logo

ASQAD MUXTOR HIKOYALARIDA RUHIYAT TASVIRI

Загружено в:

20.11.2024

Скачано:

0

Размер:

138.4345703125 KB
ASQAD MUXTOR HIKOYALARIDA RUHIYAT TASVIRI
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………….…4-8
  I BOB. ASQAD MUXTOR HIKOYALARIDA BADIIY MAHORAT………9
1.1. Ana’nalardan   foydalanishdagi   mahorati……………………………....….9-
17
1.2. Asarlarida   zamon,   makon   va   muhit   tasviri……………………………...17-
27
II   BOB.   ASQAD     MUHTOR   HIKOYALARINING
KOMPAZITSIYASI…..28
2.1   Hikoyalarida   portret   va   peyzajning   ahamiyati…………………………..…28-
43
2.2. Asarlarida detallarning o‘rni………………………………………...….…43-
46
III   BOB.   OBRAZLAR   GALERIYASI   VA   ULARDA   RUHIY
TOVLANISHLAR IFODASI…………………………………………………...47
3.1. Adib hikoyalarida bola ruhiyatining tasviri…………………………….…47-52
3.2. Ijodkor “men”i talqini……………………………………………….……52-57
XULOSA………………………………………………………………..….…58-60
ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………………………………...…60-63
                                  
1 KIRISH (ishning umumiy tavsifi)
Mavzuning   dolzarbligi:   Jahon   adabiyotida   ijodkor   shaxsi   u   yaratgan   asar
hamda   uning   qalb   dunyosini   kashf   etish   asosiy   muammolardan   biri   sanaladi.
Ayniqsa,   yozuvchi   asarlaridagi   ruhiy   tovlanishlar,   po’rtanalar,   asar   qurilishidagi
o‘ziga   xosliklar   hamda   muallifning   xalq   tilidan   foydalaishdagi   mahoratini
o‘rganish   zarurati   yuzaga   kelmoqda.   Shu   munosabat   bilan   ijodkor   shaxsi   menini
nasriy   asarlar   asosida   o‘rganish   hamda   o‘zbek   adabiyotining   yorqin   ijodkori
bolgan   Asqad   Muxtor   ijodiga,   nasriga   yangicha   qarashlar   asosida   baho   berish
mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Jahon   adabiyotida   ijodkor   yaratgan   asarlarning   davr,   shaxs   va   qahramon
masalasi   yuzasidan   olib   borilayotgan   sa’yi   harakatlari   ham   adabiyot   olamini
ochishga   xizmat   qilmoqda.   Binobarin,   davr   tushunchasi   qahramon   ruhiyati   orqali
tadqiq   etish,   qahramon   tushunchasini   esa   zamon   munosabatida   idroklash,   ularni
boshqarib   turuvchi   ijodkor   shaxsining   asar   mavqeidagi   o‘rnini   belgilash   muhim
sanaladi. Shu nuqtai nazardan Asqad Muxtor hikoyalarida davr, shaxs va qahramon
masalasining   yorilishi   bugungi   adabiyotshunoslikdagi   zarurat   sanaladi.  Ayniqsa,
bolalar   obrazi   va   ularning   ruhiy   kechinmalari   davr   muammosini   kichik   qalblarda
aks   etishi   davr   tushunchasini   yoritishga   xizmat   qiladi   hamda   mavzuimizning
dolzarbligini belgilaydi.    
O ‘ zbek   xalqining   badiiy   estetik   dunyosining   taraqqiyoti   ko‘p   asrlik   bosqichlarni
bosib   o’tgan     adabiiy-madaniy   qadriyatlarning   tiklanishi   va   ularning
mustahkamlanishi bilan yanada rivojlanib bormoqda.  Bugungi kunda xalqimizning
ming-ming   yillik   ma’naviyat   xazinasi   xalqimizning   xayotiga   va   manaviy
olamining   takomillashuviga   o’z   hissasini   qo’shmoqda.   Yurtboshimiz   Prezident
Shavkat Mirziyoyev o’zining “ O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro
miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro
konferensiya   ishtirokchilariga   yo’llagan   maktubida,   adabiyotning   inson   ma’naviy
olamiga   qay   darjada   ta’sir   ko’lami   haqida   ham   to’xtalib   o’tganligini   quydagi
jumlalar   orqali   ko’rib   o’tishimiz   mumkin:   “Bundan   yuz   yil   muqaddam   buyuk
o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li – Cho‘lpon “Adabiyot yashasa, millat
2 yashar!”   degan   otashin   da’vat   bilan   maydonga   chiqqan   edi.   Hayot   va   tarix
sinovlaridan   o‘tgan   teran   ma’noli   bu   so‘zlar   bugun   ham   o‘z   ahamiyati   va
qimmatini   yo‘qotgan   emas” 1
.   Darhaqiqat,   adabiyot,   san’at   va   madaniyat   yashasa,
millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi.
Mavzuning   o‘rganilish   darajasi.   O‘zbek     adabiyotshunosligida     hikoya
janriga doir muammolar turli ilmiy qarashlar asosida o‘rganilgan. 2
  Ulardagi tasvir
ko’lamini   turli   talqin   qilishadi.   Asqad   Muxtor   ijodi,   asarlarining   milliy
hikoyachilikda   tutgan   o‘rni   borasida   ham   qator   tadqiqotlar   ishlari   hamda   ilmiy
izlanishlar   kuzatiladi. 3
  Asqad   Muxtor   ijodi   yuzasidan   O.Sharfiddinov,   I.Sulton,
M.Qo‘shjonov,   I.G‘afurov,   N.Shukurov,   N.Karimov.   U.Normatov,   Q.Yo‘ldoshev
singari bir qator olimlar ijod olami bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar. 4
  Biroq
bu   kabi   tadqiqotlarning   birortasida  Asqad   Muxtorning   hikoyalari   tadqiqi   asosiy
planga   olib   chiqilmadi.   Mana   shularni     e’tiborga   olgan   holda,   yozuvchi
hikoyalarining   o‘ziga   xos   jihatlari,   hikoyalardagi   ruhiyat   tasviri     va   ichki
kechinmalar talqini  tadqiqot ob’ektimizda aylandi.
          Bitiruv   ishining   maqsad   va   vazifalari.   Asqad   Muxtor     hikoyalari
o‘zining yuksak badiiyati, ilgari surilgan g‘oyaviyligi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa,
1
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyevning   O‘zbekiston   ijodkor   ziyolilari   vakillari   bilan
uchrashuvidagi   “Adabiyot   va   san’at;   madaniyatni   rivojlantirish   –   xalqimiz   ma’naviy   olamini   yuksaltirishning
mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasi // Xalq so‘zi. – 2017, 4 avgust - #153(6347)
2
  Адабиёт   назарияси:   2   томлик.   Т.2.-Т.,1979;   Сулаймонова   Ф.   Шарқ   ва   Ғарб.   Қадимий   адабий   алоқалар.-
Т.,1997;   Мирвалиев   С.   ХХ   аср   ўзбек   адабиёти   тарихини   даврлаштириш   муаммолари//   Тил   ва   адабиёт
таълими.-1995.-№5-6.-   Б.48-52;   Каримов   Э.   ХХ   аср   бошида   Туркистонда   адабий   муштаракликлар//Ўзбек
тили ва адабиёти.-1994.-№4-6.-Б.16-23; Турдиев Ш. А.Қодирий ва татар адабиёти//Ўзбек тили ва адабиёти.-
1994.-№6.-32-38;   Шеъриятда   Фитрат   ва   Чўлпон   анъаналари   //   Гулистон.-1995.-№2.-Б.46-47   ;   ал-Амин   Б.
Миллий адабиётнинг икки илдизи//Шарқ юлдузи.-1998.-№5.-Б.156-158; Қуронов Д. Жаҳон адабиётига йўл.-
Жаҳон адабиёти.-1997.-№6.-Б.168-172
3
  Тоғаев   О.   Асқад   Мухтор.   –Тошкент:   Тошкент   нашриёти,   1966;   Сайимов   Б.   Асқад   Мухтор   прозаси.   –
Тошкент: Фан, 1969; Шарафиддинов О. Ижоднинг катта йўлида. Истеъдод жилолари китобидан. – Тошкент:
Адабиёт   ва   санъат   нашриёти,   1976;   Каримов   Н.   Ва   бош.   ХХ   аср   адабиёти   тарихи.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,
1999 .   Раҳимжонов Н. Асқад Мухтор поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008; Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври
шеърияти. – Тошкент: Фан, 2012
4
  O.Sharafiddinov.   Ijodni   anglash   baxti.   –   Toshkent:   Sharq,   2004;   I.Sulton.   Adabiyot   nazariyasi.   –Toshkent:
O’qituvchi,   2005;   M.Qo’shjonov.   Tanlangan   asarlar.   –Toshkent:   Sharq,   2020,   I.G’afurov.   Badiiylik   –   bezavol
yangilik. –Toshkent: Sharq, 2008, N.Shukurov. So’z sehri  – she’r mehri. – Samarqand, 1993; N.Karimov, XX asr
manzaralari.   –   Toshkent:   Sharq,   2012;   U.Normatov.   XX   asr   o’zbek   adabiyoti.   –   Toshkent:   Akademnashr,   2008,
Q.Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent: Akademnashr, 2006.
3 hikoyalardagi     qahramonlarning   o‘ta   soddaligi,   inson   fojelik   hayotining   qabariq
tasvirlarini   o‘rganish   ishning   asosiy   maqsadini   tashkil   etadi.  Ana   shu   maqsadni
amalga oshirishda vazifalar belgilandi:   
- adabiyotshunoslikda   yaratilgan   adib   hikoyalarini   chuqur   ilmiy   tadqiq   etib,
ularga   xos   janr   va   uslub   xususiyatlarini   ilmiy   tadqiq   etish   vositasida,   yozuvchi
asarlaridagi   o‘ziga   xos   ruhiy   olam   tadqiqini   aniqlash;   shaxs   jumbog‘iga   ijodkor
munosabatini o‘rganish natijasida u yaratgan asarlarga xos hayot haqiqatini badiiy
idrok   etish   va   tasvirlash   mahoratini   o‘rganish   mazkur   bitiruv   malakaviy   ishining
maqsad va vazifalarini tashkil qiladi.
– adabiyotimizda   inson   xati   harakati   va   dunyo   qarashini   borligicha   talqin
etilaboshlandi   O‘zbek   yozuvchilari   o‘z   ruhiyatini   taftish   etib,   o‘zligini   anglashga
intilgan qahramonlar  hayot  hodisalari  va odamlarga ham  o‘ziga xos munosabatda
bo‘lishlari tabiiy hol ekanini diqqat markazida tutgan holda ziddiyatli va murakkab
insonlar obrazini yaratishga erishdilar;
–adib   hikoyalarida   hodisalarga   va   inson   shaxsiga   yangi   jihatlardan
yondashish   bilan   birga     real   hayot   hodisalari   mantiqiga,   xarakterlar   mohiyatiga
mos   miflar   va   afsona-yu   rivoyatlardan   foydalanib,   ularning   ma’no-mazmuniga
singdirilgan   hayotiy   falsafasini   tasvirlanayotgan   hodisalar   mohiyatiga
uyg‘unlashtirish   vositasida   epik   tafakkurning   serma’no   serohangligini,
mazmunning ko‘lamdorligini ta’minlaydi. Natijada badiiy fikr harakati uchun keng
makon yaratilgan, janr imkoniyatlari yanada kengaygan;
Asqad Muxtor asrlarida   hayot hodisalari va inson ruhiyatini xolis kuzatish
hamda   badiiy   tadqiq-u   tahlil   qilish   orqali   oddiy   mehnatkash   xalq   va   uning   ichki
kechinmalarini,   jamiyat yetkazgan fojiaviy holat   insonlar dunyosidagi inqirozga,
ziddiyatga   sabab   bo’lganligi   yoritilgan.     Natijada,   xayolot   bilan   ruhiyat,   hayotiy
hodisalar   bilan   inson   borlig‘i   uzviylikda,   bor   ko‘lami   va   turfa   ranglari   bilan
tasvirlanmoqda, sharqona milliy ruhni, o‘ziga xos hayot falsafasini ifoda qilmoqda.
Bitiruv   ishining   obyekti   va   predmeti.   Ishning   obyekti   sifatida   Asqad
Muxtorning   nasrdagi   o‘ziga   xos   xusisuyatini   yoritish   tanlangan.   Tadqiqotning
predmetini Asqad Muxtorning 2022 yilda nashr etilgan “Dunyo bolalari” hikoyalar
4 to‘plami,   1983   yilda   nashr   etilgan   “Ildizlar”   qissa   va   hikoyalar   to’plami,
“Chodirxayol”   to’plami,   2021-yilda   nashr   etilgan   “Tanlangan   asarlar”i     tashkil
etadi.   Ishining   ob’yekti   va   predmetini   ochib   berishda   yuqorida   qayd   etilgan
asarlardan olingan misollar material vazifasini o‘tadi. 
  Bitiruv   ishining   ilmiy   yangiligi.     Bitiruv   malakaviy     ishimizda     o‘zbek
milliy  nasrimizda   Asqad  Muxtor  ijodida  uslubiy   izlanishlarning  o‘ziga   xosliklari,
milliy koloritning yorqinligi   o‘rganildi. Bu o‘rinda yozuvchi   hikoyalarida milliy
ruh   tasviri,   ichki   kechinmalar,   hikoyalarning   g‘oyaviy-badiiy   qimmati   tahlilga
tortildi.   “Dunyo   bolalari”,   “Chodirxayol”   hikoyalaridagi   ruhiy   kechinma   va
psixallogik   olam       chuqur   o‘rganildi.   Yozuvchining   badiiy   mahorati   asarlaridagi
badiiy tilning o‘ziga xos jihatlari orqali ham ko‘rsatib berildi.
- Asqad Muxtor ijodi talqini o’zbek hikoyachiligi   tahlil etilib,   yozuvchining
badiiy obraz yaratish mahoratini o‘rganish, tahlil  va talqin etish, shu orqali
ijodkorning mahoratini ochib berishga ham e’tibor qaratildi; 
- adib hikoyalarida bola obraziga e’tibor qaratilib, uning ruhiyati tahlil etiladi;
- hikoyalarida muallif “men”i obraz sifatida gavdalanganligi misollar asosida
tadqiq etiladi;
- hikoyalarining   kompozitsion   qurilishi   va   sarlavhalarni   berishdagi   yozuvchi
mahorati ochib beriladi;
Shuning   bilan   birga   adabiyotshunoslik   ilmida   bugungi   kunda   adabiy   asarni
tahlil   qilishning   yangicha   tamoyillari,   yangicha   badiiy   tafakkur   nuqtai
nazaridan   qarashlar   asosida   amalga   oshirildi   va   Asqad   Muxtor   ijodidagi
hikoyalarning psixalogik tahlili yaratildi.
Malakaviy   bitiruv   ishining   tadqiq   usullari .   Mavzuni   yoritishda   hozirgi
kunda   o‘zbek   adabiyotshunosligi   qo‘lga   kiritgan   yutuqlardan,   bayon   qilingan
nazariy   fikrlardan,   qiyosiy-tipologik,   germeniftik,   tavsifiy,   qiyosiy   metoddan
foydalanildi. 
Malakaviy   bitiruv   ishining   nazariy   va   amaliy   ahamiyati .   Malakaviy
bitiruv ishinig ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
5 Tadqiqotda   erishilgan   natijalardan   oliy   o‘quv   yurtlarida   hozirgi   zamon
o‘zbek  adabiyotini  o‘rganish  bo‘yicha  ilmiy tadqiqotlar  olib borishda foydalanish
mumkin. Tadqiqotda to‘plangan materiallardan ijodkorning badiiy olami  bo‘yicha,
magistrlik   dissertatsiyalari   va   bakalavrlik   bo‘yicha   malakaviy   bitiruv   ishlari
yozishda   foydalanish   mumkin.   Ishda   to‘plangan   misollar   adabiyot   nazariyasi,
o‘zbek   nasri   poetikasi,   XX   asr   o‘zbek   nasri   hamda   Zamonaviy   o‘zbek   adabiyoti
bo‘yicha   amaliy   dars   soatlarini   o‘tishda   material   vazifasini   o‘taydi.   Umuta’lim
o‘rta   maktab   darsliklarida   Asqad   Muxtor   ijodini   o‘rganish   o‘rin   olgan.   Ushbu
mavzuni   tushuntirishda   maktab   o‘qituvchilari   uchun   qo‘shimcha   ma ‘ lumot
vazifasini o‘taydi.
Bitiruv   malakaviy   ishining   tarkibi .   Bitiruv   malakaviy   ishi   kirish,   uch
asosiy   bob,   xulosa   va   foydalanilgan   adabiyotlar   ro‘yxatidan     tarkib   topgan.
Malakaviy bitiruv ishining umumiy hajmi ____ sahifani tashkil etadi.  
              
