AMIR TEMUR DAVLATIDAGI MA’MURIY VA HARBIY DAVLAT BOSHQARUVINI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
![AMIR TEMUR DAVLATIDAGI MA’MURIY VA HARBIY DAVLAT
BOSHQARUVINI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
MUNDARIJA
KIRISH .................................................................................................................................... 3
I BOB. AMIR TEMUR DAVRI DAVLAT BOSHQARUV ASOSLARI ........................................ 9
1.1 Amir Temur davri ijtimoiy tizimi. ........................................................................................................ 9
1.2 Amir Temur va temuriylar davri ma’muriy tizimi. Qurultoylar. ....................................................... 14
1.3 Amir Temur davri markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi, asosiy mansab va unvonlar. ....... 20
II BOB. AMIR TEMUR DAVLATINING MUDOFAA HARBIY VA SUD -HUQUQ TIZIMI. .. 44
2.1. Amir Temur davlatining mudofaa va harbiy tizimi. ......................................................................... 44
2.2 Amir Temur davlatining sud -huquq tizimi. ...................................................................................... 51
III BOB. AMIR TEMUR AMIR TEMUR DAVLATINING TASHQI SIYOSATI VA
DIPLAMATIYASI. ................................................................................................................. 60
3.1 Amir Temur davri diplamatiyasini o‘ziga xos hususiyatlari. .............................................................. 60
3.2 Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari. ........................................................................ 65
XULOSA ............................................................................................................................... 85
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ................................................................. 91](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_1.png)
![KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning
dolzarbligi; Mustaqillik milliy o‘zligimizni anglash imkoniyatini yaratdi. Istiqlol
yillarida o‘tmishda unutilib ketgan urf-odatlar, o‘zbekka xos an’analar qaytadan
tiklanib, milliy tariximizning nomalum sahifalari tadqiq etilmoqda.
Yurtimizda shakllangan va turli bosqichlarda katta taraqqiyot yo‘lini bosib
o‘tgan milliy davlatchilik tariximiz o‘zbek xalqining siyosiy tarixi bo‘lib, ular
o‘zbek millatining kuch-qudrati, erki, ozodligi, g‘ururi timsoli hisoblanadi.
- Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Dovon, Kushon, Turk xoqonligi,
temuriylar kabi davlatlar ana shunday davlatlardan edi. Bu davrlarda o‘ziga xos
boshqaruv asoslari - davlatchilik ta’limotlari yaratilgan. Ushbu davlatlarning
taraqqiyotiga turtki bergan omillarni tadqiq etish va amaliyotda ulardan keng
foydalanishni yo‘lga qo‘yish bugungi kundagi davlat boshqaruv asoslarimizning
mustahkamlanishiga xizmat kiladi.
Milliy tariximizda buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur va uning
davlatchilik tarixi alohida o‘rin tutadi. Afsuski, sovet davrida Amir Temur
faoliyatini xolisona o‘rganishga katta to‘siqlar qo‘yildi va uning nomiga tuhmatu
dashnomlar otildi.
Sovet davrida Amir Temurga otilgan tuhmatlar mustaqillik davrida barham
topdi, uning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi katta xizmatlari munosib
baholandi. Bevosita bu ulug‘ zotning xizmatlarining etirof etilishida O’zbekiston
Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning katta o‘rni bor. Birinchi
prezidentimizning tashabbusi bilan 1994-yil 29-dekabrda «Amir Temur
tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi hukumat qarori, 1995-yil 26-
dekabrdagi «1996-yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to‘g‘risida'»gi, 1996-yil
martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil etish va «Amir Temur»
ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonlari chiqdi. YUNESKO xalqaro tashkiloti
dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini, tarixdagi buyuk xizmatlarini inobatga
olib Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul
3](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_2.png)
![qildi 1
. 1996-yil Amir Temur yili deb elon qilindi va bu tarixiy voqea dunyo
miqyosida keng nishonlandi.
Tadqiqot obyekti va predmeti; Markaziy Osiyoning Amir Temur
davlatidagi ma’muriy va harbiy davlat boshqaruvidagi davlatlar, Temuriylar davri
tarixiy geografiyasiga oid ma’lumotlar usha davrda yozilgan tarixiy-geografik,
tarixiy va boshka asarlar, xujjatlar, taqrizlar, malumotlar, insho-yozishmalar
kabilardan o‘rin olgan.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari; Markaziy Osiyoning o‘rta asrlar davri
ijtimoiy-madaniy hayotida Amir Temur davlatidagi ma’muriy va harbiy davlat
boshqaruvini o’ziga hos hususiyatlari, temuriylar davri ta’lim tizimi xususiyatlarini
ochib berishdan iborat.
Ilmiy yangiligi; “Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi”
mavzusi hali tadqiqotchilar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi darajasida
bajarilmaganligi uning ilmiy yangiligiga dalildir.
Birinchidan, biz tomonimizdan tanlangan mavzuga tegishli bazi masalalar
avval tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o‘rganilgan, ammo ularning
hech qaysisida bu sohalarning davlatchilik taraqqiyotiga tasiri va u bilan
chambarchas bog‘liqligi, ularning bu davrda yaratilgan davlatchilik talimotining
muhim nazariy konsepsiyasi ekanligi tahlil etilmagan edi.
Shuningdek bu tadqiqotda Amir Temur davlat boshqaruvining asosiy
sohalariga etibor qaratilib, bu sohalarning davlatchilik asoslarini yaratishga
ko‘rsatgan tasiri tahlil etiladi.
Ikkinchidan, Amir Temurning o‘rta asr boshqaruv ananalariga asoslangan
holda davlatni boshqargani, ammo o‘z davridagi forsiy-arabiy, turkiy-chingiziy
ananalardan davlatni boshqarishda foydalangani, ular o‘rtasidagi muvofiqlikni
topgani va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar haqida tahlillar berishga intildik.
Tadqiqotimizda jamiyatda siyosiy ong va manaviyatni yo‘naltirishga
qaratilgan tadbirlarni ilk bora tahlil etdik. Shuningdek ilm -fan taraqqiyotiga turtki
bergan omillarni, jumladan, yagona, yirik qonunchilikka asoslangan saltanatda ilm
1
UNESCO: Resolutions twentyeighteen session ofthe general Conference.-Vol.I. - Paris, 1996. - P.89.
4](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_3.png)
![fan. taraqqiyotiga katta zamin yaratilgani, Amir Temurning ushbu sohaga davlat
siyosati darajasida yondashganligi, natijada ilm-fan integratsiyasi yuzaga
kelganligi haqida fikrlar berib o‘tdik.
Uchinchidan bu tadqiqotda birinchi marta ijtimoiy tizim va uning
davlatchilikning muhim bo‘g‘ini ekanligi tahlil etilgan. Mazkur ishda davlat
boshqaruvida ijtimoiy sohaning o‘rni, ijtimoiy sohaning davlat boshqaruvi va
qonunchilik bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etganligi, xodimlarni tanlash siyosati,
ijtimoiy himoya, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida Amir Temur davrida
pul va natura shaklida kredit tizimi yaratilgani, soliqlar xam aynan ijtimoiy
ximoyaga yo‘naltirilgan holda tashkil etilganligi tahlil etildi.
To‘rtinchidan birinchi marotaba bu davr davlatchilik taraqqiyotida
davlat rahbarining o‘rnini Amir Temur misolida ochib berishga intildik.
Beshinchidan, ilk bor avvalgi tadqiqotlardan farqli ravishda qurultoylarning
davlatchilikda tutgan o‘rni va ta’sirini tahlil etdik.
Oltinchidan, Amir Temur markaziy va mahalliy davlat boshqaruv idoralari,
ularning o‘zaro aloqadorligi, bir-biriga bo‘ysunishi va chambarchas bog‘liqligi, bu
davlat boshqaruv mexanizmining davlatchilikka ta’sirini ilk bor o‘rgandik, avvalgi
tadqiqotlarga tayangan holda bu mavzuni yangi ma’lumotlar bilan boyitdik.
Yettinchidan, Amir Temur davridagi mansab va unvonlar ularning
davlatchilikka ta’siri tahlil etilgan;
Sakkizinchidan, birinchi bor davlatni ichki va tashqi xavflardan ximoya
qilishga mo‘ljallangan mudofaa siyosati va uning barqaror davlat qurishga ta’siri
tahlil etildi. Harbiy soxadagi o‘n ikki pog‘onali amirlik darajalari, harbiylarni
mukofotlash va harbiy tizimning boshqa jihatlari olimlar tomonidan o‘rganilgan
bo‘lsa-da, bizning ishimizda ulardan farqli o‘laroq harbiy sohaning davlatchilikni
mustaxkamlashga ko‘rsatgan ta’siri tahlil etilgan, shuningdek sud-xuquq
tizimining Amir Temur davlatining majburlov funksiyasini bajarishdagi o‘rni
ochib berilgan.
To‘qqizinchidan, dissertatsiyadagi “Amir Temur davri tashqi siyosati va
5](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_4.png)
![diplomatiyasi” mavzui ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilganligiga qaramay hali
diplomatiya va tashqi siyosatning davlat boshqaruv asoslarini yaratishga
ko‘rsatgan tasiri ochib berilmagan edi. Avvalgi tadqiqotlardan bizning
tadqiqotimizning farqi ham shundadir.
takrorlanishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois o‘rganilish darajasiga
tegishli bo‘lgan bazi malumotlarni asosiy boblarni yoritishda va adabiyotlar
ro‘yxatida keltirdik.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; Amir Temur butun
bashariyat tarixida katta iz qoldirgan davlat arbobidir. U o‘z faoliyati davomida
yurtimiz va dunyo xalklari obodligi uchun quyidagi murakkab va masuliyatli
vazifalarni ado etdi:
1. O‘rta Osiyodan mo‘g‘ullarni tag-tomiri bilan yo‘qotish;
2. Tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan mamlakatni
yagona davlatga birlashtirish va davlat boshqaruvida muhim islohotlarni amalga
oshirish;
3. Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat asoslarini yaratish;
4. Uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy asoslarini
mustahkamlash;
5.Movarounnahrni dunyoning eng gullagan saltanatiga aylantirish;
Shuningdek Amir Temur homiylgi ostida uning davrida yaratilgan intellektual
meros Evropa Uyg‘onishiga samarali tasir ko‘rsatdi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); Amir Temur va
temuriylar davrida yashagan muarrixlar Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin
Shomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator
mualliflarning aksariyati o‘sha davrda yashaganliklari uchun bo‘lib o‘tgan voqea
va hodisalarni uning bevosita hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli
tarzda bayon qilingan.
XV – asrda yashagan taniqli arab tarixnavislari, jumladan: Ibn Xoldun, Ibn
Duqmoq, As-Suyutiy, Al-Qalqashandiy, As-Sahoviy, Bahriddin al-Ayniy, Ibn-
6](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_5.png)
![Iyos, Ibn Tag‘riberdi, Ibn Hajar al-Asqaloniy, al-Maqriziy va boshqalar o‘z tarixiy
asarlarida Amir Temurga, ayniqsa uning shaxsiga, Iroq, Shomga qilgan harbiy
yurishlari, diplomatik aloqalar haqida ko‘pdan-ko‘p qimmatli ma’lumotlarni
keltirilgan.
Temuriylar davri tomosha san’atlari, bayramlari to‘g‘risida ma’lumotlar va
umumlashmalar ko‘plab saqlanib qolgan. Shu ma’noda Zayniddin Vosifiyning
“Badoye’ ul-vaqoye”, Xondamirning “Makorim ul-ahloq”, Zaxiriddin Muhammad
Boburning “Boburnoma”, Xasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari
qimmatlidir. Ayniqsa, an’anaviy teatr, raqs va sirk bo‘yicha ma’lumotlar
umumlashma fikrlar va mo‘jaz tadqiqotlar Alisher Navoiyning butun ijodi bo‘ylab
sochilgan. Shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Ali ibn
Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali Changiy va boshqalarning musiqa
sa’natiga oid risolalarda raqs ritmi va usullari haqida ma’lumotlar, ilmiy
mushohadalar uchraydi. Amir Temur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan ilmiy-
amaliy konferensiyalarning materiallari, tadqiqotlardagi ilmiy-nazariy tavsiyalar,
tadqiqotning ilmiy manbaviy asosini tashkil etdi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi; Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyevning 2
tarix fani oldida turgan dolzarb masalalar to‘g‘risidagi
fikrlari va Amir Temur haqidagi asarlari ilmiy ishimizning uslubiy asosini
belgilashda katta ahamiyat kasb etdi. Milliy davlatchilik tariximizni xolisona
o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, unda belgilangan vazifalar, bu
muammoga tegishli. Ushbu tadqiqotda asosan, mavjud manbalarni davr va
makon
jihatdan mazmuni va yozilish uslubiga ya’ni, ilmiy-tarixiy hamda
ishonchliligiga
qarab ajratib, guruhlab olindi, shuningdek, tahlil va sintez
hamda
tarixiylik usullaridan foydalanildi, asosiy e’tibor birlamchi
ahamiyatga
ega bo‘lgan ma’lumotlarga qaratildi.
2
Шавкат Мирзиёев. Танқидий таҳлил , қатъий тартиб - интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар
бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак . Мамлакатимизни 2016 йилда
ижтимоий-щтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган
щтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига багишланган Вазирлар
Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза. 2017 йил 14 январь .
7](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_6.png)
![Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati; O‘zbekiston
tarixining o‘rta asrlar davri ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy jarayonlarning murakkab
bosqichidir. Bu davrning nazariy jihatdan yechilmagan muammolari ko‘pligicha
qolmoqda. Tarix fanining ko‘pgina sohalarida amalga oshirilgan izlanishlar
natijalari asosida bajarilgan ushbu tadqiqot o‘rta asrlar davri tarixi bo‘yicha kelgusi
tadqiqotlar uchun ma’lumotlar zahirasi bo‘lib xizmat qiladi. Amir Temur
davlatining ijtimoiy tizimini o‘rganish milliy davlatchilik tariximizni yana-da
chuqurroq tushunib etishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarix masalalari bazi tadqiqotlarda qisman yoritilgan ammo, bu
muammo temurshunoslikda maxsus tadqiq etilmagan.
Ishning natijalarini qo‘llash, tatbiq etish yo‘nalishlari ko‘p, uning
natijalaridan eng avvalo, oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilariga ijtimoiy-gumanitar sohalarda ma’ruza va maxsus kurslar
o‘qitilishida;
- dissertatsiya materiallaridan hamda tadqiqot davomida chiqarilgan
ilmiy xulosalardan mamlakatimizdagi savdo-iqtisodiy aloqalar va ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot jarayonlarini o‘rganishda;
- o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim tizimida darslik va qo‘llanmalar
yaratishda, fundamental va umumlashtiruvchi tarixiy nashrlarning tegishli
qismlarini yozishda keng foydalanish mumkin. Shuningdek, dissertatsiyada qayd
etilgan mulohazalar mamlakatimiz hududidagi milliy davlatchilik tarixi borasidagi
bilimlarni yanada chuqurlashtiradi.
Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 98
betni tashkil etadi.
8](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_7.png)
![I BOB. AMIR TEMUR DAVRI DAVLAT BOSHQARUV ASOSLARI
1.1 Amir Temur davri ijtimoiy tizimi.
Amir Temur davlatining ijtimoiy tizimini o‘rganish milliy davlatchilik
tariximizni yana-da chuqurroq tushunib etishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarix masalalari bazi tadqiqotlarda qisman yoritilgan ammo, bu
muammo temurshunoslikda maxsus tadqiq etilmagan.
«Temur tuzuklari»dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Amir Temur davri
jamiyatining ijtimoiy qatlamlari o‘n ikki toifaga bo‘lingan. Ularning manfaatlari va
ijtimoiy himoya masalalari davlat boshqaruvida inobatga olingan. Bu ijtimoiy
tizimlar o‘rtasidagi aloqadorlik va ularning muxofazasi qonun yo‘li bilan tartibga
solingan. Amir Temur davridagi ijtimoiy tizimi davlat hokimiyatini amalga
oshirishdagi eng muhim usullardan biri bo‘lgan. «Temur tuzuklari»da ijtimoiy
qatlamlar o‘n ikkitaga ajratilgan. Bu o‘n ikki toifa kuyidagilardir: 1 - sayyidlar,
ulamo, shayxlar va fozillar; 2 - aqlli kishilar va kengash sohiblari; 3 - duvogo‘y
kishilar; 4 - amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar; 5 - sipoh va raiyat; 6 - ishonchli,
to‘g‘ri etiqodli kishilar; 7 - vazirlar, devon kotiblari va munshiylar; 8 - hakimlar,
tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9 - muhaddislar, payg‘ambarlar va avliyolar
tarixini o‘rganuvchi tarixchilar; 10 - mashoyixlar, so‘fiylar, oriflar; 11 - kasbu
hunar egalari; 12- sayohatchilar, musofirlardir 3 4
.
Amir Temur davrida urug‘-qabilalarning. ham davlat boshqaruvidagi roli
katta bo‘lgan.
Xilda Xukxem Amir Temur harbiy lashkarining eng katta kuchlaridan biri
chig‘atoylarning katta imtiyozlarga ega bo‘lganligi, ular har qanday soliqlardan
ozod etilgani, dasht-sahrolarning hohlagan yerlarida chorvalarini boqish imtiyoziga
ega bo‘lganligini alohida takidlab o‘tgan
.
3
Manz Beatrice Forbes. The Ulus Chaghatay in the mid fourteenth century.. The rise and rule of Tamerlane.
Cambrige University Press, 1989. -P.21-40; Mukminova R.G. Sotsialnsh sostav naseleniya. B kn: - B.Axmedov,
R.Mukminova, G.Pugachenkova. Amir Temur.T.: Universitet, 1999. - S. 117-126.; Azamat Ziyo. O‘zbek
davlatchiligi Amir Temur va temuriylar davrida... - B. 190-208 va boshqalar.
4
Temur tuzuklari. Forschadan A.Sog‘uniy va H.Karomatov tarjimalari. - B.Ahmedov tahriri ostida.-T.: G‘afur
G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti, 1996. - B. 81-84 :
9](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_8.png)
![R. G. Mukminova Amir Temur davri ijtimoiy tarkibini yoritishda davlat
xizmatidagi oliy toifa kishilarni “qilich” va “qalam” sohibi kabi ikki toifaga ajratib
ko‘rsatgan. U qabila harbiy boshliqlari jumladan chig‘atoylar boshliqlari
yurishlarda hal qiluvchi kuchga ega bo‘lganligi tufayli katta imtiyozlarga xususan,
dasht-sahrolarning hohlagan erlarida chorvalarini boqish, soliq to‘lashlardan ozod
etilganligi haqida to‘xtalib o‘tgan 5 6
. Ular o‘zlariga berilgan suyurg‘ol yoki xususiy
mulklari evaziga keladigan boyliklar hisobiga moddiy tomondan taminlanganlar.
Feodal zamindorlarning ham turli toifalari mavjud bo‘lgan. Ular orasida
davlatga ko‘rsatgan xizmatlari evaziga “tarxon” yorlig‘iga ega bo‘lgan kishilar
katta nufuzga ega bo‘lgan. Ular yer solig‘idan ozod etilgan, podshoh majlislarida
bemalol o‘tirgan, to‘qqiz martagacha gunohlari kechirilgan. Xilda Xukxem hatto
“tarxon”larning yurishlarda, ovlarda qo‘lga kiritilgan o‘ljalari ham o‘zlarigagina
tegishli bo‘lib, podshoh bilan bo‘lishmaslik huquqiga ega bo‘lganliklarini aytib
o‘tgan 7
.
Bazi yirik zamindor-feodallar nafaqat qishloqda yashaganlar, ular
shaharlarda katta foyda keltiradigan do‘konlar, ustaxona hammomlar, uylarga ega
bo‘lib ularni ijaraga berish evaziga katta foyda olganlar. Ularning bazilariga qator
savdo rastalari, karvonsaroylar qarashli bo‘lgan.
Amir Temur hokimiyatining markazlashishidan katta feodallar bilan birga
o‘rta va kichik er egalari ham manfaatdor bo‘lganlar 8
.
Feodallarning o‘zi ham oliy, o‘rta va kichik tabaqalarga bo‘lingan.
Ijtimoiy tabaqalar ichida musulmon ruhoniylar katta mavqega ega
bo‘lganlar. Shayxulislom, qozi, imom xatib, voiz, mudarris, sadr, shayx kabi
mansab va unvon egalari mamlakat manaviy hayotiga katta tasir ko‘rsatganlar.
Ularning ijtimoiy taminoti uch taraflama- davlat, vaqf mulklaridan keladigan
daromadlar, badavlat kishilar hamda fuqarolar tomonidan hadya etiladigan turli
yer-mulklar, moddiy pul-buyumlar evaziga amalga oshirilgan.
5
Xilda Xukxem . Vlastitel semi sozvezdiy... - S.72.
6
Mukminova R.G. Sotsialn|y sostav naseleniya... - S. 117-118
7 6
Xilda Xukxem. Vlastitel semi sozvezdiy... - B.72.
8
Mukminova R.G. Sotsialnsh sostav naseleniya... - S. 117-118
10](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_9.png)
![Amir Temur davrida savdogarlarga katta imtiyozlar yaratilgan va ularning
orasida ham o‘ziga xos tabaqalanish yuzaga kelgan.
Ularning orasida eng nufuzlisi tujjorlar-asosan xalqaro savdo ishlari bilan
shug‘ullanganlar. Bozorda savdo qiluvchilar “axli bozor” deb yuritilgan, ular
sotuvchi savdogarlar, olib sotarlar, chayqovchilar va boshqa guruhlarga bo‘lingan.
Ularning samarali mehnat qilishlari uchun bozorlar, savdo rastalari, tim va ravoqlar
qurilgan. Xalqaro savdoni rivojlantirish maqsadida Buyuk Ipak yo‘li qayta
tamirlangan va kelib-ketuvchilarning xavfsizligi taminlangan.
Sohibqiron saltanatida yoshu-qari, erkaklar bilan bir qatorda ayollar
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqiga ega edi. Fikrimizga dalil sifatida bir
misol keltirmoqchimiz: «Uning siyosati o‘rnatilgan kunlarda Movarounnahrning
eng chekka joylaridagina emas, balki Xitoy va Xo‘tan chegarasidan Dehli va
Kanboyit atroflarigacha, Bob ul-Avbobdan to Misr va Rum hududigacha bo‘lgan
erlardan savdogarlar u yoqda tursin, bolalaru beva xotinlar ham ipakli matoli oltin-
kumush va eng zarif tijorat mollarini keltiradilar va olib ketadilar. Hech bir kimsa
ularning bir doniga ham ko‘z olaytira olmaydi va bir dirhamga ham ziyon
yetkazmasdi» .
Amir Temurning elchi orqali Misr hukmdoriga etkazgan xatida ham
ishbilarmon savdogarlar alohida tilga olinadi: «Endilikda vazifa shulki, hamsoyalik
haqqiga rioya qilib, do‘stlik eshigini ochaylik, toki bundan buyon har ikki
tomondan elchilar borib-kelib tursinlar, har ikki mamlakat savdogarlari uchun yo‘l
ochib qo‘yilsin va bu ma’ni xalq osoyishtaligiga va yo‘llarning yeminligiga sabab
bo‘lsin».
Amir Temur davrida hunarmandlar tabaqasi ham jamiyat ijtimoiy- iqtisodiy
hayotida katta rol o‘ynagan. Hunarmandlarning to‘quvchi, tikuvchi, kandakor,
novvoy, temirchi kabi o‘nlab turlari bo‘lib ishlab chiqarishning asosiy salmog‘i
ular hissasiga to‘g‘ri kelar edi. Hunarmandlarning kichik birlashmalari mavjud
bo‘lib, bu birlashmalarga oqsoqol ustalar rahbarlik qilgan. Bu birlashmalarda
o‘ziga xos ustoz-shogird munosabatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. Shogirdlar
11](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_10.png)
![ustoz qo‘lida yillar davomida o‘z kasbining sir asrorlarini, kasbiy ko‘nikmalarni
egallaganlar. Biz bu davrdagi hunarmandlar faoliyatini kuzatib ularning o‘ziga xos
kasb-hunar, maorif va marifiy maskan ekanligini anglab etamiz. Bu erda yoshlar
yillar davomida nafaqat hunarmandchilik sirlarini o‘rganishgan, balki manaviy
jihatdan ham hayotga puxta tayyorlangan. Milliy tarixiy qadriyatlarimizga asosan
ustozlarni, yoshi ulug‘ kishilarni, hurmat qilish, halollik, mehnatsevarlik masuliyat
va boshqa burchlar haqida ko‘nikmalar hosil qilingan.
Oddiy qishloq aholisining ham o‘ziga xos tabaqalari mavjud edi. Mayda
xususiy yer egalari, ijarachilar, erkin dehqonlar, qullar oddiy xalqning o‘ziga xos
tabaqalarini tashkil etar edi. Qullar mehnatidan asosan uy ishlarida, katta
qurilishlarda foydalanilgan 9 10
.
Bu davrda yer egaligi to‘rt xilda bo‘lgan. 1- davlat mulki(mamlakat); 2 -
xususiy yerlar; 3 - vaqf yerlari; 4 - jamoa yerlari.
Bu davrda ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va qonunchilik o‘rtasida o‘zaro
aloqadorlik va mutanosiblik saqlangan. Ularning bir-biri bilan munosabatlari
qonunlar bilan tartibga solingan.
Sohibqiron Amir Temurning ijtimoiy siyosatidagi yana bir muhim
muvaffaqiyati shundaki, u ijtimoiy qatlamlarni o‘z vaqtida yetkazilgan munosib
maosh, suyurg‘ol, mukofot, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa moddiy
taminotlarini to‘g‘ri tashkillashtirish orqali rag‘batlantirdi. U sifatli, o‘rtacha va
kamroq ish beradigan xodimlarni bir xil xizmatda ishlashlaridan qatiy nazar bir xil
moddiy taminlash yo‘lidan bormadi va u xodimlarning ilm va malakalariga xos
ravishda turli maoshlarni adolat bilan belgiladi.
Amir Temur mamlakatni boshqarishda xizmatchi va xodimlarni to‘g‘ri
tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishni davlatning eng muhim masalasi deb bildi va
ilmli, tajribali, dono, halol, xushyor va tadbirkor kishilarga tayangan holda davlatni
boshqardi.
U vazirlarni, amirlarni, devonbegini, viloyatlardagi devon xodimlari va
9
Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma... - B. 288-289.
10
Mahmudov N. Zemledelie i agrarnme otnosheniya v Sredney Azii XIV-XVvv. Dushanbe, 1966. - C.l 11-112.
12](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_11.png)
![beklarni tanlash, ularni joy joyiga qo‘yishda nomzodlarning nasl-nasabiga, aql-
farosatiga, xalqparvarligiga, sabr-toqatlilik, tinchliksevarlik, adolatparvarlik kabi
fazilatlariga, ko‘tarinki ruhiy hayotiga, ziyrakligiga, malakasi va odamlar bilan
murosa qilish qobiliyatiga katta baho bergan 11
.
Amir Temur o‘tmishda hukmronlik qilgan sultonlar, yirik davlatlarning
qonun-qoidalari, podshohlikning sir-sinoatlari, hatto payg‘ambarlar hayotini
o‘rganib ularning g‘alabasi yoki mag‘lubiyatining sabablarini chuqur mushohada
etdi va o‘ziga zarur xulosalarni chiqardi, ularning ijobiy jihatlaridan davlat
boshqaruvida foydalandi. Uning davlatchilik talimotida milliy davlatchilik
ananalari, o‘z davrining muhim ijodiy qonunchiligi va talimotlari uyg‘unlashib
yangicha mukammal davlat asoslari yaratilgan. Bu omillar Amir Temur davrida
nafaqat fan, madaniyat va boshqa sohalarda balki avvalo davlatchilikda uyg‘onish
pallasiga o‘tilganligini va bu keyinchalik boshqa sohalarga ham o‘z tasirini
o‘tkazganligini ko‘rsatadi.
U avvalo bo‘lajak hukmdorlarga alohida e’tibor berdi. Keyingi temuriylar -
Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Abu Said Mirzo va boshqalarni davlat ishlarini
to‘g‘ri yuritishga yo‘naltirdi.
Bu davrda shahzodalarni davlat ishiga tayyorlash siyosiy masala bo‘lgan.
Ular davlat boshqarish ishiga yoshligidan tayyorlanib borilgan. Shahzodalar
tug‘ilishi bilan ota-onasidan olib enaga(shahzodani emizuvchi ayol) va uning eri-
otaliqqa berilgan. Uni o‘z onasi emas boshqa malika tarbiyasiga olgan . Bu
tarbiyada axloqiy omillarga katta ahamiyat berilgan. Haqiqatan ham axloqi,
manaviyati tuban davlat rahbari o‘zi boshqarayotgan xalqning orzu-umidlarini
ro‘yobga chiqara olmas, davlatni mustahkam boshqara olmas edi. Amir Temur o‘z
avlodlarining adolatli, insofli, jasur, mard, jismoniy baquvvat, iymonli bo‘lishi
uchun barcha sayi harakatlarini ishga solgan edi.
Bu masalada ayniqsa sportga alohida e’tibor berilgan. Shahzodalar suzish,
ot surish, kamondan o‘q otish, chim ustida xokkey o‘ynash, kurash kabi ko‘p
sohalarni mukammal egallashgan.
11
Mamatov X. «Temur tuzuklarilda ... - B.94.
13](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_12.png)
![Amir Temur vazirlar tanlash masalasini ham muhim deb bilgan. Amir
Temur fikricha saltanat ishlarida vazirlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi, ular davlat
ustunlaridir. Amir Temur fikricha vazir bo‘lmish kishida quyidagi sifatlar
mujassamlashgan bo‘lishi kerak:
1 - vazir bo‘lmish kishi toza nasllik; 2 - aql-farosatlilik; 3 - sergaklik,
ogohlik va xushmuomalalik; 4 - sabr-bardoshlilik, tinchliksevarlik Amir Temur
shunday fazilat sohiblarigagina davlat ishlarini ishonib topshirish mumkin deb
hisoblangan. Bunday vazirga to‘rt imtiyoz: ishonch, e’tibor, ixtiyor, qudrat
berilgan 12 13
.
Amir Temur o‘ylashicha, kamolga etgan vazir davlat ishlarini tartibga
keltira oladi, mulkiy va moliyaviy ishlarni adolat bilan hal qiladi. Ruxsat beruvchi
yoki ta’qiqlovchi buyruqlarda u o‘zining toza naslligi bildirar edi.
1. 2 Amir Temur va temuriylar davri ma’muriy tizimi. Qurultoylar.
Ma’lumki, Qurultoylar bizning qadimiy davlat boshqaruvimizning muhim
bo‘g‘inlaridan hisoblangan. Qurultoylar orqali jamiyat va davlat o‘rtasidagi
munosabatlarni yaxshilashga erishish jamiyat va davlat ehtiyoji edi. Qurultoyda
davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalar, boshqa davlatlarga urush qilish,
tinchlik o‘rnatish yoki davlat boshqaruviga oid boshqa muhim masalalar hal
etilgan. Bundan ko‘rinadiki, qadimiy davlat boshqaruv ananalarimizga muvofiq
davlat rahbari biror muhim ishni va o‘zgarishlarni boshlashdan avval xalq vakillari
bilan kengashish, masalaning echimida biror xato va adolatsizlikka yo‘l
qo‘ymaslik uchun oliy darajadagi kengashda muammolarni hal etgan. Biz qadimgi
Qurultoylar tarixini mushohada etar ekanmiz, ular bugungi parlament tizimining
dastlabki bosqichi va uning asoslari bizning davlat boshqaruvimizda azaldan
mavjud bo‘lganligini anglab etamiz. To‘g‘ri Qurultoylar mo‘g‘ullarda va boshqa
xalqlarda ham bo‘lgan, ammo bu siyosiy institut bizda ham avvaldan mavjud
bo‘lgan. Oqsoqollar yig‘ini, harbiy demokratiya va boshqa ijtimoiy- siyosiy
institutlarning o‘tmishdagi faoliyati fikrimizga dalildir. Demak, aslida bugungi
12
Xilda Xukxem. Vlastitel... - S.78 .
13
Temur tuzuklari... - B. 94 .
14](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_13.png)
![parlamentimizning tarixi ming yilliklarga borib taqaluvchi tarixiy jarayondir.
Tarixiy taraqqiyot bois qonunlar ham takomillashib asrlar osha sayqallanib
bugungi ikki palatali parlament tizimiga qadam qo‘yildi.
Biz turkiy davlatchilikda muhim siyosiy institutlardan hisoblangan
qurultoylarning Amir Temur davrida qanday maqomga ega bo‘lganligini, uning
davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ko‘rsatib berish maqsadida
tadqiqotimizga ushbu mavzuga tegishli alohida mavzu ajratdik.
Turkiy davlatchilik udumlarimizga ko‘ra, davlat rahbarlari Qurultoyda
saylangan va ular ok kigiz ustiga o‘tqazilib yuqoriga ko‘tarilgan. Oq kigizning to‘rt
uchini eng nufuzli amaldor va diniy rahnamolargina ko‘tarish huquqiga ega
bo‘lgan. Ushbu udumlar bajarilgan taqdirdagina uning hokimiyati qonuniy
hisoblangan. Bu ananalar o‘sha davr davlatchiligining odatlaridan biri sanalgan.
