So‘z ijodkorligi va leksik birliklarni o‘qitish
So‘z ijodkorligi va leksik birliklarni o‘qitish M U N D A R I J A ISHNING UMUMIY TAVSIFI .............................................................................3 I BOB. O‘ZBEK TILIDA SO‘Z YASALISHI 1.1 E. Shukur hayot va ijodiga chizgilar………………………………………….8 1.2 She’riy matnlarda neologizm va okkazionalizmlarning o‘zaro munosabati...13 Birinchi bob yuzasidan xulosa…………………………………………………...30 II BOB. ESHQOBIL SHUKUR SHE’RIYATDA SO‘Z IJODKORLIGI 2.1 Eshqobil Shukurning so‘zdan foydalanish mahorati.........................................32 2.2 Eshqobil Shukur she’rlarida so‘z ijodkorligi……………………………....43 Ikkinchi bob yuzasidan xulosa……………………………………………………47 III BOB. TAJRIBA – SINOV ISHLARINING NATIJALARI 3.1. Eshqobil Shukur she’rlarining leksik tahlili.....................................................48 3.2 Leksika o‘qitish metodikasi ……………………………………………..……56 Uchinchi bob yuzasidan xulosa............................................................................66 Xulosalar .............................................................................................................67 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .....................................................................69
ISHNING UMUMIY TAVSIFI Mavzuning dolzarbligi. Til doimiy ravishda yangi lug‘aviy birliklar hisobiga boyib boradi. Hech bir so‘z kommunikativ ehtiyojsiz tug‘ilmaydi. Ammo yangi paydo bo‘lgan so‘zlar tildagi mavqeiga ko‘ra farqlanadi. Har qanday yangi paydo bo‘lgan lisoniy birliklar til tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi yoki ega bo‘lmasligi mumkin. Lug‘at tarkibida o‘z o‘rniga ega bo‘lmasdan yakka (individual) nutqqa xos va o‘sha nutq (matn) doirasidagina qolib ketadigan, tasodifiy, ya’ni favqulodda yaratilgan va ko‘pincha lisoniy aloqa jarayonida atigi bir martagina qo‘llanadigan so‘zlar borki, ular hamisha yangiligi, g‘ayritabiiy tuyulishi, betakrorligi, adabiy normadan tashqarida bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bunday so‘zlarni xalq va til ijodkorlari yaratadi. Xalq yaratgan so‘zlar tilshunoslikda og‘zaki nutq okkazionalizmi, ma’lum ijodkorlar tomonidan yaratilgan so‘zlar esa individual - yakka nutqqa xos, ya’ni badiiy okkazionalizmlar deb yuritiladi. Shoir yoki yozuvchilarimizning o‘z ijodida muayyan so‘zni yang bir ma’noda qo‘llashi ham bu tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishiga olib keladi. O‘zbek tilshunosligida nutq uslublari dorasida ijodkorlarning badiiy mahorati, poetic individualligi keng o‘rganilmoqda. Eshqobil Shukurning ham tildan foydalanish, so‘z qo‘llash mahorati o‘ziga xos. Shoir ijodida ham yangidan- yangi badiiy ifodalarni ko‘rish mumkin. Bundan tashqari uning tadqiqotchi sifatida so‘zlar etimologiyasi bilan jiddiy shug‘illanayotgani ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shoir ijodida yangi so‘zlar qo‘llash malakasi boshqalarnikidan farq qiladi. Yangi so‘zlar so‘zlovchi yoki ijodkorlar tomonidan o‘z fikr va maqsadini o‘ziga xos tarzda va aniq ifodalash, o‘zlari tasvirlayotgan biror shaxs, narsa, obyekt, voqea-hodisalarni barcha qirralari bilan namoyon etish hamda ularga nisbatan bo‘lgan o‘z munosabati, ya’ni his-tuyg‘ularini yorqin ifodalash maqsadida yaratiladi va qo‘llanadi. Yangi so‘zlar tasvir obyektini tavsiflashda tildagi imkoniyatlar nutq egasini qanoatlantira olmaganda yaratiladi. Okkazionalizmlar bir marta qo‘llanishi va o‘ta ta’sirchanligi, obraz yaratishda nihoyatda qulayligi bilan til birliklaridan farqlanib turadi. Okkazional so‘zlarning o‘ziga xos vazifalari, 2
