logo

Ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

149.2001953125 KB
Mavzu: Ma’lumotlar bazasi haqida asosiy
tushinchalar
Reja:
1 .  Qishloq  xo‘jaligida  axborot texnologiyalari fanining 
maqsadi va
vazifalari, axborotning qishloq  xo‘jaligidagi o‘rni
2.  Axborotlarning nazariy asoslari,  ma’lumotlarni
Kodlashtirish
3 .  Xulosa O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida ham sobit qadamlik bilan islohatlar
olib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”da belgilangan vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ushbu qonun hujjatlarning talablari asosida tayyorlanayotgan yuqori
kompetensiyaga ega mutaxassislarga extiyoj kuchaymoqda. Chunki zamonaviy
texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual
salohiyatiga ya’ni keng fikrlaydigan, kuchli raqobat sharoitida samarali xo‘jalik
yurita oladigan malakali va chuqur bilimga ega mutaxassislarga bog‘liq
bo‘lmoqda.
Xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarishda axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash yuqori samaradorlikka erishishning asosiy omillaridan
biri hisoblanadi. SHuning uchun ham yuqori saloxiyatga va malakaga ega bo‘lgan
qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlashda Qishloq xo‘jaligini
axborot texnologiyalar fanining o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirishning milliy
tizimini shakllantirishda, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy
axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya
vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda,
fuqarolarning axborotga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada
to‘liqroq qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda, milliy axborot
resurslaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini kengaytirishda hamda yuqori
saloxiyatga va malakaga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxasislarni
tayyorlashda «Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish katta
ahamiyatga egadir.
Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanini o‘rganish biror bir xolat
va jarayon uchun axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va qayta
ishlangan ma’lumotlar asosida eng samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
Fanni o‘qitishdan maqsad –zamonoviy axborot texnologiyalarining nazariy,
uslubiy va texnologik asoslarini; soha bo‘yicha aniq masalalarni echishda
axborot texnologiyalarni qo‘llashning amaliy yutuqlari tamoyillari va uslublari
bilan chuqur tanishtirish hamda kompyuter va dasturiy vositalar bilan ishlashning
umumiy tartiblarini o‘rgatishdan iboratdir.
Fanning vazifasi–talabalarga axborot va uning xossalari, axborotlarni
yig‘ish, uzatish va qayta ishlash jarayonlari haqida tushuncha berish hamda
axborot jarayonlarida texnik va dasturiy vositalardan foydalanishni, dasturiy
vositalar orqali soha bo‘yicha funksional va hisoblash masalani echish usullarini,
amaliy dasturlar majmuasi, ma’lumotlar bazasi, global va lokal tarmoq axborot
resurslaridan foydalanishni, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash
usullari va vositalarini o‘rgatishdan iborat.
1.Qishloq  xo‘j aligida axborot texnologiyalari fanning maqsadi va vazifalari,
axborotning qishloq  xo‘jaligidagi o‘rni .
Qishloq  xo‘jaligida  axborot texnologiyalari fanning maqsadi va
vazifalari.  Agrar soha ishlab chiqarishining samarali rivojlanishi uchun xo‘jalik
yuritishning yuqori va samarali tizimi talab etiladi. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligi jarayonlarining rejalashtirishga, bashoratlashga, tahlil qilishga
va modellashtirishga bog‘liq katta miqdordagi masalalarni echishda muhim
yordam beradi. Axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashning yuqorisamarador
texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlarini koordinatsiya qilish yo‘li bilan
maqsadga erishishning uskunaviy vositasi bo‘lib amalda qo‘llanilmoqda.
“Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari” fani qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligi ta’lim sohasining bakalavrlar tayyorlash tizimining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi. Fanni o‘rganish vaqtida zamonaviy axborot texnologiyani
qishloq xo‘jaligiga qo‘llashning asosiy usul va tamoyillari, axborot va
telekommunikatsiya tizimlari bilan ishlash texnologiyalari, axborotlarni izlash va
qayta ishlashning tezkorligini oshirish mexanizmlari, axborotlarni uzatish va
saqlash, axborot manbalarining joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan xolda
ularga kirish masalalari qaraladi. Ushbu fan keyinchalik boshqa fanlarni
o‘rganishda, kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlarida hamda o‘z kasbiy faoliyatida
axborot texnologiyalardan foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Fanni o‘rganishdan maqsad talabalarda qishloq xo‘jaligida axborot
texnologiyalarni qo‘llash haqida tassavurini shakllantirish, o‘z kasbiy faoliyatida
qo‘llashi uchun fanning nazariy asoslarini o‘zlashtirish va amaliy yangiliklarni
olish hamda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalar asosida uzluksiz
o‘zining kasbiy maxoratini mustaqil oshirib borishdir.
Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanining vazifasi –
kompyuterning texnik va dasturiy vositalarida ishlashni o‘rgatish. Axborot
texnologiyalari va tizimlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalanish va unda ishlash ko‘nikmalarini mustaxkamlashdir.
Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalarini sun’iy axborot muxitida kengaytirish va mustaxkamlash, Internetdan
foydalanish, masofaviy ta’lim asoslarining ko‘nikmalarini olish. Bu
qo‘llanilayotgan texnologiyalarining maqsadga muvofiqligi asoslangan
mavzularga tegishli mashg‘ulotlar o‘tkazish va individual topshiriqlarni bajarish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mustaqil ishlar talabalarning darsdan bo‘sh paytlari, aniq mavzular bo‘yicha
ilmiy manbalarni o‘rganib, manbalardan olingan materiallar asosida referatlar
yozish va uni ximoya qilish, hamda amaliy darslarda individual topshiriqlarni
bajarish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Qishloq  xo‘jaligi  jarayonlarini axborotlashtirish.  Sotsial-iqtisodiy,
siyosiy-ijtimoiy jarayonlarning murakkablashuvi, insoniyat faoliyatining barcha
sohalaridagi jarayonlar dinamikasining o‘zgarishi, jamiyat uchun muhim bo‘lgan
axborotga ehtiyojni bilimlarni o‘stirish va yangi vositalarni rivojlantirishni
rag‘batlantirish orqali qondirishni shart qilib qo‘ydi. Agrosanoat majmuasi
o‘zining murrakkabligi va echilayotgan vazifalarining qiyinligi bilan ajralib
turadi. Harajatlarni kamaytirishni ta’minlash va qishloq xo‘jalik jarayonlarini
optimallashtirish uchun ilmiy-texnik jarayon yutuqlaridan foydalanish, qishloq
xo‘jaligini boshqarishning va axborot ta’minotining yangi usullariga o‘tishda
avtomatlashtirilgan tizim va axborot texnologiyalarni keng qo‘llash zaruriyati
tug‘iladi. O‘z navbatida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, jamiyatning
yanada rivojlanishiga turtki bo‘luvchi, axborot qiymatini oshiruvchi global
axborot inqilobini o‘zida mujassam etadi. Bu esa ta’limni axborot
texnologiyalarga, telekommunikatsiya tizimlariga, zamonaviy moddiy texnik
bazaga asoslangan yagona axborot maydoniga olib keladi. Axborot eng muhim
strategik va boshqaruv resurslaridan biri bo‘lib, uni yaratish va undan foydalanish
ijtimoiy hayotning turli sohalarining samarali rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi
uchun zaruriy asos bo‘lib xizmat qiladi. Eng yuqori darajada xosildorlikga
erishish uchun ko‘p faktorli to‘plam sifatida, ayniqsa ekinlarni parvarishlashga,
iqlim sharoitlariga, tuproqning xolatiga oid axborotlar zarur hisoblanadi.