Demak, Qurultoyda davlat hokimiyati rahbari saylangan va o‘z hokimiyatini
qonunan mustahkamlagan. Sohibqiron Amir Temur ham o‘zining davlat
hokimiyatini Qurultoy orqali mustahkamlagan. U 1370-yilning 8-aprelida
Qurultoyda amir etib saylangan va o‘sha davrdagi odatga muvofiq u oq kigiz
ustiga o‘tqazilib, yuqori ko‘tarilgan, unga diniy rahnamosi Sayyid Baraka oq
fotiha, hukmdorlik nishoni tug‘, nog‘ora va bayroq bergan .O‘sha kundan etiboran
Sohibqiron Amir Temur butun Movarounnahrning qonuniy hukmdor-amiri
hisoblangan. Biz Qurultoylarning davlatchilikdagi muhim o‘rniga qarab uni
davlatning oliy maslahat kengashi deb ko‘rsatishimiz mumkin. Amir Temur
davrida Qurultoy oliy tabaqa vakillarining kengashi hisoblangan. Mantiqan olib
qaralganda shunday bo‘lishi ham kerak edi. Negakim, yirik saltanatda ommani
yig‘ishni tashkillashtirish, shuningdek masalani tartib bilan hal qilishning iloji yo‘q
edi. SHu tufayli xududlarning vakillari- mamurlar, harbiy boshliqlar, zodagonlar
va olimlar Qurultoyda qatnashib, asosiy qabul qilingan qarorlar haqida malumot
olgan va qarorlar qabul qilinishida, mansabdorlarni saylashda, ovoz berishda
ishtirok etib, ushbu yangiliklarni joylarga borib etkazganlar.
Qurultoyda qabul qilingan qarorlar zudlik bilan munshiylar tomonidan
15](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_14.png)
![ko‘paytirilib mamlakatning eng chekka joylariga ham jarchilar, chopqunchilar
orqali etkazilgan. O‘sha davrdagi muhim karorlar va farmoyishlar birinchi
tomondan mamurlar, ikqinchi tomondan xabargirlar orqali keng ommaga
etkazilgan. Bo‘layotgan o‘zgarishlardan xalk ommasi xabarsiz qolmagan.
Ommaviy axborot vositalari bo‘lmagan va transport cheklangan o‘rta asrlarda
axborot kommunikatsiyasining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi davlat boshqaruvi
yaxshi yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatadi.
Biz davlatchiligimizda Qurultoyning tutgan o‘rni haqida mushohada etar
ekanmiz, Qurultoy Amir Temur davrida faollashganligini alohida qayd qilib
o‘tmoqchimiz.
«Temur saltanatini boshqarishda, xususan uni siyosiy va iqtisodiy jihatdan
mustahkamlashda davlat ahamiyatiga molik masalalarni muhokama qilish va
tadbiru choralar belgilab olish maqsadida Qurultoylar va kengashlar o‘tkazishga
katta ahamiyat bergan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Temur tomonidan
Qarshi, Samarqand, Qorabog‘ va boshqa joylarda o‘tkazilgan qator Qurultoy va
kengashlarda shahzodalar, davlat ma’murlari, harbiy boshliqlar, ulamolar va
mulkdor zodagonlarning vakillari katnashganlar. Oliy darajadagi bunday
yig‘inlarda mamlakatning iqtisodiy va harbiy ahvoliga oid eng muhim masalalar
muhokama etilar va zaruriy ishlarni bajarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinib,
tadbirlar belgilanar edi. Davlat ahamiyatiga ega har bir masalani hal etishda Temur
shu sohani bilimdonlari va olimlar bilan maslahatlashar edi» 14
Haqiqatan ham Sohibqiron Amir Temur Qurultoylarni davlat
boshqaruvidagi eng samarali yo‘l deb tushungan va shuning uchun uning
faoliyatini kuchaytirishga, u orqali davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqani yana-da
mustahkamlashga intilgan.
U Qurultoyni faollashtirish orqali turkiy davlatchilik asoslarini
takomillashtirdi. Manbalardagi malumotlar Qurultoyning milliy
davlatchiligimizdagi eng gurkiragan va faol davri Amir Temur davriga to‘g‘ri
14
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 128; Muxammadjonov A.R. Temur va
temuriylar... - B. 33.
16](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_15.png)
![keladi, deb xulosa chiqarishimizga imkon beradi.
Sohibqiron Amir Temur davrida bo‘lib o‘tgan bir Qurultoy haqida
Sharafuddin Ali Yazdiy shunday ma’lumot keltiradi:
«Hazrat Sohibqiron davlatidin turk elining azamat va shavkatlari a’lo
martabag‘a etib erdi, alalxusus Chig‘atoy ulusikim, alarning davlati mag‘rib
olamdin mashriqqa to‘lub erdi va alarning mol jihatlarini hech kim sanaolmas erdi.
Va yosoqlarig‘a ancha mol va azimat bo‘lub erdikim, o‘zga erning beklaridin
erdilar. Hazratning muborak xotirig‘a kechtikim, cherikni kerak burung‘idin
ko‘brak qilg‘ay. Bas, Qurultoy qilmoq farmon qildi (1390 y. bahor va har
viloyatdin va tumonot va xazorijotning beklari va viloyatlarining darug‘alari hozir
bo‘lsun!, deb hukm qildi. Viloyat darug‘alari va tumonot va xazorijot beklari
andoq azimat va shavkat bilan va asos bila keldilarkim, Faridun va Afrosiyob
andoq asos ko‘rmagandurlar». Demak, mahalliy va markaziy davlat amaldorlari bu
yig‘ilishga qatnashgan. Bu Qurultoyda bir ovozdan yurish qilish masalasi hal
etilgan. Bu haqda Sharafuddin Ali Yazdiy: Ishorati oliy bo‘ldi: «Har bekka ne
miqdor kishi taaluq turur va cherik kuni necha kishi otlandurur, barchani ehtiyot
kilib, mufassal qilinglar!» Baxshilar va tavachilar yurub beklardin mufassallar olib,
tavachilarg‘a topshurdilarkim, tonglasi cherik har kimki qabul qilg‘on kishisini
otlandurmagay, gunohkor bo‘lg‘ay. Mundoq muqarrar qilib zabt qildilar” 15
deb
ma’lumot keltirib o‘tgan.
Amir Temur davridan keyin Qurultoyning jamiyat hayotidagi mavqeining
pasayishi (ayniqsa xonliklar davrida) parokandalikka, inson huquqlarining
toptalishiga olib kelgan katta sabablardan biri bo‘ldi.
Amir Temur davrida Qurultoyning huquqi shunchalik katta ediki, ba’zan
Sohibqiron usiz bir qarorga kelishini lozim topmagan. Amir Temur va
To‘xtamishxon munosabatlarini hal etish masalasida bu siyosiy institutning roli
yana-da yaqqolrok ko‘rinadi.
Amir Temur va To‘xtamishxon munosabatlari ko‘pchilikka ma’lum. U
Sohibqiron ko‘magida Oltin O‘rdaga hukmdor bo‘lib olsada To‘xtamishxon
15
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; - B.128.
17](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_16.png)
![ermish. Va kishi yibarib erdikim, biz Erondin viloyatimizg‘a kelduk, kelgon kishisi
bizning xabarimizni topg‘ach qochtilar Emdikim bilib tururkim, biz aning sori
borur biz, ajzu niyoz yo‘lidin kirib, uzrxohlik qiladur. Bas, andin necha qatli
yaman ishlar voqi’ bo‘ldi. Emdi aning so‘ziga inonsa bo‘lmas va bu yurushdin
qaytmasbiz va aning sori borur biz ko‘rgaybizkim: Tangri taborak va taolo kimga
nusrat berur. Va agar so‘zi chindur' va yarashg‘ali ko‘ngli bor bo‘lsa, Alibekni
bizga yibarsun, to ul kelib, beklar bilan kengashib har na maslahat ko‘rsalar,
andoq qilg‘aybiz».
Sohibqiron bu masalani Qurultoyga qo‘yadi va «Chahorshanba kunida,
rabi’ al-avval oyining o‘n oltisida (21.02.1391) Qurultoyda shahzodalar va beklar
barcha yig‘ilib, kengashib, To‘xtamishxondin kelgan elchilari bilan va tamomi
cherik bilan otlanib yo‘lg‘a kirib, To‘xtamish sori yuridilar» 16 17
. Yuqoridagilardan
anglashiladiki, demak, eng nozik masalalarda Amir Temur vakillar fikrini eshitgan.
Qurultoyrning o‘tkazilish muddati anik belgilanmagan bo‘lib, bir yilda bir
necha marta chaqirilishi, xatto yilda bir marta chaqirilmasligi ham mumkin edi.
Amir Temurning tashqi yurishlar bilan band bo‘lgan mahallarida bizningcha
Qurultoylar ko‘pincha chaqirilmagan. Qurultoy vaziyatga va masalaning nechog‘li
ahamiyatli ekanligiga qarab chaqirilgan.
Masalan, Sohibqiron Amir Temur 1390-yil bahorida va kuzida Qurultoy
chaqirgan. Yuqorida biz 1390-yil bahorida chaqirgan Qurultoy haqida ma’lumot
keltirgandik.
Ma’lumotlariga ko‘ra, «1390-yil kuzida Temur Kesh yaqinida katta
Qurultoy o‘tkazdi. Umarshayxning nikoh tantanalari Qurultoyga ulanib ketdi.
Amir Temur saltanatining barcha qo‘shinini bir joyga yig‘di, o‘nlab lashkar
favjlarini tuzdi, ularning qo‘mondonlarini belgiladi, o‘zi yo‘qligida shahar va
tumanlarni boshqaradigan hokimlar, boshqa yuqori mansabdorlarni o‘tirgan o‘g‘li
tomonidan o‘ldirilgan va bunday xunrezliklar Hindistonda uzoq vaqt davom etgan.
16
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125;
17
Sharafuddin Ali Yazdiy. . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 175.-
18](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_17.png)
![Xuddi shunday fikrlar Bertold Spuler tomonidan ham qayd etilgan 18 19
. U
o‘z tadqiqotida Hindistonda murakkab vaziyat ro‘y berganini, ushbu qaltis
vaziyatda Amir Temur Hindistonga yurish qilganlini aytib o‘tadi.
Amir Temur Dehlida anchadan beri ro‘y berayotgan voqealardan yaxshi
xabardor edi. Bu voqealarga aralashishi uchun uning talaygina asosi ham bor edi.
O‘zaro nifoqlar va birodarkushlik oqibatida Shimoliy Hindiston nafaqat osongina
o‘ljaga, balki biror mushkulotsiz zabt etish mumkin bo‘lgan boshsiz va jilovsiz
o‘lkaga aylangan edi.
Ulug‘ Amir Qurultoy chaqirib, o‘z qarorini amirlarga ma’lum qildi: «Dehli
taxt vorislarining o‘zaro kurashlaridan foydalanib, biz Hindistonga yurish
boshlashga ahd qildik, toki bu o‘lka biz Amir Temur Ko‘ragondan o‘zga xoqonni
tan olmagay» 20
.
Demak, Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘z yurtidagi balki- mag‘rib va
mashriqdagi parokandalik va adolatsizlikka qarshi kurashgan. Manbalarda
Qurultoylar haqida qolgan malumotlar fikrimizga dalildir. Bizningcha,
tadqiqotchilar uning yurishlardan ko‘zlagan maqsadi va o‘z oldiga qo‘ygan
vazifalari, ularning sabab va oqibatlarini yangicha nuqtai nazardan o‘rganib
chiqmoqlari, uning faoliyatiga adolatli va atroflicha baho bermoqlari, uning har bir
yurishini alohida mavzu sifatida o‘rganmoqlari, uning xalqaro maydondagi o‘rnini
aniq ko‘rsatib berishlari kerak.
Qurultoyning davlat va jamiyat hayotidagi rolini chuqur va atroflicha
o‘rganish bizningcha, bu davr davlatchilik an’analarini yana-da chuqurroq
tushunishga yordam beradi.
Qurultoyda nafaqat lashkarboshilar amirlar, davlat amaldorlari qatnashgan,
balki olimu ulamolar o‘z fikrini bildirgan, ulug‘ va keksa tajribali kishilar,
lashkarboshilar markaziy va mahalliy davlat amaldorlariga maslahatchi etib
tayinlangan.
18
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va
Fransiya.Toshkent, 1996.B 98
19
Spuler Bertold. India before Timur. The nrongol period, history of the muslim world. - P.60-65
20
Xilda Xukxem . Vlastitel semi sozvezdiy... - S.72
19](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_18.png)
![1.3 Amir Temur davri markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi,
asosiy mansab va unvonlar.
Amir Temur davri markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi hali
olimlar tomonidan alohida mavzu sifatida tahlil etilmagan bo‘lsa-da, bu
muammoga olimlar o‘z tadqiqotlarida qisman to‘xtalib o‘tganlar. Davlatning
muvaffaqiyatli boshqarilishi davlat boshqaruv mashinasi- markaziy va mahalliy
hokimiyatning qanchalik to‘g‘ri tashkil etilishiga va ular o‘rtasidagi
mutanosiblikni, o‘zaro aloqadorlik va bir-biriga bog‘liqlikligini to‘g‘ri tartibga
solishga bog‘liq. Amir Temur davlat boshqaruv tizimi uning davlatchiligidagi eng
muhim sohalardan birini tashkil etadi.
Bu mavzu haqida “Amir Temur jahon tarixida” nomli fundamental
tadqiqotda, B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati» , A.R.
Muxammadjonov ham «Temur va temuriylar saltanati» 21 22
asarlarida ma’lumotlar
keltirgan.
Azamat Ziyoning «O‘zbek davlatchiligi tarixi» asarining «Davlat
boshqaruvi qonunchilik va harbiy siyosat» 23
deb nomlangan bo‘limda Amir Temur
davrida boshqaruv ikki idora- dargoh va devonlarga (vazirliklarga) bo‘linganligi
ularning vazifalari, «soxta xon»lar Suyurg‘atmish va Mahmudxon haqida qisqacha
to‘xtalib o‘tiladi.
Biz ushbu ishimizda avvalgi olimlarning tadqiqotlaridan farqli ravishda
markaziy va mahalliy davlat organlari tizimini yana-da kengrok ochib berishni,
ushbu tizimning milliy davlatchilikdagi o‘rnini, uning yutuq va kamchiliklarini
ko‘rsatib berishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.
21
Manz Beatrice Forbes. Adminstration and the delegation of Authority in Temur’s Dominions / Central Asiatic
Journal, XX. 1976. - P. 191-207; Manz B.F. The Ulus Chagatay before and after Temur's rise to power / Central
Asiatic Journal, XXVll. 1983. - P. 79-100.; Manz B.F.Structure and function in Temur's administration. The rise and
rule of Tamerlane. Cambrige University Press, 1989. - P. 107-127; Ahmedov - B.A. Amir Temurning davlatni idora
qilish siyosati.- / Amir Temurni yod etib . T.: 1996. B.5--22; Azamat Ziyo. Uzbek davlatchiligi tarixi... - B.171-189
Fragner Bert. Amir Temurning ma’muriy islohotlari va ularning O‘rta Osiyo, Eron va Hindiston davlat idoralariga
ta’siri.-«Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni» mavzuidagi xalkaro konferensiya materiaplari. T.:
O‘zbekiston, 1996. - B.13-15; Pritsak Omelian. Amir Temur saltanatining tuzilishi- / Amir Temur va uning jahon
tarixidagi o‘rni... - B. 15-16. va boshkalar.
22
Davlat boshkaruvi. Amir Temur jahon tarixida. T.: Sharq, 1996. - B. 64-69; Ahmedov B. Amir Temurning
davlatni idora kilish siyosati. - B. 5-22 ; Muhammadjonov A.R. Temur va temuriylar saltanati. Tarixiy ocherk. -
Toshkent, Qomuslar bosh tahririyati. 1996.
23 22
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi... - B. 171-189.
20](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_19.png)
![Amir Temur qurgan davlat o‘z davridagi siyosiy tizimlarning eng
mukammali bo‘lmog‘i lozim edi. Sohibqiron avvalo siyosiy tizimni
mustahkamlashga intilib, ana shu mustahkam davlat mashinasi orqali davlatni
taraqqiyot yo‘liga olib chiqishga intildi. Bu davrda har bir jabhada davlatning
boshqaruv talimot va konsepsiyalari ishlab chiqildi va shunga monand islohotlar
o‘tkazildi. Davlat tomonidan o‘tkazilgan bu islohotlar asl qonunchilikka
asoslangan davlat boshqaruv asoslarining yuzaga kelishiga olib keldi.
Amir Temur markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimiga katta
o‘zgarishlar kiritdi. Unda arab-fors, turkiy, mo‘ng‘uliy davlat boshqaruv udumlari
o‘z aksini topdi, ular davlat boshqaruvida uyg‘unlashtirildi va muvofiqlashtirildi.
Amir Temur boshqaruv apparati-ma’muriy tizimning davlat boshqaruvidagi
maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi davlat apparati va mashinasi
ekanligini tushunib bu sohaga katta etibor berdi.
Islohotlar olib borishda u davlat boshqaruv organlari tizimiga davlatning
harakatlantiruvchi mashinasi sifatida qaradi va uni har tomonlama qulay, tezkor,
engil, sodda va iqtisodiy jihatdan tejamkor qilib tuzdi. Shuningdek u
boshqaruvning gorizontal asoslarini mukammalllashtirib, bu mukammal
davlatchilikning vertikal chizig‘ini ham shunga monand tashkillashtirdi, yani bu
mamuriy apparatga mos va kuchli iymonli hamda malakali mutaxxassislarni
qo‘ydi. Amir Temur davri davlat organlari tizimida markaziy apparat va mahalliy
boshqaruv idoralarining o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga bo‘ysunish qbidalari
tartibga solindi. Jamiyat, boshqaruvning shakli va mazmuni mutanosibligi
taminlandi. Bu sohani takomillashtirish orqali yuksak kommunikatsiya tizimi
yaratildi.
Amir Temur davlatidagi islohotlar, tezkor axborot almashinuvini amalga
oshirish va mukammallashtirish uchun Qurultoyning faoliyatiga etibor qaratdi.
Qurultoylar Amir Temur davlatining muhim yo‘nalishlarini belgilashda muhim
ahamiyat kasb etdi.
Bu jihat uning izchil va mukammal ma’muriy islohotlar olib borganligini
21](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_20.png)
![ko‘rsatadi. Bu qonunlarda shariat, to‘ra va tuzuk, yasa qoidalarining eng afzal
jihatlari singdirilgan, ular ijodiy rivojlantirilgan va oqibatda yangicha boshqaruv
tizimi yaratilgan Sohibqiron Amir Temur davlatining ma’muriy tizimi o‘sha
davrdagi milliy davlatchilik, fors, arab, mo‘ng‘ul va o‘z davrining davlatchilikning
eng asl sifatlarini o‘zida mujassamlashtirdi. Unda urf-odatlar, turli milliy
qadriyatlar taraqqiyotiga yo‘l ochish, insoniyat farovonligini ta’minlash asosiy
maqsad qilib olingan edi. Sohibqiron Amir Temurning ma’muriy tizimi yangicha
an’analarni o‘zida mujassam etsa-da davlatining barcha sohalarida turkiy
davlatchilik an’nalari ustunlik qildi.
Sohibqiron Amir Temur o‘rta asr turkiy davlatchilik an’analarini
boshqaruvga asos qilib olib, ularni yangi asosda rivojlantirdi.
Ma’lumki, mamlakatda hokimi mutlok shubhasiz Sohibqironning o‘zi edi.
U cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, uning amr-farmonlari so‘zsiz ijro etilardi.
Ammo o‘rta asr davlatchilik ananalariga muvofiq u Suyurg‘atmish, keyinchalik
Mahmudxon kabi soxta xonlarni rasmiy xon qilib ko‘targan. Amir Temur davlati
tangalarida ham bu xonlar nomi zikr etilgan. Amir Temur o‘zini xon emas amir
deb atagan. Amalda esa davlatning mutloq hokimi Amir Temur bo‘lib saltanatga
tegishli ishlarni uning o‘zi hal qilgan.
Manbalar va tadqiqotchi mualliflarning shohidlik berishicha, Amir Temur
yigirma etti davlatni o‘z ichiga olgan saltanatni etti vazirlar yordamida
boshqargan 24 25
. Ulardan to‘rt vazir oliy dargoh ishlarini yuritsa, uchta vazir
viloyatlar ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Vazirlar devonbegiga bo‘ysunganlar
va bu oliy tashkilot Oliy Devon deyilgan. S. Appendiks Amir Temur davri
markaziy va mahalliy boshqaruvini to‘rt sohaga bo‘lib o‘rgangan: 1 - markaziy
boshqaruv idoralari; 2 - mahalliy idoralar; 3 - sud idoralari; 4 - harbiy idoralar 26
.
Azamat Ziyoning aytishicha, «Dargoh tizimida devonga devonbegi
boshchilik qilgan. Oliy devonnning ahamiyati va mavqei shu qadar baland
24
Haider M. The sowereign in the Timurid state. (XIV-XV sentuires) P. 62.
25
Amir Temur jahon tarixida... - B. 64-65.
26
Appendix S. The formal administrative structure. -Manz B. F.The rise and rule of Tamerlane. Cambrige
University Press, 1989. P. 167-175.
22](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_21.png)
![bo‘lganki, ba’zan uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflash hollari ham kuzatilgan.
Oliy devonda har kuni to‘rt vazir, ya’ni ijroiya idoralaridan bosh vazir,
harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo‘lib, o‘ziga
xos ravishda hisobot berib turganlar».
Olimning fikricha, ushbu oliy idoralar tegishli ko‘rsatmalar olib turganlar
va bu fikrni biz ham qo‘llab-quvvatlab shu mulohazani aytmoqchimizki, ular
nafaqat topshiriq olishgan, balki tez-tez tekshirib turilgan.
«Amir Temurning tarixiy xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, o‘z davri uchun
davlat boshqaruvining taraqqiyparvar an’nalari bo‘lgan-dargoh va devon
sistemasini qayta tikladi. Shu bilan birga, Amir Temur ungacha bo‘lgan 150 yillik
tarixdagi reallikni hisobga olish lozim bo‘ldi» 27
, - deb yozadi Azamat Ziyo.
Amir Temur turkiy davlatchilik an’nalaridan hisoblangan Qurultoy
faoliyatini kuchaytirdi, markaziy boshqaruvda u muhim o‘rin tutdi. Amir Temur bu
siyosiy institutni demokratlashtirishga, uning samaradorligini oshirishga, shu
orqali ham o‘z davlatining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy mavqeinn
oshirishga intildi. Amir Temur davrida Qurultoy Millat majlisi vazifasini o‘tadi.
Qurultoyda eng ahamiyatga molik urush va sulh masalalari, shuningdek
amaldorlarni tayinlash va boshqa masalalar muhokama etilgan va saltanatning
mahalliy hokimiyat boshliqlari unda qatnashgan. Markaziy va mahalliy davlat
organlari o‘rtasidagi aloqadorlikni kuchaytirishda bu siyosiy institut katta rol
o‘ynagan.
Sohibqiron saltanatida, Qurultoydan keyingi o‘rinda maxsus organ, davlat
majlisi turgan. Tuzuklarda bu xususda “Saltanat saroyida o‘tirish va o‘rin olish
tuzugi» da keltirilgan. Sohibqiron huzurida mazkur kengash ikki ko‘rinishda
chaqirilgan. Katta kengash tinchlik paytida, Samarqandda amir saroyida
yuqoridagi ko‘rinishda chaqirilgan. Harbiy yurishlar paytida, katta janglar oldidan
chaqiriladigan kichik kengashda Amir Temurning eng yaqin kishilari ishtirok
27
Azamat Ziyo. Amir Temur davrida davlat boshqaruvi.-«Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni» mavzuidagi
halqaro konferensiya materiallari. -T.: O‘zbekiston, 1996. - B. 12-13
23](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_22.png)
![etgan 28
.
Sohibqiron saltanatidagi kengashlar o‘z vazifasi va ahamiyatiga ko‘ra bir-
biridan birmuncha farqlanib turgan. Bazi kengashlar o‘ta maxfiy tarzda o‘tkazilgan
va unda tegishli kishilargina ishtirok etgan.
Sohibqiron dargohidagi xuddi shunday kengashlardan biri haqida Azamat
Ziyo shunday fikr yuritadi: «Amir Temur dargoh qoshida maxsus kengash tuzgan.
Bu kengash ichki va tashqi siyosatning eng muhim masalalarini, hokimiyatning
yuqori amallariga mansabdor shaxslar tayinlash va boshqa masalalarni muhokama
qilgan» 29
. Shubhasiz, Sohibqiron saltanatida bunday kengashlarning mavjudligi
tabiiy hol edi.
Yigirma yetti davlatni birlashtirgan saltanatni qonun-qoida va adolat ila
boshqarmoq uchun unda yuz berayotgan voqea va hodisalarni chuqur bilmoq va
ularning qonunga qanchalik bo‘ysunayotganligini, tegishli muammolarini to‘g‘ri
hal etish uchun chora-tadbirlar ko‘rishi kerak edi. Kengashda kunda va oyma-oy
olingan habarlar muhokamadan o‘tar, kamchiliklar darhol to‘ldirilar, joylarga tez-
tez tekshiruv hay’ati jo‘natilib, ahvol aniqlanar edi.
«Temur tuzuklari» dagi ma’lumotlarga ko‘ra, vazirlarning biri mamlakat va
raiyat vaziri bo‘lib, u davlatning muhim va kundalik ishlari, raiyat ahvoli,
viloyatlarda yig‘ilgan hosil, soliq-o‘lponlar, ularni taqsimlash, kirim-chiqimlarni
(mamlakat) obodonligini, aholining farovonlik ishlari va mulkni qay tarzda tartibga
keltirayotgani bilan shug‘ullanib, u haqda Amir Temurga xabar berib turgan 30 31
.
Ikkinchisi sipoh vaziri bo‘lib sipohiylarning oylik va boshqa haqlarini
o‘rgangan va bu haqda amirga xabar berib turgan. Ular sipoh tarqoq holga tushib
qolmasligi uchun harbiylar ahvolidan xabardor bo‘lib turgan 32 33
.
Uchinchisi mulkchilik va solik ishlari vaziri bo‘lib, u o‘lib ketgan va
28
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi... - B. 177
29
Tojixonov U., A. Saidov. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1 O‘zbekiston IIV Akademiyasi nashri. T.:
1998. - B. 176-179.
30
Azamat Ziyo. Amir Temur davrida davlat boshkaruvi... -B. 12-13.
31
Temur tuzuklari... - B. 107.
32
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.b 41
33
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.B 45.
24](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_23.png)
![qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlarning (sayyohlar va
savdogarlarning) mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat
chorvalarini, ularning o‘tlov-yaylovlarini boshqarib, bularning barisidan yig‘ilgan
daromadni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug‘ullangan. U g‘oyib bo‘lganlar
va o‘lganlarning mol-mulki bo‘lsa, merosxo‘rlariga topshirgan
To‘rtinchisi-saltanat ishlarini yurituvchi vazir. U butun saltanat
idoralarining kirim-chiqimlari, hazinadan sarf qilingan tamom harajatlar (hatto)
otxona va (saroydagi) boshka jonzotlarga qilingan harajatlargacha baridan ogoh
bo‘lishi lozim edi 34
.
Bu vazirlikning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, Amir Temur davrida
moliyaviy siyosat yaxshi yo‘lga qo‘yilganligining guvohi bo‘lamiz.Sohibqiron
Amir Temur davlat kirim va chiqimlari va sarf- xarajatlarni yuritishda o‘rtamiyona
yo‘l yurytish lozimligini aytib o‘tgan.Ushbu vazirlikning anik va to‘g‘ri ishlashi
Amir Temur davridagi davlat boshqaruvi to‘g‘ri tashkillashtirilganligini ko‘rsatadi.
Amir Temur davlatida chegara erlar va davlatga tobe davlatlarga oid uch
vazirdan iborat davlat hay’ati tuzilgan va u xolisa deyilgan. Ular qaram erlardagi
moliyaviy muammolarni va keladigan daromadlarni boshqargan 35
.
«Temur tuzuklari» dagi ma’lumotlarga muvofiq bu uch vazirlar quyidagi
vazifalarni bajargan: birinchi vazir xalqdan olinadigan soliqlar undirilishini
kuzatgan, o‘z faoliyati to‘g‘risida markazga hisobot berib turgan. U soliqlar
miqdori, soliq to‘lovchining nomini yozib borgan. Tarixdan malumki, soliqlar
davlat qudratini oshirish vositasi deb hisoblangan va bu masalada bazan haddan
oshish va xalqni qiynash xolatlari ham kuzatilgan. Ammo Amir Temur davrida
soliq borasida ancha engil shart-sharoitlar yaratilgan. Soliq yig‘ishda bazan
xalqning hohish- irodasi ham hisobga olingan.
Ikkinchi vazir sipoh ishlarini boshqargan. U sipohga berilgan va berilishi
lozim bo‘lgan mablag‘ hisobini olib borgan.
Uchinchi vazir daraksiz yo‘qolgan kishilar, kelib-ketib yuruvchilar
34
B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati»77-b.
35
B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati»87-b.
25](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_24.png)
![(sayohatchilar va savdogarlar), har-xil yo‘llar bilan yig‘ilib kolgan hosil, aqldan
ozganlarning mol-mulki, vorissiz mol-mulkni, qozilar va shayxulislomlarning
hukmi bilan olingan jarimalarni tartibga keltirgan.
Tuzuklarda ushbu vazirlik haqida gap borsa-da olimlarning davlat organlari
tizimi to‘g‘risidagi qarashlarida ixtiloflar bor. Masalan: - B.Ahmedov
mulohazalarini keltiramiz, «Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor
yo‘g‘i etti vazir: 1) mamlakat va raiyat vaziri; 2) sipoh vaziri, 3) moliya ishlari
vaziri; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir, beshinchi, oltinchi, ettinchi vazirlar
sarhad vazirlari orqali boshqargan.
Lekin ularning kim va nimaligi, ya’ni zimmasiga qanday vazifalar
yuklatilganligi aniq ma’lum ema- S. «Tuzuklar»da aytilishicha, bu uch vazir
sarhadlar vaziri deb atalgan va tobe’ mamlakatlarga tegishli ishlar bilan mashg‘ul
bo‘lganlar. Xususan, «ular mazkur erlardagi moliyaviy muammolarni va keladigan
daromadlarni boshqarishsin» -deyilgan. Balkim va’ziri tangalarda forscha “Temur
Kurgon” , turkchada “Temur Ko‘ragon” so‘zlari bitilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Tug‘ro podshohning yorlig‘i, farmoni, gerb, davlat
nishonasi bo‘lib, unda harflar bir-biriga chirmashtirib yozilgan. Bunday usulda
podshohning nomi va laqablarini uning farmoni tepasiga bitganlar. 36 37
”.
Amir Temur davrida davlat boshqaruvining turli sohalari bir- biriga
uyg‘unlashtirilgan. Davlat va mahalliy hokimiyat organlarining barcha bo‘g‘inlari
yagona markazga birlashgan. Bu davrda mamuriy boshqaruv ahloqiga katta etibor
qaratilgan va bu jihatlar davlat boshqaruvi bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu davrdagi
qonunlarda harakatchanlik, mansabdor shaxs yashagan davrdagi mutanosiblik,
alimentatsion (mansabdor shaxsning mansabiga qarab haq to‘lash) bo‘ysunish va
mansabdor shaxsning shaxsiy javobgarligi, sovg‘alar olishi masalasi va intizomiy
javobgarligi meyorlashtirilgan. Shuningdek, markaziy va mahalliy davlat organlari
36
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent,
1996.B 42 .
37
Abdurazzoq Samarqandiy. Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T- B. 460 .
26](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_25.png)
![tizimini tashkillashtirishda davlatga qarshi jinoyatlar, hamda korrupsiyaning oldini
olishga katta qonuniy asoslar yaratilgan.
Shuningdek markaziy va mahalliy davlat amaldorlari biror lavozimga
tayinlanayotganda avvalo ularning rahbarlik salohiyatiga katta etibor qaratilgan.
A.R. Muhammadjonov «Temur saltanatida o‘tkazilgan Qurultoy, kengash,
shohona qabullar va dabdabali saroy marosimlaridan o‘rta asr davlatchiligining
o‘ziga xos rasmiy an’analari mujassam edi. Tantanali izdaham tartibiyu
qoidalaridan tortib, a’yonlarning to‘yona liboslarigacha ulardan katta e’tibor
berilgan edi» deb yozadi 38
. Demak ushbu jihatlar ham mamuriy tizimga kiritilgan.
Tadqiqotchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi Eron, Safaviylaridan tortib
Shayboniylar, Ashtarxoniylar O‘rta Osiyo xonlarigacha Amir Temur davlatchiligi
an’analarini namuna sifatida o‘zlariga qabul qilganliklarini isbotlab berish
ekanligini aytib fikrini shunday davom ettiradi: «Bu masalaning nihoyatda qiziq
tomoni shundaki, na XV asr turk xukmdorlari, na XVI asr shia safaviylar
tarafdorlari va na Shayboniylar o‘zlarini Amir Temur boshqaruvi an’analarining
izdoshlari va tarafdorlari deb o‘ylamagan. Shunga qaramay, ular G‘arbda Usmonli
turk saltanatidan to Qoshg‘argacha va Hindistongacha bo‘lgan bepoyon chegarada
Amir Temurni ulug‘ hukmdor sifatida tan olishgan va uning g‘oyalarini qabul
qilishgan» 39
.
