logo

Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning asosiy xususiyatlari

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

84.654296875 KB
Mavzu: Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning asosiy xususiyatlari 
 Reja: 
 
KIRISH 
Asosiy qism:  
1. O’zbekistonda   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   zarurati   va   uning   o’ziga   xos
xususiyatlari   
2. Iqtisodiyotni   tubdan   o’zgartirish   va   isloh   etishda   ―o’zbek   modeli   ning‖
o’rni va ahamiyati  
3. «O’zbek modeli» ning asosiy  tamoyillari  
XULOSA. 
ADABIYOTLAR RO’YXATI. 
 
 
 
 
 
1  
  KIRISH 
Ma’lumki,     O’zbekiston   o’z   mustaqilligini   qo’lga   kiritganidan   so’ng   sobiq
sho’ro   tuzumining   umrini   o’tab   bo’lgan   ma’muriy-buyruqbozlik,   rejali-taqsimot
tizimidan   voz   kechilib,     butun   dunyoda   ―o’zbek   modeli   degan   nom   bilan   haqli‖
ravishda   e’tirof   etilayotgan   o’ziga   xos   taraqqiyot   yo’li   Prezidentimiz   Islom
Karimov   tomonidan   ishlab   chiqildi   va   bugungi   kunda   o’zini   to’la   oqlamoqda.
Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun
ustuvorligi,  davlatning  bosh  islohotchi  bo’lishi,  islohotlarning  bosqichma-bosqich
amalga   oshirishi,  kuchli   ijtimoiy   siyosat   olib   borish   kabi   muhim   tamoyillarni   o’z
ichiga oladi. 1
 
Yurtimiz   istiqloli   bizning   oldimizda   ulkan   imkoniyatlar   ochdi   va   xalqimiz
uchun   munosib   hayot   barpo   etish,   dunyo   hamjamiyatidan   munosib   o’rin
egallashdek   yuksak   maqsadlar   yo’lida   mustahkam   poydevor   bo’lib   xizmat
qilmoqda. 
O’tgan   davr   mobaynida   amalga   oshirilgan   ulkan   ishlar   tufayli   yurtimizning
barcha   hudud   va   mintaqalari   qiyofasi   tubdan   o’zgarib,   obod   bo’lib   borayotgani,
O’zbekiston   o’zining   barqaror   iqtisodiy   o’sish   sur’atlari,   izchillik   bilan   hayotga
joriy   etilayotgan   keng   qamrovli   ijtimoiy   dasturlari   bilan   jahon   miqyosida   yuksak
e’tibor  va  e’tirofga  sazovor  bo’layotgani   hammamizga, avvalambor,  shu  zaminda
unib-o’sib   kelayotgan   yoshlarga   xursandchilik   va   ertangi   kunga   ishonch
bag’ishlamoqda.   Eng   muhimi,   ana   shunday   o’zgarishlar   tufayli
yurtdoshlarimizning   dunyoqarashi,   ma’naviy   olami   izchil   yuksalib,   hayotga,
mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda. 2
 
Mamlakatimiz   mustaqil   taraqqiyot   yo’lida   o’z   oldiga   qo’ygan   marralarga
yetish,  ya’ni   rivojlangan  demokratik davlatlar   qatoriga  kirish,  xalqimizning  hayot
sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin
egallashida   avvalo   juda   tez   o’zgarib   borayotgan   bugungi   zamon   bilan   hamnafas
bo’lib,   ertaga   yo’limizda   paydo   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   turli   muammo   va
tahdidlarni   bartaraf   etish   haqida   doimo   o’ylab   yashash   zaruratini   hayotning   o’zi
talab qilmoqda. 
Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy
orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom
Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi.
Tarixan   juda   qisqa,   biroq   mazmunan   asrlarga   teng   bu   yillar   davomida   xalqimiz
milliy   taraqqiyot   yo’lidan   izchil   va   qat’iyat   bilan   borib,   barcha   sinov   va
mashaqqatlarni  yengib o’tib, olamshumul  yutuq va marralarga erishdi. Hayotning
o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof
etmoqda.   Bu   yo’l   taraqqiyotning   o’zbek   modeli   sifatida   keng   o’rganilmoqda.   Bu
1   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ислом   Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Олий
Мажлиси   Қонунчилик   палатаси   ва   Сенатининг   2010   йил   12   ноябрдаги   қўшма   мажлисидаги
―Мамлакатимизда   демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини
ривожлантириш концепцияси  мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 4-бет.	
‖  
2  Н.Тўхлиев. Тараққи	
еZтнинг ўзбек модели.- Т.:2012. 4-бет. 
2  
  o’z   navbatida   xalqimizning   irodasi,   kuch-qudrati   va   bunyodkorona   mehnati
samarasiga,   davlatimiz   rahbari   tomonidan   olib   borilayotgan   siyosatga   berilgan
munosib bahodir. 3
  
"O’zbek   modeli"   tushunchasining   hayotimizga   shiddat   bilan   kirib   kelganiga
bu yil roppa-rosa 22 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov
dastlab 1992 yilda chop  etilgan "O’zbekistonning o’z istiqlol  va taraqqiyot  yo’li"
asarida   o’zbek   modelining   mohiyati   va   shakl-shamoyillari   hamda   tamoyillarini
belgilab   bergan   edi.   Keyinchalik   bu   g’oya   davlatimiz   rahbarining   1993   yildagi
"O’zbekiston   -   bozor   munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos   yo’li"   kitobida,
"Komsomolskaya   pravda"   gazetasi   muxbiri   savollariga   bergan   javobida,
ijtimoiyiqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. 
22   yil   tarix   uchun   katta   muddat   emas.   Lekin   ana   shu   nisbatan   qisqa   davr
mobaynida   bu   tushuncha   shunchaki   oddiy   g’oya   emas,   balki   ulkan   hayotbaxsh
kuch   ekanligini   to’la   namoyon   etdi.   O’zbek   modeli   ikkita   katta   sinovdan
muvaffaqiyatli   o’tdi.   Birinchi   sinov   -   o’tgan   asrning   90-yillarini   o’z   ichiga   olgan
yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri
davom   etayotgan   pallada   O’zbekiston   postsovet   maydonida   birinchi   bo’lib
makroiqtisodiy   barqarorlikka   erishdi,   sanoat   va   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab
chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha
aytganda,   inqirozdan   rivojlanish   orqali   chiqib   ketish   birdan-bir   to’g’ri   yo’l
ekanligini   isbotladi.   Ikkinchi   sinov   -   2008   yilda   boshlangan   global
moliyaviyiqtisodiy   inqiroz   bo’ldi.   Taraqqiyotning   o’zbek   modeli   nafaqat   butun
jahonni   qamrab   olgan   moliyaviy-iqtisodiy   inqiroz   zarbalariga   qarama-qarshi   tura
oldi, balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy o’sishning eng yuqori 
(yiliga 8-9 foizdan kam bo’lmagan) sur’atlarini ta’minladi. Yulboshchimizning shu
munosabat   bilan   chop   etilgan   ―Jahon   moliyaviyiqtisodiy   inqirozi,   O’zbekistan
sharoitida   uni   bartaraf   etishning   yo’llari   va   choradari   asarida   hamda‖
mamlakatimizda   jahon   iqtisodiy   inqirozining   salbiy   oqibatlarini   bartaraf   etish
bo’yicha   2009-2012   yillarga   mo’ljallangan   Inqirozga   qarshi   choralar   dasturida
O’zbekistan   iqtisodiyotining   inqirozdan   keyingi   yanada   kuchli,   barqaror   va
mutanosib   rivojlanishi   konsepsiyasi   ilgari   surildi.   Bu   iqtisodiyot   nazariyasini
rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa edi. 4
 
―Shuni   doimo   yodda   tutishimiz   kerakki,   hayot   hyech   qachon   bir   joyda
to’xtab   turmaydi   va   erishgan   natijalari   bilan   kifoyalanmasdan,   dunyoda
kechayotgan   tub   o’zgarishlar   jarayonidagi   o’z   o’rniga   haqqoniy   va   tanqidiy   baho
beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib
borayotgan   raqobat   kurashiga   mos   holda   qadam   tashlaydigan   davlatgina   birinchi
navbatda muvaffaqiyat qozona oladi	
‖ 5
, -deb ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan. 
3  Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан . 2011. 22- бет 	
‖
4   И.А.Каримов   Жаҳон   молиявий-иқтисодий   инқирози,   Ўзбекистон   шароитида   уни   бартараф   этишнинг
йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 16-бет  
5  Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан . 2011. 3-34- бетлар 
‖
3  
  Ishni   bajarishda   Prezidentimiz   I.A.Karimovning   tanlangan   asarlari,
shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Islom Karimovning 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil
12   noyabrdagi   qo’shma   majlisidagi   ―Mamlakatimizda   demokratik   islohotlarni
yanada   chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi‖
(Toshkent.,   2010),   ―Tarixiy   xotira   va   inson   omili   –   buyuk   kelajagimizning
garovidir  (Toshkent.,2012), ―Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan (Toshkent.,	
‖ ‖
2011),   «Qadr   qimmatim,   tayanchim   va   iftixorimsan   mustaqil   O’zbekiston»
(Toshkent., 2013) nomli risolalari, shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimovning 
―O’zbekiston   Mustaqillikka   erishish   ostonasida   (Toshkent.,   2011),	
‖
N.To’xliyevning   ―Taraqqiyotning   o’zbek   modeli   (Toshkent.,2012)   va   davriy	
‖
matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi. 
1.   O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos 
xususiyatlari  
XX   asrning   90-yillari   boshida   O’zbekiston   ijtimoiy   -   iqtisodiy   taraqqiyotida
mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo,
Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani
bilan   boqliqdir.   Istiqlolimiz   sharofati   bilan   iqtisodiyotimizga   bozor
munosabatlarini   joriy   etish,   mavjud   ijtimoiy-iqdisodiy,   xalqaro   masalalarni   o’z
milliy   manfaatlarimizdan   kelib   chiqqan   holda   mustaqil   hal   etish   imkoniyati
yaratildi.   Boshqacha   aytganda,   mamlakatimizda   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish
jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni
shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. 
Ayni   paytda,   bozor   munosabatlari   xalqimiz   va   Vatanimiz   uchun   butunlay
yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li
chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga
xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini
egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa
bozor   madaniyatini   shakllantirish   lozim   edi.   Bu   esa   oson   ish   emasdi.   Zero,
kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida
xalqimiz   haqiqiy   bozor   qadriyatlaridan   butunlay   uzoqlashtirilgan,   odamlardagi
bozor   munosabatlariga   xos   tashabbuskorlik,   izlanuvchanlik   va   tadbirkorlik
so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. 
To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat,
kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin
ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmunmohiyatiga
ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar
va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. 
Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va
monopollashuvdan   qaytish   mehanizmlari   orqali   raqobat   muhitini   yaratish,   erkin
tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif
asosida   shakllanadigan   narx   mexanizmini   joriy   etish   kabi   bozor   ustunlarini   qaror
4  
  toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham
chuqur   inqiroz   girdobiga   tushib   qolgan   iqtisodiyotimizni   sog’lomlashtirishning
bozordan   boshqa   yo’li   yuq,   oldinda   ulkan   islohotlarni   amalga   oshirish   vazifasi
turardi.   Shukrki,   O’zbekistonimiz   jahonning   tabiiy   resurslarga   boy
mamlakatlaridan. Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun
keng   ekin   maydonlari,   yirik   industrial   baza,   malakali   kadrlar,   qisqasi,   jamiyat
a’zolari   extiyojlarini   to’la   qondirish   uchun   zarur   barcha   imkoniyatlar   mavjud
bo’lsa-da, eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz
qashshoq   mamlakatlar   qatoriga   tushib   qolgan,   jamiyatda   eng   zarur   iste’mol
mollarining ham  keskin  tanqisligi  vujudga kelgan edi. Sababi  eski  tuzum  davrida
jamiyatdagi   tabiiy   muvozanat   buzilgan   —   shaxsiy   manfaat   va   mehnat   natijalari
o’rtasida   bevosita   uzviylik   yo’q   edi.   Bu   uzviylik   esa   har   qanday   jamiyatda
taraqqiyotning lokomotivi vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona
va samarali foydalanishga xizmat qiladi 6
. 
Sobiq   SSSRda   ham   bir   qancha   iqtisodiy   islohotlar   o’tkazilganini   ta’kidlash
lozim.   1953,   1965,   1979   yillarda   o’tkazilgan   xo’jalik   yuritish   mexanizmlarini
takomillashtirish,   moddiy   manfaatdorlikni   oshirishga   qaratilgan   islohotlar   shular
jumlasidandir.   Lekin,   iqtisodiy   rivojlanishda   burilish   yasash   maqsadida   amalga
oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi
ham   mumkin   emasdi.   Chunki,   islohotlarni   amalga   oshirishda   shaxsiy   manfaat   va
mehnat   natijalari   o’rtasidagi   bevosita   uzviylik   hisobga   olinmagan   edi.   Bu   masala
esa,   ta’kidlanganidek,   jamiyat   poydevori   hisoblanadigan   mulk   munosabatlarini
qayta   qurish   bilan   bog’liq.   Mulk   munosabatlarini   o’zgartirish   esa   bevosita
sosializmning   taqdiri   bilan   bog’liq   edi.   Murt   poydevor   ustiga   qurilgan   binoni
ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning 
mustahkamligi-yu   samaradorligini   oshirib   bo’lmaydi.   Shuro   zamonidan   katta
shovshuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib
ketgan   iqtisodiy   islohotlar   ham   xo’jalik   yuritishning   ayrim   bo’g’inlarini
takomillashtirishdan   nariga   o’ta   olmadi,   butun   iqtisodiyotni   jonlantirishga   ojizlik
qildi.   Natijada,   yana   odatdagidek   ma’muriy-buyruqbozlik   tartibotiga   zo’r   berildi.
Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan
keng   foydalanish   orqali   naridan-beri   ta’minlash   imkonini   berdi.   Ammo   tabiiy
resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod
manfaatlarini   hisobga   olmasdan,   pala-partish   foydalanish   talay   muammoalarni,
jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi. 
Ekstensiv   omillarning   borgan   sari   imkoniyatlari   torayib   ketaverishi,   intensiv
xo’jalik   yuritish   mexanizmining   mavjud   emasligi   ertami-kech   iqtisodiy   tanqislik
va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik
XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo,
mahsulot   ishlab   chiqarishning   butunlay   pasayib   ketishida,   ishlab   chiqarish
quvvatlarining   ish   bilan   ta’minlanmaganida,   ishsizlik   darajasining   o’sishida,
pulkredit   va   valyuta   tizimining   izdan   chiqishida   namoyon   bo’ldi.   Xususan,   1990
6  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар. 
5  
  yilda   sobiq   ittifoq   yalpi   milliy   mahsuloti   1989   yildagiga   nisbatai   2   foiz,   ishlab
chiqarilgan milliy daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi. 
Tashki   savdo   aylanmasi   6,6   foiz   qisqarib,   tashqi   savdoning   salbiy   saldosi   9,8
millard   rublga   yetdi.   Davlat   qarzi   esa   bir   yilda   150   millard   rubl   ko’payib,   550
millard rubldan oshib ketdi 7
. 
Surunkali   inflyasiya   hammaning   tinkasini   qurita   boshladi.   Natijada   shusiz
ham nochor axvolda kun kechirayotgan aholining daromadlari va turmush darajasi
muttasil pasaya boshladi. Ishlab chiqarish ko’lami va hajmining tinimsiz qisqarishi,
ayniqsa,   O’zbekistondek   keskin   demografik   sharoitda   yashayotgan
respublikalardagi   aholi   turmush   darajasiga   yanada   og’irroq   ta’sir   ko’rsatdi.
O’zbekiston   aholi   jon   boshiga   milliy   daromad   ishlab   chiqarish,   real   daromadlar,
ish   haqi,   mehnat   unumdorligi   ko’rsatkichlari   bo’yicha   sobiq   shuro   respublikalari
orasida eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi. 
Islom   Karimov   bu   ayanchli   vaziyat   haqida   shunday   ta’kidlagan   edi:
"O’zbekiston   kishi   boshiga   yalpi   ijtimoiy   mahsulot   ishlab   chiqarish   bo’yicha
mamlakatda   12-o’rinni   egallab   turibdi,   aholi   jon   boshiga   milliy   daromad   ishlab
chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past". 8
 
Bu   davrda   sanoatdagi   mehnat   unumdorligi   jihatidan   O’zbekiston   o’rtacha
ittifoq ko’rsatkichidan 40 foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan
esa   ikki   barobar   orqada   edi.   Respublika   aholi   jon   boshiga   xalq   iste’moli   mollari
ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi. 9
 
Boz   ustiga   iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishi   va   uni   tashkil   etish   shakllari
zamon   talablariga   mutlaqo   javob   berolmasdi.   Mamlakat   xo’jaligining   amal   qilib
kelgan   tarkibi   ekstensiv   rivojlanish   mahsuli   bo’lgan   bu   tizim   iqtisodiy   zarurat
emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan edi.
Qat’iy   reja   asosiga   qurilgan   iqtisodiyot   esa   rivojlanishga   qodir   emasligi   bugun
ko’pchilikka   ma’lum.   Rejali   iqtisodiyotning   tanqislik,   ishlab   chiqarish
monopolizmi   kabi   "surunkali   kasalliklar"   doimiy   hamroxidir.   Sobiq   sho’rolar
mamlakatida   ijtimoiy   ahamiyati   kam   bo’lgan,   xalq   ehtiyojlarini   bevosita
qondirishga emas, balki "planni to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar,
korxonalar behad ko’payib ketgan edi. 
Iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishini   xalq   extiyojlari   tomonga   burmasdan   turib
tanqislikka   barham   berib   bo’lmaydi.   Ishlab   chiqarish   tarkibiga   faol   ta’sir
ko’rsatadigan   asosiy   samarali   mexanizm   bu   —   bozordir.   Chunki   bozor
sharoitidagina  ijtimoiy  ehtiyojlarga  mos   kelmaydigan  sohalar  o’z-o’zidan  barham
topadi.   Davlat   bozor   tan   olmagan,   zarar   keltirib   ishlaydigan,   norentabel   soha   va
korxonalarni   qo’llab-quvvatlamaydi.   Xalq   ehtiyojlariga   xizmat   qiladigan,
xaridorgir,   byudjet   uchun   mablag’   beradigan   ishlab   chiqarish   turlari   esa
rag’batlantiriladi. 
7  Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 156бет. 
8  Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 167бет.  
9  Ўша аср, 167- бет 
6  
  Tanqislikni   keltirib   chiqaradigan   shart-sharoitlardan   yana   biri   ishlab
chiqarishdagi   yakka hukmronlikdir.  Monopolizm   iste’molchini  tanlash  huquqidan
mahrum   qiladigan   va   shu   yo’l   bilan   bozorda   yakka   hukmronlik   imkoniyatini
qo’lga kiritadigan kuchdir. 
Odatda,   tanqislik   qondirilmagan   talab   sifatida   vaqti-vaqti   bilan   har   qanday
bozorda   vujudga   kelishi   mumkin.   Bu   hodisaga   barham   berish   yangi   xaridorgir
mollarning paydo bo’lishi bilan bog’liq ayrim mollarning miqdori dastlab kamroq
bo’lganligi   tufayli,   ularga   xarid   talabi   ma’lum   vaqtgacha   to’la   qondirilmasligi
mumkin.   Bunday   sharoitda   uo’sha   tovarni   ishlab   chiqaruvchi   boshqa   shunday
tovar   ishlab   chiqaruvchi   paydo   bulgunicha   bozorda   monopol   huquqqa   ega   bo’lib
turadi. Bu imkoniyatdan foydalanib, u vaqtincha monopol foyda oladi. Foyda esa,
buyuk   iqtisodchilar   ta’kidlaganidek,   shunday   qudratli   va   jozibali   xoxish-istakki,
xaridorgir   tovar   ishlab   chiqarish   yo’li   bilan   uni   qo’lga   kiritishni   xohlovchi
raqobatchilarni   ertami-kechmi,   albatta,   o’ziga   jalb   qilmasdan   qolmaydi.   Natijada,
raqobatchi   mahsulot   turining   paydo   bo’lishi   bilan   dastlab   yangi   mahsulot   ishlab
chiqargan   korxonaning   yakka   hukmronlik   mavqyei   barham   topadi.   Bundan   esa
bozor, iste’molchi yutadi. Sog’lom iqtisodiyotda antimonopol, antitrest  qonunlari,
soliqlar, imtiyozlar (masalan, kredit olish) orqali doimo monopolizmning qarshiligi
sindirilib, tovar ishlab chiqaruvchilar rag’batlantirilib turiladi. 
Sosializm   xo’jalik   yuritish   sohasidagi   o’zining   dastlabki   qadamlaridan
iqtisodiyotni   qat’iy   markazlashgan   rejali   asosda   tashkil   etish   yo’li   bilan   amalda
yakkahokimlikni   qonunlashtirdi.   Xususiy   mulk   umumlashtirilib,   yagona
"umumxalk  boshqacha aytganda, davlat mulkiga aylantirilishi shuni taqozo etardi.‖
Natijada,   monopolizm   surunkali   hodisaga   aylanib,   har   kuni,   har   soatda   takror
ishlab   chiqariladigan   bo’ldi.   Chunki   davlat   bozordagi   real   ahvolni   o’zida   aks
ettirmaydigan,   oldindan   belgilab   qo’yiladigan   tovar   turlari   va   ularning   narxlarini
qo’llab-quvvatlardi.   Shu   yo’l   bilan   doimo   talabning   taklifdan   ustunligi,   ya’ni
taqchillik   ta’minlab   kelindi.   Amalda   deyarli   barcha   korxonalar   doimiy
monopolistlarga   aylanib,   bozor   va   iste’molchiga   o’z   shartlarini   qat’iy   o’tkazish
imkoniyatiga ega edi 10
. 
Ishlab   chiqarishni   yiriklashtirish   va   ixtisoslashtirish,   ijtimoiy   mehnat
taqsimotini   chuqurlashtirish   ayrim   tarmoq   va   korxonalarning   yakkahokimligini
yanada   kuchaytirdi.   Yiriklashuv,   markazlashuv   va   ixtisoslashuv   iqtisodiy
qonuniyat   darajasiga   ko’tarildi.   Xo’jaliklararo   kooperasiyalash   va   agrosanoat
integrasiyasi   negizida   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishini   yanada   yiriklashtirish
hamda ixtisoslashtirish tug’risida maxsus qarorlar qabul qilindi. Yiriklashtirish va
ixtisoslashtirish   iqtisodiyotning   barcha   tarmoqlariga,   moddiy   va   nomoddiy
sohalarga,   hatto   ijtimoiy-madaniy   jabhalarga   ham   keng   singdirildi.   Bu   mash’um
tajriba shunga olib keldiki, butun mamlakat bo’yicha ko’pchilik sanoat mhsulotlari
turlarini   bir-ikki   korxona   yetkazib   beradigan   bo’ldi 11
.   O’tgan   asrning   80-yillari
oxiriga   kelib,   O’zbekistonda   100   nafargacha   ishchisi   bo’lgan   sanoat
10  Н.Тўхлиев Тараққи	
еZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 10-11 бетлар. 
11  Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 169-бет. 
7  
  korxonalarining   umumiy   soni   to’rt   yuzdan   oshmagani   bunga   misoldir.   Hamma
joyda gigantomaniya vasvasasi avj oldi. Yagona partiya, yagona mafkura, yagona
korxona, yagona tovar va yagona xalq! 12
 
