logo

NUROTA TOG’OLDI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN OMILLAR TA’SIRI VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI

Загружено в:

12.08.2023

Скачано:

0

Размер:

973.5 KB
NUROTA TOG’OLDI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN OMILLAR
TA’SIRI VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI  
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………. 3
I BOB. TOG’ OLDI LANDSHAFTLARINING TABIIY SHAROITI…... 10
1.1 Nurota tog’ oldi yaylovlar tabiiy sharoiti…………………………………. 10
1.2 Tajriba o’tkaziladigan joyning tabiiy sharoitlari …………………………. 23
1.2.a Iqlim sharoiti……………………………………………………………. 23
1.2.b Tuproq sharoiti………………………………………………………….. 30
II BOB. TOG’ OLDI YAYLOVLAR EKOLOGIK HOLATINING O’ZIGA 
XOS XUSUSIYATLARI……………………………………………………. 36
2.1 Tog’ oldi yaylovlari ekologik holatiga ta’sir etuvchi omillar…………….. 36
2.2 Nurota tog’ oldi chala cho’llarining ekologik holati…………………….... 42
III BOB. NUROTA TOG’ OLDI LANDSHAFTLARI EKOLOGIK 
HOLATINI OPTIMALLASHTIRISH YO’LLARI………………………. 48
3.1 Nurota tog’ oldi landshaftlari ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan 
chora-tadbirlar.………………………………………………………………... 48
3.2 Yaylovlarni fitomelioratsiyalash usullari…………………………………. 53
3.3 Yaylovlardan ratsional foydalanish muammolar…………………………. 58
3.4 Tog’ oldi chala cho’l yaylovlarini ekologik holatini yaxshilashda 
foydalaniladigan asosiy ozuqabop o’simliklar………………………………..  62
XULOSA……………………………………………………………………..  69
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………. 71
1                                                 
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.  O’zbekistonda tog’ oldi cho’l va yarim cho’l tabiiy
yaylovlari 32 mln   ga   ni tashkil qiladi. Shundan qorako’lchilik yaylovlari maydoni
17,5   mln   ga   bo’lib,   hozirgi   kunda   “O’zbekqorako’li”   kompaniyasiga   qarashli
shirkat   xo’jaliklari   tasarrufidagi   yaylovlar   maydoni   8,2   ga   dan   iborat.   Shunga
qaramasdan,   hozirgi   kunda   foydalanib   kelinayotgan   qorako’lchilik   yaylovlari
maydoni 17,0 mln ga dan ortiq maydonni tashkil qiladi. Yaylovlar mamlakatimiz
cho’l chorvachiligining asosiy ozuqa manbai bo’lib, ulardan yil bo’yi foydalanish
imkoniyati   mavjud.   Yaylov   ozuqasi   eng   arzon   ozuqa   manbai   hisoblanadi.   Lekin
qorako’lchilik yaylovlarining  hozirgi   holati  sohani  barqaror   rivojlantirish  talabiga
javob   bermay   kelmoqda.   Chunki   yaylovlar   hosildorligi   past,   quruq   moddaga
hisoblaganda 1,5-3,0 st\ga dan ortmaydi.
Bundan   tashqari,   cho’l   yaylovlari   hosildorligi   ob-havo   sharoitlari   bilan
bevosita   bog’liq,   shu   bois,   hosildorlik   yillar   va   yil   mavsumlari   bo’ylab   keskin
o’zgarib   turadi.   Yog’in-sochin   miqdori   ko’p   yillarda   cho’l   yaylovlarining   har
gektari   o’rtacha   yilga   qaraganda   ikki   marotabagacha   ortishi,   qurg’okchil   yerlarda
esa   1-0,5   st\ga   gacha   pasayib   ketadi.   Ko’p   yillik   kuzatishlar   shundan   dalolat
beradiki, har o’n yilda 3 yil hosildor, 4 yil o’racha hosilli va 3 yil kam hosilli yillar
takrorlanib turadi.
Tog’   oldi   chala   cho’l   yaylovlar   hosildorligi   va   ozuqa   sifati   nafaqat   yillar
bo’ylab,   balkim   yil   mavsumlari   bo’ylab   ham   keskin   o’zagarib   turadi.   Masalan,
yaylovlardagi ozuqa miqdori qish mavsumiga kelib 2,5 marotaba kamayadi. Ozuqa
tarkibidagi protein miqdori 20 % dan -5 % gacha, oqsil miqdori esa 13 % dan   -   4
%   gacha   kamayib   ketadi.   100   kg   yaylov   ozuqasi   tarkibida   bahorda   80-90   ozuqa
birligi mavjud bo’lsa, qish mavsumida bu ko’rsatkich 18,3 % dan ortmaydi.
Cho’l   yaylovlariga   xos   bo’lgan   kam   hosildorlik   va   uning   keskin   o’zgarib
2 turishi  ushbu mintaqada yuzaga kelgan tabiiy-tarixiy omillar ta’siri ostida yuzaga
kelgan.   Keyingi   yillarda   yuzaga   kelayotgan   yaylov   xo’jaligidagi   salbiy   holatlar
insonning cho’l mintaqasidagi noto’g’ri faoliyati mahsuli deb ham atash mumkin.
Tog’   oldi   chala   cho’l   mintaqasida   yashovchi   aholining   keskin   ortishi,
qishloqlarning kengayib  borishi  chorva  hayvonlari  bosh  soning  ortishi  va  qishloq
atrofi yaylovlariga bo’lgan tazyiqning jadal ortishga olib keldi. Buta va yarim buta
o’simliklarning chorva hayvonlari tomonidan uzluksiz yeyilishi natijasida ularning
tabiiy   holda   urug’idan   ko’payish   xususiyatini   chegaralab   qo’ydi.   Ushbu
o’simliklarning   xo’jalik   ehtiyojlari   uchun   chopib   olinishi   ham   qishloq   atrofi
yaylovlari o’simlik qoplamidan buta va yarim buta o’silmlik turlarining batamom
yo’qolib ketishiga sabab bo’lmoqda.
Hoz irgi   kunda   h ar   bir   q ish l o q   atrofi   yaylovlari   5-7   km   radiusda   kuchli
inqir ozga   uchragan.   Ma’lumotlarga   k o’ ra   h ozirgi   kunda   O’ zbekist o n
qo’rako’l chilik yaylovlarining  q ariyib 40   % ida turli darajadagi in q iroz yuz  bergan.
(Rafi q ov, 1997, Maxmudov, 2005). Fa q atgina  q ud uq lar atrofidagi  kuchli  in q irozga
uchragan yaylovlar maydoni 0,5 mln ga,  ko’ chma  q um  massivlari   maydoni esa 2,0
mln   ga   ni   tashkil   q iladi.   Yaylovlar   in q irozi   tufayli   h ozirgi   kunda   h osildorlik
o’ rtacha   2,5   st\ga   dan   1,8   st\ga   ga,   yoki   21   %   ga   pa saygan   (Maxmudov,   2005).
Yaylovlarga   b o’ lgan   tazyi q ning   kuchayishiga   suv   manbalarining   ishdan   chi q ishi
h am   sabab   b o’ lmo q da.   Suv   manbalarining   izd an   chi q ishi   sababli   otarlar   1   suv
manbai   atrofi   yaylovlarida   erta   bah or d an   kech   kuzgacha   foydalanishi   ulardan
ratsional, mavsumiy  foy da lanish tizimini tamoman izdan chi q armoqda.
Keyingi yillarda  tez-tez takrorlanib kelayotgan q ur g’ o q chilik tufayli ( chor va
h ayvonlarini   ch o’ l   h ududining   uzo q   minta q alariga   yoppasiga   k o’ chirib   bo rish
zarurati   tu g’ ilib,   bu   tadbirlar   uchun   katt agina   mabla g’ lar   sar flanishiga,   so h a
samaradorligin in g keskin  p asayishiga sabab b o’ lmo q da.  Yaylovlar h osildorligining
pasayishi,   ozuqa   sifatining   yomonlashuvi   ular dan   uzluksiz   foydalanish   natijasida
o’ simlik   q oplamining   buzilishi,   b iologik   xilma-xillikning   kamba g’ allashuvi
natijasida   yuzaga   keldi.   Ta d q i q otlar   shuni   k o’ rsatadiki,   yaylovlar   o’ simlik
q oplamidagi turlar soni  ho zirgi kunda keskin kamaygan.
3 M asalan,   bundan   35-40   yil   oldin     ch o’ l   tabiiy   florasida   260  dan   ortiq   gulli
o’ simlik   turlari   q ayd   etilgan   b o’ lsa   (Mavlonov,   1973),   h ozirgi   ku nda   aynan   shu
h ududda   o’ simlik turlari soni 35-40 turdan ortmaydi, ya’ni   bi ologik xilma-xillik 6
martadan orti q  kamaygan.
Kuchli inq irozga uchragan yaylov massivlarida  o’ simliklar xilma- xilligi 5-6
turdan ortmaydi. Shulardan   h am yarimidan orti g’ i ozu q aviy   x ususiyati   q oni q arsiz,
deyarli   yeyilmaydigan   isiri q ,   qo’ zi q ulo q ,   q ir q asoch,   oqq uray,   uchma   kabi
o’ simliklardan iborat.
Nurota tog’ oldi chala cho’l yaylovlarida ekologik muvozanatni  buzilishiga
asosan   antropogen   ta’sirni   kuchayishi   sabab   bo’lsa,   ikkinchi   tomondan   tabiiy
omillarni   ta’siri   ham   sezilarli   bo’lmoqda.   Tog’   oldi   chala   cho’l   yaylovlarini
ekologik   holatini   yaxshilash   faqat   fitomelioratsiya   tadbirlarni   amalga   o s h i r i s h
o r q a l i   e r i s h i s h   m u m k i n   d e b   h i s o b l a y m i z .
Yayl ov   x o’ jaligida   yuz   bergan   salbiy   h olatlar   zudlik   bilan   ulardan   oq ilona
foydalanish, biologik xilma-xillikni asrash va boyitish,   in q irozga uchragan yaylov
maydonlarining  o’ simlik  q oplamini fitomelioratsiyalash or q ali  q ayta tiklash  chora-
tadbirlarini   amalga   oshirishni   ta q ozo   etadi.   Shu   bois,   ushbu   tadqiqot   ishimizda
ya y lovlardan   fo y dalanishning ekologik xav f siz, ratsional tizimi, yaylov x o’ jaligini
b oshq arishning   il g’or   mexanizmlari,   inq irozga   uchragan   yaylovlarni   yaxshilash
samarali   texnologiyalari   va   isti q bolli   fitomeliorantlar   to’g’ risida   ma’lumotlar
yoritilib, fikrimizcha ushbu tavsiyalar ch o’ l   minta q asida yaylov chorvachiligi bilan
shu g’ ullanib   kelayotgan   x o’ jalik   yurituvchi   subyektlar   mutaxas sislari   uchun
qo’llanma sifatida xizmat qilishi mumkin.
Biz   ushbu   ilmiy   tadqiqot   ishimizni     Nurota   tog’   oldi   chala   cho’l
yaylovlarining   ekologik  holatlarini     baholashga   bag’ishladik.   Ushbu   hudud   tabiiy
geografik   xususiyatlarini   baholash,   ularda   yuz   bergan   ekologik   muammolarni
aniqlash   va   ularni   bartaraf   etish   yo’llarini   ko’rsatib   o’tish   va   kelgusida   tog’   oldi
chala cho’l yaylovlar ekologik holatini optimallashtirish chora-tadbirlarini ko’rish
zarur deb hisoblaymiz.
Mamlakatimiz   hududining   60   %   dan   ortiqrog’ini   egallagan   cho’l   va   yarim
4 cho’l   mintaqalari   eng   arzon   ozuqa   manbai   sifatida   azaldan   yil   bo’yi   yaylov
chorvachiligi tomonidan foydalanilib kelinadi. Yaylovlarning hosildorligi esa turli
yillardagi yog’in-sochin miqdoriga uzviy bog’liq ravishda 0,5-4,5 st\ga, ya’ni 9-10
marotaba   kamayib   yoki   ko’payib   turishi   uzoq   yillik   hosildorlik   monitoringi
natijalariga   ko’ra   aniqlangan.   Asosiy   ozuqa   zahiralarining   bunday   katta
diapazonlarda   o’zgarib   turishi   cho’l-yaylov   chorvachiligining   barqaror
rivojlanishiga   to’siqlik   qiluvchi   asosiy   omildir   desak,   xato   bo’lmaydi.   Yaylov
hosildorligining   o’ta   beqarorligi   bilan   bir   qatorda,   ozuqa   sifatining   tobora
yomonlashib   borishi   ham   chorvachilik   mahsulotlari   miqdori,   sifatining   pasayib
borishiga,   mahsulot   ishlab   chiqarish   tan   narxining   ortishiga   sabab   bo’lmoqda.
Yaylov   ozuqasining   sifati   esa   o’simlik   qoplamining   turli-tumanligi   bilan   bog’liq
bo’ladi.   Hozirgi   kunda   turli   yaylov   hududlarida   o’simliklarning   turli-   tumanligi
keskin   kamayib   ketgan.   Ma’lumotlarga   ko’ra,   o’simliklar   xilma-xilligi   turli
hududlarda   2-10   marotaba   kamaygan.   Shu   bois,   ayniqsa   adir   mintaqasida
joylashgan   chorvachilik   xo’jaliklarida   mahsulot   ishlab   chiqarish   uchun   ozuqaga
bo’lgan   sarf-xarajatlar   yildan-yilga   ortib   borishi   kuzatilmoqda.   Ko’pchilik
hududlarda   chorva   hayvonlarining   yaylov   ozuqasi   bilan   ta’minlanish   darajasi   35 -
40   %   dan   ortmaydi.   Ushbu   holatlar   yaylovlar   hosildorligi   va   ozuqasi   sifatini
oshirish naqadar muhim va hayot taqozosi ekanligini isbotlab turibdi.
Yaylovlar   hosildorligini   oshirish,   ulardan   ratsional   foydalanish   va   o’simlik
qoplamini muhofaza qilish muammolarining ilmiy yechimini topish va bu borada
samarali   texnologiyalarni   ishlab   chiqish   O’zbekiston   qorako’lchilik   va   cho’l
ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning asosiy
yo’nalishlaridan   biri   hisoblanadi   va   bu   borada   juda   katta   ilmiy   yutuqlarga
erishilgan. Hozirgi kunda O’zbekiston cho’l yaylovlarining deyarli barcha tuproq-
iqlim   sharoitlarida   hosildorlikni   2-3   st\ga   dan   10-25   st\ga   ga   yetkazish   imkonini
beruvchi   texnologiyalar,   istiqbolli   cho’l   ozuqabop   o’simlik   navlari   yaratilgan.
Yaratilgan   navlarning   dastlabki   materiallari   yovvoyi   flora   namoyandalari   bo’lib,
cho’l   hududlari   tuproq-iqlim   sharoitlarida   o’sishga   va   yuqori   hosil   to’plash,
qurg’oqchilik,   issikliq,   yuqori   quyosh   insolyasiyasi,   sho’rlanish   kabi   noqulay
5 abiotik   omillarga   chidamliligi   bilan   ajralib   turadi.   Hyech   mubolag’asiz   aytish
mumkinki, azalda ushbu o’simlik turlari cho’llarimizda tabiiy holda o’sib kelgan.
Yaylovlardan   uzluksiz   foydalanish   oqibatida   o’simliklarning   urug’laridan   o’z-
o’zini qayta tiklash imokniyatidan mahrum qilinishi tufayli ushbu o’simlik turlari
yaylovlarimizdan   yo’qolib   ketgan.   Fikrimizning   dalili   sifatida   ushbu   turlarning
chorva hayvonlari bora olmaydigan joylarda, odatda jarlik, qabristonlarda saqlanib
qolganligini   misol   qilib   olishimiz   mumkin.   Shunday   ekan,   yovvoyi   tabiiy   flora
yaylovlarimizning   dastlabki   hosildorligi   va   turlar   jihatidan   boyligini   qayta
tiqlashning manbai bo’lib xizmat qiladi.
Uzoq   yillar   davomida   olib   borilgan   introduksion   va   seleksion   tadqiqotlar
natijasida yaylovlarimiz hosildorligini keskin oshirish imkonini beruvchi 35 turga
yaqin istiqbolli o’simliklar  tanlab olindi. Ular bilan seleksiya-tanlov ishlarini olib
borish natijasida istiqbolli 15 navlari yaratilib, mamlakatimiz cho’l mintaqasi turli
hududlarida   etishtirish   uchun   rayonlashtirildi.   Cho’l   ozuqabop   o’simliklari
cho’g’on, teresken, saksovul navlari orasidan izenning navlari alohida o’rin tutadi.
Yuqori hosilliligi, chorva hayvonlari tomonidan yilning barcha mavsumlarida ham
juda yaxshi eyilishi, ozuqasining yuqori sifatliligi, yaylovda uzoq umr ko’rishi kabi
xususiyatlari bilan ustunligini belgilaydi.
O’rta   Osiyo   mamlakatlarida   ushbu   o’simliklarni   ko’plab   mahalliy
navlarining   yaratilishi,   hatto   Amerika   Qo’shma   Shtatlarida   ham   ushbu
o’simliklarni   navining   yaratilishi   o’simliklarga   berilgan   yuksak   bahodir.
O’zbekiston ushbu navlarini yaratish bo’yicha jahonda etakchi o’rinnni egallaydi.
Hozirgi   kunda   mavjud   navlarini   ekish   orqali   yaylovlar   hosildorligini   keskin
oshirish,   ozuqa   sifatini   tubdan   yaxshilash   va   cho’l   yaylov   chorvachiligi
samaradorligini oshirish eng muhim va dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.
Nurota   tog’ oldi chala cho’l yaylovlarida suniy agrofitotsinozlar yaratilishi
yaylovlar hosildorligini oshirish bilan bioxilma xillikni  ko’payishiga va shu bilan
birga   ekologik   holatni   barqarorlashuviga   olib   keladi   va   kelajakda   tuproq
eroziyasini oldi olinib suv balansini normallashadi. Umuman olganda biotsenozda
normal ekologik muvozanat yuzaga keladi. So’ngi yillarda olib borilayotgan ilmiy
6 izlanishlar   geografiyaning   ajralmas   tarmog’i   hisoblangan   landshaftshunoslik   va
geoekologik yo’nalishlarda bo’lib, bu sohada  bajarilgan ishlarda tog’ va tog’  oldi
geotizimlarining   morfologik   tuzilishini   tashkil   etuvchi   landshaft   majmualarining
gorizontal   va   vertikal   aloqadorligi,   ularning   barqaror   rivojlanish,   zonal   va
balandlik   mintaqalik   tabaqalanishi,   tabiiy   va   antropogen   omillar   ta’sirida
cho’llanish   jarayonining   sodir   bo’lishi   va   uning   geoekologik   oqibatlari,   cho’l
sharoitida   komponentlararo   aloqadorlikning   barqarorligi,   geoekologik
rayonlashtirishning   tamoyillarini   ishlab   chiqish,   cho’llangan   geomajmualarni
ekologik   optimallashtirishning   geografik   asoslari   kabi   dolzarb   muammolar   ham
yoritilgan.
Ushbu   tadqiqot   ishida   yuqorida   zikr   etilgan   masalalar   respublikamizning
o’ziga xos mintaqasi  sanalgan Nurota tog’ tizmasi  misolida o’rganilgan. Bugungi
kunda   Nurota   tog’lari   o’zining   tabiiy   resurslariga   boyligi   va   undan   foydalanish
bo’yicha   O’zbekistonning   eng   murakkab   hududlaridan   biri   bo’lib   sanaladi.   Shu
bois, tog’  va tog’ oldi  mintaqasini  ekologik va geoekologik holatini  chuqur tahlil
qilish, uni barqaror rivojlanishini umumiy tarzda hamda cho’llanishning o’ziga xos
muammolarini   uzviy   bog’liqlikda   o’rganish   va   shu   yo’l   bilan   ularni   hal   qilish
bo’yicha zaruriy ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Ishning maqsadi va vazifalari.  Nurota tog’ tizmasi landshaft majmualarida
yuz   berayotgan   cho’llanish   jarayonlarini   oldini   olish   va   ularga   qarshi   kurashish,
yaylovlarning   geoekologik   holatini   yaxshilash,   ularning   hosildorligini   oshirish
uchun   antropogen   agrofitotsenozlarni   tashkil   etish,   fitomeliorativ   ishlarni   keng
yo’lga   qo’yish,   yarim   buta   va   butalarning   urug’ini   sepish   yo’li   bilan   o’simlik
qoplamini   barqarorlashtirish,   biomassalarning   hosildorlik   miqdorini   ko’paytirish,
chorva   mollarini   boqishda   belgilangan   me’yorga   amal   qilish,   daraxt   va   butalarni
kesishni   man   etish   va   texnogen   landshaftlarni   rekultivatsiyalash   zarur.   Bunday
tadbirlar   cho’l   landshaftlarining   ekologik   holatini   yaxshilashga,   barcha   turdagi
geotizimlarning   barqaror   rivojlanishiga   va   ularning   hosildorligini   yanada
oshirishga zamin yaratadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi.   Nurota tog’lari to’g’risidagi dastlabki
7 ma’lumotlar B.A.Fedchenko (1914), N.A.Smirnov (1937), V.A.Nikolayev (1928),
S.D.Davlyatov   (1962),   O.A.Rijkov   (1962),   I.H.Hamroboyev   (1958),   M.G.Popov
(1960),   N.A.Li   (1961),   N.A.Losev,   V.M.Jeleznov   (1957),   E.N.Balashova   (1963),
J.A.Hoshimov   (1964),   T.Z.Zokirov   (1937,   1964,   1971),   A.S.Saidov   (1972),
L.N.Babushkin   (1961,   1964),   N.A.Gvozdetskiy   (1961),   L.N.Babushkin   va
N.A.Kogay   (1964),   Alibekov   L.A.,   Nishonov   S.A.   (1978),   Abbosov   S.B.,
X.T.Nazarov va boshqalar ilmiy  ishlarida uchraydi.
Bajarilgan   ishlarning   mohiyati   va   ilmiyligi   shundan   iboratki,   aksariyati
Nurota   tog’larining   morfologik   tuzilishi   murakkabligi,   landshaftlari,   balandlik
pog’onalari,   tabiat   komponentlariga   qaratilgan.   Bunday   ishlarning   ayrimlarida
kamchiliklar mavjud. Binobarin biz ana shunday kamchiliklarni bartaraf etish bilan
bir   qatorda   yuzaga   kelgan   geoekologik   muammolarni   ilmiy   yechimlarini   ishlab
chiqishdan iborat.
Tadqiqotning   ilmiy   yangiligi.   Bitiruv   malakaviy   ishi   tog’   landshaftlarini
kompleks   tadqiq   etishga,   tog’   va   tog’oldi   etaklarida   yuzaga   kelgan   ekologik   va
geoekologik   muammolarni   o’rganish.   Mavjud   geoekologik   muammolarni   kelib
chiqish   manbalarini   aniqlash,   ularni   tasniflash,   kartalashtirish   hamda   ularning
ilmiy yangiligi:  1)  Yuzaga kelgan  geoekologik muammolarni  vujudga keltiruvchi
omillarni   aniqlash   va   ularni   tasniflash,   2)   Hududning   geoekologik   kartasini
yaratish va mavjud geoekologik muammolarning ilmiy yechimlarini ishlab chiqish.
Ishning   hajmi   va   strukturasi.   Ish   kirish,   3ta   bob,   xulosa,   foydalanilgan
adabiyotlar   ro’yxatidan   iborat   bo’lib,   ish   hajmi   78   betni   tashkil   etadi.   Unga   20ta
jadval, 2ta karta-sxema, 3ta sxema mavjud. Ishda 40ga yaqin ilmiy adabiyotlardan
foydalanilgan.
8 I BOB.  TOG’ OLDI LANDSHAFTLARINING TABIIY SHAROITI
1.1. Nurota tog’ oldi yaylovlar tabiiy sharoiti
Nurota tog’lari va uning shimoliy yonbag’rlaridagi tog’ oldi tekisliklaridagi
cho’llarida shuningdek,  butun Nurota tog’lar  tizimi  uchun  xos bo’lgan eng xavfli
geoekologik   muammo   bu   cho’llanish   muammosidir.   Nurota   tog’lari   arid   tog’lar
bo’lib,   shimoldan   va   shimoli-g’arbdan   Qizilqum   cho’lining   «issiq   nafasi»   sezilib
turadi.
Nurota tog’larida cho’llanish jarayonining borishida inson xo’jalik faoliyati
aktiv rol o’ynagan. Hozirgi vaqtda Oqtog’da archa, Nurota tog’ida siyrak butalar,
Qo’shrabotda   yong’oq,   yovvoyi   pista,   ayrim   soylarda   yovvoyilashgan   tok,
olmalarni   siyrak   holda   uchrashi   bu   tog’lar   qadimda   qalin   o’rmonlar   bilan
qoplanganligini ko’rsatuvchi dalil bo’lib xizmat qiladi.
Professor   Z.Akramov   (1974)   fikricha   Nurota   tog’larining   g’arbiy   qismida
yaylovlar   hosildorligiga   ko’ra   chorva   mollari   soni   ko’pdir.   Bu   fikr
A.Raxmatullayev tomonidan Oqtog’ janubiy yonbag’rida o’tkazgan tadqiqotlarida
isbotlangan.   Bu   y e rdagi   yaylovlar   hosildorligi   150   000   qo’y   boqishga   y e tgani
holda   amalda   180   000   qo’y   boqishadi.   Bu   hisobga   odamlarning   shaxsiy   mollari
kirmaydi.   G’allaorol   tumanining   Sovruksoyida   yashagan   Qulmurod   bobo   so’ziga
qaraganda   1941-1945   yillarda   Qo’ytosh   koni   o’rnida   qalin   pistazor   bo’lgan.
Sovruk   aholisi   o’tin   tayyorlash   uchun   bu   yerga   kelishganda   ikki   kishi   teparoq
joyga chiqib yovvoyi cho’chqa va bo’rilarni qo’rqitish uchun ovoz berib turishgan.
