logo

TIL, LISON VA NUTQ MUNOSABATI. TIL SATHLARI VA BIRLIKLARI. LISONIY PARADIGMA, LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

35.783203125 KB
TIL, LISON VA NUTQ MUNOSABATI. TIL SATHLARI VA
BIRLIKLARI.  LISONIY PARADIGMA, LISONIY ZIDDIYAT VA
UNING TURLARI.
Reja: 
1.Ilmiy bilish va uning bosiqchlari.
2.UMIS va AHVO tushunchalari.
3.Tilda UMIS va AHVOning xususiyatlari.
4.Til, lison, nutq tushunchalari. 1.Ilmiy bilish va uning bosiqchlari.   Ilmiy bilish ilmiy tafakkur asosida borliq haqida bilim
hosil   qilishdir.   Tabiat,   jamiyat   va   inson   tafakkuridagi   murakkab,   xilma-xil   va   rang-barang
hodisalar   mohiyatini,  rivojlanish  qonunlarini   ilmiy   o‘rganishning  aniq  usullari   mavjud,  ular
ilmiy tadqiqotlarning yo‘nalishini ifodalaydi. 
Falsafa va fanda ilmiy bilishning ikki bosqichi farqlanadi:
a) fahmiy (empirik, amaliy, tajribaviy) bilish;
b) nazariy (idrokiy, mantiqiy, aqliy) bilish.
Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan manba, uning bo‘lim va tarkibiy qismlari,
belgi-xususiyatini   aniqlash,   saralash,   izchillashtirish   va   tasvirlash   amalga
oshiriladi.   Bunda   asosiy   e’tibor   o‘rganish   manbaining   tashqi,   zohiriy
xususiyatlarini   aniqlashga   qaratiladi.   Aslida   bu   hali   tom   ma’nodagi   ilmiy   bilish
emas, lekin ilmiy o‘rganishning zaruriy, tarkibiy qismi, bosqichi hisoblanadi. Buni
Alisher Navoiy “Lisonut - tayr” dostonidagi “Ko‘rlar va fil hikoyati”da ko‘rlarning
fil haqida tasavvur hosil qilishlari misolida tasvirlaydi.
Nazariy bilish empirik, ya’ni fahmiy bilishsiz amalga oshmaydi. Amaliy bilish
jarayonida to‘plangan faktik material nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo‘li
bilan   umumlashtirilib,   ularning   mohiyati   ochiladi.   Bu   bosqich   Navoiyning
yuqorida tilga olingan asarida orifning fil  haqida bilim  hosil  qilish usuli  misolida
bayon etiladi. 
Manbani   o‘rganishning   har   ikki   bosqichi   ham   birday   muhim,   ikkinchisini
birinchisisiz, birinchisini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni bir-biridan
uzish, qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Bilishning ikki zaruriy bosqichi  ham
cheklangan.   Nemis     shoiri   Gyote   “ Nazariya   quruq   yog‘ochdir”   deb   nazariy
bilishning hodisalardan uzilganligini uqtiradi.
Bilishning ikki zaruriy bosqichi o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida ham o‘ziga
xos tarzda namoyon bo‘ladi.
O‘zbek   tilshunosligi   (XX   asrning   20-yillaridan   80-yillarigacha)   amaliy
bosqichni   bosib   o‘tdi.   Bu   davrda   amalga   oshirilgan     ishlar   quyidagilardan   iborat
edi: 
1) tilning bo‘limlarini aniqlash; 2) har bir bo‘limga doir birliklarni chegaralash;
3) birliklarning zohiriy alomatlarini yoritish. 
Fonetikada hozirgi o‘zbek tilidagi 6 ta unli, 24 ta undosh aniqlanib, ularning
bevosita   sezgi   a’zolariga   ta’sir   qiluvchi   xossalari   (nutq   a’zolarining   harakati,
tovushlarning   eshitilishi,   cho‘ziq/qisqaligi,   baland/pastligi,   kuchli/kuchsizligi
kabilar)   o‘rganildi.   Biroq   har   bir   tovushning   mohiyati,   ya’ni   substantsiyasiga   bu
zohiriy belgilar qay darajada daxldor degan muammo nazariy o‘rganish jarayonida
fonemalarning   variant-invariantlik   muammosi   ostida   tadqiq   qilindi.   Har   bir
tovushning   mohiyati   nazariy   bosqichda   ochib   berildi.   Bunday   holatni
morfologiyada ham kuzatish mumkin. Bunda so‘z turkumlari, har bir turkumga xos
grammatik   shakllar   aniqlandi.   Grammatik   shaklning   zohiriy   belgilari   –   so‘zlarga
qo‘shilish,   ularni   biriktirish   jarayonidagi   ma’no   va   vazifalari   –   nutqiy   xususiyati
tadqiq   qilindi.   Masalan,   har   bir   kelishikning   20   dan   50–60   tagacha   ma’nosi
ajratilib,   tavsiflandi.   Bu   ma’nolarni   yanada   ko‘paytirish   mumkin   edi.   Zero
hodisalar   cheksiz,   lekin   ular   qancha   ko‘paysa,   manba   mohiyatini   shuncha
qorong‘ilashtiradi, to‘sib qo‘yadi. Quyidagi misollarga diqqat qiling:   Gulnoraning
kitobi,   Gulnoraning   opasi,   Gulnoraning   uyi,   Gulnoraning   yig‘isi.   Bunda   fahmiy
(empirik)  yondashuv  qaratqich kelishigining “qarashlilik”,  “mansublik”, “egalik”,
“subyekt-harakat”   kabi   ma’nolarni   farqlashni   taqozo   qiladi   (qatorni   yana   davom
ettirish va ma’nolar sonini ko‘paytirish mumkin). Bular – zohiriy ma’nolar, nutqiy
hodisalardir.   Empirizmda   mohiyatga   tomon   bundan   chuqurroq   borish   talab
qilinmaydi.   Nazariy   o‘rganishda   kelishikning   har   bir   qo‘llanishidagi   farqlardan
“ko‘z yumilib”, umumiy jihat qidiriladi. Farqlarning ( kitob ), ( opa ), ( uy ), ( yig‘i ) va
boshqa  so‘zlar  ta’sirida  ekanligini  nazariy  yo‘l   bilan   aniqlaydi   hamda  shu  asosda
qaratqich kelishigining mohiyatini ochadi.
Nazariy   o‘rganish   jarayonida   til   hodisalarida   zohiriy   (nutqiy)   va   botiniy
(lisoniy)   izchil   jihat   farqlanadi.   Har   bir   birlik   yondoshlari   bilan   o‘zaro
munosabatda   o‘rganiladi,   ular   bir   sistema   sifatida   qaraladi.   Masalan,   yuqoridagi
misolning   birinchisida   ( Gulnoraning   kitobi )   qaratqich   kelishigining   “qarashlilik”,
ikkinchisida   ( Gulnoraning   opasi )   “mansublik”   nutqiy   (xususiy)   ma’nolari voqelangan. Biroq qaratqich kelishigi shaklining barcha qo‘llanishi uchun umumiy
jihat   –   “oldingi   so‘zni   keyingi   so‘zga   tobelash”   ma’nosi   bevosita   sezgi   a’zolari
yordamida anglashilmaydi, balki idrok etiladi, shuning uchun u lisoniy ahamiyatga
ega.   Bu   umumiylik   yuqoridagi   misollarda   “ Gulnora   so‘zining   opa   so‘ziga
qaratuvchilik   munosabatini   ifodalash”,   “ Gulnora   so‘zining   kitob   so‘ziga
qaratuvchilik   munosabatini   ifodalash”   tarzida   bevosita   kuzatishga   chiqqan,   sezgi
a’zosi   bilan   his   qilinadigan   qiymat   kasb   etib,   xususiylashgan.   Empirik
yondashuvda har bir birlik alohida-alohida tekshiriladi. Masalan,   a  unlisini boshqa
unlisiz,   biror   zamon   yoki   kelishik   shakli   boshqasidan   ajratib,   uzib   o‘rganiladi.
