logo

HOZIRGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI

Загружено в:

15.08.2023

Скачано:

0

Размер:

96.845703125 KB
Mavzu:   HOZIRGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA  FOLKLOR  
AN’ANALARI
Ahmatova Muxlisa Akmaljon qizi
Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot 
nazariyasi kafedrasi 2-bosqich 
magistranti
Ilmiy rahbar: f,f,d., prof. Hasanov Sh.A
Samarqand -2022 REJA:
KIRISH
I BOB. FOLKLOR VA YOZMA ADABIYOT MUNOSABATI
1.1. Folklorning she’r badiiyatida tutgan o ‘ rni
1.2. Shoir va davr she’riyati uslubida folklorizm
II BOB. FOLKLORDAN O’ZLASHGAN JANRLAR
2.1. Adabiy alla va adabiy yor-yor
2.2. She’riy latifa
2.3.Hikoyat va rivoyatlar tahlili
III BOB. OG’ZAKI VA YOZMA ADABIYOTDA UCHRAYDIGAN 
OBRAZLAR
3.1. O ‘ simliklar obrazi
3.2. Kenja botir va ot obrazi
XULOSA Mavzuning o‘ r ganilish darajasi.   Folklor va yozma adabiyot munosabati masalasi dolzarb 
masalalardan biri bo lib, hozirga qadar bu muammo talqiniga doir ko plab tadqiqotlar yaratilgan. ʻ ʻ
N.Mallayev, M.Hakimov, J.Qobulniyozov kabi olimlarning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad 
Bobur, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy kabi shoirlarning folklordan foydalanish mahoratiga doir 
tadqiqotlari mavjud. Yozma adabiyotdagi folklorizmlarning badiiy xususiyatlari, manbalari, tasnifi, 
tipologiyasiga doir B.Sarimsoqov, I.Yormatov kabi folklorshunoslarning qator maqolalari e’lon 
qilingan. XX asr o zbek adabiyoti namoyandalari asarlarida folklor elementlarining badiiy talqini 	
ʻ
masalasi G .Jalolov, G .Mo minov, A.Sabirdinov, L.Sharipova singari tadqiqotchilar tomonidan 	
ʻ ʻ ʻ
o rganilgan. Ma’lumki, XX asrning birinchi yarmida adabiyotimizda folklor an’analaridan ijodiy 	
ʻ
foydalanish jarayoni kuzatila boshlandi.   
Shoir va adiblarimiz o z badiiy niyatlaridan kelib chiqib, asar personajlari va voqealar talqinining 	
ʻ
xususiyatlarini ta’minlash maqsadida xalqimizning milliy qadriyatlariga, xususan, folklor asarlaridagi 
badiiyat durdonalariga murojaat qila boshladilar. Bu ijodiy jarayon hozirgi asrimizda ham yaqqol 
ko zga tashlanadi. Shu bois folklor va yozma adabiyot munosabati masalasini tadqiq etishda 	
ʻ
bugungi adabiy jarayonning badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqib ish ko rish, shoirlarning uslubi 	
ʻ
va ijodiy o ziga xosligini ularning folklorga munosabatisiz tasavvur qilish mumkin bo lmay qoldi. Shu 	
ʻ ʻ
jihatdan qaraganda zamonaviy o zbek shoirlarning folklor namunalaridan foydalanish mahoratini 	
ʻ
o rganish masalasi dolzarb adabiyotshunoslik oldidagi masalalardan biri hisoblanadi.	
ʻ                   Tadqiqotning  maqsadi.  O zbek  she’riyatida  folklor  motivlarining ʻ
qo’llanilishini,  folklorizmlardan  foydalanish  mahoratini  o rganish,  ushbu  davr  she’riyati 	
ʻ
namunalarida folklorizmlarning o ziga xos jihatlarini yoritish hamda adabiyot va folklor  	
ʻ
munosabatidagi  dinamikani  ko rsatish  tadqiqotimizning  asosiy  maqsadini  belgilab 
ʻ
beradi.
Tadqiqotning vazifalari:
Mazkur ish quyidagi vazifalarni hal qilishni ko zda tutgan:	
ʻ
 –  Elbek oʻzbek adabiyotshunosligida folklor an’analaridan foydalanish 
