logo

MUSULMONLARDA OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

56.2275390625 KB
MUSULMONLARDA OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………...4
I Bob. Shar q  xalqlarida oila etikasi masalalari: muammolar va yondashuvlar. 15
1 .1.   Markaziy Osiyoda oila va nikoh munosabatlarining ahloqiy jihatlari………....16
1.2 .  Musulmon Sharqida oilaviy qadriyatlar   ……………………………………….23
1.3 .  Sharq va G’arbda oila etikasi: umumiylik va farq..…………………………….29
II Bob. Islom ta’limotida oila va nikoh etikasi …………………………………...41
2.1 .  Islom da  niko h  va oilaning munosabatlarining ahloqiy kodeksi………………42
2. 2.  Islom dinida erkakning vazifalari …………………………………………….51
2. 3  .Islomda ayolning vazifalari:   ahloq va odob..………………………………….59
III Bob.  H ozirgi zamonda niko h  va oila munosbatlariga islomiy yondashuv….69
3.1 Qur’oni Karim  va  h adislar da oila etikasi : tarix va  zamon……………………….69
3.2  “ Musta h kam  oila” konsepsiyasida islomiy ta’limotning o‘rni va ahamiyati ……76
3.3.  Barkamol avlod tarbiyasida islomiy tartib… ………………………………….85
Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………………….91
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………94
1 Annotatsiya
Ushbu   tadqiqot   ishida   islom   talimotida   oiladagi   ahloqshunoslik   masalalari
o‘rganilgan.   Mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlardan   ko‘zlangan
maqsad   har   tomonlama   barkamol   va   ma’naviy   yetuk   yoshlarni   tarbiyalashdan
iboratdir.   Bunda   esa   oilaning   jamiyatda   tutgan   o‘rni,   oilada   farzandlarni   komil
insonlar   qilib   tarbiyalash   masalasi   g‘oyat   muhimdir.   Unda   ma’naviy
merosimizning   birqismi   bo‘lgan   islom   etikasinig   oilani   mustahkamlashdagi
falsafiy   ahamiyati   ochib   berilgan.   Islom   dinida   odob-ahloq   qoidalari   atroflicha
yoritilgan.   Musulmon   oilasida   shakllangan   etikaning   jamiyat   osoyishtaligi   va
faravonligida tutgan o‘rni hamda afzallik jihatlari haqida fikr yuritilgan. 
Annotation
In  this   research  work,  the  guide  to  Islam   examines   issues  of   family  morality.
The goal  of the reforms carried out in our country is an indicator of comprehensive
and   spiritually   mature   youth   education.   And   in   this   case,   the   role   of   the   family   in
society,   the   issue   of   raising   children   in   the   family   as   perfect   people   is   extremely
important. It reveals the philosophical significance of Islamic ethics, which is one of
our spiritual heritage, in strengthening the family. In the religion of Islam, the rules of
etiquette   are   comprehensively   covered.   It   also   emphasizes   the   idea   of   the   role   and
advantage of ethics in ensuring peace and prosperity of society, which was formed in
the Muslim family.
2 Kirish
Magistrlik   dissertatsiyasi   mavzusining   asoslanishi   va   dolzarbligi:   Oila
jamiyatning fundemantal negizi hisoblanadi.  Mustahkam oila fuqarolik jamiyatining
tayanch   nuqtasi,   barqaror   va   tinch   tuzilmasidir.   Oila   deb   atalmish   bu   muqaddas
dargohda   nafaqat   inson   dunyoga   keladi,   balki   u   ma’nan   va   ahloqan   tarbiya   topadi.
Jamiyat taraqqiyoti va ravnaqi oilaning   mustahkamliligiga bog‘liqdir. Zero, jamiyat
asosi   -   oilaning   moddiy   va   ijtimoiy   jihatdan   mustahkamlanib   borishi   g‘oyat   muhim
ahamiyatga  ega.  Bunda  mustaham   oilani  barpo etish  esa   muqaddas  dinimiz Islomiy
etika, musulmonlik odobi, go‘zal  hulq orqali amalga oshadi.
Respublikamiz   mustaqillikka   erishib,   huquqiy   demokratik   davlat,   fuqarolik
jamiyati   shakllanish   jarayonida   O‘zbekiston   xalqi   oldida   turgan   eng   dolzarb
muammolardan   biri   oila   munosabatlarini     hozirga   zamon   talablari   darajasida
takomillashtirish,   unga   asos   bo‘lgan   dunyoviy,   diniy,   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlardan   ijodiy   foydalanish   yo‘llarini   aniqlashdan   iborat.   Shuning   uchun   ham
davlatimiz   siyosatida   oilada   ma’naviy   barkamol,   jismoniy   sog‘lom   yosh   avlodni
tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Mamlakatimizda   olib   borilayotgan   har   qanday   islohotlar   mustahkam   oila
institutini   shakllantirish,   hamda   oilaviy   munosabatlarni   ahloqiy   jihatdan   har
tomonlama   qo‘llab-quvvatlash   va   himoya   qilishga   qaratilmoqda.   «...bugungi   tez
o‘zgarayotgan   ziddiyatli   davrda   oilaviy   masalalarni   ilmiy   asosda   chuqur
o‘rganmasdan   turib,   ijtimoiy   hayotdagi   ko‘plab   murakkab   savollarga   javob   topish
qiyin». 1
  Shuning   uchun,   avvalo,   jamiyatda   sog‘lom   ijtimoiy-madaniy   muhitni,
sog‘lom tafakkur tarzi, yuksak tarbiya tizimini rivojlanishi, zamonaviylik va islomiy
qadriyatlari   uyg‘unligiga   asoslangan   o‘zbek   oilasining   jamiyatdagi   rolini   oshirish,
oila   va   oilaviy   munosabatlar   borasidagi   har   bir   insonning   o‘z   oilasi   va   farzandlar
kelajagi   haqidagi   qarashlarini   ro‘yobga   chiqarish   uchun   aholini   har   tomonlama
qo‘llab-quvvatlashga   oid   xususiyatlardan   kelib   chiqqan   holda   ilmiy   izlanishlar   olib
borish bugungi kunda dolzarbdir.   “Eng mu h imi, islo h otlarimiz samarasini yurtimizda
1
 Mirziyoev Sh.M. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki // Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga
berilgan eng oliy bahodir. 2 jild -T.: O‘zbekiston, 2018, 464-bet.
