Ko‘makchilar uslubiyati
![Mavzu: K o ‘makchilar uslubiyati
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism:
1. O‘zbek tilshunosligida yordamchi so‘zlarning o‘rganilishi.
2. O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning o‘rganilishi.
4. Ko‘makchilarning turlari.
5. Ko‘makchilar stilistikasi.
IV. Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_1.png)
![Kirish
Mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-ma’daniy, ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotida shu qisqa davr ichida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga zamin
tayyorladi. Ma’lumki, davlatimiz istiqlolning ilk kunlaridan boshlab,
taraqqiyotning o‘ziga xos va mos yo‘llarini tanlab oldiki, bu yo‘l o‘zining har
jihatdan asosli ekanligini isbotladi. Shuni aytishimiz kerakki, O‘zbekiston davlati
va bu mamlakatda yashayotgan xalq va millatlar tarixi nihoyatda uzoq zamonlarga
borib taqaladi. Unda tarixiy taraqqiyotning barcha sinovlari bosib o‘tilgan.
Mamlakatimiz ko‘plab bosqinlarni ham, milliy ozodlik uchun kurashlar tarixini
ham boshidan kechirgan. Ilm-fan, madaniyat, falsafa, adabiyot va umuman,
jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan barcha sohalarda yuksak yutuqlarni qo‘lga
kiritgan. Bu hududdan jahon ilm va madaniyatini ravnaq ettirishga xizmat qilgan
buyuk olimlar, mutafakkirlar, ilmiy-badiiy ijod sohiblari yetishib chiqqan. E’tiborli
tomoni shundaki, mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan davrlaridan
boshlaboq Prezidentimiz Islom Karimov e’tiborini ma’naviyatimiz,
madaniyatimiz, uzoq asrlik ma’rifatchiligimiz tarixini o‘rganishga qaratdi va shu
yo‘l bilan o‘zlikni anglash, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnimizni topish lozimligini
takror va takror ta’kidlab o‘tdi. Milliy istiqlol mafkurasining poydevori qadim
ma’naviyatimiz va milliy an’analarimiz ekanligini uqtirdi. Milliy istiqlol g‘oyasi
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanishini1, shuning bilan o‘z tarixini
bilmaydigan, kechagi kununi unutgan millatning esa, kelajagi yo‘q ekanligini aytib
o‘tdi. Bu esa ma’naviyatning asoslaridan bo‘lgan adabiyotimizning barcha
jihatlarini yangicha ruhda o‘rganishga hamda tahlil va talqin etishga keng yo‘l
ochib berdi, falsafiy-ijtimoiy, diniy-irfoniy va ilmiy-nazariy merosi bilan alohida
o‘rin tutgan. Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” 1
asarida: “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning
ma’naviy, axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo
qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur”,- deya ta’kidlaydi. “Barkamol avlod ─
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida esa : “Kadrlar tayyorlash
1
Каримов И.А. Узбекистон XXI асрга интилмокда. - Тошкент: Узбекистон , 2000.- 300 б
2](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_2.png)
![sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy – axloqiy har tomonlama
barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi”, - deb ta’kidlagan edi.
Prezidentimiz milliy dastur haqida so‘zlagan nutqida uning maqsad va vazifalarini
aniq ko‘rsatib: milliy dasturning maqsad va vazifalari shaxsni shakllantirishga
qaratilganini, shaxs islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekanini, milliy
dasturdan kuzatilgan maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi, birinchi
navbatda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga
olib kelishini, jamiyatdagi yangi shaxs – komil insonlar vujudga kelishini aytadi.
Bugun o‘zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida o‘rganish, uning nutqiy madaniyatini
zamon talablari darajasiga ko‘tarish faoliyatimizning tarkibiy qismiga aylandi.
O‘zbek tili so‘z turkumlariga oid lug‘aviy birliklarni funksional- stilistik jihatdan
o‘rganish ana shu masalalarning ma’lum qismini xal etishga ko‘maklashadi.
O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarining, xususan, yordamchi so‘z
turkumlarining funksional-stilistik xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan
ayrim ishlar amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqot ishlari orqali yordamchi so‘z
turkumlarining, xususan, ko‘makchilarning nutqimizda tutgan o‘rni va ahamiyati
haqida bir qator fikr- mulohazalar bildirib o‘tilgan.
3](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_3.png)
![1. O‘zbek tilshunosligida yordamchi so‘zlarning o‘rganilishi.
Tilshunoslikning tarixiy grammmatikasida so‘z turkumlari tushunchasi yuzaga
kelgan paytlardan boshlab mustaqil va yordamchi so‘zlar muammosi markaziy
o‘rinni egallab kelmoqda va ularning bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi orqali bu
masala mohiyati yanada yorqinroq namoyon etilmoqda. XX asrning oxirida sobiq
Ittifoq tarkibidagi davlatlarning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritish mustaqil
davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonimizda ham turkiy ona tillarning haqiqiy
turkona tabiatini yoritishga imkon yaratdi. Turkiy tillar grammatik qurilishi talqini
rus grammatikasi chizmasi ta’siridan sekin-asta uzoqlashmoqda 2
.
O‘zbek tilshunosligida ham yordamchi so‘zlarni o‘rganish borasida muayyan ishlar
amalga oshirilgan. Endigi tadqiqotlar esa so‘zlarning zamonaviy mezonlar asosida
o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganib, til sistemasidagi
munosib o‘rnini belgilashdan, ularning o‘zbekona- turkona tabiatini ochish va
tavsiflashdan iboratdir.
O‘zbek tili grammatikasi tadqiq etila boshlagandan beri yordamchi so‘zlar
tilshunosligimizning e’tiborida bo‘lgan. Binobarin, ko‘plab tadqiqotlarda va
grammatikaga oid boshqa ilmiy manbalarda yordamchi so‘zlarning tarixiy yozma
yodgorliklarda, hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilish o‘rni taraqqiyot
bosqichlari, semantik-grammatik xususiyatlari yoritilgan. O‘zbek tilining butun
tizimi va uning alohida birliklari kabi yordamchi so‘lar masalasi ham fanimizni
hozirgi o‘zbek tili foneyik,leksik va grammatik qurilishining milliy tadqiqotchin
tomonidan berilgan va ilk nisbatan to‘liq zamonaviy tahlil usullarida amalga
oshirilgan tavsifi bilan boyitgan, uyg‘onayotgan millat ziyolilari uchun milliy
mutaxassis tomonidan tuzilgan ilk ilmiy didaktik qo‘llanma muallifi Abdurauf
Fitrat tomonidan muhokama ga chiqarildi va dastlabki talqinlar berildi. Albatta,
Fitratning O‘zbekiston maktablarida 6 yil davomida (1924-1930 ) ona tilidan
darslik sifatida amalda bo‘lgan tadqiqoti va tavsifi hozirgi talaba uchun jo‘n va o‘ta
2
Замонавий узбек тили.-441 б.; Hozirgi o‘zbek adabiy tili./ Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G.,
Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. -T.: Fan va texnologiya , 2010. -B.3-7: Asadov T.X. So‘z turkumlari
tizimida ravish.-T.: Muharrir, 2010.- B.12-15.
4](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_4.png)
![sodda tuyular , lekin bu o‘sha davrda -grammatik qurilishning zamonaviy
yevropacha usullaridan, G‘arbiy Yevropa tillaridan mutlaqo bexabar- millat uchun
qanchalik yuksaklik va balandparvozlik ekanligini tasavvur etish qiyin. 3
Abdurauf Fitrat so‘z turkumlarini “Sarf”’ning “So‘z va uning turlari” bandida
ot, sifat ,fe’l, olmosh, ko‘makchi so‘zlar kabi guruhlarga ajratib , shunday yozadi :
“ Ot, fe’l, sifat bo‘lmagan so‘zlar ko‘makchi so‘z bo‘ladir. Ko‘makchi so‘ z bir
gapdan, bir jumladan anglashilgan “o‘y”ga boshqacharoq shakl bermoq uchun
ishlatiladir”,- deb yozadi va ko‘makchi so‘zlarga shunday misollar beradi: nechun,
chunki, juda, sira, hech, ham. Olim ko‘makchi so‘z hammasi tub so‘z sanaladir”,-
deb ham ta’kidlaydi.
