logo

Zamonaviy voleybol tavsifi o’yin texnikasi va uning tasnifi

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

213.2744140625 KB
Mavzu: Zamonaviy voleybol tavsifi o’yin texnikasi va uning tasnifi
M u n d a r i j a
  Kirish ……………………………………………………...................................
І. Bob. Zamonaviy voleybol  tavsifi ............................................................
1.1.   Voleybol ta’rifi va tarixi.. ......................................................................
1.2.   O’zbekistonda voleybolning vujudga kelishi ................. ..........................
ІІ. Bob.   Voleybol   o’yini texnikasi va uning tasnifi ...............................
2.1.  Hujum texnikasi, holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar.............
2.2.   To’p uzatish  va  to’p kiritish ............... .............................................................
2.3.   Hujum zarbalari  va    himoya texnikasi ........................ ..................................
2.4.  To’pni qabul qilish  va  to’siq qo’yish ..............................................................
Xulosa ……………………………………………………..................................
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………............................
1 Kirish
Mamlakatimizda   jismoniy   tarbiya   sohasini   rivojlanishiga   qaratilgan   qator
me`yoriy-huquqiy   hujjatlar   qabul   qilingan   va   jadallikda   hayotga   tatbiq   etib
kelinmoqda.   Jumladan,   O‘zbekiston   Respublikasining   «Ta`lim   to‘g‘risida»gi,
«Jismoniy   tarbiya   va   sport   to‘g‘risida»gi   qonunlari,   O‘zbekiston   Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi  PQ-3031-sonli   “Jismoniy tarbiya va ommaviy
sportni   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g’risida”gi   Qarori   shular
jumlasidandir [1, 2, 3].   Buning natijasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi
keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari
jahonning   nufuzli   musobaqalarida   yuksak   g‘alabalarni   qo‘lga   kiritib,
mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda.
  Ushbu   konseptual   xujjatlar   jismoniy   tarbiya   va   sport   sohasida   ulkan
isloxatlar,   beqiyos   bunyodkorlik   ishlarini   amalga   oshirish   imkoniyatini   yaratdi.
So’nggi yillar ichida yurtimiz xududlarida, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham
ko’pdan-ko’p   zamonaviy   sport   inshootlari   barpo   etildi   va   ayni   kunda   ular
farzandlarimiz,   halqimiz   xizmatida   faoliyat   ko’rsatib   kelmoqda.   Kundan-kunga
jismoniy tarbiya va sport, jumladan milliy sport turlari va milliy harakatli o’yinlar
milliy qadriyatlar sifatida halqimiz, ayniqsa o’quvchi-yoshlarning kundalik xayotiy
ehtiyojiga aylanib bormoqda.
Takidlash   joizki,   jismoniy   tarbiya   va   ommaviy   sport   turlarini   rivojlantirish
bilan   bir   qatorda,   “katta”   sport   mavqyeini   ko’tarishga   ham   ustivor   ahamiyat
qaratilmoqda. Yildan-yilga Respublikamizda halqaro va jahon miqyosidagi nufuzli
musobaqalarni   o’tkazish   an’anaviy   tadbirlar   tarkibidan   joy   olmoqda.   O’zbek
sportchilari  Osiyo,  Jahon  va Olimpiya musobaqalarida yuksak  natijalarga erishib,
yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelmoqda. 
Ushbu   natijalarni   mustahkamlash   va   ularni   yuksak   darajaga   ko’tarish
maqsadida   2000   yillardan   boshlab,   mamlakatimizda   “kichik   Olimpiada”
maqomida   o’tkaziluvchi   “Umid   nihollari”,   “Barkamol   avlod”   va   “Universiada”
kabi ko’p bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli
2 mavkega   ega   bo’lib,  iste’dodli   sportchilarni   xalqaro  va   Olimpiya  musobaqalariga
olib chiqishda “ko’prik” vazifasini o’tab kelmoqda. Bu borada barcha ustivor sport
turlari   kabi   qayd   etilgan   ommaviy   sport   musobaqalari   va   Olimpiya   o’yinlari
dasturidan joy olgan, yer qurrasida eng ommaviy deb tanilgan voleybol sport turiga
ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Voleybol   o’zining   hammabobligi,   kamharajatligi,   go’zal   o’yin   mazmuni,
kattayu-kichik   diqqatini   o’ziga   rom   qiluvchi   xujum   va   ximoya   kombinasiyalari
bilan   yurtimiz   shahar-qishloqlarida,   mahallayu-maskanlarda,   to’y   va   bayramlarda
baxs-raqobat,   sihat-salomatlik   jismoniy   va   ruhiy   barkamollik   vositasi   sifatida
xizmat qilib kelmoqda.
Voleybol   –   o’quv   fani   sifatida   barcha   ta’lim   muassasalari   o’quv   rejasiga
kiritilgan,   darsdan   va   ishdan   tashqari   vaqtlarda   faoliyat   ko’rsatadigan   sport
to’garaklari,   BO’SMlar,   sport   klublarida   maxsus   rejalashtiruv   xujjatlariga
asoslangan o’quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan.
Shu   bilan   bir   qatorda   ayni   kunda   voleybol   bo’yicha   iste’dodli   sport
zahiralari   va   yuqori   malakali,   raqobatbardosh   sportchilarni   tayyorlash   hamda
ommaviy   voleybol   geografiyasini   yanada   kengaytirish,   mashg’ulot   va
musobaqalarni   ilmiy   asosda   tashkil   qilish   zaruriyati   yuksak   kasbiy-pedagogik
salohiyatga ega mutaxassis-kadrlar yetishtirish muhimligiga e’tibor qaratadi. 
3 І. BOB.   ZAMONAVIY VOLEYBOL  TAVSIFI
1.1.  Voleybol ta’rifi va tarixi
Voleybol   1895   yilda   Amerika   qo’shma   shtatlarining   Massachusets
shtatidagi   Xoliok   shahrida   yosh   xristianlar   ittifoqini   jismoniy   tarbiya   bo’yicha
rahbari pastor Vilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o’yinini oddiy,
ko’p mablag’ sarflamasdan tashkil etishni ko’zda tutgan.
1896 yilda Springfild shahridagi  kollej  direktori  doktor  Alfred  Xalsted bu
o’yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida
“parvoz qiluvchi to’p” degan ma’noni bildiradi.
1896 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o’yin qoidalari quyidagicha edi:
1. Maydon chegaralari 7,6x15,2 m
2. To’rning o’lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm
3. To’pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm
4. O’yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo.
1895-1920   yillar   voleybol   o’yini   rivojlanishining   birinchi   bosqichi   bo’lib
hisoblanadi. 1920 yildan boshlab maydon o’lchamlari 9x18m qilib belgilandi.
O’yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi qo’yidagicha.
1900 y. – Kanada, 1906 y. – Kuba, 1909 y. – Puerto-riko, 1910 y. – Peru,
1917   y.   –   Braziliya,   Urugvay,   Meksika,   osiyoda   1908-1913   yillar   –   Yaponiya,
Kitay, Fillipinda, 1914 y – Angliya, 1917 y. – Fransiya.
Voleybol   1920-1921   yillarda   o’rta   Volga   ( Q ozon,   Nijniy   Novgorod)
hududlarida   tarqala   boshladi.   1922   yildan   boshlab   voleybol   Vseobuch   (Umumiy
harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi.
Moskvada   voleybol   bilan   muntazam   shug’ullanishga   san’at   va   teatr
vakillari   kirishdilar.   1923   yilda   tashkil   etilgan   «Dinamo»   jamiyati   sportning
boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ’ib qila boshladi.
Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda
paydo bo’ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi.
Jahon   voleybol   tashkilotlari   o’z   oldilariga   mamlakatda   voleybolni
ommalashtirish,   tarbiyaviy   ishlarni   kuchaytirish,   texnika   va   taktikani
4 mukammallashtirish,   o’yinchilarni   har   tomonlama   jismoniy   tayyorgarligini
yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo’ydilar.
Voleybolni   keng   ommalasha   borishi   musobaqalarning   yagona   qoidalarini
ishlab   chiqish   zaruriyatini   o’rtaga   tashladi.   Jumladan,   1925   yilning   yanvarida
Moskva   jismoniy   tarbiya   kengashi   voleybol   bo’yicha   musobaqalarning   birinchi
rasmiy qoidalrini tuzib, tasdiqladi. To’rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm
va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o’yin 15x7,5
o’lchamli maydonchada o’tkaziladigan bo’ldi.
1926   yilda   Moskvada   yangi   qoidalar   asosida   birinchi   musobaqalar
o’tkazildi. 1927 yildan voleybol bo’yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda
o’tkazila boshladi.
Voleybol bo’yicha ilk adabiyot 1926 yilda paydo bo’ldi va u «Voleybol va
mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoyev va A.A.Marku
edi.
Shu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy
Kavkazda,   Kavkazortida,   Uzoq   Sharq   va   O’ rta   Volga   o’lkalarida   ham   keng
tarqaldi.
1928 yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi.
Voleybol   taraqqiyotida   maktab  o’quvchilarining  spartakiadasi   ham  (1929)
katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan ko’pchiligi keyinchalik
voleybol ustalari bo’lib yetishdilar.
Shaharlararo   musobaqalar   soni   anchagina   ortdi,   bu   esa   turli   texnik
usullarning   paydo   bo’lishiga,   voleybol   taktikasining   rivojlanishiga,   o’yinchilar
jismoniy tayyorgarligining o’sishiga olib keldi. Shu davrda o’yinchilar maydonga
to’pni   kuch   bilan   kiritish,   aldov   zarbalari   usullarini   keng   qo’llay   boshladilar,
uzatish   texnikasiga   e’tibor   berdilar,   himoyaning   ahamiyati   ortib   o’yin   tezkor,
shiddatli bo’la boshladi, natijada o’yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi.
Voleybolning   ommaviy   rivojlanishi   va   keng   targ’ib   qilinishida   ko’pgina
madaniyat   va   istirohat   bog’larining   maydonchalarida   o’tkazilgan   musobaqalar
katta ahamiyatga ega edi.
5 30-yillarda   Olmoniyada   (Germaniya)   «Voleybol   –   rus   halq   o’yini»   deb
nomlangan voleybol bo’yicha musobaqa qoidalari kitobcha holida chop etildi.
Turli   shaharlarning   eng   kuchli   jamoalari   orasida   birinchiliklar   o’tkazilib
turildi.   1931   yilda   Xarkovda   Moskva,   Dnepropetrovsk   va   maydon   egalarining
erkak   va   ayollar   jamoalari   uchrashdilar.   Moskvalik   ayollar   g’olib   chiqdilar,   har
uchchala   erkaklar   jamoasi   bittadan   mag’lubiyat   va   g’alabaga   ega   bo’ldilar.   Bu
uchrashuvlar «tez sur’atli» o’yinning ahamiyati ancha ortganligini ta’kidladi.
1932 yildan voleybol barcha nufuzli sport musobaqalarining dasturiga teng
huquqli   sport   turi   sifatida   kiritildi.   Shu   sababdan   voleybol   bo’yicha   mamlakat
musobaqalarining har yili muntazam o’tkazib turilishi haqidagi masala ko’tarildi.
Voleybol   bo’yicha   “ittifoq”   birinchiligi   ilk   bora   Rossiyaning
Dnepropetrovsk   shahrida   1933   yilning   4-6   aprelida   bo’lib   o’tdi.   Musobaqalarda
ayollar jamoasi (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Baku, Minsk) va 5 ta erkaklar
jamoasi  (Moskva, Dnepropetrovsk, Xarkov, Tiflis, Minsk)  ishtirok etdi. Aylanma
tartibda   o’tkazilgan   o’yinlar   ko’p   sonli   tomoshabinlarni   o’ziga   jalb   qildi.
Qiziqarlisi,   birinchilik   tugagach,   moskvalik   aralash   jamoalarning   ko’rgazmali
o’yinlari o’tkazildi. Har bir jamoa tarkibida 3 ayol va 3 erkak bor edi.
Voleybol   bo’yicha   “Ittifoq”   ikkinchi   birinchiligi   1934   yilda   Moskvada
o’tkazildi.   Unda   tarkibida   9   kishilik   ayollar   va   erkaklar   jamoalari   qatnashdilar.
Mamlakat   maydonida   endi   Leningrad,   Sverdlovsk,   Gorkiy,   Rostov,   Toshkent
jamoalari paydo bo’ldi. Shu yilning oxiridayoq Moskva terma jamoasi Uzoq Sharq
safariga   chiqib,   Vladivostok,   Chita,   Ulan-Ude,   Novosibirsk   va   Tyumenda
ko’rgazmali uchrashuvlar o’tkazdilar. Bu esa, shubhasiz voleybolning Uzoq Sharq
va O’rta Osiyoda keng tarqalishiga sharoit yaratdi.
Yoshlar   orasida   voleybolni   ommalashishiga   qattiq   turtki   bo’lgan   hodisa
1935   yilning   avgustida   o’tkazilgan   maktab   o’quvchilarining   “Butunittifoq”
birinchiligi   hisoblanadi.   12   shahar   va   viloyat   jamoalari   ishtirok   etgan   bu
musobaqalarning   birinchi   bosqichi   chiqib   ketish   tartibida,   yakunlovchi   (final)
o’yinlar esa aylanma tartibda o’tkazildi. Har bir shahar jamoasi uchun uch jamoa:
katta va kichik yoshdagi yigitlar hamda katta yoshdagi qizlar qatnashdi.
