UBAYDIY SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRINING


UBAYDIY SHE’RIYATIDA RUBOIY JANRINING O‘RNI VA AHAMIYATI MUNDARIJA B M I n i n g u m u m i y t a v s i f i … … … … … … … … … … … … … … . 3 - 8 - mavzuning dolzarbligi; - o‘rganilish tarixi; - i s h n i n g i l m i y y a n g i l i g i ; - a m a l i y a h a m i y a t i ; - i s h n i n g t u z i l i s h i . I . B O B . U B A Y D I Y – S H O H V A S H O I R … … … … … … … … . . . . . . . . 9 - 2 8 I . 1 . U b a y d i y h a y o t i , a d a b i y m e r o s i v a u n i n g m a n b a l a r i . . . . . . . . 9 - 1 8 I . 2 . S h o i r s h e ` r i y a t i v a u n d a r u b o i y j a n r i n i n g t u t g a n o ‘ r n i . . . 1 9 - 2 8 I I . B O B . U B A Y D I Y – R U B O I Y N A V I S S H O I R … … … … … … … . 2 9 - 5 6 I I . 1 . U b a y d i y r u b o i y l a r i n i n g m a v z u k o ‘ l a m i v a g ’ o y a v i y y o ‘ n a l i s h i … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … . . 2 9 - 3 9 I I . 2 . S h o i r n i n g b a d i i y m a h o r a t i … … … … … … … … … … … … … . . 4 0 - 4 9 I I . 3 . U b a y d i y r u b o i y l a r i d a v a z n v a q o f i y a … … … … … … … … … 4 9 - 5 6 X U L O S A … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … … 5 7 - 6 0 A D A B I Y O T L A R R O ‘ Y X A T I … … … … … … … … … … … … … … 6 1 - 6 4 1
Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi Mavzuning dolzarbligi. Mustaqilli kka erishganimizdan so‘ng har bir sohaga e’tibor kuchaydi. Shu jumladan adabiyot sohasiga ham, ayniqsa, mumtoz adabiyotga, mumtoz adabiyotdagi shoir-u yozuvchilarning hayoti va faoliyatiga, ularning adabiy merosiga bo‘lgan e’tibor tobora ortib bordi. O‘zbek mumtoz adabiyoti ma'naviyatimizning mustahkam ildizlaridan biri desak yanglishmagan bo‘lamiz. O‘tgan ming yil davomida ijod qilingan badiiy asarlar: turli janrdagi she'rlar, dostonlar, masnaviylarning zamirida ajdodlarimizning hayot va o‘lim, olam va odam, iymon va e'tiqod haqidagi qat'iy xulosalari aks etgan. Bu xulosalar axborot zamonida sokin qalb, teran tafakkur, ulug‘vor maqsadlar egasi bo‘lishimizda o‘ta ahamiyatlidir. Agar biz ajdodlarimiz qoldirgan bu ma'naviy merosga tayanmasak, o‘zligimizni yo‘qotib, ayni paytda moddiy rivojlanishda bo‘lgan turli millatlarning ta'siriga tushib qolishimiz mumkin. Demak, mumtoz adabiyotimizni chuqur o‘rganish, uning an’analaridan, yaratilish tarixidan xabardor bo‘lish bugungi kunda har doimgidan ko‘ra zarurdir. Har qanday millat borki, uning adabiy merosi, o‘ziga xos urf-odatlari shu xalqning ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga hamda saviyasini oshirishga xizmat qiladi. Zero, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti o‘zlarining “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarlarida bejiz: “Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san'ati, badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejis emas, albatta”, 1 - deb ta’kidlamaganlar. 1 Каримов B.A . Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – Б.86. 2