Muallif “ Sarf” va “ Sahv” ning turli o‘rinlarida ko‘makchi so‘zlar sifatida
quyidagilarni ajratadi:-
1.-chi ( qo‘zg‘atish fe’li yasovchi sifatida. )
2.edi ( Ko‘makchi fe’l sifatida),
3.asru, albatta ,also, eng, butkul, xuddi ( ko‘makchi otlar sifatida)
4.ora,ichra, uzra, o‘zaro (O‘rin ko‘makchilari sifatida)
5. tag‘in, dahi, bilan, -ala,-la, yana,ham -da (qabatlov ko‘makchi sifatida)
6. yo‘qsa,agar,agarchi (shart ko‘makchilari sifatida)
7.balkim, yo, yoki, yohud ( aniqsizlik ko‘makchilari sifatida)
8. koshki, shoyad (orzu ko‘makchilari sifatida)
9. essiz,attang, xay attang ( armon ko‘makchilari sifatida)
10. sarei,sayin (nisbat ko‘makchilari sifatida )
11. -gina, -kina,-qina, faqat( cheklash ko‘makchilari sifatida)
12.-kim,-ki (izoh ko‘makchilari sifatida)
13. biroq, lekin ( chiqarish ko‘makchilari)
14. uchun, chunki ( sabab ko‘makchilari)
15. -gacha ( zamon ko‘makchisi sifatida)
16. dovur ( chegara ko‘makchisi sifatida)
17. oh,uf, ah (Qayg‘u ko‘makchisi sifatida)
3
Курбонова М. Фитратнинг тилшунослик мероси: Филол.фан.номз.дис.- Тошкент, 1993. 23 б
5](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_5.png)
![18. -mi ( so‘roq ko‘makchisi sifatida)
19. -o‘q,-uq (kuchaytirish ko‘makchisi sifatida
Olim ko‘makchi so‘zlarni belgilar bilan tenglashtiradi, ularni gap bo‘lib kela
olmasligini ta’kidlaydi. “Nahva”, “To‘ldirg‘ich belgilarning (asosan, kelishik
qo‘shimchalarining – izoh A.P) ko‘makchi so‘zlar bilan olishmasi (almashinuvi)”
bobini beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, yordamchi so‘zlarning bunday tavsifi o‘z
davri o‘zbek tilshunosligining o‘sha davrdagi taraqqiyot bosqichi uchun katta
yutuq edi.
O‘zbek tilshunosligida yordamchi so‘zlarni maxsus o‘rganish bayroqdori
Hamdam Berdiyorob bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi- olim shu yo‘nalishdagi
ishni o‘tgan asrning 40-yillari oxirida Ulug‘ Tursunov rahbarligida yakunlangan
va himoyaga chiqargan edi. Bu ishda quyidagi bayonni ko‘ramiz. “Yordamchi
so‘zlar gruppasini tashkil qiluvchi so‘ngko‘makchilar , predlog, bog‘lovchi, artikl,
yuklama va affikslarning ham kelib chiqishi mustaqil ma’noli so‘z turkumlaridan
bo‘lib, keyingi til taraqqiyotida eng murakkab tushunchalarni ifodalash uchun
yordamchi ma’noda qo‘llana boshladilar va eng oxiri o‘zlarining qadimgi leksik
ma’nolarini yo‘qotish darajasiga yetib keladilar. Bular birinchidan , mustaqil
ma’noli so‘z sifatida qo‘llanilgan bo‘lsalar, ikkinchidan, murakkab tushunchalarni
ifodalash uchun yordamchi so‘z ma’nosida qo‘llanilganda , bog‘lash
funksiyalarini bajarganlar 4
Bu qayddan ma’lumki , olim yordamchi so‘zlar
deganda, asosan ko‘makchi va bog‘lovchilarni nazarda tutgan. Buning sababi
shundaki, olimning diqqat markazida, asosan, ko‘makchilar turgan edi.
XX asrning 50- yillarida o‘zbek tilshunosligida yordamchi so‘zlar bo‘yicha
yuzaga kelgan o‘z davri uchun ancha mukammal tadqiqot akademik
Sh.Shoabduraxmonov qalamiga mansubdir. Shu asosda Faxri Kamolov tahriri
asosida 1957-yilda nashr etilgan umumlashma “Hozirgi o‘zbek adabiy tili.1- qism
“ darsligida ham O‘zFA tomonidan 1957-yilda nashr etilgan “ O‘zbek tili
grammatikasi” akademik nashrning 1- jildida ham “ ko‘makchi”, “boglovchi ‘‘ ,
“yuklama “ bo‘limlari muallifning shu qo‘llamasi asosida yozilgan. Keyingi davr
4
Бердиёров Х. Хозирги замон узбек адабий тилида сунгкумакчилар- Cамаркандб, 1949. – Б.13
6](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_6.png)
![o‘zbek tili grammatikasiga oid deyarli barcha tadqiqotlarda yordamchi so‘zlar
mavzusini yoritishda olimning qarashlariga tayanish kuzatiladi.
2. O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning o‘rganilishi
O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning funksional-stilistik xususiyatlari
A.Pardaev tomonidan monografik yo‘nalishda o‘rganilgan va nomzodlik
dissertatsiyasi himoya qilingan. Ko‘makchilarning stilistik xususiyatlarini
o‘rganishda ana shu tadqiqot materiallaridan foydalanamiz. Ko‘makchilar o‘zbek
tilshunosligida ushbu tadqiqotga qadar ham o‘rganish obekti bo‘lgan va buning
natijasida katta-kichik maqolalardan tortib, monografik yo‘nalishdagi ishlar yuzaga
kelgan. Ba’zan ko`makchilarning grammatik ma’no ifodalashi kelishik
qo`shimchalari bilan qiyoslanib, qay holatda ko`makchilar, qay holatda kelishiklar
grammatik mavhum ma’no ifodalashi xususida so`z borsa-da 5
, bizning bu
boradagi fikrlarimiz keyingi boblarda batafsil tafsiflanadi. H.Berdiyorovning
“Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” mavzuidagi (Samarqand,
1949), X.T.Axtamovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida murakkab analitik
so‘ngshakllar” nomli nomzodlik dissertatsiyalari (Toshkent,1981),
A.N.Kononovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Toshkent,
1951), SH.SHoabdurahmonovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlar”
(Toshkent,1953), R.Rasulovning “O‘zbek tilida yordamchi so‘zlarning semantik-
grammatik xususiyatlari”(Toshkent,) T.Rustamovning “O‘zbek tilida
ko‘makchilar”(Toshkent,1995), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent,1991)
monografiyalari bevosita o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning lingvistik tabiatini
o‘rganishga bag‘ishlangan.
“O‘zbek tili grammatikasi, I tom. Morfologiya” (Toshkent, 1975.) akademik
nashrida, A.N.Kononovning “Grammatika yazika tyurkskix runicheskix
pamyatnikov.VII-IX vv.” S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan
qisqacha ocherk” (Toshkent,1959), E.Fozilovning “O‘zbek tilining tarixiy
morfologiyasi” (Toshkent,1965), A.M.Shcherbakning “ Г рамматика
староузбекского язика ” (M.-L.,1962), G‘.Abdurahmonov va
5
Азизов В. Сопоставителная грамматика русского и узбекского язиков. Морфология.-T.,1960.
7](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_7.png)
![SH.SHukurovlarning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”(Toshkent, 1973)
singari asarlarda ham ko‘makchilar tadqiqiga doir maxsus bo‘limlar mavjud.
Bundan tashqari o‘zbek tili tarixi va adabiy til grammatikasini o‘rganishga doir
darslik va o‘quv qo‘llanmalarida ham ko‘makchilar borasidagi fikrlar anchagina.
U.Tursunov, J.Muxtorov, SH.Rahmatullaevlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”
(Toshkent,1992), SH.SHoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiev, I.Rasulov,
X.Doniyorovlarning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Toshkent, 1980),
G‘.Abdurahmonov, A.Rustamovlarning “Qadimgi turkiy til” (Toshkent,1982),
J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism.Tarixiy morfologiya.Ikkinchi
bo‘lim” (Samarqand, 2003) singari darslik va o‘quv qo‘llanmlari shular
jumlasidandir. Ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar son
jihatdan salmoqli bo‘lganligi uchun ularni ma`lum guruhlarga ajratish mumkin.
A.A. Koklyanovaning “O‘zbek tilida so‘ngko‘makchilar va ko‘makchi otlar”,
H.G‘.Ne`matovning “XI-XII asr yozma yodgorliklarida ko‘makchilar (“Qutadg‘u
bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Hibatul haqoyiq” materiallari asosida)”,
G.F.Blagovaning “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilar haqida”
maqolalari ko‘makchilarni diaxronik, A.G‘ulomovning “Ko‘makchili
konstruktsiya haqida”, U.Tursunovning “O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar”
maqolalari sinxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lsa, O‘.Saidovning
“Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarning o‘rganilishiga doir” maqolasida
esa bu borada yaratilgan tadqiqotlarga obzor berilgan. V.Egamovning “O‘zbek
shevalarida so‘ng ko‘makchili so‘z birikmalarining semantik-grammatik
munosabatlari”, X.Jo‘raevning “Ko‘makchilarni sheva materiallariga taqqoslab
o‘rganish”, T.Almamatovning “Xalq shevalarida “tur” ko‘makchi fe`li haqida”
maqolalariga sheva materiallari asos bo‘lgan. A.Abdullaevning “Ko‘makchilar
yordami bilan tarkib topgan so‘z birikmalarida ifodalangan sintaktik
munosabatlar”, O.Amirovaning “Sabab hollarining ko‘makchi konstruktsiyali
so‘zlar bilan ifodalanishi” ko‘makchilar sintakik munosabatlar doirasida qaralgan.