3 yashayotgan   h ar bir inson,     h ar bir oila bugun o‘z   h ayotida   h is etishi kerak. Buning
uchun barcha bo‘ g‘ indagi ra h barlar foizlar, ra q amlar,  q o g‘ ozning ortidan  q uvmasdan,
h ar   bir   fu q aro   uchun,   uning   h ayotiy   manfaatlarini   ta’minlash   uchun   ishlashi   shart.
Shunda   nuroniy   keksalarimiz,   mu h taram   otaxon   va   onaxonlarimiz,   h urmatli
ayollarimiz,   aziz   farzandlarimiz,   jajji   nabiralarimiz,   ko‘pmillatli   butun   xal q imiz
bizdan rozi bo‘ladi” 2
.
Darhaqiqat, o‘zbek xalqi tarixiy taraqqiyotida milliy qadriyatlarning 
uyg‘unlashuviga   asoslangan   oilaviy   munosabatlarda   voyaga   yetgan   insonning
ma’naviy-ahloqiy   kamoloti   hal   qiluvchi   ahamiyatga   ega   bo‘lgan.     Mustahkam   oila
muhitida shakllangan insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik,   chiroyli xulqlilik va
boshqa insoniy fazilatlar shaxs ma’naviy barkamolligini namoyon qiluvchi sifatlardir.
Mazkur dissertatsiya mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi: 
-  birinchidan,  oilaviy munosabatlarning  islom   ta’limoti    ahloqiy  jihatlarini   asoslash,
mustahkam   oila   konsepsiyasini   yoshlar   ongi   va   tafakkuriga   singdirish,   yoshlarning
ma’naviy dunyosini boyituvchi tarixiy meros va qadriyatlarni falsafiy tahlil qilishga
ehtiyoj kuchaymoqda; 
-   ikkinchidan,   G‘arb   mamlakatlarida   demokratiya   namunasi   deb   baholanib,   jahonga
ommaviy   madaniyat   niqobi   ostida   kuchayib   borayotgan   erkin   muhabbat,   fuqarolik
nikohi,   bir   jinsli   nikohning   g‘ayriinsoniy   va   g‘ayriislomiy     mohiyatini   ochib   berish
muhim ahamiyat kasb etmoqda; 
-   uchinchidan,   monogamiyaga   asoslangan   oilaning   jamiyat   oldidagi   burchi   va
mas’uliyati   bilan   bog‘liq   milliy,   islomiy   va   umuminsoniy   qadriyatlarning   oilani
mustahkamlashga   qaratilgan   jihatlarini   falsafiy   tahlil   qilish   nazariy-metodologik
ahamiyatga ega; 
-   to‘rtinchidan,   o‘zbek   xalqi   turmush   tarzi   va   namunali   oilaviy   munosabatlarini
mustahkamlashda islomiy qadriyatlar va musulmonlik ahloqining tarixiy ahamiyatini,
undan   kreativ   foydalanishda   vorisiylikka   rioya   qilish   ilmiy   yo‘llarini,   usullarini
tadqiq qilish zaruriyati kuchaymoqda; 
2
  O‘zbekiston   Respublikasi   Prezmidenti   Shavkat   Mirziyoevning   Oliy   Majlisga   Murojaatnomasi   (2020   yil   25
yanvar) .uz.u
4 - beshinchidan, ma’naviy hayotimiz dunyoviylik va diniylik   uyg‘unligiga   tayanishi
lozimligiga   e’tiborni   jalb   qilishi,   oilaviy   munosabatlarda   islom   ta’limotidan
foydalanish imkoniyatlarini o‘rganilishi ijtimoiy zaruratdir. 
Muammoning   o’rganilganlik   darajasi   va   metodologik   asosi.   Islom   manbalarida
oila   munosabatlar   etikasi ni   takomillashtirishning   dunyoviy   va   diniy   muammolarini
tadqiq etish masalasi barcha davrlarda faylasuflar va ilohiyotchilar diqqatini jalb etib
kelgan. 
O‘zbekiston   islom   dini   keng   tarqalgan   mamlakatlardan   biri   bo‘lib,   undan
nikoh,   farzand   tarbiyasi,   er   va   xotin   burchi   hamda   vazifalari   kabi   oilaviy
munosabatlarni   o‘rnatish   va   takomillashtirishda   milliy   qadriyatlarni   o‘zida
mujassamlashtirgan   shariat   dasturlariga,   hatto   siyosat-ma’muriy   ta’qiqlarga
qaramasdan   amal   qilib   kelingan.   Xususan,   oila   ahloqiy   mezonlarini   asoslashda
islomning xanafiya shariat asoslaridan kreativ foydalanilgan. 
Oilaviy   munosabatlar   etikasini   takomillashtirishga   oid   bo‘lgan   dunyoviy   va
diniy   maqomdagi   muammolar:   ulamolar,   qonunshunoslar,   hakamlar   faoliyatida,
olimu   fuzalolar,   ilm   izlanuvchilarning   diqqatini   o‘ziga   jalb   etgan.   Oila   etikasining
mohiyatining   an’anaviyligi,   milliy,   diniy   va   umuminsoniy   ahloqiy   qadriyatlar
tizimida   tutgan   o‘rni,   oila   muhitining   barkamol   avlodni   tarbiyalashdagi   ahamiyati
hozirgi zamon falsafiy tafakkur taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. 
Sharqning   bebaho   ma’naviy   yozma   merosi   «Avesto»   kitobida   oilaning
muqaddasligi yoritilgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy-ilmiy va estetik
merosi   mavzumizni   yoritishda   dolzarb   ahamiyatga   ega.   Abu   Nasr   Forobiy,   Abu
Rayhon   Beruniy,   Ahmad   Yassaviy,   Abu   Bakr   Roziy,   Bahovuddin   Naqshband,   Ibn
Sino,   Kaykovus,   Mahmud   Kashg‘ariy,   Yusuf   Xos   Hojib,   Imom   Buxoriy,   Abu
Abdurahmon an Nasoiy, Hakim Termiziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Ahmad Yassaviy,
Muhammad   Huzuriy,   Rizouddin   Ibn   Faxruddin,   Amir   Temur, 3
      kabi   allomalar
3
 Avesto. Tarixiy-adabiy ѐNdgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: Sharq, 2001; Platon.  Soch. v 3-x tomax. – 
M., 1871. – T. 3. – Ch.1; Aristotel. Sochineniya. V 4-tomax. – M.: M ы sl, 1983; Beruniy, Abu Rayhon. 