xususiyatlari mavjudki, ular o‘zbek tilshunosligida hali yetarli ravishda tadqiq qilingan emas. To‘g‘ri, okkazional so‘zlar haqida o‘zbek tilshunosligida anchagina fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, S.Toshaliyevaning o‘zbek tilida okkazional so‘zlarning yasalishiga oid izlanishlari diqqatga molikdir. Lekin lug‘aviy okkazionalizm maxsus tadqiqot obyekti qilib olinmagan va har tomonlama: fonetik, lug‘aviy, morfologikjihatdan, shuningdek, og‘zaki yoki yozma nutq ko‘rinishlaridagi holati bo‘yicha o‘rganilmagan. Ayniqsa, Eshqobil Shukur sh’erlarida lug‘aviy okkazionalizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari, okkazional so‘zning tug‘ilish sabablari, unga bo‘lgan ehtiyoj, okkazionalizmlarning unga yondosh bo‘lgan hodisalar − neologizm, sinonimiya, normal va nonormal leksik birliklardan farqi, okkazional so‘zlarning tilda ado etuvchi uslubiy, badiiy-estetik vazifalari, bu tip so‘zlarning til lug‘at sistemasiga munosabati kabi muammolar o‘z tadqiqini kutmoqda. Shu ma’noda mazkur dissertatsiya mavzusi dolzarb hisoblanadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi . Til lug‘aviy tarkibining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o‘rganish o‘z tarixiga ega. Bu masalaga bag‘ishlangan ishlarda okkazional so‘zlarga e’tibor berib kelinadi. Badiiy asarlarning lisoniy xususiyatlari jahon va o‘zbek tilshunosligida keng o‘rganilgan til sathlari lingvostilistik 1 , lingvopoetik 2 nuqtai nazardan atroflicha tadqiqi qilingan. Xanpiraning V.V.Mayakovskiy ijodiga xos okkazionalizmlarni 1 Шоабдураҳмонов Ш. « Равшан » достонининг тили ва стили : филол.фан.докт. ...дисс. –Т., 1949. Мамадов Х. Лексико-стилистические особенности художественной прозы Алишера Навои: автореф. дисс.… канд.филол.наук. –Т.,1969. Шомақсудов А. Муқимий сатираларининг тили. – Т., 1970. Қўчқортоев И. Абдулла Қаҳҳорнинг фразеологик новаторлиги: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 1975. Юлдашев Б. Язык и стиль произведений Саида Ахмада: автореф. дисс.…канд.филол.наук. –Т.,1979. Абдиев Э. Язык и стиль драм Камила Яшина: автореф. дисс.…канд.филол.наук. –Т.,1982. Чориев Т. Садриддин Айний публицистик асарларининг тили ва услуби(лексика ва фразеология):филол.фан.номз. ...дисс. автореф. – Самарқанд, 2001. Боймирзаева С.У. Ойбек прозасининг лингвостилистик тадқиқи: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Самарқанд, 2004. Чориева З. Абдулла Қодирийнинг “Ўткан кунлар” романидаги мактубларнинг луғавий-маъновий ва услубий хусусиятлари: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2006. Нормуродов Р. Шукур Холмирзаев асарларининг тил хусусиятлари: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2000 ва б. Қўчқорова М. Абдулла Қаҳҳор адабий-танқидий публицистикасининг мавзувий таснифи // Ўзбек тили ва адабиёти, 2009, - № 2. 52-55. 2 Мирзаев И.К. Проблем лингвопоэтической и нтерперетации стихотворного текста : автореф. дисс.… докт .филол.наук. –Т.,199 1 . Маҳмудов Н. Абдулла Қаҳҳор ҳикояларининг лингвопоэтикасига доир // Ўзбек тили ва адабиёти. 1987. - № 4. Муҳаммаджонова Г. 80-йиллар охири ва 90- йиллар бошлари ўзбек шеъриятининг лингвопоэтик тадқиқи: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2004. Хамидов З.Лексико - семантическое и лингвопоэтическое исследование языка « Лисан ат - тайр”. –Т., 1982. Йўлдошев М.М. Чўлпоннинг бадиий тил маҳорати: филол.фан.номз. ...дисс. автореф. –Т., 2000. 3