Biz ularga zaruriyatga qarab kerakli o‘rinlarda murojaat qilamiz. Ammo bu
8](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_8.png)
![sohada maxsus kuzatishlar olib borgan H.Berdiyorov va T.Rustamovlarning
tadqiqotlariga to‘xtalish joizdir.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ko‘makchilarni lingvistik tahlil qilishga
bag‘ishlangan dastlabki ishlardan biri H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek
adabiy tilida so‘ngko‘makchilar” (Samarqand, 1949) deb atalgan nomzodlik
dissertatsiyasi bo‘lib hisoblanadi. Dissertatsion ish ikki qismdan iborat bo‘lib,
uning 1-qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, so‘z turkumlarining, jumladan
yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi, so‘ngko‘makchilarning grammatik va
relivatsion ahamiyati hamda ular bilan qo‘shimchalar o‘rtasidagi munosabatlar
masalasiga to‘xtalib o‘tilgan. 2-qismida esa bevosita so‘ngko‘makchilarning
grammatik tabiati yoritilgan. Ular asl, ravish, ravishdosh, chog‘ishtirma so‘z va
affiks so‘ngko‘makchilar tarzida guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan. Ko‘makchi otlar
keng yoritilgan. Ishning birinchi qismi so‘z turkumlarining, jumladan
ko‘makchilarning kelib chiqishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Dissertatsiya
muallifi ta`kidlaydiki, XIX asrning bir qancha tilshunoslari (L.Nuare, V.Vundt,
M.Myuller) so‘z turkumlarining kelib chiqishi to‘g‘risida gapirganda, fe`l
turkumini kishilar tomonidan birinchi martaba qo‘llangan so‘zlar deb hisoblaydilar
va fe`ldan boshqa so‘z turkumlari ajralib chiqqan deydilar. Demak, bularning
fikricha, fe`l boshqa so‘z turkumlarining taraqqiyoti uchun ajralib chiqish
imkoniyati bo‘lib xizmat etadi. H.Berdiyorov N.Y.Marrning “Bir vaqtlar so‘z
turkumlari bo‘lmagan edi. Asta-sekin gap bo‘laklaridan harakatni, ya`ni o‘timli
fe`l, keyinroq o‘timsiz fe`lni hosil qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi ot
ajraladi. Ot – aniqlovchi, sifat funktsiyasini bajaradi, ot (otlarning ma`lum
doirasida) olmosh bo‘ladi, so‘ngra bog‘lovchi bo‘ladi va qolgan so‘z turkumlari
yuqorida ko‘rsatilgan so‘z turkumlarining birortasidan hosil bo‘ladilar,- degan
fikriga tayanib, “birinchi so‘z, turmushda, ishlab chiqarish protsessida kishilik
fikrlashi tomonidan ajratilgan, ya’ni predmetlarning nomini va muhit
ko‘rinishlarini, hodisalarini ko‘rsatuvchi ot ekan”,- degan xulosaga keladi va yana
quyidagilarni aytadi:“Umuman biz ayta olamizki, ot, fe`l va olmosh turkumlari til
9](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_9.png)
![taraqqiyotida sifat, son, ravish va yordamchi so‘zlarga qaraganda eng avval ajralib
chiqqan so‘z turkumlaridir”. Muallif tadqiqotda o‘zbek tilshunosligida birinchi
marta hozirgi o‘zbek adabiy tilida mavjud bo‘lgan ko‘makchilarning o‘zi qo‘shilib
kelayotgan so‘zning qanday semantik ma`nolari reallishuviga hamda gapda qanday
vazifalarda kelishiga oid nazariy qarashlarini bayon qiladi. Bu ko‘makchilarning
o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan ma`nodosh variantlari to‘g‘risida esa, buni o‘z oldiga
asosiy maqsad qilib qo‘ymagani uchun, yo‘l-yo‘lakay mulohaza yuritadi.
Tilshunoslikda mavjud bo‘lgan an`anaviy usullardan chiqmagan holda biz hozirda
“ko‘makchilar” deb o‘rganib kelayotgan til birliklarini oldko‘makchilar ga qarama-
qarshi ravishda so‘ngko‘makchilar tarzida talqin qiladi. Bu qarashlar orasida so‘z
turkumlarining, xususan, yordamchi so‘zlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi fikrlar
muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda o‘rni bilan ayrim faktlarning lingvostitistik tahlili
berilganligi xulosalarning ilmiyligini ta`minlashda va amaliy jihatlarini ko‘rsatib
berishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Dissertant ish yakunida bugungi kunda
ham yordamchi so‘zlar relivatsion tabiatini o‘rganishda ahamiyatli bo‘lgan
quyidagi xulosaga keladi: so‘ngko‘makchilar til taraqqiyoti nuqtai nazaridan
mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan kelib chiqqandir. Bular hozirgi
o‘zbek adabiy tilining gap qurilishida, gaplarning ma`nosini tayinlashda, so‘zlarni
o‘zaro munosabatga keltirishda katta rol o‘ynaydi. So‘ngko‘makchilar gapda turli
sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror bo‘lagiga bog‘langan holda
qo‘llaniladi. So‘ngko‘makchilar mustaqil leksik ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan,
mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni yoki so‘zlarni birlashtirish,
kengaytirish qobiliyatiga ega emasligi, morfologik tomondan ayrim semantik
morfemalarga bo‘linmasligi, urg‘uni qabul qilmasligi, gapning biror mustaqil
bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda ishtirok etgan so‘zlarga
bog‘lanib kelgandagina atash, sabab, maqsad, fazo kabi qo‘shimcha ma`nolarni
ifodalab keladilar. O‘zbek tili, qolaversa, turkologiyada ko‘makchilarni
o‘rganishga oid ishlar orasida T.Rustamovning tadqiqotlari ham sezilarlidir. U
ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan “O‘zbek tilida ko‘makchilar”
(Toshkent,1965), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent, 1991) singari monografiyalar
10](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_10.png)
![hamda o‘nlab maqolalar e`lon qilgan. Jumladan, uning “Hozirgi o‘zbek adabiy
tilida ko‘makchilar” monografiyasi ko‘makchilarning hozirgi o‘zbek adabiy
tilidagi qo‘llanish xususiyatlari va ularning tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib,
yordamchi so‘zlarning ushbu turi tilshunosligimizda qay darajada
o‘rganilganilganligi hamda ularning grammatik xususiyatlari boy til materiali
asosida tahlil etilgan. Materialni yoritishda E.D.Polivanov, I.A.Batmanov,
Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov, SH.SHoabrurahmonov,
A.A.Koklyanova, U.Tursunov, H.Berdiyorov, A.Abdullaev, V.V.Reshetov kabi
olimlarning qarashlariga tayangan holda ish ko‘radi, ularga munosabat bildiradi va
“ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish munosabatini yaratuvchi va turli
grammatik ma`nolarni ifodalashda xizmat qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
leksik-grammatik kategoriya” ekanligi va uning “gap qurilishidagi muhim
xususiyati bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan tubdan farqlanishi” haqida o‘z
nuqtai nazarini bayon etadi. Olimning “Sof ko‘makchilar” asari o‘zbek
tilshunosligida ko‘makchilarni diaxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan
yirik hajmdagi tadqiqotlardan biridir. Asarning yozilishiga XIII-XX asrlar yozma
yodgorliklari manba bo‘lib hisoblangan va ming yilga yaqin davrni o‘z ichiga
olgan materiallar uchga bo‘lib o‘rganilgan:
XIII-XIV asr yozma yodgorliklari.
XV-XVI asr yozma yodgorliklari.
XVII-XX asrning boshlari yozma yodgorliklari.
SHu asosda turkiy tillar (o‘zbek, turkman, chuvash, qozoq) va dialektolok
manbalar qiyosiy o‘rganilgan. Muallif tadqiqotning kirish qismida ko‘makchilarni
o‘rganish nafaqat grammatikaning, shu bilan birga, leksikologiya va
semasiologiyaning ham ba`zi masalalarini hal etishga ko‘maklashishini va
ko‘makchilar mustaqil ma`noli so‘zlardan kelib chiqqanligi haqidagi fikrning
to‘g‘ri ekanligini ta`kidlaydi. Ko‘makchilar keyingi paytlarda,
asosan, ikkita katta guruhga – sof ko‘makchilar va funksional ko‘makchilarga
11](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_11.png)
![bo‘lib o‘rganilmoqda. Sof ko‘makchilar tarkibidagi morfologik qo‘shimchalar
o‘zlarining grammatik xususiyatini batamom yoki qisman yo‘qotib, o‘zi birikib
kelgan so‘zning ko‘makchi funksiyasini bajarish uchun xizmat qiladi, hozirgi
nutqimizda ham ko‘makchi, ham mustaqil so‘z sifatida qo‘llanayotgan
ko‘makchilar funksional ko‘makchilar deb ataladi. T.Rustamov ko‘makchilarning
so‘z ekanligini asoslaydi, ko‘makchilarning leksik ma`nosi o‘zi birikib kelayotgan
mustaqil ma`noli so‘zning leksik ma`nosiga bog‘liq ekanligini, ularning barchasi
uchun umumiy bo‘lgan xususiyat sinonimlik bo‘lib, albatta, har qaysi
ko‘makchining o‘ziga xos stilistik ahamiyati ham sezilib turishini misollar asosida
dalillaydi. U ko‘makchilarning mustaqil ma`noli so‘zlardan farqi ko‘makchilar
mustaqil leksik ma`no yo‘q ekanligidagina emas, balki ko‘makchilardagi leksik
ma`no qandaydir o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular mustaqil ma`noli
so‘zlarga birikkandagina paydo bo‘lishidadir,- deb hisoblaydi. O`zbek
tilshunosligida ko`makchilar presuppozitsiyasiga oid ko`plab tadqiqotlar olib
borilgan 6
.
