JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI TUSHUNCHALARI
![MAVZU: JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI
TUSHUNCHALARI.
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tushunchalari
2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani ilmiy va amaliy fan sifatida
4. Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining mazmuni va tuzilishi.
5. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan
bog‘liqligi.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_1.png)
![Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy sohalarda
amalga oshirilayotgan islohotlar ta'limni, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Ta'lim tizimini zamon talablari darajasida
va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o’sib kelayotgan yosh avlodni
jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma'naviyatli
komil insonlar qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustivor yo’nalishlaridan
hisoblanadi. 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim
to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'lim tizimining mazmun va
mohiyatini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va
kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish nazarda tutilgan. Unda
ta'lim tizimini yagona o’quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil
rivojlantirishni ta'minlash hamda fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar
o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har bir shaxsning barobar bilim
olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlari ta'minlangan.
Hozirgi kunda jahon tarjribasidan ko’rinib turibdiki, ta'lim jarayoniga
o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari jadal kirib kelmoqda va ulardan
samarali foydalanilmoqda. Bizda ham zamonaviy texnologiyalardan ta'lim tizimida
samarali foydalanish tizimi talabalarning kelgusida tajribali mutaxassis, o’z
kasbining fidoyisi bo’lib yetishishlariga qaratilgan. Mamlakatimizning jismoniy
madaniyati ta’limi va tarbiyasi jarayonida jismoniy madaniyat nazariyasi ve
metodikasi fani soha kadrlarini tayyorlashda Davlat ta’lim standartlari talablaridan
kelib chiqib bo‘lajak jismoniy madaniyat bakalavrlarini tayyorlashning kasbiy
nazariy, kasbiy amaliy tayyorgarliklarini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘yadi va uni hal qilish uchun yo‘naltirilgan maqsadli vazifalarni hal qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tushunchalari.
U yoki bu sohada ishlovchi odamlar o’rtasida bir-birini tushunish va aloqa
qilish uchun muvofiq tushunarli apparat zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi ham muayyan tushunarli apparatdan foydalanadi, uni tushunish va](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_2.png)
![o’zlashtirish shu soha mutaxassislarining barchasi uchun majburiydir. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasida atama va tushunchalardan keng ravishda
foydalaniladi. Biz faqat eng muhim atamalarni ko’rib chiqamiz, ularni
tushunmasdan turib jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanini o’rganish
mumkin emas.
Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tamoyillari to’g’risidagi tushunchalar
muvofiq boblarda ko’rib chiqiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
fanining tushunchalarini ko’pchiligi “Jismoniy” so’zi bilan boshlanadi. Odatda
amalga oshiriladigan har qanday harakat faoliyati, bajariladigan ish, jismimiz,
vujudimizning ma’lum a’zolari, tanimiz bo’laklarining makon (fazo)dagi joyi,
o’rnini almashinuvi orqali sodir bo’ladi va bu “jismoniy” so’zi bilan ifodalanadi.
Jismoniy so’zi asosan tana skeleta mushaklari, bo’g’inlarning bog’lovchilarining
ishtirokida bajariladigan faoliyatlar - barcha mushaklarning, ularning faqat
ayrimlarini yoki bir bo’lagini, birnecha qismlarini birgalashib namayon qiladigan
faoliyatlari namayon bo’ladi.
Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy
rivojlanganlik, jismoniy yetuklik, jismoniy kamolot, jismoniy sifatlar, jismoniy
tayyorlanganlik, jismoniy harakat, jismoniy mashq, jismoniy tiklanish (rekreatsiya),
jismoniy reabilitatsiya va boshqa shunga o’xshash qator tushunchalardagi
“jismoniy” so’zi jismimiz, vujudimizning a’zolarini bajargan, namoyon qilayotgan
jismoniy faoliyatini ifodalaydi. Qator adabiyotlarda jismoniy madaniyat, jismoniy
tarbiya, sport tushunchalarini “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” hamda
“Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanining yetakchi tushunchalari deb
xisoblaydilar (A.D.Novikov, L.P.Matveev, B.A.Ashmarin va boshqalar). Qayd
qilingan asosiy tushunchalar tarkibidagi “umumiy jismoniy tayyorgarlik”, “kasbiy-
jismoniy tayyorgarlik”, “sport tayyorgarligi”, “sport trenirovkasi” va boshqa qator
tushunchalar ham jismoniy madaniyat hamda jismoniy tarbiya nazariyasi fanlarining
yetakchi tushunchalari tarzida qabul qilingan, qolaversa, ularning tarkibida
“umumiy jismoniy rivojlanganlik” va “jismoniy tayyorgarlik”, “maxsus jismoniy](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_3.png)
![rivojlanganlik” va “maxsus jismoniy tayyorgarlik”, “shug’ullanganlik”, “jismoniy
kamolot”, “jismoniy yetuklik”dek boshqa qator tushunchalar mavjud bo’lib ular
o’zlarining ilmiy, nazariy asoslariga ega.
Jismoniy rivojlanish – bu sog’lomlashtiruvchi jarayon bo’lib, inson
organizmining vazifalari va shakllari o’zgarishining asta-sekin qaror topishidir.
Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: - rivojlanish
darajasining ko’tarilishi, - nisbatan barqarorligi va - inson jismoniy
imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi.
Eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi
hamda maktabda ta'lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi.
Jismoniy rivojlanish ob'ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan
eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O’quvchi
bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish
sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy
rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadigan omillardir.
Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste'dodli bolalarni tanlab
olishga imkoniyat yaratadi. Chunki iste'dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun
yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Biroq har bir
shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan
ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta'minlashi mumkin,
biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun
sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun “Jismoniy tarbiya”
nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya - bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik
takomillashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, uning maqsadi
o’quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun
ko’nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_4.png)
![Jismoniy tarbiyaga tegishli o’ziga xos vazifalardan kelib chiqib, uning jismoniy
ta'lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash kabi ikki tomonini qarab chiqish
mumkin.
