logo

Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

171.5 KB
Mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari o rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarningʻ
rivojlanishi
                                      Mundarija
Kirish………………………………………………………………….…………3
I.Bob SSSR parchalangandan so'ng Markaziy Osiyoda
vujudga kelgan iqtisodiy va siyosiy vaziyat………………5
II.Asosiy qism 
1)   Mustaqillikdan   so'ng   Markaziy   Osiyo   davlatlatlari   o'rtasida   savdo   va   iqtisodiy
aloqalarning ornatilishi....................6
2)   Markaziy   Osiyo   hamkorligi   tashkilotining   tashkil   topishi,   uning   maqsad   va
vazifalari...............20
3) Bugun Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyalashuv jarayonida................22
III.Xulosa…………………26
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………..28
 
                                                                 Kirish
XX asrda 70 yildan ortiq muddat mobaynida dunyo xaritasining juda katta qismida
hukmronlik   qilgan,   "xalqlar   turmasi"   deb   nom   olgan,   ko plab   millatlarningʻ
taraqqiyotiga   zomin   bo lgan,   ma muriy   buyruqbozlik   tizimiga   asoslangan   SSSR	
ʻ ʼ
davlati   1991-yil   25-dekabr   kuni   geosiyosiy   reallik   va   xalqaro   huquq   subyekti
sifatida   barham   topdi.   Sobiq   respublikalar,   xususan,   Markaziy   Osiyo   davlatlarida
iqtisodiy   va   siyosiy   sohalarda   juda   og ir   vaziyat   vujudga   keldi.Chunki   bu	
ʻ
respublikalar mustaqillikka erishganidan so ng demokratik huquqiy davlat  qurish,
ʻ
bozor  iqtisodiyotini  barpo  etish  yo lidan  bordi.  Uzoq  yillar   mobaynida  sotsializm	
ʻ
og ushida   yashagan,   iqtisodiy   jihatdan   markazga   qaram   bo lgan   bu   respublikalar	
ʻ ʻ
aholisining katta qismi ijtimoiy ongida   demokratik tamoyillar, bozor iqtisodiyoti,
xususiy   mulk,   tadbirkorlik   kabi   tushunchalar   hali   begona   edi.   SSSR
parchalanganidan  keyin  tashkil   topgan  mustaqil  davlatlarda  bir   qator  muammolar
vujudga   keldi.   Shulardan   birinchisi   siyosiy   rivojlanish   bilan   bog‘liq   muammolar
edi.   Sobiq   SSSR   hududida   tashkil   topgan   mustaqil   davlatlarda   siyosiy   jihatdan
demokratik   tizimning   qaror   topishi   juda   og‘ir   kechdi,   aksariyat   davlatlarda
avtoritar   rejimlar   o‘rnatildi.   Buning   bir   qancha   sabablari   mavjud.   Eng   asosiysi,
demokratik   tamoyillarning   e’lon   qilinishiga   qaramasdan,   rahbarlik   usullarida,
ijtimoiy   ongda   sovet   davridan   beri   yashab   kelayotgan   totalitar   tafakkur   ustunlik
qildi.   Natijada,   sobiq   sovet   respublikalarida   nisbatan   demokratik   yo‘l   bilan
hokimiyatga kelgan                                       rahbarlar shu yo‘lni davom ettirmadi,
turli xil usullar va bahonalar bilan o‘z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlash va uni
saqlab qolish yo‘lidan
bordi.   Muxolifat   shafqatsiz   bartaraf   qilindi   va   oqibatda   avtoritar   rejimlar
shakllandi.Sobiq   sovet   respublikalarining   iqtisodiy   rivojlanishi   biroz   boshqacha
kechdi. Ularning bir qismida sovet rejali iqtisodiyotining belgilari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, asosiy qismi bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.SSSR ning tarqalib ketishi
sobiq   respublikalar   o‘rtasidagi   an’anaviy   iqtisodiy   aloqalarning   buzilishiga   olib
keldi. Mustaqillikka erishgan sobiq sovet respublikalari qaytadan Rossiya ta’siriga
tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qildilar.Bundan tashqari, Sobiq
ittifoq   davrida   temir   yo‘llar   va   avtomobil   yo‘llari   qurilishi   boshqa   respublikalar,
jumladan,   Turkmaniston,   Tojikiston,   Qozog‘iston   hududlaridan   o‘tkazilib,
iqtisodiy   jihatdan   ular   Markazga   qaram   qilib   qo‘yildi.   Bunday   siyosatning
halokatli ekani SSSR parchalanib, mintaqada mustaqil davlatlar tashkil topgandan
so‘ng   ayniqsa   sezilmoqda. 3 Markaziy   Osiyo   respublikalari   SSSRning   Yevropa
qismidagi va Kavkazorti respublikalaridan etnik, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy-
siyosiy   jihatdan   katta   farq   qilardi.   Ulardagi   turmush   darajasining   boshqa
ittifoqdoshlariga   nisbatan   pastligi   va   aholi   o‘sishining   yuqoriligi   konformizm
(befarqlik,   loqaydlik)ning   hukmron   bo‘lishiga   xalaqit   berolmas   edi.   Ulardagi
sanoat   qoloqroq   va   tarqoqroq   edi.   Yakka   hokimlik   (monokultura)ga   asoslangan
qishloq   xo‘jaligi   ittifoq   markazi   uchun   xomashyo   tayyorlab   berishga
moslashtirilgan   edi.   Islom   dini   va   urug‘-aymoqchilik   ta’siri   kuchliligicha   qoldi.
Ko‘p asrlik madaniyat va milliy o‘zlikni anglashga avval Chor Rossiyasi, so‘ngra
Sovet   mustabid   tuzumi   amalga   oshirgan   ommaviy   qatag‘onlar,   yozuvning
o‘zgartirilishi   va   etnik   chegaralarning   yopilishi   yordamida   misli   ko‘rilmagan
darajada   zarar   yetkazildi.O‘xshash   taqdirlar   va   sovetcha   «tenglashtirishga»
qaramasdan,   80-yillarda   bu   respublikalardagi   ahvol   turlicha   edi   va   ularning
taraqqiyot   yo‘li   ham   bir-biridan   keskin   farq   qilardi.   Tojikistonda   «real
sotsializm»ni   saqlab   qolishga   urinishdan   tortib,   Qirg‘izistonda   liberal-demokratik
islohotlarning   o‘tkazilishigacha,   O‘zbekistonda   bozor   iqtisodiyotiga   bosqichma-
bosqich   o‘tish   usulidan   tortib,   Qozog‘istonda   «boshqariladigan   demokratiya»
orqali   iqtisodiyotni   erkinlashtirishgacha   va   Turkmanistonda   milliy-totalitar
tuzumning   barpo   etilishigacha   bo‘lgan   yo‘llarni   ko‘rish   mumkin.   Vaqtincha iqtisodiyot   samaradorligining   yetarli   emasligi,   aholi   turmush   darajasining
rivojlangan   davlatlarga   nisbatan   pastligi   va   yangi   davlatchilikni   shakllantirish
qiyinchiliklaridan   foydalanib   qolmoqchi   bo‘lgan,   mustaqil   taraqqiyotni
ko‘rolmagan 4 tajovuzkor,   hokimiyatparast   kuchlar   Tojikiston,   O‘zbekiston   va
Qirg‘izistonda   agressiv   islom   fundamentalizmi   va   ekstremizmi   hamda   xalqaro
terrorizmning konstitutsiyaviy tuzumga qarshi faollashuviga sabab bo‘ldi. 4
O zbekiston Respublikasiʻ
1990-yil   20-iyunda   "O zbekiston   SSR     davlat     suvereniteti     to g risida""gi	
ʻ ʻ ʻ
deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 24-martda O zbekistonda prezidentlik lavozimi	
ʻ
joriy etildi.   XII  chaqiriq O zbekiston SSR Oliy kengashining  navbatdan tashqari	
ʻ
VI   sessiyasi   1991-yil   31-avgustda   o z   ishini   boshladi.Unda   “O‘zbekiston	
ʻ
Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   to‘g‘risida”gi   masala   kun   tartibiga   qo‘yilib,
qizg‘in   muhokama   qilindi.   Sessiyada   O‘zbekistonning   Birinchi   Prezidenti   Islom
Karimov   nutq   so‘zlab,   sobiq   Ittifoqda   so‘nggi   paytlarda   yuz   bergan   ijtimoiy-
siyosiy   voqealar   oqibatlarini   tahlil   qilib,   ular   O‘zbekiston   taqdiriga   bevosita
daxldor   ekanligini   asoslab   berdi.Vaziyatdan   kelib   chiqqan   holda,   O‘zbekiston
Respublikasining   davlat   mustaqilligini   e’lon   qildi   va   uni   “Mustaqillik   asoslari
to‘g‘risida”gi   Konstitutsiyaviy   qonun   bilan   mustahkamlashni   taklif   qildi.   Oliy
Kengash   deputatlari   moddama-modda   muhokamadan   so‘ng,   “O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildilar.
