logo

“KIMYO” FANIDA O‘QITUVCHILARI UCHUN CROCODILE DASTURIDA VIRTUAL LABORATORIYALARNI TASHKIL ETISHNI O‘RGATUVCHI ELEKTRON RESURS ISHLAB CHIQISH

Загружено в:

13.08.2023

Скачано:

0

Размер:

4295 KB
“KIMYO” FANIDA  O‘QITUVCHILARI UCHUN CROCODILE DASTURIDA VIRTUAL
LABORATORIYALARNI TASHKIL ETISHNI O‘RGATUVCHI ELEKTRON RESURS
ISHLAB CHIQISH
MUNDARIJA
Kirish. ………………………… … …………… ……… …………… …… 6
I   BOB .   VIRTUAL   LABORATORIYALARNI   TASHKIL   ETISHNI
O‘RGATUVCHI   ELEKTRON   RESURSLARDAN
FOYLALANISHNING  NAZARIY ASOSLARI……………………… 10
1.1 .   Kimyo fanini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanish……………………………………………………………….. 10
1.2.  Simulyator dasturlari tahlili (xorijiy tajriba) .............. .................... ...... 13
1.3.   Ta'lim   jarayonida   o'quvchilarning   tayyor   elektron   darsliklar
yordamida o'zi bajarganda pedagogning faoliyati 24
II   BOB.   “KIMYO”   FANI   O‘QITUVCHILARI   UCHUN
CROCODILE   DASTURIDA   VIRTUAL   LABORATORIYALARNI
TASHKIL   ETISHNI   O‘RGATUVCHI   ELEKTRON   RESURS
ISHLAB CHIQISH……………………………………………………… 33
2.1.Crocodile   dasturidan   foydalanib   virtual   laboratoriya   yaratish
algoritmi 33
2.2. Crocodile dasturidan virtual laboratoriyalarda foydalanish ................. 35
2.3   Auto   Play   Media   Studio   dastur   yordamida   “Kimyo”   fanida
o‘qituvchilari uchun Crocodile dasturida virtual laboratoriyalarni  tashkil
etishni o‘rgatuvchi elektron resurs ishlab chiqish 53
III   BOB .   CROCODILE   CHEMISTRY   DASTURIY
TA`MINOTDAN   FOYDALANISHNING   AMALIY AHAMIYATI
3.1.   “ Kimyo ”   fanidan   Crocodile   Chemistry   dasturidan   foydalanish
bo`yicha   dars   ishlanmasi…………….... .....................................................
3.2.   “Kimyo”   fanida   o‘qituvchilari   uchun   Crocodile   dasturida   virtual
laboratoriyalarni   tashkil   etishni   o‘rgatuvchi   elektron   resurs ni   sinovdan
o`tkazish…………………….. ..... ................ ...............................................
IV  BOB . HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKALOGIYA
4 .1.  
4.2.  
4.3.  
Xulosa ....................................... .... .............................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ........................... ... ......................... Kirish
Dunyo   miqqiyosida   kimyo   fanini   o’qitish   jarayoniga   yangi   pedagogik   va
axborot   kommunikatsion   texnologiyalarni   jadal   sur`atlar   bilan   kirib   kelishi
natijasida kimyoviy bilimlarni o’rganishda juda katta yutuqlarga erishildi.  Kimyoni
o’qitishdagi   yangi   pedagogik   va   axborot   kommunikatsion   (kompyuter)
texnologiyalarini   qo’llashning   mohiyati   va   talabi   o’quvchilar   (va   talabalar)
O’zbekiston   Respublikasi   uchun   chuqur   bilimli   etuk   mutaxassislar   bo’lib
etishishini   ta minlashdir.   Hozirgi   paytda   kimyo   fanini   o’qitishda,   o’z-o’zini‟
nazorat   qilish,   “BBB   metodi”,   “Aqliy   hujum”,   “Insert”,   “Sinkveyn”,   “Venn
diagrammasi”   va   kimyoviy   o’yinlardan   mashg’ulotlarda   foydalanish   uchun   o`yin
usullari   yuqori   samara   bermoqda   va   o’quvchilarni   dunyoqarash   doirasini
kengaytirmoqda.   O’quvchilarni   kimyoviy   bilimlarni   o’zlashtirish   ko’nikmalarida
masofadan   o’qitish,   on-line   darsliklar,   o’quv   qo’llanmalar,   muammoli   ma’ruza
matnlari,   elektron   darsliklar   va   virtual   laboratoriya   ishlaridan   foydalanish   yuqori
samara beradi. 
Hozirgi   kunda   O’zbekiston   Respublikasida   ta`limto’g’risidagi   islohotlarning
asosini shakllantiruvchi qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib
kelinmoqda.   Bulardan   O‘zbekiston   Respublikasining   Prezidentining   2020-yil   23-
sentabrdagi   “Ta`lim   to’g’risida”gi   O‘RQ-637-son   qonuni   alohida   o’rin  tutadi.   Bu
qonundan kelib chiqadigan asosiy vazifa ta`lim  samaradorligini oshirish va yangi
pedagogik   hamda   axborot   kommunikatsion   texnologiyalardan   foydalanib   sifatli
dars o’tishdir. 
Ilg’or   pedagogik   texnologiyalar   dars   berishning   interfaol   usullaridan
foydalanib   dars   o’tishni   taqozo   qiladi.   Bular   munozara   darslari   muzokaralar,
ishbilarmon   o’yinlar,   muammoli   holatlarni,   va   keys   stadilarni   yechishdir.   Ushbu
usullar   o’quvchilarni   (yoshlarni)   ijodiy   fikrlash   qobiliyatini   va   faolligini
6 oshirishda, kimyoni o’qitishdagi  dolzarb muammolarni hal qilishning eng ma qul‟
yo’llarini topishda va ularni amaliyotga qo’llashda katta yordam beradi. 
Kimyo   o’qituvchisi   o’z   pedagogik   maxoratini   oshirib,   uni   san’at   darajasiga
etkazib borishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’z bilim va ko’nikmalarini tinmay
oshirib borishi  kerak. O’z fikrini tushunarli, ko’rgazmali  ifodalay bilishi  jahon va
mamlakatimiz   hayotidagi   voqealarga   o’zining   ijobiy   munosabatini   bildirish,
ta`limberishga   ijodiy   yondashuvni   rivojlantirib   borishi   uchun   axborot
kommunikatsion texnologiyalardan foydalib dars o’tishini taqozo qiladi.
Yangi O‘zbekistonni barpo etishda malakali mutaxassislar tayyorlashga katta
e`tibor berib kelinmoqda. Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyordash bevosita
ta`lim   muassasalarining   moddiy-texnika   va   axborot   bazasini   mustahkamlash,
yuqori sifatli o’quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va ma ruza
‟
matnlarini yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog’liqdir. 
Zamonaviy   bilimlar   sari   keng   yo’l   ochish,   ta`limtizimini   takomillashtirishda
yangi   axborot   texnologiyalaridan   unumli   foydalanish   hozirgi   kunning   talabiga
aylandi. Keyingi yillarda Respublikamizda kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish borasida bir necha farmon va qonunlar ishlab chiqilmoqda. 
Respublikamizda   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalarini   (AKT)
rivojlantirish bo‘yicha qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilingan. O‘zbekiston
Respublikasi   Prezidentining   “Axborot   texnologiyalari   sohasida   ta'lim   tizimini
yanada   takomillashtirish,   ilmiy   tadqiqotlarni   rivojlantirish   va   ularni   IT-industriya
bilan   integratsiya   qilish   chora   tadbirlari   to‘g‘risida”   2020   yil   6   oktyabrdagi   PQ-
4851-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Raqamli O‘zbekiston
—2030» strategiyasini tasdiqlash  va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”   2020   yil   5   oktyabrdagi   PF-6079-son   farmoni   va   boshqa   hukumat
qarorlari ishlab chiqilgan.
7 Mavzuning   dolzarbligi   Hozirgi   zamon   mutaxassislari,   faoliyat   doiralari
qanday bo’lishidan qat`iy nazar, informatika bo’yicha keng ko`lamdagi bilimlarga,
zamonaviy   hisoblash   texnikasi,   informatsion   aloqa   va   kommunikatsiya   tizimlari,
orgtexnika   vositalari   va   ulardan   foydalanish   borasida   yetarli   malakalarga   ega
bo`lishlari hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslari to’g’risidagi
bilimlarni o’zlarida mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim. 
O’zbekiston   Respublikasining   ta`lim   to’g’risidagi   qonuni,   va
Respublikamizning ta`lim to’g’risidagi olib borilayotgan siyosatidan kelib chiqqan
holda   o`qitishda   AKTlaridan   foydalanib   dars   o’tish   va   o’quvchilarni   fikrlash
qobiliyatini   yanada   rivojlantirish,   qiziqishlarini   oshirish   hozirgi   kunning   dolzarb
muammolaridan biri hisoblanadi. 
BITIRUV   MALAKAVIY  ISHIning   maqsadi   Maktab   o`qituvchilari   uchun
“kimyo”   fanidan   crocodile   chemistry   dasturidan   foydalanib   virtual   laboratoriya
yaratishni o`rgatuvchi video darslar yaratish.
Ishning   vazifalari   Ushbu   Bitiruv   malakaviy   ishining   maqsadidan   kelib
chiqqan holda quyidagi masalalarni echish rejalashtirildi: 
1.Maktablarda   Kimyo   fanini   o’qitishda   qo’llaniladigan   axborot
kommunikatsion (kompyuter) texnologiyalar (AKT) tahlili; 
2.Maktablarda   kimyo   fanini   o’qitishda   crocodile   chemistry   dasturidan
foydalanib   virtual   laboratoriya   yaratishni   o`rgatuvchi   elektron   resurs   ishlab
chiqish .
3.Yaratilgan   dasturiy   ta`minotni   tajriba-sinovdan   o`tkazish   va   ta`limda
qo`llash. 
BITIRUV   MALAKAVIY   ISHI   ob`ekti   Ushbu   ishni   bajarishda   Maktab
o‘qituvchilari   va   o`quvchilari   uchun   “Kimyo”   fanidan   Crocodile   chemistry
dasturidan foydalanib   virtual   laboratoriya yaratish  hisoblanadi. 
8 BITIRUV   MALAKAVIY   ISHIning   predmeti   Maktab   o‘qituvchilari   va
o`quvchilari   uchun   “kimyo”   fanidan   crocodile   chemistry   dasturidan   foydalanish
bo`yicha dasturiy ta`minot yaratish jarayoni.
BITIRUV MALAKAVIY ISHIning amaliy ahamiyati   Maktab o`quvchilari
uchun   “Kimyo”   fanidan   Crocodile   Chemistry   dasturidan   foydalanib   o’qitish
nisbatan   yangi   mavzu   bo’lib,   biz   bu   dasturdan   foydalanib   dars   o`ta   oladigan
Kimyo   o`qituvchisini   uchratmadik.   Shuning   uchun   bu   ishni   ahamiyati   nihoyat
katta   hisoblanadi   va   maktab   kimyo   o’qituvchilarini   yana   bitta   mavzuni
AKTlaridan foydalanib o`tish metodikasi va video darsliklar bilan qurollantiradi . 
9 I   BOB .   CROCODILE   CHEMISTRY   DASTURIDAN   FOYDALANIB
VIRTUAL LABORATORIYA YARATISH TEXNOLOGIYASI
1.1. Kimyo fanini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanish
Kimyo   fanini   o‘rganishda   xam   zamonaviy   kompyuter   texnologiyalaridan
foydalanish   o‘quvchi   uchun   juda   katta   imkoniyatlarni   beradi.   Xozirda   mavjud
dasturlar   molekulani   fazoviy   joylanishidan   tortib,   uni   tashkil   qiluvchi   atomlarni
oralidagi   valent   boglanishlar,   ularni   fazoda   xosil   qilgan   burchaklari,   boglarning
o‘zaro ta’sirlari va xakazo ma’lumotlarni berish imkonini beradi.
Kimyoda IKT dan foydalanishni 1 rasmda ko‘rsatilgan sxemadan ko‘rishimiz
mumkin.Kompyuter
Bilimlarni 
test asosida 
nazorat 
qilish	
Ilmiy 	
proyektlar	
Uyga 	
vazifalarni 
bajarish	
O’z	-o’zini 	
nazorat 
qilish	
Yangi 	
materiallar
ni o’rganish	
Prezentasiy
a qilish	
Amaliy 
ishlar	
O’tilgan 
materiallar	
ni 	
umumlashti	
rish	
Amaliy 	
mashg’ulotl	
arni 
bajarish
1 - rasm Kimyo  fanida  kompyuterning qo‘llanilish yo‘nalishlari .
10 Informatsion   texnologiyadan   foydalanish   kimga   nima   beradi   degan   savolga
quyidagicha javob berishimiz mumkin:
O’quvchiga:
- Masofaviy ta’lim olish;
- Dunyo informatsion resursiga ulanish imkoniyatini;
- O’rganayotgan faniga qiziqishni ortishiga;
- Informatsion   muxitda   amaliy   ko’nInterfaol   kompyuter   model   alarga   ega
bo’lishga;
O’qituvchiga;
- O’quv protsesini  amalga oshirish uchun kerakli  informatsiyaga tez va oson
yangi yo’llar bilan tushish;
- Mexnat unumdorligini oshishi;
- Mutaxasisligi bo’yicha IKT dan foydalanish ko’nInterfaol kompyuter model
asini ortishi;
- Mexnat faoliyatini xarakterini o’zgarishi;
- Dunyo informatsion resursiga ulanish imkoniyatini;
Amaliyotdan ma’lumki kimyo darslarini kompyuter texnologiyasi ishtirokida
amalga   oshirish   o’quvchilarda   o’z   bilimlarini   tekshirib   borish,   u   yoki   bu   element
strukturasi   bilan   tanishish,   molekula   strukturasini   detallari   bilan   tanishish,   turli
kimyoviy protseslar dinamikasini o’rganish imkonini beradi. 
Kimyoviy modellar
Dunyoni   o’rganishda   uni   kuzatish   uning   ustida   turli   tajribalar   o’tkazishdan
tashqari yana bir narsa modellashtirish asosiy o’rinda turadi. 
Kuzatishning   asosiy   maqsadlaridan   biri   tajribalar   orasidagi   qonuniyatni
o’rganishdan iboratdir. Shunday tajribalar borki ularni tabiatda kuzatib va o’rganib
bo’lmaydi.   Shuning   uchun   ularni   amalga   oshirish   uchun   laboratoriya   sharoitida
11 kerakli   asbob   uskunalar   yordamida   sharoit   xosil   qilinadi   va   ularni   amalga
oshiriladi.   Tajriba   o’tkazish   mobaynida   ularnining   modellari   yaratiladi.   Modelga
ajriba uchun kuzatilishi kerak bo’lgan voqea xodisani faqat asosiy parametrlarigina
ko’chiriladi. Kimyoda modellashtirishni shartli ravishda ikkiga bo’lish mumkin:
1) materialli
2) belgilardan foydalanib
2- rasm .Kimyoda ishlatiladigan modellar turlari.