Jismoniy tarbiya - mazmuniga kura keng ma’nodagi “tarbiya” deb
nomlanadigan umumiy pedagogik tushuncha tarkibiga kiradi va tarbiya jarayonidagi
tarbiyaviy, bilim (ta’lim) berish, vazifalarini mutaxassis pedagogning yo’naltiruvchi
xizmati asosida ta’lim taomillariga muvofiq yoki o’zini-o’zi tarbiyalash tartibida
amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya - inson organizmini morfologiyasi va xizmati jihatidan
takomillashtirish, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy hayotiy - zaruriy
harakat malakalari, ko’nikmalari, ular bilan bog’liq bo’lgan nazariy bilim va amaliy
malakalarni shakllantirish hamda harakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan
ko’p yillik pedagogik jarayondir.
Harakatga o’rgatish (o’qitish) - o’zining asosiy mazmuniga ko’ra jismoniy
bilim (ta’lim) berishni, ya’ni insonni o’z harakatlarini ratsional boshqarishni
bilishini, tahlil qilishiga oid nazariy bilimlarga ega qilishni va shu yo’l bilan
egallangan bilimlariga asoslanib, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari
zahirasini boyitishni hamda ularga oid nazariy bilimlarga ega qilishni nazarda tutadi
(P.F.Lesgaft).
Jismoniy tarbiyaning mohiyatiga ko’ra yana boshqa ahamiyatli tomoni
organizmning jismoniy sifatlarini maqsadli rivojlantirishga yo’naltirilib, uning
tabiiy xususiyatlariga kompleksli ta’sir o’tkazish, me’yoriy jismoniy funktsional
yuklamalar bilan jismoniy mashqlar harakat faoliyatlari)ni bajartirish, shuningdek,
individ hayotiy rejimi (turmush tartibi)ni optimallash yo’li bilan va tabiatning tashqi
muhit sharoitidan rotsional foydlanishni stimullash va boshqarish uchun zarurligidir.
Jismoniy bilim - jismoniy mashqlarni, mexnat harakatlarini bajarish, undan
foydalanish, lozim bo’lganda hayotiy sharoitda qo’llash mahorati va ko’nikmalariga](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_5.png)
![oid nazariy tushunchalarni o’z ichiga oladi. Pestalotsiy bolalarning “vujudini
tarbiyalash”dagi nazariy bilimlarini ishlashni astoydil yoqlab chiqqan.
«Jismoniy bilim»lar tushunchasi dastlab yuzaga kelgan “tarixiy tizimlar”deb
nomlanadigan jismoniy tarbiya tizimlarida uchraydi, masalan, Fit «o’z vujudini
tarbiya» qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirib, undan qanday
foydalanish haqidagi nazariy bilimlar zarurligini e’tirof etib, inson jismi tarbiyasi
jarayonining nazariyasini yaratish lozimligini ta’kidlagan.
Jismoniy ta'lim o’quvchilarning muayyan bilimlarni egallashi, jismoniy
mashqlarni bajarishi va ularni hayotga tatbiq eta olishini ko’zda tutadi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashga quyidagilar kiradi: kuch va tezkorlikda
namoyon bo’lish natijalarini oshirish, chidamlilik, chaqqonlik ko’nikmalarini
yaxshilash. Yagona jarayonning bu tomonlari o’zaro mustahkam bog’langan,
masalan, agar o’quvchilar yugurish mashqlarini, ularning texnikasini o’zlashtirish
maqsadi bilan ko’p marta takrorlasalar, u holda bir vaqtning o’zida kuch, tezkorlik,
chidamlilik ham tarbiyalanadi. Ikkinchi tomondan yugurish mashqlari katta tezlik
bilan (tezlikni tarbiyalash uchun) ko’p marta bajarilsa, bu texnikaning
takomillashishiga va mustahkamlanishiga ko’maklashadi.
Jismoniy madaniyat - muayyan tarixiy sharoit maxsuli. Xar bir
ijtimoiyiqtisodiy tuzimida jamiyat a’zolari jismining madaniyati o’z davri uchun
xarakterli bo’lib, jamiyat taraqqiyotining muayyan davridagi butun bir xalq boyligi,
mulki tarzida shaxsning xar taraflama barkamolligini ta’minlovchi vosita yoki uning
majburiy sharti bo’lib qolaveradi. Jismoniy madaniyat - jamiyat a’zolarining
jismoniy kamolotga erishishini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshirish uchun
maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish va ulardan ratsional foydalanish
bo’yicha erishilgan yutuqlarning majmuidir.
Jismoniy madaniyat nazariyasining asosiy tushunchalari ichida jismoniy
madaniyat keng, jamlovchi tushuncha. Jismoniy tarbiya, sport tushunchalari esa](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_6.png)
![jismoniy madaniyat tushunchasining tarkibiy qismi sifatida o’zining yo’nalishlariga
ega bo’lgan pedagogik jarayonlarni o’z ichiga mujassamlashtiradi.
Jismoniy madaniyat bazasi maxsus ma'lumot va jismoniy tayyorgarlikni
ta'minlaydi.
Jismoniy madaniyatning boshlang’ich tagzamini shartli ravishda «maktabgacha
va maktab jismoniy madaniyati» orqali yaratiladi. Bu bilan maktabgacha yoshdagi
bolalar, umumiy ta’lim maktablari va boshqa o’quv tarbiya muassasalarida jismoniy
madaniyat o’quv predmeti sifatida majburiy mashg’ulotlar tarzida tashkillanadi. O’z
navbatida bu mashg’ulotlar umumiy jismoniy ma’lumotga ega bo’lishi uchun asos
yaratadi. Jismoniy qobiliyatlarining har tomonlama rivojlanishi, mustaxkam sog’liq
bazasining vujudga kelishiga sababchi bo’ladi. Bu bilan xar tomonlama jismoniy
rivojlangan shaxs uchun zarur bo’lgan jismoniy salohiyat darajasining asosini
yaratishga kafolat vujudga keladi.