6 1935 yil o’yinchilarning halqaro uchrashuvlarda birinchi bor kuch sinashib
ko’rganligi   tarixda   o’chmas   iz   qoldirdi.   Toshkentda   va   Moskvada
voleybolchilarimizning   Afg’oniston   jamoasi   bilan   ikkita   o’rtoqlik   uchrashuvi
bo’lib o’tdi. O’yin afg’on qoidalari asosida o’tkazilganligiga qaramay (jamoada 9
o’yinchi   bor   edi,   o’yin   22   ochkogacha   davom   etdi,   o’yinchilar   maydonda   joy
almashmadilar)   mamlakat   voleybolchilari   osongina   g’oliblikka   erishdilar.1936
yilning eng ommaviy o’yinlaridan biri VSSPS Kubogi uchun 100 dan ortiq jamoa
bilan o’tgan musobaqalar bo’ldi. Kubokni Moskvaning ayollar va erkaklar jamoasi
«Medik» qo’lga kiritdi.
Voleybolning   texnika   va   taktikasigina   emas,   musobaqa   qoidalari   ham
o’zgarishda davom etdi, ya’ni 1935 yilda erkaklar uchun to’rning balandligi 2 m 45
smga   ko’tarildi,   1937   yildan   esa   ayollar   uchun   to’rning   balandligi     2   m   25   sm
bo’ldi.   Maydonchada   hujum   chizig’i   belgilandi   va   old   hamda   orqa   chiziq
o’yinchilari degan tushuncha paydo bo’ldi, bu esa alohida o’yin ixlosmandlarining
harakatlarini   chegaralab   qo’ydi.   Shu   yildayoq   o’yinga   to’p   kiritish   joyi
maydonchaning orqa va o’ng qismidan 3 m qilib belgilandi. Sababidan qat’iy nazar
o’yinchilarni   almashtirishga   ruxsat   berildi   (ilgari   almashtirishga   faqat   baxsiz
hodisalardan keyin yo’l berilardi).
1938   yilda   “Ittifoq”   birinchiliklarini   o’tkazish   qoidalarida   jiddiy
o’zgarishlar   sodir   bo’ldi.   Bu   yilning   birinchiliklari   yozgi   maydonlarda   sport
jamiyatlari   jamoalari   orasida   o’tkazildi.   Dastlabki   o’yinlar   “Ittifoqning”   turli
shaharlarida o’tdi, yakuniy o’yin esa Moskvada bo’ldi. Birinchilik ko’pgina yangi
jamoalarni  o’ziga jalb etdi  va  hamma yerda  voleybol  taraqqiyotiga jonlanish  olib
kirdi.
Trenerlar   va   o’yinchilarning   texnika   va   taktika   sohasidagi   izlanishlari
davom etaverdi. Hujumning ahamiyati ortib borayotganligi bilan bog’liq ravishda
jamoalarni   6   nafar   hujumchidan   iborat   qilib   shakllantirishga   urinishlar   bo’ldi.
O’yinga yon tomon bilan kuchli to’p kiritish katta ahamiyat kasb etdi. Yakka to’siq
qo’yish   sifatini   oshirgan   holda   ayrim   jamoalar   guruh   bo’lib   to’siq   qo’yishga
o’tdilar.
7 Ikkinchi  jahon urushi  ko’pgina mamlakatlarda   voleybolning taraqqiyotini
to’xtatib qo’ydi. Ko’pgina sportchilar frontga ketdilar. Ammo joylarda sport hayoti
butunlay «to’xtab» qolgani yo’q. Bu davrda voleybol harbiy qismlarga kirib bordi.
1943   yildayoq   front   orqasidagi   voleybol   maydonchalariga   jon   kirdi.   Shu   yili
Moskva   va   boshqa   shaharlarning   birinchiliklari   o’tkazildi.   1945   yilda   voleybol
bo’yicha musobaqalar Moskva, Leningrad, Boku, Tbilisi shaharlarida bo’lib o’tdi.
To’garaklarda   o’quv-mashg’ulot   ishlari   muntazam   ravishda   o’tkaziladigan   bo’ldi.
Yetakchi   mutaxassislar   urushgacha   bo’lgan   davr   tajribasini   umumlashtirdilar.
Jamoaning hujumchilik harakatlarini jadal amalga oshirishga kata   e’tibor berildi.
Texnika va taktikada keskin o’zgarishlar bo’ldi – birinchi to’p uzatish yoki
birinchi   uzatilgan   to’pdan   hujum   qilish   keng   qo’llana   boshladi.   Guruhli   to’siq
qo’yish,   kuchli   to’p   kiritishlarning   kam   ishlatilishini   esa   asosiy   kamchiliklar
qatoriga kiritish mumkin.
1947   yili   “Ittifoq”   terma   jamoasi   xalqaro   doiraga   chiqishi   bilan   diqqatga
sazovor   bo’ldi.   Pragada   bo’lgan   demokratik   yoshlarning   birinchi   Xalqaro
festivalida   voleybol   bo’yicha   musobaqalar   o’tkazildi   va   ularda
Chexoslovakiyaning yosh jamoasi, Yugoslaviya hamda Leningrad terma jamoalari
qatnashdi.   Chexoslovakiya   terma   jamoasi   uchrashuvda   qattiq   qarshilikka   duch
keldi.   “Ittifoq”   voleybolchilari   shu   uchrashuvda   ustun   chiqdilar   va   demokratik
yoshlarning Xalqaro festivali g’olibi bo’ldilar. Chexlar bilan bo’lgan uchrashuvda
terma «voleybolchilari» birinchi bor “shamsimon” to’p kiritish vaziyatiga to’qnash
keldilar.Shu   yili   Parijda   xalqaro   voleybol   federasiyasi   ta’sis   etildi   (FIVB).
FIVBning   birinchi   prezidenti   Pol   Libo.   1984   yilda   uning   o’rnini   Roben   Akosta
egalladi   va   deyarli   2008   yilgacha   shu   lavozimda   faoliyat   ko’rsatdi.1948   yilda
“Ittifoq” voleybol sho’basi Xalqaro voleybol Federasiyasi (FIVB) a’zoligiga qabul
qilindi.
Shu   yilni   sentyabr   oyida   Pragada   erkaklar   jamoalari   orasidagi   birinchi
jahon   birinchiligi   va   ayollar   jamoalari   o’rtasidagi   birinchi   Yevropa   birinchiligi
bo’lib   o’tdi.   Bunday   yirik   musobaqalar   «Ittifoq   voleybolchilari»   uchun   katta
tayyorgarlik   bo’lib,   Budapeshtda   o’tgan   demokratik   yoshlarning   ikkinchi   xalqaro
8 festivalida   qatnashish   uchun   xizmat   qildi.   Erkaklar   o’rtasida   ikkinchi   jahon
birinchiligini   va   ayollar   o’rtasidagi   birinchi   jahon   birinchiligini   1952   yili
Moskvada   o’tkazishga   qaror   qilindi.   Musobaqalar   ko’p   sonli   tomoshabinlarni
o’ziga   jalb   qildi.   Omad   yana   “Ittifoq”   jamoalariga   kulib   boqdi.Keyingi   yillarda
rasmiy xalqaro musobaqalarda terma jamoalar natijasi  keskin pasayib ketdi. 1955
yilda   Buxarestda   o’tkazilgan   Yevropa   birinchiligida   “Ittifoq”   voleybolchilari   bor
yo’g’i to’rtinchi o’rinni egalladilar, ayollar esa birinchi o’rinni chexlarga bo’shatib
berdilar. 1956 yilda Parijda o’tkazilgan jahon birinchiligida “Ittifoq” ayollar terma
jamoasi   ikkinchi   marta   g’olib   degan   nomni   olishga   muvaffaq   bo’ldi,   erkaklar
jamoasi   esa   oldinga   Chexoslavakiya   va   Ruminiya   jamoalarini   o’tkazib   yubordi.
1958   yilda   Pragada   bo’lga   Yevropa   birinchiligi   xalqaro   doiradagi   kuchli
munosabatni o’zgartira olmadi.
Ayollar   o’rtasidagi   uchinchi   va   va   erkaklar   o’rtasidagi   to’rtinchi   jahon
birinchiligi   Yevropada   emas,   1960   yilda   Braziliyada   o’tkazildi.   “Ittifoq”   terma
jamoasi o’zining eng kuchli ekanligini yana bir bor isbotlab, ketma-ket uch marta
jahon   chempioni   unvonini   qo’lga   kiritdi.   Ilk   marta   qatnashayotgan   Yaponiya
ayollar   jamoasining   kumush   nishon   sovrindori   bo’lishi   katta   shov-shuv   ko’tardi.
“Ittifoq”ning   erkaklar   terma   jamoasi   yana   jahon   chempioni   nomiga   ega
bo’ldi.1962 yilda Moskvada ikkinchi marta – ayollar o’rtasidagi to’rtinchi, erkaklar
o’rtasidagi  beshinchi  – jahon birinchiligi o’tkazildi. Bu davrda Yaponiya, Polsha,
GDR,  Xitoy kabi   mamlakatlar  jamoalrining o’yin darajasi  nihoyatda  oshganligini
e’tirof etish kerak. Jahon birinchiligi ko’pgina jamoalarning texnikasi o’sganligini
ko’rsatdi.1963   yil   Yevropa   birinchiligi   Ruminiyada   o’tdi.   Shu   yilning   ko’pgina
xalqaro   musobaqalari   Tokioda   bo’ladigan   Olimpiada   o’yinlariga   tayyorgarlik
sifatida   o’tkazildi.   Ayrim   jamoalar   asosiy   tarkibini   5x1   tartibida   shakllantira
boshladilar.Tokio olimpiada o’yinlaridagi voleybolchilar kuch sinashuvi 1962 yilgi
jahon   birinchiligida   sovrinli   o’rinlarni   egallagan   jamoalar   mahoratini   ta’kidladi.
Yaponiya   ayollar   jamoasi   va   “Ittifoq”   erkaklar   jamoasi   birinchi   olimpiada
g’oliblari bo’ldilar, Tokio musobaqalari jamoalarning mahorat darajasi tobora o’sib
borayotganini   isbotladi.   Agar   ilgari   sovrinli   o’yinlarga   2-3   jamoa   da’vogarlik
9 qilgan   bo’lsa,   endi   ularning   soni   5-6   taga   yetdi.   Hatto   3:0   hisobi   hali   g’olib
jamoaning   so’zsiz   ustunligidan   dalolat   bermay   qo’ydi.   Tokio   musobaqalari
davomida   hakamlar   hay’atining   yig’ilishi   bo’lib,   unda   musobaqa   qoidalariga
o’zgarishlar kiritildi va tasdiqlandi. Bu o’zgarishlar 1965 yildan kuchga kirdi.
Yuqorida   qayd   etilganidek ,   1964   yil   Tokioda   o’tkazilgan   olimpiada
o’yinlaridan   so’ng   Amerika ,   Ovro’pa   va   Osiyo   voleyboli   maxorat   jixatidan
tenglasha   bordi.   Voleybol   taraqqiyotida   tamomila   yangicha   yo’nalish   yuz   bera
boshladi.   Mazkur   vaziyatni   Olimpiada   o’yinlari,   Jahon   chempionati   va   Jahon
kubogi   musobaqalari   davomida   turli   mamlakat   jamoalarining   erishgan   yutuqlari
misolida ko’rish mumkin.
 
1 .2. O’zbekistonda voleybolning vujudga kelishi
Tarihni,   ajdodlarimiz   merosini   bilmay   turib   bugungi   kunga   baho   berish,
kelajak   loyihasini   chizish   va   istiqlol   binosini   qurishga   kirishish   boshi   berk
ko’chaga   kirib   qolish   e htimolidan   holi   emas.   Shuning   uchun   har   bir   soxani
joylarda   vujudga   kelishi  va  rivojlanish  tarixini   o’rganmay  shu  soxani  bugungi   va
ertangi  istiqbolini   ta’minlash  mushkul   muammodir.  Voleybol  jismoniy  tarbiya va
sport tizimining yirik va mustaqil irmoqlaridan biri hisoblanib,  O’ zbekiston, uning
viloyatlari   va   tumanlarida   o’ziga   xos   rivojlanish   tarixiga   ega.   Voleybol
O’ zbekistonda eng ommalashgan sport turlari qatoriga kirsada, respublikamizning
barcha   mintaqalarida   u   turli   darajada   «obro’-e’tibor»   qozonib   kelgan.   Toshkent
shahri   va   Toshkent   viloyatida,   vodiy   shahar   va   qishloqlarida   voleybol   boshqa
viloyat tumanlaridagiga nisbatan samaraliroq «hurmat»ga sazovor bo’lgan. Bunday
vaziyatning sabablari deyarli shu viloyatlar tarixiy-ijtimoiy negizlari bilan bog’liq
deb   taxmin   qilinsada,   lekin   masala   chuqur   izlanishni,   mavzuga   oid   tarixiy
ma’lumotlarni ilmiy asosda o’rganishni taqazo etadi.
Voleybol   O’ zbekistonda   qachon,   qayerda   va   qanday   vaziyatda   vujudga
kelgani   haqida  aniq  ma’lumot   yo’q.  Lekin  ayrim  taxminlarga  qaraganda  1921-24
yillarda voleybol o’yini   Q o’qon, Toshkent va Farg’onada vujudga kela boshlagan.
