O‘RTA ZARAFZON HAVZASI LANDSHAFTLARINING BARQAROR RIVOJLANISHINING GEOEKOLOGIK INDIKATORLARI
O’RTA ZARAFZON HAVZASI LANDSHAFTLARINING BARQAROR RIVOJLANISHINING GEOEKOLOGIK INDIKATORLARI MUNDARIJA KIRISH 5 I BOB BARQAROR RIVOJLANIS H TUS H UNC H ASI, MAZMUN I VA MOHIYATI 9 1.1 “Barqaror rivojlanish” tushunchasi va kelib chiqish tarixi 9 1.2 Barqaror rivojlanish va atrof-muhit muhofazasi 13 1.3 Barqaror rivojlanishning geoekologik jihatlari 24 1- bob yuzasidan xulosa I I BOB O’RTA ZARAFSHON HAVZASINING GEOGRAFIK TAVSIFI 29 2 .1 Geologik tuzilishi, geologik taraqqiyot tarixi va relefi 29 2.2 Iqlim sharoiti va uning o’ziga xos xususiyatlari 33 2 .3 Daryoning gidrologik tarmoqlariga tavsif 37 2.4 Tuproq, o’simlik va hayvonot olami 41 2 - bob yuzasidan xulosa II I BOB O’RTA ZARAFS H ON HAVZASINING EKOLOGIK HOLATINI TADQIQ ETIS H 47 3.1 Landshaftlarni tadqiq etishda landshaft-ekologik yondashish 47 3 .2 O’rta Zarafshon havzasi landshaftlarini ifloslantiruvchi asosiy manbalar 49 3 .3 Shahar seliteb landshaftlarining ekologik muammolari 50 3 .4 Agrolandshaftlardan foydalanish oqibatida vujudga kelgan geo ekologik muammolar 56 3 .5 Ichki suvlarning ifloslanishi oqibatida vujudga kelgan ekologik muammolar 60 3 .6 Yer osti suvlari va atrof - muhitni radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi 63 1
3.7 L andshaftlarni geoekologik vaziyatlarni yaxshilash masalalari 68 3 - bob yuzasidan xulosa XULOSA 74 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 76 ILOVA 81 2
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O ‘ zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgandan so’ng mamlakat aholisining sog ‘ ligini saq lash bilan bog ‘ liq hozirgi o ‘ tish davriga xos bo ‘ lgan mavjud muammolarni bartaraf etish dolzarb vazifalardan biriga aylandi . Chunki, inson salomatligi jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun kechiktirib bo’lmaydigan vazifalardan biri xisoblanadi. Qolaversa, asrlar davomida kishilik jamiyatining misilsiz rivoj topib borishi aholi salomatligini cheklovchi va unga xavf tug’diruvchi yangidan yangi muammolarni vujudga keltirmoqda. Ularning yechimini esa bugungi kunda insoniyatni larzaga soluvchi jaxon shumul ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa tabiiy muhitga xavf soluvchi ekalogik falokatlarning avj olib borayotganligi barchasmizga yaxshi ayon. Davrlar mobaynida atrof muxitning ifloslanishini tabora ortib borayotganligini kishilar hayot faoliyatiga salbiy ta’sir korsatib turli xil kasalliklarni vujudga keltirmoqda. Shu nuqtai nazardan aholi salomatligi bilan bog’liq muammolarni tahlil qilish kelajagi buyuk davlatni quruvchi jismonan va ma’naviy sog’lom avlodni yetishtirish, ushbu masalalarni ilmiy jihatdan asoslash va o’rganishni talab qilmoqda. Mazkur muammolar ning yechimini topishda universal ko’rinishdagi B MTning 2015 yil 27 sentyabrda qabul qilingan 2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish (BR) sohasidagi 17 ta maqsad va 169 ta vazifa ko’rsatkichlari davlatlar uchun tavsiya etilgan. Dasturning 15-maqsad i aynan “...ekotizimlarni muhofaza qilish va tiklash, cho’llashishga qarshi kurashish, ekologik vaziyatni yaxshilash” ga tegishli vazifalarini yechishga qaratilgan 1 . Biz o’rganayotgan O’rta Zarafshon vodiysi ham qadimdan o’zlashtirilgan va sug’orma dehqonchilik rivojlangan hududlardan biri xisoblanadi. O’rta Zarafshon mintaqasida sanoat ham tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. 1 Повестки дня в области устойчивого развития на период до 2030 года . www.uz.undp.org/content/ uzbekistan/ru . 3