6 I BOB. ASQAD MUXTOR HIKOYALARIDA BADIIY MAHORAT
Ana’nalardan   foydalanishdagi   mahorati.     XX   asr   adabiyotida   yaratilgan
hikoyalar   insonni   yangicha     talqin   qila   boshladi.   Inson   ruhiy   olamini   o’zligini
taftish   qilish   usullari   yaratildi.   XX   asr   boshidan   to   hozirgacha   yaratilgan
hikoyalarni o'rganganimizda, so'nggi yillardagi yaratilganlarida ko`proq qahramon
ruhiyati orqali uning xarakterini ochib berish kuchaydi. Bu albatta, inson ruhiyati
ya'ni   psixologizmga   borib   taqaladi.  Adabiyotshunoslikda   psixologizm   muammosi
kecha   yoki   bugun   paydo   bo’Igan   hodisa   emas,   balki   uning   ildizlari   tarixan   juda
chuqur   ruhiy   -psixologik   hodisa   XXI   asrga   qadar   bir   talay   tadrijiylikda   o`z
taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan. Chunonchi, antik davr adabiyoti tarixiga nazar
tashlasak,   qadimgi   davrlarda   ham   nafaqat   mifologik   obrazlar,   balki   real   hayotiy
hodisalarni tasvirlashda inson obrazi va uning qiyofasidagi tashqi va ichki tasvirni
berish   alohida   o'rin   tutganligi   ma'lum   bo'ladi.   Masalan,     Gomerning   “Iliada”va
"Odisseya",  Hind  xalgining  “Romayana"   va  "Mahabharat”   dostonlarida,  umuman
olganda   sharq   va   g'arb   xalq   og’zaki   ijodida   inson   tasviri   asta-sekinlik   bilan   o’z
orinini topa bordi. G'arb va Sharq xalqlari folklorida qahramonlarning ruhiy holati
tasviri   alohida   o'rin   egallagan.   Masalan,   qahramonning   tashqi   ko'rinishi   va   uning
portreti masalasida deyarli barcha xalqlar adabiyotida tasvir uslubida bir xillik va
o’xshashligi ko’zga tashlanadi. Badiiy asar markazida inson turar ekan, har qanday
millatning adabiyotshunoslik fani inson ruhiyatini ayni turli nuqai nazardan tadqiq
etadi.   Bir   necha   mingyillik   tarixiga   ega   bo’lgan   milli   adabiyotimiz     adabiyot
tarixida inson hayoti, orzu-armonlari, ruhiy holatining rang-barang qirralari tasvir
ob’yekti   bo’lib   xizmat   qildi   va   shunga   mos   ravishda   adabiyotshunos   olimlar   o’z
adabiy-nazariy talqinlarini paydo bo’ladi. Zero, dunyo adabiyotshunosligi erishgan
ilmiy   yutuq   va   to’plagan   boy   tajribalarni   milliy   adabiyotdagi   aniq   nazariy
masalalar,   ya’ni   hikoya   janri   evolyutsiyasi,   psixologik   tasvir,   obraz   ruhiyati   kabi
muammolarni muhokama qilish uchun yo’naltirish foydali, albatta.
            O’zbek   hikoyachiligida   ichiki   pisixalogik   ruhiyat   talqinini   munaqqid   adib
Asqad Muxtor ijodida ko’rishimiz mumkin. Hikoyalardagi psixologizmning o`ziga
xosligi   birinchidan,   o’z-o`zini   rivojlantirishga   qiziquvchanligi   (“Xonimning
7 tug’ulgan   kunlari”   hikoyasi   Mirzo   obrizi)   bilan   ajralib   turasa,   ikkinchidan,   uning
atrofidagi   haqiqat,   ya’ni   real   borliqqa   bo’lgan   ruhiy   to’qnashuv   (“Qora   domla”
hikoyasi   Qora   domla   obrizi)   uchinchidan   esa   qarama-qarshilikka   ega   bo'lgan
shaxsga alohida e'tibor qaratganligida o’z aksini topgangida (“To‘qqizinchi palata”
Bahromov obrizida).
        O‘zbek   hikoyachiligi     olam   hodisalari   va   odam   ruhiyati   qirralariga     xilma-xil
qarash,   olamning     mavjudlik     yo‘sini     va     undagi   tartibotlarni     turlicha     izohlash
imkoniyati   mahsulini yangicha talqin qildi. XX asrning 50- yillariga   kelib inson
psixologiyasida   ulkan   o’zgarishlar   sezila   boshladi.   Ayniqsa,   shaxs   erkinligiga
bo’lgan   qarash,   uning   jamiyatdagi   o’rni   va   qadr-qimmatining   ulug`lanishi,   shaxs
zimmasiga   mafkuraviy-axloqiy   mas’uliyatning   oshib   borishiga   sabab   bo’ldi.   Shu
bilan birga, tarixiy taraqqiyot bosqichlarini birma-bir bosib o`tib kelayotgan inson
borlig’i   yanada   murakkablasha   bordi.   Qahramonning   dunyoviy   bilimi   va
ko’nikmalari kengayib, jiddiylashib, “men” (ya’ni bu ijobiy tomon o’zlikni anglash
ma`nosida)   degan   tushunchaning   shakllanishi,   inson   “men”ining   paydo   bo’lishi
axloqiy-siyosiy,   mafkuraviy-falsafiy   nazariyalarning   rivoji   va   davlat   boshqaruvi
tizimining har xilligi inson olamining o’zgarishiga, uning murakkab ichki qarama-
qarshiliklari yuzaga chiqishiga sabab bo’ldi.
            Inson   ruhiyatini   dunyo   ilm-fanining   turli   sohalari   o’z   spesifikasiga   mos
ravishda   o’rganadi.   Badiiy   adabiyot   –   so`z   san’at   bilan   psixologiya   fani   o‘zaro
kesishgan   nuqtada   insonning   ichki   dunyosi,   o’y-kechinmalari,   tafakkuri   va
tasavvuri   kabi   bir   qator   masalalar   adabiy-psixologik   taqin   ob’yekti   sifatida
maydonga   chiqadi.   Bu   jarayonda   adiblarning   dunyoni   anglashi,   his   qilishi   va
munosabat   bildirishi   hamda   qahramonruhiyatini   ochishning   o’zlariga   xos   eng
qulay noan’anaviy usullarini tanlashi tabiiy sanaladi.
           Adabiy zamon va makon muammosi ruhiy olam tasvirlangan asarlar ko’lami
adabiyotshunoslikning eng dolzarb masalalaridan biridir. “Chodirxayol”, “Fano va
baqo”,   “Taqdir   kimning   qo’lida’’  hikoyalaridagi   makon   va   zamon   tekshirilganida
ularning   turli   ko`rinishlari   mavjudligi   aniqlandi.   Zero,   adabiyotshunoslar   har
qanday  adabiy hodisani  xronotop muammosi  bilan  bog’liq  holda ko’rib  chiqishni
8 boshlashdi,   chunki   bu   eng   muhim   ekzestensial   xususiyatlar   bo’lib,   zamon   va
makon dunyo muallif shaxsi obrazini barpo etishning ham ajralmas qismi sanaladi.
Shuningdek,   turli   zamon   va   makon   xatti-harakatlar   tufayli   syujet   dinamikasi
ta’sirlanadi, personajlarning psixologik evolyutsiyasi kuzatiladi. O‘zbek adabiyoti,
xususan,   hikoyachiligida     bu   kabi   yangicha   talqin   va   tasvir   uslublari   an’anaviy
realizm, inson hayoti hamda shaxsining serjilo tovlanishlarini, “musbat va manfiy”
qirralarini   ifoda   etishda   beqiyos   imkoniyatlarga   ega   ekanini   ko‘rsatmoqda.  Ayni
chog‘da,   realizm   boshqa   ijodiy   falsafiy   oqim   va   yo‘nalishlarni   ham   o‘z
miqyoslariga   qamrab   olishga   qodir   ekanini   nafaqat   yozuvchilar,   balki
adabiyotshunos   olimlar,   tanqidchilar,   adabiy   jamoatchilik   ham   tan   olmoqda.
O’zbek   adabiyotida   yaratilgan   aksariyat     hikoyalar   ham   o‘zbek   nasriga   xos   ana
shunday xususiyatlarni namoyon etadi. Ularda g‘arb modern adabiyotiga o‘xshash
jihatlar: voqealarning sirli tarzda, turli ramziy vositalar orqali, ba’zan sahna ortida
imo-ishoralar   bilan   ko‘rsatilishi,   voqealarning   “men”   tilidan   hikoya   qilinishi,
yetakchi   personaj   doimo   o‘zini-o‘zi   taftishu   tahlil   etib   borishi   kabilar   ko‘zga
tashlansa-da,   his-tuyg‘ulardan   milliylikni,   qahramonlar   tasvirida   xalqimiz   ruhini
sezib turamiz. 
  O’zbek   hikoyachiligida   inson   ruhiy   olamini   yangicha   tasvir   va   uslubiy
o’ziga   xosliklar     yozuvchi   Asqad   Muxtor   hikoyalari   orqali     o‘rganilishi,
hikoyalarda davr odami ruhiyatining turli jihatlari oldingiga o‘xshamagan yo‘sinda
yangicha   badiiy   ifodasini   topayotganligini   nazariy   asosda   ko‘rsatib   berish
mavzuning   dolzarbligini   belgilaydi.   Bunda   inson   ruhiyatining   badiiy   ifodasi
oldida     turgan   muammolar   nuqtai   nazaridan   o‘rganish,   adabiy-etetik   tamoyillarni
aniqlash,   bugungi   milliy   hikoyachilikning   o‘ziga   xosliklarini   o‘rganish   dolzarb
ilmiy masaladir.
Dunyoni   badiiy   idrok   etish,   bilish   sohasida   davrdan-davrga,   avloddan-
avlodga   o tib   kelgan   adabiy   tajribalar:   estetik   qarashlar,   tasviriy   vositalar,   tildagiʻ
obrazlilik,   emotsionallik   va   uslubdagi   rang-baranglik.   O tmish   yozuvchilarining	
ʻ
ijod   tajribasida   sinalgan,   ustuvor   va   muqim   g oyaviy-badiiy   boyliklarni   yosh	
ʻ
bo g in   o z   davri   talabiga   kura   qayta   ishlab,   ijodiy   rivojlantiradi.   Adabiyot   va	
ʻ ʻ ʻ
9 san atda an ana tarixiy hodisa bulib, muayyan davr ijtimoiy-badiiy xususi-yatlariniʼ ʼ
aks ettiradi.  O zbek adabiyoti eskirmagan, zamon sinovidan utgan, barhayot, ilg or	
ʻ ʻ
an anaga   suyanadi.   Ilg or   Adabiy   an ana   hamma   vaqt   novatorlikka   chorlaydi.	
ʼ ʻ ʼ
Binobarin   an ana   va   novatorlik   orasida   mantiqiy   aloqa   bor.   Ularni   bir-biridan	
ʼ
ajratib,   ham   tasavvur   qilib   bo lmaydi.   Har   qanday   asar   yaratilish   uslubi   va   tiliga	
ʻ
ko‘ra   boshqalardan   farqlanib   turuvchi   alohida   badiiy-estetik   hodisa   sifatida
dunyoga keladi. Uslub rang-barangligi, asar tilining  o‘ziga xos betakrorligi asarni
o‘quvchi tomonidan sevib o‘qilishi, uning ustida bahs-munozaralar yuritilishi, fikr-
mulohazalar aytilishiga olib keladi. Yozuvchi uslubi uning individualligi, iste’dodi,
turmush   tajribasi,   dunyoqarashi     nutqning   o’ziga   xosligi,   xarakter   yaratish
mahorati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Asl   kasbi   insonshunoslik   bo‘lgan     adabiyot   hamma   davrlarda   ham   insonni
e’zozlagan. O‘zbek realistik nasri bundan mustasno emas, albatta.  adabiyotning va
san’atining   bosh   xususiyati   insonpparvarlik   tuyg‘usining   har   qachongidan
chuqurroq,   kengroq   va   yuksakroq   darajalarga   chiqishi   bilan   ifodalanadi.   80-
yillarning   avvalida   o‘zbek   hikoyachiligida   xuddi   shunday   ko‘tarilish   kuzatildi.
Tasvirlanayotgan   qahramonga   shaxs   sifatida   e’tibor   kuchaydi,   ya’ni   insonning
shaxslik   a’moli   badiiy   tadqiq   ob’ektiga   aylana   boshladi.   Insonparvarlik,
shaxsparvarlikda   namoyon   bo‘ldi.   Shaxs   fenomenini   tadqiq   etishga   urinish
intellektual qahramon obrazlarining yaratilishiga, shuning barobarida badiiy tasvir
vositalari   doirasining   kengayishiga   olib   keldi.   Tabiiy,   realistik   milliy   badiiy
tafakkur   bunday   miqyosga   dabdurustdan   erishmadi,   albatta,   balki   yetuk   shaxslik
martabasining   ibtidosi   bo‘lmish   oddiy   insoniyat   qadr-qimmatni,   nafsoniyatni
anglashga   urinishlardan   boshlandi.   Asqad   Muxtor   hikoyalarida   esa   bu   ko‘rinish
o‘ziga   xos   tarzda   bo‘y-bast   ko‘rsatib   o’tdi.   “Uyg‘onish   badiyati   insonni   jo‘n   va
yuzaki   tushunishdan,   uni   bir   yoqlama   talqin   etishdan   voz   kechdi,   –   deb   yozadi
filologiya fanlari nomzodi Xurshid Do‘stmuhammad, – o‘zbek hikoyachiligida bu
o‘ziga   xoslik   nasihatbozlikdan   qutulishda   o‘z   ifodasini   topdi.   Misol   uchun
“oqpadarlik   –   yomon”,   ichkilikbozlik,   poraxo‘rlik   –   illat” 5
  singari   “g‘oya”lar
5
  Hotam.U. Badiiy psixolagizmva o‘zbak romonchiligi. Toshkent .1984
10 hikoyalar   o‘z   qadr-qimmatini   yo‘qotadi.   Ishlab   chiqarish   mavzusidagi   jasoratlar
madhi   o‘rnini   qahramonning   shaxs   sifatidagi   kamolini   izlash   tasviri   egalladi.
Qahramonlarninng   ijobiy   yoki   salbiyligini   belgilovchi   mezonlar   o‘zgardi.
Qahramon   shaxsi,   ruhiy   olami,   shuuri   tasviriga   moyillikning   kuchayishi
hikoyaning syujet qurilishini, tasvir maromini, konfliktlar tabiatini yangiladi”
Asqad   Muxtor   o’zining   ijodiy   mahoratini   o’zbek   xalqining   so’z   san’atidan
foydalanishdagi mahoratida ham ko’rsata biladi. Adib ijodidagi mashur asarlardan
biri   “Chinor     “   romani   yuzasidan   adib   ijodida   xalq   ijodidan   ilhomlanish   xalq
og’zaki   ijodining   davom   etirish   ananasini   ko’rib   o’tishimiz   mumkin   .
“Chinor”romanida   muallif   qismlarni   ham   xalq   og'zaki   ijodi   janrlariga   xos
nomlagan. Romanda muqaddimadan tashqari o'n besh qism mavjud bo'lib ulardan
beshtasi   rivoyat,   beshtasi   hikoyat,   beshtasi   qissa   deya   nomlangan.   Ulardan
rivoyatlar   bir-ikki   sahifani   tashkil   etsa,   hikoyat   va   qissalar   nisbatan   yirikroq.
Ba'zan   rivoyatlardan   so'ng   nomlanmagan   parchalar   ham   keltiriladi.   Shunisi
e'tiborliki, adib bir qismdan ikkinchisiga o'tishda ham xalq dostonlariga xos usulni
qo'llaydi. Birinchi rivoyatdan
keyin   keltirilgan   parcha   so'ngida   “Salqin   tushdi,   so'lg'in   gulzorga   jon   kirdi,
chigirtkalar   chirillay   boshladi.   Bunday   oqshom   o'y   o'ylatadi”   kabi   saj'li   nasrga
duch  kelsak,   shu   hikoyatdan  keyin   u  xalq   dostonlarini   kuylovchi   baxshilarga   xos
baxshiyona   usulda   kitobxonga   murojaat   etib   shunday   deydi:   “Azizlar,
yo'lovchilarimiz   birinchi   manzilga   yetishdi.   Vaziyatga   qaraganda   biz   ham   bu
bekatda to'xtab, bir qmissa eshitam miz shekilli. Lekin ibrat uchun avval...,
Bu   parcha   o'zbek   xalq   dostonlaridagi   “...ul   ketabersin.   endi   so'zni   bundan
eshitayik”   kabi   gismlar   orasidagi   bog'lovchi   parchalarni   eslatadi.   Asardagi
rivoyatlar mazmunan ham xalq og'zaki ijodidagi so’z qo’llash usuli va bayonqilish
uslubini   eslatadi.   Muallif   romanda   o'zbek   xalqining   og'zaki   ijod   namunalaridan
juda   mohirlik   bilanfoydalanadi   ,   buning   isboti   o’laroq     latifalar   va   xalq
qo'shiqlariga   ham   murojaat   qilganligida   ko'rishimizmumkin   ,   ushbu   asar   adib
asarda   folklor   namunalaridan   juda   unumli   foydalangan.   Asqad   Muxtorning   xalq
og'zaki   ijodiga   munosabatining   shakllanishida   unga   zamondosh   taniqli
11 ijodkorlarning     ijod   namunalari   ta’siri     ham   katta   bo'1ganligini   ko’riishimiz
mumkin.   Jumladan   yozuvchi   ijodidavgi   folklor   namunalarini   tadqiq   qilgan
Marhamat   Ochilova   romandagi     tarkibidagi   ikkinchi   rivoyatda   Al-Forobiyning
G retsiyadan olib kelgan nay ta’rifini Asqad Muxtor G‘afur G‘ulomdan eshitganligi
asarga   uni  qayta ishlab   kiritganligini  ta’kidlar ekan bunda ulug‘  adibga ta’sirini
e’tirof etadi. Ushbu   rivoyat tili va uslubi  bilan oldingi keltirilfan rivoyatdan farq
qiladi. Birinchi rivoyatda xalq ertaklari uchun xos bo‘lgan til va uslubidan , ya’ni
sodda   bayon   uslubidan   foydalanilgan   bo’lsa,   ikkinchisida   mumtoz   adabiyot
vakilarining   nasrni   bayon   qiloshidagi   til   xususiyatlaridanffoydalanilgan:   “Sir
yoqasidagi   Forob   qishlog‘ining   mardumi   Muhammad   ahli   donish   jumla   jahonga
ma’lum   va   mashhur   edi.   Ilm-u   hikmat   bobida   Arastudan   so‘ng   Soniy   bo‘lib,   Al-
Forobiy   nomi   bilan   musharraf   edi.   Alqissa,   yunon   safarida   minglab   g‘aroyibot
qatori bir mo‘jiza olib qaytmish erdikim uning oti naydir.” 6
Shu   bilan   bir   qator   adib   asari   tarkibida   mumtoz   adabiyot   namunalaridan
foydalanishi   ijodkorning   sharq   mumtoz   adabiyotiga   xos   tasavvuf   falsafasining
bilimlariga   ega   ekanligiga     guvohi   bo‘lamiz.   Asrda   tasavvuf   adabiyoti
namunalarining   jihatlarini   yoritib   o’tganligi   to’g’risida   adabiyotshunos   olim
Umarali   Normatov   ham   e’tirof   etib,   jumladan   shunday   deb   takidlab   o’tadi:   “…,
Yassaviy   uning   hikmatlaridagi   umumbashariy   g‘oyalar   diniy   ta’limotning
hayotbaxsh   kuchi   haqidagi   gaplarga   e’tibor   bering.   Bu   gaplar   Yassaviy   nomini
umuman tilga olish, diniy ta’limot haqida ijobiy gap aytish man etilgan, Yassaviy
adabiyot   tarixidan   badarg‘a   qilingan   60-yillar   sharoitida   bitilgan!   Garchi   Talstoy
tilidan uni bashorati tarzida berilsa-da, «buyuk inqilob» to‘g‘risida “qonli inqilob “
to’g’risida “juda katta jinoyat” deb yozish o‘sha davrda hazilakam ish emas edi!”
Adib   ijodida   hikoyachilik   ananalarini   rivojlantirish   bilna   birgalikda   o’ziga
hos   tasvirlash   usuli,   qahramon   talqini   hamda   takrorlanmas   ruhiy   tasvirni
yaratgangi   bilan   o’z   uslubini   yaratdi.   Asqad   Muxtor   hikoyalarida   badiiy
qahramonnioddiy   ishchi   qatlamidan   tanlab   oladi.   Adib   ijodidagi   hikoyalarda
yoritilgan g’oya va mavzular asrlar mobaynida ijodkorlar qalamidan tushmaydigan
6
 Rahmat Ochilova. Folklor birliklarining adabiyotda qo‘llanishi.O‘zbek tili va adabiyoti jurnali.2018.
12 inson   qismati   talqinidir.   Darhaqiqat   bejizga   adabiyotshunos   D.Xoldorovning
quyidagi   fikrlarini   bildirgan   emas:   “...biz   ijodkorlarni   avlodlarga   ajratib
sharhlashga o'rganib qolganmiz. Ehtimol, davr taqozosiga ko'ra bu tabiiydir. Biroq
chin iste'dod egalari tomonidan yaratilgan badiiyat na'munalari davr tushunchasini
sindiradi.   O'z   davri   o`quvchisini   qanday   hayajonga   solgan   bo'lsa,   zamonlar   osha
o'sha   hayratni   birdek   ushlab   turadi.   Zero,   bir   davrda   minglab   asarlar   yaratilgan
bo'lsa-da,asrlar   qa'ridan   sanoqli   asarlargina   qimmatini   yo'qotmay   qolishining
sababi ham shunda.”
Adib ijodidagi har bir hikoyasida o’zbek xalq kishisi tasvirlanar ekan uning
nutqi   va   hatti   xarakatlarida   milliylik   gavdalanadi.   Adibning   “Fano   va   baqo”
hikoyasida   nafaqat   o’zbek   xalqining   badiiy   uslubini   balki   jahon   nasridagi
mativlarga   yangicha   ruh   beradi.   Yaniki   ertaklar   syujetlarida   qahramonlar   “bir
birlariga sirlariji aytishi”, “tasodifan sirga guvoh bo’lib qolishi”, “sirni fosh qilgan
ertak qahramoni iziga tushoshi” kabi motivlar uchraydi. Aynan ushbu hikoyaning
voqealar   rivoji  shunday   holat   ustiga  qurilganligiga  guvoh  bo’lamiz.  Ijodkor   ertak
va   dostonlarning   yuqoridagi   shakliga   yangicha   ruh   bag’ishlaydi   natijada   hikoya
qahramonlari Xoxo’ja va Ochil obrizlarining harakatga kelish tizmasi shakillanadi.
Asqad   Muxtor   hikoyaning   ma’no   mazmunini   yoritishda   manaviy   dunyosi
boy   bo’lgan   o’zbek   xalqi   o’g’zaki   ijodi   namunalari   hamda   mumtoz   Sharq
adabiyotining   hikmatlaridan   juda   o’rinli   foydalangan.   Ular   misol   tariqasida
quydagilarni keltirishimiz mumkin: “Kelsa gumon – ketar iymon”, “Dunyo yig’ib
netarsan   –   bir   kun   tashlab   ketarsan”,   “Yoriladiganing   bo’lmasa   yomon,   ichingda
ketadi”,   “Odam   odamning   dardini   oladi”,   “Yovg’on   oshing   –   beg’alva   boshing”,
“Qizilni   ko’rib,   Xizr   yo’ldan   ozgan   ekan”,   “Zo’rniki   tegirmon   yurdirar”,   “Jonim
qilning uchida turibdi”, “Bir boshga bir o’lim”, “Jon bor joyda – qazo bor”, “Kim
tirik, kim o’lik – ma’lum emas”, “Og’zi bo’sh maqtanchoq”, “Og’zi qulog’ida edi
naynovning”,   “Hayosizga   har   kuni   hayit”,   “Otni   tepmaydi   dema,   itni   qopmaydi
dema”,   “Piyozning   po’sti   ko’p,   yomonning   –   do’sti   ko’p”,   “Chillasi   chiroq
ko’rmagan   beg’am   aravakashda   sir   yotishi   mahol”,   “Turma   desa,   sochining
tomirigacha muzlab, hadiksirab yurgan Xolxo’ja”, “Sir sovun ko’pigiday yer ustida
13 omonat   uchib   yurarkan”,   “Xurmachadan   chiqqan   bu   jinni   Xolxo’ja”,   “Pesning
chekiga moxov tushsa, shunday bo’ladi”, “Oqboshdan o’tin bo’lmas, o’ynashdan –
xotin”,   “Yaqin   olib,   o’zini   aka,   echkisini   taka   deb…”,   “Qarzni   olish   ham,   berish
ham   …gunoh   emas”,   “Ko’cha   xandon,   xona   giryon…   Xolxo’ja”,   “Haziling
yoqangdan   olgur”,   “Shoshgan   ishga   shayton   oralaydi”,   “Bostirib   bormasang   –
bosilib   ketasan”,   “Olmoqning   bermog’i   bor,   yemoqning   qusmog’i”,   “Og’riq
tishning davosi – ombur”, “Ilon yuz yil yashasa, ajdaho bo’lar ekan”, “Saqlansang
saqlanasan,   saqlanmasang   o’tga   qoqlanasan”,   “Qovoq   ari   g’ujg’on   o’ynaydi”,
“Bosh   ko’tarib   qarashga   yurak   betlamadi”,   “Itning   tilagi   qabul   bo’lganda,
osmondan   suyak   yog’ardi”,   “Yotdan   yorug’lik,   itdan   –   chorug’lik   chiqmas”,   “Jin
ko’zachaga   qayta   qamaldi”,   “Ichidagi   sir   ichida,   uni   sirtga   chiqaradigan   ahmoq
Xolxo’ja   o’ldi”,   “Ikki   shumshuk   –   it-mushuk”,   “Iymonni   boy   berganga   ikkalasi
ham harom ekan…”.
Hikoya qahramonlarining ruhiy dunyosi, ichki kechinmasi, ularning ichki va
tashqi   monolog   va   dialoglari,   muallif   nutqi   mana   shunday   xalqona   qochirimli,
nozik ibora,  maqol  va matallar  bilan bezatilgan.  Bunday xalqona,  qadimiy gaplar
kitobxonni   zavqlantiradi,   ayni   damda,   badiiy   voqelikdan   oqilona   xulosa-hukm
chiqarib olishiga turtki beradi.
Adibning   birgini   hikoyasida   juda   ko’plab   xalq   matal,   moqol   iboralaridan
mohirlik   bilan   foydalanganligiga   guvoh   bo’lamiz.   Biz   bu   bilan   shunga   guvoh
bo’lamiz-ki   adib   ijodida   xalq   og’zaki   ijodining   o’rni   beqiyosdir.   Shu   bilan
birgalikda   o’zbek   adabiyotida   yoritib     kelingan   o’z   tag’dirini   bolasi   baxtida
ko’radigan   o’zbek   ota   onasi   obrozini   ham   mahorat   bilan   talqin   qilib   ko’rsatdi.
Adibning   “Xonimning   tug’ulgan   kunlari”   hikoyasida   o’qituvchi   oilasidagi   miliy
ruh   talqinini   ozgina   jumlalar   orqali   yorqin   tasvirlab   berdi.   “Ota   ona   o’ylab
ko’rishsa   Mirza   bari   bir   bu   yo’lidan   qaytmas   ekan,   ich   etini   yeb,   cho’p   bo’lib
ketayapdi.   Tavakkal,   peshonadagini   ko’raadi   deb   ota   bir   hafta   shaharga   qatnab
o’g’lini geologlar safiga yozdirib olishdi. Shu kundan boshlab Mirzaning o’smirlik
orzulari qayta tirilib, dahlizdagi safar jabduqlari anvoyi hil asboblarga jon kirdi......
bu qadar asbob uskunalarni qayerdan yig‘anligiga ota ona hayron edi, endi  uning
14 ketishiga   hech   qanday   to’siq   yo’q   ,   u   bugunoq   ketishga   tayyor   edi.   Ikki   keksa
mualim bir birlaridan yashirib, ko’z yoshlarini artishdi”. 7
 
