IQTISODIYOTDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TUTGAN O‘RNI
IQTISODIYOTDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TUTGAN O‘RNI MUNDARIJA: KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 I BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR NING MAZMUN VA MOHIYATI . . 7 1.1-§. Erkin iqtisodiy zonalar tushunchasi, kelib chiqishi va ularni tashkil etishning nazariy asoslari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 7 1.2-§. Erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning obyektiv zarurati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 14 1.3-§. Xorijiy investitsiyalarni erkin iqtisodiy zonalarga jalb qilishning xorij tajribasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 26 I bob bo‘yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 34 II BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR NING HOLATI VA KO‘RSATKICHLARI TAHLILI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 36 2.1 -§ . Milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hozirgi bosqichi va tahlili . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 36 2.2-§. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zona larning tutgan o‘rni va iqtisodiy holati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4 3 2.3-§. Urgut erkin iqtisodiy zonas ining holati va ko‘rsatkichlari tahlili .. 4 8 II bob bo‘yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5 5 III BOB. O‘ZBEKISTONDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR NI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 56 3 .1 -§ . Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning davlat tomonidan takomillashtirish yo‘llari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5 6 3 .2-§. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zona larga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va rivojlantirish istiqbollari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 65 III bob bo‘yicha xulosa. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 70 1
XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 71 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI . . . . . . . . . . . . . . . 75 KIRISH Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Jahonda erkin iqtisodiy zona larni jadal sur’atlarda rivojlantirish har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlovchi asosiy bo‘g in va amalga oshirilayotgan iqtisodiyʻ islohotlarning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Jumladan, Respublikamizga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, ularni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini o‘rganish va O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini rivojlantirish holati tahlilini o‘rganib vujudga kelgan muammolar hamda ularni hal etish yo‘llarini bayon qilish bilan xususiyatlanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishishning muhim yo‘nalishlaridan biri barcha ichki manbalardan unumli foydalanish hamda xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishdir. Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyalashuvi sharoitida mamlakatimizda eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosatini amalga oshirish va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish, eksport qilish, shuningdek, import o‘rnini bosuvchi yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni joriy qilishda erkin iqtisodiy zonalardan foydalanish, jumladan, mamlakatimizda “ochiq eshiklar siyosatini” amalga oshirish hamda xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish borasida rivojlangan davlatlarning, ayniqsa, jahon xo‘jaligida tez sur’atlarda rivojlangan mamlakatlarning, jumladan, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur, Turkiya, Xitoy kabi mamlakatlarning tashqi savdo-sotiq siyosati tajribalaridan unumli foydalanish milliy iqtisodiyotimizning taraqqiyotiga ijobiy samara beradi. Shunga ko‘ra, milliy iqtisodiyotni shakllantirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish orqali mamlakatning tashqi savdo-sotiq jarayonini va eksport salohiyatini yuksaltirish masalasi, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olishni, ayniqsa, jahon iqtisodiyoti amaliyotida 2
to‘plangan tajribalar va xalqaro qonun - qoidalar asosida mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilish borasida va ularni tartibga solish usullarini yanada takomillashtirish zarurligini talab etadi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishda va undagi faoliyatlarni samarali olib borishda xorij mamlakatlarining tajribalaridan va ularning usullaridan unumli foydalanish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanib, mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti . Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini, xorij tajribasini samarali tashkil etishni o‘rganish va erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishning moliyaviy masalalarini samarali olib borish istiqbollari hamda takomillashtirish predmeti bo‘lib hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ishining mаqsаdi О‘zbеkistоn da erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish faoliyatini o‘rganish hamda uni rivojlantirishning moliyaviy holatini tahlil qilish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar rolini oshirish masalalariga qaratilgan ilmiy- amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining vazifalari : – erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirishning nazariy jihatlarini bayon qilish; – O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini o‘rganish; – mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining moliyaviy asoslarini o‘rganish; – milliy iqtisodiyotda erkin iqtisodiy zonalarga investitsiyalarni jalb qilish faoliyatini tahlilini amalga oshirish; – milliy iqtisodiyotda erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni amalga oshirishda iqtisodiy-huquqiy asoslarini o‘rganish; – mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qilish; 3
– erkin iqtisodiy zonalarda xorijiy investitsiyalar faoliyatini amalga oshirishni tahlil qilish; – respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining obyekti sifatida Samarqand viloyati Urgut tumani Erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari xo‘jalik faoliyati olingan. Tadqiqotning usullari. Bitiruv malakaviy ishida tizimli tahlil, guruhlashtirish, induksiya-deduksiya, mantiqiy va taqqoslama tahlil, abstrakt- mantiqiy fikrlash, statistik va omilli tahlil kabi usullardan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati. Ishda keltirigan nazariy va amaliy takliflar respublikamizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, erkin iqtisodiy zonalardagi dolzarb muammolarni hal qilish, investitsion faoliyatni samarali tashki etish va tartibga solish amaliyotida qo‘llanishishi mumkin. Shuningdek, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti” va “Mikrоiqtisоdiyоt” fаnlаri о‘quv dаsturlаrini tаkоmillаshtirish vа о‘qitish jаrаyоnidа fоydаlаnish mumkin. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Jahon iqtisodiyoti amaliyotida erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdagi to‘plangan tajribalar va xalqaro qonun- qoidalar asosida milliy iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy zonalarning tutgan o‘rni bo‘yicha o‘zlarining alohida hissalarini qo‘shgan xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlardan: Aleshin V.A., Zotova A.I., Vahobov A.V., Malikov T.S., Haydarov N.H., Jo‘rayev A.S. va Z.Yo‘ldoshevlarning ilmiy tadqiqotlari, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklari ilmiy-nazariy jihatlarini tadqiq qilgan 1 . 1 Алешин В.А., Зотова А.И. Финансы: учебник. - Ростов н/ Д: Феникс, 2009 г. – 346 стр. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. – T.: Iqtisod-moliya, 2008. – 316 b.; Jo’raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. – Toshkent: “Fan”, 2004. – 243 b.; Malikov T. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. – Toshkent: “Akademiya”, 2002. – 204 b.; Haydarov N.H. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari: O’quv qo’llanma. – Toshkent: “Akademiya”, 2007. – 256 b..; Yo’ldoshev Z., Malikov T. Uy xo’jaligi moliyasi. o’quv qo’llanma, Toshkent “IQTISOD-MOLIYA”, 2008. - 105 b.; Malikov T.S., Haydarov N.H. Moliya: umumdavlat moliyasi. / O’quv qo’llanma. - Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009. – 556 b. 4
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi . Ish tаrkibiy jihаtdаn 72 bеtdаn ibоrаt bо‘lib, kirish, 3 ta bоb, 8 tа pаrаgrаf, хulоsа vа tаkliflаr hаmdа foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR NING MAZMUN VA MOHIYATI 1.1-§. Erkin iqtisodiy zonalar tushunchasi, kelib chiqishi va ularni tashkil etishning nazariy asoslari Bugungi kunda zamon taraqqiyot etayotgan bir vaqtda davlatlar ertangi kelajagi va bugunini o‘ylab turli xil ishlar olib boradi. Bunga sabab davlatlarning rivojlanishi, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ertangi kelajagi uchun ularni ish bilan ta’minlash maqsadida mahalliy va xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilib o‘zi bosh islohatchi bo‘lib turli xil sohalarga moslashgan faoliyat olib borishga harakat qiladi. Shulardan misol tariqasida erkin iqtisodiy zonalardir . Erkin iqtisodiy zona – davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xo‘jalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug ullanishi uchun imtiyozli soliq, moliya bojxona vaʻ erkin valyuta konvertatsiya, huquqiy sharoitlar joriy qilanadigan joydir. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar ko‘p hollarda davlatlararo tutash zonalarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan zona), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda (Masalan Malayziya yoki Janubiy Koriya) yoki transport yollari tutashgan zonalarda (Buyuk ipak yo‘li o‘tgan davlatlar yoki Yevropa ittifoqi zonalari). Erkin iqtisodiy zonalarda alohida xalqaro huquqiy status joriy qilinadi. Lekin u qayerda joylashishidan qat’iy nazar, shu mamlakatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish). Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad ko plab ʻ yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, 5