logo

Milliy qadriyatlar asosida talaba yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

79.78515625 KB
Milliy qadriyatlar asosida talaba yoshlarning mafkuraviy immunitetini
shakllantirish 
MUNDARIJA
Kirish ..........................................................................................3
1-BOB. MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALARNING 
MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISH NAZARIY 
MASALALARI.
1.1. Talaba yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishni nazariy 
asoslari…………………………………………………………………………. 6
1.2. Mafkuraviy immunitet tushunchasining mazmun-mohiyati…………………. 14
1.3. Talabalarning  mafkuraviy immunitetini shakllantirishda  siyosiy-huquqiy 
yetuklik va g'oyaviy kurashchanlik............................................................................. 19
2-BOB.   TALABA   YOSHLARDA   MILLIY   G‘OYA   VA   MAFKURAVIY
IMMUNITETNI   SHAKLLANTIRISHDA   PSIXOLOGIK   PEDAGOGIK
YONDASHUVLAR.
2.1     Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirihda ta'lim-tarbiyaning o'rni.... 27
2.2     Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning zamonaviy 
usullari………………………………………………………………………………. 38
Xulosa ........................................................................................................................47
 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.........................................................................49
1 KIRISH
Mavzuning   dolzarbligi .   Mamlakatimiz   mustaqillikga   erishgandan   so'ng,
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan an`analarini
keng ommalashtirish va ularni chuqur o'rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero,
O'zbekiston   xalqining   qadimgi   urf-odat,   an`ana   va   marosimlarga   alohida   e'tibor
berishi ma'naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunning mahim dolzarb
muammolardan   biridir.   Chunki,   talabalarni   yangicha   ruhda   tarbiyalash,   ularning
ongiga   milliy   mustaqillik   g'oyalarni   chuqurroq   singdirish,   ajdodlarimiz   yaratgan
qadriyatlar   mohiyatini   keng   targ'ib   qilishda,   an`ana   va   marosimlar   mohiyatini
anglash, ularni, ayniqsa talabalarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini
yoshlar orasiga yoyishning ta'sirchan vositalaridan biri xisoblanadi.
Ma'lumki,   milliy   qadriyatlar   azaldan   inson   ma'naviyatining   tarkibiy   qismi
sifatida odamzodning yuksak ideallarini o'zida mujassam etgan. «Ayniqsa, ko'p asrlar
mobaynida   xalqimiz   qalbidan   chuqur   joy   olib,   hayot   ma'nosini   anglash,   milliy
madaniyatimiz va turmush tarzimizni, dinimizni, urf-odat va an'analarimizni bezavol
saqlashda   muqaddas   qadriyatlarimiz   qudratli   omil   bo'lib   kelganligini   alohida
ta'kidlash   joiz».   Milliy   qadriyatlarni   tiklash   asosida   talabalarning   mafkuraviy
immunitetini   shakllantirish,   ularni   o'rganish   va   targ'ib   qilish,   yoshlar   ma'naviy
madaniyati   rivojiga   qanday   yo'llar   bilan   ta'sir   etishni   tadqiq   etish   bugungi   kunning
muhim vazifalardan biridir. 
Mavzuning   o'rganilish   darajasining   qiyosiy   tahlili.   Yoshlar   ma'naviyati
masalasi   jamiyat   taraqqiyotining   ilk   davrlaridan   boshlab,   insoniyat   oldida   turgan
muhim   yo'nalishlardan   bo'lgan.   Zero,   qadimgi   dunyo   faylasuflaridan   tortib,   hozirgi
davr   tadqiqotchilarigacha   umuman   insoniyat   tarbiyasi,   xususan,   yoshlar   kamoloti
haqida tadqiqotlar o'tkazib, bu masalaga salmoqli hissa qo'shib kelmoqdalar. Qadimgi
xitoy mutafakkuri Konfutsiy, yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Gerodot, Aristotel
va boshqalar shaxs kamoloti jamiyat taraqqiyoti uchun muhim masala deb qaraganlar.
Jumladan, Aristotel nuqtai nazariga ko'ra jamiyat taraqqiyoti uchun ijtimoiy-iqtisodiy
2 o'zgarishlar   qanchalik   ahamiyatli   bo'lsa,   fuqarolarning   tarbiyasi   ham   undan   kam
emas.   Markaziy   Osiyolik   allomalar   Ibn   Sino,   A.R.Beruniy,   A.N.Forobiy,
Marg'iloniy,   Imom   Buxoriy,   Abu   Abdurahmon   Nasoiy,   Hakim   Termiziy,   Ahmad
Yassaviy,   Pahlavon   Mahmud,   A.Navoiy,   XX   asr   boshlarida   Munavvar   Qori
Abdurashidxon   o'g'li,   M.Behbudiy,   A.Fitrat,   A.Avloniy,   S.Ayniy   va   boshqa
ma'naviyat   va   ma'rifat   sohiblari   yoshlar   ongiga   ma'rifat,   madaniyat,   milliy   urf-odat,
milliylik xususiyatlarini singdirishga harakat qilganlar.
Bitiruv   loyihaviy   ishning   maqsadi .   Talabalarning     ma'naviy   madaniyatini
shakllantirishda   milliy   va   umuminsoniy     qadriyatlarning   o'rnini,   mafkuraviy
immunitetlarini     shakllantirish   va   rivojlantirish   masalalarini     ijtimoiy   pedagogik
xususyatlari.
Bitiruv loyihaviy ishning vazifalari:
-   Milliy   qadriyatlar     tushunchasi   va   uning   inson   kamolotidagi   g'oyaviy,
tarbiyaviy ahamiyati tahlil etish;
-   Talabalarning   ma'naviy   madaniyatning   shakllanishiga   ma'naviy-madaniy
merosning o'rnini ilmiy asoslash;
- Ma'naviy madaniyatning shakllanishida  milliy urf-odatlar  va qadriyatlarning
o'rni aniqlash;
- Shaxs ma'naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va milliy qadriyatlarning
uyg'unligi ko'rsatish;
-  Talabalarda  milliy va  ma'naviy  qadriyatlar   asosida  mafkuraviy immunitetini
kuchaytirish xususiyatlari.
Bitiruv   loyihaviy   ishning   ob'ekti :   Talabalarning   ma'naviy   madaniyatini,
qadriyatlarni   shakllantirish,   mafkuraviy   immunitetini   kuchaytirish,   ijtimoiy,
ma'naviy, g'oyaviy-mafkuraviy jihatdan tahlil qilish 
Bitiruv   loyihaviy   ishning   predmeti :   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlarning
talabalar     ma'naviy   madaniyatiga   ta'sirining   umumiy   va   o'ziga   xos   xususiyatlarini
aniqlashdan iboratdir.
3 Bitiruv loyihaviy ishda ko'tarilgan masalalarni  yoritishda   ilmiy bilishning
ob'ektivlik,   vorisiylik,   tarixiylik   va   mantiqiylik,   qiyosiy   va   tizimli   tahlil   kabi
metodlariga tayanildi.
Shuningdek,   birinchi   prezident   Islom   Karimovning   muammoga   oid   fikrlari,
nazariy xulosalari, mamlakatimiz olimlarining monografiyalari materiallari, ma'naviy
madaniyatga aloqador ilmiy tadqiqotlar nazariy asos sifatida xizmat qildi. 
Bitiruv loyihaviy ishning yangiligi:
-Talabalar     ma'naviy   madaniyati   shakllanishining   ijtimoiy-tarixiy,   falsafiy,
milliy va axloqiy ildizlari ilmiy asoslanganligi; 
-“shaxs   ma'naviyati”,   “milliy   va   umum   insoniy   qadriyatlar”,   “islomiy
qadriyatlar” haqidagi fikr va qarashlar o'rganilib, qiyosiy tahlil qilindi;
-Talabalarning     qadriyatlar   bo'yicha     olgan   bilimlarini   rivojlantirish   asosida
mafkuraviy immunitetini  shakllantirishi yoritilgan,
-milliy   mentallitetimiz   asosida   talabalar     ma'naviy   madaniyatini
shakllantirishda manfaat, ehtiyoj hamda islomiy qadriyatlarning o'zaro ta'siri asoslab
berilgan.
Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi:   kirish, ikki bob, beshta paragraf , xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
4 1-BOB. MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALARNING
MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISH
NAZARIY MASALALARI
1.1. Talaba yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishni nazariy
asoslari.
Mamlakatimiz     mustaqillikka   erishganidan   so'ng   fuqarolarni   yangi   yo'ldan
boshlab   borish,   ularning   qarashlari   va   orzu-umidlarini,   maqsadlarini   bir   yo'nalishga
burib,   kuchlarni   uyg'unlashtirish   uchun   yagona   g'oyaviy   qurol   zarur   edi.   Shu   bilan
birga   istiqlolning   dastlabki   yillarida   uzoq   davr   hukmronlik   qilgan   kommunistik
mafkuradan voz kechish, undan xalos bo'lish lozim edi. 
Istiqlolning   dastlabki   kunlaridanoq  Yurtboshimiz   xalqimiz  ongiga   mustaqillik
g'oyalarini   singdirish,   fuqarolarda   yangicha   tafakkur   va   dunyoqarashni   singdirishga
alohida   e'tibor   bera   boshladi.   1992   yil   2   iyulda   O'zbekiston   Respublikasi   Oliy
Kengashining   X-sessiyasida   I.Karimov   shunday   degan   edi:   “Bugungi   kunda   xalqni
yakdil qiladigan ishlar va g'oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug'i, eng olijanobi-
O'zbekiston   Respublikasining   mustaqilligini   ta'minlash.   Ana   shu   maqsad,   ana   shu
g'oya atrofida birlashsak, aslo xor bo'lmaymiz” .
90-yillarning   boshlarida   mamlakatda   vujudga   kelgan   iqtisodiy,   siyosiy,
ijtimoiy   qiyinchiliklar   ma'lum   muddat   xalqimiz   ruhiyatiga   salbiy   ta'sir   qildi.
Mamlakatimiz siyosiy rahbariyati oldida bir tomondan o'sha qiyinchiliklarni bartaraf
etish,   boshqa   tomondan   kishilar   ruhiyatini     ko'tarish,   mavjud   bo'htonlarni   yo'qotish
vazifasi   turardi.   1993   yilning   23   aprelida   I.Karimov   bir   guruh     adiblar   bilan
uchrashdi.   1993   yil   6   mayda   Oliy   Kengashning   XII   –   sessiyasida   esa   mafkurasiz,
aniq yo'nalishga ega bo'lgan g'oyalarsiz taraqqiyot bo'lmasligi alohida ta'kidlandi  va
istiqlol, milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasi qo'yildi. 
Xo'sh mafkurasizlik nimaga olib keladi: 
5 Birinchidan ,   e'tiqodsizlikka olib keladi. E'tiqodsizlik esa har kimning o'zicha
yashashiga,   ko'ngil   tusaganicha   kun   ko'rishga,   xayoliga   kelgan   ish   bilan
shug'ullanishga   olib   keladi.   Bu   yakka-yakka   shaxslarning   hatti-harakatidan   butun
jamiyat ma'naviy-ruhiy qiyofasining qay tarzda shakllanishiga sabab bo'ladi. 
Ikkinchidan ,   mafkurasizlik odamlar ongida manqurtlik, qalbida, fe'l-atvorida
andishasizlik va nihoyat o'zligini anglamaslik xislatlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda
esa parokandalikni, beqarorlikni keltirib chiqaradi.  
                      Boshqacha   qilib   aytganda,   ya'ni   mafkuraning   asl   mazmun   -   mohiyati   –
yangicha tafakkurga, e'tiqodga ega, erkin fikrlaydigan, siyosiy-huquqiy savodxonligi
yuqori, ma'naviy jihatdan baquvvat, sog'lom, mutelik, jur'atsizlik tuyg'usidan mutlaqo
xoli,     mustaqil   insonni   tarbiyalashdir.   Yuqoridagilardan   kelib   chiqqan   holda
quyidagini   ta'kidlash   mumkin:   milliy   ong   ta'sirida   milliy   g'oyalar   yaraladi.   Ushbu
g'oyalar asosida milliy mafkuara shakllanadi.
               Mamlakatimizda milliy g'oya va milliy mafkuraning shakllanishi puxta o'ylab
chiqilgan   reja   asosida,   ilmiy   asoslangan   tarzda   amalga   oshirildi.   2000   yilda   “Milliy
istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi e'lon qilindi. Unda insoniyat
tarixi   g'oyalar   tarixidan   iboratligi   ta'kidlangan   holda   “G'oya-inson   tafakkuri
mahsuli,   milliy   g'oya   esa   millat   tafakkuri   mahsulidir.   Milliy   g'oya   –   inson   va
jamiyat   hayotiga   ma'no-mazmun   baxsh   etadigan,   uni   ezgu   maqsad   sari
yetaklaydigan fikrlar majmuidir”,   deb qayd etildi. Mafkura esa muayyan ijtimoiy
guruh,   ijtimoiy   qatlam,   millat,   davlat,   xalq   va   jamiyat   ehtiyojlari,   maqsad-
muddaolari, manfaatlari, orzu-intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini 
o'zida  mujassam etadigan g'oyalar tizimidir.   
                    Takidlash   lozimki,   milliy   g'oya   mustaqillik   g'oyasi   bilan   hamohang.   Xo'sh
mustaqillik g'oyasi nima? 
Mustaqillik   g'oyasi   –   mustamlakachilik   asoratida   bo'lgan   millat   va   xalqlarning,
ularga   mansub   bo'lgan   ilg'or   kishilarni   ozodlikka,   o'z   erkini   qo'lga   kiritishga
undaydigan   g'oya.     Ana   shu   g'oya   asosida   ular   ezgulik   va   ozodlik   uchun   kurashga
otlanadilar, shu yo'lda jon fido qiladilar.
         Mustaqillik mafkurasi esa   jamiyat a'zolarining, ijtimoiy guruhlari, siyosiy 
6 partiyalar, jamoat tashkilotlari, millatlar, elatlar, ommaviy harakatlar, milliy 
tashkilotlar, boshqa ijtimoiy   sub'ektlarning umumiy manfaat va muddaolarini o'zida
aks ettiruvchi  va mujassamlashtiruvchi,  ularning hatti-harakatlarini, faoliyatini, fikr-
zikrini   yagona   bir   maqsadga   –   mustaqillikka   erishish   holida   uni   mustahkamlashga
yo'naltiruvchi g'oyalar majmuidir. 
               Mustaqillik g'oyasi  va mustaqillik mafkurasining uyg'unligi pirovard natijada
mamlakatimizda   ijtimoiy   taraqqiyotga,   demokratik,   huquqiy,   insonparvar   jamiyat
barpo etishga imkon yaratdi.
        Shu bilan birga muhim metodologik masalalardan yana biri – milliy istiqlol 
mafkurasining   bosh   g'oyasini   aniqlash   masalasidir.   Shu   ma'noda   ta'kidlash   lozimki,
O'zbekiston   xalqining   milliy   taraqqiyot   yo'lidagi   bosh   g'oyasi   –   Ozod   va   obod
Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etishdir.   Ayni   paytda   milliy   istiqlol
mafkurasining asosiy g'oyalari mavjud bo'lib, ular 7 tadan iborat: Vatan ravnaqi, yurt
tinchligi,   xalq   farovonligi,   komil   inson,   ijtimoiy   hamkorlik,     millatlararo   totuvlik,
dinlararo bag'rikenglik (tolerantlik).
              Milliy   mafkuramizning   bosh   g'oyasi   va   asosiy   g'oyalari   mamlakatimizda
istiqomat qilayotgan barcha 136 millat, elat vakillariga tegishli. Ushbu g'oyalar biror-
bir   millatning   maqsad   –muddaolariga,   manfaatlariga   zid   emas,   aksincha,   umumiy
yaxlitlikka imkon beradi.
                      Mamlakatimizda   mustaqillikning   ilk   kunlaridanoq   rivojlanishning   faqat
iqtisodiy     jihatlarigagina   emas,   shu   bilan   ma'naviy   omillariga   ham   e'tibor   berish
vazifasi   ko'ndalang   bo'lib   turardi.   Buning   qator   sabablari   bor   edi.   Eng   avvalo
xalqimiz   ongidan   sovet   mustabid   tizimi   davrida   shakllangan   “sovet   madaniyati”
tushunchasini chiqarib tashlash lozim edi.
Mazkur   holat  sovet  davrida  milliy  madaniyatlarga nisbatan  davlatning  rasmiy
siyosatini   shakllantirishga   da'vat   etardi.   Natijada   “shaklan   milliy,   mazmunan
sotsialistik, ruhan baynalmilal” madaniyatni  barpo etish kun tartibiga qo'yildi. Unga
asosan,   sobiq   kompartiya   milliy   respublikalarga   o'z   milliy   madaniyatini
“rivojlantirish” ga mone'lik qilmadi. Ammo “rivojlantirish” faqat shaklda aks etishi,
mazmunan esa u sotsialistik ruhni targ'ib etishi lozimligi talab etildi.   Obrazli tarzda
7 aytganda, o'zbekning o'z milliy kiyimlarida,  milliy choponlarda, o'z ona tilida qo'shiq
kuylashiga   ruxsat   berildi.   Ammo   ushbu   qo'shiq   mazmun-mohiyatini   sotsializm,
kommunistik partiyaning “rahbarlik roli”, adolatli sotsialistik jamiyat” tashkil 
etishi   talab   qilindi.   Tabiiyki,   bu   narsa   milliy   respublikalar,   jumladan   O'zbekistonda
haqli   noroziliklarni   keltirib   chiqardi,   kishilarda   madaniyatdan   “begonalashuv”
boshlandi. 
O'zbekiston   madaniyatidagi   transformatsiya   jarayonlari   ayniqsa   1980
yillarning   o'rtalaridan   boshlangan   “qayta   qurish”   davrida   kuchaydi.   Madaniyatga
“sinfiylik”,   “partiyaviylik”,   “g'oyaviylik”   asosida   baho   berildi.   Madaniyat   va   san'at
mafkuraviy   zug'um   ostiga   olindi,   milliy   ehtiyoj,   milliy   manfaatlar   inkor   etildi,
“Navro'z” bayramining “Navbahor” deb nomlanishi, islom  dinining ma'rifiy-axloqiy
jihatlariga   nopisandlik   bilan   qarashning   sababi   ham   shunda   edi.   Rasmiy   hokimiyat
qadriyatlar   innovatsiyasi   tabiiy   jarayon   ekanligini   qayd   etdi.   Ammo   bu   innovatsion
o'zgarishlarning   milliy   o'sishga,   jipslashishga   hech   qanday   ijobiy   ta'siri   yo'q   edi.
