ZARAFSHON DARYOSI QUYI OQIMI IKKI PALLALI (BIVALVIA UNIONIDAE, CORBICULIDAE) MOLLYUSKALARI FAUNASI VA EKOLOGIYASI
ZARAFS H ON DARY O SI QUYI OQIMI IKKI PALLALI (B I VALVIA: UNIONIDAE, CORBICULIDAE) MOLLY U SKALARI FAUNASI VA EKOLOGIY A SI MUNDARIJA KIRIS H (falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi annotasiyasi) ...... ........... ........... 4 I BOB . ZARAFS H ON DARY O SI QUYI OQIMI IKKIPALLALI (B I VALVIA: UNIONIDAE, CORBICULIDAE) MOLLY U SKALARI FAUNASI VA EKOLOGIY A SI NI O‘RGANILIS H TARIXI ..........................11 1.1.Zarafshon daryosi quyi oqimi tabiiy geografik tavsifi......................... ............ 1 1 1.2. Zarafshon daryosi quyi oqimi ikki pallali (Bivalvia: Unionidae, Corbiculidae) mollyuskalari faunasi va ekologiyasi ni o‘rganilish tarixi.... ................................... 1 2 1.3. Material va o‘rganish uslublari ................................................................. ........ 1 4 II BOB. ZARAFS H ON DARY O SI QUYI OQIMI IKKIPALLALI MOLLY U SKALARINING ( BIVALVIA: UNIONIDAE, CORBI C ULIDAY E ) FAUNASI ............................................................................................................... 18 2.1. Zarafshon daryosi quyi oqimi ikkipallali mollyuskalarining f a unistik tarkibi .................................................................................................................. ........ ....... 18 2.2. Ikki pallali mollyuskalarning biologik xususiyatlari......................... ............... 3 8 III BOB. ZARAFS H ON DARY O SI QUYI OQIMI DA UNIONIDAE VA CORBI C ULIDA E OILALARI IKKIPALLALI MOLLY U SKALARINING SUV TIPLARIDA TARQALIS H I VA EKOLOGIY A SI .... ...... ................ ........4 1 3.1.Zarafshon daryosi quyi oqimida Unionidae va Corbi c ulidae oilalari ikkipallali mollyuskalari……………………………….. .......................... ............................ ..41 3.2.Suv omborlarida Unionidae va Corbi c ulidae oilalari ikkipallali mollyuskalari……………………………….... ..... ..................................................45 3.3.Kanallarda Unionidae va Corbi c ulidae oilalari ikkipallali mollyuskalari………………………………………………… .... ...........................55 3.4.Kollektor-zovurlarida Unionidae va Corbi c ulidae oilalari ikkipallali mollyuskalari …...…………………………… .................. .... ..................................7 3 1
3.5.Zarafshon daryosi sohili ikkipallali mollyuskalarining zoogeografik tahlili........................................................................................................................8 5 3.6. Zarafshon daryosi quyi oqimida tarqalgan ikkipallali mollyuskalarga suv mu h iti omillari va suv gidrokimyoviy ko‘rsatkichlari ta’siri.... ................. .............8 7 3.7. Zarafshon daryosi quyi oqimi suv ekotizimlarida tarqalgan Sinanodonta gibba va Corbiculina ferghanensis larning chig’anoqlari o‘sishiga suv muhiti omillarining ta’siri................................................. ..... ........................................... .. 9 7 3.8. Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzalarida 226 Ra, 232 Th va 40 K radioaktiv elementlarning suv osti loylari, suvlarda, mollyuska chig’anog’i tarkibida uchrashi va ta’siri ......................................................................... .................................. .... . 10 3 IV BOB. ZARAFS H ON DARY O SI QUYI OQIMI IKKI PALLALI MOLLY U SKALARINING XO‘JALIKDAGI AHAMIY A TI, ENDEMIK VA NOY O B TURLARNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGINI SAQLASh C H ORA – TADBIRLARI ........ ................ .........................................................116 4.1. Unionidae va Corbiculidae oilasi mollyuskalaridan suvlarning sifatini baholashda foydalanish va ularning xo‘jalikdagi ahamiyati ....... ...... ..................116 4.2. Daryo sohili end e mik va noyob turlar biologik xilma-xilligini saqlash chora- tadbirlari........... .............. .......................................................................................119 XULOSALAR................................................................................................... . ..12 1 FOYDALANILGAN ADABIY O TLAR RO‘YXATI..................................... . .12 3 ILOVALAR....................................................................................................... . .142 2
KIRISH ( falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi annotasiyasi) Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyoda iqlimning global isishi arid hududlarida joylashgan daryolar oqimining mavsumiy o‘zgarishi va undagi biologik xilma-xillikning inqirozini keltirib chiqarmoqda. Bu o‘rinda, abiotik va antropogen omillar ta’siriga sezgir gidrobiontlar sifatida mollyuskalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, daryolarlarning gidrologik rejimi hamda suvining ifloslanishiga bog’liq holda ular populya t siyalarini transforma t siyasi kuzatilmoqda. Shunga ko‘ra, yirik daryo havzalaridagi mollyuskalar xilma-xilligini aniqlash va populya t siyalaridagi o‘zgarishlarni baholash muhim ilmiy–amaliy ahamiyat kasb etadi. Jahonda qor va muzliklardan to‘yinadigan yirik daryo havzalarida tarqalgan mollyuskalarni biologik xilma-xillikning yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan ob ’ ekti sifatida holatini baholashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, jumladan, transchegaraviy daryolar havzalarida tarqalgan mollyuskalarning x alqaro va milliy bazasi shakllantirildi, malakafauna vakillarini inventariza