Nazariy   o‘rganish   bosqichida   esa   ular   o‘z   sistemadoshi   bilan   yaxlitlikda   tahlil
etiladi.   Har   bir   birlikning,   deylik,   unlining,   boshqa   sistemadoshi   bilan   o‘zaro
munosabatida   namoyon   bo‘ladigan   belgisi   nazariyotchi   uchun   muhim   ahamiyat
kasb   etadi.   Til   hodisalarini   bu   tarzda   o‘rganish   sistemaviy   yondashuv   deyiladi.
Nazariy   tilshunoslik   har   qanday   birlikning   mohiyati   uning   boshqa
sistemadoshlariga munosabatini chuqur tahlil qilish bilan ochiladi, degan g‘oyaga
tayanib ish ko‘radi.
2.UMIS va AHVO tushunchalari.   Dialektika har qanday o‘rganish manbaida,
borliqdagi   har   bir   narsada   ikki   jihat   borligini   ta’kidlaydi   va   uni   quyidagi   ikki
tomonli tushunchalar asosida sistemalashtiradi:
umumiylik – alohidalik;
mohiyat – hodisa;
imkoniyat – voqelik; 
sabab – oqibat.
Birinchi   jihat   (uni   tegishli   tushunchalarning   bosh   harflari   asosida   qisqacha
UMIS deb ataymiz) narsalarning sezgi a’zolari asosida his etilmaydigan, aql bilan
idrok etiladigan substansiyasidir. 
Ikkinchi   jihat   esa   (AHVO   –   alohidalik,   hodisa,   voqelik,   oqibat)   UMISning
voqelanishi, yuzaga chiqishi, namoyon bo‘lishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi
kishi sezgi a’zolari yordamida his qila oladi. UMIS   (umumiylik,   mohiyat,   imkoniyat,   sabab)   va   AHVO   (alohidalik,   hodisa,
voqelik,   oqibat)   munosabatini   yaqqolroq   tasavvur   qilish   uchun   hammaga
tushunarli bo‘lgan misolga murojaat qilamiz.   Hovlida beshta har xil o‘rik daraxti
bor   deylik,   ular   bevosita   kuzatishda   berilgan,   sezgi   a’zolari   yordamida   his   qila
olamiz. Lekin ongimizda yaxlit “o‘rik” tushunchasi mavjud. U bevosita kuzatishda
berilmagan,   ko‘rganlarimiz,   eshitganlarimiz   asosida   aqliy   yo‘l   bilan   tiklangan.
Falsafada   ana   shu   “umuman   o‘rik”ka   nisbatan   UMIS,   muayyan,   ko‘z   oldimizda
turgan o‘rikka nisbatan AHVO atamasi qo‘llanadi. Bevosita kuzatishda berilmagan
UMIS   va   sezgilar   yordamida   his   qilish   mumkin   bo‘lgan   AHVOning   biri
ikkinchisisiz   bo‘lmaydi.   Masalan,   “umuman   o‘rik”   tushunchasi   xususiy,   yakka,
alohida   o‘riklar   haqidagi   tasavvurlardan   tiklansa,   yakka   o‘rik   “umuman
o‘rik”ning voqelanishi, muayyanlashuvi. UMIS va AHVOni farqli belgilari asosida
quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-jadval):
  1-jadval
UMIS AHVO
Moddiylikdan xoli M oddiylikka ega
T akrorlanuvchan Betakror
Cheklangan Cheksiz
va h.
Buni quyidagicha sharhlash mumkin:
1. UMISning   moddiylikdan   xoliligi   va   AHVOning   moddiylikka   egaligi.
“Umuman o‘rik” UMIS sifatida ong orqali idrok etiladi. U o‘zida yakka, alohida
o‘riklarning  barcha umumiy belgilarini mujassamlashtirib,  farqli jihatini  chetda
qoldiradi.   Masalan,   bir   o‘rik   –   daraxti   erta,   ikkinchisi   esa   kech   pishadi,
uchinchisi   achchiq   danakli,   to‘rtinchisi   esa   kam   hosillidir.   Bu   farqli   jihatlar
“o‘rik” UMISida aks etmaydi. “O‘rik” UMISida barcha o‘riklar uchun umumiy
bo‘lgan jihatlar mavjud. AHVO moddiy, kishi sezgi a’zolariga ta’sir qiladi. 
2.UMISning takrorlanuvchanligi va AHVOning betakrorligi. “Umuman o‘rik”
UMISi har bir o‘rik AHVOsida takrorlanadi. Borliqda qancha AHVO bo‘lsa ham, har birida UMIS o‘zining bir qirrasini namoyon qilaveradi. Lekin AHVO sifatidagi
muayyan   o‘riklar   takrorlanmaydi.   Kesilgan   bir   o‘rikni   qayta   ekishning   iloji   yo‘q.
Ammo   qancha   o‘rik   kesilgani-yu   ekilgani   bilan   umuman   o‘rik   UMISi
o‘zgarmasdan turaveradi. Demak, UMIS – barqaror, AHVO – o‘tkinchi.
3.UMISning   cheklanganligi   va   AHVOning   cheksizligi.   UMIS   sifatida
“umuman   o‘rik”   bitta.   Ammo   o‘rik   AHVOlari   cheksiz.   Shu   kungacha   mavjud
bo‘lgan   va   kelajakda   ekib,  o‘stiriladigan  o‘riklar   sonini   tasavvur   qilib  bo‘lmaydi.
Ammo   UMIS   bittaligicha   turaveradi.   UMIS   va   AHVO   munosabati   falsafada
substansiya va aksidensiya, tasavvufda  zot  va  tajalli  sifatida qaraladi. 
3.Tilda UMIS va AHVOning xususiyatlari.   Endi falsafiy UMIS va AHVO til
hodisalarida   voqelanishi   haqida   fikr   yuritamiz.   Qalin,   qora,   katta   so‘zlaridagi   a
tovushlarini talaffuz qilaylik. Sezgilarimiz 4 ta   a   unli tovushni his qiladi. Bundagi
birorta   a   tovushini   qayta   talaffuz   qilib   bo‘lmaydi.   Qayta   aytilgani   esa   endi
beshinchi   a   tovushi   bo‘ladi.   Talaffuz   qilingan   a   tovushini   (boshqa   tovushlarni
ham)   qayta   talaffuz   qilish   mumkin   emas   va   har   bir   qayta   aytilgan   tovush   yangi
ekan,   demak,   nutqimizdagi   a   tovushlari   cheksiz,   hech   qachon   takrorlanmaydi   va
sezgi   a’zolari   yordamida   his   qilinadi   (aytilganda   eshitiladi,   yozilganda   o‘qiladi).
“ a”  tovushi AHVO bo‘lib, u yuqorida zikr etilgan “alohida o‘rik”ka o‘xshaydi.
AHVOlar   qanchalik   ko‘p,   rang-barang   bo‘lishiga   qaramay,   ongimizda
ularning umumlashmasi sifatidagi yakka [ a ]   UMISi bor. Bu [ a ]   yuqorida aytilgan
“umuman   o‘rik”   kabi   moddiylikka   ega   emaslik   (ongda   psixofizik   holatda
mavjudlik), barcha  a  tovush (AHVO)larida takrorlanuvchanlik, miqdoran cheklilik
(ya’ni bittalik) xossalariga ega. 