Jismoniy tayyorgarlik. Individning tashqi ko’rinishiga qarab jismoniy
tayyorgarligiga baho berish hozirgi kungacha ham uchrab turadi. Qaddi qomatning
kelishganligi bu jismoniy jihatdan barkamolik belgisi emasligi maxsus
adabiyotlarda qayd qilingan.
Jismoniy tayyorgarlikni yo’lga qo’yishning asosiy shartlaridan biri tana
shaklini yaxshilashdir. Bu asosan tana mushaklarini rivojlantirish, uning vaznini
izga solish (vaznni boshqarish), qaddi-qomatni rassomligini yo’lga qo’yish
tarbiyalash, rostlash (tuzatish) tarzidagi qator boshqa ishlar amalga oshiriladi. Qayd
qilinganlar jismoniy tayyorgarlik jarayoni deb atash qabul qilingan.
Jismoniy tayyorgarlikning ikki ko’rinishi mavjud bo’lib, umumiy va maxsus
jismoniy tayyorgarlik tarzida amalga oshiriladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) deb inson organizmining harakat
sifatlarini teng, birini - biridan ustun qilib rivojlantirmay, barchasini teng
rivojlantirish (xar tomonlama jismoniy tayyorgarlik)ga yo’naltirilgan ko’p yillik
pedagogik jarayon tushuniladi. Hozirgi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_7.png)
![STT jismoniy madaniyatining asosida ham jamiyat a’zosini UJTini yaxshilash
masalasini xal qilish yotadi. UJTning mazmuni, vositalari, usullari va
mashg’ulotlarni tashkil etish jarayonida inson faoliyatining barcha shakllari, u sport
faoliyatimi, mehnat jarayoni faoliyati ko’rinishida bo’ladimi, keng jihatli bazaviy
jismoniy tayyorgarlikni yuzaga keltirishga yo’naltiriladi.
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Abu Ali
ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Bobur va boshqa allomalarimizning tan
tarbiyasi, inson jismining jismoniy quvvati haqidagi fikrlari biz o’rganishni maqsad
qilgan muammoni ajdodlarimiz davrida ham muhim ekanligini ko’rsatadi.
Bobokalonimiz, tibbiyot olamining yetakchi namoyondasi Abu Ali ibn Sino
o’zining “Tib qonunlari” asarida “Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda
shug’ullangan odam hech qanday davolanishga muxtoj bo’lmaydi” deb yozgan.
Jismni hayotiy sinovlarga tayyorlash ma’lum darajadagi tayyorgarliklarni talab
qilishini uqtirgan.
Jahongir bobomiz Amir Temur jahonga mashxur asari sanalmish o’zining
“Tuzuklari”da o’z qo’shiniga askarlarni tanlash qoidasida quyidagi uch jihatga
e’tibor berishni uqtirgan: eng avvalo, sog’lom va jismonan baquvvat bo’lishi,
ikkinchisi, qurolni biror turidan moxirona foydalana olishi, uchinchisi - aqli,
zakovati, iktidorini sinab ko’rish lozim deb hisoblagan.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik. Inson organizmining jismoniy tayyorgarligini
qayd kilingan yo’nalishi tanlangan mehnat faoliyati, kasbi (o’t o’chiruvchi,
mashinist, xaydovchi, novvoy, duradgor va boshqalar) uchun yoki sport faoliyatida
tanlangan sport turi talab qiladigan jismoniy sifatlarni rivojlantirish va tarbiyalashni
boshqarishni o’z ichiga oladi. Masalan, o’t o’chiruvchi kasbining soxibi maxsus
kiyim bosh kiyib, noqulay sharoitda, chegaralangan satx-narvon yoki oddiy taxta
ustida ma’lum vaznga ega bo’lgan ish kurollaridan foydalanib, o’z vazifasini
bajarishda belgilangan darajadagi tezkorlik, kuch, chidamlilik va boshqa jismoniy
sifatlarni namoyon qilishi lozim bo’ladi.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_8.png)
![Qayd qilingan sifatlarni tarbiyalashni maxsus jismoniy tayyorgarlik
jarayonidagi mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Har qanday kasb soxibining
jismoniy tayyorgarligi, ayniqsa, kasbiy jismoniy tayyorgarligi o’zining xususiy
tomonlariga ega.
Mashg’ulotlar kasb soxiblari uchun maxsus ishlangan dasturlar asosida tashkil
etiladi. Sport faoliyati va unga tayyorgarlik jarayonidagi maxsus tayyorgarlik faqat
tanlab olingan sport turi uchun kerak bo’ladigan sifatlarni rivojlantirishga
yo’naltiriladi.
Kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi maxsus jismoniy tayyorgarlik jarayoni
xisoblanib, ularning har biri xususiy tomonlari bilan farqlanadi. Kasb-xunar
jismoniy tayyorgarligi - bu, jismoniy tarbiyaning mutaxassislashtirilgan, aniq
mehnat turi va mudofaa faoliyatiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayondir. Bunda
asosan, jismoniy mashqlarning hunar yoki kasbga yaqin bo’lgan turlaridan
foydalaniladi. Kasbga yo’naltirilgan jismoniy tayyorgarlik vositalarining qo’llanishi
mehnat harakat malakalarining shakllanishi jarayonini tezlashtiradi, mehnat
unumdorligini oshiradi, organizmning, tashqi muxit ta’sirining zararli omillariga
qarshilik ko’rsatishini yaxshilaydi.
Amaliy jismoniy tarbiya kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy turlarga bo’linadi.
Ularning xususiyatlari professional faoliyat sohasiga bevosita kiritilishi bilan
belgilanadi.
