Sovuq urush davrida xalqaro munosabatlar
MAVZU: Sovuq urush davrida xalqaro munosabatlar Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. 2.1.Ikkinchi jahon urushining yakunlari va ‘’Sovuq urush’’ning boshlanishi 2.2.Sovet Ittifoqi va Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan yadroviy ustunlik uchun kurash 2.3.Amerika tomonidan ikkinchi sovuq urushnig boshlanishi 2.4.Qurolsizlanish bo’yicha Sovet -Amerika muzokaralari III. Xulosa IV. Adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Dunyoning asosiy davlatlarini o’z domiga tortgan Ikkinchi jahon urushida 40 davlatning hududida harbiy harkatlar olib borildi. Urushda behisob qurbonlar berildi va juda katta vayronagarchilik yuz berdi.Urushda Germaniya Italiya va Yaponiya fashistik davlatlari mag’lub etildi. Bu davlatlar vaqtinchalik buuk davlatlar qatoridan tushib qoldi. Ayni paytda fashizm halokatga uchradi fashistlar partiyasi va tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. Uzoq kurashda SSSR Buyuk Britniya va AQSH birlashgan kuchlari g’alaba qozondi. Urushdan keyin dunyo mustamlakachi davlatlari yemirila boshlandi.Buyuk davlatlar hisoblangan Angliya Fransiya Niderlandiya Belgiya Italiya Portugaliya o’z mustamlakalariga mustaqillik berishga majbur bo’ldi. O’nlab yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Bir patylar dunyoga o’z tasirini o’tkaza oladigan Buyuk Britaniya va Fransiya endi sezilarli darajada zaiflashdi. AQSH urushdan so’ng dunyoning ikki o’ta qudratli davlatidan biriga aylandi Sovet Davlati ham urushda juda katta mislsiz talofatlar ko’rgan bo’lsada AQSH kabi dunyoning o’ta qudratli davlatiga aylandi. Xo’sh AQSh jahon urushidan keyin bu qudratga qay tarzda erishdi: Birinchidan urushning AQSH hududida olib borilmaganligi. Urush boshlangandan tugagunga qadar AQSH fuqarolaridan 300 ming kishi halok bo’ldi. Natijada AQSH urushdan eng kam zarar bilan chiqdi. Uning umumiy zarari 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu AQSH uchun ikkinchi jahon urushida ko’rilgan umumiy zararning atiga 0,4 foizini tashkil etdi . Ikkinchidan fashistik davlatlarga qarshi urishayotgan davlatlarga juda ko’p miqdorda qurol -yarog’ va boshqa sanoat hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotish hisobiga erishildi.Chunonchi 1941-1945- yillarda Amerika Qo’shma Shtatlari o’z ittifoqchilariga 46 mlrd (shu jumladan Buyuk Britaniyaga 30 mlrd SSSR ga 9 mlrd ) dollarlik harbiy mahsulotlar yetkazib berdi. Uchinchidan chet davlatlar Amerika Qo’shma Shtatlari dan 41 mlrd dollar qarz bo’lib qoldi. Dunyo oltin zaxirasining 65 foizi AQSH xazinalarida to’plandi. Dollar xalqaro savdo va iqtisodiy aloqalarda hukmron valutaga aylandi. Harbiy buyutmalar AQSH sanoatining gurkirab rivojlanishini ta’minladi. Sanoatning yillik o’rtacha o’sish su’rati 15foizni tashkil etdi. 1947- yilda dunyo sanoat ishlab chiqarishining 54 foizi AQSH hissasiga to’g’ri keldi Xalqaro savdoda yetakchi o’rinni egalladi. Flotining quvvati ham 5 barobar ortdi. Amerika Qo’shma Shtatlari dunyoning birinchi dengiz davlatiga aylandi. Urushdan keyin Sovet davlati: SSSR fashistlar Germaniyasini mag’lubiyatga uchratishda asosiy rol o’ynadi.Biroq g’alaba katta talofatlar hisobiga qo’lga kiritildi. SSSR ning 27mln fuqarosi halok bo’ldi. Halok 2
bo’lganlarning 11.5 mln ga yaqini askarlar edi. Bundan tashqari SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo’qotdi Sa’noatning xalq istemoli mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi keskin kamaydi . Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan avvalgi darajaga nisbatan 40 foizga kamaydi. Endi sovet davlati oldida mamlkat xo’jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maqsadda SSSR Oliy Soveti xalq xo’jaligini rivojlantirishning to’rtinchi besh yillik rejasini qabul qildi.Qatti markazlashtirilgan rahbarlik hamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mehati tufayli sanoat ishlab chiqarish hajmi 1950 -yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi. Bu ko’rsatkich 73 foizga yetdi. Ayni paytda sanoatning tez suratlar bilan rivojlanishida mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko’p sonli sovet tutqunlarining hamda 1.5 mln nemis 0.5mln yapon harbiy asirlarining tekin mehnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd dollar hajmdagi tovon , shuningdek kapital mablag’ asosiy qismining sanoatga yo’naltirilganligi ham katta rol o’ynadi. Shunday qilib ikkinchi jahon urushidan keyin dunyo ikki ,,qutbli dunyoga ajraldi. AQSH ham SSSR ham o’zlarini ushbu urushda g’olib deb hisobladilar. Ularning har biri dunyoda hukmronlik qilishni xohlashdi. Ikkala mamlakat ham bir-biriga qarama qarshi bo’lgan boshqaruv va mafkuraviy tizmlarga ega edilar. Sovet ittifoqi Amerikani yo’q qilishni va butun dunyoda kommunizmni o’rnatmoqchi edi. Qo’shma Shtatlar esa dunyoni SSSR dan ,,qutqarishni,, xohlardi. 1945- yilda SSSR va anti Gitler koalitsiyasining boshqa azolari o’rtasida ziddiyatlar paydo bo’la boshladi. Germaniya urushda yutqazgani aniq edi,endi eng asosy masala urushdan keyin dunyo tartibi.Asosiy qarama qarama qarshiliklar Yevropa mamlakatlarida bo’lgan . Stalin ularni Sovet tizimiga bo’ysundirmoqchi edi va kapitalistlar Sovet davlatining Yevropaga kirishiga yo’l qo’ymaslikka harakat qilishdi. 1 Ikki tizim o’rtasidagi qarama qarshilik 1945-yil 6 va 9 – avgust kunlari AQSH harbiy havo kuchlari Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasinitashlashi bilan boshlandi.Bu juda qudratli yangi ommaviy qirg’in quroli edi. Buning oqibatida Xirosimada 90ming Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo’ldi. Ikkala shahar to’liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo’ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o’limga olib keldi. Bu AQSHning urushdan so’ng dunnyoga yakkahokimlikka da’vosi edi. Maskur voqea ‘’ sovuq urush ‘’ boshlanishiga turtki bo’ldi Rasman ,,sovuq urush’’ boshlanishi 1946-yil 5- martda sobiq Angliya bosh vaziri U. Cherchillning Fultondagi amerika universitetida so’zlagan nutqida 1 G.A.Hidoyatov “Jahon tarixi”(Eng yangi tarix II-qism 1945-2003)8-9 3
e’lon qilindi. U.Cherchill ,,sharqiy kommunizm ‘’ bilan kurash uchun ingliz – amerika harbiy ittifoqini tashkil etishga chaqirdi. U urushdan so’ng totalitarizm tasiriga tushib qolgan Sharqiy Yevropani erkin demokratik G’arbdan ajratib turuvchi ,,temir parda’’ haqida so’zladi.SSSR bilan natsizmga qarshi birlashgan Yevropa endi SSSRning o’ziga qarshi birlashdi.Biroq Sovet xavfi oldidagi qo’rquv soxta bo’lib, asosga ega emas edi. Sovet Ittifoqi urush paytida ko’p talofat ko’rgan bo’lib, yangi qarama qarshilikka jur’at etmasdi. G’arb davlatlarining hukmron doiralari bundan yaxshi xabardor edi.Buning ustiga 1949- yilgacha AQSH atom bombasiga monopol hukmron bo’lib uni qo’llash haqidagi birgina do’q po’pisaning o’zi har qanday tajovuzkorlikni to’xtatish uchun yetarli edi. Yadro quroli ‘’sovuq urush ‘’ vositasi bo’ldi.AQSH uni ishlab chiqaarish va bu sohadagi tadqiqotlar ustidan xalqaro nazorat o’rnatish rejasini ishlab chiqdi. Bu reja 1946-yilda BMT ga taqdim etildi va u istalgan mamlakatda bunday tadqiqotlarni tekshirish huquqini ko’zda tutdi.SSSR esa bu rejani inkor qildi va 1949- yilda o’z atom bombasini ilk bor sinovdan o’tkazdi. Shundan boshlab ‘’sovuq urush,, yadroviy qurollanish poygasi darajasiga ko’tarildi. Yadroviy ustuvorlik uchun kurash AQSH va SSSR dan tashqari boshqa mamlakatlarda ham boshlanib ketti. Buning uchun ular moliyaviy va texnik jihatdan kuchli imkoniyatlarga ega bo’lishdi.1952- yilda Angliya, 1960- yilda Fransiya, 1964- yilda Xitoy o’z atom bombasini sinovdan o’tkazdi. 