logo

MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGIYALARI FANIDAN

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

208.775390625 KB
MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGIYALARI FANIDAN 
“Kafedra” MB loyihalash mavzusida
KURS ISHI
Kirish
Biz axborot asrida yashamoqdamiz. Hozirgi kunda axborotni boshqarish juda
muhim   tushunchaga   aylanib   bo’ldi.  Axborot   dunyosidagi   eng   asosiy   vazifa   –  uni
qayta ishlashdir. Axborotni  qayta ishlash  esa  eng murakkab jarayonlardan biridir.
Umuman  olganda,  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  deganda,   ular   ustida  bajariladigan
amallar   –   saqlash,   uzatish,   tahrirdan   o’tkazish   kabilarni   tushunishimiz   mumkin.
Axborotlar   ustida   amallar   bajarish   uchun   ularni   bir   joyga   to’plash   muhim
hisoblanadi.   Axborotlar   miqdori   oz   bo’lmaganligi   sababli   bu   jarayon,   albatta,
kompyuterlar   yordamida   amalga   oshirilmoqda.   Axborotlarning   bir   joyga
jamlanishi “ma’lumotlar bazasi” tushunchasini vujudga keltirdi.
Ma’lumotlar bazasi texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini
tor   ma’noda   qarab   chiqaylik.   Chunki   bu   tushuncha   tarixi   tushunchasi   keng
ma’noda,   insoniyat   ma’lumotlarni   saqlaydigan   va   ishlov   beradigan   har   qanday
vositalar tarixiga umumlashtiriladi. 
Ma’lumotlar   bazasi   tarixi   tor   ma’noda   ma’lumotlar   bazalarini   an’anaviy
(zamonaviy)   ma’noda   ko’rib   chiqadi.   Ushbu   tushuncha   paydo   bo’lishiga   1955-
yilda   dasturlashtiriladigan   yozuv   uskunalari   paydo   bo’lgani   bilan   bog’lash
mumkin.   Bu   vaqtda   dasturiy   ta’minot   fayllarga   asoslangan   yozuvlarni   qayta
ishlash   modelini   qo’llab-quvvatlar   edi.   Ma’lumotlarni   saqlash   uchun
perfokartalardan foydalanilgan [1]. Internet tarmog’ining ma’lumotlar bazasi 1960-
yillarning   o’rtalarida   paydo   bo’ldi.   Ma’lumotlar   bazasidagi   operatsiyalar
terminallar   yordamida   interaktiv   ravishda   qayta   ishlandi.   Keyingi   muhim   qadam Edgar   Koddning   ishi   tufayli   1970-yillarning   boshlarida   relyatsion   ma’lumotlar
modelining   paydo   bo’lishi   bilan   bog’liq.   Kodd   ishi   amaliy   ma’lumotlar   bazasi
texnologiyasini   matematika   va   mantiq   bilan   chambarchas   bog’lash   uchun   yo’l
ochdi.   “Ma’lumotlar   bazasi”   atamasi   1960-yillarning   boshlarida   paydo   bo’lgan,
garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor ma’noda
tushunilgan   bo’lsa-da,   1964-1965-yillarda   SDC   tomonidan   tashkil   qilingan
simpoziumlarda joriy etilgan.  Ushbu  atama  zamonaviy  ma’noda  faqat  70-yillarda
keng qo’llanilgan.
1.Ma’lumot bazasi tushunchasi
Ma lumotlar   bazasi'ʼ   —   markazlashtirilgan   ma lumotlar   ombori.	ʼ
Ma lumotlarni   o`qish,   saqlash,   qayta   ishlash   va   qidirish   uchun   mo ljallangan.   O	
ʼ ʻ
´zining   tezligi   bilan   ajralib   turadi.   Eng   mashxo´r   Ma lumotlar   Bazasiga  	
ʼ Oracle ,
MsSQl ,   MySQL   va   boshqalar   kiradi.Bular   bizning   ishlarimizni   yanada
osonlashishiga   yordam   beradi . Hozirgi   kunda   inson   faoliyatida   ma’lumotlar
bazasi   (MB)   kerakli   axborotlarni   saqlash   va   undan   oqilona   foydalanishda   juda
muhim   rol ь   o‘ynamoqda.   Sababi:   jamiyat   taraqqiyotining   qaysi   jabhasiga   nazar
solmaylik   o‘zimizga   kerakli   ma’lumotlarni   olish   uchun,   albatta,   MBga   murojaat
qilishga   majbur   bo‘lamiz.   Demak,   MBni   tashkil   qilish   axborot   almashuv
texnologiyasining   eng   dolzarb   hal   qilinadigan   muammolaridan   biriga   aylanib
borayotgani   davr   taqozasidir.
Informatsion   texnologiyalarning   rivojlanishi   va   axborot   oqimlarining   tobora   ortib
borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni
o‘z   vaqtida   qayta   ishlash   choralarining   yangi   usullarini   qidirib   topishga
undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish,
so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya,
ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz
tasavvur   qilib   bo‘lmaydi.
Ma’lumki,   MB   tushunchasi   fanga   kirib   kelgunga   qadar,   ma’lumotlardan   turli
ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi.  Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil  qilar   edilarki,  u  faqat  qaralayotgan  masala  uchungina  o‘rinli  bo‘lardi.  Har
bir   yangi   masalani   hal   qilishda   ma’lumotlar   qaytadan   tashkil   qilinar   va   bu   hol
yaratilgan   dasturlardan   foydalanishni   qiyinlashtirar   edi.   Har   qanday   axborot  
tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan
iborat.   Keng   ma’noda   ma’lumotlar   bazasi   -   bu   qandaydir   bir   predmet   sohasidagi
real   muhitning   aniq   ob’ektlari   haqidagi   ma’lumotlar   to‘plamidir.   Predmet   sohasi
deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real
muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish
instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.Shuni qayd qilish lozimki,   MB ni yaratishda
ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan,   ma’lumotlar   turi,   ko‘rinishi,   ularni   qo‘llaydigan  
programmalarga   bog‘liq   bo‘lmasligi   lozim,   ya’ni   MB ga   yangi   ma’lumotlarni
kiritganda   yoki   ma’lumotlar   turini   o‘zgartirganda,   programmalarni   o‘zgartirish
talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan,   MBdagi   kerakli   ma’lumotni   bilish   yoki   izlash   uchun   biror
programma   tuzishga   hojat   qolmasin.   Shuning   uchun   ham   MB ni   tashkil   etishda
ma’lum   qonun   va   qoidalarga   amal   qilish   lozim.   Bundan   buyon   axborot   so‘zini
ma’lumot   so‘zidan   farqlaymiz,   a’ni   axborot   so‘zini   umumiy   tushuncha   sifatida
qabul   qilib,   ma’lumot   deganda   aniq   bir   belgilangan   narsa   yoki   hodisa   sifatlarini
nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli
belgilar   bo‘yicha   tartiblashga   va   ixtiyoriy   belgilar   birikmasi   bilan   tanlanmani   tez
olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. 
