logo

Markaziy Osiyoda yahudiylik, buddaviylik va xristianlikning kirib kelishi

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

86.41015625 KB
Markaziy Osiyoda  yahudiylik, buddaviylik va
xristianlikning kirib kelishi 
Reja 
1. Xristianlikning shakllanishi, ta’limoti va marosimlari
2. Xristianlik dinining muqaddas kitoblari.
3. Xristianlikning yo‘nalishlari.
4. Xristianlik firqalari Jahon   dinlaridan   biri   Xristianlik   bo‘lib,   bu   dinning   nomi   Iiusis   Xristos,   bola
xudo   -   payg‘ambar   nomidan   olingan.   Dunyodagi   barcha   xristianlar   Iiusis   Xristos
(Iso)ning ummatlari hisoblanadilar.
Hozirgi   davrda   xristianlik   eng   keng   tarqalgan   din   bo‘lib,   Amerika,   Avstraliya,
Yevropa,   Osiyo   qit’alarida   va   boshqa   joylarda   2   milliard   xristianlar   mavjud.   Bu
din   monoteistik   va   jahon   dinidir.   Xristianlar   dunyoning   254   mamlakatida
yashaydilar.
Xristianlik   yangi   eraning   1   asri   o‘rtalarida   Rim   imperiyasining   Sharqiy
viloyatlardagi   Iudeya   (hozirgi   Isroil),   kichik   Osiyo   (hozirgi   Turkiya)   va   Falastin
hududlarida   yashaydigan   mazlum   xalqlar   va   qullar   orasida   iudaizmning   firqasi
sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra undan ajralib chiqdi va yangi dinga aylandi.
Xristianlik tarixi yaxshi tadqiq etilgan. Jumladan, Injilda, Ioan Bogoslovning
«Vahiynoma»   asarida,   B.Spi-nozaning   «Ilohiyot   va   siyosatga   oid   risola»sida,
L.Feyerbax-ning   «Xristianlikning   mohiyati»   asarida   va     boshqa   manbalarda
xristianlikning  kelib  chikish  tarixi,  uning  aqidaviy  ta’limoti, marosimlari, ahloqiy
va huquqiy qarashlari, rivoyatlar bayon etilgan. 
Xristianlik   325   yilda   Rim   imperiyasida   rasmiy   mafkura   va   davlat   dini   deb
rasmiy ravishda e’lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan olingan davrdagi tarixiy
shart-sharoit quyidagicha edi:
1. Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum xalqlarga
nisbatan   qattiq   jabr-zulm   qilishiga   qarshi   olib   borilgan   ozodlik   urushlari   va
qo‘zg‘olonlar   birin-ketin   mag‘lubiyatga   uchrab,   ulardan   shafqatsiz   o‘ch   olinib
jazolashlar   oqibatida   umumiy   ruhiy-ma’naviy   inqiroz   paydo   bo‘lgan.   Qullar
sinfidan bo‘lgan Spartak yetakchiligida eramizdan avvalgi 73-71 yillarda Rimdagi
qo‘zg‘olon bostirilgach, 6 ming qul Rimga olib boradigan yo‘llar chetiga qurilgan
xochlarga   mixlab   tashlangan.   Shun-dan   keyin   qullar   bilan   mazlum   xalqlar   tez
orada samoviy haloskor - payg‘ambar Iso kelib bizni ozod qiladi, sabr-toqat qilish,
ibodat   bilan   shug‘ullanish   kerak,   deb   yangi   dinga   umid   bog‘ladilar.   O‘sha   fojea
oqibatida   umumiy   umidsizlik   avj   olgan.   Spartakning   mag‘lubiyati,   -   degan   edi
tarixchi Sharl Enten, - Isoning g‘alabasi edi. 2. Qachonlardir   shon-shuhratga,   kuch-qudratga   to‘lib-toshgan   Rim
quldorlik   davlati   eramizning   I-III   asrlariga   kelib   inqirozga   yuz   tutdi.   Qulchilik
o‘rniga   feodal   tartiblar   o‘rnatila   boshlandi.   Quldorlar   va   boshqa   yuqori   tabaqalar
orasida   ijtimoiy   aynish   kuchayib,   ma’naviy   buzilish,   ayshuishratga   berilish   o‘sib
bordi.
3. Rim  davlati  hududlarida  yashayotgan   turli  urug‘lar,  qabilalar,  elat   va
xalqlar o‘z xudolariga, payg‘ambarlariga, urf-odatlariga sig‘inar edilar. G‘oyaviy-
mafkuraviy   birlik   bo‘lmaganligi   ham   Rim   qudorlariga   xalq   ustidan   siyosiy   va
g‘oyaviy   hukmronlik   qilishni   tobora   qiyinlashtirardi.   Rim   davlati   uchun   yagona
xudo,   yagona   payg‘ambar,   yagona   din   asosidagi   mafkura   zarur   edi.   Bu   ahvol
shakllanib   kelayotgan   xristianlik   jamoalariga   erkinlik   berish,   ularda   klirlarning
rahbarlikni qo‘lga olishi, ana shu maksadni ifodalaydigan aqidalar ishlab chiqishga
olib keldi.
Xuddi   ana   shu   uchta   tarixiy   sababga   ko‘ra   xristianlik   nisbatan   tezroq
shakllanib   bordi,   u   ko‘pchilik   orasida   keng   tarqaldi,   yuqori   va   quyi   katlamdagi
kishilar   orasida   e’tiqod,   iymonga   aylandi.   Yangi   din   yuqori   tabaqa   uchun
mazlumlar ustidan hokim bo‘lish yo‘llarini ochib berdi, xalqni esa tinchlantirdi.
Xristianlik   o‘z-o‘zidan   paydo   bo‘lmagan.   Uning   falsafiy-mistik   nazariy
asosini   yahudiy   faylasufi,   Aleksandriyalik   Filonning   falsafiy   ta’limoti,   Rim
stoiklaridan   Seneka-ning   falsafasi   tashkil   qiladi.   Xristianlik   bevosita   yahudiy
milliy   dinning   ko‘p   xususiyatlarini   meros   qilib   oldi.   Unda   qadimgi   Sharq
dinlarining   ko‘pdan-ko‘p   unsurlari   qayta   ishlangan   hamda   o‘zlashtirilgan.
Masalan,   qadimgi   Hindiston-ning   hinduizm   dinidagi   uch   qiyofa   bilan   namoyon
bo‘ladigan   xudolar:   Braxman,   Vishnu,   Shiva   xristianlikdagi   uch   qiyofali   yagona
xudo   (ota   xudo,   muqaddas   ruh,   bola   xudo)   shaklida   tasavvur   etilgan.   Xristianlik
ibodatlarida   sham   yoqish   otashparastlardagi   olovga   sig‘inish,   avlodlar   ruhi-
arvohiga  jin chiroq  yoqish  odati;   totemizm  dinidagi   totem  hisoblangan  hayvonlar
go‘shtini   iste’mol   qilish   va   u  bilan   qon  va   tana   orqali   yanada   yaqinlashish   rasm-
rusumi;   fetishizmdagi   ayrim   predmet   va   narsalarni   ilohiylashtirish   esa
xristianlikdagi butparastlikda yaqqol namoyon bo‘ladi . Xususan,   faylasuf   olimlar   Seneka   bilan   filonlarning   falsafiy-ahloqiy   qarashlarining
xristianlik mafkurasini ishlab chiqishga ko‘rsatgan ta’siriga alohida to‘xtalib o‘tish kerak.
Seneka   (er.av.   4   yilda   tug‘ilgan   va   yangi   eraning   65   yilida   vafot   etgan)   o‘z
falsafasida moddiy boyliklar to‘plash, noz-ne’matlarni iste’mol qilish kabilarni bu
dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb e’lon qilib, ulardan voz kechishni targ‘ib
kiladi.   U   bu   talabni   jonni   qutqarib   qolish   yo‘lidagi   birinchi   qadam   deb   bildi.
Dunyo, Senekaning fikricha, insoniyatni  kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga
qudrati   bo‘lgan   ilohiy   hokimga   muhtojdir.   Filon   (eramizdan   avvalgi   1   asrning
oxiri,  yangi  eraning  birinchi   yarmida  yashagan)   grek-rim   falsafasini  yahudiy  dini
bilan   qo‘shishga   urinib,   xudo   bilan   odamlar   o‘rtasida   turuvchi   ilohiy   vositachi
borligi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan edi. Bu vositachi «Kaloni xudo» bo‘lib,
u kishilarni to‘g‘ri  yo‘lga solib yuborish va ularni  hammadan qudratli xudo bilan
tanishtirish uchun tangrining yerga yuborgan farzandidir.
Xristianlik   yevangeliyalarini   (hadislarini,   xushxabar-larini)   yozgan   avliyolar
Seneka   va   Filonning   bu   g‘oyalaridan   foydalanganlar.   XIX   asrda   Germaniyada
yashagan   dinshunos   olim   B.Bauer   umrining   oxirigacha   mana   shu   masala   bilan
shug‘ullanib keldi. U o‘z tadqiqotlariga yakun yasab, quyidagi xulosaga keldi: «Yil
hisobimizning   40-yilida   yashagan   Iskandariyalik   yahudiy   Filon   juda   ham   qarib
qolgan   chog‘ida   Xristianlikning   haqiqiy   otasi   bo‘ldi,   rimlik   Stoik   Seneka   esa,
xristianlikning amakisi bo‘ldi».
Stoiklar   falsafasi   qadimgi   Gresiyada   eramizdan   avvalgi   IV   asrdan   yangi
eraning IV asrigacha davom etgan. Rim imperiyasi davrida stoiklar falsafasi diniy
falsafaga   aylandi.   Stoiklar   ahloq   masalalariga   ko‘proq   e’tibor   berib,   uni   taqdirga
ishonish   ruhida   talqin   etdilar.   Ular   jonning   tanadan   tashqarida   yashashini,
insonning taqdiriga tan berishini, zohidlik kabilarni himoya qilib chiqdilar. Stoiklar
ta’limoti xristian dinining ahloqini shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Mana   shu   ikki   faylasuf,   ya’ni   Seneka   bilan   Filon   ta’limotlari   asosida
shakllangan   dastlabki   Xristianlik   aqidalarida   odam   tug‘ma   gunohkor   ekanligi;
hayvonlarni     qurbonlik   qilish   yo‘li   bilan   emas,   balki   o‘z   qalbini   xudoga   qurbon
qilish yo‘li bilan tavba qilish; dunyoviy rohatlarning hammasiga nafrat bilan qarab, nafsni tiyish; u dunyodagi yaxshi turmushga umid qilish; odam o‘ldirmaslik, yaqin
kishilariga yaxshilik qilish g‘oyalari shakllangan edi.
Xristianlikning   xalq   orasida   tez   tarqalishiga   Rim   davlatining   qo‘l   ostida
bo‘lgan   sharq   mazlum   xalqlarining   diniy   ruhiyatiga   mos   bo‘lgan   qadimgi   Sharq
dinlaridan   foydalanganlik   ham   tas’ir   qildi.   Masalan,   Misrning   qadimgi   Xudosi
Oziris   o‘lib-tirilish   ramzi   bo‘lgan   dehqonchilik   xudosi   edi.   Shu   sababga   ko‘ra,
Misrda   xristianlik   tarqalganda   xochga   tortilib   o‘lgan,   so‘ngra   qayta   tirilgan   Iso
haqidagi   aqidaga   Misr   xalqi   tezgina   ishondi.   Rivoyatga   ko‘ra,   Oziris   o‘z   akasi-
yovuzlik   xudosi   Sed   bilan   bo‘lgan   urushda   halok   bo‘ladi.   Ozirisning   xotini   Izida
Ozirisdan homilador bo‘lgan holda vafot qiladi. Ammo narigi dunyoda Izida qayta
tirilib o‘g‘il tug‘adi, unga Gor deb ism qo‘yadi va o‘z o‘g‘li bilan yana bu dunyoga
qaytib keladi. Gor urushib Sedni yengadi va Ozirisni  tiriltiradi. U butun dunyoda
adolatning qozisiga aylanadi. Xuddi shunga o‘xshab Iso ham qayta tirilib, osmonga
chiqib ketgan va u yana Yer yuziga qaytib kelib ming yillik adolat o‘rnatadi, degan
aqida xristianlar orasida targ‘ib qilinadi.
Zardo‘shtiylikdagi   yorug‘lik,   yaxshilik   va   hayot   xudosi   Axuramuzdaning
yovuzlik,   zulmat   va   yomonlik   xudosi   Axrimon   ustidan   g‘alaba   qilishi;
Eronliklarning   yorug‘lik   xudosi   Mitraning   obrazi   ham   Rim   hududlarida   keng
tarqalgan   bo‘lib,   bu   g‘oya   hatto   dastlabki   davrlarda   xristianlikning   jiddiy   raqibi
bo‘lgan.
