logo

O’QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATINING ASOSIY SIFATLARI VA YETAKCHI XUSUSIYATLARI

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

233.5 KB
O’QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATINING ASOSIY SIFATLARI VA
YETAKCHI XUSUSIYATLARI
                                                           MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………........3
I –BOB.O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT……....6
1.1.   Qobiliyatning pedagogik - psixologik tasnifi……….........................................6
1.2. O'qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari ………………..14
1.3.   Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari…………………….19
II–BOB.O'QITUVCHINING   KOMMUNIKATIV
QOBILIYATI……………………………………………………………………24
2.1. O'qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari……………..24
2.2.   Pedagogik ta’sir ko'rsatish - kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli
sifatida…………………………………………………………………………….31
2.3.   Pedagogik ta’sir ko'rsatish - kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli
sifatida ……………………………………………………………………………36
III -BOB.XULOSA……………………………………………………………...42
FOYDALANILGANADABIYOTLAR………………………………………..45
1                                                        KIRISH
Shaxsning   muayyan   faoliyatini   muvaffaqiyatli   egallashi,   shuningdek   uni   ijodiy
ravishda   amalga   oshirishning   shartlari   xisoblangan   xususiyatlariga   qobiliyat   deb
ataladi.   Har   bir   inson   takrorlanmaydigan   individ   bo‘lib,   uni   muayyan   faoliyat
turiga   layoqatli   qiluvchi   omil   kishining   o‘z   xususiyatidir.   Ishdagi   muvaffaqiyat
ko‘p   jihatdan   uning   qobiliyati   bilan   belgilanadi.
Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga
bo‘lgan   layoqat   darajasini   ifodalaydigan,   turmush   jarayonida   xosil   qilingan
individual xususiyatlar yig’indisi hisoblanadi.Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil
ish   sharoitlarida   o‘z   hamkasblariga   qaraganda   yaxshiroq   natijaga   erishadi.   Biz
ko‘pincha,   falon   o‘qituvchining   xali   tajribasi   kam,   lekin   u   shubxasiz ,   qobiliyatli
o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o’sha o‘qituvchining hali kam tajribasi
bo‘lishiga   qaramasdan   o‘qituvchilik   ishini   muvaffaqiyatli   olib   borishga   yordam
beradigan  bir   qancha   pedagogik   qobiliyatlar   (kuzatuvchanlik,   pedagogik  nazokat,
muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqiyatli
ishlash   uchun   har   bir   o‘qituvchi   --   pedagogik   mahoratga   ega   bo‘lishi   zarur.
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining
natijasi   bilan   yangiliklar   yaratadi.   Ijodkorlik   hamisha   uning   hamroxi   bo‘ladi.
Pedagogik   ishga   qobiliyatli,   iste‘dodli   kishigina   loyiq   bo‘ladi   va   pedagogik
mahoratga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. 
Qobiliyat   malaka   va   uddaburonlikdan   farq   qiladi.   Malaka   va   uddaburonlik
mashq   va   o’qish   natijasi   xisoblansa,   qobiliyatni   rivojlantirish   uchun   esa   yana
iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat
taraqqiy etadi.Kishi qobiliyati ikkita asosiy turga bo’linadi:
1. Maxsus  qobiliyatlar ;
2.Umumiy qobiliyatlar.
2 Pedagoglik faoliyatining samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning
quyidagi   turlari   mavjud   bo’lmog’i   va   uni   rivojlantirilib   borilmog’i   lozim.Bilish
qobiliyati   –   fanning   tegishli   sohalariga   oid   (matematika,   fizika,   adabiyot   va
bashqalarga   oid)   qobiliyatlar.   Bunday   qobiliyatlarga   ega   o‘qituvchi   fanni   o‘quv
kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O‘z fani sohasidagi
kashfiyotlarni   hamisha   kuzatib   boradi,   unga   nihoyatda   qiziqadi,   ayrim   tadqiqot
ishlarini ham bajaradi.Tushuntira olish qobiliyati – o‘quv materialini o‘quvchilarga
tushunarli   qilib   bayon   eta   olish,   material   yoki   problemani   aniq,   tushunarli   qilib
gapirib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg’otish
qobiliyati.
  O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, soddalashtira olishi ,
qiyin   narsani   oson,   murakkab   narsani   oddiy,   noaniq   narsani   tushunarli   qilib
o‘quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va
kamolot   darajasini   xisobga   oladi,   ularning   nimani   bilishlari-yu,   nimani
bilmasliklarini,   nimani   unutib   qo‘yganliklarini   tasavvur   etadi.   Ba‘zi
o‘qituvchilarga,   ayniqsa,   tajribasi   kam   o‘qituvchilarga   o‘quv   materiali   oddiy ,
tushunarli,   alohida   izohni   talab   etmaydigan   tuyuladi.   Qobiliyatli,   tajribali
o‘qituvchi o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yadi. U kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan
narsani   o‘quvchilarga   tushunilishi   qiyin   bir   narsa   bo‘lishi   mumkinligiga   ishonib,
unga   asoslanib   ish   tutadi.Kuzatuvchanlik   qobiliyati   –   o‘quvchining,
tarbiyalanuvchining   ichki   dunyosiga   kira   olish   qobiliyati,   o‘quvchi   shaxsini   juda
yaxshi   tushuna   olish,   psixik   qobiliyatlarni   kuzata   olish   qobiliyati.   Bunday
o‘qituvchi   kichkinagina   alomatlar ,   uncha   katta   bo’lmagan   tashqi   belgilar   asosida,
o‘quvchining   ruhiyatidagi   ko‘z   ilgamas   o‘zgarishlarni   ham   faxmlab   oladi.Nutk
qobiliyati   –   nutq   yordamida,   shuningdek,   imo   –   ishora   vositasida   o‘z   fikr   hamda
xis – tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik qobiliyati
uchun juda muhim.
Tashkilotchilik   qobiliyati   –   birinchidan,   o‘quvchilar   jamoasini   uyushtirish,
jipslashtirish, muhim vazifalarni   xal etishda ruhlantirishni , ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri
uyushtirishni nazarda tutadi.Obro’ orttira olish qobiliyati – o‘quvchilarga bevosita
3 emotsional – irodaviy ta‘sir ko‘rsatish va shu asosda obro’ qozona olishdir. Obro’
faqat   shu   asosda   emas,   balki   o‘qituvchining   fanni   yaxshi   bilishi,   mehribonligi,
nazokatliligi   va   boshqa   asosida   ham   qozonadi.   Bu   qobiliyat   o‘qituvchi   shaxsiy
sifat   bir   majmuasiga,   xususan,   irodaviy   sifatlariga   (dadilligi,   chidamliligi ,   qat‘iyligi,
talabchanligi   va   boshqalarga)   o‘quvchilarga   ta‘lim   –   tarbiya   berish   mas‘uliyatini
xis   etishga   ham   bog‘liqdir.   O‘quvchilar   qo‘pollik   qilmaydigan,   qo‘rqitmaydigan,
to‘g‘ri talab qo’ya oladigan o‘qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Bushang, laqma,
irodasiz,   printsipsiz   o‘qituvchilarni   bolalar   yoqtirmaydilar.   Bolalar   bilan   to‘g‘ri
muomala  qila   olish,   bolalar   bilan  do’stlasha   olish,   ular   bilan  samimiy   munosabat
o’rnata   olish   pedagogik   nazokatning   mavjudligidan   darak   beradi.Kelajakni   ko‘ra
bilish   qobiliyati   –   o‘z   harakatlarining   oqibatini   ko‘ra   bilish,   o‘quvchining
kelajakda   qanday   odam   bo‘lishini   tasavvur   qilishda.   Bolani   kelgusida   qanday
qobiliyatlarini   rivojlantirsa,   qanday   kasb   egasi   bo‘lib   chikishi   oldindan   bashorat
kilib   aytishda   (   pedagogik   diagnostika).Diqqatning   taqsimlay   olish   qobiliyati   –
o‘qituvchi   uchun   diqqatning   barcha   xususiyatlari   –   xajmi,   kuchi,
kuchuvchanligi,   idora   qila   olishi ,   safarbarlik   taraqqiy   etgan   bo‘lishi   juda
muhimdir.Kommunikativ   qobiliyat   –   kishilar   bilan   bo‘ladigan   munosabatni
yaxshilaydigan, bir – biri bilan til topib ishlashni ta‘minlaydigan qobiliyat. Bundan
tashkari,   konstruktiv   -   o‘qituvchining   o‘z   ishini   loyihalashi,   rejalashtirishi,
pertseptiv – idrok jarayonining ob‘ektlarini birinchi bo‘lib bilib olish va uni xotira
obrazlari   bilan   solishtirish,   empatiya   –   bashqa   kishilarning   psixik   holatlarini
tushunish   va   ularga   hamdardlik   qilish ,  didaktik  qobiliyat   –  o‘quvchi  va  bashqa  kishilar
bilan   mulokat   qilishda   pedagogikaning   qonun   –   koidalariga   amal   qilish   kabi
qobiliyatlar ham mavjud.
O‘qituvchi yuqorida sanab o’tilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy
sifatlarga,   aniq   maqsadni   ko‘zlash,   qat‘iylik,   mexnatsevarlik,   kamtarlik   kabilarga
ega bo‘lgandagina pedagogik kasbning yuqori pog’onasiga ko’tarila oladi.
4 I .O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT
1.1.   Qobiliyatning pedagogik - psixologik tasnifi
Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'iib, muayyan
faoliyat   yuzasidan   layoqati   va   ishni   muvaffaqiyatli   amalga   oshirish   subyektiv
shart-sharoitini   ifodalovchi   individual   psixik   sifatlar   yig'indisidir.Zarur   bo‘lgan
bilim,   malaka   va   ko'nikmalami   egallash   dinamikasidagi   farqlarni   aniqlaydi.
Qobiliyatlar   individual-psixologik   xususiyat   bo’lgani   sababli,   shaxsning   boshqa
sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga,
his-tuyg'ulariga   qarama-qarshi   qo'yilmaydi,   balki   ular   bilan   bir   qatorga   qo'yilishi
kerak.Qobiliyatni inson tug'ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi,
balki   hayotiy   faoliyati   davomida   shakllantiradi.Govard   Gardner   qobiliyati   aniq
intellektlar   to’plami   deb   atadi   va   uning   yettita   jihatini   ajratib   ko'rsatdi.Biz
intellektning   ushbu   jihatlaridan   oltitasini   0‘qituvchi   pedagogik   mahoratini
takomillashtirish   nuqtai   nazaridan   tahlil   qilishimiz   mumkin.   Psixolog   olim   Olga
Matveeva   ushbujihatlarni   psixologik   texnologiya   bilan   kuchaytirib
modifikatsiyalaydi   va   o'qituvchining   kasbiy   faoliyatida   muhim   ahamiyat   kasb
etishini ta’kidlab,quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o'tadi.
1.Muloqot   qilish   (kommunikativ)   qobiliyati.   O'qituvchi   o'quvchilar   bilan
dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi.
2.Voqealami   oldindan   ko'ra   olish   qobiliyati   Ushbu   qobiliyat   turi   har   bir
o'qituvchining   sergakligida,   o'quvchilarning   ruhiyatini,   ichki   dunyosini   k о 'ra
olishida namoyon bo'ladi. Shunda  о 'qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan
bashorat qila oladi.
5 3. Eshitish va his qilish qobiliyati.  Bunday qobiliyatga ega bo‘Igan insonlar
musiqani   sevishadi,   ohangni   yaxshi   his   qilishadi,   deklamatsiya   asosida   proza   va
poeziyani   yaxshi   о 'qishadi,   eshitgan   narsasi   xotirada   saqlaydi,ayniqsa,she'r   va
qo'shiqlarni sevib tinglaydi.
4.   Kinestetik   (teri-muskul)   qobiliyat. О   'qituvchining   о 'z   xatti   harakatlarini
muvofiqlashtirish     qobiliyati,   harakat   ohangini   his   qilgan   holda   yo‘naltiradi,
vaqtni   harakat   sur   ’ati   bilan   his   qiladi,   о 'zi   uchun   maishiy   qulayliklarni   yarata
oladi, hayot marhamatlaridan rohatlanishni biladi.
5.   Mantiqiy   qobiliyat.   Falsafiy   mulohazalar   yuritishni,   raqamlarni
matematikani,   murakkab   masalalarni   hal   qilishni   sevadi,   sababiyat   va   oqibat
natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan
ajrata oladi;
6. Shaxsning ichki qobiliyati.  О ‘z-o‘zini mukammal bilishi, tushunishi va his
qilish   qobiliyati,   erkin   shaxsda   ichki   qobiliyat   mukammal   rivojlanadi,   irodasi
mustahkam, qat’iyatli, har qanday vaziyatda  о 'z fikr mulohazasini erkin bayon eta
oladi.
Qobiliyat   o'qituvchining   individual   imkoniyatlarini   xarakterlaydiBir   xil
sharoitda   qobiliyatli   o'qituvchilar   o‘z   faoliyatlarida   ham   qobiliyat   past   kishilarga
qaraganda   ko'proq   yutuqlarga   erishadilar.Qobiliyat   shaxsning   ham   umumiy,   ham
maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik
faoliyatlarida   eng   yuqori   natijalarga   erishishini   ta’minlaydi.   Qobiliyatli   kishi
mutaxassislikni tez egallay oladi va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab
chiqarish, fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi.
Qobiliyat   bilimdan   farq   qiladi.   Bilim   -   bu   ilmiy   mutolaalar   natijasidir,
qobiliyat   esa   insonning   psixologik   va   fiziologik   tuzilishiga   xos   bo'lgan
xususiyatdir.   Qobiliyat   bilim   olish   uchun   zaruriy   shart-sharoit   yaratadi,   shu   bilan
birga,   u   ma’lum   darajada   bilim   olish   mahsulidir.Umumiy   va   maxsus   bilimlarni
o'zlashtirish,   shuningdek,   kasbiy   mahoratni   egallash   jarayonida   qobiliyat
mukammallashib va rivojlanib boradi.Qobiliyatga  у aqinroq turadigan tushunchalar
ko'nikma va malakalardir.
6 Ко   'nikmalar   -   o'qituvchining   kasbiy   faoliyati   jarayonida   hosil   qilingan
tajriba va bilimlar asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
Malakalar   -   o'qituvchining   ongli   faoliyatni   bajarishi   jarayonida   hosil
qilingan   kasbiy   intellektual   faoiiyatning   avtomatlashgan   komponentlari
yig’indisi.Ular   o'qituvchi   kasbiy   faoliyati   mexanizmining   asosini   tashkil   qiluvch
jarayonlar   bo'lib,   qobiliyat   bilan   birgalikda   pedagogik   mahoratga   erishishn
ta’minlaydilarki, buning natijasida o'qituvchilar kasbiy faoliyatida ulkan yutuqlarni
qo'lga kiritadi. Qobiliyatli, ammo ko'nikma va malakalarga ega bo'lmagan noshud
o'qituvchi  ko‘p narsaga  erisha olmaydi.Qobiliyat  ko'nikma  va malakalami  chuqur
egallashda ro‘yobga chiqadi.
