O‘RTA ZARAFSHON VOHALARIDA SUG‘ORISH TA’SIRIDA RO‘Y BERAYOTGAN DINAMIK JARAYONLAR VA AGROLANDSHAFTLARNING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH
O‘RTA ZARAFS H ON VOHALARIDA SUG‘ORIS H TA’SIRIDA RO‘Y BERAY O TGAN DINAMIK JARAY O NLAR VA AGROLANDS H AFTLARNING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLAS H MUNDARIJA KIRISH ................................................................................................................. 3 1-BOB. SUG‘ORISH TA’SIRIDA VOHA GEOSISTEMALARIDA RO‘Y BERAYOTGAN DINAMIK JARAYONLARNI O‘RGANISHNING NAZARIY MASALALARI .............................................................................. .. 10 1.1. Antropogen landshaft va voha geosistemalari haqida tushuncha.............. ...... 10 1.2. Su g‘ orish ta’sirida ro‘y berayotgan dinamik jarayonlarni ta d qiq etish masalalari.............................................................................................................. .. 17 1.3. Xo‘jalik yuritishda tabiatdan muvozanatlashgan holda foydalanish..... ...........26 2-BOB O‘RTA ZARAFSHON HAVZASI VOHA GEOSISTEMALARI, ULARDA RO‘Y BERAYOTGAN DINAMIK JARAYONLARNI VA ULARNI TADQIQ ETISH MASALALARI .......................................................45 2.1. Irrigatsion inshootlar va ularning ta’sirida sug‘orishning rivojlanishi … …….. ... 59 2.2. Geosistemalaridagi sug‘orish bilan bog‘liq dinamik jarayonlar va ularni lanshaftlarga ta’siri............................................................................. .....................36 2.3. Voha geosistemalarini majmuali tavsifi......................................................... .. 50 3-BOB. AGROLANDSHAFTLARNI EKOLOGIK HOLATI VA ULARNI YAXSHILASHNING GEOGRAFIK ASOSLARI ........................................... .. 84 3.1. Agrolandshaftlarni ekologik holatini tadqiq etishda landshaftli yondoshuvni qo‘llash................................................................................................ ....................57 3.2. Agrolandshaftlar da ekologik vaziyatlar va ularga ta’sir etuvchi manbalar ................................................................................................................. .64 3.3. Agrolandshaftlarning ekologik holatini umumiy tavsifi................. .................7 0 3.4. Grunt suvlari tarkibi va sathining agrolanshaftlarga ta’siri........... ...................82 3.5. Sug‘orish natijasida agrolandshaftlardagi ekologik holatlarni masofadan tadqiq etish masalalari.................................................................. ......................................92 3.6. Tabiiy va antropogen landshaftlarni muhofaza qilish hamda ekomeliorativ holatini yaxshilash masalalari……………………………… …………………....111 1
XULOSA ............................................................................................................. 114 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ..................................... .. 116 ILOVALAR ……………………………………………………………………131 2
KIRISH KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarur a ti. Jahonda “inson-tabiat” o‘rtasida munosabatlar natijasida vujudga kelayotgan tabiiy va antropogen jarayonlar hamda ular ta’sirida yuzaga kelgan noqulay shart-sharoitlarni bartaraf etish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Bunday o‘zgarishlarga sug‘oriladigan yerlarning texnogen buzilishini, cho‘llar maydonini o‘zgarishini, tuproq degradatsiyasini, yerlarning meliorativ holatini yomonlashishini, erozion jarayonlarni kuchayishi, tuproq va o‘simlik degradatsiyasini, deflyatsiya kabi salbiy tabiiy geografik jarayonlar kiritish mumkin. Bu muammolarni oldini olishga xalqaro tashkilotlar ham katta e’tibor qaratishmoqda, jumladan, BMTning 2030 yilgacha barqaror rivojlanish bo‘yicha dasturining 15-bandida “Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiyasini to‘xtatish, bioxilma-xillikni yo‘qolishini oldini olish” 1 ga qaratilgan vazifalar belgilab olingan. Mazkur vazifalarni ijobiy hal etishda vohalarda sug‘orish ta’sirida ro‘y berayotgan dinamik jarayonlar va sug‘oriladigan agrolandshaftlarning ekologik holatini baholash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyoda yerlardan xo‘jalikning turli