Nutq  tovushi AHVO   va fonema UMIS deb yuritiladi.
Falsafiy   UMIS   va   AHVOning   leksikada   voqelanishiga   diqqat   qilamiz.
Misollar:   Men   kitob   o‘qishni   boshladim.   Bu   kitobni   Halim   nega   keltirdi?   Kitob
qiziqarliligi bilan meni tezda o‘ziga rom qildi   gaplarida uchta   kitob   so‘zi mavjud.
Bu   so‘zning   ham   har   biri   “muayyan   o‘rik”,   “muayyan   a   tovushi”   kabi   moddiy
voqelanganlik, takrorlanmaslik belgilariga ega va ular qatorini yana cheksiz davom
ettirish   mumkinligi   sababli   AHVOlarning   barchasiga   xos   belgilarni   o‘zida mujassamlashtirgan.   Cheksiz   kitob   so‘zlarining   zamirida   esa   “umuman   kitob”
UMISi yashiringan. U nutqqa chiqadigan barcha   kitob   so‘zlari uchun doimiy asos
sifatida   yashaydi.   Chunki   ikkinchi   kitob   so‘zi   birinchisining   takrori   emas.   U   –
yangi so‘z. Qolgan barcha so‘zlar uchun shunday fikrni aytish mumkin.
Morfologiyada   -ni   tushum   kelishigi   shaklining   turli   nutqiy   qo‘llanishlari
morfologik  AHVOlar   bo‘lib,   bu  qo‘shimchalar   ongdagi   [ -ni ]   UMISi   (morfemasi)
asosida voqelangan.
Sintaksisda   UMIS   va   AHVO   munosabati   quyidagi   tarzda   namoyon   bo‘ladi.
Masalan,  Kitob ning  varag‘i, uy ning  eshigi, Halim ning  savoli, qog‘oz ning  qalinligi,
ruchka ning   qopqog‘i   kabi   so‘z   birikmalari   alohida-alohida   AHVOlar,   ularning
umumiy [ qaratqich kelishigidagi mustaqil so‘z + egalik shaklidagi mustaqil so‘z =
qaratuvchi va qaralmishning turli munosabatlari]  qolipi – UMISining 1
  voqelanishi.
O‘zbek   tilidagi   barcha   gap   qurilmalari   AHVOlar,   “kesimlik   qo‘shimchalari   bilan
shakllangan atov birligi”, ya’ni  WPm  UMISining yuzaga chiqishi 2
. 
Esda   tutish   kerakki,   UMIS   hech   qachon   muayyan   bir   AHVOda   to‘la-to‘kis
yuzaga   chiqa   olmaydi,   unda   o‘zining   ma’lum   bir   qisminigina   namoyon   qiladi.
Masalan, [WPm]   UMISi   Men keldim   gapida boshqa,   Ketadimi?   gapida boshqa bir
qirrasini   namoyon   qilgan.   Gapning   darak   va   so‘roq   belgilari   bir   butun   holda
birdaniga voqelana olmaydi. 
Biroq AHVO UMISdan tashqarida ham bo‘la olmaydi. Har qanday sodda gap
baribir   WPm   UMISi   doirasidan   tashqariga   chiqa   olmaydi.   Buni   So‘fi   Olloyor
HAQ   (bizningcha,   UMIS)   va   sifat   (bizningcha,   AHVO)   munosabati   misolida
mahorat bilan tasvirlaydi:
Subutiydir aning  (ya’ni  HAQning)  sakkiz sifoti,
Sifot zoti emas, na g‘ayri zoti.
1
Eslatma:   mustaqil   so‘z   atamasi   uchun   qulaylik   maqsadida   tilshunoslar   tomonidan   qabul   qilingan   inglizcha   word
so‘zining bosh harfi bo‘lgan W belgisidan foydalanamiz: [ W qaratqich kelishigi
 – W egalik qo‘shimchasi
 tarzida)  
2
Eslatma :  bunda  [ W ] –  yuqoridagidek  « mustaqil   so ‘ z », « atov   birligi »  ma ’ nosiga   ega , [ Pm ]  esa   kesimlik   ko ‘ rsatkichi
bo ‘ lib ,  predikat   ( P )  ва   marker  ( m )   so ‘ zlarining   bosh   harflaridan   olingan . Mazmuni:   HAQning   sakkizta   sifati   barqarordir,   biroq   ulardan   birortasi   (o‘z-
o‘zicha, yakka holda) uning zoti (UMIS) ni tashkil eta olmaydi.
1.Tilda   assosiativ   munosabat.   Sistemadosh   lisoniy   birliklar   bir-birini   eslatib
turadi.   Shu   boisdan   ular   jamiyat   a’zolari   ongida   bir   tizimga   birlashgan   holda
yashaydi.   Masalan, [ a]   fonemasi  [ o]   fonemasini, [ u]   fonemasi  [ o‘ ]   fonemasini, [ i]
fonemasi [ e]  fonemasini eslatadi.  Bu fikr undosh fonemalarga ham taalluqli.  Lekin
[ a]   fonemasi   dabdurustdan   [ q]   yoki   [ h]   fonemasini   eslatmaydi.   Chunki   ular   ikki
sistema   –   unli lar   va   undoshlar   sistemasiga   kiradi.   Unlilar   bir-birini   unlilar
sistemasida,   undoshlar   esa   undoshlar   sistemasida   eslata   oladi.   Hatto   [ u]
fonemasining   [ a]   fonemasini   eslatishi   o‘z   sistemadoshi   bilan   birgalikda   amalga
oshiriladi. Masalan,  [ a] , [ o]   fonemalari  ichki, mikrosistema  hosil  qilib, birgalikda
boshqa fonema juftliklarini eslatadi.   Bir - birini eslatib turish   assosiativ munosabat
deyiladi.  Eslatish ikki tomonlama bo‘lishi ham mumkin. Masalan, [ yuz]  leksemasi,
bir   tomondan   [ bet] ,   [ chehra] ,   [ jamol] ,   [ oraz]   kabi   birliklarni,   ikkinchi   tomondan,
[ burun] ,   [ ko‘z] ,   [ quloq] ,   [ qosh] ,   [ lab]   leksemalarini   eslatadi   va   bunda   u   ikki
sistemaning a’zosi  ekanligini namoyon qiladi .
Bir-birini eslatuvchi birliklar umumiy, o‘xshash belgi-xususiyatga ega bo‘ladi.
Ana   shu   o‘xshashlik   va   umumiylik   ularni   birlashtiruvchi,   bir   sistemada   “ ushlab
turuvchi ”   belgilari  sanaladi.  Masalan,  unlilar   “ sof ovozga egalik ”   umumiy belgisi
ostida   birlashadi.   Ammo   ular   farqli   belgiga   ham   ega   bo‘lishi   shart.   Masalan,   bu
sistemada   [ a]   “ lablanmaganlik ” ,   [ o]   “ lablanganlik ”   farqlovchi   belgisiga   ega,
“ kenglik ”  belgisi esa ularni birlashtiradi.
2.Lisoniy paradigma haqida.   Umumiy belgisi asosida birlashgan va bir-birini
taqozo etadigan, ammo har biri o‘ziga xos belgisi bilan boshqasiga qarama-qarshi
turuvchi   lisoniy   birliklar   sistemasi   paradigma   deyiladi   ( paradigma   grekcha
paradeigma –  “misol”, “namuna”  degan ma’nolarni bildiradi) 3
.  Har qanday lisoniy
sistema, bir vaqtning o‘zida, lisoniy paradigma sanaladi. Grammatik kategoriyalar
ham lisoniy paradigma ko‘rinishlaridan biri.
