Ikkipallali mollyuskalarning umumiy tasnifi. Kattaqo‘rg‘on suvombori molluskalarning o‘rganish tarixi materali va uslublari
Ikkipallali mollyuskalarning umumiy tasnifi. Kattaqo‘rg‘on suvombori molluskalarning o‘rganish tarixi materali va uslublari Mundarija Kirish.... 1.bob. Ikkipallali mollyuskalarning umumiy tasnifi. 1.1. Mallyuskalar tipiga qisqacha tasnif . Ikkipallalilar va Qorinoyoqlilar . Samarqand viloyatining fiziko – geografik tasnifi va unda Kattaqo’rg’on suv omborining geografik o’rni. 1.2. Qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tasnifi. 1.3. Samarqand viloyating fiziko - geografik tasnifi . 1.4. Kattaqo‘rg‘on suvomborining geografik o‘rni. 2.bob. Kattaqo‘rg‘on suvombori molluskalarning o‘rganish tarixi materali va uslublari . 2.1. O‘rganilish tarixi. 2.2. Materali. 2.3. Uslublari. 3.bob. Kattaqo‘rg‘on suvombori molluskalarining ekologo - faunistik tarkibi: Ikkipallalilar va qorinoyoqlilarning suv chuqurliklari, biotoplararo va ekologik komplikslari bo‘yicha tarqalishi. 3.1. Mollyuskalarning faunistik tarkibi 3.1.1. Ikkipallalilar sinifi - Bivalvia 3.1.2. Qorinoyoqlilar sinifi - Gastropoda 3.2. Mollyuskalarning suv chuqurliklari, biyotoplari aro va ekologik komplikslari bo‘yicha o’rganish. 3.3. Mollyuskalarning xo‘jalikdagi ahamyati: Ozuqa zanjiridagi o‘rni suvlarni tozalashdagi roli va zararini taxlil qilish. Xulosalar . Tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Mollyuskalar umurtqasiz organizmlarning eng katta tipidir.Ular sonining ko‘pligi jihatdan hashorotlar sinifidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi Mollyuskalar ning har tomonlama urganish ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega ularning qattiq chig‘onoq qoldiqlari 1) Birinchidan qadimiy yer qatlamlarida ko‘p saqlanib, bizga yerning rivojlantirishi tarixidan darak beradi. 2) Ikkinchidan ko‘p organizmlar baliqlar suv osti kemiruvchilari suduralib yuruvchilar suv va suv osti qushlari uchun ozuqa manbayidir. 3) Uchunchidan ulardan ikkipallali turlari iflos suvlarni filtirlashda ishtirok etib yani biologik indikator organizmlar xisoblanadi. Bu organizmlarning soni suv osti biyosenozlariga suv tipi uning sofligi kabi ekologik muammolarga bog‘liq. 4) To‘rtinchidan ularning bir necha o‘nlab turlari nafaqat o‘simliklar zararkunandalaridir, balki og‘ir gelmintoz kasalliklarini yuqturuvchilar xamdir. Bunday omillarni malum hududda o‘rganish malyuskalarning suv biyotsenozlardagi urni yanada mukammalroq taxlil qilinishga o‘z hissasini qo‘shadi. Tadqiqotning maqsadi: Kattaqo‘rg‘on suvombori ikkipallali va qorinoyoqli malyuskalarning ekologiyasini urganishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari : 1.Kattaqo‘rg‘on suvombori ikkipallali va qorinoyoqli malyuskalarning ekologo faunistik tarkibini aniqlash.
2. Biotoplararo va ekologik xususyatlarini va komponentlarini birga tarqalishini o‘rganish. 3. Mollyuskalarning xujalikdagi ahamyati: Oziqa zanjiridagi o’rni , suvlarni tozalashdagi roli va zararini taxlil qilish, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishdan iborat. Ishning ilmiy yangiligi: Tatqiqotlarimiz natijasida ilk bor Kattaqo‘rg‘on suvomborida tarqalgan ikkipallali va qorinoyoqli mollyuskalarning ekologo faunistik tarkibi to‘liq urganildi. Natijasida suvomborda ushbu mollyuskalarning 17 turning yashashi aniqlandi. Ular mollyuskalarning 9 turini, 5 oyla, 1 ta kenja oyla, 2 sinf va 1 kenja sinfiga, va 1 tipga taluqligi aniqlandi.Xar bir tur uchun uning tuzilshi, ekologik xususyatlari ayrim holda hayot tarzi, xujalikdagi ahamyati va tarqalishi o‘rganilgan. Barcha malyuskalar orasida 4 tur malyuskalar va 3 tur korbikulalar O‘zbekiston respublikasi qizil kitoblariga kirgizilganlari mavjud. Ularni muhofaza qilish taklif etilgan. Mollyuskalarning ekologiyasi o‘rganilib, ularning suvning malum chuqurliklarida tarqalganligi, biotoplari va ekologik gruhlari o‘rganilib tahlil qilingan. Ularning foydali va zararli xususyatlari o‘rganilgan.Katta ikkipallali malyuskalarning Xitoy tishsizlarining chig‘onoqlaridan va ayrim korbikulalardan parranda va chuchqalar fermalarida oziqa sifatida va turli bezaklar yasashda ishlatish tavsiya etilgan. Ishning sinovdan o‘tishi: Mavzu bo‘yicha 2022 yil, Markaziy Osiyo va qo‘shni mamlakatlardagi transchegaraviy xududlar.Xamkorlik imkoniyatlari va muommolari xalqaro ilmiy-amaliy konferinsiya materallari.(Samarqand shahar, 2022 yil 5-6 may ) O‘z maqolam bilan qatnashdim, 2022 yil Iyunda Ekologiya va hayot faolyati xafsizligi kafidrasida muhokamadan o‘tgan. Tatqiqot natijalarining yoritilganligi.
