TIL VA TAFAKKUR
TIL VA TAFAKKUR Reja : 1. Til va tafakkurning o‘zaro munosabati muammosida muhim hamda murakkab tomonlar. 2. Til va tafakkur aloqasi masalasiga ontologik va gnoseologik yondashuv. 3. So‘zlarning uch xil munosabati va tushuncha. 4. Gap va hukm munosabati. 5. I.Pavlovning ta’limoti va neyrolingvistika. 6. Ichki nutq va psixolingvistika.
1. Til va tafakkurning o‘zaro munosabati . Tilni qaysi jihatdan o‘rganishdan qat’iy nazar, mana bu xulosa ularning barchasi uchun umumiy bo‘ladi: birinchidan, til tabiiy-biologik hodisa emas, ikkinchidan, tilning mavjud bo‘lishi va uning taraqqiy etishi tabiat qonunlariga bog‘liq emas, uchinchidan, til kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog‘liq emas, to‘rtinchidan, faqat jamiyat bo‘lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo‘lgan tilga ega. Til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi turli tabaqa vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi. Ba’zi olimlarning fikricha odam paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab til ham paydo bo‘lgan. U avloddan-avlodga o‘tib, takomillashib bordi. Natijada insonning gapirish qobiliyati odam ruhiga shuncha chuqur joylashdiki, u nasldan-naslga o‘tish xususiyatiga ega bo‘ldi, har bir yangi tug‘ilgan go‘dak tilni yangidan o‘rganmasdan, balki organizm balog‘atga etishi bilan uning til qobiliyati ham taraqqiy etdi. Til - material, nutq - faoliyatdir. Faoliyatning etakchi va yordamchi turlari farqlanadi. Etakchi faoliyatning bajarilishi ong ishtirokida, yordamchi faoliyatning bajarilishi ong ishtirokisiz amalga oshiriladi. Nutq paydo bo‘lishining boshlang‘ich nuqtasi ruhiy, yakuniy nuqtasi jismoniydir, chunki u nutq organizimining harakati natijasida paydo bo‘ladi. Ana shu ikki nuqta orasidagi jarayon psixologik tilshunoslikni qiziqtiradigan masaladir. Bu quyidagi modelga to‘g‘ri keladi: mazmun-matn. Biror mazmunni nutq shakliga keltirishda birinchi bosqich xotiradagi so‘z boyligidan zarur so‘zni tanlaydi, ikkinchi bosqich to‘g‘ri sintaktik qurilmani aniqlaydi, uchinchisi - so‘zni kerakli morfologik shakllar bilan jihozlaydi. Niyatning tug‘ilishi nutqqa kirmaydi. Niyat paydo bo‘lgandan keyin inson uni amalga oshirishga harakat qiladi, shu maqsadda mazkur niyatning mazmuni shakllantiriladi, bu jarayon ikki bosqichni ichiga oladi: birinchi bosqichda matnning temasi va bu tema to‘g‘risida nima deyilishi, ya’ni rema aniqlanadi.
Nutqning yaratilish modeli quyidagicha bo‘ladi: niyat (motiv) - chuqur semantik bosqich - tashqi semantik bosqich - chuqur sintaktik bosqich - tashqi sintaktik bosqich - chuqur morfologik bosqich - tashqi morfologik bosqich - chuqur tovushlar bosqichi yoki fonologik bosqich va nihoyat fonetik bosqich. Turli eksperimentlar yo‘li bilan zamonaviy psixologik tilshunoslik tavsiya etgan model ana shu. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalash sira mumkin bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi. Har qanday fikr so‘zlarda o‘z ifodasini topmaganicha, ya’ni so‘zlardan tarkib topgan ifoda qolipga, ifoda shakliga tushmaguncha yuzaga chiqmaydi. Fikr tilda, ya’ni so‘zlarda va so‘zlar birikishi orqaligina shakllanadi, tilda o‘z ifodasini topadi. Til ham tafakkursiz mavjud bo‘la olmaydi. Ammo bunda tafakkur bilan tilni aynan bir xil bir-biriga o‘xshash narsa deb tushunish xatodir. Tafakkur tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir.Til esa tafakkurni - fikrni ma’lum bir shaklga solib, so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifodalaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun ham til grammatikaning o‘rganish manbai bo‘lsa, tafakkur mantiq (logika) ning manbaidir. Bir-biri bilan chambarchas bog‘langan til va tafakkur birga taraqqiy qiladi. Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi – tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni o‘rganadigan fandir. B. Metalingvistika. Bunda til va tafakkur, tilning mazmun tomoni, nutq faoliyati, til birliklarining matn va sharoit bilan aloqasi o‘rganiladi. Tilshunoslik birinchi navbatda falsafa bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Masalan, dialektika, sinergetika, til va tafakkur haqidagi ta’limot tilshunoslikning metodologik asoslarini tashkil etadi.