Bibi Maryamning Isoga g‘oyibdan homilador bo‘lishi haqidagi ta’limoti ham
sharqiy   dinlar   ta’sirida   paydo   bo‘lgan.   Masalan,   Budda,   Suriya   podshosi   Sargos,
Misr xudosi Gor va boshqalar g‘oyibona homila natijasida tug‘ilganliklari haqidagi
rivoyatlar   ta’sirida   Bibi   Maryamda   g‘oyibona   homila   paydo   bo‘lib   keyin   Iiusis
Xristos   (Iso)   tug‘ilgan,   degan   tasavvur   vujudga   kelganligiga   hech   shubha
qilinmasa ham bo‘ladi.
Shunday   qilib,   xristianlik   qurama   din   bo‘lsa   ham,   unda   o‘ziga   xos   bo‘lgan
ko‘pgina   xususiyatlar   ham   mavjud.     Yangi   belgi   va   xususiyatlar   o‘sha   davrdagi
boshqa  dinlardan xristianlikni  yuqori  turishiga  olib kelgan.  Xristianlikning o‘ziga
xos xususiyatlari quyidagilardir: Birinchidan,   xristianlik   Rim   imperiyasi   hududlarida   mavjud   bo‘lgan   diniy-
etnik tafovutlarni bartaraf qilgan; Ikkinchilan, xristianlik diniy rasm-rusumlarni va
hokimlik   pillapoyalarini   yo‘q   qilganligi   sababli   bu   dinni   qullar,   ozod   qilingan
sobiq   qullar,   zamindor   kolonlar,   shahar   va   qishloq   kambag‘allari   yoqtirib
qolganlar.   Ular   xudo   va   din   oldida   yuqori   tabaqalar   bilan   teng   bo‘lganliklaridan
xursand edilar; Uchinchidan, xristianlik dastlabki ta’limotlarida odamlarning irqiy,
milliy, jinsiy, ijtimoiy, tabaqaviy tomonlardan huquqiy tengsizlik asosida ajratishi
qattiq   tanqid   qilinib,   demokratik   ruhga   ega   bo‘lgan,   u   «zahmatkash-larni»
qutqarishga  va’da berganligi uchun, xristian ruhoniylari bu dinni eng insonparvar
din,   deb   keng   targ‘ib   qiladilar.   Odatda,   Xristian   dini   Iso   inqilobi   bo‘ldi,   deb
tashviqot etiladi.
Ma’lumki, jamiyat tarixida hamma ijtimoiy davrlarda ham ko‘pchilik kishilar
kambag‘al, qashshoq, madaniyatda va bilimda ancha orqada qoladilar va aksincha,
ozchilikni   tashkil   etadigan   boy-badavlat,   madaniyatli   va   bilimli   kishilar   mavjud
bo‘ladi.   Xristianlik   garchi   «xristian   madaniyati»ni   rivojlantirgan   bo‘lsada,   u
dunyoviy   mazmundagi   antik   madaniyatga   nisbatan   salbiy   munosabatda   bo‘ldi,
cherkovning mistik madaniyati ruhida odamlarga estetik tarbiya beradi.
Xristianlik yashirin jamoalariga yuqori tabaqa vakillari ham kirgandan keyin
ular  bu jamoalarda rahbarlikni  qo‘lga oldilar. Ularda klirlar, ya’ni  yepiskop, pop,
d’yakon,  prasviter  -  ruhoniy otaxonlar   ta’siri   kuchayib  bordi.  Dastlabki   davrlarda
Xristian   jamoalarida,   asosan,   kambag‘al   kishilar,   xususan,   qullar   ko‘pchilikni
tashkil   etgan.   Klirlar   rahbarligida   o‘rmonlarda,   tashlandiq   vayronalarda,   ayrim
xonadonlarda   yashirin   o‘tkaziladigan   yig‘ilishlarda   g‘oyibdan   samoviy   haloskor
payg‘ambarning   kelayotgani   to‘g‘ri-sida   suhbatlashganlar,   muqaddas   kitoblarni
o‘qib   muhokama   qilib,   izohlash,   ehsoniy   ovqatlanish   marosimlari,   ya’ni   kechki
paytdagi   birgalikda   ovqatlanishlar   o‘tkazib   kelingan.   Lekin   u   vaqtlarda   mol-
mulkni   to‘la   umumlashtirish,   jamoa   bo‘lib   mehnat   qilish   to‘g‘risida   gap
bo‘lmagan.   Xristian   jamoalari   ichida   qattiq   intizom   o‘rnatilgan.   Isoning   qaytib
kelishini passiv ravishda kutish va mo‘min-qobil bo‘lib yurish, bu dunyoda adolat
o‘rnatilishi   mumkin   emasligiga,   u   dunyoda   esa   baxtga   erishishga   ishonch   orta borgan   sari   bu   dinga   hukmron   tabaqalar   ham   ixlos   qo‘ydilar.   Bu   o‘zgarishlar
xristian jamoalarini yashirin holatdan ochiq holatga o‘tib faoliyat ko‘rsatishga olib
keldi.
Imperator   Konstantin   313   yili   xristianlarning   ta’qib   qilishni   bekor   qildi   va
325   yili   xristianlikni   Rim   imperiyasining   davlat   dini   darajasiga   ko‘tardi.   325   yili
Konstantin   boshchiligida   Nikey   shahrida   xristianlarning   1-jahon   yig‘ilishi   bo‘ldi.
Yig‘ilish xristian dinining qonun-qoidalarini  ishlab chiqdi. Xudoni  uch shaxsning
(ota xudo, mukaddas ruh, o‘g‘il xudo) birlikda ifodalanishi qabul qilindi. 381 yili
xristianlarning Konstantinopolda   bo‘lib o‘tgan 2-jahon yig‘ilishida cho‘qinish va
qayta tirilish haqidagi yangi aqida qabul qilindi.
Xristianlik   davlat   dini   bo‘lgach   unga   juda   ko‘p   huquq   va   imtiyozlar   berildi.
Jumladan,   barcha   shahar   va   qishloqlarda   ruhoniylar   «ruhoniy   otalar»   sifatida
xalqqa   xristianlik   xizmatini   o‘tkazish,   diniy   marosimlarga   rahbarlik   qilish,   diniy
ta’lim   berish,   targ‘ibot   qilish,   xalq   ustidan   ma’naviy   nazorat   o‘rnatish,   cherkov
mol-mulkini,   tushgan   xayr-ehsonlarni   tasarruf   qilish,   o‘z   shaxsiy   boyliklariga
egalik   qilish   huquqlariga   ega   bo‘ldilar.   Mamalakatda   cherkov,   monastir,   kostyol
kabi   diniy   tashkilotlar   uchun   hashamatli   binolar   qurildi.   Ular   qo‘ng‘iroqlar,
haykallar,   ikonalar,   butlar,   minbarlar,   diniy   adabiyotlar,   biodat   buyumlari,
predmetlari   bilan   bezatildi,   musiqa   asboblari,   munojot   qo‘shiqlar   aytadigan   xor
jamoalari   yuzaga   keltirildi.   Diniy   maktablarda,   monastirlarda   ko‘plab   ruhoniy
rohiblar va rohibalar bo‘lib, ularda yer maydonlari, hunarmandchilik, to‘qimachilik
sexlari   vujudga   keltirildi.   Diniy   tashkilot-lar   obro‘si   ortib   borib   turli   lavozimlar
(masalan Rim papasi, kardinal, patriarx, abbot, arxiepiskop, pop, yepiskop kabilar
vujudga keldi. Hatto o‘rta asrlarda katolik diniy tashkilotlari mahalliy hokimlarga
bo‘sunmaslik darajasiga yetib bordi. Oila-nikoh, ajralish, sudlov ishlari ham asta-
sekin   diniy   tashkilotlar   ixtiyoriga   o‘tib   ketdi.   Masalan,   Rim   papasi   G‘arbiy
Yevropadagi   davlatlarning   ichki   ishlariga   katolik   cherkovlari   vositasida
aralashardi.   Abbotliklar   esa   Rim   papasining   ana   shu   davlatlar   ichidagi   tayanchi
bo‘lib   qoldi.   Din   mustaqil   ma’naviy   kuchga   aylanib,   odamlar   fikri   va   ruhiyati
ustidan hokim bo‘lib qoldi. Bibliya (Injil) - xristianlikning muqaddas manbai.Iso to‘g‘risidagi tasavvur va
rivoyatlar
Bibliya   (Injil)   mudaizm   va   Xristianlik   dinlarining   umumiy
muqaddas manbai hisoblanadi. Bibliyaning eramizdan avvalgi davrlarda yaratilgan
qismi Tavrot bo‘lib, uni «Qadimiy ahd» deyiladi. U yahudiy milliy dinini asoslab
bergan edi.
Bibliyaning «Yangi ahd» degan qismi xristianlikni asoslab bergan muqaddas
manba   hisoblanadi.   «Yangi   ahd»   injilnomalar   to‘plami   bo‘lib,   ularni   Isoning
apostollari (yaqin yordamchilari) Matfey, Mark, Luko va Ioann, shuningdek, yana
21   ta   injilnomalarini   boshqa   avliyolar   yozishgan,   degan   ma’lumotlar   saqlanib
qolgan.   Ushbu   injil   nomalari   asosida   Ioann   Bogoslovning   «Vahiynoma»si
yaratilgan.   Uni   ilmiy   o‘rganilganda   xristianlikka   oid   injil   nomalari   yahudiy   diniy
adabiyotiga, cherkov qonun-qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan Muso, Yonox, Yezdra
va   boshkalarning   vahiynomalariga   bevosita   o‘xshashligi   isbotlangan.   Biroq
xristian   ilohiyotchilari   «Yangi   ahd»ni   xudo   Isoga   yuborgan   deb   hisoblab,   Injil
nomalarini   xristianlikning   turli   oqimlari   manfaat-maqsadlariga   moslab   turli
davrlarda turli mualliflar tomonidan yozilganligini inkor etadilar.
Xristianlikning   birinchi   yozma   yodgorligi   taxminan   eramizning   68-yili
ikkinchi   yarmi   va   69-yili   birinchi   yarmida   yozilgan   Apokalipsis   (Ioann
Bogoslovning   «Vahiynomasi)   edi.   Xristianlik   yahudiy   dinidan   ajralib,   undan
tobora   uzoq-lashib,   Rim   imperiyasidagi   turli   millatlar   orasida   yoyila-verdi.   Bu
jarayon   apostollar   (sahobalar)ning   nomalarida   o‘z   ifodasini   topgan.   Ularni
apostollardan   Pyotr,   Iuda,   Ioann,   Iakov   va   Pavel   yozgan   deb   tahmin   qilingan.
Injilnomalar   tekshirilganda,   ulardan   ba’zilari   ibodat   duolari   to‘plami   bo‘lsa,
ba’zilari   esa   xristian   ahloq-odobiga   bag‘ishlanganligi   aniqlangan.   Bu   nomalar       I
asrda   va  II   asrning   30-40   yilla-rida  paydo   bo‘lgan.  Mazkur   nomalarda   xristianlik
yahudiy dinidan farq qilishi, bu farq xristianlik cherkovi va boshqa tashkilotlarning
vazifalari   xususidagi   fikrlardan   ham   sezilib   turadi.   Bu   nomalarda   g‘oyibdan
homilador bo‘lgan Bibi Maryamdan tug‘ilgan va xochga tortilib qatl etilgan odam qiyofasidagi   xudo   Iiusis   Xristos   to‘g‘risida   ma’lumotlar   bor.   Iso   Quddus,   kana,
Kafarnahum,   Baytlahm,   Nosira   shahar-larida   va’z   aytgan.   Iordan   (O‘rdun)
daryosida   cho‘qintirilgan.   Jalila   (Genisaret)   ko‘li   bo‘yida   haloyiqqa   pand-nasihat
qilganligi   to‘g‘risida   Injilda   yozilgan.   (Qarang:   Injil.   Turkiya.   Muqaddas   kitob
jamiyati 1995 y 25-30 betlar).
Eramizning   II-III   asrlarida   xristianlikning   turli   jamoalarida   bir   necha   o‘nlab
turli   injillar   mavjud   bo‘lgan.   Keyingi   ruhoniylar   Rim   imperiyasida   xristianlik
hukmron   dinga   aylangan   bosqich   uchun   eng   maqbul   bo‘lganlarini,   o‘z   ijtimoiy
dasturlariga   to‘g‘ri   keladiganlaridan   4   tasini   tanlab   olganlar.   Injillarni   tanlab
olinganda   Rim   tarixi,   huquqi,   turmushi,   geografiyasini,   urf-odatlarini   yaxshi
hisobga olinganligi keyinchalik ma’lum bo‘lgan. Shuning uchun injillar bir necha
marta   qayta   ishlangan.   Rim   davlati   talablariga   moslashtirilgan.   Cherkov
pillapoyalari   tashkil   topgandan   keyin   Iso   qatl   qilib   o‘ldirilgan   va   u   qayta   tirilib
osmonga   chiqib   ketgandan   keyin   III   asr   boshlarida   «Yangi   ahd»   ning   so‘nggi
kitoblari   -   Avliyo   apostolllarning   amallari   yozilgan.   Unda   apostollarning   oliy
ruhoniylik   amali   bo‘lgan   yepiskoplik   va   boshqa   ruhoniylik   unvonlarini   bevosita
Isoning o‘zi ularga in’om qilganligi haqida ko‘p gapirilgan. Shunday qilib «Yangi
ahd» eramizning I-IV asrlarida vujudga keltirilib, xristianlikning muqaddas manbai
sifatida qabul qilingan.
