JADID MAKTABLARINING TURKISTONDAGI ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIDAGI TUTGAN O‘RNI
JADID MAKTABLARINING TURKISTONDAGI ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIDAGI TUTGAN O‘RNI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………….4-9 I BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTONDAGI IJTIMOIY – SIYOSIY JARAYONLAR……………………….……….…..10- 31 1.1. Mavzuning o‘rganilish tarixishunosligi ……………….………...………10- 20 1.2. Jadidchilik harakati vujudga kelishining tarixiy shart – sharoitlari…….20-31 II BOB. TURKISTONDA XIX ASR O‘RTALARI XX ASR BOSHLARIDA TA’LIM TIZIMI…………………………………………………………..…32-62 2.1. XIX asr o‘rtalari XX asr boshlarida Turkistonda ta’lim tizimi ahvoli va muammolari……………………………………………………………….…..32-44 2.2. “Yangi usul” maktablarining vujudga kelishi va faoliyati………………..44-62 III BOB. TURKISTON ILMIY TAFAKKUR TARAQQIYOTIDA JADID MAKTABLARINING O‘RNI………………………………………….……63-90 3.1 “Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat hayotida tutgan o‘rni…………………………………………………………………………....63-7 2 3.2. Turkistonda sovet maktablarini shakllanishida jadid allomalarining o‘rni va xizmatlari………………………………………………………………………72-84 3.3. Turkiston jadidlarining ijtimoiy-madaniy hayotni isloh qilishdagi xizmatlari............................................................................................................8 4 - 90 XULOSA…………………………………………………………………..….91-95 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………..……….………96-101 1
KIRISH Mаvzuning dolzаrbligi: Mustaqillik yillarida ijtimoiy – siyosiy hayotning hamma jabhalarida ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zlikni anglash, ma’naviy – marifiy qadryatlarni chuqur anglab yetish va ularni xalqqa yetkazish, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ma’naviy hayotimizni yuksaltirishda hukumat tomonidan uzoqni mo‘ljallab ishlab chiqilgan maxsus dasturlar katta ahmiyat kasb etmoqda. “Ta’lim to‘g‘ risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi natijasida uzliksiz ta’lim tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etdi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ma’naviy hayotda ham “Yangi usul” maktablari ham jamiyat hayoti uchun juda ahamiyatli edi. Jadid pedagoglari yoshlar tarbiyasi masalasiga “hayot yoki mamot” masalasi deb qaraganlar. Iqtidorli yoshlarni dunyoning taraqqiy etgan oily o‘quv yurtlariga o‘qishga yuborish kabi masalalar bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yuqotgan emas. Jadidchilik harakatining tamal toshi usuli jadid maktablari hisoblanadi. Bu harakatning asl maqsadi millatning o‘zligini tanitish va ijtimoiy – siyosiy tuzumni tubdan isloh qilish orqali Millat, Vatan istiqloli uchun buyuk o‘zgarishlarni sodir qiladigan yangi avlodni tarbiyalab yetishtirishdan iborat bo`lgan. Buning uchun taraqqiy etgan millatlar bilan hamkorlik qilib yangi avlodni tarbiyalash zarurati bor edi. Ammo o‘lkamiz qariyb to‘rt asr davomida jahon taraqqiyotidan orqada qolib ketdi. Buning ustiga mustamlaka tuzumi tufayli parokanda ahvolga tushib qoladi. Shu sababli ham maktablarni tubdan isloh qilish hamda zamon talablariga javob bera oladigan maktablarni tashkil qillish jadid mutafakkirlarining asosiy vazifasiga aylandi. Jadid pedagoglari ibtidoiy maktablarni “usuli savtiya” (“tovush usuli”) 2
metodi asosida qayta tiklashni kechiktirib bo‘lmas vazifa deb bildilar. Lekin ularga Gubernatorlik ma’murlari va mutaassib ulamolar qarshilik qildi. To‘la ishonch bilan aytishimiz mumkinki, usuli jadid maktablarini ochish zaminida milatni mustamlaka zulmidan ozod qilish, taraqqiy topgan millatlar qatorida ko‘rish g‘ oyasi hukmron bo`lgan. XX asr oxiriga kelib xalqimiz jadid mutafakkirlari orzu qulgan va hatto o‘z hayotlarini fido qilgan mustaqillikka erishdi. Endigi vazifa milliy o‘zlikni anglash, istiqlolni chuqur anglagan holda uni mustahkamlash hisoblanadi. Shuning uchun “usuli jadid” maktablarining maqsad va mohiyatini o‘rganish hozirda muhim siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Jadid pedagoglari faoliyatida yoshlarni Turon, Turkiston nomlari bilan atalgan vatanga, millatga va milliy tiliga muhabbat ruhida tarbiyalash eng zaruriy vazifalarimizdan sanaladi. Aynan hozirgi kundagi mamlakatimizda ta`lim sihasida amalga oshirilayotgan islohatlarni tarixiy ildizlarini o`rganish va tahlil qilish III renessans davriga qadam qo`yishimizga xizmat qiladi. Shavkat Mirziyoyev Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘llab shunday degan edilar: “XIX asr oxiri va XX asr boshlarida bir qator sharq va musulmon mamlakatlarida vujudga kelgan jadidchilik harakati Turkiston