logo

MAKTABDA GEOGRAFIYA TA’LIMI VA UNI O‘QITISH

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

320 KB
MUNDARIJA
KIRISH ………………………………………………………………………….
1-BOB. MAKTABDA  GEOGRAFIYA TA’LIMI  VA UNI O‘QITISH 
USUL VA TEXNOLOGIYALARI ……………………………………………
1.1. Geografiyada ta’limning maqsadi va mazmuni....................................
1.2. Geografiya  ta’limi metodlari  va texnologiyalari  tasnifi......................
1.3. Geografiya darslarini turlari va ularni tuzilishlari................................
2-BOB. MULTIMEDIYA VA U ASOSIDA GIDROSFERA MAVZUSINI
O‘QITISH ………………………………………………………………………
2.1.  Mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning   metodik ta’minoti.............
2.2. Ta’limda multimedia vositalari, ularning afzalliklari..........................
2.4.   Suv resurslari mavzusini o’qitishda modulli texnologiyalardan 
foydalanish..................................................................................................
2.5.  Gidrosfera mavzusini KEYS texnologiyalari asosida o‘qitish … ……
2.6.“Suv omborlarining o’rni va xalq xo’jaligidagi axamiyati”  mavzusini
muammoli texnologiyalar asosida o’qitish……………………………….
XULOSA … ……………………………………………………………………..
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …………………………
1 KIRISH
 
Har   qanday   jamiyat   taraqqiyotining   har   tomonlama   yetuk
o‘qituvchilarsiz   tasavvur   etib   bo‘lmaydi.   Ta’limning   turli   bosqichlariga
yetuk   pedagogik   kadrlarni   yetkazish   avvalo   ta’limi   sohasidagi
tadqiqotlarni izchil olib borish, ta’lim metodikasi faniga  alohida  e’tibor
berishni   taqozo   etadi.   Mamlakatda   «Ta’lim   to‘g‘risida»gi   Qonun   (1997
yil  29 avgust)  va   Kadrlar tayyorlash  Milliy   Dasturida  tub  islohotlar olib
borish,   ta’limni   yanada   rivojlantirish   va   uning   uzluksizligiga   alohida
e’tibor   qaratilgan.   Gidrologiya   fanlari   tizimining   shakllanishi   va
rivojlanishi o‘ziga xos tarixga ega bo‘lib, uni alohida o‘rganish, ilmiy va
amaliy   ahamiyatini,   fanlarning   o‘ziga   xos   xususiyatlarini   ochib   berish
hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Shu bilan bir qatorda
respublikamiz   oliy   ta’lim   tizimida   innovatsion   pedagogik
texnologiyalardan   foydalanish   masalasi   bugungi   kunda   dolzarb
ahamiyatga egaligi hammamizga ma’lum.
O‘zbekistonda   ta’lim   –   tarbiya   sohasini   isloh   qilishning   asosiy   omillaridan
biri   «shaxs   manfaati   va   ta’lim   ustivorligi»dir.   Bu   omil   davlatimizning   ijtimoiy
siyosatini   belgilab   berganligi   tufayli   ta’limning   yangi   modeli   yaratildi.   Birinchi
Prezidentimiz   Islom   Karimov   tomonidan   bu   modelni   amalga   oshirish   bilan
hayotimiz   jabhalarida   ro‘y   beradigan   «portlash   effekti»   natijalari   ro‘yi-rost
ko‘rsatib berildi, ya’ni:
-ijtimoiy-siyosiy   iqlimga   ijobiy   ta’sir   qiladi   va   natijada   mamlakatimizdagi
mavjud muhit butunlay o‘zgaradi;
- insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi;
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi;
2 -   jamiyatimizning   potensial   kuchlarini   ro‘yobga   chiqarishda   juda   katta
ahamiyat kasb etadi;
-   fuqarolik   jamiyati   qurishni   ta’minlaydi,   model   vositasida   dunyodan
munosib   o‘rin   olishga,   o‘zbek   nomini   yanada   keng   yoyib   tarannum   etishga
erishiladi
«Portlash   effekti»   sari   shijoat   bilan   qadam   tashlash,   yo‘llarda   uchraydigan
qiyinchiliklarni  bosqichma-bosqich va izchil  hal  etish masalalari  nafaqat  pedagog
nazariyachi   va   amaliyotchilarni   junbushga   keltiradi,   balki   jamiyatimizni   to‘liq
pedagoglashtirish   muammosini   ijtimoiy   buyurtma   sifatida   keltirib   chiqaradi.
Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh
avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol»
va vositalar bilan ta’minlash davr taqazosidir.
O‘rganilganlik   darajasi.   O‘zbekistonda   geografik   fan   ta’limi
metodikasi   sohasida   H.H.Hasanov,   P.N.G‘ulomov,   O.Mo‘minov,
P.Musayev, R.Qurbonniyozov, M.Nabixonov va boshqalar tadqiqot olib
borishgan.   Shuningdek   P.Baratov,   A.A.Rafiqov,   A.Qayumov,
H.Vahobov,   A.Zaynutdinov,   T.Mirzaliyev,   A.Soatov,   O‘.Q.Abdunazarov
va   boshqalar   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib   borishgan   bo‘lsa,   gidrologiya
sohasida   A.Rasulov,   F.Hikmatov,   D.Aytbayev,   G‘.Yunusov,   R.Ziyayev   va
boshqalarning   oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim     sohalari   darsliklar,   o‘quv
qo‘llanmalari,   uslubiy   qo‘llanmalar   yaratish   masalalariga   qaratilgan.
Ushbu   ishda   ular   yaratgan   metodalogiyalar   va   g‘oyalar   asos   qilib
olinadi.
Ishning maqsad v a v azifalari.   Ushbu   bitiruv   malakaviy   ishining
asosiy   maqsadi   maktab   geografiya   darslarida   Gidrologik   mavzularni   o‘qitish   va
o‘qitish   usullarini   samaradorligini   ko‘rsatib   berishdan   iborat.   Ushbu
maqsaddan kelib chiqib quyidagi  v azifalar  belgilab olindi:
3  Geografiyada ta’limning maqsadi va mazmuni.
 Geografiya  ta’limi metodlari  va texnologiyalari  tasnifi.
 Geografiya darslarini turlari va ularni tuzilishlari.
 fanlarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish;
 qo’llashga tavsiya etiladigan innovatsion texnologiyalar va usullar
saralash;
Tadqiqot   ishining   ob’ek t i   sifatida   maktab   o’quv   predmetlari
olingan.   Tadqiqotning   predmet i   esa   geografik   fanlarda   gidrologik
mavularni o’qitishni takomillashtirish olingan va o‘qitishda innovatsion
pedagogik   texnologiyalarni   qo‘llash   uchun   uslubiy   tavsiyalar   ishlab
chiqishdan iborat.
4 1-BOB. MA KTA BDA   GEOGRA FIY A  TA ’LIMI  VA  
UN I  O‘QITISH USUL VA  TEX N OLOGIY A LA RI
1.1.  Geografi y ada t a’limning maqsadi v a mazmuni.
    O‘qitish   maqsadlarini   aniqlash   didaktika   va   geografiya   o‘qitish
metodikasining   eng   muhim   muammosidir.   O‘qitish   maqsadi
geografiya   nima   uchun   o‘qitiladi?   degan   savol   bilan   chambarchas
bog‘liq.   O‘qitish     maqsadi     maktab   geografiyasining   mazmunining
tuzilishini   o‘qitish   metodlari   va   yo‘nalishini   belgilashda   katta
ahamiyatga   ega.   Dastlab   barcha   fanlar   uchun   o‘qitish   maqsadlarini
aniqlashda   didaktik   tadqiqotlar   amalga   oshiriladi.   Ta’lim   haqidagi   va
kadrlar   tayyorlash   to‘g‘risidagi   qonunlar   o‘qitish   maqsadini   aniq
belgilashga   katta   e’tibor   berilgan.   O‘qitish   maqsadini   aniqlashda
jamiyatning   xususiyatlari   qiziqishi   albatta   e’tiborga   olinadi,   ya’ni
o‘quvchilar   jamiyat   uchun   kurashadigan   va   qayg‘uradigan   bo‘lishi
kerak.   Maktab   o‘z   o‘quvchilarini   mehnatni   sevadigan   vatanparvar
zamonaviy fan texnika texnologiyaga oid ko‘nikma va malakalarga ega
qilib   tarbiyalashi   zarur.   Tabiiy   boyliklarimizni   chet   mamlakatlar   bilan
qiyoslashda   iqtisodiy   –   ijtimoiy   siyosiy     ilmiy   geografik
munosabatlarimizni aniqlashda ahamiyati katta. 
Ta’limiy  maqsadlar:
      -o‘quvchilarga   tabiiy,   iqtisodiy,   kortografiya   va   boshqa
geografiya fanlarining asoslarini o‘rgatish. Tabiatni qo‘riqlash va undan
oqilona foydalanishning tabiiy ilmiy va texnika iqtisodiy tomonlarining
5 ochilishi toki bu jamiyat hayoti va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun
imkon yaratsin; 
     - o‘quvchilarni iqtisodiy ekologik ta’lim bilan qurollantirish;
     -o‘quvchilarda   geografik   madaniyatni   shakllantirish   ularni
xabarlar,   ma’lumotnomalar   bilan     ishlay   olish   kundalik   matbuot
materiallarini   o‘qishda   geografik   bilimlarni   qo‘llay   olish.   O‘quvchilarni
geografiya   va   unga   aloqador   bo‘lgan   fanlar   sohasida   o‘z   bilimlarini
oshirish   qobiliyatlarini   shakllantirish   ularni   kartalar,   ma’lumotnomalar
bilan ishlay olish kundalik matbuot.
     -O‘zbekiton Respublikasining tabiiy va iqtisodiy geografiyasiga oid
bo‘lgan bilimlarni chuqur bilish.
     -o‘quvchilarda   tabiatga,   xo‘jalikka   tabiat   bilan   xo‘jalik   o‘rtasidagi
aloqalarga nisbatan to‘g‘ri ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.
                    -o‘quvchilarda   vatanparvarlik   milliy   g‘urur   hislatlarini
shakllantirish. Maktab geografiyasi mazmuni geografiya dastlab paydo
bo‘lgan     fanlardan   biridir.   Uning   asosiy   vazifasi   o‘sha   davrlardan
boshlab biror mamlakat hududidagi va butun yer sharidagi tabiat aholi
va   xo‘jalikni   o‘rganishdan   iborat   bo‘lgan.   Hozirgi   kunda   geografik
tadqiqotlar   natijasida   tabiiy   resurslar,   qishloq   xo‘jaligi   uchun   yerlar
ochishda   sanoat   korxonalari,   aholi   turar   joylari   infrastruktura
tarmoqlarini oqilona joylashtirishda keng qo‘lanilmoqda.
      Hozirgi   zamon   maktab   geografiyasining   asosiy   mazmuni   60
yillarning   oxirlarida   shakllandi.   Unga   qadar   maktablarimizda   30
yillarda   ishlab   chiqilgan   dasturlar   asosida   ta’lim   tabiya   ishlari   olib
borildi.   60   yillardan   boshlab   tabiiy   geografiya   fanida   chuqur
6 o‘zgarishlar ro‘y berdi, yangi yangi tabiiy boyliklar ochilishi, quruqlik va
dunyo   okeanidagi   fundamental   tadqiqotlar   o‘tkazish   maktab
geografiyasi mazmuniga ham ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. 
      -geografiya   hududlar   va   mamlakatlarni   tasvirlovchi   fan   bo‘lib,
qolmasdan   balki   bevosita   amaliy   tadqiqotlar   olib   boruvchi
fundamental fanga aylandi
  O‘zbekiston   iqtisodiy   geografiyasi   mazmunidagi   tub   o‘zgarishlar
mamlakatimiz mustaqillikka erishishi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga
bo‘linadi.   Tabiiy   geografiya   geografik   qobiqning   voqea   va
hodisalarning hamda unda sodir bo‘ladigan, ishlab chiqarish xo‘jalik va
aholining   joylashish   qonuniyatlarini   o‘rganadi.   Tabiiy   va   iqtisodiy
geografiya  o‘z navbatida bir qancha fanlarga bo‘linib ketadi.
Tabiiy   hududiy   mujassamlarni   tashkil   etgan   qismlarini   o‘rganish
tabiiy   geografiyaning   qator   maxsus   tarmoqlariga   to‘g‘ri   keladi.   Bu
fanlar   umumiy   yer   bilimi   va   mintaqa   tabiiy   geografiyasi   bilan
chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiy geografiya o‘z navbatida ikkita asosiy
qismga bo‘linadi. 
Umumiy   iqtisodiy   geografiya   butun   yer   sharida   aholining   va
xo‘jalikni   keng   joylashishi   tarkibini   o‘rganish   va   mintaqa   iqtisoliy
geografiyasi alohida mamlakatlar va hududlar  misolida aholi va ishlab
chiqarishning joylashishi o‘rganiladi.
Maktab   geografiyasi   geografiya   fanining   to‘plagan   bilimlarini
o‘quvchilarga yetkazishda quyidagilarga amal qilish kerak.
O‘quvchilar   yoshiga   mos   keladigan   va   ular   o‘zlashtira   oladigan
darajada bilimlarni berish.
7 1.2. Geografi y a  t a’limi  met odlari  v a t exnologiy alari  t asnifi .
Ta’lim   jarayonida   o‘quvchilar   mo‘ayyan   bilimlar   ko‘nikma   va
malakalarni   egallaydilar.   Didaktikada   metod   –   deganda   o‘qituvchi
rahbarligida   turli   metodlar   vositasida   o‘quvchilarni   bilim,   ko‘nikma,
malakalari   bilan   qurollantirishda   hamda   ularning   dunyoqarashini
shakllantirish tushuniladi.
        O‘quv   materiali   mazmuni   ta’limning   turli   vositalari   yordamida   va
turli metodlar bilan o‘zlashtiriladi. Shu sabali har doim o‘quvchi oldida
muvofaqiyatliroq va samaraliroq o‘qitish va o‘qishga yordam beradigan
yo‘llarni   tanlash   muammosi   turadi.   O‘quv   materialini   o‘rganishning
turli   shakllarini   qidirish   darsning   maqsadlari,   vazifalarini   anglab
olishdan   boshlanadi.   Metod   so‘zi   grekcha   “metodis”   so‘zidan   olingan
bo‘lib,   aynan   “tadqiqot   degan   ma’noni  bildiradi.   Didaktika   fani    metod
terminiga ta’rif berish bo‘yicha aniq bir qoidani hali yaratganicha yo‘q.
Bu   masala   borasida   turli   ta’rif   va   qoidalar   mavjud.   Didaktika   fanida
ta’lim   metodi   deganda   o‘qituvchi   va   o‘quvchining   ta’lim   jarayonida
birgalikdagi faoliyati tushuniladi.
        Bunda   ular   qo‘yilgan   maqsad   uchun   birgalikda   harakat   qiladilar.
Metod   o‘qituvchi   va   o‘quvchi   faoliyati   turlarini,   ta’lim   qanday
ketishligini,   o‘qituvchilar   materiallarni   qay   darajada   tushuntirishi.
O‘quvchi uni qanday o‘zlashtirishi kerakligi bilan belgilandi. Metodning
aloxida detallari usul deyiladi. 
8 Masalan   yangi   bilimni   o‘zlashtirishda   darslik   bilan   ishlash   bunga
misol   bo‘lishi   mumkin.   Metod   va   usul   o‘rtasida   doimiy   aloka   mavjud.
Geografiya   asoslarini     puxta   o‘zlashtirish   o‘quvchining   bilim   olish
qobiliyatlarini   rivojlantirish   va   ularni     hayotga   tayyorlash   ma’lum
darajada  ta’lim  metodlariga bog‘liq.
Ta’lim   metodlari   o‘qituvchi   tomonidan     o‘quvchilar   faoliyatini
belgilaydaigan ish metodlari bo‘lib o‘quv materialini nazariy va   amaliy
o‘zlashtirish shaklidir.
Ta’lim   metodlari     o‘quvchilarga   bilim   berishi   ko‘nikma   va
malakalarni   egallash   bilangina   cheklanib   qolmaydi.   Ta’lim   metodlari
deyilganda   o‘quvchilarning   ijodiy   faoliyatlarini   shaklantiradigan
bilimlarni     mustaqil   o‘zlashtirishga     o‘rgatadigan     o‘zaro   ilmiy   bilimini
asoslangan   to‘g‘ri   dunyo   qarash   va     e’tiqodni   tarbiyalaydigan
metodlarga tushuniladi.
1. Metodlar   o‘qituvchi   faoliyati     yo‘l   yo‘riqlari   bo‘lib,   o‘quvchi
faoliyatini 
belgilashga   yordam   beradi.   Ta’lim   metodlari   uchun     ikkita   asosiy
narsaga xos
2. Ta’lim   metodlari     faqat   bilim   ko‘nikma     malakalarni
shaklantirish 
bilangina cheklanmasdan, balki o‘quvchilarda   ijodiy faoliyat bilimlarini
mustaqil  egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.
Ta’lim   metodlari     o‘qitishning   umumiy   va   aniq   maqsadlariga
hamda   maktab   ta’limining   mazmuniga   ham   bog‘liq.   Ta’lim   metodlari
ko‘p   hollarda   o‘quvchilarning   ruhiyati   xususiyatlarini   e’tiborga   olishni
9 talab   qiladi.   Uni  tanlash   maktabning     modiy   texnika   ta’minotiga     ham
ko‘p   jihatdan   bog‘liq   chunki   o‘qituvchi   ta’lim   metodini   tanlar   ekan,
maktabda     mavzu   bo‘lgan   texnika   vositalarini   harakatlarini,     atlaslarni
va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi.
O‘qitish   metodlari     pedagogikada     maktab   joylashgan   sharoitga
hamda   o‘qituvchilar     tajribasida     tarkib   topgan     an’analarga   ham
bog‘liq   bo‘ladi.   Masanalan:   o‘qituvchi   o‘z   ishiga     alohida   tus
bag‘ishlaydigan muayyan metodlardan  foydalanishni  afzal ko‘radi. 
Ilmiy   texnika   jarayoni   sharoitida   an’anaviy   metodlarni
takomillashtirishga   va   yangi   metodlarni   izlab   topishga   tobora   jidiy
talablar   quyilmoqda,     ta’lim   metodlari   muamosi   eng   asosiy
muamolardan biri bo‘lib qolmoqda u quyidagi talablarga javob berishi
kerak:
1.   Metodni   tarbiyaviyligi   bunda   har   qanday     metod
o‘quvchilarning     umumiy   rivojlanishiga,   bilimga   qiziqishlarini   e’tiqod
his tuyg‘u qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini
amalga oshirish metodning tanlashiga bog‘liq  
2.   Metodning   ilmiyligi   dars   berish   va     ta’limning   har   qanday
metod o‘quv jarayoning qonuniyatlari bilan belgilanadi 
Metod   ilmiy   jihatdan   qanchalik   asoslangan   bo‘lsa,   shunchalik
ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muximi shundaki biror metod yordamida
qanday   umumiy   va   aniq   vazifalarni   xal   etish   mumkinligini   u   qanday
mazmunga   mos   kelishini   faoliyatini   qanday   turlarini   talab   qilishni   va
ularni   qanday   tashkil   etish   lozimligini   ko‘ra   bilish   kerak.   Metodning
ilmiyligi   geografik   voqea     va   xodisalarni   qonuniyatlarini   to‘g‘ri
10 anglashini   ta’minlaydi   va   o‘quvchilarni   to‘g‘ri   ilmiy   tasavvurga   olib
boradi.