So‘ngra   “O‘zbekiston   Respublikasining   Davlat   mustaqilligi   to‘g‘risidagi   Oliy
Kengash   Bayonoti”   qabul   qilindi.   “O‘zbekiston   Respublikasining   davlat
mustaqilligi   asoslari   to‘g‘risida”gi   qonun   g‘oyat   katta   ahamiyatga   ega   bo‘lib,   bu
qonun   asosida   O‘zbekistonning   huquqiy   holati   o zgardi.   Vatanimiz   tarixi	
ʻ
sahifalariga   oltin   harflar   bilan   yoziladigan   o‘sha   kunlarga   nazar   tashlaydigan
bo‘lsak,   ayni   o‘sha   paytda   yosh,   mustaqil   O‘zbekiston   hukumati
mamlakatimizning   siyosiy-ijtimoiy,   ma’naviy   taraqqiyoti   uchun   hal   qiluvchi ahamiyatga   ega   bo‘lgan   ko‘plab   muhim   hujjatlar   qabul   qilganining   guvohi
bo‘lamiz.   Misol   uchun,   5-sentabrda   imzolangan   Toshkent   shahridagi   Lenin
nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni
imzolangan 
“O‘zbekiston   Respublikasi   Mudofaa   ishlari   vazirligini   tuzish   to‘g‘risida”gi
Prezident   farmonlari   va   boshqa   muhim   siyosiy   hujjatlar   shular
jumlasidandir.O‘zbekiston   mustaqillikka   erishgan   vaqtda   ijtimoiy-iqtisodiy   ahvol
o‘ta   murakkab   edi.   80-yillarning   oxirida   SSSR   da   to g ri   bo lmagan,   samarasizʻ ʻ ʻ
ijtimoiy-iqtisodiy   siyosat   barcha   ittifoqdosh   respublikalar   qatorida   O zbekiston	
ʻ
aholisining   ham   yashash   sharoitlarini   og irlashtirib,   uni   ko plab   muammolar	
ʻ ʻ
iskanjasiga solib qo ydi.Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990-	
ʻ
yillarning   boshlarida   O‘zbekistonda   ijtimoiy   keskinlikning   kuchayishiga   sabab
bo‘ldi.   Xususan,   respublikada   demografik   vaziyat   murakkablashdi. 5 Biroq,
aholining   bunday   o‘sishi   uzoq   yillar   davomida   sanoat   va   iqtisodiyotning   boshqa
tarmoqlarida   ish   joylarini   ko‘paytirish   hamda   5 aholining   hayot   ta’minoti   uchun
zarur   shart-sharoitlarni   yaratish   bilan   mustahkamlab   borilmadi.   Bu   esa   odamlar
turmush   sharoitining   og‘irlashuvi,   ishsizlar   sonining   ko‘payishi,   ijtimoiy   mehnat
unumdorligi   va   aholi   daromadlarining   kamayishi,   pirovard   natijada   xalq
farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning
ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. 5
Ma lumki,   davlat   mulkini   xususiylashtirish   zaruriyati   bozor   iqtisodiyoti	
ʼ
munosabatlariga   asoslangan   jamiyatni   barpo   etishning   asosiy   shartidir.
O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat
mol-mulki   yangi   mulkdorga   faqat   sotish   yo‘li   bilangina   mulkchilikning   boshqa
shakliga   aylantirila   boshlandi.   O‘zbekiston   Oliy   Kengashi   1991-yil   18-noyabrda
“Mulkni   davlat   tasarrufidan   chiqarish   va   xususiylashtirish   to‘g‘risida”gi   qonun
qabul   qildi.   Dastlabki   bosqich   xususiylashtirish   jarayoni   umumiy   uy-joy   fondini, savdo,   mahalliy   sanoat,   xizmat   ko‘rsatish   korxonalarini   hamda   qishloq   xo‘jalik
mahsulotlarini   tayyorlash   tizimini   qamrab   oldi.   O‘zbekiston   Respublikasida
xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-
yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis
qilindi.   1994-yilda   u   Davlat   mulkini   boshqarish   va   tadbirkorlikni   qo‘llab-
quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq
tugallandi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan
ortiq   me’yoriy   hujjat   qabul   qilindi.   1995-yili   xalq   xo‘jaligida   ommaviy
xususiylashtirishlar   davri   bo‘ldi.   1998-yilga   kelib   xususiylashtirilgan   korxonalar
tarmog‘i   keskin   ko‘payganligi   bilan   xarakterlanadi.   Davlat   mulkini
xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi amaliy
ishlar  natijasida   mamlakatda  ko‘p ukladli   iqtisodiyot  va  mulkdorlar   sinfi  vujudga
keldi. Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot
asosini  tashkil  etgan   rejalashtiruvchi  siyosatdan  voz kechdi  va bozor  iqtisodiyoti
yo‘lini tanladi. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, dunyodagi barcha mamlakatlar uchun
maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har
bir   davlat   o‘zining   tarixiy   taraqqiyot   an’analari,   milliy   o‘ziga   xos   xususiyatlarini
hisobga   olgan   holda,   o‘z   yo‘li,   o‘z   modelini   ishlab   chiqishi   lozim.   O‘zbekiston
ham   ana   shu   umumiy   dastur   va   umumiy   qonuniyat   mezonlari   asosida   bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini  6 tanlab oldi.
Qozog iston Respublikasiʻ
Markaziy   Osiyoning   hudud   jihatidan   eng   yirik   respublikasi   —   Qozog‘istonda
uchta   urug‘   ittifoqi   —   juzlarga   bo‘linishni   yo‘qotmagan   qozoqlar   aholining   40
foizini tashkil etadi. Asosan  respublika shimolida yashovchi ruslar ham aholining
40   foizini,   ukrainlar,   nemislar,   o‘zbeklar,   qirg‘izlar,   tatarlar,uyg‘urlar   qolgan   20
foizini   tashkil   etadi.   Oliy   Sovet   1990-yil   bahorida   Nursulton   Nazarboyevni
Prezident   etib   sayladi,   oktabrda   esa,qarshiliklarga   qaramay,   u   Qozog‘iston suverenitetini   e’lon   qildi.   Hukumat   70   foizi   ittifoq   markazi   ixtiyorida   bo‘lgan
barcha   zaxiralarni   respublika   mulkiga   aylantira   boshladi.   Moskvadagi   avgust
to‘ntarishini   (xuntasini)   respublika   rahbariyati   jimlik   bilan   kutib   oldi,   so‘ngra
hukumat   amalda   tarqalib  ketgan   kompartiya  mulkini   milliylashtirdi.Qozoq   va  rus
xalqlarini   hamjihatlikka   va   Rossiya   bilan   yaqin   aloqalarni   saqlab   qolishga
chaqirgan Nazarboyev 1991-yil oxiridagi umumxalq yana Prezident etib saylandi.
Ammo Oliy Sovet Qozog‘iston mustaqilligi to‘g‘risida hammadan keyin — 1991-
yil 16-dekabrda deklaratsiya qabul qildi. Davlatchilik shakllanishi uchun bir necha
yil   kerak   bo‘ldi.   1993-yil   boshlarida   Oliy   Sovet   qabul   qilgan   Qozog‘iston
Respublikasi   Konstitutsiyasida   prezidentga   keng   vakolatlar   berilishi   va
konstitutsion   sud   tashkil   qilinishi   belgilangan   edi.   Ammounda   aholining   milliy
tavofutlari, islohotlar kelajagi hisobga olinmadi va sovet (kengashlar) tizimi saqlab
qolindi.   1993-yilning   oxiridayoq   Nazarboyev   boshchiligidagi   rahbariyat   bu
konstitutsion   tizimning 7 yangi   muammolarini   hal   etish   uchun   yetarli   emasligini
fahmlab   yetdi.Sovetlarning   o‘z-o‘zidan   tarqalib   ketishiga   1993-yil   kuzida
Rossiyada  ro‘y bergan  voqealar  turtki  bo‘ldi. Qozog‘istonda  sovetlarning tarqalib
ketishiga   hech   kim   qarshi   chiqmadi   —   «tinchgina   davlat   to‘ntarishi»   ro‘y
berdi.1994-yil   mart   oyidagi   yangi   qonun   chiqaruvchi   organ   saylovlari   urug‘-
aymoqlar   va   guruhlar   tomonidan   qonunlarning   qo‘pol   buzilishi   bilan
o‘tdiki,konstitutsion   sud   tergov   o‘tkazgandan   so‘ng   bu   saylovlarni   haqiqiy   emas
deb hisobladi. Prezident saylangan deputatlarni tarqatishga majbur bo‘ldi va qonun
chiqaruvchi   hokimiyat   vaqtincha   uning   qo‘liga   o‘tdi.   Konstitutsiya   va
parlamentning   yangilanishigacha   siyosiy   barqarorlikni   saqlab   qolish   uchun
Qozog‘iston   xalqlari   Assambleyasi   qarorlariga   ko‘ra   o‘tkazilgan   referendum
prezident   vakolatini   2000-yilgacha   uzaytirdi.Konstitutsiyaga   ko‘ra,   umumxalq
saylovlarida   saylanadigan   keng   vakolatlarga   ega   bo‘lgan   prezident   ijro   etuvchi
hokimiyatni   boshqaradi,   qonun   chiqaruvchi   hokimiyat   esa   senat   va   majlisdan iborat   ikki   palatali   parlamentga   tegishlidir.1995-yilning   oxirida   hukumat
tomonidan  senatga   ko‘rsatilgan   nomzodlarning  bilvosita   va   muqobilsiz   saylovlari
hamda   orasida   muxolifat   vakillari   bo‘lmagan   majlisga   ko‘rsatilgan   ko‘p   sonli
nomzodlar   o‘rtasida   keskin   kurash   bilan   umumxalq   saylovlari   bo‘lib
o‘tdi.Prezident va uning tarafdorlari, ommaviy axborot vositalari va har ikki yilda
bir   marta   saylanadigan   parlament   deputatlarining   bir   qismi   urug‘-aymoqlar   va
guruhlarning   ig‘volariga   qarshilik   qilib,korrupsiyaga   qarshi   kurashib   va   radikal-
milliy   qozoqlar   va   ruslar   hamda   islomiy   tanqidchilarning   yo‘lini   to‘sib   qo‘ygan
holda saylovlarni to‘la boshqarib bordi. Ko‘p millatli jamiyatni birlashtirish uchun
prezident   qoshida   maslahat-mashvarat   organi   —Qozog‘iston   xalqlari
Assambleyasi   tuzildi.Prezident   tashabbusi   bilan   1997-yilda,   qozoq-rus   birligini
mustahkamlash   va   eng   kuchli   juz   ta’sirini   susaytirish   maqsadida,   poytaxt
mamlakatning   janubi-sharqiy   burchagida   joylashgan   Olmaotadan   ko‘pchilik
aholisi   ruslardan   iborat   bo‘lgan   va   eng   muhim   industrial-agrar   mintaqada
joylashgan   Ostona   shahriga   ko‘chirildi.   2000-yilda   qabul   qilingan   qonun
prezidentga   muddati   tugagandan   so‘ng   ham   sobiq   prezident   sifatida   hukumat
siyosatiga   aralashishga   to‘la   imkon   berdi.   Tabiiy   resurslarni   qayta   ishlovchi
sohalar   ularni   qazib   oluvchi   sohalarga   nisbatan   orqada   qoldi,   chunki   sanoatdagi
deyarli   barcha   jihozlar   eskirgan   edi.   G‘alla   yetishtirish   va   chorvachilikda
mashinalar   va   zamonaviy   texnologiyalar   yetishmas   edi.   Eng   asosiysi   —   ittifoq
buyurtmalari va investitsiyalarining to‘xtab qolishi tarqoq sohalar sharoitida sanoat
va   qishloq   xo‘jalik   ishlab   chiqarishining   keskin   pasayishiga   olib   keldi, 8 natijada
1991-yildan   to   1996-yilgacha   bo‘lgan   davrda   Qozog‘iston   yalpi   ichki   mahsuloti
(YAIM)   31   foizga   qisqardi.   Sanoat   mahsulotlari   va,   hatto,   oziq-ovqat   yetishmas
edi. Mehnatkashlarning asosiy qismi ishsiz qoldi. Inflatsiya tez o‘sa boshladi. Qish
paytida   uylar   isitilmas,   korxonalar   to‘xtab   qolardi.   Yem   yo‘qligidan   qoramol
qirilib   ketdi.   Shunda   iqtisodiy   islohotlar   Milliy   kengashi   tuzildi.   Hissadorlik jamiyatlariga   aylantirilayotgan   korxonalar   aksiyalarining   50   foizi   avvaliga   davlat
ixtiyorida qoldi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi oshgandan keyin
bu aksiyalar sotilardi. Yerni mulk sifatida emas, balki uzoq muddatli ijaraga berish
ma’qulroq,   deb   topildi.   Jinoyatchilikka,   ayniqsa,   korrupsiyaga   qarshi   kurash
kuchaytirildi.   Monopoliyaga   qarshi   qonunlar   qabul   qilindi.1994-yildan
Qozog‘iston   valutasi   —   tenge   muomalaga   kirdi.   Ammo   narxnavo   o‘sishi   davom
etdi va tengeni mustahkamlash uchun XVF dan yordam olindi.