Issiq va quruq iqlimli O’zbekistonda aholining asosiy qismi voxalarda zich joylashganligi, antropogen yukning kundan kunga, yildan yilga kuchayib borishi aholi salomatligiga bevosita bog’liq bo’lgan qator ekalogik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammo aholi sonining jadal o’sishi, sanoat karxonalari va avto transportning ko’payishi bilan yanada kuchayadi. Magistrlik ishi ham O’rta Zarafshonning ekalogik vaziyatini geoekologik indikatorlar yordamida aniqlash masalalariga bag’ishlandi. O’zbekiston Respublikasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktyabrdagi “2030 yilgacha bo’lgan davrda BR sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 841-son qarorining 1-ilovasidagi 15-maqsadi “Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko’maklashish, o’rmonlardan oqilona foydalanish, cho’llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to’xtatish va ortga qaytarish, bioxilma- xillikning yo’qolib ketishi jarayonini to’xtatish”ga qaratilgan. Qarorning 2- ilovasidagi “Yo’l xaritasi”ning II qismi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning ko’rsatkich mezonlarini shakllantirishga bag’ishlangan. Unda, O’rta Zarafshon havzasi geotizimlarda ham keng qamrovli tadqiqotlar asosida ekologik vaziyatni optimallashtirish yo’llarini qidirib topish vazifasi muhimdir . Mazkur tadqiqot ishi mazkur qaror va shu asosida qabul qilingan tegishli me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ni amalga oshirishda o’z xizmat vazifasini o’taydi . Tadqiqot ob’ekti va predmeti . O’rta Zarafshon havzasi landshaftlari tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Tadqiqot predmeti landshaftlarda geoekologik vaziyatlarni vujudga kelish omillari va manbalarini geoekologik indikatorlar asosida aniqlash hamda ularni yaxshilash chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Mazkur magistrlik dissertatsiyasining maqsadi barqaror rivojlanishining geoekologik indikatorlari asosida O’rta Zarafshon havzasi landshaftlaridagi ekologik vaziyatlarni 4
baholashdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi: 1. “Barqaror rivojlanish”ning ilmiy-nazariy asoslarini aniqlash ; 2. O’rta Zarafshon havzasi landshaft komponentlarini tadqiq etish; 3. O’rta Zarafshon havzasi ning geoekologik kartasi n i yaratish; 4. G eotizimlarining geoekologik optimallashtirish chora-tadbirlarni tavsiya qilish . Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi: - B arqaror rivojlanish ning tushunchasi, mazmun i va mohiyati aniqlangan; - G lobal , regional va milliy miqyosda qabul qilingan xalqaro indikatorlar asosida O’rta Zarafshon havzasi landshaftlariga mos ravishdagi geoekologik indikatorlar aniqlangan ; - O’rta Zarafshon havzasi da aniqlangan geoekologik vaziyatlarni yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Tatqitotning asosiy masalalari va farazlari . Barqaror rivojlanish , uning indikatorlari va ularning turli hududlar kesimidagi tahlili D.Harvey, J.Picson, J.Bekkes, K.Hamilton, E.Neef, B.Kennedi, G.Xaaze, Y.Demek, T.Nakano, G.Uayt kabi xorijiy mamlakat olimlari tomonidan tadqiq etilgan. MDH olimlari tomonidan barqaror rivojlanishning ekologik barqarorlikning inson resurslariga ta’siri I.V.May, N.V.Zayseva, V.I.Danilov-Danilyan, K.S.Losev, C.N.Bobilov, P.A.Makenko, Ye.A.Tretyakova, T.V.Aferova, T.V.Shixotarova, V.M.Zaxarova, G.Ye.Mekush, O.V.Kudryavseva, N.P.Tarasova, A.D.Ursul va boshqalar ilmiy-tadqiqot lar olib borganlar. Respublikamizda A.N.Nigmatov, A.Raxmatullaev, R.A.Kulmatov A.A.Abulqosimov, L.A.Alibekov, P.Baratov, N.I.Sabitova, S. B. Abbasov, I.Q.Nazarov, A.Hojimatov, X.Toshev, A.Rasulov, ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari A.S.Soliev, N.Komilova, A.X.Ravshanov va boshqalarning tadqiqotlarida o’z aksini topgan. Tatqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi . Tadqiqotni amalga oshirishda birlamchi ma`lumotlar sifatida O`zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi – O`zgidrametning standart 5