O’ sha davrning sport veterani K.Lebedevning hikoyasiga binoan 1924-25 yillarda
10 ko’pgina   yoshlarni   doira   shaklida   joylashib   bir-birlariga   to’p   uzatish   o’yinlari
tarqala   boshladi.   Qiziq,   mazkur   davrda   voleybol   bo’yicha   qabul   qilingan   xalqaro
musobaqa   qoidalari   ancha   takomillashgan   bo’lib,   maydoncha   9x18   m,   to’p   bilan
faqat   uch   marta   o’ynash   mumkinligi,   o’yinchilar   tarkibi   bir   jamoada   6   kishidan
iborat   bo’lishi,   to’rni   balandligi   243   sm   (erkaklar   uchun),   hisob   15   ochkoga
yetganda o’yinning bir bo’limi yakunlanishi, to’pni o’yinga kiritish – xullas barcha
o’yin   qoidalari   zamonaviy   voleybol   o’yini   qoidalariga   o’xshash   edi.   Shunga
qaramay   O’zbekistonda   voleybol   qoidalari   1924-25   yillarda   xali   ancha   sodda
bo’lgan. O’sha davrning V.I.Perevoznikov degan sport ixlosmandining aytishicha,
1926   yilda   Toshkent   shahridagi   Chernishevskiy   nomli   maktab   o’qituvchisi
Moskvadan   musobaqa   qoidalari,   voleybol   to’ri   va   to’pini   birinchi   bor   keltirgan.
1927   yilning   26   aprelida   esa   aynan   shu   maktabning   voleybol   to’garagi   jamoasi
birinchi   rasmiy   musobaqa   tashkil   etib,   unda   u   yuksak   mahorat   ko’rsatdi   va
musobaqa   g’olibi   bo’ldi.   Mazkur   musobaqa   voleybolni   ommaviylashishi   va
shakllanishida katta burilish kashf etdi. 1927 yilning yoz oylaridan birida voleybol
bo’yicha   Toshkent   shahar   birinchiligi   o’tkazilib,   unda   9   ta   voleybol   jamoasi
ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jamoasi bu musobaqada ham
g’oliblikni qo’ldan bermadi.
Voleybolni   keng   ommaviylasha   borishiga   KIM   stadionida   o’tkazilib
kelingan musobaqalar katta ta’sir ko’rsatdi.
1927   yilda   Toshkentda   6   ta   voleybol   maydonchasi   mavjud   bo’lib,   ular
Chernishevskiy   va   KIM   nomli   maktablarda,   Mexanika   texnikumida   (2   ta),
«Metallist»   sport   to’garagi   qoshida   va   Profintern   yozgi   sport   klubida   joylashgan
edi.
1928 yilda Toshkentda  kuzgi voleybol  musobaqalari bo’lib o’tdi, unda 10
ta erkaklar va 4 ta ayollar jamoalari qatnashgan edi. 1929 yildan boshlab voleybol
bo’yicha Toshkent shahar birinchiligi muntazam o’tkazila boshladi.
1930   yillarda   «Dinamo»   ko’ngilli   sport   jamiyatida   voleybol   jamoalari
tuzildi.   Ilk   bor   tuzilgan   «Dinamo»   voleybol   jamoasining   birinchi   murabbiysi
B.A.Voronsov   O’zbekistonda   voleybolning   rivojlanishiga   salmoqli   xissa   qo’shdi.
11 Shu   bilan   bir   qatorda   malakali   mutaxassislarni   yetishmasligi,   ayniqsa   mahalliy
millatga   mansub   yo’riqchi,   murabbiy   va   tashkilotchilarni   sanoqli   bo’lganligi
voleybolning uzoq viloyat va qishloqlarda quloch yozishiga halaqit berib keldi.
Mehnatkashlarni, ayniqsa ayollarni  jismoniy tarbiya va sportga, jumladan,
voleybolga   jalb   qilish   maqsadida   Toshkent   shahar   Kengashi   Toshkent   mavze
qo’mitasi   bilan   birgalikda   1929   yil   25   apreldan   15   maygacha   Respublika
miqyosida amaliy haftalik tashkil qilgan edi. Mazkur tadbir sezilarli natijalar berdi.
Jumladan,   joylarda   jismoniy   tarbiya   va   sport,   aksariyat   voleybol   bilan
shug’ullanuvchilar   soni   keskin   ortib   borishi   ko’zga   tashlandi.   Ko’pgina   joylarda
voleybol   maydonchalari   va   boshqa   sport   inshootlari   barpo   etilishi   avj   olib   bordi.
O’quv-trenirovka   ishlariga   va   mutaxassislarning   malakasini   oshirishga,   alohida
ahamiyat  berildi. 1929 yil  30 sentyabrda  Samarqandda mahalliy millatga mansub
bo’lgan   yoshlardan   iborat   jismoniy   tarbiya   va   sport   bo’yicha   yo’riqchi-
tashkilotchilar tayyorlandi.
1933   yilda   O’ zbekiston   Spartakiadasi   o’tkazildi.   Erkaklar   o’rtasida
«Dinamo» va ayollar bahsida «O’ztrans» jamoalari birinchi o’rinni egalladi.
1934   yil   o’zbek   voleyboli   uchun   muhim   burilish   yili   bo’lib   qoldi.
J umladan ,   o’zbek   voleybolchilari   birinchi   bor   Moskvada   mamlakat   birinchiligida
ishtirok   etdi.   Shu   yili   voleybol   birinchi   bor   O’ rta   Osiyo   va   Q ozog’iston
Spartakiadasi dasturidan o’rin oldi.
1936   yilda   Toshkentda   «Jismoniy   tarbiya   turkumi»   va   «Fizkultura   UYI»
ochilishi   voleybolning   yanada   ommaviylashishida   katta   ahamiyat   kashf   etdi.
Bundan tashqari Toshkent moliya-iqtisod institutida voleybol bo’yicha mashg’ulot
va   musobaqalar   o’tkazishga   mo’ljallangan   katta   sport   zali   ochildi.   Samarqandda
shahar   ma’muriyati   va   shahar   fizkultura   Kengashi   Q aroriga   binoan   60   kishiga
mo’ljallangan voleybol sport maktabi ochildi.
Shuni ham ta’kidlash o’rinliki, o’zbek voleybolini ilk bor ravnaq topishida
A.Saakov,   G.L.Keshishev,   V.X.Shnurov,   V.F.Shveduks,   A.A.Bogachenko,
B.A.Voronsov kabi trenerlarning xizmati alohida ahamiyatga ega.
1938   yilga   kelib   O’zbekistonda   kuchli   jamoalarning   soni   72   taga   yetdi.
12 Bular   SAGU   «Dinamo»,   ODO,   Q urilish   texnikumi,   «Lokomotiv»,   O’ zTRANS,
SazPI   (Toshkent),   Farg’ona,   Xorazm,   Buxoro,   Q oraqalpog’iston,   Samarqand,
Qo’qon va boshqa jamoalardir.
1938   yilning   dekabridan   boshlab   birinchi   bor   Konstitusiya   kuniga
bag’ishlangan an’anaviy musobaqalar tadbiq  e tildi.
1939   yilning   fevral   oyida   Toshkentga   Moskva   «Lokomotiv»   jamiyatining
kuchli   voleybol   jamoalari   tashrif   buyurishdi.   O’tkazilgan   musobaqalarda
Toshkentning   ayollar   terma   jamoasi   2:1   hisobi   bilan   g’alaba   qozonishgan   bo’lsa,
erkaklar jamoasi mag’lub bo’ldi.
Voleybolning   yanada   ommaviylashishiga   va   voleybolchilar   mahoratining
oshishiga   1939   yilda   o’tkazilgan   mamlakat   birinchiligining   Toshkentda   tashkil
qilingan   zonal   musobaqalari   katta   asos   bo’ldi.   Bu   zonal   musobaqalarda   «Nauka»
(Tbilisi),   «Spartak»   (Stalinobad),   «Uchitel»   (Chkalov),   «Lokomotiv»   (Baku),
«Uchitel» (Kuybishev), «Spartak» (Ashxabad)  va «Stroitel» (Toshkent)  jamoalari
ishtirok   etishgan   edi.   Toshkentning   erkaklar   jamoasi   uchinchi,   ayollar   jamoasi
to’rtinchi o’rinni egalladi.
Ulug’   Vatan   urushi   yillarida   musobaqalar   soni   ancha   kamaygan   bo’lsada,
voleybol   aholini   jismoniy-harbiy   tomondan   tayyorlashda   o’z   vazifasini   topdi.
O’sha   davr   hisoblariga   qaraganda   1941   yilning   1   yanvarida   e’lon   qilingan
ko’rsatkichlar,   bo’yicha   respublikada   voleybol   bilan   shug’ullanuvchilarning   soni
14429 kishini tashkil etgan.
1941   yilning   oktyabr   oyida   O’zbekistoning   barcha   viloyat,   shahar   va
tumanlarida   harbiy   o’quv   shahobchalari   tashkil   etilib,   ular   faoliyatida   jismoniy
tayyorgarlikka alohida e’tibor berildi. 1943 yil 18 iyulda   O’ zbekiston sportchilari
va   sport   ixlosmandlari   “Mamlakat”   fizkulturachilar   kunini   nishonlashdi.
«Pishchevik»   stadionida   mazkur   sanaga   bag’ishlangan   voleybol   musobaqalari
bo’lib o’tdi.
Urushning   og’ir   yillariga   qaramasdan   O’ rta   O siyo   va   Q ozog’iston
Respublikasi   S partakiadasi   o’tkazilib,   undagi   dastur   bo’yicha   tashkil   etilgan
voleybol   musobaqalarida   O’zbekistonning   erkaklar   jamoasi   birinchi   o’rinni,
13 ayollar jamoalari bahsida esa  Q ozog’iston sportchilari yuqori natijaga erishishdi.
1944   yilda   o’tkazilgan   navbatdagi   O’ rta   O siyo   va   Q ozog’iston
Respublikasi   S partakiadasida   o’zbek   voleybolchilari   yuqori   mahorat   namoyish
etib, erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o’rinni egallashga muyassar bo’lishdi.
1945   yildan   boshlab   jismoniy   tarbiya   va   sport   hamda   jamoalarni   qayta
tiklash davri kuchga kira boshladi.
1946   yili   Toshkent,   Andijon,   Samarqandda   shahar   birinchiliklari,   shu   yil
iyun   oyida   respublika   birinchiligi   o’tkazilgan   bo’lsa,   oktyabrda   Toshkentning
«Lokomotiv»   jamoasi   Odessa   shahriga   “mamlakat”   birinchiligida   ishtirok   etish
uchun jo’nadi. Mazkur musobaqada  erkaklar  va ayollar  jamoalari o’z guruhlarida
to’rtinchi va uchinchi o’rinlarni egallashdi.
1947 yil  1 yanvarda berilgan hisobotlarga  ko’ra voleybol  bilan muntazam
shug’ullanuvchilarning   soni   9278   kishini   tashkil   etgan.   Respublika   bo’yicha   1
razryadli   voleybolchilar   –   6   kishi,   2   razryadlilar   344   kishini   o’z   ichiga   olgan.
Bundan   ko’rinib   turibdiki,   voleybolning   ommaviylik   darajasi   ham,
voleybolchilarning mahorat saviyasi ham ko’ngildagidek bo’lmagan.
Jismoniy   tarbiya   va   Sport   Qo’mitasining   1947   yilgi   hisobotida   bu   ahvol
haqida Surhondaryo, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi sanoqli sport inshootlarining,
jumladan,   voleybol   maydonchalarining   hyech   qanday   talablarga   javob   bermasligi
qattiq tanqid ostiga olingan edi.
O’zbekistonda   voleybolning   ommaviylik   doirasi   kengayishiga
respublikamizning 1948 yil 27 dekbrda qabul qilgan «Jismoniy tarbiya va sportni
aholi   orasida   rivojlantirish   hamda   sportning   ommaviyligini   oshirish»   haqidagi
Qarori alohida kuch bag’ishladi.
1949   yildan   qishloq   sportchilariga,   jumladan,   kolxozchi-voleybolchilar
sport harakatini jadallashtirishga katta e’tibor berildi. Shu yili o’tkazilgan qishloq
sportchilarining   VII   Spartakiadasida   ishtirok   etgan   voleybol   jamoalarining
umumiy soni 29887 kishiga etgan edi.
1947   yilda   musobaqa   qoidasiga   o’yin   5   partiya   davom   etishi   haqidagi
yangilik   kiritilgandan   so’ng,   shug’ullanuvchilardan   katta   jismoniy   tayyorgarlik,
14 chidamkorlik   va   matonat   talab   qilina   boshladi.   O’yinlar   mazmuni   va   mohiyati
yanada   qiziqarli   tomonga   o’zgara   bordi.   Lekin   shunday   bo’lsada,   o’zbek
voleybolchilarining   mahorati   xali   ittifoqdagi   kuchli   jamoalarnikidan   ancha   past
edi.
Bulardan   1326   kishi   institut   talabalari   bo’lsa,   qolganlari   ishchilar,
kolxozchilar, xizmatchilar va bolalarni tashkil etgan edi.
1950   yillardan   boshlab   O’zbekiston   voleybolida   uzluksiz   hujum   taktikasi
ustunligi   ko’zga   tashlana   bordi.   O’yinlarda   turli   taktik   kombinasiyalar   qo’llana
boshladi.