Qadimgi xalqlardan qolgan  ѐ	
N dgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.: 1968; Abu Nasr 
Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy, 1993; Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild / 
Tuzuvchilar: U.Karimov, H.Hikmatullaev. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashri ѐ	
N ti, 1992. 3-jild; 
Al-Buxoriy. Al-Jomi as-sahih (ishonarli to‘plam). 4 jildlik. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1999; 
At-Termiziy. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabi ѐ	
N t va san’at nashri ѐ	N ti, 1993; Ahmad Yassaviy. Devoni 
hikmat. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabi ѐ	
N t va san’at nashri ѐ	N ti, 1992; Rizouddin Ibn Faxruddin. – T.: 
5 jamiyat,   oila   va   oilaviy   munosabatlar   etikasi,   namunali   turmush   tarzining   kelib
chiqishida falsafiy-ahloqiy omillarga alohida e’tibor qaratganlar. 
Shuningdek,   Ahmad   Yugnakiy,   Imom   G‘azzoliy,   Farididdin   Attor,   Husayn
Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy 4
 kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada milliy, diniy
va islomiy tarbiya masalalariga oid didaktik fikrlar ifodalangan. O‘zbek olimlaridan
S.Akmalova,   B.Valieva,   I.Cherkashina,   R.Vosiqova,   V.Karimova,   U.Mahkamov,
O.Musurmonova,   F.Saifnazarova,   Saloxiddin   Muxiddin,   U.Uvatov,   M.Holmatova,
E.Yusupov,   O‘.Yusupov,   R.Ubaydullaeva,   Hoji   Ahmadjon   Bobomurodovlar   oila
munosabatlari   mas’uliyati,   oiladagi   tarbiya   masalalariga   oid   nazariy   va   amaliy
ahamiyatga molik qarashlarni ilgari surganlar 5
. 
Diniy manbalarda esa, oilaning mohiyati, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ota va
onalar,   farzandlarning   burchi   va   mas’uliyati,   oiladagi   ahloq,   odob   tarbiyasining
teologik   nazariy-metodologik   asoslari   ko‘rsatilgan.   Ayniqsa,   Qur’oni   karim,
Hadislarning   mustaqillik   davrida   o‘zbek   tilida   nashr   etilishi   katta   ahamiyatga   ega
bo‘ldi.   Demokratiya,   fikr   erkinligi,   e’tiqodiy   bag‘rikenglikka   katta   e’tibor
berilayotgan   hozirgi   kunda   oila   munosabatlariga   asos   bo‘lgan   umuminsoniy   –
dunyoviy va diniy qadriyatlarni falsafiy tahlili zaruriy holga aylanmoqda. Zero, oila
munosabatlarini   sof   dunyoviy   yoki   diniy   hodisa   sifatida   qarash   ularni   bir-biriga
qarama qarshi qo‘yish masalaga bir tomonlama yondashishdir. 
Sobiq   sovet   davrida   oila   munosabatlariga   sinfiy   siyosat   va   biryoqlamalik
andozalar   asosida   yondashilib,   uning   milliy   jihatlari,   diniy   ayniqsa   islomiy
Cho‘lpon, 1993; Amir Temur Ko‘ragon. Zafar yo‘li. – T.: Nur, 1992.  6 
4
 Zayniddin Muhammad G‘azzoliy. Kim ѐN i saodat. – T.: Kamalak, 1995; Koshifiy X.V. Futovatnoma Sultoniy 
ѐ	
N hud javonmardlik tariqati. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashri ѐ	N ti, 1994; Alisher Navoiy. 
Asarlar. Xamsa. Hayrat-ul Abror. – T.: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi G‘.G‘ulom nomidagi 
nashri ѐ	
N t-matbaa ijodiy uyi, 1965. 6- jild. 
4 Akmalova S. Onaginam. – T.: O‘zbekiston, 1993; Valieva B., Cherkashina I. O‘zbekistonda xotin-qizlar: 
qonun va jamiyat muammolari. – T.: Sharq, 1999; Vosiqova R. Har bir a ѐ	
N l uchun. – T.: Adolat, 1994; Karimova 
V. Oila ijtimoiy himoya omillari. – T.: 2007; Mahkamov U. Axloq va odob saboqlari. – T.: Fan, 1994; 
Musurmonova O. Oila ma’naviyati va milliy g‘urur. – T.: Ma’naviyat, 2000; Ma’rifat – tinchlik asosi / 
Tuzuvchi D.Rahimjonov, mas’ul muharrir Z.Islomov. – T.: Toshkent islom universiteti, 2007; 
Saifnazarova F. O‘zbek oilasi: ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar. – T.: Yurist-media markazi, 2007; 
Salohiddin Muhiddin. Oila va shar’iy nikoh odoblari. – T.: Movarounnahr, 2004; Shayx Abdusalom al- 
Muborakfuriy. Imom al-Buxoriy (ha ѐ	
N ti va merosi). Arab tilidan U.Uvatov tarjimasi. – T.: «Toshkent 
islom universiteti» nashri ѐ	
N t-matbaa birlashmasi, 2008; Xolmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati 
va sog‘lom avlod tarbiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2000; Yusupov E., Yusupov O‘. Oila – ma’naviyat bulog‘i. – T.:   
O‘AJBNT, 2003; Hoji Ahmadjon Bobomurod. Islom odobi va axloqi. – T.: Movarounnahr, 2008; 
5
 
6 xususiyatlari   inkor   etildi.   Natijada   jamiyat   oilaviy   hayoti   va   yoshlar   tarbiyasiga
ko‘rsatgan   salbiy   oqibatlari   yuzaga   keldi.   Islomiy   diniy   qadriyat   va   milliylik
xususiyatlarini   mensimaslik,   oilada   diniy   qadriyatlarga   asoslangan   milliy   tarbiya
o‘tmishning zararli sarqiti degan dogmatik  qarashlar hukm surdi. Islomda oila etikasi
masalaglariga ob’ektiv yondashganlar esa, ta’qib va tazyiq ostiga olindilar. 
XX   asr   oxirlarida   MDH   mamlakatdaridagi   tadqiqotchilar   tomonidan   oila
munosabatlarining   ijtimoiy-falsafiy,   tarixiy-madaniy,   diniy-ahloqiy,   sotsiologik,
pedagogik   va   psixologik   muammolari   bo‘yicha   bir   qancha   risolalar   nashr   etildi 6
.