Mustaqillik sharofati bilan milliyligimiz, o‘zligimizni namoyon etadigan barcha sohalar rivoj topib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning davlat oldiga qo‘ygan vazifalaridan biri ham aynan shu haqda: “Kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamalakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart- sharoit yaratish haqida bormoqda” 2 . Barchamizga ma’lumki, o‘zbek adabiyotiga haqiqiy tamal toshi qo‘ygan ijodkor Alisher Navoiydir. Zahiriddin Muhammad Boburning ham sarkarda, ham hukmdor, ham shoir ekanligi ham hech kimga sir emas. Ammo XV asr oxiri – XVI asr boshlarida temuriylar sulolasi hokimiyati parkandalikka uchrab, qulagandan so‘ng Movarounnahr va Xuroson zaminida ham she’riyat an’analari davom etavergan. Mana shu narsa ko‘pchilikka ma’lum emas, chunki bu borada tadqiqotlar juda kam amalga oshirilgan. Temuriylardan keyin taxtga kelgan shayboniylar sulolasi tarixida ham shoir, ham podsho bo‘lgan hukmdor ham ko‘plab topiladi. Masalan, Movarounnahrni zabt etgan ko‘chmanchi o‘zbeklar sultoni Muhammad Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon ham shoir o‘tishgan. Zahiriddin Muhammad Boburdan so‘ng ruboiy yozishda yuksak maqomga erishgan shaxs Ubaydullaxon hisoblanadi. Ubaydullaxonning g‘azallari, ruboiylari, tuyuq, masnaviylari ma’no va mazmun jihatidan e’tiborlidir. Uning asarlari ma’naviyat xazinasidan o‘rin olgan asarlar sirasiga kiradi. Ammo, uning she’rlar to’liq o‘ganilmagan. Ayniqsa g‘azal va ruboiylari mukammal o‘rganishni talab qiladi. Ubaydiy ruboiylarining janr va vazn xususiyatlarini, ularda qo‘llanilgan badiiy san’atlarini o‘rganish va bosha qator hodisalar hali ruboiylari misolida 2 Мирзиёев Ш.М. Танкидий таҳлил, қатъий тартибли интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Т.: Ўзбекистон. 2017. – 47 бет. 3
maxsus tadqiq etilmaganligi mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning o‘rganilish tarixi. Zahiriddin Muhammad Boburdan keyin ruboiy yozish bo‘yicha keying o‘rinda turgan shaxs Ubaydullaxondir. Temuriylardan keyin taxtga kelgan shayboniylar sulolasi tarixida ham shoir, ham podsho bo‘lgan hukmdorlar ham ko‘plab topiladi. Masalan, Movarounnahrni zabt etgan ko‘chmanchi o‘zbeklar sultoni Muhammad Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon ham shoir o‘tishgan. Ko‘plab shoh - shoirlar qismati kabi uzoq yillar Ubaydiyning hayoti va ijodi ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganilmay kelindi. O‘rganilmaganligining sababi, rus-tuzem hukumati bostirib kelishi natijasida adabiyotga bo‘lgan e’tibor keskin kamayib ketgan. Ko‘plab shoir va yozuvchilarning adabiy meroslar xorijiy mamlakatlarga olib ketilgan yoki o‘rganilmay bir chetda qolib ketilgan. Bular sirasiga Qul Ubaydiyning asarlar ham kiradi. Ubaydiy haqida bizgacha ko‘p manbalarda ma’lumotlar yetib kelgan. O‘z zamonasida XVI asrdayoq yaratilgan tarixiy, ilmiy, tazkira asarlarda uning siyosiy faoliyati, g'ayrat-shijoati, noyob iste’dod egasi ekanligi, merosi haqida qimmatli dalillarni ko‘ramiz. Zayniddin Vosifiyning “Badoe ul-vaqoe”, Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob”, Mirmuhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma” , Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy” asarlari kabilar ana shunday muhim manbalardir. XX asrda M.F Kupruli, J. Ekman, A.Shimmel singari chet el olimlari shoh- shoir tarjimayi holini bir qadar o’rganib, merosi yuzasidan ayrim tadqiqotlarni amalga oshirganlar. O’zbek olimlaridan Abdurauf Fitrat “Ahmad Yassaviy maktabi shoirlari to’g’risida tekshirishlar”, “XVI asrdan so’ngra o’zbek adabiyotiga bir qarash” nomli maqolalarida Ubaydiy xususida ham fikr yuritgan edi. O’zbek adabiyoti” 4