logo

NUTK TEXNIKASI VA MADANIYaTI - PEDAGOGIK TEXNIKANING ASSOSIY OMILLARIDAN BIRI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

162.1259765625 KB
 
« NUTK TEXNIKASI VA MADANIYaTI - PEDAGOGIK
TEXNIKANING ASSOSIY OMILLARIDAN BIRI  »
   mavzusidagi
               BITIRUV MALAKAVIY  IShI  BITIRUV  MALAKAVIY   IShINING 
MUNDARIJASI 
Kirish ..............................................................................................................
1 BOB. Pedagogik texnikani shakllantirishning nazariy masalalari.
1.1.     Pedagogik   texnikani   shakllantirishning     ustuvor   yo‘nalishlari.   pedagogik
muammo sifatida. 
1.2.   Pedagogik texnikani shakllantirishda nutq texnikasi va madaniyatining o‘rni.
   
2   BOB.   “Pedagogik   mahorat”   fanidan     ELEKTRON   O‘QUV   MODULI
IShLANMASI
2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus)
2.2. Ma’ruza matni
2.3. Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar.
2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar.
2.5. Fan mavzulari yuzasidan taqdimotlar.
2.6. Xulosa va tavsiyalar Kirish.
Mavzuning   dolzarbligi .   Ijtimoiy-siyosiy   mustaqillikka   erishish
O‘zbekiston   Respublikasi   ijtimoiy   taraqqiyotida   yangi   davrni   boshlab   berdi.   Bu
davrda,   barcha   sohalarda   bo‘lgani   kabi,   ta’lim   va   tarbiya   soxasida   ham   yosh
avlodga   jahon   ta’limi   andozalariga   muvofiq   bilim   berish   va   uni   milliy
qadriyatlarimiz negizida tarbiyalashning ijtimoiy-xuquqiy asoslari ishlab chiqildi. 
Prezidentimiz   I.A.Karimov   “Asosiy   vazifamiz   –   Vatanimiz   taraqqiyoti   va
xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma’ruzalarida shunday
deydilar:   “Biz   farzandlarimizning   nafaqat   jismoniy   va   ma’naviy   sog‘lom   o‘sishi,
balki   ularning   eng   zamonaviy   intellektual   bilimlarga   ega   bo‘lgan,   uyg‘un
rivojlangan   insonlar   bo‘lib,   XXI   asr   talablariga   to‘liq   javob   beradigan   barkamol
avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni
o‘z   oldimizga   maqsad   qilib   qo‘yganmiz.   Ana   shunday   buyuk   vazifalar   va   ularni
amalga   oshirish   uchun   ajratilayotgan   mablag‘lar   haqida   gapirar   ekanmiz,   ertangi
kunimiz   uchun,   bolalarimiz,   farzandlarimizning   baxti   uchun   mehnat   qilish,
fidoyilik   ko‘rsatish   –   bu   barchamizning   muqaddas   burchimizdir,   desam,
o‘ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda qilgan bo‘laman”. 1
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgan hozirgi davrda
shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Endi Davlat va
jamiyat   o‘z   hayotida   yetakchi   mavqeni   egallaydigan   shaxsning   ma’rifiy-madaniy
qiyofasini   shakllantirish,   uni   har   tomonlama   uyg‘un   rivojlantirish   haqida
g‘amxo‘rlik   qilmoqda.   Bu   g‘amxo‘rlik   natijasida   ta’lim   O‘zbekiston
Respublikasining   Davlat   siyosatida   ustuvor   bo‘ldi.   Xuddi   mana   shu   siyosat
natijasida   mustaqil   mamlakatning   ta’lim-tarbiya   tizimini   isloh   qilish   jarayoni
boshlandi.   Bu   jarayon,   birinchi   navbatda,   pedagogika   fanining   tadqiqot   ob’ektini
kengaytirdi.   Ushbu   sohada   mavjud   bo‘lgan   ichki   qarama-qarshiliklarni   bartaraf
etish zaruriyatini qo‘ydi.
Pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri – ta’limning jamiyat hayotida
tutgan o‘rni, uning maqsad va vazifalari, ta’lim darajalari, ta’lim-tarbiyani amalga
1
Каримов   И.А.   Асосий   вазифамиз   –   Ватанимиз   тараққиёти   ва   халқимиз   фаровонлигини
янада юксалтиришдир.  Халқ сўзи. 2010 йил 30 январь, № 21. oshirish   mexanizmlari,   uzluksiz   ta’lim   tizimi   komponentlari,   ta’lim   jarayonining
mazmuni, ta’lim natijasiga qo‘yiladigan talablarning shaxs, Davlat hamda jamiyat
manfaatlari   nuqtai   nazaridan   yondashilgan   holda   ishlab   chiqilishida   namoyon
bo‘ladi.
Ta’limning maqsad va vazifalari, uning mazmunini aniqlaganda, pedagogika
fani,   birinchi   navbatdagi   masalaga   shaxsni   rivojlantirish,   uning   manfaatlarini
Davlat   va   jamiyat   manfaatlari   bilan   uyg‘unlashtirish,   shaxs   faoliyati,
dunyoqarashini   Davlat   va   jamiyatni   rivojlantiruvchi   omil   darajasiga   ko‘tarishga
erishishni   nazarda   tutmog‘i   lozim.   Bunda   ta’limni   shaxs   va   jamiyat   taraqqiyotini
ta’minlovchi mexanizm darajasida asoslash nazarda tutiladi.
Pedagogik   faoliyatda   muloqot   ta’lim   oluvchilarga   zamon   talablari   asosida
ta’lim   berish   vazifalarini   hal   qilish   vositasi,   tarbiyaviy   jarayonlarni   ijtimoiy-
pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi  sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’lim  jarayonida
pedagogik va nutqiy texnika, madaniyat  sohibi  bo‘lishga undaladi, o‘qituvchi  esa
bu   jarayonni   faollashtiruvchisi   sifatida   maydonga   chiqadi,   uni   tashkil   etadi   va
boshqaradi.
Respublikamizning   “Davlat   tili   haqida”gi   Qonuni,   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi
Qonuni,   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   va   boshqa   hujjatlarda   o‘qituvchining
mahoratini   belgilovchi   pedagogik   texnikaga     ham   alohida   e’tibor   berilgan.   Shu
sababli   nutq   texnikasi   va   madaniyatini   o‘z   ichiga   oluvchi   pedagogik   texnikani
shakllantirishni  dolzarb masala deb belgiladik.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
Nutq madaniyati, so‘zlashish odobi haqida buyuk allomalar, mutafakkirlarimizning
fikr-mulohazalari,   asarlari   bizgacha   yetib   kelgan   va   tarbiyaviy   ahamiyatini
hanuzgacha   saqlagan.   Shuningdek,   ma’rifatparvar   yozuvchi-shoirlarimiz,
arboblarimiz   ham   bu   borada   katta   meros   qoldirganlar.   Zamondoshlar   ichida   ham
ushbu   mavzu   ustida   qator   ilmiy   ishlar,   izlanishlar   olib   borilgan.   T.Qudratovning
“Nutq   madaniyati   asoslari”,   .Maxmudovning   “O‘qituvchi   nutqi   madaniyati”, S.Mo‘minovning   “So‘zlashish   san’ati”,   E.Begmatov,   A.Boboevalarning   “O‘zbek
nutqi   madaniyat   “   ocherklari,   N.Maxmudovning   “Ma’rifat   manzillari”   risolasi,
A.Xoliqovning    
“Pedagogik   mahorat”,   X.   Ibragimov,   X.Ibragimov,
Sh.Abdullaevalarning   “Pedagogika”   o‘quv   qo‘llanmalari     shular   jumlasidandir.
Bundan   tashqari   kompetentlik,   kasbiy   kompetentlik,   kommunikativ,   nutqiy
kompetentlik, uni yoshlarda shakllantirish  haqidagi ilmiy tadqiqot natijalari
Rus   olimlaridan   Markova   A.K.,   Golovko   Ye.A.,   Zimnyaya   I.A.,   Zyabkina
I.G. kabilar ham mazkur mavzuni keng yoritib berganlar. (Adabiyotlar ro‘yxatiga
qarang). N. Muslimovning “ Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini
shakllantirish texnologiyasi” monografiyasi, , N. Muslimov, M.Mutalipovalarning
“Bo‘lajak   o‘qituvchilarning   kommunikativ   kompetentligini   shakllantirish
texnologiyasi” metodik qo‘llanmasi ham shular jumlasidandir. 
Tadqiqotning maqsadi:
Bo‘lajak   o‘ qituvchilarda   pedagogik texnika omillaridan nutq texnikasi  va
madaniyatini  shakllantirish uslublarini aniqlash.
Tadqiqotning ilmiy farazi:
Agar  bo‘lajak   o‘ qituvchidagi  pedagogik  texnikani    shakllantirish  uslublari
aniqlansa:           
 -   ta’lim va tarbiyaning birligiga erishiladi;
    -   bo‘lajak   o‘ qituvchining   pedagogik   texnikasi,   muloqot   texnikasi   va   muomala
madaniyati tarbiyasi,  nutqiy kompetentlik samaradorligi ortadi;
  -    bo‘lajak o‘qituvchilarning nutqiy kompetentlik haqidagi bilimlari kengayadi. 
Tadqiqotning   ob’ekti:   Bo‘lajak   o‘ qituvchidagi   nutq   texnikasi   va
madaniyati, pedagogik texnikani  shakllantirish jarayoni.
Tadqiqotning   predmeti:   Bo‘lajak   o‘ qituvchidagi   nutq   texnikasi   va
madaniyati, pedagogik texnikani  shakllantirish mazmuni.
Tadqiqotning vazifalari: 
  1.   Bo‘lajak   o‘ qituvchidagi   pedagogik   texnikani     shakllantirishga   oid   ijtimoiy,
pedagogik va metodik manbalarni tahlil qilish.  2.   Pedagogik   texnikani     pedagogik   mahoratning     muhim   komponenti   sifatida
o‘rganish.
3.     Pedagogik   texnikani     shakllantirishda   nutq   texnikasi   va   madaniyatining   o‘rni
haqida ma’lumot berish.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
- ta’limning tarbiya bilan o‘zaro yaxlitligi asoslandi;
-   bo‘lajak   o‘ qituvchidagi   pedagogik   texnikani         va   nutqiy   kompetentlikni
shakllantirish mazmuni yoritildi; 
- tadqiqot mazmunidan akademik litsey va kasb xunar kolleji o‘qituvchilari,
umumta’lim   maktab   o‘qituvchilari,   magistrlar   va   talabalar   foydalanishlari
mumkin.
1 BOB. Pedagogik texnikani shakllantirishning nazariy masalalari.
1.1.  Pedagogik texnikani shakllantirish   pedagogik muammo sifatida. 
Pedagogik texnika – o‘qituvchining nafaqat ta’lim–tarbiya jarayonida, balki
butun   kasbiy   faoliyatida   zarur   bo‘lgan   umumiy   pedagogik   bilim   va   malakalari
majmuidir.   Pedagogik   texnikaning   muhim   jihatlari   –   bu   avvalo   o‘qituvchining
mahoratini   belgilovchi   kasbiy   ko‘nikmalari   hisoblanadi,   ya’ni   uning   savodli   va
ifodali  so‘zlay   olishi,   o‘z   fikr-mulohazasini   va  bilimini   tushunarli   tilda   ta’sirchan bayon   qilishi,   his-tuyg‘usini   jilovlay   olishi,   o‘zining   shaxsiy   xususiyatlariga   xos
mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli qarash,
rag‘batlantiruvchi   yoki   istehzoli   tabassum,   so‘zning   cheksiz   qudrati   orqali
o‘quvchilar   ongiga   va   tafakkuriga   ta’sir   o‘tkazishi,   hozirjavoblik,   psixologik
bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir. 
O‘qituvchining   pedagogik   texnikasi   qanday   ko‘nikma   va   malakalardan
iborat   ekanligi,   pedagogik   texnika   o‘qituvchining   ta’lim   muassasalarida   ta’lim-
tarbiyaviy   faoliyatini   zamonaviy   talablar   asosida   tashkil   qilishida,   o‘quvchilarga
tarbiyaviy   ta’sir   ko‘rsatishida   qanday   rol   o‘ynaydi   kabi   muammolar   hozirgi
kungacha dunyo olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. 
  Hozirgi   kunda   pedagogik   texnika   tushunchasi   ikkita   guruhga   bo‘lib   o‘rganiladi.
Birinchi   guruh   komponentlari   o‘qituvchining   shaxsiy   axloqiy   fazilatlari   va   xulqi
bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim–tarbiya jarayonida o‘z–o‘zini boshqarish malakalarida (
refleksiya) namoyon bo‘ladi: 
• ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘z   hatti-harakatlarini   boshqarishi,   (mimika,
pantomimika);
• ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli
nojo‘ya ta’sirlarga berilmaslik; 
• mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol)
egaligi;
• nutq  texnikasini   (nafas   olish,   ovozni   boshqarish,   nutq   tempi)   bilishi   va   o‘z
o‘rnida qo‘llay olishi.
Pedagogik   texnikaning   ikkinchi   guruh   komponentlari   o‘qituvchining   shaxs   va
jamoaga   ta’sir   ko‘rsatish   malakalari   bilan   bog‘liq   bo‘lib,   bu   guruh   ta’lim-tarbiya
jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:
• o‘qituvchining   didaktik,   tashkilotchilik,   konstruktiv,   kommunikativ
qobiliyatlari;
• ma’lum   bir   reja   asosida   o‘z   oldiga   qo‘yilgan   talablarning   bajarilishini
nazorat qilishi; • o‘quvchilar   jamoasida   ta’lim-tarbiya   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   ijodiy   faoliyatni
tashkil eta olishi;
• o‘quvchilar   bilan   pedagogik   muloqot   jarayonini   bir   muvozanatda   saqlab
boshqara olishi.
  O‘qituvchining   tarbiyalanuvchi   ob’ektlar   oldida   o‘z   harakatlarini   boshqarishida
aktyorlik   san’atiga   xos   bo‘lgan   xususiyatlari,   ya’ni   mimik   va   pantomimik
qobiliyatlari   muhim   rol   o‘ynaydi.   Aktyor   bir   obrazni   ma’lum   bir   muddatda
tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko‘rinishda sahnada namoyish etsa,
o‘qituvchi   butun   o‘quv   yili   davomida,   har   bir   darsda   yangi   mavzuni   o‘tilgan
mavzular   bilan   bog‘lab,   zamonaviy   integratsion   usullarda   o‘quvchilar   ongiga
yetkazish   uchun   chuqur   tayyorgarlik   ko‘radi,   sinf   jamoasidagi   o‘ziga   xos
pedagogik   va   psixologik   muhitni,   har   bir   o‘quvchining   shaxsiy   xususiyatlarini
e’tiborga olib pedagogik faoliyat ko‘rsatishga majbur. Bunday ulkan mas’uliyatni
yuqori   saviyada   bajarish   uchun   o‘qituvchidan   yuksak   pedagogik   texnik
tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.
Hozirgi   zamon   o‘qituvchisi   pedagogik   mahorat   tizimida   pedagogik   texnikaning
rolini beqiyos deb biladi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika,
pantomimika),   his-tuyg‘ularini   (emotsiyasini)   boshqara   olishi,   ishtiyoq,
qobiliyatlar,   nutq   texnikasini   egallashi   va   ularni   o‘quv   faoliyatida,   o‘qishdan
tashqari ta’lim va tarbiyaviy faoliyatlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
Demak, pedagogik texnika o‘qituvchi kasbiy faoliyatida shunday kasbiy va shaxsiy
malakalar   yig‘indisiki,   u   o‘qituvchining   pedagogik   faoliyatiga   ta’sir   ko‘rsatishi,
ta’lim-tarbiya   jarayonini   tashkil   qilish   va   boshqarish   ishlarida   asosiy   yo‘l
ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi.
Olimlarning fikriga ko‘ra o‘qituvchi professiogrammasi o‘qituvchiga qo‘yiladigan
maxsus   talablarni   o‘z   ichiga   oladi   hamda   har   bir   fan   o‘qituvchisining   alohida
ixtisoslashgan   xarakteristikasini   belgilab   beradi.   Jumladan,   ular   umumta’lim
maktablarida   pedagogik   faoliyat   olib   boradigan   “O‘qituvchi-murabbiy
professiogrammasi”da   quyidagi   hislatlar,   ya’ni   “Pedagogik   texnika”   malakalari
mujassamlashgan bo‘lishini ta’kidlaydilar: 1) O‘qituvchining   shaxsiy   hislatlari:   bolalarni   sevishi,   kamtarligi,   dilkashligi,
mehnatsevarligi.
2) Kasbiga xos bilimi: ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik
va   psixologik   bilim   asoslarini   egallashi,   o‘quvchilarning   yosh   xususiyatlariga
asosan   psixologik   imkoniyatlarini   anglashi,   tarbiyaviy   ta’sir   etishning   samarali
usullaridan   oqilona   foydalana   olishi,   ota-onalar   va   jamoatchilik   bilan   olib
boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.
3) Kasbiga   xos   hislatlari:   milliy   mafkura,   umuminsoniy   qadriyatlar,   milliy
an’ana   va   urf-odatlarning   asl   mohiyatini   tushunishi,   kuzatuvchanligi,   pedagogik
qobiliyatga   egaligi,o‘zini   qo‘lga   ola   bilishi,   o‘zini   anglay   olishi,   pedagogik   takt,
nutqiy madaniyati.
4) Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg‘ulotlarida zarur materiallarni
tanlay   olishi,   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatini   boshqarishi,   ta’lim-tarbiya
jarayonini istiqbolli rejalashtirishi, o‘quvchilar jamosini boshqara olishi.
5) Tashkilotchilik   malakalari:   o‘quvchilar   jamoasini   uyushtira   bilishi,   turli
vaziyatlarda   ham   o‘quvchilar   jamoasini   boshqarishi,   amaliy   muammolarni   hal
etishda uddaburonligini namoyish eta olishi.
6) Kommunikativ   malakalari:   o‘quvchilarni   o‘ziga   jalb   etishni   bilishi,
o‘quvchilar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik muloqotlarni tashkil
qilishi,   o‘quvchilarning   jamoada   o‘zaro   munosabatlarida   bir   xil   muvozanatni
tartibga solishi.
7) Gnostik   malakalari:   o‘quvchilarning   asab   psixik   taraqqiyoti   darajasini
aniqlay olishi, o‘z pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz
o‘qituvchilar mahoratini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganib borishi, psixologik va
pedagogik   adabiyotlardan   to‘g‘ri   foydalana   bilishi,   o‘quvchilar   xulq-atvorini
mukammal o‘rganishi.
8) Ijodiy   hislatlari:   o‘z   pedagogik   mahoratini   doimiy   takomillashtirib   borishi,
o‘quvchilarni   tarbiyalashda   o‘z   dasturini   ishlab   chiqishi   va   uni   muvaffaqiyatli
amalga   oshirishi,   o‘quvchilar   nazari   bilan   voqelikni   tahlil   qilish   qobiliyati,
o‘quvchilarga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra olishga intilishi.   Psixolog   olimlarning   fikricha,   ushbu   professiogramma   yosh   o‘qituvchilarga
o‘zlarining kelgusida o‘qituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab, kasbiy
mahoratlarini   takomillashtirib   borishlariga   yordam   beradi.   Demak,   o‘qituvchi
professiogrammasi ham pedagogik texnikani egallashning muhim xususiyatlaridan
biri  bo‘lib, o‘qituvchining o‘z kasbiy texnikasini  mukammal  egallab, rivojlantirib
borishiga   va   o‘z   kasbiy   faoliyatidan   qanoatlanishni   his   etishga   olib   keladi.
Bularning   barchasi   o‘qituvchining   tinimsiz   pedagogik   mehnati   tufayli   yuzaga
keladi.   O‘qituvchining   pedagogik   texnikasi   –   pedagogik   faoliyatining   tashkiliy
shakli bo‘lib, qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, behad uzoq ijodiy izlanishlar va azob
uqubatli   kechinmalar,   tinimsiz   pedagogik   faoliyat,   o‘qituvchining   fahm-farosati,
bilimi   va   mahorati   bilan   amalga   oshiriladigan   qizg‘in   ijodiy   mehnatining
mahsulidir. 
O‘qituvchining   tashqi   ko‘rinishi   pedagogik   texnikasini   namoyon   etuvchi   muhim
xususiyatlaridan   biridir.   Har   qanday   insonning   tashqi   ko‘rinishi   atrofdagilarga
estetik   ma’no   va   zavq   kasb   etib,   doimiy   e’tiborda   bo‘lishini   unutmaslik   kerak.
O‘qituvchining   tashqi   ko‘rinishini   asosan   namoyish   etuvchi   muhim   hususiyatlari
uning   chehrasidagi   mehribonlik,   jiddiylik,   yurishida   bosiqlik,   tabiiylikdir.
O‘qituvchi   sinfga   kirishi   bilan   so‘zsiz   o‘quvchilar   e’tiborida   bo‘ladi,   ular   bilan
muloqotga kirishadi. 
Sinf   sahnasida   bajarilayotgan   uning   xoh   ijobiy,   xoh   salbiy   hatti-harakatlari
o‘quvchilarga   ta’sir   o‘tkaza   boshlaydi.   Ayniqsa,   yosh   o‘qituvchi   ilk   bor   darsga
kirishidan   oldin   his-hayajonini,   qo‘rquvini   yengishi,   o‘zini   erkin   tutishi,   birinchi
dars   paytida   sodir   bo‘lishi   mumkin   bo‘lgan   har   qanday   muvaffaqiyatsizlikdan
o‘zini yo‘qotmasligi lozim. 
  O‘qituvchining   tashqi   ko‘rinishida,   pedagogik   texnikasi   tizimidagi   mimik,
pantomimik   holatlar   muhim   ahamiyatga   ega.   O‘qituvchining   hatti-   harakatini
bevosita   namoyish   etuvchi   mimik   va   pantomimik   ifodasi,   o‘qituvchining   imo-
ishorasida,   ma’noli   qarashlarida,   rag‘batlantiruvchi   yoki   istehzoli   tabassumida
namoyon  bo‘ladi  va   ular  o‘qituvchi-tarbiyachining  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatishida,
mashg‘ulotlarni samarali va mazmunli o‘tishida puxta zamin tayyorlab beradi.   MIMIKA   -   bu   o‘z   fikrlarini,   kayfiyatini,   holatini,   hissiyotini   qosh,   ko‘z   va   yuz
muskullarining harakati bilan bayon qilish san’atidir. Ba’zan yuzning va nigohning
ifodasi o‘quvchilarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
 Mimik harakatlar, ifodalar ma’lumotlarning hissiy ahamiyatini kuchaytirib, ularni
chuqur   o‘zlashtirish   imkoniyatini   beradi.   O‘quvchilar   o‘qituvchiga   qarab   uning
kayfiyatini,   munosabatini   tezda   «uqib»   oladilar.   Shuning   uchun   uydagi   ba’zi
noxushliklar, hissiyotga berilish, g‘am va tashvishning o‘qituvchi yuzida va mimik
belgilarida   ifodalanishi   mumkin   emas.   Chunki   ushbu   noxushliklar   o‘quvchining
dars   mashg‘ulotlarini   bajarishida   o‘zining   salbiy   ta’sirini   ko‘rsatadi.
O‘qituvchining   yuz   ifodasida,   mimik   belgilarida   faqat   dars   mashg‘ulotlariga   xos
bo‘lgan,   o‘quvchilarga   ta’lim   va   tarbiyaviy   topshiriqlarni   yechishga   yordam   bera
oladigan ko‘rinishlarni ifodalash lozim.
  O‘qituvchining   yuz   ifodasi,   nutqi,   talabalar   bilan   o‘zaro   munosabati   uning
individual   xarakteriga   mos   bo‘lishi   kerak.   O‘qituvchi   yuz   ko‘rinishidagi   mimik
ifoda,   ta’lim-tarbiya   qonuniyatlariga   mos   ishonch,   ma’qullash,   ta’qiqlash,
norozilik,   quvonch,   faxrlanish,   qiziquvchanlik,   befarqlik,   ikkilanish   kabi
xususiyatlarni   ifodalashi   mumkin.   Bunda   ovozdagi   turli   o‘zgarishlar,   nutqning
tushunarli   bayon   etilishi   muhim   ahamiyatga   ega.   Mimik   ifodaning   asosiy
belgilarini namoyish etishda qosh, ko‘z, yuz ko‘rinishi ishtirok etadi. 
Qosh,   ko‘z,   yuz   o‘quvchilar   javobidan   qoniqish,   xursand   bo‘lish,   faxrlanish   yoki
e’tirof,   norozilik,   qoniqmaslik,   xafa   bo‘lish   va   boshqa   belgilarni   ifodalash   bilan
birga,   o‘quvchilar   diqqatini   bo‘lmasdan,   boshqalarga   xalaqit   bermasdan   ta’lim-
tarbiya   ishlarini   samarali   olib   borishga   ham   yordam   beradi.   Shuni   alohida   qayd
qilib   o‘tish   joizki,   mimik   ifodalar   o‘qituvchining   xarakterini,   ichki   dunyosini,
ma’naviyatini,   pedagogik   faoliyatining   individual   xususiyatlarini   bekamu   ko‘st
namoyish   etadi.   O‘qituvchining   mimikasi   ifodalangan   nigohi   talabalarga,   yoki
ayrim   talabaga   qaratilgan   bo‘ladi.   Doskaga,   eshikka,   derazaga,   ko‘rgazmali
qurollarga   yoki   devorga   nigoh   tashlab   mimik   ifodalarni   namoyish   qilish   aslo
mumkin emas.   PANTOMIMIKA   –   bu   gavda,   qo‘l,   oyoq   harakatini   tartibga   soluvchi   uslubdir.
O‘qituvchining   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatida   o‘quvchilar   bilan   muloqoti   muhim
ahamiyat   kasb   etishi   barchaga   ma’lum.   Biroq   o‘quvchilar   bilan   muloqotda
o‘qituvchining   pantomimikasi,   ya’ni,   gavda,   qo‘l,   oyoq   harakati   to‘g‘ri
ifodalanmasa,   ta’lim-tarbiyaga   asoslangan   muloqot   natija   bermasligi   mumkin.
O‘qituvchi   o‘z   gavdasi,   qo‘li,   oyoq   harakatlarining   holati   orqali   har   qanday
pedagogik   ma’lumotlarning   obrazini   “chiza”   olsa,   o‘quvchilar   bundan
zavqlanadilar,   ular   ichki   his-tuyg‘ulari,   tashqi   hissiyotlari   bilan   qo‘shilib   butun
ongini   o‘quv   materiallari   mazmunini   o‘zlashtirishga   qaratadilar.   Pantomimika
gavdani   rost   tutib   yura   bilish,   qo‘l   va   oyoq   harakatlarining   bir   biriga   mosligi,
fikrlarini aniq va to‘liq bayon qila turib qo‘lini, boshini turli harakatlarda ifodalash
o‘qituvchining   o‘z   bilimiga,   kuchiga   ishonchini   bildiradi.   Shuning   uchun
o‘qituvchining   talabalar   oldida   o‘zini   tuta   bilish   holatini   tarbiyalashi   lozim.
(oyoqlari   12-15   sm.   kenglikda,   bir   oyoq   sal   oldinga   surilgan   holda   turish).
O‘qituvchining   yurishi,   qo‘l   va   oyoq   orqali   imo-ishoralari   ortiqcha   harakatlardan
holi   bo‘lishi   kerak.   Masalan:   auditoriyada   orqaga   oldinga   tez   tez   yurish,   qo‘llari
bilan turli imo-ishoralar qilish, boshini uyoq-buyoqqa tashlash va hokazo. Bunday
holatlar   dars   davomida   o‘quvchilarning   e’tiborini   bo‘lib,   g‘ashini   keltiradi   va
o‘rganilayotgan fanga, o‘qituvchiga nisbatan hurmatsizlik kayfiyatini uyg‘otadi.
O‘qituvchi   mashg‘ulot   o‘tish   jarayonida   faqat   oldinga   yurishi   tavsiya   qilinadi.   U
yondan,   bu   yonga   yurish   talabalar   fikrini   bo‘ladi.   Old   tomonga   yurayotganida
o‘qituvchi   muhim   voqealarni   bayon   qilishi   mumkin,   chunki   bunda   talabalar
o‘qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo‘ladilar. 
O‘qituvchining pantomimik harakatlari tizimida o‘z hissiy holatini boshqara olishi
muhim   ahamiyatga   ega.   O‘qituvchi   o‘quvchilar   bilan   muloqot   jarayonida   qizg‘in
kuzatuv ostida bo‘ladi. Uning kayfiyatidagi o‘zgarishlar pantomimik harakatlarida
namoyon   bo‘ladi.   Shu   tufayli   o‘quvchilarga   ta’lim-tarbiyaviy   ta’sir   ko‘rsatish
jarayonida   (darsda,   darsdan   tashqari   mashg‘ulotlar   paytida,   tarbiyaviy   ishlar
jarayonida)   o‘z   hissiyotini   boshqara   olishi,   jiddiy   bo‘lishi,   umidbaxshlik,
xayrixohlik  kayfiyatida  bo‘la olish  qobiliyatlariga ega  bo‘lishi  zarur. Pantomimik harakatlar tizimi o‘qituvchiga birdaniga paydo bo‘ladigan ko‘nikma emas. Buning
uchun   o‘qituvchi   o‘z   ustida   tinimsiz   ishlashi,   ilk   pedagogik   faoliyati   davrida
kamchiliklarini   tezda   topib   bartaraf   eta   olishi   darkor.   Chunki,   yillar   davomida
o‘qituvchi   o‘zining   har   bir   harakatiga   moslashib   uni   odat   qilib   olishi   mumkin.
Mukammal pantomimik malakalarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z-o‘zini nazorat qila
oladi,   ko‘p   yillik   faoliyati   davomida   sog‘lom   asab   tizimini   o‘zida   tarbiyalab
asabiylashishdan,   hissiy   va   aqliy   zo‘riqishlardan   o‘zini   saqlay   oladi.   Pantomimik
harakatlarda   o‘z   hissiy   holatini   nazorat   qilishda   o‘qituvchi   quyidagi   faoliyatlarga
jiddiy e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir:
- sport bilan muntazam shug‘ullanib borish;
- yoshlar psixologiyasiga oid bilimlarni doimiy o‘rganib borishi;
- o‘quvchilarga nisbatan xayrixohlik va optimizmga ega bo‘lishi;
- o‘z harakatini nazorat qilishi (muskul zo‘riqishini, qo‘l, oyoq va bosh 
  harakatini, nutq tempini bir maromda saqlashda nafas olishini 
  tartibga solish);
- madaniy hordiqni to‘g‘ri uyushtirishi (dam olishi, o‘z sog‘ligiga doimiy 
  e’tibor, lirika, musiqa, yumoristik hajviyalarni sevib o‘qiy olish); 
- o‘z- o‘ziga tanqidiy ta’sir ko‘rsatish.
  O‘qitish   samaradorligini   oshirish   va   ijobiy   tarbiyaviy   ta’sir   ko‘rsatish   uchun
o‘qituvchining   harakatlarida   aktyorlik   va   rejissyorlik   malakalari   ham
mujassamlashgan   bo‘lishi   lozim.   Xususan,   gumanitar   fanlar   o‘qituvchilari
aktyorlik   qobiliyatiga   ega   bo‘lishlari   lozim.   Ma’lum   mavzular,   obrazlar,   tarixiy
qahramonlar   haqida   so‘zlaganda   aktyorlik,   rejissyorlik   malakalari   zarur.   Ular
o‘qituvchiga   o‘quvchilarning   his-tuyg‘ulariga   ta’sir   ko‘rsatishda,   mavzu
qahramonlariga   nisbatan   hissiy-qadriyatli   munosabatda   bo‘lish   tajribasini
o‘zlashtirishiga yordamlashadi.
  Pedagogik   texnika   malakalari   o‘qituvchining   maxsus   fanlar   bo‘yicha   bilimlarni
egallash,   pedagogik   mahoratini   takomillashtirishga   intilish,   o‘z   kasbiga   qiziqish,
burch hamda mas’uliyatni his qilish asosida  oshiriladi. Va ular yoshlarni o‘qitish, tarbiyalash,   tashkil   qilish,   targ‘ibot   qilish,   mustaqil   bilim   olish   ishlariga   yordam
beradi.
 O‘qituvchining tashqi ko‘rinishida nutq texnikasi, his-tuyg‘ularini boshqara olish,
mimik   va   pantomimik   malakalar   bir   qolipda   mukammal   olib   borilganda
ko‘zlangan   maqsadga   albatta   erishiladi.   Bunda   so‘z,   gap   ohangi,   qarash,   imo-
ishoralar,   kutilmagan   pedagogik   vaziyatlarda   uddaburonlik,   osoyishtalik   bilan
ziddiyatdan   chiqish,   voqelikni   oldindan   ko‘ra   olish   va   adolatli   tahlil   qilishga
asoslanish   maqsadga   muvofiqdir.   Bu   xususiyatlar   o‘qituvchining   shaxsiy,
individual   psixik,   fiziologik   fazilatlari   asosida   tarkib   topadi.   Pantomimik
harakatlarni   boshqarishda   ham   o‘qituvchining   individual   pedagogik   texnikasi,
yoshi,   jinsi,   mijozi,   fe’l-atvori,   sihat-salomatligi   va   anatomik-fiziologik
xususiyatlari muhim ahamiyatga ega.
  O‘qituvchi   avvalo   tarbiyachi   sifatida   o‘zida   yuqoridagi   malakalarni
shakllantirishi,   ularning   mazmunini   chuqur   o‘zlashtirib,   pedagogik   texnikani
egallashning   imkoniyatlaridan   foydalanishi   kerak.   Shunda   u   o‘qituvchini
pedagogik mahorat sari yetaklaydi. Shunday qilib, o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi
ham   pedagogik   texnikaning   muhim   xususiyatlaridan   biri   bo‘lib   –
tarbiyalanuvchilarga   ko‘rib,   eshitib   turgan   narsalarini   erkin   fikrlash   orqali,   o‘z
mulohazalarini   mustaqil,   cho‘chimasdan   o‘qituvchiga   yetkazish   imkoniyatini
beradi.   “Tarbiyachi   tashkil   etishni,   yurishni,   hazillashishni,   quvnoq   yoki   jahldor
bo‘lishni   bilishi   lozim,   u   o‘zini   shunday   tutishi   kerakki,   uning   har   bir   harakati,
yurish-turishi,   kiyinishi   bolalarni   tarbiyalasin”   –   deb   yozgan   edi   taniqli   pedagog
A.S. Makarenko.
Mamlakatimizda   ta’lim-tarbiya   sohasida   olib   borilayotgan   islohotlarning   yuksak
natijalari   bevosita   o‘qituvchining   qizg‘in   mehnati   samarasiga   bog‘liq.
Vatanimizning   porloq   kelajagi   uchun   yosh   avlodni   har   tomonlama   yetuk,   komil