1950   yilning   iyulida   Toshkent   Temiryo’lchilar   bog’ining   sport
maydonchalarida   erkaklar   va   ayollar   jamoalari   o’rtasida   Ittifoq   Kubogi   o’yinlari
o’tkazildi.   O’zbek   voleybolchilari   bu   musobaqada   mag’lubiyatga   uchradilar.   Bu
mag’lubiyat   asosli   edi,   chunki   raqib   Moskvaning   «Dinamo»   jamoasi   edi.   Hisob
0:3.
1951   yildan   o’smirlar   o’rtasida   “Ittifoq”   birinchiligi   o’tkazila   boshlandi.
O’zbek o’smirlari 14 o’rin bilan kifoyalandilar.
1953   yilda   musobaqa   jadvalida   qishki   musobaqalar   paydo   bo’ldi.   1954
yildan   boshlab   voleybol   bo’yicha   Ittifoq   birinchiligi   «A»   va   «B»   guruhlariga
bo’lingan   holda   tashkil   etila   boshladi.   O’zbek   voleybolchilari   «B»   guruhiga
kiritildi.   Shu   yili   “Ittifoq”   musobaqalari   yopiq   sport   maydonchalarida   o’tkazila
boshladi.
1954   yil   1   yanvarga   kelib,   voleybol   bilan   shug’ullanuvchilar   soni   64942
kishiga ko’paydi. Lekin respublikada, viloyat, tuman va qishloqlarda voleybolning
mahorat darajasi juda past bo’lib, yuqori malakali voleybolchilar sanoqli edi.
1955   yilning   sentyabr   oyida   Toshkentda   ilk   bor   O’zbekiston   Davlat
jismoniy   tarbiya   instituti   tashkil   qilinib,   uning   tarkibida   sport   o’yinlari   kafedrasi
faoliyat   ko’rsata   boshladi.   1955   yildan   boshlab   respublikamiz   voleybolchilari
“Ittifoq”   xalqlari   Spartakiadasiga   tayyorgarlik   mashg’ulotlari   va   musobaqalarni
rejalashtirdilar.
Chunonchi, 1955 yil yakunida Jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi taklifiga
15 binoan Toshkentga Olma-Otaning erkaklar va ayollar jamoalari tashrif buyurishdi.
Birinchi   o’yinda   o’zbek   ayollar   jamoasi   3:0   hisobida   g’alaba   qozongan   bo’lsa,
erkaklar   jamoasi   2:3   hisobida   mag’lubiyatga   uchrashdi.   Ikkinchi   o’yinda,   ham
ayollar (3:0), ham erkaklar (3:2) jamoalari g’alaba nashidasini surishdi.
1956   yili   (iyul-avgust)   Moskvaning   Lujniki   sport   majmuasida   “Ittifoq”
xalqlari   Spartakiadasi   ochildi.   Spartakiadaning   voleybol   musobaqalarida
respublikamiz   erkaklar   jamoasi   14   va   ayollar   jamoasi   13   o’rinlar   bilan
kifoyalandilar.
O’zbek   voleybolchilari   mazkur   Spartakiadada   yaxshi   natijalarga   erisha
olmaganlaridan   so’ng   1957   yildan   boshlab   “Ittifoqdosh”   respublikalar   voleybol
jamoalari   bilan   qator   o’rtoqlik   uchrashuvlari   uyushtirildi.   Jumladan,   o’zbek
voleybolchilari   Boku,   Tbilisi   va   Yerevan   jamoalari   bilan   kuch   sinashib   barcha
o’yinlarda mag’lubiyatga uchrashdi.
1958   yilda   respublikamizda   maktablararo   musobaqalar   avj   oldi.   Ayniqsa,
bu   davrda   Oliy   o’quv   yurtlari   jamoalari   o’rtasidagi   musobaqalar   qizg’in   tus   ola
boshladi. SAGU va «Burevestnik» talabalari ko’ngilli sport jamiyati jamoalari eng
kuchlilar   qatoridan   joy   olishdi.   Maktab   o’quvchilari   orasida   Toshkentning   64-
maktab   o’smirlar   jamoasi   va   104-maktabning   qizlar   jamoasi   mazmunli   voleybol
namoyish qildilar.
1959 yilda o’zbek voleybolchilari “Ittifoq” xalqlari Spartakiadasida ishtirok
etib, erkaklar 14 o’rin, ayollar jamoasi esa 11 o’rinni egalladi.
Shu   yili,   ya’ni   1959   yilda   O’zbekiston   Davlat   jismoniy   tarbiya   instituti
o’zining birinchi bitiruvchilarini qutladi. Ular orasida voleybol ixtisosligi bo’yicha
11   kishi   oliy   ma’lumotga   sazovor   bo’ldi   (1   ta   o’zbek   ayoli   va   2   ta   o’zbek   yigiti
voleybol bo’yicha institutni tugatishgan edi).
1960   yilda   SKIF   voleybolchilari   (erkaklar   va   ayollar   jamoasi)   yozgi
respublika   talabalar   o’yinlarida   eng   yuqori   natijalarga   erishishdi.   Shu   yili   SKIF
jamoalari   Xarkov   shahrida   o’tkazilgan   “Ittifoq”     yozgi   talabalar   o’yinlarida
qatnashib, erkaklar jamoasi 13 o’rinni, ayollar oxirgi 18 o’rinni olishdi.
1961   yil   oktyabr   oyida   Toshkentda   O’zbekiston   ayollar   Spartakiadasi
16 ochildi. Bu tadbir ayollar voleybolining ommaviylashishida katta turtki bo’ldi.
1962   yilda   Toshkentda   Moskvaning   «Burevestnik»   ayollar   jamoasi,
«SKIF»   va   O’zbekiston   terma   jamoalari   uchrashuv   o’tkazdi.   Bunda   vakillarimiz
g’alabani boy berishdi.
1963   yili   “Ittifoq”   xalqlari   III   Spartakiadasida   respublikamiz   erkaklar
jamoasi   9,   ayollar   esa   15   o’rinni   egalladi.   Aynan   shu   yili   o’zbek   voleybolchilari
trener   I.L.Kiblinskiy   rahbarligida   «Dinamo»   Markaziy   Uyushmasi   birinchiligida
g’olib bo’lishdi va O’zbekiston voleybol tarixida ilk bor 6 ta sport ustasi darajasiga
ega   bo’lgan   sportchilariga   ega   bo’ldi.   Bular   –   G.Xudyakov,   G.Bagirov,
Yu.Simonov, V.Kucherov, V.Ananich va R.Xusainovlardir.
Ayollar   o’rtasida   esa   L.Velichko,   Ye.Sklyarova,   M.Katasonova,
L.Ishmayeva,  L.Raxmanqulova,  I.Nazarova va  boshqalar   birinchi   bor  sport   ustasi
degan nomga sazovor bo’ldilar.
O’zbek   voleyboli   tarixida   respublikamiz   terma   jamoalarining   xalqaro
musobaqalarda   ishtirok   etib   kelishi   alohida   ahamiyatga   egadir.   Shuni   ta’kidlash
o’rinliki,   o’zbek   voleybolchilari   o’zining   ilk   bor   xalqaro   uchrashuvini   1935   yil
oktyabr   oyida   Toshkentda   Afg’oniston   terma   jamoasi   bilan   o’tkazgan.   Mazkur
uchrashuv   “Ittifoq”   miqyosida   birinchi   xalqaro   musobaqa   bo’lib   o’rin   olgan.   Bu
davrda   xalqaro   musobaqa   qoidalari   bir-biridan   sezilarli   darajada   farq   qilgan.
Shuning   uchun   Afg’oniston   voleybolchilari   bilan   bo’lgan   uchrashuv   shu   davlat
qoidalariga   binoan   o’tdi.   Chunonchi,   maydonchada   9   kishi   o’z   joylarini
almashtirmasdan harakat qilishdi. Hisob 22 gacha davom etdi. 3 partiyadan iborat
bo’lgan o’yin 2:0 hisobida bizning voleybolchilarimiz foydasiga hal bo’ldi.
1961 yili afg’on voleybolchilari Toshkentga ikkinchi bor tashrif buyurishdi.
Birinchi kuni mehmonlar 0:3 hisobida «Mehnat rezervlari», ikkinchi kuni esa 2:3
hisobida «ODO» jamoalariga uchrashuvni boy berishdi.
Shu   yili   O’zbekistonga   Mongoliyaning   erkaklar   va   ayollar   jamoalari
kelishdi.   Mehmonlar   respublikamizning   «ODO»,   «SKIF»   va   «Buravestnik»
jamoalari bilan kuch sinashdi va barcha uchrashuvlarda mag’lub bo’lishdi.
1961 yilning dekabrida O’zbekiston voleybolchilari Indoneziyaga o’rtoqlik
17 uchrashuvlari   o’tkazish   uchun   jo’nashdi.   Ular   Suratayya   shahrida   qator
uchrashuvlarda ishtirok etib bitta o’yinda mag’lub bo’lishgan bo’lsa, qolganlarida
mezbonlar   jamoasidan   ustun   kelishdi.   1962   yil   iyun   oyida   O’zbekistonning
erkaklar   va   ayollar   jamoalari   Mongoliyaga   jo’nashdi   va   barcha   uchrashuvlarda
g’oliblikni qo’lga kiritishdi.
1964   yil   avgust   oyida   O’zbekistonga   javob   safari   bilan   Indoneziyaning
erkaklar va ayollar jamoalari tashrif buyurishdi. Mehmonlarning erkaklar jamoasi
O’zbekistonning   «Dinamo»   (Toshkent)   jamoasi   bilan   o’ynab,   uchrashuvni   0:3
hisobida   boy   berishgan   bo’lsa,   Indoneziyaning   ayollar   jamoasi   Toshkentning
«Spartak» jamoasi qizlariga 2:3 hisobida yutqazishdi.
Mazkur   halqaro   o’yinlarda   erkaklar   voleybol   jamoasidan   G.Xudyakov,
G.Bagirov, R.Xusainov, Yu.Simonov, V.Kucherov, V.Ananich, ayollar jamoasidan
esa   M.Katasonova,   Ye.Sklyarova,   L.Raxmanqulova,   Yu.Xoliqnazarova   va
L.Korchaginalarning alohida mahorat namoyish etganliklarini ta’kidlash lozim.
1970-72   yillarga   kelib   o’zbek   voleybolchilari   Bangladesh,   Hindiston   va
boshqa xorijiy davlatlarda halqaro o’rtoqlik uchrashuvlari o’tkazib yuksak mahorat
ko’rsatishdi.
1970   yildan   to   1991   yillargacha   o’zbek   voleybolchilari   talaygina   xalqaro
rasmiy va o’rtoqlik musobaqalarida ishtirok etib kelishgan. Bu davr ichida yuqori
malakali   voleybolchilar   doirasi   kengaya   bordi.   Bular   qatoriga   Olimpiada
chempionlari   V.Duyunova,   L.Pavlova,   yoshlar   o’rtasida   Ovrupa   chempionlari
L.Ishmayeva,   L.Suleykina,   O.Belova,   L.Lepilina,   O.Dubyaga,   S.Myachin   kabilar
kiradi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Respublikamizning erkaklar va ayollar
jamoalari 1934 yildan deyarli 1988 yillargacha “Ittifoq”   Chempionatida va 1956
yildan to 1986 yilgacha “Ittifoq” xalqlari Spartakiadasida ishtirok etib biron marta
yuqori   pog’onalardan   joy   olmagan.   Erkaklar   bir   martadan   6   o’rin   (1967)   va   8
o’rinlarni (1975), ayollar esa 6 o’rin (1971) va 5 o’rinlarni (1975) egallashgan.
Vatanimizning   o’z   mustaqilligini   qo’lga   kiritishi   o’zbek   voleybolining
xalqaro miqyosdagi o’rniga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1993 yil 24-31
iyulida   Shanxay   (XXR)   shahrida   o’tkazilgan   Osiyo   Chempionatida   mustaqil
18 O’zbekistonning   ayollar   milliy   terma   jamoasi   voleybol   tarixida   birinchi   bor
ishtirok   etib,   fahrli   6   o’rinni   qo’lga   kiritdi.   Mazkur   chempionatga   qadar   ushbu
musobaqalarga tayyorgarlik maqsadida Amerika Qo’shma Shtatlarining bir  necha
shaharlarida   bo’lib,   turli   universitetlar   voleybol   jamoalari   bilan   o’rtoqlik
uchrashuvlarini o’tkazishdi va o’yinlarda muvafaqqiyat qozonishgan edi.
1994   yilda   Taylandda   o’tkazilgan   «Prinsessa   Kubogi»   musobaqalarida
L.Ayrapetyans rahbarligida tashkil etilgan «SKIF-Interkross» klubi qoshida tarkib
topgan   ayollar   voleybol   jamoasi   ishtirok   etib,   maqtovga   loyiq   o’yin   namoyish
etishdi.
1997   yil   21-28   sentabrda   Manila   shahrida   o’tkazilgan   Osiyo
Chempionatida ayollar terma jamoasi 6 o’rin, 1998 yilda o’tkazilgan Qozog’iston
Respublikasi   Prezidenti   Kubogi   xalqaro   turnirda   3   o’rin,   shu   yili   Taylandda
o’tkazilgan IX «Prinsessa Kubogi»da 6 o’rin, 1998 yil 24-28 mayda o’tkazilgan X
Osiyo Chempionatida 3 o’rin va 1999 yil Toshkentda o’tkazilgan «Kubok Mikasa»
halqaro turnirida 1 o’rinlarni olishga sazovor bo’lgan.