Yuqorida   keltirilgan   asarlarda   oila   takomilining   falsafiy,   nazariy,   diniy-ahloqiy
jihatlari   yuzasidan   muhim   xulosalar,   nazariy   va   amaliy   tavsiyalar   berilgan.   Ammo
oila munosabatlarining shakllanishida islom ta’limotidan ijodiy foydalanish, ayniqsa,
bunda   vorislik   aloqadorliklariga   rioya   qilish   masalalari   alohida   tadqiqot   predmeti
qilib olinmagan. 
Mustaqillika     qadar   himoya   qilingan   R.Boyqobulova,   B.Valievalarning
dissertatsiyalarida   XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asr   boshlarida   ayollarga
bo‘lgan   munosabat,   ayollar   huquqi   masalasi,   oilada   er-xotin   haq-   huquqlari,   shariat
hukmlari   va   boshqa   qadriyatlar   o‘sha   davrning   kommunistik     mafkurasi   nuqtai
nazaridan tahlil qilingan 7
. 
Respublikamiz   mustaqillikka   erishganidan   so‘ng,   o‘zbek   oilasi   ahloqiy
munosabatlarini   takomillashtirishning   dunyoviy   va   diniy   asoslari   tarixini   jiddiy
o‘rganish, ularni hayotga tatbiq etishga katta e’tibor qaratildi. Bu dolzarb muammoni
tadqiq   etishda   Abdulvahob   Xallof,   Abu   Abdulloh   Muhammad   ibn   al-Buxoriy,
Burxoniddin   Al-Marg‘inoniy,   Rizouddin   Ibn   Faxruddin   asarlari   xalqimiz   oila
6
 Kerimov G.M. Shariat – zakon jizni musulman. – M.: Lenom, 1999; I. Al-Mansuri. 
Musulmanskie prazdniki i obryad ы . – M.: Lenom, 1998; From E. Mujchina i jenshina. – M., 1999; Azarov 
Yu. Semeynaya pedagogika. – M.: Pedagogika, 1993; Antonov A.I. Semya kakaya ona i kuda dvijetsya. – M.: 
M ы sl, 1998; Bestujev-Lada N.V. Okno v budu щ ee. – M., 1991; Xarchev A.G., Minkovskiy M.S. Sovremennaya 
semya i ye ѐN  problem ы : Sotsialno-demograficheskoe issledovanie. – M.: M ы sl, 1997.  
7
 Boyqobulova R. Osobennosti religioznosti sredi jen щ in-uzbechek i puti sovershenstvovaniya 
ateisticheskoy vospitatelnoy rabot ы  sredi nix (na materialax Uzbekistana): avtoref. dis. ... kand. filos. 
nauk. – T., 1988; Valieva B.S. Osobennost modernizatsii semeyno-pravov ы x norm shariata v sovremenn ы x 
usloviyax: avtoref. dis. ... kand. filos. nauk. – T., 1986. 
7 munosabatlari   etikasini     shakllanishi   va   jarayonlarining   muhim   jihatlarini   ilmiy
asoslashga xizmat qilmoqda 8
. 
Oila   munosabatlarining   turli   qirralariga   bag‘ishlangan   asarlar   –   Azim   Xoja
Eshon, Alixonto‘ra Sog‘uniy, Mahmud Zamaxshariy, Muhammad Sharif al Buxoriy,
Nasriddin Burxonuddin Rabg‘uziy, Rizouddin Ibn Faxruddin, Fozilqori Yosin o‘g‘li,
Xoji Mirzo Ibrohim Saidzoda Xo‘jandiy, Husayn Voiz Koshifiylarning 9
   asarlari oila
etikasi, oila munosabatlari rivojiga hissa bo‘lib qo‘shildi.
Mustaqillik davrida  oila muammosining nazariy-konseptual  jihatiga, hayotiy–
ijtiomiy muammolarni o‘rganishga katta e’tibor qaratildi. Xususan, davlatning dinga
va   diniy   tashkilotlarga   nisbatan   siyosatida   oilaviy   munosabatlarga   tegishli   diniy
qadriyatlar   ma’naviyat   va   ma’rifatning   tarkibiy   qismi   deb   qaraldi.   Natijada
mustaqillik yillarida yozilgan ilmiy ishlar, dissertatsiyalarda islom dinining ijtimoiy,
tarbiyaviy   ahamiyatiga   yangicha   yondashuvlar   vujudga   kelmoqda.   Bu   davrda
mamlakatimiz   olimlari   ham   o‘z   tadqiqotlarida   oila   etikasining   bir   qator   jihatlarini
tadqiq etganlar. Jumladan, bu davrda amalga oshirilgan tadqiqotlarda milliy turmush
tarzi tizimida ma’naviyat, oilaviy munosabatlar, madaniyatning tarbiyaviy ahamiyati
kabi masalalarni yoritishga alohida e’tibor berildi. Bu jihatdan B.Aminov,E.Yusupov,
A.Valiev,   S.Shermuhamedov,   T.Mahmudov,   Q.Xonazarov,   I.Jabborov,   O‘.Abilov,
I.Karimov,   E.Shayxova,   M.Mamashokirov,     Q.Nazarov,   V.Alimasov,   G‘.Najimov,
S.Otamurotov,   I.Saifnazarov,   Yu.Shodimetov,   M.Xolmatova 10
,   U.Qoraboev,
M.Nurmatova,   O.G‘aybullaev,   B.Husanov,   O.Nishonova   va   G.Tillaeva 11
  kabi
olimlarning tadqiqotlarini tilga olish mumkin. Bular jamiyatda  obod muhitni yaratish
va insonlarda chiroyli turmush tarzi, xalq, sinf, oila, mahallalarda kishilar o‘rtasidagi
8
 Abdulvahob Xallof. Usulul fiqh. Islom qonunshunosligi. – T.: Adolat, 1997; Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-
Buxoriy. Sahih al-Buxoriy: 2 jildli. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008; 
Burhonuddin al-Marg‘inoniy. Hidoya. 1-jild. – T.: Adolat, 2000; Rizouddin Ibn Faxruddin. Nasiyhat. – 
T.: Cho‘lpon, 1993.  
