HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA MURABBA’ JANRI AN’ANALARI VA UNING YANGILANISH HOLATI (A.ORIPOV, M.YUSUFLAR IJODI MISOLIDA)”

Загружено в:

05.03.2025

Скачано:

0

Размер:

482.0 KB
HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA MURABBA’ JANRI AN’ANALARI
VA UNING YANGILANISH HOLATI
(A.Oripov, M.Yusuflar ijodi misolida)
Reja:
Kirish:  Mavzuning dozarbligi, maqsadi, vazifasi.
I   bob:   O‘zbek   mumtoz   adabiyotida   murabba’   she’r   janri   va   u
bo‘yicha qilingan ishlar tahlili.
1. Murabba’ janri genezisi.
2. Murabba’ janrining XX asrgacha taraqqiyot  yo‘li.
3. Murabba’ janri poetikasi.
II bob. XX asr o‘zbek adabiyotida murabba’.
1. Hozirgi o‘zbek she’riyatida murabba’ janri rivoji.
2.   Murabba’   janrining   yangilanish   an’analari   va   o‘ziga   xos
xususiyatlari.
Abdulla Oripov, Mu h ammad Yusuf.
Xulosa 
Adabiyotlar.  KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
Murabba’   janri   va   bu   janrda   ijod  qilgan   shoirlarning   ikki   ming  yillik   tarixi,
taraqqiyoti, poetikasi haqida filologiya fanlari nomzodi A.Xudoyberdiyev “O‘zbek
poeziyasida   murabba’”   mavzusidagi   nomzodlik   dissertasiyasida   ilmiy   asoslab
bergan.   Biroq,   hozirgi   o‘zbek   adabiyotida   keyingi   bir   asrlik   davr,   jumladan,
mustaqillik   yillarida   ijod   qilgan   shoirlar,   Cho‘lpon,   Fitrat,   Oybek,   G’.G’ulom,
H.Olimjon,   Uyg’un,   Habibiy,   Charxiy,   Sobir   Abdulla,   Akmal   Po‘lat,   Vosit
Sa’dulla,   Abdulla   Oripov,   Omon   Matjon,   Muhammad   Yusuf   ijodida   barmoq
vaznida   yozilgan   murabba’lar   alohida   ilmiy   tadqiqot   obyekti   bo‘lmadi.   To‘g’ri,
ularning   ijodi   haqida,   asarlarining  g’oyaviy  mazmuni   to‘g’risidagi   tadqiqotlarda   u
yoki   bu   tarzda   ma’lumot   berilgan   bo‘lsa-da,   murabba’   janri   alohida   o‘rganilmadi.
Ana  shu  nuqtai  nazardan  A.Oripov  va  M.Yusuf   murabba’larini  o‘rganish  bugungi
kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Tadqiqotning yangiligi: 
Yuqoridagi   dolzarb   vazifadan   kelib   chiqqan   holda,   men   A.Oripov   va
Muhammad   Yusuf   ijodlarida   murabba’   janrining   o‘rni   va   ahamiyati   haqida   fikr
yuritishni   lozim   topdim.   Chunki   bu   janr   xalq   qo‘shiqlari,   laparlari,   aytishuvlariga
yaqin,   sho‘x,   o‘ynoqi.   Muhammad   Yusuf   o‘zining   oltmishga   yaqin   murabba’lari
bilan xalq  qalbidan  joy  oldi. Ularning barchasi  qo‘shiqqa  aylandi.  Ana  shularning
mazmun   mohiyatini   ilmiy   asosda   tahlil   qilishimiz   kerak   edi.   To‘g’ri   A.Oripov,
Muhammad   Yusuf   ijodlariga   oid   dissertasiyada   (M.Davronova),   bir   qator     ilmiy
maqolalarda u yoki bu tarzda fikrlar bildirilgan, biroq, aynan shu janr monografik
tarzda o‘rganilmagan. 
Maqsad va vazifa:
1.  Abdulla  Oripov  va   Muhammad  Yusufning  murabba’   janridagi  she’rlarini
alohida   holda   o‘rganib,   uning   mazmun   mundarijasini,   mavzularini   aniqlab,   tahlil
qilish. 
2 2.   Shoirlar   ijodidagi   murabba’   janrining   o‘ziga   xos   badiiy   xususiyatlarini
ochib berish.
3.   Abdulla   Oripov   va   Muhammad   Yusufning   bu   janr   imkoniyatlaridan
foydalanib, o‘z fikr g’oyalarini yangicha bayon qilganligini aniqlash. 
Nazariy va amaliy ahamiyati
1.   Abdulla   Oripov   va   Muhammad   Yusuf   ijodi   misolida   o‘zbek   she’riyatida
murabba’   janrini   bugungi   kundagi   o‘rnini   belgilab   berish.   Nafaqat   o‘zbek
adabiyotida,   balki   turkiy   xalqlar   adabiyotidagi   (ozarbayjon,   turkman,   qozoq,
qirg’iz) bu janrning hozirgi o‘rniga baho berish va buning sabablarini o‘rganish.
Metodologik asosi:
Turkiy xalqlar she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan murabba’ janrining
va   bugungi   kunda   bu   janrda   yaratilgan   badiiy   asarlarning   insonparvarlik   ruhidagi
tarbiyaviy   ahamiyatini   kitobxonlarga,   o‘quvchilarga   yetkazish,   tushuntirish.   Bu
jarayonni Abdulla Oripov hamda Muhammad Yusuf va boshqa shoirlar ijodi bilan
bog’lab, tahlil qilish. Komil insonni tarbiyalashga e’tiborni qaratish.
Ishning joriylanishi (aprobasiyasi).
Amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi kafedrasi ish
rejasiga kiritilgan. 
Ishning   tuzilishi   va   hajmi.   Kirish,   ikki   bob,   xulosa   va   adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat. Ish __ sahifadan tashkil topgan.
3 I BOB
O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA MURABBA’ ShE’R JANRI
VA U BO‘YICHA QILINGAN ISHLAR TAHLILI
O‘rta asrlar adabiyotining poetikasi va janr tarkibini o‘rganish ishiga e’tibor
asosan   Ulug’   Oktyabr   inqilobidan   so‘ng,   aniqrog’i   20-yillardan   boshlab   kuchaya
bordi.   She’riy   shakllar   nazariyasi   xususan,   A.Fitrat,   A.Sad’iy,   A.N.Samoylovich,
O.Sharofiddinov,   S.Ayniy,   V.Zohidov,   V.Abdullayev,   H.Zarifov,   Izzat   Sulton,
H.Yoqubov,   A.Hayitmetov,   N.Mallayev,   A.Qayumov,   R.Majidiy,   B.Valixo‘jayev,
R.Orzibekov, A.Abdug’afurov, Yo.Isxoqov, I.Haqqulov, A.Nosirov, L.Zohidov va
boshqa   olimlarimizning   asarlarida   kengroq   tadqiq   etildi. 1)
  Shu   xildagi   tadqiqot
klassik   murabba’   shakli   va   uning   o‘zbek   adabiyotidagi   an’analari   borasida   ham
yuzaga keldi. A.Qayumov “Qadimiyat obidalari” asarida, A.Hayitmetov “Barhayot
chashma”   kitobiga   kirgan   “Qadimgi   turkiy   she’riyat   haqida”   maqolasida,
G’.Karimov “Muqimiy”, N.Shukurov “Uslublar va janrlar”, V.Mo‘minova “O‘zbek
demokratik   adabiyotida   lirika”   monografiyalarida,   R.Orzibekov,   “O‘zbek   klassik
adabiyotida   murabba’”   risolasida   bu   shaklning   o‘rta   asrlar   adabiyotidagi,
shuningdek,   o‘zbek   adabiyotidagi     o‘rniga   g’oyaviy-badiiy   qimmati   haqida   so‘z
yuritganlar.   Ularda   bu   shakl   poeziyasi,   poetikasi   va   taraqqiyotini   chuqur
o‘rganishga   ko‘maklashuvchi,   tayanch   nuqtasi   bo‘lib   xizmat   qiluvchi   fikrlar   bor
albatta.
Ammo murabba’ yaxlit bir ilmiy-tadqiqot ishning mavzusi bo‘lgan emas. Shu
sababli ham bu she’riy shaklni monografik aspektda tadqiq etish adabiyotshunoslik
oldidagi muhim vazifalardan biridir.
Ma’lumki,   to‘rtlik   shakli   trkiy   tildagi   og’zaki   she’riyat   orqali   ozarbayjon,
turkman,   uyg’ur   adabiyotida   yetakchi   she’riy   shakllardan   bo‘lib,   keldi.   U   o‘zbek
xalq   og’zaki   ijodida,   yozma   adabiyotimizning   to‘ng’ich   namoyandalaridan
sanalmish Ahmad Yassaviy ijodida ham hokim formalardan biri sifatida 
4 _______________________________________________
1 . N.Komilov. Tasavvuf. 1-kitob. T.: Yozuvchi. 1996 yil.   2. I.Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. T.:
1991 yil. 3. Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. T.: 1992 yil.   4. A.Qayumov. Qadimiyat obidalari. T.: 1972
yil.   5. M.Ibraximov. O‘zbek sovet poetikasi janrlarining tarkib topishi. T.: Fan, 1983 yil. 224 bet.
shakllanadi. Ahmad Yassaviydan so‘ng bu xalqchil formaga turli davrlar shoirlari –
Mashrab,   Uvaysiy,   Avaz   O‘tar   o‘g’li,   Mirzo   Xayrullo,   Isoqxon   Ibrat,   Oraziy,
Sidqiy   Xondayliqiy   (Shavkat)   va   boshqalar   murojaat   etishib,   uning   musammat   –
murabba’ shaklidagi original namunalarini yaratdilar.
To‘rtlik she’rlarning turli xil qofiyalanish namunalari, jumladan, bu janrning
klassik   poetik   talablariga   javob   bera   oladigan   namunalari   o‘zbek   shoirlarining
barcha   avlod   vakillari   tomonidan   ham   yaratildi   va   yaratilmoqda.   Bu   esa   klassik
poeziyaning   g’azal,   muxammas,   ruboiy   tuyuq,   marsiya,   qasida   shakllari   qatorida
murabba’   she’r   shakli   ham   barhayot   san’ana   sifatida   yashab   kelayotganligini
ko‘rsatadi.   Lekin   shunday   bo‘lsa-da,   hali   adabiyotshunoslikda   bu   shaklning
lug’aviy   ma’nosi   to‘g’risida   aniq   fikr   yo‘q.   Chunonchi,   1967-70   yillarda   nashr
etilgan   “Adabiyotshunoslik   terminlari   lug’ati”da   “murabba’   (to‘rtlik,   to‘rtburchak
so‘zidan) klassik poeziyadagi qofiyalanish tartibiga qarab tuzilgan shakllardan biri.
Murabba’da har bir band to‘rtliklardan iborat bo‘ladi, boshda to‘rt misraning bir xil
qofiyalanib,   to‘rtinchi   misralarning   birinchi   bandidagi   misraga   qofiyadosh
bo‘lishini   talab   qiladi”   deb   yozilgan.   Murabba’ga   berilgan   bu   ta’rif   to‘la   emas.
Vaholanki, biz Muqimiyda murabba’ning ikki xil qofiyalanish tartibini uchratamiz.
Ta’rifda   murabba’larning   boshqa   to‘rtlik   she’rlardan   farqi,   vazni   ko‘rsatib
o‘tilmagan.   “Adabiyotshunoslikdan   qisqacha   ruscha-o‘zbekcha   terminologik
lug’at” kitobida esa murabba’ (chetverostiщiye) – Sharq poeziyasida “Har bir bandi
to‘rt misradan tashkil topgan klassik she’r shakllaridan biri” deb atalgan, xolos.
“O‘zbek   demokratik   adabiyotida   lirika”   risolasining   muallifi   V.Mo‘minova
“Murabba’ning   kelib   chiqish   tarixi,   ya’ni   birinchi   marotaba   qaysi     adabiyotda   va
qachon,   qaysi   asrdan   boshlab   qo‘llangani   hali   adabiyot   tarixida   yechilmagan
muammolardan   biridir.   Murabba’   o‘zbek   adabiyotida   ikki   yo‘l   bilan,   birinchidan,
xalq   og’zaki   ijodining   ta’siri   natijasida,   ikkinchidan,   adabiy   aloqalar   ta’sirida,
5 xususan,   Muhammad   Fuzuliy   ijodi   orqali   XVI   asrdan  so‘ng   paydo   bo‘lgan   bo‘lsa
kerak” deb yozadi. 1)
_________________________________________
1. V.Mo‘minova O‘zbek demokratik adabiyotida lirika. Toshkent,  “ Fan ”  1979. 
Nazarimizda, bu fikr bir muncha haqiqatga yaqindir. Chindan ham murabba’
she’rlarining o‘zbek adabiyotidagi paydo bo‘lish chshmalari xalq og’zaki ijodidagi
to‘rtlik qo‘shiqlrga borib bog’lanadi. Biroq muallifning “... ikkinchidan, adabiy
aloqalar   ta’sirida,   xususan,   Muhammad   Fuzuliy   ijodi   orqali   XVI   asrdan   so‘ng
paydo   bo‘lgan   bo‘lsa   kerak”   degan   fikr   taxminligicha   qoladi.   Holbuki,   Ahmad
Yassaviy “Devon” idagi aruzga ham tushadigan strofik band.
Demak,   murabba’   she’riy   shaklining   paydo   bo‘lishi   va   shakllanish
taraqqiyoti to‘g’risida bahslashish, aniq ilmiy-nazariy xulosalarga kelish uchun asos
bor. Ushbu risola ham ana shunday maqsad bilan yuzaga keldi.
6 MURABBA’ VA UNING QADIMGI TURKIY SHE’RIYATIDAGI
NAMUNALARI
Murabba’   –   to‘rtlik   she’r   navining   o‘ziga   xos   shakllanish   va   inkishof   tarixi
bor,   u   poeziyaning   eng   qadimgi   formalaridan   biridir.   Uning   paydo   bo‘lishi,
shakllanishi   va   taraqqiyot   yo‘li   ko‘p   olimlarning   diqqatini   o‘ziga   tortgan   va
ularning asarlarida muhim ilmiy fikrlar, faraziyalar ilgari surilgan. Turkiy tillardagi
qadimiy   obidalarni,   jumladan,   XI   asrda   yaratilgan   ikki   muhim   va   monumental
asarlar   –   “Devoni   lug’otit   turk”   va   “Qutadg’u   bilig”   asarlarini   tadqiq   etgan
Brokellman, A.Fitrat, Ye.E.Bertels, S.Mutallibvov, A.M.Shcherbak, A.P.Qayumov,
A.Hayitmetov,   I.V.Stebleva,   X.Rasulov,   B.To‘xliyev   kabi   olimlar   to‘rtlik
she’riyatining   eng   qadimgi   formalaridan   biri   ekanligini   tasdiqlaydilar.   Xususan,
I.B.   Steblevaning   “VI-VIII   asrlarda   turkiy   poeziya”,   “XI   asrda   turkiy   poetik
formalarning   rivojlanishi”,   A.Q.Qabmovning   “Qadimiyat   obidalari”   asarlarida
to‘rtliklarning genezisi, poetikasi, adabiy-estetik qimmatli masalalari maxsus tarzda
keng   tekshirilganligini   va   qimmatli   fikrlar   bayon   qilinganligini   qayd   etish   lozim.
I.V.Stebleva   qadimgi   she’riyatning   ancha   qismi   og’zaki   ijod,   ba’zilari   esa   yozma
adbiyot   mahsuli   ekanligini   isbotlab,   turkiy   xalqlar   XI   asrgacha   ham   shakllangan
yozuv   adabiyotiga,   bunday   adabiyotni   maydonga   keltirgan   shoir-adiblarga   ega
bo‘lganligini,   ular   arab   va   fors   tilidagi   poeziya,   jumladan,   xalq   og’zaki   ijodi
ta’sirida   murabba’   qo‘shiqlar,   lirik   parchalar,   marsiya,   qasida   va   munozaralar
yaratganliklarini,   barmoq   vazni   bilan   bir   qatorda   aruz   vaznini   qo‘llash   holatlari
“Devoni   lug’otit   turk”   hamda   “Qutadg’u   bilig”da   ko‘zga   tashlanishini   uqtirib
o‘tadi. 
Professor Ye.E. Bertels ham arabcha “murabba’” termini bilan yuritiladigan,
har bir banddagi  qofiya tartibi  a-a-a-b;  v-v-v-b;  g-g-g-b shaklida keladigan strofik
forma   turkiy   xalqlar   folklarida   tez-tez   uchrab   turadigan   to‘rtliklarning   o‘ziga   xos
ko‘rinishidir” deb yozgan edi. 
7 A.M.Shcherbek   to‘rtlik   qadimdan   rivojlanib   kelgan   va   bandlar   asosiga
qurilgan   she’r   na’vi   ekanligini,   “Devoni   lug’otit   turk”   dagi   poetik   tekstlarning
qariyb   yetmish   foizini   shunday   she’riy   parchalar   tashkil   qilishini   ta’kidlaydi.
A.Qabmov   ham   bu   haqda   fikr   yuritib,   shunday   “yozadi:   “Bu   she’riy   parchalar
mazmun jihatidan xilma-xildir, ularda janglar, qahramonlar tasviri, sevgi tuyg’ulari,
tabiat  manzaralari, turli-tuman  holatlarga oid o‘git-nasihatlar,  zamon va kishilarga
munosabatni   bildiruvchi   she’rlar   bor.   She’rlar   barmoq   vaznida,   nihoyatda   fikr   va
so‘zga   zich   shaklda   yozilgan.   Vazn   va   qofiyalarda   izchil   qonuniyat   qattiq
saqlangan.   Badiiy   vositalarda,   ifodalarda   o‘ziga   xoslik   va   ta’sirchanlik   zo‘r.
Umuman,   bu   she’rlarning   asl   nusxasida   o‘sha   davrda   mavjud   bo‘lgan   ijodga
nisbatan yuksak talabchanlik aniq sezilib turadi, bu she’rlarni yaratgan shoirlarning
juda ma’lumotli bo‘lgani, nafis va chuqur badiiy didga ega ekani aniq ko‘rinadi. 
To‘rtlik   turkiy   xalqlarning   epik   asarlarida   ham   qo‘llanib   kelingan.   Biz
shunday   to‘rtlik   namunalarini   Yusuf   Xos   Hojibning   “Qutadg’u   bilig”,   Ahmad
Yugnakiyning “Hibbat-ul haqoyiq” didaktik dostonlaridaham uchratamiz. “Devoni
hikmat”da   ham   g’azallar   qatorida   murabba’   she’rlar   mavjud.   Ular   ichida   barmoq
vazniga   tushuvchi,   v-v-v-b   tarzida   qofiyalanuvchilari   anchagina.   Bular   “Turkiy
so‘zlar devoni” (M.Qoshg’ariy)dagi parchalar tuzilishini eslatadi.
Bunday   to‘rtliklarning   har   bir   xalq   og’zaki   ijodida   xilma-xil   shakllari   bor.
Masalan,   birgina   ozarbayjon   adabiyotida   shunday   to‘rtliklarning   qo‘shma,   tajnis,
bayoti,   mahni,   kerayli   kabi   xalq   she’riy   shakllari,   ruboiy,   murabba’,   tarbi   kabi
kitobiy shakllari bor.   
To‘rtliklarning   turkiy   xalqlar   og’zaki   she’riyatida   qo‘shma,   tajnis,   bayoti,
mahni,   sharqiya,   o‘lan   kabi   shakllari   mavjud   bo‘lib,   ular   kitobiy   poeziyadagi   –
ruboiy,   tuyuq,   tarbi   kabi   formalarning   shakllanishida   muhim   rol   o‘ynaganligi
ma’lum.   Aftidan,   Ataulloh   keltirgan   murabba’lar   shu   shaklning   kitobiy   poeziyada
paydo bo‘lgan ilk namunalaridir. U hali “texnik poeziya” ga xos elementar, shakliy
alomatlar   ta’siridan   holi   bo‘lmagan.   Keyinchalik   xalq   sirida   bu   xil   kitobiy
murabba’lar ham reformasiyaga uchrab xalqchil bir holatga ko‘chgan. Biroq, u xalq
to‘rtliklaridan   musammatlarga   xos   bandlar   tizmasiga   ega   bo‘lishi,   qofiyalanishi,
8 taxallus ishlatilishi, aruz vaznlarida yozilishi bilan doim farq qilib kelgan. Shuning
uchun bunday she’rlarga nisbatan “murabba’” istilohini qo‘llash ma’quldir. 
She’rda   aynan   takrorlanadigan   misra   yoki   misralar   o‘tmish   poetikaida
“muqarrar, tarje’, hozirgi zamon adabiyotshunosligida esa “refren” terminlari bilan
ataladi. Refren   va batlar o‘zbek lirik poeziyasining g’azal, murabba’, muxammas,
musaddas,   musamman,   mutassa’   va   muashshar   kabi   band   shakllarida   yozilgan
she’rlardagina   emas   balki   tarje’band   va   soqinomalarda   ham,   xalq   og’zaki   ijodi
janrlari   bo‘lmish   qo‘shiq   va   termalarda   ham   mavjud.   Musammat   bandlarida   bir
misra yoki baytning muttasil takrorlanib turishi asosida yaratilgan asarlar, ayniqsa,
XVI-XIX   asrlarda   yashab   ijod   etgan,   o‘zbek   shoirlari   ijodida   ko‘p   uchraydi.
Huvaydo,   Mashrab,   Ogahiy,   Komil   Xorazmiy,   Avaz   va   Muqimiylar   ijodida   bu
xildagi   she’r   namunalari   anchagina.   Mashrab   ijodida   “Yorga   yetar   kun   bormu
yoronlar?”, “Ey bod, yetkur yora salomim” tarzida takrorlanuvchi ikki murabba’si
yuqoridagi fikrimizga mos keladi. Masalan: 
Bulbuldayinkim faryod etarman,
Ishq daftarini bunyod etarman,
Ko‘ngullarimni men shod etarman,
Yorga yetar kun bormu yoronlar?.