Darhaqiqat,   qobiliyatli   kishining   k о 'nikma   va   malakalari   k о 'p   qirrali   va
mukammallashgan bo 'ladi.   Ко ’nikma va malakalar yetarli bo’Imagan qobiliyatni
birmuncha   to   'ldirishi   yoki   qobiliyatning   kamchiligini   tuzatishi   mumkin.
Ko'nikmalarni   umumlashtirib   mohirlik   ham   deb   ataydilar.Mohirlik   ham
qobiliyatning   o‘zginasidir.   Demak,   qobiliyat   ko'nikma   va   malakalarning   paydo
bo'lish jarayonida shakllanadi.
Pedagogikada   o'qituvchi   qobiliyati   -   bu   imkoniyatdir,   uning   mohirligi
zaruriy darajasi faqatgina o'qitish va tarbiyalash jarayonida takomillashib boradi va
yutuqlarga   erishishida  zamin  yaratadi.  Tug'ma  qobiliyatlar   zehn  deyiladi.   Iqtidor,
iste’dod,   daholik   -   insonning   ijodiy   faoliyati   jarayonida   erishiladigan
qobiliyatlaming   rivojlanish   bosqichlari   hisoblanadi.Qobiliyatlar   xarakter   kabi,
shaxsning faqatgina ma’lum faoliyatidagina mavjud bo'lgan sifatlaridir.
Psixologiyada qobiliyat - insonning kasbiy bilim, ko'nikma va malakalami
qiyinchiliksiz,   osonlik   bilan   mukammal   egallashi   va   biror   faoliyat   bilan
muvaffaqiyatli   shug'ullanishiga   aytiladi.   U   o'qituvchining   kasbiy   faoliyatida   ham
у orqin namoyon bo'ladi.Kasbiy faoiiyatning ta’lim mazmunini belgilovchi sifatlari
o'qituvchining ijodkorligida namoyon bo'ladi. Ijodkorlik - bu sifat jihatidan yangi,
original   va   takrorlanmas   biror   yangilikni   paydo   qiluvchi   faoliyatdir. Mahsuldor
ijodkorlikda   belgilangan   har   qanday   muammo   muvaffaqiyatli   hal   qilinadi;   ijod
7 qilishga   layoqatli   bo'lgan   o'qituvchilarning   asosiy   qismida   bu   jihatlar   namoyon
bo'ladi.Evristik ijodkorlik, jamiyatda ro'y berayotgan kasbiy faoliyatga oid
yangiliklarni   dadil   o'zlashtirish   va   targ'ib   qilishni   anglatadi,   ya’ni   uning   asosida
g'oyalar   (farazlar)   hosil   qilish   jarayonini   intensifikatsiya   qilish   va   ularning
haqiqatga   yaqinligini   (ehtimolligini,   ishonchliligini)   izchil   amalga   oshirish   va
bunda   yangi   holatda   dadil   harakat   qilish   qobiliyati,fikrlash   jarayoni   asosida
tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.
Kreativ   ijodkorlikda   o'qituvchi   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   boigan   yangi
nazariyalami   yaratadi,   o'z   fikrlari   va   takliflari   bilan   chiqadi,   mohir   va   tajribali,
layoqatli   o'qituvchilargina   bimga   erishishi   mumkin.Tabiiy   anatomik-fiziologik
layoqat   nishonalari   qobiliyatlaming   fiziologik   asosini   tashkil   etadi.   Keyinchalik
qobiliyatga   aylanadigan   layoqat   nishonalarining   majmui   insonning   iste   ’dodi
deyiladi.Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining yig'indisi,
iste’dodining   yuksak   cho'qqisi   -   uning   intellektini   belgilaydi   Shaxs   qobiliyatining
istak va qiziqishlari bilan bog’liqligi. Qobiliyat, bilim, ko’nikma, malaka va mahorat.
O’quvchilar qobiliyatini diagnostika  qilish, qobiliyatni tarkib toptirishga individual
yondashish.   Qobiliyatlarning   shakllanishi   va   rivojlanishi.   O’quvchi   qobiliyatlarini
rivojlantirishda   o’qituvchining   roli.   O’qituvchining   pedagogik   qobiliyatlari.
Pedagogik qobiliyatdan pedagogik mahorat sari. Pedagogik mahorat indikatorlari.
1. Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi
2. Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar
3. Qobiliyatlarning psixologik strukturasi
4. O’quvchi qobiliyatining o’ziga xosligi
5 .Pedagogik qobiliyat turlari
6. Qobiliyatlar va qiziqishlar diagnostikasi.
Faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subektiv
shart–sharoitini   ifodalovchi   individual   psixik   sifatlar   yig‘indisidir.Muloqot   qilish
(kommunikativ)   qobiliyati.   O‘qituvchi   o‘quvchilar   bilan   dars   va   darsdan   tashqari
jarayonlarda ,   sinfda   ijobiy   ruhiy   iqlim   yarata   oladi.
8 Kinestetik   (teri-muskul)   qobiliyat.   O‘qituvchining   o‘z   hatti   harakatlarini
muvofiqlashtirish   qobiliyati,  harakat  ohangini  his   qilgan  holda  yunaltiradi,  vaqtni
harakat   sur'ati   bilan   his   qiladi,   o‘zi   uchun   maishiy   qulayliklarni   yarata   oladi ,   hayot
marhamatlaridan   rohatlanishni   biladi.Qobiliyat   shaxsning   ham   umumiy,   ham
maxsus rivojlanishida tezroq oldinga siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik
faoliyatlarida   eng   yuqori   natijalarga   erishishini   ta'minlaydi.   qobiliyatli   kishi
mutaxassislikni   tez   egallay   oladi   va   yuqori   mahoratga   erishadi   hamda   ishlab
chiqarish,   fan   yoki   madaniyatga   yangilik   kirita   oladi.
Ko‘nikmalar – o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilingan tajriba va
bilimlar   asosida   bajariladigan   ishning   mukammal   usuli.Pedagogikada   o‘qituvchi
qobiliyati – bu imkoniyatdir, uning mohirligi zaruriy darajasi faqatgina o‘qitish va
tarbiyalash   jarayonida   takomillashib   boradi   va   yutuqlarga   erishishida   zamin
yaratadi. Tug‘ma qobiliyatlar zehn deyiladi. Iqtidor, iste'dod, daholik – insonning
ijodiy   faoliyati   jarayonida   erishiladigan   qobiliyatlarning   rivojlanish   bosqichlari
hisoblanadi.   qobiliyatlar   xarakter   kabi ,   shaxsning   faqatgina   ma'lum   faoliyatidagina
mavjud   bo‘lgan   sifatlaridir.Psixologiyada   qobiliyat   –   insonning   kasbiy   bilim,
ko‘nikma va malakalarni qiyinchiliksiz, osonlik bilan mukammal egallashi va biror
faoliyat   bilan   muvaffaqiyatli   shug‘ullanishiga   aytiladi.   U   o ‘ qituvchining   kasbiy
faoliyatida   ham   yorqin   namoyon   bo ‘ ladi . Kasbiy   faoliyatning   ta ' lim   mazmunini
belgilovchi   sifatlari   o ‘ qituvchining   ijodkorligida   namoyon   bo ‘ ladi .   Ijodkorlik   –   bu
sifat   jihatidan   yangi ,   original   va   takrorlanmas   biror   yangilikni   paydo   qiluvchi
faoliyatdir . Mahsuldor   ijodkorlikda   belgilangan   har   qanday   muammo   muvaffaqiyatli
hal         qilinadi    ;   ijod   qilishga   layoqatli   bo ‘ lgan   o ‘ qituvchilarning   asosiy   qismida   bu
jihatlar   namoyon   bo ‘ ladi . Evristik   ijodkorlik ,   jamiyatda   ro ‘ y   berayotgan   kasbiy
faoliyatga   oid   yangiliklarni   dadil   o ‘ zlashtirish   va   targ ‘ ib   qilishni   anglatadi ,   ya ' ni
uning   asosida   g ‘ oyalar   ( farazlar )   hosil   qilish   jarayonini   intensifikatsiya   qilish   va
ularning   haqiqatga   yaqinligini   ( yehtimolligini ,   ishonchliligini )   izchil   amalga
oshirish   va   bunda   yangi   holatda   dadil   harakat   qilish   qobiliyati ,   fikrlash   jarayoni
asosida   tafakkurni   rivojlantirish   kuzatiladi . Kreativ   ijodkorlikda   o ‘ qituvchi   ijtimoiy
ahamiyatga   ega   bo ‘ lgan   yangi        nazariyalarni        yaratadi    ,   o ‘ z   fikrlari   va   takliflari   bilan
9 chiqadi ,   mohir   va   tajribali ,   layoqatli   o ‘ qituvchilargina   bunga   erishishi   mumkin .
Tabiiy   anatomik-fiziologik   layoqat   nishonalari   qobiliyatlarning   fiziologik   asosini
tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat nishonalarining majmui
insonning iste'dodi deyiladi.Insondagi bilish va layoqat nishonalari jarayonlarining
yig‘indisi, iste'dodining yuksak cho‘qqisi – uning intellektini belgilaydi. “Intellekt
–   bu   aqlan   ish   ko‘rish,   ratsional   fikrlash   va   hayotiy   muammolarni   mohirona   hal
qilishning   global   qobiliyati”   (Veksler),   ya'ni   intellekt   insonning   atrof   muhitga
to‘liq moslasha olish qobiliyati deb qaraladi.Intellektning tarkibiy tuzilishi olimlar
tomonidan   quyidagicha   ta'riflanadi:Biroq,   kishidagi   tabiiy   layoqat   nishonalari
mukammal kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatli olib borilishini ta'minlamaydi. Kishi
o‘zidagi   layoqat   nishonalarini   doimiy   ravishda   rivojlantirib   borishi   kerak,   bu   esa
faqat   shijoatli   kasbiy   faoliyat   jarayonida   amalga   oshirilishi   mumkin.Pedagogik
qobiliyatlar o‘z funksiyasiga ko‘ra umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy
qobiliyatlar mavjud bo‘lganda o‘qituvchi o‘z pedagogik kasbiy   faoliyatini mukammal
egallab ,   mohirona   olib   borish   bilan   birga,   boshqa   turli   xil   faoliyatlar   bilan   ham
muvaffaqiyatli   shug‘ullanadi.   Umumiy   qobiliyatga   ega   bo‘lgan   o‘qituvchilar
ta'lim-tarbiya   jarayonida   har   qanday   qiyinchilik   va   ziddiyatlarni   qiynalmasdan
bartaraf etadilar.O‘qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina
shunday   yozadi:   “ Ta'lim   –   tarbiyada   ro‘y   beradigan   ko‘pgina   kamchiliklar
o‘qituvchi   o‘z   pedagogik   qobiliyatining   amaliy   yunalishlarini   yaxshi
bilmasligi,   iste'dodning   o‘qituvchida   yuqligi   natijasida   ro‘y   beradi ”.
Maxsus   qobiliyatga   ega   bo‘lgan   o‘qituvchilar   faqat   o‘zlari   egallagan   kasbiy
yunalishlari   bo‘yicha   muayyan   faoliyat   bilan   muvaffaqiyatli   shug‘ullanadilar.
Biror   faoliyatning   muvaffaqiyatli,   mustaqil   va   mukammal   bajarilishini
ta'minlaydigan   noyob   qobiliyatlar   birikmasi   talant   deyiladi.
Barcha   mutaxassisliklarda   bo‘lgani   kabi   o‘qituvchilik   kasbida   ham   pedagogik
qobiliyat   –   uning   shaxsiy   iste'dod   xususiyatlarini   belgilab ,   kasbiy   faoliyat   turini
muvaffaqiyatli   amalga   oshirishda   subektiv   shart   -   sharoitlar   yaratadi.
Har   qanday   qobiliyat   –   shaxsga   tegishli   bo‘lgan   murakkab   tushunchadir,   u
faoliyatning   talablariga   mos   xususiyatlar   tizimini   o‘z   ichiga   qamrab   oladi.
10 Har qanday faoliyat ham murakkab bo‘lib, u kishiga turli-tuman talablar qo‘yadi.
Agar   shaxs   xususiyatlari   tizimi   shu   talablarga   javob   bera   olsa,   kishi   faoliyatni
muvaffaqiyat   bilan   amalga   oshirishda   o‘z   qobiliyatini   ko‘rsata   oladi,   agar
xususiyatlaridan   qaysi   biri   rivojlanmagan   bo‘lsa,   shaxs   mehnatining   muayyan
turiga   nisbatan   kam   qobiliyatli,   deb   xarakterlanadi.
Mana   shuning   uchun   ham   qobiliyat   deganda   birorta   xususiyatning   o‘zini   emas,
balki   inson   shaxsining   faoliyat   talablariga   javob   bera   oladigan   va   shu   faoliyatda
yuqori   ko‘rsatkichlarga   erishishni   ta'minlay   oladigan   xususiyatlar   ansambli   yoki
sintezini   tushunish   lozim.O‘qituvchi   qobiliyatini   o‘rganishda   xususiyatlar
«ansambli»   iborasini   biz   shuning   uchun   ham   ishlatamizki ,   bunda   xususiyatlarning
oddiygina   birgalikda   mavjud   bo‘lishini   emas,   balki   ularning   uzviy   bog‘langan
bo‘lishini,   muayyan   tizimda   o‘zaro   ta'sir   qilishini   ko‘zda   tutayapmiz.   Bu   tizimda
xususiyatlardan   biri   oldingi   o‘ringa   chiqib,   yetakchi   xususiyatga   ega   bo‘lsa,   ayni
vaqtda   boshqalar   uchun   yordamchi   xususiyatlar   rolini   o‘ynaydi.
Pedagogik–psixologiyada   o‘qituvchi   qobiliyatining   cheklangan   turlari   yo’q.
Pedagogik  qobiliyat   turlari   fanning,  jamiyatning   rivojlanishiga   qarab   ko‘payib   va
o‘zgarib   turishi   mumkin.   Falsafada   qobiliyat   uzoq   vaqtgacha   “o‘zgarmas   irsiyat”
nasldan   –   naslga   o‘tuvchi   jarayon   sifatida   talqin   etilgan.   Olimlarning   uzoq   yillar
olib   borgan   ilmiy-tadqiqotlari   va   kuzatishlari   natijasida   pedagogik   qobiliyatning
quyidagi   asosiy   sifatlari   ajratib   ko‘rsatilgan:
-O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
-Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
-Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish.