Shunday qilib, bir tomondan, monopolizm tanqislikning kelib chiqishi uchun
sharoit   yaratadi.   Ikkinchi   tomondan,   ana   shu   tanqislikning   o’zi   monopolizmning
keng tomir otishiga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, ularning har ikkisi bir-biri
bilan o’ta bog’liq hodisalardir. 
Sog’lom   iqtisodiyotda   monopoliyalar   qattiq   raqobat   asosida   paydo   bo’ladi,
raqobatdan o’sib chiqadi. Shuning uchun ular ilg’or, yuqori samaradorlikka va kam
mehnat   xarajatlariga,   zamonaviy   texnika   va   texnologiyalarga   ega   bo’lishga
intiladilar.   Raqobatdan   xoli,   iqtisodiy   jihatdan   o’zini   oqlamaydigan,   sun’iy,
yuqoridan   turib   boshqariladigan   korxonalar   esa,   odatda,   texnik   va   iqtisodiy
jihatdan   qoloq   bo’lsa   ham,   monopolistga   aylanishi   mumkin.   Monopolizm
sharoitida   iste’molchi   ishlab   chiqaruvchining   oldida   hamisha   ta’zimda   bo’ladi.
Chunki, tanqis tovarni topganiga shukr qiladi, boriga baraka, deb kun ko’radi. 
Monopolizm iste’molchini nafaqat mol egasiga iqtisodiy qaram qilib qo’yadi, balki
uning   muayyan   haq-huquqlarini   ham   buzadi.   Monopolizm   sharoitida   ishlab
chiqaruvchi   (sotuvchi)   qirol   bo’lsa,   raqobat   sharoitida   iste’molchi   ana   shunday
mavqyega erishadi 13
. 
Monopolizm   ham,   tanqislik   ham   jamiyatda   mas’uliyatsizlik,   iste’molchining
talab-extiyojlarini   mensimaslik   muhhitini   yuzaga   keltiradi.   Natijada   savdo
do’konlarini   sifatsiz,   behad   qimmat   va   kam   sonli   tovarlar   egallaydi.   Sanoat   reja
ko’rsatkichlarini   ortig’i   bilan   bajaradi,   iste’molchi   esa   ishlab   chiqarilgan
mahsulotlardan   qoniqmay   qolaveradi.   Masalan,   1980-89   yillarda   sobiq   ittifoqda
yalpi   ijtimoiy   mahsulot   ishlab   chiqarish   32   foiz,   sanoat   mahsuloti   —   46,   shu
jumladan xalq iste’moli mahsulotlari 74 foiz oshgan edi. Aholi sonining o’sishi esa
bu   yillarda   26   foizni   tashkil   etdi.   Ko’riiib   turibdiki,   ishlab   chiqarish   sur’atlari,
aholining o’sish sur’atlaridan ancha yuqori. Ammo ahali turmush darajasida keskin
o’zgarish yuz bergani yo’q. 
Bunday   sharoitda   pul   o’zining   qiymatini   yo’kotib,   keskin   qadrsizlanishi
tabiiy. Qo’lga kiritilgan puldan qanday foydalanish muammosi ham paydo bo’ladi.
Korxona endi o’zining mahsulotini  sotishga emas, balki o’ziga kerakli boshqa bir
mahsulot   turiga   ayirboshlash   —   barterga   intiladi.   Bunday   ayirboshlash
harakatlarida   taqchil   mahsulotlar   umumiy   muqobil   vazifasini   o’tay   boshlaydi.
Shunday   qilib,   o’z-o’zidan   barterga,   ya’ni   tug’ridan-tug’ri   valyutasiz   tovar
ayirboshlashga   yo’l   ochiladi.   Iqtisodiy,   ijtimoiy   va   siyosiy   voqyealarning   bunday
tadrijiy rivoji bozor iqtisodiyotiga o’tishni muqarrar qilib qo’ydi. 
12  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-12-14 бетлар. 
13   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   ―Мамлакатимизни   модернизация
қилиш   ва   кучли   фуқаролик   жамияти   барпо   этиш   –   устувор   мақсадимиздир   ҳамда   ―Асосий   вазифамиз   –	
‖
Ватанимиз   тараққи	
еZти   ва   халқимиз   фаровонлигини   янада   юксалтиришдир   номли   маърузаларини   ўрганиш	‖
бўйича ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисоди	
еZт. - 2010.14-бет.   
 
8  
  Lekin   o’sha   o’ta   murakkab   sharoitda   bu   borada   bir-birini   amalda   inkor
etadigan   har   xil   nuqtai   nazarlar   mavjud   bo’lgani   ham   sir   emas.   Birinchisi   —
iqtisodiyotimizni   bozor   munosabatlariga   o’tish   halokatdan   qutqaradi,   deb
hisoblaydigan   uzoqni   ko’zlab,   oqilona   g’oyalar   ilgari,   surilgan   realistik   qarash.
Ikkinchisi   -   avval   ma’muriy   yo’llar   orqali   iqtisodiy   va   moliyaviy   tushkunlikka
barham   berib,   undan   keyin   bozorga   o’tish   kerak,   degan   qarash.   Bunda   ikkinchi
guruh vakillari o’z qarashlaridagi ziddiyatni anglab yetmagani qiziq agar ma’muriy
yo’llar   bilan   iqtisodiyotdagi   surunkali   xastalikni,   moliyaviy   boshboshdoqlikni,
xo’jasizlikni  bartaraf  etish mumkin bo’lsa, unda bozorga o’tishning nima zarurati
bor? 
To’g’ri,   bozor   iqtisodiyotiga,   Yurtboshimiz   ko’p   bor   ta’kidlaganidek,   bir
kunda   va   bir   zarb   bilan   o’tish   aslo   mumkin   emas.   Sababi   -   O’zbekistonda   bozor
munosabatlariga   o’tishning   iqtisodiy   asoslari   juda   zaif   edi.   Buning   ustiga
iqtisodiyotimiz   xom   ashyoga   yo’naltirilgan   va   asosiy   ishlab   chiqarish   fondlari
g’oyat   eskirgan.   O’zbekiston   sobiq   ittifoq   davrida   amalda   arzon   mineral   hamda
qishloq   xo’jaligi   xom   ashyosini   yetkazib   beruvchiga   aylanib   qolgan.   Bu
mustamlakachilik   amaliyoti   chor   Rossiyasining   O’rta   Osiyoni   bosib   olganidan
keyin   boshlangan,   sho’rolar   davrida   esa   u   ixtisoslashuv,   mehnat   taqsimoti   vajlari
bilan yanada chuqurlashtirilgan va mustahkamlangan edi. 
Respublika   nafaqat   jihozlar,   texnologiyalar   va   juda   ko’p   turdagi   xom   ashyo
mahsulotlarini,   balki   birinchi   darajali   ahamiyatga   ega   oziq-ovqat   mahsulotlari   —
g’alla, go’sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek,
yurtimizda   ishlab   chiqarish   mumkin   bo’lgan   juda   keng   doiradagi   xalq   iste’moli
mollarini ham tashqaridan keltirishga majbur bo’lgan. Deyarli barcha tarmoqlarda
tugallanmagan   siklga   ega   ishlab   chiqarish   yo’lga   qo’yilgani   sababli   ular   atayin
xom   ashyoni   qazib   olish   va   dastlabki   ishlov   berish,   yarim   fabrikalar   tayyorlash
bosqichida tuxtab qolar edi. 
Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat 
tasarrufidan   chiqariladigan   va   xususiylashtiriladigan   bo’lsa,     bundan   birinchi
navbatda,   sho’ro   zamonidan   qolgan     xufiyona   iqtisodiyot   korchalonlari   yutadi,
o’zining «o’lik kapitalini» ishga solib yuboradi, degan hadiksirashlar ham mavjud
bo’lgan.  
Albatta,   hyech   bir   yangilikni   hamma   ham   quchoq   ochib   kutib   olmaydi.
Tuzumni,   iqtisodiy-ijtimoiy   munosabatlarni   butunlay   yangicha   asosda
shakllantirishni taqozo qiladigan bozor iqtisodiyotini ham o’z tarafdorlari-yu, unga
shubha   bilan   qaraydiganlari   ham   bo’lishi   tabiiy.   Ko’p   jihatdan   tavakkalchilikka
asoslangan   bozor   sharoitida   o’z   biznesi   sinishidan,   raqobat   kurashida
mag’lubiyatga uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi.  
Bunday   munosabatlarni   chuqur   tadkiq   etganlarning   fikricha,   kapital
jamg’arilishining   tarixiy   tendensiyasi,   ya’ni   mayda   mulklarning   kimlardir
tomonidan   g’oyat   yiriklashtirilishi,   keng   xalq   ommasining   yeri,   tirikchilik
vositalari   mehnat   qurollarining   ekspropriasiya   kilinishi   kapitalizm   tarixining
muqaddimasidir.   Bevosita   ishlab   chiqaruvchilarning   ekspropriasiya   qilinishi   ko’p
9  
  mamlakatlarda   katta   yo’qotishlar,   o’pirilishlar,   ayniqsa,   aholi   kam   ta’minlangan
tabaqalarini haq-huqulari hisobga olinmasdan amalga oshirildi. 14
 
Davlatimiz   rahbari   Islom   Karimov   uzoqni   ko’zlab,   oqilona   yuritayotgan
siyosati   samarasida   O’zbekistonda   bozor   iqtisodiyotiga   o’tishda   bunday   katta
yo’qotish va talotumlardan chetlab o’tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin
tabaqalanishiga   yo’l   qo’yilmadi.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tishning   evolyusion,
bosqichma-bosqich   yo’li   tanlandi.   Bu   borada   ijtimoiy   adolatni   ta’minlashda
davlatning islohotchilik roli katta ahamiyatga ega bo’ldi. Prezidentimiz Islom 
Karimov   o’zining   iqtisodiy   siyosatga   bag’ishlangan   asarlarida   bozor
iqtisodiyotining   shakl-shamoyillari,   unga   o’tishning   zarurati,   shart-sharoitlari   va
omillarini puxta asoslab berdi. «Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, - deb
yozadi   davlatimiz   rahbari,   -   o’z   umrini   o’tab   bo’lgan   eski   mustabid   sovet
tuzumidan   voz   kechib,   jahon   tajribasini   har   tomonlama   puxta   o’rganish,
umuminsoniy   qadriyatlarni   chuqur   anglash,   milliy   urf-odat   va   an’analarimizni
asrab   avaylash   va   yanada   mustaxkamlash   asosida   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyotiga   asoslangan   ochiq   demokratik   davlat   barpo   etishga   azmu   qaror
qildik». 15
  
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   raqobat   muhitini
yaratish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   bozor
munosabatlarini qaror toptirishning asosiy shart va yunalishlarini tashkil etdi. 
O’tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar. Prezident farmonlari
va   qarorlari,   Vazirlar   Mahkamasi   qarorlarining   asosiy   qismi   ana   shu   uch
yo’nalishni   rivojlantirishga   qaratilganini   alohida   ta’kidlash   darkor.   Bu   yillarda
minglab   davlat   korxonalari   xususiylashtirildi,   aksiyadorlik   jamiyatlari   yoki
mulkchilikning   boshqa   nodavlat   korxonalari   sifatida   qayta   tashkil   etildi.   Natijada
nodavlat   sektorining   ulushi   1995   yilga   kelib   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab
chiqarishda   58,4   foizni   tashkil   etdi.   2010   yilda   esa   bu   ko’rsatkich   81,7   foizga
yetdi. 16
  Ular   xo’jalik   birlashmalari,   qo’shma   korxonalar,   xususiy   fermer
xo’jaliklari,   aholi   xususiy   mulkining   boshqa   obyektlari   sifatida   faoliyat   yurita
boshladi. 
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   kichik   biznesni
rivojlantirish   samarasida   O’zbekistonda   yangi   ijtimoiy   qatlam   mulkdorlar   paydo
bo’ldi.   Qimmatli   qog’ozlar   va   kuchmaye   mulk   bozori   kabi   yangi   bozorlar   paydo
bo’ldi 17
. 
14  Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 
96-,tn 
15  Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд - Т.: "Ўзбекистон", 2011, 324-бет. 
16   Ўзбекистан  Республикаси  иқдисодий-ижтимоий  тараққиеZтининг мустақиллик  йилларидаги  (1990-
2010   йиллар)   асосий   тенденция   ва   кўрсаткичлари   ҳамда   2011-2015   йилларга   мўлжалланган   прогнозлари
(Кейинги   ўринларда   Статистик   тўплам),   Т.,   "Ўзбекистан",   2011,  6-бет.   17
  Н.Тўхлиев   Тараққи	
еZтнинг   ўзбек
модели. Т.:2012.-22  бет. 
10  
  O’zbekistonda   2000   yilda   bozor   munosabatlariga   xos   institusional   qayta
qurishning   tugallanishi   bilan   o’tish   davri   nihoyasiga   yetdi   va   aralash   iqtisodiyot
asosan shakllanib, uning yanada jadalroq rivojlanish bosqichi boshlandi. 
2.   Iqtisodiyotni   tubdan   o’zgartirish   va   isloh   etishda   “o’zbek   modeli”   ning
o’rni   va   ahamiyati   Ma’lumki,   O’zbekiston   1991   yili   o’z   mustaqilligini   qo’lga
kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-
taqsimot   tizimidan   voz   kechib,   ―o’zbek   modeli   deb   nom   olgan   o’z   taraqqiyot‖
yo’lini tanlab oldi. 
Yurtboshimiz   tomonidan   ishlab   chiqilgan   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin
ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   munosabatlariga   o’tish,   mamlakatimizda   isloh   etish
va modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
Yaqin   o’tmishga   qarab   shuni   ta’kidlash   mumkinki,   haqiqatan   ham,
mustaqillik   qo’lga   kiritilgan   davr   o’ta   murakkab   bo’lib,   u   paytda   sobiq   ittifoq
parokandalikka yuz  tutgan,  mamlakatimizda  siyosiy,   ijtimoiy  va iqtisodiy  vaziyat
tobora keskin tus ola boshlagan edi.  Shunday qaltis vaziyatda o’zligimizni anglash
va   toptalgan   milliy   g’ururimizni   tiklashga   qaratilgan   intilish   yanada   kuchaydi.
O’sha tahlikali va og’ir vaziyatda respublika rahbari Islom Karimov bosiqlik bilan
oqilona   ish   tutib,   qat’iy   siyosiy   irodani   namoyon   etib,   mamlakatimizni   chuqur
tanazzuldan   olib   chiqishga   qaratilgan,   barqaror   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyotini   barpo   etishning   har   tomonlama   puxta   o’ylangan   islohotlar
strategiyasini     ishlab   chiqdi   va   uni   amalga   oshirishga   rahnamolik   qildi.
Yurtboshimiz   rahbarligida   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan
huquqiy   demokratik   davlat   barpo   etish   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish
maqsadida g’oyat mashaqatli, shu bilan birga, sharafli taraqqiyot yo’li bosib o’tildi.
Istiqlolimizning   ilk   yillaridayoq,   Prezidentimiz   yuksak   demokratik   talablarni
hayotimizga   to’liq   joriy   etish,   fuqarolik   jamiyati   barpo   qilish,   farovon   hayotga
erishish     bilan   chambarchas   bog’liq   va   uzluksiz   davom   etadigan   jarayon   ekanini
ta’kidlab,   bunday   darajaga   ko’tarilish   hyech   qachon   osonlikcha   kechmasligini
uqtirib o’tgan edi 17
. 
I.A.Karimov   ―O’zbekiston   –   bozor   munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos
yo’li   risolasida   mamlakatimiz   mustaqillikka   erishganidan   keyingi   dastlabki	
‖
yillardagi   rivojlanish   jarayonlarini   tahlil   qilib,   O’zbekistonda   davlat   qurilishi   va
iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi  sifatida 5 ta asosiy  tamoyilni belgilab
berdi.   Ilmiy   va   amaliy   jihatdan   puxta   ishlab   chiqilgan   bu   dastur   nafaqat   o’sha
davrdagi   avlod   taqdiri,     balki   kelajak   avlodlarimiz   taqdirini   ham   o’ylab   tuzilgan
bo’lib,   eski   tuzumdan   meros   bo’lgan   illatlarni   tezroq   bartaraf   etish,
mamlakatimizning   rivojlangan,   madaniyatli   davlatlar   darajasiga   chiqib   olishini
17   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ислом   Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Олий
Мажлиси   Қонунчилик   палатаси   ва   Сенатининг   2010   йил   12   ноябрдаги   қўшма   мажлисидаги
―Мамлакатимизда   демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини
ривожлантириш концепцияси  мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 16-бет. 	
‖
11  
  ta’minlashni   ko’zda   tutgan   edi.   Bu   haqiqatan   ham   Prezidentimiz   nomi   bilan
bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi 18
.  
Islohotlarning   o’zbek   modeli   bundan   oldin   dunyoda   yaratilgan   va   mavjud
bo’lgan   modellarning   birortasini   takrorlamagan   holda,   o’z   mohiyati   va   mazmuni
jihatidan   butunlay   yangi   taraqqiyot   modeli   bo’ldi.   Taraqqiyotning   o’zbek   modeli
quyidagi besh tamoyilga asoslanadi: 
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak,
ya’ni   iqtisodiyot   siyosatdan   ustun   bo’lishi   kerak.   Shuningdek,   ichki,   tashqi   va
iqtisodiy   munosabatlarni   mafkuradan   holi   etishni   ta’minlash   zarur;   ikkinchidan,
o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U 
islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab
chiqishi   va   uni   izchillik   bilan   amalga   oshirishi   shart;   uchinchidan,   qonun
ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki,
demokratik   yo’l   bilan   qabul   qilingan   yangi   Konstitusiya   va   qonunlarni   barcha
hyech   istisnosiz   hurmat   qilishi   va   ularga   og’ishmay   rioya   etishi   lozim;
to’rtinchidan,   aholining   demografik   tarkibini   hisobga   olgan   holda   kuchli   ijtimoiy
siyosat  o’tkazish  kerak. Aholining salkam  50 foizini  16 yoshga  yetmagan bolalar
tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor; beshinchidan, bozor
iqtisodiyotiga   o’tish   iqtisodiyotning   obyektiv   qonunlarini   e’tiborga   olib,   yaqin
o’tmishdagi   ―inqilobiy   sakrashlar siz,   ya’ni   evolyusion   yo’l   bilan   puxta   o’ylab,‖
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.  
Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan
bozor   iqtisodiyotini   shakllantirish   asosida   chuqur   tanazzuldan   xalos   bo’lib,
barqaror   taraqqiyot   va   aholi   turmush   farovonligiga   erishishga   qaratilgan   tub
o’zgartirishlar   siyosatining   strategik   maqsadlari   I.A.Karimov   tomonidan
quyidagicha izohlab berildi:  
- ijtimoiy  yo’naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  bosqichma-
bosqich 
shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati
uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish; 
- ko’p   ukladli   iqtisodiyotni   yaratish,   insonning   mulkdan   mahrum   bo’lishiga
barham   berish,   tashabbuskorlik   va   uddaburonlikni   butun   choralar   bilan
rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini
ta’minlash; 
- korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning xo’jalik
faoliyatiga   davlatning   bevosita   aralashuvidan   voz   kechish,   iqtisodiyotni
boshqarishning   ma’muriy-buyruqbozlik   usullarini   bartaraf   etish,   iqtisodiy   omillar
va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;  
18  Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 14-
бет 
12  
  - iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni
ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab
chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish; 
- kishilarda   yangicha   iqtisodiy   fikrlashni   shakllantirish,   ularning
dunyoqarashini   o’zgartirish,   har   bir   kishiga   o’z   mehnatini   sarflash   sohasi   va
shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish 19
. 
  Mustaqillikning   ilk   yillarida,   ya’ni   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyotiga   o’tishning   birinchi   bosqichida   quyidagi   ikki   vazifani   birdaniga   hal
qilish maqsad qilib qo’yildi: 
- totalitar   tizimning   og’ir   oqibatlarini   yengish,   tanglikka   barham   berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish; 
- respublikaning   o’ziga   xos   sharoiti   va   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda,
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish; 
Mazkur   vazifalarni   hal   qilish   uchun   birinchi   bosqichda   isloh   qilishning
quyidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 
- o’tish   jarayonining   huquqiy   asoslarini   shakllantirish,   islohotlarning
qonuniyhuquqiy negizini mustahkamlash; 
- mahalliy   sanoat,   savdo,   maishiy   xizmat   ko’rsatish   korxonalarini,   uy-joy
fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
- ishlab  chiqarishning pasayib   borishiga  barham   berish,  moliyaviy  ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada   bozor   munosabatlariga   o’tishning   birinchi   bosqichida
iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida
keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shartsharoit
yaratdi.   Shu   bilan   birga,   isloh   qilishning   birinchi   bosqichi   natijalari   keyingi
bosqichning   strategik   maqsadlari   va   yo’nalishlarini   aniq   belgilab   olish   imkonini
berdi. 
Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada
chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni
amalga   oshirish,   shuning   negizida   iqtisodiy   o’sishni   ta’minlab,   bozor
munosabatlarini   to’liq   joriy   qilish   maqsad   qilib   qo’yildi.   Shu   maqsaddan   kelib
chiqib,   mazkur   bosqichda   amalga   oshirilishi   lozim   bo’lgan   vazifalar   quyidagi
tartibda belgilandi: 
- davlat   mulkini   xususiylashtirish   sohasida   boshlangan   ishni   oxiriga
yetkazish;  
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlash;  
- milliy valyuta – so’mni yanada mustahkamlash; 
19  Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. –Т., ―Ўзбекистон , 1995, ‖
18бет. 
13  
  - iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishini   tubdan   o’zgartirish,   xomashyo   yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish. 
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy   himoyalashni   kuchaytirish,   ularga   tegishli   yordam   ko’rsatish   borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi. 
Prezidentimiz   I.A.Karimov   ta’kidlab   o’tganidek,   mazkur   bosqichda
―erkinlashtirish   va   islohotlarni   chuqurlashtirish   nafaqat   iqtisodiy,   balki   ham
ijtimoiy,   ham   siyosiy   vazifalarni   hal   qilishning   asosiy   shartidir‖ 20
.   Bu   esa
iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi: 
- iqtisodiyotning   barcha   soha   va   tarmoqlarida   erkinlashtirish   jarayonini
izchillik bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish; 
- xususiylashtirish   jarayonini   yanada   chuqurlashtirish   va   shu   asosida
mulkdorlar sinfini shakllantirish; 
- mamlakat   iqtisodiyotiga   xorij   sarmoyasini,   avvalo,   bevosita   yo’naltirilgan
sarmoyalarni   keng   jalb   etish   uchun   qulay   xuquqiy   shart-sharoit,   kafolat   va
iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish; 
- kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   iqtisodiy   taraqqiyotda   ustuvor
o’rin egallashiga erishish; 
- mamlakatning   eksport   salohiyatini   rivojlantirish   va   mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning   jahon   iqtisodiy   tizimiga   keng   ko’lamda   integrasiyalashuvini
ta’minlash; 
- iqtisodiyotda   mamlakatimiz   iqtisodiy   mustaqilligini   yanada
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish. 
Shunday ekan,  demokratik jamiyat   qurishdan  ko’zlangan  maqsad  yurtimizda
istiqomat   qiladigan   barcha   insonlar   uchun   munosib   hayot   sharoiti   yaratib   berish,
rivojlangan   demokratik   mamlakatlar   kabi   kafolatlangan   yuksak   turmush   darajasi
hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish
uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga
yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.  
Iqtisodiy   islohotlar   esa   o’z   o’rnida   jamiyatimizning   siyosiy,   ijtimoiy,
ma’naviy   hamda   davlat   qurilishi   sohalaridagi   tub   islohotlar   bilan   chambarchas,
uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda 21
. 
3. «O’zbek modeli» ning asosiy  tamoyillari 
Iqtisodiyotni   mafkuradan   xoli   etish   va   uning   siyosatdan   ustunligini
ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov   iqtisodiyotni   mafkuradan   xoli   etish,   uning   siyosatdan   ustunligini
ta’minlash   -   demokratik   va   bozor   o’zgarishlarining   asosi,   deb   ta’kidlaydi.
20   Каримов  И.А. Озод  ва  обод    Ватан, эркин  ва фаровон  ҳа	
еZт  – пировард  мақсадимиз. -Т.:  ―Ўзбекистон ,	‖
2000, 15-бет. 
21   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ислом   Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Олий
Мажлиси   Қонунчилик   палатаси   ва   Сенатининг   2010   йил   12   ноябрдаги   қўшма   мажлисидаги
―Мамлакатимизда   демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини
ривожлантириш концепцияси  мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 18-бет. 	
‖
14  
  Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonun va qoidalarga muvofiq
rivojlangandagina   demokratik   siyosiy   va   ijtimoiy   islohotlar   uchun   mustahkam
moddiy asos  yaratiladi. «Birinchi navbatda iqtisodiy negizni  (bazisni)  barpo etish
va   iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirish   yangi   jamiyat   qurishning   eng   muhim
shartidir.   Bunda   iqtisodiy   o’zgartirishlar   strategiyasi   mafkuradan   butunlay   xoli
etilishi,   ya’ni   siyosiy   maqsadlarga   erishish   vositasi   bo’lib   xizmat   qilmasligi
kerak» 22
. 
Sho’rolar   davrida   iqtisodiyot   yetmish   yil   hukmronlik   qilib   kelgan
kommunistik   mafkuraning   siyosatning   qurboniga   aylangan   edi.   Natija   ma’lum.
Iqtisodiyot   ham   bamisoli   tirik   organizm   -   erkin   harakat   qilgandagina   yuksalishi
mumkin.   Zug’um   ostida   qolsa,   o’zidagi   mavjud   imkoniyatlarni   ruyobga   chiqara
olmaydi. Sobiq ittifoq - sho’rolar davrida milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti va
ixtisoslashuvi   kabi   qator   iqtisodiy   qonuniyatlar   va   prinsiplar   orqali   amalda
markazga   bog’lab   qo’yilgan,   hukmron   mafkura   va   siyosatga   tamoman
bo’ysundirilgan edi. 23
 
