
mutoyiba   aralash   bunday   ta’riflaydi:   «Chinor   kavagida   —   kaptar,   kaptar   qornida
— tuxum, tuxum ichida — devning joni, deya ch о ‘pchaklarda naql qilinganidek, u
ham   mitti   zurriyodining   jonu   jahoni   о ‘zining   k о ‘ksida,   k о ‘zida,   lablariyu
tomirlarida   nihon   ekanini   qariyb   jismoniy   og‘riq   bilan   his   etardi»     .   Muallif
qahramonning   bu   holatga   tushishini     avvaldan   dalillab   keladi.   Hikmat   ruhan
xavotirga   tayyor.   U   mudom   ana   shunday   kayfiyatda   yashaydi,   bu   uning   har   bir
xatti-harakatida   k о ‘rinadi.   Grajdan   mudofaasi   mashg‘ulotlari,   buning   ustiga,
xalqaro   ahvolning   tahlikali   ekani   haqidagi   televideniye   va   matbuot   ma’lumotlari
uning q о ‘rquv k о ‘zlarini battar ochib yuboradi. Hikmat  timsolida hayotning faqat
mudhish,   qorong‘i   tomonlarini   о ‘ylab   о ‘z- о ‘zini   qiynayotgan   inson   obrazi
namoyon   b о ‘ladi:   «Ey,   yorug‘   dunyo,   ey,   bebaho   olam!   Bunchalar   g о ‘zal,
bunchalar   g‘ofilsan!   Nahot   seni   hududsiz   mozoristonga   aylantirmoq   shunchalar
oson?!   E,   parivash   sanamlar,   e,   о ‘ktam   yigitlar,   buncha   g‘ofil,   buncha
beg‘amsiz?!» Shu  о ‘rinda Hikmatning xiyla romantikligi  ham k о ‘zga tashlanadi.
Qahramonning  о ‘zini tutishi, har bir harakatlariga  nisbatan yozuvchining bir
oz kinoyali, bir oz dramatik tarzdagi  munosabati  seziladi. (Har qanday hodisadan
katta   fojia   yasaydigan,   shu   barobari,     о ‘z   hayotini   ham   fojiaga   aylantirish
darajasiga   yetgan   odam   k о ‘z   о ‘ngimizga   keladi.)   Bu   jihatdan   muallifning   obraz
yaratishda   A.Chexov   va   A.Qahhor   tajribalaridan   bahramand   b о ‘lgani   k о ‘rinadi.
31 Odatdagi   maishiy   hayot   hodisalarida   umuminsoniy   ahamiyatga   molik   jihatlarni
k о ‘ra bilish, qahramon obrazini  uning ziddiyat  va iztiroblarga t о ‘la ruhiy olamini
tasvirlash  orqali  aks  ettirish  -  X.Sultonga  xos  xususiyat.   Yozuvchi  qahramonning
telbalikka   aylanayozgan   xatti-harakatlarini   tabiiy   voqealar   silsilasida   kuzatadi.
Hikoya   s о ‘ngida   qahramon     beixtiyor   о ‘zidan,   qilayotgan   ishlaridan   uyaladi:
«Chindan ham temir q о ‘rg‘on bitdi, deylik, ichiga kirib olishga ulgurdi ham deylik,
ammo atrofda na bir tirik jon, na bir giyoh b о ‘lmasa, bunday hayot...» Hikmatning
ongi   о ‘zini, harakatlarini tahlil qilish, nafaqat tahlil, balki tanqid qilish darajasida
uyg‘onadi. Mana shu jihati bilan Hikmat yangi obrazdir.
Hikmat   shu   narsani   anglab   yetadiki,   chinakam   inson   faqat   о ‘zi,   yaqinlari
haqidagina emas, balki butun insoniyat   haqida qayg‘urishi kerak, chunki u yakka
о ‘zi   hech   kim   emas.   Hikoyadagi   asosiy   g‘oya   qahramonning   ana   shu   haqiqatni
anglab   yetishi   orqali   ma’lum   b о ‘ladi.   Muallif   insoniyatning   urushga   b о ‘lgan
nafratini, hamjihatlik esa tinchlikning asosiy omili ekanini shu y о ‘sinda ifodalaydi.
Adibning   yuqorida   tilga   olingan   «D о ‘stim   Esonboy»   hikoyasi   sof   hikoya-
xarakter y о ‘nalishidagi asardir. Unda asosiy e’tibor Esonboy xarakterini chizishga
qaratilgan.   Esonboy   soddaligi,   samimiyligi   bilan   k о ‘ngilga   qandaydir   bir   iliqlik
olib   kiradi.   Uning   xarakteri   muayyan   bir   vaqtda,   holatda,   atrofidagilarga
munosabatida,   muammolarga   duch   kelganida   о ‘zini   tutishi   orqali   oydinlashadi.
Esonboy   -   oddiy,   kamsuqum,   soddadil,   yuvosh   odam.   Shunga   qaramay,   d о ‘stlari
muammoyu   mojarolarini   hal   etishda   k о ‘pincha   unga   murojaat   qilishadi   va   u   bu
ishni uddalaydi. Esonboy har qanday vaziyatda ham og‘ir-bosiqlik bilan ish tutadi.
Hatto   о ‘zini   ranjitganlarga   ham   qattiq   gapirmaydi.   Esonboy   «hammamiz   bir
odam»   degan   gapni   k о ‘p   qaytaradi.   Birgina   mana   shu   gapi   uning   qanday   odam
ekanini,   xarakterini   aniq   ifodalaydi.   Esonboy   bu   gapni   anchayin   aytib
q о ‘yaqolmaydi,   aslida   ham   u   hammani   teng   k о ‘radi.   Deyarli   hayotiy   e’tiqodiga
aylangan   bu   narsa   Esonboyning   ma’nan   baquvvatligidan   darak   beradi.   О ‘zining
muammoyu   tashvishlari   b о ‘laturib   boshqalarning   tashvishini   chekadi   (d о ‘stining
y о ‘qolgan   telegrammasi   topilgan-topilmaganini   s о ‘rash   uchun   atay   uning
ishxonasiga kirishi, Bodomtepaga, generalnikiga Ilhom akaning «Volga»sini plani
32 t о ‘lmagani   uchun!   -   kira   qilib   borishi   kabi).   Bunday   odamlar   gap-s о ‘zi,   о ‘zini
tutishi,  goho sodda-laqmaligi bilan, qisqasi, g‘alatiroq fe’l-atvori sababli  hayotda
k о ‘p   qoqiladi,   ba’zan   murakkab,   ba’zan   kulgili   vaziyatlarga   tushib   qoladi.   Har
uchala   hikoya   qahramonlari   —   Sanoqul   bobo,   Qori   va   Esonboyning   tabiatidagi
soddalik,   lakalovlik   ularni   bir-biriga   yaqinlashtiradi.   Ularni   xalq   «afandi»   deb
ataydigan   odamlar   yoki   g‘aroyib   tabiatli   kishilar   sirasiga   ham   kiritish   mumkin
b о ‘lsa-da,   yozuvchi   Said   Ahmad   ta’kidlaganidek,   «Esonboy   singari   insonlarga
ishonish,  ularga suyanish»  ba’zan  zarurat  b о ‘lib qoladi. Shu jihati  bilan ham  ular
milliy   qahramonlardir.   О ‘rni   kelganda   ta’kidlash   kerakki,   yozuvchi   Erkin
A’zamning   Ramazon   («Anoyining   jaydari   olmasi»),   K о ‘kaldosh   («Bog‘bololik
K о ‘kaldosh») kabi qahramonlari ham shu toifa obrazlardandir.
Kuzatishlarimizdan ma’lum b о ‘ldiki, yozuvchi odatda qahramonning tashqi
qiyofasi   —   portreti,   kiyinishi   va   yurish-turishiga   e’tibor   qaratavermaydi,   k о ‘proq
uning gap-s о ‘zi, atrofidagilar bilan munosabat-muomalasi,   о ‘y-fikrlarini tasvirlash
orqali   xarakter   yaratadi.   Yozuvchini   qahramonning   ichki   dunyosi,   qalbini   tahlil
etish k о ‘proq qiziqtiradi. 
Ma’lumki,   janr   tabiatiga   k о ‘ra   aksariyat   hikoyalarda   muayyan   bir   voqea
tasvirlanadi.   Undagi   qahramon   asar   boshidayoq   shakllanib   ulgurgan   xarakter
b о ‘lishi   mumkin.   X.Sulton   ayrim   hikoyalarida   qahramonni   asar   boshida   tayyor
xarakter sifatida k о ‘rsatadi. Ammo keyin ma’lum bir sabab, ta’sir natijasida uning
xarakteri dinamik tarzda  о ‘zgarib borishi kuzatiladi. Qahramon ongida r о ‘y bergan
ziddiyatlar   oqibatida   hikoya   s о ‘ngida   u   mutlaqo   teskari   evrilib   ketishi   ham
mumkin. Muallif k о ‘pincha asosiy e’tiborni qahramonning voqea tasvirlanayotgan
paytdagi     ruhiy   olamini   tadqiq   etishga   qaratadi.   Buni   «Qog‘oz   gullar»da   Omon
G‘aniyevich,   «Yo,   Jamshid!»da     О ‘rinboy,   «Grajdan   mudofaasi»da   Hikmat,
«Y о ‘qchilik   va   t о ‘qchilik»da   Rahmatulla   kabi   qahramonlar   timsolida   kuzatish
mumkin. 
Yozuvchi   Xayriddin   Sulton   «Boburiynoma»   asarida   e’tirof   etishicha,
azaldan   xotira   yozib   yuradi   va   ana   shu   xotiralar   ayrim   asarlarini   yozganda   q о ‘l
kelgan. Tarixiy asar  yozganda tarixiy faktlarga tayanilishi  tabiiy. Asarning badiiy
33 jihatdan   yetuk   chiqishi   esa,   albatta,   yozuvchi   iqtidori,   bilimi   va   mashaqqatli
mehnatiga bog‘liq.
X.Sulton ijodida  buyuk tarixiy shaxs Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini
talqin etish borasida teran izlanishlar k о ‘zga tashlanadi.
«Bu muazzam asarning har bir satri haqida bittadan hikoya yozish mumkin»,
deya   e’tirof   etgan   edi   adib   «Boburnoma»  t о ‘g‘risida.   U  Boburdek   buyuk  zotning
shiddatlarga   t о ‘liq   hayot   y о ‘li,   shoir   qoldirgan   boy   ijodiy   meros   bilan   mudom
qiziqqan,   bu   borada   k о ‘p   va   x о ‘b   izlangan   ijodkorlardan.   Bobur   Mirzo   haqida
yozgan   hikoya,   qissa,   esselari,   k о ‘plab   ilmiy   va   publitsistik   maqolalari
yozuvchining bu buyuk inson shaxsiga, ijodiga ixlosi naqadar z о ‘rligini k о ‘rsatadi.
Binobarin,   yozuvchi   ijodiga   Bobur   shaxsi   ta’sirining   kuchliligini,   ular   о ‘rtasidagi
о ‘zaro ruhiy yaqinlikni payqash qiyin emas.
  «Oy   botgan   pallada»   hikoyasining   yaratilish   tarixi   t о ‘g‘risida   muallif
bunday yozadi:
«Boburnoma»ni   varaqlab   о ‘ltiraman.   U   menga   mutolaadan   k о ‘ra   k о ‘proq
xayol surish imkonini beradi. 
...Ajab   yangilik:   Bobur   Mirzo   Parkentda   b о ‘lgan   ekan!   Umuman,
«Boburnoma»da Toshkent atrofidagi Ohangaron, Piskent, Shohruhiya degan joylar
qayta-qayta   tilga   olingan.   Eng   muhimi,   Bobur   Mirzo   о ‘sha   suronli   yillarda   bir
muddat Somsarakda sarson-sargardon kezgan ekan.
Somsarakka   Bobur   Mirzoning   nafaqat   qadami   tekkan,   balki   umridagi   og‘ir
va   fojiali   bir   voqea   ayni   shu   yerda   boshidan   kechgan.   «Somsarak   degan   kentga
tushdik,   -   deb   yozadi   u,   -   tonglasi     xabar   keldikim,   N о ‘yon   K о ‘kaltosh   jardin
mastliqta   yiqilib   о ‘libtur...   Tahqiqini   kishi   bilmadi.   Manga   g‘arib   ta’sir   qildi.   Bir
hafta-  о ‘n kungacha hamisha yig‘ladim».
«Boburnoma»dan keltirilgan ana shu tafsilotlar «Oy botgan pallada» tarixiy
hikoyasining syujetiga asos b о ‘ladi. Shuningdek, voqealarning  о ‘zi tug‘ilib  о ‘sgan
Parkent bilan bog‘liq ekani ham yozuvchini bu hikoyani yozishga undaydi.   
«Nuqta» hikoyasida  Bobur Mirzoning yetuklik - m о ‘ysafidlik davri (garchi
46   yil   umr   k о ‘rgan   b о ‘lsa-da),   ya’ni   umr   poyoni   yaqinlashgan   kezlardagi   holati
34 tasvirlangan   b о ‘lsa,   «Oy   botgan   pallada»   hikoyasida   navqiron   yigitligi     ( о ‘n
t о ‘qqiz   yashar   payti),   «viloyat   y о ‘q,   viloyat   umidvorlig‘i   y о ‘q,   navkar
parokanda...» b о ‘lgan ayanch ahvoli qalamga olingan. Bobur qanchalik qat’iyatli,
о ‘z  ishiga  puxta,  dushmanlariga  shafqatsiz  (davlat  arbobi   qattiqq о ‘l  b о ‘lmay  iloji
y о ‘q)   podshoh   b о ‘lmasin,   tabiatan   romantik   shoir   edi.   Hikoyada   qahramonning
ketma-ket hayot zarbalariga duch kelishi, g‘am-tashvishdan boshi chiqmay, ertangi
kuni mavhum, qorong‘i b о ‘lib turgan bir vaziyatda ham odamlari oldida qat’iyatni,
ishonchni   q о ‘ldan   bermagani   badiiy   ifodasini   topgan.   Ammo   u   ham   xudoning
bandasi - yuragi, dardu hasrati bor. Bu uning yolg‘iz qolgan kezlari   о ‘z- о ‘zi bilan
qilgan   suhbat,   ya’ni   ichki   monologida   aks   etadi:   «Bu   olamda   qaysi   bir   bandaga
ishonib   b о ‘ladi?   Kimni   k о ‘ngilga   mahrami   asror   etsa   b о ‘ladi?   Qayon   boqma   —
xiyonat,   makr,   nayrang...»   U   о ‘n   bir   yoshidan   -   taxtga   о ‘tirganidan     to   shu
vaqtgacha   b о ‘lgan   mas’ud   damlarini   ham,   baxtsiz   kunlarni   ham   g о ‘yo   sarhisob
qiladi. 
«...Tun   b о ‘yi   sharros   quygan   yomg‘ir   kuni   bilan   tinmadi.   Osmoni   falakni
t о ‘ldirib yuborgan qora bulutlar qahr bilan t о ‘lg‘anib, savalab sel quyardi»1. 1Bu
tabiat   tasviri   qahramonning   о ‘sha   damdagi   kayfiyatini   ham   ifodalaydi.   Yaqin
sirdoshi,   d о ‘stidek   b о ‘lib   qolgan   N о ‘yon   K о ‘kaltosh   mehmonga   borishga   ijozat
s о ‘raganida, xuddi falokatni avvaldan sezgandek,  Bobur  Mirzo unga izn berishga
ikkilanadi. Hikoyada asosiy e’tibor Bobur Mirzoning Somsarakda kechgan g‘amli
kunlari,   ayniqsa,   N о ‘yon   K о ‘kaltoshning   о ‘limi   bilan   bog‘liq   musibatni
ifodalashga   qaratilgan   b о ‘lsa-da,   uning   odamlari   bilan   Somsarakka   k о ‘chishi,   u
yerda   mahalliy   aholi   uylaridan   boshpana   topishi,   116   yoshli   momo   bilan   suhbat
qurishi,   Ahmad   Qosim   N о ‘yon   K о ‘kaltoshning   о ‘limi   xabarini   keltirishi,   bundan
«k о ‘p   mutaassir»   b о ‘lgan   Bobur   Mirzoning   g‘am-alamini   «oq   qog‘oz   betiga
t о ‘kishi» va shu vaqt G‘ о ‘lda Qosim olib kelgan xushxabar Bobur Mirzo k о ‘nglida
umid   uchqunlarini   uyg‘otib   yuborishi   -   barchasi   kompozitsiya   butunligini,   syujet
tugalligini ta’minlagan. 
Adibning   syujet   yaratish   mahorati   haqida   umumiy   tarzda   xulosa   qiladigan
b о ‘lsak,   u   asar   syujetiga   о ‘zi   yaxshi   biladigan,   hayotda   k о ‘rgan,   kuzatgan,
35 mukammal   о ‘rgangan voqelarni  asos  qilib oladi. Qahramon tanlashda  ham  aynan
shu y о ‘ldan boradi. Hikoyalarda voqealar tafsilotidan k о ‘ra unga nisbatan adibning
tahliliy   munosabati   ustunlik   qiladi.   Yozuvchining   ayrim   hikoyalarida   syujet
voqealari   keskin   rivojlanadi,   u   kitobxonning   qiziqishini   oshiradi,   unda   syujet
unsurlari   aniq   tasvirlanadi,   ayniqsa   yechim   salmoqli   ahamiyatga   ega   b о ‘ladi.
Masalan, «Grajdan mudofaasi», «Nomus» kabi hikoyalar.  
Ma’lumki,   har   qanday   asar   hayot   haqiqatiga   asoslanadi.   Uni   muayyan   bir
badiiy qolipga solish, jozibali va maroqli qilish esa syujet orqali amalga oshiriladi.
Syujetni   jonlantiradigan,   uning   tadrijini   ta’minlaydigan   vosita   esa   konfliktdir.
Zero, «syujet  о ‘zining chuqur mohiyati jihatidan harakat qilayotgan konfliktdir» . 