O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga oid axborotlar rejalashtirish,
oziqlantirish, sug‘orish va shunga o‘xshash agrotexnik tadbirlarda muhim rol
o‘ynaydi. Sifatli axborotga ega bo‘lish uchun birinchi navbatda axborot
manbalaridan boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish zarur bo‘ladi.
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada
yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni zamonaviy
texnologiyalar asosida boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy
yo‘nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi.
Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson
barkamolligi yo‘lidagi axborotlashtirish jarayonlari rivojlanishning asosiy negizi
bo‘lib xizmat qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini
amaliyotda keng qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirishga va o‘zining tuganmas
qobiliyatini amalda sinab ko‘rishga katta imkoniyat tug‘diradi. Insonning
axborotni qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy
texnologiyalar bilan qurollantirish, axborotlash-tirish sanoatini jadal
rivojlantirishni talab etuvchi eng muxim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalaridan foydalanish qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi jarayonlariga oid axborotlar sifati, uning aniqligi, ob’ektivligi,
ishonchliligi va tezkorligi boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish va
amalda qo‘llash imkoniyatini taminlaydi. Demak, axborotlashtirishning milliy
tizimini shakllantirish shu kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, jamiyat
taraqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarini joriy qilishning
asosiy mezoni har bir mutaxassisning har qanday bozor munosabatlari sharoitida
davlat boshqaruviga yo‘naltirilgan muammolarini echishga qaratilgan bo‘lishi
kerak.
Axborot texnologiyalarining maxsuli inson faoliyatining barcha sohalarida
qo‘llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo‘lgan axborot
tizimini o‘z ichiga oladi. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik
faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo‘llanilib borilmoqda. Ularni yaratish,
ishga tushirish va keng qo‘llashdan maqsad - jamiyat va insonning butun xayot
faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini samarali xal etishdir.
Aytish joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yanada rivojlantirish, internet tarmog‘idan samarali
foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni,
2005 yil 16 noyabrdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2005 yil 28
sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat axborot tarmog‘ini tashkil
etish to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini
tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish
to‘g‘risida”gi, 1999 yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi axborot
resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu
jumladan, internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
to‘g‘risida”gi, 2002 yil 23 sentyabrdagi “Aloqa va axborotlashtirish sohasida
boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2005 yil 22
noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ - huquqiy bazani
takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2005 yil 28 dekabrdagi “Ziyonet” axborot
tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi, 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro
hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2007 yil 17-
dekabrdagi “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013 yildagi
“Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini
rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013 yil 27
iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa shu kabi
hujjatlar amalda jamiyatimizni zamon talablariga mos ravishda
axborotlashtirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan bunday keng ko‘lamli
islohotlar ko‘p jixatdan uzluksiz agrar talim tizimini shakllantirishni taqozo etadi.
Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yurita
oladigan malakali, chuqur bilimli mutahassislarni, ayniqsa, axborotkommunikatsion
texnologiyalaridan keng foydalana oladigan kadrlarni
tayyorlash davr talabi bo‘lib qolmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samaradorligi
o‘sishida kompyuter va axborot texnologiyalarining roli oshishini, inson
faoliyatini texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy turlari bilan
jixozlanish, respublikaning jahon ishlab chiqarish jarayonlariga muvaffaqiyatli
integrasiyalashuvi imkonini beradi. Demak, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha
talim olayotgan talabalarni davr talabiga javob bera oladigan etuk mutahassis,
komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarida, axborotlashtirish-ning milliy tizimini
shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy
axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya vositalarini
ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab - extiyojlarini yanada to‘liqroq qondirishda,
jahon axborot hamjamiyatiga kirishda hamda jahon axborot resurslaridan
bahramand bo‘lishni kengaytirishda «Qishloq xo‘jaligida axborot
texnologiyalari» fanini o‘qitish katta ahamiyatga ega.
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
- har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishni
ta’minlash;
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari,
shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida
O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
- xalqaro axborot tarmoqlari va internet jahon axborot tarmog‘idan erkin
foydalanish uchun sharoit yaratish;
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish
hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini
ta’minlash;
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini
tashkil etish;
- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini
shakllantirishga ko‘maklashish;
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb
etish uchun qulay sharoit yaratish;
- kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni
rag‘batlantirish.
Aslida o‘zaro axborot almashish iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy va
boshqa sohalarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Globallashgan dunyoda
axborot almashinuvi taraqqiyotning muhim omiliga aylandi. Ma’lumki, bir
paytlar og‘zaki nutqning paydo bo‘lishi bilan axborot uzatish imkoniyatlari
kengaygan bo‘lsa, yozma nutq rivoji bu borada yangi bosqichni boshlab berdi.
Fan-texnika taraqqiyoti globallashuv jarayonini beqiyos darajada tezlashtirdi.
Endi radio, televidenie, matbuot, telefon, faks, pochta, internet orqali har qanday
axborot o‘ta tezkorlik bilan tarqatilishi jamiyat taraqqiyotiga so‘zsiz ta’sir
ko‘rsatmoqda. SHu o‘rinda, kimki axborotga ega bo‘lsa, u dunyoga egalik qiladi,
degan fikr amalda o‘z isbotini topmoqda.
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi.  Hozirgi vaktda inson hayotini
kompyuterlarsiz tassavur etib bo‘lmaydi. Kompyuter ish yuritishni osonlashtiradi,
yangi hujjatlar va xar xil matnlarni tez va sifatli tayyorlash, tarmoq orkali o‘zaro
axborot almashish, murakkab hisob ishlarini tezkor bajarish va ishlab chikarish
jarayonini modellashtirish imkoniyatini beradi. SHuning uchun xar bir inson u
qaysi soha mutaxassisi bo‘lmasin axborot texnologiyalar bo‘yicha etarli darajada
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim.
XIX asrning oxirida va XX asrning o‘rtalarida fan va texnikaning barcha
sohalarida juda ko‘plab kashfiyotlar va ixtirolar qilindi. Buning natijasida ko‘p mexnat talab kiladigan mashinalarni yaratishga zarurati paydo bo‘ldi.
CH.Beybidjning loyihasi asosida ko‘plab olimlar hisoblash mashinalarini
yaratishga harakat kilgan. 1988 yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi
elektromexanik hisoblash mashinani - TABULYATORni yaratdi. Ushbu mashina
rele asosida ishlaydigan bo‘lib perfokartalarda yozilgan malumotlar asosida
ishlay olar edi.
Hisoblash mashinasi - kompyuterlarning ishlash prinsipini umumiy holda
tushunarli va sodda qilib bergan olim mashhur Djon fon Neymandir. Bu prinsipni
odatda fon Neyman prinsipi deb ham yuritiladi. Unga ko‘ra hamma kerakli
ma’lumotlarni va masalani echish dasturlarini yagona xotirada saqlab turilar edi.
EHM avlodlari.  Kompyuterlar o‘zinig elementlar bazalari bo‘yicha
avlodlarga ajratilgan.