Materialli   modellarni   kimyogarlar   juda   ko‘p   ko‘rgazmali   qurol   sifatida
ishlatishadi.   Bular   atom,   molekula,   kristallar,   kimyoviy   ishlab   chiqarish(zavod
uskkunalari)   ni   tashkil   qiladi.   ATom   modelini   tushinitrishda   ko‘pchilik   xollarda
yer   va   oy   (vodorod   atomini   tushinitirishda),   quyosh   sistemasini   boshqa   o‘zida
ko‘proq elektron tutgan moddalarni tushuntirishda ishlatiladi.
Molekula   modelini   yasashda   juda   ko‘p   xollarda   sterjen(asosan   sim)   va   turli
rangdagi sharlardan foydalaniladi. Sharlar o‘zoro simlar ishtirokida valentliklariga
mos   ravishda   birlashtiriladi.   Ularni   birlashtirishda   asosan   valent   bog‘larninng
12 joylashish   burchaklariga   aloxi da   e’tibor   beriladi.   Simlardan   foydalanilganda
molekula yadrolari orasidagi masofalar taxminan tanlaniladi. 
Dreding   modeli   –   bu   modellarnda   yasashda   valent   bog‘lar   burchaklariga   va
atomlar   orasidagi   masofaga   aloxida   e’tibor   beriladi.   Yadro   markazlari   sifatida
shariklardan   foydalanilmasdan   faqat   sterjenlarni   birlashtiruvchi   burchaklardan
iborat bo‘ladi xolos.
Yarimsferik   modellar   –   (uning   yana   bir   nomi   Styuart   –   Brigleb   modeli)   bu
modellar   qirqilgan   shariklardan   tashkil   qilingan   bo‘lib,   Modelda   ular   o‘zoro
qirqilgan   tekisliklar   yordamida   birlashtiriladi.   Lekin   ko‘pincha   bu   ko‘rinish
yadrolar xaqidagi tasavurlarni to‘la bermaydi.
3- rasm .Molequla modellari.
A) Metan modeli, b) etilen v) aloxida shar sigmenti
Kristallarni   modellari   shar   va   sterjenlardan   iborat   bo‘lib,   ular   yordamida
kristal ichida joylashgan atomlarni turli rangdagi sharchalar orqali ko‘rsatiladi.
Ammo,   ko‘pchilik   xollarda   kimyogarlar   belgili   modelardan   foydalanishadi.
Bunda   elementlarni   simvollar   yordamida   tasvirlash,   reaksiya   tenglamalari   ni
simvollar orqali tasvirlashni nazarda tutiladi.
13 Kimyoviy formula – bu kimyodaagi asosiy belgili model xisoblanadi. U: aniq
bir   moddani,   ayni   moddani   eng   kichik   zarrachasini(moddani   tashkil   qilgan
molekulalarning formulasini) tasvirlaydi. 
Yuqorida   ko‘rsatilgan   modellarning   barchasi   modda   modelini   kompyuterda
ifodalashda keng qo‘llaniladi.
1.2. Simulyator dasturlari tahlili (xorijiy tajriba)  
O‘quv   jarayonida   modellardan   foydalanish   yangi   usul   emas.   Qadim-
qadimdan   o‘quv-o‘rganish   mobaynida   modellardan   foydalanib   kelingan.
Simulyatorlar o‘quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan
boshlab   oliy   o‘quv   yurtlarigacha   qo‘llanilishi   mumkin.   Keyingi   vaqtlarda   xattoki
meditsina   sohasida   ham   simulyatorlardan   foydalanilmoqda.   Simulyatorlardan
foydalanishning   asosiy   sabablaridan   biri   ularning   real   ob’ektlarga   nisbatan   juda
ham   arzon   alternativa   ekanligidadir.   Simulyatorlar   esa   shunday   haqiqiy   asbob-
uskuna   va   jihozlarsiz   virtual   holatda   biror   bir   fizik   jarayonni   modellashtirish
hamda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z-o‘zidan
nafaqat   katta   miqdorda   mablag‘lar   tejalishiga,   balki   ularga   umuman   ehtiyoj   ham
tug‘dirmaydi.   Simulyatorlarning   qariyb   hech   qanday   moliyaviy   mablag‘lar   talab
etmasligi   ma’lum   tadqiqotlarni   talabalar   tomonidan   yuzlab,   kerak   bo‘lsa   minglab
marotaba   qayta-qayta   amalga   oshirishga   imkoniyat   yaratadi.   Simulyatorlardan
foydalanishning   yana   bir   afzallik   tomoni   ularning   xavfsiz   ekanligidadir.   Ba’zi
tadqiqotlarni   amalga   oshirish   inson   hayoti   uchun   xavf   tug‘diradi,   masalan,   yadro
fizikasiga   oid   bo‘lgan   hodisalarni   o‘rganish.   Bunday   tadqiqot   katta   miqdorda
moliyaviy   xarajat   talab   etibgina   qolmasdan,   tadqiqotni   olib   boruvchilar   uchun
hayotiga xavf ham tug‘diradi.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan
bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar  jarayonida
14 bilimlarini   yanada   mustahkamlash   bilan   bir   qatorda   nazariya   hamda   hayotiy
tadbiqotlarning   rivojlanishiga   bevosita   xissa   qo‘shadilar.   Bundan   tashqari   o‘sha
simulyatorlarning ham yanada rivojlanishiga, yanada haqiqiy hayotiy tadqiqotlarga
yaqin natijalar beradigan darajaga chiqarishda o‘z xissalarini qo‘shishlari mumkin.
Bu   o‘z   o‘rnida   talabalarni   faqatgina   “tinglovchi”   vazifasida   qolmasdan,   bevosita
ilmiy-tadqiqot   ishlarida   qatnashuvchilarga   aylantiradi.   Bu   esa   o‘z   navbatida
talabalarda   o‘qish   va   tadqiqotlarga   bo‘lgan   qiziqishlarini   yanada   ortishiga   olib
keladi.
Tabiiy   fanlar   yo‘nalishida   2001   yildagi   Nobel   mukofotining   laureati   K.
Viman tomonidan «Physics Education Technology» (PhET) sayti yaratilgan. PhET
saytida har  xil  mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular Java va Macromedia
flash dasturlarida yaratilgan.
4-rasm. PhET dasturining umumiy ko‘rinishi.
PhET   saytida   taqdim   etilayotgan   modellar   Open   Sourse   bo‘lib,   xohlagan
foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin. PhET dagi modellar soni 100 dan ortiq
bo‘lib   ular   fizika,   matematika,   kimyo   fanlariga   oid   namoyish   tajribalarini
o‘tkazish,   virtual   laboratoriya   ishlarini   tashkillashtirish   va   modellashtirish
15 imkoniyatiga   ega.   Bu   PhET   dasturi   O‘zbekiston   davlat   ta’lim   standartlariga   va
o‘quv muassasalarida qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi.
PhET dasturini  http://phet.colorado.edu  saytidan ko‘chirib olishingiz mumkin.
PhET   dasturidagi   modellardan   fizika,   matematika,   ximiya   va   biologiya
fanlaridan  dars   mashg‘ulotlarida  namoyish   tajribalari  sifatida,  virtual   laboratoriya
mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin.
Xususan fizika faniiga oid 90 dan ortiq modellar mavjud;
Biologiya faniga oid 10 dan ortiq modellar mavjud;
Matematika faniga oid 7 ta model mavjud;
Ximiya faniga oid 20 dan ortiq modellar mavjud.
Dasturda   keltirilgan   modellarni   faqat   ingiliz   tilida   emas.   Balki   50   dan   ortiq
tilga   tarjimalarini   topish   mumkin,   xususan   o‘zbek   tilida   1   ta   model   tarjima
qilingan.   Agar   siz   dasturda   keltirilgan   modellarni   o‘zbek   tiliga   tarjima   qilishni
hoxlasangiz,   xech   qanday   qiyinchiliksiz   bu   niyatingizni   amalga   oshirishingiz
mumkin. Buning uchun dasturning rasmiy saytida “Translated Sims” bandi mavjud
bo‘lib,   u   erga   kirib   maxsus   qaydnomani   tuldirgan   holda   tegishli   modelni   tanlab
o‘zbek tiliga tarjima qilishingiz mumkin.
PhET dasturida har xil fanlar kesimidagi modellarning ko‘rinishini qo‘yidagi
rasmda ko‘rishingiz mumkin:
16 5-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning ko‘rinishi
17 6-rasm. PHET dasturining “Elektr va magnitezm” bo‘limiga oid modellar
7-rasm. PHET dasturida mavjud modellarning ko‘rinishi
PHET   dasturining   rasmiy   http://phet.colorado.edu   saytining   “O‘qituvchilar
uchun”   bandida   har   bir   model   uchun   metodik   ko‘rsatmalar   (virutal   laboratoriya
ishlari,   namoyish   tajribalari   va   boshq.)   keltirilgan.   O‘qituvchi   xech   qanday
qiyinchiliksiz qo‘yidagi qidiruv fil ь tri orqali (5-rasm) mavzuga oid dars ishlanasini
yoki   metodik   ko‘rsatmalarni,   ta’lim   turi   kesimida   pdf   yoki   doc   formatlarida
ko‘chirib olishi mumkin.
Crocodile Clips Ltd simulyatorlaribilan ishlash.
Crocodile   Clips   Ltd   o‘zining   yaratgan   dasturlarini   hozirda   uy   sharoitida
( home   licence )   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   (talabalar)   bepul   foydalanishlari   uchun
imkoniyat yaratdi.
SHuni   ta’kidlab   o‘tamizki,   hozirda   Crocodile   kompaniyasi   dasturiy
ta’minotlarini   Yenka   nomi   bilan   takomillashtirilgan   holda   yaratildi.   Hozirda   bu
18 dasturlar   Yenka   nomi   bilan   chiqmoqda,   lekin   dasturlarning   ishlashi   Crocodile
dagidan farq qilmaydi.
Keling, endi shu dasturiy ta’minotlar bilan tanishib chiqsak.
Fizika fanida Crocodile Physics dastur muhitidan foydalanish.
Crocodile Physics dasturi xaqida.
Crocodile   Physics   dasturi   fizik   jarayonlarni   modellashtirish   va   fizikaning
mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar
yaratish   va   kuzatish   imkoniyatini   beruvchi   dasturdir.   Bu   kuchli   dastur   fizik
hodisalarni   kuzatish,   tajribalar   o‘tkazish   va   turli   murakkablik   darajasidagi
jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi. Ushbu dastur Crocodile Clips Ltd
tomonida   1994   yildan   beri   takomillashtirilib   kelinmoqda.   Dasturdan   masala
echishda, virtual laboratoriya ishlarini va namoyish tajribalarini tashkillashtirishda
keng   foydalansa   bo‘ladi.   Dastur   fizikaning   barcha   bo‘limlari   bilan   ishlash,
jarayonlarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
8-rasm. Crocodile Physics dastur muhitining ishchi stoli
19 9-rasm. Crocodile Physics dastur muhitida yaratilgan model.
Dasturning   o‘ziga   xos   xususiyatlari:   Fizik   hodisalarni   namoyish   etuvchi
optimal dastur, 50 dan ortiq qadamma - qadam  o‘rgatuvchi darslar, 150 dan ortiq
fizikaning   bo‘limlariga   oid   tayyor   modellar,   fizik   jarayonlarni   komp ь yuterda
modelashtirish   imkoniyati,   mustaqil   modellashtirish   imkoniyatini   beruvchi   sodda
interfeys,   Er   sharoitida   o‘tkazish   qiyin   bo‘lgan   tajribalarni   amalga   oshirish   va
kuzatish,   dasturning   kuchli   instrumentariyasi,   tajribada   qatnashayotgan   fizik
kattaliklarning   qiymatini   juda   yaxshi   aniqlik   bilan   hisoblash   imkoniyatini   beradi,
fizik   hodisada   qatnashayotgan   fizik   kattalik   bilan   boshqa   fizik   kattaliklar
o‘rtasidagi   grafikli   bog‘lanishni   hosil   qilish,   yaratilgan   modellarni   saqlash   va
qog‘ozga chop etish mumkin.
Crocodile Technology dasturiy haqida
Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej talabalari
va   oliy   ta’lim   muassasalarining   talaba,   professor-o‘qituvchilari   «Elektr»,
“Elektrotexnika”,   “Sxemotexnika”,   “Elektr   zanjirlar   nazariyasi“   fanlarida
qo‘shimcha pedagogik dastariy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
20 10 -rasm.  model
Dastur   elektron   konstruktor   bo‘lib,   u   monitor   ekranida   elektr   sxemalarini
yig‘ish   jarayonini   xuddi   haqiqiy   tajribadagi   singari   imitatsiya   qilish,   elektr
kattaliklarni   mulьtimetrda   (3   o‘lchovli),   ampermetr   va   volьtmetrlarda   o‘lchash
imkoniyatini beradi.
11-rasm. model
Masalan, dasturda:
Mikroprotsessorlarni   dasturlash   va   robototexnikaga   oid   modellarning   3D
ko‘rinishda simulyasiyalashtirish mumkin.
Konstruktor   detallarining   tasviri   va   o‘lchov   asboblarining   sxematik   va
haqiqiy ko‘rinishda berilgan;
Qarshilikdan   oqib   o‘tayotgan   tok   quvvatining   qiymati   berilgan   nominaldan
ortib   ketsa,   qarshilik   (portlab)   kuyadi,   bu   esa   ekranda   uning   rangi   o‘zgarib
qoraygan detal ь  ko‘rinishiga o‘tishi bilan ko‘rsatiladi;
21 Lampochka   va   elektr   isitgich   asboblari   quvvatning   nominal   qiymatida
yorqinlashadi,   agar   ulardagi   quvvat   ishchi   qiymatidan   ortib   ketsa   kuyadi   va   bu
asbob   ekranda   qorayib   qoladi.   Xuddi   shuningdek   ekranda   boshqa   detallardagi
fizikaviy kattaliklarning o‘zgarishi imitatsiya qilinadi;
Ko‘pgina jarayonlar va ularning natijalari tovushli effektlar orqali ifodalanadi.
Bularning   barchasi,   talaba   o‘zi   yo‘l   qo‘ygan   xatolarini   ko‘rishi,   muvaffaqiyatsiz
bajarilgan   tajribaning   sabablarini   aniqlashni   o‘rganishi   va   elektr   sxemalarini
tajribani   haqiqiy   qurilmalarda   bajarishdan   oldin   tahlil   qilish   ko‘nikmalarini   hosil
qilish imkonini beradi.