borasida ilk ijodiy namunalari bilan folklorizmlarni boshlab bergan ijodkorligi 
bilan novator shoir ekanligini oʻrganish;
     –  Abdulla Oripov she’riyatida folklorga xos obrazlar tizimini va ularning 
individual xususiyatlarini talqin etish;
       –  Afsona va rivoyatlarning Erkin Vohidov, A.Oripov, T.Sulaymon  
she’riyatida tutgan oʻrnini tahlil etish;
        –  Usmon Azim ijodida folklor motivlari hamda bir qator janrlar, 
jumladan, maqol va matallarning qoʻllanilishini tadqiq etish; 
       –  Folklor  namunalarining milliy ruhiyatga ta’sirini o’rganish.                   Tadqiqot  ob’yekti.  Magistrlik  dissertatsiyamizda 
zamonaviy  she’riyat  vakillari,  Erkin  Vohidov  “O zbegim”, ʻ
(1999)  Usmon  Azim  “Saylanma”  1-2  jild  (2018),  To ra   	
ʻ
Sulaymon  “Saylanma”  (2005),    M.Yusuf  “Saylanma”  (2005) 
she’riy to plamlari asosiy manba qilib olindi. 	
ʻ
Tadqiqotning  predmeti ni  boy  va  serqirra 
qadriyatlarimiz  aks  etgan  folklor  motivlarining  milliy  ruhiyat 
va  milliy  xarakter  talqinini  yaratishdagi  mahorati  ilmiy 
metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi. Dissertatsiyaning  ilmiy  yangiligi .   Zamonaviy  shoirlar 
she’riyatida  folklor  an`analari  zaminida  shakllangan  badiiy  timsollar 
tizimini tahlil etilish; 
                hozirgi  davr  she`riyatida  maqol-matal,  ibora  va  hikmatli 
so zlarning,  E.Vohidov,  A.Oripov,  T.Sulaymon  she’rlaridagi  o’rnini ʻ
ochib berish;
                afsona  va  rivoyatlarning  she’riy  asarlar  kompozitsiyasida 
bajargan badiiy vazifasini tadqiq etish;
                zamonaviy  she’riyatda  folklorizmlardan  foydalanib,  poetik 
mahoratlarini  namoyon  etgan,  etayotgan  shoirlar  o’ziga  xosliklarini 
aniqlash; Dissertatsiyaning  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.   Xalqimizning  boy  madaniy 
tarixini  aks  ettirgan  folklor    an’analarinining  poetik  ko’lamini  oshirishga  imkoniyatlar 
eshigini ochish. Ya’ni xalqimizning qadimiy urf-odatlari, kuy va qo ‘ shiqlari, afsona va 
rivoyatlari,  shuningdek  maqol  va  matallari  o ‘ quvchilarning  ma’naviy-ruhiy 
dunyoqarashiga  yaqindan  xizmat  qilishini  ta’minlash.  Xalq  donishmandligining 
tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  ekanligi.  Folklor  namunalarini  darsliklarda  hajmini 
kengaytirish va tahlil qilishga ko ‘ mak berishdan iborat .
Tadqiqotning nazariy ahamiyati, avvalo, dissertatsiya xulosalari va tavsiyalaridan 
XXI  asr  zamonaviy  adabiyot  muammolari,  “Hozirgi  adabiy  jarayon”,  “Yangi  o‘zbek 
adabiyoti”  fanlaridan  innovatsion  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarini  yaratish,  ma’ruza 
va  seminar  mashg‘ulotlari  mazmunini  takomillashtirish,  fakultativ  darslar  va  maxsus 
kurslar  ishlab  chiqishda  foydalanish,  magistrlik  dissertatsiya  ishining  materiali  oliy 
o‘quv  yurtlari  umumta’lim  maktablari,  kollej  va  akademik  litseylar  uchun  mustaqillik 
davri  o‘zbek  adabiyoti,  she’riyat  bo‘yicha  beriladigan  kurs  ishlari,  mustaqil  ta’lim 
topshiriqlarini yozishda yaxshi samara berishi mumkinligi bilan asoslanadi.        Erkin Vohidov xalq maqollaridan foydalanishda ularni semiotek nuqta sifatida 