Xullas,  Asqad   Muxtor   hikoya   yaratishda   Sharq   adabiyotining   namunalari
bo’lmish   hikmatli   so‘zlardan   unumli   foydalanadi.   Ayniqsa,   bu   hikmatli   o‘gitlar
obraz   ruhiyatini   yoritisda   asosiy   vazifani   o‘taydi.   Shu   bilan   bir   qatorada   Hikoya
qahramonlarining   ruhiy   dunyosi,   ichki   kechinmasi,   ularning   ichki   va   tashqi
monolog   va   dialoglari,   muallif   nutqi   mana   shunday   xalqona   qochirimli,   nozik
ibora,   maqol   va   matallar   bilan   bezatilgan.   Bunday   xalqona,   qadimiy   gaplar
kitobxonni   zavqlantiradi,   ayni   damda,   badiiy   voqelikdan   oqilona   xulosa-hukm
chiqarib olishiga turtki beradi.
1.3. Asarlarida   zamon,   makon   va   muhit   tasviri.   Adabiyotshunoslikda
muammo     markaziga     inson     va     uning     ichki   kechinmalarini     tasvirlash     yuqori
cho’qqiga   ko’tarildi.   Holbuki,   birinchi   planga shaxs   muammosining   chiqishi,
inson     ruhiyatini   tadqiq   qilishga     qiziqishning     ortishi,     urushlar,   inqirozlar,
gumanitar     halokatlar     xarakteri     bilan     shartlanadi;     ikkinchidan,     adabiyot   va
adabiyotshunoslikning   “erkinlashganligi”,   mustabid   tuzumdagi   g’oyaviy   yo’l-
yo’riqlarga   qaram   emaslik   o’tgan   asrning   so’nggi   choragida   ijod   qilgan
yozuvchilar   asarlarida   inson   ichki   olami   tasvirining   barcha   go’zallik   va
teranliklarini   yangicha,   butun   va   to’laligicha   talqin   qilish   imkonini   berdi.   Badiiy
adabiyotning  sifatli  xususiyatlaridan  biri  qahramonni  oddiy  hayot kechiradigan
inson   qilib   emas,   balki   insonning   sirli   ichki   dunyosini   yashirin ravishda
insonning   ko’ngil   kechinmalarini   aniq   va   yorqin   aks   ettirishi   hisoblanadi.
Adabiyotda    inson  ichki  dunyosining   chuqur   badiiy  tadqiqi  “badiiy   psixologizm”
deb    ataladi.   Uzoq   o’tmishdagi     tarixiy   davr    mobaynida   psixologizm  –badiiy
adabiyotning yashirin bir  siri  bo’lib, u insonning kom’ngli  haqida  gapiradi, u har
bir yozuvchining   o’zligini   so’zlaydi.     Insonning     ichki     dunyosini     tasvirlash
badiiy   adabiyotning   eng   baland   cho’qqisidir.   Psixologizm   badiiy   adabiyotda   uch
asosiy   ko’rinishda:   adabiyotning   tug’ma   belgisi,   muallif   psixikasining   muayyan
7
  Аскад Мухтор. Илдизлар. Киссалар ва хикойалар. Йош гвардийа 1984.Б-176.
15 ifodasi,   muallif     tomonidan     ongli     tanlangan,     asar     yaxlitligini     belgilaydigan
estetik  tamoyil sifatida namoyo bo’ladi. 
Badiiy   adabiyot   qahramonlaridagi   psixalogog   kechinmalar   va   ularni   tashqi
ko’rinishi  qahramon konflektida maydonga keladi.   XX asrning so’ngi  yillaridagi
hikoyalarda     kanflektning   asosan   ichki,   yani   qahramonning     o’zi   bilan   yuzaga
kelgan qarama qarshilikda hamda tashqi muhit, jamiyat bilan qahramon o’rtasidagi
ziddiyatta yuzaga kelgan turlaridan keng foydalanildi. Professor   Hotam   Umurov
quydagicha   takidlaydi:   “...     tashqi     muhit     xarakter     ichki     dunyosida
qo’zg’alishlar,     zilzilalar,   kechinmalar     o’yg’otgani     kabi,     bu     ichki     dunyoning
murakkab     “sirlari”     xarakter,   xatti-harakatlarni   asoslashga,   boshqarishga,   tashqi
muhit rivojiga turtki beradi”. 8
Adabiyotda   muhit   jamiyat   tarkib   topgan,   yani   shakillangan   va   insonlarni
shakllantirayotgan bir jarayon sifatida talqinqilinsa, bazi adabiy asarlarda insonlar
tasirida yuzaga kelgan bir holat de qaraladi.
Ijodkor   Asqad   Muxtor   qalamiga   mansub   “Fano   va   baqo”   hikoyasida
Xolxo’ja va Ochil obrazlarining  tag’dir chizgilari go’yoki zamon ta’sirida yuzaga
kelgandek ko’rinadi. Hattoki, asar qahromoni tilidan ham shu fikrlarni ko’rishimiz
mumkin:   “odam   bolasi   dunyoga   sof   holda   keladi   va   hamma   yomonlikni   shu
dunyoda o’rganadi, shu yerda orttiradi”. Qahramonlar hayotlari davomidagi barcha
qabihlik va tubanliklarini jamiyat talabiga ko’ra qilgandek qabul qilishadi bu bilan
o’zlarini   baqo   bo’sahasida   oqlashga   harakat   qilishadi.   Asar   ijodkor   tomonidan
sotsologik   metod   asosida   yartilgan   hikoyalardan,   yani   bitta   salbiy   qahramon   va
unga   qarama-qarshi   qo’yilgan   ijobiy   qahramonlardan   tashkil   topmagan,   asar
qahramonlarining har ikkalasi ham gunohkor bandalar. “Fano va baqo” hikoyasida
tanlangan   voqelik,   qahramonlarning   bir-biriga   choh   qazishi   –   chuqur   psixologik
kayfiyat,   ruhiy   kolliziyalar   asosiga   qurilgani   bilan   e’tiborni   tortadi.   Muallif   asar
qahramonlarini   qorong’u   yer   to’laga   to’satdan   tushirib   qo’yish   jarayoni   bilan
ularing   chorasizlik   holatini   ko’rsatadi.   Albatta,   ikki   qahramonning   yerto’laga
qamab   qo’yilishi   –   chorasizlik   va   yo’lsizlik   girdobiga   tashlanishi   yozuvchining
8
  Umurov H. Badiiy psixolagizmva o‘zbek romonchiligi.  Toshkent.1984
16 aniq   badiiy   shartlilik   maqsadi   o’laroq   shunday   qilinganligi   ayon.   Ularni   ochlik,
suvsizlik,   chorasizlik,   baxtsizlik,   har   bir   soniyada   o’lim   dahshati   o’z   iskanjasiga
oladi.   Har   soniyada   o’limni   his   qilib   turgan   ikki   qahramon   baqo   ostonasida
poklanmoq istashadi. 
“— To’g’ri-yu, lekin hamma yomonlikka shu dunyoda o’rgandik, shu yerda
orttirdik   barini.   Odam   bolasi   dunyoga   sof   keladi,   bu   yerda   orttirgan   jamiki
qabihliklarini, jinoyatu pastkashliklarini tashlab, sof ketishi kerak emasmi?
— Bu   gapingiz   to’g’ri.   Tirikchilik   —   asli   tirriqchilik.   U   dunyoga
ishonmaydi-da ko’plar. Shuning uchun qo’rqmay kirdikorini qilaveradi.
— Boqiy   dunyoning   borligi   uning   ostonasiga   kelganimizdagina   yodimizga
tushadi.   Inson   uning   borligiga   bir   umr   iymon   keltirsa,   kaptar   kelib
quzg’un ketmasdi…
— Kelsa gumon - ketar iymon, degani shundan-da”. 9
Har   ikki   qahromon   ikki   dunyo   oralig’ida   turganliklarida   o’z   gunohlarini
bo’yinlariga   olishib   yegil   tortisghga   harakat   qilishadi.   Shuning   uchun   ikki
qahramon o’zlarining “sirli” hayotlarini aytib berishadi. 
“—   Yosh   ekansiz   -   bilmaysiz:   hayot   o’limdan   yomonroq.   Men   ne   vaqtdan   beri
shuni   o’ylab,   boshim   yorilay   deyapti.   Hayot   zararli,   odam   shundan   o’ladi   asli.
Ammo-lekin   dorilbaqo…   ostonasida   turgan   kishi   uchun   fanoning   o’zi   ham,   u
tug’dirgan mudhish gunohlar ham  hech nima emas.  Faqat ularni dunyoga tashlab
ketish kerak.
Ochil   avval   uni   alahlayapti   deb   ham   o’yladi.   Lekin   qarasa,   gapni   o’ziga
yarasha   mantiq   bilan   olib   ketyapti.   Ovozi   zo’rg’a   eshitiladi,   nafasi   bo’linib-
bo’linib chiqadi-yu, lekin gapida jon bor.
— Tashlab ketib bo’lar ekanmi…- dedi Ochil, esankirab.
— Bo’ladi,- dedi Xolxo’ja. - Kimgadir yorilish kerak. Yoriladiganing bo’lmasa 
yomon, ichingda ketadi. Xayriyat, mana…
— To’g’ri, aka, odam odamning dardini oladi. Jon jonga quvvat.
9
 Asqad Muxtor . Chodirxayol. 3-nashr Toshkent “O‘zbekiston”. 2021 B-191
17 Xolxo’ja   charchab,   jimib   qoldi.   Ochil,   o’lim   oldidan   odam   ortida
qoladiganlarni   o’ylasa   kerak,   deb   yurardi.   yo’q   inson   hamon   o’zini   o’ylarkan.
Unga   yorilmoqchi   bir   gunohi   azim   tilkalayapti   ko’ksini.   Shuni   “tashlab”,
“soflanib”, ketmoqchi. Shundan yengil tortsa, mayli lekin ulgurarmikin?” 10
Yuqoridagi   jumlalardan   ko’rinib   turibdiki,   asar   qahramonlari   hayoti
davomida qilgan qabihliklarini tan olishgan. O’lim ostonasida  poklanishni, yengil
tortishni   istashadi.   Xolxo’ja   qanday   qilib,   boyvuchcha,   tanti   bo’lib   qolganligi,
aybsiz   bir   musulmon   kishining   qamalib   ketishiga   sababchi   bo’lganligiyu   yolg’on
guvoh   berganligini   tasodifiy   hamrohiga   gapirib   beradi.   Xolxo’jadan   ancha   yosh
bo’lgan Ochil ham hamrohidan battarroq gunohga qo’l urgan. Ya’ni xo’jayinining
yoshgina ayoli bilan don olishgan. Ochil ham, Xolxo’ja ham nafsining qullari. Ular
omonat   dunyo   (fano)   bilan   abadiy   dunyo   (baqo)   o’rtasidagi   ingichka   yo’lda
turishar   ekan,   barcha   ayblariga   iqror   bo’lishadi.   Go’yoki,   Olloh   oldida   istig’for
aylashadi. Ijtimoiy illatlar ma’naviy buzuqilik, yuzsizlik, poraxo’rlik, aldamchilik,
qalloblik   ularning   qon-qoniga   singib   ketgan.   Adib   Xolxo’ja   va   Ochil   kirdikorlari
misolida   yuqorida   sanalgan   ijtimoiy   illatlarni   ko’rsatib   beradi.   Tabiat   hodisasi
zilzila   tufayli   yerto’laga   tushib   qolgan   tasodifiy   hamdardlar   shu   paytgacha   hech
kimga   aytmagan,   ayta   olmaydigan   “sirlar”ini,   ya’ni   qallobliklarini   bir-biriga   fosh
etadi. Ammo buni qarangki, vaziyat o’nglanib, baqo ostonasidan tirik qolgan ikki
qahramon hayotga qaytgach, “sirlari” tufayli bir-biriga go’r qaziy boshlaydi. Ular
o’rtasida   dahshatli   darajada   ichki-ruhoniy   kurash   boshlanadi.   Bittasining   tinch,
xotirjam   yashashi   uchun   ikkinchisi   albatta,   o’lishi   shart.   Nazarimizda,   adib
insoniyatning   tuban   ruhiy   holati   haqida   falsafiy   mushohada   yuritadi.   Xolxo’ja
bilan   Ochil   tashida   bir-biriga   juda   muloyim,   juda   mehribon   gapirgani   holida   bir-
biriga o’lim vahshatini soladi. Hikoyada mazkur o’rinlar nihoyatda ta’sirchan, jonli
aks ettirilgan.
Adabiyotshunos olim   U.Normatov mazkur hikoya haqida shunday fikrlarni
bildirib   o’tadi:   “…personajlar   bisotidagi,   ruhiyatidagi   tug’ma   xususiyatlar   tahlili
oldingi o’ringa o’tadi. Personajlar bir emas, ikki bor bu foniy dunyo chegarasidan
10
 Asqad Muxtor . Chodirxayol. 3-nashr Toshkent “O‘zbekiston”. 2021B-191
18 chiqib,   boqiy   dunyo   chegarasida   ko’rinadi.   Xuddi   o’sha   chegarada   ular   o’zligiga
qaytadilar.   Ollohni   yod   oladilar,   bu   dunyoda   qilgan   gunohlari   uchun   pushaymon
yeydilar, bir-birlariga yurak rozini, sirlarini ro’y-rost aytadilar”. 11
 Olim juda to’g’ri
e’tirof   etganidek,   qahramonlar   bir   emas,   ikki   bora   baqo   ostonasidan   tirik   qolib,
foniy   dunyoga  qaytishadi.   Bu  qaytish   qahramonlar     uchun   berilgan   eng   dahshatli
azob, eng dahshatli jazo tariqasida berilgandek. Ular yana gunohlar va qabihliklar
girdobiga kirishadi . Asar qahromonlari tilidan aytilgandek “.... shu dunyoda, Xudo
bandani bu dunyoga uning iymonini sinash uchun yuborar ekan”.     Tahlilda shuni
ko’ramizkki   qahramonlar   o’zlarining   tug’ma   psixologik   jihatlarini   asar   sujeti
davomida nomoyon qiladi. 
Adibning   yana   bir   hikoyasida   zamon   natijasida   yuzaga   kelib   qolgan
jamiyatdagi     insonlarning   psixalogik   holati   ochib   berilgan.   “Taqdir   kimning
qo’lida” hikoyasida yosh talaba tag’diri sobiq sho’ro tuzimida yuzaga kelgan muhit
ta’siri   ostida     qay   darajada   o’zgarib   ketganligiga   guvoh   bo’lamiz.   Asar
qahramonlari Qulahmad va Mirkomil o’rtasida yuzaga kelgan qarama qarshiliklar
sababida   har   ikkala   qahramon   ham   bir   biriga   tuzum   ochib   bergan   qabih   yo’l
yordamida   o’ch   olishadi.   Asar   da   mualif   tomonidan   aytilganidek   har   kishi   o’z
zamonidan kelib chiqib ish  ko’radi. “Bunday  paytlarda odam  o’z tarbiyasiga,  o’z
muhitiga  o’z zamonasiga   yarasha  ish  tutadi. Davrlar  bo’lganki, bunday  vaziyatda
yoshlar   bir-birlarini   duelga   chaqirishgan.   Lekin   Qulahmad   o’z   davrining   bolasi,
uning miyyasiga boshqa tadbir kelishi tabiiy edi”. 12
Yuqoridagi   jumlalardan   ko’rinib   turibdiki,   muhit   beihtiyor   yoshlarni
tarbiyasiga   va   ularning   qabul   qiladigan   qarorlariga   o’z   ta’sirlarini   o’tkazadi.
Hikoya syujeti chizgilari qahramonning muhit tasiri ostida chiqargan qarori uchun
butun   umr   pushoymonlik   va   “og’ir   yuk”   ostida   yashagan   qahramoning   ziddiyatli
ichki   kechinmalari   ostiga   chizilgan.   Asarda   mualif   sobiq   sho’ro   davriga   go’yo
oyna   tutgandek   uning   illatlarini   insonlar   ongiga   qilgan   ta’sirini   yoritadi.   Ta’lim
tizmidagi   holatini   ko’rsatish   uchun   quydagi   jumlarnini   yozganligi   bejizga   emas:
11
 Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Toshkent, “Ma’naviyat”-2000. B-109
12
 Asqad Muxtor. Chodir hayol. Toshkent. “O‘zbekiston’’2021 
19 “ ... O’qish muhimmi, g‘oyaviy soflik muhimmi? G’oyaviy soflik muhim. Bu isbot
qilingan. Bu isbot talab qilmaydigan aksioma edi. Shuning uchun dars emas, majlis
birinchi   o‘rinda   turardi.   Komsomol   majlisi   uch   kun   surunkasiga   davom   etganda
ham   pedagoglar   hech   narsa   deyolmay   muallimlar   xonasida   intizom   saqlab,   kun-
uzun shumshayib, bekor o‘tirishardi”. 13
O’tgan   asrning   elliginchi   yillaridagi   mafkuraviylik,   g’oyaviylikning   keng
yoyilishi   va   uning   begunoh  qurbonlari   qismatlariga   qilgan   ta’sirini   ham   ko’rsatib
berdi.   Hikoyada   xalq   dushmani   sifatida   qamalgan     otaning   farzandi   ota   sabab
talabalar safidan haydaladi, bunga esa jamiyat ongiga singdirilgan g’oya edi.
Mualif   ushbu   holni   quydagi   jumlalar   bilan   yoritib   beradi:   “.....Gazandalar
xalqning   qahri   g‘azabidan   qochib   qutilolmaydi!”   “Hukmimiz   beayov:   xalq
dushmanlariga   o‘lim!”,   “Itga   it   o‘limi   —   azmi   qarorimiz   qat’iy!”—   zaldagi
mudhish  jimlikka  bir   zum  quloq  solgandan  keyin  Mirkomil   davom   etdi  —  Mana
shu   adolatli   hukmu   qarorlarda   institutimiz   kollektivining   ham   munosib   hissasi,
vijdon ovozi bor! Sovet kishilari halqaro imperializmning qonxo‘r josuslarini temir
supurgi   bilan   supurib   tashlayotgan   bir   paytda   biz   o‘z   saflarimizning   g‘oyaviy
sofligiga  loqayd  qaray  olamizmi?!  Fosh   etilgan  xalq  dushmanlarining  arzandalari
oramizda   bemalol   yursa,   biz   bunga   chidab   turishimiz   mumkinmi?   Xo‘sh!   Mana,
hali   ham   komsomol   safida   yurgan   ikkinchi   kurs   talabasi   Qulahmat   Nazirovning
otasi   qaerda   hozir,   bilasizlar!   U   o‘z   arzandasining   quloqlariga,   uning   yuragiga
qanday  qora  niyatlarni,  o‘zining  qanday  chirkin  umidlarini  shipshidi  ekan,  xo‘sh,
buni   kim   ayta   oladi?   Men   saflarimizni   bunday   shubhali   unsurlardan   tozalashni
qat’iy talab qilaman!
Uch   kundan   beri   shunday   suronlar   ichida   gangib   o‘tir-gan   studentlar   zalni
boshlariga ko‘tarishdi. Shunda ham Mirkomilning baqiroq chaqiriqlari hammadan
baland eshitilar edi.
—    ...komsomol safida o‘rin yo‘q!
—    ...o‘chirilsin!
—    Haydalsin!
13
 Asqad Muxtor . Chodirxayol. 3-nashr Toshkent “O‘zbekiston”. 2021B-191
20 — Otasining yoniga borsin!
Qulahmat,   bu   suron   oyoqdan   yiqitadiganday,   quloqlarinn   ikki   qo‘llab
bekitib,   baqiriq-chaqiriqlar   ostida   qoqila-suqila   zaldan   chiqib   ketdi.   Uni   ovozga
qo‘yish,   qo‘l   ko‘tarish   yo‘li   bilan   emas,   quvib   haydab   soldilar.   Uni   komsomol
safidan   emas,   hayotdan   haydab   chiqardilar.   “Otasining   oldiga   borsin!”   Qayoqqa
boradi, otasi qamalganiga ikki yil bo‘ldi, otildimi, surgun qilindimi — darak yo‘q.
Qayoqqa   boradi”. 14
  Asar   davomida   Qulahmad   atrofidagi   odamlardan,   sevgani
insoni   Murshidadan   hamda   o’zining   kelajagidan   ayriladi.   Manashularning   bariga
Mirkomilning   qilgan   ishlari-yu   jamiyatdagi   “sof   g’oyaviylik”   sabab   bo’ldi.
Qulahmad   esa   bular   uchun   Mirkomildan   o’ch   olish   uchun   uning   begunoh   otasi
kimyo o’qituvchisiga to’hmat  xati yozadi. 
“O‘sha   ximiya   muallimi,   muloyimgina   ziyoli   odam,   Mirkomilning   dadasi
edi. Qasos  jazavasida  qolgan Qulahmat  «hapsanimi!» deb tishini  tishiga bosdi-da
yotog‘iga   bekinib,   qo‘liga   qog‘oz-qalam   oldi.   Xalq   dushmanining   haykalini
ro‘parasiga   qo‘yib   sovet   yoshlariga   «dars»   beradigan   gazanda   ozodlikda
yurarmidi!   Tez   orada   Qulahmatning   qora   kuni   Mirkomilning   boshiga   tushdi.
Majlislar esa davom etardi. O’qishlar-chi? O’qishlar muhim emas, g‘oyaviy soflik
muhim. Bu - Mirkomilning o‘z iborasi.”
Qahromon bu ishi uchun pushaymonlik girdobi ostida qoladi. Odamlar bilan
suhbatlashishga   cho’chib   qoladi,   negaki   kim   bilan   ulfatlik   qilib   suhbatlashgan
chog’ida   yuragidagi,   anashu   “og’ir   tosh”ni   chiqarib   tashlash   uchun   o’tmishida
qilgan ishini aytardi. Shu sababli atrofdagi insonlarning nafratiga qolardi. 
Adib   ushbu   syujetni   yaratishda   va   badiiy   qahramon   ichki   kechinmalarini
yoritishda   badiiy   psixalagizmdan   foydalangan.   Inson     ruhiyatini     ochishda
san’atkor     mahoratining,     mas’uliyatining     o’rni   to’g’risida   A.Qahhor     shunday
yozgan   edi:   “Psixologizm   kishilarning     ichki   dunyosiga,     ularning     latif-zarif
tomonlari   va   go’zalligiga   yaxshi   e’tibor   qilish   to’g’risida   jiddiy   o’ylab   ko’rish
fursati   yetdi.   Bu   yozuvchilik   mahoratining   eng   muhim   jihatidir”. 15
  Qahramon
14
 Asqad Muxtor . Chodirxayol. 3-nashr Toshkent “O‘zbekiston”. 2021B-191
15
 Jabbor Eshonqul. Ruhiy tahlil metodi xususida. // O‘zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 1997, №2.- 42-47-betlar
21 hayoti   davomida   ko’rgan   kechirganlaridan   xulosa   chiqarib,   odamlardan
begonalashib         boradi.         Asrlar         mobaynida         yechimini         topmagan
masalalardan charchagan   paytlari   “o’ziga   qamalib   olgisi”   keladi.   Xuddi   shu
yerda   tasvirlanayotgan     barcha     voqea-hodisalar     ruhiylashadi     va     ruhiy     tahlil
foydasiga   ishlaydi.     Qahramon     ichki     dunyosi     ziddiyatlar,     tangliklar,     azob-
og’riqlardan   iborat   ruhiy   holatlar,   og’ir   kechinmalar   orqali   tasvirlanadi.   Asqad
Muxtorning o’ziga hos uslubining nomoyon bo’lishida qahramonni   oddiy   hayot
kechiradigan     inson      qilib      emas,      balki      insonning      sirli      ichki       dunyosini
yashirin   ravishda   insonning   ko’ngil   kechinmalarini   aniq   va   yorqin   aks   ettirishida
ham ko’rashimiz mumkin. 
Ijodkor nasriy asarlarida inson kosepsiyasining badiiy talqiniga jiddiy e'tibor
qaratishi bejiz emas. Har qanday asarda shaxs xarakter qirralari talqin etilar ekan,
uning zamirida makon va zamonda harakat etuvchi inson taqdiri yetakchilik qiladi.
Asqad   Muxtorning   “Insonga   qulluq   qiladurmen”   hikoyasida   tarixiy   shaxslar
qiyofasi,   ularning   ruhiy-ma'naviy   olami   juda   go'zal   talqin   etilgan.   Hikoyaning
o'ziga   xosligi,   aynan   tarixiy   voqealar   talqin   qilinmasada   ularning   tarixiy   davrga
mos ruhiy olami hamda ularning botiniy olami yoritilgan. Muallif asar boshidanoq
xronotop   talqini   boshlaganligiga   guvoh   bo’lamiz.   “Quyosh   subh   yoqasini   chok
etib,   ko'k   maydonida   jilva   ko'rguzgach   Sohibqiron   Qur`oni   Karimni   lahv   ustiga
qo'ydilar. Kun saraton burjida edi, shiddati beadad. O'rda sahnida davlatpanohning
oq chodirlari shukuhu as'asa ila charaqlab kunga yuz tutdi”. 16
 Mualif erta tongdagi
holatini   bayon  qilish  orqali   asarga  bo’lgan  qiziqishni  yanada   oshirishga  erishgan.
Bunday tasvir orqali     makon va zamonning hamohangligini kuzatamiz. Makonni
tasvirlash orqali tarixiy hayot chizgilarini yoki uzoq o'tmishni tasvirlash baraborida
inson   qiyofasini,   davrning   murakkab   ziddiyatli   muhitini   talqin   qilish   uchun   asos
qilib   olgan:   “Shu   mahal   xirgohning   ko’rinishxona   yo’lagida   soch-soqoli   o’siq,
darvishona xirqa ustidan kumush fo’ta bog‘lab, unga esa tug’ro bezagi taqqan bir
kimsa   paydo   bo’lib,   mangu   ko   zlarini   erdan   olmay,   shohona   ostonaga   qarab
16
 Asqad Muxtor. Insonga qulluq qiladurmen. 
22 o’taverdi.   Chodirning   davlatxona   qanotida   Sohibqironga   ko’rinish   bermoq   uchun
muntazir   o’ltirgan   kazoo-kazo   saltanat   ustunlari,   fuzaloyu   ulamo,   sipohsoloru   no
yonlar, xosu ra’iyatdan kelgan kalontaru kadxudolar -biri hayratda, biri g’azabda,
noiloj   qarab   qoldilar”.   Mualif   ushbu   tasvirni   ko’rsatish   orqali   Sohibqiron   hamda
uning   saroydagi   muhitni   yoritib   berdi.   Amir   Temurning   oddiy   darvesh   bilan
bunchalik   yaqin   suhbat   qilishi   va   unga   qilgan   ehtiromi   orqali   uning   oddiy
insonlarga bo’lgan munosabati, raiyatning tag’diriga bo’lgan qiziqishi ko‘rsatilgan.
Adib asar davomida Sohibquronni jangorov salohiyati yoki davlat boshqaruvidagi
mahorati emas shunchaki isoniy fazilatlarini yoritishga etibor qaratadi.
Sanjar   Sodiqov   shunday   yozadi:   “Asqad   Muxtor   bilimdon   va   chuqur
o’ylaydigan   yozuvchi   edi.   Shuning   uchun   u   o’z   asarlarida   umuminsoniy
qadriyatlarni   e’zozlashga,   ya’ni   mafkura   qoliplarini   jinday   bo’lsa-da   yorib
chiqishga   uringan”.   Haqiqatdan   ham,   ijodkorning   har   bir   asarida   umuminsoniy
fazilatlar hamda insoniylik qadriyatlari qadrlanadi.
Xullas, Asqad Muxtor davr, zamon va shaxs tushunchalarini o‘z atrof olami
bilan   belgilaydi.   “Taqdir   kimning   qo‘lida”   hikoyasida   talabaning   sho‘ro   tuzumi
ta’sirida   o‘zgarib   ketgan   holatini   ifodalagan   bo‘lsa,   “Insonga   qulluq   qiladurman”
hikoyasida   o‘z   zamonasidan   tashqarida   tarix   qatlamlaridan   joy   olgan   vaqt   bilan
belgilaydi. Makonni tasvirlash orqali tarixiy hayot chizgilarini yoki uzoq o‘tmishni
tasvirlash   baraborida   inson   qiyofasini,   davrning   murakkab   ziddiyatli   muhitini
talqin qilish uchun asos qilib oladi.
I BOBDAN CHIQARILGAN XULOSALAR:
1. Asqad   Muxtor   mahoratli   shoir   bo‘lish   barobarida,   mahoratli   nosir   hamdir.
Uning hikoyalarida insonning chigal taqdiri, ruhiy tovlanishlar asosida ifoda
etib   beriladi.   Ayniqsa,   ijodkorga   hikmatli   so‘zlar,   xalq   iboralari   hamda
maqollari qo‘l keladi.
23 2. Adib   tomonidan   “ Pesning   chekiga   moxov   tushsa,   shunday   bo’ladi”,
“Oqboshdan   o’tin   bo’lmas,   o’ynashdan   –   xotin”,   “Yaqin   olib,   o’zini   aka,
echkisini   taka   deb…”,   “Qarzni   olish   ham,   berish   ham   …gunoh   emas ”
foydalanilgan maqollar obrazning ruhiy olamini yoritishga xizmat qiladi.
3. Asqad   Muxtor   hikoyalarida   zamon,   shaxs   va   hayot   tushunchalarini
kengaytiradi.   U   goh   o‘z   atrof   olamidagi   insonlar   taqdiridan   hikoya   qilsa,
gohida   tarixga   murojaat   etib,   tarixiy   shaxslarning   ruhiy   kechinmalarini
ifodalashga muvaffaq bo‘ladi. Natijada adib hikoyalaridagi davr tushunchasi
keng   qamrovga   ega   bo‘ladi.   Yozuvchi   bir   talaba   taqdiri   asosida   sho‘ro
davridagi   nohaqliklarni   ko‘rsata   olgan   bo‘lsa,   Amir   Temur   ruhiyati   orqali
XIV asr voqeligiga e’tibor qaratdi. Hayot talqini esa mana shu obrazlarning
ruhiy kechinmalari orqali berib boriladi.
24 II   BOB.   ASQAD     MUHTOR   HIKOYALARINING
KOMPAZITSIYASI
2.1 Hikoyalarida portret va peyzajning ahamiyati.  Ijodkor qalbi va shuuri
ila   badiiy   asar   bar   hayot   yashaydi,   baxtu   saodati   yoxud   foje   holatini   o’quvchiga
tuyishga,   yetkazib   beradi.   Ijodkor   bilan   muloqotga   kirishgan   kitobxon   uning
dardini   nozik   hisslarin   anglashga   erishadi,   bu   holat   asarni   o‘qish,   o‘zlashtirish
asnosida sodir bo‘ladi. Ijodkorning teran fikr, inja tuyg‘u, oliy maslagi kitobxonga
yetkazib   berish   asnosida   mualif   tomonidan   kuchli   mahorat   va   yuqori   darajadagi
saviya   talab   etiladi.   Muallif   ana   shunday   mahoratini   asarga   tanlagan   mavzu   va
g’oyasida,   tanlagan   til   hussiyatida   va   eng   asosiysi   asar   syujeti,   kompozitsiyasida
nomoyon qiladi. Adib tomonidan asarga yaratgan kompazitsiyasida asarning qadr
qimmati   va   uning   badiiyligini   ko’rsatuvchi   belgilarga   alohida   etibor   qaratadi.
Adabiyotshunos   H.Umurov   o’z   asarlarida   bejizga   quydagilarni   fikrlarni   kiritgan
emas; “...kompozitsiya - badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo'ysundiruvchi
kuch.   Uning   vazifasi   biron-bir   narsaning   chetga   chiqib   ketishiga   yo'l   qo'ymaslik,
ayni   chog'da,   uning   bir   butunlikka   birikishini   nazorat   qilishdir...   Uning   maqsadi
barcha   bo'laklar   (parchalar)ni   shunday   joylashtirishki,   ular   alal-oqibat   asar
g'oyasini   to'liq   ifodalashga   qodir   bo'lsinlar”. 17
  Bu   fikrlardan   ko‘rinadiki,   asar
g'oyasini   ochishga   xizmat   qilmaydigan   bironta   obraz,   bironta   ko'rinish,   bironta
xatti-harakat, bironta so'z bo'lmasligini  badiiy kompozitsiya nazorat qiladi  va shu
xislati   bilan   go'zallikda   yagona   olamni   -   badiiy   asarni   yuzaga   kelishiga   sababkor
bo'ladi.
Asqad   Muxtor   asarlariga   nazar   tashlar   ekanmiz,   unda   asar   kompazitsiyasi
mohirlik   bilan   tashkil   etilganligiga   guvoh   bo’lamiz.   Mualif   asarlariga   qo’yilgan
sarlavhalardan   ham   ko’rishimiz   mumkin   ular   mohirlik   tanlangan   va   o’ziga
yuklatilgan   vazifasini   to’la   qonli   o’tay   olgan.   Muallif   ijodining   so’nggi   yillarida
yozilgan   asari   “Tundaliklar”   asari   nomlanish   jihatdan   ham   hech   adabiyotda
uchramagan hodisa edi. 
17
 Umurov H. Adabiyot nazariyasi.  Toshkent, “Sharq”NMK-2002. B-252.
25   Mualif   asarining   o’zida   ham   asar   nomlanishi   haqida   to’xtalib   o’tadi;
“Keyingi   vaątda   keksalik,   xastalik   sabab,   juda   kam   uyqu   bo‘lib   qoldim.   Uyqu
qochganda   bosh-keti   yo`q,   uzuq-yuluq   o’y-xayol   qalashib   kelaverarkan.   Shunda
tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo`yadigan bo’ldim.
“Daftarimni   tundalik”   deb   atadim.   Bu   “janr”ning   kundalikdan   farqi   shuki,
unda   xronologik   tartibdagi   voqealar   bo’lmaydi.   Bu   gaplar,   biri   bog‘dan,   biri
tog‘dan   bo‘lsa   ham,   kimnidir   fikri   yo   sa’y-harakatiga   turtki   bo‘lishi   mumkin.
Qolaversa,   ular   muallifning   ruhiy   holatidan   darak,   zero   biz   hammamiz   ma’naviy
olamga   hamisha   qandaydir   bi   tarzda   ulush   qo’shib   yashaymiz ”.   Darvoqe,
“Tundaliklar”   nomini   eshitganingizdanoq,   sizda   qiziqish   uyg`onadi,   uning
mazmuni   bilan  tanishishga   oshiqasiz.  Asqad   Muxtorning  ikki   daftardan  iborat   bu
so’nggi asari – umri yakunidagi Yozuvchining sir-asroridan, uning Odam va Olam
haqidagi   kashflaridan   xabar   beradi,   kitobxonni   o’yga   toldiradi,   harakatga
shoshiltiradi, hayratga ko’madi. Eng asosiysi nom asardagi bosh g’oyani, demakki,
bosh   mazmunni   ifodalay   oldi,   ya’ni   A.Muxtor   kasalligiga,   og’ir   kasalligiga
qaramay,   tunggi   bedorlik   paytlarida   ham   yaratish   bilan   band   bo’ldi,   o’z   aql-
zakovati   bilan   ko’pni   hayajonlantira   oladigan   insoniy   dardlarni,   mushohadalarni,
yangi   izlanishlarga   asos   bo’la   oladigan   ilmiy   va   badiiy   asoslarni   kashf   etdi.
Haqiqiy   ijodkor   inson   qiynalib   so’zlasa-da,   qiynalib   yozsa-da,   shunday   holatda
ham   ko’p   uchun   qayg’uradigan,   ko’pning   dilidagini   aytadigan,   ko’p   uchun
yashaydigan,  ijod  qiladigan  Odam   bo’lish  kerakligini  isbot  qildi. Tiriklikning  har
bir   daqiqasi   o’zlikni,   demakki,   Allohni   bilishga   sarflanishi   lozimligini   ko’rsatdi.
Shu   yo’l   bilan   eng   ohirgi   daqiqalarda   ham   ikkinchi   umrining   mazmunini   (“ljod
o’limni   o‘ldirmoqdir)   yanada   boyitdi,   uning   boqiyligini   ta’minladi
“Tundaliklar”da:   “Shamol   shamni   o`chiradi.   Shunga   o’xshab,   ayriliq   ham
shunchaki   xushtorlikni   sovutishi   mumkin,   chin   muhabbat   esa   o‘t   oldiradi” 18
–
degan haqiqat ham  yozilgan. Asqad Muxtorga, uning ijodiga xalqimiz muhabbati
ortib boraverishi, shubhasizdir!
18
 Asqad Muxtor. Tanlangan asarlar. Toshkent. “Assaxiy’’.2021
26 Muallif tanlagan sarlavha orqali asarda yoritilayotgan mavzu, ifodalamoqchi
bo’lgan   tushunchalarni   o’quvchiga   yetkazib   beradi   va   natijada   adib   va   kitobxon
o’rtasida   yaqinlik   va   jonli   muloqot   shakllanadi.   Sarlavha   ilk   taassurot,   muallif
hamda   o’quvchi   o’rtasidagi   ruhiy   muloqot   jarayoning   boshlanish   nuqtasidir.
Kitobxon tomonidan adib borlig’i iste’dodi, ijodiy niyatini baholash jarayoni ayni
shu nuqtadan boshlanadi 
“Sarlavha   asar   predmeti   topilishda   muhim   ochqich,   kalit.   U   asar   turi   va
aniqlanadigan   struktura   bilan   uzviy   bog’liq”.   Adibning   qator   hikoyalariga
tanlangan   sarlavha   nomlariga   ham   nazar   tashlasak,   uning   qay   daraja   mukammal
tanlanganligiga   guvoh   bo’lamiz.   “Qodiriyni   ko’rganman-u”,   “Men   hayotni
o’rganaman”   ,   “   Kechiring   meni   odamlar”   kabi   hikoyalaridagi   sarlavhalarga
murojat   qilsak,   bu   yerda   hikoya   tarkibidagi   qahramonlar   tilidan   aytilgan   ma’lum
bir jumlalar   asarga sarlavha qilib olganligiga guvoh bo’lamiz. Bularning barchasi
asarning kulminatsiyon nuqtasidagi asar qahramonining yuqori pafos bilan aytilgan
nutqidandir.
“Kechiring   meni   odamlar”   hikoyasida   Xatcha   xolaning   insonlarga   bo’lgan
gumoni  orqali  yolg’izlanib qolganligi  aks ettirib, qahramon  tilidan bundan  qilgan
afsuslarini   muallif   yoritib   beradi:   “Tashlab   ketmang   odamlar,   kechiring   meni...
Men   sizlarni   oson   topgan   edim,   balkim   shunga   qadringizga   yetmadim.   Mayli
boshqa jazo bilan qiynang, lekin yolg’uz qo’ymanglar bolalarim...” 19
Asqad Muxtor o‘z hikoyalariga asarning mohiyatini ochivchi detal nomlarini
ham   alohida   sarlavha   sifatida   keltiradi:   “Atir”,   ”Ko’k   tosh”,   “Etik”,   “Taft”,
“Arvoh”     kabilar   shular   sirasiga   kiradi.   So‘z   orqali   inson   icki   olamini,
psixalogiyasini   yoritib   berish   murakkab   jarayondir.   Ijodkorlardan   esa   aynan   shu
murakkab jarayonni maromiga yetkazib o‘quvchiga yetkazish talab qilinadi. Asqad
Muxtor   o‘z     asarlarida   so‘z   gavharlarini   o‘ynatib,   inson   ichki   olami,   ruhiyati,
psixalogiyasini   maromiga   yetkazib   ochib   berar   ekan,   asarlarida   har   bir   jumla   va
so‘zlar   ma’lum   bir   vazifa   bajaradi.   Asarlarida   qo’llangan   sarlavha   hamda
19
 Quronov D, Mamajonova Z, Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug’ati.Toshkent. “Akademnashr” -2013
27 epigraflarga ham  ma’lum bir  darajada katta vazifa   yuklatilgandir. Asqad Muxtor
ijtimoiy   hayotni   o’z   asarlarida   badiiy   tasvirlar   bilan   ko’rsatib   o’tar   ekan,   asar
yuzasidan   ilk   tushunchani   asar   sarlavhasi   bilan   birgalikda   epigraflarda   ochib
beradi. 
Epigraf   asarda   berilayotgan   ma’lum   g’oyani   yoki   bo’lmasa   xulosaga   yo’l
ko’rsatib,   asardan   anglanayotgan   tushunchani   yoritish   uchun   asar   sarlavhasidan
so’ng   qo’llanadi.   “Epigraf   adabiy   sarlavhasidan   so’ng   yoki   uning   qismi   yohud
bobning   boshlanishida   yozib   qo’yiladigan   ko’chirma,   ibora,   maqol,   matal   xalq
qo’shig’idagi   parcha   va   boshqalar” 20
.   Asarga   qo’llangan   epigraf   asar   sarlafhasiga
yaqin vazifani o’taydi. Epigraf ham sarlavha kabi ma’lum bir nuqtalarda g’oyaviy
emotsiya baxsh etishi hamda asarning mavzu va g’oyasini anglab yetishga yordam
beradi.
Asqad   Muxtorning   ijodida   ham   bir   qancha   epigraflarni   ko’rishimiz
mumkin. 21
  ijodkorning “Xonimoyimning tug’ulgan kunlari” hikoyasida qalbi orzu
va intilishlrga to’la bo’lgan, maqsadi yo’lida barcha qiyinchiliklarga dosh berishga
tayyor   yosh   qahramon   Mirzaning   hayot   rejalari   va   orzularining   chil   parchin
bo’lganligi   hikoya   sujeti   davomida   yoritib   boriladi.   Asarga   esa   mashhur   fransuz
yozuvchisi   Lafontenning   “Qanotingni   kim   sindirdi,   palopon?”   jumlasini   epigraf
qilib   keltirish   orqali   mualif   bosh   qahramon   Mirzaga   murojat   qilgan   dek   tuyiladi.
Hamda   ushbu   jumla   orqali   yozuvchi   hikoyaning   g‘oyaviy   yo’nalishini   belgiab
beradi.
Yosh   qahramon   8-sinfligidanoq   Palitexnika   universitetining   gealogiya
fakultetiga   o’qishga   kirib   geoliglar   safida   sayohat   qilish   edi.   Bu   uning   uchun
“turmushning   har   qanday   ikir   chikirlaridan   yuksak,   har   qancha   o’qib,   butun
hayotni   bag’ishlasa   arziydiga   orzu   edi”.   Narimanov   boshchiligidagi   gealogik
ekspeditsiyaga   qo‘shiladi   hamada   bir   so‘z   bilan   aytganda   Narimanovning
‘mirza’siga   aylanadi.   Mirzaga   shunday   bir   “buyuk   ish”     yuklatiladiki,   shuning
20
 Quronov.D, Mamajonova.Z,Sheraliyeva M.Adabiyotshunoslik lug‘ati.Toshkent.Akademnashr 2013.
21
 Shoir va olim Xurshid Davron sayti. “Kechiring meni odamlar” hikoyasi
28 ortidan   bir   oyog‘idan   ham   ajralib   qoladi.   Afsuski,   asar   so’ngida   Mirzaga
yuklatilgan   vazifa   rahbar   Qodirovning   rafiqasining   tug‘ulgan   kuniga   tabrik   xati
edi. Shu birgina   arzimagan maktub deb butun bir hayotini xatarga qo‘ygan hamda
o‘zining vazifalarini to‘g‘ri anglab yetmagan Narimov deya butun bir orzularidan
voz kechadi.  
Mualif   quydagi   jumlalarni   asarga   epigraf   sifatita   talar   ekan   u   orqali
qahramonning butun bir ruuhiy olami, uning kechmishlarini yortib berishga erisha
oladi.   Endigina   orzulari   ortidan   uchushga   shaylangan   “polopon”ning   qanotlari
sindirilganligi birgina mana shu jumlalar bilan ochib beriladi.
Mualif asarlariga epigraf tanlar ekan,  ularning barchasi asarning tarkibidagi
ma’lum   bir   g’oyani   yokida   tushunchaga   yo’l   ko’rsatayotganliga   guvoh   bo’lamiz.
Ijodkorda   shunday   asarlarni   ham   uchratishimiz   mumkinki   ularga   bir   emas   uchta
epigraf   qo’llangandir.   Aynan   “Fano   va   baqo”   hikoyasida   diniy   tushunchalarga
yo’g’irilgan Mashrabning “Bo’lmasa vasli mango, ikki jahonni na qilay”, mashhur
amerikalik   yozuvchi   Edgar   Poning   insoniyat   qismatini   anglatishga   qaratilgan
“Yozganlarim   bari     hayot   va   o‘lim   haqida”   hikmatli   jumlasini,   hamda   muqaddas
Quroni   Karimdan   “Ollohning   va’dasi   haq.   Dunyoyi   dun   sizni   hargiz   aldab
qo’ymasin”   kabi   oyatlarni   epigraf   sifatida   tanlaganligi   ham   bejizga   emas.   Asar
chuqur   psixalogik   kayfiyat,   ruhiy   ziddiyatlarga   asoslangan   sujet   tizmasiga
qurilganligi bilan boshqa hikoyalardan farqlanadi. Hikoyada an’anaviy qolib bo’lib
qolgan ijobiy hamda unga qarama-qarshi  salbiy qahramon obrizlari ruhiyati emas
aksincha har ikkalasi ham gunohkor bandalar obrizlari ruhiyati tasvirlanadi.
Asar   qahramonlari   ikki   dunyo   oralig’ida   qolib,   tiriklar   dunyosiga   qaytib
kelishadi.   Ular   boshlaridan   juda   sinovli   vaziyatlarni   kechirgan   bo‘lishsalarda,
o‘tkinchi   dunyoning   yolg‘on   ishlariga   ,   “dunyoyi   duniga”   aldanib   bir-birini
o‘ldirish   uchun  nayranglar   o’ylab   topishadi   hamda  ikki   bor   o‘lim   yoqasidan   tirik
qaytishadilar. Asqad Muxtor ushbu asarda hayot va uning jirkanch taraflari, o‘lim
29 dahshati   oldida   gunohlarini   to‘kib   solib   poklanishga   harakat   qilgan   ikki   notovon
kimsaning qilmishlari haqida zaharxandalik bilan tasvirlab beradi.
Asarda   epigrafdan   tashqari   asarning   ichki   mohiyatini   ochish   vazifasi
yuklatilgan xalq maqollari, ibora, mumtoz Sharq adabiyotining hikmatlaridan ham
juda   o’rinli   foydalanganligini   ko’rishimiz   mumkin.   Jumladan,   “Dunyo   yig’ib
netarsan –bir kun tashlab ketarsan” “jon bor joyda qazo bor , “hayosizga har kun
hayit”,   “shoshgan   ishga   shayton   oralaydi”   kabi   maqol   va   iboralarni   keltirishimiz
mumkin . 
Asard badiiy qahramonlari Ochil hamda Xolxo’janing omonat dunyo ya’niy
fano   bilan   abadiy   dunyo-   baqo     oralig‘ida   turishar   ekan,   barcha   chirkin   ishlariga
iqror bo’lishadi. Olloh oldida qilmaishlari uchun istig’for aytishadi. Zilzila tufayli
qamalib qolgan ikki qahramon o‘limlarini   bo’ynilariga olishib   barcha “sirlar”ini
bir-birlariga   fosh   qilishadi.   Bir   so‘z   bilan   aytadigan   bo‘lsak,   hikoya   orqali
insonning bu yolg‘onchi dunyoga aldanib qolmaslikka adib chorlaydi.
Insonga   berilgan   umr   uni   qancha   yil   davomida   yashash   bilan   emas,
aksincha, insondan qolgan yaxshi amal va yaxshi nom bilan bog’liq ekanligi Asqad
Muxtorning   “To‘qqizinchi   palata”   hikoyasida   ochib   berilgan.   Asarga   “Nafing
qancha   bo’lsa   umiring   shunchadir”   jumlasini   epigraf   qilib   olar   ekan,   shu   orqali
asar qahramonlarining hayotdagi yashagan umrining qanchalik insonlarga foydasi
tekkanligini ochib berishga qaratilgandir.
Inson   va   ona   tabiat   azaldan   bir   biridan   ajralmas   yaxlit   bir   bo’lakdir.   Bu
masala   badiiy   o’zbek   adabiyotda   ham   o‘z   ifodasini   topgan   hodisadir.   Peyzaj
adabiy         asarda         yaratiluvchi   voqelikning   muhim,   ajralmas   qismidir,   voqealar
kechuvchi   ochiq   makon   tasviri   bo’lib   hizmat   ko’rsatadi.   Peyzaj   tasviri   badiiy
adabiyotda   uch  xil   vazifada:   asarning   estetik   quvvatini   oshirish,   voqealar   rivojini
tezlatish   yoki   sekinlashtirish   hamda   qahramonlar   ichki   xarakterini       ochib
berishda   qo’llaniladi.     Ya’ni   ijodkor   badiiy   asarda   tabiat   tasviridan   foydalanish
orqali   inson   ruhiyatini,   xarakterini,   uning   his-tuyg’ulari,   ichki   kechinmalarini
30 ochib   berishga   intiladi.   Shu   bilan   birga,   unda   badiiy   asrdagi   peyzaj   orqali
insonning   tabiyatgan   bo’lgan   munosabati,   estetik   dunyosi   tasviri   ham   yoritiladi.
Asqad Muxtor ijodida tabiat tasviri alohida o’ringa ega bo’lib, hikoyalarida inson
va   tabiat   o’rtasidagi   bog’liqlik   o’z   aksini   topgan.   Muallif   asarlarida   tabiat   tasviri
zamon, makon va ruhiyatni ochib beruvchi vositagaina bo’lib qolmasdan, asarning
asosiy   g’oyalarni   ochishga   ham   hizmat   qiladi.   Ma’lumki,   badiiy   asarda   tabiat
tasviridan   ikki   xil   usulda   foydalaniladi.   Bular:   qahramon   ruhiyatini   tabiat   bilan
parallel   hamda   kontrast   holda   tasvirlashdir.   Bunda   muallif   tabiat   tasviri   orqali
asosiy   g’oyaviy   yo’nalishni   ochib   beradi.   Jumladan,   adibning   “Qora   domla”
hikoyasida   insonlarni   tabiatga   bo’lgan   sevgisi   hamda   unga   oshiqlik   Qora   domla
obrizi   orqali   yoritilgan.     Domla   obrizini   faqatgini   tabiatni   sevuvchi   qilib   emas,
maktab   bolalariga   tabiat,   atrofning   go’zalligi   uning   g’aroyibotlaridan   zavqlanish
kabi hislarni uyg‘ota oluvchi inson sifatida ham gavdalantirilgan. 
“Ayniqsa,   bahor,   erta   kuz   kunlari   domla   bizni   zax   sinf   hujralarida   olib
o‘tirmay,   tabiat   qo‘yniga   boshlab   chiqar,   toshloq   yo‘llar   oralab   Shovvasoyning
yuqori   oqimiga   qarab   turna   qator   bo‘lib   yurardik.   Bu   yerda   domla   yaxshi
ko‘radigan   ajoyib   joylar   bor:   toshlar   orasidan   o‘sib   chiqqan   na’matak   butalari,
quyoshda   qizib   yotgan   supaday-supaday   xarsanglar.   Shovvasoy   esa   o‘z   nomiga
yarashiq   —   shovvalari   ko‘p,   suv   uchquniga   boqqanda   nuqtasini   topib   tursangiz
naykamalak ranglarining tovlanganini tomosha qilasiz. Bu yerlarni domla ham, biz
ham   tushlarimizda   ko‘rardik.   Sayohat   payti   goho   to‘xtab,   silliq   soy   toshlariga
o‘tirib,   domlaning   tabiat   haqida,   Shovvasoyning   boshlangan   joylaridagi   sovuq
chashmalar,   suvning   necha   ming   yillik   mehnati   tufayli   paydo   bo‘lgan   ko‘m-ko‘k
va   zahkash   daralar,   chaqir   xarsanglar   yumalab,   tarashlanib   mana   bu   silliq   soy
toshlarining   paydo   bo‘lishi   haqidagi   hikoyalari   ruhimizda   tabiatning   salqin   soy
havosining shavqi bilan qorishib ketganidanmi, hamma narsani unutib quloq solar
edik.   Bularning   ko‘pini   o‘zimiz   ham   taxminan   bilardik   albatta,   lekin   domlaning
gapirishlari   bo‘lakcha,   u   kishi   go‘yo   shularning   barini   bir   umr   unutmanglar,   deb
uqtirayotganday,   o‘z   muhabbatini   ham   qo‘shib   dilidan   so‘zlardi.   Nazarimda,
31 hammadan   ham   bizning   og‘iz   ochib   quloq   solganimizdan   xursand,   shundan
rag‘batlanar, unga sari toshib gapirar edi.” 22
Yuqoridagi   parchadan   ham   ko’rinib   turibdiki,   muallifning   tabiat   tasvirini
bola   tilidan   ortiqcha   bo’yoqlarsiz   bor   tarovatini   ochib   bera   olgan   darajada   bayon
qilingan.   “Suvning   toshga   urilishi”,   “Soyning   shildirashi”,   “quyosh   nurining
suvdagi   jilvasi”   kabi   tabiatni   ko’rinishini   tasvirlar   ekan   beihtiyor   kitobxon
manashunday tabiat qo’ynida o’zini tasavvur etadi. 
Ijodkorning ush bu hikoyasidagi ma’lum bir tabiat va inson xarakteridagi bir
biriga o’xshashlik nuqtalari chizilganligiga ham guvoh bo’lamiz. “Qishloq nohiya
markaziga   aylanganidan   beri,   ayniqsa   Quyikapa   hisobiga   yana   ham   yoyilib,
ajabtovur kent bo‘lib qoldi. Yeri toshloq, har bahor soy toshib, sel kelib bezor qilsa
ham,   xalq   mana   shu   sohilga   naq   yopishib   olganday,   aholi   ko‘payaveradi:   suv
serob, bog‘-rog‘ tutash...
Bolokapa bo‘lsa yersiz, siqiq joy, tog‘-tosh orasida rivojlanmay qolib ketdi.
“Soyning toshqinlari va xalqning xarakteri orasida ruhiy o’xshashlik ko’rsatilgan.
Har   ikkalasida   ham   o’jarlik   va   trishqoqlik   kabi   fazilatlar   ko’rsatib   o’tilgan.   Asar
davomida   inson   va   tabiat   orasidagi   yaqinlikni   ko’rsatib   o’tar   ekan,   insonni   tabiat
mo’jizalarida zavqlanishi, undan ilhom olishi kabi o’rinlarni kiritib o’tadi. “...faqat
narigi   tikka   qirg‘oq,   undagi   qaldirg‘och   uyalari,   oldimizda   esa   yoyiq   oqqan   soy:
uning   shovqini   bu   joyda   ancha   bosiq,   shuning   uchun   jon   orom   oladi.   Undan
tashqari,   domlaning   aytishicha,   narigi   sohildagi   jarlikda   xarsanglar   ostidan   otilib
chiqqan   muzdek   buloq   jimirlab   yotibdi   ekan”.   Bunday   chizgilardan   badiiy
qahramonlarni   zavqlantirib   tasvirlay   olgan   adibning   o’zi   tabiatning   biz   anglay
olmagan turli xil chizgilaridan mo’jizani anglay olishi tabiiy holdir. 
  Asqad   Muxtorning   yana   bir   hikoyasida   hikoyaning   boshlanishidan   peyzaj
tasvirini   ko’rishimiz   mumkin.   “Insonga   qulluq   qiladurmen”   hikoyasining
22
 Shoir va Xurshid Davron sayti .”Kechiring meni odamlar “ hikoyasi.
32 boshlanish   nuqtasidan   Amir   Temur   va   uning   saroy   muhitini   yoritish   mobaynida
tabiat   tasviridanjuda   unumli   foydalanganligiga   guvoh   bo’lamiz.   “Quyosh   subh
yoqasini chok etib, ko‘k maydonida jilva ko‘rguzgach, Sohibqiron Qur’oni karimni
lavh   ustiga   qo‘ydilar.   Kun   saraton   burjida   edi,   shiddati   beadad.   O’rda   sahnida
davlatpanohning oq chodirlari shukuhu as’asa ila charaqlab kunga yuz tutdi.”
Adib   tabiat   tasviri   orqali   o’z   badiiy   mahoratini   nomoyon   qiluvchi   muhim
omil ekanliginini ko’rsatibo’tadi. Hikoyaning boshlanish qismida faqatgina peyzaj
tasviri   berilubgina   qolmasdan   ,   vaqt   xronotopiga   ham   alohida   etibor   qaratilga   .
Buning eng asosiy sabablaridan biri tahlil qilayotgan hikoyamizning tarixiy mavzu
bayon   qiljnyotganligi   bilan   bog’liqdir.   Asarda   Sohibqiron   va   quyoshning
subhidamdan saraton burjida qizigan holda chiqib kelishi go’yoki Amir Temurning
saltanat   boshqaruviga   bir   quyosh   singari   kelganligi   kabi   o’xshashlikni   ko’rsatib
beradi. 
Adib   asari   davomida   tabiat   tasvirini   ko’rsatib   o’tar   ekan   bu   orqali   ijodkor
o’zining badiiy mahorati nomoyon etuvchi muhim omillardan ekanligini anglagan
holda badiiy nutqidagi parchada inja so’zlardan foydalanganligiga guvoh bo’lamiz.
Chunki   peyzaj   tasvirida   adibning   ona   tabiatga   bo’lgan   munosabati   hamda   so’z
qo’llash mahorati kabilarni o’zida nomoyon qiladi. Shu bilan birga tabiat tasvirida
ijodkorning     muhitga   bo’lgan   munosabati   va   tasvirlash   mahoratidagi   ijtimoiy
falsafiy qarashlarini nomoyon qiladi. 
Adibning   yana   bir   hikoyasiga   nazar   tashlasak   unda   insonlarning   tabiat
bergan nematlarning yo’qolib ketmasligiga va ularni ehtiyotlash kerakligiga da’vat
qilayotganligiga guvoh bo’lamiz.  “Jinni” deb nomlangan hikoya qahramoni Halim
domla   obrizi   barchaga   ma’lum   bo’lgan   narsalarning   nomini   daftar   daftar   qilib
yozib     borayotganligi   kishilar   ko’ziga   jinnining   ishidek   tuyiladi.   Mualif   bunday
tasviriy holatlarni ko’rsatar ekan ushbu jarayon bilan odamlarga tabiat inom etgan
har   bir   narsani   qadriga   yetish   va   buni   o’z   vaqtida   anglashga   chaqiradi.   Buning
isboti sifati yo’qolib borayotgan Orol dengizning qachonlardir insonlarni hayratga
33 solgan   go’zalligini   o’zining   “Qoraqalpoq   qissasi”   asarida   yoritganligi   va   hozirgi
kun   Qoraqalpoq   kishilarining   dengizning   bunday   g’aroyibotlari   borligini
bilshmasliklarini aytib o’tadi.
“...mana «Qoraqalpoq qissasi» degan kitobing bor-a?
– Ha.
– O’shani yozganingga necha yil bo‘ldi?
– 25-30 yil bo‘lgandir.
– Ana!   Unda   sen   Mo‘ynoq   ko‘chalarida   turib   dengiz,   to‘lqinlari,
chag‘alay   galalari,   teploxod   gudoklari   ha-qida   gapirasan.   Qo‘ng‘irotdan
boshlangan   qamishzorlar,   tutash   ko‘llar,   jing‘il   chakalaklari,   to‘qaylardan
o‘tadigan kecha yo‘llari haqida yozasan. Shu kunda Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq bolalari
yuz   kilometr   narida   dengiz,   hatto   dengiz   ham   emas,   sho‘r   botqoqlar   borligini
eshitibgina   biladilar!   Qissangni   o‘qib   hayron   bo‘ladilar.   Ba’zan   arzimagan   bir
narsaning   ta’rifi   butun   bir   tarixiy-madaniy   qatlamni   qayta   ochish   uchun   kalit
bo‘lishi   mumkin.   Magnit   lentasi,   mikroteka,   kompyuter   davri   ke-layapti.   Bola
«pero»   nima   deb   so‘raydi.   G’oz   pati   bilan   dohiyona   kitoblar   bitilgan   zamonlar
uning uchun ertak.”
Adib   ushbu   jumlalar   bilan   yo’qolib   ketayotgan   tabiatni   saqlash   va   uni
kelajak avlodga yetkazib berish qay daraja muhim ekanligini takidlaydi.
Badiiylik   san’atni   vujudga   keltiruvchi   omildir,   u   san   ‘at   turlarining
barchasini   shakllantiradi   va   jonlantiradi.     Oddiylikni   yuzaga   keltiruvchi,
jonlantiruvchi   vosta   esa     badiiy   obr a zdir.   Badiiy   obrazning   yaratilishida   hamda
maromiga yetkazib tasvirlanishida muallifning o`rni, ya’ni uning bilim va saviyasi,
ijodkorligi, so`z boyligi muhim omillardan hisoblanadi
34 Adabiyotshunoslikda “badiiy obraz” atamasi ham keng, ham tor ma’nolarda
shlatiladi. Keng ma`noda “badiiy obraz” deganda, borliqning san’atkor ko`zi bilan
ko’rilgan   va   ijodiy   qayta   ishlangan   har   qanday   aksi   jonivorlar,   narsa-buyumlar,
hodisalar, tabiat obrazlari nazarda tutilsa, tor ma’noda badiiy asardagi inson obrazi
tushuniladi.   Obrazga   bevosita   yozuvchining   o’zi   tomonidan   berilgan   ta’rif
“muallif xarakteristikasi “ deb yuritiladi. Muallif xarakteristikasida obrazning fe’l-
atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi. Muallif xarakteristikasi o’quvchida
personaj   haqida yaxlit   tasavvur   hosil  qilib,  uning keyingi   xatti-harakatlarini, gap-
so’zlarini anglashida muhim ahamiyat kasb etadi. Personajning so`z bilan chizilgan
tashqi   qiyofasi-   portret   ham   inson   obrazini   yaratishda   muhim   vosita   sanaladi.
Portret,   avvalo,   personajning_o’quvchi   ko’z   oldida   konkret   inson   sifatida
gavdalanishiga   ko’maklashadi.   Ikkinchi   tomondan,   badiiy   asarda   portret
xarakterologik   belgilarga   ega   bo’ladi.   Ya’ni   yozuvchi   personaj   siyratiga   xos
xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi . Badiiy asar haqida so’z borar ekan,
unda   qahramon   tasviri   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Chunki,   asarning   tushunarli,
shuningdek,   ta’sirli   bo’lishi   uchun   o’quvchi   ongida,   avvalo,   obraz   mantiqiy
jihatdan   shakllangan   bo’lishi   joiz.   Bu   jihatdan,   portret   tasviri   yozuvchi   o’z
maqsad-muddaosini yetkazishda yordamchi vazifasini o’taydi.
“Portret   (fr.   Portraire   –   tasvirlamoq)   personajning   so`z   vositasida
tasvirlangan   tashqi   ko’rinishi   (qiyofasi,   jussasi,   kiyimi,   yuz-ko`z   ifodalari,   tana
holati va harakatlari, qiliqlari), o’quvchi tasavvurida jonlanadigan to’laqonli inson
obrazini   yaratish   hamda   uning   xarakterini   ochish   ositalaridan   biri.   Portret   epik
asarning   kompozitsion   unsuri   bo’lmish   tavsifning   bir   ko’rinishidir”. 23
    Demak,
badiiy   asardagi   portret   tasviri   asarni   mukammal   bo’lishi   uchun   bir   vosita
hisoblanar ekan. Adibdan bu jaroyonni mukammal bajarashni talab etadi.
Adib ijodidagi hikoyalarning kompozitsiyon vositalarni tahlil qilar ekanmiz,
ijodkor   hikoyalaridagi   perzonajlarning   portret   tasvirida   ham   badiiy   asarni   yanada
qimmatli   qiluvchi   tasvirlarni   ko’ramiz.   Asqad   Muxtorning   “Chodirxayol”
23
 H..Umuruv .Adabiyot nazariyasi .”Sharq “NMK-2002.B-252.
35 hikoyasida   personajlarning   har   boriga   alohida   portret   chizganligiga   guvoh
bo’lamiz. Obrizlarning tasviri orqali konchilar hayotining og’irchiliklarini tasvirlab
beradi.   Asqad   Muxtorning   “Chodirxayol”   qissasida   inson   bardoshi,
mehnatkashlarning   og‘ir   sharoitdagi   kurashlari   chuqur   o‘rganilgan.     Hikoyadagi
voqelik,   qorong’u   g'orda   tasvirlanadi,   u   erda   bir   guruh   ishchilar,   jumladan
Uchinchi,   To'rtinchi   va   Yettinchi   nomi   bilan   atalgan   qahramonlar   qulab   tushgan
tuproq va vayronalar tufayli tiriklayin ko'milish xavfiga duch kelishadi.
Hikoyaning   boshlanish   syujetida   bir   guruh   konchilarning   og‘ir   sharoitlarda
tinimsiz mehnat qilishlari, ularning chidamliligi va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga
fidoyiliklarini   ta’kidlashlari   bilan   boshlanadi.     Zo'r   muhit   va   yaqinlashib
kelayotgan xavf keskin muhit yaratadi.    Bu taranglik zulmatga kichik bir yorug'lik
nuri   kirib   kelganida   kuchayadi,   bu   umid   va   qochish   imkoniyatini   anglatadi,   shu
bilan birga ularning ahvolining mo'rtligini ta'kidlaydi. 
Asarning muhim burilish nuqtasi g'or qulab tushganda, ishchilarni ichkarida
qolib   ketganliklarida     sodir   bo'ladi.     Ularning   ongida   dastlab   vahima   va   g’ordan
chiqish   yo'lini   topishga   bo'lgan     urinishlari   ularning   umidsizligi   va   omon   qolish
uchun   inson   instinktini   ta'kidlaydi.     Bu   qulash   ularning   mehnatining   og'irligi   va
ular   qarshi   chiqayotgan,   kelayotgan   yengib   bo'lmas   to'siqlarga   duch   kelgandagi
og’ir sharoitning  metaforasidir.
Hikoya,   shuningdek,   qahramonlar   o'rtasidagi   dinamikani   ko’rsatib   o’tadi,
ularning inqirozga bo'lgan turli reaktsiyalarini namoyish etadi.    Masalan, Yettinchi
tez-tez tashvish va savollarni ko'tarib, o'zining tashvish va ishonchga muhtojligini
aks   ettiradi.     Bu   qahramonning   xatti-harakati   amaliy   yechimlarga   e'tibor
qaratadigan   boshqalardan   farq   qiladi,   odamlar   stress   va   noaniqlik   bilan
kurashishning   turli   usullarini   ta'kidlaydi.   “Chodirxayol”   pirovardida   mashaqqatli
mehnatning   tinimsiz   va   ko‘pincha   minnatdorchiliksiz   tabiatini   aks   ettiradi,   shu
bilan birga unga chidaganlarning matonati va do‘stligini nishonlaydi.     Hikoyaning
yorqin   tasviri   va   hissiy   teranligi   insonning   ahvoli,   qiyinchiliklarga   qarshi   asar
matonat ruhini kuchli talqin etadi.
36 Asardagi   qahramonlarning   tashqi   ko’rinishlari   orqali   ularning   psixalogik
dunyosi yoritilgan. “Ishlayotganlarning biri eng ichkarida, orqa devordan tuproqni
metin bilan o‘yib berib turibdi. U o‘rta bo‘yli, qorachadan kelgan baquvvat odam,
har   zarbidan   rosa   yarim   zambil   tuproq   to‘kiladi,   ko‘zlari   timqoraligidan   g‘ira-
shirada   ham   yiltillab   ko‘rinadi”.   Badiiy   qahramonga   berilgan   ushbu   tasvirdan
ko’rinib   turibdiki   mehnatkash,   tirishqoq   inson   obrizi   gavdalantirilgan.   Asar
davomida   hikoya   qahramonlarining   tarif-u   tavsifi   yozuvchi   tomonidan   berib
borilar   ekan   undagi   qahramonlarni   birortasiga   ism   qo’yilmaganligiga   guvoh
bo’lamiz.   Yozuvchi   bu   bilan   qahramonlarning   xatti   harakatlari   va   ularning
qilayotgan ishlarini zamo nasining tipiklashgan holati sifatida ko’rsatgandir. “ Ular
o‘zi   yetti   kishi,   ikkitasi,   ya’ni   uchinchi   va   to‘rtinchisi   zambilda.   Bular   aka-uka
bo‘lsa   kerakmi,   bir-biriga   juda   o‘xshash:   qorachadan   kelgan   yuzlari   ham,   pishiq-
puxta   jussalari   ham   quyib-qo‘yganday.   Bir-birlarini   ko‘z   qarashlaridan
tushunishadi.   Qoracho‘g‘   yilt   etdimi   —   «ko‘tar!»   degani,   bilinar-bilinmas   im
qoqdi-mi — «ag‘dar!» degani. Tuproq to‘kiladigan joyga mokiday qatnab, so‘qma
yo‘lni   shular   shibbalagan”.   Asar   syujeti   davomida   har   bir   qahramonning   o’ziga
yuklatilgan     vazifani   mukammal   darajada   bajarishadi.   Tashqi   ko’rinishdan
baquvvat sog’lom insonliklari ularga berilgan tariflardan   yaqqol ko’zga tashlanib
turibdi   .   Lekin   ularning   hayotlari   haf   ostida   qolib   qiyinchiliklar   qarshisida
qolganliklarida   hech   qanday   chora   topisha   olmasliklari   hamda   erkin   qaror   qabul
qila olmasliklari orqali ularning ma’nan zaif va fikran erkinlik rivojlanmaganligini
ko’rsatib o’tilgan.
Xurshid Davron o’zining “Shoirning hikoyalari” maqolasida “Chodirxayol”
asarini   tadqiq   qilib   o’tar   ekan   undagi   qahramonlarning   psixalogik   tasvirini   tahlil
qilib ko’rsatadi:  “Atoqli  adib Asqad  Muxtor  “Chodirxayol” hikoyasiqahramonlari
o’zlarining   fikrsizliklaru   bilan...   o’zgalarni   fikrlashga,   fikriy   faollikka
undaydilar.O’z insoniy qadr qimmatini anglab yetmaslik, hayotdagi o’rnini farqlay
olmaslik, surunkali fikriy tanballikodamni ma’naviy tubanlik sari tortib ketaveradi.
Hikoyadagi   etti   qahramonning   qismati   shu,   ularning   hatto   ism-sharifi   ham
yo’q:Birinchi  ,  Ikkinchi,  Uchinchi...  Yettinchi  xolos   .  Demak  fikrsiz   odamga  ism
37 shart emas, u jisman mavjud,lekin insonning tom ma’nodagi mo’tabar zotligiuning
uning tafakkur sohibi ekanligi aks etadi...”
Badiiy   portret   Asqad   Muxtorning   yirik   asarlaridan   biri   "Chinor"   romanida
ham   betakror   chizgilar   orqali   ifoda   etilgan.   Ijodkor   ayollar   obrazini   yaratishda
uning   ichki   olami,   xarakteriga   mos   bolgan   tashqi   ko‘rinishda   tasvirlaydi.   Asar
davomida qahramonlar portretlarini ba’zan muallif tilidan, ba’zan esa qahramonlar
tilidan   chizilganini   ko’ramiz.   “`Bozorqul   eshikka   kelib   tashqariga   quloq   soldi,
Onabibini   ko’z   oldiga   keltirdi:   u   anordek   tiqmachoq,   durkungina,   otash...” 24
Yuqoridagi   Bozorqulning   ayoli   Onabibi   portretini   chizishda   muallif     o’xshatish
tasvir vositalaridan foydalangan. U to’ladan kelgan bo’lsada, chiroyli his-tuyg’uga
limmo-lim   ayol   sifatida   tasvirlaydi.   Portret   adabiy   qahramonning   tashqi
ko’rinishini   tasvirlash   asosida   uning   xarakter   qirralarini   ochishga   xizmat   qiladi.
Mahorat bilan chizilgan portretlar esa inson obrazini yorqinlashtirish, ruhiy tadqiq
etish vositasiga aylangan. Badiiy obraz portretining ikki qirrasi mavjud: obrazning
tashqi   qiyofasi   va   uning   individual-psixologik   qiyofasi.   Bu   xil   tasnif,   albatta,
shartli   bo’lib,   har   ikki   holatda   yozuvchi   qahramonning   ruhiyati,   xarakteriga   kirib
borishga   harakat   qiladi.   Portret   ijodkorning   inson   dunyosini   qanchalik   chuqur
bilishini   namoyon   etish   bilan   birga   o’quvchining   ham   inson   tabiati   to`g’risidagi
fikrlarini kengaytiradi, qahramonlarning dardini tushunishi va his qilishiga yordam
beradi.   Bundan   ko’rinib   turibdiki,   ijodkorning   badiiy   mahoratini   uning   adabiy
qahramon   portretini   tasvirlashiga   qarab   ham   belgilasa   bo’ladi.   Portret   –   bu
xarakterning   tashqi   ko’rinishini   tasvirlash,   uning   xarakteristikasida   katta   rol
o’ynaydi,   shuningdek,   obraz   yaratish   vositalaridan   biri.   Qahramon   tabiatining
muallif   uchun   ayniqsa   muhim   bo’lib   ko`ringan   tomonlari   portretda   o’z   aksini
topgan. Portretning psixologik ma’nosi adabiyotning rivojlanishi bilan ortib boradi.
Mahorat bilan yaratilgan badiiy portret tasvirida qahramonning yoshi, qaysi
ijtimoiy   tabaqaga   xos   ekanligi,   kasbi,   ma’naviy   darajasi,   xarakteri,   odobi,
pisixologiyasi,   ruhiy   holatlari,   hattoki,   qaysi   millat   vakili   ekani   va   qaysi   davrga
mansub   ekanligi   ham   o`z   ifodasini   topadi.   Asqad   Muxtorning   hikoyalarida
24
 Asqad Muxtor. Chinor. Toshkent. “Sharq”2021
38 yuqorida   sanab   o’tgan   xususiyatlar   mujassamlashgan.   Asarlarida   bacha
qahramonlarning  portreti  mohirona chizilgan.  Qahramonlarning badiiy-psixologik
holatlari badiiy portretlarida aks etganligiga guvoh bo’lamiz.
Xullas,   Asqad   Muxtor   hikoyalarni   yaratishda   kompozitsiyaga   katta   e’tibor
qaratadi. Epigrafdan tortib, detallargacha ma’lum maqsadda foydalanishga harakat
qiladi.   Kompozitsion   mahoratini   belgilashda   detallar   muhim   o‘rin   tutadi.   O’z
hikoyalariga   asarning   mohiyatini   ochivchi   “Atir”   ,”Ko’k   tosh”,   “Etik”   ,   “Taft”,
“Arvoh”   singari   detal   nomlarini     ham   alohida   sarlavha   sifatida   keltiradi.   Ya’ni
detal sarlavha vazifasini o’taydi. Shu bilan bir qatorda peyzaj va portret yaratishda
ham   ijodkorning   mahorati   ko’zga   yaqqol   tashlanadi.   Uning   “Xonimoyimning
tug’ilgan   kunlari”,   “To’qqizinchi   palata”,   “Chodirxayol”,   “Fano   va   baqo”
hikoyalari shular jumlasidandir. 
2.2 ASARLARIDA DETALLARNING O’RNI.  
Badiiy   ijodkor   asarlarini   tahhlil   qilar   ekanmiz   uning   asarlaridagi   barcha
syujet va kompazitsion vositalarning mukammal darajada  bir biriga bog’liq holda
yaratganligini   ko’ramiz.   Badiiy   asar   mazmunini   yoritishda,   badiiy   g’oyaviyligini
oshirishda asarga kiritilgan detallarning ham o’rni katta. Detal - (fr. detail - tafsilot,
mayda-chuyda) badiiy asarda muaayyan mazmun ifodalovchi g'oyaviy- badiiy yuk
tashuvchi tafsilot.” 25
  “Badiiy asar syujetiga aloqodor eng kichik (aslida eng katta)
muammolardan   biri   –   badiiy   detal...   Chunki   “Detallarni   haqqoniy   tasvirlashdan
tashqari, tipik xarakterlarni tipik sharoitda tasvirlash – realizmdir” 26
, degan ta'rifni
kopchilik   yod   biladi.   Bundan   ko'rinadiki,   syujet   voqealari   (tipik   sharoit)   tipik
xarakterlarni namoyon qilarkan, bu vazifani detallarsiz, detallarning haqqoniyligi,
aniqligi, ta'sirchanligisiz to'la ro'yobga chiqara olmaydi. Demak, asar detalsiz (uni
“zarra” deb atasak), tafsilotsiz yashay olmaydi.
Detalga   adabiyot   shunos   olimlar   hamda   ijodkorlar   tomonidan   berilgan
tariflarga   ham   e’tibor   qaratsak   badiiy   asarda   detallarning   o’rni   qay   darajada
ekanligi yaqqol nomoyon bo’ladi.
25
 D.Quronov Adabiyotshunoslikka kirish. Andijon. “Hayot” nashriyot 2002.
26
  Адабийот   назарияси  . Икки   томлик . Иккинчи   том .
39 Badiiy   zarra   va   tafsilot   “ko’z   ilg’amaydigan   har   bir   mayda   narsani
(A.Pushkin) barchaga bo’rttirib ko’rsatadi, shu sabab “romanistning san’ati hamma
detallarni   haqqoniyligi”   ga  bog’liq  (Balzak).   Darvoqe,   unda   (eng  mayda   zarrada)
butun bir koinot (xuddi tomchida quyosh aks etganidek)  j oylashadi.1 
Asqad   Muxtor   asarlaridagi   detallarning   ishlatilishiga   nazar   tashlaydigan
bo’lsak har bir hikoyaning ma’no mazmuni ochuvchi kalt vazifasini o’taganligiga
guvoh   bo’lamiz   .   Ijodkorning   ayrim   hikoyalari   nomlariga   e’tibor   qaratsak   asar
ichidagi ochuvchi  detallar sarlavha darajasiga  ko’tarilganligigsa guvoh bo’lamiz .
“Atir”, “ Etik” va boshqalarni keltirishimiz mumkin . 
Muallifning “Etik”hikoyasida qahramonning ichiki dunyosi va davr muhitini
tasvirlashda surat detalidan o’rinli foydalanilgan.
“Urushdan   oldingi   yili,   otasi   qamalib   ketgandan   keyin,   Abdurasulevni
maxfiy   idoraga   so‘roqqa   chaqirishdi.   Hamma   narsadan   umidni   uzib,   rangi
surupday   oqarib   tergovchining   ro‘parasida   o‘tirarkan,   nuqul   devordagi   plakatga
tikilar  edi. Plakat  tergovchining orqa tomonidagi  devorni  egallagan,  katta, asosan
qizil   rangda   chizilgan   ekan.   Unda   formadagi   jasur   chekist   shaxdam   yurib
borayapti,   birinchi   galda   cho‘yanday   og‘ir   etigi   diqqatni   tortardi.   Poshnasining
tagida   uch   boshli   chirkin   ilon   o‘lim   talvasasida   boshlarini   har   tomonga
to‘lg‘agancha,   yanchilib   yo‘lda   qolib   ketyapti.   Boshlariga   esa   fashist   tamg‘asi
bosilgan,   biriga   «josus»,   biriga   «gazanda»,   biriga   yana   alla   nima   deb   yozilgan…
Abdurasulev,   shunga   diqqati   bo‘linib,   oddiy   savollarga   ham   mujmal   javob   berar,
yana har zamonda plakatga ko‘z qirini tashlab qo‘yar edi.” 27
Detalga   adabiyotshunos   olimlar   hamda   ijodkorlar   tomonidan   berilgan
tariflarga   ham   e’tibor   qaratsak,   badiiy   asarda   detallarning   o’rni   qay   darajada
ekanligi yaqqol nomoyon bo’ladi.  Badiiy zarra va tafsilot “sko’z ilg’amaydigan har
bir   mayda   narsani   (A.Pushkin)   barchaga   bo’rttirib   ko’rsatadi,   shu   sabab
“romanistning   san’ati   hamma   detallarni   haqqoniyligi”   ga   bog’liq   (Balzak).
27
 Asqad Muxtor “Chodirxayol”3-nashr Toshkent ”O’zbekiston” .2021B-191
40 Darvoqe, unda (eng mayda zarrada) butun bir ko inot (xuddi tomchida quyosh aks
etganidek)  j oylashadi. 
Asqad   Muxtor   asarlaridagi   detallarning   ishlatilishiga   nazar   tashlaydigan
bo’lsak har bir hikoyaning ma’no mazmuni ochuvchi kalt vazifasini o’taganligiga
guvoh   bo’lamiz   .   Ijodkorning   ayrim   hikoyalari   nomlariga   e’tibor   qaratsak   asar
ichidagi   ochuvchi   detallar   sarlavha   darajasiga   ko’tarilganligigsa   guvoh   bo’lamiz.
“Atir”, “ Etik” va boshqalarni keltirishimiz mumkin . 
Muallifning   “Etik”   hikoyasida   qahramonning   ichiki   dunyosi   va   davr
muhitini tasvirlashda surat detalidan o’rinli foydalanilgan:   “Urushdan oldingi yili,
otasi   qamalib   ketgandan   keyin,   Abdurasulevni   maxfiy   idoraga   so‘roqqa
chaqirishdi.   Hamma   narsadan   umidni   uzib,   rangi   surupday   oqarib   tergovchining
ro‘parasida   o‘tirarkan,   nuqul   devordagi   plakatga   tikilar   edi.   Plakat   tergovchining
orqa tomonidagi devorni egallagan, katta, asosan qizil rangda chizilgan ekan. Unda
formadagi jasur chekist shaxdam yurib borayapti, birinchi galda cho‘yanday og‘ir
etigi diqqatni tortardi. Poshnasining tagida uch boshli chirkin ilon o‘lim talvasasida
boshlarini har tomonga to‘lg‘agancha, yanchilib yo‘lda qolib ketyapti. Boshlariga
esa   fashist   tamg‘asi   bosilgan,   biriga   «josus»,   biriga   «gazanda»,   biriga   yana   alla
nima deb yozilgan… Abdurasulev, shunga diqqati bo‘linib, oddiy savollarga ham
mujmal   javob   berar,   yana   har   zamonda   plakatga   ko‘z   qirini   tashlab   qo‘yar   edi.”
yoritilganligining tasviridir. Aasar  syujeti  davomida qahramonni psixalogik olami
yoritilib borilar ekan undagi salbiy xarakter o’z talqinini topadi. Mualif tomonidan
hikoya   so’ngi   ham   kutulmagan   tarzda   tamomlanishi   o’ziga   hos   bir   talqinni
yaratadi.   Asarning   boshlanishida   qahramon   o’zining   tantanavor   tarzdagi   dafn
marosimini   tasavvur   qilar   ekan   uning   vafoti   uchun   tashkillashtirilgan   mitinglar,
pionerlarning   vafot   uchun   qilgan   saf   yurishlarini   ko‘z   o’ngiga   keltiradi.   Ming
afsuski  adib qahramonning o’lim tasvirini boshqacha uyishtiradi. 
“Odamlar   yugurib   kelishsa,   «etik»   yonida   Abdurasulev   cho‘zilib   yotibdi.
Yuzida jilmayishmi, qo‘rquvmi — qonsiz va jonsiz bir ifoda qotib qolgan, tirikmi-
o‘likmi — bilib bo‘lmasdi. Ustiga tushsa majaqlab, beton polga shuvab tashlagan
bo‘lardi, shabadasidan yiqilibdi, deyishdi.
41 Abdurasulev o‘n to‘rt kun deganda kasalxonada o‘ldi.
Dafn   komissiyasi   tuzilmadi.   Kiraverishda   motam   mitingi   ham   bo‘lmadi.
Chunki o‘sha kuni hamma Xiyobon maydonida, haykal ochilishiga bag‘ishlangan
tantanali   mitingda   edi.   Gazetalar   tantanali   voqealar   bilan   to‘lib   chiqdi.
Marhumning   tobuti   yonida   hech   kim   faxriy   qorovulda   ham   turmadi,   idora
rahbarlari   Xiyobondagi   minbarda   edi.   Pionerlar   medal   bolishchalarini
ko‘tarmadilar,   ular   —   ulug‘vor   haykal   poyiga   gulchambarlar   qo‘ygani   safarbar
etilgan edi.
Tobutni mahalladagi uchta pensioner chol eltib qo‘ydi.
— Etik bosgan odammi? — deb so‘radi go‘rkov, — buyoqqa olib kelinglar.
Keyin   o‘zi   yerlab   qo‘ydi.”   Muallifning   qahramon   o’limiga     etik   detalini
sabab   qilib   ko’rsatilishi   asar   boshidagi   qahramonning   suratda   ko’rgan   etikdan
omon   qolish   uchun   qilgan   barcha   ishlari;   otasidan   vos   kechishi,   o’z   “dohiy”siga
bo’lgan etiqodning qanchalik puch g’oya ekanligini yoritib beradi. 
Muallif asar davomida nutqiy detallardan juda unumli foydalanadi, xusussan
asar  qahramoni asar boshida o’z dohiysiga nisbatda u kishi dunyoda yagona  agar
unday zot yana bitta bo’lsa yer ko’tarolmas edi, degan o’y fikrlar bilan qahramon
dunyosi   yoritilgan   bo’lsa,   asar   so’ngida   qahramonning   o’limi   oldidan   ushbu
jumlalarni aytganligi bilan uning so’ngi daqiqalarda qilgan pushaymoni va ruhiyati
tasvirini   ko’rsatadi;   “Abdurasulev   devorga   qapishib   qoldi.   Ko‘zini   chirt   yumib,
pichirlab kalima keltirdi: lo iloha illolloh… u bitta… undan boshqa yo‘q…” 28
  Ijodkor hikoyalarining betakrorligini ta’minlashda badiiy detallarning o’rni
katta.   Ijodkor   milliy   ruhni   ifoda   etishga   xizmat   qiladigan   detallardan   unumli
foydalana   olgan.   Ulari   o’z   o`rnida   qo’llay   olganligini   ko’ramiz.   Shu   bilan
birgalikda  qahramonlarning  ichki  kechinmalarni   yanada  kitobxonga tushunarliroq
qilib   yetkazib   berish   uchun   tabiat   hodisalaridagi   ko’rinishlarni   detal   darajasiga
ko’targanligini   ko’ramiz.   Ijodkorning   biz   yuqorida   tahlil   qili   o’tgan   “Fano   va
baqo”   hikoyasida   ham   qahramonlarning   ruhiy   holati   bilan   zilzila   o’rtasidagi
28
 Asqad Muxtor. Tanlangan asarlar. Toshkent. “Assaxiy”2021
42 yaqinlikni   kuzatishimiz   mumkin.   Yani,   muallif   zilzila   orqali   inson   ruhiyati   bilan
tabiat   hodisasi   bo’lgan   zilzila   o’rtasida   qandaydir   shartli   ramz   bordek.   Zilzila
shunchaki   tabiat   hodisasi   emas,   ruhoniyatdagi,   inson   ma’naviy   olamidagi   darz
ketishlar takqini soifati ko’rsatgandek ko’rinadi. Asarga kiritilgan mana shu detal
orqali asarning butun boshli syujeti harakatga keladi. 
San’at   hamisha   konkret   bir   odamning   obrazini   yaratadi,   shu   boisdan   ham
retlilik   badiiy   obrazning   muhim   spetsifik   xususiyatlaridan   biridir.   Detallar   badiiy
obrazni   konkret   tasvirlashga   xizmat   qiladi.   Ya’ni   konkretlilik   predmetning
individual xususiyatlarini tasvirlash orqali ta’minlanadi. Yozuvchi umumlashmaga
obrizning   muayyan   bir   individual   xususiyatlarini   bo’rtiq,   ta’kidlabroq,   ko’zga
tashlanadigan qilib tasvirlangan detallar orqali erishdi. 
   Xullas, hikoyalarining betakrorligini ta’minlashda badiiy detallarning o’rni
katta.   Ijodkor   milliy   ruhni   ifoda   etishga   xizmat   qiladigan   detallardan   unumli
foydalana   olgan.   Ulari   o‘z   o‘rnida   qo‘llay   olganligini   ko’ramiz.   Shu   bilan
birgalikda  qahramonlarning  ichki  kechinmalarni   yanada  kitobxonga tushunarliroq
qilib   yetkazib   berish   uchun   tabiat   hodisalaridagi   ko’rinishlarni   detal   darajasiga
ko’targanligini ko’ramiz.
II. BOBDAN CHIQARILGAN XULOSALAR.
1. Asqad   Muxtor   hikoyalaridagi   kompazitsion   vozsitalar   juda   mukammalik
bilan tashkil topgan bo’lib, ular syujet unsurlari bilan yaxlit holda asarning ma’no
mazmunini ochib bergan.
2. Mualif   asarlariga   qo’yilgan   sarlavhalardan   ham   ko’rishimiz   mumkinki   ular
mohirlik   bilan   tanlangan   va   o’ziga   yuklatilgan   vazifasini   to’la   qonli   o’tay   olgan.
Muallif   ijodining   so’nggi   yillarida   yozilgan   asari   “Tundaliklar”   asari   nomlanish
jihatdan ham hech adabiyotda uchramagan hodisa edi. 
3. Asqad Muxtor hikoyalarida mahorat bilan yaratilgan badiiy portret tasvirida
qahramonning   yoshi,   qaysi   ijtimoiy   tabaqaga   xos   ekanligi,   kasbi,   ma’naviy
43 darajasi, xarakteri, odobi, pisixologiyasi, ruhiy holatlari, hattoki, qaysi millat vakili
ekani va qaysi davrga mansub ekanligi ham o`z ifodasini topadi.
44 III  BOB. OBRAZLAR GALERIYASI VA ULARDA RUHIY
TOVLANISHLAR IFODASI.
3.1 Adib   asarlarida   bolalar   ruhoyati   tasviri.   Badiiy   ijodkorlar
tomonidan     asarlar   yaratilar   ekan,   ijodkor   kitobxonga   ma’lum   darajadagi   g’oyani
yetazishga harakat qiladi. Asarga singdirilgan badiiy g’oya tasvirlanayotganda uni
obrizli   shaklda   tasvirga   olishadi.   Badiiy   asarlardagi   obrizlilik   orqali   yozuvchi
qisqalikka   va   fikrni   oson   yetkazishga   erishadi.   Bunda   yozuvchining   badiiy
tafakkuri,   o'quvchining   qabul   qila   bilishi,   ongi   ham   alohida   ahamiyatga   olingan.
Ma'lumki   borliqni   badiiy   idrok   etishni   maqsad   qilgan   badiiy   adabiyotning
markazida inson obrazi turadi. Badiiy obraz yaratish va bu jarayonda foydalanilgan
unsurlarning   ko'lami   yozuvchining   mahoratini   belgilaydi.   Ijodkor   badiiy   obraz
vositasida   dunyoni   anglaydi,   o'zi   anglagan   mohiyatni   va   o'zining   anglanayotgan
narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san'atning
fikrlash shakli  hisoblanadi.  Obrazlar  vositasida  fikrlagani  uchun ham  adabiyot  va
san'atga   xos   fikrlash   tarzi   "obrazli   tafakkur"   deb   yuritiladi.   Yozuvchi   ko'z
oldimizda konkret badiiy obrazni gavdalantirish jarayonida uning taqdiri, turmush
mashaqgatlari-yu,   qalbidagi   kechinmalarini   badiiy   detal   yordamida   tasvirlash
orqali o'sha davr hamda muhit hayotini ko'rsatib bera oladi. Ijodkor umumlashma
tushunchalar   orqali   fikrlaydi.   Ya'ni   badiiy   obraz   yaratishda   detallardan   mohirona
foydalanib,   ijtimoiy   muhit   haqida   ham   fikr   yuritadi.   U   bir   inson   tagdirini   badiiy
tasvirlash     obrazini   yaratish)   orqali   umumlashmaga   boradi,     obraz   uning   uchun
fikrlash   shakli,   obrazni   yaratishda   detalning   ifodalanishi   badiiy   tafakkurning
teranligini bildiradi. 29
Asqad Muxtor  ijodida bolalar obrizi alohida o’ringa ega. Adibning ko’pgina
asarlari,   hikoyalarida   bolalar   obrizining   talqinii   ko’ramiz.   Lekin   ularning   hech
birida ruhiyat tasviri takrorlangan emas. Yozuvchi ularni o'z asarlarida samimiy va
tabiiy qiyofada tasvirlaydi. Adib “Dunyo bolalari” qissasi  tarkibidagi  hikogalarda
bola   ruhiyatini   yoritishga,   o'smirlar   psixologiyasining   muhim   jihatlarini   turli
29
 U.Normatov. Umidbaxsh tamoyillar.Toshkent .” Ma’naviyat” 2000
45 rakurslarda   badiiy   talqin   etishga   muvaffaq   bo'lgan,   bola   obrazi   o`ndan   ortiq
hikoyalar   tarkibida   aks   etgan   bo`lsa-da,   bir-birini   takrorlamaydigan   xarakterlar
galeriyasi   bo`lib   gavdalandi.   Adibning   qissalari   odatda   lirik   ibtidoga   ega   bo'ladi.
Ya'ni   unda   bir   qahramon   hayotiga   taalluqli   bir   necha   voqealar   zanjiri   qalamga
olinadi,   hikoya   odatda   bosh   qahramon   (   muallifni   aynan   o’zi)   tomonidan   olib
boriladi.   Bu   esa   qissani   badiiy   psixologizm   nuqtayi   nazaridan   lirikaga
yaqinlashtiradi.   Voqelik   o'sha   qahramon   nuqtayi   nazaridan   idrok   etiladi.   Xuddi
lirikadagi kabi voqelik qahramon ichki dunyosi prizmasidan o'tadi; faqat lirikadan
farqli o'laroq qissada muayyan voqelik bayon etiladi. Qissada muallif uchun bosh
obrizdagi   bola   qahramonining   ruhiyatiga   chuqur   kirish   imkoni   paydo   bo'ladi.
Ammo   bu   boshqa   qahramonlarning   ichki   dunyosiga   kirishni   cheklab   qo'yadi,
boshqa qahramonlar esa faqat tashqaridan turib tasvirlanadi degani emas. Jumladan
qissa tarkibiga kiritilgan ekskursiya  uyushtiruvchi ona va bola obrizida ona ruhiy
olami ham yoritilgan 
    Adib asarlarida sobiq tuzim kishilari, turli tabaqa insonlari kabi obrizlarning
yoritib   borilishi   bilan   birgalikda   bolalar   obriziga   ham   alohida   yondoshganiligiga
guvoh   bo’lamiz.   Adibning   “Dunyo   bollalari”   deb   nomlanuvchi   asarida   bolalar
olami, ularning ruhiy kechinmalari va bolalarga hos bo’lgan brg’ubor ko’ngillarini
tasvirlab o’tadi.
        Asqad Muxtorning “Dunyo bolalari” qissasida  beg‘uborlik, madaniy rang-
baranglik,   bolalik   davrining   umumbashariy   kechinmalari   mavzulari   yoritilgan.  
Lirik   nasr   bilan   jonli   hikoyatni   uyg‘unlashtirgan   uslubda   yozilgan   Muxtor
geografik   va   madaniy   chegaralardan   oshib   ketadigan   umumiy   insoniylik   va
mushtarak   intilishlarni   ta’kidlaydi.     Asaqad   Muxtor   o’z   asarlariga   turli   hil
rivoyatlar qo’llab turadi, ularda ko‘pincha adibning shaxsiy va jamiyat qadriyatlari
kesishishiga   kengroq   adabiy   e’tibor   qaratilishi   aks   ettiriladi,   bu   uning   asarlarida
takrorlanib   turadigan   mavzudir.     Uning   qahramonlari   odatda   har   tomonlama
rivojlangan va hissiy va psixologik murakkablikning chuqurligini namoyish etadi.  
“Dunyo bolalari”da dunyoning turli burchaklaridan kelgan bolalar yig‘ilib, kattalar
46 o‘rtasidagi kelishmovchilik va qarama-qarshiliklarga qaramay, barkamol kelajakka
umid va salohiyatni ifodalaydi. 
Asqad       Muxtor   ijodi   o‘zining   boy   tasviri,   kuchli   obraz   va   tuyg‘ularni
uyg‘ota olishi bilan ajralib turadi.     Bu hikoya, uning boshqa asarlari singari, inson
tabiatini   sinchkovlik   bilan   kuzatish   va   uning   qahramonlariga   chuqur   hamdardlik
bilan   ajralib   turadi.     Shuningdek,   A.Muxtorning   alohida   hikoyalarni   birlashtirib,
kattaroq,   ta’sirliroq   hikoya   yaratishdagi   mahoratini   ta’kidlaydi.   Adabiy   uslub
nuqtai nazaridan A.Muxtor realizm va idealizm uyg‘unligini qo‘llagan.     U bolalik
orzulari,   qo‘rquvlari   va   quvonchlarini   etkazish   uchun   sodda,   ammo   kuchli   tildan
foydalanadi.    Hikoya nafaqat qiziqarli, balki o‘quvchilarni o‘sha davrning kengroq
ijtimoiy   va   madaniy   muammolari   haqida   fikr   yuritishga   undaydi,   bu   esa   barcha
yoshdagi   o‘quvchilarni   o‘ylantiruvchi   asarga   aylanadi.   Shu   bilan   birgalikda
adibning “Qora domla” hikoyasidagi  bolalarning obrizlari orqali tabiat va olamga
bo’lgan   bolalarcha   qiziqishlar   bayon   qilingan.   Asar   davomida   mualaif   dunyoga
bola   ko’zi   bilan   qaralganda   boshqacha   tasavvur   uyg’onishi     to’g’risida   ham
to’xtalib   o’tadi.   “...   bahor,   erta   kuz   kunlari   domla   bizni   zax   sinf   hujralarida   olib
o‘tirmay,   tabiat   qo‘yniga   boshlab   chiqar,   toshloq   yo‘llar   oralab   Shovvasoyning
yuqori   oqimiga   qarab   turna   qator   bo‘lib   yurardik.   Bu   yerda   domla   yaxshi
ko‘radigan   ajoyib   joylar   bor:   toshlar   orasidan   o‘sib   chiqqan   na’matak   butalari,
quyoshda   qizib   yotgan   supaday-supaday   xarsanglar.   Shovvasoy   esa   o‘z   nomiga
yarashiq   —   shovvalari   ko‘p,   suv   uchquniga   boqqanda   nuqtasini   topib   tursangiz
naykamalak ranglarining tovlanganini tomosha qilasiz. Bu yerlarni domla ham, biz
ham   tushlarimizda   ko‘rardik.   Sayohat   payti   goho   to‘xtab,   silliq   soy   toshlariga
o‘tirib,   domlaning   tabiat   haqida,   Shovvasoyning   boshlangan   joylaridagi   sovuq
chashmalar,   suvning   necha   ming   yillik   mehnati   tufayli   paydo   bo‘lgan   ko‘m-ko‘k
va   zahkash   daralar,   chaqir   xarsanglar   yumalab,   tarashlanib   mana   bu   silliq   soy
toshlarining   paydo   bo‘lishi   haqidagi   hikoyalari   ruhimizda   tabiatning   salqin   soy
havosining shavqi bilan qorishib ketganidanmi, hamma narsani unutib quloq solar
edik...   “ 30
  adib   peyjaz   tasviri   va   o’qituvchisiga   bo’lgan   hotiralarida   bolalkdagi
30
 O.Sharafiddinov.Ijodni anglash baxti.Toshkent”Sharq” 2004
47 xotiralaridan foydalanganligi yaqqol namoyon bo’ladi. Muallif bolalik hotiralari va
bolalar obrizini yaratishda bu jarayonni bir biriga juda yaqin holda uyg’unlashtirib
yuboradi. 
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak   adib   hikoyalarida   bolalar   ruhiyatiga   ham
alohida e’tibor berilgan holda ularning ichiki olami yoritilib, tashqi olamga bo’lgan
munosabti   o’zining   yorqin   ifodasini   topadi.   Asaqad   Muxtorning   asarlarida
mehnatkash   xalq   ,   ishchi   tabaqa   vakillari   va   ayollar   obrizi   ruhiyatini   yoritishda
mualif qanday jiddiy yondashsa bollar brizida ham shunchalik jiddiy yondoshgan
holda yaratadi. Muallif asarlarida urush qurboniga aylangan bolalar, muhit, zamon
ta’siridan aziyat chekayotgan bolalar obrizi yaratilgan. Adibning “Dunyo bolalari”
qissasiga   kiritilgan   hikoyalarida   adibning   hikoyachilik   mahoratini   o’zida   yaqqol
ko’rsatgan.
          3.2 Ijodkor “men”i talqini.  Ijodkor ahli tafakkur, aql, kuchli ruhiy taassurot
asosida hayot haqidagi xulosalarni bizga qaysidir shaklda uzatadi. Shuning uchun
har bir tirik asarga ijodkorning dunyoqarashi, ruhiy quvvati singib ketadi. Hamma
narsa   shaxsning   imkoniyatlarini   amalga   oshirish   uchun   atrof-muhit   qanday
imkoniyatlar   bera   olishiga   bog liq.   Albatta,   ijodkor   uchun   ham   ijodiy   erkinlikʻ
muhim   masalalardan   biri   sanaladi.   “Ijod   uchun   birlamchi   navbatda   zarur   bo lgan	
ʻ
narsa   erkinlikdir.   Erkinlik   bo lmasa,   har   qanday   iste dod   ham   juda   tez   so nib	
ʻ ʼ ʻ
qolishi mumkin” 31
, deb ta kidlaydi adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov. Yozuvchi	
ʼ
o z   ijodi   davomida   insonning   eng   oliy   tuyg ularini,   uning   ruhiyati,   hayot	
ʻ ʻ
so qmoqlaridagi   qiyinchiliklarni   yenga   olish   xususiyatlariga   ega   bo lishi   lozim.
ʻ ʻ
Har   qanday   iqtidor   egasi   ham   ijodiy   erkinlikka   ega   bo lsagina,   yangicha   bir	
ʻ
kashfiyotlar yaratishi mumkin yoki o z iqtidorini to la-to kis ko rsata oladi. Kishi	
ʻ ʻ ʻ ʻ
ongida, dunyoqarashida tutqunlik bo lar ekan, o z hayotida va turmush tarzida aslo
ʻ ʻ
ijodiy o zgarishlar bo lmaydi. Bunday insonlar nurli, yuksak cho qqilarga ko tarila	
ʻ ʻ ʻ ʻ
olmaydi, balki yanada tubanlik va zulmat qa riga singib ketadilar. Qalbida insoniy	
ʼ
tuyg ular   so nib,   shaytoniy   tuyg ularga   berilishadi.   Bunday   hodisa   nafaqat   bir	
ʻ ʻ ʻ
inson, balki butun bir jamiyat uchun ham zararlidir.
31
 O.Sharafiddinov. Davondagi o‘ylar.Toshkent. “ Ma’naviyat” 2000
48 Badiiyat   olamining   gultoji   bo’lgan   so’z   san’ati   –   adabiyotda   ham
ijodkorning   ruhiyatini   tadqiq   etish   juda   murakkab   jarayondir.   Yuqorida   ham
ta’kidlab   o’tganimizdek,   ijodkorning   ruhiy   olami   va   bu   olam   evolyutsiyasi
tug’ilajak   asar   uchun   hech   shubhasiz,   “doya”lik   vazifasini   bajaradi.   Bilamizki,
onadagi yoki otadagi belgilar farzandlarga ko’chadi. Xuddi shunday yozuvchi ong
oqimida   mavjud   ijobiy   yoki   salbiy   xotiralar   uning   “farzand”i   bo’lgan   asarlarida
bo’y ko’rsatadi. Adabiyot olamida har bir asarda ma’lum miqdorda, ijodkor meni
yotadi.   Bu   esa   dunyoga   kelayotgan   asarga   yozuvchining   tarjimayi   holi   ham
ma’lum miqdorda qorishib ketishini ko’rsatadi. 
Asarlardagi   ijodkor   menining   talqin   qilinishini   Asqad   Muxtor   asarlari
yuzasidan   tahlil   qilar   ekanmiz   undagi     qahramonlarning   til   hususiyati   hamda
psixalogik   olamida   beihtiyor   mualifni   uchratgandek   bo’lasiz.   Asaqad   Muxtor
hikoyalarini   aksariyati   avtobeografik   shaklda   yozilganligini   ko’ramiz,   bularga
“Jinni”,   “Qora   domla”,   “Omon   qolgan   odam”,   “Qodiriyni   ko’rganmanu...”   kabi
asarlarida adibnimning o’zligi yaqqol ko’zga tashlanadi. 
Yozilgan va bu psixologik evolyutsiya juda pishiq badiiy asarlarning dunyo
yuzini   ko’rishiga   sabab   bo’lgan   bo’lsa   ne   ajab.     Yozuvchi   asarlari   badiiyatini
tadqiq qilar ekansiz, uni ijodkor tarjimayi holi bilan birga analiz qiladigan bo’lsak,
qaysidir   o’xshashliklar   ko’zga   ko’rinishi   mumkin.   Bu   jihatdan   ijodkorning
psixologik   evolyutsiyasini   o’rganish   muhim   badiiy   jarayon   ekanligini   bilib
olishimiz   mumkin.   Dardi   yo’q   inson   tanbur   chalishi   qiyin   bo’lgani   kabi,   ijodkor
ruhiyatida   yozayotgan   asariga   monand   kayfiyat   bo’lmasa,   uning   ijod   mahsuli
pishiq chiqmasligi muqarrar.   Adibning “Jinni” hikoyasini tahlilga tortar ekanmiz,
hikoya   syujegida   tasvirga   olingan   voqelik   adibning   o’zining   yoshligi   o’tgan
qishloqdoshlari,   qadrdon   mualimi   va   adibligi   to’g’risida   gap   yuritiladi.   Hamda
adibning   asar   davomida   “Qoraqalpoq   qissasi”   asari   haqida   ham   so’z   yuritiladi.
Asarning   bosh   g’oyasi   yo’qolib   borayaotgan   narsalarni   keyingi   avlodlarga   ham
yetkazish,   ularga   ma’lumotlar   qoldirish   kerakligi   to’g’risidadir.   Adibning   yoshlik
xotiralari   teng   qurlari   maktabdagi   muallimi   bilan   bo’lgan   suhbatlari   asaosiga
qurilganligi asarning avtobiografik xususiyatini ochib beradi.
49 “Ham keng ta’rif. Kechirasiz, sizni jinni deb o‘ylash xayolimga ham kelgani
yo‘q. Bu — uzoq avlodlar uchun bo‘lsa kerak, hoynahoy?
Uzoq,   juda   uzoq   avlodlar   uchun,—   dedi   domla   tetiklanib.—   Uzr,   men   seni
ba’zilarga   o‘xshatmoqchi   emas   edim,   qaytaga   meni   tushunishingga   aminman.
Bilasan, dunyoda hech narsa abadiy zmas. Faqat so‘z, yozuv uzoq yashaydi... So‘z,
yozuv   bo‘lmaganda   biz;   masalan,   qadim   dunyo   qiyofasi   haqida   tasavvurga   ham
ega bo‘lmasdik.
– Qadim yunon eposlari...
– Barakalla!
– Lekin, domla... Mana, chunonchi, eshak... Unga yarim daftar bag‘ishlabsiz...
Halim domla jilmayib, nimalarnidir esladi chog‘i, dam o‘tib, davom etdi:
– Buni...   Xrushchev   davrida,   yodingdami,   bu   jonivorlarga   qiron   kelib...
hamma   qo‘rasidan   dashtga,   sahroga   haydavorib,   juda   xor   qilishgandi.   O’sha
kunlari   yozganman.   Bilasanmi,   inim,   yer   yuzida   mamontlar   yashagan   vaqtda   bir
senga   o‘xshagan   azamat   qalamkash   hafsala   qilib,   ularning   ta’rifini   qog‘ozga
tushirganda edi...” 32
 