3.Metodning omabopligi.
XXI   asr   innovasiyalar   ya’ni   fan-texnika   sohasidagi   ilg’or   kashfiyotlarni
ishlab   chiqarish,   boshqarish,   jamiyat   rivojlanishining   ijtimoiy   jabhalariga   joriy
etilish   asridir.   Zero,   insoniyat   taraqqiyotini   innovasiyalarsiz   tasavvur   qilib
bo’lmaydi.   Mamlakatimiz   kelajagi,   iqtisodiy-ijtimoiy   ishlab   chiqish,   qishloq
xo’jaligi   va   jamiyat   hayotining   boshqa   sohalari   bilan   birga   ta’lim-tarbiya
sohasidagi   o’zgarishlar,   uni   yangi   zamon   talablari   darajasiga   ko’tarishga
yo’naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi. 
Geografik,   shu   jumladan   maktabda   o’qitiladigan   geografik   fanlar
samaradorligini   oshirish   uchun   quyidagi     interfaol   ta’lim     texnologiyalaridan
foydalanish tavsiya etiladi.
Loy ihali   t a’lim   t exnologiy asi.   Loyiha   (design   -   dizayn)   –   ba’zi
murakkab   ishlanmalarni   yaratish   bo‘yicha   hujjatlar   yig‘indisi.     Loyiha
(projekt)   –   tushunchasi   kengroq   ifodalanib,   ma’lum   natija   (loyihaning
beqiyos mahsuli)ga  ega maqsadli faoliyatni tashkil etish uchun   biror-
bir   tashkiliy   shaklni   belgilash   uchun   foydalaniladi.   Loyihaviy   ta’lim   -
ta’lim   modeli   bo‘lib,   unda   o‘qituvchi   tomonidan   loyihalash   ko‘rinishiga
ega, muammoni izlash, uni tadqiq etish va hal etish, muayyan, beqiyos,
shaxsiy   va   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   natijaga   erishish,   uni   ommaviy
taqdim   etish   va   jamoatchilik   tomonidan   baholanishini   tashkil   etish   va
rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o‘quv faoliyati tashkil etiladi.
Bumerang   t exnologiy asi.   Bumerang   uslubi   bir   mashg‘ulot
davomida   o‘quv   materialini   chuqur   va   yaxlit   holatda   o‘rganish,   ijodiy
tushunib   yetish,   erkin   egallashga   yo‘naltirilgan.   U   turli   mazmunga
(muammoli munozarali va hokazo) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga
11 yaroqli   bo‘lib,   o‘z   ichiga   og‘zaki   va   yozma   ish   shakllarini   qamrab   oladi
hamda   bir   mashg‘ulot   davomida   har   bir   ishtirokchining   turli
topshiriqlarni   bajarishi,   navbat   bilan   o‘quvchi   yoki   o‘qituvchi   rolida
chiqishi mumkin.
Bumerang   texnologiyasi   tanqidiy   fikrlash,   mantiqni
shakllantirishga   imkoniyat   yaratadi:   Xotirani,   g‘oyalarni,   fikrlarni,
dalillarni   yozma   va   og‘zaki   shakllarda   bayon   qilish   ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Sk arabey   t exnologiy asi.   Skarabey   uslubi   interaktiv   texnologiya
bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga
imkoniyat  yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq
va   erkin   ifodalash   mahoratini   shakllantiradi.   Ushbu   texnologiya
o‘quvchilarga   mustaqil   ravishda   bilimning   sifati   va   saviyasini   xolis
baholash,   o‘rganilayotgan   mavzu   haqidatushuncha   va   tasavvurlarni
aniqlash   imkonini   beradi.   Skarabey   texnologiyasi   o‘quvchilar
tajribasidan   foydalanishni   ko‘zda   tutadi,   reflektiv   kuzatishlarni   amalga
oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega.
Hamk orlik da   o‘qish   t exnologiy asi.   Hamkorlikda   o‘qish
texnologiyasi   asosida   mashg‘ulot   o‘tkazish   uchun   guruh   o‘quvchilari   4
– 5 kishilik kichik guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhda kuchli, o‘rta va
kuchsiz   o‘quvchi   bo‘lishiga   e’tibor   berish   kerak.   O‘quv   xonasida
partalarning   qo‘yilishi   kichik   guruhlar   ishlashiga   ishlashiga   yordam
bersin. Guruh ishtirokchilari doira shaklida o‘tirsin va bir-birini ko‘rsin.
O‘tkaziladigan   mashg‘ulotga   tayyorgarlik   davomida   mavzuning
qaysi   qismini   o‘qituvchining   o‘zi   tushuntirishi   va   o‘quvchilar   qaysi
12 qismini   bajarishi   rejalashtiriladi.   Bunda   darsga   qo‘yiladigan
maqsaddan   kelib   chiqqan   holda,   har   bir   o‘quvchiga   qo‘yiladigan
topshiriqlar   aniq   bo‘lishi   lozim.   Agar,   topshiriq   yangi   mavzuga   doir
savollarga   javoblardan   iborat   bo‘lsa,   unda   kuchli   o‘quvchiga   qiyin
savollar   beriladi.   O‘quvchi   tomonidan   berlgan   javobni   guruh
ishtirokchilaridan   biri   javobning   to‘g‘ri   yoki   noto‘g‘riligini   darslikdan
tekshirib   aytadi.   Keyingi   o‘quvchi   esa   agar   javob   to‘g‘ri   bo‘lsa   uni
daftarga   yozadi.   So‘ngi  o‘quvchi  javobni  isbotlovchi  dalillar  va  misollar
keltirishi   kerak.   Keyinchalik   o‘quvchilar   o‘z   rollarini   almashtirishlari
mumkin.   Muhokama   yakunida   kichik   guruhdagi   o‘quvchilar   o‘zlariga
berilgan   savollarning   hammasiga   javob   berishlari   va   ularni   butun
guruh muhokamasiga chiqarishlari kerak.
Nafis   arra   texnologiyasi.   Ushbu   uslubda   darsda   o’rganiladigan
mavzu nomi yozuv taxtasiga  yoziladi va qanday savollarga javob topilishi
lozim   ekanligi   tushuntiriladi.   Guruh   o’quvchilari     5-6   kichik   guruhlarga
(boshlang’ich   guruh)   bo’linadi   va   har   bir   guruh   o’rganiladigan   mavzu
bo’yicha oldindan tayyorlangan  oldindan tayyorlangan kerakli materiallar
papkasi bilan ta’minlanadi. Boshlang’ich guruhlar 10-12 daqiqa davomida
taqdim   qilingan   materialni   o’rganadi   va   muhokama   qiladi.   Natijada
o’qituvchi   o’ziga berilgan mavzuni yaxshi biladigan 5-6 guruh ekspertlariga
ega bo’ladi. Keyingi bosqichda har bir guruhdagi ishtirokchiga ma’lum tartib
raqami   beriladi   va   tartib   raqamlari   bir   xil   bo’lgan   o’quvchilardan   yangi
(ekspertlar)   guruhlari   tuziladi.   Mavzu   muhokamasining 15-   20   daqiqasi
davomida   yangi ekspertlar guruhini har bir ap’zosi oldingi guruhga berilan
mavzu   mazmunini   tushuntirib   beradi.   Natijada   umumiy   mavzuni   yaxlitligi
13 bo’yicha   o’zlashtirish   ta’minlanadi.   Ekspertlar   guruhining   har   bir   a’zosi
olingan   axborotni   ma’lum   bir   vaziyatda   qo’llay   olishini   ta’minlash   uchun
mavzu   bo’yicha   biror   muammoli   vaziyat   guruhlarga   beriladi   va   har   bir
guruh ushubu muammoni to’g’ri yechimini topishi lozim. Muammo har bir
ekspert   guruhida   muhokamadan   o’tkazilgach   guruhlarning   sardorlari
muammo bilan guruhni tanishtiradi va uning yechimini ko’rsatib beradi. 
Mashg’ulot   so’ngida   o’quvchilar   bilamini   tekshirib   ko’rish   va   baholash
uchun   o’rganilgan   materiallar   bo’yicha   test   o’tkaziladi.   Nafis   arra   usuli
yordamida   o’quvchilar   o’rganilgan   materiallar   bo’yicha   ma’lum   bilimga
mustaqil   ega   bo’lishi,   jamoa   bilan   ishlash   malakasini   olishi,   axborot   bilan
almashish hamda jamoa bo’lib qaror qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Muammoni  hal  et ish  t exnologiy asi.   Muammoni hal qilish uslubi
yoki   muammoga   qaratilgan   uslubi   –   muammoni   aniqlash   va   uni   hal
qilishning   eng   maqbul   yo‘llarini   topishga   o‘quvchining   tayyorgarligini
tekshirib   ko‘rish   uchun   qo‘llaniladi.   O‘quvchi   bunda   birinchi   bo‘lib
muammoni   aniqlab   oladi.   So‘ngra   muammoni   yechish   uchun
axborotlarni   izlaydi.   Izlanish   chog‘ida   o‘quvchi   kerakli   jurnallar,
monografiyalar,   darsliklar,   qo‘llanmalardan   va   Internet   tizimidan
foydalanishi   mumkin.   Olingan   axborotlarni   ishonchliligini   baholash,
uni   mahalliy   sharoitlarda   tadbiq   etsa   bo‘lishini   idrok   etishi   lozim.
O‘quvchi   olingan   ma’lumotlardan   xulosa   chiqarishi   va   ularni   amalda
tadbiq etish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Maktablarda   Dune   okeani   mavzusini   o‘qitish   uchun   quyidagi
interfaol   usullaridan   foydalanish   mumkin:   aqlni   ishlatishga
14 yo’naltirilgan  harakat (aqliy xujum); guruhlarda bahs, munozara; kichik
guruhlarda  ish olib borish, rolli o’yinlar, ish o’yinlari va hokazolar.
Amaliy   o’yinlar   t exnologiyasi.   Amaliy   yoki   ishchan   o’yinlar   Yangi
mavzuni   o’zlashtirish,   takrorlash,   ijodiy   qobilyatlarini   rivojlantirish
vazifalarini   bajarish   imkonini   beradi.   O’quv   jarayonida   Amaliy
o’yinlarning   turli   shakllaridan   foydalanish   mumkin   (taqlid   qilish,   roli
o’yinlar, «teatr darslari», sahna ko’rinishlari va h.k. lar).
Taqlid   qilish   o’yinlarida   mashg’ulot   jarayonida   tashkilot,   korxona
ishiga   taqlid   qilinadi   (ish   yig’ilishi,   ish   rejasining   muhokamasi,
muzokaralar,   munozaralarni   olib   borish,   sud,   patent     tashkiloti,   ilmiy
kengashlarda chiqishlar va h.k. lar).
Rolli       o’yinlar       darsida       o’quvchi       turli       xil xarakterdagi
inson     obraziga     qalban     kirishib     ketadi. O’yinda o’quvchilarga asosan
tugallanmagan vaziyatlar aks yuli       sahna       ko’rinishi       rollari       beriladi.
O’quvchilar ushubu berilgan muammoli rollarni mustaqil ravishda oxiriga
yetkazib o’ynashlari lozim.
« A maliy  o’y inlar t exnologiy asi»  uslubining t ark ibiy  t uzilmasi
15Stsenariy tayyorlash
O’yinga tayyorgarlik
Rollrni 
bo’lish Ekspertlar 
tanlash Yol-yo’riq 
berish Mashq 
qilish Moddiy 
ta’minot
O’yinni o’tkazish
Muhokama etish Teatr   darslarida   roli   o’yinlarni   boshqa   insonlar   tushuniga   o’rgatadi.
Ushbu   usul   o’quvchilarni   mustaqil   fikr   yuritishiga,   hayotda   har   qanday
sharoitda   ham   o’zini   tuta   bilishga,   tarbiyalanganligiga   hamda   mustaqil
hayot kechirishdagi o’zini qarashlarini asoslab bera oladigan inson sifatida
shakllantiradi.
Modulli   o‘qit ish   t exnologiy asi.   «Modulli   o‘qitish»   termini   xalqaro
tushuncha   -   modul   bilan   bog‘liq   bo‘lib   («modul»,   lat.   modulus),   uning
bitta   ma’nosi   faoliyat   ko‘rsata   oladigan   o‘zaro   chambarchas   bog‘liq
elementlardan   iborat   bo‘lgan   tugunni   bildiradi.   Bu   ma’noda   u   modulli
o‘qitishning   asosiy   vositasi   sifatida,   tugallangan   axborot   bloki   sifatida
tushuniladi. 
Modul   –   bu   fanning   muayyan   jarayoni   yoki   qonuni,   bo‘limi,
muayyan katta mavzusini, o‘zaro bog‘liq tushunchalar guruhini taqdim
etadi.
Modul   –   bu   fanning   bir   yoki   bir   necha   tushunchalarni
o‘zlashtirishga   yo‘naltirilgan,   ishlab   chiqilgan   prinsiplar   asosida
shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir.
16 1982   y.   YUNESKOni   anjumanida   modulga   “Mashqlarni   xususiy
tezlikda diqqat bilan tanishish va ketma-ket o‘rganish orqali individual
yoki   guruh   mashg‘ulotlarida   bir   yoki   bir   necha   malakaga   ega   bo‘lish
uchun   mo‘ljallangan   alohida   o‘rgatuvi   paket   (to‘plam)”   deb   ta’rif
berilgan edi.
Modulli   o‘qitish   –   o‘qitishning   istiqbolli   tizimlaridan   biri
hisoblanadi,   chunki   u   odam  bosh   miyasining   o‘zlashtirish   tizimga   eng
yaxshi   moslashgandir.   Modulli   o‘qitish   asosan   inson   bosh   miyasi
to‘qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi.
Inson  bosh   miyasi   to‘qimasi,   qariyb  15   mlrd.   neyronlardan   (nerv
hujayralari) yoki shartli modullardan iborat. To‘qima hujayralari bir-biri
bilan   ko‘p   sonli   to‘qnashuvlarda   bo‘lishadi.   Bir   hujayra   va   uning
o‘simtasini boshqa hujayra va uning o‘simtasi bilan to‘qnashuvlari soni
6   mingtagacha   yetib   boradi.   Demak,   bosh   miya   to‘qimasidagi
to‘qnashuvlar   (kontaktlar)   soni   astronomik   sonni   (15000000000x6000)
tashkil   etadi.   Shu   nuqtai   nazardan,   modul   o‘quv   jarayonining   bir
hujayrasi   sifatida   qaraladi.   Bu   hujayra   bir   vaqtning   o‘zida
axborotlikning   umumiylikka   o‘ziga   xos   yaxlitlik   va   tizimlilikka   ega
bo‘lgan elementlardan tashkil topgan bo‘ladi.
O‘qitishning   modul   tizimi   haqida   rasmiy   ravishda   birinchi   marta
1972   yil,   YUNESKOning   Tokiodagi   Butunjahon   Konferensiyasida   so‘z
yuritilgan   edi.   Modulli   o‘qitish   texnologiyasi   funksional   tizimlar,
fikrlashning   neyrofiziologiyasi,   pedagogika   va   psixologiyalarning
umumiy nazariyasidan kelib chiqadi.
17 Bu   sohalardagi   izlanishlarga   ko‘ra,   to‘qimasi   modulli   tashkil
topgan   inson   miyasi,   axborotni   kvant   ko‘rinishda   (boshqacha
aytganda,   ma’lum   hissalar   ko‘rinishida)   eng   yaxshi   jihatdan   qabul
qiladi.
Modulli   o‘qitish,   kasbiy   ta’limning   quyidagi   zamonaviy
masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi:
 modul   -   faoliyatlik   yondashuvi   asosida   o‘qitish   mazmunini
maqbulash   va   tizim lash   dasturlarni   o‘zgaruvchanligi,
moslashuvchanligini ta’minlash; 
 o‘qitishni individuallashtirish;
 amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash
darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;
 kasbiy   motivatsiya   (qiziqtirish)   asosida,   o‘qitish   jarayonini   faol -
lashtirish,   mustaqillik   va   o‘qitish   imkoniyatlarini   to‘la   ro‘yobga
chiqarish.
Modulli  o‘qitishning  hozirgi  zamon   nazariyasi  va   amaliyotida   ikki
xil   yondashuvni   ajratib   ko‘rsatish   mumkin:   fan   bo‘yicha   faoliyat
yondashuvi   va   tizimli   faoliyat   yondashuvi   asosidagi   o‘qitish
texnologiyalari .
Bu   yondashuvlar   doirasida   modul   asosida   mutaxassislar
tayyorlashning   bir   qator   konsepsiyalari   ishlab   chiqilgan.   Barcha
konsepsiyalar   zamirida   faoliyat   yondashuvi   yotadi   va   bu   nuqtai
nazardan,   o‘qitish   jarayoni   to‘laligicha   yoki   muayyan   fan   doirasida,
modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini
o‘quvchi tomonidan ketma-ket o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
18 Turli   konsepsiyalar   doirasida,   modulli   ta’lim   dasturlari,   turli   xil
tarkib   va   tarkibiy   tuzilmalardan   iborat   bo‘ladi,   turli   shakldagi
hujjatlarda   taqdim   etiladi,   ammo   ularning   barchasi   quyidagi   uchta
asosiy   tarkibiy   qismni   majburiy   ravishda   o‘z   ichiga   oladi:   maqsadli
mazmuniy dastur; turli ko‘rinishlarga taqdim etilgan  axborotlar banki;
o‘quvchilar uchun uslubiy ko‘rsatmalar.
Masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi.   Masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi
tushunchasi   standartlashtiril magan.   Eng   ko‘p   tarqalgan   ta’rif   quyidagicha:
masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi   bu   ta’limni   belgilangan   mazmunini   nusxalab
amalga   oshirishga   yo‘naltirilgan   usullar   tizimi,   maxsus   vositalarning,   o‘qitish
shakllarining majmuasidir.
Masofaviy o‘qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyalarning bir
ko‘rinishi   sifatida   qabul   qilinishi   mumkin.   «Pedagogik   texnologiya»
tushunchasi   standartlashtirilmaganligini   hisobga   olgan   holda,
ko‘pincha YUNESKO qabul qilgan tushuncha ishlatiladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YUNESKO ta’rifiga
ko‘ra   masofaviy   o‘qitishga   quyidagi   ta’rifni   shakllantirish   mumkin:
masofaviy   o‘qitish   texnologiyasi   –   bu   inson   va   texnik   resurslarini,
ularning   o‘zaro   aloqasini,   hisobga   olgan   holda,   ta’lim   xizmatining
butun   jarayonini   yaratish,   qo‘llash   va   ommaboplashtirish   tizimli
yondashuvi   bo‘lib,   bilvosita   individuallashgan   ta’lim   tizimida   o‘qitish
shakllarini maqbullashtirishni o‘ziga vazifa qilib qo‘yadi.
Masofaviy o‘qitish texnologiyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
 ta’lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi;
 ta’lim axborotlarini uzatish texnologiyasi;
 ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
19 Ta’lim axboroti : muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda
ko‘llashi   uchun,   ta’lim   oluvchiga   berish   kerak   bo‘lgan   bilimlardir.
Masofaviy   o‘qitish   tizimida   yangi   elektron   kitoblarga   alohida   talablar
qo‘yiladi.   Elektron   kitoblardagi   ta’limiy   axborot   tinglovchining
psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak,
chunki u bu axborotni kompyuter ekrani orqali qabul qiladi. 