S h e r i k l a r i   e sa   o’tin   tayyorlashgan.   Tog’ning   shimoliy   yonbag’rida   makaziy
qismida bir qator qishloqlarda aholi hozir ham kundalik ehtiyoji uchun shuvoqlarni
ildizi bilan chopib olishlari kuzatiladi.
Nurota   tog’larida   aholi   yirik   sersuv   soylarda   va   buloqlar   ko’p   chiqadigan
tizmalar   etaklarida   joylashgan.   Yirik   soylarda   tog’laming   janubiy   yonbag’rlarida
9 To’sinsoy,   Oqtepasoy,   G’ujumsoy,   Zarbandsoy,   Andaksoy,   Jizmonsoy,   Kattasoy,
Oltinsoy, Maydonsoy, Sharilloqsoy, Sarmishsoy.
Shimoliy yonbag’rlarida Uxumsoy, Sintabsoy, Chuyasoylarda aholi eng zich
yashaydi. Umuman Nurota tog’larida 90% aholi tog’ va tog’ oldi tekisligi o’rtasida
joylashgan.   Aholining   8-9%i   tog’   o’rtasidagi   botiqlarda   yashaydi   va   quduq
suvlaridan foydalanadi. 1% ga yaqini aholi bevosita tog’ yonbag’rlarida va yaylov
deb ataladigan tog’ tepalarida yashaydi (Raxmatullayev, 2000).
Nurota   tog’larida   aholi   soning   yildan   yilga   oshib   qishloqlar   yiriklashib
bormoqda.   Tog’lar   orlig’idagi   botiqlarda   artezian   quduqlar   ko’paymoqda   va   bir
qism   aholi   shu   quduqlar   atrofiga   ko’chib   ketmoqda.   Aholining   ko’payishi   bilan
xususiy mollar soni ham oshmoqda. Bu esa so’ssiz Nurota tog’lari tabiatiga salbiy
ta’sir   ko’rsatmoqda.   Tog’   oldi   qishloqlarga   yaqin   erlarda   mollar   soni   uzluksiz
boqilishidan tabiiy o’t qoplami kuchli o’zgargan. Ayniqsa yirik qishloqlar yaqinida
radiusi   1000-1500   metrlarga   qadar   juda   siyrak   butalargina   qolgan.   Son   sanoqsiz
molar izlari o’t bilan qoplangan joylarda 2-3 barobar katta joyni egallaydi. Radiusi
2000-4000 metr masofada ham mollar yurishidan hosil bo’lgan yalong’och yo’llar
turi   20-30%   maydonni   egallaydi.   Qishloqlarda   3000-4000   metr   masofada   yo’llar
ancha kam va ular umumiy may donning 10-15%ini tashkil etadi.
Ana   shunga   o’xshash   qo’y   qo’ralari   atroflarida   asosan   yalang’ochlanib
qolgan   joylar   bir   necha   gektar   joyni   tashkil   etadi.   Hududi   shuningdek,   yirik
qishloqlar   atroflarida   har   doimo   mol   haydaladigan   tomonlarda   yalang’ochlangan
erlar uzun oq yyo’lak ko’rinishida qishloqlar turli tomonga cho’zilgan va ulaming
maydoni ham bir necha gektami tashkil qiladi.
10 1.1.1-jadval
Nurota meteorologik stansiyada havo harorati ( 0
C) hisobida
Yil Oylar O’rtacha
yillik harorat 
I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII
20 15 -2,2 -7,7 6,5 13,6 20,1 26,3 30,1 29,0 18,9 13,0 7,3 -10,4 12,0
20 16 -0,4 5,7 5,3 16,6 21,1 27,2 28,6 24,8 20,6 11,8 4,6 2,6 14,0
20 17 3,5 3,4 2,8 13,6 21,8 25,3 27,9 25,7 21,6 13,1 3,3 3,3 13,8
20 1 8 5,5 4,5
8 , 3 12,2 20,8 25,0 26,6 27,4 19,6 8,5 8,4 5,3 14,4
20 1 9 1,7 1,1 7,6 16,2 18,2 27,5 28,9 25,0 19,5 12,2
10,9 6,7 14,0
2020 -2,0 -1,0 9,2 12,9 19,4 25,7 28,7 26,1
18,7 14,5 7,0 5,0 13,8
1,0 1,1 6,6 14,2 20,2 26,1 28,4 26,1 19,8 12,2 6,9 2,1 13,7
11 1.1.2-jadval
Havo harorati  (Nurota meteostansiyasi,  0
C) hisobida
Yil Oylar
I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
20 15
o’rtacha -2,2 -7,1 6,5 13,6 20,1 26,3 30,1 29,0 18,9 13,0 7,3 -10,4 -
abs.maks 15,3 8,5 20,6 30,9 40,4 41,1 41,7 41,5 32,9 32,0 22,6 3,2 41,7
abs.min -16,3 -22,3 -5,3 2,5 6,3 11,0 18,5 13,9 4,0 -0,2 -8,2 -24,0 -24,0
20 16
o’rtacha 0,4 5,7 5,3 16,8 21,1 27,2 28,6 24,8 20,2 11,8 4,6 2,6 -
abs.maks 14,4 23,7
24,4 35,1 36,7 40,2 42,6 37,8 34,1 33,6 23,0 25,1 42,6
abs.min -16,2 -6,8 -7,7 1,4 2,8 10,2 13,6 11,7 8,1 -6,0 -12,4 -12,1 -16,2
20 17
o’rtacha 3,5 3,4 2,8 13,6 21,8 25,3 27,9 25,7 21,6 13,1 3,3 3,3 -
abs.maks 18,4 23,7 18,0 27,5 36,6 37,7
40,8 41,1 35,2 32,0 27,2 18,1 41,1
abs.min -7,9 -7,2 -17,3 -16,4 6,3 12,6 14,3 13,3 7,1 12,8 -16,2 -14,2 -17,3
20 1 8
o’rtacha 5,5 4.5 8 , 3 12,2 20,8 25,0 26,6 27,4 19,6 8,5 8,4 5,3 -
12 abs.maks 20,6 21,8 21,0 29,2 36,0 39,6 39,4 39,5 38,7 28,3
27,0 25,0 39,5
abs.min -14,1 -10,0 0,7 -0,6 5,8 9,2 12,6 14,3 5,0 -10,4 -10,1 -9,8 -14,1
20 1 9
o’rtacha 1,7 1,1 7,6 16,2 18,2 27,5 28,9 25,0 19,5 12,2 106,9 6,7
abs.maks 15,4 19,0 19,0 24,6 34,9 36,4 42,3 41,5 37,4 27,8 30,7 21,1 42,3
abs.min -10,7 -10,5 -3,9 1,0 4,4 10,3 14,7 12,3 1,3 -2,1 -4,4 -6,1 10,7
2020
o’rtacha -2,0 -1,0 9,2 12,9 19,4 25,7 28,7 26,1 186,7 14,5 7,0 5,0
abs.maks 10,6 12,2 26,8 29,4 38,0 41,4 41,5 39,2 37,5 35,0 25,3 23,0 41,5
abs.min -21,1 -17,4 -6,6 -4,9 -2,6 13,5 18,0 11,4 2,0 -1,6 -7,1 -3,9 -21,1
O’rtacha
yillik 1,0 1,1 6,6 14,2 20,2 26,1 28,4 26,1 19,8 12,2 6,9 2,1 13,7
abs.maks 15,8 18,2 21,6 29,5 37,1 39,4 41,4 40,2 41,8 31,4 26,0 19,3 41,5
abs.min -14,4 -12,4 -6,6 0,3 3,8 11,1 15,3 12,8 4,6 -1,3 0,7 -11,7 -13,6
13 Tabiiy   o’simliklar   yo’qotilib   yalong’ochlanib   qolgan   bu   yerlarni
«sahrolanish o’choqlari» deyish mumkin.
Sahrolanish   o’choqlari   har   bir   qishloqlar   qo’y   va   mol   qo’ralari,   quduqlar,
tog’   kon   ishlab   chiqarish   atroflarida   mavjud.   Katta   qishloq   atroflarida   bir   necha
ming   qo’y   va   echkilar   hamda   yuzlab   qoramollar   boqiladi.   Masalan,   Nurota
botig’ida   Oqtog’ning   shimoliy   yonbag’ridagi   C h u y a   qishlog’ida   mingdan   ortiq
oila   yashaydi.   Har   bir   oilada   o’rtacha   10   ta   qo’y-yechki   va   ikkitadan   qoramol
bo’ l sa   ham,   shu   bitta   qishloq   atrofida   ham   har   kuni   10000   qo’y-yechki   va   2000
qoramollar   boqiladi.   Mollarning   bir   kun   davomida   qishloqdan   uzoqlashish
masofasi o’rtacha 3-4 km ni, yoz oylari esa 5-6 km, qish oylari 2-3 km ni tashkil
qiladi. Demak, qishloq atroflarida yaylovlarga mol boqishning eng katta yuki 2- 3
km radiusdagi joylarga to’g’ri keladi. Ana shu masofada qishloq yaqinlarida tabiiy
o’tlar butunlay yo’qotilgan. Qishloqdan uzoqlashgan sari ta’sir kuchi ham kamayib
boradi.
Tog’ yonbag’rlarida me’yordan ortiq mol boqish o’simlik qoplamiga jiddiy
ziyon   etkazmoqda.   Sahrolanish   tog’   yonbag’rlarida   tekislikka   nisbatan   tezroq
boradi.   C h u n k i ,   o’simlik   qoplamining   siyraklashishi   bilan   yonbag’rlarda
tuproqlaming   yuvilishi   kuchayadi.   Bu   esa   o’z   navbatida   o’simliklarning   yanada
kamayishiga olib keladi.
XIX   asr   oxirlarigacha   tog’   yonbag’rlarida   daraxt   va   butalar   qalin   o’sgan.
Hozirgi paytda bu tog’laming ikki joyida archa uchraydi. Birinchi Shimoliy Nurota
tizmasidagi Nurota tog’-o’rmon qo’riqxonasida, ikkinchisi - Oqtog’ning markazida
Sharilloqsoyning   suv   yig’gich   havzasida.   Shuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,
Oqtog’dagi   archalar   Pomir-Oly   tog’   sistemasining   eng   g’arbida   saqlanib   qolgan
archalardir. Bu haqda to’liq ma’lumotlar A.Raxmatullayev va T.Jumaboyevlaming
(1972)   maqolasida   batafsil   yozilgan.   Bu   archalarni   muhofaza   qilish   va   shu   joyda
qo’riqxona yoki zakaznik tashkil etish to’g’risida ko’p yozilgan.
Archalarni saqlab qolish uchun qo’riqxona tashkil qilishning juda katta ilmiy
va amaliy ahamiyati bor. Ilmiy ahamiyati shundaki, bu archalar bir vaqtlar Nurota
tog’larida   keng   tarqalganligini   bildiruvchi   belgi   hisoblanadi.   Ikkinchi   ilmiy
14 ahamiyati   -   quruq   va   issiq   iqlim   sharoitida   archalar   o’sishi   mumkinligini
isbotlovchi   dalildir.   Archalar   saqlanishining   amaliy   ahamiyati   Nurota   tog’larida
o’rmon   meliorativ   ishlarini   amalga   oshirishda   yordam   beradi.   Archadan   tashqari
Nurota  tog’larida  pista  ham  o’sadi,  lekin  bu qurg’oqchillika  chidamli  daraxt   ham
qirilib ketdi.
Aholining   ko’payishi   bilan   xususiy   mollar   soni   ham   ko’payib   bormoqda.
Hatto bir necha qo’y-echkilari bor fermerlar ham mavjud. Ular ham o’z podalarini
tog’   yaylovlariga   boqishadi.   Mollarning   uzluksiz   boqilishidan   tog’lardagi   tabiiy
o’tlar   ham   yildan-yilga   kamayib   siyraklashib   bormoqda.   Daraxt   butalarning
kamayishi,   o’t   qoplamining   siyraklashishidan   tuproqlar   yuvilishi   kuchaymoqda.
Bularning oqibatida buloq va soy suvlari kamayib qolgan.
Shuni aytib o’tish kerakki,  O ’ rta Osiyo tog’larining hozirgi o’rmon qoplami
juda  kam   bo’lib,  2,5%   dan  oshmaydi.   Nurota  tog’larining  o’simlik  qoplami  esa   -
0,75%  ni  tashkil  etadi. Nurota  tog’larining yuqori  qismi  tog’larida  (1700-1800 m
balandda)   asosan   o’rmon   hosil   qiluvchi   daraxt   bu   -   archa   (Turkiston   archasi,
Zarafshon   archasi   va   yoyilib   o’suvchi   turkman   archasi).   Qalin   archa   o’rmonlari
juda   kam   uchrab,   borish   va   chiqish   qiyin   joylarda   qolgan.   Past   va   o’rta
balandliklardagi   tog’larda   esa   bodom,   do’lana,   na’matak,   uchqat,   yovvoyi   murut,
tog’   olchasi,   klyon   va   boshqalar   o’sadi.   Hozir   bu   daraxtlar   va   butalar   ham   tog’
laming   odam   borishi   qiyin   bo’lgan   joylardagina   saqlanib   qolgan.   Zarafshon
havzasi   tog’larida   o’rmonlaming   juda   siyrakligi   va   ko’p   joylarda   umuman
yo’qligini   geobotaniklar   asrlar   davomida   kishilar   tomonidan   ulaming   ayovsiz
qirqib   kelganligi   deb   izohlaydi.   Masalan,   Nurota   tog’lari   tabiatini   chuqur
o’rgangan taniqli geobotanik Q.Z.Zokirov (1955) O’rta Osiyo tog’lari va tog’ oldi
adir   zonasi   bir   vaqtlar   qalin   daraxtlar   va   butazorlar   bilan   qoplangan,   deb   yozadi.
Bu   fikmi   Pomir   va   Tyanshan   tog’lari   tabiatini   yaxshi   o’rgangan   geobotanik
B.I.Zapryagayev   (1976)   ham   tasdiqlaydi.   Shuningdek,   juda   ko’pgina   tarixiy,
arxeologik va  boshqa  materiallar   ham  Nurota  tog’larining tog’li   qismida  qadimgi
o’rmon qoplamining juda keng tarqalganidan darak beradi.
15 1.1.3-jadval
Atmosfera yog’inlari (Nurota meteostansiyasida, mm hisobida )
Yil Oylar O’rta
cha
I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII
20 15 22,2 21,9 94,8 26,0 6,2 0,0 0,0 0,0 0,0 9,0 24,4 23,1 227,5
20 16 43,8 26,7 21,2 20,9 24,1 0, 0,0 0,0 0,0 7,6 0,0 53,9 198,2
20 17 17,4 25,2 35,7 29,0 3,8 0,0 0,6 0,0 1,4 10,4 17,0 66,9 212,8
20 1 8 14,7 5,6 14,6 49,6 3,2 0,0 21,5 0,0 3,9 12,6 10,1 12,3 176,1
20 1 9 46,3 32,8 55,8 53,7 35,8 7,2 0,0 0,0 13,5 4,2 7,9 46,5 303,7
2020 48,1 15,9 18,7 6,6 8,5 0,0 0,0 0,0 1,2 11,1 9,6 73,5
193,2
O’rta
cha 32,0 21,4 40,1 29,8 13,6 1,2 7,2 0,0 3,3 9,2 11,5 46,0
218,5
16 Tog’ yonbag’irlaridagi daraxt va butalar ko’p asrlar davomida mahalliy xalq
uchun qurilish va yoqilg’i materiallarining manbasi bo’lib kelgan. 
Keyinchalik   shaharlaming   bunyodga   kelishi   va   xo’jalikning   murakkab
shakllarining   paydo   bo’lishi   natijasida   yog’ochga   bo’lgan   talab   oshdi.   Ayniqsa,
talab mahalliy metallurgiya, temir va temirni qayta ishlash sanoatining rivojlanishi
bilan   yog’ochga   bo’lgan   talab   yanada   kuchaydi.   M.Ye.Massoning   (1947)   hisobi
bo’yicha, bir pud cho’yanni eritish uchun ikki pud yog’och ko’miri kerak bo’lgan.
O’rta asrlarda Zarafshon vodiysida Samarqand va Buxorodan tashqari o’ndan ortiq
shahar   va   yuzdan   ortiq   aholi   punktlari   bo’lgan.   Ma’lumki,   shahar   va   qishloqlar
aholisining   turmushi,   shuningdek,   har   xil   hunarmandchilik   zarurati   uchun   to’qay
o’rmonlari va tog’ o’rmonlaridan foydalanilgan.
O ’ rta Osiyo tog’ o’rmonlarini yo’q qilish o’rta asrlardan, ya’ni kon sanoati
(konchilik),   hunarmandchilik   rivojlangandan   boshlanadi.   O ’ sha   vaqtlarda   rangli
metallami   eritish   uchun   asosan   archadan   tayyorlangan   ko’mir   ishlatilar   edi.
Temirchilikda   ham   yog’och   ko’mirdan   foydalanish   yaqin   vaqtlargacha   davom
etgan   edi.   Tog’la r n i   o’rmonsizlashtirish   (o’rmon   qoplamini   yo’q   qilish)   jarayoni
XVIII-XIX asrlarda metallurgiya ishlab chiqarishda yangi turlaming paydo bo’lishi
bilan keskinlashdi. XIX asrning boshlariga kelib, Nurota tog’larida o’rmonlar faqat
soylaming   yuqori   qismlarida   saqlanib   qoldi.   Samarqand   va   Buxoro   uchun
yog’ochdan tayyorlangan ko’mir esa Zarafshonning yuqori qismidan kela boshladi.
Shunga   qaramasdan,   1841   yilda   Nurota   tog’larining   yuqori   qismida   bo’lgan
A.Leman,   bu   yerda   qalin   bodomzor   -   o’rmonlarning   hukm   surganligini   ta’kidlab
o’tadi.   Ammo   XX   asming   boshiga   kelib   bu   o’rmonlardan   faqat   ayrim   daraxtlar
qoladi.   Tog’   o’rmonlarini   yo’q   qilish   ayniqsa   1860-1890   yillarda   metallurgiya
ishlab   chiqarishning   sanoat   asosiga   -   kapitalistik   asosga   o’tishi   munosabati   bilan
faollashadi. Yog’och ko’mir tayyorlash uchun Nurota tog’laridagi va unga parallel
cho’zilgan   Pistalitov   tizmalaridagi   pistalar   va   bodomlar   Zarafshon   va   Turkiston
tog’laridagi archalar va aralash o’rmonlar to’liq yo’q qilib yuboriladi.
Bir   vaqtlar   yoppasiga   archa   o’rmonlari   bilan   qoplangan   Nurota   tog’larida
XX   asming   o’rtalariga   kelib,   1,5   ming.   gektar   o’rmonlar   qoldi.   Archala r n i   yo’q
17 qilinishi   keyin   ham   davom   etdi.   Faqatgina   1949   yildan   1974   yilgacha   711   ming
gektar maydonda archalar qirqib tashlandi. Shuni  ta’kidlab o’tish kerakki, Nurota
tog’lari   o’simlik   qoplamining   kuchli   o’zgarib   ketishiga   ta’sir   qilgan   omillardan
yana   biri   -   yaylov   sifatida   faol   foydalanishdir.   Yaylov   -   Nurota   tog’lari   tabiati
qiyofasini o’zgartirishdagi muhim omillardan biridir. Arid iqlim sharoitida tog’ va
tekislikning   yonma-yon   tutash   joylashishi,   noqulay   mavsumda   mollami   yaylovga
boqishda  tog’dan  tekislikka   yoki  tekislikdan   toqqa  ko’chib  yuruvchi  yaylovchilik
usullaridan   muvaffaqiyat   bilan   foydalanishga   imkon   beradi   va   juda   katta
miqdordagi   hayvonlami   saqlash   uchun   sharoit   yaratadi.   Yaqin   o’tmishlarda   juda
ko’p   miqdorda   mollami   yaylovda   boqish   hozirgiga   nisbatan   keng   ekologik
oqibatlarga ega bo’lgan.
Ko’p asrlar mobaynida inson xo’jaligi faoliyati ta’sirida Nurota tog’larining
o’simlik   qoplami   (o’rmonlari,   butazorlari   va   daryo   vodiysining   to’qayzorlari)
kuchli   o’zgarib   ketdi,   bu   esa   qator   ekologik   oqibatlarga   olib   keldi.   Eng   avvalo
qisqacha,   ortiq   darajada   yaylovchilikda   foydalanishning   ekologik   ta’sirini   ko’rib
o’taylik. Yaylovda haddan tashqari tartibsiz mol boqish tuproq-gruntning suv- fizik
xususiyatlarini keskin yomonlashtiradi. Tuproqning zichligi va chim gorizontining
buzilishi   natijasida   mol   boqiladigan   uchastkalarda   uning   suv   saqlash   hajmi   1,5-2
marta   pasayadi.   Shunga   muvofiq   tuproqning   suv   o’tkazuvchanligi,   filtratsion
(singdirish)   qobiliyati   kamayadi,   yuvilish   va   yer   usti   suv   oqimi   esa   2,7   martaga
ko’payadi.   Siyrak   archa   o’rmonlarida   yangi   unib   chiqqan   va   yosh   archa
novdalarini   mollar   tomonidan   yeb   qo’yilishi   tog’larda   archalaming   tiklanishini
qiyinlashtiradi.   Masalan,   Markaziy   Nurotada   endi   unib   chiqqan   archa
maysalarining   mollar   tomonidan   yeb   qo’yilishi   natijasida   yosh   archalar   butun
o’rmon   maydonining   7,1   %   ni,   yoshi   100   dan   ortiq   bo’lgan   daraxtlar   esa   butun
o’rmon qoplami maydonining 50   % dan ortig’ini egallaydi (Shevchenko, 1961).
Shunday qilib, tog’ yonbag’irlarida haddan tashqari mollarni boqish, tuproq
eroziyasining rivojlanib ketishi, nafaqat yaylovlaming yomonlashuviga,   balki tog’
yonbag’irlarining   yalang’ochlanib   qolishini   tezlashishga   olib   keldi.   Archa
o’rmonlarining degradatsiyalashuvi- yomonlashuvi hozirga qadar davom etmoqda.
18 1.1.4-jadval
Tuproqning mexanik tarkibi Nurota tog’ oldi zonasi (J.K.Qo’ng’irov, 2000)
Chuqurlik,
sm Tuproq fraksiyasi % hisobida
Tabiiy   loy,
mm Mexanik
tarkibi
bo’yicha
turponing
tarqalishiYirik
qumlar,
mm Mayda
qumlar,
mm Chang, mm Gil, mm
1-0625 0,25-0,05 0,05-0,01 0,01-0,005 0,005-0,001 0,001
0-28 37,0 37,0 11,7 3,3 3,4 7,6 14,3 Qumloq
28-62 41,9 32,9 12,0 2,9 3,9 6,4 13,2 Qumloq
62-102 22,5 39,0 17,1 5,0 6,9 9,5 21,4 Yengil   gilli
tuproq
102-230 81,1 12,9 0,7 0,3 0,7 4,3 5,1 G’ovak
qum
230-310 12,1 35,1 31,8 6,5 6,5 7,6 20,7 Yengil   gilli
tuproq
19 Shuni   aytish   kerakki,   yaylovda   juda   ko’p   mol   boqish   o’tloq   cho’l
o’simliklarining   mollar   yemaydigan   begona   o’tlar   ko’payib   ketishiga   ham   olib
keldi.  Masalan,  Nurota,  Molguzor  tog’larida  mol  yemaydigan   flomus,  qo’ziquloq
ko’payib ketgan. Yaylovlaming hosildorligi tushib borayapti. Shimoliy Nurota tog’
yaylovlarining 30-40   % da begona o’tlar tarqalgan va yaylovlaming hosildorligi 2-
2,5 marta kamaygan. Bu jarayonlar Zarafshon havzasi uchun ham xosdir. Errozion
jarayonlar   ko’p   yillik   o’simliklaming   tiklanishiga   to’siqlik   qiladi,   lekin   shu   bilan
birga   ular   bir   yillik   o’simliklar   efemer   va   efemeroidlaming   holatini   kuchaytiradi.
Shunday qilib, eroziya tog’larda tog’ kserofitlarining tarqalishiga, tekisliklarda esa
efemer   va   efemeroidlaming   tarqalishiga   imkon   berib,   landshaftlaming   mavsumiy
qiyofasidagi xususiyatlami kuchaytiradi.
  Nurota   tog’laridagi   hozirgi   o’rmon   qoplamining   eng   muhim
xususiyatlaridan   biri   -   uning   juda   siyrakligidir.   Shuning   uchun   hozirgi   vaqtda
tabiiy o’rmonlar, suv saqlash va tuproqni himoya qilish rolini to’liq bajaraolmaydi,
natijada tog’larda errozion jarayonlar uchraydi, tez-tez suv toshqini va sel oqimlari
tashkil   topishi   hollari   tezlashadi.   Lekin   shuni   aytish   kerakki,   O’rta   Osiyoning
noyob   tog’   o’rmonlari   (ayniqsa   igna   bargli)   suv   saqlovchi,   himoya   qiluvchi
vazifani bajargan. Bunga birinchi bo’lib, A.F.Middendorf (1892) e’tibor berib, tog’
va   archa   o’rmonlarini   oqilona   muhofaza   qilishga   chaqirgan   edi.   Igna   bargli
o’rmonlaming   yo’q   qilinib   yuborilishi   yoki   ulaming   siyraklanishi   tog’larda
qorlaming   erish   jarayonini   tezlashtiradi,   bu   esa   eroziyaning   jadallashishiga,
daryolar   suv   oqimining   o’tish   davriga   ta’sir   etmasdan   qolmaydi.   Daryolar   suv
oqimi davrining qisqarishi  esa, bahorgi  suv toshqinining va daryolar  suv toshqini
xavfini   keskin   ko’taradi.   Natijada   keyingi   vaqtlarda   daryolaming   vodiylarida   suv
toshqinlarining tezlashish tendensiyasi (yo’nalishi) kuzatilmoqda.
