logo

“O’ZBEK MODELI” VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI

Загружено в:

23.11.2024

Скачано:

0

Размер:

94.294921875 KB
“O’ZBEK MODELI” VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI
Reja:
KIRISH
Asosiy qism:
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar
2. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi
3. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishdagi yutuqlari
4. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar
5. “O’zbek modeli” va uning jamiyat hayotida tutgan o’rni
XULOSA.
ADABIYOTLAR RO’YXATI. KIRISH
Ma’lumki,   O’zbekiston   o’z   mustaqilligini   qo’lga   kiritganidan   so’ng   sobiq
sho’ro   tuzumining   umrini   o’tab   bo’lgan   ma’muriy-buyruqbozlik,   rejali-taqsimot
tizimidan   voz   kechilib,   butun   dunyoda   “o’zbek   modeli”   degan   nom   bilan   haqli
ravishda   e’tirof   etilayotgan   o’ziga   xos   taraqqiyot   yo’li   Prezidentimiz   Islom
Karimov   tomonidan   ishlab   chiqildi   va   bugungi   kunda   o’zini   to’la   oqlamoqda.
Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun
ustuvorligi,   davlatning   bosh   islohotchi   bo’lishi,   islohotlarning   bosqichma-bosqich
amalga   oshirishi,   kuchli   ijtimoiy   siyosat   olib   borish   kabi   muhim   tamoyillarni   o’z
ichiga oladi. 1
Yurtimiz   istiqloli   bizning   oldimizda   ulkan   imkoniyatlar   ochdi   va   xalqimiz
uchun   munosib   hayot   barpo   etish,   dunyo   hamjamiyatidan   munosib   o’rin
egallashdek   yuksak   maqsadlar   yo’lida   mustahkam   poydevor   bo’lib   xizmat
qilmoqda.
O’tgan   davr   mobaynida   amalga   oshirilgan   ulkan   ishlar   tufayli   yurtimizning
barcha   hudud   va   mintaqalari   qiyofasi   tubdan   o’zgarib,   obod   bo’lib   borayotgani,
O’zbekiston   o’zining   barqaror   iqtisodiy   o’sish   sur’atlari,   izchillik   bilan   hayotga
joriy   etilayotgan   keng   qamrovli   ijtimoiy   dasturlari   bilan   jahon   miqyosida   yuksak
e’tibor   va   e’tirofga   sazovor   bo’layotgani   hammamizga,   avvalambor,   shu   zaminda
unib-o’sib   kelayotgan   yoshlarga   xursandchilik   va   ertangi   kunga   ishonch
bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning
dunyoqarashi,   ma’naviy   olami   izchil   yuksalib,   hayotga,   mehnatga   munosabati
keskin o’zgarib bormoqda. 1 2
Mamlakatimiz   mustaqil   taraqqiyot   yo’lida   o’z   oldiga   qo’ygan   marralarga
yetish,   ya’ni   rivojlangan   demokratik   davlatlar   qatoriga   kirish,   xalqimizning   hayot
sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin
egallashida   avvalo   juda   tez   o’zgarib   borayotgan   bugungi   zamon   bilan   hamnafas
bo’lib,   ertaga   yo’limizda   paydo   bo’lishi   mumkin   bo’lgan   turli   muammo   va
tahdidlarni   bartaraf   etish   haqida   doimo   o’ylab   yashash   zaruratini   hayotning   o’zi
talab qilmoqda.
Shu  muqaddas  zaminda   yashab   o’tgan  qancha-qancha   ajdodlarimizning  asriy
orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom
Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi.
Tarixan   juda   qisqa,   biroq   mazmunan   asrlarga   teng   bu   yillar   davomida   xalqimiz
milliy   taraqqiyot   yo’lidan   izchil   va   qat’iyat   bilan   borib,   barcha   sinov   va
mashaqqatlarni   yengib   o’tib,   olamshumul   yutuq   va   marralarga   erishdi.   Hayotning
o’zi  biz   tanlagan  yo’l  juda  to’g’ri  ekanini  ko’rsatdi.   Buni  bugun  jahon  ahli  e’tirof
etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu
1
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ислом   Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлиси
Қонунчилик   палатаси   ва   Сенатининг   2010   йил   12   ноябрдаги   қўшма   мажлисидаги   “Мамлакатимизда
демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини   ривожлантириш   концепцияси”
мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 4-бет.
2
  Н.Тўхлиев. Тараққиётнинг ўзбек  модели. -  Т.:2012. 4-бет.
3 o ’ z   navbatida   xalqimizning   irodasi ,   kuch - qudrati   va   bunyodkorona   mehnati
samarasiga ,   davlatimiz   rahbari   tomonidan   olib   borilayotgan   siyosatga   berilgan
munosib   bahodir . 3
"O’zbek   modeli"   tushunchasining   hayotimizga   shiddat   bilan   kirib   kelganiga
bu yil roppa-rosa  22  yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov
dastlab   1992   yilda   chop   etilgan   "O’zbekistonning   o’z   istiqlol   va   taraqqiyot   yo’li"
asarida   o’zbek   modelining   mohiyati   va   shakl-shamoyillari   hamda   tamoyillarini
belgilab   bergan   edi.   Keyinchalik   bu   g’oya   davlatimiz   rahbarining   1993   yildagi
"O’zbekiston   -   bozor   munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos   yo’li"   kitobida,
"Komsomolskaya   pravda"   gazetasi   muxbiri   savollariga   bergan   javobida,   ijtimoiy-
iqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi.
22   yil   tarix   uchun   katta   muddat   emas.   Lekin   ana   shu   nisbatan   qisqa   davr
mobaynida   bu   tushuncha   shunchaki   oddiy   g’oya   emas,   balki   ulkan   hayotbaxsh
kuch   ekanligini   to’la   namoyon   etdi.   O’zbek   modeli   ikkita   katta   sinovdan
muvaffaqiyatli   o’tdi.   Birinchi   sinov   -   o’tgan   asrning   90-yillarini   o’z   ichiga   olgan
yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri
davom   etayotgan   pallada   O’zbekiston   postsovet   maydonida   birinchi   bo’lib
makroiqtisodiy   barqarorlikka   erishdi,   sanoat   va   yalpi   ichki   mahsulot   ishlab
chiqarishda  islohotdan  oldingi   yillardagi   ko’rsatkichlardan  o’zib ketdi.  Boshqacha
aytganda,   inqirozdan   rivojlanish   orqali   chiqib   ketish   birdan-bir   to’g’ri   yo’l
ekanligini   isbotladi.   Ikkinchi   sinov   -   2008   yilda   boshlangan   global   moliyaviy-
iqtisodiy   inqiroz   bo’ldi.   Taraqqiyotning   o’zbek   modeli   nafaqat   butun   jahonni
qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki
dunyodagi   10   mamlakat   qatorida   iktisodiy   o’   sishning   eng   yuqori   (yiliga   8-9
foizdan   kam   bo’   lmagan)   sur’atlarini   ta’minladi.   Yulboshchimizning   shu
munosabat   bilan   chop   etilgan   “Jahon   moliyaviy-   iqtisodiy   inqirozi,   O’zbekistan
sharoitida   uni   bartaraf   etishning   yo’   llari   va   choradari”   asarida   hamda
mamlakatimizda   jahon   iqtisodiy   inqirozining   salbiy   oqibatlarini   bartaraf   etish
bo’yicha   2009-2012  yillarga  mo’ljallangan   Inqirozga  qarshi   choralar   dasturida   O’
zbekistan iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib
rivojlanishi   konsepsiyasi   ilgari   surildi.   Bu   iqtisodiyot   nazariyasini   rivojlantirishga
qo’ shilgan katta hissa edi. 4
“Shuni   doimo   yo   dda   tutishimiz   kerakki,   hayot   hyech   qachon   bir   joyda   to’
xtab turmaydi  va  erishgan  natijalari  bilan  kifoyalanmasdan,  dunyoda kechayotgan
tub   o’zgarishlar   jarayonidagi   o’z   o’rniga   haqqoniy   va   tanqidiy   baho   beradigan,
davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan
raqobat   kurashiga   mos   holda   qadam   tashlaydigan   davlatgina   birinchi   navbatda
muvaffaqiyat qozona oladi” 5
, -deb ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan.
3
  Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.:  “Ўзбекистан”.  2011. 223- бет
4
  И.А.Каримов  Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон  шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари  ва чоралари // - Т:  Ўзбекистон,  2009. 16-бет
5
  Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд. - Т.:  “Ўзбекистан”.  2011. 333-334- бетлар
4 Ishni   bajarishda   Prezidentimiz   I.A.Karimovning   tanlangan   asarlari,
shuningdek,   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimovning   O’zbekiston
Respublikasi   Oliy   Majlisi   Qonunchilik   palatasi   va   Senatining   2010   yil   12
noyabrdagi   qo’shma   majlisidagi   “Mamlakatimizda   demokratik  islohotlarni   yanada
chuqurlashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   rivojlantirish   konsepsiyasi”   (Toshkent.,
2010),   “Tarixiy   xotira   va   inson   omili   -   buyuk   kelajagimizning   garovidir”
(Toshkent.,2012),   —Buyuk   va   muqaddassan,   mustaqil   vatan”(Toshkent.,   2011),
«Qadr   qimmatim,   tayanchim   va   iftixorimsan   mustaqil   O’zbekiston»   (Toshkent.,
2013)  nomli  risolalari, shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimovning —O’zbekiston
Mustaqillikka   erishish   ostonasida”   (Toshkent.,   2011),   N.To’xliyevning   —
Taraqqiyotning   o’zbek   modeli”   (Toshkent.,2012)   va   davriy   matbuot   nashrlaridagi
ma’lumotlar asosida yoritib berildi.
1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar
XX   asrning   90-yillari   boshida   O’zbekiston   ijtimoiy   -   iqtisodiy   taraqqiyotida
mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo,
Yurtboshimiz   Islom   Karimov   rahnamoligida   xalqimizning   mustaqillikka   erishgani
bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini
joriy   etish,   mavjud   ijtimoiy-iqdisodiy,   xalqaro   masalalarni   o’z   milliy
manfaatlarimizdan   kelib   chiqqan   holda   mustaqil   hal   etish   imkoniyati   yaratildi.
Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy
milliy   davlatchiligimizni   qayta   tiklash   va   milliy   iqtisodiyotimizni   shakllantirish
bilan uyg’unlikda olib borildi.
Ayni   paytda,   bozor   munosabatlari   xalqimiz   va   Vatanimiz   uchun   butunlay
yangi  tushunchalar  emasdi.  Osiyo  va  Yevropaning  savdo  yo’li   -  Buyuk  ipak yo’li
chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga
xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini
egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa
bozor   madaniyatini   shakllantirish   lozim   edi.   Bu   esa   oson   ish   emasdi.   Zero,
kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida
xalqimiz   haqiqiy   bozor   qadriyatlaridan   butunlay   uzoqlashtirilgan,   odamlardagi
bozor   munosabatlariga   xos   tashabbuskorlik,   izlanuvchanlik   va   tadbirkorlik
so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan.
To’g’ri, sosializm  sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat,
kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin
ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmun- mohiyatiga
ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar
va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi.
Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va
monopollashuvdan   qaytish   mehanizmlari   orqali   raqobat   muhitini   yaratish,   erkin
tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif
asosida   shakllanadigan   narx   mexanizmini   joriy   etish   kabi   bozor   ustunlarini   qaror
toptirish,  pirovardida  aralash  iqtisodiyotga  erishish   lozim  edi.  Chunki,  shusiz  ham
chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning 
5 bozordan   boshqa   yo’li   yuq,   oldinda   ulkan   islohotlarni   amalga   oshirish   vazifasi
turardi.
Shukrki,   O’zbekistonimiz   jahonning   tabiiy   resurslarga   boy   mamlakatlaridan.
Yurtimizda   turli   xil   oziq-ovqat   mahsulotlarini   yetishtirish   uchun   keng   ekin
maydonlari,   yirik   industrial   baza,   malakali   kadrlar,   qisqasi,   jamiyat   a’zolari
extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da, eng
ayanchlisi,   ana   shunday   ulkan   imkoniyatlarga   qaramasdan,   yurtimiz   qashshoq
mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham
keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy
muvozanat   buzilgan   —   shaxsiy   manfaat   va   mehnat   natijalari   o’rtasida   bevosita
uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi
vazifasini   bajaradi,  mavjud  barcha  resurslardan  oqilona va  samarali   foydalanishga
xizmat qiladi 6
.
Sobiq   SSSRda   ham   bir   qancha   iqtisodiy   islohotlar   o’tkazilganini   ta’kidlash
lozim.   1953,   1965,   1979   yillarda   o’tkazilgan   xo’jalik   yuritish   mexanizmlarini
takomillashtirish,   moddiy   manfaatdorlikni   oshirishga   qaratilgan   islohotlar   shular
jumlasidandir.   Lekin,   iqtisodiy   rivojlanishda   burilish   yasash   maqsadida   amalga
oshirilgan bunday urinishlarning birortasi  ham  kutilgan samarani  bermadi. Berishi
ham   mumkin   emasdi.   Chunki,   islohotlarni   amalga   oshirishda   shaxsiy   manfaat   va
mehnat   natijalari   o’rtasidagi   bevosita   uzviylik   hisobga   olinmagan   edi.   Bu   masala
esa,   ta’kidlanganidek,   jamiyat   poydevori   hisoblanadigan   mulk   munosabatlarini
qayta   qurish   bilan   bog’liq.   Mulk   munosabatlarini   o’zgartirish   esa   bevosita
sosializmning   taqdiri   bilan   bog’liq   edi.   Murt   poydevor   ustiga   qurilgan   binoni
ta’mirlash   bilan   uning   ko’rkamligini   oshirish   mumkin.   Ammo   uning
mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shov-
shuv   va   dahmaza   bilan   boshlangan,   biroq   nihoyasiga   yetmay,   orayo’lda   qolib
ketgan   iqtisodiy   islohotlar   ham   xo’jalik   yuritishning   ayrim   bo’g’inlarini
takomillashtirishdan   nariga   o’ta   olmadi,   butun   iqtisodiyotni   jonlantirishga   ojizlik
qildi.   Natijada,   yana   odatdagidek   ma’muriy-buyruqbozlik   tartibotiga   zo’r   berildi.
Bu usul  ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi  aloqani ekstensiv omillardan
keng   foydalanish   orqali   naridan-beri   ta’minlash   imkonini   berdi.   Ammo   tabiiy
resurslarning  ham   chegarasi  bor,  imkoniyatlari  cheklangan.  Ulardan  kelajak  avlod
manfaatlarini   hisobga   olmasdan,   pala-partish   foydalanish   talay   muammoalarni,
jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi.
Ekstensiv   omillarning   borgan   sari   imkoniyatlari   torayib   ketaverishi,   intensiv
xo’jalik yuritish mexanizmining mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik va
tanglikni   keltirib   chiqarishi   muqarrar   edi.   Shunday   bo’ldi   ham!   Iqtisodiy   tanglik
XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo,
mahsulot   ishlab   chiqarishning   butunlay   pasayib   ketishida,   ishlab   chiqarish
quvvatlarining   ish   bilan   ta’minlanmaganida,   ishsizlik   darajasining   o’sishida,   pul-
kredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan,   1990  yilda
sobiq   ittifoq   yalpi   milliy   mahsuloti   1989   yildagiga   nisbatai   2   foiz,   ishlab
chiqarilgan milliy daromad hajmi  4  foiz, mehnat unumdorligi  3  foiz pasaydi.