Demak biz tadqiqotchining ushbu odil fikri asosida shunday xulosa
qilishimiz mumkinki, o‘sha davr davlatchiligidagi eng afzal va mukammal
an’analar Amir Temur davrida shakllangan va- ko‘plab SHarq davlatlari rahbarlari
davlatni ana shu qoidalar asosida boshqarganlar.
Bizning fikrimizcha, ma’muriy tizimning yaxshi yo‘lga qo‘yilishi tufayli
yuk tashish va pochta xizmati bir tizimga tushdi.
Bu davrda rasmiy til fors tili bo‘lsa-da, qolgan tillarning erkin rivojlanishi
uchun imkoniyatlar yaratilgan, hamda joylardagi milliy urf- odatlarga xalal
berilmagan, ularga ichki mustaqilliklar berilgan. Amir Temur davlat boshqaruv
38 37
Muxammadjonov A.R. Temur va temuriylar... - B. 33.
39
Fragner Bert. Amir Temurning ma’muriy islohotlari ... - B. 14.
27](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_26.png)
![shakli haqida X. Mamatov shunday mulohaza bildiradi :«Ma’lumki, davlat va
huquq fanlarida o‘rta asr davlatlarini boshqarish shakli bo‘yicha «ilk feodal yakka
hokimligiga (yakka hokimlik) a) tabaqali vakillik monarxiyasi va v) muloqiy
monarxiya davrlariga bo‘lib o‘rganiladi. 40
O‘zbekiston davlati va huquqi tarixida
eftalitlar davlatidan boshlab undan keyingi barcha davlatlar: turk xoqonlari,
Saljuqiylar, Xorazmshohlar davlatlari mutloqiy yakka hokimligiga, hokimiyatni
cheklanmagan ko‘rinishidagi davlatlar edi, deb hisoblash mumkin.
Amir Temur saltanati (imperiyasi) esa davlatshunoslik nuqtai nazaridan
olganda, mana shu mutlokiy monarxiyaning cho‘qqisidir»
Amir Temur davlati mafkurasining negizini islom ananalari tashkil etadi.
Malumki, asl manodagi islom mafkurasi umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan
tinchlikparvar va insonparvar mafkuradir. Aslida esa bu tushunchalar
umuminsoniy g‘oyalarni targ‘ib qiladi.
Amir Temurning millat jihatdan qurama yirik saltanatida diniy, irqiy va
milliy nizolarning kelib chiqmaganligi ham bu davr davlatchiligini mafkurasining
poydevori umuminsoniy qadriyat ekanligidan, Sharqona demokratiya an’analari
mavjud bo‘lganidan dalolat beradi. Temuriylar davri mafkurasini o‘rganish orqali
davlatchiligimizdagi Uyg‘onish davrining yana bir qirrasi ochiladi, deb o‘ylaymiz
va fikrimizcha bu mavzu alohida tadqiqotlarga muhtojdir.
Bizning nazarimizda Amir Temur davri ma’muriy tizimi hamda bu
davrgacha va bundan keyingi davr davlatchiligi, shuningdek Sharq va G‘arbning
o‘sha davrdagi davlatlari ma’muriy tizimlari chuqurroq o‘rganilishi kerak, ana
shundagina Amir Temur davlati ma’muriy tizimining o‘ziga xos jihatlari yana-da
chuqurroq namoyon bo‘ladi.
Bizningcha, Amir Temur davlat apparatini tashkil etuvchi ma’muriy tizim,
tizimlararo va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar mutanosib rivojlangan va ularning
har birining aniq vazifasi belgilangan, har qanday qonun va ijrolar ana shu tizim
orqali bajarilgan. Mamlakatning eng chet joylarigacha qonun ustivorligi va uning
40
Mamatov X.T. Temur tuzuklarida davlat va huquq masalasi.yu.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya. - T.: 2002.-156 6
28](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_27.png)
![ijrosi ta’minlangan. Bu omillar markazlashuv ananalari kuchayishiga tasir
ko‘rsatgan.
Amir Temur davri davlat boshqaruv tizimi mukammal davlatchilik tizimi
bo‘lib u davlat hokimiyatini amalga oshirishda samarali vosita vazifasini bajargan
edi. Yuqoridagi ma’lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Sohibqiron
saltanatida kishining aniq belgilangan o‘z o‘rni va vazifasi bo‘lishi bilan birga
hatto ularning kiyim-kechaklariga, muomala madaniyatlariga, etika va estetika
qoidalariga qat’iy amal qilingan hamda memoriy qurilishlar ham bu talabga javob
bergan. Davlatchilik tizimidagi ushbu qoidalar milliy boshqaruvimiz san’at
darajasiga ko‘tarilganini, davlat organlari tizimini yaratishda u bilan bog‘liq har bir
soha e’tiborga olingani, bir-biri o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solingani va
muvofiqlashtirilgani, bu borada yaxlit konsepsiya yaratilganini ko‘rsatadi. Amir
Temur davridagi asosiy mansab va unvonlar mavzusi 41
42
olimlarimiz va xorijlik
temurshunos olimlar tomonidan qisman o‘rganib chiqilgan. Beatris Mans,S.
Appendiks, M.Xaydar kabi chet el tadqiqotchilarning yutug‘i shundaki, ular
mavjud urug‘ va qabilalarning mansab va unvonlar olishdagi o‘rni, ularni
taqsimlashda Amir Temurning katta vakolati, u atayin mansab va unvonlarni
taqsimlash masalasida aniq bir tizim yaratmaganligi, bundan maqsad davlat
hokimiyatini o‘z qo‘lida mustahkam ushlab turish uchun o‘z vakolatini
kengaytirgani va boshqa xususiyatlarni qayd etib o‘tganlar. Bu olimlar Amir
Temur davlatida mansablarga chig‘atoy zodagonlari keng jalb etilgani, forsiy
mamurlar ikkinchi darajali mansablarni egallagani va ularning vakolatlari ancha
cheklanganligi kabi xususiyatlarni ham qayd etib o‘tganlar. Biroq ushbu
tadqiqotlardagi malumotlar bazan uzuq-yuluq, ularda ko‘plab mansab va unvonlar
keltirilmagan. Ushbu muammo temurshunoslar tomonidan kam o‘rganilganligi
uchun ham Amir Temur davrini o‘rganishdagi eng muhim muammolardan bo‘lib
41
'Ahmedov - B.A. Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati... - B. 5-22; Muhammadjonov A.R. Temur va
temuriylar saltanati... - B. 25-33 ; Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi... - B. 171-189. vaboshqalar.
42
Appendix S. The formal administrative structure. -Manz B. F.The rise and rule of Tamerlane. Cambrige
University Press, 1989. P. 167-175; Manz Beatrice Forbes. Adminstration and the delegation of Authority in
Temur’s Dominions / Central Asiatic Journal, XX. 1976. - P. 191-207; Manz B.F. The Ulus Chagatay before and
after Temur's rise to power / Central Asiatic Journal, XXVII. 1983. - P. 79-100.; Manz B.F.Structure and function in
Temiir's administration. The rise and rule of
29](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_28.png)
![kolaveradi.
Biz ushbu tadqiqotimizni Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy,
Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa Amir Temur va temuriylar davri muarrixlari
asarlaridagi mansab va unvonga taalluqli malumotlardan, o‘zbek va xorij olimlari
tadqiqotlaridan foydalanib yoritdik. Amir Temur davri mansab va unvonlari ancha
ko‘pligi bois ularni markaziy, mahalliy, sud-huquq, harbiy va diniy tizimidagi
mansab va unvonlarga ajratgan holda tadqiq etish maqsadga muvofiq keladi.
Markaziy hokimiyatga oid mansab va unvonlar: Amir Temur davlatda
yagona hukmdor sanalib u cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan. U mo‘g‘ul
ananalaridan farqli ravishda o‘zini xon deb emas amir deb atagan. Amir Temur
hokimi mutloq sanalsa-da, o‘sha davr ananalirag ko‘ra, chingiziylardan bo‘lgan
Suyurg‘atmish va Mahmudxonlarni xon qilib ko‘tarilgan. Ular soxta xonlar bo‘lib
amalda saltanatga doir ishlarning ahamiyatga moliklari Amir Temur tomonidan
had etilgan. O‘zi ham mo‘g‘ul xonining qizi Saroymulkxonimga uylanib faxrli
Ko‘ragon unvoniga ega bo‘lgan va shu orqali o‘zining siyosiy hokimiyatini
mustahkamlagan. Amir Temur cheklanmagan vakolatga ega bo‘lib, o‘zi lozim
topgan paytda davlat mansabdorlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni
o‘zgartirishi va yangi qarorlar qabul qilishi mumkin bo‘lgan. Hukumat
devonlarining boshlig‘i Devonbegi' bo‘lib, bazan Sohibi devon- vaziri a’zam 43 44 45
deb atalgan. Devonbegi podshohdan keyin turadigan oliy mansab bo‘lib, davlat
ishlarida muhim rol o‘ynagan. Biz yuqorida S.Appendiks va B.Mans podshoh
devonini ikkiga- Devoni alo va Devoni buzurglarga bo‘lib ko‘rsatganligini aytib
o‘tgan edik. Devoni aloning boshlig‘i Sohibdevon deb aTanraH J
. Bu oliy
mansabga chig‘atoylar zodagonlari orasidan qo‘yilgan. Devonbegi saltanatda yuz
berayotgan vokealarni nazorat qilgan va ularning hisobotini har kuni shaxsan Amir
Temurga berib turgan. Xo‘ja Masud Simnoniy Amir Temurning eng ishonchli
sohib devonlaridan biri bo‘lgan 46
.Amir Temur Devonbegiga katta vakolatlar berish
43
Axmedov - B. Amir Temurni yod etib... - B. 14.
44
Axmedov - B. Amir Temurni yod etib .... - B. 15.
45 44
Appendix S. The formal administrative structure... - P. 168
46
Appendix C. The formal administrative structure... - P. 114.
30](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_29.png)
![bilan birga ular tomonidan qabul qilingan qarorlarni istagan vaqtida bekor qila
olgan. S.Appendiks “yarguchi” mansabi shoh- xonadoni va chig‘atoy
zodagonlarini sud qilishga mo‘ljallangan oliy tribunal sudi, Devoni buzurgning
oliy mansabdori degan fikrlarni ilgari suradi 47 48
. Markaziy hokimiyatning eng
muhim mansabdorlaridan biri vazirlar hisoblangan. Bazan ular Devoni adl, devoni
quzzot kabi devonlar deb atalgan bo‘lishi ham mumkin. Biz yuqorida Amir Temur
saltanatida etti vazir faoliyat yuritganligi, ular Devonbegiga bo‘ysunganligi haqida
to‘xtalib o‘tgan edik. Beatris Mans Amir Temurning vazirlarning vakolatlarini
cheklashga intilgani, hatto ularni uzoq bir mansabda -ushlab turmaslik, tez-tez
almashtirib turish, bundan maqsad fors mamurlarining imkoniyatlarini cheklash
bo‘lganligi haqida to‘xtalib o‘tgan 49
.
Bizning fikrimizcha, vazirlarning fitnalariga tez-tez duch kelgan Amir
Temur markaziy hokimiyatni kuchaytirish, o‘z qo‘lida hokimiyatni mustahkam
ushlab turish uchun ham vazirlarning imkoniyatlarini cheklashga intilgan va
ularning faoliyatini qattiq nazorat.qilgan. Podshoh va davlat xazinasini (hazorayi
amira atalgan) tasarruf etib turuvchi mansabdor hazinador (xozin) 50
deb atalgan.
Bizningcha ular davlat xazinasiga javobgar bo‘lib, ularning ishlari qattiq
tekshirilgan. Markaziy hokimiyatda muhrdor lavozimi katta ahamiyatga ega bo‘lib
davlat hujjatlariga muhr qo‘yish ishiga masul bo‘lgan. Muhrdor hukmdorning eng
yaqin kishisi bo‘lgan
. Podshoh huzuriga arz-dod bilan keluvchilar haqida,
shuningdek el yurtining umumiy ahvoli, joylarda oliy hukmdorning farmon va
buyruqlari qanday bajarilayotganini vaqti-vaqti bilan Oliy hukmdorga etkazish
huquqi va vakolatiga ega bo‘lgan oliy mansabdorlar arzbegi deb atalgan 51 52 53
.
Uning zimmasiga mamlakatda bo‘layotgan voqea-hodisalarni haqqoniyat bilan
etkazish masuliyati yuklangan. Amir Temur saroyida shsho‘ovullar 2
’ ham katta
47
Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 114.
48 47
Appendix C. The formal administrative structure ... - P. 171-172
49 48
Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 114.
50
O‘rinboev A. Tarjimasiz qoldirilgan so‘zlar va tarixiy istiloh-terminlarga izoxdi lug‘at. / Abdurazzoq
Samarqandiy Matlai sa’dayn va majmai bahrayn. - T.: Fan, 1969. - B.460.
51
Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 112-113.
52
Ahmedov - B. Amir Temurni yod etib... - B. 14 .
53
Shomiy... - B. 519; Abdurazzoq Samarqandiy... - -B. 315; 461.
31](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_30.png)
![nufuzga ega bo‘lishgan. Ular turli davlatlardan keladigan elchilar va o‘z davlatidan
boshqa davlatga ketadigan elchilarning tashkiliy masalalari bilan shug‘ullangan.
Biz agar Amir Temur davlatining elchilik faoliyatining kengligini va elchilar
kelganda ularni kutib olishdagi rasmiy marosimlarni kuzatadigan bo‘lsak bu
mansab egalarining katta mehnatini, tajribasi va masuliyatini his etamiz. Saroyda
elchilarni tanlash va tayyorlash markazi mavjud bo‘lib ular bevosita shu ishga
masul bo‘lganlar. Oliy martabalardan biri tavochi(adyutant) mansabi bo‘lgan. Ular
Qurultoyga davlatning turli o‘lkalaridan shahzoda va boshqa mahalliy boshliqlarni
to‘plash, yurishlar oldidan lashkar to‘plash, janglar vaqtida vafot etgan
harbiylarning hisobini olish ishlari bilan ham mashg‘ul bo‘lishgan 54
. Ular lashkar
to‘plash, ularning aniq hisob-kitobini olib borish, sharoitini yaxshilash, qurol-
aslaha bilan taminlanish darajasini aniqlash, amirlarga kerakli vazifalarni yuklash,
ularni tartib raqamlarini belgilash ishlariga masul bo‘lganlar. Tovachilar tinchlik
paytida lashkarni qurilish ishlariga tortish ishlari bilan ham shug‘ullanishgan.
Ozarbayjonda kanal qurilishiga ham tovachilar rahbarlik qilgan. Ular yurishlardan
tushgan o‘ljalarni adolatli taqsimlash, qo‘shinni bir joyga qo‘nishini
tashkillashtirish va boshqa ishlarga ham masul bo‘lganlar. Umuman olganda ushbu
mansab ham eng nufuzli ishlardan hisoblanib bu ishlarga katta tajriba va kuchga,
tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan Amir Temurning yaqin kishilari qo‘yilgan.
Podshohning ov hayvonlarini tasarruf qilib turgan xizmatkor (qushchi)lar tepasida
turgan oliy mansabdor sushbegi 55 56
deb atalgan. Bu mansabdagilar podshohning ov
bilan shug‘ullanishida ko‘mak berish bilan birga o‘rgatilgan kushlar orqali aloqalar
olib borishga ham masul bo‘lganlar. Keyinchalik ularning nufuzi ortib Buxoro
amirligida bosh vazir «Qushbegi» deb yuritilgan. Amir Temur davridagi eng
nufuzli unvonlardan biri Ko‘ragon kuyovi unvoni bo‘lgan. Ko‘ragon Chingizxon
avlodiga mansub xon qiziga uylangan aslzodaga berilgan faxrli unvon 57
bo‘lib,
o‘sha davr siyosiy an’analariga muvofiq mo‘g‘ul xonlari qiziga uylangan
54
Xukxem X. Vlastitel semi sozvezdiy... - S. 67-68.
55
Appendix S. The formal administrative structure ... - P. 173-174.
56
B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati» ... - B 16.
57
B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati» - B.14 .
32](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_31.png)
![hukmdorlar o‘z qonuniy hokimiyatini shu unvon orqali mustahkamlaganlar. Amir
Temur, Jahongir, Mironshox, Mirzo Ulug‘beklar shunday faxrli nomni olganlar.
Bizningcha davlatning kuch-qudratini oshirishda unga har tomonlama maqom
berishda bu unvonning ahamiyati yuksak bo‘lgan. Deyarli 130 yil davomida
mo‘g‘ul xonlari o‘zlarini davlatning huqukiy egasi deb targ‘ib qilganlar.
Sohibqiron Amir Temur bu an’analardan foydalandi va mo‘g‘ul xonlari orasida
ham o‘zining hukmdorlik maqomini mustahkamladi. Amir Temur saroyidagi eng
nufuzli yorliqlardan biri tarxondir.
Saltanat oldida ko‘rsatgan ayrim xizmatlari uchun er-mulklari soliqlardan
ozod qilingan va yana bir qancha imtiyozlarga ega bo‘lgan (xon huzuriga bemalol
kira oladigan, to‘qqiz martagacha gunohi kechiriladigan, tegishli o‘ljasi
taqsimlanmaydigan, gohida avlodlari ham soliqdan ozod qilinadigan) amir. Amir
Temur saroyidagi nufuzli unvonlardan biri no‘yondir.Ular Amir Temur tomonidan
tamg‘aga ega bo‘lgan chig‘atoy zodagonlaridan chiqqan bo‘lib, ulug‘ amir, noib,
tuman (o‘n ming kishilik lashkar) boshlig‘i ma’nolarida qo‘llanilgan. Bu unvon
egasi ham Amir Temur saroyida katta nufuzga ega bo‘lgan. Amir Temur davrida
iqtodorlar 58 59
ham katta nufuzga ega bo‘lishgan. Iqto yuqori harbiy lavozimdagi
kishilarga oliy hukmdor lashkarlari va boshqa davlat ishlarida ko‘rsatgan jasorati
evaziga berilgan er ulushi.Ular bazan vaqtinchalik, bazan umrbodga berilgan. Bu
usul albatta markazlashuv jarayonlariga xalal berishi mumkin edi. Bizga tarixdan
malumki, iqto tizimi Somoniylar va Qoraxoniylar davrida ham mavjud bo‘lgan.
Shahzoda va xonzodalarning tarbiyachilari otalits deb atalgan va bu mansabga ham
Amir Temur xonadoniga eng yaqin kishilar tanlangan. Ular atko, otabek deb ham
atalgan. Ular hukmdor oldiga bemalol kirish huquqiga ega bo‘lgan va
shaxzodalarni har tomonlama mukammal tarbiyalashdek muhim vazifani
bajarishgan. Ma’lumki, qadimdan davlat boshliqlari yangi tug‘ilgan farzandlarini
biror enagaga berib emizdirganlar. Enaga bo‘lmish toza nasllik, yangi farzand
ko‘rgan bo‘lishi kerak bo‘lgan. Atkalar esa ana shu enaganing eri hisoblangan va u
58
Кароматов H . Айрим атамалар ва тарихий истило h ларнинг изохди лу g ‘ати.. / Низомиддин Шомий.
Зафарнома ... - Б .516.
59
Sharafuddin Ali Yazdiy.. . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 128;. - B. 172 .
33](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_32.png)
![shaxzodaga otaday hisoblangan. Har qanday kishi enaga yoki atka bo‘lavermagan,
balki toza nasslik, har tomonlama sog‘lom, ziyrak, aqlli, dono kishilar bu ishga
loyiq deb topilgan. Ular shahzodalar tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullangan. Otaliq
bolaga turli sohalarda murabbiy ustozlar olgan va ularni har taraflama davlat
ishlariga tayyorlab borgan. 1394 yil 14 avgustda SHohruh Mirzo o‘g‘il ko‘rdi.
Unga Ibrohim Sulton deb ism qo‘yadilar. Shahzodaga Tuman og‘o (Amir
Temurning dono zavjasi-Sh.U.) murabbiya etib tayinlanadi. «Va amir Usmon
Abbosni otabek (Otaliq—Sh.O’.) qildilar va xotuni Sotqin og‘okim, Sohibqirong‘a
urug‘ bo‘lur erdi, enagaliqqa muqarrar bo‘ldi". Shahzodalar yosh vaqtida
saltanatga o‘tirsa yoki yangi ish boshlasa otaliqlari ularga maslahatchilik qilgan.
Shahzodalar o‘n ikki yoshga to‘lganda ularga viloyat berilgan. Obro‘li amir yoxud
beklardan biri unga murabbiy, ya’ni otaliq yoki otabek 60 61
etib tayinlangan. U
shahzoda o‘n olti yoshga etguncha bola nomidan viloyatni boshqargan 62 63 64
.
Podshoh amr farmonlarini mahalliy hukmdorlarga etkazuvchi mansabdor
parvonachi deb atalgan. Bu mansab ham Amir Temur saroyidagi nufuzli
mansablardan hisoblangan. Lo‘kal -ko‘kaldosh, shahzoda enagasining o‘g‘li; sut
emishganlik jihatidan shahzodaga birodar bo‘lgan kishi. Biz yuqorida Atka haqida
to‘xtalib o‘tganda go‘dak shahzodalarni yangi farzand ko‘rgan onalar emizib
o‘stirgani, enaganing zavji atko deb atalishini aytib o‘tgan edik. Xuddi shu
enaganing o‘g‘li ko‘kaltosh deyilgan va bir onadan sut emganligi hurmati tufayli
ular saroyda katta nufuzga ega bo‘lganlar. Lokovul-shaxsiy nomga qo‘shilib
kelgan unvon bo‘lib, bu martabadagi amaldor podshohga beriladigan ovqatni
oldindan tatib ko‘rgan. Uning zimmasiga hukmdor va saroy ahliga mazali taomlar
tayyorlash, ularning xavfsizligini taminlash vazifasi yuklatilgan. SHuningdek,
bakovul to‘y va mehmondorchilik ishlarini ham boshqargan. Saroy oshpazlarining
boshlig‘i bakovulboshi deb atalgan. Bakovulboshi nufuzli mansablardan bo‘lib,
saroy oshxonasida taomlar tayyorlanishi, umuman ovqatlanishi bilan bog‘liq
60
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.- B. 100.
61
60 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.- B. 93
62 61
Ahmedov - B. Milliy tarbiya sarchashmalari ... - B.125-126.
63
Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T.- B.458 .
64
Sharafuddin Ali Yazdiy.... - B.128; Abdurazzoq Samarqandiy... - B.196;
34](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_33.png)
![barcha masalalarga ma’sul bo‘lgan. Nozik did farosatli, oliy mansabli, bilimdon
kishilar bu mansabga qo‘yilgan. Shuningdek, bovarchi unvoni ham shaxsiy nomga
qo‘shib aytilgan' va bu unvon saroy bosh oshpaziga berilgan. Podshoh taomlarini
oldindan totib beruvchi xonsolar' saroy dasturxonini bezatuvchisi bo‘lgan.
Podshohning shaxsiy kotibi munshii deb atalgan. U munshiyi xos deb ham
deyilgan. Munshiy maxfiy kengash va majlislardagi bo‘lgan gaplarni xolislik bilan
daftarga qayd qilib borgan. Munshiylar tomonidan fathnomalar va boshqa etiborga
molik xatlar ham yozilgan. Ular xusnixatda mohir bo‘lganlar. Amir Temur
davlatida yozuv ishlari bilan shug‘ullanuvchi devon xodimlari baxshiylar 65
bo‘lib,
ular saroy hujjat ishlarini yuritganlar. Ulardan davlat ishlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida
yuritish talab etilgan. Ularning ham bakovul, bakovulboshi kabi saroyda nufuzi
katta bo‘lgan. Amir Temur saroyida katta mansab va unvon egalari bilan birga
xizmatchi-xodimlar ham faoliyat yuritishgan. Bitikchi, kotib, devon xizmatchisi
deb atalgan xizmatchilar saltanatning yozuv-chizuv ishlarini olib borgan. Podsho
devoni ish faoliyatini to‘g‘ri yuritish muhimligini inobatga olsak bu xizmatga ham
Amir Temurga yaqin, bilimdon, ziyrak kishilardan qo‘yilgani anglashiladi.
Qo‘lyozma kitoblardan nusxa ko‘chiruvchi, kotib, xusnixat sohibi bo‘lib, ular
davlat ahamiyatiga molik maktublar yozish ishlarini ham bajarishgan. Podshoh va
shahzodalarning otlariga egar uruvchi hizmatkor zinbardor' hukmdorga tez va har
doim ot-aravalarini tayyorlashi kerak bo‘lgan.
Hukmdorning xos ishonchli navkarlari ichkilar 66 67
deb atalgan. Bizningcha
hukmdorning eng ishongan kishilari, shu bois ular ichkilar deyilgan bo‘lsa kerak.
Oliy hukmdorning kengash va mashvaratlarida navbatma-navbat hozir
bo‘lib, majlisda ko‘rilgan va yechilgan muhim masalalar va ayrim ishlar tafsilotini
maxsus daftarga yozib olib saqlovchi xodimlar majlisnavis deb atalgan.
Bundan tashqari ularning zimmasiga podshohga tushgan arzlar, qabul
etilgan qaror (hukm), mamlakat ahamiyatiga molik ishlardan tortib to shaxsiy
65
64 Sharafuddin Ali Yazdiy. . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997. -384 b. - B. 125; 128;.. - B. 262.
Abdurazzoq Samarkandiy.. Tarixi ko’rogon. - B. 454.
66
Ahmedov B. Temurni yod etib..Temuriylar tarrixi. - B. 14.
67
66 Abdurazzoq Samarqandiy.Tarixi ko’rogon.. - B. 351.
35](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_34.png)
![gaplargacha qayd etib borish ishlari ham yuklatilgan.
Bu esa Amir Temur davrida bajarilgan davlat ahamiyatiga molik ishlar
bayonnomalar tarzida saqlanganini bildiradi.
Podshoh otxonasi xizmatchilari tepasida turgan mansabdor miroxur 68
deb
nomlangan. Ular podshoh otlarining zotdorini tanlash, ozuqasini taminlash, ularni
maxsus tayyorlash ishlariga masul bo‘lganlar.
Podshoh saroyida Mirobboshi mansabi ham mavjud bo‘lgan. Ular suv
xo‘jaligi boshqaruvchisi miroblar 69 70
faoliyatiga rahbarlik qilgan. Suniy
sug‘orishga asoslangan O‘rta Osiyo iqlimini inobatga olsak, suv taqsimoti masalasi
katta ahamiyatga molik ekanligini anglaymiz.
Geometriya ilmini yaxshi bilgan olim, binolarning tarixini tuzib beruvchi
mutaxassis; quruvchi-injener. O‘sha davrdan qolgan betakror va zalvorli imoratlar
ularning saviyasi va ilmi darajasidan darak beradi. Bu mutaxassis ham Amir
Temurning bunyodkorlik faoliyatida faol ishtirok etgan.
Shaxsiy nomga qo‘shilib kelgan mihaffachi 1
podshoh taxtiravoni
(mihaffasi)ga bog‘liq bir lavozim ekanligi bildiradi.
Saroy xizmatchilari orasida farro’ilar ham bo‘lib ular podshoh xonalarini
supurib-sidiruvchi, gilam, to‘shak va boshqa kerakli narsalarni to‘shovchi
xizmatkor. Ular saroydagi ozodalikka, sarishtalikka javob berishgan.
Podshoh saroyida (haramda) xizmat qiluvchi bichilgan (axta) qullar xoja
sarolar 71 72
deb atalgan. Ular haram ahlini xizmatini kilgan.
Saroy xizmatchilari orasida chuhralar ham faoliyat yuritgan. Ular oqsuyak
toifadan chiqqan va saroy xizmatida bo‘lgan yosh yigitlar edi 73
. Bizningcha ular
shahzodalarning shaxsiy qo‘riqchilari bo‘lgan. Ularning boshliqlari chuhraboshi
deb atalgan 74
Podshohlar chodirini olib yuruvchi, soyabon ko‘tarib yuruvchi xos
68
67Ahmedov B.Amir Temurni yodetib... - B.15.
69
Ahmedov B. Amir Temurni yod etib... - B. 15.
70
Muhammadjonov A.R. Amir Temur va temuriylar ... -B. 121.
71
70 Nizomiddin Shomiy... - B.512-513.
72
Nizomiddin Shomiy... - 518.
73 72
Abdurazzoq Samarqandiy ... - B.461; Shomiy ... -B. 519.
74
- B.Axmedov. Amir Temurni yod etib... - B.16.
36](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_35.png)
![xizmatkor shukurchi deb atalgan. Amir Temur ko‘proq vaqtini yurishlarda
o‘tkazgan va doim shukurchining ishi shunga yarasha murakkab bo‘lgan.
Podshoh saroyini nazorat qilib turuvchi qurolbardor, yarog‘bardor,
salohdor kishi hurchi deb atalgan. Bizningcha, ular saroy xavfsizligini
ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan 75
.
Mahalliy boshqaruvga oid mansab va unvonlar:
Sheroz, Isfahon, Yazd, Hirot, Samarqand kabi shaharlarda mahalliy
devonlar mavjud bo‘lib devon boshliqlari ,, devon’’ deb atalgan 76
. Mahalliy
devonlar haqida bizgacha kam ma’lumotlar yetib kelgan. Bizningcha bunday
mahalliy devonlar katta ahamiyatga molik bo‘lgan shaharlarda tashkil etilgan. S.
Appendiksning aytishicha, mahalliy devon fors ma’murlaridan tuzilgan, ammo
soliqlarni yig‘ish to‘lig‘icha ularning vakolatiga kirmagan.
Devonlarning vakolatli muddati haqida malumotlar kam bo‘lib, sohibi
devonlar bir viloyatlardan boshqa joylarga ham o‘tkazilgan.
Mahalliy boshqaruvda dorug’alar katta rol o‘ynaganlar. Ular tuman, shahar
yoki viloyat hokimi, soqchilar boshlig‘i kabi ko‘plab vakolatli ishlarni bajargan.
Ular ko‘pincha chegara viloyatlarga ham tayinlangan. Raiyatni ro‘yxatga olish,
askar to‘plash, soliqlarni yig‘ish va podshoh saroyiga yetkazish, mahalliy
hukmdorlarni nazorat qilish ishlari ham dorug‘alar zimmasida bo‘lgan 77 78
.
Dorug‘alar yurishlar vaqtida Amir Temur qo‘shinini kuzatuvchisi vazifasini ham
bajargan 79
. Shuningdek tumanlarni boshqarish, pochta stansiyalari ish faoliyatini
to‘g‘ri tashkillashtirish, soliqlar yig‘ish va ularni saroyga yuborish ishlari bilan
ham shug‘ullangan 80
. Dorug‘alar qishloq xo‘jaligini tiklash, shaharlar qurilishi yoki
qayta tiklash ishlariga ham masul bo‘lgan 81
.
Demak mahalliy ijroiya hokimiyatini boshqaruvchi dorug‘alar o‘z
75
Appendix S. The formal administrative structure ... -P. 173-174.
76
Appendix C. The formal administrative structure ... - P. 168.
77
Appendix S. The formal administrative structure ... - P. 170.
78
Sharafuddin Ali Yazdiy... - B.148, 264; Abdurrazzok Abdurazzok Samarkandiy... - B. 70, 90;
79 86
Appendix S. The formal administrative structure ... - P.170.
80
Xilda Xukxem. Vlastitel semi sozvezdiy... - S. 67.
81
Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P.l 16.; Appendix C. The formal administrative
structure... - P. 170.
37](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_36.png)
![hududlaridagi barcha masalalarga javobgar shaxslar bo‘lib, ular temuriylar
davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutganlar. Dorug‘alarga ham davlat tomonidan
katta talab va majburiyatlar qo‘yilgan. «Temur tuzuklari» da keltirilishicha, agar
ularga qarashli hududda biror fuqaroning mol-mulki talon taroj qilinsa, o‘sha
ma’murlar o‘z hisobidan mol-mulkni to‘laganlar, shuning uchun bu mansab ham
juda ma’suliyatli hisoblangan. Bu mansablarga ham tamg‘a yorlig‘iga ega bo‘lgan
chig‘atoy zodagonlari qo‘yilgan.
Muhossillar ham ko‘proq chig‘atoylardan qo‘yilgan 82
. Muhossil ham eng
nufuzli mansablardan hisoblangan. Ular dorug‘alar bilan bir qatorda ko‘p
shaharlarda faoliyat yuritgan. Muhosillar ko‘pincha moli omon solig‘ini, qaram
yerlarda xiroj solig‘ini yig‘ishga masul bo‘lganlar.
Tamg’achilar savdo-sotiqdan va bojxona xizmati orqali keladigan
tushumlarni yig‘ish ishlariga masul bo‘lgan.
Har bir viloyat va shaharda adolat amiri mavjud bo‘lib u shu hududning
adliya ishlarini nazorat qilib borgan. Amir Temur davrida hokimiyat idoralari,
soliq boshqaruvi, bojxona xizmati va boshqa mahalliy davlat boshqaruv
idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish darajasini ana shu turli mansab va
unvonlarni tahlil etish orqali bilib olishimiz mumkin.