o‘rganishga bag‘ishlangan dissertatsiyasi birinchi monografik ish edi. O‘zbek tilshunosligida bu mavzuga shoir yoki yozuvchining so‘z qo‘llash mahoratiga bag‘ishlangan ishlarda, shuningdek adabiy til me’yorlari bo‘yicha yaratilgan asarlarda, so‘z yasalishi haqidagi maqola va tadqiqotlarda ayrrim fikkrlar ilgari surilgan. Q.Samadov, X.Abdurahmonov, N.Mahmudov, B.Choriyev, B.Yoriyev M.Mirtojiyev, L.Abdullayeva kabilar o‘z tadqiqotlarida ma’lum bir ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati masalasida okkazionalizmlarning o‘rni va rolini qayd etib o‘tgan bo‘lsalar-da, lekin yangi so‘z ijodkorligi ularning leksik va badiiy-estetik xususiyatlari tahlil qilingan monografik ish o‘zbek tilshunosligida hali o‘rganilmagan. B.Umurqulov okkazional so‘zlarni ijodkorning o‘ziga xos uslubini belgilovchi omillardan biri sifatida talqin etadi. Okkazional so‘zlar va ularning adabiy normaga munosabati A.Mamatov tomonidan chuqur o‘rganildi. Olim asosiy e’tiborni lingvistik me’yor muammosini hal etishga qaratar ekan, “nonormal”, “noqonuniy” bo‘lgan okkazional so‘zlar va iboralarga xos belgilarni misollar asosida tahlil qilib beradi Tadqiqotchi S.Mo‘minov neologizm va okkazionalizmlarning xususiyatlarini qiyoslab, o‘ziga xos bo‘lgan farqli tomonlar haqida o‘z qarashlarini bayon qiladi. O‘zbek tilida okkazional so‘zlarni izchil ilmiy asoslarda o‘rganish XX asrning 90- yillari oxiriga to‘g‘ri keladi. S.Toshalieva “O‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu ushbu muammoga oid birinchi monografik ish edi. Tadqiqotchi okkazional so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ham to‘xtaladi. U okkazional so‘zlarni to‘rt tipga ajratadi: leksik okkazionalizmlar, semantik okkazionalizmlar, okkazional yasalmalar va okkazional ibora. Tadqiqot, asosan, okkazional so‘zlarning yasalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda okkazional so‘z yasalishi usullari atroflichayoritilgan. Tadqiqotimizning boshqa ishlardan farqli tomoni shundaki, unda asosan, Eshqobil Shukr she’riyati, uning hayot yo‘li, so‘z qo‘llash mahorati, so‘z ijodkorligi shuningdek she’rlarining leksikasi asosida o‘qitish metodikasi haqida ham ayrim tavsiyalar ishlab chiqiladi. 4
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Ishning tadqiq obyektini Eshqobil Shukur she’riyatida uchraydigan yangi so‘zlar tashkil qiladi. Tadqiqot usullari. Ishning metodologik asosini til va tafakkur birligi, obyektiv borliq va lisoniy belgi munosabati, til evolyutsion rivoji kabi lisoniy- falsafiy qoidalar tashkil qiladi. Shuningdek, mavzuning ba’zi muammoli tomonlarini tahlil qilishda ushbu muammo bo‘yicha tilshunoslikda mavjud nazariy qarashlarga tayanib ish tutildi. Ishda tasvirlash, tavsiflash, sistem tahlil, qiyoslash, tasniflash kabi metod va usullardan foydalanildi Tadqiqotning ilmiy yangiligi: - Eshqobil Shukr she’riyatida yangi so‘z ijodkorligi bo‘yicha material to‘plandi va lisoniy tadqiq qilindi; - yangi so‘zning mohiyati, uning lug‘aviy va grammatik belgilari tahlil qilindi; - yangi so‘zning asosiy xususiyatlari: nutqqa bog‘liqlik, ijodiylik, norma bilan munosabat, betakrorlik, ta’sirchanlik, majburiy bo‘lmagan nominatsiya va boshqalar tahlil qilindi; - yangi so‘zlar sinonimiyasi, okkazional so‘zlarning til lug‘at tizimiga kirish yoki kirmasligi ochib berildi; - Eshqobil Shukur she’riyati misolida leksika o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqotda yangi so‘zlarning badiiy-estetik vazifasi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. Ish natijasida umumlashtirilgan ilmiy-nazariy xulosalar so‘z muammosini til va nutq aspektida o‘rganishda, ayni paytda, so‘zning badiiy-estetik xususiyatlarini ochishda muayyan qimmatga ega. Ishdagi ilmiy tahlil turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili leksikologiyasi, leksikografiyasi, uslubshunosligi, nutq madaniyati bo‘yicha yaratiladigan qo‘llanmalar qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qila oladi. Shuningdek, badiiy matnni lingvistik tahlil qilishda ham foydalanish mumkin. 5