LUTFIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN TIL BIRLIKLARINING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI FAYZULLAYEVA NAVRUZA AMRIDIN QIZI LUTFIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN TIL BIRLIKLARINING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATI MALAKAVIY BITIRUV ISHI 51201100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi Ilmiy rahbar (PhD), dots. D.Islamova Samarqand – 2024 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI FAYZULLAYEVA NAVRUZA AMRIDIN QIZI LUTFIY ASARLARIDA QO‘LLANILGAN TIL BIRLIKLARINING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATI MALAKAVIY BITIRUV ISHI 51201100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Ilmiy rahbar (PhD), dots. D.Islamova Rasmiy taqrizchi (PhD), dots. D.Mamirova Malakaviy bitiruv ishi O‘zbek tilshunosligi kafedrasining 2024-yil 21- maydagi majlisida muhokama qilingan va YaDAK himoyasiga tavsiya etilgan (10-sonli bayonnoma). Kafedra mudiri f.f.n., dots. Sh.Mahmadiyev Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2024-yil ____iyundagi yig‘ilishida himoya qilingan va ____ ball bilan baholangan (______ sonli bayonnoma). YaDAK raisi: prof. R.Sayfullayeva A’zolari: ___________________ ___________________ ___________________ ___________________ Samarqand – 2024 2
MUNDARIJA KIRISH ……………………………………………………………………………4 I. BOB. MUMTOZ ADABIYOTDA SO‘Z BADIIY-TASVIRIY VOSITA SIFATIDA …………………………………………………………………………8 1.1. Mumtoz asarlar tilining o‘rganilish tarixi……………………………………..8 1.2. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari badiiy san’atlarni ̶ hosil qilivchi vosita sifatida…………………………………………………..…..19 II. BOB. LUTFIY ASARLARIDA SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI …………………………..……………33 2.1. Lutfiy ijodida omonimlarning qo‘llanilishi…………………………………..33 2.2. Lutfiy ijodida sinonimlarning qo‘llanilishi…………………………………..39 2.3. Lutfiy ijodida antonimlarning qo‘llanilishi ………………………………….50 XULOSA …………………………………………………………………………62 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………………..64 3
ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Jahon tilshunosligida til tarixi, uning taraqqiyotiga oid bosqichlar, qadimgi yozma yodgorliklarni o‘rganish va tahlil qilish hech qachon ahamiyatini yo‘qotmaydigan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday tilning rivojida uning tarixida kechgan fonetik, leksik, grammatik jarayonlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Bu jarayonlarni tadqiq etish ma’lum bir millat tarixiga, madaniyatiga, ma’naviyatiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Dunyo tilshunosligida turkiy tillarni tarixiy aspektda o‘rganishga doir eng ko‘p izlanishlar olib borilgan. Bu tadqiqotlarda turkiy tillarning tarixiy taraqqiyoti, genezisiga doir ma’lumotlar keltirilgan, ularning umumiy hamda farqli xususiyatlariga oid ilmiy xulosalar havola qilingan. Tarixiy yozma manbalar tilini, xususan, Lutfiy “Devon”i leksikasini o‘rganish, shu asosda XIV-XV asr eski o‘zbek adabiy tiliga oid xususiyatlarni, xalq tili va adabiy til mushtarakligini tadqiq etish, “Devon” tarkibiga kiritilgan janrlardagi muallifning tildan foydalanishdagi mahoratini aniqlash, asar so‘z boyligini yoritish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mumtoz manbalarni o‘rganish va targ‘ib etishning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishiga zamin hozirladi, har bir lingvist-tadqiqotchi oldiga ulkan maqsad va vazifalarni qo‘ydi: “... tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta’kidlash lozim”. 1 Navoiygacha bo‘lgan davr adabiyotida Lutfiy asarlari mumtoz adabiyotimizning eng yorqin namunalaridan biri hisoblangan va bu davr tiliga xos jihatlarni ham o‘zida aks ettirgan. Shu boisdan Lutfiy “Devon”i tarkibiga kiritilgan janrlardagi tilning shakl va ma’no 1 O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 24-maydagi PQ-2995-son “Qadimgi yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2017-yil 25-may. 4