Sho’rolar   davrida   mavjud   mehnat   taqsimoti   va   ixtisoslashuviga   ko’ra,   sobiq
respublikalarning   iqtisodiy   rivojlanishida,   bir   tomondan   markazdagi   yirik   sanoat
birlashmalari   qatnashar   edi.   Ularning   faolligi,   eng   avvalo,   qayta   ishlash   va
konchilik   sanoati   kompleksi   tarmoqlariga   qaratilgani   ham   sir   emas.   Bu   ishtirok
milliy   respublikalar   sanoatining   muayyan   darajada   o’sib,   nisbatan   zamonaviy
texnologiyalar, yangi ishlab chikarish tarmoklarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatdi, albatta. 24
  
1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida sobiq
ittifoq   vazirlik   va   idoralariga   bo’ysunuvchi   birlashma   va   korxonalar   ishlab
chikdradigan mahsulotlar hajmi 30 foizga yetgan edi. Ittifoqrespublika vazirlik va
idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa 54 foiz sanoat mahsuloti ishlab
chiqarilar   edi.   Ikkinchi   tomondan.   O’zbekistonning   Rossiya   va   boshqa
respublikalardan   keltiriladigan   ishlab   chiqarish   va   iste’mol   tovarlariga   bog’liqligi
g’oyat   kuchli   edi.   Iqtisodiy   o’sishning   tashqi   omillarga   bog’lanib   qolganligi
yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichi ahamiyatining 75 haddan tashqari oshishiga,
maxalliy   mashinasozlikning   esa   zaifligicha   qolishiga   olib   keldi.   O’zbekistonda
barcha   sanoat   mahsulotlari   tarkibida   mashinasozlik   sanoatining   ulushi   nihoyatda
past   edi.   Bunday   taqsimot   oqibatida   sanoat   asbob-uskunalari,   texnologiya,   fan-
texnika   yutuqlari   tashqaridan   olib   kelinadigan   mahsulotlarning   asosiy   yo’nalishi
bo’lib   qolaverdi.   Cheksiz   fosforit   konlariga   boy   o’lkamizga,   hatto   gugurt   ham
tashqaridan olib kelinar edi. 
22  Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 301-бет. 
23   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни
ижтимоийиқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор
йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   «Барча   режа   ва
дастурларимиз  Ватанимиз тараққиеZтини  юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат  қилади»
мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисоди	
еZт. - 2011. 4-бет  
 
24  Н.Тўхлиев Тараққи	
еZтнинг ўзбек модели. Т.:2012.6-бет 
15  
  O’zbekistonda   mashinasozlikning   asosi   bo’lgan   dastgoxsozlik   ayniqsa   zaif
rivojlangan   edi.   Natijada   ishlab   chiqarish   vositalari   va   sanoat   materiallari   ishlab
chiqarish   quvvatlarini   yaratish,   zamonaviy   yirik   yalpi   ishlab   chiqarish   talablariga
javob beradigan avtomat va yarim avtomat murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni
keng   yo’lga   qo’yib   bo’lmasdi.   Bularning   barchasi   metropoliya   va   mustamlaka
xalqlar   o’rtasidagi   munosabatlarning   amaldagi   yakqol   ifodasidir.   Metropoliya
hyech   qachon  mustamlaka   o’lkaning   jadal   rivojlanishini   istamaydi.   Uni   doim   o’z
tizginida tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir. 
Iqtisodiyotning   siyosat   va   mafkuraga   bo’ysundirilgani   yirik   o’rta   va   kichik
korxonalar   o’rtasidagi   nisbatga   ham   salbiy   ta’sir   ko’rsatmasdan   qolmadi.   Sobiq
ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy respublikalarda, asosan, yirik korxona
va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv
shunday   amaliyotni   taqozo   qilar   edi.   Zo’rma-zo’raki   tiqishtirilgan   bunday
amaliyotlar  natijasida  O’zbekiston iqtisodiyoti  ham  "gigantomaniya" degan xavfli
"xastalikka"   chalindi.   Bu,   albatta,   o’lkamizda   sanoat   ishlab   chiqarishning
an’anaviy   turlarini   rivojlantirish,   mehnat   jamoalarining   faolligi   va
tashabbuskorligini   oshirish,   bozor   kon’yunkturasiga   tezkor   moslashishga   katta
monelik qildi. 
Xalqaro   tajribadan   ma’lumki,   bir   turdagi   mahsulot   ommaviy   ishlab
chiqariladigan joyda yirik ishlab chiqarish yaxshi  samara berishi mumkin. Mayda
(bir nafardan 19 kishigacha mehnat qiladigan) korxonalar 1980yillarda AQShdagi
barcha   korxonalarning   26,1,   Yaponiyada   49,4   va   Italiyada   43,4   foizini   tashkil
etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan 99 kishigacha ishlaydigan korxonalar)
mos ravishda 28,4, 27,7 va 30,4 foizga teng edi. O’rta korxonalar  (bunga yuzdan
499 kishigacha ishlaydigan korxonalar kiradi) 24,0, 14,6 va 14,2 foiz, 500 nafardan
oshiq   ishchi   mehnat   qiladigan   yirik   korxonalar   21,5,   8,2   va   12,1   foizni   tashkil
etardi.   Ushbu   raqamlardan   ko’rinib   turibdiki,   zamonaviy   iqtisodiyotga   ega
Yaponiyada ishchilarning qariyb yarmi kichik korxonalarda mehnat qilgan. Mayda
va   kichik   firmalar   ish   bilan   band   bo’lgan   yaponlarning   to’rtdan   uch   qismini
birlashtirgan.   Kichik   korxonalar   -   iqtisodiyot   poydevori,   degan   gapda   hikmat
ko’p. 25
 
Yirik   korxonalar   mayda   ishlab   chiqarishga   nisbatan   bozor   kon’yunkturasiga
qiyin   moslashadi,   har   qanday   yirik   ishlab   chiqarish   jarayonida   katta-kichik
bo’shliqdar   paydo   bo’lishi   tabiiy.   Yirik   korxonalar   ularning   hammasini   ham
yolg’iz   o’zi   hal   etishi   qiyin.   Bunday   sharoitda   kichik   ishlab   chiqarish   yordamga
kelishi   va   paydo   bo’lgan   bo’shliqni   to’ldirishi   mumkin.   Kichik   ishlab   chiqarish,
o’z navbatida, ists’mol bozorini tovar bilan to’ldirish, aholini ish bilan ta’minlashni
yaxshilash, raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi. 
25   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни
ижтимоийиқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор
йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   «Барча   режа   ва
дастурларимиз  Ватанимиз тараққиеZтини  юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат  қилади»
мавзусидаги маърузасини 
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисоди	
еZт. - 2011. 26-27 бетлар 
16  
  Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositalari bilan
iste’mol   buyumlari   ishlab   chikaradigan   ishlab   chiqarish   o’rtasidagi   nisbatni
mutanosib   deb   bo’lmasdi.   Rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   ma’lumki,
iste’mol   buyumlari   ishlab   chiqarish   bunda   ustuvor   o’rin   tutishi,   jadalroq
rivojlanishi lozim. 
Qazib  oluvchi  va  qayta   ishlovchi   tarmoqlar  rivojlanishi  o’rtasida   ham   nisbat
buzilib keldi. Mineral xom ashyolarning katta qismi qayta ishlanmagan yoki yarim
tayyor   mahsulot   holida  O’zbekistondan   olib   chikib  ketilardi.  Deyarli   barcha   kon-
ruda,  metallurgiya kombinatlarida xom   ashyoni   qayta  ishlash  darajasi  g’oyat  past
bo’lgan.   Buning   sababi   shuki,   konchilik   sanoati   sohasidagi   ittifoq   ahamiyatidagi
yirik   korxonalarning   asosiy   faoliyati   respublikamizda   mineral   xom   ashyoni   to’la
qayta ishlash, vertikal integrasiya jarayoni, diversifikasiyani rivojlantirishga emas,
balki xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan edi.
Bu   boradagi   salbiy   oqibatlardan   yana   birini   sanoat   korxonalarini   mahalliy
ishchi   kadrlar   bilan   ta’minlashda   ham   ko’rish   mumkin.   Bu   sohadagi   vaziyat
shunday   ayanchli   holga   olib   kelingan   ediki,   zamonaviy   korxonalar   narida   tursin,
nisbatan ancha  past  rivojlangan sanoat  sektorida ham  mahalliy ishchi  kadrlarning
umumiy miqdori juda kam edi. 50-60 yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon,
Muborak,   Angren,   Yangiyer   singari   industrial   shaharlar   sobiq   markaz   vazirlik   va
idoralariga   buysunuvchi   yirik   sanoat   korxonalari   bazasida   bo’lgani   uchun   ularga
zarur   ishchi   kadrlar   ittifoqning   boshqa   respublikalaridan,   asosan   Rossiyadan
ko’chirib   keltirildi.   Xolbuki,   O’zbekistonning   o’zida   ishchi   kuchi,   salohiyatli
kadrlar   va   mutaxassislar   kam   emasdi.   Kam   bo’lsa,   ularni   o’qitish,   tayyorlash   va
kasbga   yunaltirish   ham   mumkin.   Bu,   bir   tomondan,   mahalliy   aholiga   nisbatan
e’tiborsizlik bilan qarashning, ikkinchi tomondan, mustamlakachilikka asoslangan
siyosatning   natijasidir.   Bunday   yondashuv   nafaqat   mahalliy   millat   vakillari
orasidan yetuk ishchi kadrlar yetishib chiqishiga, balki, sanoatning jadal suratlarda
rivojlanishiga ham monelik qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va
tarbiyalash   masalasi   o’tgan   asrning   20-30-yillarda   qanday   dolzarb   ahamiyat   kasb
etgan  bo’lsa,  keyinchalik  ham   shundayligicha  qolaverdi. Maxalliy  millat  vakillari
Toshkent   samolyotsozlik   birlashmasi,   vagon   ta’mirlash   zavodida   20-30   foizdan
oshmadi.   Konmetallurgiya,   mashinasozlik   kabi   tarmoqlarda   ham   vaziyat   deyarli
shundayligicha qoldi. 
Iqtisodiyotning   mafkura   va   siyosat   qurboni   bo’lishi   respublikaning   tashqi
iqtisodiy   faoliyatida   yanada   kengroq   namoyon   bo’ldi.   1990   yilda   O’zbekistonga
tashqaridan   olib   kelingan   mahsulotning   90   foizga   yaqinini   sanoat   mahsulotlari
tashkil   etardi.   Chetdan   keltiriladigan   moddiy   ishlab   chiqarish   tarmoqlari
mahsulotining   80   foizdan   ziyodrog’i   sobiq   ittifoq   respublikalari   ulushiga   to’g’ri
kelardi.   Keltiriladigan   sanoat   mahsulotlari   tarkibida   asosiy   o’rinni   mashinasozlik
va metallga ishlov berish (27,7%), yengil (22,7%) va oziq-ovqat (15,2%) sanoatlari
egallagan. 
17  
  Mahsulotlar,   asosan,   respublikalararo   ayirboshlash   bo’yicha   chiqarilar   va
kiritilar   edi.   Tashqariga   chiqarilgan   sanoat   mahsulotlari   orasida   asosiy   o’rinni
(59,7%) yengil sanoat mahsulotlari (paxta tolasi) tashkil etardi. 
Yana bir ayanchli holat shundan iborat ediki, tashqariga mahsulot chiqarishga
nisbatan   tashqaridan   mahsulot   kiritish   ko’pchilik   tarmoqlarda   ancha   yuqori   edi.
O’zbekistonning, ayniksa, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft-
kimyo,   oziq-ovqat   sanoati   mahsulotlari   buyicha   tashqi   bozorga   bog’liqligi
kuchaydi. 
1990 yilda xalq iste’moli tovarlari bo’yicha tashqaridan mol kiritish (importni
qo’shganda)   tashqariga   mol   chiqarishdan   (eksportni   qo’shganda)   3   barobar   ortiq
bo’lgan. Nooziq-ovqat mahsulotlari (yengil sanoat  mahsulotlari, madaniy-maishiy
va   xo’jalik   mollari)   buyicha   mahsulot   kiritish   mahsulot   chiqarishdan   4   barobar
ko’p edi. 
Oziq-ovqat tovarlaridan go’sht va  go’sht  mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari,
tuxum,   un,   yorma,   makaron,   qand,   qandolatchilik   mahsulotlari,   baliq,   balik
konservasi,   margarin,   konservalar,   alkogolli   ichimliklar   keltirilsa,   nooziq-ovqat
tovarlaridan deyarli barcha turdagi gazlamalar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari,
charm   poyabzal,   madaniy-maishiy   va   xo’jalik   tovarlaridan   mebel,   muzlatkichlar,
kir   yuvish   mashinalari,   televizorlar,   radiopriyomnik   qurilmalari,   farfor-fayans,
shisha   va   billur   idishlar,   velosiped   va   mopedlar   keltirilgan.   Har   yili   millionlab
tonna   paxta   yetishtiriladigan   o’lkada,   hatto   durustroq   paypoq   ishlab   chiqaradigan
fabrika   ham   qurilmagan,   shoir   aytganideq   "daryo   bo’yida   qultum   suvga   zor"
edik! 26
 
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab vaziyat o’nglana boshladi. Lekin,
iqtisodiyotning   eski   tuzumdan   qolgan   bunday   mustamlakacha   tarkibi   bilan   bozor
munosabatlariga   asoslangan   mustaqil   milliy   iqtisodiyotni   barpo   etib   bo’lmasdi.
Buning   uchun   izchil,   tizimli   va   uzoqni   ko’zlab   ish   tutish   lozim   edi.
Mamlakatimizda   bu   borada   amalga   oshirilayotgan   ishlar   berayotgan   samaralarni
quyidagi raqamlardan ham qo’rish mumkin. 
1-jadval Iqtisodiyot tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 27
(%hisobida) 
Iqtisodiyot tarmoqlari  1990 yil  2000 yil  2010 yil 
Sanoat  17,6  14,2  24,0 
Qishloq xo’jaligi  3,4  30,1  17,5 
Qurilish  5,8  7,7  12,4 
Savdo  4,5  10,8  9,0 
26   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни
ижтимоийиқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор
йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   «Барча   режа   ва
дастурларимиз  Ватанимиз тараққиеZтини  юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат  қилади»
мавзусидаги маърузасини 
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисоди	
еZт. - 2011. 39-42 бетлар 
27  Н.Тўхлиев Тараққи	
еZтнинг ўзбек модели. Т.:2012.108-бет  
18  
  Boshqalar  22,2  18,7  23,7 
Sof soliqlar  11,3  12,5  7.0 
Jami  100,0  100,0  100,0 
 