T   i   z   i   l   m   a   l   a   sh   t   i   r   i   sh   –  bu   ma’lumotlarni   tasvirlash   usullari   haqidagi
kelishuvni   kiritishdir.   Agar   ma’lumotlarni   tasvirlash   usuli   haqida   kelishuv
bo‘lmasa,   u   holda   ular   tizilmalashtirilmagan   deyiladi.   Tizilmalashtirilmagan
ma’lumotlarga   misol   sifatida   matn   fayliga   yozilgan   ma’lumotlarni   ko‘rsatish
mumkin.
Ma’lumotlar   bazasidan   foydalanuvchilar   turli   amaliy   dasturlar,   dasturiy
vositalari,   predmet   sohasidagi   mutaxassislar   bo‘lishi   mumkin.   Ma’lumotlar
bazasining   zamonaviy  texnologiyasida   ma’lumotlar   bazasini   yaratish,   uni   dolzarb holatda   yuritishni   va   foydalanuvchilarga   undan   axborot   olishini   ta’minlovchi
maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan
markazlashtirilgan   holda   amalga   oshirishni   nazarda   tutadi.
Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro
bog‘langan   va   tartiblangan   ma’lumotlar   majmuasi   bo‘lib,   u   biror   bir   ob’ektning
xususiyatini,   holatini   yoki   ob’ektlar   o‘rtasidagi   munosabatni   ma’lum   ma’noda
ifodalaydi.   MB   foydalanuvchiga   strukturalashtirilgan   ma’lumotlarni   saqlash   va
ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. 
Ma’lumki   ma’lumotlarni   kiritish   va   ularni   qayta   ishlash   jarayoni   katta
hajmdagi  ish bo‘lib ko‘p mehnat  va  vaqt  talab qiladi. MB  bilan ishlashda  undagi
ma’lumotlarning   aniq   bir   strukturagi   ega   bo‘lishi,   birinchidan   foydalanuvchiga
ma’lumotlarni   kiritish   va   qayta   ishlash   jarayonida   undagi   ma’lumotlarni
tartiblashtirish,   ikkinchidan   kerakli   ma’lumotlarni   izlash   va   tez   ajratib   olish   kabi
qulayliklarni   tug‘diradi.     MB   tushunchasi   fanga   kirib   kelgunga   qadar,
ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli
ko‘rinishdagi  ma’lumotlardan   zamonaviy  komp ь yuterlarda  birgalikda  foydalanish
va   ularni   qayta   ishlash   masalasi   hal   qilindi.   Komp ь yuterlarda   saqlanadigan   MB
maxsus   formatga   ega   bo‘lgan   muayyan   tuzilmali   fayl   bo‘lib,   undagi   ma’lumotlar
o‘zaro   bog‘langan   va   tartiblangandir.
  Demak,   ma’lumotlar   bazasi   deganda   ma’lum   bir   strukturada   saqlanadigan
ma’lumotlar   to‘plami   tushuniladi.   Boshqacha   qilib   aytganda   MB   -   bu   ma’lum
berilgan aniq bir strukturaga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus
formatga   ega   bo‘lgan   fayldir.   Ma’lumotlarni   strukturalashtirish   -   bu   shunchaki
ma’lumotlarni   tasvirlashda   qandaydir   moslikni   kiritish   usulidir.   Odatda   MB
ma’lum   bir   ob’ekt   sohasini   ifodalaydi   va     uning   ma’lumotlarni   o‘z   ichiga   oladi,
ularni   saqlaydi   va   foydalanuvchiga   ma’lumotlarni   qayta   ishlashda   undan
foydalanish imkonini yaratib beradi. 
M a ‘ l u m o t l a r       b a z a s i – bu ma’lum bir predmet     sohasiga oid
tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan
to‘plamidir.   Ma’lumotlar   bazasi   -   axborot   tmzimlarining   eng   asosiy   tarkibiy   qismi   bo‘lib
hisoblanadi.   Ma’lumotlar   bazasidan   foydalanish   uchun   foydalanuvchi   ishini
engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu
tizimlar    ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. 
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   (MBBT)   -bu   dasturiy   va   apparat
vositalarining   murakkab   majmuasi   bo‘lib,   ular   yordamida   foydalanuvchi
ma’lumotlar   bazasini   yaratish   va   shu   bazadagi   ma’lumotlar   ustida   ish   yuritishi
mumkin.
Juda   ko‘p   turdagi   MBBT   mavjud.   Ular   o‘z   maxsus   dasturlash   tillariga   ham   ega
bo‘lib,   bu   tillarga   SUBD   buyruqli   dasturlash   tillari   deyiladi.   MBBTga   Oracle,
Clipper,   Paradox,   FoxPro,   Access   va   boshqalarni   misol   keltirish   mumkin.          
M a ‘ l u m o t l a r      b a z a s i n i      b o sh q a r i sh    t i z i m i – bu ma’lumotlar
bazasini   yaratish,     ularni     dolzarb   holatini   ta’minlash   va   undagi   zarur
axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui
va til vositasidir.