Elektron darslik  quyidagi  maxsus talablarga javob berishi kerak:
 tushunchalar   beriladigan   matn   qismining   rivojlangan,
gipertekst   tuzilishi   (tushunchalar,   ta’riflar,   teoremalar),   va
bayonning   mantiqiy   tuzilishi   (qismlarning   ketma   ketligi,
bog‘liqligi);
 ta’lim   olishda   qulay   yangilik   tizimiga   ega   bo‘lishi,   tinglovchi
kursning   bir   qismidan   ikkinchi   qismiga   o‘tishi,   o‘qituvchiga
elektron xabarlar yuborishi,  munozaralar  bo‘limiga o‘tishi;
 zamonaviy   kompyuterlarning   multimedia   va   Internet
imkoniyatlaridan  foydalanish;
 darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi;
 glossariy   mavjudligi   (avtonom   qo‘shimcha   ma’lumotlar)   va
ularga   tayanish.   Glossariylar   kurslar   uchun   alohida,   bir   necha
kurs uchun alohida modullar uchun ishlab chiqariladi;
 darsliklarda   tasviriy   manbalar,   elektron   kutubxonalar   va
Internetdagi manbalarning ko‘rsatilishi;
 qulayligi- tizimga tez kirish;
 o‘qituvchi bilan samarali aloqada bo‘lish (elektron pochta, ...) 
aniq vaqt birligida Internet orqali gapira olish;
20 Ta’lim axborotlari ta’lim texnologiyalari orqali uzatiladi.
Ta’lim   texnologiyasi   –   bu   ta’lim   axborotlarini   manbadan
iste’molchiga   uzatishda   qo‘llaniladigan   didaktik   uslublar   majmuasidir.
Masofaviy   o‘qitish   tizimida   tasviriy   fikrlashni   faollashtirishga   alohida
e’tibor   berilishi   kerak,   ya’ni   o‘qituvchi   fikrini   tasviriy   obrazlar
ko‘rinishida   taqdim   etishi   kerak.   Masofaviy   o‘qitish   tizimi   ta’lim
texnologiyalarida   fikr,   axborot,   bilimni   vizuallashtirish,   katta
ahamiyatga ega.
Masofaviy   o‘qitish   tizimida   kuyidagi   ta’lim   texnologiyalarini
ishlatish   mumkin:   video-ma’ruzalar;   multimedia-ma’ruzalar   va
laboratoriya   amaliyotlari;   elektron   va   multimedia-darsliklari;
kompyuter   test   tizimlar;   imitatsiya   modellari   va   kompyuter
trenajyorlar;   telekommunikatsiya   vositalaridan   foydalanuvchi
maslaxatlar  va testlar; videokonferensiyalar.
Axborotlarni   saqlash,   qayta   ishlatish,   tinglovchiga   yetkazish,
o‘qituvchi   va   tinglovchi   o‘rtasidagi   interfaol   muloqot,   hisoblash
texnikani   qo‘llashga   tayangan   apparat-dasturlar   vositasida   amalga
oshiriladi. Bular –  axborot texnologiyalaridir .
Masofaviy   o‘qitish   tizim  texnologiyalari   pedagogik   texnologiyalar
asosida   ishlangan   bo‘lib,   kuyidagi   qo‘shimcha   talablarga   javob   berishi
kerak:
Adaptatsiya   –   ta’lim   jarayonini   o‘quvchi   shaxsiga,   turar   joyi
sharoiti ,   moliyaviy   sharoiti,   psixologik   va   fiziologik   xususiyatlariga
moslashtirish.   Bu   tinglovchining   yakka   holda,   kompyuter   va
21 telekommunikatsiya   vositalaridan   foydalangan   holda   ta’lim   olish
jarayonida juda muhimdir.
Iqtisodiy   muvofiqlik   –   bu   talabga   rioya   etish   ta’lim   tizimining
moliyalash mablag‘lari chegaralanganligidan kelib chiqadi.
O‘zgaruvchanlik   –   ta’lim   sifati   va   mazmunini   tezkor   va   uzluksiz
yangilab   borish,   o‘quv   materiallarini   modernizatsiyasini   amalga
oshirishga   imkoniyat   ta’minlab   berish .   Ushbu   zaruriyat   ilmiy-texnik
taraqqiyot jadallashuvi talablariga ko‘ra paydo bo‘ladi. 
Nazorat   –   o‘qitishning   barcha   bosqichlarida   natijalarni   sifatli
nazorat   qilish,   tinglovchi   shaxsini   aniqlash.   Masofaviy   o‘qitish   tizimi
natijalari o‘quv kurslarining ishlanmasi va taqdimoti sifatiga bog‘liqdir.
ECTS kreditlari.   «Kredit» atamasi (ECTS-credit)- sinovdan o‘tdi, ma’lum
bir   kursni   o‘quv   yurtida   o‘tganligi   haqidagi   guvohnoma   ma’nosini   anglatadi.
ECTSda   «Kredit»   -   shartli   sinov   birligi   bo‘lib,   tahsil   oluvchining   o‘quv   fani ning
ma’lum   bir   qismini   o‘tganligi   haqidagi   ma’lumot   beradi.   Har   bir   o‘quv   faniga
ma’lum   miqdordagi   kredit   birliklari   ajratiladi.   Kredit   birliklari   soni,   tahsil
oluvchilarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi.
Tahsil   oluvchining   mehnat   sarfi   –   auditoriya   mashg‘ulotlari,
mustaqil   ishlar   va   o‘quv   rejasida   ko‘zda   tutilgan   boshqa   faoliyatlarini
o‘z   ichiga   oladi.   Ya’ni   ECTS   kreditlari   faqat   auditoriya   soatlari   bilan
chegaralanmasdan,   tahsil   oluvchilarning   to‘la   yuklamasiga   tayanadi.
Shuning uchun ECTS kreditlarini, tahsil oluvchi mehnat sarfining o‘quv
fanlari   bo‘yicha   shartli   -   sonli   ifodasi   deb   hisoblash   mumkin.   Odatda
o‘quv  rejasidagi  fanlarga   ajratiladigan   kreditlar  soni   3   ga   teng,   undan
ko‘p va kam sonli fanlar ham mavjud.
22 ECTS   kreditlari   barcha   o‘quv   fanlariga,   ya’ni   majburiy   va   tahsil
oluvchi tanlovi asosida fanlarga taqsimlanadi.  Ular mazkur fan bo‘yicha
kurs loyihalari va ishlarining mavjudligini hisobga olishlari zarur.
O‘quv   faniga   ajratiladigan   kreditlar   miqdori,   fanning
murakkabligiga   va   o‘zlashtirish   darajasiga   bog‘liq   bo‘ladi.   Ya’ni   har
qanday   murakkab   fan   ham   katta   miqdordagi   kreditlarga   ega   bo‘la
olmaydi.
Agar   murakkab   fan   bilish   va   tushunish   darajasida
o‘zlashtiriladigan   bo‘lsa,   kam  murakkabli   o‘quv   fani   malaka   darajasida
o‘zlashtirilsa   tabiiyki   oxirgisiga   ko‘proq   kreditlar   ajratiladi.   Shuning
uchun   turli   ta’lim   yo‘nalishlari   va   mutaxassisliklari   uchun,   bir   fanning
o‘zi   turli   o‘quv   dasturlariga   va   unga   muvofiq   turli   mehnat   sarfi   va
kreditlarga ega bo‘lishi mumkin.
Aqliy   hujum   -   g’oyalarni   generasiya   (ishlab   chiqish)   qilish
metodidir.   «Aqliy   hujum»   uslubi   biror   muammoni   yechishda   talabalar
tomonidan   bildirilgan   erkin   fikr   va   mulohazalarni   to’plab,   ular   orqali
ma’lum   bir   yechimga   kelinadigan   eng   samarali   uslubidir.   Aqliy   xujum
uslubining   yozma   va   og’zaki   shakllari   mavjud.   Og’zaki   shaklida
o’qituvchi  tomonidan   berilgan   savolga   talabalarning  har  biri  o’z  fikrini
og’zaki   bildiradi.   Talabalar   o’z   javoblarini   aniq   va   qisqa   tarzda   bayon
etadilar.   Yozma   shaklda   esa   berilgan   savolga   talabalar   o’z   javoblarini
qog’oz   kartochkalarga   qisqa   va   barchaga   ko’rinarli   tarzda   yozadilar.
Javoblar   doskaga   (magnitlar   yordamida)   yoki   «pinbord»   doskasiga
(ignalar   yordamida)   mahkamlanadi.   «Aqliy   xujum»   uslubining   yozma
shaklida   javoblarni   ma’lum   belgilar   bo’yicha   guruhlab   chiqish
23 imkoniyati   mavjuddir.   Ushbu   metod   to’g’ri   va   ijobiy   qo’llanilganda
shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi. 
Aqliy   hujum   uslubidan   foydalanilganda   talabalarning   barchasini   jalb   etish
imkoniyati   bo’ladi,   shu   jumladan   talabalarda   muloqot   qilish   va   munozara   olib
borish   madaniyati   shakllanadi.   Talabalar   o’z   fikrini   faqat   og’zaki   emas,   balki
yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi
rivojlanadi.   Bildirilgan   fikrlar   baholanmasligi   talabalarda   turli   g’oyalar
shakllanishiga   olib   keladi.   Bu   metod   talabalarda   ijodiy   tafakkurni   rivojlantirish
uchun xizmat qiladi. 
V azifasi .   «Aqliy   hujum»   qiyin   vaziyatlardan   qutulish   choralarini
topishga,   muammoni   ko’rish  chegarasini  kengaytirishga,   fikrlashni  bir
xilliligini yo’qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng
asosiysi,   muammoni   yechish   jarayonida   kurashish   muhitidan   ijodiy
hamkorlik kayfiyatiga o’tiladi va guruh yanada jipslashadi.
O by ek t i .   Qo’llanish maqsadiga ko’ra bu uslub universal hisoblanib
tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o’qitish
jarayonida   (o’quv   materiallarini   tezkor   o’zlashtirishga   qaratiladi),     (o’z-
o’zini   bir   muncha   samarali   boshqarish   asosida   faol   fikrlashni
shakllantiradi) asqotadi.
Qo’llanish   usuli .   «Aqliy   hujum»     ishtirokchilari   oldiga   qo’yilgan
muammo   bo’yicha   xar   qanday   mulohaza   va   takliflarni   bildirishlari
mumkin.   Aytilgan   fikrlar   yozib   boriladi   va   ularning   mualliflari   o’z
fikrlarini   qaytadan   xotirasida   tiklash   imkoniyatiga   ega   bo’ladi.   Metod
samarasi fikrlar       xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida  ular
tanqid   qilinmaydi,   qaytadan   ifodalanmaydi.   Aqliy   hujum   tugagach,
24 muhimlik   jihatiga   ko’ra   eng   yaxshi   takliflar   generasiyalanadi   va
muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
«Aqliy   hujum»   uslubi   o’qituvchi   tomonidan   qo’yilgan   maqsadga   qarab
amalga oshiriladi:
1.          Talabalarning boshlang’ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, 
bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2.          Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash    
maqsad qilib qo’yilganda - yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi.
3.          O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda - mavzudan 
so’ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
« A qliy  hujum»  uslubining t ark ibiy  t uzilmasi
« A qliy  hujum»   uslubi ning bosqichlari:
1.   Talabalarga   savol   tashlanadi   va   ularga   shu   savol   bo’yicha   o’z
javoblarini (fikr, mulohaza) bildirishlarini so’raladi;
2.     Talabalar savol bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3.     Talabalarning   fikr-g’oyalari   (magnitafonga,   videotasmaga,   rangli
qog’ozlarga yoki doskaga)    to’planadi;
4.     Fikr va g’oyalar ma’lum belgilar bo’yicha guruhlanadi;
25Muammoli savollar beriladi
Fikr va g’oyalar bildiriladi
Fikr va g’oyalar to’planadi
Fikr va g’oyalar guruhlanadi
Aniq va to’g’ri javob tanlab 
olinadi 5.     Yuqorida qo’yilgan savolga aniq va to’g’ri javob tanlab olinadi.
  « A qliy   h ujum»   uslub i ni qo’llashdagi asosiy  qoidalar:
a)   Bildirilgan   fikr   va   g’oyalar   muhokama   qilinmaydi   va
baholanmaydi.
b)  Bildirilgan   har  qanday  fikr  va   g’oyalar,   ular  hatto   to’g’ri  bo’lmasa
ham inobatga olinadi.
v)   Bildirilgan   fikr   va   g’oyalarni   to’ldirish   va   yanada   kengaytirish
mumkin.
Kompy ut erli   o‘qit ish   t exnologiy asi.   Kompyuterlashtirilgan
o‘qitish   texnologiyasi   –   bu   kompyuterdan   foydalanishga   asoslangan
o‘qitishdir.   O‘qitishning   kompyuter   texnologiyasi   yangi   axborot
texnologiyalarning   bir   turidir.   Axborot   texnologiyalarda   bundan
tashqari   boshqa   axborot   vositalari   (televideniye,   video   va   boshqalar)
ishlatilishi   mumkin.   Kompyuter   texnologiyalari   dasturlashtirilgan
o‘qitish   g‘oyalarini   rivojlantiradi,   zamonaviy   kompyuterlar   va
telekommunikatsiyalarning   yirik   imkoniyatlari   bilan   bog‘liq   bo‘lgan
o‘qitishning   mutlaqo   yangi   hali   tadqiq   qilinmagan   texnologik
variantlarini ochib beradi.  Telekommunikatsion  tizimlar, shu  jumladan
kompyuterlar   hozirgi   zamon   ilmiy-texnik   taraqqiyotning   mahsuli
hisoblanadi.   Ilmiy-texnik   taraqqiyot   ilmiy-texnik   axborotning   shiddatli
o‘sishi   bilan   belgilanadi.   Tahsil   oluvchilarning   individual   qobiliyatlarini
hisobga   olib,   imkoni   boricha   eng   ko‘p   xajmida   axborotni   o‘zlashtirish ,
faqat   kompyuterlar   yordamida   amalga   oshirilishi   mumkin.   Ya’ni
o‘qitishning   kompyuter   texnologiyasi   asosida   o‘quv   jarayonini
26 jadallashtirish   va   samaradorligini   maksimal   darajada   oshirishga
erishish mumkin.
O‘qitishning   kompyuter   texnologiyasi,   kompyuterning   inson
individual   qobiliyatlariga   mosligiga   tayanadi.   O‘qitish   jarayonini
maqbul  darajada tezkor boshqarish imkoniyati mavjudligi, bu o‘qitish
turining   universal   muloqoti   ko‘rinishida   ekanligi,   psixologik
qulayliklari,   axborot   hajmida   o‘zlashtirilishi   cheklanmaganligi   bilan
ajralib turadi. 
Kompyuterli   o‘qitish   texnologiyasi   mazmun   jihatdan   kompyuter
xotirasiga   kiritilgan   pedagogik   dasturiy   vositalar   bilan   farqlanadi.
Dasturiy vositalar mavzu, bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi
mumkin va u o‘quv materiali o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va
monitoringini   ham   o‘z   ichiga   oladi.   Kompyuterli  o‘qitish   texnologiyasi -
ning samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab chiqilish darajasi bilan
bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etilganiga
bog‘liq bo‘ladi. 
Kompyuterli   o‘qitish   texnologiyasida   quyidagilar   zarur
hisoblanadi:   individual   o‘qitish;   muntazam   ravishda   kompyuter
yordamida tashhis testlar o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini
baholash.
Kompyuterli   o‘qitish   texnologiyasida,   o‘qitish   siklning   qayta
takrorlanishi uchun eng maqbul sharoit yaratiladi. 
Bu   o‘qitish   texnologiyasida   pedagogning   funksiyasi
quyidagilardan   iborat   bo‘ladi:   dasturiy   vositalarni   tayyorlash;   o‘quv
jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, tashhislash, nazorat) guruh, o‘quv
27 fan   miqyosida   tashkil   etish;   ishchi   o‘rinlarini   tashkil   etish,   yo‘l-yo‘riqlar
berish, tarmoqni boshqarish; tahsil oluvchilar bilan muloqotda bo‘lish,
individual o‘qitishni ta’minlash. 
1.3. Geografi y a darslarini t urlari v a ularni t uzilishlari.
Darslarning   turi   ko‘p,   har   bir   dars   o‘ziga   xos   xususiyatga   ega
bo‘lib, aniqq vazifasiga ko‘ra bir biridan farq qiladi o‘qitish jarayoni bir
necha bosqichga bo‘linadi,  yangi materialni o‘rganish, mustaxkamlash
takrorlash tekshirish va nazorat qilish uy vazifalari berish. 
Didaktikada darslarni turi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi. 
Geografiya   ta’limotida   darslar   didaktik   vazifasiga   ko‘ra
quyidagilarga bo‘linadi.
Aralash   dars,   yangi   bilimlar   berish   darsi,   mustahkamlash   darsi
malaka va ko‘nikmalarni umumlashtiruvchi dars, kirish darsi takrorlash
darsi, bilim va ko‘nikmalarni qulash darsi.
Aralash   dars.   Maktablarda   ommaviy   tus   olgan   dars   turi   bo‘lib,
bunda   ish   olib   borishning   har   hil   turlari   tushuntirish   mustahkamlash,
tekshirish, yakun yasash uyg‘unlashgan.
Aralash   darsi   bir   necha   tarkibiy   qismlardan,   o‘quvchilarning
darsga   tayyor   ekanligini   tekshirish,   o‘tilgan   material   bilan   yangi
materialni   bog‘lash,   uy   vazifasini   tekshirish   va   uni   bajarish   uchun
ko‘rsatmalar   berishdan   iborat   bo‘ladi.   Aralash   darsining   har   bir   qismi
o‘ziga xos metod va ish usullarini qo‘llashni talab qiladi.
28 Aralash   dars   tuzilishi   xilma   -   xil   bo‘lib,   darsni   tayanch   bilimlarni
tekshirishdan   boshlash   ham   mumkin,   ba’zi   hollarda   o‘rganilishi   lozim
bo‘lgan   yangi   material   qismlarga   ajratilib   har   bir   qism   buyicha
bosqichma   bosqich   yangi   bilimlar   beriladi.   Ular   mustahkamlanadi   va
tekshiriladi, keyin qolgan qismlar ham shu tarzda o‘rganiladi. Ko‘pchilik
o‘qituvchilar   darsni   o‘tilgan   mavzu   bo‘yicha   o‘quvchilar   bilimini
tekshirishdan   boshlaydi.   Bunda   o‘tilgan   mavzu   materiali   yangi   mavzu
uchun asos bo‘lib xizmat qilsa, shundagina samara berishi mumkin.
Aralash   darslarni   ko‘p   soatli   mavzularni   o‘rganishda   va   dars
oldingi   mavzular   bilan   bog‘lanish   lozim   bo‘lgan   mavzularda   qullash
maqsadga muvofiqdir.
Yangi materialarni o‘rganish darsi.   Bunday dars tarkibiy kismida
bilimlarni   tekshirish   alomati   uchramaydi,     darsning   asosiy   maqsadi
o‘quvchilarga   yangi   bilimlar   berishdan   iborat   buladi.   O‘rganiladigan
materiallar   hajmi   katta   bo‘lib   uni   o‘zlashtirish   o‘quvchilar   uchun
birmuncha   qiyinchilik   to‘g‘dirsa,   hamda   turli   ko‘rsatmali   qurollar   va
vositalar talab etiladigan bo‘lsa, shu xilda  darsdan foydalaniladi.
Chorak   boshida   yirik   va   murakkab   mavzularni   o‘rganishdan
butun dars yangi bilimlarni egallashga qaratilishi mumkin.