Joylardagi moliyaviy kirim-chiqim ishlari bo‘yicha yerlardagi vakillar
muhosib-hisobchi, hisob-kitoblarni saqlovchilar mustavfiylar 83 84
deb atalgan.
Qal’a boshlig‘i kutvol 85
deyilgan. Bizningcha ular mudofaa ishlarida
muhim rol o‘ynagan. U paytda mustahkam qal’alar mavjud bo‘lib ularni zabt etish
mushkul masala bo‘lgan. Bu qal’alar avvalo strategik va mudofaa maqsadlarida
qurilgan. Yov bostirib kelgan taqdirda ham qal’a darvozasini ochish yoki
ochmaslik masalasini ko‘pincha kutvol hal qilgan. Qala darvozlari kaliti kutvolda
turgan. Shuning uchun bizningcha bu mansabga vatanparvar, tadbirkor, aqlli
kishilar ko‘yilgan.
82
Manz B.F.Structure and function in Temur's administration... - P. 115
83
Appendix S. The formal administrative structure ... - P. 170
84 83
Abdurazzoq Samarqandiy... - B. 457.
85 84
Sharafuddin Ali Yazdiy... - B. 148 ; Abdurazzoq Samarqandiy... - B. 63.
38](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_37.png)
![Mahalliy boshqaruvda muhtasiblar 86
ham muhim rol o‘ynaganlar. Ular
mo‘min-musulmonlar tomonidan shariat qonun-qoidalarining bajarilishi, bozorda
narx-navo va toshu tarzularning to‘g‘ri yoki egriligini nazorat qilib turuvchi
mansabdor hisoblangan. Muhtasiblar manaviy ishlarni ham nazorat qilishgan.
Moliya va qishloq xo‘jaligini boshqarish ishlari bilan shug‘ullangan
mahalliy kichik ma’murlar aminlar ma’nosi ishonchli kishilar deb atalgan. Ular
mahalliy hududlarda ekin yerlari, soliq yig‘ish, u yerlarni nazorat etish huquqi va
vakolatiga ega bo‘lgan 87
. Oliy hukmdorlarning farmonlari va podshohlikda
(xususan saroyda) yuz berib turadigan muhim voqealarni xalqqa e’lon qilib
turuvchi kichik mansabdor jarchi deyilgan. Ular mahalla va qishloqlarda,
bozorlarda va xalq ommasi yig‘ilgan yerlarda baland ovoz bilan jar chaqirganlar.
Bu ham o‘rta asr davlatchiligiga xos axborot almashish usullaridan biri edi.
Suv taqsimlovchi mirob juybon deb atalgan. Ular o‘z vakolatlari doirasida
o‘zlariga tegishli hududlarda suv taqsimoti bilan shug‘ullangan.
Mahalla raisi, hunarmandlar rastasining boshlig‘i Kulu deb atalgan.
Avvalgi hududiy joylashuvga ko‘ra mahalla va qishloqlarda malum kasb- hunar
egalari istiqomat qilgan. Ularga esa ham kasb-u hunari, ham oilaviy ahvoli bilan
ibrat bo‘la oladigan kishilar mahalla raisi etib saylangan.
Bizningcha qishloq hokimlari kalontarlar deyilgan va ular mahalliy
hokimiyat idorasi vakili hisoblangan. Ular ham o‘z hududining ijtimoiy- iqtisodiy
hayotiga, tinchlik farovonligiga javobgar bo‘lganlar.
Sud-huquq hokimiyatiga oid mansab va unvonlar:
Amir Temur davrida qozilik mansabi eng nufuzli va ma’suliyatli
vazifalardan biri bo‘lgan. Qozilar davlatning sud, huquq-tartibot ishlarini
muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaganlar. Ular ijtimoiy adolat tamoyillarini
amalga oshirish, davlat va hukuq, davlat va fuqaro, fuqaro va jamiyat, fuqaro va
fuqaro o‘rtasida muhim vositachilik rolini bajargan va o‘zaro munosabatlarni
huquqiy jihatdan tartibga solib turgan. Ular nainki huquq-tartibot balki davlatning
86
Muhammadjonov A.R Temur va temuriylar ... - B. 121.
87
Nizomiddin Shomiy... - B. 370; Abdurazzok Samarqandiy... - B. 453.
39](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_38.png)
![huquqiy madaniyatini oshirishda ham muhim rol o‘ynaganlar. Qozilar davlat kuch-
qudrati ramzlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek bu davrdagi qonuniylikning qaror
topishida ham katta ahamiyat kasb etgan. Qozilarning qonunga so‘zsiz amal
qilishi, bu davrda qaror topgan huquqiy muvozanat o‘z zamonasida juda katta
ma’naviyat, ilm va salohiyatga ega bo‘lgan qozilar yetishib chiqqanini
ko‘rsatadi.Chig‘atoy amirlari va shahzodalar ishlarini ko‘ruvchi amaldor yarg’uchi
deb atalgan. U oliy tribunal sudida faoliyat yuritgan.
Qozilar qonuniylik, qonun oldida barchaning tengligi, adolat, qonunlarga
so‘zsiz amal qilish kabi tamoyillarga amal qilgan.
Ulardan adolatli va qonuniy hukm-qarorlar chiqarish talab etilgan. Agar
tomonlardan biri qozining chiqargan qarori yoki hukmidan norozi bo‘lsa, uning
ustida turgan qozilarga, qozikalonga, hatto davlat boshlig‘iga shikoyat qilishga
haqli bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘yicha qozilar faoliyatini nazorat qilish
qozikalonga yuklatilgan.
Amir Temur davlatida sudlov ishlari qozilar tomonidan amalga oshirilgan
bo‘lib, ular shariat, fuqarolik, harbiy sudlarga bo‘lingan.
Azamat Ziyo ham bu davrda «adliya ya’ni ' sud - huquq tizimi uchga
bo‘lingan edi deb takidladi. Adliya vazirligi to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolar, yo manba
tili bilan aytganda, dunyoviy ishlar bilan shug‘ullangan. Harbiy sud (lashkar
qozisi) esa alohida ravishda faoliyat ko‘rsatgan) Shariat tartiblari bilan esa islom
qozisi shug‘ullangan» 88 89 90
degan fikrlarni ilgari surgan.
B. Ahmedov fikriga asosan dunyoviy masalalar bilan shug‘ullanuvchi
qozilar ahdos qozisi deb nomlangan. Shariat ishlari bilan shug‘ullanuvchi qozilar
shariat qozisi, sipohiylar o‘rtasidagi kelishmovchilik va tortishuvlarni hal etuvchi
qozi-qozg/ askar deb aytgan.
Amir Temur davri huquq-tartibotini o‘rganar ekanmiz, bu sohada ko‘plab
mansabdorlar faoliyat yuritganligi, ularning har qaysisi o‘zining aniq vazifalariga
88
Tojixonov U. Saidov A. Hukukiy madaniyat nazariyasi. 1-jild.O‘zbekiston IIV Akademiyasi nashri.-T., 1998. - B.
178.
89 88
Azamat Ziyo. Davlat boshkaruvi, konunchilik va harbiy siyosat... - B. 180-181.
90 89
Ahmedov - B. Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati ... -B. 16
40](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_39.png)
![ega bo‘lganligini bilib olamiz. Shulardan biri asaslardir 91
. Ular tunda fuqarolarning
tinchlik-xotirjamligini saqlashga masul bo‘lganlar.
Fuqarolardan tushgan arz-dodlarni qabul qiladigan va mamuriyatga
etkazadigan mansabdor dodhoh deb atalgan.
Soliq yig‘uvchi, yasoni amalga oshiruvchi mansabdor yosoqmn-bo‘lib, ular
sarboz 92 93 94 95
deb ham atalgan. Davlat ma’muriy tizimida yosoqiylar ham katta
ahamiyat kasb etganlar. Davlat boyligi, ravnaqining bosh manbai soliq va
xirojlarning kamchiliksiz xazinaga kelib tushishi ularning xalolligiga bogliq edi.
Ularning zimmasiga xalqni qiynamaslik va shuningdek davlatni ham unutmaslik,
qonundan chetga chiqmaslik vazifalari yuklatilgan.
Politsiya mahkamasi yasagliq deb atalgan. Ular davlat ichidagi tartib-
intizomni saqlashga ma’sul, jamoat tartibini buzgan kishilarni tekshirish, so‘roq
qilish va jazolash vakolatlariga ega bo‘lganlar.
Tungi soqchilar pos (yoki posbonot‘ deb atalgan. Ular tunda fuqarolarning
tinchini saqlashga ma’sul bo‘lishgan. Biz yuqorida asaslar, yasag‘liq va boshqa
huquqni muhofaza qiluvchi mansablar haqida ma’lumotlar bergandik. Bu
ma’lumlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar turli-tuman bo‘lganini va ularning
ma’lum vazifasi mavjudligini ko‘rsatadi.
Diniy boshqaruvga oid mansab va unvonlar:
Amir Temur davrida islom dinining mavqei balandligini inobatga oladigan
bo‘lsak diniy boshqaruv ham katta ahamiyat kasb etganini anglab etamiz. Amir
Temur davlat boshkaruvida islom mafkurasi davlat va xalq tayanchi vazifasini
bajargan. Shu tufayli u boshqaruvda diniy boshqarish usullarini takomillashtirgan
edi.
Amir Temur davrida musulmonlar peshvosi shayxulislom deb atalgan.
Alisher Navoiy «Shayxulislom musulmonlar peshvosidan iboratdur va islom
91
O‘rinboev. Keltirilgan asar... - B.453; Karomatov X. Keltirilgan asar.,. - B.506.
92
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma... - B. 172
93
92 Abdurazzoq Samarqandiy... - B.455.
94 93
Xusayn Bayqaro... - B. 21-22 bet
95
Karomatov X. ... - B. 514 .
41](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_40.png)
![muqtadosig‘a ishorat. Mundoq kishi olimi kerak islompanoh va orifi kerak.
Muharrabi dargoh, huradmandi shariat shior va fakrg‘a hursand va tariqqat osor,
yaxshi-yamong‘a shafqati fazli va ulug‘-kichikka irshodi nafvi molokalom. Komil
bo‘lg‘ay sharx qonunig‘a rosix va barcha mubtadelar bidatig‘a nosix» deydi.
Shayxulislom avvalo ilmli, islom dinining panohi, orif ya’ni komil inson,
har tomonlama mukammal, shariatga so‘zsiz itoat etadigan, uni qattiq himoya
qiladigan, inson bo‘lmish miskinlarga, yaxshi-yomonga shafqatli bo‘lmog‘i, ulug‘-
kichikka nafi etadigan, mutasavvuf, bidatni zaiflashtirmog‘i va islomni
kuchaytirmog‘i, turli g‘oyalarga qarshi kurashmog‘i kerak. Bu mansab oliy diniy
martaba hisoblanganligi bois bu martabaga katta salohiyatli, halol, pok, ilmli,
omma orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan, o‘z ortidan kishilarni ergashtira oladigan
kishilardan qo‘yilgan. Chunki o‘rta asr musulmonlari davlatchiligida islom
g‘oyalari asosiy mafkura hisoblangan. O‘rta asrlarda shayxulislom katta siyosiy
nufuzga ega bo‘lgan va u ma’naviy hayotga, hatto mamlakat siyosiy hayotiga katta
ta’sir ko‘rsatgan 96 97
.
Saroydagi eng katta diniy lavozimlardan biri a’lam deyilgan. Bu oliy
lavozimga fiqh va shariat qonunlarini puxta bilgan olimlar orasidan tanlab
qo‘yilgan. Ular shariat qonunlariga oid masalalarda bosh hukmdorga
maslahatchilik ham qilishgan 98
.
Mo‘min-musulmonlar tomonidan shariat qonun-qoidalarining bajarilishi,
bozorda narx-navo va toshu tarzularning to‘g‘ri yoki egriligini nazorat qilib
turuvchi oliy mansabdor muhtasib 99
deb atalgan. Ular asosan ma’naviyat ishlariga
ma’sul bo‘lganlar.
Muhtasibga bo‘ysunuvchi mansabdorlar ixtisob ahli (ixtisobchi) lar deb
atalib, ularga shariat asosida ijtimoiy tartibni saqlash va buzuqchilikning oldini
olish vazifasi yuklatilgan. Ular ichkilik, maishatbozlik, tarozidan urish kabi turli
96 95
Navoiy Alisher. Mahbul qulub. Asarlar XV tomlik. T.XSh . T.: 1966. - B.17.
97 96
Amir Temur jahon tarixida... Tojixonov U. Saidov A. Hukukiy madaniyat nazariyasi. 1-jild.O‘zbekiston IIV
Akademiyasi nashri.-T., 1998. - B. 178. - B. 65.
98 97
Ahmedov B...O’zbek davlatchilik tarixi - B. 14.
99
Muhammadjonov A.R... Tojixonov U. Saidov A. Hukukiy madaniyat nazariyasi. 1-jild.O‘zbekiston IIV
Akademiyasi nashri.-T., 1998. - B. 178. - B. 121.
42](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_41.png)
![salbiy illatlarga qarshi ish ko‘rganlar va jamiyat tartib-intizomini saqlashda katta
rol o‘ynaganlar. Ular o‘zlariga tegishli xolatlardagi huquqbuzarlarni jazolash
huquqiga ega edilar. Ular o‘zlariga tegishli xududlardagi manaviy masalalarga
masul bo‘lganlar.
Vaqf yerlarni boshqarish kabi muhim ishlarni olib borgan mansabdor
sadr
deb atalgan. Sadrlar masjid, madrasa, xonaqo kabi diniy maskanlar, davlat
tomonidan, xususiy mulkdorlar tomonidan hadya etilgan diniy idoralarga tegishli
erlarning oliq-soliq, sarf-xarajat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ular sadri a’zamga
bo‘ysunganlar. Sadri a’zam-sayyidlar va diniy arboblarga suyurg‘ol tariqasida
berilgan yerlar, shuningdek vaqflarni taftish qilib, vaqti-vaqti bilan oliy
hukmdorning arziga yetkazib turish zimmasida bo‘lgan oliy mansabdor bo‘lib bu
mansabga fikh va shariat ilmini yaxshi bilgan, halol, taqvodor olimlardan
qo‘yilgan.
Amir Temur davrida musulmon huquqini sharhlash va tasnif etish ishlari
bilan faqixlar shug‘ullangan. Ular musulmon huquqidagi bazi yechilmagan
muammolarni yechishga intilib avvvalo Quroni Karim, hadislar va o‘zlaridan avval
musulmon huquqiga oid asarlar yozgan olimlarning asarlariga tayanib tadqiqotlar
olib borganlar.
Imom xatiblar masjid ishlarini yuritish va xalqni namozga chaqirish, namoz
o‘qish va boshqa ishlarga boshchilik qilganlar. Ular aholini turli davatlari bilan
yaxshilikka chaqirganlar. Bu davatlar ayniqsa juma namozi kuni yaxshi
tashkillashtirilgan.
Amir Temur davrida voizlar o‘z nutqlarining ravonligi va tasirchanligi
bilan ommaning ongiga katta tasir ko‘rsatgan.
Madrasalarda diniy va dunyoviy ilmlardan dars beruvchi muallimlar
mudarrislar deyilgan. Bular aholining savodxonligi, manaviy dunyosini oshirishda
katta rol o‘ynaganlar. Mudarrislarning obro‘si xalq orasida baland bo‘lgan.
Bu davrda shayxlar va ularning avlodlari ham eng obro‘li kishilardan
hisoblangan.
43](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_42.png)
![Biz yuqorida Sohibqiron Amir Temur davridagi mavjud bo‘lgan mansab va
unvonlarni imkon darajasida ko‘rib chiqdik, ammo bu mukammal ma’lumotlar
emas albatta. Biz bu ishimizda mansab va unvonlar tizimini to‘la ochib berishini
maqsad qilib qo‘ymaganmiz, bizning bu masaladagi tadqiqotimizdan maksad
mansab va unvonlar tizimining davlatchilikdagi o‘nini va bu tizimning davlat
ravnaqiga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘rsatib o‘tishdir. Agar Amir Temur davri markaziy
va mahalliy davlat organlari tizimi asoslarini boshqarishning gorizontal tartibi deb
qabul qilsak, mansab va unvonlar va boshqaruv qoidalari uning vertikal tartibini
tashkil etgan va ulardagi mazmun va shakl o‘rtasidagi muvofiqlik va proporsiya
yaxshi saqlab turilgan. Yuqorida keltirilgan mansab va unvonlar bu davrda
mukammal ma’muriy tizim yaratilganini, bu tizim davlat ravnaqi va fuqarolarni
himoya qilishga va ularning farovonligini ta’minlashga xizmat qilganini ko‘rsatadi.
Bu davrda har bir mansabdor o‘z mansabining yukori va quyi pog‘onadaligidan
qat’iy nazar u dastur, qonun va qoida orqali faoliyat yuritgan, qonunning
ustuvorligi tamoyiliga amal qilgan, ularning burch va vakolatlari aniq belgilab
qo‘yilgan edi, deb xulosa qilamiz deb baholaydi.
II BOB. AMIR TEMUR DAVLATINING MUDOFAA HARBIY VA
SUD -HUQUQ TIZIMI.
2.1. Amir Temur davlatining mudofaa va harbiy tizimi.
44](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_43.png)
![Amir Temur davrining harbiy tizimi olimlar tomonidan tadqiq etilgan
bo‘lsa ham bu davrdagi mudofaani tashkillashtirish ishlari fanda hali maxsus
o‘rganilmagan.
Amir Temur davrida davlat mudofaasini mustahkam tashkillashtirish davlat
siyosatining ustivor vazifalaridan biri bo‘lgan. Biz avvalgi mulohazalarimizda
Amir Temur davri harbiy feodalizm, bosqinlar davri bo‘lganligini alohida takidlab
o‘tgan edik. Shu bois har lahzada tashqi xurujlar, urushlarning kelib chiqishi tabiiy
hol bo‘lib, qo‘shni davlatlar bir-birining erlarini bosib olish rejalarini tuzayotgan,
raqobatchi davlatlarning yutuq va kamchiliklarini sinchiklab o‘rganayotgan,
josuslik kuchaygan davr edi.
Amir Temur tinchlikni, yagona davlatning yaxlitligini saqlashning o‘zi
murakkab masala bo‘lgan o‘rta asrlardagi murakkab sharoitda mamlakat
mudofaasini tashkillashtirdi. Bu esa undan katta kuch va matonatni talab etar edi.
Tabiiyki, har lahzada urushlar xavfi mavjud bo‘lgan o‘rta asrlarda davlat tinchligi
va osoyishtaligiga raxna soluvchi xavflar ko‘p edi. Sohibqiron mamlakat uchun
ikki yirik xavf doimo mavjud bo‘lishini yaxshi tushungan va davlatni tinch-
osoyishta saqlash uchun ana shu ikki xavf-ichki va tashqi xavfni bartaraf etishga
intilgan.
Amir Temur amirlari va vazirlarning davlatga qarshi fitnasini ham katta
xavf hisoblagan. Uning amirlaridan birortasi davlatga qarshi fitna uyushtirsa, u
mansabdan tushirilgan.
Amir Temur shunday ta’kidlaganki, «agar vazirlar davlatga hiyonat qilgan
taqdirda ular shoshma-shosharlik bilan o‘ldirilmasin».
Fikrimizga dalil sifatida «Tuzuklar» dan bir misol keltirmoqchimiz.
«Yaqinlarimdan ba’zilari yolg‘iz qolganimizda va odamlar oldida ulug‘ va e’tiborli
amirlarimdan sanalgan Amir Abbosga hasad va dushmanlik qilib, u haqda
bo‘lmag‘ur gaplarni aytdilar. Yolg‘on so‘zlari shamoli bilan g‘azabim o‘tini
alangalatdilar. Natijada gaplarini tekshirib ko‘rmasdan g‘azab ustida Amir Abbosni
o‘limga mahkum etdim. Oxir oqibatda esa ularning amir Abbos haqiga hiyonat
45](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_44.png)
![etganliklarini angladim va qilgan ishimdan o‘kinib pushaymon bo‘ldim».
Amir Temur davlat boshqaruvini nozik siyosat maydoni deb tushungan.
Agarda hukumdor bo‘sh, sodda va laqma bo‘lsa ichki xavf-xatarlarning o‘ziyoq
davlatni parokanda etishi mumkin.
U mamlakatda qonunlarning buzilishi, ularga amal qilmaslik ham oxir
oqibatda davlatni adolatsizlik va parokandalikka olib keladi deb hisoblagan.
Amir Temur mamlakatga tahdid soluvchi tashqi xavfning oldini olishga
ham intilgan va qo‘shni davlatlarda sodir bo‘layotgan siyosiy voqealarni sinchiklab
kuzatgan. Bu haqda u “Temur tuzuklari”da «Har yerda viloyat-u shaharda va
o‘rduda kundalik voqealarni yozuvchilarni tayin qilsinlarki, hokimlar, raiyat,
sipoh, o‘zining va yot lashkarlarning hatti- harakati haqida meni habardor qilsin.
Atrofdan kirgan-chiqqan yot mol- mulk, chetdan kirgan yoki chetdan chiqqan yot
kishilar, har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar,
qo‘shni podshohlar, ularning gap-so‘zlari, ishlari va uzoq o‘lkalardan kelib,
mening dargohimga kelgan ulamolar, fuzalo haqidagi so‘zlarni to‘g‘rilik bilan
menga yozib tursinlar... Amr qildimki, turli mamlakatlar, sarhadlarning xabarlarini,
qo‘shni hukmdorlarning maqsadlari va niyatlarini bilib, huzurimga kelib, xabar
qilsinlar, toki biron voqea, kor-hol yuz bermasidan burun chora va ilojini qilaylik»
deya alohida takidlagan.
Sohibqiron Amir Temurning xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi
tabiiy hol edi. Chunki o‘sha davrda unga muholifatda bo‘lgan kuchlar ko‘p edi.
Ikkinchidan esa o‘rta asrlar davlatlar va xalqlar uchun tahlikali, har lahza tashqi
hujum extimoli mavjud bo‘lgan davr edi. Albatta bunday sharoitda davlatning
kuchli mudofaasini tashkillashtirish eng dolzarb masalalardan biri edi.
Amir Temur avvalo saroy va devonni qo‘riqlash masalasini muhim deb
hisoblagan.
Uning saroyi va devonni qo‘riqlashga, «o‘n ikki ming qilich osgan askar
urushu tinchlik vaqtida butun yaroq aslahalari bilan ko‘shkda, devonxonaning o‘ng
va so‘l tarafidan, orqasidan va oldidan qurshab turgan. Shu tartibda har kecha
46](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_45.png)
![ulardan ming kishi soqchilik qilish uchun hozir bo‘lgan. Har yuz qilichlik ustiga
bir yuzboshi qo‘yilgan 100
. O‘n ikki ming askar urush va tinchlik paytida ham saroy,
devonxonani muttasil qo‘riqlagan. Har kechada ming kishi saroy va
devonxonaning oldi va orti, o‘ng va so‘lini qo‘riqlaganlar. Har bir askarning aniq
belgilangan posti bo‘lgan va ular har kecha navbati bilan qo‘riqchilik qilishgan.
Har yuz qilichlik ustiga bir yuzboshi tayinlangan va har bir yuzlik o‘z rahbariga
so‘zsiz bo‘ysungan. Bunday qo‘rikchilar nafaqat saroy va devonxonani balki, ular
chegaralar, shahar va qishloqlar, muhim yo‘lllarga qo‘yilgan. Bizning nazarimizda
bu o‘n ikki ming qo‘riqchilar bo‘linmasiga o‘nboshi, yuzboshi va mingboshi ham
tayinlangan bo‘lishi mumkin.
«Temur tuzuklari» dagi ma’lumotlarga ko‘ra, hatto bu o‘n ikki ming
qo‘riqchilar bir-birlari bilan maxfiy tilda so‘zlashishgan. Bu esa xavfsizlik
koidalariga qat’iy amal qilinganligiga va biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan
«Xavfsizliknning mukammal tizimi ishlab chiqilgan» degan fikrimizga yana bir
dalildir.
Amir Temur saltanatida nafaqat tinchlik paytida balki urush paytida ham
xavfsizlik koidalariga qat’iy amal qilingan.
Demak, Amir Temur xavfsizlik xizmati ixtisoslashgan va bu soha
xizmatchilaridan katta san’at, matonat talab etilgan. Sohibqiron lashkarlari va
o‘rduga alohida-alohida kutvol tayinlanganki, o‘rduni qo‘riqlash, soqchilik ishlari
shular zimmasiga yuklangan. Bundan tashqari kutvollar harbiy yurishlar vaqtida
o‘rdu atrofida savdo-sotik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilardan soliq olish
ishlari bilan ham shug‘ullangan. Agar o‘rdu ahlidan birontasining narsasi
o‘g‘irlansa, ular javobgarlikka tortilgan. Demak, ularning ma’suliyati katta
bo‘lgan. Zukko siyosatchi va tadbirkor Amir Temur qo‘shin va o‘rduning
himoyasini yana-da kuchaytirish maqsadida qo‘shin orqasidan to‘rt favj
chopqunchilar tayyorlashni buyurgan. Bular to‘rt farsang masofada lashkar yonida
yurib, ularni qo‘riqlab borgan. Bordiyu chopqunchi lashkardan biron kishi
100
Temur tuzuklari... - B. 106.
.
47](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_46.png)
![o‘ldirilganini yoki yaralanganini ko‘rsa, uning ishini o‘z zimmasiga olgan.
Ularning ma’suliyati shunday kuchli ediki, agarda biron kimsaning narsasi
o‘g‘irlansa ham ular javobgar bo‘lgan. Xavfsizlik xizmati uchun belgilangan to‘rt
favj chopqunchi lashkarning uchdan bir qismi chegaralarni qo‘riqlash ishiga
tayinlangan. Qo‘shinning uchdan ikki qismi esa doimo saltanat ishiga shay
turgan 101
.
Demak, Sohibqiron saltanatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab
kishilar davlat bosh ma’muriy binosini, o‘rduni, chegaralarni, saltanatni
qo‘riqlaganlar. Shuningdek, mamlakat uchun katta xavf tug‘ilganda armiyani
safarbar etish qoidalari ham ishlab chiqilgan. Notinch va urushlarga boy bo‘lgan
o‘rta asrlarda mamlakat mudofaasini yo‘lga qo‘yish ham mushkul muammo bo‘lib,
Amir Temur bu masalaning munosib echimini topish orqali o‘z davlatidagi tinchlik
va barqarorlikni saqlagan.
Amir Temur davlatining mudofaa ishlari iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va
harbiy vositalar bilan amalga oshirilgan. Amir Temur o‘z davrida mustahkam
harbiy doktrinaga ega bo‘lgan. Bunday doktrinaning mavjudligi unga Osiyo
mintaqasidagi tartibsizliklar va agressiyalarning oldini olish imkonini bergan.
Bundan maqsad mamlakat mudofaasini mustahkamlash, qurolli kuchlarni doimiy
takomillashtirib borish, davlat chegaralarini mudofaa etish, qurolli kuchlarning
harbiy ilmi va malakasini oshirish, fuqarolarning mudofaasini amalga oshirish edi.
Bu vazifa davlat boshqaruv vazifalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan.
Masalalarning bunday echimi, davlatchilik asoslarning mukammallashuviga ijobiy
tasir ko‘rsatgan.
Temuriylar davrida, ayniqsa Shohrux Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, amirzoda
Umar, Husayn Boyqaro Mirzo davrida ham davlat himoyasi yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan, biroq temuriylar o‘rtasidagi toju taxt uchun kurashlar bu himoyaning,
demakki davlat va saltanatning zaiflashuviga olib kelgan. Amir Temur davrida
shitob bilan ishlagan davlat mexanizmi temuriylar davrida izdan chiqarilgan va
101
102
B.Ahmedov «Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati».91-b
48](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_47.png)
![shayboniylar ta’siriga dosh bera olmagan.
Sohibqiron Amir Temur turli hujum va tartibsizliklarga qarshi
kurashishdan ko‘ra, uning oldini olishni muhim bilgan. Amir Temur davlatdagi
tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun barcha masul bo‘lmog‘i shart deb bilgan va
ushbu masalani davlat siyosatidagi ustuvor masala hisoblagan.
Sohibqiron Amir Temurning harbiy tizimida muhim o‘rin tutuvchi qo‘shin
tuzilishini o‘rganish bizningcha muhim ahamiyat kasb etadi.
Sohibqiron Amir Temur qo‘shiniga asli toza, aql-farosatli, bahodir,
dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi va ketini o‘ylab ish tutadigan, jang
sir-asrorini biladigan uch yuz o‘n uch amirlar rahbarlik qilib, ularning kichigi
kattarog‘iga bo‘ysungan 102
. Uch yuz o‘n uch amirdan yuztasi o‘nboshi, yuztasi
yuzboshi, yuztasi mingboshi bo‘lgan. Jang paytida amir ul- umaro amirlarga,
amirlar-mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar o‘nboshilarga
boshliq bo‘lgan va buyruqlar so‘zsiz bajarilgan.
Ularning har biriga o‘rinbosarlar tayinlangan. Agar ulardan birortasi vafot
etsa, jangda rahbarning yo‘qligi ko‘shinda parokandalik keltirib chiqarmasligi
uchun bu nomzodlar amir o‘rnini egallagan va «amirlikka nomzod» deb atalgan.
Amirlik darajasiga ega bo‘lish sharafli va ayni paytda mushkul ish edi. Ular
jangning sir-asrorini, g‘animni sindirish yo‘lini bilsa va qo‘shinni jangga boshlab
olsa, agarda qo‘shinda sarosima paydo bo‘lgudek hollarda ham vaziyatdan tez va
tadbirkorlik bilan chiqib keta olsa va jangda shaxsan uning o‘zi tinimsiz jasoratlar
ko‘rsatgan bo‘lsa u amirlikka loyiq hisoblangan.
Qo‘shinda qirq aymoqdan o‘n ikkitasiga maxsus tamg‘a berilgan va bu o‘n
ikki urug‘dan xos navkarlikka olingan. Ular barlos, tarxon, arg‘in, jaloyir, tulkichi,
duldoy, mo‘g‘ul, suldus, tug‘oy, qipchoq, orlot, tatar urug‘lari ediL Tamg‘aga
etmagan yigirma sakkiz aymoq boshliqlariga kichikroq darajadagi ulus amirliklari
berilgan. Har bir aymoq o‘zining maqomi va huquqlariga ega bo‘lgan. Rossiyaning
yirik davlat va imperiyaga aylanishiga katta hissa qo‘shgan Pyotr I (1672-
102
Temur tuzuklari... - B. 98-99.
49](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_48.png)
![1725)ning harbiy o‘n ikki pog‘onali- mansabga ko‘tarish usuli Amir Temurning
amirlarni o‘n ikki darajali mansabga ko‘tarilish uslubini eslatadi va Pyotr 1 bunda
Sohibqiron Amir Temur uslubidan foydalangan bo‘lsa ehtimol. Demak bu usul
keyingi harbiy tizimlarga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Amir Temur harbiy tizimida janglarda birinchi marta katta bahOdirlik
ko‘rsatgan oddiy askarga o‘nboshilik darajasi berilgan. Agar shu askar jangning
muvaffaqiyatli tugashiga ikkinchi marta katta hissa qo‘shsa, qo‘shinni birinchi
marta etti qismga bo‘lganligi bilan uning tizimidan farqlanib turishini ta’kidlab
o‘tgan.
Tadqiqotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Amir Temur davlatining
harbiy tizimi avvalo mamlakat xavfsizligi, adolat barqarorlikni kuchaytirish,
tartibsizliklar va boshboshdoqliklarni oldini olish maqsadlarini amalga oshirishga
qaratilgan edi. U yurishlarda tinchlik, adolat, sof islomiy g‘oyalarni singdirishga
intilgan. O‘z navbatida bu yurishlar davlatlararo integratsion jarayonlarini
tezlashtirishga xizmat qilgan. Shuningdek, Amir Temur qo‘shinining taminotini
muvofiqlashtirish bilan birga, harbiy tizimni o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va
vazifalariga erishishning vositasi deb hisoblagan. Sohibqiron mulk, hazina va
lashkarni davlat tayanchi deb tushungan va ularning mutanosibligini asrash davlat
taraqqiyotining bosh omili deb hisoblagan.
Amir Temur davlati harbiy tizimining mukammal darajada
tashkillashtirilishi davlatning ichki va tashqi vazifasini og‘ishmay amalga
oshirishida muhim ahamiyat kasb etgan va davlat taraqqiyotiga katta imkoniyatlar
yaratilgan va bu soha mintaqada barqarorlik va xavfsizlikning taminlanishiga katta
tasir ko‘rsatgan.
Sohibqironning harbiy sohadagi betakror merosi va an’analari Temuriylar
davrida ham davom etdi, biroq Temuriylar ko‘proq mudofaa xarakteridagi harbiy
faoliyat yuritdilar. Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Xusayn Bayqarolar imkon
boricha harbiy sohani takomillashtirishga intildilar, biroq ular ichidan Amir
Temurday sarkarda ikkinchi marta etishib chiqmadi va teranroq qaralsa, XV asrdan
50](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_49.png)
![keyin boshqa biror yirik sarkarda jahon sahnasida Amir Temurchalik harbiy
faoliyat yurita olmadi.