T.Rustamovning ko‘makchilarni ham diaxronik, ham sinxronik tarzda
o‘rganishga, ularning taraqqiyot darajasi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga
ko‘maklashadi. Muallif yuqorida sanab o‘tilgan ko‘makchilarning turkiy tillarda,
jumladan, o‘zbek tilidagi amalda bo‘lish va me`yorlashuv bosqichlarini o‘rganar
ekan juda katta hajmdagi tarixiy manbalardan material sifatida foydalangan.
Olimning xizmatlari shundaki, ko‘makchilarni yordamchi so‘zlar sifatida tahlil etar
ekan ularning grammatik ma`nolarini leksik ma`nolari bilan birgalikda kichik
sintaktik qurshovda olib o‘rganadi va shu yo‘l bilan ular birikib kelgan so‘zlar va
ularning leksik-grammatik ma`nolarining yuzaga kelishidagi xizmatlari, boshqa
so‘zlarga birikish xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. SHu bilan birga, o‘rni bilan
ayrim ko‘makchilarlarning boshqa ko‘makchilarga yoki grammatik vositalarga
sinonimiyasi, frazeologik birliklar hosil qilish jarayonidagi ishtiroki xususida
hamda ularning funksional imkoniyatlari haqida ham gap boradiki. Biz ularga
o‘rni bilan murojaat qilamiz. Garchi o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning
6
Nurmonov. A Ko`makchili k onstruksiyalar presuppozitsiyasi// O`zbek tili va adabiyoti. 1986. 6-son.
12](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_12.png)
![grammtik xususiyatlarini diaxronik va sinxronik yo‘nalishda tekshirishga
bag‘ishlangan tadqiqotlar etarli darajada bo‘lsa-da, biz qarab chiqqan manbalardan
shu narsa ma`lum bo‘ldiki, o‘zbek tilidagi ko‘makchilarning stilistik
xususiyatlarini o‘rganishga oid hatto maqola xarakteridagi kuzatishlar ham barmoq
bilan sanarlidir. Faqatgina R.Qo‘ng‘urov va T.Qurbonovning “Ko‘makchilar
sinonimiyasiga doir”, T.Qurbonov va N.Ernazarovning “Yordamchi so‘zlar
stilistikasiga doir” maqolalarida bevosita ko‘makchilar stilistikasiga doir
mulohazalar bayon etilgan bo‘lsa, R.Qo‘ng‘urovning “O‘zbek tili stilistikasidan
ocherklar” asarida, R.Rasulovning “Avval”, “keyin” so‘zlarining ba`zi bir stilistik
xususiyatlari haqida”, S.Karimovning “Yordamchi so‘z turkumlarining badiiy
uslubdagi ko‘rinishlari” maqolalarida esa o‘rni bilan bu turkum so‘zlarning
sinonimiyasi va vazifaviy chegaralanishlari haqida fikrlar bildirilgan, xolos.
O‘zbek tilshunosligida XX asrning 80-yillarigacha erishilgan yutuqlarni o‘zida
mujassam qilgan “O‘zbek tili stilistikasi” (Toshkent, 1983) asarida yordamchi
so‘zlar uslubiyatiga oid hech narsa deyilmaganligining o‘zi ham bu masalani
o‘rganishning fanimiz uchun naqadar muhim ekanligini ko‘rsatadi.
3.Ko‘makchilarning turlari
Ko‘makchilar tarixan mustaqil so‘zlar hisoblanib, o‘z leksik ma`nolariga ega
bo‘lgan, ammo davrlar o‘tishi bilan bu leksik ma`nolarni yo‘qotib, ularning
ma`lum qismi o‘zgarmas bo‘lib, hech qanday grammatik shakllarni qabul
qilmaydigan holiga kelib qolgan, o‘zidan oldin kelgan so‘zlar bilan birgalikda
vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon, ob`ekt, o‘xshatish, payt, masofa, yo‘nalish
singari grammatik ma`nolarni ifoda etadigan va yordamchi vosita sanaladigan til
birliklaridir. Ko‘makchilar haqidagi bu fikrdan quyidagi muhim xulosalar kelib
chiqadi:
-ular nutqda so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi grammatik vositadir;
-grammatik vosita bo‘lish jarayonida ularda ma`lum grammatik ma`nolar ham
shakllanadi;
13](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_13.png)
![-bu grammatik ma`nolarni anglatish imkoniyatlari o‘zidan oldin kelgan so‘zlarga
bog‘liq bo‘ladi. Buning ustiga ko‘makchilar bo‘lmasa bu oldin kelgan so‘zning
o‘zi ham ana shu ma`nolarni bera olmaydi. Faqatgina ularning birikuvigina bu
ma`nolarni keltirib chiqarishi mumkin;
-so‘zlarning ko‘makchilar bilan birikish yo‘llari va ularning bir xil qolip va
mazmunda boshqa ko‘makchilar hamda kelishik ko‘rsatkichlari bilan sinonimlik
munosabatlari shu darajada turli-tuman va rang-barangki, ular o‘z-o‘zidan bu
turkum so‘zlarning stilistik imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi. Shunday qilib,
yuqorida nomlari sanab o‘tilgan va mazkur ishda qisman tahlil qilingan kuzatishlar
natijasi o‘laroq o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilar o‘zining nazariy bahosiga ega
bo‘ldi, yordamchi so‘zlar tizimidagi o‘rni belgilandi, nutq jarayonidagi grammatik
vazifalari aniqlab olindi. Bu o‘rinda shu narsani ta`kidlash zarurki, ular ma`lum
ma`noda mustaqil so‘zlar bilan yordamchi so‘zlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini
o‘tab, “yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlardan kelib chiqqan” degan fikrni doimo
eslatib turadi. Bu nozik munosabatlarni payqagan H.Ne`matov ularga nisbatan
“mustaqil-yordamchi so‘zlar” atamasini qo‘llaydi va bu atamaning mohiyatini
quyidagicha tushuntirib beradi: “… morfologik qo‘shimchalarga qisman
yaqinlashadigan yordamchi so‘zlar bilan mustaqil so‘zlar orasida mustaqil leksik
xususiyatini yo‘qotmagan, yordamchi funktsiyada kela oladigan ko‘plab so‘zlar
bordir. Bunday so‘zlar sirasiga yordamchi fe`llar, ot ko‘makchilar, ravish
ko‘makchilar va boshqalar kiradi. Bu xildagi so‘zlar, birinchidan, mustaqil
qo‘llanila olish va mustaqil leksik ma`no anglatishga qodir bo‘lsa, ikkinchidan,
ular yordamchi so‘zlar sifatida qo‘llanilib, turli grammatik ma`nolarni ifodalashga
ham xizmat qiladi; lekin shunda ham so‘z o‘zgartirish qobiliyatini yo‘qotmaydi
(yordamchi fe`llarga nisbat, mayl-zamon, shaxs-son qo‘shimchalari, ot
ko‘makchilarga egalik va kelishik affikslari qo‘shila oladi)”. Mustaqil va sof
yordamchi so‘zlardan farqlash maqsadida ham mustaqil, ham yordamchi vazifasida
kela oladigan so‘zlarni mustaqil-yordamchi so‘zlar deb ataymiz.