«Syujetning   puxta   va   ta’sirchanligi   undagi   konfliktning   mohiyati   va
shakliga, qanday hal qilinishiga bog‘liq. Agar asar mavzui muhim b о ‘lib, konflikt
zaifroq   b о ‘lsa,   syujet   ham   sayoz   b о ‘ladi,   ilgari   surilayotgan   g‘oya   ta’sirchanlik
kasb etmaydi». 
Aslida   hayotning   о ‘zi   ziddiyatlarga   t о ‘la.   Odamlar   о ‘rtasida     qarama-
qarshiliklar, t о ‘qnashuv  va kurashlar  b о ‘lmasa,  rivojlanish ham  kuzatilmas, hayot
g‘oyat zerikarli b о ‘lib qolardi.
Bir muhitda ijod qilgan zamondosh, hamfikr ijodkorlarning ayrim  о ‘ziga xos
jihatlari bir-biriga «yuqishi» tabiiy. Shu ma’noda X.Sultonga xos insoniy e’tiqod,
ma’naviy-axloqiy   fazilatlarni   ulug‘lash   xususiyatlari   -   E.A’zamga,   E.A’zam
qalamiga xos isyonkorlik, xarakter yaratishdagi kinoya, istehzoli uslub X.Sultonga
ham ta’sir etgan, deyish mumkin.
X.Sultonning   badiiy-uslubiy   izlanishlari   yuzasidan   umumiy   tarzda   xulosa
qilib aytish mumkinki, ilk hikoyalariyoq yosh yozuvchining adabiyotda  о ‘z s о ‘zini
aytishga  intilayotganidan,   о ‘z ovoziga  ega  b о ‘lish  y о ‘lida  izlanayotganidan  darak
bergan   edi.   Odatda,   chinakam   yozuvchi   asardan-asarga   о ‘sib   boradi,   yangi-yangi
badiiy   usul   va   vositalarni   q о ‘llaydi   -   doimo   izlanishda   b о ‘ladi.   Shu   ma’noda
X.Sultonning   izlanishlari   samarali   kechganini   uning   ijodidagi   mavzu,
kompozitsiya,   poetika   jihatidan   bir-birini   takrorlamaydigan   hikoyalar   tasdiqlaydi.
Umuman, yozuvchi  uslubi, badiiy mahoratidan darak beradigan eng muhim  jihat,
36 bizningcha,   uning   ijodida   lirik   tasvirning   ustunligidir.   U   qanday   mavzuda   ijod
qilmasin,   bu   usuldan   samarali   foydalanadi.   Ayniqsa,   X.Sulton   k о ‘p   murojaat
qilgan   tarixiy   mavzudagi   hikoyalarda   bu   usul   q о ‘l   kelgan.   Uning   Mirzo   Bobur,
Hofiz   K о ‘ykiy,   Qurbonjon   dodxoh,   Abdulla   Qodiriydek   tarixiy   shaxslar
obrazlarini   yaratganini   bilamiz.   Bobur   haqida   turli   yillarda   yozilgan   hikoya   va
qissalari,   shuningdek,   «Bunchalar   shirinsan,   achchiq   hayot!»   (yozuvchi   bu
hikoyani   «Oloy   malikasi»   nomli   nashr   ettirilmagan   asaridan   parcha   deya
izohlagan),   «Ra’no   gulining   suvi»   tarixiy   etyudlarida   ham   tasvir   liro-romantik
xarakter kasb etadi. 
Darhaqiqat,   X.Sulton   ijodida   lirikaga   moyillik   nafaqat   hikoyalari,   balki
boshqa   janrdagi   asarlarida   ham   k о ‘zga   yaqqol   tashlanadi.   Ta’kidlash   lozimki,
yozuvchi   asarlarida   lirik   tasvir   orqali   muhit,   holat   va   manzarani   romantik   ruhda,
rang-barang b о ‘yoqlarda aks ettiradi. Bunday tasvir asarning mazmun-mohiyatiga
singib, qahramonlar xarakteri, badiiy asarning ruhi va falsafasini  ochishga xizmat
qiladi. Adabiy tanqidchilikda X.Sulton uslubiga xos liro-romantik ruh uning buyuk
Oybek   ijodidan   bahramandligi   natijasi   deya,   fikr   bildirilgan   edi.   Ustoz   Oybek
ijodida lirik tasvir k о ‘proq j о ‘shqin, k о ‘tarinki pardalarda aks etgan. X.Sulton esa
kundalik   voqea-hodisalar,   holatlar   zamirida   yashirin   b о ‘lgan   goh   о ‘ychan,
g‘amgin,   ba’zan   esa   hayotbaxsh   lirizmni   topadi   va   uni   о ‘quvchiga   shoirona   bir
y о ‘sinda   yetkazadi.   Masalan,   «Olis   «Artek»   haqida   xotiralar»   hikoyasi   mungli,
mayus ruh uyg‘otuvchi ana shunday asardir. 
Adibning   «Onamning   yurti»   hikoyasi   esa   boshdan-oyoq   lirizmga
y о ‘g‘rilgan. Uning mavzui, materiali shunday tasvir, shunday ohangni talab etgan.
Hikoya   tili,   bayon   usuli   nihoyatda   ta’sirli,   q о ‘shiq   ohangini   eslatadi,   yengil
о ‘qiladi. 
X.Sulton   asarlaridagi   mayinlik,   sokinlik   uning   yana   bir   о ‘ziga   xos
xususiyatidar.   Adabiyotshunos   I.G‘afurov:   «Uning   (X.Sultonning   —   SH.S.)
asarlarida nur va soyalar juda yumshoq, juda ham mayin raqsga tushadi. Rang va
tonlarning   shunday   yumshoq   tiniqligi   sizning   diqqatingizni   tortadi»,   deb   yozgan
edi.   Yana   munaqqid   ta’kidlaganidek,   «Keskir   qilichning   dami   juda   ham,   hatto
37 ipakdan   ham   yumshoq   b о ‘ladi.   X.Sulton   insonlarda,   t о ‘g‘rirog‘i,   о ‘z
qahramonlarida shunday keskir mayinlikni ochish, kashf qilishni sevadi».” Demak,
aytish   mumkinki,   adib   ijodiga   xos   muhim   xususiyat   tasvir   etilayotgan   voqea-
hodisalardagi   sokinlik,   qahramonlar   xarakteridagi   mayinlik   zamiriga   yashiringan
keskir, teran mohiyatdadir.
II.2. Adib hikoyalarida muallif va qahramon nutqidagi individualliklar
Badiiy   nutq   yozuvchi   mahorati   hamda   uslubini   namoyish   etadigan   asosiy
masaladir.   Yozuvchining   hayotni   badiiy   idrok   etish,   uni   butun   murakkabliklari
bilan   kitobxonga   yetkazish   mahorati,   uning   о ‘ziga   xos   badiiy   olami   avvalo   til
vositasida namoyon b о ‘ladi. 
«Mumtoz va hozirgi zamon adabiyotining qanday an’analariga amal qilasiz?
Badiiy   uslub   y о ‘nalishidagi   qanday   izlanishlar   sizga   ma’qul?»   degan   savolga
Yuriy   Kazakov   quyidagicha   javob   bergan   edi:   «Vijdonim   va   о ‘quvchim   oldida
rostg о ‘y   b о ‘lishga   intilaman.   Umuman   olganda,   har   qanday   iste’dod   egasi   ijod
y о ‘lida oxir-oqibat sodda, ravon uslubda ijod qilishni tanlaydi». 
Abdulla   Qahhor   ham   о ‘z   ijodiy   tajribasidan   kelib   chiqib:   «Kitobxonga   bir
fikrni   yoki   bir   narsani   anglatish   uchun   kishining   boshini   qotirmaydigan,   ochiq,
ravon,   sodda   til   kerak»,   degan   edi.   Uning   s о ‘zga   talabchanligi,   fikrni   ixcham
jumlada,   aniq,   l о ‘nda   ifodalagani,   о ‘ziga   xos   uslub   yaratgani   ma’lum.   Bu   borada
о ‘z   davrida   undan   о ‘rganganlar,   unga   ergashganlar,   bugungi   kunda-da   uning
shaxsiyati   ham,   badiiy   mahorati   ham   ijod   ahli   uchun   ibrat   b о ‘lib   qolmoqda.
Demak,   ijodda   s о ‘zni   о ‘rnida   q о ‘llash,   unga   e’tiborli   b о ‘lish,   ortiqcha
tafsilotlardan   tiyilish   yozuvchi   mahoratini   ta’minlaydigan   omilki,   bu   narsa
Xayriddin Sulton hikoyalarida ham k о ‘zga tashlanadi. 
Tadqiqot   obyektimiz   b о ‘lgan   davr   hikoyalarida   badiiy   til   borasida
yangilanishlar,   о ‘ziga   xosliklar   kuzatiladi.   Jumladan,   muallif   nutqining   asardagi
k о ‘rinishlari   boyib,   voqelikka,   personajlarning   xatti-harakatiga   munosabat
bildirish,   qahramon   ruhiyatini   chuqurroq   ochish,   qahramon   obrazi   yoki   voqeani
tasvirlash madaniyatida yangi estetik-badiiy tamoyillar k о ‘zga tashlana boshladi. 
38 Umuman,   inson   ichki   olamini   bor   ziddiyatlari   bilan   yoritish   tamoyili
kuchaygan   ushbu   davr   adabiyotida   qahramonning   nima   haqda   о ‘ylayotgani,
xohish-istaklari, his-tuyg‘ulari, qalb tug‘yonlarini ifodalashda yangi tasvir usul va
vositalariga ehtiyoj paydo b о ‘ldiki, buni X.Sulton va unga avloddosh yozuvchilar
zukkolik bilan sezdilar.
X.Sultonning   til   masalasida   talabchanligi   uning   har   bir   jumla   va   s о ‘zga
nisbatan   о ‘ta   jiddiy,   ehtiyotkorlik   bilan   yondashishida   k о ‘rinadi.   Yozuvchi
hikoyalarida   ortiqcha   tafsilotlar   uchramasligi,   ularning   uzundan-uzoq   izohlar,
jimjimadorlik   va   balanparvozlikdan   xoliligi,   jumlalarning   ixcham,   aniq,   ravon
tuzilgani,   sodda   bayon   orqali   teran   ma’no,   purhikmat   fikrlar   ifodalanishi   uning
badiiy   tildan   mahorat   bilan   foydalangani   tufaylidir.   Adib   hikoyalarining   tili   har
birining   mavzui   (oilaviy-maishiy,   ijtimoiy-axloqiy,   tarixiy   va   hokazo),   ohangi
(lirik,   tragik   yoki   hajviy   ruhda   ekani),   qahramonlar   xarakteriga   mos   ravishda
alohida tovlanib turadi. 
Yozuvchining   о ‘zi   ham   til   jozibasi   va   sehriga   shu   qadar   berilib   ketadiki,
ba’zan   muallif   nutqi   bilan   qahramon   nutqi   bamisoli   musobaqaga   kirishgandek
b о ‘ladi. 
Uning ilk hikoyalar t о ‘plami nashr etilganidayoq adabiy jamoatchilik  о ‘zbek
nasriga   lutfi   kalomi   shirin,   tilni   mukammal   egallashga   intilayotgan   yosh   ijodkor
kirib kelganini ta’kidlagan edi. U haqda: «Iliq, sof bir muhabbat bilan, butun yurak
haroratini   berib   yozadi.   «Yozadi»   s о ‘zi   yosh   adibga   nisbatan   q о ‘llanganda   xiyla
g‘arib   k о ‘rinadi,   nazarimizda...   Har   qalay,   X.Sulton   asarlarida   s о ‘z,   jumlalar
joylashuvi   maqsadga   shunchalik   muvofiq   tanlangan,   о ‘rni- о ‘rniga   q о ‘yilgan
b о ‘ladiki,   siz   ba’zan   badiiy   asar   о ‘qiyotganingizni   ham   unutib   q о ‘yasiz.   S о ‘zlar,
iboralar,   jumlalar   k о ‘z   о ‘ngingizda   aniq   predmet   va   obrazlar   qiyofasiga   kira
boradi», degan fikr bildirilgan edi.
X.Sulton   uchun   s о ‘z   nafaqat   bayon   etish,   balki   asosan   manzara   chizish,
tasvirlash, k о ‘rsatish vositasidir. Uning asarlarida s о ‘z  о ‘zgacha bir sehru jozibaga
ega.   Bu   yozuvchining   s о ‘zni   aniq   his   qilishi,   uning   bor   poetik   imkoniyatlaridan
badiiy   maqsad   y о ‘lida   barakali   foydalanishga   intilishidandir.   Tarjimon   Nizom
39 Komil   bu   haqda   quyidagicha   fikr   bildirgan   edi:   «Uning   Bobur   Mirzoga
bag‘ishlangan   esselarini   ham,   hikoya   va   qissalarini   ham   adabiyotimizning,
xususan,   prozamizning   g о ‘zal   namunalari   safiga   q о ‘shsak,   hech   kimning   haqqi
ketmaydi. Ularda qalb harorati bor, dard bor, kishini  о ‘ziga jalb etadigan nafosat va
joziba   bor.   X о ‘sh,   Xayriddin   bunga   qanday   erishdi?   Albatta,   S о ‘z   orqali-da.
Yozuvchining   о ‘rog‘i   ham,   ketmoni   ham   —   s о ‘z.   S о ‘zning   о ‘zi   Xayriddinning
ortidan ergashib yuradi, meni ishga buyuring, deb etagiga yopishib oladi».
«Badiiy   asar   tili   sof,   sodda,   samimiy,   mardona   b о ‘lishi   kerak.   Buning
talablari   juda   k о ‘p,   lekin   adib   avvalambor   jonli   xalq   tilini,   mumtoz   adabiyotimiz
tilini   har   tomonlama   chuqur   bilishi   zarur,   deb   hisoblayman»,   deya   fikr   bildirgan
X.Sultonning hikoyalarida ayni shu xususiyatlarni kuzatish mumkin. 
Uning ilk hikoyalari aksar xabar mazmunidagi, masalan, «Yonboshbuloqqa
kuz erta tushdi» («Chollar palatasi»), «Ular ikki haftadan buyon yaydoq Yayilma
dalalarida   kartoshka   kavlashardi»   («Chayladagi   t о ‘rt   erkak»),   «Birinchi   b о ‘lib
Islomboy keldi»  («Yo, Jamshid!»)  kabi   muallif   tomonidan   aytiladigan oddiy
darak   gap   bilan   boshlangan   b о ‘lsa,   ayrimlari   «E,   b о ‘ldi-da,   ota,   odamni
nomuslarga   о ‘ldirdingiz-ku! Shu yerdan k о ‘chib ketsam  qutulamanmi     sizdan?!»
(«G‘ulomgardish»)   yoki   «Shunaqa...   Yer   yuzidagi   t о ‘rt   milliard   odamga   yetgan
havo   menga   yetmaydi...»   («Dunyoning   siri»)   singari   personaj   tomonidan
aytiladigan s о ‘zlar bilan bilan boshlanadi. 
«Chollar   palatasi»   hikoyasi   peyzaj   tasviridan   ibtido   oladi:   «Kechagi
yashilligidan   ayrilgan   za’faron   barglar   mungli   shivirlab,   s о ‘ngsiz   hasratini   izhor
qilmoqchiday  q о ‘nimsiz   tentiraydi...  Achchiq   izg‘irin  allaqayerdan  qor   sharpasini
haydab   keldi,   g‘ofil   kimsalarni   qilichini   k о ‘tarib   qish   kelayotganidan   ogoh   etgan
kabi   birdan   qora   sovuq   tushdi»1.   Bu   muallif   nutqi   b о ‘lsa-da,   qahramon
(Muhammad)ning   ruhiyatiga   monandligi   bois   xuddi   uning   k о ‘nglidan
kechayotgandek   taassurot   uyg‘otadi   va   bevosita   qahramon   nutqiga   q о ‘shilib
ketgandek tuyuladi: «Odamlar  о ‘tin-k о ‘mir, issiq kiyim ilinjida  yugurib  qolishdi,
allanechuk     yuvosh     tortgan     nozik-nihol   kishilarning   tashvishi   kuchaydi:
seryog‘in, namchil havo k о ‘p dardlarni yangilab yubordi» (38-b.).
40 «Chollar palatasi» hikoyasida turli tabiat, fe’l-atvorga ega besh qariya obrazi
tasvirlangan.   Ular   shu   palataga   tushib   qolgan   talaba   yigit   Muhammadning   nazari
bilan   tasvirlanadi.   Odatda   keksalarning   yoshlardan   nolishi,   ularni   tergab   turishi,
pand-nasihat   berishi   yoshlarga   yoqmaydi.   Hikoya   qahramoni   Muhammad   ham
shunday   «xususiyat»dan   xoli   emas.   Dastlab   hamxonalarining   suhbati   asosan
«hozirgi   yoshlar   noziklashib   ketdi»,   «hozirgi   yoshlar   quruq,   betgachopar   b о ‘lib
ketdi»   qabilida   ekanidan   uning   g‘ashi   keladi,   «Nima,   yoshlar   bularning   arpasini
xom   о ‘rganmi?»   deya  ensasi   qotadi.   Chollar   bilan   bir   palataga   tushib   qolganidan
norozi   Muhammadning   keyinroq   har   biri   bir   olam   b о ‘lgan   bu   insonlarni   yoqtirib
qolishi   ham   ulardagi   oddiylik,   t о ‘g‘rilik,   beg‘arazlik   tufayli   ekani   ayon   b о ‘ladi.
Chollar bilan yaqinroq muloqotda b о ‘lib, har birining hayotiga doir tafsilotlarni  о ‘z
og‘zidan eshitgach esa, ularga munosabati  о ‘zgaradi — k о ‘nglida mehr uyg‘onadi.
Ayniqsa,   ch о ‘rtkesar   Ergash   m о ‘ylovning   t о ‘g‘ris о ‘zligi   unga   yoqib   qoladi.