O'zbekiston   madaniyatining   tom   ma'noda   rivojlanishiga   mustaqillik   tufayligina
erishildi. 
Alohida   ta'kidlash   lozimki,   mustaqillik   eng   avvalo   xalqimizning   qo'lidagi
siyosiy   kishanlarni   yechib   tashladi.   Ma'naviy-ma'rifiy   sohadagi   qullik,   o'z   madaniy
siyosatini o'zi belgilashi huquqidan mahrum bo'lish esa qaysi xalq, millat bo'lishidan
qat'iy   nazar   uning   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy,   ma'naviy-mafkuraviy   taraqqiyotiga
to'siqdir.   “Moddiy   islohotlar,   iqtisodiy   islohotlar,   -degan   edi   O'zbekiston
Respublikasi   birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov,   -o'z   yo'liga.   Ularni   hal   etish
mumkin. Ammo, ma'naviy islohotlar-qullik,  mutelik iskanjasidan ozod bo'lish, qadni
baland   tutish,   ota-bobolarimizning   udumlarini   tiklab,   ularga   munosib   voris   bo'lish-
bundan og'irroq va bundan sharafliroq vazifa yo'q bu dunyoda” .
            Ma'naviyatni rivojlantirish uchun eng avvalo uni yaxshi tasavvur etish lozim
edi.   “Ma'naviyat   (arabcha   “ma'naviyat”-   ma'nolar   majmui)-   kishilarning   faoliyati,
huquqiy,   estetik,   badiiy,   axloqiy,   milliy   tasavvurlari   va   tushunchalari   majmui.
“Ma'naviyat”   so'zining   negizida   arabcha   “ma'ni”   so'zi   yotadi.   “Ma'naviy”   so'zi
8 ma'niga   aloqadorlikni   bildirsa,   “ma'naviyat”   -   “ma'naviy”   so'zining   ko'plikdagi
shaklidir. 
             Umuman, ma'naviyat juda ma'nodor, serqirra tushuncha bo'lib, uning dunyoda
yagona   qabul   qilingan,   umume'tirof   etilgan   ta'rifi   yo'q.   Shu   bilan   birga,   ruschada
ma'naviyat   “duxovnost`”   deb   tarjima   qilinsada,   aslida   “duxovnost`”   ko'proq
“ruhoniylik”   ni   anglatadi.   O'zbek   tilida   qabul   qilingan   “ma'naviyat”   so'zi   esa,   inson
barkamolligi, ma'naviy  olami, dunyoqarashi,  tafakkuri, ongi  kabi  tushunchalar  bilan
uyg'unlikda o'rganiladi.
            “Ma'naviyat”   ga   juda   ko'plab   ta'riflar   berilgan   bo'lsada,   ularning   ichida   eng
mukammali Prezident I.Karimov tomonidan “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch”
asarida   berilgan   ta'rifdir.   Unda   “ma'naviyat   –   insonni   ruhan   poklanish,   qalban
ulg'ayishga   chorlaydigan,   odamning   ichki   dunyosi,   irodasini   baquvvat,   iymon-
e'tiqodini   butun   qiladigan,   vijdonini   uyg'otadigan   beqiyos   kuch,   uning   barcha
qarashlarining   mezonidir”.     deyiladi.   Ushbu   ta'rifning   mukammalligi   unda   inson
kamolotining uni ruhi, ichki dunyosi, qalbi, irodasi, iymon-e'tiqodi, vijdoni, barcha 
qarashlari bilan uyg'unlikda ko'rilganligidir.
                  Kitobning   o'zi   ham   bejizga   ma'naviyat   yengilmas   kuch,   deb   ta'riflanmagan.
Insonning   qalbi,   ruhi,   irodasi,   iymon-e'tiqodi,   vijdoni   sog'lom   bo'lsagina   uning
ma'naviy olami  to'g'risida fikrlash mumkin. Aslida ma'naviyat shaxs, millat, jamiyat
bilan   hamohanglikda   ro'y   berishi   mumkin.   Inson   ma'naviyatini   shakllantirishda   uni
barpo   etilayotgan   jamiyat   mezonlari,   mazmun-mohiyatiga   uyg'unlashtirgandagina
tom ma'nodagi mutanosiblikka erishish mumkin.
     Mustaqillik yillarida O'zbekistonda milliy-madaniy merosni tiklash, uni fuqarolar 
ijtimoiy ongiga aylantirish borasida ham juda ibratli ishlar amalga oshirildi. Madaniy 
meros-avlodlar   tomonidan   yaratilgan   amaliy     tajriba,   axloqiy,   ilmiy,   tafakkuriy,
milliy   va   ruhiy   qarashlar,   xalq   madaniyati   va   ijodi   kabi   moddiy   hamda   ma'naviy
boyliklar majmuidir.
            Mustaqillik   yillarida   madaniy   merosni   tiklash   bo'yicha   davlat   siyosati   ishlab
chiqildi. 
9 “Me'ros”   umummiliy   dasturi   faoliyat   ko'rsatdi,   Oliy   Majlisda   o'lkamizdan   tashib
ketilgan   milliy-madaniy   merosni   Vatanimizga   qaytarish   bo'yicha   maxsus   komissiya
tuzildi. Bularning bari sovet mustabid  tizimi davrida o'zbek milliy-madaniy merosiga
yetkazilgan ziyon-zaxmatlarni bartaraf etish, qaytarilgan, tiklangan madaniy merosni
xalqimiz mulkiga aylantirishdan 
iboratdir.
Milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   uyg'unligining   yuzaga   kelishi
mustaqillikning   eng   katta   yutuqlaridan   bo'ldi.   Hozirgi   globallashuv   jarayonida
ma'naviy   ta'sirning   kuchi   toboro   sezilmoqda.   Ma'naviy   ta'sir   bir   tomondan
millatlararo  madaniyatlarning    rivojlanishiga   imkon  bersa,  boshqa   tomondan,  milliy
madaniyatlarga   salbiy   oqimlar,   turli   “izm”   larning   kirib   kelishiga   imkon   beradi.
O'zbekiston hukumati bu masalada juda to'g'ri yo'lni tanlagan: turli salbiy “ma'naviy”
oqimlarning   kirib   kelishining   oldini   olishda   eng   avvalo     xalqimiz   ma'naviy   olamini
shakllantirish,   ma'naviy   immunitetini   yaratish,   yoshlarda   yurtimizga   katta   oqimda
kirib   kelayotgan   salbiy   qarashlar,   nazariyalar,   “izm”   larni   ijtimoiy   ekspertizadan
o'tkazish ko'nikmasini hosil qilishdir.
                  Bularning   bari,   shubhasiz,   mamlakatdan   ma'naviy   tiklanish   va   yuksalishga
zamin   yaratadi.   Mustaqillik   ma'naviy-ma'rifiy,   ruhiy,   g'oyaviy-mafkuraviy   jihatdan
himoya   qilingandagina   ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon   hayot   barpo   etish
mumkin.
Milliy   qadriyatlarimiz   Hammamizga   ma`lumki,   bizga   yaqin   bo'lgan   kishilar
asta-sekin   bizning   qarindoshimizga   aylanadi.   Xuddi   shu   kabi   xaqning   ham   o'z
hayotining ma`no-mazmunini tashkil etadigan urf-odat, an`ana, bayramlar hamda til,
din, adabiyot va madaniyat namunalarini, turli marosimlarini qadriyat deymiz.
Aslida   qadriyat     qadr   so'zidan   olingan   bo'lib,   inson   uchun     qadrli   bo'lib   qolgan
narsalarni   bildiradi.   Milliy   qadriyatlar   esa,   millat   uchun   qadrli   bo'lgan,   uning
taraqqiyoti   uchun   xizmat   qiladigan   narsa   va   tushunchalarni   bildiradi   va   xaqning
milliy o'zligiga xos xususiyatlarni ifoda etadi.
10 Navro'z   bayrami   xalqimizning   o'troq   hayoti   boshlagan   davrlardan   buyon
yashab kelmoqda. Avvalo bu bayram avvalo yerga, suvga, quyoshga, tabiatga butuni
mavjudodga mehr uyg'otadi.
Xalqning taqdiridi shunday qadriyatlar bo'ladiki, ular millatning o'zi bilan birga
shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi.
Arab   va   mo'g'ul   istelosidan   keyin   o'zbek   (turkiy)   tilining   mavqei   pasayib
ketgan.   Temuriylar   davlatchiligi   davrida   xalqimiz   ta`ni,   qadr-qimmati   bilan   birga
tilimizning   obro'-e`tibori   qayta   tiklandi.   Alisher   Navoiy   bobomiz   sa`yharakatlari
bilan tilimiz yuksak darajaga ko'tarildi.
Buxorodagi berakror ma`morchilik koshonasi – “Sltoram mohi xossa”ning (oy
va yulduzlar saroyi degani) ruhiy kasalliklar shifoxonasiga aylantirilganligi, u yerdagi
noyob va qimmatbaho buyumlar esa rus imperatorlarining qishki qasri–Ermitajga olib
ketilganligidan bilsh mumkin.
Mustaqillikdan   so'ng   xayotimiz   bunga   yaqqol   dalil   bo'ldi.   Xalqimizning   va
millatimizning   barcha   qonuniy   haq-huquqlari   tiklandi.   Ayni   paytda   bebaho   milliy
qadriyatlarimiz-tilimiz,   dinimiz,   bayramlarimiz,   an`ana   va   urf-odatlarimiz
hayotimizga yangidan kirib kelib zamonaviy ma`no kasb etdi.
Avvallari kimdir qazo qilsa janoza o'qish mumkin bo'lmagan vaqtlari berkitib
o'qilgan.   Xaj   va   umra   safarlariga,   dunyoning   boshqa   mamlakatlariga   o'qish,   ish,
savdo, dam olish maskanlarida borib kelganini yaxshi bilamiz.
Milliy qariyatlarimizning rivojlanishi yangicha ma`no bilan boyitishga ularning
umubashariy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirib borish muhim o'rin tutadi.
Umumbashariy qadriyatlar  Butun bashariyat hayoti uchun qadrli, ahamiyatli
ma`no- mazmunga ega  bo'lgan g'oya va tushunchalardir.
Milliy qadriyatlarimiz qadim zamonlardan buyon boshqa xalqlar bilan bo'lgan
doimiy maloqotlar natijasida boyib, takomillashgan.
Ayniqsa, Buyuk Ipak Yo'li bo'ylab karvonlar tinimsiz qatnab yurgan davrlarda
ota   bobolarimiz   turli     xalqlarning   madaniyati,   urf-odat   va   an`analari   taraqqiyot
borasida yutuqlaridan bahramand bo'lgan.
11 Tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga ko'plab etnik
guruxlar,   el-elatlar   o'z   ulushini   qo'shgan.   Bu   tabiiy   xol.   Chunki   hech   qaerda,   hech
qachon   bir   millatga   xos   madaniyat   bo'lmaydi.   Har   qanday   svilizatsiya   ko'pdan-ko'p
xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir.
Bugungi   kunda   ham   milliy   qadriyatlarimiz   umumbashariy   qadriyatlar   bilan
uyg'unlashmoqda.
Navro'z   bayramini   bugungi   kunda   nafaqt   o'zbek   millatiga   mansub   aholi,   balki,
mamlakatimzdagi barcha elatlar birdjek katta quvonch bilan  nishonlamoqda.
Bunday erkin va ozod turmush sharoitida milliy umubashariy qadriyatlar o'zaro
qanchalik uyg'unlashib borayotgani yaqqol nomoyon bo'lmoqda.
Milliy   qadriyat   va   urf-odat   va   an`analarimiz   bizning   ma`naviy   va   milliy
boyligimizdir.
Milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi.  Milliy   istiqlol   g'oyasi
“Milliy” so'zi bilan atalishi bejiz emas. Bu avvalo Vatanimizning muborak zaminida
yashayorgan   insonlarni,   millati,   tili,   dinidan   qat'iy   nazar,   yagona   yurt   farzandlari,
yagona   jamiyat   fuqarolari   sifatida   birlashishi,   ularning   ezgu   orzu   intilishi   va
manfaatlarini ifoda etishi istiqlol mafkurasining asosiy ma`no va mohiyatini belgilab
berishini   ko'rsatadi.   Chunki   “milliy”   sifatlashi   faqat   bir   millatga   emas,   balki   bir
hudud   bir   mamlakatga   mansublikni   bildiradi.   Shuning   uchun   shu   yagona   xalqning
milliy   qadriyatlari,   umubashariy   qadriyatlari   bilan   uyg'unlashgan   xolda,   bu   g'oyani
yanada boyitib boradi.  Milliy   istiqlol   g'oyasi   milliy   qadriyatlarimizni   o'zida   aks
etdiradi va o'z navbatida, rivojlanib, takomillashib boruvchi tizim sifatida rivojlanidi.
                             
12 1.2 Mafkuraviy immunitet tushunchasining mazmun-mohiyati
Barchamizga  yaxshi  ma’lumki,  har  bir   davlatning  barqaror   taraqqiyoti  hamda
rivojlanishi   inson   omiliga,   xususan,   yosh   avlodning   ilmiy,   ijodiy   va   ma’naviy
kamolotiga   bog‘liq.   Shu   nuqtai   nazardan,   aholisining   katta   qismini   yoshlar   tashkil
etuvchi   O‘zbekistonda   yoshlar   ma’naviyati   va   ularni   har   tomonlama   yuksaltirish
muhim ahamiyat  kasb etadi. Bugun mamlakatimizda yoshlarning ezgu maqsadlarini
hayotga   tatbiq   etishlari   uchun   zarur   barcha   sharoitlar   yaratilmoqda.   Yoshlar
muammolari   davlat   siyosati   darajasida   hal   etilmoqda.   Bugungi   kunda   jamiyatimiz
kishilari   uchun   mafkura,   mafkuraviy   profilaktika,   mafkuraviy   immunitet
tushunchalari   anchagina  tanish  bo‘lsada,   lekin hayot   sur’atlarining beqiyos  darajada
tezlashuvi   deya   ta’riflanayotgan   bugungi   globalashuv   davrida   ijtimoiy   hayotda
ko‘plab   yangicha   masalalar   va   munosabatlar   vujudga   kelmoqdaki,   bu   jarayonlar
mazkur   tushunchalarga   yangicha   yondoshuvni   talab   etmoqda.   “ Immunitet”
tushunchasi   lotincha   so`z   bo`lib,   “ozod   bo`lish”   ma`nosini   anglatadi.   Ya’ni   xalqni
turli   zararli   ta`sirlardan   himoyalovchi   tizimidir.   “Immunitet”   tushunchasi   dastlab
tibbiyotda   foydalanilgan,   organizmning   o`z-o`zini   turli   kasalliklardan   himoya   qila
olish   qobiliyatini   bildirgan.   “Immunitet”   so‘ziga   O‘zbekiston   milliy
ensiklopediyasida   quyidagicha   ta’rif   berilgan:   (lot.   -   biron   narsadan   xalos,   ozod
bo‘lish,   qutulish)   -   tirik   mavjudotlarning   o‘z   butunligi   va   biologik   noyobligini
buzuvchi   yot   omillardan   himoyalanishi,   qarshilik   ko‘rsatishi,   rezistentligi.
“Mafkuraviy   immunitet "   -   ma‘naviy   barkamol,   irodasi   baquvvat,   iymoni   butun
shaxsni   tarbiyalashda,   har   qanday   reaksion,   buzg‘unchi   xarakterdagi   g‘oyaviy
tashabbuslarga   bardosh   bera   oladigan   yoshlarni   tarbiyalashga   qaratilgan   ilmiy
asoslangan   tushuncha.   XXI   asr   yoshlari   turli-tuman   mafkuralar   tajovuzi   kuchayib
13 borayotgan   sharoitda   yashamoqdalar.   Birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov
“Fidokor”   gazetasi   muxbiri   savollariga   bergan   javoblarida   yoshlarda   mafkuraviy
immunitetni   shakllantirish   masalasini   ko‘tardi   va   “Mafkuraviy   immunitet”
tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqida: “Ma’lumki, har qanday kasallikni
oldini   olish   uchun,   avvalo,   kishi   organizmida   unga   qarshi   immunitet   hosil   qilinadi.
Biz  ham  Vatanga,  otabobolarimizning muqaddas   diniga sog`lom   munosabatni   qaror
toptirishimiz,   ta`bir   joiz   bo`lsa,   ularning   mafkuraviy   immunitetini   kuchaytirishimiz
zarur. Ana  shunda johil  aqidaparastlikning «da’vati» ham, ahloqni  rad etadigan, biz
uchun mutlaqo begona g`oyalar ham o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi”, deya ta’kidlagan
edilar.
  Mustaqillikni   mustahkamlash,   xalqimizning   barqaror   taraqqiyotini
ta’minlashning   muhim   shartlaridan   biri   bu   g‘oyaviy   tarbiyani   kuchaytirishdan
iboratdir. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g‘oyalarga qarshi kurashish uchun
mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish   zarur.   Albatta,   mafkuraviy   immunitetni
shakllantirish   kishilar   ongiga   bir   xil   g‘oyani   zo‘r   berib   tiqishtirish   emas,   balki
odamlarda   oq-qorani   ajratish,   munosib   tafakkur   yuritish,   zararli   g‘oyalarga   qarshi
hushyor  va  ogoh  bo‘lish  xususiyatlarini   tarbiyalash  demakdir. 1999-yil   fevral,  2004
yilning martidagi  Buxoro va Toshkent  shahrida  sodir  etilgan terroristik voqealardan
to‘g‘ri   xulosa   qilish   muhim.   Har   bir   davlat,   jamiyatning   qudrati   uning   ichki
xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni jamiyat, millat o‘z g‘oyasida mustahkam
tursa,   ikkilanmasa,   har   qanday   dushman   qo‘llashi   mumkin   bo‘lgan   mafkuraviy
tahdidlaridan   qo‘rqmasa,   bunday   millatni   yengish   mumkin   emas.   Mafkuraviy
jarayonlar   bilan   bog‘liq   bo‘lgan   yana   bir   tushuncha   bu   “Strategema”   hisoblanadi.
