AQSHNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI
MAVZU: AQSHNING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN MUNOSABATLARI KIRISH I BOB. Markaziy Osiyo mintaqasiga umumiy tavsif 1.1. Markaziy Osiyo davlatlarining o’ziga xos xususiyatlari 1.2. Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosati va Afg'onistondagi voqealarning mintaqaga ta'siri II BOB. Markaziy Osiyo: yetakchi davlatlar manfati to’qnashgan mintaqa 2.1. Rossiyaning Markaziy Osiyodagi manfaatlari 2.2. Xitoyning Markaziy Osiyoga intilishi va sabablari III BOB. AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabati 3.1 AQSHning Markaziy Osiyodagi manfaatlari 3.2 AQSHning Markaziy Osiyodagi yangi strategiyasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1
KIRISH Mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi Tarixan Markaziy Osiyo mintaqasi tabiiy resuslarga boyligi hamda qulay geosiyosiy joylashuvi bilan dunyoning yetakchi davlatlari diqqatini o'ziga jalb qilgan. Ayniqsa Sobiq Ittifoq parchalangandan keyin mintaqada buyuk davlatlarning manfaatlar to'qnashuvi yanada kuchaydi. Markaziy Osiyoning strategik jihatdan ahamiyatini nafaqat iqtisodiy tarafdan, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan ham tasniflash mumkin. AQSHning Markaziy Osiyodagi mavjudligi ko'plab olimlar tomonidan mintaqaning "kashfiyoti" sifatida baholanadi. Afg'onistondagi urushga qarshi AQShning ishtiroki keskin oshganiga qaramay, Qo'shma Shtatlar mintaqa uchun begona emas edi. Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishgach, rasmiy diplomatik munosabatlar o'rnatgan davlatlardan biri AQSH hisoblanadi . AQSHning ko'plab tijorat va notijorat kompaniyalari mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni yo'lga qo'ya boshladi. Xafsizlik va harbiy sohadagi aloqalar rivojlanishi 1994-yilda Markaziy Osiyo davlatlarining NATOning Tinchlik yo'lida hamkorlik dasturiga qo'shilishida ko'rish mumkin. 2001-yil 11-sentabr voqealaridan keyin Markaziy Osiyo mamlakatlarida ichki siyosiy beqarorlik keskin kuchayganligi bilan belgilanadi. 2001-yil noyabr oyida Qozog‘istonda siyosiy inqiroz boshlanib, hukumat iste’foga chiqdi. 2002 yil mart oyida Qirg'izistonda tartibsizliklar bo'lib, politsiya va namoyishchilar o'rtasidagi to'qnashuvlar natijasida qurbonlar bo'ldi. Keyinchalik siyosiy nutqlar bo'lib o'tdi. Turkmanistonda sobiq tashqi ishlar vaziri B.O.Shixmurdov boshchiligidagi muxolifat guruhi xorijda hukumatga qarshi faoliyatini kuchaytirdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida ichki siyosiy qarama-qarshiliklarning kuchayishi tasodifiy emas, ularda Amerikaning mavjudligi omili katta rol o'ynadi. AQShning mintaqa davlatlari bilan ikki harbiy hamkorligi 11 sentabr voqealaridan keyin jadal rivojlandi. Dastlabki o'n yillikdagi uzoq mudatli siyosiy va iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishdan manfaatdorlik saqlanib qolishiga qaramasdan, harbiy va xavfsizlik masalalari AQShning Markaziy Osiyodagi ishtirokida muhimroq omilarga aylandi. AQSH siyosatining ustuvor 2