Hozirgi   vaqtda   Nurota   tog’larining   baland   tog’laridagina   uchraydigan
archalar,   o’tgan   asrlarda   o’rtacha   balandlikdagi   Nurota   tog’larida   ham   qalin
o’sgan.   Bu   tog’laming   borish   qiyin   bo’lgan   joylarida   hozir   saqlanib   qolgan
archalar bundan dalolat beradi. Shunday joylardan biri Oqtog’ (Nurota tizmasining
g’arbiy chekka qismidagi tog’ mass i v i )   t i z m a s i n i n g   g ’ a r b i d a   1 5 0 0 - 1600 metr
balandlikdagi   Takalisoyning   boshlanishida   saqlanib   qolgan   archalardir.   Bu
20 archalaming borligini eshitib 1969 yilda birinchi marta o’rgangan olimlar, bu yerda
500   donadan   ortiq   archalar   borligini   sanagan.   Bu   archazorlar   Nurota   tizmasining
eng   g’arbiy   chekkasi   bo’lib,   Qizilqum   sahrosining   ta’siri   doimo   sezilib   turadi.
Nurota va Zarafshon tizmasining g’arbiy chekka qismidagi tog’laming (Qoratepa,
Zirabuloq)  iqlim  xususiyatlari  ana shu  archa  o’sib  turgan Oqtog’  sharoitidan farq
qilmaydi.
Tog’larda qishloqlar, katta sersuv soylar bo’yida qo’ralar, quduqlar atrofida
sahorolanish   o’choqlari   hosil   bo’lgan   bo’Isa   shu   o’choqlar   chqinida   yarim
sahrolangan  joylar   maydoni   ham   yildan-yilga   kengaymoqda.   Y a r i m   sahrolangan
joylarda   daraxt   va   butalar   mutlaqo   qirqilgan,   mollar   yuradigan   izlar   15-20   %   ni
tashkil   qiladi   va   tuproqlar   yuvilgan.   O’t   qoplami   siyraklashgan   va   tabiiy   o’tlar
o’miga   mollar   emaydigan   begona   o’tlar   ko’paygan.   Hozirgi   paytda   Nurota
tog’larini   sahrolangan   maydonlar   umumiy   hududning   10-15%   ini   tashkil   qilgan
bo’lsa,   yarim   sahrolangan   joylar   40-50   %   ni   egallaydi.   Tog’   hududlari   tabiiy
resurslardan foydalanish shu tariqa davom etsa, yana 15-20 yilda tog’laming 50%
ga yaqini sahrolangan joylarga aylanish xavfi bor (Raxmatulayev, 2000).
Tog’lar   havo   massalarini   to’sib,   ularni   tarkibidagi   namlikni   to’playdigan
asosiy hudud hisoblanadi. Bu namlikning bir qismi buloqlar ko’rinishida er yuziga
chiqsa,   asosiy   qismi   tekislik   yer   osti   suvini   to’ldirib   turadi.   Tog’larda   darraxtlar
qancha ko’p bo’lib, o’t  qoplai qalin bo’lsa, yer  osti  suvi ham  shuncha ko’payadi.
S h u n i n g   uchun ham tog’ landshaftlari tabiiy resurslaridan to’g’ri   foydalanish va
tabiatni   muhofaza   qilish   hozirgi   davming   dolzarb   ekologik   mummolaridan
hisoblanadi.
  Nurota   tog’   oldi   tekislik     uchun   eng   muhim   geoyekologik   muammosi,   bu
tekislik   shimoliy   qismining   Aydar   ko’l   sohasining   ko’tarilishi   natijasida
tuproqlaming sho’rlanish jarayoning kengayishi hozirgi vaqtda shimoliy qismidagi
sho’rxoklar   maydoni   kengayib   yaylov   o’simliklari   o’miga   sho’ra   tipidagi
o’simliklar ko’payib bormoqda.
Tabiiy   o’simliklar   yo’qotilib   yalong’ochlanib   qolgan   bu   yerlami
«sahrolanish o’choqlari» deyish mumkin.
«Cho’llanish» jarayonini sekinlashtirish maqsadida quyidagi sora- tadbirlami
21 amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz:
Yaylovlar   sifatini   yaxshilash   maqsadida   shuvoq,   iris   kabi   va   ko’p   yillik
o’simliklarni ekish;
Yaylovlar   hosildorligidan,   u   erda   foydalanuvchi   mollar   sonini   oshib
ketishiga   yo’l   qo’ymaslik   maqsadida   keompleks   geografik   qidiruv   o’tkazish,
yaylovlardan qat’iy javal asosida foydalanish;
1.1-rasm. 
Sug’oriladigan   yaylovlar   vujudga   keltirish,   yaylovlami   organik   va   mineral
o’g’itlar bilan o’g’itlash masalasini hal qilish;
Tog’laming   yuqori   qismida   daraxtlar   va   butalar,   archa,   pista,   tok,   olma
daraxtlarini   ekish   orqal   nisbiy   namlikni   amalga   oshirish   hamda   yaylovlar
hosildorligini ko’tarishga erishish;
Tog’ etaklaridagi tekisliklarda ixota daraxtzorlari mayonlarini kengaytirish.
Kuzatishlarimiz   natijasida   korakulchiliki   ilmiy   tekshirish   instituti   tomonidan
ekilgan ixota daraxtlari 15 yil davomida tuman territoriyasida temperaturani 1 0
  ga
pasaytirib,   nisbiy   namlikni   20   %   ga   oshirgan.   Bu   tartibda   keng   tadbiq   etilsa,
tog’likning barcha joylaridagi yaylovlarda hosildorlikni ma’lum miqdorda oshirish
tabiiydir.
22 1 . 2.  Tajriba o’tkaziladigan joyning tabiiy sharoitlari .  
1.2.a   Iqlim   sharoiti.   Qizilqum   cho’lining   shimoliy   va   shimoliy   g’arb
tomondan   tutashganligi   sababli,   shuningdek,   suv   xavzalarining   juda   uzoqligi,
doimiy   oqar   daryolarning   yo’qligi,   xudud   iqlimining   keskin   kontinental   va
qurg’oqchilligini keltirib chiqargan. Iqlimning ko’p yillik o’rtacha harorati 13,8 0  
C
bo’lib, bu harorat yillar davomida juda o’zgaruvchan xususiyatga ega.
Absolyut maksimum   h arorat to 46,7 0
C gacha va absolyut  minimum   h arorat
past-24 0
C gacha  q ayd etilgan.  H avoning o’rtacha ko’p yillik nisbiy namligi 35,4%,
shamollarning   esishi   asosan   shimol   tarafdan.   Yog’ingarchilikning   k o’ p   yillik
o’rtacha miqdori   83,2   mm ni tashkil qiladi .   Bu miqdor ham iqlim ko’rsatgichlari
bo’yicha   o’zgarib   turadi.   Vohada   o’rtacha   ko’p   yillik   yog’in   miqdori   37,8   mm
gacha   bo’lganli   ruyxatga   olingan.   Yildagi   yog’ingarchilik   miqdorining   asosiy
qismi qish va bahor fasllarida yog’adi.   eng sovuq oy-qish faslining yanvar oyida
kuzatilib,   bu   oyning   o’rtacha   harorati   1,2 0
C   atrofida,   yanvar   oyida   -21 0
C   sovuq
harorat   qayd   etilgan.   Eng   yuqori   o’rtacha   oylik   harorat   iyul   oyida   (+28,4 0
C)
kuzatiladi. Bu oyda havo harorati maksimum daraja +46,7 0
C  gacha ko’tarilgan.   
Yog’ingarchilik   kech   kuz,   asosan   oktyabr   oylaridan   boshlanib,   kelgusi   yil
may   oyining   o’rtalarigacha   qiska-qiska   muddatli   xolda   davom   etadi.
Yog’ingarchilik   mo’l   bo’lgan   oylar   dekabr-aprel   oylari   oralig’i     hisoblanadi.
Shuning uchun ham Nurota vohasi iqlimi, sayyoramiz iqlimi kelib chiqishi tasnifi
buyicha   Osiyo   qit’asining   kontinental,   quruq   subtropik   iqlim   mintaqasiga
kiritilgan. Qayd qilganimizdek, iqlim xususiyatlarini tarkib topishini asosan Nurota
tog’ tizmasining geografik joylashishi va shimoldagi Qizilqum cho’li belgilaydi.
23 1. 2.1 -jadval 
Nurota adirlaridagi havo harorati ko’rsatgichlari
(Nurota meteorologik stansiyasining ma’lumotlari )
Yillar Oylar
I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII
20 11 Abs.mak
s 19,0 20,2 24,8 33,9 35,6 39,5 41,4 41,4 34,1 33,8 25,5 24,1
Abs.min -19,6 -18,0 -8,6 1,3 7,5 11,0 16,1 12,4 7,6 0,4 -1,8 -6,2
20 12 Abs.mak
s 19,8 17,2 25,8 30,0 33,0 38,2 43,6 38,1 37,8 23,5 29,9 22,2
Abs.min -0,1 -13,1 -3,9 -0,8 -8,0 8,7 15,4 14,7 5,2 -1,0 -7,7 -9,3
20 13 Abs.mak
s 16,5 17,0 22,7 31,5 36,7 37,8 38,6 42,7 33,5 28,5 23,5 14,8
Abs.min -16,4 -17,7 -5,1 -1,9 -5,7 10,2 13,3 10,6 3,6 -6,5 -8,5 -19,1
20 14 Abs.mak
s 19,0 20,1 24,1 29,4 39,0 40,3 46,7 40,4 36,0 30,6 29,4 21,1
Abs.min -18,0 -7,4 -7,1 2,4 6,9 5,8 15,4 15,6 5,6 -1,9 8,1 -15,2
20 15 Abs.mak
s 15,3 8,5 20,6 30,9 40,4 41,1 41,7 41,5 32,9 32,0 22,6 3,2
Abs.min -16,3 -22,3 -5,3 2,5 6,3 11,0 18,5 13,9 4,0 -0,2 -8,2 -24,3
24 201 6 Abs.mak
s 14,4 23,7 24,4 35,1 36,7 40,2 42,6 37,1 34,1 33,6 23,0 25,1
Abs.min -16,2 -6,8 -7,7 1,4 2,8 10,2 14,6 11,7 8,6 -6,0 -12,4 -12,1
201 7 Abs.mak
s 18,4 23,7 18,1 27,5 36,6 37,5 40,8 41,1 35,2 32,0 27,2 18,1
Abs.min -7,4 -7,2 -17,8 -1,4 6,3 12,6 14,3 13,3 7,1 -10,6 -16,2 -14,2
201 8 Abs.mak
s 20,6 21,8 21,0 29,2 36,0 39,6 39,4 38,4 28,3 27,0 27,0 25,0
Abs.min -14,1 -10,0 0,7 -0,6 5,8 9,2 12,6 14,3 5,0 -10,4 -10,1 9,8
201 9 Abs.mak
s 15,4 19,0 19,0 24,6 34,4 36,4 42,3 41,5 37,4 27,8 30,7 21,1
Abs.min -10,7 -10,5 -3,9 1,0 4,9 10,3 14,7 12,3 1,3 -2,1 -4,4 -6,1
20 20 Abs.mak
s 10,6 12,2 26,8 29,4 38,0 41,4 41,5 39,2 37,5 35,0 25,0 23,0
Abs.min -21,1 -17,4 -6,0 -4,9 -2,6 13,5 18,0 11,4 2,0 -1,6 -7,1 -3,9
o’rtach
a10
yilda Abs.mak
s 16,9 18,4 23,3 31,3 36,4 39,8 41,8 39,9 35,7 30,6 26,4 19,8
Abs.min -14,9 -13,0 -6,4 -1,0 3,7 10,8 15,2 13,0 3,0 3,2 -8,5 4,9
25 1.2.2- j adval
Tadqiqotlar bajarilgan yillardagi  oylik va yillik yog’ingarchilik miqdori, mm.
(Nurota meteorologik stansiyasi) ma’lumotlari
Y illar Oylar Yillik
I II III IV V VI VII VIII IX X XI XII
2011 44,2 36,9 66,8 36,8 14,6 0,7 0,0 0,0 1,6 33,6 16,6 26,1 299,1
2012 27,9 30,3 70,9 44,7 70,8 0,0 31,6 1,2 1,0 0,7 21,6 17,1 307,8
2013 36,8 48,1 30,7 1,4 17,3 15,0 28,0 0,0 10,3 28,0 50,1 17,2 282,9
2014 43,6 6,5 48,3 18,3 10,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 19,9 21,4 168,0
2015 22,1 21,9 94,8 26,0 6,2 0,0 0,0 0,0 0,0 9,0 24,4 23,1 227,5
2016 43,8 26,7 21,2 20,9 24,1 0,0 0,0 0,0 0,0 4,6 0,0 53,9 198,2
2017 17,4 25,2 35,7 29,0 3,8 0,0 0,6 0,0 1,4 10,7 17,0 66,9 212,8
2018 14,7 5,6 14,6 49,6 3,2 0,0 21,5 0,0 3,9 12,6 10,1 12,3 176,1
2019 46,3 32,8 55,8 53,7 35,8 7,2 0,0 0,0 13,5 4,2 7,9 45,5 303,7
2020 48,1 15,9 18,7 6,6 8,5 0,0 0,0 0,0 1,2 11,2 9,6 73,5 193,2
o’rtacha   34,5 24,9 58,6 28,7 19,4 2,3 7,7 0,1 3,3 13,7 17,7 35,2 236,2
26 1.2.3- j adval 
Tadqiqotlar bajarilgan yillardagi  havo harorati  0 
C
(Nurota meteorologik stansiyasi) ma’lumotlari.Y
illa	
r
Oylar	
2010
I II III IV V VI YII VIII IX X XI XII
O’ rtacha 2,5 1,6 7,7 18,8 22,1 26,1 28,9 27,4 20,7 10,9 5,0 4,1
Abs.maks
. 19,2 20,0 32,2 34 1 38,0 42,6 39,6 40,4 36,4 29,2 20,1
Abs.min -8,7 -15,6 -6,3 5,1 5,8 11,4 15,0 14,2 4,5 -1,0 -9,1 -5,2
2015
o’rtacha -2,2 3,8 10,3 17,3 25,3 28,1 27,3 26,0 19,6 9,4 5,2 3,7
Abs.maks 16,1 20,6 27,1 32,6 40,4 43,5 33,4 39,1 34,9 29,1 19,6 21,2
Abs.min -
22,7 -14,6 -3,0 -2,2 9,6 4,9 16,1 14,8 5,7 -1,2 -7,9 4,8
20020
O’ rtacha 4,2 5,7 11,5 13,7 18,9 25,2 27,7 27,1 20,7 11,8 7,3 2,6
Abs.maks
. 22,6 22,2 30,2 29,7 36,5 40,1 43,2 43,4 36,5 33,6 23,0 20,1
Abs.min -5,5 -8,5 -4,4 3,8 5,0 11,6 14,3 14,1 7,0 -2,3 -3,3 -5,2
27 Tadqiqotlar   bajarilgan   yillardagi   iqlim   xususiyatlari.   Ilmiy   tadqiqotlarni
bajargan   yillaridagi   iqlim   ko’rsatgichlari   ko’p   yillik   o’rtacha   miqdor
ko’rsatgichlaridan   ancha   farq   qildi.   Bu   farq   havo   harorati   ma’lumotlarida   unchalik
sezilmadi.   Lekin,   adirlarning   asosiy   tabiiy   resursi   bo’lgan   o’simliklar   qoplamidagi
rivojlanish rejimini dastlab sernam hisoblangan bahor mavsumida yoq kuzatib, cho’l
halqi, yilning quruq kelishini  cho’l  halqi  o’z vaqtida ta’kidlashi  juda muhim  bo’ldi.
2000   yilning   metrologik   ma’lumotlari   bu   bashoratni   to’liq   tasdiqladi.   Shu   yilda
adirlarda 174,2 mm yog’in tushdi.
Bu   esa   o’rtacha   ko’p   yillik   ko’rsatgichdan   62,00   mm   kamdir.   Bahorgi   barra
o’tlar   dastlab   yaxshi   rivojlansada,   may   oyining   o’rtalarida   sarg’ayib   qoldi.   Dag’al
poyali o’simliklari  rivojlanishi o’rtacha bo’ldi.
Navbatdagi   2015   yil   oldingi   yilga   nisbatan   ham   quruq   keldi.   Bu   yilda   yillik
yog’ingarchilik   miqdori   88,2   mm   bo’lib,   bu   ko’rsatgich   ko’p   yillik   o’rtacha
miqdordan   148,0   mm   kam.     Adirlardagi   haqiqiy   qurg’oqchil   yilning   aynan   o’zi
bo’ldi.   Bunday   holat   dissertatsiya   boryo’g’i   ishimizning   mohiyati   nechog’lik
dolzarbligini   ko’rsatdi   va   bizni   tabiat   ham   qo’llab-quvvatladi.   Asosiy   o’simlik
qoplamini   hosil   qiluvchi   efemer   va   efemeroidlar   odatdagi   holat   bo’yicha     mart
oyidagi yog’indan keyin (62,1 mm) yaxshi rivojlanishi kerak edi. 
Lekin   bu   vaqtda   havoning   o’rtacha   harorati   10,3 0  
S   dan   ko’tarilmadi   o’simliklarni
yaxshi   o’sib,   rivojlanishiga   qulay   bo’lmadi.   Natijada   bahorgi   barra   o’tlar   aprel
oyidayoq (harorat o’rtacha -17,3 0 
S, yog’in + 1,7 mm) qavjirab qoldi. Bu yilning qish
oylarida ham yog’in yog’madi.
Adirlar tabiiy sharoitida serhosil deyiladigan yil 2002 yilda kuzatildi. Bu yilda
yog’ingarchilik   miqdori   283,5   mm   ni   tashkil   qildi.   Tabiiyki,   adir   yaylovlaridagi
barcha tur o’simliklar juda yaxshi rivojlandi va cho’l sharoitida yuqori pichan hosilini
berdi.  
28 1. 2.4 -Jadval
Tadqiqotlar bajarilgan yillardagi yog’ingarchilik miqdori, mm (Nurota meteorologik stansiyasi )
Yillar Oylar Yillik
I II III IV V VI YII VIII IX X XI XII
2010 31,2 32,7 18,1 10,1 - 2,4 - - 10,1 6,1 20,4 43,1 174,2
2015 14,5 9,9 62,1 1,7 - - - - - - - - 88,2
2020 36,5 51,9 52,8 121,8 16,4 3,9 1,1 - - - - - 283,5
29 1.2. b .  Tuproq sharoiti va o’simlik turlari bilan qoplanishi
Tuproq   sharoiti   Nurota   adirlarining   tuproqlarini   ko’plab   tadqiqotchilar
o’rganishgan   [Kimberg,   1942;   Gorbunov,   1941;   Babaxadjayev   1963:]   Ma’zkur
xududning   adir,   tog’   va   cho’l   maydonlarida   asosan   qo’yidagi   tuproqlar
rivojlangan:
1)  cho’lning avtomorf bo’z-ko’ng’ir va qumloq tuproqlari;
2) cho’lning gidromorf sho’rxok tuproqlari;
3) bo’z mintaqasining avtomorf-och bo’z va tipik bo’z tuproqlari;
4) o’rtacha balandlikdagi tog’larning jigarrang tuproqlari;
Shuningdek, suvli soylarda qisman o’tloqli tuproqlar ham uchraydi. Qayd qilingan
tuproqlar   turlari   genetik   kelib   chiqishi   buyicha   asosan   qo’ng’ir   va   bo’z
tuproqlardir.
Biz tadqiqotlarimiz bajarilgan joyga mansub bo’lgan, adirlar xududida ko’p
tarqalgan och bo’z tuproqlarga tavsif beramiz. Och bo’z tuproqlarni hosil qiluvchi
genetik jinslar mayda zarrali soz va mustaxkam  tarkibli yotqiziqlardan iborat. Bu
tuproqlarda   cho’lning   asosiy   ozuqasi   bo’lgan   shuvoq,   efemerli,   efemeroidli
o’simliklar o’stivor turlardir. 
Bu   polosa   tog’   adirlaridagi   tekisliklargacha   cho’zilgan   bo’lib   tuproqlari
tarkibida   gumus   miqdori   1-1,5%,   azot-0,05-0,09%.   Tuproq   gorizontida   eng   ko’p
karbonatlar   to’plangan   (oxak,   bo’r   h isobida   -   to   205   gacha)   bo’lib,   asosan   20-30
sm   dan   to   60-80   sm   chuqurlikda   joylashgan,   keyingi   gorizont   gipsli   tuproqlarni
tashkil qiladi.
Ilmiy tadqiqot tajribalari O’zbekiston qorako’lchilik va cho’llar ekologiyasi
ilmiy-tadqiqot   institutining   tajriba   dalasi   chegaralarida   o’tkazilganligi   bois   biz
tuproqlarning   fizikaviy,   ximiyaviy   va   mexanik   tarkibini   X.R.Xalilov   va
J.K.Qo’ng’irovlarning (2000) ma’lumotlari asosida keltiramiz.
I-II   Kesim. Tajriba   dalasining   janubiy   -   g’arbiy   qismi,   erostisuvlari   30-40
mchuqurlikdabo’lib,   tuproq   hosilbo’lishjarayonigata’sir   qilmaydi.   Kesim
«O’zbekiston»   shirkatxo’jaligining   «Ko’ktepa»   qishlog’idan   3   km   shimolroqda
joylashgan.   Relyefi   -   tog’   oldi   tekisliklari.   O’simliklari   yer   haydalgandan   keyin
30 atrof   yaylovlardagi   tabiiy   o’simliklari   urug’idan,   unib   chiqgan   asosan   bir   yillik
siyrak  har xil turlar. Shuvoqning 1-2 yillik yosh tuplari juda siyrak o’smoqda (2-4
m 2
da   1-2   dona).   Ikkinchi   kesimni   o’rganishda   tuproqning   qo’yidagi   morfologik
tuzilishga ega ekanligi aniqlandi.
a) 0-28 sm-haydalma qatlam, och bo’z to’sli, engil qumok tarkibli, kesaklari
changsimon, g’ovak. O’simliklar ildizlarining qoldiqlari mo’l.
b)   28-62   sm-Och   bo’z   to’sli,   biroz   namroq,   kesaklari   changsimon   engil
qumli,   zichlashganroq,   karbonatli   birikmalar   va   xashoratlarning   ko’plab   yo’llari
aniq ko’rinishga ega.
v)   62-102   sm-Och   bo’z   to’sli,   namlanganroq,   zich   qumoq,   engilroq,
karbonatli   birikmalar   ancha   ko’p,   kemiruvchilarning   yullari   va   o’simliklarning
ildizlari uchraydi.
g)  102-230  sm-   Och  bo’z  tusli,  namlangan   qum,  mayda   shag’allar   va  yirik
qumokli kesaklar uchraydi.
d) 230-320 sm- Sariqroq bo’z qatlam asosan qumalok, 230-310 sm li qatlam
esa g’ovak qumdan iborat.
Kesimdagi gorizantlarning mexanik tarkibini o’rganish natijalari   ( 12- jadval)
da keltiriladi.
9-jadval ma’lumotlarining tahlilidan ma’lum bo’ldiki, tuproq tarkibida yirik
va   mayda   qumlar   (81,1%   gacha)   ko’p,   yirik   zarra   aralash   loyqa   0,7-6,8%   ni,
loyqasimon   zarralar   –4,3-9,5%   ni   tashkil   kiladi.   O’rganilgan   kesimdagi
qatlamlarning   kimyoviy   tarkibini   o’rganish   esa   tuproqning   yuza   qismi
sho’rlanganligini ko’rsatdi. To’rtinchi (102-230 sm li) qatlamdan tuproq tarkibida
tuzlarning   bir   muncha   ortishi   (0,426%)   aniqlandi.   Keyingi   qatlamda   tuzlarning
keskin   kamayishi   (0,104%)   kuzatildi.   Qayd   qilingan   ma’lumotlar   kesimdagi
«tarkibiy   qismlar   yig’indisi»   va   «qattiq   qoldiq   va   yig’indi   orasidagi   farq»   ni
ko’rsatuvchi grafa natijalariga o’xshash, aynan mos keladi.
31 1.2.5- jadval.
Nurota tajriba dalasi tuprog’ining mexanik tarkibi
(Xalilov, Kung’irov 2000)
Qatlam
ning
chuqurli
gi, sm Tuproqning tarkibi Fizik
gil,
mm Mexanik
tarkibi
buyicha
nomlani
shiYirik 
qum,
mm Mayda
qum,
mm Chang, mm Loyqa
, mm
1-0,25 0,25-
0,05 0,05-
0,01 0,01-
0,005 0,005-
0,000 0,001
0-28 37,0 37,0 11,7 3,3 3,4 7,6 14,3 Qumok
28-62 41,9 32,9 12,0 2,9 3,9 6,4 13,2 Qumok
62-102 22,5 39,0 17,1 5,0 6,9 9,5 21,4 Qumok
102-230 81,1 12,9 0,7 0,3 0,7 4,3 5,1 Qumlok
230-320 12,1 36,1 31,8 6,6 6,8 7,6 20,7 Qumli
Cho’l sharoiti dehqonchiligida tuproqning unumdorligini aniq bilish muhim
axamiyatga   ega.   Shu   sababli   kesim   gorizontlaridagi   gumus   miqdorini   o’rganish
maqsadida   tajribalar   asosida   qo’yidagi   natijalar   olindi.   (13-jadval).   Keltirilgan
jadval   ma’lumotlari   bo’yicha   tuproqning   yuza   qismidagi   gumu s   miqdori   boshqa
qatlamlarga   nisbatan   ancha   yuqori   (0,80%).   Navbatdagi   gorizontlarda   gumus
miqdori   ancha   pasayib   boradi,   ya’ni   28-102   sm   li   0,40%   bo’lsa   keyingilarida
qatlamlar kelishiga mos ravishda 0,21-0,35% atrofida.
32 1.2.6- jadval 
Nurota tajriba dalasi tuproqlarining kimyoviy tarkibi, % mg-yekv. 
(Xalilov, Ko’ng’irov, 2000 )Q
atlam
ning	
chuqurligi,  sm	
Q
attiq qoldiq%
Anionlar
Tarkibiy
qismlar
yig’indisi Qattiq
qoldiq
va   yig’indi
orasidagi
farq.HCO
3 CO
2 SO
4
0-28 0,160 0,069
1,13 0,008
0,22 0,046
0,95 0,123
0,037
28-62 0,130 0,043
0,71 0,006
0,17 0,042
0,87 0,091
0,039
62-102 0,088 0,038
0,52 0,007
0,20 0,030
0,62 0,075
0,013
102-230 0,426 0,015
0,25 0,091
2,57 0,302
6,62 0,408
0,018
230-310 0,104 0,032
0,052 0,021
0,44 0,027
0,56 0,080
0,028
33 1.2.7-jadval
Nurota ajriba dalasi tuproqlari tarkibidagi asosiy mineral
moddalar miqdori.