6
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели. Т.:2012.-7-9  бетлар.
6 Tashki   savdo   aylanmasi   6,6   foiz   qisqarib ,   tashqi   savdoning   salbiy   saldosi   9,8
millard   rublga   yetdi .   Davlat   qarzi   esa   bir   yilda   150   millard   rubl   ko’payib,   550
millard rubldan oshib ketdi 7
.
Surunkali   inflyasiya   hammaning   tinkasini   qurita   boshladi.   Natijada   shusiz
ham nochor axvolda kun kechirayotgan aholining daromadlari va turmush darajasi
muttasil pasaya boshladi. Ishlab chiqarish ko’lami va hajmining tinimsiz qisqarishi,
ayniqsa,   O’zbekistondek   keskin   demografik   sharoitda   yashayotgan
respublikalardagi   aholi   turmush   darajasiga   yanada   og’irroq   ta’sir   ko’rsatdi.
O’zbekiston aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish, real daromadlar, ish
haqi,   mehnat   unumdorligi   ko’rsatkichlari   bo’yicha   sobiq   shuro   respublikalari
orasida eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi.
Islom   Karimov   bu   ayanchli   vaziyat   haqida   shunday   ta’kidlagan   edi:
"O’zbekiston   kishi   boshiga   yalpi   ijtimoiy   mahsulot   ishlab   chiqarish   bo’yicha
mamlakatda   12-o’rinni   egallab   turibdi,   aholi   jon   boshiga   milliy   daromad   ishlab
chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past". 8
Bu   davrda   sanoatdagi   mehnat   unumdorligi   jihatidan   O’zbekiston   o’rtacha
ittifoq ko’rsatkichidan   40   foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan
esa   ikki   barobar   orqada   edi.   Respublika   aholi   jon   boshiga   xalq   iste’moli   mollari
ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining  40  foizini tashkil etardi. 9
Boz   ustiga   iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishi   va   uni   tashkil   etish   shakllari
zamon   talablariga   mutlaqo   javob   berolmasdi.   Mamlakat   xo’jaligining   amal   qilib
kelgan   tarkibi   ekstensiv   rivojlanish   mahsuli   bo’lgan   bu   tizim   iqtisodiy   zarurat
emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan edi.
Qat’iy   reja   asosiga   qurilgan   iqtisodiyot   esa   rivojlanishga   qodir   emasligi   bugun
ko’pchilikka   ma’lum.   Rejali   iqtisodiyotning   tanqislik,   ishlab   chiqarish
monopolizmi   kabi   "surunkali   kasalliklar"   doimiy   hamroxidir.   Sobiq   sho’rolar
mamlakatida   ijtimoiy   ahamiyati   kam   bo’lgan,   xalq   ehtiyojlarini   bevosita
qondirishga emas, balki "planni to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar,
korxonalar behad ko’payib ketgan edi.
Iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishini   xalq   extiyojlari   tomonga   burmasdan   turib
tanqislikka   barham   berib   bo’lmaydi.   Ishlab   chiqarish   tarkibiga   faol   ta’sir
ko’rsatadigan   asosiy   samarali   mexanizm   bu   —   bozordir.   Chunki   bozor
sharoitidagina   ijtimoiy   ehtiyojlarga   mos   kelmaydigan   sohalar   o’z-o’zidan   barham
topadi.   Davlat   bozor   tan   olmagan,   zarar   keltirib   ishlaydigan,   norentabel   soha   va
korxonalarni   qo’llab-quvvatlamaydi.   Xalq   ehtiyojlariga   xizmat   qiladigan,
xaridorgir,   byudjet   uchun   mablag’   beradigan   ishlab   chiqarish   turlari   esa
rag’batlantiriladi.
Tanqislikni   keltirib   chiqaradigan   shart-sharoitlardan   yana   biri   ishlab
chiqarishdagi   yakka   hukmronlikdir.   Monopolizm   iste’molchini   tanlash   huquqidan
mahrum qiladigan va shu yo’l bilan bozorda yakka hukmronlik imkoniyatini
7
  Ислом   Каримов ,  Ўзбекистон мустақилликка  эришиш   остонасида . -  Т .:  "Ўзбекистон".  2011. - 156- бет.
8
  Ислом Каримов,  Ўзбекистон мустақилликка  эришиш остонасида. - Т.:  "Ўзбекистон".  2011. - 167- бет.
9
  Ўша  аср, 167- бет
7 qo’lga kiritadigan kuchdir.
Odatda,   tanqislik   qondirilmagan   talab   sifatida   vaqti-vaqti   bilan   har   qanday
bozorda   vujudga   kelishi   mumkin.   Bu   hodisaga   barham   berish   yangi   xaridorgir
mollarning paydo bo’lishi  bilan bog’liq ayrim mollarning miqdori  dastlab kamroq
bo’lganligi   tufayli,   ularga   xarid   talabi   ma’lum   vaqtgacha   to’la   qondirilmasligi
mumkin. Bunday sharoitda uo’sha tovarni ishlab chiqaruvchi boshqa shunday tovar
ishlab chiqaruvchi  paydo bulgunicha bozorda monopol  huquqqa ega bo’lib turadi.
Bu imkoniyatdan foydalanib, u vaqtincha monopol foyda oladi. Foyda esa,  buyuk
iqtisodchilar ta’kidlaganidek, shunday qudratli va jozibali xoxish-istakki, xaridorgir
tovar   ishlab   chiqarish   yo’li   bilan   uni   qo’lga   kiritishni   xohlovchi   raqobatchilarni
ertami-kechmi,   albatta,   o’ziga   jalb   qilmasdan   qolmaydi.   Natijada,   raqobatchi
mahsulot   turining   paydo   bo’lishi   bilan   dastlab   yangi   mahsulot   ishlab   chiqargan
korxonaning   yakka   hukmronlik   mavqyei   barham   topadi.   Bundan   esa   bozor,
iste’molchi yutadi. Sog’lom iqtisodiyotda antimonopol, antitrest qonunlari, soliqlar,
imtiyozlar   (masalan,   kredit   olish)   orqali   doimo   monopolizmning   qarshiligi
sindirilib, tovar ishlab chiqaruvchilar rag’batlantirilib turiladi.
Sosializm   xo’jalik   yuritish   sohasidagi   o’zining   dastlabki   qadamlaridan
iqtisodiyotni   qat’iy   markazlashgan   rejali   asosda   tashkil   etish   yo’li   bilan   amalda
yakkahokimlikni   qonunlashtirdi.   Xususiy   mulk   umumlashtirilib,   yagona
"umumxalk” boshqacha aytganda, davlat mulkiga aylantirilishi shuni taqozo etardi.
Natijada, monopolizm surunkali hodisaga aylanib, har kuni, har soatda takror ishlab
chiqariladigan   bo’ldi.   Chunki   davlat   bozordagi   real   ahvolni   o’zida   aks
ettirmaydigan,   oldindan   belgilab   qo’yiladigan   tovar   turlari   va   ularning   narxlarini
qo’llab-quvvatlardi.   Shu   yo’l   bilan   doimo   talabning   taklifdan   ustunligi,   ya’ni
taqchillik   ta’minlab   kelindi.   Amalda   deyarli   barcha   korxonalar   doimiy
monopolistlarga   aylanib,   bozor   va   iste’molchiga   o’z   shartlarini   qat’iy   o’tkazish
imkoniyatiga ega edi 10 11
.
Ishlab   chiqarishni   yiriklashtirish   va   ixtisoslashtirish,   ijtimoiy   mehnat
taqsimotini   chuqurlashtirish   ayrim   tarmoq   va   korxonalarning   yakkahokimligini
yanada kuchaytirdi. Yiriklashuv, markazlashuv va ixtisoslashuv iqtisodiy qonuniyat
darajasiga   ko’tarildi.   Xo’jaliklararo   kooperasiyalash   va   agrosanoat   integrasiyasi
negizida   qishloq   xo’jaligi   ishlab   chiqarishini   yanada   yiriklashtirish   hamda
ixtisoslashtirish   tug’risida   maxsus   qarorlar   qabul   qilindi.   Yiriklashtirish   va
ixtisoslashtirish   iqtisodiyotning   barcha   tarmoqlariga,   moddiy   va   nomoddiy
sohalarga,   hatto   ijtimoiy-madaniy   jabhalarga   ham   keng   singdirildi.   Bu   mash’um
tajriba shunga olib keldiki, butun mamlakat bo’yicha ko’pchilik sanoat mhsulotlari
turlarini   bir-ikki   korxona   yetkazib   beradigan   bo’ldi 11
.   O’tgan   asrning   80-yillari
oxiriga   kelib,   O’zbekistonda   100   nafargacha   ishchisi   bo’lgan   sanoat
korxonalarining   umumiy   soni   to’rt   yuzdan   oshmagani   bunga   misoldir.   Hamma
joyda  gigantomaniya  vasvasasi   avj  oldi.  Yagona  partiya,  yagona  mafkura,  yagona
korxona, yagona tovar va yagona xalq! 12
10
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели. Т.:2012. 10-11 бетлар.
11
  Ислом Каримов,  Ўзбекистон мустақилликка  эришиш остонасида. - Т.:  "Ўзбекистон".  2011. - 169-бет.
12
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели. Т.:2012.-12-14 бетлар.
8 Shunday qilib, bir  tomondan, monopolizm tanqislikning kelib chiqishi  uchun
sharoit   yaratadi.   Ikkinchi   tomondan,   ana   shu   tanqislikning   o’zi   monopolizmning
keng tomir otishiga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, ularning har ikkisi bir-biri
bilan o’ta bog’liq hodisalardir.
Sog’lom   iqtisodiyotda   monopoliyalar   qattiq   raqobat   asosida   paydo   bo’ladi,
raqobatdan o’sib chiqadi. Shuning uchun ular ilg’or, yuqori samaradorlikka va kam
mehnat   xarajatlariga,   zamonaviy   texnika   va   texnologiyalarga   ega   bo’lishga
intiladilar.   Raqobatdan   xoli,   iqtisodiy   jihatdan   o’zini   oqlamaydigan,   sun’iy,
yuqoridan turib boshqariladigan korxonalar esa, odatda, texnik va iqtisodiy jihatdan
qoloq   bo’lsa   ham,   monopolistga   aylanishi   mumkin.   Monopolizm   sharoitida
iste’molchi ishlab chiqaruvchining oldida hamisha ta’zimda bo’ladi. Chunki, tanqis
tovarni   topganiga   shukr   qiladi,   boriga   baraka,   deb   kun   ko’radi.   Monopolizm
iste’molchini   nafaqat   mol   egasiga   iqtisodiy   qaram   qilib   qo’yadi,   balki   uning
muayyan   haq-huquqlarini   ham   buzadi.   Monopolizm   sharoitida   ishlab   chiqaruvchi
(sotuvchi)   qirol   bo’lsa,   raqobat   sharoitida   iste’molchi   ana   shunday   mavqyega
erishadi 13
.
Monopolizm   ham,   tanqislik   ham   jamiyatda   mas’uliyatsizlik,   iste’molchining
talab-extiyojlarini   mensimaslik   muhhitini   yuzaga   keltiradi.   Natijada   savdo
do’konlarini   sifatsiz,   behad   qimmat   va   kam   sonli   tovarlar   egallaydi.   Sanoat   reja
ko’rsatkichlarini   ortig’i   bilan   bajaradi,   iste’molchi   esa   ishlab   chiqarilgan
mahsulotlardan   qoniqmay   qolaveradi.   Masalan,   1980-89   yillarda   sobiq   ittifoqda
yalpi   ijtimoiy   mahsulot   ishlab   chiqarish   32   foiz,   sanoat   mahsuloti   —   46,   shu
jumladan xalq iste’moli mahsulotlari  74  foiz oshgan edi. Aholi sonining o’sishi esa
bu   yillarda   26   foizni   tashkil   etdi.   Ko’riiib   turibdiki,   ishlab   chiqarish   sur’atlari,
aholining o’sish sur’atlaridan ancha yuqori. Ammo ahali turmush darajasida keskin
o’zgarish yuz bergani yo’q.
Bunday sharoitda pul o’zining qiymatini yo’kotib, keskin qadrsizlanishi tabiiy.
Qo’lga   kiritilgan   puldan   qanday   foydalanish   muammosi   ham   paydo   bo’ladi.
Korxona   endi   o’zining   mahsulotini   sotishga   emas,   balki   o’ziga   kerakli   boshqa   bir
mahsulot   turiga   ayirboshlash   —   barterga   intiladi.   Bunday   ayirboshlash
harakatlarida   taqchil   mahsulotlar   umumiy   muqobil   vazifasini   o’tay   boshlaydi.
Shunday   qilib,   o’z-o’zidan   barterga,   ya’ni   tug’ridan-tug’ri   valyutasiz   tovar
ayirboshlashga   yo’l   ochiladi.   Iqtisodiy,   ijtimoiy   va   siyosiy   voqyealarning   bunday
tadrijiy rivoji bozor iqtisodiyotiga o’tishni muqarrar qilib qo’ydi.
Lekin   o’sha   o’ta   murakkab   sharoitda   bu   borada   bir-birini   amalda   inkor
etadigan   har   xil   nuqtai   nazarlar   mavjud   bo’lgani   ham   sir   emas.   Birinchisi   —
iqtisodiyotimizni   bozor   munosabatlariga   o’tish   halokatdan   qutqaradi,   deb
hisoblaydigan   uzoqni   ko’zlab,   oqilona   g’oyalar   ilgari,   surilgan   realistik   qarash.
Ikkinchisi   -   avval   ma’muriy   yo’llar   orqali   iqtisodiy   va   moliyaviy   tushkunlikka
barham berib, undan keyin bozorga o’tish kerak, degan qarash. Bunda ikkinchi
13  Ўзбекистон Республикаси   Президента   И.А.Каримовнинг “Мамлакатимизни   модернизация   қилиш ва кучли
фуқаролик жамияти барпо этиш - устувор мақсадимиздир” ҳамда “Асосий вазифамиз - Ватанимиз тараққиёти
ва   халқимиз   фаровонлигини   янада   юксалтиришдир”   номли   маърузаларини   ўрганиш   бўйича   ўқув-услубий
мажмуа. - Тошкент: Иқтисодиёт. - 2010.14-бет.
9 guruh vakillari o’z qarashlaridagi ziddiyatni anglab yetmagani qiziq agar ma’muriy
yo’llar   bilan   iqtisodiyotdagi   surunkali   xastalikni,   moliyaviy   boshboshdoqlikni,
xo’jasizlikni   bartaraf   etish   mumkin   bo’lsa,   unda   bozorga   o’tishning   nima   zarurati
bor?