Bu   dastur,   kasbi   kim   bo‘lishidan   qat’i   nazar   foydalanuvchini
izlanuvchanlikka, ijodiy fikr yuritishga, ish natijalarini tahlil qilishga o‘rgatadi.
Dastur   imkoniyatlari   juda   keng   bo‘lib,   undan   amaliy   mashg‘ulotlarda   (ya’ni
masalalar   echishda)   ayniqsa,   virtual   laboratoriya   ishlarini   bajarishda   keng
foydalanish mumkin.
Crocodile Chemistry dasturi haqida.
Crocodile   Chemistry   dasturi   orqali   Mendeleev   jadvalida   mavjud   barcha
elementlarning   kimyoviy   va   fizikaviy   xususiyatlarini   o‘rganish   mumkin.   Odatda
kimyoviy   reaksiyalar   ruy   berish   vaqtida   reaksiyaga   qatnashayotgan
molekulalarning   boshqa   molekulaga   aylanish   jarayonini   (molekulyar   darajada)
kuzatish   iloji   yo‘q.   Lekin,   bu   dastur   orqali   kimyoviy   moddani   boshqa   moddalar
bilan   reaksiyaga   kirishish   jarayonida   molekulalarning   dinamikasini   kuzatish
mumkin bo‘ladi.
Bu   dastur   orqali   kimyoviy   jarayonlarni   modellashtirish,   turli   reaksiyalarni
o‘tkazish va, eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.
Bu  dasturdan   o‘rta-maxsus  va   oliy  o‘quv  yurtlarida  kimyo  fanini   o‘qitishda   keng
foydalanish mumkin.
22 1 2 -rasm.  Tajriba   jarayoni
Dastur   orqali   ixtiyoriy   shakldagi   idishlardan   foydalanib,   turli   reaktivlarni
o‘zaro   aralashtirib   kimyoviy   reaksiyani   ko‘zatish   mumkin.   Kimyoviy   reaksiya
vaqtida   reaktivlarning   rangi,   moddalar   ulushini,   kimyoviy   reaksiya   formulalarni
maxsus   oynada   ko‘rish   imkoniyati   dasturning   kuchli   pedagogik   qurol   sifatida
foydalanish   imkoniyatini   beradi.   Crocodile   Chemistry   dasturining   bunday
imkoniyatlari kimyo fanini o‘qitishda inqilobiy o‘zgarishga sabab bo‘ldi.
13-rasm. Crocodile Chemistry dastur muhitida yaratilgan kimyoviy reaksiya
jarayoni.
Crocodile ICT dasturi haqida.
23 Crocodile   ICT   dasturi,   Evropa   mamlakatlarida   Informatika   fanini   o‘qitishda
juda   yaxshi   samara   bermoqda.   Bu   dastur   yordamida   informatikada   dasturlash
jarayonini,   aniqroq   qilib   aytganda   algoritmlash   bo‘limini   o‘quvchiga   aniqroq
etkazib berish mumkin.
1 4 -rasm. blok sxema
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni o‘qitishda juda qo‘l keladigan Crocodile
ICT ning oddiy interfeysi va blok sxemalari yordamida yaratilayotgan dastur orqali
har bir buyruqni animatsiya ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
1 5 -rasm. blok sxema
Bundan   tashqari,   blok   sxemalarda   biror   bir   shart   bajarilganda   odam
personajlariga   30   dan   ortiq   harakat   turlarini   (salta   olish,   qarsak   chalish,   o‘ngga
yoki   chapga   harakatlanishi,   ularning   yuzlarida   emotsional   o‘zgarishlarni,   ma’lum
bir   so‘zlarni   gapirishlari   va   hakazo)   bajartirish   mumkin.   Dasturning   bunday
24 imkoniyati o‘quvchining (talabaning) darsdan zerikishining, e’tibori pasayishining
oldini   oladi.   Bu   esa   ma’lum   ma’noda   ta’lim   samaradorligiga   o‘zining   ijobiy
ta’sirini ko‘rsatadi.
Xush bu dasturlarni qaerdan qanday qilib olish mumkin?
Buning uchun siz quyidagi ko‘rsatmalarni bajaring.
1.Internet brauzerga  http://www.yenka.com  saytini tering.
2. http://www.yenka.com  sayti orqali Ruyhatdan o‘ting
3.Ro‘yhatdan   o‘tganingizdan   keyin   o‘quv   muassasalari   uchun   uy   sharoitida
foydalanish bepul hisoblanadi. Bunda siz uchun maxsus kod beriladi.
4.Saytning Downloads bandidan 
( http://yenka.com/file/YK/3.0.1/Yenka_3_0_1_Setup.exe ) 61 M hajmdagi dasturni 
kompyuteringizga ko‘chirib oling.
5.Ruyhatdan   o‘tganingizdan   keyin   berilgan   kodni   terib,   dasturni   ishga
tushiring
Shuningdek, Crocodile Clips Ltd umuman litsenziya talab qilmaydigan (Free
software)   dasturlari   ham   mavjud.   Bu   dasturlar   Crocodile   Science   Player   va
Crocodile   ICT   Player   hisoblanadi.   Bu   dasturlarni
http://www.crocodile-clips.com/en/Downloads/  murojatidan ko‘chirib olishingiz mumkin.
1.3. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning tayyor elektron darsliklar yordamida
o'zi bajarganda pedagogning faoliyati
Hozirgi zamon talablariga binoan oliy o'quv yurtlari oldida turgan eng muhim
vazifalardan   biri   jahon   standartlari   talablariga   javob   bera   oladigan   bilimli,   zukko
va   raqobatbardosh   mutaxassislar   tayyorlashdan   iboratdir.   O'quv   jarayoni
texnologik   tayyorgarligining   o'zagi   bo'lib,   o'qitish   jarayoni   hisoblanadi.   Shuning
uchun   «Texnologiya»ni   o'qitish   jarayoniga   joriy   etish   pedagogik   texnologiyaning
vazifalaridan biri hisoblanadi.
25 O'qitishning   zamonaviy   texnologiyalarini   qo'llash   o'qitish   jarayonini   yagona
shaklga   keltirish   va   yuqori   samaradorlikka   erishishga   imkoniyat   yaratadi.   Ilmiy
texnikaviy   taraqqiyotning   jadal   sur'atlarda   rivojlanayotgan   hozirgi   davrida
o'qitishning   an'anaviy   texnologiyalari   shaxsga   yo'naltirilgan   texnologiyalar   bilan
intensiv   ravishda   almashinish   jarayonlari   kuzatilmoqda.   An'anaviy   o'qitish
usullarida   talaba   ob'ekt   hisoblanib,   o'qituvchi   unga   tajriba   uzatadigan   bo'lsa,
noan'anaviy   dars   o'tishda   esa   quyidagicha   bo'ladi.   Ya'ni   zamonaviy   noan'anaviy
o'qitishda   ko'proq   talabaga   o'quv   faoliyatining   sub'eki   sifatida   o'z-o'zini
boshqaradigan   va   o'zini   namoyish   etishga   intilayotgan   shaxs   sifatida   murojaat
qilinadi.   Buning   uchun   o'quv   bilim   faoliyatini   tashkil   qilishga   o'qitishning   faol
usullarnidan   foydalaniladi.   Zamon   talabiga   javob   beradigan   kadrlarni   tayyorlash
uchun   o'qitish   jarayoni   didaktik   jarayonga   aylanmog'i   lozim.   Boshqacha   qilib
aytganda, ilg'or  pedagogik texnologiyalar  yordamida, talabaning aqliy zakovatini,
erkin   fikrlashini,   mustaqil   faoliyat   ko'rsatishini   ta'minlash   zarur.     O'qituvchi
o'tayotgan   darsi   sifatli   va   samarali   bo'lib,   o'quv   maqsadiga   erishishi   uchun   faol
o'qitish usullari, ya'ni dars jarayonida o'tayotgan mavzusi va o'quv maqsadiga mos
qilib   olishi   kerak,   dars   davomida   va   dars   yakunida   qo'llanilgan   usullar   dars
maqsadiga   erishishi   yo'lida   xizmat   qilishi   kerak.   Yangi   noan'anaviy   usullar   bilan
dars o'tish guruh talabalariga quyidagicha, ya'ni:
-Erkin va mustaqil fikrlashga;          
-Jamoa ichida o'zini bemalol tutishga;
-Bilim doirasini kengaytirishga;
-Jamoat ishlarida aktiv qatnashishga;
-Nutqini va muomila madaniyatini o'stirishga;
-O'z fikrini erkin, mazmunli bayon etishga ta'sir etadi.
Bu   usullar   yana   shunisi   bilan   afzalki,   talaba   o'z   fikrini   yorita   olmasa
yonidagilar yordamlashadi, o'qituvchi to'ldiradi, talaba ko'p tanbeh eshitmaydi. Biz
26 o'z   darsimizga   bu   usullarni   qo'llashdan   oldin   guruh   talabalariga   har   bir   usulni
qanday olib borish, boshlash  va mohiyatini tushuntirishimiz kerak. Har bir usulni
to'liq   va   aniq   chiqishi   uchun   beradigan   savolimiz   aniq   va   bir   maqsadga
yo'naltirilgan bo'lishi kerak.
Interfaol o'qitish usullarining turlari:
Aqliy hujumi usuli. Bu usul muammoni mustaqil tushunish va echishga ta'lim
oluvchilarni motivasiyasini uyg'otishdir.  
Kichik   guruhlarda   ishlash   usuli.   Bunda   guruhlar   bilim   darajasiga   qarab,
aralash   va   o'zaro   do'stlar   (dugonalar)   bilan   tuzilishi   mumkin.   Bunda   o'qituvchi
qaysi usul optimal natijani bersa o'sha guruhlarni tuzib ishlashi lozim. 
Rolli o'yinlar usuli. Ishbilarmonlik, yoki roli (vaziyatli) o'yinlar – muammoli
vazifaning   bir   turidir.   Faqat   bu   o'rinda,   matnli   material   o'rniga   o'quvchilar
tomonidan rollar o'ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.
Namoyish   usuli.   Bunda   ko'rgazmali   plakatlardan,   kartoyakalardan,
magnitafondan, lingafon kabinetlardan hamda televizor-videomagnitofondan keng
foydalanishi   mumkin.   Bunda   bilim,   malakalar   osongina   ko'nikmaga   aylanadi.
Unda o'quvchi ko'radi, eshitadi va kerakli ma'lumotlarni yozib olishi mumkin. Bu
uch a'zoning aktiv faolligi dars samaradorligini oshiradi.
Loyihalash   usuli.   Bu   usul   bilim   va   malakalarni,   tahlil   qilish   va   baholashni
nazarda   tutuvchi   ta'limning   majmuaviy   usulini   amalga   oshiradi.   Loyiha   usulida
o'quvchilar   rejalashtirishda,   tashkil   qilishda,   tekshirishda,   tahlil   qilishda   va
bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko'proq ishtirok etadilar.
Tadqiqot usuli. Ta'lim oluvchilarning ayrim tadqiqot ishlarni, ya'ni diplom va
kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishlari, ularni
yozish va qo'yilgan maqsad va natijalarni tahlil qilishlari tadqiqot usulidir. 
Kitob  bilan   ishlash   usuli.   Ushbu   usul   ta'lim   oluvchilarning   o'quv  materialini
mustaqil   o'zlashtirishini,   o'z-o'zini   tekshiruv   malakalarini,   berilgan   matnning
27 mazmunini   to'liq   va   ongli   ravishda   bayon   eta   bilishiga   qaratilgan   usuldir.
Disskusiya,   bahs-munozara   usuli.   O'quv   guruhini   ikki   komandaga   bo'lgan   holda,
biror mavzu bo'yicha o'zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o'tkaziladi. 
Leksiya  usuli. Leksiyani  malakali lektor  o'qiydi, leksiya  eshitgan talabalarga
shu   mavzu   haqida   tushuncha   hosil   bo'ladi   va   talabalar   disskusiyaga   oson
kirishadilar.
Individual   (amaliy)   usul.   Ta'lim   oluvchilar   faoliyatida   olingan   bilimlarini
amaliy vazifani echishga qaratadilar. Nazariy olingan bilimlarni amaliyotga tadbiq
qilishdir.
Konferensiya,   matbuot   konferensiyasi   usuli.   Bunda   talabalar   olib   borgan
ilmiy-amaliy   ishlarini   bayon   qilib,   doklad   so'ngida   mazkur   tadqiqotning   natijasi
analiz-sintez qilinadi.
Anketa   usuli.   Bunda   talabalarga   savollar   majmuasi   berilib,   unga   javob
olinadi.   Bunda   talabaning   bilimini,   layoqatini   sinash,   temperamenti   aniqlash   va
boshqa kerakli ma'lumotlarni olish mumkin.
Suhbat  usuli,  davra suhbati  usuli.  Ta'lim  oluvchilar   davra  stolida  o'tirib, bir-
birlarining   savollariga   konvert   orqali   javob   yozishadi.   Bu   o'qitish   va   o'qishning
dialogik,   savol-javob   usulidir.     Suhbat   individual   va   guruh   shaklida   o'tkazilishi
mumkin.
Boshqalarni   o'qitish   usuli.   Bu   usulda   ta'lim   oluvchilar   qo'yilgan   muammo
bo'yicha bir-birlariga axborotlar va ma'lumotlarni o'rgatadilar.
Pinbord   (inglizcha,   pin–mustahkamlash,   bord–   doska)   usuli.   Bu   usulning
mohiyati   shundan   iboratki,   unda   munozara,   yoki   o'quv   suhbati   amaliy   usul   bilan
bog'lanib   ketadi.   Ta'lim   oluvchilar   axborotlari,   ma'lumotlari   doskada   tartib   bilan
joylashtiriladi.   
Video   proektor   bilan   ishlash,   multimediya   usuli.   Bunda   o'tiladigan   mavzu
video   proektor,   kompyuter   va   uning   kerakli   texnik   vositalaridan   unumli
28 foydalaniladi. 
Trening   (mashq)   usuli.     Bu   usul   natijasida   talabalarning   bilim,   ko'nikma   va
malakasi shakllantiriladi.
Monitoring (tahlil qilish) usuli. O'tilayotgan mavzuni boshidan uni yorituvchi
va   unga   yo'naltiruvchi   bir   qancha   savollar   o'rtaga   tashlanadi.   Hamma   savollarga
berilgan barcha javoblar tahlil qilinib, mavzuning mazmuni va maqsadi ochiladi.