t siyalashning zamonaviy usullari ishlab chiqildi, kamyob va istiqbolli turlarini saqlab qolish hamda ko‘paytirishning samarador usullari joriy etildi. Aytish joizki, hozirda daryo ekotizimlarda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar, jumladan, suv xavzalarining tarixiy-mavsumiy rejimining o‘zgarishi, suv resurslaridan noo‘rin foydalanish va ishlab chiqarish korxonalarining daryo oqimlariga joylashtirilishi milliy miqiyosda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan hamda inqirozga moyil malakafaunistik hududlarni belgilash, ularning tarqalishini asoslash va muhofazalash tadbirlarini yo‘lga qo‘yishni belgilab bermoqda. Bu o‘rinda, kam o‘rganilgan daryo xavzalari malakafaunasini davriy ravishda inventarizasiyalash, ular populyasiyalariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, kamyob, endem va muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan turlarning holatini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda respublikamizda h ayvonot dunyosi ob ’y ektlarini inventariza t siyalash va ularni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada, jumladan, respublikamiz ma’muriy hududlari kamyob va iqtisodiy ahamiyatga ega guruhlarining kadastrini yuritish yo‘lga qo‘yildi, suv havzalari 3
malakafaunasi vakillari inventariza t siyalandi, in situ va ex-situ usulda saqlab qolish amaliyoti joriylashtirildi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida 1 “ ... 79-maqsad: Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish. ” vazifalari belgilab berilgan . Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, jumladan, Zarafshon daryosi quyi oqimida ikkipallali Unionidae va Corbi c ulidae oilalari mollyuskalari faunasi, ekologiyasi va tarqalishiga suv muhiti ta’sirini aniqlash, populya t siyalari holatini baholash va muhofaza choralarini ishlab chiqish muhim ilmiy–amaliy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 7 - fevraldagi PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha H arakatlar strategiyasi to‘g’risida” gi Farmoni, 2017 - yil 25 - sentyabrdagi PQ-3286-son “Suv ob ’ yektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g’risida” gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 11 - iyundagi 484-son “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma- xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g’risida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy- h uquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishning aososiy ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishning V “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. I kki pallali mollyuskalarning hududiy tur tarkibi va tarqalishi, sistematikasi, ularni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy ishlar xorijlik olimlar J.H.Thorp., A. Covich (1991), D.C. Aldridge (1999), H. Markus (2010), A.F.Bogan (2010), A.Cuttelod (2011) P. Bouchet (2017), va iqtisodiyot tarmoqlarida, xususan, sun’iy suv havzalarida ulardan marvarid yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar M.Haws (2002), N.F. Mamangkey (2009), 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF -60- sonli “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekiston ning taraqqiyot strategiyasi to‘g’risida ” gi Farmoni . 4
S.Rahayu (2009), S.Rahayu (2013) tomonidan olib borilgan. MDH mamlakatlarida ikki pallali mollyuskalarni hududiy xilma-xilligi, taksonomik tuzilishi va ulardagi o‘zgaruvchanlik belgilarini aniqlash bo‘yicha V.V.Bogatov, Ya.I. Starobogatov (2004), V.V. Bogatov (2014), N.I. Andreyev (2009) populyatsiyalari holatini baholash va global invazion turlarining tarqalishi G.P. Alyoxina (2007), V.F.Panov (2009), M.O. Son (2009), L.N. Yanovich (2013); ikki pallali mollyuskalarni suvni ifloslanganlik darajasini aniqlashdagi ahamiyati bo‘yicha ayrim tadqiqotlarni A.L. Rijinashvili (2009), A.V.Sintyurina, A.B.Bigaliyev (2009), D.V. Kuzmenkin (2015) ishlarida ko‘rish mumkin. Respublikamizda ikki pallali mollyuskalarning turli suv havzalarida tarqalishi, morfologiyasi va resurlariga oid ma’lumotlar yetarli emasligini aytish mumkin. Bu haqidagi ma’lumotlar faqatgina Z.I.Izzatullayev (1992 , 2021 ), X.T.Boymurodov (2009 , 2020 ) tadqiqotlarida o‘z aksini topgan bo‘lib, ularda O‘zbekiston ayrim suv havzalaridagi ma’lum turlar to‘g’risidagi ma’lumotlarnigina uchratish mumkin. Bu ma’lumotlar suv havzalari makrobentos organizmlari ichida ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega Unionidae va Corbiculidae oilalari mollyuskalarining zamonaviy tur tarkibi, ularning tarqalishiga abiotik omillarning ta’siri bo‘yicha yetarli xulosalarni bera olmaydi. Bu o‘rinda, Zarafshon daryosi quyi oqimi suv ekotizimlarida uchraydigan ikki pallali mollyuskalarni inventarizatsiya qilish, ularning suv havzalarida tarqalishiga abiotik omillarning ta’sirini aniqlash va iqtisodiy tarmoqlarda foydalanish istiqbollarini o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Dissertasiya tadqiqotining dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot rejalari bilan bog’liqligi. Dissertasiya tadqiqoti Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlari rejasining №9.0.11 «O‘zbekiston katta ikki pallali mollyuskalarining biologik xilma-xilligi va ulardan marvarid yetishtirish texnologiyalari» (2009-2011) mavzularidagi amaliy loyihalari doirasida va Samarqand davlat universiteti ilmiy-tadqiqot rejasining «Samarqand Davlat universitetining 2017-2030 yillarda «ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi», 5