ZAMAXSHARIYNING “MUXTASAR” ASARINING ARAB LINGVISTIKASIDA TUTGAN O‘RNI
ZAMAXSHARIYNING “MUXTASAR” ASARINING ARAB LINGVISTIKASIDA TUTGAN O‘RNI MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………….………….…..3 I BOB. MAHMUD ZAMAXSHARIYNING TILSHUNOSLIKKA OID ILMIY MEROSI 1.1. Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikka oid asarlari. Arab lingvistikasiga oid muxtasar asari………………………………….7 1.2 . Alloma asarlarining O‘zbekiston va dunyo fondlarida saqlanayotgan nusxalari…………………………………………..….25 Birinchi bob bo‘yicha xulosa……………………………………………47 II BOB. “AL- UNMUZAJ” ASARINING LEKSIK- GRAMMATIK XUSUSIYATLARI 2.1. “Al- Unmuzaj” asarining arab tili grammatikasini o‘rganishda tutgan o‘rni. ………………………………………………………49 2.2. Arab adabiy tilida son va jins kategoriyalarining ahamiyati….....62 Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa…………………………………………...81 III BOB. “AL- UNMUZAJ” ASARIDA SON VA JINS KATEGORIYALARI TUSHUNCHASI, FE’L BOBINING TAHLILI 3.1. “Al- Unmuzaj” asarida jins va son kategoriyalarining yoritilishi…………………………………………………………..……84 3.2. “Al- Unmuzaj” asarida fe’l bobi ……………………………..…93 Uchinchi bob bo‘yicha xulosa……………………………………….…101 XULOSA ……………………………………………………………………..102
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………...106 KIRISH Magistrlik desertetsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi. Bugungi kunda ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor, xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan talab oshirib bormoqda. Mamlakatimizning xorijiy mamlakatlar bilan xususan sharq, arab mamlakatlari bilan diplomatik, ijtimoiy, siyosiy, diniy, madaniy, iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda. “Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bugungi O‘zbеkiston hududida turli davrlarda o‘ziga xos sivilizatsiyalar vujudga kеlgan. Ushbu o‘lka fan va madaniyat markazi sifatida butun dunyoga dong taratgan, bu yеrda hayratomuz go‘zallikka ega shaharlar barpo etilgan, buyuk shoirlar va allomalar yashab ijod qilgan. Buyuk ilmiy kashfiyotlar, adabiyot va san’at, xalq og ‘zaki ijodining o‘lmas obidalari shu maskanda yaratilgan. Bu noyob milliy, tarixiy-madaniy mеros, haqli ravishda butun insoniyat xazinasi bo‘lib, ayni paytda xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasidan dalolat bеradi” 1 O‘rta Osiyo va Arab mamlakatlari ta’limiy aloqalari yildan yilga tadrijiy rivojlanib bormoqda. Uzoq va sharafli tarixga ega bo‘lgan xalqning madaniy qadriyatlari ma’naviy merosi ming yillar mobaynida sharq mamlakatlari uchun manaviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Ulug‘siymolar Imom al-Buxoriy (810-870), Imom at-Termiziy (824/825-892), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Imom al-Moturidiy (870-944), Mahmud az-Zamaxshariy (1075-1144) kabi ilm-ma’rifat yo‘lida jon fido qilgan, yurtimiz dovrug‘ini butun olamga mashhur. Bu zaminda tug‘ilib ijod etgan buyuk alomalarimiz yaratgan boy ilmiy meros ma’daniy meros jahon madaniy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib diqqat e’tiborni o‘ziga tortib kelmoqda. Ibn Sino, Ulug‘bek, Xorazmiy va Zamaxshariy kabi ajdodlarimizning nomlari hamda asarlari mashhur bo‘lib ijodlari jahon madaniyati bebaho boylik hisoblanadi. Ular yaratgan asarlar ilm fan durdonasi sifatida dunyoning mashhur qo‘lyozma fondlarida saqlanib kelinmoqda va dunyo olimlari tomonidan o‘rganilib, ular 1 Sh. M. Mirziyoyev Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug ‘hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo’ladi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2019. – B. 276 2