Umumiy tilshunoslik – inson tilini ilmiy o‘rganadigan fan bo‘lib, uning asosiy maqsadi tilshunoslik fanining predmeti va vazifalari, tilning mohiyati, tilning tuzilishi, til va nutq, til va tafakkur, tildagi belgilar tizimi, til va jamiyat, til taraqqiyoti, tilshunoslik maktablari va yo‘nalishlari, tillarni ilmiy tadqiq etish usullari haqida ma’lumot berishdan iborat. SHu jarayonda tilning tipologik belgilari aniqlanadi. Tilning nazariy masalalari. Til va nutq. Til va tafakkur. Tildagi belgining tabiati haqida. Mantiqiy va grammatik kategoriyalar. Til va jamiyat. Tilda shakl va mazmun. Ibn Sinoning til haqidagi ta’limoti mantiqiy nuqtai nazarga asoslanadi. Uningcha, fikr belgisi haqidagi ta’limot til haqidagi ta’limotdir (1:126). U tilni tabiiy va sun’iy tillarga bo‘ladi. Tabiiy til tafakkur belgisi sifatida Ibn Sino tomonidan har tomonlama o‘rganilgan. Ibn Sino ta’kidlashicha, fikr va nutq, til va tafakkur o‘rtasida doimiy aloqa mavjud. Til bilan tafakkurning o‘zaro munosabati, birligi haqidagi masala falsafa tarixida ham, umumiy tilshunoslik tarixida ham eng muhim muammolardan hisoblanib keldi va kelmoqda. Til va tafakkurning o‘zaro munosabatini puxta bilish uchun dialektika qonuniyatlarini, til bilan jamiyat o‘rtasidagi aloqani puxta o‘rganish lozim bo‘ladi. Til tafakkur bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, fikrni moddiylashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beradigan quroldir. SHu jihatdan til va tafakkurni bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan dialektik birlik deb qarash lozim. Til va tafakkur masalalari nihoyat darajada murakkab jarayon bo‘lib, u tilshunoslikdan tashqari falsafa, mantiq, psixologiya, fiziologiya fanlari bilan bevosita aloqadordir. Til abstrakt, umumlashma tafakkurning amalga oshishi va mavjud bo‘lishi uchun asosiy vositadir. Til va tafakkur dialektik aloqada, dialektik birlikdadir. Bu shakl va mazmun munosabatiga ham aloqador. Mazmun qanchalik chuqur va to‘g‘ri bo‘lsa, shakl
shunchalik ixcham bo‘ladi. Mazmun qanchalik hayotiy bo‘lsa, shakl shuncha aniq bo‘ladi. Mazmun qanchalik aktual bo‘lsa, shakl shunchalik tushunarli bo‘ladi. Umumiylik tafakkurning o‘ziga xos belgilaridan biri hisoblanadi. Bu umumiylik buyum va hodisalar turlarining muhim belgilariga, mohiyatiga asoslanadi. Ana shunday umumlashtirish xususiyati tilda ham, so‘zda ham mavjud. Grammatik kategoriya bilan mantiqiy kategoriya orasidagi munosabat ham murakkabdir. Grammatik kategoriyalarni mantiqiy kategoriyalarga, mantiqiy kategoriyalarni grammatik kategoriyalarga bo‘ysundirish yoki ularni qorishtirish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalar til vositalari orqali ifodalangan grammatik kategoriyaga aylanadi. Demak, bu hodisalar o‘zaro bog‘liq, lekin ular bir-biriga teng emas, ulardan har birining maxsus xususiyatlari va farqlari bor. Gapni o‘rganar ekanmiz, uni fikr bilan bog‘lab tekshiramiz. Til va tafakkur dialektik birlikdadir. Tilni tushuncha bilan bog‘lab tekshirish, tilning o‘z xususiyatlarini tashlab, uning qonunlarini to‘la ravishda tafakkur qonunlari bilan o‘lchash, ularni tenglashtirish emas. Til bilan tafakkur, gap bilan mantiqiy hukm to‘la teng kelmaydi. «Grammatik gap mantiqiy hukm bilan butunlay teng va parallel emas» (A.A.Potebnya). Hukm tafakkurning borliqni bilish shakllaridan bo‘lib, unda predmet, hodisa kabilarning belgilari tasdiq yo inkor yo‘li bilan ifodalanadi: Kaklik-parranda. Osmon tiniq . Havo sovuq emas . 2.Til konsepsiyasini tasniflaganda ontologik va gnoseologik xususiyatlari asosida yondashish maqsadga muvofiqdir. Gnoseologik (borliq, dunyoni bilish) nazariyaga asosan tilni tafakkur qonunlaridan kelib chiqib o‘rganish. Til tafakkurning turli shakllarini anglash asosi yoki bazasidir. Ontologik (olam, inson va jamiyatning ob’ektiv, universal mohiyati) nazariyaga ko‘ra til boshqa ob’ektlar orasida alohida va o‘zgacha ob’ekt bo‘lib, u o‘zining strukturasi va o‘ziga xos evolyusion qonunlari bilan xarakterlanadi.