3
Paradigma   so‘zi   omonim   termin.   U   “yo‘nalish”,   “soha”   ma’nosida   ham   ishlatiladi:   Lingvokulturologiya   –
tilshunoslikning yangi paradigmasi kabi.   Paradigmani   tashkil   etuvchi   lisoniy   birlik   paradigma   a’zosi   deb   yuritiladi.
Paradigma   kamida   ikkita   a’zodan   iborat,   ular,   asosan,   bir   lisoniy   sathga   mansub
bo‘ladi. 
Ferdinand   de   Sossyur   lisoniy   paradigma   tarkibidagi,   boshqacha   aytganda,
lisoniy   birliklar   orasidagi   paradigmatik   (assotsiativ,   bir-birini   eslatib   turish,
o‘xshashlik)   munosabatini   lisoniy   birlik   uchun   eng   asosiy   munosabat   sifatida
baholagan.
Bir   paradigma   tarkibiga   kiradigan   birliklar   quyidagi   xususiyatlarga   ega
bo‘lishi kerak:
1)   paradigmadagi   bitta   birlik   tilga   olinganda,   shu   paradigmaga   kiruvchi
boshqa   a’zo   ham   eslanishi   (masalan,   bir   kelishik   shaklining   boshqa   kelishik
shakllarini,   bir   ma’nodosh   birlikning   ma’nodoshlik   qatoridagi   boshqa   birlikni
eslatishi kabi);
2)   muayyan   nutq   sharoiti   uchun   o‘zaro   paradigmatik   munosabatda   turgan
birlikdan,   ya’ni   paradigma   a’zolaridan   bittasi   tanlanishi   (masalan,   Salim...   kitobi
birikmasi uchun kelishiklar paradigmasidan qaratqich kelishigining olinishi); 
3)   bir   paradigmaning   a’zolari   o‘zaro   o‘xshashlik   bilan   birga,   har   biri
ikkinchisidan qaysidir bir xususiy belgisi bilan farqlanib turishi (masalan, tushum
va   jo‘nalish   kelishiklari   “oldingi   so‘zni   keyingi   fe’lga   tobelash”   vazifasini
bajarishda o‘xshash, lekin biri “vositasiz to‘ldiruvchi sifatida tobelash”, ikkinchisi
“vositali to‘ldiruvchi yoki hol sifatida tobelash” belgisi bilan farqlanadi);
4) paradigma a’zolari nutqda bir o‘rin va (mavqeda) kelib, bir-birini ma’lum
holatda   almashtira   olishi,   o‘rnini   egallashi   (masalan,   kitob...   o‘qish   birikmasini
hosil qilishda tobe so‘zni bosh, tushum, chiqish kelishiklari shakllantira oladi).
Lisoniy   paradigma   va   uning   a’zolariga   nisbatan   de   Sossyur   tomonidan
qo‘yilgan bu talab qariyb yuz yildan beri deyarli o‘zgarishsiz saqlanib kelmoqda. 
3.Lisoniy   paradigma   turlari.   Paradigma,   qamroviga   ko‘ra,   katta   va   kichik,
tashqi   va   ichki   paradigmalarga   bo‘linadi.   Bu   paradigmalar   bir-biriga   nisbatan
olinadi.   Masalan,   undoshlar   (katta   yoki   tashqi)   paradigmasi   jarangli   va   jarangsiz
ungoshlar (kichik yoki ichki) paradigmalariga bo‘linadi.  Fonemalar sistemasi fonetik (yoki fonetik - fonologik) paradigma deyiladi.
Semantik-grammatik   umumiylikka   ega   bo‘lgan   leksik   birliklar   lug‘aviy
paradigmani   tashkil   etadi.   Sinonimik,   antonimik,   graduonimik   qatorga   birlashgan
leksemalar   sistemasi,   alohida   lug‘aviy   guruhlar   leksik   paradigmalardir.   Ular
yuqorida   paradigmaga   qo‘yilgan   talablarga   to‘la   javob   beradi.   lug‘aviy-mavzuiy
to‘da, lug‘aviy-mazmuniy maydon, so‘z turkumlari ham yirik (makro) paradigmani
tashkil   etadi.   Leksik   paradigma   va   ularda   amal   qiluvchi   paradigmatik   munosabat
haqida «Leksikologiya-semasiologiya» bo‘limida bahs yuritiladi.
Morfologik   kategoriya   (morfologik   shakllar   sistemasi)   –   morfologik
paradigmadir.   Morfologik   shakllarning   paradigmatik   munosabati   haqida
« M orfologiya-morfemika» bo‘limida batafsil to‘xtalinadi.
Sintaktik   qoliplar   sistemasi   sintaktik   paradigmani   tashkil   etadi.   Sintaktik
paradigma   ikkiga   –   gap   paradigmasi   va   so‘z   birikmasi   paradigmasiga   bo‘linadi.
Gap paradigmasining o‘zi ikki – sodda gap qoliplari va qo‘shma gap qoliplari ichki
(mikro) paradigmasiga bo‘linadi. Bu bilan «Sintaksis» bo‘limida tanishasiz.
1.Ziddiyat haqida umumiy ma’lumot. Ziddiyat (arabcha “ qarama-qarshilik ”;
varianti:   oppozitsiya )   tilshunoslikda   bir   sistemadagi   lisoniy   birliklarning
mazmuniy tomoni asosida o‘zaro u yoki bu darajada farqlanishini ifodalaydi. 
Tabiat,   jamiyat   va   tafakkurdagi   mavjudlik   va   taraqqiyotning   asosiy   omili
qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bo‘lganligi kabi lisoniy paradigmada
birliklarni   bir-biriga   bog‘lab   turuvchi,   paradigmaning   yashovchanligini
ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatdir. Lisoniy ziddiyat falsafiy qarama-qarshiliklar
birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashuvi, voqelanishidir. 
Ziddiyat   paradigmatik   va   iyerarxik   munosabatning   xossasi   sifatida
sintagmatik   munosabatga   qarama-qarshi   qo‘yiladi.   Sintagmatik   munosabatda
ziddiyat emas, uyg‘unlik ustuvorlik qiladi.  
Ma’lum   bir   lisoniy   birlik   mansub   ziddiyatlar   majmui   bu   birlikning   lisoniy
mohiyatini aniqlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. lisoniy mohiyatni aniqlash lisoniy
birlikning boshqa birlikdan farqlanuvchi barqaror belgilarini oydinlashtirishdir. Lisoniy birliklar orasidagi  ziddiyat ma’lum bir belgi asosida  mavjud bo‘ladi.
Zidiyatga   kirishuvchi   lisoniy   birliklar   ziddiyat   a’zosi,   ziddiyatga   asos   bo‘luvchi
belgi   ziddiyat   belgisi   deyiladi.   Masalan,   [o]   va   [a]   unlilari   o‘zaro
“lablanganlik/lablanmaganlik”   belgisi   asosida   qarama-qarshi   turadi.   Bunday
qarama - qarshilik   ziddiyat,   qarshilanayotgan   fonemalar   ziddiyat   a’zolari,
“lablanganlik/lablanmaganlik” belgisi esa ziddiyat belgisidir. 
Lisoniy sathda ziddiyatning turli ko‘rinishi mavjud. Ulardan eng muhimlarini
ko‘rib o‘tamiz.