Iiusis   Xristos   to‘g‘risidagi   rivoyatlar   undagi   e’tiqod,   ishonch   xristianlikdagi
asosiy   ta’limot   deyish   mumkin.   1948   yilda   O‘lik   dengiz   yaqinidagi   falastin
markazi  Xirbet Qumran g‘orlaridan tasodifan topib olingan hujjatlarga asosan Iso
tarixiy shaxsligi to‘g‘risida gazetalarda shov-shuvga sabab bo‘lgan maqolalar e’lon
qilindi.   «Qumron   qo‘lyozmala-ri»   deb   atalgan   bu   hujjatlar   xristianlik   tarixiga
qiziqish-ni kuchaytirishi aniq edi.
Iso Isroil farzandlariga (qadimgi yahudiylar o‘zlarini shunday deb ataganlar)
xudo   tomonidan   yuborilgan   payg‘ambar   bo‘lib,   Ilohiy   haloskor   messiya
(«mashiax»   degan   qadimgi   yahudiycha   so‘zdan   olingan   bo‘lib,   «Pomazonnik»,
ya’ni   ilohiy   haloskor,   xudoning   vakili   demakdir)   tez   orada   kelishini   allaqachon
bashorat qilganlar. Aytishlaricha, u insoniyatni barcha gunohlardan xalos etish va o‘z jonini qurbon qilib boshqalarning gunohini yuvishi kerak   ekan. U yovuzlarni
va   adolatsiz   kishilarni   jazolaydi,   odamlarga   yangi   qonunlar   beradi.   Yer   yuzida
rozat-varog‘at,   adolat   o‘rnatadi.   Qudratli   messiya   sevimli   Isroil   xalqiga   bosh
bo‘lib,   uni   tashqaridan   kelgan   rimlik   istilochilardan   ozod   qiladi,   deb   tasavvur
etilgan.
Injil rivoyatlariga ko‘ra, yahudiyaning Nazaret viloyatidagi Vifleem shahrida
yashaydigan yahudiy Yusuf (Iosif) farishta Jabroil tomonidan «muqaddas ruh»dan
uning   xotini   Bibi   Maryam   bo‘lajak   payg‘ambar   Isoni   tug‘ishi   haqida   oldindan
ogohlantirilgan.   Maryam   oldiga   muqaddas   ruh   keladi.   Undan   Iso   tug‘iladi.   Isoni
onasi Maryam Vifleem shahri yaqinidagi g‘orda tug‘adi.
Yahudiyaning   podshosi   Isoning   tug‘ilganidan   xabardor   bo‘lgan.   O‘sha
vaqtdagi   podsho   Irod   Vifleemda   tug‘ilgan   barcha   go‘daklarni   o‘ldirishga   farmon
bergan. Biroq, xudo tomonidan yuborilgan farishta Isoni, onasini va barcha Yusuf
oilasini   Iroddan   yashirib   Misrga   yashirin   holda   o‘tkazib   yuborib   qutqarib   qoladi.
Shundan keyin Isoni hech kim ko‘rmaydi va faqat 30 yoshga kirgandan keyingina
Iso   xalqqa   ko‘rinish   beradi.   Shundan   boshlab,   Iso   o‘z   targ‘ibotchilik   faoliyatini
boshlaydi. U bir qancha sodiq shogirdlarini-apostollarni o‘z yoniga olib, ular bilan
birga   yangi   dinni   targ‘ib   qilish   uchun   butun   mamlakat   bo‘ylab   safarga   chiqadi.
Xuddi shu vaqtda apostol Ioann haloskorning kelganligi to‘g‘risida xabar tarqatadi.
Iso   va   uning   shogirdlari   Iordan   daryosi   yaqinida   Ioann   bilan   uchrashib   qoladilar.
Ioann   ularni   Ioardan   daryosi   suvida   yuvintirib,   cho‘qintiradi.   Ioann   Isoni
cho‘qintirayotgan   paytda   osmondan   nido   kelib:   «bu   mening   sevikli   o‘g‘lim,
mening   iltifotim   ana   shunda»,   degan   ovoz   eshitilgan   emish.   Bu   to‘g‘rida   apostol
Matfey yozgan injilning 3-sura, 17-oyatida yozilgan.
Iso   o‘z   faoliyatida   mo‘jizalar   ko‘rsatgan:   jumladan,   u   o‘likni   tiriltirgan,
ko‘rlarni, mayib-majruhlarni davolagan, jinnilardan ins-jinslarni haydab chiqargan,
qutirib   to‘lqinlanib   turgan   Teveriadiya   ko‘li   to‘lqinlarini   ustidan   cho‘kib
ketmasdan  yurib kelgan.  Iso o‘z  safdoshlari   bilan  hamma  joyda kohinlar  qo‘llab-
quvvatlab   turgan   Isroil   davlat   dini   iudaizmni   qattiq   tanqid   qilib   yurganlar.
Rassomlar   Isoning   yelkasiga   qizil   yelkapo‘sh-plashch   yopingan,   yalang   oyoq, sochlari   o‘sib   yelkasiga   tushgan   holda   birinchi   marta   xalqqa   ko‘rinish   berishini,
ko‘l   ustidan   kelayotganini,   uning   onasi   qo‘lida   turgan   go‘dakligini,   Misrga   ot
minib   qochib   ketayotgan   Maryam   va   bolasining   rasmlarini   ishlaganlar.
Haykaltaroshlar   esa   Isoning   xochga   mixlab   o‘ldirilayotgan   paytdagi   azoblanib
turgan   holatini   ishlaganlar.   Bu   rasm   va   haykallar   ko‘pgina   cherkov   va
monastirlarda,   kitob   va   jurnallarda,   ikonalarda   ifodalangan.   Bu   narsalar
fetishizmga aylanib, muzeylarda namoyish etilgan.
Iso   dastlabki   vaqtlarda   iudaizm   dinining   inson   hayotini   chulg‘ab   olgan   ko‘p
ko‘pdan-ko‘p (600 ga yaqin) cheklashlarini va amallarini qat’iy ravishda bajarishni
xudoga keragi  yo‘q, ular  o‘rniga xudoga samimiy  va astoydil  e’tiqod qilinsa bas,
deb   targ‘ibot   yurgizgan.   Injilda   Isoni   beozorlik,   kechiruvchanlik,   yaqin   kishilarni
sevish,   mo‘minlik   timsoli   etib   tasvirlangan.   Injilda   tasvirlanishicha,   xudo   o‘g‘li
kambag‘al   dehqon,   duradgor   qiyofasida,   o‘z   qabiladoshlarining   nafrat,   ta’qib   va
quvg‘iniga   uchragan,   bu   qiyinchiliklarga   chidab,   bardosh   bergan,   ruhoniy   va
kohinlar   haqoratiga   indamasdan   ketavergan;   yuvosh,   qul   libosida   gavdalanib,
xudoga   eng yaxshi   ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan timsol sifatida yoqib qolgan,
barcha xristianlarni undan o‘rnak olishga da’vat qilinadi.
Iso aytgan asosiy g‘oyalar: tez orada xudoning saltanati boshlanadi, u hamma
odamlarga   emas.   Faqat   Isoning   ilohiyligiga   ishonadigan,   uni   xudoning   o‘g‘li
ekanligini tan oladigan va hamma narsalarda uning ko‘rsatmalariga amal qiladigan
kishilargagina   nasib   bo‘ladi,   deganlar.   Xudoning   adolatli   jamiyatida   yashash   eng
avval   mashaqqat   chekkanlarga,   mazlumlarga   va   «zahmatkashlar»ga   xudoning
in’omidir.   Iso   tepalikda   turib:   «Mo‘minlar   mas’uddirlar,   chunki   ularning   joyi
jannatdadir.   Yig‘laganlar   mas’uddirlar,   chunki   taskin   topadilar.   Yuvosh   kishilar
mas’uddirlar, chunki ular yerni meros oladilar», deb va’zxonlik qilgan. Bu Matfey
Injilning 5-surasidagi 3-5 oyatlarida keltirilgan.
Iso   o‘zining   o‘sha   vaz’xonligida   yana   ma’naviy   va   moddiy   qashshoqlikni,
mehnatkashlarning   itoatkor   bo‘lishini,   jan-natda   rohat-farog‘atda   yashashining
asosiy   sharti,   deb   e’lon   qilib,   ulardan   quyidagilarni   talab   qilgan:   dushmanlarin-
gizni   sevingiz,   sizlarni   la’natlovchilarni   duo   qilingiz,   sizlarga   nafrat   bilan qarovchilarga   xayr-ehson   qilingiz,   sizlarni   ranjituvchilar   va   quvg‘in   qiluvchilar
uchun   ibodat   qilingiz.   Bu   haqda   Matfey   Injilining   5-sura,   41-oyatida   xabar
berilgan.   Bu   ko‘rsatmalar   xristianlikning   ijtimoiy   va   ahloqiy   ta’limotlaridir.   Iso
boylar   bu   dunyoda   rohat   qilsalar   ham,   u   dunyoda   qilmishlariga   javob   beradilar,
boylarning   jannatga   tushishlari   ignaning   teshigidan   tuyani   o‘tishi   bilan   baravar,
deb ta’lim bergan. Bundan xayr-ehsonli  boy-badavlat kishilar istisnodir.
Iso   hamma   odamlar   xudo   oldida   teng,   deb   e’lon   qilgan,   lekin   u   hokimlik
huquqini xudo bergan bo‘lib, Davlat hukmiga, mahalliy hokimlar amriga bo‘sunish
xudo amrini bajarishdir, degan.
Iso   uch   yil   davomida   targ‘ibot   olib   borgan.   Lekin   Yahudiya   hokimi   Pontiy
Pilat  Isoni tutib bergan kishiga 200 tilla pul berajagini e’lon qilgach, Isoning eng
yaqin   apostoli   Iuda   sotqinlik   qilib,   uni   tutib   bergan.   Pontiy   Pilat   va   yahudiy
ruhoniylari   Quddus   shahrida   Isoni   sud   qilib   xochga   mixlab   o‘ldirishga   hukm
qilganlar. Hukm Golgofa tog‘ida qiynab o‘ldirish orqali ijro etilgan.
Shu tariqa o‘z jonini qurbon qilgan Iso uch kundan keyin mo‘jiza bilan qayta
tirilgan,   u   yana   50   kun   da’vat-targ‘ibot   olib   borgach,   otasi   xudo   oldiga   osmonga
chiqib ketgan, u qiyomat kuni qaytib keladi, deb tasavvur qilinadi.
Lekin   Iiusis   Xristos   (Iso)   tarixiy   shaxsmi   yoki   afsonaviy   shaxsmi   -   bu
muammo hozirgacha uzil-kesil xal qilingani yo‘q.
Xristianlikning aqidalari
Avvalgi   mavzularda   aytib   o‘tilganidek,   aqidalar   din   ti-zimida   eng   muhim
falsafiy-nazariy   ta’limotlar   sifatida   muhim   o‘rin   egallaydi.   Diniy   tasavvurlar,
tushunchalar,   diniy   dunyoqarashdagi   nazariy   g‘oyalar   ana   shu   aqidalarda   ifoda
qilinadi.
Xristianlik   aqidalari   ham   bundan   istisno   emas,   albatta.   Xristianlik   diniy
ta’limotining   voqelikni   sirli,   ilohiy   qilib   tasvirlovchi   asosiy   aqidalari   bir   necha
asrlar davomida tarkib topgan.
Bu aqidalar quyidagilardir: 1-aqida:   Xristianlikning   iymon   kalimasiga   ko‘ra   dindorlar   -   ota   xudo,   o‘g‘il
xudo va muqaddas ruh («muqaddas uchlik») bo‘lib gavdalanadigan yagona xudoga
e’tiqod   qiladilar.   Demak,   xristianlik   monoteistik   din   ekanligi   shu   aqidadan
ma’lumdir.   Ota   xudo   ko‘rinib   turgan   olam   (farish-ta)larni   yaratgan,   deb
hisoblanadi.   Iso   uning   injildagi   «tarjimai   holi»   bilan   birlikda   O‘g‘il   xudo
hisoblanadi.   Muqaddas   ruh-pravoslavieda   ota   xudodan,   katoliklar   esa   ham   ota-
xudodan, ham O‘g‘il xudodan kelib chiqqan, deb hisoblanadi.
2-aqida:  Xristianlik uchun  eng  muhim  aqidaviy  g‘oya  xudoning gavdalanish
aqidasi   bo‘lib,   unga   binoan   Iso   xudoligicha   qolgan   holda,   go‘yo   Mariya   ismli
qizdan   (Bibi   Maryam   onadan)   tug‘ilgan   payg‘ambar   deb   e’lon   etiladi.   Bu   aqida
Isoga   mansub   deb   hisoblanadigan   barcha   injil   pand-nasihatlarga   «ilohiy
haqiqat»larga xos hurmatni kuchayti-rishga xizmat qiladi.