inson   qilib   voyaga   yetkazishda   o‘qituvchining   kasbiy   bilimi,   faoliyat   texnikasi
mutlaqo   yangilanib,   hozirgi   zamon   talablariga   javob   bera   oladigan   darajada
bo‘lishi kerak. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
talablariga   muvofiq   o‘qituvchi   o‘zining   ta’lim-tarbiyaviy   faoliyatida   milliy- madaniy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   ustuvorligiga   doimo   e’tibor   berib   kelishi
lozim.
O‘qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini
mukammal   takomillashtirgan   holda   o‘z   mahoratini   oshirish   uchun   quyidagi
jarayonlarni bilishi lozim:
1.   O‘qituvchi   o‘zlashtirishi   lozim   bo‘lgan   pedagogik   texnikaning   muhim   tarkibiy
qismlaridan   biri   uning   nutq   texnikasidir   (Nutq   tempi,   diksiyasi,   tovush   ohangini
baland, o‘rta, past qila olishi va hokazo).
  Dars   jarayonida   o‘quv   materiallarini   idrok   qilishda   o‘qituvchining   nutqi   muhim
rol   o‘ynaydi.   Olimlarning   fikricha,   o‘quvchilar   tomonidan   1/2   foiz   o‘quv
materialini   tafakkur   orqali   idrok   qilish   va   o‘zlashtirish   o‘qituvchining   nutqiga   va
uning   so‘zlarni   to‘g‘ri   talaffuz   qilishiga   bog‘liq.   O‘quvchilar   o‘qituvchining
nutqini   nihoyatda   kuzatuvchanlik   va   qiziqish   bilan   tinglaydilar.   Past   ohangda
gapiradigan   o‘qituvchining   darsi     o‘quvchilar   uchun   zerikarli   bo‘ladi,   nihoyatda
baland   gapirish,   oddiy   suhbat   chog‘ida   ovozni   baland   qilib   so‘zlashish
o‘quvchilarni   darsdan   bezdiradi   va   charchatadi.   O‘quvchilarning   bunday
o‘qituvchi   ta’limidan   ko‘ngillari   soviydi.   Shuning   uchun   o‘qituvchi   savodli
gapirishi, o‘z nutqini chiroyli va tushunarli, ta’sirchan qilib bayon qilishi, o‘z fikr
va his-tuyg‘ularini so‘zda aniq ifodalash malakalariga ega bo‘lishi lozim.
  Chiroyli,   savodli,   ta’sirchan   gapiruvchi   o‘qituvchilarning   fikrlari   o‘quvchilar
ongiga   tez   yetib   boradi,   o‘quv   materiallarini   o‘zlashtirib   olishiga   katta   imkoniyat
yaratadi,   o‘quvchilar   bunday   o‘qituvchilarning   darslarini   toqatsizlik   bilan
kutadilar.   O‘qituvchilar   o‘z   nutqlari   ustida   tinimsiz   ishlashlari,   so‘zlarning
chiroyli,   ma’noli,   ta’sirchan   bo‘lishi   ustida   mashq   qilishlari,   ovoz   diapazonlari
kuchi,   nutq   tembrining   harakatchanligi,   diksiyasini   doimo   mashq   qilib   borishlari
lozim.
  Ovoz   diapazoni   chegarasi   baland   yoki   past   gapirish   toni   bilan   belgilanadi.
Diapazonning   qisqarishi   tovushning   past   tonligiga   olib   keladi.   Past   ohangda
so‘zlashish o‘qituvchining idrokini bo‘shashtiradi va susaytiradi.   O‘qituvchi   tovush   diapazonini,   uning   tembri   bilan   bog‘lab   ishlatsa,   gaplari
chiroyli,   mayin,   jozibali   chiqib,   tinglovchilarni   o‘ziga   jalb   etadi   va   o‘quv
materiallari mazmuni yanada yaxshi idrok qilinadi.
 O‘qituvchining ovozida so‘zlarni aniq, to‘g‘ri, tiniq eshitilarli va tushunarli bayon
qilishida   namoyon   bo‘ladi.   To‘g‘ri   va   mukammal   ovoz   diksiyasiga   ega   bo‘lgan
o‘qituvchi   so‘zlarni   ifodali   bayon   qiladi.   Ifodali   gapirishda   til,   lab,   kichik   tilcha,
pastki   jag‘   ishtirok   etadi.   O‘qituvchi   ifodali   gapirishi,   so‘zlarni   talaffuz   qilishi
uchun   yuqoridagi   organlarni   doimo   mashq   qildirishi   lozim.   Shunday   qilib,
pedagogik texnikada nutq malakalari muhim ahamiyat kashf etar ekan, o‘qituvchi
doimo   gapirish   tempi,   ritmi,   diksiyasi,   ovoz   kuchi,   diapazoni,   harakatchanligi
ustida mashq qilishi zarur, ushbu jarayon alohida bir faslda ko‘rib chiqiladi.
2.   Pedagogik   texnika   malakalarini   mukammal   egallash   uchun   avvalo,   o‘qituvchi
o‘z   fanini,   o‘qitadigan   predmetining   boshqa   fanlar   bilan   o‘zaro   aloqadorlikda
bilishi, pedagogik va axborot texnologiyalarini, pedagogika va psixologiya fanlari
asoslarini   davr   taraqqiyoti   darajasida   bilishi,   kasbiy   jihatdan   o‘z-o‘zini   tarbiyalay
oladigan   bo‘lishi   zarur.   Chunki   pedagogik   texnika   o‘qituvchining   individual
shaxsiy   xususiyatlariga   ham   bog‘liq.   Har   bir   o‘qituvchi   o‘z   tafakkuriga,   fikrlash
qobiliyatiga, o‘zining kasbiy yo‘nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak.
Bu yo‘nalish va laboratoriyani o‘qituvchining o‘zi mustaqil fikr yuritish, mustaqil
bilim   olish,   pedagogik   mahoratini   oshirib   borish   orqali   qo‘lga   kiritadi   va   mohir
o‘qituvchiga xos fazilatlarni tarbiyalaydi hamda kasbiy ideal sari harakat qiladi.
3. Pedagogik texnika sirlarini mukammal bilish o‘qituvchining tashkiliy - metodik
malakalarni   egallashiga   ham   bog‘liq.   Bu   malakalar   zarur   bilimlar   bo‘yicha
ma’ruzalarni   tinglash,   maxsus   adabiyotlarni   o‘qish   orqali   qo‘lga   kiritiladi.
Tashkiliy-metodik   malakalar   aytilgan   yo‘l-yo‘riqlar,   ko‘rsatmalarni   o‘zining
individual   kasbiy   tajribasida   sinab,   ko‘nikma   hosil   qilsa   maqsadga   muvofiq
bo‘ladi. 
Tashkiliy-metodik   malakalarning   individual   xususiyatlari,   jamoa   va   guruh   bo‘lib
ishlash,   o‘qish,   faoliyat   ko‘rsatish   asosida   qurilgani   ma’qul.   Chunki   guruh   yoki
jamoa   bo‘lib   o‘qish,   ishlash   har   bir   o‘qituvchiga   refleksiv   qobiliyatlari   asosida, o‘zini   boshqalar   ko‘zi   bilan   ko‘rishni   va   baho   berishni,   faoliyatidagi   nuqsonlarni
seza  bilishni,  muomala  va hulq-atvorning  yangi  shakllarini   izlab  topish  va  sinash
imkoniyatini   beradi.   Bu   esa   o‘z-o‘zini   bilish,   o‘z-o‘zini   tarbiyalash   uchun   asos
bo‘ladi   va   pedagogik   vazifalarning   yangi   usullarini   tekshirib   ko‘rish,   nazariy
masalalarini   hal   qilish   uchun   tajriba   maydonini   tashkil   qilishga   zamin   yaratadi.
Demak,   tashkiliy   -   metodik   malakalarni   egallashda   guruh,   jamoa   faoliyati,
mashg‘ulotlar pedagogik texnika asoslarini egallash imkoniyatini beradi.
  4.   Pedagogik   texnikani   bir   maromda   egallashda,   har   bir   o‘qituvchining   o‘z
individual   dasturini   ishlab   chiqishi   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Bunday   dasturni
tuzishdan   oldin   o‘qituvchi   o‘zida   pedagogik   texnika   malakalarini
shakllanganligining   boshlang‘ich   darajasini   aniqlab   olish   zarur.   Ya’ni,
o‘qituvchining   dastlabki   o‘quv-tarbiya   ishlaridagi   natijalarida,   nutq
madaniyatining   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘ri   qo‘yilishida,   harakatidagi   mimik   va
pantomimik holatlarda ro‘y beradigan nuqsonlar e’tirof etiladi. Bunda natija yaxshi
bo‘lsa, kelajakda pedagogik texnikani egallash ancha oson bo‘ladi. 
Ushbu faoliyat natijasida ko‘nikma va malakalar yanada rivojlantiriladi. Individual
dastur   pedagogik   texnika   malakalarining   yetishmaydigan   jihatlarini   to‘ldirish
uchun   xizmat   qiladi.   Bu   dastur   ma’lum   mashqlar   yoki   mashqlar   majmuini   o‘z
ichiga oladi.
  5.   Shuni   ham   unutmaslik   lozimki,   pedagogik   texnikani   namoyish   etishda
o‘qituvchining   umumiy   madaniyati,   ma’naviy   va   estetik   dunyoqarashi   muhim
o‘rin   tutadi.   Agar   o‘qituvchining   tashqi   ko‘rinishi   qashshoq,   so‘zlarni   talaffuz
qilish qobiliyati past, estetik jihatdan omi, bo‘lar bo‘lmas voqealarga nisbatan o‘z
hissiyotiga   erk   beradigan   bo‘lsa,   tarbiyalanuvchilarning   e’tiqodiga,   aql-idrokiga,
bilish   va   anglash   tafakkuriga   salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Demak,   o‘qituvchi   o‘zidagi
ana shu nuqsonlarni qayta tarbiyalashi lozim. 
  Ta’kidlash   joizki,   pedagogik   texnikaning   ko‘nikma   va   malakalarini   egallash
yo‘llari   to‘g‘risida   bildirilgan   fikrlarga   e’tibor   bermaslik,   pedagogik   faoliyat
jarayonida   ularning   beqiyos   ahamiyatiga   yetarlicha   baho   bermaslik,   shuningdek,
pedagogik   texnika   malakalarini   tanqidiy,   har   bir   o‘qituvchining   individual xususiyatlarini  hisobga   olmay  ish  yuritish  pedagogik  mahoratni  egallashga  salbiy
ta’sir   ko‘rsatadi   va   o‘quv-tarbiya   jarayonida   o‘qituvchining   ta’lim-tarbiyaviy
faoliyatida nuqsonlarning ko‘payishiga olib keladi.
  Pedagogik   texnikani   egallashning   asosiy   yo‘llari   o‘qituvchining   malaka   oshirish
kurslariga   ishtiroki,   ustoz   murabbiylar   rahbarligidagi   mashg‘ulotlar   (ulardan
pedagogik   texnika   sirlarini   o‘rganish)   va   mustaqil   (kasbiy   jihatdan   o‘z-o‘zini
tarbiyalash)   ishlashdir.   Pedagogik   texnika   ko‘nikma   va   malakalarini   egallash
individual-shaxsiy   salohiyat   ekanligini   hisobga   olib,   pedagogik   texnikani
egallashda  va  uni  takomillashtirishda  kasbiy  jihatdan  o‘z-o‘zini  tarbiyalash,  ya’ni
talabalik   yillarida   o‘zida   mohir   o‘qituvchining   shaxsiy   fazilatlarini   va   kasbiy
malakalarini   shakllantirishga   qaratilgan   faoliyat   yetakchi   rol   o‘ynaydi,   deb  aytish
mumkin.   Kasbiy   ideal   sari   intilishda   bu   harakat   pedagogik   texnikani   egallashda
muhim rol o‘ynaydi.
  Tashkiliy-metodik   jihatdan   pedagogik   texnika   mashg‘ulotlari   individual,   guruh
yoki ketma-ketlikda o‘tkaziladi. Masalan, zarur bilimlar ma’ruzalarda yoki tegishli
adabiyotlarni   mustaqil   o‘qish   asosida,   integratsion   bilimlarni   egallash,   portal,
kompyuter   texnologiyalari   yordamida   egallanishi   mumkin.   Avtomatlashtirishga
doir   ayrim   oddiy   harakatlar   (turli   artikulyatsiya,   fonatsion   nafas   olish   usullari,
relaksatsiya usullari va shu kabilar) o‘qituvchi tomonidan muntazam mashg‘ulotlar
asosida   egallanadi.   Tegishli   ko‘nikmalarni   ishlab   chiqish,   individual   ishlashni
dastlab   o‘qituvchining   nazorati   va   rahbarligida,   keyin   esa   mustaqil   ishlash   talab
qiladi.
  Pedagogik   texnika   malakalarini   shakllantirishda   o‘qituvchining   jamoada   faoliyat
olib   borishi   va   mashg‘ulotlarda   o‘z-o‘zini   nazorat   qilishi   alohida   rol   o‘ynaydi.
Pedagogik   texnika   mashg‘ulotlarining   bu   shaklini   ancha   batafsilroq   ochib   berish
maqsadga   muvofiqdir,   chunki   u   hozirga   qadar   o‘qituvchilar   uchun   mo‘ljallangan
o‘quv va metodik adabiyotlarda ma’lum darajada ko‘rsatib berilmagan. 
Har   qanday   jamoada,   xoh   o‘qituvchilar,   xoh   o‘quvchilar   jamoasi   bo‘lsin,
o‘qituvchi   ular   oldida   o‘zini   boshqa   kishilar   ko‘zi   bilan   ko‘rishi,   hulq-atvor   va
muomalaning yangi shakllarini izlashi va sinab ko‘rishi, o‘zining jamoa bilan birga bajaradigan   ishi   xususiyatlarini   anglashi   va   pedagogik   faoliyatining   individual
uslublarini   ongli   ravishda   shakllantirish   imkoniyati   paydo   bo‘ladi.   Jamoa
shaxsning   o‘z-o‘zini   bilishi   va   o‘z-o‘zini   tarbiyalash   laboratoriyasi,   pedagogik
vazifalarni  hal  qilishning   yangi   usullarini   tekshirib  ko‘radigan,  nazariy  va  amaliy
masalalar, turli muammolar muhokama qilinadigan tajriba maydoni bo‘lib qolishi
mumkin.
Psixologlar pedagogik texnikaning keng imkoniyatlarini jamoa bo‘lib o‘rganishni,
o‘qituvchilar   orasida   bunday   jamoalarning   eng   qulay   miqdorini   10–14   kishidan
iborat   etib   belgilashni   ta’kidlab   o‘tadilar.   Qatnashchilarning   xuddi   shunday
miqdori ulardan har birining boshqa o‘qituvchilar bilan birga faoliyat olib borishda
individual   psixologik   muammolarini   juda   to‘liq   ravishda   aniqlab   hal   etish,
refleksiv   va   empatik   darajasini   jiddiy   oshirish,   kasbiy   pedagogik   fahm-farosatini
rivojlantirish,   boshqalarga   ta’sir   etish   vositalarining   kengaytirish   imkoniyatlarini
ochib beradi.
Shu   narsa   muhimki,   guruh   qatnashchilari,   bo‘lajak   o‘qituvchilar   kasbiy   jihatdan
birga   ishlash   malakalarini   egallashga   faol   intilishlari,   o‘z-o‘zini   bilish   va   kasbiy
jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha muvaffaqiyatli ish olib borishga psixologik
jihatdan tayyor bo‘lishlari kerak.
Barcha  hollarda  ham   individual,  ham   guruhiy  mashg‘ulotlar   boshlanishidan  oldin
pedagogik texnikani egallashning individual dasturi tuzib chiqilishi lozim. Bunday
dasturni   tuzish   uchun   avvalo   pedagogik   texnika   malakalari   shakllanishining
boshlang‘ich   daraja¬sini   aniqlab   olish   zarur.   Biroq,   tajribalarning   ko‘rsatishicha,
odatda, mazkur bosqichda faqat malakalar haqidagina emas, shu bilan birga dastlab
avtomatlashtirilgan   (ta’limni   boshlash   vaqtiga   kelib)   ko‘nikmalar   haqida   ham
mulohazalar   olib   borish   mumkin.  Masalan,   nafas   olish   va   ovozning  tabiiy   yo‘lga
qo‘yilishi,   to‘g‘ri   talaffuz,   bundan   oldingi   tarbiyaning   natijasi   bo‘lgan   savodli,
ifodali nutq, mimik va pantomimik aniqlik va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Bunday   ko‘nikmalarning   mavjudligi   pedagogik   texnika   malakalarini
shakllantirishni ancha osonlashtiradi. Shunga qaramasdan barcha hollarda ana shu
ko‘nikmalarni tegishli malakalar tarkibiga kiritish yuzasidan muayyan faoliyat olib borilishi   zarur.   Pedagogik   texnika   malakalarini   shakllantirishning   boshlang‘ich
darajasiga   qarab   uni   egallashning   individual   dasturi   yetishmaydigan   malakalarni
shakllantirishga   qaratilgan   ayrim   mashqlarni   yoki   ularning   to‘liq   majmuasini
ishlab chiqish lozim.
Pedagog   va   psixolog   olimlar   tomonidan   olib   borilgan   tadqiqotlarning
ko‘rsatishicha, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan
qiyinchiliklarning   asosiysi   aynan   pedagogik   texnikaga   oid   ma’lumotlarni
bilmasligi oqibatida sodir bo‘lmoqda. Pedagogik texnika to‘g‘risida yuqorida aytib
o‘tilgan   fikr   va   mulohazalarga   e’tibor   qilmaslik,   pedagogik   faoliyatda   nazariy   va
amaliy   tajribalarning   yo‘qligi,   o‘z   faoliyatiga   tanqidiy   nazar   bilan   baho
berolmaslik   oqibatida   hamda   o‘qituvchida   individual   pedagogik   texnikani
rivojlantirish,   tahlil   qilish   va   uni   takomillashtirish   yuzasidan   aniq   maqsadga
qaratilgan   pedagogik   faoliyatning   yo‘qligi   mazkur   qiyinchiliklarning   asosiy
sabablaridan biri ekanligini unutmaslik kerak.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlik jarayonida pedagogik
texnikani   egallash   bo‘lajak   o‘qituvchiga   o‘zining   kasbiy   yo‘nalishining
boshlanishidayoq   ko‘pgina   xatolardan   holi   bo‘lishda,   talabalarga   ta’lim-tarbiya
berishning yuksak samaradorligiga erishishda yordam beradi.
Demak,   hozirgi   zamon   pedagogika   fani   o‘qituvchisining   pedagogik   mahorati
tizimida   pedagogik   texnikaning   roli   beqiyosdir.   Chunki   u   o‘qituvchiga   o‘z
gavdasini tuta bilish mimika, pantomimika, his-tuyg‘ularini emotsiyasini boshqara
olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularning o‘quv faoliyatida
o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntiradi.
Shunday   qilib,   pedagogik   texnika   ma’lum   kasbiy   va   shaxsiy   malakalar
yig‘indisidirki,   u   o‘qituvchining   pedagogik   faoliyatiga   ta’sir   ko‘rsatish,   tashkil
qilish va boshqarish ishlarida asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘sh,
o‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday malakalardan iborat? U o‘qituvchining
o‘quv   ishlarini   tashkil   qilib,   amalga   oshirish   va   tarbiyaviy   ta’sir   ko‘rsatishda
qanday rol o‘ynaydi? Ilg‘or   va   novatar   pedagoglarning     ish   tajribalarini   ko‘rsatish,   ilg‘or   tajriba
maktablarida   o‘qituvchilar   faoliyatini   o‘rganish   bizni   shu   xulosaga   olib   keldiki,
ular   ta’sir   ko‘rsatishda   turli   amaliy   topshiriqlarni   yechishda   juda   nozik,   ammo
muhim metodlardan foydalanadilar.
Asosan,   ularning   faoliyatida   o‘quvchilar   o‘quv   biluv   faoliyatlarini   materiallarini
o‘zlashtirishga aniq yo‘llash, topshiriqlarni konkret qo‘ya bilish va nazorat  qilish,
jamoa va ayrim shaxslar bilan turli munosabatda bo‘la olish, savollar qo‘ya bilish,
o‘z  kayfiyatini, hatti-harakatini,  mimikasini,  ovozini  idora qila  olish  xususiyatlari
kuzatiladi.   Bu   shundan   dalolat   beradiki,   bunday   o‘qituvchilar   pedagogik
texnikasini   yaxshi   egallagan.   Uning   malakalarini   o‘zlarida   aniq   shakllantirgan   va
bu malakalarni turli vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlariga ega bo‘lganlar.
Pedagogik   mahorat   nazariyasining   o‘rganuvchi   va   ta’dqiq   qiluvchi   olimlarning
fikrlariga qaraganda pedagogik texnika malakalari ikki guruhga bo‘linadi:
Birinchi   guruh   malakalari   pedagogning   o‘z   hatti-harakatini   idora   qilishi   bilan
bog‘liqdir.   Bunda   pedagogning   mimik   va   pantomimik   ifodalari   o‘z   hissiyotini,
kayfiyatini boshqarishi aktyorlik va rejissyorlik mahorati, nutq madaniyati kiradi.
Pedagogik   texnikaning     ikkinchi   guruhidagi   malakalarga   ayrim   o‘quvchilarga   va
jamoaga   ta’sir   ko‘rsata   olish   qobiliyati   talablar   qo‘ya   olishi   jamoaning   ijodiy
ishlarini   tashkil   eta   olishi,   o‘quvchilarni   tarbiyalash   va   kasbkorlik   malakalari
kiradi.
Endi o‘qituvchi pedagogik texnikasi malakalarining qisqacha xarakteristikasi bilan
tanishib chiqamiz.   
  O‘qituvchi   pedagogik   texnikasining   muhim   malakalaridan   biri   uning   nutq
texnikasidir. Nutq tempi diksiyasi tovushining baland, o‘rta, past qila olishi va h.k.
O‘quv   materiallarini   idrok   qilishda   o‘qituvchining   nutqi   muhim   rol   o‘ynaydi.
Odamlarning fikricha 1-2 foiz o‘quv materiallarini idrok qilish va o‘zlashtirishida
o‘qituvchi   nutqiga   va   uning   so‘zlarini     to‘g‘ri   talaffuz   qilishga   bog‘liq.   Bolalar
o‘qituvchining gapini, nutqini nihoyatda kuzatuvchanlik bilan kuzatadilar. Mabodo
o‘qituvchi   so‘zlarni   noto‘g‘ri   talaffuz   etsa,   o‘quvchilar   uning   ustidan   kulib,
mas’hara   qilib   yuradilar,   lekin   past   tonda   gapiradigan   o‘qituvchining   darsi   esa o‘quvchilar   uchun   zerikarli   bo‘ladi,   nihoyatda   baland   gapirish   oddiy   suhbat
chog‘da   qichqirib   so‘zlashish   o‘quvchilarni   bezdiradi   va   charchatadi.
O‘quvchilarning   bunday   o‘qituvchi     ta’limidan     ko‘ngillari   sovuydi.   Shuning
uchun o‘qituvchi savodli gapirishi o‘z nutqini chiroyli va tushunarli ta’sirchan qilib
bayon   qilishi   o‘z   fikr   va   his-tuyg‘ularini   so‘zda   aniq   ifodalash   malakalarida   ega
bo‘lishi   lozim.   Chiroyli,   savodli   ta’sirchan   gapiruvchi   o‘qituvchilarning   fikrlari
o‘quvchilar  ongiga tez yetib boradi.O‘quv materiallarini o‘zlashtirib olishga katta
imkoniyat   yaratadi.   O‘quvchilar   bunday   o‘qituvchilar   darslarini   toqatsizlik   bilan
kutadilar.   Darhaqiqat   diktorlar   Qodir   Maxsumov,   Mirzohid   Rahimov,   O‘ktam
Jobirov   kabi larning   xalq   qalbidan   o‘rin   olganliklari   ham   bejiz   emas.   Shuning
uchun   o‘qituvchilar   o‘z   nutqlari   ustida   tinmay   ishlashlari   so‘zlarining   chiroyli,
ma’noli,   ta’sirchan   bo‘lishi   ustida   mashq   qilishlari,   ovoz   diapazonlarini   kuchli
tembr, harakatchanligi, diksiyasini doimo tarbiyalab borishlari lozim.
Ovoz   diapazoni   deganda   biz   tovush   hajmini   tushunamiz.   Uning   chegarasi   baland
yoki past gapirish toni bilan belgilanadi. Diapozonning qisqarishi tovushning past
tonliligiga olib  keladi. Past tonda so‘zlashish idrokni bo‘shashtiradi va susaytiradi.
Tembr   -   tovushning   go‘zalligi   chiroyliligidir.   O‘qituvchi   tovush   diapozoni   uning
tembri bilan bog‘liq ishlatsa gaplari chiroyli, mayin, jozibali chiqib, tinglovchilarni
o‘ziga tortadi va  materiallar yaxshi idrok qilinadi.
O‘qituvchi   ovoz   leksiyasi   so‘zlarni   aniq,   to‘g‘ri,   eshitarli   va   tushunarli   bayon
qilishda namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri ovoz leksiyaga ega bo‘lgan o‘qituvchi so‘zlarni
ifodali bayon qiladi. Ifodali gapirishda  til, lab, kichik til, pastki jag‘ ishtirok etadi.
O‘qituvchi  ifodali  gapirishi, so‘zlarni  talaffuz qilishi  uchun yuqoridagi organlarni
doimo mashq qildirishi lozim.
O‘quv materiallari aniq, to‘g‘ri, tushunarli, ifodali bayon qilishda ovoz ritmi ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqotlar ishlari dalolat bermoqdaki, ruslar bir
minutda   120,   inglizlar   120dan   150   gacha,   fransuzlar   110   ta   so‘zni   talaffuz
qilisharkanlar.   O‘rtacha   hammaga   tushunarli   bo‘lishi   uchun   o‘qituvchi   5-6
sinflarda  60 ta so‘zni  9-11 sinflarda 75-80 ta so‘zni talaffuz etsa talabga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchi  nutqni lo‘nda aniq, puxta, chiroyli bayon etsa u tinglovchilarga
shuncha tushunarli bo‘ladi va ular uzoq saqlanadi.
Shunday   qilib,   pedagogik   texnikada   nutq   malakalari   muhim   ahamiyat   kashf   etar
ekan   o‘qituvchi   doimo   gapirish   tempi,   ritmi,   diksiyasi,   ovoz   kuchi,   diopozoni,
harakatchanligi ustida mashq qilishi  zarur.
O‘qituvchining   pedagogik   mahoratida   uning   nutqi,   notiqlik   qobiliyati   muhim
ahamiyatga ega. Ayniqsa ushbu muammoga musta q illikdan keyingi yillarda jiddiy
e’tibor   qaratildi.   Yosh   avlodni   vatanparvarlik   ruhida   tarbiyalashda   avvalo   milliy
istiqlol   mafkurasi   muhim   ahamiyatga   ega.   Mafkuramizning   yuksak   ustunlaridan
biri   ─   millat   tilidir.   Respublikamizning   “Davlat   tili   haqida”gi,   “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonunlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda
barkamol   avlod   tarbiyasida   o‘z   ona   tiliga   nisbatan   mehr─muxabbat   tuyg‘ularini
shakllantirish   e’tirof   etilgan.   Yosh   avlodning   ma’naviy-ma’rifiy   tarbiyasida
o‘qituvchining   nutqi,   uning   notiqlik   san’ati   alohida   qudrat   kasb   etadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29
avgustdagi   IX   sessiyasida   so‘zlagan   nutqida   ta’kidlaydiki,   “O‘z   fikrini   mutlaqo
mustaqil   ona   tilida   ravon,   go‘zal   va   lo‘nda   ifoda   eta   olmaydigan   mutaxassisni,
avvalambor,   rahbarlik   kursisida   o‘tirganlarni   bugun   tushunish   ham,   oqlash   ham
qiyin”.  O‘qituvchining nutqiy madaniyatini shakllantirish uning kasbiy faoliyatida
naqadar  muhim  ahamiyatga egaligi  to‘g‘risida mulohaza  yuritar  ekanmiz, avvalo,
notiqlik san’atining kelib chiqish tarixini bilish lozim. Professional notiqlik san’ati
Yunoniston, O‘rta Osiyo, va Hindistonda o‘zining uzoq tarixiga ega. 
Tarixchi   olimlarning   (Apresyan   G.Z.)   ma’lumotlariga   ko‘ra,     Notiqlik   san’atiga
eramizdan oldingi   VII  asrda  Yunonistonda  asos  solingan.  Qadimgi   Yunonistonda
bolalarga   bilim   berish   faylasuflar   zimmasiga   yuklatilar   edi.   Ular,   notiqlik
san’atining   yetuk   namoyondalari   bo‘lib,   o‘zlarining   chiroyli   so‘zlari,   baland   va
ta’sirchan   ovozlari   bilan   odamlar   tafakkuriga,   ongiga   kirib   borganlar,   ta’lim   va
tarbiyada   ulkan   yutuqlarga   erishganlar.   Shu   sababli,   notiqlik   san’ati   va   nutq
madaniyatining   nazariyasiga,   uning   cheksiz   tarbiyaviy   ahamiyatiga   ilk   marotaba
qadimgi   Yunonistonda   asos   solinganligi   ilmiy   adabiyotlarda   bayon   etiladi. Yunonistonda   epos,   lirika,   drama,   haykaltaroshlik,   musiqa   va   me’morchilik   bilan
birga   notiqlik   san’ati   ham   murakkab   va   muhim   san’at   asari   sifatida   tan   olingan.
Notiqlik   san’atini   davlatning   muhim   ijtimoiy-siyosiy   ishlariga   taalluqli
faoliyatdagi   ahamiyati   uchun   hamda   yosh   avlodni   tarbiyalashda   ular   ongi   va
tafakkuriga   qizg‘in   ta’sir   etuvchi   murakkab   vosita   ekanligi   uchun   Yunonistonda
uni “San’atlar shohi” deb atashgan.
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan
va   rivojlangan   davri   hisoblanadi.   Bu   davrda   notiqlik   san’atining   quyidagi   uchta
qonuniyatiga ayniqsa jiddiy e’tibor berilgan:
• tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g‘oyani);
• tinglovchining tafakkurini uyg‘otish (fikrini, ongini, maqsadini);
• tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur halovat va qoniqish hissini  
            uyg‘otish asosida).
Notiqlar   ushbu   qonuniyatlarga   amal   qilgan   holda   “tinglovchilarga   halovat
bag‘ishlash”   orqali   odamlarni   ezgulikka,   adolatparvarlikka,   vatan   oldidagi
burchlariga   sadoqatli   bo‘lishga,   eng   yaxshi   insoniy   fazilatlarga   amal   qilib,   ularni
bajarishga,   odob   va   axloq   qoidalariga   rioya   qilishga   chorlar   edilar.   Bu   ularning
asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal
va   chiroyli   nutqlari   hamda   noyob   asarlari   bilan   jamiyatda   hurmat   va   e’tibor
qozongan Sokrat, Platon, Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen,
Sitseron, Kvintilian kabi namoyondalar  Yunonistonning mashhur  davlat  arboblari
bo‘lib yetishganlar.
Yunon notiqlari og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi
mantiq   ilmi   qoidalarini   chuqur   o‘zlashtirganlar.   Ular   o‘z   fikrlari   va   tuyg‘ularini
ruhan   o‘quvchilar   hamda   tinglovchilar   tafakkuri   va   ongiga   chuqur   singdira
olganlar   va   keskin   ta’sir   o‘tkazganlar.   Har   bir   notiq   o‘z   ustida   yillab   tinimsiz
mashg‘ulotlar   olib   borgan,   sehrli   ovoz   sohibi   bo‘lish   uchun   nutq   texnikasi ning
barcha   qonuniyatlariga   amal   qilganlar.   Ular   o‘zlarining   ta’sirchan   nutqlarini
namoyish qilish bilan notiqlik san’atini “Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni   tarbiyalash   quroli”   deb   hisoblagan   va   buni   o‘z   faoliyatlarida   isbotlab
berganlar. 
Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469 ─ 399 yillar) o‘quvchilarga
ta’lim-tarbiya   berishda   savol-javob   usulini   joriy   qilib,   ushbu   usul   orqali   suhbat
metodiga asos solganligi barchaga ma’lum. 
Sokratning shogirdi Platon esa o‘z ustozi  g‘oyalarini davom ettirib, savol-javobni
notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini o‘z asarlarida yoritadi hamda
uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob
uslub sifatida baholab, uni mazmunan amaliy va nazariy jihatdan yanada boyitdi.
  Yunonistonda   notiqlik   san’atining   har   tomonlama   takomillashishi   Demosfen
(eramizdan   avvalgi   384─322   yillar)   nomi   bilan   uzviy   bog‘langan.   U   yoshlik
yillaridanoq   notiqlik   san’atiga   qiziqdi.   Tug‘ma   duduq   bo‘lishiga   qaramasdan,
o‘quvchi   va   tinglovchilarning   istehzolariga   bardosh   berib,   qizg‘in   va   shiddatli
mehnati   bilan   notiqlik   mahoratini   namoyish   eta   olgan.   Faqat   Demosfen
Yunonistonda   notiqlik   san’atining   yetuk   namoyodasi,   ya’ni   o‘z   davrida   “notiqlik
san’atining elitasi” sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini notiqlik san’atiga
asoslangan siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.
  Demosfenning   notiqlik   san’ati   g‘oyalarini   uning   shogirdi   Mark   Sitseron
(eramizdan   avvalgi   106─43   yillar)   davom   ettiradi.   Qadimgi   Yunonistonda   nutq
mahorati,   uni   takomillashtirish   yo‘llari,   nazariyasi   va   tarixi   bo‘yicha   o‘z
tajribalaridan kelib chiqib Sitseron bir nechta asarlar yaratdi. Sitseronning notiqlik
san’ati   tarixiga   bag‘ishlangan   “Brut”,   “Notiqlik   san’ati   namoyondalari”,   “Notiq”,
“Notiqlik   haqida”   kabi   asarlari   shular   jumlasidandir.   Notiqlik   san’atining   ulkan
imkoniyatlarini,   odamlarni   va   jamiyatni   boshqarishda   qudratli   kuch   ekanligini
ta’kidlab, uni  davlatning siyosiy  jihatdan bosh  quroli  deb hisoblaydi.  Shu sababli
har bir davlat rahbari va davlat arbobi notiqlik san’atining cheksiz imkoniyatlarini
chuqur   egallashi   lozimligini   aytadi.   Sitseronning   notiqlik   san’ati   nazariyasida
“Ideal   notiq”   haqidagi   g‘oyalari   muhim   ahamiyatga   ega.   Uning   fikricha,   “Ideal
notiq   egasi   yuksak   ma’naviyatli,   chuqur   bilimga   ega,   tafakkuri   boy   faylasuf
bo‘lishi kerak.” Ideal notiqlar tinglovchilar qalbiga va his tuyg‘ulariga tez, chuqur kirib borishi, ularning kayfiyatini, ruhiyatini bilib, shodlik va sevinch tuyg‘ularini,
yoki aksincha, g‘azab va nafratini ta’sirchan nutqi asosida uyg‘ota olishi lozim.
Sitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan
notiqlik   san’ati   haqidagi   ma’lumotlarni,   tizimlar   va   uslublarni   rimlik   Kvintilian
(eramizdan   avvalgi   35-95   yillar)   ma’lum   bir   tartibga   keltirib,   tabaqalashtirib,
undan   notiqlik   san’ati   sohasi   bo‘yicha   faoliyat   ko‘rsatuvchilar   unumli
foydalanishlari   uchun   qayta   ishlab   chiqdi.   U   notiqlik   san’atining   balandparvoz,
asabga   teguvchi   teatr   artistlariga   xos   ovoz   ritorikasiga   qarshi   edi.   Kvintilianning
fikricha,   notiq   tashqi   ovoz   natijalari   bilan   emas,   balki   ilmiy   asosga   ega   bo‘lgan,
mazmunan   boy,   mukammal   va   “tiniq”   nutq   orqali   ulkan   yutuqlarga   erishishi
mumkin.   U   “Tarbiya   haqida”   asarida   o‘z   nazariyalariga   asoslanib,   notiqlik
san’atini o‘rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o‘z asarida ilk bor notiqlik
san’atining ta’lim-tarbiya maskanlarida   bolalar bilimi, ongi  va tafakkuriga ijobiy
ta’siri   haqidagi   g‘oyalarini   ilgari   surdi.   O‘qituvchilar   va  tarbiyachilarning  qizg‘in
faoliyat   olib   borishlari   uchun   notiqlik   san’atini   mukammal   o‘rganishga   doir
o‘zining metodikasini taqdim etdi. 
Mamlakatimizda   notiqlik   san’atining   rivojlanishi   O‘rta   Osiyo   madaniyati   tarixi
bilan   bog‘liq   bo‘lib,   nutq   madaniyati   hamisha   o‘ziga   xos   mavqega   ega   bo‘lib
kelgan. O‘rta Osiyoda notiqlik san’atining xususiyatlari shundan iborat ediki, u eng
avval   o‘sha   davr   tuzumining   manfaatlariga   xizmat   qilar   edi.   Bu   davrda   notiqlik
san’ati ustalarini nadimlar, qissago‘ylar, masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar,
muammogo‘ylar, voizlar, go‘yandalar, maddohlar, qasidaxonlar deb yuritilishi ham
ana  shundan  dalolat  beradi.  Movarounnahrda notiqlik  san’ati  voizlik  deb atalgan.
Voizlik,  ya’ni  va’zxonlik  haqida  «Qur’on»ni   targ‘ib  qilish  bilan  mushtarak  holda
so‘zning   ahamiyati,   ma’nosi   va   undan   o‘rinli   foydalanish   borasida   yaxshi   fikrlar
aytilgan. Ammo tilning yaratuvchisi  xalq ekanligini va uning, eng avvalo, xalqqa
xizmat qilishini to‘g‘ri anglovchi sog‘lom fikrli kishilar uning ijtimoiy mohiyatini
doimo to‘g‘ri tushunib kelganlar. 
Sharq mutafakkirlari  mudarrisning muloqotga kirishish  odobi to‘g‘risidagi  adabiy
meroslarida   ko‘plab   ijobiy   fikrlarini   bayon   qilganlar.   Ana   shu   nuqtai-nazardan qaralsa,   «Nutq   odobi»,   «Muomala   madaniyati»   nomlari   bilan   yuritilib   kelingan
nutq   madaniyati   tushunchasi   juda   qadimdan   olimlar,   ziyolilarning   diqqatini   jalb
etgan. Abu Rayhon  Beruniy, Abu Nasr  Forobiy, Unsurul  Maoliy Kayqovus,  Abu
Abdulloh Al-Xorazmiy, Mahmud Qoshg‘ariy, az-Zamahshariy, Yusuf  Xos Hojib,
Ahmad   Yugnakiy,   Abdurahmon   Jomiy,   Alisher   Navoiy   kabi   ulug‘   siymolar   nutq
odobi masalalariga, umuman notiqlik san’atiga jiddiy e’tibor berishga da’vat etish
bilan   birga   tilga,   lug‘atga,   grammatikaga   va   mantiqshunoslikka   oid   asarlar
yozdilar. 
Sharq   mutafakkirlari,   so‘z   va   nutqning   inson   hayotidagi   o‘rni,   vazni   va   qadr
qimmatiga   katta   ahamiyat   berganlar.   Ular   har   bir   so‘zning   nutqda   o‘z   o‘rni   va
ahamiyati borligini, nutqni qudratli qiluvchi so‘zdan kuchliroq va buyukroq narsa
yo‘qligini, tilga e’tibor – elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri ila odamzod mo‘jizalar
yarata   olishini   doimo   ta’kidlab,   isbotlab   kelganlar.   So‘z   orqali   nutq   va   fikr
oydinlashadi.   O‘qituvchi   ta’lim-tarbiyasining   samaradorligi   so‘z   boyligi   bilan
belgilanadi. Demak, “So‘z tuzadi, so‘z buzadi,  olqish ham  so‘zdan,  qarg‘ish ham
so‘zdan, omonlik ham, yomonlik ham so‘z bilan, borliq ham, yo‘qlik ham so‘zdan,
olamning   yaralishi   va   gullab-yashnashi   ham   so‘zdan,   yo‘q   bo‘lishi   ham
so‘zdan”(R. Jumaniyozov). 
O‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida   nutq   texnikasini   mukammal
egallash   muhim   ahamiyatga   ega.   Zero,   nutq   vositasida   o‘qituvchi   bolaning   his-
tuyg‘ularini   uyg‘otadi,   o‘quvchilar   bilan   ongli   muloqotni   ta’minlaydi,   ta’lim-
tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi
avvalo nutq sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ta’sir  kuchini
puxta   bilishi   kerak.   Nutqning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   o‘rganish   uchun,   nutq
texnikasiga oid talablarni bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to‘g‘ri,
aniq,   chiroyli,   yorqin   va   maqsadga   muvofiq   bo‘lishidir.   Nutqning   asosiy
xususiyatlari ushbu talablardan kelib chiqadi:
1. Nutqning to‘g‘riligi va ravonligi.
2. Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi.
3. Nutqning mantiqiyligi. 4. Nutqning tozaligi va ifodaliligi.
Nutqning   to‘g‘riligi   va   ravonligi   uning   adabiy   til   normalariga   to‘g‘ri   kelishidir.
Bunda   ikkita   jihatga   e’tibor   beriladi:   urg‘u   va   grammatik   normalarga   amal
qilinishi.
Urg‘u – so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz etilishini ta’minlaydi. 
Grammatik   norma   –   nutqning   mazmundorligini,   ma’noli   ekanligini   bildirib,   nutq
oqimidagi   so‘zlarning   o‘zgarishi,   mazmunan   bir-biriga   birikishini   ifodalovchi
xilma-xil qoidalar yig‘indisidir.
Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi – mazmundor nutqning tinglovchiga ta’sir etish
omilidir. O‘qituvchi so‘z va tilning ravonligi, notiqlik qobiliyati bilan aniq faktlar
asosida   o‘quvchilarga   bilim   beradi,   ularning   ko‘nikma   va   malakalarini
rivojlantiradi. O‘qituvchi nutqining aniq bo‘lishi, o‘z mas’uliyatini chuqur his etish
shartidir.   Aniqlik,   o‘rganilayotgan   mavzuning   o‘qituvchi   tomonidan
ifodalanayotgan   voqelikka,   faktlarga   muvofiq   kelishidir.   Aniqlikning   chegarasini
belgilashda   o‘qituvchi   so‘zlarni   to‘g‘ri   qo‘llay   olishi,   o‘zbek   tili   grammatikasini
mukammal bilishi, to‘g‘ri talaffuz eta olishi talab qilinadi. 
Nutqning mantiqiyligi – nutqning mantiqiy bo‘lishi eng avvalo o‘qituvchining so‘z
boyligi, tafakkur yuritish qobiliyati, idrok etish mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchi tilni
juda   yaxshi   bilishi,   so‘z   boyligi   keng   bo‘lishi   mumkin.   Ammo   o‘zi   fikr
yuritayotgan   mavzuga   nisbatan   chuqur   bilimga   ega   bo‘lmasa,   bilimlarini   o‘z
tafakkuri doirasida tahlil qila olmasa notiqlik san’ati natija bermaydi. So‘zlarning
o‘qituvchi   ifodalayotgan   mavzuga   mos   ravishda   to‘g‘ri   ifodalanishi,   so‘z
birikmalarining,   gaplarning,   matnlarning   bir-biriga   to‘g‘ri   kelishi,   fikrni   izchil
bayon   etish   uchun   bo‘ysundirilishi   nutqning   mantiqiy   boy   ekanligini   bildiradi.
O‘quvchilarga   aytilayotgan   fikr   mantiqan   bir-biriga   bog‘langan   bo‘lishi   kerak.
Gaplar   o‘rtasida   fikriy   bog‘lanish,   izchillik   yo‘qolishi   bilan   o‘qituvchi   nutqining
mantiqiyligiga putur yetadi. 
O‘rganilayotgan   mavzu   matnlari   o‘rtasida   mantiqiy   bog‘lanish   bo‘lish   uchun,
matnlar boshlanma bilan ajratiladi (masalan, xulosa qilib aytganda; shu bilan birga;
ta’kidlash   lozimki   va   hokazo).   Demak,   o‘qituvchi   nutqining   mantiqiyligi deyilganda,   yaxlit   bir   tizim   asosida   tuzilgan,   fikr   va   mulohazalar   rivoji   izchil
bo‘lgan, har bir so‘z, ibora aniq maqsadga muvofiq ishlatiladigan nutq tushuniladi. 
Nutqning   tozaligi   va   ifodaliligi   –   O‘qituvchi   nutqining   tozaligi,   avvalo   uning
adabiy   til   lisoniy   normalariga   muvofiq   ifodalanishi   bilan   belgilanadi.
O‘qituvchining   chiroyli   va   mazmunan   boy   nutqi   hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili
talablariga mos holda tuzilgan bo‘lishi, g‘ayriadabiy til unsurlaridan holi bo‘lishiga
qarab   baholanadi.   Nutqning   toza   bo‘lishiga   halaqit   beruvchi   unsurlar:   dialektizm
va   varvarizmdir.   Zero,   ushbu   unsurlar   badiiy   adabiyotda   ma’lum   bir   badiiy   –
estetik   vazifani   bajarsada,   o‘qituvchining   dars   jarayonidagi   va   tarbiyaviy
faoliyatidagi   nutqida   ishlatilmasligi   kerak.   O‘qituvchi   doimiy   ravishda   idoraviy
atamalarni,   rasmiy   so‘z   va   iboralarni   noo‘rin   ishlatishi   o‘z   nutqining
notabiiyligiga,   ishonchsiz   chiqishiga   sabab   bo‘ladi.   Natijada   o‘quvchilar   ta’lim–
tarbiyasida o‘qituvchi tomonidan ishontirish metodi orqali qo‘llaniladigan fikrlarni
bayon etishga putur yetadi. 
Nutqning tozaligi, uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat abadiy tilda ifoda
etilishidir. Til vositalari vaziyatga qarab ishlatilgan, siyqa so‘z va iboralarsiz hosil
bo‘lgan   o‘qituvchi   nutqi   tabiiy   va   samimiy   bo‘ladi,   tinglovchi   va   o‘quvchining
qalbiga tez borib yetadi.
  Jargon   (muayyan   kasb   yoki   soha   mutaxassisliklariga   xos   bo‘lmagan   so‘zlar);
varvarizm   (muayyan   millat   tilida   bayon   etilayotgan   nutqda   o‘zga   millatlarga   xos
so‘zlarning   noo‘rin   qo‘llanilishi);   vulgarizm   (haqorat   qilish,   qo‘pollikda
qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rni bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy
so‘zlardan   foydalanish);   parazit   (ortiqcha)   so‘zlarning   ishlatilishi   nutq   tozaligiga
salbiy   ta’sir   ko‘rsatadi.   Ushbu   hodisalar   o‘qituvchi   nutqida   uchramasligi   uchun,
o‘qituvchi o‘zini, fikrini boshqara olishi, doimiy ravishda nutqini boyitishi, mashq
qilishi kerak.
Odam tilni qancha chuqur bilsa va unda so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning
tafakkuri   shunchalik   boy   bo‘ladi.   So‘z   barcha   dalillar,   barcha   fikrlar   libosi,
o‘qituvchi   nutqining   poydevoridir.   Hikmatli   so‘zlar,   ibora   va   maqollar,   matallar
hamda ko‘chirma gaplardan o‘rinli va samarali foydalana olish lozim.  Nutq   madaniyati   ─   ijtimoiy   madaniyatni,   kishilik   jamiyati   madaniyatini   aks
ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma va
og‘zaki   shakli   uchun   zarurdir.   Nutq   madaniyatiga   e’tibor   yolg‘iz   o‘qituvchidan
emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy
fazilatlardan   biridir.   Uni   egallash   har   bir   o‘qituvchining   va   shaxsning   madaniy
saviyasi   va   bilimiga   bog‘liq.   O‘qituvchi   pedagogik   mahoratida   nutq   madaniyati,
uning   nafaqat   ma’naviy   va   axloqiy   jihatdan   boyligini,   balki   bilimini,   tafakkurini,
ilmiy   dunyoqarashini,   fikr   va   mushohada   yuritishini   belgilovchi   me’yordir.
O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon
emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o‘giti
natijasida   yillar   davomida   takomillashib   boradi.   O‘qituvchining   nutqiy   qobiliyati
madaniy,   kasbiy,   pedagogik   talablar   asosida   shakllanib   boradi.   Uni   rivojlantirish
faqat   o‘qituvchining   shijoatiga   bog‘liq.   Shu   qobiliyat   tufayli   o‘qituvchining   nutq
madaniyati   ham   shakllanib   boradi.   Quyidagi   nutq   madaniyatiga   xos   bo‘lgan
vositalarni o‘qituvchi unutmasligi kerak:
1.   Nutq   madaniyati   o‘qituvchining   ma’naviy-axloqiy   kamoloti   tarkibiy   qismidir.
Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi, o‘z ona tilimizga
e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.
2.   Nutq   madaniyati   o‘qituvchining   ma’naviy   va   madaniy   saviyasi   bilan,   hamda
adabiy   tilni   mukammal   bilishi   bilan   boshqa   kasb   egalaridan   ma’lum   ma’noda
ajratib turadi.
3.   Nutq   madaniyatining   pirovard   maqsadi   erkin   fikr   egasi   bo‘lgan   barkamol
avlodni   qanday   kasb   egasi   bo‘lib   yetishishidan   qat’iy   nazar   adabiy   jihatdan
tarbiyalash ekanligini unutmaslik kerak.
4.   Nutq   madaniyati   ─   bu   avvalo,   o‘qituvchida   nutqiy   ko‘nikma   va   nutqiy
malakalarni  hosil  qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi,
maxsus   mehnat   va   mashqlar   evaziga   malaka   oshiriladi   hamda   erishilgan
muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.
5.   Nutq   madaniyatiga   o‘zbek   adabiy   tilini   mukammal   egallash   asosida   erishiladi.
Buning   uchun   o‘qituvchi   adabiy   til   qonuniyatlarini   bilishi,   badiiy   adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni deklamatsiya bilan o‘qiy
olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.
6.   Nutq   madaniyatini   egallashning   yana   bir   ko‘rinishi   nutqiy   taqlid   bo‘lib,
o‘qituvchi o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq so‘zlaydigan
ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida
o‘rganishi mumkin. 
Nutq   madaniyatining   va   notiqlik   san’atiga   umumiy,   o‘xshash   tomonlari   bor.   Har
ikkala   soha   til   va   nutq,   inson   nutqi   bilan   aloqadordir.   Har   ikkalasi   o‘qituvchi
nutqiy   faoliyatining   ta’sirchan,   chiroyli   bo‘lishi   uchun   zarur   hodisa   bo‘lib,   uning
nutqiy   madaniyatini   o‘stirishga   xizmat   qiladi.   Nutq   madaniyati   ham,   notiqlik
san’ati ham nutqning ma’noliligi, nutqiy go‘zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan
oziqlanadi. 
Ba’zi   shaxslarda   uchraydigan   notiqlik   san’ati   og‘zaki   nutq   sohasida   shaxsiy
qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir.
Nutq   madaniyati   va   notiqlik   tushunchalari   orasida   ba’zi   o‘xshashlik,   umumiy
tomonlar   bor.   Bu   har   ikkala   sohaning   pirovard   maqsadi,   ish   faoliyatining
mushtarakligida   ko‘rinadi.   Ammo   shunga   qaramasdan,   nutq   madaniyati
tushunchasi   bilan   notiqlik   tushunchasi   aynan   bir   xil   narsa   emas.   O‘qituvchi   nutq
madaniyati va notiqlik orasidagi ba’zi muhim farqli tomonlarni va belgilarni bilishi
lozim. Bular quyidagilar: 
1.   Nutq   madaniyati,   chinakam   ma’noda   adabiy   til   bilan   bog‘liq   hodisadir.   Uning
paydo bo‘lishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning normalari bilan
bog‘liq. Notiqlik san’ati uchun bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy
til   talablariga   to‘la   amal   qilmaydiganlar,   ma’lum   vaqtgacha,   shevada   ham
chinakam   notiqlik   san’atini   namoyish   qilib   kishilar   qalbiga   ta’sir   qiluvchilar
uchraydi.   So‘zga   chechanlik,   notiqlik,   til   materialining   xarakteriga   qarab   emas,
notiqning   chinakam   so‘z   ustasi   ekanligiga,   tinglovchilarni   o‘ziga   jalb   etishida,
ta’sirchan nutqiy san’atiga qarab belgilanadi.  2. Notiqlik – bu nutqning og‘zaki  shakli. Notiqlik san’ati  og‘zaki  nutq san’atidir.
Nutq   madaniyati   esa   nutqning   ham   og‘zaki,   ham   yozma   shakli   uchun   taalluqli
bo‘lgan tushunchalardir. 
3. Nutq madaniyati jamiyat a’zolarining umumiy nutqiy faoliyatini nazarda tutadi.
Nutq   madaniyati   sohasining   maqsadi   va   pirovard   orzusi   yosh   avlod   nutqini
madaniylashtirishni   mo‘ljallaydi.   Chin   ma’nodagi   notiqlik   san’ati   esa,   alohida
shaxslarning   nutqiy   mahoratini   va   san’atini   ifodalaydi.   Notiqlik,   asosan   nutq
vositasida o‘qituvchilar jamiyat talablari asosida yosh avlodga muayyan ta’lim va
tarbiya   beradi,   yuqori   malakali,   raqobatbardosh,   o‘zining   mustaqil   fikriga   ega
bo‘lgan kadrlarni tayyorlaydi. 
4.   San’atkor   notiq   nutqi,   asosan,   ko‘pchilik   tinglovchilarga,   keng   auditoriyalarga
mo‘ljallangan   bo‘ladi.   Notiqni   bir   kishidan   ortiq   shaxslar   tinglaydi.   Nutq
madaniyati   mana   shunday   tinglovchilardan   tashqari   kishilar   orasida   odatiy
suhbatlarni, yakka kishiga qaratilgan nutqlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi. 
5.   O‘qituvchi   adabiy   tilning   keng   imkoniyatlari   va   boyliklarini   yaxshi   egallagan,
nutq madaniyati talablariga javob beradigan tajribali notiq bo‘lishi mumkin. Biroq
hamma   o‘qituvchi   ham   san’atkor   ma’nosidagi   mukammal   notiq   bo‘la   olmaydi.
Lekin adabiy tildan foydalanuvchi har bir o‘qituvchi nutq madaniyatidan xabardor
bo‘lishi shart.
6. Nutq madaniyati ko‘pchilikka mo‘ljallangan, ma’lum bir maqsadni ko‘zda tutib
ish ko‘ruvchi soha. Bu ma’noda u keng omma uchun mo‘ljallangan talabdir, ammo
notiqlik – shaxsiy qobiliyatdir.
7.  Nutq  madaniyati   –  bu  faqat   nutq  haqidagi   nutqiy  faoliyatga   tegishli   tushuncha
va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya’ni adabiy tilni va uning normalarini
o‘rganish   va   bu   normalarni   qayta   ishlash   ishi   bilan   ham   shug‘ullanadi.   Notiqlik
san’ati esa bunday ilmiy – normativ faoliyatni ko‘zda tutmaydi. 
8.   Notiqlik,   ko‘proq   nutqning   mazmunini,   mantiqiy   asoslarini,   mundarijaviy
tuzilishini   e’tiborga   oladi,   nutq   madaniyati   esa,   nutqning   til   qurilishi   –   lisoniy
tuzilishiga e’tibor qiladi.  9.   Notiqlik   san’ati   notiq   uchun   oldindan   qanday   so‘zlash   tizimi   va   rejasini
bermaydi.   Nutq   madaniyati   sohasi   esa   jamiyat   a’zolarini   ona  tili,  ya’ni   adabiy  til
boyliklari   va   vositalaridan   maqsadga   muvofiq   sharoit   va   uslub   taqozasi   talabiga
ko‘ra   o‘rinli   foydalana   olish   ko‘nikmasini   beradi.   Bunday   ko‘nikma,   aslida   har
qanday san’atkor notiq uchun ham zarur. 
10. Notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga ega, nutq madaniyati ilmiy
muammo va ilmiy soha sifatida muntazam yangilanib boradi.
  O‘qituvchi   nutqining   ta’sirchanligi   va   ifodaliligi.   O‘qituvchi   nutqining
ta’sirchanligi   nutqning   asosiy   sifatlaridan   biri   sanaladi   va   nutqdagi   to‘g‘rilik   va
aniqlik,   mantiqiylik   va   tozalik   tinglovchiga   ta’sir   etish   uchun   yo‘naltirilgan
bo‘ladi. 
Nutqning   ta’sirchanligi   deganda,   asosan,   o‘qituvchining   og‘zaki   nutq   jarayoni
nazarda tutiladi va o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishida paydo bo‘ladigan ruhiy
vaziyat   e’tiborga   olinadi.   Ya’ni   notiq-o‘qituvchi   o‘quvchilarni   hisobga   olishi,
ularning   bilim   darajasidan   tortib,   hatto   yosh   xususiyatlarigacha,   nutq   ijro
etilayotgan   paytdagi   kayfiyatlarigacha   kuzatib   turishi,   o‘z   nutqining   o‘quvchilar
tomonidan   qanday   qabul   qilinayotganini   nazorat   qilishi   lozim.   Professional
bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchilar jo‘n, sodda tilda gapirishlari maqsadga muvofiq
emas,   oddiy,   yetarli   darajada   notiqlik   ma’lumotiga   ega   bo‘lmagan   o‘qituvchilar
ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga harakat qilishlari kerak emas. Xullas, notiq-
o‘qituvchidan   vaziyatga   qarab   ish   tutish   talab   qilinadi   va   ifodalamoqchi   bo‘lgan
har qanday fikrini to‘laligicha o‘quvchilarga yetkazishga harakat qilish vazifa qilib
qo‘yiladi.
O‘quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o‘qituvchi oldiga
qo‘yiladigan   asosiy   shartlardan   biri   hisoblanadi.   Buning   uchun   esa,   o‘qituvchida
yuqorida aytilganidek, mavzuni yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq
belgilangan   rejasi   bo‘lishi   kerak.   Nutqdagi   fikrlarni   birinchi   va   ikkinchi   darajali
tarzda   tuzib,   ularni   o‘zaro   bog‘lab,   o‘quvchilarni   avvalo   nutq   rejasi   bilan
tanishtirib,   so‘zni   boshlash   lozim.   Vaqtni   hisobga   olish,   notiqlik   fazilatlaridan biridir. Chunki so‘zlash muddati oldin e’lon qilinib, shunga rioya qilinsa, agar iloji
bo‘lsa, sal oldinroq tugatilsa, o‘quvchilar zerikishmaydi.
Nutqning ta’sirchanligi va ifodaliligi  haqidagi  gap ma’lum ma’noda nutq sifatlari
haqida   aytilgan   gaplarga   yakun   yasashdir.   Chunki   yaxshi   nutqning   fazilatlarini
ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatoliklarni tahlil qilish, pirovard
natijada   ta’sirchan   bir   nutqni   shakllantirishga   xizmat   qiladi.   Nutqdagi   fikrlarni
o‘quvchilarga   mazmunli   yetkazishning   xilma-xil   yo‘llari   va   vositalari   mavjud.
Ularni   yordamchi   vositalar   deb   ham   atash   mumkin.   Masalan,   yumor   yoki   biror
hikoyatni   olaylik.   Nutqdagi   uzluksiz   ilmiy-ommabop   fikr   oqimi,   uning   bir
maromda   bayon  qilinishi   o‘quvchini  ham,  har  qanday   tinglovchini  ham  zeriktirib
qo‘yishi   mumkin.   Shunday   paytda,   yumor,   hikoyat,   qiziqarli   voqealar   haqida
gapirish   o‘qituvchiga   juda   qo‘l   keladi.   Yumorning   nutq   mazmuniga   mos   holda
keltirilishi   yana   ham   yaxshidir.   Shunday   qilinsa,   o‘quvchi   ham   dam   oladi,   ham
o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi.
Nutqda   mavzu   doirasida   ba’zi   fikr   va   mulohazalarni   keltirish   ham   maqsadga
muvofiqdir.   Bunday   fikrlar   notiq   fikrining   to‘g‘riligini,   haqqoniy   ekanligini
isbotlash   uchun   foydalaniladi,   faqat   ulardan   foydalanishni   suiste’mol   qilmaslik
kerak.   Badiiy   adabiyot   namunalaridan,   hikmatli   so‘zlardan,   tildagi   ifoda   –   tasvir
vositalaridan nutqda o‘rni bilan foydalanish ham foydadan holi bo‘lmaydi. 
Nutqning   o‘quvchilarga   qanday   ta’sir   qilishida   va   ularda   qanday   taassurot
qoldirishida   o‘qituvchining   nutqiy   jarayon   davomida   o‘zini   qanday   tuta   bilishi,
imo-ishoralari,   hatto   kiyinishi   kabi   omillarning   ham   o‘rni   bor.   Samimiylik,
xushmuomalalik,   odoblilik,   o‘quvchilarga   hurmat   bilan   qarash   kabi   fazilatlar
nutqning o‘quvchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishiga sabab bo‘ladi.
Mukammal   notiqlik   san’atiga   ega   bo‘lish   –   o‘qituvchilar   uchun   ulkan
mehnat   talab   qiladigan   murakkab   jarayondir.   Nutqning   o‘tkirligi,   yorqinligi   va
originalligi   tinglovchi   va   o‘quvchida   his-tuyg‘u   va   qiziqish   uyg‘otishi,   uning
e’tiborini   qaratishi,   aytilayotgan   narsaning   mazmunini   yaxshilab   yetkazish   uchun
zarurdir. Demak,   nutq   aniq   va   ravon   bo‘lishi,   grammatik   jihatdan   to‘g‘ri   tuzilgan
bo‘lishi,   adabiy   talaffuz   qoidalariga  bo‘ysunishi,   boshlanishidan   oxirigacha   izchil
bayon   qilinishi   lozim.   Ana   shunday   nutq   asosida   o‘rganilayotgan   bilim   o‘quvchi
qalbiga borib yetadi. Shunday nutq madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning
uchun   o‘qituvchidan   tinimsiz   izlanish   va   o‘z   ustida   ishlash,   filologik   bilim   va
muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.
1.2.   Pedagogik texnikani shakllantirishda nutq texnikasi va madaniyatining
o‘rni.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab va doimiy
munozaralarga   sabab   bo‘ladigan   jarayon.   Psixologik   til   bilan   aytganda   nutq
texnikasi,   notiq   nutqining   o‘rinli   yoki   o‘rinsiz   ekanligini   belgilashda   namoyon
bo‘ladi.   O‘qituvchi   har   xil   vaziyatlarda,   turli   xarakterdagi   o‘quvchilar   bilan
muloqotda   bo‘ladi.   Demak   u   o‘z   nutqini   ana   shu   vaziyatlar   asosida,   o‘quvchilar
holatiga  qarab   tuzishi,   o‘zgartirishi,  doimo   nutqining  ta’sirchan   chiqishiga   e’tibor
berishi,   o‘quvchilarni   zeriktirib   qo‘ymasligi   uchun   tilning   tasviriy   vositalari
bo‘lmish   metonimiya,   metafora   kabilardan   foydalanishi   lozim.   O‘quvchilar
diqqatini jalb etish, o‘rganilayotgan mavzuga ularni qiziqtira olish o‘qituvchi nutq
texnikasining asosiy xususiyatlaridandir.
                  O‘qituvchining   takomillashgan   nutqqa   ega   bo‘lishi,   o‘quv   materialini
talabalar   tomonidan   puxta   o‘zlashtirilishini   ta’minlash   garovidir.   Bolalar
o‘qituvchi   nutqiga   juda   e’tibor   beradilar.   Biror   harf   yoki   tovushni   noto‘g‘ri
aytilishi   kulgiga   sabab   bo‘ladi.   Bir   ohangdagi   nutq-tezda   charchatadi.   Individual
suhbat paytidagi o‘qituvchining baland ovozidan o‘quvchi o‘zini aldanayotgandek
his   etadi.   Bu   o‘qituvchiga   ishonchsizlik   bilan   qarash   hislarini   uyg‘otadi.   Ayrim
mutaxassislar   insonning   tovushi   va   uning   tembri   tug‘ma   xususiyat   deb   aytishadi. Lekin   hozirgi   eksperimental   fiziologiya   tovush   sifatini   o‘zgartirish   mumkinligini
tasdiqlaydi.   Bugungi   kunda   nutq   texnikasi   bo‘yicha   bir   necha   turdagi   mashqlar
kompleksi   ishlab  chiqilgan. Ular   asosan  teatr   pedagogikasi   tajribasiga   asoslangan
bo‘lib, so‘zlashish paytida nafas olish, tovush hosil qilish va uni ma’noli ifodalash
malakalarini   takomillashtiradi,   bu   esa   o‘qituvchiga   o‘z   so‘zi   mazmunini
o‘quvchilarga yanada to‘laqonliroq qilib yetkazishga imkoniyat beradi.
  O‘quvchi   hayoti   davomida   o‘qituvchisining   nutqiy   xususiyatlarini,
o‘quvchilarga   murojaat   qilish,   savollarga   javob   berish   usullarini   xotirasida
saqlaydi.   O‘qituvchi   nutqi   o‘quvchilarga   ta’lim-tarbiya   berish   vazifasini   bajarishi
kerak. Shuning uchun unga faqat umummadaniy emas, balki kasbiy va pedagogik
talablar ham qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘z so‘zining mazmuni, sifati va oqibati uchun
jamiyat oldida ijtimoiy javobgar shaxsdir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘qituvchi nutqi pedagogik mahoratning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
O‘qituvchi   nutqi   deyilganda,   ta’kidlab   o‘tganimizdek   o‘qituvchining   og‘zaki
va yozma nutqi nazarda tutiladi. Yozma nutq va og‘zaki nutq – bu o‘qituvchining
gapirish vaqtida tuziladigan nutqi bo‘lib, o‘quvchilar ongiga,  istak va motivlariga,
his -tuyg‘ulariga   ta’sir   etuvchi   muhim   omillar dir.   O‘qituvchi   og‘zaki   nutq   asosida
zarur bo‘lganda o‘z kamchiliklarini tuzatib, korreksiyalab boradi. 
Tajribali o‘qituvchining nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak: 
•   o‘qituvchi   va   uning   tarbiyalanuvchilari   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabati   va
mahsuldor muloqotini; 
•   ta’lim   jarayonida   bilimni   to‘la   qabul   qilinishini,   anglanishi   va
mustahkamlanishini; 
• o‘quvchilar faoliyatiga, ulardagi qobiliyat va iqtidor instinktini shakllantirish
maqsadida ongi va hissiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish; 
• o‘quvchilarning o‘quv va amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish.
"Pedagogik   nutq"   tushunchasi   o‘qituvchining   kommunikativ   xylqi
tushunchasi   bilan   uzviy   bog‘liq.   O‘qituvchining   kommunikativ   xulqi   deyilganda,
faqat   uning   gapirish   va   axborot   berish   jarayonigina   emas,   balki,   o‘qituvchi   va
o‘quvchi   muloqoti   uchun   emotsional   psixologik   muhit   yaratishga   ular   o‘rtasidagi munosabat   va   ish   uslubiga   ta’sir   ko‘rsatuvchi   nutqni   tashkil   etish   va   unga   mos
o‘qituvchining nutqiy nazokati ham ko‘zda tutiladi. 
O‘qituvchining   pedagogik   faoliyatidagi   og‘zaki   nutqi   monologik   va  dialogik
shaklda   bo‘ladi.   Monologik   nutqning   keng   tarqalgan   shakllari   hikoya,   maktab
ma’ruzasi,   sharh   kabilardir.   Dialogik   nutq   turlari   suhbat,   savol   -   javob   shaklida
bo‘ladi. 
Pedagogik   faoliyatni   muvaffaqiyatli   olib   borishi   uchun,   o‘qituvchining   nutqi
ma’lum   talablarga   javob   berishi,   ya’ni   notiqlik   mahoratini   shakllantirish   uchun
lozim bo‘lgan kommunikativ sifatlarga javob berishi hamda nutqi bir nechta adabiy
normalarga   mos   kelishi   lozim:   chunonchi,   zamonaviy   normalarga,   ifodali,   adabiy
til normalariga. 
Pedagogik   nutqning   to‘g‘rilik,   aniqlik,   moslik,   leksik   boylik,   ifodalilik   va
tozalik kabi kommunikativ sifatlari o‘qituvchi nutqining madaniyatini belgilaydi. 
Maqsadga   muvofiq   keladigan   pedagogik   nutq   o‘zining   mantiqiyligi,
ishonchliligi, kuzatuvchanligi bilan xarakterlanadi. 
Pedagogik   nutqning   birinchi   funksiyasi   –   o‘rganilayotgan   bilimlarni   to‘liq
holda   berilishini   ta’minlashdan   iboratdir.   O‘qituvchi   nutqining   kommunikativ
o‘ziga  xosligi   bilan bilimni  o‘quvchilar  tomonidan  qabul  qilinishi   va  esda  qolishi
o‘rtasida   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   aloqa   mavjud.   Nutq   buni   ta’minlashi   yoki
qiyinlashtirishi mumkin. 
O‘qituvchining   nutqi   faqat   axborot   berib   qolmay,   o‘quvchining   ongi,
sezgisiga ta’sir qilishi, ularni o‘ylash faoliyatiga undashi kerak. 
O‘qituvchi   nutqining   ikkinchi   funksiyasi,   o‘quvchining   o‘quv   faoliyati
jarayonida   o‘qituvchi   nutqi   asosida,   darsda   o‘rganilayotgan   bilimlarni   samarali
o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat. 