o‘lkasida teran tarixiy ildizlarga egadir. Yurtimiz ulkan ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega ushbu jarayonlardan chetda qolmagani, aksincha, bu harakatning markazlaridan biriga aylanganini ta’kidlash lozim. O‘z zamonining ilg‘or namoyandalari bo‘lgan jadidlar g‘oyat murakkab va qiyin sharoitda bilim va ma’rifat tarqatish, ta’lim-tarbiya sohasini tubdan isloh etish orqali milliy taraqqiyotga erishish g‘oyasi bilan maydonga chiqdilar. Shu maqsadda o‘z mablag‘lari hisobidan maktab va teatrlar, nashriyot va kutubxonalar, gazeta va jurnallar tashkil qildilar, qobiliyatli yoshlarni chet ellarga o‘qishga yubordilar. O‘ylaymanki, tarixda ikki buyuk Renessansga zamin bo‘lgan mintaqamizda uchinchi Renessansni aynan jadid ajdodlarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Afsuski, mustabid tuzum ularning ezgu g‘oya va amaliy harakatlarini 3
to‘la ro‘yobga chiqarishga imkon bermadi. Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar ekanmiz, jadid bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma’naviy kuch-quvvat olamiz. Yurtimizda mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Biz ma’rifatparvar bobolarimizning muqaddas orzularini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatimizda yangi Renessans poydevorini yaratishni strategik vazifa qilib belgilaganmiz. Shu maqsadda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat sohalarida tub islohotlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu borada avvalo ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz. Farzandlarimizni har tomonlama barkamol, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar ajdodlarimizning aql-zakovati, iroda va matonati barchamiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Biz xalqaro ilmiy markazlar, dunyo olimlari bilan hamkorlikda jadidlar faoliyatini yanada chuqur o‘rganishni dolzarb vazifa deb hisoblaymiz. Bu noyob meros orqali bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topa olamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi” 1 . Shunday qilib yuqoridagi fukrlar tanlangan mavzuning naqadar dolzarb ekankigini ko`rsatib beradi. T adqiqot obyekti va predmeti: Jadidchilik maktablarining Turkistondagi ilmiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rnini o‘rganish. Ilk jadid maktablarining shakklanishi rivojlanishi, “Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat ilmiy- ma`rifiy hayotida tutgan o‘rnini ta hlil qilish hisoblanadi . Ishning maqsadi: Yangi-usul jadid maktablarining Turkistondagi ilmiy tafakkur taraqqiyitidagi o‘rn va ahamiyatini aniqlash va tahlil qilishdan iborat . 1 https://daryo.uz/2023/03/06/shavkat-mirziyoyev-jadidlar-merosini-organishga-bagishlangan-xalqaro-konferensiya- ishtirokchilariga-tabrik-yolladi 4
T adqiqot vazifalari: Ilmiy ishning maqsalaridan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab olindi: - Jadidchilik maktablarining Turkistondagi ilmiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni mavzusining tarixshunosligini o‘rganish; - Jadidchilik harakatining vujudga kelish shart - sharoitlarini aniqlash; - XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo an’anaviy ta’limi xususiyatlarini tahlil qilish; - Jadidchilik maktablarining vujudga kelishi va faoliyati ni o‘rganish; - “Yangi usul” maktablari bitiruvchilarining jamiyat hayotida tutgan o‘rnini tahlil qilish; - Sovet maktablarini shakllanishida jadidlarni o‘rni va xizmatlarini ochib berish. Tatqiqotning ilmiy yangiligi: - Ishda Turkistonda jadidchilik maktabining tarixi tarixshunosligi, jadid maktablarining yuzaga kelish omillari, ularning shakllanishida jadid marifatparvarlarining o‘rni ilmiy jihatdan tatqiq etildi; - Dissertasiyada Jadid maktablari bitiruvchilarining jamiyat ma`naviy-ma`rifiy hayotida tutgan mavqeylari tahlil qilindi va aniqlandi; - Tatqiqotda sovet maktablarini yaratishda jadidlarning ishtiroki, ularning pedagogik faoliyati asosli ma’lumotlar asosida o‘rganildi; Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Tadqiqotning asosiy masalalari yurtimizdan yetishib chiqqan ma`rifatparvarlarimiz tomonidan tashkil etilgan maktablarning xalqimiz ma`naviy hayotini yuksaltirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek jadid allomalarimiz sovet davri ta`lim tizimining shakllanishi va faoliyatida ham xizmat qilganliklari, aynan ularning xizmatlari va harakatlari natijasida sho`ro maktablari rivojlanganligi dalillangan. Hozirgi kundagi ta`lim tizimidagi mavjud muammolarni yechish va mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotida xizmat qiluvchi yosh avlodni shakllantirishda jadid maktabdorlari faoliyatining 5