Shami, firoqing ko‘ksumda yondi,
Ko‘z yoshim oqib bag’rimga tomdi,
G’aflatda qolgan Mashrab uyg’ondi,
Yorga yetar kun bormu yoronlar?.
Ikkinchi  she’r esao‘n bir banddan iborat  bo‘lib, har bandining so‘ngida “Ey
bod, yetkur yora salomim” misrasi takrorlanib keladi. 
Ogahiyning   “Nigorim,   mehribonim,   makrimat   taxtida   sultonim”,   Komil
Xorazmiynnig “Shahim, rahm aylag’il, holimg’a hangomi muruvvatdir”, Avazning
“Bahor ayyomi sayri bog’ etarga, ey sumanbar, kel” misralari bilan boshlanuvchi 9
naqoratli   murabba’larini   ham   misol   sifatida   keltirish   mumkin.   Muqimiy   ijodida
ham   ana   shunday   usulda   yozilgan   bitta     murabba’   bor.   Murabba’   sakkiz   banddan
9 tashkil   topgan   bo‘lib,   ishqiy   mavzuda   bitilgan.   Har   bir   banddan   so‘ng   “Ko‘rdim
yuzingni alhamdulilloh” misrasi takrorlanadi. Masalan, birinchi bandi.
Jono, buldurkim rozi nihonim,
Yetmaklik erdi senga gumonim,
Nogoh ramaqqa yetkanda jonim,
Ko‘rdim yuzingni alhamdulilloh.
Xamzaning   “Yashil   gul”   ashula   to‘plamidagi   bir   qator   murabba’lar   ham
yuqoridagi   shaklda   yozilgan.   Ma’lum   bo‘ladiki,   shoirlar   misra   takrorini   murabba’
she’rda   ifodalanmoqchi   bo‘lgan   fikrni   alohida   ta’kidlab   borish,bandlar   o‘rtasida
mazmun   o‘zagi   yuzaga   keltirish,   kompozision   yaxlitlikka   erishish   maqsadlarida
qo‘llaganlar.   Binobarin,   “Adabiyotshunoslik   terminlari   lug‘ati”   da   to‘g’ri   qayd
etilganidek,   murabba’   deyilganda   klassik   poeziyadagi   qofiyalanish   tartibiga   qarab
tuzilgan   va   har   bir   bandi   to‘rt   misradan   iborat   bo‘lgan   she’r   shakli   tushunilgan.
Undagi   birinchi   banddagi   to‘rtala   misra   bir   xilda   a-a-a-shaklida,   keyingi
bandlaridagi   1-2-3   misralar   bir   xilda   qofiyalanib,   to‘rtinchi   misralar   esa   birinchi
banddagi   misra   bilan   (b-b-b-a,   g-g-g-a   kabi   shaklda)   qofiyadosh   bo‘ladi.
Murabba’ning   tuzilishiga   aloqador   bunday   xususiyatlar   “Turk   she’r   tuzilishi
asoslari”   kitobida   ham   qayd   etilgan.   Unda   murabba’   a-a-a-b,   v-v-v-b,   g-g-g-b
tarzida qofiyalanuvchi she’r shakli ekanligi aytilib, Ogahiyning “Jamoling shavqida
yoqdi falakni o‘tlug’ afg’onim” misrasi bilan boshlanuvchi mashhur murabba’sidan
ikki band keltiradi.
Murabba’ning o‘ziga xos yana boshqa qator janriy belgilari bor. Bular haqida
ilmiy   adabiyotlarda   durustroq   ma’lumotlar   berilgan   emas.   Lug’atga   doir
manbalarda   ham,   ilmiy   asarlarda   ham   to‘rtlik   she’r   bilan   musammatning   bir   turi
bo‘lgan murabba’ farq qilinmaydi, ular aralashtiriladi. Musammat yozish qoidasiga
ko‘ra,   she’rning   har   bir   bandi   uchta,   to‘rtta,   beshta   va   undan   ortiq   qofiyalangan
misralarni   o‘z   ichiga   oladi     va   bandlardagi   misralar   soniga   qarab   musallas   (3),
muxammas   (5),   musaddas   (6),   musadda’   (7),   musamman   (8)   va   hokazo   nomlar
bilan aytiladi. 
10 Musammat silsilasidagi bu xil she’rlarni bir-bir bilan birlashtiruvchi umumiy
nuqtalarni bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
1.   Ularning   hammasi   g’azalga   xos   qofiya   tartibiga   ega,   turli   hajmdagi
misralarni jamlovchi bandlardan tashkil topadi.
2.   Musammatlarning   hamma   xillarini   ulardagi   bir   xil   qofiya   sistemasi
birlashtiradi (a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a  v. h.).
3.   Musammatlar   g’azallarga   o‘xshab   aruz   bahrlarining   turli   vaznlarida
yozilishi   mumkin.   Unda   tuyuq,   ruboiy   yoki   mustazodlar   uchun   belgilangan   vazn
turg’unligi   yo‘q.     Har   bir   musammatda   uning   uchun   tanlangan   vazn   boshdan
oxirigacha saqlanadi. 
4.   Musammatning   har   bir   shakli   misralar   hajmiga   ko‘ra   ikkinchisidan
bandlarida bir misra ko‘p bo‘lishi bilan farqlanadi. 
5. Musammat shakllarining hammasida shoir taxallusi ko‘rsatiladi.
Musammatning   barcha   turlariga   xos   umumiy   xususiyat   shundaki,   ulardagi
birinchi  bandlar  hamma  vaqt  o‘zaro  qofiyadosh  misralardan  tashkil  topib,  keyingi
bandlarning bir yoki ikki misrasi birinchi bandlar bilan qofiyadosh bo‘ladi.
Biroq,   biz   Muqimiy   murabba’larida   ikki   turli   qofiya   tartibini   uchratamiz.
Ularning   birinchi   a-a-a-a,   b-b-b-a,   v-v-v-a   tarzida,   ikkinchisi   esa   b-b-b-a,   v-v-v-a,
g-g-g-a   tartibida   qofiyalanadi.   Birinchi   xil   qofiyalanishga   “Parvo   qilmading”
murabba’si misol bo‘la oladi.
To o‘zingni mahfil aro qilmading,  -a
Oshiqlarni zoru shaydo qilmading,  -a
Dillaringni sangi xoro qilmading, -a
O‘ldim dedim hargiz parvo qilmading, -a
Avvalida jonon ko‘zing ko‘rsatib, -b
Abro‘ kamon mijgonlaring o‘q etib, -b
Masihaga jon baxshlik o‘rgatib, -b
Jurmim nadur, nazar aslo qilmading.  -a
11 “Osholig’ing   yodimga   tushdi”   murabba’si   esa   ikkinchi   xil   qofiyalanish
usulida yozilgan:
Arzim eshit, ayo sarvi ravonim, -b
Hajr o‘tig’a quyub o‘rtandi jonim, -b
Nogah oinaga boqtimki xonim. -b
Mahvi hayroningiz yodimga tushdi, -a
Bog’da ko‘rib har yon ochilgan gullar,  -v
Farshi mahmul yerda sabzi sunbullar,  -v
Sunbul men xush aylabon ko‘ngullar, -v
Zulfi rayhoningiz yodimga tushdi. -a
Murabba’ musammatning boshqa shakllaridagidek g’azalga nisbatan kengroq
imkoniyatlarga  ega.   Shuning  uchun  bu  formada  yozilgan  ayrim   asarlar,  jumladan,
Muqimiyning   “Sayohatnoma”si,   Zavqiyning   hajviy   ruhdagi   “Talading   baring”
“Obid mingboshi haqida hajviya” asarlari syujetli, liro-epik plandagi asarlarga xos
xususiyatlarga   egadir.   So‘nggi   yillarda   topilgan   Furqatning   “bo‘ldi”   radifli   20
bandli   murabba’si   manzum   murabba’dir.   Ammo   murabba’larda   birinchi   banddagi
misralarning o‘lchovi qolgan bandlarda aynan bir xil bo‘lsa ham birinchi bandning
qofiya tartibi bilan boshqa bandlarning qofiya tartibi o‘zaro farq qiladi.
Murabba’   sherlar   poetikasi   butunlay   o‘zgarmay   qolgan   hodisa   emas.   U
musammatlar   poetikasidagi   o‘zgarishlar  jarayonida  qisman   reformasiyani  boshdan
kechirgan.   Ayniqsa,   hozirgi   zamon   murabba’chiligida   bu   holni   kuzatish   mumkin.
Lekin   unda   baribir   formaning   aniq   qoida   qonunlari   mavjud.   Ammo,   shunga
qaramasdan,   murabba’ning   erkinliklari,   g’azaldagiga   nisbatan   ancha   ko‘proqdir.
Murabba’da   birinchi   bandning   vazn   tuzilishi,   turoqlari   qanday   bo‘lsa,   qolgan
bandlarda   ham   shu   o‘lchov   saqlanadi.   G’azaldagi   kabi   birinchi   bandagi
qofiyadoshlik,   radif,   jumla   konstruksiyalarini   keyingi   bandlarda   saqlash   talab
qilinmaydi. Bandlar formal belgilar bilangina emas, balki poetik mazmun jihatidan
o‘zaro birikadi.
12 Musammatning   boshqa   shakllarida   bo‘lgani   kabi   murabba’da   ham   bandlar
sistemasi   katta   rol   o‘ynaydi.   “Misralarning   mazmunan   yaxlitlangan,   she’r
musiqiyligi   va   ritmni   tashkil   etishda   qatnashuvchi,   qofiyali   she’rlarda   muayyaan
qofiya   tartibiga   rioya   qilingan,   bir   me’yorda   va   tartibli   qaytalanuvchi,   vazn
jihatidan   aloqador,   sintaktik   va   intonasion   jihatdan   tugal   janrlarni   shakllantirish
bilan   ham   bog’liq   bo‘lgan   uyushmasi   band   deyiladi.   She’riy   shakl   va   uning
elementi   bo‘lgan   band   ham   mazmunan   shakllantirishda   qatnashadi,   uni   tashkil
etadi,   muayyan   tartibga   soladi   va   qoliplaydi.   Uning   turlari   ko‘p.   Biroq
musammatlarda   bandlarning   roli   ayricha   ahamiyat   kasb   etadi   muhim   g’oyaviy
estetik   funksiyani   bajaradi.   Musammatlardagi   har   bir   band   she’rdagi   boshqa
bandlar bilan bog’liqlikda yashaydi va unda asardagi asosiy mazmunning  zarur bir
elementi ifodalangan bo‘ladi. Binobarin, musammat avtori bunda ritm, vazn, qofiya
bilangina   so‘zlab   qolmasdan,   misralar   va   bandlar   bilan   ham   so‘zlaydi.   Muallif
muhimroq   sanalgan   biror   fikrni   avvalgi   bandda   bayon   qilib,   asosiy   mavzu
maqsadga ishora qilib, keyingi bandlarda bi fikrni rivojlantirish lozim. Murabba’da
ham   shunday.   Qayd   etmoq   lozimki,   ikkilik   (masnaviy)   va   to‘rtlik   (murabba’)
bandlar   qadimgi   o‘zbek   (turkiy   tilli   xalqlar)   poeziyasining   eng   eski   shakllaridan
bo‘lgan.   So‘ng   bu   siraga   beshlik,   oltilik,   yettillik,   sakkizik,   to‘qqizlik   va   o‘nlik
band   turlari   qo‘shila   borgan.   Shu   ma’noda   to‘rtlik   murabba’   she’r   tuzilishining
asosiy   elementlaridan   bo‘lib,   u   ifodalanadigan   mazmunning   shakllanish   tarzidir.
Chunki   bandni   mazmun   tanlaydi.   Murabba’larda   bandlar   tizmasiga   katta   funksyai
yuklangan. Unda ayrim epik lavhalarni ifodalash imkoniyatlari ham bo‘ladi.
Shunisi taajublanarliki, ayrim adabiyotshunoslar murabba’ bilan to‘rtlikni bir
forma   deb   hisoblaydilar.   Albatta,   lirik   poeziyada   murbba’   formasining   paydo
bo‘lishi   va   shakllanishida   to‘rtlikning   ta’siri   bo‘lgan.   Lekin   poetik   mazmunni
ifodalash   usuli   hamda   formal-poetik   xususiyatlarga   ko‘ra   murabba’   bilan   to‘rtlik
bir-biridan   farq   qiladi.   Ularning   har   bandi   to‘rt   misradan   iborat   bo‘lsa-da,
qofiyalanish   tartibi   har   xildir.   To‘rtliklar   bir-biridan   tafovutlanuvchi   qofiya
tuzilishiga egadir. Masalan: 
13 Ko‘rsatma chamanda sarvi yo‘ldosh manga, 
Kim, ko‘rganidan ko‘zdan oqar yosh manga,
Indursa na bo‘ldi har nafas bosh manga,
Ul sarvi ravonki, bo‘ldi bo‘ydosh manga.
* * *
Ul sho‘xki bir dam anga hamdam bo‘lmas,
Zahm ursa firoqi vasli marham bo‘lmas,
Ishqida ko‘ngul nasibi juz g’am bo‘lmas,
Ko‘ngul ko‘taray desam, ko‘ngul ham bo‘lmas,
Ey charxi jafogar, ne sitamlar qilding,
Jonimni nishonai olamlar qilding,
Muhling nafasim o‘tin olamlar qilding,
Uzrungni nechuk qulay, karamlar qilding.
Ko‘rinadiki,   bu   to‘rtlik   formal   jihatdan   ruboiyni   esalatadi,   undagi   har   bir
to‘rtlikda boshqa-boshqa mazmun, shuningdek qofiya tartibi  bor. Murabba’lardagi
bandlar   o‘rtasida   esa   fikriy   sterjan,   shakliy   o‘xshashlik   kuchli.   U   o‘zining   shu
xususiyatlariga ko‘ra ruboiy va tuyuqlardan ham ajralib turadi. Ruboiy bilan tuyuq
asosan   bir-biridan   vazn   e’tiboriga   ko‘ra   farq   qilsa-da,   ular   o‘rtasida   mushtaraklik
ustundir. Chunonchi:
1. Har ikkalasi ham to‘rt misralik mustaqil she’r.
2. Har ikkalasi ham a, a, b, a, va goho a-a-a-a shaklida qofiyalanadi.
3.   Har   ikkisida   ham   tajnis   ishlatilishi   mumkin.   Masalan,   ruboiy-tuyuqlarda
shunday. Bunday she’rlarda ruboiy va tuyuq xususiyatlari ko‘shilib ketadi.
4.   Mavzu   jihatidan   ham   ular   bir-biriga   juda   yaqin,   biroq   ruboiyda   falsafiy
didaktik ruh birmuncha kuchli.
5.Kompozision qurilishi  ham  asosan  bir  xil. O‘u bilan birga tuyuq quyidagi
farqlarga ham ega:
14 a).   Agar   ruboiy   aruzning   “ahram”   va   “aqrab”   shajaralaridagi   24   vaznda
yozilsa, tuyuq faqatgina ramal  bahrining “ramali musaddasi  maqsur  yoki maqzuf”
vaznida yozilishi kerak. 
b).   Mavzu   doirasiga   ko‘ra   ruboiy   imkoniyatlari   keng,   tuyuqniki   esa   asosan
oshiqlik  maylari,  yumor  va  so‘z   o‘yinlarining  tovlanish  bilan  bog’liq  kechinmalar
doirasidadir.
Murabba’larda   g’azal   va   muhammaslarda   bo‘lganidek,   oxirgi   bandda
shoirning taxallusi qo‘yiladi. Ruboiy va tuyuqda esa bunday emas.
Mahmud   Qoshg’ariyning   “Devoni   lug’otit   turk”   asarida   qadimgi   turkiy
xalqlar   og’zaki   ijodidagi   murabba’   shaklidagi   she’rlarning   yaxshi   namunalari
berilgan.   Lekin,   60-yillargacha   yaratilgan   qator   ilmiy   adabiyotlarda   “Devoni
lug’otit turk”da keltirilgan to‘rtlik xalq og’zaki ijodi namunalari sifatida biryoqlama
talqin   qilingandi.   Bunday   chala   yondashishlar   A.Hayitmetov,   A.Qayumov,
I.Stebleva,   B.To‘xliyev   kabi   qadimgi   turkiy   she’ryatni   tadqiq   etgan   olimlar
ishlarida   betaraf   etildi.   Mavjud   to‘rtliklarning   ayrimlari   xalq   ichidan   chiqqan
shoirlarning   qalamiga   mansubligiga   e’tibor   qaratildi.   Chindan   ham,   garchand
Mahmud   Qoshg’ariy   bu   to‘rtliklarning   avtorlarini   aniq   ko‘rsatib   o‘tmagan   bo‘lsa-
da, ma’lum  to‘rtlik u yoki  bu konkret  shaxs  ijodiga mansubligiga ishoralar  qiladi,
ya’ni   “shoir   deydi”   iborasini   ishlatadi.   Hatto   Chuchu   ismli   shoir   nomi   ham
keltiriladi.   Bundan   shunday   xulosa   chiqarish   mumkin:   Mahmud   Qoshg’ariy
to‘rtliklarni unga ma’lum bo‘lgan yozma manbalardan olgan.
“XI   asrda   turkiy   xalqlar   orasidan,   -   deb   yozadi   professor   A.Hayitmetov.   –
Mahmud   Qoshg’ariydek   yuksak   bilimdon   olimning   yetishib   chiqqanligining   o‘zi
ham bu davrda ma’lmu bir ziyolilar, olimlar doirasi bo‘lganligidan dalolat beruvchi
muhim bir faktdir. Bu esa bizga turkiy xalqlarda yozma adabiyot XI asrdan ancha
oldin   VI   -   VII   asrlardan   boshlab   bo‘lgan   deyish   uchun   asos   beradi.   “Devon”da
keltirilgan   faktlar   turkiy   xalqlarning   his   va   tuyg’ularini   she’riy   til   bilan
ifodalaganlar.
“Devon”da juda ko‘p to‘rtliklar keltirilgan. Ularda hayotiy-maishiy lavhalar,
qabila va urug’larning urf-odatlari, marosimlari tabiat fasllariga munosabati, ishqiy-
15 intim tuyg’ulari, yutuqva fojialari, tashvish va quvonchlari aks ettirilgandir. Ularda
o‘sha   davrlar   ijtimoiy   hayotining   turli   sohalariga   oid   sodda,   real,   samimiy   his-
kechinmalar   mavjud.   Bularning   ko‘plari   xalq,   ko‘plari   ularning   zukko,   so‘zga
chechan   shoirlari   tomonidan   yaratilgan   bo‘lib,   qo‘shiqlar   sifatida   mashhur   bo‘lib
ketgan   bo‘lishi   mumkin.   Qarangki,   bu   to‘rlik-qo‘shiqlar   ilohiy   illyuziyalardan,
ortiqcha   murakkab   tasvirlardan   holi.   Tili   hozirgi   kitobxonlarga   bevosita   unchalik
tushunarli bo‘lmasa-da, mo‘jaz qurilmaga, sodda va musiqiy she’r tizmalariga ega
ekanligi, mazmunan mag’zi to‘la, real lavhalar holatida ko‘zga tashlanishi jihatidan
kishini   hayratlantira   oladi.   Ularda   chiroyli   va   jonli   tasvirlar,   qiyoslar,   bo‘yoqlar
ishlatiladi. 
Yashin aytib yashnadi,
Tuman turib tushnadi,
Azg’ir, qisir kishnadi,
Ugur alib o‘qrashur.
Chaqmoq otilib chaqnadi, 
Bulutlar qo‘zg’alib yura boshladi.
Azg’ir, qisir kishnay ketdi,
Hammasi davra olib o‘ynashardi.
“Devonda”   didaktik   mavzulardagi,   vatandoshlarni   yovuzlikka   qarshi
chiqishga   undovchi,   ezgulikni   olqishlovchi   to‘rtliklar   ham   ancha.   Bu   holat   turkiy
didaktik   adabiyotning   oziqlanish   manbalari   ham   qadimiyligidan   dalolat   beradi.
Ularda urug’ va qabilalarning homiylar, qahramonlari madh etiladi, mehnatsevarlik,
insoniylik ulug’lanadi. 
Didaktik ma’no tashiydigan qo‘shiqlarning ba’zi bir namunalari o‘zbek xalq
dostonlarida mavjud an’anaviy motiv-ota nasihatlariga o‘xshab ketadi. 
Baqmas budun savuq so‘z,
Yulqi, yuzi saranqa 
Qazg’an ulich tuzunlik,
Qalsun chaving yarinqa.
16 Mazmuni:
Boqmas jahon sovuq so‘z,
Shilqim, yuzsiz, baxilga,
Yoqimli bo‘l, xushxulq bo‘l,
Qolsin noming ko‘p yilga.
Ko‘rinib turibdiki, devondagi murabba’ she’rlar poetik formaning aniq qoida
–   qonunlariga   amal   qilib   yozilgan.   Murabba’da   birinchi   misra   bilan   uchinchi,
ikkinchi misra bilan to‘rtinchi misra o‘zaro qofiyalangan. 
“Devoni lug’otit turk”da Alp Ertungi ismli xalq qahramoni va himoyachisini
madh etuvchi  qasida-marsiya hamda yoz bilan qish o‘rtaisdagi  bahsni  tasvirlovchi
to‘rtlik-munozaralar   ham   borki,   bular   ham   ajdodlarimiz   og’zaki   va   yozma
she’riyatining   janr   jihatidan   durustgina   jozibaga   ega   bo‘lganligini   isbot   etadi.
Olimlarimizning   juda   haqli   qayd   qlishlaricha,   o‘rta   asrlar   turkiy   xalqlar   she’riyati
qadimgi   she’riyatdagi   ana   shu   an’nalarning   davomi   bo‘ldi,   undagi   stabillashgan
janr va badiiy-tasviriy vositalarni yanada rivojlantirdi. 
O‘tmish   madaniy   yodgorliklarda   maqollar   ko‘plab   uchraydi,   Mahmud
Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit  turk” asarida keltirilgan maqollarda o‘sha zamon
ruhi,   dunyoqarashi,   kishilarga,   mehnatga   munosabatning   turli   xil   shakllari   o‘z
ifodasini   topgan.   Maqollar   o‘z   kompozision   jihatdan   nihoyatda   sodda   va   ixcham.