E’tiborga   loyiq   joyi   shundaki,   istiqloldan   so’ng   o’zbek   voleybolining
taraqqiyoti   respublikamizda   yangicha   yo’nalishda   davom   etishi   ko’zga
tashlanayotir.   Jumladan,   1992   yildan   boshlab   muntazam   o’tkazilayotgan
O’ zbekiston   milliy   Chempionati   voleybolning   yanada   rivojlanishiga   va   ravnaq
topishiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Ayniqsa,   so’nggi   yillarda   tadbiq   etilgan   o’quv   muassasalari   o’rtasida
o’tkazilayotgan   3   bosqichli   musobaqalar   «Umid   nihollari»,   «Barkamol   avlod»  va
«Universiada»   voleybolni   o’quvchi-talaba   yoshlar   o’rtasida   keng   rivoj   topishiga
muhim turtki bo’lmoqda.
Shuni   ta’kidlash   o’rinliki,   so’nggi   yillarda   respublika   miqyosida
o’tkazilayotgan musobaqalarda professional  jamoalar  doirasi  kengayib bormoqda.
Bular   qatoriga   «Kinap»   (Samarqand   sh.),   «Viktoriya»   (Navoiy   sh.),   MHSK
(Chirchiq   sh.),   «SKIF»   (Toshkent   sh.,   O’ zDJTI)   va   hokazo   jamoalar   kiradi.
Mazkur   voleybol   jamoalarining   a’zolari   bo’lmish   o’yinchilar,   sport   ustalari
A.Sovich, Sh.Muslimov, I.Vlasov, A.Popovkin, S.Juravlev, I.Tambiyev (hammasi
19 «Viktoriya»   jamoasidan),   S.Banov,   A.Ribalkin,   A.Serebryannikov,   S.Myachin
(Toshkent-Samarqand   jamoasidan),   A.Kolesnikov,   K.Pak,   A.Jirnov,   V.Petrov,
M.Mamatyuk,   F.Bavatov,   D.Sultanov,   S.Siddiqov,   («SKIF»),   A. Q osimov,
R.Knyazev,   I.Ermish   («MHSK»),   V.Domnidi   ( Q o’qon)   barcha   musobaqalarda
o’zlarining   yuqori   saviyadagi   mahoratlarini   namoyish   etganlar.   Ayollar
jamoalaridan   «SKIF»   (Toshkent)   o’yinchilari   Ye.Lebedyanskaya,   P.Kibardina,
S.Ashurkova,   Ye.Shpachuk,   M.   Martinenko   (xalqaro   toifadagi   sport   ustalari),
S.Grigoryeva,   N.Xomenko,   N.Xodjayeva   va   boshqalar   O’zbekiston   sport   ustasi
degan nomga sazovor bo’lishdi.
Bu   borada   trener-mutaxassis   va   tashkilotchilarni   ham   xizmati   hurmatga
sazovordir.   Jumladan,   A.Kim   (Samarqand),   T.Abramova   (Toshkent),
G.Ponomarev   (Toshkent),   A.Asqarov   ( Q o’qon),   L.Ayrapetyans   (Toshkent)   va
boshqalarni alohida ta’kidlab o’tish o’rinlidir.
Musobaqa o’yinlarining mazmunli, qiziqarli va shu bilan bir qatorda talab
doirasida  o’tkazishda  O’zbekiston   voleybol   Federasiyasining   bosh  kotibi,  xalqaro
toifadagi   hakam   L.Ayrapetyans,   milliy   va   respublika   toifalaridagi   hakamlar
V.Shnurov,   V.Bardin,   N.Yaparov,   V.Bausov,   A.Po’latov,   I.Zoxidov,
N.Mamajonov va shu kabi ko’pgina mutaxassislarning xizmati katta.
O’zbekiston   voleybolini   yangicha   yo’nalishda   taraqqiy   ettirishda   uni
viloyatlarda   «harakatga»   keltirish,   xorijiy   davlatlarni   voleybol   jamoalari   bilan
aloqa   bog’lashda,   ular   bilan   rasmiy   musobaqalarni   tashkil   qilishda   O’zbekiston
voleybol   Federasiyasining   Prezidenti  E.M. G’ aniyev  hamda  federasiyaning  barcha
a’zolari ibratli faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.
Istiq l oldan so’ng o’tkazilgan O’zbekiston milliy chempionat lari  natijalari  3
jadvalda keltirilgan.
Xulosa   o’rnida   shuni   aytish   lozimki,   O’zbekiston   voleyboliga   oid   tarixiy
lavhalar   mazkur   o’yinni   qanday   yo’nalishlarda   shakllantirishga,   uning
ommaviyligini   yanada   oshirishga   hamda   istiqbolini   ta’minlashga   katta   yordam
beradi.
20 II. BOB.  Voleybol o’yini texnikasi va uning tasnifi
Voleybol   o’z   m ohiyati, mazmuni  va xususiyati  bilan boshqa  sport o’yinlari
farq   qiladi.   Voleybol   o’yini   nisbatan   kichik   bo’lgan,   ya’ni   o’rtasidan   teng   ikkiga
bo’lingan 18x9 metrli to’g’ri burchakli  to’rtburchak shaklidagi maydonchada amalga
oshiriladi.   Zamonaviy   voleybol   turli   o’yin   malakalari   va   taktik   kombinasiyalarga
nihoyatda  boy   bo’lib,   o’ta   katta   shiddat   va  tezlikda   o’tadi.  Binobarin,   voleybolning
yuqorida   zikr   etilgan   o’ziga   xos   xususiyatlari   o’yinchilardan   mukammal
takomillashgan   texnik   maxorat   talab   qiladi.   Musobaqa   o’yinlarida   texnik   maxorat
qanchalik   keng   va   tashqi   ta’sirlarga   nisbatan   mukammal   shakllangan   bo’lsa,
shunchalik g’alabani qo’lga kiritish imkoni ko’p bo’ladi.
O’yin   texnikasi   –   bu   bir   vaqtning   o’zida   ketma-ket   va   muayyan   maqsadli
tartibda   ijro   etiladigan   ixtisoslashgan   harakat   yoki   harakatlar   majmuasidir.   O’yin
texnikasi – harakatni aniq, tez, yengil, vaziyatga muvofiq, kam kuch sarf etib yuqori
samarada bajarishga mo’ljallangan bo’lishi lozim.
“Texnika”   atamasi   yunoncha   (tehnus)   so’z   bo’lib,   juda   keng   ma’noda
foydalaniladi va o’zbek tilida   “san’at” tushunchasini anglatadi. Miloddan avval 776
yildan   boshlab   har   4   yilda   Yunonistondagi   Olimp   tog’larining   etagida   joylashgan
Olimp     qishlog’ida   Xudo   Zevs   sharafiga   o’tkaziladigan   umum-yunon   bayram
musobaqalari ishtirokchilari 2 g’ildirakli aravachada poyga, mushtlashish, beshkurash
sporti bo’yicha o’z san’atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig’i shundaki har
bir  ishtirokchi  musobaqadan  oldin o’z qaddi-qomatini, mushaklarini  shakllanganligi
va   boshqa   shu   sportga   oid   hislatlarni   namoyish   qilishi   mazkur   musobaqaning
shartlaridan   biri   bo’lgan.   Demak,   muayyan   sport   turi   bilan   shug’ullanish   natijasida
odamning   qaddi-qomati,   mushaklari   va   organizmning   jamiiyki   barcha   organlari
shakllanadi,   binobarin   sportchining   texnik   mahorati,   san’atini   takomillashishi
ta’minlanadi.
Texnikaga oid barcha vositalar borki (samolyot, avtomobil, raketa, televizor,
sovutgich,   soat   va   hokozo),   ularning   texnik   pasporti   mavjud   bo’lib,   unda   mazkur
vositaning   texnik   ko’rsatkichlari   va   o’lchamlari   berilgan   bo’ladi.   Sportda   ham
muayyan harakat  malakasining o’ziga xos texnik ko’rsatkichlari, o’lchamlari va uni
21 ijro etishda shakllangan texnik tartibi mavjuddir.
Voleybol   o’yini   texnikasi   o’yinni   olib   borish   uchun   zarur   bo’lgan   harakat
usullari   majmuasidan   iboratdir.   Harakatlar   texnikasi   turli   vaziyatlarda   maqsadga
muvofiq,   samarali   harakat   qilish   bilan   baholanadi.   O’yindagi   har   bir   texnik   usulni
bajarish   bir-biri   bilan   uzviy   bog’langan   harakatlanish   tizimidan   tashkil   topadi.
Harakat texnikasi  harakat  vazifalarini muayyan usul  bilan hal qilish uchun zarur va
yetarli   bo’lgan   harakatning   dinamik   va   kinematik   xususiyatlaridir   (kuchlarning
muayyan izchilligi, gavdaning ayrim qismlari o’rtasidagi muvofiqlik va shu kabilar).
Texnikaning asosiy qismi – ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng
muhim va xal qiluvchi qismidir. Texnikaning asosiy qismini bajarish nisbatan qisqa
vaqt oralig’ida katta kuch sarflanishi bilan ifodalanadi.
Texnikaning   detallari   –   harakatning   asosiy   mexanizmini   buzmaydigan
ikkinchi darajali xususiyatdir. Texnika detallari turli sportchilarda turlicha bo’lib, bu
ularning morfologik va funksional imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Texnik   harakatlarni   bajarishda   harakatlarning   vaqt   jihatidan   ma’lum   bir
fazalari   farqlanadi.   Odatda,   harakatlarning   uch   fazasi:   tayyorgarlik,   asosiy   va
yakunlovchi fazalarini belgilab qo’yish mumkin.
Tayyorgarlik   fazasining   ahamiyati   harakatni   bosh   fazada   bajarish   uchun   qulay
sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar yugurib kelish, sakrash, aylanma harakatlarni
(to’siq   qo’yganda,   koptokni   o’yinga   kiritganda,   hujum   zarbasini   berishda)   bajarish
bilan   yaratiladi.   Asosiy   fazadagi   harakatlar   bevosita   asosiy   harakat   vazifalarini   hal
qilishga   qaratiladi.   Biodinamik   nuqtai   nazardan   bu   fazadagi   eng   muhim   narsa
harakatlantiruvchi   kuchlardan   tegishli   vaziyatda,   tegishli   yo’nalishda   samarali
foydalanishdan iboratdir.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar gavda muvozanatini saqlash maqsadida so’nib
boradi   yoki   keskin   tormozlanadi.   Voleybol   juda   dinamik   o’yin   bo’lganligi   sababli
voleybolchi   turli   texnik   usullarni   egallashi,   o’yin   vaziyatidan   kelib   chiqqan   holda
ularni   tanlay   olishi   va   uni   tez,   aniq   bajarishi   lozim.   Bu   esa   o’yinchining   texnik
mahoratini belgilaydi.
Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi:
22 - harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi;
-halal   beruvchi  omillar   (charchash,  tashqi   sharoitning  salbiy  ta’sirlari)   mavjudligida
harakatlarning bajarilish barqarorligi;
- raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va bunda
harakat qismlarini boshqara olish;
-  usullarning bajarilish ishonchliligi.
Voleybol taraqqiyotining har xil davrlarida texnik harakatlarni   bajarish usullari,
talablari,   shakli,   mazmuni   o’zgaradi   va   takomillashib   boradi.   Texnik   usullarning
o’zgarishiga   o’yin   qoidalarining   o’zgarishi,   taktik   harakatlarning   takomillashuvi,
o’yinchilar   jismoniy   tayyorgarligi   darajasining   o’sib   borishi   asosiy   sabab   bo’ladi.
Hujum   va  himoyadagi   o’yin  dinamikasining   o’sishi,  harakatlar   potensialining  oshib
borishi,   hujum   va   himoyadagi   kombinasiyalar   arsenalining   kengayishi   ham   texnik
usullarni   yangilashga   yoki   qayta   qurishga   turtki   bo’ladi.   Shunday   bo’lsa-da,   o’yin
texnikasida   foydalaniladigan   usullarning   bundan-da   samaraliroq   imkoniyatlari   yo’q
deb bo’lmaydi. Malakali  sportchilarning funksional  va jismoniy imkoniyatlari o’yin
texnikasiga yangi, ilg’or usullarni kiritish va uni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyat
yaratadi.   O’yin   texnikasini   tasniflash   –   ularni   shakli,   mazmuni,   qo’llaniladigan
usullarning   nimaga   mo’ljallanganligi,   harakatlarning   bir-biriga   bog’liqligi,
harakatlarning   kinematik   va   dinamik   tuzilishiga   qarab   ma’lum   guruhlar   va
bo’limlarga   ajratishdir.   Voleybol   texnikasi   ikkita   katta   bo’lim:   hujum   va   himoya
texnikalariga  bo’linadi.  O’z  navbatida,  yuqoridagi   bo’limlar   ham  texnik  usullarning
shakli va mazmuniga ko’ra bir qancha guruhlarga bo’linadi.   Har bir guruhda texnik
harakatlarning o’ziga xos bajarish usullari mavjud bo’ladi.
2.1. Xujum texnikasi
Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar
Holatlar.   Voleybol o’yinida o’yinchilar to’p bilan qisqa vaqt ichida harakat
qilishlari lozim. Shu sababli  u yoki bu o’yin sharoitida o’yinchi to’p bilan o’ynashi
uchun yuqori tayyorgarlik ko’rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini
bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak.