ko‘radi.  Maqol  ifodalagan  ma’no  bayt  so‘ngida  kelib ,   o‘sha  baytning  xulosasini 
ham beradi. Unga shoir tomonidan shunday nozik hukm yuklatiladi.
Sevgi dardidan mening ham
           Bo‘ldi rangim qahrabo,
Yo‘q iloj, ne naf o‘kinma
            Bo‘lmasada ko‘zguda ayb?
Sen-ku Zuhrosan falakda
            Intizoringman faqat,
Ne ajab, talpinsa ko‘nglim,
            Yo‘q emish orzuda ayb.  
          “ Yuzing  xunuk  bo‘lsa  oynadan  o‘pkalama”,  “Orzu  qilish  ayb  emas”  kabi 
maqollar g‘azalda irsoli masal san’atini hosil qilgan. Maqollar inversiyalashtirilgan. Folklor 
namunalari
O’sim
-
liklarDarax
t Kenja 
botir Ot
Maqol Hikoyat 
va 
rivoyatAlla
Yor-
yor            
          Shoirning “Masal borkim...” g‘azali zamonaviy she’riyatda har bir bayti 
maqollardan tarkib topgan yagona she’rdir.   Mumtoz adabiyotda shunday 
ko‘rinishdagi she’r (g‘azal)ni Lutfiy ham yozgan edi. G‘azal an’anaviy ishqiy 
mavzuda yozilgan. Sitamkor yor zulmidan ozor chekkan oshiq barcha azoblarga 
sabab oqibat izlar ekan, o‘z xulosa va hukmlarini maqollar zimmasiga yuklaydi. 
Maqollar anglatgan ma’no shoir da’volariga munosabat bildiruvchi vazifasini o‘tab 
beradi. She’r sevmoqlik – jondan kechmoqlik degan ramziy ifodaga olib keladi. 
Ya’ni, biror ishga berilgan odam  jonini ayadimi u muvaffaqiyat qozona olmaydi, 
degan majoziy ma’noga aylanib ketadi. Quyida mazkur g‘azalni to‘liq keltiramiz.      
Erkin Vohidov g‘azallari mumtoz g‘azallar kabi ikki baytdan iborat baytlar emas, 
balki misralar sin g dirilgan. Bu holat shoir she’rlarini barmoq vazniga 
yaqinlashtirish bilan birgalikda, o‘qilishini hamda tushunilishini osonlashtiradi.  Ajab, vaslingga men endi
            Erishganda ko‘rindi moh,
Masal borkim, og‘iz oshga
            Burun toshga tegibdir, voh!
Kulib yurgay edim bir vaqt
            O‘qib majnun jununidin,
Degaylar, o‘zgadan kulma
           O‘zingdan bo‘lmayin ogoh.
Sevinch, deb she’r bitib avval
           O‘zim bo‘ldim asiri ishq,
O‘zi tushgay emish oxir
           Birovga kimki qozgay choh.
Parivash zulmidin bo‘ldi
           Ko‘ngil mulki parishonhol,
Demishlar mulk vayrondur
          Agar zolimlik etsa shoh.
Bo‘libsan oshiq, Erkin,
           Uz umid jondin, o‘kinch qilmay,
O‘zingga, deydilar, dushman
           Keyin chekkan pushaymon, oh             Abdulla Oripov she’riyati ham folklorizmning turli 
ko‘rinishlariga boy: xalq maqollari, qarg‘ish va olqishlar, matallar, 
naqllar, xalqimizda uchraydigan bir qayroqi gaplar shoir she’riyatini 
har jihatdan jozibador qilib turadi. Ular she’r mohiyatiga singib, 
poetik xulosalar, falsafiy umumlashmalar hosil qiladi. Bu orqali 
shoir yuqorida ta’kidlaganlarimizdan tashqari, she’r ohangdorligiga, 
hukmning ixcham va lo‘ndaligiga hamda tushunarli xulosalarga 
erishadi. Xalqda shunday naql bor. “Suv keltirgan xor, ko‘za 
sindirgan aziz” mazkur ibora  xalq donishmandligi, uning turmush 
tajribasi orqali yuzaga kelgan real ifodadir. Mazkur ma’noda shoir 
she’riyatida yaxshilikka yomonlik, ezgulikning ustidan tubanlikni 
g‘alaba qozonishi  kabi salbiy holatlarga urg‘u beriladi.
 