To’g’ri,   bozor   iqtisodiyotiga,   Yurtboshimiz   ko’p   bor   ta’kidlaganidek,   bir
kunda   va   bir   zarb   bilan   o’tish   aslo   mumkin   emas.   Sababi   -   O’zbekistonda   bozor
munosabatlariga   o’tishning   iqtisodiy   asoslari   juda   zaif   edi.   Buning   ustiga
iqtisodiyotimiz   xom   ashyoga   yo’naltirilgan   va   asosiy   ishlab   chiqarish   fondlari
g’oyat   eskirgan.   O’zbekiston   sobiq   ittifoq   davrida   amalda   arzon   mineral   hamda
qishloq   xo’jaligi   xom   ashyosini   yetkazib   beruvchiga   aylanib   qolgan.   Bu
mustamlakachilik   amaliyoti   chor   Rossiyasining   O’rta   Osiyoni   bosib   olganidan
keyin   boshlangan,   sho’rolar   davrida   esa   u   ixtisoslashuv,   mehnat   taqsimoti   vajlari
bilan yanada chuqurlashtirilgan va mustahkamlangan edi.
Respublika   nafaqat   jihozlar,   texnologiyalar   va   juda   ko’p   turdagi   xom   ashyo
mahsulotlarini,   balki   birinchi   darajali   ahamiyatga   ega   oziq-ovqat   mahsulotlari   —
g’alla, go’sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek,
yurtimizda   ishlab   chiqarish   mumkin   bo’lgan   juda   keng   doiradagi   xalq   iste’moli
mollarini  ham  tashqaridan   keltirishga   majbur  bo’lgan.  Deyarli   barcha  tarmoqlarda
tugallanmagan siklga ega ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgani sababli ular atayin xom
ashyoni   qazib   olish   va   dastlabki   ishlov   berish,   yarim   fabrikalar   tayyorlash
bosqichida tuxtab qolar edi.
Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat
tasarrufidan   chiqariladigan   va   xususiylashtiriladigan   bo’lsa,   bundan   birinchi
navbatda,   sho’ro   zamonidan   qolgan   xufiyona   iqtisodiyot   korchalonlari   yutadi,
o’zining «o’lik kapitalini» ishga solib yuboradi, degan hadiksirashlar  ham  mavjud
bo’lgan.
Albatta,   hyech   bir   yangilikni   hamma   ham   quchoq   ochib   kutib   olmaydi.
Tuzumni,   iqtisodiy-ijtimoiy   munosabatlarni   butunlay   yangicha   asosda
shakllantirishni taqozo qiladigan bozor iqtisodiyotini ham o’z tarafdorlari-yu, unga
shubha   bilan   qaraydiganlari   ham   bo’lishi   tabiiy.   Ko’p   jihatdan   tavakkalchilikka
asoslangan bozor sharoitida o’z biznesi sinishidan, raqobat kurashida mag’lubiyatga
uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi.
Bunday   munosabatlarni   chuqur   tadkiq   etganlarning   fikricha,   kapital
jamg’arilishining   tarixiy   tendensiyasi,   ya’ni   mayda   mulklarning   kimlardir
tomonidan g’oyat yiriklashtirilishi, keng xalq ommasining yeri, tirikchilik vositalari
mehnat qurollarining ekspropriasiya kilinishi kapitalizm tarixining muqaddimasidir.
Bevosita   ishlab   chiqaruvchilarning   ekspropriasiya   qilinishi   ko’p   mamlakatlarda
katta   yo’qotishlar,   o’pirilishlar,   ayniqsa,   aholi   kam   ta’minlangan   tabaqalarini   haq-
huqulari hisobga olinmasdan amalga oshirildi. 14
Davlatimiz   rahbari   Islom   Karimov   uzoqni   ko’zlab,   oqilona   yuritayotgan
siyosati   samarasida   O’zbekistonda   bozor   iqtisodiyotiga   o’tishda   bunday   katta
yo’qotish va talotumlardan chetlab o’tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin
tabaqalanishiga yo’l qo’yilmadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning evolyusion,
14
  Каримов   И . А .  Ўзбекистон  -  бозор   муносабатларига ўтишнинг ўзига  хос   йўли-  Т .:  Ўзбекистон,  1993.  96-,tn
10 bosqichma-bosqich   yo’li   tanlandi.   Bu   borada   ijtimoiy   adolatni   ta’minlashda
davlatning   islohotchilik   roli   katta   ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Prezidentimiz   Islom
Karimov   o’zining   iqtisodiy   siyosatga   bag’ishlangan   asarlarida   bozor
iqtisodiyotining   shakl-shamoyillari,   unga   o’tishning   zarurati,   shart-sharoitlari   va
omillarini   puxta   asoslab   berdi.   «Biz   mustaqillikning   ilk   kunlaridan   boshlab,   -   deb
yozadi   davlatimiz   rahbari,   -   o’z   umrini   o’tab   bo’lgan   eski   mustabid   sovet
tuzumidan   voz   kechib,   jahon   tajribasini   har   tomonlama   puxta   o’rganish,
umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni asrab
avaylash   va   yanada   mustaxkamlash   asosida   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyotiga   asoslangan   ochiq   demokratik   davlat   barpo   etishga   azmu   qaror
qildik». 15 16
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   raqobat   muhitini
yaratish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirish   bozor
munosabatlarini   qaror   toptirishning   asosiy   shart   va   yunalishlarini   tashkil   etdi.
O’tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar. Prezident farmonlari
va   qarorlari,   Vazirlar   Mahkamasi   qarorlarining   asosiy   qismi   ana   shu   uch
yo’nalishni   rivojlantirishga   qaratilganini   alohida   ta’kidlash   darkor.   Bu   yillarda
minglab   davlat   korxonalari   xususiylashtirildi,   aksiyadorlik   jamiyatlari   yoki
mulkchilikning   boshqa   nodavlat   korxonalari   sifatida   qayta   tashkil   etildi.   Natijada
nodavlat sektorining ulushi  1995  yilga kelib yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda
58,4   foizni   tashkil   etdi.   2010   yilda   esa   bu   ko’rsatkich   81,7   foizga   yetdi.16   Ular
xo’jalik   birlashmalari,   qo’shma   korxonalar,   xususiy   fermer   xo’jaliklari,   aholi
xususiy mulkining boshqa obyektlari sifatida faoliyat yurita boshladi.
Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,   kichik   biznesni
rivojlantirish   samarasida   O’zbekistonda   yangi   ijtimoiy   qatlam   mulkdorlar   paydo
bo’ldi.   Qimmatli   qog’ozlar   va   kuchmaye   mulk   bozori   kabi   yangi   bozorlar   paydo
bo’ldi 17
.
O’zbekistonda   2000   yilda   bozor   munosabatlariga   xos   institusional   qayta
qurishning   tugallanishi   bilan   o’tish   davri   nihoyasiga   yetdi   va   aralash   iqtisodiyot
asosan shakllanib, uning yanada jadalroq rivojlanish bosqichi boshlandi.
2. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi
Ma’lumki, O’zbekiston   1991   yili o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng
umrini   o’tab   bo’lgan   mustabid,   ma’muriy-buyruqbozlik,   rejali-taqsimot   tizimidan
voz   kechib,   “o’zbek   modeli”   deb   nom   olgan   o’z   taraqqiyot   yo’lini   tanlab   oldi.
Yurtboshimiz   tomonidan   ishlab   chiqilgan   mamlakatni   ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish, mamlakatimizda isloh etish
15
  Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд  -  Т.:  "Ўзбекистон",  2011,  324-бет.
16
  Ўзбекистан   Республикаси   иқдисодий-ижтимоий   тараққиётининг   мустақиллик   йилларидаги   (1990-2010
йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари (Кейинги
ўринларда Статистик тўплам), Т., "Ўзбекистан", 2011, 63-бет.
17
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012.-22 бет.
11 va modernizasiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Yaqin o’tmishga qarab shuni ta’kidlash mumkinki, haqiqatan ham, mustaqillik
qo’lga  kiritilgan  davr   o’ta  murakkab  bo’lib,  u  paytda   sobiq  ittifoq  parokandalikka
yuz tutgan, mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat tobora keskin tus
ola   boshlagan   edi.   Shunday   qaltis   vaziyatda   o’zligimizni   anglash   va   toptalgan
milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan intilish yanada kuchaydi. O’sha tahlikali va
og’ir   vaziyatda   respublika   rahbari   Islom   Karimov   bosiqlik  bilan   oqilona  ish   tutib,
qat’iy   siyosiy   irodani   namoyon   etib,   mamlakatimizni   chuqur   tanazzuldan   olib
chiqishga   qaratilgan,   barqaror   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini   barpo
etishning har tomonlama puxta o’ylangan islohotlar strategiyasini  ishlab chiqdi va
uni   amalga   oshirishga   rahnamolik   qildi.   Yurtboshimiz   rahbarligida   ijtimoiy
yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotiga   asoslangan   huquqiy   demokratik   davlat   barpo
etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida g’oyat mashaqatli, shu bilan
birga, sharafli taraqqiyot yo’li bosib o’tildi.
Istiqlolimizning   ilk   yillaridayoq,   Prezidentimiz   yuksak   demokratik   talablarni
hayotimizga   to’liq   joriy   etish,   fuqarolik   jamiyati   barpo   qilish,   farovon   hayotga
erishish   bilan   chambarchas   bog’liq   va   uzluksiz   davom   etadigan   jarayon   ekanini
ta’kidlab,   bunday   darajaga   ko’tarilish   hyech   qachon   osonlikcha   kechmasligini
uqtirib o’tgan edi 18
.
I.A.Karimov   “O’zbekiston   -   bozor   munosabatlariga   o’tishning   o’ziga   xos
yo’li”   risolasida   mamlakatimiz   mustaqillikka   erishganidan   keyingi   dastlabki
yillardagi   rivojlanish   jarayonlarini   tahlil   qilib,   O’zbekistonda   davlat   qurilishi   va
iqtisodiyotni   isloh   qilish   dasturining   o’zagi   sifatida   5   ta   asosiy   tamoyilni   belgilab
berdi.   Ilmiy   va   amaliy   jihatdan   puxta   ishlab   chiqilgan   bu   dastur   nafaqat   o’sha
davrdagi   avlod   taqdiri,   balki   kelajak   avlodlarimiz   taqdirini   ham   o’ylab   tuzilgan
bo’lib,   eski   tuzumdan   meros   bo’lgan   illatlarni   tezroq   bartaraf   etish,
mamlakatimizning   rivojlangan,   madaniyatli   davlatlar   darajasiga   chiqib   olishini
ta’minlashni   ko’zda   tutgan   edi.   Bu   haqiqatan   ham   Prezidentimiz   nomi   bilan
bevosita bog’liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi 19
.
Islohotlarning   o’zbek   modeli   bundan   oldin   dunyoda   yaratilgan   va   mavjud
bo’lgan   modellarning   birortasini   takrorlamagan   holda,   o’z   mohiyati   va   mazmuni
jihatidan   butunlay   yangi   taraqqiyot   modeli   bo’ldi.   Taraqqiyotning   o’zbek   modeli
quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hyech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak,
ya’ni   iqtisodiyot   siyosatdan   ustun   bo’lishi   kerak.   Shuningdek,   ichki,   tashqi   va
iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan,   o’tish   davrida   davlat   asosiy   islohotchi   bo’lishi   lozim.   U
islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab
chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish
18
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ислом   Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлиси
Қонунчилик   палатаси   ва   Сенатининг   2010   йил   12   ноябрдаги   қўшма   мажлисидаги   “Мамлакатимизда
демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини   ривожлантириш   концепцияси”
мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 16-бет.
19
  Каримов И.А. Ўзбекистон - бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли- Т.: Ўзбекистон, 1993. 14-бет
12 lozim.   Buning   ma’nosi   shuki,   demokratik   yo’l   bilan   qabul   qilingan   yangi
Konstitusiya   va   qonunlarni   barcha   hyech   istisnosiz   hurmat   qilishi   va   ularga
og’ishmay rioya etishi lozim;
to’rtinchidan,   aholining   demografik   tarkibini   hisobga   olgan   holda   kuchli
ijtimoiy siyosat  o’tkazish kerak. Aholining salkam   50   foizini   16   yoshga yetmagan
bolalar tashkil etadigan O’zbekistonda buning alohida ahamiyati bor;
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning obyektiv qonunlarini
e’tiborga   olib,   yaqin   o’tmishdagi   “inqilobiy   sakrashlar”siz,   ya’ni   evolyusion   yo’l
bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish va yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan
bozor   iqtisodiyotini   shakllantirish   asosida   chuqur   tanazzuldan   xalos   bo’lib,
barqaror   taraqqiyot   va   aholi   turmush   farovonligiga   erishishga   qaratilgan   tub
o’zgartirishlar   siyosatining   strategik   maqsadlari   I.A.Karimov   tomonidan
quyidagicha izohlab berildi:
- ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotini   bosqichma-bosqich
shakllantirish, qudratli va tinimsiz rivojlanib boradigan, kishilar hayoti va faoliyati
uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
- ko’p   ukladli   iqtisodiyotni   yaratish,   insonning   mulkdan   mahrum   bo’lishiga
barham   berish,   tashabbuskorlik   va   uddaburonlikni   butun   choralar   bilan
rivojlantirish negizi bo’lgan xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini
ta’minlash;
- korxonalar   va   fuqarolarga   keng   iqtisodiy   erkinliklar   berish,   ularning
xo’jalik   faoliyatiga   davlatning   bevosita   aralashuvidan   voz   kechish,   iqtisodiyotni
boshqarishning   ma’muriy-buyruqbozlik   usullarini   bartaraf   etish,   iqtisodiy   omillar
va rag’batlantirish vositalaridan keng foydalanish;
- iqtisodiyotda moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishni
ta’minlaydigan chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatdosh mahsulotlar ishlab
chiqarish, jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;
- kishilarda   yangicha   iqtisodiy   fikrlashni   shakllantirish,   ularning
dunyoqarashini   o’zgartirish,   har   bir   kishiga   o’z   mehnatini   sarflash   sohasi   va
shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish 1
.
Mustaqillikning ilk yillarida, ya’ni ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
o’tishning   birinchi   bosqichida   quyidagi   ikki   vazifani   birdaniga   hal   qilish   maqsad
qilib qo’yildi:
- totalitar   tizimning   og’ir   oqibatlarini   yengish,   tanglikka   barham   berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- respublikaning   o’ziga   xos   sharoiti   va   xususiyatlarini   hisobga   olgan   holda,
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish;
Mazkur   vazifalarni   hal   qilish   uchun   birinchi   bosqichda   isloh   qilishning
quyidagi muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o’tish   jarayonining   huquqiy   asoslarini   shakllantirish,   islohotlarning
qonuniy- huquqiy negizini mustahkamlash;
1
  Каримов   И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. -Т., “Ўзбекистон”, 1995, 18- 
бет.
13 - mahalliy   sanoat,   savdo,   maishiy   xizmat   ko’rsatish   korxonalarini,   uy-joy
fondini xususiylashtirish, qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada   bozor   munosabatlariga   o’tishning   birinchi   bosqichida
iqtisodiyot va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida
keyingi   sifat   jihatdan   yangi   bosqichga   o’ta   boshlash   uchun   mustahkam   shart-
sharoit yaratdi. Shu bilan birga, isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi
bosqichning   strategik   maqsadlari   va   yo’nalishlarini   aniq   belgilab   olish   imkonini
berdi.