Qatlamning
chuqurligi,
sm Chirindi,
% Yalpi, %  minerallar, % Harakatdagi,
mg/kg
NO
2 P
2 O
5 K
2 O P
2  O
5 K
2 O
5
0-28 0,80 0,061 0,070 1,70 12,0 206,0
28-62 0,40 0,029 0,060 1,60 10,5 220,0
62-102 0,40 0,030 0,040 ani q lanmadi 8,4 48,0
102-230 0,35 0,021 0,070 ani q lanmadi 3,5 48,0
230-3 2 0 0,21 0,017 0,075 ani q lanmadi 3,5 60,0
Nurota adirlarida bo’z tuproqlarning yuza qismidagi gumus miqdori 1% dan
oshmaganligini A.Raxmatullayev ham aniqlagan (2012).
Xuddi   shuningdek,   tuproqdagi   azot   miqdori   ham   yuza   qatlamda   ko’proq
(0,061   %),   keyingi   qatlamlarda   0,017-0,021%.   Tuproq   qatlamlaridagi
o’zlashtiriladigan fosfor miqdori 0,040-0,075 % ni, umumiy kaliy miqdori 1,6-1,7
%   ekan.   Engil   o’zlashtiriladigan   kaliy   va   fosfor   tuproqning   yuzasida   (0-62   sm)
nisbatan   ko’proq   (10,5-12,0   va   206,9-220   mg/kg),   pastki   qatlamlarda   kamayib
boradi (11,37-60,0 mg/kg).
Tuproqning   qayd   qilingan   natijalaridan   ma’lum   bo’ladiki   Nurota   tajriba
dalasining   tuproqlari   adir   mintaqasi   iqlimiga   xos,   yuza   qismi   sho’rlangan,   yaxshi
mexanik   tarkibli,   chirindi   va   boshqa   mineral   moddalar   miqdori   jihatdan   esa
sezilarli darajada kambag’al. 
Nurota adirlari tabiiy ekologik jihatdan 3 xil cho’l tiplariga bo’linadi; gipsli,
qumli va sho’rxok.
34 Gipsli   cho’l.   Nurota   tog’   tizmalarining   g’arbi   va   shimoliy   g’arbida
joylashgan.   Tuproqlari   bo’z-ko’ng’ir   bo’lgan   bu   xududlarni   shuvoq-barra   o’tli
yaylovlar tipi egallagan.
Qumli   cho’l.     Asosan   Qizilqumning   janubiy   chegaralari   kiradi.   Tuproqlari
qumoq   bo’lgan   bu   xududlar   relyefi-kuchsiz   mahkamlangan   qator   tepali
qumtepalardan   iborat.   Qumli   cho’l   yaylovlari   buta-barra   o’tli   yaylovlar   tipiga
kiradi.
Sho’rxok cho’llar.   Nurota regionidagi Haydarko’l, Jalpak sho’r va Tuzkon
sho’rxoklari   atrofini   va   yog’ingarchilik   suvi   tuyinadigan   soylarda   uchraydi.   Bu
sho’rxokliklar yaqinida sho’rga chidamli sho’ra o’tli o’simliklar yaxshi o’sadi. 
Nurota adirlarining tabiiy o’simlik qoplami muhim xo’jalik ahamiyatiga ega
bo’lib,   bu   o’simlik   qoplami   yaylov   sifatida   yil   davomida   foydalanilmokda.
Respublikamizning   barcha   arid   mintaqasidagi   yaylovlar   kabi,   mazkur
yaylovlarning   hosildorilgi   ancha   past.   Bu   hosildorlik   ham   ob-havoning   kelishiga
bog’liq.
Mazkur   bob   materiallarida   ham   qayd   qilindiki,   tajribalar   o’tkazilgan   3
yilning   1-yili   qurg’oqchil,   2-   yili   o’ta   qurg’oqchil   noqulay   keldi.   Ketma–ket
keladigan bunday yillarda cho’l chorvasi nihoyatda qiyin holatga tushib qolayapti,
qish   mavsumida   katta   chiqimlar   bo’layapti.   Bu   holatda   erkin   bozor   iqtisodi
islohatlari   tufayli   cho’l   chorvasini   rivojlantirishga   qat’iy   kirishgan,   tashabbuskor
fermer xo’jaliklari iqtisodiy zarar ko’rayapti. 
Qayd   qilingan   fikrlar   asosida   shunday   xulosa   qilish   mumkinki,   mazkur
xududlardagi   cho’l   chorva   mollari,   xususan   qorako’lchilikni   istiqbolli
rivojlantirishning eng dolzarb masalasi yozda-kuzda chorvani ko’k maysa ozuqasi
bilan qish mavsumida esa kafolatli, sifatli  pichan ozuqalari bilan ta’minlashdir.
Bu yo’nalishda dehqonchilik og’ir, suv manbalari juda kam bo’lgan Nurota
adirlarida   sho’r   suvlari   behudaga   oqib   yotgan   artezian   suvlaridan   optimal
foydalanib   chorva   uchun   ozuqa   yetishtirish   xududdagi   chorvachilik   istiqbolini
belgilash eng to’g’ri yo’nalishdir. Shuning uchun ham bu xududlarda yaxshi o’sib,
mo’l  hosil  beruvchi  o’simliklarni tanlash, saralash,  ularning suvga talabchanligini
35 o’rganish,   ekishning   to’liq   agrotexnikasini   ishlab   chiqish,   maxalliy   o’g’itlardan
unumli foydalanish me’yorlarini tadqiq qilish kelgusida ekiladigan o’simliklarning
hosildorligini   keskin   oshirish   ilmiy   tadqiqotlarini   o’tkazish   cho’l   chorvasi
istiqbolini   belgilovchi   eng   muhim   yunalish   bo’ladi   (Sindorov;   Muqimov;
Boboyeva, 2002).
O’simlik   turlari   bilan   qoplanishi.     Nurota   vohasi   o’simliklar   qoplami
asosan o’tchil turlardan iborat. Akademik P.K.Zokirov (1969) ma’lumotlaricha Old
Osiyo,   Kavkaz,   Pomir-Oloy,   Tyanshan   va   Qizilqum   cho’li   florasi   asosida
shakllangan.   Nurota   tog’   tizmalari   xududlari   o’simliklar   qoplamida   679   tur
o’simliklar   borligini   P.K.Zokirov   [1969,1971]   ro’yxatga   olgan.   Keyinroq
R.V.Kamelin [1973] bu ruyxatga yana 171 turni qo’shdi.
Hozirda   Nurota   xududlari   florasida   850   ta   o’simlik   turi   qayd   etilgan.
P.K.Zokirov   (1969).   Shulardan   300   turi   shifobaxsh   o’simliklar   hisoblanadi
(Xolmatov, 1964). Nurota tog’ tizmasidagi tog’larni balandlik buyicha ikki yarusli
o’simlik qoplamiga ajratiladi. Bular «tog’ yarusi» va adir yaruslaridir.
Tog’ (o’rtacha tog’ yarusi)  o’simliklar qoplami 4 tipga bo’linadi:
1. tog’, chim o’tli dasht;
2. quruq, bug’doyiqli-har xil o’tli dasht;
3. tog’ yoni kserofit o’simliklari;
4. butali o’simliklar tiplari.
Bu   tiplarga   A.Raxmatullayev   [2012]     efemeroidli   yarim   cho’l   o’simliklari
yarusini ham qo’shish kerakligini taklif qiladi. Bu fikrning to’g’riligini tadqiqotlar
davomida   ko’rdik.   Bu   yarusda   barcha   yaruslardagi   o’simliklar   uchraydi.
Bug’doyiqli– har xil o’simliklar tog’ yarusining eng baland qismini ishg’ol qilgan
bo’lib   o’simliklar   fonini   (Yelytriga   tri c   hophora),   s c abiosa   oliveri,   Scabigeria
alliodes,  Artemisia,   ziziphora  tenior,  Cyenturea  sguarrosa,   phlomis  thapsoides  lar
xosil  q iladi.
Yefemeroidli   o’simliklar   yarim   cho’l   tog’larning   pastki   qismi   va   tog’   oldi
xududlarning   yuqori   qismini   ishg’ol   qilgan   bo’lib   asosiy   fon   efemeroidlar   Poa
36 bulbosa,  Carex   phystililis,  Nypecium  parviflorum  lardan  tashkil  topgan.  Bu   tipda
efemerlar xam ko’proq o’sadi.
Tog’   yoni   kserofit   o’simliklar   tipi   tog’   tizmalarining   janubiy   qismida
ko’proq   uchastka-uchastka   ko’rinishiga   ega.   Bu   o’tli   tip   o’simliklar   qoplamida
Amygdalus spinosissuma ba’zi joylarda to’liq ko’rinishli fonni hosil qiladi.
37 II BOB. TOG’ OLDI YAYLOVLAR EKOLOGIK HOLATINI O’ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI
2.1.  T og’ oldi yaylovlar ekologik holati ga ta’sir etuvchi omillar
Respublikamiz   qishloq   xo’jaligi   rivojlangan   davlatlar   qatoriga   kirib,   uning
asosiy   tarmog’i   dehqonchilik   va   chorvachilik   hisoblanib,   chorvachilikda   asosan
yaylov   chorvachiligi   rivojlangan.   Yaylovlarimiz   o’zining   tabiiy   geografik
joylashuviga   ko’ra   turli   xillarga   bo’linadi.   Yaylovlarning   eng   katta   qismi   cho’l
yaylovlari hisoblanib respublikamizda 30 mln  gektarni tashkil qiladi.
Cho’l yaylovlari o’ziga xos xarakterga ega bo’lib, uning hosildorligi bevosita
iqlim sharoitga bog’liq bo’lib, iqlim qulay kelgan yillari 3-5 st\ga gacha, noqulay
iqlimli yillarda 0,5-1,5 st\ga gacha pasayishi mumkin.
Bu   ham   o’z   navbatida   cho’l   yaylovlarida   oziqlanayotgan   chorva   mollarini
yem-xashakka bo’lgan talabini ta’minlashda qator muammolarni keltirib chiqaradi.
O’rta   Osiyo   cho’llarining   tabiiy   sharoiti   kserotermal   xarakterga   ega
ekanligini hisobga olsak, respublikamiz cho’l yaylovlarini hosildorligi bevosita shu
tabiiy sharoitning maxsuli hisoblanadi.
Respublikamiz   iqlim   sharoitidan   kelib   chiqib,   cho’l   yaylov   chorvachiligini
rivojlantirish   uchun   yaylovlar   hosildorligini   oshirish   chora-tadbirlarini   amalga
joriy   etish   zaruriy   shart   bo’lib,   buning   uchun   yaylov   hosildorligini   yanada
yaxshilaщ   yo’larini   izlab   topish,   ya’ni   fitomeliorativ   tadbirlarni   amalga   oshirish
eng maqbul yo’l hisoblanadi.
Yaylov hosildorligini oshirish bilan birga o’simliklar degredatsiyasining oldi
olinadi, agrofitotsenozlar  hosil  bo’lishi suv va shamol  eroziyasini to’xtatib, tabiiy
landshaftda   ijobiy   siljishlar   namoyon   qiladi.   Buning   uchun   iqlim   sharoitiga   mos
yem-xashak   o’simliklarni   topish   va   ulardan   sun’iy   agrofitotsenozlar   yaratish
maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda   bu   borada   qator   ilmiy   muaassasalar   tadqiqot   ishlari   olib
borishokda.   Jumladan,   O’zbekiston   qorakulchilik   va   cho’llar   ekologiyasi   ilmiy
tadqiqot instituta va Botanika ilmiy ishlab chiqarish korxonalari. Bundan tashqari
38 yaylovlarda   minglab   quduqlar   mavjud   bo’lib,   chorva   mollari   uchun   suv   manbai
bo’lib   xizmat   qilib   kelmoqda.   Chorva   mollarining   tuyoq   sonining   oshib   borishi
quduqlar   atrofidagi   o’simlik   sonini   kamayib   ketishiga   olib   kelmoqda.   Chunki
qo’ylar   sug’orish   uchun   bir   kunda   1-2   bor   quduqqa   kelib   o’simliklarni   payxon
qiladi,   tuproq   strukturasi   buzilishiga   olib   keladi.   Natijada   q uduq   atrofidagi
o’simliklar   inqirozga   uchrab,   tuproq   eroziyasining   kuchayishi   kuzatiladi.   Bunday
holat   quduqqa   yaqinlashgan   sari   aylana   shaklda   kuchayib   boradi.   Yaylovlardagi
geologik-qidiruv ishlarining yaylovga salbiy ta’siri   h am shunday ko’rinishda sodir
bo’lmoqda.   Burg’ulangan   hududda   yaylovlarning   inqirozga   uchrashi   juda   kuchli,
undan uzoqlashgan sari kamayib boradi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha jarayonlar, ya’ni inson xo’jalik faoliyatining
ta’siri   bugungi   kunga   kelib   tinmay   kuchayib   bormoqda.   Buni   oldini   olish
kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri bo’lib, uni  bartarf etish chora-tadbirlar
rejasini   ishlab   chiqish   zarur.   Buning   eng   asosiy   tadbirlaridan   biri-fitomeliorativ
tadbir   bo’lib,   buni   o’z   vaqtida   amalga   oshirish   yaylovlarimizni   ekologik   holatini
yaxshilanishiniig   garovi   bo’lib   hisoblanishi   bilan   birga,   biosistemada   kelajakda
yuz   berishi   mumkin   bo’lgan   ekologik   muammolarning   oldi   olinadi   va   yaylov
hosildorligini   qaytadan tiklanib, ekologik barqarorlikka erishish mumkin.
Yaylovlar   hosildorligini   oshirishda   iqlim   xususiyatlarini   hisobga   olib,   shu
sharoitga   mos   o’simliklarning   tanlash   va   ularni   ekologo-biologik   xususiyatlarini
har tomonlama o’rganish hamda ilmiy xulosalar asosida agrofitotsenozlar yaratish
maqsadga   muvofiqdir.   Buning   uchun   o’simliklarning   qurg’okchillikka   hamda
issiqlikka   chidamliligi,   yashovchanligi,   hosildorligi   va   boshqa   biologik
xususiyatlarini chuqur tahlil qilish lozim.
Yaylovlar   respublikamizda   30   mln   gektar   ni   tashkil   qilgan   holda   tabiiy
sharoitining   turli   xilligi   bilan   bir-biridan   farq   qiluvchi   hududlarga   bo’linadi.   Har
bir hudud uchun o’simliklar tanlashda u joy iqlim xususiyatlarini, tuproq qoplami,
er osti suvlari hisobga olinishi juda muhimdir.
Hudud   tabiiy   geografik   xususiyatlariga   mos   o’simliklarni   tanlab   ekish   va
ularning   ekologo-biologik   xususiyatlari   o’ sishi,   rivojlani щ i.   urug’   tugishi,
39 urug’dan   ko’payishi   va   eng   asosiy   xususiyati   uni   yem-xashak   hosildorligini
o’rganish   asosiy   vazifalardan   biridir.   Buning   uchun   issiqlikka,   qurg’oqchillikka
chidamli   o’simliklarni   ajratib   olish   va   yaylov   degradatsiyasi   sodir   bo’lgan
hududlarda fitomeliorativ tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq vazifadir.
Buning   uchun   cho’l   yaylov   ozuqabop   o’simliklaridan   shu   hudud   uchun   eng
maqbul   turlarini   aniqlash   lozim   bo’ladi.   Hudud   uchun   maqbul   turlar   ishtirokida
sun’iy   agrofitotsenozlar   yaratish,   yaylovlarni   o’simliklar   sonining   xilma   xilligini
boyishi bilan birga hosildorligini oshishida muhim ahamiyatga ega.
Cho’l yaylov yem-xashak o’simliklarini har tomonlama o’rganish, tajribalar
o’tkazish   va   aniq   ilmiy   xulosalar   berish   hudud   uchun   eng   maqbul   o’simliklarni
tanlashda   muhim   ahamiyatga   ega.   Buning   uchun   o’simliklarni   kichik
uchastkalarda   ekib,   tajribalar   o’tkazish   zaruriy   ma’lumotlarni   to’plash   va   ilmiy
tahlil etish zarurdir.
Ilmiy   tahlillar   asosida   cho’l   yaylov   ozuqabob   yem-xashak   o’simliklaridan
hudud   uchun   eng   maqbul   turlari   ajratib   olinadi.   O’zining   qimmatbaho   xo’jalik
ahamiyatga ega istiqbolli turlarni ajratib olish va sun’iy agrofitotsenozlar yaratish,
yaylov   ekologik   holatini   yaxshilab   suv   va   shamol   eroziyasining   oldini   olish,
o’simliklar   tur   sonining   oshishi   bilan   birga   yaylov   hosildorligining   oshishi   va
chorva mollarini yil davomida vitaminlarga boy, yuqori to’yimli yem-xashak bilan
ta’minlashda   muhim   ahamiyatga   ega   bo’lib,   yaylovlardan   ko’p   yillar   davomida
intensiv   foydalanish   imkonini   beradi.   Bu   borada   O’zbekiston   Qorako’lchilik   va
cho’llar ekologiyasi ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Nurota tajriba dalasida olib
borilgan ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir.
Tajriba   dalasida   olib   borilgan   ilmiy   ishlarning   ahamiyati   shundan   iboratki,
tog’   oldi   hududlari   yaylovzorlarining   meliorativ   holatini   yaxshilash
agrofitotsenozlar   barpo   etish   orqali   yaylov   hosildorligini   oshirishda   muhim   o’rin
tutadi.
Tajriba   dalasiga   keyingi   30   yil   davomida   qator   ilmiy   tadqiqot   ishlari   olib
borildi.   Jumladan,   istiqbolli   yem-xashak   buta   o’simliklarini   qiyosiy   o’rganish
sohasida   ham   qator   ishlar   olib   borildi   va   buta   o’simliklaridan   izen,   quyrovuq,
40 teresken,   chug’on,   kamforosma   kabi   o’simliklarni   ekologo-biologik   va   fiziologik
xususiyatlari to’laligicha o’rganildi.
Istiqbolli   yem-xashak   o’simliklarni   o’rganish   tog’   oldi   yaylovlari
hosildorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etishi, ilmiy isbotlanganligi shu bilan
birgalikda,   h udud   o’ simliklar   qoplamini   boyishi,   tuproqda   suv   shamol
eroziyasining kamayishi va umuman olganda biotsenozda ijobiy o’zgarishlar sodir
bo’lishi   ilmiy   nuqtai   nazardan   o’z   isbotini   topdi.   Tog’   oldi   yaylovlarida   olib
boriladigan fitomeliorativ tadbirlar yaylov hosildorligini bir necha bor oshishiga va
undan yil davomida foydalanish imkonini yaratadi.
Tog’   oldi   chala   cho’llarida   olib   borilgan   tajribalardan   shu   narsa   ma’lum
bo’ldiki,  istiqbolli  yem-xashak,   buta  o’simliklarini   qiyosiy  o’rganish  ularni   tabiiy
sharoitga   moslashish   va   yuqori   hosildorligi   yaylov   uchun   muhim   ahamiyatga
egadir.
Tajribalardan   ma’lum   bo’lishicha   hudud   uchun   eng   maqbul   buta
o’simliklardan   chug’on,   teresken,   izen,   quyrovuq,   shuvoq   va   komforosmalardan
foydalanib yaylovlar yaratish va uning hosildorligini 4-6 baravar oshishiga hamda
yashovchanligi   15-20   yilgacha   saqlanib   qolishi   mumkin.   Iqlimi   qulay   bo’lmagan
yillarda ham yaylov hosildorligida pasayish kuzatilmaydi.
Keyingi   yillarda   chala   cho’llar   qorako’l   qo’ylari   boqiladigan   yaylovlar
bo’libgina   qolmasdan,   boshq   turli   madanlar   gaz,   neft,   oltin   va   boshqa   mineral
xom-ashyolar   qazib   olinmoqda.   Bu   esa   hududlarda   geologik-qidiruv   ishlari
ko’lamini   oshib   borishi   bilan   burg’ulash,   uzoq   masofalarga   quvurlar   yotqizish,
magistral   temir   va   avtomobil   yo’llarini   qurilishi,   yangi   sanoat   korxonalarining
barpo   etilishi   va   sanoatlashgan   shaharlarning   vujudga   kelishi   cho’l   yaylovlari
maydonini yanada keskin kamayishiga olib kelmoqda.
41 2.1.1-sxema
Sxema 1.  Chorva mollari miqdori oshishining 
yaylovlarga salbiy ta’siri (Nazarov X.T 2000-y)
Sanoat   korxonalarini   va   aholini   suv   bilan   ta’minlash   maqsadida   burg’ulash
ishlari   olib   borilmoqda.   Bularning   barchasi   cho’l   ekologik   muvozanatini   keskin
buzilishiga   olib   kelib,   ekologik   sistemani   izdan   chiqishiga   sa bab   bo’lmoqda.
Natijada degradatsiyaga uchragan maydonni oshib borishi, yaylovlar maydonining
kamayishiga sabab bo’lmoqda.
Ho zirgi   va q tda   respublikamizda   1   mln   gektar   degradatsiyaga   uchragan
maydonlar   vujudga   kelgan   b o’ lib,   vo h alar   va   su g’ oriladigan   e r lar   chegaralarida
sodir   b o’ lganligi   e rlarni   meliorativ   holatini   yomonlashish   v aziyatni   yanada
keskinlashtiradi   va   bularni   t o’ xtatib   q olish   choralarini   k o’ rish   kechiktirib
b o’ lmaydigan   zaruriy   vazifadir.   Buning   uchun   fitomeliorativ   tadbirlarni   qo’ llash,
ya’ni   h ududlarga   saksovul,   cherkez,   q andim   va   bosh q a   cho’l   buta   va   yarim   buta
o’ simliklarini   ekib   k o’ paytirish,   ekologik   vaziyatni   optimallashtirish   zaruri y
shartdir.   Bu   ishni bajarish   q iyin masala b o’ lib, u katta mabla g’   talab etadi.   Le kin,
keyingi   yillarda   bu   borada   olib   borilgan   amaliy   tadbirlar   tufayli   ya’ni,
42Chorva mollari miqdori oshishining 
yaylovlarga salbiy ta’siri
O’simliklar 
ko’payishining buzilishi Tuproq qoplamiga 
ta’sir O’simliklar dunyosiga 
ta’sir
Suv 
rejimining 
buzilishi Tuproqda 
kislorod  (О
2 ) 
balansining
Tuproq 
yopishqoqlik 
xususiyati Issiqlik  
rejimining 
buzilishiUrug’dan 
ko’payish 
balansining 
buzilishi O’simlik 
shoxlari va 
ildiz 
sistemasining 
yemirilishi
Urug’lar  
sonining 
kamayishi O’simlik 
turlarining 
kamayishi
Cho’llanish saksovulzolar,   cherkezzorlar,   q andimzorlar   h osil   q ilinishi   natijasida   120   ming   ga
e ralr   meliorativ   holati   yaxshilandi   va   bu   usuldan   respublikamizda   unumli
foydalanilmoqda. 
2.1.2-sxema
Sxema 2.  INSON XO’JALIK FAOLIYATI  ТА ’SIRI (Nazarov X.T 2000-y)
Bundan   tashqari   yaylovlarda   minglab   quduqlar   mavjud   bo’lib,   chorva
mollari   uchun   so’v   manbai   bo’lib   xizmat   qilib   kelmoqda.   Chorva   mollarining
tuyoq   sonining   oshib   borishi   quduqlar   atrofidagi   o’simlik   sonining   kamayib
ketishiga   olib   kelmoqda.   Chunki   qo’ylar   sug’orish   uchun   bir   kunda   1-2   marta
quduqqa   kelib   o’simliklarni   payhon   qiladi   va   tuproq   strukturasi   buzilishiga   olib
keladi. Natijada quduq atrofidagi o’simliklar inqirozga uchrab tuproq eroziyasining
ko’chayishi   kuzatiladi.   Bunday   holat   quduqqa   yaqinlashgan   sari   aylana   shaklda
kuchayib boradi.
43INSON XO’JALIK FAOLIYATI  ТА ’SIRI
SALBIY TA’SIRO’simliklardan o’tin 
sifatida foydalanish
Tuproq 
eroziyasining 
kuchayishi TABIIY CHO’L 
EKOSISTEMASI
IJOBIY TA’SIR
FITOMELIORATSIYA Sanoat, shaharsozlik, 
transport  ( vtomabil , 
те miryo’l ,  quvur )
Texnogen 
harakatdagi qumlar
O’simliklarning
o’z-o’zidan tabiiy 
tiklanishi Suniy 
ekosistemalarning 
vujudga kelishi Yuqorida ko’rib o’tilgan barcha jarayonlar, ya’ni inson xo’jalik faoliyatining
ta’siri   bugungi   kunga   kelib   tinmay   kuchayib   bormoqda.   Buni   oldini   olish
kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri bo’lib, buni o’z vaqtida amalga oshirish
yaylovlarimizning   ekologik   holatini   yaxshilanishining   garrovi   bo’lib   hisoblanishi
bilan   birga,   biosistemada   kelajakda   yuz   berishi   mumkin   bo’lgan   ekologik
muammolarning   oldi   olinadi   va   yaylov   hosildorligi   qaytadan   tiklanib,   ekologik
barqarorlikka erishish mumkin.
2.2. Nurota tog’ oldi chala cho’llarini ekologik holati 
Keyingi   yillarda   cho’l   va   chala   cho’l   yaylovlarining   ekologik   holati
yomonlashib,   ularning   hosildorligida   keskin   pasayish   kuzatilmoqda.   Hozirgi
vaqtgacha   respublikamizda   260   dan   ortiq   buta   va   yarim   buta   o’simliklarining
ekologik   xususiyatlari   to’liq   o’rganilib   shundan   30   dan   ortig’i   o’zining
ozuqabopligi,   hosildorligi   va   quruq   iqlim   sharoitiga   moslashib   olishi   kabi
xususiyatlari yuqori ekanligi uchun ajratib olindi. 