-Bolalar jamoasiga singib keta olish.
-O‘z mehnatiga ijodiy yondashish.
-Javobgarlikni his etish.
11 -Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
Ta'limning   pedagogik-psixologik   tasnifi   odatda   o'qitish   va   psixologiya
fanlari   kesishmasida   tekshiriladi.   Ushbu   tasnif   shaxsning   qobiliyatlarini
tushunishga,   ularning   ta'limini   rejalashtirishga   va   rivojlanish   jarayonlarini
boshqarishga  yordam  beradi.Ko'nikmalarni   pedagogik-psixologik  nuqtai   nazardan
tasniflash uchun odatda uchta asosiy toifa qo'llaniladi:
1.Umumiy qobiliyatlar (intellekt): Bu toifada shaxsning umumiy aql darajasi
va   aqliy   salohiyati   tekshiriladi.   Bu   odatda   intellekt   testlari   yordamida   baholanadi
va   shaxsning   mavhum   fikrlash,   muammolarni   hal   qilish   va   o'rganish   qobiliyati
kabi sohalardagi qobiliyatlarini o'lchashga qaratilgan.
2.Maxsus   qobiliyatlar   (qobiliyatlar):   Bu   turkumda   shaxsning   ma'lum
sohalardagi   qobiliyatlari   ta'kidlanadi.   Masalan,   musiqiy   iste'dod,   sport   iste'dodi,
matematik   iste'dod   va   boshqalar   kabi   sohalardagi   o'ziga   xos   qobiliyatlar   ushbu
toifaga kirishi mumkin. Bu qobiliyatlarni ko'pincha turli testlar yoki amaliy ishlar
orqali aniqlash mumkin.
3.Ijodiy   qobiliyatlar:   Bu   turkumda   shaxsning   ijodkorlik   darajasi   va   ijodiy
fikrlash   qobiliyatlari   baholanadi.   Ijodkorlik   yangi   g'oyalarni   yaratish,   mavjud
g'oyalarni   qayta   shakllantirish,   muammolarni   hal   qilish   va   original   echimlarni
ishlab chiqish qobiliyatini o'z ichiga oladi. Ushbu sohada baholash odatda original
echimlarni   ishlab   chiqarish   qobiliyatiga   qaratilgan.Bu   tasniflar   odamlarning
qobiliyatlarini   yaxshiroq   tushunishga   va   shunga   mos   ravishda   ta'lim   dasturlarini
shakllantirishga   yordam   beradi.   Shunday   qilib,   har   bir   shaxs   o'zining   kuchli
tomonlarini   rivojlantirish   va   o'z   salohiyatini   maksimal   darajada   oshirish
imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.
12 1.2. O'qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da barkamol, erkin fikrlovchi shaxsni
tarbiyalash   hamda   komil   inson   g‘oyasi   -   milliy   va   umumbashariy   mohiyatga   ega
bo‘lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy ezgulikka undaydigan olijanob g'oya
sifatida   ulug‘langan.   Mazkur   g‘oyani   yosh   avlod   ongiga   singdirishda   o'qituvchi
kadrlaming  roh beqiyos.  Bu  esa  ulardan  avvalo mukammal   kasb  qobiliyatiga  ega
bo'lishni,   bilimi,   mahorati,   ilmiy   nazariy   va   amaliy   salohiyatidan   oqilona
foydalanishni taqozo etadi.Respublikamiz Prezidenti I. AKarimov ta’kidlaganidek:“
Biz   iqtisodiy   о   'nglanish,   iqtisodiy   tiklanish,   iqtisodiy   rivojlanishni   m   a   ’naviy
o'nglash, m a ’naviy poklanish,ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg
‘un   bo'lishni	
” istayotgan   sirli     davrda   yashayapmiz.   Bu   istak   esa   yoshlar   ta’lim   -
tarbiyasi   bilan   shug‘ullanayotgan   kasb   egalarini   yuksak   kasbiy   tayyorgarlikka,   g
‘oyaviy -siyosiy e’tiqodga, tashkilotchilik va boshqaruvchilik malakalariga ega
bo’lish lozimligini taqozo qilmoqda Chunonchi, bu hol ta’lim tizimi va kasb-hunar
ta’limi muassasalar yangilanayotgan, ta’lim - tarbiyaning mazmuni,shakli, usullari,
vositalari  majmuiga,  o‘quv  -  tarbiya jarayoniga  o‘zbekona  urf   -  odatlar  faol  kirib
borayotgan   bir   sharoitda   yuz   bermoqda.Bu   o'zgarishlar   har   bir   o‘qituvchini
yangicha   fikrlashga,   sharqona   ish   yuritishga,tadbirkorlikka,   ishbilarmonlikka,
ma’naviy - ma’rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga undaydi. Shuning uchun
ham bugungi kunda o‘tgan davrdagidan ko‘proq pedagogika fani oldida yangicha
fikr   yuritadigan   0‘qituvchi-tarbiyachini   tayyorlash,   uning   kasbiy   mahorati   va
13 malakasini   takomillashtirish   uchun   o’qitish   va   tarbiyalashning   zamonaviy   shakl,
usul,   vositalarini   ishlab   chiqish   juda   muhimdir.   Biz   yuqorida
ta’kidlaganimizdek,o‘qituvchilik   kasbini   tanlagan   har   bir   yigit   va   qiz   o‘ziga   shu
kasbni  sevishi  yoki  sevmasligi  to‘g‘risida savol  beradi. Zero masalaning  yana bir
muhim   tomoni   borki,   bu   bo‘lajak   o’qituvchi   pedagogik   qobiliyatga   egami   yoki
yo‘qmi   degan   muammo   paydo   bo‘ladi.   Vaholanki   har   bir   kasb,   qobiliyat   orqali
egallanadi   va   mukammal   o‘rganiladiUmumiy   qobiliyatlar   mavjud   bo‘lganda
O‘qituvchi   o‘z   pedagogik   kasbiy   faoliyatini   mukammal   egallab,   mohirona   olib
borish   bir-birga,   boshqa   turli   xil   faoliyatlar   bilan   ham   muvaffaqiyatli
shug‘ullanadi.Umumiy   qobiliyatga   ega   bo‘lgan   o'qituvchilar   ta’lim-tarbiya
jarayonida har qanday qiyinchilik va ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar
O‘qituvchining   pedagogik   qobiliyatini   tahlil   qilgan   N.V.Kiramin   shunday
yozadi: “Ta’lim - tarbiyada ro'y beradigan k о ‘pgina kamchiliklar   о ‘qituvchi   о   'z p
edagogik   qobiliyatining   amaliy   yo‘nalishlarini   yaxshi   bilmasligi.   iste’dodning
о 'qituvchida yo‘qligi natijasida ro‘y beradi”.
Maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan o'qituvchilar faqat o'zlari egallagan:
kasbiy   yo'nalishlari   bo‘yicha   muayyan   faoliyat   bilan   muvaffaqiyatli   ish
g‘ullanadilar. Biror   faoiiyatning   muvaffaqiyatli,   mustaqil   va   mukammal
baj a rilishini   ta’minlaydigan   noyob   qobiliyatlar   birikmasi   talant   deyiladi. Barcha
mutaxassisliklarda   bo'lgan   o’qituvchilik   kasbida   namoyon   pedagogik   qobiliyat   -
uning shaxsiy iste’dod xususiyatlarini belgilab,kasbiy faoliyat turini muvaffaqiyatli
amalga   oshirishda   subyektiv   shart   -sharoitlar   yaratadi.Har   qanday   qobiliyat   -
shaxsga   tegishli   bo'lgan   murakkab   tushunchadir,u   faoliyatning   talablariga   mos
xususiyatlar   tizimini   o‘z   ichiga   qamrab   oladi.Har   qanday   faoliyat   ham   murakkab
bo'lib.   u   kishiga   turli-tumantalablar   qo'yadi.   Agar   shaxs   xususiyatlari   tizimi   shu
talablarga javob beraolsa, kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o'z
qobiliyatiniko'rsata oladi, agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo'lsa,
shaxs mehnatining muayyan turiga nisbatan kam qobiliyatli, debxarakterlanadi.
Mana   shuning   uchun   ham   qobiliyat   deganda   birorta   xususiyatning   o'zini
emas,   balki   inson   shaxsining   faoliyat   talablariga   javob   bera   oladigan   va   shu
14 faoliyatda   yuqori   ko‘rsatkichlarga   erishishni   ta’minlay   oladigan   xususiyatlar
ansambli   yoki   sentezini   tushunish   lozim. O'qituvchi   qobiliyatini   o'rganishda
xususiyatlar   “ansambli”   iborasini   biz   shuning   uchun   ham   ishlatamizki.   bunda
xususiyatlaming oddiygina   birgalikda mavjud bo'lishini emas, balki ularning uzviy
bog'langan   bo'lishini, muayyan tizimda o'zaro ta’sir qilishini ko'zda tutayapmiz. Bu
tizimda xususiyatlardan biri oldingi o'ringa chiqib, yetakchi xususiyatgaega bo'lsa,
ayni   vaqtda   boshqalar   uchun   yordamchi   xususiyatlar   rolini   o'ynaydi. Kishining
qobiliyati juda katta ijtimoiy va shaxsiy  ahamiyatga ega.Qobiliyat yuqori  mehnat
unumdorligini   ta   ’minlashga,binobarin,   ijtimoy   boylikning   son   va   sifat   jihatidan
tez   o'sishiga,   jamiyat   taraqqiyotigayordam   beradi.   Shuning   uchun   ham   bo‘lajak
о ’qituvchilarning   zakovati,qobiliyatini   ochish   hamda   ulardan   o   'z   o’rn   ida
foydalanishini o'rganibolishi zarur ekanligi haqidagi masala qat’iy talab qilinadi.
O'qituvchining pedagogik mahoratni takomillashtirishida qobiliyat bilim olish va
malaka hosil qilishni ta’minlaydi. Qobiliyatli kishining yuqori unumli mehnati uni
moddiy hayot darajasi  bilan ta’minlaydi.Ta’kidlash joizki, qobiliyatli o'qituvchiga
pedagogik   faoliyat   va   mehnat   yengilroq   bo'ladi   va   u   kamroq   charchaydi,   chunki
sevimli   mehnati   unga   huzur-halovat   bag'ishlaydi.Qobiliyat   bilim,   ko'nikma   va
malakalar   mahsuli,  shu   bilan  birga,  faoliyatusullarini   egallash   tezligi,  teranligi  va
mustahkamligida   namoyon   bo'ladi.   0’qituvchining   o'quvchilar   bilan   muloqoti
yuksak darajada muvaffaqiyatli bo‘lishi uning pedagogik qobiliyatga qanchalik ega
ekanligiga   bog‘liq.   O'qituvchilarning   faoliyati   yosh   avlodni   ma’naviy   barkamol
shaxs   darajasida   tarbiyalashda   va   kasbiy   bilimlarni   chuqur   egallagan   kadrlarni
tayyorlashda   namoyon bo'ladi.  Buning  muvaffaqiyati   o'qituvchilarning  pedagogik
qobiliyatiga   bog'liq.   Qobiliyat   kasbiy   faoliyat   jarayonida   sayqallanib   boradi.
Buning uchun o'qituvchida layoqat,zehnva qiziqish bo'lishi kerak.
Zehn   qobiliyatlarni   rivojlantirishda   muhim   ahamiyatga   ega.   Masalan,
yo’llarining tovush naychalari va tomon ustki qismining tuzilishi o’quvchida vokal
qobiliyatlarning   diktor,   lektor   bo’lish   qobiliyatlarining   rivojlanishi   uchun   zehn
kurtak   bo’lib   xizmat   qilishi   mumkin.   Shu   narsani   alohida   ta’kidlash   lozimki,har
qanday zehn turlicha ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatning rivojlanish uchun xizmat
15 zehnning   mavjudligi   muhimdir.Zehn   qobiliyatlar   rivojlanishining   shartlaridan
biridir.   Biror   kishi   muayyan   faoliyatiga   nisbatan   ajoyib   zehnli   bo’lishi   mumkin,
agarda   sharoit   bo’lmasa,   mana   shu   zehn   asosida   qobiliyatlar   rivojlanmay   qolishi
mumkin.   Mustaqil   Respublikamiz   o’z   huquqini   qo’lga   olgandan   so’ng   turli   kasb
egalari   turli   tuman   yangi   -yangi   ixtirolar   qilmoqdalar   qobiliyatli   bolalarimiz   chet
ellarda   faoliyatlarini   (musiqa,   sport,   olimpiada   o’yinlari   va   boshqalar   namoyish
etib   kelmoqdalar.   Maktabda   bola   qobiliyatini   rivojlamnishi   bevosita   o’qituvchi   -
tarbiyachi   rahbarligida   olib   boriladi.   O’quvchi   qobiliyatini   rivojlantirish   uchun
uning iste’dod nishonalari zehnini hisobga olish juda muhimdir. Qobiliyatning erta
namoyon bo’lishi bolaning favqulotda zehnga ega ekanligini ko’rsatadi . 
O'qituvchining pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funktsiyalari:
•   O'z-o'zini   baholash:   O'qituvchilar   muntazam   ravishda   o'zlarining   pedagogik
qobiliyatlarini   baholashlari   va   takomillashtirish   yo'nalishlarini   aniqlashlari   kerak.
Bu   o'quvchilarning   fikr-mulohazalarini   to'plash,   tengdoshlarning   kuzatuvlarini
o'tkazish va o'z-o'zini aks ettirishni o'z ichiga olishi mumkin.
•   Maqsad   qo‘yish:   O‘qituvchilar   o‘zlarining   pedagogik   qobiliyatlarini   oshirish
uchun   aniq   va   erisha   oladigan   maqsadlarni   qo‘yishlari   kerak.   Ushbu   maqsadlar
aniq   ko'nikmalar   ustida   ishlash   va   talabalarning   ta'lim   natijalarini   yaxshilashga
qaratilgan bo'lishi kerak.
•   Mutaxassislikni   rivojlantirish:   O‘qituvchilar   seminarlar,   konferensiyalar   va
onlayn kurslar orqali o‘zlarining pedagogik tajribalarini rivojlantirishlari kerak. Bu
imkoniyatlar ularga o‘qitishning yangi usullari, o‘quvchilarni baholash usullari va
sinfni   boshqarish   strategiyalari   haqida   bilim   va   ko‘nikmalarga   ega   bo‘lish
imkonini beradi.
•   Kasbiy   rivojlanish   jamoalarida   ishtirok   etish:   O'qituvchilar   kasbiy   rivojlanish
jamoalarida   ishtirok   etishlari   va   hamkasblari   bilan   aloqa   o'rnatishlari   kerak.   Bu
jamoalar   fikr   almashish,   ilg‘or   tajriba   almashish   va   o‘qituvchilarga   bir-biridan
o‘rganishga yordam beradi.