3-aqida:   Gunohni   yuvish   aqidasiga   katta   o‘rin   berilgan,   bunga   asosan   Iso
butga   mixlanib   tortgan   azoblari   va   o‘limi   bilan   o‘zini   odamlarning   gunohlari
kasriga ota xudoga qurbon qilgan va shu tariqa bu gunohlarni yuvgan Bu bilan u
go‘yo odamzoddagi «gunoh hukmronligidan xalos bo‘lish» yo‘lini ochib bergan.
4-aqida:   Isoning   qayta   tirilishi   aqidasi   xristian   diniy   ta’limotida   markaziy
o‘rin   egallaydi.   Bu   tirilish   kelgusida   odamlarning   hammasi   tirilishining   (islom
dinidagi oxirat-qiyomatdagi odamlarni tirilishi kabi) garovi deb ta’kidlangan.
5-aqida:   Osmonga   chiqib   tushish   (Islomda   me’roj)   aqidasi   xristianlarni   Iso
tirilgandan   so‘ng   osmonga,   0ta   xudo   huzuriga   chiqqanligiga   ishonish.   Mazkur
aqida   orqali   yerdagi   hayot   odamni   oxiratda   kutadigan   mangulikka   nisbatan   hech
narsaga arzimaydi, degan ishonch uqtirildi.
6-aqida:   Xristianlikning   «xudo   oldida   hamma   odam   tengdir»,   degan   bu
aqidasi   ijtimoiy   tengsizlikni   bekor   qila   olmagan   tasavvurdagina   barchagi   tenglik
huquqini   bergan   edi.   Bu   tenglik   oxiratda   amalga   oshishini   kutishga   dindorlar
da’vat etilgan.
Xristianlik barcha odamlarning birinchi gunoh qilish tengligini e’tirof qiladi.
To‘g‘ri,   xristianlikda   mulkiy   tenglik   va   umumiylik   to‘g‘risida   fikrlar   bo‘lgan,
ammo   oddiy   dindor   mehnatkashlar   va   qullar   bilan   tabaqa   vakillari   bo‘lgan dindorlar   orasida   qarama-qarshilik   keltirib   chiqargan   ana   shu   tenglik   g‘oyalari
injilnomalarda yo‘q bo‘lib ketgan.
Xristianlik   aqidalari   Tavrot   asosida   yaratilgan.   Ota-xudo   butun   olamni   va
odamlarni   yaratishi   to‘g‘risidagi   aqida   ham   Tavrotning   «Hayot»   deb   atalgan
birinchi kitobidan olingan.
«Hayot» da dunyoni yaratilishi haqida shunday deyilgan:
«Dastlab   xudo   osmon   va   yerni   yaratdi.   Yer   ko‘rinmas   va   bo‘m-bo‘sh   edi,
uning usti cheksiz va qorong‘i edi. Va xudoning ruhi suvga tushdi. Shundan keyin
xudo yorug‘likni yaratgan va uni zulmatdan ajratgan. Shu bilan birga yaratishning
birinchi   kuni   yo‘qlikdan   samoviy   zaminni,   yer   qit’alarini,   dengizlarni,   tog‘larni,
osmon yoritkichlarini, Quyosh, Oy, sayyoralarni, yulduzlarni yaratgan.
Shundan   keyin   xudo   o‘simliklarni,   hayvonlarni   yaratgan,   nihoyat,
yaratishning so‘nggi oltinchi kunida u odamni bunyod etgan. Va xudo odamni o‘z
qiyofasida yaratgan. Ularni erkak va xotin qilib yaratdi». (Hayot, 1-sura, 21-oyat)
Bu   yo‘qdan   bor   qilib   yaratish   vaqtida   ko‘plab   chalkashliklar   mavjud.
Masalan:   «Hayot»   kitobidagi   1-surada   erkak   va   ayol   bir   vaqtda   yaratilgan
deyilgan.   2-surada   esa   avval   erkak,   keyin   uning   qovurg‘asidan   ayol   yaratilgan,
deyiladi. Adam va Yeva dastlabki odamlar bo‘lib, ular jannatda yashashgan, lekin
shaytonning   gapiga   kirib   jannat   tartibini   buzib   (ular   man’   qilingan   bilim   daraxti
mevasini   iste’mol   qilishgan),   undan   haydalganlar   -   birinchi   gunoh   yuz   bergan.
Shundan   keyin   ulardan   tarqalgan   barcha   odamlar   tug‘ma   gunoh   bilan   dunyoga
kelganlar,   degan   g‘oya   olg‘a   suriladi.   Cho‘qintirish   marosimida   muqaddas   suvda
ana shu gunohni yuvib tashlanadi. Din peshvolari olamni yaratishdagi har bir kun
million-million yillarga teng bo‘lgan, deb hisoblaydilar.
Xristianlikning marosim va bayramlari
Boshqa dinlar kabi xristianlikda ham ko‘pgina marosim va bayramlar mavjud.
Dindorlar   hayoti   va   turmushida,   diniy   tashkilotlar   ish   faoliyatida   xristianlik
marosimlari va bayramlarining ko‘pi tantana, shodlik, hursandchilik kunlari bo‘lsa, ayrimlari   sovuq,   g‘amginlik,   marsiyaviy   holatlar   hisoblanadi.   Marosimlar   ibodat,
sig‘inish, ruhiy poklanish mazmuniga ega bo‘lishi bilan ajralib turadi.
Ibodat qilish vaqtidagi diniy sirli holatdagi  vaziyat, cherkovning tantanali va
sirli   bezagi,   musiqa,   munojot,   qo‘ng‘iroq   ovozi,   yonib   turgan   sham   va   moy
chiroqlari,   xudoga   madhiyalar,   oltin   suvi   berilgan   yorqin   rizolar,   butlar,   devorga
ishlangan   suratlar   va   skulptura,   ruhoniylarning   sig‘inish   buyumlari   va   ibodat
qiluvchilarning o‘zlari ustidan qiladigan sehrli irim-sirimlari - bularning hammasi
dindorlar   ruhiyatiga,   qattiq   ta’sir   qilib   ularni   mahzun   holatga   soladi,   irodasini
bukib, yaratgan xudoga e’tiqodini kuchaytiradi, emotsiyani oshiradi, sirli va sehrli
«u   dunyo»ning   lazzatlari   tasavvurini   yaqqolroq   namoyon   qiladi.   Marosimlar   har
qanday   dinning   eng   aktiv   elementi   bo‘lib,   ular   kishilar   ruhiy   hayotida   qattiq
o‘rnashib qoladi.
Marosim   va   bayramlar:   a)   dindorlarni   hamkorlik   ruhida   tarbiyalaydi;   b)
dindorlar orasida tartib-intizomni mustahkamlaydi; v) dindorlarning vaqti, moddiy
harakat-larini   talab   qiladi;   g)   dindorlar   iymon   va   e’tiqodini   kuchaytiradi;   d)   ular
milliy   va   baynalminal   madaniyatning   bir   qismiga   aylanib,   umuminsoniy
qadriyatlarni   kuchaytiradi.   Bu   xususiyatlarning   barchasi   xristianlik   marosim   va
bayramlarida ham to‘la amal qiladi.
Xristianlik   marosimlari   asrlar   mobaynida   asta-sekin   shakllanib   borgan,   ular
quyidagilardir:   cho‘qintirish,   prichashchenie   (non   va   vino   iste’mol   qilish),
miropomazanie   (cherkovlarda   chaqaloqni   cho‘qintirgandan   keyin   xushbo‘y   moy
surkash),   yelosvyashchenie   (soborga   olib   kelish),   nikoh   (gulcham-bar   kiydirish,
nikoh   uzugi   taqish   kabilar),   tavba   qilish   (gunohlariga   pushaymon   bo‘lish),
ruhoniylikka qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik
marosimlarini   tainstvolar   deb   ataladi.   Bu   marosim   va   bayramlar   barcha   xristian
yo‘nalishlarida mavjud, faqat ularni shakli va vaqti turlicha xolos.
Cho‘qintirish   marosimi   xristian   dinining   eng   muhim   va   asosiy   marosimidir.
Bu marosim cherkovda o‘tkaziladi. Marosiming asosiy mohiyati tug‘ma gunohdan
bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil qilish, unga xristiancha ism qo‘yish, uni
cherkov qavmiga, ya’ni aholi ro‘yxatiga yozib qo‘yishdir. Marosim o‘tkazish uchun yangi tug‘ilgan bolani cherkovga olib kelishadi. Bu
yerda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi, dajjollarga qarshi afsun
o‘qiydi.   Shaytondan   yuz   o‘girishga,   uni   puflashga   va   unga   tuflatishga   chaqiradi.
Bu   ishlarning   hammasini   chaqaloq   nomidan   cho‘qintirayotgan   erkak   yoki   ayol,
ya’ni   chaqaloqni   «cho‘qintirayotgan   otasi   yoki   onasi»   bajo   keltiradi.   Shundan
keyin   pop   chaqaloqni   uch   marta   suvga   botirib   oladi,   chaqaloqqa   zaytun   yog‘i
surtaydi,   uning   boshidan   bir   tutam   sochini   kesadi   va   bolaga   ism   qo‘yib   beradi.
Rivoyatga ko‘ra Iso payg‘ambarni  Iordan daryosida avliyo Ioann Cho‘qintiruvchi
cho‘qintirgan.
Cho‘qintirish   marosimi   qadimgi   Hindiston,   Rim,   Misr,   Kichik   osiyo   va
boshqa   davlatlar   hududlarida   yashagan   xalqlar   orasida   ham   mavjud   bo‘lgan.
Xristianlikda cho‘qintirish marosimi yangi eraning 1-asri oxirlarida paydo bo‘lgan.
Bi-rinchi  xristian jahon soborining (4-asr)  qaroriga muvo-fiq, bu marosim  har  bir
xristian   uchun   majburiy   deb   topilgan   va   «e’tiqod   simvoli»ga   kiritilgan.   Shu
vaqtdan   boshlab   «cho‘qin-tirilgan»   so‘zi   «xristian»   degan   so‘z   bilan   teng   ma’no
kasb   etgan.   Xristianlar   boshqa   dindagi   hamma   kishilarni   «cho‘qin-maganlar»
(«Isoni tanimaganlar») deb atay boshlaganlar.
Nikoh   marosimi   ham   cherkovda   o‘tkaziladi.   Bu   marosim   oila   qurish
marosimidir.   Cherkovda   o‘tkazilgan   nikoh   xristian   oilasining   qonuniy   asosi
hisoblanadi.   Nikoh   paytida   pop   kelin-kuyovga   oq   fotiha   beradi,   ularni   qo‘sha
qarib, uvali-juvali  bo‘lishini  xudodan tilaydi, kelin-kuyovga shohona  jig‘a taqadi,
ularga   yonib   turgan   shamni   ushlab   turishni   buyuradi.   Ularning   yuzlariga   krest
bilan soya soladi, isiriq-buxur tutatadi (yoki isiriqqa o‘xshash xushbo‘y hid tutuni
soladi). Kelin bilan kuyov bir-birlarining barmoq-lariga nikoh uzugi taqishadi, pop
ularni   bir-biriga   vafodor,   g‘amxo‘r,   ittifoq   bo‘lib   yashab,   turmush   kechirishga
da’vat qiladi. Oilani buzish, ajralish ham cherkov ruxsati bilangina bo‘ladi.
Tavba   qilish   marosimi   ham   cherkovda   bo‘ladi.   Tavba   qilishda   gunoh   qilib
qo‘ygan har bir xristian o‘z gunohidan pushaymon bo‘ladi. U gunohini kechirishni
xudodan so‘rab berishni popdan iltimos qiladi. Tavba  qiladigan shaxs popga hech
bir guvohsiz, u bilan yuzma-yuz, tiz cho‘kkan holda o‘zining hamma gunohlarini batafsil so‘zlab beradi. «Buzuq niyatlar»dan qattiq pushaymon bo‘lib tavba qiladi.
Pop   gunohkorga   nasihat   qilib,   uni   to‘g‘ri   yo‘lga   soladi   va   «muqaddas   ruhning
kuchi» bilan uni gunohlaridan pok qiladi. Shu xizmati uchun cherkovga gunohkor
shaxs   haq   to‘laydi.   Pop   esa   unga   «gunohdan   pok   bo‘lganligi»   haqidagi
indulgensiya   yorlig‘ini   beradi.   Bu   marosim   dindorlarni   halol   yashashga   chorlasa,
cherkovning   esa   dindor   ustidan   nazorat   qilib   turishiga   keng   imkoniyat   yaratib
beradi.
Prichashchenie   marosimi   xristian   dinining   asosiy   marosimlaridan   biri
hisoblanadi.   Bu   marosimni   go‘yoki   Isoning   o‘zi   tayin   qilgan   emish.