  Xorijiy   kompaniyalarga   mamlakat   tabiiy   resurslarini   ishlab   chiqarish   uchun
litsenziyalar   berildi,   ular   ishtirokida   neft   va   gaz   qazib   olish   va   Kaspiy   orqali
Yevropaga hamda Xitoyga quvurlar yotqizish uchun qudratli korporatsiyalar barpo
etila   boshlandi.1996—1998-yillarda   xususiylashtirish   davom   etishi   natijasida
xususiy   sektor   ancha   o‘sdi.   Davlat   ixtiyorida   ilgarigi   mulkning   atigi   16,1   foizi
qoldi, ularning ham 45 foizi xorijiy kompaniyalar qo‘liga o‘tdi.Bir necha milliard
dollar   investitsiya   jalb   etildi,   inflatsiya   pasaydi   va   1996—1997-yillardan   boshlab
ishlab   chiqarish   o‘sa   boshladi.   Shu   bilan   birga   iqtisodiyotda   xususiy   sektor
afzalligi mustahkamlandi, u asr oxiriga kelib Qozog‘iston yalpi mahsulotining 75
foizini   ishlab   chiqara   boshladi.   Rossiyadagi   1998-yil   inqiroziga   bog‘liq
qiyinchiliklarga   qaramasdan,   neft   va   boshqa   qimmatbaho   xomashyoni   sotishdan
kelgan daromadlar hissadorlikning oshishi, ishlab chiqarish va yalpi ichki mahsulot
o‘sishiga yordam berdi.
Qirg iziston Respublikasi.ʻ
Markaziy   Osiyo   respublikalari   ichida   eng   kichigi   —   tog‘li   Qirg‘iziston   ittifoq
markaziga   bo‘ysundirilgan   sanoatga   ega   bo‘lib,   markaz   dotatsiyasi   respublika
budjetining 60 foizini qoplar edi. Aholining 53 foizdan kamrog‘i qirg‘izlar, ruslar
—   21   foiz,   o‘zbeklar   —   13   foizni   tashkil   etar,   boshqa   turkiyzabon   xalqlar,
ukrainlar,   nemislar   istiqomat   qilardi.   Mamlakatda   ko‘pchilikni   tashkil   etgan
shimoliy va janubiy qirg‘izlar o‘rtasida raqiblik,shuningdek, janubda qirg‘izlar va o‘zbeklar   o‘rtasida   ham   raqobat   bor   edi.Sanoatda   rus   mutaxassislari   asosiy   rol
o‘ynardi.   Rossiyaning   markaziy   shaharlarida   o‘qish   davomida
liberalizmgamoyillik   orttirgan   qirg‘iz   mutaxassislarining   ta’siri   va   saylovchilar
Assotsiatsiyasi   harakatlari   tufayli   SSSR   Xalq   deputatlari   syezdiga   yuborilgan
delegatlar   ichida   sovet   tuzumini   saqlab   qolish   tarafdorlari   qo‘shni
respublikalardagiga nisbatan ko‘p emas edi. 1990-yilda esa
Assotsiatsiyasi   harakatlari   tufayli   SSSR   Xalq   deputatlari   syezdiga   yuborilgan
delegatlar   ichida   sovet   tuzumini   saqlab   qolish   tarafdorlari   qo‘shni
respublikalardagiga nisbatan ko‘p emas edi. 1990-yilda esa Qirg‘iziston janubidagi
o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni bartaraf eta olmagani va milliy-
liberal va milliy-demokratik ruhdagi o‘nlab partiya va guruhlarning paydo bo‘lishi
sababli   kommunistik   partiya   o‘z   mavqeyini   yo‘qotdi.   Yuz   minglab
kishilarni 10 birlashtirgan «Qirg‘iziston» demokratik harakati mamlakat suvereniteti
va bozor islohotlariga da’vat etdi. Uning ta’sirida Oliy Kengash 1990-yil dekabrida
suverenitet   deklaratsiyasini   qabul   qildi   va   SSSRni   konfederatsiyaga   aylantirishga
ovoz berdi. Moskvada g‘alaba qozongan Demokratik Rossiya bilan yakdil bo‘lgan
milliy-liberal va demokratlar talabiga ko‘ra, Oliy Kengash Qirg‘izistonning siyosiy
suverenitetini   e’lon   qilishga   va,   hatto,   kompartiyani   taqiqlashga   majbur   bo‘ldi.
1991-yil   oktabrdagi   umumxalq   saylovlarida   liberal-demokrat,   akademik   A.
Akayev mamlakat prezidenti etib saylandi. U «o‘tmish bilan bahslashmasdan olg‘a
yurish»ga   da’vat   etdi.1991-yil   31-avgustda   Qirg‘iziston   o‘z   mustaqilligini   e’lon
qildi.   Shundan   so‘ng   demokratik   jarayonlar   yanada   chuqurlashib   bordi.   Asqar
Akayevmamlakatda   demokratik   islohot   larni   o‘tkazish,   xalqaro   tashkilotlar   ko‘z
o‘ngida   Qirg‘iz   Respublikasini   demokratik   mamlakatga   aylantirish   borasida   ko‘p
ishlarni   amalga   oshirdi.   Ammo   A.   Akayev   hokimiyatda   turgan   15   yil   ichida
xalqning   ahvoli   yetarli   darajada   yaxshilan   madi.   Jamiyatda   norozilik   va   ijtimoiy
tanglik   ortib   bordi.   A.   Akayevni   hokimiyatdan   ag‘darib   tashlagan   2005-yilgi «Lolalar inqilobi» juda tez va katta yo‘qotishlarsiz amalga oshirildi. Hokimiyatga
kelgan   Kurmanbek   Bakiyev   kuch   ishlatar   tizim   larga   tayanib,   jamiyatda   shaxsiy
hukmronligini   mustahkamlashga,   muxolifatni   butunlay   tugatishga   harakat   qildi.
Ammo   bu   harakat   uzoqqa   bormadi.   2010-yili   «Aprel   inqilobi»   deb   atalgan
ommaviy   hara   kat   natijasida   K.   Bakiyev   hokimiyati   ag‘darib   tashlandi.   U   oila
a’zolari bilan mamlakatdan qochib ketdi. Mustaqillik yillarida Qirg‘iz Respublikasi
og‘ir   iqtisodiy   inqirozni   boshdan   kechirdi.   1996-yili   iqtisodiy   barqarorlashuv
jarayoni   boshlandi.   Bu   davrda   bozor   iqtisodiga   o‘tish   uchun   islohotlar   o‘tkazilib,
ular   2000-yillardan   iqtisodiy   o‘sishga   olib   keldi.   Asosiy   sanoat   korxonalari
xususiylashtirildi,   yerga   xususiy   mulkchilik   joriy   qilindi.   Oltin   va   simob   11 qazib
olish keskin oshirildi.
Turkmaniston Respublikasi
1991-yil   26-oktabrda   referendum   o‘tkazilib,   unda   qatnashganlarning   aksariyati
Turkmaniston   musta   qilligi   uchun   ovoz   berdi.   1991-yil   dekabrda   mamlakat
MDHga   a’zo   bo‘ldi.   1999-yildan   Xalq   Majlisi   qaroriga   ko‘ra   Saparmurod   Ni
yozov   davlat   boshlig‘i   lavozimini   umrbod   egalladi.   S.Niyozov   hu   ku   mati
muxolifatchi partiyalar faoliyatini taqiq ladi. U «Turk man boshi» unvonini oldi. S.