Ziddiyat  a’zolari   orasidagi   qarama-qarshilikning  xususiyatidan   kelib  chiqqan
holda ziddiyatning: 
a) noto‘liq (privativ) ziddiyat;
b) teng qiymatli (ekvipolent) ziddiyat;
e) muntazam (proporsional) ziddiyat
d) darajali (gradual) ziddiyat;
va boshqa turlari farqlanadi .
2.Noto‘liq   ziddiyat.   Noto‘liq   (privativ)   ziddiyatda   qarshilanuvchi   a’zolardan
birida   ziddiyat   belgisi   to‘liq   va   aniq,   boshqasida   esa   noaniq   namoyon   bo‘ladi.
Masalan,   [ bola]   va   [ o‘g‘il]   leksemalarini   olaylik.   Ular   “erkak   jinsli”   deb   atalgan
ziddiyat belgisiga ikki  xil  munosabat  bildiradi. Bu belgi [ o‘g‘il]   leksemasi  ma’no
tarkibida   aniq   berilgan,   shu   boisdan   uning   ushbu   belgiga   munosabati   aniq   yoki
“belgilangan”   deyiladi   va   shartli   ravishda   (+)   belgisi   bilan   beriladi.   [ bola]
leksemasida   esa   jins   belgisi   aniq   emas.   Chunki   uning   ma’no   tarkibida   “er”   yoki
“ayol”   (ya’ni   jins)   semasi   yo‘q.   Boshqacha   aytganda,   bola   o‘g‘il   ham,   qiz   ham
bo‘lishi   mumkin.  Shuning   uchun  bu   leksemaning   ziddiyat   ko‘rsatkichiga   ishorasi
“belgilanmagan”   (noma’lum,   noaniq,   majhul)   deyiladi   va   shartli   ravishda   (+/–)
yoki (0) (nol) belgisi bilan qayd etiladi (10-jadval): 
                                                    10 - jadval
“ erkak ”
o‘g‘il  ( +) bola  (0) Bu ziddiyatdagi aniq belgili a’zo kuchli a’zo, noaniq belgili a’zo kuchsiz a’zo
ham deyiladi.
Noto‘liq   ziddiyat   tilning   barcha   sathida   amal   qiluvchi   muhim   qonuniyatdir.
Masalan,   morfologiyada   leksemalarni   umumiy   grammatik   ma’nosiga   ko‘ra
mustaqil   va   nomustaqil   leksemaga   bo‘lish   privativlik   asosida   amalga   oshiriladi.
Bunda “lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik” noto‘liq ziddiyatning belgisi, ziddiyatda
mustaqil leksema belgilanmagan, kuchsiz a’zo bo‘lsa, nomustaqil leksema belgili,
kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi (11-jadval):
                                 11-jadval                 
“ lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik ”
nomustaqil leksemalar ( +) mustaqil leksemalar  (0)
Chunki mustaqil leksema lug‘aviy ma’no ifodalashi ham, nomustaqil leksema
vazifasida   kelishi   ham   mumkin.   Masalan,   ot   ko‘makchi,   fe’l   ko‘makchi,
ko‘makchi fe’l va  boshqalar   o‘rni bilan  nomustaqil leksema kabi lug‘aviy ma’nosiz
ham bo‘la oladilar.
Noto‘liq   ziddiyatda   belgi   tanlash   ixtiyoriy   emas.   Masalan,   bir   qarashda
yuqoridagi   ziddiyatda   belgini   “ lug‘aviy   ma’no   ifodalash ”   deb   ham,   “ lug‘aviy
ma’no ifodalay olmaslik ”   deb ham qo‘yish mumkindek tuyuladi. Keling, ziddiyat
belgisini  yuqorida qo‘yilganidek emas,  balki   “ lug‘aviy ma’no ifodalay olish ”   deb
o‘zgartirib ko‘raylik (12-jadval): 
                                 12-jadval                 
“ lug‘aviy ma’no ifodalay olish ”
mustaqil leksemalar ( +) nomustaqil leksemalar  (0)
Noto‘liq   ziddiyatda   qaysidir   bir   a’zo   0   (nol)   belgisini   olishi   kerak.   Oldingi
ziddiyatda   mustaqil   leksemalar   ushbu   belgiga   ega   edi.   Bunda   endi   nomustaqil
leksemalar   olishi   kerakka   o‘xshaydi.   Yo‘q,   bunday   emas.   Chunki   nomustaqil
leksema   goh   lug‘aviy   ma’no   ifodalash,   goh   ifodalamaslik   xossasiga   ega   emas.
Ziddiyatning   ikkinchi   a’zosi   ( + )   belgisiga   egami?   U   (ya’ni   mustaqil   leksemalar) h a m i s h a   «lug‘aviy   ma’no   ifodalay   olish»   belgisiga   ega   bo‘lib,   boshqa   xil
vazifada   qo‘llana   olmaydimi?   Yo‘q,   u   bunday   xususiyatga   ega   emas;   oldingi
ziddiyatda   ko‘rib   o‘tganimizdek,   mustaqil   leksema   “ lug‘aviy   ma’no   ifodalay
olmaslik ”   belgisiga   ega   bo‘la   oladi.   ( – )   belgisiga   ham   ega.   Demak,   keyingi
“ ziddiyat ”   noto‘liq   ziddiyat   emas.   Ziddiyat   lisoniy   birlikning   mohiyatini,   ya’ni
substansial tabiatini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Aks holda  “ sun’iy ”  ziddiyat kelib
chiqadi.   Boshqa   ziddiyat   kabi   noto‘liq   ziddiyat   ham   obyektiv   va   bizning   xohish-
irodamizga bog‘liq emas. 
Noto‘liq   ziddiyatdagi   kuchli   a’zoning   belgisi   aniq,   shuning   uchun   uning
imkoniyati   tor,   kuchsiz   a’zoning   belgisi   noaniq,   shuning   uchun   imkoniyati   keng
ekanligini esda tutish lozim.
2.Ekvipolent   (teng   qiymatli)   ziddiyat.   Ekvipolent   ziddiyatda   ikki   a’zo
qarshilantirilib,   har   biri   o‘ziga   xos,   ikkinchisiga   xos   bo‘lmagan   belgiga   ega
bo‘ladi.   Masalan,   ovoz   va   shovqinga   ko‘ra   jarangli   va   jarangsiz   undosh   teng
qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega bo‘lgan a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi.
3.Muntazam (proporsional) ziddiyat. Muntazam (proporsional) ziddiyatda bir
belgi   juftlangan   turli   birliklar   uchun   ziddiyat   ko‘rsatkichi   bo‘lib   xizmat   qiladi.
Masalan,   “jins”   belgisi   ota-ona,   aka-opa,   singil-uka,   tog‘a-xola   lug‘aviy
zidlanishlari   uchun   umumiy.   Lekin   ular   bu   belgini   o‘z-o‘zicha   “bo‘lib   olishadi”.
“jins”   belgisini   [aka]   leksemasi   “erkak”,   [opa]   leksemasi   “ayol”   ko‘rinishida
xususiylashtiradi.
4.Darajali   ziddiyat.   Darajali   ziddiyat   a’zolari   kamida   uchta   bo‘lib,   ziddiyat
belgisining   o‘sib   borishiga   ko‘ra   a’zolar   qator   hosil   qiladi.   Masalan,   tilning
ko‘tarilishiga   ko‘ra   unli   fonemalar   darajalanishi   quyidagicha:   [ a]   –   [e]   –   [i]   yoki
[ o]   –   [o ‘ ]   –   [u] .   Bunda belgi  birinchi a’zoda kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va
keyingi a’zoda kuchli yoki aksincha bo‘lishi mumkin. 