Prichashchenie marosimidagi asosiy mazmun shuki, non bilan vinoni sirli ravishda
dindorlar birgalikda iste’mol qiladi, bunda nonni Isoning go‘shti, vinoni esa uning
qoni deb tasavvur qilinadi. Isoga yanada yaqinlashish uchun, u bilan bir tan, bir jon
bo‘lib   ketish   uchun   shu   marosim   o‘tkaziladi.   Mashhur   ruhoniy   va   faylasuf   olim
o‘rta asrlarda yashagan Foma Akvinskiy, Prichashchenie-ning har bir zarrasida Iso
bordir,   deb   ta’limot   beradi.   Xristianlikning   prichashchenie   marosimi   qadimgi
zamon-lardagi totemizm dinidagi totem-hayvonni qurbon qilib, uning «muqaddas»
qoni   va   go‘shtini   iste’mol   qilish   marosi-mining   yangi   shaklidan   boshqa   narsa
emas.
Xristianlikda   yana   dafn   marosimi,   butlarga,   xochlarga,   avliyolar   jasadiga,
muqaddas joylarga, ayrim ikonalarga sig‘inish marosim-odatlari ham bor.
Xristianlik   bayramlari,   ya’ni   eng   muhim   diniy   voqea   va   hodisalar   bilan
bog‘liq   bo‘lgan   alohida   kunlar,   barcha   xristianlar   uchun   bayram   tantanalari
mavjud. Cherkovlar bayramlarga jiddiy va katta e’tibor berib kelayotir.
Iso   payg‘ambar   tug‘ilgan   kuni   (rojdestvo)   bayrami   cherkov   hayoti   va
dindorlarning   turmushida   ko‘zga   ko‘rinarli   o‘rinda   turadigan,   millionlab
kishilarning   tantanali   bayramlaridan   hisoblanadi.   Cherkov   ta’limotiga   ko‘ra   bu
bayramni   xudo   Iso   sharafiga   bag‘ishlab   bayram   qilishni   tavsiya   etgan.   Katolik
ruhoniysi   va   olimi   Dionisiy   kichkinaning   mo‘ljaliga   ko‘ra   Rim   shahriga   asos
solinganiga   eramizdan   avvalgi   754-yildan   boshlangan.   Iso   tug‘ilgan   kunni
misrliklar   6   yanvarda   nishonlaganlar.   Rojdestvo   bayrami   oldidan   dindorlar uylaridagi  barcha narsalarni  yuvadilar, pollarini artib chiqadilar, ustki   kiyimlarni
qoqadilar, hammomda cho‘miladilar, toza kiyimlarni kiyadilar. Italiyada rojdestvo
kuni   uylaridan   eski   kiyimlarni,   narsalarni,   buyumlarni   ko‘chaga   irg‘itib
yuboradilar,   shu   qutlug‘   bayramda   hatto   urushlar   to‘xtatilgan.   Ayrim   arazlashib
yurgan   kishilar   yarashganlar,   bemorlar   holidan   xabar   olib,   ularga   sovg‘lar
berishgan.  Iso insoniyatni  gunohidan ozod qilish uchun o‘z jonini fido qilish, yer
yuzida   adolat   o‘rnatish   uchun   tug‘ilgan   deb   tasavvur   qilinadi   va   uning   tug‘ilgan
kuni bayram qili-nadi. Ko‘pgina davlatlarda rojdestvo kuni prezidentlar o‘z xalqiga
maktub   yo‘llab,   bayram   bilan   tabriklaydilar.   Rim   papasi   butun   xristianlarni
tabriklab, ularni tinch-totuv yashashini, har bir oilada baxt-saodat bo‘lishini tilaydi.
Xalq   o‘ynab-yayraydi,   bu   ularning   haqiqiy   bayrami   hisoblanadi.   Hozirgi   vaqtda
musulmon davlatlaridagi din boshqarmalari boshliqlari ham (Masalan, O‘zbekiston
musulmonlari   diniy   hay’ati   raisi,   muftiysi)   xristian   dini   peshvolariga   tabrik-lar
yo‘llamoqdalar.
Pasxa bayrami  xristianlarda ayniqsa katta tantana bilan o‘tadigan bayramdir.
Pasxadan   oldin   ehtirosli   hafta   deb   atalgan   hafta   keladi,   bu   hafta   davomida
dindorlar ro‘za tutadilar, zo‘r berib ibodat qiladilar. Bu hafta oxiri xudoga ehtirosli,
mungli   murojaat   ohangida   ibodat   qilish   bilan   yakunlanadi.   Undan   keyin   pasxa
bayrami boshlanadi. Quvonchli hafta deb atalgan bu hafta davomida bayram kun-
lari ruhoniylar va cherkov uchun «ish» kunlari bo‘lib, ular dindorlarga haloskorlik
g‘oyalarini,   pasxa   bayrami   qanday   kelib   chiqqanligini   tushuntirib   beradilar.   Ular
pasxa va ehtirosli hafta insonning mashaqqat chekkanligi, o‘limi va qayta tirilishini
xotirlash uchun belgilangan deb hisoblaydi-lar. Qadimgi o‘lib tirilishga, o‘ladigan
tanayu,   o‘lmaydigan   jon   (ruh)   ga   ishonish   to‘g‘risidagi   apima-animizm   dinini
ta’siri   va   shu   din   asosida   paydo   bo‘lgan   misrliklardagi   Oziris,   finikiyaliklardagi
Adsoins, firigiyaliklardagi Attis, greklardagi Dionis kabi o‘lib tiriladigan xudolar,
ular   bilan   bog‘liq   bayramu   urf-odatlar,   turli   rivoyatlar   asosida   insonning   ham
o‘lishi   va   qayta   tirilishi,   uning   o‘z   ummatlarining   gunohlaridan   poklash   uchun
chekkan   azobiyu   mashaqqatlari   to‘g‘risidagi   tasavvurlar   hamda   uni   ta’riflash,
xotirlashga bag‘ishlangan bayram kelib chiqqan. Xristanlar   bu   bayramning   «pasxa»   degan   nomini   yahudiylardan   olganlar.
Chunki,   qadimgi   chovador   yahudiylar   bahor   bayramini   «Pesax»   deb   atashar   edi,
unda   yovuz   ruhlarning   rahmini   keltirish   uchun   birinchi   tug‘ilgan   qo‘zichoqni
so‘yib,  qurbonlik  marosimi   o‘tkazishar   edi.   «Pesax»   degan   yahudiycha   (Ivrit   tili)
so‘zning   ma’nosi   «Rahmini   keltirish»   ma’nosini   bildiradi.   Qo‘zichoq   o‘rniga
o‘zini   qurbon   qilgan   Isoning   chekkan   azoblarini   xotirlab   pasxadan   avvalgi
«ehtirosli hafta» o‘tkazilgan.
Pasxa  bayrami  haloskor   Isoning tirilishini  tilab,  tantanali  ibodat   o‘qish  bilan
boshlanadi. Pasxa vaqtida poplar cherkov minbarlaridan turib, tantana bilan: «Bir-
birimizni   quchoqlab,   o‘pishaylik,   bizni   yomon   ko‘radiganlarni   kechiraylik»,-deb
xitob   qiladilar.   Isoni   qayta   tirilib   qaytib   kelishi   esa   barcha   vafot   etgan
xristianlarning   qayta   tirilishi   va   arshu   a’loda   boqiy   hayot   kechirishining   asosiy
sharti   hisoblanadi.   Pasxa   bayrami   salb   yurishlari,   dindorlarning   tantanavor
namoyishkorona   ko‘chalardan   o‘tishi   barchaning   ruhan   shodligi,   o‘yin   kulgilari,
jamoaning ziyofatlari bilan o‘tadigan haqiqiy bayramidir.
Rojdestvo,   pasxa   bayramlari   xristian   bayramlari   bo‘lsada,   bu   bayramlar
xristianlikdagi   turli   yo‘nalish   va     sektalarga   mahalliy   an’analar,   qadimgi     milliy
dinlardagi   bayramlar   bilan   uyg‘un   ravishda   va   qo‘shilgan   holda   vaqti,   ayrim
shakllari jihatidan farq qilgan holda o‘tkaziladi.
XRISTIANLIKDAGI YO‘NALIShLAR
Bir   butun   din   bo‘lgan   xristianlik   turli   tarixiy   shart-sharoitlar,   bu   dinning
mahalliy   hukmdorlar   manfaatlariga,   quldorlik,   feodalizm   va   kapitalizm   tuzumlari
sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar tufayli turli yo‘nalish-laru sektalarga
bo‘linib   ketgan.   Ichki   inqiroz   va   tashqi   hujumlar   natijasida   (german   qabilalari)
Rim   imperiyasi 3-4 asrlarda G‘arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib
keldi. Rim imperiyasining G‘arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi.
Ulardagi   siyosiy   hokimiyatga   nisbatan   cherkovlar   hukmronligi   ustunroq   bo‘lib,
ularning  Rim   shahrida  joylashgan   bosh  cherkovga  tobe’ligi   saqlanib  qoldi.  Lekin
Sharqiy   viloyatlar   Vizantiya   imperiya-si   tizimida   yagona   davlat   bo‘lib,   davlat siyosiy hokimiyatiga bo‘ysinardi. 1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim
markaziy   cherkovidan   ajralib   ketdi.   Shu   tariqa   xristianlik   ikki   yo‘nalishga   -
katoliklar va pravoslavie yo‘nalishlariga bo‘lindi.
16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos keladigan yana
bir   yangi   yo‘nalish   -   protestantizm   vujudga   keldi.   Bulardan   tashqari   ana     shu
yo‘nalishlar   ichida   xristian   uyushmalari,   jamoalari,   ya’ni   sektalari   ham   paydo
bo‘ldi.
KATOLITSIZM (Katolik) yo‘nalishi
Katolitsizm   xristianlikdagi   eng   keng   tarqalgan   yo‘nalish   bo‘lib,   bu
yo‘nalishga   800   millionga   yaqin   kishi   sig‘inadi.   Katolitsizm   (grekcha   -   katolikos
degan so‘zdan olingan, o‘zbekcha ma’nosi  - umumiy, butun dunyo cherkovlariga
oid,   degan   mazmunga   egadir)   yo‘nalishidagi   dindorlar   dastlabki   vaqtda   Misrdagi
Aleksandriya arximandratini tan olgan monofizit-lar deb atalardi.
Katolitsizm yo‘nalishida barcha diniy marosimlarni bajarish, duolarni o‘qish,
Bibliya   («Yangi   ahd»)   matnini   o‘qish   lotin  tilida   olib   boriladi.   Lotin   tili   qadimgi
Rim Lotikiya aholisi gaplashadigan til bo‘lib, u lotikiya qabilasining tili edi. Rim
aholisi   Tibr,   Anien   daryolari,   Apenin   tog‘   tizmalari   va   Tirren   dengizi   o‘rtasidagi
vodiyda   yashovchi   lotik   qabilasiga   mansub   edi.   Hozir   lotin   tili   «O‘lik»   til
hisoblanadi, ammo lotin alfaviti aksariyat Yevropa, Amerika, Avstraliya va boshqa
qit’alarda yashaydigan aholi grammatikasiga asos bo‘lgan. U tibbiyot, matematika,
kimyo,   fizika   kabi   fanlarda   simvolik   belgi   sifatida   ishlatiladi.   O‘zbekiston
respublikasida ham lotin alifbosiga o‘tish boshlandi.
1962 yilda 2-Vatikan sobori diniy ishlarni milliy tillarda olib borishga ruxsat
bergan, ammo lotin tilida olib borish hamon davom etayotir.
Katolitsizm   yo‘nalishi   tarixi   IV-XX   asrlarni   tashkil     qilib,   deyarli   16   asrdan
buyon   mavjuddir.   Bu   davr   mobaynida   katolitsizm   aqida   va   marosimlari,   ruhoniy
va   cherkovlari   quldorlik,   feodalizm   va   kapitalizm   jamiyatlari   uchun   bajonidil
xizmat   qilib   kelayotir.   Xristianlikning   bu   yo‘nalishi   zamona   ruhiga,   o‘zgargan
tarixiy   shart-sharoitlariga   ustalik   bilan   moslashib   yashamoqda.   Katolitsizmning
aholini turli qatlamlari, sinflari va toiflari orasida ta’siri katta. Katolitsizm   markazdan   boshqariladi.   Rim   shahrida   Vatikan   va   Rim   papasi
barcha katolik cherkovlarga rahbarlik qiladi.
Katolitsizmning aqidalari:
1) Katoliklar ilohiyotida (aqidalar) ilohiy troitsaga: ota xudo, o‘g‘il xudo va
muqaddas   ruhga   e’tiqod   qiladilar.   Katoliklar   «muqaddas   ruh»,   «ota   va   o‘g‘il»
xudodan kelib chiqqan, deb hisoblaydilar.