Ko‘pchilik   maqollar   she’riy   formada   kelib,   ba’zan   bir   misra   yoki   bir   baytdan,
ba’zan esa to‘rt misradan tashkil topadi. 
Quyidagi maqollar to‘rtlikda ifodalangan.
Bog’di boqsang, bog’ bo‘lar, a
Botmon – dahsar yog’ bo‘lar,  a
Boqimsiz bog’ tog’ bo‘lar, a
Yurak bag’ring dog’ bo‘lar, a
Yosh semiz eshakdan  a
Yag’ir bo‘lsa ham, ot yaxshi b
Qadr bilmas qarindoshdan a
17 Yaqindagi yot yaxshi b
Yolg’on aytib foyda ko‘rsang, a
Oxiri zarar toparsan. b
Rost aytib zarar ko‘rsang, a
Oxiri foyda toparsan. b
Xullas,   she’riy   formada   bitilgan   maqollar.   Xalq   ko‘shiqlari,   ruboiy   va
tuyuqlar   singari   murabba’larning   shakllanishiga   ham   zamin   bo‘lgan   deyish
mumkin. Shunday omillardan yana biri turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan o‘lan
– qo‘shiqlardir. 
O‘lanlarning   shakli   turlicha   bo‘ladi.   Qo‘shiqlarga   xos   variantlilik   o‘landa
ham bor. O‘lanlar kuylanganda mantiqiy izchilikka amal qilinadi.
Qiz: Bulbullarning ko‘ngani gul bo‘ladi,
Olamdagi bo so‘zni til biladi.
Taraf bo‘lib aytmoqqa kepsiz ana,
Oxunliging bu yerda kim biladi.
Yigit:  O‘lan aytsam, barchani kuydiraman,
Jiyronchani mehmonga mindiraman,
Qiziq-qiziq o‘landan ayt, oxun qizi,
Oxunligim shu yerda bildiraman.
Qiz:  Kiygan to‘ning yarashgan bo‘yginanga ,
Men bilmadim ne so‘z bor o‘yginanga,
Birda-ikkida to‘yda atmasang,
Indamasdan borib yot uyginanga.
Yigit:  Ko‘yim yonib boraman o‘tdan o‘tga,
Jabduq salla yarashar to‘riq otga.
18 Ikkovingdan biringni loyiq ko‘rsa,
O‘tqazdirib qo‘yarman saltanatga.
Ko‘rinadiki,   bu   o‘landa   musobaqadoshlar   bir-birlarini   yengishga   harakat
qiladilar.   O‘lanlar   yoshlarni   badiiy-estetik   didli,   xush   qiziqli,   kamtarin,   ochiq
ko‘ngilli,   do‘stga   sadoqat   ruhida   tarbiyalashda,   ayniqsa,   katta   ahamiyatga   egadir.
O‘lanlarning asosan 1,2 va 4-misralari qofiyalanib, 3-misrasi ochiq qoladi. Har bir
to‘rtinchi   misralari   ko‘pchilik   hollarda   qofiyalanmaydi.   Biroq   o‘lanning
murabba’larga   xos   asosiy   xususiyati   to‘rtliklarning   mantiqiy   izchlikka   ega
bo‘lganligidir.
Laparlar   ham,   asosan   to‘rtliklardan   tashkil   topib,   voqeabandligi,   diolog
shaklida ikki tomon bo‘lib ijro etilishi bilan xarakterlanadi. Bu jihatdan ular o‘langa
o‘xshasa-da, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, tasvir obyektlari, unda kuylangan hayot
tarzi,   obrazli   firk   yuritish   darajasi   bilan   bir-biridan   ajralib   turadi.   Ya’ni   laparlar
ko‘pincha   hazil-mutoyiba,   piching,   qochiriq,   ramz,   shama   qilish,   noz-karashma,
araz,   zarda,   tengsizlikdan,   shum   taqdirdan   zorlanish,   alam,   iztirob,   quvonch,
xushchaqchaqlik,   g’oyat   teran,   murakkab   ruhiy   kechinmalar,   his-hayajonlar,
serzavq musiqiy satrlarda ifodalanadi. Masalan:
Qoshingning qorasiga qotgin mani,
Oshiqlik bozorida sotgin mani,
Oshiqlik bozorida olmasalar,
Kiprigingni o‘q qilib otgan mani.
Qo‘shiq   so‘zini   biz   XI   asrning   filolog   olimi   Mahmud   Qoshg’ariyning
mashhur   asari   “Devoni   lug’otit   turk”   kitobida   uchratamiz.   Mahmud   Qoshg’ariy
tomonidan   chigil,   qipchoq   kabi   qabilalar   orasida   to‘plangan   qo‘shiqlar   yordamida
o‘zbek   yozma   adabiyotining   yuzaga   kelishi   va   taraqqiyoti   uchun   lozim   bo‘lgan
adabiy   zaminning   bir   qismini   qo‘shiqlar   tashkil   etganini   aytish   mumkin.
To‘rtliklarda rivojlangan xalq qo‘shiqlari el orasida qadimdan kuylanib kelmoqda.
19 She’riyat   qonunlarining   qo‘shiqqa   xos   tomoni   soddalik,   tabiiylik
rivojlanganligidadir.   Umuman   to‘rtlikda   rivojlangan   qo‘shiqlarda   ortiqcha   pardoz
bo‘lmaydi. Zero, xalq og’zaki ijodida soddalik, tabiiylik, hayotiylik ustun turadi. 
Xorazm qo‘shiqlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bir qancha
hollarda to‘rtliklar murabba’  shaklida, ya’ni to‘rtlikning oxirgi misrasi  har  bandda
takrorlanadigan,   mazmunni   bir-biriga   ulaydigan   bo‘ladi.   Monolog   shaklida
aytiladigan   biror   voqea   natijasida   kelgan   musibat,   kulfat   yoki   muhabbat
kechinmalari, shu hodisaning sababchilari hayajon bilan tarannum etilganda takror
yuzaga keladi. Musiqiylik ham shu takrorni talab qildi. O‘lar bo‘ldik bu xonlarning
dardindan” qo‘shig’ini olib ko‘raylik. 
Asfandiyor xon bo‘ldi,
Bag’rimiz to‘la qon bo‘ldi,
Yeganimiz chigit non bo‘ldi,
O‘lar bo‘ldikbu xonlarning dardindan.
Xonlar kursin, xonligini bildirar,
Nayzasini yelkalarga ildirar
Norasta qizlarni nikoh qildirar,
O‘lar bo‘ldik bu xonlarning dardindan.
Haqqoniy,   hayotiy,   sodda   qo‘shiq   xal   orasiga   oqib   kiradi.   Ularning   qalbida
o‘chmas iz qoldiradi.
Xalq   qo‘shiqlarida,   ayniqsa,   ular   ma’lum   kuy   bilan   aytilganda   ko‘pincha
naqorat   qo‘llaniladi.   Naqorat   tematik   bir-biriga   yaqin   qo‘shiqlarni   uyushtiradigan
musiqiy komponent vazifasini o‘taydi, mustaqil to‘rtliklarni birlashtiradi, bir necha
bandli   yaxlit   asar   holiga   keltiradi.   Naqoratlar   rang-barangdir.   Masalan,
“Qadamingda   gullar   ochilsin”,   “Chamanda   gul   ochildi-yo   chakkanga   taq,
chakkangga”, “Gulyoraxon bo‘ylaringdan, gulyor” va boshqalar. Kuzatishlar bizga
kitobiy murabba’larning shakllanishida g’azali  musajja” deb atalgan she’r turining
ta’siri bor ekanligidan dalolat beradi.
20 Bizning   kuzatishlarimiz   kitobiy   murabba’-musammatlarning
genesologiyasida   xalq   she’riyatidagi   to‘rtlikning   biz   yuqorida   ko‘rib   o‘tgan   turli
shakllaridan   tashqari   yozma   adabiyotda   tarkib   topgan   ayrim   shakli   hamda   badiiy
usullarning   ham   ta’siri   bo‘lgan,   albatta.   M u s a jja’   san’atini   qo‘llash   qadimiy
an’anaga egadir. Poetikaga oid asarlar bitgan olimlarimizning yozishicha, bu san’at
“tasmit”   deb   ham   yuritilgan.   Ataullo   Husayniy   musajja’   san’ati   Rashiddin   Vatvot
asarida uchrashini ma’lum qilib, bunda shoir bir baytni bir-biriga teng to‘rt qismga
bo‘lib,   har   uch   qismning   oxirini   saj’   bilan   tugallashi,   so‘nggi   to‘rtinchi   qismda
asosiy qofiyani keltirilishi, bu esa musajja’ san’ati deb yuritilishini uqtirib o‘tadi. 
“Adabiyotshunoslik   terminlari   lug’ati”da   chorbahra   ichki   qofiya   deb
izohlanadi. Qayd qilish  lozimki, ichki  qofiyalarning turi  ko‘p. Uning chorbahralar
singari to‘rt qismga bo‘linishi shart emas. Ichki qofiyalar ba’zan to‘rt, uch, ba’zan
ikki qismga ham  bo‘linib, asosiy qofiya bilan qofiyadosh bo‘lib kela oladi. Uning
yozma poeziyada shakllanishi va rivojlanishida saj’ usulining roli katta bo‘ldi.
Musajja’   san’ati   bilan   ziynatlangan   baytlar,   bandlar   ko‘p   she’rlarda   uchrasa
ham, lekin butun bir g’azal yoki musammatda bu san’atni to‘liq ishlatish, she’rning
qariyb   hamma   bayti   yoki   bandida   musajja’ga   murojaat   etish   o‘zbek   adabiyotida
Sayfi   Saoryi,   Lutfiy,   Navoiy,   Bobur,   mashrab,   Munis,   Roqim,   Nodira,   Uvaysiy,
Maxmur,   Shavqiy,   Ogahiy,   muqimiy,   Furqat,   Zavqiy   kabi   shoirlarimiz   ijodida
uchraydi.   Forsiy   adabiyot   tadqiqotchilari   fikricha,   bu   badiiy   usulning   ixtirochisi
hindistonlik mashhur shoir Amir Xusrav Dehlaviydir. 
Boburning:
Qora zulfing firoqida parishon ro‘zg’orim bor,
Yuzungning ishtiyoqida re sabru, ne qarorim bor.
Labing bag’rimni qon qildi, ko‘zumdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi, men andin bir so‘rorim bor...
misralarn   bilan   boshlanuvchi   g’azali,   Mashrabning   “Ko‘rung”,   “Keldi”,   “Kishim
bormu”, Shavqiyning “Aylab”, Zavqiyning “Aylab keling”, “Ofarin”, Muqimiyning
“Arzimni   aytay”,   Furqatning   “Fasli   navbahor   o‘ldi”   kabi   g’azallarida   matladan
21 keyingi   baytlarining   barchasida   ichki   qofiya   bor.   Ularning   har   biri   ikki   pallaga
ajratilsa murabba’ga xos bandlr hosil bo‘ladi.
Xullas,   murabba’lar   o‘z   asosini   xalq   og’zaki   ijodidagi   to‘rtliklardan   olgan.
Yozma   adabiyot   vakillari   uning   shakl   xususiyatlarini   kitobiy   uslubga   moslagan
holda   o‘zlashtirganlar.   Demak,   to‘rtliklar   o‘zbek   adabiyoti   uchun   yangi   bir   forma
bo‘lmay,   uning   ildizlari   qadimiyat   obidalariga,   xalq   og’zkai   ijodi   yodgorliklariga
borib ulanadi. U ayniqsa, o‘zbek folklarida-termalar, dostonlar, laparlar, o‘lanlar va
qo‘shiqlarda har vaqt hokim forma bo‘lib kelgan. Xalq dahosi  yaratgan she’riy va
nasriy   badialar,   qo‘shiqlar,   epik   va   lirik   namunalar   xilma-xil   janr   va   formalar
yuzaga   kelishiga   ta’sir   ko‘rsatgan.   Ana   shunday   poetik   shakllardan   biri   murabba’
ekanligi yuqoridagi ilmiy izlanishlar hukmidan ayon bo‘lib turibdi. 
22 MAHTUMQULI IJODIDA NAVOIY AN’ANALARI
Alisher   Navoiyning   o‘zbek   va   turkiy   xalqlar   she’riyatidagi   xizmati
beqiyosdir.   Navoiy   ijodi   tuganmas   bir   xazina.   Uni   o‘rganish   yillar   osha   davom
etaveradi.   Uning   bebaho   xazinasi   q ardosh   xalqlar   adabiyoti   vakillari   ijodiga   h am
ta’sir   etgan   va   ta’sir   etmoqda.   Navoiydan   ilhomlanib,   uning   an’analarini   davom
ettirish   turkman   adabiyotining   asoschisi   Maxtumquli   ijodida   asosiy   o‘rinni
egallaydi. Maxtumquli   turkman adabiyotida   birinchilardan bo‘lib Navoiy g’azallari
uslubi   va   radifida   ko‘plab   she’rlar   yaratdi.   Shu   ma’noda   turkman   olimi
S.Qoriyevning   A.Navoiyning   turkman   adabiyotida   tutgan   o‘rni   haqida   aytgan
quyidagi-so‘zini   keltirishni   ulug’   shoir   ijodiga   berilgan   haqqoniy   baho   deb
o‘ylaymiz:   «Navoiy   o‘zbek   va   turkman   shoirlarining   ulug’   muallimi ,   buyuk
ustozidir,   u   ikki   qardosh   xalq   shoirlarini   bir-birlariga   yaqinlashtirgan,   bir   yerga
jamlagan, ularni bir-birlari bilan  aloqa sini mustahkamlagan ustod shoirdir» .
Maxtumquli   Navoiy   g’azallarining   g’oyaviy   mazmuni   va   uslubidan
ta’sirlangan   holda  ko‘plab   original  n azira  murabba’lar   yaratgan.   Ma’lumki,   nazira
bog’lashda   shoir   nazira   bitish   uchun   tanlab   olgan   muxammasining   temasi,   vazni,
qofiya   va   radiflari,   xullas   mazmun   va   shakl   izidan   borib,   obyekt   q ilib   olingan
muxammasga   o‘xshash.   undagi   g’oyaviy   mazmun   va   badiiy   xususiyatlarni   o‘ziga
xos   tarzda   kengaytiruvchi,   qayta   talqin   qiluvchi   asar   yaratadi.   O‘z   asariga   tarixiy
sharoit   ruhini,   fikriy   yangiliklarni   kiritadi.   Natijada,   o‘zga   shoir   musammatining
shu   mavzu,   shu   shakldagi   yangi   varianti   yuzaga   keladi.   Nazira   muxammas   yoki
musaddas   bog’lovchi   shoir   o‘z   g’oyalarini,   muddaolarini   ifodalashda   g’oyaviy-
23 estetik jihatdan shunga ehtiyoj sezadi, shu priyomdan foydalanishga imkon beradi.
Nazira murabba’lar ham xuddi shunday.
Nazira   murabba’lar   Maxtumquli,   Andalib.   Ogahiy,   Komil   Xorazmiy,   Avaz,
Muqimiy,   Hamza,   Berdaq,   Durdi   Qilich   va   boshqa   shoirlar   ijodida   mavjud.
Maxtumquli   Navoiyning   bir   qator   g’azallari   ta’sirida,   ularning   mazmun-uslubini
saql agani   holda.   original   to‘rtliklar,   murabba’lar   yozdi.   Masalan,   Navoiyning
«Tut»,   «Bo‘lmasa»,   «Yaxshiroq»   radifli   g’azallariga   o‘zining   «Tut»,   «Bo‘lmasa»,
«Yaxshidir»   radifli   murabba’larini   nazira   qilgan.   «Tut»   she’rida   har   ikkala   shoir
ham   dunyoning   murakkablngi,   turmushning   og’irligi,   rahmsiz   ajalu   umrning
qisqaligi kabi ijtimoiy masalalar haqida fikr yuritadi. Navoiyda-
Bnr ovuch suv topmayin o‘lsang kerak chun tashnalab, 
Baxrila  bar  fathida o‘zni Skandar bo‘ldi  tut.
A fsaringni shami tufroqqa urar chun davri charx,
Subh zarrin tojni boshingga afsar bo‘ldi  tut.
Ne  Faridundin asar chun qoldi,  ne  Jamshiddin,
Hashmating Jamshidu Afridunga hambar bo‘ldn  tut 46).
Navoiyda   bo‘lganidek   Maxtumqulida   ham   tarixiy   shaxslarga   munosabat
bildirilib,   ularning   sarguzashtlari   to‘g’risida   misollar   keltiriladi.   Maxtumquli   o‘z
fikrlarini   dalillash.   tasdiqlash   uchun   Iskandar   Zulqarnayn,   Sulaymon,   Qorunning
nomlarini eslatib, ular haqidagi afsonalarga murojaat qiladi: 
Suva,  yele xokmi gechen Suleyman,
Bak:  olardan  ne nam galdi, ne nыshan,
Suv tapmayыi, jayыn bolsa cholustan,
Derya ichre men Isgender boldum tut.
Yoldashbolsan dile dushmez bile,
Ferish topmayan, bile yatsan mar bile,
24 Yigrim altы kerret yuz mun er bile,
Karun xazыnasыn eli aldum tut .
Navoiyning   «Bo‘lmasa»   radifli   g’azali   ishqiy   mavzuda   yozilgandir.   Oshiq
yor   kuyida,   hijron   azobida   g’am   chekmoqda.   U   ishq   kuyiga   shunchalik   mubtalo
bo‘lganki.   uning   bu   holatini   ko‘rgan   odam   telba   deb   o‘ylashi   mumkin.   Shoir
insoniy, real- sevgini ulug’laydi va shunday xulosa chiqaradi:
Ey Navoiy, tonmagar der ul pari majnun seni,
Oshiq  o‘lgaymu p ariga, ulki majnun  bo‘lmasa .
Maxtumquli ushbu g’azalga nazira tarzida  «bo‘lmasa»  radifi bilan bir qancha
g’azal   va   murabba’lar   bitdi.   Barmoqda   yozilgan   bu   she’rlar   o‘n   bir.   bo‘g’indan
iborat   bo‘lib,   qofiyalanishi   aaba,   bbba,   vvv a   tartibiga   ega.   Birinchi   she’r   to‘rt
banddan tashkil topgan. Quyida shu she’rdan misol keltiramiz:
Qushlar ucha bilmas quyruq, qanotsiz,
Oshiq.  yorga yetmas dodu faryodsiz,
Bir bedov xonazot  bo‘lar siyoqsiz —
Quyrug’i,  kokili, yoli bo‘lmasa.
Maxtumquli, bilgin shunday zamondir,
Hozir  xaypi  bo‘lsa, so‘ngra ziyondir,
Er  yigitning ko‘ngli to‘l darmondir,
Qora, ko‘z, nozik  bel  yori bo‘lmasa .
Maxtumquli   bu she’rida   xalq   ahvoli   nihoyatda og’irligini, xatto sevishganlar
bir - birlariga   yeta   olmasligidan   zorlanadi.   Ikkinchi   she’rida   ham   yuqoridagi   fikrini
yanada   davom   ettirgan.   Odamning   qadrini   mehnat   bilan   emas,   balki   boylik   bilan
o‘lchaydiganlarni qoralaydi.
25 Maxtumquli  o‘z  ijodida xuddi   Navoiydek xalq o rzu-intilishlarini   tasvirlashga
alohida   e’tior   berdi.   Shoir   o‘z   sherlarida   xalq   hayotini   real   tasvirlashga,
turkmanlarniig   milliy   urf   -   odatlarini   aks   ettirishga   alohida   e’tibor   beradi.
Ma’ lumki,   turkmanlarda   qadimdan   avlodlardan   avlodlarga   meros   bo‘lib   kelgan
a joyib   an’ana   bor.   Ya’ni   har   bir   yigitman   degan   kishining   ot   va   yarog’i   bo‘lishi
kerak. Shundagina   u   haqiqiy turkman sanaladi. Quyidagi   murabba’da shoir sh unga
ishora qiladi:
Har kim go‘zalman  der,  e’tibor bo‘lmas,
Sunbul sochi, qilcha beli bo‘lmasa,
Yuraklari  ot  boshidek botirlar.
Xotinchamas  ot  yarog’n bo‘lmasa
Maxtumquli   va   N avoiy   poeziyasining   janrini   kiyoslaganda   ancha   farqli
tomonlari   ham   bor.   Uning   ijodining   asosiy   qismi   barmoq   vaznida   yaratilgan.
She’rlari   7, 11   bo‘g’inli. Demak,   Maxtumquli   she’riyatida Navoiy poeziyasiga   xos
janr   rang-barangligin i   (musaddas,   ruboiy,  qit’a.  tuyuq  va  boshqalari)   ko‘rmaymiz.
Maxtumquli   she’rlari   sodda   va   ravon   tilda   yozilgan,   xalq   qo‘shiqla riga   yaqin,
jozibadordir.   Lekin   shunday   bo‘lsada,   yuqorida   kelti rilgan   she’rlarning   q iyosiy
tahlilidan   ham   ko‘rinadiki,   har   i k ki   shoir   ijodida   bir   xil   n iyat   va   maqsad.   ya’ni
mehnatkash   xalqqa   insoniy munosabat, aniqrog’i xalqchillik jihatidan  mushtarak lik
xususiyati   borki,   bu   hamisha   badiiy   ijodning   o‘zak   muammolaridan   biri
hisoblanadi. 
26 MASHRABNING QALB NIDOLARI
Ajoyib   g’azallar,   muxammaslar   va   mustazodlar   qatori   Mashrab   yaratgan
murabba’larni   ham   shu   janrniig   shakllangan   yetuk   namunalari   deyish   mumkin.
Shoirniig   murabba’lari   kishining   eng   nozik   his siyotlarini   qitiqlovchi   sho‘x,   lirik
taronalar sifatida  ham  ravon,  ham  yengil  o‘qiladi.  Ular aruzning  o‘ynoqi  vaznlarida
yozilganki, kitobxon yodida   uzoq  vaqt saqlanib qoladi. Uning quyidagi murabba’si
mazmun e’tibori bilan  ham  she’riy san’at namunasi  bo‘la  oladi.