Hikoyada har bir qariyaning hayotiga doir qiziqarli voqealar ularning  о ‘z og‘zidan
bayon   etilishi   (masalan,   Ergash   m о ‘ylovning   front   xotirasi   —   qorli   kunda
k о ‘chada   olti-yetti   yashar   qizchani   k о ‘rib   qolib,   uni   mashinasida   uyigacha   olib
borib,   sovuqdan,   ochlikdan   sillasi   qurib,   shishib   ketgan   qizchaning   onasi   va
buvisiga   о ‘zining   oxirgi   nonini   bergani;   О ‘sar   buvaning   k о ‘richagini   oddiy
hamshira   Maryam   opa   operatsiya   qilib   о ‘limdan   asrab   qolgani;   Fayziqulning
Novosibirskka   yong‘oq   sotgani   borishi   va   u   yerda   «obixiyes»ga   tutilib,   bor
narsasidan   mahrum   b о ‘lishi   haqidagi   kiritma   voqealar)   xarakterlarning   yanada
yorqinroq ochilishiga, ular haqida kengroq mushohada yuritishga yordam beradi.
Ch о ‘rtkesar,   t о ‘g‘ris о ‘z   Ergash   m о ‘ylovning   о ‘limi   bir-biriga   tasalli   berib,
hazil-mutoyiba   qilib   yotadigan   qariyalarni   ham,   Muhammadni   ham   chuqur
qayg‘uga soladi. 
Ergash   m о ‘ylov   qaysi   bir   jihatlari   bilan   Mirkarim   cholga   yaqin.   U   duch
kelgan odamni t о ‘xtatib olib, nasihat  о ‘qimaydi-yu, lekin yoshlarning qiyinchilikka
chidamsiz,   «kun   k о ‘rmagan   bargdan   battar   nozik»ligi,   hatto   milliy   о ‘yin   —
kurashda   ham   mard   b о ‘lib   maydonga   tushadigani   qolmaganidan   noliydi.   О ‘zi
41 azaldan   shunday,   qariyalar   bamisoli   hayot   muvozanatini   nazorat   qilib   turishga
mas’ul! 
Ikkala   chol   ham   olamdan   о ‘tadi.   Bu   hodisa   odamning   odamga
g‘animatligini, ayniqsa, qariyalarga tirikligida yetarlicha hurmat-e’tibor k о ‘rsatish
lozimligini,  о ‘lim kutilmaganda kelishini yana bir bor eslatib q о ‘yadi g о ‘yo. Aslida
har   ikkala   qariyaning   bezovtaligi   ma’naviy-ma’rifiy   jihatdan   о ‘rinli.   Ular
yoshlarning   milliy   о ‘zlikni,   an’anayu   urf-odatlarni   unutib   yuborayotganidan
xavotirda. 
«Chayladagi  t о ‘rt erkak» hikoyasidagi Asom buva qarigan chog‘ida kolxoz
kartoshkasini   tezroq   yig‘ib   olish   maqsadida   kimsasiz   dalada,   og‘ir   bir   sharoitda
yotib ishlashga majbur. Bunga yakkayu yolg‘iz   о ‘g‘lining betayinligi ham sabab -
chol uni uylantiraman deb olgan qarzining bir qismidan hali qutulmagan. Demak,
ishlab   pul   topishi   zarur.   Asom   buva   doim   nimadandir   norozi   b о ‘lib,   g‘ashlanib
yuradi,   lekin   birovga   ozori   y о ‘q,   kimsaning   dilini   og‘ritmaydi.   Unga   hatto
radiodan   beriladigan   ob-havo   ma’lumoti   ham,   q о ‘shiqlar   ham   yoqmaydi.   Chunki
kunda   bir   xil   gap   qaytarilavergach,   qizig‘i   y о ‘q-da.   Ortiqcha   tajangligiga   taajjub
bildirgan   T о ‘lavoyga:   «Buni   eshitaversang,   san   ham   nervinniy   b о ‘pqolasan.
Qiztaloqlar,     hatto   ob-havoni   rost   aytmaydi-yu!..»     deyishi   Asom   buvaning
anchagina   chapani,   ch о ‘rtkesar   insonligidan   dalolat.   U   vaziyatga   tanqidiy
munosabatda   b о ‘ladi,   ammo   biron   narsani   о ‘zgartirishga   harakat   qilmaydi,   zero,
bunga   qodir   ham   emas.   Asom   buva   hayotdagi   nohaqliklardan,   yolg‘on-
yashiqlardan   charchagan:   «E,   о ‘t   tushib   ketmaydimi   manga   desa   kolxozning
karchikasiga!     О ‘lamanmi   endi!   Oyog‘im   sinib   ketay   deyapti,   jonim   о ‘zimga
kerak... Ketmaysanlarmi? Bilganingni qillaring!..»  
Obraz   yaratish,   uning   xarakter   belgilarini   tasvirlashda   ba’zan   yozuvchi
qahramonning   tashqi   qiyofasi,   ya’ni   portretini   chizishdan   ham   foydalanadi.
Ma’lumki, portret tasviri orqali personajlarning tashqi qiyofasi, hayotiy qarashlari,
tabiatiyu   odob-axloqi,   yoshi   va   boshqa   xususiyatlari   ham   oydinlashadi.   Ammo,
yuqorida   zikr   etilganidek,   adib   hech   qachon   qahramonlari   portretini   bir   boshdan,
mukammal tasvirlamaydi. Aksincha, y о ‘l-y о ‘lakay matn ichida,   о ‘rni kelganda yo
42 biror   vaziyatdagi   holatini   ifodalay   turib   qahramon   portretini   ham   uch-t о ‘rt   og‘iz
s о ‘z bilan,  ammo aniq chizib ketadi. Masalan,  «Nomus»  hikoyasi  qahramonining
holati   tasviri   orqali   uning   portreti   ham     k о ‘z   о ‘ngimizda   namoyon   b о ‘ladi:
«Ch о ‘g‘i   о ‘chib   qolgan   muzdek   tanchada   yonboshlagan   k о ‘yi   pinakka   ketgan
chuvak yuz, mallarang soqol-m о ‘ylovi anchadan beri kuzalmagan ushoqqina chol
ch о ‘chib k о ‘zini ochdi»   
Hikoyada   bir   oyog‘ini   urushda   qoldirib   kelgan   ana   shu   yarimjon   qariyaga
bolalikdan   birga   о ‘sgan,   qiyomatli   og‘aynisi   b о ‘lmasa-da,   bir   mahallada   tuproq
changitib   katta   b о ‘lgan   tengdoshi   Nishonx о ‘jani   kontrast   q о ‘yish   orqali   uning
xarakteri   ochiladi.   Chol   oriyatli,   nomusni   har   narsadan   ustun   q о ‘yadigan   odam.
Nishonx о ‘ja   esa   iymonini   sotgan,   q о ‘rqoq,   vijdonsiz   kimsa.   Yozuvchi
qahramonining   tashqi   qiyofasini   tasvirlay   turib,   uning   xarakteriga   baho   ham
beradi.   Chunki   badiiy   asarda   portret   hamma   vaqt   faqat   tasvir   vositasigina   emas,
balki   baholovchi   xususiyatga   ham   ega   b о ‘lishi   mumkin   2.   Quyidagi   jumlada
cholning   nigohi   orqali   Nishonx о ‘ja   portretiga   oid   ba’zi   chizgilar   beriladi:   «Chol
qayrilib   qaradi-da,   pastak   paxsa   devor   osha   m о ‘ralab   turgan   k о ‘k   sallali,   siyrak
soqol,   quv   basharaga   k о ‘zi   tushdi».   Aynan   shu   tashqi   belgilar   tasviridanoq
cholning   Nishonx о ‘jaga   munosabati   ham   oydinlashadi.   Chol   uni   yomon   k о ‘radi.
Buni yashirmaydi ham. «Iya! —dedi u kishi (Nishonx о ‘ja — Sh.S.) yalpoq yuziga
kulgi   yoyilib.   Yumuq   о ‘ng   k о ‘zini   negadir   silab   q о ‘ydi.   —   Ha,   taqsir,   y о ‘l
b о ‘lsin?»   yoki   «Nima?!   -   dedi   sog‘   k о ‘zining   paxtasi   chiqib   ketayozgan
Nishonx о ‘ja   devorga   tirsaklab   olib»   kabi   jumlalardan   Nishonx о ‘janing   bir   k о ‘zi
k о ‘rmasligi   anglashiladi.   Shundan   s о ‘nggina   cholning   xotirasi   orqali
Nishonx о ‘janing  hiyla ishlatib  frontdan  qolgani  —  k о ‘ziga  qalampir  surtib   о ‘zini
k о ‘rlikka solgani, tinchlik zamonida esa ishi ancha yurishgani, kunduzlari bozorda
dallollik   qilishi,   kechqurunlari   masjidga   chiqishi,   juma   kunlari   о ‘g‘lining
mashinasida   shaharga   tushib,   Hasti   Imomda   namoz   о ‘qib   qaytishi   bayon   etiladi.
Chol ana shularni hazm qilolmaydi. 
Chol   och   ma’rab   yotgan   q о ‘ylar   bahonasida   bolasini   urib-qarg‘ayotgan
(aslida   bu   koyishlar   о ‘ziga   qaratilganini   bilsa-da)   kelinidan   ham   xafa   b о ‘lmaydi.
43 «U   ham   yaqinda   og‘ir   kasaldan   turdi,   hali   yosh,   esini   yig‘ib   olar»,   deya   о ‘ziga
taskin   beradi.   Hadeb   uyda   yeb-ichib   yotaverishga   vijdoni   q о ‘ymay,   о ‘t   о ‘rib
kelgani   dalaga   j о ‘naydi.   Vaholanki,   о ‘zi   yarimjon   —   о ‘tni-ku   bir   amallab   о ‘rar,
ammo uni eshakka ortish-chi?! Chol bularni  о ‘ylamaydi. 
  Devordan   m о ‘ralab   turgan   Nishonx о ‘ja   uning   о ‘tga   borayotganini   eshitib,
k о ‘zi   olayib   ketadi.   О‘ziniachingankо‘rsatib:   «О‘zingiz   ham   hechtinib-
tinchimadingiz-da.   Bu dunyoning ishi   о ‘lganda bitadi... Axir  bundan buyon og‘iz
bilan   ish   bitiradigan   paytingiz.   Tashlab   q о ‘ying   bola-chaqaga,   kerak   b о ‘lsa   qilib
olsin. Nima, siz bilan biz bu dunyoni g о ‘rga olib ketarmidik?» deya aql   о ‘rgatgan
Nishonx о ‘janing  о ‘zi bu gaplarga amal qilmaydi - hamma narsasi yetarli b о ‘lsa-da,
bozorda dallollik qilishni kanda etmaydi. Chol, albatta, Nishonx о ‘janing gaplariga
e’tibor bermaydi.
Yozuvchi   cholni   shunday   tasvirlaydi:   «U   tabiatan   halimday   yumshoq,
beozor,   ammo   jahli   chiqqan   kezlarda   tutganini   kesadigan   «k о ‘r   о ‘jar»ga   aylanar
edi»   .   Uning   bu   fe’lini   yozuvchi   aniq   vaziyatda   k о ‘rsatadi.   Buni   dalada     о ‘rgan
о ‘tini     katta-katta     bog‘lam     qilib,     eshakka     ortishga   urinayotganida   kuzatish
mumkin:   eshak   yurib   ketadi,   bog‘lam   chuqurlikka   ag‘anaydi.   Chol   bog‘lamlarni
olib   chiqib,   yana   eshakka   ortmoqchi   b о ‘ladi,   u   yana   yurib   ketadi.   Bu   safar   о ‘zi
ham chalqancha yiqiladi. Xullas, bunday ovoragarchilik bir necha bor takrorlanadi.
Bog‘lam   yechilib,   о ‘t   sochilib   ketadi.   Chol   esa   sabr-bardosh       bilan     ularni
qaytadan     yig‘ib,   bog‘laydi.     Nihoyat,     о ‘tni   ming   bir   azob   bilan   eshakka   ortadi.
Ungacha kun kech b о ‘ladi. 
Qartayib   qolgan,   buning   ustiga   yarimjon   odamga   shu   tashvishlar   zarurmi?
Axir, uni hech kim bu ishga majbur qilmaydi. Q о ‘l siltab uyga qaytsa, birov undan
norozi   b о ‘larmidi?   Ammo   cholning   oriyati   bunga   y о ‘l   bermaydi.   Daladan   quruq
qaytish,   tomoshatalab   Nishonx о ‘janing   k о ‘zi   oldidan   о ‘tish,   uyda   javrab   qolgan
keliniga   k о ‘rinishga   cholning   nomusi   chidamaydi.   U   qari   b о ‘lsa   ham,   ch о ‘loq
b о ‘lsa   ham,   о ‘zining   ojiz,   notavon   emasligini,   hali   bir   ishni   uddalashga   qurbi
yetishini k о ‘rsatib q о ‘yishni xohlaydi va bunga erishadi ham. 
44 Asardagi   chol   bilan   Nishonx о ‘ja   о ‘rtasidagi   ziddiyatga   о ‘xshash   holatni
Shukur   Xolmirzayevning   «Tabassum»     hikoyasidagi   Jalil   ota   va   M о ‘min
munosabatlarida ham kuzatish mumkin. Ikkala hikoyada ham qariyalar   о ‘rtasidagi
kelishmovchilik   ularning   yoshlik   vaqtida   r о ‘y   bergan.   Chol   Nishonx о ‘jani   hiyla
bilan urushdan qolgani uchun yomon k о ‘rsa, Jalil ota M о ‘minni nayrangbozligi —
о ‘zini qahramon qilib k о ‘rsatgani uchun yomon k о ‘radi. Ikkala qariya ham, oradan
necha   zamonlar   о ‘tib   ketsa-da,   raqiblarining   kirdikorini   birovga   aytmaydi.   Chol
Nishonx о ‘janing   kulgisiga   qolishdan   nomus   qilsa,   Jalil   ota   M о ‘min   bilan   quda
b о ‘lishdan   k о ‘ra   о ‘limni   afzal   biladi.     Har   ikkala   hikoya   qahramonlarida     ham
g‘urur, or-nomus ustun keladi.
Yozuvchining   ba’zi   hikoyalarida   qariyalar   obrazi   yetakchi   о ‘rin   tutsa,
boshqalarida   ular   faqat   kichik   epizodlarda   k о ‘rinadi.   Masalan,   «Y о ‘qchilik   va
t о ‘qchilik»  hikoyasida uy t о ‘yiga kelgan ota ketar  chog‘ida   о ‘g‘li  Rahmatullaga
k о ‘nglidagini aytadi. Uni faqat shu  о ‘rinda uchratamiz. «Zerikdim,  о ‘g‘lim. Uying
xuddi magazinga  о ‘xshab qopti. Qandoq yashaysizlar bunda?» deydi u soddadillik
bilan.   О ‘g‘lida boylikka, hashamatga havas uyg‘ona boshlaganidan ota xavotirda:
«Hozir   zamon   t о ‘qchilik,   hamma   narsa   bor.   Sizlar   y о ‘qchilikni   k о ‘rmagansizlar,
iloyo   k о ‘rmanglar.   Lekin   y о ‘qchilikka   dosh   bersa   b о ‘ladi-yu,   t о ‘qchilikka...
Bilmadim-da, bolam».
Boshdan   о ‘tkazgan   tabib   -   chol   y о ‘qchilikni   ham,   og‘ir   kunlarni   ham
k о ‘rgan,   yaxshi   kunlar   kelishiga,   t о ‘qchilik   b о ‘lishiga   umid   qilgan   sabr-qanoatli
insonlardan. U   о ‘g‘lini nafs y о ‘liga kirgach, undan qutulish mushkulligidan ogoh
etadi. 
Muallif   k о ‘pincha   voqeani   hikoyachi-qahramon   nutqi   orqali   ifodalaydi.   Bu
hol an’anaviy bayonchilik usulidan qochib, tasvirlanayotgan voqelikka  erkin, jonli
yondashish   imkonini   beradi.   Masalan,   «D о ‘stim   Esonboy»,   «G‘ulomgardish»
hikoyalarida   tasvirlangan   voqealarning   yengil   ohangda,   qiziqarli,   hajv   aralash
bayon   etilishi   ular   tilini   jonli   suhbat   tiliga   yaqinlashtirgan.   «D о ‘stim   Esonboy»
hikoyasi   bunday   boshlanadi:   «Sizga   d о ‘stim   Esonboy   haqida   gapirib
bermoqchiman-u,   zerikib   qolarmikansiz,   deyman-da.   Chunki   Esonboyning   og‘iz
45 t о ‘ldirib   aytgulik   jihati   kam:   ertalab   ishga   boradi,   kechqurun   keladi,   birov   bilan
ishi   y о ‘q,   jindek   vaqt   topsa,   r о ‘zg‘oriyu   bola-chaqasiga   andarmon».   Asar
hikoyachi-qahramon tilidan bayon qilinsa-da, shu qisqa matnning  о ‘ziyoq samimiy
s о ‘zlashuv,   jonli   va   maroqli   suhbat   ohangi   bilan   о ‘quvchini   jalb   etadi,   muallif
bamisoli kitobxon bilan yuzma-yuz suhbatlashayotgandek tuyuladi. 
Esimni   tanibmanki,   bu   s о ‘z   xotiramga   olis   ertak   b о ‘lib,   ma’yus   alla   b о ‘lib
о ‘rnashgan,   to   hanuz   quloqlarim   ostida   s о ‘nmas   bir   q о ‘shiq   yanglig‘   jaranglaydi
u».   Hikoyachi-qahramonning   lirikaga,   emotsiyaga   moyilligi   onasining   yurt
sog‘inchi,   tug‘ilgan   о ‘lkasiyu   qon-qarindoshlarini   bir   bor   k о ‘rish   armonini,
shuningdek,   farzandning   ona   oldidagi   burchini   ifodalashdagi   his-hayajonli
nutqidan   ayon   b о ‘ladi:   «Onangiz   quvongan   kezlarda,   aniqrog‘i,   uni   о ‘zingiz   bir
og‘iz   shirin   s о ‘z   bilanmi,   bir   savob   ish   bilanmi   quvontirgan   damlaringizda   asta
kuzating.   Afsus,   ming   afsus,   bunday   onlar   hayotimizda   qanchalar   kam:   biz   —
farzandlar, onalarimizga shodlik   о ‘rniga aksar ranju alam yetkazamiz, xolos». Bu
о ‘rinda hikoyachi-qahramon va muallif mulohazalari, qarashlari q о ‘shilib ketadi.