asosida ko‘pgina dissеrtatsiyalar, ilmiy ishlar va darsliklar yaratilmoqda. Jumladan, buyuk alloma Mahmud Az-Zamaxshariy ham o‘zining ko‘plab asarlari bilan dunyoga nom taratgan, uning merosi bugungi kunda har tomonlama o‘rganilmoqda, uning arab tilida yetmishdan ortiq turli sohaga oid asarlari didaktik, grammmatik, ilmiy- badiiy nazm, nasrda yozilgan asarlari orasida “Al- Unmuzaj”, “Mufassal”, “Asosul balog‘a” asarlari mashhur. “Al Unmuzaj fi-n nahv” arab tili lingvistikasiga bag‘ishlangan muxtasar va yuksak darajadagi asarlardan biri hisoblanadi. Asar arab grammatikasini soda bayon etishga qaratilgan va ajam xalqlari balki arab xalqlari uchun ham nodir qo‘lyozma manba hisoblanadi. Asar uch tarkibiy qismdan tashkil topgan. Ushbu asar arab tilini tez va oson o‘rgatish maqsadida yozilgan. Alloma bu muxtasar asarni 1121- yilda yozgan va Mujur Ad-Davla Abdul Fath ibn Husayn al Adristoniyga hadya etgan. O‘z davrida ushbu asar mashhur bo‘lib unga sharhlar bitilgan. Arab tilida to‘g‘ri savodli gapirish uchun tilda son kategoriyalari, jins kategoriyalarini bilish o‘ta muhum. Bu mavzuda juda ko‘p izlanishlar qilindi, lekin bu borada Zamaxshariyning “Al- Unmuzaj” asari tanlangani bejis emas buyuk nahvshunos olim ushbu asarda o‘zgacha uslub qo‘llagan. XXI asr arabshunoslari o‘z asarlarida grammatik masalalarining avval sintaksis keyin morfologik so‘ngra fonetik bayon qilganlari, ishtiqoq tartibi, alifbo tartibida kabi emas balki, so‘z turkumlariga ajratgan holda bayon etdi. Shu jihatdan, “Al- Unmuzaj fi-n nahv” asarini nodir manba sifatida tadqiq etish va morfologik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning ob’еkti va prеdmеti. Tadqiqot ishining ob’еkti qilib Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj” asarida jins hamda son katеgoriyasi olindi. Morfologik ko‘rsatkichi bo‘lgan yoki bo‘lmagan muannas jinsdagi so‘zlar, ikki jins uchun bir xil bo‘lgan so‘zlar, muannas jinsning ko‘plik shakli hamda son kategoriyalari, ikkilik son kategoriyasi tadqiqotning prеdmеti qilib bеlgilandi. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Mazkur mavzuni tadqiq etishda avvalo quyidagilarni maqsad qildik: 3
- Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikka oid asarlari haqida ma’lumot yig‘ish; - “Al- unmuzaj” asarida muannas va muzakkar jins masalasini haqidagi fikrlarni o‘rganish; - Arab tilida jins katеgoriyasining paydo bo‘lishini aniqlash; -“Al- Unmuzaj” da son kategoriyasi haqidagi qarashlarni o‘rganish. Tadqiqodning ilmiy yangiligi. Ushbu ish orqali “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” asari va uning xususiyatlari , dunyo fondlaridagi qo‘lyozma nusxalari masalalarga ahamiyat qaratilib, asarning arab tili lingvistikasida tutgan o‘rni, asarning grammatik tahili masalalariga to‘xtalib o‘tildi; - Arab tilida son kategoriyasi sintaksis hamda morfologik masalalari tahlil qilindi ; - Asarda fe’l bobidagi ko‘makchi fe’llar sintaksis masalalarni ham o‘rgan il di; - Arab