Bu   dars   o‘qituvchidan   bilim   mahorat,   ijod   talab   qiladi.   Yangi
bilimlarni   berish   darsi   uqituvchidan   uquvchilar   diqqatini   uzoq   vaqt
o‘ziga   jalb   qilib   turishini   talab   qiladi.     Bunday   darslar   iqtisodiy
geografiya darslarida ko‘p qo‘llaniladi.  
Malak a   v a   k o‘nik malarining   hosil   qilish   v a   must ahk amlash
darsi.   Bunday   darslarda   egallagan   bilimlarni   amalda   sinash   ko‘proq
29 o‘qituvchilarni   amaliy   faolyatiga   tayyorlash,   har   xil   mashqlarni
bajarishga e’tibor beriladi. Bu darslarning asosiy maqsadi geografiyaga
xos  bo‘lgan   hamda   nazariy   bilimlar  bilan   mustahkam  aloqada   bo‘lgan
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
O‘kuvchilar faoliyati amaliy ishlarni bajarishga ko‘proq jalb qilinadi.
Ko‘nikma   va   malakalar   bevosita   bilimlarni   egallash   jarayonida
bajariladigan   amaliy   ishlarda   shakllantiriladi.   Masalan   geografik
koordinatalarni   aniqlash   tekisliklarga,     tog‘larga   ta’rif   berish   mahalliy
va mintaqaviy muhitiga oid masalalar yechish, karta va globus asosida
hilma xil mashqlarni bajarish va boshqalar.
Amaliy   mashqlarning   ba’zilarini   yangi   materialini   o‘rganib   uni
mustahkamlash   qismida,   ayrimlarini   so‘rash   jarayonida   ham
uyushtirishlar mumkin, so‘rash jarayonida uyushtirilgan amaliy ishlarni
oldindan   tuzilgan   tayyor   reja   asosida   amalga   oshirish   maqsadga
muvofiq.   Masalan   tekisliklarni   ta’riflash,   daryolarni   taqqoslash,
geografik koordinatalarni aniqlash. 
Yakuniy   tarzda   amaliy   ishlar   geografik   ob’ektlarga   ta’rif   berishni.
masalan:   Tabiiy   hududiy   komplekslar,   tabiiy   rayonlar,   xalq   xo‘jaligi
tarmoqlari   kabi   masalalarni   o‘rganishda   keng   qo‘laniladi.   Ularni
bajarish   uchun   maxsus   darslar   ajratilgan   bo‘lib,   bunday   darslarning
asosiy   maqsadi   geografiyaga   xos   bo‘lgan   ko‘nikma   va   malakalarni
shakllantirishdan iborat.
1.Ta’limda  tarbiyaviy vazifalarning quyilishi.
30 2.O‘quvchilarni amaliy topshiriqlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan o‘quv
vositalari   bilan   tanishtirish   mustaqillik   yilarida   geografiya   ta’limini
rivojlanishi.
Mamlakatimiz   o‘z   mustaqilligiga   erishgach   respublika
xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidek ta’limda ham tub islohatlar
davri boshlandi.
1992-   yilda   ilk   bor   O‘zbekistoni   Respublikasining   “Ta’lim
tug‘risida”gi   yangi   qonuni   qabul   qilindi.   Uning   3   moddasida   ta’lim
dasturlarini   tanlashda   yagona   va   tabaqalashtirilgan   geografiya
ta’limotida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘lgan zarurligi ta’kidlangan. Bu
konunga asosan erishdi. Yangi mazmundagi o‘quv dasturlar va rejalar
ishlab   chikildi.   Dasturlar   asosida   darsliklar,   o‘quv   qo‘llanmalari,
metodik   adabiyotlari   yaratishga   kirishildi.   SSSR   tabiiy   va   iqtisodiy
geografiyasini   mukammal   o‘rganish   o‘rniga   o‘z   respublikalarini,   shu
sohadagi geografiyalarini atroflicha o‘rganishga e’tibor qaratildi. Ta’lim
muassalarini   attestatsi   va   ankreditasidni   o‘tkazish   tizimi   kiritildi   va
amalga   oshirildi.   Asta   sekin   milliy   ta’lim   tizimi   shakllana   boshladi.
Metodika olim R. Musayev rahbarligida geografiya o‘qitishga oid milliy
ta’lim konsepsiya ishlab chiqildi. 
Milliy   maktablarda   geografiya   o‘qitish   mazmunan   va   hamkorlik
qilish   yo‘lga   qo‘yildi.     Ulardan   ilg‘or   pedagogik   texnologiya   tanqidiy
nuqtai   nazardan   ko‘rib   chiqildi.   Mamlakatimizda   tashkil   qilingan
“Ustoz”   jamg‘armasi orqali ko‘pgina geograflar xorijiy   mamlakatlarda
bo‘lib   ularning     tajribalarini   o‘rganib   qaytdilar.   Amalga   oshirilgan
31 tadbirlar   tufayli   mamlakatimizning   o‘ziga   xos   milliy   ta’limi   tizimi
shakllanib uning  moddiy bazasi mustahkamlanib boradi.
Mamalakatimizda   yangi     turdagi   o‘quv     muassasalari,   litseylar,
gimnaziyalar,   kollejlar   tashkil   qilindi.   Ularda   ta’lim   tizimi   deyarlik
yangidan   uyushtirildi.   O‘quvchilarni   tabaqalab   o‘qitish   joriy   etildi.
Endilikda   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”ga   muvofiq   maqsad,
mazmun,   vazifalar   boshqarishni   tashkil   etish   va   xalqimimzning   milliy-
madaniy   an’analariga   mos   keladigan   tamoman   yangicha   ta’limiy
xizmatni   shakllantirishga   kiritildi.     Bunday   ta’limiy   xizmatning
metodologik   negizini prezident I.A.Karimov tomonidan   ilgari surilgan
“Jamiyat qilsin” degan g‘oya yotadi.
Uning   pedagogik   asosini   esa   har   bir     shaxsning   qobiliyati   va
iste’dodini rivojlantirishi, takomillashtirish orqali   jamiyatning quyidagi
ta’limga  bo‘lgan ehtiyojini qondirish tashkil qiladi.
Ana shunday konsepsual g‘oyalar asosida faoliyat ko‘rsatayotgan
maktabni,     shaxs   va   jamiyatni   rivojlantirishga,   ta’limning   milliy   va
mintaqaviy   xususiyatlarni   e’tiborga   olib   demokratiya   hamda
insonparvarlik   tamoyillari   asosida   boshqarishga   o‘ndaydigan
mexanizm   sifatida   boshqa   fanlar   qatori   geografiya   ta’limida   ham
tayanch  o‘quv tizimi vujudga keldi.
Bu   mexanizm     jamiyatning   geografiya   ta’limiga   bo‘lgan   ijtimoiy
byurtmasi,   davlat   talabi   bilan   bolaning   shaxsiy   imkoniyati   mayli
o‘rtasidagi     tafovutni   muvozanatlovchi     vositadir.   Bunda   geografiya
o‘qituvchilari   talaygina   qiyinchiliklarga   duch   keladilar.   Bular   avvalo
o‘quv  qo‘llanmalari  va   vositalarning  yetishmasligi   bilim   berishda   faqat
32 o‘qituvchining   yetakchilik   qilishi   o‘quvchilarning   esa   oddiy   ishtirokchi
bo‘lishi hukm surdi.
Aksariyat   o‘quvchilarning   egallagan   bilimlarini   amalda   qo‘llay
olmasliklari   ma’lum   bo‘lib   qolli.   O‘qiutvchilar   o‘z   ish     faoliyatlarida
muammoli   metodlardan,   kompyuter   texnikasidan   foydalanishni
bilmadilar.
O‘tish   davridagi   maktab   darsliklari     jaxon   standartlari  talablariga
javob   bermasdan   qoldi.   Mirzo   Ulug‘bek   nomidagi   ToshDU   geografiya
fakulteti   olimlari   tomonidan     oliy     o‘quv   yurtlari   uchun   ishlab
chiqarilgan dasturlar hozirgi davr talablariga bir muncha  javob berishi
bilan   ajralib   turadi.   Ammo   o‘rta   maktablar     uchun   ishlab   chiqilgan
o‘quv   dasturlari   oliy   ta’limda   aks   etgan   bilimlar   tizimidan   bir   muncha
ajralib  qolgan. Ayniqsa  “Boshlang‘ich tabiiy geografiya”, “Materiklar va
okeanlar   geografiyasi”,   “Turkiston   tabiiy   geografiyasi”,   “O‘zbekiston
iqtisodiy geografiyasi” kurslari talablar darajasida emasligi tajribalarda
ayon bo‘ldi.
33 2-BOB. MULTIMEDIYA VA U ASOSIDA 
GIDROSFERA MAVZUSINI O‘QITISH 
2.1.   Mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning   metodik ta’minoti
Yangi   axborotlar, kompyuter va axborot texnologiyalari insonlarning hayoti
va   faoliyatining   hamma   sohalariga   kirib   borishi   natijasida,   ularning   muloqoti,
mehnati,   o‘qishi,   ijtimoiy   munosabatlarining   mazmuni   o‘zgardi.   Buning   asosiy
sabablardan   biri   mamlakatimiz   fuqarolarining   demokratik   jarayonlarni
chuqurlashtirishda, siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki,insonlarning fikr
va   g‘oyalarini   bildirishda   sodir   bo‘layotgan   voqealarga   o‘z   munosabati   va
pozitsiyasini   erkin   ifoda   etishi,   dunyoqarashinishakllanishi   hamda   jahonda   ro‘y
berayotgan voqea va hodisalarni idrok etishda namoyon bo‘ladi.
Hozirgi   vaqtda,   fan-texnika   va   texnologiyalarning   yuqori   sur’atlarda
taraqqiy etishi sababli ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma
va   malakalari   mazmuni   uzluksiz   o‘zgarib,   hajmi   keskin   ortib   bormoqda.   Bu   esa,
o‘z   navbatida,   ularning   keyingi   faoliyatida   zamonaviy   kommunikatsiya
vositalaridan   samarali     foydalanishga   doir   bilim,   ko‘nikma   va   malakalar   tizimiga
ega bo‘lishni taqozo etadi. Ta’lim jarayonida o‘qitishning texnik vositalari sifatida
zamonaviy   kommunikatsion   texnologiyalardan   foydalanish   ta’lim   sifatini
oshirishda   muhim   omil   bo‘lib   xizmat   qiladi.   Ta’lim   jarayonini   samarali   tashkil
etish va ko‘zlangan maqsadga erishishda media, ya’ni internet, televideniye, radio,
kino,   video   va   boshqa   aloqa   vositalaridan   foydalanish   samarali   ekanligi   o‘z
isbotini topmoqda. 
Bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalariga mediatexnologiyalar kirib
kelgan bo‘lib, ulardan to‘g‘ri, unumli va maqsadga muvofiq foydalanishni taqozo
etmoqda.   Keyingi   yillarda   bitiruvchilarning   OTMlarga   qamrab   olish   darajasini
rivojlangan mamlakatlar darajasiga olib chiqish ko‘zda tutilmoqda. Shuning uchun
ta’lim   tizimida   ham   kompyuterlardan   yuqori   darajada   foydalanib,
mediatexnologiyalar asosida elektron darsliklar yaratib, ta’lim olayotgan o‘quvchi-
34 yoshlarga   samarali   va   zamon   talablariga   mos   holda   ta’lim   berishning   afzallik
tomonlari haqida juda ko‘plab fikrlar bildirish mumkin. 
“Media”   atamasi   (lotincha   –   medium,   ya’ni   vosita,   vositachi,   usul)   turli
ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi
mazmuniga axborotni yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar
va   ommaviy   axborot   almashinuvining   texnik   vositalari   kiradi.   Bugungi   kunda
media   atamasidan   OAV   yoki   mass-media   tushunchalarining   sinonimi   sifatida
foydalanilmoqda.   Hozirgi   zamon   jamiyati   taraqqiyotiga   medialarning   ta’siri   yil
sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan
anglamoqda   va   baholamoqda.   Zamonaviy   medialarning   asosiy   jihatlari   sirasiga
tadqiqotchilar   kreativlik   (yaratuvchanlik,   ijodkorlik)   va   innovatsiyalarni
kiritmoqdalar.
Medianing   ta’limdagi   ko‘rinishi   u   uzluksiz   ta’lim   jarayonini   vizual
materiallar   bilan   boyitishga,   dars   mashg‘ulotining   sifatli   o‘tilishi   va   ta’lim
oluvchilar   tomonidan   o‘zlashtirish   samaradorligini   oshirishga   xizmat   qiladi.
Medianing ilk turlari ancha oldin paydo bo‘lganiga qaramay, o‘tgan asrning 50-60-
yillarida   mediadan   ta’lim   jarayonida   foydalanish   masalalari   tadqiqotchilar
e’tiborini   tortgan.   Mediata’lim   medianing   barcha   turlari   (bosma,   grafik,   ovozli,
ekranli  va boshqalar)  turli  texnologiyalar  bilan chambarchas  bog‘langan bo‘lib, u
insonlarga   ommaviy   kommunikatsiyadan   ijtimoiy   ongda   qanday   foydalanishni
tushunish,   boshqa   odamlar   bilan   kommunikatsiya   paytida   mediadan   foydalanish
ko‘nikmasini o‘zlashtirish kabi bilimlarni beradi.
Rus olimi A.V. Sharikov   “Bugungi   kunda mediata’lim bo‘yicha o‘ndan ortiq
konsepsiyalar   yaratilgan   bo‘lsa - da,   uning   turli   yo‘nalishdagi   pedagogik   tajriba
to‘planmasini   yaxlit   holga   keltiruvchi   yagona   nazariyasi   mavjud   emas ”-   deb
ta’kilaydi.   Fikrimizcha,   buning   asosiy   sababi   mediata’lim   hozirga   qadar   ta’lim
tizmining barcha jabhalariga to‘liq kirib bormaganligida hamda zamonaviy o‘qitish
jarayonini butunlay qamrab olmaganligi bilan izohlanadi.
Oksford ensiklopediyasida   yozilishicha,   “ Mediata’lim   mediani o‘rganishdir.
Mediata’lim   yaratilayotgan   va   tarqatilayotgan   mediamatnlar   bilan   bog‘langan
35 bo‘lib,   ta’lim   oluvchilarda   mediamatnlarning   mazmun-mohiyatiga   izoh   va   baho
berish  uchun tahlil  qila olish qobiliyatini  shakllantiradi.Mediani  o‘rganish , odatda ,
amaliy   tarzda, ya’ni   mediamatnlar yaratish bilan bog‘liq amalga oshiriladi.   Ingliz
olimi   A .Dorrining   fikricha,   mediata’lim   mediani   o‘rganish   orqali
mediasavodxonlikni   oshirishga   xizmat   qiladi.   Mazkur   ta’rifga   o‘xshash   fikrni
YUNESKO   tashkiloti   tomonidan   keltirilgan   ta’rifda   ham   ko‘rish   mumkin,   unda
“Mediata’lim   zamonaviy ommaviy axborot vositalari   bo‘yicha bilimning nazariya
va amaliyotini o‘rganishdir ”- tarzida talqin qilingan. Keltirilgan ta’riflarning ikkisi
ham   mazmunan   bir-biriga   yaqin   hisoblanib,   ularni   metodik   nuqtainazardan
baholash qiyin hisoblanadi. 
Rossiyaning   “Pedagogik   qomusiy   lug‘at”da   keltirilishicha ,   “Mediata’lim
maktab   o‘quvchilariga   ommaviy   kommunikatsiyani   o‘rgatuvchi   pedagogikaning
bir   yo‘nalishi” - debta’riflangan.   Yuqorida   keltirilayotgan   ta’riflarning   hech   birida
fanning mohiyati o‘zgarmaydi , ya’ni mediata’lim –  mediamadaniyatni o‘rganishga
asoslangan.   Mediata’limning   asosi   hisoblangan   mediatexnologiya   tushunchasi
borasida   ham   turlicha   fikrlar   mavjud.   Masalan,   AQShning   Jamiyat   xususidagi
xalqaro   ensiklopediasida   qayd   etilishicha,“media   tekhnology”   bu   inson
jamiyatdagi   fuqaro   sifatidagi   mas’uliyatini   his   qilgan   holda   faol   va   savodli
bo‘lishi, mediamatnlarni qabul  qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi  va baholashi,
zamonaviy   mediani   ijtimoiy-madaniy   va   siyosiy   mazmunini   tushina   olishi
demakdir. 
Ingliz tilida  “media education”  tushunchasi  so‘zma-so‘z tarjima qilinganda  u
matndagi o‘rniga ko‘ra turli   xil   ma’nolarda qo‘llanilishi mumkin.   Aytish lozimki,
medata’limning tayanch tushunchasini aniqlab olish  muhim ahamiyatga ega . 
Mediatexnologiyani   takomillashtirish   bosqichi   bevosita   mediata’lim   bilan
bog‘liqdir.   Respublikamizda   H.A.Saidakbarov,   N.I.Taylaqov,   Sh.N.Taylaqova,
D.E.Toshtemirov,   S.K.Tursunov,   O.X.To‘raqulov,   R.R.Boqiyev,   B.A.Begalov,
J.G‘.Yo‘ldoshev   kabi   olimlar   kompyuterlashtirilgan   o‘quv   jarayoni,   zamonaviy
pedagogik   ta’limda   axborot   texnologiyalarini   joriy   etishga   doir   tadqiqot   ishlarini
amalga  oshirganlar,  lekin,  adabiyotlar   va  mualliflar  tajribalarini  o‘rganishdan  shu
36 narsa   ma’lum   bo‘ldiki,   oliy   ta’lim   muassasalarida   tabiiy   geografik   fanlarni
mediatexnologiyalar   asosida   o‘qitish   muammosi   metodik   nuqtainazardan   maxsus
o‘rganilmagan.   O‘quvchilar   mediamadaniyatni   takomillashtirishning   ilmiy-
metodik   jihatlarini   mukammallashtirish,   ayrim   tabiiy   va   ijtimoiy   fanlarni
o‘qitishda   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   kabilar   bevosita   ta’lim   sifatini
amalga oshirish muammolarini hal etishga qaratilgan.
J.Gonnening   fikricha,   o‘quv   jarayoniga   axborot   vositalarini   samarali   joriy
etishda   o‘quv   muassasalari   pedagoglariga   yordam   beruvchi   mediatexnologiyalar
markazini   tashkil   etib,   unda   o‘qituvchi   o‘z   ilmiy-metodik   ta’minotini
takomillashtirishda   5   turdagi   metodik   tavsiyani   birlashtirgan,   ya’ni   turli   axborot
manbalarini   taqqoslash,   tinglay   olish,   fikrlar   xilma-xilligi   va   ularning   nisbiyligi
turli   mediaaxborotlardan   foydalana   olish   mahoratini   o‘z   ichiga   olsa   (Axborot
zaxiralari   haqidagi   bilimi,   ularni   izlab   topish,   tanlash,   mavzuga   oid   testlarni
ma’lum  manbalar  bilan solishtirish), boshqa  tomondan esa fanning turli sohalarni
tashkil etish tamoyillari haqidagi ta’lim mazmunini aniqlash mahorati hamda turli
hodisalardagi   o‘xshashliklarni   aniqlash,   tashhislash   kabi   bilimlar   nazarda   tutiladi.