Ma’lumotlar   bazasi   tushunchasi   maydon,   yozuv,   fayl   (jadval)   kabi
elementlar bilan chambarchas bog‘liq . 
Maydon -bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u
axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni
tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi: 
Maydon   nomi ,   masalan,   familiyasi,   ismi,   tug‘ilgan   sana,   lavozimi,   ish   staji,
mutaxassisligi.
1-
maydon
nomi 2-
maydon
nomi 3-
maydon
nomi . . . N-
maydon
nomi
Yozuv Yozuv Yozuv Yozuv Yozuv
                   
Ma’lumotlar bazasi tuzulmasining asosiy elementlari
Maydon   turi ,   masalan,   son   (chislovoy),   simvol   (simvol ь n ы y),   sana/vaqt
(data/vremya),   mantiqiy   (logicheskiy).
Maydon   uzunligi   (o‘lchami) ,   masalan,   eng   ko‘p   simvollar   sig‘imi;
Maydon   aniqligi ,   (son   tipidagi   ma’lumotlar   uchun)   masalan,   sonning   o‘nlik   ksr
qismini   aks   ettirish   uchun   o‘nlik   raqamdan   to‘rtta.
Yozuv   –bu mantiqiy bog‘langan maydonlar to‘plami. YOzuv tuzilishi uchun uning
tarkibiga   kiruvchi   maydolar   tarkibi   va   joylashishi   ketma-ketligi   bilan   aniqlanib,
ularni   har   biri   ichida   elementar   yozuvlarning   nusxasi   deb   ataladi.   YOzuv
ob’ektning   biror   bir   elementi   haqida   to‘liq   ma’lumotni   ifodalaydi.
Fayl (jadval)   -bu bir xil tuzilmaga ega bo‘lgan yozuvning nusxalar to‘plamidir. U
o‘zicha har bir maydonda qiymatga ega. 
Har   bir   MB   jadvali   o‘zining   birlamchi   kalitiga   ega   bo‘lishi
mumkin.   Birlamchi kalit   deganda ezuvlar  kaytarilmasligini  ta’minlovchi maydon
(polya)   yoki   maydonlar   guruxi   tushiniladi.   Birlamchi   kalit   sifatida   ishlatiladigan
maydon   eki   maydonlar   guruxi,   bir   xil   yozuvga   ega   bo‘lmaslik   shartini   bajarishi
kerak.   Boshqa   maydonlarida     bir     xil     yozuvlar   takrorlanishi   mumkin.   Shu   sabab
ular   birlamchi   kalit   bo‘laolmaydi.   Birlamchi   kalit   qisqa   va   sonli   maydonlardan
tashkil   topishi   maqsadga   muvofiqdir.   MB   jadvaliga   birlamchi   kalitni   kiritishdan
maqsad,   jadvaldagi   ma’lumotlarni   izlash,   tartiblashtirish   va   tanlab   olishda
qulaylikni   beradi.   Birlamchi   kalit   kiritish   yoki   kiritmaslik   foydalanuvchi
tamonidan MB jadvali strukturasini tashkil qilishda aniqlanadi. 
Bosh   jadval   yordamida   qaram   jadvaldagi   mos   ma’lumotlarni   chaqirishni
ta’minlash   uchun   qaram   jadvalda   tashqi   kalit   tashkil   qilinadi.   “Bitta-ko‘pga”
bog‘lanish holatida tashqi kalit bosh jadvalda tashkil qilinadi. Birinchi va ikkinchi
kalitlarni aniqlashda MBBT avtomatik ravishda jadvalda indekslarni quradi. Bugungi dunyoda ma’lumotlar har xil va keng tarqalgan. Ma’lumotlar bazasi
ma’lumotlarni   saqlash   va   boshqarishning   eng   yaxshi   usuli   hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazalari ma’lumotlarni doimiy ravishda va xavfsiz tarzda almashishni
ta’minlaydi. 
Ma’lumotlar   nafaqat   keng   yoyilgan   va   keng   tarqalgan   hamdir.   Bu
tashkilotlarning   yashashi   va   rivojlanishi   uchun   ham   zarurdir.   Masalan,   OTM
o’zining   professor-o’qituvchilari,   fakultetlari,   tegishli   yo’nalishlari   va
mutaxassisliklari   hamda   talabalari   haqida   hech   qanday   ma’lumotga   ega
bo’lmasdan   turib   rivojlanishi   mumkinmi,   degan   savolni   o’rtaga   qo’yib   ko’raylik.
Barcha OTMlar ushbu turdagi ma’lumotlarni saqlashlari kerak. Muhim ahamiyatga
ega   bo’lganidek,   ular   kerak   bo’lganda   qaror   qabul   qiluvchilar   uchun
ma’lumotlarga   ega   bo’lishlari   kerak.   Ishonch   bilan   aytish   mumkinki,   OTMning
barcha   axborot   tizimlarining   maqsadi   ularga   axborotni   tashkiliy   manba   sifatida
ishlatishga   yordam   berishdir.   Ushbu   tizimlarning   barchasida   ma’lumotlarni
yig’ish, saqlash, umumlashtirish, boshqarish va tarqatish turadi.
Ma’lumotlar   bazasi   –   tegishli   ma’lumotlar   to’plamini   o’z   ichiga   olgan
umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi[6]. 
Axborot   tizimining   turiga   va   masalaning   qo’yilishiga   qarab,   bu   ma’lumotlar
bir   yoki   ikki   mavzudagi   bir   necha   megabaytdan   biznesning   ichki   va   tashqi
muhitidagi yuzlab mavzularni qamrab oladigan terabaytgacha o’zgarishi mumkin.
Ma’lumotlar   bazalari,   kompyuterlarga   asoslangan   tizimlarga   ma’lumotlarni
tezda saqlash, boshqarish va olish imkonini beradigan ixtisoslashgan tuzilmalardir.
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi  maydon, yozuv, fayl  atamalari bilan bog’liq.