Niyozovning «Ruhnoma» nomli kitobi ommaviy axborot vo sitalarida keng targ‘ib
qilinib, o‘quv yurtlarida o‘qi tildi. S. Niyozov 2006-yili vafot etdi. Turkma niston
prezi denti etib Gurbanguli Berdimuhamedov saylandi. Markaziy Osiyo davlatlari
Gurbanguli   Berdimuhamedov   Mustaqillik   yillari   avvalida   Turkmaniston
iqtisodiyoti   chuqur   inqirozda   edi.   1998-yili   YIM   hajmi   1991-yilga   nisbatan   ikki
marta   kamayib   ketdi.   Mamlakatda   oziq-ovqat   tanqisligi   yuz   berdi,   aholining
yashash   darajasi   keskin   tushib   ketdi.   Bir   qator   kundalik   iste’mol   mol   larini
fuqarolar o‘rtasida bepul tarqatish va xizmatlarni bepul ko‘rsatish to‘g‘ri sida qaror
qabul   qilinishi   ahvolni   biroz   yaxshiladi.   Gaz   qazib   chiqarish   ning   o‘sishi   11 ham
mamlakat   iqtisodiga   katta   madad   bo‘ldi. 11 2000-yillarning   boshlaridan Turkmaniston   inqirozdan   chiqib   oldi.Tabiiy   boyliklar,   birinchi   o‘rinda   tabiiy
gazning juda katta zaxiralari ko‘plab mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarni
o‘ziga jalb qilmoqda. Ammo so‘nggi yillarda ja hondauglevodorodlarga talabning
pasayishi   bilan   Turkmaniston   iqtisodiyotining   o‘sish   sur’atlari   susaydi.   2015-yili
mamla katda boshlangan moliyaviy inqiroz 2016-yili yanada avjiga chiqdi.
Tojikiston Respublikasi
1991-yil   9-sentabr   kuni   Tojikiston   o‘z   mustaqilligini   e’lon   qildi.1994-yil   6-
noyabrda   Tojikiston   konstitutsiyasi   qabul   qilindi   va   shu   kuni   o‘tkazilgan
prezidentlik saylovlarida Imomali Rahmonov Tojikiston Prezidenti etib saylandi.I.
Rahmonov   nafaqat   davlat   sektorini,   balki   xususiy   ishlab   chiqarish   sektorini   ham
qo‘llab-quvvatlash, agrar islohotlar o‘tkazish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va
boshqalarni   ko‘zda   tutgan   iqtisodiyotni   tiklash   dasturini   taqdim   etdi.   Buni
amaliyotda   qo‘llab-quvvatlash   maqsadida   Xalq-demokratik   partiyasi   tuzilgan   edi.
I.   Rahmonov   hukumati   mamlakat   oltin   zaxirasining   bir   qismini   garovga   qo‘yib,
Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi eng yirik GESlar, eng zamonaviy qudratli
aluminiy   zavodi   va   bir   qator   iqtisodiy   obyektlarning   bir   qismiga   egalik   qilish
huquqini   e’tirof   etdi.Dushanbedagi   Rossiyaning   201-diviziyasi   hokimiyat
barqarorligini   ta’minlab   turdi.   Rossiya   chegarachilari   mamlakatning   janubiy
chegaralarini   qo‘riqlashmoqda   edi.   Rossiyalik   mutaxassislar   Tojikiston   qurolli
kuchlari va chegarachilarini o‘qitishdi. Korrupsiya, o‘ziga erk bergan harbiylarning
bedodligi,   eng   asosiysi   —   xorijdagi   harbiy   bazalarga   tayanib,   to‘xtamasdan
qarshilik   ko‘rsatayotgan   muxolifat   siyosiy   barqarorlikka   ham,   iqtisodiy
barqarorlikka ham erishishga yo‘l qo‘ymadi. Bu hol I. Rahmonovni BMT, YEXHT
va   Rossiya   Federatsiyasi   ishtirokida   1994-yilda   muzokaralarni   boshlash   va
Birlashgan   muxolifat   rahbari   S.   A.   Nuri   bilan   urushni   to‘xtatish   haqidagi   bitimni
imzolashga   majbur   etdi.   Iqtisodiyotni   tiklash   dasturini   amalga   oshirishga
imkoniyat paydo bo‘ldi. Bitim bir necha marta buzildi. Ammo muxolifatga Afg‘onistondan yetkazilib turgan yordam susaydi, u yerdagi ittifoqchilarga toliblar
zarba   berdi.   Fuqarolar   urushi   1997-yilgacha   davom   etdi.   Unda   300   ming   kishi
halok   bo‘ldi   va   100   ming   kishi   nom-nishonsiz   yo‘qoldi.   Millionga   yaqin   aholi
qo‘shni   mamlakatlarga   ko‘chib   o‘tdi.   Ko‘pgina   qishloqlar,   aholi   istiqomat
qiladigan   joylar   va   korxonalar   xarobaga   aylandi.   Moddiy   zarar   7   mlrd   dollarni
tashkil   etdi.   1997-yilda   Tojikistonda   ishlab   chiqarish   hajmi   urushdan   oldingi
ko‘rsatkichning   28   foizini   tashkil   etdi.   Nihoyat,   1997-yilda   muxolifat   va   uning
qurolli   kuchlarining   qonuniyligi   tan   olinib,   uning   vakillari   koalitsion   hukumat
tarkibiga kiritilgandan so‘ng siyosiy barqarorlikka erishildi.Siyosiy barqarorlik sari
qo‘yilgan bu muhim qadam Tojikistonga xalqaro tashkilotlardan 100 mln dollardan
ortiq   kredit   olishga   va   boy   mamlakatlardan   investitsiyalarni   jalb   qilishga   imkon
berdi.   Bu   tufayli   iqtisodiyotning   tiklanishi   va   yangilanishi,   ish   bilan
ta’minlanishning   (bandlikning)   kuchayishi   va   aholi   ahvolining   qisman
yaxshilanishi   boshlandi.   1998-yildan   boshlab   hukumat   Xalqaro   Valuta   Fondi   va
Jahon   banki   homiyligida   qashshoqlikka   qarshi   kurash   dasturini   amalga   oshirib
kelmoqda.Mamlakat eng yaxshi jihozlarni olib kelish va investitsiyalarni jalb qilish
maqsadida   paxta,   aluminiy   va   boshqa   qimmatbaho   materiallarni   eksport
qiladi. 13 Hozirgi   vaqtda   Tojikiston   agrar-industrial   davlat   bo‘lib,   dunyodagi   eng
kambag‘al   mamlakatlardan   biridir.   XVF   hisobiga   ko‘ra   63   foiz   aholi   kambag‘al
yashaydi.   Uzoq   davom   etgan   urush   iqtisodning   tushkunligiga   olib   keldi.   YAIM
1995-yilda 1991-yilga nisbatan 41 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida aholining
31,   sanoatda   29,   xizmat   ko‘rsatishda   40   foizi   banddir.   1   mln   dan   ortiq   tojiklar
Rossiyada   ishlaydilar.   Ular   2005-yilda   rasmiy   ravishda   247   mln   dollar   pulni
Tojikistonga   o‘tkazdilar.   Ba’zi   mamlakatlarga   ko‘ra   yuborilayotgan   pul   1
dollargacha yetadi. Lekin bu pullar investitsiya qilinmay, kundalik talablarga   ishlatiladi.   2005-yilda   aluminiy   eksporti   550   mln   dollarni   tashkil   etdi.
Eksport   importga   nisbatan   250   mln   dollar   kam.   2007-yilda   YAIM   3,353   mlrd
dollarni tashkil etdi va aholi jon boshiga 522 dollardan to‘g‘ri keldi. 14
Qozog iston — Qirg iziston munosabatlariʻ ʻ  
  Qozog iston va Qirg iziston o rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar juda kuchli
ʻ ʻ ʻ
va   qirg iz   va   qozoq   tili,   madaniyati   va   dini   jihatidan   juda   yaqin.   Qirg iziston-
ʻ ʻ
Qozog iston   munosabatlari   har   doim   juda   yuqori   darajada   bo lgan   va   ikki
ʻ ʻ
mamlakatning   iqtisodiy   va   boshqa   rasmiy   aloqalari   har   ikki   xalqning   umumiy
xohishidan kelib chiqqan holda har ikki xalq tomonidan yuqori baholanadi. 2007-
yil   26-aprelda   Qozog iston   va   Qirg iziston   prezidentlari   ikki   davlat   o rtasida	
ʻ ʻ ʻ
„Xalqaro Oliy Kengash“ tuzish to g risida bitim imzoladilar. Ushbu tarixiy voqea	
ʻ ʻ
Qozog iston prezidentining Qirg iziston poytaxti Bishkekka rasmiy tashrifi paytida	
ʻ ʻ
yuz   berdi.   Qozog iston   shimoliy   Qirg iziston   uchun   juda   muhimdir.   1990-	
ʻ ʻ
yillarning   o rtalarida   bir   qancha   vaqt   davomiga   Bishkekdagi   „Manas“	
ʻ
aeroportining yopilishi Qozog iston sobiq poytaxti Olmaotani Qirg izistonga kirish	
ʻ ʻ
joyiga   aylantirdi.   Qirg izistonning   shimoli-g arbidagi   Talas   shahri   deyarli   barcha	
ʻ ʻ
xizmatlarini Qozog iston chegarasidan o tib, Taraz shahri orqali oladi.	
ʻ ʻ
O zbekiston—Qozog iston munosabatlari	
ʻ ʻ
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992-yil iyunda
Turkiston   shahrida   O‘zbekiston   Prezidentining   Qozog‘istonga   rasmiy   davlat
tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston
Respublikasi   bilan   14 Qozog‘iston   Respublikasi   o‘rtasida   do‘stlik   va   hamkorlik
to‘g‘risidagi   shartnoma   asosida   mustahkamlanib   bordi.   Qozog‘iston   Prezidenti
N.Nazarboyev 1994-yilyanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
Ikki   Prezident   O‘zbekiston   bilan   Qozog‘iston   o‘rtasida   tovarlar,   xizmatlar,
sarmoyalar   va   ishchi   kuchlarning   erkin   o‘tib   turishini   nazarda   tutuvchi   hamda
o‘zaro   kelishilgan   kredit,   hisob-kitob,   budjet,   soliq,narx,   boj   va   valuta   siyosatini ta’minlash   to‘g‘risida   shartnomani   imzoladilar. 15 Qozog iston   va   O zbekistonʻ ʻ
munosabatlari  mustaqillik yillarida bir  tekis rivojlandi, deb ayta olmaymiz. 1991-
yildan   2016-yil   oxirigacha   O zbekiston   va   Qozog iston   o rtasidagi   tarang   hamda	
ʻ ʻ ʻ
ishonchsiz   munosabatlar   bir   necha   marta   o zaro   umumiy   chegaralarning	
ʻ
yopilishiga va ikki tomonlama savdo munosabatlarining chigallashuviga olib keldi.