Mazkur   metodik innovatsiyani  o‘quv muassasalarining  barcha  bosqichlariga  joriy
etish,   real   hayot   bilan   munosabat   o‘rnatish,   jamiyatdagi   bosma   va   audiovizual
mediatexnologiyalar   ustunlik   va   qulayliklardan   unumli   foydalanish   J.Gonnening
bu ta’limiy mediausullari ta’lim jarayonini tubdan yangiladi. Nazariy media metod
–   butun   yig‘ilgan   axborot,   media   bilimlar   jamlanmasi   bo‘lib,   undan   foydalana
bilish,   internet   saytidagi   ta’lim   dasturlarini   yanada   takomillashtirib   borishdir.
Amaliy   media   metod   –   yig‘ilgan   bilimlarni   amaliyotda   qo‘llay   olish,   yangi
dasturlarni   yaratish   demakdir.Bizning   tadqiqotimiz   maqsadiga   ko‘ra   tabiiy
geografik   fanlarni   o‘qitishda   mediatexnologik   ilmiy-metodik   ta’minotni
takomillashtirishda   o‘quvchilarga   fanlarni   mediatexnologiyalar   asosida   o‘qitish
tushunchasiga, tarixiga e’tibor qaratishimiz talab etadi.
Medianing ilk turlari ancha oldin paydo bo‘lganiga qaramay, XX asrning 50-
60-   yillarida   mediadan   ta’lim   jarayonida   foydalanish   tadqiqot   ob’ekti   sifatida
tadqiqotchilar   e’tiborini   tortgan.   Mediata’lim   so‘ziga   birinchi   marta   1973   yilda
37 kino   va   televideniye   Xalqaro   kengashidamediata’lim   ommaviy   axborot   vositalari
nazariyasiga   o‘qitish   va   OAV   bilan   ishlash   mahoratini   shakllantirishdan   tashkil
topadi,   deb   qaraldi.   Mediata’lim   tushunchasi   ingliz   tilida   –   media   educatoin,
fransuz   tilida   –   edukationauxmedias,   nemis   tilida   –   mediadidaktik   atamalari
sinonimi   sifatida  qarash   o‘rinlidir.  Mediata’lim  tushunchasi  –  ta’lim   va  ommaviy
axborot   vositalari   kabi   tashkiliy   qismlardan   iborat.   Media   atamasiga   aniq   sifat
topish   qiyin.   Media   ta’lim   jarayonini   vizual   materiallar   bilan   boyitishga,   dars
mashg‘ulotini   sifatli   o‘tkazish   va   ta’lim   oluvchilar   o‘zlashtirish   ko‘rsatkichlarini
oshirishga xizmat qiladi.  
Mediatexnologiya ta’limda shaxsning axborot olish va tarqatish huquqining
bir qismi hisoblansada, mediatexnologiya dunyoning ko‘pgina mamlakatlari ta’lim
tizimi   milliy   o‘quv   rejalari   tarkibiga   singdirilgan.   Hozirgi   kunda   Yevropa
davlatlari,   AQSH,   Avstraliya   va   Rossiya   singari   mamlakatlarda   media   ta’lim
majburiy fan sifatida o‘quv rejalariga kiritilgan. 
XX I   asrga   kelib   Fransiyada   internet   axborot   manbai   bo‘lgan,   butun   dunyo
yangiliklardan   xabardor   bo‘lish   ma’suliyatini   oshirishi   mkonini   beradigan
“Edyukanet”   ( Educanet )   dasturi   ishlab   chiqilgan.   Umuman   olganda,   Fransiyada
mediatexnologiyalar   ta’lim  jarayoni ichiga to‘liq singib ketgan.
Buyuk   Britaniyada   boshqa   davlatlardagi   kabi   mediatexnologiyalar
kinota’lim   sifatida   shakllana   boshlagan,   keyinchalik   o‘z   ob’ektlarini   kengaytirib,
matbuot,   radio,   televideniye   va   internetni   qamrab   olgan.   Britaniyada
mediatexnologiyalar ta’lim jarayoni masalalari bilan mashg‘ul bo‘luvchi bir necha
tashkilotlar   tashkil   etilgan   bo‘lib,   ular   ichida   1933   yida   tashkil   topgan   Britaniya
kinoistituti   (British   Film   Institute   –   BFI)ni   alohida   ko‘rsatish   mumkin.   Chunki
uning   tarkibidagi   bevosita   o‘qituvchilar   uchun   mediakurslar,   seminar   va
konferensiyalar   uyushtirishga   ixtisoslashgan,   shuningdek   bo‘limda   ta’limda
mediatexnologiyalarni   qo‘llashga   oid   tadqiqotlar   o‘tkazildi,   pedagoglar   uchun
o‘quv qo‘llanma va uslubiy tavsiyalar nashr ettirildi. 
Ta’limda mediatexnologiyalardan foydalanish tarixining xorijiy tajribalarini
o‘rganish   natijalari   shuni   ko‘rsatadiki,   1988–1989   yillarda   mediatexnologiyalar
38 orqali   o‘qitish   ta’lim   jarayonida   ilk   bora  Angliya   va   Uelsning   milliy   o‘quv   rejasi
tarkibiga   kiritildi.Natijada   mediatexnologiyalarni   boshqa   fanlarga   integratsiyalash
imkoniyatlari   oshdi.   Mediamadaniyatni   o‘rganish   boshlang‘ich   va   o‘rta
maktabdagi “Ingliz tili” kabi bu mamlakatlar uchun asosiy bo‘lgan fanlar doirasida
kiritildi.   Bunga   11-16   yosh   me’yor   etib   belgilanadi.   Dasturning   asosiy
maqsadlardan   biri   sifatida   mediamadaniyatni   boshqa   fanlar,   jumladan   chet   tili,
tarix,   geografiya,   san’at,   musiqa,   aniq   fanlarda   ham   qo‘llash   mumkinligi   ko‘zda
tutilgan.   Britaniyada   mediatexnologiyalar   ta’limi   jarayonida   qo‘yilgan   kontekst
bilan jamiyatdagi medianing real funksiyalari amaliy mashg‘ulotlar, muhokamalar,
tadqiqiy   vazifalar   bilan   o‘rganildi.   Kanada   va   Avstraliyadan   farqli   ravishda
integrallashgan   darslarda   mediamadaniyatni   o‘rganish   ulushi   uncha   katta   emas.
Masalan ,  mediani o‘rganish o‘quv yilining bir-ikki haftasini egallaydi .  Angliyadagi
kabi Shimoliy Irlandiyada ham mediatexnologiyalarta’lim  jarayonidaingliz  tili  fani
bilan  birgalikda o‘qitiladi , bu mamlakatlarda  mediatexnologiyalar  vositasida ingliz
tilining  kalit so‘zlari o‘rganiladi  hamda amaliy  mashg‘ulotlarga kam vaqt ajratiladi.
Germaniyada   yuqorida   keltirib   o‘tilgan   mamlakatlardan   farqli   o‘laroq
mediatexnologik ta’lim juda sekin sur’atda rivojlandi. XX asrning 60-yillarida ham
nemis pedagoglari mediaga o‘qitishning maxsus texnik vositasi sifatida qarashadi.
Belgiyada   bo‘lgani   kabi   Germaniyada   ham   keyinchalik   mediatexnologiyalarni
ta’lim   jarayoniga  aniq  fanlar   bilan  integrallashtirdi. U  ijtimoiy  fanlar,  geografiya,
san’at   va   boshqa   fanlar   bilan   birga   o‘qitila   boshlandi.   Ko‘plab   nemis
mediapedagoglarining   fikriga   ko‘ra,   mediatexnologik   ta’lim   o‘quvchilarni
mediatexnologiya asosida o‘qitishning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtiradi.
Bugungi   kunda   nemis   o‘qituvchilari   o‘zlarining   darslarida   u   yoki   bu   darajada
doimiy   ravishda   mediatexnologik   ta’lim   elementlarini   qo‘llashadi.
Mediatexnologiyalar   Germaniya   universitetlarining   ham   asosiy   qismida
o‘rganiladi.   Bugungi   kunda   mediatexnologiyalarni   ta’lim   jarayonida   o‘rgatuvchi
alohida ilmiy-tadqiqot instituti ham mavjud.
AQShda   mediatexnologiyalar   ta’lim   jarayonida   qo‘llash   maqsadida     bir
nechta   assotsiatsiyalar   tashkil   etilgan.   Vashington,   Nyu-Meksikodagi
39 “Mediatexnologiya   ta’lim   markazi”   (Center   for   Media   Education),   Los-
Anjelesdagi   Mediasavodxonlik   markazi(Center   for   Media   Literacy),   Shimoliy
Karolinadagi “Mediasavodxonlik ortidagi fuqaro” harakati, Nyu-Yorkdagi “Ta’lim
videomarkazi” (Educational Video Center), San-Fransiskodagi “Mediasavodxonlik
bo‘yicha   strategiya”   (Strategies   for   Media   Literacy)   assotsiatsiyasi   va   Milliy
alyans mediasan’ati va madaniyati (National Alliance for Media Arts and Culture)
va boshqalar. Mamlakatning 46 shtatida mediatexnologik ta’lim ingliz tili va san’at
bilan bog‘liq holda o‘tiladi. 30 shtatda esa tabiiy va ijtimoiy fanlar, geografiya tarix
va   fuqaro   huquqlari,   ekologiya   va   tibbiyot   fanlari   guruhida   mediatexnologik
ta’limdan   foydalaniladi.   O‘qituvchilarning   metodik   assotsiatsiyasi
mediatexnologiyalarni   ta’lim   jarayonida   DTSlarga   kiritishga   harakat   qilishadi.
Mediatexnologiyalarni   ta’lim   jarayonida   “mediasavodxonlik”,   “axborot
savodxonligi”,   “vizual   savodxonlik”   deb   ham   atashadi.   Har   bir   atamaning
qo‘llanilish   o‘rni   ham   mavjud.   Masalan,   “axborot   savodxonligi”   ko‘proq
kutubxona,   kompyuter   va   medianing   raqamli   turlari   bilan   bog‘liq   holda
qo‘llaniladi.   “Mediasavodxonlik”   esa   ko‘proq   ta’lim   jarayoni   bilan   bog‘liq   holda
ishlatiladi.
Rossiyada   ta’lim   muassasalarini   kompyuterlashtirish   va   informatika   o‘quv
fanining rivoji bevosita A.V.Sharikovning ilmiy-pedagogik faoliyati bilan bog‘liq.
Uning   ta’lim   jarayonida   mediatexnologiyalarni   qo‘llash   borasidagi   qarashlari
asosida   Rossiyada   “Ta’limni   axborotlashtirish   kopsepsiyasi”   ishlab   chiqildi.   Bu
omil  ta’lim jarayonida mediatexnologiyalarni joriy etishning keyingi bosqichlarini
belgilab berdi. 
Bugun mamlakatimizda bu mediatexnologik ta’lim jarayoni  yanada shiddat
bilan o‘sib borishi, audiovizual manbalarning ko‘payishi Internet, DVD, CD-ROM
va boshqa texnologiyalarning joriy etilishi, axborotlarning katta miqyosda berilishi
media   olamida   minglab   gazeta,   jurnallar,   kitoblarning   nashr   etilishi
mediatexnologik ta’lim zaruratini yanada oshirib yubordi. Bir so‘z bilan aytganda,
ayni kunda ham mediatexnologik ta’limning rivojlanish jarayoni davom etmoqda.
XXI   asr   boshida   media   sohasiga   professional   kadrlarni   tayyorlovchi   ta’lim
40 muassasalari  ko‘paydi. Ushbu bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay
olishi   o‘quvchilarda   tabiiy   geografik   fanlarni   mediatexnoloiyalar   asosida   o‘qitish
sifatida ta’riflandi.
Ko‘pgina   rivojlangan   davlatlarda   mediatexnologik   ta’limni   yo‘lga
quyilganligi   ijobiy   natijalarga   erishishga   xizmat   qilmoqda.   Mediasavodxonlik
Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida
o‘qitilsa,   Finlyandiyada   1970   yildan   o‘rta   maktablarning,   1977   yildan   esa   oliy
o‘quv   yurtlarning   o‘quv   dasturlariga   kiritilgan.   1990   yillarda   esa   mamlakatda
mediasavodxonlik   mediatexnologik   ta’lim   tushunchasi   bilan   almashtirildi.
Shvesiyada   u   1980yildan   boshlab   ta’lim   muassasalarida   alohida   fan   sifatida
o‘qitila   boshlangan.   1990   yillarda   Rossiyada   mediatexnologiyalarni   ta’lim
jarayoniga tatbiq etishda ilmiy tadqiqot ishlari   O.Baranov ,   S.Penzin ,   A.Fyodorov ,
Sharikovva  boshqalar tomonidan olib borildi. 2002 yildan boshlab Rossiyadaoliy
ta’lim muassasalari uchun “Mediatexnologik ta’lim” ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish
ochildi   va   “Mediapedagogika”   sayti   ishga   tushirildi.   2005   yili   esa   YUNESKO
tashkiloti homiyligida “Mediatexnologik ta’lim” darsligi yaratildi
Demak, mediasavodxonlikni oshirish, ularni fanga oid axborotlarni to‘plash
jarayonida   internetdan,   saytlardan,   telefon   va   kompyuterlardan   hamda   ommaviy
axborot   vositalaridan   samarali   foydalanish   ko‘nikmasini   shakllantiradi,   ta’lim
mazmuniniyangilaydi.   Ushbu   jarayonda   o‘quvchilarda   ijodkorlik,   mas’uliyatlilik,
faollik, maqsadni aniq ko‘ra bilish, amalga oshiriladigan ishlarni to‘g‘ri belgilash,
to‘plangan   ma’lumotlar   mazmunini   tahlil   etishda   tabiiy   geografik   fanlarga   doir
bilim, ko‘nikma va malakalari takomillashadi.
2.2. Ta’limda multimedia vositalari, ularning afzalliklari
          Ta’lim   soxasiga     70-yillarda     ilk   bor   kompyuterlarni   tatbik   etilishi   ancha
samarasiz buldi. Bu samarasizlik usha paytlarda texnikaviy va  dasturiy vositalarni
ishlab   chikarish   sifatini   nixoyatda   pastligi   bilan   izoxlanar   edi   hamda     dasturiy
vositalar     unchalik   ham   moslanuvchan     emas     edi.     Xozirda   amaliyet   shuni
41 kursatmokdaki, multimedia vositalari yerdamida o'quvchilarni ukitish ikki  barobar
samarali   bulmokda.     Mazkur     vosita     yerdamida     ukitishda   an’anaviy   ta’lim
usullariga   nisbatan   urtacha   30   foizgacha   vaktni   tejash     mumkin   hamda   olingan
bilimlar o'quvchilar xotirasida uzok muddat saklanib koladi.   Ma’lumki,   eshitgan
materialning turtdan bir kismi xotirada koladigan bulsa,  o'quvchilarga berilayetgan
materiallarni   video   (kurish)   orkali   amalga   oshirsak,   axborotni   xotirada   saklanib
kolishi va tasavvur kilish imkoniyati 25-30 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur
o'quv materiallari audio, video va grafika kurinishida mujassamlashtirigan  xolatda
o'quvchilarga   berilsa,     materialarni   xotirada   saklab   kolish   75   foizga   oshishi
kuzatilmokda.
          Ta’lim   soxasida   multimedia   vositalari   yerdamida   o'quvchilarga   bilim   berish
kuyidagi afzalliklarga ega:
         1. Ta’lim jarayonida berilayetgan materiallarni   chukurrok   va mukammalrok
uzlashtirish imkoniyatining mavjudligi.
          2.   Ta’lim   olishning   yangi   soxalari   bilan   yakindan   aloka   kilish   ishtiyekini
yanada oshishi.
          3.   Dars   jarayenida   bilim   olish   vaktining   kiskarishi   natijasida   vaktni   tejash
imkoniyatiga erishuvi.
          4.   Olingan   bilimlar   kishi   xotirasida   uzok   muddat   saklanib,   kerak   bulganda
amaliyotda kullash imkoniyatiga erishuvi.
     Lekin, mazkur vositani ta’lim  jarayeniga  kullashning  ayrim muammolari ham
mavjud bulib, u kuyidagilardan iborat:
          1.   Ta’lim   uchun   zarur   bulgan   o'quv   materiallarini   hamda   boshka   zaruriy
kursatmalarni  kullanma shaklida kompyuter dasturlari kurinishida ishlab chikish.
          2.   Ishlab     chikilgan     kompyuter     dasturlari     uchun   multimedia   elementlarini
kullash.
          O'quv   materiallarini     yaratish     buyicha   xozirda   Respublikamizda   ma’lum   bir
ishlar   kilinmokda.   Bunga   yetakchi   mutaxassislar   jalb   kilingan   o'quv     materiallari
ta’lim   yunalishlari   buyicha   yaratilmokda.   Lekin,   yaratilgan   o'quv   materallaridan
ta’lim tizimida yanada samarali foydalanish esa kompakt disklarni kullashni talab
42 etadi.     Xozirgi   kunda   bunday   kurinishdagi   kompakt   disklarni   respublikamizda
ishlab chikarish imkoniyati yuk. Bular ma’lum bir mikdordagi mablagni oldindan
jalb etishni talab kiladi.
2.3.   Gidrosfera  mav zusini o‘qit ishning samarali 
pedagogik  t exnologiy alari v a usullari
XXI   asr   innovasiyalar   ya’ni   fan-texnika   sohasidagi   ilg’or   kashfiyotlarni
ishlab   chiqarish,   boshqarish,   jamiyat   rivojlanishining   ijtimoiy   jabhalariga   joriy
etilish   asridir.   Zero,   insoniyat   taraqqiyotini   innovasiyalarsiz   tasavvur   qilib
bo’lmaydi.   Mamlakatimiz   kelajagi,   iqtisodiy-ijtimoiy   ishlab   chiqish,   qishloq
xo’jaligi   va   jamiyat   hayotining   boshqa   sohalari   bilan   birga   ta’lim-tarbiya
sohasidagi   o’zgarishlar,   uni   yangi   zamon   talablari   darajasiga   ko’tarishga
yo’naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi. 
Geografik,   shu   jumladan   maktabda   o’qitiladigan   geografik   fanlar
samaradorligini   oshirish   uchun   quyidagi     interfaol   ta’lim     texnologiyalaridan
foydalanish tavsiya etiladi.
Loyihali   ta’lim   texnologiyasi.   Loyiha   (design   -   dizayn)   –   ba’zi   murakkab
ishlanmalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar yig‘indisi.   Loyiha  (projekt) – tushunchasi
kengroq   ifodalanib,   ma’lum   natija   (loyihaning   beqiyos   mahsuli)ga     ega   maqsadli
faoliyatni   tashkil   etish   uchun       biror-bir   tashkiliy   shaklni   belgilash   uchun
foydalaniladi.   Loyihaviy ta’lim   - ta’lim modeli bo‘lib, unda o‘qituvchi tomonidan
loyihalash   ko‘rinishiga   ega,   muammoni   izlash,   uni   tadqiq   etish   va   hal   etish,
muayyan,   beqiyos,   shaxsiy   va   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   natijaga   erishish,   uni
ommaviy   taqdim   etish   va   jamoatchilik   tomonidan   baholanishini   tashkil   etish   va
rejalashtirishni anglatuvchi, mustaqil o‘quv faoliyati tashkil etiladi.
Bumerang   texnologiyasi.   Bumerang   uslubi   bir   mashg‘ulot   davomida   o‘quv
materialini   chuqur   va   yaxlit   holatda   o‘rganish,   ijodiy   tushunib   yetish,   erkin
egallashga   yo‘naltirilgan.   U   turli   mazmunga   (muammoli   munozarali   va   hokazo)
43 ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish
shakllarini   qamrab   oladi   hamda   bir   mashg‘ulot   davomida   har   bir   ishtirokchining
turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi  rolida chiqishi
mumkin.