Darajali   ziddiyat   ham   barcha   sath   birliklarida   uchraydi.   Masalan,   leksikada
[ ninni]   –   [chaqaloq]   –   [go‘dak]   –   [bola]...,   [turq]   –   [bashara]   –   [bet]   –   [yuz]   –
[ chehra]... ,   morfologiyada   harakat   nomi-sifatdosh-ravishdosh   (“fe’lni   o‘zgalash
darajasiga ko‘ra” belgisi asosida) kabi.  A’zolari miqdoriga ko‘ra ziddiyat ikki a’zoli (binar) va ko‘p a’zoli ziddiyatga
bo‘linadi. Masalan, noto‘liq ziddiyat ikki a’zoli (binar), darajali ziddiyat esa ko‘p
a’zoli (ternar) ziddiyatdir.
Lisoniy   birliklar   orasidagi   ziddiyatlarni   to‘g‘ri   anglash   va   idrok   etish   ular
mohiyatini aniq tushunish va talqin qilishning asosidir. 
Tasnif   (arabcha   «saralash»,   «tartibga   solish»)   narsa   va   predmetni   aniq   va
doimiy   o‘ringa   ega   bo‘lgan   guruh   (sinf)   larga   bo‘lish.   Agar   tasnif   barqaror
asosga   ega   bo‘lsa,   u   uzoq   davr   mobaynida   amal   qiladi.   Masalan,   kimyoviy
unsurlar   tasnifi   bugungi   kunda   ular   soni   200   dan   oshib   ketayotgan   bo‘lsa-da,
o‘zgarmasdan amal qilmoqda.
Tasniflash   oddiy   bo‘lishdan   barqaror   tabiatliligi   bilan   ajralib   turadi.   To‘g‘ri,
tasniflashda   ham   oddiy   bo‘lishda   amal   qiladigan   barcha   tamoyillar   asos   bo‘lib
xizmat qiladi. Ya’ni tasnifda ham bo‘lishdagi kabi:
1) tasniflangan   bo‘laklar   hajmi   tasniflanayotgan   butunlik   hajmiga   teng
bo‘lishi;
2) tasnif bir asosda amalga oshirilishi;
3) tasnif (tasniflangan) guruhlari bir-birini inkor qilishi;
4) tasnif uzluksiz bo‘lishi, ya’ni unda «sakrash» bo‘lmasligi lozim. 
Bu qoidalarni qisqacha sharhlaymiz.
1. Tasniflangan guruh hajman tasniflanuvchi butunlikka mos kelishi. Masalan,
fonema   unli   va   undoshga,   leksemalar   mustaqil   va   nomustaqil   leksema lar ga,
qo‘shimcha   so‘z   yasovchi   va   grammatik   qo‘shimcha lar ga   ajraladi.   Agar
tasniflangan   guruh   soni   ancha   ko‘p   bo‘lsa,   «va   boshqalar»,   «va   hokazo»   tarzida
sanashni   tugatish   ham   mumkin.   Masalan,   «fe’lning   mavzuiy   guruhlari   «harakat
fe’l lar i», «nutq fe’l lar i», «tafakkur fe’l lar i», «yurish fe’l lar i» va hokazo» kabi.
Bu qoidaning buzilishi quyidagi xatolarga olib keladi:
a) noto‘liq tasnifda turning barcha jinslari  to‘liq sanalmaydi. Masalan,  «So‘z
yasovchi   ot   yasovchilar   va   fe’l   yasovchilarga   bo‘linadi»   kabi.   Chunki   so‘z
yasovchilar aytilganlardangina iborat emas; b)   ortiqcha   a’zoli   tasniflar   tasniflangan   guruhlar   hajman   tasniflanuvchi
butunlikdan   katta   bo‘ladi.   Masalan,   «unlilar   lablangan,   lablanmagan   va   bo‘g‘iz
turlariga ega».
2.   Tasnifning   bir   asosda   amalga   oshirilishi   lozimligi.   Tasniflanuvchi
butunlikni   guruhlarga   bo‘lish   bir   paytning   o‘zida   faqat   bir   belgi,   asos,   mezon
asosidagina   amalga   oshirilmog‘i   lozim.   Masalan,   so‘z   turkumlari   uch   –
morfologik, semantik va sintaktik belgi asosida tasniflanishi mumkin. Lekin har bir
tasnifda   ularning   birigagina   tayaniladi.   Tasnifda   bunga   rioya   qilmaslik   ikki   xil
xatoga olib keladi:
a)   tasnifni   amalga   oshira   olmaslikni   keltirib   chiqaradi.   Masalan,   so‘zlar
morfologik   jihatdan   o‘zgaruvchi   va   o‘zgarmas,   semantik   jihatdan   avtosemantik
(mustaqil ma’noli) va sinsemantik (nomustaqil ma’noli) so‘zlarga bo‘linadi. Lekin
ularni   bir   paytning o‘zida  morfologik va  semantik  tasnif  qilib  bo‘lmaydi.  Chunki
o‘zgarmas   so‘z   avtosemantik   ham,   sinsemantik   ham   bo‘lishi   mumkin.   Masalan,
ko‘makchi o‘zgarmas, sinsemantik, ravishlar o‘zgarmas, avtosemantik so‘z;
b)   tasnifning   bir   bosqichining   o‘zida   goh   u,   goh   bu   asosni   qo‘llash   yoki
biridan   ikkinchisiga   o‘tish   tasnif   izchilligiga   putur   etkazadi.   Masalan,   ergashgan
qo‘shma   gapning   an’anaviy   tasnifida   tasnif   dastlab   sintaktik   belgi   asosida   (ega
ergash   gap,   kesim   ergash   gap,   to‘ldiruvchi   ergash   gap,   aniqlovchi   ergash   gap)
boshlanib,   semantik   asos   bilan   davom   etar   va   tugar   edi:   payt   ergash   gap,   shart
ergash gap, o‘rin ergash  gap, to‘siqsiz  ergash  gap, natija ergash  gap va h.   Bun da
tasnif dastlab sintaktik belgi asosida amalga oshirilib, ikkinchi bosqichda semantik
tasnif amalga oshirilsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Masalan (13-jadval):
13 - jadval 
Ergash  gap
Ega erg. g. K esim e.
g. Aniqlovchi
e. g. To‘ldiruvchi e.
gap Hol erg. Gap
Hol  ergash gap
Sabab  O‘rin  Pay
t  Sha
rt  Natij
a  To‘siq
siz  Maqsa
d  Daraja-
miqdor  3. Tasnif a’zolari (guruhlari) bir-birini inkor etishi lozim. Masalan, undoshlar
til   oldi,   til   o‘rta,   til   orqa,   bo‘g‘iz,   jarangli,   jarangsiz   turlardan   iborat   deyilgan
tasnifda   a’zolarning   ayrimlari   boshqalarini   inkor   eta   olmaydi.   Ya’ni   jarangli
undosh   til   oldi   undoshi   bilan   zidlana   olmaydi,   til   oldi   va   til   o‘rta   undoshlari   bir-
birini inkor etish xossasiga ega.
4.   Tasnifda   sakrash   bo‘lmasligi   lozim.   Agar   «kesim   sodda   kesim,   murakkab
fe’l kesim, murakkab ot kesimga bo‘linadi» tasnifini amalga oshirsak, xatoga yo‘l
qo‘ygan bo‘lamiz. Chunki dastlab kesimni sodda va murakkabga, so‘ngra fe’l va ot
kesimga bo‘lish to‘g‘ri hamda izchil tasnifni beradi.