Amir Temurday sarkarda insoniyat tarixida kamdan kam uchraydigan
noyob hodisadir.
2.2 Amir Temur davlatining sud -huquq tizimi.
Amir Temur davrida huquqni muxofaza etish ishlari bilan nafaqat maxsus
organlar balki, har bir xududning mamurlari ham shug‘ullangan, Ularning barchasi
davlat va fuqarolarning tinchlik va xotirjamligini taminlashga masul bo‘lgan va
asosan mamuriy tartibdagi kichik huquqbuzarliklarni jazolash ishlari bilan
shug‘ullangan. Agarda davlatga, shaxsga, hayotga va sog‘liqqa qarshi jiddiy
jinoyatlar sodir etilsa, ular tegishli qoziliklarda ko‘rilgan va munosib jazolar
tayinlangan.
Amir Temur davlatining majburlov funksiyasini tashkil etishdan davlatning
asosiy maqsadi ommani qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash va jinoyatlarni
oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarga muqarrar ravishda jazo berish, fakat jinoyat
sodir etilgani aniqlangandagina jazo tayinlash, davlat va jamiyatning tinchlik
xotirjamligini saqlash edi. Bu davrda huquqbuzarlik va jinoyatlarni ochishda
haqiqatni aniqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temur «Temur tuzuklari»da
bu haqda alohida to‘xtalib shunday degan:«Buyurdimki, har erning g‘arazgo‘y,
tuhmatchi va nafsi buzuq kishilarning tuhmat so‘zlari bilan katta va kichik
shaharlar aholisidan hech kimni jazolamasinlar. Faqat birovning gunohi to‘rt
kishining guvohlik berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jazolansin». Demak
jinoyatga jazo berishda tuhmat, g‘iybatlarga ishonib qolmaslik uchun u obdon
o‘rganilgan va to‘g‘ri so‘z, halol to‘rt kishining guvohligiga tayanilgan
«Tuzuklar»da ma’muriy tizim borasida ham juda ko‘p qoidalar uchraydi.
Jumladan, Sohibqiron hokimlar har kimning tuhmat gaplariga kirib, aholiga jarima
solishlarini ta’qiqlaydy.
Amir Temur davlatning majburlov kuchini saqlab turishda sudlar katta
ahamiyat kasb etgan.
51](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_50.png)
![Sohibqiron saltanatida sudlar ixtisoslashgan bo‘lib ularning uch xil turi
mavjud edi. Birinchisi-lashkar kozisi. Bu qozilik harbiy masalalarga oid jinoyat va
nizoli masalalarni ko‘rgan. Ikkinchisi-shariat qozisi bo‘lib, u shariat bilan bog‘liq
jinoyat va nizolarni ko‘rib chiqqan.
Uchinchi qozilik dunyoviy-fukarolik va davlatga tegishli bo‘lgan
masalalarni masalan, o‘g‘irlik, moliyaviy va mamuriy sohalarga oid ishlarni
ko‘rgan.
Bu qoziliklarni har birining aniq va alohida vazifalari izchil belgilab
berilgan. Sudlarning faoliyati haqidagi barcha malumotlar to‘g‘risida devonga
shaxsan Sohibqironga uzluksiz hisobot berib turilgan. Amir Temur davri sud -
huquq tizimi qatiy qonuniylik va adolat tamoyiliga asoslangan.
Adolat va qonun ustivorligi tamoyili nafaqat mamlakatda, balkim xalqaro
munosabatlarda ham bosh mezon bo‘lganligi haqida manbalar shohidlik beradi. Bu
haqda Sharafuddin Ali Yazdiy shunday ma’lumot keltirgan: «Sohibqirondin avval
holdakim, olamdagi viloyatlarning har birida bir podshoh bor erdi va alarning
muholifat va munozi’atlari jihatidin musulmonlar ichida ko‘b tashvish bor erdi. Va
hech erda amin va amonliq qolmaydur erdi. Va yo‘llar o‘g‘ri va qaroqchi jihatidin
bog‘lanib erdi. Va hech musulmon hech sori borolmas erdi.
Viloyatlarni zolimlarning eliklaridir qutqarib, adlu ehson bila orosta qildi.
Va aning adlidin andoq bo‘ldikim, agar birov bir tabaq oltun yo kumush boshiga
qo‘yub yalg‘uz sahroda Boxtardin Xovarg‘acha borg‘ay, hech kishi anga tik boqa
olmas erdi. Ammo ul holda ko‘b erlarni talab asiru- toroj qildi zarurat
jihatidankim, agar andok qilmasa erdi, olam nizom topmas erdi» 103
.
Sharafuddin Ali Yazdiy Sohibqiron davlatida biror kimsaga zo‘ravonlik
qilinmagani, hatto yolg‘iz ketgan yosh bolalarning moliga ham birov ko‘z olaytira
olmaydigan darajada adolat va konun ustivorligiga erishganligini alohida ta’kidlab,
uning nabxu g‘oratlarining bosh sababi jinoyatga jazo bermoklik bo‘lganligini
aytib o‘tgan.
103
SHarafuddin Ali Yazdiy . Zafarnoma. -T.: SHarq, 1997. -384 b
52](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_51.png)
![Uningcha, agar Sohibqiron qattiqqo‘l siyosat yuritmasa va beboshlarni
jazolamasa olamda tartib o‘rnatib bo‘lmaydi. Demak zo‘ravonlikka qarshi
davlatning kuch ishlatilmog‘i shartdir. Ana shundagina adolat va qonun
ustivorligiga erishish mumkin.
Shu o‘rinda Iazdiyning yana bir ma’lumotiga murojaat etmoqchimiz:
«Muhammad Muzaffarning avlodi muddati erdikim, bu viloyatlarda podshohlik
qilur erdilar va har biri bir shaharda hokim erdilar. Va xutba va sikkani o‘z
otlarig‘a o‘quv erdilar. Va har biriga da’vo ul erdikim, «Viloyatlar barcha menga
taaluq bo‘lg‘ay». Va bovujud ulkim, bir-biriga qarindosh erdilar, doim bir-biriga
qasd etib, dushman erdilar. Va agar birikim, birovning elikiga tushsa erdi, ani yo
o‘ldurub, yo ko‘r qilur erdilar; ato o‘g‘ul va o‘g‘ul ato bilan o‘shal tariq edilar va
alarning jihatidin ra’oyat zahmatda erdi.
Bu mahaldakim, viloyat Sohibqiron tasarrufida bo‘ldi, barcha
viloyatlarning sodot va qazot va arboblari kelib, bu voqe’alarni arz qildi va
dedilarkim «Umidimiz sizdan ultururkim, bu viloyatlarda yana Oli Muzaffarni
qo‘ymag‘aysiz. Va agar yana bularg‘a bu viloyatlarda daxl bersangiz, viloyat
buzulur va faqiru miskin harob bo‘lur». Bu jihatdin Sohibqiron dinparvardin
dushanba kuni, jumada al-oxir oyining yigirma uchida (6.03.1393) hukm
bo‘ldikim, «Oli Muzaffarni tutub berkitsunlar!» 1
.
Sohibqiron Amir Temur «tuzuklar» da “saltanatim martabasini qonun-
koidalar asosida shunday saqladimki, uning ishlariga aralashishga hech kimsaning
qurbi etmasdi» 104 105
deb o‘z saltanatida o‘rnatilgan adolat va qonun ustivorligi
haqida alohida ta’kidlagan. Amir Temur qonun ustivorligi va adolatni tarozining
ikki pallasiday muvozanatda tutishga intildi. U o‘z amirlari, amaldorlaridan
buyruqlar bajarilishida xalqni kamsitmaslikni talab qildi.
Amir Temur davlatida o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, sharob ichish, zino va boshqa
jinoyatlar uchun eng og‘ir jazolar tayinlangan. Akademik olim I. Mo‘minov ham
bu haqda shunday takidlab o‘tgan: “Sohibqiron yozishmalaridan anglanishicha,
104
Sharafuddin Ali Yazdiy.Zafarnoma.. - B. 154.
105
Mo‘minov I.M. Asarlar. Uch jildlik, 1-jild. - B.434-435
53](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_52.png)
![saltanatda vaqti-vaqti bilan so‘roq va taftishlar to‘tkazib turilgan. O‘z amalini
suiistemol qilish, poraxo‘rlik, ichkilikbozlik, maishiy buzuqlik og‘ir gunoh
hisoblanib bunga yo‘l ko‘ygan kishilar qattiq jazolangan”
«Tuzuklar»dan anglashiladiki, shariatga bog‘liq bo‘lmagan jinoyatlarga
«Yasa» qonunlari bo‘yicha jazo berilgan 106
.
Unga muvofiq va o‘rta asr an’analariga xos ravishda barmoq, qo‘l, burun,
quloq kesish, ko‘zga mil tortib ko‘r qilish, darra va qamchi bilan urish, sazoyi
qilish kabi jazo turlari qo‘llanilgan.
Xilda Xukxem “Esoq” qonunlariga binoan sodir etilgan jinoyatlarga qattiq
jazolar qo‘llangani, ayniqsa ot o‘g‘irlagan kimsa jazodan qutulish uchun si yana
to‘qqizta ot berishi shart bo‘lgani, aks holda u qatl etilgani haqida malumotlarni
keltirgan.
Jinoyatlarning sodir etilganligi va adolatli jazolar qo‘llanilayotganligi
xaqida xabargirlar saltanatning eng chekka erlaridan ham muttasil yozma ravishda
xabar berib turishlari shart edi. Agar xabargiri biror sipohiy yoki amaldorning
xizmatini yashirsa, yohud yolg‘on xabar yozsa, qilmishi isbotlangach, uning
qo‘llari kesilgan. Voqealarni ataylab yozmasalar xabargirlarning barmoqlari
kesilgan. Agarda xabarchilar yolg‘on xabarni tuhmat yoki g‘araz bilan yozgan
bo‘lsa, u qatl etilgan. Xabarlar, kunma-kun, hafta-xafta, oyma-oy Amir Temurga
yetkazilib turilgan .
Amir Temur karvon yo‘llaridagi xavfsizlikni taminlash maqsadida turli
qonunlarni joriy etdi. Karvon yo‘llarida agar kimgadir hujum qilinib, uning moli
tortib olinsa, o‘sha erning hokimi mol egasiga yo‘qotilgan molning ikki barobar
miqdorida jarima to‘lagan, shu xolatni nazorat qila olmaganligi tufayli Amir
Temur xazinasiga esa besh barobar miqdorda jarima to‘lagan 1
. Ko‘zni ko‘r qilish
jazosi «ko‘zga mil tortish» deb atalgan va bu jazo juvoldizga o‘xshash metalldan
ishlangan asbob (mil) orqali amalga oshirilgan. U qattiq qizdirilgan va ko‘zga
106
Temur tuzuklari... - B. 94
54](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_53.png)
![surtilgan 107 108
.
Og‘ir jinoyat sodir etgan kishilar dorga osilgan yoki boshi kesilgan. Jazoni
ijro etish uchun mas’ul kishilar ixtisob ahli deb yuritilgan, ularga muhtasib
boshchilik qilgan.
Muhtasib beradigan jazo quyidagicha bo‘lgan: muhtasibning pahlavon bir
navkari mujrim (aybdor)ni opichgan, ikkinchisi uning etagini ko‘tarib ishtonini
tushirgan, uchinchisi dunbasiga rais aytgan miqdorda darra urgan. Shundan keyin
mujrim o‘zini yig‘ishtirib olib muhtasibga ta’zim bilan tavba qilib, ko‘zini ochib
qo‘yganligi uchun unga minnatdorchilik bildirgan. Tavba va minnatdorchilik
muhim shartlardan bo‘lib, ado qilinmagan taqdirda jazoni davom ettirish ehtimoli
bo‘lgan 109
.
Sohibqiron Amir Temur davlatida mard, jasur, ishbilarmon va tadbirkor
kishilar yuqori darajada hurmat e’tiborda bo‘lgan, jazo borasida ham ularga
engilliklar yaratilgan. Sohibqiron aytadiki, «Botir kimsaning gunohi
isbotlangandan keyin undan jarima olsalar so‘ng yana darra bilan urmasinlar» 110
.
«Tuzuklar» da biror kishining aybi isbotlanganda unga nisbatan faqat bitta
jazo chorasini qo‘llash, ya’ni agar jarima solinsa, darra bilan urmaslik, darra bilan
urilsa jarima solmaslik, ya’ni «bir jinoyatga faqat bir jazo» prinsipini
mustahkamlab qo‘yilgan 111
.
Mansabdorlar tomonidan sodir etilgan mamuriy huquqbuzarliklar va
jinoyatlarga jazo tayinlash alohida nazorat qilingan. Mansabdorlar tomonidan sodir
etilgan qilmish turiga- extiyotsizlik tufaylimi yoki qasddan sodir etilganligiga
ahamiyat berilgan va shunga yarasha jazo tayinlangan.
Agarda qishloq oqsoqoli va shahar ulug‘lari kichikroq darajadagi odamga
zulm qilsalar, o‘sha zulmga yarasha, har kimning sharoitiga ko‘ra jarima solingan,
ya’ni fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzi e’tibordan chetda qolmagan.
107
Xilda Xukxem. Vlastitel semi sozvezdiy... - S. 165.
108
Abdurazzoq Samarqandiy... - B. 457 .
109
Baykaro Xusayn. Risola. Nashrga tayyorlovchilar: Alibek Rustam, Karimbek Hasan . T.: Sharq, 1991.
110
Temur tuzuklari... - B. 94.
111
Temur tuzuklari... - B. 94
55](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_54.png)
![Agar dorug‘a va shahar hokimi xalqqa jabr zulm etsa, ularni xonavayron
etsa, bu qilmishiga yarasha ayovsiz jazolangan. Bu jazo oddiy jarimadan tortib
o‘lim jazosigacha borib etgan..
Davlat amaldorlarining qo‘poruvchiligi, poraxo‘rligi va boshqa jinoyatlari
ham eng xavfli jinoyatlardan hisoblangan. Bular bugungi kundagi korrupsiya va
qo‘poruvchilik jinoyat turIga to‘g‘ri keladi.
Amir Temur bunday jinoyatlarni davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar deb
hisoblagan va ularga qattiq jazolar tayinlangan. Davlatning majburlov funksiyasi
ularni tag-tomiri bilan yo‘qotish, moliyaviy va davlatdagi barqarorlikni
muvofiqlashtirishga qaratilgan edi.
Demak Amir Temur davlatida bunday jinoyatlar og‘ir jinoyatlar
hisoblangan va ularga qarshi qatiy jazolar belgilangan.
Amir Temur va temuriylar davridagi majburlov apparatining tarbiyaviy
kuchi shundaki, jazolar xalqdan yashirincha emas ochiqchasiga bozor va ochiq
xalq gavjum bo‘lgan maydonlarda ijro etilgan. ' •
Sharafuddin Ali Yazdiyda ham ko‘plab keltirilgan. U shunday yozgan:
«Sohibqironni komkor shahzoda Shohruh Mirzoni Samarqandda yibardikim, anda
borib zabing‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay va dod adli bila mashg‘ul bo‘lib, ra’oyo, fuqaro
va masokin ahvollaridin g‘ofil bo‘lmag‘ay deb shahzodag‘a ko‘p pand so‘zlar va
nasihatlar qildi. Va avval nasihat so‘zi bu erdikim, «Anda borsang, o‘zingdin g‘ofil
bo‘lmag‘il va ra’iyat ahvolidin habardor bo‘lg‘il. Ikkinchi ulkim, toat va ibodatda
komillik qilg‘aysen. Har viloyatdakim, devon va zobit va darug‘a qo‘ysang,
mo‘min va musulmon kishini qo‘yg‘il va andoq kishini qo‘ymag‘ilkim,
musulmonlarga zulm qilg‘ay» 112
.
U xiroj yig‘uvchi amaldorlarga nisbatan shunday fikrda edi: Xirojni
raiyatdan kaltaklash va savalash yo‘li bilan emas, balki ogohlantirish va qo‘rqitish
yo‘li bilan undirsinlar. Qaysi hokim hukmining ta’siri kaltaklash ta’siridan kamroq
ekan, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdir 113
.
112
Sharafuddin Ali Yazdiy . Zafarnoma. -T.: Sharq, 1997.
113
Temur tuzuklari... - B. 70 .
56](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_55.png)
![Amir Temur «Adolat va insof bilan tangrining yaratgan bandalarini
o‘zimdan rozi etdim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm-shafqat bilan,
haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Fuqaro va qo‘l ostimdagilarga rahmdillik
qildim, sipohiylarga in’omlar ulashdim. Zolimga qarshi mazlum dodiga etdim»-
degan edi. Sohibqiron adolatsizlik, zulm qilgan kimsalarga hatto o‘lim jazosini
berardi. Uning jazolari og‘ir, biroq adolatli edi.
Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzoga «Agar bilsang, zulm qilib turur,
ul zolimni tirik qo‘yma» 114
deb aytgan nasihatida ham qat’iyat va adolat seziladi.
Hatto u vafoti oldidan ham quyidagi so‘zlarni aytgan: «... bugun Eronu Turonda
kishiga majol yo‘q tururkim, muxolifat qilg‘ay. Va hazrat Haqqdin umidim
borkim, zolimlarning eliklarini mazlumlardin qisqa qilibdurmen. Va
qo‘ymadimkim, mening davrimda qaviydin zaif kuch egay. Agar-chi dunyog‘a
vutu’i va saboti yo‘q to‘rur, nechukkim menga vafo qilmadi, sizlarga ham
qilmag‘usidir. Bale, dunyo ishini muhmal qo‘ymangizkim saboti oshub va
musulmonlar tashvishda bo‘lg‘aylar» 115 .
Amir Temur fuqarolarni qo‘rqinch va umid orasida saqlagan, u buni
zaruriyat deb bilgan edi. Bu esa bizningcha fuqarolarning jamiyat va qonun
oldidagi huquq va burchlari, majburiyatlarini, imkoniyatlarini, ular ustida, o‘zlarini
himoya qiladigan va jazolaydigan kuchli davlat turganligini har lahza eslatib turadi
va sodir etayotgan hatti- harakatlaridagi ma’suliyat, javobgarlik hissiyotlarini
uyg‘otadi. Sohibqiron qonunlar va uning amaldagi ijrosi davlat mayog‘i va
ko‘rinmas tayog‘i ekanligini tushungan va shunga amal qilgan hukmdor edi.
O‘rnatilgan qonunlarga Amir Temurning o‘zi amal qilar oila azolaridan
ham shuni talab etar edi. Agarda kimda kim qonunlarga xilof ish qilsa, qattiq
jazolangan.
Miroshohning o‘g‘li Xalil Sulton Mirzo botir, jasur, ma’suliyatli va
tadbirkor amirzoda bo‘lib, kelajakda ulug‘ davlatga u hukmdor bo‘lib qolishi
mumkin edi. Ammo uning bir noqonuniy harakati barcha rejalarini chippakka
114 118
Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma... - B. 172.
115
Sharafuddin Ali Yazdiy.. Zafarnoma... -. - B. 296.
57](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_56.png)
![chiqardi. Xalil Sulton Mirzo amir Sayfiddinning kanizagi bo‘lmish Shodmulk
og‘oga nosha’riy uylanib olishi tufayli, og‘ir jazoga buyuriladi. Keyinchalik u avf
etildi, biroq Sohibqironda uning saltanat adolatli ish yuritishiga ishonchi qolmagan
edi. SHu tufayli u hokimiyatni boshqarishdan mahrum etildi. Tarixdan bunday
misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
L.Kerenning ma’lumotlariga ko‘ra, “Sohibqiron Amir Temur yurishdan
qaytgandan so‘ng ertasi kundan boshlab Amir Temur saltanat yumushlariga
sho‘ng‘ib ketdi: uning qahri qattiqligini bilgan amaldorlar va sipohiylar qaltirab
turishardi. O‘zi uzoq vaqt bu erda bo‘lib o‘tgan voqealar bayonini diqqat bilan
tinglagach, narx-navoning haddan tashqari oshib ketishiga yo‘l qo‘ygan
savdogarlar va aybdorlarni dorga ostirdi. Beva- bechoralarga kiyim-kechak va
oziq-ovqat ulashildi, fuqarolar esa uch yil davomida barcha soliqlardan ozod
qilishdilar” 116
.
L.Keren «Klavixo shahar va qishloq ahli uchun Konigilda katta bayram
uyushtirilganligini, bundan barcha shodu-xurramligini tasvirlab «kundaliklari»ni
shunday davom ettiradi: jarchilar Amir Temur adolat o‘rnatajagini ma’lum
qilganlarida olomonning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Nihoyat, kulgilar to‘xtadi.
Chodirlar oralig‘idagi bo‘shliqlarga jallodlar bir necha dor tikkan edilar. Amir
Temur o‘qigan hukmlar shafqatsiz bo‘lib shu zahotiyoq ijro etilardi.
U eng avvalo bosh vazirni jazolashdan boshladi: Amir Temur safardaligida
Samarqandni uzoq vaqt boshqargan saltanatning eng yirik amaldorlaridan biri
bo‘lgan bu kishi o‘z vazifasini sovuqqonlik bilan ado etganligi uchun shu
zahotiyok dorga osildi. Davlat mablag‘ini va otlarini talon-taroj qilgan qator
yuksak martabali amaldorlarning ham qismati shunday bo‘ldi; o‘g‘irlangan
mablag‘lar qaerga yashirilganini aytmaganliklari uchun ularning ayrimlari oldin
qiynovga olinib, keyin osildilar. Shundan so‘ng do‘konlardagi mollarining
narxlarini haddan tashqari ko‘tarib yuborgan savdogarlar va tijoratchilarga navbat
keldi, ba’zilarining boshlari tanalaridan judo etildi, ba’zilarining mol- mulklari
116
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent,
1996.B 9
58](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_57.png)
![musodara etildi» 117 118
.
«Tuzuklar» da aytilishicha, agarda amirlar ish ustida o‘zaro nifoqqa
borsalar, ular martabasidan tushirilgan. Agarda davlatga ziyon etkizgudek ish
qilsalar, ular boshka amirlarga tobe’ etilgan.
Demak, bunday temir qonunlar va jazo usullari davlat apparati va jamiyat
o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlagan. Moliya vazirlari jinoyat sodir etganda
quyidagicha chora qo‘llanilgan. Mamlakat xazinachilari bo‘lmish moliya vazirlari
moliya ishlarida xiyonat qilib, Sohibqiron davlatida, ayniqsa sipohiylarning jinoyat
va jazo masalalari qattiq bo‘lgan.
Yuqoridagi fikrlar, dalillarga asosida xulosa qilish mumkinki, Amir Temur
davrida sodir etilgan jazo usullarida adolat qoidalariga qat’iy amal qilingan. Ularda
qonun ustivorligi, uning barchaga barobarligi, davlatning kuch-qudrati,
boshqaruvchilik mahorati ta’minlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi tarkibning
aniq vazifa va yo‘nalishlari bo‘lgan.
Amir Temur davrida sodir etilgan jinoyatlar va ularga berilgan jazo
usullarini obdon o‘rgangan G‘arb olimi Herman Vamberi bu haqda shunday
xulosaga kelgan edi:«Temurni Chingiz ila bir safga qo‘yib, uni vaxshiy, zolim,
qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki marotaba xatodir. U avvalo Osiyo
sarkardasi edi. O‘zining g‘olib askarlari va qurollaridan o‘z zamonasining
taomilicha foydalangan. Uning faoliyati, xususan, dushmanlari tomonidan gunoh
hisoblangan ishlari va urushlari teranroq qaralsa jinoyatga jazo tarzida ro‘y bergan.
To‘g‘ri jazo qattiq, lekin adolatli bo‘lgan» 119
.
Bugungi kundan tubdan farq qilgan, urushlar xavfi kuchli bo‘lgan o‘rta
asrlarda tinch-farovon hayotni ta’minlash uchun ana shunday jazo usullarini
qo‘llash bizningcha to‘g‘ri edi, albatta. Chunki bunday jazo usullari o‘sha davrda
deyarli barcha davlatlarda qo‘llanilardi. Amir Temur ham o‘z davrining
117
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent,
1996.B
118
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent,
1996.B80
119
Vamberi Herman. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat
nashriyoti, 1990.-B. 17
59](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_58.png)
![udumlariga binoan davlat boshqaruvini olib borgan edi.
Bulardan shunday xulos qilish mumkinki, Amir Temur davri
qonunchiligining mohiyatida va markazida fuqaro va davlat turadi 120 121
.
Biz yuqoridagi fikr xulosalar asosida Amir Temur va temuriylar davridagi
Uyg‘onishga qonunchilik va sud-huquk tizimi katta tasir ko‘rsatgan va bu davrdagi
taraqqiyotga qonuniy asoslar katta turtki bergan deb baholaymiz.
III BOB. AMIR TEMUR AMIR TEMUR DAVLATINING TASHQI
SIYOSATI VA DIPLAMATIYASI.
3.1 Amir Temur davri diplamatiyasini o‘ziga xos hususiyatlari .
120
Vamberi Herman. Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti,
1990.-B. 18.
121
Mamatov X... - B. 137.
60](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_59.png)
![Amir Temur davri diplomatiyasini o‘rganish milliy davlatchiligimiz tarixini
va mohiyatini yana-da kengroq tushunishimizda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki
bu mavzu milliy davlatchilik, diplomatiya va xalqaro munosabatlar tarixidagi eng
yorqin sahifalardandir.
Sohibqiron Amir Temur dastlabki siyosiy faoliyatidan to vafotiga qadar o‘z
qudratining o‘ndan to‘qqiz qismiga diplomatik salohiyati orqali erishgan. Bizning
turkiy davlatchiligimizga muvofiq ajdodlarimiz azaldan xalqaro munosabatlar va
diplomatiya qonun-qoidalariga amal qilib, bu sohaning qonun-qoidalarini ijobiy
rivojlantirganlar. Mehmondo‘st xalqimiz azaldan o‘zga xalqlarni hurmat qilish,
ular bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishni muqaddas tushuncha deb bilganlar.
Amir Temur davrida xalqaro va diplomatiya ilmining nazariy asoslari
amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan holda boyitilgan, bu davrda diplomatiya sohasida
erishilgan yutuqlar er yuzidagi insoniyat farovonligi uchun xizmat qilgan.
Tinchlik, o‘zaro hurmat, raqibiga shafqat qilish va unga katta imkon yaratish, har
qanday og‘ir sharoitda ham elchini qadrlash, diplomatiya qoidalariga qat’iy amal
qilish, inson hayotining daxlsizligi, gumanizm Amir Temur diplomatiyasining
asosiy xususiyatlaridandir. Sohibqiron Amir Temur diplomatik aloqalari
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilayotganiga qaramay, bu ishlar Amir Temurning
diplomatik faoliyatiga kirish qismi yozilgan deb hisoblaymiz
Chunki Amir Temurning ushbu merosining barcha jabhalarini bir necha
jildli fundamental tadqiqotlarda ham ochib berishi mushkul masala.
“Amir Temur davri diplomatiyasining g‘oyalari, xususiyatlari o‘sha davrda
boshqa davlatlarning olib borgan diplomatiyasining g‘oya va hususiyatlaridan
nimasi bilan farq qiladi?” degan savol qo‘yish bizningcha masalani to‘liqroq
tushunib etishimizga yordam beradi.
Misrlik tadqiqotchi olim Fatxi al-Guveyli haqli ravishda «Amir Temur
tomonidan boshqa davlatlar arboblari bilan bo‘lgan munosabatlarda qo‘llangan
diplomatik usullar va ularning ayrim nozik jihatlari nazariy va amaliy jihatdan
61](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_60.png)
![chuqur o‘rganishga arzigulikdir» deb ta’kidlagan 122
.
Fatxi Al-Guveyli «Amir Temurga teran aql-farosat va ziyraklik xos bo‘lib
bu sifatlar diplomat shaxsning eng muhim jihatini va asosini tashkil etadi. Amir
Temur u yoki bu mamlakatga o‘z elchilarini yuborib, boshqa davlatlar elchilarini
qabul qilib, qirol va amirlar bilan diplomatik yozishmalar o‘rnatib, bu sohaning
shakl mazmunlarini yana-da boyitdi» deb yozadi.U «Yusuf So‘fi garchi o‘rinsiz
men bilan muholifat qilgan bo‘lsa hamki, ammo oramizda qarindoshlik bor
bo‘lgani uchun birinchi qovunni usiz eyishga loyiq emasdur» deb qovunni bir oltin
taboqqa qo‘yib, Yusuf So‘figa yubordi. So‘fi Yusuf buning evaziga ta’zim va
hurmat maqomida turib uzr so‘rashi va necha hissa qilib tuhfa va sovg‘alar
yuborishi lozim edi. U esa o‘sha qovunlarni suvga tashlashni buyurdi va oltin
taboqni darvozabonlarga baxshida qildi» 123
, - deydi Nizomiddin Shomiy.
Sohibqiron Amir Temur diplomatik munosabatlarda tashabbus ko‘rsatib
xalqaro aloqalarni rivojlantirishga intilgan. Uning diplomatiyasi tenglik, raqibiga
yon bosish, jo‘mardlik kabi umuminsoniy g‘oyalar bilan sug‘orilgan edi. Uning
qarashlariga ko‘ra, inson, irqi, millati, qaerda yashashidan qat’iy nazar er yuzining
barcha eri hamma inson uchun muqaddas bo‘lmog‘i kerak.
Demak, inson omili, farovonligi va obodligi uning qarashlarida va
diplomatiyasida avvalgi o‘rinda turadi. Uning diplomatik yozishmalari, u haqda
bitilgan tarix solnomalarida bu g‘oya yaqqol aks etgan.
Sohibqiron diplomatiyasining xos xususiyatlaridan yana biri shuki, u
elchilarni tanlash masalasiga katta e’tibor berdi. U eng qiyin diplomatik
vaziyatlarda mashhur avliyo va shayxlarni elchi qilib tayinladi va muhim
elchiliklar uyushtirishda o‘z davrining mafkuraviy ruhiyatini hisobga oldi.
Shuningdek, elchilikka tayinlanadigan kishilar avval ziyrak, bilimli,
huquqshunoslik ilmini puxta egallagan, har qanday og‘ir vaziyatlarda to‘g‘ri
tadbirlar qo‘llay oladigan va dono kishilar orasidan tanlab olinib maxsus
tayyorgarlikdan o‘tkazilgan. Ularga o‘zini tutish, kiyim va aytadigan gaplarigacha
122
Fatxi Al-Guveyli. Amir Temur diplomatiyasi... - B. 107.
123
Nizomiddiy Shomiy. Zafarnoma... - B. 110.
62](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_61.png)
![puxta o‘rgatilgan.
Ma’lumki, Sohibqiron savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun ko‘p
sa’yi harakat qilgan. «Sohibqironning himmati ul erdikim, yo‘llar aning ayomi
davlatida amin bo‘lg‘ay va xudoy bandalari har sorikim borsalar, alarg‘a tashvish
va taraddud bo‘lmag‘ay, farog‘at bila borib kelgaylar. Munga ko‘p sa’yi qilur
erdi», - deb yozadi Sharafuddin Ali Yazdiy.
Sohibqiron Amir Temur diplomatiyasida kelishuvchilik siyosati bilan
iqtisodiy va integratsion jarayonlarni kuchaytirish maqsadi uyg‘unlashib ketgan
edi. Uning diplomatik aloqalari shaxsan Amir Temur nomidan olib borilgan va
rasmiy jihatdan mukammal maktublar yozish uslublari ishlab chiqilgan. Temur
nomalari «Amir Temur Ko‘ragon, so‘zimiz» deb boshlangan.
Amir Temur saltanatida elchilarni qabul qilishdek rasmiy marosimlarning
ssenariylari-yuksak me’moriy-badiiy echim, siyosiy- badiiy kompozitsiya, etika va
estetika qoidalari asosida har taraflama puxta ishlab chiqilgan. Xatto diplomatik
korpus Amir Temur yurishdalik chog‘ida ham muntazam ishlab turar, barcha
muomala Amir Temur nomidan olib borilar va uning saroyi elchilar bilan to‘la edi
Klavixo bu davrda har bir sohaga etibor berilgani, rasmiy marosimlardagi
mukammallik va go‘zallik hakida hayratlanib yozgan 124 125
.
Tarix zarvaraqlari Sohibqiron Amir Temur saltanatida dasturxon bezash va
ovqatlanish odobi ham san’at darajasiga ko‘tarilganligiga shohidlik beradi. Rasmiy
analarga ko‘ra, ziyofatdan so‘ng esa turli davlatlarning elchilari keltirgan sovg‘alar
namoyish etilgan.
Diplomatik munosabatlarda ayollar ham qatnashishgan va ular yuzlariga
yupqa harir mato tutib yurishgan va ularning yuzlari bemalol ko‘rinib turgan. Hatto
marosimlarda ayollarning chiqib kelishi va qaerdan joy olishi ham alohida mahorat
bilan ma’lum qonun-qoidalar asosida bajarilgan.
Elchilarga xuddi bugungi davlatchiligimizdagi kabi zardo‘zi to‘n, sarpolar
va boshqa milliy kiyim hamda hadyalar inom etilgan. Bir so‘z bilan aytganda
124
Rui Gonsales de Klavixo. Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406 yillar).
Ruschadan O. Tog‘aev tarjimasi . -// San’at, T, 1990. № 6. - B. 22 .
125
Klavixo.... - //Sanat, 1990. № 8. - B. 22.