14](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_14.png)
![Sof ko‘makchilar funksiyasi, morfologik o‘zgarmasligi, alohida urg‘uga ega
emasligi, mustaqil so‘zlarsiz qo‘llana olmasligi bilan, qisman bo‘lsa-da,
qo‘shimchalarga (kelishik affikslariga) o‘xshasa, mustaqil-yordamchi so‘zlar
morfologik xususiyatlari, yakka holda qo‘llanila olishi bilan mustaqil so‘zlarga
yaqin turadi. Demak, mustaqil-yordamchi so‘zlar sof yordamchi so‘zlar va sof
mustaqil so‘zlar orasida oraliq o‘rinni egallaydi.“Mustaqil va sof yordamchi
so‘zlar orasidagi munosabatlarni oraliq uchinchisisiz – mustaqil-yordamchi
so‘zlarsiz aniqlash qiyin. Shuning uchun yordamchi so‘zlarni hech qanday
mustasnosiz yo qo‘shimchalar, yoyinki so‘zlar sostaviga kiritish bir tomonlama
fikrdir; yordamchi so‘z turkumlarida ularni qo‘shichalar bilan yaqinlashtiruvchi
elementlar ham, mustaqil so‘zlar bilan ham yaqinlashtiruvchi elementlar mavjud”,
deydi va buni til tizimidagi oraliq uchinchi hodisa sifatida belgilaydi.
Ko`makchilarning o`ziga xos xususiyatlari haqida maxsus monografik tadqiqot
olib brogan Z.Bozorov sof komakchilarning o`ziga xos xususiyatlari haqida fikr
bildirib o`tgan 7
.Ko‘makchilarning leksik ma`noga ega emasligi, ularning o‘ziga
xos lingvistik birlik ekanligi bundan 55 yil muqaddam H.Berdiyorov tomonidan
asoslab berilgan edi. Jumladan, olim bu haqda quyidagilarni yozgan edi:
“So‘ngko‘makchilar gapda turli sintaksistik munosabatlarni bajarib, gapning biror
bo‘lagiga bog‘langan holda qo‘llaniladi. So‘ngko‘makchilar mustaqil leksik
ma`noga ega bo‘lgan so‘zlardan, mustaqil holda qo‘llana olmasligi, sintagmalarni
yoki so‘zlarni birlashtirish, kengaytirish qobiliyatiga ega emasligi, morfologik
tomondan ayrim semantik morfemalarga bo‘linmasligi, urg‘uni qabul qilmasligi,
gapning biror mustaqil bo‘lagi bo‘lib kelolmasligi bilan ajaralib turadi. Ular gapda
ishtirok etgan so‘zlarga bog‘lanib kelgandagina atash, sabab, maqsad, fazo kabi
qo‘shimcha ma`nolarni ifodalab keladilar”. Yana: “So‘ngko‘makchilar gap ichida
mustaqil mavqeni (holat) egallay olmaydilar, shuning uchun ham ular gap
bo‘laklari bo‘lolmaydilar. Bu esa ularning qadimgi vaqtda mustaqil leksik ma`noli
so‘z ekanligini va mustaqil gap bo‘lagi bo‘lib kelganligini inkor qilmaydi. Bular,
7
Bozorov.O Yordamchi so`zlarningdolzarb masalalari // Ayub G`ulomov va o`zbek tilshunosligi masalalari.Ilmiy
maqolalar to`plami.-T,:O`zMU nashri, 2007.-B.41-46
15](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_15.png)
![o‘tmishda mustaqil so‘zlar bo‘lib, til taraqqiyotining keyingi davrlarida
so‘ngko‘makchi holiga kelganligi bizga ma’lum. Ko‘makchilarning leksik-
semantik ma`nolari mavjud emasligi haqidagi fikrni asosli deb hisoblar ekanmiz,
ular ifoda etayotgan grammatik ma`nolar yo‘q joydan paydo bo‘lib qolmaganligi,
balki bu birliklarning qadimda mavjud bo‘lgan leksik ma`nolariga asoslangan
holda vujudga kelishini ta`kidlaymiz. SHunday qilib, yuqorida aytilganlarga
asoslangan holda aytishimiz mumkinki, leksik ma`no ko‘makchilar uchun xos
xususiyat emas. Ammo bu fikr aytilganda faqat o‘zbek tilidagi sof ko‘makchilar
nazarda tutiladi. Funksional ko‘makchilar esa matniy xususiyatga ega. Ular bir
matnda o‘zlarining mavjud leksik ma`nolarini saqlagan bo‘lishi, boshqa bir o‘rinda
esa ko‘makchi vazifasini bajarayotgan bo‘lishi mumkin. H.Ne’matov “mustaqil-
yordamchi so‘zlar” deb nomlagan oraliq so‘zlarning mavjudligi va ularning
ko‘makchi vazifasini bajarishi bu birliklardagi leksik va grammatik ma’nolarning
bir-birlariga bog‘liq ekanligidan dalolat beradi.
Xullas, ko‘makchilarning nutq jarayonidagi asosiy vazifasi sintaktik
munosabatlarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qoladi. Ammo shakllangan
munosabatlar shunchaki grammatik aloqadangina iborat bo‘lib qolmasdan,
ularning har birida matniy holatga qarab alohida uslubiy ottenkalar namoyon
bo‘ladi. Bu narsa, ayniqsa, ularni kelishik qo‘shimchalari bilan taqqoslaganda
yanada yaqqol seziladi. SHuning uchun ham ular funktsional-stilistik yo‘nalishda
o‘rganilishi lozim bo‘ladi.
4. Ko‘makchilar stilistikasi
Sof ko‘makchilar stilistikasi. Milliy til rivojlanish jarayonining tarkibiy qismi
bo‘lgan ko‘makchilar ham tildagi alohida kategoriya sifatida mazmunan boyib,
takomillashib, davrga hamohang tarzda me’yorlashib borgan va ularning o‘zbek
tilida uzoq yillar davomida quyidagi arsenali vujudga kelgan: adin, azaq, azin,
ayag, ayru/ajru, al, ald/aldïda/aldïnda, alïda/alida/alig‘a/ aldig‘a/alidin/alinda,
alt, anshu, ara/aramizda, arqa, aro, art, asno, asnoda, asnosida, asosan, asosida,
asra, ast, atraf, atrofida/atrafïda, asha, ashnu, arasïda/arasïnda/arasïdïn, astïg‘a/
16](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_16.png)
![astïda/astïnda/ astïn/astïdïn; babpnda, baka/baqa, baravariga/baravarida, basa,
bash, basha, bashadu, bashïda/bashïnda/ bashinta, bashlayu, bashka/bashqa,
beri;, birld/ birldn, bikin,bekin/bikin, biki, bilan/bildn/ birlan/birla/ birle
/birld,bila/bild/ ilan/ila/ ild/ildn/ la,binoan, bo‘y+i/ig‘a/ida/idan, bo‘yincha,
bob/bobda/bobinda/bobidin, bobida, bois+i/dan(din), bola, borasida, burno,
burun, burun/burna, burunroq (shevada - burnog‘i); beri/ beri/beru/ bero‘; gird;
damana/ damanasïda, deb, doir, degro‘/ tegro‘, degin/ deginchä/ dego‘nchä/
teginchä; j(j)ïxatïdin; iye, ilgari/ ilgeru/ilgeri, ilgarida (shevada –ilgeri, illey),
ilgida/ilkida/ilkidin, ich/ichinte/ichidä/ichindä/ ichigä/ichingä, ichra/ichre/ichrä;
yavug, yaqa, yan, yanlig‘ yarasha, yir, yo‘z/ yuz, yo‘lida, yo‘sinda,
yoqaru/yo‘gero‘, yuzasinde, yinaq (yingaq); kabi/kibi/ kebi/kebi, keyin
keyin/kejin/kejinichä, kidin, kidirti, kiz/kez, kin/ki-, kiru/keru, kuyi, kedin, , keru,
körä, ko‘ch; maqsadida, mengiz, mobaynida, muvofiq, mukäbiläsïda;
naru/nari/narï/ narïg‘a, nisbatan, niyatida; odo‘nte, og‘zida/og‘zig‘a, og‘renta,
og‘ur, ozga/özgä, oldida, on (ong), ongaru, oni (ongi), ora/orada/orala/orasi/
orasiga/orasida/orasidan, orqali, orqasida, ornïg‘a, orta/ortasïg‘a/
ortasïng‘a/ortasïda/ ortasïnda/ ortasïdïn, ortu, orunta, otkuru, osha, ornïda/
ornunïg‘a/ ornïg‘a/ ornïna; ravishda, robaro/ro‘para/ ro‘bäro‘jig‘a/ ro‘bäro‘jida;