9
 Azim Xoja Eshon. Hikmat. – T.: O‘zbekiston, 1993; Alixonto‘ra Sog‘uniy. Tarixiy Muhammadiy. – 
T.: Movarounnahr, 1991; Abulqosim Mahmud Ibn Umar ibn Ahmad az-Zamaxshariy. Nozik iboralar. – T.: 
Kamalak,1992; Muhammad Sharif al-Buxoriy. Favoidi haqqoniyya. – T.: Adolat, 1995; Nosiruddin 
Burhonuddin Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. – T.: Yozuvchi, 1991; Rizouddin Ibn Faxruddin. Tarbiyali xotun. – 
T.: Mehnat, 1991; Fozilqori Yosin o‘g‘li. Qalblar shifosi. – T.: Movarounnahr, 2000; Xoji Mirzo Ibrohim 
Saidzoda Xo‘jandiy. Saodat rahnamosi. – T.: Xo‘jand, 1995; Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai 
sultoniy  ѐN hud javonmardlik tariqati. – T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 2000.  
10
  Xolmatova M. Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog‘lom avlod tarbiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2000  -  B. 216.
11
  Tillaeva G. Oila va inson kamoloti. – T.: O‘zR FA falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2011. – B. 255. 
8 muloqotlarni   o‘z   ichiga   oladigan   kommunikativ   faoliyat,   insonning   jismoniy   va
ma’naviy rivojlanishiga qaratilgan tarbiyaviy faoliyat ekanligi tadqiq etgan.
F.A.Primovaning   dissertatsiyasi   oila   qurishda   Oila   kodeksiga   kiritilgan
ahloqiy,   huquqiy   mezonlarga   amal   qilishning   ijtimoiy,   tarbiyaviy   ahamiyatini   tahlil
etishga   asosiy   e’tibor   qaratilgan;   S.J.Tursunovaning   dissertatsiyasida 12
    shariat
qonunlarining   oila   va   jamiyat   hayotida   tutgan   o‘rni   va   roli,   Markaziy   Osiyo
allomalar, ahloqshunoslarning qarashlari o‘rganilgan. 
M.Xolmatovaning   dissertatsiyasida   oilaviy   munosabatlarni   mustahkamlash,
sog‘lom   avlodni   tarbiyalash   masalalari   tadqiq   etilgan.   K.U.Najmiddinova   va
N.Z.Saydalievalarning dissertatsiyalarida oila jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy-
madaniy   organizmi   ekanligi   oila   tarbiyasida   milliy   va   umuminsoniy   madaniyatni
uyg‘unlashtirish masalalari tahlil qilingan 13
. 
Dehqonov   Mamatali   Rohatalievichning   ―   “Islomda   oila   munosabatlari
madaniyatini   rivojlantirishining   falsafiy  tahlili”     nomli   falsafa   fanlar   nomzodi   ilmiy
darajasini   olish   uchun   taqdim   etilgan   dissertatsiyasida   oila   munosabatlari
madaniyatining   tarixiy   rivojlanish   bosqichlari,   oila   munosabatlari   madaniyati
nazariyasining   metodologik   tahlili,   islomda   oila   munosabatlari   madaniyatining
shakllanishi   va   rivojlanish   bosqichlari,   islomda   oila   etikasi   va   er-xotinlik
munosabatlari madaniyatining ijtimoiy va ahloqiy nazariy asoslari, oila munosabatlari
madaniyatining   ijtimoiy   va   ahloqiy   mezonlari,   oila   munosabatlari   madaniyatini
shakllantirishga   asos   bo‘lgan   milliy   va   islomiy   qadriyatlar,   fuqarolik   jamiyatini
shakllantirishda islomning oila munosabatlari  madaniyatidan foydalanish usullari  va
vositalari,   islom   ta’limotida   oila   madaniyatining   zamonaviy   xususiyatlari,   oila
munosabatlari   madaniyatida   otaning   farzand   tarbiyasidagi   burchi,   O‘zbekistonda
fuqarolik jamiyati qurish jarayonida farzandlar mas’uliyatining ortishida xotin-qizlar
va ayolning roli masalalariga keng qamrovli holda yondashilgan. 
12
 Primova F. Oilaviy munosabatlarini shakllantirishda milliy va diniy qadriyatlarining tutgan o‘rni: fals. fan. nomz. ...
dis.   avtoref.   –   T.,   1999;   Tursunova   S.J.   Grajdanskie   zakonы   i   normы   shariata   po   semeynomu   pravu   i   ix   sotsialnaya
suщnost: avtoref. diss. ... kand. filos. nauk. – T., 1997.  
13
  Xolmatova   M.   Problemы   sovershenstvovaniya   kulturы   semeynыx   otnosheniy   i   vosptaniya   zdorovogo   pokoleniya:
avtoref.   diss.   ...   dokt.   filos.   nauk.   –   T.,   1998;   Najmiddinova   K.U.   Oila   tarbiyasida   milliy   va   umuminsoniy   axloqiy
madaniyatning   o‘rni:   fal.   fan.   nomz.   ...   diss.   avtoref.   –   T.,   2006;   Saydalieva   N.Z.   Oila   va  ѐNshlarni   oilaviy   ha	ѐNtga
tay	
ѐNrlashning ijtimoiy-falsafiy masalalari: fal. fan. nomz. ... diss. avtoref. – T., 2002.  
9 Yuqorida   qayd   etilgan   ilmiy   tadqiqotlar   va   diniy   hamda   dunyoviy
manbalarning tahlili oila etikasi muammosi ko‘p qirrali, murakkab masalalardan biri
ekanligidan dalolat beradi. 
Oilaviy   munosabatlarni   mustahkamlashda,   davlat   qonunlari   bilan   bir   qatorda
milliy   va   islomiy   qadriyatlardan   oqilona   foydalanish   o‘z   samarasini   beradi.   Islom
manbalarida   ifodalangan   ,   musulmonlik   ahloqi,   oila   etikasi,   oila   munosabatlarini
falsafiy   o‘rganish   va   tadqiqot   predmetiga   aylantirish   mamlakatimizda   yuksak
ma’naviyatni qaror toptirish masalasini hal qilishga o‘ziga xos hissa qo‘shadi. 
Tadqiqot   ish i ning   ob’ektini   islom   ta’limotida   oila   etikasi   va   musulmonlik   ahloqi
tashkil etadi. 
Tadqiqot   ish i ning predmeti   islom ta’limotida oila etikasi, oilaviy munosabatlari va
undan vorisiylikka asoslanib, kreativ foydalanish muammosidan iborat. 