•   Talabalarning   fikr-mulohazalarini   olish:   Talabalarning   fikr-mulohazalari
o‘qituvchilarning pedagogik qobiliyatlarini oshirish uchun qimmatli ma’lumotlarni
16 berishi   mumkin.   O'qituvchilar   o'z   o'quvchilaridan   ularning   o'qitish   usullari,   sinf
muhiti va o'rganish imkoniyatlari haqida fikr-mulohazalarini olishlari kerak.
•   Tadqiqot   va   mulohaza:   O'qituvchilar   doimiy   ravishda   o'zlarining   ta'lim
amaliyotlarini tadqiq qilishlari va mulohaza yuritishlari kerak. Bu samarali o'qitish
usullarining   dalillarini   o'rganish   va   o'z   amaliyotini   qanday   yaxshilash   haqida   fikr
yuritishni o'z ichiga olishi mumkin.
•   Murabbiylikni   qabul   qilish   va   berish:   O‘qituvchilar   tajribali   hamkasblaridan
maslahat   olishlari   va   yangi   o‘qituvchilarning   o‘zlari   murabbiylik   qilishlari   kerak.
Bu   ularga   o‘z   bilimlarini   baham   ko‘rish,   bir-biridan   o‘rganish   va   pedagogik
amaliyotini takomillashtirish imkonini beradi.
Bu   vazifalarni   bajarib,   o'qituvchilar   o'zlarining   pedagogik   qobiliyatlarini
oshirishlari,   o'quvchilarning   bilimini   yaxshilashlari   va   kasbiy   qoniqishlarini
oshirishlari mumkin.
17 1.3.   Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari
Pedagogik-psixologiyada   o'qituvchi   qobiliyatining   cheklangan   turlari   yo'q.
Pedagogik   qobiliyat   turlari   fanning,   jamiyatning   rivojlanishiga   qarab   ko'payib   va
o'zgarib  turishi   mumkin.  Falsafada   qobiliyat   uzoq  vaqtgacha   "‘o’zgarmas  irsiyat”
nasldan   -   naslga   o'tuvchi   jarayon   sifatida   talqin   etilgan.   Olimlaming   uzoq   yillar
olib   borgan   ilmiy-tadqiqotlari   va   kuzatishlari   natijasida   pedagogik   qobiliyatning
quyidacha   asosiy sifatlari  ajratib ko'rsatilgan:
1. O'z kasbiga muhabbat, o'quvchilarni seva olishi.
2. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi.
3. Pedagogik taktga (odob va go'zallikka) ega bo'lish.
4. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
5. O'z mehnatiga ijodiy yondashish.
6. Javobgarlikni his etish.
7. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O'qituvchi   faoliyatidagi   pedagogik   qobiliyatning   o'ziga   xos   tizimlar   mavjud.
Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi:
-asosiy xususiy adar;
-tayanch xususiyatlar;
-yetakchi xususiyatlar;
-yordamchi xususiyatlar.
Pedagogik   qobiliyatlar   faqat   pedagogik   faoliyatning   samarali   bo'lishini   va
shart-sharoitini   ifodalamasdan,balki   ko'p   jihatdan   muvaffaqiyatli   ishlashning
18 natijasi   hamdir.   Pedagogik   qobiliyatda   o'qituvchining   o'zaro   fikr   almashuvi   bilan
bog'liq xususiyatlari asosiy rol o'ynaydi. Quyidagi pedagogik qobiliyatning   asosiy
xususiyatlari   o'qituvchining   yuksak   pedagogik-psixologik   bilimlari   natijasida
doimiy shaklanib boradi:
Kommunikativ   qobiliyat:   0‘qituvchining   pedagogik   jamoa   va   ota-
onalar,mahalla   ahli   bilan   bo'ladigan   o‘zaro   muloqotida,   ularning   ruhiy   holatlarini
tushunish   va   ularga   hamdard   bo'lish.   muloqotga   kirishishida   pok   ko'ngillilik.
0‘qituvchi   bunda   psixologik   bilimlarga   ega   bo‘lishi,muomala   madaniyatini
muntazam   o'zida   shakllantirib   borishi   lozim.Perseptiv   qobiliyat:   tashqi   olamni   va
muhitni   sezish,   idrok   etish,ya’ni   kuzatuvchanlik   muhim   rol   o‘ynaydi.
O'qituvchining   shijoati   natijasida   rivojlanadi,   takomillashadi.   0‘qituvchi
o'quvchining   psixologiyasini,psixik   holatini     o'ziga   singdirib   idrck   etadi,   sinf
jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.Empatik qobiiivat:
bolalarga   bo'lgan   muhabbatdan   kelib   chiqadigan   o'quvchilarning   his-tuyg'usini,
psixologik   holatlarini   qalbdan   his   etish,tushunish,   idrok   etish,   ularga   achinish
xususiyatlaridir.
Ta’lim   jarayonini   muqobillashtirish   qobiliyati:   o'qituvchi   o'z   bilimini
o'quvchi   ongi   va   tafakkuriga   kam   kuch   sarflash   evaziga   yetkaza   olishi,   ta’lim   va
tarbiyada   belgilangan   muddatda   maqsadga   erishish   qobiliyatidir.Didaktik
qobiliyat: o'quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy
qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o'zlashtirgan holda samarali dars berish
qobiliyatidir.   Shuningdek,dars   pedagogik   texnologiyalar   asosida   jahon
andozalariga,   hozirgi   zamon   talablariga   javob   berishi   kerak.Tashkilotchilik
qobiliyati   pedagogik   qobiliyatning   tarkibiy   qismidir.U   sinf   o‘quvchilarining
o'qituvchi   tomonidan   turli   jamoat   ishlariga,   to'garaklarga   jalb   qila   olishida,   sinf
jamoasining har bir o‘quvchiga faol vaziyatni ta’minlab berishida namoyon bo'ladi.
Konstruktiv   qobiliyat:   o'qituvchining   o'quv-tarbiyaviy   faoliyatni   puxta
rejalashtirishi   asosida   yuzaga   keladigan   kasbiy   pedagogik   vaziyat   bosqichlarini
oldindan ko'ra olishi.Bilish qobilivati. 0‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni
chuqur   bilishida,   o'zlashtirishi   va  amaliyotda  namoyon  etishi.Anglash  (tushunish)
19 qobiliyati: o'qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi,voqea va hodisalarni chuqur
idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo'lishi.
Pedagogik qobiliyatlarning  tayanch xususiyatlari   kuzatuvchanlik ko'ra bilish
ko'nikmasidir.   Bu   individual   narsaning   o'ziga   xos   tomonini,ijodiy   faoliyat   uchun
boshlang'ich   materialni   ko'ra   bilishi   demakdir.Rassomning   kuzatuvchanligi,
tabiatshunos   olimning   kuzatuvchanligidan   farq   qilishi   o'z-o‘zidan   ravshan.
Ularning   kuzatuvchanligi   turlichayo‘nalishda   bo’lganligi   sababli.   har   biri   o‘z
tafakkuri va dunyoqarashiga ega.Qobiliyatning   yetakchi xususiyati   ijodiy tasavvur
qilishdir.   Eng   xususiyat   faqat   rassomga,   matematika   o‘qituvchisiga,   adabiy
otshunosh xos bo‘lmasdan, balki aynan barcha fan o’qituvchilariga ham tegishli.
Har   qanday   kasb   sirlarini   mukammal   egallash   uchun   qobiliyat   kerak
Pedagogik qobiliyat sog’lom o‘qituvchidagina shakllanadi.Biroq yuqori,o'rtacha va
past   darajada   bo'lishi   mumkin.Ushbu   turli   darajada   qobiliyatlarda
mujassamlashgan   hislatlar   va   xususiyatlar   orasida   ba’zilari   yordamchi   rol
o'ynaydi.Pedagogik   qobiliyatlar   tizimiga   kiradigan   yordamchi   xususiyati   va
hislatlar   quyidagilardan   iborat:aql-idrokning   muayyan   turlari,   hoziijavoblik,
kamchiliklarga   tanqidiy   e’tibor.   sobitqadamlik;“o'qituvchining   nutqi,notiqlik
san’ati,   so’z   boyligining   teranligi;“aktyorlik   xususiyati:   mimika   va   pantomimika,
xayoliy   fantaziya   ishlata   olish,   ruhiy   hissiyotni   jilovlay   olish.pedagogik   takt   va
pedagogik nazokatga ega bo’lish. O'qituvchining pedagogik qobiliyatining umumiy
xususiyatlari:
•   Talabalar   markazida:   O‘qituvchilar   talabalarning   ehtiyojlari   va   qiziqishlarini
birinchi o‘ringa qo‘yishlari kerak.
•   Interaktiv:   O'qituvchilar   talabalar   bilan   ijobiy   va   qo'llab-quvvatlovchi   o'zaro
munosabatlarni o'rnatishlari kerak.
•   Moslashuvchan:   O'qituvchilar   o'quvchilarning   turli   ta'lim   uslublari   va
ehtiyojlariga moslashishi kerak.
•   Maqsadga   yo'naltirilganlik:   O'qituvchilar   o'quv   maqsadlarini   belgilashlari   va
ularni o'z darslarida izchil amalga oshirishlari kerak.
20 •   Reflektiv:  O'qituvchilar   doimiy  ravishda  o'z  ta'lim  amaliyotlarini  aks  ettirishlari
va yaxshilashlari kerak.
O'qituvchining pedagogik qobiliyatining o'ziga xos xususiyatlari:
=Aloqa maxorati:
-Og'zaki va yozma ravishda aniq va samarali muloqot qilish
-Talabalarning ehtiyojlarini tushunish va shunga mos ravishda javob berish
Sinfni boshqarish ko'nikmalari:
•   Sinfda samarali muhitni yaratish va saqlash
•   Talabalarning xulq-atvorini boshqarish
•   Dars jarayonini tashkil etish
Ta'lim usullari ko'nikmalari:
•   O‘qitishning turli usullaridan foydalanish
•   Talabalarning o‘rganishini osonlashtiradigan ta’lim imkoniyatlarini yaratish
•   Talabalarning muvaffaqiyatini kuzatish va baholash
O'z-o'zini boshqarish qobiliyatlari:
•   Vaqtni samarali boshqaring
•   Stress bilan kurashish
•   Kasbiy rivojlanishga intiling
Texnologiyalarni integratsiyalash qobiliyatlari:
•   O‘qitishga texnologiyani samarali integratsiyalash
•   Talabalarni texnologiyadan o‘rganish vositasi sifatida foydalanishga o‘rgatish.
Baholash qobiliyatlari:
•   Talabalarning o‘rganishini adolatli va to‘g‘ri baholash
21 •   Ta'limni yaxshilash uchun baholash ma'lumotlaridan foydalanish.
Jamoatchilikda ishtirok etish qobiliyatlari:
•   Oilalar, hamkasblar va jamiyat a'zolari bilan ijobiy munosabatlar o'rnatish.
•   Talabalarning maktab jamiyatiga jalb etilishini qo‘llab-quvvatlash
Bu   xususiyatlar   samarali   o'qituvchi   ega   bo'lishi   kerak   bo'lgan   asosiy
pedagogik   qobiliyatlarni   ifodalaydi.   Ushbu   ko'nikmalarni   rivojlantirish   orqali
o'qituvchilar   o'quvchilarning   bilimini   maksimal   darajada   oshirishi,   ijobiy   sinf
muhitini yaratishi va ularning kasbiy qoniqishini oshirishi mumkin .
22 II.BOB.O'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI
2.1.O'qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari
O'qituvchining   kommunikativ   qobiliyati.O'qituvchining   kommunikativ
qobiliyati   o'quvchilar   va   boshqa   manfaatdor   tomonlar   bilan   samarali   muloqot
qilish   qobiliyatidir.   Bunga   og'zaki,   og'zaki   bo'lmagan   va   yozma   muloqot
qobiliyatlari   kiradi.O'qituvchining   kommunikativ   ko'nikmalarining
ahamiyati.Kommunikativ qobiliyat o'qituvchilarga quyidagilarga imkon beradi:
•   Talabalar bilan ijobiy munosabatlar o'rnatish va qo'llab-quvvatlash
•   Axborotni aniq va tushunarli tarzda yetkazing
•   Talabalarning o‘rganishini osonlashtiring
•   Talabalarning ishtirokini rag'batlantirish
•   Talabalarning bilimini baholash
O'qituvchi bilan samarali muloqot qilish uchun maslahatlar
•   Aniq va qisqa bo'ling: ma'lumotni aniq va tushunarli tarzda yetkazing.
•   Talabalarga   yo‘naltirilgan   bo‘ling:   muloqotingizni   talabalarning   ehtiyojlari   va
qiziqishlariga moslashtiring.
•   Faol   tinglashdan   foydalaning:   talabalarni   tinglang   va   tushunganingizni   aks
ettiring.
23 •   Ijobiy   va   qo'llab-quvvatlovchi   ohangdan   foydalaning:   talabalar   bilan   ijobiy
munosabat o'rnating.
•   Og'zaki bo'lmagan signallarga e'tibor bering: xabarlaringizni etkazishda tana tili,
yuz ifodasi va ovoz ohangi muhim ahamiyatga ega.
•   Ko‘rgazmali   qurollardan   foydalaning:   Axborotni   taqdim   etish   uchun   slaydlar,
diagrammalar va videolar kabi ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalaning.
•   Turli   xil   ta'lim   uslublariga   rioya   qiling:   Ba'zi   talabalar   og'zaki   ko'rsatmalarni
afzal ko'rishadi, boshqalari esa yozma ko'rsatmalarni afzal ko'rishlari mumkin.
•   Fikr-mulohaza   bildiring   va   qabul   qiling:   Talabalardan   fikr-mulohaza   oling   va
undan o‘zingizning muloqot qobiliyatingizni yaxshilash uchun foydalaning.
O'qituvchilar bilan muloqot turlari
O'qituvchilar foydalanadigan turli xil muloqot turlari mavjud:
•   Og'zaki   muloqot:   Talabalar   bilan   yuzma-yuz   suhbatlar,   muhokamalar   va
taqdimotlar.
•   Og'zaki bo'lmagan muloqot: Tana tili, yuz ifodalari va ko'z bilan aloqa qilish.
•   Yozma muloqot: Dars rejalari, topshiriqlar va elektron pochta xabarlari.
•   Raqamli   aloqa:   Onlayn   platformalar,   ijtimoiy   media   va   ta limni   boshqarishʼ
tizimlari orqali muloqot.