Munosabatlarimizni   ko pincha   “mintaqadagi   yetakchilik   uchun   kurash”ga	
ʻ
yo yishdi.   Biroq   so nggi   salkam   30   yildan   beri   o zaro   munosabatlarimiz   oddiy	
ʻ ʻ ʻ
kechmagan   bo lsa-da,   har   ikkala   mamlakat   ham   u   yoki   bu   o lchovlar   bo yicha	
ʻ ʻ ʻ
yetakchi   sanaladi.   Garchi   ichki   va   tashqi   siyosatda   tafovutlar   mavjudligiga
qaramay,   tomonlar   turli   mintaqaviy   hamda   xalqaro   masalalar   bo yicha   faol   ikki	
ʻ
tomonlama   maslahatlashuvlarni   olib   borishdi.   Biz   qanchalik   yashirmaylik,   2016-
yilgacha   hamkorlik   o rnini   raqobat   egallagandi.   Hamkorlik   faqat   qog ozlarda   va	
ʻ ʻ
so zda mavjud bo lib keldi. U yoki bu sohada bitim hamda kelishuvlarga erishilgan	
ʻ ʻ
kunning  ertasiga   chegaralar   yopilar,   oddiy  odamlarning  chegaradan   o tishi   uchun	
ʻ
ulkan   turnaqator   navbatlar   sun iy   tarzda   yaratilardi.Shavkat   Mirziyoyev	
ʼ
O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   sifatida   faoliyatini   boshlaganidan   keyin	
ʻ
mintaqada   bahoriy   epkinlar   esa   boshladi.   Prezident   Shavkat   Mirziyoyev
O zbekistonda   keng   ko lamli   o zgarishlarni   amalga   oshirish   va   mamlakatni
ʻ ʻ ʻ
zamonaviy,   xalqaro   maydonda   raqobatbardosh   davlatga   aylantirishdek   tarixiy
missiyani   o z   zimmasiga   oldi.   Uning   davlat   boshqaruvi   tizimini   izchil	
ʻ
takomillashtirish, iqtisodiyot hamda moliya sektorini liberallashtirish, jamiyatning
barcha   jabhasini   modernizatsiya   qilish   yo lidagi   iroda   va   qat iyati   chinakam	
ʻ ʼ
qiziqish hamda cheksiz hurmat uyg otmoqda.	
ʻ
Tojikiston—O zbekiston munosabatlari	
ʻ
Tojikistonda   1992–1997-yillarda   davom   etgan   birodarkushlik   urushi
Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo‘shni mamlakatlar,
jumladan,   O‘zbekiston   bilan   hamkorligiga   ham   salbiy   ta’sir   ko‘rsatdi.   1997-yilda Moskvada   Tojikistonning   rasmiy   hokimiyati   bilan   muxolifat   kuchlar   o‘rtasida
tuzilgan   milliy   murosa   haqidagi   shartnomaga   erishilgach,   Tojikistonning   qo‘shni
mamlakatlar   bilan   aloqalari   yana   tiklandi.O‘zbekiston   Respublikasining   Birinchi
Prezidenti   Islom   Karimovning   taklifiga   binoan   1998-yil   yanvarda   Tojikiston
Prezidenti   Imomali   Rahmon   O‘zbekistonga   amaliy   tashrif   bilan   keldi.   Ikki
mamlakat   rahbarlari   tashrif   yakunlari   bo‘yicha   qo‘shma   axborot   imzoladilar.
16 Ammo, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshqaruvining so nggi yillaridaʻ
ikki   mamlakat   o rtasidagi   aloqalar   taranglashib   qoldi.Tojikiston   elektr   toki   olish	
ʻ
niyatida   ulkan   Rog'un   GESini   qurish   rejasini   e'lon   qilishi   bilan   suvtalab   paxta
ekadigan   O'zbekiston   bunga   keskin   qarshi   chiqdi.Ahvol   shu   darajaga   etdiki,
O'zbekiston   prezidenti   Islom   Karimov   suv   muammolari   bois   mintaqada   urush
chiqishi   mumkinligidan   ogohlantirdi.Tojikiston   O'zbekistonni   iqtisodiy   qamalda
ayblab   kelayotganiga   ham   ancha   bo'ldi.Tojik   tarafi   o'zlariga   mo'ljallangan
yuklarning   O'zbekistonda   atayin   uzoq   vaqt   ushlab   turilishidan   o'z   iqtisodi   zarar
ko'rayotganini   aytib   keldi.Biroq,   O zbekistonda   hokimiyat   almashganidan   so ng,	
ʻ ʻ
yangi   rahbar   Shavkat   Mirziyoyev   Rog un   GESi   qurilishiga   qarshilik   qilmadi   va	
ʻ
bunda O zbekistonning  manfaatlari  ham   e tiborga  olinishini  qayd  etdi. Tojikiston	
ʻ ʼ
tarafi  esa O zbekistonni  suvsiz qoldirmasligini, kerak bo lsa  elektr  energiya bilan	
ʻ ʻ
ham ta minlashini qayd etdi.	
ʼ
Turkmaniston—Qozog iston munosabatlari	
ʻ
Turkmaniston va Qozog iston o rtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil 27-avgustda
ʻ ʻ
o rnatildi.   Bu   ikkala   davlat   ham   EKO,   YXHT,   MDH   va   BMTning   a zosi   bo lib,	
ʻ ʼ ʻ
Turkiy   Kengashda   ham   faol   hamkorlik   qilmoqdalar.Ikki   mamlakat   o rtasidagi	
ʻ
siyosiy   muloqat   doimo   konstruktivdir,   ikki   tomonlama   munosabatlar   va   xalqa2ro
siyosatning   asosiy   masalalarida   qarama-qarshiliklar   mavjud   emas.   Turkmaniston
global   betaraflik   printsipiga   rioya   qilgan   holda   yakka   tartibdagi   siyosat
yuritmoqda,   Qozog iston,   aksincha,   barcha   xalqaro   tashabbuslarda   faol   ishtirok	
ʻ etib,   ochiq   siyosat   olib   borishga   harakat   qilmoqda.   Geosiyosiy   jihatdan,
Turkmanistonni Qozog iston Rossiya va Xitoy bilan har qanday to g ridan-to g riʻ ʻ ʻ ʻ ʻ
aloqadan   ajratib   turadi.   Mamlakatlar   o rtasidagi   munosabatlar   tarixi   davomida	
ʻ
keskinliklar yuzaga kelmagan, mamlakatlar o rtasidagi munosabatlar esa passivlik	
ʻ
bilan   ajralib   turadi.   Turkmaniston   va   Qozog iston   bir-biriga   mutlaqo   betaraf.	
ʻ
Yuqori   darajadagi   muzokaralar   muntazam   ravishda   olib   boriladi.   Umumiy
mushtarak   manfaatlar   uchun   tomonlar   ko tarilgan   barcha   masalalarni   konstruktiv	
ʻ
ravishda   hal   qiladilar.   Turkiy   sheriklik   nuqtai   nazaridan,   Qozog iston   va	
ʻ
Turkmaniston   geosiyosiy   munosabatlarda,   ayniqsa   harbiy-siyosiy   hamkorlik
masalalarida   sodiqdirlar.   2013-yil   10-11-may   kunlari   Turkmaniston   Prezidenti
Gurbanguli Berdimuhamedov Qozog istonga davlat tashrifi bilan bordi va u yerda	
ʻ
Qozog iston   Prezidenti   Nursulton   Nazarboev   bilan   uchrashdi   va   Shimoliy-Janub	
ʻ
transmilliy temir yo lining (Qozog iston-Turkmaniston-Eron temir yo li) turkman-	
ʻ ʻ ʻ
qozoq qismini ochilish marosimi bo ldi.	
ʻ
XX   asrning   90-yillari   boshida   Markaziy   Osiyo   mamlakatlari   o z   mustaqilligini	
ʻ
e lon   qilganida,   O zbekiston   va   Qozog iston   mintaqaviy   birlashish   g oyasidan	
ʼ ʻ ʻ ʻ
manfaatdorligini bildirgani ham bejiz emas.
1993   yil   iyul   oyida   O zbekiston   Respublikasi   bilan   Qozog iston   Respublikasi	
ʻ ʻ
o rtasida   1994—2000   yillarda   iqtisodiy   integratsiyani   chuqurlashtirish   to g risida	
ʻ ʻ ʻ
bitim  imzolandi. Integratsiya jarayonlariga sharoitlar  yaratish  maqsadlarida 1994-
yil   10-yanvarda   O zbekiston   va   Qozog iston   o rtasida   Yagona   iqtisodiy   makon	
ʻ ʻ ʻ
tashkil   etish   to g risida   Shartnoma   tuzildi.   Shartnomaga   1994-yil   16-yanvarda	
ʻ ʻ
Qirg iziston   qo shildi.   1996-yil   23-avgustda   Olmaota   shahrida   o tkazilgan	
ʻ ʻ ʻ
Davlatlararo   kengash   majlisida   Rossiya   Federatsiyasi   va   Tojikiston   Respublikasi
kuzatuvchi  (1998 yil  26 martdan a zo)  sifatida tashkilotga qabul  qilindi. 1998-yil	
ʼ
17-iyulda   Cho lponota   shahrida   (Qirg iziston)   Yagona   iqtisodiy   makonni   tashkil	
ʻ ʻ
etish   to g risidagi   shartnoma   ishtirokchilari   —   Markaziy   Osiyo   davlatlarining	
ʻ ʻ mintaqaviy birlashmasi "Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati" nomini oldi. 1999
yildan   davlatlararo   kengashda   Gruziya,   Turkiya,   Ukraina   kuzatuvchi   maqomida
ishtirok   eta   boshladi.   Mintaqa   mamlakatlarining   yagona   iqtisodiy   makonni
shakllantirish,   mintaqa   xavfsizligi   va   barkarorligi   masalalarida,   mintaqa
mamlakatlarining   o zaro   hamkorligini   yanada   chuqurlashtirish,   integratsionʻ
jarayonlarni, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiymadaniy va boshqa sohalarda o zaro	
ʻ
manfaatli   hamkorlikni   rivojlantirishning   muhimligini   hisobga   olgan   holda
O zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   I.   A.   Karimov   tomonidan   hamjamiyat	
ʻ
faoliyati doirasini kengaytirish va uni "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti deb
atash   taklif   etildi   va   bu   taklif   Qozog iston,   Qirg iziston,   Tojikiston,   O zbekiston	
ʻ ʻ ʻ
Respublikalari   davlat   boshliklarining   Toshkent   bayonotida   (2001-yil   28-dek.)   o z	
ʻ
ifodasini  topdi. Davlat boshliklarining Olmaota uchrashuvida (2002-yil  28-fevral)
"Markaziy   Osiyo   hamkorligi"   (MOH)   tashkilotini   tuzish   haqida   Shartnoma
imzolandi.MOHni   tashkil   etishning   asosiy   maqsadlari:   qatnashuvchi
mamlakatlarning manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan va
suv   xo jaligi   ob yektlaridan   ratsional   foydalanish;   transport   tizimining	
ʻ ʼ
umummintaqaviy   infratuzilmasini   barpo   etish   (qarang   Yevropa—Osiyo   transport
yo lagi);   ishlab   chiqarishkooperatsiyasi   va   savdo-iqtisodiy   hamkorligini   har	
ʻ
tomonlama rivojlantirish; gumanitar sohada va ekologik muammolarni hal etishda
o zaro   hamkorlik;   mintaqa   xavfsizligini   mustahkamlashda   hamkorlikni
ʻ
kuchaytirish.Integratsiyaning ijobiy jarayonlari boshlanganiga qaramasdan, so nggi	
ʻ
yillarda   ular   erishib   bo lmas   maqsadga   aylandi.   Mamlakatlar   o rtasidagi	
ʻ ʻ
kelishmovchiliklar   oqibatida   Markaziy   Osiyo   ittifoqi   Markaziy   Osiyo   iqtisodiy
hamjamiyati, so ngra  esa (2001-yilning dekabr  oyida)  Markaziy Osiyo  hamkorlik	
ʻ
tashkiloti   deya   qayta   nomlandi.   O zbekiston   tashabbusi   bilan   2004-yilning   may	
ʻ
oyida Rossiya Markaziy Osiyo hamkorlik tashkilotiga taklif etildi. Keyinchalik esa
u Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo shilib ketdi.	