X.Sulton   hikoyalarida   shuningdek   aforizmga   о ‘xshash   jumla,   e’tiborni
tortadigan,   esda   qoladigan   iboralar   k о ‘p   uchraydi.  Bu   jumla   k о ‘pincha   qahramon
tilidan   aytiladi.   Masalan,   «Mirkarim   chol»   hikoyasida   q о ‘llangan   ana   shunday
jumla   haqida   adibning   о ‘zi   bunday   degan   edi:   «Hikoyadagi   asosiy   qahramon   —
student   tilidan   bayon   etilgan   bir   jumla   k о ‘pchilik   e’tiborini   о ‘ziga   tortgan   edi.
Mana   о ‘sha   jumla:   « О ‘zi,   k о ‘ylagimning   kiri   о ‘zimga   og‘irlik   qiladi-yu,   bu
cholniki nimasi endi...» Shunday mazmundagi gapni bir vaqtlar otamdan eshitgan
edim,  о ‘rni kelganda ishlatib yubordim» .
Ba’azan   esa   ana   shunday   jumla   butun   hikoyaning   g‘oyasini
oydinlashtiruvchi   kuchga   ega   b о ‘ladi   yoki   qahramon   haqida   muayyan   tasavvur
paydo   qiladi.   Bu   ham   yozuvchining   о ‘ziga   xos   badiiy   usulidir.   Masalan,   «Bir
oqshom ertagi»   qahramoni Qoriga tegishli «Birov — xudoning bandasi, birov —
bandaning   bandasi»   jumlasi   uning   qalb   iztiroblarini,   odamlarga   munosabatini
namoyon   etadi.   Yoki   «D о ‘stim   Esonboy»   hikoyasida   Esonboy   «hammamiz   bir
odam» deya bot-bot takrorlaydigan gapi uning insoniy samimiyatidan darak beradi.
46 Xulosa tarzida ta’kidlash joizki, X.Sultonning badiiy til borasidagi mahorati
alohida e’tiborga loyiq. Xususan, hikoyalarida erkin suhbat usuli q о ‘llanishi tilning
ravonligini,   samimiyligini   ta’minlaydi.   Badiiy   tasvir   vositalari,   jonli   xalq   tilining
durdonalari   b о ‘lgan   maqol,   matal,   frazeologizmdan,   dialog,   ayniqsa,   ichki
monologdan,   arxaik   s о ‘zlardan   (tarixiy   asarlarida),   sheva   unsurlaridan   ham   adib
о ‘rinli, samarali foydalanadi.
                        III BOB.Yozuvchi uslubi, tasvirlash san’ati.
                       III. 1 .Ijtimoiy muhitning psixologik tasviri.
                      Badiiy   asarda   ishtirok   etgan   qahramonlar   tasviri   vositasida   ijodkor   o‘zi
yashayotgan   davrdagi   jamiyatning     ijtimoiy,   siyosiy   va   o‘z   navbatida   psixologik
jihatlarini   ham   badiiy   yo‘l   bilan   ochib   beradi.     Istiqlol   davrida   yaratilgan   har
qanday janr namunalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak yuqoridagi fikrlarning isboti
va   tasdig‘ining   guvohi   bo‘lamiz.   Biroq   boshqa   janrlarga   qaraganda   hikoya   janri
orqali   ijodkor   ko‘zlagan   maqsadini   ifoda   etib   berishi   biroz   murakkab   jarayon
hisoblanadi.   Abdullaeva   Dilafruz   Suratillaevna   hikoya   janri   haqida   quyidagi
fikrlarni aytadi:  ” Epik janrlar orasida hikoya, xususan psixologik hikoyaning o‘rni
bugungi kun adabiy jarayonlarida yetakchilik qilmoqda. Hikoya – hayotning kichik
bir   parchasini   aks   ettirganidan,   epizodik   tarzda   unda   bir   yoki   bir   necha   hayotiy
voqea   qalamga   olinganidan   bu   janrda   qahramon   ruhiy   dunyosi   izchil   ravishda
batafsil   yoritish,   “qalb   dialektikasi”ni   chuqur   va   to‘liq   ochib   berish   yozuvchidan
katta   mahorat   va   iste'dod   talab   qiladi.   Roman   va   qissa   kabi   katta   yoki   o‘rta
hajmdagi   nasriy   asarlarda   qahramon   xarakteri,   uning   ruhiyati,   botiniy   hayoti   va
ichki   kechinmalarini   ochib   berish   uchun   yozuvchida   imkoniyat   va   vaqt   ko‘proq
47 bo‘ladi”. 22
  Jumladan,   Xayriddin   Sultonov   tomonidan   yaratilgan   hikoyalarning
o‘ziga   xosligi   shundaki   aynan   bugunki   kundagi   ijtimoiy   muhitning   psixologik
tasviri   yuqori   saviyada   aks   ettirilganligi   va   aynan   o‘zi   ko‘rgan   hamda   suhbatida
bo‘lgan kishilarni qalamga olganligi asardagi realistik ruhni boyitgan. O‘zbekiston
xalq   shoiri   Sirojiddin   Sayyid   Xayriddin   Sultonovning   so‘nggi   yillarda   nashr
etilgan   va   nashr   gulshani   turkumiga   mansub   ”Odamlardan   tinglab   hikoya”
to‘plami haqida quyidagi fikrlarni aytadi: ”...To‘plamdagi ”Tarjimai hol” hikoyasi
Nisoxon Ahmedova nomiga nisbat berilgan. Magnitofon tasmasidan yozib olingan
bu asar bilan tanishgan o‘quvchi uning avobiografik xarakterga ega ekanini darrov
sezadi. 
                 ”Men bor-yo‘g‘i uch sinf o‘qigan bir kampir bo‘lsam, menda tarjimayi hol
nima qiladi”, - deb    so‘z boshlagan  oddiy br  insonning qismatini  – umr  bayonini
kuzating...
                Bir   o‘ylab   ko‘raylik:   bu   hikoya   har   birimizning   umr   bo‘yi   mehnatdan,
g‘urbatdan   boshi   chiqmagan,   hayotda   odamlardan   ko‘p   yomonlik,   jabr-u   jafo
ko‘rgan   bo‘lsa   ham,   birovga   aslo   kek   saqlamagan,   hech   qachon   iymonini
yo‘qotmagan, oqko‘ngil, insof-diyonatli o‘zbek onalari – har birimizning onamiz,
momomiz   haqida   emasmi?” 23
  Biz   dunyo   yuzini   ko‘rgan   ko‘plab     asarlarda   ham
shunga   o‘xshash   ijodkor   o‘zi   yashab   turgan   zamon   tasvirini   asarida   aks
ettirganligini   ko‘rishimiz   mumkin,   biroq   qahramonlar   nomini   aynan   keltirish
hollari   kamdan   kam   uchraydigan   hollardan   biridir.   Xayriddin   Sultonov   ham   o‘zi
ko‘rgan   insonlar   haqida   bayon   qiladi,   ham   ko‘rgan   insonlari   ham   ko‘rgan
kechirganlarini   bayon   qiladi.   Hech   qanday   ortiqcha   mubolag‘alarga   o‘rin
berilmaydiki, bu esa  kitobxonni  nafaqat ”tabiiy” asar  bilan tanishtiradi, balki  real
hayot   bilan   ham   desak   yanglishmagan   bo‘lamiz.   Ijodkor   hikoyalarida   ishtirok
etgan   qahramonlar   tomonidan   aytilgan   fikrlarni   o‘qib   haq   gaplarni   aytganlari
uchun ularni qidirib topib tasanno aytishga ahd qilishingiz   shubhasiz. Mana yana
bir hikoyani tahlil jarayoniga tortamiz:
22
Abdullaeva D. “Adabiyotshunoslikda badiiy psixologizm tushunchasi va masalaning tarixi”  VOLUME 1 | ISSUE 6  
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
23
Sultonov X. “Odamlardan tinglab hikoya”. –T.: “Adabiyot” 2020 11-bet
48                  ”...   Ertalab ishga kelsam, adyutant pochtaga qo‘shib bir dasta taklifnoma
olib   kiradi:   birov,   deylik,   konferensiyaga,   birov   to‘y-marakaga,   yana   kimdir
yubileyga chaqirgan bo‘ladi.
                  Albatta,   bularning   aksariyati   shaxsan   menga   emas,   balki   men   egallab
o‘tirgan   lavozimga   atalganini   yaxshi   tushunaman.   Shuning   uchun   gohida
adyutantni   lol   qoldirib,   taklifnomani   ovoz   chiqarib   o‘qiyman.   Ya’ni,   o‘rnimdan
turib,   ikki   qadam   orqaga   boraman-da,   oldin   stol   ortidagi   kresloga   ta’zim   bajo
keltiraman, keyin:
                     “Hurmatli  Kreslo!  – deb murojaat  qilaman. – Sizni  aziz  farzandlarimiz
Falonchijon   va   Pismadonxonning   nikoh   to‘yi   munosabati   bilan   falon   kun,   falon
soat,   falon   restoranda   bo‘ladigan   to‘y   oqshomiga   lutfan   taklif   etamiz...”   (”Ichki
ishlar   vazirining   oshga   borgani”). 24
Ichki   ishlar   vaziri   yuqorida   bayon   qilgan
fikrlari   bilan   odamlar   hamisha   ham   o‘zingiz   kerak   bo‘lganligingizdan   emas,
amalingiz   va   kursingiz   hamda   uning   ortidan   kelayotgan   manfaatlar   kerakligidan
o‘zlarida   sira   mavjud   bo‘lmagan   ”mehribonliklar”ni   namoyish   etishi   juda
ta’sirchan   tarzda   ifodalangan.   Yuqori   mansab   va   amallarni   egallab   turgan   barcha
amal   hamda   mansab   egalari   ham   hikoya   qahramoni   bo‘lgan   ichki   ishlar   vaziri
singari   o‘zining   shaxslararo   kechayotgan   ichki   munosabatlarini   asl   mohiyatini
ichdan   his   qilib   tursalar-da,   biroq   atrofdagi   insonlarga   aytgani   ”jur’at”   etmaydi.
Ular   faqat   va   faqat   egallab   turgan   amallaridan   minnatdorchilik   va   shu   yo‘sinda
kechayotgan   hayot   tarzidan   mamnunlik   qabilidagi   gaplarni   oshirib,   qolganini
yashirib   yashashga   moyilliklari   yuqori   bo‘ladi.   Go‘yoki   jarayonlarni   boricha
aytsalar   obro‘lari   to‘kilib   qolgudek.   Biz   hikoyani   o‘qish   barobarida   jamiyatda
kechayotgan   insonlar   o‘rtasidagi   insoniy   munosabatlarning   hamisha   samimiy
emasligini   anglab   yetamiz.   Hikoya   va   hikoyalarning   o‘ziga   xos   xarakterli
jihatlaridan   biri   shuki,   kitobxonni   har   qanday   quruq   safsata   gaplarni   o‘qib   aziyat
chekishiga   yo‘l   qo‘yilmaydi.   Shuningdek,   qahramonlarning   hayot   tarzi
”ertaklardagidek”   tasvirlanib,   o‘quvchini   soxta   orzu   va   xayollarga   berilishiga
hamda real hayotdan uzoqlashib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kitobni o‘qib chiqqan
24
Sultonov X. “Odamlardan tinglab hikoya”. –T.: “Adabiyot” 2020 97-bet
49 kishi keng hayot tajribaga va ko‘pni ko‘rgan odamga aylanadi qoladi. O‘zi yashab
turgan   davrdagi   muammolarni   boricha   asarda   aks   ettirish   barcha   ijodkorga   xos
mahorat   emas,   albatta.   Bu   asarning   amaliy   ahamiyati   va   jamiyatda   shaxs
dunyosining   yuksalishiga   xizmat   qilishidan   dalolatdir.   Bu   boradagi   fikrlarni
adabiyotshunos   olimlarimizdan   biri   bo‘lmish,   Qozoqboy   Yo‘ldoshev   tomonidan
aytilgan fikrlar ham isbotlaydi:
       “Davr va adabiyot muammosi g‘oyat murakkab hodisadir. Chunki zamonning
asosiy belgisi uning tinimsiz harakatdaligi, o‘zgarib turishi bo‘lsa, asl adabiyotning
bosh   xususiyati   uning   o‘zi   yaratilgan   zamonga   qaraganda   ko‘proq   yashashga
intilishi,   barqaror   bo‘lishga   urinishidir…   Ayni   vaqtda,   o‘tgan   yillar   shunday
salmoqqa, shunday o‘zgaruvchilik qudratiga egadirki, xalq psixologiyasi, dunyoni
idrok   etish,   tushunish   va   tushuntirish   tarzida   shunchalik   katta   o‘zgarish   yasadiki,
avvalgi   bir   necha   o‘n   yillarda   ham   bunday   qilib   bo‘lmasdi”. 25
O‘zi   yashab   turgan
davr   ijtimoiy   voqeligini   ro‘yi   rost   tasvirlash   asarning   qiymatini   oshiradigan
jihatlardan biri sanaladi. Kitobxon bu kabi asarlarni mutolaa qilishdan zerikmaydi.
Bugunki   kunda   odamlar   ertaklardagidek   yozilgan   asarlarni   o‘qishni   istamay
qo‘ydi, albatta. Inson ma’naviy olami faqat va faqat badiiylik ruhi bilan boyitilgan
kitoblarni o‘qigan bilan boyib qolmaydi, balki qachonki real ruhda yaratilgan, o‘zi
yashab   turgan   davr   ruhi   yoritilgan,   zamon   bilan   hamnafas   bo‘lgan   asarlarni
mutolaa   qilsagina   uning   ijtimoiy-siyosiy   tafakkurida   yuksalish   ro‘y   beradi.
Xayriddin Sultonovning ”Odamlardan tinglab hikoya”, ”Navoiy -30” asarlari inson
ma’naviy, ijtimoiy, siyosiy ongiga ta’sir etadigan hamda o‘zi yashab turgan zamon
va   zamondoshlari   ma’naviy   qiyofasini   bevosita   ochib   beradigan,   kitobxonni
aldamaydigan   ijodkorning     vijdoni   yanglig‘   maydonga   kelgan     asarlar     sirasiga
kiradi. Davr kishilarining 
                    N.Rahimjonov   istiqlol   davri   adabiyotining   o‘ziga   xosliklari   xususida
quyidagi   fikrlarni   aytgan   edi:   “Istiqlol   adabiyotining   muhim   fazilatlarini,   o‘ziga
xos   xususiyatlarini   belgilab   beruvchi   bir   qator   yetakchi   tendensiyalar   ko‘zga
tashlanadur.   Chunonchi,   millatning   o‘z   o‘zini   anglashida,   o‘zlikni   qadrlashi   va
25
Yo’ldoshev Q. Yoniq so’z. Adabiy o’ylar. –Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2006. 15-bet.
50 ulug‘lashida,   milliy   iftixor   tuyg‘ularining   shakllanishida   badiiy   tafakkur
madaniyatining sifat o‘zgarishlari namoyon bo‘layotir. Yana bir yetakchi tamoyil –
bu   adiblarimiz   xoh   tarixiy   voqelikka,   xoh   diniy   g‘oyalarga,   xoh   bugungi   kunga
murojaat etishadimi, mohiyat ham millat birligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy
–   falsafiy   konsepsiyasi   bilan   ajralib   turadi”. 26
  Xayriddin   Sultonov   ham   bugunki
kunga   murojaat   etib,   jamiyat   rivojiga   salbiy   ta’sir   o‘tkazayotgan   jarayonlarga
diqqatini qaratadi. Mana ulardan birini fikrimizning isboti tariqasida keltiramiz va
adabiyotshunos   olim   N.Rahimjonov   ne   qadar   istiqlol   davri   adabiyotida   yuz
berayotgan o‘zgarishlarga haqli ravishda baho berganligining guvohi bo‘lamiz:
                  “… Faqat   mana   shu   g‘oya,   ya’ni,   to‘y-hasham   yo‘lida   odamlarimiz
sog‘lig‘ini,   butun   borlig‘ini,   hatto   aziz   jonini   qurbon   qilishga   tayyor.   Shuning
uchun   ular   migrant   deb   nom   olib,   Qozog‘iston   cho‘llarida,   buzuq   avtobuslarda
yonib   kul   bo‘lishga,   Sibir   taygalarida   mardikorlik   qilishga,   Moskva   ko‘chalarini
supurib,   qahraton   qishda   qor   kurashga,   ayollar   esa   oilasi,   eri,   bolalarini   tashlab,
Turkiya-yu Dubayda oqsochlik qilishga tayyor…
Tan   olaylik,   to‘y-marakalarimizda   paydo   bo‘layotgan   yangi   va   yangi,   xilma-xil
belgi-alomatlar:   nikoh   to‘ylaridagi   “lav   storiy”   –   sevgi   qissalari,   qaynota   va
kelinning   birga   vals   tushishlari,   kelinning   ersiragan   dugonalariga   guldasta
uloqtirishi   va   ularning   buni   talashib   olishi,   “kelin   navkar”,   “kuyov   salom”   kabi
odatlarning joriy etilishi… bunga dalil emasmi?