Mahalliy   sanoatni   rivojlantirish   borasida   amalga   oshirilgan   izchil   va   tizimli
chora-tadbirlar   samarasida   o’tgan   20   yil   mobaynida   mamlakatimiz   yalpi   ichki
mahsuloti   tarkibida   sanoatning   ulushi   17,6   foizdan   24,0   foizgacha   ko’tarildi.
Kishloq   xo’jaligining   ulushi   esa   qariyb   2   barobar   kamaydi.   Boshqa   tarmoqlarda
ham xuddi shunday sifat o’zgarishlari amalga oshirildi. 
Istiqlol   yillarida   sanoat   mahsulotlari   ishlab   chiqarishning   yillik   hajmi   3
barobar,   uning   o’tmishda   juda   zaif   rivojlangan   mashinasozlik   va   metallga   ishlov
berish tarmog’i esa 11,6 barobar o’sdi. Bu umumiy sanoat ko’rsatkichidan qariyb 4
barobar ko’pdir. Bunday ulkan yuksalishga mamlakatimizda avtomobilsozliq neft-
gaz   mashinasozligi,   temir   yo’l   mashinasozligi   kabi   nisbatan   yangi   va   zamonaviy
sohalarni   barpo   etish   va   jadal   rivojlantirish   orqali   erishilganini   alohida   ta’kidlash
darkor. 
Istiqlol   yillarida   Prezidentimiz   Islom   Karimov   tomonidan   asos   solingan
mamlakatimiz   uchun   butunlay   yangi   tarmoq   —   avtomobil   sanoati   sohasida   hozir
18   mingdan   ortiq   kishi   ish   bilan   bandligi   alohida   ta’kidlash   o’rinlidir.
Ma’lumotlarga   ko’ra,   «O’zavtosanoat»   kompaniyasi   tizimiga   kiruvchi
korxonalarda   2011   yilning   o’zida   1,4   mingdan   ziyod   yangi   ish   o’rni   yaratilgai.
Investisiya   dasturi   doirasida   mashinasozlarimiz   avtomobillar   uchun   zarur   ko’plab
detallarni   ishlab   chiqarishni   o’zlashtirish   ustida   ish   olib   bormoqda.   O’tgan   yillar
davomida   bu   borada   ulkan   yutuqlarga   erishildi.   Bamperlar.   avtoemallar,
germetiklar ,   sanoat   bo’yoqlari,   tutun   chiqargichl ar.   yonilg’i   baqlari,   yoqilg’i
nasoslari, avtomobil oynalari va o’rindiqdari, akkumulyatorlar, elektr o’tkazgichlar
uchun   jgutlar,   avtomobil   salonining   ichki   qoplash   qismlari,   tashqi   yoritish
vositalari,   yonilg’i   moyi   va   havo   filtrlari,   kapsulalangan   oynalar,   generatorlar   va
kompressorlar,   g’ildirak   disklari   va   shassi   uzellari   ishlab   chiqaruvchi   korxonalar
faoliyat ko’rsatmoqda. 
Mamdakatimizda   tarkibiy   qayta   qurish,   mulk   munosabatlarini
takomillashtirish   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   mexanizmlari
orqali   amalga   oshirildi.   Bu   ko’p   ukladli   aralash   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyotini   shakllantirishning   muhim   shartlaridan   biridir.   Kichik   biznes   va
xususiy   tadbirkorlik   iqtisodiy   yuksalishning   muhim   omillaridan   biriga   aylandi.
Statistik   ma’lumotlarga   ko’ra     2010   yilda   mamlakatimiz   aholisining   har   ming
nafariga   15,2   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   subyekti   to’g’ri   kelgan.   Bu
ko’rsatkich Moldovada - 12,3, Qozog’istonda - 6,9, Rossiyada - 11,3, Ukrainada -
7,5, Belarusda - 7,3, Ozarbayjonda - 1,6 tani tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning   rivojlanish   sur’atlari,   milliy   iqtisodiyotimizdagi   muhim   o’rni   va
salmog’i naqadar tez usayotganligini quyidagi 2-jadvaldan ham 
19  
  bilsa bo’ladi. 28
 
2-jadval 
29   (% 
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi
hisobida) 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ulushi  2000 yil  2005 yil  2010 yil 
YaIMda  31,0  38,2  52,5 
Sanoatda  12,9  10,0  21,1 
Ish bilan band bo’lganlarning umumiy sonida  49,7  64,8  74,3 
Eksportda  10,2  6,0  13,6 
Mamlakatimizda   o’tgan   20   yil   ichida   tashqi   savdo   aylanmasi   805,6   million
AQSh   dollaridan   21,8   milliard   dollarga,   ya’ni   27,1   barobar   o’sdi.   Jumladan,
eksport   hajmi   442,7   million   dollardan   13,1   milliard   dollarga,   yoki   29,5,   import
362,9   million   dollardan   8,8   milliard   dollarga   yoki   24,2   barobar   ko’paydi.   Ayni
paytda tashqi savdoning ijobiy saldosi 79,8 million dollardan 4,2 milliard dollarga,
ya’ni 53 barobar ortdi. Bu oltin-valyuta zaxiralarimizning muttasil o’sishi va milliy
valyutamiz   barqarorligini   ta’minlashga   ham   xizmat   qilmoqda.   Eksport   va
importning   tarkibi   keskin   o’zgardi.   Mustakillikkacha   O’zbekiston   chetga   xom
ashyo   chiqaradigan   va   tayyor   mahsulotlar,   asosan,   iste’mol   mollarini   olib
keladigan   mamlakatdan   bugun   qo’shimcha   qiymat   yuqori   bo’lgan   tayyor
mahsulotlarni tobora ko’p va keng eksport qilayotgan, ishlab chiqarishni texnik va
texnologik   modernizasiya   kilishga   muljallangan   texnika   va   asbob-uskunalarni
import   qiladigan   mamlakatga   aylandi.   Mashina   va   uskunalarning   import
tarkibidagi   ulushi   izchil   o’smokda:   1990   yilda   12,1   foizni   tashkil   qilgan   bo’lsa,
2010 yilda 44,1 foizgacha yetdi. 
Eksportning   tarkibi   diversifikasiya   qilinishi   natijasida   paxta   tolasi   ulushi
jiddiy   kamaydi.   Uning   eksportdagi   ulushi   1990   yilda   59,7   foizni   tashkil   etgan
bo’lsa,  2010  yilda 11,3  foizdan  oshmadi.  Oziq-ovqat   mahsulotlari  importa  o’tgan
davr mobaynida 48,9 foizdan 10,9 foizga tushdi. 30
 
Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikasiyalashdi. Ilgari, birinchi navbatda,
sobiq ittifoq tarkibidagi  respublikalar  va sosialistik  lagerga kiruvchi  mamlakatlar,
sosialistik   yo’nalishni   tanlagan   davlatlar   bilan   tovar   ayirboshlash   va   savdo-sotiq
amalga oshirilishi shart bo’lgan. 
31
28   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни
ижтимоийиқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор
йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   «Барча   режа   ва
дастурларимиз  Ватанимиз тараққиеZтини  юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат  қилади»
мавзусидаги маърузасини 
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисоди	
еZт. - 2011. 46-49 
бетлар  29
 Н.Тўхлиев Тараққи	
еZтнинг ўзбек модели. Т.:2012.110-бет   
 
20  
  O’zbekistonda tashqi savdo aylanmasining usishi
3-jadval 
1990 yil  2000 yil  2010 yil 
Tashqi savdo aylanmasi, million AQSh 
dollarida  805,6  6212,1  21842.2 
Eksport, million doll.  442,7  3264,7  13044,5 
Import, million doll.  362,9  1247,4  8799,7 
Saldo (+, -) million doll.  79,8  317,3  4244,8 
 
Bu   ham   mavjud   xukmron   mafkura   va   siyosatning   amaldagi   ifodasi   edi,
albatta.   Xalqimiz   mustaqillikka   erishganidan   keyin   tashqi   savdo   doirasi   keskin
kengaydi va uning tarkibida uzoq xorij mamlakatlari soni orta boshladi. Agar 1990
yilda tashqi  savdo aylanmasida uzoq xorij mamlakatlari ulushi 39,9 foizni tashkil
etgan   bo’lsa,   2010   yilda   bu   raqam   56,9   foizga   yetdi.   Eksportda   ularning   hissasi
37,7 foizdan 54,8 foizga, importda 42,6 foizdan 59,9 foizga yetdi. 
Haqiqiy   bozor   munosabatlari   xar   qanday   mafkuraviy   va   siyosiy   qoliplardan
xoli   va   ustun   bo’lishi   kerak  shundagina   barqaror   iqtisodiy   o’sishga   yo’l   ochiladi.
Bu tamoyil davlatimiz rahbari tomonidan shuning 
                                                  
30
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И . А . Каримовнинг  2011  йилнинг   асосий   якунлари   ва  2012  йилда  
Ўзбекистонни   ижтимоий - иқтисодий   ривожлантиришнинг   устувор   йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон
Республикасининг   Вазирлар   Маҳкамасининг   мажлисидаги   «2012   йил   Ватанимиз   тараққиеZтини   янги
босқичга   кўтарадиган   йил   бўлади »  мавзусидаги   маърузасини   ўрганиш   бўйича   ўқув   қўлланма .- Т .: 
«O`qituvchi»  НМИУ , 2012. 36- бет  
31
Н . Тўхлиев   Тараққи	
еZтнинг   ўзбек   модели .  Т .:2012.111- бет     
 
uchun ham bozor munosabatlariga o’tishning muhim shartlaridan biri sifatida ilgari
surildi. 
Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o’zgarishlarning 
tashabbuskori va bosh islohotchisidir. 
O’zbekistonda   bozor   munosabatlariga   o’tishda   davlat   bosh   islohotchi,
iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi. 
«Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi. 
iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib,
uni   izchillik   bilan   amalga   oshirishi   zarur» 32
,   -   deb   ta’kidlaydi   O’zbekistan
Prezidenti Islom Karimov. 
Nima   uchun   bu   o’ta   mas’uliyatli   tarixiy   vazifa   aynan   davlatning   zimmasiga
yuklatildi? Chunki  mustaqil   milliy  iqtisodiyotni  barpo  etish  va ayni   paytda  bozor
munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq
kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir
xil,   boshlang’ich   darajada   bo’lgan.   Bozor   islohotlarining   takdirini,   ayrim
21  
  davlatlarda   bo’lgani   kabi,   davlat   korporasiyalari   qo’liga   topshirib   qo’yib   ham
bo’lmasdi. 
Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga
o’tishning   «shok   terapiyasidan»   farqli   o’laroq,   bosqisma-bosqich   amalga
oshiriladigan   ijtimoiy   yo’naltirilgan   modeli   tanlandi.   Bunday   sharoitda   aholining,
ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi
orqali   faqat   davlatgina   himoya   qila   olishi   mumkin.   Shu   bois   davlatning
kuchqudratidan,   boy   imkoniyatlaridan   foydalanmaslik   keyinchalik   to’g’rilab
bo’lmas   xatolarga   olib   kelishi   tayin   edi.   Prezidentimiz   tomonidan   ushbu   yo’l
yagona va to’g’ri yo’l deb tanlandi. Davlat bizda azaldan qudratli kuch, boshqarish
vositasi  bo’lib kelgan.  Islohotlardan  oldin barcha  mulk obyektlarining 90  foizdan
ziyodrog’i   davlat   tasarrufida   edi.   Qayd   etish   lozimki,   barcha   mamlakatlarda
iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy
tuzilmalarining o’rni bor. Buni  hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi
boshqara   oladigan   tizim,   munosabatlar   silsilasi.   Bunday   sharoitda   davlatning
iqtisodiyotga   aralashuvi   yoki   iqtisodiyotning   davlat   tomonidan   tartibga   solinishi
qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi
bormi? Bu - juda nozik masala. 
O’tgan   asr   davomida   jahon   iqtisodiyoti   rivojlanishining   turli   bosqichlarida
ba’zan   bozor   qonuniyatlari,   ba’zan   iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   tartibga   solish
usullari   ustuvorlik   qilib   keldi.   1940-70   yillarda   iqtisodiy   jarayonlar ы i   boshqarish
va   tartibga   solishda   davlatning   rolini   kuchaytirish   konsepsiyasi   ustunlik   qilgan
bo’lsa,   1980-90-yillarda   iqtisodiyotni   bozor   tomonidan   tartibga   solishning
cheklanmagan   imkoniyatlari   konsepsiyasini   ilgari   suruvchi   monetarizm   va
neoliberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi. 
4-jadval
Iqtisodiyotda nodavlat sektori 33
 (% hisobida) 
                                                  
::
' Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 309-бет.   3
Статистик тўплам, Т., ―Ўзбекистон, 2011, 64-бет  ‖
  1995 yil  2000 yil  2010 yil 
YaIM  58.4  72,6  81,7 
Sanoat  49,1  63,9  91,0 
Qishloq xo’jaligi  97,6  99,1  99,9 
Qurilish  62,1  81,2  89,6 
Transport  13,9  30,7  56,0 
Aloqa  x  82,4  96,1 
Chakana savdo aylanmasi  91,7  96,8  99,9 
Pullik xizmat  34,6  57,1  81,7 
Tashqi savdo  x  70,4  79,4 
Bandlik  69,0  75,9  79,1 
22  
   
Iqtisodiy   adabiyotlarda   Yevropaning   yetakchi   mamlakatlari   hisoblanadigan
Fransiya va Germaniyada davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasi 48 foiz, 
«superkommunistik» Skandinaviya mamlakatlarida 54-55 foiz deb ko’rsatiladi. 
Bu ko’rsatkichlar  bozor  mukammal, o’zini  o’zi  tartibga solib  turuvchi  tizim,
davlatning   unga   aralashuvi   iloji   boricha   past   darajada   bo’lishi   kerak   deb
hisoblaydigan   klassik   bozor   iqtisodiyotini   ma’qul   ko’radigan   Shimoliy   Amerika
modeli   ko’rsatkichidan   ancha   yuqoridir.   4-jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,
O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotning barcha sohalaridagi ulushi va aralashuvi
muttasil kamayib bormoqda. 
2010   yilda   mamlakatimizda   davlat   sektorining   ulushi   yalpi   ichki   mahsulot
ishlab chiqarishda 18,3 foiz, sanoatda 9,0, qishloq xo’jaligida 0,1, ko’rilishda 10,4,
transportda   44,0,   aloqada   3,9,   chakana   savdo   aylanmasida   0,1,   pullik   xizmat
ko’rsatishda   20,6,   tashqi   savdoda   8,3   va   bandlikda   20,9   foizni   tashkil   etdi.   Bu
raqamlar   davlatning   mamlakat   iqtisodiyotidagi   o’rnini   to’liq   ko’rsata   oladimi?
Yo’q, albatta. Iqtisodiyotdagi davlat sektoridagidan hayotimizdagi davlatning urni
va roli ancha katta va rang-barangdir. 
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiyotni
tartibga   solish,   qayta   taqsimlash   mexanizmi   orqali   aholi   manfaatlarini   himoya
qilishi, iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor shart-sharoitlarini yaratishi,
iqtisodiy   erkinlik   va   tenglikni   kafolatlashi,   bozor   institutlarini   shakllantirishi,
tadbirkorlik   tizimlarini   qaror   toptirish   va   rivojlantirishga   ko’maklashishi,   raqobat
muhitini   vujudga   keltirishi,   tarkibiy   qayta   ko’rishlarni   amalga   oshirishi   zarur.
Bunda davlat tartibga solishning moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni
nazorat   qilish   vositalaridan   keng   foydalanadi.   Davlat   yirik   dastur   va   loyihalarni
moliyalashtiradi, chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi. 
O’tish   davrida   davlatning   iqtisodiyotni   tartibga   solish   roli   nafaqat   davlat
sektori,   balki   xususiy   sektorga   nisbatan   ham   muntazam   kuchayib   bordi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish davlat institutlari tomonidan amalga
oshiriladigan va mamlakatni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga
qaratilgan   qonunchiliq   ijroiya   va   nazorat   harakteriga   ega   bo’lgan   chora-tadbirlar
tizimini amalga oshirishdir. 
Bozor   munosabatlariga   o’tish   jarayonida   iqtisodiyotni   davlat   tomonidan
tartibga   solishning   ahamiyati   shakllangan   bozor   tartiblaridan   ancha   ustun   bo’ldi.
Bu   -   tabiiy.   O’tish   davrida   qabul   kilinadigan   iqtisodiyotga   oid   qonun,   uaror   va
qoidalarning   ko’lami   g’oyat   keng   bo’lib,   ularning   hayotga   tatbiq   etilishi   muhim
ahamiyatga   ega.   Shuningdek,   o’tish   davri   sharoitida   bozor   mexanizmining   hali
to’laqonli ishga tushib keta olmasligini ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim. 
Ma’muriy   buyruqbozlikka   asoslangan   rejali   iqtisodiyotdan   bozor   iqtisodiyotiga
o’tish   o’z-o’zidan   yuz   bermaydi.   Shuning   uchun   ham,   davlatning   asosiy
vazifalaridan   biri   ushbu   jarayonni   tartibga   solish,   iqtisodiyotning   bir   maromda
faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida bozor infratuzilmasini shakllantirishdir.
23  
  Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   davrida   O’zbekistonda   davlat   qo’yidagi   asosiy
iqtisodiy vazifalarni bajardi: 
-pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish; 
-fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini.   mulkdorlar   va   xo’jalik   subyektlari
huquqlarini kafolatlash; 
-makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash; 
-monopoliyaga   qarshi   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   va   raqobat   muhitini
yaratish; 
-ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish; 
-faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish; 
-umumdavlat ahamiyatiga ega ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik infratuzilmani
rivojlantirish; 
-kam ta’minlangan aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash; 
-atrof-muhitni muhofaza qilish; 
-iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini optimallashtirish; 
-mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash; 
-bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish; 
-ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   strategiyasini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish   va
hokazolar. 
O’zbekistonda   iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   tartibga   solish   huquqiy,
ma’muriy  va   iqtisodiy   usullar   bilan   birgalikda   olib  borildi.  Turli   mulk   shaklidagi
korxonalar   va   bozor   institutlarining   (bank,   birja,   aksionerlik   jamiyatlari)   faoliyat
ko’rsatishi   me’yorlarini   ta’minlovchi,   bozor   sharoitiga   mos   yangi   soliq   sug’urta,
aholini   ijtimoiy   himoyalash,   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,
raqobat  muhitini  yaratish, kichik va  xususiy  biznesni  qo’llab-quvvatlash  bo’yicha
qonunlar tizimi yaratildi. 
Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini boshqarish ta’kikdlash, ruxsat berish
va   majburiy   chora-tadbirlar   orqali   amalga   oshirildi.   Ma’muriy   yo’l   bilan
monopolist   korxonalar   va   ijtimoiy   ahamiyati   yuqori   mahsulot   narxlari   ustidan
davlat   nazorati   o’rnatildi.   Alohida   tovarlar   eksport   va   import   kvotalari   o’rnatildi
yoki   lisenziyalar   belgilandi.   Ijtimoiy   sohalar   va   ekologiya   masalalarida   ham
davlatning ma’muriy usullaridan foydalanildi. 29
 
Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullari tizimini yaratish davlatning o’tish
davridagi   eng   muhim   vazifalaridan   biri   hisoblandi.   Shu   maqsadda   davlatning
iqtisodiy   siyosati   (pul-kredit,   moliya-byudjet,   soliq,   valyuta,   bojxona,   narxlar,
amortizasiya va boshqalar) ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Shuningdek,
davlat   buyurtmasi,   kvotalar,   lisenziyalar,   byudjetdan   moliyalashtirish,
prognozlashtirish va dasturlar ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng
foydalanildi. 
29  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012.119-122 бетлар 
 
24  
  2008 yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Prezidentimiz Islom
Karimov   tomonidan   ilgari   surilgan   davlatning   bosh   islohotchi   bo’lishiga   oid
tamoyil   naqadar   to’g’riligini   va   hayotiyligini   yana   bir   bor   tasdiqladi.   Global
inqiroz   sharoitida   ko’plab   davlatlar   juda   katta   miqdordagi   oltin-valyuta   zaxiralari
va   jamg’armalarini   o’z   moliya-kredit   tizimini   saqlab   qolishga   sarflashga   majbur
bo’ldi.   Shu   yo’l   katta   bankrotliklarning   oldini   oldi,   iqtisodiyotning   arteriyasi
hisoblanadigan bank tizimini xalokatdan ko’tkardi. Birgina AQShning o’zi Federal
zaxira   jamg’armasidan   bir   necha   yuz   milliard   dollardan   iborat   mablag’ni   inqiroz
oqibatlarini   yumshatishga   sarfladi.   2010   yilning   boshida   Shveysariyaning   Davos
shahrida   o’tgan   an’anaviy   xalqaro   iqtisodiy   forumda   davlat   arboblari   va
iqtisodchilar «davlat aralashmaganida hamma narsa bir zumda barbod bo’lar edi»
deb   ruy-i   rost   tan   oldilar.   Bu   gap   zamirida   global   moliyaviy-iqtisodiy   inqiroz
"eshik   qoqqan"   murakkab   sharoitda   mamlakatlar   bank-moliya   tizimiga   davlat
yordamga   kelmaganida   butun   jahon   iqtisodiyoti   bir   zumda   inqiroz   botqog’iga
g’arq bo’lar edi, degan e’tirof bor 30
. 
O’zbekistonda   makroiqtisodiy   barqarorliq   katta   oltin-valyuta   zaxiralarining
mavjudligi,   rivojlanish   jamg’armasi   imkoniyatlari,   tashqi   qarzning   minimumga
tushirilganligi   jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi   sharoitida   bunday   murakkab
masalarni   o’z   vaqtida   samarali   hal   qilish   imkonini   berdi.   Osiyo   taraqqiyot
bankining O’zbekistondagi  doimiy vakolatxonasi   rahbari   Kazuxiko Xiguchi  haqli
ravishda   ta’kidlaganidek,   "o’zbek   modeli"ning   o’ziga   xos   jihatlaridan   biri
shundaki, davlat boshqaruvi makro darajada, bozor iqtisodiyotini shakllantirish esa
mikro   darajada   amalga   oshirishni   nazarda   tutadi.   O’zbekistonda   izchillik   bilan
amalga   oshirilayotgan   islohotlar   mutanosib   va   barqaror   rivojlanishga,   sanoatni
modernizasiya qilish va texnologik qayta jihozlashga xizmat qilayotir. 
Makroiqtisodiy, tuzilmaviy va institusional o’zgarishlarda, ayniqsa, kichik biznesni
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda". 
Erkin   raqobat   davrlaridan   farqli   o’laroq,   bugun   zamonaviy   iqtisodiyotda
miqdor va sifat o’zgarishlari yuz berib, faoliyat ko’rsatish tizimi g’oyat   murakkab
va   ziddiyatli   tus   olmoqda.   Agar   o’tgan   asrda   monopoliyalar   iqtisodiyotda   noyob
holat   sifatida   uchragan   bo’lsa,   endilikda   har   bir   bozor,   tarmoqlarning   katta   qismi
monopol korxonalar ta’siriga tushib qolayotir. Transmilliy korporasiyalar bozor va
uniig   segmentlaridan   kattaroq   ulush   olish   maqsadida   keng   tomir   yoymoqda.
Natijada,   iqtisodiyotni   muvozanatga   keltirib   turuvchi   bozor   mexanizmining
to’laqonli faoliyat doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini
ijtimoiy   himoyalash,   iqtisodiy   o’sishning   yuqori   sur’atlarini   ta’minlash
vazifalarining ahamiyati ortmoqda. 
Mamlakat   iqtisodiy   taraqqiyoti   bilan   bog’liq   shunday   sohalar   borki,   ular
odatda   ulkan   hajmlarda   investisiyalar   kiritishni   talab   qiladi.   Oddiy   tadbirkor   va
30   И.А.Каримов   Жаҳон   молиявий-иқтисодий   инқирози,   Ўзбекистон   шароитида   уни   бартараф   этишнинг
йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 49-бет  
 