I avlod (1945 - 1956 yillar)  kompyuterlari elementlar bazalari elektron
lampalar ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni
egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr energiya sarf qilar va tonnalab og‘irlikka
ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining hajmi 1-2 ming
so‘zni(ma’lumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga "Ural-1","Ural-
2", "BESM-1", "BESM-2","M-1","M-2","M -20" kabi mashinalarni misol qilib
keltirish mumkin.
II avlod (1957 - 1968 yillar)  kompyuterlari elementlar bazalari
tranzistorlardan iborat edi, tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal bajarish,
xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni saqlashga qodir edi. Ikkinchi avlod hisoblash
mashinalari hisoblash ishidan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish,
iqtisodiy masalalarni echish, harflar bilan ishlay olish "qobiliyati"ga ham ega
bo‘ldi. Bu avlod mashinalariga "BESM-3","BESM-4", "Ural-16", "Minsk-22",
IBM -608, "BESM-6" misol qilib keltirish mumkin.
III avlod (1969 - 1980 yillar)  kompyuterlarining elementlar bazalari
integral sxemalardan iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, eng
oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal bajarishgacha etdi. Xotirasining hajmi ham
8-10 ming baytdan(bu avlod xotira o‘lchami halqaro o‘lcham baytlarda
beriladigan bo‘lgan) 8 million baytlargacha etdi. Bu avlod mashinalariga ES
(yagona seriya) hisoblash mashinalari - "ES-1010","ES-1020", "ES-1030","ES-
1035", "ES-1050","ES-1060","ES-1066" larni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
IV avlod (1981 - 1990 yillar)  kompyuterlarining elementlar bazalari katta
integal sxemalar (KIS)dan iborat. Ularning tezkorligi sekundiga 6,5 million amal
bajarishgacha etdi, xotirasinig hajmi 64 Mb baytgacha kengaydi. Bu avlod
mashinalariga Super EHMlar, "Elbrus" hisoblash mashinasi, "IBM PC" kabi
kompyuterlarni ko‘rsatish mumkin.
V avlod (1990 yillardan boshlangan)  kompyuterlarining elementlar
bazalarini o‘ta katta integral sxemalar (O’KIS) tashkil qiladi. Bu avlod
kompyuterlari hozirgi zamonda keng qo‘llaniladi. Bu avlod kompyuterlari
elektron va yorug‘lik nurlari energiyasidan foydalanishga, tuzilishi esa lazer
texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga 1
milliardgacha, xotirasinig hajmi 10 millliondan 3-4 milliard (Gbayt) baytgacha
kengaydi. Hozirgi paytda ishlab chiqarish va kundalik hayotda dunyoda 100 millionlab
shaxsiy kompyuterlar ishlatilmoqda.
2. Axborotlarning nazariy asoslari.
Axborot haqida tushuncha.  "Axborot" (information) so‘zi lotincha so‘zdan
olingan bo‘lib, biron-bir voqea, hodisa, jarayon yoki faoliyat haqida xabar qilish
ma’nosini bildiradi. Axborot tushunchasi real voqealikning amaliy holatini to‘la
mazmunda aks ettirishdan iboratdir.
Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari,
xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot
insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida
signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat
saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar
bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun
foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun
axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi.
Axborot – resurs sifatida boshqa resurslar (energiya, gaz, suv yoki foydali
qazilmalar zahiralari) kabi muhim ahamiyatga egadir. Jamiyat rivojlangani sari
iqtisodiyot, fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, san’at, tibbiyot kabi turli
sohalarga oid axborot resurslari soha rivojlanishining muhim omillaridan biriga
aylanib bormoqda.
Axborot texnologiyaning asosiy resursi bu – axborotdir.
Axborot - olamdagi butun borliq, undagi ro‘y beradigan xodisalar va
jarayonlar haqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi
matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Axborot turlari.
Matn – bu ma’lumotlarni ifodalash shakli bo‘lib, u mazmunan yagona, yaxlit
va tanlangan tilning belgilari ketma-ketligidan iborat. Matn hujjat asosidir
Tasvir – bu biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm
bo‘laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Rasm, manzara, matematik
funksiyalar grafigi va shunga o‘xshash ma’lumotlar hisoblanadi.
Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda
ma’lum vaqt oralig‘ida, ma’lum sondagi bir xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar
tezkor almashtiriladi.
Axborotning xossalari : Ob’ektivnost – xaqqoniylik; Dostovernost –
ishonchlilik; Aktualnost - dolzarblik; Tochnost- aniqlilik; Ponyatnosttushunarlilik;
Polnota- to‘liqlilik.
Kimningdir fikriga bog‘liq bo‘lmagan axborot – xaqqoniy axborot
hisoblanadi. Xaqiqiy jarayonga mos bo‘lgan axborot ishonchli hisoblanadi,
Axborot dolzarb hisoblanadi qachonki axborot o‘sha vaqt uchun qimmatli bo‘lsa,
Axborot aniq deyiladi – agarda u xaqiqiy jarayon ko‘rsatkichlariga eng yaqin
bo‘lsa. Axborot tushunarli – qachonki qabul qiluvchi tushunadigan tilda
ifodalansa. Qarorlar qabul qilish uchun etarli xajmdagi ma’lumotlardan tarkib
topgan axborotlar to‘liq axborot deyiladi.
Foydalanuvchi uchun axborotning muhim xarakteristikalaridan (ko‘rsatgichlaridan) biri -uning adekvatligi hisoblanadi.
Axborotning adekvatligi - olingan axborot yordamida yaratilgan obraz
(qiyofa) ning real ob’ekt, jarayon, hodisa va ularga mosligining ma’lum
darajasidir.
Ma’lumki, haqiqiy hayotda axborotning to‘la ravishda adekvat bo‘lishiga
ishonish qiyin. CHunki, doimo qaysi bir darajadagi noaniqlik uchrab turadi.
Axborotning adekvatligi darajasi masalani echishda to‘g‘ri yo‘l tanlashga katta
ta’sir qiladi
Axborotning adekvatligi uchta shaklda ifodalanishi mumkin: semantik,
sintaktik, pragmatik.
Semantik ( ma’noli ) adatekvlik  - ob’ektning uning obraziga (qiyofasiga)
muvofiqlik darajasini aniqlaydi. Semantik nuqtai nazar axborotning ma’noli
mazmunini hisoblashni ko‘zlaydi. Bunda axborot aks ettirgan ma’lumotlar tahlil
qilinadi, ma’nolar bog‘liqligi ko‘riladi. Bu shakl axborot xususida tushunchalar
va tasavvurlarni shakllantirishga, ma’nosini, mazmunini aniqlashga,
umumlashtirishga xizmat qiladi. Masalan, axborotni kodlar orqali ifodalashni
ko‘rsatish mumkin.
Sintaktik adekvantlik-  axborotning mazmuniga tegmagan holda, uning
rasmiy-strukturaviy xarakteristikalarini ifodalaydi. Sintaktik darajada axborotni
ifodalash usulida axborot eltuvchi turi, uzatish va qayta ishlash tezligi, ifodalash
kodining o‘lchamlari, bu kodlarni o‘zgartirish aniqliligi va ishonchliligi hisobga
olinadi. Axborotning mazmuniga ahamiyat berilmaganligi sababli, bunday
axborot ma’lumot deb ataladi.
