JAHON MADANIYATI TIZIMIDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYA YUTUQLARI
JAHON MADANIYATI TIZIMIDA O’ZBEKISTON ARXEOLOGIYA YUTUQLARI REJA I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1 . Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi ma'lumotlarning aks etishi. 2 . Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar. 3. So'g'd madaniyatining o'ziga xos xususiyatlari. III. XULOSA.
KIRISH Respublikamizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va to'laqonli o'rganish masalasi dolzarb vazifa etib qo’yildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning avgustida nashrdan chiqqan ―O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida nomli kitobida,‖ respublikamizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o'tkazgan uchrashuvida va boshqa mazkur soha bilan bog'liq yig'ilishlarda bir necha marta ta'kidlab o'tgan 1 . Shuningdek, bu vazifalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida ham o'z aksini topgan . O'zbekiston hududida yuzaga kelgan qadimgi Baqtriya (mil.av. VII asr), Xorazm (mil. av. VII asr), So’g’d (mil.av. VII asr), Kushon (mil.av. I asr), Turk xoqonligi (VI asr), Amir Temur saltanati (XIV asr oxiri - XV asr boshlari) kabi davlatlar tariximizda alohida o'rin tutadi. Ularda o'ziga xos davlat boshqaruv asoslari yaratilgan bo'lib, o'z davrida davlat, xalq va jamiyatning tinchligi, taraqqiyoti hamda farovonligini ta’minlashga xizmat qilgan. O’zbekiston tuprog’ida mil. avv. II ming yillikka oid madaniyat bir xilda taraqqiy topgan emas. Bu bosqichda Surxondaryo, Zarafshon va Qashqadaryo vohalari va Xorazmdan iborat uchta o’lkada eng qadimgi madaniyat izlari topilgan. Har qaysi o’lkaning madaniy taraqqiyotida o’ziga xos xususiyatlar bo’lgan. Bu madaniyatlar dehqonchilik, uy chorvachiligi va chorvachilik-dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalarga mansub bo’lishgan. Ular bir-biridan ajralgan holda taraqqiy etgan emas, qabilalar o’rtasida keng madaniy aloqalar o’rnatilgan edi. Mavzuning dolzarbligi sifatida jahon tamadduni tizimiga Zarafshon va Qashqadaryo oralig'idagi hududda yashagan qadimiy aholining o'ziga xos madaniyatni yaratganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlarni to’plash, o'rganish, ularni tizimga solish va tahlil qilish asos qilib olindi. O’rta Osiyo sivilizatsiyasida umumso’g’d madaniyatining tutgan o’rni va rolini ochib berish maqsad qilib olindi. - O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlarini yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilish; - Qadimgi yozma manbalarda So'g'd haqidagi ma'lumotlarning aks etishini manbalar asosida tahlil qilish; - Qadimgi So'g'd hududida olib borilgan arxeologik izlanishlarni tahlil qilish; - Markaziy So'g'd (Samarqand) madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish; - Janubiy va G'arbiy So'g'dda madaniyat taraqqiyotini manbalar asosida tahlil qilish. - O'rta Osiyoda ilk shaharsozlik va davlatchilik madaniyatining ildizlari yozma va arxeologik manbalar asosida tahlil qilindi; 1 Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillakka erishish ostonasida. – T., ―O’zbekiston , 2011; Karimov I.A. Tarixiy ‖ xotirasiz kelajak yo'q // Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz. –T., O'zbekiston, 1999. 7 j. –B. 128-132;