25  
  korxonalarning   bunga   qurbi   yetmaydi.   Ko’p   hollarda   bu   sohalar   daromad
keltirmaydi   yoki   foydasi   uzoq   vaqtdan   keyin   kelishi   mumkin.   Odatda,   bunday
sohalar,   masalan,   transport,   kommunikasiya,   ekologiya,   energetika   xizmatlaridan
barcha   barobar   foydalanadi.   Davlat   bozor   tizimining   samarali   ishlashiga   yordam
ko’rsatuvchi   muhit   va   poydevor   yaratadi,   iqtisodiyotiing   barcha   ishtirokchilari
uchun   teng   imkoniyatlar   beruvchi   yagona   qoidalarni   joriy   qiladi,   raqobatni
rag’batlantiradi, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi. daromadlarni taqsimlaydi,
keng   aholi   qatlamlarini   ijtimoiy   himoyalash   maqsadida   uni   qayta   taqsimlaydi,
iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlaydi va hokozo. 
Davlatning  islohotchilik  roli  va  ahamiyati  shu  bilan  tugamaydi. 
O’zbekistonda   davlat   ijtimoiy   sohadagi   islohotlarga   ham   rahnamolik   qilib
kelmoqda.   Shu   maqsadda   davlat   byudjetidan   ta’lim,   sog’likni   saqlash,   sport,
kommunal   xizmat   va   boshqa   ijtimoiy   sohalarga   sarflanadigan   mablag’lar   hajmi
yildan   yilga   oshirilmoqda.   Ta’lim,   sog’liqni   saqlash,   sport   va   uy-joy   bilan
ta’minlash sohasida  amalga oshirilgan islohotlar ko’lami keng va samarasi  g’oyat
yuqori. Ijtimoiy infratuzilma barqaror faoliyat ko’rsatmokda va rivojlanmokda. 
2010   yilda   O’zbekistonda   9860   umumta’lim   maktabida   4676,1   ming   o’quvchi,
1539   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarida   1623,1   ming   o’quvchi,   66
oliy ukuv yurtida 300 mingdan ziyod talaba tahsil oldi 31
. 
1997   yildan   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   izchillik   bilan   va   samarali
amalga   oshirilmoqda.   Dastur   aholining   uzluksiz   ta’lim   olishini,   ta’lim   tizimining
jamiyatda sodir  bo’layotgan  o’zgarish  va yangilanishlarini, iqtisodiyotdagi  yuqori
malakali kadrlarga bo’lgan extiyojlarni nazarda tutadi. 2004-2010 yillarda maktab
ta’limini   rivojlantirish   umummilliy   davlat   dasturi   doirasida   maktablarning
aksariyat qismi qaytadan qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi, gaz, suv va
aloqa vositalari bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi.
1998-2010   yillarda   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   o’quv   muassasalarini
yangidan   qurish   va   rekonstruksiya   qilish   maqsadida   2,5   trillion   so’m   mablag’
sarflandi 32
. 
Har   yili   ta’lim   sohasiga   ajratilayotgan   harajatlar   YaIMning   10-12   foizini
tashkil etmoqda. 
1998 yilda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi qabul qilindi.
Dasturga   muvofiq   mamlakatimizda   butun   tibbiyot   tizimini   tubdan   qayta   qurish,
ko’p   sarf-harajat   talab   etadigan   va   samarali   bo’lmagan   tibbiy   yordamdan   yangi
zamonaviy   ixtisoslashtirilgan   tibbiy   xizmat   turlariga   o’tish   boshlandi.   Sog’liqni
saqlash   tizimini   qo’llab-quvvatlash   maqsadida   birgina   2010   yilda   2   trillion
so’mdan   ziyod   mablag’   sarflandi.   Bu   sohodagi   davlat   siyosatining   asosiy
31  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 126 бет 
32   Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2011   йилнинг   асосий   якунлари   ва   2012
йилда   Ўзбекистонни   ижтимоий-иқтисодий   ривожлантиришнинг   устувор   йўналишларига   бағишланган
Ўзбекистон  Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги  «2012 йил Ватанимиз  тараққи	
еZтини
янги   босқичга   кўтарадиган   йил   бўлади»   мавзусидаги   маърузасини   ўрганиш   бўйича   ўқув   қўлланма.-Т.:
«O`qituvchi» НМИУ, 2012. 46 бет 
 
26  
  yo’nalishlaridan   biri   ona   va   bola   salomatligini   muhofaza   qilishdir.
Mamlakatimizda   davlatning   bevosita   ishtirokida   qudratli   farmasevtika   sanoati
yaratildi. 
Qishloq   aholisini   ichimlik   suvi   va   tabiiy   gaz   bilan   ta’minlash   davlat   dasturi
amalga   oshirildi.   O’tgan   davr   mobaynida   davlat   kafolati   bilan   kommunal   soha
rivoji uchun 700 million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy
investisiya va kreditlar jalb etildi. Umuman har yili davlat byudjetining yarmidan
ziyodrog’i   ijtimoiy   sohaga   sarflanmoqda.   Birgina   ta’lim   sohosiga   ajratilayotgan
mablag’lar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizini tashkil etmoqda. Bu
qadar   keng   ko’lamli   harajatlarni   faqat   davlat   kuchi   va   imkoniyatidan   foydalanib
amalga oshirish mumkin, xolos. 
Bundan   tashqari   davlat   iqtisodiy   erkinlikni   ta’minlaydi,   iqtisodiy-ijtimoiy   va
institusional   islohotlarni   amalga   oshirishning   strategik   maqsad   va   vazifalarini
belgilaydi,   raqobat   va   tadbirkorlik   tuzilmalarini   shakllantiradi   va   rivojlanishini
qo’llab-quvvatlaydi,   tarkibiy   qayta   qurishlarni   amalga   oshiradi,   ishlab
chiqarishning   tarmoq   va   xududiy   nisbatini   ta’minlaydi,   yagona   moliya,   kredit,
soliq valyuta, narx siyosatini amalga oshiradi. 
Global   moliyaviy   iqtisodiy   inqiroz   davlatning   iqtisodiyotga   aralashuvini
kuchaytirdi.   Bu   sharoitda   davlat   bankrotlik   yoqasiga   kelib   qolgan   korxona   va
xizmat   turlarini   qayta   milliylashtirib,   «tiriltirib»   yana   o’z   tasarrufidan   xususiy
qo’llarga sotish amaliyotini ham qo’lladi. 33
 
Iqtisodiyotni   modernizasiya   qilish,   ishlab   chiqarishni   diversifikasiyalash
jarayonida   davlatning   o’rni   va   roli   katta.   Modernizasiyalash   ijtimoiy-iqtisodiy
jarayon   bo’lib,   iqtisodiyotning   asosiy   negizini   o’zgartirmasdan   turib,   muttasil
takomillashtirish   bo’yicha   davlat   tomonidan   jahon   taraqqiyotining   zamonaviy
tendensiyalarini   hisobga   olgan   holda   ko’riladigan   chora-tadbirlar   tartibotidir.
Modernizasiyalash   davlatning   investision   va   ijtimoiy   siyosatini   o’zida   ifoda   etib,
soliq   tartibini   takomillashtirishni,   iqtisodiyot   tarkibini   davlat   tomonidan
boshqarishni,   boshqaruv   organlari   vazifalariga   o’zgartirishlar   kiritishni   taqozo
etadi.   Modernizasiyalash   milliy   iqtisodiyotning   xalqaro   raqobatbardoshligini
oshirishga   yo’naltirilgan   iqtisodiyotni   tarkibiy,   institusional,   texnologik
takomillashtirish   jarayoni   sifatida   davlatning   islohotchiligiga   tayanadi.   Davlat
modernizasiyalashning   faol   subyekti   sifatida   uning   maqsadi,   vazifalari,   ustuvor
yo’nalishlari,   uni   amalga   oshirish   sur’atlari,   resurslari   va   innovasion   asoslarini
belgilaydi.   Modernizasiya   ilmiy   va   mehnat   sig’imi   yuqori   bo’lgan   texnologiyaga
o’tishni   anglatadi   va   ishlab   chiqarishning   innovasion   yo’nalishini   kuchaytirishga
xizmat qiladi. 
Qonun   ustuvorligini   ta’minlash.   O’zbek   modelining   yana   bir   harakterli
tamoyili   qonun   ustuvorligini   yoki   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotining
huquqiy   asoslarini   ta’minlash   bilan   bog’liqdir.   Chunki   bozor   munosabatlarining
3   И.А.Каримов   Жаҳон   молиявий-иқтисодий   инқирози,   Ўзбекистон   шароитида   уни   бартараф   этишнинг
йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 6-бет 
 
27  
  o’ziga xos qonun va qoidalari bo’lishi tabiiy. Xorijda bunday tartib va qoidalar bir
necha   yuz   yillar   mobaynida   shakllanib,   takomillashib   kelgan.   Ularni   inkor   etish
yoki mensimaslik - xato. Global iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni -
ularga rioya etishni talab qiladi. 
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek,
«ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotining   qonunchilik   asosini   yaratish   -   bu
faqat   o’tish   davrining   majburiy   shartigina   bo’lib   kolmay,   balki   huquqiy   davlatni
barpo   etishning   o’ziga   xos   xususiyati   hamdir».     Bu   xulosadan   ko’rinib   turibdiki,
bozorga   o’tish   sharoitida   xo’jalik   yuritishning   muayyan   yo’nalishlarini   tartibga
solish bo’yicha qabul  qilinadigan qonunlar  qisqa muddatga yoki  tor  sohalar  bilan
cheklanib   qolmasdan,   uzoq   muddatlarga   muljallangan   jamiyat   hayotining   barcha
jihatlarini   huquqiy   ta’minlashga   qaratilgan   bo’lishi   lozim.   Ayni   paytda
Prezidentimiz   qonunlar   xayotiy,   amaliyot   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lishi   va   undan
kelib   chiqmog’i,   qonun   xujjatlarining   bevosita   ta’sir   kuchi   shunga   muvofiq
fukarolarning   ham   huquqiy   madaniyati   yuqori   bo’lishi   lozimligini   ta’kidlaydi.
«Qonunning   ustuvorligi   shuni   bildiradiki,   asosiy   ijtimoiy,   eng   avvalo,   iqtisodiy
munosabatlar   faqat   qonun  bilan   tartibga   solinadi,   uning  barcha   katnashchilari   esa
xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi». 34  
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   53-moddasida   «Bozor
munosabatlarini   rivojlantirishga   qaratilgan   O’zbekiston   iqtisodiyotining   negizini
xilma-xil   shakldagi   mulk   tashkil   etadi.   Davlat   ...   barcha   mulk   shakllarining   teng
huquqligini   va   huquqiy   jixatdan   bab-barobar   muhofaza   etilishini   kafolatlaydi.
Xususiy  mulk boshqa mulk shakllari  kabi  daxleiz  va davlat  himoyasidadir» 35
  deb
mustaxkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda «Yer, yer osti boyliklari, suv, usimlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir». 36
 
Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishni   amalga   oshirishni
huquqiy-me’yoriy   jihatdan   ta’minlash   maqsadida   «O’zbekiston   Respublikasida
mulkchilik  to’g’risida»   (1990),  «Davlat   tasarrufidan  chiqarish   va   xususiylashtrish
to’g’risida»gi   (1991)   O’zbekiston   Respublikasi   qonunlari,   Vazirlar
Maxkamasining «Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, davlat savdo
va umumiy ovqatlanish korxona va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishni tashkil etishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa
qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 
«Tovar   bozorlarida   monopolistik   faoliyatni   cheklash   va   raqobat   to’g’risida»
(1996),   «Iste’molchilar   huquqlarini   himoya   qilish   to’g’risida»   (1996),   «Tabiiy
monopoliyalar   to’g’risida»gi   (1997)   qonunlar   mamlakatimizda   raqobat   muhitini
rivojlantirish,   bozorlarda   monopolistik   holatlarning   oldini   olishda   huquqiy   asos
bo’lib xizmat qilayotir. 
34  Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 321-бет  
35  Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2003, 11-бет. 
36  Ўша жойда. 12-бет 
28  
  Tadbirkorlik   faoliyatining   qonuniy   asoslarini   yaratish   va   takomillashtirish
maqsadida   1995   yilda   «Kichik   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishni
rag’batlantirish   to’g’risida»gi   qonun   qabul   qilindi.   1997-1999   yillarda   esa
«Xo’jalik   yurituvchi   subyektlarni   davlat   tomonidan   nazorat   qilish   to’g’risida»,
«Tovar   ishlab   chiqaruvchilar   va  tadbirkorlar   palatalari   to’g’risida»,   «Tadbirkorlik
va   tadbirkorlar   faoliyatini   kafolatlash   to’g’risida»gi   qonunlar   qabul   qilindi.   2000
yilda   «Tadbirkorlik   faoliyati   erkinligining   kafolatlari   to’g’risida»gi   qonunning
qabul   qilinishi   ham   tadbirkorlik   faoliyatining   yanada   kengayishi   va
mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etdi. 
Qonun   ustuvor   bo’lmagan   joyda   korrupsiya   va   boqimandalik,   o’g’irlik
yulg’ichlik   g’aznani   talash,   tayyorga   ayyorlik   kabi   jamiyat   me’yoriy   holatiga   zid
illatlar   tomir   otadi.   Shular   orasida   bir   qarashda   oddiy,   beozor   tuyuladigan
boqimandalikning ham xavfi juda katta. 
Boqimandalik,   o’zining   lug’aviy   ma’nosiga   ko’ra,   birovning   qaramog’ida
bo’lish, birovga boqimlik, nonxurlik, qaramlikni bildiradi. 
Xo’sh, u qanday va qayerdan paydo bo’ladi? 
Haddan   tashqari   markazlashgan   reja   va   qat’iy   taqsimot   hukmron   jamiyatda
boqimandalik uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoit mavjud bo’ladi. Buni sobiq ittifoq
misolida ko’rish mumkin. Chunki, moddiy ne’matlar ularni ishlab chiqarish uchun
sarflangan mehnatga muvofiq emas, sun’iy ravishda taqsimlash vositalari orqali bir
xil,   ya’ni   hammaga   teng   bo’linar   va   iste’mol   etilardi.   O’tgan   70   yildan   ko’prok
davr   mobaynida   bunday   kayfiyat   ("Bersang   -   yeyman,   ursang   -   ulaman!")
kishilarning   ongiga   chuqur   singib   ulgurdi.   Shuning   uchun   bunday   kayfiyatdan
qutulish   tez   va   oson   kechmaydi.   Jamiyatni   boqimandalik   kayfiyatidan   batamom
forig’   etish   mulkka  egalik   ko’nikmalarini   to’la   shakllantirish   kabi   muayyan   davr,
targ’ibot-tushuntirish, uqitish-o’rgatish ishlarini talab qildi. 
Albatta, hyech bir jamiyat boqimandalik rivoj topishidan manfaatdor emas. 
Lekin, shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo’ladi. 
Avvalo,   boqimandalikning   uch   turini   bir-biridan   farqlash   kerak.   Birinchisi,
eng   oddiy,   maishiy   shaklda   namoyon   bo’ladi.   Hyech   qayerda   ishlamaydigan,
hyech kimga nafi tegmaydigan, birovlar mehnatining natijasini o’zlashtirishni odat
qilgan, boshqalar hisobiga kun o’tkazib yuradiganlar shular jumlasidandir. 37
 
Boqimandalikning ikkinchi turiga, uning yasama, soxta shakli kiradi. 
Masalan,   sho’ro   zamonida   «og’alar»ning   boshqa   respublikalar   aholini
boqimandalikda   ayblashi   davlat   siyosati   darajasiga   ko’tarilgan   edi.   Go’yo   milliy
respublikalar   o’zlarini   o’zlari   boqa   olmaydi,   shuning   uchun   milliy   byudjet
taqchilligini to’ldirish maqsadida umumittifoq byudjetidan dotasiya oladi, markaz
boshqa   o’lkalar   uchun   donorlik   vazifasini   bajaradi.   Milliy   respublikalar   esa,
aksincha,   o’zlarini   «umumiy   qozon»ga   ko’p   ulush   qo’shgan-u,   ammo
«cho’mich»da   qoqilgan   hisoblardi.   Aslida   yagona   xalq   xo’jaligi   kompleksi   deb
37  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 1-134 бетлар 
 