Strategema – obyektning psixologik moyilligi va vaziyatning boshqa xususiyatlarini
hisobga   olgan   holda   ma’lum   bir   muammoni   hal   qilishga   yoki   yashirin   maqsadga
erishishga   qaratilgan   harakatlar   ketma-ketligi.   Xitoy   madaniyatida   bu   tushuncha
kamida   uch   ming   yil   avvalpaydo   bo‘lgan.   Xitoy   qadimdanoq   o‘ziga   xos   tamaddun
markazlaridan   biri   hisoblangan.   Ming   yillar   davomida   Xitoy   xalqining   falsafiy
qarashlari konfutsiychilik, buddizm, dzen-buddizm va daosizmga asoslangan, boshqa
madaniyatlardan   farq   qiladigan   madaniyatni   yaratdi.   Xitoyda   eng   qimmatli
14 ma lumotlarni   o‘zida   saqlagan   kitoblar  doimo  sir   tutilgan.  Xitoyliklar  o‘z  qonunlariʼ
bitilgan   asarlarni   asrlar   mobaynida   ko‘p   marotaba   yo‘qotib,   vaqti   kelganida   yana
osonlikcha ularni qayta topib olganlar. Xuddi ana shunday yashirin qonunlar bitilgan
yodgorliklardan biri “36 stratagema” (hiyla-nayranglar)asari hisoblanadi.
Xitoy   donishmandi   Lao   Szi   o‘zining   “Dao   de   Szin”   nomli   kitobida   quyidagi
fikrni keltiradi: “Suv – dunyodagi eng yumshoq va muloyim modda, ammo qattiq va
mustahkam ashyolarni  yengib o‘tishda u yengilmasdir va unga teng keladigan narsa
bu   olamda   yo‘q.   Muloyim   qattiqni   yengadi,   kuchsizlar   kuchlini   mag‘lub   etadi.   Bu
narsani   hamma   biladi,   ammo   kamdan-kam   kishi   bu   bilimni   amalda   qo‘llay   oladi”.
Chindan ham bir qarashda oddiy haqiqat hisoblangan bu fikrni amaliyotga juda kam
shaxslargina hayotga tadbiq eta olganlar. Jahon tarixiga nazar tashlasak, juda ko‘plab
manipulyatsion,   mafkuraviy   usullar   haqida   bilib   olishimiz   mumkin.   Masalan,   XIX
asrning ikkinchi yarmidan o‘zbek xalqi milliy madaniyati, ma’naviyati taraqqiyotida
mustamlakalik   davri   boshlandi.   Mustamlakachilik   siyosatida   Turkistonni   nafaqat
siyosiy,   iqtisodiy,   balki   ma’naviy   mustamlakaga   aylantirish   rejasi   turardi.   Buni
ularning   o‘zlari   ham   yashirmas   edilar.   Bu   haqida   N.Ostroumov   1882-yil   30-avgust
kuni   Toshkent   o‘qituvchilar   seminariyasidagi   yig‘ilishida   “...musulmonlarimiz
maorifining   asosida   ularni   ruslashtirish...   islomni   buzish...   umuman   diniy   jihatlarni
buzish... yotmog‘i lozim degan bo‘lsa; Turkiston general gubernatori I.A.Kuropatkin
esa  kundaliklarida;  “Biz  50 yil  tub-joy aholini  taraqqiyotdan chetda... tutdik”, -  deb
qayd   etgan   edi.   Bugungi   kunda   ham   manipulyatsiya   jarayonlarida   yanada   yangicha
usullar,   inson   aqlini   shoshirib   qo‘yuvchi   dasturlar   qo‘llanilmoqdaki,   ularga   qarshi
shaxs   faqat   o‘zining   yuqori   mafkuraviy   immuniteti   bilangina   javob   bera   olishi
mumkin. Aks holda ularning qurboniga aylanadi. Masalan, uning xavfliligini bugungi
Yevropadagi   holat   isbotlagan   “Overton   oynasi   yohud   yo‘q   qilish   dasturi”,   kuch
manipulyatsion   uzoqqa   mo‘ljallangan   “FFF   dasturi”   bugun   ko‘pchilikka   ayon.
Odamning   ma’naviyatiga   tahdid   soladigan   xavflar   va   ulardan   o‘zini   ongli   himoya
qilish   ko‘nikmalari   ta’lim-tarbiya,   ota-onalar   o‘gitlari,   yaxshilik   va   yomonliklarni
ko‘rishi   va   bilishi   jarayonida   shakllana   boradi.   Mafkuraviy   tortishuvlarda   tahdid
soluvchi   ham,   o‘zini   himoya   qiluvchi   ham   -   g‘oyani   ommalashtirish   uslublaridan
15 foydalanadi.   Bu   -   mafkuraviy   tarbiya   uslublaridir.   Demak,   qaysi   tomonning
yengishini   pirovard   natijada   ilmga   asoslangan   targ‘ibot   va   tashviqot   hal   qiladi.   Shu
tariqa   mafkuralar   tortishuvi   -   targ‘ibot   va   tashviqotlar   tortishuviga   aylanadi,   deyish
mumkin.   Insonlarda   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirishga   qaratilgan   bunday
jarayonlar   umumiy   nom   ostida   Mafkuraviy   profilaktika   deb   yuritiladi.   Mafkuraviy
profilaktika   sohasidagi   ishlar   tizimli   tarzda   olib   borilayabdi   deb   ayta   olmaymiz.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2019-yil  9-yanvardagi  “Jamiyatda huquqiy
ong   va   huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish   tizimini   tubdan   takomillashtirish
to‘g‘risida”gi   PF–5618-son   farmonida   shunday   fikrlar   keltirilgan:   “…hozirgi
globallashuv,   ilmiy-texnik   taraqqiyot   davrida   aholining   huquqiy   ongi   va   huquqiy
madaniyatini   yuksaltirishning   innovatsion   usullaridan,   targ‘ibotning   ilg‘or   va
ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli
darajada   foydalanilmayapti.”   Shu   bois   ham   jamiyatning   barcha   sohalarini   yetuk
kadrlar bilan ta’minlash har qachongidanda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston
Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2020-yil   3-yanvardagi   “Uzluksiz   ma’naviy
tarbiya   konsepsiyasini   tasdiqlash   va   uni   amalga   oshirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi   qarori   bilan   tasdiqlangan   Uzluksiz   ma’naviy   tarbiya   konsepsiyasida
aynan   mafkuraviy   profilaktika   tadbirlariga   alohida   e’tibor   qaratilgan.   Xususan
Konsepsiyaning 21-bandida “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish,
farzand   tarbiyasi,   oilaviy   qadriyatlarimizga   zid   bo‘lgan   turli   ma’naviy   tahdidlarga
qarshi   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirishga   qaratilgan   profilaktik   tadbirlarni
tashkil   etish”   vazifalari   belgilangan.   Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak   Inson   tom
ma’noda erkin yashashi uchun u avvalo o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishi lozim.
Bu esa uning mantiq ilmiga, ayniqsa argumentlash nazariyasiga ehtiyojini ko‘rsatadi.
Bugun   barcha   jamiyatlarda   bo‘lgani   singari   bizning   jamiyatimizda   ham   yot
argumentlar   qurboniga   aylanayotgan   shaxslar   afsuski   topiladi.   Bu   holat   ziyolilar,
Respublika   Ma’naviyat   va   ma’rifat   markazi,   barcha   tarbiyachilar   oldiga   juda   katta
mas’uliyat   yuklaydi.   Bugun   biz   o‘z   oldimizga   mamlakatimizda   Uchinchi
RENESANNS   poydevorini   yaratishni   maqsad   qilib   oldik.   Bu   esa   barcha   sohalar
qatori   ma’naviyat,   ta’lim-tarbiya   tizimiga   katta   mas’uliyat   bilan   yondoshishimizni
16 talab   qiladi.   Bu   haqida   to‘ztalib   yurtboshimiz   Sh.Mirziyoyev:   “Uchinchi   Renessans
g oyasini,   avvalo,   jamiyatimiz   chuqur   anglab   olmog i   kerak.   Har   jabhada,   sohadaʻ ʻ
qiladigan ishlarimiz,  rejayu istiqbol   dasturlarimiz,  ta lim-tarbiya va  kadrlar   siyosati,	
ʼ
investitsion siyosat — barchasi unga sharoit va muhit yaratishga qaratilmog i lozim”	
ʻ
deya   ta’kidlagan   edi.   Har   bir   jamiyat   o ziga   zarur   shaxsni   tarbiyalaydi.   Unga   o z	
ʻ ʻ
taraqqiyoti   darajasi   va   tendensiyalaridan   kelib   chiqib   axloqiy,   e tiqodiy,   kasbiy-	
ʼ
professional,   huquqiy   va   boshqa   qator   talablar   qo yadi.   Jamiyat   taraqqiyotining	
ʻ
pirovard maqsadi  ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir.
Jamiyat  talabiga to liq javob beradigan kishi  turli davrlarda har  xil atalgan. Forobiy	
ʻ
uni   “fozil   kishi”,   tasavvuf   namoyandalari   “komil   inson”   deb   ataganlar.   “Har
tomonlama   rivojlangan   shaxs”,   “uyg un   rivojlangan   shaxs”   atamalari   ham	
ʻ
qo llanilgan.   Har   qanday   buyuk   rejalar,   buyuk   g oyalar   inson   ehtiyojlari,   turmushi	
ʻ ʻ
yaxshilanishi,   erkinligi   ortishi   va   ma naviy   kamoloti   bilan   bevosita   bog lansagina,	
ʼ ʻ
hayotiylik va reallik kasb etadi. Shu jixatdan, biz mafkuraviy immunitet har birimizga
qay   darajada   zarur   ekanligini   shaxsan   o‘zimiz   his   qilishimiz,   barcha   soha   vakillari
buni doimo yodda tutmog‘imiz lozim.
17 1.3. Talabalarning  mafkuraviy immunitetini shakllantirishda  siyosiy-huquqiy
yetuklik va g'oyaviy kurashchanlik
Yoshlarda   siyosiy-huquqiy   yetuklik   va   g'oyaviy   kurashchanlik   fazilatlarini
shakllantirish   jamiyat   tubdan   yangilanayotgan,   turmush   tarzimiz   jiddiy   ravishda
o'zgarayotgan   bir   paytda   muhim   ahamiyatga   ega.   Biroq,   inson   qalbi,   hissiyoti,
tuyg'usi   va   ruhiyati   bilan   bog'liq   bo'lgan   bu   murakkab   jarayonda   eng   avvalo
insonning   o'zi   kim,   u   qanday   jonzot,   inson   fenomeni   nimalardan   iborat?,   -   degan
savollarga javob topmog'imiz lozim.
Inson   –   butun   mohiyati   bilan   ijtimoiy   hodisa.   U   qanchalik   xususiy,   alohida
qadriyat   bo'lmasin,   o'z   fe'l-atvori,   qarashlari,   jamiyatda   tutgan   o'rni   va   ijtimoiy
taraqqiyotga bog'liqligi jihatidan umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, biz
alohida voqelik sifatida har bir insonning jamiyat taraqqiyotiga qo'shadigan hissasini,
o'tkazadigan ta'sirini e'tiborga olmog'imiz lozim.
Inson ijtimoiy tabiatiga ko'ra, o'z turmush tarzini o'zi yo'lga qo'yadi, o'zini-o'zi
boshqaradi.   O'y-xayollari,   orzu-umidlari   va   maqsadlarini   ro'yobga   chiqarish
jarayonlari   orqali   mavhum   holatlarni   real   voqelikka   aylantiradi.   Yaxshilik   va
yomonlik, saxiylik va baxillik, muhabbat va nafrat inson olamining butun mohiyatini
belgilaydi.   Boshqacha   qilib   aytganda,   inson   o'zini   o'zi   muvofiqlashtirib   turadigan,
o'zini   o'zi   tiklaydigan,   o'zini   o'zi   yo'lga   soladigan,   shakllantiradigan   murakkab,   oliy
darajadagi   yaxlit   tizimdir.   Ana   shu   holatning   o'zi   har   bir   insondan   ma'naviy
barkamollikka, ruhiy tozalik va axloqiy yetuklikka uzluksiz ravishda intilib yashashni
taqozo etadi.
Voqea-hodisalarga   befarqlik,   jamiyat   ishiga   aralashmaslik,   o'z   istiqboliga   va
iqboliga loqaydlik har qanday odamning insoniy imkoniyatlarini cheklab qo'yadi, faol
18 hayotiy pozitsiya barxam topadi, kishida ruhiy siniqlik, ma'naviy tushkunlik, tobelik
va mutelik illatlari chuqur ildiz otadi, natijada ruhiy jihatdan mayib-majruh, ma'naviy
jihatdan noshud-notavon kishilar jamiyati shakllanishi mumkin.
Siyosiy-huquqiy   yetuklik   va   g'oyaviy   kurashchanlik   fazilatlariga   ega   bo'lgan
har qanday shaxs ana shunday illatlardan forig', jamiyatda o'z o'rni va mavqeiga ega
bo'lgan   inson   sifatida   o'zini   namoyon   etadi.     Bunday   fuqaro   ma'naviy   jihatdan
qudratli, axloqiy jihatdan barkamol, ma'rifiy jihatdan yuksak saviyali, o'zini, hayotini,
oilasini va yaxlit jamiyatni asray biladigan, himoya qila oladigan, uni rivojlantirishga
qodirlik salohiyatiga ega bo'ladi.
Har qanday shaxs alohida va betakror qadriyat, individual   voqelik. Vatan esa
qadriyat sifatida undan ustun turadi. Chunki   har bir shaxs o'zi uchun qadriyat, Vatan
esa butun bir millat, xalq, uning  butun o'tmishi va kelajagi bilan bog'liq bo'lgan oliy
qadriyat     hisoblanadi.   Shuning   uchun   hamma   narsadan   ustun   turadi.   Mafkuraviy-
g'oyaviy kurashchanlik individual va umumiy qadriyatlarning xaloskori, himoyachisi
bo'lib, g'oyaviy kurashchanlik tuyg'usiga aylanmog'i lozim.
Mafkuraviy-g'oyaviy   kurashchanlikni   hosil   qilishning   asosiy   ko'rinishlari   eng
avvalo yurt tinchligini saqlash, tarixiy xotiraga egalik hissi, Vatanga sadoqat, o'zlikni
anglash tuyg'ularida o'z aksini topadi. Bunday fazilatga ega bo'lgan shaxs eng avvalo
mustaqil   fikrlaydigan,   o'z   kuch   va   imkoniyatlariga   qat'iy   ishonadigan,   islohotlar
mohiyatini   chuqur   tushungan   va   mustaqillikni   oliy   qadriyat   darajasida   anglagan
odamdagina paydo bo'lishi mumkin. 
Bunday   shaxs   “Ana   shu   Vatan   meniki.   Vatan   bu-men.   Chunki   shu   Vatanda,
shu aziz tuproqda ajdodlarim hoki yotibdi, ularning muqaddas ruhi mening jismimda,
jonimda,   qonimda   yashayapti,   uni   asrash,   avaylash   va   kelgusi   avlodga   bus-
butunligicha yetkazish mening o'tmish ajdodlarim oldidagi burchim, kelgusi avlodlar
oldidagi muqaddas vazifam”, degan fikr bilan yashaydi.
Kuchli   mafkuraviy   immunitetga   ega   bo'lgan   shaxsda   tabiiy   ravishda
immunitetning   faol   holati,   g'oyaviy   kurashchanlik   tuyg'usi   o'zini   yorqin   namoyon
etadi. Bunday odam bezovta-yu beorom, behalovat yashaydi. G'oyaviy kurashchanlik
fazilatlari   eng   avvalo   tajovuzkor   tahdidlarga,   ma'naviy-mafkuraviy   kurashlarga
19 tayyorlik, globallashuvning salbiy ko'rinishlariga murosasizlik, milliy ekstremizm va
xalqaro   terrorizmning   mohiyatini   chuqur   anglash,   madaniyatlararo   integratsiya   yoki
“ommaviy   madaniyat”   tahdidiga   qarshi   tura   oladigan   aniq   g'oyaviy   va   mafkuraviy
tayanchga ega bo'lmog'i lozim.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
- Milliy   g'oyaning   tub   mazmun-mohiyatini,   uning   jamiyat   hayotidagi
dolzarbligini yanada to'laroq tushuntirish;
- Yoshlar   ongida   ozod   shaxs   va   erkin   fuqaroning   asosiy   jihatlarini
shakllantirgan holda ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish;
- Mafkuraviy   immunitetning   mazmun-mohiyati   va   uni   tashkil   etuvchi
tarkibiy qismlari bilan yoshlarni kengroq tanishtirish;
- Dunyoning   siyosiy-mafkuraviy   manzarasi,   unda   kechayotgan   g'oyaviy
kurashlardan ko'zlangan tub maqsad-manfaatlarning asl qiyofasini ochib berish;
- Yoshlarga   mustaqillikni   mustahkamlash,   jamiyat   hayotining   turli
sohalarida   amalga   oshirilayotgan   islohotlarning   tub   mohiyatini   yoritib   bergan   holda
ulardagi Vatanga sadoqat tuyg'ularini yanada mustahkamlash;
- Yoshlarda   tarixiy   xotira,   madaniy   merosga   hurmat,   milliy   o'zlikni
anglash   tuyg'ularini   mustahkamlagan   holda   ularda   o'z   kuch   va   imkoniyatlariga
tayanib yashash hissini shakllantirish;
- Yoshlarda   ma'naviy-mafkuraviy   tahdidlarga,   “ommaviy   madaniyat”
niqobi   ostidagi   turli   xil   xatti-harakatlarga     nisbatan   doimo   ogoh,   sezgir   va   xushyor
bo'lish ko'nikmalarini shakllantirish;
- Globallashuvning   mazmun-mohiyatini   yoritgan   holda   bu   jarayonning
ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini tahlil qilish;
- Dinning   asl   insonparvarlik   mohiyatini   asrash,   uning   ma'naviy-ma'rifiy
salohiyatini   jamiyatdagi   barqarorlik,   ijtimoiy   hamkorlik,   konfessiyalararo
hamjihatlikni   mustahkamlashga   yo'naltirish   borasidagi   ishlarda   tadrijiylikni
ta'minlash;
20 - Davlatimizning   vijdon   erkinligi   sohasida   olib   borayotgan   siyosatini
hamda   uning   amaliy   natijasi   bo'lmish,   qaror   topgan   milliy   bag'rikenglik   muhitini
yoshlar orasida keng yoritishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirish;
- Turli   millat   va   din   vakillari   orasida   totuvlikni   mustahkamlash   tomon
qaratilgan tadbirlarning hozirjavobligi va ta'sirchanligini oshirish;
- Fikr   qaramligi,   tafakkur   qulligi,   manqurt   tushunchalarining   mazmun-
mohiyatini, ularning jamiyat hayotidagi zararli jihatlarini tarixiy-badiiy asarlar orqali
tushuntirib berish;
- Sog'lom   fikr   va   dunyoqarashga   ega   bo'lgan   kadrlarni   tayyorlash,
ularning salohiyatini vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo'lida safarbar
qilishga,   navqiron   avlodda   vatanparvarlik   tuyg'usi,   yuksak   ma'naviy-axloqiy
fazilatlarni shakllantirishga keng e'tibor berishdan iborat.