         Kim berib dunyoga zar, abgor o‘lib qolgan  o‘zi,
Kimki dorni buzdi gar anga qurildi dorlar.         To‘ra Sulaymon ijodini kuzatar bo‘lsak, olti-yettita doston yaratgan. 
Shulardan uchtasi   ertak-doston hisoblanadi. Dostonlarning  har uchalasi 
ozodlikning tutqinlik ustidan g‘alabasi, ezgu ishlar qilib yurgan 
insonlarning murod-maqsadiga etishi, haqiqatning jaholat ustidan 
g‘alabasi bilan ertakona xotima topadi. To‘ra Sulaymonning “Guljahon” 
dostonida ham xalq dostonlariga o‘xshash bir qancha detallarni ko‘rish 
mumkin. “Qora yo‘l”, “Yilqichi”, “Qo‘ychibon”, “Shodmon kal”, “Shahsuvor”, 
“Qirq darvish”, “Qirq qalandar”, “Qirq qulli boy” va boshqa so‘z va jumlalar 
To‘ra Sulaymonni baxshi shoirlar qatoriga qo‘shishimizga asos beradi. 
Ertak-doston Guljahonning –kanizakning Oynusxaga – malikaga shaxzoda 
topishidan boshlanadi. Guljahonning tush ko‘rishicha Olatog‘ degan joyda 
bir qaddi qomati kelishgan shaxzoda Oynusxani kutayotgan emish. Olatog‘ 
bu yerdan olti oylik yo‘l emish. Shu zaylda boshlangan ertak o‘zining 
qiziqarli sujeti bilan kitobxonni o‘ziga torta oladi.Asar qahramonlari 
barcha to‘siqlarni yengib eson-omon murod-maqsadlariga yetadilar. Adabiy alla va adabiy yor -yor
        Uslub – iste’dodning ko‘rinishi”. Shoirning o‘z iborasi bilan obrazli tarzda aytadigan bo‘lsak, Usmon 
Azimning ko‘rinishi, ya’ni zuvalasi xalq og‘zaki ijodi – folklor bilan qorilgan. Uning har bir she’ri folklor 
namunalaridan, ohanglaridan yiroq emas. Shoirning “adabiy alla”lari bunga yorqin misol bo‘la oladi .
Bu beshikning ichiga
Yulduz qo‘nganday bo‘ldi,
El-yurtining ko‘nglida
Qunduz qo‘nganday bo‘ldi – 
Alla.
Beshigining boshiga
Falak kelib egildi,
Enasining tiliga
Yurak kelib egildi.
Alla.          Usmon Azim  she’rlaridagi adabiy yor-yorlar keyingi davr mahsuli bo‘lib, bular ham ayrim o‘zgarishlarga 
uchragan.
Qorong‘u kechalarda
Topgan kunduzim yor-yor.
Sog‘inganda ko‘zimdan
Uchgan yulduzim yor-yor.
Qismatning ko‘chasidan, 
Seni izladim yor-yor.
Qachon ko‘ngildan botdi
Atir izlaring yor-yor.
Oting aytsam falakdan
Sado qaytadi yor-yor.
Sen kelsang bu olamga
H umo qaytadi yor-yor.
  “ Yor-yor” qo‘shiqlari o‘zbek xalqining qon-qoniga shunday singib ketganki, 
u nikoh to‘ylarining ramziy qo‘shig‘iga aylanib ketgan. Xayriddin 
Sultonovning “Adash karvon” qissasida jo‘rasi tomonidan otib o‘ldirilgan 
Nasimjon chimildiq ko‘rmay bu dunyoni tark etgani uchun uning tobutini 
ko‘targan o‘rtoqlari yor-yor aytishadi. Bu holat bir oz erish tuyulsa-da, ammo 
yor-yor qo‘shiqlarining qadr-qimmatini belgilashi bilan ham ahamiyatlidir. She’riy lat ifa
          Lat ifa o‘zbek x alqining t abiat iga juda mos t ushadigan, uning maromini belgilab beradigan 
x alq og‘zaki janrlaridan biri.   . Erk in Vohidovning “Donishqishloq lat ifalari” t urkum she’riy 
novellalari x alq og‘zaki ijodi namunalari  bo‘lmish lat ifalar asosida yarat ilgan.   Bu she’riy 
lat ifalardagi sat ira va yumor o‘zbek ka x os askiya, x alqona qochirimlardan o‘sib chiqqan. Ularda 
x alq lat ifalaridan farqli o‘laroq, bosh qahramon Mat musa. Shoir “Mat musaning qishlog‘i”, 
“Mat musaning charx palagi”, “Mat musaning uylanishi”, “Qiziquvchan Mat musa”, “Mat musa 
rassom” kabi she’riy lat ifalarini  “Donishqishloq lat ifalari” umumiy nomi ost ida birlasht irdi. 
Shoirning “Mat musaning lagani” she’riy lat ifasi ko‘proq oqibat ni o‘ylaydigan, biror ishni 
boshlamasdan oldin uni foyda-ziyonini o‘ylab bosh qot iradigan, shuning uchun hech bir ishni 
boshlay olmaydigan eht iyot kor odamning x at t i-harakat laridan so‘zlaydi. X ayrli yumush 
boshlashda qo‘rqmasdan Ollohga t avakkal qilish ham yomon emasligini uqt irmoqchi bo‘ladi 
shoir.
                                                                 Mashoyix lar gapi bor
                                                                 Ish ko‘zini bil, degan.