Lektor tizimida o'tish usuli. Bu esa masofadan turib o'qitishda juda qo'l keladi
hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida uni qo'llasak zamonaviy etuk
kadrlarga   ta'lim   berishda   juda   ko'p   har   tomonlama   qulayliklar   keltirib   chiqaradi.
Buning   natijasida   ma'lum   bir   uzrli   sabablarga   ko'ra   malaka   oshirish   o'quv
yurtlariga   kela   olmagan   tinglovchilar   ham   malaka   oshirish   imkoniyatiga   ega
bo'ladilar. 
Muammoli   dars   o'tish   usuli.   Dars   mavzusi   o'qituvchi   yordamida
yoritilayotganida o'rtaga savollar tashlanadi va javoblardan foydalanib dars kerakli
ma'lumotlar yordamida bayon qilinadi.
Tur usuli. Bu usul asosan talabalarni biroz jonlantirish maqsadida darsni boshi
va oxirida qo'llaniladi. Bu usullar noan'anaviy usullar bo'lib, keyingi o'n yilliklarda
ta'lim jarayoniga kirib keldi.
Dasturlashtirilgan   o'qitish   –   bu   dasturlashtirilgan   o'quv   materialining
o'qituvchi   vosita   yordamida   boshqaradigan   o'zlashtirishdir.   Bu   vosita   EHM,
dasturlashtirilgan   darslik,   kinotrenajer   va   boshqalar,   bo'lishi   mumkin.
Dasturlashtirilgan o'kuv materiali o'quv axborotini bir necha uncha katta bo'lmagan
bo'laklaridan   («kadrlar»,   «fayllar»,   «qadamlar»)   iborat   bo'lib,   ma'lum   ketma-
ketlikda taqdim etiladi.     Uqitishning bu turi 50-yillarning boshlarida paydo bo'ldi
va   amerikalik   psixolog   B.Skannerning   nomi   bilan   bog'liq.     Dasturlashtirilgan
o'qitish texnologiyasi qo'yidagi tamoyillarga ajraladi: 
29 -Boshqaruvchi   tuzilmalarning   ma'lum   darajasidagi   ierarxiyasi   qo'yidagi
mas'uliyatli   vaziyatlarda   pedagog   tizimni   boshqaradi:   fandan   umumiy   yo'nalishni
belgilash, fanga munosabat, individual erdam va tuzatishlar kiritish; 
-Pedagog   va   talabaga   zarur   bo'lgan   tezkor   teskari   aloqa,   biriga   o'quv
materialini tushunish uchun ikkinchisiga tuzatishlar kiritish uchun; 
Teskari   aloqa  ikki   xil   shaklda  amalga   oshiriladi.   Ichki  va  tashqi   ko'rinishda.
Ichki   teskari   aloqa –  talabaning  o'zi   tomonidan  bajariladigan, o'quv  materialining
o'zlashtirilishini   muttasil   tahlil   qilib   borish.   Tashqi   teskari   aloqa   –   pedagog   yoki
boshqaruvchi   –   o'qituvchi   qurilma   tomonidan   o'quv   materialining   talaba
tomonidan o'zlashtirilishini muttasil baholab borish; 
-O'quv   materialini   qadamlab   beruvchi   texnologik   jarayon   asosida   ishlab
chiqilgan   o'qituvchi   dasturlar.   Bu   esa,   o'quv   materiali   dasturda   alohida   mustaqil,
ammo   o'zaro   bog'liq   qismlar   ko'rinishida   shakllanishini   anglatadi.   Qadam   o'zaro
bog'lik   uchta   zvenodan   iborat:   Axborot,   teskari   aloqa   elementi   va   nazorat   izchil
qadamli   o'quv   amallari   yig'indisi   o'qituvchi   dasturni   -   dasturlashtirilgan   o'qitish
asosini tashkil etadi; 
-O'qitishning  individualligini  turli  xil  vaqtda bo'lsa  ham, o'quv materialining
to'la o'zlashtirilishi ta'minlanadi. Chunki o'qitish, sur'ati, o'quv materialining har bir
talaba tomonidan o'zlashtirilishi individualdir;
-O'qituvchi   (o'rgatuvchi)   vositalardan   foydalanish.   Dasturlashtirilgan   o'qitish
texnologiyasining xususiyati shundaki, o'quv materiali talabalar tomonidan nazorat
topshiriqlarini   o'z   ichiga   olgan   uncha   katta   bo'lmagan   bloklar   bo'yicha
o'zlashtiriladi; 
O'quv   axborotining   keyingi   bloki   oldingi   blok   o'zlashtirilganidan   so'ng
beriladi. Agar nazorat, o'quv axboroti blokini o'zlashtirilmaganligini ko'rsatsa, uni
o'rganish   takrorlanadi   Qadamli   dasturlar   o'qitishni   algoritmlash   –o'quv
algoritmlarini   tuzishga   olib   keldi.   Algoritm   mustaqil   o'qitish   vositasi   yoki
30 dasturlashtirilgan   o'qitishning   bir   qismi   ham   bo'lishi   mumkin.   O'qitishdagi
dasturlash   g'oyasining   turli   xil   ko'rinishi,   o'qitishning   bloki   va   modulli   tizimlari
hisoblanadi.
Kompyuterlashtirilgan o'qitish texnologiyasi -bu kompyuterdan foydalanishga
asoslangan   o'qitishdir.   O'qitishning   kompyuter   texnologiyasi   yangi   informasion
texnologiyalarning   bir   turidir.   Informasion   texnologiyalarda   bundan   tashqari
boshqa informasion vositalar (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin.
Kompyuter   texnologiyalar   dasturlashtirilgan   o'qitish   g'oyalarini   rivojlantiradi,
zamonaviy   kompyuterlar   va   telekommunikasiyalarning   yirik   imkoniyatlari   bilan
bog'liq   bo'lgan   o'qitishning   mutlaqo   yangi   hali   tasdiq   qilinmagan   texnologik
variantlarini   ochib   beradi.   Telekommunikasion   tizimlar,   shu   jumladan
kompyuterlar   hozirgi   zamon   ilmiy-texnik   taraqqiyotning   mahsuli   hisoblanadi.
Ilmiy-texnik   taraqqiyotning   ilmiy-texnik   axborotning   ko'chkisimon   o'sishi   bilan
belgilanadi.   Talabalarning   individual   qobiliyatlarini   hisobga   olib,   imkoni   boricha
maksimal darajadagi axborotni o'zlashtirish faqat kompyuterlar yordamida amalga
oshirilishi   mumkin.   Mazkur   o'qitish   texnologiyasini   amalga   oshirish   uchun
quyidagi   axborotlar   kompyuterga   kiritiladi:   berilganlar   axborot   banki-   bu
darsliklar,   o'quv   qo'llanmalariga   kiritilmagan   axborotlarni   kiritish,   tizimlash,
saqlash   va   uzatish   texnologiyalari;   bilimlar   axborot   banki   –   bu   berilgan   mavzu
bo'yicha   etarli   axborotlarini   o'z   ichiga   olgan   axborot   tizimlari.   Ya'ni   o'qitishning
kompyuter   texnologiyasi   asosida   o'quv   jarayonini   jadallashtirish   va
samaradorligini maksimal darajada oshirishga erishishi mumkin.
O'qitishning   kompyuter   texnologiyasi,   kompyuterning   inson   individual
qobiliyatlariga   mosligiga   tayanadi.   O'qitish   jarayonini   optimal   darajada   tezkor
boshqarish   imkoniyati   mavjudligi,   bu   o'qitishning   turining   universal   muloqoti
ko'rinishida   ekanligi,   psixologik   qulayliklari,   o'qitishning   cheklanmaganligi   bilan
ajralib turadi. O'qitishning kompyuter  texnologiyasi  mazmun jihatdan, kompyuter
31 xotirasiga kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi.
Dasturiy   vositalar   mavzu,   bo'lim   yoki   butun   o'quv   fani   bo'yicha   tuzilishi
mumkin   va   u   o'quv   materiali   o'zlashtirilishi   diagnostikasi   baholashni   va
monitoringini o'z ichiga oladi. O'qitishning kompyuter texnologiyasi samaradorligi
dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan bir qatorda o'quv jarayonini va
ishchi   o'rinlarini   to'g'ri   tashkil   etilganiga   bog'liq   bo'ladi.   Kompyuterda   o'qitish
texnologiyasida   quyidagilar   zarur   bulib   hisoblanadi:   o'qitish;   muttasil   ravishda
kompyuter   yordamida   diagnostik   testlar   o'tkazish;   o'quv   maqsadlariga
erishilganligini baholash.
O'qitishning kompyuterli texnologiyasida o'qitish siklining qayta takrorlanishi
eng   samarali   ta'minlanadi.       Bu   o'qitish   texnologiyasida   pedagogning   funksiyasi
qo'yidagilardan   iborat   bo'ladi:   dasturiy   vositalarni   tayyorlash;   o'quv   jarayonining
(o'quv   jarayoni   grafigi,   diagnostika,   nazorat)   guruh,   fan   darajasida   tashkil   etish;
ishchi  o'rinlarini  tashkil  etish, yo'l-yo'riqlar  berish,  tarmokni  boshqarish;  talabalar
bilan muloqotda bo'lish, individual o'qitishni ta'minlash.
Lektor   tizimida   axborot   texnologiyalari.   Hozirgi   paytda   auditoriyada
o'qitishda zamonaviy kompyuter texnologiyalarining barcha turlaridan foydalanish
imkoniyatlarini   beruvchi   dastur   “Lektor   tizimi”   usuli   mavjud.   Bu   esa   masofadan
turib o'qitishda juda qo'l keladi hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida
uni   qo'llasak   zamonaviy   etuk   kadrlarga   ta'lim   berishda   juda   ko'p   har   tomonlama
qulayliklar   keltirib   chiqaradi.   Buning   natijasida   ma'lum   bir   uzrli   sabablarga   ko'ra
malaka   oshirish   o'quv   yurtlariga   kela   olmagan   tinglovchilar   ham   malaka   oshirish
imkoniyatiga   ega   bo'ladilar.   Fan   va   texnika   jadal   sur'atlar   bilan   rivojlanayotgan
hozirgi   davrda   o'quvchi   va   o'qituvchining   mehnat   unumdorligini   oshirish,   ya'ni
o'quv-tarbiya   jarayonini   intensivlashtirish   hamda   malaka   oshirish   va   qayta
tayyorlash   tizimida   zamonaviy   texnik,   didaktik   vositalardan   foydalanish
muammosi   pedagogika   fanining   asosiy   vazifalaridan   biri   bo'lib   kelmoqda.   Fan-
32 texnikaning   rivojlanishi   tufayli   o'quvchilarga   berilishi   zarur   bo'lgan   axborot
miqdori   nihoyat   darajada   ko'payib   bormoqda.   Bu   axborotni   o'quvchilarga
an'anaviy   usul   va   vositalar   yordamida   etkazib   berish   esa   murakkablashmoqda.
Buning uchun o'qituvchi kadrlar etarlicha bilim, yuqori salohiyatga ega bo'lishlari
lozim. Shularni nazarda tutgan holda o'qituvchilar didaktik vositalar majmuasidan
unumli   foydalanishlari,   dars   jarayonida   konkret   uslubiy   va   texnik   imkoniyatlarga
tayanishlari,   ulardan   ma'ruzalarda,   seminarlarda,   amaliy   mashg'ulotlarda   va
laboratoriya   ishlarida   keng   miqyosda   foydalanishlari   shart.   Malaka   oshirish   va
qayta   tayyorlash   tizimida   didaktikaning   barcha   prinsiplari   texnika   vositalaridan
foydalanilganda   tashkil   qilingan   ta'lim-tarbiya   jarayonida   yuqori   samara   berishi
ko'zda   tutilsa,   bu   jarayonda   pedagog-olimlarning   izlanishlari   ta'lim   kompleksini
didaktik   vositalar   yordamida   boyitishi   kerak   bo'ladi.   Shuni   nazarda   tutgan   holda,
didaktikaning   quyidagi   masalalarini   hal   qilishga   erishish   mumkinligini   ko'rsatdi,
bular quyidagilardir:
-ta'limning ilmiylik va sistemaligini ta'minlash;
-ko'rgazmalilikni oshirish;
-tinglovchilarning bilim olishga ishtiyoqini oshirish;
-o'quv materialini o'rganish va o'zlashtirish sur'atini tezlashtirish;
ta'limni individuallashtirish;
-bilimlarning o'zlashtirilishini nazorat qilish sistemasini amalga  oshirish;
-ma'lumotni uzatish va tinglovchi tomonidan qayta ishlash sur'atini  oshirish;
-tinglovchilarning darsga bo'lgan e'tiborini kuchaytirish;
-tinglovchilarda mustaqil bilim olish malaka va ko'nikmalarni hosil qilish.
Ta'lim beruvchi texnika vositalari (kompyuterlar, elektron darsliklar, Internet
tizimi   va   boshqalar)   –   o'quv   informasiyasi   (axboroti)   bo'yicha   tinglovchilar
tamonidan   o'zlashtirilishi   kerak   bo'lgan   ma'lumotlarni   etkazib   beruvchi   texnik
vositalardir.   Axborot   beruvchi   texnika   vositalariga   turli   elektromexanik   asboblar,
33 mashg'ulotda demonstrasiya qilinuvchi jarayonlarni ko'rsata oluvchi demonstrasion
ossillograflar   va   uning   o'lchov   asboblari,   shuningdek   magnitafon,   televizor,
kinoproektor, dioproektor, kodoskopni hamda shunga o'xshash kombinasiyalangan
televizion   va   videomagnitafon   apparatlariga   ega   bo'lgan   tovushli   kinoni   kiritish
mumkin.   O'quv   jarayonlarida   barcha   fanlarni   o'qitish   uchun   videoproektor   deb
ataluvchi   qurilma   mavjud   bo'lib,   bu   qurilma   yordamida   foydalanuvchining
kompyuter   ekranidagi   tasvir   katta   ekranga   o'tkaziladi   va   kursni   eshituvchilarga
to'g'ridan-to'g'ri ko'rinib turadi, ularning bilim olish imkoniyatini kengaytiradi.
Yuqoridagilardan   tashqari,   biz   “Lektor”   tizimining   quyidagi   imkoniyatlariga
ega bo'lamiz:
-Kompyuter ekranida proektlab turib va shu paytda kompyuterni to'la nazorat
qilib turish;
-Biz   nima   chizsak   va   yozsak   bir   vaqtda   hammasini   yozib   borish.   “Lektor”
sensorlari   va   elektron   ruchkadan   foydalanib,   biz   ekrandagi   funksiyalarni
boshqarishimiz,   xuddi   shu   ishlarni   sichqoncha   yordamida   xam   bajarishimiz
mumkin;
-Bir xujjatda audio, grafika va matn malumotlarni birlashtira olish;
-“Lektor”   multimedia   hujjatlarini   oson   almashtirish   imkoniyati.         Multimedia
imkoniyatlaridan   foydalanib,   prezentasiyalar   hosil   qilish   (ovoz,   videolarni   yozish
va h.k.)