Pragmatik adekvantlik  axborot bilan foydalanuvchining munosabatlarini
aks ettiradi, axborotni uning asosida amalga oshiriladigan boshqarish sistemasi
maqsadiga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqat
axborot (ob’ekt), foydalanuvchi va boshqarish maqsadlarining umumiyligida
namoyon bo‘ladi. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliy foydalanish
bilan bevosita bog‘langan, shuning uchun ham foydalanuvchanlik xususiyatlari
tahlil etiladi(1-rasm).
1 - rasm. Adekvatlikning shakli.
Qishloq  xo‘jaligi ob’ektning  axborot resurslari.  Resurs - biror narsaning
zahirasini, manbasini anglatadi. Mamlakat milliy iqtisodining har qanday
tarmog‘i tahlil etilayotganida uning tabiiy, mehnat, moliyaviy, energetik
resurslarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu tushuncha iqtisodiy kategoriya sanaladi.
Moddiy resurslar  jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida
foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat va xom-ashyolari majmuidir. Masalan,
xom-ashyo materiallar, yoqilg‘i-moylash materiallari, energiya, mineral o‘g‘itlar,
yarim tayyor mahsulotlar, detallar va xakozo.
Tabiiy resurslar  – insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish
uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan ob’ektlar, jarayonlar, er, suv, tabiat
sharoitlari, jarayonlari, ob’ektlaridir.
Mehnat resurslari  – qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlash uchun kasbiy
bilimga ega kishilar;
Moliyaviy resurslar  – davlat yoki xo‘jalik tarkibi ixtiyoridagi pul
manbalaridir.
Energetik resurslar  – energiya omillari, masalan, ko‘mir, neft, neft
mahsulotlari, gaz, elektroenergiya va hokazo.
SHuni qayd etish lozimki, har qanday ko‘lamdagi ob’ektning kerakli
darajada ishlashi uchun faqat ushbu resurslarning o‘zi etarli emas. CHunki ishlab
chiqarish uchun moddiy, moliyaviy va mehnat resurslari bo‘lishning o‘zi kifoya
qilinmaydi. Uni qanday ishlatishni bilish, bu sohadagi texnologiyalar haqida
ko‘plab axborotga ham ega bo‘lish talab etiladi. SHu bois ham axborot, axborot
resurslari hozirgi kunda alohida iqtisodiy kategoriya sifatida qabul qilinmoqda.
Agar, axborot resurslari oqilona tashkil etilsa va o‘rinli foydalanilsa, u
mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida ishtirok etishi mumkin.
Bundan tashqari axborot – qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish
va ularning isrof qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi.
Axborot resurlari  – axborot tizimidagi (kutubxonalar, arxiv, jamg‘armalar,
ma’lumotlar banklari va hokazo) alohida hujjatlar va hujjatlarning butun bir
majmuidir. Axborot resurslarini axborot tizimidagi barcha axborotlar hajmi deb
tushunish mumkin. Boshqacha aytganda, axborot resurslari – moddiy tashuvchi
vositalarda qayd etilgan va foydalanishi uchun mo‘ljallangan barcha bilimlar
demakdir.
Axborot, axborot resurslari har doim mavjud bo‘lgan, ammo ularga o‘z
xususiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya sifatida qaralmagan.
Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi
natijasida, axborot hajmi shunchalik ko‘payib ketdiki, uni boshqaruv sohasida
qayta ishlamaslikning iloji bo‘lmay qoldi.
Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo‘lishi, tovar - pul munosabatlarining
yuzaga kelishi, hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta
hajmdagi axborotlarni qayta ishlashda ushbu qiyinchiliklarni engish imkonini
berdi.
Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik darajasining
yuksalishi axborot industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot mavjudligi
mamlakatning rivojlanishi, tarmoqlar, iqtisodiy ob’ektlar yuksalishini belgilab
beradi. Axborot strategik resurs, axborot resurslari esa ulardan eng muhimi bo‘lib
qoldi. Bu zahiraning umumiy foydalanadigan hajmi yaqin kelajakda davlatlarning
strategik, shu jumladan mudofaa qobiliyatini belgilab beradi. Xo‘jalik  yoki  ob’ektning  axborot resurslarini shakllantirish manbalari.
YUzaga kelish manbaiga bog‘liq holda iqtisodiy ob’ekt doirasidagi axborot
resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar mavjud.
Ichki muhit axboroti odatda aniq bo‘lib, xo‘jalikning moliyaviy holatini
to‘liq aks ettiradi. Uni tahlil etish ko‘pincha standart formallashgan protseduralar
yordamida amalga oshiriladi.
Tashqi muhit – iqtisodiy ob’ektdan tashqarida bo‘lgan iqtisodiy va siyosiy
sub’ektlardir. Bu ob’ektning mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari
va xakozo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, siyosiy va boshqa munosabatlarini
o‘z ichiga oladi. Tashqi muhit haqidagi axborot ko‘pincha taxminiy, noaniq,
to‘liqsiz, ziddiyatli, ehtimolli bo‘ladi.
Bu holatda u nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi.
Iqtisodiy ob’ekt turli manbalardan quyidagi tashqi axborotlarni olishi
mumkin:
1. Iqtisodiyotning ahvoli haqida umumiy axborot. Manbalar: axborot –
tahliliy materiallar, ixtisoslashgan gazetalar, jurnallar, Internet resurslari.
2. Ixtisoslashgan iqtisodiy axborot: moliyaviy bozor bo‘yicha.
3. Tovarlar narxlari bo‘yicha axborot. Manbalar: ixtisoslashgan jurnal va
byulletenlar, kataloglar, Internet ma’lumotlar bazasi.
4. O‘ziga xos axborot. Turli manbalar, jumladan, Internet manbalari. Uni
axtarishda izlab topish tizimlaridan foydalaniladi.
5. Davlat boshqarish organlarining axborotlari (qonunlar, qarorlar, soliq
organlari xabarlari va hokazo).
Har qanday resurslar kabi, axborot resurslarini ham boshqarish mumkin,
lekin ularni miqdoriy va sifat jihatidan baholash metodologiyasi, ularga bo‘lgan
ehtiyojni oldindan belgilash hali ishlab chiqilmagan, shunga qaramay iqtisodiy
ob’ekt darajasida axborot ehtiyojlarini o‘rganish, axborot resurslarini
rejalashtirish va boshqarish mumkin. Axborot resurslarini boshqarish deganda:
  har bir darajada va boshqarish funksiyasi doirasida axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarni baholash;
  iqtisodiy ob’ektning hujjat aylanishini o‘rganish, uni optimallashtirish,
hujjatlar turi va shakllarini standartlash, axborot va ma’lumotlarni to‘plash;
  ma’lumotlar turlari nomunosibligini engib o‘tish;
  ma’lumotlarni boshqarish tizimini yaratish anglaniladi.
Axborot hususiyatlari va unga  ta’sir  etuvchi omillar.  Axborot
maxsulotning har ikki xususiyatiga: iste’mol qiymatining mavjudligi (foydaliligi,
qadr-qimmati) va qiymatiga(ya’ni ijtimoiy mehnatning ayrim sarfiga) ega bo‘ladi.