1974-yilda Hindiston, 1999-yilda Pokiston atom bombalariga ega bo’ldi. 1953-yilda SSSRda ilk marta vodorod bombasi yaratildi. U o’z vayronagarchilik kuchiga ko’ra atom va neytron bombasidan minglab marta kuchli edi 1948-yilda AQSH 20 km balandlikda 12ming km uzoqlikka qadar ucha oladigan qitalararo samolyotga ega bo’ldi. Bu yetti yildan keyin SSSRda yaratildi 1957-yil SSSRda Tinch okeani hududida 10 ming kmdan ortiq masofada qitalararo raketa sinovdan o’tkazildi. Bu ballistik raketaga Qo’shma shtatlar bir yildan keyin ega bo’ldi 2 . Raketaga qarshi mudofaa tizimlari ham ishlab chiqildi. Bu tizmlar SSSRda 1966-yil AQSHda esa 1974-yilda yaratildi. Yuqoridagi ko’rsatgichlar bu ikki davlat o’rtasidagi yaqqol qurollanish poygasining ko’rinishi edi Bu qurollanish poygasi yildan yilga tezlashib bordi. Qurollanish poygasi yildan yilga rivojlanib borar ekan 70-yillarda jahon harbiy harajatlari 350milliard dollarni tashkil etdi.Keyingi 10 yillikda esa bu ko’rsatkich 80-yillarda insoniyat qurollanish uchun 600 milliard dollar sarf ertdi Har bir sinovdan o’tkazilgan qurol dunyo xo’jaligiga ulkan zarar yetkazdi . Sinovlar natijasida yadroviy changlar barcha qitalarda atmosferaning buzilishiga olib keldi.Atmosferaning buzilishi esa turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqardi 2 История дипломатии том II . Москва, 1963 г. Ст. 289 4
Amerika tomonidan ikkinchi sovuq urushning boshlanishi Reygan ma'muriyatining anti-kommunistik va antisovet ritorikasi Sovuq urush davrida keskinlikning keskin oshishiga olib keldi. Birinchi marta amerikalik tarixchilar va siyosatshunoslar bunga e'tibor berishdi. Jonsning yozishicha, R.Reyganning ekspansionistik tashqi siyosati “Moskva bilan dushmanlik munosabatlariga” olib keldi va yangi sovuq urush – ikkinchi sovuq urushning boshlanishini belgiladi. Amerika ma'muriyati xalqaro vaziyatni chegaraga qadar keskinlashtirish va jahon xalqaro munosabatlarida urushdan oldingi vaziyatni, asablar o'ynayotgan paytda keskinlik muhitini yaratish uchun turli bahonalarni qidira boshladi. 1983 yil sentyabr oyida sovet qiruvchi samolyotlari Ankorijdan Seulga uchayotgan Janubiy Koreyaning Boeing 747 (KAL 007 reysi) yo'lovchi laynerini yo'q qildi. Samolyot odatdagi marshrutdan 500 km chetga chiqib, Sovet Ittifoqi havo hududiga bostirib kirdi. Bu voqeada juda ko'p sir bor edi. Birinchidan, Boeing 747 kabi ajoyib navigatsiya ma'lumotlariga ega bo'lgan samolyot qanday qilib bunday masofaga chetga chiqishi mumkin? Koreya aviakompaniyasining samolyoti urib tushirilishi bilanoq jo'nab ketgan Amerika razvedka samolyoti qanday maqsadda parallel yo'nalishda uchgan? Nega yaralangan yo'lovchilarning oilalaridan hech biri, 269 nafari bor edi, Amerika tomoni sovet tomoniga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qilmadi? Sovet dengizchilari bir necha yil o'tgach, Boeing 747 qoldiqlarini suvdan olib chiqishdi , ammo odam qoldiqlari topilmadi. Binobarin, bu oddiy reysni amalga oshiruvchi yo'lovchi samolyoti emas edi. Sovet Ittifoqi haq edi. O‘zini va xalqaro qonunlarni hurmat qiladigan boshqa davlat singari, u ham havo chegaralarining bunchalik buzilishiga yo‘l qo‘ya olmasdi. Bundan tashqari, voqea Amerika faol ravishda qayta qurollana boshlagan va yangi Sovuq urushni boshlash yo'liga o'tgan paytda sodir bo'ldi. Xalqaro munosabatlardagi keskinlik Sovet Ittifoqini asosiy dushmanining navbatdagi nodo'stona harakatlarini kutib, to'liq hushyor turishga majbur qildi. Sovet davlatining suveren huquqlarining har qanday buzilishi sabotaj va bosqinchilik harakati sifatida baholanib, unga qarshi eng qat'iy choralar ko'rilgan. Vaziyat haddan tashqari qizib ketdi va har ikki tomon ham hushyorlik bilan bir-birining har qadamini kuzatib bordi. Sovet rahbariyati Sovet Ittifoqi havo hududini muntazam ravishda buzgan Amerika samolyotlarining yaxshi niyatlariga shubha qilish uchun ko'proq asosga ega edi. Urushdan keyingi yillarda Amerika razvedka samolyotlarining parvozlari tez-tez sodir bo'ldi. Qo'shma Shtatlar maxfiy harbiy ob'ektlar to'g'risida ma'lumot olishga, xususan, Sovet raketalarga qarshi mudofaa tizimlarining tizimli aloqasini, 5