63](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_62.png)
![oddiy ovqatlanish, davralarda o‘zini tutishdan tortib barcha yirik marosimlargacha
puxta ishlab chiqilgan va ular maxsus qonun- qoidalar asosida olib borilgan.
Temuriylar davri xalqaro va diplomatiya. huquqi tarixi xalqaro
munosabatlar tarixida muhim o‘rin tutadi. Temuriylar Amir Temurning diplomatik
merosini saqlab qolishga intildilar. Mirzo Shohruh, Mirzo Ulug‘bek va Xusayn
Bayqaro kabi yirik temuriy hukmdorlar o‘zga davlatlar bilan ancha iliq diplomatik
munosabatlarni olib borishgan.
Ayniqsa, Shohruh Mirzo ancha layoqatli diplomat bo‘lib, u Hindiston,
Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik munosabatlarda tashabbuskorlik
ko‘rsatgan.
Xulosa o‘rnida shuni alohida takidlab o‘tish lozimki, Amir Temur
diplomatiyasi umuminsoniy g‘oyalarga sadoqat ruhida shakllangan va doimo
insoniyat tinchligi va farovonligiga xizmat qilgan. U yagona makon g‘oyalarining
dastlabki targ‘ibotchisi edi. U bu faoliyati bilan ilk bora integratsiya haqidagi
g‘oyalarnining shakllanishiga asos solgan, madaniyatlararo ko‘prik o‘rnatgan.
Amir Temur diplomatiyasida o‘z davrida ustuvor bo‘lgan xalqaro
diplomatiya qonun - qoidalariga qatiy amal qilingan. O‘zining raqiblaridan farqli
ravishda Amir Temur «elchiga o‘lim yo‘q» shioriga amal qilib har qanday qalis
vaziyatlarda ham elchinining hurmat - izzatini o‘z joyiga qo‘yishga harakat qilgan.
SHuningdek, Amir Temurning mardlik, jasurlik, tashabbuskorlik kabi xislatlari
uning diplomatik muvaffaqiyatlariga katta zamin bo‘lib xizmat qilgan. U o‘z
raqiblariga katta o‘urmat ko‘rsatib, ularni qilayotgan ishlari yuzasidan tegishli
xulosalar chiqarishga imkon yaratgan. Uning qat’iyati, tirishqoqligi maqsadga
intiluvchanligi va imkoniyatdan maksimal foydalanganligi, tezkorligi, diplomatik
yutug‘ining omillaridan hisoblanadi. U nizolarni iloji boricha muzokaralar yo‘li
bilan hal qilishga intilgan. U murakkab vaziyatlarni o‘z tomoniga ijobiy hal
bo‘lishi uchun ko‘proq vaqtni cho‘zish yo‘lidan borgan. Uning kechiruvchanligi
ham dushmanlari va do‘stlarining hurmatiga sazovor etgan. U pastkashlikka qarshi
saxiylik, sabr-toqat, kechiruvchanlik va bag‘rikenglik yo‘lini tutgan. Uning
64](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_63.png)
![diplomatiyasida yutqiziqsiz va talofatsiz maqsadga erishish bosh g‘oya bo‘lgan.
Amir Temur vaziyatlarga qarab diplomatiyaning nasihat, ogohlantirish,
qo‘rqitish va ovoza tarqatish kabi usullaridan foydalangan. Shuningdek, u
raqiblarining zaifliklaridan ustalik bilan foydalana bilgan. Amir Temurning
elchilik faoliyati va elchi tanlashga alohida etibor bergani ham uning tashqi
siyosatda katta yutuqlarga erishishiga olib kelgan. Shu maqsadda amir devonida
elchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus diplomatik mavjud bo‘lib, u korpus
davlatlararo munosabatlarning rasmiy, estetik va boshqa masalalarini
takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullangan. Bu davrda elchilar bilan
uchrashishdagi rasmiy marosimlar, dasturxon bezash va ovqatlanishning maxsus
memoriy badiiy echimlari ishlab chiqilgan va bu davrda ushbu soha ham o‘z
takomiliga etgan.
Amir Temur o‘zining diplomatik faoliyati bilan dinlar, mafkuralar,
madaniyatlar, iqtisodiyotlar, siyosatlararo ko‘prik qo‘ygan yirik davlat arbobidir.
Bugungi globallashuv jarayonida uning bu merosini chuqur o‘rganish
alohida ahamiyat kasb etadi.
3.2 Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari.
Sohibqiron Amir Temur tashqi siyosatining yo‘nalishlari mavzusi alohida
mavzu sifatida tadqiq etilmagan bo‘lsa-da, bazi tadqiqotlarda qisman ochib
berilgan.
Sohibqiron Amir Temur murakkab tarixiy davrda tashqi siyosat olib bordi.
Bir tomondan hali Chingiziy mo‘ng‘ullarning xavfi kuchli ekanligi, chegaralar
xavfsizligini ta’minlash, Chig‘atoy ulusiga egalik qilish, Buyuk Ipak yo‘lining
muhim tarmoqlari ustidan nazorat o‘rnatish kabi masalalarni davlat manfaatlari
jihatidan to‘g‘ri hal etish nozik tashqi yo‘nalishlarini belgilashni taqazo etdi.
Sohibqiron Amir Temurning mo‘g‘ul zulmiga zarba berishi unga yangicha
muammolarni tug‘dirdi. Vaziyat Amir Temurdan Xorazm, Oltin O‘rda,
Mo‘ng‘iliston, Eron, Xuroson kabi o‘z davrining kuchli davlatlari bilan yangicha
65](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_64.png)
![bir-biridan farqlanuvchi tashqi siyosat yo‘nalishlarini belgilashni talab etdi.
Bu davrda davlatning siyosiy qudratini mustahkamlashda Xorazm alohida
ahamiyatga ega edi. 1370-yilgi Qurultoydan keyin Chig‘atoy ulusi hududlarini
tiklashni maqsad qilib qo‘yadi va bu io‘lda o‘z etiborini Xorazmga qaratadi 126 127
.
Uzoq yillar davomida raqibiga katta imkoniyatlar yaratgan Amir Temur
1388-yilda g‘azablanib Xorazmga beshinchi marta yurish qiladi va uni vayron
ettiradi.
Amir Temur Chig‘atoy ulusi yerlariga egalik qilishga talabgor ekanligini
inobatga olsak, uning Xorazm bilan yuzma-yuz kelishi aniq masala bo‘lib,
so‘fiylar Amir Temurga qarshi bormaganda balki ularga siyosiy imkoniyatlar
berilishi ham mumkin edi, ammo so‘fiylarning siyosiy voqealarni salbiy tomonga
tez rivojlantirishi va Amir Temurning kuch va imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay
olmaganligi 'ularning siyosiy sahnadan barvaqt tushib ketishiga sabab bo‘lgan.
Xorazmda sodir etilgan g‘orat so‘fiylar sulolasi vakillarining kaltabin siyosati
natijasi edi
Biz tashqi siyosat yo‘nalishida Xorazm bilan munosabatlarni mushohada
etar ekanmiz, Sohibqiron Amir Temur nozik diplomatik siyosat olib
borganligining, yurishlar uchun esa katta sabablar mavjud bo‘lsa-da, yana-da
So‘fiylarga uzoqroq vaqt va katta imkoniyatlar yaratilganligining guvohi bo‘lamiz.
Sohibqiron Amir Temurning Oltin O‘rda bilan olib borgan tashqi siyosati
uning siyosatidagi muhim yo‘nalishni tashkil etadi.
Amir Temur bu davlat bilan faol tashqi aloqa olib borganining bir qancha
sabablari bor. Shimoliy Xorazm va Oq O‘rda Movarounnahrga chegaradosh edi.
126
Askarov A. Amir Temur va Xorazm. / Amir Temur va uning jaxon tarixidagi o‘rni mavzuidagi xalqaro
konferensiya materiallari. - T.: O‘zbekiston, 1996. - B.39-40; Ismoil Aka. Buyuk Temur davlati. T.: Cho‘lpon, 1996.
- B.152; Buriev O. Amir Temur davrida Movarounnaxr va Mo‘g‘uliston munosabatlari. -// Sharkshunoslik, 1996. №
7. - B. 37-44; Buriev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo... - B. 186 B; Abduraimov M. Temur
va To‘xtamish. G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti, 2000. - 79 b; Muhammadjonov A.R. Temur
va Temuriylar saltanati. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1994; Yakubovskiy A.Yu., Grekov - B.D. Oltin O‘rda va
uning qulashi. M.: 1957; Uvatov U. Amir Temur va mamluklar. - // Sharqshunoslik, 1996.№ 7. - B.60-72;
G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir. - // Sharkshunoslik, 1997. № 8. - B.
196-200 va boshqalar.
127
Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi xalkaro
konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 39.
66](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_65.png)
![Temur tuzayotgan yangi mamlakatiga Oltin O‘rda xavf solishini sezardi 128
.
SHuning uchun ham u Xorazm kabi Oltin O‘rda hududida yuz berayotgan
siyosiy voqealarni sergaklik bilan kuzatdi.
M.Abduraimovning aytishicha, O‘rusxon S.irdaryodan Volga bo‘ylariga
kelishi bilan Oltin O‘rdada Botuxonning akasi O‘rda Ichen avlodidan sanalgan
yangi xonlar sulolasi boshlandi.
To‘yxo‘ja o‘g‘lon O‘rusxon tomonidan qatl etilgach, uning o‘g‘li
To‘xtamish ham o‘z hayotidan xavfsirab, qudrati olamga taralayotgan Amir Temur
davlatidan panoh topdi'.Bu vaziyat esa Amir Temurga juda o‘ng keldi, chunki u
Oltin O‘rda xoni o‘ziga tarafkash, tobe bo‘lishini anchadan buyon orzu qilardi 129
Bizningcha u ana shu istaklarni amalga oshirishni To‘xtamishxon
siymosida ko‘rdi.
Sohibqiron unga madad so‘rab kelayotgan To‘xtamishni har-xil
qimmatbaho sovg‘alar bilan qarshiladi. Nizomiddin Shomiy bu haqda shunday
yozadi: «To‘xtamish o‘g‘lon kelganda, amirlar uni Temur qabuliga olib kirishdi.
Hazrati oliylari uni yetarlicha hurmat-ehtirom bilan qarshi oldi.
Uni Samarqandga boshlab borib, shohona ziyofat berdi. To‘xtamish va
uning yo‘ldoshlariga munosib sovg‘a-salomlar ulashdi, tilla va (qimmatbaho)
bezaklar, mol va gazmol, ot va xachir, chodir, nog‘ora va bayroq hamda jangovor
qo‘shin berdi. O‘tror va Savron viloyatyga hokim etib tayinladi 130
.
U mutassil ravishda To‘xtamishga harbiy madad berib turadi. Biroq
To‘xtamish O‘rusxon bilan jangda bir necha marta engiladi va yolg‘iz o‘zi
chakalakzorga kirib bekinadi 131
.
Shunda ham Amir Temur To‘xtamishni oyoqqa turgizish va Oltin O‘rdani
unga olib berishga intiladi va o‘z Birodari Idiguy Barlosni uning oldiga yuborib,
128
Bo‘riev O. Amir Temur davrida Movarounnahr va Mo‘g‘uliston munosabatlari... - B.37-38.
129
Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi xalkaro
konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 39..
130 137
Abduraimov A. Temur va To‘xtamish....- B. 7 yoki qarang Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma...- B. 83.
131
Abduraimov A. Temur va To‘xtamish....- B. 7 yoki qarang Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma...- B. 83.
67](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_66.png)
![«podshohlik ishida mardona va jasur bo‘lsin, dushmanni daf qilishni vojib bilsin 132
133
» deydi va uni kurashga undaydi».
Bu orada Temurning Buxorodagi qarorgohiga O‘rusxonning elchilari kelib,
To‘xtamishni topshirishni talab qildi. Temur bu taklifni qat’iy rad etdi va tez orada
o‘zi jangga kirishini aytdi.
Sohibqiron O‘rusxonga qarshi kurashmoq uchun Sig‘noq yaqiniga kelib
joylashdi va ob-havoning yomonligi, ya’ni qahraton qish va yog‘ingarchilik tufayli
ortga qaytib bir necha oy Keshda va O‘rusxonga qarshi yurish boshlash uchun
To‘xtamishni yo‘lboshchi qilib olgan bir paytda vaziyat birdan o‘zgarib, avval
O‘rusxon keyinroq esa uning o‘g‘li To‘qtaqiyo vafot etdi.
Oq O‘rda taxtiga Temur Malikning o‘g‘li Temur Malik o‘tiradi. Temur
Malikdan To‘xtamishning qo‘shinlari uchinchi marta engiladilar. Amir Temur
sovg‘a qilgan ot To‘xtamishning joniga oro kiradi. Temur Malikning davlat
ishlaridan uzoqlashib, ichkilikka mukkasidan ketganligi Amir Temur uchun qulay
vaziyat edi. Buning ustiga To‘xtamishga hayrihohlik bildirayotganlar ko‘paydi.
Amir Temur To‘xtamishning harbiy layoqatiga shubhalanib qolgan bo‘lsa-da, unda
taxtiga o‘z odamini qo‘yish, mag‘lubiyat uchun o‘ch olish istagi kuchli
edi.Vaziyatdan foydalanib 1376 yilda Amir Temur ko‘magi bilan To‘xtamish xon
qilib yo’naltirdi. Bu haqda Abulg‘ozi Bahodirxon ham shunday ma’lumot bergan:
«Vaqtiki, To‘xtamishning O‘ro‘sxondin qochib Temurning yonig‘a Samarqand
keldi. Ortidin Edigay mang‘it keldi, aytdikim O‘rusxon jami lashkar qilib bu
tarafga mutavajjih bo‘ldi, te- B. Temurning madadi birlan To‘xtamishxon
O‘rusxonni bosib Jo‘chixonning xalqig‘a ega bo‘lib shahri Saroyda xonlik taxtida
o‘lturdi» 134
.
To‘xtamish o‘z hukmronligining dastlabki yillarida Temurga nomigagina
bo‘ysunardi, qulay payt kelishi bilan mustaqil bo‘lib, uning hokimiyatidan yuz
o‘girib ketish niyatida yurardi 135
.
132
Nizomiddin Shomiy..Zafarnoma..- B. 103.
133
Nizomiddin Shomiy.. ..Zafarnoma..- B. 104
134
Abdulg‘oziy. Shajarayi turk. Nashrga tayyorlovchilar Munirov Q. Va Mahmudov Q. T.: Cho‘lpon, 1992. -
B.99.
135
Abduraimov M. Temur va Tuxtamish...- B. 8.
68](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_67.png)
![M.Abduraimov To‘xtamish boshqarayotgan Oltin O‘rda davlati Rus
knyazliklari yoki Amir Temur davlatiga o‘xshab mustahkam zaminda, o‘z
xalqining tabiiy o‘sishiga bog‘liq ravishda emas qurama va xo‘jaliklararo tarqoq
zaminda bunyod etilganligini alohida ta’kidlaydi. Bizningcha ham bu hol
To‘xtamishga ancha murakkabliklar tug‘dirishi mumkin edi.
Amir Temurning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan Oltin O‘rda
taxtiga o‘tirgan To‘xtamish rus knyazliklari ustidan nomigagina emas, to‘la- to‘kis
hukmronlik o‘rnatish uchun Jo‘chi ulusi kuchlarini oshirishga ahamiyat berdi va
rus feodal knyazliklarining Moskva atrofida birlashtirishga to‘sqinchlik qildi. Oltin
O‘rda va rus tarixidan ayonki, mo‘g‘ul xonlari xususan, To‘xtamish ham rus
erlarida va tub feodal ajralishiga bo‘lgan harakatlarini qo‘llab quvvatlardi. Jo‘chi
ulusining nufuzi, ta’siri tushib borishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun u butun kuch-
g‘ayratini ayamay sarfladi. O‘z hukmronligini mustahkamlash uchun u Ozarbayjon
va Eronga ham ko‘z tikdi 1
.
M. Abduraimovning ta’kidlashicha, Oltin O‘rda va Amir Temur o‘rtasidagi
nizo Sohibqironning Oltin O‘rdadan bo‘ladigan xavfni bartaraf qilishga va
mo‘ng‘ullar davrida shimoliy tarmog‘i kuchaytirilgan Buyuk ipak yo‘lini
egallashga bo‘lgan sa’yi harakati tufayli chiqqan.
Har ikki tomon ham ana shu masala yuzasidan muxolifatchilik qilardi.
Bu davrda Buyuk Ipak yo‘lining muhim bittadan tarmog‘i bu ikki davlat
hududidan bevosita o‘tgan. M. Abduraimovning keltirishicha, bu yo‘llarning bir
Rus janubidan Qora va Qizilqum (Kaspiy) dengizi sohillari bo‘ylab, ikkinchisi
Kaspiydan janubroqdagi Shom, Kichik Osiyo, Kavkazorti, Eron, Samarqand orqali
o‘tgan. Berkaxon davridan beri Oltin O‘rda xonlari dastlabki savdo yo‘lini
egallagan bo‘lsa-da, ikkinchisi ham qo‘lga olishga, jilla qursa kesib tashlashni,
birinchi navbatda boy Tabriz shahrini egallashni orzu qilardilar 136 137
.
Tabrizni bosib olishga eronliklar, avval jaloyirlar va Amir Temur qarshi
chiqdi. Temur sobiq jaloyiriylar hukmronligidagi Ozarbayjonga o‘ziga qaram ulus
136
Abduraimov M... - B. 17. ' •
137
Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi xalkaro
konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 55.
69](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_68.png)
![tariqasida ko‘z tikkan. Shunday qilib, 1385-1386-yillarda Oltin O‘rdaliklarning
Ozarbayjon va Tabrizga bostirib kirishi Oltin O‘rda xoni va Samarqand amiri
o‘rtasida ixtilof tug‘ulishiga sabab bo‘lgan. Ular o‘rtasida jang chiqishiga ikkinchi
sabab Dashti Qipchoqning shimoliy qismini egallashga bo‘lgan intilish bilan
bog‘lanadi 1
.
M.Abduraimovning ta’kidlashicha, Temur va To‘xtamish o‘rtasida aloqa
buzilishga yana bir sabab Xorazm masalasi borasida kelib chiqqan. Chunki,
Xorazm XIV asrning 60-yillarigacha Oltin O‘rdaning tarkibiy qismi hisoblanib
kelgan, To‘xtamishning Ozarbayjonga yurishi Amir Temurning Xorazmning o‘z
tasarrufiga kiritgani uchun bir qasos edi.
Amir Xusayn va Saroymulkxonim mo‘g‘ul urug‘idanligini hisobga olgan
holda va Ibn Arabshoh fikriga tayanib, M. Abduraimov yana bir ikkinchi darajali
sababni amir Xusaynning o‘ldirilishidan kelib chiqqan deb taxmin qiladi 138 139
.
Demak, bizningcha Amir Temurning Oltin • O‘rdaga nisbatan tutgan tashqi
siyosat yo‘nalishi quyidagi maqsadlarni o‘zida mujassamlashtirgan:
■ birinchidan shimoldagi-Oltin O‘rdadan bo‘ladigan xavfni bartaraf
etish;
■ ikkinchidan, davlat taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan Buyuk Ipak
yo‘lining shimoliy tarmog‘i ustidan hukmronlikni qo‘lga kiritish;
■ uchinchidan, Oltin O‘rdaning kuchli davlatga aylanishga yo‘l
qo‘ymaslik va uni ikkinchi darajali mamlakatga aylantirish;
■ to‘rtinchidan uni Eron va Ozarbayjonda hukmronlik qilishga yo‘l
qo‘ymaslik;
■ beshinchidan Dashti Qipchoqning shimoliy kismiga o‘z ta’sirini
o‘tkazish;
■ oltinchidan, Xorazmni o‘z tasarrufida saqlab qolishga intilish.
Biz Sohibqiron Amir Temurning Oltin O‘rda munosabatlari muhim siyosiy
138
?
Asqarov A. Amir Temur va Xorazm. - / Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni mavzuidagi
xalkaro konferensiya materiallari. T.: Uzbekiston, 1996. - B. 57.
139
?
Abduraimov M... - B. 19 .
70](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_69.png)
![nuqtalardan biri ekanligini, u bu bilan davlatni har tomonlama yuksaltirishga,
muhofazalashga va xalqaro katta tayoq siyosatini olib borishga intilganini
kuzatamiz. Demak, u diplomatiyada geostrategiyani avvalgi o‘ringa qo‘ygan va
uning bu siyosati bizning mustaqil davlatchiligimiz uchun ham katta mohiyat kasb
etadi.
To‘xtamishxon Amir Temurning tashqi yurishldri bilan band bo‘lganidan
foydalanib Kaspiyning G‘arbiy sohili bo‘ylab o‘tgan qadimgi yo‘l-Darband orqali
Amir Temur davlatiga yurish qiladi.
Amir Temurning sabr kosasi to‘ldi. U xavfli dushmanga aylangan
To‘xtamishga qarshi 1389,1391 va 1394-1395 yillarda uch marta yurish qildi va
uning engib o‘z maqsadiga erishadi. Ya’ni, Oltin O‘rdani engib uni xoldan
toydiradi, Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘ini butunlay izdan chiqaradi,
Eron va Ozarbayjonning dahlsizligini va boshqa maqsadlarini amalga oshiradi.
Sohibqiron Amir Temur dunyo siyosiy haritasida muhim va katta
o‘zgarishlar yasab rus knyazlarining ravnaqiga sharoit yaratdi va ularning
rivojlanishi uchun zamin yaratdi. A.Yu. Yakubovskiy g‘alabaning ahamiyatini
ko‘rsatib, shunday yozgan edi: 1395 yilda Temurning To‘xtamish ustidan
qozongan g‘alabasi, Astraxan va ayniqsa Oltin O‘rda poytaxti Saroy Berkaning
xarob qilinishi va yondirib yuborilishi faqat O‘rta Osiyo va o‘sha vaqtdagi janubi-
Sharqiy Yevropa uchungina emas, balki Rus uchun ham katta ahamiyatga ega
bo‘ldi...
Oqsoq Temur.... To‘xtamishni engishi bilan Rus eriga ob’ektiv ravishda
katta xizmat ko‘rsatgan, lekin shunday bo‘lishini uning o‘zi mutlaqo
payqamagan 140 141
.
Sohibqiron Amir Temur o‘sha davrdagi ancha mayda davlatlar bilan ham
tashqi siyosat yo‘nalishini belgilab- olgan. U o‘ziga qarshi bosh ko‘targan
Mozandarondagi Amir Vali va boshqalarning harakatini to‘xtatish uchun olib
borilgan jangda erli tinch aholiga zulm o‘tkazmaslikka, zarar etkazmaslikka
140
Sharafuddin Ali Yazdiy...Zafarvoma - B. 109.
141
Yakubovskiy A.Yu., Grekov - B.D. Zolotaya Orda i yee padenie. - M.: 1950. - S.
71](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_70.png)
![harakat qilgan. Birinchidan u hech qachon tunda uxlab yotgan shahar aholisi ustiga
hujum qilmagan. Ikkinchidan, hujumdan avval ularni ogohlantirgan, ya’ni iloji
boricha, muammoni muzokara-tinchlik yo‘li bilan hal etishga intilgan. Eng oxirgi
pallada jang qilishga majbur bo‘lgan.
Amir Temurning Misr va Usmoniylar davlati bilan olib borgan tashqi
siyosatini o‘rganayotgan olimlar S. G‘ulomov va U. Uvatovlarning olib borgan
tadqiqotlari bu davrdagi xalqaro aloqalar mazmunini chuqurroq tushunishimizga
erdam beradi 142 143
.
S.G‘ulomov Boyazid Yildirim va Amir Temur o‘rtasidagi nizolarini
keskinlashishiga va Anqara jangining kelib chiqishiga Qora Yusuf Turkmaniy
bilan birga Ahmad ibn Uvays Jaloyir ham sababchi bo‘lganligini ko‘rsatib
o‘tadi 144
.
Ma’lumki, manbalar Sulton Ahmad Jaloyirning tuban, zolim, xalq nafratini
qo‘zg‘atadigan, yo‘llarda qaroqchilik bilan shug‘ullanadigan salbiy shaxs
bo‘lganligidan guvohlik beradi.
Aytishlaricha, Bog‘dod ahli undan nafratlanib, uning dastidan Temurdan
madad so‘rab arz qilganlar» 145
.
Sohibqiron Amir Temur Sulton Ahmadga qarshi kurashishga bel bog‘laydi,
ammo uning bu xayrli ishiga Boyazid Yildirim xalaqit berib, Sulton Ahmadni o‘z
panohiga oladi.
Abulxusayn Navoiyning «Asnod va makotibi tarixiy» asarida keltirishicha,
Eron hukmdori Shoh Mansur ustidan g‘alabaga erishgan Amir Temur Iroq tomon
urush boshlagan paytida Sulton Ahmad o‘z mamlakatini tashlab Suriya tomonga
yo‘l oladi va u erdan Iildirim Boyazidga maktub yo‘llab, Temurning Bog‘dodni
egallagani, o‘zi (.Sulton Ahmad) ning Qora Yusuf bilan birgalikda ortdan quvib
kelayotgani, Temur lashkarlaridan bir guruhi bilan jang qilib, g‘olib kelganliklarini
142
151 The Cambridge history of Iran the Timurid and Safarid period. № 6. Cambridge universit press. P. 55-56.
143
Uvatov U. Amir Temur va mamluklar. -// Sharqshunoslik. 1996. № 7. - B. 60-72; G‘ulomov S. Amir Temur bilan
Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir. - // Sharkshunoslik, № 8. - B. 196-200; yana u: Amir Temur va
Boyazid munosabatlari. -// Sharqshunoslik. 1996. № 7. - B.74-82 va boshkalar.
144
153 G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabdtlariga doir. Sharkshunoslik, № 8. - B.
198
145
Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. I kitob... - B.137.
72](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_71.png)
![va shu bilan birga voqea xabari Temurga etib borgandan so‘ng katta jang bo‘lishi
muqarrarligini va bu borada uning (Boyazidnin) yordamiga muxtoj ekanliklarini
bildiradi.
U bunday maktubni Misr Sultoni Barquqqa ham yo‘llagan 146 147
. Xalqaro
munosabatlar jarayonini tadqiq etar ekanmiz, biz Sohibqiron Amir Temurga qarshi
yirik davlatning ittifoqqi yuzaga kelganligini his etamiz.
Misr sultoni Az-Zohir Sayfuddin Barquq (1382-1399), usmoniylar sultoni
Yildirim Boyazid (1389-1402), Oltin O‘rda xoni To‘xtamish (1376- 1395). Sivos
hokimi Qozi Burxonuddinlar oralarida Temurga qarshi ettifoq tuzilib 148
uning
ko‘lami yana-da kengayadi. Bu ittifoqqa qora qo‘yunlular hukmdori Qora Yusuf
Turkman (1389-1420) Muzaffariy hukmdor Shoh Mansur (1389-1395) Iroq
hukmdori Sulton Ahmad Jaloyir ham qo‘shiladi 149 150
.
Ana shunday yirik ittifoqqa qarshi Sohibqiron Amir Temurning birgina o‘zi
kurashayotgan edi. Sulton Ahmad Jaloyir Amir Temurni haqorat qilsa-da,
Sohibqiron unga hurmat va ogohlantirish bilan murojaat qiladi .
Sohibqiron Amir Temur qulay vaziyatni poylab ularning har biri bilan
alohida hisoblashdi va iloji boricha tinchlik va muzokara- diplomatiya yo‘lini
izladi. 1395-yilda To‘xtamishning engilishi, 1398-yilda Qozi Burxoniddin oq
quyunlular bilan jangda halok bo‘lishi, 1399-yilda Barquqning vafot etish
munosabati bilan Iildirim Boyazid mamluklarning ba’zi qismlarini o‘z tasarrufiga
olishi bilan bu ittifoq barham topdi va Qora Yusuf Turkman va Sulton Ahmad
Jaloyir Amir Temurga kurashishdan ojiz bo‘lib, nihoyat Temur vafotidan keyin
Sulton Ahmadni sobiq ittifoqchisi Qora Yusuf Turkman qatl etdi 151
.
Amir Temurning Turkiya sultoni Eldirim Boyazid bilan olib borgan tashqi
146
?
G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabdtlariga doir. Sharkshunoslik, № 8. - B.
198
147
?
Uvatov U. Amir Temur va mamluklar... - B. 64.
148
157 G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir.-// Sharqshunoslik 1996.
№ 8 - B.
149
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252.
150
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 257
151
?
G‘ulomov S. Amir Temur bilan Ahmad ibn Uvays Jaloyir munosabatlariga doir.-// Sharqshunoslik 1996.
№ 8 –
B.
73](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_72.png)
![siyosat yo‘nalishi bu davr siyosiy jarayonlarini chuqurroq o‘rganishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Amir Temur va Boyazid munosabatlari olimlar tomonidan o‘rganilgan'
bo‘lsada, ammo uning shakli, mazmuni va mohiyati, shuningdek bu
munosabatlarining davlatchilikka ta ’ siri hali fanda maxsus o‘rganilmagan. |
Buning bir qancha sabablari bor edi. Temur Tabrizda hukmronlikni qo‘lga
kiritgan Qora Qo‘yunlu hukmdori Qora YUsuf Turkman (791-1389- 823|1420) dan
bir necha bor itoat etishni talab etgan. Uning otasi Qora Muhammadni esa Temur
ilgaridan haj va savdo karvonlariga bosqinchilikda ayblab kelgan va o‘zining
ashaddiy dushmani deb bilgan, Qora Yusuf Turkman Temurning itoat borasidagi
talabini rad etgan. Buning ustiga to‘qnashuvlardan birida Avnik qal’asiga Temur
tomonidan hukmdor etib tayinlangan Otlamish Kuchin ismli shaxsni 1388-yilda
asir olib Qohiraga, mamluklar sultoni huzuriga yuborgan va u shaxs hibsga olingan
edi“.
Qora Yusuf va Sulton Ahmad Jaloyirlar o‘zlarining xavfli dushmanlari
bo‘lmish Amir Temurga qarshi kurashish choralarini ko‘radilar va nihoyat ular
Boyazid yonida qo‘nim topishadi.
Har ikki hukmdor o‘rtasida ziddiyatli keskinlashish jarayonlari Sharafuddin
Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida ham ancha batafsil yoritilgan.
Ularda keltirilishicha, Sohibqiron Amir Temur Boyazidga qayta-kayta
elchilar jo‘natib undan raqiblarini bandi qilib yuborishini va yoki qatl etishini talab
etardi. Navbatdagi elchilik orqali Amir Temur Boyazidga «Qora Yusuf
Turkmonkim, musulmonlar ichida kirib turur', yo uldurkim ani o‘ldurub
musulmonlarning xotirini andin jam etsun yo ulkim uni band qilib bizga yubarsun.
Bu ishdin birini qilsa aromizda do‘stluq bo‘lg‘usi turur» 152
deydi.
Biroq, Boyazid uning istagini bajarmas, uni haqoratlab javob qilar,
o‘rtadagi nizo esa chuqurlashib borardi. O‘rtada urush chiqishi aniq edi. O‘rtadagi
sovuq munosabatlarga qaramay Sohibqiron Boyazid elchilarini hurmatini joyiga
152
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252
74](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_73.png)
![qo‘yar, ularning hayoti daxlsizligini ta’minlar edi.
Manbalarda keltirilishicha, Boyazid Amir Temurga bo‘ysungan Arzinjon
hokimi Tahurtanning kishilarini ham asirda saqlar edi. Sohibqiron Amir Temur
elchilar orqali Boyazidga yana bir imkon berdi va Tahurtanning kishilari bilan
birga Boyazidning o‘g‘illaridan birini garov sifatida yuborishni so‘radi. Shu
taqdirda u omon-eson o‘z mamlakatida hukmronlik qilishini uqtirdi 153 154
. Bu
talablar Boyazid Eldirim tomonidan qondirilmadi.
Aslida har ikki tomon ham xalqaro maydonda o‘z manfatlari va obro‘si
uchun kurashayotgan, yukorida keltirilgan sabablar esa har ikki tomonning o‘zaro
munosabatlarining ifodasidir.
Tabiyki, Osiy mintaqasida tasir kuchini saqlab turgan Usmoniylar xalqaro
maydondagi yangi raqobatdosh kuchning paydo bo‘lishini istamas va uni har
qanday yo‘l bilan yanchib tashlashga intilishi tabiiy hol edi. Bundan tashqari bizga
malumki, Buyuk geografik kashfiyotlarga qadar Buyuk Ipak yo‘lining yirik hududi
turklar ko‘lida edi, Usmoniylar bunday imkoniyatni qo‘ldan berishni istamas edi.
Kuch va qudrat timsoli bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘lini nazorat qilish
maqsadlari ham Amir Temur va Boyazid o‘rtasida kelib chiqkan nizolarning bosh
sabablaridan biri bo‘lgan.
Bir oz muddatdan keyin Boyazid elchilari Temurga xat keltiradi. Bu
maktubda Boyazid ularning o‘rtasida nizo chiqadigan asosiy sybab yo‘qligini,
buning o‘rniga kofirlar bilan urushib, yangi xududlarni qo‘lga kiritishni taklif
qiladi. Mamlukiylar bilan Temurning o‘rtasini yaxshilash uchun vositachilik
qilishni taklif etadi. Temur esa elchilarni juda yaxshi kutib oladi va Onado‘li
xalqiga dushmanligi yo‘qligini o‘zi ham do‘stlik munosabatlari o‘rnatishini aytadi.