Zamonaviy   ilmiy   siyosiy   tahlillarda   globallashuv   va   yoshlar   dunyoqarashi
tushunchasi  tobora  ko'p ishlatilishi  yuz  bermoqda. Ammo mafkuraviy immunitet  va
g'oyaviy   kurashchanlikni   shakllantirish     mavzusi   doirasidagi   ilmiy   muammolarni
tadqiq   etishning   rivojlanish   bosqichlari,   uning   o'zbek   milliy   siyosiy-falsafiy
maktabida   tutgan   o'rni,   rivojlanishga   xos   belgilari,   xususiyatlari   va   qonuniyatlari
yetarli   darajada   o'rganilmagan   va   ko'plab   dolzarb   ilmiy   muammolar,     uning
mukammal   texnologiyasi   borasidagi   masalalar     Respublikamizning   ilmiy
jamoatchiligida o'ta muhim ilmiy muammolar bilan bog'liq   holda hali o'z yechimini
to'liq topmagan.
Siyosiy-huquqiy   va   mafkuraviy-g'oyaviy   kurashchanlik   fazilatlarini
shakllantirishda  –  har  bir   ozod  shaxs  va  erkin  fuqaro  uchun  ob'ektiv   bilimlarga  ega
bo'lish   muhim   ahamiyatga   ega.   Bugungi   zamonda   inson   ma'lum   kuchlarning
manfaatlariga   xizmat   qiladigan   turli   ma'no-mazmundagi   mafkuraviy   kuchlarning
doimiy ta'sirini sezib yashaydi. Axborot asri, salohiyat asri, elektronika, informatsion
texnologiyalar asri deb nom olgan bugungi zamonda bunday ta'sirlardan holi bo'lish
dolzarb   muammodir.   Qolaversa,   fikrni,   g'oyani   ta'qiq   etish   yoki   ma'muriy   choralar
bilan   yengib   bo'lmaydi.   Shunday   sharoitda   har   bir   shaxs   o'z   mustaqil   fikriga,   sobit
21 e'tiqodiga,   mustaqil   tafakkur   va   mustahkam   irodaga   ega   bo'lmasa,   turli   zararli
mafkuralarning oxir-oqibatini anglab yetishi qiyin kechadi.
Siyosiy-huquqiy   yetuklik   va   mafkuraviy-g'oyaviy   kurashchanligini
shakllantirish   va   xalqimiz   mentalitetiga,   manfaatiga   zid   bo'lgan   zararli   g'oyalarning
tub mohiyatini ochib bergan holda ularni yagona ozod va obod Vatan g'oyasi atrofida
jipslashtirishni   davr   taqozo   qiliyotgan   bir   paytda   ogohlik,   mafkuraviy-siyosiy
jarayonlardan xabardorlik, yetarli  bilim va dunyoqarashga ega bo'lmoqlik, sezgirlik,
ma'naviy   tahdidlar   bizning   jamiyatimiz   taraqqiyoti,   yoshlar   kamolotiga   g'ov
bo'layotganini   qalban   anglab   yetish   va   unga   murosasiz   munosabatni   shakllantirish,
hushyorlikni   oshirish,   ma'naviy-mafkuraviy   g'animlarimizning   har   kun,   har   daqiqa
amalga   oshirishga   urinayotgan   hamlalarini   oldini   olish   va   ularga   munosib   ravishda
g'oyaga  qarshi   g'oya, jaholatga  qarshi   ma'rifat   bilan javob  qaytarishni   o'z  oldimizga
asosiy maqsad kilib qo'ymog'imiz lozim.
Milliy   davlatchilik   va   huquqiy   tizim   qurish   uchun   amalga   oshirilayotgan   va
uzoq   muddatga   mo'ljallangan   islohotlar,   buyuk   kelajagimizga   ishonch   ruhida
sug'oriladigan   g'oyalar,   tabiiyki,   g'oyaviy   kurashchanlikda   harakatga   keladi.   Milliy
mafkurani   shakllantirish   nazariy,   amaliy   va   tarbiyaviy   ahamiyatga   molik   bo'lib,
ma'naviy sog'lom insonlargina barkamol jamiyat qurish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu
sababli   mamlakatning   milliy   mafkurasi   o'zining   uch   muhim   jihati   bilan   alohida
ajralib turadi:
? Mustaqillik
? Milliylik
? Taraqqiyot
Mafkuraviy-g'oyaviy   kurashchanlikni   shakllantirish   jamiyat   hayotining
muhim   xususiyatlarini   o'zida   ifodalaydi.   Shu   bois,   g'oyaviy   kurashchanlikning
poydevorini   yoki   asosiy   negizini   vatanparvarlik   tushunchasi   egallashi   zarur.
Ma'lumki,   qadimdan   Sharqda   yuqori   o'ringa   oila,   uning   manfaatlari   va   qadriyatlar
qo'yilgan.   Ushbu   qadriyatlarimizni   e'zozlash   xalqimizning   ma'naviyatini   yanada
boyishiga xizmat qilib kelgan. 
22 O'zbekiston   Respublikasi   huquqiy   davlat   qurish   yo'lidan   borar   ekan,   yuksak
huquqiy madaniyat, qonunga hurmat, itoatkorlik kabi xalqimizning farovonligi uchun
zarur   bo'lgan   fazilatlar   siyosiy-huquqiy   yetuklikni   shakllantirishda   muhim   o'rin
egallab kelmoqda. 
Xalqimizning eng ardoqli fazilatlari - iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va
rahmdillik,   uyat   va   andisha,   or-nomus,   o'zaro   hurmat,   eliga   va   xalqiga   sadoqat
qadriyatlari   va   g'oyalarini   mujassamlashtirish   mafkuraviy-g'oyaviy
kurashchanlikning asosini tashkil qilmoqda. 
Shunday   qilib,   birinchidan,   milliy   mafkurani   shakllantirish   mustaqil
yo'limizning,   amalga   oshirilayotgan   islohotlarimizning   eng   muhim,   ajralmas
jixatlaridan biridir.
Ikkinchidan,   har   qanday   mafkura   ma'lum   tarixiy   davr   mobaynida
ziddiyatli   jarayonlar   ta'sirida   shakllanadi.   Mafkuraviy-g'oyaviy   kurashchanlikning
negizida xalqning tub manfaatlari va istaklari yotgandagina, u xalq mafkurasi bo'ladi.
Uchinchidan,   ma'naviyat   har   qanday   siyosiy,   milliy,   huquqiy,   tarixiy
mafkuradan   ham   keng   tushunchadir.   Rasmiy   mafkura   xalq,   millat   ma'naviyatidan
yiroq   bo'lsa,   hech   qanday   naf   bo'lmaydi.   Zotan   ma'naviyat   –   mafkurani
oziqlantiruvchi buloq.
To'rtinchidan, vatanparvarlik har qanday mafkuraning muhim jihatidir. Chunki,
O'zbekistonning   har   bir   fuqarosi   mustaqilligimizni   to'la   his   etmog'i,   mustaqillikni
e'zozlamog'i,   mustaqillik   uchun   jon   fido   qilmog'i,   millatimiz,   davlatimizning   buyuk
kelajagi uchun o'zining fikri-zikrini, mehnatini bag'ishlamog'i zarur. 
“Bugungi kunda,- deb yozadi Yurtboshimiz - insoniyat qo'lida mavjud bo'lgan
qurol-yarog'lar   yer   kurrasini   bir   necha   bor   yakson   qilishga   yetadi.   Buni   hammamiz
yaxshi   anglaymiz.   Lekin   hozirgi   zamondagi   eng   katta   havf-insonlarning   qalbi   va
ongini   egallash   uchun   uzluksiz   davo   etayotgan   mafkuraviy   kurashdir.   Endilikda
yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo'layotgan kurashlar ko'p narsani
hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.” 
Shunday   sharoitda   mohiyatan   g'ayriinsoniy,   shu   jumladan   milliy   ekstremistik
g'oyalarga   qarshi   tura   olish   uchun   kishilarimizda   mafkuraviy   immunitetni
23 shakllantirish   markaziy   masalalardan   biriga   aylanmoqda.   Immunitet   deganda
tibbiyotda   organizmning   doimiy   ichki   muayyanligini   saqlash,   o'zini   turli,   shu
jumladan   zararli   ta'sirlardan   himoya   qilishga   qodir   bo'lgan   hususiyatlari   majmui
tushuniladi.   Immunitet   kishi   vujudining   turli     infeksion   kasalliklarga   berilmaslik
xususiyatini ham ifodalaydi.
Insonning tug'ma bo'lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda
mafkuraviy   immunitetni   shakllantirib   borish   zarur.   U   daxlsizlikni   ta'minlashga
xizmat qiladi. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri bu bilimdir.
Ammo bilimlar ko'p. 
Milliy   ekstremizm   va   terrorizm   tarafdorlari   ham   muayyan   bilimlarga
tayanadilar   va   uni   omma   ongiga   singdirishga   harakat   qiladilar.   Demak,   mafkuraviy
immunitet   tizimidagi   bilimlar   ob'yektiv   bo'lishi,   voqeylikni   to'g'ri   va   to'liq   aks
ettirishi, inson ma'naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.
Bu bir tomondan.
  Ikkinchi   tomondan,   bu   bilimlar   o'z   mohiyat   e'tiboriga   ko'ra,   Vatan,   millat,
insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog'liq bo'lmog'i kerak. Fuqarolarimizning asl islom
haqida xolis va yetarli bilimga ega bo'lishlari milliy ekstremizmga qarshi immunitetni
shakllantirishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Mafkuraviy   immunitetning   ikkinchi   asosiy   unsuri   ana   shunday   bilimlar
zamirida   shakllandigan   baholar,   qadriyatlar   tizimidir.   Bilimlar   qanchalik   xolis   va
chuqur   bo'lsa,   uning   zamirida   yuzaga   kelgan   baholar,   qadriyatlar   tizimi   mafkuraviy
immunitetning   imkoniyatlarini   belgilab   beradi   va   mafkuraviy   infeksiyalar   yo'lida
mustahkam qalqon bo'lib xizmat qiladi.
Asl islom haqida muayan bilimlarga ega bo'lish, uning bayrog'i ostida taqdim
etilayotgan   g'oyalar,   qarashlar   va   harakatlarni   to'g'ri   baholash,   ularning   mohiyatan
islomiy   qadriyatlarga   butunlay   zid   ekanini   anglab   yetishga   xizmat   qiladi,   degan
xulosani chiqarish imkonini beradi. 
Bilimlar va qadriyatlar tizimi ham mafkuraviy immunitetning mohiyatini to'liq
ifoda eta olmaydi. 
24 Zero,   mafkuraviy   immunitetning   uchinchi   muhim   unsuri   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy   va   madaniy-ma'rifiy   sohalardagi   mo'ljal   va   maqsadlar   tizimi   bilan   bo'gliq.
Ana   shunday   aniq   tizim   bo'lmas   ekan,   hoh   alohida   inson,   hoh   millat   yoki   jamiyat
bo'lsin,   goh   oshkora,   goh   pinxona   ko'rinishdagi   mafkuraviy   tazyiqlarga   bardosh
berishi amri maholdir.
Mafkuraviy   immunitet   tizimini   shakllantirishda   yot   g'oyalar   kirib   kelishining
oldini   olish   va   ularni   yo'qotishga   qaratilgan   chora-tadbirlar   majmuini   o'z   ichiga
oladigan   mafkuraviy   profilaktikaning   o'rni   katta.   U   ijtimoiy   institutlar   tomonidan
xilma-xil   shakllarda   amalga   oshiriladigan   g'oyaviy-tarbiyaviy,   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma'naviy ishlar majmuini to'g'i tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab
oladi.
Prezidentimiz   ta'kidlaganlaridek,   “Millat   bor   ekan,   milliy   davlat   bor   ekan,
uning   mustaqilligi   va   erkinligiga,   an'ana   va   urf-odatlariga   tahdid   soladigan,   uni   o'z
ta'siriga   olish,   uning   ustidan   hukmronlik   qilish,   uning   boyliklaridan   o'z   manfaati
yo'lida   foydalanishga   qaratilgan   intilish   va   harakatlar   doimiy   havf   sifatida   saqlanib
qolishi muqarrar”.
25 2-BOB.     YOSHLARDA MILLIY G‘OYA VA MAFKURAVIY IMMUNITETNI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK PEDAGOGIK YONDASHUVLARI.
2.1    Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirihda ta'lim-tarbiyaning o'rni
Bugungi   kunda   yoshlarimizni   turli   xil   yot   va   zararli   g’oyalar   va   vayronkor
g’oyalarga   qarshi   barqaror   mafkuraviy   immunitetini   mustahkamlashda   ularning
dunyoqarashini boyitish, Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy
g’ururni   shakllantirish,   ularni   milliy   va   umuminsoniy   qadriyatlar   ruhida   kamol
toptirish,   hozirgi   zamondagi   keskin   intellektual   –   ma’naviy   raqobatga   javob   bera
oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan yuksak malakali mutaxassis
kadrlar   etib   tarbiyalash   muhim   ahamiyatga   egadir .   Zero,   bu   globall   o’zgarishlar
davrida   uzluksiz  ta’lim   tarbiya  tizimining  oldida  turgan  muhim   vazifalardan  biridir.
Shu   boisdan   ham   o’tmishimiz   va   kelajagimiz   uchun   qudrat   bag’ishlaydigan   milliy
iftixor   tuyg’usi   bilan   biz   yangi   avlodlarni   tarbiyalashimiz,   o’z   milliy
davlatchiligimizni   mustahkamlab   borishimiz   lozim.   Bu   jarayonda   milliy   va
umuminsoniy   qadriyatlarni   yosh   avlodga   etkazishning   infrastrukturasi   va
texnologiyasini   yanada   takomillashtirish   masalasi   zararli   va   yot   g’oyalarni,
mafkuraviy   tahdidlarni   bartaraf   qilish   orqali   ularning   mafkuraviy   immunitet
shakllanishi muhim omili ekanini hayotiy tajribaning o’zi isbotlamoqda.
Mamlakatimiz   xavsizligini   bugungi   va   ertangi   kunini   hal   qiluvchi   kuchi
bo’lmish   o’sib,   unib   kelayotgan   yoshlarimizni   har   tomonlama   mafkuraviy
qurollantirishni zamonnaning o’zi talab qilmoqda. Agar bu tushunchani qurollantirish
emas, balki qurollanmog’i kerak desak, bevosita ularni o’z holiga tashlab qo’ygan va
ko’ziga   “yaltirab”   ko’ringan   narsani   o’zlashtirishga   sharoit   yaratgan   bo’lamiz.
Shunday   ekan,   yoshlarimizda   turli   xil   yot   va   zararli   g’oyalarga   qarshi   kurashish
uchun   mafkuraviy   immunitetni   yanada   rivojlantirish   ularni   turli   xil   g’oyaviy   va
mafkuraviy   tahdidlardan   asrash,   jamiyatda   mafkuraviy   immunitet   hosil   qilish   orqali
26 taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog’lom, barkamol avlodlarni tarbiyalab
voyaga   yetkazish   lozim.   Shundagina   biz   istiqbolda   ma’naviy   barkamol   insonni,
sog’lom avlodni tarbiyalashga  erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri
ham   barkamol   avlodni   tarbiyalashdan   iboratdir.   Zero,   ma’naviy   barkamol
insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.
Xalqimizni   turli   g’oyaviy   va   mafkuraviy   tahdidlardan   asrash,   jamiyatda
mafkuraviy   immuniet   hosil   qilish   uchun   uni,   avvalo,   taraqqiyot   qonunlarini   chuqur
aks   ettiradigan   sog’lom,   insonparvar   g’oya   va   mafkura   bilan   qurollantirish   kerak.
O’zligimizni,   odob   –   axloqimizni,   merosimiz,   qadriyatlarimiz   va   milliy   ruhimizni
zararli   g’oyalar   va mafkuralar   ta’siridan avaylab-asrash,   ularga  qarshi   fuqarolarimiz
va   yoshlarimiz   qalbida   mafkuraviy   immunitetni   akllantirish   orqaligina   milatni
mafkurasini   asrash   va   yanada   yuksaltirishimiz   mumkin.   Mafkuraviy
immunitetyuksaltirishda   ta’lim-tarbiyaning   ahamiyati   kattadir.   Shu   boisdan   ham,
ta’lim-tarbiya   sohasini   isloh   qilishning   asosiy   omillaridan   biri   “Shaxs   manfaati   va
ta’lim   ustuvorligi”dir.   Shunday ekan,  bugun  barcha  davlatlar   ta’limiga  imkon  qadar
ko’p   yangilik   kiritishga   intilmoqda.   Yangilik   yaratishga   intiluvchan   shaxsni
tarbiyalash uchun mazmuniga ijodkorlik ruhi va motivlari hukm surishi lozim. Bunda
innovatsion   faoliyat   subyektining   talablarini   qondirishdan   innovatsion   faoliyat
subyekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo’lgan amaliy
faoliyati   jarayonida   yuzaga   keluvchi   subyektning   yangilikni   yaratish   va
o’zlashtirishga   bo’lgan   ehtiyoj   va   qiziqishlarni   o’zida   ifoda   etuvchi   kuch   bo’lmog’i
lozim.   Uzluksiz   ta’lim   tizimini   mazmunan   modernizatsiyalash   va   ta’lim   –   tarbiya
samaradorligini   yangi   sifat   bosqichiga   ko’tarishdan   asosiy   maqsad   yoshlarimizning
ma’naviy,   huquq   va   manfaatlarini   himoyalash   ularning   zamonaviy   bilim   va   kasbga
ega   bo’lishini   bugungi   o’ta   murakkab   va   tahlikali   zamonda   mavjud   bo’lgan   har
qanday xatarga zararli ta’sir va oqimlarga nisbatan ogoh va hushyor bo’lib yashashini
va jamiyatimiz hayotida munosib o’rin egallashini ta’minlashdan iborat hisoblanadi.