O‘quvchi,   o‘qituvchi   nutqini   eshita   turib   qator   operatsiyalarni   bajaradi:
berilayotgan   axborotni   ko‘rgazmali   shaklda   aniqlashtiradi,   o‘zidagi   bilim   bilan
unga   nisbatan   munosabat   bildiradi,   eslab   qoladi,   nutq   mantiqini,   fikrlar   rivojini
kuzatib boradi.  Ovoz   tonining   balandligi,   tovushning   yu q oriligi,   bir   xilda   gapirish
o‘quvchi larni   charchatadi.   O‘quv   –   biluv   jarayon i ning   samarali   b o‘ lishiga   darsda
o‘qituvchi   tanlagan   kommunikativ   xul q   uslubi   h am   ta’sir   q iladi.   o‘q ituvchi
k o‘ pincha   " ovozingni   o‘ chir",   "jim   o‘ tir",   " boshingni   ko‘tarib   o‘ tir",   " mashqni
tugat",   " kitobni   yop"   kabi   norozilikni   bildiruvchi   so‘zlarni   ishlatadi,   yoki
o‘quvchi ning darsda  javobini b o‘ ladi, " h ap doimgidek  h ech narsa bilmaysan", "sen
bu   mavzuni   q aerdan   h am   tushunarding"   kabi   pedagogik   taktga   xos   bo‘lmagan
gaplarni   ishlat adi,   bu   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchi   orasidagi   munosabatni ng
b u zilishiga, a q liy faolli gini  pasayishiga olib keladi. 
Pedagogik   nutqning   uchinchi   funk s iyasi   –   o‘qituvchi   bilan   o‘quvchi
o‘rtas id agi ma h suldor o‘zaro munosabatni  to‘g‘ri  ta’minlashdan iborat. 
O‘qituvchi nutqi – o‘qituvchi  va o‘quvchi  munosabatini bosh q arish rolini  h am
bajaradi.   Bu   yerda   h amma   narsa   a h amiya t li:   o‘qituvchi   o‘quvchila pra   q anday
murojaat   q iladi,   salomlashadi,   talablarini   q anday   qo‘ yadi,   qan day   ogo h lantiradi,
xo h ishini   q anday   bayon   q iladi;   nutq   impotensiyasi,   yuz   ifodasi,   q arashi   h am
o‘quvchi ga   ta’sir   k o‘ rsatadi.   Darsdan   ta shq ari   muloqotda   bularning   a h amiyati
yanada   ulkan   b o‘ ladi. K o‘ p narsa o‘qituvchining individual muloqot uslubiga   h am
( qo‘rq uvga asoslangan,  o‘ yinga, d o‘ stona alo q aga asoslangan), muloqot doirasidagi
ijtimoiy  xarakteriga  h am bo g‘ li q . 
O‘qituvchi   nutqining   xususiyati,   u   avvalo   o‘quvchilarga   q aratilgan   va
y o‘ naltirilgan   b o‘ ladi.   O‘qituvchi   monologi   h am   o‘quvchilar   bilan   ichki   dialog
shaklida b o‘ ladi. 
O‘qituvchi   og‘zaki   nutqining   asosiy   xususiyati,   uning   mazmuni   o‘quvchilar
tomonidan   ikkita   kanal   orqali   tovush   va   vizual   yo‘l   bilan   qabul   qilinishidadir.
Vizual   harakatlar   o‘qituvchi   nutqining   ta’sirchanligi,   ifodaliligini   oshiradi,   u
o‘qituvchining kayfiyati haqida ham o‘quvchilarga axborot beradi. Shuning uchun
yosh   o‘qituvchi   muloqotda   o‘zining   tashqi   ko‘rinishini   boshqara   olish
ko‘nikmasini shakllantirishi kerak. 
O‘qituvchi og‘zaki nutqining yana bir xususiyati, uning improvizatsion (hech
qanday   tayyorgarliksiz)   xarakterda   ega   ekanligidadir.   Tajribali   o‘qituvchi   tekstga yoki   konspektga   qaramasdan,   uyga   maxsus   tayyorlanmasdan   gapiradi,   o‘quvchi
uni   tinglab   turib,   so‘z   va   ifodalarda   tutilayotganligini,   ba’zan   nutqiy
kamchiliklarini   ko‘ra   oladi.   Shunday   holat   vujudga   keladiki,   go‘yoki   o‘qituvchi
notiq sifatida o‘zligi haqidagi haqiqatni, fikrlarini birinchi marta o‘quvchilar bilan
ochayotgandek bo‘ladi. 
Kommunikativ   nutqning   muvaffaqiyatli   bo‘lishi   uchun,   o‘qituvchi   o‘zida
notiqlik san’atiga xos, kator maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishi talab qilinadi: 
 ijtimoiy perseptiv qobiliyat;
 ijtimoiy tasavvur qobiliyati;
 o‘zini boshqara olish qobiliyati;
 muloqotda o‘zining ruhiy holatini boshqara olish qobiliyati;
 irodaviy ta’sir ko‘rsatish qobiliyati;
 ishontira olish qobiliyati. 
Nutq   malakalari   va   ko‘nikmalarini   muvaffaqiyatli   egallash   uchun   sharoit
yaratuvchi  notiqning umumiy  ruhiy,  jismoniy xususiyatlarini  rivojlantirish,  bunda
tasavvurni,   obrazli   xotira   va   fantaziyani   rivojlantirish   ko‘zda   tutiladi.   Bunday
faoliyatda   tovush,   diapazon,   tembr,   diksiya,   artikulyatsiya,   ritmika,   nafas   olish
muhim rol o‘ynaydi.
Tovush.  Ba’zi o‘qituvchilarga tovush tug‘ma qobiliyat sifatida berilgan, lekin
bu   ham   mashq   qilib   turilmasa   buziladi.   O‘qituvchi   o‘z   tovushini   kuchli,
egiluvchan,   emotsional   ta’sirchan   qila   olishi   mumkin.   O‘qituvchi   pedagogik
faoliyatida tovushning o‘ziga xosligi nimalarda namoyon bo‘ladi?   
Avvalo   tovush,   chiqarilgan   havoni   hiqildoqdan   o‘tishi   paytida   ovoz
pardalarining   tebranishi   natijasida   vujudga   kelishini   ta’kidlash   lozim.   Tovush
o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
 tovush   kuchi   –   tovush   apparati   organlarining   faol   ishlashiga   bog‘liq.
Chiqarilayotgan   havo   oqimining   tovush   tirqishiga   bo‘lgan   bosimi   qancha
kuchli bo‘lsa, tovush ham shuncha baland bo‘ladi;
 tovush   uchuvchanligi   –   tovushining   balandligida   hamda   uning   kuchli   nutq
apparati   organlarining   faolligiga   bog‘liq.   Tovush   eshitilishining uchuvchanli gi,   (polyotnost)   bu   ovozni   masofaga   moslay   olish,   tovushni
bo shq ara olish i dir .
 tovushning ixchamligi va harakatchanligi   –   o‘qituvchi nutqining mazmuniga,
tinglovchilarga   moslab   o‘zgartira   olish   qobiliyatiga   bog‘liq   bo‘lib,   bunda
notiq   tovushni   yengil   boshqarishi   va   tinglovchilarga   moslashtira   olishi
tushuniladi. 
Diapazon   -   tovushning   hajmi   bo‘lib,   uning   chegarasi   eng   yuqori   va   quyi
ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir xil ohangda zerikarli
bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchining bir ohangda gapirishi, tinglovchilar
tomonidan axborotni idrok qilishni pasaytiradi va uyquni keltirishi mumkin.  
Tembr   –   tovushning   rang-barangligi,   yorqinligi   hamda   yumshoqligini
namoyon   qilib,   shu   bilan   birga   o‘qituvchi   nutqining   chiroyli,   mayin,   jozibali,
o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Ba’zilar tovush va uning tembri tug‘ma deb bilishadi.
Lekin xozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to‘liq qayta qurish mumkinligini
isbotlab bergan. 
O‘qituvchida   kasbiy   kasallik   kelib   chiqmasligi   uchun,   tovush   gigienasiga
amal   qilish   kerak.   O‘qituvchi   ish   vaqtining   50   foizi   davomida   gapirib   turadi.
O‘qituvchi   ish   vaqti   tugagach,   2-3   soat   davomida   uzoq   vaqt   kishilar   bilan
so‘zlashishdan qochishi talab qilinadi. Zapyp bo‘lib qolsa qisqa va sekin gapirishi
kerak. 
Dars jadvali qo‘yilishida shunga e’tibor berish kerak. 3-4 soat darsdan co‘ng
nutq apparati charchaydi, shundan so‘ng 1 soat tovush dam olishi kerak. Tajribali,
ko‘p   yillar   ishlagan   o‘qituvchi   2-3  soatda   charchaydi   va   2  soat   dam   olishi   kerak.
Yuqori nafas yo‘llari, asab tizimlari, ovqatlanish rejimiga e’tibor berish kerak. 
O‘qituvchi   nutqining   tezligi,   individual   sifatiga,   uning   nutq   mazmuni   va
muloqot   holatiga   bog‘liq.   Turli   millatlarda   nutq   tempi   turlicha   bo‘ladi.   Ruslarda
minutiga   120   ta   so‘z   atrofida,   inglizlarda   120-150   ta   so‘zgacha.   Tadqiqotlarga
ko‘ra 5-6 sinflarda o‘qituvchi minutiga 60 ta so‘z, 9 - 11 sinflarda 75 tagacha so‘z
gapirishi to‘g‘ri bo‘ladi.  Materialning   murakkab   qismini   o‘qituvchi   past   tempda,   keyin   esa   tezroq
gapirishi   kerak.   Mavzuga   oid   qoidalar   va   qonuniyatlar   aytilganda,   xulosa
qilinganda nutq sekinlashadi. 
              Diksiya   -   aniq   talaffuz   kilish.   Talaffuzning   aniqligi   o‘qituvchi   uchun
professional   zarurat   bo‘lib,   o‘qituvchi   nutqini   talabalar   tomonidan   to‘g‘ri
tushunilishini   ta’minlaydi.   Talaffuzning   aniqligi   aytilayotgan   so‘z,   bo‘g‘in   va
tovushlarning   qat’iy   aniqligidir.   U   nutq   apparati   barcha   a’zolarini   (lablar,   jag‘,
tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kekirdak, tomoq orqa devori, tovush
naychalari)   birgalikda   ishlashiga   bog‘likdir.   Til,   lablar,   yumshoq   tanglay,   kichik
til,   va   pastki   jag‘   nutqda   faol   ishtirok   etadi.   Shuning   uchun   ham   ularni   mashq
qildirish muhim ahamiyatga egadir.
                Artikulyatsiya   – aniq talaffuz qilishni takomillashtirish-artikulyatsiya-nutq
organlarini   harakatlantirish   orqali   vujudga   keltiriladi.   Artikulyatsiya   gimnastikasi
ikki turga bo‘linadi. Birinchisi nutq apparatining dastlabki mashqlari va ikkinchisi
har   bir   unli   va   undosh   tovushlarni   to‘g‘ri   aytishga   o‘rgatuvchi   mashqlar   (ifodali
o‘qish, tez aytishlar).
Ritmika   -   ayrim  bo‘g‘inlarni  gapirishdagi  to‘liq davomiylik, shu  bilan birga
nutqni   tashkil   qilish   jarayoni.   Bu   nutqning   muhim   elementlaridan   biri   bo‘lib,
ba’zan intonatsiya va pauza o‘rniga so‘zdan ko‘ra kuchli emotsional ta’sir qiladi. 
                O‘quv   vaqtining   ko‘p   qismi   (1/4,   1/2)   o‘qituvchining   nutqi   bilan   bog‘liq
bo‘ladi.   Shuning   uchun   o‘quv   materialini   o‘quvchilar   tushunishi   o‘qituvchi
nutqining mukammalligi bilan bog‘liqdir. 
Tarixdan   ham   ma’lumki,   6a’zi   kishilar   o‘zlarining   nutq   tovushlarini
takomillashtirib   borganlar.   Chunonchi,   Demosfen   o‘zining   bu   sohadagi
kamchiliklarini tugatib borib, qadimgi Yunonistonning siyosiy oratorlaridan biriga
aylangan. Yoki Vladimir Mayakovskiy ham 20 yoshidan boshlab rasmiy chiqishlar
uchun og‘ziga toshchalar olib, Rion daryosi bo‘yida nutq so‘zlashni mashq qilgan.
To‘g‘ri nafas olish.   So‘zlayotganda to‘g‘ri nafas olish, ovozni yo‘lga qo‘yish
va   uning   tovlanishi,   so‘zlarni   xatosiz   talaffuz   qilish,   notiqlik   san’atini
takomillashtirib   borish   o‘qituvchining   nutq   texnikasini   shakllantiruvchi xususiyatlardir.   Ovoz   o‘zgarishi,   to‘g‘ri   nafas   olish,   diksiya,   ritmika   asosida
nutqning   ko‘nikma   va   malakalari   yig‘indisini   mukammal   rivojlantirish
o‘qituvchining nutq texnikasida takomillashadi.
Ovoz o‘zgarishi, to‘g‘ri nafas olish   nutq texnikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan
mashqlar   turkumiga   kirib,   o‘qituvchi   ravon   nutqining   muntazam   shakllanishini
ta’minlaydi.   Nafas   olish   organizmga   hayot   bag‘ishlovchi   fiziologik   funksiyalarni
bajaradi. Shu bilan birga nutqning energiya bazasi bo‘lib ham hisoblanadi.
Dars   davomida   o‘qituvchi   juda   ko‘p   gapiradi,   yangi   mavzuni   tushuntiradi,
ma’ruza   o‘qiydi.   Agar   o‘qituvchi   to‘g‘ri   nafas   olish   texnikasini   yaxshi
egallamagan   bo‘lsa,   uning   qon   tomirlarini   urishi   tezlashib,   yuzini   qizarib   ketishi,
nafas qisishi sodir bo‘lishi mumkin.
                    Muskullarning   ishtirok   etishiga   qarab   nutqda   to‘g‘ri   nafas   olish   4   turga
bo‘linadi:
Yuqori   nafas   olish   –   yelkalarni   ko‘tarilib   tushishi   va   ko‘krak   qafasining
yuqori   qismi   ishtirokida   hosil   qilinadi.   Bu   bo‘sh,   yuzaki   nafas   olish   bo‘lib,   unda
faqat o‘pkaning yuqori qismi ishtirok etadi. Ko‘krak qafas bilan yuqori nafas olish
qovurg‘alar   o‘rtasidagi   mushaklar   yordamida   hosil   qilinadi.   Bunda   ko‘proq
nafasning   ko‘ndalang   hajmi   o‘zgaradi.   Diafragma   kam   harakat   qiladi.   Shuning
uchun ham nafas chiqarish kuchsiz bo‘ladi.
Diafragma   ishtirokida   nafas olish  – ko‘krak qafasning    bo‘ylama hajmini
ortishi   hisobiga   vujudga   keladi.   Bunda   diafragma   qisqaradi.   Diafragmaning
qisqarishi,   qovurg‘achalar   oralig‘idagi   nafas   mushaklari   hamda   qorin   mushaklari
ishtirokida vujudga keladi.
Nutqiy nafas  olish organizm uchun muhim hayotiy manba bo‘lishi bilan birga
u   nutqning   energiya   bazasi   sifatida   ham   faoliyat   ko‘rsatadi.   Nutqiy   nafas   olish
fonotsional  nafas ham deyiladi (fono-tovush). 
Dialogik nafas olish  kundalik hayotda nutqimiz  dialogik  tarzda bo‘lib, bunda
nafas   olish   qiyinchilik   tug‘dirmaydi.   Lekin   darsda   o‘qituvchi   ko‘p   gapirgan,
ma’ruza   o‘qigan   vaqtlarida   o‘zgarmagan   nafas,   mashq   qilinmasa   qiyinchilik
tug‘diradi: yuz qizarib ketishi, nafasni tez-tez olish holati paydo bo‘lishi mumkin.  To‘g‘ri   nafas   olish   jarayonida   qaysi   muskullar   ishtirok   etishiga   qarab,   nafas
olishning quyidagi  funksiyalari  ajratiladi: 
1.   Yelka   va   ko‘krak   qafasining   yuqori   qismini   ko‘taruvchi   muskullar
ishtirokida   nafas   olishda   kuchsiz   nafas   olinib,   o‘pkaning   faqat   yuqori   qismi   faol
ishlaydi. 
2.   Ko‘krak   orqali   nafas   olishni   qovurg‘alar   orasidagi   muskullar   amalga
oshiradi, diafragma kam harakatda bo‘lib, nafas chiqarish kuchsiz bo‘ladi. 
3. Diafragmali nafas olish ko‘krak hajmining o‘zgarishi, diafragma qisqarishi
hisobiga harakatlanadi. 
4.   Diafragma   va   qovurg‘a   orqali   nafas   olishda   –   diafragmaning   har
tomonlama   hajmi   o‘zgarishi,   qovurg‘alar   orasidagi   va   qorindagi   nafas   muskullari
ham   qatnashadi.   Shu   nafas   to‘g‘ri   bo‘lib,   bu   nutqiy   nafas   uchun   asos   bo‘lib
hisoblanadi. 
Bo‘lajak   o‘qituvchi   o‘z   nutqini   takomillashtirishi   uchun   ta’lim   va   tarbiya
jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga doimiy amal qilib borishi  lozim: 
- o‘zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi;
- o‘z-o‘zini nazorat qilishi; 
- o‘zining nutqiy madaniyatini rivojlantirishi; 
- nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini 
  egallash uchun o‘ziga sharoit yaratishi. 
O‘z-o‘zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi
o‘z   nutqiy   faoliyatini   kuzatishi,   u   jonli,   xilma   xil,   hissiy   bo‘yoqlimi   yoki   bir   xil
monotonlimi, bilib borishi lozim. 
 Nutqingizni tayyorlash va mashq qilish jarayonida o‘zingiz mustaqil ravishda
quyidagi savollarga javob toping: 
Tinglovchilarda qanday fikr uyg‘otmoqchiman? 
Auditoriyada ijobiy muhitni qanday kayfiyat asosida yaratmoqchiman?
Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi? 
Har   qanday   ta’lim-tarbiyaviy   mashg‘ulot   oldidan   bir   necha   bor   o‘z   nutqingizni
qaytarib   mashq   qiling.   Nutqingizni   rang-barang   badiiy   adabiy   lavhalar   bilan boyiting.   O‘z   taassurotlaringizni   qo‘shgan   holda   boyitib,   to‘ldirib   boring.
O‘qituvchi   nutqining   mukammalligi,   tozaligi,   ta’sirchanligi   bilan   o‘quvchilar
e’tiborini   jalb   qiladi,   ular   qalbiga   yo‘l   topadi,   hech   qanday   qiyinchiliksiz   barcha
ziddiyatlarni   bartaraf   etadi.   Natijada   o‘qituvchi   pedagogik   faoliyatda   aslo
toliqmaydi,   asab   tizimi   doimo   sog‘lom   bo‘ladi.   Bizning   nazarimizda   zamonaviy
o‘qituvchi qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘la olishi kerak:
1.   O‘qituvchi   jamiyat   ijtimoiy   hayotida   ro‘y   berayotgan   o‘zgarishlar,   olib
borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada
o‘quvchilarga to‘o‘ri, asosli ma’lumotlarni berib borishi lozim.
2.   Zamonaviy   o‘qituvchi   ilm-fan,   texnika   va   texnologiya   yangiliklari   va
yutuqlaridan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
3. O‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi,
o‘z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishi lozim.
4.   O‘qituvchi   pedagogika   va   psixologiya   fanlari   asoslarini   puxta   bilishi,
ta’lim-tarbiya   jarayonida   o‘quvchilarning   yosh   va   psixologik   xususiyatlarini
inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5.   O‘qituvchi   ta’lim-tarbiya   jarayonida   eng   samarali   shakl,   metod   va
vositalardan unumli foydalana olishi imkoniyatiga ega bo‘lmoo‘i darkor.
6.   O‘qituvchi   ijodkor,   tashabbuskor   va   tashkilotchilik   qobiliyatlariga   ega
bo‘lishi shart.
7.   O‘qituvchi   yuksak   darajadagi   pedagogik   mahoratga,   chunonchi,
kommunikativlik   layoqatiga   ega  bo‘lishi,   pedagogik   texnika  nutq,   yuz,  qo‘l-oyoq
va   gavda   harakatlari   (mimika,   jest,   pantomimika)   qonuniyatlarini   chuqur
o‘zlashtirib olishga erishishi lozim.
8.   O‘qituvchi   nutq   madaniyatiga   ega   bo‘lishi   uning   nutqi   quyidagi
xususiyatlarni o‘zida aks ettira olishi kerak.
a) nutqning ravonligi;
b) nutqning aniqligi va mantiqiyligi; v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi uning turli sheva so‘zlaridan holi bo‘lib, faqat adabiy tilda
ifoda   etilishi:   jargon   (muayyan   kasb   yoki   soha   mutaxassislariga   xos   so‘zlar),
vorvarizm  (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o‘ziga millatlarga xos
so‘zlarning   o‘rinsiz   qo‘llanilishi),   vulgarizm   (haqorat   qilish,   so‘kishda
qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rin bo‘lmagan vaziyatlarda rasmiy
nutqda   so‘zlar)   so‘zlaridan   holi   bo‘lishi,   o‘qituvchi   nutqi   sodda,   ravon   va
tushunarli bo‘lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j)   nutqning   boyligi   (so‘zlash   jarayonida   maqsadga   muvofiq   tarzda   hikmatli
so‘zlar maqollar hamda ko‘chirma gaplardan foydalana olish).
9.   O‘qituvchi   kiyinish   madaniyatiga   (sodda,   ozoda,   bejirim   kiyinish;   ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘qituvchining turli xil diqqatni tez jalb etuvchi bezaklar (oltin,
kumush   taqinchoqlar)   dan   foydalanmasligi,   fasl,   yosh,   gavda   tuzilishi,   yuz
qiyofasi,   h atto,   soch   rangi   va   turmagiga   muvofiq   ravishda   kiyinishni
o‘zlashtirishga erishish) ega bo‘lishi lozim.
10. O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o‘rnak bo‘la olishi lozim.
O‘qituvchi   shaxsining   mazkur   talablarni   o‘zida   aks   ettira   olgan   qiyofasi
uning   o‘quvchilar,   hamkasblar   hamda   ota-onalar   o‘rtasida   obro‘-e’tibor
qozonishini ta’minlay di .
2-bob.   “Pedagogik   mahorat”   fanidan     ELEKTRON   O‘QUV   MODULI
IShLANMASI
2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus)
OTMning   nomi   v a
joyl a shg a n   m a nzili : Sharof Rashidov nomidagi
Samarkand davlat universiteti Universitet xiyoboni-15 uy
Kafedra: Pedagogika   Pedagogika  v a  psixologiya f a kulteti
t a rkibid a
Ta’lim so h asi va
yo‘ nalishi: 110000 – Pedagogika  5110900 – Pedagogika va psixologiya  Fanni (kursni) olib
boradigan talaba
o‘g‘risida ma’lumot:  Mavlonov Mironshox
Oybek ugli e-mail:     @    mail.ru       
Dars vaqti va joyi: 2-bino 3-30
auditoriya  Kursning
davomiyligi: 02.09.201 5 -20.01.201 6
Individu a l gr a fik
a sosid a  ishl a sh
v a qti:  Dush a nb a  v a  sh a nb a  kunl a ri 14.00 d a n 18.00 g a ch a
Fanga ajratilgan 
soatlar Auditoriya soatlari Musta q il ta’lim:
Ma’ruza:
36 Seminar
40 Laboratoriya:
-
60
F a nning boshq a
f a nl a r bil a n
bog‘liqligi
(prerekvizitl a ri): “Pedagogik mahorat”   kursi   pedagogika nazariyasi  va tarixi,  pedagogik
konfliktologiya,   pedagogik   texnologiya,   ijtimoiy   pedagogika,   psixologiya,
o‘quv   fanini   o‘qitish   metodikasi   (xususiy   didaktika   bilan),   O‘zbekiston
Respublikasida demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, falsafa va
mantiq, yetika va yestetika, ma’naviyat, O‘zbekiston tarixi, maktab gigienasi
va fiziologiyasi, ona tili  f a nl a ri  bilan o‘zaro bog‘liq.  
Fanning mazmuni
F a nning dolz a rbligi
v a  qisq a ch a
m a zmuni : O‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi   Qonuni,   “Kadrlar
tayyorlash   Milliy   dasturi”da   davlatimiz   ijtimoiy   taraqqiyoti   sohasida
ta’limning ustuvor deb ye’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga juda katta
mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. 
Pedagog   bu   –   yuksak   madaniyatli   mutaxassis,   o‘z   fanini   chuqur   biluvchi,
umumiy   va   bolalar   psixologiyasini   yaxshi   biluvchi,   ta’lim-tarbiya
metodikasini   mukammal   biluvchidir.   Shunday   yekan,   pedagogik   mahorat
shunisi   bilan   ajralib   turadiki,   bunday   o‘qituvchilar   har   qanday   vaziyatdan
chiqa   oladi,   javob   topa   oladi   va   o‘quvchilarning   tarbiyalanganlik   va
bilimdonlik darajasining samaradorligiga yerisha oladi. 
Fanni   o‘qitishdan   maqsad   -   bakalavrlarni   pedagogik   mahorat,
pedagogik   texnika   va   madaniyati   nazariyasi   hamda   amaliyoti   bo‘yicha
bilimli,   yetuk   malakaga   yega   bo‘lishlarini   ta’minlashdir.   Chunki,   hozirgi
zamon o‘qituvchisi  hayotimizda  yuz berayotgan  tub o‘zgarishlarning  asosiy
ishtirokchilaridan   biri   bo‘lib,   u   har   tomonlama   yetuk,   chuqur   bilimga   yega bo‘lgan   mutaxassis,   Vatani   va   xalqiga   sodiq,   pedagogik   mahorat   va
layoqatga   yega   bo‘lgan,   jamiyatdagi   hamda   kasb   vazifalarini   yaxshi   bilgan
shaxs yetib tarbiyalashdan iboratdir. 
Fanning   vazifasi   -  davr  talabiga   javob  beradigan  yosh  mutaxassislarni
faqat   nazariy   bilimlarni   chuqur   o‘rgangan   holda   yemas,   balki   ayni   vaqtda
buyuk   insoniy   fazilatlarga   yega   bo‘lgan,   muomalaga   kirisha   oladigan,   o‘z
ishini puxta yegallagan mohir mutaxassislar yetib tayyorlashdan iboratdir. 
Talabalar uchun
talablar  -   o‘q ituvchiga   va   guru h doshlarga   nisbatan   h urmat   bilan   munosabatda
b o‘ lish;
- universitet ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;
- uyali telefonni dars davomida o‘chirish;
- berilgan uy vazifasi  va mustaqil ish topshiriqlarini  o‘z vaqtida va sifatli
bajarish;
- ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man yetiladi;
-   darslarga   qatnashish   majburiy   hisoblanadi,   dars   qoldirilgan   holatda
qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart; 
-  darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok yetish;
-  talaba o‘qituvchidan so‘ng, dars xonasiga – mashg‘ulotga  kiritilmaydi;
- talaba  reyting ballidan norozi bo‘lsa   ye’lon qilingan vaqtdan boshlab 1
kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin 
E l e ktron pocht a
orq a li munos a b a tl a r
t a rtibi  Professor-o‘qituvchi   v a   t a l a b a   o‘rt a sid a gi   a loq a   yelektron   pocht a
orq a li   h a m   a m a lg a   oshirilishi   mumkin,   telefon   orq a li   b a ho   m a s a l a si
muhok a m a  qilinm a ydi, b a hol a sh f a q a tgin a  universitet hududid a ,  a jr a tilg a n
xon a l a rd a   v a   d a rs   d a vomid a   a m a lg a   oshiril a di.    E lektron  pochtani   ochish
va q ti soat 15.00 dan 20.00 gacha 
“Pedagogik mahorat” o‘quv fanini o‘rganish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
bakalavr:  
 pedagogik-psixologik   tayyorgarlik   tizimi   talabalarini,   o‘quv-tarbiyaviy   jarayon   asosida
yotgan qonuniyatlarni yegallash yo‘llari; 
 pedagogik faoliyat metodikasi;  
 yangi pedagogik texnologiya va texnikasi;  
 pedagogik mahorat va texnikasi mohiyatini tushunish xususiyatlari;  
 bu   jarayonning   uslub   va   tamoyillarini   kadrlar   tayyorlash   va   qayta   tayyorlash   tizimiga
ko‘chirish malakasiga yega bo‘lish yo‘llari;  
 pedagogik mahoratini yegallash yo‘llari;  
pedagogik texnika va madaniyatini muayyan tizimga solish va uni shakllantirish yo‘llarini  bilishi
kerak.
Fanning hajmi :
№ Mashg‘ulot turi Ajratilgan soat SemestrФан бўйича талабаларнинг билим, кўникма ва малакасига қўйиладиган
талаблар: 1 Nazariy ( ma’ruza ) 36 3
2 Amaliy mashg‘ulot - -
3 Laboratoriya mashg‘ulot - -
4 Seminar 40 3
5 Kurs ishi - -
6 Mustaqil  ta’lim 60 3
Jami: 1 36  
Nazariy mashg‘ulotlar mavzulari va ularga ajratilgan soatlar:
№   Mashg‘ulotlar  mavzu lari   Ajratil
gan soat  
1   Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatida 
tutgan o‘rni   2  
2   O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat  2  
3   O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati   2  
4   Pedagogik muloqat – o‘qituvchining ijodiy faoliyati sifatida   2  
5   O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi   4  
6   O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot   2  
7   Pedagogik nazokat va odob-axloq   2  
8   Pedagogik texnika haqida tushuncha, pedagogik texnikani 
shakllantirish uslublari   4  
9   Nutq texnikasi va notiqlik ma’dani yati  4  
10 O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati   2  
11 O‘qituvchining ta rb i yachi sif a tid a gi  mahorati   2  
12 O‘ qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat 
  olib borishi 2  
13 O‘qituvchi pedagogik faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan 
foydalanish   2  
14 O‘qituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o‘rni   2  
15 O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil yetish  2  
Jami  
36  
Seminar mashg‘ulotlar mavzulari va ularga ajratilgan soatlar: № Mavzular nomi Ajratilg
an soat
1  Pedagogik mahorat haqida tushuncha va uning o‘qituvchi faoliyatida 
tutgan o‘rni   2  
2  O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat  4  
3  O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati   2  
4  Pedagogik muloqat – o‘qituvchining ijodiy faoliyati sifatida   2  
5  O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi   4  
6  O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot   2  
7  Pedagogik nazokat va odob-axloq   2  
8  Pedagogik texnika haqida tushuncha, pedagogik texnikani shakllantirish 
uslublari   4  
9  Nutq texnikasi va notiqlik ma’dani yati  4  
10  O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi mahorati   2  
11  O‘qituvchining ta rb i yachi sif a tid a gi  mahorati   2  
12  O‘ qituvchining tarbiya texnologiyalari asosida faoliyat 
  olib borishi 2  
13  O‘qituvchi pedagogik faoliyatida kompyuter texnologiyalaridan 
foydalanish   2  
14 O‘qituvchi pedagogik faoliyatida kasbiy refleksiyaning o‘rni   2  
15 O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil yetish  2  
16 Pedagogik fikrlarning retro tahlili   2  
Jami:   40  
Mustaqil ta’lim  topshiriqlari bo‘yicha tavsiyalar :
Mustaqil   ta’lim   mavzusi   talabalar   mustaqil   o‘rganadigan   amaliy   va   amaliy
mashg‘ulotlardan   iborat   bo‘ladi.   Mustaqil   ta’lim   talabalarni   nazariy   bilimlarini
mustaxkamlashga   mavzularni   tushunish   qobiliyatlarini   maksimal   darajada
rivojlantirishga   umumiy   dunyoqarashlarini   kengaytirishga   yordam   beradi.
Mustaqil ta’limga fan bo‘yicha 60 soat ajratilgan. 
№ M ustaqil  ta’lim ning mavzulari
1.  Yosh o‘qituvchi harakatidagi tipik xatolar va ularni tuzatish yo‘llari.  
2.  I.A.Karimov asarlarida o‘qituvchilar va ularning vazifalari haqida. 
3.  Pedagogik nazokat masalalarining tarixiy taraqqiyoti.  
4.  O‘qituvchining diqqati va dars jarayonida undan foydalanish yo‘llari.  
5.  O‘qituvchining   muloqotga   kirishishida   uchraydigan   pedagogik   nizolar,
kamchiliklar, ularni oldini olish yo‘llari.   6.  O‘qituvchi xarakteri va uning individual xususiyatiga qarab toifaga bo‘linishi.  
7.  Eng   qadimgi   davrlardan   XXI   asrning   boshigacha   bo‘lgan   davrda   o‘qituvchi-
ustoz,   shogird   va   ularning   jamiyatdagi   o‘rni,   mahorati   haqidagi   pedagogik
fikrlar.  
8.  Sharq   donishmadlari   va   mutafakkirlarining   ijodiy   merosida   mudarrislarni
tanlash,   ularga   qo‘yilgan   talab,   ularning   mahorati,   muloqot,   muomala
madaniyatiga qo‘yilgan talablar.  
9.  Hozirgi   zamon   pedagogikasida   ilmiy-pedagogik   adabiyotlarda   pedagogik
mahorat,   pedagogik   texnika   (uning   tizimi   va   mohiyati   haqida   olg‘a   surilgan
g‘oyalar).  
10.  Nazokat va taktika muammolari.  
11. Qobiliyatlarning   pedagogik-psixologik   tasnifi.   Pedagogik     qobiliyatlarning
asosiy   turlari.   Yempatiya   va   pertseptiv   qobiliyatlari.   Tashkilotchilik,   bilish,
anglash qobiliyatlariga tasnif.  
12. O‘qituvchining irodasi, sabr-toqat, maqsadga intilish va boshqa ta’sir o‘tkazish
qobiliyatlari.  
13. Qobiliyatlar   haqida   sharq   mutafakkirlarining   fikrlari.   O‘qituvchining
kommunikativ qobiliyati.  
14. O‘qituvchining   yuzni   o‘qish   san’ati,   o‘zgalar   holatini   tushuna   olishi.   O‘zini
namoyon qila olish san’ati. 
15. O‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.  
16. Pedagogik muloqotning tashkiliy bosqichlari.  
17. “O‘qituvchi-o‘qituvchi”,   “o‘qituvchi-o‘quvchilar   jamoasi”,   “o‘qituvchi-
maktab   rahbariyati”,   “o‘qituvchi-bolalarning   ota-onalari”   orasidagi   muloqot
madaniyati.  
Baholash mezonlari  :
Talabaning   “Pedagogik   mahorat”   fani   bo‘yicha   bilim,   ko‘nikma   va
malakalarini baholashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:  
   