29  
  atalgan xalqlar va milliy tuzilmalar konglomeratiga kim qancha bergani-yu, undan
qancha   olganini   aniq   aytish   qiyin   edi.   Qizg’in   baxslar   natijasi   o’laroq   respublika
xo’jalik hisobi tushunchasi paydo bo’ldi. Viloyatlar, shaharlar va tumanlar ham o’z
xo’jalik   hisobini   tashkil   etishga   kirishib   ketdi.   Biroq   ular   biron-bir   amaliy   natija
bermadi.   Boshqacha   bo’lishi   ham   mumkin   emasdi.   Bu   boradagi   baxs   va
extiroslarga   SSSRning   barham   topishi,   milliy   respublikalar   o’z   davlat
suverenitetini o’rnatishi, bozor munosabatlariga o’tish nuqta qo’ydi. 
Boqimandalikning   uchinchi   shakli   ancha   uyushgan   va   takomillashgan.   Unga
qarshi samarali ko’rash olib borilmasa, jamiyatga juda katta iqtisodiy va ma’naviy
zarar   yetkazadi.   Odatda   u   davlat,   o’rta   va   quyi   bo’g’inlarda   yaratilgan   moddiy
ne’matlarni,   resurslarni   taqsimlash   jarayonida   sodir   bo’ladi.   To’g’ri,   bozor
iqtisodiyotiga   o’tish   munosabati   bilan   moddiy-texnika   ta’minoti,   fondlarni
taqsimlash,   har   xil   limitlarni   ajratish   kabi   mexanizmlarga   barham   berildi.   Ammo
xali   ham   turli   xil   darajalarda   markazlashgan   pul   resurslarini   shakllantirish   va
ulardan foydalanish institutlari mavjud. Xuddi ana shu joyda boqimandalik uchun
imkoniyat vujudga kelishi mumkin. 
Markazlashgan   pul   resurslarini   shakllantirish   va   undan   foydalanishning   eng
muhim   quroli   davlat   byudjeti   va   maxalliy   byudjetlardir.   Byudjet   daromadlari,
asosan, soliqlardan hosil bo’ladi. Uning kichik bir qismi bojxona bojlari va resurs
to’lovlari   hisobiga   to’g’ri   keladi.   Bevosita   aholi   daromadlaridan   undiriladigan
soliqlar   hisobiga   ham   davlat   byudjeti   daromadlari   shakllanadi.   Mamlakatimizda
korxona   daromadlari   va   aholi   daromadlaridan   bevosita   undiriladigan   soliqlar
sezilarli   darajada   o’sganligiga   qaramasdan,   ularning   yalpi   ulushi   byudjet
daromadlarining 40 foizga yaqinini tashkil etadi, xolos. Bilvosita soliqlar (asosan,
aksiz   va   qo’shimcha   qiymat   soliqlari)   miqdori   biroz   pasaygan   bo’lsada,   byudjet
daromadlarida ularning hissasi baland - qariyb 50 foizga teng. 
Davlat  o’zi  beradigan  ayrim  xizmatlarga haq to’lash, iqtisodiyotda  harajallar
darajasini   nazorat   qilish,   daromadlarni   taqsimlashdagi   tengsizlikni   bartaraf   etish,
mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoyalash va boshqa maqsadlarda
soliq undiriladi. Agar davlat u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni (tamaki,
aroq) kamaytirishni xoxlasa, unga ko’proq soliq belgilaydi. 
Iqtisodiyotni   moliyalashtirishga   ketadigan   byudjet   harajatlari   hissasi   barcha
byudjet   harajatlarining   50   foizdan   ziyodrog’ini   tashkil   etmoqda.   Byudjet
harajatlarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi - 45,3 foiz. 
Davlat   hamma   vaqt   davlag   byudjeti   daromad   va   harajat   qismlarining
muvozanatda bo’lishidan manfaatdor. Agar byudjetning daromad qismidan harajati
oshib   ketsa,   passiv   byudjet   balansi   vujudga   keladi.   Bu   -   davlat   byudjeti
taqchilligiga olib keladi. 1995 yili mamlakatimizda davlat byudjeti taqchilligi yalpi
ichki mahsulotning 2,8 foiziga teng edi. Necha yillardan beri faol byudjet balansi
amal qilib kelmoqda. 
Pul   resurelaridan   foydalanishni   tashkil   etishning   davlat   va   mahalliy
byudjetlaridan tashqari yana boshqa shakllari ham  mavjud. Davlat sug’urta fondi,
davlat   bandlik,   salomatlik,   "Sog’lom   avlod   uchun   fondlari   va   boshqalar   shular‖
30  
  sirasiga   kiradi.   Ular   davlat   byudjeti   mablag’larining   harakatchanligini   oshirishga,
zarur bo’lganda mablag’lardan aniq yo’nalishlarda maqsadli foydalanishga xizmat
qiladi.   Ammo   mavjud   mablag’larni   qayta   taqsimlash   chog’ida   ijtimoiy   ehtiyojlar
zarar ko’rmasligi, davlatning muhim xayotiy zaruratlariga sarflanadigan harajatlar
miqdori   kamaymasligi   lozim.   Shuning   uchun   ham   bozor   iqtisodiyotiga   o’tish
sharoitida   aniq   yo’nalishlar   bo’yicha   byudjetdan   tashqari   maxsus   fondlar   tashkil
etiladi. Ular davlat va mahalliy byudjet vositalaridan ham foydalanishi mumkin. 
Masalan,   ijtimoiy   sug’urta   fondi   turli   xil   nafaqalarni   to’lash   uchun   pul
resurelarini tashkil etishni ko’zda tutadi. U vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganlik,
homiladorlik   va   tug’ish,   sanatoriy   va   kurort   xizmatlarini   moliyalashtirish   va
boshqa   maqsadlarga   xizmat   qiladi.   Bu   fond   harajatlarining   asosiy   qismi   turli
nafaqalarga   sarflanadi.   U   sug’urta   yo’li   bilan   tashkil   etiladi.   Bu   jarayonda   turli
mulk   shakllaridagi   korxona   va   tashkilotlar,   ayrim   shaxslar,   xususan,   tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanadiganlar majburiy tarzda ishtirok etadi. 
Davlat bandlik fondi esa o’z ish joyini yo’qotgan va yo’qotish xavfi bo’lgan
kishilarni   moddiy   qo’llab-quvvatlash   hamda   ularni   boshqa   mutaxassisliq
kasbhunarga o’rgatish uchun zarur vositalarni bir joyga to’plash maqsadida tashkil
etiladi.   Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   sharoitida   xodimlarning   malakasi   va
ma’lumotiga qarab ish joyi bilan ta’minlash  kafolati  o’z ahamiyatini  yo’qotsa-da,
ammo   fuqarolarning   o’z   ish   joyini   egallash,   mehnat   qilish   va   erkin   kasb   tanlash
huquqini ta’minlash mas’uliyatini davlat o’zidan soqit qilmaydi. 
Ko’rinib   turibdiki,   byudjet   va   undan   tashqari   fondlar,   vosita   va
mablag’larning o’z o’rni hamda ahamiyati bor. Ijtimoiy ahvolimiz, oila a’zolarimiz
soni   va   tarkibiga   qarab,   har   birimiz   ulardan   manfaatdorlik   bilan,   imtiyoz   asosida
foydalanish   huquqiga   egamiz.   Shunday   ekan,   byudjet   va   fondlarga   to’lovlardan
bosh   tortish   yoki   ulardan   ozod   bo’lishga   urinish   davlat   hisobidan   o’ziga   moddiy
qulaylik   va   ungaylik   yaratish,   oxir-oqibatda   esa   davlat   oldidagi   boqimandalikdan
boshqa narsa emas. 
Soliq   to’lamaslik   yoki   firibgarlik   bilan   unga   chap   berish   yoki   o’ziga
noqonuniy   imtiyoz   yaratib   olish   -   jinoyatdir.   Bo’larning   hammasi   «O’zbekiston
Respublikasi   fuqarolaridan   va   fuqaroligi   bo’lmagan   shaxslardan   olinadigan
daromad   solig’i   to’g’risida»   (15.02.1991),   «Mahalliy   soliqlar   va   yig’imlar
to’g’risida» (7.05.1993), «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlar
to’g’risida»gi   (28.12.1993)   qonunlarimiz   hamda   O’zbekiston   Respublikasining
Soliq   kodeksi   (24.04.1997)   va   Bojxona   kodeksi   (26.12.1997)   va   boshqa
qonunqoidalarni qo’pol ravishda buzishdir. 
Agar   bunday   qulayliklarga   ega   bo’lish   uchun   shaxs,   korxona   yoki   tarmoq
«indulgensiya»ni   qo’lga   kiritsa,   ya’ni   o’zi   uchun   "zarur"   qo’shimcha
imkoniyatlarni qonuniy rasmiylashtirib olsachi? Buning yomonligi shundaki, unda
ishlab   chiqarish   harajatlari,   mahsulot   tannarxi   boshqa   turdosh   korxonalarga
nisbatan past bo’ladi. Natijada, yuqori daromad (foyda) oladi. Tabiiyki, o’z ishchi
va   xizmatchilariga   ham   yuqori   ish   haqi   beradi.   Shu   yo’sinda   tarmoq   va   guruh
xudbinligi, boqimandaligi shakllanadi. Bir toifadagi, bir xil sharoitdagi korxonalar
31  
  va   ulardagi   ishchi   va   xizmatchilar   o’rtasida   ziddiyat   paydo   bo’ladi.   Chunki   bir
korxonada   har   bir   so’m   pul,   mahsulot   peshona   teri   evaziga,   barcha   jismoniy   va
aqliy   imkonmyatlar   to’la   safarbar   etilgan   holda,   zaxmat   chekib   topilsa,   ikkinchi
korxonada   bunday   imkoniyatga   juda   oson   -   sun’iy   yo’l   orqali   erishiladi.   Bunday
psixologiya   esa   tez   tomir   otadi,   atrof-muhitga   salbiy   ta’sir   o’tkazadi.   Uni
iqtisodchilar   «boqimandalik   sindromi»   deb   ataydi.   Negaki,   ayrimlar   davlat
byudjeti   vositalaridan   "bemalol"   foydalanishga   o’rganib   qoladi.   Bunday
toifadagilar, odatda, «chiptasiz yo’lovchilar»ga o’xshatiladi. 
Deylik, xalq ta’limini takomillashtirishga 100 milliard sum mablag’ zarur. Bu
raqam   mamlakatning   katta   yoshdagi   aholisi   soniga   taqsimlansa,   10000   so’mdan
to’g’ri   keladi.   Ya’ni,   ularning   har   biri   xalq   ta’limi   rivoji   uchun   davlat   byudjetiga
shuncha miqdorda ulush qo’shishi lozim. Agar bu ish erkin va ixtiyoriylik asosida
amalga   oshiriladigan   bo’lsa,   ayrim   fuqarolar   o’z   ulushini   -   soliq   boj   va   boshqa
zarur   to’lovlarni   to’lamasligi   mumkin.   Natijada,   mamlakat   xalq   ta’limini
moliyalashtirish   manbalarining   muayyan   qismidan   mahrum   bo’ladi.   Moddiy
ne’matlarni   ishlab   chiqarishga   o’z   hissasini   qo’shmasdan   turib,   undan
foydalanishga   harakat   qiladiganlar   ana   shunday   «chiptasiz   yo’lovchilar»
hisoblanadi. 
Aytish   mumkinki,   ijtimoiy   boqimandalarning   jamiyatga   keltiradigan   moddiy
va ma’naviy zarari ko’lami jihatidan juda xavfli. Chunki bu toifadagi boqimandalar
davlatning   cho’ntagiga   chang   soladi.   Lekin   o’g’riga   jazo   bor-u,   boqimandalik
uchun aniq jinoiy javobgarlik yo’q Shuning uchun ham bu illat ancha yashovchan. 
Ammo ijtimoiy himoyaga muxtoj yoki boshqa davlat byudjeti hisobidan kun
kechiradiganlar,   masalan,   nafaqaxo’rlarni   boqimanda   yoki   davlatga   boqim,   deb
atash mumkin emas. O’zbekiston aholisining qariyb yarmidan ko’prog’i mehnatga
qobiliyatli yoshdagilardir. Qolgan qismini esa mehnatga qobiliyatli yoshdan yuqori
yoki pastlar, nogironlar, vaqtincha mehnatga layoqatini yo’qotganlar tashkil etadi. 
Odatda ular davlat byudjeti hisobidan nafaqa va imtiyoz bilan ta’minlanadilar. 
Nima uchun ular davlatga boqimanda emas? Chunki, birinchidan, o’zini o’zi
boqishga   qurbi   yetmaydigan   fuqarolarga   g’amxurlik   ko’rsatish   -   ijtimoiy
yo’naltirilgan  bozor   iqtisodiyoti   -  davlatimiz  siyosatining  asosiy  yo’nalishlaridan.
Ikkinchidan,   bugun   byudjet   hisobidan   nafaqa   yoki   imtiyoz   olib   turgan
fuqarolarning aksariyati ilgari o’z davlagi va uning ravnaqi yo’lida mehnat qilgan,
kolaversa,   nafaqa   jamg’armasini   shakllantirishga   o’z   hissasini   qo’shgan.   Maktab
yoki   undan   kichik   yoshdagilar,   talabalar   esa   mamlakat   kelajagidir.   Ularga
sarflanayotgan mablag’ istiqbolda bir necha o’n barobar bo’lib qaytadi. 
Mamlakatimizda   ijtimoiy   ishlab   chiqarishni,   qo’shma   va   xususiy
tadbirkorlikni,   xalqaro   savdo-sotiqni   rivojlantirishning   iqtisodiy-moliyaviy
mexanizmlari,   huquqiy   va   moddiy   asoslari   yaratilgan.   Ularning   to’la   ishlashi,
davlat   va   maxalliy   byudjetlarni,   ijtimoiy   fondlarni   mablag’   bilan   ta’minlash
imkoniyatlari   kengaymokda.   Bular   masalaning   asosiy   tomoni.   Uning   boshqa
muhim   tomoni   ham   bor:   jamiyatda   yaratilgan   moddiy   ne’matlarni   taqsimlash   va
qayta   taqsimlash,   ularning   ixtiyoridagi   vosita   va   mablag’larni   aniq   maqsadga
32  
  yo’naltirish   va   bu   borada   xudbinlikka   yo’l   qo’yilmasligi   kerak.   Eng   asosiysi,
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, faqat uyushgan bozorgina xalqning
ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib bera oladi, boqimandalikka xotima beradi,
tashabbuskorlik   va   ishbilarmonlikni   rivojlantira   oladi,   rag’batlantirishni   va
yuqotilgan egalik tuyg’usini qayta tiklaydi. 
Muhimi, kishilarimizning huquqiy madaniyatini yanada oshirib borish lozim.
Ana   shundagina   ular   o’zlarining   huquq   va   burchlarini   to’laroq   anglaydi,
qonunbuzarliklarning   oldi   olinadi.   Qonun   ustuvor   joyda   esa   adolat   barqaror
bo’ladi. 
Kuchli   ijtimoiy   siyosat:   O’zbek   modelining   asosiy   tamoyillaridai   biri
kuchli   ijtimoiy   siyosat   yurgizish,   aholining   kam   ta’minlangan   ijtimoiy   himoyaga
muxtoj   qismini   qo’llab-quvvatlashdir.   Bu   tamoyil,   birinchidan,   o’zbek   xalqining
mentalitetidan,   tarixiy   madaniy   qadriyatlaridan   kelib   chiqsa,   ikkinchidan,   o’tish
davrining   dastlabki   bosqichidagi   aholi   tarkibi,   bozor   islohotlari   aholi   turmush
darajasi   hali   ancha   past   holda   saqlanib   turgan   sharoitda   boshlanganligini   ham
nazarda   tutadi.   Bu   vaqtda   O’zbekiston   aholisi   jon   boshiga   to’g’ri   keladiran   real
daromadlar,   ish   haqi   miqdori,   oziq-ovqat   mahsulotlari,   zarur   hayotiy   ehtiyoj
buyumlari,   uy-joy,   ijtimoiy-madaniy   muassasalar,   maishiy   xizmat   bilan
ta’minlanish   darajasi   bo’yicha   sobiq   ittifoq   rsspublikalari   o’rtasida   oxirgi
o’rinlardan   biriga   tushib   qoldi.   Mavjud   demografik   vaziyat   -   aholi   sonining
muttasil   usib   borishi   yuqoridagi   ko’rsatkichlarga   yanada   kuchliroq   ta’sir
o’tkazayotgan   edi.  Uchinchidan,  o’tish  davrida,  bozor   tan  olmaydigan  korxonalar
va   faoliyat   turlari,   samarasiz   ishlayotgan   ishlab   chiqarishga   barham   berildi.   Bu
ishchi va xodimlar muayyan qismining vaqtincha ishsiz qolishiga yoki ularni qayta
tayyorlashni taqozo etardi. Natijada, ularni ham ijtimoiy himoyalash zarurati paydo
bo’ldi. Bunday vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov 
«shok   terapiyasi»   to’g’risida   gap   ham   bo’lishi   mumkin   emasligini,   "bozor
ko’pchilik   uchun   ozor"   bo’lmasligini,   O’zbekistonga   xalqimizning   nogironlar,
nafaqadorlar,   ko’p   bolali   oilalar,   o’quvchilardan   iborat   nochor   tabaqalarini
ayaydigan bozor kerakligini qayta-qayta ta’kidladi. «Aholining muxtoj tabaqalarini
ijtimoiy   himoyalash   sira   kechiktirib   bo’lmaydigan,   eng   ustuvor   vazifa,   amaliy
harakatlarning eng asosiy qoidasi...» 38
 deb alohida uqtirib o’tdi. 
Mustaqillik   arafasida   O’zbekiston   kishi   boshiga   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab
chiqarish   bo’yicha   sobiq   ittifoqda   12-o’rinda   turardi.   Aholi   jon   boshiga   milliy
daromad   ishlab   chiqarish   ittifoq   ko’rsatkichidan   ikki   barobar   past   edi.   Aholi   jon
boshiga   xalq   iste’moli   mollari   ishlab   chiqarish   ittifoq   darajasining   40   foizini
tashkil   etardi.   Daromad   darajasi,   asosiy   turdagi   mahsulotlarni   iste’mol   qilish
bo’yicha eng oxirgi urinlarni egadladi 39
. 
5-jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,   mustaqillikkacha   O’zbekiston   aholi   jon
boshiga   chakana   tovar   aylanmasi,   pullik   va   maishiy   xizmat   ko’rsatish   bo’yicha
38  Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 32-бет.  
39  Ислом Каримов. Узбекистон мустак,илликка эришиш остонасида, Т., ―Ўзбекистон , 2011, 5-бет‖  
3  
  sobiq   ittifoq   respublikalari   o’rtasida   faqat   Ozarbayjon   va   Tojikistondan   yuqorida
turardi.   Chakana   tovar   aylanmasi   bo’yicha   o’rtacha   ittifoq   ko’rsatkichidan   1,8,
Rossiya,   Belorussiyadai   2, Boltiqbo’yi  respublikalarinikidan  2.6 barobar  past  edi.
Pullik   va   maishiy   xizmat   ko’rsatish   bo’yicha   ham   respublikamiz   ko’rsatkichlari
faqat   Ozarbayjon   va   Tojikistonnikidan   yuqori   bo’lib.   sobiq   ittifoq   Rossiya,
Ukraina,   Belorussiya,   Gruziya   va   Boltikbuyi   respublikalari   ko’rsatkichlaridan
g’oyat   past   edi.   Har   ming   kishiga   oliy   ma’lumotli   vrachlar,   o’rta   maxsus
ma’lumotli   tibbist   xodimlari   va   kasalxona   o’rinlari   bilan   ta’minlanish   bo’yicha
ham   axvol   deyarli   shunday   edi.   Uy-joy   fondi   borasidagi   muammolar   ham
keskinlashdi. 
5-jadval Aholi jon boshiga xizmatlar ishlab chiqarish (1990 y.) 40
  Chakana tovar
aylanmasi (rub)  Pullik xizmat
ko’rsatish 
(rub)  Maishiy xizmat
ko’rsatish (rub) 
SSSR  1617  251  56,8 
RSFSR  1779  282  58,9 
Ukraina  1578  252  57,5 
Belorussiya  1861  260  78,6 
O’zbekiston  906  139  40,1 
Qozog’iston  1307  232  51,5 
Gruziya  1396  246  70,6 
Ozarbayjon  899  136  38,2 
Litva  2010  280  76,3 
Moldaviya  1512  207  53,1 
Latviya  2470  324  77,0 
Qirg’iziston  1067  159  43.3 
Tojikiston  816  1 14  35,7 
Armaniston  1444  199  51,0 
Turkmaniston  1058  151  40,2 
Estoniya  2712  376  97,0 
 
Aholi   jon   boshiga   to’g’ri   keladigan   xizmatlarning   past   darajasiga   keskin
demografik vaziyat ham o’zining jiddiy ta’sirini o’tkazayotgan edi. Agar 19791991
yillarda   O’zbekiston   aholisi   34,7   foiz   o’sgan   bo’lsa,   bu   borada   o’rtacha   ittifoq
ko’rsatkichi   10,5   foizga   to’g’ri   keldi.   Bunda   O’zbekiston   ko’rsatkichlari
Tojikistondan   pastroq   (40,9%)   Turkmaniston   bilan   barobar   turardi.   Aholi   o’sish
sur’atlari   bu   yillarda   Rossiya,   Ukraina,   Belorussiya,   Gruziya,   Latviya   va
Estoniyada 10 foizdan pastroqni tashkil etdi. 
40  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 146-бет  
 
34  
  Tug’ilishning   yuqori   darajasi   mamlakat   aholisining   yosh   bo’yicha   tarkibiga
ham ta’sir ko’rsatdi. 
6-jadval 
O’zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi bo’yicha 
tarkibi  (1.1 0.90 y.) 41  
  Ming kishi  Aholining umumiy
soniga nisbatan foiz
hisobida 
Barcha aholi  20227,3  100,0 
shu jumladan, 
0-14 yoshda  8259,4  40,8 
15-39 yoshda  8232,7  40,7 
40-60 yoshda  2427,6  12,0 
60 dan yuqori yoshda  1307,6  6,5 
Jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,   mamlakat   aholisining   40   foizdan   ziyodini   14
yoshgacha   bo’lgan   fuqarolar   tashkil   etgan.   Aholi   tarkibidagi   bu   holat   bozor
munosabatlariga   o’tish   kuchli   ijtimoiy   siyosat   bilan   amalga   oshirilishini   taqozo
etardi. 
O’zbekistonda   bozor   sharoitida   ijtimoiy   siyosat   asosan   ikki   yo’nalishda
amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot. 
Ijtimoiy   himoya   bozor   islohotlarini   amalga   oshirish   davrida   aholini   ijtimoiy
va moddiy muhofaza qilish va milliy xo’jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy,
ijtimoiy   chora-tadbirlar   majmui   bo’lib,   xususan,   aholining   yoshi,   salomatligi,
ijtimoiy   xolati   hamda   xayot   kechirishning   zarur   vositalariga   ega   bo’lmaganligi
sababli yordamga muxtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va jamg’armalari
tomonidan ko’rsatiladigan yordamdir. 
Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib
borish,   kashshokdanishning   oldini   olish,   aholi   turli   kaglamlari   o’rtasidagi   ta’lim
olish,   madaniyat   va   san’at   yutuklaridan   bahramand   bo’lish,   kasb   malakasini
oshirish   va   daromadlarni   ta’minlashdagi   tafovutlarni   kamaytirish,   inson
tarakkiyotining uzluksizligini ta’minlashdan iborat. 
Ijtimoiy   himoyaning   asosiy   shakllari   erkin   ijtimoiy-iqtisodiy   faoliyatni
ta’minlash,   ish   bilan   bandlik,   o’qish   va   ta’lim   olish,   daromadlarni   kafolatlash,
iste’molchilar   huquqlarining   himoyasi   va   iste’mol   kafolatini   ta’minlash,   aholiga
tibbiy xizmat ko’rsatish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar
va to’lovlar joriy etish kabilarni o’z ichiga oladi. 
Islohotlarning   dastlabki   yillarida   ijtimoiy   himoyaning   huquqiy   asoslari
yaratilib,   asosiy   tamoyillari   O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasida   belgilab
berildi. 
41  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 147-бет 
 