Buning uchun esa Usmoniylar Qora Yusufni tutib berishini yoki uni Usmoniylar
davlatidan chiqarib yuborishni talab qiladi. Lekin Boyazid bir paytlar mo‘g‘ullar
bilan Misrga qochgan Abbosiylarni hohlamaganligini ifoda bilan tushuntirib,
o‘zlariga sig‘inganlarni quva olmasliklarini, bugungi kunda ular Onado‘lida
153
Sharafuddin Ali Yazdiy... Zafarnoma - B. 253.
154
Sharafuddin Ali Yazdiy... Zafarnoma - B. 257.
75](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_74.png)
![emasligini ular kelsa chiqarib yubormasligini, yana qabul qilinishini bildiradi.
Sohibqiron Amir Temurning Sulton Boyazid bilan olib borgan tashqi
munosabatlari bizga shunisi bilan ibratliki, u bunda birinchidan- diplomatiya
qonun-qoidalari, etikasiga qat’iy amal qildi va o‘z raqibining ta’na-dashnomlari,
haqoratlariga sabr toqat bilan javob qaytarib, u bilan har qanday vaziyatda ham
kelishishga intildi.
Ikkinchidan u o‘z raqibining kuchliligini yaxshi bilgan holda vaqtdan
yutishga, uzoq masofali azobli yo‘ldan keyin kuchlarini qayta jonlantirishga va
to‘g‘ri strategik taktikalar ishlab chiqishga intildi;
Uchinchidan, u Boyazidga qaram kichik hukmdorlardan ittifoqchi qidirib,
ular o‘rtasida adovatdan to‘g‘ri foydalana bildi;
To‘rtinchidan, psixologik taktikalar qo‘llab Boyazidning ayblarini xalqqa
to‘g‘ri etkaza bildi, undan ommaning ijobiy fikrini qaytardi va o‘zining haqiqiy
rahnamo ekanligini ko‘rsata bildi.
Biz Amir Temur va Boyazid munosabatlarini mushohada etar ekanmiz, har
ikki buyuk davlat arboblarining munosabatlari kesqiylashishiga nafaqat obektiv
omillar balki, subektiv omillar ham sababchi bo‘lganligini anglab etishimiz
mumkin. Do‘stlik, hech bo‘lmaganda betaraflik maqomida turishi mumkin bo‘lgan
har ikki shaxsni Misr podshosi Barquq, Oltin O‘rda podshosi To‘xtamish, Sulton
Ahmad Jaloyir, Qora Yusuf Turkman kabi shaxslar ham dushmanlik girdobiga
tortganlar.
Amir Temurning mardligi shundaki, u Boyazidni enggach butunlay
Usmoniylarni hokimiyat tepasidan supurib tashlashi, erda yangi bir sulolaga imkon
yaratish mumkin edi, ammo u bunday qilmadi.
Jang va Boyazid Eldirimning engilishi bilan yakun topgan
munosabatlardan keyin ham Amir Temur usmoniylarga yana katta imkoniyatlar
yaratdi. U Boyazid Eldirimga katta hurmat ko‘rsatib, undan o‘ch olmadi, uning
marhamati tufayli Usmoniylar sulolasi XX asr I choragigacha hukm surdi.
Amir Temur nafaqat sanab o‘tilgan davlatlar bilan balki, etti iqlim
76](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_75.png)
![davlatlari bilan ham diplomatik munosabatlarni olib borgan.
Sharafuddin Ali Yazdiy va Xofizi Abruning yozishlaricha, «2 oy davom
etgan Konigil tantanalarida Misr, Ifranj, X,ind, Dashti Qipchoq, Jata, Oltoy va
boshqa o‘lkalardan elchilar ham hozir bo‘lganlar» 155
.
Tadqiqotchi N. Karimova Temuriylar va Xitoy aloqalarini Xitoy manbalari
asosida yoritishga intilgan. Muallifning keltirilishicha 1395 (ayrim manbalarda
1387) yilda Min hukmdori tomonidan Temur Saroyiga Fu An boshchiligidagi
birinchi elchilar yuborilgan. Min imperatori Chen Szu (1403-1425)ning
Turkistondan elchilarning kelishini faollashtiruvchi siyosat yuritdi va «G‘arbiy
mamlakatlar haqida qissa» («Siyuy-chjuan») nomli (1403) oliy farmon chiqarish
natijasida Xitoy va Turkiston o‘rtasidagi savdo aloqalari o‘z rivojining yuqori
cho‘qqisiga etgan.
Amir Temurning tashqi siyosati an’analarini Temuriylar hukmdorlar ham
davom etirganlar. Temuriylar davlatiga Mo‘ng‘uliston, Tibet, Xitoy, Hindiston,
Arabiston. Misr, Kichik Osiyo, Kavkaz, Volgabo‘yi, Ural o‘lkalaridan savdo
karvonlari va elchilar kelgan 156 157
.
Ayniqsa Shohruh Mirzo davrida xalqaro diplomatik aloqalar rivojlangan.
SHohruh davrida Temuriylar davlatining Xitoy bilan elchilik aloqalari 1409 yildan,
Xirotga Xitoy elchilari kelgan paytdan boshlanadi. Xofizi Abruning «Zubdat at-
tavorix» asarida va u orqali Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla us-sa’dayn»
kitobida Xitoydan kelgan va Temuriylar davlatidan yuborilgan elchilar haqida
xabar beriladi 158
. Shuningdek G‘iyosiddin Naqqoshning Xitoy safari esdaliklari
ham fikrimizga dalildir 159
. Tashqi munosabatlarda Temuriy hukmdorlar Amir
Temur kabi o‘zaro tinchlik totuvlik, yaxshi qo‘shnichilik, savdo- sotikni
rivojlantirish, karvon yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlashga, demakki, tadbirkorlarni
himoyalashga, tadbirkorlik va mulk huquqini kuchaytirishga, xalqaro huquq
155
Bo‘riev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo...- B.5.
156
Karimova H. Temuriylar bilan Xitoy aloqalari. (Xitoy manbalari bo‘yicha). -// Sharqshunoslik, 1996.№ 7. -
B.48 49.
157
Bo‘riev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo... - B. 16.
158
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252
159
O‘rinboev A., Bo‘riev O. G‘iyosiddin Naqqoshning Xitoy safarnomasi. - T.: Fan, 1991. - B. 55.
77](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_76.png)
![me’yorlariga qat’iy amal qilishga intilganlar.
L.Keren Amir Temurning niyati Samarqand tevaragida ravnaq topgan va
yaxshi idora qilinadigan, tashqi hujumlardan himoyalangan bir podsholik barpo
qilish bo‘lganligi, u manfaati uyg‘un (madaniyati, dini umumiy) qo‘shni
davlatlarni qo‘shib olganligini, xorijiy podsholiklar bilan oraliq davlatlarni kuch
yoki diplomatiya yo‘li bilan olganligini aytib yana shunday ta’kidlaydi: Itoatkorlik,
to‘langan soliq va boj evaziga Temur ularga yordam va harbiy muhofaza va’da
qilib, o‘z hollariga qo‘yib bergan. Usmonli Turk qo‘shnisi Tahurtan, Turkman
amirligi, Gurjiston, Qashg‘ar, nomli (1403) oliy farmon chiqarish natijasida Xitoy
va Turkiston o‘rtasidagi savdo aloqalari o‘z rivojining yuqori cho‘qqisiga etgan 160
.
Amir Temurning tashqi siyosati an’analarini Temuriylar hukmdorlar ham
davom etirganlar. Temuriylar davlatiga Mo‘ng‘uliston, Tibet, Xitoy, Hindiston,
Arabiston. Misr, Kichik Osiyo, Kavkaz, Volgabo‘yi, Ural o‘lkalaridan savdo
karvonlari va elchilar kelgan 161 162
.
Ayniqsa Shohruh Mirzo davrida xalqaro diplomatik aloqalad rivojlangan.
Shohruh davrida Temuriylar davlatining Xitoy bilan elchilik aloqalari 1409-yildan,
Xirotga Xitoy elchilari kelgan paytdan boshlanadi. Xofizi Abruning «Zubdat at-
tavorix» asarida va u orqali Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla us-sa’dayn»
kitobida Xitoydan kelgan va Temuriylar davlatidan yuborilgan elchilar haqida
xabar beriladi 163
. Shuningdek G‘iyosiddin Naqqoshning Xitoy safari esdaliklari
ham fikrimizga dalildir 164
. Tashqi munosabatlarda Temuriy hukmdorlar Amir
Temur kabi o‘zaro tinchlik totuvlik, yaxshi qo‘shnichilik, savdo- sotiqni
rivojlantirish, karvon yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlashga, demakki, tadbirkorlarni
himoyalashga, tadbirkorlik va mulk huquqini kuchaytirishga, xalqaro hukuk
me’yorlariga qat’iy amal qilishga intilganlar.
L.Keren Amir Temurning niyati Samarqand tevaragida ravnaq topgan va
160
?
Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya... - B. 53
161
Karimova N. Temuriylar bilan Xitoy alokalari. (Xitoy manbalari bo‘yicha). -// Sharqshunoslik, 1996.№ 7. -
B.48 49.
162
Bo‘riev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo... - B. 16.
163
Sharafuddin Ali Yazdiy Zafarnoma... - B. 252.
164
O‘rinboev A., Bo‘riev O. G‘iyosiddin Naqkoshning Xitoy safarnomasi. - T.: Fan, 1991. - B. 55.
78](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_77.png)
![yaxshi idora qilinadigan, tashqi hujumlardan himoyalangan bir podsholik barpo
qilish bo‘lganligi, u manfaati uyg‘un (madaniyati, dini umumiy) qo‘shni
davlatlarni qo‘shib olganligini, xorijiy podsholiklar bilan oraliq davlatlarni kuch
yoki diplomatiya yo‘li bilan olganligini aytib yana shunday ta’kidlaydi: Itoatkorlik,
to‘langan soliq va boj evaziga Temur ularga yordam va harbiy muhofaza va’da
qilib, o‘z hollariga qo‘yib bergan. Usmonli Turk qo‘shnisi Tahurtan, Turkman
amirligi, Gurjiston, Qashg‘ar, Hind va Boyazidga karshi urush davridagi
Trabzunlar bunga misol bo‘la oladi. Bu qaram yoki ittifoqdosh mamlakatlar
atrofida Rus erlari, Oltin O‘rda, Turkiya, Suriya, Bog‘dod sultonligi, Dehli
sultonligi va Xitoy kabi qudratli tashqi podsholiklar turgan. Shu podsholiklar unga
g‘animlik qilganlarida va xavf solganlarida, Temur ular ustiga ayovsiz harbiy
yurishlar kilgan, shahar qo‘rg‘onlarni bosib olgan, xazinalaridan ko‘plab boyliklar
bilan qaytgan. Shunday qilib, o‘z yurti atrofida bepoyon mudofaa qo‘rg‘onini
saqlab turgan 165
.
Demak, Sohibqiron Amir Temur nafaqat o‘z mamlakatlari sarhadlarida,
balki boshqa qo‘shni mamlakatlar sarhadlarida ham mamlakat mudofaasini
mustahkamlashga intilgan.
Sohibqiron Amir Temurning Evropa hukmdorlari bilan olib borgan
munosabatlari ham xalkaro munosabatlarda muhim yo‘nalish hisoblanadi.
Sohibkironning Yevropa davlatlari bilan diplomatik aloqalari Boyazid
Eldirim bilan ziddiyatli munosabatlar keskinlashayotgan davrda o‘rnatilgan.
Bu paytda Evropa davlatlari Boyazid Eldirim qutqusidan xavotirda bo‘lib,
bu xavfni bartaraf etishning chorasini topolmayotgan edi. Boyazidning qutqusi esa
shimol va shimoli Earbga kundan kunga kuchayib borar edi. Xuddi shu murakkab
siyosiy jarayonlar davrida Boyazidga raqobatchi yangi kuchning paydo bo‘lishi
Evropaliklar uchun mislsiz imkon edi va ular albatta Amir Temurning g‘alabasidan
manfaatdor edilar. Shuning uchun ham ular Amir Temurni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga tayyor edilar.
165
?
Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya... - B. 54
79](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_78.png)
![L.Keren «Amir Temur va Evropa qirollari o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p
jihatlari bilan kishini hayratga soladi. Aslini olganda ularni ko‘p narsa ajratib
turardi: e’tiqodlari, tillari, bir-biriga dushman xalqlari, 166
oralaridagi masofa va
ayniqsa, manfaatlarning turli-tumanligi» deb yozadi.
Dini bir, urf-odatlari o‘xshash . ikki sarkardaning muxolifatchiligini dunyo
xalklari hayajon bilan kuzatdilar. Albatta Ovro‘poliklar Sohibqiron g‘alabasi
tarafdori edilar, ular o‘z g‘animi Boyazidni Amir Temur qo‘li bilan yanchib
tashlanishini va shu bilan xavf bartaraf bo‘lishini orziqib kutdilar.
L.Keren Amir Temur tashqi munosabatlariga oid yangi ma’lumotlarni topib
ilmiy doiraga kiritdi. Ulardan bir shuki, «tomonlar maktublar va iltifotlar bilan
almashdilar, Amir Temur Ispaniyaga elchi yo‘llab, Boyazid haramidan ozod
qilingan uch nasroniy go‘zalni qo‘shib yubordi (Bu ulug‘ amirning Kastiliya
qiroliga tuhfasi edi)» 167
.
Amir Temur «Nasroniy Ispaniya (hukmdori Xenri III) bilan boshqa
Ovro‘po davlatlariga qaraganda ancha muhim diplomatik munosabatlar
o‘rnatdi» 168
.
Buni sababi shuki, usmonlilar nasroniylarga Nikopol yonida katta zarba
berib, butun Evropaga katta xavf tug‘dirayotgan bir paytda nasroniy hukmdorlar
uchun ikki yo‘l qolgan edi: birinchidan diplomatik aloqalar o‘rnatish, ikkinchisi
bevosita to‘qnashuv. Kastiliya qiroli esa diplomatik munosabatlarni tanladi,
Boyazidga, Amir Temurga, Bobil, Fes va Tunis hukmdoriga elchilar jo‘natdi.
Batamom boshqa vazifa bilan kelgan elchilar vaziyatdan unumli foydalanib
kolib, Sohibqironni aytaylab qutlash uchun kelganliklarini bildirishadi.
«Amir Temur ularni iltifot bilan tingladi va shundan keyingi kunlar
davomida ularni bir necha marotaba qabul qildi. Qadimiy ispan solnomalarida
elchilarning Sohibkiron huzurida bo‘lgan davri haqida afsonasifat hikoyatlar
bitilgan. Bu yozuvlarda Amir Temur Kastiliya elchilariga bag‘oyat katta iltifot
166 175
Keren L., Saidov A. Amir Temur va Fransiya... - B. 54 .
167
?
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va
Fransiya.Toshkent, 1996.B 98
168
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va
Fransiya.Toshkent, 1996. B-99
80](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_79.png)
![ko‘rsatgan, ularning har bir istagini ro‘yobga chiqarishga harakat qilgan mard
hukmdor sifatida tasvirlanadi» 169
deb yozadi L.Keren.
Fursatdan foydalanib Gomes va Hernan shaxsan Amir Temur ularga
shamshir sovg‘a qilishini iltimos qilishadi. Ularning bu niyati bajo keltiriladi.
Gomes turklarning birortasi bilan yakkama-yakka jang qilishga ruxsat so‘raydi va
bunga ijozat oladi, jangda u g‘olib chiqadi va Amir Temurning taxsiniga sazovor
bo‘ladi.
Amir Temur «o‘g‘li» Hernan ushbu uchrashuvdan xotira sifatida o‘z ismi-
sharifiga uning ham ismini qo‘shib olishini taklif qiladi; shunday ham bo‘ladi, zero
yuqorida tilga olingan salnomada ta’kidlanishicha, keyinchalik Hernanning
Arevalo yaqinidagi Raparnegos cherkovi hovlisiga quyidagi so‘zlar bitiladi: «Bu
erda qirol Xenri III saroyining a’yoni va uning Amir Temur huzuridagi elchisi
marhamatli ritsar Xernan Sanches do Palasuelos Tamerlan dafn etilgan».
Mazkur uchrashuvdan keyin «Henri Shuning diplomatik tashabbusidan
ulug‘ amir ham unga o‘z elchisini yo‘llashga qaror qiladi va al-Muhammad
Keshiyni sovg‘a-salomlar va nasroniy go‘zal bilan Kastiliyaga yuboradi».
L.Keren Sevilya shahrining qadimiy arxivlarida ham Amir Temur elchiligi
xususida yozuvlar saqlanib qolganligini ta’kidlab o‘tgan.
Bu elchilikka javoban Sohibqiron Amir Temur saroyiga (1404-1406
yillarda) Kastiliya qiroli elchisi Rui Gonsales de Klavixo kelgan va u
taassurotlarini «kundaliklari» asosida yozib qoldirgan edi.
Amir Temrning Evropa davlatlari bilan olib borgan tashqi aloqalariga
to‘xtalar ekanmiz, u davrda ham rasmiy diplomatik an’analar, ularning qonuniy
kuchi mustahkamligi, davlatchilik tizimida diplomatik korpusning tezkor
harakatlari va ahamiyatiga iqror bo‘lamiz.
U davrda ham hukmdorlarga xalqaro va diplomatiya huquqini ta’minlovchi
ishonch yorliqlari topshirilgan.
Masalan, Amir Temur tomonidan yo‘llangan dominikan ordeni (mazhabi)
169
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent,
1996. B107
81](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_80.png)
![ruhoniysi Sultoniyaning Jan ismli episkopi Sharl VI ga ishonch yorliqlarini
topshirdi, zarhal harflar bilan bitilgan yorliqning birida «Ulug‘ amirning «rosti-
rusti» shiori bitilgan kichik shaxsiy muhri bosilgan edi» 170
.
Sohibqiron Amir Temur Evropaliklarga birinchilar qatori Sharq va G‘arb
o‘rtasida manfaatli savdo-sotiq aloqalarini o‘rnatishni va buni qonun va
shartnomalar yo‘li bilan mustahkamlashni taklif qilgan.
U shu darajada mustahkam va keng ko‘lamli diplomatik aloqalar
o‘rnatdiki, Yazdiy ma’lumotlariga ko‘ra o‘zining san’atkorona bezatilgan chodir
shaharchasi Konigilda yetti iqlimdan kelgan elchilar o‘n ikki poya ko‘lankasida
o‘tirardilar 171
.
Sohibqiron Amir Temurning tashqi siyosat yo‘nalishida mudofaa, tinchlik,
barqarorlik, yaxshi qo‘shnichilik va savdo-iqtisod aloqalarini rivojlantirish
maqsadlari yotardi.
U mustahkam bojxona tizimini yaratdi. Bu esa davlatning iqtisodiy siyosiy
qudratini mustahkamladi.
Amir Temur asrlar davomida Movarounnahr xududlaridan o‘tgan, ammo
mo‘ng‘ullar davrida yo‘nalishlari birmuncha buzilgan Buyuk ipak yo‘lining an’ana
va yo‘nalishlarini qaytadan tikladi va rivojlantirdi. Buyuk Ipak yo‘lining eng
so‘nggi rivojlanish davri ham Amir Temur davriga to‘g‘ri keladi.
Amir Temur Oltin O‘rda bilan ham avvalo Buyuk Ipak yo‘li masalasida
kurashdi. Sohibqiron Buyuk Ipak yo‘lining iqtisodiy va siyosiy asoslarini teran
tushunib, uning himoyasini ta’minladi va shu orqali har tomonlama mustahkam
xalqaro uzviy aloqalarni o‘rnatdi.
Sohibqiron Amir Temur davrida xalqaro savdo-sotiq aloqalari
rivojlantirilib, tadbirkorlikka katta imkoniyatlar yaratildi. Amir Temur ko‘pgina
Sharq va G‘arb davlatlari rahbarlariga bitgan maktublarida ham avvalo xalqaro
savdo-sotiq va tadbirkorlarga katta imtiyozlar berish lozimligi va davlat
170
Keren L., Saidov A. Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-Amir Temur va Fransiya.Toshkent,
1996. - B.98.
171
Sharafuddin Ali Yazdiy.Zafarnoma- B. 291.
82](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_81.png)
![taraqkiyotiga aynan xususiy tadbirkorlar katta tasir ko‘rsatishi mumkinligi xaqida
alohida takidlab o‘tgan.
U tadbirkorlikka imtiyozlar yaratish va uni samarali ishlashini kafolatlash
maqsadida Buyuk ipak yo‘lining ish faoliyatini bir maromga solib, har bir bekatga
alohida nigohbonlar tayinlanadiki, natijada karvonlarning bir Mansildan ikkinchi
joyga bexatar etib borishi taminlandi. Sohibqiron karvon yo‘llarida kimda - kim
zarar ko‘rsa bunday huquqbuzarliklarga javobgarlikni shu hududlarning hokim va
boshqa ma’murlariga yukladi. Zararni amaldorlar hissasidan undirish qoidasining
joriy etilishi xalqaro savdo yo‘lidagi huquqiy kafolatlardan biri bo‘lib qoldi.
Amir Temur davrida karvon yo‘llarini ta’mirlashga alohida e’tibor berildi.
Bu davrda 12000 chaqirim uzunlikdagi Ipak yo‘li orqali ko‘plab Sharq
davlatlari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatildi. Shuningdek Ipak yo‘lining O‘rta
er dengiziga chiqishi orqali G‘arbiy Evropa davlatlari bilan ham uzviy savdo-
iqtisodiy va diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Buyuk Ipak yo‘li o‘sha davrda katta
strategik ahamiyatga ega bo‘lib jumladan u xalqaro ko‘prik vazifasini o‘tagan.
Sohibqiron Buyuk Ipak yo‘lini mustahkamlash orqali o‘z davlati va ko‘shni
davlatlarning mudofaa va xavfsizligini taminlash maqsadlarini amalga oshirishga
ham harakat kilgan. Amir Temur zamonida davlatlarning tutash mintaqalarida yirik
bojxonalar barpo kilindi. Bulardan biri Kavkaz tog‘ tizmalarining Kaspiy
dengiziga joylashgan erida joylashgan. Darband bojxonasi, ikkinchisi ham shu
nom bilan atalib, Samarqand bilan Balx o‘rtasida joylashgan Shaxrisabzdan ikki
kunlik masofada barpo etilgan. Ana shu bojxonalar markaziy xazinaga har yili juda
katta miqdorda mablag‘ o‘tkazar edi.
Ma’lumotlarga karaganda, bu daromadlar Avstriya yoki Daniya
davlatlarining yillik daromadlaridan qolishmas edi. Ayrim yillari bu daromadlar
hatto Amir Temur qo‘l ostidagi barcha mamlakatlardan keladigan yer solig‘i
miqdori bilan tenglashardi 172 173
.
Demak Ipak yo‘li orqali Amir Temur nafaqat mudofaa, tinchlik barqarorlik,
172
Zaynuddinov 0.3. O‘zbekistonda bojxona tizimi va uning o‘zbek davlatchiligida tutgan o‘rni (1991-2001)
t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. —T, 2002. - B. 14.
173
Amir Temur jahon tarixida,- Parij: Toshkent: 1996. - B. 90.
83](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_82.png)
![yaxshi qo‘shnichilik va savdo-iqtisod aloqalarini rivojlantirish, balki geosiyosiy
maqsadlarini ham amalga oshirgan. Hali dengiz yo‘llari ochilmagan davrda yagona
aloqa vositasi bo‘lmish Buyuk Ipak yo‘li xalqaro maydonda katta strategik kuchga
ega bo‘lgan va qaysi davlat bu yo‘lda sarbonlik qilsa u katta iqtisodiy va siyosiy
imkoniyatlarga ega bo‘lgan.
Tarixdan malumki, Buyuk Ipak yo‘liga sarbonlik qilish uchun katta
kurashlar ketgan va uning bizning davlatimizdan o‘tgan katta tarmoq xatto
shimolga ko‘chirilgan ( Turk xoqonligi, mo‘ng‘ullar davri).
Sohibqiron Amir Temur ham Buyuk Ipak yo‘lini har qanday sharoitda ham
qo‘lga olish va nazorat qilishni muqaddas tushuncha, taraqqiyot va xavfsizlik
garovi deb bilgan.
U integratsiya jarayonlarida bir sahifa ochdi. Uning 27 davlatni
birlashtirgan saltanatida yagona pulning muomalada bo‘lishi, tadbirkor-
savdogarlarga keng imtiyozlar yaratilishi, nasroniy va islom dunyosining iqtisodiy
ayirboshlashi va savdosining oavnaq topganligi va uning «jahon savdo ahli bilan
obod bo‘lajak» degan gaplari fikrimizga dalildir. Bundan 600 yil avvaloq
Sohibqiron biz oldimizga qo‘ygan integratsiyalashuv maqsadimizni o‘z davrida
bajargan.
Xulosa o‘rnida shuni alohida takidlash joizki, Amir Temur tashqi
siyosatning yo‘nalishlarini avvalo o‘z davlatining manfaatlari yuzasidan
muvofiqlashtirishga harakat qilgan. Bu siyosatnyng asosida davlat birligi va
mudofaasini mustahkamlash, davlatning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, mintaqada
adolatni taminlash va boshqa maqsadlar yotgan.
■ Amir Temurning tashqi siyosatini olib borishda unga halaqit bergan
raqiblariga ogohlantirish, nasihatlar va boshqa choralar qo‘llagan, bu tadbirlar
natijasiz qolganda ularga harbiy kuch ishlatishga majbur bo‘lgan. Ko‘rib
chiqqanimizdek, agar jaloyirlar, qoraquyunlilar Boyazid Yildirim va boshqa davlat
rahbarlari bilan munosabatlarni buzmaganda, uning yurishlarining ko‘lamli bu
darajada kengaymagan bo‘lar edi. Biz bu bilan uning bazida shafqatsizlik bilan
84](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_83.png)
![olib borgan yurishlarini ham oqlamoqchi emasmiz, ammo bunday qirg‘inlarga
avvalo o‘sha erning mamurlari sabab bo‘lganlar. Uning tomonidan berilgan
imkoniyatlar raqiblari tomoinadn suiistemol qilindi. Shuni alohida
takidlamoqchimizki, Amir Temur hech qachon besabab tinch aholi ustiga yurishlar
uyushtirmagan. Agar Sohibqiron Amir Temur ana shunday qattiq jazolar
qo‘llamaganda urushlar xavfi har lahzada tahdid solib turgan o‘rta asrlarda yigirma
etti davlatni o‘z ichiga olgan saltanatni boshqarishi mushkul edi. Amir Temur o‘z
davrida mintaqadagi halqlarning osuda yashashini, iqtisodiy ayirboshlashini
kafolatlagan, uning diplomatik g‘oyasi zaminida tinchlik, hamkorlik o‘rnatish
maqsadlari yotgan. U raqibini ichdan qulatsa-da, butunlay yo‘q qilish yo‘lidan
bormagan, yana qayta uning tiklanishiga imkon bergan. Chunki uning maqsadi
raqibini yo‘q qilish emas, uni tartibga chaqirib qo‘yish edi xolos.
U tashqi siyosatida qoni, irqi, dini, mafkurasi turli bo‘lgan Sharq va G‘arb
davlatlari bilan tinchlik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, yevroosiyo va
integratsiya g‘oyasining tamal toshlarini qo‘ygan. U tashqi siyosat yo‘nalishida
adolat, huquqiy mezonlarga amal qildi va u o‘zining faoliyati bilan o‘z davrining
rasmiy ananalaridan o‘zib ketib keyingi globallashuv davrining dastlabki
darakchisi sifatida ham tarixda nom qoldirdi.
XULOSA
Biz mazkur tadqiqotda Amir Temur davrida milliy davlatchilikning
rivojlanishining nazariy asoslarini imkon qadar tahlil qilishga intildik va
tadqiqotlar olib borishda shunday xulosaga keldikki, bu davr davlatchiligida har bir
85](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_84.png)
![soha aniq va puxta ishlab chiqilgan davlatchilik nazariyasi va talimoti orqali
boshqarilgan. Shuningdek davlatchilik mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unligi,
mutanosibligi, bir-biriga muvofiqligi, qonun ustivorligi, xalq va davlat birligi
ta’minlangan. Amir Temur davri davlat boshqaruv asoslari nazariy jihatdan puxta
ishlab chiqilgan. Amir Temur ijtimoiy qarashlariga ko‘ra, o‘n ikkita ijtimoiy
tabaqani muvofiqlashtirishni davlatni rivojlantirish kafolatlaridan biri hisoblangan.
Davlat kam ta’minlangan, kambag‘al, etim-esirlarni kuchli ijtimoiy himoya qilgan.
Shuningdek, mansab va unvonlarga tayinlash, eng past tabaqadan yuqori
tabaqagacha ularning ijtimoiy muhofazasini tashkillashtirish muhim masala deb
qaralgan. Amir Temur davrida xodimlar tanlash masalasini hal qilishda avvalo
ahloqiy jihatlarga etibor qaratilgan hamda mutaxassislarning kuchli malaka va
bilimga ega bo‘lishi shart deb qaralgan. Ularga maosh tayinlashda bir xillik
yo‘lidan voz kechilgan va davlat uchun katta nafi tekkan mutaxassislar ayricha
taqdirlangan. Bu esa davlatchilik taraqqiyotiga kuchli ijobiy tasir ko‘rsatgan.
Davlatchilikda muhim siyosiy figura bo‘lgan davlat rahbariga alohida
e’tibor berilib, u davlatni boshqarishga har tomonlama chuqur tayyorlangan.
Rahbarning avvalo komil inson bo‘lmog‘i va o‘zidagi mavjud qusurlardan holi
bo‘lmog‘i, yani ahloqiy barkamolligi talab etilgan. U qonunchilikni, boshqaruv
san’atini mukammal egallamog‘i muhim masala deb hisoblangan va davlatni aniq
va puxta ishlab chiqilgan qonunlar orqali boshqargan. Shuningdek, davlat rahbari
kuchli xarakterga ega bo‘lsa va ruhshunoslik sirlarini mukammal egallasagina
muvaffaqiyat qozonish lozimligi uqtirilgan va davlat rahbarlari rahbarlik
psixologiyasi chuqur o‘rgatilgan. Rahbarning rahbarlik etikasiga qat’iy amal
qilmog‘i, jamiyat oldidagi javobgarlikni seza bilmog‘i, atrofdagi, qo‘tsdni
davlatlardagi voqea- hodisalardan ogoh bo‘lmog‘i, jamiyat manfaatini o‘z
manfaatidan ustun qo‘ymog‘i, davlatni va fuqarolarni har tomonlama himoya qila
bilmog‘i lozimligi uqtirilgan.
Amir Temur davrida davlat rahbaridek ma’suliyatli va sharafli vazifaga
alohida e’tibor berilishi va bu sohadagi Sohibqiron Amir Temurning siyosiy
86](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_85.png)
![ta’limoti bizningcha bu davr davlatchiligi taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir
va fikrimizcha bu masaladagi nazariy masalalarni bugungi davlatchiligimizga
yana-da kengroq targ‘ib qilish kerak. Sovet davrida tarixni harakatlantiruvchi bosh
kuch xalq deb ko‘rsatilgan, to‘g‘ri xalq tarixda birlamchi kuch, ammo yirik siyosiy
figuralar tarix g‘ildiraklariga botiniy kuch bergani, ya’ni taraqqiyotning ko‘pincha
davlat rahbari faoliyatiga ham bog‘liq ekanligi ham sir ema- S. Sohibqironning
davlat boshlig‘i va umuman davlatchilik to‘g‘risidagi siyosiy ta’limoti bizningcha
davlat va jamiyat qurilish Akademiyasida, siyosat bilan bog‘liq oliy o‘quv
yurtlarida, rahbar hodimlarning malaka oshirish dargohlarida o‘qitilishi kerakki,
bizningcha bu ta’limot har bir rahbar va shaxsga o‘z maqsad va vazifalarini amalga
oshirishda dastur vazifasini o‘tashi mumkin.
Amir Temur davlatining taraqqiyotiga avvalo mukammal ishlab chiqilgan
boshqaruv dasturlari katta tasir ko‘rsatganki, biz uning boshqaruv faoliyatining
qirralarini tadqiq etish asnosida ushbu xulosaga keldik. Amir Temurning davlat
boshqaruv asoslari zamonlar sinovidan o‘tgan, amaliyotda toblangan eng afzal
davlatchilikni tashkillashtirish shakllari bo‘lib, u ko‘plab davlatlar boshqaruvida
andoza sifatida tanlangan.
Sohibqironning tanlagan qoida va tamoyillari mamlakat ichki
potensialining va integratsiya jarayonlarning kuchayishi hamda kengayishiga olib
kelgan. Bu davrda ma’muriy tizim strategik maqsadlar yo‘lida tuzilgan. Bu
ma’muriy tizimga davrning . eng afzal tajribalari singdirilgan. Sohibqironning
davlatni boshqaruv tamoyillari siyosiy iqtisodiy, irqiy, diniy, madaniy tafovutlariga
qaramay barcha uchun teng joriy etilgan va barchaning manfaati ko‘zda tutylgan.
