ABDULLA ORIPOVNING HAJVIYANAVISLIK MAHORATI
ABDULLA ORIPOVNING HAJVIYANAVISLIK MAHORATI MUNDARIJA: Kirish................................................................................................................... I bob. HAJV VA UNING BADIIY ADABIYOTDAGI O ’ RNI 1.1. Hajvning jamiyat va adabiyotdagi vazifalari................................. .. .......... ..... . 1.2. Shoir hajviyalarining adabiy manbalari................................................. ......... 1.3. Abdulla Oripov hajvlarining mazmun doirasi....................................... ......... II bob. A.ORIPOV NING HAJVIY XARAKTER YARATISH MAHORATI 2.1. Shoir yaratgan hajviy tip va xarakterlarning oziga xos jihatlari...................... 2.2. Abdulla Oripov ijodida hajviy xarakterlar poetikasi........................ ................. 2.3. Abdulla Oripov hajviyotida badiiy niyat va shoir pozitsiyasi............................ III bob. ABDULLA ORIPOV HAJVIYOTINING BADIIY XUSUSIYATLARI 3.1. Shoir hajviy uslubida adabiy janrlar va sheriy shakllarning o ’ rni......................................................................................................................... 88 3.2. Abdulla Oripovning hajviyotda she ’ riy san ’ atlardan foydalanish mahorati...............................................................................................................10 6 1
XULOSA..............................................................................................................1 23 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................127 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti Axrorova Mahbuba Akbarovnaning “Abdulla Oripovning hajvnavislik mahorati” mavzusidagi 5A 120101- Adabiyotshunoslik (O’zbek adabiyoti) bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasiga Annotatsiya Mazkur tadqiqot ishi jahon adabiyotshunosligida alohida e’tibor qaratilib kelinayotgan adabiy hodisa bo’lgan hajviyotning adabiyotdagi o’rni va O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hajviyanavislik mahoratiga bag’ishlangan bo’lib, unda ijodkor hajv doirasining mazmuni, hajviy xarakter yaratish mahorati, hajviy asarlarning badiiy xususiyatlari tadqiq etilgan. Dissertatsiya kirish, uch asosiy bob hamda xulosa qismidan iborat bo’lib, dissertatsiyalar oldiga qo’yilgan talab asosida amalga oshirilgan. Tadqiqot ishida hajvning jamiyatdagi illatlarni fosh etishi, bu illatlar yuzaga keltirgan jarohatlarni davolash kabi vazifalarga e’tibor qaratilgan. Shuningdek shoir hajvlari janr nuqtayi nazaridan ham o’rganilgan bo’lib, uning shoir hajviyoti turli adabiy janrlar ballada, rivoyat, qissa, to’rtlik, masnaviy, voqeaband hajviy she’rlar , hazil she’rlar kabi shakllarda yaratilganligi aniqlangan va misollar keltirib o’tilgan. Shoir hajvlari esa umumiy tarzda satira va yumorga qaratilgan. Mazkur ishda muallifning kulgusini yuzaga keltirish uchun talmeh, tazod, tashxis, mubolag’a, tanosub, irsoli masal kabi she’riy san'atlardan foydalanish mahorati va bu orqali asarlarning jozibador shirali, xalqona ruhga ega bo’lganligi tadqiq etilgan. Akhrorova Makhbuba who is master’s student of Samarkand State University which is named Sh. Rashidov. Abdulla Aripov’s humour art “5A 2