sabab; sajp/sajpn/sayin, sayu, sari/sarï/ sarïg‘a, singari, sifatida, so‘/so‘y/so‘yi,
song/ sonïcha/son/sonra/songra/sonraraq, sonïmïzcha, soyasida, surat/
suratiga/g‘a/suratida, sinar (singar); taba/tapa, taban, tabaru, tabug‘ïda, tapuq,
taraf, tash, tashqaru/tashqari/ tashkarï/tashg‘aru, teg/deg/dek, tegi,
teginch/tegincha, tegri/ tegru/dekru/tekru, tegi/tegin/tekin, timin, togri, tog‘a,
tomon/tomonga/tomoniga, tomondan/tomonidan,tomonda/ tomonida,
tomonimizda, tono‘, tub, tubindä, tufayli/ tufayligina, tiltaqinta, tegi, tegra/tegru,
tegre/tegire/tegräsigd/tegräsidä/ tegräsidin, tepe, to‘g‘ri+dan/da/ga, to‘g‘rimda,
to‘g‘risi+dan/da/ga, tog‘rïsïdïn, to‘bida, tegräsingä / tegräsidä/ tog‘rpsïg‘a; uza/
uze/ o‘zä/ uzä, uzala, uzra/uzre/uzrä, ulati, usk, uskinte, ust/o‘stigä /
ustinä/o‘stingä/ o‘stidä/ o‘stindä/ o‘sto‘mä/ o‘stidin; utru/otru/otro‘,/o‘tru/
utrusïg‘a, uchun/, o‘cho‘n/-chun; xizmatig‘a/ xizmatida, xusus/ xususda/xususida;
17](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_17.png)
![chag‘lïg‘; iyin/iyin/ivin, inaru/ineru; etek; yuzasidan, yuzidin; yanglig‘/yanlig‘/
janlïg‘, yarasha/ jarasha, javukcha; o‘zga, o‘ng/o‘ngin,o‘ngdin/o‘ngdun,
o‘nginda, o‘ngu, o‘rniga, o‘st, o‘tinte; qadar, qarata, qarshi/karshu, qat/katïda /
katïnda/ katïdïn/ katïmïzda, qata, katïg‘a/ katïng‘a/ katïna/ katïda/ katïnda,
qatorida, qash/kashïda/ kashïmda /kashig‘a/ kashing‘a/kashinda/ katïmïzg‘a, qodi,
quyi, qirg‘aq; haq/haqda/haqina/haqinda/haqig‘a/haqimda, uzur+i/dan(din)/da,
ga(g‘a), holda, huzurlariga. Biz ham tadqiqotlarimiz jarayonida ulardan
foydalanamiz va bunda asosiy diqqatimizni bu ko‘makchilarni hozirgi adabiy
tilimiz nuqtai nazaridan funksional-stilistik jihatdan baholashga qaratamiz. Leksik
ma’noga ega emasligi va shuning uchun ham nutqda alohida ishlatilmasligi hamda
so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi sof yoki asl ko‘makchilarni
ajratishda asosiy o‘chlov bo‘lib xizmat qiladi. Tilshunos olim Bozozrov quyidagi
ko`makchilarni sanab o`tgan: bilan, sari, sayin, orqali, sababli, tufayli, qadar,dovur
misli va bir qatorlarini aytib o`tib ularning nutqimizdagi o`rni haqida ham fikrlar
bildirilgan 8
. Shu nuqtai nazardan ushbu bobda asosan bilan, binoan, bo‘yicha,
kabi, ora, sayin, sari, uzra, uchun, qadar ko‘makchilari va ularga sinonimik
holatda bo‘lgan boshqa ko‘makchilar tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida
ko‘makchilarga murojaat qilishda takroriylikdan qochish maqsadida ularni iloji
boricha bir sinonimik uya doirasida guruhlab o‘rganish maqsadga muvofiq
ko‘rinadi. To‘g‘ri, ayrim ko‘makchilar ikkinchi bir ma`nosi bilan boshqa uyadagi
ko‘makchilar bilan ham sinonim bo‘lishi mumkin. Bu holat tahlilda hisobga
olinadi. BILAN. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bilan shaklida qo‘llaniladigan
ko‘makchi tarixan birla ko‘rinishida bo‘lgan . H.Ne`matov birle-bile
ko‘makchisining eng qadimgi ma`nosi birlikni ifodalash bo‘lsa kerak, degan fikrni
bildiradi. Uning boshqa shakllari keyinchalik paydo bo‘lgan. Masalan: birlan,
bilan, ila, ilan, -la. H.Berdiyorovning “Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida
so‘ngko‘makchilar” nomli dissertatsion ishida bilan ko‘makchisi vosita, sabab,
birgalik, holat, usul, payt, miqdor, jamlik, holatning nima bilan mavjudligi,
8
Bozorov.O Yordamchi so`zlarningdolzarb masalalari // Ayub G`ulomov va o`zbek tilshunosligi masalalari.Ilmiy
maqolalar to`plami.-T,:O`zMU nashri, 2007.-B.10.
18](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_18.png)
![fikrning biror muhim voqeaga oidligi, tomon ma`nolarini anglatishi hamda gapda
vositali to‘ldiruvchi, ravish, payt, sabab va maqsad holi vazifalarini bajarishga va
shu ma`nolarning reallashuviga ko‘maklashishi tahlil qilingan. J.Hamdamov ham
bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ko‘makchida turli variantlarining yuzaga
kelishiga poetik matn va poeziya talablari sabab bo‘lgan, deb o‘ylaymiz . Ilgari
ham, hozirda ham she`riy asarlarda, ayniqsa aruz vaznida yozilgan matnda uning -
ila, -la, birla, birlan shakllari faol ishlatilib, ular badiiy uslub va ommabop
uslubning ba`zi janrlarida xoslangan: Boshim hech chiqmasa mayli, malomat birla
bo‘htondan Fido jonimni qildim yo‘lingga, mayli, uvol bo‘lsam (H.Olimjon), Siz
birlan biz parda ichra navo qilali . Bu kulbaga kelganimdan bir necha yil keyin
mazkur qalandarlar ila shunosa bo‘ldim. Ul buzruk adib sabablari ilan Muntazir
va Gulxaniy borasida ilm paydo bo‘ldi. Ammo shoir va mutafakkir Gulxaniy bori
favt bo‘lg‘on ekan .Bu fikrni tarixiy-badiiy manbalar va ularga oid olib borilgan
tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. T.Rustamov bu borada statistik kuzatishlar ham olib
borgan: XV-XVI asrlarda qo‘llangan ila ko‘makchisi, asosan, poeziyaga xos
bo‘lib, Lutfiyning biz ko‘rib chiqqan asarida 38 marta; Alisher Navoiy asarida 59
marta uchrasa, “Boburnoma”da ikki martagina uchraydi.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida ila ko‘makchisining
qo‘llanishi yanada aktivlashadi. U Muqimiyning ikki tomlik “Tanlangan
asarlar”ida 136 marta, Munisning bir tomlik she`rlar to‘plamida esa 69 marta
uchraydi. A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarida 3 martagina qo‘llanishi
uning proza asariga emas, balki poetik asarlargagina xos ekanini bildiradi”.
T.Rustamov bilan ko‘makchisining fonetik varianti hisoblangan birlan, birla, ila,
-la hozirgi o‘zbek tilida uchrasa ham, uning uchun norma hisoblanmaydi,-deydi.
Uning fikriga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Bu fikr - la ga taalluqli emas. Chunki u
hozirgi badiiy nutq uchun ham me`yor sanaladi.So‘zlashuv uslubida asosan bilan
hamda sheva variantlari minan va billa qo‘llaniladi: Ukam minan keldim, kinoga
billa borovuza kabi. Ilmiy, rasmiy uslublar va ommabop uslubning alohida janrlari
uchun faqat adabiy shakl bilan xos.S.Mutallibov, H.Ne`matov tadqiqotlari
19](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_19.png)
![shundan dalolat beradiki, ayrim ko‘makchilar, jumladan bilan va boshqa
grammatik vositalar sinonimiyasi turkiy tillarda qadimdan shakllana boshlagan.