a)   86-100   ball   uchun   talabaning   bilim   darajasi   quyidagilarga   javob   berishi
lozim:   Pedagogik   mahorat   haqida   tushuncha,   o‘qituvchi   faoliyatida   tutgan   o‘rni;
pedagogik   mahoratning   pedagogika,   sotsiologiya,   psixologiya   va   shu   kabi
gumanitar  fanlar bilan o‘zaro munosabatlari  haqida tasavvurga yega bo‘lish;  nutq
texnikasi   va   madaniyatini   o‘zlashtirishi;   turli   pedagogik   ziddiyatlarning   oldini
olish   va   bartaraf   yetish   usullari;   pedagogik   qobiliyat   haqida   bilimlarga   yega
bo‘lish;   “Pedagogik   mahorat”   kursini   o‘rganish   jarayonida   kompyuter,   axborotli
o‘qitish   texnologiyalari,   pedagogik   texnika   sirlarini   puxta   yegallash,   pedagogik
mazmunga   yega   bo‘lgan   o‘yinlar   qo‘llanilishi   bo‘yicha   amaliy   ko‘nikmalarni
yegallash;   ta’lim   va   tarbiya   jarayonidagi   birgalikdagi   faoliyat   profilaktikasi,
mavzuga doir mahalliy va xorijiy manbalarga asoslangan  nazariy bilimlarga yega bo‘lib,   mazkur   bilimlarni   amaliyotda   qo‘llay   olish   kompetentsiyalarga   yega
bo‘lish.  
   