O'qituvchilar   talabalar   va   boshqa   manfaatdor   tomonlar   bilan   samarali
muloqot   qilish   uchun   ushbu   muloqot   turlarining   barchasidan   foydalanishlari
kerak. O‘qituvchi   faoliyatida   tarbiyalanuvchilar   bilan   pedagogik   aloqalarning
uzluksizligi   tarbiyaning   asosiy   qonuniyatlaridan   biridir.   0‘quvchilar   bilan   ta’lim-
tarbiyaviy   jarayonda   ijobiy   aloqalar   o‘rnatish,   ijobiy   iqlim   yarata   olish,   o‘ziga
ishontira   olish   va   jalb   qilish   -   o‘qituvchi   kommunikativ   qobiliyatining   asosiy
mohiyati bo'lib, bunda bevosita o‘qituvchi bilan bog‘liq bo‘lgan minglarcha ruhiy
jarayonlar,   ma’lum   bir   qolipdan   chiqishi   mumkin   bo'lmagan   muomala   turlari   va
24 shartlari   mavjud.Tarbiyaning   samaradorligi,   pirovard   natijada   o‘quvchilar   bilan
aloqa   o‘rnatishning   shakl   va   uslublariga   qat’iy   rioya   qilgan   holda   amalga
oshirilishi bilan belgilanadi. Asosiy maqsad, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatida
majburiy   itoatkorlik   oqmini   ongli   intizom   egallashi,o‘quvchilarda   mustaqil   fikr
yuritish   ko‘nikmalarini   hosil   qilishdan   iborat.0‘qituvchi   tarbiya   usullari   tizimini
belgilab olgandan keyin bir qator aloqa o‘rnatish vazifalarini rejalashtirishi kerak.
Albatta, bu nihoyatda qiyin jarayon, zero tarbiyaning har  bir usuli, tarkibiy qismi
va   tashkil   etuvchi   usullari   muomala   orqali   aloqa   o‘rnatishning   samaradorligiga
bog‘liq.Ushbu   jarayon   bevosita   о ‘qituvchining   fikr   almashuvi   (refleksiya)   bilan
bog‘liq   xususiyatlariga,   o'quvchi   ruhiy   holatini   fikr   tezligi   bilan   uqib   olish
san’atiga   va   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatishning   turi   usullarini   bir-biri   bilan   o‘zaro
aloqadorlikda   qo‘llay   bilishiga   taalluqli   bo‘Iib,ular   uzluksiz
shakllanadi. О ‘qituvchining fikr almashuvi bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyatini
shakllantiruvchi   asosiy   xususiyatlari   o‘quvchi   ongiga   qaratilgan   faoliyat   bo’lib,
nihoyatda murakkab jarayonda takomillashadi.O‘zaro   fikr  almashish omillari bilan
bevosita   bog'liq   bo’lgan   kommunikativ   qobiliyatning   quyidagi   yo'nalishlari
mavjud:
- o'quvchilarni ishontirish;
- o‘quvchilar ongiga ta’sir etish;
- o'zgalarga taqlid qilish.
O'quvchilarni   ishontirish   tarbiyalanuvchining   ongiga   qaratilgan   bo'lib,
o'qituvchi   fikr-mulohazalarini   ta’sirchan   nutq   orqali   o'quvchining   bilimlar
tizimiga,   dunyoqarashiga,   xulq-atvoriga,   xatti-harakatiga   ta’sir   etadi   va   uni
qisman   о 'zgartiradi.   Ishontirish   о ‘qituvchining   kasb   faoliyatiga   taalluqli   bo'lgan
murakkab   faoliyatida   asosiy   ta’sir   ko'rsatish   vositasi   bo'lib,   ta’lim-tarbiya
jarayonida   ishlatiladigan   usullardan   biri   hisoblanadi.   O'quvchi   ongiga   ta’sir
ko'rsatish   bilan   bog'liq   bo'lgan   ishontirish   usuli   o‘qituvchidan   bahs,   munozara
asosida   dalillar   keltirishni,   isbot   va   mantiqqa   tayanishni   talab   qiladi.   Ayniqsa,
o‘qituvchi   bilan o‘quvchilar orasida o'rganilayotgan mavzuga taalluqli muqobillik
25 mavjud   bo'lganda,   tanqid   va   fikrlar   kurashiga   tayanilganda   samarali
bo'ladi.Ishontirish tarbiyalanuvchining ongiga qaratilgan ekan,o'qituvchining
his-tuyg‘usi,   nutqi   va   ishontira   olish   san’ati   bunda   muhim   ahamiyatga   ega.   U
pedagogik   ta’sir   ko'rsatish   usuli   sifatida   darslarda   yangi   mavzuni   tushuntirishda,
o'quv-tarbiyaviy   soatlarda,   turli   uchrashuvlar   va   ijodiy   suhbatlarda   munozaralar
shaklida   qo'llaniladi.   Tarbiyaviy   tadbirlarda   ishontirish   usuli   sinf   jamoasi   bilan
hamda alohida o'quvchi bilan individual suhbatlar o'tkazish, siyosiy mavzulardagi
darslarda   keng   qo'llaniladi.   Ishontirish   usuli   yordamida   o'quvchilarning
dunyoqarashi   shakllantiriladi.   Bu   ayniqsa   o'quvchi   ongini   begona   mafkuraviy
g'oyalardan himoya qilishda muhim ahamiyatga ega, ishontirish asosida o'quvchiga
ideal   va   mustaqil   fikrlar   qayta   quriladi,   ularni   ba’zi   psixik   ta’sirlar   tufayli   sodir
bo’ladigan tushkunlik holatidan asraydi, ularda erkinlikni hamda mustaqil fikrlash
qobiliyatini   o‘stiradi,   o'ziga   va   kelajagiga   ishonch   uyg'otadi,   o'z-o'zini
tarbiyalashda,   mustahkam   irodani   shakllantirishga   undaydi.O'quvchilar   ongiga
ta’sir   o'zaro   fikr   almashish   jarayonida   shakllanadigan   murakkab   psixologik
xususiyat   bo'lib,   o'qituvchi   k от munikativ   qobiliyatining   universal   omili
hisoblanadi.   О 'qituvchilarning   o'zaro   suhbati   va   faoliyati   jarayonida
tarbiyalanuvchi  ongiga ta’sir   etishning o 'ziga xos xususiyati  shundan iboratki,   и
o'quvchilarning   psixikasi   va   xulq-atvoriga   sezilarsiz   ravishda   ta’sir   ko'rsatadi.
Ta’sir   o'quvchilar   ongiga,   psixikasiga   nazoratsiz   kirib   borishi   bilan   alohida
ahamiyatga   ega,   o‘quvchilarning   ijodiy   faoliyatida,   xatti-
harakatlarida,intilishlarida   yo'1- уо 'riqlar   k о 'rsatish   tarzida   amalga
oshiriladi. Ongga   ta’sir   shunday   bir   psixik   jarayonki,   o'quvchilar   0‘qituvchining
yoki biror shaxsning ta’siri ostida, o‘z ongining yetarli nazoratisiz voqelikni idrok
etadi. Agar o‘qituvchi bunda pedagogik mahoratga psixologik tajriba va bilimlarga
ega   bo'lmasa,   o'quvchilar   ongiga   ta’sir   qila   olmaydi,   natijada   ta’lim-tarbiya
jarayoni ijobiy natijalar bermaydi.
O‘qituvchi   o‘quvchilarning   hurmat-e’tiboriga   sazovor   bo’la
olmaydiO‘qituvchi   o‘z   tarbiyalanuvchilari   ongini   tashqi   muhitning   salbiy
ta’sirlaridan,sinf jamoasi norasmiy yetakchilarining turli yashirin buzg'unchi
26 g'oyalaridan  himoya  qilishga  mas’ul  shaxsdir.  O‘quvchi   ongiga  ta’sir   o‘tkazishda
o‘qituvchi yetakchilikni o‘z qo’liga kiritishi uchun;
—   o‘quvchilarning salbiy xatti-harakatlari tufayli sodir bo‘ladigar emotsional his-
tuyg‘ularga berilmasligi;
—   har bir o'quvchining psixologik va ruhiy holatini puxta o‘rganmasdan
uning ongiga tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga harakat qilmasligi;
—   har bir o'quvchiga alohida shaxs sifatida hurmat e’tibor bilan
munosabatda bo‘lishi;
—   sinf jamoasining norasmiy yetakchisini sezdirmasdan aniqlat
olishi va uning xatti-harakatidan doimo ogoh bo'lishi;
—   pedagogik mahoratning muhim jihatlarini uzluksiz o‘zida takomillashtirib
borishi;
—   o'ylanmay   aytilgan   har   bir   so'z,   noo'rin   fikr-mulohazaning   oqibatini   hech
qachon   tuzatib   bo'lmasligini   o'qituvchi   doimo   his   etishi   lozim.Shuni   alohida
ta’kidlash   lozimki,   hozirgi   kunda   axborot   texnologiyalan   maydonining   nihoyatda
kengligi   tufayli   o‘quvchilar   ongi   tarbiyaga   salbiy   ta’sir   o‘tkazuvchi   g‘oya   va
mafkuralar   bilan   band   bo‘lish:tabiiy   hol   o‘qituvchilar   yosh   avlodni   tarbiyalashda
ongga ta’sir qilishning keng imkoniyatlarini o‘z o‘mida qo'llay olsalar, o'quvchilai
ongini   turli   keraksiz   g‘oyalar   va   mafkuralardan   himoya   qila   oladilar   Shuni
unutmaslik   kerakki,   o'quvchilar   o'zlarining   yosh   xususiyatlari   va   psixologik
ta’sirga moyilligi tufayli har qanday ta’sirga nihoyatd beriluvchan bo'ladilar.
Taqlid   qilish   shaxsning   psixologik   xususiyati   bo'lib,   o'zi   sevganbiror   inson
harakatiga,   namunasiga,ibratiga   amal   qilishidir. О 'quvchi   о 'zi   uchun   ideal   deb
bilgan   kishining   xulq-atvor   namunalariga   ongsiz   ravishda   taqlid
qiladi.O ‘quvchilar   o‘zgalar   xulq-atvoridan   andoza   olib,taqlid   qilish   yo'li   bilan
ulardan   o'zining   muhitida   foydalanadi.Taqlid   qilishning   o'ziga   xos   xususiyati
shundan   iboratki,   o'quvchilar   o'z   xatti-harakativa   muomalasi   jarayonida   o'zi
ko'rgan, kattalar  bajargan  harakatlarni   takrorlashga  intiladi.Taqlid qilishning yana
bir   xususiyati   o'quvchi   badiiy   asarlarda   o'qigan,   kinofilmlarda   ko'rgan   sevimli
idealidagi   qahramon   obraziga,   xarakteriga,   jasoratiga,   imo-ishora,   nutq,   kiyinish
27 uslublariga beixtiyor taqlid qiladi, o'z faoliyatida takrorlaydi.Beixtiyor taqlid qilish
o'quvchi shaxsi shakllanishining ilk bosqichlaridamuhim ahamiyatga ega. O'quvchi
taqlid qilish yo'li  bilan nutqni,buyumlami, turli  harakatlarni o'rganadi, xulq-atvori
shakllanadi,   ruhiyatidagi   ushbu   jarayon   asta-sekin   va   ko'r-ko'rona   davom   etadi.
O'qituvchi kommunikativ qobiliyati bilan pedagogik faoliyat olib   borish jarayonida
o'zaro fikr almashish yo'li bilan ta’sir ko'rsatishning   ko'rib chiqilgan asosiy turlari -
o'quvchini   ishontirish,   o'quvchi   ongiga   ta’sir   etish,   taqlid   qilish   -   bir-biri   bilan
chambarchas bog'liq bo'lgan psixologik   xususiyatlardir va ayni vaqtda, o'ziga xos
farqlarga   ega.   Ishontirish   va   ongga   ta’siming   o'zaro   bog'liqligi   shundan   iboratki,
biz   ta’sir   ko'rsatish   usulining   unisidan   ham,   bunisidan   ham   foydalanganda
ko'pincha   notiqlik   san’atini   namoyish   etamiz.   O'qituvchining   so'z   boyligi   va
notiqlik   malakasi   ishontirish   va   o'quvchi   ongiga   ta’sir   etishningmuhim
manbalaridir.Fikr   almashish   bilan   bog'liq   o'qituvchi   shaxsining   xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
•   Ochiq fikrli: O'qituvchilar yangi g'oyalar va istiqbollarga ochiq bo'lishi va ularni
ko'rib chiqishga tayyor bo'lishi kerak.
•   Hurmatli:   O'qituvchilar   boshqalarning   fikrini   hurmat   qilishlari   va   har   xil
qarashlarga ega bo'lsalar ham, ularga hurmat bilan munosabatda bo'lishlari kerak.
•   Tanqidiy:   O'qituvchilar   boshqalarning   g'oyalarini   tanqidiy   baholay   olishlari   va
ularning asosliligi va ahamiyatiga shubha qilishlari kerak.
•   Kommunikativ:   O‘qituvchilar   o‘z   fikrlarini   aniq   va   samarali   ifoda   eta   olishi
hamda boshqalarning fikrlarini faol tinglay olishlari kerak.
•   Empatik:   O'qituvchilar   boshqalarning   nuqtai   nazarini   tushuna   olishi   va   o'z
kontekstida ularning g'oyalarini baholay olishi kerak.
Bu   xususiyatlar   o'qituvchilarga   talabalar,   hamkasblar   va   ota-onalar   bilan
samarali fikr almashishga yordam beradi. Ushbu xususiyatlarni rivojlantirish orqali
o'qituvchilar:
•   Talabalarni o‘z fikrlarini bildirish va muhokamalarda qatnashishga undash.
•   Hamkasblar bilan fikr almashish va turli nuqtai nazarlarni baham ko'rish.
28 •   Ota-onalar   bilan   farzandlarining   ta'lim   olishi   haqida   hurmatli   va   konstruktiv
suhbatlar o'tkazing.
•   Fikr almashishni rag'batlantiradigan sinf muhitini yarating.
•   Boshqalar   fikriga   ochiq   bo'ling   va   o'z   qarashlaringizni   qayta   baholashga   tayyor
bo'ling.
Fikr   almashishning   ushbu   xususiyatlarini   rivojlantirish   orqali   o'qituvchilar
o'rganish   va   o'sish   uchun   ijobiy   muhit   yaratishi   va   o'z   o'quvchilariga   tanqidiy
fikrlaydigan va samarali muloqotchilar bo'lishga yordam berishi mumkin.