Cho’l   yaylovlari   hosildorligini   oshirish   masalasi   Respublikamizda   asosiy
vazifalaridan   biri   bo’lib,   uni   hal   etishda   qator   ilmiy   tadqiqot   institutlarida   ilmiy
izlanishlar   olib   borilmoqda.   Qator   yillar   olib   borilgan   ilmiy   tadqiqot   ishlarining
natijasi   o’laroq,   cho’l   yaylovlarining   hosildorligini   oshirish   bo’yicha   bir   qancha
uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqarildi.
Yaylov   hosildorligini   sun’iy   oshirish   yuzasidan   ishlab   chiqilgan   taklif   va
tavsiyalar   tog’   oldi   yaylovlarini   o’zlashtirish,   undan   foydalanishni
intensivlashtirish   va   ekologik   holatini   optimallashtirish   kabi   bir   qator   vazifalarni
o’z ichiga oladi.
Tog’ oldi yaylovlari qariyb 4 mln gektarni, ya’ni butun yaylovlarning 12 %
ini   tashkil   etadi.   Tog’   oldi   yaylovlari   respublikamizning   Samarqand   va   Navoiy
viloyatlarida   65   %   ni,   Qashqadaryo   viloyatida   49,6   %   ni   va   Surxondaryo
viloyatida   63,6   %   ni   tashkil   etadi.   Bu   hududlarda   asosan   yaylov   chorvachiligi
rivojlangan bo’lib, respublikamiz xalq xo’jaligida katta ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi tanlab olingan istiqbolli yem-xashak o’simliklarini har bir hudud
44 uchun   tanlab   olish   va   ular   ustida   tajriba   o’tkazish   shu   hudud   uchun   eng   maqbul
turlarni   ajratib   olishga   imkon   beradi.   Bizning   ilmiy   ishimiz   shunday   dolzarb
vazifaga   qaratilgan   bo’lib,   ishlarimizning   maqsadi   tog’oldi   chala   cho’l   sharoitiga
mos   keluvchi   ekologo-biologik   va   qimmatli   xo’jalik   xususiyatlariga   ega   bo’lgan
istiqbolli   o’simlik   turlarini   ajratib,   shularni   ishtirokida   yaylovlarning
degradatsiyaga uchragan hududlarida fitomeliorativ tadbirlar olib borish va ozuqa
birligi   yuqori,   vitaminlarga   boy   yem-xashak,   yaylovlarni   barpo   etishdir.   Ushbu
maqsadni   amalga   oshirish   uchun   tadqiqot   vazifasi   ajratib   olingani   istiqbolli
yaylovbop yem-xashak o’simliklarini rivojlanishi, suv rejimi, hosildorligi, biologik
xususiyatlarini bir-biriga nisbatan qiyosiy baholashdan iboratdir.
Ushbu   ilmiy   tadqiqot   ishimizni   biz   O’zbekiston   Qorako’lchilik   va   cho’llar
ekologiyasi ilmiy tadqiqot instituti Nurota tajriba dalasida olib bordik.
Tog’ oldi yaylovlarini iqlimiy xususiyatlari quruq uzoq davom etuvchi yoz-
kuz, kuchli sovuqli qish juda kam miqdordagi yog’in yog’ishi bialn xarakterlanadi.
O’rtacha yog’in miqdori 80-160 mm gacha o’zgarib turib, u asosan qish va bahor
oylarida   tushadi.   Ayrim   qurg’oqchil   yillarda   yog’in   miqdori   yanada   kam   bo’lishi
kuzatiladi.   Ushbu   hududlar   yaylovlari   hosildorligi   juda   past   bo’lib,   yillik   yem-
xashak 0,6-2,54 st\ga gacha, ob-havo noqulay yillari 0,5-1,5 st\ga gacha pasayishi
mumkin.   Bunday   noqulay   iqlim   sharoitlarida   asosan   dominantlik   qiluvchi
o’simliklar   shuvoqlar,   efemer   va   efemeroidlar,   bir   yillik   va   ko’p   yillik   sho’ra
o’tlardan   iborat   bo’lib,   yil   davomida   yaylovlarda   chorva   mollarining   asosiy
ozuqasi bo’lib xizmat qiladi. 
Yaylovlarning   past   hosildorligi   va   chorva   mollar   sonining   tinimsiz   oshib
borishini   hisobga   olsak,   h ududda   o’simlik   degredatsiyasini   kuchayishi,   tuproq
eroziyasini   hosil   bo’lishi,   qisqacha   qilib   aytadigan   bo’lsak   e kologik   vaziyatni
yomonlashishiga   olib   kelmoqda.   Bunday   qiyin   iqlimiy   sharoitda   yaylov   ekologik
holatini   yaxshilash,   chorva   mollarini   yil   davomida   yem-xashak   bilan   ta’minlash,
o’simliklar   degredatsiyasining   oldini   olish,   tuproq   eroziyasini   to’xtatishning   eng
maqbul yo’li fi tomeliorativ   tadbirlar bo’lib hisoblanadi.
Fitomeliorativ   tadbirlarni   amalga   oshirish   h udud   iqlim   sharoit larini,   tuproq
45 va   suv   rejimi   o’zgarib   turishini   o’rganish   orqali   shu   h ududga   mos   istiqbolli
ozuqabob   o’simliklarni   tanlash   muhim   ahamiyat ga   e ga.   Shuning   uchun
Qorako’lchilik   va   cho’llar   ekologiyasi   ilmiy   tadqiqot   institutiga   q arashli   Nurota
tajriba stansiyasida o’z tadqiqotlarimiz ni   olib bordik.
Tadqiqot   ishimizni   bosh   maqsadi   tog’   oldi   chala   cho’llar   sharoitiga   mos
keluvchi   ekologo-biologik   va   qimmatli   xo’jalik   xususiyatlarga   ega   bo’lgan
istiqbolli yem-xashak o’simliklarini madaniylashtirilgan turlarini ajratish va shular
ishtirokida yem-xashak uchun sun’iy yaylovlar barpo etishdan iboratdir.
Ishimizning vazifasi ajratib olingan o’simliklarning rivojlanishi, hosildorligi,
suv   rejimi,   yem-xashakning   ximiyaviy   tarkiblarini   qiyosiy   baholash   asosida   eng
maqbul turlarini ajratib olish va shular asosida yaylovlar barpo etishdir.
Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun tanlangan hudud Nurota tog’ining
janubiy-g’arbiy   qismida   bo’lib,   dengiz   sathidan   660-670   metr   balandlikda,   iqlimi
keskin   kontinental   xarakterga   ega   bo’lib,   haroratlar   asplitudasidagi,   kun   va   tun,
qish   va   yoz   haroratlari   orasida   farq   keskin   ko’rsatgichga   ega.   Yog’inlar   miqdori
o’rtacha   200-206   mm   ni   tashkil   etib,   yil   fasllari   o’rtasida   notekis   taqsimlangan.
Yog’in   qish   va   bahor   oylarida   tushadi,   yoz   va   kuz   oylarida   esa   umuman   yog’in
kuzatilmaydi. Yillik o’rtacha harorat +13,4°C ni tashkil etadi. Mutloq past harorat -
29°C bo’lsa, mutloq yuqori harorat 4-43,1°C ni tashkil etadi.
Tuproqlari  och bo’z tuproqlar bo’lib, chirindi  miqdori 1-1,5 %, karbonatlar
20 %, 100-90 sm chuqurlikda gips qatlami bor.
Hududning   o’simlik   qoplami   asosan   efemeroidlar   o’stirib   qo’ng’irbosh,
shuvoq, yantoq, isiriq bir yillik efemerlardan iborat.
Hudud   shuvoqli-yefemerli   yaylovlar   qatoriga   kirib,   efemeroidlardan
yaltirbosh,   qo’ng’irbosh,   butalardan   shuvoq,   yantoq,   isfen   va   bir   yillik
efemeroidlar   o’sadi.   Ilmiy   tadqiqot   ishimizni   Qorako’lchilik   va   cho’llar
ekologiyasi   olimlari   tomonidan   madaniytlashtirilgan   yem-xashak   o’simliklari
turlarini   qiyosiy   o’rganish,   to’plangan   ma’lumotlar   asosida   ilmiy   xulosalar,   taklif
va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratdik.
Ilmiy ishimizni 10 turga mansub yem-xashak o’simliklaridan izen, chugon,
46 kamforosma,   teresken,   shuvoq   (uch   turi),   quyrovuqlarni   ekib   yaylov   uchun   eng
maqbullarini   ajratib   olish   maqsad   qilib   olindi.   Shu   asosida   kuz   va   qish   oylarida
tuproq 20-25 sm shudgorlanib, ishlov berildi va har bir tur 30 m 2
 maydonlarda tur
takrorlanishda, qator oralig’i 60 sm, urug’ sarfi izen 3 kg/ga, quyrovuq va teresken
5 kg/ga, shuvoq 0,5 kg/ga miqdorida ekildi.
O’simliklarning   fenologik   xususiyatlari   unuvchanligi,   yashovchanligi,
o’sishi  har   oyda  kuzatilib  borildi.  O’simlikning  yem-xashak   va  urug’  hosildorligi
yil oxirida xisoblandi.
Bundan   tashqari   kabi   o’simliklarning   suv   rejimi,   transpiratsiya,   intensivligi
ildiz sistemasi bir kancha fiziologik xususiyatlari o’rganildi. Shu bilan birga, ushbu
o’simliklarning   vitaminlarga   boyligi   va   yem-xashak   birligini   aniklash   uchun
bioximik xususiyatlari o’rganildi.
Qiyosiy   o’rganish   asosida,   ushbu   istiqbolli   yem-xashak   cho’l
o’simliklarning dalada va laboratoriyada to’planilgan 6 yillik ma’lumotlarni tahlil
etish asosida quyidagi xulosaga keldik.
Yuqorida   qayd   etilgan   yem-xashak   o’simliklari   tog’oldi   chala   cho’l
щaroitida   o’zlarini   ekologo-biologik   va   qimmatli   xo’jalik   ko’rsatgichlari   bilan
ijobiy xarakterlandi.
Fenologik   kuzatishlar   shuni   ko’rsatadiki   birinchi   yili   nihollar   fevral   oyida
quyrovuq,   teresken,   kamforosma,   shuvoklar,   ulardan   20   kun   keyin,   chug’on,
sho’ra,   keyingi   yillarda   bu   holat   shunday   takrorlanib   boradi.   O’simliklarning
gullash   fazasi   may   va   iyul   oylariga,   urug’lanishi   oktyabr   noyabr   oylariga   to’g’ri
keladi.
O’simliklarning   bo’yicha   o’sishi   iklim   sharoitga   bog’liq   bo’lib,   izen   80-90
sm,   chugon   75-80   sm,   teresken   65   sm,   kamforosma   55   sm,   quyrovuq   50   sm   ni
tashkil etadi.
47 2.2. 1 -jadval
Tog’oldi   chala   cho’llari   sharoitida   o’simliklarning   bo’yi,   xashak   va
urug’ hosildorlik ko’rsatkichlari 
(Nurota tajriba dalasi )
№
O’simlik turi Bo’yi, sm Quruq   yem-
xashak
hosildorligi, st/ga Urug’
hosildorligi,
st/ga
1 Izen (4 sort) 85,5 17,1 3,1
2 Cho’g’on (2 tur) 77,6 17,0 2,8
3 Teresken (2 tur) 65,5 9,5 0,8
4 Shuvoq (3 tur) 60,5 10,0 1,0
5 Komforosma (2 tur) 50,0 8,0 1,5
6 Quyrovuq (2 tur) 48,0 17,0 4,1
Tajriba   dalasida   ekilgan   o’simliklar   6   yil   davomida   muntazzam   kuzatish
ishalri,  feneologiyasi  suv   rejimi,  urug’  va  yem-xashak   hosildorligi   ko’rsatkichlari
aniqlanib tahlil qilinidi.
Ko’p   yillik   kuzatishlarni   umumlashtirib   shuni   aytish   mumkinki   Nurota
tajriba dalasida sinab ko’rilgan o’simliklar hosildorligi quyidagicha bo’ldi: izen 17
st\ga,   quyrovuq   17   st\ga,   chug’on   17   st\ga,   kamforosma   va   shuvoqlar   8-10   st\ga
ko’rsatkichlarni tashkil etadi.
O’simliklarning   suv   rejimini   o’rganish   asosida   ularni   ekstremal   iqlim
sharoitiga   moslashishi   va   noqulay   iqlim   yillarda   o’zini   saklanib   qolish
qobiliyatlarini  ochib   beradi.
O’simliklar   vegetatsiya   davrining   uzunligi   ulardan   ko’k   massa   sifatida
foydalanish   mumkinligini   belgilab   beruvchi   xususiyati   bo’lib,   izen   255   kun,
kamforosma   va   teresken   265   kun,   shuvoq   255-265   kungacha   muddatda   o’sib
turishi kuzatildi.
O’simliklarning   yashovchanligi   yillar   davomida   tub   sonini   saqlab   qolishi,
yaylov   hosildorligini   belgilovchi   ko’rsatgich   bo’lib,   bu   o’simliklar   (6   yil
48 davomida) izen- 85 %, quyrovuq 75 %, teresken 73 %, shuvoq 51 %, kamforosma
36 % tub sonini saqlab qoldi.
O’simliklarning   ildiz   sistemasini   qanchalik   taraqqiy   etishi   uni
yashovchanligi   va   hosildorligini   belgilovchi   ko’rsaktgich   bo’lib,   ularni   suv   bilan
taminlashda   muhim   ahamiyatga   ega.   Yuqorida   qayd   etilgan   o’simliklar   5   yil
davomida   chug’on   450   sm,   quyrovuq   325   sm,   izen   275   sm   shuvoq   275   sm,
teresken 250 sm chuqurlikkacha ildiz sistemasi davom etadi.
O’simliklarning   ekstremal   sharoitga   chidashi   ko’p   tomondan   bioximik
xususiyatlariga   bog’liq   bo’lib   ular   tarkibidagi   fizik   moddalarga   bog’liq.   Ushbu
o’simliklar tarkibida oqsil, kand; yog’lar, karotin moddasiga boyligi bilan o’zlarini
namoyon qiladi  va  ozuqa birligi  0,69-0,8  ni tashkil qiladi. 
Yuqorida qayd etilgan barcha ma’lumotlarga asoslanib, qimmatbaho xo’jalik
xususiyatlarini   o’rganish   va   yuqori   hosilli   yaylov   agrofitotsinozlarni   yaratish   va
ulardan   kuz-qish   davrida   foydalanish   maqsadida   tog’oldi   chala   cho’llariga
yuqorida   qayd   etilgan   o’simliklardan   foydalnishni   tavsiya   etamiz   va   bu   bilan
barcha yaylov hosildorligini 3-5 barobar oshirish va ekologik holatini yaxshilashga
xizmat   qiladi.   Yaratilgan   agrofitotsinozlar   ko’p   yillar   davomida   yaylov
hosildorligini muntazam saqlab qolish va o’simliklar bilan yanada boyib borishiga
xizmat qiladi.
Hosil  qilingan sun’iy yaylovlar  biologik sistemada  ijobiy o’zgarishlar sodir
bo’lishi   bilan   ekologik   barqarorlikni   ta’minlashi,   hududda   suv   va   shamol
eroziyasini   kamayishiga   o’simliklar   xilma-xiligining   oshib   borishiga   olib   keladi.
Yaylovlar   ekologik   holatini   yaxshilanishi   undagi   tuproq   sharoiti,   suv   rejimida
ijobiy siljishlar  ro’y berishiga olib kelib, agrofitotsenozlarni  yildan-yilga o’simlik
turlari bilan boyib borishini ta’minlaydi va yaylovlarni ko’p yillar davomida yuqori
hosildor bo’lishini belgilab beradi.
O’tkazilgan   tajribalardan   shu   narsa   ma’lum   bo’ldiki,   o’zining   rivojlanishi,
issiqqa   va   qurg’oqchillikka   chidamliligi   va   hosildorligining   yuqoriligi   bilan   izen,
quyrovuq,   teresken   va   chug’on   o’simliklari   yuqori   ko’rsatkichlarga   ega   bo’lib,
qiyosiy   o’rganish   natijalarga   ko’ra   dominantlik   qildi.   Shundan   kelib   chiqib,
49 yuqoridagi   istiqbolli   yem-xashak   o’simliklaridan   tog’   oldi   yaylovlar   holatini
yaxshilashda   foydalanish   maqsadga   muvofiq   bo’lib,   yaylov   hosildorligini   4-6
baravarga oshirishi mumkin. Shu bilan birga bu o’simliklar o’zining to’yimliligi va
vitaminlarga boyligini hisobga olsak qorakul qo’ylarini mahsuldorligini oshirishda
muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari tog’ oldi yaylovlarida hosil etilgan sun’iy
yaylovlar   hudud   ekologik   holatini   yaxshilanishida,   suv   va   shamol   eroziyasining
oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning bilan birga yaylov o’simliklari
xilma-xilligini   oshishi   biologik   sistemada   ijobiy   siljishlarga   olib   keladi.   Ushbu
ishlarni   amalga   oshirish   respublikamiz   chorvachiligini   yanada   rivojlanishida,
xususan yaylov chorvachiligini rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
50 III   BOB.   NUROTA   TOG’OLDI   LANDSHAFTLARI   EKOLOGIK
HOLATINI OPTIMALLASHTIRISH YO’LLARI
3.1   Nurota   tog’   oldi   chala   cho’llarini   ekologik   holatini   yaxshilashga
qaratilgan chora-tadbirlar.
O’ zbekiston   yaylov   mintaqasi   tabiiy   sharoitlari   uning   dengiz   sathidan   turli
balandliklarda   joylashganligi   sababli,   o’zining   fiziko-geografik   va   yaylov-ozuqa
sharoitlari   jihatidan   turli-tumandir.   Shunga   qaramasdan,   respublikaning
qurg’oqchil mintaqalariga tuproq-iqlim, o’simlik qoplami xususiyatlari jihatlaridan
ma’lum darajada umumiylik ham xos.
O’zbekiston   hududi   dengiz   sathidan   joylashgan   balandliklariga   qarab,
quyidagi mintaqalarga ajratiladi: cho’l, adir, tog’liklar va yaylov.
Tekisliklarda   joylashgan   yaylovlar-cho’l   mintaqasi   deb   ataladi   va   umumiy
maydonning   78,1   %   ini   tashkil   qiladi.   Shuningdek,   adirlar-15,2,   tog’liklar-4,5   va
yaylov   mintaqasi-2,6   %   ini   tashkil   qiladi.   Cho’l   mintaqasida   sug’oriladigan
dehqonchilik   va   yaylov   chorvachiligi,   xususan   qorako’lchilik   rivojlangan   hudud
hisoblanadi.   Bu   mintaqada   yillik   yog’ingarchilik   miqdori   100-250   mm   ni,
havoning o’rtacha yillik harorati 150 S atrofida bo’ladi.
Tog’   oldi   tekisliklari   mintaqasi-adirlar   deb   ataladi   va   yillik   yog’ingarchilik
miqdori   o’rtacha   200-345   mm   ni   tashkil   qiladi.   O’rtacha   yillik   harorat   cho’l
mintaqasiga nisbatan biroz pastroq, ya’ni 150 S, janubda 14-160 S ni tashkil qiladi.
Mintaqada   lalmi   dehqonchilik   va   yirik   sug’oriladigan   dehqonchilik   vohalari
joylashgan.   Toshkent,   Sirdaryo,   Jizzax,   Qashqadaryo,   Samarqand   viloyatlari
kattagina hududlari ushbu mintaqaga xosdir.
O’rtacha   balandlikdagi   tog’   mintaqasi   Toshkent,   Samarqand,   Qashqadaryo,
Surxondaryo   viloyatlarining   kattagina   maydonlarini   egallaydi.   O’rtacha   yillik
yog’ingarchilik   miqdori   bu   mintaqada   nisbatan   ko’proq-400   mm   atrofida   bo’lib,
lalmi dehqonchilik uchun ancha qulay hisoblanadi. O’rtacha yillik havo harorati 8-
11  0
C ni tashkil qiladi.
Baland   tog’   mintaqasi-yaylov   deb   ataladi,   tuproqlari   och-ko’ng’ir   tusli,
51 o’simlik   qoplami   asosan   o’tloq-cho’l   o’simliklaridan   tashkil   topgan   va   yozgi
mavsum uchun eng yaxshi yaylovlar hisoblanadi.
Respublikaning foydalaniladigan yaylovlarining umumiy maydoni 23,6 mln
ga ni tashkil qiladi. Bu umumiy hududning 52,% ini tashkil qiladi. Shu jumladan,
cho’l  va yarim  cho’llardan iborat  qorako’lchilik yaylovlari  17,8 mln ga ni  tashkil
qiladi. Shundan 14 foizi suv bilan ta’minlangan emas.
Ch o’l   va   yarim   ch o’ l   yaylovlari   (adirlar)   respublikada   ch o’ l-yaylov
chorvachiligi ozu q a manbai sifatida foydalaniladi.
3.1.1-jadval
Cho’l-yaylov chorvachiligi tomonidan foydalanilayotgan yaylov fondi
Viloyatlar Jami   yaylov
maydoni, ming/ga Shu   jumladan   suv   bilan
ta’minlanmagan
Ming/ga %
Qoraqalpog’iston
3461 ,1 430,0 12,4
Buxoro 2416,0 439,7 18,2
Jizzax 582,0 205,0 35,2
Qashqadaryo 1011,9 122,5 12,1
Navoiy 9245,8 1110,3 12,0
Samarqand 633,2 124,9 19,73
Surxondaryo 407,9 64,6 15,84
Respublika 
bo’yicha jami: 17758,8 2498,4 14,0
Yaylov   maydonlarining   q olgan   qis mi   bo shq a   viloyatlar   h ududlarida
joylashgan   va   ulardan   chorva   h ayvonlarini   mavsumiy   ozi q lantirishda
foydalaniladi.
Tupro q   h osil   q iluvchi   ona   jinslarning   turli-tumanligi,   ekologik   mu h it,
o’s imliklar dunyoning xilma-xilligi i ql imning keskin kontinentalligi va   h ududning
kattaligi   tufayli   respublika   tupro q lariying   ranr-barangligi   va   kompleksliligini
ta’minlaydi.
52 Yirik   q umli   massivlar   Q izil q um   ch o’ li,   q adimiy   Amudaryo   deltasi   va
Surxondaryo   viloyatida   kattagina   maydonlarni   egallaydi.   Q um   tupro q lar   yu q ori
suv   o’ tkazuvchanlik   xususiyatiga   ega,   suv   chu q ur   q atlamlarga   singib   boradi.
Tupro q  yuzasida o q im  h osil b o’ lmaydi. Oz mi q dordagi namgarchilik  h am 100-150
sm   chu q urlikkacha   q umni   namlaydi.   Q umli   tupro q larda   kapilyarlikning   deyarli
yo’ q ligi   fizik   bu g’ lanishning   minimal   b o’ lishini   ta’minlab,   mavjud   namlikdan
o’ simliklarning samarali foydal a nishini ta’minlaydi.
Q umlarda   namlikning   o’ lik   zaxirasi   1   %   dan   ortmaydi.   Q um   tupro q larda
o’s imliklar rivoji uchun ancha  q ulay sharoit mavjud b o’ ladi.
Ch o’ l   va   a yrim   ch o’ l   minta q asida   yo g’ ingarchilikning   ta q simlanishi
h ududlar   b o’ ylab   juda- o’ zgaruvchandir   va   bu   jarayon   namli   h avo   h arakati
yo’nalishi bilan uzviy bo g’ li q  b o’ ladi.
Q izil q um ch o’ li namgarchilikning juda kamligi bilan ajralib turadi.  O’ rtacha
yillik yo g’ ingarchilik mi q dori bu  h udduda 103-146 mm ni tashkil  q iladi.
Shar qq a tomon, dengiz sat h idan yu q origa k o’ tarilib borish bilan va ayni q sa
Shimoliy Shar q iy yo’nalishda yo g’ ingarchilik mi q dori asta-sekin   k o’ tarilib boradi.
To g’  oldi yarim ch o’ l minta q asida  o’ rtacha yillik yo g’in garchilik mi q dori 289-325
mm   gacha   etadi.   Yaylovlarning   h osildorligiga   h avoning   nisbiy   namligi   h am   o’z
ta’sirini   o’ tkazadi.   Qi shki   mavsumda,   odatda   ertalab   va   tunda,   q isman
kech q urunlari  h avoning nisbiy namligi eng yu q ori k o’ rsatkichlarga 70-90, kunduzi
55-75 % gacha boradi.
Shunday   q ilib,   ch o’ l   va   yarim   ch o’ l   minta q alari   ekologik   mu hi t   sifatida
o’ simliklarning yashashi  uchun   o’ ziga xos keskin   o’ zgaruvchan shart-sharoitlarga
boy   h isoblanadi. Bu  yerda ba’zi  ekologik omillar  keragidan orti q   b o’ lsa (issi q lik,
q uyosh radiatsiyasi) ba’zilari  o’ ta ta q childir. (Suv, tupro q  unumdorligi) va x.k.