ʻ Markaziy   Osiyo   insoniyatga   Turon,   Movarounnahr,   Somoniylar   va   nihoyat
Turkiston   nomi   bilan   ko‘p   asrlar   davomida   ma’lum   bo‘lgan   hozirgi   kunda   100
milliondan   ortiq   odam   mavjud   bo‘lgan   geografik   va   geosiyosiy   hudud.   Bundan
tashqari,   Markaziy   Osiyo   aholisining   yoshiga   qarab   «yosh»   mintaqalardan   biri
hisoblanadi:   yoshlar   60   foizni   tashkil   etadi,   bu   jahon   o‘rtacha   darajasidan   ancha
yuqori.   Markaziy   Osiyo   umumiy   tarix,   din,   madaniyat   va   an’analar,   kuchli
intellektual salohiyat, o‘zaro bog‘langan aloqa tizimlari, hamkorlik uchun samimiy
istak   va   umumiy   kelajak   uchun   mas’uliyat   bilan   birlashtirilgan.   Uchinchi   ming
yillikning o’zida, SSSRning qulashi bilan, jahon va mintaqaviy kuchlarga qiziqish
va   manfaatlarini   ilgari   surish   uchun   misli   ko’rilmagan   imkoniyatlar   ochildi.
Markaziy   Osiyo   uchun   kurash   global   xarakterga   ega   bo’ldi.   Jahon   iqtisodiy   va
geosiyosiy   aloqalariga   yanada   yaqinlashuvi   bilan   bog’liq   rivojlanishning   yangi
bosqichi boshlandi. Buyuk davlatlar – Rossiya, AQSh va Xitoy Markaziy Osiyoda
strategik   jihatdan   to’qnash   kelishgan.   Rossiya   tarixan   Yevroosiyo   kengligining
tabiiy   qismi   bo’lib,   mintaqaning   barcha   ishlarida   faol   ishtirok   etish   va   ishtirok
etishning barcha oqibatlari bilan ajralib turadi. Afsuski, 90-yillarning boshida
Rossiya   o’zining   Markaziy   Osiyodagi   geosiyosiy   makonini   ozod   qildi,   garchi
uning   sheriklari   ustidan   ko’plab   nufuzga   ega   bo’lsa-da,   bu   erda   Rossiyaning
o’rnini boshqa hech bir kuch jalb qila olmaydi. Boshqa asosiy o’yinchilar – AQSh
va Xitoy – aynan shu maqsadlarga erishish uchun kurashmoqdalar. AQSh nafaqat
energiya   jihatidan   boy   mintaqalar   ustidan   nazorat   o’rnatishga,   balki   Markaziy
Osiyoda,   shu   jumladan,   Afg’onistonda   geosiyosiy   va   harbiy   ishtirokini
kuchaytirishga intiladi. 2005 yilda AQSh strategiyasi Markaziy Osiyo davlatlarini
Rossiya   va   Xitoyning   ta’siridan   va   Afg’onistonni   Pokiston   va   Eron   ta’sirining
orbitasidan   chiqarib   tashlashdir.   Markaziy   Osiyo   davlatlari   bilan   uzoq   chegarasi
bor Xitoy, ular xalqaro munosabatlarning sub’ektlari emas edi, deb, 100 dan ortiq
yil   bo’lsa-da,   u,   Markaziy   Osiyo   davlatlari   bilan   to’g’ridan-to’g’ri   aloqasi bo’lmagan,   AQSh   va   Rossiya   o’rtasidagi   va   MDH   doirasida   ziddiyatlar   o’z
o’yinini   o’tkazadi.   Xitoy   xomashyo   resurslari   va   mintaqaning   keng   bozorlarida
qiziqish,   balki   siyosiy   va   iqtisodiy   ta’sir   aniq   da’vo   namoyish   nafaqat.   Shanxay
hamkorlik   tashkiloti   (ShHT)   tuzilishi   orqali   Xitoy   mustahkamlash   va   Markaziy
Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga katta moliyaviy inyeksiya tomonidan siyosiy va
iqtisodiy borligi qurish uchun aniq maqsadga belgilangan, keyin emas, balki, agar
AQShni   siqib   harakat   barcha   kuchlar   kamida   ularning   rolini   kuchaytirish
geosiyosiy oldini olish uchun.Markaziy Osiyo, Turkiya, Hindiston, Evropa Ittifoqi,
Yaponiya   va   Isroilga   ta’sir   o’tkazish   uchun   kurashda   asosiy   davlatlar   –   Eron,
Pokiston   va   Afg’oniston   ishtirok   etdi.   Bu   yangi   kutilmagan   va   ba’zan   qarama-
qarshi   manfaatlarni   yaratadi   va   butun   mintaqaning   rivojlanishidagi   barqarorlikka
ta’sir   ko’rsatadi.   Ayni   paytda   Markaziy   Osiyo   uzoq   muddatli   sarmoyaviy   hudud
sifatida   ko’plab   mamlakatlar   va   butun   mintaqalarning   rivojlanishiga   hal   qiluvchi
ta’sir ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, integratsiyalashuvning takroriy 
urinishlari   muvaffaqiyatsizlikka   uchradi,   chunki   Mustaqil   Davlatlar
Hamdo’stligida institutsional va huquqiy baza zaif va ziddiyatli, aniq maqsadlar va
ilmiy jihatdan mustahkam  strategiya ishlab chiqilmagan. Bir qator hollarda MDH
mamlakatlari   harakatlarining   dushmanligi   va   nomuvofiqligi   oshdi.   Barcha
Hamdo’stlikka   integratsiyani   amalga   oshirishga   qaratilgan   barcha   urinishlar
natijalar   bermadi.   Markaziy   Osiyoda   chuqur   ziddiyatlar   mintaqaning   geosiyosiy
xususiyatlari   bilan   bog’liq.   Shunday   qilib,   boy   tabiiy   resurslar   yopiq   transport
maydonida   jahon   bozorlariga   kirish   imkoniyati   cheklangan   va   nisbatan   kam
rivojlangan   kommunikatsiya   tarmog’i,   xususan   tashqi   (ko’pgina   muqobil   neft   va
gaz quvurlari faqat loyiha bosqichida mavjud) bo’lgan. Bunga Rossiyaga iqtisodiy
va   transport   aloqasi   qo’shilishi   kerak;   davlatlar   orasidagi   chegara   sun’iyligi;   rus
tilidagi   aholi   migratsiyasi   natijasida   sezilarli   darajada   inson   resurslari   va   kadrlar
kamomadining ortishi; tog’li hududlarda ulkan suv resurslari va boshqa hududlarda suv tanqisligining keskin qisqarishi; Farg’ona vodiysida aholi sonining ko’payishi
va   yashash   joylarining   etishmasligi   (1   kvadrat   kilometr   uchun   500   kishi)   katta
cho’l   sahro   hududlarining   mavjudligida.   Bu   qiyinchiliklar   va   qarama-qarshiliklar
mintaqaning   past   raqobatbardoshligi,   suveren   rivojlanish   davrida   jiddiy
muvaffaqiyatsizliklar,   jiddiy   ishsizlik,   davlatlar   o’rtasida   suv   va   yerdan
foydalanish bo’yicha cheksiz bahslar va hokazolar bilan mustahkamlandi. Chegara
chizig’i bo’lmagan uchastkalarda chegaralardagi nizolar   to’xtatilmadi. Eng yaqin
qo’shnilar   oxir-oqibatda   iqtisodiy   va   siyosiy   islohotlar   modellari,   xorijiy
investitsiyalar   uchun   jiddiy   raqobat,   sobiq   rahbariyatning   mos   kelmaydigan
mintaqaviy   va   xalqaro   ambitsiyalari,   MDH   va   Rossiyaga   nisbatan   turli
pozitsiyalarni ishlab chiqdilar. O’zbekistonning yangitashqi  siyosiy yondashuvlari
hozirgi   vaqtda   mintaqaviy   hamkorlikka   ehtiyoj   sezmoqda   va   Markaziy   Osiyoda
yanada   optimistik   muhit   yaratilgan.   Ko’p   jihatdan   O’zbekiston   Prezidentining
sa’y-harakatlari   tufayli   Shavkat   Mirziyoev   barcha   besh   davlatning   o’zaro
munosabatlarida   muhim   natijalarga   erishdi.   2017   yildan   boshlab   Markaziy   Osiyo
mamlakatlari   o’rtasidagi   munosabatlar   normallashtiriladi.   So’nggi   paytgacha   bir-
biridan   juda   uzoq   bo’lgan   davlatlar   yaqinlashuv   va   kelishuvlarga   borishga
intilmoqda.   Va   Turkmanistonning   qanchalik   yopiqligi   Markaziy   Osiyo
hamkorligiga   jalb   etilgan.Suv   resurslari   Markaziy   Osiyodagi   muhim   strategik   va
o’zaro bog’liqlik omilidir. Ular Sirdaryo va Amudaryo daryolarining yagona daryo
havzalari,   yagona   gaz   quvurlari,   Gazli-Buxoro-Toshkent-Shimkent-Olmaota   gaz
quvurlarining   umumiy   yo’nalishi   bilan   bog’liq.   Mintaqadagi   mamlakatlarda   gaz,
neft,   ko’mir   va   uran   zaxiralari   keng   tasdiqlangan.   Qayta   tiklanadigan   energiya
manbalari   mavjud.   Markaziy   Osiyo   barcha   mamlakatlarining   barqaror   iqtisodiy
rivojlanishi   uchun   etarli   bo’lgan   energiya   resurslari   va   elektr   energiyasi   ishlab
chiqarish uchun sanoat bazasi yaratildi. Rossiyaning mintaqadagi iqtisodiy ahvolini
mustahkamlash   yirik   kreditlarni   taqdim   etish,   transport   infratuzilmasini modernizatsiyalashda ishtirok etish, Rossiya gaz quvurlarini eksport tranziti uchun