                                                                 Har yumushda ert aning
                                                                 Hisobini qil, degan.
                                                                 Nima qilsam ekan deb, 
                                                                 Bir dam o‘yga t oldi u.
                                                                 So‘ng laganni sindirib,
                                                                 C higalat ib oldi u .  XULOSA
                    1.  XX  asr  zamonaviy  she’riyatida  xalq  og‘zaki  ijodiga  e’tibor  shoirlar  asarlarida  asosiy  kompozitsion 
vositaga  aylandi.  Folklorizmlardan  foydalanish  ayniqsa,  saksoninchi  yillarda  o‘zining  yuqori  bosqichiga 
ko‘tarildi. Folklorizmlar ijodkorlar asarlarida yurt, vatan, ozodlik tushunchalarini xalqqa yetkazishning asosiy 
vositasiga aylandi.
                  2.  F olklordan  foydalanish  o‘zbek  yozma  adabiyoti  tarixidan  boshlanganligi  tahlillar  natijasida 
oydinlashdi. Atoiy,  Lutfiy,  Navoiy kabi ijodkorlar folklorizmlardan unumli foydalanib, o‘zlarining mukammal 
asarlarini yaratdilar. Ayniqsa, Navoiy asarlarida bu boradagi an’analar yuqori bosqichga ko‘tarildi. 
         3.   Shoirlar repertuaridagi folklor asarlari qayta ishlanib, folklorizmlar hodisasini yuzaga keltirdi. 
Folklor namunalaridan unumli foydalangan Usmon Azim, To’ra Sulaymon kabi shoirlar o‘z uslublari bilan bu 
sohada yetakchilik qildilar. 
        4. To’ra Sulaymon dostonlarida folklorizm hodisasi boshqa janrdagi asarlaridan ko‘ra kengroq qimmatga 
ega ekanligi qayd etildi. U.Azim, X.Davron, A.Suyun kabi shoirlar ijodidagi folklor an’nalari zaminida vatan 
erki, millat gururi, o‘zbeklar manfaati yotadi.
          5. Erkin Vohidovning “Donishqishloq latifalari” turkumi folklorizm namunalari hisoblanib, kitobxon 
diqqatini o‘zining xalqona ohanglari, qo‘shiqlariga eshligi bilan o‘ziga torta oladi. Odamlar Matmusaning 
soddaligidan kulish bilan, o‘zida shunday illatlar bo‘lsa, yo‘qotishga, aqlli va idrokli inson bo‘lishga harakat 
qilishadi. Ruhiyati ko‘tarilib qalbi tozaradi. She’riyatning, qolaversa, badiiy adabiyotning vazifasi u yoki bu 
ma’noda insonlar qalbida ezgulik urug‘larini undirishdan iborat. E.Vohidov folklorizmlari kitobxonlar 
ko‘nglida shunday tuyg‘ularni uyg‘ota oladi .
           6. “Adabiy alla” va “Adabiy yor-yorlar” Usmon Azim va Muhammad Yusuflar  
she’riyatida folklordan o‘zlashgan janr, ya’ni folklorizmlar sifatida namoyon bo‘ladi. D avr, 
tuzum o‘zgarishi bilan folklor janrlarining ma’no mohiyatida ayrim o‘zgarishlar ko‘zatiladi. 
Bir paytlar birgina bolaga aytilgan insoniy dardlar, Allohga munojotlar orqali bolaga 
bildirilgan tilaklar, uning sog‘lom o‘nib o‘sishi kabilar XX asrga kelib shoirlar tomonidan 
butun insoniyatga nisbatan aytilayotganligini aytish mumkin. 
          7. O ‘zbek yozma adabiyotida kenja botir timsolini yaratish ommaviy tus olmagan. 
Birgina Usmon Azim asari davr ruhini ko‘rsata oladi. Yozma ertakda zamonaviy fikr va 
g‘oyalar mahorat bilan ko‘rsatilgan. Ot obrazi esa anchagina asosli yoritilgan. Unda shoirlar 
ijodida birgina xususiyat ot insonning do‘sti, uzoqni yaqin qiluvchi, og‘irni yengillatuvchi 
kuch sifatida namoyon bo‘ladi. 
           8. Istiqlol adabiyotida folklorga xos obrazlar Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, To‘ra 
Sulaymon, Xurshid Davron, Usmon Azimov, Abduvali Qutbiddinlar tomonidan muvaffaqiyatli 
qo‘llanildi. Folklorizmlar namunalari shoirlar maqsadini ro‘yobga chiqarishda badiiy vosita 
bo‘lib xizmat qildi. Vatan, erk, ozodlik kabi insonparvarlik tuyg‘ularini tarannum etadigan 
so‘zlar folklorizm namunalari bilan sintezlashib, yagona zamonaviy she’riyatni vujudga 
keltirishga xizmat qildi.

Mavzu: HOZIRGI O’ZBEK SHE’RIYATIDA FOLKLOR AN’ANALARI Ahmatova Muxlisa Akmaljon qizi Istiqlol davri adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: f,f,d., prof. Hasanov Sh.A Samarqand -2022

REJA: KIRISH I BOB. FOLKLOR VA YOZMA ADABIYOT MUNOSABATI 1.1. Folklorning she’r badiiyatida tutgan o ‘ rni 1.2. Shoir va davr she’riyati uslubida folklorizm II BOB. FOLKLORDAN O’ZLASHGAN JANRLAR 2.1. Adabiy alla va adabiy yor-yor 2.2. She’riy latifa 2.3.Hikoyat va rivoyatlar tahlili III BOB. OG’ZAKI VA YOZMA ADABIYOTDA UCHRAYDIGAN OBRAZLAR 3.1. O ‘ simliklar obrazi 3.2. Kenja botir va ot obrazi XULOSA

Mavzuning o‘ r ganilish darajasi. Folklor va yozma adabiyot munosabati masalasi dolzarb masalalardan biri bo lib, hozirga qadar bu muammo talqiniga doir ko plab tadqiqotlar yaratilgan. ʻ ʻ N.Mallayev, M.Hakimov, J.Qobulniyozov kabi olimlarning Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, Atoiy kabi shoirlarning folklordan foydalanish mahoratiga doir tadqiqotlari mavjud. Yozma adabiyotdagi folklorizmlarning badiiy xususiyatlari, manbalari, tasnifi, tipologiyasiga doir B.Sarimsoqov, I.Yormatov kabi folklorshunoslarning qator maqolalari e’lon qilingan. XX asr o zbek adabiyoti namoyandalari asarlarida folklor elementlarining badiiy talqini ʻ masalasi G .Jalolov, G .Mo minov, A.Sabirdinov, L.Sharipova singari tadqiqotchilar tomonidan ʻ ʻ ʻ o rganilgan. Ma’lumki, XX asrning birinchi yarmida adabiyotimizda folklor an’analaridan ijodiy ʻ foydalanish jarayoni kuzatila boshlandi. Shoir va adiblarimiz o z badiiy niyatlaridan kelib chiqib, asar personajlari va voqealar talqinining ʻ xususiyatlarini ta’minlash maqsadida xalqimizning milliy qadriyatlariga, xususan, folklor asarlaridagi badiiyat durdonalariga murojaat qila boshladilar. Bu ijodiy jarayon hozirgi asrimizda ham yaqqol ko zga tashlanadi. Shu bois folklor va yozma adabiyot munosabati masalasini tadqiq etishda ʻ bugungi adabiy jarayonning badiiy-estetik mezonlaridan kelib chiqib ish ko rish, shoirlarning uslubi ʻ va ijodiy o ziga xosligini ularning folklorga munosabatisiz tasavvur qilish mumkin bo lmay qoldi. Shu ʻ ʻ jihatdan qaraganda zamonaviy o zbek shoirlarning folklor namunalaridan foydalanish mahoratini ʻ o rganish masalasi dolzarb adabiyotshunoslik oldidagi masalalardan biri hisoblanadi. ʻ