Bumerang   texnologiyasi   tanqidiy   fikrlash,   mantiqni   shakllantirishga
imkoniyat   yaratadi:   Xotirani,   g‘oyalarni,   fikrlarni,   dalillarni   yozma   va   og‘zaki
shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Skarabey   texnologiyasi.   Skarabey   uslubi   interaktiv   texnologiya   bo‘lib,   u
o‘quvchilarda   fikriy   bog‘liqlik,   mantiq,   xotiraning   rivojlanishiga   imkoniyat
yaratadi,   qandaydir   muammoni   hal   qilishda   o‘z   fikrini   ochiq   va   erkin   ifodalash
mahoratini   shakllantiradi.   Ushbu   texnologiya   o‘quvchilarga   mustaqil   ravishda
bilimning   sifati   va   saviyasini   xolis   baholash,   o‘rganilayotgan   mavzu
haqidatushuncha   va   tasavvurlarni   aniqlash   imkonini   beradi.   Skarabey
texnologiyasi   o‘quvchilar   tajribasidan   foydalanishni   ko‘zda   tutadi,   reflektiv
kuzatishlarni   amalga   oshiradi,   faol   ijodiy   izlash   va   fikriy   tajriba   o‘tkazish
imkoniyatlariga ega.
Hamkorlikda   o‘qish   texnologiyasi.   Hamkorlikda   o‘qish   texnologiyasi
asosida   mashg‘ulot   o‘tkazish   uchun   guruh   o‘quvchilari   4   –   5   kishilik   kichik
guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruhda kuchli, o‘rta va kuchsiz o‘quvchi bo‘lishiga
e’tibor   berish   kerak.   O‘quv   xonasida   partalarning   qo‘yilishi   kichik   guruhlar
ishlashiga ishlashiga yordam bersin. Guruh ishtirokchilari doira shaklida o‘tirsin va
bir-birini ko‘rsin.
O‘tkaziladigan mashg‘ulotga tayyorgarlik davomida mavzuning qaysi qismini
o‘qituvchining   o‘zi   tushuntirishi   va   o‘quvchilar   qaysi   qismini   bajarishi
rejalashtiriladi. Bunda darsga qo‘yiladigan maqsaddan kelib chiqqan holda, har bir
o‘quvchiga   qo‘yiladigan   topshiriqlar   aniq   bo‘lishi   lozim.   Agar,   topshiriq   yangi
mavzuga   doir   savollarga   javoblardan   iborat   bo‘lsa,   unda   kuchli   o‘quvchiga   qiyin
savollar beriladi. O‘quvchi tomonidan berlgan javobni guruh ishtirokchilaridan biri
javobning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini darslikdan tekshirib aytadi. Keyingi o‘quvchi
esa   agar   javob   to‘g‘ri   bo‘lsa   uni   daftarga   yozadi.   So‘ngi   o‘quvchi   javobni
44 isbotlovchi   dalillar   va   misollar   keltirishi   kerak.   Keyinchalik   o‘quvchilar   o‘z
rollarini   almashtirishlari   mumkin.   Muhokama   yakunida   kichik   guruhdagi
o‘quvchilar   o‘zlariga   berilgan   savollarning   hammasiga   javob   berishlari   va   ularni
butun guruh muhokamasiga chiqarishlari kerak.
Nafis   arra   texnologiyasi.   Ushbu   uslubda   darsda   o’rganiladigan   mavzu   nomi
yozuv   taxtasiga   yoziladi   va   qanday   savollarga   javob   topilishi   lozim   ekanligi
tushuntiriladi.  Guruh o’quvchilari  5-6 kichik guruhlarga (boshlang’ich  guruh) bo’linadi
va   har   bir   guruh   o’rganiladigan   mavzu   bo’yicha   oldindan   tayyorlangan   oldindan
tayyorlangan kerakli materiallar papkasi bilan ta’minlanadi. Boshlang’ich guruhlar 10-
12   daqiqa   davomida   taqdim   qilingan   materialni   o’rganadi   va   muhokama   qiladi.
Natijada  o’qituvchi  o’ziga berilgan mavzuni yaxshi biladigan 5-6 guruh ekspertlariga ega
bo’ladi. Keyingi bosqichda har bir guruhdagi ishtirokchiga ma’lum tartib  raqami beriladi
va  tartib  raqamlari   bir  xil  bo’lgan  o’quvchilardan   yangi (ekspertlar) guruhlari tuziladi.
Mavzu   muhokamasining 15-   20   daqiqasi   davomida   yangi   ekspertlar   guruhini   har   bir
ap’zosi oldingi guruhga berilan mavzu mazmunini tushuntirib beradi. Natijada umumiy
mavzuni yaxlitligi bo’yicha o’zlashtirish ta’minlanadi. Ekspertlar guruhining har bir a’zosi
olingan axborotni ma’lum bir vaziyatda qo’llay olishini ta’minlash uchun mavzu bo’yicha
biror muammoli vaziyat guruhlarga beriladi va har bir guruh ushubu muammoni to’g’ri
yechimini topishi lozim. Muammo har bir ekspert guruhida muhokamadan o’tkazilgach
guruhlarning sardorlari muammo bilan guruhni tanishtiradi va uning yechimini ko’rsatib
beradi. 
Mashg’ulot   so’ngida   o’quvchilar   bilamini   tekshirib   ko’rish   va   baholash   uchun
o’rganilgan materiallar bo’yicha test o’tkaziladi. Nafis arra usuli yordamida o’quvchilar
o’rganilgan   materiallar   bo’yicha   ma’lum   bilimga   mustaqil   ega   bo’lishi,   jamoa   bilan
ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish hamda jamoa bo’lib qaror qabul qilish
ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Muammoni   hal   etish   texnologiyasi.   Muammoni   hal   qilish   uslubi   yoki
muammoga   qaratilgan   uslubi   –   muammoni   aniqlash   va   uni   hal   qilishning   eng
maqbul   yo‘llarini   topishga   o‘quvchining   tayyorgarligini   tekshirib   ko‘rish   uchun
qo‘llaniladi.   O‘quvchi   bunda   birinchi   bo‘lib   muammoni   aniqlab   oladi.   So‘ngra
45 muammoni yechish uchun axborotlarni izlaydi. Izlanish chog‘ida o‘quvchi kerakli
jurnallar,   monografiyalar,   darsliklar,   qo‘llanmalardan   va   Internet   tizimidan
foydalanishi  mumkin. Olingan axborotlarni  ishonchliligini  baholash, uni mahalliy
sharoitlarda   tadbiq   etsa   bo‘lishini   idrok   etishi   lozim.   O‘quvchi   olingan
ma’lumotlardan xulosa chiqarishi va ularni amalda tadbiq etish ko‘nikmalariga ega
bo‘ladi.
Maktablarda   Dune   okeani   mavzusini   o‘qitish   uchun   quyidagi   interfaol
usullaridan   foydalanish   mumkin:   aqlni   ishlatishga   yo’naltirilgan     harakat   (aqliy
xujum);   guruhlarda   bahs,   munozara;   kichik   guruhlarda     ish   olib   borish,   rolli
o’yinlar, ish o’yinlari va hokazolar.
Amaliy  o’yinlar  texnologiyasi.   Amaliy  yoki  ishchan   o’yinlar   Yangi   mavzuni
o’zlashtirish,   takrorlash,   ijodiy   qobilyatlarini   rivojlantirish   vazifalarini   bajarish
imkonini   beradi.   O’quv   jarayonida   Amaliy   o’yinlarning   turli   shakllaridan
foydalanish mumkin (taqlid qilish, roli o’yinlar, «teatr darslari», sahna ko’rinishlari
va h.k. lar).
Taqlid qilish o’yinlarida mashg’ulot jarayonida tashkilot, korxona ishiga taqlid
qilinadi (ish yig’ilishi, ish rejasining muhokamasi, muzokaralar, munozaralarni olib
borish, sud, patent  tashkiloti, ilmiy kengashlarda chiqishlar va h.k. lar).
Rolli       o’yinlar       darsida       o’quvchi       turli       xil xarakterdagi  inson
obraziga       qalban       kirishib       ketadi.   O’yinda   o’quvchilarga   asosan   tugallanmagan
vaziyatlar aks yuli    sahna    ko’rinishi    rollari    beriladi. O’quvchilar ushubu berilgan
muammoli rollarni mustaqil ravishda oxiriga yetkazib o’ynashlari lozim.
«Amaliy o’yinlar texnologiyasi» uslubining tarkibiy tuzilmasi
46Stsenariy tayyorlash
O’yinga tayyorgarlik
Rollrni 
bo’lish Ekspertl
ar 
tanlash Yol-yo’riq 
berish Mashq 
qilish Moddiy 
ta’minot
O’yinni o’tkazish
Muhokama etish Teatr   darslarida   roli   o’yinlarni   boshqa   insonlar   tushuniga   o’rgatadi.   Ushbu   usul
o’quvchilarni  mustaqil  fikr  yuritishiga, hayotda har  qanday sharoitda ham  o’zini tuta
bilishga,   tarbiyalanganligiga   hamda   mustaqil   hayot   kechirishdagi   o’zini   qarashlarini
asoslab bera oladigan inson sifatida shakllantiradi.
Kichik   guruhlarda   ishlash     uslubi ni   qo’llashda   quyidagilarga   e’tibor
berish maqsadga muvofiq:
1.   Faoliyatni   tanlash.   Mavzuga   oid   muammo   shunday   tanlanadiki,   natijada
talabalar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat  ko’rsatishlari  zarur bo’ladi
va vazifalar belgilab olinadi.
2. Zaruriy asos yaratish. Talabalar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun
tanlangan   faoliyat   bo’yicha   ba’zi   bilim,   ko’nikma   va   malakalarni   oldindan
egallagan bo’lishlari kerak.
3.   Guruhni   shakllantirish.   Odatda   har   bir   guruhda   3-5   talaba   bo’ladi
(ehtimol, kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma
hujjat tayyorlashni  talab etsa, yaxshisi  2-3 kishilik guruh tuzilgani ma’qul. Guruh
o’lchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi talabalar soni, talabalarning bir-biri
bilan konstruktiv holatda o’zaro harakatiga bog’liq holda o’zgaradi. Eng yaxshisi,
“geterogen” guruh tashkil  etishidir  (jinsi, o’zlashtirish  darajasi  va boshqa belgilar
asosida). Guruhda ishlash talabalar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi
(misol   uchun,   bir   talaba   munozarani       boshqaradi,   ikkinchisi   yozib   boradi,
uchinchisi   sardor   rolini   o’taydi   va   hokazo).   Auditoriyani   guruhlarga   ajratish,
xohish bo’yicha yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi.     
4.   Aniq   yo’l-yo’riqlar   ko’rsatish.   Talabalarga   faoliyatni   bajarish   bo’yicha
aniq   va   hajm   jihatdan   ko’p   bo’lmagan   tushuntirish   beriladi.   O’qituvchi
guruhlarining   ishlash   tezligi   turlicha   bo’lishini   inobatga   olgan   holda   vaqt
chegarasini   aytadi.   Guruhlar   kerakli   materiallar   va   axborotlar   bilan   ta’minlanadi.
Talabalar   guruhda   ishni   boshlashlari   uchun   vazifalarini   aniq   tushunib   yetganligi
tekshirib ko’riladi.
47 5.   Qo’llab   quvvatlash   va   yo’naltirish.   O’qituvchi   zarurat   tug’ilsa   guruhlar
yoniga navbatma-navbat kelib to’g’ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki
ularga yordam beradi, guruhlarga ta’zyiq o’tkazilmaydi.
6.   Muhokama   qilish   va   baholash.   Guruhlarda   ish   yakunlangach,   ular
natijalari   bo’yicha   axborot   beradilar.   Buning   uchun   har   bir   guruh   o’z   sardorini
belgilaydi. Zarurat tug’ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi
tomonidan   yozilib   boriladi.   Muhimi,   guruhning   o’zlashtirishining   asoslanishini
aniqlashtirib olishadi. Agar vaqt yetarlicha bo’lsa, u yoki bu-fikrni argumentlashda
guruhlar   bir-biriga   savol   ham   berishlari   mumkin.   Kichik   guruhlarda   ishlash
natijalari   o’qituvchi   tomonidan   baholanadi.   Bunda   faoliyatni   to’g’ri   va   aniq
bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.
Ushbu   metod   qo’llanilganda   talaba   kichik   guruhlarda   ishlab,   darsda   faol
ishtirok   etish   huquqiga,   boshlovchi   rolida   bo’lishga,   bir-biridan   o’rganishga   va
turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi.
Kichik   guruhlarda   ishlash   metodi   qo’llanilganda   o’qituvchi   boshqa
noan’anaviy   metodlarga   qaraganda   vaqtni   tejash   imkoniyatiga   ega   bo’ladi.
Chunki o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha talabalarni mavzuga jalb eta oladi va
baholay oladi. 
«Kichik guruhlarda ishlash» usulini qo’llash bosqichlari:
1. Faoliyat   yo’nalishi   aniqlanadi.   Muammolar   bir-biriga   bog’liq   bo’lgan
masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. Talabalar guruhlarga 3-5 kishidan bo’ linishlari
mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. O’qituvchi   tomonidan   aniq   ko’rsatmalar   beriladi   va   o’qituvchi   tomonidan
yo’naltirib turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar  ishi  baholanadi.
48 Mavzu   bo’yicha   manbalarni   o’rganish   pedagogik   texnologiyalarning   aniq
maqsadga   yo’nalgan,   yakuniy   natijani   kafolatlaydigan   izchil   ketma-ketlikda
amalga oshiriladigan ta’limiy jarayonligini ko’rsatadi .
Umumta’lim   maktablarida   fanlarni   o’qitishda   talabalarni   kichik   guru h larga
bo’lib   dars   o’tish   uslubidan   foydalanish   bo’yicha   didaktik   ishlanmalar   ishlab
chiq ilgan   va   tajriba   tariqasida   Samarqand   –   m oliya   iqtisodiyot   kollejida   qo’llab
ko’r ilgan .Tajriba   natijalari   ko’rsatishicha,   umumta’lim   maktablarida   fanlarni
o’qitishda  guru h larni kichik guru h larga bo’lib dars o’tish uslubidan   o’rinli va talab
darajasida   foydalanish   mavzularni   o’zlashtirish   darajasini   sezilarli   darajada
oshiradi.   Shuningdek,   umumta’lim   maktablarida   fanlarni   o’qitishda   guru h larni
kichik   guru h larga   bo’lib   dars   o’tish   uslubidan   foydalanish   asosida   tashkil   etilgan
ta’lim  jarayonida talabalarda erkin, mustaqil  fikrlash,  bahslashuv   ko’nikmalari  va
mashg’ulotda qatnashishdan qoniqish darajasi oshishi kuzatilgan.   Bundan tashqari
tajriba guruhidagi talabalar fikricha yangicha o’qish jarayonida ta’limdan tashqari
tarbiyaviy   xarakterdagi   qator   vazifalarni   amalga   oshirish   imkonini   beradi:
talabalarda   jamoa,   guruhlarda   ishlash   ko’nikmalari   ortadi;   muammolar,
vaziyatlarni   turli   nuqtai   nazardan   muhokama   qilish   imkoniyati   va   qobiliyati
shakllanadi va rivojlanadi; murosali qarorlarni topa olish mahorati ortadi; o’zgalar
fikriga hurmat; xushmuomalalik; ishga ijodiy yondashish;  erkin fikrlash va bayon
etish, faollik, muammoga diqqatini jamlay olish mahorati oshadi.   Demak, bu kabi
texnologiyalarni umumta’lim maktablarida ta’lim jarayoniga joriy qilish yo’llarini
belgilash ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirishga imkon
beradi.
49 2.4.   Suv  resurslari mav zusini o’qit ishda modulli 
t exn o logiy alardan  foy dalanish
Samarqand   v iloy at iga   xos   ma’lumot lardan   modulli
t exnalogiy alar   asosida     foy dalanish.   Darsning   mavzusi:     Zarafshon
vodiysi  suv resurslari.
Darsning   t a’limiy   maqsadi:     O’quvchilarga   Zarafshon   vodiysi
ichki   suvlari   va   daryolarining   xususiyatlari,   ularning   hudud   bo’yicha
taqsimlanishi,   daryolarning   to’yinishi   va   rejimi,   oqimning   yil   fasllari
bo’yicha   taqsimlanishi,   asosiy   daryolar   va   ularning   xususiyatlari,
Zarafshon   vodiysidagi   daryolarning   iqtisodiyotdagi   ahamiyati,   muhim
kanallar haqida bilimlar berish. 
Darsning   t arbiy av iy   maqsadi:         O’quvchilarga   Zarafshon
vodiysining   ichki   suvlari   va   suv   boyliklari   o’rgatish   orqali   axloqiy,
estetik,   ekologik,   vatanparvarlik   tarbiyasini   berish,   milliy   g’urur-iftixor
tuyg’usini   shakllantirish,   ota-bobolarning   o’gitlari   muqaddas     ekanligi
va ularning bugungi kundagi ahamiyatini anglatish. 
Darsning   riv ojlant iruv chi   maqsadi:     O’quvchilarning   Zarafshon
vodiysi   ichki   suvlari   va   suv   boyliklari   haqidagi   bilimlari,   darslik,   karta,
atlas,     yozuvsiz   karta   ustida   mustaqil   ishlash   ko’nikmalarini   ,   nutq   va
muloqat madaniyatini rivojlantirish.
Darsni  jihozlash:    O’zbekistonning  tabiiy kartasi, O’zbekiston yer
usti   suvlari   atlasi,   daryo   va   ko’llariga   oid   jadvallar,   slaydlar   va   o’quv
filmlari.     
50 Darsda foy dalaniladigan t exnologiy a:   Modulli ta’lim 
texnologiyasi  (o’quvchilarning kichik guruhlarda ishlashga 
mo’ljallangan modul dasturi) .     Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
II.   O’tgan   mavzu   yuzasidan   o’quvchilar   bilimini   test   savol-
topshiriqlari yordamida  aniqlash va baholash.
III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish
va ularning faoliyati o’quv topshiriqlarini  bajarishga yo’llash.
IV. Yangi mavzuni o’rganish:
a)   yangi   mavzu   bo’yicha   tuzilgan     modul   dasturini   tarqatish   va
o’quvchilar- ni modul dasturining didaktik maqsadi bilan tanishtirish;
b)   o’quvchilarning   faoliyatini   modul   dasturidagi   o’quv
topshiriqlarini mustaqil bajarishga yo’llash;
v)   har   bir   o’quv   faoliyati   elementi   (O’FE)   topshiriqlarini   to’liq
bajarilishini nazorat qilish, tegishli ko’rsatmalar berish;
g)   har   bir   o’quv   faoliyati   elementi   yakunida   savol-javob   yoki
munozara o’tkazish.
O’qituvchi ushbu darsda o’rganiladigan o’quv materialini quyidagi
mantiqiy  tugallangan fikrli  uch qismga, ya’ni, modulga ajratadi:
1. Ichki suvlarning Zarafshon vodiysi bo’yicha taqsimlanishi.
2. Zarafshon vodiysi daryolarning to’yinish tiplari.
3. Zarafshon vodiysi asosiy daryolari va ularning xususiyatlari.
« O’zbek ist onning   ichk i   suv lari   v a   suv   boy lik lari»   mav zusi
bo’y icha     o’quv chilarning   k ichik   guruhlarda     ishlashiga
mo’ljallangan modul dast uri. 