tilidagi jins kategoriyalari sintaksis va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlariga to‘xtalib o‘tildi. Tadiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mazkur tadqiqot ishining asosiy masalalari arab tilshunosligida Mahmud Zamaxshariyning “Al- Unmuzaj fi-n nahv” asari o‘rganilishi, asarda jins va son kategoriyalarining hamda ko‘makchi fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslashdan iborat. Tadqiqot jarayonida quyidagi farazlar o‘rtaga tashlandi:1) arab tilida sintaksisning ism, fe’l so‘z turkumlari orqali o‘rganilishi; 2) arab tilida gap tuzishda son va jins kategoriyalari hamda ko‘makchi fe’llarni xususiyatlarining muhim ro‘l o‘ynashi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Bitiruv malakaviy ishining asosiy manbasi sifatida Mahmud Zamaxshariyning tilshunoslikka oid “Al unmuzaj fi-n-nahv” asari, Malika Nosirovaning “O‘rta asr arab nahvidan na’munalar (Mahmud Zamaxshariyning “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” risolasi asosida)” nomili o‘quv-uslubiy qo‘llanmasidan hamda Jamoluddin Ardablinning “Al-Unmuzaj fi-n-nahv” asariga yozgan sharhi, shuningdеk 4
o‘zbеk va rus arabshunos olimlaridan B.M.Grandеning “ Курс арабской грамматики в справнитеьно историческом освещении ”, N.Ibrohimov va M.Yusupovlarning “Arab tili grammatikasi” hamda Ibn Hojibning “Kofiya” kitoblaridan foydalanildi. Ilmiy ishning mеtodologik asoslari. Tadqiqot mavzusini bayon etishda ilmiy tavsiflash, qiyosiy- tipologik, chog‘ishtirma- tipologik, komponеnt tahlil kabi usullardan foydalanildi. Ilmiy ishning natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur tadqiqot ishimizda Mahmud Zamaxshariyning “Al- Unmuzaj fi-n nahv” asarida jins katеgoriyasi tahlili, xususan muannas jinsning paydo bo‘lishi va morfologik xususiyatlarini tadqiq qilishda nazariy jihatdan arab o‘zbek, fors, ingliz hamda rus tillaridagi manbalarga tayandik. Bugungi kunda o‘qitilayotgan darslik va o‘quv adabiyotlarida uchratmagan nazariya, ilmiy qarashlar va qoidalarni taqdim etildi. Ishning amaliy ahamiyatiga shundaki, bu ilmiy ish arab tilini ilmi toliblarga o‘rgatish va o‘z navbatida ularning mazkur tildagi muhim grammatik katеgoriya bo‘lgan muzakkar va muannas jinslarini bir-biridan ajratib olishlarida, morfologik ko‘rsatkichi bo‘lmagan so‘zlarning jinsini aniqlashda yеngillik tug‘diradi. Magistrlik dissеrtasiyani yozish jarayonida Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy tadqiqot markazining Qo‘lyozmalar bo‘limi fondi kataloglari bilan ishlandi. Unda grammatikaga va adabiyotga oid 2ta qo‘lyozma tavsif qilindi. Rossiya Fanlar Akadеmiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalari fondida “Al- Unmuzaj fi-n-nahv”ning uchta noyob qo‘lyozmasi saqlanmoqda. Bundan tashqari mazkur fondda Jamoluddin al-Ardabiliining “Al-Unmuzaj fi-n- nahv”ning sharhi bilan birga ko‘chirilgan 60 ga yaqin qo‘lyozma nusxasi, Bеrlin kutubxonasida o‘n bitta asarining o‘ttizga yaqin nusxalari borligi aniqlandi. Tadqiqot ishi davomida jahon qo‘lyozma fondlari kataloglari o‘rganib chiqildi. Magistrlik ishi tuzilmasining tavsifi . Magistrlik ishi tuzilmasi kirish, uch bob va olti fasl, har bir bob bo‘yicha xulosa, yakuniy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. 108 sahifani tashkil etadi. 5