                Yoki   to‘ylarimizda   meva-cheva,   pista-bodom,   qandolat   mahsulotlarini
“arenda”ga olib yolg‘on dasturxon bezatish kabi “nou-xau”larni dunyodagi bironta
xalq   ijod   qilganmi?   Bunday   ishlar   faqat   to‘y-hasham   tushunchasini   milliy   g‘oya
darajasiga   ko‘targan,   butun   aql-u   zakovatini   shunga   baxsh   etgan   millatning
qo‘lidan keladi,  xolos…” 27
  ( “O‘zbek  xalqining milliy g‘oyasi”). Asar  qahramoni
Ehtirom   Abdullayev     bugungi   kunda   oxiri   nima   bo‘lishi   hech   bir   o‘ylab
ko‘rilmasdan   avj   oldirilgan     to‘y-hashamlar   va   undagi   isrofgarchiliklar   benihoya
26
Rahimjonov N. Istiqlol va bugungi adabiyot (Adabiy – estetik, tanqidiy tafakkur tamoyillari ). –T., “O’qituvchi”, 
2012. 11-bet.
27
Sultonov X. “Odamlardan tinglab hikoya”. –T.: “Adabiyot” 2020 270-271-bet
51 qattiq   tanqid   ostiga   olingan.     Bu   o‘rinda   “arenda”ga   olib   yolg‘on   dasturxon
bezatish   o‘zida   ba’zi   odamlarning   boshqalar   ortidan   ko‘rko‘rona   ergashib,   ularga
taqlid qilib, hech qanday xijolatsiz, soxtaliklarga berilib ketganliklarining ramzidir.
Darhaqiqat   ayrim   kishilar   shu   darajaga   borib   yetdiki,   hatto   to‘ylar   uchun
odamlarning ezgu manfaatlarini  ko‘zlab qonun bilan taqiq o‘rnatilgan bo‘lsa ham
baribir   “o‘z   bilganlari”dan   hamda   “saviya”laridan   nariga   o‘ta   olmadi.   Yillar
davomida to‘plagan pullarini bir kunda sarflab tugatib va kamida qarzga botib to‘y
qilishlarini   qanchalar   mantiqsizlik   ekani   ro‘yi   rost   aytilganining   o‘ziyoq   istiqlol
davri   adabiyotida   ro‘y   bergan   ijobiy   o‘zgarishlardandir.   Bu   bilan   xalqimizning
milliy   o‘zligini   aks   ettiruvchi   vosita   hashamdor   to‘ylar   emas,   balki   milliy
ma’naviyati va tafakkuridir degan haqli e’tiroz yangrayapti. To‘g‘rida, biz ertangi
kunimiz   farovon   va   go‘zal   bo‘lishini   istasak,   moddiy   boyliklarimizni   to‘yni
minglab   odamlarni   chorlab   o‘tqazishga   emas,   balki   tafakkurimizni   boyitishga
sarflashimiz   kerak.   Bor-budini   to‘yga   to‘kib   sochsa-yu,   to‘ydan   keyingi   hayot
qanday   bo‘lishi   haqida   gapirmasa   ham   bo‘ladi.   Farzandining   kelajagi   porloq
bo‘lishini istagan har bir ota-ona topgan pullarini uning to‘yiga sochishga sarflashi
dinga ham dunyoviy ilm-fanga ham mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. 
          Va bu bilan hikoya qahramoni bizda milliy g‘oya sifatida to‘y e’tirof etiladi
yoki   bizda   milliy   g‘oya   to‘g‘risida   qabul   qilingan   tasavvur,   tushuncha   mavjud
emas   deyayotgani   yo‘q,   balki   umum   e’tirof   etilgan   chinakam   milliy   g‘oyamiz
asosida   yashaylik   degan   maqsadni   olg‘a   suryapti.   Yoki   bo‘lmasa   ijodkorning
istiqlol  yillarida e’lon qilingan kitoblaridan  yana biri  “Navoiy  -30” da  ham  mana
shunday   dolzarb   mavzulardan   biri   bo‘lgan   milliy   o‘zlik   haqida   kitobning   kirish
qismidayoq so‘z yuritiladi: 
                  “…   Tarixni   umumiy   tushunib,   umumiy   idrok   etadigan   xalqimiz   nima
uchundir   xususiy   tarix   haqida   ko‘p   ham   qayg‘urmaydi,   bunga   rag‘bat   va   mayl
ko‘rsatmaydi.
               Holbuki, o‘zligini anglagan, o‘z qadrini biladigan o‘lka va ellarda   nafaqat
mamlakat va shahar, balki har bir ko‘cha, imoratu inshootning ham o‘z tarixi bor
va ana  shu  tarixni   soatlab  zavq  bilan so‘ylab  beradigan  qissago‘y-roviylari   ham
52 bor…” 28
Yozuvchi yuqorida keltirilgan fikrlari orqali o‘zlikni yuzaki emas, yanada
chuqurroq   anglashga   da’vat   etyapt.   Biz   modomiki,  o‘zligini   anglagan   el   ekanmiz
bizning   nazarimizdan   bugunki   kunga   qadar   yaratilgan   va   o‘z   o‘tmishimizga
aloqador   bo‘lgan   yirik   voqea-hodisalardan   tortib,   kichk   detallargacha   biz   uchun
ahamiyatli   ekanligidan   xabardor   bo‘lishimiz   shart   ekanligiga   urg‘u   berilgan.
Ma’lum   ma’noda   ijodkor   shu   jamiyatda,   shu   davrda   yashab   turgan   holda   unda
mavjud   bo‘lgan   jarayonlardan   bexabar   bo‘lishni   va   befarq   yashashashni   man
etyapti   desak   also   yanglishmaymiz.   Zero,   jamiyatning   eng   katta   va   xavfli
dushmanlari   birinchi   o‘rinda   bu   –   beparvo   yashashni   o‘ziga   shior   qilib   olgan
kimsalardir.   Adabiyotshunos   H.   Karimov   qayd   etib   o‘tganidek:   “Bugungi   kun
adabiyoti   kechagi   adabiyotdan   bir   qancha   xususiyati   bilan   farq   qiladi.   Ya’ni
odamning   qalb   iztiroblari,   quvonchlarning   betakror   tahlili   va   ruhiyatining   turfa
ko‘rinishlari inkishofi  hamda voqea hodisalar  tasvirining batafsilligi, ularning har
biri   maqsad   sari   yo‘naltirilganligi,   qahramonlarning   o‘ta   milliy   va
individuallashganligi,   bozor   iqtisodining   mohiyatini   ochib   berishi   ila   o‘ziga
xoslikka   ega…   voqea   hodisadan   ko‘ra,   insonning   uning   qalbi   tahlili   birinchi
o‘ringa chiqqanligi bilan ajralib turadi”. 29
 
«Yo, Jamshid!»   hikoyasida Orif baqiroq va Zarif nayza — «soqol-m о ‘ylovi
tekis   kuzalgan,   bir-biriga   nihoyatda   о ‘xshagan   ikkita   chol»   obrazi   tasvirlangan.
Jiyanlari qimorda yutqazib, tang ahvolda qolganda chollar maslahatga chaqiriladi.
Ulardan   yoshi   kattasi   —   Orif   baqiroq   jiyaniga   nasihat   qilib,   uni   insofga
keltirmoqchi   b о ‘ladi.   Ammo,   tabiiyki,   qimorboz   О ‘rinboyga   bu   gaplar   befoyda.
Zarif   nayza   esa   vaziyatni   t о ‘g‘ri   baholaydi,   ayni   damda   jiyanining   qulog‘iga   gap
kirmasligini,   faqat   amaliy   yordam   bilangina   muammoni   hal   etish   mumkinligini
aytadi. Har  bir  gapini    maqol-matal  bilan isbotlab turish uning odati:  «E, aka, —
dedi   Zarif   nayza,   —   bu   gaplardan   foyda   y о ‘q,   dedim-ku.   B о ‘ladigan   ishni
aytinglar.   Bu   sh о ‘rlikning   hozir   ming   joyiga   pichoq   ursangiz,   bir   tomchi   qon
chiqmaydi-yu, nima qilamiz hadeb ezg‘ilayverib?» 
28
Sultonov X. “Navoiy-30”. T.: “Mashhur-Press” 2021 3-bet
29
 Karimov H. Istiqloldavriadabiyoti. –T., “Yanginashr”, 2010. 4-bet.
53 X.Sulton   qahramonlari   obrazini   tiniq,   mukammal   tasvirlashga   moyil.
Yuqorida   tilga   olingan   hikoyalardagi   qariyalar   obrazi,   xoh     bosh   qahramon,   xoh
kichik   bir   personaj   b о ‘lsin,   nimasi   bilandir   esda     qoladi.   Hatto     qahramon
t о ‘g‘risida     uch-t о ‘rt     og‘izgina     gap   aytilganda   ham,   u   haqda   yetarli   tasavvurga
ega b о ‘lasiz. Chunki u hayotiy va ishonarli tarzda k о ‘rsatilgan.
Xulosa   tariqasida   shuni   ta’kidlash   kerakki,   hikoyachilikdagi   ijodiy
izlanishlar,   tabiiyki,   yangi   qahramonlarning   tug‘ilishini   ham   taqozo   etadi.   Shu
ma’noda,   Xayriddin   Sulton   hikoyalarida   har   biri   о ‘zicha   bir   olam   b о ‘lgan
qahramonlar anchagina. 
Yozuvchining   qahramon   yaratish   borasidagi   izlanishlari   quyidagi
xususiyatlarda k о ‘rinadi: 
—   X.Sultonni   inson   qalbi,   ruhiyati,   bir   s о ‘z   bilan   aytganda,   ichki   olami   k о ‘proq
qiziqtiradi.   U   inson   qalbining     tub-tubidagi   ezgulik,   poklik   va   samimiyat
tuyg‘ularini shoirona bir y о ‘sinda ifodalashni yoqtiradi. Ba’zan birgina ixcham va
l о ‘nda   tasvir,   kichik   detal   orqali     xarakterni   yorqin   ochib   beradi   (masalan,   «Olis
«Artek»   haqida   xotiralar»   hikoyasida   A’lochi   bolaning   Sabriye   xolaga     uyidan
b о ‘sh shishaga suv t о ‘ldirib olib chiqib berishi). 
— X. Sultonning obraz yaratishda insonga mehri va samimiyati (goh oshkor, goh
yashirin   b о ‘lsa-da)   mudom   aks   etib   turadi,   uning   har   xarakterdan   avvalo   о ‘zi
zavqlanishi   seziladi.   Yozuvchi   ijodidagi   bu   xususiyatlar,   bunday   ruhiyat
A.Qodiriydan   ta’sirlanish   natijasi   ekanini   his   etish   qiyin   emas   (masalan,   Qori,
Esonboy, Sanoqul bobo singari qahramonlar obrazi). 
  —   X.Sulton   qariyalar   obraziga   bot-bot   murojaat   qilishining   muhim   bir   axloqiy
jihati   bor.   Adib   hikoyalarida   qariyalar   hayoti   k о ‘pincha   ma’naviy-ma’rifiy   ibrat
hamda milliylik, vorisiylik, an’ana va qadriyatlar ramzi b о ‘lib xizmat qiladi. Shuni
ham   alohida   ta’kidlash   lozimki,   qariyalar   obrazi   yaratish   borasidagi   (hikoya
janridagi) izlanishlari samarasi   о ‘laroq X.Sulton ijodida insonning tashqi  va ichki
dunyosi   bor   murakkabliklari   bilan   tasvirlangan     yorqin   obraz   —   Adash   Karvon
kashf etildi.  
54 Umuman   olganda,   yozuvchi   hikoyalarida   о ‘taketgan   razil,   xudbin   kimsalar
obrazi   deyarli   uchramaydi.   Bundan,   u   faqat   hayotning   ijobiy   tomonlarini,   yaxshi
insonlarnigina   tasvirlar   ekan,   degan   fikr   kelib   chiqmasligi   kerak.   Buni,   avvalo,
adib   ijodidagi   tabiiylik   bilan   izohlash   mumkin.   U   qahramonlarni   real   hayotdan
tanlab oladi. Inson mukammal etib yaratilmagan. Bir haqiqatni tan olishimiz kerak:
hayotda,   ayniqsa,   xalqimiz   orasida   bir   umr   razillik   yoki   yovuzlik   bilan
shug‘ullanadigan kimsalar deyarli y о ‘q. Bu hol xalqimiz mentalitetiga yot. Ammo
har qanday odam yaxshi  xislatlar  bilan birga   о ‘ziga yarasha kamchiliklardan ham
xoli   emas.   Yoki   adashgan,   boshi   berk   k о ‘chaga  kirib  qolgan,   k о ‘pchilik   nazarida
xudbin  b о ‘lib   k о ‘ringan   odamda  ham   qalb,  ruhiyat,   hech  b о ‘lmaganda   о ‘z  oilasi,
bola-chaqasiga   nisbatan   mehr   b о ‘ladi.   Masalan,   «Yo,   Jamshid!»   hikoyasida
О ‘rinboy   —   adashgan   kimsa   (qadr-qiymatiga   kuyinadi),   «Qog‘oz   gullar»dagi
Omon G‘aniyevich — qilmishlaridan pushaymon (uni   о ‘z hayotidan qoniqmaslik,
о ‘tgan umriga achinish hissi  qiynaydi). X.Sulton uchun aynan shu kabi holatlarni
tadqiq etish,  insonni  inson  sifatida,  xom  sut  emgan  osiy  banda  sifatida k о ‘rsatish
xosdir. 
Asarga   bosh   qahramon   qilib   kimni   tanlash   yozuvchining   inon-ixtiyori,
qolaversa,   uning   badiiy   g‘oyasi,   niyatiga   ham   bog‘liq.   X.Sulton   ba’zan
qahramonlariga   xayrixohdek   tuyulsa-da,   me’yorga   amal   qilishi   (yuqorida
aytganimiz   samimiyat   masalasida   ham),   umuman,   qahramonlariga   nisbatan
munosabatda   muvozanatni   buzmasligini   ta’kidlamoqchimiz.   Shu   bois   ham   uning
adabiy qahramonlari, rus yozuvchisi V.Rasputin ta’kidlaganidek, q о ‘g‘irchoq kabi
jonsiz qiyofalar emas, balki tirik insonlardir.
Atoqli   adabiyotshunos   Izzat   Sulton   uslubning   о ‘ziga   xos   xususiyatlarini
qayd   etib,   bunday   yozgan   edi:   «Yozuvchi   shaxsiyati   о ‘ziga   xos   bir   qancha
xususiyatlarga   (masalan,   hayotni   boshqalar   bilmagan   yoki   kam   bilgan   tomondan
bilishi,   о ‘quvchini  hayajonga  soladigan asar  yozishning   о ‘ziga  xos usullarini  ijod
etish   va   mavjud   usullarni   mukammallashtira   borish   kabi)   ega   b о ‘lsagina,   asar
muvaffaqiyatli   chiqadi.   Yozuvchi   hatto   bir   asarida   q о ‘llagan   vosita   va   usullarni
boshqa   asarlarida   ishlatish   imkoniyatiga   har   vaqt   ham   ega   b о ‘lavermaydi.   Yangi
55 hayotiy   material   k о ‘pincha   yangi   vositalar   topishni   zarur   qilib   q о ‘yadi.   Shunday
sabablarga k о ‘ra, badiiy ijod xilma-xil izlanishlar maydonidir» . 
                        III. 2.Voqealar rivojining hayotbaxsh yechimi.
Ma’lum   bir   davr   vakillari   adabiyotshunos   U.Hamdamov   asarda   hayot   qaydarjada
badiiy talqin etilishi haqida shunday deydi: 
         “Har qanday metodda yozilgan asarning uzoqroq umr ko‘rishning sharti, fikri
ojizimcha,   uning   zamin   bilan,   undagi   real   hayot   bilan,   odamlarning   taqdir   bilan
qay darajada bog‘langanligidadir. Ya’ni, asar – xoh u realistik, xoh u modernistik
va hatto  u xoh  fantastik  ruhda  bo‘lsin,  o‘z  botinida  shunday  bir  tuynik yashirgan
bo‘lishi kerakki, shu tuynik orqali biz o‘z qiyofamizga, qalbimizga, qismatimizga
nigoh tashlay olaylik”. 30
Ise’dodi yuksak adiblar o`z asarlarida davrning ma’naviy qiyofasini yaqqolroq aks
ettirmoqda.   Shuning   uchun   adabiyotshunos   olim   H.Umurov   shunday   yozadi:
“Xarakter   va   uning   psixologiyasi   tahlilida   dabiyotning   kamoloti,   yozuvchining
mahorati darajasini belgilovchi omildir”. 31
Nazariy   manbalarda   qayd   qilinganidek:   «Haqiqiy   san’atkor   qaysi   davrdan
yashashdan   qatiy   nazar,   hayotning   taraqqiyot   tendensiyalarini   shunga   qarab
belgilashi  uning birinchi darajali  ijodiy yutuqlaridan hisoblanadi». 32
  Isajon Sulton
ijodiy   izlanishlarida   yuqorida   qayd   qilingan   nazariy   tushunchalarni   amaliy
tasdig`ini   ko`rishimiz  mumkin.  Romanda   falsafiy  psixologizmning   ramzlar  orqali
haqqoniy tasvirlanishi bu tushunchalarni yuzaga chiqardi. Adabiyotshunos Hotam
Umurov   ta’kidlaganidek:   “Barcha   milliy   adabiyotlardagi   romanning   tug`ilishi,
shakllanishi   va   psixologizmning   rivojlanishi,   avvalambor,   inson   hayotini   badiiy
jihatdan   haqqoniy   tasvirlashni   ta’minlovchi   realistik   uslub   bilan   chambarchas
bog`liqdir. Ayni paytda milliy adabiyotlarda ruhiy tasvir va psixologik tahlil o`ziga
xosligi va shakllanish darajasiga qarab turlicha rivojlanmoqda”. 33
30
U. Hamdamov.  Turfa ranglar uyg’unligi. O’zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 2000. 29- sentabr. 2-bet.
31
 H. Umurov. Adabiyot nazaryasi. – Toshkent, “Sharq”, 2002. 38-bet.
32
Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. II jild. – Toshkent, “Fan”, 1979. 162-bet.