Uzluksiz   ta’lim   tizimining   shakllanishi   o’z-o’zidan   kadrlar   tayyorlash   jarayonining
yangicha   mazmun   kasb   etishini   ta’minlaydi.   Barkamol   shaxs   va   malakali
mutaxassisni   tayyorlashga   yo’naltirilgan   uzluksiz   ta’lim   tizimi   (shu   jumladan,
27 tarbiya)   jarayonining   yangi   mazmuni   mazkur   jarayonga   ilm   fan,   texnika   va   ishlab
chiqarish sohalarida yaratilgan g’oya, kashfiyot va yutuqlarning tatbiq etilishi. Ushbu
jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining ustuvor o’rin tutishi, ta’lim va
tarbiya   jarayonini   insonparvarlashtirish   (ya’ni,   ta’lim-tarbiya   jarayonining   asosiy
subyektlaridan   biri   bo’lgan   o’quvchi   –   ta’lim   oluvchi   shaxsning   hurmat   qilinishi.
Uning   sha’ni,   or-nomusi,   qadr-qimmati   va   huquqlari   daxlsizligining   ta’minlanishi),
ta’lim   oluvchi   (o’quvchi)ning   zamonaviy   pedagogik   jarayondagi   faol   ishtirokini
yuzaga keltirish uchun muayyan shart sharoitlarni yaratish, ularning xohish-istaklari
bilan   o’rtoqlashish,   shaxsiy   tashabbuslarni   qo’llab-quvvatlash,   ularda   mustaqil   fikr
yuritish   layoqatini   tarbiyalash,   bu   borada   muayyan   ko’nikma   hosil   qilish,   hosil
qilingan   ko’nikmaning   faoliyat   malakasiga   aylanishga   rag’bat   bildirish,   o’quv
(manbalari  va ko’rsatmali  vositalar)  mazmunida yuqorida qayd etilgan g’oyalarning
o’rin   olishiga   erishish,   ta’lim   oluvchilarda   bilim   olishga   nisbatan   ichki   ehtiyoj,
qiziqish, rag’batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror toptirish va
hokazolar asosida yaratiladi.
Birinchi   Prezident   I.A.   Karimov   “Maqsadimiz   –   erkin   shaxsni   tarbiyalash”
deganda   har   tomonlama   mustaqil,   o’zining   va   millatining   qadr-qimmatini   teran
idroketuvchi,   shaxsiy   fikrlarini   sobit   turib   himoya   qila   oladigan   avlodni   voyaga
yetkazishni   nazarda   tutadi.   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.   Mirziyoyev
ham   bu   borada   quydagi   fikrlarni   bildiradi,   “Yoshlarimiz   haqli   ravishda
Vatanimizning   kelajagi   uchun   javobgarlikni   zimmasiga   olishga   qodir   bo’lgan,
bugungi   va   ertangi   kunimizning   hal   etuvchi   kuchiga   aylanib   borayotgani
barchamizga   g’urur   va   iftixor   bag’ishlaydi.   Shu   maqsadda   hukumatning,   tegishli
vazirlik   va   idoralar   hamda   butun   ta’lim   tizimining,   hurmatli   domlalarimiz   va
professor-o’qituvchilarning eng  muhim  vazifasi  – yosh avlodga puxta  ta’lim  berish,
ularni   jismoniy   va   ma’naviy   yetuk   insonlar   etib   tarbiyalashdan   iboratdir   deb
ta’kidlaydilar. Yurtboshimiz o’zining barcha nutq va ma’ruzalarida kelajagimiz yosh
avlodning qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq ekanligini ko’p marotaba o’qitish
barobarida,   ularni   ham   ma’nan,   ham   jismonan   va   intellektual   jihatdan   yetuk
bo’lishlariga alohida e’tibor berish masalasini ilgari surmoqda. Shu nuqtai nazardan,
28 O’zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg’or mamlakatlari
darajasiga ko’tarilishiga hissa qo’shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali
mutaxassis,   shuningdek,   ijobiy   sifatlarga   ega   bo’lgan   kadrlarni   tayyorlab   voyaga
yetkazish   jarayoni   tashkil   etadi.   Shu   nuqtai   nazardan,   o’sib   kelayotgan   avlodni
istiqlol   va   uning   qadriyatlariga   sodiqlik,   xalqparvarlik   va   vatanparvarlik,
umuminsoniy   qadriyatlarga   hurmat   ruhida   tarbiyalashda   ijtimoiy   institutlar   sifatida
nafaqat   ta’lim-tarbiya   dargohlari,   balki   oila,   mahalla,   O’zbekiston   Yoshlar   Ittifoqi,
jamoat   hamda   nodavlat-notijorat   tashkilotlaridan   har   birining   roli   alohida   ahamiyat,
ta’sir kasb etadi.
Globallashuv,   yoshlar,   tahdid,   mafkuraviy   immunitet,   axborot.   Bugungi
globallashuv  sharoitida,  xalqaro  maydonda  mafkuraviy, g‘oyaviy  va        infarmatsion
kurashlar         kundan-kunga         kuchayib         borayotgani,         hozirgi   murakkab       va
tahlikali     davrda     oldimizda     ma’naviy-ma’rifiy     ishlarni     zamon   talablari     asosida
tashkil     etish,     yoshlarimizni     esa     turli     mafkuraviy     xurujlardan   himoya     qilish,
yurtdoshlarimizning     hayotga     ongli     munosabatini     shakllantirish,   yon   atrofda   yuz
berayotgan voqealarga daxldorlik xissini oshirish, mamlakatimiz  mustaqilligi  uning
ravnaqi,     va     tinch-osoyishta     hayotimizga     xavf   tug‘dirishi     mumkin     bo‘lgan
tajovuzlarga     qarshi     izchil     kurash     olib     borishdek   dolzarb   bo‘lgan   vazifa
turibdi.Ayni   vaqtda,   maktablarda,   oliy   ta’lim   muassasalarida   kundalik   darslardan
tashqari mashg‘ulotlar mazmun-mohiyatini yanada takomillashtirish, g‘oyaviy kurash
muommolari     masalasini     yanada     chuqur     ilmiy     jihatdan     tahlil     qilishni,
yoshlarimizning     esa     mafkuraviy     immunitetini     amalda     shakllantirishni     talab
etmoqda. 
Avvalo,  immunitet  nima  ekanligini  bilib  olsak  undan  so‘ngina mafkuraviy
immunitetni   shakllantira   olamiz.Immunitet   (lotincha,   immunitas,   immunitatus–
qutilish;   xalos,   xoli   bo‘lish).   Organizmning   o‘zidan   irsiy   jihatdan   yot   xususiyatlari
farq qiladigan, uning  butunligiga  va  biologik  o‘ziga  xosligiga  zarar  yetkazadigan
mikroorganizmlar     (kasallik     qo‘zg‘atuvchilar)     zaharli     moddalar     va     bulardan
himoyalanish reaktsiyasi . Bu borada ilmiy mafkuraning o‘rni alohida ahamyatga ega.
“Mafkura”  so‘zi  arab  tilida  “fikirlar  majmui”  manosini   ifodalab,  muaayyan  ijtimoiy
29 guruh, qatlam millat,       jamiyat,       davlatning       manfaatlari,       orzulari       maqsadlari
ifodalangan qarashlar  va  ularni  amalga  oshirish  tizimini  anglatadi.  
Har     qanday     mafkura     esa   jamiyatda   yangipaydo   bo‘lgan   ijtimoiy   siyosiy
kuchlarning   talab   va   extiyojlarini,   maqsadlarini   ifoda   etuvchi   yangi   g‘oyaviy   tizim
sifatida   vujudga   kelib,   quyidagi   vazifalarni   o‘z   ichiga   olishini   ko‘rishimiz
mumkin.Muaayyan   g‘oyani   insonlar   ongiga   va   ularning   ruhiyatiga   singdirish;
a holinjing  turli   xil   guruhlarini   birlashtirish   va  shu  bilan  birga  ko‘zlangan  maqsadga
erishish   uchun   odamlarni   safarbar   etish;   a holini,     ayniqsa     yoshlarni     g‘oyaviy
tarbiyalash     va     ularda     mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish;   h amda   boshqa
mafkuraviy   va   g‘oyaviy   ta’sirlardan   himoya   qilish   va   shu   kabilar.Mafkuraviy
immunitet –shaxs,   ijtimoiy   guruh,   millat,   jamiyatni   turli g‘oyaviy ta’sirlardan
himoya   qilishga   xizmat   qiladigan   g‘oyaviy   nazariy   qarashlar   va   qadryatlar   tizimi   .
Shu   o‘rinda   shuni   ham   ta’kidlash   joizki   mafkuraviy   immunitetni     shakllantirishda
asosiy  e’tiborni  maktablarga  qaratmog‘imiz lozimdir.
Yoshlarda   mafkuraviy    immunitetni    shkllantirishning   muhim    vazifalaridan
biri,   o‘quvchilarning   dunyoviy, ilmiy, dunyoqarshini shakllantirishdir. O‘quvchilar
uning   asosida   tarixiy   taraqqiyotning   rivojlanish   yo‘lini   turli   ijtimoiy   hodisalarni
mustaqil       anglab,       mustaqil       munosabat       bildiradilar.       Shu       sababli   ijtimoiy-
gumanitar   fanlarni   o‘tish   yoshlarni   to‘lqinlashtiruvchi   zamonavuy   hayot   savollariga
g‘oyaviy nuqtai nazardan ishonarli javob berish zarur .
Mafkuraviy  imminitet  masalasi,  hech  shubhasiz,  OAV  faoliyatiga  bevosita
va   bilvosita   daxldordir.   Zero,   aynan   OAVdagi   materiallar   jamoatchilik   fikri
monitoringini   ta’minlashga   xizmat   qiladi,   unga   mafkuraviy   va   g‘oyaviy   jihatdan
ta’sir etadi. Bu borada I. Karimov shunday dedi: “Shuni unutmaslik kerakki, bugungi
kunda   inson   ma’naviyatga   qarshi   yo‘naltirlgan,   bir   qarashda   arzimas   bo‘lib
tuyiladigan  kichkina  habar    ham    axborot    olamidagi    globallashuv shiddatidan
kuch   olib,   ko‘zga   ko‘rinmaydigan,   lekin   zararini   hech   narsa   bilan   qoplab
bo‘lmaydigan, ulkan ziyon yetkazishi mumkin ”.
  Shu     o‘rinda     mafkuraviy     tahdidlar     ham     tobora     ortishi     bilan     ularning
tarmoqlari   hamshu   bilan   barobar   ortmoqda.   Ayni   damda   eng   avjiga   chiqqan   din
30 niqobidagi   mafkuraviy   xurujlar   buning   yaqqol   misolidir.   Ko‘plab   mamlakatlarda
ushbu    xuruj    oqibatlari    xalq    orasida    qarama-qarshilikni    yuzaga    keltirib
favqulotda   vaziyat   holatlari   joriy   qilinmoqda.   Bu   mafkuraning   asosiy   maqsadi
ham siyosiy ig‘vo bilan maqsadiga yetishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yot
mafkuralarning     asosiy     maqsadi   –bu     yoshlarni     chalg‘itish,     millatni   parchalash,
jamiyatda   o‘zaro   alangalatish,   mustaqillik   yillarida   erishilgan yutuqlarni     buzub,
tuxmat       tarqatish,       dunyoning       turli       mintaqalarida       harbiy-siyosiy     keskinlikni
muntazaam  qo‘llab  quvvatlashdir.  
Ma’lumki,  radio, televideniye, internet  va  matbuot tijorat  maqsadlarida ham
keng     ishlatiladi:     yot   mafkuralar     reklamadan     soxta     diniy   qadryatlarni   o‘z
ehtiyojlarini singdirishga, odamlarda  boqimandachilikni  psixologiyasi  orqali  milliy
ongni  zaiflashtirishga harakat qiladilar” deb ta’kidlagan edilar.
Ayni vaqtga kelib johil mafkurachilar o‘z missiyalarini internet tarmog‘ i  orqali
yosh   avlodga   ta’sir   qilish   va   ularga   o‘z   g‘oylarini   singdirish   orqali   amalga
oshirmoqdalar buning yaqqol misolida, dunyoga mashxur bo‘lgan ekstremistik, terror
tashkilot   bo‘lgan   “al-Qoida”:Mutaxassislarning     qayd     etishicha,     “al-Qoida”
terrorchi  tashkiloti  o‘ztarg‘ibotining 99 foizini internet orqali amalga oshiradi. 2011
yilning   iyun   oyida   “al-Qoida”   tashkiloti   internet   orqali   terrorchilik   amalyotini
o‘tkazish  bo‘yicha ko‘rsatmalarini  o‘z  gumashtalariga  yetkazishga  urungani  fosh
etildi.     Gap   shundaki   tashkilotga       taalluqli       bo‘lgan       veb-sahifalarning   birida
foydalanuvchilarga   yuklab   olisjh   uchun   qiziqarli   jurnal   taklif   etilgan   bo‘lib,   uning
sahifalaridan   oddiy   oshxona   sharoitida   qo‘lbola   bo‘mba   tayyorlashni   o‘rgatuvchi
ko‘rsatmalar joy olgan. Shu orqali tashkilotbutun dunyoda o‘z a’zolariga o‘zini o‘zi
portlatish amalyotlarining so‘nggi uslublari haqida ma’lumotlar yetkazib bergan . 
Shu     bilan     birga     internet     tarmog‘i     orqali     yosh     bollarga     ham     maxsus
xudkushlik   amalyotini   targ‘ib   etuvchi   multfilimlar   ham   ishlab   tarqatilgan.     Bu   kabi
filimlardan   maqsad   bolalarga   terrorchilar   talqinidagi   “jihod”   harakatlariga   nisbatan
moyillik   uyg‘otish   va   kelajakda   buzg‘inchilar   saflarini   ana   shunday   yoshlar     bilan
to‘ldirish  asosiy  maqsadlari  bo‘lgan. 
31  Qachonlardir  manashu internet tarmog‘i axborot olamida dastlab ma’lumotlar
matn   ko‘rinishida   bo‘lgan   bo‘lsa,   hozirgi   kelib   inernetda   nafaqat   matn,   balki
fotolavha, videolavha va ovoz uyg‘inligidagi malumotlar joylashtirilib ularni elektron
manzillariga   tezlik   bilan   yetkazilmoqda.   Ushbuqulaylikdan,   taassufki,   terrorchi
shaxslar   ham   o‘z   manfur   maqsadlari   yo‘lida   ustalik   bilan   foydalanmoqda.Aftidan,
bugungi     kunga     kelib     xavfsizlik     va     barqarorlik     yo‘lida     paydo   bo‘layotgan
tahdidlarga   tegishli   munosabatda   bo‘lishning   o‘zigina   yetarli   emas,   balki   ularni
bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishni takomillashtirish darkordir. 
Har   bir  tahdidlarda  o‘ziga  yarasha  qarshi   ishlovchi   omillari  bo‘lib,  biz  ularga
faqatgina   yuksak   dunyoqarash   va   kuchli   bilim   bilan   kurashishimiz   mumkin.   Toki
o‘smirlarimizbuzg‘inchi  mafkuralarga,  ularni  targ‘ibotiga  har  doim,  hamma joyda
murosasiz   bo‘lsin,   milliy   g‘oyamizni   amalda   qo‘llashga,   himoya   qilishga   tayyor
bo‘lsin. Zero, “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida ta’kidlanganidek: “Har
qanday  kasallikning  oldini  olish  uchun,  avvalo,  kishi  organizmida  unga  qarshi
mmunitet  hosil  qilinadi.  
Biz   ham    farzandlarimizni     ona    Vatanga   muhabbat,   boy  tariximizga,     ota-
bobolarimizning     muqaddas     diniga     sadoqat     ruhida     tarbiyalsh   uchun,   ta’bir   joiz
bo‘lsa,   avvalo   ularning   qalbi   vaongida   mafkuraviy   immunitetni   kuchaytirishimiz
zarur ”
Mamlakatimiz   xavfsizligini   bugungi   va   ertangi   kunini   hal   qiluvchi   kuchi
bo’lmish   o’sib,   unib   kelayotgan   yoshlarimizni   har   tomonlama   mafkuraviy
qurollantirish   ya’ni   ularni   turli   xil   yot   va   zararli   g’oyalar   ta’siridan   himoya   qilish
orqali   ularning   mafkuraviy   immunitetini   shakllanish   lozimligini   bugungi   davrning
o’zi   talab   qilmoqda.   Agar   bu   tushunchani   qurollantirish   emas,   balki   qurollanmog’i
kerak   desak,   bevosita   ularni   o’z   holiga   tashlab   qo’ygan   va   ko’ziga   “yaltirab”
ko’ringan narsani o’zlashtirishga sharoit yaratgan bo’lamiz. Pok qalbli yoshlarimizni,
pok niyatlarini o’g’rincha bilib olgan va ularning ezgu g’oyalarini asta-sekinlik bilan
yot   g’oyaga   aylantirishga   sabab   bo’layotgan,   faqat   sirtidangina   jozibador,   asli   esa
puch   bo’lgan   g’oyalar   ta’siridan   qutulishning   birdan-bir   yo’li   bu   –   ma’rifatdir.
Demak,   biz   yoshlar   “Fikrga   qarshi   fikr,   g’oyaga   qarshi   g’oya,   jaholatga   qarshi
32 ma’rifat   bilan   kurashish”   kerakligiga   har   doim   ham   amal   qilish   lozimligini
unutmasligimiz   kerak.   Shundagina   yoshlarda   mafkuraviy
immunitetningmustahkamligi milliy va umuminsoniy qadriyatlariga, madaniy merosi,
urf-odatlari, an’analari, tili, tarixini hurmat qilishi, unga bo’lgan e’tiqodi va sadoqati
orqali   namoyon   bo’ladi.   Shundagina   u   millatni   globallashuv   jarayoni   bilan   bog’liq
bo’lgan ayrim tahdidlardan saqlaydi. 
Mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ma'naviyat va qadriyatlarning o'rni .
Ekstremizmning   paydo   bo'lishi   va   rivojlanishiga   sabab   bo'lgan   omillar   ichida
mafkuraviy   bo'shliqning   ta'siri   kattadir.   Mafkuraviy   bo'shliq   kishilarda   jamiyatdagi
mavjud   holatni,   ijtimoiy   voqelikni   noto'g'ri   idrok   etishga,   ularning   ongida
agressivlikni   shakllantirishga   xizmat   qiladigan   bo'shliqni   nosog'lom   g'oyalar   bilan
to'ldirishga   zamin   yaratadi.   “Manqurtlashtirish”   deb   ataladigan   bu   texnologiya
kuchsiz   ma'naviyat,   bo'sh   iroda   va   nosog'lom   intilishlar   muhitidagina   ta'sir   kuchiga
ega bo'ladi.
Yoshlarning   turli   oqimlarga   kirib   qolish   sabablari   qatorida   ularning
dunyoqarashi torligi, diniy ilmlarni egallashga bo'lgan qiziqishi, o'ta ishonuvchanligi,
birdaniga   hamma   narsaga   (boylik,   shon-shuhrat,   martaba   va   h.k.)   ega   bo'lishga
intilishi, umuman olganda maksimalizm kabi ma'naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib
ko'rsatish   lozim.   “Sen   bu   tashkilotga   kirish   yoki   mana   bu   vazifani   bajarish   bilan
alohida,   har   kimga   ham   nasib   qilavermaydigan   sharafli   ishga   qo'l   urgan   bo'lasan,
kerak   bo'lsa,   sen   millat,   din,   insoniyatning   xaloskoriga   aylanasan!”   –   degan
qarashlarni   singdirish   jarayoni   aynan   mana   shu   kabi   xususiyatlarga   alohida   e'tibor
berilayotganini ko'rsatadi.
Jaholat – bilmaslik ma'nosini anglatadi. Bugun jaholat turli ko'rinishlarda o'zini
namoyon   qilmoqda.   Shulardan   biri   diniy   bilimsizlikdir.   Diniy   savodi   past   bo'lgan
kishilar   o'zlarini   islom   dinining   jonkuyarlari   qilib   ko'rsatuvchi,   aslida   esa,
hokimiyatni   egallashni   maqsad   qilib   qo'ygan   turli   oqim   vakillarining   quruq
va'dalariga aldanib qolmoqdalar.
Jaholat og'ir oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun, odamlar ongi va qalbida
ma'rifatning   mutlaq   ustuvor   bo'lishiga   erishish,   kishilar   tafakkurini   boyitish,   ularda
33 sog'lom va sobit e'tiqodni shakllantirish uchun kurash, bu yo'ldagi nazariy va amaliy
ishlarning   hozirjavobligini   ta'minlash,   ta'sirchanligini   oshirish   dolzarb   vazifalardan
biri bo'lib qolaveradi.
Immunitet   tibbiyotda   organizmning   o'zini   zararli   ta'sirlardan   himoya   qilishga
qodirligini,   tananing   turli   yuqumli   kasalliklarga   berilmaslik   xususiyatini   anglatadi.
Inson   organizmining   ana   shu   umumiy   immunitet   tizimidan   farqli   ravishda,
mafkuraviy   immunitet   har   bir   avlod   uchun   o'ziga   xos   xususiyatga   ega   bo'ladi   va
mafkuraviy daxlsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
Hozirgi   davrda   inson   hayotida   axborot   va   bilimlar   xilma-xilligining   o'rni   va
ahamiyati   yanada   oshgan.   Bilimlar   mafkuraviy   immunitet   tizimining   asosiy   va
birinchi   unsuri   hisoblanadi.   Ammo   bilimlar   ko'p.   Diniy   ekstremizm   va   terrorizm
tarafdorlari ham muayyan “bilim” larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga
harakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob'ektiv bo'lishi,
voqelikni   to'g'ri   va   to'liq   aks   ettirishi,   inson   ma'naviyatining   boyishi   va   jamiyat
taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim.
Bugungi   kunda,   axloqiy   buzuqlik   va   zo'ravonlik,   individualizm   va
egotsentrizm,   mutaassiblik   va   aqidaparastlik   g'oyalarini   tarqatish,   kerak   bo'lsa,
shuning   hisobidan   boylik   orttirish,   boshqa   xalqlarning   milliy   va   diniy   an'ana   va
qadriyatlari,   turmush   tarzining   ma'naviy   negizlariga   bepisandlik,   ularni   qo'porishga
qaratilgan   tahdidlar   tobora   xatarli   tus   olib,   butun   jahonda   tarqalib   borishiga   qarshi
kurashish hayotiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy immunitet tizimida uning ikkinchi
asosiy   unsuri   –   olingan   bilimlar   zamirida   shakllanadigan   ma'naviyat   va
qadriyatlarning   o'rni   beqiyosdir.   Bilimlar   qanchalik   xolis   va   chuqur   bo'lsa,   uning
zamirida   yuzaga   kelgan   ma'naviyat   va   qadriyatlar   ham   shunchalik   mustahkam
bo'ladi.   Bir   so'z   bilan   aytganda,   qadriyatlar   tizimi   mafkuraviy   immunitetning
imkoniyatlarini   belgilab   beradi   va   zararli   g'oyalar   yo'lida   mustahkam   qalqon   bo'lib
xizmat qiladi.
Shu   jihatdan   bilimlar   va   qadriyatlar   tizimi   mafkuraviy   immunitetning
shakllanishida asosiy omil bo'lib qolaveradi.
34 Mafkuraviy   immunitetning   uchinchi   muhim   unsuri   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy
va   madaniy-ma'rifiy   sohalardagi   mo'ljal   va   maqsadlar   tizimi   bilan   bog'liq.   Ana
shunday tizim bo'lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo'lsin, goh
oshkora,   goh   pinhona   ko'rinishdagi   mafkuraviy   tazyiqlarga   bardosh   berishi
amrimaholdir.
Mafkuraviy   immunitet   tizimini   shakllantirishda   yot   g'oyalar   kirib   kelishining
oldini   olish   va   ularni   yo'qotishga   qaratilgan   chora-tadbirlar   majmuini   o'z   ichiga
oladigan   mafkuraviy   profilaktikaning   o'rni   katta.   U   ijtimoiy   institutlar   tomonidan
xilma-xil   shakllarda   amalga   oshiriladigan   g'oyaviy-tarbiyaviy,   ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy,   ma'naviy   ishlar   majmuini,   to'g'ri   tashkil   etilgan   tarbiya   tizimini   qamrab
oladi.
Bolaga   ilk   yoshidan   boshlab   nima   yaxshi,   nima   yomon,   ularga   qanday
munosabat   bildirish   kerak,   degan   savollarga   asoslangan   bog'cha,   maktab   tarbiyasi,
undan   keyin   ijtimoiy   tarbiya   yo'lga   qo'yilsagina   har   bir   millat   sog'lom,   ishonchli,
mustahkam   immunitetga   ega   bo'ladi.   Demak,   mafkuraviy   immunitet   –   davlat   va
millatning ma'naviy birligi, ma'naviy sog'lomligini himoya qiluvchi g'oyaviy qalqon
vazifasini bajaradi.
Jamiyatning   o'z   ertasi   va   kelajagiga   ishonchi   o'z-o'zidan   hosil   bo'lmaydi.
Buning zamirida millat baxt-saodati yo'lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib
chiquvchi maxsus  faoliyat – mafkuraviy tarbiya yotadi. Mafkuraviy tortishuvlardagi
g'oyani   ommalashtirish   uslublari   –   mafkuraviy   tarbiya   uslublaridir.   Bu   bahsda
pirovard   natijani   ilmga   asoslangan   targ'ibot   va   tashviqot   hal   qiladi.   Shu   tariqa
mafkuralar kurashi – g'oyalar targ'iboti va tashviqoti tortishuviga aylanadi. Jamiyatga
yot mafkuralar o'z g'oyalarini birdaniga olib kira olmaydi. Ular avvalo mahv qilinishi
kerak   bo'lgan   millat   azaldan   ishonib   kelgan   qadriyatlarga   ishonchini,   umidini
so'ndiradi.   Buning   uchun   millat   ishonib   kelgan   qadriyatlar   yomonlanadi,
obro'sizlantiriladi.   Natijada   mafkuraviy   immunitetni   sindirishning   birinchi   bosqichi
amalga oshadi – millat o'zi ishonib kelgan g'oyalar, qadriyatlarga befarq munosabatda
bo'la boshlaydi. Bo'shliq ana shunday yaratiladi, “ochib olinadi”.
35 Mafkuraviy bo'shliq hosil bo'lgach, endi uning o'rnini to'ldiruvchi yot g'oyalar
jozibali   tasvirlana   boshlanadi.   Buzg'unchi   g'oyaga   xos   “yangilik”   va   u   berayotgan
va'dalar   odamlar   qulog'i   va   ko'zi   orqali   ong   va   qalbiga   kira   boshlaydi.   Mafkuraviy
bo'shliq   shu   tariqa   to'ldirila   boshlanadi.   Yolg'on   g'oya   odamlar   ongiga   o'rnashsa,   u
ham amaliy kuchga aylanadi.
Hozirgi   fan   va   texnologiyalar   ravnaqi   davrida   boshqa   kishilarning   ongi   va
qalbiga   yashirin,   g'araz   maqsad   bilan   ta'sir   ko'rsatishni   ifodalashda   manipulyatsiya
keng ishlatilmoqda. Ushbu vaziyatda shaxs  va uning mafkuraviy immunitetiga ta'sir
ko'rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida aks etadi.
Bunda   birinchidan,   “da'vatchi”ning   ta'siri   shaxsga   nisbatan   zo'rlik   va   kuch
ishlatmasdan,   balki   ma'naviy,   psixologik   xususiyatga   ega   bo'ladi;   ikkinchidan,   bu
ta'sirda asl maqsad yashirin qoladi. Shuning uchun ham “islom dini niqobida” degan
ibora ishlatiladi; uchinchidan, g'oyaviy manipulyatsiya, zimdan ta'sir ko'rsatuvchidan
mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g'oyaviy manipulyatsiyani mafkuraviy
kurash,   yot   mafkuralar   tomonidan   qo'llanilayotgan   ta'sir   texnologiyasining   tarkibiy
qismi,   deb   atash   mumkin.   Ya'ni   manipulyatsiya   odamni   u   yoki   bu   ishni   qilishga
emas, (targ'ibot va tashviqotdan farqli o'laroq), balki shu ishni qilishga xohish, istak
uyg'otishga xizmat qiladi.
36 2.2 Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning zamonaviy usullari
Jahon   globallashuv   jarayonining   muhim   xususiyatlaridan   biri   inson   ongi   va
qalbini   egallash   uchun   kurashning   nihoyatda   ortib   borayotganligini   ko‘rsatadi.
Qolaversa,   bugungi   kunda   ijtimoiy   ta’sirlarning   jadal   ravishda   rivojlanishi,
fantexnikaning   taraqqiyoti,   axborotlar   oqimining   ortib   borishi,   inson   omili   bilan
bog‘liq   fanlarni   yuzaga   kelishiga   sabab   bo‘lmoqda.   Ayniqsa,   jadal   sur’atlar   bilan
rivojlangan   davlatlarda   yuzaga   kelayotgan   tanglik   holatlari   rivojlanayotgan
mamlakatlarning   iqtisodiy-siyosiy,   ma’naviy-madaniy   hayotiga   o‘z   ta’sirini
ko‘rsatmasdan   qolmaydi.   Muayyan   mamlakat   yoki   mintaqada   hukmronlikni
ta’minlashga   xizmat   qilgan   harbiy   yurishlar,   iqtisodiy   iskanja   kabi   harakatlar
shakllari   o‘rnini   endilikda   ko‘proq   inson   ongini   mafkuraviy-ma’naviy   jihatdan   zabt
etish egallamoqda. Ichki va tashqi mafkuraviy tahdidlar g‘arazli kuchlarning strategik
maqsadlaridan   kelib   chiqqan   bo‘lib,   ular   turli   geosiyosiy   “o‘yin”larni   uyushtirishda
kuchli qurol bo‘lib xizmatqilmoqda.
  Strategik   maqsadlarni   ro‘yobga   chiqarishga   yo‘naltirilgan   kuchli
infrastrukturaga   va   kommunikatsiya   vositalariga   ega   bo‘lgan   siyosiy   markazlarning
tashkil  topishi  ularning  ko‘lami   kengayishiga  zamin   yaratmoqda.  Jahonda  “XXI  asr
vabosi”   deb   nom   olgan   dolzarb   muammo,   g‘oyaviy-mafkuraviy   kurashlar   jahon
siyosatida   g‘oyaviy   tahdidlar,   mafkuraviy   xurujlarning   o‘ziga   xos   agressiv
yo‘nalishlarini   vujudga   keltirmoqda.   Shuningdek,   mafkuraviy   tahdidlar   gegemon
davlatlarning   siyosiy   korporatsiyasini   shakllantirish   bilan   xarakterlanmoqda.   Bu
mafkuraviy   tahdidlarning   ijtimoiy   ildizlari,   sabablarini   o‘rganish,   tahlil   qilish
ularning g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’naviy va psixologik asoslari hamda omillari bilan
bog‘liq masalalar  psixologik tadqiqotlarning eng muhim  va ustuvor vazifasi  ekanini
ko‘rsatadi. 
Mamlakatimizda   mafkuraviy,   g‘oyaviy   va   informatsion   kurashlar   kuchayib
borayotgan   hozirgi   murakkab   va   tahlikali   davrda   turli   xil   ichki   va   tashqi,   ochiq   va
37 yashirin   tahdidlarga   nisbatan   mafkuraviy   immunitet   shakllantirish   ishlarini   yangi
bosqichga   ko‘tarish,   yoshlarimizni   turli   mafkuraviy   xurujlardan   himoya   qilish,
yurtdoshlarimizning   hayotga   ongli   munosabatini   shakllantirish,   yon-atrofda   yuz
berayotgan   voqealarga   daxldorlik   hissini   oshirish,   mamlakatimiz   mustaqilligi,
tinchosoyishta   hayotimizga   xavf   tug‘dirishi   mumkin   bo‘lgan   tajovuzlarga   qarshi
izchil kurash olib borish vazifasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Ayni   paytda   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.Mirziyoyev   “Bugungi
kunda   ijtimoiyma’naviy   muhitni   va   aholi   turmush   sharoitini   yaxshilash,   yoshlarni
turli   diniy   ekstremistik   oqimlar   ta’siridan   asrash   masalasi   barchamiz   uchun   eng
asosiy masala bo‘lib turibdi deya barcha soha mutaxassislari kabi psixologlar oldiga
ham   yuksak   vazifalarni   qo‘ymoqda.   Mazkur   fikrdan   ko‘rinadiki,   yoshlarimizning
diniy ekstremizm, terrorizm, diniy aqidaparastlik kabi oqimlarga qo‘shilib ketmasligi
uchun   ularda   barqaror   mafkuraviy   immunitetni   tarkib   toptirish   muhim.   Shu   o‘rinda
mafkura, immunitet, mafkuraviy immunitet tushunchalarining izohiga to‘xtalib o‘tish
maqsadga muvofiq. 
“Mafkuraviy immunitet - ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun
shaxsni   tarbiyalashda,   har   qanday   reaksion,   buzg‘unchi   xarakterdagi   g‘oyaviy
tashabbuslarga   bardosh   bera   oladigan   o‘smirlarni   tarbiyalashda   qo‘l   keladi”,-   deb
ta’rif   beriladi   falsafiy   qomusiy   lug‘atda.   Immunitet,   o‘z   navbatida   odamni   to‘g‘ri
yo‘ldan   “ozish”dan,   turli   yo‘llarga   adashib,   keyin   pushaymon   bo‘lishlardan,
baxtsizlikdan, millatni esa parokandalikdan, parchalanishlardan, sinfiy yoki mahalliy
bo‘linishlardan   asrab   qoladi.   Demak,   mafkuraviy   immunitet   -   davlat   va   millatning
ma’naviy birligi, ma’naviy sog‘lomligini himoya qiluvchi g‘oyaviy qalqon vazifasini
bajaradi.   Shuning   uchun   ham   Birinchi   Prezidentimiz   I.Karimov   “Farzandlarimiz
yuragida   ona   Vatanga,   boy   tariximizga,   ota-bobolarimizning   muqaddas   diniga
sog‘lom   munosabatni   qaror   toptirishimiz,   ta’bir   joiz   bo‘lsa,   ularning   mafkuraviy
immunitetini kuchaytirishimiz zarur”ligi haqidagi fikrni alohida ta’kidlaganlar. 
Turli manfaat va maqsadlar ifodasi sifatida paydo bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalar,
har xil ijtimoiy guruh va kuchlarga xizmat qilib, davr o‘tishi bilan tarix sahifalaridan
o‘rin   olgan.   Ayni   vaqtda,   bunday   g‘oya   va   mafkuralar   muayyan   ijtimoiy   makon   va
38 tarixiy zamonda  shakllangan  bunyodkor  mazmunga ega  bo‘lgan ma’naviy-madaniy,
ijtimoiy-siyosiy   va   iqtisodiy   munosabatlarga   nisbatan   mafkuraviy   tahdidni   o‘zida
ifoda   etadi.   Mafkuraviy   jarayonlar   tarixiy   va   ijtimoiy   shart-sharoitlar   bilan   uzviy
aloqador   bo‘lib,   davrlar   almashinuvi   bilan   yangilik   tomon   o‘zgaradi.   Bunday
o‘zgarishlar   qadimdan   turon   va   turkiston   mintaqasi   deb   nomlangan,   bugungi   kunda
uning   markazi   hisoblangan   hozirgi   O‘zbekiston   hududida   yuz   bergan   jarayonlarga
ham   tegishlidir.   D.Alimovaning   “Insoniyat   tarixi   g‘oyalar   va   mafkuralar   tarixidir”
risolasida   ham,   dastlabki   yozma   manba   -   “Avesto”   kitobida   ham   ezgulik   g‘oyalari
ilgari surilgan, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi azaliy kurash aks ettirilgan. Ya’ni
ezgulik,   insonparvarlik,   bunyodkorlik   g‘oyalari   bilan   yovuzlik,   buzg‘unchilik,
vayronkorlik illatlar bilan kurash o‘ziga xos mafkuraviy immunitet shakllantiriganligi
haqida yozadi. 