Bulbuldayinkim faryod etarman, 
Ishq daftarini bunyod etarman, 
K o‘ngullarimni  men shod etarman, 
Yorga yetar kun bormu yoronlar? 
G’am  bahri qi ldi mavjini bunyod, 
Ishqingda qnldim yuz  ohu  faryod, 
O‘tdi nigo rim chun sarvi ozod, 
Yorga yetar kun bormu yoronlar? 
Sham’i firoqning  ko‘ksumda  yondi, 
Ko‘z  yoshim  oqib bag’rimga  tomdi, 
G’aflatda q olgan Mashrab uyondi, 
27 Yorga yetap  kun bormu, yoronlar? 
Hajr ahla  keldi tutti yokamdin; 
Bag’rimni tilg’il  paykoni g’am din, 
Ming dodu faryod ushbu alamdin, 
Yorga yetar kun bormu, yoronlr?
Bu   murabba’da   lirik   qahramon   kuyunch   va   dard   bilan   “Yorga   yetar   kun
bormu, yoronlar?” deya nido qiladi. U shunday kunni istaydi, bu umuman baxtli va
ozod,   erkin   va   farovon   hayotning   orzusi   sifatida   jaranglaydi,   har   bandida
qaytariluvchi   bu   misra   go‘yo   o‘z   mazmunini   kengaytiradi,   ijtimoiy   mazmun   kasb
etadi.
Mashrabning   quyidagi   ikkinchi   murabba’si   ham   visol   onlaridan   be had
shodlangan,   orzusi   ushalgan   insonning   «qalb   nido»laridir.   Bunda   o‘zini   ishq
devonasiga   o‘xshatadi.   Uni  devona  qilgan  narsa,   yorining shirin  so‘zi,  o‘ziga  rom
qilab   olgan   shahlo   ko‘zi,   nomini   taratgan   oydek   yuzidir.   Oshiq   yorinig   yuzini   bir
marta   ko‘radi.   M ana   shu   ko‘rish   unga   huzur   bag’ishlaydi.   Shuning   uchun   ham   u
yoriga qayerda bo‘lsa  ham o monlik tilaydi.
Boqsang meninigdek  devonalarga,
Aqlu  hushidin  begonalarga,
Isyon  cho‘lida  avvoralarga,
Ko‘rdim  yuzingni  alhamdulilloh.
Mastona qilgan  shahlo ko‘zingdur,
Devona qilgan shirin so‘zingdur,
Afsona qilgan oydek yuzungdir,
Ko‘rdim  yuzingni,  alhamdulilloh .
“Ey bod, yetkur yora salomim” murabba’sida  hijron  azobida qiynalgan oshiq
yorning   uzoqda   ekanligidan   xasrat   chekadi   va   bodi   sabodan   yoriga   salom
28 yetkazishini   iltijo   qiladi.   Tabiatni   jon lantirish,   u   orqali   o‘z   dardlarini   yorga
yetkazish, nido, hitob vositasida shoir samimiy  tuyg’ularini  ifodalaydi:
Ko‘rmay  yuzini devona  bo‘ldum,
Xalqi jahondin  begona  bo‘ldum,
Yuz dardu  g’amga hamxona bo‘ldum,
Ey  bod, yetkur yora salomim...
Yordan judo men o‘lguncha bo‘ldum,
Qonlarni yutdum, hasratga to‘ldum,
Dardu g’amningdin, vallohqi, o‘ldum
Ey, bod, yetkur yora salomim.
Ho ma  bitarman ul qora qosha,
Uzog’ligidin ko‘z to‘ldi yosha,
Har  dam  urarmai  boshimni  tosha,
Ey bod, yetkur  yora salomim.
Ko‘ksimni dardin tosha  bitarman.
Hasratingda boshni olib kstarman,
Seni  qo‘lingdin, valloh, o‘larman,
Ey, bod, yetkur yora  s alomim.
Ishqingda Mashrab afg’on etadur,
Bag’rini har yon biryon etadur
Ko‘zini har  dam  giryon  etadur.
Ey  bod, yetkur yora salomim. 
Bu   she’rda   shoirniig   ichki   kechinmalari   bandma-band   rivojlanib,   jilolanib
borishi orqali  poetik  mazmunda yorqinlik, yaxlit lik  yuzaga kelgan.
29 Ko‘rinadiki,   Mashrab   murabba’lari ham uniig   boshqa lirik   asarlaridek inson
qalbining orzu umidlari xalqining tilmochi, ko‘zgusidir. Shoir sh u  yurak dardlariga
mos   o‘ynoqi   vaznlarni   ishlatadi,   xalqimizning   bitmas-tuganmas   so‘z   xazinasidan
ustalik   bilan   foydalanadi.   Uning   murabba’lari   ham   yuksak   san’at   asarlari   sifatida
ma’naviy va lafziy san’atlarning xilma-xil ko‘rinishlari bilan ziynatlangan.  Shuning
uchun   ham   bu   murabba’larni   o‘qigan   har   bir   kitobxon   uni   bemalol   qo‘shiq,   qilib
aytgisi   keladi.   Mashrab   murabba’larining   qo‘shiqqa   mos   q ilib,   o‘tl   xalqchil   tilda,
o‘ynoqi,   ommabop   vazn   va   tasviriy   usullarda   yaratilganligi   ularning   o‘ziga   xos
xususiyatini belgilaydi.  Zero, bu  yerda  Mashrab ining xalq og’zaki ijodi  va  musiqiy
san’atga   bo‘lgan   muhabbati   hamda   ulardan   davrning   zo‘r   san’atkori   sifatida
bahramand bo‘laolganligini eslatib o‘tish lozimdir.
Shuning u chun ham  Mashrabning  murabba’ formasidagi  novatorligi, xalqchil
an’analari   bilan  o‘zidan keyingi qalamkashlarga  ta’sir   ko‘rsata oldi.
30 II BOB
XX ASR VA HOZIRGI SHE’RIYATDA MURABBA’
AN’ANALARI, YANGILANISH HOLATLARI
1.   XX   asr   she’riyatida   murabba’.   (Hamza,   Habibiy,   Charxiy,   Sobir
Abdulla, Uyg’un, Tolib Yo‘ldosh, Vosiy Sa’dulla, Fozil Zoxid, Po‘lat Mo‘min,
Akmal Po‘lat, Yodgor baxshi Isxoqov, Umarxon Po‘lkan).
Ma’lumki,   turkiy   xalqlar   she’riyatida,   jumladan,   o‘zbek   klassik   adabiyotida
yaratilgan   murabba’lar   asosan   besh,   yetti   banddan   tashkil   topgan.   H.H.Niyoziy
klassik murabba’ formasining imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalangan holda
birinchilardan   bo‘lib   o‘z   ijodida   o‘n-o‘n   to‘rt   va   undan   ortiq   bandli   murabba’
namunalarini   ham   yaratdi.   Bu   esa   o‘zbek   shoirlari   ijodida   bugungi   kunda   ham
asosiy   o‘rinni   egallagan   ko‘p   bandli   murabba’   she’rlarning   shakllanishi   va
rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
Dastlab Hamza ijodida yaratilgan va keyinchalik o‘zbek she’riyatining asosiy
qismini tashkil etgan bunday tipdagi she’rlarni filologiya fanlari doktori, professor
N.Shukurov   murabba’-she’rlar   deb   atashni   lozim   ko‘radi.   Biz   ham   ushbu   fikrga
qo‘shilgan   holda   an’anaviy     klassik   murabba’   formasi   sho‘rolar   davrlarda   ham,
bugungi she’riyatda ham so‘z san’atkorlari tamonidan ijod etilayotganligini alohida
ta’kidlab   o‘tmoqchimiz.   Masalan,   Habibiy,   Charxiy,   Sobir   Abdulla   kabi   ijod
ahllarining   ishqiy   mavzudagi   hamda   ozod   va   farovon   o‘lkamizni   madh   etuvchi,
klassik   murabba’   talablariga   javob   beruvchi   ko‘plab,   she’rlarini   ko‘rsatishimiz
mumkin.   Xalq   qo‘shiqlari   ruhida   yozilgan   bunday   murabba’lar   Uyg’un,   Tolib
31 Yo‘ldosh,   Fozil   Zohid,   Po‘lat,   Mo‘min,   Akmal   Po‘lat,   Yodgor   baxshi   Is’hokov,
M.Yusuf,   Umarqul   Po‘lkan,   A.Oripov,   O.Matjon   kabi   ijodkorlarimiz   tomonidan
bormoqda,   sakkiz,   o‘n   bir   bo‘g’inli,   qofiyalanishi   a-a-b-a,   b-a-b-a,   v-v-v-v   va
hakozo   tartibidagi   she’r   namunalari   ko‘plab   yaratilmoqda.   Ayniqsa,   “Mushtum”
jurnali   va   “Mushtum”   kutubxonasi   seriyasida   chiqarilayotgan   kitoblarda   bunday
she’rlar   asosiy   o‘rinni   egallaydi.   Shu   bilan   birgalikda   O‘zbekiston   Fanlar
akademiyasi   til   va   adabiyot   instituti   tomonidan   nashr   etilgan   “Sovet   davri   xalq
qo‘shiqlari”   kitobida   jamlangan   qo‘shiqlarning   asosiy   qismi   an’anaviy   klassik
murabba’   formasida   ijod   qilingan.   Bulardan   ko‘rinadiki,   o‘zbek   poeziyasida
yaratilgan   bu   tipdagi   she’rlarning   barchasini   murabba’   she’rlar   atamasi   bilan
nomlash unchalik to‘g’ri bo‘lmasa kerak.
Chunki yuqorida ko‘rganimizdek, bugungi she’riyatda ham klassik murabba’
shaklii   yashab   kelayotir,   ijod   ahllari   uchun   eng   ko‘p   murojaat   qiladigan   poetik
shakllardan biri bo‘lib qolmoqda. Ular qofiyalanishga ega bo‘lgan, bugungi kunda
ham keng qo‘llanilayotgan-to‘qqiz bandlardan tashkil topmoqda. 1)
Bizningcha bularni quyidagicha nomlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
1. Klassik adabiyotda birinchi bandlarning qofiyalanishi a-a-a-a; b-b-b-a; a-a-
b-a;   a-a-b-a   tarzida   boshlanuvchi,   asosan   yetti,   to‘qqiz   banddan   iborat   bo‘ladigan
she’rlarni – murabba’lar  deb atash.
2.   Hamza   ijodida   ilk   bor   qo‘llangan   a-b-a-b,   a-a-b-a   tarzida   qofiyalanishga
ega   bo‘lgan,   bugungi   kunda   ham   keng   qo‘llanilayotgan   ikki   banddan   to   o‘ttiz
banddgacha davom etadigan she’rlarni murabba’-she’rlar deb atash.
O‘zbek   poeziyasida   murabba’   she’rlar   yaratish   ikki   xil   yo‘l   bilan
rivojlanmoqda.   Birinchisi,   o‘zbek   shoirlari   ijodida   klassik   murabba’   she’rning
shakliy-poetik   xususiyatlari   to‘la   saqlangan,   aruzda   yozilgan   namunalarda
mazmunan yangilangan murabba’ she’rlar.
Ikkinchisi,   asosan,   barmoq   vaznida   yoziladigan   to‘rtlik   bandlardan   iborat
bo‘lib,   bunday   murabba’lar   o‘z   strukturasi,   ko‘p   bandlarning   mustaqil   holatda
ko‘zga   tashlanishi,   xilma-xil   qofiyada   kelishi,   shoir   taxallusining   keltirilmasligi
32 kabi   xususiyatlari   bilan   murabba’   she’rning   klassik   adabiyotdagi   namunalaridan
birmuncha farq qiladi.
Shoir   Habibiy   klassik   adabiyotimizning,   aruzning   qonun-qoidalarini,   sir-
asrorini   yaxshi   biladigan,   ularni   o‘z   ijodida   katta   mahorat   bilan   qo‘llay   olgan,
hozirgi   she’riyatimizda   g’azalxonlikni   taraqqiy   ettirishda   o‘zining   munosib
________________________________________________
1). A.Xudoyberdiyev. O‘zbek poeziyasida murabba’. Samarqand. 1991 yil. 71 bet.
G’.G’ulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyoti.
hissasini qo‘shgan ustoz shoirlarimizdan biri. Uning chiroyli g’azal va murabba’lari
bastakor va xonandalarimizning diqqatini o‘ziga tortadi va ular kuyga darhol tusha
qoladi.     Uning   murabba’lari   asosan   ishqiy   mavzuda,   o‘ynoqi   vaznda   yozilgan,
o‘qimishli, yengil va ravondir.
Uning “Mujgonlaring” murabba’si buning yaqqol misolidir.
O‘ynab-o‘ynab ko‘nglim oldi mujgonlaring, -b
Shirin-shirin so‘zlaganda kulgonlaring, -b
Sho‘xliklaring, g’amzalaring, javlonlaring, -b
Gulchehralar shaydolaring, hayronlaring.... -a
Men, Habibiy tez-tez borib ko‘rgim kelur, -v
Asta-asta sen tomonga yurgim kelur, -v
O‘ynab-o‘ynab zavqim to‘lib, kulgim kelur, -v
Bunday yozay yaxshi-yaxshi dostonlaring.  -a
Bu she’rlarda klassik poeziyadagi an’ana yorning go‘zalligini ta’rif-tavsif 
qilish va undan zavqlanish asosiy yo‘nalish qilib olingan.
Shoir quyidagi murabba’da ozod o‘lkaning hur farzandi ekanligidan jo‘shib 
kuylaydi:
Men yayragan bog’im, gulzorim go‘zal, -a
Gulzorimga loyiq dildorim go‘zal. -a
Ko‘nglimda asragan asrorim go‘zal, -a
Tilla yorim degan takrorim go‘zal. -a
33 Sevgan yorim ilmu hunarda mumtoz, -b
Hur o‘lkaga bergay san’atli pardoz. -b
Har qancha ko‘p madh aylasam muncha oz,  -b
Mehribonim, do‘stim hamkorim go‘zal.   -a
Shoir Charxiyning ishqiy temada, partiya haqida, to‘g’rilik, rost go‘ylik, 
odob-axloq mavzuida yaratgan murabba’lari o‘zining muhim tarbiyaviy qimmatga 
ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Quyidagi   she’rda   partiyaning   dono   rahbarligi   tufayli   ozodlikka   erishgan,
halol mehnati bilan shon-sharaflar quchayotgan xalq ulug’lanadi:
Minnatdorman, e partiyam, ustozim,
Vafodorim, e partiyam, ustozim.
Sen yaratgan ozod, obod zamonda,
Baxtiyorman, e partiyam, ustozim.
Xalos etding qullikdan bu boshimni,
Achchig’ edi, shirin qilding oshimni,
Ulug’ ishga hissam qo‘shib mehnatda
Fidokorman, e partiyam, ustozim.
Charxiy   o‘z   murabba’larida   yosh   avlodni     yaxshi   axloqqa,   pokiza   xulqqa
undaydi.
O‘zbek   poeziyasining   an’anaviy   janrlar   bilan   boyishiga   o‘zining   munosib
ulushini   qo‘shgan   shoirlarimizdan   yana   biri   Vosit   Sa’dulla   hisoblanadi.   Vosit
Sa’dulla   klassik   she’riyatimiz   an’analarini     muvaffaqiyatli   davom   ettirgan
ijodkorlardandir.     Xususan,   shoir   yaratgan   g’azallar,   mustazodlar,   musallasotlar,
murabba’lar,   muxammaslar,   musaddas,   to‘rtliklar   va   fardlar   fikrimizning   isboti
bo‘la oladi. 
Shoir   klassik   poeziyamizning   qaysi   bir   janrida   qalam   tebratmasin,   o‘sha
janrning qonun-qoidalariga to‘la rioya qilgan holda paxtakor diyorimiz, mehnatkash
xalqimiz,   zamondoshlarimiz   madhini   kuylaydi.   Vosit   Sa’dulla   demokrat   shoir
34 Muqmiy,   o‘zbek   shoirlaridan   Habibiy,   Sobir   Abdulla,   Charxiy   kabilar   ijodiy
merosidan bahramand bo‘lgan holda ular izidan bordi. Ayniqsa, shoirning murabba’
she’rlar yaratishdagi mahorati tahsinga  sazovordir.
Vosit   Sa’dulla   ijodida   o‘ndan   ortiq   murabba’   namunalari   bor.   Shoir
murabba’larining   asosiy   qismi   muhbbat   mavzusiga   bag’ishlangan.   Bularga   uning
“Ra’nocha qiz”, “Armon emasmu”, “Baxt uyidan”, “Dilrabolar”, “Davroni bor” va
boshqa she’rlarini ko‘rsatishimiz mumkin.
Bizga yoshlik aziz mehmon emasmu? -a
Dilda sho‘xlik zavqi chandon emasmu? -a
Topilmas bu go‘zal mavsum yoronlar , - b
Bebaho soz, davru davron emasmu? -a
Ko‘ngil berdim senga bahor yoshimda, -v
Sevgi tashvishlari ortib boshimda. -v
Jim turasan, nega kelib qoshimda,  -v
Bergan va’dang menga yolg’on emasmu?. -a
O‘zbek xalq qo‘shiqlari ruhida, sho‘x va o‘ynoqi vaznda yozilgan bu she’rda
shoir   baxtiyor   yoshlikni,   sevgining   qudratini   ulug’laydi.   “Davroni   bor”
murabba’sida   ishq   mavzusi   asosida   yoshlarni   baxtiyor   hayotimizning   qadriga
yetishga, mehnatsevar bo‘lishga chaqirdi.
Gar ko‘ngil qo‘ysang vafodoringga qo‘y, -b
Jon bilan sevgan seni yoringga qo‘y. -b
Kim hayot, mehnatda hamkoringga qo‘y, -b
Elda o‘z o‘rni, o‘z  javloni bor. -a
Yor esang yorlik qilish ahdida bo‘l, -v
Bo‘lsa aqling ishqi yo‘qdan silta qo‘l. -v
Mehnat ochgay muddaoga yaxshi yo‘l,  -v
Kim har ishning o‘z hadis mezoni bor. -a
35 Demak,   o‘zbek   shoirlari   ijodidagi   klassik   murabba’   she’rning  formal-poetik
xususiyatlari   to‘la   saqlangan,   aruzda   yozilgan   namunalarida   ham   mazmunan
yangilanish   yuzaga   chiqqan.   Murabba’   she’rning   ham   klassik,   ham   zamonaviy
xususiyatlarini o‘z ichiga oluvchi dastlabki yetuk namunalarini Hamza Hakimzoda
Niyoziy yaratgan.
O‘zbek   shoirlari   xalq   og’zaki   ijodida   va   Muqimiy   lirikasidagi   murabba’
formasini qayta ishlab qabul qildilar. Biz Muqimiy murabba’larida deyarli hamma
vaqt   har   bir   bandning   dastlabki   uch   misrasi   o‘zaro,   to‘rtinchi   misrasi   esa   boshqa
bandlarning   to‘rtinchi   misrasiga   qofiyalanib   kelishini   eslatib   keldik.   Bunday
qofiyalanish   tizimi   murabba’ga   qandaydir   muntazamlik,   g’azal   va
muxammasdagidek   ohangdorlik   baxsh   etadi.   O‘zbek   shoirlari   esa   murabba’ning
boshqacha qofiyalash tizimini asosiy shakl sifatida qabul qildilar. Ularning ijodida
ikkinchi   misrasi   bilan   to‘rtinchi   misrasi   qofiyalanadigan,   birinchi   misrasi   bilan
uchinchi   misrasi   qofiyasiz,     erkin   holda   keladigan   murabba’lar   asosiy   o‘rinni
egallaydi. Ba’zan esa birinchi misra bilan uchinchi, ikkinchi  misra bilan to‘rtinchi
misrani qofiyalash asosiy shakl  qilib olindi.   Bunday erkinroq qofiyalanish   tizimi
ritm   va   intonatsiyani   mazmunga   mos   ravishda   tez-tez   o‘zgartirib   turish   uchun
muayyan qulayliklar yaratib berdi. Biz o‘zbek shoirlarining to‘rt misra- to‘rt misra
qilib bandlangan she’rlarini birgina murabba’ so‘zi bilan emas, murabba’-she’r deb
atashni   maqsadga   muvofiq   deb   hisoblaymiz.   Bunday   atash   bilan   biz   hozirgi
poeziyamizdagi   to‘rtlik   she’rlarni   klassik   poeziyadagi,   jumladan,   Muqimiy
ijodidagi   murabba’lardan farqlashni nazarda tutamiz. Ikkinchidan, murabba’ so‘zi
yoniga   she’r   so‘zini   qo‘shish   bilan   hozirgi   zamon   poeziyasidagi   to‘rtliklarning
yangi she’r uslubiga mosligini ta’kidlashni nazarda tutamiz, - deydi adabiyotshunos
A.Xudoyberdiyev..
Hozirgi   o‘zbek   poeziyasidagi   a-b-v-b,   g-g-d-b,   v-v-g-a,   a-a-a-a,   b-b-b-a
shaklida   qofiyalangan   murabba’   she’rlari   bilan   ruboiy   qofiyalari   hamda   “Devoni
lug’otit turk” da keltirilgan a-b-v-b, a-a-a-a, a-a-b-a, a-b-a-b shaklida qofiyalangan
to‘rtliklar   o‘rtasida   muayyan   bog’lanish   va   qadimgi   to‘rtliklarning     ruboiy   va
murabba’ orqali hozirgi davrda transformasiyaga   uchragan to‘rtlik bilan yozilgan,
36 katta   salmoqqa   ega   bo‘lgan   she’riyat   orasida   tradisiya   va   novatorlik   borligini
sezmaslik mumkin emas, - deb yozadi aruzshunos olim Ummat To‘ychiyev.  1).
Binobarin,   bu   she’r   turli   ijtimoiy   –   estetik   omillar,   talablar   asosida   ancha
yangilandi.   Ularning   mundarijasi,   obrazlari,   ichki   strukturasida   o‘zgarishlar   yuz
berdi, realistik detallar kuchaydi. 