Jismoniy tarbiyaning amaliy turlari bazali jismoniy tarbiya bilan eng
mustahkam tarzda bog’langan. Ularning uzviy aloqasi shunda ifodalanadiki, bunda
kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy
tayyorgarlik negizida quriladi. Bundan tashqari, jismoniy tarbiyaning amaliy turlari
mazmuniga bazali jismoniy tarbiya va sportning muvofiq unsurlari ham kiradi.
Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi Sport jismoniy rivojlanishni va
insonning u bilan bog’langan boshqa sifatlari rivojlanish darajasini ta'minlaydi.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_9.png)
![Ommaviy sport bazasi jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Yuqori
muvaffaqqiyatlarga erishishda sport jismoniy madaniyatning maxsus sohasini
ifodalaydi.
Sport - jismoniy madaniyatning tarkibiy qismidir. Sport, xususan, ahamiyatli
darajada jismoniy va unga bog’liq bo’lgan qobiliyatlarning rivojlanishini va
o’sishini ta’minlaydi.
Jamiyat jismoniy madaniyatining tarkibiy qismi xisoblangan sport tushunchasi
yunoncha so’z bo’lib, boshlang’ich ma’noda «kuch sinashaman»,
«musobaqalashaman» degan ma’noni beradi. XIX asrning oxiri va XX asrning
boshlarigacha sportga dam olish, ko’ngil ochish, so’ng, jismonan yuqori sport
ko’rsatkichga erishish vositasi, musobaqalarda g’alaba qozonish tarzidagi faoliyat
deb qaralgan.
Sport asosan uch ko’rinishda - o’quv predmeti, ommaviy-ko’ngilli sport, «katta
sport», “Oliy tartibdagi harakat mahorati sporti” tarzidagi yo’nalishlarda o’zining
nazariyasi va amaliyotini rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi.
Bolalar sporti. Bolalar sport faoliyati darsdan tashqari vaqtda amalga
oshiriladi. O’quv fani sifatida umumta’lim maktablari o’quv rejalari va dasturlariga
qisman kiritilgan va maktabda sinfdan tashqari ishlar, maktabdan tashqari
muassasalardagi mashg’ulotlar shaklida alohida ahamiyat kasb etadi, ko’ngilli
tarzda yo’lga qo’yiladi.
Sportning xarakterli alomatlarining barchasi bir butun bo’lib, bolalar sportida
o’z aksini topgan. Uni bolaning darsdan tashqari faoliyatining turli ko’rinishi deb
belgilash ham, maxsus tayyorgarlik, musobaqalarda qatnashish yoki o’zidagi
mavjud imkoniyatlarini xisobga olgan holda, oldindan belgilangan optimal harakat
qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni, deb qarash ham mumkin. Bolalar sporti
ularning yoshi bilan chegaralangan, maxsus tayyorgarlikka kirishishga ruxsat
berilgan muddatdan to umumta’lim maktabini bitirgungacha bo’lgan davrni o’z
ichiga oladi.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_10.png)
![Yoshlar sporti. Bu tushunchada aytarli qisqa mazmun ifodalangan. Uning
chegarasi yoshga qarab o’smirlar, yoshlar sporti deb chegaralanadi. Yoshlar sporti
o’z ichiga asosan katta maktab yoshidagi o’quvchilar, studentlarning birinchi
kurslaridagilarni qamrab oladi. Bu ibora shartli xisoblanib, qizlarning ham ishtiroki
nazarda tutiladi. Bu yoshdagilar sporti mamlakat katta sportining zaxirasidir.
Maktab sporti shug’ullanuvchilarning yoshi va boshqa belgilariga qarab bolalar
sportiga o’xshash. Farqi shundaki, bolalar sporti maktablar va maktabdan tashqari
muassasalar orqali, maktab sporti esa faqat maktab o’quvchilari bilan maktab sport
sektsiyalarida yo’lga qo’yiladi.
Sport jamiyatimiz jismoniy madaniyati uchun ko’rsatayotgan xizmatidan
tashqari jismoniy tarbiyalash xizmatini xam o’zida mujassamlashtirgan. Sportda
jismoniy tarbiyaning xususiy tomoni mujassamlashtiriladiki va jismoniy kamolotga
erishishning pedagogik tizimi mutaxassislashtiriladi va sportchining tayyorgarligi
deb nomlanadi.
Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya tarkibiga davolovchi
jismoniy tarbiya ham kiradi. U organizmning vaqtinchalik yo’qotilgan funksional
imkoniyatlarini tiklashga ko’maklashadi. Sog’lomlashtirish jismoniy madaniyati
davolash maqsadida ham keng ko’lamda foydalaniladi. Shu tur jismoniy madaniyati
o’z oldiga organizmning vaqtinchalik yo’qolgan funktsional imkoniyatlarini tiklash
(reabilitatsiya) maqsadini ham qo’yadi.