33
H. Umurov. Qahramonining ma’naviy olami va epiklik. – Toshkent, “Fan”, 1995. 42-bet.
56 Ulug‘bek   Hamdam   shunday   qayd   qiladi:   “Bilasizmi,   hozir   shunday   bir   davrda
yashayapmizki,   bu   davr   yozuvchisi   o‘zigacha   bo‘lgan   hamma   “izm”larning   o‘zi
tanish   bo‘lgan,   ma’qul   bo‘lgan   jihatlarini   qabul   qilib   olayapti.   Bu   nafaqat   Isajon
Sultonda,   balki   ko‘plab   boshqa   yozuvchilar   ijodida   ham   ko‘rinayapti.   Ya’ni
o‘zigacha bo‘lgan oqimlarni analiz qilib, sintez qilib ularning ma’qul, yashovchan,
hayotchan   jihatlarini   qabul   qilib   olayapti.
Vabunarsaijoddailg‘orzamondoshyozuvchining,   shoirning,   umuman,
ijodkorningijodidaaksetayapti”.  34
Hikoya hajman katta yoki kichik b о ‘lishidan qat’i nazar, «shunday yozilgan
b о ‘lishi   kerakki,   unga   biror   narsa   q о ‘shish   ham,   olib   tashlash   ham   mumkin
b о ‘lmasin»   (S.Moem)   .   Demak,   hikoyadagi   har   bir   tarkibiy   qismning   joy-joyida
b о ‘lishi,   har   qaysi   s о ‘z,   ibora,   jumlaning   о ‘rnida   q о ‘llanishi   asarning
muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shuningdek, badiiy asarning qiymatini belgilaydigan
asosiy   omil   hayotiy   haqiqatdir.   Modomiki   shunday   ekan,   har   qanday   badiiy
t о ‘qima   hayotiy   haqiqatga   asoslanmay   iloji   y о ‘q.   Hayotning   faqat   yaxshiligu
g о ‘zallik yoki yomonligu razillikdan iborat emasligini nazarda tutgan yozuvchi uni
boricha   —   barcha   ziddiyat   va   qarama-qarshiliklar   bilan   tasvirlasagina   k о ‘zlagan
maqsadiga   erishadi.   Ustoz   Abdulla   Qahhor   e’tirof   etganidek,   agar   yozuvchilik
turmushdan  nusxa  k о ‘chirishdan  iborat  b о ‘lsa,  dunyoda bundan oson  ish b о ‘lmas
edi.   Hayot   haqiqatini   badiiylik   prizmasidan   о ‘tkazish,   uni   badiiy   shaklga   solish
yozuvchining qobiliyati va iqtidor darajasini namoyon etadi. 
Har   qanday   badiiy   asarda   badiiy   shakl   va   g‘oya   о ‘rtasida   ichki   bog‘liqlik
b о ‘ladi.   Bu   borada   Abdulla   Qahhor   yoshlarga   maslahat   tariqasida   bunday   deb
yozgan   edi:   «Ba’zi     yoshlarimiz   badiiy   asarning   maydonga   kelishida   avtorning
niyatigina,   uning   nima   demoqchi   ekanigina   hal   qiluvchi   rol   о ‘ynaydi,   deb
о ‘ylashsa kerak. T о ‘g‘ri, adabiy asarning joni — uning mazmuni, lekin bu jonning
jon b о ‘lishi uchun jasad ham kerak. Jonni jasadsiz tasavvur qilish mumkin emas» . 
Asar   kompozitsiyasi   haqida   gap   ketganda,   avvalo,   uning   qurilishi   k о ‘z
oldimizga keladi. Agar asar kompozitsiyasi bir imoratga qiyos qilinsa, imoratning
34
Hamdamov Ulug’bek. “Ozod” romani – o’zbek adabiyotida yangi hodisa.
57 poydevori   —   asosining   mustahkamligi   binoning   har   qanday   tashqi   ta’sirlarga
qarshiligi   va   chidamliligini,   uzoq   muddat   saqlanishini   ta’minlaydi;   badiiy   asarda
esa badiiy g‘oya ana shu asos vazifasini  о ‘tashi e’tibordan soqit qilinmasligi lozim.
Kompozitsiyaning muvaffaqiyatini ta’minlashda ijodkor diqqat markazidagi
asosiy   g‘oya     aniq   belgilab   olinishi   katta   ahamiyatga   ega.   Badiiy   g‘oya   aniq
b о ‘lgach, asarda katta-kichik tarkibiy qismlar hamda obrazlarning joylashuvi, ular
tasvirida me’yor va maqsad muvofiqligiga amal qilinishi muhim  .
Kompozitsiya — badiiy asar olamining tuzilishi, ya’ni yozuvchining t о ‘qima
voqeani ham, hayotiy haqiqatni ham obrazli tarzda ifodalashi, shuningdek, xarakter
yaratish   y о ‘lida   barcha   tarkibiy   qismlarni   bir   butun   qilib   jamlashi   va
joylashtirishidir. Rus olimi B.Uspenskiy badiiy   asarni tahlil qilar ekan, M.Baxtin,
V.Vinogradov   hamda   G.Gukovskiylarning   mulohazalariga   tayangan   holda,
kompozitsiyaning   asosiy   muammosi   —   yozuvchining   diqqat   markazi     (fokus)
ekanini ta’kidlaydi  .
Albatta,   bugungi   kunda   kompozitsiyaga   nisbatan   qarash   va   yondashish
ancha  о ‘zgargan. Uning an’anaviy, shakllanib kelgan qoliplarga sig‘masligi tabiiy.
Chunki ijod mudom tajriba va izlanishlarni taqozo etadi. Asarning kompozitsiyasi
borasida   ham   yangiliklar   mavjud,   bugungi   kunda   ijodda   an’anaviy   kompozitsiya
usuli bilan bir qatorda noan’anaviy y о ‘nalishlar ham keng q о ‘llanmoqda.
Xayriddin   Sulton   hikoyalarida   an’anaviy   kompozitsiya   y о ‘nalishi   ustunlik
qilsa-da,   xronologik   tartib   doim   ham   izchil   saqlanmaydi.   Ammo   asar
kompozitsiyasida   qismlar,   unsurlar   hamda   obrazlar   muayyan   bir   aloqadorlikda,
izchillikda joylashadi. Bu hol yozuvchining asar kompozitsiyasida ham   о ‘ziga xos
y о ‘l tutishini bildiradi. 
Albatta,   bugungi   kunda   kompozitsiyaga   nisbatan   qarash   va   yondashish
ancha  о ‘zgargan. Uning an’anaviy, shakllanib kelgan qoliplarga sig‘masligi tabiiy.
Chunki ijod mudom tajriba va izlanishlarni taqozo etadi. Asarning kompozitsiyasi
borasida   ham   yangiliklar   mavjud,   bugungi   kunda   ijodda   an’anaviy   kompozitsiya
usuli bilan bir qatorda noan’anaviy y о ‘nalishlar ham keng q о ‘llanmoqda.
58 Xayriddin   Sulton   hikoyalarida   an’anaviy   kompozitsiya   y о ‘nalishi   ustunlik
qilsa-da,   xronologik   tartib   doim   ham   izchil   saqlanmaydi.   Ammo   asar
kompozitsiyasida   qismlar,   unsurlar   hamda   obrazlar   muayyan   bir   aloqadorlikda,
izchillikda joylashadi. Bu hol yozuvchining asar kompozitsiyasida ham   о ‘ziga xos
y о ‘l tutishini bildiradi. 
Muallifning   «Uch   tup   xurmo»   hikoyasi   kompozitsiyasini   shu   nuqtai
nazardan  k о ‘zdan kechiraylik.  Hikoya birgina voqeaga  asoslangandek  tuyulsa-da,
syujet     rivoji     davomida   u   ancha   murakkablashib,   boshqa   hodisalar,   tugunlar   va
ziddiyatlar   hosil   qiladi.   Hikoyada   barcha   badiiy   syujet   va   kompozitsiya   unsurlari
—   ekspozitsiya,   tugun,   yechim,   ziddiyatlar,   portret,   peyzaj,   detal   tasviri   о ‘rni-
о ‘rnida q о ‘llangan b о ‘lib, asosiy g‘oyaning ochilishiga xizmat qilgan.   
Hammasi ochiq-oshkor k о ‘rinib turgan pyesaning bir pulga qimmat ekanini
ta’kidlagan   edi   buyuk   K.Stanislavskiy.   Buni   hikoya   janriga   nisbatan   ham   aytish
mumkin. 
«Uch tup xurmo» hikoyasini  о ‘qish jarayonida kitobxon har xil jumboqlarga
duch   keladi   va   ular   birin-ketin   yechila   boradi;   voqealar   rivoji   asnosida
qahramonning   qalb   sirlari,   shuning   barobarida   esa   badiiy   g‘oya   —   muallifning
ijodiy niyati ham oydinlashadi. 
Hikoya   Fayzulla   —   hikoyachi-qahramonning   о ‘zi   bilan   bog‘liq   ayrim
tafsilotlarni bayon etishi bilan boshlanadi. Muxtasar ekspozitsiyadan uning tushlik
chog‘i   uch-t о ‘rt   hamkasbi   bilan   shahar   tashqarisiga   kabobx о ‘rlikka   chiqqani
ma’lum   b о ‘ladi.   Ishxonaga   kelganida   unga   direktor   y о ‘qlatganini   aytishadi.
Shosha-pisha boshliq huzuriga kirgan Fayzullaga uning hech bir izohsiz «Siz besh-
о ‘n   kun   о ‘ynab   keling,   о ‘g‘lim»,   deydi.   Dabdurust?dan   aytilgan   bu   gapga
tushunolmay   u   turfa   о ‘ylar   girdobida   qoladi.   Fayzullaga   q о ‘shilib   kitobxonning
ham qiziqishi ortadi. Hikoya mazkur tugun bilan boshlanadi. Shundan s о ‘ng asosiy
qahramon Mallayev paydo b о ‘lib, ilk tugun yechiladi, ammo voqealar mobaynida
boshqa   tugunlar   yuz   k о ‘rsata   boradi.   Kitobxon   nazdida   Mallayev   qanchalik   sir-
sinoatli  odam  sifatida  gavdalansa,  Fayzulla   uchun  ham   u  xuddi   shunday  jumboq.
Yozuvchi   bu   sirni   oydinlashtirishga   shoshilmaydi,   buni   shart   deb   ham
59 hisoblamaydi.   Dastlab   kulgiliroq,   dali-g‘uli   odamdek   taassurot   uyg‘otgan
Mallayev   о ‘zini   tutishi,   ba’zi   xatti-harakatlari,   gap-s о ‘zi   bilan   kitobxon   k о ‘z
о ‘ngida  о ‘zgarib boradi: goh jiddiylashadi, goh avvalgi holiga qaytadi, goh ayanch
ahvolga   tushadi.   Shu   tariqa   voqealar   silsilasida   Mallayevning   aslida   boshqacha
odam ekani, tabiatan  о ‘zgaruvchanligi ayon b о ‘ladi. 
Hikoyada voqealarning dinamik tarzda rivojlanishi kuzatiladi: dastlab bir oz
kulgili,   maroqli   tasvirlar   bilan   boshlangan   hodisa   ba’zi   о ‘rinlarda   dramatik
vaziyatlarga   joy   b о ‘shatadi.   О ‘rni   kelganda   yozuvchi   kinoyadan,   goho   satiradan
ham     foydalanadi;   q о ‘yilgan   muammoni,   hayotdagi   ayrim   illatlarni,   kishilarning
salbiy fe’l-atvorini ochishda bu usul ayniqsa q о ‘l keladi. Lekin yozuvchi vaziyatni
butunlay   kulgili   yoki   dramatik   y о ‘sinda   aks   ettirmaydi,   balki   qahramonga   xos
b о ‘lgan jihatlarning ham, vaziyatning ham kulgili va qayg‘uli (tragik) tomonlarini
yonma-yon,   deyarli   uyg‘un   tarzda   tasvirlaydi.   Aynan   shu   xususiyatlar
yozuvchining   N.Gogol,   A.Chexov,   A.Qahhor   kabi   hikoya   ustalari   ijodidan
bahramandligini k о ‘rsatadi. 
Mallayevning tashqi qiyofasi birgina s о ‘z — «xomsemiz» degan ta’rif bilan
chiziladi,   «qora   kostyumining   yaltirab   ketgani,   hansirab   turishi»   ham   u   haqdagi
tasavvurni   t о ‘ldirishga   yordam   beradi.   Yozuvchi   qahramon   portretiga   alohida
t о ‘xtalmaydi.   Unga   oid   sifatlarni   о ‘rni   kelganda   bir-ikki   jumla   orqali   ifodalab
(muallifning boshqa hikoyalarida ham shu usul kuzatiladi), y о ‘l-y о ‘lakay tasvirlab
ketadi.   Masalan,   Mallayevning   «siyrak,   sarg‘ish   kipriklarini   pirpiratib»   kulib
turishi uni beg‘araz qilib k о ‘rsatsa, «bamaylixotir lapanglab mashinadan» tushishi,
«qozondek   shlyapasini   boshidan   olib,   yarg‘oq   kallasini   siypab»   q о ‘yishiyu
«halpillagan shimini yuqori» tortib, «orqa   о ‘rindiqqa savlat bilan»    о ‘tirishi uning
tashqi  qiyofasinigina emas,  tabiatiga xos  boshqa jihatlarni  ham  ifodalaydi. Ya’ni,
Mallayev  о ‘rni kelganda uddaburon, vaziyatdan chiqib ketishga usta odam. Bu hol
y о ‘lda   militsiya   xodimi   bilan   b о ‘lgan   uchrashuvda,   ayniqsa,   yaqqol   k о ‘rinadi.
«R о ‘paradagi k о ‘zguchadan asta razm soldimu hayron qoldim — orqada Mallayev
y о ‘q, uning  о ‘rnida vajohatli, qovog‘i soliq bir arbob  о ‘tirardi! Militsionerga qarab
indamay yelka qisdim.
60      — Kechirasizlar-da endi, — deb jilmaydi militsioner, — xizmatchilik...
Mallayevning   olamshumul   ma’no   bilan   chimirilgan   baroq   qoshlari   past-baland
b о ‘lib ketdi.
— Nima? E, uka, qiziq ekansiz-ku! Yo bizning gapimizga ishonmayapsizmi? 
— Ishonamizu, lekin...    
—   Iya!   Bu   qanday   gap!   Axir,   bizning   gapimizga   el   ishonadi,   xalq   ishonadi,   siz
nega   ishonmaysiz?   Sizniki   xizmatchilik   b о ‘lsa,   biz   ammamizning   chorbog‘iga
anjir yegani ketayotganimiz y о ‘q, bizniki ham xizmatchilik! Qani, ketdik!
 — Mayli, yaxshi boringlar, akalar, — dedi militsioner birdan b о ‘shashib» . 
Mallayev   yolg‘onni   k о ‘p   ishlatadi.   Ba’zan   hikoyachi-qahramonga   u
yolg‘onni   qalashtirib   tashlayotgandek   tuyuladi.   U   Mallayevni   jiddiy   qabul
qilmasligi   (Uni   Mallayevning   о ‘zi   g‘urur   bilan   ta’kidlashicha,   «idoraning   yirik
namoyandalaridan biri» sifatida bilishadi, xolos), t о ‘g‘rirog‘i, u haqda hech narsa
bilmasligi   (buni   Fayzullaning   о ‘zi   ham   e’tirof   etadi)   sababli   uning   uydirmalari
ham, rost gapi ham g о ‘yo Shumbolaning «innaykeyin»iga  о ‘xshaydi. Tabiiyki,  har
kuni  k о ‘rib yurgan  odamingiz k о ‘z oldingizda  turfa qiyofalarga kiraversa, har  xil
maqomda gapiraversa, unga ishonish-ishonmaslikka qiynaladi kishi.
Mallayevning Surxondaryoda z о ‘r tantana bilan kutib olinishi, Berdirahmat
bilan   b о ‘lgan   keskin   t о ‘qnashuv,   stansiya   bufetidagi   ayol   va   «jingalak   sochlari
sarg‘ish yigitcha» — bularning bari kitobxonga dastlab bir oz jumboqdek tuyuladi.
Yozuvchi   hamma   gapni   batafsil   bayon   etmaydi,   balki   kitobxon   mushohadasiga
havola   qiladi.   Qisqasi,   qahramon   va   u   tushib   qolgan   vaziyatni   vijdon,
munosabatlar   haqqoniyligi,   mehr-muhabbat,   adolat   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilish
uchun kitobxonga imkon beriladi. 
Ba’zi   asarlarda   yozuvchi   muhim   bir   narsa   haqida   faqat   asar   yakunida   s о ‘z
ochadi.   «Uch   tup   xurmo»   hikoyasi   oxirida   ham   Mallayevning   Surxondaryoda
о ‘g‘li   borligi   hikoyachi-qahramonga   g о ‘yo   kitobxon   bilan   bir   vaqtda   ma’lum
b о ‘ladi. Albatta, muallif bu xabarga kitobxonni ma’lum darajada tayyorlaydi, lekin
hikoya s о ‘ngigacha sir oshkor etilmaydi. Bu ham hikoya  kompozitsiyasiga xos bir
usuldir. 
61 Hikoyani   о ‘qish   asnosida   kitobxonda   Mallayev   aslida   qanday   odam,   uning
qaysi   gapi   rostu   qaysi   biri   yolg‘on,   о ‘zini   bunday   tutishiga   sabab   nima,   degan
savollar   tug‘ilishi   tabiiy.   Ularga   hikoya   s о ‘ngida   ruhiy   iztirobda   qolgan
Mallayevning e’tirofi javob b о ‘ladi: «Bir og‘iz yolg‘on  о ‘n og‘izini boshlab keladi,
bundan yana yolg‘on tug‘iladi, oqibat, k о ‘ribsizki, odam ham, oila ham, boringki,
umr   ham   butkul   vayron...»   Yozuvchi   k о ‘zlagan   asosiy   maqsad   ham   ayni   shu
о ‘rinda oydinlashadi. Ya’ni, yolg‘on insonni xarob qiladi, asl qiyofasini y о ‘qotadi,
oqibatda u tahlikada yashaydi,   о ‘zini  qanday tutishni  bilolmay qiynaladi, hurmat-
e’tibordan   qoladi.   Mallayevning   shu   holatini   yozuvchi   hayotiy   voqealar   asosida
ishonarli tasvirlagan. 