Tadqiqot   ishining   maqsadi.   Islom   ta’limoti     (ilohiyoti   va   amaliyoti)da   oila
munosabatlarining etikasi hamda hozirgi davrdagi turmush ma’naviyatini yuksaltirish
kontekstida   tizimli,   ilmiy   –   falsafiy   tahlil   orqali,   oila   munosabatlari   tizimiga
dunyoviy   va   diniy   madaniyat   elementlarini   singdirish   qonuniyatlari   va
mexanizmlarini ilmiy asoslashdan iborat.
  Tadqiqot   ishining vazifalari : 
-   islom   ta’limotida   oila   munosabatlarining   vujudga   kelishi   va   takomillashuvi
jarayonini falsafiy-nazariy tahlil etish; 
- Sharq va G‘arbdagi oila etikasining qiyosiy tahlili    orqali   islomiy qadriyatlarning
roli ko‘rsatib berish;
- oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda islom ta’limotidagi aqidaviy, huquqiy va
diniy-falsafiy asoslarini o‘rganib, ulardan ijodiy foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
-   globallashuv   jarayonida   oilada   ma’naviy   barkamol,   jismoniy   sog‘lom   avlodni
tarbiyalashda   diniy   meros   va   milliy   qadriyatlardan   oqilona   foylanish   yo‘llari   va
usullarini ilmiy asoslash; 
-     nikohga   kirishayotgan   yoshlarning   ota-onalik   burchi   mas’uliyatini   oshirishda
rasmiy huquq va islomiy shariatni uyg‘unlashtirish zarurligini asoslash; 
10 -   oilada   ota-ona   va   bolalar   munosabatlariga   rahna   soluvchi   norasmiy   –   diniy
harakatlarga qarshi yoshlarda g‘oyaviy immunitetni hosil etish usullarini tadqiq etish;
-   tadqiqot   natijalariga   asoslanib,   oila   munosabatlarini   takomillashtirish   yuzasidan
oilada   ta’lim,   tarbiya   ishlarini   yaxshilashga   doir   amaliy   taklif   va   tavsiyalar   ishlab
chiqishdan iborat. 
Tadqiqot   ishining ilmiy yangiligi: 
- islom ta’limotida oilaviy  munosabatlar etikasi nazariy metodologik jihatdan tadqiq
etildi; 
-   islom   ta’limotida   nikoh   qurish,   oilani   tashkil   etish,   barqarorligini   ta’minlashga
yo‘naltirilgan shar’iy-diniiy qoidalar tarixiy jihatdan tahlil etildi; 
-   islom   ta’limotida   oila   munosabatlarining   aqidaviy   huquqiy   va   nazariy   asoslari
tadqiq etildi; 
- oilaning ahloqiy mohiyati hamda jamiyat taraqqiyoti, shaxs ma’naviy kamolotidagi
o‘rni   va   ahamiyati   nazariy   tahlil   etilib,   uning   jamiyat   rivojlanishi   bilan   o‘zgarib,
yangilanib, takomillashib turishi sabablari aniqlandi; 
-  islom   ta’limotida  oila  madaniyati ning   ijtimoiy  ahamiyati, gumanistik   xususiyatlari
o‘rganildi; 
-   barkamol   avlodni   tarbiyalashda,   mustahkam   oilani   barpo   etishda   islomning   oila
munosabatlari madaniyatidan foydalanish usul va vositalari ishlab chiqildi. 
Tadqiqot ishining asosiy masalalari va farazi: 
- diniy qarashlarda oilaviy munosabatlar etikasi va madaniyati rivojlanishining o‘ziga
xos xususiyatlarini aniqlash; 
-   islom   ta’limotida   oilani   mustahkamlashning   mexanizmlarini,   yo‘nalishlarini
ko‘rsatish; 
- oila munosabatlari etikasida Oila kodeksi bilan Islom dini tartib-qoidalari o‘rtasida
umumiylik va xususiylikni aniqlash; 
-   globallashuv   jarayonida   “Mustahkam   oila”   konsepsiyasini   yaratishda   oila
munosabatlari rivojlanishining tarixiy ildizlarini falsafiy tahlil etish; 
- oila munosabatlarini rivojlantirishda milliy, islomiy va umuminsoniy qadriyatlardan
foydalanish yo‘llari, vositalari va usullarini ishlab chiqishdan iborat. 
11 Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlarning sharhi (tahlili): 
O‘zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   (-T.:2017)   (1)   mamlakatimizning
asosiy qonunlari, xususan fuqarolar, millat va elatlar tengligi va ularning madaniyati,
urf-odati,   qadriyatlari,   an’analari,   ularning   rivojlanishi   uchun   shart-sharoitlar
yaratilishi haqida fikrlar bildirgan. 
-   I.A.   Karimovning   ―   Yuksak   ma’naviyat   yengilmas   kuch   (-T.:2008)   [14]   asarida
xalqimizning   oila   munosabatlarida   muqaddas   dinimizning   inson   ma’naviy-ahloqiy
kamolotida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi bayon etilgan.
-O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   PF-4947-son
«O‘zbekiston   Respublikasini   yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   Harakatlar     strategiyasi
to‘g‘risida » gi  farmonida oila institutining jamiyatdagi roli bayon etilgan. 
-   2017   yil   5   iyuldagi   PF-5106-son   « Yoshlarga   oid   davlat   siyosati   samaradorligini
oshirish   va   O‘zbekiston   yoshlar   ittifoqi   faoliyatini   qo‘llab-quvvatlash   to‘g‘risida » gi
farmonida barkamol avlodni tarbiyalash muammolari bayon etilgan.
-     2018   yil   2   fevraldagi   PF-5325-son   « Xotin-qizlarni   qo‘llab-quvvatlash   va   oila
institutini   mustahkamlash   sohasidagi   faoliyatni   tubdan   takomillashtirish   chora-
tadbirlari to‘g‘risida » gi farmonida oilaga e’tibor masalalari o‘z aksini topgan. 
-     2018   yil   29   martdagi   PF-5386   son   «Obod   qishloq»   dasturi   to‘g‘risida»gi
farmonlarida ifodalangan.
-   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Mirziyoev   Sh.M.   Oila   va   jamiyat   ustuni,
hayotimizning fayzi va ko‘rki // Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan
eng   oliy   bahodir.   (2   jild   )(   -T,   2018)   asarida   jamiyat   hayotida   oilaning   roli   va
ahamiyati bayon etilgan.