2 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori ―O'zbekistonning Yangi tarixini tayyorlash va nashr etish // G. Xalq so'zi. 17 dekabr 1996 yil;‖ ijtimoiy va siyosiy tuzumini va «Avesto» tushunchalarini o’rganishga bag’ishlangan katta ilmiy adabiyot mavjud. «Avesto»ning eng qadimiy qismlari keng xududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqidagi yozuvsiz zamonlarga oid tasavvurlarni saqlaganlar. Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, «Avesto» tili qadimda fors tilidan nisbatan ancha oldingi bosqichda paydo bo’lgan. O’rta Osiyo uchun «Avesto» ma’lumotlari arxeologik manbalar bilan solishtirilgan holda keng davriy chegara oralig’ida - bronza davridan tortib qadimgi dunyo - antik davrgacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tarixni yoritishsa foydalaniladi. Bunday yondashuv hamisha ham o’zini oqlayvermasada, yozma va arxeologik manbalarni bir-biriga solishtirish zaruratidan kelib chiqqan. «Avesto» Zaratushtra (Zardusht) dinidagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir va zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. Zaratushtra (yunoncha Zoroastr) ismi bilan atalgan zardushtiylik (zaratushtrizm, zoroastrizm) O’rta Osiyoda islom dini joriy etilgandan oldin keng tarqalgan. «Avesto» O’rta Osiyo viloyatlarining qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va ma’naviy madaniyatini o’rganishda muhim manbadir. O’rta Osiyoda Zaratushtra e’tiqodini birinchi bo’lib podsho Kavi Vishtasp qabul qilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta Osiyo xududidagi xalqlar zardushtiylikka e’tikod qilgan. Shu davrdan boshlab yangi din milodiy VIII asrgacha O’rta Osiyoda diniy e’tiqod sifatida keng yoyildi. «Avesto»ning qadimgi qismlari ahamoniylar davridan oldinroq zamonlarga oid bo’lgan. «Avesto» ma’lumotlariga ko’ra, ushbu davr kabilalari birlashmasi viloyat - «daxsho» bo’lgan, urug’ jamoasi - «vis», ayrim oilalar - «nmana»dan tashkil topgan, qabila esa «zantu» deb atalgan. Aholi kohinlar, jangchilar, dehqonlar va chorvadorlar toifasiga bo’lingan. «Avesto» to’g’risida chorvachilik va dehqonchilik hayotiga oid ma’lumotlar juda ham ko’p saqlangan. «Avesto»ning eng qadimgi hududiy geografik nomlari O’rta Osiyo viloyatlari bilan bog’langan (Yasht, 10 bob). Ro’yxatdagi birinchi mamlakat - «Arenam Vaychax» yoki «Aryoshayyona», «Arenam Vay-jo». U yurtda ko’pdan- ko’p yaylovlarga ega baland tog’lar, keng daryolar va chuqur ko’llar bo’lgan. Yasht kitobida tilga olingan boshqa mamlakatlar - Iskata, Porutu, Mouru, Gava So’g’da (So’g’d makoni) va Xorazm. «Avesto» Videvdat kitobining birinchi bobida sanab o’tilgan viloyatlar Yasht mamlakatlari ro’yxatidan ancha farq qiladi: Arenam Vayjo, Gava, Mouru, Baxdi, Nisayya, Aryo, Vaekereta, Urva, Xnanta, Xaytumant, Raga, Chaxro va Varna. «Avesto»ning qadimgi geografik tushunchalari va manbada ko’rsatilgan mamlakatlarning ro’yxati asosida zardushtiylikning ilk vatani va Zaratushara tug’ilgan yurti haqida hikoya qilish mumkin. Olimlar o’rtasida «Avesto» vatani - Xorazm, zardushtiylikning yoyilish markazlari esa O’rta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bog’lanadi. Bu nazariyaning tarafdorlari «Avesto»ning yirik mamlakatlari Xorazm, Marg’iyona, So’g’d, Baqtriya O’rta Osiyoda