35  
  Yangi   ish   joylarini   yaratish   dasturlari,   inflyasiyaning   oldini   olish
choratadbirlari,   kichik   va   xususiy   biznesning   erkin   faoliyati   uchun   yaratilayotgan
shartsharoitlar, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining   hayotga   tatbiq   etilishi,   fuqarolar   o’zini   o’zi   boshqarishning   mahalla
tizimini  rivojlantirish, eng kam  ish haqi  miqdorining, davlat sektoridagi  ishchi  va
xizmatchilar   ish   haqining   oshirib   borilishi   ijtimoiy   himoya   tizimining   tarkibiy
qismlariga aylandi. 
Ijtimoiy himoya tizimi keyingi yillarda yanada takomillashtirilib, aholini yalpi
ijtimoiy   himoya   qilish   tizimidan   uning   manzilli   va   maqsadli   tizimiga   o’tildi.   Bu
tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mahalla tizimi orqali kam
ta’minlangan   oilalar   va   ko’p   bolali   oilalar   hisobidan   yuz   minglab   oilalar   moddiy
yordam olmoqda. 
Mamlakatimizda   ijtimoiy   himoyaning   milliy   dastur   darajasiga   olib   chiqilishi
bu tizimning muayyan yo’nalishlariga har yili ustuvorlik berilishida ham ko’rinadi.
Ayollar,   bolalar,   qariyalar,   ko’p   bolali   oilalar,   sog’lom   va   barkamol   avlodni
voyaga yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda. 
O’zbekiston   Respublikasi   aholisini   ijtimoiy   himoya   qilishning   yangi
konsepsiyasi   ishlab   chiqildi.   Unda   ijtimoiy   himoya   va   ijtimoiy   yordam,   nafaqa
ta’minoti,   bolalarga   nafaqa   to’lash,   yolg’iz   keksalarga   xizmat   ko’rsatish.
nogironlarni   tibbiy   anjomlar   va   dori-darmonlar   bilan   ta’minlash,   ishsizlarni   ishga
joylashtirish   va   moddiy   yordam   ko’rsatish   shaklida   amalga   oshirilishi   nazarda
tutilgan. 
O’zbekistonda   ijtimoiy   siyosatning   muhim   yo’nalishlaridan   biri   davlat
tomonidan,   xususan,   byudjet   mablag’lari   hisobidan   keksaygan,   mehnatga
layoqatsiz,   boquvchisini   yo’qotganlarga   moddiy,   tibbiy   va   ijtimoiy   yordam
ko’rsatishdan   iboratdir.   Bu   davlat   ijtimoiy   ta’minoti   tizimi   bo’lib,   o’z   ichiga
ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi. 
Ijtimoiy   ta’minot   bevosita   davlat   va   mahalliy   byudjetlardan   ajratiladigan
mablag’lar,   homiylar   va   boshqa   manbalarning   mablag’lari   hisobidan   amalga
oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordam ko’rsatish tartibi va yo’nalishlari qonunan
belgilangan, an’analarga asoslangan va xalqaro tajribada sinalgan tartib-qoidalarga
ko’ra shakllantirilgan. 
Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqalar hamda
nogiron   bolalarga,   bolalikdan   nogironlarga,   ishlamagan   yolg’iz   nogironlar   va
keksalarga belgilangan ijtimoiy to’lovlar ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllaridir.
Qariya   va   nogironlarga   ijtimoiy   xizmatlar   ko’rsatish.   muxtojlarni   tibbiy   anjomlar
bilan   ta’minlash,   nogironlarni   o’qitish   va   ishga   joylashtirish,   sanatoriy   va   dam
olish   uylariga   imtiyozli   yo’llanmalar   joriy   etish,   jamoat   transportida   yurish
imtiyozlari   berish,   turarjoy,   soliq   va   maishiy   xizmatlarning   imtiyozli   shakllarini
joriy  etish  kabilar   respublikamizda  ijtimoiy  ta’minotning  keng tarqalgan  shakllari
hisoblanadi. 
Ijtimoiy   ta’minotning   huquqiy   asoslari,   muhim   tamoyillari   1993   yilda   qabul
qilingan O’zbekiston Respublikasi  ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta’minoti
36  
  to’g’risida»gi   qonunida   ifodalangan.   Ushbu   hujjatga   ko’ra   nafaqalar   miqdori
mehnat   staji   va   ish   haqiga   uzviy   bog’liq.   Bugungi   kunda   1,3   millionga   yaqin
pensioner va nogiron 18 turdagi imtiyozdan foydalanmokda. 
Mustaqillik   yillarida   davlat   ijtimoiy   ta’minot   turlari   ortib   borayotir.   Bu,   o’z
navbatida,   iqtisodiyotning   jadal   rivojlanishini   va   shunga   muvofiq   davlat   byudjeti
daromadlarini oshirib borilishini taqozo etadi. 
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot  tizimini  takomillashtirish  va bu sohada
davlat boshqaruvini  oqilona tashkil etish maqsadida  tashkiliy-ma’muriy islohotlar
ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat
va   notijorat   ijtimoiy   jamg’armalar   tashkil   etildi.   2001   yil   Mehnat   vazirligi   va
Ijtimoiy   ta’minot   vazirligi   birlashtirilib,   ularning   nsgizida   O’zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shakllantirildi. 
Joylarda davlatning ijtimoiy ta’minot siyosatini yuritishda Qoraqalpog’iston 
Respublikasi   Mehnat   va   aholini   ijtimoiy   muhofaza   qilish   vazirligi,   viloyatlar   va
Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman
va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Urush va
mehnat   faxriylari   respublika   pansionati,   sanatoriylar,   Nogironlarni   tibbiy-ijtimoiy
va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy markazi, tibbiy-ekspertiza komissiyalari.
nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari faoliyati yo’lga qo’yildi. 
O’zbekistonda   aholini   ijtimoiy   himoyalashda   davlat   bilan   bir   qatorda   bir
qancha   ijtimoiy   jamg’arma   va   tashkilotlar   ham   samarali   faoliyat   olib   bormoqda.
Ijtimoiy   jamg’armalar   (fuqarolar   yoki   yuridik   shaxslar   tomonidan   ixtiyoriy
ravishda mulkiy ulush qo’shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo’lib, ularning
asosiy   maqsadi   xayriya,   ijtimoiy,   madaniy   va   ma’rifiy   faoliyat   yuritish   orqali
jamiyat ijtimoiy tarakdiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun
doirasida   faoliyat   yuritayotgan,   adliya   vazirligidan   ruyxatdan   o’tgan   ijtimoiy
jamg’armalar   soni   ellikdan   oshadi.   Ijtimoiy   jamg’armalar   o’z   faoliyatlari   orqali
ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta’minlashga samarali ta’sir ko’rsatadi. 
Ammo   ijtimoiy   himoyalash   aholining   kam   ta’minlangan   qatlamlari
hisoblanadigan   -   bolalarni,   nafaqadorlarni,   nogironlarni,   talaba   va   o’quvchilarni
moddiy   qo’llab-quvvatlashdangina   iborat   emas.   Kuchli   ijtimoiy   siyosat   mehnat
bozori   va   bandliq   aholi   turmush   darajasi,   aholi   daromadlari   va   harajatlarida   ham
o’z aksini topali. 
Ma’lumki.   o’tish   davrida   ishsizlar   sonining   ortishi,   ishchi   kuchi   tarmoq
tarkibining   o’zgarishi,   ishchi   kuchi   eksportining   kuchayishi,   ishchi   kuchidan
foydalanish   samaradorligining   pasayishi,   mehnat   resurslaridan   foydalanishda
hududiy   tafovutlarning   ortishi,   yashirin   ishsizlikning   ko’payishi   kabi   salbiy
xolatlar paydo bo’ladi. Bu - tabiiy hol. Bunday holatlarning oldini olish yoki ularni
yumshatish   maqsadida   O’zbekistonda   mehnat   bozorini   rivojlantirish   va   uni
boshqarishni   takomillashtirish   hamda   samarali   bandlik   siyosatini   amalga
oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatning bandlikni ta’minlashga oid siyosati
mehnat resurslaridan okilona foydalanish va ishsizlikning oldini olishga doyr izchil
37  
  sa’y-harakatlarda   ham   o’z   ifodasini   topdi.   Chunki   bozor   iqtisodiyoti   sharoitida
to’liq bandlik emas, balki samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega. 
Aytayliq  iqtisodiy   faol   aholi   tulik   ish   bilan  ta’minlaydi.  Lekin  ular   samarali   yoki
ijtimoiy   foydali   mehnat   bilan   shug’ullanmasa,   bunday   bandlik   mehnat
unumdorligini oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi. 
Samarali   bandlikni   ta’minlash   va   mehnat   resurslaridan   foydalanishning
ahamiyati,   ayniqsa   modernizasiyalash,   innovasion   texnologiyalarga   o’tish
jarayonida ruyi-rost ko’zga tashlanadi. Bu, o’z navbatida, qo’l kuchiga asoslangan
mehnatdan   mexanizasiyalashgan   va   avtomatlashgan   mehnatga   o’tishni,   ishlab
chiqarish   jarayonlarini   intensivlashtirishni,   iqtisodiy   faol   aholini   korxonalar,
tarmoqlar   va   xuludlar   o’rtasida   maqsadga   muvofik   qayta   taksimlashni,   ish   bilan
band aholi tarkibida malakali kadrlar ulushini oshirishni taqozo etadi. 
Aholini   ijtimoiy   himoyalashning   bosh   maqsadi   mamlakat   aholisining
manfaatlarini muhofaza qilish, turmush darajasini oshirish, samarali mehnati uchun
zarur   sharoit   yaratish,   ijtimoiy   barqarorlikni   ta’minlashdan   iborat.   Bu   maqsadga
aholi   daromadlarini   uzluksiz   oshirib   borish   va   daromadlar   tarkibini
takomillashtirish orqali erishish mumkin. 
Misol uchun, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha yalpi ichki mahsulot
(xarid   qobilyati   pariteti   bo’yicha)   1990   yilda   1328   AQSh   dollarini   tashkil   etgan
bo’lsa,   2010   yilda   3271   AQSh   dollariga   teng   bo’ldi,   ya’ni   2,5   barobar   oshdi 42
.
Iqtisodiyotda   band   bo’lgan   har   bir   kishiga   to’g’ri   keladigan   yalpi   ichki   mahsulot
hajmi   ham   sanoat   tarmoqlarida   band   bo’lgan   har   bir   xodimga   to’g’ri   keladigan
yalpi  sanoat  mahsuloti  miqdori  ham  ana  shunday yuksalishda  o’z ifodasini  topdi.
Natijada   aholi   jon   boshiga   to’g’ri   keladigan   o’rtacha   daromadlar   (harid   qobilyati
pariteti bo’yicha) 2010 yil oxiriga kelib 2016,8 AQSh dollarini tashkil etdi. O’tgan
20   yil   ichida   o’rtacha   oylik   ish   haqi   mikdori   (AQSh   dollari   ekvivalentida)   2,7
barobar, o’rtacha pensiya hajmi esa 5,9 barobar oshdi. 
O’tgan 20 yil ichida aholi yalpi daromallari 8,6 barobar oshib, uning tarkibida
yangi   daromad   turi   -   mulkdan,   tadbirkorlik   faoliyatidan   keladigan   daromadlar
ulushi   10,6   foizdan   47,0   foizga   ko’paydi.   Aholi   yalpi   daromadlarida   oylik   ish
haqining ulushi 30-32% darajasida barqaror saklanib turibdi. 
Shuning   barobarida   aholi   jon   boshiga   to’g’ri   keladigai   pullik   xizmatlar
miqdori   1992   yilga   nisbatan   2,2,   maishiy   xizmatlar   8.3,   makana   tovar   aylanmasi
4,3 barobar oshdi. Bu davr ichida aholi iste’moli tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar
sodir bo’ldi. 1990-2010 yillarda aholi yalpi harajatlari tarkibida iste’mol, solikdar
va boshqa tulovlarning hissasi  kamaygan bo’lsa, pul omonatlari va jamg’armalari
ulushi   usdi.   Jami   iste’mol   harajatlari   ichida   oziq-ovqat   mahsulotlariga   ketadigan
harajatlar   qariyb   10   punktga   pasayib,   nooziq-ovqat   mahsulotlari   va   xizmatlar
uchun   tulovlar   ulushi   oshdi.   Umuman   olganda,   bu   progrsssiv   tendensiya
42   Аҳолини   ижтимоий   ҳимоялашга   оид   рақамлар   -Ўзбекистон   Республикаси   иқтисодий-ижтимоий
тараққиеZтининг   мустакиллик   йилларидаги   (1990-2010   йиллар)   асосий   тенденция   ва   кўрсаткичлари   ҳамда
2011-2015   йилларга   мўлжалланган   прогнозлари»   Статистик   тўплами   буйича   келтирилди.   Т.,   2011,   7-
96бетлар.  
38  
  hisoblansada,   biroq   hali   uni   maqsadga   muvofiq,   deb   bo’lmaydi.   Hali   yalpi
harajatlar   tarkibida   iste’molga   ketadigan   harajatlar   ulushi   katta.   Jami   iste’mol
harajatlari   tarkibida   oziq-ovqat   mahsulotlariga   sarflanadigan   harajatlarning   ulushi
50   foizga   yakin.   Shunga   mos   ravishda,   uzoq   muddat   foydalaniladigan   tovarlarga
(televizor,   muzlatkich,   kompyuter,   kir   yuvish   mashinasi.   yengil   avtomobil)   va
xizmatlarga   (dam   olish,   sayoxatga   chiqish)   ketadigan   harajatlar   ulushi   hali   ancha
past.   2010   yilda   har   100   xonadonga   132   televizor,   99   muzlatkich,   18,5
kondisioner, 37 elektr changyutgich, 12 kompyuter, 75 kir yuvish mashinasi, 27,1
avtomobil, 145 mobil aloqa vositalari to’g’ri keldi. 
O’tgan davr ichida aholi jon boshiga asosiy iste’mol mahsulotlari ni iste’mol
qilish ham (non va non mahsulotlaridan tashqari) sezilarli darajada o’sdi. Go’sht va
go’sht mahsulotlari iste’moli - 22,6, sut mahsulotlari - 30,3, tuxum - 42,3, sabzavot
va poliz -  122,1, kartoshka  - 55,2, usimlik  yogi  va boshqa moylar  -  3,2, shakar  -
37,5 va meva, jumladan uzum 260 foiz oshdi. 
Shuni   alohida   ta’kidlash   joizki,   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga
o’tish   kuchli   ijtimoiy   siyosatga   asoslanadi.   Xalqimiz   bu   yo’lni   o’z   yo’lboshchisi
rahnamoligida   mustaqillikning   va   bozor   islohotlariga   o’tib   milliy   iqtisodiyotni
barpo   etishning   birinchi   kunlaridan   tanladi.   Ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyoti   sifatila   tan   olingan   nemis,   shved   modellari   esa   3-4   asrlik   evolyusion
rivojlanish hamda sosial-demokratik kasaba uyushmalari va ishchilar harakatining
qattiq ta’siri natijasida shakllangan edi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. 
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish o’zbek modelining yana bir
muhim   tamoyilidir.  Bu  tamoyil  bozor   munosabatlari  va  milliy  iqtisodiyotni   karor
toptirish   va   rivojlantirishning  tadrijiy  nuli   bo’lib,   «shok   terapiyasini»   inkor   etadi,
mamlakatimizning rivojlanishga oid tarixiy tajribasidan, bozor tizimining huquqiy
asosi   va   infratuzilmasi   darajasidan   hamda   xalqimizning   kddriyatlaridan   kelib
chiqali.   Umuman   olganda,   inkiloblar.   keskin   sakrashlar   iqtisodiyotga   moye
sa’yharakatlar   emas.   «Bir   tizimdan   ikkinchisiga   o’tish   asta-sekin   evolyusion
ravishda bo’lishi muxi mdir, - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov. - Iqtisodiy
islohotlar   mamlakatni   maqsad   sari   asta-sekin,   qadam-baqadam   ilgarilab   borishi,
bozor munosabatlarining ayrim jixdtlarini va umuman butun tizimini giakllantirishi
lozim». 43  
Darhaqiqat,   O’zbekistonda   ma’muriy-buyruqbozlik   tizimidan   boshqaruvning
bozor   tizimiga   o’tishda   o’zbeklarning   «Yangi   uy   qurmay,   eskisini   buzmang   -
boshpanasiz   qolasiz»   hikmatida   aytilganidek,   tadrijiy,   izchil   yo’l   tanlandi.   Bozor
munosabatlariga   o’tish   boshlangan   davrdagi   iqtisodiy   vaziyat,   xalqning   turmush,
tafakkur   darajasi   ham   shuni   taqozo   etardi.   Bo’larning   barchasi   uchun   vaqt   va
imkoniyat   zarur   edi.   Bu   borada   eng   avvalo,   islohotlar   strategiyasini,   birinchi
navbatda, amalga oshiriladigan yo’nalishlarni belgilab olish muhim ahamiyat kasb
etadi. 
43  Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 315-бет. 
39  
  O’zbekistonda   ko’p   ukladli   aralash   iqtisodiyotni   barpo   etish   mamlakat
xo’jaligining   mavjud   holati   va   imkoniyatlari,   aholining   mentaliteti,   psixologiyasi
va   qadriyatlaridan   kelib   chiqqan   holda   amalga   oshirildi.   Shuning   uchun   ham
mamlakatimizla   bozor   munosabatlariga   o’tish   jarayoni   MDH   mamlakatlari
amaliyotidan   keskin   farq   qildi   va   o’ziga   xos   xususiyatlarga   ega   bo’ldi.   Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bir qatorda barcha bozorga
o’tish   jarayonlari,   raqobat   muhitini   yaratish,   bozor   infratuzilmasi   tizimini
shakllantirish   va   rivojlantirish,   tadbirkorlik   faoliyatini   kengaytirish   ham
bosqismabosqich amalga oshirildi. 
Bularning   hammasi   bosh   masaladan   -   mulk   munosabatlarini   tubdan   isloh
qilish jarayonidan boshlandi, albatta. Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan
chiqarish   va   xususiylashtirishning   1992-1993   yillarni   o’z   ichiga   olgan   dastlabki
bosqichi davlat uy-joy fondi, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalari, mahalliy,
yengil   va   oziq-ovqat   sanoati,   avtomobil   transporta,   qurilish   sohasidagi   mayda
korxonalarni   xususiylashtirishlar   boshlandi.   Agrar   sohaning   mamlakat
iqtisodiyotidagi   o’rni   va   ahamiyatiii   e’tiborga   olib,   qishloq   xo’jaligida   islohotlar
jadal   sur’atlarda   olib   borildi.   Natijada,   ilgari   davlat   mulki   obyekta   hisoblangan
uyjoy fondi, mayda korxonalar xususiy va jamoa mulkiga aylantirildi. 
Xususiylashtirishning bepul va imtiyozli shakllari keng qo’llanildi. 
Ikkinchi   bosqichda   -   1994-1995   yillarda   yalpi   xususiylashtirish   amalga
oshirildi.   Bu   davrda   davlat   nazorati   shart   bo’lmagan   yengil,   mashinasozliq
ko’rilish materiallari sanoatiga tegishli o’rta va yirik korxonalar xususiylashtirildi.
Davlat   dasturiga   ko’ra,   ikkinchi   bosqichda   tarmoq   va   mintaka   ahamiyatidagi   50
mingdan   ortik   obyektni   xususiylashtirish   ko’zda   tutildi.   Ushbu   davrda   kichik
korxonalar   xususiy   mulk   shaklini   olgan   bo’lsa,   o’rta   va   yirik   korxonalar   ochiq
turdagi   aksionerlik   jamiyatlariga   aylantirildi.   Aksionerlik   korxonalari
aksiyalarining   paketlari   turt   qismga   ajratilib,   mehnat   jamoasiga   25   foiz,   davlat
ixtiyorida 25 foiz, erkin savdoga 30 foizi, turdosh korxonalarga 10 foiz va chet el
investorlariga   10   foiz   nisbatlarida   sotildi.   Shuningdeq   qisqa   davrda   70   mingdan
ortiq kichik korxona tashkil etildi va ro’yxatga olindi. Mulkdorlar qatlami yanada
kengayib, ular safiga xususiylashtirilgan korxonalarning 2 milliondan ortiq aksiya,
ulush   va   pay   egalari,   3   millionga   yaqin   shaxsiy   tomorqa   xo’jaliklari   egalari,   85
mingga   yaqin   xususiy   va   kichik   korxonalar   egalari   va   14   ming   ko’chmas   mulk
egalari qo’shildi. 
Uchinchi  bosqichda,  ya’ni  1996-1998 yillarda nazorat  paketlari  davlat  mulki
shaklida   saqlanib   qolayotgan   yirik   korxona   va   tarmoqlarni   isloh   qilish
rejalashtirildi.   Mazkur   bosqichda   Oliy   Majlis   va   Vazirlar   Mahkamasi   tomonidan
xususiylashtirish   jarayoniga   jalb   etilmaydigan   obyektlarning   ruyxati   belgilaydi.
Ularga   suvdan   foydalanish   obyektlari,   meliorasiya   tarmoqlari,   muzeylar,
sanepidstansiyalar,   strategik   va   harbiy   ahamiyatdagi   obyektlar,   nobyudjet
jamg’armalari   kiritildi.   Ushbu   ruyxatdan   o’rin   olmagan   barcha   korxona   va
obyektlarni xususiylashtirishga qaror qilindi. 
40  
  To’rtinchi   bosqichda   (1998   yilning   oxiridan)   xususiylashtirishdan   tushgan
mablag’larni davlat byudjetiga safarbar etish, xususiylashtirilayotgan korxonalarga
xorijiy   investisiyalarni   jalb   qilish,   boshqaruvning   samaradorligini   oshirish   va
yangicha mulk munosabatlarining to’liq amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish
asosiy   vazifalar   sifatida   belgilaydi.   Natijada,   mamlakat   iqtisodiyotida   muhim
ahamiyatga   ega   bo’lgan   yirik   industriya   gigantlari,   yoqilg’i-energetika,   kimyo   va
mashinasozlik  majmualarining yordamchi  korxonalarini  yirik xorijiy investorlarni
jalb   qilish   asosida   xususiylashtirish   jarayonlari   davom   ettirildi.   Xususiylashtirish
jarayonidan   tushgan  mablag’lar   2002  yilda  43,6  milliard  so’mni,  2003  yilda  56,1
milliard so’mni va 2004 yilda 78,4 milliard so’mni tashkil etdi. 
Xorijiy investorlarga sotilgan korxonalardan tushgan mablag’ 2004 yilda 24,3
million   AQSh   dollarini   tashkil   etdi.   Bu   2003   yilga   nisbatan   49,8   foiz   ko’pdir.
Bundan   tashqari   xorijiy   investorlarga   sotilgan   17   ta   davlat   aktivlari   bo’yicha
korxonalarni   rivojlantirish   maqsadlarida   yangi   mulk   egalari   tomonidan   24,7
million AQSh dollari miqdorida investisiyalar kiritish majburiyatlari ham olindi. 
1992-2004   yillar   davomida   bosqisma-bosqich   olib   borilgan   mulkni   davlat
tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   jarayonlarida   umumiy   hisobda   130
mingga   yakin   yuridik   shaxe   mulk   va   xo’jalik   yuritish   shakllarini   o’zgartirdi.
Jumladan,   77   mingdan   ortiq   yuridik   maqomdagi   korxona   bazasida   50   mingdan
ortik turli mulk shaklidagi korxonalar yaratildi. 2004 yilda birja, kim oshdi savdosi
va   tanlov   orqali   70   mingga   yakin   davlat   mulki   obyektlari   mulk   huquqlari   aksiya
paketlari ko’rinishida sotildi. 
1992-1993   yillar   davomida   davlat   mulkida   bo’lgan   obyektlarning   70   foizi
davlat   tasarrufidan   chiqarilgan   va   xususiylashtirilgan   bo’lsa,   islohotlarning
mantiqiy   rivojiga   ko’ra,   keyingi   yillarda   xususiylashtirish   jarayoniga   jalb
qilinmagan korxonalar soni muttasil kamayib bordi. Jumladan, 1994-1995 yillarda
ularning   ulushi   24   foizni,   1996-1998   yillarda   5   foizni   va   1999-   2004   yillarda   1
foizdan ham kam bo’ldi. Natijada nodavlat sektorining tashkiliy-iqtisodiy jixatdan
iqtisodiyotdagi ulushi 2004 yilga kelib 90 foizdan oshdi." 44  
Islohotlar mulkiy masalalar  to’g’ri xal etilib, davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish uzluksiz amalga oshirilgan, ko’p ukladli iqtisodiyot barpo etilgan
taxdirdagina   o’zining   salmokdi   natijalarini   beradi.   Mulk   munosabatlarini
takomillashtirish   bo’yicha   hali   o’tish   davrining   dastlabki   bosqichidayok   qabul
qilingan tegishli qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karor va
farmoyishlari shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu borada «O’zbekistan
Respublikasida   mulkchilik   to’g’risida»,   «Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirish   to’g’risidaii   qonunlarni   va   «Iqtisodiy   islohotlarni   yanada
chukurlashtirish,   xususiy   mulk   manfaatlarini   himoya   qilish   va   tadbirkorlikni
rivojlantirish   chora-tadbirlari   to’g’risida»gi   Prezident   farmonini   eslab   o’tishning
o’zi kifoya. 
44  Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 15-155 бетлар 
 