Axborot va tovarlar sifatidagi buyumasalanarsalar ob’ektining umumiy va
farqli xususiyatlari mavjud.
Bu ob’ektlarning odatdagi mahsulot va moddiy zahiralar bilan quyidagi
bog‘liqligi bor: ularga iste’mol so‘rovi mavjud; ular mulkiy ob’ektlardir, ya’ni
ularga ega bo‘lish, foydalanish va egalik qilish mumkin; ular aniq ishlab
chiqaruvchilar (ta’minotchilar)ga ega; ular qiymat va tegishli narxga ega; ular
turli shart-sharoitlarda etkazib berilishi mumkin.
Biroq axborot zahiralari va texnologiyalarning o‘zaro bir qator jiddiy farqlari mavjudki, ular qatoriga quyidagilar kiradi: cheklanmagan miqdorda sotish;
amaliy jihatdan yo‘q qilib bo‘lmaslik; aniq foydalanuvchilar shart-sharoitlariga
invidual moslash zaruriyati (umumtizimli paketlardan tashqari); ob’ektlarni
muallif hamrohligida etkazib berish majburiyati; nafaqat foydalanish, balki
ikkilamchi tirajlashga ham turli cheklanmalar qo‘yish imkoniyati; mualliflik yoki
ta’minotchilik xuquqlariga rioya qilishni identifikatsiyalash (bir xillashtirish)ning
murakkabligi; takrorlanuvchi ob’ektlarning ko‘pligi. Turli o‘xshash vazifalarni
bajaruvchi mahsulotlardan farqli ravishda, axborot bir aniqlikni turlicha aks
ettirishi mumkin. Masalan, qishloq xo‘jaligi maxsulotlari uchun biror bir
mahsulotning miqdori haqida yakuniy axborotning bir necha variantlari taklif
etilishi mumkin; bilvosita axborotning foydaliligi; foydalanish natijasida
qadrsizlanish. CHindan ham, ma’lumotlar bilan tanishib, ulardan ayrimlarining
talabga javob bermasligiga ishonch hosil qilib, harid haqidagi taklifni qondirish
to‘g‘ri bo‘ladi.
Axborotning qadrliligi aniqlik darajasi oshgani sayin yoki xabar
qilinayotgan va aniq natijalar o‘rtasidagi farq kamayganda tez ko‘tariladi.
To‘liqroq va ishonchli axborot to‘g‘ri qarorni qabul qilishni ta’minlaydi.
Axborotning qimmati ushlanib qolish vaqti oshishi bilan kamayadi, shu
tufayli axborot eskiradi.
Axborotni qayta ishlashda ushlanib qolish kamayganda, birinchidan, qarorlar
oldinroq qabul qilinishi mumkin, ikkinchidan, uning mazmuni yaxshilaniladi.
Axborot foydali bo‘lishi uchun har bir daqiqada hal etiladigan muammo
bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Faqat ishga tegishli axborotlar foydalanuvchilarga
o‘z vaqtida va mazmunli qaror qabul qilish imkonini beradi.
SHunday qilib, axborotning qiymati faqat uning miqdori bilangina
belgilanmaydi. Axborot birligining qiymati yoki murakkabliligi darajasiga qarab
baholash ham muhim. Unda boshqaruv xodimlari ishini ular ishlab
chiqarayotgan axborot miqdori va qiymati bo‘yicha (boshqarish samaradorligi
uchun zarur va etarli bo‘lgan) baholash imkoniyati tug‘iladi. Ushbu formula
bo‘yicha foydalanuvchi (ijrochi)  foydali ishi koeffitsienti  shunday baholash
ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
μ =[  Uchiq *  lchiq ]/ [ Ukir *  lkir ] (1)
Bunda  lchiq, lkir  – tegishlicha kiruvchi va chiquvchi axborot qiymati;  Uchiq,
Ukir  – tegishlicha kiruvchi va chiquvchi axborot hajmlaridir.
Axborotni tejash.  Axborotni qayta ishlash va foydalanish jarayonlari –
mehnat jarayonlari, boshqaruv mehnatini tejash muammosi ekan, demak bu eng
avvalo axborotni tejash muammosidir. Axborotni tejash tamoyili shundayki, u
bilan bog‘liq jarayonlar undan faqat ishlab chiqarishda foydalanilgandagina
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Axborotni tejash yo‘laridan biri doimiy va o‘zgaruvchan axborot o‘rtasida
to‘g‘ri nisbatni o‘rnatishdir. Bunda doimiy axborot solishtirma og‘irligining aniq
sharoitlardagi eng ko‘p imkoniyatlarini ko‘zda tutishi lozim.
Axborot to‘laqonligining o‘lchovi bo‘lib (yani faktik yoki
loyihalashtirilgan)  Jloy  dan vaqt birligi yoki bir boshqaruv turkumi (jarayon, ish)
mobaynida mazkur sharoitdagi maksimal axborot miqdori  Jmax  ga og‘ishi axborot to‘laqonligiga o‘lchovi bo‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki axborot to‘laqonligi
oxir - oqibatda uning miqdori bilan belgilanadi.
Axborot to‘laqonlilik koefitsienti o‘lchami quyidagi formula bilan
belgilanadi:
Kb =  Jloy /  Jmax  (2)
Axborot miqdorining oshishi bilan uning qiymati, ya’ni u bilan bog‘liq
bo‘lgan harajatlar ortadi. Biroq bu qiymatning o‘sishi bir tekis rivojlanmaydi,
chunki u axborot miqdori oshgandagina ortadi. Bu, axborot birligiga harajatlar
miqdori ortishi sababli axborotni qayta ishlash murakkabligi oshishi natijasida
o‘sishi bilan izohlanadi. Demak, axborot to‘laqonliligi koeffitsenti axborotga
ketgan harajat bilan bog‘liq.
Teskari belgilar bilan olingan yo‘qotishlar o‘lchami iqtisodiy samarani (oxiroqibatda
foydani) ifodalaydiki, u axborot noto‘laqonligi va o‘z vaqtida
etkazilmaganligi tufayli yo‘qotishlarni bartaraf etish natijasida olinishi mumkin.
Iqtisodiy samara (E) bilan axborotni yo‘qotish (S) o‘rtasidagi aloqa quyidagi
bog‘liqlikda ifodalanadi:
E = [( 1-M/M)]*Ss (3)
bunda M - yo‘qotishlar yoki iqtisodiy samara koefitsenti (ularning maksimal
ahamiyatiga nisbatan).
Smax maksimal yo‘qotishlar axborot umuman yo‘q paytida yuzaga keladi.
Ularning o‘lchami axborotsiz to‘g‘ri qaror qilish ehtimoli hisobga olingan holda
belgilanishi lozim.
M koeffitsenti o‘z navbatida axborot to‘laqonligi koeffitsenti (Kb)dan, u
bilan bog‘liq harajatlar(S1) va yo‘qotishlarga(S2) bog‘liq. Demak, axborot
to‘laqonligi koeffitsenti optimalligi sharoitlarini ikki yoqlama aks ettirishi
mumkin: harajat va yo‘qotishlar summasini minimallashtirish, ya’ni (S1+S2) min
yoki foyda va harajatlar o‘rtasidagi farqni maksimallashtirish, ya’ni (E-S)max.
Axborot harajatlari uning miqdoriga, shuningdek sifat harakteristikalariga bog‘liq
holda belgilanadi.