Jismoniy madaniyat gigienasi ish kuni davomida sog’lom turmush tarzi
jismoniy madaniyatga zamin bo’lib xizmat qiladi. Organizmning kunlik funktsional
holatini nazoratga oladi, lozim bo’lsa, uni yaxshilash tadbirlari (jismoniy madaniyat
pauzalari, daqiqalari va boshqa aktiv yoki passiv dam vositalaridan foydalanish)ni
yo’lga qo’yadi. Kundalik turmush va dam olish tartibi, ish kuni doirasiga
kiritiladigan jismoniy tarbiya gigienasi organizmning joriy holatini yaxshilashga
xizmat qiladi, ya'ni asosiy hayot faoliyati uchun qulay funksional “fan”
shakllanishiga ko’maklashadi.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_11.png)
![Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi. Fanni
o‘qitishdan maqsad - bo‘lajak kadrlarga jahon xalqlarining jismoniy tarbiya va sport
tarixi hamda shu sohada erishilgan natijalar to‘g‘risida ma'lumot berish,
mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi va uning taraqqiy etish hamda
sportni boshqarish yo‘llari haqida bilim berish, ommaviy jismoniy tarbiya
harakatida ijtimoiy va davlat idoralari o‘rnini anglatish. O‘z-o‘zini boshqaruv
muassasalari va davlat idoralarini boshqaruv hujjatlar bilan ishlashga o‘rgatish,
jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy
bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi
jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni
ko‘zda tutadi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 4-sentabrdagi
“Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahrir) va 2017-yil 3-
iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3031-sonli qarorida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish yo‘llari belgilab berilgan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani bo‘lajak jismoniy tarbiya
o‘qituvchisi va murabbiylarning dunyoqarashini kengaytiradi, yaqin kelajakdagi
vazifalarni aniqlash, uslub, vositalarni to‘g‘ri tanlashni hamda ularni amalga
oshirish shakllarini amaliyotda sinab ko‘rishga o‘rgatadi. Jismoniy madaniyat
nazariyasi va metodikasi fanining asosiy vazifalaridan biri bo‘lajak o‘qituvchini
aralash kurslarda va xususiy uslublardan olingan bilimlarni integrallashni uddalay
olish va bilimlarni amaliy ishda joriy etishning shakl va uslublari bilan
qurollantirishdir. Fanning barcha bo‘limlarini o‘rganish talabalarning ixtisosligi
bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun bosqichning asosiy bo‘limlari
tatbiqan bayon qilingan har bir mavzuni o‘rganish jarayonida o‘qituvchi va talabalar
nazariy bilimlarning amaliy ahamiyatini aks ettiruvchi vazifalarni qo‘yishlari kerak.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_12.png)
![“Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” fani talabalarda bajarayotgan
ishining ahamiyatini tushunishga va professional burchini tarbiyalashga
ko‘maklashishi lozim. Fanni o‘rganib borish orqali bo‘lajak o‘qituvchi ilg‘or
tajribalarni o‘zlashtirishi va bu tajribani o‘z ishida qo‘llay bilishi, talabalarga ushbu
tajribadan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi, jismoniy tarbiya vazifalarini samarali
ravishda hal etishni muntazam hamda mustaqil ravishda egallashlarini
shakllantirishi lozim.
Hozirgi kunda har qachongidan ko‘ra ilg‘or pedagogik tajribalarga tayanish
zarur. Jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlarining keng yo‘llarini, ularni amalga
oshirish uslublarini takomillashtirish kerak. O‘qituvchi har bir mavzuning
ahamiyatini ko‘rsatishi va aniqlashi, o‘quvchilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishi hamda
bilimlar, mavzularni muntazam ravishda o‘rgatishi juda muhimdir. Talabalar amaliy
ishlarini hayotga joriy etish uchun nazariy bilimlarni egallashi, o‘qitishning pirovard
maqsadi to‘g‘risida bir daqiqa ham unutmaslik ehtiyojini hosil qilishi zarur.
Talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olishlari, jismoniy tarbiyada
qo‘llaniladigan uslublar bo‘yicha so‘nggi ma'lumotlar bilan qurollangan bo‘lishlari
kerak. O‘qituvchi talabalarga jismoniy tarbiya va sport masalasi oddiy masala
emasligini, balki insonni har tomonlama rivojlantiruvchi asosiy vositalardan biri
ekanligini, birinchi navbatda, uning mehnat faoliyati, Vatanni himoya qilish vositasi
ekanligini tushuntira olishi, o‘quvchilarni kasbiy amaliy tayyorgarlik ishlarining
uslublari va shakllari to‘g‘risidagi bilimlar bilan ta'minlashi zarur. Bunda
talabalarning o‘z kasbiga qiziqishi juda muhim.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining vazifalari bo‘lajak
o‘qituvchilarni muayyan pedagogik ko‘nikma, malaka va yangi pedagogik
texnologiyalarlar bilan qurollantirishdan iboratdir. Fan o‘z vazifasi doirasida
bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilariga jahon xalqlarining umumiy
madaniyatida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni. Ibtidoiy jamoa tuzumida jismoniy
mashqlarni paydo bo‘lishi.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_13.png)
![Jismoniy madaniyat va sportni rivojlanish davrlari. O‘rta asrlarda jismoniy
madaniyat va sport. Buyuk gumanistlar ta'limoti, O‘rta Osiyoga jismoniy tarbiyani
kirib kelishi. Ajdodlarimiz Abu Ali ibn Sino, A.Temur davrlarida jismoniy tarbiya.
Sportni boshqaruv tamoyillari, an'anaviy va milliy bayramlarda musobaqalar tashkil
etish, jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qaror, buyruqlarning sport tashkilotlarida
bajarilishi bo‘yicha bilim berish hamda o‘rgatish, ta'lim muassasalari maktabgacha
ta'lim muassasalari, umumta'lim maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollej
o‘quvchilarini jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida umumrivojlantiruvchi
mashqlardan, umumiy va maxsus mashqlardan foydalanish hamda sport
musobaqalari, sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari
to‘garaklarni tashkil qilish kabi bilimlarini shakllanishini o‘rganishga
ko‘maklashadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida talaba quyidagilarni o‘rganishi kerak:
• yuklama me'yorini bilish, jismoniy tarbiyaning aniq vazifalarini yechish uchun
shakl va uslublarning vositalarini tanlash;
• ishning asosiy rejalarini tuzib chiqish va jismoniy tarbiyaning har xil zvenolarida
uni hisobga olib borish;
• talabalarning o‘rganish natijalarini aniqlash, ularning muvaffaqiyatlarini baholash,
uyg‘unlashtirish va shug‘ullanuvchini mustaqil ishlarga yo‘naltirish;
• o‘quv - tarbiya muassasalarining ishlarini nazorat qilish;
• ommaviy tadbirlar rejasi, musobaqalar to‘g‘risida nizom ishlab chiqish, ularni
amalda o‘tkazish va uyushtirish;
• maktab o‘quvchilari bilan jismoniy tarbiya sohasida olib boriladigan ishlar sifatini
oshirish maqsadida bolalar ijtimoiy tashkilotlari, oila va maktab kuchlarini
birlashtirish;
• o‘rgatish texnikasiga oid o‘ziga xos moslamalar va vositalardan foydalanish;
• yangi pedagogik texnologiya asoslarini o‘zlashtirish va ularni amalda qo‘llash.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_14.png)
![Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining mazmuni.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining mazmuni o‘z ichiga
quyidagilarni oladi.