Bunday sharoitda   o’ simliklarning jadal   o’ sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir
o’ tkazuvchi   q ator omillar   ha r doim mavjud b o’ ladi. Ushbu omilarga   q uyidagilarni
kiritish mumkin:
 Q uru q -i q lim   (yo g’ ingarchilikning   ka mligi   va   bu g’ lanishning
intensivligi);
53 3.1.2-Jadval
Yaylov ozuqasi to’yimliligining o’zgaruvchanligi  (Morozov , 1970)
Yaylov ozuqa 100 kg ozuqada
Ozuqa birligi Hazmlanuvchi
oqsil, kg Karotin, g
Bahorning birinchi davri (16.02 dan 15.03 gacha)
Ko’k   ozuqalar
kam,   asosan
bulturgi   quruq
ozuqalar 40,5 1,8 0,4
Bahorning ikkinchi davri (16.03 dan 15.05 gacha)
O’tchil ko’k o’tlar 81,0 5,0 25,7
Yozning birinchi davri   (16.05 dan 15.06 gacha)
O’tchil   quriyotgan
o’tlar 72,0 3,0 3,3-10,3
Yozning ikkinchi davri (16.06 dan 30.09 gacha)
Quruq   va   yarim
quruq   o’tchil
o’simliklar 49,0 2,5 0,4-0,5
Kuz (1.10 dan 20.10 gacha)
Vegetatsiya
qilayotgan  shuvoq,
sho’ralar,   efemer
va boshqa o’simlik
qoldiqlari 54,0 3,0 0,35
Qish (1.12 dan 15,02 gacha)
Quruq   shuvoq   va
boshqa   o’simlik
qoldiqlari 18-35 1,2-2,1 0,28
 Yozgi havo haroratining yuqoriligi va qishning sovuqligi;
 Sizot suvlarining juda chu q urligi va tupro q  yuza  q atlamining juda kam
54 mi q dorda namlanishi;
 Tupro qning o’ta   q izib ketishi;
 Substratning  h arakatchanligi;
 Sh o’ rlanishning yu q oriligi;
O’ zbekiston ch o’ l yaylovlarini asosan 4 yirik- ti plarga ajratish mumkin:
 Buta-barra  o’t li  q umli ch o’ l yaylovlari;
 Yarim   buta-yefemer   o’ tli   b o’ z   va   b o’ z- qo’ n g’ ir   tupro q li   ch o’ l
yaylovlari;
 Sh o’ ra  o’ tli sh o’ rxok yaylovlar;
 Yefemer-yefemeroidli   yarim   ch o’ l   (soz   va   b o’ z   tupro q li)   adir
yaylovlari.
3.1.3-jadval
Yaylov ozuqasi hosilining o’zgaruvchanligi, % hisobida
(Nechayeva, 1958)
Yaylov
hosildorligi Yefemerlar sho’ralar
Shuvoq Dag’al
o’tlar Butalar
Juda
hosildor 150 200 180 170 160 165 120
O’rtacha
hosilli 115 150 140 130 140 135 110
Kam hosilli 100 100 100 100 100 100 100
Juda   kam
hosilli 40 20 20 25 50 75 80
Muayyan   iqlim   sharoitlaridan   kelib   chiqqan   holda   har   10   yilda   cho’l
mintaqasida   odatda   3   yil   serhosil,   shundan   bir   yili   juda   serhosil   4   yil   o’rtacha
hosilli,   3   yil   kam   hosilli,   shundan   bir   yili   juda   kam   hosilli   bo’lishi   aniqlangan
(Nechayeva, 1958).
Bundan   tashqari   barcha   tipdagi   yaylovlarda   yil   mavsumlari   bo’ylab   ham
hosildorlik   keskin   o’zgarib   turadi.   Bunga   sabab-turli   mavsumlardagi   iqlim
55 sharoitlarining o’zgaruvchanligi va o’simlik turlarining biologik xususiyatlari ham
bo’lishi   mumkin.   Aniqlanganki,   buta   o’simliklarda   maksimum   hosildorlik   yozda,
shuvoq   hosilining   maksimumi   ikki   davrda,   ya’ni   yozda   va   kuzda,   efemer   va
efemeroid turlar maksimum hosildorligi bahor mavsumida namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
 Cho’l va yarim cho’l yaylovlari o’simlik qoplami buta-barra o’tli, yarim buta
-yefemer   o’tli,   sho’ra   o’tli   va   efemer   o’tli   tiplardan   iborat   bo’lib,   nisbatan   kam
hosilli   va   hosilning   turli   yillar   va  yil   mavsumlari   bo’ylab  keskin   o’zgauvchanligi
bilan xarakterlanadi;
 Turli tiplarga xos yaylovlarning o’ziga xos kamchiliklari mavjud: buta-barra
o’tli yaylovlar qishda kam hosilli va yaylov ozuqasi to’yimliligi juda past;
 Yarim   buta-yefemerli   yaylovlarning   hosili   yozda   va   qishda   juda   kam,
ozuqaning to’yimliligi ham qoniqarli emas;
 Yefemer   o’tli   yaylovlar   garchand   bahor   mavsumida   juda   yaxshi   yaylovlar
hisoblansada, kuz va qish mavsumlarida foydalanishga yaroqsiz;
 Sho’ra   o’tli   yaylovlar   faqatgina   kuzda,   qisqa   mavsumda   foydalanishga
yaroqli, yaylov ozuqasi hosili va uning to’yimliligi past;
 Yaylovlarning   qoniqarsiz   holati   ularni   fitomelioratsiyalash   orqali   ko’p
komponentli va yuqori  hosilli  sun’iy agrofitotsenozlar  barpo qilishning maqsadga
muvofiqligini   va   bunday   yaylovlardan   samarali   foydalanish   chora-tadbirlarini
amalga oshirishni taqozo etadi.
 Yaylovlardan   mavsumiy   foydalanish   bo’yicha   Respublika   yaylovlari
maqsadga   muvofiq   ravishda   taqsimlanmagan:   jami   yaylovlarning   50   %   yil   bo’yi
foydalanishga yaroqli, 20 % yaylovlar-bahor-yoz mavsumlarida, qolgan qismi esa
qisqa mavsumiy foydalanishga yaroqli yaylovlar hisoblanadi;
 Respublika   yaylovlarining   o’rtacha   hosil   davrligi   gektaridan-   1,21   ozuqa
birligini tashkil qiladi.
 Yog’ingarchilik   miqdori   o’rtacha   yillarda   chorva   hayvonlarini   yaylov
ozuqasi   bilan   ta’minlanishi   80   %   kam   hosilli   yillarda   55-60   %,   juda   kam   hosilli
yillarda 30-40 % atrofida bo’lishi aniqlangan;
56  Yaylovlardan ratsional foydalanishning asosiy va hal qiluvchi omili ulardan
qatiy mavsumiy foydalanish va yillar aro yaylov almashinish tizimiga rioya qilish,
mavjud ozuqaning 65-70 % igacha edirilishini ta’minlashdir.
3. 2 .  Ya y lovlarni fitomelioratsiyalash usullari. 
Cho’l   yaylovlari   hosildorligini   qayta   tiklash   va   yuqori   hosilli   sun’iy
agrofitotsenozlar   yaratishda   muayyan   hududning   tuproq,   iqlim   xususiyatlarini
hisobga   olgan   holda   qator   agrotexnik   tadbirlarni   o’z   vaqtida   va   ma’romiga
yetkazib   amalga   oshirish   lozim.   Bunda   fitomeliorantlar   sifatida   ekiladigan
ozuqabop   o’simliklarning   ekologo-biologik,   xo’jalikbop   xususiyatlarini   hisobga
olish ham muhim ahamiyatga ega.
Bajaradigan agrotexnik tadbirlar kompleksi o’z ichiga quyidagi elementlarni
oladi:   maydon   tanlash,   tuproqqa   ishlov   berish   va   ekinzorlarni   joylashtirish,   ekish
muddatlari, urug’ sarfi me’yorlari, ekish usullari va texnikasi, urug’larni tuproqqa
qadash chuqurligi va ekinzorlarni parvarishlashdir.
Fitomeliorativ   tadbirlarni   amalga   oshirishda   birinchi   navbatda   antropogen
yoki   texnogen   ta’sirlar   ostida   o’simlik   qoplami   kambag’allashib   qolgan,
hosildorligi   juda   part   yaylov   hududlari   tanlanadi.   Tanlangan   hududlar   hajmi
(maydoni) xo’jaliklarda mavjud imkoniyatlar (texnika, vositalari, urug’ zaxiralari,
ishchi kuchi va h.k) asosida belgilanadi.
Tuproqqa ishlov berish.  Agrotexnik tadbirlar ichida tuproqqa ishlov berish
alohida   ahamiyatga   ega.   Chunki   ekiladigan   fitomeliorantlar   maysalari   uchun
hayotining birinchi  yilida aborigen o’simliklar  konkurensiyasini  yo’qotish muhim
щaroitlardan   biridir.   Bundan   tashqari,   ishlov   berilgan   tuproqda   namlik   ko’proq
bo’ladi   va   uzoqroq   saqlanadi,   o’simlik   maysalarining   yaxshi   o’sishi   va
rivojlanishiga   imkoniyat   yaratadi.   Odatda   gipsli   va   bo’z   tuproqli   yaylovlarda
tuproqqa ishlov berish 20-25 sm chuqurlikda pluglar yordamida shudgorlash va bir
yo’la   boronalash   yoki   mola   bosishdan   iborat   bo’ladi.   Qumli   yaylovlarda   esa
sharoitga   qarab   chizellash   (agarda   mustahkamlangan   hududlar   bo’lsa)   yoki
disklash,   barxanli   va   qum   tepali   hududlarda   esa   boronalash   tavsiya   etiladi.
57 Tuproqqa ishlov berishning optimal muddatlari bahor (yerda namlik miqdori etarli
bo’lgan   sharoitda)   yoki   kuz   mavsumlari   hisoblanadi.   Agarda   shudgorlangan   er
kuchli   chimlangan   bo’lsa   lushilnikli   disklar   (LD-10B)   yordamida   disklash
maqsadga   muvofiq.   Bu   tadbir   aborigen   turlarning   konkurentlik   xususiyatini
bartaraf   qilib,   ekinlarning   jadal   rivojlanishi   uchun   sharoit   yaratadi.   (Burigin   va
boshq., 1956; Shamsutdinov, Chalbash, 1960, 1969; Sinkovskiy, 1961).
Ekinzorlarni   joylashtirish.   Yaylov   ixotazorlarini   yaratishda   ekinzorlar
doimiy   shamollar   yo’nalishiga   nisbatan   perpendikulyar   holda   joylashtiriladi.
Saksovul polosalarining eni tog’ oldi va osti tekisliklarida 25 m,  cho’llarda esa 12-
15 m bo’lishi, poyasalar orasidagi masofa esa 100-150 m, qumli cho’lda 250-300
m   bo’lishi   lozim.   Bu   sharoitda   ekinzorlar   va   tabiiy   yaylovlar   maydonlari   nisbati
1:6-1:12, ya’ni har 100 ga yaylovda 25 yoki 12,5 ga ixota polosalari bo’ladi.
Yozgi-kuzgi,   kuzgi-qishki   va   yil   bo’yi   foydalanishga   mo’ljallangan
agrofitotsenozlar   yaratishda   yaylovning   holati   hisobga   olinadi.   Agarda   tanlangan
maydon   o’simliklar   qoplami   o’ta   kuchli   inqirozga   uchragan   bo’lsa   ekin   maydoni
polasalarining eni 12 metrdan qilib har 12 m da takrorlanadi (sxema 2).
Yaylovlarni   fitomelioratsiyalashda   quyidagi   turlar   va   urug’lari   nisbatlarini
ekish tavsiya etiladi:
Yaylovlarni   fitomelioratsiyalashda   quyidagi   turlar   va   urug’lari   nisbatlarini
ekish tavsiya etiladi:
3. 2.1 -sxema
yaylov ixotazorlarini joylashtirishTabiiy yaylov	
Tabiiy yaylov
2 5   m 2 5 0 - 3 0 0   m 2 5   m 2 5 0 - 3 0 0   m 2 5   m
58 3.2.2-sxemaTabiiy yaylov	
Tabiiy yaylov	
Tabiiy yaylov
1 2   m 1 2   m 1 2   m 1 2   m 1 2   m 1 2   m
E kish   muddatlari.   Ch o’ l   minta q asi   h avosining   q uru q ligi,   tupro q   yuza
q ismining tezda  q urib  q olishi, ba h or mavsumida i ql imning keskin  o’ zgaruvchanligi
uru g’ larning   unib   chi q ishi   uchun   o’ ta   no q ulay   sharoitni   keltirib   ch iq aradi.   Shu
bo is ,   uru g’ larni   ekishning   optimal   muddatlarini   belgilash   olib   boriladigan
fitomeliorativ   tadbirlarning   samaradorligini   belgilaydi.   K o’ p   yillik   tad qiq otlar
natijalariga   k o’ ra   ekishning   eng   optimal   muddatlari   dekabr-yanvar   oylaridir.
Q ur g’ o q chil   yillarda   dekabr   oyida   ekish   yaxshi   samara   ber a d i ,   yo g’ ingarchilik
m o’ l yillarda yanvar oyida yu q ori b o’ ladi. Tad q i q otlarda ani ql anishicha, uru g’ larni
bevosita  q or ustiga sepish  h am yu q ori samaradorlikka erishish garovidir.
Urug’ sarfi me’yorlari.
Yaylov   agrofitotsenozlarini   yaratishda   h ar   bir   h ayotiy   forma,   turlarning
belgilangan optimal me’yorlaridagi uru g’ larini ekish ma q sadga muvofi q  b o’ ladi.
Q uyida   ch o’ l   ozu q abop   o’ simliklarining   optimal   ekish   normalarini
keltiramiz:
3.2.1-jadval
O ’ s i m l i k   t u r i K g / g a M l n   d o n a / g a
59 S a k s o v u l 5 0 , 1 3
C h e r k e z 1 0 - 1 2 0 , 6 8 - 0 , 8 0
C h o ’ g ’ o n 8 - 1 0 0 , 5 6
I z e n 3 1 , 6 2
Q u y r o v u q 6 - 7 0 , 9 5
S h u v o q 3 - 4 1 , 5 7
K a m f o r o s m a 3 - 4 2 , 1 5
Q o ’ n g ’ i r b o s h 3 0 , 4 1
Optimal ekish normalarini
Jadvalda k o’ rsatilgan me’yorlar 100   % x o’ jalik uchun yaro q li uru g’ lar uchun
mo’ljalla nagn   b o’l ib,   odatda   ch o’ l   ozu q abop   o’ simlik   uru g’ lari   sifati   ancha
pa sa yadi. Uru g’ larning ekish sifati ularning tozaligi, unuvchanligiga  bog’liq .
Odatda   izen   uru g’ larining   tozaligi   33-55   %,   q uyrovu q niki   11-50   %,
ch o’g’ onniki 27-54   %, saksovulniki 17-75   %, cherkezniki 30-67   %, shuvo q niki 2-
10   %   dan   oshmaydi.   Shunday   ekan,   ekish   sifatlariga   q arab   ekish   me’yorlari
belgilanadi.
Yekiladigan uru g’ lar  o’ rnatilgan standartlar talabiga javob berishi shart.
3.2.2-jadval
Cho’l ozuqabop o’simliklarining ekish sifatlariga talabalar
(TU-46-804-74; GOST   1 3 8 5 5 - 6 8 )
60 O ’ s i m l i k   t u r i S i n f i U n u v c h a n l i g i A s o s i y   t u r
u r u g ’ l a r i ,   %
I z e n 1 7 0 3 0
2 6 0 3 0
3 5 0 3 0
Q u y r o v u q 1 7 0 5 0
2 6 0 5 0
3 5 0 5 0
C h o ’ g ’ o n 1 5 0 6 0
2 4 0 6 0
3 4 0 6 0
C h e r k e z 1 7 0 6 5
2 6 0 6 5
3 5 0 6 5
O q   s a k s o v u l 1 8 0 6 0
2 7 0 6 0
3 6 0 6 0
Q o r a   s a k s o v u l 1 7 0 7 5
2 6 0 7 5
3 5 0 7 5
Odatda,   amaliyotda   h ar   bir   gektar   yerga   o’ simlik   turlariga   q arab   10-15   kg
dan uru g’ lar ekiladi.
Uru g’ larni ekish usullari va texnikasi.
Ch o’l   ozu q abop   o’ simli kl ari   u ru g’ larini  SU-24 seyalkalari  yordamida ekish
mumkin. SU-24 seyalkalari T.N.Musayev va I.I.Landsmanlar (1968) tomonlaridan
takom il lashtirilib, ularga rotorli ekish apparat l ari  o’ rnatilgan. Rotorli ekish apparat i
itaruvchi   moslamalarga   e ga   b o’ lib,   uru g’ lar   seyalkaning   uru g’   tushadigan
tir q ishlariga itariladi va tushgan uru g’ lar 1-1,5 sm chu q urlikkacha k o’ milib, yaxshi
unib   chi q ishlari   uchun   sharoit   yaratiladi.   Syalka   uru g’ larni   60   sm   oraliqdagi
q atorlarga ekishga moslashgan.
61 Ch o’l   sharoitida   seyalkani   topishning   iloji   bo’lmasa,   urug’lar   transport
telejkalariga   ortilib   bir   yula   qo’lda   sepib   boriladi.   Urug’larni   kerakli   chuqurlikda
(0,5-1,0 sm) ko’mish uchun telejka orqasiga yengil mola ham taqib olinadi.
Urug’larni tuproqqa qadash chuqurligi.
Uzoq   yillik   tajribalar   shuni   ko’rsatadiki,   cho’l   ozuqabop   o’simliklari
urug’lari   ekilganida   albatta   ularni   ma’lum   chuqurlikkacha   ko’mish   lozim.   Aks
holda   urug’larni   shamol   uchirib   ketishi,   hashorotlar   tashib   ketishi,   unuvchanligi
juda   past   bo’lishi   mumkin.   Urug’larni   ko’mishning   optimal   chuqurligi
quyidagicha;   saksovul,   izen   urug’lari   0,5-1,0   sm,   quyrovuq   urug’lari   1,0-1,5   sm,
cho’g’on va cherkez urug’lari 1,0-2,0 sm, shuvoq va kamforosma urug’lari 0,5 sm.
Urug’larni   bunday   chuqurlikda   ko’mish   uchun   bir   yo’la   yengil   mola   bosish   yoki
boronalash tavsiya etiladi.
Cho’l   yaylovlarining   mahsuldorligini   oshirish   maqsadida   ularni
fitomelioratsiyalash   yuqori   iqtisodiy   samaradorlikka   erishish   imkonini   yaratadi,
chorvachilikni barqaror rivojlantirishga shart sharoit yaratadi. Z.Sh.Shamsutdinov,
I.O.Ibragimov (1983) larning ta’kidlashlaricha agarda tabiiy yaylovlar hosildorligi
o’rtacha   3,6   s/ga   ni   tashkil   qilsa,   sun’iy   yaratilgan   agrofitotsenozlar   hosildorligi
12-24,2   s/ga   gacha   yetadi.   Har   bir   ga   yaylovdan   olinadigan   daromad   esa,   tabiiy
yaylovlarnikidan 3-6 marotaba yuqori bo’ladi.
3 . 3 .   Yaylovlardan ratsional foydalanish muammolari
Cho’l   ekosistemalari   uchun   fitofag   hayvonlarning   mavjudligini,   ya’ni
o’simliklarning   o’txo’r   hayvonlar   tomonidan   yeyilishi   hozirgi   taraqqiyot   davrida
ham,   antropogen   davridan   oldin   ham   tabiiy   hodisa   bo’lgan.   O’zining   tabiatdagi
tutgan   o’rni   va   unga   ta’sir   o’tkazish   darajasiga   ko’ra   mol   boqish   global   muhit
bo’lib,   usiz   ko’pgina   ekosistemalarning   shakllanishi,   hayot   kechirishi,   rivojlanish
dinamikasi qonuniyatlarini tushunish mushkul.
  Ekosistemalarining   shakllanishida   yirik   o’txo’r   hayvonlarning   ahamiyati
juda   katta   ekanligi   aniqlangan   (Jerixin,   1993).   Antropogen   davridan   oldin   bu
funksiyani   yovvoyi   hayvonlar   bajargan   bo’lsa,   hozirgi   kunda   bu   vazifani   turli
chorva mollari bajarishmoqda. Mol boqishning yaylov tizimiga ta’sirini o’rganish
62 borasida-juda   ko’p   tadqiqotlar   olib   borilgan.   (Andreyev,   1968,   Gorshkova,   1978,
evseyev,   1949,   Morozova,   1938,   Tishkov,   1993   Nechayeva,   1954,   1980;
Semenova-Tyanshanskaya   1966,   Shennikov,   1941)   yaylovlarda   mol   boqkmaslik,
o’simlik   qoplamida   mox   va   lishayniklarning   ko’payishiga,   ko’pgina   o’simlik
turlarining   yo’qolib   ketishiga   va   pirovardida   yaylov   inqirozi   yuzaga   kelishi
ko’rsatilgan.
Bu   muammolarni   atroflicha   o’rgangan   B.D.Abaturov   (2006)   -   “So’zsiz,
yaylovda mol boqish arid mintaqasi ekosistemalarining barqaror faoliyat ko’rsatish
uchun zarur faoliyat”-degan xulosaga keladi.
Tabiatda,   tabiiy   ekosistemalarda   fitofag   hayvonlarning   o’simlik   qoplamiga
bo’lgan ta’ziqini mo’tadillashtirib turuvchi mexanizmlar mavjud (Abaturov, 1979).
Yaylov   xo’jaligida   esa   bunday   boshqaruv   mexnizmlarini   qo’llash   uchun   o’simlik
qoplamining   rivojlanish   qonuniyatlarini,   yaylovga   bo’lgan   tayziqning   optimal
me’yorlarini bilgan holda inson tomonidan boshqarilib turishi lozim.
“Yaylovlardan   ratsional   foydalanish”   degan   tushunchaning   asl   mohiyati
shundan   iboratki,   o’simliklardan   ozuqa   sifatida   maksimal   foydalanish   bilan   bir
qatorda   ularning   o’z-o’zini   tiklash,   urug’idan   yana   unib   chiqish   qobilyatlarini
saqlab   qolish,   ekosistemalarning   turlar,   xayotiy   formalari   jihatidan
kambag’allashuvining oldini olish, barqaror hosildorlikka erishishdir.
Uzoq yillar davomida olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib L.S.Gayevskaya
(1971) Yaylovlardan ratsional foydalanishning asosiy va hal qiluvchi omillari:
-yaylovlardan mavsumiy va yillar aro almashinib foydalanish;
-yillik yaylov ozuqasi massasining 65-75 % idan foydalanish” - deb yozadi.
Bu yaylovlardan foydalanishning optimal me’yori deb tan olingan.
Cho’l   yaylovlaridan   azaldan   ajdodlarimiz   foydalanib   kelishgan.
Yaylovlardan foydalanish u davrlarda ko’chmanchilikka asoslanib, yil mavsumlari
va   yillar   aro   yaylovlar   almashinib   kelingan,   ularning   o’z-o’zni   qayta   tiklash
qobilyati   saqlanib   qolingan.   Shu   tarzda   yaylov   ekotizimiga   bo’lgan   antropogen
ta’sir   minimallashtirilib,   tabiiy   muvozanat   saqlanib   kelinmoqda,   ya’ni   yuqorida
ta’kidlanib o’tilganidek, muvozanatning tabiiy mexanizmlari ustivorlik qilgan.
63 Cho’lda   yirik   chorvachilik   xo’jaliklari   shakllangan   va   asosan   o’troq   holda
yaylovlardan   foydalanishga   asoslangan   yaylov   xo’jaligini   yuritishning   hozirgi
sharoitida   ekosistemalardan   ratsional   foydalanishning   o’ziga   xos   qonuniyatlari
mavjud bo’lib, uning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan.
Yaylovlardan   ratsional   foydalanishda   quyidagi   shart   sharoitlarga   so’zsiz
tayanish lozim:
 yaylovlar xosildorligi;
 yaylov ozuqasining yeyiluvchanligi va to’yimliligi,
 yaylov ozuqasidan foydalanish me’yori,
 foydalanish me’yoriga qarab yaylovlarning qo’y sig’imi,
 mavsumiy foydalanishda ularning davomiyligi,
 hayvonlarning yaylov ozuqasi bilan ta’minlanganlik darajasi,
 yaylov almashinish tizimini ishlab chiqish,
 yaylovlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi,
 yaylovlarni   yaxshilash   va   ratsional   foydalanish   chora-tadbirlarini
ishlab chiqish,
 chorva   mollari   bosh   sonini   maqsadga   muvofiq   ravishda   boshqarib
turish,
 qishlov uchun ozuqa jamg’arish va x.k.
Qumli   yaylovlardan   foydalanilganda,   o’simlik   qoplamiga   eng   kuchli   taziiq
bahorgi mavsumda foydalanishda bo’ladi.
Agarda   bir   hududning   o’zida   bahorda   foydalanish   2-3   yil   uzluksiz   davom
etsa,   yaylov   hosildorligi   keskin   pasayadi.   Bunday   sharoitda   yaylovga   ma’lum
muddatda   dam   berilib,   o’simliklarning   urug’lanishiga   va   o’z-o’zini   qayta   tiklash
qobilyatini tiklashga imkon beriladi.
Qumli   yaylovlardan   samarali   foydalanishning   eng   maqbul   tizimi
N.T.Nechayeva   va   I.A.Mosolovalar   (1954)   tomonidan   ishlab   chiqilgan.   Bu   tizim
4-yaylovli almashlab foydalanishga asoslangan bo’lib birinchi 2 yil mobaynida 1-
yaylov   uchastkasidan   nafaqat   bahor   mavsumida   foydalaniladi,   2-yaylov
uchastkasidan   faqat   yoz   mavsumida,   3-yaylov   uchastkasidan-kuz   mavsumida,   4-
64 yaylov uchastkasidan esa qish mavsumida foydalaniladi.
3.3.1-jadval
Qumli   yaylovlardan   foydalanishning   4   yaylovli   almashlab
foydalanishning soddalashtirilgan sxemasi. 
(Nechayeva, Mosolov ,   1 9 5 4 )
Yillar Yaylov uchastkalari
1 2 3 4
1-4-yillar Bahor Yoz Kuz Qish
5-8-yillar Yoz Bahor Qish Kuz
9-12-yillar Bahor Yoz Kuz Qish
13-16-yillar Yoz Bahor Qish Kuz
3.3.2-jadval
Shuvoqli + efemerli yaylovlardan foydalanishning 2 yaylovli almashlab
foydalanish sxemasi
(Gayevskaya, Krasnopolin ,   1 9 5 7 )
Yillar Almashinish yaylovlar
1 2
Asosiy
mavsum Qo’shimcha
mavsum Asosiy
mavsum Qo’shimcha
mavsum
1-5-yillar Bahor Kuz  Yoz Qish 
6-10-yillar Yoz Kuz Bahor Qish
11-15-yillar Bahor Kuz Yoz Qish
Albatta,   yaylov   uchastkalari   belgilanayotganida,   ularning   o’simlik   qoplami
zichligi, tarkibi hosildorligi kabi xususiyatlari hisobga olinishi mumkin. Efemer va
bir   yillik   o’simliklarga   boy   yaylovlardan   bahor-yoz   mavsumlarida,   butalarga   boy
yaylovlardan esa kuz-qish mavsumlarida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qizilqum   cho’lida   shuvoqli-yefemerli   yaylov   keng   tarqalgan.   Bunday
yaylovlardan   foydalanishning   eng   maqbul   tizimi   L.S.Gayevskaya   va   e.S.