-   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasi (2018 yil. 28 dekabr) da Buyuk Imom Buxoriyning hadislarini yosh
avlodni tarbiyalashdagi roli haqida fikr bildirilgan.
-   O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat   Mirziyoevning   Oliy   Majlisga
Murojaatnomasi   (2020   yil   25   yanvar)   da   mamlakatimizda   “Jaholatga   qarshi   –
ma’rifat”   degan   ezgu   g‘oya   asosida   islom   dinining   insonparvarlik   mohiyatini,
12 tinchlik   va   do‘stlik   kabi   oliyjanob   maqsadlarga   xizmat   qilishini   targ‘ib   etish   kun
tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo‘lib qoladi.
Tadqiqotda   qo‘llaniladigan   metodikaning   tavsifi:   Dissertatsiyada   tanqidiy-
refleksiya,   ob’ektivlik,   qiyoslash,   tizimli   yondashuv   normalari,   innovatsion
yondashuv,   tahlil   va   umumlashtirish,   tarixiylik   va   mantiqiylik   birligi   usullaridan
foydalanilgan. 
Tadqiqot   natijalari ning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Musta hkam  oilani qaror toptirish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirishda,   islomiy   va   milliy   qadriyatlarni ng   sintezi   orqali   oila   ma’naviyatini
yuklashtirishda foydalanish mumkin.   Dissertatsiya ning amaliy ahamiyati, unda ilgari
surilgan   nazariy   va   amaliy   tavsiyalardan:   “ Ijtimoiy   falsafa ” ,   “ Dinshunoslik ”,
“ Madaniyatshunoslik ”,   “ Din   falsafasi”,   “ Oila ”,   “Ahloq   falsafasi”,   “ Ma’naviyat
falsafasi ”   fanlarining   o‘qitishda   dastur   va   qo‘llanmalar   tay yo rlashda,   mahallalarda
yoshlarni oilaviy turmush qurishga o‘rgatishda foydalanish mumkin. 
Ish tuzilmasining tavsifi.   Dissertatsiya “Kirish”, to‘qqiz paragrafni o‘z ichiga olgan
uch   bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi
92 betni tashkil qiladi. 
13

MUSULMONLARDA OILA VA NIKOH MUNOSABATLARI MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………………...4 I Bob. Shar q xalqlarida oila etikasi masalalari: muammolar va yondashuvlar. 15 1 .1. Markaziy Osiyoda oila va nikoh munosabatlarining ahloqiy jihatlari………....16 1.2 . Musulmon Sharqida oilaviy qadriyatlar ……………………………………….23 1.3 . Sharq va G’arbda oila etikasi: umumiylik va farq..…………………………….29 II Bob. Islom ta’limotida oila va nikoh etikasi …………………………………...41 2.1 . Islom da niko h va oilaning munosabatlarining ahloqiy kodeksi………………42 2. 2. Islom dinida erkakning vazifalari …………………………………………….51 2. 3 .Islomda ayolning vazifalari: ahloq va odob..………………………………….59 III Bob. H ozirgi zamonda niko h va oila munosbatlariga islomiy yondashuv….69 3.1 Qur’oni Karim va h adislar da oila etikasi : tarix va zamon……………………….69 3.2 “ Musta h kam oila” konsepsiyasida islomiy ta’limotning o‘rni va ahamiyati ……76 3.3. Barkamol avlod tarbiyasida islomiy tartib… ………………………………….85 Xulosa va tavsiyalar……………………………………………………………….91 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………94 1

Annotatsiya Ushbu tadqiqot ishida islom talimotida oiladagi ahloqshunoslik masalalari o‘rganilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad har tomonlama barkamol va ma’naviy yetuk yoshlarni tarbiyalashdan iboratdir. Bunda esa oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oilada farzandlarni komil insonlar qilib tarbiyalash masalasi g‘oyat muhimdir. Unda ma’naviy merosimizning birqismi bo‘lgan islom etikasinig oilani mustahkamlashdagi falsafiy ahamiyati ochib berilgan. Islom dinida odob-ahloq qoidalari atroflicha yoritilgan. Musulmon oilasida shakllangan etikaning jamiyat osoyishtaligi va faravonligida tutgan o‘rni hamda afzallik jihatlari haqida fikr yuritilgan. Annotation In this research work, the guide to Islam examines issues of family morality. The goal of the reforms carried out in our country is an indicator of comprehensive and spiritually mature youth education. And in this case, the role of the family in society, the issue of raising children in the family as perfect people is extremely important. It reveals the philosophical significance of Islamic ethics, which is one of our spiritual heritage, in strengthening the family. In the religion of Islam, the rules of etiquette are comprehensively covered. It also emphasizes the idea of the role and advantage of ethics in ensuring peace and prosperity of society, which was formed in the Muslim family. 2

Kirish Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va dolzarbligi: Oila jamiyatning fundemantal negizi hisoblanadi. Mustahkam oila fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasi, barqaror va tinch tuzilmasidir. Oila deb atalmish bu muqaddas dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va ahloqan tarbiya topadi. Jamiyat taraqqiyoti va ravnaqi oilaning mustahkamliligiga bog‘liqdir. Zero, jamiyat asosi - oilaning moddiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Bunda mustaham oilani barpo etish esa muqaddas dinimiz Islomiy etika, musulmonlik odobi, go‘zal hulq orqali amalga oshadi. Respublikamiz mustaqillikka erishib, huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati shakllanish jarayonida O‘zbekiston xalqi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri oila munosabatlarini hozirga zamon talablari darajasida takomillashtirish, unga asos bo‘lgan dunyoviy, diniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ijodiy foydalanish yo‘llarini aniqlashdan iborat. Shuning uchun ham davlatimiz siyosatida oilada ma’naviy barkamol, jismoniy sog‘lom yosh avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan har qanday islohotlar mustahkam oila institutini shakllantirish, hamda oilaviy munosabatlarni ahloqiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratilmoqda. «...bugungi tez o‘zgarayotgan ziddiyatli davrda oilaviy masalalarni ilmiy asosda chuqur o‘rganmasdan turib, ijtimoiy hayotdagi ko‘plab murakkab savollarga javob topish qiyin». 1 Shuning uchun, avvalo, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-madaniy muhitni, sog‘lom tafakkur tarzi, yuksak tarbiya tizimini rivojlanishi, zamonaviylik va islomiy qadriyatlari uyg‘unligiga asoslangan o‘zbek oilasining jamiyatdagi rolini oshirish, oila va oilaviy munosabatlar borasidagi har bir insonning o‘z oilasi va farzandlar kelajagi haqidagi qarashlarini ro‘yobga chiqarish uchun aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid xususiyatlardan kelib chiqqan holda ilmiy izlanishlar olib borish bugungi kunda dolzarbdir. “Eng mu h imi, islo h otlarimiz samarasini yurtimizda 1 Mirziyoev Sh.M. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki // Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2 jild -T.: O‘zbekiston, 2018, 464-bet. 3