Ikkinchi bosqichda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va isloh etishni yanada
chuqurlashtirish, investisiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni
amalga   oshirish,   shuning   negizida   iqtisodiy   o’sishni   ta’minlab,   bozor
munosabatlarini   to’liq   joriy   qilish   maqsad   qilib   qo’yildi.   Shu   maqsaddan   kelib
chiqib,   mazkur   bosqichda   amalga   oshirilishi   lozim   bo’lgan   vazifalar   quyidagi
tartibda belgilandi:
- davlat   mulkini   xususiylashtirish   sohasida   boshlangan   ishni   oxiriga
yetkazish;
- ishlab   chiqarishning   pasayishiga   barham   berish   va   makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta - so’mni yanada mustahkamlash;
- iqtisodiyotning   tarkibiy   tuzilishini   tubdan   o’zgartirish,   xomashyo   yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy   himoyalashni   kuchaytirish,   ularga   tegishli   yordam   ko’rsatish   borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi.
Prezidentimiz   I.A.Karimov   ta’kidlab   o’tganidek,   mazkur   bosqichda
“erkinlashtirish   va   islohotlarni   chuqurlashtirish   nafaqat   iqtisodiy,   balki   ham
ijtimoiy,   ham   siyosiy   vazifalarni   hal   qilishning   asosiy   shartidir” 20
.   Bu   esa
iqtisodiyot sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutdi:
- iqtisodiyotning   barcha   soha   va   tarmoqlarida   erkinlashtirish   jarayonini
izchillik bilan o’tkazish hamda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish   jarayonini   yanada   chuqurlashtirish   va   shu   asosida
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat   iqtisodiyotiga   xorij   sarmoyasini,   avvalo,   bevosita   yo’naltirilgan
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay xuquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikning   iqtisodiy   taraqqiyotda   ustuvor
o’rin egallashiga erishish;
- mamlakatning   eksport   salohiyatini   rivojlantirish   va   mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning   jahon   iqtisodiy   tizimiga   keng   ko’lamda   integrasiyalashuvini
ta’minlash;
20
  Каримов   И . А .  Озод   ва   обод   Ватан ,  эркин   ва   фаровон   ҳаёт  -  пировард   мақсадимиз.  - Т .:  “Ўзбекистон”, 2000, 
15-бет.
14 - iqtisodiyotda   mamlakatimiz   iqtisodiy   mustaqilligini   yanada
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish.
Shunday   ekan,   demokratik   jamiyat   qurishdan   ko’zlangan   maqsad   yurtimizda
istiqomat   qiladigan   barcha   insonlar   uchun   munosib   hayot   sharoiti   yaratib   berish,
rivojlangan   demokratik   mamlakatlar   kabi   kafolatlangan   yuksak   turmush   darajasi
hamda   erkinliklarni   ta’minlashdan   iborat.   Mazkur   ezgu   maqsadni   amalga   oshirish
uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga
yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi.
Iqtisodiy   islohotlar   esa   o’z   o’rnida   jamiyatimizning   siyosiy,   ijtimoiy,
ma’naviy   hamda   davlat   qurilishi   sohalaridagi   tub   islohotlar   bilan   chambarchas,
uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda 21
.
3. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishdagi yutuqlari
Iqtisodiyotni   mafkuradan   xoli   etish   va   uning   siyosatdan   ustunligini
ta’minlashning qanday zarurati bor edi? O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov   iqtisodiyotni   mafkuradan   xoli   etish,   uning   siyosatdan   ustunligini
ta’minlash   -   demokratik   va   bozor   o’zgarishlarining   asosi,   deb   ta’kidlaydi.
Iqtisodiyot mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonun va qoidalarga muvofiq
rivojlangandagina   demokratik   siyosiy   va   ijtimoiy   islohotlar   uchun   mustahkam
moddiy   asos   yaratiladi.   «Birinchi   navbatda   iqtisodiy   negizni   (bazisni)   barpo   etish
va   iqtisodiy   islohotlarni   amalga   oshirish   yangi   jamiyat   qurishning   eng   muhim
shartidir.   Bunda   iqtisodiy   o’zgartirishlar   strategiyasi   mafkuradan   butunlay   xoli
etilishi,   ya’ni   siyosiy   maqsadlarga   erishish   vositasi   bo’lib   xizmat   qilmasligi
kerak» 22
.
Sho’rolar   davrida   iqtisodiyot   yetmish   yil   hukmronlik   qilib   kelgan
kommunistik   mafkuraning   siyosatning   qurboniga   aylangan   edi.   Natija   ma’   lum.
Iqtisodiyot   ham   bamisoli   tirik   organizm   -   erkin   harakat   qilgandagina   yuksalishi
mumkin.   Zug’um   ostida   qolsa,   o’zidagi   mavjud   imkoniyatlarni   ruyobga   chiqara
olmaydi. Sobiq ittifoq   -   sho’rolar davrida milliy iqtisodiyotlar mehnat taqsimoti va
ixtisoslashuvi   kabi   qator   iqtisodiy   qonuniyatlar   va   prinsiplar   orqali   amalda
markazga   bog’lab   qo’yilgan,   hukmron   mafkura   va   siyosatga   tamoman
bo’ysundirilgan edi. 23
Sho’rolar   davrida   mavjud   mehnat   taqsimoti   va   ixtisoslashuviga   ko’ra,   sobiq
respublikalarning   iqtisodiy   rivojlanishida,   bir   tomondan   markazdagi   yirik   sanoat
birlashmalari   qatnashar   edi.   Ularning   faolligi,   eng   avvalo,   qayta   ishlash   va
21
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   Ислом   Каримовнинг   Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлиси
Қонунчилик   палатаси   ва   Сенатининг   2010   йил   12   ноябрдаги   қўшма   мажлисидаги   — Мамлакатимизда
демократик   ислоҳотларни   янада   чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини   ривожлантириш   концепцияси”
мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 18-бет.
22
  Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 301-бет.
23
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни   ижтимоий-
иқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор   йўналишларига
бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасидаги  «Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз
тараққиётини   юксалтириш,   халқимиз   фаровонлигини   оширишга   хизмат   қилади»   мавзусидаги   маърузасини
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. - Тошкент: Иқтисодиёт. - 2011. 4-бет
15 emas. Bu ishtirok milliy respublikalar sanoatining muayyan darajada o’sib, nisbatan
zamonaviy   texnologiyalar,   yangi   ishlab   chikarish   tarmoklarining   paydo   bo’lishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatdi, albatta. 24
1990-yillarning boshida O’zbekiston sanoat mahsuloti umumiy hajmida sobiq
ittifoq   vazirlik   va   idoralariga   bo’   ysunuvchi   birlashma   va   korxonalar   ishlab
chikdradigan mahsulotlar hajmi  30  foizga yetgan edi. Ittifoq- respublika vazirlik va
idoralariga qarashli korxona va birlashmalarda esa   54   foiz sanoat  mahsuloti ishlab
chiqarilar   edi.   Ikkinchi   tomondan.   O’zbekistonning   Rossiya   va   boshqa
respublikalardan   keltiriladigan   ishlab   chiqarish   va   iste’mol   tovarlariga   bog’liqligi
g’oyat   kuchli   edi.   Iqtisodiy   o’   sishning   tashqi   omillarga   bog’lanib   qolganligi
yakunlovchi ishlab chiqarish bosqichi ahamiyatining   75   haddan tashqari oshishiga,
maxalliy   mashinasozlikning   esa   zaifligicha   qolishiga   olib   keldi.   O’zbekistonda
barcha   sanoat   mahsulotlari   tarkibida   mashinasozlik   sanoatining   ulushi   nihoyatda
past   edi.   Bunday   taqsimot   oqibatida   sanoat   asbob-uskunalari,   texnologiya,   fan-
texnika   yutuqlari   tashqaridan   olib   kelinadigan   mahsulotlarning   asosiy   yo’nalishi
bo’lib   qolaverdi.   Cheksiz   fosforit   konlariga   boy   o’lkamizga,   hatto   gugurt   ham
tashqaridan olib kelinar edi.
O’zbekistonda   mashinasozlikning   asosi   bo’lgan   dastgoxsozlik   ayniqsa   zaif
rivojlangan   edi.   Natijada   ishlab   chiqarish   vositalari   va   sanoat   materiallari   ishlab
chiqarish   quvvatlarini   yaratish,   zamonaviy   yirik   yalpi   ishlab   chiqarish   talablariga
javob beradigan avtomat va yarim avtomat murakkab dastgohlar ishlab chiqarishni
keng   yo’lga   qo’yib   bo’lmasdi.   Bularning   barchasi   metropoliya   va   mustamlaka
xalqlar   o’rtasidagi   munosabatlarning   amaldagi   yakqol   ifodasidir.   Metropoliya
hyech qachon mustamlaka  o’  lkaning jadal  rivojlanishini  istamaydi. Uni  doim  o’z
tizginida tutib, har xil yo’llar bilan ipsiz bog’lab turishdan manfaatdordir.
Iqtisodiyotning   siyosat   va   mafkuraga   bo’ysundirilgani   yirik   o’rta   va   kichik
korxonalar   o’rtasidagi   nisbatga   ham   salbiy   ta’sir   ko’rsatmasdan   qolmadi.   Sobiq
ittifoq vazirlik va idoralari tomonidan milliy respublikalarda, asosan, yirik korxona
va birlashmalar qurildi. Chunki sobiq ittifokdagi mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv
shunday   amaliyotni   taqozo   qilar   edi.   Zo’rma-zo’raki   tiqishtirilgan   bunday
amaliyotlar   natijasida   O’zbekiston   iqtisodiyoti   ham   "gigantomaniya"   degan   xavfli
"xastalikka"   chalindi.   Bu,   albatta,   o’lkamizda   sanoat   ishlab   chiqarishning   an’
anaviy   turlarini   rivojlantirish,   mehnat   jamoalarining   faolligi   va   tashabbuskorligini
oshirish, bozor kon’yunkturasiga tezkor moslashishga katta monelik qildi.
Xalqaro   tajribadan   ma’lumki,   bir   turdagi   mahsulot   ommaviy   ishlab
chiqariladigan   joyda   yirik   ishlab   chiqarish   yaxshi   samara   berishi   mumkin.  Mayda
(bir nafardan  19  kishigacha mehnat qiladigan) korxonalar  1980-  yillarda AQShdagi
barcha   korxonalarning   26,1,   Yaponiyada   49,4   va   Italiyada   43,4   foizini   tashkil
etgan. Kichik korxonalar (ya’ni yigirmadan   99   kishigacha ishlaydigan korxonalar)
mos ravishda  28,4, 27,7  va  30,4  foizga
24
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели.  Т.:2012.63-бет
16 teng   edi .   O ’ rta   korxonalar   ( bunga   yuzdan   499   kishigacha   ishlaydigan   korxonalar
kiradi )   24,0,   14,6   va   14,2   foiz ,   500   nafardan   oshiq   ishchi   mehnat   qiladigan   yirik
korxonalar   21,5,   8,2   va   12,1   foizni   tashkil   etardi .   Ushbu   raqamlardan   ko ’ rinib
turibdiki ,   zamonaviy   iqtisodiyotga   ega   Yaponiyada   ishchilarning   qariyb   yarmi
kichik   korxonalarda   mehnat   qilgan .   Mayda   va   kichik   firmalar   ish   bilan   band
bo’lgan   yaponlarning   to’rtdan   uch   qismini   birlashtirgan.   Kichik   korxonalar   -
iqtisodiyot poydevori, degan gapda hikmat ko’p. 25
Yirik   korxonalar   mayda   ishlab   chiqarishga   nisbatan   bozor   kon’yunkturasiga
qiyin   moslashadi,   har   qanday   yirik   ishlab   chiqarish   jarayonida   katta-kichik   bo’
shliqdar   paydo   bo’lishi   tabiiy.   Yirik   korxonalar   ularning   hammasini   ham   yolg’iz
o’zi hal etishi qiyin. Bunday sharoitda kichik ishlab chiqarish yordamga kelishi va
paydo   bo’   lgan   bo’   shliqni   to’ldirishi   mumkin.   Kichik   ishlab   chiqarish,   o’z
navbatida,   ists’   mol   bozorini   tovar   bilan   to’ldirish,   aholini   ish   bilan   ta’minlashni
yaxshilash, raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Shuro zamonida sanoat mahsulotlari takibida ishlab chiqarish vositalari bilan
iste’mol   buyumlari   ishlab   chikaradigan   ishlab   chiqarish   o’rtasidagi   nisbatni
mutanosib deb bo’lmasdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, iste’mol
buyumlari ishlab chiqarish bunda ustuvor o’rin tutishi, jadalroq rivojlanishi lozim.
Qazib   oluvchi   va   qayta   ishlovchi   tarmoqlar   rivojlanishi   o’rtasida   ham   nisbat
buzilib keldi. Mineral xom ashyolarning katta qismi qayta ishlanmagan yoki yarim
tayyor   mahsulot   holida   O’zbekistondan   olib   chikib   ketilardi.   Deyarli   barcha   kon-
ruda,   metallurgiya   kombinatlarida   xom   ashyoni   qayta   ishlash   darajasi   g’oyat   past
bo’lgan.   Buning   sababi   shuki,   konchilik   sanoati   sohasidagi   ittifoq   ahamiyatidagi
yirik   korxonalarning   asosiy   faoliyati   respublikamizda   mineral   xom   ashyoni   to’la
qayta ishlash, vertikal integrasiya jarayoni, diversifikasiyani  rivojlantirishga emas,
balki xom ashyo ishlab chiqarish va markazga yetkazib berishga yo’naltirilgan edi.
Bu   boradagi   salbiy   oqibatlardan   yana   birini   sanoat   korxonalarini   mahalliy
ishchi   kadrlar   bilan   ta’minlashda   ham   ko’rish   mumkin.   Bu   sohadagi   vaziyat
shunday   ayanchli   holga   olib   kelingan   ediki,   zamonaviy   korxonalar   narida   tursin,
nisbatan   ancha   past   rivojlangan   sanoat   sektorida   ham   mahalliy   ishchi   kadrlarning
umumiy miqdori juda kam edi.  50-60  yillarda ishga tushirilgan Navoiy, Zarafshon,
Muborak,   Angren,   Yangiyer   singari   industrial   shaharlar   sobiq   markaz   vazirlik   va
idoralariga   buysunuvchi   yirik   sanoat   korxonalari   bazasida   bo’lgani   uchun   ularga
zarur ishchi kadrlar ittifoqning boshqa respublikalaridan, asosan Rossiyadan
25
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И . А . Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни   ижтимоий -
иқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор   йўналишларига
бағишланган Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   « Барча   режа   ва   дастурларимиз   Ватанимиз
тараққиётини   юксалтириш,   халқимиз   фаровонлигини   оширишга   хизмат   қилади»   мавзусидаги   маърузасини
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. - Тошкент: Иқтисодиёт. - 2011. 26-27 бетлар
17 ko’   chirib   keltirildi.   Xolbuki,   O’zbekistonning   o’zida   ishchi   kuchi,   salohiyatli
kadrlar   va   mutaxassislar   kam   emasdi.   Kam   bo’lsa,   ularni   o’   qitish,   tayyorlash   va
kasbga   yunaltirish   ham   mumkin.   Bu,   bir   tomondan,   mahalliy   aholiga   nisbatan
e’tiborsizlik  bilan  qarashning,   ikkinchi   tomondan,   mustamlakachilikka  asoslangan
siyosatning   natijasidir.   Bunday   yondashuv   nafaqat   mahalliy   millat   vakillari
orasidan yetuk ishchi kadrlar yetishib chiqishiga, balki, sanoatning jadal suratlarda
rivojlanishiga ham monelik qiladi. Natijada mahalliy ishchi kadrlarni tayyorlash va
tarbiyalash   masalasi   o’tgan   asrning   20-30-yillarda   qanday   dolzarb   ahamiyat   kasb
etgan   bo’lsa,   keyinchalik   ham   shundayligicha   qolaverdi.   Maxalliy   millat   vakillari
Toshkent   samolyotsozlik   birlashmasi,   vagon   ta’mirlash   zavodida   20-30   foizdan
oshmadi.   Konmetallurgiya,   mashinasozlik   kabi   tarmoqlarda   ham   vaziyat   deyarli
shundayligicha qoldi.