51 Modul dast urining didak t ik  maqsadi:
Siz   modul   dasturi   yordamida     talabalar   bilan   kichik   guruhlarda,
hamkorlikda   ishlab   Zarafshon   vodiysi   ichki   suvlari   va     suv   boyliklari,
daryolarining xususiyatlari, ularning Zarafshon vodiysi hududi bo’yicha
taqsimlanishi,   daryolar-ning   to’yinishi   va   rejimi,   oqimning   yil   fasllari
bo’yicha   taqsimlanishi,   asosiy   daryolar   va   ularning   xususiyatlari,
muhim   kanallar   bilan   tanishi-shingiz,   ularning   Zarafshon   vodiysi
iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan o’rnini aniqlashingiz, darslik, karta,
atlas   va   yozuvsiz   karta   ustida   mustaqil   ishlash,   amaliy   topshiriqlarni
bajarish   ko’nikmalaringizni   rivojlantirishingiz   zarur:   talabalarning
modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etish; har bir modul
yakunida     talaba lar   jamoasi   bilan   savol-javob,   o’quv   munozarasini
o’tkazish ;   modul   dasturini   yakunlash;   yangi   mavzu   bo’yicha
o’quvchilarning   o’zlashtirgan   bilimlarini   test   topshiriqlari   yordamida
nazorat  qilish  va  baholash;  yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash;
uyga vazifa berish (2.1-jadvalga qarang).
2.1-jadval
O’quv
faoli-
yati
ele-
menti
(O’FE) O’quvchilar   o’zlashtirishi   lozim   bo’lgan   o’quv
materialiga oid topshiriqlar Topshiriqla
rni   bajarish
bo’yicha
ko’rsatmala
rB  a  h  o
1-O’FE 1- Modul .   Maqsad :   Ichkisuvlarning   Zarafshon
vodiysi   bo ’ yicha   taqsimlanishini   o ’ rganish .
Darslikdagi   matnnni   diqqat   bilan   o ’ qib   chiqib , O’quvchilar
guruhi
52 1
2
3
4
2-O’FE
1
2
3
4
5
3-O’FE quyidagi   savollarga   javob   toping   va   topshiriqlarni
bajaring .
Atlasdan   foydalanib   Zarafshon   vodiysidagi
daryolar,   ko’llar,   suv   omborlarini   toping.   Ular
hudud bo’yicha qanday taqsimlangan?
Zarafshon   vodiysi   daryolarining   notekis
taqsimlanganligi qanday tabiiy omillarga bog’liq?
  Tog’   daryolari   bilan   tekislik   daryolari   bir-biridan
qanday farq  qiladi? 
  Zarafshon   daryosining   uzunligini   ho’llangan   ip
yordamida o’lchang.
2-Modul.   Maqsad:   Zarafshon   vodiysi
daryolarining to’yinish tiplarini o’rganish.
Darslikdagi   matnni   diqqat   bilan   o’qib   chiqib,
quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni
bajaring:
Muz va  qor to’yinish  tipiga  ega  bo’lgan  daryolar-
ni   atlasdan   toping.   Ular   qanday   xususiyatlarga
ega?
Atlasdan   qor va muz to’yinish tipiga ega bo’lgan
daryolarni   toping.   Ular   qanday   xususiyatlarga
ega?
Atlasdan  mavsumiy qor va muzlarning erishidan
to’yinuvchi   daryolarni   daryolarni   toping.   Ular
qanday xususiyatlarga ega?
Qor-yomg’ir   va   yer   osti   suvlaridan     to’yinuvchi
daryolar qanday xususiyatlarga ega? Ular yuqori-
dagi   to’yinish   tipiga   ega   bo’lgan   daryolardan
nimasi bilan farq qiladi?
O’zlashtirgan   bilimlaringiz   asosida     Daryolarning
to’yinish tiplari nomli 1-jadvalni to’ldiring.. bilan
o’tkaziladig
an   savol-
javobda
faol
ishtirok
eting.
O’quvchilar
guruhi
bilan
hamkorlikd
a ishlang.
O’quvchilar
guruhi
bilan
o’tkaziladig
an   savol-
javobda
faol
ishtirok
eting.
53 1
2
4-O’FE
1
2
3
4 3-Modul .Maqsad:   Zarafshon   vodiysining   asosiy
daryolari   va   ularning   o’ziga   xos   xususiyatlarini
o’rganish. 
Darslikdagi   matnni   diqqat   bilan   o’qib   chiqib,
quyidagi   savollarga   javob   toping   va   topshi-
riqlarni bajaring.
Zarafshon   vodiysi     asosiy   daryolarni     kartadan
ko’rsating.
Yozuvsiz   kartaga   Zarafshon   vodiysining   yirik
daryo-larini tushiring, Ularni mansabini (1 raqami
bilan) va manbaini (2 raqami bilan) belgilang.
4-Modul .Modul dasturini yakunlash.
Modul dasturini didaktik maqsadini o’qib chiqing.
Siz unga qay darajada erishdingiz?
O’zingizning   o’quv   faoliyatingizni   besh   balli
tizimda  baholang.
O’quv   faoliyatingizdan   qoniqish   hosil   qilgan
bo’lsangiz,   Zarafshon   vodiysi     ichki   suvlari
nomlaridan   foydalanib  krossvord   tuzing.Agar  o’z
o’quv   faoliyatingizdan   erishilgan   natija     sizni
qanoatlantirmasa,   modul   dasturi   yordamida
mavzuni qayta o’rganing. O’quvchilar
guruhi
bilan
hamkorlikd
a ishlang.
O’quvchilar
guruhi
bilan
o’tkaziladig
an   savol-
javobda
faol
ishtirok
eting.
O’qituvchi   modul   dasturi   yakunidan   so’ng,   o’quvchilarga   yangi
mavzu   bo’yicha     test   topshiriqlarini   tavsiya   etadi.   O’quvchilar   test
topshiriqlarining   javoblarini   aniqlagandan   so’ng,   o’qituvchi   to’g’ri
javoblarni e’lon  qiladi.  O’quvchi o’z javoblarini  o’zi  tekshiradi va modul
dasturini tegishli grafasiga   o’z bahosini qo’yadi. Shu tariqa o’quvchilar
54 o’z-o’zini   nazorat   qiladi.Modul   dasturini   bajarilishini   nazorat   qilishda
o’quvchilar o’rtasida  o’zaro nazoratni qo’llash ham yaxshi natija beradi.
2.5.  Gidrosfera mav zusini  KEY S t exnologiy alari asosida o‘qit ish .
Keys-stadi   inglizcha   so‘z   bo‘lib,   sase   -   to‘plam,   aniq   vaziyat,   stadi-
ta’lim   degan   ma’nolarni   anglatadi.   Keysda   bayon   qilingan   va   ta’lim
oluvchilarni   muammoni   ifodalash   hamda   uning   maqsadga   muvofiq
tarzdagi   yechimi   variantlarini   izlashga   yo‘naltiradigan   aniq   real   yoki
sun’iy   ravishda   yaratilgan   vaziyatning   muammoli-vaziyatli   tahlil
etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubidir.   Keysda bayon qilingan vaziyat
institutsional   tizimda   (shu   o‘rinda   va   keyinchalik   -   korxonada)   diskret
(ayni   shu)   vaqtda   tashkiliy   hayotdagi   tipik   muammolarni   qayta
yaratadigan   real   yoki   sun’iy   qurilgan   hodisalarning   ideal   tarzdagi
in’ikosidan   iboratdir.   Muammoli   vaziyat.   Mazkur   holda   vaziyat
sub’ektining   hozirgi   vaqtda   yoki   kelgusidagi   maqsadlarga   erishishiga
xavf   soladigan   vaziyat   tushuniladi.     Keys   ilk   marta   Garvard
universitetining   huquq   maktabida   1870   yilda   qo‘llanilgan   edi.   1920
yilda   Garvard   biznes-maktabi   (HBS)   o‘qituvchilari   yuristlarning   o‘qitish
tajribasiga   tayanib,   iqtisodiy   amaliyotdagi   aniq   vaziyatlarni   tahlil   etish
va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin
mazkur o‘qitish uslubi keng tadbiq etila boshladi.
Keys
« GIDROSFERA »  mav zusi uchun innov at sion t exnologiy alarni
t anlash
55 O‘quv  fani:  «Geografiya 5».
Mav zusi:  «Dunyo okeani va uning qismlari».
Key sning   maqsadi:   «Dunyo   okeani   va   uning   qismlari »   mavzusini
o‘qitishning   eng   yangi   va   samarali   uslublarini   belgilab   olish,   bilim   va
malakalarining   rivojlantirilishi,   uni   o‘zlashtirish   ko‘nikmalarini
shakllantirish iborat.
Rejalasht irilay ot gan o‘quv  nat ijalari:  Dunyo okeani va uning qismlari
haqida   ilmiy-ommabop   ma’lumotlar   berish,   yig‘ilgan   ma’lumotlarni
tahlil etish  va baholash qobiliyatini rivojlantirish; mustaqil tarzda qaror
qabul qilish malakalarini egallash ko‘nikmalarini shakllantirish.
K ey s muammosi:  yangi texnologiya samaradorligini ko‘rsatish.
Muammo   t uzilmasi:   1.   Dunyo   okeani;   2.   Dunyo   okeanining   tekshirilish
tarixi;   3.   Dunyo   okeanining   qismlari;4.Geologik   tuzilishi;   5.   Okean   tubi
relefi.
1.   Duny o   ok eani:   1.1.   «Okean»   haqida   tushuncha?   1.2.   «Dunyo
okeani»   atamasini   birinchi   bo‘lib   fanga   kim   kiritgan?   1.3.
«Okeanosfera» deb nimaga aytiladi? 1.4. Dunyo okeani egallab yotgan
maydon   qancha?   1.5.   Okean   yarim   shari   va   unda   Dunyo   okeani
suvining qanchasi bor?
2.   « Duny o   ok eani» ni   o‘rganish   t arixi:   2.1.   Dunyo   okeanini   o‘rganish
qaysi   davrdan   rivojlana   boshlagan?   2.2.   F.Magellanning   Dunyo
okeanini   o‘rganishga   qo‘shgan   hissasi   nimadan   iborat?   2.3.
«Okeanologiya» faniga qachon va nimaga asosan asos solingan? 
3.   Duny o   ok eanining   qismlari:   3.1.   Dunyo   okeanining   yirik   qismlari.
3.2. Okeanlar nimalarga asosan ajratiladi? 3.3. Dunyo okeani tarkibida
56 nechta   dengiz   ajratiladi?   Quruqlikdachi?   3.4.   Janubiy   okean   haqida
tushuncha?
4.Geologik   t uzilishi:   4.1.   Okean   tagi   mustaqil   plitalari   nechta?   4.2.
Okean tubi yotqiziqlari: abbisal, litoral, terrigen yotqiziqlar? 
5.  Ok ean  t ubi  relefi :   5.1. Dunyo okeani tubi relefi qanday? Sxemasini
tushuntiring.   5.2.   Kartadan   foydalanib   mustaqil,   yirik   5   ta   havzani
ajrating? 5.3. Eng katta shelf zonasiga ega okean qaysi? 5.4. Okean osti
tog‘ tizimlarining eng yirigi va uzuni qaysi?
Key s   uchun   axborot   y ig‘ish:   keys   uchun   axborot   yig‘ish   quyidagi
usullarda   amalga   oshiriladi:   statistik   materiallar;   ob’ekt   faoliyati
haqidagi ma’lumotlar ; internet; ilmiy   maqolalar , monografiyalar; o‘quv
loyihalari ,   magistrlik   dissertatsiyalari;   ommaviy   axborot   vositalari;
axborot resurs markazlari va h.k.
Key solog faoliy at i mazmuni: 
 Qaror  qabul qiladi:
 Keys qanday bo‘ladi: syujetli yoki syujetsiz?
 Keysdagi   voqealar   axborotni   bayon   qilishning   vaqtdagi   izchilligi
bo‘yicha   o‘tmishdan   hozirga   keladigan   yoki   keys-xotira   yoxud
prognostik bo‘ladimi?
 Vaziyatga   oid   mashq   qanday   janrda   bayon   qilinadi:   hikoya   yoki
esse yoxud tahliliy yozishma yoki boshqacha shaklda?
Keysolog   qabul   qilingan   yechim   asosida   vaziyat   modelini   quradi.
Keysdagi   vaziyat   modeli   vaziyat   sub’ekti   faoliyatining   ideal   in’ikosidan
iborat bo‘ladi va ifodalangan muammo tashuvchisi rolini bajaradi.
57 Key sda  muammoni  berish usullari:  1-usul   – muammoni keysolog
ifodalaydi;   2-usul   –   vaziyatdagi   muammo   yaqqol   ifodalanadi,   lekin
bunda   vaziyatning   zarur   elementlaridan   biri   (masalan,   sheriklar
haqidagi)   axborot   bo‘lmaydi;   3-usul   –   matnda   vaziyat   sub’ektlari
o‘rtasidagi ziddiyat mavhum ifodalanadi .
K ey sning   pe dagogik   pasport i.   Keysning   pedagogik   pasporti,   bu
uning   tashkiliy-uslubiy   ta’minotidir.   U   quyidagi   komponentlarni   o‘z
ichiga   oladi:   pedagogik   annotatsiya;   o‘quvchilarga   uslubiy
ko‘rsatmalar;   o‘qituvchi   –  keysologning  keysni   hal  etish   varianti;   ta’lim
texnologiyasi.
Pedagogik   annot at siy a   quyidagi   elementlarni   o‘z   ichiga   oladi:   1.
Keys   mo‘ljallangan   predmet,   bo‘lim,   mavzu,   ta’lim   darajasi,   sinf
ko‘rsatiladi.   2.   Keysdan   ko‘zlangan   maqsad   (ta’limiy   maqsad,
rejalashtiriladigan o‘quv natijalari). 
3.   O‘quvchilar   keysni   muvaffaqiyatli   hal   etish   uchun   egallashi   lozim
bo‘lgan   dastlabki   bilim   va   malakalar.   4.   Keys   real   institutsional   tizim
faoliyatini   aks   ettirishi   yoki   unda   keysolog   sun’iy   modellashtirgan
vaziyat   bayon   qilinishi   haqidagi   ma’lumot.   5.   Axborot   olish   manbalari
ro‘yxati.   6.   Keysning   o‘ziga   xos   belgilariga   ko‘ra   tavsifnomasi   (syujet,
keys ob’ekti mavjudligi, materialni taqdim etish usuli, hajmi, tuzilmaviy
o‘ziga   xos   xususiyatlari,   o‘quv   topshirig‘ini   taqdim   etish   usuli,
chizmalashtirish   usuli).   7.   Keysdan   ko‘zlangan   maqsad   va,   tegishlicha,
tashkiliy-uslubiy   ta’minoti   o‘zgarganida   u   qo‘llanilishi   mumkin   bo‘lgan
o‘quv predmetlari ro‘yxati. 8.  O‘quv mashg‘ulotidagi ta’lim texnologiyasi
58 quyidagilarni   o‘z   ichiga   oladi:   ta’lim   texnologiyasi   modeli;   o‘quv
mashg‘ulotining texnologik kartasi. 
Key sni  rasmiy lasht irish  y o‘llari:  1.Qo‘lyozma yoki pechat qilingan
variantda;   2.Elektron   variantda;   3.Video   variantda;   4.Audio;
5.Multimedia.
Key s y echimi orqali quy idagi nat ijalarga erishish mumk in:
 Mavzuni qayta tahlil qilish imkonini beradi.
 Kamchiliklar birma-bir ko‘rsatib beriladi.
 Kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar beriladi.
 Aniqlangan   kamchiliklarni   bartaraf   etish,   kelgusida   benuqson
faoliyat   yuritish,   ta’lim   tizimini   optimallashtirish,   muammo
yechimi qarorlarini to‘g‘ri qabul qilish imkoniyatlari ochib beriladi.
 Auditorlik xulosasi shakllantiriladi.
2.6.“ Suv  omborlarining o’rni v a xalq xo’jaligidagi axamiy at i”
mav zusini muammoli t exnologiy alar asosida o’qit ish.
Biz   Ko’lshunoslik   fanidan   “Suv   omborlarining   o’rni   va   xalq
xo’jaligidagi   axamiyati”   mavzusini   tanlab   olamiz.   Mavzu   tanlab
olingandan   so’ng   o’qituvchi   ushbu   texnologiya   bir   necha   bosqichda
o’tkazilishi haqida ma’lumot beradi, vazifani bajarishga vaqt belgilaydi,
qo’yigan   vazifa   yakka   holatda   bajarilishi   kerakligini   takidlab   o’tadi.
O’qituvchi   talabalarga   vazifani   berishdan   avvalo   shu   mavzu   asosida
tayorlangan video ro’lik, ko’rgazmali vositalardan foydalangan holatda
mavzuni   tushuntirib   muomoni   ko’rsatib   berishi   muxum.   Talabalar
59 o’qituvchini   diqat   bilan   tinglab   muomo   nimada   ekanligini   bilib   oladi,
shundan   so’ngina   talabalar   o’zlari   mavzuga   muammo   qo’yib   uni   taxlil
qilishni boshlashadi, masalan (3.2-jadval):
3.2-jadval
Muammoning turi Muammoning   kelib
chiqish sabablari Muammoni   yechish
yo’lari   va   sizning
xarakatlaringiz
“Suv   omborlarining
o’rni   va   xalq
xo’jaligidagi
ahamiyati” Suv   omborlarining
bugungi   kundagi
xolati Bugungi   kunda   suv
omborlari
respublikamiz
hududida   ko’plab
barpo   etilayotgani
etiborning   yaxshi
ekanligidan   dalolat
beradi.
Suv   omborini   barpo
etishda   muomolarga
etibor qaratish zarur Suv   omborlarini   barpo
etishda   eng   avvola
o’sha   joining   geografik
o’rni,   axoli
punkutlarining   qanday
masofada
joylashganligi     yer   osti
suvlarining   yaqin   yoki
uzoqligini xisobga olish
zarur hisoblanadi.
Suv   omborlarining
loyqa   oqiziqlar   bilan
tez   tolib   qolmasligi
uchun   nimalar   qilish
kerak. O’sha   xududning
geologic tuzilishini ,suv
quyadigan   daryo   soy,
kanalning   loyqalik
miqdorini   xisobga
olgan   holatda   barpo
etilsa     suv   ombori
60 loyqa   oqiziqlari   bilan
to’lish kamayadi.
Suv   omborlarining
xolq   xo’jaligidagi
axamiyati qanday. Suv omborlarining xalq
xo’jaligidagi   axamiyati
juda   ham   katta
xisoblanib   ,   undan
qishloq   xo’jalik
ekinlarini   sug’orishda,
baliqchilik   xo’jaligini
ruvojlantirishda,   elektir
energiya   olishda,
keraksiz
vaqtlardabexuda   oqib
yotgan   suvlarni
to’plashda   muxum
axamiyatga ega.  
   
O’quvchilar   muomoni   chuquroq   o’rganib   uning   yechimini
guruxlarga   bo’lingan   xolatda   o’qituvch   tamonidan   belgilangan   vaqt
orolig’da   o’rganadilar.   o’quvchilar   muomoni   o’rganib   bo’lgach
o’quvchilar jamoaviyfikir olmashadilar o’qituvchi tamonidan o’quvchilar
bajargan   topshiriqni   qay   darajada   bajarganliklarini   eshitib   yakuniy
xulosaga   keladi   va   shu   mavzuga   oid   bo’lan   moumo   yuzasidan
o’qituvchi ham o’quvchilarga ma’lumot beradilar. 