Tasnifning   bo‘lishdan   farqi   shundaki,   bo‘lishda   a’zolar   guruhlanishi   shart
emas.   Masalan,   «lablanmagan   unlilar   i,   e,   a   dir»   deyish   tasnif   emas,   balki
bo‘lishdir.   Tasnif   xarakteriga   ega   bo‘lish   uchun   i   yoki   a   guruh   (sinf)   bo‘lib,   o‘z
navbatida,   yana   bo‘linib   ketishi   lozim   edi.   Unlilarni   lablangan   va   lablanmagan
unliga   bo‘lish   tasnif   bo‘lib,   lablanmagan   yoki   lablangan   unlini   bo‘lish   oddiy
bo‘lish bo‘lsa-da, tasnif maqomida emas.
Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‘lishi mumkin.
Dixotomik   tasnifda   birliklar   ikki   guruhga   ajratiladi:   «fonemalar   unli   va
undoshga   ajraladi»   kabi.   Politomik   tasnifda   guruh   soni   ikkidan   ortiq   bo‘ladi:
«Grammatik   qo‘shimcha   lug‘aviy   shakl   hosil   qiluvchi,   sintaktik   shakl   hosil
qiluvchi  va lug‘aviy sintaktik  shakl  hosil  qiluvchiga bo‘linadi» yoki  «fe’llar  nutq
fe’llari, ruhiy-holat fe’llari va h.k.» kabi.
Dixopolitomik   tasnifda   tasniflanuvchi   butunlik   dastlabki   bosqichda   ikkiga,
keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan (14-jadval):
14 - jadval
Fonema 
Unli Undosh 
Yuqori tor O‘rta
keng  Quyi keng Lab  Til Bo‘g‘iz 
kabi. Tasnif asosini tanlash muhim. Chunki biror sistemani turli asosda tasnif qilish
har   xil   natija   beradi.   Masalan,   undosh   fonemani   ovoz   va   shovqinning   ishtirokiga
ko‘ra jarangli va jarangsizga, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshiga
ajratish mumkin.
Lisoniy   tasnif   tasniflanayotgan   birliklarning   ichki,   substansial   belgilariga
ko‘ra yoki  muhim  bo‘lmagan  zohiriy xossasiga  asoslangan  bo‘lishi  mumkin. Shu
boisdan tabiiy yoki yordamchi tasnif farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birlikning
ichki, barqaror belgilariga asoslaniladi. Yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirildi.
Yordamchi   tasnifda   birlikning   ontologik   bo‘lmagan   xossasini   bildiruvchi
belgilariga   tayaniladi.   Masalan,   «so‘zlarning   bo‘g‘in   sonlariga   ko‘ra   tasnifi   (bir
bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar)», «unlilarning tilning gorizontal
holatiga ko‘ra tasnifi» va h.
Tasnif izchilligi – substansial yondashuvning asosiy talablaridan biridir.
  ADABIYOTLAR :
Asosiy adabiyotlar:
1. Jamolxonov   N.   Hozirgi   o‘zbek   tili.   1-qism.   –T.:   O‘qituvchi,     2005.   Darslik.
O‘z R OTV tas.
2. Sayfullaeva   R.,   Mengliyev   B.,   Qurbonova   M.,   Yunusova   Z.   Hozirgi   o‘zbek
adabiy tili. –T.: Fan va texnologiya, 2009.
3. Sayfullaeva   R.   va   boshqalar.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tili.   –T.:   Fan   va
texnologiya, 2010. Darslik. O‘z R OO‘MTV tasdiqlagan.
Qo‘shimcha  adabiyotlar
4. Zikrullaev G‘. Istiqlol va adabiy til.  – T.: Fan, 2004. 
5. Mengliev B. Til yaxlit sitema sifatida.  –T.:  Nihol, 2010.
6. Ne’matov H., Bozorov O. Til va  nutq. –T.: O‘qituvchi, 1993. 
7. Ne’matov   H.,   Rasulov   R.   O‘zbek   tili   sistem   leksikologiyasi   asoslari.   – T.:
O‘qituvchi, 1995. 
8. Hojiev   A.   O‘zbek   tili   morfologiyasi,   morfemikasi   va   so‘z   yasalishining
nazariy masalalari.  – T.: Fan, 2011.
9. SHodmonov   E.,   Nafasov   T.   Hozirgi   o‘zbek   adabiy   tilidan   laboratoriya
mashg‘ulotlari. –T.: O‘qituvchi, 1986.
10. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnallari. –T., 1990-20151.
11. “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari. –T.,   1990-20151.
   
Lug‘atlar
12. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. –T., 2002. 
13. Mengliyev   B.,   Xoliyorov   O‘.,   Qodirova   X.   Ona   tili.   Qomusiy   lug‘at.   –T.:
Yangi asr avlodi, 2010.

TIL, LISON VA NUTQ MUNOSABATI. TIL SATHLARI VA BIRLIKLARI. LISONIY PARADIGMA, LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI. Reja: 1.Ilmiy bilish va uning bosiqchlari. 2.UMIS va AHVO tushunchalari. 3.Tilda UMIS va AHVOning xususiyatlari. 4.Til, lison, nutq tushunchalari.

1.Ilmiy bilish va uning bosiqchlari. Ilmiy bilish ilmiy tafakkur asosida borliq haqida bilim hosil qilishdir. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi murakkab, xilma-xil va rang-barang hodisalar mohiyatini, rivojlanish qonunlarini ilmiy o‘rganishning aniq usullari mavjud, ular ilmiy tadqiqotlarning yo‘nalishini ifodalaydi. Falsafa va fanda ilmiy bilishning ikki bosqichi farqlanadi: a) fahmiy (empirik, amaliy, tajribaviy) bilish; b) nazariy (idrokiy, mantiqiy, aqliy) bilish. Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan manba, uning bo‘lim va tarkibiy qismlari, belgi-xususiyatini aniqlash, saralash, izchillashtirish va tasvirlash amalga oshiriladi. Bunda asosiy e’tibor o‘rganish manbaining tashqi, zohiriy xususiyatlarini aniqlashga qaratiladi. Aslida bu hali tom ma’nodagi ilmiy bilish emas, lekin ilmiy o‘rganishning zaruriy, tarkibiy qismi, bosqichi hisoblanadi. Buni Alisher Navoiy “Lisonut - tayr” dostonidagi “Ko‘rlar va fil hikoyati”da ko‘rlarning fil haqida tasavvur hosil qilishlari misolida tasvirlaydi. Nazariy bilish empirik, ya’ni fahmiy bilishsiz amalga oshmaydi. Amaliy bilish jarayonida to‘plangan faktik material nazariy bilish jarayonida aqliy tafakkur yo‘li bilan umumlashtirilib, ularning mohiyati ochiladi. Bu bosqich Navoiyning yuqorida tilga olingan asarida orifning fil haqida bilim hosil qilish usuli misolida bayon etiladi. Manbani o‘rganishning har ikki bosqichi ham birday muhim, ikkinchisini birinchisisiz, birinchisini ikkinchisisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ularni bir-biridan uzish, qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Bilishning ikki zaruriy bosqichi ham cheklangan. Nemis shoiri Gyote “ Nazariya quruq yog‘ochdir” deb nazariy bilishning hodisalardan uzilganligini uqtiradi. Bilishning ikki zaruriy bosqichi o‘zbek tilshunosligi taraqqiyotida ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligi (XX asrning 20-yillaridan 80-yillarigacha) amaliy bosqichni bosib o‘tdi. Bu davrda amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat edi: 1) tilning bo‘limlarini aniqlash;