Iqtisodiyotning   mafkura   va   siyosat   qurboni   bo’lishi   respublikaning   tashqi
iqtisodiy   faoliyatida   yanada   kengroq   namoyon   bo’ldi.   1990   yilda   O’zbekistonga
tashqaridan   olib   kelingan   mahsulotning   90   foizga   yaqinini   sanoat   mahsulotlari
tashkil   etardi.   Chetdan   keltiriladigan   moddiy   ishlab   chiqarish   tarmoqlari
mahsulotining   80   foizdan   ziyodrog’i   sobiq   ittifoq   respublikalari   ulushiga   to’g’ri
kelardi.   Keltiriladigan   sanoat   mahsulotlari   tarkibida   asosiy   o’   rinni   mashinasozlik
va metallga ishlov berish  (27,7%),  yengil  (22,7%)  va oziq-ovqat  (15,2%)  sanoatlari
egallagan.
Mahsulotlar,   asosan,   respublikalararo   ayirboshlash   bo’yicha   chiqarilar   va
kiritilar   edi.   Tashqariga   chiqarilgan   sanoat   mahsulotlari   orasida   asosiy   o’   rinni
(59,7%)  yengil sanoat mahsulotlari (paxta tolasi) tashkil etardi.
Yana bir ayanchli holat shundan iborat ediki, tashqariga mahsulot chiqarishga
nisbatan   tashqaridan   mahsulot   kiritish   ko’pchilik   tarmoqlarda   ancha   yuqori   edi.
O’zbekistonning, ayniksa, mashinasozlik va metallga ishlov berish, kimyo va neft-
kimyo,   oziq-ovqat   sanoati   mahsulotlari   buyicha   tashqi   bozorga   bog’liqligi
kuchaydi.
1990  yilda xalq iste’moli tovarlari bo’yicha tashqaridan mol kiritish (importni
qo’   shganda)   tashqariga   mol   chiqarishdan   (eksportni   qo’shganda)   3   barobar   ortiq
bo’lgan.   Nooziq-ovqat   mahsulotlari   (yengil   sanoat   mahsulotlari,   madaniy-maishiy
va   xo’jalik   mollari)   buyicha   mahsulot   kiritish   mahsulot   chiqarishdan   4   barobar
ko’p edi.
Oziq-ovqat tovarlaridan go’sht va  go’sht  mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari,
tuxum,   un,   yorma,   makaron,   qand,   qandolatchilik   mahsulotlari,   baliq,   balik
konservasi,   margarin,   konservalar,   alkogolli   ichimliklar   keltirilsa,   nooziq-ovqat
tovarlaridan deyarli barcha turdagi gazlamalar, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari,
charm poyabzal, madaniy --   maishiy va xo’jalik tovarlaridan mebel, muzlatkichlar,
kir   yuvish   mashinalari,   televizorlar,   radiopriyomnik   qurilmalari,   farfor-fayans,
shisha   va   billur   idishlar,   velosiped   va   mopedlar   keltirilgan.   Har   yili   millionlab
tonna paxta yetishtiriladigan o’lkada, hatto durustroq paypoq ishlab
18 Iqtisodiyot tarmoqlari
1990 yil 2000 yil 2010 yil
Sanoat 17,6 14,2 24,0
Qishloq xo’jaligi 33,4 30,1 17,5
Qurilish 5,8 7,7 12,4
Savdo 4,5 10,8 9,0
Boshqalar 22,2 18,7 23,7
Sof soliqlar 11,3 12,5 7.0
Jami 100,0 100,0 100,0chiqaradigan fabrika ham qurilmagan, shoir aytganideq "daryo bo’yida
qultum suvga zor" edik! 26 27
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab vaziyat o’nglana boshladi.
Lekin, iqtisodiyotning eski tuzumdan qolgan bunday mustamlakacha tarkibi
bilan bozor munosabatlariga asoslangan mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo
etib bo’lmasdi. Buning uchun izchil, tizimli va uzoqni ko’zlab ish tutish
lozim edi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar
berayotgan samaralarni quyidagi raqamlardan ham qo’rish mumkin.
1-jadval
Iqtisodiyot tarmoqlarining 
yalpi ichki mahsulotdagi 
ulushi 27
 (%hisobida)
Mahalliy   sanoatni   rivojlantirish   borasida   amalga   oshirilgan   izchil   va   tizimli
chora-tadbirlar   samarasida   o’tgan   20   yil   mobaynida   mamlakatimiz   yalpi   ichki
mahsuloti   tarkibida   sanoatning   ulushi   17,6   foizdan   24,0   foizgacha   ko’tarildi.
Kishloq xo’jaligining ulushi esa qariyb  2  barobar kamaydi. Boshqa tarmoqlarda ham
xuddi shunday sifat o’zgarishlari amalga oshirildi.
Istiqlol   yillarida   sanoat   mahsulotlari   ishlab   chiqarishning   yillik   hajmi   3
barobar,   uning   o’tmishda   juda   zaif   rivojlangan   mashinasozlik   va   metallga   ishlov
berish tarmog’i esa   11,6   barobar o’sdi. Bu umumiy sanoat ko’rsatkichidan qariyb   4
barobar   ko’pdir.   Bunday   ulkan   yuksalishga   mamlakatimizda   avtomobilsozliq   neft-
gaz   mashinasozligi,   temir   yo’l   mashinasozligi   kabi   nisbatan   yangi   va   zamonaviy
sohalarni   barpo   etish   va   jadal   rivojlantirish   orqali   erishilganini   alohida   ta’kidlash
darkor.
Istiqlol   yillarida   Prezidentimiz   Islom   Karimov   tomonidan   asos   solingan
mamlakatimiz uchun butunlay yangi tarmoq  —  avtomobil sanoati sohasida hozir  18
mingdan   ortiq   kishi   ish   bilan   bandligi   alohida   ta’kidlash   o’rinlidir.   Ma’lumotlarga
ko’ra,   «O’zavtosanoat»   kompaniyasi   tizimiga   kiruvchi   korxonalarda   2011   yilning
o’zida   1,4   mingdan   ziyod   yangi   ish   o’rni   yaratilgai.   Investisiya   dasturi   doirasida
mashinasozlarimiz avtomobillar uchun zarur ko’plab detallarni ishlab chiqarishni o’
zlashtirish ustida ish olib
26
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И . А . Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни   ижтимоий -
иқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор   йўналишларига
бағишланган Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   « Барча   режа   ва   дастурларимиз   Ватанимиз
тараққиётини   юксалтириш,   халқимиз   фаровонлигини   оширишга   хизмат   қилади»   мавзусидаги   маърузасини
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. - Тошкент: Иқтисодиёт. - 2011. 39-42 бетлар
27
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012.108-бет
19 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ulushi 2000 yil 2005 yil 2010 yil
YalMda 31,0 38,2 52,5
Sanoatda 12,9 10,0 21,1
Ish bilan band bo’lganlarning umumiy sonida 49,7 64,8 74,3
Eksportda 10,2 6,0 13,6bormoqda. O’tgan yillar davomida bu borada ulkan yutuqlarga erishildi. Bamperlar.
avtoemallar,   germetiklar ,   sanoat   bo’yoqlari,   tutun   chiqargichl ar.   yonilg’i   baqlari,
yoqilg’i   nasoslari,   avtomobil   oynalari   va   o’rindiqdari,   akkumulyatorlar,   elektr
o’tkazgichlar   uchun   jgutlar,   avtomobil   salonining   ichki   qoplash   qismlari,   tashqi
yoritish   vositalari,   yonilg’i   moyi   va   havo   filtrlari,   kapsulalangan   oynalar,
generatorlar   va   kompressorlar,   g’   ildirak   disklari   va   shassi   uzellari   ishlab
chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.
Mamdakatimizda   tarkibiy   qayta   qurish,   mulk   munosabatlarini
takomillashtirish   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   mexanizmlari
orqali   amalga   oshirildi.   Bu   ko’p   ukladli   aralash   ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor
iqtisodiyotini   shakllantirishning   muhim   shartlaridan   biridir.   Kichik   biznes   va
xususiy   tadbirkorlik   iqtisodiy   yuksalishning   muhim   omillaridan   biriga   aylandi.
Statistik   ma’   lumotlarga   ko’ra   2010   yilda   mamlakatimiz   aholisining   har   ming
nafariga   15,2   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlik   subyekti   to’g’ri   kelgan.   Bu
ko’rsatkich  Moldovada   - 12,3,   Qozog’istonda   - 6,9,   Rossiyada   - 11,3,   Ukrainada   -
7,5,   Belarusda   - 7,3,   Ozarbayjonda   - 1,6   tani tashkil etdi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning   rivojlanish   sur’atlari,   milliy   iqtisodiyotimizdagi   muhim   o’rni   va
salmog’i naqadar tez usayotganligini quyidagi 2-jadvaldan ham bilsa bo’ladi. 28 29
2-jadval
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi 29
  (%
hisobida)
Mamlakatimizda   o’tgan   20   yil   ichida   tashqi   savdo   aylanmasi   805,6   million
AQSh dollaridan  21,8  milliard dollarga, ya’ni  27,1  barobar o’sdi. Jumladan, eksport
hajmi   442,7   million   dollardan   13,1   milliard   dollarga,   yoki   29,5,   import   362,9
million   dollardan   8,8   milliard   dollarga   yoki   24,2   barobar   ko’paydi.   Ayni   paytda
tashqi savdoning ijobiy saldosi  79,8  million dollardan  4,2  milliard dollarga, ya’ni  53
barobar   ortdi.   Bu   oltin-valyuta   zaxiralarimizning   muttasil   o’sishi   va   milliy
valyutamiz barqarorligini
28
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И . А . Каримовнинг   2012   йилда   мамлакатимизни   ижтимоий -
иқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013   йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор   йўналишларига
бағишланган Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   « Барча   режа   ва   дастурларимиз   Ватанимиз
тараққиётини   юксалтириш,   халқимиз   фаровонлигини   оширишга   хизмат   қилади»   мавзусидаги   маърузасини
ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа. - Тошкент: Иқтисодиёт. - 2011. 46-49 бетлар
29
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012.110-бет
20 1990 yil 2000 yil 2010 yil
Tashqi savdo aylanmasi, million AQSh 
dollarida 805,6 6212,1 21842.2
Eksport, million doll. 442,7 3264,7 13044,5
Import, million doll. 362,9 1247,4 8799,7
Saldo (+, -) million doll. 79,8 317,3 4244,8ta’minlashga ham xizmat qilmoqda. Eksport va importning tarkibi keskin o’zgardi.
Mustakillikkacha   O’zbekiston   chetga   xom   ashyo   chiqaradigan   va   tayyor
mahsulotlar,   asosan,   iste’mol   mollarini   olib   keladigan   mamlakatdan   bugun   qo’
shimcha   qiymat   yuqori   bo’lgan   tayyor   mahsulotlarni   tobora   ko’p   va   keng   eksport
qilayotgan,   ishlab   chiqarishni   texnik   va   texnologik   modernizasiya   kilishga
muljallangan   texnika   va   asbob-uskunalarni   import   qiladigan   mamlakatga   aylandi.
Mashina   va   uskunalarning   import   tarkibidagi   ulushi   izchil   o’smokda:   1990   yilda
12,1  foizni tashkil qilgan bo’lsa,  201 0  yilda  44,1  foizgacha yetdi.
Eksportning   tarkibi   diversifikasiya   qilinishi   natijasida   paxta   tolasi   ulushi
jiddiy   kamaydi.   Uning   eksportdagi   ulushi   1990   yilda   59,7   foizni   tashkil   etgan
bo’lsa,   2010   yilda   11,3   foizdan   oshmadi.   Oziq-ovqat   mahsulotlari   importa   o’tgan
davr mobaynida  48,9  foizdan  10,9  foizga tushdi. 30
Tashqi savdo geografiyasi ham diversifikasiyalashdi. Ilgari, birinchi navbatda,
sobiq   ittifoq   tarkibidagi   respublikalar   va   sosialistik   lagerga   kiruvchi   mamlakatlar,
sosialistik   yo’nalishni   tanlagan   davlatlar   bilan   tovar   ayirboshlash   va   savdo-sotiq
amalga oshirilishi shart bo’ lgan.
O’zbekistonda tashqi savdo aylanmasining usishi 31
3-jadval
Bu   ham   mavjud   xukmron   mafkura   va   siyosatning   amaldagi   ifodasi   edi,
albatta.   Xalqimiz   mustaqillikka   erishganidan   keyin   tashqi   savdo   doirasi   keskin
kengaydi va uning tarkibida uzoq xorij mamlakatlari soni orta boshladi. Agar   1990
yilda   tashqi   savdo   aylanmasida   uzoq   xorij   mamlakatlari   ulushi   39,9   foizni   tashkil
etgan bo’lsa,  2010  yilda bu raqam  56,9  foizga yetdi. Eksportda ularning hissasi  37,7
foizdan  54,8  foizga, importda  42,6  foizdan  59,9  foizga yetdi.
Haqiqiy   bozor   munosabatlari   xar   qanday   mafkuraviy   va   siyosiy   qoliplardan
xoli   va   ustun   bo’lishi   kerak   shundagina   barqaror   iqtisodiy   o’   sishga   yo’l   ochiladi.
Bu tamoyil davlatimiz rahbari tomonidan shuning
30
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И . А . Каримовнинг   2011   йилнинг   асосий   якунлари   ва   2012   йилда
Ўзбекистонни   ижтимоий-иқтисодий   ривожлантиришнинг   устувор   йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон
Республикасининг   Вазирлар   Маҳкамасининг  мажлисидаги  «2012  йил   Ватанимиз   тараққиётини  янги   босқичга
кўтарадиган   йил   бўлади»  мавзусидаги   маърузасини   ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: «O'qituvchi»  НМИУ ,
2012. 36- бет
31
Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели .  Т .:2012.111- бет
21 uchun ham bozor munosabatlariga o’tishning muhim shartlaridan biri sifatida ilgari
surildi.
4. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-
tadbirlar
O’zbekistonda   bozor   munosabatlariga   o’tishda   davlat   bosh   islohotchi,
iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi.
«Bozor   munosabatlariga   o’tish   davrida   davlat   bosh   islohotchi   bo’lishi.
iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib,
uni   izchillik   bilan   amalga   oshirishi   zarur» 32
,   -   deb   ta’kidlaydi   O’zbekistan
Prezidenti Islom Karimov.
Nima   uchun   bu   o’ta   mas’uliyatli   tarixiy   vazifa   aynan   davlatning   zimmasiga
yuklatildi?   Chunki   mustaqil   milliy   iqtisodiyotni   barpo   etish   va   ayni   paytda   bozor
munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq
kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir
xil,   boshlang’ich   darajada   bo’lgan.   Bozor   islohotlarining   takdirini,   ayrim
davlatlarda   bo’lgani   kabi,   davlat   korporasiyalari   qo’liga   topshirib   qo’yib   ham
bo’lmasdi.
Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga
o’tishning   «shok   terapiyasidan»   farqli   o’laroq,   bosqisma-bosqich   amalga
oshiriladigan   ijtimoiy   yo’naltirilgan   modeli   tanlandi.   Bunday   sharoitda   aholining,
ayniqsa  uning kam  ta’minlangan  qismi  manfaatlarini   qayta  taqsimlash  mexanizmi
orqali   faqat   davlatgina   himoya   qila   olishi   mumkin.   Shu   bois   davlatning   kuch-
qudratidan,   boy   imkoniyatlaridan   foydalanmaslik   keyinchalik   to’g’rilab   bo’lmas
xatolarga   olib   kelishi   tayin   edi.   Prezidentimiz   tomonidan   ushbu   yo’l   yagona   va
to’g’ri   yo’l   deb   tanlandi.   Davlat   bizda   azaldan   qudratli   kuch,   boshqarish   vositasi
bo’lib kelgan. Islohotlardan oldin barcha mulk obyektlarining  90  foizdan ziyodrog’i
davlat   tasarrufida   edi.   Qayd   etish   lozimki,   barcha   mamlakatlarda   iqtisodiyotning
samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari  va tarkibiy tuzilmalarining
o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi boshqara oladigan
tizim, munosabatlar silsilasi. Bunday sharoitda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
yoki iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi  qanday nisbatda,  darajada
bo’lishi   kerak?   Buning   aniq  bir   mezoni   yoki   ko’rsatkichi   bormi?   Bu   -   juda  nozik
masala.
O’tgan   asr   davomida   jahon   iqtisodiyoti   rivojlanishining   turli   bosqichlarida
ba’zan   bozor   qonuniyatlari,   ba’zan   iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   tartibga   solish
usullari   ustuvorlik   qilib   keldi.   1940-70   yillarda   iqtisodiy   jarayonlarbii   boshqarish
va   tartibga   solishda   davlatning   rolini   kuchaytirish   konsepsiyasi   ustunlik   qilgan
bo’lsa,   1980-90-yillarda   iqtisodiyotni   bozor   tomonidan   tartibga   solishning
cheklanmagan   imkoniyatlari   konsepsiyasini   ilgari   suruvchi   monetarizm   va   neo-
liberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi.
4-jadval
Iqtisodiyotda nodavlat sektori 33
 (% hisobida)
::
'  Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т.,  «Ўзбекистон»,  1996,  309-бет.
33
  Статистик  тўплам, Т., “Ўзбекистон, 2011,  64-бет”
22 1995 yil 2000 yil 2010 yil
YalM 58.4 72,6 81,7
Sanoat 49,1 63,9 91,0
Qishloq xo’jaligi 97,6 99,1 99,9
Qurilish 62,1 81,2 89,6
Transport 13,9 30,7 56,0
Aloqa x 82,4 96,1
Chakana savdo aylanmasi 91,7 96,8 99,9
Pullik xizmat 34,6 57,1 81,7
Tashqi savdo x 70,4 79,4
Bandlik 69,0 75,9 79,1
Iqtisodiy   adabiyotlarda   Yevropaning   yetakchi   mamlakatlari   hisoblanadigan
Fransiya   va   Germaniyada   davlatning   iqtisodiyotga   aralashuv   darajasi   48   foiz,
«superkommunistik» Skandinaviya mamlakatlarida  54-55  foiz deb ko’rsatiladi.
Bu  ko’rsatkichlar   bozor  mukammal,  o’zini  o’zi   tartibga  solib   turuvchi  tizim,
davlatning   unga   aralashuvi   iloji   boricha   past   darajada   bo’lishi   kerak   deb
hisoblaydigan   klassik   bozor   iqtisodiyotini   ma’qul   ko’radigan   Shimoliy   Amerika
modeli   ko’rsatkichidan   ancha   yuqoridir.   4-jadvaldan   ko’rinib   turibdiki,
O’zbekistonda   davlatning   iqtisodiyotning   barcha   sohalaridagi   ulushi   va   aralashuvi
muttasil kamayib bormoqda.
2010   yilda   mamlakatimizda   davlat   sektorining   ulushi   yalpi   ichki   mahsulot
ishlab chiqarishda   18,3   foiz, sanoatda   9,0,   qishloq xo’jaligida   0,1,   ko’rilishda   10,4,
transportda   44,0,   aloqada   3,9,   chakana   savdo   aylanmasida   0,1,   pullik   xizmat
ko’rsatishda   20,6,   tashqi   savdoda   8,3   va   bandlikda   20,9   foizni   tashkil   etdi.   Bu
raqamlar davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi o’rnini to’liq ko’rsata oladimi? Yo’q,
albatta. Iqtisodiyotdagi davlat sektoridagidan hayotimizdagi davlatning urni va roli
ancha katta va rang-barangdir.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlat iqtisodiyotni
tartibga   solish,   qayta   taqsimlash   mexanizmi   orqali   aholi   manfaatlarini   himoya
qilishi, iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslarini, bozor  shart-sharoitlarini  yaratishi,
iqtisodiy   erkinlik   va   tenglikni   kafolatlashi,   bozor   institutlarini   shakllantirishi,
tadbirkorlik   tizimlarini   qaror   toptirish   va   rivojlantirishga   ko’maklashishi,   raqobat
muhitini vujudga keltirishi, tarkibiy qayta ko’rishlarni amalga oshirishi zarur. Bunda
davlat tartibga solishning moliya, kredit, soliq, valyuta siyosati, narx-navoni nazorat
qilish   vositalaridan   keng   foydalanadi.   Davlat   yirik   dastur   va   loyihalarni
moliyalashtiradi, chet el investisiyalarini kiritishga kafolat bo’ladi.
O’tish   davrida   davlatning   iqtisodiyotni   tartibga   solish   roli   nafaqat   davlat
sektori,   balki   xususiy   sektorga   nisbatan   ham   muntazam   kuchayib   bordi.
Iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   tartibga   solish   davlat   institutlari   tomonidan   amalga
oshiriladigan  va  mamlakatni  barqaror  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini  ta’minlashga
qaratilgan   qonunchiliq   ijroiya   va   nazorat   harakteriga   ega   bo’lgan   chora-tadbirlar
tizimini amalga oshirishdir.
23 Bozor   munosabatlariga   o’tish   jarayonida   iqtisodiyotni   davlat   tomonidan
tartibga solishning ahamiyati shakllangan bozor tartiblaridan ancha ustun bo’ldi. Bu
-   tabiiy.   O’tish   davrida   qabul   kilinadigan   iqtisodiyotga   oid   qonun,   uaror   va
qoidalarning   ko’lami   g’oyat   keng   bo’lib,   ularning   hayotga   tatbiq   etilishi   muhim
ahamiyatga   ega.   Shuningdek,   o’tish   davri   sharoitida   bozor   mexanizmining   hali
to’laqonli   ishga   tushib   keta   olmasligini   ham   nazardan   chetda   qoldirmaslik   lozim.
Ma’muriy   buyruqbozlikka   asoslangan   rejali   iqtisodiyotdan   bozor   iqtisodiyotiga
o’tish   o’z-o’zidan   yuz   bermaydi.   Shuning   uchun   ham,   davlatning   asosiy
vazifalaridan   biri   ushbu   jarayonni   tartibga   solish,   iqtisodiyotning   bir   maromda
faoliyat ko’rsatishini ta’minlash maqsadida bozor infratuzilmasini shakllantirishdir.
Bozor   iqtisodiyotiga   o’tish   davrida   O’zbekistonda   davlat   qo’yidagi   asosiy
iqtisodiy vazifalarni bajardi:
- pul emissiyasi, pul-kredit, soliq va byudjet tizimini tartibga solish;
- fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini.   mulkdorlar   va   xo’jalik   subyektlari
huquqlarini kafolatlash;
- makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
- monopoliyaga   qarshi   chora-tadbirlarni   amalga   oshirish   va   raqobat   muhitini
yaratish;
- ilm-fan va axborot texnologiyalarini rivojlantirish;
- faol tashqi iqtisodiy siyosat yuritish;
- umumdavlat   ahamiyatiga   ega   ishlab   chiqarish,   ijtimoiy   va   ekologik
infratuzilmani rivojlantirish;
- kam ta’minlangan aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tarkibini optimallashtirish;
- mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;
- bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini yaratish;
-ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   strategiyasini   ishlab   chiqish   va   amalga   oshirish   va
hokazolar.
O’zbekistonda   iqtisodiyotni   davlat   tomonidan   tartibga   solish   huquqiy,
ma’muriy   va   iqtisodiy   usullar   bilan   birgalikda   olib   borildi.   Turli   mulk   shaklidagi
korxonalar   va   bozor   institutlarining   (bank,   birja,   aksionerlik   jamiyatlari)   faoliyat
ko’rsatishi   me’yorlarini   ta’minlovchi,   bozor   sharoitiga   mos   yangi   soliq   sug’urta,
aholini   ijtimoiy   himoyalash,   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish,
raqobat   muhitini   yaratish,   kichik   va   xususiy   biznesni   qo’llab-quvvatlash   bo’yicha
qonunlar tizimi yaratildi.
Iqtisodiy faoliyatning alohida sohalarini  boshqarish ta’kikdlash, ruxsat  berish
va   majburiy   chora-tadbirlar   orqali   amalga   oshirildi.   Ma’muriy   yo’l   bilan
monopolist   korxonalar   va   ijtimoiy   ahamiyati   yuqori   mahsulot   narxlari   ustidan
davlat nazorati o’rnatildi. Alohida tovarlar eksport va import kvotalari o’rnatildi
24 yoki   lisenziyalar   belgilandi.   Ijtimoiy   sohalar   va   ekologiya   masalalarida   ham
davlatning ma’muriy usullaridan foydalanildi. 34
Tartibga solishning yaxlit iqtisodiy usullari tizimini yaratish davlatning o’tish
davridagi   eng   muhim   vazifalaridan   biri   hisoblandi.   Shu   maqsadda   davlatning
iqtisodiy   siyosati   (pul-kredit,   moliya-byudjet,   soliq,   valyuta,   bojxona,   narxlar,
amortizasiya   va   boshqalar)   ishlab   chiqildi   va   izchil   amalga   oshirildi.   Shuningdek,
davlat   buyurtmasi,   kvotalar,   lisenziyalar,   byudjetdan   moliyalashtirish,
prognozlashtirish va dasturlar ishlab chiqish kabi tartibga solish vositalaridan keng
foydalanildi.
2008  yilda boshlangan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz Prezidentimiz Islom
Karimov   tomonidan   ilgari   surilgan   davlatning   bosh   islohotchi   bo’lishiga   oid
tamoyil naqadar to’g’riligini va hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi. Global inqiroz
sharoitida   ko’plab   davlatlar   juda   katta   miqdordagi   oltin-valyuta   zaxiralari   va
jamg’armalarini   o’z   moliya-kredit   tizimini   saqlab   qolishga   sarflashga   majbur
bo’ldi.   Shu   yo’l   katta   bankrotliklarning   oldini   oldi,   iqtisodiyotning   arteriyasi
hisoblanadigan bank tizimini xalokatdan ko’tkardi. Birgina AQShning o’zi Federal
zaxira   jamg’armasidan   bir   necha   yuz   milliard   dollardan   iborat   mablag’ni   inqiroz
oqibatlarini   yumshatishga   sarfladi.   2010   yilning   boshida   Shveysariyaning   Davos
shahrida   o’tgan   an’anaviy   xalqaro   iqtisodiy   forumda   davlat   arboblari   va
iqtisodchilar   «davlat   aralashmaganida   hamma   narsa   bir   zumda   barbod   bo’lar   edi»
deb ruy-i rost tan oldilar. Bu gap zamirida global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz "eshik
qoqqan"   murakkab   sharoitda   mamlakatlar   bank-moliya   tizimiga   davlat   yordamga
kelmaganida butun jahon iqtisodiyoti bir zumda inqiroz botqog’iga g’arq bo’lar edi,
degan e’tirof bor 35
.
O’zbekistonda   makroiqtisodiy   barqarorliq   katta   oltin-valyuta   zaxiralarining
mavjudligi,   rivojlanish   jamg’armasi   imkoniyatlari,   tashqi   qarzning   minimumga
tushirilganligi   jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozi   sharoitida   bunday   murakkab
masalarni   o’z   vaqtida   samarali   hal   qilish   imkonini   berdi.   Osiyo   taraqqiyot
bankining   O’zbekistondagi   doimiy   vakolatxonasi   rahbari   Kazuxiko   Xiguchi   haqli
ravishda ta’kidlaganidek, "o’zbek modeli"ning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki,
davlat   boshqaruvi   makro   darajada,   bozor   iqtisodiyotini   shakllantirish   esa   mikro
darajada   amalga   oshirishni   nazarda   tutadi.   O’zbekistonda   izchillik   bilan   amalga
oshirilayotgan   islohotlar   mutanosib   va   barqaror   rivojlanishga,   sanoatni
modernizasiya   qilish   va   texnologik   qayta   jihozlashga   xizmat   qilayotir.
Makroiqtisodiy, tuzilmaviy va institusional o’zgarishlarda, ayniqsa, kichik biznesni
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida ulkan yutuqlar qo’lga kiritilmoqda".
Erkin   raqobat   davrlaridan   farqli   o’laroq,   bugun   zamonaviy   iqtisodiyotda
miqdor  va sifat  o’zgarishlari  yuz berib, faoliyat  ko’rsatish  tizimi  g’oyat  murakkab
va ziddiyatli tus olmoqda. Agar o’tgan asrda monopoliyalar iqtisodiyotda noyob
34
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели .  Т .:2012.119-122  бетлар
35
  И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари // - Т: Ўзбекистон, 2009. 49-бет
25 holat   sifatida   uchragan   bo’lsa,   endilikda   har   bir   bozor,   tarmoqlarning   katta   qismi
monopol korxonalar ta’siriga tushib qolayotir. Transmilliy korporasiyalar bozor va
uniig   segmentlaridan   kattaroq   ulush   olish   maqsadida   keng   tomir   yoymoqda.
Natijada,   iqtisodiyotni   muvozanatga   keltirib   turuvchi   bozor   mexanizmining
to’laqonli faoliyat doirasi toraymoqda. Ikkinchi tomondan, keng aholi qatlamlarini
ijtimoiy   himoyalash,   iqtisodiy   o’sishning   yuqori   sur’atlarini   ta’minlash
vazifalarining ahamiyati ortmoqda.
Mamlakat   iqtisodiy   taraqqiyoti   bilan   bog’liq   shunday   sohalar   borki,   ular
odatda   ulkan   hajmlarda   investisiyalar   kiritishni   talab   qiladi.   Oddiy   tadbirkor   va
korxonalarning   bunga   qurbi   yetmaydi.   Ko’p   hollarda   bu   sohalar   daromad
keltirmaydi   yoki   foydasi   uzoq   vaqtdan   keyin   kelishi   mumkin.   Odatda,   bunday
sohalar,   masalan,   transport,   kommunikasiya,   ekologiya,   energetika   xizmatlaridan
barcha   barobar   foydalanadi.   Davlat   bozor   tizimining   samarali   ishlashiga   yordam
ko’rsatuvchi   muhit   va   poydevor   yaratadi,   iqtisodiyotiing   barcha   ishtirokchilari
uchun   teng   imkoniyatlar   beruvchi   yagona   qoidalarni   joriy   qiladi,   raqobatni
rag’batlantiradi, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshiradi. daromadlarni taqsimlaydi,
keng   aholi   qatlamlarini   ijtimoiy   himoyalash   maqsadida   uni   qayta   taqsimlaydi,
iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlaydi va hokozo.