Tadqiqotning maqsadi. O zbek she’riyatida folklor motivlarining ʻ qo’llanilishini, folklorizmlardan foydalanish mahoratini o rganish, ushbu davr she’riyati ʻ namunalarida folklorizmlarning o ziga xos jihatlarini yoritish hamda adabiyot va folklor ʻ munosabatidagi dinamikani ko rsatish tadqiqotimizning asosiy maqsadini belgilab ʻ beradi. Tadqiqotning vazifalari: Mazkur ish quyidagi vazifalarni hal qilishni ko zda tutgan: ʻ – Elbek oʻzbek adabiyotshunosligida folklor an’analaridan foydalanish borasida ilk ijodiy namunalari bilan folklorizmlarni boshlab bergan ijodkorligi bilan novator shoir ekanligini oʻrganish; – Abdulla Oripov she’riyatida folklorga xos obrazlar tizimini va ularning individual xususiyatlarini talqin etish; – Afsona va rivoyatlarning Erkin Vohidov, A.Oripov, T.Sulaymon she’riyatida tutgan oʻrnini tahlil etish; – Usmon Azim ijodida folklor motivlari hamda bir qator janrlar, jumladan, maqol va matallarning qoʻllanilishini tadqiq etish; – Folklor namunalarining milliy ruhiyatga ta’sirini o’rganish.

Tadqiqot ob’yekti. Magistrlik dissertatsiyamizda zamonaviy she’riyat vakillari, Erkin Vohidov “O zbegim”, ʻ (1999) Usmon Azim “Saylanma” 1-2 jild (2018), To ra ʻ Sulaymon “Saylanma” (2005), M.Yusuf “Saylanma” (2005) she’riy to plamlari asosiy manba qilib olindi. ʻ Tadqiqotning predmeti ni boy va serqirra qadriyatlarimiz aks etgan folklor motivlarining milliy ruhiyat va milliy xarakter talqinini yaratishdagi mahorati ilmiy metodlar asosida tahlil va tadqiq etish tashkil etadi.