ishlatish,   Rossiya   kompaniyalarini   va   korxonalarini   ilgari   surish,   geologiya-
razvedka   va   qazib   olishni   investitsiyalash,   qo’shma   korxonalarni   tashkil   etishda
ishtirok   etish   orqali   mumkin,   jahon   iqtisodiyotining   energetika   sohasidagi   asosiy
ishtirokchilarining   kelishilgan   harakatlari   G’arb   va   Sharq.Xalqaro
munosabatlarning yuqori darajadagi dinamikasi nafaqat mamlakat darajasida, balki
mintaqaviy   darajada   ham   Markaziy   Osiyodagi   kuchli   transport   infratuzilmasini
yaratish   strategik   masala.   O’zbekiston-Turkmaniston-Eron,Ummon   va
O’zbekiston-Qirg’iziston-Xitoy   yo’nalishi   bo’yicha   transport   infratuzilmasini
ilg’or   rivojlantirish   asosida   Markaziy   Osiyo   tranzit   logistika   salohiyatidan
foydalanishni   kengaytirishga   alohida   e’tibor   qaratish   lozim.   Shu  munosabat   bilan
2018 yilda O’zbekistonning «Markaziy Osiyo xalqaro transport yo’laklari tizimida:
strategik   istiqbollari   va   amalga   oshirilmagan   imkoniyatlari»   xalqaro
konferentsiyasini   o’tkazish   tashabbusi   to’liq   tasdiqlanishga   loyiqdir.   Endi
muvaffaqiyatli bunday Kaspiy dengizida Turkmaniston portlari orqali O’zbekiston
chiqishi,   Qozog’iston   bilan   savdo   aylanmasining   37%   ortib,   O’zbekiston-
Qozog’iston   davlat   chegarasi   orqali   yo’l   punktlari   ochilishida   «Oqoltin»   va
«Malik»,   qo’shni   mamlakatlar   tumanlar   o’rtasida   ishbilarmon   doiralari   yaratish
kabi   masalalarni   hal   Markaziy   Osiyo,   shuningdek,   chegara   demarkatsiyasi   va
delimitatsiya to’g’risidagi bitim. Turkmaniston Amudaryo bo’ylab yangi temir yo’l
va yo’l ko’priklar Turkmenabat-Forobiy ochildi. Bu transport va tranzit yo’nalishi
O’zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon   muhim   bo’limi   hisoblanadi.
«O’zbekiston-Qirg’iziston-Xitoy» temir yo’li qurilishi boshlanishi haqida dastlabki
kelishuvga erishildi. Ushbu koridorda uchuvchi miting o’tkazildi. Tojikiston bilan
havo   qatnovi   yangilandi.   Mintaqaning   tranzit-logistika   salohiyatidan   yanada
samarali   foydalanish,   transport   infratuzilmasini   rivojlantirish,   xalqaro   kapital
bozoridan   mablag’  to’plash,  Yaqin   Sharq  va  jahon  bozorlariga  yangi  chiqishlarni ta’minlaydigan   umumiy   TRASEKA   transport   tizimini   yaratish   zarur.   Hozirgi
kunga qadar muhokama qilingan integratsiya muammolari faqat texnik va iqtisodiy
xarakterga   ega   ko’rinadi.   Ammo   mintaqaviy   muammolarning   hech   biri   butun
Markaziy   Osiyo   ishtirokisiz,   agar   siyosiy   va   iqtisodiy   tabiatning   eng   muhim
vazifasi   hal   qilinmasa   va   uchinchi   muammo   –   mintaqadagi   barcha   davlatlarning
ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanish   modellarini   uyg’unlashtirish   zaruriyati   mavjud
bo’lmasa, hal qilinishi mumkin emas. Endi hamkorlikning yangi tamoyillari ishlab
chiqilganda, rivojlanish modellarini  birlashtirish, ularni joylashtirish kerak. Butun
mintaqa   uchun   milliy   ustuvorliklar   va   umumiy   vazifalar   o’rtasida   muvozanatni
topish kerak. Adolatli iqtisodiyotni yaratish zarur. Agar mintaqaviy rivojlanishning
tegishli strategiyasi ishlab chiqilsa, integratsiyadagi muvaffaqiyat ta’minlanadi. Bu
haqiqatda   Rossiya   Markaziy   Osiyoda   va   bir-birini   to’ldirishga   asoslangan
hamkorlikni yanada samarali yo’lga qo’yishi mumkin edi.
Bir   so z   bilan   aytganda,   Markaziy   Osiyo   nafaqat   geografik   va   geosiyosiy,   balkiʻ
qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. Mintaqada istiqomat qilayotgan
xalqlarni umumiy ma’naviy qadriyatlar va o‘tmish, o‘xshash milliy an’ana va urf-
odatlar,   asrlar   davomida   shakllangan   mentalitet   birlashtirib   turadi.   Ushbu
mushtaraklik   mintaqaviy   hamkorlik   uchun   mustahkam   va   ishonchli
poydevordir.Yuqorida aytib o tganimizdek,  Markaziy Osiyo  atrofida kеchayotgan	
ʻ
jadal gеosiyosiy jarayonlar mazkur mintaqaning yuksak gеosiyosiy ahamiyatga ega
ekanligidan   dalolat   bеrmoqda.   Zеro,   mintaqa   xavfsizligi   ko'p   jihatdan   uning
gеosiyosiy   ahamiyati,   salohiyatini   bеlgilovchi   jug'rofiy,   iqtisodiy   va   ijtimoiy
omillar   bilan   bеlgilanadi.   Qayd   etish   joizki,   so nggi   yillarda   mamlakatimiz	
ʻ
tomonidan   azaliy   va   yagona   tarixiy   ildizlarga   ega   bo lgan   Markaziy   Osiyo	
ʻ
mamlakatlari   bilan   bo lgan   munosabatlar   rivojiga   alohida   e tibor	
ʻ ʼ
qaratilmoqda.Birlashgan   Millatlar   Tashkilotining   so nggi   hisob-kitoblariga   ko ra,	
ʻ ʻ
hozirgi   kunda   Markaziy   Osiyo   aholisi   72,5   million   kishini   tashkil   etadi.   Bunda O zbekistonning   ulushi   45%   atrofida,   Qozog iston   -   25%,   Tojikiston   -   13%,ʻ ʻ
Qirg iziston   va   Turkmaniston   -   har   biri   8,5%   ni   tashkil   etadi.   Aytish   kerakki,	
ʻ
so nggi   uch   yil   ichida   O zbekistonning   mintaqaviy   sa y-harakatlari   tufayli	
ʻ ʻ ʼ
Markaziy Osiyo davlatlari o rtasida o zaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga	
ʻ ʻ
ko tarildi.   Bu   vaqt   ichida   mintaqamizda   do stlik,   yaxshi   qo shnichilik   va   o zaro	
ʻ ʻ ʻ ʻ
hamkorlik   muhitini   yaratishga   erishildi.O zaro   munosabatlarda   yaqin-yaqingacha	
ʻ
ba zi   mavzularda   gapirish   noo rin   hisoblangan   bo lsa,   hozirda   biror   bir   yopiq   va	
ʼ ʻ ʻ
muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi. Xususan, chegara postlarining
ochilishi   va   ular   sonining   ko paytirilishi,   vizasiz   rejimning   joriy   etilishi   kabilar	
ʻ
xalqlarimizning   o zaro   bordi-keldisini   yengillashtirmoqda.   O zbekiston   olib	
ʻ ʻ
borayotgan   tashqi   siyosatdagi   konstruktiv   yondashuv   tufayli   yillar   davomida
muammo   bo lib   kelgan   ko pgina   masalalar,   xususan   siyosiy,   savdo-iqtisodiy,	
ʻ ʻ
transchegaraviy,   suv   resurslaridan   oqilona   foydalanish,   chegaralarni   delimitatsiya
va   demarkatsiya   qilish,   fuqarolarning   chegara   punktlarini   kesib   o tishi,   o zaro	
ʻ ʻ
turizmni  rivojlantirish  kabi  dolzarb masalalar  mintaqa davlatlari  tomonidan ochiq
va do stona ruhda hal  qilinmoqda.Ma lumki, O zbekiston  Prezidenti  2017-yil  10-	
ʻ ʼ ʻ
noyabr   kuni   BMT   shafeligida   Samarqand   shahrida   o tgan   “Markaziy   Osiyo:	
ʻ
yagona   tarix   va   umumiy   kelajak,   barqaror   rivojlanish   va   taraqqiyot   yo lidagi	
ʻ
hamkorlik”   mavzuidagi   xalqaro   konferensiyada   Markaziy   Osiyo   davlat
rahbarlarining maslahat uchrashuvini o tkazish taklifini ilgari surgan edi. O shanda	
ʻ ʻ
bu   tashabbusni   mintaqadagi   barcha   davlatlar   hamda   xalqaro   tashkilotlar   qo llab-	
ʻ
quvvatlagan   va   Qozog iston   Respublikasi   Prezidenti   Nursulton   Nazarboyev	
ʻ
birinchi   uchrashuvni   Ostonada   o tkazishni   taklif   qilgandi.Bundan   tashqari,	
ʻ
O zbekiston   Markaziy   Osiyoning   mintaqaviy   hamkorlikning   asosiy   katalizatori	
ʻ
hisoblanadi.   O zbekiston   rivojlanishining   besh   ustuvor   yo nalishi   bo yicha	
ʻ ʻ ʻ
Harakatlar   strategiyasining   beshinchi   yo nalishi   ochiq,   konstruktiv   va   o zaro	
ʻ ʻ
manfaatli   tashqi   siyosat   olib   borishni,   shu   jumladan,   O zbekiston   atrofida	
ʻ xavfsizlik,   barqarorlik   va   yaxshi   qo shnichilik   kamarini   yaratishni   ko zda   tutadi.ʻ ʻ
Bu Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan hamkorlik mamlakatimiz uchun
juda muhim ekanini yana bir bor ko rsatadi.