Demak,  bugungi  kunda  ham  umumbashariy,  insonparvar, bunyodkor  g‘oyalar
bilan   buzg‘unchi   ommaviy   madaniyatning   “yovvoyilik   g‘oyalari”   har   xil   qora
kuchlar, ya’ni buzg‘unchi va vayronkorlik xususiyatlarini kasb etuvchi oqimlar diniy
ekstremizm,   terrorizm,   aqidaparastlik,   prozelatizm,   missionerlik   kabilar   orasidagi
kurashni  ko‘rishimiz mumkin. Ular o‘zlarining buzg‘unchi  g‘oyalari  bilan davlatlar,
xalqlar,   millatlar,   insonlar   orasiga   nifoqlar   solib,   ularning   yer   yuzidan   yo‘q   bo‘lib
ketishiga   sabab   bo‘ladi.   Jumladan,   O‘zbekistonning   necha   yuzlik   solnomasida   ham
turli   bosqinchiliklar   oqibatida   zulm,   zo‘rlik,   kulfat   urug‘larini   sochish   hamda   qon
to‘kilishiga   sabab   bo‘lgan   buzg‘unchi   g‘oyalar   va   mafkuralarning   halokatli   ta’siri
bilan   bog‘liq   qayg‘uli   sahifalar   ko‘p.   Bu   g‘oyalar   o‘zlarida   siyosiy   bosqinchilik   va
mustabidlik   intilishlarini   goh   yashirin,   goh   oshkora   ifodalagan   holda   diniy,   milliy,
sinfiy shiorlarni bayroq qilib maydonga chiqqanini ko‘ramiz. Lekin mohiyat hamisha
o‘zgarmay qolavergan. Ya’ni, ular millatlar va xalqlarning turmush tarzi, madaniyati,
an’ana va urf-odatlarini kuch bilan o‘zgartirishga, keng xalq ommasini boshqalarning
siyosiy   irodasiga   bo‘ysindirish   va   mafkuraviy   asoratga   solishga,   o‘zaro   adovatga
asoslangan ijtimoiy tartiblarni qaror toptirishga, millatga yot, buzg‘unchi, vayronkor
mafkuraviy tasavvurlarni targ‘ib qilishga qaratilgan. 
39 Buzg‘unchi g‘oyalar va mafkuralar azaliy madaniyatning yemirilishiga, davlat
va   jamiyat   hayotida   salbiy   hodisalarning   kuchayishiga   sabab   bo‘lgan,   ko‘plab
xalqlarni o‘z yo‘lini o‘zi tanlash huquqidan mahrum etgan. 
G‘oyalar  hukumronligining tamal  toshi  aynan qadimiy sivilizatsiyalar  davrida
qo‘yilagan  edi.  Unga binoan,  odatlar  va  taomillarga  emas,  balki   g‘oyalar   yoki  biror
maqsadga bo‘ysundirilgan muayyan tildagi inson xulq-atvorini shakllantirish mumkin
edi.   Lekinshu   bilan   bir   vaqtda,   qadimdanoq   kishilar   ongini   nayrang   va   aldovlar
vositasida, yolg‘on ideallar bilan zaharlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi. 
Yoshlarda   mafkuraviy   immunitet   shakillanishining   psixologik   omillarini
nazariy jihatdan o‘rganar ekanmiz, biz mafkuraviy tahdidlar ta’sirini kuchsizlantirish,
ta’sir   doirasini   zararlantirish,   mafkuraviy   xurujlarni   bartaraf   etishimizga   to‘g‘ri
keladi.   F.Ravshanovning   “Ma’naviy   va   g‘oyaviy   taraqqiyotga   tahdidlar”   nomli
risolasida ham shaxsni g‘oyaviy tahdidlardan asrashning pedagogik, falsafiy jihatlari
yoritilgan.   Bu   ishlarda   juda   asosli   ravishda   milliy   istiqlol   g‘oyasi   va   mafkurasi
fuqarolarni   bunyodkor   g‘oyalarga   undashi,   ozod   va   obod   Vatan,   erkin   va   farovon
hayot, buyuk kelajak sari aniq maqsadlar qo‘yib ildamlashining o‘zi har xil g‘oyaviy,
mafkuraviy   xurujlarning   oldini   olishi   yoritilgan.   Bu   kabi   psixologik   mexanizmlar
mohiyatini   ochib   berish   va   shu   tamoyilarga   qurilgan   g‘oyaviy-nazariy   qarashlar
barqaror   mafkuraviy   immunitet   tizimini   tashkil   qilishi   mumkinligi   masalalari
tadqiqotning keyingi bob va bo‘limlarida batafsil yoritiladi.
  Z.Qosimovaning   “Talaba   yoshlarda   mafkuraviy   immunitet   shakllantirishning
pedagogik asoslari” nomli nomzodlik ishida talaba yoshlarni g‘oyaviy va mafkuraviy
tahdidlarga   qarshi   tayyorlashda   o‘ziga   xos   pedagogik   usul   va   vositalar   ishlab
chiqiladi. Bu usul  va vositalar oliy ta’limda rejali va rejadan tashqari o‘tkaziladigan
ma’naviyma’rifiy   tadbirlarda   ko‘rgazmali   vositalar   asosida   ko‘pchilikka
sezilmaydigan,   ko‘zga   ko‘rinmaydigan   mafkuraviy   tahdidlarning   asosiy   mazmunini
ochib   berish,   ularga   qarshi   insonda   mafkuraviy   immunitet   shakllanishi   kerakligi
asoslab beriladi. 
Mafkuraviy   immunitet   tizimining   ikkinchi   unsuri   ana   shunday   bilimlar
zamirida   shakllanadigan   baholar,   qadriyatlar   tizimidir.   Bilimlar   qanchalik   obyektiv
40 va   chuqur   bo‘lsa,   uning   zamirida   baholar,   qadriyatlar   ham   shunchalik   mustahkam
bo‘ladi.   Bir   so‘z   bilan   aytganda,   qadriyatlar   tizimi   mafkuraviy   immunitetning
imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infeksiyalar yo‘lida mustahkam qalqon
bo‘lib xizmat qiladi.
    Mustaqillikni   mustahkamlashning   muhim   shartlaridan   biri   bu   g’oyaviy
tarbiyani   kuchaytirishdan   iboratdir.   Bu   borada     kishilarimizda       yot   va     zararli
g’oyalarga   qarshi   kurashish   uchun   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish   zarur.
Albatta,   mafkuraviy   immunitetni   shakllantirish   kishilar   ongiga   bir   xi l   g’oyani   zo’r
berib tiqishtirish emas, balki odamlarda     oq   qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi
x ushyor va ogoh bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir.     1999 yil fevral, 2004
yilning martidagi Buxoro va Toshkent shahrida sodir etilgan terroristik voqyealardan
to’gri       xulosa   qilish   muhim.   Har   bir   davlat,   jamiyatning   qudrati   uning   ichki
xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni jamiyat, millat o’z royasida mustahkam
tursa,     ikkilanmasa,   har   qanday   dushman   qo’llashi   mumkin   bo’lgan   g’oyaviy
tahdidlardan   qo’rqmasa,   bunday   millatni   yengish   mumkin   emas.   Aksincha,     jamiyat
ichida   g’oyaviy   parokandalik   bo’linishlar   bo’lsa   (bunga   tarixda   misollar   ko’p)
dushmanlarga,   ularning   yot   mafkuralariga   yo’l   ochib   beradi.   Bunday   millatni
yengish,   mustamlaka   qilish   oson   kechadi   (bunga   ham   tarixda   misollar   ko’p).   Bu
haqda A.Oripov:   Turkistonning bolalari, ma q tovimga  q uloq, tutmang, Gina  q ilsam
chidang, ammo gaplarimni xech unutmang.   O’t ketsin u  q ora kunga — birovlarga
q ul   bo’ldingiz,   Shar q   G ’ arbning   o’rtasida   oyo q   osti   yo’l   bo’ldingiz.   degan   edi.
Shunday ekan, barqarorlik va xavfsizlik — jamiyatning ongliligiga, anglangan to’g’ri
tushuncha   va   bilimlarga   faol   amal   qilishiga,   fikriy,   g’oyaviy   birligiga,   bular   esa
xavfsizlik ma’rifatiga tayanadi.
Mamlakatimizning   xavfsizligi,   barqaror   taraqqiyoti   hech   bir   O ’zbekistonlikni
befarq   qoldirmasligi   kerak.   Chunki   ular   o’z   Vatanining   qanday   mashaqqatli,   azobli
asrlarni o’tkazib, mustaqillikka erishganligini yaxshi biladilar. Shunday ekan, har bir
O’zbekistonlik   millatidan,   dinidan,   tug’ilgan   joyidan,   kasbu   yoshidan   qat’iy   nazar
Vatan   posboni   bo’lishi   lozim.   Demak   mamlakatimizning   xavfsizligi   uchun   eng
41 birinchi   kafolat  —  o’zbekistonliklarning  milliy  istiqlol  g’oyasi  atrofidagi   jipsligidir.
Shu   tariqa   milliy   g’oya   bizni   o’tmishimiz,   hozirgi   hayotimiz   va   kelajagimiz   bilan
boglab turadi. Shu sababli O’zbekiston xalqining milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan
immuniteti   —   Vatan   xavfsizligi   darajasining   muhim   ko’rsatkichlaridan   biriga
aylanadi.
  Milliy istiqlol  g’oyasi     xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, ijtimoiy
hamkorlik millatlararo totuvlik dinlararo bag’rikenglik komillikka tayanar ekan, ana
shu  g’oyalarga  qarshi   qaratilgan  xatti-harakatlar   tashqi   va ichki   tahdidlarning  oldini
oladi.   Tashqi   tahdidlar   O’zbekistonning   davlat   chegarasidan   tashqaridan   kirib
keluvchi, ichki tahdidlar esa O’zbekiston davlati, mamlakatning ichidan chiqayotgan
tahdidlardir. Biz ko’p asrlar  ana shu  ichki  tahdidlar  tufayli  mustamlakalikda  yashab
keldik.
  Ichki   tahdidlar   —   o’z   Vataniga,   vatandoshiga,   vatandoshlariga   zarar
yetkazishga   qaratilgan   g’oya,   fikr,   xatti   harakatlardir.   Nosog ’ lom   mahalliychilik
yonidagilarni   mensimaslik   vatandoshlarning   haqqiga   xiyonat   qilish,   "ma’naviy
emigrasiya"   (baxtini   o’z   vatanidan   emas,   o’zga   joylarda   qidirish),   odamlarni   boy
kambag’alga   bo’lib   muomala   qilish,   poraxo’rlik   korrupsiya,   qo’pollik   ashaddiy
millatchilik   merkantilizm,   ortiqcha   moldunyoga   hirs   qo’yish,   befarqlik   loqaydlik
o’zligini   anglamaslik   va   boshqa   illatlar   bilvosita   ichki   tahdidlar   vazifasini   bajaradi.
Ular   qancha   keng   tarqalsa,   o’zbekistonliklarning   g’oyaviy   birligiga   shuncha   ko’p
zarar   yetkazadi,   parokanda   qiladi,   hamjihatlik   bo’lmaydi.   G’oyaviy   birligi   mo’rt
millatning davlat xavfsizligi ham mo’rt bo’ladi.
Barcha   zamon   va   makonlarda   ma’naviyati   kuchli,   ishonch   va   e’tiqodi
mustahkam   millat   bir   jonu   bir   tan   bo’lib,   muammolarni   tez   va   soz   yechgan,
peshqadam   bo’lgan.   Mafkuraviy   birligi   ichidan   yoki   tashqaridan   buzilgan   millatlar
esa,   mag’lub   bo’lib,   mustamlakaga   aylangan.   Buning   tarixiy   misolini   Bilga
xoqonning   turk   xalqiga   bundan   1266   yil   oldin   toshga   bitilgan   murojaatida   ham
ko’ramiz.   Bu   bitik   mafkurasizlikning   ayanchli   oqibatlarini   tasvirlaydi.   Bilga   xoqon
42 turk     elining adashuvi natijasida uning boshiga kanchalar falokat yogilganini kuyinib
aytadi.   «Tabgach   xalki   suzi   shirin,   nafis   ipaklar   bilan   aldab,   yirok   xal q ni   shunay
ya q inlashtirar   ekan…   shirin   s o’ ziga,   nafis   ipakligiga   aldanib,   k o’ p   turk   xal q i,
o’ lding.   Ey, turk xalqi,  o’ lding..»
    2.   Inson   biror   kasallikka   chalinsa,   uni   davolash   mumkin.   Millat
ma’naviyatining   zaifligi,   uning   xarakteridagi   xafsalasizlik   befarqlik   g ’ ayratsizlik
o’zaro   ichki   munosabatlarda   aldamchilik   qo’pollik   johillik   xudbinlik   yalqovlik   va
boshqa   nuqsonlarda   namoyon   bo’ladi.   Demak   hozirgi   o’zimizni   o’zimiz   barkamol
qilipshmizga   to’yeqinlik   qilayotgan   ma’naviy   jarohatlarimizni   davolashimiz   uchun
masalaga   aniq,   ya’ni   real   milliy   xarakterni   o’rganish   va   o’zgartirish   omili   sifatida
yondashmog’imiz zarur.
Natijada, millatning o’z ahvoliga o’zining munosabati, ijobiy jihatlarni oshirish
va   qusurlarni   ma’rifiy   yo’l   bilan   davolab,   kuchlantirib,   jahonning   ilgor   millatlari
safiga qo’shilishi mumkin.
  Jamiyatning   o’z   ertasi   va   kelajagiga   ishonchi   o’zo’zidan   hosil   bo’lmaydi.
Buning zamirida millat baxt saodati yo’lida, demak har bir fuqaro manfaatidan kelib
chiquvchi   maxsus   faoliyat   —   g’oyaviy   tarbiya   yotadi.   Mafkuraviy   tarbiya   deganda
gap, "kishilar dunyoqarashini boshqarish xaqida emas, balki odamlarning tafakkurini
boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to’ldirish"ni anglatadi.
G’oyaviy   tortishuvlarda   tahdid   soluvchi   ham,   o’zini   himoya   qiluvchi
ham     g’oyani   ommalashtirish   uslublaridan   foydalanadi.   Bu       mafkuraviy   tarbiya
uslublaridir. Demak qaysi tomonning yengishini, pirovard natijada, ilmga asoslangan
targibot   va   tashviqot   hal   qiladi.   Shu   tariqa   mafkuralar   tortishuvi       targibot   va
tashviqotlar   tortishuviga   aylanadi,   deyish   mumkin.   Shu   sababli   "Milliy   istiqlol
mafkurasi   tom   ma’nodagi   milliy   mafkuraga   aylanishi   uchun   qator   talablarga   javob
berishi zarur. Ana shunday talablardan biri — har qanday yovuz g’oyaga qarshi javob
bera olishidir»  
43 Jamiyatga yot mafkuraviy g’oyalar birdaniga kira olmaydi. Ular, avvalo, mahv
qilinishi   kerak  bo’lgan  millat  azaldan   ishonib  kelgan  narsalarga   ishonchini,  umidini
so’ndiradi.   Buning   uchun   millat   ishonib   kelgan   narsalar   yomonlanadi,
obro’sizlantiriladi.  Natijada,  mafkuraviy  immunitetni  sindirishning  birinchi   bosqichi
amalga   oshadi   —   millat   o’zi   ishonib   kelgan   g’oyalar,   qadriyatlarga   befarq
munosabatda   bo’la   boshladi.   Azaliy   qadriyatlarga   amal   qilinmay   qo’yiladi,
odamlarda ularga amal qilmayotganlarga loqayd munosabat urf bo’ladi. Qadriyatlar,
g’oyalar  qadrsizlanadi, ahamiyatsiz narsalarga aylanib qoladi. Bo’shliq ana shunday
yaratiladi, "ochib olinadi".
G’oyaviy   bo’shliq   ochib   olingach,   endi   uning   o’rnini   to’ldirish   uchun   o’z
g’oyasini   jozibali   qilib  tasvirlay  boshlanadi.  Buzg’unchi   toyaga  xos  "yangilik"   va  u
berayotgan   va’dalar   odamlar   qulog’i   hamda   ko’zi   orqali   ong   va   qalbiga   kira
boshlaydi. Mafkuraviy bo’shliq shu tariqa to’ldira boshlanadi. Yolg’on roya odamlar
ongiga kirsa, u ham katta kuchga aylanadi.
  Hozirgi   fan   va   texnologiyalar   ravnaqi   davrida   boshqa   kishilarning   ongi   va
qalbiga   yashirin,   garaz   maqsad   bilan   ta’sir   ko’rsatishni   ifodalashda   manipulyasiya
(tapiz — qo’l) so’zi, ya’ni «obyekt ustidan biror maqsadda ish olib borish» ma’nosida
ishlatilmoqda.   Bunda   chaqqonlik   mahorat   talab   qiliyushsh   ko’zda   tutiladi.   Shu
sababli,   "manipulyasiya"ni   ko’chma   ma’noda   "odamlar   bilan   obyekt   sifatida
munosabatga   kirishish"   deb   ham   tushunish   mumkin.   1969   yil   Nyu   Yorkda   chop
qilingan "Zamonaviy sosiologiya lug’ati"da bu haqda "boshqalarga bildirmasdan, asl
maqsadni   yashirin   tutgan   holda   boshqalar   ustidan   hukmronlik   qilib,   o’zi   istagan
xulqatvorni shakllantirish" deyiladi.
  Biz uchun muhim jihati shundaki, ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy
immunitetiga   ta’sir   ko’rsatish   jarayoni   manipulyasiya   tushunchasida   aks   etadi.