Hujum   zarbasini   berish   va   to’siq   qo’yishda   –   baland   (3   a-rasm),   o’yinga
23 kiritilgan   to’pni   qabul   qilishda   –   o’rta   (3   b -rasm),   hujum   zarbasini   yoki   to’siqdan
pastlab   qaytgan   to’pni   qabul   qilishda   –   past   (3   v -rasm)   holatlar   egallanadi.   Bunda
UOM   (umumiy   og’irlik   markazi)ning   holati   navbatdagi   harakatning   xususiyatiga
bog’liq   bo’ladi.   Shuni   ham   ta’kidlash   o’rinliki,   o’yinchining   bo’yi   va   uning
koordina ye sion   qobiliyati   UOMga   sezilarli   ta’sir   ko’rsatadi.   Shuning   uchun   ham
samarali   turish   holati   shunday   bo’lishi   kerakki,   bunda   UOM   tezda   tayanch
chegarasidan   chiqarilib,   zarur   harakatlanish   va   faoliyat   ko’rsatish   imkoniyatini
beraolsin.
Turish   holatlari   navbatdagi   harakatlarning   qo’llanilish   xususiyatiga   qarab
statik   (o’yinchining   harakatsiz)   yoki   dinamik   (asosiy   tayanchni   bir   oyoqdan
ikkinchisiga   o’tkazish   bilan   to’pni   qabul   qilish,   hujum   zarbasini   berish   yoki   to’siq
qo’yishni   kutishda)   holatlarda   bo’ladi.   Bu   turish   holatlarida   qo’llar   bel   barobarida,
barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo’ladi. Gavda erkin
holatda bo’lishi kerak.
Harakatlanish .   O’yinchi   ma’lum   bir   texnik   usulni   bajarish   uchun   maydon
bo’ylab   harakatlanadi.   Bunda   usul   va   o’yinning   vaziyatiga   bog’liq   holda,   qadam
tashlab   (oldinga,   orqaga,   yon   tomonga),   sapchib,   sakrab,   yugurib,   yiqilib   turli
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam  tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar
birmuncha   yumshoq   (UOM   tebranishining   sustligi   sababli)   bo’ladi.   Yon   tomonga
qadamlashdan   ko’p   hollarda   katta   bo’lmagan   masofani   bosib   o’tish   bilan   to’siq
qo’yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to’siqdan o’z yo’nalishini o’zgartirib
qaytgan   to’pni   qabul   qilishda   foydalaniladi.   Harakat   doimo   kerakli   harakat
yo’nalishiga   yaqin   bo’lgan   oyoqdan   boshlanadi.   Sapchib,   sakrab,   yugurish   bilan
bo’ladigan   harakatlardan   tez   javob   harakatlarini   amalga   oshirishda   qo’llaniladi.
Ko’rib chiqilgan harakatlardan ko’p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi.
Dastlabki   holatlar .   Dastlabki   holatlar   u   yoki   bu   texnik   usullarni   bajarishga
tayyorgarlik   fazasini   belgilaydi.   Dastlabki   holatlarni   egallashning   bajarilishi
kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni  va harakatlanishni  ta’minlashi
darkor.   Texnik   usulning   bajarilishidan   qat’iy   nazar,   dastlabki   holatlar   birmuncha
statikligi   bilan   farqlanadi:   to’pni   uzatishdan   oldin   (4   a-rasm),   pastdan   to’pni   qabul
24 qilishda (4  b -rasm), to’siq qo’yishda (4  v -rasm) va hujum zarbasini berishda (4-rasm).
2.2. To’p uzatish
Bu texnik usul orqali hujumni tashkil qilish va amalga oshirish uchun qulay
sharoit yuzaga keltiriladi. To’pni: tayanch holatdan ikki qo’llab, sakrab ikki qo’llab,
sakrab bir qo’llab, orqaga yiqilib turib ikki qo’llab uzatish mumkin.   Oxirgi usuldan
voleybolda kamdan-kam, keskin holat yuzaga kelganda foydalaniladi.
Yo’nalishi   bo’yicha   to’p   uzatishlar   (to’p   uzatuvchiga   nisbatan)   quyidagicha
bo’ladi: oldinga, o’z ustiga, orqaga.
Uzunligi   bo’yicha:   uzun   –   zonalar   osha;   qisqa   –   zonadan   zonaga;
qisqartirilgan – zona doirasida.
Balandligi bo’yicha: baland – 2 m dan yuqori, o’rtacha – 2 m gacha, past – 1
m   gacha.   Yuqoridagi   ko’rsatkichlarga   bog’liq   holda   to’pga     sekin,   tez   va   katta
tezlanish   beriladi.   To’pni   to’rga   yaqin   –   0,5   m   gacha   va   uzoq   –   0,5   m   dan   ortiq
masofada berish mumkin.
To’pni   uzatish   texnikasi   dastlabki   holat,   qo’lning   to’pga   qarama-qarshi
harakati, amortizasiya va to’pni yo’naltirishdan iborat bo’ladi. Dastlabki holatdan to’p
tomon   harakatlangandan   so’ng   voleybolchi     vertikal   holatda,   oyoqlarining   bukilish
darajasi   to’p   yo’nalishining   balandligiga   va   uchish   tezligiga   bog’liq   holda,   oyoq
kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo’lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz oldinda
bo’ladi. Qo’llar oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan bo’ladi (5-
rasm).
5-rasm
Qo’llar   to’p   bilan   yuz   tepasida   to’qnashadi.   Bunda   bosh   barmoq   asosiy
25 nagruzkani   qabul   qiladi,   ko’rsatkich   barmoqlar   esa   zarba   berishda   asosiy   bo’ladi.
O’rta   barmoq   kamroq   ravishda,   nomsiz   va   jimjiloq   asosan   to’pni   yon   tomondan
ushlab   turishga   xizmat   qiladi.   To’pga   yo’nalish   berishda   qo’l,   oyoq   va   gavda
mushaklarini   kuchlanishi   o’zaro   birgalikdagi   yaxlitlik   bilan   izohlanadi.   Bunda
gavdaning   UOM   birmuncha   yuqoriga-oldinga   ko’chadi   va   gavdaning   og’irligi   ikki
oyoqning   uchiga   tushadi.   Qo’llar   to’pni   uzatish   oxirida   to’liq   to’g’rilangan   holatda
bo’ladi.
Murakkab   hujum   kombinasiyalarini   tashkil   qilishda,   to’p   baland   berilganda
yoki   to’pning   uchish   vaqtini   kamaytirish   maqsadida   sakrab   to’p   uzatish   usulidan
foydalaniladi.   Bu   holatda   qo’llar   bosh   ustidan   birmuncha   baland   ko’tariladi   va
qo’llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to’p uzatiladi. Huddi
shu   holatda   qisqa   to’p   uzatishda   asosiy   harakat   qo’l   barmoqlarining   faol   ishlashi
hisobiga amalga oshiriladi (6-rasm).
To’pni   orqa   tomonga   (mo’ljalga   orqa   tomon   bilan   turganda)   uzatishda
o’yinchi   to’pning   tagiga   kirib   boradi.   Bunda   qo’lning   orqa   kaft   qismi   bosh
orqasigacha   ko’tariladi.   To’p   uzatish   qo’llarni   tirsak   qismida   bukib-yozish   hisobiga
bajariladi,   gavda   orqaga-yuqoriga   harakatlanadi,   bunda   harakat   umurtqa
pog’onasining ko’krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo’ladi (7-rasm). Sakrab
orqaga  to’p uzatish  huddi   tayanch  holatda orqaga  to’p  uzatish  kabi   bajariladi.  To’p
uzatishning eng murakkab usuli bu sakrab bir qo’l bilan to’p uzatishdir. Bu usul to’p
to’r ustiga kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo’l tirsaklarda
bukilib,   oldinga   chiqariladi   (8-rasm).   Kaftlar   oldinga   qaratiladi,   barmoqlar   bukilib,
tarang   holga   keltiriladi.   To’p   uzatish   tirsak   bo’g’inining   bukib-yozilishi   hisobiga
bajariladi.
To’p kiritish
Bu   texnik   usul   orqali   to’p   o’yinga   kiritiladi.   Bu   usulning   asosiy   maqsadi
to’pni   raqib   jamoasiga   iloji   boricha   qiyin   qilib   berishdir.   Shuning   uchun   bu   usul
hujum texnikasining vositasi bo’lib hisoblanadi. To’pni kiritish dastlabki holatdan va
uchta   ketma-ket   fazalar:   tayyorgarlik   (to’pni   tashlash,   qo’lni   silkish),   asosiy   (zarba
26 berish) va yakunlovchi (qo’lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat.
Voleybolda   pastdan   to’g’ri,   yuqoridan   to’g’ri,   yondan   yuqoridan   va   sakrab
to’g’ri to’p kiritish usullari mavjud.
Bu   usullarni   bajarishda   to’pga   zarba   berish   turli   tarzdagi   ketma-ketlikda
bajariladi. Birinchi navbatda to’pga aylanma harakat berish, so’ngra aylanma harakat
bermasdan to’p kiritish (bir muncha murakkab bo’lganligi sababli) usullari o’rgatiladi
yoki takrorlanadi.
Pastdan   to’g’ri   to’p   kiritish .   O’yinchi   oldinga   engashib,   oyoqlarini   tizza
qismida bukkan, bir oyog’ini (zarba beruvchi qo’lga nisbatan qarama-qarshi) oldinga
chiqargan holatda turadi (9-rasm).
7-rasm
To’p tirsak qismida bir oz bukilgan qo’l bel barobarida ushlab turiladi. To’p
gavdaga nisbatan 20-30 sm oraliqda tashlanadi. Zarba berishda qo’l keskin ravishda
orqaga   harakatlantiriladi.   Zarba   pastdan   yuqoriga-to’g’riga   bajariladi.   O’yinchi   bir
vaqtning   o’zida   orqa   oyoqni   to’g’rilaydi   va   gavdaning   og’irligini   oldingi   oyoqqa
o’tkazadi.   Zarbadan   so’ng   qo’l   harakati   to’pni   “kuzatib”   borish   bilan   tugallanadi.
Pastdan to’g’ri to’p kiritish aniqligi asosiy uchta omil bilan aniqlanadi: qo’lni silkish
(zamax)   yo’nalishi   bilan   –   u   keskin   orqaga   haraktlanishi   kerak;   to’p   tashlash
balandligi bilan – u baland bo’lmasligi  kerak; to’pga zarba berish – u taxminan bel
barobarida amalga oshirilishi zarur.
Yuqoridan to’g’ri to’p kiritish . O’yinchi to’rga qaragan holda yuqori holatni
egallaydi (10-rasm).
27 10-rasm
To’p   ko’krak   sathida   ushlab   turiladi,   bir   oyoq   oldinga   qo’yiladi   (zarba
beruvchi   qo’lga   nisbatan   qarama-qarshi).   To’p   1   m   yuqoriga   oldinga   tashlanib,
o’yinchi   qo’lini   yuqoriga-orqaga   harakatlantiradi   va   zarba   beruvchi   qo’l   -   yelkasini
orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba to’g’ri qo’l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu
usul ikki xil variantda: to’pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan
amalga   oshirilishi   mumkin.   To’pga   aylanma   harakat   bermasdan   to’p   kiritish   usuli
birmuncha   murakkab   usul   hisoblanadi.   Bu   usulda   quyidagi   elementlarning
bajarilishiga   qat’iy  amal   qilish   zarur  (11-rasm).  Bular:  to’pning  qoq  o’rtasiga   zarba
berish; to’p tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba beruvchi qo’lni orqaga
nisbatan qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor), va “aldamchi” (sekin) zarbalar berish.
Hujum zarbasini 2 yo’l bilan bajarish mumkin: to’g’ri (to’rga nisbatan to’g’ri turgan
holda) va yon tomon bilan  (to’rga nisbatan).
11-rasm
Yuqoridan   yon   tomon   bilan   to’p   kiritish.   Yuqoridan   yon   tomon   bilan   to’p
kiritish usulida o’yinchi to’rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan
holda turadi (12-rasm). To’p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O’ng qo’l
28 bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga tushirilib,
gavdaning   og’irligi   o’ng   oyoqqa   o’tkaziladi.   Zarba   beruvchi   qo’l   orqadan-yuqoriga
yoy   bo’yicha   harakatlantirilib,   zarba   amalga   oshiriladi.   Gavda   chapga   buriladi   va
og’irlik   kuchi   chap   oyoqqa   ko’chiriladi.   Bu   harakat   zarbaning   kuchini   oshirishga
xizmat qiladi.
12-rasm
Sakrab  to’p kiritish . Hozirda  sakrab  to’p  kiritish  usuli   keng qo’llanilmoqda.
Bu   usulning   asosi   orqa   (himoya)   zonadan   hujum   zarbasini   berishga   o’xshashligi
sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi.
2 . 3.  Hujum zarbalari
Hujum   zarbasi   –   jamoaning   hujum   harakatini   yakunlovchi   samarali   usul
hisoblanadi.   Bu   harakatlar   to’rning   yuqori   qismidan   balandda   amalga   oshiriladi.
Chunki   undan   pastroqda   amalga   oshirilgan   hujum   harakatlarining   samarasi   juda
pastdir.