yashayotgan h ar bir inson, h ar bir oila bugun o‘z h ayotida h is etishi kerak. Buning uchun barcha bo‘ g‘ indagi ra h barlar foizlar, ra q amlar, q o g‘ ozning ortidan q uvmasdan, h ar bir fu q aro uchun, uning h ayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun ishlashi shart. Shunda nuroniy keksalarimiz, mu h taram otaxon va onaxonlarimiz, h urmatli ayollarimiz, aziz farzandlarimiz, jajji nabiralarimiz, ko‘pmillatli butun xal q imiz bizdan rozi bo‘ladi” 2 . Darhaqiqat, o‘zbek xalqi tarixiy taraqqiyotida milliy qadriyatlarning uyg‘unlashuviga asoslangan oilaviy munosabatlarda voyaga yetgan insonning ma’naviy-ahloqiy kamoloti hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Mustahkam oila muhitida shakllangan insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik, chiroyli xulqlilik va boshqa insoniy fazilatlar shaxs ma’naviy barkamolligini namoyon qiluvchi sifatlardir. Mazkur dissertatsiya mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi: - birinchidan, oilaviy munosabatlarning islom ta’limoti ahloqiy jihatlarini asoslash, mustahkam oila konsepsiyasini yoshlar ongi va tafakkuriga singdirish, yoshlarning ma’naviy dunyosini boyituvchi tarixiy meros va qadriyatlarni falsafiy tahlil qilishga ehtiyoj kuchaymoqda; - ikkinchidan, G‘arb mamlakatlarida demokratiya namunasi deb baholanib, jahonga ommaviy madaniyat niqobi ostida kuchayib borayotgan erkin muhabbat, fuqarolik nikohi, bir jinsli nikohning g‘ayriinsoniy va g‘ayriislomiy mohiyatini ochib berish muhim ahamiyat kasb etmoqda; - uchinchidan, monogamiyaga asoslangan oilaning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati bilan bog‘liq milliy, islomiy va umuminsoniy qadriyatlarning oilani mustahkamlashga qaratilgan jihatlarini falsafiy tahlil qilish nazariy-metodologik ahamiyatga ega; - to‘rtinchidan, o‘zbek xalqi turmush tarzi va namunali oilaviy munosabatlarini mustahkamlashda islomiy qadriyatlar va musulmonlik ahloqining tarixiy ahamiyatini, undan kreativ foydalanishda vorisiylikka rioya qilish ilmiy yo‘llarini, usullarini tadqiq qilish zaruriyati kuchaymoqda; 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezmidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 yil 25 yanvar) .uz.u 4

- beshinchidan, ma’naviy hayotimiz dunyoviylik va diniylik uyg‘unligiga tayanishi lozimligiga e’tiborni jalb qilishi, oilaviy munosabatlarda islom ta’limotidan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganilishi ijtimoiy zaruratdir. Muammoning o’rganilganlik darajasi va metodologik asosi. Islom manbalarida oila munosabatlar etikasi ni takomillashtirishning dunyoviy va diniy muammolarini tadqiq etish masalasi barcha davrlarda faylasuflar va ilohiyotchilar diqqatini jalb etib kelgan. O‘zbekiston islom dini keng tarqalgan mamlakatlardan biri bo‘lib, undan nikoh, farzand tarbiyasi, er va xotin burchi hamda vazifalari kabi oilaviy munosabatlarni o‘rnatish va takomillashtirishda milliy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shariat dasturlariga, hatto siyosat-ma’muriy ta’qiqlarga qaramasdan amal qilib kelingan. Xususan, oila ahloqiy mezonlarini asoslashda islomning xanafiya shariat asoslaridan kreativ foydalanilgan. Oilaviy munosabatlar etikasini takomillashtirishga oid bo‘lgan dunyoviy va diniy maqomdagi muammolar: ulamolar, qonunshunoslar, hakamlar faoliyatida, olimu fuzalolar, ilm izlanuvchilarning diqqatini o‘ziga jalb etgan. Oila etikasining mohiyatining an’anaviyligi, milliy, diniy va umuminsoniy ahloqiy qadriyatlar tizimida tutgan o‘rni, oila muhitining barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati hozirgi zamon falsafiy tafakkur taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Sharqning bebaho ma’naviy yozma merosi «Avesto» kitobida oilaning muqaddasligi yoritilgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy-ilmiy va estetik merosi mavzumizni yoritishda dolzarb ahamiyatga ega. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Abu Bakr Roziy, Bahovuddin Naqshband, Ibn Sino, Kaykovus, Mahmud Kashg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Imom Buxoriy, Abu Abdurahmon an Nasoiy, Hakim Termiziy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Ahmad Yassaviy, Muhammad Huzuriy, Rizouddin Ibn Faxruddin, Amir Temur, 3 kabi allomalar 3 Avesto. Tarixiy-adabiy ѐNdgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: Sharq, 2001; Platon. Soch. v 3-x tomax. – M., 1871. – T. 3. – Ch.1; Aristotel. Sochineniya. V 4-tomax. – M.: M ы sl, 1983; Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan ѐ N dgorliklar // Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. 1-jild. – T.: 1968; Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy, 1993; Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. 1-jild / Tuzuvchilar: U.Karimov, H.Hikmatullaev. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashri ѐ N ti, 1992. 3-jild; Al-Buxoriy. Al-Jomi as-sahih (ishonarli to‘plam). 4 jildlik. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1999; At-Termiziy. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabi ѐ N t va san’at nashri ѐ N ti, 1993; Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabi ѐ N t va san’at nashri ѐ N ti, 1992; Rizouddin Ibn Faxruddin. – T.: 5