Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o’rni
Amir Temur davlatining xalqaro munosabatlar tarixidagi o’rni R e j a : I. Kirish:---------------------------------------------------------------------------3-5 II. Asosiy qism---------------------------------------------------------------------6-7 1.1. Amir Temur hayoti. Xalqaro munosabatlar, diplomatiya v a tashqi sa v do -----------------------------------------------------------7-10 1.2. Misr s ultonlari b ilan d iplomatik m unosabatlar --------------10-23 1.3. X ito y va H indiston bilan munosabatla r------------------------23-25 1.4. Ye vropa mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar ----26-28 Xulosa--------------------------------------------------------------------------------29-31 Foydalanilgan adabiyotlar-------------------------------------------------------32 2
Kirish Jahon tarixi zamirida ko’hna sharq tarixi alohida o’rin egallaydi. Ma’lumki, har bir davr o’zining tarixiy shaxslarini yaratgan va mazkur shaxslar tarix silsilasini vujudga keltirganlar. Binobarin, Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda Temur va temuriylar davrini mufassal o’rganmay turib bu mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas. Zero Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonida ulkan ijobiy burilishlar davri bo’lgan. Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati, ko’p asrlar davomida Sharqu G’arb davlatlariga o’rnak va andaza bo’ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa sheriyat beqiyos rivoj topdi. Xalqimizning ko’p takomiliga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din ahillariga ko’rsatgan cheksiz muruvvati ayniqsa ibratlidir. Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o’z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini munosib o’ringa qo’yish imkonidan mahrum edi. Muhtaram prezidentimiz Toshkent shahrida sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag’ishlangan tantanada so’zlangan nutqda “Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko’ndirish edi. Lekin o’zbek xalqi o’z ajdodlarini, o’z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to’rida saqladi 1 ” deb faxr bilan aytib o’tgan edi. Bizning bugungi asosiy vazifamiz shundan iboratki, asrlar davomida dunyoning turli mamlakatlarida Amir Temur merosiga boshlab yirik ilmiy markazlarda haqiqatgo’y olimlar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarni chuqur o’rganishimiz, manbalar hamda chet el tarixchilari tamonidan yaratilgan 1 Каримов И.А. ЭҲТИРОМ. Тошкент шаҳрида соҳибқирон Амир Темур ҳайкалининг очилишига бағишланган тантанада сўзланган нутқ, 1993 йил 31 август. Т: 1. Т., Б. 354-356. 3
kitoblarni tarjima qilishimiz, xalqimizga, kelgusi avlodimizga tarixni xolis va haqqoniy o’rgatuvchi darsliklar sifatida, bizning faxru iftixorimiz sifatida taqdim qilishimiz kerak. Darhaqiqat, tarix har bir mamlakatni ko’zgusidir. Bunda xato va kamchiliklar, yutuqlar yaqqol namoyon bo’ladi. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning tarix faniga bergan ta’rifi bir muncha diqqatga sazovordir. U jumladan tarix fanini sharafli va oliy martabali deb hisoblaydi. Mavzuning dolzarbligi: sharq sivilizasiyasi uchoqlaridan biri bo’lgan Turon zamin tarixining har bir davri o’ziga xos tarixiy taraqqiyotni o’zida aks ettiradi. Bu tarixiy taraqqiyot silsilalarida qanchadan-qancha davlatlar paydo bo’lgan, rivojlanib yuksalgan va barham topgan. Shu jumladan O’zbekiston tarixida Amir Temur tomonidan asos solingan Temuriylar davlati katta ahamiyatga ega. Bu davrni manbalar asosida o’rganadigan bo’lsak, Mag’ribdan Mashriqqacha bo’lgan hududida paydo bo’lgan imperiya jahon sivilizasiyasida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rishimiz