Hujum zarbalari  yo’nalishiga ko’ra quyidagicha farqlanadi:  to’g’ri  yo’nalish
bo’yicha   (bunda   zarba   berilgan   to’p   yo’nalishi   hujumchining   yugurib   kelish
yo’nalishiga   mos   tushadi)   va   yo’nalishni   o’zgartirib   (bunda   zarba   berilgan   to’p
yo’nalishi hujumning yugurib kelish yo’nalishiga mos tushmaydi).
To’pning uchish tezligiga qarab hujum zarbalari quyidagicha farqlanadi: zarba
beruvchi   qo’lni   orqaga   nisbatan   qisqa   harakatlantirish   bilan   kuchli   (tezkor),   kaftli
(tezlanishli) va aldamchi (sekin). Hujum zarbasini to’g’ri (to’rga to’g’ri turgan holda)
29 va yon tomon  bilan (to’rga nisbatan)  bajarish mumkin. 
To’g’ri   hujum   zarbasi   berish   4   fazada   bajariladi:   yugurib   kelish;   sakrash;
to’pga   zarba   berish;   qo’nish   (13-rasm).   O’z   navbatida,   bu   fazalar   ham   bir   qancha
mikrofazalarga bo’linadi. Yugurib kelish fazasida hujumchi ikkita asosiy vazifani hal
etadi:   balandroq   sakrashga   erishish   va   to’pning   uchish   tezligi,   yo’nalishini   to’g’ri
aniqlash. Bunda  hujumchi birinchidan, bir-ikki «qidiruvchi» qadamlar qiladi (to’pni
tezligi   va   yo’nalishini   aniqlash   maqsadida)   va   ikkinchidan,   sakrash   uchun   yugurish
tezligini   oshiradi.   Sakrash   fazasida   hujumchi   tovondan   oyoq   uchiga   tomon   katta
qadam tashlab xarakat qiladi, oxirgi qadamda oyoqlar juftlanadi, qo’llar orqa tomonga
harakatlantiriladi.   Oyoqlar   tizza   qismida,   gavda   esa   tos-son   bo’g’imida   bukiladi.
Keyin   esa   qo’llar   oldinga-yuqoriga   silkitiladi,   oyoqlar   tayanchdan   uziladi,   gavda
oldinga bir oz egilib, vertikal holatga keltiriladi. Zarba beruvchi qo’lning kafti bosh
orqasiga o’tib ketmasligiga va tirsak yelkadan bir oz yuqorida bo’lishiga e’tibor berish
lozim.
13-rasm
Zarba berish fazasida – o’ng (yoki chap) qo’l tirsak bo’g’imida to’g’rilanib,
yuqoriga-oldinga cho’ziladi.   Zarba qorin, ko’krak, qo’l mushaklarining ketma-ket va
keskin   qisqarishi   bilan   bajariladi.   Bunda   zarba   beruvchi   qo’l   kafti   to’pning   orqa-
yuqorisiga   uriladi.   Zarba   kuchi   taktik   vazifani   hal   qilish   bilan   belgilanadi.
Boshlang’ich o’rgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o’z
vaqtida berilganligiga va yo’nalishiga e’tibor qaratish zarur.
Qo’nishda   hujumchi   oyoqlarini   bukib   yerga   tushadi,   chunki   bu   holatda
tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o’yin harakatlarini
30 bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Jamoa   hujumini   faqatgina   to’g’ri   hujum   zarbalari   bilan   yakunlash   kifoya
qilmaydi.
Shuning   uchun   hozirgi   zamon   voleybolida   to’p   yo’nalishini   o’zgartirib
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir.
14-rasm
To’p   yo’nalishini   o’zgartirib   bajariladigan   hujum   zarbalarining   tuzilishi
to’g’ri   zarba   berish   texnikasiga   o’xshashdir.   To’p   o’ng   tomonga   yo’naltirilganda,
depsinishdan   so’ng   gavda   o’ng   tomonga   burilib,   bir   oz   chapga   engashtiriladi,   chap
qo’l yelkasi to’rdan olib qochiladi (14-rasm).
Biomexanika   nuqtai   nazaridan,   yo’nalishi   o’zgartirilgan   hujum   zarbalarini
berishda asosiy o’rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi.
Himoya texnikasi
Himoya bu hujum harakatlariga qarshi harakat qilishdir. Himoya usullaridan
foydalanib hujum harakatlari bartaraf etiladi.
2.4. To’pni qabul qilish
To’p   o’yinga   kiritilganda,   hujum   zarbasidan   so’ng   va   to’siqdan   qaytganda
amalga oshiriladi.
Hozirgi   zamon   voleybolida   to’pni   qabul   qilishning   quyidagi   usullari   va
variantlari mavjud: pastdan ikki qo’llab (juda kam hollarda bir qo’l bilan); yuqoridan
ikki qo’llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo’llab pastdan; oldinga ko’krak-
qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo’llab pastdan.
31 15-rasm
O’yinga kiritilgan to’pni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining qanchalik
samarali   bo’lishini   belgilaydi.   O’yinga   kiritilgan   to’pni   qabul   qilishning   eng   ko’p
tarqalgan va samarali shakli bu to’pni ikki qo’llab pastdan qabul qilishdir.  15-rasmda
ikki qo’llab pastdan to’p qabul  qilayotgan o’yinchining holati tasvirlangan. Oyoqlar
bukilgan,   bir   oyoq   oldinda,   qo’l   kaftlari   birlashtirilgan   holda   pastga   tushirilgan.
To’pni   qabul   qilish  vaqtida  tirsaklarni   bukish  mumkin  emas.   Qo’llar  bilan  oldinga-
yuqoriga harakat qilinadi. To’pga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak
emas.   Bunda   qo’llar   to’p   tomon   yaqinlashtirilib   uning   tagiga   kiritiladi.   Oyoqlarni
bukib-yozish   bilan   to’pga   kerakli   yo’nalish   beriladi.   To’pni   pastdan   qabul   qilishda
eng   asosiysi   to’pning   yo’nalishi,   tezligini   to’g’ri   baholay   olish   va   bog’lovchi
o’yinchini kuzatish hisoblanadi. O’yinchi zarur joyni egallay olmagan bo’lsa-yu, to’p
o’ng   tomonga   yo’nalayotgan   bo’lsa,   to’pni   qabul   qiluvchi   qo’llarni   to’g’ri   oldinga
chiqaradi va o’ng qo’lni yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo’nalayotgan bo’lsa
chap qo’l yuqoriga chiqariladi.
To’pni pastdan ikki qo’llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham
asosiy usul hisoblanadi. O’yinga kiritilgan to’p yoki hujum zarbasining sifasiz qabul
qilinishi   (past   trayektoriyada   uzatish,   bog’lovchi   o’yinchiga   yetkazib   bermaslik)
bog’lovchi   o’yinchi   tomonidan   hujum   uchun   beriladigan   to’p   uzatishni   samarasiz
bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg’ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo’nalishda
va kuchlanishda kelayotgan to’plarni pastdan ikki qo’llab qabul qilishga katta e’tibor
berish zarur.
To’pni  bir  qo’llab qabul   qilish  tayanch  holatda va  yiqilib amalga  oshiriladi.
32 Tayanch   holatda   bajariladigan   usul   o’yinchining   yoniga   tezlik   bilan   tushayotgan
to’pni qabul qilishda foydalaniladi. To’pni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan
bajariladi.
Orqaga   yoki   yon   tomonga   yiqilib,   bir   qo’l   bilan   to’pni   qabul   qilish   ko’p
hollarda   ayollar   voleyboliga   xosdir.   Harakat   so’ngida   yon   tomonga   katta   qadam
tashlanib,   qo’l   to’p   tomon   to’g’ri   uzatiladi.   Bunda   MOK   (markaziy   og’irlik   kuchi)
keskin pasayadi.
16-rasm
To’pga   zarba   berilgandan   so’ng,   o’yinchi   tayanch   oyoqning   uchida   yiqilish
tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o’tiradi va do’mbaloq oshadi (16-rasm).
Jarohat va lat yeyishning oldini olish maqsadida gavdaning orqa o’rta qismi
bilan   emas,   balki   bir   oz   yonbosh   bilan   do’mbaloq   oshiladi,   daxan   ko’krak   qismiga
tekkizib olinadi.
Ko’krak-qorin qismi bilan sirg’alib yiqilgan holda bir qo’l bilan to’pni qabul
qilish usuli erkaklar voleyboliga mansub usul hisoblanadi. O’yinchi oxirgi qadamda
(17-rasm)   keskin   harakat   bilan   gavdani   pastga-oldinga   25˚-30˚   burchak   ostida
maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki oldi tomoni bilan to’pga
zarba   berib,   qo’llarini   oldinga   cho’zadi   va   qo’llari   maydonchaga   tegishi   bilan
oyoqlarini   tizza   qismida   bukadi,  qo’llar   esa   orqaga-yonga  itarilishi   bilan   gavdaning
gorizontal   holatga   kelishiga   yordam   beradi.   Bosh   o’z   vaqtida   maksimal   orqaga
tashlanadi.
33 17-rasm
To’siq qo’yish
To’siq – raqibning hujum zarbasiga qarshi harakat qilishning eng asosiy usuli
hisoblanadi.   Texnik   nuqtai   nazardan   to’siq   qo’yish   eng   qiyin   o’yin   elementlaridan
sanaladi.   To’siq   qo’yish   elementini   yuqori   darajada   egallash   bilan   o’yinchi   qarshi
hujumni   uyushtirish,   to’siqdan   so’ng   qimmatli   ochkolarni   yutish   imkoniyatiga   ega
bo’ladi. 
To’siq   bir   o’yinchi   tomonidan   (yakka)   yoki   ikki-uch   o’yinchi   tomonidan
(guruhli)   amalga   oshirilishi   mumkin.   O’yinchi   to’r   yaqinida,   yuqori   turish   holatida,
qo’llarni yelka sathida ko’tarib, tovonlarini parallel holatda qo’yib turadi (18-rasm).
Hujum qilinayotgan joyning masofasiga qarab to’r  yaqinida yon tomonlarga qadam
tashlash, yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish mumkin.
18-rasm
To’siq   qo’yish   uchun   avval   o’yinchi   oyoqlarini   ko’proq   bukib,     qo’llarini
qattiq silkib yuqoriga sakraydi. Qo’llar tirsakdan bir oz bukilgan holatda to’r tepasiga
ko’tariladi.   Optimal   kuchlangan   (barmoqlar   orasi   ochiq)   kaftlar   to’rning   yuqori
qismiga borganda, to’r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar
34 to’pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo’g’inlari hisobiga faol bukiladi. Bundan
asosiy   maqsad   berilgan   zarbani   amortizasiyalash   va   to’pni   raqib   jamoasining
maydonchasiga yo’naltirishdan iboratdir.
Hujumchilar   to’r   chekkalaridan   hujum   zarbalarini   berishda   to’pni   to’siqdan
maydon   tashqarisiga   chiqarib   yuborishga   harakat   qiladilar.   Shu   sababli     to’siq   to’r
chekkasiga   yaqin   bo’lgan   qo’l   bilan   yopiladi   va   to’pning   maydonchadan   chiqib
ketishga yo’l qo’yilmaydi.
To’siq qo’yish texnikasining murakkabligi quyidagi uchta omilga bog’liq: joy
tanlash;   turgan   joydan   yoki   harakatdan   so’ng   baland   sakrash;   qo’lni   to’r   ustiga
ko’tarish vaqtini aniqlash.
35 Xulosa
Mavzu   bo’yicha   qayt   etilgan   adabiyotlar   taxlili   shu   narsani   e’tirof   etishga
imkon beradiki, zamonaviy voleybol tavsifi va o’yin texnikasi tasnifi borasida olib
borilgan ilmiy ish natijasida voleybol bilan shug’ullanayotgan maktab o’quvchilari
orasida    voleybol  sport turi xaqida berilayotgan nazariy bilimlar borasidagi  ishlar
qoniqarli darajada emasligi ko’zga tashlandi. Shu o’rinda yuqori sinf o’quvchilari
bilan   olib   borilgan   suxbatlar   natijasida   o’yin   texnikasi   tasnifi   borasidagi   og’zaki
so’rovlarga ham ijobiy javob olinmaganini kuzatish mumkin. 
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo’lsak   nafaqat voleybol balkim boshqa
sport turlarining ham nazariy jixatlariga kerakli e’tibor qaratish kerakligini takidlab
o’tish   mumkin.   Albatta   jismoniy,   texnik   va   taktik   jixatdan   yetarli   tayyorgarlikka
ega   bo’lish   bilan   birga   nazariy   tayyorgarlik   bilan   ham     shug’ullanib     borilsa
maqsadga muvofiq bo’ladi.
  Yuqoridagi   ilmiy   ish   orqali   kelgusida   zamonaviy   voleybol   deb   e’tirof
etayotganimiz   sport   turining   hammabop   jixatlariga   to’xtalib,   voleybol
texnikasining   tasnifi   borasida   kerakli   bilimlarni   mustaxkamlab   yosh   avlodni
tarbilashda   voleybol   texnikasini   qaysi   detalidan   boshlash   o’rgatish   ko’proq
maqsadga   muvofiq   ekanligi   xaqida   ilmiy   ishni   davom   ettirib,   yoshlarga   voleybol
sport  turi  haqida  bilimlarimni   berish  bilan  birga  ularni   ham   jismonan,  ham  ruxan
vatanga   yetuk  mutaxassis   kadrlar   qilib   tayyorlashda   o’z   xissamni   qo’shaman   deb
umid qilaman.