Maydon   –   bu   saqlanadigan   ma’lumotlarning   eng   kichik   birligi.   Tipik
ma’lumotlar   bazasida   bir  qancha   tiplarning  yoki  saqlanadigan  maydonlarning  har
birini  tavsiflovchi  ko’plab nusxalari  (occurrence  yoki  instance)  mavjud. Masalan,
OTMlar   haqida   ma’lumot   mavjud   bo’lgan   ma’lumotlar   bazasida   "OTM   raqami"
nomi   bilan   saqlanadigan   maydon  turini  o’z  ichiga  olishi  mumkin  va  ma’lumotlar
bazasida   tavsiflangan   OTMlarning   har   bir   turi   uchun   (fakultetlar,   yo’nalishlar, guruhlar, talabalar va boshqalar) ushbu saqlanadigan maydonning alohida nusxasi
mavjud bo’ladi.
Yozuv   –   bu   tegishli   saqlanadigan   maydonlar   to’plamidir.   Bunday   holda,
saqlangan   yozuvning   nusxasi   saqlanadigan   maydonlarning   tegishli   nusxalari
guruhidan iborat. 
Fayl   -   bu   bir   xil   turdagi   saqlangan   yozuvlarning   barcha   mavjud   nusxalari
to’plami. Oddiylik uchun har qanday berilgan fayl faqat bitta turdagi saqlanadigan
yozuvlarni   o’z   ichiga   olishi   mumkin   deb   qabul   qilinadi.   Ushbu   soddalashtirish
keyingi mulohazalarga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Ma’lumotlar   bazasini   loyihalash   uchun   axborot   va   ma’lumotlar   o’rtasidagi
farqni tushunib olish kerak. 
Axborot   -   bu   ma’lumotlarning   ma’nosini   ochib   berish   uchun   qayta   ishlash
natijasidir. Axborotdan qaror qabul qilish uchun asos sifatida foydalanish mumkin.
Masalan, OTM professor-o’qituvchilari haqidagi ma’lumotlarning qisqacha tavsifi
attestatsiya   organlariga   OTM   uchun   attestatsiyani   o’tkazish   yoki   o’tkazmaslikni
belgilashda foydali bo’lgan tushunchalarni beradi.
Ushbu   misoldan   ko’rinib   turibdiki,   ma’lumot   o’z   vaqtida   va   aniq
ma’lumotlarni talab qiladi. Bunday ma’lumotlar to’g’ri yaratilishi va ularga kirish
va   qayta   ishlash   oson   bo’lgan   formatda   saqlanishi   kerak.   Bundan   tashqari,   har
qanday   asosiy   manba   kabi   ma’lumotlar   muhiti   ehtiyotkorlik   bilan   boshqarilishi
kerak. 
Ma’lumotlarni   boshqarish   -   bu   ma’lumotlarning   to’g’ri   yaratilishi,
saqlanishi va olinishiga qaratilgan qoidalar [6]. Ma’lumotlar muhim rol o’ynashini
hisobga   olib,   ma’lumotni   boshqarish   har   qanday   biznes,   davlat   idorasi,   xizmat
ko’rsatish tashkiloti yoki xayriya faoliyatining asosiy yo’nalishi ekanligi biz to’liq
anglashimi lozim.
Ma’lumotni   samarali   boshqarish   odatda   kompyuter   ma’lumotlar   bazasidan
foydalanishni   talab   qiladi.   Ma’lumotlar   bazasi   bu   quyidagilar   to’plamini
saqlaydigan umumiy, birlashtirilgan kompyuter tuzilmasi: Tashqi   foydalanuvchi   ma’lumotlari,   ya’ni   oxirgi   foydalanuvchini   qiziqtirgan
muhim faktlar;
Metadata (ma’lumotlar haqidagi ma’lumotlar [6]), ular orqali oxirgi foydalanuvchi
ma’lumotlari birlashtiriladi va boshqariladi.
Metadata   ma’lumotlar   xarakteristikalarini   va   ma’lumotlar   bazasida   topilgan
ma’lumotlarni   bog’laydigan   munosabatlar   to’plamini   tavsiflaydi.   Masalan,   meta-
ma’lumotlar   komponenti   har   bir   ma’lumot   elementining   nomi,   har   bir   ma’lumot
elementida saqlanadigan qiymatlar turi (raqamlar, sana yoki matn) va ma’lumotlar
elementini   bo’sh   qoldirish   mumkinligi   kabi   ma’lumotlarni   saqlaydi.   Metadata
ma’lumotlarning   qiymati   va   ishlatilishini   to’ldiruvchi   va   kengaytiradigan
ma’lumotlarni   taqdim   etadi.   Qisqa   qilib   aytsak,   metadata   ma’lumotlar   bazasida
ma’lumotlarning yanada to’liq tasvirini taqdim etadi.
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   (MBBT)   bu   ma’lumotlar   bazasi
tuzilishini   boshqaruvchi   va   unda   saqlanadigan   ma’lumotlarga   kirishni
boshqaradigan   dasturlar   to’plami.   Qaysidir   ma’noda   ma’lumotlar   bazasi   juda
yaxshi   tashkillashtirilgan   elektron   topshirish   kabinetiga   o’xshaydi,   unda   kuchli
dasturiy ta’minot (MBBT) kabinet tarkibini boshqarishga yordam beradi.
Ma’lumotlar   bazasining   turlari.   Har   bir   ma’lumotlar   bazasi   ma’lum   bir
ma’lumot   to’plamini   saqlaydi   va   ma’lum   maqsadda   foydalaniladi.   Yillar   o’tishi
bilan,   ma’lumotlar   bazalaridan   texnologiya   va   innovatsion   foydalanish   rivojlanib
borgan   sari   ma’lumotlar   bazalarini   tasniflashda   turli   xil   usullar   qo’llanilmoqda.
Masalan,   ma’lumotlar   bazalari   qo’llab-quvvatlanadigan   foydalanuvchilar   soni,
ma’lumotlar   joylashgan   joyda,   saqlanadigan   ma’lumotlar   turi,   ma’lumotlardan
maqsadli   foydalanish   va   ma’lumotlar   tuzilish   darajasi   bo’yicha   tasniflanishi
mumkin.
Foydalanuvchilar   soni   ma’lumotlar   bazasi   bitta   foydalanuvchi   yoki   ko’p
foydalanuvchi   sifatida   tasniflanganligini   aniqlaydi.   Bitta   foydalanuvchi
ma’lumotlar   bazasi   bir   vaqtning   o’zida   faqat   bitta   foydalanuvchini   qo’llab-
quvvatlaydi. Boshqacha  aytganda,  agar   A foydalanuvchisi  ma’lumotlar   bazasidan
foydalansa,   B   va   C   foydalanuvchilari   A   foydalanuvchisini   kutib   turishlari   kerak. Bunga   javoban,   ko’p   foydalanuvchi   ma’lumotlar   bazasi   bir   vaqtning   o’zida   bir
nechta   foydalanuvchilarni   qo’llab-quvvatlaydi.   Ko’p   foydalanuvchi   ma’lumotlar
bazasi  nisbatan kam miqdordagi foydalanuvchilarni (odatda 50 dan kam) qo’llab-
quvvatlasa,   tashkilotning   ishchi   guruhi   ma’lumotlar   bazasi   deb   ataladi.
Ma’lumotlar bazasi butun tashkilot tomonidan ishlatilganda va ko’plab bo’limlarda
(50   dan   ortiq,   odatda   yuzlab)   foydalanuvchilarni   qo’llab-quvvatlasa,   ma’lumotlar
bazasi  korxona   bazasi  deb nomlanadi.
Joylashuv   ma’lumotlar   bazasini   tasniflash   uchun   ham   ishlatilishi   mumkin.
Masalan,   bitta   saytda   joylashgan   ma’lumotlarni   qo’llab-quvvatlaydigan
ma’lumotlar bazasi   markazlashtirilgan   ma’lumotlar bazasi deb ataladi. Bir nechta
turli   saytlarda   tarqatilgan   ma’lumotni   qo’llab-quvvatlaydigan   ma’lumotlar   bazasi
taqsimlangan  ma’lumotlar bazasi deb ataladi.
Markazlashtirilgan  va  markazlashtirilmagan  (tarqatilgan) ma’lumotlar bazasi
ma’lumotlar   bazasini   amalga   oshirish   va   boshqarish   uchun   aniq   belgilangan
infratuzilma   (apparat,   operatsion   tizimlar,   tarmoq   texnologiyalari   va   boshqalar)ni
talab   qiladi.   Odatda,   infratuzilmaga   ma’lumotlar   bazasini   yaratadigan   va
ishlaydigan tashkilot egalik qiladi va xizmat qiladi. Ammo so’nggi yillarda bulutli
ma’lumotlar   bazalaridan   foydalanish   tobora   ommalashib   bormoqda.   Bulutli
ma’lumotlar   bazasi   -   bu   Microsoft   Azure   yoki   Amazon   AWS   kabi   bulutli
ma’lumotlar   xizmatlaridan   foydalanib   yaratilgan   va   saqlanadigan   ma’lumotlar
bazasi.  Uchinchi   tomon yetkazib  beruvchilari  tomonidan taqdim   etiladigan  ushbu
xizmatlar   ma’lumotlar   bazasi   uchun   ishlashning   aniq   choralarini   (ma’lumotlarni
saqlash  hajmi,  talab  qilinadigan  o’tkazuvchanlik  va  mavjudlik)   ta’minlaydi,  lekin
uni amalga oshirish uchun asosiy infratuzilmani ko’rsatishi shart emas. 
Ba’zi   bir   kontekstlarda   ma’lumotlar   bazalarini   tasniflashning   mashhur   usuli
ularda   saqlanadigan   ma’lumotlar   turiga   qarab   belgilanadi.   Ushbu   mezondan
foydalangan   holda   ma’lumotlar   bazalari   ikki   toifaga   guruhlanadi:   umumiy
maqsadlar   va   aniq   bir   sohaga   asoslangan   ma’lumotlar   bazalari.   Umumiy
maqsadga   asoslangan   ma’lumotlar   bazalarida   bir   nechta   fanlarda   ishlatiladigan
turli   xil   ma’lumotlar   mavjud   -   masalan,   umumiy   demografik   ma’lumotlarni   o’z ichiga   olgan   ro’yxatga   olish   ma’lumotlar   bazasi   va   LexisNexis   va   ProQuest
ma’lumotlar   bazalari,   turli   mavzularda   gazeta,   jurnal   va   jurnal   maqolalarini   o’z
ichiga olgan.   Aniq bir maqsadga   asoslangan ma’lumotlar bazalarida muayyan fan
sohalariga yo’naltirilgan ma’lumotlar mavjud. 
2.  ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish
Qo’yilgan masala yuzasidan ma’lumotlar bazasida jadvallar hosil qilindi.  Ular
orasidagi bog’lanishlar mos keluvchi (ustma-ust tushuvchi) maydonlari yordamida
bog’langan.   Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   orasidagi   munosabatlar   quyidagi
to’rtta   turda   bo’lishi   mavjud:   birga-bir,   birga-ko’p,   ko’pga-bir,   ko’pga-ko’p.
Masala   yuzasidan   ma’lumotlar   bazasini   loyilahashda   birga-ko’p   va   ko’pga-ko’p
bog’lanish   munosabatlaridan   foydalanildi.   Birga-ko’p   bog’lanish   munosabati
ma’lumotlar   bazasini   loyihalashda   ko’p   uchraydi   va   uning   vazifasi
takrorlanmaydigan qiymat oluvchi (kalit) maydonga ega bo’lgan jadvalning har bir
yozuvi   qiymatiga   ushbu   maydon   qiymatlari   orqali   bog’langan   jadvaldagi   ko’p
sondagi yozuvlarini mos qo’yishdir.
Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   va   uning   tarkibiy   qismlari   –   maydonlari
haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz:
“Kafedra” –  OTM kafedralari haqida ma’lumotni saqlovchi jadval  Maydon nomi Tipi Izoh
id K afedra   int(5) Kalit maydon
Kafedra Name varchar(255
) Kafedra nomi
K afedra Manage
r varchar(255
) Kafedra mudiri
TeachNumber int(4) O’qituvchilar  soni
Clock Double Kafedraning umumiy dars soati
G roupValue int(5) Guruhlar soni
potokValue int(5) Potok soni
studentValue int(11) Talabalar soni
Archive tinyint(1) Arxiv
“Teacher” –O’qituvchilar  haqida ma’lumotni saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
idTeacher int(25) Kalit maydon
TeacherFullName varchar(55) F . I . SH
TeacherTelephone varchar(55) O’qituvchi telifon nommeri
TeacherAddress varchar(255) O’qituvchi  manzil i
TeacherClock varchar(55) O’qituvchi dars soati
Kafedra_idKafedra int(5) Kafedralar bog’lanishi
“Subject” – Fanlar foydalanuvchilar  haqida ma’lumotni saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh idSubject int(11) Kalit maydon
SubjectName varchar(55) Fanlar nomi
SubjectAllClock varchar(45) Fanlar soati
SubjectLection varchar(45) Maruza soati
SubjectLaboratory varchar(45) Labaratoriya soati
SubjectSeminar varchar(55) Amaliyot soati
“auditoriya” –    auditoriyalar haqida ma’lumotni saqlovchi jadval
Maydon nomi Tipi Izoh
idAuditoriya   int(6) Kalit maydon
AuditoriyaNam
e varchar(255
) Auditoriya nomi
typeAuditoriya Enum Auditoriya turi
audValue int(5) O’rinlar soni
Status Enum Hozirgi holati (dars bor/yo’q)
created_at datetime Kiritilgan vaqt
Archive tinyint(1) Arxiv
“Student” –O’quvchilar  haqida ma’lumotni saqlovchi jadval Maydon nomi Tipi Izoh
idStudent int(1) Kalit maydon
StudentFullName varchar(55) F.I.SH
StudentTelephone varchar(55) Talaba Telifon nommer
StudentAddress varchar(55) Yashash manzil
C ourse Int(2) Kurs
StudentEmail varchar(55) Talaba Emaili
 
“Event”  – Tadbirlar  ro’yxatini jamlagan jadval
Maydon
nomi Tipi Izoh
idEvent int(3) Kalit maydon
EventName varchar(55) Tadbir nomi
EventDate datetime Tadbir vaqti
EventType varchar(55) Tadbir turi
3. JADVALLARNING O’ZARO BOG’LANISHI  
Subject va Student jadvallari M:N bog’lanish turini hosil qilgan. Subject va Teacher jadvallari M:N bog’lanish turini hosil qilgan.
Kafedra va Teacher jadvallari 1:N bog’lanish turini hosil qilgan.
Kafedra va Auditoriya jadvallari 1:N bog’lanish turini hosil qilgan Event va Teacher jadvallari M:N bog’lanish turini hosil qilgan.
Umumiy loyiha 4. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va  jadvallarga
ma’lumotlar kiritish
1-jadval. “Kafedra” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Kafedra (
idKafedra INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
    KafedraName VARCHAR(55) NOT NULL,
   KafedraManager VARCHAR(55) NOT NULL,
   TeachNumber INT(55) NOT NULL,
    GroupValue INT(15) NOT NULL,
    PotokValue INT(2) NOT NULL
    StudentValue INT(2) NOT NULL
   Archive TINYINT(1) NOT NULL
   
);
2-jadval. “Auditoriya” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil 
qilish
CREATE TABLE Auditoriya (
idAuditoriya INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
    AuditoriyaName VARCHAR(55) NOT NULL,
   TypeAuditoriya INT(55) NOT NULL,
   AudValue INT(15) NOT NULL,
   Status VARCHAR(55) NOT NULL
    Created_at DATETIME NOT NULL
   Archive TINYINT(1) NOT NULL
    );
3-jadval. “Teacher” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish CREATE TABLE Teacher (
idTeacher INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
   TeacherFullName VARCHAR(55) NOT NULL,
   TeacherTelephone VARCHAR(55) NOT NULL,
   TeacherAddress VARCHAR(55) NOT NULL,
   TeacherClock VARCHAR(55) NOT NULL
    Kafedra_idKafedra INT(3)  NOT NULL
);    
4-jadval. “Subject” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Subject (
idSubject INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
   SubjectName VARCHAR(55) NOT NULL,
   SubjectAllClock VARCHAR(55) NOT NULL,
   SubjectLection VARCHAR(55) NOT NULL,
   SubjectLaboratory VARCHAR(55) NOT NULL
   SubjectSeminar VARCHAR(55)  NOT NULL);    
5-jadval. “Student” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Student (
idStudent INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,
   StudentFullName VARCHAR(55) NOT NULL,
   StudentTelephone VARCHAR(55) NOT NULL,
   StudentAddress VARCHAR(55) NOT NULL,
   Course INT(2) NOT NULL
   StudentEmail VARCHAR(55)  NOT NULL
);    
6-jadval. “Event” jadvalini CREATE operatori yordamida hosil qilish
CREATE TABLE Event (
idEvent INT(3) NOT NULL PRIMARY KEY,   EventName VARCHAR(55) NOT NULL,
  EventDate VARCHAR(55) NOT NULL,
  EventType VARCHAR(55) NOT NULL,
   
);
5. SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish
1-jadval. “Kafedra” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT   INTO   Kafedra   VALUES   (3,   'Modellashtirish',   'Yusupov
Ozod',75,2000,45,3, 600);
2-jadval. “Auditoriya” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT   INTO   Auditoriya   VALUES   (1,   4,
'Axborotlashtirish',45,yuq,’9:20’,);
INSERT INTO Auditoriya VALUES (2, 4, '4-K',65,’ha’,’9:20’,); 3-jadval. “Teacher” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT   INTO   Teacher   VALUES   (1,   'Hamidov   Bunyod   Baxtixor   o’g’li',