Murabba’   she’r   klassik   poezyada   qat’iy   norma   va   hajmga   ega   edi,   ulardan
chekinmaslikka   harakat   qilinardi.   Poeziyada   mualliflar   uchun   erkinlik   ufqi
kengaydi, romantik tasvir usuli o‘rnini asosan, realistik tasvir usuli egallaydi, ijodiy
metod yangilandi. Shunga muvofiq murabba’ she’rlar tabiati, strukturasi, g’oyaviy-
badiiy   dunyosida   novatorlik   yuzaga   chiqdi   va   chiqmoqda.   Shuning   uchun   bunday
to‘rtliklarda shoir uchun fikr maydoni va qofiya imkoniyatlari ancha keng bo‘ladi.
Bunga   o‘xshash   forma   Yevropa   va   rus   adabiyotida   ham   she’riyatning
yetakchi,   asosiy   formalaridan   biri   bo‘lib   kelgan.     Masalan,   Katren-to‘rtlik.   Bu
termin   chegaralangan   ma’noda   faqat   tugal   mazmun   ifodalovchi   mustaqil
to‘rtliklarga nisbatan qo‘llaniladi.
Dastlab   bu   termin   to‘rtlik   shaklidagi   bir   necha   bandlardan   tuzilgan   she’riy
asarlarning   har   bandiga   nisbatan   ham   qo‘llanilgan   bo‘lsa,   hozir   faqat   mustaqil
to‘rtliklarga   nisbatan   ishlatiladi.   Masalan,   mustaqil   to‘rtliklardan   iborat   xalq
qo‘shiqlari. Katrenlar turlicha qofiyalanish shakliga ega: a-a-a-b, a-a-b-a, a-b-b-a, a-
a- b-b va hokazo. A.S.Pushkin o‘z ijodiga katrenni ko‘p qo‘llagan. Shundan so‘ng
rus   poeziyasida   bu   shaklga   murojaat   etish   kuchayib   ketdi   va   yetakchi   she’riy
shaklga aylandi.
Demak,   biz   o‘zbek   poeziyasida   yaratilgan   va   yaratilayotgan   bunday   to‘rtlik
she’rlarni   murabba’   she’rlar   deb   nomlasak   to‘g’ri   bo‘ladi.   Bunday   murabba’
she’rlarning   2   banddan   25-30   bandgacha   bo‘lgan   turi   mavjud.   She’rning   hajmini
tanlangan mavzu, poetik mazmun, shoirning uslubi belgilaydi.
37 ________________________________________________
1). U.To‘ychiyev. O‘zbek adabiyotida aruz. “Fan”. Toshkenti. 1985 yil.
ABDULLA ORIPOV MURABBA’LARINING    BADIIY
XUSUSIYATLARI
Bu   masalaga   kirishishdan   oldin   janr   nima?   degan   so‘roqqa   aniq   va   asosli
javob   topishdir.   Janrning   nimaligini   aniqlashdi,   birinchi   navbatda,   badiiy   asar
tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini asoslash kerak.
Demak,   har   bir   janr   atamasining   o‘z   qonun   qoidalari   bor.   Masalan,   ruboiy
qonun qoidasi quyidagicha:
1. Ruboiy to‘rt misralik mustaqil she’r.
2.   Ruboiy   a,a,b,a,   yoki   a-a-a-a   shaklida   qofiyalanadi.   Masalan,   Abdulla
Oripov ruboiysidan namunani ko‘rsa k .
Koinot gultoji insondir azal.    -a
Undadir eng oliy tafakkur, amal -a
Hatto u tubanlik ichra ham tanho -b
Yo falak, ijoding buncha mukammal -a.
Bu yerda a, a, b, a tarzda qofiyalangan. 
3. Ruboiyda tajnis tashbeh ishlatish mumkin.
4. Ruboiyda falsafiy (donishmandlik) ruhi kuchli.
5.   Kompozision   qurilishi   aniq   va   puxta   mavzu   doirasi   keng   (ruboiy   kabi
barcha   janrlarning   g’azal,   tuyuq,   muxammas,   musaddas   va   boshqa   janrlar)   o‘z
qonun qoidasi bor. 
Murabba’ janrining qonun qoidalari quyidagicha:
38 1. “Adabiyotshunoslik terminlari lug’ati”da “Murabba’” deyilganda mumtoz
poeziyadagi   qofiyalanish   tartibiga   qarab   tuzilgan   va   har   bir   bandi   to‘rt   misradan
iborat bo‘lgan she’r shakli tushunilgan. 
2.   Murabba’da   birinchi   banddagi   to‘rtala   misra   bir   xilda   -a-a-a-a-   shaklida,
keyingi   bandlardagi   1-2-3  misralar   esa  birinchi   banddagi  to‘rtinchi  bilan  (b-b-b-a,
g-g-g-a kabi shaklida) qofiyadosh bo‘ladi.
Boborahim   Mashrabning   yetti   banddan   iborat   murabba’sidan   namuna
keltiramiz.
Bulbuldayinkim faryod etarman, -b
Ishq daftarini bunyod etarman, -b
Ko‘ngillarimni men shod etarman, -b
Yorga yetar kun bormu, yoronlar  -a
Shami firoqing ko‘ksumda yondi,  -g
Ko‘z yoshim oqib bag’rimga tomdi, -g
G’aflatda qolgan Mashrab uyg’ondi -g
Yorga yetar kun bormu, yoronlar -a
Bu   yerda   ikkinchi   xil   qofiyalanish   qo‘llangan.   Ahmad   Yassaviyning   barcha
she’rlari murabba’ janrida yozilgan.
3.   Murabba’da   g’azalga   nisbatan   erkinlik   keng.   Mavzu   tanlashda,   aruz
vaznining   har   xil   vaznlarda   yozilishi,     mavzudagi   g’oya   har   bir   bandda   to‘ldirilib
borilishi   va   boshqalar   ya’ni     murabba’da   misralar,   bandlarning   takrorlanishi   bilan
mazmun ochiladi.
4.   Murabba’   janri   nafaqat   o‘zbek   she’riyatida,   balki   ozarbayjon,   turkman,
uyg’ur, qozoq, qirg’iz she’riyatida ham qadimdan rivojlanib kelgan. 
Bu   haqda   adabiyotshunos   A.Xudoyberdiyevning   “O‘zbek   poeziyasida
murabba’” monografiyasida batafsil ma’lumot berilgan.
5.   Murabba’lar   sho‘x,   o‘ynoqi   vaznda,   xalq   qo‘shig’i   uslubida   va   Ahmad
Yassaviy  ijodida barmoq vaznda, Mashrab  va Muqimiy ijodlarida ham  barmoqda,
ham aruzning mutaqorib, ramal bahrlarida yozilgan. 
39 Fa’ulun,    fa’lun,      fa’ulun,     -    faulun              (mutaqorib)
– – – v –              – – – v –            – – – v –           – – – v –      
Foilatun,      Foilatun,        Foilatun,       foilun        -     ramal
– – – v –            – – – v –          – – – v –         – – – v – 
Ma’lumki, Abdulla Oripov ijodida o‘ttizga yaqin, Muhammad Yusuf ijodida
esa oltmishga yaqin murabba’lari bor. Ularning barchasi  barmoq vaznda yozilgan,
9, 11 bo‘g’indan iborat. Turoqlanishi 4-5, 5x6, 4-7 va hakoza. Qofiyalanishi ikki xil
tarzda: birinchisi a-a-a-a, b-b-b-a, v-v-v-a, g-g-g-a; ikkinchisi b-a-v-a, g-g-g-a, d-d-
d-a,   ye-ye-ye-a   va   hakoza   tarzda.   Besh   banddan,   to‘qqiz,   o‘n   to‘rt   bandgacha.
Asosan   besh,   yetti   banddan   iborat   murabba’lar   ko‘p   uchraydi.   Shoirlar   ijodida
vatanparvarlik,   xalqparvarlik,   mustaqillik,   milliy   urf-odatlarimiz,   an’analarni
qadrlash, ota-ona, farzand haqida, ulug’ ajdodlarimiz, tariximizga e’tiqodli bo‘lish,
ona   tabiat,   go‘zallik,   bahor,   yaratganga   shukronalik,   insof,   imon   kabi   mavzularda
o‘z dunyo qarashlarini bayon etgan. 
Zamonaviy   o‘zbek   she’riyatining   iste’dodli   vakillaridan   biri   Abdulla
Oripovdir.   Shoir   ijodiga   sinchiklab   nazar   tashlagan   kishi,   birinchi   navbatda   uning
ko‘ngil   kishisi   ekanligi   va   ijodida   ko‘ngil   manzaralari   muhrlanganligini   anglaydi.
Uning asl she’rlarini qasida, dostonlarini ko‘ngil mavjlari deyish mumkin. 
Abdulla Oripovning samimiy she’riyati pokiza ko‘ngilning holatini ifodalash
ehtiyoji va natijasi o‘laroq yuzaga keldi. Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatiga o‘ychil
g’am   va   g’amchil   o‘y   olib   kirdi.   Shoir   milliy   she’riyatimizda   hazrati   Navoiy
aytganlaridek “Ko‘ngilni g’am  yo‘qligini asru g’am, Alam  yo‘qligini  qattiq alam”
deb biladigan shoir sifatida paydo bo‘ldi. 
Abdulla   Oripov   she’riyati   pokiza   tuyg’ular,   ismsiz   dardlarning   ifodasi   edi.
Ulardan   sokin   ohang   tarqaladi.   Shoir   she’rlarining   eng   yorqin   belgilaridan   biri
samimiylikdir.   Shoir   otashin   she’riyati   bilan   o‘zbek   adabiyotiga   yangicha   nafas
yangicha ruh olib kirgan.
40 Abdulla Oripov lirikasi orqali o‘zbek she’riyatiga ko‘ngil dardlarini suratlari,
ruhiy   iztiroblar   manzarasi,   armonga   aylangan   orzular   inson   sezimlarida   iz   tasviri
kirib keldi. 1)
Ohu 
Makoning bo‘libdi tog’lar orasi, -b
Sensan go‘zallikning asl, sarasi. -b
Ma’yus yuragingda ishqning yarasi, -b
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon. -a
_______________________________
1.  A.Oripov. T-a.  I  tom. Adabiyot va san’at nashriyoti. T.: 2000 yil. 432 bet. 
2.  A.Oripov. T-a.  I  tom. Adabiyot va san’at nashriyoti.  II  tom 2001 yil 490 bet. 
Daralar qo‘ynida neni istarsan, -v
Nechun doim g’amgin, doim mustarsan. -v
Latif shijoatning qayga qistarsan, -v
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon. -a
Yo‘q sen axtarmassan tog’lardan makon, -g
Va na go‘zalliging uchun shuhrat-shon. -g
Sayyod jabri senga bermaydi imkon, -g
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon. -a
Qo‘y, jonim, ko‘zlaring to‘lmasin yoshga, -d
Tongda oyog’ing qo‘y baland bir toshga. -d
Seni quyosh o‘zi ko‘targay boshga, -d
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon. - a
She’riyat   shunday   makonki,   uning   og’ushida   titramaslikning   iloji   yo‘q.
She’riyat shunday ummonki, uning to‘lqinlarida suzmaslikning iloji yo‘q. She’riyat
shunday   osmonki,   uning   ko‘ksida   goh   bulut   bo‘lib   yig’lamaslikning,   goh   quyosh
bo‘lib   kulmaslikning   oy   kabi   ma’yus   balqib,   yulduzlar   kabi   porlamaslikning   iloji
yo‘q.
Shoirlik-chi?   Shoirlik   shunday   kuchki,   baland-baland   viqorga   o‘xshagan
tog’larni   bir   zumda   tuproqqa,   siynasi   qattiq   toshlarni   suvga,   butun   koinot-u   yer-
yuzini kaftida namoyon etishi mumkin.
41 Zero, shoir aytganidek:
Temur tig’i yetmagan joyni,
Qalam bilan oldi Alisher.
Shoirlik   shunday   kuch   ekan-ki,   butun   jahonni   qalam   zabt   etishi   mumkin.
Shunday   zabardast   shoirlardan   biri   O‘zbekiston   Qahramoni   Abdulla   Oripov
she’rlari ham har bir o‘zbek xonadoniga mayin kuyga aylanib, kirib borgan va har
bir yurak to‘ridan joy olgan. 
Shoir   “...   birinchi   she’rlar   yoza   boshlaganimda   nima   turtki   bo‘lganini   aniq
bilmayman.   Har   holda   so‘zlarni   qofiyalashga   ishqiboz   bo‘lib   qolganim   esimda.
Balki   zerikkanimdan,   balki   zavqim   toshib,   nimadir   yozgim   kelaveradi.
Yozmaslikning ham iloji yo‘q”, - deb eslaydi.
Abdulla   Oripovning   “Ohu”   she’rini   o‘qiganimizda   ham   ko‘tarinkilik,   ham
ma’yuslik tuyg’ulari butun vujudimizni qamrab oladi. 
Zero,   tanamizga   suv   va   havo   nechog’lik   zarur   bo‘lganidek,   ma’naviyatga,
ma’rifatga tashna qalbimiz uchun ham she’r shunchalik zarur.
Yuqoridagi   “Ohu”   she’rini   qayta-qayta   o‘qiymiz   va   har   o‘qiganimizda
yangidan-yangi   tuyg’ular,   hislar   tug’iladi.   She’r   sarlavhasining   o‘zi   kitobxonni
o‘ziga jal  etadi. 
“Ohu”   –   deganda   ko‘z   o‘ngimizda   oshiq,   mustorlik,   ma’yuslik,   sayyod,
ko‘zlardagi yosh, insonlardan qochish tuyg’ulari gavdalanadi. 
She’rni   ilk   bor   o‘qiganimizda,   Ohu   timsoli   ostida   vatanparvarlik,   vatanni
suyish,   ya’ni   ohu   tog’-u   toshlarni   jonidan   ortiq   ko‘irishi,   yam-yashil   bog’-u
o‘tloqlarga   alishmasligi   kabi   tuyg’ular   seziladi.   She’rni   qayta   o‘qiganimizda
“mehr”   tuyg’usini   sezamiz.   Endi   ohujon   sayyodning     jabridan   mehr   izlab   o‘zini
tog’-u toshlar bag’riga uradi. Har bir bandda takrorlanuvchi “Sen ham oshiqmisan,
yoki   ohujon”   misrasining   takrorlanishida   ham   chuqur   falsafiy   ma’no   bor.   Ya’ni
Ohu nimaga yoki kimga oshiq? Lirik qahramon ohuga savol  nazari bilan murojjat
qiladi.
Demak,   lirik   qahramon   asli   oshiq,   misradagi   “ham”   yuklamasi   buni   isbot
etadi. 
42 She’r   to‘rt   banddan,   har   bir   band   to‘rt   misradan   iborat.   Qofiyadosh   so‘zlar
orasi,   sarasi,   yarasi,   istarsan,   mustarsan,   qistarsan,   makon,   shon,   imkon;   yoshga,
toshga, boshqa. Takrorlanuvchi misra:
“Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
O‘xshatishlar:
Ma’yus yurak, latif shijoat, ishqning yarasi, sayyod jabri.
Qofiyalanishi: a-b-b-a, v-v-v-a, g-g-g-a ...
She’r barmoq vaznda yozilgan.
Makoning bo‘libdi / tog’lar orasi 
Sensan go‘zallikning / asli, sarasi.
Ma’yus yuragingda / ishqning yarasi,
Sen ham oshiqmisan / yoki, ohujon.
An’anaviy o‘n bir vaznda. She’rda tashbehlardan tashqari go‘zal sifatlashlar
qo‘llanilgan. 
Asar o‘quvchilarga kuchli estetik ta’sir ko‘rsatadi. 
“ XALQ ”  SHE’RI
Nomingni qora degan, paxtaginam
senmisan, -b
Lo‘ppi deya yutganim – loxtayginam
senmisan, -b
Avatoda bosh urgan, taxtaginam
senmisan, -b
Faqatgina xalq yashar, faqat
qolur xalq. -a
O‘zbekning peshonasin po‘latdan
yormishdir, -v
43 Yumishini malomat, zahmatdan
yaratmishdir. -v
Bir so‘z bilan aytganda, mehnatdan
yaraladir. -v
Faqatgina xalq yashar, faqat
qolur xalq. -a
Tinglasang tugamas afsonasi,
bor bu yel. -g
Sarkardasi, shoiri, taronasi
bor bu el, -g
Ming oqilg’a arzulik, devonasi
bor bu el, -g
Faqatgina xalq yashar, faqat
qolur xalq. -a
Farishta emasturmiz, ushbu
gapini sir emas. -d
Har uchragan sham, har tamoliq
nur emas. -d
Lekin dasturxon haqqi, ko‘nglimiz 
hyech kir emas. -d
Faqatgina xalq yashar, faqat  
  qolur xalq. -a
Jangohlarda jon bergan, bobolarni
unutmang.
Mashoq terish non bergan,
mashoqlaring unutma.
E’tiqod iymon bergan, duolarni    
44 Unutmang,
Faqatgina xalq yashar, faqat  
  qolur xalq.
Amalparast luttiboz bo‘lmagan
qachon axir.
Sor bir nima yemasa og’zi 
bo‘larmish taxir.
Bizning borgamiz shoxmiz, bizning
borgamiz faqir.
Faqatgina xalq yashar, faqat  
  qolur xalq.
O‘tganlarni yod etmoq, ketgandir
shariatdan.
Inson sharafai yuksak millati
tariqatdan.
O‘zbekka bo‘l fazilat yoqmishdir
tabaitdan.
Faqatgina xalq yashar, faqat  
  qolur xalq.
Olimmi yo paxtakor kim bo‘lmasin
odamdir.
Ya’ni olloh bandasi har biri-bir
olamdir.
O‘zbegim o‘z volidang, o‘zbegim o‘z
otamdir.
Faqatgina xalq yashar, faqat  
  qolur xalq.
45 Ayon gapki adolat elning ko‘z 
qoshi bo‘lur.
O‘zgani o‘n-oshi-yu, suksa so‘li 
oshi bulur.
Yurt og’irini tortalgan asli 
yurt boshi bulur.
Faqatgina xalq yashar, faqat  
  qolur xalq.
Kattakon yo‘lga chiqding, yo‘ldoshing 
bo‘lay xalqim.
Farzandingman, qo‘llaysan, qo‘ldoshing 
bo‘lay xalqim.
Xasrating ko‘p dilingda dildoshing 
bo‘lay xalqim.
Faqatgina xalq yashar, faqat  
  qolur xalq.
Bunday matn parchalarini tekshirganda asosiy e’tibor faqat obrazli so‘zlarga
qaratiladi.   Ikkinchi   –   olam   o‘zaro   birikib,   matnda   ruhiy   holat   yoki   manzara
yaratadi,   bunda   asosiy   vazifa-poetik   bu   uyg’otish   bevosita,   so‘zlarga
emas,manzaraning   yorqinligi   yoxud   holatning   kuchiga   yuklanadi.   To‘g’ri   she’riy
matnlardagi   manzara   holat   so‘zlar   ma’nosida   bunyodga   keladi,   lekin   bunda   so‘z
yordamchi, qo‘shimcha vazifani bajaradi. Uchinchidan ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan
ushlab,   quloq   bilan   eshitib   bo‘lmaydigan   mavhum   (abstrakt)   tushunchalar   va
konkret   predmetni   emas,   u   haqdagi   tushunchani   anglatuvchi   so‘zlarning   o‘zaro
munosabatga kirishishi natijasida poetik tuyg’u yuzaga keladi.
Biz   bugun   Abdulla   Oripovning   “Xalq”   she’rini   tahlil   qilar   ekanmiz,   agar
she’r matniga diqqat qilinsa, unda xalqning yaxshi-yomoni, ne-ne   qiyinchiliklarni
46 ko‘rgan   o‘zbek   xalqi   haqida   shoir   o‘z   fikrlarini   shu   she’rga   mohirlik   bilan
joylashtiradi.
Agar   she’rning   birinchi   matniga   ya’ni   bandiga   e’tiborimizni   qaratsak,   unda
hamma   narsa   o‘tadi,     mansab   ham,   shavkat   ham,   lekin   shirindan,   shirin   qoladi,
balxdan   esa   talx   degan   satrlarni   uchratishimiz   mumkin.   Shoir   bu   yerda   nima
demoqchi? Ya’ni  bu yerda dunyo o‘tkinchiligini, mansab ham, shavkat  ham  qolib
ketadi,   lekin     yaxshi   ishlar   qilsang,   u   albatta,   tarix   zarvaraqlarida   qoladi   degan
g’oyani ilgari surgan.
A.Oripovning “Xalq” she’ri o‘n ikki banddan iborat bo‘lib, har bir band bir-
birini to‘ldirib boradi. She’r barmoq vaznida, murabba’ janrida yozilgan.
Agar   shoirning   har   bir   bandiga   e’tiborimizni   qaratsak,   har   bir   bandning
oxirida bir misra aynan takrorlanib kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu bilan shoir
bu dunyoda faqatgina shoir yashaydi va faqat xalq qoladi degan g’oyani ilgari surib,
juda to‘g’ri fikrlarni aytadi. Agar shoirning ikkinchi bandiga e’tiborimizni qaratsak
unda   insonning   boshidan   ya’ni   xalqning   boshiga   qanchadan   –   qancha   kulfatlar
tushadi,   gohida   yig’ladik,   gohida   xondon   bo‘ldik,   gohida   bolg’a   bo‘lsak,   gohida
sandon bo‘ldik degan misralarini uchratishimiz mumkin.
Ikkinchi   bandning   uchunchi   misrasida   esa   shoir   xalqning   boshidan   o‘tgan
shuncha musibatlardan o‘tib, oxiri tole bo‘lib boqadi degan g’oyani ilgari suradi. Bi
bilan   shoir   o‘zbek   xalqining   mustaqillikka   erishib,   o‘zbek   xalqining   gullab
yashnayotgani haqida o‘z fikrlarini shoir bu she’rida aytib o‘tmoqchi.
Xullas,   shoir   bu   she’rida   o‘zbek   xalqiga   o‘z   fikrlarini   bildirib,   o‘zbek
xalqining hyech qachon ko‘nglida kiri yo‘qligini  samimiy xalq ekanligini o‘z she’ri
oraqli aytib o‘tgan.