Yozuvchining   bu   hikoyadan   maqsadi,   tadqiqotchi   M.Rustamova   «Uslub
jilolari»   maqolasida   ta’kidlaganidek,   «...xarakteri,   nutqi,   atrofidagilarga
munosabati   odamlarga   tazyiq   о ‘tkazish,   d о ‘q,   p о ‘pisa   bilan   о ‘tkazishga
asoslangan,   bosh   egishga   majbur   qilgan,   soxta   g‘oyalar   bilan   tushovlangan   sobiq
tuzum   amaldorlaridan   biri   b о ‘lgan   Mallayevning   soxta   qiyofasini   fosh»     qilish
emas.   Yuqoridagi   sifatlar   aslida   Mallayevga   mos   ham   kelmaydi.   Berdirahmatni
ham,   M.Rustamova   aytganidek,   «soddadil,   t о ‘g‘ri   odam»   deb   b о ‘lmaydi.
Aksincha,   Mallayev   sobiq   tuzum   amaldorlaridan   biri,   dastlab   «x о ‘b   omilkor,
keyinchalik   о ‘zidan   ketib,   dunyoda   ne   noma’qulchilik   b о ‘lsa,   jamini   qilgan»
Berdirahmatning kirdikorlarini felyeton qilib ochib tashlagan. 
Ma’lumki,   chinakam   badiiy   asarda   qahramon   ijtimoiy   muhit,   mavjud
voqelikdan   ayri   tasvirlanmaydi.   Hikoyada   Mallayev   mansub   b о ‘lgan   jamiyat
hayotidagi   ayrim   illatlar   ham   voqealar   silsilasida   ochib   berilgan.   Bu   ma’lum
ma’noda   qahramon   xarakterini   batafsilroq   yoritishga   imkon   yaratgan.   Ammo
muallifning   asosiy   maqsadi,   о ‘zi   ta’kidlaganidek,   «mohiyat,   inson   ruhiyatining
cheksiz  g‘alayonlari»ni  tasvirlash,  ya’ni, qahramon xarakterini  har  tomonlama —
barcha  ijobiy  va  salbiy  jihatlari   bilan  b о ‘yamay-bejamay   k о ‘rsatishdir.  Bu   о ‘tgan
asrning 80-yillari nasrida, ayniqsa, hikoya janrida samarali qalam tebratgan adiblar
X.Sulton, E.A’zam, M.M.D о ‘stlar ijodida ustuvorlik qilgan xususiyatdir. 
62 Xurmo bahona boshlangan voqea xurmo k о ‘chati kelishi bilan yakunlanadi.
Uch     tup     xurmo     voqealar     rivojida     syujet     chizig‘ini   birlashtirib   turadi.   Eng
muhimi,   uch   tup   xurmo   detali   orqali   axloqiy-ma’naviy   ahamiyatga   ega   b о ‘lgan
muhim muammo ilgari suriladi. 
Hikoya   oxiridagi   tabiat   tasviri   ma’lum   ma’noda   qahramonlarning   о ‘sha
damdagi   ruhiy   holatini   ham   aks   ettiradi:   «Osmon   t о ‘la   yulduz,   jimir-jimir   jilvasi
k о ‘ngilga   g‘uluv   soladi.   Poyonsiz   dala   y о ‘li   о ‘rtasida   t о ‘xtab   yotgan   mashinam
derazasidan miltillab xira yog‘du taraladi. Allaqaydan uzoqlab ketayotgan poyezd
tovushi eshitiladi».
Fayzullani   band   etgan   xayollar   muallif   qarashlari   bilan   tutashib   ketadi:
«Nima   uchun   u   (Mallayev   —   SH.S.)     о ‘zi   istagandek   yashamadi?   Aldamay,
aldanmay? Yashay olmadimi? Kim bilsin...» Muallif mulohazaga undovchi bunday
savollarni kitobxon hukmiga havola qiladi. 
Yozuvchi   hikoyalarida     muhim   kompozitsion   vositalardan   qarshi   q о ‘yish
usuli   ham   samarali   q о ‘llangan.   Masalan,   «Uch   yuz   oltmish   t о ‘rt   kun»,   «Qog‘oz
gullar»   hikoyalarida   personajlar   о ‘zaro   kontrast   tasvirlansa,   «Y о ‘qchilik   va
t о ‘qchilik» asarida voqealar shunday qarshilantiriladi.
Adabiyotshunos   U.Normatov:   «Hikoya   janri   о ‘z   nomiga   xilof   о ‘laroq,
hikoya qilib berishni uncha xush k о ‘rmaydi, u k о ‘proq k о ‘rsatishni, detallarni jonli
gavdalantirishni   yoqtiradi,   ayni   paytda   har   bir   detal,   tafsilot   jiddiy   ma’nodorlik
kasb etishini talab qiladi»”,- deb yozgan edi. 
Detal   ba’zan   biror   asarga   asos   b о ‘lishi   ham   mumkin.   Masalan,   Gogolning
«P о ‘stin» («Shinel») asarida — p о ‘stin, A.Qahhorning «Anor» hikoyasida — anor
detali   hikoyada   muhim   ahamiyatga   ega.   Asar   davomida   barcha   voqealar   ana   shu
detalga   bog‘liq   holda   r о ‘y   beradi.   X.Sulton   hikoyalarida   ham   detal   k о ‘pincha
sarlavhaga   olib   chiqiladi.   Masalan,   «Plastinka»,   «Qog‘oz   gullar»,   «Uch   tup
xurmo»,   «Nuqta»   va   boshqalar.   «Plastinka»   hikoyasida   uch   yoshli   bolaning
plastinkalarni sindirishi bilan bog‘liq voqea hikoyachi-qahramonning insoniy qadr-
qimmat, mehr-oqibat haqida mushohada yuritishiga turtki b о ‘lgan. 
63   «Onamning     yurti»     hikoyasi   bayonida     о ‘ziga     xos   kompozitsiya   usuli
k о ‘zga tashlanadi. Unda ona yurt muhabbati, insonning vatanga sadoqat tuyg‘ulari
jozibali   poetik   ohangda   ifodalangan   b о ‘lib,   aynan   shu   bayon   usuli   asarga
boshidan-oxirigacha   ta’sirchan   ruh   baxsh   etgan.   Hikoya   «Nihoyat,   onamning
yurtiga   j о ‘nar   b о ‘ldik»   jumlasi   bilan   boshlanadi.   Keyin   hikoyachi-qahramonning
onasi   va  u tug‘ilib   о ‘sgan  yurt,  ona bir  zamonlar   bola chog‘ida  y о ‘qolib  qolgani,
tug‘ilgan   yeri   qayer,   qavm-qarindoshlari   kim   ekanini   bilmasligi   t о ‘g‘risida   s о ‘z
ketadi.   Muallif   bular   haqida   bir   chetdan   batafsil   hikoya   qilib   о ‘tirmaydi.   Chunki
k о ‘zlangan   asosiy   badiiy   niyat   bu   emas.   Kindik   qoni   tomgan   ona   yurt   qadrini
ifodalash hikoyada yetakchi g‘oyadir.  
Asarda   unumli   foydalanilgan   portret   va   peyzaj   tasviri,   lirik   chekinishlar
kompozitsion   yaxlitlikni   ta’minlashga   yordam   bergan.   Onaning   bolalik   xotiralari
orqali   ota-onasi   portreti   quyidagicha   chiziladi:   «Otam   soqollari   uzun-uzun,   qizil
yuzli odam edi. Onam judayam novcha edi,  о ‘rnidan turganida, boshini kunga urib
olmasaydi,   deb   q о ‘rqardim...»   .   Yetti-sakkiz   yashar   bola   xotirasiga   ota-ona   ana
shunday k о ‘rinishda muhrlanib qolgan va ularning shunday tasvirlanishi tabiiy.
Adib   hikoyalaridagi   lirik   chekinish   k о ‘pincha   qahramon   ruhiyati   va   qalb
kechinmalarini   ifodalash   bilan   birga,   muallif   qarashlarini   ham   oydinlashtiradi.
Masalan,   «Onamning   yurti»da   hikoyachi-qahramon     volidasining     bir     holatini
tasvirlay     turib:   «Onamning   quvonchini   sizga   qanday   tasvirlab   beray?   Y о ‘q,
chamalab   k о ‘rdim,   q о ‘limdan   kelmas   ekan.   Buni   tasavvur   qilmoqchi   b о ‘lsangiz,
yaxshisi,  onangiz  quvongan  kezlarda, aniqrog‘i, uni   о ‘zingiz  bir  og‘iz shirin  s о ‘z
bilanmi, bir savob ish bilanmi quvontirgan damlaringizda     asta   kuzating.   Afsus,
ming       afsus,     bunday     onlar   hayotimizda   qanchalar   kam:   biz,   farzandlar,
onalarimizga   shodlik   о ‘rniga   aksar   ranju   alam   yetkazamiz,   xolos»   ,   deganida
yozuvchi   mushohadalari   ham   q о ‘shilib   ketadi.   Bu   lirik   chekinish   о ‘quvchini
beixtiyor   mehr-oqibat,   qadr-qimmat   kabi   insoniy   fazilatlar   xususida   mulohazaga
tortadi. K о ‘ngilda ajib bir samimiy tuyg‘ular, insoniylik, iliqlik uyg‘otadi. 
Hikoyada   peyzaj   onaning   yetti-sakkiz   yashar   bolalik   xotiralari   asosida
bunday   tasvirlanadi:   «...bir   jiydazor   bog‘ki,   boshi-adog‘i   y о ‘q.   Jiyda   gullaganda
64 ichiga   kirsang,   adashib   qolasan.   Gullari   sap-sariq,   gurkirab   yotadi,   boshlaring
aylanib ketadi...»  
                                                          Xulosa
Har   bir   yozuvchi   ijodi   adabiy   jarayondagi   yangi   badiiy   tamoyillarni
belgilashda   muayyan   ahamiyat   kasb   etadi.   Shu   ma’noda   tadqiqot   obyektimiz
b о ‘lgan   Xayriddin   Sulton   ijodi   istiqlol   davri   nasrchiligiga   xos   yetakchi
xususiyatlar   haqida   fikr   yuritish   imkonini   beradi.   Yozuvchi   hikoyalari   asosida
uning   о ‘ziga   xos   uslubi,   umuman,   hikoyanavislik   mahorati   qirralarini   aniqlash
maqsadida olib borilgan tadqiqot va kuzatishlarimiz natijasi  о ‘laroq bayon qilingan
ilmiy-nazariy mulohazalar quyidagicha umumlashtirildi:
Birinchidan,   Istiqlol   davri   adabiyoti,   xususan   hikoyachiligiga   xos   bo‘lgan
yangicha ilg‘or  tamoyillar k о ‘zga tashlanadi. Bunda,  hayotga tanqidiy qarashning
kuchaygani   sabab   b о ‘ldi.   Shuningdek,   jahon   va   rus   realistik   nasridan   о ‘qib-
о ‘rganishga   ishtiyoq   ortgani   ham   ma’lum   darajada   ta’sir   k о ‘rsatdi.   Istiqlol   davri
adabiyoti   namoyondasi   sifatida   yangi   badiiy   tajribalar,   teran   izlanishlar   y о ‘lidan
borib,   real   hayotdan,   milliy   voqelikdan   olingan,   yangicha   badiiy   tafakkur   jilolari
barq   urib   turgan     asarlar   yaratdi.   Natijada,   hikoya   janrida   jonlanish,   yangilanish
r о ‘y   berdi.   Uning   mavzu   doirasi   kengaydi.   Shunisi   e’tiborliki,   shu   tariqa
adabiyotda bosh mavzu, azaliy muammo inson ekanini yana bir karra isbotlashga
urindi. Darhaqiqat, inson asosiy e’tiborda ekan, ijod uchun mavzu ham, muammo
ham doimo yetarli b о ‘ladi. 
65 Ikkinchidan,   I stiqlol   davri   hikoyachiligida   ham   son,   ham   sifat   jihatidan
о ‘sish   kuzatildi.   Albatta,   yuksak   mahorat   bilan   yaratilgan   asarlar   bilan   birga
о ‘rtamiyona   asarlar   ham   dunyoga   keldi.   Lekin,   kitobxon,   tanqidchilik   va   vaqt
sinovidan   о ‘tgan   asl   hikoyalar   adabiyotimiz   mulkiga   aylanib   qoldi.   Shu   ma’noda
hikoyachilikda   yangilik   qilishga   intilgan   nosirlar   ichida   X.Sulton   hikoyalari   ham
alohida ajralib turadi.
Uchinchidan,   Hikoyalari   bilan   adabiyotga   dadil   kirib   kelgan   X.Sulton,
avvalo,   о ‘zi   k о ‘rgan-bilgan   hayotni   tasvirladi.   Dastlabki   asarlaridayoq   k о ‘pchilik
e’tibor   bermaydigan,   ammo   azaliy-abadiy   muammolarni   mavzu   qilib   olgan   adib
oddiy   voqea-hodisalar   zamiridagi   nozik   jihatlarni   ilg‘ab,   ularga   muhim   badiiy
ma’no-mohiyat   yukladi;   milliy   ma’naviyatga   daxldor,   xalqning   о ‘lmas   udum   va
an’analariga oid muammolar hech qachon dolzarbligini y о ‘qotmasligini  о ‘ziga xos
ta’sirchan y о ‘sinda ifodalab berdi.
To‘rtinchidan,    Adibning qahramon tanlash borasidagi izlanishlari, ayniqsa,
e’tiborga sazovor. Uning hikoyalarida turli toifaga mansub kishilar obrazini k о ‘rish
mumkin: hayotga endigina qadam q о ‘ygan yosh yigit-qizlar, bolalar, umr poyoniga
yetayotgan   chollar,   qariyalar,   о ‘ta   xokisor,   goho   jur’atsiz   va   kamsuqum   insonlar.
Ammo kim b о ‘lishidan qat’i nazar, yozuvchi ularning qalbiga kirib borish va ular
ma’naviy olamni kashf etishni asosiy maqsad qilib oladi. Bir qarashda oddiygina,
miskin,   mahzun   b о ‘lib   k о ‘ringan   insonlar   qalbida   ham   ulkan   ruhiy   g‘alayonlar,
о ‘tkir   dramatik   jarayonlar   kechishi   mumkinligini   ifodalab,   bularning   sababi,
ma’no-mohiyati   haqida   kitobxonni   mulohaza   yuritishga   undaydi.   Shuningdek,
yozuvchi   hikoyalarida   tabiatan   sokin,   ammo   sermulohazaliligi,   odob-andishasi
bilan   ajralib   turadigan   qahramon   obrazi   k о ‘p   uchraydi.   Buni   X.Sultonning
k о ‘pincha qahramonlaridagi ijobiy sifatlarni k о ‘rsatishga moyilligi   bilan izohlash
mumkin. 
Beshinchidan,   X.Sulton   xarakter   yaratishda   milliy   ruhga,   odamiylikka
tayanib   ish   k о ‘radi.   Asarda   salbiy   о ‘rin   tutgan   qahramonlarga   munosabatda   ham
odatdagidek   qora   chaplash   y о ‘lidan   bormay,   ularga   insof,   insoniy   shafqat
yuzasidan   yondashadi.   Xarakter   tasvirida  sers о ‘z,  batafsil   bayondan   qochadi,  eng
66 muhim   bir-ikki   detal   yoki   b о ‘yoq-chizgi   bilanoq   qahramonni   k о ‘z   о ‘ngingizda
gavdalantirib q о ‘yadi. 
Oltinchidan,     X.Sulton   har   bir   asarida   yangicha   kompozitsiya   unsurlarini
k о ‘ramiz.   Dunyo   adabiyotining   ilg‘or   namunalaridan   yaxshi   xabardor   adib   bu
usullarni   k о ‘r-k о ‘rona,   «shakl-shakl   uchun»   qabilida   emas,   balki   asarning   milliy
ruhiga,   undan   k о ‘zlangan   maqsad-muddao   hamda   tasvir   ohangiga   mos   ravishda
q о ‘llaydiki,  asar kompozitsiyasidagi yangiliklar goho sezilmay ham qoladi.
                                       
                                               Foydalanilgan adabiyotlar:   
                                              Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:                
1. Мирзиёев   Ш.   Буюк   келажагимизни   мард   ва   олижаноб   халқимиз   билан
бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон,  2017. –  Б .178
67 2.Адабиёт   ва   санъат,   маданиятни   ривожлантириш-   халқимиз   маънавий
оламини   юксалтиришнинг   мустаҳкам   пойдеворидир.   Ўзбекистон
Республикаси  Президентининг  мамлакатимиз  ижодкор  зиёлилари вакиллари
билан учрашувидаги маърузаси // «Жаҳон адабиёти» 2017. № 8 
3.Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2016. – б.
                                               Ilmiy va nazariy adabiyotlar:
4.   Q.   Yo‘ldoshev.   Yoniq   so‘z.   Adabiy   o‘ylar.   –   Toshkent,   “Yangi   asr   avlodi”,
2006. 
5.Katta   yо‘l   boshida.   Adabiy-tanqidiy   maqolalar.   —   Toshkent:   Yosh   gvardiya,
1987, — B. 144
6.N..Rahimjonov.     Istiqlol     va     bugungi     adabiyot.     –T.:     “O‘qituvchi”,  
2012.   -328   bet.
  7.Karimov  H.  Istiqlol   davri   adabiyoti.  “Yangi  nashr”  nashriyoti.  Toshkent  2010.
17-bet
  8.Adabiyot   va   zamon.   Maqolalar,   adabiy   о‘ylar,   suhbatlar.   —   Toshkent:   G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. — 1981 yil. — B. 400.