Ular:
- jismoniy madaniyat ijtimoiy xodisa tarzida jamiyat maxsuli sanalgan
tarbiyaning boshqa shakllari bilan uzviy bog‘likligiga oid bilimlarni;
- mamlakatdagi mavjud jismoniy tarbiya tizimi, uning maqsadi, vazifalari va
zvenolarini;
- jismoniy madaniyatning maqsadi, uning umumiy vazifalari va nazariy
tamoillari;
- jismoniy tarbiyaning vositalari va uning usulubiy tamoillari;
- xarakatga o‘rgatishning, jismoniy madaniyat ta’limi va tarbiyasi
jarayonining mazmuni, vositalari, jismoniy tarbiya ta’limi uslubiyatlari;
- jismoniy sifatlarni rivojlantirish qonuniyatlari;
- jismoniy mashqlar, ularning mazmuni, tuzilishi texnikasining asosi,
zvenolari va detallarini;
- jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarining mazmuni,
tuzilishi, tashkil etishning shakllari;
- o‘quvchi talaba yoshlar jismoniy tarbiya jarayoni va uni yo‘lga qo‘yish va
bu jarayonni rejalashtirish;
- maktabgacha yoshdagi va umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, o‘quvchi
va yoshlarning jismoniy tarbiyasi mazmuni;
-sport trenirovkasi jarayonining tavsifi, mazmuni, mashg‘ulotlarni tashkillash
metodikasiga oid o‘quv materialini o‘zida mujassamlashtirgan.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_15.png)
![Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy
pedagogikaning ajralmas bir qismi tarzida uning negizini tashkil etuvchi umumiy
qonunlar, tamoillar, uslubiyotlaridan foydalanadi, barcha sport fanlari uchun ham bu
qonunlar, qoidalar mos keladi va o‘ziga xos ma’no kasb etadi.
Jismoniy tarbiya tizimining rivojlanishi jamiyatning moddiy va ma'naviy
darajasi yetarli darajada yuqori bo’lishiga hamda ishlab chiqarish kuchlari va
jamiyatning o’zaro munosabatiga ham bog’liq. Tizimning tashkiliy quvvati, birinchi
navbatda, uning tashkil topishi, hayotda ishlashi va rivojlanishiga, unda davlatning
qay darajada ishtirok etishi hamda jamiyat boshqaruvchi kuchlariga ham bog’liq.
Ibtidoiy ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarning alohida xususiyatlarini
jismoniy tarbiyaning mehnat jarayoni hamda tarbiyaning boshqa turlari bilan
chambarchas aloqasi belgilab beradi. Sinfiy jamiyat vujudga kelguniga qadar
jismoniy tarbiyani rivojlantirishga mehnatdan tashqari harbiy ish ham ta'sir o’tkazdi.
O’rta Osiyo ilm-fani va madaniyati tarixida qomusiy bilimlar sohibi Abu Ali ibn
Sino eng muhim o’rinda turadi. U “Mo’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya
bilan shug’ullanuvchi odam buzilgan holatlar tufayli kelib chiquvchi kasalliklarning
davosiga muhtoj bo’lmaydi” deb bashorat qiladi. Ibn Sino badantarbiya
mashqlarining turlari va ular bilan shug’ullanish tartib qoidalarini ham aniq
ko’rsatadi.
Badantarbiyaning xillari turli bo’lishini quyidagicha ifodalaydi: kichigi va
kattasi, juda kuchliligi, tez va susti, tez va shiddatli, nihoyat sust turlariga bo’lgan.
Xorazmlik shoir va mutafakkir Pahlavon Mahmud (1246-1324) o’z davrida kurash
usullarini yoshlarga o’rgatgan, u bilan muntazam shug’ullanishda o’z hayotini
amaliy jihatdan namuna bo’lib ko’rsatgan. Amir Temur Kesh shahri yaqinidagi
Shahrisabz tumani Xo’jailg’or qishlog’ida Barlos qavmi begi bo’lgan Amir
Tarag’ay xonadonida 1336 yil tavallud topgan. U yoshlik chog’ida harbiy
mashqlarga nihoyatda qiziqqan, feodal urushlarda bevosita qatnashgan va tajribalar
orttirib, mohir sarkarda bo’lgan. Jangchilarni tayyorlashda jismoniy mashqlardan
keng ravishda foydalangan. Bobur yoshligidan ilm fanga, she'riyatga qiziqqan.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_16.png)
![Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (sher) taxallusini olgan.
Hindistonda olib borgan janglarida, askarlarni jangga tayyorlashda jismoniy
mashqlarning rolini ko’rsatgan.
“Yulduzli tunlar” (1990), “Avlodlar dovoni” tarixiy romanlarining muallifi
Pirimqul qodirov faqatgina Bobur hayotini emas, balki o’sha davr madaniyati,
urfodatlarini, jumladan, mashaqqatlarga chidamlilik, jismonan kuchli bo’lishning
afzalliklarini, buning ijtimoiy - tarbiyaviy tomonlarini katta e'tibor bilan tasvirlagan.