yo'nalishlaridan biri mintaqada xafsizlik va barqarorlik muhitini ta'minlashga qaratildi. AQSH Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqillikka erishganidan keyin ular bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan ilk davlatlardan bir edi. AQSHning boshqa davlat kompaniyalari Rossiya va Xitoy kabi mintaqada o`z manfaatlarini ega, shu bilan birga ushbu davlatlarning mintaqada gegemon bo`lmasligiga harakat qiladi. 2001 -yil 11-sentabr voqealaridan keyin terrorizmga qarshi kurash va Afg'onistonda tinchlikni o'rnatishga qaratilgan harakatlar AQSH tashqi siyosatida ustovorlik qildi 1 . Afg'onistonda terrorizmni yo'q qilish va barqarorlikni ta'minlashda AQSH Markaziy Osiyo davlatlari bilan harbiy hamkorlik o'rnatishni qo'llab quvvatladi. Shuniungdek, AQSHning 2019-2025-yillarga mo'ljallangan Markaziy Osiyo bo'yicha strategiyasida suvereniteti va mustaqilligini qo'llab-quvvatlash, terrorizm tahdidlarini kamaytirish, Afg'onistonda barqarorlikni ta’minlash, mintaqa davlatlariga sarmoya kiritish nazarda tutilgan. AQSH Markaziy Osiyoga tashqi siyosatida ikki tomonlama hamkorlikk bilan birga, C5+1 diplomatik platformasi doirasidsa faoliyat olib boradi 2 . Tadqiqot ob’ekti va predmeti XX asr oxiri XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosati mazkur tadqiqotning ob’ekti bo’lsa, Amerika Qo shma Shtatlarining Markaziy Osiyo mintaqasidagi tashqi siyosati ya’niʻ Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabati va bundan ko’zlangan maqsadu muddaolari tadqiqotning predmetini tashkil qiladi. Tadqiqot maqsadi XX asr oxiri XXI asr boshlarida Amerika Qo shma ʻ Shtatlarining Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar bilan munosabatlarini yoritishdan iborat. Tadqiqot vazifalari sifatida quyidagi vazifalarni belgilab olind i: Avvalombor, Markaziy Osiyo mintaqasiga umumiy tavsif berish ; 1 https://kun.uz/uz/news/2018/05/18/savkat-mirzieevning-aksga-rasmij-tasrifi-akunlandi-nimalarga-erisildi// Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi? 2 https://central.asia-news.com/uz-latn/articles/cnmi_ca/features /2018/05/22/feature-01 Maksim Yeniseyev.2018-05- 22.//O‘zbekiston va AQSH strategik hamkorlikning “tarixiy” davriga qadam qo‘ymoqda. 3
Markaziy Osiyo davlatlarining o’ziga xos xususiyatlariga to’xtalib o’tish ; Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosati va Afg'onistondagi voqealarning mintaqaga ta'sirini yoritish ; Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi davlatlarning manfati to’qnashgan hudud ekanligini yoritish ; Rossiyaning Markaziy Osiyodagi manfaatlarini o’rganish ; Xitoyning Markaziy Osiyoga intilishi va buning sabablarini ko’rib chiqish ; AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabati masalasini tahlil etib, AQSHning Markaziy Osiyodagi manfaatlariga e’tobor qaratish ; AQSHning Markaziy Osiyodagi yangi strategiyasining mazmun- mohiyatini ochib berish ; Ilmiy yangiligi. Markaziy Osiyoda yangi davlatlar qurilishi endigina boshlanayotgan paytda dunyoning yetakchi davlatlaridan birortasi, jumladan Rossiya ham bu mintaqaga qiziqish bildirmaydi va 1990-yillarning boshidan Eron va Turkiya mintaqadagi manfaatlarini belgilab oladi. 1990-yillarning boshlarida ham rossiyalik, ham g arb ekspertlar nazdida “mintaqa dunyoning yetakchiʻ davlatlari e tiboridan chetda bo ladi” – degan noto’g’ri qarashlarda bo’lib, 1990 – ʼ ʻ yillarning o rtalaridan Markaziy Osiyoda rus diplomatiyasining faollashuvi ʻ kuzatgani ko’rsatilgan ; Rossiya Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotini Markaziy Osiyoda xavfsizlikning asosiy ta minlovchisi sifatida saqlab qolishga harakat qilishi, lekin ʼ KXShT tarkibiga Xitoy kirmasligi va Xitoyning ushbu mintaqadagi manfaatlari ochib berilgan ; AQShning Markaziy Osiyodagi manfaatlari, geosiyosiy niyatlarini sabab Markaziy Osiyodagi harbiy mavjudligi va bunga ayniqsa, Rossiya, Xitoy hamda jahon hamjamiyatining munosabatini tufayli Markaziy Osiyo mintaqasi ko'p vektorli tashqi siyosat ta'sirining ob'ektiga aylangani yoritilgan ; Rossiya va Xitoy - AQSh rahbariyatini Markaziy Osiyodagi strategiyasini qayta ko'rib chiqishga majbur qilgani va bu strategiyaning maqsadi «Xitoyning 4
chuqurlashib borayotgan ta'siri» va «barcha sohalarda Rossiyaning barqaror ta'siri» ga qarshi turish bo'lib qolgani ochib berilgan Tadqiqotda qo‘llanilgan metodl ar Tadqiqotda tarixiylik, tarixshunoslik, manbashunoslik, amaliy siyosatshunoslik, tizimli tahlil, siyosiy tahlil va geosiyosiy ekspertiza usullaridan foydalanildi. Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi Bugungi kunda XX asr oxiri XXI asr boshlarida Amerika Qo shma Shtatlarining Markaziy Osiyo mintaqasidagiʻ davlatlar bilan munosabatlari haqida tadqiqotlarni uchratish qiyin. Shu sababdan mazkur mavzu hali alohida tadqiqot ob’ekti sifatida juda kam o’rganilgan . Ammo bir guruh tarixchi va siyosatchilar bu mavzu doirasida qator tadqiqotlarni olib borishgan. Biz ular qatoriga О . Сидоров 3 , Р Макдермотт 4 ,. Ф Старр 5 , А Трынков 6 , A.Xoджаев 7 , Ч Кўчаров 8 , С.Сафоев 9 , Д . В Приймачук 10 , С . К Нагорнов 11 , Р . Аллисон 12 , А . А Казанцев 13 kabi tarixchilar o’rganishgan. Shuningdek ishda boshqa mualliflarning ilmiy asarlari, o’quv qo’llanmalari, kitoblari, jurnal, gazeta va internet manbalarida chop etilgan maqolalaridan foydalanildi. 3 Сидоров О. Интересы США в Центральной Азии. http :// www . analitika . org / ca / geopolitics /2396- 20050504082744788. html 4 Макдермотт Р. Российская программа обеспечения безопасности Центральной Азии // Центральная Азия и Кавказ. 2002. № 2. С.8. 5 Старр Ф. Партнерство Большой Центральной Азии для Афганистана и его соседей, специальный аналитический материал, опубликованный совместным трансатлантическим центром исследований и политики Университета Дж. Хопкинса, март 2005 г. 6 Трынков А.А., Глущенко Ю.Н. Некоторые аспекты политики США в отношении стран СНГ и интересы России // США в новом мире: пределы могущества. М., 1997. С. 65. 7 Xo джаев A . Китайский фактор в Центральной Азии.Ташкент. 2007. 8 Кўчаров Ч. Марказий Осиёнинг минтақавий интеграцион жараёни муаммолари. Тошкент. Фан. 2008. 9 Сафоев С. Марказий Осиёдаги геосиёсат. Ташкент. 2005 10 Приймачук Д.В. Американская стратегия решения «афганского конфликта»: теория, реализация, предварительные итоги // Вестник Томского государственного университета. История. 2015. № 1 (33). С. 58- 64. Приймачук Д.В. Политические технологии влияния США в Афганистане (1945-1992 годы) // Вестник Новосибирского государственного университета. Серия: История, филология. 2014. Т. 13. № 4. С. 221-227. Приймачук Д.В. Эволюция афганской политики США в 2000-2016 годах // Мировая политика. 2016. № 4. С.62-71. 11 Нагорнов С.К. Политика США в Афганистане // Международная политика. – 2005. – № 1. – С. 28 – 37. 12 Аллисон Р. Центральная Азия и Закавказье: Региональное сотрудничество и фактор российской политики. – М., 2004. – 219 с 13 Казанцев А.А. Политика США в постсоветской Центральной Азии: характер и перспективы // Вестник МГИМО Университета. 2012. № 4(25). С. 155-164. 5