2) Katoliklar   muqaddas   kitobni,   ya’ni   Tavrotni   va   muqaddas   rivoyat   yoki
an’analarni   diniy  ta’limot   manbai,   deb  hisoblaydilar.   Katolik   cherkovi   faqat   lotin
tilida   yozilgan   Tavrotni   e’tirof   qiladi.   Tavrotni   faqat   ruhoniylargina   izohlashi   va
sharhlashi   mumkin.   Katolik   an’analarni   papalar   yoki   sobor   yig‘inlarida   «avliyo
ota»lar   chiqargan   yangiliklar   bilan   to‘ldirib   turishni   tan   oladilar.   Bu   bilan
katolitsizm zamonaga moslashtirib berilgan.
3) Xristianlikning   boshqa   yo‘nalishlaridan   farq   qilib,   katolitsizmda   Rim
papasi   xudoning   rasuli   ekanligi   to‘g‘risidagi   maxsus   aqidaga   amal   qilinadi.
Katolitsizm   papani   cherkovning   boshlig‘i   deb   hisoblaydi,   uni   «Iso-ning   noibi
(vorisi)» va «Apostol pyotrning o‘rinbo-sari» deb ataydilar.
4) Katolitsizmda  a’rof  to‘grisidagi   aqida  bo‘lib,  unga   ko‘ra  a’rofda  (jannat
bilan   do‘zah   oralig‘ida)   gunohkorlarning   ruhlari   tiriklik   vaqtlarida   yuvilmay
qolgan   gunohlaridan   tozalanib,   jannatga   kirish   imkoniyatiga   ega   bo‘ladilar,   deb
tushuntiriladi.
5) XIII   asrda   katolik   ilohiyotchilari   tomonidan   «savob   ishlar»   zahirasi
to‘g‘risidagi aqida ishlab chiqildi. Unga asosan gunoh qilgan kishilar cherkovdan,
haq   to‘lab,   kechirim   so‘rab,   gunohining   kechirilgani   to‘g‘risi-dagi   guvohnoma-
idulgensiya olishi mumkin. Cherkov idulgensiya narxini belgilab chiqdi. Masalan,
o‘z   otasini   yoki   onasini,   xotinini,   akasini,   ukasini,   singlisini   o‘ldirgani   uchun   5
yoki   6   gross,   yoki   «o‘g‘irlik   qilgani   uchun,   o‘t   qo‘yganlik   uchun   8   gross»   haq
to‘laydi.
6) Isoning   onasi   Bibi   Maryamga   «ruhoniy   ona»   deb   sig‘inish   ham   kuchli
e’tiqod ramzi hisoblanadi. Katoliklarning diniy marosimlari
Katoliklarning   marosimlari   juda   tantanali   o‘tishi   bilan   ajralib   turadi.
Marosimlarning ko‘pi cherkov va monastirlarda o‘tadi, ularda musiqa asboblaridan
organ   chali-nadi,   yakka   ashulalar   va   xor   munojotlar   aytiladi.   Bu   dindorlar
hissiyotiga ta’sir etib, ularda diniy zavq uyg‘ota-di. Marosimlar:
1) Momo Havoga  (Yeva)  va Bibi  Maryamga sig‘inish marosimi  ayollar
orasida keng tarqalgan bo‘lib, bu marosimda «ayollar Momo Havo sizlarga doimo
homiylik qiladi», degan g‘oya mujassam bo‘lgan.
2) «Avliyolarga»   sajda   qilish,   tabarruk   narsalarga   va   mumiyolangan
avliyolar   jasadiga   sig‘inish   marosimi   ham   mavjud,   Masalan,   G‘arbiy   Yevropa
cherkovlari   va   monastirlarida   dindor   ko‘rib   sig‘insin   degan   maqsadda   go‘yoki
Isoning   sochi,   tirnoqlari,   kiyimlari,   qizil   plashi,   Momo   Havoning   suti,   Iso
mixlangan   xoch   qo‘yilgan.   Ularda   yana   avliyolar:   Matfey,   Luka,   Pyotr,
Yulianlarning jasadi namoyish qilinadi, dindorlar ularni taof qiladilar.
3) Turli vaqtlarda butlarni yangilash, «yig‘lovchi» butlar, o‘zi yonadigan
shamlar, mo‘jizali davolash kabi mo‘jizalar ko‘rsatish ham keng tarqalgan.
4) Xristianlikdagi asosiy marosimlar: tavba qilish, prichashchenie, nikoh,
cho‘qintirish ham katoliklar tomonidan marosim va bayramlar deb amal qilinadi.
5) Katolik   cherkovlarida   diniy   xizmat   paytida,   avlodlar   xotirasiga   sham
yoqish odati ham keng tarqalgan.
Rim       papasi     katolitsizmi       boshqa       xristianlik       yo‘nalishlaridan     qat’iy
markazlashtirilganligi   bilan   ajralib   turadi.   Katolik   cherkovi   tepasida   Rim   papasi
turadi. Papa-lotincha ota degani bo‘lib, papa barcha katoliklarning «ruhoniy otasi»
hisoblanadi.   Papa   o‘z   siymosi,   e’tiqodi   bilan,   ahloq-odobi,   bilimdonligi,
xudojo‘yligi   bilan   barcha   katoliklarga   namuna   hisoblanadi.   U   gunohdan   xolis
yerdagi xudoning vakili, bosh ruhoniy deb tushuniladi.
Papa   kardinallar,   ya’ni   oliy   darajadagi   ruhoniy-larning   vakillari   kollegiyasi
tomonidan   umrbod   muddatga   saylanadi.   Papalik   mansabiga   nomzod   bo‘lgan
ruhoniy ovozlarning kamida 2G‘3 qismini va yana oshiqcha bir ovoz olishi kerak. Saylovdan o‘tgan kishi o‘zining ilgarigi ismidan voz kechadi va o‘ziga yangi ism
oladi.
Katolitsizmning ko‘p asrlik tarixi davomida papalik mansabiga 300 ga yaqin
kishi saylangan. Ulardan 31 tasi papalik lavozimiga noloyiq, yaramas ishlar qilgan.
Lekin   papaning   «gunohsiz»ligi   haqidagi   aqida   1870   yilda   bo‘lib   o‘tgan   Vatikan
cherkov sobori tomonidan tasdiqlangan. Hozirgi papa 1978 yilda saylangan Korol
Vaytilla   -   Oann   Pavel   11   bo‘lib,   u   1920   yilda   Polshannig   Krakov   shahrida
tug‘ilgan   yirik   ruhoniydir.   U   xristian   ahloqiga   oid   400   ga   yaqin   kitob   yozgan.
Ioann Pavel II davrida Rim papasining obro‘si kuchaydi, yangi cherkovlar ochildi.
Vatikan   xazinasi   boyidi,   katolik   cherkovlari   turli   xristian-demokratlar   orqali
siyosatda aktiv qatnashmoqdalar.
Vatikan Rim shahrida 44 gektar maydonga joylashgan papalik davlati bo‘lib,
uning   davlatga   xos   o‘z   bayrog‘i,   gerbi,   chegarasi,   politsiyasi,   oliy   organlari
mavjud.   Papalikning   oliy   diniy   tashkilotini   Rim   Quriyasi   deyiladi.   Quriya
yig‘ilishlarida   barcha   katolik   cherkovlari   bajaradigan   qarorlar   qabul   qilinadi.
Vatikanda   Rim   papasi   akademiyasi   mavjud   bo‘lib,   unda   din   va   fan,   ahloq   va
ijtimoiyot,   ekologiya   va   inson   huquqlariga   oid   bo‘lgan   masalalar   bilan
shug‘ullanadigan   olimlar   ishlaydilar.   Rim   papasi   XIII   asrda   yashagan   italiyalik
ruhoniy,   faylasuf   Foma   Akvinskiyning   «muqaddas   ruh   zarralari   barcha   moddiy
narsalarda yashirin ravishda mavjud, fanning vazifasi ularni ochib faktlar to‘plash,
faktlardan   umumiy   xulosalar,   nazariy   umumlashgan   tushunchalar   chiqarish   esa
dinning vazifasi, dinga fan xizmat qilishi lozim, ular ittifoq bo‘lishi kerak», degan
ta’limotni Neotomizm nomi bilan rivojlantirayotir. Foma Akvinskiyni papalikning
piri hisoblaydilar.
Ammo   ming   yildan   ziyod   davom   etgan   o‘rta   asrda   papa   qoshida   dahshatli
inkivizatsiya   sudi   ish   olib   borib,   u   katolitsizm   g‘oyalariga   qarshi   chiqqan
ta’limotlarni   bad’at   deb,   fanni   esa   shakkoklik   hisoblab,   olimlarni   ta’qib   qildi.
Minglab kishilarni qattiq jazolagan. Inkivizatsiya 9-12 million kishini jazolagan. U
Vatikan   va   papaning   eng   kuchli   quroli   edi.   1540   yilda   ispan   dvoryani   Ignatiy
Loyola tomonidan tuzilgan Iezuitlar diniy ordeni papalik tayanchi bo‘lib, o‘zlarini oddiy kishilardan ajralmaydigan kiyim kiygan. Yashirin ish olib boradigan iezutlar
yuqori   tabaqa   orasida   targ‘ibot   olib   borib,   katolik   cherkovi   uchun   xayr-ehson
qilish,   papalikni   qo‘llab-quvvatlash,   bid’atlarni   aniqlash   kabi   hufyona   harakatlar
qilganlar.
Katolitsizm   Germaniya,   Ispaniya,   Italiya,   Fransiya,   Polsha,   Belorus,
Ukraina,   Latviya,   Litva,   Estoniya;   Afrika,   Amerika   mamlakatlarida   hozir   ham
mavjud bo‘lib, 35 ming iezutlar, 27 ming fransiskanslar, 21 ming solezianslar, 18
ming   xristianlar   birodarligi,   monaxlar   birlashmasi   hamda   ko‘p   mingli   ruhoniylar
orqali   ishlaydi.   Vatikan   va   Rim   papasi   turli   mamlakatlarda   joylashgan
radiotelekompaniya-lar,   50   dan   ortiq   tilda   bosiladigan   yuz   millionlab   nusxali
jurnallar   va   diniy   kitoblarga   egadir.   Katolik   universitetlari,   kollejlari,   diniy
maktablari, hatto yasli-bog‘chalari mavjud.
Vatikan   va   Rim   papasi   umumbashariy   muammolar   -   urush   va   tinchlik,
ekologiya, spid, rak kasalliklari, inson huquqlari, ocharchilik va qashshoqlik, yalpi
qirg‘in qurollarini ta’qiqlash kabi masalalarni hal qilishga oid qalqaro simpozium,
konferensiyalarda aktiv qatnashdi.
Vatikan   va   Rim   papasiining   siyosati   «Xristian   sotsializmi»,   «Xristian
demokratiyasi»ni butun dunyoda o‘rnatishdir.
Shunday   qilib   xristianlikning   yirik   yo‘nalishi   bo‘lgan   katolitsizm
dindorlarga xizmat qilmoqda.
Pravoslavie yo‘nalishi
Rim   imperiyasi   395   yilda   ikki   qismga   bo‘linib   ketdi.   1054   yilda   esa
xristianlik   katolitsizm   va   pravoslavie   yo‘nalishlariga   ajraldi.   Rim   imperiyasining
sharqiy   viloyatlarida   feodallashish   jarayoni   sekinlik   bilan   bordi.   Vizantiyada
imperatorlik   hokimiyati   saqlanib   qoldi.   Cherkov   doimo   podsholar   qaramog‘ida
turar   edi.   Rus   demokrat   yozuvchisi   V.G.Belinskiy   aytganidek,   pravoslavie
ruhoniylari «har doim dunyoviy hokimiyatga xizmatkor bo‘lib kelganlar».
Imperator Konstantin o‘z imperiyasini mustahkamlash maqsadida cherkovni
davlat   muassasasiga   aylantirdi.   Patriarx   amalda   din   ishlari   vaziri     bo‘lib   qoldi.
Pravoslavie   deb   atalishiga   sabab:   Bibliyadagi   qadimgi   aqidalarni   izohlash   va sharhlash   erkinligi   huquqiga   ega   bo‘lgan   (pravo   na   slovo-o‘z   fikriga   ega)
demakdir.
Pravoslavie   cherkovlari   boshliqlarining   sobor   majlisi   imperator   (podsho)
tomonidan   chaqirilib,   uning   yoki   tayinlan-gan   dunyoviy   amaldor   raisligida
o‘tkazilishi   ham   pravoslavie   har   bir   davlatga   artokefal,   ya’ni   mustaqil   cherkov
ekanini ko‘rsatadi. Masalan, jahon xristian pravoslavie sobor yig‘inining 6 tasi ana
shunday   o‘tgan   edi.   Faqat   787   yilda   Nikey   shahrida   o‘tkazilgan   yettinchi   sobor
yig‘ilishida   imperator   patriarx   sifatida   qatnashgan   edi.   Jahon   soborlarining
qarorlari imperator tasdiqlagandan keyingina kuchga kirardi.
Pravoslavie patriarxlari ba’zan podsho yoki imperatorlar nazoratidan chiqib
ketishga   va   ular   ustidan   hukmronlik   o‘rnatishga   urinib   ko‘rardilar,   ammo   bunga
erisha   olmasdilar.   Masalan,   Konstantinopol   patriarxi   shunday   maqsadda   Rimning
besh   ruhoniysidan   madad   olishga   ham   harakatlar   qilganu,   ammo   o‘z   niyatiga
erisha olmay, imperator qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lib qolavergan.