1. Izzatullayev Z., Xayitov E., Nomozov A., Kattaqo‘rg‘on suvombori gidrabiyontlari faunasining tarkibi va ayrim turlarning transchegaraviy hududlarda tarqalishi xuxusida //Markaziy osiyo va qo‘shni mamlakatlardagi transchegaraviy hududlar:xamkorlik imkoniyatlari va muommolari ilmiy - amaliy konferensiya materiallari. Samarqand :SamDu, 2022.B.150-152. 2. Izzatullayev Z.Nomozov A. Kattaqo‘rg‘on suvombori malyuskalarining suv chuqurliklari. Biyotoplararo va ekologik komplikslari (Bosmaga tayyorlangan). Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va xatmi. Ish shu betdan iborat bo‘lib Kirish, 3 bob, 8 bo‘lim, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat . Bitiruv malakaviy ishi matnida........... jadval....rasmlar, mavjud. 3 .Kattaqo‘rg‘on suvombori malyuskalarining ekologik faunistik tarkibi:ikkipallalilar va qorinoyoqlilar suv chuqurliklari, biyotoplararo va ekologik komplikslari bo‘yicha tarqalishi. 1.Mollyuskalar Tipiga qisqacha tasnif .Ikkipallalilar va Qorinoyoqlilar. Malyuskalar (Mollusca) umurtqasiz hayvonlar tipi . Gavdasi odatda bosh tana,oyoq,bo‘lmalardan iborat (ikkipallalilardan tashqari ) tanasi mantiya deb ataluvchi teri burmalaridan o‘ralgan . Mantiya bilan tanasi oralig‘ida mantiya bo‘shlig‘i bo‘ladi, bu bo‘shliqda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish organi orqa chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chig‘anoq hosil qiladi. Chig‘anoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi tananig qorin tomonidan hosil bo‘ladigan yassi yoki oyoqdan iborat. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i g‘ovak biriktiruvchi to‘qima bilan to‘lgan. Selom va uning qoldig‘i yurak oldi xaltasi perikardiyni va jinsiy bezlar atrofidagi bo‘shliqni hosil qiladi. Qon ayirish sestimasi tutashmagan; qon tomirlardan hamda tana bo‘shlig‘i qoldiqlari lakunlar va
sinuslar orqali oqib o‘tadi. Yuragi qorincha va bo‘lmacha deb ataladigan 2 ta yoki 4 ta kameradan iborat. Nafas organlari ktenidiy deb ataluvchi jabralardan, quruqlikda va ko‘pchilik chuchuk suvda yashaydigan malyuskada o‘pkadan iborat . Ayirish organi halqali chuvalchanglarnikiga o‘xshash tuzilgan bir juft naysimon buyraklardan tashkil topgan. Buyragi yurak oldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Nerv sistemasi ko‘pchilik mollyuskalarda tananing turli qismlarida joylashgan 3 yoki 5 juft nerv tugunlaridan iborat. Tuban tuzilgan. Mollyuskalar nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi hamda tana bo‘ylab joylashgan nerv stvollaridan tuzilgan. Ayrim malyuskalarning bosh nerv tuguni kuchli rivojlanib, bosh miyyani hosil qiladi (boshoyoqlilar). Faol hayot kechiruvchilarda sezgi organlari ko‘zlar, paypaslagichlar rivojlangan. Mollyuskalar ayrim jinsli yoki germafrodit. Dengiz mollyuskalar tuxumidan troxofora yoki vegiler (yilkancha )lichinkasi chiqadi. Boshoyoqlilar quruqlik va chuchuk suv qorinoyoqlilari metamorfozsiz (o‘zgarishsiz)rivojlanadi. Malyuskalar yombosh nervlilar va chig‘anoqlilar kenja tipiga bo‘linadi 1-chi kenja tip 2 ta yoki 3 ta sinfga, 2 tip, 5 ta sinfga bo‘linadi. Hozirgi davrda yana bir tur qo’shilgan ularning 130 minga yaqin turi ma’lum.Yer yuzida juda keng tarqalgan, bir qancha turlari quruqlikda va chuchuk suvlarda, ko‘pchilik turlari dengizlarda hayot kechiradi. Ko‘pchilik malyuskalar suv tubi (bentos )da yashaydi. Mollyuskalar suv hayvonlari uchun oziqa sifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha turlari (Ustiritsalar mediyalar, kalmarlar, dengiz taroqchalari, tok shillig‘i istemol qilinadi. Marvariddorlardan marvarid olinadi. Marvariddorlar maxsus ko‘paytirildi mediyalar. Quruqlikda tarqalgan ayrim malyuskalar (tok shillig‘ qurti, yalang‘och shillig‘ shilliqqurtlar) ekinlarni yeb zarar keltiradi. Chuchuk suv shillig’i jigar qurtning oraliq xo‘jayini hisoblanadi.