   Ushbu   jumlalardan   ham   ko’rinib   turibdiki   asarda   asriy     mavzulardan   biri
hech   narsa   abadiiy   emasligi   ham   takidlab   o’tilyapdi.   Odamlar   ko’ziga   har   doim
yonida yoki o’z8ning atrofida bo’lgan narsalar gech qachon yo’qolib ketadigandek
tuyulmaydi, ular har doim ular bilan birgadek tasavvur uyg’otadi, lekin ular vaqti
kelishi bilan yo’q bo’lib ketishi mumkinligi takidlan8b o’tiladi. 
   Asqad Muxtorning “Qodiriyni ko’rganman-u...” deb nomlangann hikoyasida
muallifning ijodkorligi va ustozlari to’g’risida so’z yuritiladi, asarda bir qaraganda
o’tkinchi   narsalarga   vaqat   amjratib   yoshlikda   o’rganilmagasdan   qolib   ketgan
bilimlar yuzasudan mulohaza yuritilayotganligi sezilib turadi. Shu bilan birgalikda
32
 Asqad Muxtor.Jinni.adabiyotshunos Dilmurod Quronov sayti 
50 asar   syujetida   ijodkorning   o’zining   olami   va   dunyosi   yoritilganligiga   guvoh
bo’lamiz. Mualif  yoshlik chog’ini  eslagan  holda quydagi  jumlalarni  keltirb o’tadi
“Hakim   aka   «Lenin   uchquni»da   ishlardilar.   Shu   gazetada   chiqqan   xabarlarim
uchun qalam haqi o’rniga (pul bolani buzadi, degan bo’lsalar kerak) u kishi menga
shaxmat   yuborganlar.   Donalari   jajji,   yiltiroq,   taxtasi   sirlangan.   Bunaqasini
ko’rmagan edim, Qo’ltig’imda olib yurib, shu o’yinga ruju qo’ydim. Bolalik ekan-
da…   Bolalik   ham   qoldi.   Shaxmat   ham   qoldi.   Qodiriy   esa   umrim,   kasbim,
taqdirim…”
Ko’rinib turibdi adabiyot muallifning hayotining ajralmas bo’lagi ham emas
hayotining   o’ziga   aylanib   ketganligini   shu   birgina   jumla   orqali   ko’rsatib   bera
olgan.   O’zbek   milliy   adabiyotining   yirik   vakili   adabiy   asarlari   bilan   adabiyot
tariximizda   o’chmas   iz   qoldirgan   vakili   Qodiriyni   ijodkor   bekorga   keltirib
o’tmayapdilar. Qodiry orqali butun bir o’zbek adabiyotshunosligini nazarga tutgan
bo’lsa ajab emas. “Omon qolgan odam” hikoyasida qahramon tag’diri ham muallif
tilidan bayon qilib borilar ekan unda hikoyachining aynan Asqad Muxtor ekanligi
sezilib turadi. Asarning boshlanishdagi jumlalarga nazar tashlasak; “1956 yili edi.
Yetimxonada   birga   o‘sgan   tengdoshlarimni   uchratib   qoldim.   yigirma   yilcha
ko‘rishmagan   bo‘lsakda,   men   u   haqda   ancha-muncha   gapni   eshitib   bilar   edim.
O’zim umrimda ko‘p qiyinchilik, mushkul  vaziyatlarni boshimdan kechirganman.
Lekin mening ko‘rgan kunimni buning ko‘rgiliklari oldida jannat desa bo‘lardi...”
ko’rinib   turibdiki   ushbu   jumlalarda   adinning   avtobiografiyasi   yaqqol   nomoyon
bo’layapdi.   Bizga   ma’lumki   adib   o’n   bir   yoshligida   ota   onasidan   yetim   qoladi
hayoti davomida yretimlikning og’irqiyinchiliklarini o’tkazadi. Asqad Muxtorning
bolalik   davri   haqida   Xayriddin   Sulton   shunday   yozib   o’tadi   “ Asqad   akaning
bolalik,   yoshlik   davri   qanday   kechganini   biz   faqat   uning   ayrim   asarlari   va   adib
haqida yozilgan kitoblar orqali bilamiz, xolos. Lekin shu narsa aniqki:
Oydinda tug ilib, jo yakda chayilgan,ʻ ʻ
G o za bilan o sgan bolaman.	
ʻ ʻ ʻ
Dars o rniga qor kechib, loy kechib,	
ʻ
51 Paxta terganimni esga olaman, –   degan satrlar uning bolaligi ham millionlab
o zbek bolalarining qismati kabi kechganidan dalolat beradi.”ʻ 33
 Ushbu jumlalardan
ham ko’rinib turibdiki adibning bolalik davri ancha mashaqqatlar bilan o’tganligini
ko’ramiz.
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak   adibning   hikoyasidagi   qahramonlar   talqini
ijodkorni   hususiyatlarini   ham   ko’ramiz.   Ayrim   hikoyalari   avtobiografik   shakilda
yozilgan;   “Jinni”,   “Qora   domla”,   “Omon   qolgan   odam”,   “Dunyo   bolalari”
asarlaridir.   Badiiy   asarni   ijod   mohiyati   va   ijodkorning   asar   yaratishdagi   ruhiy
olamini o`zida aks ettirgan materiallar asosida tahlil etish biografik tahlil sanaladi.
Bunda   biografik   ma’lumotlardan   farqli   ravishda   asar   yaralishiga   turtki   bo’lgan
voqelik   badiiy   niyat   hosilalari,   badiiy   yaratuvchanlikdagi   ijodkorning   ruhiy-
psixologik holati, asar materialini san’at namunasiga aylantirish yuzasidan ijodkor
kechinmalarini o’zida mujassam etgan individual masalalar qamrab olinadi.
III.BOBDAN CHIQARILGAN XULOSALAR
1. Asqad Muxtor hikoyalarida qahramonlarni turli tabaqa kishililaridan saralab
olganligiga   guvoh   bo’ldik.   Hikoyalarida   ichichilar(“Chodirxayol”,   “Men   hayotni
o‘rganaman”),   bolalar   (   “Qora   domla”,   “Dunyo   bolalari”),   ona   ichki   kechinmasi
(“Kechiring meni odamlar”) va ruhiy olzmini yoritib berdi.
2. Adib ijodida ssar qahramoni   bilan mualif uyg‘unlashib ketganligiga guvoh
bo‘lamiz,   asarlariga   avtobiografik   ruh   baxsh   etgan.   “Qodiriyni   ko‘rganman-u”
“Jinni”,   “Men   hayotni   o‘rganaman”kabi   hikoyalarida   muallifning   aynana   o’zi
ishtirok etadi.
3. Adib   asarlarida   bolalar   obrizlariga   yangicha   yondoshgan,   ularning   yangi
talqinini bayon qilgan. Bolalar ruhiy olamini va dunyo qarashini ko‘rsata bilgan.
                                                   