Pravoslavie   cherkovlari   kimnidir   avliyo   deb   e’lon   qilmoqchi   bo‘lsa   bunga
podsho ruxsatini olishga majbur edi yoki imperator xohlagan ruhoniyni avliyolikka
ko‘tarishga to‘g‘ri kelardi. Masalan, Rossiya podshosi Ivan Grozniyning yoshgina
o‘g‘li Dmitriyni podsho Vasiliy Shuyskiy talabi bilan alviyolar qatoriga kiritilgan.
Pravoslaviening aqidaviy ta’limotlari
Pravoslavie   aqidalaridan   iborat   ta’limotlar   jahon   sobor   yig‘ilishlari
tomonidan qabul qilingan e’tiqod ramzlaridir.
1-aqida:   bir   tanada   uch   qiyofada   namoyon   bo‘ladigan   ota,   o‘g‘il   xudolarga,
muqaddas   ruhga   iymon   keltirib,   ular   dunyoni   ikkita   qilib     yaratgani,   barcha
narsalarni   yo‘qdan   bor   qilgani   va   olamning   egasi,   boshqarib   turadigan   yagona
hokimi   mutloq   deb   ishonish,   Muqaddas   ruh   -   ota   xudodan   paydo   bo‘lgan   deb
tasavvur   qilinadi.   Isoning   oyoq   qo‘lidan   mixlanib   o‘ldirilishi   va   tirik   holda
osmonga   chiqib   ketganligi,   u   yana   Yer   yuziga   qaytib   kelishi,   adolatli   jamiyat
o‘rnatishga ishonish.
2-aqida:   cherkov   gunohdan   pokligi,   aqidalarning   o‘zgarmasligini   e’tirof
etish   aqidasi.   Bu   aqidaga   ko‘ra   cherkovni   dastlab   Iso   barpo   etgan,   so‘ngra   u o‘zidan   keyin   o‘rniga   avliyo   Pyotrni   qoldirganligi   uchun   cherkovlar   gunohdan
holi-forig‘   hisoblanadi.   Pravoslavie   yo‘nalishidagi   ruhoniylar   va   xudojo‘y
taqvodorlar   diniy   aqidalar   xudoning   inoyati   bilan   bandalarini   to‘g‘ri   yo‘lga
boshlovchi   «muqaddas   haqiqatlar»   bo‘lganligi   uchun   ular   hech   o‘zgarmaydi,
abadul-abad   turadi,   ularni   ozaytirish   ham,   ko‘paytirish   ham   mumkin   emas,   deb
hisoblaydilar.
3-aqida:   Isoning   onasi   Bibi   Maryamga,   avliyolar   va   cherkov   deb   e’lon
qilgan ruhoniylarga sig‘inish aqidasi ham kuchli ta’limot hisoblanadi.
Pravoslavie marosimlari
Xuddi   katolik   yo‘nalishidagi   kabi   pravoslavieda   ham   marosimlarga   katta
ahamiyat   beriladi.   Pravoslavie   marosimlarining   ko‘pi   cherkovda   o‘tadi.   Katolik
cherkovlarida ibodatlar paytida dindorlar bemalol stullarda o‘tiradilar, pravoslavie
cherkovlarida   esa   dindorlar   tikka   turadilar.   Katolik   cherkovlarida   organ   musiqasi
sadolari   ostida   ibodat   qilinadi   Pravoslav   cherkovlarida   ibodat   paytida   musiqaviy
kuylar   chalish   odat   emas.   Pravoslavie   va   Katolik   cherkovlarining   ichki   tomonini
bezatishda   ham   farqlari   bor.   Masalan,   pravoslavie   cherkovlarida,   ibodat   uylarida
butlar   juda   ko‘p.   Bibi   Maryam   Iso,   avliyolarning   ko‘pdan-ko‘p   haykallari   ham
mavjud. Pravoslavie cherkovlari va ibodat uylari nim qorong‘i, shamlar bilangina
yoritilgan   holda,   sirli   sharpalar,   mungli   munojot   madhiya   emas,   balki   marsiya
ohanglari   eshitilgan   holda   marosimlar   o‘tadiki,   bunday   holat   pravoslav
ruhoniylarining   fikriga   ko‘ra,   dindorning   e’tiqod   ruhiyatini   kuchaytiradi.   Agar
yop-yorug‘   elektrlar   yonib   turgan   holda   ibodat   qilinsa,   dindorlar   ibodatda
chalg‘ishi mumkin, deb hisoblaydilar.
Pravoslav   bayramlari   ham   juda   ko‘p   bo‘lib,   ularning   umumiy   soni   bir
yildagi   365   kunning   har   biriga   bir   nechta   bayrami   to‘g‘ri   keladi.   Pravoslav
bayramlari   ulug‘lash   ob’ektiga   qarab   Iso,   Bibi   Maryam   va   avliyolar   sharafiga
o‘tkaziladigan   bayramlarga,   tantanavorligi   jihatidan   -   ulug‘,   o‘rta   va   kichik
bayramlarga   va   o‘tkazish   vaqti   jihatidan   -surilmaydigan,   oyning   ayni   bir   xil
chislolariga   to‘g‘ri   keladigan   bayramlarga,   hamda   suriladigan,   ya’ni   pasxa
kunlariga   qarab,   kalendar   kunlari   bo‘yicha   almashib   turadigan   bayramlarga bo‘linadi.   Ulug‘   bayramlar   ro‘yxati   pasxadan   boshlanadi,   undan   keyin   o‘n   ikki
bayram   turadi.   Cherkov   esa   Isoga   xatna   qilish,   homiylik   bayrami   (pokrov)   Ioann
Cho‘qintiruvchining   tug‘ilishi,   uning   boshini   kesilishi,   apostollar   Pyotr   va   Pavel
kuni   bayramlarini   ham   ulug‘   bayramlar   qatoriga   kiritadi.   Avliyolarga
bag‘ishlangan   pravoslav   bayramlari   haddan   tashqari   ko‘p.   Pravoslavie   cherkovi
Nikolay   mo‘jiza   yaratuvchini   ayniqsa   ulug‘laydi.   U   savdo   va   dehqonchilik
homiysi,   kambag‘allar   himoyachisi,   odamlarning   g‘am-kulfat   kunlarida   ularga
madadkor,   juda   ko‘p   mo‘jizalar   ko‘rsatgan   aziz   avliyolardan   biri   bo‘lgan.   Uning
sharafiga   atab   yozgi   va   qishki   Nikolay   bayramlari   o‘tkaziladi.   Ilya   payg‘ambar
(Ilya kuni), Georgiy Pobedonoses (Yegor kuni) ham ulug‘lanadi. «Rossiya  yerida
ziyo»   sochgan   barcha   avliyolar   degan   bayram   ham   bor.   Ko‘pgina   bayramlar
mo‘jizakor   ikonalarga   bag‘ishlangan.   Bu   bayramlar   bir-biridan   keskin   farq
qilmaydi.
Pravoslavie   ibodat   kitoblari   -   ibodat   vaqtida   ibodatxonalarda   o‘qiladigan
yoki   cherkov   xizmati,   tainstva   hamda   treba   (cherkov   qavmlari   talablariga   ko‘ra)
o‘tkaziladigan ibodat marosimlarini o‘tkazish tartibini o‘z ichiga oladigan kitoblar.
Ibodatxonlarda   o‘qiladigan   kitoblar   jumlasiga:   «Appostollarning   qilmishlari»,
sobor   maktublari,   Psaltir   (Zabur)   ni   o‘z   ichiga   olgan   Injil   va   apostol   kiradi.
Cherkov xizmati, tainstvo va trebalarni o‘tkazish tartibi haqidagi kitoblar jumlasiga
ibodat   tartiblarini   bayon   qiladigan   Slujebnik   (Ibodat   kitobi),   liturgiyadan   boshqa
ibodatlarni   o‘tkazish   bo‘yicha   qo‘llanma   bo‘lmish   Chasoslov,   tainstvo
marosimlarini (hamda ruhoniylik unvonini berish marosimidan boshqa) o‘z ichiga
olgan   trebnik,   cherkov   qo‘shiqlari   to‘plami   -   Oqtoyx,   yilning   har   bir   kuni   uchun
avliyolar   sharafiga   duo   o‘qish   va   qo‘shiq   aytish   to‘plami-oylik   Mineya,   umumiy
Mineya (bu ham shunday to‘plam, lekin unda umuman barcha avliyolarga taalluqli
qo‘shiqlar   bor),   post   (ro‘za),   Triodi   (ro‘zaga   yaqin   va   ro‘za   oyida   aytiladigan
qo‘shiqlar)   to‘plami   kiradi.   Unga   ibodat,   qo‘shiq,   duo   aytish,   marosim   tartibi
kabilar kiradi. Marosim va ibodat paytida maxsus kiyiladigan kiyimlar bor va turli
idish hamda anjomlar ishlatiladi. Rus   pravoslavie   cherkovlari   besh   ruhoniysi   -   Butun   Rossiya   va   Moskva
patriarxi   barcha   cherkovlarga   yuborgan   maktubida   shunday   so‘zlar
bor:«Ibodatxonalarimizning   kundalik   hayotidan   elektr   lampochkalariga   ortiqcha
xirs   qo‘yishni   cheklash   vaqti   keldi.   Berilib   ibodat   qilish   uchun   ibodatxonalarga
qadam   qo‘ygan   xudojo‘y   miltillab   yonadigan   moychiroq,   shamchiroq   yorug‘ida
ibodat qilishni istaydi. Yorqin elektr yorug‘i ibodat kayfiyatini so‘ndirishi u yoqda
tursin, hatto bunday kayfiyatni tarqatib yuboradi»
988   yilning   yozida   Kiev   knyazi   Vladimir   Vizantiya   davlatidan   pravoslavie
mazhabiga   qabul   qilishni   so‘radi   va   Konstantinopol   patriarxligiga   qabul   qilindi.
Rossiya   xristianlikni   shu   tariqa   qabul   qildi.   Vizantiyadan   Rossiyaga   kelgan
messioner pravoslav ruhoniylar Kiev ko‘chalarida oliy tabaqaga mansub kishilarni
Dnepr   daryosida   cho‘qintirdilar.   Lekin   oddiy   odamlar   yangi   dinga   kirishni
xohlamasdan   cho‘qinishdan   bosh   tortganlari   ham   bor   edi,   ular   majburan
cho‘qindilar.   Shundan   keyin   Moskva,   Novgorod,   Tver,   Pskov,   Vladimir,   Nijniy
Novgorod knyazliklari ham birin-ketin cho‘qintirilib yangi dinni qabul qilganlar.
Qadimgi   Rusning   xristianlikni   qabul   qilishi   ijobiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan
edi.   Chunki   Rus   knyazlari   asta-sekin   yagona   davlat   bo‘lib   birlashdilar.   Rossiya
Yevropa   davlatlari   bilan   yaqin   aloqalar   bog‘ladi.   Rossiya   xristian   madaniyatini
rivojlanishiga olib keldi.
Butun   Rossiya   va   u   bosib   olgan   joylarda   ko‘pdan-ko‘p   pravoslav
cherkovlari,   ibodatxonlar,   monastirlar,   xramlar   vujudga   keldi,   ular   o‘z
podsholariga   katta   xizmat   qildilar.   Rossiya   xudojo‘y   xristianlar   mamlakatiga
aylanib   ketdi.   Hamma   o‘quv   tizimida,   armiyada,   oilada   xristianlik   ahloqi,
aqidalari,   marosimlari,   duo   va   madhiyalari   joriy   etilgan   bo‘lib,   ularda   Rus
knyazlari,   podsholari,   imperatorlari   mahalliy   amaldorlari   sharaflanardi.   Pyotr   1
1711-   yilda   muqaddas   Sinod   tuzish   va   uni   davlat   qoshidagi   diniy   ishlar   vazirligi
bo‘lishi   to‘g‘risida   farmon   chiqardi.   Hozirgi   davrda   Butun   Rossiya   va   Moskva
patriarxligi   mavjud,   uning   Zagorsk   shaharchasida   markazi   joylashgan.   Aleksiy   II
esa hozirgi paytdagi patriarxdir. Pravoslavie   mazhabida   hozirgi   paytda   yagona   markaz   yo‘q.   Hozir   15
avtokefal,   ya’ni   biri-biridan   mustaqil   bo‘lgan   pravoslav   cherkovlari   bor.   Bular
Konstantinopol   (Turkiya),   Aleksandriya   (Misr),   Antioxiy   (Suriya),   Quddus,   Rus,
Kipr,   Gruziya,   Serbiya,   Ruminiya,   Bolgariya,   Ellada,   Albaniya,   Polsha,   Chexiya,
Amerika avtokefal cherkovlaridir.
Pravoslavieda   ahloqiy   ta’limotga   ham   alohida   ahamiyat   berilgan.   Yaqin
kishilaringni   sev,   yomonlik   qilma,   yaxshilik   qil,   o‘ldirma,   o‘g‘irlik   qilma   kabi
pand-nasihatlar o‘ta talabchanlik bilan ta’kidalanadi.
