Ot uslubiyati
Mavzu: Ot uslubiyati Reja: Kirish Morfologik stilistika haqida umumiy tushuncha Ot formalarining stilistik xususiyatlari Ko‘plik kategoriyasining stilistikasi Kelishik affikslarining stilistik xususiyatlari Egalik kategoriyasining stilistik xususiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Kirish O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar o‘zbek tili o‘qitish metodikasi fanida uslub va uslubiyat masalalari, o‘quvchi va talabalarda nutqiy mahoratning shakllantirilishiga yetarlicha e’tibor qilinmadi. Bu esa o‘z navbatida shu tilda so‘zlovchi kishilar nutqiy taraqqiyotining susayishiga sabab bo‘ldi. O‘zbek tilshunoslarining uslubiyat sohasida olib borgan ilmiy izlanishlari asosan A.G‘ulomov, G‘. Abdurahmonov, I. Qo‘chqortoyev, A.Shomaqsudov, H.Doniyorov, R.Qo‘ng‘urov, Y.Tojiyev, E.Qilichevlar qalamiga mansub bo‘lib, ulardan ko‘proq tilshunoslik fani doirasida foydalanib kelindi. Yoshlarda nutqiy ma’daniyatni shakllantirish, so‘zlarni to‘g‘ri tanlash, har bir so‘z, so‘z birikmasi, gap va iboralarni nutq sharoitiga mos ravishda to‘g‘ri o‘rinli ishlata olishni o‘rgatish uslubiyatning bosh vazifasidir. Chuqur bilimga ega bo‘la turib uni ravon va go‘zal tilda ifodalay olmaslik nihoyatda achinarli. Nutqiy va mantiqiy g‘alizlikning oldini olishning birdan bir to‘g‘ri yo‘li – har bir shaxsning faqat o‘zigagina xos bo‘lgan uslubda fikr ifodalash mahoratini shakllantirish mahoratidir. Buning uchun shaxsni uslubiy imkoniyatlardan voqif qilish, ularda so‘z tanlash, gap qurish, matn yaratish, ushbu jarayonda bor imkoniyatlardan foydalana olish, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. MORFOLOGIK STILISTIKA Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun morfologik formalarning va sintaktik konstruksiyalarning stilistik variantlaridan foydalanish va tilda ana shunday sintaktik va morfolo-gik sinonimiyaning mavjudligi grammatik stilistika haqida ham so‘z yuritishga asos bo‘ladi. Masalan, Men kecha qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan tanishman. Men qishlog‘imizga kecha kelgan Ahmedov bilan tanishman. Kecha
qishlog‘imizga kelgan Ahmedov bilan men tanishman gaplarining uchalasi ham grammatik jihatdan sodda, yoyiq, darak gap. Stilistik jihatdan esa ular fikr nozikliklariga ega. Shunga ko‘ra ularga stilistikada bir xil hodisa sifatida befarq qarash mumkin emas. Stilistika har bir gapning ma’lum maqsadda ishlatilishiga alohida aha-miyat beradi va ularni tanlash imkoniyatini yaratadi. Hozirgi o‘zbek tilida kelishik affikslarining, zamon, mayl formalarining, ayrim yasovchi affikslarning bir-biriga nisbatan sinonimik munosabatda bo‘lishi, ularning biri o‘rnida ikkinchisini ishlatish imkoniyati masalasi ham grammatik stilistikaning o‘rganish obyektidir. Tilning u yoki bu grammatik formasi ma’lum davr uchun eskirgan bo‘lishi yoki faqat ayrim stillar uchungina xarakterli bo‘lib qolishi mumkin. Shu sababli zarur grammatik formani tanlayotganda, uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tanlanganligini tekshirayotganda tekst mazmuni, uning qanday janrga tegishli ekanligi, qaysi davr voqyeahodisasi bayoniga bag‘ishlanganligi yoki umumiy stilistik yo‘nalishini albatta hisobga olish lozim. Sintaktik vositalarning va so‘z turkumlarining stilistik maqsadda qo‘llanishi faqat ularning ma’nosi bilangina emas, balki ayrim konstruksiya va grammatik formalarning bir necha xil variantlarga ega bo‘lishi, u yoki bu konstruksiya va formaning birini ozroq, birini esa ko‘proq qo‘llanishi adabiy til normalaridan chekinish holatlari bilan ham bog‘liqdir. OT FORMALARINING STILISTIK XUSUSIYATLARI Ot so‘z turkumining stilistik xususiyatlari, eng avvalo, ulardagi ko‘plik, egalik, kelishik kategoriyalari va subyektiv baho formalarida ko‘rinadi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida bu kategoriyalarning ba’zi bir ko‘rsatkichlari eskirgan, muomalada eskirganlari o‘rnida yangi formalarning qo‘llanishi natijasida turli xil parallellar,
variantlar maydonga kelgan. Bu va-riantlar o‘rni bilan o‘zaro sinonim sifatida qo‘llanishi mumkin. Hozirgi o‘zbek tilida grammatik kategoriyalar, jumladan, otning grammatik kategoriyalari stilistik xususiyati haqida gapirganda ularning faqat sinonimiyasi emas, balki boshqa holatlarda ham qanday stilistik qiymat kasb eta olishiga e’tibor berish lozim. Otlarning ko‘plik qo‘shimchasi -lar ni ola olish yoki ola olmasligi, bu affiksni olgan so‘zlarning ma’no nozikligi, egalik, tegishlilik tushunchasining qabatlanishi, kelishik qo‘shimchala-rining otlarda saqlanishi yoki tushib qolishi, bu kategoriyalarning uyushiq bo‘lakli gaplarda uyushiq bo‘laklardagi ma’no nozikliklarini aniqlash grammatika bilan birga stilistikaning ham vazifasidir. Morfologiyaning stilistik resurslari “tilda bir qator sabablarga ko‘ra: til taraqqiyotining ichki jarayonlariga bog‘liq tarzda, og‘zaki-yozma va kitobiyso‘zlashuv, shuningdek turli funktsional uslublar, va nihoyat, ma`noviy va emotsional-ekspressiv ottenkalarni ifodalash zaruriyatidan paydo bo‘ladi. Ammo morfologiyaning sinonimik vositalari hamma vaqt ham aynan stilistik xarakter kasb etmaydi”. Demak, o‘zbek tilida kelishik qo‘shimchalarining turli formada kelishi funksional stillar nuqtai nazaridangina ahamiyatlidir. 1 Xuddi shunday fikrni ko‘plik affiksi to‘g‘risida ham aytish mumkin. Lekin bundan otning kelishik, ko‘plik, egalik kategoriyalari stilistik ottenkalarga, stilistik qiymatga ega emas ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan kate- goriyalargina emas, hatto atoqli va turdosh otlarning o‘zaro biri o‘rnida ikkinchisining qo‘llanishi, atoqli otlarning ayrim qo‘shimchalar bilan ishlatilmasligi ham stilistik ahamiyat kasb etishi mumkin. 1 Кожина М.Н. Стилистические ресурсы русского языка как предмет исследования лингвистической стилистики. Глава вторая. Дата индексирования: 30.11.2004. 120 Kb - http://syrrik.narod.ru/ kozhina.htm.
KO‘PLIK KATEGORIYASINING STILISTIKASI O‘zbek tilida birdan ortiqlik – ko‘plik ma’nosi morfologik, leksik va sintaktik yo‘llar bilan ifodalanadi. Ba’zi so‘zlar hech qanday morfologik ko‘rsatkichsiz, boshqa miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan birgalikda kelmagan holda ham o‘z leksik ma’nosi bilan ko‘plik tushunchasini ifodalaydi: xalq, el, qo‘shin, poda, armiya, generalitet, jamoa kabi. Bu so‘zlarda jamlik ma’nosi kuchli. Bu ham uning leksik ma’nosidan sezilib turadi. Bu jihatdan ko‘pchilik, ozchilik kabi so‘zlar ham shu ma’noga yaqinlashadi. Ammo bu so‘zlar grammatik jihatdan shakllangan jamlikni ko‘rsatadi: Yo‘lchi chetroqdan bir oz qarab, so‘ng olomon ichiga kirdi. (0.) Xalqning turmushi ilgarigidek emas, tanqislik, ularning ham yozga yetar-yetmas donlari qolgan... (Ch. A.) Onasi bilan poda ketidan yurib, o‘zi ham tog‘da o‘sdi. (Akopyan.) Hozirgi o‘zbek tilida ko‘plik tushunchasi sintaktik yo‘l bilan ham ifodalanadi. Bunday forma ko‘plik affiksini olgan sinte tik forma bilan sinonimik munosabatga kirishi mumkin. Qiyoslang: o‘nta daftar // daftarlar, beshta qalam /I qalamlar, uch tup daraxt // daraxtlar, dasta-dasta gul // gullar kabi. Bu juftlar predmetning konkret sonini va noaniq ko‘plikni ko‘rsatishi bilan bir-biridan farqlanadi. Ba’zan bu tipdagi birikmalar oxirida -lar affiksi ham qo‘shilib keladi: ko‘p bolalar, yuzta kemalar kabi. Bunday qo‘llash stilistik nuqtai nazardan xato hisoblanadi. Chunki ot oldidagi so‘z shu predmetning ko‘pligini anglatadi. Shuning uchun -lar af-fiksini ishlatish ortiqcha, o‘rinsizdir. -lar hozirgi o‘zbek tilida ko‘plikni ko‘rsatuvchi asosiy morfologik ko‘rsatkichdir. -lar affiksining asosiy vazifasi predmetlarning birdan ortiqligini ko‘rsatishdir