Bular hozirgi avlodlar, ayniqsa, yoshlarda Vatan tuyg’usi, unga sadoqat hissini,
jangovorlik ruhini mustahkamlashda, sog’lom avlodni tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi. “Jismoniy tarbiya tarixi” (1963, tarjima) darsligida hozirgi
O’zbekiston, hatto, Markaziy Osiyo hududida yashagan ajdodlarimiz jismoniy
madaniyati, tarbiyasi deyarli tilga olinmagan. Mualliflar R.I.Islomov,
Yu.R.Shailomitskiy qadimgi xalqlarimiz jismoniy madaniyatiga doir materiallarni
to’laqonli aks ettirmaganlar.
Shunday qilib, O’zbekistonning mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya tizimi
vujudga keldi. Shuningdek, jismoniy tarbiya ijtimoiy hayot hodisasi sifatida ijtimoiy
taraqqiyot natijasidir. Respublikada hamma madaniyat sohalarining tez o’sishiga,
qisqa tarixiy vaqt ichida jismoniy tarbiya tizimini yaratilishiga imkoniyat yaratildi.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_17.png)
![Xulosa qilib shuni takidlash lozimki, jismoniy tarbiya tushunchasi
mazmunida, tushunchaning ta’rifi, harakatga o’rgatish, jismoniy mashqlarning
mohiyati, ularni tarbiya jarayonida qo’llash tartibi (ketma-ketligi), tarbiyalash
maqsadida qo’llangan mashqlarni bajarish texnikasini egallash, ularni farqlash,
taqqoslash, bajarishga ongli yondashish, harakatlarini boshqara olish, yuzaga
keladigan to’siqlarni yengish, o’zlashtirilishi lozim bo’lganlariga - tez moslasha
olish chaqqonlik va qat ь iyat namoyish qilishni o’rganish, faol harakatlanishni
odatga aylantirish, mashqlarni organizmga ta’siri, harakatga o’rgatishga oid,
jismoniy bilimlar berishni zaruriyat deb hisoblaymiz.](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_18.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .
1. A. Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild) /
Toshkent / «NAVRO’Z» nashriyoti, 2017. - 392 bet.
2. Abdumalikov R. Eshnazarov J. Jismoniy madaniyat va sport tarixi. O‘quv
qo‘llanma Toshkent 1993 y.
3. Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma
Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 2002 yil.
4. Yunusova Yu.M. Teoriya i metodika fizicheskoy kultur ы . Uchebnoe posobiya
Toshkent UzGoslFK 2007 g. 29
5. Salomov R.S. Sport mashg‘ulotning nazariy asoslari - Toshkent., O‘quv
qo‘llanma O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
6. Mahkamdjanov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent.,
darslik “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.
7. Matveev L.R. Teopii metodika fizicheskogo vospitanie - Uchebnik Mockva
«Fizkul ь tura i sport» - 2005 g. 8. David C. Watt Sports management and
administration © 1998 David C. Watt](/data/documents/5da945eb-f20c-4d60-9b77-a557081cb69b/page_19.png)
MAVZU: JISMONIY TARBIYA NAZARIYASINING YETAKCHI TUSHUNCHALARI. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism 1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tushunchalari 2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. 3. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fani ilmiy va amaliy fan sifatida 4. Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining mazmuni va tuzilishi. 5. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta'limni, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Ta'lim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma'naviyatli komil insonlar qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustivor yo’nalishlaridan hisoblanadi. 1997 yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunda ta'lim tizimining mazmun va mohiyatini isloh qilish, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari hamda ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish nazarda tutilgan. Unda ta'lim tizimini yagona o’quv-ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta'minlash hamda fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har bir shaxsning barobar bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlari ta'minlangan. Hozirgi kunda jahon tarjribasidan ko’rinib turibdiki, ta'lim jarayoniga o’qitishning yangi, zamonaviy usul va vositalari jadal kirib kelmoqda va ulardan samarali foydalanilmoqda. Bizda ham zamonaviy texnologiyalardan ta'lim tizimida samarali foydalanish tizimi talabalarning kelgusida tajribali mutaxassis, o’z kasbining fidoyisi bo’lib yetishishlariga qaratilgan. Mamlakatimizning jismoniy madaniyati ta’limi va tarbiyasi jarayonida jismoniy madaniyat nazariyasi ve metodikasi fani soha kadrlarini tayyorlashda Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib bo‘lajak jismoniy madaniyat bakalavrlarini tayyorlashning kasbiy nazariy, kasbiy amaliy tayyorgarliklarini amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi va uni hal qilish uchun yo‘naltirilgan maqsadli vazifalarni hal qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining asosiy tushunchalari. U yoki bu sohada ishlovchi odamlar o’rtasida bir-birini tushunish va aloqa qilish uchun muvofiq tushunarli apparat zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ham muayyan tushunarli apparatdan foydalanadi, uni tushunish va