Davlatning islohotchilik roli va ahamiyati shu bilan tugamaydi. O’zbekistonda
davlat   ijtimoiy   sohadagi   islohotlarga   ham   rahnamolik   qilib   kelmoqda.   Shu
maqsadda davlat byudjetidan ta’lim, sog’likni saqlash, sport, kommunal xizmat va
boshqa   ijtimoiy   sohalarga   sarflanadigan   mablag’lar   hajmi   yildan   yilga
oshirilmoqda.  Ta’lim,  sog’liqni   saqlash,   sport   va  uy-joy  bilan  ta’minlash   sohasida
amalga   oshirilgan   islohotlar   ko’lami   keng   va   samarasi   g’oyat   yuqori.   Ijtimoiy
infratuzilma   barqaror   faoliyat   ko’rsatmokda   va   rivojlanmokda.   2010   yilda
O’zbekistonda   9860   umumta’lim   maktabida   4676,1   ming   o’quvchi,   1539   o’rta
maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarida   1623,1   ming   o’quvchi,   66   oliy   ukuv
yurtida  300  mingdan ziyod talaba tahsil oldi 36
.
1997   yildan   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   izchillik   bilan   va   samarali
amalga   oshirilmoqda.   Dastur   aholining   uzluksiz   ta’lim   olishini,   ta’lim   tizimining
jamiyatda   sodir   bo’layotgan   o’zgarish   va   yangilanishlarini,   iqtisodiyotdagi   yuqori
malakali  kadrlarga  bo’lgan  extiyojlarni   nazarda tutadi.   2004-2010   yillarda  maktab
ta’limini rivojlantirish umummilliy davlat dasturi doirasida maktablarning aksariyat
qismi   qaytadan   qurildi,   ta’mirlandi   va   rekonstruksiya   qilindi,   gaz,   suv   va   aloqa
vositalari bilan ta’minlandi, markazlashgan kanalizasiya tarmoqlariga ulandi.
1998-2010   yillarda   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi   o’quv   muassasalarini
yangidan   qurish   va   rekonstruksiya   qilish   maqsadida   2,5   trillion   so’m   mablag’
sarflandi 37
.
36
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели.  Т.:2012. 126 бет
37
  Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2011   йилнинг   асосий   якунлари   ва   2012   йилда
Ўзбекистонни   ижтимоий-иқтисодий   ривожлантиришнинг   устувор   йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон
Республикасининг Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги «2012 йил Ватанимиз тараққиётини янги босқичга
кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: «O'qituvchi» НМИУ,
2012. 46 бет
26 Har   yili   ta’lim   sohasiga   ajratilayotgan   harajatlar   YaIMning   10-12   foizini
tashkil etmoqda.
1998   yilda sog’liqni  saqlash  tizimini  isloh qilish davlat  dasturi  qabul  qilindi.
Dasturga   muvofiq   mamlakatimizda   butun   tibbiyot   tizimini   tubdan   qayta   qurish,
ko’p   sarf-harajat   talab   etadigan   va   samarali   bo’lmagan   tibbiy   yordamdan   yangi
zamonaviy   ixtisoslashtirilgan   tibbiy   xizmat   turlariga   o’tish   boshlandi.   Sog’liqni
saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida birgina  2010  yilda  2  trillion so’mdan
ziyod   mablag’   sarflandi.   Bu   sohodagi   davlat   siyosatining   asosiy   yo’nalishlaridan
biri   ona   va   bola   salomatligini   muhofaza   qilishdir.   Mamlakatimizda   davlatning
bevosita ishtirokida qudratli farmasevtika sanoati yaratildi.
Qishloq   aholisini   ichimlik   suvi   va   tabiiy   gaz   bilan   ta’minlash   davlat   dasturi
amalga   oshirildi.   O’tgan   davr   mobaynida   davlat   kafolati   bilan   kommunal   soha
rivoji uchun  700  million AQSh dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy
investisiya   va   kreditlar   jalb   etildi.   Umuman   har   yili   davlat   byudjetining   yarmidan
ziyodrog’i   ijtimoiy   sohaga   sarflanmoqda.   Birgina   ta’lim   sohosiga   ajratilayotgan
mablag’lar  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotining   10-12   foizini  tashkil   etmoqda.  Bu
qadar   keng   ko’lamli   harajatlarni   faqat   davlat   kuchi   va   imkoniyatidan   foydalanib
amalga oshirish mumkin, xolos.
Bundan   tashqari   davlat   iqtisodiy   erkinlikni   ta’minlaydi,   iqtisodiy-ijtimoiy   va
institusional   islohotlarni   amalga   oshirishning   strategik   maqsad   va   vazifalarini
belgilaydi,   raqobat   va   tadbirkorlik   tuzilmalarini   shakllantiradi   va   rivojlanishini
qo’llab-quvvatlaydi, tarkibiy qayta qurishlarni amalga oshiradi, ishlab chiqarishning
tarmoq va xududiy nisbatini ta’minlaydi, yagona moliya, kredit, soliq valyuta, narx
siyosatini amalga oshiradi.
Global   moliyaviy   iqtisodiy   inqiroz   davlatning   iqtisodiyotga   aralashuvini
kuchaytirdi.   Bu   sharoitda   davlat   bankrotlik   yoqasiga   kelib   qolgan   korxona   va
xizmat   turlarini   qayta   milliylashtirib,   «tiriltirib»   yana   o’z   tasarrufidan   xususiy
qo’llarga sotish amaliyotini ham qo’lladi. 38
Iqtisodiyotni   modernizasiya   qilish,   ishlab   chiqarishni   diversifikasiyalash
jarayonida   davlatning   o’rni   va   roli   katta.   Modernizasiyalash   ijtimoiy-iqtisodiy
jarayon   bo’lib,   iqtisodiyotning   asosiy   negizini   o’zgartirmasdan   turib,   muttasil
takomillashtirish   bo’yicha   davlat   tomonidan   jahon   taraqqiyotining   zamonaviy
tendensiyalarini   hisobga   olgan   holda   ko’riladigan   chora-tadbirlar   tartibotidir.
Modernizasiyalash   davlatning   investision   va   ijtimoiy   siyosatini   o’zida   ifoda   etib,
soliq   tartibini   takomillashtirishni,   iqtisodiyot   tarkibini   davlat   tomonidan
boshqarishni,   boshqaruv   organlari   vazifalariga   o’zgartirishlar   kiritishni   taqozo
etadi.   Modernizasiyalash   milliy   iqtisodiyotning   xalqaro   raqobatbardoshligini
oshirishga   yo’naltirilgan   iqtisodiyotni   tarkibiy,   institusional,   texnologik
takomillashtirish   jarayoni   sifatida   davlatning   islohotchiligiga   tayanadi.   Davlat
modernizasiyalashning faol subyekti sifatida uning maqsadi, vazifalari, ustuvor
38
  И . А . Каримов   Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон  шароитида   уни   бартараф   этишнинг  
йўллари ва чоралари // - Т: Ўзбекистон, 2009. 63-бет
27 yo’nalishlari,   uni   amalga   oshirish   sur’atlari,   resurslari   va   innovasion   asoslarini
belgilaydi.   Modernizasiya   ilmiy   va   mehnat   sig’imi   yuqori   bo’lgan   texnologiyaga
o’tishni   anglatadi   va   ishlab   chiqarishning   innovasion   yo’nalishini   kuchaytirishga
xizmat qiladi.
5. “O’zbek modeli” va uning jamiyat hayotida tutgan o’rni
O’zbek   modelining   yana   bir   harakterli   tamoyili   qonun   ustuvorligini   yoki
ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotining   huquqiy   asoslarini   ta’minlash   bilan
bog’liqdir. Chunki bozor munosabatlarining o’ziga xos qonun va qoidalari bo’lishi
tabiiy. Xorijda bunday tartib va qoidalar bir necha yuz yillar mobaynida shakllanib,
takomillashib   kelgan.   Ularni   inkor   etish   yoki   mensimaslik   -   xato.   Global
iqtisodiyotga integrasiyalashuv ham aynan shuni  -  ularga rioya etishni talab qiladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Islom   Karimov   ta’kidlaganidek,
«ijtimoiy   yo’naltirilgan   bozor   iqtisodiyotining   qonunchilik   asosini   yaratish   -   bu
faqat   o’tish   davrining   majburiy   shartigina   bo’lib   kolmay,   balki   huquqiy   davlatni
barpo   etishning   o’ziga   xos   xususiyati   hamdir».   Bu   xulosadan   ko’rinib   turibdiki,
bozorga   o’tish   sharoitida   xo’jalik   yuritishning   muayyan   yo’nalishlarini   tartibga
solish   bo’yicha   qabul   qilinadigan   qonunlar   qisqa   muddatga   yoki   tor   sohalar   bilan
cheklanib   qolmasdan,   uzoq   muddatlarga   muljallangan   jamiyat   hayotining   barcha
jihatlarini   huquqiy   ta’minlashga   qaratilgan   bo’lishi   lozim.   Ayni   paytda
Prezidentimiz   qonunlar   xayotiy,   amaliyot   bilan   uzviy   bog’liq   bo’lishi   va   undan
kelib   chiqmog’i,   qonun   xujjatlarining   bevosita   ta’sir   kuchi   shunga   muvofiq
fukarolarning   ham   huquqiy   madaniyati   yuqori   bo’lishi   lozimligini   ta’kidlaydi.
«Qonunning   ustuvorligi   shuni   bildiradiki,   asosiy   ijtimoiy,   eng   avvalo,   iqtisodiy
munosabatlar   faqat   qonun   bilan   tartibga   solinadi,   uning   barcha   katnashchilari   esa
xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo’ladi». 39
O’zbekiston   Respublikasi   Konstitusiyasining   53-moddasida   «Bozor
munosabatlarini   rivojlantirishga   qaratilgan   O’zbekiston   iqtisodiyotining   negizini
xilma-xil   shakldagi   mulk   tashkil   etadi.   Davlat   ...   barcha   mulk   shakllarining   teng
huquqligini   va   huquqiy   jixatdan   bab-barobar   muhofaza   etilishini   kafolatlaydi.
Xususiy   mulk   boshqa   mulk   shakllari   kabi   daxleiz   va   davlat   himoyasidadir» 40
  deb
mustaxkamlab   qo’yilgan.   O’zbekistonda   «Yer,  yer   osti   boyliklari,  suv,   usimlik   va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir». 41
Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirishni   amalga   oshirishni
huquqiy-me’yoriy   jihatdan   ta’minlash   maqsadida   «O’zbekiston   Respublikasida
mulkchilik   to’g’risida»   (1990),   «Davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtrish
to’g’risida»gi  (1991)  O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Maxkamasining
«Mahalliy   sanoat,   aholiga   maishiy   xizmat   ko’rsatish,   davlat   savdo   va   umumiy
ovqatlanish   korxona   va   tashkilotlarini   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va
xususiylashtirishni tashkil etishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori va boshqa
39
  Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т.,  «Ўзбекистон»,  1996, 321-бет
40
  Узбекистон Республикаси Конституцияси. - Т.,  «Ўзбекистон»,  2003, 11-бет.
41
  Ўша  жойда. 12-бет
28 «Tovar   bozorlarida   monopolistik   faoliyatni   cheklash   va   raqobat   to’g’risida»
(1996),   «Iste’molchilar   huquqlarini   himoya   qilish   to’g’risida»   (1996),   «Tabiiy
monopoliyalar to’g’risida»gi   (1997)   qonunlar mamlakatimizda raqobat muhitini ri-
vojlantirish,   bozorlarda   monopolistik   holatlarning   oldini   olishda   huquqiy   asos
bo’lib xizmat qilayotir.
Tadbirkorlik   faoliyatining   qonuniy   asoslarini   yaratish   va   takomillashtirish
maqsadida   1995   yilda   «Kichik   va   xususiy   tadbirkorlikni   rivojlantirishni
rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun qabul qilindi.  1997-1999  yillarda esa «Xo’jalik
yurituvchi subyektlarni davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida», «Tovar ishlab
chiqaruvchilar  va tadbirkorlar  palatalari  to’g’risida», «Tadbirkorlik va tadbirkorlar
faoliyatini   kafolatlash   to’g’risida»gi   qonunlar   qabul   qilindi.   2000   yilda
«Tadbirkorlik   faoliyati   erkinligining   kafolatlari   to’g’risida»gi   qonunning   qabul
qilinishi   ham   tadbirkorlik  faoliyatining  yanada   kengayishi   va  mustahkamlanishida
muhim ahamiyat kasb etdi.
Qonun   ustuvor   bo’lmagan   joyda   korrupsiya   va   boqimandalik,   o’g’irlik
yulg’ichlik   g’aznani   talash,   tayyorga   ayyorlik   kabi   jamiyat   me’yoriy   holatiga   zid
illatlar   tomir   otadi.   Shular   orasida   bir   qarashda   oddiy,   beozor   tuyuladigan
boqimandalikning ham xavfi juda katta.
Boqimandalik,   o’zining   lug’aviy   ma’nosiga   ko’ra,   birovning   qaramog’ida
bo’lish, birovga boqimlik, nonxurlik, qaramlikni bildiradi.
Xo’sh, u qanday va qayerdan paydo bo’ladi?
Haddan   tashqari   markazlashgan   reja   va   qat’iy   taqsimot   hukmron   jamiyatda
boqimandalik uchun iqtisodiy va ijtimoiy sharoit mavjud bo’ladi. Buni sobiq ittifoq
misolida ko’rish mumkin. Chunki, moddiy ne’matlar ularni ishlab chiqarish uchun
sarflangan mehnatga muvofiq emas, sun’iy ravishda taqsimlash vositalari orqali bir
xil, ya’ni hammaga teng bo’linar va iste’mol etilardi. O’tgan  70  yildan ko’prok davr
mobaynida   bunday   kayfiyat   ("Bersang   -   yeyman,   ursang   -   ulaman!")   kishilarning
ongiga   chuqur   singib   ulgurdi.   Shuning   uchun   bunday   kayfiyatdan   qutulish   tez   va
oson   kechmaydi.   Jamiyatni   boqimandalik   kayfiyatidan   batamom   forig’   etish
mulkka   egalik   ko’nikmalarini   to’la   shakllantirish   kabi   muayyan   davr,   targ’ibot-
tushuntirish, uqitish-o’rgatish ishlarini talab qildi.
Albatta,   hyech   bir   jamiyat   boqimandalik   rivoj   topishidan   manfaatdor   emas.
Lekin, shunga qaramay, u turli shakllarda zoxir bo’ladi.