b)   71-85   ball   uchun   talabaning   bilim   darajasi   quyidagilarga   javob   berishi
lozim:   Pedagogik   mahorat   haqida   tushuncha,   o‘qituvchi   faoliyatida   tutgan   o‘rni;
pedagogik   mahoratning   pedagogika,   sotsiologiya,   psixologiya   va   shu   kabi
gumanitar  fanlar bilan o‘zaro munosabatlari  haqida tasavvurga yega bo‘lish;  nutq
texnikasi   va   madaniyatini   o‘zlashtirishi;   turli   pedagogik   ziddiyatlarning   oldini
olish   va   bartaraf   yetish   usullari;   pedagogik   qobiliyat,   pedagogik   texnika   haqida
bilim va ko‘nikmalarga yega bo‘lish hamda amalda qo‘llay olish.  
   
v)   55-70   ball   uchun   talabaning   bilim   darajasi   quyidagilarga   javob   berishi
lozim:   Pedagogik   mahorat   haqida   tushuncha,   o‘qituvchi   faoliyatida   tutgan   o‘rni;
pedagogik   mahoratning   pedagogika,   sotsiologiya,   psixologiya   va   shu   kabi
gumanitar   fanlar   bilan   o‘zaro   munosabatlari   haqida   tasavvurga   yega   bo‘lish;
pedagogik texnika va nutq texnikasi hamda madaniyatini o‘zlashtirish. 
   