2.2.   Pedagogik   ta’sir   ko'rsatish   -   kommunikativ   qobiliyatning   asosiy
usuli sifatida
O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy-siyosiy mustaqillik qo'lga kiritilgach,
hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, ta’lim sohasida ham tub islohotlar olib
borilib   ulkan   o'zgarishlar   ro‘y   bermoqda.Islohotlar   respublikaning   rivojlanish   va
taraqqiyot   yo'li   deb   e’tirof   etilgan   demokratik,insonparvar,   huquqiv   jamiyatni
barpo etish uchun xizmat qiladi.Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo
etish   vazifasi   o'sib   kelayotgan   yosh   avlod   zimmasiga   yuklanadi.   O'zbekiston
Respublikasining“Ta’lim   to'g'risida”gi   Qonuni, 1
  “Kadrlar   tayyorlash   milliy
dasturi”hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovmng nutqlari va
qator   asarlarida   ta’lim   va   tarbiya   O‘zbekiston   Respublikasi   ijtimoiy   taraqqivoti
sohasida   ustuvor   deb   e’lon   qilinib,   uning   maqsad   va   vazifalari   belgilab
berilgan.Pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   O‘qituvchining   muhim   kommunikativ
qobilivatlaridan   biri   bo'lib,   avvalo.o'qituvchining   tashqi   qiyofasini   ifodalovchi
madaniyati,   munosabatga   kirishishi   va   nutq   madaniyati   asosida   o'quvchilar   bilan
1
 Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan
29 muntazam   tarbiyaviy   faoliyat   olib   borish   jarayonida   namoyon   bo‘ladi.Pedagogik
ta’sir   ko‘rsatish   -   tarbiyalanuvchiga   ongli   intizom   va   mustaqil   fikr   yuritish
ko‘nikmalarini   hosil   qilish,   tarbiyani   ma’lum   bir   maqsadga   muvofiq
takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir ko’rsatish, jamiyatning
ijtimoiy-tarixiy   tajribalariga   yondashib   shaxsni   har   tomonlama   kamol   toptirish,
uning   xulq-atvori   va   dunyoqarashini   takomillashtirish,   yosh   avlodni   muayyan
maqsad   asosida   tarbiyalash,   ijtimoiy   ong   va   xulq-atvorni   xalqimizning   boy
mafkuralari   asosida   shakllantirishga   yo'naltirilgan   faoliyat   jarayonidir.   Pedagogik
ta’sir ko'rsatish asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va
his-tuyg’ulari   rivojlanadi,   unda   ijtimoiy   hayot   uchun   zarur   bo'lgan   ijtimoiy
aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Pedagogik   ta’sir   ko'rsatish   bilan   jamiyatning   shaxsga   qo’yadigan   axloqiy
talablariga   muvofiq   keladigan   xulqiy   malaka   va   odatlari   hosil   qilinadi.   Bunga
erishish   uchun   o'quvchining   ongi,   hissiyoti   va   irodasigata’sir   etib   boriladi.   Agar
bularning   birortasi   e’tibordan   chetda   qolsa,   o’qituvchining   ta’lim   va   tarbiyaviy
maqsadlarga erishishi  qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi.
U o'quvchilar  faoliyatini  begilaydi,ularning pedagogik jarayonda ishtirok etishlari
uchun   shar-sharoitlar   yaratadi.Pedagogik   ta’sir   ko'rsatish   mazmunida   tarbiya
mohiyati ifodalangan bo'lib, uning mazmuni mamlakatning ijtimoiy maqsadlaridan
kelib chiqib asoslanadi. Tarbiya mohiyati turli davrlarda har xil ifodalangan
bo’lsa   ham,   ammo   yo’naltiruvchanlik   xususiyatiga   ko'ra   bir-biriga   o’xshash
g'oyalarni   ifodalaydi.   Zero,har   bir   xalqning   taraqqiy   etishi,   davlatlarning   qudratli
bo’lishi   avlodlar   tarbiyasiga   ko'p   jihatdan   bog’liiqligi   qadimdan   o’z   isbotini
topgan.Har   qanday   ijtimoiy   jamiyatda   yosh   avlod   tarbiyasi   muayyan   maqsad
asosida   tashkil   etiladi.   Tarbiyaning   maqsadi   ijtimoiy   jamiyat   taraqqiyoti,   uning
rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil  etilayotgan tarbiyaning asosiy
maqsadi  komil  insonni   tarbiyalab  kamolotga  yetkazishdan  iborat.Pedagogik  ta’sir
ko‘rsatishning   asosiy   tarbiyaviy   usullari   hayotdan,millatning   yashash   tarzidan,
milliy an’ana va urf-odatlardan kelib chiqib tanlanadi. Ular o‘quvchilar tarbiyasini
30 pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish nuqtai nazaridan tanlab
oladi.Pedagogik   ta’sir   ko‘rsatish   o‘quvchilaming   ijtimoiy   foydali   mehnat
faoliyatini   pedagogik   jihatdan   ma’lum   bir   maqsadga   muvofiq   tarzda   tashkil   etish
uchun foydalaniladigan vositalar tizimidan iborat. Ushbu vositalar tarbiyalanuvchi
shaxsiga   qaratilgan   bo‘lib,   o‘quvchilaming   xulq-atvorini   shakllantiradi.Ta’lim   va
tarbiya   jarayonida   o‘qituvchi   tomonidan   pedagogik   ta’sir   ko‘rsatishning   asosiy
usullari: talab, istiqbol, rag‘batlantirish va jazolash,jamoatchilik fikri. Talab  - ta’lim
va   tarbiya   jarayonida   o‘qituvchining   tarbiyalanuvchiga   nisbatan   shaxsiy
munosabatlarida   namoyon   bo‘ladi.   O’quvchining   u   yoki   bu   xatti-harakati
o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, ijobiy jihatlari rag‘batlantirib boriladi yoki, aksincha,
nojo‘ya xatti-harakati to‘xtatib qo‘yiladi.
Istiqbol   -   ta’sirchan   pedagogik   usul   bo‘lib,   o‘quvchilarda   mustaqil   fikr
yuritishni, ma’lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi.Bu
maqsadlar   ularning   shaxsiy   intilishlarida,   qiziqish   va   muddaolarida   namoyon
bo‘ladi.   Ushbu   usul   maktab   o‘quvchilarini   shaxs   sifatida   eng   muhim   insoniy
fazilatlaridan biri bo‘lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlandradi. Rag’batlantirish
va   jazolash   -   tarbiyaviy   ta'sirning   eng   an’anaviy   usuli   bo'lib,   o‘quvchilar   xulq-
atvoriga ijobiy ta’sir etishdan iborat. Yaxshi xulq, foydali mehnat va xatti-harakat,
axloqiy hislat, topshiriqlarning so‘zsiz bajarilishi uchun o'quvchi rag‘batlantiriladi.
Nomaqbul   xattiharakat,tartib   buzarlik,   o‘z   burchini   bajarmaslik   jazolash   orqali
bartaraf etiladi. Ushbu usul axloqiy ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi, uni qo’llash
jarayonida   o‘qituvchidan   nihoyatda   ehtiyotkorlik,   sezgirlik   va   hushyorlik   talab
etiladi. Jamoatchilik fikri   - tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning eng muhim usuli bo‘lib,
o'quvchilarning ijtimoiy foydali  faoliyatini  bajarilish natijalariga qarab muntazam
rag‘batlantirib borishda namoyon bo'ladi.Jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ma’lum
bir   yo‘nalishda   amalga   oshirilishini   ta’minlaydi,o'quvchilarning   bir-birlariga
do'stona munosabatini shaklantiradi.
Pedagogik ta’sir ko'rsatish usullaridan samarali foydalanishning eng muhim
sharti   o'qituvchining   insonparvarlik   nuqtai   nazaridan   yondashishini   talab   etadi.
Ushbu   usullar   kasbiy   mas’uliyatni   his   etadigan   yagona   intilishga   qaratilgan   jonli
31 kishilarning   jonli   munosabatidir.   Pedagog   ta’sir   qilish   o'quvchilar   psixikasining
anglanmaydigan sohasiga qaratilgan bo'lib, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilaming
yaqindan   aloqada   bo'lishini,   ularning   o'zaro   bir-birlariga   ishonishini,   o'zaro
tushunishini   ta’sir   qilish   mazmuni,   shaxsning   bir   butun   holatiga   amaliy   ta’sir
qilishi   nazarda   tutadi.   Shunday   qilib,   ta’sir   qilish   ta’lim-tarbiya   samaradorligi
hozirgi   zamon   talablari   darajasida   takomillashtirib   borishda   yo'l-yo'l   yaratib,
o'quvchilarning   faolligini   rag'batlantiradi.O'qituvchi   tarbiyalanuvchilaming   o'zaro
tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, ularning o'zaro kommunikativ munosabatlari
hamda   faoliyat   o'rtasidagi   bog'lanishning   mavjudligi,   uning   samaradoriigini
belgilashi  unutmasligi  shart. O'qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchi
pedagogik ta’sir ko'rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o'quchilar orasida
o'zaro   pedagogik   munosabatlar   tizimini   oqilona   rejalashtirishi   va   psixologik
muhitni   ijobiy  tomonga   o'zgartirishi   lozim.   To'g‘ri   tashkil   etilgan  va   har   jihatdan
mukammal   bo'lgan,   yosh   avlodning   qalbi   ongini   asrashga,   ularni   milliy   va
umumbashariy  qadriyatlar  ruhida  tarbiylashga  qaratilgan  pedagogik  munosabatlar
tizimini   tashkil   etish   uchun   o'qituvchi   har   bir   o'quvchi   ruhiyatini   chuqur   bilib
olishi,   ularning   ichki   imkoniyatlaridan   xabardor   bo'lishi,   axborot   berishi,   fikr
almashishi,   ular   qayg'usini,   tuyg'ularini   tushunishi   va   hamdard   bo'lishi   zarur.
Pedagogik munosbatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o'qituvchi:
•   o'quvchilar bilan bo'lajak munosabatni modellashtira olishi;
•   munosabatda bo'ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldinda
bilishi;
•   bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o'rnatish
•   munosabatda ustunlikka ega bo'lib, uni demokratik talablar asosini
oqilona boshqarish;
•   munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borish
lozim.
O‘qituvchi   tarbiyachi   sifatida   tarbiyalanuvchi   o'quvchilarni   o‘zi   uchun
hamisha   tarbiya   obyekti   deb   hisoblashi   kerak.   Biroq   tarbiyalanuvchi   o‘qituvchi-
tarbiyachi   bilan   erkin   va   ongli   munosabatda   bo'lishga   erishsagina,   tarbiyaviy
32 munosabatlar   samarali   xarakter   kasb   etadi.Tarbiyaviy   faoliyatning   kommunikativ
munosabatlar jarayonida o‘ziga xos qator qoidalari ham mavjud bo'lib, O‘qituvchi
o'quvchilarga   pedagogic   ta’sir   ko‘rsatishda   ushbu   qoidalarni   mukammal   bilishi
lozim
O‘QUVCHILARGA   PEDAGOGIK   TA’SIR   KO‘RSATISHGA   O’QITUVCHI
AMAL QILADIGAN QOIDALAR
-tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi
- tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi 
- shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatiarini e’tiborga olishga
-tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo'lish va uning shaxsini hurmat qilish
- tarbiyalanuvchining yosh va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga
- tarbiyaviy ishlamning izchilligi va muntazam olib borilishini ta'minlash
Pedagogik ta'sir: kommunikativ ko'nikmalarning asosiy usuli sifatida
Pedagogik   ta’sir   o‘quvchilarning   bilim   olishi   va   rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir
ko‘rsatish jarayonidir. Kommunikativ qobiliyatlar pedagogik ta'sirning asosiy usuli
bo'lib,   o'qituvchilarga   talabalar   bilan   samarali   bog'lanish,   bilimlarni   uzatish   va
o'rganishni   osonlashtirish   imkonini   beradi.O'qituvchilarning   muloqot   qilish
qobiliyati o'quvchilarning o'rganishiga bir necha jihatdan ta'sir qilishi mumkin:
•   O'zaro   munosabatlarni   o'rnatish:   O'qituvchilar   ijobiy   va   hurmatli
munosabatlar   o'rnatish   uchun   samarali   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari
mumkin.   Bu   munosabatlar   o‘quvchilarda   ishonch   tuyg‘usini   rivojlantirishga,
tavakkal qilishga tayyor bo‘lishga va o‘rganishga ochiq bo‘lishga yordam beradi.
•   Axborot   uzatish:   O'qituvchilar   ma'lumotni   aniq   va   tushunarli   tarzda
etkazish   uchun   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari   mumkin.   Shunday   qilib,
talabalar   yangi   tushunchalarni   osonroq   tushunishlari   va   ularni   o'z   ta'limlarida
qo'llashlari mumkin.
•   Ta'limni   osonlashtirish:   O'qituvchilar   o'quvchilarning   o'rganishini
osonlashtirish   uchun   turli   xil   muloqot   usullaridan   foydalanishlari   mumkin.
Masalan,   savollar   berish,   munozaralarni   boshlash   va   fikr-mulohazalarni   bildirish
33 orqali ular o‘quvchilarni fikrlashga, tushunchalarini yaxshilashga va ma’lumotlarni
chuqurroq qayta ishlashga undashi mumkin.
•   Talabalarning ishtirokini rag'batlantirish: O'qituvchilar talabalar ishtirokini
rag'batlantirish   uchun   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari   mumkin.   Ular
savollar berish, o‘z fikrlarini baham ko‘rish va munozaralarda qatnashishga undash
orqali o‘quvchilarning darsda faol ishtirok etishini ta’minlashi mumkin.
•   Talabalarning   o‘rganishini   baholash:   O‘qituvchilar   o‘quvchilarning
o‘rganishini   baholash   uchun   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari   mumkin.
Talabalar   bilan   suhbat   o'tkazish,   savollar   berish   va   fikr-mulohazalarni   bildirish
orqali   o'qituvchilar   o'quvchilarning   tushunish   darajasini   baholashlari   va   shunga
mos ravishda o'qitish usullarini o'zgartirishlari mumkin.
Umuman olganda, muloqot qobiliyatlari pedagogik ta'sir jarayonida hayotiy
ahamiyatga   ega.   Og'zaki,   og'zaki   bo'lmagan   va   yozma   muloqot   qobiliyatlarini
rivojlantirish   orqali   o'qituvchilar   talabalar   bilan   samarali   aloqada   bo'lishlari,
ma'lumotlarni   etkazishlari,   o'rganishni   osonlashtirishlari,   talabalar   ishtirokini
rag'batlantirishlari va o'quvchilarning o'rganishlarini baholashlari mumkin.