Albatta voleybol sport turi borasida olib borilayotgan ilmish ishlar ko’p biz
olib   borgan   malakaviy   ish   ham   kelgusida   mustaqil   diyorimizda   voleybol   sport
turini   yanada   rivojlanib   ravnaq   topishida,   xususan   “ Zamonaviy   voleybol     tavsifi
o’yin texnikasi va uning tasnifi ” mavzusi ham asqotadi deb umid qilamiz.
36 ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston   Respublikasi   “Ta’lim   to‘g‘risida”gi   Qonun   “Turkiston”
gazetasi. 29 avgust 1997 yil. N 464-1
2. 2. O‘zbekiston   Respublikasi   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”.
«Ma’rifat» gazetasi. 1 aprel 1998 yil.
3. 3.O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   «O‘zbekistonda
jismoniy   tarbiya   va   sportni   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari   to‘g‘risida»gi
Qarori. 29 may 1999 yil.
4. 4.I.A.Karimov.“   Ona   yurtimiz   baxtu   iqboli   va   buyuk   kelajagi   yo’lida
xizmat qilish eng oliy soadatdir” Toshkent 2015 y
5. O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017-   yil-   3   iyundagi
«Jismoniy   tarbiya   va   ommaviy   sportni   yanada     rivojlantirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi  PQ-3031-son li qarori
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi 
«Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  farmoni ,
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev raisligida  2017- 
yil 31- oktyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini 
takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va 
tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport 
inshootlarini barpo etish
8. L.R .Ayrapetyans,   A.A .PulatovVoleybol   nazariyasi   va   uslubiyoti.   –   T.:
“ Fan va texnologiya ” nashriyoti 2012 yil  107, 113,138,160 b.
9. L.R.Ayrapetyans,   A.A.Pulatov,   SH.X.Isroilov   Voleybol   //Oliy   o‘quv
yurtlari umumiy kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. - T. 2009 yil. - 77 b.
10. Л.Р.АйрапетянсВолейбол   //Учебник   для   высших   учебных
заведений. - Т.: Зарқалам. 2006 йил. - 240 с.
11. L.R.Ayrapetyans, M.A.Godik Sportivn ы e igr ы . - T.: Ibn Sino, 1991 yil. -
160 s.
37 12. А.В.Беляев   Обучение   технике   игр ы в   волейболи   ёсо
вершенствование //Методическое пособие. - М.: Олимпия. Человек, 2008. - 54
с.
13. А.В.Беляев, М.В.Савина Волейбол. - М.: Фо, 2000. - 368 с.
14. Л.П.ВолковТеория и методикадетского июношеского спорта. Киев,
Олимпийская литература, 2002. - 294 с.
15. .Т.Гарипов,Ю.Ю.Клещев, Э .В.Фомин   Скоростно   силовая   подготовка
юных   волейболисток //Методические   рекомеaатсии. ВФВ. - М.: 2009. - 45 с..
16. М.А.   Годик   Физическая   подготовка   футболистов.   -   М.:   Терра-
Спорт, 2006. - 272 с.
17. Ю.Д.Железняк   Волейбол:   У   истоков   мастерства.   -   М.:   ФАИР-
ПРЕСС. - 1998. - 336 с.
18. Ю.Д.   Железняк   Волейбол   //Методическое   пособие   по   обучению
игре. - М.: «Терра-Спорт»: Олимпия-пресс. - 2005. - 112 с.
19. Ю.Д.Железняк, А.В . Ивойлов., Волейбол – М.: ФиС, 1991. – 238 с. . 
20. Yu.D.Jeleznyak,   V.A.Kunyanskiy,   A.V.   CHachin   Voleybol
/Metodicheskoe posobie po obucheniyu igre. - M.:Olimpiya PRESS, 2005. - 111 s.
21. Y u .N Kleщev, L.R.Ayrapetyans, V.L.Patkin. Voleybol. - Tashkent, Abu
Ali ibn Sino 1995. - 189 s.
22. A.A.Pulatov Voleybol //JT 2- kurs talabalariga mo‘ljallangan ma’ruzalar
to‘plami. - T., 2004. - 71 b.
23. V.A.Titar Fizicheskaya podgotovka. Voleybol, Uchebnik dlya institutov
fizicheskoy kulturы, M., FiS, 1991 g., 160-165 s. 
24. http://www.twirpx.com     – adabiyotlarning elektron varianti.
25. http://www.referat.ru     - referat va elektron darsliklar
26. http://www.SamDU.uz     - adabiyotlarning elektron variantlari
27. www.istedot.uz     -     elektron variantlari
28. www.sport.uz     -     elektron variantlari
29. www.ziyoUz.uz     -     elektron variantlari
38

Mavzu: Zamonaviy voleybol tavsifi o’yin texnikasi va uning tasnifi M u n d a r i j a Kirish ……………………………………………………................................... І. Bob. Zamonaviy voleybol tavsifi ............................................................ 1.1. Voleybol ta’rifi va tarixi.. ...................................................................... 1.2. O’zbekistonda voleybolning vujudga kelishi ................. .......................... ІІ. Bob. Voleybol o’yini texnikasi va uning tasnifi ............................... 2.1. Hujum texnikasi, holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar............. 2.2. To’p uzatish va to’p kiritish ............... ............................................................. 2.3. Hujum zarbalari va himoya texnikasi ........................ .................................. 2.4. To’pni qabul qilish va to’siq qo’yish .............................................................. Xulosa …………………………………………………….................................. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………............................ 1

Kirish Mamlakatimizda jismoniy tarbiya sohasini rivojlanishiga qaratilgan qator me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan va jadallikda hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi PQ-3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarori shular jumlasidandir [1, 2, 3]. Buning natijasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Ushbu konseptual xujjatlar jismoniy tarbiya va sport sohasida ulkan isloxatlar, beqiyos bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. So’nggi yillar ichida yurtimiz xududlarida, hatto uzoq qishloq va tumanlarda ham ko’pdan-ko’p zamonaviy sport inshootlari barpo etildi va ayni kunda ular farzandlarimiz, halqimiz xizmatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kundan-kunga jismoniy tarbiya va sport, jumladan milliy sport turlari va milliy harakatli o’yinlar milliy qadriyatlar sifatida halqimiz, ayniqsa o’quvchi-yoshlarning kundalik xayotiy ehtiyojiga aylanib bormoqda. Takidlash joizki, jismoniy tarbiya va ommaviy sport turlarini rivojlantirish bilan bir qatorda, “katta” sport mavqyeini ko’tarishga ham ustivor ahamiyat qaratilmoqda. Yildan-yilga Respublikamizda halqaro va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o’tkazish an’anaviy tadbirlar tarkibidan joy olmoqda. O’zbek sportchilari Osiyo, Jahon va Olimpiya musobaqalarida yuksak natijalarga erishib, yurtimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelmoqda. Ushbu natijalarni mustahkamlash va ularni yuksak darajaga ko’tarish maqsadida 2000 yillardan boshlab, mamlakatimizda “kichik Olimpiada” maqomida o’tkaziluvchi “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” kabi ko’p bosqichli ommaviy sport musobaqalari joriy etildi va borgan sari nufuzli 2

mavkega ega bo’lib, iste’dodli sportchilarni xalqaro va Olimpiya musobaqalariga olib chiqishda “ko’prik” vazifasini o’tab kelmoqda. Bu borada barcha ustivor sport turlari kabi qayd etilgan ommaviy sport musobaqalari va Olimpiya o’yinlari dasturidan joy olgan, yer qurrasida eng ommaviy deb tanilgan voleybol sport turiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Voleybol o’zining hammabobligi, kamharajatligi, go’zal o’yin mazmuni, kattayu-kichik diqqatini o’ziga rom qiluvchi xujum va ximoya kombinasiyalari bilan yurtimiz shahar-qishloqlarida, mahallayu-maskanlarda, to’y va bayramlarda baxs-raqobat, sihat-salomatlik jismoniy va ruhiy barkamollik vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Voleybol – o’quv fani sifatida barcha ta’lim muassasalari o’quv rejasiga kiritilgan, darsdan va ishdan tashqari vaqtlarda faoliyat ko’rsatadigan sport to’garaklari, BO’SMlar, sport klublarida maxsus rejalashtiruv xujjatlariga asoslangan o’quv-trenirovka jarayoniga joriy etilgan. Shu bilan bir qatorda ayni kunda voleybol bo’yicha iste’dodli sport zahiralari va yuqori malakali, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash hamda ommaviy voleybol geografiyasini yanada kengaytirish, mashg’ulot va musobaqalarni ilmiy asosda tashkil qilish zaruriyati yuksak kasbiy-pedagogik salohiyatga ega mutaxassis-kadrlar yetishtirish muhimligiga e’tibor qaratadi. 3

І. BOB. ZAMONAVIY VOLEYBOL TAVSIFI 1.1. Voleybol ta’rifi va tarixi Voleybol 1895 yilda Amerika qo’shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo’yicha rahbari pastor Vilyam J.Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o’yinini oddiy, ko’p mablag’ sarflamasdan tashkil etishni ko’zda tutgan. 1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu o’yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so’z bo’lib, o’zbek tilida “parvoz qiluvchi to’p” degan ma’noni bildiradi. 1896 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o’yin qoidalari quyidagicha edi: 1. Maydon chegaralari 7,6x15,2 m 2. To’rning o’lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 195 sm 3. To’pning vazni 252-336 gr, aylanasi 63,5-68,0 sm 4. O’yinchilarning soni chegaralanmagan va hokazo. 1895-1920 yillar voleybol o’yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo’lib hisoblanadi. 1920 yildan boshlab maydon o’lchamlari 9x18m qilib belgilandi. O’yinning boshqa davlatlarda vujudga kelishi va rivojlanishi qo’yidagicha. 1900 y. – Kanada, 1906 y. – Kuba, 1909 y. – Puerto-riko, 1910 y. – Peru, 1917 y. – Braziliya, Urugvay, Meksika, osiyoda 1908-1913 yillar – Yaponiya, Kitay, Fillipinda, 1914 y – Angliya, 1917 y. – Fransiya. Voleybol 1920-1921 yillarda o’rta Volga ( Q ozon, Nijniy Novgorod) hududlarida tarqala boshladi. 1922 yildan boshlab voleybol Vseobuch (Umumiy harbiy tayyorgarlik) tarkibiga kiritildi. Moskvada voleybol bilan muntazam shug’ullanishga san’at va teatr vakillari kirishdilar. 1923 yilda tashkil etilgan «Dinamo» jamiyati sportning boshqa turlari bilan bir qatorda voleybolni ham targ’ib qila boshladi. Xuddi shu yillarda voleybol Uzoq Sharqda – Xabarovsk va Vladivostokda paydo bo’ldi. 1925 yildan esa Ukrainada ham rivojlana boshladi. Jahon voleybol tashkilotlari o’z oldilariga mamlakatda voleybolni ommalashtirish, tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, texnika va taktikani 4

mukammallashtirish, o’yinchilarni har tomonlama jismoniy tayyorgarligini yuksaltirish kabi qator vazifalarni qo’ydilar. Voleybolni keng ommalasha borishi musobaqalarning yagona qoidalarini ishlab chiqish zaruriyatini o’rtaga tashladi. Jumladan, 1925 yilning yanvarida Moskva jismoniy tarbiya kengashi voleybol bo’yicha musobaqalarning birinchi rasmiy qoidalrini tuzib, tasdiqladi. To’rning balandligi – ayollar uchun 2 m 20 sm va erkaklar uchun – 2 m 40 sm qilib belgilandi. Ayollar jamoalarida o’yin 15x7,5 o’lchamli maydonchada o’tkaziladigan bo’ldi. 1926 yilda Moskvada yangi qoidalar asosida birinchi musobaqalar o’tkazildi. 1927 yildan voleybol bo’yicha Moskva birinchiligi muntazam ravishda o’tkazila boshladi. Voleybol bo’yicha ilk adabiyot 1926 yilda paydo bo’ldi va u «Voleybol va mushtlar jangi» deb nom olgan edi. Uning mualliflari S.V.Sisoyev va A.A.Marku edi. Shu yillarda voleybol faqatgina Moskvada emas, balki Ukrainada, shimoliy Kavkazda, Kavkazortida, Uzoq Sharq va O’ rta Volga o’lkalarida ham keng tarqaldi. 1928 yilda Moskvada doimiy hakamlar uyushmasi tashkil etildi. Voleybol taraqqiyotida maktab o’quvchilarining spartakiadasi ham (1929) katta ahamiyatga ega edi. Bu spartakiada qatnashchilaridan ko’pchiligi keyinchalik voleybol ustalari bo’lib yetishdilar. Shaharlararo musobaqalar soni anchagina ortdi, bu esa turli texnik usullarning paydo bo’lishiga, voleybol taktikasining rivojlanishiga, o’yinchilar jismoniy tayyorgarligining o’sishiga olib keldi. Shu davrda o’yinchilar maydonga to’pni kuch bilan kiritish, aldov zarbalari usullarini keng qo’llay boshladilar, uzatish texnikasiga e’tibor berdilar, himoyaning ahamiyati ortib o’yin tezkor, shiddatli bo’la boshladi, natijada o’yinchilarning harakatchanligiga talab oshdi. Voleybolning ommaviy rivojlanishi va keng targ’ib qilinishida ko’pgina madaniyat va istirohat bog’larining maydonchalarida o’tkazilgan musobaqalar katta ahamiyatga ega edi. 5