65 Krasnopolin   (1956,   1957)   tomonlaridan   ishlab   chiqilgan.Shu   narsa   aniqlanganki,
bu tipdagi yaylovlar yillik hosilining 65-75  %  ini bahorda yoki kuzda, shuningdek
ikki   mavsumda,   ya’ni   (bahor-kuz)   uzluksiz   3   yil   maboynida   yedirish   yaylov
o’simlik   qoplamiga   salbiy   ta’sir   qilmas   ekan.   Shu   bois,   shuvokli+yefemerli
yaylovlarda bahorgi mavsumda foydalanadigan yaylov uchastkalarini har 4-5 yilda
bir marotaba almashtirish tavsiya etiladi.
3.4.   Tog’   oldi   chala   cho’l   yaylovlarini   ekologik   holatini   yaxshilashda
foydalaniladigan asosiy ozuqabop o’simliklar
Inqirozga   uchragan   yaylovlarni   qayta   tiklashda   istiqbolli
fitomeliorantlar.
Oq   saksovul   (Haloxylon   persicum   Bunge   ex   Boiss.   Et   Bushe)   —
s ho’radoshlar   oilasiga   mansub,   bo’yi   3-4   m   ga   yetadigan   daraxtsimon   buta.
Barglari  reduksiyalanib,  kichik tangachalarga  aylangan.  Fototsintez  jarayoni  yosh
assimliyasion   novdalari   orqali   amalga   oshadi.   Umumiy   belgilari   jihatdan   qora
saksovulga o’xshash. Pammofil o’simliklardan bo’lib, faqat qumli cho’lda o’sadi.
Yaylovda 30 yilgacha umr ko’radi (Nechayeva va boshqalar, 1973).
Oq   saksovulning   qora   saksovuldan   farqi   yana   shundaki,   gullarining   qisqa
novdachalarda   o’rnashganligi,   vegetativ   novdalarida   gullarning   bo’lmasligi   va
tanasining   oq   po’st   bilan   o’ralganligidir.   Odatda,   urug’idan   ko’payadi.
Qalamchalaridan ko’paytirish tajribalari ham mavjud (Muxammedov, 1979). Ildizi
tuproqqa   chuqur   kirib   boradi   (9   metr   chuqurlikkacha).   Gorizontal   yo’nalishda   7-
7,5   metrgacha   joyni   egallaydi,   Qum   bilan   ko’milib   qolgan   novdalarida
qo’shimcha,   yon   ildizlar   vujudga   keladi.   Uning   bu   xususiyati   qumlarni
mustahkamlashda   katta   ahamiyatga   ega.   Mart   oyida   vegetatsiyasi   boshlanadi,
aprelda gullaydi, urug’i oktyabr oyida pishadi. Odatda oq saksovulning yoshi 5-6
yilga yetgach urug’ bera boshlaydi. Oq saksovul qumli cho’lda qimmatli ozuqaviy
xususiyatga   ega   bo’lgan   o’simlik.   Qo’ylar   uni   kuzda   va   qishda   istemol   qilishadi.
Tuyalar esa yil davomida yeyishi kuzatilgan. Yeyiluvchan qismi yosh novdalari va
urug’laridir. Yeyiluvchan novdalarida 9,8 % gacha protein, 12-26,3 kletchatka, 25-
66 40   %   biologik   ekstraktiv   moddalar   bo’ladi.   100   kg   ozuqasi   tarkibida   52   ozuqa
birligi   mavjud.   Tarkibidagi   proteinning   hazm   bo’lish   koyeffitsenti   -52,
klechatkasiniki  -47, yog’i - 29, organik moddalarniki  – 56 %. Tabiiy yaylovlarda
uning hosildorligi gektaridan 2-4 sentner (Shamsutdinov, Ibragimov, 1983). Qumli
cho’l sharoitida yaylov ixotazorlari va suniy agrofitotsenozlar yaratishda istiqbolli
o’simlik.
Qora   saksovul   (Haloxylon   aphyllum   (Minkw)   Iljin)   -   sho’radoshlar
oilasiga   mansub,   bo’yi   3-4   m,   ba’zan   6-8   m   ga   yetadigan   sershox   daraxtsimon
buta.   Uzoq   vegitatsiya   davriga   ega   bo’lgan   va   yaylovda   60-90   yilgacha   umr
ko’radigan o’simlik.
Qora   saksovul   odatda   qum   tepaliklar   qatorlari   orasidagi   vodiysimon   past
tekisliklarda,   eski   daryo   va   soylar   o’zanlarida,   nisbatan   yer   osti   suvlari   yaqin
joylashgan hududlarda o’sadi. Qora saksovul aprel oyida ko’karadi, voyaga yetgan
o’simliklar   aprelda   gullaydi,   urug’lari   noyabr   oyida   pishib   yetiladi.   Gullari
ko’rimsiz,   juda   mayda.   Gul   beruvchi   novdachalari   vegitativ   novdalarida   ham
bo’ladi. Kuchli rivojlangan va universal tipdagi ildizlari yer osti suvlarigacha yetib
boradi. Shu bois, yilning kelishidan qat’iy nazar u barqaror pichan hosilini to’plash
xususiyatiga ega.
Tabiiy   saksovulzorlarda   uning   pichan   hosili   gektaridan   10   sentnergacha
yetadi   (Morozova,   1959).   Sun’iy   yaratilgan   saksovulzorlarda   esa   pichan
hosildorligi  5-8 s dan 16 s/ga gacha yetishi  mumkin (Shamsutdinov, 1975). Qora
saksovulning   bir   yillik   novdalari   va   urug’larini   qo’ylar   kuzda   va   qishda   yaxshi
istemol   qilishadi,   tuyalar   esa   yil   davomida   u   bilan   oziqlanishadi.   Ozuqasining
tarkibida 10-12 % gacha protein, (urug’larida 20 % gacha), 2,2-2,7 yog’, 21,2-36,8
kul  moddalari, 39,3 %  azotsiz  ekstraktiv moddalar  va 14,9 % kletchatka  mavjud.
Ozuqasining to’yimliligi yil mavsumlari bo’ylab o’zgarib turadi va 100 kg pichani
tarkibida   bahorda   -   28,   kuzda   -   46   va   qishda   –   ozuqa   birligi   mavjud   bo’lishi
aniqangan   (Amelin,   1941).   Qora   saksovul   yuqori   hosilli   sun’iy   yaylovlar,
ixotazorlar  yaratishda   istiqbolli   o’simlikdir.  Uning  O’zbekistonda  “Nortuya”  navi
yaratilgan va cho’l mintaqasida o’stirish uchun tavsiya qilingan.
67 Paletskiy   cherkezi   (Salsola   paletzkiana   Litv.)   -   s ho’radoshlar   oilasiga
mansub,   bo’yi   3-5   m   keladigan   haqiqiy   psammofit   (qumsevar)   daraxtsimon   buta
o’simlik.   Poyasi   tik   shoxlangan.   Eski   tuplarining   po’stlog’i   kulrang,   yoshlariniki
oqish bo’lib tanasi tuksiz. Barglari navbatlashib joylashgan, ipsimon, uzunligi - 4-8
sm. Kuchli rivojlangan, universal tipdagi ildizi tuproqqa chuqur kirib boradi.
Cherkez mart aprel oylarida ko’karadi, iyun-iyul oylarida gullaydi, mevalari
avgust . sentyabr oylarida pishadi. N.T.Nechayeva va S.Ya.Prixodkolarning (1968)
ma’lumotlariga ko’ra cherkez sun’iy yaylovlarda 18 yil gacha umr ko’radi.
Paletskiy   cherkezi   qo’ylar   uchun   kuzda   va   qishda   to’yimli   ozuqa
hisoblanadi.   Tuyalar   esa   uni   yil   davomida   istemol   qilishadi.   Yeyiluvchan   qismi
yosh novdalari, barglari va urug’laridir. Pichani tarkibida 16,5-22,9 % protein, 2,4-
4,0% yog’, 28,8-43,1% BEM va 17,8-21,0 % kletchatka borligi aniqlangan. 100 kg
ozuqasining tarkibida 45 ozuqa birligi mavjud bo’lib, bu ko’rsatkich bahorda - 25,
kuzda   va   qishda   -   38-33   ozuqa   birligi   bo’lishi   mumkin.   Cherkezning   novda   va
barglarida   darmondori   sifatida   ishlatiladigan   salsolin   alkoloidi   bor.   Bargidan   jun
matolarni bo’yash uchun buyoq olish mumkin.
Yekin   sharoitida   cherkezning   ozuqa   hosildorligi   uning   gektaridagi   tup
soniga   qarab   2,5-6   st/ga   ni   tashkil   qilishi   mumkin.   Cho’l   yaylovlarini
fitomelioratsiyalash,   ko’chma   qumlarni   mustahkamlashda   istiqbolli   o’simlik
hisoblanadi. Qumli cho’llarda cherkezning yana bir turi Rixter cherkezi (Salsola R
Kag)   ham   tarqalgan   bo’lib,   uning   bo’yi   Paletskiy   cherkeziga   nisbatan   biroz
pastroq, ya’ni 1,5-2 m bo’ladi. Uning yashovchanligi esa biroz uzoqroq-25-30 yil.
Ko’chmanchi  qumlarni  mustahkamlashda  istiqbolli  fitomeliorant  bo’lib, ozuqaviy
xususiyatlari, hosildorligi jihatlaridan Paletskiy cherkezidan qolishmaydi.
Cho’gon   (Halothamnus   subaphylla   Botsch.)   -   s ho’radoshlar   oilasiga
mansub,   bo’yi   40-180   sm   ga   yetadigan   chala   buta.   Barglari   bo’g’in-bo’g’in,   tez
sinuvchan,   mo’rt,   oqish   rangda.   Cho’g’on   may   iyun   oylarida   gullaydi.   Gul   oldi
barglari  mayda, qisqa,  sershirali. Gulyonbargchalari  yarim  doira shaklida.  Gullari
boshoqsimon,   uzun   to’pgul   hosil   qilib   o’rnashgan.   Gultoji   oq   rangli.   Mevasi
sentyabr   oktyabr   oylarida   pishadi.   Cho’g’onning   yashil   novdalarida   salsolin
68 moddasi   mavjud   bo’lib,   bu   alkoloiddan   tayyorlangan   preparatlar   qon   bosimini
pasaytirish, bosh og’rig’i, ko’krak siqishi kabi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
I.V.Larinning   yozishicha,   beudjilar   odamlarda   uchraydigan   quydirgi   va   boshqa
yaralarni cho’g’ondan tayyorlangan dorilar bilan davolar ekan (Larin va boshqalar,
1953).
Cho’g’on   ozuqasi   o’zining   to’yimliligi   bilan   ajralib   turadi.   Yeyiluvchan
qismi   bir   yillik   novdalari   va   urug’laridir.   Cho’g’on   qo’y   va   echkilar,   tuyalar
tomonidan  yil   davomida  yeyiladi.   Ozuqasi   tarkibida  24,7   %   protein,   2,7  %   yog’,
39,6   %   BEM,   18,3   %   kletchatka,   20,6   %   kul   moddalari   bo’lib,   100   kg   quruq
xashagi tarkibida fazalar bo’ylab 37-59 ozuqa birligi mavjud.
Cho’g’on   qimmatli   fitomeliorant   ekanligidan   uni   madaniylashtirish
agrotexnik   tadbirlari   ishlab   chiqilgan   (Shegay   V.Yu,   1973).   O’zbekistonda   uning
serxosil   va   istiqbolli   “Jayxun”   navi   yaratilgan   va   cho’l   hududlariga
rayonlashtirilgan.   Cho’lning   turli   mintaqalarida   cho’g’on   hosildorligi   gektaridan
10-18 st/ga bo’lishi aniqlangan (Bekchanov, 1992).
Teresken (Ceretoides ewersmanniana Botsch, et Ikonn) —  sho’radoshlar
oilasiga   mansub,   bo’yi   40-110   sm   ga   yetadigan   bir   uyli   chala   butadir.   Barglari
oddiy,   mustahkam,   qisqa   bandli,   tuxumsimon,   cho’ziq,   chetlari   tekis,   asosi
yumaloq,   eni   uzunasidan   uch   barovar   qisqa   bo’lib   pastki   va   ustki   tomoni   qalin
tuklar   bilan   qoplangan.   U   mart   oyida   ko’karadi.   Poyasi   sershox   yon   shoxchalar
hosil qilib o’sadi. Iyul avgust oylarida gullaydi. Changchi gullari novdaning uchki
qismida   zich   boshoqsimon   to’pgul   hosil   qilib   joylashgan.   Urug’chi   gullari   esa
to’da   to’da   bo’lib,   to’pgullarning   pastki   qismida   barg   qo’ltig’ida   joylashgan.
Urug’i   sentyabr-oktyabr   oylarida   pishib   yetiladi.   Urug’lari   tukchalar   bilan
qoplangan.   Urug’lari   yaxshi   unuvchan   bo’lib,   sho’radoshlarga   mansub   boshqa
turlardan farqli o’laroq unuvchanligini 2 yil mobaynida ham yo’qotmaydi.
Kuchli   rivojlangan   universal   tipdagi   ildizlari   tuproqqa   7-8   m   gacha   kirib
boradi.   Toptalishga   chidamli   yaxshi   yaylovbop   o’simlik   bo’lib,   yaylovda   boshqa
sho’radoshlarga   mansub   yarim   butalarga   (izen,   quyrovuq,   kamforosma,   tatir)
nisbatan uzoq umr ko’radi (25-30 yil).
69 Teresken barcha chorva mollari tomonidan yil bo’yi yaxshi istemol qilinadi.
100 kg xashagining tarkibida 40-45 ozuqa birligi  va 9,8 kg hazm  bo’luvchi  oqsil
mavjud.   Tereskenni   madaniylashtirishning   agrotexnik   tadbirlari   ishlab   chiqilgan
(Stesnyagina,   1957).   O’zbekistonda   uning   istiqbolli   “To’lqin”   navi   yaratilgan   va
O’zbekistan va Rossiya cho’l mintaqalarida yetishtirish uchun rayonlashtirilgan.
Izen (Kochia prostrate (L) Schrad) - s ho’radoshlar oilasiga mansub, bo’yi
50-120   sm   ga   yetadigan   butachadir.   Barglari   mayda,   poya   va   yon   shoxlarida
navbatlashib joylashgan. Poyasi asosida juda kam yon shoxchalar hosil qiladi. Izen
tupi   genirativ   va   vegitativ   novdalardan   tashkil   topadi.   U   urug’idan   mart   oyida
ko’karib   chiqadi.   Vegetatsiya   davri   aprel   oyining   boshida   boshlanib,   may-iyun
oylarida   gullaydi.   Urug’i   oktyabr   oyining   o’rtalarida   pishib,   noyabr   oyining
boshlarida to’kilib ketadi. Urug’idan yaxshi ko’karadi. Urug’lari unuvchanligi 70-
85   %.   Gul   toji   gulkosasidan   chiqib   turadi.   Ular   poya   bo’ylab   barg   qo’ltiqlarida
joylashgan.   Vegetatsiya   davri   250-270   kunni   tashkil   qiladi.   Tabiatda   izenni   tog’
yaylovlarida   ham,   adirlarda   ham   qumli   cho’llarda   ham,   Orol   dengizi   havzalarida
ham,   Afg’oniston,   Mo’g’iliston,   Qozog’iston,   Qirg’iziston,   Tojikiston   cho’llarida
ham   uchratish   mumkin.   Uning   yashash   tuproq   iqlim   sharoitiga   ko’ra   juda   ko’p
ekologik tiplari mavjud.
Odatda soz tuproq, toshloq tuproq va qumli tuproq ekologik tiplari ajratiladi.
Izen   istiqbolli   o’simlik   sifatida   ancha   keng   o’rganilgan,   madaniylashtirish
tadbirlari ishlab chiqilgan (Chalbash, 1963).
O’zbekistonda izenning Qarnabcho’lskiy, Pustinniy, Saxro, Otavniy, Nurota
navlari (Rabbimov, 1989), Qirg’izistonda Orgochorskiy skoropelgy, Orgochorskiy
pozdnospeliy   navlari   (Balyan,   esenqulov   1979).   –Qozog’istonda   Alma-atinskiy
peschaniy,   Zadarinskiy   (Abduraimov,   1979),   AQSh   da   Immigrant   navlari
yaratilgan  (Harrison  R.D.,  Waldron K.V.  Et.  Al., 2002).  Izen  qimmatli  ozuqabop
o’simlik.   Chorvadorlar   uni   “cho’l   bedasi”   deb   ham   atashadi.   Uning   pichani
tarkibida   14,3-15,6   protein,   2,7-3,2   %   yog’,   43,5%   BEM,   26,5-30,8   %   klechatka
mavjud.   Rivojlanish   fazalariga   qarab   (bahordan   kuzgacha)   100   kg   ozuqasi
tarkibida   43,5-45,9   ozuqa   birligi   mavjud.   Yilning   barcha   mavsumlarida   barcha
70 chorva   mollari   tomonidan   birinchi   navbatda   xush   ko’rib   yeyiluvchan   istiqbolli
o’simlik. Hosildorligi gektaridan 15-22 st/ga, urug’ hosil esa 1,5-2,5 s/ga.
Quyrovuq (Salsola orientalis S.G.Gmel)  -   sho’radoshlar  oilasiga mansub,
bo’yi   20-100   sm   bo’ladigan   yarim   buta   o’simlik.   Urug’idan   ekilgan   quyrovuqlar
mart oyida ko’karib chiqadi. U juda sershox, yog’ochlangan, tuplari va poyalaridan
yosh   shoxchalar   hosil   qilib,   tarvaqaylab   o’sadi.   Yillik   novdalari   tukchalar   bilan
qoplangan. Barglari novdalarida ketma-ket joylashgan, qalami, yarim silindrsimon,
qalin tukchalar bilan qoplangan. Ildizi o’q ildiz bo’lib tuproqqa 6-7 m chuqurlikka
kirib   boradi.   U   may-iyun   oylarida   gullay   boshlaydi.   Iyul   oyida   qiyg’os   gullaydi.
Gullari   mayda,   oqimtir,   ko’rimsiz   rangli.   U   bir   tomondan   gullab,   ikkinchi
tomondan   meva   hosil   qilaveradi.   Mevasi   oktyabr   oyida   to’liq   pishib   yetadi.
Urug’lari   qanotchali,   qo’ng’ir   tusda.   Quyroquq   tashqi   sharoitga   yaxshi
moslashuvchi,   issiqsevar   o’simlik.   Tabiatda   u   ko’pincha   gipsli   tuproqlar   va
sho’rlangan hududlarda keng tarqalgan.
Quyrovuq   istemol   qilgan   hayvonlar   hyech   qachon   sariq   kasaliga
chalinmaydi,   tarkibidagi   tuzlar   hayvon   organizmi   uchun   zarur   moddalar
hisoblanadi (Xaydarov, Xojimatov, 1992). Quyrovuqning O’zbekistonda Pervenets
Karnaba,   Senokosniy,   Solnechniy   kabi   navlari   yaratilgan   (Xamidov,   1979).
Qizilqum   sharoitida   quyrovuqni   madaniylashtirish   tadbirlari   ishlab   chiqilgan
(Maxmudov, 1968).
Quyrovuq   cho’l   mintaqasida   qimmatli   va   to’yimli   ozuqabop   o’simlikdir.
Uning   novdalari   va   urug’lari   yozda   qisman,   kuzda   va   qishda   esa   barcha   turdagi
chorva   mollari   tomonidan   yaxshi   yeyiladi.   Quyrovuq   ozuqasida   hayvonlar
organizmi   uchun   zarur   bo’lgan   minbral   moddalar   talaygina;   1,35-   2,23   %   kalsiy,
0,12-0,31 % fosfor, 0,64-1,42 % oltingugurt, 2,2-2,3 kaliy, 3,2- 5,2 natriy. Gullash
davrida   100   g   massasida   9,63   mg   karotin   bo’ladi.   100   kg   pichanida   esa   bahorda
64,4,   yozda   45,4,   kuzda-38,0,   qishda   29,6   ozuqa   birligi   mavjud   bo’ladi.   Hazm
bo’luvchi protein miqdori esa 4,2 kg dan 8,3 kg gacha o’zgarib turadi. Quyrovuq
serxosil o’simlik. Cho’lning turli hududlarida uning pichan hosildorligi 7-19 st/ga,
urug’ hosili esa 1,2-4,3 st/ga bo’lishi aniqlangan.
71 Shuvoq,   yovshan   (Artemisia   diffusa   Krasch   ex   Poljak)   —   murakkab
guldoshlar   oilasiga   mansub,   bo’yi   20-60   sm   gacha   yetadigan   yarim   buta.   U   juda
sershox bo’lib, ko’plab yon novdalar hosil qiladi. Novdalarining yo’g’onligi 0,5-1
sm,   uzunligi   20-40   sm   ga   yetadi.   Yovshan   fevral   oyining   oxiri,   mart   oyining
boshida   ko’karadi.   Barglari   mayda,   kuchli   qirqilgan,   ildiz   bo’g’ziga,   tanasiga
birikkan. Uning o’sishi  iyun oyigacha davom etadi. Issiq kunlar boshlanishi bilan
(iyun-iyul) anabioz holatiga o’tadi, rivojlanishi to’xtaydi, barglari to’kiladi.
Sentyabr oyiga kelib yovshan yana bargchalar chiqarib, rivojlanishini davom
ettiradi.   Sentyabr   oxiri   oktyabr   oylarida   gullaydi.   Noyabr   oyida   esa   urug’lari
pishadi.   Urug’idan   yaxshi   ko’karadi.   Yovshan   tarkibida   achchiq   moddalar,
glyukozid, oshlovchi moddalar, smola, organik kislotalar, 0,2- 0,45 % efir moyi va
100   mg   %   S   vitamini   mavjud.   Shuvoqlarning   yaylovdagi   umri   12-25   yilgacha
davom   etadi.   Vegetatsiya   davri   240-280   kun.   Ildizi   o’q   ildiz   bo’lib,   2,5   m
chuqurlikkacha   kirib   boradi.   Shuvok   cho’l   chorvachilgining   en   yaxshi
ozuqalaridan   biridir.   100   kg   xashagi   tarkibida   rivojlanish   fazalariga   qarab   18-66
ozuqa   birligi   bo’ladi.   Ko’pgina   yaylovlar   hosildorligining   asosini   shuvoq   tashkil
qiladi (yalpi hosilning 50 % ni). Turli tipdagi yaylovlarda shuvoq hosildorligi 8-10
st/ga ni tashkil qilishi mumkin (Asliddinov, 1979).
Xulosa
Chala cho’l mintaqasi mamlakatimiz cho’l yaylov chorvachiligi rivojlangan
yirik regiondir. Chala cho’l yaylovlarining o’ziga xos qator xususiyatlari mavjudki,
72 soxani keskin rivojlantirish uchun qulay sharoitlar tug’diradi.
Tog’ oldi chala cho’l yaylovlarining eng muhim ijobiy xususiyati shundaki,
yaylov o’simlik qoplami o’zining hayotiy formalarga, biologik xilma-xillikka boy
bo’lib,   yaylov   ozuqasining   to’yimliligi,   nisbatan   serxosilligini   ta’minlaydi.
Yaylovlarda   yilning   barcha   mavsumlarida   chorva   mollari   uchun   oziqa   topiladi.
Shu   bois,   cho’l   yaylov   tiplarining   deyarli   barchasi   yil   bo’yi   foydalanish   uchun
yaroqlidir.   Tuproq   sharoitining   turli   tumanligi   va   kompleksligi   o’simlik
qoplamining   turli   tumanligi   va   o’ziga   xosligini   ta’minlaydi.   O’zbekiston   cho’l
yaylovlari   asosan   uch   tipga   bo’linadi:   adirlar,   gipsli   va   qumli   cho’l   yaylovlari.
Yaylovlardan   ratsional   foydalanishda   eng   avval   yaylovning   qaysi   tipga
mansubligi,   o’simliklar   qoplamining   o’ziga   xos   xususiyatlari,   ularning
yeyiluvchanlik,   to’yimlilik   xususiyatlarini   bilish   katta   ahamiyatga   eta.   Bu   yaylov
tiplarining   deyarli   barchasida   hosildorlik   gektaridan   o’rtacha   3   st/ga     dan   kam
bo’lmaganligini hisobga olsak yaylovlarda agarda har bir bosh shartli qo’yga 3 ga
yaylov zarur bo’lsa ham Navoiy viloyatining o’zida 3 mln-bosh, Buxoro viloyatida
esa 1 mln ga yaqin qorakul qo’ylarini yil bo’yi boqish imkoniyati mavjud. Hozirgi
kunda Qizilqum yaylovlarida boqilayotgan qorako’l qo’ylarining amaldagi soni esa
bir   necha   barobar   kamligi   aniqlangan.   Bundan   tashqari,   yaylovlarda   tuyachilikni,
yilqichilikni   rivojlantirish  uchun ham   katta  imkoniyatlar   mavjud. Qumli  cho’ldan
farqli   o’laroq,   adir   va   gipsli   cho’l   mintaqalarida   boqilayotgan   chorva
hayvonlarning   soni   ancha   ko’p   bo’lib,   ko’pchilik   xo’jaliklarda   bir   bosh   qo’yga   1
ga   dan   kam   yaylov   to’g’ri   keladi.   Bu   esa   o’z   navbatida   yaylovlarga   bo’lgan
taziqning   3-4   marotaba   yuqori   bo’lishiga   va   yaylov   tanazzulining   kuchayishiga,
biologik   xilma-xillikning   tobora   kambag’allashuviga   olib   keldi.   Yaylovlarning
kengligi,   chorva   hayvonlari   bosh   sonining   kamligi   bilan   bir   qatorda,   Buxoro   va
Navoiy   viloyatlarida   inqirozga   uchragan   yaylovlar   salmog’i   eng   yuqori
ko’rsatkichga   ega   ekanligi   achinarli   xaqiqatdir.   Bunday   salbiy   oqibat,   albatta
yaylovlardan pala- partish va rejasiz foydalanish, buta o’simliklarini chopib olish,
yaylov sig’imiga mos ravishda mol boqmaslik kabi faoliyatlar natijasidir. Shu bois,
biz   yaylovlardan   foydalanishning   ratsional   prinsiplari,   yaylov   xo’jaligini
73 boshqarishning ilg’or usullari to’g’risida ham o’z fikrlarimizni bayon qilib o’tishga
jazm qildik.