34 II BOB. “KIMYO” FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN CROCODILE
DASTURIDA VIRTUAL LABORATORIYALARNI TASHKIL ETISHNI
O‘RGATUVCHI ELEKTRON RESURS ISHLAB CHIQISH
2.1.   Crocodile  dasturidan   foydalanib   virtual laboratoriya   yaratish  
Bugun   O'zbekiston   Respublikasida   ijtimoiy   hayotning   barcha   jabhalarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e'tibor qaratilmoqda.
Shu   bilan   birga   jamiyatda,   mutaxassis   tayyorlashga   qo'yiladigan   talablar,   uning
professional   malakasi,   shaxsiy   va   ijtimoiy   fazilatlariga   bog`liq   bo`ladi.   Ta'lim
jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) keng joriy etish oliy
va o'rta ta'limning milliy tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biridir.
Bu ilm-fanni va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini keng informatizatsiyalash va
kompyuterlashtirishga bog'liq.
Bugungi   kunda   mamlakatimizda   bir   qator   tegishli   normativ   hujjatlar   ishlab
chiqildi   va   tasdiqlandi.   Elektron   o'quv   resurslarini   rivojlantirish   faol   amalga
oshirilmoqda.   Shu   bois,   mavzu   bo'yicha   o'qitish,   xususan,   kimyo   amaliyotida
AKTdan   foydalanishning   yangi   shakllari,   usullari   va   vositalarini   qidirish   zarurati
tug'ildi.   Bu   muammoni   hal   qilishda   ko'plab   kimyogar,   metodistlar   va   amaliy
o'qituvchilar   ish   bilan   band.   Natijada   ta'lim   maqsadlari   uchun   kimyo   uchun
dasturiy mahsulotlarning keng doirasi paydo bo'ldi. Biroq, kimyo fani o'qituvchisi
har  doim  o'qituvchi,  uning psixopedagogik   darajasi   va mavzu-uslubiy  tayyorlash,
kompyuter   savodxonligi,   Kimyo   fanida   AKTdan   foydalanish   sifat   va
samaradorligiga bog'liq bo'lsa-da, ularning amaliy foydalanish uchun tayyor emas.
Oliy   pedagogik   ta'lim   vazifalaridan   biri   maktab   ta'limini   axborotlashtirish
sharoitida ishlash uchun bo'lajak kimyo o'qituvchilarini uslubiy tayyorlash tizimini
yaratish va amalga oshirish uchun bo'lishi kerak.
Shunday   qilib,   bugungi   kunda   maktab   kimyoviy   ma'lumotlarini
axborotlashtirishning   deyarli   barcha   yo'nalishlari   faol   rivojlanmoqda,   ammo
kelajakdagi   kimyo   o'qituvchining   bunday   ish   uchun   metodik   tayyorgarligi
35 muammosi   deyarli   aniqlanmagan   bo'lib,   bu   ilmiy   konferentsiyalar,   seminarlar
materiallari va jurnal nashrlarida o`z aksini topgan.
16 - rasm kimyoviy moddalar
36 17-rasm.  kimyoviy brobirkalar
37 18-rasm. qismli kristallanish laboratoriyasi
2.2.   Crocodile dasturidan virtual laboratoriyalarda foydalanish
Crocodile   Chimistry   dasturi   Kimyo   fanidan   laboratoriyalarni   virtual   tarzda
bajarishga   mo’ljallangan   dasturiy   ta’minot   bo’lib,   ushbu   dasturda   kimyoviy
tajribalarni o’tkazishga kerak bo’ladigan  deyarli barcha virtual jihozlar mavjud.
Deamak ushbu dastur windows  muhitida ishlashga  mo’ljallangan kompyuter
ilovasi hisoblanadi. Dasturning ko’rinishi qo’yidagicha
  
38 19-rasm dastur iconkasi
Dasturni ishga tushiramiz va dastur interfeysini ko’rishimiz mumkin.
20-rasm dasturning ishga tushish jarayoni
Crocodile   Chimistry   dasturi   ishga   tushgacha   dastlab   quyidagicha   diolog
oynasi chiqadi.
39 21-rasm welcome diolog oynasi
Bunda   foydalanuvchiga   yangi   loyiha(virtual   laboratoriya)   yaratish,   mavjud
lohiyani   ishga   tushirish   yoki   qurilma   internet   tarmog’iga   ulangan   bo’lsa,   ushbu
dasturni qandayishlatish haqida dasturning rasmiy web saytiga o’tish mumkin.
40 22-rasm dasturning umumiy interfeysi
Dasturing   yuqori   qismida   standart   komponentalar   bo’limini   ko’rishimiz
mumkin.
23-rasm komponentalar bo’limi
Bu yerdagi tugmalar quyidagicha vazifalarni bajaradi.
1) Yangi lohiyani yaratish
2) Mavjudidini ochish
3) Saqlash
4) Mashtabni o’zgartirish
5) Tahrirlash
6) Kimyoviy jarayonlarni to’xtatish va davom ettrish (harakatdagi molekula va
atomlarni kuzatish uchun)
Barcha windows muhitida bu deyarli bir xil
41 24-rasm mundarijalar bo’limi
Ushbu   bo’limda   laboratoriyalar   mavzulashtirligan   holatda   klassifikatsiyalangan
“virtual laboratoriya xonalari”  mavjud.
Demak bo’limlar:
1. Tanishish
2. Materiallar turlari (moddalar tarkibi)
3. Miqdorlar va darajalar (modaning miqdori, ulushi)
4. Reaksiyalar nisbati
5. Energiya ajralib chiqishi yoki yutilishi
6. Suv va aralashmalar
42 7. Oksid, kislota va tuzlar
8. Elektrokimyo
9. Vaqtga oid tajribalar bo’limi
10.   Qoyalar va metallar
11.   Moddalar tabiati
12.   Online content(laboratoriya)lar
13.   My content (foydalanuvchi o’z contentlarini qo’shish uchun)
Demak   Content   bo’limida   qaysidir   tajribani   bajarishga   mo’ljallangan   faqat   zarur
jihozlar   bilan   ta’minlangan   “laboratoriya”   desak   keying   bo’lim   har   qanday
kimyoviy   tajribani   amalga   oshirish   uchun   kerakli   bo’lgan   jihozlar   manbai   desak
bo’ladi.
25-rasm parts
library
(kutubxona
qismi) jihozlar
bo’limi
Bu   yerdan   har   qanday   jihozni   har   qanday
moddani   istalgancha   topish   mumkin.   Faqat   uni
kerakli joyda ishlata olsangiz bo’ldi  
Demak bu bo’limdan istalgan kerakli jihozni olib
istalgan   kimyoviy   rayasiyani   amalga   oshirish
imkoniyati bor ekan.
Bo’limlar bilan tanishsak
43   26-rasm  Chemicals bo’limi.
Bu yerda barcha kimyoviy moddalar sinflarga bo’lingan holatda mavjud
Demak moddalar:
1. Metallar
2. Kislotalar
3. Ishqorlar
4. Oksidlar
5. Xloridlar
6. Sulfid kislatalar
7. Carbonatlar
8. Nitrat kislotalar
9. Sulfat kislotalar
10. Tuzli aralashmalar
11. Aralashmalar
12. Gazlar 
Bo’limlari va usha bo’limlarga oid moddalardan tashkil topgan.
27-rasm Equipment bo’limi.
1. Aparatlar
2. Elektrokimyoviy jihozlar
3. O’lchagichlar
4. Ogohlantiruv signallari
5. To’xtatuvchilar
Bo’limlari   mavjud.   Bu   bo’limlarda   kimyo
laboratoriyasi   uchun   kerakli   bo’lgan   jihozlar
mavjud.
44 28-rasm Glassware bo’limi
bu yerda turli shaklga va hajmga ega bo’lgan shisha 
probirkalarni topish mumkin.
1. Standart
2. Ma’lum o’lchovga ega bo’lgan
Moddaning turi bo’g’lanish darajasiga qarab kerakli probirka tanlanadi.
29-rasm Indicators (belgilar bo’limi)
Bunda   natijalarni   ko’rsatish   uchun
foydalaniladiladigan belgilardan foydalaniladi.
1. Diagrammalar
45 2. Qog’ozlar
3. Yechimlar
Ichidagi jihozlar esa quyidagilari
Va so’ngi Presentation bo’limi
46 Bu   yerda   natijalarni   ko’rsatish   uchun   grafik,   izohlar
yozish   uchun   text,   reaksiyani   boshlash,   to’xtatish,   qayta   ishlatish   uchun
ishlatiladigan tugmalar.
30-rasm. Properties bo’limi
Ushbu bo’limda har bir jihozning xususiyatini ko’rish o’zgartirish mumkin bo’lgan
bo’limdir.
Crocodile Chimistry dastur afzalliklari
47 1. Laboratoruya   virtual   bo’lganligi   uchun   istalgancha   tajriba   bajarish
mumkin.
2. Xato qilsa to’g’rilash imkoni mavjud.
3. Qaysidir jihozning sinib qolishi yaroqsizlanishi degan muammo yo’q
4. Deyarli barcha moddalar topiladi
5. Moddalarning formulalarini ko’rish mumkin
6. Molekulalar harakatini kuzatish mumkin.
7. Molekula   tarkibidagi   atomlar   soni   va   ularning   harakat   intensivligini
ko’rish mumkin.
8. Bajarilgan laboratoriya ishini loyiha sifatida saqlab qo’yish mumkin.
9. Jarayonni qayta ko’rish imkoniyati mavjud.
10.   Harakatdagi jarayonni to’xtatib ko’rish mumkin.
Xullas   nazariy   bilimlarni   amaliyotda   mustahkamlashni   istagan   o’quvchilar
uchun ajoyib  “virtual laboratoriya”    
48 Crocodile Chimistry dasturida virtual laboratoriya ishlariga namunalar
31-rasm.   Classifying   Materials   bo’limidan   Atomic   animations   bo’limiga   kirib
ko’ramiz.
32-rasm.Idishning ichidagi molekulalar harakati.
49 Hozir   ushbu   idish   bum   bo’sh   lekin   shunga   qaramasdan   azot   va   kislorod
atomlari   harakatini   ko’rishimiz   mumkin.   Chunki   havoda   70%   azot   20%   larcha
kislorod va boshqa moddalar mavjud bo’ladi.
Chap   yon   tomonda   turgan   moddalarni   idishga   solish   orqali   ularning   tarkibi
molekulari   tarkibi   va   ularning   harakatini   ko’rishimiz   mumkin.   Maqsad   moddalar
tarkibini bilish u haqida tasavvurga ega bo’lish.
33-rasm.Vodorod oksidi. 1 mol
34-rasm.   Vodorod   va   Xlorid   ionlaridan   tarkib   topganini   va   ularning   hajmi   ya’ni
Clorid   ionining   hajmi   Vodorod   ionidan   bir   necha
barobar kata ekanini ko’rishimiz mumkin.
NaOH + HCI →  CI 
50 H  → Vodorod
OH → Gidrooksid (Vodorod va Kislorod)
CI → Xlorid ioni
51 Elements and Components  bo’limi ni ko’rsak.
35-rasm.Bu   yerda   ikkita   idish   va   ichidagi   modda   tarkibi   (ya’ni   havoning
tarkibi)   ko’rinib   turibdi.   Chap   yon   tomonida   esa   moddalar.   Ushbu   “virtual
labarotoriya xona”  sida kristall moddalar tarkibini ko’rishimiz mumkin.
52 36-rasm. Copper coin – mis tanga
Rock salt – tosh tuz(dengizdan olinmagan)
Copper – mis
Sodium ion – Natriy ioni
Chloride ion – xlorid ioni
Ionic, covalent and metallic (conductivlik)  bo’limini ko’rsak 
Bu   yerda   elektr   tokini   o’tkazuvchi   metllar   kovalent   bog’langanlikka
tekshirishimiz mumkin.
37-rasm.   Elektr   manbai   va   idish   orqali   agar   tok   o’tsa   lampochka   yonishi
kerak. Chap tomondagi moddalarni kovalentlikka tekshirishimiz mumkin.
Iodine – yod moddasini idishga solamiz.
53 38-rasm.   Lampochka   yonmadi   demak   yod   moddasi   elektr   tokini
o’tkazmasligini bildik.
Idishni bo’shatamiz.
39-rasm. va Karbon moddasini solib ko’ramiz.
54 40-rasm.   Demak   Karbon   moddasi   elektr   tokini   o’tkazuvchanlik   xususiyati
mavjud ekan.
Keying bo’lim  “Ionic, covalent and metallic (melting point)”  erish nuqtasi.
Ushbu bo’limda moddalarning necha gradusda erishini aniqlash mumkin.
55 41-rasm.   Kumush   solindi   va   harorat   50   gradus   Selse   da   erimas   ekan   haroratni
ko’taramiz.
42-rasm. Hatto 500 gradusda ham erimas ekan isitgich pechimiz esa bundan yuqori
harorat chiqara olmaydi.
Endi yod moddasini erish haroratini o’rganaylik.
56 43-rasm. Demak 190 gradus da erirkan
Modda tarkibining haroratga bog’liqligini o’rganamiz.
44-rasm.-tajriba jarayoni
20 gradus Selse da suvning molekulalar joylashishi Kristal shaklda ekan 
57 45-rasm. 50 gradus Selseda amorif (tartibsiz) holatda bo’lar ekan
46-rasm.   150   gradus   Selseda   esa   bug’lanish   jarayoni   bo’ladi   va   suv   bug’lanib
tugaydi.
58 47-rasm. Tempratura o`zgarishi
59 2.3. Auto Play Media Studio dastur yordamida “Kimyo” fanida  o‘qituvchilari
uchun Crocodile dasturida virtual laboratoriyalarni tashkil etishni
o‘rgatuvchi elektron resurs ishlab chiqish
XXI asr texnika rivoji yuksak darajada ekanligini hisobga olgan holda, ta’lim
sohasida   turli   dasturlar   orqali   juda   ko’plab   elektron   darsliklar,   qo’llanmalar
yaratilmoqda. Elektron darsliklar bugungi kunda  sezilarli darajada o’z  samarasini
ko’rsatmoqda,   boshqacha   so’z   bilan   aytganda   zamon   talabiga   aylanib   ulgurgan.
Shuningdek,   yosh   avlodning   texnikaga   qiziqishi   va   texnikani   yaxshi   bilishi
elektron darslikka bo’lgan ehtiyojni yanada ortishiga sabab bo’lmoqda. Qiziqishni
to’g’ri   yo’nalishga   boshlash   esa   beqiyos   yutuqlarga   olib   kelishi   barchamizga   sir
emas.