41  
  Natijada,   mamlakat   iqtisodiyotining   barcha   tarmoqlarida   nodavlat   sektori
jadal   sur’atlarda   rivojlana   boshladi.   Davlat   sektori   esa   iqtisodiyotda   o’zining
monopol ahamiyatini kamaytirdi, ko’p kirrali aralash xo’jalikka keng yo’l ochilib,
rakobat   uchun   borgan   sari   kengroq   imkoniyat   yaratildi.   Mulkiy   munosabatlarni
rivojlantirish   moddiy   boyliklarga   egalik   qilish,   ulardan   foydalanish   va
o’zlashtirish,   insondagi   bekiyos   qobiliyatlarni,   imkoniyatlarni   ruyobga   chiqarish
bilan bog’liqdir. 
Kichik va xususiy tadbirkorlikni (biznesni) ragbatlantirish. qimmatli qog’ozlar
boyurini   shakllantirish   isloxotlar   taklirini   hal   qiladigan   shartlardan   biridir.   Bu,
birinchidan,   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   bilan   bevosita
bog’liq masala bo’lib, jamiyatning ijgimoiy va iqtisodiy negizini mustaxkamlashga
xizmat   qiladi,   mulkdorlar   sinfini   shakllantirish ы ing   va   ichki   bozorni   iste’mol
mollari va xizmatlari bilan ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. 
O’zbekistonda qisqa vaqt davomida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning
huquqiy shart-sharoitlari va tashkiliy asoslari yaratildi. Tovar ishlab chiqaruvchilar
va   tadbirkorlar   palatasi,   O’rta   va   kichik   biznesni   qo’llab-quvvatlash   bo’yicha
hukumat   komissiyasi,   «Madad»   sug’urta   agentligi,   konsalting,   injiniring,   lizing
firma   va   kompaniyalari,   biznes-inkubatorlar   ish   boshladi.   1997   yilga   kelib
mamlakatimizda   kichik   va   xususiy   korxonalarning   umumiy   soni   100   mingdan
oshib  ketdi. Qishloq  xo’jaligida dehqon,  fermer  xo’jaliklari   tashkil   topa boshladi.
Ammo   kichik   va   o’rta   xususiy   tadbirkorlikka   munosabatning   rivojlanishini
konikarli, deb hisoblash kiyin edi. Hukumat karorlarida ta’kidlanganideq bu borada
keskin   burilish   yasash   o’z-o’zidan   kechmadi.   Ko’plab   kichik   va   xususiy
korxonalarni   tashkil   qilish,   bu   ishga   aholi   shaxsiy   jamg’armalarini   jalb   etish,   shu
yo’l   bilan  yangi   ish   joylarini   ochish   ishlari   sekin   bordi.  Ayrim   kichik   va   xususiy
korxonalar,   fermer   xo’jaliklarini   moddiy-texnika   va   xom   ashyo,   uzoq   muddatli
kreditlar   bilan   ta’minlashdagi   kiyinchiliklar,   shuningdeq   joylardagi   byurokratik
to’siq  va  govlar  tufayli  o’z faoliyatini  tuxtatgan  hollar   ham   ko’plab  uchradi.  Gap
shundaki, o’tmish sarqiti - boqimandalik psixologiyasidan qutulish oson kechmadi.
Xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishni ixtiyor etganlarning aksariyati uni davlat
yoki boshqa birovning hisobidan amalga oshirishni istagani sezildi. To’g’ri, kichik
va   o’rta   biznesni   davlat   darajasida   qo’llab-quvvatlashga   O’zbekistonda   alohida
e’tibor   berildi   va   bu   amaliyot   xozir   ham   izchillik   bilan   amalga   oshirilmokda.
Ammo   davlat   tomonidan   qaratilayotgan   ana   shu   e’tibor,   ajratilgan   mablag’lardan
samarali   foydalanish   lozim.   Qolaversa,   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishning
davlat   ko’magidan   tashqari   yana   boshqa   yo’llari   ham   mavjudki.   ulardan   ham
unumli   foydalanishni   yo’lga   qo’yish   keraq   Buning   uchun   mulk   egasi,   menejer
tadbirkor,   bilimli   va   mehnatsevar   bo’lishi   lozim.   Mulk   egasi   bo’lish,   tadbirkorlik
oson ish emas. 
Masalan,   mulkni   kafolat   sifatida   qoldirish   hisobiga   har   qanday   tijorat
bankidan   kredit   olish   mumkin.   Bunday   imkoniyat   bo’lmagan   hollarda
tadbirkorlikni   moliyalashtirishning   venchur   usulidan   foydalanish   mumkin.   Bu
vaktda   tadbirkorga   mablag’   ajratgan   bank   qarzdan   kutulgunga   qadar   firmaning
42  
  yoki ushbu xususiy ishning egasi  bo’lib turaveradi. Xorijiy kredit liniyalariga ega
bo’lish   uchun,   avvalo,   puxta   uylangan   va   ishlab   chiqdlgan   biznes-reja   hamda
biznes loyihalar zarur. Umuman kreditlar tizimidan foydalanish qonun-qoidalarini
to’liq o’zlashtirmay turib, kutilgan natijalarga erishish qiyin. 
Iqtisodiy   mustaqillikka   erishish,   iqtisodiy   o’sishni   ta’minlashning   muhim
shartlaridan biri - iqtisodiyotda tarkibiy qayta ko’rishni amalga oshirishdir. 
Sobiq  ittifoq   sharoitida  xalq   xo’jaligining   amaldagi   tarkibi   mehnat   taksimoti
va   ixtisoslashuv   prinsiplari   asosida   shakllangan   edi.   Bu   borada   O’zbekistonning
"cheki"ga arzon xom ashyo va yarim taiyer mahsulotlar, strategik mineral resurslar
yetkazib   berish   va   sanoat   markazlarida   ishlab   chiqarilgan   tayyor   mollarni
sotishning   keng   bozori   bo’lish   tushgan   edi.   Iqtisodiyotning   bunday
mustamlakachilikka   asoslangan   tarkibi   mustaqillikning   dastlabki   yillarida   eski
xo’jalik   aloqalari   barham   topib,   yangilari   hali   shakllanib   ulgurmagan   sharoitda
mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. 
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish tarkibiga mutlaqo yangi talablarni qo’ydi.
Milliy   ishlab   chiqarishning   tarmoq   va   hududiy   tarkibini   takomillashtirmasdan
turib,   boy   resurslardan,   mavjud   ulkan   imkoniyatlardan   maqsadga   muvofiq
foydalanish,   vujudga   kelgan   nomutanosibliklar   va   ziddiyatlarga   barham   berish
mumkin emasdi. 
Tarkibiy   siyosat,   eng   avvalo,   kishloq   xo’jalik   xom   ashyosi   va   mineral
resurslarni   chukur   qayta   ishlashga,   texnologik   siklning   tugallanganlik   darajasini
oi1irishga, mamlakat yoqilgi-energetika va oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlashga
qaragildi.   Ilgari   tashqaridan   keltirilgan   yuzlab   turdagi   mahsulotlar
mamlakatimizning o’zida ishlab chiqarila boshlandi. 
Mustaqillik   yillarida   amalga   oshirilayotgan   yirik  qurilishlarning  geografiyasi
ancha   kengaydi.   Bunday   izchil,   bosqisma-bosqich   va   okilona   siyosat   sanoat
taraqqiyotida   uzoq   yillar   hukm   surib   kelgan   regional   nomutanosiblik   va
ziddiyatlarni sezilarli darajada yumshatishda muhim omil bo’ldi. 
Tabiiyki,   iqtisodiyotning   tarkibini   takomillashtirish   bir   zarb   bilan   amalga
oshiriladigan   ish   emas.   Bu   o’zgarishlar   muntazam   davom   etadigan
ijtimoiyiqtisodiy   jarayon  bo’lib,  davr   talabi   va   iqtisodiy   siyosatdan   kelib   chiqadi.
tarmoqlqraro   hamda   tarmoqlar   ichida   tuxtovsiz   kechadi.   Bozor   iqtisodiyoti   va
fantexnika   tarakkiyoti   tan   oladigan   tarmoqdar   rivojlanib,   mahsulot   ishlab
chiqarishda   ularning   hissasi   oshib   boraveradi.   Aksincha,   bozor   va   tarakkiyotga
moye   kelmaydigan   sohalarning   mahsulot   va   xizmatlarni   yaratishdagi   ulushi
pasayib   yoki   butunlay   yukolib,   o’z   o’rnini   boshqa,   ilg’or   sohalarga   bo’shatib
beraveradi. 
Butun iqtisodiyotda ayrim tarmoq va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirishga
ustuvorlik   berish   va   ularni   davlat   tomonidan   har   tomonlama   qo’llab-quvvatlash
to’g’ri   yo’l   ekanligini   xayotning   o’zi   tasdiqladi.   Ustuvor   sohalarning   turri
belgilanishi,   nafaqat   ilgari   taqchil   hisoblangan   mahsulot   turlarini   keng   ishlab
chiqarishni   yo’lga   qo’yish,   balki   ijtimoiy   ishlab   chiqarish   tarkibini
takomillashtirish,   butun   iqtisodiyotni   izchil   rivojlantirish   imkonini   berdi.   Keyingi
43  
  yillarda   mamlakatimizda   sanoatning   asosiy   tarmoqlarini   rivojlantirishni
jadallashtirish,   eksport   saloxiyatini   oshirish   va   chetdan   keltiriladigan   mahsulotlar
urnini bosadigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, bozorni xalq
iste’moli   va   oziq-ovqat   mahsulotlari   bilan   tuldirish,   kommunikasiya   va   ishlab
chiqarish   infratuzilmasini   rivojlantirish,   investision   faoliyatii   jadallashtirish,
mamlakatning   eksport   imkoniyatlarini   kengaytirish,   tashqi   iqtisodiy   faoliyatni
kuchaytirish   kabi   chora-tadbirlar   ustuvor   yo’nalishlar   sifatida   belgilandi.   Bu   esa,
o’z navbatida, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishni real ko’rsatkichlarda oshirish
imkoniyatini yanada kengaytirishda muhim omil bo’ldi. 
Islohotlardan bosh maqsad - ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini muttasil
oshirish   asosida   xalq   farovonligini   yuksaltirishdir.   Ana   shunday   natijalar
islohotlarga   haqiqiy   mazmun   kasb   etadi,   quruq   safsatabozlikdan   asraydi.   Shu
urinda yana bir sifat ko’rsatkichga tuxtalmasdan utib bo’lmaydi. Mamlakatimizda
sanoat mahsulotlari tarkibida tayyor mahsulot ulushi tobora oshmokda. Agar 1990
yilda sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida tayyor mahsulotning ulushi 35
foizni tashkil etgan bo’lsa, hozir bu raqam 70 foizdan oshib ketdi. 
O’zbekistonda   ishlab   chiqarish,   iqtisodiy   o’sish   uchun   mustaxkam   asos
yaratilgani,   iqtisodiyot   tarkibi   bozor   munosabatlariga   monand
takomillashtirilayotgani, tayyor mahsulot  ishlab chiqarish ulushining oshayotgani,
kapital   mablag’lar   katta   qismining   moddiy   ishlab   chiqarish   sohalarida
o’zlashtirilayotgani,   yangi   texnika   va   texnologiya   bilan   jihozlangan   sanoat
obyektlarining ko’rib ishga tushirilayotgani bugungi jaxonda kechayotgan bahoonli
sharoitda   ham   xalq   farovonligini   ta’minlashda   hal   qiluvchi   ahamiyat   kasb
etmoqda. 
Tabiiyki, bunday yuksalishlarga, iqtisodiy o’sishga bir kunda, bir yilda erishib
bo’lmasdi.   Bunday   marralarga   faqat   katta   kat’iyat,   tadrijiylik,     izchillik   va
bosqisma-bosqichlik orqaligina erishish mumkin. 
 
44  
   
XULOSA 
Ushbu   malakaviy   bitiruv   ishi   orqali   xalqimiz   mustaqillik   yillarida   erishgan
barcha   yutuq   va   muvaffaqiyatlar,   avvalambor,   davlatimiz   rahbari   Islom   Karimov
rahnamoligida   mamlakatimiz   iqtisodiyotini   isloh   etish,   erkinlashtirish   va
modernizasiya   qilish,   uning   tarkibiy   tuzilishini   diversifikasiya   qilish   borasida   o’z
vaqtida   boshlangan,   har   tomonlama   puxta   o’ylangan,   uzoq   istiqbolga
mo’ljallangan oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir. 
Xalqimiz   istiqlol   yillarida   erishgan   yutuqlar   va   marralardan   har   qancha
faxrlansak,   yurtimizda   mustahkam   qaror   topgan   tinchlik-osoyishtalik,
bunyodkorlik   sharoiti   uchun   shukronalar   aytsak,   arziydi.   Zero,   o’tgan   asrning
90yillarida   sobiq   sho’ro   saltanatidan   qolgan   ayanchli   meros   -   biryoqlama
rivojlangan,   faqat   xom   ashyo   yetkazib   berish-u,   paxta   yakkahokimligiga
asoslangan   iqtisodiyotimiz   naqadar   nochor   ahvolga   tushib   qolganini,   qashshoqlik
va   bedodlikdan   xalqimizning   sabr-kosasi   to’lib,   yurtimiz   jar   yokasiga,   portlash
holatiga yetib borganini  aslo unutib bo’lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo’lining
chekkasida   qolgan   mamlakatni,   tushkunlik   va   qashshoqlik   natijasidan   kelajakdan
umidini   uzgan   xalqni   o’ta   murakkab   vaziyatdan   izchil   va   barqaror   rivojlanish
yo’liga olib chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta. 
Ana   shunday   murakkab   va   qaltis   sharoitda   yurtning   boshiga,   uzoq   va   yaqin
tariximizda   bo’lgani   kabi,   irodasi   sust   va   jur’atsiz   bir   rahbar   kelib   qolganida
nimalar   bo’lishi   mumkinligini   tasavvur   qilishning   o’zi   dahshatli.   Unday   holatda
xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi? 
Toley   baland   xalq  ekanmizki,   Yaratgan   peshonamizga   uzoqni   ko’ra  biladigan,
mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi! 
Mustaqil Vatanimiz o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga
boyligi   bilan   asrlarga   teng   yangi   tarixi   davomida   o’z   vaqtida   tanlangan,   har
tomonlama   o’zini   oqlagan,   to’g’riligini   hayotning   o’zi   isbotlagan,   jahonda
taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan
o’zining buyuk kelajagi  sari  qatiyat  bilan bormoqda.  Bugun bu modelning o’ziga
xos   va   o’ziga   mos   jihatlarini,   berayotgan   samaralari   ko’plab   mamlakatlarda
o’rganilmoqda,   xalqaro   ekspertlar,   olimlar   va   siyosatchilarda   katta   qiziqish
uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda. 
Prezidentimiz   Islom   Karimov   rahnamoligida   xalqimiz   tanlagan   yo’l   -
iqtisodiyotning   mafkuradan   xoliligi,   siyosatdan   ustunligiga   asoslangan   pragmatik
iqtisodiy   siyosat,   davlatning   bosh   islohatchilik   vazifasini   o’z   zimmasiga   olishi,
jamiyat   hayotida   qonun   ustuvorligini   ta’minlash,   kuchli   ijtimoiy   siyosat   yuritish,
islohotlarni   bosqichma-bosqich   amalga   oshirishni   ko’zda   tutadigan   mashhur   besh
tamoyil   negizida   ishlab   chiqilgan   taraqqiyotning   «o’zbek   modeli»   samarasida
milliy   davlatchiligimizning   mustahkam   tamal   toshi   qo’yildi,   mamlakatimiz   izchil
va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdi. 
45  
  Bu   yo’lning   hayotbaxsh   samaralari   -   ozod   va   obod   Vatanimizning   go’zal   va
betakror   qiyofasi,   shahru   qishloqlarimiz   jamoli,   xalkimiz   farovonligida   asrlar
davomida namoyon bo’laveradi! 45
 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. - Т., «Ўзбекистон», 2011. 
2. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   –   бозор   муносабатларига   ўтишнинг   ўзига
хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 
3. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   иқтисодий   ислоҳотларни   чуқурлаштириш
йўлида. –Т., «Ўзбекистон», 1995. 
4. И.А.Каримов   Мамлакатимизда   демократик   ислоҳотларни   янада
чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини   ривожлантириш   концепцияси:
Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлиси   Қонунчилик   палатаси   ва
Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза. 2010 йил 12 ноябрь. – Тошкент: 
«Ўзбекистон», 2010. 
5. Ислом   Каримов,   Ўзбекистон   мустақилликка   эришиш   остонасида.   -   Т.:
"Ўзбекистон". 2011.  
6. Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 
7. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг
асосий   якунлари   ва   2012   йилда   Ўзбекистонни   ижтимоий-иқтисодий
ривожлантиришнинг   устувор   йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон
Республикасининг   Вазирлар   Маҳкамасининг   мажлисидаги   «2012   йил
Ватанимиз   тараққи	
еZтини   янги   босқичга   кўтарадиган   йил   бўлади»
мавзусидаги   маърузасини   ўрганиш   бўйича   ўқув   қўлланма.-Т.:   «O`qituvchi»
НМИУ, 2012. 
8. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2012   йилда
мамлакатимизни   ижтимоий-иқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013
йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор   йўналишларига   бағишланган
Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   «Барча   режа   ва
дастурларимиз   Ватанимиз   тараққи	
еZтини   юксалтириш,   халқимиз
фаровонлигини   оширишга   хизмат   қилади»   мавзусидаги   маърузасини
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисоди	
еZт. - 2011. 
Даврий матбуот нашрлари 
1. «Халқ сўзи» газетаси. 2010 йил 30 август сони. 
2. ―Мaмлaкaтимизни мoдeрнизaция қилиш вa кучли фуқaрoлик жaмияти
бaрпo этиш – устувoр мaқсaдимиздир . – Прeзидeнт Ислoм Кaримoвнинг 	
‖
Ўзбeкистoн   Рeспубликaси   Oлий   Мaжлиси   Қoнунчилик   пaлaтaси   вa
Сeнaтининг қўшмa мaжлисидaги мaърузaси // Халқ сўзи, 2010 йил 28 январь. 
45  Н.Тўхлиев Тараққи	
еZтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 178-179 бетлар 
 
46  
  3. ―Асосий   вазифамиз   –   Ватанимиз   тараққиеZти   ва   халқимиз
фаровонлигини   янада   юксалтиришдир .   –   Прeзидeнт   Ислoм   Кaримoвнинг	
‖
2009   йилнинг   aсoсий   якунлaри   вa   2010   йилдa   Ўзбeкистoнни   ижтимoий-
иқтисoдий   ривoжлaнтиришнинг   энг   муҳим   устувoр   йўнaлишлaригa
бaғишлaнгaн Вaзирлaр Мaҳкaмaсининг мaжлисидaги маърузaси // Халқ сўзи,
2010 йил 30 январь. 
4. Каримов   И.А.   Мамлакатимизда   демократик   ислоҳотларни   янада
чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини   ривожлантириш   концепцияси
(Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлиси   Қонунчилик   палатаси   ва
Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза), ―Халқ сўзи , 2010 йил 13 ноябрь	
‖
 
 
47

Mavzu: Taraqqiyotning “O’zbek modeli” va uning asosiy xususiyatlari Reja: KIRISH Asosiy qism: 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari 2. Iqtisodiyotni tubdan o’zgartirish va isloh etishda ―o’zbek modeli ning‖ o’rni va ahamiyati 3. «O’zbek modeli» ning asosiy tamoyillari XULOSA. ADABIYOTLAR RO’YXATI. 1

KIRISH Ma’lumki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―o’zbek modeli degan nom bilan haqli‖ ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. 1 Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda. 2 Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda. Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги ―Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 4-бет. ‖ 2 Н.Тўхлиев. Тараққи еZтнинг ўзбек модели.- Т.:2012. 4-бет. 2

o’z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir. 3 "O’zbek modeli" tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga bu yil roppa-rosa 22 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov dastlab 1992 yilda chop etilgan "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g’oya davlatimiz rahbarining 1993 yildagi "O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" kitobida, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiyiqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. 22 yil tarix uchun katta muddat emas. Lekin ana shu nisbatan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O’zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Birinchi sinov - o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri davom etayotgan pallada O’zbekiston postsovet maydonida birinchi bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviyiqtisodiy inqiroz bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy o’sishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam bo’lmagan) sur’atlarini ta’minladi. Yulboshchimizning shu munosabat bilan chop etilgan ―Jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi, O’zbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choradari asarida hamda‖ mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida O’zbekistan iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo’shilgan katta hissa edi. 4 ―Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda to’xtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayotgan tub o’zgarishlar jarayonidagi o’z o’rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi ‖ 5 , -deb ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan. 3 Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан . 2011. 22- бет ‖ 4 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // – Т: Ўзбекистон, 2009. 16-бет 5 Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд. - Т.: ―Ўзбекистан . 2011. 3-34- бетлар ‖ 3

Ishni bajarishda Prezidentimiz I.A.Karimovning tanlangan asarlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi ―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi‖ (Toshkent., 2010), ―Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir (Toshkent.,2012), ―Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan (Toshkent., ‖ ‖ 2011), «Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O’zbekiston» (Toshkent., 2013) nomli risolalari, shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimovning ―O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida (Toshkent., 2011), ‖ N.To’xliyevning ―Taraqqiyotning o’zbek modeli (Toshkent.,2012) va davriy ‖ matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi. 1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurati va uning o’ziga xos xususiyatlari XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmunmohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror 4

toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi. Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan. Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da, eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi 6 . Sobiq SSSRda ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o’tkazilganini ta’kidlash lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o’tkazilgan xo’jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar shular jumlasidandir. Lekin, iqtisodiy rivojlanishda burilish yasash maqsadida amalga oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi ham mumkin emasdi. Chunki, islohotlarni amalga oshirishda shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shovshuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni, jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi. Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv xo’jalik yuritish mexanizmining mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo, mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganida, ishsizlik darajasining o’sishida, pulkredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 6 Н.Тўхлиев ТараққиеZтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар. 5