  g)   fanning   mazmunini   DTSda   belgililangan   minimal   BKMlar   darajasida
o‘zlashtirmagan talabalarga 54 dan past ball qo‘yiladi. 
 
Reyting  jadvali :
Maksimal ball – 100 b.  
JN (joriy nazorat) – max s . 50 b.  
ON (oraliq nazorat) – max s . 20 b. 
YN (Yakuniy nazorat) – maxs. 30 b. Saralash ball – 55 b.  
  86-100 ball – “ baho . 
 71-85  ball – “ 4 ” baho . 
  55-70 ball –  “ baho.  
  0 -54  ball – “ baho.  
 Nazorat  
turi   Nazorat
shakllari   Har bir nazorat
uchun
belgilangan
maksimal ball   Nazorat  
s oni   Nazorat
shakllari
bo‘yicha
belgilangan
maksimal
ball  
Joriy   nazorat   Og‘zaki   5 0   1   5 0  
Jami:   5 0   1   5 0  
Oraliq nazorat   Yozma ish   2 0   1   2 0  
Jami:   2 0   1   2 0  
Yakuniy nazorat  
(YN shakli
fakultet kengashi
bilan kelishib
rektor buyrug‘i Test   30   1   30   bilan
tasdiqlanadi).  
Jami:   30   1   30  
Umumiy j ami:   100   3   100  
O‘quv uslubiy adabiyotlar va yelektron ta’lim resurslari ro‘yxati
Asosiy darslik va o‘quv qo‘llanmalar
№
№   Muallif  Adabiyot
nomi  Adabi
yot turi  Nashr yili  Adabiyo
tning
A RM
dagi
shifri  A d a biyot
ning
A RM   d a gi
invent a r
r a q a mi   A R M
d agi
s oni 
1
1   Xoliqov A.A. Pedagogik
mahorat   Darslik   -T.: Iqtisod-
moliya,
2011.  - 420
b.   74.00  ya
73  
X-74   U -7181   50  ta  
2
2   Ziyoomuham -
medov B.X.  Pedagogik
mahorat
asoslari   O‘quv
qo‘ll.   -T.: TIB-
KITOB,
2009. -183
b.   74.00  
Z-60   U-6903   40  ta  
3
3   Azizxodjaeva
N.N.   Pedagogik
texnologiya
va pedagogik
mahorat   O‘quv
qo‘ll.   -T.:  
O‘ zbekiston
yozuvchil a r
uyushm a si,
200 6. -159
b.  74.00  
A 99   U-6 418   150 ta  
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar. Pedagogik psixologiya. -T.: 
O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007. - 410 b. 
2. Ochilov Malla.  Muallim qalb me’mori. – T.: O‘qituvchi, 2000. 
3. Karimova V. “Mustaqil fikrlash” metodik qo‘llanma. -T.: - 2000 y. 
4. Hamdamova M. Yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish 
mexanizmining pedagogik-psixologik asoslari (uslubiy tavsiyalar). TDPU, 2007. 
5. Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari.-
T.: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. 2006. -261 b. 
6. Hodiev B.Y., Boltabaev M.R. “Oliy o‘quv yurtidagi tarbiyaviy ishlarga 
psixologik yondashuvlar”. -T.: TDIU, 2009. -119 b. 
7. Zayzun A. Osnovы pedagogicheskogo masterstva – M.: Yunnost, 1988.  
   