34 2.3.   Pedagogik   ta’sir   ko'rsatish   -   kommunikativ   qobiliyatning   asosiy
usuli sifatida
So'z   bilan   og'zaki   ta’sir   o'tkazish   o'qituvchining   madaniy   saviyasida   va
o'quvchi  muloqotida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki  insonning“aql-zakovati,
fikr-tuyg'ulari,   bilimi   va   madaniyat   saviyasi,   tafakkuri   ma’lum   darajada   so'zda
ifoda   etiladi.   Muomala   madaniyatida   so'z   aqldan   kuch,tildan   ixtiyor   oladi”   (Aziz
Yunusov).   So‘z   bilan   og'zaki   ta’sir   o'tkazishni   amalda   o'z   pedagogik   faoliyatida
qo‘llovchi   O‘qituvchi   o‘z   hissiyotlari   ijodiy   ta’sirlanishini   boshqarish
ko‘nikmalariga   ega   bo‘lishi   va   o‘z   his   tuyg‘ularini   faqat   ta’lim-tarbiyaviy
maqsadni amalga oshirish uchun ifodalashi hamda o‘quvchi qalbini noo'rin so‘zlar
bilan jarohatlab qo‘ymaslig so‘zlami aniq ifodalashda pedagogik takt normalaridan
chiqib   ketmasli   lozim.   So‘z   qudrati   haqida   R.Dekartning   quyidagi   fikrlari
o'qituvchilar^ham   bevosita   taalluqlidir:   “So‘zlarning   та ’nolarini,   qudratini
odamlar   aniq   ijodalab   tushuntirib   bering,   shunda   siz   insoniyat   olamini   barcha
35 Anglashilmovchiliklarning  yarmidan xalos qilgan bo'lasiz 2
". Bunda o‘qituvchining
shirinsuxanligi   mujassamlashgan   notiqlik   san’ati   hamda   aktyorlik   qobiliyatini
namoyon   qila   olishini   alohida   e’tirof   etish   kerak.   О ‘qituvchi   aktyordek   tayyor
tekstni   yod   olmaydi,   biroq   unga   takrorlanmas   vaziyatda   ijod   qiladi.   So‘z   bilan
og‘zaki   ta’sir   o‘tkazish   o‘qituvchidan   fikrlami,   pedagogik   qobiliyat   texnikasini,
ijodkorlik   talab  qiladi.O‘qituvchining  imo-ishoralari   va   yuz  harakatlari   so‘z   bilan
og'zaki   ta’sir   qilishni   kuchaytiradi.   Yuz   harakatlari   va   imo-ishoralar   nutq(
ovozning baland-pastligi bilan mos kelishi kerak.  Ogohlantiruvchi,so‘zlar ,  notiqlik
san’ati asosida ta’sir etish, vazifani ijro etishga undovchi buyruqlar, ta’qiqlangan
iboralarni   ishlatmaslik,   hazil   orqali   fikrini   anglatish, о ‘quvchining   erkin
mulohazalarini   та 'qullash   yoki   nojo‘ya   harakatlari   uchun   ayblash   so'zning
og'zaki   ta’sir   etuvchi   komponentlaridir.   So‘z   bilan   imo-ishoraning   va   yuz
harakatlarining birligi ma’lum   qilinayotgan axborot hajmdorligi va ta’sirchanligini
kuchaytirishi   lozim.Har   qanday   sharoitda   o‘qituvchi   o'quvchilar   bilan   sinfda
uchrashishimaxsus hozirlik ko‘rishi lozim.
O'qituvchining   sinf   jamoasi   bilan   bo‘lg‘usi   muloqotga   tayyorgarlikka   doir
ibratli misol F.Samuylenkovning “Masterstvo, pedagogicheskiy takt - eto avtoritet
uchitelya”   (“O'qituvchining   mahorati   va   takti   uning   obro‘sidir”)   kitobida
keltiriladi: “Men   VIII   “B   ”   sinfga   kirishg a   otlanayotgan   vaqtimda   о 'qituvchilar
xonasidayoq yuzimdagi tabassum,quvaman. Sinfga kirishdan oldin ongli ravishda
bir   lahza   to   ‘xtab   о   'zim,to   'g'rilab   olaman,   o'zimga   jiddiy,   deyarli   ifodasiz   tus
beraman.O'quvchilar bilan kam, ju d a aniq, keskin gaplashaman. Hech qanxk
hazilga y o 'l  qo'ymayman.  Dars  berayotgan vaqtimda o'tirmayman,bolalar  bilan
rasman   xushmuomalada   bo'laman.   Bunday   marom,saqlash   menga   oson   emas,
lekin   shunga   о   'rganganman,   chunki   hozircha   bu   sinfda   o'zimni   boshqacha
tutishim mumkin emas: sinf tez t a’sirlanuvchan,tezda “qirg'oqdan chiqib ketadi va
yana qaytib oqimga tushishi qiyin ".  Olimning bu mulohazalari hozirgi kunda ham
2
 Rene Dekart (1596-1650yy.) - fransuz faylasufi, matematik va tabiatshunos olim. 
Asarlari: «Metod haqida mulohazalar», «Metfizik iikr-mul ohazalar », «Dastlabki 
falsafa», «Aqlni boshqarish qoidalari». Ta’limoti: U matematika (analitik geomet- 
riya), tabiatshunoslik sohasida bir qancha kashfiyotlar qilgan
36 o‘z qudratini   yo'qotgan emas. U  о ‘qituvchining deyarli har bir harakatda jiddiy   fikr
yuritishga   undaydi.   Darhaqiqat,   o‘qituvchining   har   qanday   hazily   yoki   bachkana
qilig‘i   darhol   teskari   reaksiya   berishi   mumkin.   Hatto   yengil   hazilga   ham   sinf
o'quvchilari qizg‘in javob beradi, ularning fikrini qaytadan “jamlab” diqqatini jalb
etish   va   ish   kayfiyatini   yaratish   keyin   juda   qiyin   bo'lishi   mumkin.So‘z   bilan
og'zaki   ta’sir   qilishda   o'qituvchi   nutqi   nihoyatda   muxtasar,ravon   va   muloyim
bo'lishi,   intonatsiyalar   o'z   ormda   ishlatilishi   kerak.   So‘z   bilan   og‘zaki   ta’sir
o‘tkazish qudrati Sharq xalqlarida azaldan ma’lum bo'lgan. Chunki,  о ‘qituvchining
“ Ma’noli   va   bejirim   gapirib   bilishi,nutq   daryosidagi   maqbul   va   nomaqbul
tn'lqinlarni   ilg'ay   olishi,so'zning   orqa-o'ngini,   munosib   о ‘nimini   farqlay   bilishi,
nutqiy   fahmu - farosat,   tahrli   so   'z   odobi   kabi   fa   zila   tla   r   Turonda   inson   umumiy
axloqining,ma ’naviy rasoligining tayanch ustunlaridan sanalgan”, deb ta’kidlaydi
tilshunos olim N. Mahmudov.
Hozirgi   davrda   o‘qituvchi   faoliyatida   uchraydigan   kommunikativ
munosabatlarda   so'z   bilan   og‘zaki   ta’sir   etish   nihoyatda   xilma   xil   bo'lib,bevosita
pedagogik   ta’sir   ko'rsatishning   nisbatan   mustaqil   ko'rinishini   o'zida
mujassamlashtiradi.   Bilish,   anglash,   ekspressiv   (his-tuyg‘uga   berilish   holati),
ijtimoiy   an’anaviy   muloqot,   inson   holatini   so‘zsiz   tushunish,   dilkashlik
0‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida   uchraydigan   doimiy   takrorlanib   turadigan
kommunikativ   munosabatlaming   turlaridir.Tarbiyaviy   jarayonni   tashkil   etishda
ulami   nazarda   tutish   lozim.Ayniqsa,   pedagogik   ta’sir   ko'rsatishni   tashkil   etishda
so‘zning ahamiyati bilan bog‘liq bo‘lgan pedagogik muomala madaniyatiga va
tarbiyachining   shirin   so‘zligiga   alohida   talablar   qo‘yiladi.   So'zlashganda   odob   va
ehtirom  о  ‘qituvchining pedagogik mahoratida uchraydigan muhim insoniy fazilati
sifatida namoyon bo‘ladi. Xushmuomalalik -0 ‘qituvchi va tarbiyachilaming sinfda
individual   ish   olib   borish   jarayonida   ota-onalar   hamda   0   ‘quvchilar   bilan
muloqotni aniq bir tarbiyaviy maqsadni ko'zlagan holda tashkil eta olishi va ta’lim-
tarbiyaviy   faoliyalni   to‘g‘ri   boshqara   bilishidir.   O'qituvchining   kasbiy   faoliyatida
xushmuomalalikning yosh o‘qituvchi amal qiladigan quyidagi mezonlarini
alohida ta’kidlab o‘tamiz:
37   YOSH O'QITUVCHI AMAL QILISHI LOZIM BO'LGAN
XUSHMUOMALALIK MEZONLARI
-   o'quvchilarga   og'zaki   ta’sir   qilishda   shirinsuxanlik   va   insoniylik   tuyg'ularini
namoyish etish;
-   so’z   bilan   og’zaki   ta’sir   etishning   barcha   bosqichlarida   hissiy   osoyishtalikning
p а yd о  bo'lishi
-o‘zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko'nikmalar va malakalarning mavjudligi
-o ‘quvchilarning ta’lim va bilim olishga bo’lgan ishtiyoqini kuchaytirish
-   mustaqil   fikr   yuritish.   o‘z   fikrni   erkin   bayon   eta   olish,   insoniy   qadr-qimmat
tuyg'usini shakllantirish
O'qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat
hamda   xushmuomalalikni   o‘zida   shakllantirishi   uchun   muntazam   faoliyat   olib
borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyati oid shaxsiy o'z-o‘zini tarbiyalashning
o‘zaro   fikr   almashish   va   aloqadorlikka   doir   quyidagi   tizimlarini   tavsiya   etish
mumkin.
1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o’zini anglashni (muomalada o'zaro
fikr   almashishga   doir   sifatlarni,   ijobiy   va   zaif   tomonlarini   aniqlashi   amalga
oshirish va shu asosda  o'zaro fikr almashish  asosida o‘z-o‘zi tarbiyalash dasturini
ishlab chiqish.
2   .O‘z   kasbiy   faoliyatiga   quyidagi   yo‘nalishlarda   baho   berish   maqsadga
muvofiq:   kishilar   bilan   bo'lgan   muomaladan   so'ng   olingan   taassurotlarni   tahlil
qilish, o'quvchilar bilan muomalaning so'nggi holatlarini o'rganib, muomala haqida
o'zining   yutuq   va   kamchiliklarini   tahlil   qilish   muomaladagi   imkoniyatlaringizni
atrofdagilar   (o'qituvchilar   jamoasi   ota-onalar,   o'quvchilar)   qanday   baholashi
haqidagi tasavvurlarga ega bo'lish.
3.O‘zida   insonparvarlikning   asosiy   xususiyatlarini   rivojlantirish   yuzasidan
ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen'’mashqlar asosida ishlash.
4.   O'quvchilar   va   ota-onalar   bilan   turli   jamoat   ishlarini   olib   borish,bundan
o‘zaro   fikr   almashish   faoliyatida   ko'nikma   va   malakalar   (ma’ruzalar,suhbatlar,
kamolot voshlar uyushmalari) hosil bo’ladi.
38 5.   So‘z   bilan   og‘zaki   ta’sir   o‘tkazishda   salbiy   kayfiyatlarni   yengish
tajribasini shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar
tizimini yaratish.
6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomala
madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish.
7.O‘z   ona   tilida   puxta,lo‘nda   va   jarangdor   so‘zlar   tuza   olish   va   uni   nutqiy
mahorat   bilan   ifodalash   ta’lim   muassasalarida   o‘rganilayotgan   har   bir   fan
o'qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
Taklif  etilgan ushbu tizim  asosida  pedagogik faoliyat  olib borishi  ‘qituvchi
kasbiga  oid shaxsiy  fazilatlardan biri  boigan insonparvarlik va  xushmuomalalikni
shakllantiradi.   O‘qituvchi   kasbiy   faoliyati   davomida   nutqidagi   so‘z   qudratini
takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish
orqali so'z boyligini go'zal,ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, go‘zal
va   ta'sirchan   so‘zlay   bilish   ham   san’at.   Bu   san’atdan   bebahra   bo‘lgan
o‘qituvchining   kasbiy   mahorati   shakllanmaydi.   Qaysi   fanni   o‘qitishdan   qat’iy
nazar,o‘qituvchining   asosiy   quroli   so‘z   boyligidir,   u   so‘z   qudrati   asosida
kommunikativ   qobiliyatini   namoyish   etadi.Pedagogik   ta'sir:   kommunikativ
ko'nikmalarning asosiy usuli sifatida
Pedagogik   ta’sir   o‘quvchilarning   bilim   olishi   va   rivojlanishiga   ijobiy   ta’sir
ko‘rsatish jarayonidir. Kommunikativ qobiliyatlar pedagogik ta'sirning asosiy usuli
bo'lib,   o'qituvchilarga   talabalar   bilan   samarali   bog'lanish,   bilimlarni   uzatish   va
o'rganishni osonlashtirish imkonini beradi.
O'qituvchilarning muloqot  qilish  qobiliyati  o'quvchilarning  o'rganishiga  bir   necha
jihatdan ta'sir qilishi mumkin:
•   O'zaro   munosabatlarni   o'rnatish:   O'qituvchilar   ijobiy   va   hurmatli
munosabatlar   o'rnatish   uchun   samarali   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari
mumkin.   Bu   munosabatlar   o‘quvchilarda   ishonch   tuyg‘usini   rivojlantirishga,
tavakkal qilishga tayyor bo‘lishga va o‘rganishga ochiq bo‘lishga yordam beradi.
•   Axborot   uzatish:   O'qituvchilar   ma'lumotni   aniq   va   tushunarli   tarzda
etkazish   uchun   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari   mumkin.   Shunday   qilib,
39 talabalar   yangi   tushunchalarni   osonroq   tushunishlari   va   ularni   o'z   ta'limlarida
qo'llashlari mumkin.
•   Ta'limni   osonlashtirish:   O'qituvchilar   o'quvchilarning   o'rganishini
osonlashtirish   uchun   turli   xil   muloqot   usullaridan   foydalanishlari   mumkin.
Masalan,   savollar   berish,   munozaralarni   boshlash   va   fikr-mulohazalarni   bildirish
orqali ular o‘quvchilarni fikrlashga, tushunchalarini yaxshilashga va ma’lumotlarni
chuqurroq qayta ishlashga undashi mumkin.
•   Talabalarning ishtirokini rag'batlantirish: O'qituvchilar talabalar ishtirokini
rag'batlantirish   uchun   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari   mumkin.   Ular
savollar berish, o‘z fikrlarini baham ko‘rish va munozaralarda qatnashishga undash
orqali o‘quvchilarning darsda faol ishtirok etishini ta’minlashi mumkin.
•   Talabalarning   o‘rganishini   baholash:   O‘qituvchilar   o‘quvchilarning
o‘rganishini   baholash   uchun   muloqot   qobiliyatlaridan   foydalanishlari   mumkin.