“Bu ko‘makchi, -deb yozadi S.Mutallibov.- ba`zan joy, o‘rin kelishigi
funktsiyasida qo‘llangan: Jaqruq bila uvut bo‘lmas. Bu erda jaqruq bila – kal
odamda iborasi o‘rin kelishigi ma`nosidadir. Bularning har xil funksiyada
qo‘llanishiga adabiy tilda ham misol ko‘p: Saroy-qarshi, er-suv birla yo‘q 9
(Saroylar, katta er-suvlar sanda yo‘q.) H.Ne`matov: “Yodgorliklar tilida birle
ko‘makchili konstruktsiyalar ko‘pincha sintetik qurol-vosita kelishigi formasining
(qurol, vosita, birgalik, ba`zan zamon ma’nolarida) analitik sinonimi bo‘lib keladi
– tilin yarliqarda ogun birle an (Q-3960)- “(bek) til(i) bilan buyurayotganda,
(sen) onging bilan uq”; sozi birle yanluq ag‘ir qildi oz (Q-207)- “odam o‘zini
so‘zi bilan hurmat qildi”; chaviqsa ozun bu edgu atin – “(sening) o‘zing bu yaxshi
nom bilan shuhrat qozonsang”
Shuning uchun bu davr tilida qurol-vosita belishigining iste’moldan chiqa boshlash
tendentsiyasi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bu hodisa esa birle k.chisining qo‘llanish
doirasining kengayishiga qulay zamin yaratadi”. Ko‘makchilarning X asrlardanoq
sinonimik holatlarda qo‘llanila boshlaganligi ularni qo‘llashdagi stilistik
farqlanishning boshlanganligidan, binobarin turkiy til madaniyatining qay darajada
bo‘lganligidan dalolat beradi. Hozirgi o‘zbek tilida bilan ko‘makchisining boshqa
til vositalari bilan, jumladan, bog‘lovchilar, ko‘makchilar, kelishik qo‘shimchalari
bilan sinonimik munosabatga kirish imkoniyatlari keng. Shunday qilib, hozirgi
o‘zbek adabiy tili uchun me`yoriy xarakterda bo‘lgan ko‘makchisining tarixan bir
qancha variantlari bo‘lgan va ularning juda oz qisimgina badiiy adabiyot
matnlarida saqlanib turibdi. Bu ko‘makchining ayrim kelishik qo‘shimchalari bilan
sinonimik imkoniyatlari keng bo‘lib, bu narsa ularning uslublararo vazifaviy
chegaralanishlarini ham belgilaydi. A.Pardaevning dissertatsion ishida boshqa sof
ko‘makchilar ham ana shu tarzda tahlil qilingan.Hozirgi adabiy tilimizda ham
funksional ko‘makchilarning mavjudligi, birinchidan, ko‘makchilarning tarixan
mustaqil so‘zlardan iborat bo‘lganligi va ularning dastlab leksik ma`no
9
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig.T,.1991. 67-68- bet
20](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_20.png)
![anglatganligidan, ikkinchidan esa, bu jarayon tilda hali ham davom etib
kelayotganligidan dalolat beradi. Bu toifadagi ko‘makchilar tilimiz tarixi
tadqiqotchilarining kuzatsh ob`ekti bo‘lgan va bu tadqiqotlar natijasi ularning
asosan fe`l, ot, ravish, ravishdosh singari mustaqil so‘z turkumlaridan kelib
chiqqanligidan dalolat beradi. Ana shunday mulohazalarni U.Tursunovning
“O‘zbek tilida so‘ng ko‘makchilar”, Kononovning “Poslelogi v sovremennom
uzbekskom literaturnom yazike”, A.A. Koklyanovaning “Poslelogi i slujebnie
imena v uzbekskom yazike”, G.F. Blagovaning “XV-XVI asrlar eski o‘zbek adabiy
tilidagi ko‘makchilar haqida”, S.Mutallibovning “Morfologiya va leksika tarixidan
qisqacha ocherk (XI asr yozma yodgorliklari asosida)”, A.M. SHerbakning
“Grammatika starouzbekskogo yazika”, G‘.Abdurahmonov va SH. SHukurovning
“O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, H.G‘. Ne`matovning “XI-XII asr yozma
yodgorliklarida ko‘makchilar”, T.Rustamovning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida
ko‘makchilar”, “Sof ko‘makchilar”, e. Fozilovning “O‘zbek tilining tarixiy
morfologiyasi”, J.Hamdamovning “O‘zbek tili tarixi. Ikkinchi qism. Tarixiy
morfologiya.Ikkinchi bo‘lim” kabi asarlaridan topishimiz mumkin bo‘ladi.
Funksional ko‘makchilarning sof ko‘makchilardan ajralib turadigan xususiyati
ularning hozirgi o‘zbek adabiy tilida bir tomondan o‘zning dastlabki leksik
ma`nolarini saqlab kelayotganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan gapning
shakllanishida ma`lum grammatik vazifalarni bajarishi bilan bog‘liq. Ulardagi bu
xususiyatni H.Ne`matov ravish ko‘makchilar misolida quyidagicha izohlagan:
“Ravish ko‘makchilar so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qila olmasligi, o‘ta
abstrakt ma`noga ega ekanligi va shuning uchun kelishik formalarini
ko‘makchilarga yaqinlash(tir)sa, o‘z grammatik ma`nosining mustaqil so‘z –
ravishning lug‘aviy ma`nosi bilan aloqadorligi va nutqda mustaqil qo‘llana olish
qobiliyati bilan ot ko‘makchilarga yaqin turadi; ravish ko‘makchilar sof va ot
ko‘makchilar orasida oraliq o‘rinni egallaydi
21](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_21.png)
![Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, O‘zbek tili, qolaversa, turkologiyada
ko‘makchilarni o‘rganishga oid ishlar orasida T.Rustamovning tadqiqotlari ham
sezilarlidir. U ko‘makchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan “O‘zbek tilida
ko‘makchilar” (Toshkent,1965), “Sof ko‘makchilar” (Toshkent, 1991) singari
monografiyalar hamda o‘nlab maqolalar e`lon qilgan.
Jumladan, uning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ko‘makchilar” monografiyasi
ko‘makchilarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi qo‘llanish xususiyatlari va
ularning tasnifiga bag‘ishlangan bo‘lib, yordamchi so‘zlarning ushbu turi
tilshunosligimizda qay darajada o‘rganilganilganligi hamda ularning grammatik
xususiyatlari boy til materiali asosida tahlil etilgan. Materialni yoritishda
E.D.Polivanov, I.A.Batmanov, Q.Ramazon, H.Qayumiy, O.Usmon, A.N.Kononov,
SH.SHoabrurahmonov, A.A.Koklyanova, U.Tursunov, H.Berdiyorov,
A.Abdullaev, V.V.Reshetov kabi olimlarning qarashlariga tayangan holda ish
ko‘radi, ularga munosabat bildiradi va “ko‘makchilar gap bo‘laklarining tobelanish
munosabatini yaratuvchi va turli grammatik ma`nolarni ifodalashda xizmat
qiluvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan leksik-grammatik kategoriya” ekanligi va
uning “gap qurilishidagi muhim xususiyati bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan
tubdan farqlanishi” haqida o‘z nuqtai nazarini bayon etadi.
Olimning “Sof ko‘makchilar” asari o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarni
diaxronik yo‘nalishda o‘rganishga bag‘ishlangan yirik hajmdagi tadqiqotlardan
biridir. Bu tadqiqotlar orqali o‘zbek tilshunosligida ko‘makchilar mavzusining
naqadar o‘rganilganligi, tilimizda qanday ma’no kasb etishi va tilimizda nutq
jarayonida, ayniqsa, badiiy uslubda o‘ziga xos o‘ringa ekanligini ko‘rishimiz
mumkin.
22](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_22.png)
![Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.Каримов И.А.Ўзбекистон ХХИ асрга интилмоқда.–Т.: Ўзбекистон,
1999-й.
2.М.Мирзаев, С.Усмонов, И.Расулов Узбек тили. Т., «Укитувчи» 1978.
3.Ш. Шоабдурахмонов, М.Аскарова, А.Хожиев, И.Расулов, , Х.Дониёров
Хозирги њзбек адабий тили. Т., «Укитувчи» 1980.
4.М.Ирскулов Тилшуносликка кириш. Т., «Укитувчи» 1992.
5.А.Баскаков, А. Содиков, А.Абдуазизов Умумий тилшунослик. Т.,
«Укитувчи» 1981.
6.Х.Неъматов, О.Бозоров Тил ва нутк. Т., «Укитувчи» 1993.
7.У.Турсунов, Ж.Мухторов, Ш.Рахматуллаев Хозирги њзбек адабий
тили.. 1-кисм. Т., «Укитувчи» 1979.
8. N . Turniyozov A . Rahimov O ‘ zbek tili ( ma ’ ruzalar matni )
9. Курбонова М. Фитратнинг тилшунослик мероси: Филол.фан.номз.дис.-
Тошкент, 1993. 23 б
10. Nurmonov. A Ko`makchili k onstruksiyalar presuppozitsiyasi// O`zbek tili va
adabiyoti. 1986. 6-son.
11. Азизов В. Сопоставителная грамматика русского и узбекского язиков.
Морфология. - T .,1960.
12. Бердиёров Х. Хозирги замон узбек адабий тилида сунгкумакчилар-
Cамаркандб, 1949. – Б.13
13. Pardayev.A.B O`zbek tilida ko`makchilar stilistikasi.Samarqand: SamDChTI
nashri , 2008. -168 b.