Men   ham   shu   sohaga   qiziquvchi   sifatida   o’zimning   loyihamni   tatbiq   etishni
taklif   etaman.   Mening   loyiham   Maktab   o`quvchilari   uchun   “kimyo”   fanidan
Crocodile   chemistry   dasturidan   foydalanib   virtual   laboratoriya   yaratish   deb
nomlangan   bo’lib,   o’z   nomidan   ma’lumki,   bu   dastur   Kimyo   fanini   laboratoriya
mashg`ulotlarini   o’rgatadigan   dastur   hisoblanadi.   Ushbu   elektron   darslik
“AutoPlay Media Studio8”  dasturidan foydalanilgan holda yaratilgan.
60 48-rasm. Dastlabki ko`rinishi
49-rasm. Mundarija fragmenti
61 50-rasm. Video darslar fragmenti
62 III  BOB .  CROCODILE CHEMISTRY   DASTURIY   TA`MINOTDAN
FOYDALANISHNING   AMALIY AHAMIYATI
3.1. “ Kimyo ”  fanidan  Crocodile Chemistry  dasturidan   foydalanish
bo`yicha   dars   ishlanmasi
Sana________________________ Sinf
Mavzu: 3§  Modda va uning xossalari.
Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga moddalar va ularning xossalari haqida 
batafsil ma’lumot berish va ularni qanday aniqlash usullari haqida nazariy va 
amaliy ma’lumot berish.  
F.K.1- Kimyoviy jarayon,  hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish 
kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy – ushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona Vatanga, tabiatga 
muhabbat ruhida tarbiyalash.
T.K.5- Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning qattiq modda, suyuq moddalarning o’zaro 
farqlari haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.
T.K.3 -O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
Dars jihozi:  moddalar  namunalari. 
Dars turi: yangi  tushuncha va  bilimlar  beruvchi
Dars usuli: an’anaviy.
I Tashkiliy qism  a) salomlashish  b) davomadni aniqlash   d) siyosiy daqiqa
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
Dars  bosqichlari va vaqt  taqsimoti:
1 Tashkiliy qism 3 daqiqa
2 O‘tilgan  mavzuni  esga  solish;uyga vazifani
so`rash 10 daqiqa
3 Yangi mavzuni yoritish: 15 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
5 Darsga yakun yasash va baholash 5 daqiqa
63 6 Uyga vazifa 2 daqiqa
III Yangi mavzu bayoni 
IV Mustahkamlash “Tushunchalar tahlili” usuli orqali
Tushuncha turi Tushuncha taxlili
Modda va uning xossalari  Qattiq
 Suyuq
 Gaz
 Fizik xossasi
 Kimyoviy xossasi
 Rangi
 Hidi
V Baholash. Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar individual tarzda 
baholanadi.
64 VI Uyga vazifa darslikning 9-10-betlaridagi 3-§ni konspekt qilib kelish
Tasdiqlayman:                  O’TIBDO’________________________
Sana_________________________  Sinf
Mavzu: 2-amaliy mashg’ulot. Laboratoriya shtativi, spirt lampa, gaz gorelkalari,
elektr isitgich bilan ishlash usullari. Alanganing tuzilishi.
Darsning maqsadi:  
Ta’limiy   –   o’quvchilarga   maktab   kimyo   xonasida   mavjud   bo’lgan   jihozlar
(probirkalar,   shtativ,   tarozi,   ariometr,   qizdirish   asboblari,   filtr   qog’oz,   pipetka   va
boshqalar) ning ishlatish qoidalari va alanganing tuzilishi haqida tushuncha berish.
F.K.1-   Kimyoviy   jarayon ,     hodisalarni   kuzatish ,   tushunish   va   tushuntirish
kompetensiyasini shakllantirish
F.K.3-   Kimyoviy   tajribalar   o‘tkazish   va   amaliyotda   qo‘llash
kompetensiyasini shakllantirish
Tarbiyaviy   – ushbu mavzu orqali o’quvchilar ongini ona tabiatga muhabbat
ruhida tarbiyalash.
T.K.4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish
T.K.5- Milliy va umummadaniy kompetensiyasini shakllantirish
Rivojlantiruvchi   – o’quvchilarning jihozlar bilan ishlash, spirt lampasi yoki
quruq yoqilg’ini yoqish va o’chirish ko’nikmalarini mustahkamlash.
T.K.3 -O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish
Dars   jihozi:     probirkalar,   shtativ,   tarozi,   ariometr,   qizdirish   asboblari,   filtr
qog’oz, pipetka, xavfsizlik qoidasi plakatlari.
Dars turi :   yangi  tushuncha  va  bilimlar  beruvchi
Dars usuli:  an’anaviy. 
  I.Tashkiliy qism   a) salomlashish  b) davomadni aniqlash   d) siyosiy daqiqa
Dars  bosqichlari va vaqt  taqsimoti:
65 1 Tashkiliy qism 3 daqiqa
2 O‘tilgan  mavzuni  esga  solish;uyga vazifani
so`rash 10 daqiqa
3 Yangi mavzuni yoritish: 15 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
5 Darsga yakun yasash va baholash 5 daqiqa
6 Uyga vazifa 2 daqiqa
II O’tgan mavzuni mustahkamlash  og’zaki savol-javob o’tkazish orqali
1. Tajribalarni iloji boricha qayerda olib borish lozim ?
2. Tajriba   davomida   termometr   sinib   qolsa   qanday   ishlar   amalga
oshiriladi?
3. Natriy metalini qayerda saqlanadi?
III Yangi mavzu bayoni 
IV Mustahkamlash  o’quvchilar bilan og’zaki savol javob o’tkazish orqali
66 1. Kimyo fani laboratoriya xonasida eng ko’p ishlatilatiladigan jihozni 
nomini ayting?
2. Laboratoriya shtativi necha qismdan iborat?
3. Shtativdan foydalanish qoidalarini aytib bering?
4. Spirt lampasi qanday yoqiladi va qanday qilib o’chiriladi?
V Baholash.  Dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar individual tarzda 
baholanadi.
VI Uyga vazifa   rasm  chizish .
3.2.   “Kimyo” fanida  o‘qituvchilari uchun Crocodile dasturida virtual
laboratoriyalarni tashkil etishni o‘rgatuvchi elektron resurs ni sinovdan
o `tkazish
67 IV  BOB . HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKALOGIYA
4.1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilinishi
Ish joyini tashkil qilish bunda material va tayyor mahsulotlarni joylashtirish,
ish   joylarini   iflos   va   keraksiz   narsalar   bilan   to‘lib   ketishiga   yo‘l   qo‘ymaslik,
yo‘llar, o‘tish joylari va ish joylarini to‘sib qo‘ymaslik.
Transport vositalari, ko‘tarish kranlari va mexanizmlarni ishlatish qoidalari va
boshqa yordamcht vositalardan foydalanish tartiblari.
Baxtsiz   hodisalar   kelib   chiqish   mumkin   bo‘lgan   ish   usullarini   qo‘llashni
taqiqlash   va   kasb   kasalliklariga   olib   kelishi   mumkin   bo‘lgan   sanoat   zararli
moddalari haqida tushuncha berish va ulardan saqlanish usullarini ko‘rsatish.
Instruktaj o‘tkazayotganda avvalo odatdagi ish sharoitida ishchi o‘zini qanday
tutishi   kerakligi   haqida   ma’lumot   beriladi.   Lekin   sanoat   korxonalarida   ba’zi   bir
haddan tashqari holatlar ham yuz berib qolishi mumkin. Masalan avariya, yong‘in
va   boshqa   hollarda   ishchi   o‘zini   qanday   tutishi,   tez   harakat   qilishi   mahim
ahamiyatga ega.
Shuning   uchun   mana   shunday   holatlarda   qanday   harakat   qilish   kerakligi
haqida ham ma’lumot berilishi kerak. Ish joyidagi instruktajni master yoki brigadir
o‘tkazadi.
Vaqti-vaqti   bilan   o‘tkaziladigan   instruktaj.   Bu   instruktajni   o‘tkazish   vaqtini
fabrika,   zavod   kasaba   uyushmasi   komitetlari   bilan   kelishgan   holda,   sanoat
korxonasining   rahbari   belgilaydi.   Bu   instruktajning   mazmuni   ish   joyidagi
instruktaj   mazmuni   bilan   bir   xil.   Instruktajning   kirish   instruktaji   singari   hamma
ishchilar ish staji, malakasi, razryadidan qat’iy nazar o‘tkazilishi shart.
Rejadan tashqari instruktaj.
Bu   instruktaj   texnologik   jarayonning   o‘zgarishi,   yangi   mashina   va   stanoklar
kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o‘zgarishi
sababli  ishchilarning  xavfsizligini  saqlash  uchun bilimlari  etishmasligi  sezilganda
68 o‘tkazilishi   mumkin.   Bundan   tashqari   bu   instruktaj   ba’zi   bir   ishchilar   xavfli   ish
usullaridan foydalanayotganligi  sezilsa,  mehnat intizomi  yoki  xavfsizlik texnikasi
qoidalari   buzilsa   yoki   ishchi   ishlayotgan   joyidan   biror-   bir   sabab   bilan   (masalan
kasallik,   ta’til)   uzilish   ro‘y   bersa,   shuningdek   ish   joylarida   kasb   kasalliklari   va
baxtsiz hodisalar yuz bersa o‘tkazilishi mumkin. Shu sanoat korxonasiga o‘xshash
korxonada   avariya   sababli   baxtsiz   hodisa   ro‘y   berganligi   haqida   xabar
eshitilgandan   keyin   ham,   plandan   tashqari   instruktaj   o‘tkaziladi.   Kundalik
instruktaj.   Naryad-dopusk  bilan  bajariladigan xavfli  ishlar   uchun  ish  boshlashdan
oldin o‘tkaziladi. Bu instruktaj o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumot naryad-dopuskka
yozib   qo‘yiladi.
Ish   joyini   tashkil   qilishga   kirishishdan   oldin,   bitiruv   ishida,   programmalar
qanday   maqsad   uchun   ishlab   chiqilayotgani   va   qayerda   ishlatilishi   ,   ishlab
chiqarish,   ko‘rsatilishi   lozim.   Bu   esa   kompyuterda   ishlashda   paydo   bo‘ladigan
barcha   xavflarni   yaxshi   baholashni   ta’minlaydi.   SHundan   so‘nggina   kompyuter
sinflariga   bog‘liq   bo‘lgan   masalalar   hamda   ularni   joylashtirish,   bir   kompyuter
uchun maydonni aniqlash, ish joyini inventarlar bilan ta’minlash zarur. 
Displeylar   bilan   ishlaydigan   operatorni   ish   maromini   yo`lga   qo`yish   mexdat
xavfsizligini   va   charchashni   kamaytirishni   oldini   oladi.   Ish   kuni   mobaynida
ishchining   ishlash   qobiliyati   birdan   o`zining   eng   katta   qiymatiga   erisha   olmaydi.
Operatorning   displey   bilan   ishlaganda   ish   maromi   xar   2   soatda   yarim   soat   dam
olishi yoki 1 soatda 15 minut dam olib turishi l ozim. Bu kiska-kiska dam olish ish
qobiliyatini   yaxsxilash   va   charchashni   oldini   oladi.   Bundan   tashqari,   operator   va
mashina   o`rtasidagi   masofa,   shu   masofaga   binoan   ekrandagi   yozuvlarni   kattaligi,
ekran   yorkinligi   ham   shular   jumlasidandir.   Ko`z   va   ekran   oraligi   60-80   sm,
kattaligi esa 3-4 mm, optimal kenglik va balandlik 3:4, belgi orasidagi masofa esa
uning bo`yidan 15-20 % bo`lishi kerak 
Operatorning kompyuterda ishlash paytidagi talab 
69 Ish joyiini ratsional  rejalashtirish, yoritish, operator bajarilishi lozim bo‘lgan
ishga to‘g‘ri keladigan xizmat qilish sistemasidir. 
Ish joyida xavfsizlikni ta’minlash va mehnat sharoitidagi ish muhitini tashkil
qilish, ish rivojiga yo‘llanma hisoblanadi. 
Ish   joyini   ratsional   tashkil   qilish   moddiy   sarfni   kamaytirmagan   xolda   ham,
sezilarli   darajada   mehnat   unumdorligini   oshiriladi.   Operator   ish   joyida   mehnat
unumdorligi   darajasiga   ta’sir   etadigan   ishlab   chiqarishda   boshkaruvchi   barcha
qismlar ishining sifati va murakkabligi tekshiriladi. 
Ish   joyini   va   texnologiyani   rivojlantirishi,   ortiqcha   xarakatlarni   yuqotishi,
ortiqcha operatsiyaga xujjatlarni qidirish, spravka, adreslar operator ish vaqti sarfi
bo‘lmasligini ta’minlashi zarur. 
Ish joyida xar doim, ishni uzluksiz olib borishi uchun kerak bo‘lgan narsalar
etarli bo‘lishi, lekin xech qanday ortiqcha narsa bo‘lmasligi lozim. 
4.2.   Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishni keltirib chiqaruvchi holat va
sabablarni aniqlash
Mеhnat   muhofazasining   asosiy   vazifalaridan   biri   ishlovchilarning   mеhnat
havfsizligini   ta'minlashdir.   Zamonaviy   agrosanoat     ishlab   chiqarishi   muntazam
yangi   tеxnikalar,   mikrobiologik   va   kimyoviy   moddalar   еtkazib   bеrishni,   chorva
mollarini katta komplеkslarga va mayda fеrmеrlik xo`jaliklariga birlashtirishni, ish
jarayonlarining yiriklashuvini, dеhqonchilikdagi ishlarni brigada va oilaviy pudrat
asosida   bajarishni,   ayrim   mеhnat   turlarini   hamda   vostialarini   o`zgartirib   borishni
o`z ichiga oladi.
Mеhnat   havfsizligi   –   mеhnat   sharoitining   shunday   holatiki,   unda
ishlovchilarga xavfli va zararli  ishlab chiqarish omillarining ta'siri istisno qilingan.
Ishlab   chiqarish   sharoitida   insonga   jarohat   еtkazilishi   bu   fizikaviy   va   kimyoviy
xavfli ishlab chiqarish omillari borligini bildiradi.
70 Fizikaviy   xavfli   ishlab   chiqarish   omillari   –   bu   harakatdagi
mashinalar,uskunalarning   harakatdagi   elеmеntlarining   to`silmaganligi,
qo`zg`aluvchi   buyum,   matеriallar,   uskuna   va   matеriallari   ustki   qismining
qismining   yuqori   yoki   past   haroratda   bo`lishi,   elеktr   tarmoqlarining   xavfli
kuchlanishi.   yuqori   bosimdagi   havo   va   gazning   portlagandagi   enеrgiyasi   va
boshqalar.