maqsadlarida foydalanish, qishloq xo‘jalik yuritishda, meliorativ tadbirlarni olib borish, hududlarni turli xo‘jalik maqsadlarida tadqiq etish, qishloq xo‘jalik maqsadlarida baholash, sug‘oriladigan yerlarning texnogen buzilishini, cho‘llar maydonini o‘zgarishini, tuproq va o‘simlik degradatsiyasi, erozion jarayonlarni kuchayib borishi kabi salbiy tabiiy geografik jarayonlar tezlashishini o‘rganishga alohida e’tibor berilmoqda. Shuningdek, tizimli yondashuv asosida ekomeliorativ holatni aniqlash, ekologik vaziyatni baholash va optimallashtirishda hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Respublikamizda sug‘orishni to‘g‘ri tashkil etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, ekologik xavfsizlik va uni 1 2030 йилгача бўлган даврда барқарор ривожланиш соҳасидаги кун тартиби //Электрон доступ:http://www.uz/undp/org/content/Uzbekistan.ru 3
barqarorlashtirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF– 60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 79-maqsadi “Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish” hamda 80-maqsadi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish” 2 yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, ekologik vaziyat o‘ziga xos bo‘lgan O‘rta Zarafshon havzasi landshaftlarida sug‘orish ta’sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining “ Ekologik nazorat to‘g‘risida ”gi Qonuni, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida ”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020-yil 24-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi talablariga mos ravishda hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining VIII. “Yer haqidagi fanlar”, V. “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Voha landshaftlarining shakllanishi va ularning xususiyatlari, sug‘orish ta’sirida landshaft komponentlarining o‘zgarishi, voha tuproqlarining o‘ziga hos xususiyatlari, landshaftlarni ekomeliorativ holatiga bag‘ishlangan tadqiqotlarni xorijiy olimlardan C.Conrad, R.Morgan, M.Machwitz, D.Worster, A.S.Kostrowiki, G.Le Bas, M.Jamagne, 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ–60-сон Фармони билан тасдиқланган «2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида» ги Фармони. 4
D. Pimentel, S. Pimentel, G.Behardi, S.Fast, X.Ren, F.Milkov, V.A.Nikolayev, A.Chibilev, Z.Ataev, respublikamiz olimlaridan L.N.Babushkin, N.A.Kogay, A.Saidov, A.A.Abdulqosimov, A.A.Rafiqov, A.Rahmatullaev, S.B.Abbasov, X.Vahobov, A.Xojimatov, A.K.Urazbaev, K.M.Boymirzaev, A.A.Nazarov, Yu.X.Abduraxmonova, Q.S.Yarashev, O.M.Qo‘ziboeva, B.A.Meliev, B.B.Eshquvvatov, I.K.Mirzaxmedov va boshqalar shug‘ullanishgan. Biroq, voha landshaftlarini o‘rganilishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar serqirra bo‘lishiga qaramasdan sug‘orishning O‘rta Zarafshon havzasi voha landshaftlariga ta’siri alohida o‘rganilmagan, agrolandshaflar ekomeliorativ holati va uni tadqiq etishda masofali zondlash metodlarini qo‘llab tahlil qilish hamda ekomeliorativ holatni yaxshilash masalalariga e’tibor berilmagan. Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan ilmiy-tadqiqot muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Samarqand davlat universiteti ilmiy tadqiqot ishlar rejasining IOT-2013- 5-08 “Samarqand viloyatining ekologik, atrof-muhit muhofazasi, ichimlik suv sifati, maishiy xo‘jalik chiqindilari kartalarini tuzish” (2013-2014) mavzusidagi ilmiy loyihasi doirasida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi. O‘rta Zarafshon havzasi voha landshaftlarning sug‘orish ta’sirida o‘zgarishi hamda ularni muhofaza qilishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari: voha landshaftlariga bag‘ishlangan turli ilmiy, tarixiy, kartografik manbalarni tahlil qilish; O‘rta Zarafshon havzasining landshaft komplekslari, tuproq sho‘rlanishi va ekomeliorativ holatini ifodalovchi turli mavzuli kartalarini yaratish; agrolandshaftlardagi ekologik vaziyatlar tahlilini masofaviy metodlarni, jumladan, grunt suvlarining agrolandshaftlarini o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash; antropogen omil ta’sirida sodir bo‘layotgan ekomeliorativ holatlarni baholash va yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 5