Avvalo,   boqimandalikning   uch   turini   bir-biridan   farqlash   kerak.   Birinchisi,
eng oddiy, maishiy shaklda namoyon bo’ladi. Hyech qayerda ishlamaydigan, hyech
kimga nafi tegmaydigan, birovlar mehnatining natijasini o’zlashtirishni odat qilgan,
boshqalar hisobiga kun o’tkazib yuradiganlar shular jumlasidandir. 42
Boqimandalikning ikkinchi turiga, uning yasama, soxta shakli kiradi. Masalan,
sho’ro   zamonida   «og’alar»ning   boshqa   respublikalar   aholini   boqimandalikda
ayblashi   davlat   siyosati   darajasiga   ko’tarilgan   edi.   Go’yo   milliy   respublikalar
o’zlarini o’zlari boqa olmaydi, shuning uchun milliy byudjet
42
  Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели.  Т.:2012. 133-134 бетлар
29 taqchilligini   to ’ ldirish   maqsadida   umumittifoq   byudjetidan   dotasiya   oladi ,   markaz
boshqa   o ’ lkalar   uchun   donorlik   vazifasini   bajaradi .   Milliy   respublikalar   esa ,
aksincha ,   o ’ zlarini   « umumiy   qozon » ga   ko ’ p   ulush   qo ’ shgan - u ,   ammo
« cho ’ mich » da   qoqilgan   hisoblardi .   Aslida   yagona   xalq   xo ’ jaligi   kompleksi   deb
atalgan   xalqlar   va   milliy   tuzilmalar   konglomeratiga   kim   qancha   bergani - yu ,   undan
qancha   olganini   aniq   aytish   qiyin   edi .   Qizg ’ in   baxslar   natijasi   o ’ laroq   respublika
xo ’ jalik   hisobi   tushunchasi   paydo   bo ’ ldi .  Viloyatlar ,  shaharlar   va   tumanlar   ham   o ’ z
xo ’ jalik   hisobini   tashkil   etishga   kirishib   ketdi .   Biroq   ular   biron-bir   amaliy   natija
bermadi.   Boshqacha   bo’lishi   ham   mumkin   emasdi.   Bu   boradagi   baxs   va
extiroslarga SSSRning barham topishi, milliy respublikalar o’z davlat suverenitetini
o’rnatishi, bozor munosabatlariga o’tish nuqta qo’ydi.
Boqimandalikning   uchinchi   shakli   ancha   uyushgan   va   takomillashgan.   Unga
qarshi samarali ko’rash olib borilmasa, jamiyatga juda katta iqtisodiy va ma’naviy
zarar   yetkazadi.   Odatda   u   davlat,   o’rta   va   quyi   bo’g’inlarda   yaratilgan   moddiy
ne’matlarni,   resurslarni   taqsimlash   jarayonida   sodir   bo’ladi.   To’g’ri,   bozor
iqtisodiyotiga   o’tish   munosabati   bilan   moddiy-texnika   ta’minoti,   fondlarni
taqsimlash,   har   xil   limitlarni   ajratish   kabi   mexanizmlarga   barham   berildi.   Ammo
xali   ham   turli   xil   darajalarda   markazlashgan   pul   resurslarini   shakllantirish   va
ulardan  foydalanish  institutlari  mavjud. Xuddi  ana shu joyda boqimandalik uchun
imkoniyat vujudga kelishi mumkin.
Markazlashgan   pul   resurslarini   shakllantirish   va   undan   foydalanishning   eng
muhim   quroli   davlat   byudjeti   va   maxalliy   byudjetlardir.   Byudjet   daromadlari,
asosan, soliqlardan hosil  bo’ladi. Uning kichik bir qismi bojxona bojlari va resurs
to’lovlari   hisobiga   to’g’ri   keladi.   Bevosita   aholi   daromadlaridan   undiriladigan
soliqlar   hisobiga   ham   davlat   byudjeti   daromadlari   shakllanadi.   Mamlakatimizda
korxona   daromadlari   va   aholi   daromadlaridan   bevosita   undiriladigan   soliqlar
sezilarli   darajada   o’sganligiga   qaramasdan,   ularning   yalpi   ulushi   byudjet
daromadlarining   40   foizga yaqinini tashkil etadi, xolos. Bilvosita soliqlar  (asosan,
aksiz   va   qo’shimcha   qiymat   soliqlari)   miqdori   biroz   pasaygan   bo’lsada,   byudjet
daromadlarida ularning hissasi baland  -  qariyb  50  foizga teng.
Davlat   o’zi   beradigan   ayrim   xizmatlarga   haq   to’lash,   iqtisodiyotda   harajallar
darajasini   nazorat   qilish,   daromadlarni   taqsimlashdagi   tengsizlikni   bartaraf   etish,
mamlakat sanoatini chet ellik raqobatchilardan himoyalash va boshqa maqsadlarda
soliq undiriladi. Agar davlat u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishni (tamaki,
aroq) kamaytirishni xoxlasa, unga ko’proq soliq belgilaydi.
Iqtisodiyotni   moliyalashtirishga   ketadigan   byudjet   harajatlari   hissasi   barcha
byudjet   harajatlarining   50   foizdan   ziyodrog’ini   tashkil   etmoqda.   Byudjet
harajatlarida ijtimoiy-madaniy tadbirlarning ulushi  - 45,3  foiz.
30 31XULOSA
Ushbu   malakaviy   bitiruv   ishi   orqali   xalqimiz   mustaqillik   yillarida   erishgan
barcha   yutuq   va   muvaffaqiyatlar,   avvalambor,   davlatimiz   rahbari   Islom   Karimov
rahnamoligida   mamlakatimiz   iqtisodiyotini   isloh   etish,   erkinlashtirish   va
modernizasiya   qilish,   uning   tarkibiy   tuzilishini   diversifikasiya   qilish   borasida   o’z
vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoq istiqbolga mo’ljallangan
oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir.
Xalqimiz   istiqlol   yillarida   erishgan   yutuqlar   va   marralardan   har   qancha
faxrlansak, yurtimizda mustahkam qaror topgan tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik
sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o’tgan asrning   90-   yillarida sobiq
sho’ro   saltanatidan   qolgan   ayanchli   meros   -   biryoqlama   rivojlangan,   faqat   xom
ashyo   yetkazib   berish-u,   paxta   yakkahokimligiga   asoslangan   iqtisodiyotimiz
naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va bedodlikdan xalqimizning
sabr-kosasi   to’lib,   yurtimiz   jar   yokasiga,   portlash   holatiga   yetib   borganini   aslo
unutib   bo’lmaydi.   Ana   shunday   taraqqiyot   yo’lining   chekkasida   qolgan
mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan umidini uzgan xalqni
o’ta   murakkab   vaziyatdan   izchil   va   barqaror   rivojlanish   yo’liga   olib   chiqishning
o’zi bo’lgani yo’q albatta.
Ana   shunday   murakkab   va   qaltis   sharoitda   yurtning   boshiga,   uzoq   va   yaqin
tariximizda   bo’lgani   kabi,   irodasi   sust   va   jur’atsiz   bir   rahbar   kelib   qolganida
nimalar   bo’lishi   mumkinligini   tasavvur   qilishning   o’zi   dahshatli.   Unday   holatda
xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi?
Toley   baland   xalq   ekanmizki,   Yaratgan   peshonamizga   uzoqni   ko’ra   biladigan,
mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi!
Mustaqil  Vatanimiz o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga
boyligi   bilan   asrlarga   teng   yangi   tarixi   davomida   o’z   vaqtida   tanlangan,   har
tomonlama   o’zini   oqlagan,   to’g’riligini   hayotning   o’zi   isbotlagan,   jahonda
taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan
o’zining   buyuk   kelajagi   sari   qatiyat   bilan   bormoqda.   Bugun   bu   modelning   o’ziga
xos   va   o’ziga   mos   jihatlarini,   berayotgan   samaralari   ko’plab   mamlakatlarda
o’rganilmoqda,   xalqaro   ekspertlar,   olimlar   va   siyosatchilarda   katta   qiziqish
uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda.
Prezidentimiz   Islom   Karimov   rahnamoligida   xalqimiz   tanlagan   yo’l   -
iqtisodiyotning   mafkuradan   xoliligi,   siyosatdan   ustunligiga   asoslangan   pragmatik
iqtisodiy   siyosat,   davlatning   bosh   islohatchilik   vazifasini   o’z   zimmasiga   olishi,
jamiyat   hayotida   qonun   ustuvorligini   ta’minlash,   kuchli   ijtimoiy   siyosat   yuritish,
islohotlarni   bosqichma-bosqich   amalga   oshirishni   ko’zda   tutadigan   mashhur   besh
tamoyil   negizida   ishlab   chiqilgan   taraqqiyotning   «o’zbek   modeli»   samarasida
milliy   davlatchiligimizning   mustahkam   tamal   toshi   qo’yildi,   mamlakatimiz   izchil
va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdi. Bu yo’lning hayotbaxsh samaralari   -   ozod va
obod   Vatanimizning   go’zal   va   betakror   qiyofasi,   shahru   qishloqlarimiz   jamoli,
xalkimiz farovonligida asrlar davomida namoyon bo’laveradi! 50 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ўзбекистон  Республикаси Конституцияси. - Т.,  «Ўзбекистон»,  2011.
2. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   -   бозор   муносабатларига   ўтишнинг   ўзига   хос
йўли- Т.: Ўзбекистон, 1993.
3. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   иқтисодий   ислоҳотларни   чуқурлаштириш
йўлида. -Т., «Ўзбекистон», 1995.
4. И.А.Каримов   Мамлакатимизда   демократик   ислоҳотларни   янада
чуқурлаштириш   ва   фуқаролик   жамиятини   ривожлантириш   концепцияси:
Ўзбекистон   Республикаси   Олий   Мажлиси   Қонунчилик   палатаси   ва
Сенатининг   қўшма   мажлисидаги   маъруза.   2010   йил   12   ноябрь.   -   Тошкент:
«Ўзбекистон», 2010.
5. Ислом   Каримов,   Ўзбекистон   мустақилликка   эришиш   остонасида.   -   Т.:
"Ўзбекистон". 2011.
6. Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек  модели.  Т.:2012.
7. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2011   йилнинг
асосий   якунлари   ва   2012   йилда   Ўзбекистонни   ижтимоий-иқтисодий
ривожлантиришнинг   устувор   йўналишларига   бағишланган   Ўзбекистон
Республикасининг   Вазирлар   Маҳкамасининг   мажлисидаги   «2012   йил
Ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади» мавзусидаги
маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма.-Т.: «O'qituvchi» НМИУ, 2012.
8. Ўзбекистон   Республикаси   Президенти   И.А.Каримовнинг   2012   йилда
мамлакатимизни   ижтимоий-иқтисодий   ривожлантириш   якунлари   ва   2013
йилга   мўлжалланган   энг   муҳим   устувор   йўналишларига   бағишланган
Ўзбекистон   Республикаси   Вазирлар   Маҳкамасидаги   «Барча   режа   ва
дастурларимиз   Ватанимиз   тараққиётини   юксалтириш,   халқимиз
фаровонлигини оширишга хизмат қилади» мавзусидаги маърузасини ўрганиш
бўйича Ўқув-услубий мажмуа. - Тошкент: Иқтисодиёт. - 2011.
32

“O’ZBEK MODELI” VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI Reja: KIRISH Asosiy qism: 1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar 2. O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi 3. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishdagi yutuqlari 4. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar 5. “O’zbek modeli” va uning jamiyat hayotida tutgan o’rni XULOSA. ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH Ma’lumki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda “o’zbek modeli” degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. 1 Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib bormoqda. 1 2 Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda. Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 2010 йил 12 ноябрдаги қўшма мажлисидаги “Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси” мавзусидаги маърузаси. -Т., 2010., 4-бет. 2 Н.Тўхлиев. Тараққиётнинг ўзбек модели. - Т.:2012. 4-бет. 3

o ’ z navbatida xalqimizning irodasi , kuch - qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga , davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir . 3 "O’zbek modeli" tushunchasining hayotimizga shiddat bilan kirib kelganiga bu yil roppa-rosa 22 yil to’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta Islom Karimov dastlab 1992 yilda chop etilgan "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida o’zbek modelining mohiyati va shakl-shamoyillari hamda tamoyillarini belgilab bergan edi. Keyinchalik bu g’oya davlatimiz rahbarining 1993 yildagi "O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" kitobida, "Komsomolskaya pravda" gazetasi muxbiri savollariga bergan javobida, ijtimoiy- iqtisodiy sohadagi asarlari, nutq va maqolalarida yanada rivojlantirildi. 22 yil tarix uchun katta muddat emas. Lekin ana shu nisbatan qisqa davr mobaynida bu tushuncha shunchaki oddiy g’oya emas, balki ulkan hayotbaxsh kuch ekanligini to’la namoyon etdi. O’zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Birinchi sinov - o’tgan asrning 90-yillarini o’z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan o’tish davri edi. Hali o’tish davri davom etayotgan pallada O’zbekiston postsovet maydonida birinchi bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko’rsatkichlardan o’zib ketdi. Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviy- iqtisodiy inqiroz bo’ldi. Taraqqiyotning o’zbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi 10 mamlakat qatorida iktisodiy o’ sishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam bo’ lmagan) sur’atlarini ta’minladi. Yulboshchimizning shu munosabat bilan chop etilgan “Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O’zbekistan sharoitida uni bartaraf etishning yo’ llari va choradari” asarida hamda mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida O’ zbekistan iqtisodiyotining inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo’ shilgan katta hissa edi. 4 “Shuni doimo yo dda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda to’ xtab turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayotgan tub o’zgarishlar jarayonidagi o’z o’rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat qozona oladi” 5 , -deb ta’kidlandi Prezidentimiz tomonidan. 3 Ислом Каримов, Асарлар, 17-жилд. - Т.: “Ўзбекистан”. 2011. 223- бет 4 И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари // - Т: Ўзбекистон, 2009. 16-бет 5 Ислом Каримов, Асарлар, 19-жилд. - Т.: “Ўзбекистан”. 2011. 333-334- бетлар 4

Ishni bajarishda Prezidentimiz I.A.Karimovning tanlangan asarlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” (Toshkent., 2010), “Tarixiy xotira va inson omili - buyuk kelajagimizning garovidir” (Toshkent.,2012), —Buyuk va muqaddassan, mustaqil vatan”(Toshkent., 2011), «Qadr qimmatim, tayanchim va iftixorimsan mustaqil O’zbekiston» (Toshkent., 2013) nomli risolalari, shuningdek, Prezidentimiz I.A.Karimovning —O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida” (Toshkent., 2011), N.To’xliyevning — Taraqqiyotning o’zbek modeli” (Toshkent.,2012) va davriy matbuot nashrlaridagi ma’lumotlar asosida yoritib berildi. 1. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani bilan boqliqdir. Istiqlolimiz sharofati bilan iqtisodiyotimizga bozor munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmun- mohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning 5

bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi turardi. Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan. Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da, eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi 6 . Sobiq SSSRda ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o’tkazilganini ta’kidlash lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o’tkazilgan xo’jalik yuritish mexanizmlarini takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar shular jumlasidandir. Lekin, iqtisodiy rivojlanishda burilish yasash maqsadida amalga oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi ham mumkin emasdi. Chunki, islohotlarni amalga oshirishda shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shov- shuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni, jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi. Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv xo’jalik yuritish mexanizmining mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo, mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganida, ishsizlik darajasining o’sishida, pul- kredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 yilda sobiq ittifoq yalpi milliy mahsuloti 1989 yildagiga nisbatai 2 foiz, ishlab chiqarilgan milliy daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi. 6 Н.Тўхлиев Тараққиётнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар. 6