3 Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi. – T., 1997. B. 97-98. joylashganligiga e’tibor beradilar. Shuning bilan birga Arenam Vayjoni ham bu keng o’lka deb tushunish mumkin. U yerda baland tog’lar - Pomir, Hisor, Tangritog’, chuqur ko’llar - Kaspiy, Orol, Issiqko’l, Kesh daryolar - Amudaryo va Sirdaryo joylashgan deb faraz qilinadi. «Avesto» da keltirilgan qadimgi ma’lumotlar O’rta Osiyoda harbiy siyosiy birlashma tashkil topgan davrlarga (mil.avv. IX-VIII asrlar) mansubdir. Bu birlashma - Aryoshayyona yoki Arenam Vayjo, juda katta harbiy ahamiyatga ega bo’lgan. Shu davr aholisining bir qismi o’troq dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, boshqa bir guruhi esa ko’chib yuradigan chorvachilik shakliga o’tgan. Ular o’rtasidagi siyosiy qarama-qarshiliklar, kurash va tinimsiz bosqinlar «xonadonlarga, qishloq, viloyat va mamlakatga qashshoqlik va vayronlik keltirdilar». «Avesto»da shu davr hukm surgan podsholar sulolasi - kaviylar («Shoxnoma»la - kayyoniylar) ro’yxati quyidagicha: Xaosh’yonx («Shoxdoma»da - Xushang), Yima (Jamshid), S’yovarshon (Siyovush), Kavi Xaosrov (Kay Xisrov), Kavi Vishtasp, Kavi Kavat (Kay-Qubot), Kavi Pian (Kaykovus), Kavi Pi shin (Kay-Pishin), Kavi Arshan (Key-Aresh). Kavi Vishtaspdan boshlab so’ngilari Zaratushtra ta’limotining tarafdorlari bo’lgan. Kavi Xaosrav ariylar mamlakatlarini birlashtiruvchi podsho bo’lib, «tur» - chorvador qabilalarning yo’lboshchisi Frangrasyon («Shohnoma»da Afrosiyob) bilan jang qilgan. «Avesto»da yoritilgan qadimgi qabilalarning tillari bir-biriga yaqin edi, ularning etnik qiyofasida ham ancha o’xshashliklar mavjud bo’lgan. O’troq va ko’chmanchi kabilar o’rtasidagi asosiy farqlar e’tiqod. Ma’naviy va moddiy madaniyati hamda ho’jaliklarida bo’lib, ularni bir-biridan ajratib turgan. «Avesto»ning Mouru, So’g’da, Baxdi, Xorazm aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan, «tur» qabilalarining (va keyin sak-massaget kabilalarining) iqtisodiy hayotida chorvachilik ustunlik qilgan. O’rta Osiyoning dashtlari va tog’lari chorvachilik rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bergan. «Avesto»da tilga olingan kabilalarning dastlabki vatani Aryoshayyona (Arenam Vayjo) ham yaylovlarga serob yerlar bilan boy bo’lgan. Yasht kitobining o’ninchi bobida bunday xabar qilinadi: «U mamlakatning jasur sardorlari ko’pdan ko’p harbiy yurishlar qiladi, u yerda o’tloqlar va suvga serob baland tog’lar chorvachilik hayotiga asos solgan». Shuning uchun ham Arenam Vayjo tangri Axuramazda ifodasi bilan yashash uchun eng yaxshi joy deb hisoblangan va «Avestoshing ro’yxatlarida bu o’lka birinchi navbatda tilga olinadi. «Avesto»ning geografik tushunchalari qadimgi fors tilida yoritilgan ahamoniylar yozma manbalarida va qadimgi tarixshunoslar asarlarida takror etilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O’rta Osiyoda yashab o’tgan kabilalar yanga etnik jarayonlarga asos solib, shu xududda so’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, marg’iyonaliklar va sak massagetlar paydo bo’lishlariga sababchi bo’lgan. Ushbu elatlarning tarixi o’zaro keng madaniy ta’sirlar va aloqalar asosida rivojlanib, bir-biriga yaqin bo’lgan. Ahamoniylar mixsimon yozuvlari (miloddan avvalgi VI-IV asrlar) Behustun va Naqshi Rustam qoyatoshlari, Suza, Xamadon va Persepol shaharlarida toshib