2) har bir bo‘limga doir birliklarni chegaralash; 3) birliklarning zohiriy alomatlarini yoritish. Fonetikada hozirgi o‘zbek tilidagi 6 ta unli, 24 ta undosh aniqlanib, ularning bevosita sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi xossalari (nutq a’zolarining harakati, tovushlarning eshitilishi, cho‘ziq/qisqaligi, baland/pastligi, kuchli/kuchsizligi kabilar) o‘rganildi. Biroq har bir tovushning mohiyati, ya’ni substantsiyasiga bu zohiriy belgilar qay darajada daxldor degan muammo nazariy o‘rganish jarayonida fonemalarning variant-invariantlik muammosi ostida tadqiq qilindi. Har bir tovushning mohiyati nazariy bosqichda ochib berildi. Bunday holatni morfologiyada ham kuzatish mumkin. Bunda so‘z turkumlari, har bir turkumga xos grammatik shakllar aniqlandi. Grammatik shaklning zohiriy belgilari – so‘zlarga qo‘shilish, ularni biriktirish jarayonidagi ma’no va vazifalari – nutqiy xususiyati tadqiq qilindi. Masalan, har bir kelishikning 20 dan 50–60 tagacha ma’nosi ajratilib, tavsiflandi. Bu ma’nolarni yanada ko‘paytirish mumkin edi. Zero hodisalar cheksiz, lekin ular qancha ko‘paysa, manba mohiyatini shuncha qorong‘ilashtiradi, to‘sib qo‘yadi. Quyidagi misollarga diqqat qiling: Gulnoraning kitobi, Gulnoraning opasi, Gulnoraning uyi, Gulnoraning yig‘isi. Bunda fahmiy (empirik) yondashuv qaratqich kelishigining “qarashlilik”, “mansublik”, “egalik”, “subyekt-harakat” kabi ma’nolarni farqlashni taqozo qiladi (qatorni yana davom ettirish va ma’nolar sonini ko‘paytirish mumkin). Bular – zohiriy ma’nolar, nutqiy hodisalardir. Empirizmda mohiyatga tomon bundan chuqurroq borish talab qilinmaydi. Nazariy o‘rganishda kelishikning har bir qo‘llanishidagi farqlardan “ko‘z yumilib”, umumiy jihat qidiriladi. Farqlarning ( kitob ), ( opa ), ( uy ), ( yig‘i ) va boshqa so‘zlar ta’sirida ekanligini nazariy yo‘l bilan aniqlaydi hamda shu asosda qaratqich kelishigining mohiyatini ochadi. Nazariy o‘rganish jarayonida til hodisalarida zohiriy (nutqiy) va botiniy (lisoniy) izchil jihat farqlanadi. Har bir birlik yondoshlari bilan o‘zaro munosabatda o‘rganiladi, ular bir sistema sifatida qaraladi. Masalan, yuqoridagi misolning birinchisida ( Gulnoraning kitobi ) qaratqich kelishigining “qarashlilik”, ikkinchisida ( Gulnoraning opasi ) “mansublik” nutqiy (xususiy) ma’nolari

voqelangan. Biroq qaratqich kelishigi shaklining barcha qo‘llanishi uchun umumiy jihat – “oldingi so‘zni keyingi so‘zga tobelash” ma’nosi bevosita sezgi a’zolari yordamida anglashilmaydi, balki idrok etiladi, shuning uchun u lisoniy ahamiyatga ega. Bu umumiylik yuqoridagi misollarda “ Gulnora so‘zining opa so‘ziga qaratuvchilik munosabatini ifodalash”, “ Gulnora so‘zining kitob so‘ziga qaratuvchilik munosabatini ifodalash” tarzida bevosita kuzatishga chiqqan, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan qiymat kasb etib, xususiylashgan. Empirik yondashuvda har bir birlik alohida-alohida tekshiriladi. Masalan, a unlisini boshqa unlisiz, biror zamon yoki kelishik shakli boshqasidan ajratib, uzib o‘rganiladi. Nazariy o‘rganish bosqichida esa ular o‘z sistemadoshi bilan yaxlitlikda tahlil etiladi. Har bir birlikning, deylik, unlining, boshqa sistemadoshi bilan o‘zaro munosabatida namoyon bo‘ladigan belgisi nazariyotchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Til hodisalarini bu tarzda o‘rganish sistemaviy yondashuv deyiladi. Nazariy tilshunoslik har qanday birlikning mohiyati uning boshqa sistemadoshlariga munosabatini chuqur tahlil qilish bilan ochiladi, degan g‘oyaga tayanib ish ko‘radi. 2.UMIS va AHVO tushunchalari. Dialektika har qanday o‘rganish manbaida, borliqdagi har bir narsada ikki jihat borligini ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli tushunchalar asosida sistemalashtiradi: umumiylik – alohidalik; mohiyat – hodisa; imkoniyat – voqelik; sabab – oqibat. Birinchi jihat (uni tegishli tushunchalarning bosh harflari asosida qisqacha UMIS deb ataymiz) narsalarning sezgi a’zolari asosida his etilmaydigan, aql bilan idrok etiladigan substansiyasidir. Ikkinchi jihat esa (AHVO – alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) UMISning voqelanishi, yuzaga chiqishi, namoyon bo‘lishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi kishi sezgi a’zolari yordamida his qila oladi.

UMIS (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) va AHVO (alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) munosabatini yaqqolroq tasavvur qilish uchun hammaga tushunarli bo‘lgan misolga murojaat qilamiz. Hovlida beshta har xil o‘rik daraxti bor deylik, ular bevosita kuzatishda berilgan, sezgi a’zolari yordamida his qila olamiz. Lekin ongimizda yaxlit “o‘rik” tushunchasi mavjud. U bevosita kuzatishda berilmagan, ko‘rganlarimiz, eshitganlarimiz asosida aqliy yo‘l bilan tiklangan. Falsafada ana shu “umuman o‘rik”ka nisbatan UMIS, muayyan, ko‘z oldimizda turgan o‘rikka nisbatan AHVO atamasi qo‘llanadi. Bevosita kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar yordamida his qilish mumkin bo‘lgan AHVOning biri ikkinchisisiz bo‘lmaydi. Masalan, “umuman o‘rik” tushunchasi xususiy, yakka, alohida o‘riklar haqidagi tasavvurlardan tiklansa, yakka o‘rik “umuman o‘rik”ning voqelanishi, muayyanlashuvi. UMIS va AHVOni farqli belgilari asosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-jadval): 1-jadval UMIS AHVO Moddiylikdan xoli M oddiylikka ega T akrorlanuvchan Betakror Cheklangan Cheksiz va h. Buni quyidagicha sharhlash mumkin: 1. UMISning moddiylikdan xoliligi va AHVOning moddiylikka egaligi. “Umuman o‘rik” UMIS sifatida ong orqali idrok etiladi. U o‘zida yakka, alohida o‘riklarning barcha umumiy belgilarini mujassamlashtirib, farqli jihatini chetda qoldiradi. Masalan, bir o‘rik – daraxti erta, ikkinchisi esa kech pishadi, uchinchisi achchiq danakli, to‘rtinchisi esa kam hosillidir. Bu farqli jihatlar “o‘rik” UMISida aks etmaydi. “O‘rik” UMISida barcha o‘riklar uchun umumiy bo‘lgan jihatlar mavjud. AHVO moddiy, kishi sezgi a’zolariga ta’sir qiladi. 2.UMISning takrorlanuvchanligi va AHVOning betakrorligi. “Umuman o‘rik” UMISi har bir o‘rik AHVOsida takrorlanadi. Borliqda qancha AHVO bo‘lsa ham,