Chunki,   "da’vatchi"ning   ta’siri   birinchidan   shaxsga   nisbatan   zo’rlik   kuch
ishlatilmaydi,   balki   ma’naviy,   psixologik   xususiyatga   ega;   ikkinchidan,   bu   ta’sirda
asl   maqsad   yashirin   qoladi.   Shuning   uchun   ham   "islom   dini   niqobida"   degan   ibora
44 ishlatiladi;   uchinchidan,   g’oyaviy   manipulyasiya,   zimdan   ta’sir   ko’rsatuvchidan
mahorat va bilimni talab qiladi. Shunday ekan, g’oyaviy manipulyasiyani mafkuraviy
kurash,   yot   mafkuralar   tomonidan   qo’llanilayotgan   ta’sir   texnologiyasining   tarkibiy
kismi, deb atash mumkin. Ya’ni manipulyasiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas
(targibot   va   tashviqotdan   farqli   ),   balki   shu   ishni   qilishga   xohish,   istak   uyg’otishga
qiladi.
G’oyaviy   manipulyasiya   jarayonlari   qanday   kechadi?   Avvalo,   g’oyaviy
manipulyator   (da’vatchi)   ta’sir   o’tkazmoqchi   bo’lgan   odam)   tasavvurlarini
o’zgartirishga   olib   keluvchi   bilimlar   bera   boshlaydi.   Natijada,   obyekt   (shaxs)ning
dunyo qarashida qadriyatlari tizimida da’vatchimanipulyator kutayotgan tartib paydo
bo’ladi va yetakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxsning xulqatvoriga ta’sir ko’rsatadi,
shaxs   o’z   xarakteridagi   o’zgarishlarni   sezmaydi   va   "men   to’g’ri   yo’l   tutayapman,
chunki ...", degan asosga ega bo’lib qoladi 1
.
  Shu   o’rinda   birimchi   Prezident   Islom   Karimovning   "80-yillarning   oxirida
mamlakatimizda   o’zini   "do’st",   "dindosh",   millatdosh   qilib   ko’rsatib,   go’yo   islom
dinining   sofligi   uchun   kurashga   "da’vat"   etuvchi   ayrim   kimsalar   kirib   keldi...   Juda
"chiroyli   da’vat"lar   bilan   chiqib,   ayrim   yoshlarni   o’ziga   mahliyo   qilishga   erishdi
ham. ... ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining bir
to’dasi   ekani   oshkora   bo’ldi...",   degan   fikrlarini   eslash   o’rinlidir.   Bu   o’gitlar   bizni
nafaqat ogohlikka, balki mafkuraviy kurash maydoniga chorlamoqda.
Jahon tajribasiga nazar tashlasak millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha
avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo’lishimiz
mumkin. Butun xalqni birlashtiradigan bayroq bo’lmish milliy   g’oyani   shakllantirish
ahamiyatini   ifoda   etuvchi   fikrlar   insoniyat   tarixining   turli   davrlarida   bitilgan
bitiklarda  ham  o’z  ifodasini  topgan,  uning  yorqin  ifodasini   qadimgi   Sharq  va  islom
falsafasining buyuk namoyandalari ijodida ham uchratish mumkin.
 
45 Xulosa
Xulosa   qilib   aytadigan   bo’lsak,   yoshlarda   mustahkam   mafkuraviy   immunitet
shakllanishining   psixologik   omillarini   nazariy   tadqiq   qilishga   bag‘ishlangan
ishlarning   bugungi   kundagi   taqchilligi   va   tizimlashtirilmaganligi   hamda   shu   bilan
birga   dolzarbligini   ko‘rsatdi.   Dunyodagi   ko‘plab   ilg‘or   psixologiya
namoyondalarining g‘oya va mafkuraga oid qarashlari tadqiq qilinganda, bu jarayon
shaxsning   yosh   va   individual   psixologik   xususiyatlari,   ong   usti   va   ong   osti
tizimlarining   psixologik   himoya   mexanizmlari,   shaxs   sifatlari,   qadriyatlar   tizimi,
iymon-e’tiqodi,   vijdonining   shakllanishi,   xulqatvorxususiyatlari   kabilar   inobatga
olinib,   shaxsning   sog‘lom   ijtimoiylashuvi   va   rivojlanishi   uchun   o‘rganilishi   muhim
bo‘lgan   tadqiqot   yo‘nalishi   ekanligi   yana   bir   bor   ta’kidlandi.   Prezident   Islom
Karimovning   “O'zbekiston   XXI   asr   bo'sag'asida:   xavfsizlikka   tahdid,   barqarorlik
shartlari   va   taraqqiyot   kafolatlari”   asarida   ta'kidlaganidek;   “XX   asr   ajoyib   ilmiy
kashfiyotlar asri, inson koinot sirlari qo'yniga kirib borayotgan asr, axborot va g'oyat
ulkan   texnikaviy   imkoniyatlar   asri   bo'ldi.   Shu   bilan   birga,   bu   asrning   oxiri   milliy
qadriyatlarning   uyg'onish   davri   va   behuda   urushlardan   holi   bo'lgan   milliy
qadriyatlarga o'ziga xos tarzda qaytish davri bo'lib qoldi”.
Mustaqilligimiz   sharofati   bilan   milliy   qadriyatlarimiz   qatorida   milliy   hamda
umuminsoniy qadriyatlarimizni ham e'zozlashga, ularga qaytishga, qayta o'rganishga
va   amal   qilishga   imkoniyat   tug'ildi.   Respublikamiz   miqyosida   muqaddas
qadamjoylarni   qayta   tiklashga   e'tibor   qaratildi.   Milliy   ta'lim   beruvchi   madrasalar,
Oliy   Islom   mahadi   faoliyat   ko'rsata   boshladi.   Yurtimiz   musulmonlari   davlatimiz
tomonidan   e'tiqod   erkinligini   ta'minlashga   qaratilgan   qulay   imkoniyatlardan   emin-
erkin foydalana boshladi.  
Ba'zan   maktab,   kasb-hunar   ta'lim   muassasalari   va   oliy   o'quv   yurtlarida
ijtimoiy-siyosiy,   ma'naviy-axloqiy   mavzularda   o'tkaziladigan   tadbirlar   ko'proq
46 an'anaviy-ma'ruza yoki va'zxonlik shaklida tashkil etiladi.   Bunday yig'inlarga yoshlar
majbur   bo'lgan   holda   kiradilar.   Bir-birlaridan   yoki   o'qituvchilaridan:   “Kim   kelar
ekan,   nima   haqida   gapiradi?”-deb   so'raydilar.   Hali   tadbir   boshlanmasdan   uning
zerikarli va ortiqcha vaqt sarflash bo'lishiga o'zlarini   ishontirishga harakat qiladilar.
O'ta mahoratli ma'ruzachi hayotiy misollar bilan tinglovchilar uchun yangidan yangi
ma'lumot   bersalar-da,   hammada   to'la   qoniqish   hosil   bo'lmasligi   mumkin.   Shuning
uchun ham bunday uchrashuvlar interfaol metodlardan foydalanib o'tkazilsa, samarali
bo'ladi.   Yuqorida   ta'kidlaganimizdek,   mavzu   oldindan   e'lon   qilib   qo'yilsa,
ishtirokchilarning   barchalari   o'z   imkoniyatlari   darajasida   tayyorgarlik   ko'rsalar,   har
bir qatnashchining faol fikrlashi ta'minlansa kutilgan natijaga erishish oson va qulay
bo'ladi.
Shunday   qilib,   yuqorida   bayon   etilgan   ma'lumotlarga   xulosa   qilib,   shuni
alohida   ta'kidlamoqchimizki,   biz   yashayotgan   hozirgi   murakkab   sharoitda
Vatanimizning har bir fuqarosi fikru-zikrini bir joyga qo'yib, o'z yurtining     bugungi
kuni   va kelajagi    haqida,       tinch-osoyishta     hayoti       va istiqbolli  hayotda oila va
Vatan oldidagi burchi haqida mulohaza yuritib yashamoqligi, birinchi Prezidentimiz
Islom Karimovning bir emas, bir necha marotaba qilgan ogohlikka da'vatini bir lahza
ham unutmasliklari zamon talabidir.
47 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Siyosiy manbalar:
1. O’zbekiston Respublikasining 23.09.2020-y. O’RQ-637-son “Ta’lim to’g’risidagi
qonuni”. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y
2. Karimov I.A Ilm-fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilsin-T: O’zbekiston, 1996-
yil. 248-264-b.
3. Karimov I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q-T: O’zbekiston, 1998-yil. 31-bet
4. Karimov I.A Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat 
qilsin-T:O’zbekiston, 1998-yil.30-bet.  
5. Mirziyoyev Sh.M. “Yangi O’zbekiston” jurnali, 1-son, 2019-yil.
Asosiy adabiyotlar:
6. Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazini tuzish    
to'g'risida”.O'zbekiston Respublikasi  birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1994 
yil, 23 aprel` Farmoni.
7. “Toshkent Islom unversitetini tashkil etish to'g'risida”. O'zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1999 yil 7 aprel' farmoni.    
8. “Ma'naviy va ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning 
samaradorligini  oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” O'zbekiston Respublikasi   
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 iyul Qarori
9. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent. “O'qituvchi” 1992..
10. Alimova D.A., Golovanov A. A. O'zbekiston mustabid tuzum davrida: siyosiy va 
mafkuraviy tazyiq oqibatlari (1917-1990) Toshkent, “O'zbekiston”, 2000.
11. Boboev X, Do'stjonov T., Xasanov S. “Avesto”Sharq xalqlarining bebaxo 
yodgorligi.Toshkent 2004.
12.   R.A.Mavlonova,   N.H.Rahmonqulova   va   boshqalar   “Umumiy   pedagogika”   .   T.:
“Fan va texnologiya” nashriyoti. 2018 yil.
48 13.   R.   Safarova   va   boshqalar   darsligi   1-sinf   ―Alifbe   ―Ma‘naviyat   nashriyoti   –‖ ‖
2019 y
14.   Safarova   R,   Shermatov   L.   Pedagogikaning   taraqqiyot   yo li.   //   “Xalq   ta limi”	
ʻ ʼ
jurnali, 2002, 2-son. –14-b.
15. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 
16.O’zbekistonda boshlang’ich ta’limning tarixiy rivojlanishidagi uzviylik
va uzluksizlik muammolari. Uzluksiz ta’lim, 2010. – №3, 11-16-betlar.
17.XXI   asr   pedagogikasining   dolzarb   vazifalari.   //Xalq   ta’limi,   2007.   –   №2,   4-7-
betlar. O‘qituvchi”, 2007
18.«Xalq ta’limi» jurnali. 2004 yil №2, I.Ismatov, 94-95 betlar.
Elektron ta’lim resurslari:
 1.www:ziyo.uz. 
 2.www:pedagog.uz 
 3.www:samdu.uz
49

Milliy qadriyatlar asosida talaba yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish MUNDARIJA Kirish ..........................................................................................3 1-BOB. MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISH NAZARIY MASALALARI. 1.1. Talaba yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishni nazariy asoslari…………………………………………………………………………. 6 1.2. Mafkuraviy immunitet tushunchasining mazmun-mohiyati…………………. 14 1.3. Talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishda siyosiy-huquqiy yetuklik va g'oyaviy kurashchanlik............................................................................. 19 2-BOB. TALABA YOSHLARDA MILLIY G‘OYA VA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK PEDAGOGIK YONDASHUVLAR. 2.1 Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirihda ta'lim-tarbiyaning o'rni.... 27 2.2 Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning zamonaviy usullari………………………………………………………………………………. 38 Xulosa ........................................................................................................................47 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.........................................................................49 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi . Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so'ng, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan an`analarini keng ommalashtirish va ularni chuqur o'rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero, O'zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, an`ana va marosimlarga alohida e'tibor berishi ma'naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunning mahim dolzarb muammolardan biridir. Chunki, talabalarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g'oyalarni chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ'ib qilishda, an`ana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni, ayniqsa talabalarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini yoshlar orasiga yoyishning ta'sirchan vositalaridan biri xisoblanadi. Ma'lumki, milliy qadriyatlar azaldan inson ma'naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallarini o'zida mujassam etgan. «Ayniqsa, ko'p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma'nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, dinimizni, urf-odat va an'analarimizni bezavol saqlashda muqaddas qadriyatlarimiz qudratli omil bo'lib kelganligini alohida ta'kidlash joiz». Milliy qadriyatlarni tiklash asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ularni o'rganish va targ'ib qilish, yoshlar ma'naviy madaniyati rivojiga qanday yo'llar bilan ta'sir etishni tadqiq etish bugungi kunning muhim vazifalardan biridir. Mavzuning o'rganilish darajasining qiyosiy tahlili. Yoshlar ma'naviyati masalasi jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridan boshlab, insoniyat oldida turgan muhim yo'nalishlardan bo'lgan. Zero, qadimgi dunyo faylasuflaridan tortib, hozirgi davr tadqiqotchilarigacha umuman insoniyat tarbiyasi, xususan, yoshlar kamoloti haqida tadqiqotlar o'tkazib, bu masalaga salmoqli hissa qo'shib kelmoqdalar. Qadimgi xitoy mutafakkuri Konfutsiy, yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Gerodot, Aristotel va boshqalar shaxs kamoloti jamiyat taraqqiyoti uchun muhim masala deb qaraganlar. Jumladan, Aristotel nuqtai nazariga ko'ra jamiyat taraqqiyoti uchun ijtimoiy-iqtisodiy 2

o'zgarishlar qanchalik ahamiyatli bo'lsa, fuqarolarning tarbiyasi ham undan kam emas. Markaziy Osiyolik allomalar Ibn Sino, A.R.Beruniy, A.N.Forobiy, Marg'iloniy, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon Nasoiy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmud, A.Navoiy, XX asr boshlarida Munavvar Qori Abdurashidxon o'g'li, M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, S.Ayniy va boshqa ma'naviyat va ma'rifat sohiblari yoshlar ongiga ma'rifat, madaniyat, milliy urf-odat, milliylik xususiyatlarini singdirishga harakat qilganlar. Bitiruv loyihaviy ishning maqsadi . Talabalarning ma'naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rnini, mafkuraviy immunitetlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini ijtimoiy pedagogik xususyatlari. Bitiruv loyihaviy ishning vazifalari: - Milliy qadriyatlar tushunchasi va uning inson kamolotidagi g'oyaviy, tarbiyaviy ahamiyati tahlil etish; - Talabalarning ma'naviy madaniyatning shakllanishiga ma'naviy-madaniy merosning o'rnini ilmiy asoslash; - Ma'naviy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odatlar va qadriyatlarning o'rni aniqlash; - Shaxs ma'naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va milliy qadriyatlarning uyg'unligi ko'rsatish; - Talabalarda milliy va ma'naviy qadriyatlar asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish xususiyatlari. Bitiruv loyihaviy ishning ob'ekti : Talabalarning ma'naviy madaniyatini, qadriyatlarni shakllantirish, mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijtimoiy, ma'naviy, g'oyaviy-mafkuraviy jihatdan tahlil qilish Bitiruv loyihaviy ishning predmeti : milliy va umuminsoniy qadriyatlarning talabalar ma'naviy madaniyatiga ta'sirining umumiy va o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. 3

Bitiruv loyihaviy ishda ko'tarilgan masalalarni yoritishda ilmiy bilishning ob'ektivlik, vorisiylik, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy va tizimli tahlil kabi metodlariga tayanildi. Shuningdek, birinchi prezident Islom Karimovning muammoga oid fikrlari, nazariy xulosalari, mamlakatimiz olimlarining monografiyalari materiallari, ma'naviy madaniyatga aloqador ilmiy tadqiqotlar nazariy asos sifatida xizmat qildi. Bitiruv loyihaviy ishning yangiligi: -Talabalar ma'naviy madaniyati shakllanishining ijtimoiy-tarixiy, falsafiy, milliy va axloqiy ildizlari ilmiy asoslanganligi; -“shaxs ma'naviyati”, “milliy va umum insoniy qadriyatlar”, “islomiy qadriyatlar” haqidagi fikr va qarashlar o'rganilib, qiyosiy tahlil qilindi; -Talabalarning qadriyatlar bo'yicha olgan bilimlarini rivojlantirish asosida mafkuraviy immunitetini shakllantirishi yoritilgan, -milliy mentallitetimiz asosida talabalar ma'naviy madaniyatini shakllantirishda manfaat, ehtiyoj hamda islomiy qadriyatlarning o'zaro ta'siri asoslab berilgan. Tadqiqot ishining tarkibiy tuzilishi: kirish, ikki bob, beshta paragraf , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 4

1-BOB. MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISH NAZARIY MASALALARI 1.1. Talaba yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishni nazariy asoslari. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng fuqarolarni yangi yo'ldan boshlab borish, ularning qarashlari va orzu-umidlarini, maqsadlarini bir yo'nalishga burib, kuchlarni uyg'unlashtirish uchun yagona g'oyaviy qurol zarur edi. Shu bilan birga istiqlolning dastlabki yillarida uzoq davr hukmronlik qilgan kommunistik mafkuradan voz kechish, undan xalos bo'lish lozim edi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq Yurtboshimiz xalqimiz ongiga mustaqillik g'oyalarini singdirish, fuqarolarda yangicha tafakkur va dunyoqarashni singdirishga alohida e'tibor bera boshladi. 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida I.Karimov shunday degan edi: “Bugungi kunda xalqni yakdil qiladigan ishlar va g'oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug'i, eng olijanobi- O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini ta'minlash. Ana shu maqsad, ana shu g'oya atrofida birlashsak, aslo xor bo'lmaymiz” . 90-yillarning boshlarida mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy qiyinchiliklar ma'lum muddat xalqimiz ruhiyatiga salbiy ta'sir qildi. Mamlakatimiz siyosiy rahbariyati oldida bir tomondan o'sha qiyinchiliklarni bartaraf etish, boshqa tomondan kishilar ruhiyatini ko'tarish, mavjud bo'htonlarni yo'qotish vazifasi turardi. 1993 yilning 23 aprelida I.Karimov bir guruh adiblar bilan uchrashdi. 1993 yil 6 mayda Oliy Kengashning XII – sessiyasida esa mafkurasiz, aniq yo'nalishga ega bo'lgan g'oyalarsiz taraqqiyot bo'lmasligi alohida ta'kidlandi va istiqlol, milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasi qo'yildi. Xo'sh mafkurasizlik nimaga olib keladi: 5