5 Rtveladze E.V. O`bekistonning tarixiy o`tmishi. – T., 2009. B. 23.9 paxsadan qurilgan binolar, mehnat qurollari, xunarmandchilik buyumlari va boshqa topilmanar O’rta Osiyoda moddiy madaniyat yuksak darajada bo’lganligi haqida dalolat beradi. Miloddan avvalgi VII-IV asrlarga mansub Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyona yerlarida toshib tekshirilgan arxeologik yodgorliklarning o’zi 350 tadir, qadimgi Xorazm yerlarida 200 dan ortiq ilk temir davri qishloq va shahar xarobalari topib tekshirilgan. Ular sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan aholi madaniyatidan dalolat beradi. Qadimgi ko’chmanchilar tarixini o’rganishda Quyi Sirdaryoda joylashgan Tagisken maqbaralariga e’tibor berish lozim (miloddan avvalgi IX-VII asrlar). Ular xom g’ishtdan bino qilingan to’rtburchak, xalqasimon maqbaralardir. Saklarning yodgorliklari quyi Zarafshon, Amudaryo, Orol dengizi atrofida, Pomir va Tangritog’ hududlaridan topilgan. Ular asosan mozor-qo’rg’onlardan iboratdir. Topilmalar orasida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zebziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Pomirdaga Okbeit Tomdi va Alichur, Farg’onadagi Dashti Asht, Quyi Sirdaryo Uygarak yodgorliklari qadimgi ko’chmanchilardan qolgan mozor- qo’rg’onlar yoki katta jamoa qabristonlaridir. Moddiy madaniyat yodgorliklari O’rta Osiyoda hunarmanchilik, qurilish va me’morchilik qay darajada taraqqiy qilganligini, xo’jalik hayotining turli tomonlari, turmush va ijtimoiy munosabatlarini o’rganishga imkon beradi. Topilgan arxeologik yodgorliklar muhim tarixiy ahamiyatga ega. Moddiy madaniyat manbalari orasida mehnat qurollari (pichoq, o’roq, bolta), kulolchilik buyumlari va turli xil idishlar, yarog’ aslahalar (qilich, o’q va nayza uchi, dubulg’a, xanjar) va boshqa buyumlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Ilk temir davri moddiy manbalari ishlab chiqarish va iqtisodiy jarayonlarning rivojlanganligi to’g’risida aniq ravishda ma’lumot beradi. O’rta Osiyo yodgorliklari (Afrosiyob, qadimgi Marv, Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir, Qo’zaliqir) da o’tkazilgan qazishlar natijasida topilgan moddiy manbalar marg’iyonaliklar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va so’g’dlar tarixini chuqur o’rganishga imkon berib, qo’shni mamlakatlarning xalqlari bilan o’zaro munosabatlarini aniqlash imkonini yaratadi. Arxeologik qiziqishlar natajasida madaniy, iqtisodiy va harbiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan eng qadimgi shaharlarning harobalari topildi. Savdo yo’llari yoqasida joylashgan Afrosiyob (Marokanda), Uzunqir, Ko’ktepa, Qiziltepa, Yerqal'a va boshqalar qalin mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lib, shahar ichkarisidan turli qurilishlar topilgan. Ahamoniylar davriga mansub ―Amudaryo xazinasi haqida ham alohida ‖ aytib o’tish kerak. Bu xazina 1877 yilda Janubiy Tojikistondagi Kubadiyon bekligi yerlarida topilgan (hozir Londondaga Britaniya muzeyida saqlanmoqda) va 180 ta zargarlik zeb-ziynat buyumlaridan iborat bo’lgan. Ular yuksak darajada ishlangan san’at buyumlaridir. Amudaryo xazinasida Eron va qadimgi Yunoniston shaharlarida zarb etilgan kumushdan va oltindan ishlangan tanga pullar ham bor. Qadimgi yunon va rim mualliflari O’rta Osiyo viloyatlari (Baqtriya, So’g’diyona) chegaralari to’g’risida yozib ko’rsatganda, tarixshunoslar mahalliy