'9945623',’Nurobot tumani’,32,45);
INSERT   INTO   Teacher   VALUES   (2,   'Nazarov   Javohir   Nazirjon   o’g’li',
'5467478',’Pastdargom tumani’,32,45);
4-jadval. “Student” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT   INTO   Studentr   VALUES   (1,   'Abruyev   Mirfozil   Tolibjon   o’g’li',
'9945623',’Nurobot tumani’,3,’abruyevmirfozil1996’);
INSERT INTO Teacher VALUES (2, 'Akramjonova Moxinur  Aminjon qizi',
'5467478',’Qorakul tumani’,3,’akramjonovamoxinur2000);
5-jadval. “Subject” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT   INTO   Subject   VALUES   (1,   'Malumotlar   bazasi
texnalogiyasi',72,30,12,30);
INSERT INTO Subject VALUES (2, 'Web dasturlash',76,32,12,32);
6-jadval. “Event” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv
qo’shish
INSERT INTO Event VALUES (1, 'Contest',’24.05.2021’,’Ilmiy’);
INSERT   INTO   Event   VALUES   (2,   'Eng   yaxshi   kitobxon',
’12.06.2021’,’Ilmiy’); Xulosa
Men   “Kafedra   ma'lumotlar   bazasini   loyihalash”   mavzusida   bajargan   kurs
ishini   bajarish   davomida   yangi   adabiyotlardan   hamda   turli   ma’lumotlardan
foydalandim. Bundan  tashqari  dasturlash  texnologiyasi  bilan  tanishdim. Umuman
olganda ushbu kurs ishi biz talabalarga “ Informatika va axborot texnologiyalari”
fanidan  olgan nazariy va amaliy bilimlarimizni  yanada  mustaxkamlashga  yordam
berdi.   Ma’lumotlar     bazasini     boshqarish     tizimi     –     o’zaro     bog’langan
ma’lumotlar  to’plami  va  bu ma’lumotlar  bilan  bog’lanishga  yordam  beruvchi
biriktirilgan     dasturlar.     Bu     ma’lumotlar     to’plamima’lumotlar   bazasi   deyiladi.
SQL   dasturi   ma’lumotlar   bazasini    boshqarish   tizimlaridan   bo’lib,   server   va
klient  ko’rinishida o’rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin.
Bu   dastur   asosan   katta   xajmdagi   ma’lumotlar   bilan   ishlaganligi   uchun   ,   asosan
yirik   korxonalarda   ishlatiladi.   Axborot   bilan   ishlash   uchun   SQL   dasturidan
foydalanish quyidagi qulayliklarga ega ekanligini bilib oldim:
1. Har xil formatdagi katta hajmli axborotni ancha ratsional usulda saqlash;
2.  Ma’lumotlarga tez kira olish imkoniyati;
3. Yopiq ma’lumotlarga kafolatli cheklovlar qo’yish;
4.   Kompyuter   tarmog’ida   axborot   bilan   ishlash   uchun   mijoz-server
arxitekturasiga 
asoslangan   dasturlar   yaratish.Bizga   SQL   dasturida   relyatsion   ma’lumotlar
bazasini   yaratish   mustaqil   ish   sifatida   berilgan   edi.     Dastavval     SQL     dasturini
kompyuterga     yuklab     oldim.     Men     “Mehmonxona”     ma’lumotlar     bazasini
yaratishni     tanladim.     Buning     uchun     avval     predmet     sohani     ya’ni
mehmonxonalarni  tahlil  qildim.  Keng qo’llaniladigan modellardan biri mohiyat-
aloqa   modeli   bo’lib,   asosan   obyektlarning   yig’indisini   va   ular   o’rtasidagi
bo’liqlikni   tasvirlaydi.   Mehmonxona   MB   sining   obyektlari   va   atributlarini   tanlab
mohiyataloqa modelini yaratdim. SQL   kodlari   orqali   buyruqlarni   qabul   qiladi.
Bu  so’rov  tili  ma’lumotlar  bazasini yuklash,  uni  to’xtatish,  montirovka  qilish,
jadvallar     yaratish,     o’chirish,     o’zgartirish,     ma’lumotlar   ichidan     kerakligini
chiqarib  olish  va  boshqa  vazifalar  uchun  ishlatiladi.  Mehmonxona  MB  sining
relyatsion modelini yaratish uchun CREATE TABLE komandasidan foydalanib 6
ta   jadval   yaratib   oldim.     INSERT     buyrug’idan     foydalanib     jadvallarga
ma’lumotlar     kiritib     chiqdim.     Biror     dorining   narxini     o’zgartirish     kerak
bo’lganda   UPDATE   buyrug’idan,   yaroqlilik   uddati   o’tgan   dorilarni o’chirish
uchun     DELETE     buyrug’idan,     o’zimizga     kerakli     ustunlarni     chiqarish     uchun
SELECT   buyrug’idan     foydalanishni     bilib     oldim.     GROUP     BYva     HAVING
operatorlaridan     foydalanib   murakkab     so’rovlar     yaratishni     o’rgandim.     Ishni
bajarish     jarayonida     bir     xil     ma'lumotlar     bo‘lsa,   guruhlanishini,     aks     holda
natijalar   guruhlanmagan   holda   chiqarilishini   ko’rdim.   HAVING   –   kalit so’zi
bilan  berilgan  shart  atributlarning  konkret  qiymatiga  emas  balki  GROUP  BY sharti     bilan   yaratilgan   guruhga   tegishli   bo’lishini,   agar   tanlash   sharti   guruhga
tegishli   bo’lmay   atributga   tegishli   bo’lsa,   u   holda   WHERE   kalit   so’zidan
foydalanish   lozimligini   natijalardan   ko’rdim.   Tanlab   olingan   satrlar   sonini
chiqarish   uchun   COUNT   funksiyasi   ishlatilishini   misollarda   bajardim.Jadvallarni
birlashtirishda   UNION   va   UNION   ALL   hamda   JOIN   buyruqlarining   farqini
ko’rib   chiqdim.   INTERSECT   va   MINUS   buyruqlarini   qaysi   holatlarda
ishlatilishini bilib oldim.
SQL   dasturida   “Mehmonxona”    relyatsion   ma’lumotlar   bazasini    yaratish
jarayonida     bir     qancha   qiyinchiliklarga     duch     keldim.     Shunga     qaramay
xatoliklarni  bartaraf  etib,  ko’zlangan  natijaga erishdim.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Экономическая информатика -учебник / под ред. И.П. Koсарев и Л.В.  