Bu   she’rda   shoir   bir-qancha   san’atlardan   foydalanganligini   ko‘rishimiz
mumkin.   Masalan,   bu   she’rda   tazod,   o‘xshatish,   mubolag’a   kabi   bir   qancha
san’atlarni uchratimiz mumkin. 
Bu she’rning qofiyalanishiga e’tibor beradigan bo‘lsak, bu she’rning birinchi
bandi   b-b-b-a   tarzida   qofiyalanib,   qolgan   bandlar   esa   g-g-g-a   tarzida   qofiyalanib
boradi.
47 Umuman   olganda   A.Oripovning   “Xalq”   she’rini   o‘qir   ekanmiz,   unda   juda
katta ma’no yotganining guvohi bo‘lasiz. Bu she’r juda katta tarbiyaviy ahamiyatga
ega. 
Inson   doimo   tabiat   go‘zalliklardan   bahra   olishga,   uning   hali   inson   yaoti
anglab yetmagan sir-sinoatlarini anglab yetishga intiladi. Shoir qalbi esa tabiatdagi
eng inja tuyg’ularida ko‘ra oladi.
O‘zbekiston   xalq   yozuvchisi   Abdulla   Oripov   ham   o‘z   she’rlarida   tabiat
tasvirini teran mushohadalari orqali ochib beradi.
Xususan, uning “Kakligim” she’rida ham insonning tabiatga, xususan qushlar
olamiga bo‘lgan munosabati ko‘rsatib berilgan. 
“Kakligim” she’ri to‘rt misradan iborat.
Birinchi bandning misralari.
Tog’lar echisi deb xush ko‘rdim seni, -b
Qush ichra eng ajib qush ko‘rdim seni. -b
Inja diydoringni tush ko‘rdim seni. -b
Manzili tog’ bilan daryo kakligim. -a
Shoir ushbu so‘zlari orqali tog’ qushi hisoblanmish kaklikka uning tog’ qushi
ekanligini,   qush   bo‘lganda   ham,   o‘zga   qushlardan   ajralib   turishi,   yashovchi   joyi
tog’ cho‘qqilari ekanligini ushbu misralarga jo qilganligini ko‘ramiz.
Olis Bobotog’dan bir tong mahali, -v
Kelding do‘stim bilan meni ko‘rgali. -v
Ziyorat goh inson, goh qushning gali, -v
Xush kelding dedim, oh, zebo kakligim. -a
Sen   olis   Bobotog’dan   kelding,   seni   men   xuddi   sirdosh   do‘stimdek   bilaman,
goho mening toqqa sening yoningga borganimdek, sen bugun oldimga kelganingda
shodman.
Kaftimdan behadik donlar terarding, -g
Tegramda toblanib, yayrab yurarding. -g
Munchoq ko‘zlaringni tikib turarding, -g
48 Cho‘msam hayollarga goho, kakligim. -a
Sen   qush   bo‘lsangda,   insonlardan   hayiqmasding,   doimo   kaftimda   don
yerding,   atrofimda   yayrab   yurarding,   goh   hayollar   ummoniga   g’arq   bo‘lsam,   sen
munchoq ko‘zlaringni menga tikib turarding.
Bilmadim ne bo‘ldi – ketding bedarak, -d
Do‘rmon bog’larini kezdim jonsarak. -d
Qushdan do‘st topgandim ko‘p ko‘rdi halak, -d
Endi qaylardasan, oshna kakligim. -a
Men   o‘zimga   qushlarning   orasidan   do‘st   topganimdan   ko‘nglim   shod   edi.,
lekin nima bo‘ldi-yu sen bedarak ketding. Shoir ushbu misralar orqali   shoir qalbi
ushbu qush bilan doimo oshno ekanligini ta’kidlamoqda.
Shoir   ushbu   she’ri   orqali   uning   ko‘ngli   doimo   tabiat   bilan   uyg’unligini
bundayin holat butun insoniyatga xos fazilat ekanligini gavdalantirmoqda.
Murabba’   barmoq   vaznida   yozilgan   bo‘lib   misralardagi   bo‘g’inlar   soni   o‘n
bittadan iborat.
Turoqlanishi 6+5 =11  shaklida bo‘lib, a-a-a-b tarzida qofiyalangan. She’rning
birinchi bandidagi ilk uch misrada “ko‘rdim seni”  so‘zlari va har bandning oxirida
“kakligim” so‘zi radif bo‘lib kelgan.
Tog’-lar el-chi-si de b  xush ko‘r-dim se-ni,  11 -b
Qush ich-ra eng a-jib qush ko‘r-dim se-ni.   11 -b
In-ja diy-do-ring-ni tush ko‘r-dim se-ni, 11 -b
Man-zi-li tog’ bi-lan dar-yo kak-li-gim. 11 -a
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, shoir ushbu she’ri orqali inson, uning
qalbi doimo bir-biri bilan uzviy aloqada ekanligini yana bir yodga oladi.
Kaklik   obrazi   orqali   shoir   uni   doimo   o‘ziga   yaqin   tutganligi,   xuddi   yaqin
kishidek tutishi, uni ozgina fursat ichida ko‘rmasa, sog’inib qolishini ifoda etgan.
Ijodkor   mana   shu   to‘rt   band   orqali   qushni   o‘ziga   yaqin   olgan   va   xuddi
do‘stiga qilgan munosabatdek tabiiy chiqqan.
49 PAHLAVON MUHAMMAD QABRI QOSHIDA
Madorsiz qo‘limga qalam olganda, -b
Yo uzoq yo‘llarda ko‘rib-tolganda. -b
Bir nomard qoshida ojiz qolganda, -b
Pahlovon Muhammaddan so‘radim madad. -a
Yulduzlar misoli kulganda ruhim, -v
Bo‘ronli hislarga to‘lganda ruhim. -v
Ba’zan she’r ustida so‘lganda ruhim, -v
Pahlovon Muhammaddan so‘radim madad. -a
Kuyladim fazoga naqlim yetmadi, -g
O‘yladim dunyoga aqlim yetmadi. -g
Qay ishga qo‘l urdum, shaxdim yetmadi, -g
Pahlovon Muhammaddan so‘radim madad. -a
Men uchun xilxona bo‘lganda olam, -d
Gumbazlar ostidan chiqdi bir olam. -d
- Hayotim, bunchalar faryod aylama, -d
Men o‘zim madadga zorman – ku bolam. -a
50 Ushbu  she’r  Abdulla  Oripov  qalamiga  mansub   bo‘lib,  she’rning  nomlanishi
“Pahlavon   Mahmud   qabri   qoshida”   deb   nomlanadi.   She’rda   ko‘tarilgan   masalan
birga adabiyotda,  mumtoz adabiyotdan, ma’lumki, har  bir  yozuvchi, shoir  o‘zidan
oldin o‘tgan ustozlardan, pirlaridan madad so‘ragan holda yashaganligini ko‘ramiz.
Pahlovon Mahmud haqida biz Alisher Navoiyda ham  uning asarlarida ko‘rishimiz
mumkin.   Bunda   ko‘tarilgan   masala   shundan   iboratki   shoir   she’rda   o‘z   ichki
kechinmalari   qalbi   tuyg’ularini   ko‘targanligini   pahlovon   Mahmudga   madad,
ko‘mak so‘raganligini ko‘ramiz.
Maqsad   shundan   iboratki   shoir   Pahlavon   Mahmudga   murojaat   qilishda
ajdodlar   ruhini   yodga   olish   mumkinligini   shu   inson   haqida   kelajak   avlod   ongida
ma’lum   bir   ma’lumot   berishligini   maqsad   qilib   olgani   bizga   ma’lum.   She’rni
o‘qigan o‘quvchi Pahlavon Mahmud kimligini, uni nima bilan mashg’ul bo‘lganligi
haqidagi   o‘y-fikrlarga   to‘lishi   hamda   bevosita   shoir   keltirgan   shaxsga   nisbatan
qiziqish uyg’otish shoir tomondan maqsad qilib olingan.
Nima   uchun?   –   deb   savol   qo‘yadigan   bo‘lsak   o‘quvchi   she’rni   o‘qigandan
so‘ng   buyuk   shaxs   haqida   ma’lumot   to‘plashga   kirishishi,   uning   hayoti   bilan
qiziqishi aniq.
Maqsaddan   qo‘llangan   narsa   vazifani   namoyon   bo‘lishiga   turtki   bo‘ldi.
Vazifa   shunday   bu   ulug’   shaxs   haqida   kelajak   yoshlarga   ma’lumot   qoldirishdan
iborat.   Bizga   ma’lumki,   adabiyotda   hamma   davrlarda   ham   ajdodlar   ruhini   yodga
olish, ulardan najot kutish hamma davrlarda ham o‘z aksini topgan. Shunday ekan
biz bu mavzuni yangi mavzular sirasiga kirita olmaymiz. She’rlarning yozilishi ikki
xil   yo‘l   bilan   yozilganligi   bizga   ma’lum   bo‘lib,   adabiyot   tarixida   ko‘proq   aruz
vaznida   yozilganligini   ko‘rsak   bugungi   kunga   kelib   barmoq   vazni   yetakchilik
qilayotganligini   ko‘ramiz.   Shunday   ekan   yuqorida   keltirilgan   she’rimiz   ham
barmoq vaznida bo‘lgan. She’rdagi misralarni turoqlarga ajratganimiz bu yerda bir
misrada   ikkita     turoq   mavjudligini   ko‘ramiz.   She’rning   turoqlarga   ajralishi   5+5
shaklida bo‘ladi. 
She’rning   qofiyalanishi.   Bizga   ma’lumki   qofiya   ikki   xil   ko‘rinishga   ega
bo‘lgan   muqayyod   qofiya,   mutloq   qofiya.   Qofiya   haqida   fikr   bildiradigan   bo‘lsak
51 bunda she’rning oxirgi so‘zlarining o‘zaro bir-biriga mos kelishidir. Birinchi baytni
oladigan bo‘lsak yerlagi
olganda 
tolganda
qolganda
o‘zaro   qofiyalanib   kelganligini   ko‘ramiz.   Ikkinchi   baytda   ruhim   so‘zining
uch   misrada   takrorini   ko‘ramiz.   “Pahlavon   Muhammad   qabri   qoshida”   deb
nomlanishi   she’rda   misralarning   takrorlanganligi.   Ushbu   she’rda   faqat   bir   misra
“Pahlavon   Muhammaddan   so‘radim   madad”   misrasi   uch   bayt   davomida
takrorlanganligini   ko‘ramiz.     To‘rtinchi   misraga   kelganda   bu   holat   kuzatilmaydi.
She’rda  shoir  o‘z ichki   kechinmalarini  keltirganligini  ko‘rishimiz  mumkin. Bunda
shoir   she’r   davomida   o‘zi   qanday   to‘siqqa   uchragan   bo‘lsa,   yoki   biron   ishga   qo‘l
urganda Pahlavon Muhammaddan madad so‘raganligi uch bayt davomida kuzatsak.
To‘rtinchi   baytga   kelib   ko‘tarilgan   masala   o‘zgarib   shoir   tomonidan   tanbeh
ma’nosidagi misralar keltirilganligini shohidi bo‘lamiz. She’rdagi har bir band to‘rt
misradan   iborat   ekanligini   ko‘ramiz.   She’rda   talmeh,   o‘xshatish   kabi   san’atlar
qo‘llangan.   Talmeh   san’ati   ma’lum   bir   she’r   mavzu   ichida   tarixiy   shaxslarga
murojaat qilishdir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu she’rda Pahlavon Mahmud siymosi emas,
balki   uni   hurmat   va   e’zozlagan   shoir   unga   bo‘lgan   o‘z   munosabatini   she’r   orqali
bildirgan.   U  har   ishda   undan  madad   so‘rab  ish   tutishligining   tarbiyaviy   ahamiyati
shundaki, bizda ustozlardan madad so‘rab ish boshlash milliy an’analarimizdandir.
She’rning tarbiyaviy jihati  yoshlar  ham xuddi  shunday azizlarni, buyuk shaxslarni
yodga olib yashashlarini ular ongida shakllantiradi.
MO‘MIN MIRZO
Hazrat Navoiyning nazari tushgan, -b
Yuragida balki she’r qoni jo‘shgan, -b
G’unchadek qalbida ohi uvishgan, -b
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. -a
52 Qo‘lingga solishar tilladan zanjir, -v
Shahzoda yigitga hurmat bu, axir! -v
Bu nechuk qabohat, bu nechuk tahqir, -v
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. -a
To‘ringda o‘t yongur amirlar xudbin, -g
Bilganlar na nomus, na vijdon, na din. -g
Mayparast bobong ham bukibdi qadding, -g
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. -a
Senga saltanatning qanday dahli bor, -d
Sen-ku masum go‘dak, pokiza dildor. -d
Olim bo‘larmiding, balki san’atkor, -d
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. -a
Ukam yovuzlarning topganlari shu,  - e
O‘z o‘g’ling it bo‘lib qopganlari shu. - e
O‘z qalbin kataklab yopganlar shu, -e
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. - a
Topganlari zahar, to‘kkanlari qon, -yo
Qanday zamon ekan, do‘stlar, bu zamon. -yo
Bolam deb, oh chekar badinzamon, -yo
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. -a
Sen-ku yo‘qsan, ammo qotillar yashar, -j
Hamon go‘daklarga qilish qayrashar. -j
Qachon pok bo‘larkan bulardan Bashar, -j
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. -a
53 Besh yuz yil birida esladim bir pas, -z
Lekin bu behuda mata ming emas. -z
Qalbimni o‘rtada allaqanday sas.... -z
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. -a
Abdulla Oripov so‘zning ifoda kuchini bexato sezadi, hayotni o‘z bilishicha
uni o‘ziga xos yangi nazar bilan ko‘radi. 
Katta shoir hamisha o‘z vaqtida maydonga keladi, u hamisha tarixiy zamon,
katta   shoir   o‘z   xalqining   ovozi   uning   orzu   umidlari   va   inson   qalbi   istiroblarining
ifodasidir.
Biroq eng asosiysi, u o‘z davrining hakami va kuychisi, u jarchi va faylasuf,
u so‘z sehrgari va uzlatga chekingan mutafakkir – darvish.
Bularningbari unga qalb izhorini hammaga birday tushunarli, sevimli va shu
bilan   birga,   ko‘tarinki   teran   ma’nolarni   ifodalash   uchun   ato   etilgan   shu   bois
shoirning so‘zlaridan zamondoshlari ham kelgusi avlodlar ham faxrlanib yuradilar. 
Abdulla   Oripov     menga   XXI   asrga   qadam   qo‘ygan   davrimizning   buyuk
ma’daniy ahamiyatga molik ana shunday shoiri bo‘lib gavdalanadi. She’riyatda bir
necha yillar oldin yangi nafas paydo bo‘ldi. Agar siz tomchini kuzatgan bo‘lsangiz,
to‘lishgandan   keyin   tomadi.   Abdulla   Oripovning   she’rlari   ham   ana   shunday   olin
so‘zma-so‘z, satrma-satr yuragi qonida qaynab pishadi. Ana undan so‘ng qog’ozga
tushadi.   Abdulla   Oripov   lirikasida   qadimiy   o‘zbek   she’riyatiga   xos   eng   go‘zal
jihatlar   mujassamlashgan   o‘zbekning   ramzi   bo‘lgan   ijodkor.   Davlat   madhiyasini
yaratish   kamdan  –   kam   ijodkorga  nasib   etadigan  baxtdir.  Abdulla   Oripovning  har
bir o‘zbekistonlik qalibida joy olgani shubhasiz.
Abdulla   Oripovning   she’riyatimiz   ohangida   paydo   bo‘lishini   chaqmoqqa
o‘xshatadilar.  To‘g’ri!  Ammo  chaqmoq  o‘chadi   qudratli   iste’dod  sochgan  nur   eta,
umrboqiy, Abdulla Oripov she’riyatning dovrug’ini momoqaldiroqqa o‘xshatadilar.
Rost!  Ammo  momoqaldiroq  guldurasa   tinadi   qalblarni  maftun  etgan  she’riyatning
sadosi esa-abadiy. 
54 Abdulla   Oripov     bir   necha   tarix   voqeligi   tarixiy   shaxslar   haqida   she’rlar
yozgan.   Shulardan   biri   “Mo‘min   Mirzo”   tarixda   bo‘lgan   mashfiq   xatolikni
badiiylashtirib   go‘zal   san’at   asarini   yaratgan.   Bu   go‘zal   she’r   Mo‘min   Mirzo
o‘limiga bag’ishlangan marsiyadek yangraydi.
Tarixda   ma’lumki,   Husayn   Boyqaro   mastlik   paytida   Mo‘min   Mirzoni
o‘ldirishga farmon berib yuboradi.
Masi   (kayfi)   tarqaganidan   so‘ng   esa   ming   pushaymon   bo‘ladi.   G‘azal
mulkining   sultoni   bo‘lgan   Alisher   Navoiy   ham   Mo‘min   Mirzoni   suyar   uning   aql-
idrokiga   tasannolar   aytar   edi   va   bu   o‘zining   bir   qancha   asarlarida   bu   haqida
ma’lumotlar beradi.
Shoh   saroyida   hukm   surgan   fisq-u   fasod,   adolatsizlik   o‘z   manfaati   yo‘lida
hech narsadan hatto bu gunoh, bir murg’ak qalbning jonida qasd qilishgacha borgan
saroy   amaldorlarini   ham   Abdulla   Oripov   she’rida   badiiy   aks   ettiradi,   o‘tmish   va
kelajakdan   barchamizga   ma’lumki   hyech   bir   narsa   yo‘qki   inson   qalbiga
she’riyatchilik ta’sir qila olmaydi. Mo‘min Mirzoning o‘z bobosining farmoni bilan
o‘ldirilganligi tarixdan ma’lum, lekin Abdulla Oripovning “Mo‘min Mirzo” she’rini
o‘qiganimizda   qalbimizda   inja   tuyg’ular   jo‘sh   urdi.   Husayn   Boyqaroga   va   saroy
amaldorlariga nisbatan nafrat  uyg’onadi. Mo‘min Mirzoga nisbatan   cheksiz rahm
mehribonlik uyg’onadi. 
She’rning   mavzusi   dolzarb   qo‘shma   vaznda   yozilgan   o‘n   bir   va   o‘n   ikki
bo‘g’inli barmoq vazni.
Har   bir   band   o‘ziga   xos   qofiyalangan.   Masalan,   birinchi   bandi.   Hazrat
Navoiyning nazari tushgan yuragida balki she’r qoni jo‘shgan. G’unchadek qalbida
ohi   uvishgan   Mo‘min   Mirzo   ukam,   seni   o‘ldirdilar   qofiyalanishi   a,a,a,b   tarzida
qofiyalanib tushgan, jo‘shgan, uvishgan kabi so‘zlar qofiyadosh qilib olingan.
Bandlarning har birida   talmeh   san’atini uchratish mumkin. Bundan tashqari
tashbeh, tashxis san’atlaridan ham unumli foydalangan.
Abdulla Oripovning “Mo‘min Mirzo” she’rini o‘qiganimizda qalbimizda injo
tuyg’ular   jo‘sh   uradi.   Abdulla   Oripov   bir   necha   tarix   voqeligi   tarixiy   shaxslar
haqida   she’rlar   yozgan   shulardan   biri   “Mo‘min   Mirzo”   tarixda   bo‘lgan   mushfiq
55 xatolikni   badiiylashtirib   go‘zal   san’at   asarini   yaratgan.   Bu   go‘zal   she’r   Mo‘min
Mirzo o‘limiga bag’ishlangan murabba’ janrida yozilgan marsiyadek yangraydi.
MUHAMMAD YUSUF MURABBA’LARI NING BADIIY XUSUSIYATLARI
Muhammad   Yusufning   barcha   murabba’larida   xalqona   kuy,   ohang,   go‘zal
tasviriy   ifodalar,   so‘z   o‘yinlari,   tazod,   tashbeh,   talmeh   kabi   badiiy   san’at
vositalaridan mohirona foydalanish ustun. Har bir so‘zida ishonch bor, e’tiqod bor,
dard   bor.   Shoir   o‘sha   ishonch,   imon,   dardni   kitobxonga   singdira   olgan,   yuqtira
olgan.
Keling,   shoir   she’rlariga   murojaat   qilaylikda   va   uning   qalb   nidosiga   quloq
tutaylik.
“Vatan   yagonasan”   she’rida   og’irlik,   bosiqlik,   fidoyilik   faxrlanish   hissini
ko‘ramiz. 1)
VATAN YAGONASAN
Bobolar kalomi tilimda doyim, - a
Sen uchun yuragim qo‘limda doyim. - a
Sog’inaman yurgan yo‘limda doyim,  - a
Vatan yagonasan dilimda doyim. - a
Bahorlar o‘tadi, yozlar o‘tadi, - b
Osmonni to‘ldirib, g’ozlar o‘tadi. - b
O‘zingdan o‘zga so‘z-sozlar o‘tadi, - b
Vatan yagonasan dilimda doyim. - a
56 Bu yorug’ olamning jannatlari bor, - v
Vatandan bo‘lagin minnatlari bor. -v
Joninga jonimning payvandlari bor, - v
Vatan yagonasan dilimda doyim. - a
________________________________________  
1. M.Yusuf. Uyqudagi qiz. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti. 1989 yil. 263 bet.
Dunyolar ichida o‘zing bir dunyo, - g
Qo‘yningda yursam ham goho sir-dunyo. - g
Onam deymi seni, singlim deymi yo, - g
Vatan yagonasan dilimda doyim. -a
To jahon bor ekan, hamisha bor bo‘l, - d
Temurning yurtisan, doyim tojdor bo‘l. - d
Poyingga baxshida jonimga yor bo‘l, - d
Vatan yagonasan dilimda doyim. - a
She’rda vatanga fidoyi inson bo‘lishlik g’oyasi  ilgari surilgan murabba’  o‘n
bir bo‘g’indan, 6x5 tizimli turoqdan iborat.
Qofiyalanishi a-a-a-a, b-b-b-a, v-v-v-a, g-g-g-a, d-d-d-a – ya’ni besh banddan
tashkil   topgan.   She’r   barmoq   vaznda   yozilgan,   unda   o‘xshatish   (jannatga,   sirli
dunyoga,   onaga,   singilga),   talmeh   san’ati   (Amir   Temur)   foydalangan.   She’rda
jo‘shqinlik, fidoyilik, g’ururlanish namunasi o‘z ifodasini topgan.