Axborot miqdori tushunchasi o‘tgan asrning 30 - yillarida yuzaga keldi va
50-yillarda asosan aloqa texnikasi maqsadlari uchun shakllandi. 1948 yili
K.E.SHennon axborot miqdorini aniqlash uchun shunday klassik formulani berdi:
N 1
J =  Σ  Pi log ------- (4)
i=l Pi
bunda N – ehtimoliy xabarlar soni; Pi – i xabarlar ehtimolligi.
Formula quyidagi ko‘rinishda ham qo‘llaniladi:
m
J = - h  Σ  Pi log Pi (5)
i=l
bunda m – ramzlar (elementlar) soni, ulardan xabar tuzilishi mumkin, n – bir
xabardagi ramzlar soni.
Axborotlarni  o‘lchash .  Diskret xabarlar manbai –  chekli alfavitga ega
xabarlar manbai.
Uzluksiz xabarlar manbai-  cheksiz alfavitga ega xabarlar manbai. Axborot tushunchasidan amalda foydalanish uchun, avvalo uni o‘lchashni
o‘rganish lozim. Axborotni o‘lchash boshqa materiya, energiya yoki fazo kabi
fundamental tushunchalarni sonli o‘lchash metodikasiga o‘xshash bo‘lib,
axborotni miqdoriy baholash sifatida o‘lchov birligi qabul qilinadi. Miqdoriy
baholash o‘lchovi deb, boshlang‘ich tushuncha bilan aniq bog‘langan bir qancha
hodisa yoki obektlar tushuniladi va ular tushunchaning miqdoriy tarkibini ta’rifini
berishi mumkin.
Asosiy tushuncha Miqdoriy baholash o‘lchovi Miqdoriy baholash o‘lchovi
o‘lchov birligi
Materiya og‘irlik Gramm, tonna va hokazo
Fazo masofa Metr, kilometr va xakozo
Axborot ? ?
1-jadvalda fazo, og‘irlik kabi miqdorlarning asosiy tushunchasini o‘lchovchi
an’anaviy metodikasi keltirilgan.
Axborotlar miqdorini o‘lchashning uch asosiy yondashuvi mavjud.
1. Tarkibiy yondashuv-  axborotlarni miqdoriy baholashga oid tadbirlar, bir
qancha to‘liq hodisalar guruhiga kiruvchi tadbirlarning ob’ektiv imkoniyatlarini
aniqlash yo‘li bilan baholanadi.
2. Statistik yondashuv  – axborotlarni miqdoriy baholashga oid qarorlarni
qabul qilish tadqiqot qilinayotgan axborot jarayonidan mazkur xabarni oluvchi
noaniqliklar o‘lchami asosida amalga oshiriladi.
3. Semantik yondashuv  – aniq axborot oluvchining nuqtai nazaridan qimmatli
hisoblangan axborot hisobga olinadi.
SHubhasiz, semantik yondashuvdan aniq, texnik, xaqqoniy foydalanishga
qulay emas, chunki u aniq sub’ektga qaratilgan bo‘lib, axborotning umumiylikni
ko‘rsatuvchi miqdoriy o‘lchovini bermaydi va shuning uchun ham gumanitar va
ijtimoiy fanlar sohasida qo‘llaniladi.
Aniq va texnik fanlar uchun axborotlarning miqdoriy o‘lchamini baholashda
tarkibiy va statistik yondashuv qo‘llaniladi.
Axborotlarning miqdorini baholash uchun kriteriya tanlash, tanlangan
yondashuvga bog‘liq bo‘lmagan holda amaliy tajribalardan olingan shartlarni
qanoatlantirishi lozim.
  Katta uzunlikdagi xabar (aniq hajmdagi alfavitda) katta miqdordagi axborotga mos keladi;
  Katta miqdordagi axborot katta alfavit belgilaridan tuzilgan xabarlarni
tashkil etadi.
  Xabarlardagi belgilar turli ehtimolliklarda paydo bo‘lishi mumkin va
statistik bog‘liq bo‘lishi mumkin.
YUqoridagilarni hisobga olgan holda axborotlarni miqdoriy baholash
o‘lchovini quyidagi mulohazalardan kelib chiqqan xolda kiritish mumkin.
Faraz qilaylik, qaysidir hodisa m ta bir xil natijalarga ega. Masalan  m  kabi
belgilardan tashkil topgan alfavit belgilarining paydo bo‘lishi. N ta belgilardan
iborat xabarlardan tashkil topgan axborot miqdorini ushbu alfavit belgilaridan
tashkil topgan barcha mumkin bo‘lgan xabarlarning N ta sonini aniqlash orqali
o‘lchash mumkin.
Agarda xabar bir xil belgidan shakllantirilgan bo‘lsa, N=m bo‘ladi, agarda
ikki xil bo‘lsa, N=m*m=m2 , agarda n belgilardan iborat bo‘lsa, N=mn bo‘ladi.
Olingan axborotlarning miqdoriy baholash o‘lchovini, alfavitning  n
belgilaridan tashkil topgan aniq xabarlarni olishning noaniqliklarini o‘lchash deb
tushunish mumkin .
Ammo ushbu axborotlarni miqdorini baholash o‘lchovi unchalik qulay emas.
Haqiqatdan, 1    m  (ya’ni bitta simvoldan iborat) aniqmaslik mavjud emas va
bu simvolning paydo bo‘lishi hech qanday axborot tashimaydi, biroq  N  qiymat bu
holda ( N=1n ) nolga aylanmaydi. Bundan tashqari, amaliy e’tiborga asosan, ikkita
bog‘liqsiz manbalardan olingan axborotlar miqdori har bir manbadan qabul
qilinadigan axborotlar miqdorining yig‘indisiga teng, tavsiya qilinayotgan
axborotlar miqdori esa bu holda 1 2
Nm 12 m 1 m 2 NN nn n n        
ko‘paytmaga teng ,
bu erda 1 2  N  , N  ikki manbali xabarning mumkin bo‘lgan xabarlar soni.
Bu qulaysizliklarni osonlikcha hal qilish mumkin, agar (  I  ) axborotni
baholash miqdorining o‘lchami sifatida  N   mumkin bo‘lgan xabarlarning
umumiy sonidan olingan logarifmi
I  log N , (6)
yoki aniq xabarning paydo bo‘lish ehtimolining ( R)  logarifmi
, log
1
loglog  P
P
N I  	
      (7)
deb olinsa, barcha xabarlar teng ehtimollik sharti ostida, ya’ni  N
Р
1
  .
(6 )va (7) formulalar orqali aniqlanadigan axborotni baholash
miqdorining o‘lchami ( I )  axborotlar miqdori  deb ataladi. Axborotlar miqdori
axborotni baholash miqdorining o‘lchami sifatida mos keluvchi grafaga kiritilgan
bo‘lishi mumkin. Agar xabar teng ehtimolli bo‘lmasa, noaniqlik o‘lchami faqatgina mumkin
bo‘lgan xabarlarning umumiy soniga bog‘liq bo‘lib qolmay, mumkin bo‘lgan
hodisalar o‘rtasidagi ehtimollikni taqsimlanishiga ham bog‘liq.
