MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TALABALA YOShLARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh
“MILLIY QADRIY A TLAR ASOSIDA TALABALA YOShLARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh” MAVZUSIDAGI BITIRUV MALAKAVIY IShI 1
BITIRUV MALAKAVIY IShINING MUNDARIJASI Kirish ........................................................................................................................3 1-BOB . MILLIY QADRIYaTLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh NAZARIY MASALALARI 1.1. Milliy qadriyatlar asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish nazariy asoslari ........................................................................6 1.2. Talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirishda siyosiy-huquqiy yetuklik va g‘oyaviy kurashchanlik...............................................................14 2-BOB MILLIY QADRIYaTLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRIShNING ELEKTRON O‘QUV MODULI IShLANMASI 2.1. O‘quv fani dasturining qisqacha tavsifi........................................................26 2.2. Ma’ruza matni....................................................................................................42 2.3. Nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko‘satmalar.............53 Xulosa ......................................................................................................................66 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati..................................................................68 2
KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so‘ng, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan milliy qadriyatlarni tiklash, unutilgan ananalarini keng ommalashtirish va ularni chuqur o‘rganish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Zero, O‘zbekiston xalqining qadimgi urf-odat, anana va marosimlarga alohida e’tibor berishi ma’naviy tiklanish jarayoni jadal kechayotgan hozirgi kunning mahim dolzarb muammolardan biridir. Chunki, talabalarni yangicha ruhda tarbiyalash, ularning ongiga milliy mustaqillik g‘oyalarni chuqurroq singdirish, ajdodlarimiz yaratgan qadriyatlar mohiyatini keng targ‘ib qilishda, anana va marosimlar mohiyatini anglash, ularni, ayniqsa talabalarga chuqurroq tushuntirish, milliy istiqlol mafkurasini yoshlar orasiga yoyishning ta’sirchan vositalaridan biri xisoblanadi. Ma’lumki, milliy qadriyatlar azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallarini o‘zida mujassam etgan. «Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida halqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, dinimizni, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas qadriyatlarimiz qudratli omil bo‘lib kelganligini alohida ta’kidlash joiz» 1 . Milliy va milliy qadriyatlarni tiklash asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ularni o‘rganish va targ‘ib qilish, yoshlar ma’naviy madaniyati rivojiga qanday yo‘llar bilan ta’sir etishni tadqiq etish bugungi kunning muhim vazifalardan biridir. Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili . Yoshlar ma’naviyati masalasi jamiyat taraqqiyotining ilk davrlaridan boshlab, insoniyat oldida turgan muhim yo‘nalishlardan bo‘lgan. Zero, qadimgi dunyo faylasuflaridan tortib, hozirgi davr tadqiqotchilarigacha umuman insoniyat tarbiyasi, xususan, yoshlar kamoloti haqida tadqiqotlar o‘tkazib, bu masalaga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqdalar. Qadimgi xitoy mutafakkuri Konfutsiy, yunon faylasuflari Demokrit, Platon, Gerodot , Aristotel va boshqalar shaxs kamoloti jamiyat taraqqiyoti uchun muhim masala deb qaraganlar. Jumladan, Aristotel nuqtai nazariga ko‘ra jamiyat taraqqiyoti uchun 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “ Маънавият ” , 2008. 36- бет . 3
ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, fuqarolarning tarbiyasi ham undan kam emas 2 . Markaziy Osiyo lik allomalar I bn Sino, A .R. Beruniy, A .N. Forobiy, Marg‘inoniy, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon Nasoiy, Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmud, A . Navoiy 3 , XX asr boshlarida Munavvar Qori Abdurashidxon o‘g‘li, M . Behbudiy, A . Fitrat, A . Avloniy, S . Ayniy va boshqa ma’naviyat va ma’rifat sohiblari yoshlar ongiga ma’rifat, madaniyat, milliy urf-odat, milliylik xususiyatlarini singdirishga harakat qil gan lar. Bitiruv loyihaviy ishning maqsadi. Talabalarning ma’naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini, mafkuraviy immunitetlarini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini ijtimoiy pedagogik xususyatlari. Bitiruv loyihaviy ishning vazifalari: - Milliy qadriyatlar tushunchasi va uning inson kamolotidagi g‘oyaviy, tarbiyaviy ahamiyati tahlil etish; - Talabalarning ma’naviy madaniyatning shakllanishiga ma’naviy-madaniy merosning o‘rnini ilmiy asoslash; - Ma’naviy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odatlar va qadriyatlarning o‘rni aniqlash; - Shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishda milliy va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi ko‘rsatish; - Talabalarda milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish xususiyatlari. Bitiruv loyihaviy ishning ob’ekti: Talabalarning ma’naviy madaniyatini, qadriyatlarni shakllantirish, mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijtimoiy, ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan tahlil qilish 2 Аристотель . Метафизика . – М .: 1934 // http: //www.filosofreferat.com/modulis.php?name = News &c file = print & s sid = 129. 3 Қаранг : Ушбу мутафаккирларининг асарлари тўғрисидаги маълумот фойдаланилган адабиётлар рўйхатида қайд этилган. 4
Bitiruv loyihaviy ishning predmeti milliy va umuminsoniy qadriyatlarning talabalar ma’naviy madaniyatiga ta’sirining umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Bitiruv loyihaviy ishda ko‘tarilgan masalalarni yoritishda ilmiy bilishning ob’ektivlik, vorisiylik, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy va tizimli tahlil kabi metodlariga tayanildi. Shuningdek, Prezident Islom Karimovning muammoga oid fikrlari, nazariy xulosalari, mamlakatimiz olimlarining monografiyalari materiallari, ma’naviy madaniyatga aloqador ilmiy tadqiqotlar nazariy asos sifatida xizmat qildi. Bitiruv loyihaviy ishning yangiligi: -Talabalar ma’naviy madaniyati shakllanishining ijtimoiy-tarixiy, falsafiy, milliy va axloqiy ildizlari ilmiy asoslanganligi; -“shaxs ma’naviyati”, “milliy va umum insoniy qadriyatlar”, “islomiy qadriyatlar” haqidagi fikr va qarashlar o‘rganilib, qiyosiy tahlil qilindi; -Talabalarning qadriyatlar bo‘yicha olgan bilimlarini rivojlantirish asosida mafkuraviy immunitetini shakllantirishi yoritilgan, -milliy mentallitetimiz asosida talabalar ma’naviy madaniyatini shakllantirishda manfaat, ehtiyoj hamda islomiy qadriyatlarning o‘zaro ta’siri asoslab berilgan. 1-BOB. MILLIY QADRIYaTLAR ASOSIDA TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI ShAKLLANTIRISh NAZARIY MASALALARI 1.1. Milliy qadriyatlar asosida talabalarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish nazariy asoslari 5