o’zlashtirish shu soha mutaxassislarining barchasi uchun majburiydir. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasida atama va tushunchalardan keng ravishda foydalaniladi. Biz faqat eng muhim atamalarni ko’rib chiqamiz, ularni tushunmasdan turib jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanini o’rganish mumkin emas. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya tamoyillari to’g’risidagi tushunchalar muvofiq boblarda ko’rib chiqiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining tushunchalarini ko’pchiligi “Jismoniy” so’zi bilan boshlanadi. Odatda amalga oshiriladigan har qanday harakat faoliyati, bajariladigan ish, jismimiz, vujudimizning ma’lum a’zolari, tanimiz bo’laklarining makon (fazo)dagi joyi, o’rnini almashinuvi orqali sodir bo’ladi va bu “jismoniy” so’zi bilan ifodalanadi. Jismoniy so’zi asosan tana skeleta mushaklari, bo’g’inlarning bog’lovchilarining ishtirokida bajariladigan faoliyatlar - barcha mushaklarning, ularning faqat ayrimlarini yoki bir bo’lagini, birnecha qismlarini birgalashib namayon qiladigan faoliyatlari namayon bo’ladi. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy rivojlanganlik, jismoniy yetuklik, jismoniy kamolot, jismoniy sifatlar, jismoniy tayyorlanganlik, jismoniy harakat, jismoniy mashq, jismoniy tiklanish (rekreatsiya), jismoniy reabilitatsiya va boshqa shunga o’xshash qator tushunchalardagi “jismoniy” so’zi jismimiz, vujudimizning a’zolarini bajargan, namoyon qilayotgan jismoniy faoliyatini ifodalaydi. Qator adabiyotlarda jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport tushunchalarini “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” hamda “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” fanining yetakchi tushunchalari deb xisoblaydilar (A.D.Novikov, L.P.Matveev, B.A.Ashmarin va boshqalar). Qayd qilingan asosiy tushunchalar tarkibidagi “umumiy jismoniy tayyorgarlik”, “kasbiy- jismoniy tayyorgarlik”, “sport tayyorgarligi”, “sport trenirovkasi” va boshqa qator tushunchalar ham jismoniy madaniyat hamda jismoniy tarbiya nazariyasi fanlarining yetakchi tushunchalari tarzida qabul qilingan, qolaversa, ularning tarkibida “umumiy jismoniy rivojlanganlik” va “jismoniy tayyorgarlik”, “maxsus jismoniy
rivojlanganlik” va “maxsus jismoniy tayyorgarlik”, “shug’ullanganlik”, “jismoniy kamolot”, “jismoniy yetuklik”dek boshqa qator tushunchalar mavjud bo’lib ular o’zlarining ilmiy, nazariy asoslariga ega. Jismoniy rivojlanish – bu sog’lomlashtiruvchi jarayon bo’lib, inson organizmining vazifalari va shakllari o’zgarishining asta-sekin qaror topishidir. Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: - rivojlanish darajasining ko’tarilishi, - nisbatan barqarorligi va - inson jismoniy imkoniyatlarining asta-sekin pasayishi. Eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda ta'lim olishning barcha davrlari mobaynida davom etadi. Jismoniy rivojlanish ob'ektiv biologik qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlardan eng muhimi muhit va organizm rivojlanishining birligi qonunidir. O’quvchi bolalarning dam olishini tashkillashtirishi, mustaqil ishlar va mehnatni, o’qish sharoitini hisobga olishi kerak. Bularning hammasi bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadigan omillardir. Jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish iste'dodli bolalarni tanlab olishga imkoniyat yaratadi. Chunki iste'dod nasldan-naslga o’tadi. Shuning uchun yuqori sport natijalariga har qanday o’quvchi ham erisha olmaydi. Biroq har bir shug’ullanuvchi maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotlarga muntazam, vijdonan ishtirok etish sharoitida o’zining jismonan yaxshi rivojlanishini ta'minlashi mumkin, biroq organizm himoyasi va mehnatda munosib muvaffaqiyatlarga erishish uchun sharoitlar yaratish zarur. Bunday rivojlanishga erishish uchun “Jismoniy tarbiya” nomini olgan maxsus yo’naltirilgan va tashkillashtirilgan faoliyatdan foydalaniladi. Jismoniy tarbiya - bu insonni irodaviy, ahloqiy, funksional, morfologik takomillashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, uning maqsadi o’quvchilarni mehnatda va Vatan himoyasida eng yaxshi natijalarga erishishi uchun ko’nikma, malaka va maxsus bilimlar bilan qurollantirishdir.
Jismoniy tarbiyaga tegishli o’ziga xos vazifalardan kelib chiqib, uning jismoniy ta'lim berish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash kabi ikki tomonini qarab chiqish mumkin. Jismoniy tarbiya - mazmuniga kura keng ma’nodagi “tarbiya” deb nomlanadigan umumiy pedagogik tushuncha tarkibiga kiradi va tarbiya jarayonidagi tarbiyaviy, bilim (ta’lim) berish, vazifalarini mutaxassis pedagogning yo’naltiruvchi xizmati asosida ta’lim taomillariga muvofiq yoki o’zini-o’zi tarbiyalash tartibida amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya - inson organizmini morfologiyasi va xizmati jihatidan takomillashtirish, uning hayoti uchun muhim bo’lgan asosiy hayotiy - zaruriy harakat malakalari, ko’nikmalari, ular bilan bog’liq bo’lgan nazariy bilim va amaliy malakalarni shakllantirish hamda harakat sifatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan ko’p yillik pedagogik jarayondir. Harakatga o’rgatish (o’qitish) - o’zining asosiy mazmuniga ko’ra jismoniy bilim (ta’lim) berishni, ya’ni insonni o’z harakatlarini ratsional boshqarishni bilishini, tahlil qilishiga oid nazariy bilimlarga ega qilishni va shu yo’l bilan egallangan bilimlariga asoslanib, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalari zahirasini boyitishni hamda ularga oid nazariy bilimlarga ega qilishni nazarda tutadi (P.F.Lesgaft). Jismoniy tarbiyaning mohiyatiga ko’ra yana boshqa ahamiyatli tomoni organizmning jismoniy sifatlarini maqsadli rivojlantirishga yo’naltirilib, uning tabiiy xususiyatlariga kompleksli ta’sir o’tkazish, me’yoriy jismoniy funktsional yuklamalar bilan jismoniy mashqlar harakat faoliyatlari)ni bajartirish, shuningdek, individ hayotiy rejimi (turmush tartibi)ni optimallash yo’li bilan va tabiatning tashqi muhit sharoitidan rotsional foydlanishni stimullash va boshqarish uchun zarurligidir. Jismoniy bilim - jismoniy mashqlarni, mexnat harakatlarini bajarish, undan foydalanish, lozim bo’lganda hayotiy sharoitda qo’llash mahorati va ko’nikmalariga