33
 Hurshid Do‘stmuhammad. “shoirning she’rlari” maqalosai 6 bet
52 XULOSA
              O‘zbek   adaboyotida   hikoyachilik   o‘zining   tarixiy   taraqqiyot
bochqichlariga   ega.  Asqad   Muxtor   hikoyalari   orqali   o‘zbek   hikoyachiligiga   o‘z
hissasini   qo‘shdi.  Adibning   hikoyalarida   inson   tag‘diri,   hayot   hodisalari   va   inson
ruhiyatini   xolis   kuzatish   hamda   badiiy   tadqiq-u   tahlil   qilish   orqali   oddiy
mehnatkash xalq va uning ichki kechinmalarini,  jamiyat yetkazgan fojiaviy holati
insonlar   dunyosidagi   inqiroz,   ziddiyatlar   sababi   o’z   tadqiqini   topgan.   Adib
hikoyalarida   inson   ruhiy   olami   hayotiy   hodisalar   bilan   inson   borlig‘i   uzviylikda,
bor   ko‘lami   va   turfa   ranglari   bilan   tasvirlan gan ,   asarlarida   sharqona   milliy   ruhni,
o‘ziga   xos   hayot   falsafasini   ifoda sini   ko‘rsata   oldi.   Adib   hikoyalarida
qahramonlarning   ichki   ruhiy   olami   yangicha   yo‘lda   talqin   qilindi.   “Arvoh”,
“Taqdir  kimning qo‘lida”, “Etik” hikoyalarida r amziy timsol  va tasvirlar o‘zining
tabiiy   va   mantiqiyligi   bilan   o‘quvchida   badiiy   adabiyotga   bo’lgan   qiziqishni
oshirida. Asarlarida ilgari surilgan ijtimoiy fikrlar har qancha ommaviy bo‘lmasin,
muayyan   inson   taqdiri   va   ruhiyatiga   chambarchas   bog‘liq   holda   yangicha
yangraydi.   Ifodadagi   zalvor,   serqatlam   estetik   bosim,   ruhiy   holat   manzaralari
tasvirining   ayni   shu   tarzda   zanjirsimon   va   qabariq   qilib   berilishi   orqali   hikoyada
o‘ziga xos ohang paydo qilgan. 
Asqad Muxtor  hikoyalarini  tadqiq qilishimiz asaosida quydidagi ilmiy nazariy
xulosalarga keldik:
1. O‘zbek   adabiyoti   hikoyachiligida   inson   psixalogig   talqini   ochishda  Asqad
Muxtor yangicha tasviriy ifodadan foydalandi. Yani asar tarkibida satsalistik metod
asoslaridan   chiqqan   holda   bir   ijobiy   va   unga   qarama   qarshi   tarzda   salbiy   obriz
tasviri emas har ikkala qahramoni ham salbiy tarzda talqin qilib bordi.
2. Ijodkor   hikoyalarining   syujet   va   kompazitsion   tuzulmasi   mahorat   bilan
yaratilgan   bo’lib   uning   eng   kichik   detallariga   ham   asardan   ajratib   bo‘lmas
darajadagi vazifa yuklatilgan. 
3. Asqad   Muxtor   hikoyalarida   inson   hayotidagi   fojia,   isyon,   murasozlik   va
murosasizlik   kabi   ziddiyatga   to‘la   holatlar   butun   murakkabligi   bilan   yoritilgan.
53 Hikoyalarda     inson   ruhiy   olamidagi   mavjlarni   qahramon   botiniga   ko‘chirib
tasvirlashda  yozuvchi mahorati ayniqsa, ko‘zga tashlanadi.
4. Yozuvchi   hikoyalarida     voqealar   ham,   obrazlar   ham   o‘ziga   xos   vazifa
bajaradi. Ularda erkin fikrli odamlar bilan bir  qatorda   nochor, ilojsiz va notavon
kimsalar   qismati   ham   tasvirlanadi.   Erkin   qaror   qabul   qila   olish   qay   darajada
muhim   ekanligi   yoritildi.   Bunday   asarlar   millat   ruhiyatining   turli   holatlarini   aks
ettirishiga ko‘ra milliy hikoyachilikdagi  o‘ziga xos kashfiyotdir.
5. Adib asarlari xalq og’zaki ijodidagi mativlardan ham keng foydalanib ularni
yangicha   talqinga   chiqardi.   Shu   billan   bir   qator   maqol,   matal,   ibora   va   xalqona
o’xshatishlardan   ham   mohirlik   bilan   foydalanilgan.   Bularning     barchasiga  Asqad
Muxtorni   xalq   og‘zaki   ijodi   bilan   yaqindan   tanishligi   va   badiiy   mahoratining
yuqoriligi sabablidir
6. Asqad   Muxtor   asarlarida   faqatgina   ijtimiy   tabaqa   kishilarining   ruhiy
talqinini yoritib qolmasdan, bolalar ruhiy olamiga ham ayricha yondoshgan.
7. Ijodkor   hikoyalaridagi   qahramonlarning   xarakterida   adib   ruhiy   olami
seziladi.   Qahramonlarning  xarakteri   va   yozuvchi   xarakterida   bir-biriga   o‘xshagan
miliylik   o‘z   talqinini   topadi.   Asarlarida   ijodkorning   o‘zligi   yaqqol   namoyon
bo‘ladi.
Adib   hikoyalarining   o‘ziga   hos   bunday   xususiyatlari   bilan   hikoyachiligimiz
tarixida   o‘chmas   iz   qoldirdi.  Adib   hikoyalarida   ruhiyat,   inson   tag‘diri   va   muhit
zamon o‘ziga hos tarzda talqin qilindi. 
                         