mumkin. Aynan imperiya asoschisi Temur o’zi zabt etgan mamlakat ilm ahlini poytaxt shahar Samarqand atrofida jamlagan. O’rta Osiyo san’atining ko’zga ko’ringan tadqiqotchilari san’atshunos fanlari doktori L.I.Rempel va G.A.Puganchenkovalar har tamonlama olib borilgan tekshirishlar natijasida XIV asr oxiri va XV asr boshlarida umuman Movarounnahr xususan Samarqandda yangicha ilmiy muhit yuzaga kelganligini qayd etadilar. «Movarounnahr O’rta Osiyo hamda O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarining rivojlangan badiiy tafakkurini o’zida ifodalagan edi 2 ». Ilm ahli, shoirlar, olimlar, tarixchlar, usta me’morlarning eng sara nomoyondalari «Sayqali ro’yi zamin»-Samarqandga yig’ildi. 2 Г.Л.Пугаченкова, Л.И.Ремпель «История искусств Узбекистана с древнейших времен до середин двятнадцатого века». М., «Искус c тва» ,1965, 309. 4
Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat ko’rsatmoqda. Temur va temuriylar davri haqida ko’plab kitoblar nashr etilmoqda. Akademik V.V. Bartoldning xaqqoniy ravishda qayd etishicha Samarqand Temurning fikriga ko’ra dunyoning eng nomdor shahri bo’lishi kerak edi. Samarqand atrofida qator qishloqlar bunyod etilib, musulmon mamlakatlari bosh shaharlari: Bag’dod, Damashq, Misr (Kohira), Sheroz, Sultoniya nomlari berilganligi yuqoridagi fikrning ifodasi edi. Temur ulkan xududda temir intizom asosiga tayanib o’z davlatini barpo etdi va o’ziga xos ilmiy muhit yarata oldi. Shu o’rinda Amir Temurning yurtimiz tarixida tutgan o’rni qanchalik yuqori ekanligini anglash yosh avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim deb bilaman. Bu xususida quyida o’z fikrimni bayon etdim. Amir Temur (1336-1405) 5
Amir Temur Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinida Xo’jailg`or qishlog`i (Yakkabog` tufadni)da 1336-yil, 9-aprel kuni tavallud topgan. Uning to`liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag`ay ibn Amir Barqul. Amir Temuming onasi Takina xotun Kesh yurtining obro`li beka (bek og`o)laridan hisoblangan. Uning otasi Amir Tarag`ay barlos urug`ining oqsoqollaridan bo`lib, ajdodlari Kesh va Nasaf viloyatida o`z mulklariga ega bo`lgan va bu yurtda hokimlik qilgan. Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Yetti yoshga to`lgach, otasi uni o`qishga beradi. Shayx Shamsiddin Kulol Temurbekning piri bo`lgan. U yoshlik chog`laridanoq chavandozlik va ovga ishqiboz bo`lib, kamondan nishonga o`q uzish, ot choptirib turli mashq va harbiy o`yinlar bilan mashg`ul bo`lishni yoqtirar edi. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir sifatida voyaga yetadi. Uning atrofiga bolalikdagi do`stlari va maktabdoshlari to`planishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar bo`lishib, harbiy guruhga birlashib shakllana borishardi. Bu guruh orasida Abbos Bahodir, Jahonshohbek, Qimori Inoq, Sulaymonshohbek, Sayfuddinbek va boshqalar bo`lgan. Keyinchalik ular Amir Temurning safdoshlariga aylanib, uning qo`shinida lashkarboshilik darajasigacha ko`tarilganlar. 1370-yilda Samarqandni hokimyat poytaxti deb belgilaydi 3 . Xalqaro munosabatlar, diplomatiya v a tashqi sa v do Qudratli buyuk davlat barpo qilgan Amir Tеmur bunday davlatning iqtisodiy jihatdan ravnaq topishini g’alabalarga olib kеluvchi harbiy yurishlar bilangina ta'minlab bo’lmasligini yaxshi his etardi. Movarounnahrning markazida, stratеgik jihatdan qulay joylashgan Samarqand shahrini poytaxt sifatida tanlar ekan, u Buyuk Ipak yo’lida joylashgan, Uzoq Sharqni musulmon dunyosi hamda Еvropa bilan bog’lovchi bu shahar ulug’vor inshootlari, dabdabali saroylari, saroy ahlining tantanavor kiyimlari bilan mеhmonlarni 3 Ma’naviyat yulduzlari “o’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Toshkent 2011-yil. 158-bet 6