 
2.   “Men   dardimni   kimga   aytaman”   she’rida   har   qanday   sharoitda   ham
otaning farzandga mehri kuchli ekanligi o‘z ifodasini topgan. 
MEN DARDIMNI
KIMGA AYTAMAN
Samarqandga borsam men agar,  -b
57 Ulug’bekni ko‘rib qaytaman.     -a
U qon yig’lab turar har safar: -b
Men dardimni kimga aytaman?.. -a
Bag’rimda bo‘y yetgan bo‘z bolam, -v
Mergan bolam, lochin ko‘z bolam. -v
Bo‘g ‘ zimga tig’ urgan o‘z bolam, -v
Men dardimni kimga aytaman? -a
Sezmay qoldim.... O‘shanda chog’im,  -g
Yulduzlarda ekan nigohim. -g
Bilmadim ne edi gunohim, -g
Men dardimni kimga aytaman. -a
Qancha g’amga botmagan edim,  -d
Qancha og’u yutmagan edim. -d
O‘z bolamdan kutmagan edim! -d
Men dardimni kimga aytaman?  -a
Tanim muzlab,goh tosh qotaman, -e
Men shoh emas, axir, otaman.  -e
Go‘rimda ham o‘ylab yotaman, -e
Men dardimni kimga aytaman. -a
Samarqandga borsam men agar,  -i
Ulug’bekni ko‘rmay qaytmayman. -i
U menga qon yig’lar har safar,  -i
Men kimga aytishni bilmayman. -a
58 Murabba’da otaning farzandga bo‘lgan mehri  ifodalangan. Bu mehr  otaning
o‘z   farzandidan   g’ururlanishi,   faxrlanishi   orqali   bayon   etilgan.   Biroq,   o‘g’ilning
bemehrligi,   bu   mehrsizlik   qachon   paydo   bo‘lganligi   otani   o‘ylatadi,   g’amga
tashlaydi.   Ota   bu   bemehrlik   sabablarini   axtaradi,   butun   hayolini   o‘g’lining   qilgan
ishi   o‘ylantiradi.   She’r   orqali   biz   ota   va   farzand   o‘rtasida   samimiy   mehr-oqibat
bo‘lishini, ayniqsa, farzandning har bir narsani o‘ylab, mushohada yuritib ish qilishi
lozimligi   alohida   ta’kidlanadi.   Murabba’   to‘qqiz   bo‘g’indan,   4x5   turoqdan   iborat.
Olti   banddan   tashkil   topgan   mazkur   she’rning   birinchi   bandi   b-a-b-a,   keyingi
bandlari an’anaviy v-v-v-a, g-g-g-a, d-d-d-a, e-e-e-a, i-i-i-a  -  tarzida qofiyalangan.
Barmoq   vaznida   yozilgan.   She’rda   “bo‘z   bolam”,   “lochin   ko‘z   bolam”,   “tosh
qotaman”   kabi   o‘xshatishlardan,   qon,   tig’,   g’am,   og’u   kabi   metaforalardan   va
talmeh san’atidan (Samarqand, Ulug’bek) mohirona foydalanilgan. 
3. “Ko‘klamoyim”. 
KO‘KLAMOYIM
Sochimda oq, men bahordan o‘tindim, -b
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Qor qo‘ynidan zo‘rg’a senga yetindim, -b
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Ko‘nglimga ko‘k binafshalar sochilsin, -v
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin. -v
Boychechakka borar yo‘llar ochilsin, -v
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Fasl boshi, ham oxiri o‘zingsan, -g
Majnunlarning yo‘ldoshi ham o‘zingsan. -g
Laylilarning sirdoshi ham o‘zingsan, -g
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
59 Kelda endi sog’intirmay odamni, -d
Sen yo‘g’ingda bir o‘y bosdi, yelkamni, -d
Qorlar kurab ko‘mib keldim otamni, -d
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Ko‘king bilan kiyintiray dalamni, -ye
Oyoqyalang suyuntiray bolamni. -ye
O‘zing olgin ko‘ksimdagi alamni, -ye
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Ginam yo‘qdir kuzda ketgan oqqushdan, -i
Iymanmasin qayta eshik qoqishdan. -i
Qumri bilan birga chiqdik biz qishdan, -i
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Jon ustida asrab yuray ko‘kni men, -j
To‘yib-to‘yib ko‘zga surtay ko‘kni men. -j
Yana senga yetamanmi-yo‘qmi men, -j
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Dil yayrasin, dala-dashting yasanib, -z
Kapalakdek, men yalpizga yastanib- -z
Ikki misra qo‘shiq aytay, maqtanib, -z
Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim. -a
Biz   yuqorida   murabba’   janrining   ilk   namunalari   bundan   ikki-uch   ming   yil
ilgari   xalq   qo‘shiqlarida,   laparlarda,   o‘lanlarda   (aytishuv)   kuylanib   kelganligini
60 ta’kidlagandik.   Quyida   o‘lanlardan   misol   keltirsanda   so‘ng     “Ko‘klamoyim”
she’rini tahlil qilsak. 
Qiz:  Bulbullarning qo‘ngani gul bo‘ladi,
Olamdagi bor so‘zni til biladi.
Taraf bo‘lib aytmoqqa kepsiz aka,
Oxunliging bu yerda kim biladi.
Yigit: O‘lan aytsam, barchani kuydiraman,
Jiyronchani mehmonga mindiraman.
Qiziq-qiziq o‘landan ayt, oxun qizi,
Oxunligim shu yerda bildiraman.
O‘lanlardagi qofiyalanish tartibi, misra takrori, mantiqiy izchillik, sodda so‘z
va   iboralar   “Ko‘klamoyim”   va   boshqa   murabba’larda   ham   o‘z   ifodasini
topganligiga guvoh bo‘ldik.
Bahorni   madh   etish   asnosida   shoir   “Ko‘klamoyim”   she’rida   ko‘klamni
ulug’laydi,   uni   mehrli   insonlarga,   ustozlarga,   ota-onalarga   qiyoslaydi.   Mehr-
oqibatni   insoniylikni,   odamgarchilikni,   an’analarimizni,   qadriyatlarimizni   avaylab
asrashga,   tabiat   bilan   doimo   hamnafas   bo‘lishga   undaydi.   Inson   va   borliq
o‘rtasidagi munosabatni ko‘rsatishga, tasvirlashga e’tibor berilgan. Tabiat va bahor
manzarasini   tasvirlash   orqali   hayotning   go‘zal   qirralari   kashf   etiladi,   insonni
go‘zalikka bo‘lgan muhabbatini oshiradi.
Murabba’   sakkiz   banddan   iborat   bo‘lib,   turoqlanishi   4x7   tizimdan   tashkil
topgan.   She’rda   o‘xshatish,   talmeh,   ta’zod   san’atidan   unumli   foydalangan.
Ko‘klamni ko‘klamoyim deb jonlantirib, insoniy muloqotlarni tasvirlagan. She’rda,
qishni   ayriliqqa,   bahorni   yangilanishga   qiyos   qilib,   hayotning   doimiy   harakatda
ekanligi   bayon   qilingan.   Har   bir   bandda   “Ko‘klamoyim,   ko‘kingdan   ber   bir
chimdim”   misrasi   to‘rtinchi   qatorda   takrorlanib,   she’rning   jo‘shqinligi   va
jozibadorligi   ta’minlangan.   Har   bir   bandda   qofiyadan   unumli   foydalanilgan.
Jumladan,   “Ko‘klamoyim”   murabba’sidagi   yettita   bandda   yetti   xil   qofiyadan
61 foydalanilgan.   (O‘tindim,   sochilsin,   o‘zingsan,   odamni,   dalamni,   oqqushni,   men,
yasanib). Ikkita banddagi qofiya radif sifatida ham ishlatilgan. (o‘zingsan, men).
Uning   ana   shunday   she’rlaridan   biri   “Yurtim”   she’ridir.   Sarlavhadan   ham
anglashilganidek, she’r mavzusi ona vatan, vatan mehri haqida. Bu mavzu hamisha
dolzarb.   Bu   she’rda   hyech   qanday   masala   yo‘qdek   tuyuladi   kishiga.   Shoir   bu
she’rida   o‘tmishga,   aniqrog’i   yaqin   tarixga   nazar   tashlaydi.   Yurtning   kechagi
kunidagi bir qancha qora kunlarni, og’riq nuqtalarni she’rga soladi.
Bu   she’rda   eski   mavzuning   yangicha   jozibasini   ko‘ramiz.   Chunki,   she’r
mavzusi   barcha   shoirlar   ijodida   uchraydigan   vatan   mavzusi,   ifodalanishi,   undan
o‘quvchiga yuqadigan his-tuyg’ular esa yangicha joziba kasb etgan.
“Misralardagi   bo‘g’nilarning   turoqlanish   tartibining   muayyan   o‘lchovga
solinishi-vazndir. “Yurtim” she’rining vazni quyidagicha:
Yurtim ado bo‘lmas / armonlaring bor,  6+5
Toshlarni yig’latgan / dostonlaring bor,  6+5
O‘tmishingni o‘ylab / og’riydi jonim,  6+5
Ko‘ksing to‘la shahid/ o‘g’lonlaring bor.  6+5
Bu she’rning eng so‘nggi bandi ham juddi shunday 6+5=11 turoq tartibidadir.
Qurboning bo‘lay, / yey onajonim,  6+5
Sening faryodlaring / - mening fig’onim,  6+5
O‘tmishingni o‘ylab / o‘rtanar jonim,  6+5
Toshlarni yig’latgan / dostonlaring bor.   6+5
Ayni chog’da she’r bir turkumga kiruvchi bo‘g’inlar (6+5) guruhidan iborat
bo‘lgani uchun sodda vazn deb yuritiladi. Shunday qilib, she’riy barmoq vaznidagi
11 bo‘g’nili, 6+5 turoqli lirik asardir.
She’rning   qofiyalanishi   esa   turlicha,   lekin   har   4   bandning   so‘nggi   misrasi
o‘zaro qofiyadosh. Birinchi  bandning 1-2-3-misralari o‘zaro, ikkinchi  bandning 1-
2-3-misralari,   uchinchi   bandaning   1-2-4-misralari   birinchi   banddagi   xuddi   shu
misralarga   nisbatan   qofiyadosh.   To‘rtinchi   bandning   1-2-3-misralari   alohida
qofiyadosh bo‘lsa, beshinchi bandning   1 va 2- misralari o‘zaro, oltinchi bandning
esa 1-2-3-misralari o‘zaro qofiyadosh, ya’ni:
62 Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,  -a
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor. -a
O‘tmishingni o‘ylab og’riydi jonim, -b
Ko‘ksing to‘la shahid o‘g’lonlaring bor. -a
Bag’rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar, -b
Oy borgan yoqlarga termulib shomlar. -b
Aybin bilmay ketgan Akmal, Ikromlar,  -b
Fayzulladek mardi maydonlaring bor. -a
Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,  -v
Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor. -v
Osmonlaringdan ham diydoringa zor, -v
Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.   - a
Qo‘ling qadog’iga bosay yuzimni, -g
Onamsan-ku, og’ir olma so‘zimni. -g
Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini, -g
Olislarda qolgan Usmonlaring bor. -a
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, -d
Ana, yurishibdi kiyganlari zar.  -d
Qodiriyni sotib shoir bo‘lganlar- -d
Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor. -a
Qurboning bo‘layin, yey onajonim, -e
Sening faryodlaring – mening fig’onim, -e
O‘tmishingni o‘ylab o‘rtanar jonim, -e
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor. -a
63 She’rdagi birinchi bandning 1-2-4-misralarida “bor” so‘zi radif bo‘lib kelgan.
Qolgan   har   bandning   so‘nggi   misrasida   ham   ana   shu   so‘z   radif   bo‘lib   kelib,   har
oltita bandning bir butunligini ta’minlashga xizmat qilgan.
Bu   she’rda   eng   ko‘p     qo‘llangan   badiy   san’at   talmeh   san’atidir.   Chunki
ikkinchi   bandning   3-   va   –   4   –   misralarida   Akmal   Ikrom   va   Fayzullo   so‘zlari,
uchinchi   bandda   esa   Cho‘lpon,   to‘rtinchi   bandda   esa   Usmon   hamda,   beshinchi
bandda Qodiriy va mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor deb talmeh san’atidan
foydalangan.
Muhammad Yusufning keyingi she’ri “O‘g’lonlar” dir. Garchi boshqa shoiru
shoiralar ham yiitlar haqida ko‘plab she’ru dostonlar yozgan bo‘lishsa-da, bu she’r
ulardan butkul farq qiladi. 
Bu   she’rda   maxzunlik,   armon   va   marsiyaga   o‘xshagan   bir   hazinlik   bor.   bu
she’rdagi   ma’no   juda   kuchli,   juda   g’amgin.   Uning   birinchi   bandida   (she’r   jami   6
banddani biorat) o‘xshash sn’atidan juda ustalik bilan foydalanilgan. Birinchi band
quyidagicha:
O‘zbek degan cho‘ng chinoring novdasi, -b
Yashnab ketib so‘lib qaytgan lolalar. -a
Oqto‘rg’aydek o‘g’longina gavdasi, -b
Askarlikdan o‘lib qaytgan bolalar. -a
Bu bandning qofiyalanishi  quyidagicha   a-b-a-b bu she’r ham birinchi  she’r
kabi barmoq vaznida. Lekin bu she’r 4+7 turoq tarzidagi 11 bo‘g’inli lirik asardir.
Ikkinchi band esa  quyidagicha:
O‘zbekka yov ham joyda bor, hamdam yo‘q, -v
Undan yuvosh, undan mo‘min odam yo‘q. -v
O‘zbekka o‘q har joyda bor, malham yo‘q, -v
Askarlikdan o‘lib qaytgan bolalar. -a
Avvalo she’rning qofiyasiga e’tibor qaratsak: hamdam, odam, malham, ya’ni
v-v-v-v bu band ham 11 bo‘g’inli-yu lekin turog’i (1-2-3-misralarning) 8+3=11 dir.
To‘rtinchimisrasi  ham xuddi shunday o‘qilishi  ham  mumkin, agar  shunday qilsak,
64 birinchi   banddagi   misralardagi   turoqni   ham   xuddi   shunday   shaklda   o‘qishimiz
kerak bo‘ladi.
Uchinchi bandning tashiyotgan ma’nosi esa og’ir, juda zalvorli:
Yigit yo‘li bo‘lmaydiku xatarsiz, -g
Biz o‘ylardik: bir kun kelib qaytarsiz! -g
Temir tobut ichra qaqshab yotarsiz, -g
Askarlikdan o‘lib qaytgan bolalar. -a
Bu misralarning ohangdoshligiga sabab 1-2-3-misralarning o‘zaro (ye-ye-ye)
qofiyadoshligidadir.   To‘rtinchi   band   esa   nihoyatda   dilni   o‘rtovchi,   nohaqlikdan
yozg’iruvchi. U quyidagicha:
O‘z yurtida suvga cho‘kib o‘lmagan,
O‘tda kuysa kiyib, o‘ksib o‘lmagan.
Yo bir jonda qonin to‘kib o‘lmagan-
Askarlikdan o‘lib qaytgan bolalar.
Bu banddagi cho‘kib, o‘ksib, to‘kib so‘zlari o‘zaro qofiyadosh so‘zlar bo‘lsa,
ana shu so‘zlardan so‘nggi “o‘lmagan” so‘zi 3 joyda takrorlanib ham radif ma’nosi,
vazifasini, ham she’rning butun ma’nosini, ma’no-mazmun nimaga qaratilganligini,
urg’uning   qaysi   so‘zga   tushayotganligini   aniq   ifodalashga   xizmat     qilgan.
To‘rtinchi   bandda   ona   obrazi   kiritiladi   va   orzulari   armonga   aylangan   onaizorning
dilni o‘rtovchi, butun dunyoga  o‘t quyuvchi javobsiz savoli yangraydi:
Onangsiz zor yig’lab bag’ri giryondir,
Aybi nima bolamni? – deb hayrondir.
Tinch kunlarda uvol ketgan yomondir,
Askarlikdan o‘lib qaytgan bolalar.
Bu   bandning   qofiyalanishi   quyidagicha:   giryondir,   hayrondir,   yomondir,
ya’ni g-g-g-b.
She’rning so‘nggi banddi quyidagicha:
O‘z uyida erka o‘g’lon edingiz,
65 Yot yurtlarda buncha sarson bo‘ldingiz!
Mozorlarda o‘n sakkizga to‘ldingiz,
Askarlikdan o‘lib qaytgan bolalar.
Ko‘rib   turganimizdek   band   misralaridagi,   ya’ni   qofiyadosh   so‘zlar   edingiz,
bo‘ldingiz   va   to‘ldingiz   so‘zlaridir.   Bo‘g’in   va   turoqlar   o‘sha-o‘sha,   oldingi
bandlardagi   kabi.   Bu   she’rdagi   yana   bir   o‘ziga   xosligi   shundaki   har   bir   bandning
so‘ngida   “Askarlikdan   o‘lib   qaytan   bolalar”   jumlasi   boshqa   misralarni
(munchoqlarni) bir ipga tuzib, birlashtirib, ma’noni kuchaytirib turadi.
Oxirgi   bandning   uchinchi   misrasi   boshqa   bandlardagi   salgina   bo‘lsa-da
mavhumlikni   ochishga   xizmat   qilgan   kalit   ma’nosini   bajaradi.   Chunki,   yuqorida
aytganimizdek “Askarlikdan o‘lib qaytgan bolalar” jumlasi takrorlangan  va  undagi
bolalar so‘zi aynan “Mozorlarda o‘n sakkizga to‘ldingiz” jumlasi bilan ifodalanadi
va   askarlikdan   o‘lib   qaytgan,   hali   “o‘n   gulidan   bir   guli   ochilmagan”,   biror   bir
orzusini amalga oshirishga ulgurmagan, hayotning go‘zalliklaridan endi-endi bahra
olayotgan,   shoir   tili   bilan   aytganda   “mo‘ylovi   endi   sabza   urgan”,   kuch-quvvatga
to‘lib,   tog’ni-talqon   qiladigan   yoshdagi   bevosita,   sog’lom   yigitni   ko‘z   oldimizda
gavdalantiradi.
Muhammd   Yusuf   ijodidan   tahlil   qilgan   har   ikkala   “Yurtim”   hamda
“O‘g‘lonlar”   she’ri   ham   juda   kuchli   pafosga   yo‘g’rilgan   holda   yozilgan.   Ikkala
she’rda ham maxzunlik bor, lekin ikkinchisidagi g’aminlik birinchisidagidan ko‘ra
kuchliroq.   Har   ikkala   she’r   ham   o‘n   bir   bo‘g’inlik   barmoq   vaznida   yozilgan
bo‘lsada turoqlanishi ikki xil.
Eng   muhimi   har   ikkala   she’rning   ham   badiiyligi   yuqori,   chunki   birinchi
she’rda   vatan   dardi   tilga   olingan   bo‘lsa,   ikkinchisida   kishilar,   onalar,   umuman
bashariyat   dardi   insonlarning   orzu-armonlari,   intilishlari,   his-tuyg’ulari,   azob   –
uqubatlari yoki xushnud kunlari qalamga olinsa-yu   boshqalarga ham yuqsa, uning
badiiyligi, oldiga qo‘ygan maqsadi bajarilgan ana shunda. 
M.Yusufning “O‘zbek” she’rida ko‘tarilgan masala o‘zbek xalqiga o‘xshagan
bunday xalqni hech qayerdan topib bo‘lmasligini. Bu xalqning Alpomishday ulug’
o‘g’lonlari   borligini.   Har   bir   o‘zbek   xonadonida   o‘nta   farzandi   bo‘lsa   ham   har
66 birining o‘ziga xos o‘rni borligini ta’kidlaydi. Bu xalq kerak bo‘lsa vatani uchun bir
so‘z aytmasdan jonini fido qilishga tayyor ekanligini ko‘rsatadi.
She’rda qo‘yiladigan asosiy maqsad o‘zbek xalqining qanday xalq ekanligini
aks etib turadi matnda.
Bu mavzuda juda ko‘p shoirlarimiz tomonidan she’rlar yozilgan. Mavzuning
yangicha   ko‘rinishi   agar   o‘zbek   xalqining   bir   oilasini   bir   joyga   ya’ni   bir   hovliga
yig’sak   to‘shaklar   yetmay,   o‘z   to‘nini   tashlashi   ko‘rsatilgan   she’rda.   Bundan
ko‘rinib turibdiki xalq bir-biri bilan ahil-inoq yashashi ko‘rsatilgan.
M.YUSUFNING “O‘ZBEK” SHE’RI BARMOQ VAZNIDA, MURABBA’
JANRIDA YOZILGAN
She’r 11 barmoq vaznida yozilgan.
O‘z-bek-ka o‘x-sha-tish top-moq mu-am-mo, -b
O‘x-sha-sa o‘-zi-ga o‘x-shay-di o‘z-bek. -a
Qi-yo-si-yo‘v u-ning, meh-ri bir dar-yo, -b
Dun-yo-da bo-lam deb ya-shay-di o‘z-bek. -a
She’rning turoqlanishi quyidagicha:
Bir qo‘lda belanchak, / bir qo‘lda quron,  6+5=11
Bir yelkada ketmon, / birda iymon.  6+5 =11
Barchaga barobar/bir oftobsimon,  6+5 =11
Yashasin olam deb / yashaydi o‘zbek.  6+5=11
She’rning qofiyalanishi.