9.H.   Umurov.   Qahramonining   ma’naviy   olami   va   epiklik.   –   Toshkent,   “Fan”,
1995. 42-bet.
10.   Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. — Toshkent:  «Fan», 1978. 1-jild.
— B. 415.
1 1 .Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy-tarixiy jarayon. –Toshkent: «Fan», 1979.
2-jild.— B. 445.
12.Boltaboyev H. Nasr va uslub. — Toshkent: «Fan», 1992. –B . 105.
13.Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. — Toshkent: «О‘qituvchi», 2005.  
14.Normatov  U.  Aql  va  qalb chirog‘i.  Suhbatlar, maqolalar. —  Toshkent:  G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.  — B. 118.
15.Normatov U. Qalb inqilobi. Maqolalar. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.  — B. 352.
68 16.Normatov U. Umidbaxsh  tamoyillar. — Toshkent:  «Ma’naviyat», 2000. — B.
109.
17.Normatov   U.   Qahhorni   anglash   mashaqqati.   —   Toshkent:   Mirzo   Ulug‘bek
nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti, 2000. — B. 52.
18. Imomov B. Hayot va dramatik konflikt. — Toshkent: «Fan», 1968. — B.180.
1 9. Karimov   H.   Hayotiy   va   badiiy   ziddiyat.   —   Toshkent:   О ‘zbekiston,   1986.   —
B.20.
20.Mirvaliyev S. Nasr, davr va qahramon. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.  — B. 240.
21.Nazarov   B.   Hayotiylik   —   bezavol   mezon.   Adabiy   о‘ylar.   —   Toshkent:   Yosh
gvardiya, 1985. —B.224.
22.Niyatov   Ch.   Hozirgi   о‘zbek   prozasida   xarakter   problemasi.   —   Toshkent:
«Fan», 1984. —B.128.
23. H. Umurov.   Qahramoniningma’naviyolamivaepiklik. – Toshkent, “Fan”, 1995.
42-bet.
24.H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent, “Sharq”, 2002. 38-bet.
25.Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. II jild. – Toshkent, “Fan”, 1979. 162-bet.
26. Rahimjonov N. Istiqlol   va   bugungi   adabiyot (Adabiy   –   estetik, 
tanqidiy   tafakkur   tamoyillari ).   –T.,  
“O‘qituvchi”, 2012. 11-bet.  
27 . Yo‘ldoshev Q.   Yoniq so‘z.   –T., “Yangi asr   avlodi”, 2006. 16-17-betlar.     
28.  Rahimjonov N.   Istiqlol   va   bugungi   adabiyot   (Adabiy   –   estetik, 
tanqidiy   tafakkur   tamoyillari ).   –T.,  
“O‘qituvchi”, 2012.  54-bet.  
29.Karimov H.   Istiqlol   davriadabiyoti.   –T., “Yangi   nashr”, 2010. 4-bet.    
30.    Boltaboyev     H.     Istiqlol     imkoniyatlari:     yangilangan     an’analar     va  
postmodernizm.   Qarang:   mustaqillik   davri   adabiyoti.   –T.,   G‘afur   G‘ulom  
nomidaginashriyot-matbaa   ijodiy   uyi, 2006.   238-bet.  
31.Q.   Yo‘ldoshev.     Yoniq     so‘z.     Adabiy     o‘ylar.     –     Toshkent,     “Yangi     asr   avlodi”,  
69 2006.   15-bet.  
32.O.   Sharafiddinov.   Ijodni anglash   baxti.   –T.,   ”Sharq”,   2004.   -640   b.  
33.   U.   Normatov.   Ijod   sehri.   –T.,   “Sharq”  
34.     D.   Quronov.   Mutolaa   va   idrok   mashqlar.   –T.,   “Akadem nashr”,   2013.   -336   b.  
35.H.   Karimov.   Istiqlol   davri   adabiyoti.   Darslik.   –T.,   ”Yangi   nashr”,   2010.   -364   b.  
36.N.   Rahimjonov.   Istiqlol   va   bugungi   adabiyot.   –T.,   “O‘qituvchi”,   2013.   -328   b.  
37.Yo‘ldoshev Q.   Yoniq so‘z.   –T., “Yangi asr   avlodi”, 2006. 48-bet.     
38.Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi.   –T., “O‘qituvchi”, 2005.   173-bet
39. Adabiyot   va   zamon.   Maqolalar,   adabiy   о ‘ylar,   suhbatlar.   —   Toshkent:   G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. — 1981 - yil. — B. 400.
40. Adabiyot nazariyasi. 2 jildlik. Adabiy asar. — Toshkent: «Fan», 1978. 1-jild. —
B. 415.
4 1. Adabiyot   nazariyasi.   2   jildlik.   Adabiy-tarixiy   jarayon.   —   Toshkent:   «Fan»,
1979.  2-jild.— B. 445.
42.Boltaboyev H. Nasr va uslub. — Toshkent: «Fan», 1992. —B. 105.
43.Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. — Toshkent: «О‘qituvchi», 2005.  
44..Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. — Toshkent: «Ma’naviyat», 2000. — B.
109.
45.Normatov   U.   Qahhorni   anglash   mashaqqati.   —   Toshkent:   Mirzo   Ulug‘bek
nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti, 2000. — B. 52.
46.Mirvaliyev S. Nasr, davr va qahramon. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.  — B. 240.
47.Nazarov   B.   Hayotiylik   —   bezavol   mezon.   Adabiy   о‘ylar.   —   Toshkent:   Yosh
gvardiya, 1985. —B.224.
48.Niyatov   Ch.   Hozirgi   о‘zbek   prozasida   xarakter   problemasi.   —   Toshkent:
«Fan», 1984. —B.128.
49.Normatov  U.  Aql  va  qalb chirog‘i.  Suhbatlar, maqolalar. —  Toshkent:  G‘afur
G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.  — B. 118.
50.Imomov B. Hayot va dramatik konflikt. — Toshkent: «Fan», 1968. — B.180.
70 51.Karimov   H.   Hayotiy   va   badiiy   ziddiyat.   —   Toshkent:   О ‘zbekiston,   1986.   —
B.20.
52.Katta   y о ‘l   boshida.   Adabiy-tanqidiy   maqolalar.   —   Toshkent:   Yosh   gvardiya,
1987, — B. 144.
                                      Adabiy manbalar:
53.Sultonov   X.   Onamning   yurti.   T.   G.G‘ulom   nomidagi   Adabiyot   va   san’at
nashriyoti. 1987.  – B. 246
54. Sultonov X. To‘qchilik va yo‘qchilik. T. Ma’naviyat. 2000. – B. 188 
5.Sultonov X. Odamlardan tinglab hikoya. T. Ma’naviyat.2020
56.Hamdamov Ulug‘bek. “Ozod” romani – o‘zbek adabiyotida yangi hodisa.
57. Muxtor A. Uyqu qochganda... (Tundaliklar), — Toshkent: «Ma’naviyat»,  1997.
— B.31.
      
                             Gazeta va jurnallar:
58.Hamdamov. Turfa ranglar uyg‘unligi. O‘zbekiston adabiyoti va san'ati gazetasi,
2000. 29- sentabr. 2-bet.
59.Ulug‘bek   Hamdam.”Istiqlol   adabiyoti   –   ozod   tafakkur   adabiyoti.   “Sharq
yulduzi” jurnali, 2013-yil 5-son.
                                  Internet manbalari:
60.www.ziyouz.com 
61.www.google scolar.com 
62.http://yangidunyo.uz/index.php/jamiyat/item/1019-islom-ayol
63.https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/48687-qarindoshlik-rishtalari.html
64.https://uz.wikipedia.org/wiki/Muslima
71

Xayriddin Sultonovning hikoyachilikdagi mahorati MUNDARIJA Ishning umumiy tavsifi............................................ I BOB. Istiqlol yillari hikoyanavisligida yangi badiiy tamoyillar. I.1. Istiqlol davri hikoyachiligida uslub va mahorat………………………..…. I.2. XayriddinSultonningqahramonyaratishmahorati……………………… II.BOB. Xayriddin Sulton hikoyalarining kompozitsion о ‘ziga xosligi…..… II.1.Ijodkorning sujet, konflikt yaratish mahorati………………………........ II.2. Adib hikoyalarida muallif va qahramon nutqidagi individualliklar…… III BOB.Yozuvchi uslubi, tasvirlash san ‘ ati. III. 1 .Ijtimoiy muhitning psixologik tasviri......................................................... III.2.Voqealar rivojining hayotbaxsh yechimi…………………………………… Xulosa……………………………………...…………………….………….. Foydalanilgan adabiyotlar r о ‘yxati…………………………………….…… 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Jahon adabiyotshunosligida epik turning kichik janrlaridan biri hikoya janri va uning o‘ziga xosliklari, tabiati, spisifikasi xususida bir talay ishlar amalga oshirilgan. G‘arbda novella deb ataluvchi bu janr inkoniyatlari butun dunyo adabiyotshunosligida muayyan tarzda o‘rganilib kelinmoqda. Janrning qisqaligi, hajman kichikligi uning kitobxonlari aud i toriyasini kengayib borishiga sabab bo’lmoqda. Amerika adabiyotida XX asrning so‘nggi choragida romanlar o‘z o‘rnini novellalar (hikoyalar)ga bo‘shatib berishi janrning yuksak taraqqiyotidan dalolat beradi. Mazkur jarayon istiqloldan keyin o‘zbek adabiyotida ham bir muncha jonlandi. Xuddi shu davr hikoyachiligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan yozuvchilardan biri Xayriddin Sultonovdir. Davr adabiy jarayonida Xayriddin Sultonovning qo‘shgan hissasini har jihatdan asoslash ishimizning dolzarbligini belgilab beradi. Istiqlol bergan ulkan imkoniyatlardan biri sifatida biz ma’naviy erkinlikni alohida e’tirof eta olamiz. Mustaqilligimiz bergan mana shunday beqiyos erkinlikni alohida e’tirof etmog‘imiz darkor. Shunday ekan, bugungi kunda davr bilan hamnafas tarzda yozilayotgan va ma’naviy yuksalishga xizmat qilayotgan, milliy o‘zlikni o‘zida aks ettirgan asarlarni tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Ilm- fan rivoji – taraqqiyot garovi . Darhaqiqat, “...ma’rifat fidoyilarining qoldirgan o‘lmas merosi bugungi kunda ham ma’naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi”. 1 Binobarin, yozuvchi uslubi va badiiy mahorati masalasiga bag‘ishlangan tom ma’nodagi ilmiy tadqiqotlar yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Chunki busiz milliy badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib b о ‘lmaydi. Bunda, ayniqsa, hayotni badiiy yorqin tasvirlash, betakror obrazlar yaratish, milliy adabiyotimiz xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq b о ‘lgan yozuvchilar ijodini tadqiq etish beqiyos о ‘rin tutadi. Adabiyotshunoslik va uning tadrijida 1 Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб хал қ имиз билан қ урамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – Б.178 2

badiiy mahorat masalasi azaldan muhim ahamiyat kasb etib keladi. Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, taniqli yozuvchi, k о ‘rkam asarlari bilan milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa q о ‘shib kelayotgan Xayriddin Sultonning badiiy mahorati, uslub borasidagi izlanish hamda erishgan natijalarini tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz Prezidentining 2017 - yil 12 -yanva rdagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi F-4789 -son Farmoyishi, 2017 - yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017-yil 18 apreldagi PQ –28-29-son Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi q arori, 2017-yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaror lar i va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Mavzuning o‘ganilish darajasi. Adabiyot olamida paydo b о ‘lgan yangi iste’dod egasi, uning о ‘ziga xos asari hech qachon adabiy jamoatchilik e’tiboridan chetda qolmaydi. Ularga o‘z vaqtida baho beriladi, yutuqlari e’tirof etilib, kamchiliklariga nisbatan tanqidiy fikrlar bayon qilinadi. Tadqiqot maqsadimiz b о ‘lgan yozuvchi Xayriddin Sulton ham ilk asarlari bilanoq adabiy jamoatchilik nazariga tushgan: bir talay yetuk adabiyotshunoslar uning ijodiga munosabat bildirgan. Xususan, U.Normatov, N.V.Vladimirova, B.Nazarov, I.G‘afurov, A.Rasulov, H.Boltaboyev, B.Karimov, shuningdek, M.Qarshiboy, N.Shukurov, 3

I.Hasanov 1 lar adib asarlari haqida yozgan maqola va taqrizlarni misol keltirish mumkin. Bir qator yosh tadqiqotchilar esa yozuvchi asarlaridan u yoki bu ma’noda, yani qiyosiy-tipologik nuqtayi nazaridan o‘rganishgan. O‘zbek adabiyotida X.Sultonov hikoyachiligi aynan monografik planda o‘rganilmagan. Masalan, H. Boltaboyev yozuvchining uslubiy jihatlarini , Ilhom Hasanov mahorat masalasini o‘rganga. B.Nazarov esa, qissalari poetikasiga oid bir qator tadqiqotlar olib borgan. Tadqiqotning maqsadi. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi istiqlol yillari hikoyanavisligida yangi tamoyillar va Xayriddin Sulton hikoyalarini tahlil qilish asosida yozuvchining hikoya yaratishdagi individual uslubi, badiiy mahoratini aniqlash, sujet, kompozitsiya, til kabi muhim poetik komponentlardan foydalanishdagi о ‘ziga xosligi haqida mushohada yuritish, uning о ‘zbek hikoyachiligi taraqqiyotiga q о ‘shgan hissasini k о ‘rsatishdir. Tadqiqotning vazifalari: Magistrlik dissertatsiyasi ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshirish k о ‘zda tutildi: - Istiqlol yillari hikoyanavisligidagi yangicha ta’limotlarni tahlil qilish; - yozuvchi hikoyalarida mavzu va qahramon masalasi, badiiy g‘oya va shakl xususiyatlarini tadqiq etish; 1 1 Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. T. Ma’naviyat. 2000. Normatov U. Ijod sehri. T. Sharq. 2007. Vladimirova N. Ot slova k knigi. T. Literature i iskustva. 1983. Vladimirova N. O‘zbek hikoyalarida g’oya va obraz. T. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1969. Nazarov B. Adash karvon iztiroblari. T. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 2005. G‘afurov I. O‘ttiz yil izhori. T. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1987. G‘afurov I. Mangu latofat. T. Sharq. 2006. Shukurov N. Bu olam sahnida. T. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1982. So‘z mas’uliyati. Maqolalar to‘plami. T. G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1986. Rasulov A. Betakror o‘zlik. T. Sharq. 2009. Boltaboyev H. Iste’dod va uslub. T. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nshriyoti. 1982. Boltaboyev H. Nasr va uslub. T. G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1992. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. T. Sharq. 2018. Hasanov I. Biri kam dunyo. Buxoro. . Buxoro nashriyoti. 2004. M.Qarshiboy. Inson mo’jiza izlab yashaydi. T. O‘zbekiston. 2014. Doniyorova Sh. Sh.Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy o‘ziga xosligi. Filol. Fan. Diss. T. 2000. Kenjayeva P. Hozirgi o‘zbek hikoyalarida qahramon ruhiyatini tasvirlash tamoyillari. Filol.fanlari.nom. diss. T. 2008. Matyaqubov S. Hozirgi o‘zbek hikoyalarida inson konsepsiyasi va shaxs badiiy talqini. T.2006.,Sattorova G. 90-yillar o‘zbek hikoyachiligida milliy xarakter muammosi. Filol. Fanlari. Nomz. Dissertatsiya. T.2002. 4

- adibning obraz yaratish mahorati, hikoya sujeti, kompozitsiyasi, konflikt, kolliziya va til masalalarida olib borgan badiiy izlanishlari va erishgan yutuqlarini ilmiy-nazariy asosda yoritish; - yozuvchining istiqlol davri о ‘zbek hikoyachiligida tutgan о ‘rnini aniqlash. Tadqiqot ob’yekti. Tadqiqotning asosiy obyekti uchun Xayriddin Sultonovning ,,Odamlardan tinglab hikoya''(2020) h ikoyalar to‘plami asosiy manba b о ‘ldi. Tadqiqotning predmeti ni 70-yillar avlodiga mansub bo‘lgan, nasrda o‘ziga xos ovozga, uslubga ega bo‘lgan Xayriddin Sultonovning adabiy merosini ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi. Kutilayotgan ilmiy yangiligi. Ushbu tadqiqot ishida Xayriddin Sultonovning hikoyachilikdagi mahorati ilk bora o‘rganilmoqda. Uning sujet yaratishdagi, konflikt bobidagi, kompozitsion mahoratlari hikoyalari misolida ochib berilgan. Zamonaviy inson ruhiy dunyosini tasvirlash, uning o‘ziga xos dunyoqarashi, ya’ni xarakterini namoyon etishi, yozuvchining bu boradagi uslubiy o‘ziga xosliklari “Yo Jamshid”, “Umr esa o‘tmoqda”, “Do‘stim Esonboy” hikoyalari tahlili orqali dalillangan. Hikoyalarda o‘zbek xalqining azaliy urf-odatlari, an’anaviy yashash tarzi, diniy-falsafiy bilimi, xalqlar o‘rtasidagi teng huquqlilik jarayonlari obrazlar tasvirida berilgan. Dissertatsiyaining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Samarqand davlat universiteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasining “Adabiy tur va janrlar poetikasi” mavzusi doirasida bajarildi. Tadqiqotning metodologik asosi ni Milliy istiqlol mafkurasi hamda milliy mafkuraga doir dasturiy ko‘rsatmalar, ilmiy tadqiqot ishlarining ustuvor yo‘nalishlariga oid qarashlar ushbu magistrlik ishining metodologik asosini tashkil etadi.. Adabiyotshunoslik sohasida zamonaviy adabiy jarayon mavzusi yo‘nalishiga bevosita aloqador bo‘lgan U. Normatov, H.Umurov, B.Karimov kabi olimlarning ilmiy ishlaridagi tadqiqotlarga tayanildi. 5