Ular jamiyatda kuchli bozor munosabatlari va taraqqiyotning kelib
chiqishida bosh omillardan bo‘ldi. Bizningcha, davlatning xususiy mulk va
tadbirkorlikka keng yo‘l ochib bergani, bu sohada fuqarolarni muxofaza etuvchi
hukuqiy asoslarning kuchaytirilishi davlatchilikning keyingi taraqqiyotiga kuchli
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Amir Temur davlatchiligida Qurultoy muhim ahamiyat kasb etgan.
87](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_86.png)
![Qurultoyda davlatning eng muhim masalalari-urush va tinchlik, boshqaruvni
takomillashtirish kabi muhim masalalar hal qilingan va bu siyosiy institut davlat va
jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynagan.
Teranroq qaralsa, Qurultoylar Amir Temur davlat boshqaruviga birdaniga kirib
kelgan yangilik bo‘lmay, ular asrlar osha faoliyat yuritib kelar va turkiy
davlatchilikdagi xos xususiyatlardan edi. Sohibqiron Amir Temur bu sohadagi
tarixiy tajribani-turkiy davlatchilik asoslarini takomillashtirdi va uni yana-da
faollashtirib, uni davlat va jamiyatning muvofiqligini taminlovchi vositaga
aylantirdi. Uning faoliyatidan shunday xulosa qilish mumkinki, boshqaruv xalq,
jamoatchilik fikri asosida olib borilgan va bu esa mukammal davlatchilik
asoslarining yaratilishida muhim omillardan bo‘lgan.
Bizningcha Amir Temur keyin jamiyat hayotida Qurultoylarning huquqiy
rolining pasayishi inson huquqlarining toptalishiga, parokandalikka olib kelgan
sabablardan biri edi. Sohibkiron Amir Temur bu siyosiy institutni kuchaytirish
orqali inson farovonligiga erishishni muhim ekanligini anglagan va uni
faollashtirish orqali kuchli davlatchilik asoslarini yaratishga intilgan.
Qurultoylarda maxalliy xalq vakillariga o‘zlari hohlagan kishini saylash hukuqi
ham berilgan edi. Demak, mansabga loyiq kishilar yuqori mansabga qo‘yilgan
noloyiqlar esa ishdan tushirilgan. Xalq so‘roviga ko‘ra ba’zan soliqlar
kamaytirilgan. Qurultoyda davlat amaldorlari, lashkarboshilar, olimu ulamolar,
ulug‘ va keksa - tajribali kishilar qatnashgan, ular amaldorlarga maslahatchilikka
tayinlangan va ularning faoliyati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri poytaxtga axborot berib
turilgan.
Amir Temur davri davlat boshqarish mexanizmi - markaziy va mahalliy
davlat boshqaruv organlari, ular o‘rtasidagi uzviy aloqadorlik to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yilgan. SHuningdek, markaziy va mahalliy boshkaruv, ularning bir-biriga
bo‘ysunishi, bir-biriga bo‘ysunmaydigan davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlar
mamuriy jihatdan muvofiqlashtirilgan. Amir Temur davri davlat boshqaruv tizimi
orqali markazga tyozkor axborotlar etkazish, davlat mexanizmining bir maromda
88](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_87.png)
![uzluksiz ishlashi taminlangan. Bu davrda tasis etilgan mansab va unvonlar ortiqcha
xarajat va byurokratik qusurlardan xoli bo‘lib, unda tejamkorlik va samaradorlik
nazarda tutilgan edi.
Amir Temurning davlat boshqarish talimoti yuzlab yillar davomida ko‘plab
davlatlarga andoza bo‘lib xizmat qilgan. Ular eski tizim boshqarish asoslarini
chilparchin etdi, o‘z davrining boshqaruv imkoniyatlaridan o‘zib ketdi va bu
davrda davlatchilik asoslari Amir Temur davrida ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, va
madaniy inqilobning ro‘y berishiga olib keldi. Demak, bu asoslar Amir Amir
davrida yuz bergan Uyg‘onish davrining kelib chiqishida asosiy omil bo‘lib xizmat
qildi. Amir Temur davridagi davlatchilik talimoti inson farovonligini ta’minlash,
kafolatlash va fuqarolik jamiyati asoslarini qurishga qaratilgandir. Bu davrda
qonun ustivorligi va adolat tamoyiliga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy
amal qilingan.
Amir Temur va temuriylar tinchlik, qonun ustivorligiga erishish, bu yo‘lda
davlatning sud - huquq tizimini to‘g‘ri tashkillashtira bilishimiz zarur.
Shuni nazarda tutish kerakki O’rta Osiyo azaldan mudim geosiyosiy
nuqtalardan bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib koladi. Tabiiyki,
bu tashki xavf bilan ham bog‘liq. Ushbu jarayonlarga samarali ijobiy ta’sir
ko‘rsatish va ularni muvofiqlashtirib turish uchun aynan Amir Temurning davlat
boshqaruv asoslarini, jumladan, davlatning mudofaa tizimini o‘rganish dolzarb
masala hisoblanadi.
Temur davrida davlat tinchligiga raxna soluvchi ikki - ichki va tashki
xavfni bartaraf etishga katta e’tibor berilgan.
Bu davrda ichki xavfni keltirib chiqaruvchi omillarga e’tibor berilgan va
hatto hukmdorning o‘zi ham davlat ishlarini birovga ishonib topshirish va
loqaydlik orqali davlatga xavf tug‘dirishi mumkin deb hisoblangan. Ogohlik va
sergaklik davlatni bardavom va mustahkam rivojlanishining kafolati deb
hisoblangan.
Uning diplomatiyasidagi yana bir o‘ziga xos xususiyat shuki, u elchi
89](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_88.png)
![tanlash masalasiga alohida e’tibor berdi va ularni millat va yurt ramzi deb
tushundi. SHunga monand Amir Temur saroyidagi diplomatiya korpusi mukammal
tuzilgan bo‘lib, u muntazam ravishda faoliyat yuritgan va Amir Temur davlatida
diplomatik munosabatlar shaxsan Amir Temur nomidan olib borilgan. Shunisi
e’tiborliki, xalqaro uchrashuvlar, rasmiy marosimlar aniq va san’atkorona ishlab
chiqilgan qoidalar asosida olib borilgan. Bu qoidalarning yuksak me’moriy-badiiy
echim, etika, estetika yutuqlari bilan boyitilganligi ham davlatchilikda muhim
ahamiyat kasb etgan.
Shuningdek, diplomatik rasmiy marosimlarda dasturxon bezash va
ovqatlanish qoidalariga qat’iy amal qilingan va bu soha ham san’at darajasiga
ko‘tarilgan edi.
Bu davrda ayollar ham diplomatik aloqalarning mukammallashuvida katta
rol o‘ynagan va teranroq qaralsa Amir Temurning diplomatiyasi butun bir
diplomatik nazariyani tashkil etadi. Shuningdek temuriylar ham Amir Temur
diplomatik merosiga tayanib ish ko‘rganlar va uning ishlarini davom ettirganlar.
Sohibqiron Amir Temurning tashqi siyosat yo‘nalishini o‘rganish ham bu
davrdagi davlatchilik an’analarini chuqurroq tushunishimizga yordam beradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki:
birinchidan, Amir Temur tinch aholi ustiga sababsiz bostirib kirmagan va u
iloji boricha masalani tinchlik yo‘li bilan hal kilishga intilgan;
ikkinchidan, u tinchlik talab davlatlarning osuda yashashini inson manfaati,
huquqlarini kafolatlagan, uning diplomatiya g‘oyasi zaminida tinchlik, hamkorlik
o‘rnatish maqsadlari yotadi;
uchinchidan qoni, irqi, dini, mafkurasi Sharq uchun ziddiyatli G‘arb
davlatlari bilan ham tinchlik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, Yevroosiyo va
integratsiya g‘oyasi tamal toshini qo‘ydi.
Shohruh Mirzo, Ulugbek Mirzo, Xusayn Boyqaro Mirzo va boshqa
Temuriylar ham diplomatiya ilmini san’at darajasiga ko‘targan va bu albatta
xalqaro munosabatlarda o‘zining ijobiy samarasini bergan. O‘sha davrda
90](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_89.png)
![diplomatiyada eng maqbul yo‘llarning tanlanishi Temuriylar davlatchiligi san’at
darajasiga ko‘tarilganligini ko‘rsatadi.
Sohibqiron islom dini insonni jangarycha hatti harakatlarga emas,
hamkorlik, tinchlik va tarakkiyotga undovchi sof g‘oya ekanligini yaxshi anglagan
va xalqaro munosabatlarda islomiy sof g‘oyalardan foydalangan.
Shuni ta’kidlash joizki, biz Sohibqiron Amir Temurning benazir
davlatchilik merosining vorislarimiz va bu betakror davlatchilik merosidan har bir
ishimizda amaliy foydalanishimiz, uni tadqiq etishni kuchaytirishimiz va xalqqa,
qolaversa butun dunyoga targ‘ib etishimiz lozim.
So‘nggi so‘z o‘rnida shuni takidlash joizki,Amir Temur va Temuriylar
davrida boshqaruvning har bir sohasi puxta ishlab chiqilgan va u davlatchilik
nazariyasini o‘zida mujassam etadi. Bu siyosiy talimot bu davrdagi davlatchilik
asoslarini kuchaytirishga, har bir jabhada uyg‘onish pallasiga o‘tishda muhim
ahamiyat kasb etgan. Bizningcha Amir Temurning davlatchilik talimotini yana-da
chuqur tadqiq etish, davlat boshqaruvining har bir sohasini yirik tadqiqotlarda
ko‘rib chiqish dolzarb masala bo‘lib bu tarixiy meros bugungi davlatchilikda
muhim amaliy ahamiyat kasb etadi deb o‘ylaymiz.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR
I. Meyoriy hujjatlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
asarlari.
1.1 Шавкат Мирзиёев. Танқидий таҳлил , қатъий тартиб - интизом ва шахсий
91](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_90.png)
![жавобгарлик - ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши
керак . Мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-щтисодий
ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган
щтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига багишланган
Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъруза. 2017
йил 14 январь .
1.2 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Amir Temur
tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risi»dagi qarori- Toshkent haqiqati,
1995 yil, 4 yanvar.
1.3 Karimov I.A. Amir Temur haqida so‘z. - T.:. O‘zbekiston , 1996. 62 - B.
1.4 Karimov I.A. Azaliy buyuklik maskani. Samarqan shahrida Amir Temur
haykalining ochilish marosimida so‘zlangan nutq. YAngicha fikrlash va
ishlash davr talabi. Jild V. T.: «O‘zbekiston», 1997. - B. 171-174.
1.5 Karimov I.A. Amir Temur faxrimiz-g‘ururimiz. Amir Temur tavalludining
660 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada so‘zlangan maruza.
YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi. Jild V. -T.: O‘zbekiston, 1997. - B.
181-191.
II. Manbalar
2.1 Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa’dayn va majmai Bahrayn. T. 2. 1-
qism.//Fors-tojik tilidan tarjimasi, kirish so‘z va izohlar, lug‘atlar A.
O‘rinboevniki. -T.: Fan, 1969.-463 - B.
2.2 Abulg‘oziy Bahodirxon. SHajarayi turk. Nashrga tayyorlovchi Munirov
Q. va Maxmudov Q. -T.: CHo‘lpon, 1992. -187 - B.
2.3 Abu Tohirxo‘ja. Samariya. «Meros» to‘plami. -T.: Kamalak, 199 - B.
2.4 Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari xotirasida. - B.Ahmedov tahriri
ostida.-T.: Fan, 1996,- 296 - B.
2.5 Amir Temurning Fransiya qiroli SHarl VI ga maktubi.-“Amir Temur va
Fransiya” kitobida-T.: Adolat, 1996.- 74 - B.
92](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_91.png)
![2.6 Amir Temur o‘gitlari. -T.: Navro‘z, 1992. - B.
2.7 Amir Temurning o‘g‘li Mirzo Mironshohning xristian shox va
shahzodalarga yo‘llagan maktubi,- «Amir Temur va Fransiya» kitobida. -
T.: Adolat, 1996. - B. 78-79.
2.8 Ahmedov - B.Xondamir.-T.: Fan, 1965.- 54 b.
2.9 Ahmedov - B.A. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari.-T: O‘qituvchi, -
2.10 Davlatshoh Abdurazzoq Samarqandiy. SHoirlar bo‘stoni. - B.Ahmedov
tarjimasi.-T.: Fan, 1967.- 86 b.
2.11 Ibn Arabshoh. Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur. So‘z boshi, arab tilidan
tarjima va izohlar muallifi U.Uvatov. II kitob. - Toshkent, Mehnat, 1992. -
192 b.
2.12 Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. - B.Ahmedovning kirish so‘zi, izohlari
vatahriri ostida. -T.: CHo‘lpon, 1994. -351 b.
2.13 Nizomiddin SHomiy. Zafarnoma. Fors tilidan o‘giruvchi YUnusxon
Hakimjonov. -T.: O‘zbekiston, 1996. - 527 b.
2.14 Rui Gonsales de Klavixo. Samarqanddagi Amir Temur saroyiga sayohat
kundaligi. (1403-1406 yillar). Ruschadan O.Tog‘aev tarjimasi.- //San’at -
1990. №6, №7, №8.
2.15 Tarixdan saboqlar.Ahmedov - B.A.tayyorlagan.-T.:Fan, 1994.-320 b.
2.16 Temur tuzuklari. Prof. - B. Ahmedov tahriri ostida -Toshkent, G‘afur
G‘ulom, 1991. -200 b.
2.17 Temur tuzuklari. Forschadan Alixon Sog‘uniy va Habibullo Karomatov
tarjimasi. So‘zboshi va izohlar, umumiy tahrir akademik -
B.Ahmedovniki. T.: G‘afur G‘ulom, 1996. 344 b.
2.18 Sharafuddin Ali Yazdiy . Z а f а rnom а . -T.: Ша r қ , 1997. -384 б .
2.19 Qissasi Temur (Malfizoti Temuriy). Toshkent, 2000 y. Inv.№55 /I
2.20 Avtobiografiya Tamerlana. Perevod s tyurkskogo Nila Ljoshina.-T.:
1894,- 115 s.
2.21 Ulojenie Timura (Tamerlana). Pod. Red. N. P. Ostroumova. -Kazan, 1894.
93](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_92.png)
![-115 s.
III. Asosiy adabiyotlar
3.1. Abduraimov M. Temur va To‘xtamish. -T.: G‘afur G‘ulom nomidagi
adabiyot va san’at nashriyoti, 2000.-79 b.
3.2. Azamat Ziyo. Amir Temur davrida davlat boshqaruvi.-«Amir Temur va
uning jahon tarixidagi o‘rni» mavzuidagi halqaro konferensiya materiallari. -T.:
O‘zbekiston, 1996. - B. 12-13
3.3. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya
bosqiniga qadar.-Toshent, SHarq, 2000.- 368 b.
3.4. Alimov R.A. Sohibqiron Amir Temur. (Metodik tavsiyanoma) -T.: 1995 - B.
3.5. Alimov R.A. Sohibqiron Amir Temur.-T.: 1995.
3.6. Amir Temurning Boyazid Yildirimga yo‘llagan maktubi. -//Xalq so‘zi, 1996
y, 10 fevral.
3.6. Amir Temur jahon tarixida.- Ish rahbari prof. - S.- S.Saidqosimov,- T.:
“SHarq”, 1996,- 293 b.
3.7 Amir Temur jahon tarixida. To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri.
-T: SHarq, 2001. -304 b.
3.8. Amir Temur va uning dunyo tarixida tutgan o‘rni.-T.: Fan, 1996. -320 b.
Amir Temur va uning dunyo tarixidagi o‘rni. // Xalqaro konferensiya
ma’ruzalarining tezislari. - Samarqand: 1996. -117 b.
3.9. Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni. // Xalqaro konferensiya
ma’ruzalarining tezislari. O‘zbek, rus, ingliz tillarida . -T.: 1996. - 125 b.
3.10. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san’at.-Toshkent G‘afur
G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1996. -88 b;
3.11. Ahmedov - B. Tarixdan saboqlar. -T.: O‘qituvchi, 1994. - 430 b.
3.12. Ahmedov - B. Amir Temurning davlatni idora qilish siyosati. - Amir
Temurni yod eti- B.- T.: O‘zbekiston, 1996. - B. 5-22 .
3.13. Ahmedov - B. Milliy tarbiya sarchashmalari.-«Amir Temurni yod etib»
kitobida. Toshkent, O‘zbekiston, 1996. - B. 125-126.
94](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_93.png)
![3.14. Ahmedov N., Badirov A. Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga kirish
(ma’ruzalar matni) .-Samarqand: 1999.-74 b.
3.15. Ahmedov - B. Amir Temur darslari. - T.: SHarq, 2000. -96 b.
3.16. Boboev H. - B. O‘zbekiston siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi. -T.:
Universitet, 1987. -72 b.
3.17. Boboev H. - B., Normatov K. Milliy davlatchilik haqida. -T.: YOzuvchi,
1999. -48 b.
3.18. Boltaev A. Amir Temur muhri haqida.-// SHarqshunoslik. 1993. №4. -
B.108-109.
3.19. Bo‘riyev O. Amir Temur davrida Movarounnahr va Mo‘g‘uliston
munosabatlari.-//SHarqshunoslik, 1996. №7.- B. 37-44.
3.20. 3.22. Burxonov K.L. Amir Temur davlati va yagona Turkiston
konsepsiyasi. «Amir Temur va uning jahon tarixidagi o‘rni»mavzuidagi halqaro
konferensiya materiallari. -T.: O‘zbekiston, 1996.B. 38-39.
3.2 1 . Vamberi Herman. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. -T.: G‘afur G‘ulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1990. -96 b.
3.2 2 . Dadaboev H. Amir Temurning harbiy mahorati.- T.: YOzuvchi, 1996. - 96 b.
Zaynuddinov 0.3. O‘zbekistonda bojxona tizimi va uning o‘zbek davlatchiligida
tutgan o‘rni (1991-2001) t.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya
avtoreferati. -T.: 2002.-28 b.
3.2 3 . Zaxoder - B. Imperiya Timura.- // Istoricheskiy jurnal. M., 1941. №6. - S.78-
88.
3.2 4 . Karimov - S. K. Amir Temur ijtimoiy ta’limotining asosiy tamoyillari //
O‘rta Osiyo sotsiologik fikrlari tarixidan. - Samarqand : SamDU, 2000. - B.259-
311.
3.2 5 . Karimov - S. K. Amir Temur: din vatasavvuf. T.: Fan, 1997. -100 b.
3.2 6 . Xalqaro munosabat va elchilik faoliyati,- Amir Temur jahon tarixida.- T.:
1996. - B. 94-114.
3.2 7 . Karimov G‘., Xabibullaev A. Amir Temur va temuriylar davlatining
95](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_94.png)
![diplomatik aloqalari.-// Jamiyat va boshqaruv -1998. №1.B.34-37.
3. 28 . Karimova N. Temuriylar bilan Xitoy aloqalari. (Xitoy manbalari bo‘yicha).
-// SHarqshunoslik. 1996. № 7. - B.46-48.
3. 29 . Karomatov H. Ayrim atamalar va tarixiy istilohlarning izohli lug‘ati.
Nizomiddin SHomiyning «Zafarnoma» kitobida.-T.: O‘zbekiston, 1996. - B.506-
521.
3. 30 . Keren Lyusen, A. Saidov. Amir Temur va Fransiya. T.: Adolat, 1996. -88 -
B.
3.3 1 . Keren JL, A. Saidov, Amir Temurning diplomatik yozishmalari.- Amir
Temur va Fransiya.- T.: Adolat, 1996. - B.72-82
3.3 2 . Keren Lyusen. Amir Temur saltanati. Fransuz tilidan tarjima va izohlar
muallifi - B. Ermatov. -T.: Ma’naviyat, 1999. -224 b.
3.3 3 . Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson ahloqi. Birinchi kitob. - Toshkent :
YOzuvchi , 1996. -272 b.
3.3 4 . Lunin V. - B. Amir Temur va uning davriga oid manbalar. Temur va
Ulug‘bek davri tarixi. -T.: 1996. - B.254-264.
3.3 5 . Nelson R. Amir Temur ulkan strateg va siyosatdon sifatida. «Amir Temur va
uning jaxon tarixidagi o‘rni» mavzuidagi xalqaro konferensiya tezislari kitobida. -
T.: 1996. - - B. 33-34.
3.3 6 . Mannonov - B.- S. Amir Temur diplomatiyasi. «Amir Temur va uning jahon
tarixidagi o‘rni» mavzuidagi xalqaro konferensiya materiallari. -Toshkent, 1996. -
B. 104-107.
3. 37 . Uvatov U. Sohibqiron arab muarrihlari nigohida.-T.: 1997.
3. 38 . Fayziev T. Temuriylar shajarasi. -T.: YOzuvchi, 1999. -353 b.
3. 39 . Farzaliev SH.F. Temurning Usmonli sultoni Boyazid bilan yozishmalari.
«Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o‘rni» nomli konferensiya
materiallari.-T.: 1996. - B.90-92.
3.4 0 . Fatxi Al -Guveyli. Amir Temur diplomatiyasi. «Amir Temur va uning dunyo
tarixida tutgan o‘rni» mavzuidagi konferensiya tezislari. T.: 1996. - B. 108-109.
96](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_95.png)
![3.4 1 . Karomatov H. Ayrim atamalar va tarixiy istilohlarning izohli lug‘ati.
Nizomiddin SHomiyning «Zafarnoma» kitobida.-T.: «O‘zbekiston» 1996. - B.
506-521.
3.4 2 . Axmad Donish. Istoriya Mangitskoy dinastii. - Dushanbe: Donish, 1967. -
140 s.
3.4 3 . Bartold V.V. Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya. CH. I. Tekstm
SPb: 1898. - S. 201; Issledovanie SP- B.1900. -573 s.
3. 44 . Bartold V.V. Timur. Ensiklopedicheskiy slovar. Brakgauz- Efran, T.XXX,
M.: Sp-B.: 1901.-S. 195-197.
IV. INTERNET MALUMOTLARI
4.1 http://enc.mail.ru/article/19001291 12
4.2 http://www.sngnews.ru/frame_article/20/60529.html
4.3 http://www.vavilon.ru/textonly/issuel3/gugolev.html
4.4 http://enc.mail.ru/article/67035700
4.5 http://www.refcity.rU/content/6271/l 1 .html
4.6 http://www.tuad.nsk.ru/~history/Author/Russ/SH/ShabuldoFM/Vytim ,ht
ml
4.7 http://vostok.edunet.uz/tim.htm
4.8 http://tajforum.ti/index.php?act=Print&client=printer&f-7&t=399
4.9 http://hronos.km.ru/biograf/timur.html
4.10 http://rulers.boom.ru/tamerlan/tamer.htm
4.11 http://hronos.km.ru/biograf/timur.html
4.12 http://www.peoples.ru/state/statesmen/tamerlan/
4.13 http://columbia.thefreedictionary.com/ Amir+temur
4.14 http://rulers.narod.ru/tamerlan/tamer.htm
4.15 http://www.armenia.ge/georgia/ge_hist4_rus.phphttp://en.wikipedia.org/
wiki/Timur
97](/data/documents/d43686b7-8c37-47a3-a147-7b3bceeb58d6/page_96.png)
AMIR TEMUR DAVLATIDAGI MA’MURIY VA HARBIY DAVLAT BOSHQARUVINI O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI MUNDARIJA KIRISH .................................................................................................................................... 3 I BOB. AMIR TEMUR DAVRI DAVLAT BOSHQARUV ASOSLARI ........................................ 9 1.1 Amir Temur davri ijtimoiy tizimi. ........................................................................................................ 9 1.2 Amir Temur va temuriylar davri ma’muriy tizimi. Qurultoylar. ....................................................... 14 1.3 Amir Temur davri markaziy va mahalliy davlat boshqaruv tizimi, asosiy mansab va unvonlar. ....... 20 II BOB. AMIR TEMUR DAVLATINING MUDOFAA HARBIY VA SUD -HUQUQ TIZIMI. .. 44 2.1. Amir Temur davlatining mudofaa va harbiy tizimi. ......................................................................... 44 2.2 Amir Temur davlatining sud -huquq tizimi. ...................................................................................... 51 III BOB. AMIR TEMUR AMIR TEMUR DAVLATINING TASHQI SIYOSATI VA DIPLAMATIYASI. ................................................................................................................. 60 3.1 Amir Temur davri diplamatiyasini o‘ziga xos hususiyatlari. .............................................................. 60 3.2 Amir Temur tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari. ........................................................................ 65 XULOSA ............................................................................................................................... 85 FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR ................................................................. 91
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi; Mustaqillik milliy o‘zligimizni anglash imkoniyatini yaratdi. Istiqlol yillarida o‘tmishda unutilib ketgan urf-odatlar, o‘zbekka xos an’analar qaytadan tiklanib, milliy tariximizning nomalum sahifalari tadqiq etilmoqda. Yurtimizda shakllangan va turli bosqichlarda katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan milliy davlatchilik tariximiz o‘zbek xalqining siyosiy tarixi bo‘lib, ular o‘zbek millatining kuch-qudrati, erki, ozodligi, g‘ururi timsoli hisoblanadi. - Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Dovon, Kushon, Turk xoqonligi, temuriylar kabi davlatlar ana shunday davlatlardan edi. Bu davrlarda o‘ziga xos boshqaruv asoslari - davlatchilik ta’limotlari yaratilgan. Ushbu davlatlarning taraqqiyotiga turtki bergan omillarni tadqiq etish va amaliyotda ulardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish bugungi kundagi davlat boshqaruv asoslarimizning mustahkamlanishiga xizmat kiladi. Milliy tariximizda buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur va uning davlatchilik tarixi alohida o‘rin tutadi. Afsuski, sovet davrida Amir Temur faoliyatini xolisona o‘rganishga katta to‘siqlar qo‘yildi va uning nomiga tuhmatu dashnomlar otildi. Sovet davrida Amir Temurga otilgan tuhmatlar mustaqillik davrida barham topdi, uning tariximizdagi, umuman insoniyat tarixidagi katta xizmatlari munosib baholandi. Bevosita bu ulug‘ zotning xizmatlarining etirof etilishida O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning katta o‘rni bor. Birinchi prezidentimizning tashabbusi bilan 1994-yil 29-dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi hukumat qarori, 1995-yil 26- dekabrdagi «1996-yilni Amir Temur yili deb e’lon qilishi to‘g‘risida'»gi, 1996-yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil etish va «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonlari chiqdi. YUNESKO xalqaro tashkiloti dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini, tarixdagi buyuk xizmatlarini inobatga olib Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul 3
qildi 1 . 1996-yil Amir Temur yili deb elon qilindi va bu tarixiy voqea dunyo miqyosida keng nishonlandi. Tadqiqot obyekti va predmeti; Markaziy Osiyoning Amir Temur davlatidagi ma’muriy va harbiy davlat boshqaruvidagi davlatlar, Temuriylar davri tarixiy geografiyasiga oid ma’lumotlar usha davrda yozilgan tarixiy-geografik, tarixiy va boshka asarlar, xujjatlar, taqrizlar, malumotlar, insho-yozishmalar kabilardan o‘rin olgan. Tadqiqot maqsadi va vazifalari; Markaziy Osiyoning o‘rta asrlar davri ijtimoiy-madaniy hayotida Amir Temur davlatidagi ma’muriy va harbiy davlat boshqaruvini o’ziga hos hususiyatlari, temuriylar davri ta’lim tizimi xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Ilmiy yangiligi; “Amir Temur davrida milliy davlatchilikning rivojlanishi” mavzusi hali tadqiqotchilar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi darajasida bajarilmaganligi uning ilmiy yangiligiga dalildir. Birinchidan, biz tomonimizdan tanlangan mavzuga tegishli bazi masalalar avval tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o‘rganilgan, ammo ularning hech qaysisida bu sohalarning davlatchilik taraqqiyotiga tasiri va u bilan chambarchas bog‘liqligi, ularning bu davrda yaratilgan davlatchilik talimotining muhim nazariy konsepsiyasi ekanligi tahlil etilmagan edi. Shuningdek bu tadqiqotda Amir Temur davlat boshqaruvining asosiy sohalariga etibor qaratilib, bu sohalarning davlatchilik asoslarini yaratishga ko‘rsatgan tasiri tahlil etiladi. Ikkinchidan, Amir Temurning o‘rta asr boshqaruv ananalariga asoslangan holda davlatni boshqargani, ammo o‘z davridagi forsiy-arabiy, turkiy-chingiziy ananalardan davlatni boshqarishda foydalangani, ular o‘rtasidagi muvofiqlikni topgani va boshqa o‘ziga xos xususiyatlar haqida tahlillar berishga intildik. Tadqiqotimizda jamiyatda siyosiy ong va manaviyatni yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlarni ilk bora tahlil etdik. Shuningdek ilm -fan taraqqiyotiga turtki bergan omillarni, jumladan, yagona, yirik qonunchilikka asoslangan saltanatda ilm 1 UNESCO: Resolutions twentyeighteen session ofthe general Conference.-Vol.I. - Paris, 1996. - P.89. 4
fan. taraqqiyotiga katta zamin yaratilgani, Amir Temurning ushbu sohaga davlat siyosati darajasida yondashganligi, natijada ilm-fan integratsiyasi yuzaga kelganligi haqida fikrlar berib o‘tdik. Uchinchidan bu tadqiqotda birinchi marta ijtimoiy tizim va uning davlatchilikning muhim bo‘g‘ini ekanligi tahlil etilgan. Mazkur ishda davlat boshqaruvida ijtimoiy sohaning o‘rni, ijtimoiy sohaning davlat boshqaruvi va qonunchilik bilan o‘zaro uyg‘unlik kasb etganligi, xodimlarni tanlash siyosati, ijtimoiy himoya, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash maqsadida Amir Temur davrida pul va natura shaklida kredit tizimi yaratilgani, soliqlar xam aynan ijtimoiy ximoyaga yo‘naltirilgan holda tashkil etilganligi tahlil etildi. To‘rtinchidan birinchi marotaba bu davr davlatchilik taraqqiyotida davlat rahbarining o‘rnini Amir Temur misolida ochib berishga intildik. Beshinchidan, ilk bor avvalgi tadqiqotlardan farqli ravishda qurultoylarning davlatchilikda tutgan o‘rni va ta’sirini tahlil etdik. Oltinchidan, Amir Temur markaziy va mahalliy davlat boshqaruv idoralari, ularning o‘zaro aloqadorligi, bir-biriga bo‘ysunishi va chambarchas bog‘liqligi, bu davlat boshqaruv mexanizmining davlatchilikka ta’sirini ilk bor o‘rgandik, avvalgi tadqiqotlarga tayangan holda bu mavzuni yangi ma’lumotlar bilan boyitdik. Yettinchidan, Amir Temur davridagi mansab va unvonlar ularning davlatchilikka ta’siri tahlil etilgan; Sakkizinchidan, birinchi bor davlatni ichki va tashqi xavflardan ximoya qilishga mo‘ljallangan mudofaa siyosati va uning barqaror davlat qurishga ta’siri tahlil etildi. Harbiy soxadagi o‘n ikki pog‘onali amirlik darajalari, harbiylarni mukofotlash va harbiy tizimning boshqa jihatlari olimlar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa-da, bizning ishimizda ulardan farqli o‘laroq harbiy sohaning davlatchilikni mustaxkamlashga ko‘rsatgan ta’siri tahlil etilgan, shuningdek sud-xuquq tizimining Amir Temur davlatining majburlov funksiyasini bajarishdagi o‘rni ochib berilgan. To‘qqizinchidan, dissertatsiyadagi “Amir Temur davri tashqi siyosati va 5
diplomatiyasi” mavzui ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilganligiga qaramay hali diplomatiya va tashqi siyosatning davlat boshqaruv asoslarini yaratishga ko‘rsatgan tasiri ochib berilmagan edi. Avvalgi tadqiqotlardan bizning tadqiqotimizning farqi ham shundadir. takrorlanishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois o‘rganilish darajasiga tegishli bo‘lgan bazi malumotlarni asosiy boblarni yoritishda va adabiyotlar ro‘yxatida keltirdik. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari; Amir Temur butun bashariyat tarixida katta iz qoldirgan davlat arbobidir. U o‘z faoliyati davomida yurtimiz va dunyo xalklari obodligi uchun quyidagi murakkab va masuliyatli vazifalarni ado etdi: 1. O‘rta Osiyodan mo‘g‘ullarni tag-tomiri bilan yo‘qotish; 2. Tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan mamlakatni yagona davlatga birlashtirish va davlat boshqaruvida muhim islohotlarni amalga oshirish; 3. Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyat asoslarini yaratish; 4. Uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy asoslarini mustahkamlash; 5.Movarounnahrni dunyoning eng gullagan saltanatiga aylantirish; Shuningdek Amir Temur homiylgi ostida uning davrida yaratilgan intellektual meros Evropa Uyg‘onishiga samarali tasir ko‘rsatdi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili); Amir Temur va temuriylar davrida yashagan muarrixlar Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator mualliflarning aksariyati o‘sha davrda yashaganliklari uchun bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalarni uning bevosita hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli tarzda bayon qilingan. XV – asrda yashagan taniqli arab tarixnavislari, jumladan: Ibn Xoldun, Ibn Duqmoq, As-Suyutiy, Al-Qalqashandiy, As-Sahoviy, Bahriddin al-Ayniy, Ibn- 6