O‘zbekka o‘xshatish topmoq muammo, -b
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘ z bek. -a
Qiyosi yo‘q uning, mehri bir daryo, -b
Dunyoda bolam deb yashaydi o‘zbek. -a
Bir qo‘lda belanchak, bir qo‘lda quron,  -v
Bir yelkada ketmon, birida iymon. -v
67 Barchaga barobar bir oftobsimon, -v
Yashnasin olam deb yashaydi o‘zbek. -a
O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa uning - chun- -g
O‘g’lim otashimdan yaralgan uchqun. -g
Qizim parilardan chehrasi gulgun, -g
Yuzlari lolam deb yashaydi o‘zbek. -a
Momolari tetik yuzga kirsa ham,  -d
Bobolari qaysi yigitlardan kam. -d
Zuryodlari bo‘lsa bir hovliga jam, -d
To‘shak yetmay to‘nini tashlaydi o‘zbek. -a
Ehtirom etganda ehromlar i  bor, -e
Kekkayganda bo‘yin yegmagay zinhor. -e
Beshigida jajji Islomlari bor -  -e
Tosh o‘tmas qo‘rg’onga o‘xshaydi o‘zbek. -a
Kindik qoni tomgan tuproq unga shon, -o
Kerak bo‘lsa, be so‘z baxsh etar u jon-   -o
Ko‘krakka urmaydi: vatan deb, vatan!  -o
Alpomish o‘g’longa o‘xshaydi o‘zbek. -a
Muhammad, kim bo‘lding qiyosin topib,  -j
O‘xshasa o‘ziga o‘xshaydi o‘zbek. -j
Yomon she’r yozsang ham betingdan o‘pib, -j
Kam bo‘lma, bolam, deb yashaydi o‘zbek. -a
tarzida qofiyalangan.
68 “O‘zbek”   she’ridagi   har   bir   bandda   o‘zbek   xalqi   ulug’lanadi.   Uning   o‘ziga
xos fazilatlari, shu yurtda ulg’ayib buyuk inson bo‘lgan insonlar ulug’lanadi. 
She’rda irsoli masal san’atidan foydalangan:
O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa uning - chun- -z
O‘g’lim otashimdan yaralgan uchqun. -z
Talmeh san’atidan foydalanilgan.
Ko‘krakka urmaydi: vatan deb, vatan! 
Alpomish o‘g’longa o‘xshaydi o‘zbek.
kabi badiiy san’atlardan foydalangan. 
She’rning   oxirgi   bandida   shoir   o‘zining   ismini   keltirib,   sen   qancha
maqtansang ham   maqta, uni qancha maqtasang shuncha oz. O‘xshasa ham o‘ziga
o‘xshaydi. Men yomon she’r yozsam ham yuzimdan o‘pib, duolar qiladi, o‘zbegim
deb aytmoqda shoir.
Muhammad Yusuf ijodiga mansub bo‘lgan “Ona Turkiston” she’ri 6 banddan
iborat.   Vatanga   bo‘lgan   muhabbatni   ifodalovchi   she’r   hisoblanadi.   Umuman
olganda,   Muhammad   Yusufning   hamma   she’rlarida   ham   muhabbat   tuyg’usi
ifodalangan.   Bular   qanday   muhabbat?   Yo   vatanga   yo   yorga   bo‘lgan   samimiy   va
beg’araz   muhabbatdir.   Buni   biz   shoirning   “Ona   Turkiston”   deb   nomlangan   she’ri
misolida ham kuzatishimiz mumkin.  Bu she’rning birinchi bandi quyidagicha:
Ko‘klarga sig’may yayrab ruhi jon, -b
Ko‘zlarga sevinch yoshlari to‘ldi. -v
Ammo sen nechun mahzun, parishon, -b
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi. -a
Bu she’rda shoir  Ona Turkistonga  murojaat  qiladi. Aytadiki, Ona Turkiston
senga   nima   bo‘ldi,   sen   bir   vaqtlar   shunaqa   darajada   yayroq   va   xursand   sevinch
yoshlaridan   yig’lar   eding   ammo   bu   nega   buncha   mahzunsan   senga   nima   bo‘ldi?
Deb   kuyinayotganligini   ko‘ramiz   shu   bir   misraning   o‘zidayoq   shoirni   Vatanni
qanchalik   sevishini   uning   baxtidan   qanchalik   xursand   ekanini   baxtsizligidan   esa
69 qanchalik g’am-g’ussaga botganligini ko‘ramiz. Shoir vatanga bo‘lgan bu tuyg’usi
keyingi bandlarda ham namoyon bo‘ladi. Ikkinchi bandi esa quyidagicha:
Kishanlar ketib, yetgach, murodga, -v
Shahid o‘g’lonlar keldimi yodga. -v
Ko‘ngil-ko‘ngil to‘ldimi dodga, -v
Ona Turkiston senga nima bo‘ldi. -a
Bunda   ham   shoirning   yuqoridagi   fikrlariga   hamohang   tarzida   Ona
Turkistonga   murojaat   qiladi.   “Kishanlar   ketib   murodinga   yetgandan   so‘ng   shahid
o‘g‘lonlar   yodingga   keldimu   g’amga,   g’ussaga   botgan   kuning   dodga   to‘ldimu”   –
deydi.
Bu   bilan   shoir   Vatan   mustaqillik   (farishtasi)ga   erishi   uchun   qanchalar
yigitlarning shahid ketganliklarini eslaydi.
Uchinchi bandda esa quyidagi mazmunni ko‘rishimiz mumkin.
Erk yo‘qlagan chog’ ko‘z yosh nimasi, -g
Ketdi boshingdan ajdor ko‘lkasi, -g
Arslonlar to‘qqan she’rlar o‘lkasi, -g
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi. -a
Shoir   birinchi   misrada   shunday   deydi:   Ey   Turkiston,   erking   yo‘qolgan
chog’da   g’am-g’ussaga   botib   yig’laganing   nimasi,   sen   axir   arslonlar   to‘qqan
she’rlar   o‘lkasisanku,   bu   og’ir   holatda   yig’lashing   nimasi   mustaqilliging   uchun
kurash   deb   uni   olg’a   intilishga   chorlamoqda   agar   shoir   aytgandek   harakat   qilsa
uning   ham   hayotiga   yaxshi   kunlar   kelishini   boshidan   ajdar   ko‘lankasi   ketishi
mumkinligini aytmoqda.
Bu   bandlarning   har   birida   shoir   aytmoqchi   bo‘lgan   fikrlarini   majoziy   yo‘l
bilan aytishga harakat qilgan. Buni isbot sifatida biz kelgusi bandni ko‘rib o‘tsak.
Chorlasang tushib, noringga to‘lar,
Daryoday toshib, shamolday yelar.
Yo‘qlardan yelib Cho‘lponing kelar,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
70 Shoir   o‘z   vatani   Ona   Turkistonni   sen   bir   bo‘ston   gullari   so‘nmas   hattoki
qiyomatda ham chiroying so‘nmas menga bir bolam deb qo‘ysang bas men seni shu
holga   solganlarda   albatta   qutqaraman   deb,   lirik   qahramon   Ona   Turkistonga
o‘timoqda.
Shoirning yuqoridagi fikrlarini davom etganligini ko‘rishimiz mumkin.
Ey yori aziz, ey bag’ri quyosh,
Jigar   go‘shangman joningga jondosh.
Quvonganingdan qildingmu ko‘z yosh,
Ona Turkiston, senga ne bo‘ldi.
Bu band yuqoridagilarning bir xulosasiga o‘xshaydi.
Shoir aytadiki, Ona Turkistonga murojaat qiladi. Ey yori aziz deydi va nima
uchun   quvonganingdan   yig’lamaysanda   g’amga   botgan   holingda   yig’laysan   seni
deb Turkistonning og’ir ahvoliga kuyinadi g’am chekadi.
Abdualla   Oripov   va   Muhammad   Yusuf   she’rlari   sodda   tilda,   har   birimiz
kundalik   muloqotda   foydalaniladigan   so‘zlardan   mahorat   bilan   foydalanganligi
diqqatga loyiq. She’rda klassik an’anaviy qofiyalanish bilan birgalikda bugungi kun
ruhi o‘z ifodasini topgan. Mana shu ruh ham she’rni o‘qimishli bo‘lishiga sabab deb
o‘ylaymiz.   O‘quvchilar,   kitobxonlar   ana   shuning   uchun   ham   shoir   murabba’larini
sevib o‘qishadi, qo‘shiq qilib aytishadi. Murabba’ning xalqchiligi ham shunda.
71 X U L O S A
H ozirgi   o‘zbek   adabiyotida   keyingi   bir   asrlik   davr,   jumladan,   mustaqillik
yillarida   ijod   qilgan   shoirlar,   Cho‘lpon,   Fitrat,   Oybek,   G’.G’ulom,   H.Olimjon,
Uyg’un,   Habibiy,   Charxiy,   Sobir   Abdulla,   Akmal   Po‘lat,   Vosit   Sa’dulla,   Abdulla
Oripov,   Omon   Matjon,   Muhammad   Yusuf   ijodida   barmoq   vaznida   yozilgan
murabba’lar alohida ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lmadi. To‘g’ri, ularning ijodi haqida,
asarlarining   g’oyaviy   mazmuni   to‘g’risidagi   tadqiqotlarda   u   yoki   bu   tarzda
ma’lumot   berilgan   bo‘lsa-da,   murabba’   janri   alohida   o‘rganilmadi   va   shu   nuqtai
nazardan   A.Oripov   va   M.Yusuf   murabba’larining   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
yoritishga harakat qilindi.
Ishda   A.Oripov va Muhammad Yusuf ijodlarida murabba’ janrining o‘rni va
ahamiyati   haqida   fikr   yuriti ldi.   Chunki   bu   janr   xalq   qo‘shiqlari,   laparlari,
aytishuvlariga   yaqin,   sho‘x,   o‘ynoqi.   Muhammad   Yusuf   o‘zining   oltmishga   yaqin
murabba’lari bilan xalq qalbidan joy oldi. Ularning barchasi qo‘shiqqa aylandi. Ana
shularning mazmun mohiyati  quyidagicha  ilmiy tahlil qilindi. 
Birinchidan,   Abdulla   Oripov   va   Muhammad   Yusuflarning   murabba’
janridagi   she’rlari   alohida   holda   o‘rganilib,   uning   mazmun   mundarijasi   va
mavzulari aniqlanib. 
Ikkinchidan,   shoirlar   ijodidagi   murabba’   janrining   o‘ziga   xos   badiiy
xususiyatlarini ochib berildi.
72 Uchinchidan,   Abdulla   Oripov   va   Muhammad   Yusuflarning   bu   janr
imkoniyatlaridan   foydalanib,   o‘z   fikr   g’oyalarini   yangicha   bayon   qilganligi
aniqlandi.
To`rtinchidan,   Abdulla   Oripov   va   Muhammad   Yusuf   ijodi   misolida   o‘zbek
she’riyatida murabba’ janrini bugungi  kundagi o‘rnini  belgilab berildi. Bu nafaqat
o‘zbek adabiyotida, balki turkiy xalqlar adabiyotidagi (ozarbayjon, turkman, qozoq,
qirg’iz) bu janrning hozirgi o‘rniga baho berish va buning sabablarini  o‘rganishga
yordam beradi.
Beshinchidan,   turkiy   xalqlar   she’riyatida   o‘ziga   xos   o‘ringa   ega   bo‘lgan
murabba’   janrining   va   bugungi   kunda   bu   janrda   yaratilgan   badiiy   asarlarning
insonparvarlik   ruhidagi   tarbiyaviy   ahamiyatini   kitobxonlarga,   o‘quvchilarga
yetkazish,   tushuntirishga   yordam   beradi.   Komil   insonni   tarbiyalashga   yanada
e’tibor qaratiladi deb o`ylaymiz.
73 A D A B I YO T L A R
1. Karimov  I.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   Toshkent:
Ma’naviyat, 2008. 
2.   Karimov   I.     Adabiyotga   e’tibor   –   ma’naviyatga,   kelajakka   e’tibor.-T.:
O‘zbekiston, 2009.
3.   Adabiyot   darsliklari.   5,6,7,8,9-sinflar.   2006-2010   yillar.   T.:   O‘qituvchi
nashriyoti.
4.  Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. 13 tom. Toshkent. Fan. 1997 yil.
5.  A.Oripov. Ifodali o‘qish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2006 yil.
6. Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. T.: 1992 yil.
7. A.Qayumov. Qadimiyat obidalari. T.: 1972 yil.
8.   A.Zunnurov,   J.Esonov.   Maktabda   adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   T.:
O‘qituvchi. 1985 yil 196 bet.
9. A.Xudoyberdiyev. O‘zbek poeziyasida murabba’. Samarqand. Adabiyot va
san’at nashriyoti. Sam.bo‘lim, 1991 yil 82 bet.
10. A.Oripov. T-a.  I  tom. Adabiyot va san’at nashriyoti. T.: 2000 yil. 432 bet.
11.  A.Oripov. T-a.  I  tom. Adabiyot va san’at nashriyoti.  II  tom 2001 yil 490 bet.
12.   Adabiy   ta’lim   va   yoshlar   tarbiyasi.   Ilmiy   anjuman   materiallari.   2-kitob.
2010 yil. 184 bet. Nizomiy DPU.
74 13.   A.Xudoyberdiyev.   Adabiyot   darslarida   innovasion   texnologiyalaridan
foydalanish. Uslubiy qo‘llanma. SamDU nashriyoti, 2010 yil. 76 bet.
14.   B.To‘xliyev,   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   O‘quv   qo‘llanma.   Toshkent,
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2012 yil. 167 bet.
15.   B.To‘xliyev,   Adabiyot   o‘qitish   metodikasi.   Amaliy   va   laboratoriya
mashg’ulotlari.   O‘quv   qo‘llanma.   Toshkent,   O‘zbekiston   Milliy   kutubxonasi
nashriyoti. 2012 yil. 142 bet.
16.   M.Ibraximov. O‘zbek sovet poetikasi janrlarining tarkib topishi. T.: Fan,
1983 yil. 224 bet.
17.   5220100   –   filologiya.   (O‘zbek   filologiyasi).   Ta’lim   yo‘nalishi   bo‘yicha
o‘quv dasturi.2003 yil. 163 bet.
18. I.Haqqul. Tasavvuf va she’riyat. T.: 1991 yil.
19.  5-9   sinflar adabiyot o‘quv dasturi. Toshkent. O‘qituvchi. 2012 yil.
20.  M.Yusuf. Uyqudagi qiz. T.: Adabiyot va san’at nashriyoti. 1989 yil. 263 bet.
21. N.Komilov. Tasavvuf. 1-kitob. T.: Yozuvchi. 1996 yil.
22. Internet, ZiyoNet.
75 M U N D A R I J A
KIRISH ……………………………………………………………………….5
O‘zbek   mumtoz   adabiyotida   murabba’   she’r   janri   va   u   bo‘yicha   qilingan
ishlar tahlili ……………………………………………………................................7
Murabba’ va uning qadimgi turkiy she’riyatidagi namunalari ……………...10
Mahtumquli ijodida Navoiy an’analari …………………………………...…26
Mashrabning qalb nidolari …………………………………………………..30
XX asr va hozirgi she’riyatda murabba’ an’analari, yangilanish holatlari ….34
Abdulla Oripov murabba’larining  badiiy xususiyatlari …………….……...41
Muhammad Yusuf murabba’larining badiiy xususiyatlari …………………59
Xulosa............................................................................................................75
Adabiyotlar………………………………………………………………….77
76

HOZIRGI O‘ZBEK SHE’RIYATIDA MURABBA’ JANRI AN’ANALARI VA UNING YANGILANISH HOLATI (A.Oripov, M.Yusuflar ijodi misolida) Reja: Kirish: Mavzuning dozarbligi, maqsadi, vazifasi. I bob: O‘zbek mumtoz adabiyotida murabba’ she’r janri va u bo‘yicha qilingan ishlar tahlili. 1. Murabba’ janri genezisi. 2. Murabba’ janrining XX asrgacha taraqqiyot yo‘li. 3. Murabba’ janri poetikasi. II bob. XX asr o‘zbek adabiyotida murabba’. 1. Hozirgi o‘zbek she’riyatida murabba’ janri rivoji. 2. Murabba’ janrining yangilanish an’analari va o‘ziga xos xususiyatlari. Abdulla Oripov, Mu h ammad Yusuf. Xulosa Adabiyotlar.

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Murabba’ janri va bu janrda ijod qilgan shoirlarning ikki ming yillik tarixi, taraqqiyoti, poetikasi haqida filologiya fanlari nomzodi A.Xudoyberdiyev “O‘zbek poeziyasida murabba’” mavzusidagi nomzodlik dissertasiyasida ilmiy asoslab bergan. Biroq, hozirgi o‘zbek adabiyotida keyingi bir asrlik davr, jumladan, mustaqillik yillarida ijod qilgan shoirlar, Cho‘lpon, Fitrat, Oybek, G’.G’ulom, H.Olimjon, Uyg’un, Habibiy, Charxiy, Sobir Abdulla, Akmal Po‘lat, Vosit Sa’dulla, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Muhammad Yusuf ijodida barmoq vaznida yozilgan murabba’lar alohida ilmiy tadqiqot obyekti bo‘lmadi. To‘g’ri, ularning ijodi haqida, asarlarining g’oyaviy mazmuni to‘g’risidagi tadqiqotlarda u yoki bu tarzda ma’lumot berilgan bo‘lsa-da, murabba’ janri alohida o‘rganilmadi. Ana shu nuqtai nazardan A.Oripov va M.Yusuf murabba’larini o‘rganish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqotning yangiligi: Yuqoridagi dolzarb vazifadan kelib chiqqan holda, men A.Oripov va Muhammad Yusuf ijodlarida murabba’ janrining o‘rni va ahamiyati haqida fikr yuritishni lozim topdim. Chunki bu janr xalq qo‘shiqlari, laparlari, aytishuvlariga yaqin, sho‘x, o‘ynoqi. Muhammad Yusuf o‘zining oltmishga yaqin murabba’lari bilan xalq qalbidan joy oldi. Ularning barchasi qo‘shiqqa aylandi. Ana shularning mazmun mohiyatini ilmiy asosda tahlil qilishimiz kerak edi. To‘g’ri A.Oripov, Muhammad Yusuf ijodlariga oid dissertasiyada (M.Davronova), bir qator ilmiy maqolalarda u yoki bu tarzda fikrlar bildirilgan, biroq, aynan shu janr monografik tarzda o‘rganilmagan. Maqsad va vazifa: 1. Abdulla Oripov va Muhammad Yusufning murabba’ janridagi she’rlarini alohida holda o‘rganib, uning mazmun mundarijasini, mavzularini aniqlab, tahlil qilish. 2

2. Shoirlar ijodidagi murabba’ janrining o‘ziga xos badiiy xususiyatlarini ochib berish. 3. Abdulla Oripov va Muhammad Yusufning bu janr imkoniyatlaridan foydalanib, o‘z fikr g’oyalarini yangicha bayon qilganligini aniqlash. Nazariy va amaliy ahamiyati 1. Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf ijodi misolida o‘zbek she’riyatida murabba’ janrini bugungi kundagi o‘rnini belgilab berish. Nafaqat o‘zbek adabiyotida, balki turkiy xalqlar adabiyotidagi (ozarbayjon, turkman, qozoq, qirg’iz) bu janrning hozirgi o‘rniga baho berish va buning sabablarini o‘rganish. Metodologik asosi: Turkiy xalqlar she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan murabba’ janrining va bugungi kunda bu janrda yaratilgan badiiy asarlarning insonparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ahamiyatini kitobxonlarga, o‘quvchilarga yetkazish, tushuntirish. Bu jarayonni Abdulla Oripov hamda Muhammad Yusuf va boshqa shoirlar ijodi bilan bog’lab, tahlil qilish. Komil insonni tarbiyalashga e’tiborni qaratish. Ishning joriylanishi (aprobasiyasi). Amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyot o‘qitish metodikasi kafedrasi ish rejasiga kiritilgan. Ishning tuzilishi va hajmi. Kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ish __ sahifadan tashkil topgan. 3

I BOB O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA MURABBA’ ShE’R JANRI VA U BO‘YICHA QILINGAN ISHLAR TAHLILI O‘rta asrlar adabiyotining poetikasi va janr tarkibini o‘rganish ishiga e’tibor asosan Ulug’ Oktyabr inqilobidan so‘ng, aniqrog’i 20-yillardan boshlab kuchaya bordi. She’riy shakllar nazariyasi xususan, A.Fitrat, A.Sad’iy, A.N.Samoylovich, O.Sharofiddinov, S.Ayniy, V.Zohidov, V.Abdullayev, H.Zarifov, Izzat Sulton, H.Yoqubov, A.Hayitmetov, N.Mallayev, A.Qayumov, R.Majidiy, B.Valixo‘jayev, R.Orzibekov, A.Abdug’afurov, Yo.Isxoqov, I.Haqqulov, A.Nosirov, L.Zohidov va boshqa olimlarimizning asarlarida kengroq tadqiq etildi. 1) Shu xildagi tadqiqot klassik murabba’ shakli va uning o‘zbek adabiyotidagi an’analari borasida ham yuzaga keldi. A.Qayumov “Qadimiyat obidalari” asarida, A.Hayitmetov “Barhayot chashma” kitobiga kirgan “Qadimgi turkiy she’riyat haqida” maqolasida, G’.Karimov “Muqimiy”, N.Shukurov “Uslublar va janrlar”, V.Mo‘minova “O‘zbek demokratik adabiyotida lirika” monografiyalarida, R.Orzibekov, “O‘zbek klassik adabiyotida murabba’” risolasida bu shaklning o‘rta asrlar adabiyotidagi, shuningdek, o‘zbek adabiyotidagi o‘rniga g’oyaviy-badiiy qimmati haqida so‘z yuritganlar. Ularda bu shakl poeziyasi, poetikasi va taraqqiyotini chuqur o‘rganishga ko‘maklashuvchi, tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qiluvchi fikrlar bor albatta. Ammo murabba’ yaxlit bir ilmiy-tadqiqot ishning mavzusi bo‘lgan emas. Shu sababli ham bu she’riy shaklni monografik aspektda tadqiq etish adabiyotshunoslik oldidagi muhim vazifalardan biridir. Ma’lumki, to‘rtlik shakli trkiy tildagi og’zaki she’riyat orqali ozarbayjon, turkman, uyg’ur adabiyotida yetakchi she’riy shakllardan bo‘lib, keldi. U o‘zbek xalq og’zaki ijodida, yozma adabiyotimizning to‘ng’ich namoyandalaridan sanalmish Ahmad Yassaviy ijodida ham hokim formalardan biri sifatida 4

Загрузите документ, чтобы увидеть его полностью.