54 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
I. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
1. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyevning   O‘zbekiston
ijodkor  ziyolilari vakillari  bilan uchrashuvidagi  “Adabiyot va san’at;  madaniyatni
rivojlantirish   –   xalqimiz   ma’naviy   olamini   yuksaltirishning   mustahkam
poydevoridir” nomli ma’ruzasi // Xalq so‘zi. – 2017, 4 avgust - 153(6347)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev   “O‘zbek mumtoz
va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb
masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan  tabrikrik
nutqidan // Xalq so‘zi.–2018, 7 avgust
3. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – Б. 241.
II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar
1. Adabiyot. Badiiyat. Abadiyat.-Toshkent. “Y a ngi asr avlodi”. 2004. B-234.
2. Bahodir Karim. Ruhiyat alifbosi. G‘ofur G‘ulom. Toshkent.2018.B-361
3. Ibrohim G‘afurov. Badiiylik – bezavol yangilik. –Toshkent: Sharq, 2008
4. Jo‘raqulov   U.   Hududsiz   jilva.   (Ilmiy-adabiy   maqolalar)-Toshkent,   2006.
“Fan”. B-203
5. Istiqlol,   adabiyot,   tanqid.   (Yozuvchi   va   adabiyotshunos   Ulug’bek   Hamdam
savollari asosida qurilgan suhbatlar)- Toshkent, 2015. B-310.
6. Yo‘ldoshev Q.Yoniq so‘z. Toshkent, “Yangi asr avlodi”- 2007. B- 546.
7. Quronov   D.  Adabiyotshunoslikka   kirish.  Andijon,   “Hayot”nashriyoti-2002.
B-208.
8. Quronov   D.   Mutolaa   va   idrok   mashqlari.   (Adabiy-tanqidiy     maqola   va
risolalar)- Toshkent, “Akademnashr”. 2013. B-334.
9. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. Toshkent, “Ma’naviyat”-2000. B-109.
10. Normatov U.Tafakkur yog’dusi. Toshkent,  “Universitet”-2005. B-119.
11. Umurov H. Adabiyot nazariyasi.  Toshkent, “Sharq”NMK-2002. B-252.
12. Umurov H. Badiiy psixolagizm va o‘zbek romonchiligi. Toshkent.1984
55 13. Sharafiddinov O. Dovondagi o‘ylar. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2004. B-526.
14. Sharofiddinov. Ijodni anglash baxti. Toshkent, “Sharq”NMK-2004. B-237.
15. Jabbor Eshonqul. Ruhiy tahlil metodi xususida. // O‘zbek tili va adabiyoti.-
Toshkent, 1997, №2.- 42-47-betlar 
16. Rustamova   M.   Hozirgi   hikoyachilikda     ruhiyat   talqini   //   O‘zbek   tili   va
adabiyoti.-Toshkent, 2004.-61-63-betlar. 
17. Nasimova   M.Bolalar   psixalogiyasini   asarlarda   ochib   berish//   Inovativ
academiy.2021
18. Karimov.N, XX asr manzaralari. – Toshkent:Toshkent: Akademnashr, 2008
19. Quronov   D,   Mamajonova   Z,   Sheraliyeva   M.   Adabiyotshunoslik
lug’ati.Toshkent. “Akademnashr” -2013
20. Normatov   U.   Hikoyada   detal   va   tafsilot.   O’zbek   adabiyoti   masalalari.
Toshkent. “O’zadabiynashr”- 1962.
21. Hurshid Do‘stmuhammad Shoirning hikoyalari maqolasi
22. A6aypaxмoнoвa M.  Xapaктep  ncиxoлoгизим,  мyxит  ва  типик    шароит.//
узбек тили ва адабиёти 1975 й., 2-cн.-5.29-35.
23. Адабиёт назарияси. Икки томлик.  I  том. – Тошкент: Фан, 1978. – Б. 416.
24. Адабиёт назарияси. Икки томлик.  II  том. – Тошкент: Фан, 1978. – Б. 448
25. Аристотель.   Поэтика   (Поэзия   санъати   ҳақида).  –   Тошкент:   Адабиёт   ва
санъат, 1980. – Б. 152.
26. Тоғаев О. Асқад Мухтор. –Тошкент: Тошкент нашриёти, 1966;
27. Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб.  Қадимий адабий алоқалар.-Т.,1997;
28. Шарафиддинов   О.   Ижоднинг   катта   йўлида.   Истеъдод   жилолари
китобидан. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1976;
29. Раҳимжонов Н. Асқад Мухтор поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008;
30. Каримов   Н.   Ва   бош.   ХХ   аср   адабиёти   тарихи.   –   Тошкент:   Ўқитувчи,
1999. 
31. Ҳайитметов   А.   Ўзбек   адабиётида   халқчиллик   тенденсияси   //   Ўзбек
тили ва адабиёти, 1993, 2-сон, – Б. 5.
                                      III. Badiiy adabiyotlar
56 1.           Asqad   Muxtor.   Chodirxayol.   3-nashr   Toshkent   “O‘zbekiston”.   2021B-191
2.           Asqad   Muxtor.   Dunyo   bolalari.   Qayta   nashr.   Toshkent.   “   O‘zbekiston”.
2021.B-160
3.          Asqad Muxtor. Tanlangan asarlar. Toshkent. “Assaxiy”.2021
4.Аскад   Мухтор.   Илдизлар.   Киссалар   ва   хикойалар.   Йош   гвардийа   1984.Б-
176.
                               IV. internet manbalari
1. www.e-adabiyot.com     (O‘zbek milliy adabiyotiga doir rasmiy sayt)
2. www.jahonadabiyoti.uz     (“Jahon adabiyoti” jurnali sayti)
3. www.kh-davron.uz      ( S h oir va olim Xurshid Davron sayti )
4. www.normatov.narod.uz     (Adabiyotshunos Umarali Normatov sayti)
5. www.quronov.uz     (Adabiyotshunos Dilmurod Quronov sayti)
6. www.sharqyulduzi.uz     (“S h arq yulduzi” jurnali sayti)
57