14. Нурмонов А. Узбек тилшунослиги тарихи. - T .: Узбекистон , 2002.-232 б
23](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_23.png)
![24](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_24.png)
![25](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_25.png)
![26](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_26.png)
![27](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_27.png)
![28](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_28.png)
![29](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_29.png)
![30](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_30.png)
![31](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_31.png)
![32](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_32.png)
![33](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_33.png)
![34](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_34.png)
![35](/data/documents/b1f111bc-7911-4694-a00b-e77e5f25a41a/page_35.png)
Mavzu: K o ‘makchilar uslubiyati Reja: I.Kirish II. Asosiy qism: 1. O‘zbek tilshunosligida yordamchi so‘zlarning o‘rganilishi. 2. O‘zbek tilshunosligida ko‘makchilarning o‘rganilishi. 4. Ko‘makchilarning turlari. 5. Ko‘makchilar stilistikasi. IV. Xulosa V. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1
Kirish Mamlakatimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy-ma’daniy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotida shu qisqa davr ichida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga zamin tayyorladi. Ma’lumki, davlatimiz istiqlolning ilk kunlaridan boshlab, taraqqiyotning o‘ziga xos va mos yo‘llarini tanlab oldiki, bu yo‘l o‘zining har jihatdan asosli ekanligini isbotladi. Shuni aytishimiz kerakki, O‘zbekiston davlati va bu mamlakatda yashayotgan xalq va millatlar tarixi nihoyatda uzoq zamonlarga borib taqaladi. Unda tarixiy taraqqiyotning barcha sinovlari bosib o‘tilgan. Mamlakatimiz ko‘plab bosqinlarni ham, milliy ozodlik uchun kurashlar tarixini ham boshidan kechirgan. Ilm-fan, madaniyat, falsafa, adabiyot va umuman, jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan barcha sohalarda yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Bu hududdan jahon ilm va madaniyatini ravnaq ettirishga xizmat qilgan buyuk olimlar, mutafakkirlar, ilmiy-badiiy ijod sohiblari yetishib chiqqan. E’tiborli tomoni shundaki, mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan davrlaridan boshlaboq Prezidentimiz Islom Karimov e’tiborini ma’naviyatimiz, madaniyatimiz, uzoq asrlik ma’rifatchiligimiz tarixini o‘rganishga qaratdi va shu yo‘l bilan o‘zlikni anglash, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnimizni topish lozimligini takror va takror ta’kidlab o‘tdi. Milliy istiqlol mafkurasining poydevori qadim ma’naviyatimiz va milliy an’analarimiz ekanligini uqtirdi. Milliy istiqlol g‘oyasi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanishini1, shuning bilan o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kununi unutgan millatning esa, kelajagi yo‘q ekanligini aytib o‘tdi. Bu esa ma’naviyatning asoslaridan bo‘lgan adabiyotimizning barcha jihatlarini yangicha ruhda o‘rganishga hamda tahlil va talqin etishga keng yo‘l ochib berdi, falsafiy-ijtimoiy, diniy-irfoniy va ilmiy-nazariy merosi bilan alohida o‘rin tutgan. Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” 1 asarida: “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning ma’naviy, axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur”,- deya ta’kidlaydi. “Barkamol avlod ─ O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida esa : “Kadrlar tayyorlash 1 Каримов И.А. Узбекистон XXI асрга интилмокда. - Тошкент: Узбекистон , 2000.- 300 б 2
sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy – axloqiy har tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi”, - deb ta’kidlagan edi. Prezidentimiz milliy dastur haqida so‘zlagan nutqida uning maqsad va vazifalarini aniq ko‘rsatib: milliy dasturning maqsad va vazifalari shaxsni shakllantirishga qaratilganini, shaxs islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ekanini, milliy dasturdan kuzatilgan maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi, birinchi navbatda, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib kelishini, jamiyatdagi yangi shaxs – komil insonlar vujudga kelishini aytadi. Bugun o‘zbek tilini yaxlit bir tizim sifatida o‘rganish, uning nutqiy madaniyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarish faoliyatimizning tarkibiy qismiga aylandi. O‘zbek tili so‘z turkumlariga oid lug‘aviy birliklarni funksional- stilistik jihatdan o‘rganish ana shu masalalarning ma’lum qismini xal etishga ko‘maklashadi. O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlarining, xususan, yordamchi so‘z turkumlarining funksional-stilistik xususiyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan ayrim ishlar amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqot ishlari orqali yordamchi so‘z turkumlarining, xususan, ko‘makchilarning nutqimizda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida bir qator fikr- mulohazalar bildirib o‘tilgan. 3
1. O‘zbek tilshunosligida yordamchi so‘zlarning o‘rganilishi. Tilshunoslikning tarixiy grammmatikasida so‘z turkumlari tushunchasi yuzaga kelgan paytlardan boshlab mustaqil va yordamchi so‘zlar muammosi markaziy o‘rinni egallab kelmoqda va ularning bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi orqali bu masala mohiyati yanada yorqinroq namoyon etilmoqda. XX asrning oxirida sobiq Ittifoq tarkibidagi davlatlarning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritish mustaqil davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonimizda ham turkiy ona tillarning haqiqiy turkona tabiatini yoritishga imkon yaratdi. Turkiy tillar grammatik qurilishi talqini rus grammatikasi chizmasi ta’siridan sekin-asta uzoqlashmoqda 2 . O‘zbek tilshunosligida ham yordamchi so‘zlarni o‘rganish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Endigi tadqiqotlar esa so‘zlarning zamonaviy mezonlar asosida o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganib, til sistemasidagi munosib o‘rnini belgilashdan, ularning o‘zbekona- turkona tabiatini ochish va tavsiflashdan iboratdir. O‘zbek tili grammatikasi tadqiq etila boshlagandan beri yordamchi so‘zlar tilshunosligimizning e’tiborida bo‘lgan. Binobarin, ko‘plab tadqiqotlarda va grammatikaga oid boshqa ilmiy manbalarda yordamchi so‘zlarning tarixiy yozma yodgorliklarda, hozirgi o‘zbek adabiy tilida qo‘llanilish o‘rni taraqqiyot bosqichlari, semantik-grammatik xususiyatlari yoritilgan. O‘zbek tilining butun tizimi va uning alohida birliklari kabi yordamchi so‘lar masalasi ham fanimizni hozirgi o‘zbek tili foneyik,leksik va grammatik qurilishining milliy tadqiqotchin tomonidan berilgan va ilk nisbatan to‘liq zamonaviy tahlil usullarida amalga oshirilgan tavsifi bilan boyitgan, uyg‘onayotgan millat ziyolilari uchun milliy mutaxassis tomonidan tuzilgan ilk ilmiy didaktik qo‘llanma muallifi Abdurauf Fitrat tomonidan muhokama ga chiqarildi va dastlabki talqinlar berildi. Albatta, Fitratning O‘zbekiston maktablarida 6 yil davomida (1924-1930 ) ona tilidan darslik sifatida amalda bo‘lgan tadqiqoti va tavsifi hozirgi talaba uchun jo‘n va o‘ta 2 Замонавий узбек тили.-441 б.; Hozirgi o‘zbek adabiy tili./ Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. -T.: Fan va texnologiya , 2010. -B.3-7: Asadov T.X. So‘z turkumlari tizimida ravish.-T.: Muharrir, 2010.- B.12-15. 4
sodda tuyular , lekin bu o‘sha davrda -grammatik qurilishning zamonaviy yevropacha usullaridan, G‘arbiy Yevropa tillaridan mutlaqo bexabar- millat uchun qanchalik yuksaklik va balandparvozlik ekanligini tasavvur etish qiyin. 3 Abdurauf Fitrat so‘z turkumlarini “Sarf”’ning “So‘z va uning turlari” bandida ot, sifat ,fe’l, olmosh, ko‘makchi so‘zlar kabi guruhlarga ajratib , shunday yozadi : “ Ot, fe’l, sifat bo‘lmagan so‘zlar ko‘makchi so‘z bo‘ladir. Ko‘makchi so‘ z bir gapdan, bir jumladan anglashilgan “o‘y”ga boshqacharoq shakl bermoq uchun ishlatiladir”,- deb yozadi va ko‘makchi so‘zlarga shunday misollar beradi: nechun, chunki, juda, sira, hech, ham. Olim ko‘makchi so‘z hammasi tub so‘z sanaladir”,- deb ham ta’kidlaydi. Muallif “ Sarf” va “ Sahv” ning turli o‘rinlarida ko‘makchi so‘zlar sifatida quyidagilarni ajratadi:- 1.-chi ( qo‘zg‘atish fe’li yasovchi sifatida. ) 2.edi ( Ko‘makchi fe’l sifatida), 3.asru, albatta ,also, eng, butkul, xuddi ( ko‘makchi otlar sifatida) 4.ora,ichra, uzra, o‘zaro (O‘rin ko‘makchilari sifatida) 5. tag‘in, dahi, bilan, -ala,-la, yana,ham -da (qabatlov ko‘makchi sifatida) 6. yo‘qsa,agar,agarchi (shart ko‘makchilari sifatida) 7.balkim, yo, yoki, yohud ( aniqsizlik ko‘makchilari sifatida) 8. koshki, shoyad (orzu ko‘makchilari sifatida) 9. essiz,attang, xay attang ( armon ko‘makchilari sifatida) 10. sarei,sayin (nisbat ko‘makchilari sifatida ) 11. -gina, -kina,-qina, faqat( cheklash ko‘makchilari sifatida) 12.-kim,-ki (izoh ko‘makchilari sifatida) 13. biroq, lekin ( chiqarish ko‘makchilari) 14. uchun, chunki ( sabab ko‘makchilari) 15. -gacha ( zamon ko‘makchisi sifatida) 16. dovur ( chegara ko‘makchisi sifatida) 17. oh,uf, ah (Qayg‘u ko‘makchisi sifatida) 3 Курбонова М. Фитратнинг тилшунослик мероси: Филол.фан.номз.дис.- Тошкент, 1993. 23 б 5