Kimyoviy   xavfli   ishlab   chikarish   omillari   –   odam   organizmiga   o`yuvchi,
zaharli   va   qichitadigan   moddalarning   ta'sir   qilishi   bilan   ifodalanadi.   Muayyan
xavfli   ishlab   chiqarish   omillarning   kеlib   chiqishi   tеxnologik   jarayon,   uskuna
konstruktsiyasi va ishni tashkil qilinganlik darajasiga bog`liq bo`ladi.
Xavfli ishlab chiqarish omillarining kеlib chiqish xususiyatiga qarab, ko`rinib
turgan   va   ko`rinmaydiganlarga   bo`lish   mumkin.   Ko`rinib   turgan,   xavfli,     tashqi
bеlgilari bilan yaqqol ifodalanadi: masalan, mashinaning harakatlanuvchi qismlari,
alanga,   ko`tarilib   va   osilib   turgan   yuk.   Ko`rinmaydigan   xavfli   mashinalar,
mеxanizmlar,   moslamalar   va   asboblarda   yashirin   nuqsonlarning   borligiga
bog`liqdir.   Yashirin   xavfni,   shuningdеk   ish   doirasining   tiqishtirilganligi   va
ivirsiganligi, asbob, moslamalarni o`z maqsadida foydalanmaganligi, uzilgan elеktr
simlari,   mxodimlarning   noto`g`ri   va   xato   harakatlari   va   boshqalar   tug`dirishi
mumkin.
Ishchilarni   xavfli   va   zararli   ta'sir   ko`rsatishi   mumkin   bo`lgan   dastlabki
matеriallar,   yarim   mahsulotlar   va   chiqindi   ishlab   chiqarilishi   bilan   bеvosita
aloqasini   yo`qotish,   xavfli   va   zararli   ishlab   chiqarish   omillari   mavjud   joylarni
komplеks     avtomatlashtirish   hamda   mеxanizatsiyalash,   tеxnologik   jarayonlarda
nazorat va boshqarish tizimini o`rnatish darkor. Bu ishlovchilarning himoyasini va
ishlab chiqarish jarayonlarining avariya holatda o`chirilishini ta'minlaydi.
Ishlab   chiqarish   chiqindilarini   o`z   vaqtida   zararsizlantirish   va   chiqarib
tashlash, ular xavfli va zararli ishlab chiqarishning oldini olishga yordam bеradi.
71 Tеxnologik   jarayonlarga   qo`yiladigan   xavfsizlik   talablari   tеxnologik
hujjatlarda   ko`rsatilgan   bo`lishi   shart.   Ish   joyidan   tashqarida   bajarayotganda
xonalarni   va   maydonlarni   tanlashga   katta   e'tibor   qaratmoq   kеrak.   Shuningdеk,
uzluksiz   ishlab   chiqarish   jarayonlarining   xavfsizligini,   uskunalarni   to`g`ri
joylashtirish   va   ish   joylarini   oqilona   tashkil   qilish   bilangina   ta'minlash   mumkin.
Matеriallarni,   tayyor   mahsulotni   va   ishlab   chiqarish   chiqindilarini   saqlaganda,
xavfli ishlab chiqarish omillarining sodir bo`lishidan himoyalanish kеrak.
Ishlab chiqarishda ishlashga  ruxsat etilgan shaxslarning fizik imkoniyatlarini
va   mеhnat   xususiyatlarini   hisobga   olish   shart.   Xizmat   qiluvchi   xodimlar
bajarayotgan ishlariga muvofiq mеhnat xavfsizligi bo`yicha kasbiy tayyorgarlikdan
o`tgan bo`lishi lozim.
Mеhnat xavfsizligini ta'minlashning tеxnik vositalari.  Har qanday xo`jalikka,
korxonalarga еtkazib bеriladigan har qanday qishloq xo`jaligi mashinasi, agrеgati,
mеxanizm iva uskunalari baxtsiz hodisalarning oldini oladigan zamonaviy himoya
vositalari bilan jihozlanadi. Mеhnat xavfsizligi to`siq, tormoz, blokirovka, saqlash
qurilmalari, signalizatsiya, shaxsiy himoyalanish vositalarini ishlatish, shuningdеk
ularning yaxshi ishlashini nazorat qilish bilan ta'minlanadi.
To`siq   qurilmalar.   Xavfli   zonalarni   himoyalash   uchun   oddiy,   ishonchli   va
arzon   to`siq   qurilmalar   kеng   ko`lamda   ishlatilmoqda.   To`siq   qurilmalar   insonni
xavfdan himoyalash uchun xizmat qiladi. Ular qanday maqsadga mo`ljallanganiga
qarab   har   xil   tuzilmali   bo`ladi.   Shunga   ko`ra   to`siqlar   doimiy   yoki   vaqtinchalik
bo`lishi mumkin. Masalan, traktor orqa ko`prigining, tasmali uzatmalar qutisining
korpuslari doimiy to`suvchi qurilmalardir. Doimiy to`siqlarning afzalligi shundaki,
agrеgat   ishlayotganda   ishchi   xavfli   zonaga   kira   olmaydi.   Doimiy   to`siqlar
siljuvchan va qo`zg`almas bo`ladi. Siljuvchan to`siqlarni to`siqlarning olib qo`yish
yoki   chеkkaga   surib   qo`yish   mumkin.   Vaqtinchalik   to`siqlar   korxona,   sеx,
uchastka tеrritoriyasidagi ishlarni bajarish vaqtida ishlatiladi. Ularga misol sifatida
72 muhofaza ekranlari, mеtall shchitlar, parda va boshqalarni kеltirish mumkin. Sеxda
payvandlash   ishlarini   bajarishda   atrofdagilarni   elеktr   yoyning   ravshan   shu'lasi
ta'siridan   muhofaza   qilishda,   qurilish   maydonchalari,   transhеyalarni   to`sishda,
boshqa еr ishlarini bajarishda vaqtinchalik to`siqlar ishlatiladi.
Himoya to`siqlari panjara, to`rlardan iborat. Agar mеxanizm ishini ko`z bilan
kuzatib turish zarur bo`lsa, bunday hollarda to`siq shaffof matеrial (organik shisha,
sеlluloid va boshq.)dan tayyorlanadi.
Himoya qurilmalari. Mashina va uskunalarga qo`yiladigan mavjud talablarga
muvofiq   har   bir   mashina,   traktor   yoki   agrеgatda   avariya   holatidagi   ish   rеjimiga
mo`ljallangan   himoya   qurilmalari   bo`lmasa,   bunday   mashina   ishga   yaroqli   emas
dеb   hisoblanadi.   Himoya   qurilmalarining   ishlashini   nazorat   qilish   paramеtri
(zo`riqish,   bosim,   harorat   va   h.k.)   ruxsat   etiladigan   chеgaradan   chiqqanida
avtomatik to`xtaydi. 
Barcha himoya qurilmalari to`rt guruhga bo`linadi:
-   mеxanik   zo`riqishlaridan   saqlovchilar   (turli   xil   muftalar,   kеsilib   kеtadigan
boltlar, shtiftlar va b.);
-   mashina   qismlarining   bеlgilangan   gabaritdan   chiqishini   saqlovchilar   (yuk
ko`tarish   mеxanizmlarining   chеtki   uzib-ulagichlari,   ular   mashinaning   ish   organi
yoki mеxanizmning siljishini chеklab turadi);
-   bosim   yoki   haroratning   ko`tarilib   kеtishidan   saqlovchilar   (konstruktsiyasi
turlicha   bo`lgan   klapanlar,   ular   idishdagi   bosim   ortib   kеtganida,   traktorning
gidrosistеmasida   moy,   avtomobil   va   traktorning   tormozlash   sistеmasida   havo,
ug`ning harorati, qozon qurilmasida suv ko`payib kеtganda ochiladi va h.k.) ;     
-   elеktr   tok   kuchining   ruxsat   etiladigan   chеgaradan   ortib   kеtishidan
saqlovchilar   (elеktr   tarmoqlaridagi   eruvchan   saqlagichlar,   avtomatik   uzib-
ulagichlar, buzilgan elеktr uskuna, asbob va boshqalarni tarmoqdan uzib qo`yadi). 
73 Tormozlash   qurilmalari.   Mashina   va   uskunalarning   harakatlanayotgan
(aylanayotgan)   elеmеntlarini   tеz   va   asta-sеkin   to`xtatish   uchun   tormozlash
qurilmalari ishlatiladi. Bunlan tashqari, ular mashinalarni qiyaliklarda tutib turish,
ko`tarilgan yukning o`z-o`zidan pastga tushib kеtishidan saqlash maqsadlarida ham
ishlatiladi.
Blokirovka   qurilmalari.   Blokirovka   –   bu   mеxanizmlarni   yoki   ularning
qismlarini   muayyan   holatda   ishonchli   mahkamlashni   ta'minlaydigan   vositalardir.
Mashina,   mеxanizmda   blokirovka   qurilmalarining   va   boshqa   saqlagich
vositalarning   bo`lishi   ishlovchining   xavfsizligini   ta'minlay   olmaydigan   hollarda
qo`llaniladi. 
Harakati   bo`yicha   quydagi   turdagi   signalizatsiyalardan   foydalaniladi:
yorug`lik,   ovozli,   rangli,   va   bеlgi   o`rnatish.   Yorug`lik   signalizatsiyalari   transport
vositalarida   xavfsizlik   vositasi   sifatida   kеng   foydalaniladi.   Ular   oldindan   va
orqadan   kеlayotgan   transportdan   ogohlantiradi.   Shu   maqsadda   transportvositalari
har   xil   signalizatsiya   yoritish   asboblari:   faralar,   o`lchamlarini,   burilishni
ko`rsatuvchi chiroqlar, stop-signallar bilan jihozlanadi.
Standartda quyidagi signal ranglarini va vazifalarini bеlgilaydi: qizil – «man
etish»,   «stop»,   «yaqqol   xavflilik»,   sariq   -   «diqqat»,   «mumkin   bo`lgan   xavf
to`g`risida ogohlantirish», yashil – «xavfsiz», «ruxsat etiladi», «yo`l ochiq», ko`k –
«informatsiya».
Oxirgi   vaqtlarda   ishchi   kiyimi   va   korjomalarini   bo`yash   muammosiga   juda
katta e'tibor bеrilmoqda. An'anaviy qora va to`q ko`k ranglarni boshqa och ranglar
bilan almashtiriladi. Xavfli doirada ishlovchi  odamning kiyimi ish joyidan kеskin
ajralib turishi maqsadga muvofiqdir. Ochiq havoda ishlaganda to`q sariq rangdagi
kiyim  maqsadga muvofiqdir. Bunday  kiyimlarni  tеmir  yo`llarni  ta'mirlayotgan va
yo`l qurilishi ishlarida ishlayotgan ishchilar kiyadi.  
74     Avtomatik   ulash   qurilmalari   traktorni   tirkama   yoki   osma   mashinalar   bilan
avtomatik   ulashni   ta'minlab   bеradi.   Avtomatik   ulashlarni   kеng   miqyosda   ishlab
chiqarishga   tadbiq   etilishi   mashinalarni   agrеgatlashda   sodir   bo`ladigan
jarohatlanishlarni butunlay yo`qotadi.
Masofadan turib kuzatish va boshqarish shu sharoitlarda olib boriladiki,
opеratorni ish doirasida xavfsizlik nuqtai nazardan yoki tеxnologik sabablarga
ko`ra mumkinmasligi, shungdеk ishlab chiqarishni komplеks mеxanizatsiyalash va
avtomatlashtirish sharoitida samarasizdir. Masofadan kuzatish maxsus datchiklar,
signalizatorlar, tеlеekranlar va nazorat-o`lchov asboblari orqali olib boriladi.
Masofadan turib boshqarish tizimlari, elеktron-mashinalarida bajariladi .
4.3.   Ekologiya huquqi tushunchasi
1.   Ekologiya   huquqining   tushunchasi   Tabiat   va   jamiyat   o`rtasidagi   o`zaro
bog`liqlik   turli   yo`nalish   va   shakllarda   uzoq   vaqt   davomida   amalga   oshirilib
kelinmoqda.   Asrlar davomida insoniyat tabiat qonuniyatlariga moslashib, o`zining
turli   ehtiyojlarini   qondirish   uchun   tabiatdan   foydalanib,   unga   ta'sir   o`tkazmoqda.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, jamiyat a'zolari ongining tobora takomillashishi,
yangi   mehnat   qurollarining   ixtiro   etilishi   o`z   navbatida,   insonning   turli
ehtiyojlarining   rivojlanishiga   olib   keldi.   Inson   o`z   ehtiyoj-larini   qondirish   uchun
tabiiy   resurslardan   foydalanib   salbiy   ta'sir   ko`rsata   boshladi.   Jamiyat   a'zolarining
tabiatdan   foydalanish   bo`yicha   ehtiyojlari-ning   oshishi,   tabiiy   resurslardan
foydalanish qurollari, ya'ni texnikaviy vositalarning takomillashishiga olib keldi.
2.        Ekologiya   huquqi   –   tabiat   bilan   jamiyat   o`rtasida   paydo   bo`ladi-gan
ijtimoiy   munosabatlarni   huquqiy   tomondan   tartibga   solishni   o`rganuvchi   fandir.
Ekologiya   huquqi   bugungi   kunda   O`zbekiston   Respublikasining   mustaqil   huquq
75 tizimida o`z o`rni va salohiyatiga ega bo`lgan alohida yo`nalish va xususiyatlarga
ega bo`lgan huquq sohasi hisoblanadi.
3.        Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o`rtasida o`zaro ta'sirlar natijasida
paydo   bo`ladigan   ijtimoiy   munosabatlarni   tartibga   solishni   o`rganuvchi   fan   va
huquq tizimining alohida sohasi sifatida o`z rivojlanish tarixiga egadir.
4.        Shuni   alohida   ta'kidlash   joizki,   XX   asrning   20-yillarigacha   bosib   o`tilgan
boy  tarixiy  evolyutsion   jarayonda   tabiatdan  foydalanish,   uni   asrab-avaylash   bilan
bog`liq   umummajburiy   ahamiyatga   ega   bo`lgan   qoida-talablar   o`ziga   xos
xususiyatlarga   ega   bo`lib,   birinchidan,   ushbu   qoida-talablar   alohida   maxsus
tizimga   ega   bo`lmay,   mulk   bilan   bog`liq   qoidalar   tizimida   rivojlangan,
ikkinchidan,   tabiat   boyliklaridan   foydalanish   va   ularni   asrab-avaylash   qoida-
talablari   aholining   madaniyati   va   turmush   tarziga   singib   ketganligi   o`z   navbatida
huquqiy munosabatlarni rivojlantirishga hizmat qilgan.