Talabalar   bilan   suhbat   o'tkazish,   savollar   berish   va   fikr-mulohazalarni   bildirish
orqali   o'qituvchilar   o'quvchilarning   tushunish   darajasini   baholashlari   va   shunga
mos ravishda o'qitish usullarini o'zgartirishlari mumkin.
Umuman olganda, muloqot qobiliyatlari pedagogik ta'sir jarayonida hayotiy
ahamiyatga   ega.   Og'zaki,   og'zaki   bo'lmagan   va   yozma   muloqot   qobiliyatlarini
rivojlantirish   orqali   o'qituvchilar   talabalar   bilan   samarali   aloqada   bo'lishlari,
ma'lumotlarni   etkazishlari,   o'rganishni   osonlashtirishlari,   talabalar   ishtirokini
rag'batlantirishlari va o'quvchilarning o'rganishlarini baholashlari mumkin.
40 III.BOB.XULOSA
O'qituvchining pedagogik qobiliyatining umumiy xususiyatlari
•   Talabalarga   yo'naltirilganlik:   O'qituvchilar   talabalarning   ehtiyojlari   va
qiziqishlarini birinchi o'ringa qo'yishlari kerak.
•   Interaktiv:   O'qituvchilar   talabalar   bilan   ijobiy   va   qo'llab-quvvatlovchi   o'zaro
munosabatlarni o'rnatishlari kerak.
•   Moslashuvchan:   O'qituvchilar   o'quvchilarning   turli   ta'lim   uslublari   va
ehtiyojlariga moslashishi kerak.
•   Maqsadga   yo'naltirilganlik:   O'qituvchilar   o'quv   maqsadlarini   belgilashlari   va
ularni o'z darslarida izchil amalga oshirishlari kerak.
•   Reflektiv:  O'qituvchilar   doimiy  ravishda  o'z  ta'lim  amaliyotlarini  aks  ettirishlari
va takomillashtirishlari kerak.
O'qituvchining pedagogik qobiliyatining o'ziga xos xususiyatlari
-Aloqa maxorati:
-Og'zaki va yozma ravishda aniq va samarali muloqot qilish
41 -Talabalarning ehtiyojlarini tushunish va shunga mos ravishda javob berish
Sinfni boshqarish ko'nikmalari:
•   Sinfda samarali muhitni yaratish va saqlash
•   Talabalarning xulq-atvorini boshqarish
•   Dars jarayonini tashkil etishTa'lim usullari ko'nikmalari:
•   Turli xil o'qitish usullaridan foydalanish
•   Talabalarning o‘rganishini osonlashtiradigan ta’lim imkoniyatlarini yaratish
•   Talabalarning muvaffaqiyatini kuzatish va baholash
O'z-o'zini boshqarish qobiliyatlari:
•   Vaqtni samarali boshqaring
•   Stress bilan kurashish
•   Kasbiy rivojlanishga intiling
Texnologiyalarni integratsiyalash qobiliyatlari:
•   O‘qitishga texnologiyani samarali integratsiyalash
•   Talabalarni texnologiyadan o‘rganish vositasi sifatida foydalanishga o‘rgatish.
Baholash qobiliyatlari:
•   Talabalarning o‘rganishini adolatli va to‘g‘ri baholash
•   Ta'limni yaxshilash uchun baholash ma'lumotlaridan foydalanish.
Jamoatchilikda ishtirok etish qobiliyatlari:
•   Oilalar, hamkasblar va jamiyat a'zolari bilan ijobiy munosabatlar o'rnatish.
•   Talabalarning maktab jamiyatiga jalb etilishini qo‘llab-quvvatlash
Bu   xususiyatlar   samarali   o'qituvchi   ega   bo'lishi   kerak   bo'lgan   asosiy
pedagogik   qobiliyatlarni   ifodalaydi.   Ushbu   ko'nikmalarni   rivojlantirish   orqali
o'qituvchilar   o'quvchilarning   bilimini   maksimal   darajada   oshirishi,   ijobiy   sinf
muhitini yaratishi va ularning kasbiy qoniqishini oshirishi mumkin.
O'qituvchining   pedagogik   qobiliyatlari   o'quvchilarning   bilim   olishi   va
rivojlanishiga   ijobiy   ta'sir   ko'rsatish   qobiliyatidir.   Bu   qobiliyatlarga   o‘quvchilar
bilan samarali muloqot qilish, o‘quv muhitini yaratish, o‘qitish usullarini qo‘llash
va o‘quvchilarning bilimini baholash kiradi.
Samarali o'qituvchilar quyidagi asosiy pedagogik ko'nikmalarga ega:
42 •   Talaba markazlashtirilgan: Ular talabalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini birinchi
o'ringa qo'yadi.
•   Interaktivlik:   Ular   talabalar   bilan   ijobiy   va   qo'llab-quvvatlovchi   munosabatlar
o'rnatadilar.
•   Moslashuvchanlik:   Ular   o'qitishni   o'quvchilarning   turli   ta'lim   uslublari   va
ehtiyojlariga moslashtiradi.
•   Maqsadga yo'naltirilganlik: Ular aniq ta'lim maqsadlarini qo'yadi va o'qitishni shu
maqsadlarga muvofiq yo'naltiradi.
•   Mulohaza: Ular o'zlarining ta'lim amaliyotlarini doimiy ravishda baholaydilar va
takomillashtirib boradilar.
Ushbu asosiy kompetensiyalarga qo'shimcha ravishda samarali o'qituvchilar
ham o'ziga xos ko'nikmalarga ega, jumladan:
•   Muloqot ko'nikmalari: Ular aniq va samarali muloqot qilishadi.
•   Sinfni   boshqarish   ko'nikmalari:   Ular   samarali   sinf   muhitini   yaratadi   va
boshqaradi.
•   Ta'lim   usullari   ko'nikmalari:   Ular   turli   xil   o'qitish   usullaridan   foydalanadilar   va
o'rganish imkoniyatlarini yaratadilar.
•   O'z-o'zini   boshqarish   ko'nikmalari:   ular   vaqtni   boshqarishadi,   stressni   engishadi
va kasbiy rivojlanishga intiladilar.
•   Texnologiyani   integratsiyalash   ko'nikmalari:   Ular   texnologiyani   o'qitishga
samarali integratsiyalashgan.
•   Baholash   ko'nikmalari:   Ular   o'quvchilarning   o'rganishini   adolatli   va   to'g'ri
baholaydilar.
•   Jamoatchilikda   ishtirok   etish   ko‘nikmalari:   oilalar,   hamkasblar   va   jamiyat
a’zolari bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatish.
Ushbu   pedagogik   qobiliyatlarni   rivojlantirish   orqali   o'qituvchilar
o'quvchilarning   bilimini   maksimal   darajada   oshirishi,   ijobiy   ta'lim   muhitini
yaratishi va ularning kasbiy qoniqishini oshirishi mumkin.
43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Abdullayev H. Yashil daftar hikmati. -Toshkent,O’qituvchi, 2000.y. 
2. Barkamol avlod orzusi. -  Т .. “O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi”,2000.y.
3.   Azizxo’jaeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   Toshkent,
2003 yil.
4.“Barkamol   avlod   yili”   davlat   dasturi   to‘g‘risida.   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining Qarori. “Adolat” gazetasi, 2010 yil, 29yanvar. 
5.Karimov I. O’qituvchi, ustoz, murabbiy...: Talabalar va yosh o‘qituvchilar uchun.
//Risola. - Qo‘qon DPI, 2009. - 99 b. 
6.0monov N.T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - ' Iqtisod-moliya.
2009. - 240 b.
7. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. -  Т .: Nizomiv nomli TDP 2005.- 149 b. 
8.Tolipov   0   \.   Usmonboeva   M.   Pedagogik   texnologiya:   nazariya   amaliyot.-   Т .:
Fan,   2005.-   206   b.   15.   Turg’imov   S. Т .,   Maqsudova   L.A.   Pedagogik   jarayonlami
tashkil etish va boshqarish. -  Т .: Fan. 2009. - 168 b.
44 9. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat -yengilmas kuch. -  Т .: O'zbekiston, 2009. -1 7
6 b. 
10.Kaykovus Unsurul Maoliy. Qobusnoma. (Forschadan Muhammad Rizo Ogahiy
tarjimasi). S.Dolimov. -   Т .: O'qituvchi, 2006. - 208 b. 6. Navoiy Alisher. Mahbub
ul-qulub.  Asarlar. 15-tom. -Т.: Fan, 2005
11.   Педагогика   (Под.   ред.   П.И.Пидкасистого).   -   М.   :   Педагогическое
общество России, 2003. - 608 с 
12.   Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi.   1-qism:   Pedagogika   nazariyasi.
(M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar)-T. “IQTISOD-MOLIYA”,2007.- 380b. 
13.  Pirmuxamedova   M .  Pedagogik   mahorat   asoslari .- Т.: 2001
14. Pedagogik mahorat. Darslik / A. A. Xoliqov; 0 6zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011, -420 b.
45

O’QITUVCHI PEDAGOGIK QOBILIYATINING ASOSIY SIFATLARI VA YETAKCHI XUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………........3 I –BOB.O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT……....6 1.1. Qobiliyatning pedagogik - psixologik tasnifi……….........................................6 1.2. O'qituvchi pedagogik qobiliyatini rivojlantirish funksiyalari ………………..14 1.3. Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlari va xususiyatlari…………………….19 II–BOB.O'QITUVCHINING KOMMUNIKATIV QOBILIYATI……………………………………………………………………24 2.1. O'qituvchi shaxsining fikr almashuv bilan bog'liq xususiyatlari……………..24 2.2. Pedagogik ta’sir ko'rsatish - kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli sifatida…………………………………………………………………………….31 2.3. Pedagogik ta’sir ko'rsatish - kommunikativ qobiliyatning asosiy usuli sifatida ……………………………………………………………………………36 III -BOB.XULOSA……………………………………………………………...42 FOYDALANILGANADABIYOTLAR………………………………………..45 1

KIRISH Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo‘lib, uni muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi muvaffaqiyat ko‘p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi. Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yig’indisi hisoblanadi.Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko‘pincha, falon o‘qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz , qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o’sha o‘qituvchining hali kam tajribasi bo‘lishiga qaramasdan o‘qituvchilik ishini muvaffaqiyatli olib borishga yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar (kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyiq bo‘ladi va pedagogik mahoratga erishadi.Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o’qish natijasi xisoblansa, qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zexn, inson nerv sistemasida anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi.Kishi qobiliyati ikkita asosiy turga bo’linadi: 1. Maxsus qobiliyatlar ; 2.Umumiy qobiliyatlar. 2

Pedagoglik faoliyatining samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va uni rivojlantirilib borilmog’i lozim.Bilish qobiliyati – fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va bashqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini ham bajaradi.Tushuntira olish qobiliyati – o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, material yoki problemani aniq, tushunarli qilib gapirib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyati. O‘qituvchi zarur hollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, soddalashtira olishi , qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi lozim. Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va kamolot darajasini xisobga oladi, ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo‘yganliklarini tasavvur etadi. Ba‘zi o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam o‘qituvchilarga o‘quv materiali oddiy , tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yadi. U kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsani o‘quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo‘lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib ish tutadi.Kuzatuvchanlik qobiliyati – o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni kuzata olish qobiliyati. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar , uncha katta bo’lmagan tashqi belgilar asosida, o‘quvchining ruhiyatidagi ko‘z ilgamas o‘zgarishlarni ham faxmlab oladi.Nutk qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o‘z fikr hamda xis – tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik qobiliyati uchun juda muhim. Tashkilotchilik qobiliyati – birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni xal etishda ruhlantirishni , ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri uyushtirishni nazarda tutadi.Obro’ orttira olish qobiliyati – o‘quvchilarga bevosita 3

emotsional – irodaviy ta‘sir ko‘rsatish va shu asosda obro’ qozona olishdir. Obro’ faqat shu asosda emas, balki o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va boshqa asosida ham qozonadi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifat bir majmuasiga, xususan, irodaviy sifatlariga (dadilligi, chidamliligi , qat‘iyligi, talabchanligi va boshqalarga) o‘quvchilarga ta‘lim – tarbiya berish mas‘uliyatini xis etishga ham bog‘liqdir. O‘quvchilar qo‘pollik qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo’ya oladigan o‘qituvchilarni juda hurmat qiladilar. Bushang, laqma, irodasiz, printsipsiz o‘qituvchilarni bolalar yoqtirmaydilar. Bolalar bilan to‘g‘ri muomala qila olish, bolalar bilan do’stlasha olish, ular bilan samimiy munosabat o’rnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati – o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra bilish, o‘quvchining kelajakda qanday odam bo‘lishini tasavvur qilishda. Bolani kelgusida qanday qobiliyatlarini rivojlantirsa, qanday kasb egasi bo‘lib chikishi oldindan bashorat kilib aytishda ( pedagogik diagnostika).Diqqatning taqsimlay olish qobiliyati – o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari – xajmi, kuchi, kuchuvchanligi, idora qila olishi , safarbarlik taraqqiy etgan bo‘lishi juda muhimdir.Kommunikativ qobiliyat – kishilar bilan bo‘ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir – biri bilan til topib ishlashni ta‘minlaydigan qobiliyat. Bundan tashkari, konstruktiv - o‘qituvchining o‘z ishini loyihalashi, rejalashtirishi, pertseptiv – idrok jarayonining ob‘ektlarini birinchi bo‘lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya – bashqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish , didaktik qobiliyat – o‘quvchi va bashqa kishilar bilan mulokat qilishda pedagogikaning qonun – koidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud. O‘qituvchi yuqorida sanab o’tilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy sifatlarga, aniq maqsadni ko‘zlash, qat‘iylik, mexnatsevarlik, kamtarlik kabilarga ega bo‘lgandagina pedagogik kasbning yuqori pog’onasiga ko’tarila oladi. 4

I .O’QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT 1.1. Qobiliyatning pedagogik - psixologik tasnifi Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'iib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir.Zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko'nikmalami egallash dinamikasidagi farqlarni aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo’lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qarama-qarshi qo'yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo'yilishi kerak.Qobiliyatni inson tug'ma, tabiat in’omi sifatida tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati davomida shakllantiradi.Govard Gardner qobiliyati aniq intellektlar to’plami deb atadi va uning yettita jihatini ajratib ko'rsatdi.Biz intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini 0‘qituvchi pedagogik mahoratini takomillashtirish nuqtai nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim Olga Matveeva ushbujihatlarni psixologik texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va o'qituvchining kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab,quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib o'tadi. 1.Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati. O'qituvchi o'quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda, sinfda ijobiy ruhiy iqlim yarata oladi. 2.Voqealami oldindan ko'ra olish qobiliyati Ushbu qobiliyat turi har bir o'qituvchining sergakligida, o'quvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini k о 'ra olishida namoyon bo'ladi. Shunda о 'qituvchi kim nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi. 5