ʻ Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Moyli Lafasov, "Jahon tarixi", 340-354 betlar, 2016. "Turon-Iqbol" nashriyoti.
2.https://uwed.uz/uz/news/fulltext/1451 sayti
3.http://www.ddsmfa.uz/uz/markaziy-osiyo-ozbekiston-tashqi-siyosatining-asosiy-
ustuvor-yo'nalishi
4.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Turkmaniston
 
28

Mavzu: Markaziy Osiyo davlatlari o rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarningʻ rivojlanishi Mundarija Kirish………………………………………………………………….…………3 I.Bob SSSR parchalangandan so'ng Markaziy Osiyoda vujudga kelgan iqtisodiy va siyosiy vaziyat………………5 II.Asosiy qism 1) Mustaqillikdan so'ng Markaziy Osiyo davlatlatlari o'rtasida savdo va iqtisodiy aloqalarning ornatilishi....................6 2) Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotining tashkil topishi, uning maqsad va vazifalari...............20 3) Bugun Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyalashuv jarayonida................22 III.Xulosa…………………26 Foydalanilgan adabiyotlar ………………………..28

Kirish XX asrda 70 yildan ortiq muddat mobaynida dunyo xaritasining juda katta qismida hukmronlik qilgan, "xalqlar turmasi" deb nom olgan, ko plab millatlarningʻ taraqqiyotiga zomin bo lgan, ma muriy buyruqbozlik tizimiga asoslangan SSSR ʻ ʼ davlati 1991-yil 25-dekabr kuni geosiyosiy reallik va xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. Sobiq respublikalar, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiy va siyosiy sohalarda juda og ir vaziyat vujudga keldi.Chunki bu ʻ respublikalar mustaqillikka erishganidan so ng demokratik huquqiy davlat qurish, ʻ bozor iqtisodiyotini barpo etish yo lidan bordi. Uzoq yillar mobaynida sotsializm ʻ og ushida yashagan, iqtisodiy jihatdan markazga qaram bo lgan bu respublikalar ʻ ʻ aholisining katta qismi ijtimoiy ongida demokratik tamoyillar, bozor iqtisodiyoti, xususiy mulk, tadbirkorlik kabi tushunchalar hali begona edi. SSSR parchalanganidan keyin tashkil topgan mustaqil davlatlarda bir qator muammolar vujudga keldi. Shulardan birinchisi siyosiy rivojlanish bilan bog‘liq muammolar edi. Sobiq SSSR hududida tashkil topgan mustaqil davlatlarda siyosiy jihatdan demokratik tizimning qaror topishi juda og‘ir kechdi, aksariyat davlatlarda avtoritar rejimlar o‘rnatildi. Buning bir qancha sabablari mavjud. Eng asosiysi, demokratik tamoyillarning e’lon qilinishiga qaramasdan, rahbarlik usullarida, ijtimoiy ongda sovet davridan beri yashab kelayotgan totalitar tafakkur ustunlik qildi. Natijada, sobiq sovet respublikalarida nisbatan demokratik yo‘l bilan hokimiyatga kelgan rahbarlar shu yo‘lni davom ettirmadi, turli xil usullar va bahonalar bilan o‘z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlash va uni saqlab qolish yo‘lidan bordi. Muxolifat shafqatsiz bartaraf qilindi va oqibatda avtoritar rejimlar shakllandi.Sobiq sovet respublikalarining iqtisodiy rivojlanishi biroz boshqacha kechdi. Ularning bir qismida sovet rejali iqtisodiyotining belgilari saqlanib qolgan

bo‘lsa-da, asosiy qismi bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.SSSR ning tarqalib ketishi sobiq respublikalar o‘rtasidagi an’anaviy iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi. Mustaqillikka erishgan sobiq sovet respublikalari qaytadan Rossiya ta’siriga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qildilar.Bundan tashqari, Sobiq ittifoq davrida temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari qurilishi boshqa respublikalar, jumladan, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston hududlaridan o‘tkazilib, iqtisodiy jihatdan ular Markazga qaram qilib qo‘yildi. Bunday siyosatning halokatli ekani SSSR parchalanib, mintaqada mustaqil davlatlar tashkil topgandan so‘ng ayniqsa sezilmoqda. 3 Markaziy Osiyo respublikalari SSSRning Yevropa qismidagi va Kavkazorti respublikalaridan etnik, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy- siyosiy jihatdan katta farq qilardi. Ulardagi turmush darajasining boshqa ittifoqdoshlariga nisbatan pastligi va aholi o‘sishining yuqoriligi konformizm (befarqlik, loqaydlik)ning hukmron bo‘lishiga xalaqit berolmas edi. Ulardagi sanoat qoloqroq va tarqoqroq edi. Yakka hokimlik (monokultura)ga asoslangan qishloq xo‘jaligi ittifoq markazi uchun xomashyo tayyorlab berishga moslashtirilgan edi. Islom dini va urug‘-aymoqchilik ta’siri kuchliligicha qoldi. Ko‘p asrlik madaniyat va milliy o‘zlikni anglashga avval Chor Rossiyasi, so‘ngra Sovet mustabid tuzumi amalga oshirgan ommaviy qatag‘onlar, yozuvning o‘zgartirilishi va etnik chegaralarning yopilishi yordamida misli ko‘rilmagan darajada zarar yetkazildi.O‘xshash taqdirlar va sovetcha «tenglashtirishga» qaramasdan, 80-yillarda bu respublikalardagi ahvol turlicha edi va ularning taraqqiyot yo‘li ham bir-biridan keskin farq qilardi. Tojikistonda «real sotsializm»ni saqlab qolishga urinishdan tortib, Qirg‘izistonda liberal-demokratik islohotlarning o‘tkazilishigacha, O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bosqich o‘tish usulidan tortib, Qozog‘istonda «boshqariladigan demokratiya» orqali iqtisodiyotni erkinlashtirishgacha va Turkmanistonda milliy-totalitar tuzumning barpo etilishigacha bo‘lgan yo‘llarni ko‘rish mumkin. Vaqtincha

iqtisodiyot samaradorligining yetarli emasligi, aholi turmush darajasining rivojlangan davlatlarga nisbatan pastligi va yangi davlatchilikni shakllantirish qiyinchiliklaridan foydalanib qolmoqchi bo‘lgan, mustaqil taraqqiyotni ko‘rolmagan 4 tajovuzkor, hokimiyatparast kuchlar Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda agressiv islom fundamentalizmi va ekstremizmi hamda xalqaro terrorizmning konstitutsiyaviy tuzumga qarshi faollashuviga sabab bo‘ldi. 4 O zbekiston Respublikasiʻ 1990-yil 20-iyunda "O zbekiston SSR davlat suvereniteti to g risida""gi ʻ ʻ ʻ deklaratsiya qabul qilindi. 1990-yil 24-martda O zbekistonda prezidentlik lavozimi ʻ joriy etildi. XII chaqiriq O zbekiston SSR Oliy kengashining navbatdan tashqari ʻ VI sessiyasi 1991-yil 31-avgustda o z ishini boshladi.Unda “O‘zbekiston ʻ Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi masala kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy- siyosiy voqealar oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga bevosita daxldor ekanligini asoslab berdi.Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni “Mustaqillik asoslari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildilar. So‘ngra “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati o zgardi. Vatanimiz tarixi ʻ sahifalariga oltin harflar bilan yoziladigan o‘sha kunlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ayni o‘sha paytda yosh, mustaqil O‘zbekiston hukumati mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, ma’naviy taraqqiyoti uchun hal qiluvchi

ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab muhim hujjatlar qabul qilganining guvohi bo‘lamiz. Misol uchun, 5-sentabrda imzolangan Toshkent shahridagi Lenin nomidagi maydonni Mustaqillik maydoni deb nomlash to‘g‘risidagi, 6-sentabr kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida”gi Prezident farmonlari va boshqa muhim siyosiy hujjatlar shular jumlasidandir.O‘zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol o‘ta murakkab edi. 80-yillarning oxirida SSSR da to g ri bo lmagan, samarasizʻ ʻ ʻ ijtimoiy-iqtisodiy siyosat barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O zbekiston ʻ aholisining ham yashash sharoitlarini og irlashtirib, uni ko plab muammolar ʻ ʻ iskanjasiga solib qo ydi.Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990- ʻ yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi. 5 Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda 5 aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi. Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. 5 Ma lumki, davlat mulkini xususiylashtirish zaruriyati bozor iqtisodiyoti ʼ munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etishning asosiy shartidir. O‘zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g‘oyasidan voz kechildi, davlat mol-mulki yangi mulkdorga faqat sotish yo‘li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila boshlandi. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda “Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini,