TIL-TAFAKKUR-NUTQ MUNOSABATI


MAVZU: TIL-TAFAKKUR-NUTQ MUNOSABATI Reja : 1.Til va nutq. 2. Nutqiy faoliyat. 3. Nutq va nutq madaniyati tushunchalari.
1.Til va nutq. Til nima? Til ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning asosiy aloqa vositasi sanaladi. Til murakkab strukturaga ega bo‘lgan tizimdir. U jamoa a’zolari uchun umumiy bo‘lgan va kishilar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holda yashovchi obyektiv reallikdir. Ferdinand de Sossyur : Til «umuman nutq faoliyatining sotsial elementi bo‘lib, individga nisbatan tashqi hodisadir, individ o‘zicha tilni yarata olmaydi ham, uni o‘zgartira olmaydi ham» Til va uning struktura elementlari kishilar xotirasida potensial ravishda yashaydi. Nutq faoliyatida kishilar undan foydalanib, o‘zaro aloqa qiladilar, fikr almashadilar. Bunda, jamoa a’zolari til elementlaridan bir xilda foydalanib, ularni bir xil tushunadilar. Fonema eng kichik til birligi bo‘lib, morfema va so‘zlarning shakllanishi uchun asos bo‘ladi. Lekin morfema va so‘zdan farqli o‘laroq fonema bir planli birlik sanaladi, ya’ni u faqat ifoda planiga ega bo‘lib, mazmun planidan holidir. Morfema so‘zning eng kichik bo‘linmas ma’noli qismi bo‘lib, bir yoki bir nechta fonemadan tashkil topadi: arra-lat . Bunda o‘zak morfema ( arra ) va affiksal morfema ( lat ) bir-biridan farqlana di. Ba’zan o‘zak morfema bir so‘zga teng bo‘lishi mumkin: arra o‘tkir . Bunda arra so‘zi morfema hamdir. Biroq ko‘p qismli so‘zlar sostavida kelgan o‘zak-morfema ( arra-lat ) bilan bir qismli so‘z-morfema ( arra ) o‘rtasida katta farq bor: keyingi holatda arra so‘zi o‘zining leksik ma’nosi (ish quroli)dan tashqari grammatik ma’no (son va bosh kelishik formasidagi ega) ham anglatadi. So‘z
tilning eng asosiy va muhim birligidir. Fonema va morfemadan farqli o‘laroq, so‘z ham til birligi, ham nutq birligi bo‘lishi mumkin. So‘z borliqdagi narsa va hodisalar haqidagi tushunchani ifodalaydi. Dunyodagi narsa-hodisalar bir-biri bilan bog‘liq va aloqador bo‘lgani kabi, ular haqidagi tushunchalar ham o‘zaro bog‘liq va aloqadordir. YUqoridagilardan tashqari yana tilning asosiy bo‘lmagan, qo‘shimcha birliklari ham mavjud. Bular turg‘un iboralar (frazeologizm), murakkab terminlar, til formulalari (so‘z birikma va gaplarning tuzilishi qoidalari). Turg‘un birikmalar (ibora va termin) aslida erkin birikmalardan hosil bo‘lgan, bora-bora ajralmas holga kelib, til hodisasi sifatida nutqda bir butun holda qo‘llanadigan bo‘lgan. Masalan, boshi osmonga etdi, ko‘zi to‘rt bo‘ldi kabi. Tilda so‘z va gaplar ning shakllanish va o‘zaro bog‘lanish qoidalari mavjud. Bular til formulalari yoki modellari deyiladi. Nutq nima? Nutq so‘zlovchining jamoa a’zolari bilan o‘zaro aloqa qilish uchun tilni qo‘llanish faoliyatidir. Ko‘rinadiki, bunda nutq bilan nutq faoliyati chegaralanmagan. Har qanday nutq individual tarzda yuzaga keladi, uni ayrim yakka shaxs amalga oshiradi. Biroq bu umumtil tizimi qonunlariga asoslanadi, uni buzmaydi. Demak, nutqda tilning barcha elementlari va ularning o‘zaro birikish qoidalari reallashadi, harakatga kiradi. 2. Nutq faoliyati. Inson o‘zining ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Inson faoliyati xilma-xil va murakkab jarayondir. Faoliyatning uchun xil tomoni bor: motiv, maqsad, ijro. Avvalo, har qanday faoliyat ma’lum ehtiyoj tufayli yuz beradi. Bunda ma’lum motiv (sabab) asosida kishida biror faoliyatni bajarish haqida maqsad tug‘iladi va uni amalga oshirish planini tuzadi. SHu plan asosida faoliyat
ijro etilib, kuzatilgan maqsadga erishiladi. Faoliyat turlari: mehnat faoliyati, ilmiy faoliyat, nutq faoliyati va h.k. Nutq faoliyati murakkab psixofiziologik jarayon bo‘lib, so‘zlash akti va tushunish (idrok qilish) aktidan tashkil topadi. So‘zlash va tushunish aktlari nutq harakatlari deyiladi. Nutq harakatlari sistemasi nutq faoliyati deyiladi. Demak, nutq faoliyati so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi munosabatdan iboratdir. So‘zlovchi biror gapni talaffuz qilishdan oldin, dastlab shu fikrni aytishga tayyorlanadi. So‘ngra shu mazmunni so‘z va grammatik formulalar yordamida kodlashtiradi. Bosh miyada hosil bo‘lgan impuls ta’sirida nutq apparati harakatga kiradi. Bu protsess normal kishilarda tabiiy ravishda, avtomatik tarzda sodir bo‘ladi. Tinglovchining tushunishi ham xuddi shunday tez va avtomatik tarzda bo‘ladi. Bunda, albatta, suhbatdoshlarning bir ijtimoiy guruhga mansub bo‘lishi, bilim va tajribasi, suhbat mavzusi va boshqa omillar muhim rolp o‘ynaydi. Til faktlari va qonuniyatlarini yaxshi bilish, tabiiy nutq faoliyatini engillashtiradi. Har bir nutq akti odatda ma’lum bir tipik vaziyatga muvofiq bo‘ladi. Masalan, geografiya o‘qituvchisi bilan matematika o‘qituvchisining darsdagi nutqini qiyoslaylik. So‘zlovchi nutq mavzusiga mos so‘z va gaplar tanlaydi. Nutq dastlab ichki va tashqi nutqqa bo‘linadi. Real tovush materiyasining o‘zi bilan shakllangan va zuhur etilgan nutq tashqi nutq deyiladi (yozuv ham shuning ifodasidir). Real tovushlarning ongdagi obrazi bilan shakllangan, ammo zuhur etilmagan nutq ichki nutq deyiladi. Kishilar o‘rtasidagi haqiqiy aloqa quroli vazifasini tashqi nutq bajaradi. Uning ikki xil turi bor: og‘zaki va yozma . Xulosa . Nutq tilning aloqa vositasi sifatida real qo‘llanishidir. Til va nutq munosabati vosita va uning qo‘llanishi o‘rtasidagi munosabatdir. Til faqat kishilar o‘rtasida jamiyat ichida yashaydi. Uning material tomoni (ifoda plani) kishilardan tashqarida oboektiv yashaydi, ma’no tomoni esa ideal holatda kishilar ongida