ASQAD MUXTOR HIKOYALARIDA RUHIYAT TASVIRI MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………….…4-8 I BOB. ASQAD MUXTOR HIKOYALARIDA BADIIY MAHORAT………9 1.1. Ana’nalardan foydalanishdagi mahorati……………………………....….9- 17 1.2. Asarlarida zamon, makon va muhit tasviri……………………………...17- 27 II BOB. ASQAD MUHTOR HIKOYALARINING KOMPAZITSIYASI…..28 2.1 Hikoyalarida portret va peyzajning ahamiyati…………………………..…28- 43 2.2. Asarlarida detallarning o‘rni………………………………………...….…43- 46 III BOB. OBRAZLAR GALERIYASI VA ULARDA RUHIY TOVLANISHLAR IFODASI…………………………………………………...47 3.1. Adib hikoyalarida bola ruhiyatining tasviri…………………………….…47-52 3.2. Ijodkor “men”i talqini……………………………………………….……52-57 XULOSA………………………………………………………………..….…58-60 ADABIYOTLAR RO‘YXATI …………………………………………...…60-63 1

KIRISH (ishning umumiy tavsifi) Mavzuning dolzarbligi: Jahon adabiyotida ijodkor shaxsi u yaratgan asar hamda uning qalb dunyosini kashf etish asosiy muammolardan biri sanaladi. Ayniqsa, yozuvchi asarlaridagi ruhiy tovlanishlar, po’rtanalar, asar qurilishidagi o‘ziga xosliklar hamda muallifning xalq tilidan foydalaishdagi mahoratini o‘rganish zarurati yuzaga kelmoqda. Shu munosabat bilan ijodkor shaxsi menini nasriy asarlar asosida o‘rganish hamda o‘zbek adabiyotining yorqin ijodkori bolgan Asqad Muxtor ijodiga, nasriga yangicha qarashlar asosida baho berish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Jahon adabiyotida ijodkor yaratgan asarlarning davr, shaxs va qahramon masalasi yuzasidan olib borilayotgan sa’yi harakatlari ham adabiyot olamini ochishga xizmat qilmoqda. Binobarin, davr tushunchasi qahramon ruhiyati orqali tadqiq etish, qahramon tushunchasini esa zamon munosabatida idroklash, ularni boshqarib turuvchi ijodkor shaxsining asar mavqeidagi o‘rnini belgilash muhim sanaladi. Shu nuqtai nazardan Asqad Muxtor hikoyalarida davr, shaxs va qahramon masalasining yorilishi bugungi adabiyotshunoslikdagi zarurat sanaladi. Ayniqsa, bolalar obrazi va ularning ruhiy kechinmalari davr muammosini kichik qalblarda aks etishi davr tushunchasini yoritishga xizmat qiladi hamda mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi. O ‘ zbek xalqining badiiy estetik dunyosining taraqqiyoti ko‘p asrlik bosqichlarni bosib o’tgan adabiiy-madaniy qadriyatlarning tiklanishi va ularning mustahkamlanishi bilan yanada rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda xalqimizning ming-ming yillik ma’naviyat xazinasi xalqimizning xayotiga va manaviy olamining takomillashuviga o’z hissasini qo’shmoqda. Yurtboshimiz Prezident Shavkat Mirziyoyev o’zining “ O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo’llagan maktubida, adabiyotning inson ma’naviy olamiga qay darjada ta’sir ko’lami haqida ham to’xtalib o’tganligini quydagi jumlalar orqali ko’rib o’tishimiz mumkin: “Bundan yuz yil muqaddam buyuk o‘zbek shoiri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li – Cho‘lpon “Adabiyot yashasa, millat 2

yashar!” degan otashin da’vat bilan maydonga chiqqan edi. Hayot va tarix sinovlaridan o‘tgan teran ma’noli bu so‘zlar bugun ham o‘z ahamiyati va qimmatini yo‘qotgan emas” 1 . Darhaqiqat, adabiyot, san’at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi. Mavzuning o‘rganilish darajasi. O‘zbek adabiyotshunosligida hikoya janriga doir muammolar turli ilmiy qarashlar asosida o‘rganilgan. 2 Ulardagi tasvir ko’lamini turli talqin qilishadi. Asqad Muxtor ijodi, asarlarining milliy hikoyachilikda tutgan o‘rni borasida ham qator tadqiqotlar ishlari hamda ilmiy izlanishlar kuzatiladi. 3 Asqad Muxtor ijodi yuzasidan O.Sharfiddinov, I.Sulton, M.Qo‘shjonov, I.G‘afurov, N.Shukurov, N.Karimov. U.Normatov, Q.Yo‘ldoshev singari bir qator olimlar ijod olami bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar. 4 Biroq bu kabi tadqiqotlarning birortasida Asqad Muxtorning hikoyalari tadqiqi asosiy planga olib chiqilmadi. Mana shularni e’tiborga olgan holda, yozuvchi hikoyalarining o‘ziga xos jihatlari, hikoyalardagi ruhiyat tasviri va ichki kechinmalar talqini tadqiqot ob’ektimizda aylandi. Bitiruv ishining maqsad va vazifalari. Asqad Muxtor hikoyalari o‘zining yuksak badiiyati, ilgari surilgan g‘oyaviyligi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvidagi “Adabiyot va san’at; madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir” nomli ma’ruzasi // Xalq so‘zi. – 2017, 4 avgust - #153(6347) 2 Адабиёт назарияси: 2 томлик. Т.2.-Т.,1979; Сулаймонова Ф. Шарқ ва Ғарб. Қадимий адабий алоқалар.- Т.,1997; Мирвалиев С. ХХ аср ўзбек адабиёти тарихини даврлаштириш муаммолари// Тил ва адабиёт таълими.-1995.-№5-6.- Б.48-52; Каримов Э. ХХ аср бошида Туркистонда адабий муштаракликлар//Ўзбек тили ва адабиёти.-1994.-№4-6.-Б.16-23; Турдиев Ш. А.Қодирий ва татар адабиёти//Ўзбек тили ва адабиёти.- 1994.-№6.-32-38; Шеъриятда Фитрат ва Чўлпон анъаналари // Гулистон.-1995.-№2.-Б.46-47 ; ал-Амин Б. Миллий адабиётнинг икки илдизи//Шарқ юлдузи.-1998.-№5.-Б.156-158; Қуронов Д. Жаҳон адабиётига йўл.- Жаҳон адабиёти.-1997.-№6.-Б.168-172 3 Тоғаев О. Асқад Мухтор. –Тошкент: Тошкент нашриёти, 1966; Сайимов Б. Асқад Мухтор прозаси. – Тошкент: Фан, 1969; Шарафиддинов О. Ижоднинг катта йўлида. Истеъдод жилолари китобидан. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1976; Каримов Н. Ва бош. ХХ аср адабиёти тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1999 . Раҳимжонов Н. Асқад Мухтор поэтикаси. – Тошкент: Фан, 2008; Раҳимжонов Н. Мустақиллик даври шеърияти. – Тошкент: Фан, 2012 4 O.Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Sharq, 2004; I.Sulton. Adabiyot nazariyasi. –Toshkent: O’qituvchi, 2005; M.Qo’shjonov. Tanlangan asarlar. –Toshkent: Sharq, 2020, I.G’afurov. Badiiylik – bezavol yangilik. –Toshkent: Sharq, 2008, N.Shukurov. So’z sehri – she’r mehri. – Samarqand, 1993; N.Karimov, XX asr manzaralari. – Toshkent: Sharq, 2012; U.Normatov. XX asr o’zbek adabiyoti. – Toshkent: Akademnashr, 2008, Q.Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent: Akademnashr, 2006. 3

hikoyalardagi qahramonlarning o‘ta soddaligi, inson fojelik hayotining qabariq tasvirlarini o‘rganish ishning asosiy maqsadini tashkil etadi. Ana shu maqsadni amalga oshirishda vazifalar belgilandi: - adabiyotshunoslikda yaratilgan adib hikoyalarini chuqur ilmiy tadqiq etib, ularga xos janr va uslub xususiyatlarini ilmiy tadqiq etish vositasida, yozuvchi asarlaridagi o‘ziga xos ruhiy olam tadqiqini aniqlash; shaxs jumbog‘iga ijodkor munosabatini o‘rganish natijasida u yaratgan asarlarga xos hayot haqiqatini badiiy idrok etish va tasvirlash mahoratini o‘rganish mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalarini tashkil qiladi. – adabiyotimizda inson xati harakati va dunyo qarashini borligicha talqin etilaboshlandi O‘zbek yozuvchilari o‘z ruhiyatini taftish etib, o‘zligini anglashga intilgan qahramonlar hayot hodisalari va odamlarga ham o‘ziga xos munosabatda bo‘lishlari tabiiy hol ekanini diqqat markazida tutgan holda ziddiyatli va murakkab insonlar obrazini yaratishga erishdilar; –adib hikoyalarida hodisalarga va inson shaxsiga yangi jihatlardan yondashish bilan birga real hayot hodisalari mantiqiga, xarakterlar mohiyatiga mos miflar va afsona-yu rivoyatlardan foydalanib, ularning ma’no-mazmuniga singdirilgan hayotiy falsafasini tasvirlanayotgan hodisalar mohiyatiga uyg‘unlashtirish vositasida epik tafakkurning serma’no serohangligini, mazmunning ko‘lamdorligini ta’minlaydi. Natijada badiiy fikr harakati uchun keng makon yaratilgan, janr imkoniyatlari yanada kengaygan; Asqad Muxtor asrlarida hayot hodisalari va inson ruhiyatini xolis kuzatish hamda badiiy tadqiq-u tahlil qilish orqali oddiy mehnatkash xalq va uning ichki kechinmalarini, jamiyat yetkazgan fojiaviy holat insonlar dunyosidagi inqirozga, ziddiyatga sabab bo’lganligi yoritilgan. Natijada, xayolot bilan ruhiyat, hayotiy hodisalar bilan inson borlig‘i uzviylikda, bor ko‘lami va turfa ranglari bilan tasvirlanmoqda, sharqona milliy ruhni, o‘ziga xos hayot falsafasini ifoda qilmoqda. Bitiruv ishining obyekti va predmeti. Ishning obyekti sifatida Asqad Muxtorning nasrdagi o‘ziga xos xusisuyatini yoritish tanlangan. Tadqiqotning predmetini Asqad Muxtorning 2022 yilda nashr etilgan “Dunyo bolalari” hikoyalar 4

to‘plami, 1983 yilda nashr etilgan “Ildizlar” qissa va hikoyalar to’plami, “Chodirxayol” to’plami, 2021-yilda nashr etilgan “Tanlangan asarlar”i tashkil etadi. Ishining ob’yekti va predmetini ochib berishda yuqorida qayd etilgan asarlardan olingan misollar material vazifasini o‘tadi. Bitiruv ishining ilmiy yangiligi. Bitiruv malakaviy ishimizda o‘zbek milliy nasrimizda Asqad Muxtor ijodida uslubiy izlanishlarning o‘ziga xosliklari, milliy koloritning yorqinligi o‘rganildi. Bu o‘rinda yozuvchi hikoyalarida milliy ruh tasviri, ichki kechinmalar, hikoyalarning g‘oyaviy-badiiy qimmati tahlilga tortildi. “Dunyo bolalari”, “Chodirxayol” hikoyalaridagi ruhiy kechinma va psixallogik olam chuqur o‘rganildi. Yozuvchining badiiy mahorati asarlaridagi badiiy tilning o‘ziga xos jihatlari orqali ham ko‘rsatib berildi. - Asqad Muxtor ijodi talqini o’zbek hikoyachiligi tahlil etilib, yozuvchining badiiy obraz yaratish mahoratini o‘rganish, tahlil va talqin etish, shu orqali ijodkorning mahoratini ochib berishga ham e’tibor qaratildi; - adib hikoyalarida bola obraziga e’tibor qaratilib, uning ruhiyati tahlil etiladi; - hikoyalarida muallif “men”i obraz sifatida gavdalanganligi misollar asosida tadqiq etiladi; - hikoyalarining kompozitsion qurilishi va sarlavhalarni berishdagi yozuvchi mahorati ochib beriladi; Shuning bilan birga adabiyotshunoslik ilmida bugungi kunda adabiy asarni tahlil qilishning yangicha tamoyillari, yangicha badiiy tafakkur nuqtai nazaridan qarashlar asosida amalga oshirildi va Asqad Muxtor ijodidagi hikoyalarning psixalogik tahlili yaratildi. Malakaviy bitiruv ishining tadqiq usullari . Mavzuni yoritishda hozirgi kunda o‘zbek adabiyotshunosligi qo‘lga kiritgan yutuqlardan, bayon qilingan nazariy fikrlardan, qiyosiy-tipologik, germeniftik, tavsifiy, qiyosiy metoddan foydalanildi. Malakaviy bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati . Malakaviy bitiruv ishinig ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 5