120101-dissertation for a master’s degree on the topic of dissertation (Uzbek literature) Annotation This research work is devoted to the role of comedy in literature, which is a litarary phenomenon for which world literature pays special attention, and the mastery of comedy of the People’s Poet of Uzbekistan A. Aripov. The entrance to the dissertation is based on the requirements of the dissertation, which consistes of the main chapter and the concluding part. The research focuses on the role of comedy in exposing the flaws in society, as well as treatment of injuries caused by these flaws masnavi, comic poems, etc, and exemples are given. The poet’s comedies are generally divided into satire and humor. In this work, the author demonstrates the skill of using poetic arts such as talmeh, tazod, diagnosis, rhyme, tanosib to create laughter, and thus the attractive poems of the work. Kirish Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahon adabiyotshunosligida hajviyot alohida diqqat qaratib kelinayotgan adabiy hodisa bolib, dunyoning mashhur hajvnavis shoir-u adiblari ijodi bo‘yicha olib borilayotgan izlanishlar buni yaqqol tasdiqlaydi. Hajviyotning falsafiy-ijtimoiy mohiyati, poetikasi, ilmiy-nazariy xususiyatlar; komik, yumoristik va satirik janrlar taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan omillarning ma’lum ijodiy maktablar va ularning yetakchi namoyandalari faoliyatiga ko‘rsatgan tasirini baholash keng ko‘lamda olib borilayotir. Ma’naviy tanazzul, fojeiy qismat muammosining hajviy tasvir va ifodaga ko‘chib, komediyaning mumtoz tragediya bilan barobar rivojlanish darajasiga kotarilishi badiiy ijodiy tafakkur tadrijining mahsuli sifatida talqin qilinmoqda. 3
Dunyo adabiyotshunosligida iste’dod salohiyati, ta’sir kuchining hajviyot orqali tez va ko‘lamli namoyon bo ’ lishi bir necha asrlik she’riyat, xususan Sharq adabiyoti misolida isbotlangan. Yevropaning eng yetuk shoirlarida ham, ularning she’riyatida umumiy ruh nechog‘li mahzun, anduhli sanalmasin, yumor va satiraga murojaatlar qilinishi haqidagi tadqiqotlarda “ kulgi psixologiyasi ” , “ hajv falsafasi ” ning badiiy ijod tafakkurida muhim o‘ringa egaligi qayd etiladi. Ularda hajviyot ijtimoiy illatlarni fosh etish barobarida insoniy takomil nuqsonlarini bartaraf etish g‘oyasi hamda hajvnavislik mahorati masalalari ilgari suriladi. O ' zbek adabiyotida hajviyot o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo ’ lib, u folklor, mumtoz va jahon adabiyoti yutuqlarini sintez qiluvchi adabiy hodisadir. Adabiyot hayotimizning asosiy jihatlari — go‘zallik, yaxshilik, olijanoblik kabi xislatlarni tarannum etsa-da, uning yo‘liga g ’ ov bo‘lgan barcha manfiyliklarga qarshi kurashni ham o‘z oldidagi vazifa sifatida belgilaydi. “ Adabiyot - xalqning yuragi, elning manaviyati ko‘zgusi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, boy madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni hozirlaymiz ” 1 . O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripovning bir qator hajviy she’rlari, “ Ranjkom ” va “ Jannatga yol ” dostonlari misolida satira va yumor masalasini o‘rganish, hajviyotning estetik vazifalarini ijodkor badiiy mahorati bilan bog‘liq holda tadqiq etish mavzuning dolzarbligini ta’minlaydi. Shundan kelib chiqib, mazkur tadqiqotda Abdulla Oripov hajviyotining o‘ziga xos qirralarini, hajviy obrazlar tabiatini satira va yumor orqali ochish usullari, u oziqlangan manbalarni o‘rganish, hajviy she’rlar tahlili asosida shoir hajviyotining tadrijiy o‘sish darajasini ko‘rsatish ham muhim vazifalardandir. Dissertatsiya mavzusi ning o‘rganilganlik darajasi. Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti tarixan hajvnavislikning katta manbaiga ega. Abdulla Oripov hajvnavisligini o‘rganish uchun ana shu katta manbaning, ijodiy silsilaning tadqiq 1 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзи ё евнинг Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий боғида барпо этилган Адиблар хиёбонининг очилишида сўзлаган нутқи . / Халқ сўзи, 2020 , 21 май, № 106 ( 7608 ) . 4
etilishiga ham diqqat qaratish lozim. Binobarin, ayni masala ikki yo‘nalishda ish korishni taqozo qiladi: Birinchidan, ozbek adabiyotshunosligida hajvnavislikning o‘rganilish darajasi yoritilishi maqsadga muvofiq. O’zbek hajviyotini, hajvchi shoir va yozuvchilar ijodini o‘rganishga bagishlangan tadqiqotlar miqdor va sifat e’tibori bilan ancha yuqori. Jumladan, Alisher Navoiy satirasini o‘rgangan A.Abdug‘afurov, Abdulla Qahhor satirasini tadqiq etgan M.Qo ' shjonov, shuningdek, o‘zbek hajvnavisligining turli qirralarini organgan R.Muqimov, O.Sharafiddinov, M.Nazarov, R.Muhammadiyev, S. Toshkanov, O.Saidov, Sh.Axmedova 2 kabi olimlar ishlarini alohida ta’kidlab otish lozim. Ikkinchidan, tadqiqot ishi uchun obyekt sifatida tanlangan Abdulla Oripov ijodi adabiyotshunoslar tomonidan turli miqyoslarda o‘rganilgan. Shoir asarlari tadqiqi borasida M.Qo ' shjonov, O.Sharafiddinov, N.Jabborov, S.Meliyev, N.Afoqova, D.Begimqulov, G.Ashurova, A.Hamdamov 3 kabi olim va tadqiqotchilar muayyan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Binobarin, akademik M.Qo ' shjonov shoirning adabiy portretini yaratgan. Tadqiqotchi N.Afoqova shoir asarlarida qo‘llangan badiiy san’atlarni mumtoz adabiyotga qiyosan o‘rgangan bo‘lsa, G.Ashurovani ham shoirning badiiy mahorati masalasi qiziqtirgan. A.Hamdamovning nomzodlik tadqiqot ishisi esa shoir she’riyatidagi xalqona poetik tafakkur muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shuningdek, milliy adabiyot, she’riyat nazariyasi yo‘nalishida yaratilgan qator tadqiqotlarda ham u yoki bu mavzu munosabati bilan Abdulla Oripov ijodi ilmiy tahlilga 2 Абдуғафуров А. Навоий сатираси. — Тошкент: Фан, 1966; Қўшжонов М. Абдулла Қаҳҳор ижодида сатира ва юмор. — Тошкент: Фан, 1973; Шарафиддинов О. Ҳажвиётга садоқат. — Тошкент: 1998; Муқимов Р. Бадиий адабиётда сатира ва сатирик образ масалалари. — Самарқанд: 1975; Назаров М. Юмор нима? ЎзАС, 1986. № 8; Муҳаммадиев Р. Аския. — Тошкент: 1970; Тошканов С. Ўзбек совет адабиётида сатирик характер проблемаси. — Тошкент: 1987; Саидов О. Сатира тили билан. — Тошкент: 1978; Ш.Ахмедова. Юмор жилолари. — Тошкент: Фан, 1998. 3 Қўшжонов М. Онажоним шеърият. — Тошкент: Ўқитувчи, 1994; Шарафиддинов О. Талант — халқ мулки. — Тошкент: Ёш гвардия, 1979; Қўшжонов М., Жабборов Н. Замон, мезон, шеърият. — Тошкент. 2015; Мелиев С. Абдулла Орипов. — Тошкент: Маънавият, 2001; Афоқова Н. Абдулла Орипов лирикасида бадиий санъатлар. Филол.фанл.номз... дисс. — Тошкент, 1998; Ғаниев И., Афоқова Н. Озод руҳ фалсафаси. — Тошкент: Фан, 2007; Ашурова Г. Сўз ва тимсол уйғунлиги. — Тошкент: Маънавият, 2007; Ҳамдамов А. Абдулла Орипов шеъриятида хал қона поэтик тафаккур муаммоси . Филол.фанл.номз... дисс. — Тошкент, 2011. 5