Bu   texnalogiyaning   ta’lim   tizimidagi   afzaligi   shundaki   xar   bir
o’quvchining o’zining mustaqil fikr yuritishini, yoki biron bir muammoli
vaziyatga   duch   kelib  qolgan   holatida   qanday  qilib  muammoni  hal  qila
olish ko’nikmasini shakilantirishda muhim axamiyatga ega.
61 XULOSA
  “Ta’lim   to’g’risida”   gi   Qonun   va   «Kadrlar   tayyorlash   Milliy   Dasturi»ga
asosan   jahon   standartlariga   javob   beradigan   ta`lim   standartini   yaratish   va
raqobatbardosh   kadrlar   tayyorlashdir.   Buning   uchun   eng   yangi   pedagogik
texnologiyalardan ta’limda keng foydalanish zarur. 
Bu   borada   zamonaviy   ta’lim   usullarining   naqadar   ahamiyati   katta   ekanligini
ko`rishimiz mumkin. Zamonaviy ta’lim usullari va yangi dasturlangan ishlanmalar,
eng   yangi   informatsion   texnologiyalar   bilan   jihozlangan   kompyuter   texnikasi
asosida (internetdan, diskdan, qog`oz usuli) o’qitish nihoyatda muhim.
Maktab   geografiya   darslarida,   jumladan   Gidrosfera   mavzusini   o‘qitishda
multimediya tizimlari bilan bog‘liq o‘qitishda ta’limning yangi texnologiyalari va
usullarini   qo‘llash   dars   samaradorligini   yanada   oshirishi   tajribalardan   ma’lum
bo‘ldi.
XXI asr innovasiyalar ya’ni fan-texnika sohasidagi ilg’or kashfiyotlarni ishlab
chiqarish,   boshqarish,   jamiyat   rivojlanishining   ijtimoiy   jabhalariga   joriy   etilish
asridir.   Zero,   insoniyat   taraqqiyotini   innovasiyalarsiz   tasavvur   qilib   bo’lmaydi.
Mamlakatimiz   kelajagi,   iqtisodiy-ijtimoiy   ishlab   chiqish,   qishloq   xo’jaligi   va
jamiyat   hayotining   boshqa   sohalari   bilan   birga   ta’lim-tarbiya   sohasidagi
o’zgarishlar,   uni   yangi   zamon   talablari   darajasiga   ko’tarishga   yo’naltirilgan
ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi. 
          Ta’lim   soxasida   multimedia   vositalari   yordamida   o‘quvchilarga   bilim   berish
quyidagi afzalliklarga ega:
         1. Ta’lim jarayonida berilayetgan materiallarni   chukurrok   va mukammalrok
uzlashtirish imkoniyatining mavjudligi.
          2.   Ta’lim   olishning   yangi   soxalari   bilan   yakindan   aloka   kilish   ishtiyekini
yanada oshishi.
          3.   Dars   jarayenida   bilim   olish   vaktining   kiskarishi   natijasida   vaktni   tejash
imkoniyatiga erishuvi.
62           4.   Olingan   bilimlar   kishi   xotirasida   uzok   muddat   saklanib,   kerak   bulganda
amaliyotda kullash imkoniyatiga erishuvi.
     Lekin, mazkur vositani ta’lim  jarayeniga  kullashning  ayrim muammolari ham
mavjud bulib, u kuyidagilardan iborat:
          1.   Ta’lim   uchun   zarur   bulgan   o'quv   materiallarini   hamda   boshka   zaruriy
kursatmalarni  kullanma shaklida kompyuter dasturlari kurinishida ishlab chikish.
      2. Ishlab  chikilgan  kompyuter  dasturlari  uchun multimedia elementlarini
kullash  va h.k.
63 FOY DA LA N ILGA N  ADA BIY OTLA R RO’Y X A TI
1. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   иқтисодий   ислоҳотларни
чуқурлаштириш йўлида. Т., “Ўзбекистон”, 1995.
2. Каримов   И.А.   Ўзбекистон   миллий   истиқлол,   иқтисод,   сиёсат,
мафкура, 1-жилд. Т., “Ўзбекистон”, 1996.
3. Каримов   И.А.   Ватан   саждагоҳ   каби   муқаддасдир,   3-жилд,
Тошкент, 1996.
4. Каримов   И.А.   Баркамол   авлод   Ўзбекистон   тараққиётининг
пойдевори. Т., “Шарқ”, 1997.
5. Каримов И.А. Маънавий юксалиш йўлида. Т., “Шарқ”, 1998.
6. Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни
миллат   қилишга   хизмат   этсин.   “Тафаккур”   журнали   бош
мухаррири саволларига жавоблар. 1998 йил, 2-сон.
7. «Баркамол   авлод   -   Ўзбекистон   тараққиётининг   пойдевори».   -
Т .:  1997.   6 4   б.
8. Абдуазизова   Н.А.   Туркистон   матбуоти   тарихи   (1890-1917),   Т.,
“Академия”, 2000.
9. Абдурашидхонов М. Адибус-соний. Т., 1907.
10. Абдурашидхонов М. Ер юзи. Т., 1914.
11. Абдурашидхонов   М.   Танланган   асарлар.   Т.,   “Маънавият”,
2003.
12. Авлиякулов   Н.Х.   Педагогическая   технология.   Учебное
пособие.   -    Т.: « Алоқачи »,  200 9 . 14 8 с .
64 13. Авлиякулов   Н.Х.   Практические   основи   модулной   системи
обучения   и   педагогической   технологии.   Учебное   пособие   –
Бухара, 2001. - 99 с.
14. Авлиякулов   Н.Х.,   Намозова   Н.Ж.   Муаммоли   ўқитиш
технологиялари.  -Т. :  Фан ва технологиялар. 200 8.   80  б.
15. Авлиякулов   Н.Х. ,   Романсев   Г.М.,   Ткаченко   Е.В.   и   др.
«Теория   и   практика   профессонално   –   педагогического
образования».   Международная   коллективная   монография.
Том 1. –Екатеренбург: Изд.ГОУВПО «РГППУ». 2007. 304   с.
16. Азизова Ш., Азизова С. Маърифатпарварлик – ижтимоий
маданий ҳодиса. Т., 2008.
17. Азизходжаева   Н.Н.   Педагогические   технологии   и
педагогическое мастерство. - Т.: Молия, 2002.
18. Аҳророва З. Жадид педагогика асослари. Т., 2006.
19. Баратов П., Маматқулов М., Рафиқов А. Ўрта Осиё табиий
географияси. Тошкент, 1997.
20. Баратов П., Ўзбекистон табиий географияси Т., 1997.
21. Беспалко   В.П.   Слагаемые   педагогической   технологии.   –
М.: Наука, 1989. -192 с.
22. Бородина   Н.В.,   Самойлова   Е.С.   Модулная   технология   в
профессионалном   образовании.   Учебное   пособие.   -
Екатеринбург.: УГППУ, 1998. -27 с.
23. Буданов   В.П.   Табиий   география   ўқитиш   методикаси.   - Т. :
Ўқувпеддавнашр, 1950.
65 24. Давлетшин   М.Г.   Модулная   технология   обучения.   –   Т.:
ТГПУ, 2000.
25. Даринский   А.В.   География   ўқитиш   методикаси.   Ўрта   ва
Олий мактаб. 1964.
26. Йўлдошев   Ж.Ғ.,   Усмонов   С.А.   «Педагогик   технология
асослари». – Т.: «Ўқитувчи», 2004.  
27. Ишмуҳаммедов   Р.   Иннвацион   технологиялар   ёрдамида
таълим самарадорлигини ошириш йўллари. – Тошкент, 2005.
28. Ишмуҳаммедов   Р.,   Абдуқодиров   А.,   Пардаев   А.
Иннвацион   технологиялар   (таълим   муассасалари   педагог
ўқитувчилари учун амалий тавсиялар). –Тошкент, 2008. -181 б.
29. Кларин   М.В.   Педагогическая   технология   в   учебном
процессе. – М.: Знание, 1989 - 80 с.
30. Курбонов   Ш.,   Сейтхалилов   Э.   Управление   качеством
образования.  - Т. :  Шарқ ,  2006.
31. Маҳмудхўжа     Беҳбудий.     Танланган   асарлар.   -Т.:
”Маънавият”, 1997, 222 бет
32. Махмутов   М.,   Ибрагимов   Г.И.,   Ушаков   М.А.
Педагогические технологии,  развитие мышления  учашихся. –
Казан: 1993 – 88 с.
33. Мўминов О.А. География ўқитишнинг баъзи масалалари.
Т., 1957.
34. Мўминов   О.А.   Дунё   қитаъалари   ва   энг   муҳим   давлатлар
географиясини ўрганиш. Т., “Ўқитувчи”, 1969.
66 35. Мўминов О.А. Табиий география таълими методикаси. Т.,
“Ўқитувчи”, 1976.
36. Мўминов   О.А.   Янгича   ўқитишнинг   афзалликлари.   Т.,
1969.
37. Олимов   Қ.Т.,   О.А.Абдуқуддусов,   М.М.Ахмеджонов,   ва
бошқ. Касб таълими услубиёти.  - Т.: «Молия», 2006.   -162 б.
38. Педагогика:   педагогические  теории,  системы  технологии.
Под. ред. Смирнова. -М: Академия, 1999. - 544 с.
39. Педагогическая   технология   //Под   ред.   Кукушкина   В.С.   –
Серия   «Педагогическое   образование»   -   Ростов:   Март,   2002.   -
320 с.
40. Раҳимбеков   Р.У.,   Донцова   З.Н.   Ўрта   Осиё   табиатини
географик ўрганиш тарихи. Т., “Ўқитувчи”, 1982.
41. Рахимов   Б.Х.,   Мавлянов   А.,   Чориев   В.   ва   бошқалар.
Педагогик     технологиялар   схемаларда.   Ўқув   қўлланма.   –   Т.:
Фан ва технологиялар, 2009. -124 б.
42. Рашидов   Х.,   Хабиб   Х.   ва   бошқалар.   Касбий   педагогика.
Ўқув-услубий қўлланма. -Т.:  2007.  
43. Сайидахмедов   Н.   Янги   педагогик   технология   моҳияти   ва
замонавий лойиҳаси. – Т.: Таълим маркази, 1999. -55 с.
44. Сайидахмедов Н. Янги педагогик технологиялар (назария
ва амалиёт).  - Т.: Молия ,  2003.
45. Содиқов С. Янги ўзбек адабиёти.-Т.: “Университет”, 2002 .   - 14 бет.
46. Сулайманов   Ў.,   Нормуродова   И.,   Эргашева   А.   Таълимда   зинама-зина
технологиясини   қўллашга   доир   фикр-мулоҳазалар   //Олий   ва   ўрта
махсус   таълим   тизимида   фанларни   ўқитишда   илғор   педагогик
67 технологиялардан   фойдаланиш.   Илмий-амалий   конференция
материаллари. 2-қисм. –Самарқанд, 2016. -б. 28-29.
47. Толипов   Ў.,   Усмонбоева   М.   «Педагогик   технологиянинг
татбиқий асослари». Ўқув қўлланма. –Т.: Фан, 2006.
48. Усмонов   С.А.,   Ҳусанова   С.Ҳ.   Табиий   географиядан
лаборатория   машғулотларини   янги   технология   асосида
ўқитиш.   “Ҳозирги   замон   географияси   назарияси   ва
амалиёти” // халқаро конференция материаллари. Т., 2006.
49. Фарберман   Б.Л.   Прогрессивные   педагогические
технологии. – Т.: Фан, 2002. - 130 с.
50. Қосимов   Б.   Миллий   уйғониш:   жасорат,   маърифат,
фидойилик. – Т., “Маънавият”, 2002.
51. Қурбонниёзов   Р.   География   таълими   методикаси .   - Т.,
1992.
52. Қўчқоров   В.   Маънавият   ва   миллий   ўзликни   англаш.   - Т.,
“Академия”, 2008.
53. Ҳамидов   А.     Янги   педагогик   технологиялар.   Ўқув
қўлланма. - Т.: 2004.
54. Ҳасанов   И.А.,   Ғуломов   П.Н.   Ўрта   Осиё   табиий
географияси. Т., “Университет”, 2002.
55. Ҳасанов   Ҳ.Ҳ.   Мактабда   география   ўқитишнинг   яхшилаш
йўллари. Т., 1954.
56. Ҳасанов Ҳ.Ҳ. Сайёҳ олимлар. Т., “Шарқ”, 1981.
57. Холбоев С. Миллий университетнинг  тарихий илдизлари
ва ташкил топиши. Т., “шарқ”, 2003.
68 58. Холбоев   С.   Туркистоннинг   буюк   уйғониши.   “Ўзбекистон
адабёти ва санъати” газетаси, 1999, 20 август.
59. Хушназаров   И.Ш.,   Сулаймонов   У .С.   ў рта   махсус   таълим   тизимида
география   фанини   ўқитишда   “Самарқанд   ўлкашунослик   атласи”дан
фойдаланиш   масалалари.   //География   ва   геоэкология.   Илмий
мақолалар   тўплами.   -
Самарқанд, 2016. –б.186-189.
60. Шодиев   Н.   Янги   педаггик   технологиялар.-   Самарқанд,
2001. -88 б.
61. Ярашев   Қ.С.,   Аббосова   М.,   Сулайманов   Ў.   Таълимда
замонавий   педагогик   техналогиялардан   фойдаланиш   айрим
масалалари.   //Геодезия,   картография   ва   кадастр   соҳаларини
ривожлантиришнинг   долзарб   муаммолари.   Республика
илмий-амалий   конференция   материаллари.   –Самарқанд,
2014. -б. 183-184.
62. http://ziyonet.uz   
63. http://uz.edu.uz   
64. http://uznatur.uz   
65. http://www.avesta.tj   
66. http://www.astronet.ru   
67. http://ast.uz   
68. www.cawater-info.net   
69. www.tfec-ifas.tj           
70. www.google.ru     
69

MUNDARIJA KIRISH …………………………………………………………………………. 1-BOB. MAKTABDA GEOGRAFIYA TA’LIMI VA UNI O‘QITISH USUL VA TEXNOLOGIYALARI …………………………………………… 1.1. Geografiyada ta’limning maqsadi va mazmuni.................................... 1.2. Geografiya ta’limi metodlari va texnologiyalari tasnifi...................... 1.3. Geografiya darslarini turlari va ularni tuzilishlari................................ 2-BOB. MULTIMEDIYA VA U ASOSIDA GIDROSFERA MAVZUSINI O‘QITISH ……………………………………………………………………… 2.1. Mediatexnologiyalar asosida o‘qitishning metodik ta’minoti............. 2.2. Ta’limda multimedia vositalari, ularning afzalliklari.......................... 2.4. Suv resurslari mavzusini o’qitishda modulli texnologiyalardan foydalanish.................................................................................................. 2.5. Gidrosfera mavzusini KEYS texnologiyalari asosida o‘qitish … …… 2.6.“Suv omborlarining o’rni va xalq xo’jaligidagi axamiyati” mavzusini muammoli texnologiyalar asosida o’qitish………………………………. XULOSA … …………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………………………… 1

KIRISH Har qanday jamiyat taraqqiyotining har tomonlama yetuk o‘qituvchilarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ta’limning turli bosqichlariga yetuk pedagogik kadrlarni yetkazish avvalo ta’limi sohasidagi tadqiqotlarni izchil olib borish, ta’lim metodikasi faniga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Mamlakatda «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 29 avgust) va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida tub islohotlar olib borish, ta’limni yanada rivojlantirish va uning uzluksizligiga alohida e’tibor qaratilgan. Gidrologiya fanlari tizimining shakllanishi va rivojlanishi o‘ziga xos tarixga ega bo‘lib, uni alohida o‘rganish, ilmiy va amaliy ahamiyatini, fanlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Shu bilan bir qatorda respublikamiz oliy ta’lim tizimida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga egaligi hammamizga ma’lum. O‘zbekistonda ta’lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta’lim ustivorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro‘y beradigan «portlash effekti» natijalari ro‘yi-rost ko‘rsatib berildi, ya’ni: -ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o‘zgaradi; - insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi; - jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi; 2

- jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi; - fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o‘rin olishga, o‘zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi «Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo‘llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to‘liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta’minlash davr taqazosidir. O‘rganilganlik darajasi. O‘zbekistonda geografik fan ta’limi metodikasi sohasida H.H.Hasanov, P.N.G‘ulomov, O.Mo‘minov, P.Musayev, R.Qurbonniyozov, M.Nabixonov va boshqalar tadqiqot olib borishgan. Shuningdek P.Baratov, A.A.Rafiqov, A.Qayumov, H.Vahobov, A.Zaynutdinov, T.Mirzaliyev, A.Soatov, O‘.Q.Abdunazarov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan bo‘lsa, gidrologiya sohasida A.Rasulov, F.Hikmatov, D.Aytbayev, G‘.Yunusov, R.Ziyayev va boshqalarning oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohalari darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy qo‘llanmalar yaratish masalalariga qaratilgan. Ushbu ishda ular yaratgan metodalogiyalar va g‘oyalar asos qilib olinadi. Ishning maqsad v a v azifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi maktab geografiya darslarida Gidrologik mavzularni o‘qitish va o‘qitish usullarini samaradorligini ko‘rsatib berishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi v azifalar belgilab olindi: 3

 Geografiyada ta’limning maqsadi va mazmuni.  Geografiya ta’limi metodlari va texnologiyalari tasnifi.  Geografiya darslarini turlari va ularni tuzilishlari.  fanlarni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish;  qo’llashga tavsiya etiladigan innovatsion texnologiyalar va usullar saralash; Tadqiqot ishining ob’ek t i sifatida maktab o’quv predmetlari olingan. Tadqiqotning predmet i esa geografik fanlarda gidrologik mavularni o’qitishni takomillashtirish olingan va o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 4

1-BOB. MA KTA BDA GEOGRA FIY A TA ’LIMI VA UN I O‘QITISH USUL VA TEX N OLOGIY A LA RI 1.1. Geografi y ada t a’limning maqsadi v a mazmuni. O‘qitish maqsadlarini aniqlash didaktika va geografiya o‘qitish metodikasining eng muhim muammosidir. O‘qitish maqsadi geografiya nima uchun o‘qitiladi? degan savol bilan chambarchas bog‘liq. O‘qitish maqsadi maktab geografiyasining mazmunining tuzilishini o‘qitish metodlari va yo‘nalishini belgilashda katta ahamiyatga ega. Dastlab barcha fanlar uchun o‘qitish maqsadlarini aniqlashda didaktik tadqiqotlar amalga oshiriladi. Ta’lim haqidagi va kadrlar tayyorlash to‘g‘risidagi qonunlar o‘qitish maqsadini aniq belgilashga katta e’tibor berilgan. O‘qitish maqsadini aniqlashda jamiyatning xususiyatlari qiziqishi albatta e’tiborga olinadi, ya’ni o‘quvchilar jamiyat uchun kurashadigan va qayg‘uradigan bo‘lishi kerak. Maktab o‘z o‘quvchilarini mehnatni sevadigan vatanparvar zamonaviy fan texnika texnologiyaga oid ko‘nikma va malakalarga ega qilib tarbiyalashi zarur. Tabiiy boyliklarimizni chet mamlakatlar bilan qiyoslashda iqtisodiy – ijtimoiy siyosiy ilmiy geografik munosabatlarimizni aniqlashda ahamiyati katta. Ta’limiy maqsadlar: -o‘quvchilarga tabiiy, iqtisodiy, kortografiya va boshqa geografiya fanlarining asoslarini o‘rgatish. Tabiatni qo‘riqlash va undan oqilona foydalanishning tabiiy ilmiy va texnika iqtisodiy tomonlarining 5