E lektron ta’lim resurslari:
1. www.tdpu.uz  
2.  www.pedagog.     uz    
3. www. Ziyonet. uz  
4. www.edu. uz 
5. tdpu -INTRANET.ped   Izox: qo‘shimcha adabiyotlar boshqa axborot-resurs markazlarida mavjud. 2.2. Ma’ruza matni
2.3. Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar.
1. Amaliy topshiriq. Matnni o‘qing va fikr-mulohazalaringizni bildiring.
O‘qituvchining pedagogik texnikasi ham vatanparvarlikka, xalqimizning ma’naviy
merosini   mustahkamlashga,   o‘quvchilarning   o‘z   imkoniyatlarini   erkin   namoyon
qilishiga   asoslangan   bo‘lishi   shart.   Shu   ma’noda   taniqli   adib   Tursunoy   Sodiqova
asarlarida   hozirgi   kun   o‘qituvchisiga   qo‘yiladigan   “Murabbiylikning   shartlari”
oqilona berilgan:  “...Siz insonlarning hech bir  yo‘q joydan “shoxini  ko‘kartirish”,
qulfi  dilini   ochish,  dunyosini   kengaytirish,   kechagi  holatidan  bugunini  yuksakroq
qilish   uchun   bu   ishga   qo‘l   urdingiz.   Ammo   oldin   biling:   umringizni   sarflab   olib
borayotgan harakatlaringiz ro‘parangizdagi o‘quvchiga yoqayaptimi, yo‘qmi? Bor
gap shunda!
  Murabbiylikni   xohlagan,   shu   kasbga   o‘qigan   odam   murabbiy   bo‘lib   qolmaydi.
Ustozlikning o‘ziga xos parhezlari, bosib o‘tilmaydigan chegara chiziqlari bordir!
Birinchidan,   dilingizda   ustoz─murabbiyning   yozilganu   yozilmagan   qonun
qoidalariga   bo‘ysunaman,   degan   Allohga   qasamingiz   bo‘lsin!   Ikkinchidan,
niyatingiz sof bo‘lsin! Men insonlarni faqat yaxshilikka o‘rgataman deng, orqamda
o‘z   qo‘lim   bilan   yaratilgan   fayzli   bog‘lar   qoladi,   deb   tilak   tilang!   Toki
shogirdlaringiz sizning sharofatingiz bilan faqat savob ishlarga dahldor bo‘lsinlar.
Uchinchidan, haqiqiy murabbiy bo‘laman desangiz, birovga biror narsa o‘rgatishni
astoydil   xohlang   va   siz   ilm   oluvchiga   nisbatan   muxabbat   qo‘ying!   Har   bir
ishingizga fidoyilik bilan kirishing. Buning otini ixlos deydilar! Shu ishtiyoq sizda
qanchalik   kuchli   bo‘lsa,   Tangri   sizga   shuncha   ko‘p   uquv   beradi,   ep   beradi,
mushkullaringizni   O‘zi   osonlashtiradi.   Murabbiylikda   ta’tilga   chiqish,   sog‘ligi,
kayfiyatiga qarab faoliyatini to‘xtatish, degan gap yo‘q. Yo‘lda ham, cho‘lda ham,
hamma   fasl,   hamma   manzilda,   qo‘yingchi,   umringizning   oxirgi   nuqtasigacha   siz
faoliyat  ustidasiz.  Bu degani, sizning borlig‘ingiz, har  bir so‘z, har bir  ishorangiz
odamlar uchun nur, madad va xaloskorlikdir.  Nazardan qolgan, qarg‘ish olgan, loqayd murabbiylar tarbiya maskanlariga qadam
bosmasliklari kerak. Ular ishlayveradilar, ammo o‘qituvchilikning noni yuqmaydi,
ro‘shnolik   ko‘rmaydilar,   falokatlari   arimaydi,   niyatlariga   yetmaydilar.   Chunki
muqaddas kitoblarda “neki bersak, egallab turgan kasb koringizdan berurmiz” deb
yozilgan.   Kasbga   halollik   buyuk   ibodatdir”   .   Adiba   o‘qituvchidan   o‘z   kasbiga
sadoqatli   bo‘lishni,   fidoyilikni,   yuksak   ma’naviyatni,   tinimsiz   mehnatni,
o‘quvchilarga nisbatan mehr va muxabbatni, halol va pokiza bo‘lishni talab qiladi.
Bu aynan o‘qituvchi pedagogik texnikasining ham muhim xususiyatlaridan biridir. 
2. Amaliy topshiriq:    Mavzuni mustahkamlash  uchun quyidagi savollarga  javob
bering.
1. O‘qituvchining   pedagogik   texnikasi   qanday   ko‘nikma   va   malakalardan
iborat? 
2. Pedagogik   texnika   tushunchasi   ikki   guruhga     bo‘linib   o‘rganiladi,   ularga
ta’rif bering?
3. Pedagogik texnikaning muhim hususiyatlari nimalardan iborat?
4. “O‘qituvchi–murabbiy   professiogrammasi”da   talqin   etilgan   pedagogik
hislatlari?
5. O‘qituvchi harakatlarida aktyorlikka xos xususiyatlarga ta’rif bering?
6. T.Sodiqovaning   falsafiy   fikri:   pedagogik   texnika   va   “murabbiylik
shartlari”ga o‘z mulohazalaringizni  bildiring?
7. O‘qituvchining   tashqi   ko‘rinishida   pedagogik   texnikaning   qanday   holatlari
muhim ahamiyat kasb etadi?
8. O‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida   mimik   va   pantomimik   harakatlar
qanday  ahamiyatga ega?
9. O‘qituvchining   o‘z   hissiy   holatlarini   nazorat   qilishida   qanday   faoliyat
turlari muhim rol o‘ynaydi?
10. Pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish jarayoni?
11.Tajribali o‘qituvchi nutqida namoyon bo‘luvchi holatlar?
1 2 . O‘qituvchi nutqining funksiyalarini izohlab bering?
1 3 . Bo‘lajak o‘qituvchi nutqiy faoliyatini qanday takomillashtirishi mumkin? 14.  Nutq texnikasida nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar.
3.“Talabalarning nutqiy kompetentligini tashxislash”
so‘rovnomasiga javob bering va o‘z-o‘zingizni baholang.
Bunda so‘rovnomaga quyidagicha ball qo‘yiladi: 
- agar berilgan fikr to‘liq ma’qullansa – 7b.;
- agar fikrga qo‘shilish yoki qo‘shilmaslikda ikkilansa – 2dan 6 ballgacha;
- agar javob berilmasa – 0 b.
- agar so‘rovnomada fikr tugallanmasa, uni tugallash lozim.
1) Balki   mening   kamchiliklarim   bordir,   lekin   men   yaxshi   inson   ekanligimni
bilaman.
2) Men   muloqotda   bo‘ladigan   tengdoshlarimning   ko‘pchiligini   yaxshi
insonlar   deb   hisoblayman.   Men   xarakterimdagi   kuchli   va   kuchsiz   tomonlarimni
bilaman.
3) Mening kuchli tomonlarim ......
4) Mening kuchsiz tomonlarim ......
5) Mening   xarakterimda   yaxshi   va   yomon   jihatlarim   bor,   lekin   yaxshi
jihatlarim ko‘proq.
6) Mening   do‘stlarim   turli   vaziyatlarda   o‘zini   undoq   yoki   bundoq   tutishi
sabablarini odatda tushunaman.
7) Men o‘zimni hurmat qila olaman.
8) Mening tanishlarim va do‘stlarimning aksariyati hurmatga loyiq.
9) Men hayotdan nima hohlashimni bilaman. Masalan:.........
10) Do‘stlarim   va   guruhdoshlarim   hayotdan   nima   hohlashlarini   bilaman.
Masalan:......
11) Men tengdoshlarim bilan kamdan-kam ziddiyatga boraman.
12) Men ota-onam bilan deyarli urushmayman.
13) Qarama-qarshiliklar jiddiy bo‘lsa ham, insonlar bilan doimo kelishishim
mumkin. 14) Men insonlar bilan kelisha olaman.
15) Kim bilandir urushib qolsam, tezda yarashib keta olaman.
16) Muloqot jarayonida suhbat uchun mavzu topishim oson.
17) Men fikrimga qarshi fikrlaydiganlar bilan ham osuda suhbatlasha olaman
va uning fikrini eshitaman.
18) Kimgadir jahlim chiqsa, unga ko‘rsatmaslikka harakat qilaman.
19) O‘z fikrimni ochiq bayon qilishga qiynalaman.
20) Jamoaviy muhokamalarda soyada qolishni yoqtiraman.
21) Men birovlardagi yoqtirmaydigan jihatlarni yuziga ayta olaman.
22) Insonlar har xil bo‘ladi, bu juda yaxshi.
23) Insonlar har xil bo‘ladi, demak ular bilan o‘zingni har xil tutishing kerak.
24) Muloqot   jarayonida,   suhbatdoshni   ham   nuqtai   nazari   borligini   hisobga
olish kerak.
Talabalarning  mustaqil tayyorgarligi uchun  quyidagi topshiriqlar beriladi:
1. Quyidagi   mavzular   asosida   reja   tuzing   va   o‘z   fikr   –
mulohazalaringizni bildirib, “Mustaqil ish” yozing:
1. “Pedagogik texnikaning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi o‘rni”
2. “O‘qituvchining   pedagogik   texnikasini   takomillashtirishda   hozirgi   kun
talablari”.
3. “O‘rta Osiyoda notiqlik  san’atining rivojlanishi”.
4. “Hozirgi   kunda   o‘qituvchi   nutq   madaniyatini   takomillashtirish
muammolari”.
       2. Talabalar mustaqil tayyorgarligi uchun  topshiriqlar.
Quyidagi   mavzular   asosida   reja     tuzing   va   o‘z   fikr   –   mulohazalaringizni
bildirib “Mustaqil ish” yozing.
1. “Hozirgi   kunda   yosh   o‘qituvchining   muloqot   madaniyatini   rivojlantirish
muammolari”
2. “Sharq   mutafakkirlari   va   faylasuf   olimlari   ijodiy   merosida   muloqot
madaniyatining  ifodalanishi”. Quyidagi   mavzular   asosida   reja   tuzing   va   o‘z   fikr   –   mulohazalaringizni   bildirib,
“Mustaqil ish” yozing:
1. “Pedagogik texnikaning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi o‘rni”
2. “O‘qituvchining   pedagogik   texnikasini   takomillashtirishda   hozirgi   kun
talablari”.
3. “O‘rta Osiyoda notiqlik  san’atining rivojlanishi”.
2.5. Fan mavzulari yuzasidan taqdimotlar.
2.6. Xulosa va tavsiyalar.
                                                  Xulosa
Pedagogik   mahorat   mazmunida   pedagogik   texnika   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.
Chunki,   u   ta’lim-tarbiya   uchun   zarur   bo‘lgan   umumpedagogik   malakalar
yig‘indisidan   iborat.  Uning  tarkibida  o‘qituvchining  nutq  texnikasi,   o‘z   fikri,  his-
tuyg‘ularini   so‘zda   aniq   ifoda   etish,   mimik,   pantimimik   ifodalar   mohiyat
mazmunini   chuqur   egallash,   aktyorlik,   rejissyorlik   malakalariga   ega   bo‘lish,   o‘z
hissiyotini   boshqara   olish   kabi   muhim   kasbiy   mahoratning   tarkibiy   qismlari
yotadiki,   ularni   bilmasdan   turib,   o‘quvchi   yoshlarga   ta’sir   ko‘rsatish,   o‘qitish,
tarbiyalash     ishlarini   muvaffaqiyatli   amalga   oshirish   mumkin   emas.   Pedagogik
texnika   elementlari   bilan   qurollanish   o‘qituvchi   o‘z   kuchini,   vaqtini   tejab   ijodiy
ishlash uchun shart-sharoitlar yaratib beradi.
Shuni ham alohida qayd etib o‘tmoq joizki, qayd qilingan pedagogik texnikaning
tarkibiy qismlari kompleks amalga oshirilsa, kutilgan muddaoga erishiladi.
Yangi nutq texnikasi mimik, pantomimik qoidalar bilan qo‘shib amalga oshirilsa,
o‘quv   materiallarini   bayon   qilishda   o‘qituvchi   aktyorlik,   o‘quv   topshiriqlarini
so‘rash   jarayonida   rejissyorlik   malakalaridan   foydalanish   har   qanday   sharoitda
ham   o‘z   hissiyotini   boshqara   olish,   bunda   so‘z,   gap   ohangi,   qarash,   imo-ishora
bilan   kutilmagan   pedagogik   vaziyatda   osoyishtalik   aniq   fikr   yuritish,   tahlil   qilish
qobiliyatiga asoslansa kutilgan natijaga erishiladi.  Nutqiy   kompetentlik   deganda   muloqotda   yuzaga   chiqadigan   murakkab
shaxsiy   xususiyatlar,   kommunikativ   qobiliyat   va   malakalar,   shaxs   xarakteri,
temperamenti   haqidagi   psixologik   bilimlar,   psixologik   holatlar   tushuniladi.
Demak,   pedagogning   kommunikativ   kompetentligi   –   aloqa,   hamkorlik,
birgalikdagi   faoliyat,   o‘zaro   ta’sir   va   oxir-oqibatda   munosabatlar   tizimini
ta’minlaydi.
   Nutqning ifodaliligi talaba diqqatini o‘ziga jalb qila olishdan iborat bo‘lgan
kommunikativ sifatdir. O‘qituvchi  dars  mavzusini  tushuntirar  ekan, o‘z nutqining
ifodaliligiga   e’tibor   bermasa,   ifodalilikni   ta’minlaydigan   vositalardan
foydalanmasa,   nutqi   quruq,   shirasiz,   jozibasiz   bo‘ladi   va   natijada   bunday   nutq
talaba   diqqatini   torta   olmaydi.   Mukammal   shakllangan,   talab   darajasidagi   nutqiy
madaniyat  muloqot kompetentligining muhim o‘zagi hisoblanadi.
Bo‘lajak   o‘qituvchilarning   nutqiy   texnikasini   ta’lim   jarayoni
qatnashchilarining   rivojlanishi   va   o‘z-o‘zini   namoyon   qilishi,   shuningdek,   ta’lim
sifatini oshirish usullaridan biri deb qarash mumkin. 
        Nutqiy   texnika   shaxslararo   zarur   aloqalarni   o‘rnatish   va   bir   maromda
saqlash   qobiliyatidir.   Samarali   muloqot   uchun   suhbatdoshlarning   o‘zaro
tushunishiga   erishish   xarakteri   hisoblanadi   va   muammolarning   hal   bo‘lishiga
ko‘maklashadi, maqsadlarga erishishini ta’minlaydi.
          Talabalarda   nutqiy   texnika   va   madaniyatni   shakllantirish   uchun   turli-
tuman   samarali   metod   va   texnologiyalardan   foydalanish   mumkin.   Suhbat,
diskussiya,   kommunikativ   mashqlar   va   kommunikativ-psixologik   treninglar,
testlar,   pedagogik   vaziyatlar,   rasmiy   o‘yinli   yozma   va   og‘zaki   topshiriqlar
texnologiyalar shular jumlasidandir.
Insonning   tashqi   ko‘rinishi   ham,   ichki   dunyosi   ham   uyg‘un   bo‘lishi   kerak.
Kiyinish   madaniyatiga   har   doim   e’tibor   beradigan   nozik   did   sohiblari   muomala
madaniyatiga ham katta ahamiyat berishi shak-shubhasizdir.
                                       Tavsiyalar: 1.   Madaniyatli   nutq,   nutqiy   texnikanini     talabalarda     shakllantirish   uchun
kommunikativ   mashqlar,   pedagogik-psixologik   treninglardan   foydalanish
maqsadga muvofiqdir.  
2. Go‘zal   nutq, muloqot  odobi,  ona tilining  qudrati   kabi  masalalar  hamisha  ulug‘
allomalarimiz   diqqat   markazida   bo‘lib   kelgan.   XX   asr   boshlariga   kelib,
Maxmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy kabi
bir   qator   ma’rifat   darg‘alari   ona   tilimiz   muhofazasi   va   rivoji,   sofligi   va   nafosati,
nafis   nutq   sezgisi   haqida   jiddiy   qarashlarni   ilgari   surganlar.   Buyuk
allomalarimizning   nutq   odobi,   madaniyati,   kompetentligi   haqidagi   fikr-
mulohazalarini talabalarga tushuntirib borish zarur.
3. Ma’nili va bejirim gapira bilish, nutq zanjiridagi maqbul va nomaqbul xalqalarni
ilg‘ay   olish,   so‘zning   orqa-o‘ngini,   o‘z   munosib   o‘rnini   farqlay   bilish,   nutqiy
fahmu-farosat, nozik nutq odobi kabi fazilatlar Turonda inson umumiy axloqining,
ma’naviy   rasoligining   tayanch   ustunlaridan   sanalgan.     Shu   bois   ham   talabalarni
aynan shunday fazilatlar egasi qilib tarbiyalash hozirgi kunda ham zarurdir.
4.   Har   bir   o‘quvchining   qanday   dunyoqarashga   egaligi ,   tafakkuri,   bilim   saviyasi,
hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro  muloqotida namoyon bo‘lishini
uqtirish lozim.
5.   O‘quvchi-yoshlarning   muloqot   odobi   va   muomala   madaniyatini   shakllantirish
uchun   mavjud   pedagogik   va   axborot   texnologiyalari,   turli   metod   va   vositalardan
foydalanish zarur.
Ta’lim oluvchilarga mavzuni o‘zlashtirish uchun quyidagi savollar beriladi:
1. O‘qituvchining   pedagogik   texnikasi   qanday   ko‘nikma   va   malakalardan
iborat? 
2. Pedagogik   texnika   tushunchasi   ikki   guruhga     bo‘linib   o‘rganiladi,   ularga
ta’rif bering?
3. Pedagogik texnikaning muhim hususiyatlari nimalardan iborat?
4. “O‘qituvchi–murabbiy   professiogrammasi”da   talqin   etilgan   pedagogik
hislatlari? 5. O‘qituvchi harakatlarida aktyorlikka xos xususiyatlarga ta’rif bering?
6. T.Sodiqovaning   falsafiy   fikri:   pedagogik   texnika   va   “murabbiylik
shartlari”ga o‘z mulohazalaringizni  bildiring?
7. O‘qituvchining   tashqi   ko‘rinishida   pedagogik   texnikaning   qanday   holatlari
muhim ahamiyat kasb etadi?
8. O‘qituvchining   pedagogik   faoliyatida   mimik   va   pantomimik   harakatlar
qanday  ahamiyatga ega?
9. O‘qituvchining   o‘z   hissiy   holatlarini   nazorat   qilishida   qanday   faoliyat
turlari muhim rol o‘ynaydi?
10. Pedagogik texnikaning ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish jarayoni?
11.Tajribali o‘qituvchi nutqida namoyon bo‘luvchi holatlar?
1 2 . O‘qituvchi nutqining funksiyalarini izohlab bering?
1 3 . Bo‘lajak o‘qituvchi nutqiy faoliyatini qanday takomillashtirishi mumkin?
14.  Nutq texnikasida nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
Talabalarning  mustaqil tayyorgarligi uchun  quyidagi topshiriqlar beriladi:
Quyidagi   mavzular   asosida   reja   tuzing   va   o‘z   fikr   –   mulohazalaringizni
bildirib, “Mustaqil ish” yozing:
1. “Pedagogik texnikaning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi o‘rni”
2. “O‘qituvchining   pedagogik   texnikasini   takomillashtirishda   hozirgi   kun
talablari”.
3. “O‘rta Osiyoda notiqlik  san’atining rivojlanishi”.
4. “Hozirgi   kunda   o‘qituvchi   nutq   madaniyatini   takomillashtirish
muammolari”.                      Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston   Respublikasining   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   qonuni.   //Barkamol
avlod   -   O‘zbekiston   taraqqiyotining   poydevori.   –Toshkent;   “Sharq”,   1997,   20-29
betlar.
2. O‘zbekiston   Respublikasining   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi
to‘g‘risida”gi qonuni. //Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –
Toshkent; “Sharq”, 1997, 31-61 betlar.
3. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – Toshkent,
“O‘zbekiston”, 2009. – 24 bet.  
4. Karimov   I.A.   Yuksak   ma’naviyat   –   yengilmas   kuch.   –   T.:     “O‘zbekiston”,
2009. – 176 b.    5.   Azizxo‘jaeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   -
Toshkent, TDPU, 2003.
6. Davletshin   M.G.     Zamonaviy   maktab   o‘qituvchisining   psixologiyasi.–   T.:
O‘zbekiston, 1999. – 29 b.
7. Zagvyazinskiy   V.I.   Pedagogicheskoe   tvorchestvo   uchitelya.   Biblioteka
uchitelya i vospitatelya. – M.: Pedagogika, 1987.- 160 s.
8. Kodjaspirova   G.M.   Teoriya   i   praktika   professionalnogo   pedagogicheskogo
samoobrazovaniya.- M.: MGOPI, Alfa, 1993.- 120s.
9. Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi.   1-qism:   Pedagogika   nazariyasi.
(M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar) – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. – 380 b. 
10.  Makarenko A.S. 
11.  Sam o ylenkov F. Masterstvo, pedagogicheskiy takt – eto avtoritet uchitelya.
– M.: Prosveщenie, 1990.- 254 s.
12. Sodiqova T.   Murabbiy kim?... – T.: “Toshkent islom universiteti”, 2006. –
83 b. 
13. Sultonova G.A. Pedagogik mahorat. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005.-
149 b.

« NUTK TEXNIKASI VA MADANIYaTI - PEDAGOGIK TEXNIKANING ASSOSIY OMILLARIDAN BIRI » mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY IShI

BITIRUV MALAKAVIY IShINING MUNDARIJASI Kirish .............................................................................................................. 1 BOB. Pedagogik texnikani shakllantirishning nazariy masalalari. 1.1. Pedagogik texnikani shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari. pedagogik muammo sifatida. 1.2. Pedagogik texnikani shakllantirishda nutq texnikasi va madaniyatining o‘rni. 2 BOB. “Pedagogik mahorat” fanidan ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI 2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi (Sillabus) 2.2. Ma’ruza matni 2.3. Fan yuzasidan keyslar to‘plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar. 2.4. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘rsatmalar. 2.5. Fan mavzulari yuzasidan taqdimotlar. 2.6. Xulosa va tavsiyalar

Kirish. Mavzuning dolzarbligi . Ijtimoiy-siyosiy mustaqillikka erishish O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Bu davrda, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ta’lim va tarbiya soxasida ham yosh avlodga jahon ta’limi andozalariga muvofiq bilim berish va uni milliy qadriyatlarimiz negizida tarbiyalashning ijtimoiy-xuquqiy asoslari ishlab chiqildi. Prezidentimiz I.A.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” mavzusidagi ma’ruzalarida shunday deydilar: “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘lar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz, farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoyilik ko‘rsatish – bu barchamizning muqaddas burchimizdir, desam, o‘ylaymanki, butun xalqimizning fikrini ifoda qilgan bo‘laman”. 1 Bozor iqtisodiyoti munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilgan hozirgi davrda shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Endi Davlat va jamiyat o‘z hayotida yetakchi mavqeni egallaydigan shaxsning ma’rifiy-madaniy qiyofasini shakllantirish, uni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish haqida g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bu g‘amxo‘rlik natijasida ta’lim O‘zbekiston Respublikasining Davlat siyosatida ustuvor bo‘ldi. Xuddi mana shu siyosat natijasida mustaqil mamlakatning ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish jarayoni boshlandi. Bu jarayon, birinchi navbatda, pedagogika fanining tadqiqot ob’ektini kengaytirdi. Ushbu sohada mavjud bo‘lgan ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf etish zaruriyatini qo‘ydi. Pedagogika fanining muhim vazifalaridan biri – ta’limning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, uning maqsad va vazifalari, ta’lim darajalari, ta’lim-tarbiyani amalga 1 Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир. Халқ сўзи. 2010 йил 30 январь, № 21.

oshirish mexanizmlari, uzluksiz ta’lim tizimi komponentlari, ta’lim jarayonining mazmuni, ta’lim natijasiga qo‘yiladigan talablarning shaxs, Davlat hamda jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan yondashilgan holda ishlab chiqilishida namoyon bo‘ladi. Ta’limning maqsad va vazifalari, uning mazmunini aniqlaganda, pedagogika fani, birinchi navbatdagi masalaga shaxsni rivojlantirish, uning manfaatlarini Davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashtirish, shaxs faoliyati, dunyoqarashini Davlat va jamiyatni rivojlantiruvchi omil darajasiga ko‘tarishga erishishni nazarda tutmog‘i lozim. Bunda ta’limni shaxs va jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi mexanizm darajasida asoslash nazarda tutiladi. Pedagogik faoliyatda muloqot ta’lim oluvchilarga zamon talablari asosida ta’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayonlarni ijtimoiy- pedagogik jihatdan ta’minlash tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’lim jarayonida pedagogik va nutqiy texnika, madaniyat sohibi bo‘lishga undaladi, o‘qituvchi esa bu jarayonni faollashtiruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi. Respublikamizning “Davlat tili haqida”gi Qonuni, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa hujjatlarda o‘qituvchining mahoratini belgilovchi pedagogik texnikaga ham alohida e’tibor berilgan. Shu sababli nutq texnikasi va madaniyatini o‘z ichiga oluvchi pedagogik texnikani shakllantirishni dolzarb masala deb belgiladik. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Nutq madaniyati, so‘zlashish odobi haqida buyuk allomalar, mutafakkirlarimizning fikr-mulohazalari, asarlari bizgacha yetib kelgan va tarbiyaviy ahamiyatini hanuzgacha saqlagan. Shuningdek, ma’rifatparvar yozuvchi-shoirlarimiz, arboblarimiz ham bu borada katta meros qoldirganlar. Zamondoshlar ichida ham ushbu mavzu ustida qator ilmiy ishlar, izlanishlar olib borilgan. T.Qudratovning “Nutq madaniyati asoslari”, .Maxmudovning “O‘qituvchi nutqi madaniyati”,

S.Mo‘minovning “So‘zlashish san’ati”, E.Begmatov, A.Boboevalarning “O‘zbek nutqi madaniyat “ ocherklari, N.Maxmudovning “Ma’rifat manzillari” risolasi, A.Xoliqovning “Pedagogik mahorat”, X. Ibragimov, X.Ibragimov, Sh.Abdullaevalarning “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir. Bundan tashqari kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kommunikativ, nutqiy kompetentlik, uni yoshlarda shakllantirish haqidagi ilmiy tadqiqot natijalari Rus olimlaridan Markova A.K., Golovko Ye.A., Zimnyaya I.A., Zyabkina I.G. kabilar ham mazkur mavzuni keng yoritib berganlar. (Adabiyotlar ro‘yxatiga qarang). N. Muslimovning “ Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” monografiyasi, , N. Muslimov, M.Mutalipovalarning “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” metodik qo‘llanmasi ham shular jumlasidandir. Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak o‘ qituvchilarda pedagogik texnika omillaridan nutq texnikasi va madaniyatini shakllantirish uslublarini aniqlash. Tadqiqotning ilmiy farazi: Agar bo‘lajak o‘ qituvchidagi pedagogik texnikani shakllantirish uslublari aniqlansa: - ta’lim va tarbiyaning birligiga erishiladi; - bo‘lajak o‘ qituvchining pedagogik texnikasi, muloqot texnikasi va muomala madaniyati tarbiyasi, nutqiy kompetentlik samaradorligi ortadi; - bo‘lajak o‘qituvchilarning nutqiy kompetentlik haqidagi bilimlari kengayadi. Tadqiqotning ob’ekti: Bo‘lajak o‘ qituvchidagi nutq texnikasi va madaniyati, pedagogik texnikani shakllantirish jarayoni. Tadqiqotning predmeti: Bo‘lajak o‘ qituvchidagi nutq texnikasi va madaniyati, pedagogik texnikani shakllantirish mazmuni. Tadqiqotning vazifalari: 1. Bo‘lajak o‘ qituvchidagi pedagogik texnikani shakllantirishga oid ijtimoiy, pedagogik va metodik manbalarni tahlil qilish.