Yaylovlardan   ratsional   foydalanish   tamoyillari   ichida   suv   bilan   ta’minlash
tizimi   muhim   ahamiyatga   ega.   Yaylovlarining   kattagina   maydonlarida   suv
ta’minoti hanuzgacha yo’lga qo’yilmagan.
Yaylovlardan   ratsional   foydalanishda   quyidagi   shart   sharoitlarga   so’zsiz
tayanish lozim:
 yaylovlar xosildorligi;
 yaylov ozuqasining yeyiluvchanligi va to’yimliligi,
 yaylov ozuqasidan foydalanish me’yori,
 foydalanish me’yoriga qarab yaylovlarning qo’y sig’imi,
 mavsumiy foydalanishda ularning davomiyligi,
 hayvonlarning yaylov ozuqasi bilan ta’minlanganlik darajasi,
 yaylov almashinish tizimini ishlab chiqish,
 yaylovlarning suv bilan ta’minlanganlik darajasi,
 yaylovlarni   yaxshilash   va   ratsional   foydalanish   chora-tadbirlarini
ishlab chiqish,
 chorva   mollari   bosh   sonini   maqsadga   muvofiq   ravishda   boshqarib
turish,
 qishlov uchun ozuqa jamg’arish va x.k.
Qumli   yaylovlardan   foydalanilganda,   o’simlik   qoplamiga   eng   kuchli   taziiq
bahorgi mavsumda foydalanishda bo’ladi.
Qorako’l   qo’ylaridan   olinadigan   mahsulotlar   hajmini   orttirish,   ularning
sifatini   yaxshilashda   ularni   to’yimli   ozuqa   bilan   to’la-to’kis   ta’minlash   muhim
ahamiyatga   ega.   Lekin   qorako’l   qo’ylarining   qishlovdan   “charchab”   chiqishi   bu
boradagi texnologik jarayonlarning buzilishidan darak beradi.
Cho’l yaylovlaridan ratsional va unumli foydalanish, biologik xilma-xillikni
asrash,   yaylovlar   mahsuldorligini   oshirish   so’zsiz   ularni   bosqichma-bosqich
fitomelioratsiyalashni   ham   taqozo   etadi.   Mazkur   tavsiyalarda   yaylovlarni
yaxshilash   texnologiyalari,   istiqbolli   ozuqabop   o’simliklar   va   ularni   navlari
74 to’g’risida   ham   ma’lumotlar   keltirilgankim   xo’jalik   subyektlari   ushbu
ma’lumotlardan foydalanib, kam xosilli yaylovlarni yaxshilashlari mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
I.  Normativ huquqiy hujjatlar va metodolik ahamiyatga molik nashrlar
75 1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-
4947-сон   «Ўзбекистон   Республикасини   янада   ривожлантlиш   бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида» ги Фармони.   // http: lex.uz
2. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 28 январдаги ПҚ-
4575-сонли   «Ўзбекистон   Республикаси   қишлоқ   хўжалигини
ривожлантlишнинг   2020-2030   йилларга   мўлжалланган   стратегиясида
белгиланган   вазифаларни   2020   йилда   амалга   ошlиш   чора   тадбlлари
тўғрисида»ги Қарори. // http: lex.uz
3. БМТнинг   2030   йилгача   барқарор   ривожланиш   бўйича   дастури.   // http:
www.uz/undp/org/content/uzbekistan.ru
II.  Monografiya, ilmiy maqola, ilmiy to’plamlar
1. Абдулкас ов   А.А.   Проблемы   изучения   межгорно-котловинских
ландшафтов Средний Ази. Ташкент.: Фан, 1983. – 130 с.
2. Абдулкас ов   А.   Экологические   основы   исследования   нарушенных
ландшафтов Средний Азия. В кн.: Проблемы расового первородопользвания
и экологи. -Наманган, 1990. - С. 69-71.
3. Abdulqosimov A. O’rta Osiyo voha landshaftlarining ekologik muvozanatini
tiklash   muammolari.   To’pl.:   Istiqlol   va   geografiya.   O’zR.   Geogr.   jam.   IV   syezdi
mat. 2 q. -Toshkent, 1995.  3-5 b.
4. Абдулкос ов   А.   Экология   антропогенных   ландшафтов   Центральной
Ази   и   вопросов   ix   опт изаци.   Проблема   освобождения   пустыни.   –
Ашхабад, 1997,
5. Абдулкас ов   А.   Ландшафты   Самаркандского   оазиса.   Проблема
освобождения пустыни. -Ашхабад, 1999.
6. Абдулкас ов   А.А.,   Аббасов   С. B .   Ландшафтно-экологические
исследования Центрального  Қ ызыл қ умы. – Самарканд, 2001. 
7. Абдулқос ов   А.А.,   Абдураҳмонова   Ю.Х.   Давронов   К.Қ.   Зарафшон
ботиғи   воҳа   ландшафтлари   ва   геоэкологияси.   Монография.   –Т.:   Iqtisod-
76 moliya, 2017.
8. Аббасов   С.Б.   Қизилқум   чули   ландшафтлари   динамикаси   ва
экологияси.-Самарқанд-2019
9.         Аббасов С.Б., Эшқувватов Б.Б. Геоэкологик муаммоларни ГИС орқали
ифодалаш // Жанубий Ўзбекистонда география мактабининг шаклланиши
ва   ривожланиши.   Республика   илмий-амалий   конференция   материаллари.
-Термиз, 2006. –Б.63-64. 
10. Абдулкасимов   А.,   Журакулов   Х.   Закономерности   дифференциации
ландшафтов Зарафшанских гор  и прилегающих равнин (монография).  –
Самарканд .  Изд-во СамГУ, 201 4 . –156 с.
11.   Абдулқос ов   А.А.,   Ярашев   Қ.С.,   Эшқувватов   Б.Б.   Ўрта   Зарафшон
ландшафт   карталарини   яратишда   географик   ахборот   тиз ларидан
фойдаланиш   //   Геодезия,   картография   ва   кадастр   соҳаларини
ривожлантlишнинг   долзарб   муаммолари.   Республика   илмий-амалий
конференция материаллари.  –Самарқанд, 2014. –Б.28-30.
12. Алибеков   Л.А.   Ландшафты   и   типы   землель   Зарафшанскиx   гор   и
прилегаюшиш равнин. Ташкент.: Фан, 1983.
13. Alibekov   L . A ,   Nishonov   S . A .   «Tabiatni   muhofaza   qilish   va   tabiiy
resurslardan ratsional foydalanish». Toshkent . « O ’ qituvchi ». 1983  y .
14. Alibekov L.A. O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi. 1- qism .  Samarqand , 2006  y
15.       Бабушкин   Л.Н.   К   вопросы   агрокл атического   районlования
республики Средней Ази. //Труды, ТашГУ. Вып.186, 1966.
16. Baratov   P ,   Mamatkulov   M ,   Rafikov   A .   « O ’ rta   Osiyo   tabiiy   geografiyasi ».
Toshkent . « O ’ qituvchi » 2002  y .
17. BaratovP. «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» Toshkent. «O’qituvchi». 1996 y.
18. Maxmudov   M.   M.,   Qorako’lchilik   yaylovlarining   hozirgi   holati   va   istiqbolli
fitomeliorantlarni   tanlashning   asosiy   kriteriylari.//   Cho’l-yaylov   chorvachiligini
rivojlantirish muammolari. Samarkand, 2005
1 9 . М е л и е в   Б . А .   Ў р т а   З а р а ф ш о н   л а н д ш а ф т л а р и н и   т а д қ и қ   э т и ш д а
а э р о к о с м и к ,   м а т е м а т и к   в а   г е о и н ф о р м а ц и о н   м е т о д л а р д а н
77 ф о й д а л а н и ш   / /   P h D   д и с с . а в т о р е ф .   –   С а м а р қ а н д ,   2 0 1 9 .  
2 0 . Н а з а р о в   Х . Т . ,   С а м ъ я е в   А . Қ . ,   Э ш қ у в в а т о в   Б . Б .   Т о ғ   о л д и
я й л о в л а р и н и   э к о л о г и к   ҳ о л а т и н и   о п т и м а л л а ш т и р и ш   й ў л л а р и   / /   Ч ў л -
я й л о в   ч о р в а ч и л и г и н и   м о д е р н и з а ц и я л а ш   м у а м м о л а р и .   Р е с п у б л и к а
и л м и й - а м а л и й   к о н ф е р е н ц и я   м а т е р и а л л а р и .   - С а м а р қ а н д ,   2 0 1 2 .   – Б .
2 1 0 - 2 1 2
2 1 . N a z a r o v   X .   T . ,   F a y z i y e v   E .   A . ,   Q u s h o q o v a   F . U .   A b d u r a z o q o v a .
S h . U . ,   A l i m q u l o v a   R .   A . ,   T o s h m u r o d o v   J . B .   « S U S T A I N A B I L I T Y   O F
M E L I O R A T I V E   S T A T E   O F   M A L I K C H O L   I R R I G A T E D   L A N D »
о п у б л и к о в а н а   в   м е ж д у н а р о д н о м   н а у ч н о - п р а к т и ч е с к о м   ж у р н а л е
« Э к о н о м и к а   и   с о ц и у м »   № 6 ( 9 7 )   2 0 2 2   -   I S S N   2 2 2 5 - 1 5 4 5 .   0 5 . 0 6 . 2 0 2 2
22. Raximbekov   R.U,   Donsova   Z.N   «O’rta   Osiyo   tabiatini   geografik   o’rganish
tarixi». Toshkent. «O’qituvchi». 1982 y.
23. Рахматуллаев А. Ўрта ва Қуйи Зарафшон воҳа геосистемаларида экологик
вазиятни   географик   опт аллаштlиш.   География   фанлари   доктори
диссертацияси автореферати. -Т., 2018. 
24.   Рахматуллаев   А.Р.   Инсон   фаолияти   ва   саҳроланиш   (Нурота   тоғлари
мисолида). Тўплам. Самарқанд, 2000.
25.  Рафиқов А.А. Геоэкологик муаммолар. – Тошкент: Ўқитувчи, 1997. 
26. Солиев   А.   Ўзбекистон   географияси   (Ўзбекистон   иқтисодий   ва   ижт оий
географияси).  Т.: Университет, 2014. 
27.  Хошимов Ж.А. Нурота тоғларида чўлланиш жараёни. - Самарқанд, 2000.
28.   Хошимов Ж.А. Снежний покров Нуратинской гор. – Ташкент: Ўқитувчи,
1964.
29. Чуб   В.Е.   Изменение   кл ата   и   его   влияние   на   гидрометеорологический
процессы, агрокл атический и водные ресурсы Республики Узбекистан.
–  Т.,  2007. - 132 с.  
30. Шамсутдинов   З.Ш.   Создание   долголетних   пастбиш   в   аридной   зоне
Средней Ази. –Ташкент: Фан, 1975. – 176 с.
78 31. Шульц В.Л., Машрапов Р. Ўрта Осиё гидрографияси. – Т.: Ўқитувчи, 
1969. – 328 б.
32. Эшқувватов   Б.Б.   Космик   суратларни   дешифровка   қилиш   асосида   Ўрта
Зарафшон   ландшафтларида   вегетацион   индексларни   ҳисоблаш   //
Ўзбекистон   География   жамияти   ахбороти.   57-жилд.   –Тошкент,   2020.   -
Б.338-342.
33.   Эшқувватов   Б.Б.,   Ярашев   Қ.С.   Ўрта   Зарафшон   геотиз ларини
ландшафт-экологик   тадқиқ   қилишда   замонавий   методлардан
фойдаланиш   //   Ўзбекистон   География   жамияти   ахбороти.   55-жилд.   –
Тошкент, 2019. -Б.29-31.
34.   Ярашев Қ.С., Эшқувватов Б.Б. Ўзбекистоннинг арид ҳудудларида тоғолди
текислик ва конусс он ёйилма ландшафтларнинг географик тарқалиши //
Чўлланиш муаммолари: динамика, баҳолаш, еч . Халқаро илмий-амалий
конференция материаллари. -Самарқанд, 2019. –Б.154-156.
35.   Закlов   П.Қ.   Ботаническая   география   низкогорий   Кизилкума   и   хребта
Нуратау. – Ташкент: Фан, 1971. – 203 с.
36. Ўзбекистон   географик   атласи   //   Т.М.Мlзалиев   таҳрlи   остида.   –
Тошкент: ДИК, 1999, -56 б.
37. Navoiy viloyati o’lkashunoslik atlasi. –Toshkent, 2016. 
Internet saytlari
1. www.gov.uz   
2. www.google.uz   
3. www.ziyonet.uz   
4. www.fito.com   
5. www.MGPU.ru   
6. www    .   unep    .   org   
7. www.samstat.uz    .
8. www.nationalgeografic    .   com   
79

NUROTA TOG’OLDI LANDSHAFTLARIGA ANTROPOGEN OMILLAR TA’SIRI VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………. 3 I BOB. TOG’ OLDI LANDSHAFTLARINING TABIIY SHAROITI…... 10 1.1 Nurota tog’ oldi yaylovlar tabiiy sharoiti…………………………………. 10 1.2 Tajriba o’tkaziladigan joyning tabiiy sharoitlari …………………………. 23 1.2.a Iqlim sharoiti……………………………………………………………. 23 1.2.b Tuproq sharoiti………………………………………………………….. 30 II BOB. TOG’ OLDI YAYLOVLAR EKOLOGIK HOLATINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI……………………………………………………. 36 2.1 Tog’ oldi yaylovlari ekologik holatiga ta’sir etuvchi omillar…………….. 36 2.2 Nurota tog’ oldi chala cho’llarining ekologik holati…………………….... 42 III BOB. NUROTA TOG’ OLDI LANDSHAFTLARI EKOLOGIK HOLATINI OPTIMALLASHTIRISH YO’LLARI………………………. 48 3.1 Nurota tog’ oldi landshaftlari ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.………………………………………………………………... 48 3.2 Yaylovlarni fitomelioratsiyalash usullari…………………………………. 53 3.3 Yaylovlardan ratsional foydalanish muammolar…………………………. 58 3.4 Tog’ oldi chala cho’l yaylovlarini ekologik holatini yaxshilashda foydalaniladigan asosiy ozuqabop o’simliklar……………………………….. 62 XULOSA…………………………………………………………………….. 69 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………. 71 1

KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda tog’ oldi cho’l va yarim cho’l tabiiy yaylovlari 32 mln ga ni tashkil qiladi. Shundan qorako’lchilik yaylovlari maydoni 17,5 mln ga bo’lib, hozirgi kunda “O’zbekqorako’li” kompaniyasiga qarashli shirkat xo’jaliklari tasarrufidagi yaylovlar maydoni 8,2 ga dan iborat. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan qorako’lchilik yaylovlari maydoni 17,0 mln ga dan ortiq maydonni tashkil qiladi. Yaylovlar mamlakatimiz cho’l chorvachiligining asosiy ozuqa manbai bo’lib, ulardan yil bo’yi foydalanish imkoniyati mavjud. Yaylov ozuqasi eng arzon ozuqa manbai hisoblanadi. Lekin qorako’lchilik yaylovlarining hozirgi holati sohani barqaror rivojlantirish talabiga javob bermay kelmoqda. Chunki yaylovlar hosildorligi past, quruq moddaga hisoblaganda 1,5-3,0 st\ga dan ortmaydi. Bundan tashqari, cho’l yaylovlari hosildorligi ob-havo sharoitlari bilan bevosita bog’liq, shu bois, hosildorlik yillar va yil mavsumlari bo’ylab keskin o’zgarib turadi. Yog’in-sochin miqdori ko’p yillarda cho’l yaylovlarining har gektari o’rtacha yilga qaraganda ikki marotabagacha ortishi, qurg’okchil yerlarda esa 1-0,5 st\ga gacha pasayib ketadi. Ko’p yillik kuzatishlar shundan dalolat beradiki, har o’n yilda 3 yil hosildor, 4 yil o’racha hosilli va 3 yil kam hosilli yillar takrorlanib turadi. Tog’ oldi chala cho’l yaylovlar hosildorligi va ozuqa sifati nafaqat yillar bo’ylab, balkim yil mavsumlari bo’ylab ham keskin o’zagarib turadi. Masalan, yaylovlardagi ozuqa miqdori qish mavsumiga kelib 2,5 marotaba kamayadi. Ozuqa tarkibidagi protein miqdori 20 % dan -5 % gacha, oqsil miqdori esa 13 % dan - 4 % gacha kamayib ketadi. 100 kg yaylov ozuqasi tarkibida bahorda 80-90 ozuqa birligi mavjud bo’lsa, qish mavsumida bu ko’rsatkich 18,3 % dan ortmaydi. Cho’l yaylovlariga xos bo’lgan kam hosildorlik va uning keskin o’zgarib 2

turishi ushbu mintaqada yuzaga kelgan tabiiy-tarixiy omillar ta’siri ostida yuzaga kelgan. Keyingi yillarda yuzaga kelayotgan yaylov xo’jaligidagi salbiy holatlar insonning cho’l mintaqasidagi noto’g’ri faoliyati mahsuli deb ham atash mumkin. Tog’ oldi chala cho’l mintaqasida yashovchi aholining keskin ortishi, qishloqlarning kengayib borishi chorva hayvonlari bosh soning ortishi va qishloq atrofi yaylovlariga bo’lgan tazyiqning jadal ortishga olib keldi. Buta va yarim buta o’simliklarning chorva hayvonlari tomonidan uzluksiz yeyilishi natijasida ularning tabiiy holda urug’idan ko’payish xususiyatini chegaralab qo’ydi. Ushbu o’simliklarning xo’jalik ehtiyojlari uchun chopib olinishi ham qishloq atrofi yaylovlari o’simlik qoplamidan buta va yarim buta o’silmlik turlarining batamom yo’qolib ketishiga sabab bo’lmoqda. Hoz irgi kunda h ar bir q ish l o q atrofi yaylovlari 5-7 km radiusda kuchli inqir ozga uchragan. Ma’lumotlarga k o’ ra h ozirgi kunda O’ zbekist o n qo’rako’l chilik yaylovlarining q ariyib 40 % ida turli darajadagi in q iroz yuz bergan. (Rafi q ov, 1997, Maxmudov, 2005). Fa q atgina q ud uq lar atrofidagi kuchli in q irozga uchragan yaylovlar maydoni 0,5 mln ga, ko’ chma q um massivlari maydoni esa 2,0 mln ga ni tashkil q iladi. Yaylovlar in q irozi tufayli h ozirgi kunda h osildorlik o’ rtacha 2,5 st\ga dan 1,8 st\ga ga, yoki 21 % ga pa saygan (Maxmudov, 2005). Yaylovlarga b o’ lgan tazyi q ning kuchayishiga suv manbalarining ishdan chi q ishi h am sabab b o’ lmo q da. Suv manbalarining izd an chi q ishi sababli otarlar 1 suv manbai atrofi yaylovlarida erta bah or d an kech kuzgacha foydalanishi ulardan ratsional, mavsumiy foy da lanish tizimini tamoman izdan chi q armoqda. Keyingi yillarda tez-tez takrorlanib kelayotgan q ur g’ o q chilik tufayli ( chor va h ayvonlarini ch o’ l h ududining uzo q minta q alariga yoppasiga k o’ chirib bo rish zarurati tu g’ ilib, bu tadbirlar uchun katt agina mabla g’ lar sar flanishiga, so h a samaradorligin in g keskin p asayishiga sabab b o’ lmo q da. Yaylovlar h osildorligining pasayishi, ozuqa sifatining yomonlashuvi ular dan uzluksiz foydalanish natijasida o’ simlik q oplamining buzilishi, b iologik xilma-xillikning kamba g’ allashuvi natijasida yuzaga keldi. Ta d q i q otlar shuni k o’ rsatadiki, yaylovlar o’ simlik q oplamidagi turlar soni ho zirgi kunda keskin kamaygan. 3

M asalan, bundan 35-40 yil oldin ch o’ l tabiiy florasida 260 dan ortiq gulli o’ simlik turlari q ayd etilgan b o’ lsa (Mavlonov, 1973), h ozirgi ku nda aynan shu h ududda o’ simlik turlari soni 35-40 turdan ortmaydi, ya’ni bi ologik xilma-xillik 6 martadan orti q kamaygan. Kuchli inq irozga uchragan yaylov massivlarida o’ simliklar xilma- xilligi 5-6 turdan ortmaydi. Shulardan h am yarimidan orti g’ i ozu q aviy x ususiyati q oni q arsiz, deyarli yeyilmaydigan isiri q , qo’ zi q ulo q , q ir q asoch, oqq uray, uchma kabi o’ simliklardan iborat. Nurota tog’ oldi chala cho’l yaylovlarida ekologik muvozanatni buzilishiga asosan antropogen ta’sirni kuchayishi sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan tabiiy omillarni ta’siri ham sezilarli bo’lmoqda. Tog’ oldi chala cho’l yaylovlarini ekologik holatini yaxshilash faqat fitomelioratsiya tadbirlarni amalga o s h i r i s h o r q a l i e r i s h i s h m u m k i n d e b h i s o b l a y m i z . Yayl ov x o’ jaligida yuz bergan salbiy h olatlar zudlik bilan ulardan oq ilona foydalanish, biologik xilma-xillikni asrash va boyitish, in q irozga uchragan yaylov maydonlarining o’ simlik q oplamini fitomelioratsiyalash or q ali q ayta tiklash chora- tadbirlarini amalga oshirishni ta q ozo etadi. Shu bois, ushbu tadqiqot ishimizda ya y lovlardan fo y dalanishning ekologik xav f siz, ratsional tizimi, yaylov x o’ jaligini b oshq arishning il g’or mexanizmlari, inq irozga uchragan yaylovlarni yaxshilash samarali texnologiyalari va isti q bolli fitomeliorantlar to’g’ risida ma’lumotlar yoritilib, fikrimizcha ushbu tavsiyalar ch o’ l minta q asida yaylov chorvachiligi bilan shu g’ ullanib kelayotgan x o’ jalik yurituvchi subyektlar mutaxas sislari uchun qo’llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. Biz ushbu ilmiy tadqiqot ishimizni Nurota tog’ oldi chala cho’l yaylovlarining ekologik holatlarini baholashga bag’ishladik. Ushbu hudud tabiiy geografik xususiyatlarini baholash, ularda yuz bergan ekologik muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini ko’rsatib o’tish va kelgusida tog’ oldi chala cho’l yaylovlar ekologik holatini optimallashtirish chora-tadbirlarini ko’rish zarur deb hisoblaymiz. Mamlakatimiz hududining 60 % dan ortiqrog’ini egallagan cho’l va yarim 4

cho’l mintaqalari eng arzon ozuqa manbai sifatida azaldan yil bo’yi yaylov chorvachiligi tomonidan foydalanilib kelinadi. Yaylovlarning hosildorligi esa turli yillardagi yog’in-sochin miqdoriga uzviy bog’liq ravishda 0,5-4,5 st\ga, ya’ni 9-10 marotaba kamayib yoki ko’payib turishi uzoq yillik hosildorlik monitoringi natijalariga ko’ra aniqlangan. Asosiy ozuqa zahiralarining bunday katta diapazonlarda o’zgarib turishi cho’l-yaylov chorvachiligining barqaror rivojlanishiga to’siqlik qiluvchi asosiy omildir desak, xato bo’lmaydi. Yaylov hosildorligining o’ta beqarorligi bilan bir qatorda, ozuqa sifatining tobora yomonlashib borishi ham chorvachilik mahsulotlari miqdori, sifatining pasayib borishiga, mahsulot ishlab chiqarish tan narxining ortishiga sabab bo’lmoqda. Yaylov ozuqasining sifati esa o’simlik qoplamining turli-tumanligi bilan bog’liq bo’ladi. Hozirgi kunda turli yaylov hududlarida o’simliklarning turli- tumanligi keskin kamayib ketgan. Ma’lumotlarga ko’ra, o’simliklar xilma-xilligi turli hududlarda 2-10 marotaba kamaygan. Shu bois, ayniqsa adir mintaqasida joylashgan chorvachilik xo’jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish uchun ozuqaga bo’lgan sarf-xarajatlar yildan-yilga ortib borishi kuzatilmoqda. Ko’pchilik hududlarda chorva hayvonlarining yaylov ozuqasi bilan ta’minlanish darajasi 35 - 40 % dan ortmaydi. Ushbu holatlar yaylovlar hosildorligi va ozuqasi sifatini oshirish naqadar muhim va hayot taqozosi ekanligini isbotlab turibdi. Yaylovlar hosildorligini oshirish, ulardan ratsional foydalanish va o’simlik qoplamini muhofaza qilish muammolarining ilmiy yechimini topish va bu borada samarali texnologiyalarni ishlab chiqish O’zbekiston qorako’lchilik va cho’l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va bu borada juda katta ilmiy yutuqlarga erishilgan. Hozirgi kunda O’zbekiston cho’l yaylovlarining deyarli barcha tuproq- iqlim sharoitlarida hosildorlikni 2-3 st\ga dan 10-25 st\ga ga yetkazish imkonini beruvchi texnologiyalar, istiqbolli cho’l ozuqabop o’simlik navlari yaratilgan. Yaratilgan navlarning dastlabki materiallari yovvoyi flora namoyandalari bo’lib, cho’l hududlari tuproq-iqlim sharoitlarida o’sishga va yuqori hosil to’plash, qurg’oqchilik, issikliq, yuqori quyosh insolyasiyasi, sho’rlanish kabi noqulay 5