5.        Bugungi   kunda   tabiat-jamiyat   tizimidagi   ijtimoiy   munosabatlar   uchta
quyidagi   asosiy   yo`nalishlarda   paydo   bo`ladi:   1.   Atrof   tabiiy   muhitni   muhofaza
qilish   bilan   bog`liq   ekologik   -   huquqiy   munosabatlar;   2.   Tabiiy   resurslardan
oqilona   foydalanish   bilan   bog`liq   ekolo-gik-huquqiy   munosabatlar;   3.   Aholini
ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ekolo-gik-huquqiy munosabatlar.
76 Xulosa
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak,   Ushbu   dastur   kimyo   fanini   astoyidil
o’rganishni   xohlagan,   elementlarning   kimyoviy   xossalarini   o’rganish   uchun,
ularning tarkibini  ko’rish uchun,  ajoyib virtual  laboratoriya hisoblanadi.  Afzalligi
shundan   iboratki   har   kim   ham   xato   qiladi.   Agar   haqiqiy   laboratoriyada   o’quvchi
biror jiddiy xatoga yul qo’ysa portlash o’t chiqish holatlari kuzatilishi va natijada
ham moddiy tomondan laboratoriya xonasi va uning jihozlariga jiddiy zarar yetishi
bundan   tashqari   laboratoriyani   bajaruvchi   o’quvchi   sog’lig’iga   ham   jiddiy   zarar
yetishi   mumkin.   Lekin   Crocodile   Chimistry   dasturida   bu   ishlarni   bemalol   qilib
ko’rish   va   xatto   qanday   holatada   portlash   yoki   olov   chiqish   jarayonini   bemalol
qo’rqmasdan sinab ko’rish va bunga ishonch hosil qilish mumkin.
Bu dastur windows muhitida ishlaydigan unchalik kata hajmga ega bo’lmagan
dastur hisoblanadi. Dasturda qilingan laboratoriyalarni  .cxc  fayl kengaytmasi bilan
saqlab   qo’yish   mumkin.   Istalgan   paytda   saqlangan   faylni   ishga   tushirib   ko’rish
mumkin bo’ladi. 
• Kimyo   fanini   o’zlashtirishni   yaxshilash   omili   o’quv   mashg’ulotlarida
o’quvchilarni   mustaqil   ta’limni   tashkil   etish,   mavjud   resurslaridan   oqilona
foydalanish hamda kompyuter o’yinlari va Internet–kafe faoliyatini tartibga solish
zarur.
• Axborot - kommunikatsiya va Internet texnologiyalari yutuqlaridan oqilona
va maqsadli foydalanish.
• Axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan va   axborot lardan foydalanish
madaniyatini  va muhitini  shakllantirish .
• Internet   tarmog‘ida   yoshlarga,   ularning   qiziqishlariga   va   intilishlariga,
axborot extiyojlariga hamda yutuqlariga yo’naltirilgan elektron manbalarni tashkil
etish.
77 Demak, avvalambor o’quvchi kimyo fanini yaxshilab o’qib o’rganib chiqishi,
o’rgangan   bilimlarini   mustahkamlash   uchun   laboratoriya   bajarishi   kerak   bo’ladi.
Laboratoriyani bajarish uchun esa aynan ushbu dastur yordam beradi.
78 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston   Respublikasining     «ta'lim   to'g'risida»gi   Qonuni.   –   Toshkent,
2020  yil.
2. Azizxujaeva   N.N.   O'qituvchi   mutaxassisligiga   tayyorlash   texnologiyasi   –
Toshkent, 2000
3. Ziyomuhammedov   Abdullaeva   B.Sh.   Ilg'or   pedagogik   texnologiya:
Nazariya   va   amaliyot   «Ma'naviyat   asoslari»   darsi   asosida   ishlangan   uslubiy
qo'llanma.-Toshkent, Abu Ali Ibn Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2001
4. Nishonaliv U., Tolipov U., Ikki shaxs faoliyati uygunlashganidagina ta'lim
tarbiyadan ko'zlangan maqsadga erishiladi.-«Ma'rifat» gazetasi, 2000 yil 19 aprel.
5. Pedagogik ensiklopediya.  – T. :  O'qituvchi nashriyoti,  2010y..
6. Raximov   B.   “Bo'lajak   o'qituvchilarda   kasbiy   madaniy   munosabatlarni
shakllanishi. ” P.f.n. ilmiy darj.olish.uchun disst.-T.: 2005.
7. Qurbonov   Sh.   “KHK   o'qituvchilarining   kasbiy   mahoratini   oshirishning
pedagogik asoslari . P.f.n. ilmiy darjasini olish uchun disserta t siya.-T.: 2004. 
8. I.R. ASQAROV, N.X. TO‘XTABOYEV, K.G‘. G‘OPIROV   Kimyo 7-sinf
o’quvchilari  uchun darslik.
9. Introduction   to   Health   and   Safety   at   Work.   Phil   Hughes,   Ed   Ferrett.   The
Boulevard,  Langford  Lane,  Kidlington,  Oxford  OX5  1GB,  UK.   ISBN:  978-0-08-
097070-7. 2011/ p-636/
10.   Fundamentals   of   General   Ecology,   Life   Safety   and   Environment
Protection.   Mark   D   Goldfein,   Alexei   V   Ivanov,   Nikolaj   Kozhevnikov,   V
Kozhevnikov. Nova Science Publishers, Inc. p-96. (April 25, 2013).
11.   Экология   и   безопасность   жизнедеятельности:   Учеб.   пособие   для
вузов/   Д.А.   Кривошеин,   Л.А.Муравей,   Н.Н.   Роева   и   др.;   Под   ред.   Л.А.
Муравья. – М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2000. - 447 с.
79 12.   Ҳаёт   фаолияти   хавфсизлиги   ва   экология   менежменти   (чизмалар,
тушунчалар,   фактлар   ва   рақамларда):   дарслик   /   А.Нигматов,   Ш.Мухамедов ,
Н.Хасанова. – Т.: Наврўз. 2014. – 199 б.
13. http://crocodile-chemistry.software.informer.com/     
14. www.google.com     
15. http://www.sumdog.com/en/Crocodile/     
16.    www.gov.uz
17.     www.ziyonet.uz
18.   www.ref.uz
19.   www.intuit.ru ;
20.   www.yahoo.com ;
21.   www.citforum.ru
80

“KIMYO” FANIDA O‘QITUVCHILARI UCHUN CROCODILE DASTURIDA VIRTUAL LABORATORIYALARNI TASHKIL ETISHNI O‘RGATUVCHI ELEKTRON RESURS ISHLAB CHIQISH MUNDARIJA Kirish. ………………………… … …………… ……… …………… …… 6 I BOB . VIRTUAL LABORATORIYALARNI TASHKIL ETISHNI O‘RGATUVCHI ELEKTRON RESURSLARDAN FOYLALANISHNING NAZARIY ASOSLARI……………………… 10 1.1 . Kimyo fanini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish……………………………………………………………….. 10 1.2. Simulyator dasturlari tahlili (xorijiy tajriba) .............. .................... ...... 13 1.3. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning tayyor elektron darsliklar yordamida o'zi bajarganda pedagogning faoliyati 24 II BOB. “KIMYO” FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN CROCODILE DASTURIDA VIRTUAL LABORATORIYALARNI TASHKIL ETISHNI O‘RGATUVCHI ELEKTRON RESURS ISHLAB CHIQISH……………………………………………………… 33 2.1.Crocodile dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratish algoritmi 33 2.2. Crocodile dasturidan virtual laboratoriyalarda foydalanish ................. 35 2.3 Auto Play Media Studio dastur yordamida “Kimyo” fanida o‘qituvchilari uchun Crocodile dasturida virtual laboratoriyalarni tashkil etishni o‘rgatuvchi elektron resurs ishlab chiqish 53 III BOB . CROCODILE CHEMISTRY DASTURIY TA`MINOTDAN FOYDALANISHNING AMALIY AHAMIYATI 3.1. “ Kimyo ” fanidan Crocodile Chemistry dasturidan foydalanish bo`yicha dars ishlanmasi…………….... ..................................................... 3.2. “Kimyo” fanida o‘qituvchilari uchun Crocodile dasturida virtual laboratoriyalarni tashkil etishni o‘rgatuvchi elektron resurs ni sinovdan o`tkazish…………………….. ..... ................ ............................................... IV BOB . HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKALOGIYA 4 .1. 4.2. 4.3. Xulosa ....................................... .... ............................................................. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ........................... ... .........................

Kirish Dunyo miqqiyosida kimyo fanini o’qitish jarayoniga yangi pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni jadal sur`atlar bilan kirib kelishi natijasida kimyoviy bilimlarni o’rganishda juda katta yutuqlarga erishildi. Kimyoni o’qitishdagi yangi pedagogik va axborot kommunikatsion (kompyuter) texnologiyalarini qo’llashning mohiyati va talabi o’quvchilar (va talabalar) O’zbekiston Respublikasi uchun chuqur bilimli etuk mutaxassislar bo’lib etishishini ta minlashdir. Hozirgi paytda kimyo fanini o’qitishda, o’z-o’zini‟ nazorat qilish, “BBB metodi”, “Aqliy hujum”, “Insert”, “Sinkveyn”, “Venn diagrammasi” va kimyoviy o’yinlardan mashg’ulotlarda foydalanish uchun o`yin usullari yuqori samara bermoqda va o’quvchilarni dunyoqarash doirasini kengaytirmoqda. O’quvchilarni kimyoviy bilimlarni o’zlashtirish ko’nikmalarida masofadan o’qitish, on-line darsliklar, o’quv qo’llanmalar, muammoli ma’ruza matnlari, elektron darsliklar va virtual laboratoriya ishlaridan foydalanish yuqori samara beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ta`limto’g’risidagi islohotlarning asosini shakllantiruvchi qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmoqda. Bulardan O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 23- sentabrdagi “Ta`lim to’g’risida”gi O‘RQ-637-son qonuni alohida o’rin tutadi. Bu qonundan kelib chiqadigan asosiy vazifa ta`lim samaradorligini oshirish va yangi pedagogik hamda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib sifatli dars o’tishdir. Ilg’or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullaridan foydalanib dars o’tishni taqozo qiladi. Bular munozara darslari muzokaralar, ishbilarmon o’yinlar, muammoli holatlarni, va keys stadilarni yechishdir. Ushbu usullar o’quvchilarni (yoshlarni) ijodiy fikrlash qobiliyatini va faolligini 6

oshirishda, kimyoni o’qitishdagi dolzarb muammolarni hal qilishning eng ma qul‟ yo’llarini topishda va ularni amaliyotga qo’llashda katta yordam beradi. Kimyo o’qituvchisi o’z pedagogik maxoratini oshirib, uni san’at darajasiga etkazib borishi kerak. Buning uchun o’qituvchi o’z bilim va ko’nikmalarini tinmay oshirib borishi kerak. O’z fikrini tushunarli, ko’rgazmali ifodalay bilishi jahon va mamlakatimiz hayotidagi voqealarga o’zining ijobiy munosabatini bildirish, ta`limberishga ijodiy yondashuvni rivojlantirib borishi uchun axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalib dars o’tishini taqozo qiladi. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda malakali mutaxassislar tayyorlashga katta e`tibor berib kelinmoqda. Yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyordash bevosita ta`lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash, yuqori sifatli o’quv adabiyotlar, darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va ma ruza ‟ matnlarini yaratish, elektron kutubxonalar tashkil etish bilan bog’liqdir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish, ta`limtizimini takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish hozirgi kunning talabiga aylandi. Keyingi yillarda Respublikamizda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida bir necha farmon va qonunlar ishlab chiqilmoqda. Respublikamizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) rivojlantirish bo‘yicha qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 6 oktyabrdagi PQ- 4851-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Raqamli O‘zbekiston —2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son farmoni va boshqa hukumat qarorlari ishlab chiqilgan. 7

Mavzuning dolzarbligi Hozirgi zamon mutaxassislari, faoliyat doiralari qanday bo’lishidan qat`iy nazar, informatika bo’yicha keng ko`lamdagi bilimlarga, zamonaviy hisoblash texnikasi, informatsion aloqa va kommunikatsiya tizimlari, orgtexnika vositalari va ulardan foydalanish borasida yetarli malakalarga ega bo`lishlari hamda yangi informatsion texnika va texnologiya asoslari to’g’risidagi bilimlarni o’zlarida mujassamlashtirgan bo’lishlari lozim. O’zbekiston Respublikasining ta`lim to’g’risidagi qonuni, va Respublikamizning ta`lim to’g’risidagi olib borilayotgan siyosatidan kelib chiqqan holda o`qitishda AKTlaridan foydalanib dars o’tish va o’quvchilarni fikrlash qobiliyatini yanada rivojlantirish, qiziqishlarini oshirish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. BITIRUV MALAKAVIY ISHIning maqsadi Maktab o`qituvchilari uchun “kimyo” fanidan crocodile chemistry dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratishni o`rgatuvchi video darslar yaratish. Ishning vazifalari Ushbu Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi masalalarni echish rejalashtirildi: 1.Maktablarda Kimyo fanini o’qitishda qo’llaniladigan axborot kommunikatsion (kompyuter) texnologiyalar (AKT) tahlili; 2.Maktablarda kimyo fanini o’qitishda crocodile chemistry dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratishni o`rgatuvchi elektron resurs ishlab chiqish . 3.Yaratilgan dasturiy ta`minotni tajriba-sinovdan o`tkazish va ta`limda qo`llash. BITIRUV MALAKAVIY ISHI ob`ekti Ushbu ishni bajarishda Maktab o‘qituvchilari va o`quvchilari uchun “Kimyo” fanidan Crocodile chemistry dasturidan foydalanib virtual laboratoriya yaratish hisoblanadi. 8

BITIRUV MALAKAVIY ISHIning predmeti Maktab o‘qituvchilari va o`quvchilari uchun “kimyo” fanidan crocodile chemistry dasturidan foydalanish bo`yicha dasturiy ta`minot yaratish jarayoni. BITIRUV MALAKAVIY ISHIning amaliy ahamiyati Maktab o`quvchilari uchun “Kimyo” fanidan Crocodile Chemistry dasturidan foydalanib o’qitish nisbatan yangi mavzu bo’lib, biz bu dasturdan foydalanib dars o`ta oladigan Kimyo o`qituvchisini uchratmadik. Shuning uchun bu ishni ahamiyati nihoyat katta hisoblanadi va maktab kimyo o’qituvchilarini yana bitta mavzuni AKTlaridan foydalanib o`tish metodikasi va video darsliklar bilan qurollantiradi . 9