Umumiy holda, tashqi ta’sir paydo bo‘lganda axborot miqdori tushunchasi
quyidagi mulohazalar bilan aniqlanishi mumkin:
Agar hodisa haqida xabar kelganda 1 Р   dolzarb ehtimollik ( 1 Р   tizimning
xabar olgunga qadar holatini tafsiflaydi, ya’ni tajriba o‘tkazgunga qadar), xabarni
qabul qilingandan keyin ushbu hodisaning dolzarb ehtimolligi 2 Р   ( 2 Р   tizimning
xabar qabul qilingandan keyingi holati) , u holda  (I)  axborot miqdorining o‘sishi
hodisa haqidagi xabarni qabul qilishga bog‘liq quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
1
2 log
P
P
I    (8)
Bu ifodani ko‘pincha axborot nazariyasining asosiy ayniyati deb aytiladi.
Xususiy holda, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda tashqi muhit ta’siri
bo‘lmasa, qabul qilingan xabarlar ishonchli hisoblanadi, ya’ni 1 2    P  da ifoda
quyidagi ko‘rinishni oladi:
I log P 1. (9)
SHunday qilib, xabarlardan tarkib topgan axborotning miqdori
( ) 1  Р   xabarlarni qabul qilgungacha bo‘lgan holatning ehtimolligiga bog‘liq
bo‘ladi, ehtimollik qancha kichik bo‘lsa , ya’ni noaniqliklar chiqishi katta bo‘lsa,
xabarlar qabul qilish natijasida shuncha ko‘p miqdorda axborot olinadi.
31
(9) formula bilan aniqlanuvchi R ≤ 1 bo‘lsa, u holda har doim axborot
miqdori mavjud bo‘ladi.
SHuningdek, qandaydir xabarni qabul qilish mavjud bo‘lgan axborotni
miqdorini hech qanday yo‘l bilan kamaytirish mumkin emas.
Axborot miqdorini o‘lchash birligi (6), (9) ifodadagi logarifm asosini tanlash
orqali aniqlanadi. Agar logarifmning asosi ikkiga teng deb olinsa, u holda axborot
miqdori birligi  bit  (inglizchadan  binary digit , - ikkilik son) deb olinadi. SHunday
qilib, bir  bit  bu axborot qabul qilishdagi teng ehtimolli ikki belgining biridan
hosil bo‘lgan axborot miqdori.
Agar logarifmning asosi 10 ga teng bo‘lsa, u holda axborot miqdori birligi
dit  bo‘ladi. Agar logarifm asosi  e  deb olinsa, u holda  nat  bo‘ladi
YUqorida berilgan formulalardan foydalanish ko‘pincha qiyinchilik
tug‘diradi, shuning uchun axborot miqdorini aniqlashda asos sifatida juda sodda
va amaliy tadbiq etishga qulay boshqa ifodalar olinadi.
Axborot tizimlarini yaratish borasida amaliyotdagi saqlangan axborot
miqdori hisobga olinadi, shu bois axborot hajmini hujjatlar soni, shakli, satrlar
soni, belgilari, rasmlari, yozuvlar, signallar, xabarlar miqdori bilan belgilanadi. Xulosa
Mazkur manbada qishloq xo‘jaligida axborot 
texnologiyalari fanning maqsadi va vazifalari, qishloq 
xo‘jaligi jarayonlarini axborotlashtirish masalalari,
hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi, axborot haqida 
tushuncha, adekvantlik tushunchasi va uning turlari: 
semantik, sintaktik, pragmatik tulari haqida batafsil
to‘xtalgan.
Bundan tashqari qishloq xo‘jaligi ob’ektlarining axborot 
resurslari, jumladan moddiy resurslar, tabiiy resurslar, 
mehnat resurslari, moliyaviy resurslar va energetik 
resurslar umumiy va farqli jihatlari, xo‘jalik yoki ob’ektning
axborot resurslarini shakllantirish manbalari, axborot 
hususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar hamda 
kompyuterning arifmetik va mantiqiy asoslari yoritilgan. Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.Aripov., B.Begalov., U.Begimqulov., M.Mamarajabov. 
Axborot
texnologiyalar,  O‘quv qo‘llanma , T .: “ Noshir ”, 2009
2. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari,  o‘quv qo‘llanma . 370 
bet.
Toshkent  – Aloqachi -2006 y.
3. www.agro.uz   
4. www.agroculture.com   
5. www.ziyonet.uz

Mavzu: Ma’lumotlar bazasi haqida asosiy tushinchalar Reja: 1 . Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari, axborotning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni 2. Axborotlarning nazariy asoslari, ma’lumotlarni Kodlashtirish 3 . Xulosa

O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida ham sobit qadamlik bilan islohatlar olib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ushbu qonun hujjatlarning talablari asosida tayyorlanayotgan yuqori kompetensiyaga ega mutaxassislarga extiyoj kuchaymoqda. Chunki zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga ya’ni keng fikrlaydigan, kuchli raqobat sharoitida samarali xo‘jalik yurita oladigan malakali va chuqur bilimga ega mutaxassislarga bog‘liq bo‘lmoqda. Xalq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yuqori samaradorlikka erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham yuqori saloxiyatga va malakaga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlashda Qishloq xo‘jaligini axborot texnologiyalar fanining o‘rni beqiyosdir. Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning axborotga nisbatan ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda, milliy axborot resurslaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini kengaytirishda hamda yuqori saloxiyatga va malakaga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxasislarni tayyorlashda «Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish katta ahamiyatga egadir. Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanini o‘rganish biror bir xolat va jarayon uchun axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va qayta ishlangan ma’lumotlar asosida eng samarali qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Fanni o‘qitishdan maqsad –zamonoviy axborot texnologiyalarining nazariy, uslubiy va texnologik asoslarini; soha bo‘yicha aniq masalalarni echishda axborot texnologiyalarni qo‘llashning amaliy yutuqlari tamoyillari va uslublari bilan chuqur tanishtirish hamda kompyuter va dasturiy vositalar bilan ishlashning umumiy tartiblarini o‘rgatishdan iboratdir. Fanning vazifasi–talabalarga axborot va uning xossalari, axborotlarni yig‘ish, uzatish va qayta ishlash jarayonlari haqida tushuncha berish hamda axborot jarayonlarida texnik va dasturiy vositalardan foydalanishni, dasturiy vositalar orqali soha bo‘yicha funksional va hisoblash masalani echish usullarini, amaliy dasturlar majmuasi, ma’lumotlar bazasi, global va lokal tarmoq axborot resurslaridan foydalanishni, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoyalash usullari va vositalarini o‘rgatishdan iborat. 1.Qishloq xo‘j aligida axborot texnologiyalari fanning maqsadi va vazifalari, axborotning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni . Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanning maqsadi va vazifalari. Agrar soha ishlab chiqarishining samarali rivojlanishi uchun xo‘jalik yuritishning yuqori va samarali tizimi talab etiladi. Axborot texnologiyalari

qishloq xo‘jaligi jarayonlarining rejalashtirishga, bashoratlashga, tahlil qilishga va modellashtirishga bog‘liq katta miqdordagi masalalarni echishda muhim yordam beradi. Axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashning yuqorisamarador texnologiyalari, ishlab chiqarish jarayonlarini koordinatsiya qilish yo‘li bilan maqsadga erishishning uskunaviy vositasi bo‘lib amalda qo‘llanilmoqda. “Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari” fani qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi ta’lim sohasining bakalavrlar tayyorlash tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Fanni o‘rganish vaqtida zamonaviy axborot texnologiyani qishloq xo‘jaligiga qo‘llashning asosiy usul va tamoyillari, axborot va telekommunikatsiya tizimlari bilan ishlash texnologiyalari, axborotlarni izlash va qayta ishlashning tezkorligini oshirish mexanizmlari, axborotlarni uzatish va saqlash, axborot manbalarining joylashgan o‘rniga bog‘liq bo‘lmagan xolda ularga kirish masalalari qaraladi. Ushbu fan keyinchalik boshqa fanlarni o‘rganishda, kurs ishi va malakaviy bitiruv ishlarida hamda o‘z kasbiy faoliyatida axborot texnologiyalardan foydalanishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Fanni o‘rganishdan maqsad talabalarda qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalarni qo‘llash haqida tassavurini shakllantirish, o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llashi uchun fanning nazariy asoslarini o‘zlashtirish va amaliy yangiliklarni olish hamda zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalar asosida uzluksiz o‘zining kasbiy maxoratini mustaqil oshirib borishdir. Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalari fanining vazifasi – kompyuterning texnik va dasturiy vositalarida ishlashni o‘rgatish. Axborot texnologiyalari va tizimlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish va unda ishlash ko‘nikmalarini mustaxkamlashdir. Amaliy mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini sun’iy axborot muxitida kengaytirish va mustaxkamlash, Internetdan foydalanish, masofaviy ta’lim asoslarining ko‘nikmalarini olish. Bu qo‘llanilayotgan texnologiyalarining maqsadga muvofiqligi asoslangan mavzularga tegishli mashg‘ulotlar o‘tkazish va individual topshiriqlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar talabalarning darsdan bo‘sh paytlari, aniq mavzular bo‘yicha ilmiy manbalarni o‘rganib, manbalardan olingan materiallar asosida referatlar yozish va uni ximoya qilish, hamda amaliy darslarda individual topshiriqlarni bajarish yo‘li bilan amalga oshirildi. Qishloq xo‘jaligi jarayonlarini axborotlashtirish. Sotsial-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarning murakkablashuvi, insoniyat faoliyatining barcha sohalaridagi jarayonlar dinamikasining o‘zgarishi, jamiyat uchun muhim bo‘lgan axborotga ehtiyojni bilimlarni o‘stirish va yangi vositalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish orqali qondirishni shart qilib qo‘ydi. Agrosanoat majmuasi o‘zining murrakkabligi va echilayotgan vazifalarining qiyinligi bilan ajralib turadi. Harajatlarni kamaytirishni ta’minlash va qishloq xo‘jalik jarayonlarini optimallashtirish uchun ilmiy-texnik jarayon yutuqlaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligini boshqarishning va axborot ta’minotining yangi usullariga o‘tishda avtomatlashtirilgan tizim va axborot texnologiyalarni keng qo‘llash zaruriyati tug‘iladi.

O‘z navbatida axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, jamiyatning yanada rivojlanishiga turtki bo‘luvchi, axborot qiymatini oshiruvchi global axborot inqilobini o‘zida mujassam etadi. Bu esa ta’limni axborot texnologiyalarga, telekommunikatsiya tizimlariga, zamonaviy moddiy texnik bazaga asoslangan yagona axborot maydoniga olib keladi. Axborot eng muhim strategik va boshqaruv resurslaridan biri bo‘lib, uni yaratish va undan foydalanish ijtimoiy hayotning turli sohalarining samarali rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy asos bo‘lib xizmat qiladi. Eng yuqori darajada xosildorlikga erishish uchun ko‘p faktorli to‘plam sifatida, ayniqsa ekinlarni parvarishlashga, iqlim sharoitlariga, tuproqning xolatiga oid axborotlar zarur hisoblanadi. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga oid axborotlar rejalashtirish, oziqlantirish, sug‘orish va shunga o‘xshash agrotexnik tadbirlarda muhim rol o‘ynaydi. Sifatli axborotga ega bo‘lish uchun birinchi navbatda axborot manbalaridan boshlang‘ich axborotlarni yig‘ish zarur bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jihatdan yanada yuksalishga, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini va mehnat unumdorligini oshirishga, iqtisodiyotni zamonaviy texnologiyalar asosida boshqarishni takomillashtirish hamda istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishga katta zamin yaratib beradi. Jamiyatning asosiy ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchi sanalmish inson barkamolligi yo‘lidagi axborotlashtirish jarayonlari rivojlanishning asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi. U insonlarga eng zamonaviy kompyuter texnika vositalarini amaliyotda keng qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirishga va o‘zining tuganmas qobiliyatini amalda sinab ko‘rishga katta imkoniyat tug‘diradi. Insonning axborotni qayta ishlash bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan qurollantirish, axborotlash-tirish sanoatini jadal rivojlantirishni talab etuvchi eng muxim texnik, iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida axborot texnologiyalaridan foydalanish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlariga oid axborotlar sifati, uning aniqligi, ob’ektivligi, ishonchliligi va tezkorligi boshqaruv qarorlarini o‘z vaqtida qabul qilish va amalda qo‘llash imkoniyatini taminlaydi. Demak, axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish shu kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, jamiyat taraqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalarini joriy qilishning asosiy mezoni har bir mutaxassisning har qanday bozor munosabatlari sharoitida davlat boshqaruviga yo‘naltirilgan muammolarini echishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Axborot texnologiyalarining maxsuli inson faoliyatining barcha sohalarida qo‘llaniladigan, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzilishga ega bo‘lgan axborot tizimini o‘z ichiga oladi. Axborot tizimlari va texnologiyalari yildan-yilga kishilik faoliyatining turli sohalarida yanada keng qo‘llanilib borilmoqda. Ularni yaratish, ishga tushirish va keng qo‘llashdan maqsad - jamiyat va insonning butun xayot faoliyatini axborotlashtirish borasidagi muammolarini samarali xal etishdir. Aytish joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, internet tarmog‘idan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2005 yil 16 noyabrdagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2005 yil 28 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining jamoat axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi “Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi, 1999 yil 26 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan, internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi, 2002 yil 23 sentyabrdagi “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ - huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2005 yil 28 dekabrdagi “Ziyonet” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi, 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2007 yil 17- dekabrdagi “Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013 yildagi “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va boshqa shu kabi hujjatlar amalda jamiyatimizni zamon talablariga mos ravishda axborotlashtirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan bunday keng ko‘lamli islohotlar ko‘p jixatdan uzluksiz agrar talim tizimini shakllantirishni taqozo etadi. Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik yurita oladigan malakali, chuqur bilimli mutahassislarni, ayniqsa, axborotkommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalana oladigan kadrlarni tayyorlash davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar mamlakat iqtisodiyoti samaradorligi o‘sishida kompyuter va axborot texnologiyalarining roli oshishini, inson faoliyatini texnik qurilmalar va xizmatlarning eng zamonaviy turlari bilan jixozlanish, respublikaning jahon ishlab chiqarish jarayonlariga muvaffaqiyatli integrasiyalashuvi imkonini beradi. Demak, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha talim olayotgan talabalarni davr talabiga javob bera oladigan etuk mutahassis, komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarida, axborotlashtirish-ning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda, fuqarolarning