Adabiyotlar ro’yxati
 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: «O‘zbekiston», 2012. 
2. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining
qonuni (yangi tahriri) // O‘zbekistonning yangi qonunlari, №  19. – T.: «Adolat», 
1998. 224– 234-betlar.
 3. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: 1992.
 4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – T.: 1996. 
5. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: 1997.
 6. Karimov I.A. Alloh qalbimizda, yuragimizda. – T.: 1999.
 7. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. – T.: 
«O‘zbekiston», 2000.  8. E’tiqod erkinligi qonuniy asosda bo‘lsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Islom Karimovning Oliy Majlis XI sessiyasida so‘zlagan nutqi. Xalq so‘zi, 1998, 5-
may.
 9. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: «Sharq», 1998. 
10. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. 
11. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: 
«O‘zbekiston», 2009. 
12. Azimov A. Islom va hozirgi zamon. – T.: 1992. 
13. Бертельс Е.Э. Суфийлик и суфийская литература. Изб. труды. T III. – M.: 
1965.

Markaziy Osiyoda yahudiylik, buddaviylik va xristianlikning kirib kelishi Reja 1. Xristianlikning shakllanishi, ta’limoti va marosimlari 2. Xristianlik dinining muqaddas kitoblari. 3. Xristianlikning yo‘nalishlari. 4. Xristianlik firqalari

Jahon dinlaridan biri Xristianlik bo‘lib, bu dinning nomi Iiusis Xristos, bola xudo - payg‘ambar nomidan olingan. Dunyodagi barcha xristianlar Iiusis Xristos (Iso)ning ummatlari hisoblanadilar. Hozirgi davrda xristianlik eng keng tarqalgan din bo‘lib, Amerika, Avstraliya, Yevropa, Osiyo qit’alarida va boshqa joylarda 2 milliard xristianlar mavjud. Bu din monoteistik va jahon dinidir. Xristianlar dunyoning 254 mamlakatida yashaydilar. Xristianlik yangi eraning 1 asri o‘rtalarida Rim imperiyasining Sharqiy viloyatlardagi Iudeya (hozirgi Isroil), kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) va Falastin hududlarida yashaydigan mazlum xalqlar va qullar orasida iudaizmning firqasi sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra undan ajralib chiqdi va yangi dinga aylandi. Xristianlik tarixi yaxshi tadqiq etilgan. Jumladan, Injilda, Ioan Bogoslovning «Vahiynoma» asarida, B.Spi-nozaning «Ilohiyot va siyosatga oid risola»sida, L.Feyerbax-ning «Xristianlikning mohiyati» asarida va boshqa manbalarda xristianlikning kelib chikish tarixi, uning aqidaviy ta’limoti, marosimlari, ahloqiy va huquqiy qarashlari, rivoyatlar bayon etilgan. Xristianlik 325 yilda Rim imperiyasida rasmiy mafkura va davlat dini deb rasmiy ravishda e’lon qilingan edi. Xristianlik rasman tan olingan davrdagi tarixiy shart-sharoit quyidagicha edi: 1. Rim quldorlik davlatining qullarga va bosib olingan mazlum xalqlarga nisbatan qattiq jabr-zulm qilishiga qarshi olib borilgan ozodlik urushlari va qo‘zg‘olonlar birin-ketin mag‘lubiyatga uchrab, ulardan shafqatsiz o‘ch olinib jazolashlar oqibatida umumiy ruhiy-ma’naviy inqiroz paydo bo‘lgan. Qullar sinfidan bo‘lgan Spartak yetakchiligida eramizdan avvalgi 73-71 yillarda Rimdagi qo‘zg‘olon bostirilgach, 6 ming qul Rimga olib boradigan yo‘llar chetiga qurilgan xochlarga mixlab tashlangan. Shun-dan keyin qullar bilan mazlum xalqlar tez orada samoviy haloskor - payg‘ambar Iso kelib bizni ozod qiladi, sabr-toqat qilish, ibodat bilan shug‘ullanish kerak, deb yangi dinga umid bog‘ladilar. O‘sha fojea oqibatida umumiy umidsizlik avj olgan. Spartakning mag‘lubiyati, - degan edi tarixchi Sharl Enten, - Isoning g‘alabasi edi.

2. Qachonlardir shon-shuhratga, kuch-qudratga to‘lib-toshgan Rim quldorlik davlati eramizning I-III asrlariga kelib inqirozga yuz tutdi. Qulchilik o‘rniga feodal tartiblar o‘rnatila boshlandi. Quldorlar va boshqa yuqori tabaqalar orasida ijtimoiy aynish kuchayib, ma’naviy buzilish, ayshuishratga berilish o‘sib bordi. 3. Rim davlati hududlarida yashayotgan turli urug‘lar, qabilalar, elat va xalqlar o‘z xudolariga, payg‘ambarlariga, urf-odatlariga sig‘inar edilar. G‘oyaviy- mafkuraviy birlik bo‘lmaganligi ham Rim qudorlariga xalq ustidan siyosiy va g‘oyaviy hukmronlik qilishni tobora qiyinlashtirardi. Rim davlati uchun yagona xudo, yagona payg‘ambar, yagona din asosidagi mafkura zarur edi. Bu ahvol shakllanib kelayotgan xristianlik jamoalariga erkinlik berish, ularda klirlarning rahbarlikni qo‘lga olishi, ana shu maksadni ifodalaydigan aqidalar ishlab chiqishga olib keldi. Xuddi ana shu uchta tarixiy sababga ko‘ra xristianlik nisbatan tezroq shakllanib bordi, u ko‘pchilik orasida keng tarqaldi, yuqori va quyi katlamdagi kishilar orasida e’tiqod, iymonga aylandi. Yangi din yuqori tabaqa uchun mazlumlar ustidan hokim bo‘lish yo‘llarini ochib berdi, xalqni esa tinchlantirdi. Xristianlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Uning falsafiy-mistik nazariy asosini yahudiy faylasufi, Aleksandriyalik Filonning falsafiy ta’limoti, Rim stoiklaridan Seneka-ning falsafasi tashkil qiladi. Xristianlik bevosita yahudiy milliy dinning ko‘p xususiyatlarini meros qilib oldi. Unda qadimgi Sharq dinlarining ko‘pdan-ko‘p unsurlari qayta ishlangan hamda o‘zlashtirilgan. Masalan, qadimgi Hindiston-ning hinduizm dinidagi uch qiyofa bilan namoyon bo‘ladigan xudolar: Braxman, Vishnu, Shiva xristianlikdagi uch qiyofali yagona xudo (ota xudo, muqaddas ruh, bola xudo) shaklida tasavvur etilgan. Xristianlik ibodatlarida sham yoqish otashparastlardagi olovga sig‘inish, avlodlar ruhi- arvohiga jin chiroq yoqish odati; totemizm dinidagi totem hisoblangan hayvonlar go‘shtini iste’mol qilish va u bilan qon va tana orqali yanada yaqinlashish rasm- rusumi; fetishizmdagi ayrim predmet va narsalarni ilohiylashtirish esa xristianlikdagi butparastlikda yaqqol namoyon bo‘ladi .

Xususan, faylasuf olimlar Seneka bilan filonlarning falsafiy-ahloqiy qarashlarining xristianlik mafkurasini ishlab chiqishga ko‘rsatgan ta’siriga alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Seneka (er.av. 4 yilda tug‘ilgan va yangi eraning 65 yilida vafot etgan) o‘z falsafasida moddiy boyliklar to‘plash, noz-ne’matlarni iste’mol qilish kabilarni bu dunyoning behuda ovoragarchiliklari deb e’lon qilib, ulardan voz kechishni targ‘ib kiladi. U bu talabni jonni qutqarib qolish yo‘lidagi birinchi qadam deb bildi. Dunyo, Senekaning fikricha, insoniyatni kelayotgan halokatdan qutqarib qolishga qudrati bo‘lgan ilohiy hokimga muhtojdir. Filon (eramizdan avvalgi 1 asrning oxiri, yangi eraning birinchi yarmida yashagan) grek-rim falsafasini yahudiy dini bilan qo‘shishga urinib, xudo bilan odamlar o‘rtasida turuvchi ilohiy vositachi borligi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqan edi. Bu vositachi «Kaloni xudo» bo‘lib, u kishilarni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish va ularni hammadan qudratli xudo bilan tanishtirish uchun tangrining yerga yuborgan farzandidir. Xristianlik yevangeliyalarini (hadislarini, xushxabar-larini) yozgan avliyolar Seneka va Filonning bu g‘oyalaridan foydalanganlar. XIX asrda Germaniyada yashagan dinshunos olim B.Bauer umrining oxirigacha mana shu masala bilan shug‘ullanib keldi. U o‘z tadqiqotlariga yakun yasab, quyidagi xulosaga keldi: «Yil hisobimizning 40-yilida yashagan Iskandariyalik yahudiy Filon juda ham qarib qolgan chog‘ida Xristianlikning haqiqiy otasi bo‘ldi, rimlik Stoik Seneka esa, xristianlikning amakisi bo‘ldi». Stoiklar falsafasi qadimgi Gresiyada eramizdan avvalgi IV asrdan yangi eraning IV asrigacha davom etgan. Rim imperiyasi davrida stoiklar falsafasi diniy falsafaga aylandi. Stoiklar ahloq masalalariga ko‘proq e’tibor berib, uni taqdirga ishonish ruhida talqin etdilar. Ular jonning tanadan tashqarida yashashini, insonning taqdiriga tan berishini, zohidlik kabilarni himoya qilib chiqdilar. Stoiklar ta’limoti xristian dinining ahloqini shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Mana shu ikki faylasuf, ya’ni Seneka bilan Filon ta’limotlari asosida shakllangan dastlabki Xristianlik aqidalarida odam tug‘ma gunohkor ekanligi; hayvonlarni qurbonlik qilish yo‘li bilan emas, balki o‘z qalbini xudoga qurbon qilish yo‘li bilan tavba qilish; dunyoviy rohatlarning hammasiga nafrat bilan qarab,

nafsni tiyish; u dunyodagi yaxshi turmushga umid qilish; odam o‘ldirmaslik, yaqin kishilariga yaxshilik qilish g‘oyalari shakllangan edi. Xristianlikning xalq orasida tez tarqalishiga Rim davlatining qo‘l ostida bo‘lgan sharq mazlum xalqlarining diniy ruhiyatiga mos bo‘lgan qadimgi Sharq dinlaridan foydalanganlik ham tas’ir qildi. Masalan, Misrning qadimgi Xudosi Oziris o‘lib-tirilish ramzi bo‘lgan dehqonchilik xudosi edi. Shu sababga ko‘ra, Misrda xristianlik tarqalganda xochga tortilib o‘lgan, so‘ngra qayta tirilgan Iso haqidagi aqidaga Misr xalqi tezgina ishondi. Rivoyatga ko‘ra, Oziris o‘z akasi- yovuzlik xudosi Sed bilan bo‘lgan urushda halok bo‘ladi. Ozirisning xotini Izida Ozirisdan homilador bo‘lgan holda vafot qiladi. Ammo narigi dunyoda Izida qayta tirilib o‘g‘il tug‘adi, unga Gor deb ism qo‘yadi va o‘z o‘g‘li bilan yana bu dunyoga qaytib keladi. Gor urushib Sedni yengadi va Ozirisni tiriltiradi. U butun dunyoda adolatning qozisiga aylanadi. Xuddi shunga o‘xshab Iso ham qayta tirilib, osmonga chiqib ketgan va u yana Yer yuziga qaytib kelib ming yillik adolat o‘rnatadi, degan aqida xristianlar orasida targ‘ib qilinadi. Zardo‘shtiylikdagi yorug‘lik, yaxshilik va hayot xudosi Axuramuzdaning yovuzlik, zulmat va yomonlik xudosi Axrimon ustidan g‘alaba qilishi; Eronliklarning yorug‘lik xudosi Mitraning obrazi ham Rim hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, bu g‘oya hatto dastlabki davrlarda xristianlikning jiddiy raqibi bo‘lgan. Bibi Maryamning Isoga g‘oyibdan homilador bo‘lishi haqidagi ta’limoti ham sharqiy dinlar ta’sirida paydo bo‘lgan. Masalan, Budda, Suriya podshosi Sargos, Misr xudosi Gor va boshqalar g‘oyibona homila natijasida tug‘ilganliklari haqidagi rivoyatlar ta’sirida Bibi Maryamda g‘oyibona homila paydo bo‘lib keyin Iiusis Xristos (Iso) tug‘ilgan, degan tasavvur vujudga kelganligiga hech shubha qilinmasa ham bo‘ladi. Shunday qilib, xristianlik qurama din bo‘lsa ham, unda o‘ziga xos bo‘lgan ko‘pgina xususiyatlar ham mavjud. Yangi belgi va xususiyatlar o‘sha davrdagi boshqa dinlardan xristianlikni yuqori turishiga olib kelgan. Xristianlikning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: