HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI
HOZIRGI O‘ ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI MUNDARIJA: KIRISH .......................................................................................................................................................... 1 KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Jahon adabiyotshunosligida xalq og’zaki ijodiga e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy adabiyotning tarkibiga singdirilgan folklorizm namunalarining badiiy adabiyotdagi, uning poetikasidagi o ʻ rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, bugungi kunda Lotin amerikasi adabiyotini folkorizmlarsiz tasavvur qilib bo ʻ lmaydi. Dunyo adabiyotshunosligida folklorizmning ko ʻ pgina namunalari Sharq adabiyoti, jumladan hind, fors-tojik, arab, turkiy xalqlar mifologiyasi asosiga qurilganligi fikrimizni isbotlaydi. Shuning uchun ham davr ijodkorlari asarlaridagi xalq og’zaki ijodiga monand jihatlarni o ʻ rganish va ularning asarlariga jahon adabiyotshunosligi nuqtai nazaridan baho berish asosiy muammolaridan hisoblanadi. Bu holat ayniqsa, Usmon Azim, Azim Suyun, E.Vohidov va boshqalar ijodidagi folklorizmlar badiiyatini har tomonlama chuqur tadqiq etish dolzarblik kasb etadi. 1
O zbek adabiyotida o tmish, adabiy merosga e’tibor ayniqsa, mustaqillikʻ ʻ yillarida jadal rivojlanib bormoqda. Shu o rinda alohida ta’kidlash zarurki, ʻ adabiyotimizda folklorga e’tibor yanada ommaviy tus olib bormoqda. O zbek ʻ shoirlar zamonaviy inson haqidagi qarashlarida bu kabi tajribalardan maksimal darajada foydalanmoqdalar. Poetik obraz folklor namunalari bilan xalqonalik kasb etib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Mamlakatimizda barcha soha tarmoqlari qatori madaniyat va san’at, adabiyot, ommaviy axborot vositalari rivojiga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, keyingi paytda bu soha ravnaqini yangi bosqichga ko tarish bo yicha ʻ ʻ ulkan ishlar qilinmoqda” 1 . Ana shu talablar adabiy-badiiy jabhada ham yangicha badiiy tafakkur va tamoyillarni zarurligini isbotlamoqda. Badiiy adabiyotda xalqning ijtimoiy hayoti, ma’naviy-ma’rifiy turmushini tasvirlashda, xususan, uning yanada taraqqiy topishida, xalqchillikning ta’minlanishida xalq og'zaki ijodining o rni nihoyatda kattadir. Shu ma’noda yozma adabiyot va xalq og zaki ʻ ʻ ijodining o zaro munosabatlarini o rganish adabiyotshunoslik oldidagi muhim ʻ ʻ vazifalardan biri bo lib kelgan. ʻ Adabiyot hamma zamonlarda xalq ma’naviyatining bebaho xazinasi bo lib kelgan. O zbek she’riyatining taniqli namoyandalari ijodidagi milliy, diniy ʻ ʻ qadriyatlarni, shuningdek, folklorga xos obrazlarni tadqiq etish, ularning xalq og zaki ijodidan ta’sirlanishi, erishgan yutuqlari sirlarini o rganish muhim masala ʻ ʻ hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi F-4789 -son Farmoyishi, 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtlaridan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 18 apreldagi PQ –28-29-son Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etish to‘g‘risida”gi 1 Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. //Xalq so‘zi gazetasi. – Toshkent, 2017 yil. 4 avgust 2
q arori, 2017 yil 17 fevraldagi PQ-2789-son «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaror lar i va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Mavzuning o‘ganilish darajasi. Folklor va yozma adabiyot munosabati masalasi dolzarb masalalardan biri bo lib, hozirga qadar bu muammo talqiniga doirʻ ko plab tadqiqotlar yaratilgan. N.Mallayev, M.Hakimov, J.Qobulniyozov kabi ʻ olimlarning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy kabi shoirlarning folklordan foydalanish mahoratiga doir tadqiqotlari mavjud. Yozma adabiyotdagi folklorizmlarning badiiy xususiyatlari, manbalari, tasnifi, tipologiyasiga doir B.Sarimsoqov, I.Yormatov kabi folklorshunoslarning qator maqolalari e’lon qilingan. XX asr o zbek adabiyoti namoyandalari asarlarida ʻ folklor elementlarining badiiy talqini masalasi G .Jalolov, G .Mo minov, ʻ ʻ ʻ A.Sabirdinov, L.Sharipova singari tadqiqotchilar tomonidan o rganilgan. ʻ Ma’lumki, XX asrning birinchi yarmida adabiyotimizda folklor an’analaridan ijodiy foydalanish jarayoni kuzatila boshlandi. 1 Shoir va adiblarimiz o z badiiy niyatlaridan kelib chiqib, asar personajlari va ʻ voqealar talqinining xususiyatlarini ta’minlash maqsadida xalqimizning milliy 1 Sarimsoqov B.Dostonlarda psixologik tasvirning xarakteri haqida ba’zi mulohazalar || Po’lkan shoir.O’zbek xalq ijodi bo’yicha tadqiqotlar.2-kitob.-Toshkent : Fan, 1976.-B.106-114; Qosimov Ya.O’zbek she’riyatida poetik fikrning yangilanish jarayoni(60 yillar shoirlar avlodi ijodi misolida ):Filol:fan.nomz…diss.-T.:1993; Aliyev B.Hozirgi o’zbek she’riyatda psixologizm problemasi: Filol.fan.nom..diss.T.: 1994; To’lakov I.Hozirgi o’zbek lirikasida davr va qahramon talqini : Filol.fan.doktori…dis.-T.: 1994; 4.Norboyev B.hayotni poetik talqin etish tamoyillari va mahorat muammolari: Filol.fan.doktori…diss.avtoreferati.-T.:1996; Jumaboyeva J. XX asr she’riyatida psixologik tasvir mahorati : Filol.fan.doktori…diss. aftoreferati. – T.,1999, Hamdamov U.Badiiy tafakkur tadriji.-Toshkent Yangi asr avlodi,2002-B.199; Yo’ldoshev Q.Ko’ngil mavjlari // “O’zbekiston ovozi”.- 2001.-10 mart; Yana o’sha insoniy tuyg’ular jilvasi// “Yozuvchi”. -2002.-27 aprel; Yana o’sha.Samimiy tuyg’ular tarovati// “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”.-2002-1mart .;Yana o’sha .Iztirob suratlari// “Hurriyat”. -2003.-24 sentabr ; Yana o’sha Adabiyot osmoni cheksiz// “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”.2004.-8oktabr; Yo’ldosheva M. Hozirgi o’zbek modrn she’riyatining asosiy xususiyatlari: Filol.fan.nom… diss. aftoreferati. –T.:2004; Hayitov A.90-yillar o’zbek lirikasida an’ana va shakliy izlanishlar: Filol.fan.nom… diss. aftoreferati. –T.:2004; Rajabov A.Usmon Nosir (hayoti va ijodi): Filol.fan.nom… diss. aftoreferati. –T.: 1967. 272 b.; G’afurov I. Lirikaning yuragi. – Toshkent: 1982-222 b. 3
qadriyatlariga, xususan, folklor asarlaridagi badiiyat durdonalariga murojaat qila boshladilar. Bu ijodiy jarayon hozirgi asrimizda ham yaqqol ko zga tashlanadi.ʻ Shu bois folklor va yozma adabiyot munosabati masalasini tadqiq etishda bugungi adabiy jarayonning badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqib ish ko rish, ʻ shoirlarning uslubi va ijodiy o ziga xosligini ularning folklorga munosabatisiz ʻ tasavvur qilish mumkin bo lmay qoldi. Shu jihatdan qaraganda zamonaviy o zbek ʻ ʻ shoirlarning folklor namunalaridan foydalanish mahoratini o rganish masalasi ʻ dolzarb adabiyotshunoslik oldidagi masalalardan biri hisoblanadi Tadqiqotning maqsadi. O zbek she’riyatida folklor motivlarining ʻ qo’llanilishini, folklorizmlardan foydalanish mahoratini o rganish, ushbu davr ʻ she’riyati namunalarida folklorizmlarning o ziga xos jihatlarini yoritish hamda ʻ adabiyot va folklor munosabatidagi dinamikani ko rsatish tadqiqotimizning asosiy ʻ maqsadini belgilab beradi. Tadqiqotning vazifalari: Mazkur ish quyidagi vazifalarni hal qilishni ko zda tutgan: ʻ – Elbek o zbek adabiyotshunosligida folklor an’analaridan foydalanish ʻ borasida ilk ijodiy namunalari bilan folklorizmlarni boshlab bergan ijodkorligi bilan novator shoir ekanligini o rganish; ʻ – Abdulla Oripov she’riyatida folklorga xos obrazlar tizimini va ularning individual xususiyatlarini talqin etish; – Afsona va rivoyatlarning Erkin Vohidov, A.Oripov, T.Sulaymon she’riyatida tutgan o rnini tahlil etish; ʻ – Usmon Azim ijodida folklor motivlari hamda bir qator janrlar, jumladan, maqol va matallarning qo llanilishini tadqiq etish; ʻ – Folklor namunalarining milliy ruhiyatga ta’sirini o’rganish. Tadqiqot ob’yekti. Magistrlik dissertatsiyamizda zamonaviy she’riyat vakillari, Erkin Vohidov “O zbegim”, (1999) Usmon Azim “Saylanma” 1-2 jild ʻ (2018), To ra Sulaymon “Saylanma” (2005), M.Yusuf “Saylanma” (2005) she’riy ʻ to plamlari asosiy manba qilib olindi. ʻ 4
Tadqiqotning predmeti ni boy va serqirra qadriyatlarimiz aks etgan folklore motivlarining milliy ruhiyat va milliy xarakter talqinini yaratishdagi mahorati ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi. Zamonaviy shoirlar she’riyatida folklor an`analari zaminida shakllangan badiiy timsollar tizimini tahlil etilish; hozirgi davr she`riyatida maqol-matal, ibora va hikmatli so zlarning,ʻ E.Vohidov, A.Oripov, T.Sulaymon she’rlaridagi o’rnini ochib berish; afsona va rivoyatlarning she’riy asarlar kompozitsiyasida bajargan badiiy vazifasini tadqiq etish; zamonaviy she’riyatda folklorizmlardan foydalanib, poetik mahoratlarini namoyon etgan, etayotgan shoirlar o’ziga xosliklarini aniqlash; Dissertatsiyaining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Samarqand davlat universiteti Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasining “Adabiy tur va janrlar poetikasi” mavzusi doirasida bajarildi. Tadqiqotning metodologik asosi ni E.Meletenskiy, Yu.Borev, V.Baxten, V.Jirmunskiy kabi mutafakkir va olimlarning asarlaridagi ilmiy-nazariy qarashlar belgiladi. Bundan tashqari folklorga oid tadqiqotlar qayd etgan bir qator o ‘ zbek olimlari: T.Mirzayev, B.Sarimsoqov, D.Quronov, D.O ‘ rayeva singari tadqiqotlariga tayaniladi. Tadqiqot metodi. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida qiyosiy-tarixiy va qiyosiy-tipologik metodlar qo‘llaniladi. Shuningdek, qiyosiy-tipologik va qiyosiy tarixiy metodga murojaat etiladi. Dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati. Xalqimizning boy madaniy tarixini aks ettirgan folklor an’analarinining poetik ko’lamini oshirishga imkoniyatlar eshigini ochish. Ya’ni xalqimizning qadimiy urf-odatlari, kuy va qo ‘ shiqlari, afsona va rivoyatlari, shuningdek maqol va matallari o ‘ quvchilarning ma’naviy-ruhiy dunyoqarashiga yaqindan xizmat qilishini ta’minlash. Xalq donishmandligining tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi. Folklor namunalarini darsliklarda hajmini kengaytirish va tahlil qilishga ko ‘ mak berishdan iborat . 5