Еремина -M –Финансы и статистика, 2002, стр. 523-563 
2. А.А.Козырев Информационные технологии в экономике и 
управлении. Учебник / 2000 
3. Б.Ю. Ходиев, А.А. Мусалиев, Б.А. Бегалов Введение в 
информационные системы и технологии -Учебное пособие. Т. -«ТГЭУ» 
2002.-156с.  4. А.Г. Юркин. Задачник по программированию. Учебное пособие. 
Питер.Минск:2002. 
5. Ричард, Хезфилд, Лоуренс-Кирби. Искуство программирования на С.
ДиаСофт Питер:2001. 
6. Экономическая информатика -учебник / под ред. В.П. Косарев и Л.В. 
Еремина -М -Финансы и статистика, 2002, ст. 523-563 
7. Б.Ю. Ходиев, А.А. Мусалиев, Б.А. Бегалов. Введение в 
информационные системы и технологии -Учебное пособие. Т . -« ТГЭУ » 
2002.-156 с . 
8. M.M. Aripov, J.O’. Muhammadiyev. Informatika, information 
texnologiyalar. Toshkent 2005- y.

MA’LUMOTLAR BAZASI TEXNOLOGIYALARI FANIDAN “Kafedra” MB loyihalash mavzusida KURS ISHI Kirish Biz axborot asrida yashamoqdamiz. Hozirgi kunda axborotni boshqarish juda muhim tushunchaga aylanib bo’ldi. Axborot dunyosidagi eng asosiy vazifa – uni qayta ishlashdir. Axborotni qayta ishlash esa eng murakkab jarayonlardan biridir. Umuman olganda, ma’lumotlarni qayta ishlash deganda, ular ustida bajariladigan amallar – saqlash, uzatish, tahrirdan o’tkazish kabilarni tushunishimiz mumkin. Axborotlar ustida amallar bajarish uchun ularni bir joyga to’plash muhim hisoblanadi. Axborotlar miqdori oz bo’lmaganligi sababli bu jarayon, albatta, kompyuterlar yordamida amalga oshirilmoqda. Axborotlarning bir joyga jamlanishi “ma’lumotlar bazasi” tushunchasini vujudga keltirdi. Ma’lumotlar bazasi texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini tor ma’noda qarab chiqaylik. Chunki bu tushuncha tarixi tushunchasi keng ma’noda, insoniyat ma’lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan har qanday vositalar tarixiga umumlashtiriladi. Ma’lumotlar bazasi tarixi tor ma’noda ma’lumotlar bazalarini an’anaviy (zamonaviy) ma’noda ko’rib chiqadi. Ushbu tushuncha paydo bo’lishiga 1955- yilda dasturlashtiriladigan yozuv uskunalari paydo bo’lgani bilan bog’lash mumkin. Bu vaqtda dasturiy ta’minot fayllarga asoslangan yozuvlarni qayta ishlash modelini qo’llab-quvvatlar edi. Ma’lumotlarni saqlash uchun perfokartalardan foydalanilgan [1]. Internet tarmog’ining ma’lumotlar bazasi 1960- yillarning o’rtalarida paydo bo’ldi. Ma’lumotlar bazasidagi operatsiyalar terminallar yordamida interaktiv ravishda qayta ishlandi. Keyingi muhim qadam

Edgar Koddning ishi tufayli 1970-yillarning boshlarida relyatsion ma’lumotlar modelining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kodd ishi amaliy ma’lumotlar bazasi texnologiyasini matematika va mantiq bilan chambarchas bog’lash uchun yo’l ochdi. “Ma’lumotlar bazasi” atamasi 1960-yillarning boshlarida paydo bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964-1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan. 1.Ma’lumot bazasi tushunchasi Ma lumotlar bazasi'ʼ — markazlashtirilgan ma lumotlar ombori. ʼ Ma lumotlarni o`qish, saqlash, qayta ishlash va qidirish uchun mo ljallangan. O ʼ ʻ ´zining tezligi bilan ajralib turadi. Eng mashxo´r Ma lumotlar Bazasiga ʼ Oracle , MsSQl , MySQL va boshqalar kiradi.Bular bizning ishlarimizni yanada osonlashishiga yordam beradi . Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol ь o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday

tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MB ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim. Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, a’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb

holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy komp ь yuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Komp ь yuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. Demak, ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir strukturada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB - bu ma’lum berilgan aniq bir strukturaga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo‘lgan fayldir. Ma’lumotlarni strukturalashtirish - bu shunchaki ma’lumotlarni tasvirlashda qandaydir moslikni kiritish usulidir. Odatda MB ma’lum bir ob’ekt sohasini ifodalaydi va uning ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ularni saqlaydi va foydalanuvchiga ma’lumotlarni qayta ishlashda undan foydalanish imkonini yaratib beradi. M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan(strukturalashtirilgan)ma’lumotlarningnomlangan to‘plamidir.

Ma’lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma’lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma’lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma’lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Juda ko‘p turdagi MBBT mavjud. Ular o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. M a ‘ l u m o t l a r b a z a s i n i b o sh q a r i sh t i z i m i – bu ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni dolzarb holatini ta’minlash va undagi zarur axborotni topish ishlarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmui va til vositasidir. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi maydon, yozuv, fayl (jadval) kabi elementlar bilan chambarchas bog‘liq . Maydon -bu ma’lumotlarni mantiqiy tashkil etishni elementar birligi bo‘lib, u axborotni eng kichik va bo‘linmas birligi bo‘lgan rekvizitga mos keladi. Maydonni tasvirlash uchun quyidagi tavsiflardan foydalaniladi: Maydon nomi , masalan, familiyasi, ismi, tug‘ilgan sana, lavozimi, ish staji, mutaxassisligi. 1- maydon nomi 2- maydon nomi 3- maydon nomi . . . N- maydon nomi Yozuv Yozuv Yozuv Yozuv Yozuv